TERMOREGULYASIYA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

1

Hajmi:

500.8 KB
TERMOREGULYASIYA
Reja:
1. Poykilotermiya va gomoyotermiya haqida tushuncha;
2.   Organizmning   issiqli   balans   iva   harorat   gomeostazi   haqida   umumiy
tasavvur;
3.   Issiqlik   hosil   bo‘lish   va   yo‘qotilishi   (kimyoviy   va   fizikaviy
termoregulyasiya)ning mexanizmlari;
4. Termoregulyasiyaning asab va gormonal mexanizmlari;
5. Jismoniy mehnat vaqtida termoregulyasiyaning xususiyatlari; 1. Poykilotermiya va gomootermiya haqida tushuncha
Evolyutsion rivojlanish jarayonida odam va yuqori taraqqiy etgan
hayvonlarning   tana   harorati   tashqi   muhit   haroratining   o’zgarishiga   qaramay
doim  bir  xil  darajada turadi. Tana  haroratining bunday doimiyligi  izotermiya deb
ataladi.  Tana  haroratini  doimo  bir  xilda  saqlash   qobiliyati  organizmning  mu’tadil
yashashi   uchun   muhim   bo’lgan   doimiy   sharoitni   tug’diradi   va   uni   tevarak-
atrofdagi muhit sharoitga kamroq qaram qilib qo’yadi.
Organizmda  bir  qancha  moslamalari  borligi  tufayli  tana haroratini  doimo bir
xilda   saqlaydigan   hayvonlarni   issiqqonli   (gomoyoterm,   endoterm)   hayvonlar
deyiladi. Gomoyotermlarga odam ham iciradi.
Tana harorati o’zgaruvchan bo’lib, tashqi muhit haroratidan oz farq qiluvchi,
ya’ni   sovuqqonli   hayvonlarda   (poykiloterm,   ekzoterm)   izotermiya   yo’q.   Bu
hayvonlar   qanday   muhitda   yashayotgan   bo’Isa,   tana   harorati   o’sha   muhitning
haroratiga   bog’liq.   Tevarak-atrofdagi   muhit   harorati   pasaysa,   bu   hayvonlarning
tana   harorati   ham   pasayadi   va   aksincha,   muhit   harorati   ko’tarilganda   bu
hayvonlarning tana harorati ham ko’tariladi. Ularning organizmida tana haroratini
idora qiladigan moslamalar rivojlanmagan.
Izotermiya   ontogenez   (organizmning   paydo   bo‘lishidan   tortib   to   umrining
oxirigacha   bo’lgan   individual   taraqqiyot   tarixi)   jarayonida   asta-sekin   rivojlanadi.
Yangi tug’ilgan bolalarda tana haroratini doim bir darajada saqlab turish qobiliyati
uncha   mukammal   rivojlanmagan.   Shunga   ko’ra   tashqi   muhit   harorati   katta
yoshdagi odamlarga ta’sir etmaydigan darajada o’zgarganda bola organizmi sovib
(gipotermiya)   yoki   qizib   (gipertermiya)   ketishi   mumkin.   Xuddi   shuningdek,
mushaklar   bilan   qilinadigan   ozgina   ish,   masalan,   bolaning   uzoq   chinqirishi   bilan
bog’liq   bo’lgan   mushaklar   ishi   tana   haroratini   oshirishi   mumkin.   Chala   tug’ilgan
bolalar organizmi tana haroratini doim bir darajada saqlab turishga yanada kamroq
qodir: ularning tana harorati o’zgaruvchan bo’lib, tashqi muhit haroratiga ko’proq
bog‘liq. 2. Organizmning issiqlik balansi va harorat gomeostazi haqida umumiy
tasavvur
Odamning   tana   harorati   doimo   bir   darajada   turadi.   Tana   harorati
qo’ltiqdan   yoki   to’g’ri   ichakdan   o’lchanadi.   Qo’ltiqdagi   o’rtacha   harorat
36,5-36,9°C   atrofida   bo’ladi.   To’g’ri   ichakdagi   harorat   birmuncha   yuqori:
37,2- 37,5°C. Ichki a’zolarning harorati tananing o’rtacha haroratidan bir oz
yuqori, masalan jigarning harorati 38-38,5°C .
Tana yuzasining turli qismlarida harorat har xil bo’ladi. Masalan, yuz
va tananing ayrim qismlaridagi harorat farq qiladi. Qo’l-oyoq harorati tana
haroratidan   pastroq   bo’lib,   tanadan   uzoqlashgan   sayin   pasaya   boradi.
