logo

KIChIK MAKTAB YoShIDAGI BOLALARDA IRODAVIY SIFATLARNING BILISh JARAYoNLARI RIVOJLANIShIGA TA’SIRI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

142.0390625 KB
KIChIK MAKTAB YoShIDAGI BOLALARDA IRODAVIY
SIFATLARNING BILISh JARAYoNLARI RIVOJLANIShIGA TA’SIRI
MUNDARIJA:
Kirish ............................................................................................................... 3
I-bob.   Umumiy   va   ijtimoiy   psixologiyadagi   zamonaviy   tadqiqotlarda
irodaviy sifatlarning ilmiy-nazariy talqini  .................................................... 9
1.1 Irodiviy sifatlar – tadqiqot obyekti sifatida............................................ 9
1.2  Iroda haqida tushuncha  va irodaviy akt strukturasi .............................. 13
Bob yuzasidan xulosa .............................................................................. 21 
II bob .   Ki ch ik maktab yoshidagi bolalarning emosional-irodaviy
sifatlarini   maktabga   moslashuviga     ta’sirini   eksperimental   tadqiq
etish  .............................................................................................................. . .  23
2.1.  Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish . ..........................  23
2.2.  Emosiyalarni o’rganish muhim muammo sifatida..............................  26
2.3. Tadqiqot metodlarining talqini .............................................. ............ 30
2.4. Tajriba natijalar samaradorligini .......................................... ............. .  39
Bob yuzasidan xulosa  …………………………………………………….. 44
Xulosa . ............................................................................................................  45
Ilovalar …………………………………………………………………………. 47
Adabiyotlar ro’yxati . .....................................................................................  61
1 Kirish 
Bit iruv   malak av iy   ishining   dolzarbligi :   O’sib   kelayotgan   yosh
avlodda   ijodiy   faollikni   va   uning   negizida   yotuvchi   qobiliyatlarni   shakllantirish
respublika  matablari   oldida turganeng  muhim   vazifalardan biridir.  Chunki  hozirgi
maktabning   asosiy   vazifasi   ta’lim   metodlarini,   o’quvchilarning   fikrlashlarini
taraqqiy ettirish usllarini takomillashtirishdir.
  Birinchi   prezidentimiz  I.A.Karimov  o’zining  har  bir  nutq  va ma’ruzalarida
yuksak   ma’naviyat   kelajak   poydevori   ekanligini   qayta-qayta   ta’kidlamoqda.
Jumladan u shunday deydi: “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar
hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnalogiyani egallash qobiliyati ma’naviy
barkamollik   bilan,   mustaqil   tafakkur   bilan   borishi   kerak.   Aqliy   zakovat   va   ruhiy-
ma’naviy salohiyat ma’rifatli kishining ikki qanotidir” 1
.
Darhaqiqat,   yosh   avlodni   ruhan   sog’lom,   ma’naviy   barkomal   yuksak
ma’rifatli   insonlar   qilib   tarbiyalash   boshlang’ich   sinflardayoq   boshlandi.
“...taraqqiy   topgan   mamalakatlar   qatoriga   ko’tarilish   uchun   harakat   qilayotgan
jamiyat,   birinchi   navbatda,   bugun   unib-o’sib   kelayotgan   farzandlarning   har
tamonlama   barkamol   avlod   bo’lib   hayotga   kirib   borishini   o’zi   uchun   eng
ulug’, kerak bo’lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi” 2
.  
Boshlang’ich maktabning asosiy vazifasi  bola shaxsini  maktabgacha davrga
nisbatan yuqoriroq darajada kamol topishiga erishishdir.
Aynan   boshlang’ich   sinfda   o’quvchi   oladigan   bilim,   ko’nikma   va
malakalarning   poydevori   qo’yiladi.   Bu   haqda   yurtboshimiz   bunday   deganlar:
“Esiki ta’limning eng yomon qusuri boshlang’ich ta’limga  ikkinchi darajali ish deb
qarayotganimizdir.   Ochiq   aytishimiz   kerak:   bilimi   sayoz   muallimlar   ham   birinchi
sinfda   dars   beraveradi...   Vaholanki,   bolaning   dunyoqarashi,   didi,   salohiyati
shakllanadigan boshlang’iya sinflarga ega yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib
qo’yilishini   oddiy   mantiqning   o’zi   deb   talab   etadi”(1)   Boshlang’ich   sinf
1
  Каримов И.А. Баркамол авлод Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори.- Т.:Шарқ, 1998.8б
2
  И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 17 
йилиллигига бағишланган тантанали мааросимдаги маърузаси. 2009й  
2 o’quvchisini  maktabda har tomonlama rivojlanishining manbai  bo’lib faoliyatning
ikki turi xizmat qiladi. Birinchisi – bu bolaning kelgusidagi hayoti uchun nihoyatda
zarur bo’lgan bilimlar va ko’nikmalarni egallashdan iborat bo’lgan o’quv faoliyati
bo’lsa,   ikkinchisi   bola   o’z   imkoniyatlarini   hayotda   mustaqil   foydalana   oladigan
ijodiy faoliyatidir. Tan olish kerakki, bugungi kunda boshlang’ich maktabda asosan
o’quv   faoliyatigaasosiy   e’tibor   qaratiladi.   Lekin   bog’chadan   kelgan   har   qanday
bola ham maktabga tez moslashib ketavermaydi. Maktabga moslashishning asosiy
faktorlaridan   biri   bolaning   xissiy-irodaviy   sferasidir.   Irodaga   zo’r   berish,   o’z
xissiyotlarini   boshqarish   har   qanday   bolada   ham   birday   shakllanmaydi   va
ifodalanmaydi.
Bu   o’rinda   o’qituvchi   va   ota-onalarning   hamkorlikdagi   faoliyati   nihoyatda
muhim.   Fikrimizcha,   maktabgacha   yoshidagi   bolalarning   maktab   hayotiga   tez
moslashishi,   maktabda   muvoffaqiyatlio’qishi   o’qishi   qator   omillarga   bog’liq.   Bu
omillar   g’arb,   rus,   o’zbek   psixologlari   tamonidan   e’tirof   etilgan   va   tadqiqot
predmeti sifatida tanlangan. Lekin izlanishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, xanuzgacha
kichik matab yoshidagi bolalarning maktabda muvoffaqiyatli o’qishlarining asosiy
omillaridan   biri   psixologik   omilga   kiruvchi   irodaviy   sifatlar   va   xissiyotlar
yetarlicha mahalliy muhitda tadqiq etilmagan. Aynan shu muammoning psixologik
jihatlarini   taxlil   qilish   tadqiqotning   asosini   tashkil   etadi.   Psixologlar   didaktlar,
metodistlar   tomonidan   ushba   muammoga   doir   qator   izlanishlar   olib   borilgan.   Biz
o’z   navbatida   ushbu   muammoga   yangi   qarashlar   nuqtai   nazaridan   izlanishlarni
davoi   ettirmoqchimiz.   Bizningcha,   mavzuning   dolzarbligi   tubandagi   omillar   bilan
ham tasdiqlanishi mumkin.
1. «Kadrlar   tayyorlash   milliy   Dasturi»ni   amalga   oshirishda   ta’sir
o’tkazishning   usullarini   kichi   maktab   yoshidagi   bolalarga   tadbiq   etish;
o’qituvchilarning   kasbiy   mahoratini   oshirishda   psixologik   bilimlar   va
psixokorreksion metodikalar bilan qurollantirish;
2. Komil   inson   muammosi   ko’p   jihatdan   irodaviy   sifatlar,   xissiy
barqarorlik va o’z-o’zini boshqarishga bog’liq;
3 3. Irodaviy baquvvat, xissiy barqaror bo’lgan shaxsgina mustaqil fikrlay
oladi, jamiyatda o’z o’rnini topadi. Aynan shunday bog’liqlik tadqiqot
dolzarbligi bilvan bevosita bog’liq;
4. Xissiy-irodaviy   sifatlarning   yosh   xususiyatlari   va   jinsiy   tafovutlarini
xisobga olish, ularning mexanizm va qonuniyatlarini ochish;
5. Xissiy-irodaviy sifatlarni ta’lim-tarbiya jarayonaga bog’liqligini tadqiq
etish   orqali   yosh   davrlari   va   pedagogik   psixologiyani   yangi   nazariy
bilimlar bilan boyitish.
Muammoning o’rganilganlik darajasi.  Hozirgacha soha mutaxassisilaridan
ko’pchiligi   bola   shaxsining   bilish   jarayonlari   shakllanishi   irodaviy   sifatlarning
rivojlanganlik muammolarining ma’lum darajadagi qirralarini o’z izlanishlari orqali
o’rganganlar.jumladan   chet   el   psixolog   olimlari   E.Torndayk,   U.Mak-Dugall,
U.Kennedi,   R.Vudvords,   A.Maslou,   G.Olportlar,   U.Djeymslar,   hamdo’stlik
mamlakatlari   olimlaridan   B.Ananyev,   L.Vigotiskiy,   L.Zankov,   D.Elkonin,
L.Bojovich,   V.Aseyev,   A.Zaprojes,   P.Galperin,   Matyuxina,   N.Talizina,
V.Selivanov, V.Ivannikovlar bolaning o’quv faoliyatini o’rgangan bo’lsalar.
Ayni   paytda,   o’zbek   olimlari   tamonidan   ham   qisman   bo’lsada   mazkur
muammoga   dahldor   tadqoqotlar   olib   borilmoqda.   Jumladan,   psixologlaridan
E.G’oziyev,   M.Davletshin,   V.Tokareva,   Z.Nishonova,   S.M.Yo’ldosheva,
M.Rasulova,   T.Mustafaqulov,   R.Sunnatova,   M.Maqsudova,   A.Kabilova,
F.Xaydarov,   G.Bagdalova,   N.Jo’rayevalar   o’z   tadqiqot   ishlarida   kichik   maktab
yoshidagi   bolalarni   o’qish   motivlari,   qiziqishlari,   o’z-o’ziga   baho   berish
xususiyatlari, o’quv faoliyatiga bo’lgan munosabatlari  o’rganilgan. Shuningdek,   J.
S.   Iskenderovning   “Pedagogika   kolleji   o’quvchilarida   xarakterning   intellektual   va
irodaviy   xususiyatlarini   shakllantirish”   mavzusidagi   ilmiy-tadqiqod   ishida   kollej
o’quvchilari   faoliyatida   xarakterning   intellektual   va   irodaviy   sifatlari
shakllanishining   o’rtacha-umumiy   va   qiyosiy-tipik   ko’rsatkichlari   milliy   muhitda
o’rgangan.   Biroq,   kichik   maktab   yoshidagi   bolalarning   psixologik   jarayonlari   va
xissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishi muammolarini tadqiq etishga qaratilgan bir
qancha ishlar mavjud bo’lsada,  bevosita kichik maktab yoshidagi  bolalarda bilash
4 jarayonlari   rivojlanishida  irodaviy sifatlarning ta’sirini  o’rganish  bo’yicha  maxsus
tadqiqotishlari   olib   borilmagan.   Shuning   tuchun   “Kichik   maktab   yoshidagi
bolalarda   irodaviy   sifatlarning   bilish   jarayonlari   rivojlanishiga   ta’siri”,   deb
nomlangan mavzu tanlangan.
Dissertasiya   ishining   ilmiy- tadqiqot   ishlari   rejalari   bilan   bog’liqligi.
Mazkur tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasining   «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun
va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»i talablariga muvofiq maktab talimi tizimida
ustivor   yo’nalishlardan   biri   hisoblanib   kichik   maktab   yoshidagi   o’qkvchilarining
xissiy-irodavimy   sifatlarini   maktab   ta’limi   samaradorligiga   ta’sirini   o’rganish
muammolari   ustida   faoliyat   yuritayotgan   Toshkent   davlat   pedagogika   universiteti
hamda   Samarqand   viloyati   pedagogik   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   malakasini
oshirish institutining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari hamda    « Barkamol avlod yili»
Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar  bilan o’zaro aloqador.
Tadqiqotning   maqsadi.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarda   irodaviy
sifatlarning bilish jarayonlari rivojlanishiga ta’siri  mexanizmlarini o’rganish,
ularning yosh, jins tafovutlarini aniqlashdir.  
Tadqiqot vazifalari:
1.   Muammoning   psixologik-pedagogik   tadqiqotlarda   o’rganilganligi   bo’yicha
adabiyotlar tahlili;
2. Kichik maktab yoshi o’quvchilarini bilish jarayonlari va irodaviy xususiyatlarini
yoritish;
3.   Kichik   maktab   yoshi   o’quvchilarini     bilish   jarayonlari   va   irodaviy
xususiyatlarini   rivojlantirish   samaradorligini   ta’minlashga   yo’naltirilgan
psixologik trening dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish
4.Psixokorreksion   usullar   yordamida   kichik   maktab   yoshidagi   bolalarning   xissiy-
irodaviy sifatlarini rivojlantirish.
5.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolaning   xissiy-irodaviy   sifatlarini   o’quv
motivasiyasiga bog’liqligini o’rganish.
4.    Tavsiyalar ishlab chiqish. 
5 Tadqiqotning   predmeti.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarning   xissiyo-
irodaviy sifatlarini  ta’lim (bilish) jarayoniga ta’sirini o’rganish va psixokorreksion
usullar   orqali   kichik   maktab   yoshidvagi   bolalarning   xissiyo-irodaviy   sferasini
rivojlantirish.
Tadqiqotning obyekti.  Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi bir qator
maktablarning boshlang’ich (1-4)sinf o’quvchilari.
Tadqiqotga quyidagi  metodlar  tavisiya qilinadi:
1.Kuzatish   metodi   kichik   maktab   yoshidagi   bolalar   kuzatiladi   va
ma’lumotlar maxsus kundalikda qayd etiladi.
2.Test   metoda:   a)   V.Mixal   tomomnidan   Saksning   SSCT   “Tugallanmagan
gap”   modifikasiya   qilingan   assosiativ   testi;   b)   irodaviy   imkoniyatlarni   aniqlash
maqsadida A.Vengerning “Namuna va qoidalar”, V.I.Kalinlarning maxsus anketa-
testlari;   s)   G.A.Uruntayeva   va   Afonkinalarning   “Bolada   o’yin   yoki   o’qish
motivinining   ustinligini   aniqlash”   metodikasi;   d)   G.Ayzenkning   bolalarga
mo’ljallangan testi.
3.Kichik maktab o’qvchilari uchun maxsus tuzilgan anketa savollari;
4.Ye.Ilin   va   N.Kurdyukovlarning   kichik   maktab   yoshidagi   bolalarni   ilm
olishga yo’nalganligini aniqlovchi maxsus metodika;
  5.Psix’ologi   eksperimentda   kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilarda   xissiy-
irodaviy   sifatlarni   shakllantirishga   mo’ljallangan   maxsus   ta’lim   dasturi   (psixolog
metodikalar, o’yinlar) tuziladi;
6.Tadqiqotda   olingan   emperik   materiallarning   asosliligi   va   ishonchliligini
aniqlash uchun Pirsonning X (xi kvadrat) mezonidan foydalanildi.
Tadqiqotning   metodologik   asosini   psixologiyaning   asosiy   prinsiplaridan
biri bo’lmish ong va faoliyat birligi tamoyili, B.G.Ananyevning shaxsga kompleks
yondashuv,   L.S.Vigotskiy,   B.F.Lomov,   V.A.Ganzenning   psixologik   bilimlarni
tartibga hamda tizimga solish vazifasini bajaruvchi sistemali yondashuv, madaniy-
tarixiy   konsepsiya,   P.Ya.Galperinning   aqliy   haraktlarning   bosqichma-bosqich
rivojlanishi   haqidagi   nazariyasi   tashkil   etadi.   Shu   bilan   birga   tadqiqotning
metodologik   asossini   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonun   va   «Kadrlar   tayyorlash   milliy
6 Dasturi»i,   «Barkamol   avlod   yili»   Davlat   dasturi ,   o’zbek   psixologiyasi
maktabi   vakillarining   bilish-irodaviy   sifatlarini   shakllantirish   bo’yicha
ilmiy   nazariyalari   va   Respublika   prezidenti   I.A.Karimovning   yosh   avlodni
tarbiyalash haqidagi fikrlari tashkil etadi.
Tadqiqotning ilimy yangiligi.
-Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilarda   irodaviy   sifatlar   hamda   xissiy
xolatlarning o’quv faoliyatiga ta’sir etishi ilk bora kompleks yondashiladi;
-O’qish   faoliyati   jarayonida   psixokorreksion   usullar   orqali   o’quvchining
xissiy-irodaviy sferasiga ta’sir etish mexanizmlari va qonuniyatlari;
-O’quv   jarayonida   foydalanilgan   psixologik   o’yinlar   o’quvchilarning
o’qishga   ijodiy   yondashuviga,   psixik   taraqqiyotiga   va   psixik   jarayonlariga   ta’sir
etishi mumkinligini ko’rsatib berish.
Tadqiqotning  nazariy ahamiyati:  Unda olingan natijalar yosh va pedagogik
psixologiyani   yangi   ma’lumotlar   bilan   boyitadi   hamda   o’quv   faoliyatini
optimallashtirishning yangi usullarini namayon qiladi.
Tadqiqotning  amaliy ahamiyati:  Tadqiqotning asosiy g’oya va natijalaridan
maktab psixologlari hamda boshlang’ich sinf o’qituvchilari:
-kichik maktab yoshidagi bolalar bilan individual va guruhiy ishlashda;
-psixodiagnostik va psixokorreksion ishlar olib borishda;
-kichik   maktab   yoshidagi   bolalar   uchun   uslubiy   qo’llanmalar   yaratishda
foydalanishlari mumkin.
7 I-BOB. Umumiy va ijtimoiy psixologiyadagi zamonaviy tadqiqotlarda
irodaviy sifatlarning o’rganilishi
1-1. Irodiviy sifatlar – tadqiqot obyekti sifatida
Irodali   kishi   –   o’z   vaqtining   xo’jayini,   xalqning   tayanchidir.   Bu   haqida
Prezidentimiz   i.A.Karimov   shunday   degan:   “Bizning   eng   katta   tayanchimiz   –
xalqimizning   irodasi   va   xalqimiznig   ishonchidir”.   Odatda   iroda   inson   tomonidan
o’z   xulqi   va   faoliyatini   ongli   ravishda   boshqarish   sifatida   baholanadi,   maqsadga
yo’naltirilgan   xatti-harakat   va   xulq-atvorning   amalga   oshishida   tashqi,   ichki
qiyinchiliklarni   yengib   o’tish   tariqasida   ta’riflanadi.   Mazkur   faollikdan   uning
mazmunini   va   shaklan   tuzulishini   farqlash   mutlaqo   zarar.   Shaxs   faolligining
mazmundor   tomoni  uning  ijtimoiy  xislatlarida  o’z   ifodasini   topadi,  chunki   bunda
ijtimoiy   ko’rsatma,   (attityud),   e’tiqodlar,   ma’naviy   hsi-tuyg’ular,   qiziqishlar
dominantlik xususiyatini kasb etadi.
Shaxs faolligining shakli faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy
jarayonlar,   ichki,   tashqi   va   anglashilgan   irodaviy   xatti-harakat,   intilish   namoyon
bo’lishi   orqali   aniqlanadi.   Shaxs   uchun   qiyin   sharoitlarda   o’zini   ongli   ravishda
boshqara   olish   imkoniyati   irodaviy   va   belgilangan   muayyan   aniq   maqsad,   reja
hamda uni ro’yobga chiqaruvi xatti-harakatlar ularning ijrosiga yo’naltiriladi.
Aksariyat hollarda inson shaxsining ijtimoiy shartlangan xususiyatlari uning
irodaviy yo’nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo’nalganlik shaxsning motivasion –
irodaviy   xislati   hisoblanmish   sobitqadamlikda   o’z   ifodasini   topadi.   Inosn
shaxsining   irodaviy   jarayonlari,   holatlari,   xislatlari   faoliyatining   motivlari   va
maqsadini amala oshirishning o’ziga xos sifatida yuzaga keladi.
Aqliy   faoliyatda   irodaviy   jaryonlar   irodaviy   xatti-harakatlar   kechishining
aynan   ichida,   ya’ni   maqsad   belgilashdan   tortib   to   uning   bajarilishigacha   oraliqda
ko’zga   tashlanadi.   Ongli   xulq   –   atvorda,   ixtiyoriy   diqqatda,   eslab   qolishda,   esga
tushurishda,   tafakkurda,   hayolda   ifodalanadi,   marakkab   muammolarni   yechish,
irodaviy zo’r berishni safarbar etish uchun mutlaqo zarur, chunki busiz mehnat va
8 o’quv   faoliyatida   hyech   qanday   natijaga   erishish   mumkin   emas.   Ularning   o’zaro
uyg’unlashuvchi samaralar keltirish majmuasi sifatida ikkiyoqlama xususiyat kasb
etadi.
