J.Piaje nazariyasidagi asosiy halatlarga tanqidiy yondashuv 44v
Mavzu:J.Piaje nazariyasidagi asosiy halatlarga tanqidiy yondashuv . Reja: 1.J.Piajenning bola intellektual rivojlanishi tadqiqotining asosiy yo’nalishi. 2.J.Piajening intellektni operatsional ta’limoti. 3.J.Piajening nazariyasining asosiy fikrlarini tanqidi. J.Piaje (1896-1980) shvetsiriyali va frantsuz psixologi bo’lib, u 52 ta kitob va 458 ta ilmiy maqolalar muallifi, Jeneva genetik psixologiya maktabining ko’zga ko’ringan vakillaridir. J.Piajening ilmiy ijodiyoti shu qadar turli xil ko’rinishdagi metodologik va nazariy bahs-munozaralar predmeti bo’lib qolishda davom etmoqda. J.Piaje tomonidan kashf etilgan fenomenlar esa ekspermental qayta tekshirilib chiqilmoqda. J.Piaje bolaning bilish faoliyati mexanizmlarini o’rgangan. J.Piaje intellekt shakllanishini barcha boshqa psixik jarayonlar bog`liq bo’lgan bolaning psixik rivojlanishini markaziy chizig`i sifatida ko’rib chiqqan. J.Piaje ishlarida tadqiq etilgan asosiy masalalar bola mantiqining o’ziga xos xususiyatlari bolada intellektni kelib chiqishi va rivojlanishi fundamental jismoniy hamda matematik tasavvur va tushunchalarni shakllanish usullari va yo’llari ob`ekt, makon, vaqt, sabab, tasodif kabilar idrok, xotira , tasavvur, o’yin, taqlid nutq rivojlanishi va bilish jarayonida ularning vazifasi. Ilmiy ijodkorlikning dastlabki bosqichi Jan Pyaje bolalarning miyasi rivojlanishiga fizik olam ta’sir ko’rsatadi deb hisoblagan bo’lsa, yosh davrlarini o’rgangan rus psixologi Lev Vigostkiy (1895-1934) bolaning aql idroki rivojlanishiga ijtimoiy muhitning o’rni kattaligiga urg’u bergan. Pyaje bolalarni yosh olimlar deb aytgan , Vigotskiy esa ularni yosh shogirdlar degan. Bunga ko’ra ota- onalar yoki tarbiyachilar tomonidan bolalarga biror narsa o’rgatilsa yoki yangi so’zlar berilsa, ularni bolalar o’zalashtirib idrokinng yuqori bosqichlariga o’tishlari mumkin. Nutq va ijtimoiy muhitning muhim qismlari o’rgatilishi, aql-idrokka poydevor yaratib beradi. Piaget’s emphasis on how the child’s mind grows through interaction with the physical environment is complemented by Vygotsky’s emphasis on how the child’s mind grows through interaction with the social environment. If Piaget’s child was a young scientist,
Vygotsky’s was a young apprentice. By mentoring children and giving them new words, parent, and others provide a temporary scaffold from which children can step high levels of thinking. 2 J.Piaje tadqiqotlari bolaning tafakkuri va nutqi hamda uning mantiqi va dunyoqarashi haqidagi ta`limotini rivojlanishida butun davrni tashkil qilgan. Ular tarixiy ahamiyatga egaligi xususida L.S.Vigotskiy J.Piajening ilk ishlaridayoq yozgan edi. Eng muhimi shunday iboratki, J.Piaje bola kattalarga nisbatan “esi pastligi” va kattalar intellekti bilan taqqoslaganda bolaning tafakkuri miqdoriy kamchlikka egaligi yondashuvidan voz kechib, bolalar tafakkurini sifat jihatdan o’ziga xosligini tadqiq qilish vazifasini birinchi bo’lib qo’ygan. T.Simon laboratoriyasida ishlayotib yosh J.Piaje bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagilar nutqiga ko’proq ahamiyat qaratgan, uni ayniqsa test savollariga javob berishidagi takrorlanuvchi xatolar qiziqtirgan bolalar bog`chasi sharoitida tadqiqot o’tkazilib, unda kuzatuvchilar erkin faoliyat (rasm chizish yasash yoki o’yin davomida bolalarning barcha aytgan fikrlari va bajaradigan harakatlarini tizimli ravishda qayd qilib borganlar. J.Piaje taxminiga ko’ra, bolalar fikrlarini ikkita guruhga bo’lish mumkinligini ko’rsatadi. Suhbatdoshini javob qaytarishiga manfaatdorligi xarakterlanadi, uning vazifasi suhbatdoshga ta`sir ko’rsatish. 1. Ijtimoiylashgan nutq darajalari kategoriyalari axborot, tanqid, buyruq, iltimos, taqlid, savol, javob. 