Masalan,   boldir   mushakning   ustidagi   teri   harorati   32,2°C,   boldir-panja
bo’g’imidagi harorat 30°C, barmoqlardagi harorat esa  24,4 0
S (8.2.1-rasm).
Odamning   tana   harorati   kechayu-kunduzi   bir   darajada   turmaydi.
Kechasi   soat   3-4   da   tana   harorati   ayniqsa   pastroq   bo’ladi,   keyin   harorat
sekin-asta   ko’tarilib,   soat   16:00   da   (kunduz   soat   4)   eng   yuqori   darajaga
yetadi,   keyin   yana   pasaya   boshlaydi   Tana   harorati   o’rtacha   miqdordan
0,5°C chamasi farq qiladi (8.2.2-rasm).
Jismoniy mashqlar vaqtida tana harorati ko’tarilib, 38-39°C va hatto 40°C ga
yetishi mumkin.  Mashqlar tamomlanishi bilan harorat tez pasayib, normal darajaga
keladi. 8.2.1 -rasm. Odam terisi turli qismlarining harorati.
Tana   harorati   32-33°C   ga   tushganda   (gipotermiya)   odam   o’lib   qoladi.
Tana harorati 42-43 °C (gipertermiya) dan oshganda ham kishi o’ladi .
8.2.2- rasm. 24 soat ichida odam haroratining o 'zgarishi (tana harorati to’g’ri ichakdan
o‘lchangan).
3. Issiqlik hosil bo‘lish yo‘qotilishi (kimyoviy va fizikaviy
termoregulyasiyaning mexanizmlari) Yuqorida_ayfflgan1Sn^viy'va fizikMermoregulyatsiya jarayonlari tufayli tana
harorati   doimo   bir   darajada   turadi.   Ammo,   odam   organizmining   imkoniyatlari
cheksiz   bo’lib,   ba’zi   bir   hollarda   bu   mexanizmlar   kamlik   qilib   qoladi.   Natijada
tana   haroratining   doimiy   darajasi   o’zgarib,   yo   ko’paytiriladi,   yo   pasayadi.   Tana
haroratining   me’yordan   yuqori   ko’tarilishi   isitma   deb   ataladi.   Issiqlik   chiqarish
o’zgarmagan   holda   issiqhkning   ko’proq   hosil   bo’lishi   tufayli   yolci   aksincha,
issiqlik   chiqarish   kamaygani   holda   issiqlik   hosil   bo’lishi   o’zgarmasligi   tufayli
isitma boshlanishi mumkin.
Organizmda hosil bo’ladigan issiqlik asosan issiqlikni nurlantirish (radiatsion
issiqiik yo’qotish), issiq o’tkazish (konveksion issiqlik yo’qotish) yo’li bilan chiqib
ketadi.
Odamda issiqlik o’tkazish  asosan  teri orqali (70-80%  chiqariladigan issiqlik)
amalga   oshiriladi.   Bu   jarayon   uch   yo’l   bilan:   konveksiya   (konveksion   issiqlik
yo’qotish),   nurlantirish   (radiatsion   issiqlik   o’tkazish)   va   bug’lanish   yo’li   bilan
amalga oshiriladi.
Organizmda   hosil   bo’lgan   barcha   issiqlikning   31%   tevarak-atrofdagi   havoni
isitish   yo’li   bilan,   44%   issiqlik   sochish   yo’li   bilan   chiqariladi,   demak,   havoni
isitish va issiqlik sochish yo’li bilan issiqlikning hammasi bo’lib 75% i tashqariga
chiqariladi: teridan suv bug’langanda 1 0%, o’pkadan suv bug’langanda 12%, jami
22%   issiqlik   yo’qoladi;   nafasga   olinadigan   havoni   va   chiqariladigan  siydilc   bilan
axlatni isitishga 3% issiqlik sarf bo’ladi.
Tashqariga issiqlik chiqarish qanday o’zgaradi?
Issiqlik   chiqarishda   teri   tomirlarining   refleks   yo’li   bilan   kengayishi   va
torayishi katta rol o’ynaydi.
Sovuq   havoda   odamning   terisi   dastlab   qizarishini   va   uzoq   sovuganda
bo’zarishini,   havo   isiganda   esa   terming   qizarishini   hamma   biladi.   Teri   rangining
o’zgarishiga sabab shuki, qon tomirlari, avvalo arteriolalar sovuqning ta’siri bilan
bir   oz   kengayadi,   so’ngra   esa   torayadi.   Natijada   tananing   sirtiga   qon   kelishi kamayadi, binobarin, tashqi havoni isitish va issiqlikni tarqalish yo’li bilan issiqlik
chiqarish ham kamavadi.
