Bog’cha yoshidagi bolalarda termoregulyasiya jadalligiga turli matoli kiyimlarning ta’siri
Bog’cha yoshidagi bolalarda termoregulyasiya jadalligiga turli matoli kiyimlarning ta’siri MUNDARIJA KIRISH...................................................................................................................... 3 I BOB TADQIQOT MAVZUSI BO’YICHA ADABIYOTLAR SHARHI … 8 1.1. Organizmda tana haroratining boshqarilishi haqida umumiy tushuncha…................................................................................................ 8 1.2. Turli muhit sharoitida tana haroratining boshqarilishi…………………... 15 1.3. Moddalar almashinuvi bilan tana termoregulyasiyasining bog'liqligi hamda termoregulyatsiyaning qon ko’rsatgichlariga ta’ siri ……… …… 20 1.4. Tana haroratining boshqarilishida kiyim kechaklarning roli va ahamyati. ……………………………………………………………….... 26 II BOB TADQIQOT SHAROITLARI, MATERIALLARI VA USULLARI …………………………………………………………….. 34 2.1. Tadqiqotlarni o‘tkazish sharoitlari va bajarish tartibi…………………. .. 34 2.2. Tadqiqotlarni amalga oshirishda qo llaniladigan usullar …………..........ʻ 38 III BOB ASOSIY QISM ………………………………………………………… 41 3.1. Tajriba guruhi uchun tanlangan turli matoli kiyimlarni shakillantirish ............................................................................................ 41 3. 2 . Sintetik, p axtali hamda junli matoli kiyimlar bilan ta’minlanilganda, tana harorat ko’rsatgichlarrining o’zgarishi............................................... 44 3.3. Turli xil matoli kiyimlar bilan ta’minlanishi natijasida bolalarda qon 1
ko’rsatgichlariga hamda pisiologik va jismoniy aktivligiga ta’siri……… 49 XULOSA ………………………………………………………………………….. 53 TAVSIYALAR ......................................................................................................... 55 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................................. 60 Kirish Mavzuning dolzarblig i . Hozirgi kunda nafaqat mamlakatimizda balkim butun dunyoda inson salomatligini saqlash va odamlarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli kasalliklarning oldini olish dolzar b mavzulardan biri bo'lib kelmoqda. Inson salomatligini saqlashda va turli kasalliklarning oldini olishda to`yimli moddalarni yetarli darajada saqlaydigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ovqatlanish ustuvor masalalardan hisoblanadi, ratsional ovqatlanish natijasida oziq-ovqat tarkibidagi to`yimli moddalarning energetik qiymatidan samarali foydalanish natijasida organizmda kechadigan barcha fiziologik jarayonlarning mutadil kechishini ta’minlashga erishish mumkin. Organizmdagi moddalar almashinuvining natijasida hosil bo`ladigan energiyadan samarali foydalanish deganda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida saqlanadigan potensial energiyaning issiqlik energiyasi sifatida tananing sathi bo`ylab issiqlik energiyasi sifatida tashqi muhitga chiqarilib yuborilishi tushuniladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`layotgan energiyaning issiqlik energiyasi sifatida tashqi muhitga me’yoridan ortiq chiqrilishi organizmda energiyaga 2
taqchilligiga olib keladi va natijada me’yorida kechadigan fiziologik jarayonlarning buzulishlariga olib kelishi mumkin. Tana haroratining boshqarilishi ya’ni termoregulyatsiya issiqlik ishlab chiqarish (kimyoviy termoregulyatsiya) va organizmdan tashqi muhitga issiqlikni uzatish (fizikaviy termoregulyatsiya) darajasini tartibga solish mexanizmlari bilan bog'liq. Issiqlik ishlab chiqarish va issiqlik uzatish muvozanati gipotalamus tomonidan boshqariladi, u adaptiv xatti-harakatlarning sezgir, avtonom, emotsional va motor qismlarini birlashtiradi. Organizmdagi hosil bo`ladigan issiqlikning boshqarilishi ya’ni termoregulyatsiyaning optimal holatini ta’minlash orqali organizmning o`sish varivojlanishining mutadil kechishini hamda organizmdagi fiziologik funksiyalarning me’yorida kechishini ta’minlashga erishish mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi to`yimli moddalarning almashinuvi natijasida yuzaga keladigan potensial energiyaning organizmdan samarali foydalanilmasdan chiqarib yuborilishini oldini olishda optimal yashash muhiti bilan ta’minlanishi, uni o`rab turgan muhitning hossa va hususiyatlari, organizmning ruhiy holati va maqbul bo`lgan matoli kiyimlar bilan ta’minlanishi