2. Egotsentrik nutq shakli bo’yicha bu fikrlar har xil bo’lishi mumkin takrorlash exolomiya monolog jamoaviy biroq umumiyligi suhbatdoshining nuqtai-nazari qandayligi, uni tinglayotganligi bilan qiziqmay bola ayni damda nimani o’ylayotgan bo’lsa shu haqida o’z fikrini bildiradi. Egotsentrik nutq vazifasi ta`sirliroqdir- “Suhbatlashishdan qoniqish” harakatlarni kuzatilishi va ritmliligi J.Piaje bolaning erkin nutqida egotsentrik nutq hissasini o’lchab ko’rib, ilk yoshda egotsentrik nutq koeffitsenti yuqoriligini -75% 6-7 yoshga kelib asta-sekin pasayishini aniqlagan. Ta`kidlarning oddiy to’qnashuvini emas balki tomonlarning o’zaro tushunishi va tushuntirishga manfaatdorligi bilan kuzatiladigan nuqtai-nazarlar almashinuvini o’zida namoyon qiluvchi bahs-munozara faqatgina 7-8yoshga kelib yuzaga keladi. J.Piaje egotsentrik nutq faktlarida bolalar fikrini sifat jihatidan o’ziga xosligining muhim isbotini ko’rgan. J.Piaje fikriga ko’ra, kuzatish metodi intellektual testlar bolalar fikrini o’ziga xos xususiyatlarini ochishga qodir emas. Test tekshiruvi vazifani hal etishning pirovard natijasinigina qayd etgan J.Piaje esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tafakkurining ichki tuzilishigacha kirib borishga harakat qilganini J.Piaje yangi metodni klinik yoki suhbat metodi ishlab chiqqan. J.Piajening klinik suhbat metodini bu bola bilan qayd qilingan me`yoriy savollar bilan chegaralanib qolmay erkin subatlashishidir. Eksperimentator va bolaning muloqotini mazmuni tabiat hodisalari
tushlar, axloqiy me`yorlarga taalluqli bo’lgan. Kundalik hayotda bolalar o’zlari ko’pincha kattalarga beradigan savollardan iborat edi. “Osmonga quyosh qaerdan kelgan, nima uchun quyosh qulamaydi, u qanday turibdi, nima uchun quyosh porlaydi, nima uchun shamol esadi, shamol qanday qilib hosil bo’ladi, odamlar qanday qilib tush ko’radilar”. Klinik metod bu- puxta amalga oshiriladigan ma`lumotlarni aniqlash nutq va aqliy rivojlanishning yoshga bog`liq kesimidir. Tadqiqotchi savollar berib, bolaning fikr-mulohazalarini tinglaydi. Bolaning har bir oldingi javobidan bog`liq bo’lgan qo’shimcha savollarni keyin beradi. U bola holatini nima aniqlashi uning bilish faoliyati tuzilishi qandayligini aniqlashi nazarda tutadi. Klinik suhbat davomida bola reaktsiyasini noto’g`ri talqin qilish ayni damda kerakli bo’lgan savolni topa olmay gangib qolish yoki aksincha kutilayotgan javobni singdirish xafi har doim mavjud bo’ladi. Klinik suhbat o’ziga xos san`atni so’rov qilish san`atini aks ettiradi. J.Piajening birlamchi go’dakning autizmdan kattalarning amaliy ijtimoiylashgan tafakkuriga o’tishini ta`minlovchi tafakkurning oraliq shakli egotsentrik tafakkurini aniqlanganligida edi. J.Piaje psixoanalizmida autistik va ijtimoiylashgan fikrlar farqini o’zlashtirib olgan. Autistik fikr hohishni ehtiyojni qondirishga intilish bilan boshqariladigan individuallashtirilgan yo’nalmagan ongsizlikdir obrazlarda aniqlanadi. Ijtimoiylashgan ongli yo’nalgan fikr ijtimoiy bo’lib, anglangan ongli maqsadlarga intiladi, voqealikka uyg`unlashadi, tajriba va mantiq qonunlariga bo’ysunadi. Nutqda ifodalanadi, egotsentrik tafakkur – irsiy, funktsional tuzilmaviy nuqtai nazarlardan rivojlanishidagi oraliq shakldir. Bolalar tafakkurining asosiy o’ziga xos xususiyati sifatida xususiyati sifatida egotsentrizm olam haqida faqatgina o’zining bevosita fragmental va nuqtai-nazardagi fikrida turadi va boshqalarnikini hisobga olmaydi. J.Piaje tomonidan egotsentrizm bilishning anglanmagan tizimli illyuziyasining bir turi bolaning yashirin aqliy aqliy yondashuvi sifatida ko’rib chiqilgan. SHu bilan birga egotsentrik taffakur – tashqi olam ta`sirining murakkab belgisi bu o’z manbalarida faol bilish yondashuvi aqlning boshlang`ich bilish markazidir. J.Piaje egotsentrizmni bolalar tafakkurining barcha boshqa o’ziga xos xususiyatlarini asosi sifatida ildiz sifatida talqin qiladi, egotsentrizmni bevosita kuzatuvda aniqlab bo’lmaydi, u boshqa fenomenlar orqali namoyon bo’ladi. Ularning orasida bolalar tafakkurining xususiyatlari mavjud: realizm, animizm, artifikalizm va realizm. Rivojlanishning ma`lum bir bosqichida bola predmetlarni ular qanday bevosita idrok qilsalar ana shunday idrok qilsalar ana shunday talqin qiladilar masalan sayr davomida oy bolani kuzatib boradi realizm intellektual bo’ladi, shamol daraxt shoxlarini yasaydi predmetning nomi predmetni o’zi kabi shu qadar aniq predmet ko’rinishi ochiq oydin va bola buyum haqida nimani bilsa barchasini qamrab oladi .