Havo harorati tana haroratidan bir oz pastroq bo’lgandagina issiqlik shu yo’l
bilan tashqi muhitga chiqib turadi. Teri harorati bilan havo harorati o’rtasidagi farq
qancha kam bo’lsa, tevarak-atrofdagi muhitga issiqlik shuncha kam chiqadi. Bu ,-
holda   terlash   issiqlikni   chiqarishda   katta   rol   o’ynaydi.   1   g   ter   bug’laganda   0,58
Ideal  sarf bo’ladi. O’rtacha haroratda odam kuniga 800 ml chamasi  ter chiqaradi.
Shuncha   teining   yo   qolishiga   450-500   kkal   sarf   bo’ladi.   Havo   harorati   oshib
ketganda ter chiqishi kuchayib, ba’zan bir necha litrga yetadi.
Havo harorati tana haroratiga teng bo’lganda u old undan ortiq bo’lganda ter
hammadan   ko’p   chiqadi.   Bunday   sharoitda   tashqi   havoni   isitish   va   issiqlik
tarqalish   yo’li   bilan   issiq   chiqarish   mumkin   emas,   shuning   uchun   issiqlik   asosan
ter   chiqarish   yo‘li   bilan   sarf   qilinadi.   Havosining   harorati   37°S   yoki   bir   muncha
yuqori   bo’lgan   issiq   binolarda   yoki   issiq   mamlakatlarda   issiqlik   faqat   terni
bug’lantirish yo’li bilan sarf qilinadi. Ayni vaqtda odam kun bo’yi 4,5 1 gacha ter
chiqaradi, shu bilan 2400- 2800 kkal yo’qotiladi.
Organizmda issiqlikning hosil bo‘lishi, uning hayotiy jarayonlari, to'qimalarda
oksidlanish   reaksiyalarning   tana   haroratini   doimiyligiga   qaratilgan   barcha
moslamalar   kimyoviy   termoregulatsiya   asoslari   hisoblanadi.   Tana   haroratining
ma’lum   bir   darajasi   to'qimalarda   fermentativ   jarayonlarining   kechishida   zaruriy
sharoit bo'lib qoladi. Bu sharoitlarda turli murakkab fiziologik funksiyalar amalga
oshiriladi.
Tashqi   muhit   harorati   ko'tarilib   25-30°C   ga   yetganda   moddalar   almashinuvi
va issiqlik hosil bo'lishi bir oz kamayadi. Tashqi muhit harorati kamayib 15°C dan
pastga tushganda issiqlik hosil bo‘lishi ancha kuchayadi.
Tashqi   harorat   optimal   haroratdan,   yoki   komfort   mintaqasidan   past   bolsa,
issiqlik hosil  bo'lishi ancha kuchayadi. Odatdagi yengil kiyim kiyilganda komfort
zonasi 18-20°C atrofida, yalang'och odam uchun esa 28°C bo'ladi.
Tashqi muhit harorati pasayganda issiqlik hosil bo‘lishining kuchayishi tanani
sovushdan   saqlashda   katta   ahamiyatga   ega.   Mushaklar   qisqarganda   ularda   eng ko‘p issiqlik hosil bo'ladi. Odam hatto qimirlamay yotib mushaklarini taranglatsa,
unda oqsidlanish  jarayonlari  va shu  bilan birga  issiqlik hosil  bo'lishi  mushaklarni
bo'shashtirib   yotgandagiga   nisbatan   10%   oshadi.   Uncha   katta   bo'lmagan   harakat
faolligi   issiqlik   hosil   bo‘lishini   25%   ga   orttiradi.   Yurish   energiya   sarfini   60-80%
oshiradi, og‘ir jismoniy ishda esa energiya sarfi 400-500% ko'payishi mumkin.
Sovuq sharoitda mushaklarda issiqlik hosil bo’lish ko‘rsatgichi ortadi.
Bunga sabab shuki, tana yuzasida haroratning pasayishi sovuqni sezuvchi teri
reseptorlariga   ta’sir   etib,   refleks   yo‘li   bilan   mushaklarning   ixtiyorsiz   ravishda
betartib qisqarishini qo'zg'aydi, bu esa odamning titrashida (dildirashida) namoyon
bo‘ladi.   Ayni   vaqtda   organizmning   energiya   sarfi   ancha   ortadi,   mushaklarda
kislorod   va   karbonsuvlar   ko'proq   iste’mol   qilinadi,   natijada   issiqlik   ham   ko‘proq
hosil bo’ladi.