Mehnat  faoliyatidagi va tahlim jarayonidagi  irodaviy holatlar  – bu vujudga
keladigan   qiyinchiliklarni   muvofaqqiyatli   bartaraf   etishning   usullari,   inosn
shaxsining omilkor, oqil ichki sharoitlarining muvaqqat ruhiy hodisasidir. Ularning
qatoriga bir talay hayotiy shart-sharoitlar ta’siri ostida vujvdga  keluvchi optimizim
va   umumiy   faollik,   qiziquvchanlik,   motivasion,   mobilizasion   tayyorgarlik,
qat’iyatlilik xususiyatlari kiradi.
Mehnat   va   stress-emosional   zo’riqishning   keskin   holati   ko’rinishi,   shakli
hisoblanib,   tashqi   va   ichki   muhitning   noxush   omillari   shaxsga   favqulotda   ta’sir
etish   natijasida   vujudga   keladi.   Ta’limiy   hamkorlik   (o’qituvchi   bilan
o’quvchilarning   o’zaro)   faoliyatidagi   frustrasiya   –   bmlmsh   tashkillashtirishning
tubdan   teskari   tomonga   yo’naltiruvchi   ruhiy   holatdir.   Shaxsda   uzluksiz   paydo
bo’luvchi   va   bartaraf   etish   qiyin   to’siqlarning   ta’siri   ostida   ruhan   tushkunlik,
vaziyata   nisbatan   aressiv   (tajovus)   reaksiyalari   (javob   xatti-harakatlari)   yuzaga
kelishi kuzatiladi.
Inosn   shaxsining   irodaviy   xislatlari   –   bu   mehnat   faoliyatidagi,   ta’lim
jarayonidagi  muvaqqat  ruhiy xislat  emas, balki  aksincha  mazkur  vaziyatga  hyech
qanday   bog’liq   bo’lmagan   odam   turg’un,   barqaror   ruhiy   tuzilmasidir.   Uning
irodaviy   sifatlariga   sobitqadamlik,   tashabbuskorlik,   ishbilarmonlik,   o’zini   qo’lga
olish, jasurlik, zaiflik singari tushunchalar orqali tavsiflanadi.
Bilimlarni   va   mehnat   ko’nikmalarini   egallashdagi   sobitqadamlik-bosh
irodaviy   boshqa   ko’rinishlarning   tarqqiyot   darajasini   va   yo’nalishini   aniqlovchi
asosiy omil bo’lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk davlat ideallariga sodiqlik,
Vatan   oldidagi   burchning   yuksak   darajada   anglashi,   jamoatchilik   hissi,   yurt
ravnaqiga   o’z     hissasini   qo’shish   istagi   va   bularnin   barchasi   o’zbek   xalqia   xos
bo’lgan sobitqadaimlik namunasidir.
Muammolarni yechish chog’ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan
qarorni   amalga   oshirishga   halal   beruvchi   fikrni,   hissiyot   va   xatti-haraatni
9 tizginlovchi (tormizlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik – o’z harakati
va   xulqini   rejalashtirish,   xususan   uni   ijro   etishda   shaxsni   rejaga   asoslanish
malakasidir.   Matonatlilik   –   qo’yilgan   maqsadni   muqaddas   his   etgan   holda   o’zni
oqlaydigan yuzma-yuz tura olish fazilatidir.
Ishbilarmonlik   –   har   qanday   o’ylanilgan   ishni   qiyinchiliklar   va
qarshiliklardan   qat’iy   nazar   omilkor   yo’llar   qo’llash   tufayli   oxiriga   yetkazish
xislatidir.   Mustaqillik   –   o’z   e’tiqodiga   qat’iy   ishonch,   kuch-quvvatiga   ishonish,
boshqalarning   yordamiga   muhtojlik   sezmaslik   malakasidir.   Shaxsning   xulq-
atvorida,   mehnat   va   o’quv   faoliyatida,   agarda   ishlab   chiqarish   va   ta’loimiy
mashg’ulotlar   oqilona,   haqqoniy   ravishda,   to’g’ri   uyushtirilsa,   unchalik   muhim
bo’lmagan   irodaviy   sifatlar   ham   paydo   bo’lishi   mumkin,   chunonchi   intizomlilik,
o’zini qo’lga olishlilik va hakozo.
Inson   ruhiy   dunyosini   baholash   ko’p   jihatdan   xulq-atvor,   muomala,   bilish
jarayonlarini   boshqarishga   yo’naltirilganligiga   bog’liq.   Shaxs   o’zining   niyat,
xoxish,   intilish   xissiy   kechinmalarini   amalga   oshirish,   ro’yobga   chiqarish,   qaror
toptirishni   uddalash   yoki   uddalay   olmaslik   holatini   namoyon   etish   tufayli
nimalarga   qodir   ekanligini   oshkor   qiladi.   Ijitmoiy   hayotning   turli   jabhalarida
muvaffaqiyat bilan harakat qilish va bu borada muayyan yutuqlarga erishish uning
mustahkam iroda kuchidan dalolat beradi. Ehtiyoj, motiv, istak, qiziqish, tasodifiy
turtki   kabilarni   o’zida   mujassamlashtirgan   holda   ongli   munosabatni   amalga
oshirish   buning   uchun   maqsad   (belgilash),   aniq   vositalar   tanlash   ulardan
foydalanish iroda akti orqali ifodalaniladi.
Shaxs   tomonidan   mo’ljal   olish,   maqsadlarning   amaliy   ifodasini   ko’rish
niyatida   jismoniy   va   aqliy   zo’r   berish,   xulq,   faoliyat   muvaffaqiyatini   ta’minlash
kafolatiga   aylanadi.   Ijtimoiy   hayotdagi   qiyinchiliklar,   nizoli   vaziyatlar,   ularning
oldini olish yoki bunga mutlaqo yo’l qo’ymaslik insondan mustahkam iroda taqozo
etadi.
Har   bir   jabhada   mustaqillik   namunasini   ko’rsatish   shaxs   mavqyeini
oshirishga,   reyting   bahosini   ko’tarilishiga   olib   keladi.,   natijada   unda   o’ziga
10 nisbatan   ishonch   tuyg’usini   vujudga   keltiradi   va   aniq   rejalari   asosida   u   yoki   bu
faoliyatini bajarish uchun intilish, talabanlik hislarining ko’lami kengayadi.
Iroda   bilish   jarayonlaridan   tortib,   to   shaxsning   motiasion,   muvofiqlikni
kafolatlovchi   muhim   bir   omil   sifatida   murakkab   funksiyani   bajaradi.   Xuddi   shu
bois bolalarni iroda to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish kasbiy tayyorgarligini
takomillashtiradi.
Irodani   psixologik   kategoriya   sifatida   o’rganilishi   xuddi   shu   boisdan   ham
psixologik   bilimlarning   ilmiy   mezonlarini,   usullarini,   vositalarini   aniqlashda   va
foydalanishda muhim o’rin egallaydi. Shuningdek biron bir muammoni yechimini
topishda, ilmiy tadqiqotni va izlanishlarni hamda strategik yo’nalashlarini belgilab
olishda zarur metodologik ahamiyatga ega.
O’sib kelayotgan yosh avlodimizga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ilmiylik
sport   bilan   birgalikda   psixologik   fanlarni   o’qitish   jarayonida   ilmiyolik,   tarixiylik,
mantiqiylik, obyektivlik tamoyillariga amal qilingan holda an’anaviy usullar, davra
suhbati,   savol-javob,   baxs-munozara,   fikrlar   jangi,   taqdimot   kabi   zamonaviy
pedagogik texnalogiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Insonga   faollik   xosdir.   U   o’z   hayoti   davomida   hamisha   nima   bilandir
mashg’ul bo’ladi.
Iroda insonning ongli, ma’lum maqsad yo’lidagi harakatlarida ham namoyon
bo’ladi. U shaxsning psixik holatlari hamda psixik faoliyati bilan bog’liqdir. Iroda
–   o’zini   tuta   bilish   fikrlari,   tuyg’ulari   va   harakatlarini   o’z   maqsadiga   bo’ysindira
olish,   ular   ustidan   hukmron   bo’lishdir.   Iroda   faqat   tashqi   harakatlardagina   emas,
balki   bu   harakatlar   keraksiz   zararli   bo’lsa   ulardan   o’zini   tiyishda   ham   namoyon
bo’ladi.   Iroda   –   o’z   xatti-harakatlarini   ongli   ravishda   boshqarish,   har   qanday
qiyinchiliklarga qaramay maqsadga erishish qobiliyatidir.
Irodani   tarbiyalashda   jismoniy   tarbiya   va   sport   bilan   shug’ullanishning
ahamiyati   beqiyosdir.   Jismoniy   jihatdan   nimjon   va   hatto   bemor   kishilarning
o’kpchiligi   bukilmas   mustahkam   iroda   va   xulq   atvor   egasi   bo’lolmaganligi
hammamizga   ma’lum.   Bunga   ishonch   xosil   qilish   uchun   Nikolay   Ostrovskiyni
eslashni o’zi kifoya.
11 1-2.  Iroda haqida tushuncha  va irodaviy akt strukturasi
Odamlar   tevarak-atrofdagi   narsalar   va   hodisalarni   bilib   oladilar   hamda
o’zlarining   shaxsiy   ehtiyojlarini   va   ular   mansub   bo’lgan   jamiyat   ehtiyojlarini
qondirish jarayonida uni qayta o’zgartirishga qaratilgan faoliyatda ularga nisbatan
his-tuyg’uni boshdan kechiradilar.
Oldindan   mo’ljallab   qilingan   irodaviy   harakatlar,   kishining   faoliyati   –
xususiy   vazifalar   hal   etilayotgan   boshqa   bir   amaldan   kelib   chiqadigan   bitta   va
yuiralikda   bog’langan   sistemasidir.   Harakatlar   istalgan,   kishi   qilayotganiga
o’xshash   maqsad   kabi   taafkkur   etiladigan   yoki   ifodalanadigan   natijani   olishga
qaratilgan   bo’ladi.   Jumladan,   yosh   olma   daraxti   o’tqazilayotganda   muayyan
chuqurlik   kovlab,   o’g’it   solib,   chuqurning   o’rtasiga   qoziq   qoqilib,   u   yerga
o’tqazilayotgan daraxtning ilidzlarini to’g’rilab va uni bog’lab qo’yayotgan odam
o’z maqsadini amalga oshirayotib, ma’lum reja bo’yicha harakat qiladi. Bu reja ish
jarayonida   bir   qator   tafakkur   va   tasavvurlar,   aniqligi   bo’yicha   belgilangan
harakatlar   yordamida   amalga   oshiriladi,   hayotga   tadbiq   etiladi.   Alohida
harakatlarni tashkil etadigan harakatlarni bajarish va nimani, qanday va qay tarzda
qilish   kerakligini   ko’rsatadigan   fikriy   operasiyalar   amalga   oshirilayotgan   paytda
predmetga   ham,   qurollarga   ham,   mehnat   jarayonining   o’ziga   diqqat   jamlanadi,
kuchaytiriladi. Shu bilan birga harakat jarayonida u yoki bu xis-tuyg’ular boshdan
kechiriladi:   to’sqinlik   va   qiyinchilikdan   qoniqmaslik   va   tashvish   tortish   hamda
sezilayotgan   kamchiliklarni   muvaffaqiyatli   bartaraf   etishdan   qanoat   hosil   qilish,
mehnat ko’tarinkiligi va charchaganligi, shuningdek o’zidan quvonch tuyg’usi.
“Maydon”da bo’lgan qo’zg’aluvchi bilan bevosita belgilanadigan ixriyorsiz
harakatdan   farqli   o’laroq,   oldindan   mo’ljallangan   harakat   buning   uchun   kerakli
vositalar   (belgilar,   normativ   baholar   va   boshqalar)   yordamida,   ya’ni   bilvosita
amalga   oshiriladi.   O’quvchi   chizma   o’qiydi,   instruksiyalarni   bajara   oladi,   ishlab
chiqarish   ta’limi   masterining   ko’rsatmalarini   eslaydi   va   hakozo.   Shunday   qilib,
faoliyat   amalga   oshirilgunga   qadar   uning   o’z   ongida   tuzilishini   ta’minlaydi   va
shunday keyingina ishga kirishiladi.
12 Oldindan   mo’ljallangan   harakat   o’z-o’zini   boshqarish   orqali   amalga
oshiriladi. Uning strukturasi kishi erishishni istagan maqsadni; unga erishish uchun
amalga   oshirilmoqchi   bo’lgan   harakatlar   va   jarayonlar   programmasini;   harakatlar
muvaffaqiyatliligining mezonlarini  aniqlash  va harakatdan olingan real  natijalarni
u   bilan   solishtirib   chiqish;   pirovardida   amalni   tugallagan   hisoblab,   qaror   qabul
qilish   kerak   yoki   uning   bajarilishiga   zarur   tuzatishlar   kiritib,   uni   davom   ettirish
lozim.   Shunday   qilib,   oldindan   mo’ljallangan   harakat   o’z-o’zini   boshqarish,   uni
planlashtirish va ijro etish ustidan ixtiyoriy nazorat qilishni nazarda tutadi.
Harakatning oldindan mo’ljallanganligi  kishining bo’lg’usi harakati natijasi
uning   faoliyat   motiviga   javob   berishi   haqida   qaror   qabul   qilishni   nazarda   tutadi,
shunda   harakat   shaxsiy   ma’no   kasb   etadi   va   subyekt   uchun   faoliyat   maqsadi
sifatida namoyon bo’ladi.
Irodaviy   harakatlar   oldindan   mo’ljallangan   harakatlarning   alohida   turini
tashkil   etadi.   Irodaviy   harakatlar   oldindan   mo’ljallangan   harakatning   barcha   eng
muhim belgilarini saqlab qolgan holda qiyinchiliklarni bartaraf etishni  zarur shart
sifatida   o’z   ichiga   oladi.   U   yoki   bu   ataylab   qilingan   harakat   qiiynchilikni
yengishda qatnashadimi yoki yo’qmi ekanligiga qarab, irodaviy harakatlar bo’lishi
ham, bo’lmasligi ham mumikin.
Irodaviy   harakatlar   murakkabligi   bo’yicha   farqlanishi   mumkin.   Masalan,
o’quvchi   jismoniy   tarbiya   darsida   birinchi   marta   tayanib   sakrashga   urinayotib,
yiqilishi   va   lat   yeyishi   mumkinligi   bilan   bog’liq   bo’lgan   ba’zi   bir   xavfsirashlarni
yengib o’tadi. Bunday irodaviy harakatlar bir qancha oddiy harakatlarni o’z ichiga
oladi.   Murakkab   ishlab   chiqarish   faoliyatini   bajarish   to’g’risida   qaror   qabal
qilarkan, yosh yigit qator ichki va tashqi to’siqlar va qiyinchiliklarni bartaraf etadi
hamda o’z niyatini  amalga oshiradi  o’z navbatida, murakkab harakatlar  kishining
ongli   ravishda   qo’yilgan   yaqin   va   uzoq   maqsadlarga   erishishga   qaratilgan,
uyushgan irodaviy faoliyati sistemasiga kiradi. Unda kishining u yoki bu irodaviy
fazilatlari namoyon bo’ladi, irodasi ko’rinadi.
Iroda   shaxs   faolligining   shaklidir.   Iroda   –   bu   kishining   oldiga   qo’yilgan
maqsadlarga   erishishda   qiiynchiliklarni   yengib   o’tisha   qaratilan   faoliyat   va   xulq-
13 atvorini   ongli  ravishda  tashkil   qilishi   va o’z-o’zini   boshqarishi   demakdir.  Iroda  –
bu   shaxs   faolligining   alohida   shakli,   uning   xulq-atvorini   tashkil   etishning   u
tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida  turidir.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni ehtiyojlariga ko’ra
o’zgartirish imkoniyatida paydo bo’ladi.
Iroda   o’zaro   bog’liq   ikkita   vazifaning   –   undovchi   va   tormozlash
(to’xtatuvchi)   vazifalarning   bajarilishini   ta’minlaydi   va   ularda   o’zini   namoyon
qiladi.
Undovchi   vazifa   kishining   faolligi   bilan   ta’minlanadi.   Harakat   oldingi
vaziyat   (chaqiriqqa   nisbatan   kishi   aylanib   qaraydi,   o’yinda   tashlangan   to’pni
qaytaradi va h.k) bilan bog’liq yuo’lgan paytdagi reaktivlikdan farqli o’laroq faolik
harakatining ayni o’zida namoyon bo’ladigan ichki  holatiga nisbatan  subyektning
o’ziga xos xususiyatini kucha kiritish harakatini chiqaradi (zarur axborotni olishga
ehtiyoj   sezayotgan   kishi   o’rtog’ini   chiqaradi,   jahli   chiqqan   holatda   yon-
veridagilarga qo’pollik qilishga yo’l qo’yadi va h.k).
Oldin   mo’ljallanganligi   bilan   farq   qiladigan   tabiiy   xulq-atvordan   farqli
o’laroq,   faollik   ixtiyoriyligi   bilan,   ya’ni   ongli   ravishdagi   maqsadga   muvafiq
harakatning   shartliligi   bilan   farq   qiladi.   Faollik   bir   daqiqalik   vaziyat   talabi   bilan,
una   moslashuv,   berilgan   chegaralarda   harakat   qilish   istagi   bilan   yuzaga   keltirish
mumkin   emas,   u   vaziyatdan   ustunligi   bilan,   ya’ni   asos   qilib   olingan
ma’lumotlarning,   kishining   vaziyat   talablari   darajasiga   ko’tarila   olish,   asosiy
vazifaga nisbatan  ziyod maqsadlarni  qo’ya bilish qobiliyati bilan yuzaga keltirish
mumkin va mumkin emas.
Irodaning   undovchi   vazifasi   bilan   birgalikda   harakat   qiluvchi   to’xtash
vazifasi   faollikning   yoqimsiz   ko’rinishlarini   jilovlashda   namoyon   bo’ladi.   Shaxs
uning dunyoqarashida, eng yuksak maqsadlari va maslaklariga javob bermaydigan
motivlarning   uyg’onishini   va   harakatlarining   bajarilishini   to’xtatishga   qodirdir.
To’xtatish bo’lmasa, xulq-atvorni boshqarish bo’lmas edi.
Irodani   undovchi   va   tormoz   qiluvchi   funksiyalari   yaxlit   birgaligidagina
shaxsning maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta’minlaydi.
14 Determinizm va “iroda erkinligi”. Folosofiya va psixoloiyada idealizm kishi
irodasini   alohida,   hyech   narsa   bilan   belgilanmaydigan   va   hyech   narsaga   bog’liq
bo’lmagan  (ya’ni   indeterministik),  kishiga  u yoki   bu harakatni   tanlash  va amalga
oshirish imkonini beradigan kuch deb qaraydi. Bunda butun psixik faoliyat hyech
narsa   bilan   belgilanmaydigan,   ongsiz   ravishda   bo’ladian   eng   dastlabki   faollikka
bo’ysungan   bo’ladi.   Amerikalik   psixolog   U.Jems   harakatda   hyech   narsa   bog’liq
bo’lmagan   irodaviy   hukmga   yetakchi   rol   beradi.obrazli   tarzda   bu   quyidagicha
tasavvur qilinardi: kishi  o’z-o’ziga “Fiat” (lotincha “bo’laqolsin!” degan ma’noga
ega   bo’lgan   so’zni   bildiradi)   deydi   va   go’yo   ana   shu   birinchi   galgi   mistik   turtki
bilan   belgilanmagan   holda   ish   amalga   oshiriladi.   Amalda   kishining   ishlari   va
harakatlari   obyektiv   ravishda   belilangandir.   Irodaviy   harakatni   o’z   ichia   oladigan
motivlar hozir va o’tmishda o’rin olgan tashqi ta’sirlar natijasida, kishining psixik
rivojlanishi   jarayonida   uning   hayot   va   faoliyat   hodisalari   bilan   faol   munosabati
natijasida   tarkib   topadi   va   yuzaga   keladi.   Irodaviy   harakatlarning
deretminizmlashganligi   fakti   (sababiy   bog’langanligi)   u   yoki   bu   faoliyat   usuli
kishiga zo’rma-zo’raki berilganini, u o’z qilmishlari uchun javobgar emasligini va
ularning   peshonasia   yozilganligini   dalil   qilib   ko’rsatish   huquqia   ega   ekanligini
bildirmaydi.
Irodaviy   ishni   kishi   uning     barcha   oqibatlari   uchun   javobgar   shaxs   sifatida
amalga   oshiradi.   Kishi   faoliyatining   va   ayniqsa   uning   irodasining   namoyon
bo’lishi shakli uning ishlari-faoliyatining sosial jihatdan ahamiyatli natijasi sifatida
namoyon bo’ladi.