lozim. Har qanday tog'ri tanlangan matoli kiyimlar hamda boshqa inson ehtiyoji uchun muhim bo'lgan mahsulotlar organizmning talab doirasida bo'lishligi , insonlarning sog'lom turmush tarzini o'tishi, bunday holatlar jamiyatimizda ham ulkan yuksalishlarga ham turtki bo'ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “ Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir” shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog’lom avlod dasturi harakatining ken tus olgani, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida Ta’lim tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug’vor vazifani amalga oshirish yo’lidagi muhim qadamdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsning 3
ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalsh ijtimoiy va insonparvarlik ahamyatiga alohida e’tibor berib: “Biror-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda nustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” deb alohida takidlaydi. Hozirgi zamon fan yutuqlarini biologik bilimlarini bilgan holda keng miqiyosda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Tadqiqotning obyekti. Tadqiqot ishining obyekti sifatida barcha fiziologik ko’rsatkichlari bo’yicha bir xil (analog) bo`lgan bog'cha yoshidagi 5-6 yoshdagi o'g'il bolalar tanlab olindi. Tadqiqot predmeti sifatida bog'cha yoshidagi bolalarning kiyim bilan qoplangan va kiyim bilan qoplanmagan fiziologik jihatdan faol nuqtalarning harorati hamda qonining morfologik ko`rsatgichlari kabilar xizmat qildi. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotlarimizning asosiy maqsadi bog'cha yoshidagi bolalarda termoregulyatsiya jadalligiga turli matoli kiyimlarning ta’sirini aniqlashdan iborat. Ushbu ma’lumotlarni asosida talabalarni mavzu haqidagi bilimlarini oshirish. Eng muhimi mavzu doirasida insonlarni salomatligiga doir bilim hamda ko’nikmalarini oshirishdan iborat. Tadqiqotlarimiz davomida turli ya’ni sintetik, paxta va jun matoli kiyimlardan foydalanildi, tadqiqotlar Samarqand shahar Qorasuv massivida joylashgan “Intellket” xususiy bolalar bog`chasida olib borildi. Taqiqotning vazifalari: Maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar bajarildi. -Mavzuga tegishli ilmiy ma’lumotlarni ilmiy manbaalardan, tegishli adabiyotlar va darsliklardan adabiyot o’rganish va tahlil qilish; - Bolalar bog’chasida tarbiyalanayotgan 5-6 yoshli 10-nafar o’g’il bolalardan iborat tajriba guruhlari tashkil etish va tajribalarni olib boorish uchun qulay 4
yordamchi vositalar va asosiy asbob uskunalar bilan ta’minlangan sharoitlarni yaratish iborat. -Optimal sharoitlarga ega bo`lgan muhitda 5-6 yoshli bolalardan uchta kichik guruh shakillantirgan holda, 1-guruh - sintetik matoli kiyimda, 2-guruh - paxta matoli kiyimda, 3-guruh - junli matoli kiyimlar bilan kiyintirish hamda ularni tanasining kiyim bilan qoplangan va qoplanmagan sohalaridagi issiqlik haroratini ENSYLIFE MT-101 rusmli elektron termometrda aniqlash. -Tajriba guruhidan iborat tarkibni kuning birinchi yarmida tushlikdagi ovqatlanishdan ikki soat oldin va tushlikdagi ovqatlanishdan uch soatdan kiyin o’lchab borish. Tajribalarni fiziologik hamda jismoniy jihatdan tinchlik holatidagi o’g’il bolalarda olib borish. - Tadqiqotlar davomida ershilgan natijalarni ilmiy jihatdan tahlill qilish va sitatistik jihatdan qayta ishlashdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishiakalavrlik dessirtatsiyasida bog’cha yoshidagi bolalarda uch xil turdagi matoli kiyimlarda(junli, paxtali va sentitik) ularning tana harorat ko’rsatgichlari uch va undan ortiq birlik ko’rsatgichlarda o’zgarishi kuzatildi. Kuzatishlar davomida sentitik matoli kiyimlardan foydalanilganda, harorat ko’rsatgichlari bolalar uchun normal hisoblangan raqamlardan oshganligi aniqlandi.Bu esa bola organizmda fiziologik jarayonlarni normada kechmasligiga shu bilan birga ularning pisixologik holatlariga ham ta’sir etadi. Ya’ni bu qanday yuz beradi? Qachonki harorat oshishi natijasida tana yuzasi va sentitik kiyim o’rtasida bug’ning suv molekulsiga aylanishi va natijada terlashning yuzaga kelishi. O’tkazuvchanlikning yo’qolishi oqibatida sodir bo’ladi. Bu kabi holatlarda bolalarda bezovtalik hissi va hattoki ko’pchiligida allergik holatlar ham kuzatildi. Ikkinchi hamda uchunchi kichik tajriba guruhimizda(paxtali va junli) 5