Shunday qilib,  sovuqda  «qaltirash»  yoki   titrash  mushaklarda  ko'proq  issiqlik
hosil qilish yo‘li bilan tana harorati refleks yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kimyoviy
termoregulatsiya   natijasida   sovuq   haroratga   javoban   organizmda   issiqlik   hosil
bo'lishi kuchayadi.
Tashqi   muhit   harorati   tana   haroratiga   yaqin   yoki   teng   bo'lsa,   moddalar
almashinuvi   susayadi-yu,   organizmni   qizib   ketishdan   saqlay   olmaydi,   chunki
undan   anchagina   issiqlik   baribir   hosil   bo‘laveradi.   Bunday   hollarda   issiqlikni
ko‘proq   chiqadigan   yuborish   yo‘li   bilan   ro‘yyobga   chiqadigan   fizikaviy
termoregulyasiya izotermiyani saqlashda asosiy ahamiyatga ega bo'ladi.
4. Termoregulyasiyaning asab va gormonal mexanizmlari
Termoregulasiya refleks yo’li bilan boshqariladi. Tashqi muhit haroratining
o'zgarishi   maxsus,   termoretseptorlar   degan   retseptorlar   orqali   q abul   qilinadi.   Bu
termoreseptorlar   ko‘p   miqdorda   terida,   og‘iz   bo‘shlig‘ida,   yuqori   nafas   yo'llarida
joylashgam ichki a’zolarda ham termoretseptorlarning miqdori juda ko‘p: Masalan,
me’dada,   yurakda,   buyrakda,   venalarda   va   markaziy   asab   tizimining   ba’zi   bir
qismlarida (gipotalamus, talamus, gippokamp, amigdala va h.k). Teri   yuzasida   termoretseptorlar   baravar   joy l ashgan   emas.   Ularning
ko'pchiligi   odamning   bet   terisida   joylashib,   oyoq l arda   esa   ka m   miqdorda
joylashgan.   Sovuqni   qabul   qiladigan   teri   retseptorlarining,   miqdori   odamda   250
000 gacha, issiqlik qabul  qiladigan retseptorlarning miqdori esa 30 000 ga yaqin.
Teri   termoretseptorlari   havo   haroratining   o‘zgarishiga   juda   sezgir,   b o‘l ib,   ular
harorat   0,007°C   oshganda   va   0,012°C   pasayganda   qo‘zg‘aladi.
Termoretseptorlarga hosil bo'ladigan asab impulslari afferent asab t ol alari orqali -
orqa   miyaga   boradi.   Undan   yuqoriga   boruvchi   yo‘lla r   orqali   talamusga ,   undan
gipotalamus va bosh miya yarim shar l ar po‘stlog‘iga yetib boradi. Natijada issiqlik
va sovuqlik hissi paydo bo'ladi.
Orqa miya faqat asab impulslarni termoreseptorlardan bosh miyaga yetkazib
beradigan   o'tkazuvchan   bo‘lib   qolmay,   balki   pastga   tushuvchi   yo‘llar   orqali   asab
impulslarni   bosh   miyadan   mushaklarga,   tomirlarga,   ter   bezlariga   yetkazib
beradigan tizim ham bo‘lib xizmat qiladi. Biroq tana haroratini bir darajaga saqlab
t u rish uchun orqa miyadagi termoregulator mexanizmlari kifoya emas.
Gipotalamus   -   asosiy   reflektor   markaz   hisoblanadi .   Termoretseptorlardan
ke l adigan im pu lslar ta’sirida gipotalamus neyronlari qo‘zg‘aladi. Gipotalamusning
ichida termoretseptorlar mavjud bo’lib, ular  qonning haroratiga qarab qo‘zg‘aladi
(qon haroratining miligraduslar o‘zgarganganliga javob beradi).
Gipotalamus   shikastlanganda   gomoyoterm   hayvonlarning   haroratni   doimiy
bir   xil   saqlab   turish   qobiliyati   buziladi   va   ular   poykiloterm   (sovuqqon)
hayvonlarga o‘xshab qoladi. Zamonaviy ta’limotga ko‘ra, gipotalamusning oldingi
guruh yadrolari fizik termoregulatsiya uchun, javobgarlar (qon tomirlari tonusining
o‘zgargani va ter ajralishning kuchayishi hisobidan), ya’ni oldingi guruh yadrolari
issiqlik   ishlab   chiqarish   markazi   hisoblanadi.   Ularning   shikastlanishi   natijasida
hayvonlar   sovuqqa   chidamli   bo’ladi,   lekin   tashqi   muhit   harorati   ko‘tarilganda,
qizib ketadi.