Bu   ishlar   chun   obyektning   o’z   ma’sul   bo’ladi,   garchi   olingan   natija   uning
dastlabki   maqsadi   doirasidan   chetga   chiqqan   taqdirda   ham.   Sub’kt   boshqacha
yordam   berarkan,   uning   problemalarini   hal   qilishga   ko’maklasharkan,   muruvvat
ko’rsatadi.   Buni   u   ana   shu   boshqa   birovning   hayotida   qanday   rol   o’ynaganini
hayoliga   keltira   olmasligi   mumkin.   Lekin   ana     shu   birovning   ijobiy   ravishda
o’zgarishi uchun aynan o’zi ma’suldir.
Odamlar   o’zlarining   qilgan   ishlari   uchun   ma’suliyatni   kimga   yuklashga
moyil   bo’lishiga   qarab   sezilarli   ravishda   farqlanadilar.   Kishining   o’z   faoliyati
15 natijalari   uchun   ma’suliyatini   tashqi   kuchlara   va   sharoitlarga   qayt   qilib   qo’yish,
yoki   kasincha,   ularni   shaxsiy   kuch-g’ayratlariga   va   qobiliyatlariga   moyilligini
belgilaydigan   sifatlar   nazoratini   lokallashtirish   deyiladi.   (Psixologiya   adabiyotida
“nazorat   lokusi”   degan   termin   qo’llaniladi,   lotincha   Lotus   –   o’rnashgan   joy   va
fransuzchada   conlrole   –   tekshirish   deyiladi).   O’z   xulq-atvori   va   o’z   ishlari
sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga
moyil   bo’ladigan   odamlar   bor.   Shunaqa   paytda   nazoratning   tashqi   (eksternal)
lokallashtirilishi   to’g’risida     gapiriladi.   Bu   toifaga   mansub   o’quvchilar   olingan
qoniqarsiz   baholarini   istagan   vaj-bahona   bilan   tushuntirishadi.   Agar   individ,
odatda o’z qilmishlari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olsa va uning sabablarini
o’z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb bils, unda kontrolning ichki (internal)
lokallashuvi   ustun   deb   hisoblash   uchun   asos   bor   ham   ijobiy,   ham   salbiy
oqibatlarga ega bo’lgan irodaviy harakatning internal va eksternal lokallashtirilishi
shaxsning tarbiya jarayonida shakllanadigan barqaror fazilatidir.
Iroda   va   tavakkal.   Kishining   tavakkalchilik   sharoitidagi   xatti-harakteri
irodaning xarakterli ko’rinishlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Tavakkalchilik   –   bu   subyekt   uchun   uning   cheki   noma’lum   va
muvaffaqiyatsizlikka   duch   kelganda   mumkin   bo’ladigan   noqulay   oqibatlar
(jazolash, og’riq ta’sirini o’tkazish, travma, obro’ni yo’qotish va shu kabi) haqidagi
taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir.
Tavakkalchilik   paytida   kutilayotgan   noxushlik   bunday   holatdagi
muvaffaqiyatsizlik   ehtimoli   va   noqulay   oqibatlar   darajasining   uyg’unlashtirilishi
bilan   belgilanadi.   Tavakkalchilikning   birinchi   sababi   va     tegishli   ravishda
tavakkalchilikning   birichi   turi   bu   yutuqqa   umid   bog’lash,   muvaffaqiyat
qozonilganda   kutilayotgan   kattalikning   muvaffaqiyatsizliklar   oqibati   darajasidan
ortishidir.   Bu   o’rinda   muvaffaqiyat   motivasiyasi   muvaffaqiyatsizlikdan   qutilib
qolish motivasiyasidan kuchliroqdir.
Agar   kundalik   xulq-atvor   ishlar   uchun   qarama-qarshi   bog’lanishligi
e’tiboriga   olinadigan   bo’lsa   –   muvaffaqiyatsizlikdan   qutilish   motivasiyasi
muvaffaqiyat motivasiyasidan kattaroq kuchga ega bladi, bunda shu narsa ravshan
16 bo’ladiki,   tavakkalchilik-qaror   qabul   qilish   uchun   muhim   ahamiyata   ega   bo’lgan
voqyeadir.   Lekin   bunday   xulq-atvor,   garchi   kishidan   irodaviy   qarorni   talab
qiladigan bo’lsada, unchalik noyob narsa emas.
Oqlangan   va   oqlanmagan   tavakkalchilik   farq   qilindi.   Oqlangan
tavakkalchilik   farq   qilinadi.   Oqlangan   tavakkalchilik   yakunning   har   qandiy
noaniqligi   va   muvaffaqiyatsizlik   keltirishi   mumkinligiga   qaramay   oqlangan
tavakkalchilikdan   farq   qilib,   irodaviy   qarorga   kelayotgan   paytda   barcha
“yoqlovchi”   va   “qarshilarni”,   oqilona   ravishda   o’ylab   ko’rishni   va   xavfsiz
variantiga   nisbatan   xavfli   variantini   afzal   ko’rishini   nazarda   tutadi.   Xatti-
harakatning   xavfli   variantini   afzal   biladigan   xulq-atvor   yoki   tavakkalchilikning
ikkinchi   turi   uchun   ikkinchi   sabab-shaxsning   vaziyat   usti   aktivligi,   kishining
vaziyat   talablari   ustidan   ko’tarila   bilish,   dastlabki   vaziyatdan   ustun   keladigan
maqsadni   qo’yish   qobiliyati   to’g’ri   keladi.   Beg’araz   tavakkalchilikning   mavjud
bo’lish fakti riskometr degan maxsus asbobda sinab ko’rish vaqtida aniqlanadi.
Irodaning   asosini,   xuddi   umuman   subyektning   faolligi   kabi,   uning   xatti-
harakatlari   va   ishlarining   ko’p   tarmoqlari   va   xilma-xil   motivlashtirilishiga   sabab
bo’luvchi ehtiyojlari tashkil etadi.
Irodaviy   xatti-harakat   motivasiyasi.   Psixologiyada   motivlashtirish   deganda
psixoloik   hodisalarning   o’zaro   mustahkam   bog’langan,   lekin   bir-iriga   to’la   mos
kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi. Bu, birinchidan, individning
ehtiyojlarini   qondirish   bilan   bog’liq   bo’lgan   faoliyata   undovchi   sifatida   namoyon
bo’luvchi   motiv   sifatidagi   motivlashtirishdir,   faollik   holati   umuman   nima   uchun
paydo bo’lishini, subyektni faoliyat ko’rsatishiga qanday ehtiyojlar undayotganini
izohlab beradi.
Ikkinchidan,   motivlashtirish   faollik   nimaga   qaratilganligini,   nima   uchun
qandaydir   boshqa   xulq-atvor   emas,   balki   xuddi   shunaqasi   tanlanganligini   izohlab
beradi.   Bu   yerda   motivlar   xulq-atvor   yo’nalishini   anglashni   belgilaydigan
sababalrdir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo’nalishini tashkil etadi.
17 Nihoyat,   uchunchidan,   motivlashtirish   kishi   axloqi   va   faoliyatni   o’zi
boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bu vositalara emosiyalar, istaklar, qiziqishlar va
boshqalar kiradi.
Irodaviy aktda uni  motivlashtirishning barcha uchta tomoni-faollik manbai,
uning yo’nalganligi va o’z-o’zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir.
Irodaviy aktlar bo’g’inlari. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-
ko’pmi  darajada  anglanilgan   xarakterda  bo’ladi.  U  yoki   bu  ehtiyojning  qanchalik
anglanilganiga bog’liq intilish va istagi ham farq qilsa bo’ladi.
Intilish   –   faoliyatning   motiv   sifatida   ehtiyojning   yetarli   darajada   tushunib
yetilganligi   bilan   xarakterlanadi.   Bunda   faqat   ehtiyoj   boyekti   emas,   balki   uni
qondirishning mumkin bo’lgan yo’llari ham tushunib yetiladi.
Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o’zgarishi munosabati bilan bir qator
hollarda   motivlar   kurrashi   paydo   bo’ladi:   bir   istak   boshqa   istakka   qarama-qarshi
qo’yiladi,   u   bilan   to’qnashadi.   Muhokama   yoki   motivlar   kurashi   natijasida   qaror
qabul qilinadi  ya’ni  muayyan maqsad va shunga erishish  usli  tanlanadi. Bu qaror
hayotga   tadbiq   etilishi   kerak   yoki   biroz   kechiktirilishi   mumkin.   Qabul   qilingan
qarorning   muntazam   ravishda   bajarilmasligi   kishining   irodasi   kuchsizligini
ko’rsatadi.
Irodaviy xatti-harakatning so’ngi jihati ijrodir. Unga qaror harakatga keladi.
Ijroda,   irodaviy   xatti-harakatlarda   kishining   irodasi   birgina   yuksakg’oyaviy
motivlarga va qahramonona qaror va niyatlarga qaram emas, balki  ishlarga qarab
hukm   chiqarish   kerak.   Irodaviy   zo’r   berish.   Irodaviy   aktning   eng   muhim
bo’g’inlari – qaror qabul qilish va uni ijro etish – ko’pinchaalohida hissiy holatning
irodaviy   zo’r   berish   sifatida   tavsiflanadigan   holatning   kelib   chiqishiga   sabab
bo’ladi.   Irodaviy   zo’r   berishbu   hissiy   hayajon   shakli   bo’lib,   kishining   harakatga
qo’shimcha   motivlarni   vujudga   keltiruvchi,   gohida   yo’q   bo’luvchi   yoki   yetarli
bo’lmovchi   ichki   resurslarini   (xotirasi,   tafakkuri,   xayoli   va   boshqalarni)   safarbar
etuvchi   va   ancha     zo’rayish   holati   kabi   boshdan   kechiriladigan   sababalardir.
Irodaviy   kuch-g’ayrat   ishlatish   natijasida   dangasalik,   qo’rquv,   charchash   kabilar
ustidan qozonilgan g’alaba anchagina hissiy zavq beradi, o’z ustingdan erishilgan
18 g’alaba   kabi   boshdan   kechiriladi.   Irodaviy   kuch-g’ayrat   odamlarning   barcha
qahramonlik ishlariga zarur qism bo’lib kiradi.
19 Brinchi bob yuzasidan xulos
1.   Kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilari     har     doim     ham   o‘qituvchi
tomonidan   berilayotgan   baholar   natijalarini   tahlil   etishga   moyil   emas,   bu   holat
ularning shaxsiy va kasbiy kamolotida turli nuqsonlarni  shakllantirish  bilan  birga
ularni   bartaraf etishga     nisbatan     e’tiborsizlikni   keltirib   chiqaradi. Shuningdek,
ta’limiy jarayonda irodaviylikni shakllanishga salbiy ta’sir etishi, ehtimol.
2.   O‘qituvchilar   o‘quvchilarining   birinchi   sinfda   boshlab   irodaviylik
xususiyatlarini   shakllantirishni   uzluksizligini       ta’limning     qolgan     bosqichlarida
ham     saqlashga     erishsalar,   ta’lim     samaradorligiga     shaxsiy       ta’sir     o‘tkazib,
o‘quv-tarbiya   jarayonida  yuqori  natijalarga  erishadilar.
3. Ammo,  kichik maktab  yoshidagi   o‘quvchilarning      “Men”  –  konsepsiyasi
salbiy ekanligini ko‘rsatmaydi, balki o‘z hulqini boshqara olish va     qa’tiylikning
yetarli   emasligi   oqibati   bo‘lib   hisoblanadi.   Ular   har     qalay,   umuminsoniy
qadriyatlarni   tan   olishga   va   ahloq   qoidalariga   rioya   qilishga   intiluvchi   shaxs
sifatida   o‘z   mavqelariga   egadirlar.   Ulardagi   irodaviylikning   to‘laqonli
shakllanmaganligi     oilaviy     muammolari     bilan     bog‘liq     yumushlarning     ta’siri
natijasida   bo‘lishi   mumkin.
4.Boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchisining   o‘quvchilari   bilan   munosabatlaridagi
kommunikativ         oraliq       barcha     ta’lim     bosqichlarida     “ishonchli” va “dildan
ishonish”   diapazonidan     o‘rin   olgan     bo‘lib,   o‘quvchilar     o‘qituvchilariga
kommunikator   va     resipient   sifatida     o‘zlarini     namoyon     etsalarda,   ammo
munosabatlari jarayonida guruhdagi   kommunikativ   zona bo‘yicha o‘zgarishlarda
axborot   qabul   qiluvchi   rolida   qolib   ketmoqdalar.   Bu   esa   o‘quvchilarning
o‘qituvchilari   bilan   munosabatda     “ob’ekt”   tarzida     ishtirok       etayotganliklari
taassurotini   qoldiradi.
5.Boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchisi   bilan   o‘quvchilari   munosabatida
o‘quvchilarning  xulqiy  rivojlanishini  ta’minlash  lozim. Bu  ayrim o‘quvchilarga
xos   ekanligi   ma’lum   bo‘ldi.
20 21 2-BOB. KIKIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING 
EMOSIONAL-IRODAVIY SIFATLARINI MAKTABGA
MOSLASHUVIGA  TA’SIRINI EKSPERIMENTAL TADQIQ
ETISH
2.1. Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish
Irodaning  individual   xususiyatlari.  Iroda  faoliyatning  ichki  qiiynchiliklarini
yengishga   qaratilgan   ongli   tuzilma   va   o’z-o’zini   boshqarish   sifatida   eng   avvalo
o’ziga, o’z  hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik
har   xil   odamlarda   har   xil   darajada   ifodalanishi   hammaga   ma’lumdir.   Oddiy   ong
o’zining   namoyon   bo’lishi   tezligiga   qarab   farqlanadigan,   bir   qutbda   irodaning
kuchi,   boshqa   birida   esa   kuchsizligini   ifodalaydigan   irodaning   individual
xususiyatlarining   spekterini   qayt   qiladi.   Kuchli   irodali   kishi   o’z   oldiga   qo’ygan
maqsadga   erishish   yo’lida   qiiynchiliklarni   bartaraf   eta   oladi.   Irodasi   sust   kishilar
qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar va o’zlarini tuta olmaydilar.
Irodasi sustlikning namoyon bo’lish doirasi xuddi kuchli irodaning xarakterli
sifatlari  kabi   ran-barandir.  Irodasi  sustlikning   eng  chekka  darajasi   psixik  normasi
chegarasidan tashqarida bo’ladi. Abuliya va apraksiya, masalan, shunga kiradi.
Abuliya   –   bu   miya   patologiyasi   zaminida   yuzaga   yekladigan   faoliyata
intilishning   yo’qligi,   harakat   qilish   yoki   uni   bajarish   kerakligini   bilgan   holda
shunday qila olmaslikdir.
Apraksiya   –   bu   miya   patologiyasi   zaminida   yuzaga   keladigan   faoliyata
intilishning   yo’qligi,   harakat   qilish   yoki   uni   bajarish   uchun   qaror   qabul   qilish
zarurligini tushungan holda shunday qila olmaslikdir.
Apraksiya   –   miya   tuzulishining   shakllanishi   natijasida   kelib   chiqadigan
harakatlar   maqsadga   muvofiqligining   murakkab   buzilishi   miyaning   peshana
qismlarida   to’xtab   qolgan,   xatti-harakatlarni   erkin   to’g’rilashni   buzilishida
namoyon bo’ladigan apraksiya boshlanadi.
Abuliya va apraksiya – psixikasi og’ir kasallangan odamlarga xos, nisbatan
kamyob xodisalardir. Yalqov kishining qiyinchiliklarni yengishdagi bosh tortishga
22 intilishi,   irodaviy   kuch   g’ayrat   ko’rsatishni   qat’iy   ravishda   istamasligi   iroda
sustligining eng tipik ko’rinishidir.yalqovlik – kishi ojizligi va sustligining, uning
hayotga   layoqatsizligining   dalilidir.   Yalqov   kishi   odatda   nazoratning   tashqi
tomonlariga   e’tibor   bermaydi   va   shu   sababli   beparvolik   qiladi.   Yalqovlik,
shuningdek   ojizlikning   boshqa   ko’rinishlari   –   qo’rqoqlik,   jur’atsizlik,   o’zini   tuta
bilmaslik   va   boshqalar   shaxsning   rivojlanishidagi   jiddiy   kamchiliklardir,   ularni
bartaraf   etish   jiddiy   tarbiyaviy   ishni   va   avvalo,   o’z-o’zini   tarbiyalashni   tashkil
etishni talab qiladi.
Irodaning   ijobiy   fazilatlari   juda   ko’p.   Ularga   quyidagilar   kiradi:
qahramonlik,   sabotlilik,   qat’iylik,   mustaqillik,   o’zini   tuta   bilish   va   boshqalar.
Xususan   qat’iylik   –   irodaning   individual   fazilati   bo’lib,   mustaqil   ravishda
ma’suliyatli   qaror   qabul   qilish   hamda   uni   faoliyatida   so’zsiz   amalga   oshirish
qobiliyatiga va malakasi bilan bog’liq.
Irodaviy   fazilatni   va   uning   o’zini-o’zi   tarbiyalash   pedagogning   vazifasi   –
faqat   irodaviy   fazilatlar   doirasini   ko’rsatib   berishdan,   ularning   muhim   axloqiy
prinsiplari   bilan   ichki   aloqasini   ochib   berishdan   tashqari   o’z   irodasini   o’zi
tarbiyalashga   intiluvchi   o’quvchiga   yordam   berish,   irodaviy   fazilatlarni
rivojlantirishning   qanday   usullari   kam   samarador   va   qaysi   birlari   jiddiy   yordam
bermasligini ko’rsatishdan iboratdir.
Irodani mustaqil tarbiyalash usllari juda ham har ixl bo’lishi mumkin, lekin
ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o’z ichiga oladi.
1.   Irodani   tarbiyalashni   nisbatan   arzimas   qiyinchiliklarni   bartaraf   etishni
odat   qilishdan   boshlash   kerak.   Oldiniga   unchalik   katta   bo’lmagan   qiyinchilikni,
vaqt   o’tishi   bilan   esa   ancha   katta   qiyinchiliklarni   muntazam   ravishda   yengib
boirib, kishi o’zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi.
2. Qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga erishish
uchun   amalga   oshiriladi.   Maqsad   qanchalik   ahamiyatli   bo’lsa,   irodaviy   motivlar
darajasi   qanchalik   yuqori   bo’lsa,   kishi   shunchalik   katta   qiiynchiliklarni   bartaraf
etishga   qodirdir.   Muhimi,   kishi   kundalik   ishlari   orasida   uzoq   kelajakni   hyech
qachon   unutmasligi,   faoliyatning   so’nggi   maqsadlarini   hyech   vaqt   esdan
23 chiqarmaslik   kerak.   Shuning   uchun   ham   irodani   tarbiyalashning   zarur   sharti
faoliyatning oliy motivlarini-ilmiy dunyoqarashga asoslangan axloqiy prinsiplarini
va e’tiqodlarini shakllantirishdir.
3.   Qabul   qilingan   qaror   bajarilishi   kerak,   har   gal,   qachonki,   qaror   qabul
qilinib,   uning   bajarilishi   yana   va   yana   kechiktirilaversa,   kishining   irodasi   izdan
chiqadi.   Qabul   qilingan   qarorlarning   muntazam   ravishda   bajarilmasligi   kishi
irodasini   intizomsiz   qilib   qo’yadi.   Ammo   qaror   qabul   qilayotib,   uning   ham
maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak.
4. Agar kishi uzoqqa mo’ljallangan maqsadni oldiga qo’ygan taqdirda uzoq
istiqbolni   nazarda   tutishi,   bu   maqsadga   erishish   bosqichlarini   ko’rishi,   yaqin
kelajakka mo’ljallangan istiqbolni ko’ra olishi juda muhimdir. Pirovard maqsadga
erishish uchun sharoitlar yaratiladi.
5.Kishining   kundalik   rejimiga   butun   hayotining   to’g’ri   tartibda   olib
borilishiga   qat’iy   amal   qilishini,   kishi   irodasini   shakllanishi   uchun   eng   muhim
shartlar qatoriga kiradi.
Irodali   kishi   –   o’z   vaqtining   xo’jayini,   xalqining   tayanchidir.   Bu   haqida
birinchi   prezidentimiz   I.A.Karimov   shunday   degan:   “Bizning   eng   katta
tayanchimiz – xalqimiznig irodasi va xalqimizning ishonchidir”.
Irodani   tarbiyalash   to’g’risida   gapirilarkan,   faoliyatning   muvaffaqiyatli
bajarilishi   faqat   u   yoki   bu   irodaviy   fazilatlar   shakllanishiga   emas,   balki
belgilanadigan   narsaning   real   bajarilish   sharti   sifatidagi   tegishli   ko’nikmalarning
borligi,   qo’yilgan   maqsadlarga   erilishiga   bog’liq   ekanligini   unutmaslik   kerak.
Sport  bilan muntazam  ravishda  shug’ullanish kishi  ham  irodasini  chiniqtirishning
muhim shartlaridan biridir.