1-3-4.Mavzu:Rivojlanish psixologiyasining nazariy va amaliy tushunchasi. Reja : 1.Rivojlanish psixologiya faninig rivojlanish tarixi. 2.19-asr oxiri va 20-asr boshlarida psixologiya fani. 3.Fanning vujudga kelishi. 4.Psixologik rivojlanishning determinantlar muammolari. 5.Fanning rivojlanishidagi genetik yondashuvni ahamiyati. 6.19-asr o’rtalari va 20-asr boshlarida Rossiyada yosh psixologiyasining shakllanish tarixi. Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik- psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-ahloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Shark va G‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari , psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir. Xarakter aksentuasiyasi – K.Leongard tomonidan kiritilgan tushuncha bo’lib, xarakter ba`zi sifatlarning yorqin ifodalanganligining namunasidir. Xarakter akcentuaciyasini bilish o’smirlarga individual yondashish, kasbga yo’naltirish kabilarda zarurdir. O’z- o’zini baholash – shaxsning o’zini boshqalar bilan taqqoslash va refleksiya natijasida o’z-o’zini baholash murakkab va o’zgaruvchan bo’lib, shaxs strukturasida katta o’rin tutadi. Anatomo – fiziologik xususiyatlari . Butun endokrin sistemasining, xususan gipofizning aktivlashishi tufayli o’smir organizmida sifat jihatdan o’zgarishlar yuz beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o’g’illarda 13-15 yoshda bo’lib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi, o’smirning tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Muskullar massasi va muskul kuchi o’sadi, bu holat jinsiy etilish davrining oxiriga borib tezlashadi. Ichki organlar, xususan yurak o’sadi. Ba`zan yurak qon-tomir sistemasida patologik o’zgarishlar yuz beradi. O’smirlardagi asosiy psixologik o’zgarish. O’smir o’zini asta-sekin katta odam deb his qila boshlaydi , lekin ko’p odat va xususiyatlari bolalarcha bo’lib qoladi. Bu hissiyot
kattalik hissi deb ataladi va o’smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his o’smirda o’ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy poziciyani yuzaga keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta orientaciya qila boshlaydi. O’smir o’z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarni esa O’smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab programmasidan tashqariga chiqadi, mustaqil o’qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik, mustaqillik hosil bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga o’quv materiallarini taqqoslashni, mavhumlashtirishni, o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishlari lozim. O’smirlarning o’quv faoliyatida , o’quv materialini o’zlashtirish darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida turli darajadagi o’quvchilarni uchratish mumkin. O’quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bilinmagan bo’lsa, V-VI sinflarda o’zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko’zga tashlanib qoladi. O’smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari ham intellektualizaciya bo’la boshlaydi, ya`ni o’smir o’quv materiallarini tushinib idrok qilish va eslab qolishni o’rgana boshlaydi. O’smirlarning o’z-o’zini anglashi sifat jihatidan o’zgaradi. O’zi haqida o’ylash, o’zini boshqalar bilan taqqoslash o’smirning xususiyatidir. O’smir o’z kamchiligi ustida uylaydi, o’zidan qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi. Ko’pchilik o’smirlar kattalarga o’xshaydigan o’z tenglashlariga o’xshashga harakat qiladilar. Birinchi jihatni tahlil qilib ko’raylik, chunonchi, o’smirlik bosqichidagi o’g’il va qizlarda ilk «kattalik» hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o’smir munosabat uslubini o’zgartiradi, axloq mazmuni ham keskin o’zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish- turishi, ko’zga tashlanadigan ayrim tomonlari o’smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg’otadi. Modaga qiziqish, o’ziga aro berish , o’zgacha «madaniy» horqdiq chiqarish, mulzamat qilishga intilish kabilar. Ular ko’pincha talablarga, katta yoshdagi kishilarga, televizor va kinolarda ko’rgandlariga taqlid qiladi. O’z tasavvurida nimani ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani namuna tarzida qabul qiladi. O’smirda o’z-o’zini va o’zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg’ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob solish holatlari ko’zga tashlanadi. Psixologiya fanida inson xulq-atvoridagi o’zgarish, goho chetga og’ish hodisasi ijtimoiy hayot bilan bog’liqligi haqida umumiy qonuniyat mavjud. Jahon psixologlari olib borgan tadqiqotlar tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishga ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik-psixoloik omillar ham sabab bo’lishini ko’rsatmoqda. O’smirlar