Gipotalamusning   orqa   bo‘limi   yadrolari   kimyoviy   termoregulatsiya   uchun
boshqaruv   markaz   hisoblanib,   issiqlik   hosil   boyish   markazidir.   Ular
shikastlanganda   issiqlikning   kompensator   mexanizmi   buzilgani   sababli   hayvon sovuqdan o‘zini muhoffaza qilolmaydi. 
Tana   haroratining   boshqarilishida   bosh   miya   yarim   shar l ar   po‘stlog‘i   juda
katta   ro l   o'ynaydi.   K.M.Bikov   va   A.D.Slonim   tomonidan   termoregulatsiyaning
shartli   reflektor   faoliyati   orqali   o‘zgarishi   o‘rganib   chiqilgan.   Ma’lu m ki,
termoregulyasiya   markazining   efferent   asablarini   simpatik   asab   tizimi   tashkil
qiladi.   Agar   simpatik   asab,   tizimi   faoliyati   buzilsa,   ya’ni   simpatik   asab   tolalari
kesilsa,   gipotalamusdagi   tepmoregulatsiya   markazlarining   qitiqlanishi   natijasida
tana harorati o'zgarmaydi.
Issiqlik   a l mashinuvini n g   boshqarilishida   gormonal   mexanizmlari   ham   katta
rol   o‘ynaydi.   Jumladan,   qalq o nsimon   bezning   gormoni   -   tiroksin   organizmda
moddalar   almashir u vini   kuchaytirib,   issiqlik   hosil   bo‘lish   jarayonini   oshiradi.
Organizm sovuq qotganda tiroksin gormoni qonga ko’proq kiradi.
Shunday   qilib,   sovuq   sharoitda   organizmning   muhofaza   mexanizmlari   ishga
solinib, moddalar almashinuvi va issiqlik hosil bo'lishini kuchaytirib issiqlik ajralib
chiqishini   kuchaytiradi.   Organizmning  boshqa   funksiyalarining   boshqarilishi   kabi
tana   haroratining   boshqarilishida   ham   markaziy   asab   tizimi   (orqa   miya,
gipotalamus, bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i neokorteks) albatta ishtirok etadi.
Bu   hodisani   sportchilarning   tana   haroratining   start   oldi   holatida   o'zgarishi
ustozimiz A.Yu.Yunusovning barcha ishlari ta’sdiqlab beradi.
5. Jismoniy mehnat vaqtida termoregulyasiyasining xususiyatlari
Jismoniy   mashqlar   va   jismoniy   mehnatda   kishi   ayniqsa   ko’p   terlaydi.   Juda
og’ir   jismoniy   mehnatda   odamning   kuniga   9l   gacha   ter   chiqarishi   va   shu   tariqa,
terni bug’lantirish yo’li bilan 5000 gacha kkal yo’qotishi hisoblab topilgan.
Jismoniy mehnat vaqtida issiqlikning hosil bo’lishi va chiqarilishi ortadi. Tana
haroratining   salgina   (1°C)   oshishi   mushaklar   va   umuman   organizm   faoliyatini
yaxshilaydi.   Haroratning   oshishi   markaziy   asab   tizimida   joylashgan
termoregulyatsiya   markazlarini   qo’zg’atadi,   natijada   yurak-tomir,   nafas   hamda
to’qimalarda   oksidlanish   jarayonlari   kuchayadi.   Haroratning   salgina   ko’tarilishi organizmni “o’lik nuqtadan” chiqarib “ikkinchi-nafas”ning boshlanishi uchun asos
bo’ladi.
Mushaklar ish bajarishda, jumladan, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganda
organizmda   issiqlikning   boshqarilishi   uchun   zarur   bo’lgan   shartli   reflekslar   hosil
bo’ladi.   Masalan,   start   oldi   davrida   tana   haroratining   salgina   oshishi   organizmni
kelayotgan jismoniy mashqlarni bajarilishiga tayyor qiladi.