Shunday   qilib,   foydali   ko’nikmalarni   va   birinchi   navbatda   mehnat
ko’nikmalarini   shakllantirish   qo’yilgan   maqsadlarga   muvaffaqiyatli   erishishning
muhim shartlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Pirovardida   shuni   aytish   kerakki,   asosiy   irodaviy   fazilatlarning   rivojlanishi
kishining   boshqa   odamlar   bilan   doimiy   muloqoti   jarayonida,   u   bilan   birgalikda
24 ishlashi   davomida   yuz   beradi.   Jamiyatdan   tashqarida   kollektivdan   tashqarida
kishining irodasi normal rivojlana boshlaydi.
Har bir o’quvchida irodani rivojlantirish a uni mustaqil ravishda tarbiyalash
uchun   barcha   imkoniyatlar   mavjud.   Irodani   ongli   ravishda   tarbiyalash   jarayoni
qanchalik tez boshlansa, shunchalik ko’p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
2.2. Emosiyalarni o’rganish muhim muammo sifatida
Umumiy   va   ijtimoiy   psixologiyaning   zamonaviy   tadqiqotlari   orasida
insonlardagi   emosional   munosabatlarni   maxsus   o’rganish   dolzarb   muammodir.
Chunki   bu   xislar   har   bir   inson   uchun   ham   tabiiy,   ham   obyektiv   zarurat   tarzida
yuzaga keladi va namoyon bo’ladi.
Inosn jamiyatda o’z o’rnini munosib anglab yashash har bir inson uchun oliy
maqsad   hisoblanadi.   Bu   maqsad   asosida   esa   insoniy   munosbatlarning   shunday
shakllari yotadiki, bularga do’stlik, mehir, sevgi, hurmat, sadoqat, ishonch kabilar
kiradi. Bu keltirilgan xislar ma’navitning ajralmas tarkibi hamdir. Shuning uchun
Prezidentimiz   I.A.Karimov   bu   keltirilgan   hislarni   insonga   havo   va   suvdek   zarur
deb ta’riflaydi: “ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur... yer, ota, oan, bolalar,
qarindoshlar,   xalq,   mustaqil   davlatimizga   sadoqat,   inosnlarga   hurmat,   do’stlik,
ishonch,   xotira,   vijdon,   mehr,   oqibat,   erkinlik   bular   barchasi   ma’naviyat.
Ma’naviyatning   ana   shunday   ma’nosi   keng”.   Demak,   maktabacha   yoshdagi
bolalarda   shakllantiriladigan   hislar   ma’naviyatning   tarkibiy   qismi   bo’lib,   ularni
o’ranish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Bundan   tashqari,   har   qanday   jamiyatning   kelajagini   uning   o’sib   kelayotan
avlodi   belgilaydi.   Yosh   avlodning   ma’naviyati,   e’tiqodi,   fikri,   kelajakda   o’zining
oilasiga   va   boshqalarga   munosabati   ko’p   jihatdan   ularda   namoyon   bo’ladigan
ma’naviy   hislarni   qanday   tarbiya   olganliklariga   bevosita   bog’liq.   Shu   jihatdan
olganda   I.A.Karimov   ta’kidlaganidek:   “Yurtiga,   Vataniga   muhabbat,
inosnparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qoniga singib ketgan azaliy xususiyatlardir.
25 Ana   shu     noyob   insoniy   fazilatlarni   asrab,   avaylash   va   yanada   takomillashtirish,
farzandlarimizni   ozod   va   demokratik   O’zbekistonning   munosib   o’g’il   va   qizlari
etib tarbiyalash masalasi  ma’naviyat sohasidagi  ishlarimizning asosiy yo’nalishini
tashkil qilmog’i kerak”.
Demak,   yosh   avlodni   Vatanga,   yaqinlariga   mehr-muhabbat   ruhida
tarbiyalash   orqali,   ularda   do’stona   munosabatlarni   tarkib   toptirish   asosida   ularni
jamiyatda   yashash   va   o’zini   shaxs   deb   tan   olinishi   bilan   bog’liq   muhim   ehtiyoji
qodiriladi.   Shuning   uchun   shu   davrida   yuzaga   keladigan   munosabatlarni
pedagoglar bilishi nihotda zarur muammmolardan biridir.
Qolaversa,   hammamizga   ayonki,   mazkur   2008   yil   mamlakatimzda
“Yoshlar”   yili   deb   e’lon   qilingan.   Yoshlar   qalbida   mehr   va   muruvvat,   do’stlik
hislarini ko’ra olish, bu tuyg’ularning shaxs ma’naviy kamoloti uchun, rivojlanishi
uchun ijobiy tomonlarini anglab olish muammosi ham dolzarb xarakterga ega. Bu
muammoni   ayniqsa   bizning   millatimiz   vakillariga   o’ziga   xos   psixologik
tomonlarini maxsus o’rganish ham aktual muammo deb ayta olamiz.
Ko’p   vaqt   iobaynida   emosional   munosabatlarda   rivojlanadigan   xislar   va
ularni shaxsda namoyon bo’lishi kabi fenomen ilmiy tadqiqot predmeti emas, balki
adabiyot, san’at va boshqa sohalar predmeti sifatida o’rganilib kelingan.
O’rganilgan adbiyotlar sharxidan  ma’lum bo’ldiki, sevgi, do’stlikni bevosita
o’rganilishi   va   shu   yuzasidan   dastlabki   ishlarnin   yuzaga   kelishi   XIX   asrning   II
yarmiga   to’g’ri   keladi.   Chet   el   psixologlaridan   R.Anri,   E.Fromm,   Z.Rubin   va
boshqalar   tomonidan   emosional   munosabatlar   yoritb   berilgan.   Bu   hissiy
munosabatlarni   yoritib   berishda   K.Izardning   “Emosii   cheloveka”   asari   nihoyatda
ahamiyatlidir,   muallif   inosn   xis-tuyg’ularini   chuqur   tahlil   qilib   bergan   holda
shaxsda namoyon bo’lish ko’rinishlarini ham asoslab bergandir, lekin muallifning
bu asarida xususit kasb etishini yoritib berilmagan.
Ameriyekalik   A.Maslou   inson   ehtiyojlarini   hissiy   masalalar   bilan
bog’liqligini   asoslaydi.   Inosna   xos   ehtiyojlar   orasida   yaxshi   munosabatlarga
intilish   ehtiyoji   –   sevimli   bshlish,   kerakli   bo’lish,   qandaydir   jamoaga   taaluqlilik,
shu   odamni   taniydigan   va   tushunadigan   guruhga   a’zolik,   shu   kabilar   shaxsda
26 ishonch va qiziqish, faoliyat va hayota nisbatan samara olib kelishi va shu borada
ehtiyojlari amalga oshishini ko’rsatib beradi.
Inson   xissiyotlari,   shaxslararo   insoniy   munosaatlardagi   ahamiyati   sevgi-
muhabbat   va   lo’stlik   munosabatlari   to’g’risidagi   ilmiy   fikrlar   L.Ya.Gozmaning
“Psixologiya   emosionalnыx   otnosheniy”   kitobida   tahlil   etib   berilgan.   Uning
fikricha,   har   bir   kishi   uchun   qadirli   bo’lgan   xissiyotlar   yoqtirish   va   yoqtirmaslik
do’stlik   va   sevgi,   g’azab   va   xavas   kabi   xissiy   munosabatlar   keyini   yillarda
qaralmoqda. Muallifningn bu asarida inosn hissiy munosabatlarini  o’rganishgaoid
psixometrik kuzatuv metodlari taxlil va qo’llash shatlari ko’rsatib berilgan. Lekin,
hissiyotlar taxlilida yosh xususityalaria e’tibor berilmagan.
A.N.Lukning   “Emosii   i   chuvstva”   kitobida   emosional   holatlarning   asosiy
turlari,   ularning   har   birining   ta’rifi   berilgan.   Mullif   fikricha,   inson   emosional
olamida faqat yoqimli xislargina mavjud emas, ulrga qarshi hissiyotlar ham borligi
muhim,   chunki   faqat   yoqimli   yoki   faqat   yoqimsiz   hissiyotlar   to’yinishiga   va
zerikishiga olib keladi.
A.N.Lukning   “Emosii   i   lichnost”   asarida   esa   inson   xis   tuyg’ularining   uni
shaxs   sifatida   har   tomonlama   kamol   topishiga   ta’iri   ko’rsatib   berilgan.   Uning
fikricha,   pedagog   hissiyotlar   psixologiyasini   o’rganish   orqali   tarbiyalanuvchi
shaxsiga ta’sir etishi mumkin.
A.N.Luk:   “...buning   uchun   ilk   o’spirin,   hissiyotlarini   o’rganish   masalasini
dolzarb   etib   qo’yilishi,   bu   o’ta   muhimdir,   ularni   qiziqtiradigan   intlish,   yoqtirish,
sevgi, do’stlik hissiyotlarini bilishimiz kerak”, - deydi.  
Demak   maktabgacha   yoshidagi   bolalarning   hissiyotlarini   o’rganish
masalasining   dolzarb   etib   qo’yilishi,   bu   o’ta   muhimdir,   chunki   shaxsning
yoshligidan   qiziqish,   intilishni   bilish   va   unda   to’g’ri   tasavvurlarni   shakllantirish
jamiyat hayotida alohida o’rin egallaydi.
Adabiyotlar   taxlilida   ko’rinadiki,   inson   hissiy   munosabatlarni   o’rganish,
tadqiq etish ko’proq chet el va MDH olimlari tomonidan amalga oshirilgan.
O’zbek   etnosi   misolida   bu   mavzuning   o’rganilganligi   holatini   taxlil   qilsak,
garchi insoniy xislar, insoniy munosabatlar  insoniyat  jamiyat kabi qadimiy bo’lsa
27 ham, lekin o’zbek millatida bu masalalarning maxsus o’rganilishi oila bilan bog’liq
ravishda va shaxsda ma’aviy axloqiy sifatlarni shakllantirish jihatdan o’rganilgan.
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor  M.G.Davletshinning
qator   ilmiy   maqola   va   rosolalarida   shaxsning   emosional   xususiyatlari   uning
faoliyatiga   bevosita   ta’sir   etishi   masalalari   asosbal   berilgan.   Uning   ayniqsa,
o’qituvchi   psixologiyasiga   doir   o’quv-uslubiy   ishida   o’qituvchi   shaxsiga   zarur
bo’lgan sifatlar orasida undagi shaxsiy fazilat belshilari bilan bir qatorda empatik
xis etish zarur ekanligi ko’rsatilgan.
Lisey   va   kollej   o’quvchilart   uchun   yaratilgan   prof.G’.B.Shoumarov   taxriri
ostidagi  “Oila psixologiyasi”  o’quv qo’llanmasida  esa  o’smirlik davridan boshlab
o’g’il-qizlarda   kuzatiladigan   hissiyotlar   orasida   sevgi,   do’stlik   masalalarini
maktabgacha yoshdan boshlab tarbiyalash lozimligi ko’rsatib berilgan.
V.M.Karimova   ilmiy   ishlarida   oila   barpo   bo’lishidagi   o’nta   qadriyatlar
orasida   hurmat,   muhabbat,   tushunish   hissini   asosiy   sifatida   tanlash   kuzatiladi.
V.M.Karimova, F.Akromovalarning “Psixologiya” o’quv qo’llanmalarida esa ayni
o’smirlik   va   o’spirinlik   davrlaridagi   sevgi,   do’stlik   hissining   o’ziga   xos   belgi   va
xususiyatlari yoritib berilgan.
S.M.To’ychiyeva   ilmiy   ishlarida   yoshlar   axloqiy-ma’naviy   fazilatlari
shakllanishida ulardagi o’zaro munosabatlar, shaxsining o’zini kimgadir kerakli his
etishi kabi jihatlar yoritib berilgan.
E.Usmonov, B.Umarov ilmiy ishlarida yoshlarida suisid holati yuz berishida
asosiy   motivlaridan   ularni   tushunmaslik,   yolg’izlik   hissi,   emosional
munosabatlarning ta’siri ko’rsatib berilgandir. 
Demak,   shaxsning   qanday   muhit   va   sharoitdagi   faoliyatlariga   bog’liq
ravishda  emosional  munosabatlarida farq va umumiyliklar  kuzatilishi  mumkindir.
Bu   jihatlarni   esa   XXI   asrdagi   yosh   avlod   misolida   o’rganish   muhimdir.   Shuning
uchun   biz   ilk   o’spirinlarda   kuzatiladigan   sevgi,   do’stlik   kabi   hissiy
munosabatlarning namoyon bo’lishi xususiyatlarini o’rganishni maqsad qildik.      
28 2.3. Tadqiqot metodlarining talqini
Tadqiqotda   ilgari   surilgan   farazlarni   tasdiqlash   maqsadida   quyidagi
metodlardan foydalanish nazarda tutildi. Bular: 
1.   Kuzatish   metodi:   kichik   maktab   yoshidagi   bolalar   o’quv   faoliyati
jarayonida kuzatiladi.
2. Test metodi: a) V.Mixal tomonidan Saksning SSCT “Tulanmagan gap”
modifikasiya qilingan assosiativ testi; b) A.Krыlov, S.Manichev tomonidan tavsiya
etilgan   “Chegaralangan   motivlar   asosida   maktabgacha   yoshidagi   bolalarning
irodasini   tekshirish”   metodikasi;   v)   G.A.Uruntayeva   va   Afonkinalarning
“Bolalarda   o’yin   yoki   o’qish   motivining   ustunligini   aniqlash”   metodikasi;   g)
I.Shaxova   tomonidan   tavsiya   etilgan   “Kichik   maktab   yoshidagi   o’quvchilarning
maktabga   o’qish   motivasiyasi   darajasini   aniqlash”   metodikasi   va   kichik   maktab
o’quvchilari uchun maxsus tuzilgan anketa savollari. 
V.Mixal tomonidan Saksning SSCT “Tulanmagan gap” 
modifikasiya qilingan assosiativ testi
Yo’llanma.   Bolalar,   keling   siz   bilan   bir   o’yin   o’ynaymiz.   Men   gap
o’qiyman, simz esa uni yakunlaysiz.
3.Biz oyimizni sevamiz, ular esa....
15.Meni o’ylashimcha, oyim ko’proq....
7.Dadalar ba’zida....
9.Bizning dadamiz....
5.Mening akam(ukam, opam, singlim)...
11.Agar mening ukam (akam, opam, singlim)...
2.Oilada farzand.....
10.Mening yaqinlarim men haqimda.... deb o’ylashadi.
4.Bolalar orasida o’zimni.....
8.Men bilan o’ynaydigan bolalar....
12.Mening do’stlarim......
29 23.Mening tarbiyachim (o’qituvchim).....
16.Agar maktab bo’lmaganda......
22.Ertalab.......
18.Maktab haqida o’ylaganimda.......
1.O’ylashimcha..... kishilar kam.
6.Men ertalab chaqqon bo’lishim uchun.....
21. ...... kuchsizman.
13. ...... bo’lishni istayman.
17. ...da o’zimni yo’qotib qo’yaman.
19. Agar blalar ....dan qo’rqishimni bilib qolishsa...
20. ..... bo’lganda, o’zimni baxtli xis qilar edim.
24.Men doimo .... haqida orzu qilaman.
14.Kasal bola......
Tahlili: 
A. 3, 15- gaplar onaga munosabat;
B. 7,9- otaga munosabat;
V. 5,11-aka-uka, opa-singilga munosabat;
G.2,10- oilaga munosabat;
D. 4,8,12 – tengdoshlariga munosabat;
Ye.23,16,18 – maktab, o’qituvchilrga munosabat;
J. 1 – odamlarga munosabat;
Z. 6,21 – shaxsiy obiliyatlariga munosabat;
I. 13,17,19 – qo’rquv, havotirlanish;
K. 14- kasallikka munosabat;
L. 20,22,24 – kelajakka rejalar.
Ballar:  0 ball – ijobiy bo’lsa;
              1 ball – salbiy ham emas, ijobiy ham emas;
              2 ball – salbiy munosabat.
30 Ushbu   testni   tadqiqot   obyekti   sifatida   tanlangan   30   ta   tayyorlov   guruh
tarbiyalanuvchilari.yu   30   ta   1-sinf   o’quvchilari   va   30   ta   4-sinf   o’quvchilarida
aniqlovchi eksperimentda o’tkazish rejalashtirildi.
A.Krыlov, S.Manichev tomonidan tavsiya etilgan
 “Chegaralangan motivlar asosida maktabgacha yoshidagi bolalarning
irodasini tekshirish” metodikasi
Tajribaga   tayyorgarlik .   Korobkaga   yangi   bir   nechta   o’yinchoq   va
predmetlar solib qo’yiladi.
Tajribaning borishi.
Bola (7 yosh) alohida xonaga qiziqarli narsa ko’rish uchun taklif etiladi.
Uni   stol   atrofiga   o’tqiziladi.   Stol   o’rtasiga   korobka   qo’yiladi.   Eksperimentator
bolaga: “Sen o’tirib tur, men xozir kelaman, lekin qutichaga tegma” – deb chiqib
ketadi.
Natijalar   tahlili.   Eksperimentator   bolani   unga   bildirmagan   holda
kuzatadi.   Agar   bola   qutichaga   5-10   minutgacha   tegmasa   irodaviy   sifatlarining
shakllanganligi past, 10-15 minut – o’rtacha, 15-20 minut – yuqori bo’ladi.
Ushbu metodikani 30 ta tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari hamda 
30 ta 1-sinf o’quvchilarida o’tkazish rejalashtirildi.
I.Shaxova tomonidan tavsiya etilgan “Kichik maktab 
yoshidagi o’quvchilarning maktabga o’qish motivasiyasi d
arajasini aniqlash” metodikasi va kichik maktab o’quvchilari uchun maxsus
tuzilgan anketa savollari.
Ushbu metodika ikki bosqichda o’tkaziladi.
1-bosqich.   1-4   sinf   o’quvchilariga   “Maktabda   menga   nima   yoqadi?”
mavzusida rasm chizish taklif etiladi.
2-bosqich. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun anketa.
31 Anketada o’quvchining familiyasi, ismi, maktabi, sinfi, jinsi, o’tkazilgan
vaqti aks ettiriladi.
1. Senga maktabda o’qish yoqadimi?
- uncha emas; 
- yoqadi;
- yoqmaydi.
2.  Ertalab   uyg’onib  maktabga   borish   haqida   o’ylasang   quvonasanmi   yoki
uyda qolish haqida o’ylaysanmi?
- tez-tez uyda qolgim keladi;
- har xil bo’ladi;
- quvonch bilan maktabga borish haqida o’ylayman.
3.   Agar   o’qituvchi   ertaga   maktabga   kelishingiz   shart   emas   desa   uyla
qolarmidingiz?
- bilmayman;
- uyda qolardim;
- maktabga borardim.
4. Senga maktabga bormaslik yoqadimi?
- yoqmaydi;
- har xil;
- yoqadi.
5. Senga uy vazifasi berilmasa yoqadimi?
- yoqadi;
- har xil;
- yoqmaydi.
6. Maktabda bo’lishni istaysanmi?
32 - bilmayman;
- istamayman;
- istayman.
7. Ota-onangga maktab hayoti haqida tez-tez gapirib turasanmi?
- ha;
- yo’q;
- ba’zan.
8. O’qituvchining qattiqqo’l bo’lishini istaysanmi?
- aniq bilmayman;
- istayman;
- istamayman.
9. Sinfda do’stlaring ko’pmi?
- kam;
- ko’p;
- do’stim yo’q.
10.Senga sinfdoshlaring yoqadimi?
- yoqadi;
- unchalik emas;
- yoqmaydi.
Yig’ilgan ballar quyidagicha interpritasiya qilinadi:
20-30 ballgacha – maktabda o’qish motivasiyasi, o’qishga bo’lgan faollik
yuqori;
15-19   ballgacha   –   maktabga   munosabat   ijobiy,   lekin   o’quv   jarayoni
qiziqtirmaydi;
10-14 ballgacha – o’quv motivasiyasi past;
10   va   undn   past   –   maktabga   munosabat   salbiy,   maktabga   nisbatan
dezadaptasiya.
33 Ushbu   metodikani   1-4   sinf   o’quvchilarida   nazorat   va   shakllantiruvchi
eksperimentda o’tkazish rejalashtirilgan.
2.2. Nazorat tajribasi natijalari
Dissertasion   ishda   tanlab   olingan   metodikalar   kichik   maktab   yoshidagi
o’quvchilarning emosional-irodaviy sifatlarini maktabda muvofaqqiyatli o’qishiga
qanday ta’sir etishini aniqlashga qaratilgan bo’lib, nazorat tajribasida maktabgacha
tarbiya   muassasalari,   maktabning   1-4-sinf   o’quvchilari   tadqiqot   obyektlari   qilib
tanlab olindi. Biz tanlab olgan metodikalarning har birining o’z maqsadi  bor, ana
shulardan  kelib chiqqan  holda eksperimentimizni  Saksning  “Tugallanmagan  gap”
metodikasidan   boshladik.   Ushbu   metodikaning   maqsadi   kichik   maktab   yoshidagi
o’quvchining   jamiyat   va   odamlarga   nisbatan   munosabatini   bilishdan   iborat.