Tashqi muhit harorati va namligi qanchalik yuqori bo’lsa hamda bajariladigan
jismoniy   mashqlarning   muddati   qanchalik   cho’ziladigan   bo’lsa,   tana   harorati
o’shancha   oshadi.   Lekin,   organizmning   bu   reaksiyasi   cheklangan   bo’lib,
normotermiya diapazoniga qoladi.
Ba’zan   shiddatli   sport   mashqlari   bajarilganda   issiqlikning   tarqalishi   uning
hosil   bo’lish   jarayonidan   orqada   qoladi,   kechikadi.   Buning   oqibatida   organizm
harorati   38,5-39,5°C   gacha   va   hatto   undan   ham   ko’proq   ko’tariladi.   Buning
natijasida   markaziy   asab   tizimi   faoliyati   pasayadi,   shu   sababli   organizmning
boshqa   funksional   tizimlarida   ham   ma’lum   o’zgarishlar   kuzatiladi.   Tana
haroratining yanada ko’tarilishi (39°C) isitmaga sabab bo’ladi.
Yuqori   namlik   sharoitda   uzoq   muddatga   yugurish,   velosiped   poygalarida,
futbol   o’yinida   va   boshqa   turdagi   sport   o’yinlarida   harorat   yuqori   bo’lmagan
vaqtda   ham   (20-25°C)   isitma   kuzatiladi.   Shuning   uchun   sportchilarda   isitma
hodisasi ro’y bermasligi uchun nafaqat muhit haroratini, balki uning namligini ham
nazarda tutish zarur.
YUqoridagi aytib o‘tganimizdek, odam organizmi sovuq va issiq sharoitda o’z
faoliyatini saqlab, tana haroratini doim bir darajada ushlab tura oladi. Ammo tashqi
muhit   haroratining   ta’siri   uzoq   davom   etsa,   tana   harorati   pasayib   yoki   ko’tarilib
ketadi.   Buning   natijasida   tana   qizib   ketadi   (gipertermiya)   yoki   sovib   qoladi
(gipotermiya).
Tana harorati 35°C dan pastga tushsa gipotermiya holati ro’y beradi. Bu holat
sovuq   suvda   tez   rivojlanib,   sovuq   ta’sirida   avval   simpatik   asab   tizimining
qo‘zg‘alish   belgilari   vujudga   keladi   va   issiqlik   hosil   bo’lishi   refleks   yo’li   bilan
kuchayadi. Ma’lumki,   sovuqda   mushaklarning   qisqarishi-titrash   tufayli   issiqlik   ko‘proq
hosil   bo’ladi.   Ma’lum   vaqtdan   keyin   tana   harorati   pasaya   boshlaydi.
Gipotermiyada   sezuvchanlik   yo’qoladi,   reflektor   reaksiyalar   susayadi,   asab
markazlarining   qo’zg’aluvchanligi   kamayadi,   moddalar   almashinuvi   darajasi
keskin   kamayadi,   nafas   sekinlashadi,   yurak   urishi   siyraklashadi,   qonning   sistolik
hajmi   kamayadi,   arterial   bosim   tushadi.   Bu   hodisalar   odamning   tana   harorati   27-
25 S bo lganda kuzatiladi.
Tanani   24-28°C   ga   sovitib   sun’iy   gipotermiya   hosil   qilish   og’ir   jarrohlik
ishlarida   -   yurak   yoki   markaziy   asab   tizimida   jarrohlik   operatsiyalari   o’tkazishda
qo’llaniladi.   Buning   amaliy   mohiyati   shundan   iboratki,   gipotermiya   bosh   miyada
moddalar almashinuvini, binobarin, bu a’zoning kislorodga bo’lgan ehtiyojini ham
ancha kamaytiradi. Shu sababli miyaning uzoqroq (me’yordagi 3-5 daqiqa o‘rniga
25-26°C   da   15-20   daqiqagacha)   qonsizlanishiga   chidasa   bo’ladi,   buning   ma’nosi
shuki,   gipotermiyada   yurakning   urmay   turishiga,   nafas   va   qon   aylanishining
to‘xtab turishiga organizm bemalol chidash beradi. 
Tana   haroratining   37°S   dan   oshib   ketishi   gipertermiya   deyiladi.   Bu   holat
issiqlik   uzoq   vaqt   ta’sir   qilganda   rivojlanadi.   Havoning   namligi,   qalin,   havo
o’tkazmaydigan   kiyim,   issiq   sharoitda   jismoniy   mehnat   qilish,   sport   bilan
shug’ullanish,   oqsilga   juda   boy   ovqat   iste’mol   qilish   gipertermiya   rivojlanishini
tezlashtiradi.   Tana   harorati   40-41°C   ga   ko’tarilishi   oqibatida   keskin   gipertermiya
issiq urishi (issiq eltishi) deyiladi.