Tahliliy   solishtirish   maqsadida   testni   tayyorlov   gurahi,   1-sinf   va   4-sinf
o’quvchilarida o’tkazdik. Olingan natijalar quyidagidan iborat. 
Biz   boshlang‘ich   sinf     o‘quvchilari   bilish   jarayonlaridagi   irodaviylik
sifatlarini tahlil   qilganimizda   muallim   bilan   bolalarning     munosabatida   o‘ziga
xoslik     va     o‘zaro     moslik   holatlarini     kuzatishga     erishdik.   O‘quvchilar
o‘qituvchilari   bilan     o‘zaro     munosabatda     kommunikator     sifatida     –   dildan
yondashishga     harakat     qilmoqdamiz,     degan     javob   bilan   cheklanganlar.
O‘qituvchilar     esa,     o‘quvchilari     o‘zlariga     nisbatan     ishonchli     munosabat
o‘rnatayapti, degan  mulohazani bildirganlar. O‘qituvchining timsolini o‘quvchilar
tomonidan   baholangan   holatda   ham,   ularning   kommunikativ   oraliq   bilan   bog‘liq
munosabatlarida   ham       bolalar     o‘qituvchiga     nisbatan   ishonch     bilan   qarashga
harakat   qilganlar.   O‘z   navbatida   o‘quvchilarning   baholari   xolisligini   nazorat
etuvchi   mezon   o‘qituvchining   metodika   bo‘yicha   ko‘rsatkichlari   hisoblanadi.
O‘qituvchilarning   shaxsiy   fazilatlarini   o‘rganganimizda,   ularning   muloqotga
moyilliklari, hissiy barqarorliklari    o‘rtacha   ko‘rsatkichga   ega,   o‘ziga   ishonch,
ijtimoiy   yetuk   va dadillik, mustaqillikka moyilliklari ham o‘rtacha darajada edi.
O‘qituvchilarning o‘quvchilari bilan munosabatining kommunikativ  oralig‘i  ham
34 2.2.1-jadval
1-sinf o‘quvchilarining natijalari
№ Munosabat  Salbiy  Ijobiy  Neytral 
1 Onaga 
munosabat ---- 97% 3%
2 Otaga 
munosabat 12% 50% 38%
3 Opa-ukaga
munosabat 6% 67% 27%
4 Oilaga 
munosabat --- 94% 6%
5 Tengdoshlariga
munosabat 6% 85% 9%
6 Maktabga,
tengdoshlariga
munosabat 12% 73% 15%
7 Odamlarga
munosabat 15% 76% 9%
8 Shaxsiy
qobiliyatga
munosabat 61% --- 39%
9 Qo‘rquv,  
xavotir 57% --- 43%
10 Kasallikka
munosabat 61% 30% 9%
11 Kelajakka
munosabat --- 97% 3%
xolisona baholangan   deya olamiz. O‘qituvchilar o‘quvchilaridan farq qilgan
holda   o‘z   natijalarini   “ishonchli”   munosabat   diapazonida   ekanligini   ma’lum
35 qilganlar.   Natijaning   ikkinchi   tomoni     o‘qituvchilar     o‘quvchilarini     o‘zlariga
nisbatan     resipient     sifatida   qabul     qilishlarida       ham     nisbiy     tenglik     kuzatildi.
Bundan     ko‘rinadiki,   o‘qituvchining     o‘quvchilari     bilan     munosabatining
kommunikativ oralig‘i  kommunikator  va  resipient   sifatida ham bir diapazondan
o‘rin   olgan.   Bu   esa   o‘qituvchilarning       metodikaga       nisbatan       xolisona
yondashganligini    bildiradi.
2.2.2-jadval
4-sinf o‘quvchilarining natijalari
№ Munosabat  Salbiy  Ijobiy  Neytral 
1 Onaga 
munosabat --- 97% 18%
2 Otaga 
munosabat 30% 52% 18%
3 Opa-ukaga
munosabat --- 91%       9%
4 Oilaga 
munosabat --- 97% 3%
5 Tengdoshlariga
munosabat 6% 85% 9%
6 Maktabga,
tengdoshlariga
munosabat 9% 88% 3%
7 Odamlarga
munosabat 3% 88% 9%
8 Shaxsiy
qobiliyatga
munosabat 43% 3% 54%
9 Qo‘rquv,  
xavotir 45% 3% 52%
10 Kasallikka
munosabat 67% 24% 9%
11 Kelajakka
munosabat --- --- 3%
36 Ushbu     natijalardan     ma’lum     bo‘ldiki,     o‘quvchilarning     o‘qituvchi       bilan
o‘zaro munosabatlaridagi  kommunikativ  oraliq  ko‘rsatkichlari   kommunikatorlik
sifatida   yuqori   ijobiy   korrelyatsion   bog‘lanishga   ega.   O‘quvchilarning
o‘qituvchilari     bilan     munosabat     o‘rnatishga   doimo   xohish   sezishlari     va     o‘z
navbatida  ulardan  mehr, rag‘bat  va  qo‘llab - quvvatlashni kutishlari tabiiy ekan.
Haqiqatdan     ham   boshlang‘ich     sinflarda       o‘quvchilar     orasida     o‘qituvchining
rag‘batiga     muyassar     bo‘lish,   o‘zi     uchun     ijobiy   timsol     hosil   qilishga   intilish
motivlari ko‘p uchraydi, o‘quvchilarning irodaviylik sifatlarini rivojalantirish bilan
bir       qatorda   bilish   jarayonlarini   rivojlantirishga     yuqori   .   Ammo,   ushbu     holatni
butun   sinf   o‘quvchilari   orasida   uchratish   qiyinligini   guruhning         irodaviylik
sifatlari o‘zaro bog‘lanish hosil qilmaganligi    tasdiqlamoqda.
Kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarida       shaxsiy   qobiliyatga   munosabat
(43%),     qo‘rquv,   xavotir   (45%),   kasallikka   munosabat   (67%)   larda   salbiy
munosabat shakllanganligini guvohi bo‘ldik.
 O‘quvchilarning o‘qituvchi faoliyatining  ushbu uchta jihati  bo‘yicha bergan
baholari   orasidagi   korrelyatsiyada   emotsionallikning   o‘sishi   ularning     xulqiy
jihatlari     o‘sishiga     sabab     bo‘ladi.   Haqiqatdan     ham     o‘qituvchi   o‘quvchilarga
bilim berish (kognitiv) bilan cheklanishi, o‘quvchilarga  bilimlarni  o‘zlashtiruvchi
sifatida     qarashi     ta’lim-tarbiya   jarayonining     samarali   kechishiga   imkoniyat
tug‘dirmaydi.   Chunki,   maktab   hamda     o‘qituvchining     faoliyatida     o‘quvchilarga
faqat  ta’lim   berish  emas, balki ularni yoshligidanoq insonlar bilan munosabatga
kirishishga,   ijtimoiy   muhitga   moslashishga     o‘rgatish     va     ularda     muomala
madaniyati va insoniy fazilatlarni  shakllantirishi  ham  muhim. Shunday bo‘lsa-da,
o‘qituvchi   bilan   o‘quvchi   munosabatlarining   kommunikativ   oralig‘ini
o‘rganganimizda  ma’lum  bo‘ldiki,  o‘qituvchilar  bugungi  kun  talablaridan kelib
chiqqan   holda   faollikni   o‘z   zimmalariga   olmoqdalar   va   o‘quvchilarga
kommunikatorlik     fazilatidan     ko‘ra     resipient     roli     bilan   cheklanishni     yuklab
qo‘ymoqdalar.   Bunday       natija     esa     o‘qituvchilarning     kognitiv     va     emotsional
faoliyati  o‘quvchilar  bilan  munosabatning  xulqiy jihatlari bilan uyg‘unlashuvini
ta’minlash   lozimligini   ko‘rsatadi.     Barcha     sohalarda     amaliy   ko‘nikmalar   talab
37 etilayotgan    hozirgi     sharoitda  bolalarni   insonlar   bilan   munosabatga       o‘rgatish   –
o‘qituvchining       asosiy     funksiyalaridan     biri     deb   hisoblaymiz.   Bizning   umumiy
natijalarimizda   o‘qituvchining   emotsional   sohada   o‘sishi     undagi   xulqiy
jihatlarning     rivojlanishiga     sabab     bo‘lishi   aniqlandi.   Kognitiv     jihat   esa
emotsional, hamda  xulqiy  jihatlar bilan bog‘lanish   hosil   qila   olmagan.
  A.Krыlov, S.Manichev tomonidan tavsiya etilgan
 “Chegaralangan motivlar asosida maktabgacha yoshidagi bolalarning
irodasini tekshirish” metodikasi natijadari
4-jadval
№ Respondentlar  Past  O’rta  Yuqori 
1 1-sinf 27% 24% 49%
2 MTM tarbiyalanuvchilari 27% 36% 37%
I.Shaxova tomonidan tavsiya etilgan “Kichik maktab 
yoshidagi o’quvchilarning maktabga o’qish motivasiyasi darajasini aniqlash”
metodikasi va kichik maktab o’quvchilari uchun maxsus tuzilgan anketa
savollari bo’yicha olingan natijalar
5-jadval
Sinf Yuqori O’rta Past Juda past
1-sinf 21% 24% 12% 6%
4-sinf 45% 40% 12% 3%
2.4. TAJRIBA NATIJALAR SAMARADORLIGINI 
Tadqiqotimizning   diagnostik,   ya’ni   aniqlovchi   tajriba-sinov   natijalari
o‘qituvchi   bilan   o‘quvchi   munosabatlari     tizimida   o‘qituvchi   muloqot   sub’ekti
sifatida     o‘quvchi     esa     individual     hollarda     faqat     axborot     qabul     qiluvchi
pozitsiyasida   gavdalanganligi   hamda   muloqotda   o‘z   imkoniyatlarini   yuzaga
38 chiqarishda   qiynaladigan   kompleksga    ega bo‘lgan   bolalar    uchraganligi    bilan
xarakterlangan   edi.
O‘qituvchi   bilan   o‘quvchilar     munosabatlarining   bir   tekisda   kechishini
ta’minlashda   o‘qituvchining   kasbi   bilan   bog‘liq   muammolarning   oldini   olish
maqsadida   tatbiq   etgan   nazorat   tajribalari   ishlarimizdan   keyingi   natijalarning
sharhi   bo‘yicha   quyida   to‘xtalib   o‘tamiz.
Nazorat   tajribalar   ishlarimizda   aynan   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchi
munosabatlarida     komplekslari     bo‘lgan     bolalarni     alohida     ajratib       olgan   edik.
Ularning   natijalarini   o‘zaro   taqqoslashda   aynan   o‘quvchilarning   diagnostika
bosqichi  va  nazorat  tajribalari  ishlaridan  keyingi                                       
natijalarini     alohida   ajratib   olib,   ularni   qayta   ishladik   va   tuzatish   ishlarining
samarasini ta’minlashga   erishganligimizni aniqladik. 
Har   bir   bolaning   o‘ziga   xos   individualligini   ta’kidlab,   hech   qachon   bolani
biron   bir   narsaga   qodir   emasligi   yoki   uni   tushunish   qobiliyati   yo‘qligi   uchun
haqoratomuz   so‘zlar   bilan   urishmaslik,   qiyinchiliklarning   mohiyatini   tushunishga
harakat   qilish   va   muammoning   yechimini   topishga   yordam   berish   zarur.
O‘quvchini boshqa o‘quvchilar bilan solishtirmaslik, uning yutuqlarini ko‘ra bilish.
O‘quvchining   xato   qilishdan   qo‘rqmasligi,   biror   narsani   o‘rganish   uchun   xato
qilishdan   qo‘rqib,   vahimaga   tushmasligi   uchun   xatolik   qo‘rquvini
rivojlantirmaslikka harakat qilish kerak. Har bir bolaning individual xususiyatlarini
o‘rganishda   “Samimiy   muloqot”   bo‘lishi   juda   muhimdir.   “Samimiy   muloqotda”
o‘quvchi   unga   juda   qiziqqan,   uning   tashvishlariga   jonli   javob   topadigan   odamni
ko‘radigan munosabatlar o‘rnatilishini tushunish kerak. Darslarning turlariga qarab
turli   xil   irodaviy   xususiyatlarni   rivojlantiruvchi     “Irodaviylik   xususyatlarni
rivojlantirish”,   “Kichik   guruhlarda   ishlash”,   “Bilish   jarayonlini   rivojlantirish”,
“Munozara”,     didaktik   jarayon   kichik   maktab   yoshidagi   bolalarda   irodaviy
sifatlarni rivojlantirishda  muhim ahamiyat kasb etadi.  
                                                                                                                   
39 Kichik maktab yoshidagi bolalarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish
natijalari ko‘rsatkichlari
№
Shaxsning   irodaviy
xususiyatlari Nazorat   T ajriba
µ
1   σ
 1 µ
1   σ
 2
1 . Kirishimlilik (A) 6,45+0,59 6,77+0,46
2 . Hissiy barqarorlik (S) 5,63+0,73        6,33+0,8
3 . Hukmronlikka intilish (E) 6,63+0,58        6,55+0,6
4 . Ijtimoiy yetuklik (Qr) 4,81+0,62 4,88+0,75
5 . Ijtimoiy dadillik (N) 5,45+0,65 4,66+0,87
6 . Ishonuvchanlik (J)       5,9+0,77         7 ,0 +0,76
7 . O‘ziga ishonish (Q) 6,09+0,62 3,88+0,63
8. Mustaqillik (Q
2. ) 6,02+0,43 6,89+0,43
9 . O‘zini nazorat qilish (Q
3 ) 5,54+0,76 4,88+0,72
10. Qo‘zg‘aluvchanlik va zo‘riqish  
(Q
4 )       7,29  1,35         6,31  1,24
Bundan ko‘rinadiki, o‘quvchilar bilan  nazorat  tajribalar  dasturi orqali olib
borilgan   trening   natijalariga   ko‘ra   kichik   maktab   yoshidagi   bolalarda   bilish
jarayonini   rivojlantirishda   irodaviy   sifatlarini   bo‘yicha   o‘sishga   erishishi
o‘qituvchilari   bilan   munosabatning   “ Mustaqillik ”   tizimiga   (6,02   baldan   6,89
ballga)o‘sib   o‘tishiga     xizmat     qilishi   kuzatiladi.   Ushbu     tarzdagi     tadbirlar
o‘qituvchi     bilan     o‘quvchi   munosabatlaridagi     emosional       va     xulqiy
muammolarni   hal  etishga zamin yarata olar ekan. Ammo bizning tadqiqotimizda
o‘quvchilarning   barcha   ta’lim   bosqichlarida   guruhning   kommunikativ   zona
bo‘yicha   o‘zgarishi   qiymatlarida   ishonchli   natijalar   tadqiqotimizning     diagnostik
va   shakllantiruvchi   bosqichida   ham   kuzatilmadi.   Balki     bu     o‘qituvchi     bilan
o‘quvchining   kognitiv   jihatdan   munosabatlarini       o‘ziga   xos   tadqiqot   predmeti
40 sifatida xos metodikalarni tatbiq etish orqali izlanishlar olib borishni taqozo etishi
mumkin.
4–sinf       o‘quvchilari     qolgan     ikki     sinf     o‘quvchilariga     qaraganda
irodaviylikni shakllantira olganligi tabiiy, shunday bo‘lsa-da, ular ta’lim olishining
dastlabki     uch   yilida   biz     amalga   oshirgan   psixologik   trening   ishlarining
yakunidagi   holatni   kutib   yashashga   mahkum   bo‘lgan.   O‘ylaymizki,   bunda   ota-
onalar e’tiborsizligining  ham ta’siri bor. Ular o‘qituvchi bilan o‘quvchilar irodaviy
sifatlarinii nazorat qilib borish va uni hal etish yo‘llari haqida o‘ylab ko‘rmaganlar.
Ammo   tadqiqot   doirasida   amalga     oshirilgan     mazkur     ish     o‘qituvchi   bilan
o‘quvchi     munosabati   doirasidagi   “Idodaviyliki”   ni   hal   etish   tadqiqot   ob’ekti
sifatida   tanlangan   ta’lim       muassasasidagina   amalga   oshirilgan     bo‘lsa-da,   uni
boshqa ta’lim muassasalari uchun  ham shu masalani hal etish  maqsadida qo‘llash
istiqbollarini o‘ylab  ko‘rish lozim.
Bizning   tadqiqotimizda   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchisi   bilan   o‘quvchilari
munosabatlari yaxlit tahlil etildi va unga doir muammolarning  psixologik  echimi
topildi     degan     xulosaga     kela     olmaymiz.   Bu     yo‘nalishda       o‘qituvchi       bilan
o‘quvchi   munosabatlarining  kognitiv  jihatini   alohida  o‘rganish  lozim,  degan
taklif  bilan  cheklanamiz.
Mashg‘ulotlar   asosan   yangi   materialni   bayon   etish   bilan   boshlanadi.
O‘quvchilarga   turmushdagi amaliy ahamiyati, shakl va ranglar betakrorligi xaqida
tushuntirilib   beriladi.   Tajriba   ishlari   natijalariga   ko‘ra,   dars   jarayonida
eksperimental (tajriba) sinflarining barcha o‘quvchilari bilim jarayonlari va ishlash
darajasiga   ko‘ra   shartli   ravishda   uch   guruhga   ajratib  olindi:   bo‘sh   o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar   guruhi   (irodasi   sust):   bu   guruhdagi   o‘quvchilarning   ta’limiy   faoliyati
sust,   bo‘sh   o‘zlashtiruvchi,   bajargan   ishlarida   qo‘pol   xatoliklar   mavjud   bo‘ladi,
ular   qo‘yilgan   maqsadga   to‘laligicha   erisha   olmaydilar.   Bu   guruhga   ijodkorlik
faoliyati   va       shakllanmagan   bolalarni   kiritdik.   o‘rta   o‘zlashtiruvchi   o‘quvchilar
guruhi:   bajargan   ishlarida   qo‘pol   xatoliklar   bo‘lmaydi,   ammo   ifodalilik,   jonlilik
sezilmaydi.   Qo‘yilgan   maqsadga   har   doim   to‘laligicha   erisha   olmaydilar.   Bu
guruhga ijodkorlik faoliyati va badiiy didi sust bolalarni kiritdik. Ammo ular o‘quv
41 materiallarini   umumiy   tushuntirishdan   keyin   mustaqil   ishlash   orqali
o‘zlashtiradigan   o‘quvchilardir.   Yuqori   o‘zlashtiruvchi   o‘quvchilar   guruhi:   ushbu
guruhni   ta’limiy qobiliyati hamda     ko‘nikma va malakalariga ega bolalar tashkil
etadi.       O‘qituvchi   tomonidan   berilgan   topshiriqlarni   bajarishda   maqsadga   to‘liq
erishadilar.         Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi  bosqichida o‘quvchilarni
darslarida   individual   yondashish   texnologiyasining   samaradorlik   darajasi   tahlil
qilindi.   Pedagogik-psixologik   tajriba   jarayonida   olib   borilgan   matematik-statistik
hisoblash   natijalaridan   xulosalar   chiqarildi.   Quyida   tajriba-sinov   guruhlarining
(jami: 35 nafar o‘quvchi) hamda nazorat guruhlari (jami: 20 nafar o‘quvchi) uchun
variatsiya ko‘rsatkichlarini keltiramiz.
42 Ikkinchi   bob   bo‘yicha   xulosalar
Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarda   irodaviy   sifatlarini   rivojlantirishning
imkoniyatlarini aniqlash natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
1.   Irodaviy   sifatlar   psixodiagnostikasi   yuzasidan   tatbiq   qilinadigan
metodikalarda   respondentlarning   faoliyat   yo‘nalishlari,   yosh   xususiyatlari   va
sifatlarining   ijobiy   jihatlari   bilan   bog‘langanlik   holatini   baholovchi   mezonlarning
bo‘lishi muhimdir. 
2.   Kichik   maktab   yoshi   bolalarning   irodaviy   sifatlarining   psixodiagnostikasi
kompleks xususiyatlari yoki alohida sifatlarni o‘rganish imkoniyati mavjud. Bu esa
psixodiagnostika   masalalarini   qanday   tartibda   amalga   oshirish,   o‘rganilayotgan
sifatlarning uzviy bog‘liqligi, tarqoqligi va xossalarini aniqlash imkonini beradi. 
3.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarning   irodaviy   sifatlarini   tadqiq   qilishda
alohida   sifatning   shakllanganligi,   bilish   jarayonlar   bilan   uyg‘unlashganligi   va
shaxs strukturasida ichki bog‘liqlikka ega yoki ega emasligini aniqlashga erishildi.
Metodikalar   irodaviy   sifatlarning   ta’lim   bosqichlari,  ta’lim   yo‘nalishlari,   umumiy
va xususiy holatlar bo‘yicha tahlil va talqin qilishga xizmat qildi. 
4 Kichik maktab yoshidagi bolalarning irodaviy sifatlari psixodiagnostikasida
irodaning   shaxsning   motivatsion   sohasi   va   asab   jarayonlari   xususiyatlari   bilan
bog‘liqligi,   sifatlarning   shakllanganlik   holatini   shaxslilik   pozitsiyasidan   turib
baholashni   ta’minlaydi.   Shuningdek,   sifatlarning   tarkib   topganlik   holatini
psixologik   talqin   qilish   imkoniyatini   yaratadi.   Buning   uchun   irodaviy   sifatlar
o‘rtasidagi   munosabatlar   masalasida   korrelyatsion   tahlil   usulini   qo‘llash   samarali
natija beradi
43 UMUMIY XULOSA VA TAVSIYaLAR
1.     Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarning   irodaviy   sifatlarini   tadqiq
qilishda alohida sifatning shakllanganligi, bilish jarayonlar bilan uyg‘unlashganligi
va   shaxs   strukturasida   ichki   bog‘liqlikka   ega   yoki   ega   emasligini   aniqlashga
erishildi. Metodikalar irodaviy sifatlarning ta’lim bosqichlari, ta’lim yo‘nalishlari,
umumiy   va   xususiy   holatlar   bo‘yicha   tahlil   va   talqin   qilishga   xizmat   qildi.   Shu
ma’noda       darslarda   o‘quvchilarga   individual   yondashuvni   amalga   oshirishda
o‘qituvchi   zamon   talablaridan   kelib   chiqib,   uning   mazmun   va   mohiyatini
o‘rgangan   holda,   o‘z   pedagogik   faoliyatida   qo‘llashi   zarurligi,   uning   an’anaviy
ta’limdan afzalligi yoritildi. 
2.     Darslarida   o‘quvchilarga   individual   yondashuv   didaktikaning   yetakchi
masalalaridan biri bo‘lib, o‘z rivojlanish dinamikasiga ega. Shunga ko‘ra, mazkur
muammo tahlil qilinib, individual yondashuv orqali o‘quvchilarning ijodkorligi va
bilish   jarayonlarini   rivojlantirishda     irodaviy   sifatlar   alohida   ahamiyatga   ega
ekanligini nazariy-amaliy jihatdan asoslandi. 
3.   Individuallikning   namoyon   bo‘lishi   psixologiya   va   fiziologiyada   ilmiy
manbalarni   o‘rganishimiz   natijasida,     kichik   maktab   o‘quvchilarini   o‘qitish
usullarining   asoslarini   irodaviylik   va   psixologik   jarayonlar   bilan   chambarchas
bog‘liq ekanligi tasdiqlandi.  
4.   Kichik   maktab   o‘quvchilarini   irodaviylik   sifatlari     bo‘sh,   o‘rta   va   yuqori
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga teng yondashishi kerak bo‘ladi.   
5.   Boshlang‘ich   sinf     o‘qituvchisi   (kichik   maktab   yoshi   davri)   1-4-sinflar,
(o‘rta   maktab   yoshi   davri)   5-7-sinflardagi   har   bir   o‘quvchining   individual
qobiliyati   va   irodaviy   sifatlaridan   kelib   chiqib   taqsimlab,   vazifalarni
tabaqalashtirib, o‘quvchilarni o‘zining kuchi va qobiliyatiga ishonmasa, o‘qituvchi
uni qo‘llab-quvvatlashi hamda “Muvaffaqiyat qozonish” holatini yaratshi zarurligi
belgilab berildi. “Muvaffaqiyat qozonish” holatini yaratish, uni ta’lim amaliyotida
qo‘llashning   o‘quvchining   bilish   jarayonlarini     rivojlantirishdagi   pedagogik
imkoniyatlari aniqlandi. 
44 6.   Ta’limda   o‘quvchilarga   individual   yondashuvning   pedagogik
mexanizmlari, ya’ni har bir topshiriqni qisqa vaqt ichida oson yo‘llar bilan bajara
olishning uzviylikka asoslangan komponentlari hamda individual yondashuv orqali
o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mustaqil ishlashga o‘rgatish, odatlantirish va ijodiy
izlanish   yo‘li   bilan   o‘quv   materialini   mustaqil   o‘rganish   shakllari
takomillashtirildi.   Bu   esa   o‘quvchilarni   irodaviylik   sifatlarini   rivojlanishga   olib
keldi. 
7.   O‘qituvchi   ta’lim   jarayonini   tashkil   etganda   o‘z   sinfini   yaxlit   birlashtira
olib,   bolalarni   biri-biridan   ajratmagan   holda,   har   bir   bolada   individual   tasvirlash
qobiliyatini   shakllantirish   imkoniyatlari   taqdim   etildi.   Shu   bilan   birga   “Rassom
husnixati”, “Samimiy muloqot”, “Ustozshogird” va refleksivlik tamoyillari o‘zaro
sintezlashuv asosida individual yondashuv mexanizmlari takomillashtirildi. 
8. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuv orqali ta’lim
sub’ektlari orasida o‘zaro hamjihatlik, insonparvarlik va demokratiyaga asoslangan
do‘stona munosabatlarni shakllantirish samaradorligi aniqlandi.
45 Ilovalar
Psixotrening    mashg‘ulotlar   dasturi
Birinchi     mashg‘ulot
          Mavzu: “Biz   inoq   do‘stlarmiz”
         Mashq: “Ismlar    tanlash”
Trening   rahbari   guruh   a’zolarining   har   biri   o‘zlariga     treningda     qo‘llash     uchun
tanlagan     ismlari     yozilgan     (ko‘krakka   taqiladigan)   kartochkani     tayyorlashlari
bo‘yicha  tushuntirish  beradi  va  3-5  minut  vaqt    ajratadi.  Buning    uchun   har     bir
ishtirokchi     o‘ziga     ism     tanlaydi.   Ular     ism     tanlashda     mashhur     kishilarning
nomini ham olish huquqiga egadirlar. Tanlash huquqi erkin. Ismlar aniq va yetarli
kattalikda yozilishi lozim. Kartochkalar kiyim ko‘kragiga to‘g‘nog‘ich yordamida
mahkamlanadi.   Trening   qatnashchisiga   butun   mashg‘ulot     davomida     shu     ism
bilan   murojaat   qilinadi.
          Mashq: “O‘zaro    istak   bildirish”
Guruh   a’zolari     doira   bo‘lib   o‘tiradilar.   Birinchi   ishtirokchi   turadi,   ixtiyoriy   bir
qatnashchiga   yaqinlashib,   u   bilan   salomlashadi   va   unga   trening   sharti   bo‘yicha
istak bildiradi. Har bir ishtirokchi navbati bilan bu jarayonni davom ettiradi.
         Mashq: “Bir – biringizni    biling” 
Bu mashq ishtirokchilarni shaxslararo munosabatga, o‘zaro idrok qilishga,   guruh
tomonidan   qabul   qilingan   me’yor   va   shaxs   qadriyatlarini   inobatga   olishga
o‘rgatadi. Bu mashq tafsiloti quyidagicha:
                Mashqni   amalga   oshirish   uchun   ishtirokchilar   ikkita   guruhga     ajratiladi.
Guruh   a’zolarining   vazifasi   bir-birlari   haqida   ko‘proq   ma’lumot     olish   uchun
savollar bilan murojaat qilishdan iborat.
                  Guruh     qoidalarini     o‘rnatish.   Guruh   a’zolari   aylana   bo‘lib   o‘tiradilar   va
guruhiy   ish   tamoyillarini   muhokama   qiladilar.   Trening     davomida     ishtirokchilar
rioya   qilishi   shart   bo‘lgan   qoidalar   hamda   mashg‘ulotlar   qachon   boshlanishi,
davomiyligi   va   yakuni,   guruh   a’zolarining   salomlashish   va   xayrlashuv   usullari,
46 cheklanishlar,   kechikkanda     va   guruh   qoidalari   buzilganda   jazolash       belgilab
olinadi.
            Guruh qoidalari muhokama qilinib, guruh a’zolarining roziligidan so‘nggina
kuchga   kiritiladi     va     ularga     qat’iy   amal   qilinadi.   Bu     guruhda     ishlashning
muhim  jihati   hisoblanadi.
          Guruhda   ishlashning   asosiy   tamoyillari:
Guruhda   ishlash   tamoyillari   she’riy   shaklda   taklif   qilinadi.   Uni   trening
ishtirokchilarining   o‘zlari   ishlab   chiqadilar.   Bu   ularning   bir-birlarini   idrok
qilishlarini   yengillashtiradi     va   qiziqishlarini   orttiradi.     She’r   aytilgach,   trener
tamoyillarni yana bir bor izohlab beradi, masalan:
1. Guruhda   butun   mashg‘ulot   mobaynida   birga   ishtirok   etish   maqsadga
muvofiq.   Bu   tamoyil   guruh   a’zolarining   o‘zaro   bir-birlarini   idrok     qilishlariga
imkon   beradi.   Birorta   qatnashchining   ishtirok   etmasligi   guruh   ichidagi
munosabatlar buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
       2.Muomalada ochiqroq bo‘ling, erinmasdan, dangalroq harakat qiling.
Muammoni hal etish istagingiz bo‘lmasa, yolg‘on ishlatmay, jim tura qoling.
        3.Guruhda erinish va yolg‘on ishlatish kerak emas. Guruh – bu  sizga ochiq -
oydin   fikr-mulohaza   bildirishga   imkon   beruvchi   joy-sharoit.   Agar   siz   savollarga
ochiq-oydin javob berishga tayyor bo‘lmasangiz, yaxshisi jim turing.
       4.Sizning, guruhga “to‘xta”, deyishga huquqingiz bor. Bu  holda   muhokama
qilmang. Har  bir  guruh a’zosi  “to‘xta” deyish huquqiga ega. Agar sizga aloqador
savolni   muhokama   qilishga   tayyor   bo‘lmasangiz   yoki   mashq   sizga     psixologik
ta’sir     qilsa   (asoratga     sabab   bo‘lsa),   ushbu   “to‘xta”   deyish       huquqidan
foydalaning .
       5.Faolroq  bo‘ling  o‘yinda , shubhali   muammolar   hal   bo‘ladi .
Muhokama     qilinayotgan   muammoni   guruhdan   tashqariga   chiqarmang.   Hammasi
guruh     ichida     qolishi   lozim.   Treningda   muammolarni   guruhdan     tashqarida
muhokama  qilish   ma’qul   emas. Bu  ushbu ishning   asosiy   qoidalaridan   biri.
       6.Faqat o‘zingiz haqingizda  so‘zlang, muhokamadan  chetlanib qolmang. Har
bir  ishtiroqchi  o‘z nomidan  o‘zi  uchun  gapiradi. Muhokamadan  chetga  chiqib,
47 “Hamma   shunday   deydi”     qabilida mulohaza   yuritishga   yo‘l   qo‘yilmaydi. Siz
o‘z mulohazangizni  “menimcha”, “mening  o‘ylashimcha”   tarzida   ifodalang.
              7.Har     bir   kishi     o‘z   fikriga  ega.   Hech   kimni   baholamang,   tanqid   qilmang.
Hammaning   fikri   tinglanadi     va     qo‘llab-quvvatlanadi.   Guruhda   bir-birini
tushunish, his  qilish  lozim.
          Mashq  “Bog‘lanish” 
Bu   mashq   o‘quvchi   va   o‘qituvchining   bir-birlariga   yaqinligi   bildiruvchi
xislatlaridan     qaysilari     ularning     yaqinliklarini   ta’minlashga   xizmat     qilishini
aniqlash  hamda  diagnostik  ma’lumotlar  olishga     yordam    beruvchi        ish      bo‘lib
hisoblanadi.
 Ushbu  mashq  o‘zaro yaqin   o‘quvchilar  va  o‘qituvchining  bir-birlari   haqida
ma’lumotlar   yig‘ishiga   yordam   beradi.
  Bu   mashq   kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarning   shaxslararo   munosabatlarini
psixodiagnostika   qilishga   yordam beradi. Mashq ularning o‘qituvchining qanday
xususiyati   unga   bog‘lanish   hosil   qilishini   ifodalashi   kerak.   Bu   mashq
ishtirokchilarda ancha jonlanish  va  qiziqish  uyg‘otishi  kuzatiladi.
O‘yla   va   ayt,   o‘qituvchining   qanday   xislatlari   senda   iliq   munosabat
uyg‘otadi?       Yoki   o‘qituvchiga:   “Ushbu     o‘quvchingizning   qaysi   xislatlari     sizga
manzur ?”
         Mashq: “Ustozimga maktub”
Bu     mashq   o‘quvchilarning     ustozlariga     munosabati     va     xohish-istaklarini
namoyon    qilishga   o‘rgatadi.
Ko‘rsatma.   Sizga ustozingizga   maktub yozish taklif qilinadi. Bunda siz o‘zingiz
haqingizda ustozingizga yozishingiz va tilaklar bildirishingiz mumkin. So‘ngra siz
maktubni   xat   jildiga   joylashtiring.   Maktub   anonim   bo‘lishi   mumkin.   Oxirgi
mashg‘ulotda     hamma     o‘z     maktubini       oladi,     o‘qiydi     va     treningdan     sovg‘a
sifatida olib  qo‘yadi.
         Mashq:  “ Kundalik     daftar     yuritishga     o‘rgatish ”
48 Kundalik     daftarni     “   Ustozim   –   menga     ko‘makdosh   ”   mavzusi   bo‘yicha
yuritish   trening   ishtirokchilarining   har   kungi   ta’lim   jarayonida   ustozlari
tomonidan     ko‘rsatiladigan     yordam     va     ko‘maklarni     yoki     unga   nisbatan
e’tiborsizligini     hamda     hatti-harakatlarini     tahlil     qilishga   imkon   beradi.
Ishtirokchilarga kundalik daftar yuritishni mustaqil boshlashlari taklif etiladi. Ular
kundalik daftarda o‘z holatlari, kechinmalari, tuyg‘ulari  haqida  o‘z  taassurotlarini
yozib     borishlari   lozim.   Dastlab     har   bir   ishtirokchiga     qog‘oz     berilib,   quyidagi
gaplarni yakunlash  so‘raladi:
Men treningga kelganimda...
       Menga yoqqan narsa...
       Menda aytish  xohishi yo‘q ...
       Men mashg‘ulotlarda...  ... ...lar    haqida ko‘proq bilib olaman.
        Men hozir ...    ...   ...ni     his qilyapman.
        Treningdan so‘ng mening kayfiyatim ...  ...
        Bu safar men ...    ...  ...ga  harakat qilaman.
        Men navbatdagi uchrashuvda ...  ...  ...ni  isbot qilaman.
              Albatta,   ushbu   psixologik   trening   natijalarini   ishtirokchilarning   kayfiyati
hamda   xohish-istaklari   orqali   aniqlash   mumkin.   Buning   uchun     xayrlashuv
bo‘yicha     guruhda     o‘rnatilgan     qoidalarga       ham     e’tibor   qaratish   lozim.   Guruh
a’zolari doira bo‘lib tik turadilar. Trener   qo‘lini oldinga cho‘zib, “Hammangizga
rahmat!”, deb aytadi. So‘ngra boshqa ishtirokchi trenerning qo‘liga qo‘lini qo‘yadi
va   “Bugun   zo‘r   bo‘ldi!”   deydi,     qolganlar   ham   o‘z   istaklarini   shu   tarzda   bayon
qiladilar. Tilaklar aytib bo‘lingach, qo‘llar birlashtiriladi, trener ishtirokchilar bilan
xayrlashadi va hamma tarqaladi.
Ikkinchi   mashg‘ulot
       Mashq:  “Men  –  bu   men”
Ushbu   mashg‘ulotda   har   bir   ishtirokchi     o‘z   “Meni”ni     anglash,   shuningdek,
atrofdagilar  bilan  o‘zini  taqqoslash  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.
       Mashq: “Rangli    panjalar”
49 Ishtirokchilar   xona  bo‘ylab  ixtiyoriy  harakat   qiladilar.   Trener   kartondan   yasalgan
turli   (ko‘k,   qizil,   sariq)   rangdagi   “   uchta   qo‘l   ”ni     ushlab     turadi.   U   bir   rangdagi
“panjani” ma’lum vaqtga yuqori ko‘taradi. Shu  vaqtda  har  bir ishtirokchi boshqa
ko‘proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim.
Bu   salomlashishda    bir    qator    usullardan   foydalanish ma’qulroq, masalan:
“qizil   panja” –   qo‘lni     qisish   uchun;   “ko‘k panja” –   sherigining     yelkalarini
qoqib     qo‘yish     uchun;   “sariq       panja   –   “orqa     bilan”     salomlashish   uchun.
Mashqlarni bajarish jarayonida so‘zlashish   ta’qiqlanadi.
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg‘otishga olib kelishi
ham   nazarda   tutiladi.   Bu   mashq     ishtirokchilarning   o‘zlari   bilan   o‘tkaziladigan
mashqlar   qatorida   boshqalar   bilan   birgalikda   ishlashga,     frustratsiya   holatini
bartaraf etishga yordam beruvchi mashq   hisoblanadi. 
        Mashq: “Biz inoq do‘stlarmiz”
              Ishtirokchilar   uchta   guruhga   bo‘linadi.   Har   bir   guruh   o‘z   nomi,   gimni   va
shiorini   tanlashi   (ishlab   chiqishi)   lozim.   Keyin   guruhlar   a’zolari   vatman   varag‘i
olib,   “ Bizning   guruhimiz   rasmi ” ni   chizadilar.   Bunda   guruh   nomini   va   shiorini
ifodalaydilar.   Har  bir  guruh  o‘z ining    shu     ijodiy  ishi     taqdimotini     o‘tkazadi   va
devorga osib qo‘yadi.
        Ishtirokchilar   doira   bo‘lib   o‘tiradilar   va   atrofdagilarga 
yoqishni    o‘rgatuvchi   quyidagi   oltita   qoida   (Deyl   Karnegi  taklif 
qilgan)ni   muhokama   qiladilar: 
Birinchi   qoida:     Atrofdagilarga   qiziqish    bilan   boqing.
Ikkinchi   qoida:   Tabassum   qiling.
Uchinchi    qoida:    Odamning   ismi   uning   uchun   har   qanday   tilda
eng   yoqadigan   va   jarangdor   so‘z   ekanligini    esda   tuting.
To‘rtinchi   qoida:   Yaxshi   tinglovchi   bo‘ling.   Boshqalarni   o‘zlari   haqida
gapirayotganlarida   rag‘batlantirib  turing.
Beshinchi   qoida:   Suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda  suhbatlashing.
Oltinchi   qoida:   Suhbatdoshingiz     ongiga     ta’sir     o‘tkazing     va     unga     ochiq
munosabat  bildiring.
50 Bundan   tashqari,   o‘quvchilarning   o‘z   ustozlari   to‘g‘risidagi   tasavvurlarini
boyitish va shunga muvofiq shaxslarini moslashtirishga yo‘naltirish uchun tegishli
mavzular   bo‘yicha   suhbat  ( munozara )lar  uyushtiriladi, masalan:
                 Sizning tasavvuringizdagi “ideal”,   “zamonaviy”   va   “yomon   o‘qituvchi”
mavzusida   suhbat   uyushtirish   zarur .
         Ishtirokchilar uchta guruhga ajratiladi. Har bir guruh  “ Sehrli qalpoqcha ”dan
olingan qog‘ozchada yozilgan o‘z topshiriqlarini muhokama qiladilar. Bu varaqada
qayd qilingan shaxs xususiyatlaridan  zarur sifatlarni ajratib oladilar.
                So‘ng   ishtirokchilar   aylana   bo‘lib   o‘tiradilar   va   ular   ichidan  har   bir   guruh
tomonidan   ajratilgan   vakil   navbati   bilan   o‘z   guruhi   tanlagan   shaxs   sifatlarini
ma’lum   qiladi.   Qolganlar   ularga   qo‘shilish   yoki       qo‘shilmasliklarini       qayd
qiladilar.
  Birinchi   guruhga   topshiriq.   “Eng   yaxshi   o‘qituvchi”     portretini   chizing     va
uning  sifatlarini   qayd   qiling.
Ikkinchi  guruhga  topshiriq. “Zamonaviy  o‘qituvchi” portretini tasvirlang. Uning
sifatlarini   qayd   qiling.
Uchinchi   guruhga   topshiriq. “Yomon   o‘qituvchi” portretini   tasvirlang.   Undagi
asosiy sifatlarni qayd qiling.