Gipertermiyadan   isitma   farq   qiladi.   Isitma   tashqi   harorat   o‘zgarmaganda
issiqlikni idora etadigan mexanizmlar shikastlanishi natijasida yuzaga chiqadi.
Isitma asosan yuqumli kasallik paydo qiluvchi mikroblar zaharining markaziy
asab   tizimining  limbika  gumbaziga  (gipotalamus,   talamus,  gippokamp,  amigdala)
ta'sir qilgan vaqtda sodir bo’ladi (Timofeyev, 1986).
.6. CHiniqtirish
Ma’lumki,   tashqi   muhitning   turli   omillari   odam   organizmiga   doimo   ta’sir
yetkazib   turadi,   ayniqsa,   atrof   muhitning   noqulay   ta’siriga   (issiq,   sovuq,   namlik, bosim kabilarga) organizmni chiniqtirish kishining sog’lom bo’lishiga, jismoniy va
ruhiy qobiliyatining ortishiga sabab bo’ladi. Sovuq havoga, suvga chiniqtirish turli
shamollash kasalliklarining oldini olishga imkon beradi.
Odam   organizmini   chiniqtirishda   quyidagi   qoidalarga   amal   qilish   kerak:
havoda   chiniqtirish   bahor   yoki   yoz   oylarida   uch   bosqichda   o’tkaziladi.   Shuning
uchun   chiniqtirishni   asta-sekinlik   bilan   boshlash   kerak.   Sovuq   havo   ta’sirida
chiniqtirilganda uning harorati dastlab 24-26°C bo’lib, har  ikki-uch kunda-l°C ga
pasaytirib boriladi va 10-8°C gacha yetkaziladi.
Chiniqtirishning   asosiy   tomoni   shundan   iboratki,   organizmga   ta’sir
etilayotgan chiniqtiruvchi omil (havo, suv) har kuni uzluksiz ravishda takrorlanishi
zarur.   Shu   sababli   har   qaysi   odamning   shaxsiy   xususiyatlari,   ya’ni   yoshi,   jinsi,
jismoniy funksional holati, salomatligiga e’tibor berish zarur bo’ladi. Eng muhimi
shundaki, chiniqtirish jarayonida har bir kishi o’z-o’zini nazorat qilib turishi kerak.
Chiniqayotgan odam muntazam tarzda o’z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va jismoniy
qobilligini   kuzatib   berishi   katta   ahamiyatga   ega,   chunki   noxush   belgilar
sezilganda,   chiniqish   tartibini   o’zgartiradi   yoki   shifokorga   murojaat   qilishi   zarur.
Umuman, kasalmand odamlar shifokor maslahatiga asoslanib chiniqishi zarur. Adabiyot
1.  Almatov K.T., Allamurodov SH. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
2.  Kots YA.M. Sportivnaya fiziologiya. M., 1986.
3. Tkachenko B.I. Osnov ы  fiziologii cheloveka. S.P. 1994.
4. Semenov E.V. Osnov ы  fiziologii i anatomii. – M.: 1997.
5. Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
6. Aganyans E.K. Fiziologiya cheloveka. M., 2005.
7. Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
8.   Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka. 2001, 490 b.