                Ishtirokchilar   mashq   yakunida   “Ideal”,   “Zamonaviy”   va   “Yomon”
o‘qituvchining   xususiyatlari   bo‘yicha   “Men   yoqtirgan   xislatlar”     deklaratsiyasini
to‘ldiradilar.
        Har  bir  ishtirokchi  o‘zi  yoqtirgan  xislatlardan   birortasi  o‘qilganda “Men
– bu  men”, “Mening ustozim – bu” jumlalaridan  tegishlisini    takrorlaydi.
Guruh     a’zolari      xayrlashadilar     va    tarqaladilar.
Uchinchi mashg‘ulot  
        Bu  mashg‘ulotda   ishtirokchilar   munosabatni   o‘rganadila r.
         Mashq: “Munosabat    doskasi”
Mashg‘ulotdan oldin devorga bir nechta  vatman varag‘i  osib  qo‘yiladi.
51               Yo‘riknoma:   Bu bizning ustozimiz bilan o‘ziga xos   “ munosabat doskamiz ” .
Bu   yerda   o‘ziga   va   ustoziga   munosabatni   ifodalash   mumkin.   Siz   nimanidir
chizishingiz   yoki   yozishingiz   mumkin.   “ munosabat   doskasi ”   bu   yerda   bir   necha
mashg‘ulotgacha saqlanadi.
        Mashq:  “ Musiqani      to‘xtating ”
Musiqa yangraydi. Ishtirokchilar xona bo‘ylab erkin harakatlanadilar. Faqat trener
musiqani   to‘xtatgach,   ishtirokchilar   u   bilan   birga   ekanliklarini   qayd   qilishlari
mumkin.   Buni   kompliment   yoki   yoqimli   ifodalarni   aytish   orqali   amalga   oshirish
mumkin: “Men juda ham xursandman, biz yana ustozimiz bilan birgamiz”.
      Mashq: “Qisqacha   o‘zim   haqimda”
      Guruh  ishtirokchilari  aylana  bo‘lib o‘tiradilar.  Har  biri  navbat  bilan mimika
va pantomima orqali bo‘sh vaqtlarida nima  b ilan  sh ug‘ullanishlari - ni ifodalaydilar.
Masalan, ashula aytish, o‘qish, sayr    qilish, musiqa tinglash. Ishtirokchilar navbatni
o‘z ixtiyorlariga     ko‘ra     tanlaydilar.
To‘rtinchi mashg‘ulot
        Mashq: “G‘ayritabiiy   salomlashish”
Ishtirokchilarga  bir-birlari  bilan  panja, yelka,  oyoq, peshona, tizza, tirnoq orqali
va shular kabi “g‘ayritabiiy salomlashish” taklif etiladi.
Musiqa yangraydi. O‘quvchilar xona bo‘ylab tartibsiz harakatlanadilar. Trener
ishtirokchilardan   qanday   salomlashish   kerakligini   so‘raydi.   Ishtirokchilar   bir-
birlari va ustozlari  bilan  ixtiyoriy  salomlashadilar. Ularga  o‘z   salomlashishlari
haqida   o‘ylab   ko‘rish   tavsiya   qilinadi.
        Mashq: “Men  o‘zimni  yaxshi  ko‘raman”
Hamma   aylana   bo‘lib   o‘tiradi.   Guruh   ishtirokchilari   o‘z   qadriyatlari   haqida
gapiradilar.   Masalan,   “Men   o‘zimni   yaxshi   ko‘raman,   chunki   mehribon
bo‘lganligim   uchun”.
       Mashq: “So‘zli  avtoportret”
52 Ishtirokchilarga   qog‘ozga   anonim   shaklda   ustozlari,   sinfi,   do‘stlarining
fazilatlari, xarakteri, xulq-atvori, o‘qishdagi  yutuqlari      haqida   qog‘oz   varag‘iga
yozishlari     taklif     etiladi.   Yozilgan     varaqlar     yig‘ib     olinadi     va     aralashtiriladi,
so‘ng     har     bir   o‘quvchi     bitta     varaqni       tanlab     oladi.   Undagi   ma’lumotlarni
guruhga ma’lum qiladi. O‘qiyotgan   ishtirokchining   vazifasi – so‘z     kim   haqida
borayotganini  topish. Agar topolmasa, guruhni yordamga chaqiradi.
         Mashq: “Quyoshli    doira”
  1 – qism. Guruhning   har   bir   ishtirokchisi   qog‘ozga     “Quyosh”     rasmini
chizadi.   Markazda   o‘qituvchilarining   rasmini   yoki   ismini   ifodalaydi.   “Quyosh
nurlari” orasida   ustozlarining   sifatlaridan   ko‘proq     yozadi. Ular orasidan uchta
eng yaxshi xislatni ajratishi  lozim.
2 – qism. O‘quvchilar   ustozlari     bilan   birgalikda   bir -birlaridan   “Quyosh”
rasmini kiyimlariga to‘g‘nag‘ich bilan mahkamlab qo‘yishni  so‘raydilar.
3–qism. Musiqa ostida ishtirokchilar xona bo‘ylab ohista harakatlanadilar, bir-
birlariga   yaqinlashib, quyosh   nurlariga   ustozlariga     xos   xislatlarini   yozadilar.
Agar   “Quyosh   nuri” yetishmasa, yana chizadilar. Mashq bajarib bo‘lingach, har
bir ishtirokchi o‘z varag‘ini  oladi  va saqlab qo‘yadi. Trener yakunlaydi: “Bolalar,
sizlarda       qiyinchilik     tug‘ilgan     bo‘lsa,   “Quyosh”ingizni       oling,   u     sizning
qalbingizda  yana  iliqlik   uyg‘otadi.”
Beshinchi    mashg‘ulot
         Mashq:  “ Assalomu      alaykum ”
                Ishtirokchilar    xona   bo‘ylab erkin  harakatlanadilar,   bir  -birlari   bilan  hol-
ahvol   so‘rashadilar.   Ularning   biri   o‘ng   qo‘lini   uzatadi,   chap       qo‘li       bilan
salomlashayotgan   ishtirokchisini  qutlaydi.
         Mashq: “O‘rtaga   vakil”
               Trener   ishtirokchilarga   5   minut     vaqt   ajratadi, bu   vaqtda guruh a’zolari
sinf o‘qituvchisining o‘ziga xos sifatlarini o‘ylab chiqishlari   lozim. So‘ngra   uch
53 guruhga     ajralib,   vatman     varag‘i     olib, “Bizning   guruhimizda     ustozimizning
portreti” chiziladi.
          Munozara   va    rolli   o‘yin.
         Birinchi  guruh  uchun  muhokama  vaziyati: Men  javobgarlikdan toliqdim.
Nima   qilish   kerak?
Ikkinchi       guruh       uchun       muhokama     vaziyati :   Men     shoshdim,   boshqalar
kuldi.
Uchinchi   guruh   uchun     muhokama   vaziyati:  Men   o‘zimni     majburladim
va   nimadir   bo‘ldi.
Mashg‘ulotni   yakunlash.
Trener     mashg‘ulot     tugaganligini     e’lon       qiladi       va   ishtirokchilar       aylana
bo‘lib   o‘tiradilar.
Trener:   Biz   ishimizni   yakunlaymiz,   hozir   har   bir   ishtirokchi   oldiga       navbat
bilan  stul qo‘yiladi, ular stulga o‘zlari xohlagan o‘ziga xos ko‘rinishda  o‘tiradilar.
Bunda   ular     muloqotga     kirishishga   yordam       beruvchi       biror       sifatni       aks
ettirishlari   lozim.
Oltinchi        mashg‘ulot
        Mashq: “Salomlashing , yetkazing”
Trening   ishtirokchilari   aylana   bo‘lib   o‘tiradilar.   Trener   ishtirokchilar     bilan
biror   usulda     salomlashadi.   So‘ngra   ular   shunday   usulda       navbat     bilan
salomlashib, bir-birlariga  yetkazadila r.
       Mashq: “F.I.Sh. – alfavit”
              1 – qism. Ishtirokchilar 4 guruhga   ajralib, har   birining familiyasini     alfavit
bo‘yicha   joylashtirishi   lozim.
              2   –   qism.   Guruhlar   2   guruhchaga   ajralgan   holda   ishtirokchilar   ismining
birinchi   harfini  alfavit   bo‘yicha   joylashtiradilar.
3  –  qism.  Barcha   ishtirokchilar  sharifining  birinchi  harfini  alfavit      bo‘yicha
joylashtiradilar.
54 Trener   xulosa   qilib   aytadi:   “Biz   bir-birimizga   yaqin   turib,   yelkani       yelkaga
tegizib, iliqlikni  his   qilaylik. Finishga      borish yo‘li      o son   emas,  ammo    bir-
birimizni   yaxshi    bilib   oldik ” .
        Mashq:  “  O‘zim     haqimd a”
Ishtirokchilarga  har  kim  o‘zining  sinfdagi  faoliyatini   aks ettiruvchi rasm
chizish   taklif   qilinadi.   “   O‘zim     haqimda   ”   mavzusida   ustozi     va     do‘stlari,
qiziqishlari  bo‘yicha  qisqacha  hikoya  tuzish  yoki  rasm   chizish   mumkin.
 Munozara    va    rolli    o‘yin:
  Birinchi   guruh   uchun   muhokama   vaziyati:   Men   aft-basharam, qiyofam
va   jussamdan   uyalaman.
  Ikkinchi   guruh   uchun   muhokama   vaziyati: Men yana   kichkina   bo‘lishni
xohlayman.
  Uchinchi     guruh     uchun     muhokama     vaziyati:   Men     o‘zimni     yolg‘iz     his
qilaman.
Ye ttinchi       mashg‘ulot
        Mashq: “G‘ayri    tabiiy    salomlashish”
Guruh   ishtirokchilari   qog‘ozga   qanday   salomlashishni   yozadilar,   ammo
ismlarini   qayd   qilmaydilar va “sehrli qalpoqcha”ga   soladilar. So‘ngra   har     biri
navbat     bilan     salomlashish     qayd   qilingan       qog‘ozni     olib,   o‘zining       shaxsiy
varianti  sifatida  o‘qib beradi.
Munozara    va    rolli    o‘yin:
Birinchi   guruh   uchun   muhokama   vaziyati:   Mening   do‘stlarim   yo‘q
Ikkinchi  guruh    uchun   muhokama   vaziyati:    Menga  qo‘rqinchli.
Uchinchi     guruh     uchun     muhokama     vaziyati:   Men   o‘qishga   kelishni
xohlamayman.
Sakkizinchi    mashg‘ulot
       Mavzu: “Men   va    tengdoshim”
       Mashq: “Munosabat   doskasi”
55               Mashg‘ulotdan       oldin       devorga       bir       nechta       vatman       qog‘ozi       osib
qo‘yiladi.
                    Yo‘riqnoma:   Bu   o‘ziga   xos   munosabat   doskasi   hisoblanadi.   Bu   yerda
tengdoshlaringiz   bilan   muomalada   yig‘ilgan   g‘am-alamlaringizni   ifodalashingiz
mumkin. “Munosabat doskasi” bir necha  mashg‘ulotda   saqlanadi.
          Mashq: “Sirli    salomlashish”
         Ishtirokchilar  doira  bo‘lib  o‘tiradilar.
                  Ko‘rsatma:   Siz   hech   kimga   qaramasdan   salomlashishni   amalga   oshiring.
Guruhdagilar   esa   salom   kimga   yo‘nalganini     topishlari     lozim.Siz     mening
ogohlantirishimdan   so‘ng,   baland   ovoz   bilan   uning   ismini   aytishingiz   kerak.
Sizning   salomlashishingiz   obrazli,   yorqin,   ammo   sirli   bo‘lsin.   Mashqdan   so‘ng
guruh a’zolari uchta eng namunaviy    aniqlaydilar.
        Mashq: “Sinfimizda   tug‘ilgan    kun”
Ishtirokchilar sinf bo‘ylab harakatlanadilar, ovoz chiqarish ta’qiqlanadi.
1 –  topshiriq:  So‘z  aytmasdan,  yilning  qaysi   faslida  tug‘ilganingizga      qarab
ajraling.
2  – topshiriq:  Fasllar va oylar bo‘yicha  ajraling.
    3  – topshiriq:  Har  bir  oy,  tug‘ilgan  kunlar  bo‘yicha  ajraling.
              4   –topshiriq:   Endi     ishtirokchilar   bir-birining   ortidan   yil   fasllari,   oylar   va
tug‘ilgan     kunlar     bo‘yicha   saf   tortib   turadilar.   Yil   boshidan       to       oxirigacha
izchillikka   rioya  qilinadi.
         Mashq: “Sinfimiz   nimaga   o‘xshaydi”
Ishtirokchilar   aylana   bo‘lib   o‘tiradilar.   Ularga   navbat   bilan   “   Guruhimiz
nimaga o‘xshaydi?” degan savol beriladi. Ular  javob  beradilar.
Muhokama:
Birinchi   guruhchaga   topshiriq:   Ideal   tengdoshingizning   psixologik   portretini
chizing. U   qanday   sifatlarga  ega  bo‘lishi   kerak ?
Ikkinchi   guruhchaga   topshiriq:   Sizda   nafrat   uyg‘otadigan   tengdoshingizning
psixologik   portretini   chizing.
56   Uchinchi     guruhchaga     topshiriq:   Siz   o‘z   xohishingiz   bo‘yicha   psixologik
portretni  chizing   ( u  qanday  sifatlarga  ega  bo‘lishi  kerak ).
To‘qqizinchi      mashg‘ulot
      Mavzu: “ Men     va     mening     o‘qituvchim ”
     Mashq: “Munosabat   doskasi”
Mashg‘ulotdan   oldin   devorga   bir  nechta  vatman  qog‘oz  osib  qo‘yiladi.
          Ko‘rsatma:   Doskada  (vatman qog‘ozda)     o‘qituvchingiz   bilan   munosabatda
paydo  bo‘lgan  nafratingizni  qayd  qiling.
      Mashq: “So‘zsiz    salomlashish”
         Guruh a’zolarining imo-ishora va mimika orqali salomlashishi. Aylana bo‘lib
harakatlanib, shu  tartibda  takrorlaydilar  ovoz  bilan ishlash  taqiqlanadi.
      Mashq:  “ Sinf – yaxlit   bir   olam ”
         Ishtirokchilar aylana bo‘lib o‘tiradilar. Har biri sinfni (maktab)ni     so‘z   orqali
ifodalashi kerak: o‘qituvchi, qalam, flomaster. Kim     oxirgi     so‘zni     ifoda     etsa,
g‘alaba    qozonadi.
     Munozara    uchun    vaziyat:
       Birinchi  guru hchaga  topshiriq: Yaxshi   o‘qituvchining   q anday  fazilatlari   ega
bo‘lishi   kerak ?
            Ikkinchi     guruhchaga     topshiriq:   “   Yomon       o‘qituvchi   “   ning     xislatlari
qanday   bo‘ladi?
            Uchinchi   guruhchaga   topshiriq: ” Zamonaviy     o‘qituvchi ” ning psixologik
portretini   chizing. Uning    sifatlarini   qayd   qiling.
O‘ninchi     mashg‘ulot
       Mashq: “Oldingda   kim    bor?”
Ishtirokchilar   ko‘zni  yumgan   holda  xona   bo‘ylab   yuradilar.
Topshiriq: Siz ko‘zingiz berk holda qo‘lingiz yordami bilan sizga duch kelgan
shaxsning kimligini aniqlang. Uning ismini aytib salomlashing.
        Mashq: “O‘qituvchi   kasbi”
57 Ishtirokchilarga   “O‘qituvchi     kasbi”   haqida   tarixiy   bayon   yozish   tavsiya
qilinadi. Mehnat sharoiti, mehnat natijalari haqida so‘z yuritish  kerak.
Muhokama  uchun  vaziyat:
Birinchi     guruhcha     uchun     muhokama     vaziyati:   Mening     o‘qituvchim
boshimga   ko‘rsatkich  tayoqchasi   bilan   urdi.
Ikkinchi     guruhcha     uchun     muhokama       vaziyati:   O‘qituvchi     meni     butun
guruh   oldida   izza   qildi .
Uchinchi   guruhcha     uchun     muhokama     vaziyati:   Doskada   javob
berayotganimda       o‘qituvchi       mening       ustimdan       kuldi,     natijada     butun   sinf
meni   mazax   qildi.
       Mashq: “Faqat   qog‘ozda”
Guruhda har bir kishi qog‘oz olib, unda o‘z holati, kayfiyatini ifodalab beradi.
Qog‘ozni   yirtish,   ezg‘ilash,   skotch   bilan   mahkamlash,   chaynash   mumkin.     Unda
biror   narsa   chizish   mumkin   emas.   Trenerning   ogohlantirishiga   qarab,   o‘z
kayfiyatini   qo‘shnisiga   uzatadi.   Uni   o‘zlashtirgach,   ogohlantirishdan   so‘ng
qo‘shnisiga   yana   kayfiyatini   ko‘chiradi.   Trener   sur’atni   oshiradi.   Mashq   tamom
bo‘lgach, qog‘ozdan kichkina qog‘oz qoladi. Trener undan bayram salyuti yasashni
taklif qiladi.
  Trening   mashg‘uloti   yakunida   sinf   o‘qituvchisi   va   o‘quvchilarining   bir-
birlariga munosabatlaridagi o‘zgarishlar haqidagi fikrlarini tinglash lozim.Bu      mashg‘ulot    alohida     o‘tkazilishi      lozim
                 O‘qituvchilar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida o‘zaro
munosabatlari  samaradorligini  ta’minlash uchun maktab psixologining ko‘magida
psixotrening mashg‘ulotlaridan  ham  foydalanishlari     maqsadga     muvofiq.  Buning
uchun     o‘qituvchilar     psixolog     bilan   hamkorlikda   o‘quvchilarning   ijtimoiy
ko‘nikmalarini     shakllantirishga     qaratilgan     mashg‘ulot     ssenariysini   tuzishlari
lozim.   Masalan,   “Men     va   mening   sinfim”   mavzusida   trening     mashg‘uloti
tayyorlash  va  o‘tkazish  mumkin. Bu  mashg‘ulot  jarayonida  o‘quvchilar  o‘zlari
uchun  va  sinfdoshlari   muhim  ahamiyat  kasb  etishini   his   qilishlari   kerak.
58 Mashg‘ulotning   maqsadi:   o‘quvchida   o‘z     faoliyati     uchun     sinfdoshlarining
ahamiyati muhim ekanligi haqida ishonchni shakllantirish.
Mashg‘ulotning   vazifasi:   o‘quvchilarda   sinfdoshlari   har   xil     masalalarni
hamkorlikda     hal     etish     bo‘yicha       katta   kuchga   egaligi,   ularning   yutuqlaridan
quvonish     va     faxrlanish,   sinfning     har     bir     o‘quvchisi       o‘z     o‘rniga     egaligi,
sinfdagi   belgilangan   vazifalarni     va   har   xil   jamoat   topshiriqlarini bajarishda
hamkorlik     va     mas’uliyatning     ahamiyati       to‘g‘risidagi       tasavvurlarni
mustahkamlash.
Zarur  jihozlar:  Rangli  qalamlar, rasm  chizish  uchun  qog‘oz, multfilm       yoki
badiiy   asardan   parchalar.
      Mashg‘ulotni   olib   borish   tartibi :
Kirish   qismi.   O‘qituvchi   o‘quvchilarning   hamkorlik,   do‘stlik,   to‘g‘risidagi
bilimlarini faollashtirish uchun   “ Sinfdoshlar kim? ” savoli bilan murojaat qiladi.
Ular   sinfdoshlar   to‘g‘risida   rasm   chizadilar   va   so‘ngra   ularning   o‘rniga,   sinfda
yuklatilgan vazifalariga   qarab   so‘zlab   beradilar.
Asosiy   qism:   o‘qituvchi     o‘quvchilarni   sinfdagi     har   bir   o‘quvchining
ahamiyati,   sinfda   belgilangan   jamoat   ishlaridagi   vazifalari   haqida   mulohaza
yuritishga   yo‘naltiradi.   Sinfdoshlarning   bir-birlariga   yordam   berishlari   yoki
ko‘maklashmasliklari     qanday     oqibatlarga     olib     kelishi     mumkinligi     haqida
o‘ylab   ko‘rishlari    so‘raladi. So‘ngra    ular    guruhlarga   ajratilib, sinfdagi  jamoat
ishlarini   bajarish   bo‘yicha   rollarga     taqsimlanadi.   O‘quvchilardan   bir   guruhi
tomoshabin,   bir   guruhi     esa   ijrochi   sifatida   rollarni   bajaradi.   So‘ngra   ular   o‘z
vazifalarini   almashtiradilar.
Yakunlovchi   qism.   O‘qituvchi   o‘quvchilarni   aynan   sinfdoshlar   davrasi
qanday   bo‘lishi,   ularning   bir-birlarini   qo‘llab-quvvatlashlari,   sinfning     har     bir
a’zosi     qanday     kuchga     ega     ekanligi     va     ulardan     birining   mas’uliyatni     his
etmasligi     qanday     oqibatlarga   olib   kelishi     mumkinligi     va     kuch     birlikda
ekanligini  anglashga  olib  keladi.
59 60 FOY DA LA N ILGA N  A DA BIY oTLA R   RO’Y X A TI
I.O‘zbekiston Respublikasi qonunlari .
1. “Psixiatriya yordami to‘g‘risida” Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 3
martda qabul qilingan Senat tomonidan 2021 yil 23 aprelda ma’qullangan qonuni 
2. Ilm-fan   va   ilmiy   faoliyat   to’g’risidagi     O‘zbekiston   Respublikasining
Qonuni, 2019yil  29-okriyabr i O‘RQ-576-son qonuni 
3. “Ta’lim   to‘g‘risida”   Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2020   yil   19   mayda
qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan qonuni 
II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari .
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son Farmoni. – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017
yil, 6-son. B.53
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   07.06.2019   y.   472-son
"Psixologiya   sohasida   kadrlarni   tayyorlash   tizimini   yanada   takomillashtirish   va
jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “O‘quvchilarni
psixologik-pedagogik   qo‘llab-quvvatlash   ishlarini   yanada   takomillashtirish
to‘g‘risida”, 12.07.2019 yildagi 577-son qarori 
III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari.
7. Mirziyoyev.Sh.M.   “Erkin   va   farovon,   demokratik   o’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy majlis palatalarining qo’shma majlisidagi
nutq.T.”O’zbekiston” NMIU. 2016 y.20- bet
8.   Mirziyoyev     Sh.M.     Buyuk     kelajagimizni     mard     va     olijanob     xalqimiz
bilan  birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 
9. Mirziyoyev     Sh.M.Tanqidiy     tahlil,     qat’iy     tartib-intizom     va     shaxsiy
javobgarlik   – har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo’lishi   kerak.   –
Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.
61 10. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
birga quramiz. “O’zbekiston”, 2017.
11.   O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha   harakatlar
strategiyasi.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmoni.   O’zbekiston
Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017yil,  6-son,70-modda.
12.   Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   –   inson   manfaatlarini   ta’minlash
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O’zbekiston”, 2017.
13.   Mirziyoyev   Sh.M.   “Kamolot”   yoshlar   ijtimoiy   harakatining   IV
qurultoyidagi  nutqi. “Xalq so’zi” gazetasining 1.07.2017 yildagi  № 129-soni, 1-2
b.
14 . Karimov I.A. Barkamol  avlod – O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.
–Toshkent: Sharq, 1997.- 64 b.
15 .     Karimov.I.A.   O’zbekiston   XXI   asrga   intilmoqda.   –   Toshkent:
O’zbekiston, 1999.- 48 b.
16. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvorligi. – Toshkent:
O’zbekiston, 1992.- 61b.
17 .   Karimov   I.A. Tarixiy   xotirasiz kelajak yo’q. – Toshkent: Sharq, 1998.-
31 b.
18 .  Karimov I.A. Barkamol  avlod  orzusi.  –    Toshkent: Sharq,   1998.- 182 b.
19.   Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   Toshkent:
Ma’naviyat, 2008.- 179 b.
VI. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar
20 .    Nasionalnaya  programma  podgotovki   kadrov .  Ministerstvo   v ы sshego
i srednego  spesialnogo  obrazovaniya  Respubliki  Uzbekistan. Institut       v ы sshey  i
sredney  spesialnoy  shkol ы . – Tashkent:   1997. -  50 s.
21.       Abulxanova   –   Slavskaya     K.A.   Lichnostn ы y       aspekt     problem ы
ob щ yeniya. – V kn.: Problem ы       ob щ yeniya   v   psixologii. –     Moskva:   1981. -   S .
218  -  240.
62 22.   Abu   Nasr   Forobiy.   Fozil   odamlar   shahri.   –   Toshkent:   Abdulla     Qodiriy
nomidagi  nashriyoti , 1993.- 224 b.
23 .   Abu Rayhon Beruniy. Tarvixlar (“Javohirot kitobi”dan        “Mineralogiya
”)    – Toshkent:  Meros, 1991.- 13 b.
24 .  Abu  Ali  Ibn  Sino. Tib  qonunlari. 3 jildlik  saylanma. – Toshkent: Fan,
1992.- 453 b.
25 .     Avloniy     A.   Turkiy     guliston     yoxud     axloq.   –   Toshkent:   O’kituvchi,
1992. -160 b.
26. Adizova   T.M.,   Bezuyevskaya     A.L.   O     nekotorыx     lichnostnыx
osobennostyax  uchaщixsya  pri  perexode  iz  nachalnoy  shkolы  v  srednyuyu //
Problemы     psixologii   v   usloviyax   perexoda   k   rыnochnыm   otnosheniyam.
Tez.dokl.mejrespubl.nauch.konf.10–12 oktyabrya 1991.Tashkent: Znaniye,1991.S.
42 - 43.
27 . Avesto (Asqar  Mahkam  tarjimasi) – Toshkent: Sharq, 2001.- 384 b.
28 . Alisher  Navoiy. Mahbub  ul – Qulub. – Toshkent, 1983.- 112 b.
29. Aliqulov   X. Sharq   mutafakkirlari   axloq   haqida. – Toshkent, 1979.- 48
b.
30 . Ananyev B.G. O problemax sovremennogo che loveka znaniya.   –   Moskva:
Nauka, 1977. - 380 s.
31. Anikeyeva   N.P. Jamoada   ruhiy   muhit. – Toshkent : O’qituvchi, 1993.-
256 b.
32.   Andreyeva       G.M.   Zakonomernosti     obщyeniya   i     vzaimodeystviya
lyudey. – V kn.: Sosialnaya  psixologiya. –  Moskva: MGU, 1980 - S. 79 - 174.
33.Antologiya   pedagogicheskoy   mыsli   Uzbekskoy   SSR.   (Pod.   Red.
S.R.Radjapova,    O.S.Abbasovoy  i  dr.) –    Moskva:   Pedagogika,   1986. -  319 s.
34.   Azarov   Yu.P. Tayn ы     pedagogicheskogo   masterstva. –   Moskva ,   2004. -
432   s.
35.   Ahmad     Yassaviy.   Hikmatlar.   –   Toshkent:   G’afur     G’ulom     nomidagi
adab. v a  san’at    nashriyoti ,   1991.-  250 b.
63 36 . Baratov  Sh.R.  O’quvchi  shaxsini  o’rganish  usullari. – Toshkent, 1995.-
56 b.
37. Baratov  Sh.R. Sosialno – psixologicheskiye  i  nauchno – prakticheskiye
osnovы  sozdaniya  psixologicheskoy  slujbы  v  Uzbekistane: Avtoref. dis... dokt.
psixol. nauk. – Tashkent, 1998. - 37 s.
38.   Berdiyev   G.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida   shaxslararo
munosabatlarning     o’ziga   xos   xususiyatlari   (aqliy   rivojlanishi   sustlashgan   bolalar
misolida). Psixol. fanl. nomz. avtoreferati. – Toshkent, 2000. - 21 b.
39.   Beknazarova   L.S.   Ta’lim   jarayonida   o’qituvchi   va   o’quvchi
hamkorligining  psixologik xususiyatlari (pedagogika  kollejlari  misolida). Psixol.
fanl. nomz. avtoreferati. – Toshkent, 2007. - 22 b.
40. Bituyev   V.P. Psixologiya   vzaimootnosheniya   uchitelya   i   uchaщixsya.
Ulan-- Ude,1972.  -  115 s.
41 . Bogomolova N.N. Massovaya  kommunikasiya  i  obщyeniye. – Moskva:
Znaniye, 1986. - 78 s.
42.   Bezrukix     M.M.     Znayete     li     v ы     svoyego     uchenika?   Moskva:
Prosve щ yeniye,   1991.  -  22 s.
43.   Bexterev     V.M.,Myasi щ chev     V.M.   Prikladn ы ye     problem ы     sosialnoy
psixologii. Moskva ,  1983. -   263 s.
44 .   Bodalyov     A.A.     O   vzaimootnoshenii     stilya   ob щ yeniya   pedagoga     s
ucha щ imsya     na     ix     emosionaln ы y     op ы t.   -   V   kn.:   Problem ы     obщ yeniya     i
vospitaniya. – TarTU.:   1974.   Ch.I . S. 185   - 192   .
45 . Bodalyov A.A.  Vospriyatiye  i  ponimaniye  cheloveka  chelovekom.
– Moskva: MGU, 1982. -  200 s.
46 . Bodalyov  A.A.  Lichnost  i  obщyeniye. –  Moskva, 1983. - 271 s.
47 .  Boyko  V.V.  Obщyeniye  i  vzaimovliyaniye  v  prosesse  vospitaniya //
Sov. Pedagogika.1989.- № 2 -  S . 65   -   70   .
48 .     Brudn ы y   L.A.   Ponimaniye   i   obщyeniye.–   Moskva:   Politizdat.,   1988.-
303s.
64 4 9 .   Brudn ы y   L.A.   Ponimaniye   i   obщyeniye. – Moskva: Znaniye, 1993. -
63 s.
50 .  Brushlinskiy     A.V.,     Polikarpov  V.A.    M ы shleniye     i     obщyeniye.
– Minsk, 1990.   - 212    s.
51 . Virjiniya N.,Kvinn. Prikladnaya  psixologiya. Sankt - Peterburg: Piter;
2000. -  560 s.
52 . Vislak  Gerxard. Osenka  povedeniya  i  xarakteristika  uchaщixsya. –
Moskva: 1986. - 20 s.
53 . V ы gotskiy   L.S.   Sobraniye   sochineniy   v   6 –x   t., Moskva: 1982. -
198 s.
54 . V ы gotskiy   L.S.     Pedagogicheskaya     psixologiya.   –     Moskva:
Pedagogika, 1991. - 479 s.
55 .     Gaynutdinov     R.Z.   O’qituvchiga     tarbiya     psixologiyasi     haqida.   –
Toshkent: 1995. - 20 b.
56 .   Gaynutdinov   R.Z.   Vliyaniye   zanyatiy   fizicheskoy     kulturы   i   sporta
na  professionalno – znachimыx   svoystv  lichnosti  studentov psixologicheskogo
vuza. – Leningrad: 1986. -  168 s.
57 .     Gomezo     M.V.   Vozrastnaya     i     pedagogicheskaya     psixologiya.   –
Moskva: Ped. obщyestvo  Rossii, 2003. - 512 s.
58 .     Golovax     Ye.I.,   Ponina     N.V.     Psixologiya     chelovecheskogo
vzaimoponima niya. – Kiyev: Polit. Ukrainы, 1989. - 189 s.
59 .   Grigorovich   L.A., Marsinkovskaya   T.D.   Pedagogika   i   psixologiya. –
Moskva: Gardariki, 2003.- 480 s.
65

KIChIK MAKTAB YoShIDAGI BOLALARDA IRODAVIY SIFATLARNING BILISh JARAYoNLARI RIVOJLANIShIGA TA’SIRI MUNDARIJA: Kirish ............................................................................................................... 3 I-bob. Umumiy va ijtimoiy psixologiyadagi zamonaviy tadqiqotlarda irodaviy sifatlarning ilmiy-nazariy talqini .................................................... 9 1.1 Irodiviy sifatlar – tadqiqot obyekti sifatida............................................ 9 1.2 Iroda haqida tushuncha va irodaviy akt strukturasi .............................. 13 Bob yuzasidan xulosa .............................................................................. 21 II bob . Ki ch ik maktab yoshidagi bolalarning emosional-irodaviy sifatlarini maktabga moslashuviga ta’sirini eksperimental tadqiq etish .............................................................................................................. . . 23 2.1. Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish . .......................... 23 2.2. Emosiyalarni o’rganish muhim muammo sifatida.............................. 26 2.3. Tadqiqot metodlarining talqini .............................................. ............ 30 2.4. Tajriba natijalar samaradorligini .......................................... ............. . 39 Bob yuzasidan xulosa …………………………………………………….. 44 Xulosa . ............................................................................................................ 45 Ilovalar …………………………………………………………………………. 47 Adabiyotlar ro’yxati . ..................................................................................... 61 1

Kirish Bit iruv malak av iy ishining dolzarbligi : O’sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy faollikni va uning negizida yotuvchi qobiliyatlarni shakllantirish respublika matablari oldida turganeng muhim vazifalardan biridir. Chunki hozirgi maktabning asosiy vazifasi ta’lim metodlarini, o’quvchilarning fikrlashlarini taraqqiy ettirish usllarini takomillashtirishdir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’zining har bir nutq va ma’ruzalarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Jumladan u shunday deydi: “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnalogiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy- ma’naviy salohiyat ma’rifatli kishining ikki qanotidir” 1 . Darhaqiqat, yosh avlodni ruhan sog’lom, ma’naviy barkomal yuksak ma’rifatli insonlar qilib tarbiyalash boshlang’ich sinflardayoq boshlandi. “...taraqqiy topgan mamalakatlar qatoriga ko’tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o’sib kelayotgan farzandlarning har tamonlama barkamol avlod bo’lib hayotga kirib borishini o’zi uchun eng ulug’, kerak bo’lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi” 2 . Boshlang’ich maktabning asosiy vazifasi bola shaxsini maktabgacha davrga nisbatan yuqoriroq darajada kamol topishiga erishishdir. Aynan boshlang’ich sinfda o’quvchi oladigan bilim, ko’nikma va malakalarning poydevori qo’yiladi. Bu haqda yurtboshimiz bunday deganlar: “Esiki ta’limning eng yomon qusuri boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi... Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang’iya sinflarga ega yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi deb talab etadi”(1) Boshlang’ich sinf 1 Каримов И.А. Баркамол авлод Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори.- Т.:Шарқ, 1998.8б 2 И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 17 йилиллигига бағишланган тантанали мааросимдаги маърузаси. 2009й 2

o’quvchisini maktabda har tomonlama rivojlanishining manbai bo’lib faoliyatning ikki turi xizmat qiladi. Birinchisi – bu bolaning kelgusidagi hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan bilimlar va ko’nikmalarni egallashdan iborat bo’lgan o’quv faoliyati bo’lsa, ikkinchisi bola o’z imkoniyatlarini hayotda mustaqil foydalana oladigan ijodiy faoliyatidir. Tan olish kerakki, bugungi kunda boshlang’ich maktabda asosan o’quv faoliyatigaasosiy e’tibor qaratiladi. Lekin bog’chadan kelgan har qanday bola ham maktabga tez moslashib ketavermaydi. Maktabga moslashishning asosiy faktorlaridan biri bolaning xissiy-irodaviy sferasidir. Irodaga zo’r berish, o’z xissiyotlarini boshqarish har qanday bolada ham birday shakllanmaydi va ifodalanmaydi. Bu o’rinda o’qituvchi va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyati nihoyatda muhim. Fikrimizcha, maktabgacha yoshidagi bolalarning maktab hayotiga tez moslashishi, maktabda muvoffaqiyatlio’qishi o’qishi qator omillarga bog’liq. Bu omillar g’arb, rus, o’zbek psixologlari tamonidan e’tirof etilgan va tadqiqot predmeti sifatida tanlangan. Lekin izlanishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, xanuzgacha kichik matab yoshidagi bolalarning maktabda muvoffaqiyatli o’qishlarining asosiy omillaridan biri psixologik omilga kiruvchi irodaviy sifatlar va xissiyotlar yetarlicha mahalliy muhitda tadqiq etilmagan. Aynan shu muammoning psixologik jihatlarini taxlil qilish tadqiqotning asosini tashkil etadi. Psixologlar didaktlar, metodistlar tomonidan ushba muammoga doir qator izlanishlar olib borilgan. Biz o’z navbatida ushbu muammoga yangi qarashlar nuqtai nazaridan izlanishlarni davoi ettirmoqchimiz. Bizningcha, mavzuning dolzarbligi tubandagi omillar bilan ham tasdiqlanishi mumkin. 1. «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalga oshirishda ta’sir o’tkazishning usullarini kichi maktab yoshidagi bolalarga tadbiq etish; o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda psixologik bilimlar va psixokorreksion metodikalar bilan qurollantirish; 2. Komil inson muammosi ko’p jihatdan irodaviy sifatlar, xissiy barqarorlik va o’z-o’zini boshqarishga bog’liq; 3

3. Irodaviy baquvvat, xissiy barqaror bo’lgan shaxsgina mustaqil fikrlay oladi, jamiyatda o’z o’rnini topadi. Aynan shunday bog’liqlik tadqiqot dolzarbligi bilvan bevosita bog’liq; 4. Xissiy-irodaviy sifatlarning yosh xususiyatlari va jinsiy tafovutlarini xisobga olish, ularning mexanizm va qonuniyatlarini ochish; 5. Xissiy-irodaviy sifatlarni ta’lim-tarbiya jarayonaga bog’liqligini tadqiq etish orqali yosh davrlari va pedagogik psixologiyani yangi nazariy bilimlar bilan boyitish. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Hozirgacha soha mutaxassisilaridan ko’pchiligi bola shaxsining bilish jarayonlari shakllanishi irodaviy sifatlarning rivojlanganlik muammolarining ma’lum darajadagi qirralarini o’z izlanishlari orqali o’rganganlar.jumladan chet el psixolog olimlari E.Torndayk, U.Mak-Dugall, U.Kennedi, R.Vudvords, A.Maslou, G.Olportlar, U.Djeymslar, hamdo’stlik mamlakatlari olimlaridan B.Ananyev, L.Vigotiskiy, L.Zankov, D.Elkonin, L.Bojovich, V.Aseyev, A.Zaprojes, P.Galperin, Matyuxina, N.Talizina, V.Selivanov, V.Ivannikovlar bolaning o’quv faoliyatini o’rgangan bo’lsalar. Ayni paytda, o’zbek olimlari tamonidan ham qisman bo’lsada mazkur muammoga dahldor tadqoqotlar olib borilmoqda. Jumladan, psixologlaridan E.G’oziyev, M.Davletshin, V.Tokareva, Z.Nishonova, S.M.Yo’ldosheva, M.Rasulova, T.Mustafaqulov, R.Sunnatova, M.Maqsudova, A.Kabilova, F.Xaydarov, G.Bagdalova, N.Jo’rayevalar o’z tadqiqot ishlarida kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qish motivlari, qiziqishlari, o’z-o’ziga baho berish xususiyatlari, o’quv faoliyatiga bo’lgan munosabatlari o’rganilgan. Shuningdek, J. S. Iskenderovning “Pedagogika kolleji o’quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllantirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqod ishida kollej o’quvchilari faoliyatida xarakterning intellektual va irodaviy sifatlari shakllanishining o’rtacha-umumiy va qiyosiy-tipik ko’rsatkichlari milliy muhitda o’rgangan. Biroq, kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik jarayonlari va xissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishi muammolarini tadqiq etishga qaratilgan bir qancha ishlar mavjud bo’lsada, bevosita kichik maktab yoshidagi bolalarda bilash 4

jarayonlari rivojlanishida irodaviy sifatlarning ta’sirini o’rganish bo’yicha maxsus tadqiqotishlari olib borilmagan. Shuning tuchun “Kichik maktab yoshidagi bolalarda irodaviy sifatlarning bilish jarayonlari rivojlanishiga ta’siri”, deb nomlangan mavzu tanlangan. Dissertasiya ishining ilmiy- tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Mazkur tadqiqot ishi O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»i talablariga muvofiq maktab talimi tizimida ustivor yo’nalishlardan biri hisoblanib kichik maktab yoshidagi o’qkvchilarining xissiy-irodavimy sifatlarini maktab ta’limi samaradorligiga ta’sirini o’rganish muammolari ustida faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Samarqand viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari hamda « Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar bilan o’zaro aloqador. Tadqiqotning maqsadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda irodaviy sifatlarning bilish jarayonlari rivojlanishiga ta’siri mexanizmlarini o’rganish, ularning yosh, jins tafovutlarini aniqlashdir. Tadqiqot vazifalari: 1. Muammoning psixologik-pedagogik tadqiqotlarda o’rganilganligi bo’yicha adabiyotlar tahlili; 2. Kichik maktab yoshi o’quvchilarini bilish jarayonlari va irodaviy xususiyatlarini yoritish; 3. Kichik maktab yoshi o’quvchilarini bilish jarayonlari va irodaviy xususiyatlarini rivojlantirish samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish 4.Psixokorreksion usullar yordamida kichik maktab yoshidagi bolalarning xissiy- irodaviy sifatlarini rivojlantirish. 5. Kichik maktab yoshidagi bolaning xissiy-irodaviy sifatlarini o’quv motivasiyasiga bog’liqligini o’rganish. 4. Tavsiyalar ishlab chiqish. 5