9. Best, Taylor. Physiolohical Basis of Medical practice. USA, 1990, 414 b.
110. Qodirov U.Z. Odam fizioogiyasi. T., 2004.

TERMOREGULYASIYA Reja: 1. Poykilotermiya va gomoyotermiya haqida tushuncha; 2. Organizmning issiqli balans iva harorat gomeostazi haqida umumiy tasavvur; 3. Issiqlik hosil bo‘lish va yo‘qotilishi (kimyoviy va fizikaviy termoregulyasiya)ning mexanizmlari; 4. Termoregulyasiyaning asab va gormonal mexanizmlari; 5. Jismoniy mehnat vaqtida termoregulyasiyaning xususiyatlari;

1. Poykilotermiya va gomootermiya haqida tushuncha Evolyutsion rivojlanish jarayonida odam va yuqori taraqqiy etgan hayvonlarning tana harorati tashqi muhit haroratining o’zgarishiga qaramay doim bir xil darajada turadi. Tana haroratining bunday doimiyligi izotermiya deb ataladi. Tana haroratini doimo bir xilda saqlash qobiliyati organizmning mu’tadil yashashi uchun muhim bo’lgan doimiy sharoitni tug’diradi va uni tevarak- atrofdagi muhit sharoitga kamroq qaram qilib qo’yadi. Organizmda bir qancha moslamalari borligi tufayli tana haroratini doimo bir xilda saqlaydigan hayvonlarni issiqqonli (gomoyoterm, endoterm) hayvonlar deyiladi. Gomoyotermlarga odam ham iciradi. Tana harorati o’zgaruvchan bo’lib, tashqi muhit haroratidan oz farq qiluvchi, ya’ni sovuqqonli hayvonlarda (poykiloterm, ekzoterm) izotermiya yo’q. Bu hayvonlar qanday muhitda yashayotgan bo’Isa, tana harorati o’sha muhitning haroratiga bog’liq. Tevarak-atrofdagi muhit harorati pasaysa, bu hayvonlarning tana harorati ham pasayadi va aksincha, muhit harorati ko’tarilganda bu hayvonlarning tana harorati ham ko’tariladi. Ularning organizmida tana haroratini idora qiladigan moslamalar rivojlanmagan. Izotermiya ontogenez (organizmning paydo bo‘lishidan tortib to umrining oxirigacha bo’lgan individual taraqqiyot tarixi) jarayonida asta-sekin rivojlanadi. Yangi tug’ilgan bolalarda tana haroratini doim bir darajada saqlab turish qobiliyati uncha mukammal rivojlanmagan. Shunga ko’ra tashqi muhit harorati katta yoshdagi odamlarga ta’sir etmaydigan darajada o’zgarganda bola organizmi sovib (gipotermiya) yoki qizib (gipertermiya) ketishi mumkin. Xuddi shuningdek, mushaklar bilan qilinadigan ozgina ish, masalan, bolaning uzoq chinqirishi bilan bog’liq bo’lgan mushaklar ishi tana haroratini oshirishi mumkin. Chala tug’ilgan bolalar organizmi tana haroratini doim bir darajada saqlab turishga yanada kamroq qodir: ularning tana harorati o’zgaruvchan bo’lib, tashqi muhit haroratiga ko’proq bog‘liq.

2. Organizmning issiqlik balansi va harorat gomeostazi haqida umumiy tasavvur Odamning tana harorati doimo bir darajada turadi. Tana harorati qo’ltiqdan yoki to’g’ri ichakdan o’lchanadi. Qo’ltiqdagi o’rtacha harorat 36,5-36,9°C atrofida bo’ladi. To’g’ri ichakdagi harorat birmuncha yuqori: 37,2- 37,5°C. Ichki a’zolarning harorati tananing o’rtacha haroratidan bir oz yuqori, masalan jigarning harorati 38-38,5°C . Tana yuzasining turli qismlarida harorat har xil bo’ladi. Masalan, yuz va tananing ayrim qismlaridagi harorat farq qiladi. Qo’l-oyoq harorati tana haroratidan pastroq bo’lib, tanadan uzoqlashgan sayin pasaya boradi. Masalan, boldir mushakning ustidagi teri harorati 32,2°C, boldir-panja bo’g’imidagi harorat 30°C, barmoqlardagi harorat esa 24,4 0 S (8.2.1-rasm). Odamning tana harorati kechayu-kunduzi bir darajada turmaydi. Kechasi soat 3-4 da tana harorati ayniqsa pastroq bo’ladi, keyin harorat sekin-asta ko’tarilib, soat 16:00 da (kunduz soat 4) eng yuqori darajaga yetadi, keyin yana pasaya boshlaydi Tana harorati o’rtacha miqdordan 0,5°C chamasi farq qiladi (8.2.2-rasm). Jismoniy mashqlar vaqtida tana harorati ko’tarilib, 38-39°C va hatto 40°C ga yetishi mumkin. Mashqlar tamomlanishi bilan harorat tez pasayib, normal darajaga keladi.

8.2.1 -rasm. Odam terisi turli qismlarining harorati. Tana harorati 32-33°C ga tushganda (gipotermiya) odam o’lib qoladi. Tana harorati 42-43 °C (gipertermiya) dan oshganda ham kishi o’ladi . 8.2.2- rasm. 24 soat ichida odam haroratining o 'zgarishi (tana harorati to’g’ri ichakdan o‘lchangan). 3. Issiqlik hosil bo‘lish yo‘qotilishi (kimyoviy va fizikaviy termoregulyasiyaning mexanizmlari)

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz