logo

Zoogigiyena fani haqida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.7646484375 KB
Zoogigiyena fani haqida
Reja:
1. Zoogigiyena fanining ta’rifi, ma q sadi  va  vazifalari
2. Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari
3. Fanning qisqacha rivojlanish tarixi Zoogigiyena   fani   chorva   mollari   va   parrandalarga   tashqi   muhitni,   ya’ni
iqlim, tuproq, suv, o‘simliklar, saqlash  va boqish usullarining ta’sirlarini,   chorva
mollari,   parrandalarni   saqlash   sharoitlarini,   chorvachilik   fermalarini   sanitariya
holatini himoya qilish hamda zararli  ta’sirlarning oldini olish usullarini o‘rganadi.
Zoogigiyena   ( grek tilida Zoon – hayvon, gigienos – sog‘liq) hayvonlar sog‘ligiga
tashqi   muhit   ta’sirini   o‘rganadigan   fandir.   Sanitariya   –   gigiyena   me’yorlari,
talablari va qonun qoidalarini amalga oshirish demakdir. Uning asosiy muammosi
– organizm bilan tashqi muhitning o‘zaro munosabati – hozirgi vaqtda muhit bilan
organizmning o‘zaro ta’siri va birligi deb talqin qilinadi.   I. M.Sechenov  fikricha
«Organizmning   hayotini   quvvatlab   turadigan   tashqi   muhitsiz   tasavvur   qilib
bo‘lmaydi».   SHuning   uchun   ham   organizmning   ilmiy   ta’rifiga   unga   ta’sir   qilib
turadigan   muhit   ham   qushilishi   kerak,   chunki   organizm   shu   muhitsiz   yashay
olmasligi   va   chambarchas   bog‘ligligini   I.P.Pavlov   ham   ilmiy   yo‘l   bilan   asoslab
bergan.
Organizm   bilan   muhitning   birligi   ular   kimyoviy   tarkibining   umumiyligi,
shuningdek,   ular   o‘rtasida   bo‘ladigan   moddalar   va   energiya   almashinuvi
jarayonlarining   tinmay   bo‘lib   turishi   bilan   isbot   etiladi.   Tashqi   muhitning
organizmga ko‘rsatadigan ta’siri organizm jarayonlaridan nafas olish, oziqlantirish,
issiqlikni   boshqarilishi   (termoregulyasiya)   va   boshqalarni   o‘zgartirish   bilan
namoyon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi  muhitning
ana shu ta’sirlari, sifati  va miqdoriga bog‘liqdir. Tashqi  muhit  omillari  hayvonlar
va   parrandalar   sog‘lig‘iga   yaxshi   ta’sir   qilish   ham,   yomon   ta’sir   qilishi   ham
mumkin.
I.Pavlov   odam   kuchi   va   sifati   odatdan   tashqari   bo‘lgan   omillar   ta’siriga
uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda tashqi muhit bilan organizm
o‘rtasidagi   muvozanat   buziladi   deb   ko‘rsatib   o‘tgan   edi.   Tirik   organizmga   ta’sir
ko‘rsatib   turadigan   tashqi   muhit   omillarini,   ularning   tabiatiga   qarab,   bir   necha
guruhga bo‘lish mumkin. Fizik omillar jumlasiga havoning harorati, namligi, harakat tezligi, atmosfera
bosimi,   quyosh   nurlari   (radiatsiya),   shovqin,   tebranish   va   boshqalar   kiradi.
Kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv va oziqa tarkibiga kiradigan elementlar va
birikmalarning   organizmga   ko‘rsatadigan   ta’siri   bilan   ifodalanadi.   Patogen
mikroblar, zamburug‘larni ba’zi turlari, gelmintlar, hashoratlar biologik omillardir.
Bular   organizmga   ta’sir   qilar   ekan   infeksion   yoki   parazitar   kasalliklarni   keltirib
chiqaradi
Fanning maqsadi  - chorvachilikni rivojlantirishning gigienik ahamiyati, xalq
xo‘jaligiga   keng   joriy   qilinishi,   turli   chorva   mollari   va   parrandalarni   saqlashda
gigiyena talablarini amalga oshirishdir. Hayvonlarni sogligi va tabiiy chidamliligi,
yangi   sharoitga   moslashishi,   tashqi   muhit   faktorining   o‘rni,   har   xil   sharoitlarda
hayvonlarni saqlash usullari, chorvachilik mahsulotlarini etishtirishda zoogigienik
chora   tadbirlar,     tuproq,   suv,     xavo,   oziqa,   molxonalar   gigiyenasi,   zoogigienik
tadbir   choralarini   iqtisodiy  samaradorligini   o‘rganish   bo‘yicha   yo‘nalish   profiliga
mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iboratdir.
            Fanning vazifasi  - hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari bilan
birgalikda   chorva   mollari   bosh   sonini   ko‘paytirish,   mahsuldorligini   oshirish,
chorvachilik   mahsulotlarining   sifatini   yaxshilash,   ekologik   muhitni   himoya   qilish
uchun bajariladigan tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya tadbirlarining xalq
xo‘jaligini   rivojlantirishdagi   ahamiyatini   o‘rganish   hisoblanadi.   Bundan   tashqari
chorvachilik   aholini   xilma   –   xil   sifatli   oziq   –   ovqat   mahsulotlari   bilan,   engil
sanoatini   xom   –   ashyo   bilan   ta’minlaydigan   muhim   tarmoqdir.   Sut,   go‘sht   va
tuxum   inson   uchun   yuqori   kaloriyali   va   to‘la   qiymatli   oziq   –   ovqat   hisoblanadi.
Jun, tivit, teri kiyim – kechak, poyafzal va boshqa sanoat mollari ishlab chiqarish
uchun asosiy  xom  –  ashyo  hisoblanadi.  Mollarning  shoxi,  tuyog‘i   va suyagi  ham
qayta   ishlash   uchun   foydalaniladi.   Ulardan   har   xil   buyumlar,   elim   va   hokazolar
tayyorlanadi. Qushxona chiqitlaridan, yaroqsiz nimtalardan go‘sht – suyak uni, qon
uni,   ba’zi   bir   organ   va   to‘qimalardan   esa   dorivor   preparatlar   tayyorlanadi.   Ot,
xachir,   ho‘kiz,   tuya,   bug‘i   va   boshqa   hayvonlardan   har   xil   ishlarni   bajarishda
foydalaniladi. Chorva mollarining go‘ngi qimmatli organik o‘g‘it hisoblanadi. CHorvachilik   qishloq   xo‘jaligining   bir   tarmog‘i   hisoblanib   qoramolchilik,
cho‘chqachilik,   qo‘ychilik,   echkichilik,   yilqichilik,   tuyachilik,   quyonchilik   va
muynachilik,   parrandachilik   sohalarini   o‘z   ichiga   oladi.   Har   xil   hayvon   turlarini
boqib   ko‘paytirish,   xilma   –   xil   oziq   –   ovqat     mahsulotlari   va   xom   –   ashyo
etishtirishni ta’minlaydi. Chorvachilikning bosh vazifasi aholini sifatli oziq – ovqat
mahsulotlari va sanoatni qishloq xo‘jalik xom – ashyosi bilan ta’minlashdir.
Bu   vazifalarni   bajarishda   mustahkam   va   sifatli   ozuqa   bazasini   yaratishda
agronomiya,   zootexniya,   veterinariya   fanlarining   yutuqlaridan   va   ilg‘or
tajribalaridan   foydalanish   hamda   qishloq   xo‘jaligining   hamma   tarmoqlarida
mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatizatsiyani keng qo‘llashni taqozo qiladi.
Hayvonlar   va   parrandalar   bosh   sonini   ko‘paytirish,   ularning   mahsuldorligini
oshirish   va   mahsulot   tannarxini   kamaytirish   yo‘llarini   izlash   zarur.   Bunga
ixtisoslashtirish,   mehnat   unumdorligini   oshirish   va   hayvonlarni   bir   joyga   yig‘iish
hisobiga erishish mumkin.
Hayvonlarni   saqlash,   oziqlantirish   va   ulardan   foydalanishda   jadal
texnologiyani,   mexanizatsiya   va   avtomatizatsiyani   keng   joriy   etib   ixtisoslashgan
fermer   xo‘jaliklarida,   parrandachilik   fabrikalarida   mehnat   unumdorligini   5–6
martaga   oshirib,   mahsulot   tannarxini   20   –   30%   ga   pasaytirish   hamda   ishlab
chiqarilgan mahsulotga oziqa harajatini 1,5 – 2 marta tejashga erishish zarur.
Chorvachilikni ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ko‘paytirish, ishda ilg‘or
texnologiyani qo‘llash, hayvonlar va parrandalar organizmining fiziologik talabiga
qarab   tuyimli   oziqa   ratsionini   tuzish,   sifatli   oziqa   va   suv   bilan   ta’minlash,
mikroiqlim   talabiga   javob   beradigan   binolar   qurish,   hamma   ishlab   chiqarish
jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.
YUqori   mahsuldor   hayvonlarni   ko‘paytirish,   xo‘jaliklarga   har   xil   yuqumli
kasalliklarni kirib kelishini oldini olish, veterianriya – sanitariya qoidalariga qat’iy
rioya qilish kabi ishlar hozirgi davr talabidir. SHu tadbirlar asosida qabul qilingan,
texnologik   loyiha   me’yorlariga,   ayniqsa   chorvachilik   ferma,   ayrim   binolarni
qurish, loyihalash va qayta qurishda zoogigienik, veterinariya sanitariya talablariga
qat’iy amal qilish kerak. Fermer   xo‘jaligi   sharoitida   hayvonlarni   oziqlantirish,   saqlash   va   turli
kasalliklarni   oldini   olishda   zoogigiyena   va   veterinariya   –   sanitariya   qoidalari   va
talablariga   rioya   qilish   lozim.   Zoogigiyena   va   veterinariya   –   sanitariya   tadbir
choralarga   qat’iy   amal   qilingandagina   hayvonlarni   sog‘lig‘ini,   yuqori
mahsuldorligi va nasldorligini saqlab qolish mumkin. Chorvachilikda zoogigienik
me’yor,   qoida   va   talablarni   keng   qullash     chorva   mollarining     mahsuldorligini
oshirishda alohida ahamiyatga egadir. 
Hozirgi  vaktda zoogigiyena fanining rivojlanishida bir-  biriga chambarchas
bog‘langan asosiy uchta vazifani ajratib ko‘rsatish mumkin; 1.   Hayvonlarni
mahsuldorligini,   tabiiy   chidamlilik   qobiliyatini   oshirish   uchun   ularning   turiga,
yoshiga qarab optimal sharoitlarni yaratish. 2. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni
ayniqsa   antropozoonoz   kasalliklar   oldini   olish   xamda   ulardan   olinadigan
maxsulotning sifatini yaxshilash buyicha chora tadbirlarni ishlab chiqish 3. Tashqi
muhitni chorvachilik chiqindilarni bilan ifloslanishini oldini olish.   
Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari.
1 .   Fizik   usul   -   havoning   harorati,   nisbiy   namligi,   bosimi,   harakat   tezligi,
yorug‘ligi, tuproqning g‘ovakligi, shimuvchanligi va x.k.larni aniqlash.
2. Kimyoviy usul - havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning kimyoviy
tarkibini   aniqlash;   suvda  va  ozuqalarda zaharli   moddalar,  pestitsidlar,  alkaloidlar,
nitritlar, glyukozidlar, og‘ir  metal tuzlari va boshqalarni aniqlash.
3. Biologik   usul  -  bino havosidagi  umumiy   mikroorganizmlar  soni;  ichak
tayoqchalari     bilan   ifloslanishi;   Endo,   Ploskirev,   Chapeka   va   boshqa   usullar.
Buning uchun mikrobiologik, toksikologik, bioprobalardan foydalaniladi.
4.   Kliniko   -   fiziologik   kuzatish   usuli   -   organizmda   bo‘ladigan   o‘zgarishlar
kuzatiladi.   Tajriba   va   nazorat   guruhidagi   hayvonlarni   turli   xil   sharoitda   saqlash,
boqish va ishlatishda yuz beradigan fiziologik o‘zgarishlar aniqlanadi.
5.   Zoogigienik     tajriba   usuli   -   bunda   laborotoriya,     tabiiy   sharoit,   klimatik
kamera va tabiiy sharoitni modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
6.   Sanitariya   statistik   tekshiruv   usuli   -   o‘tkazilayotgan   gigienik   chora   –
tadbirlarni   iqtisodiy   samaradorligi   o‘rganiladi.   Bunda   alohida   tuman,   viloyat, respublika sharoitida mollarni bosh sonini, mahsulotini ko‘payish yoki kamayishi,
kasalliklari o‘rganiladi yoki gigienik chora – tadbirlar amalga oshirilmasdan oldin
va bundan keyin hayvonlarning qancha kasallanganligiga  oid ma’lumotlarni  bir –
biriga   solishtirib   ko‘rib,   shu   chora   –   tadbirlarni   samaradorligi   to‘g‘risida   xulosa
chiqariladi. 
Birinchi   uchta   usul   tashqi   muhitni   hayvonlar   organizmiga   ta’siri,   gigienik
parametrlarni   asoslash   uchun   hamda   hayvonlarni   kasalliklarini   oldini   olish   va
mahsuldorligini   oshirishga   karatilgan.   Tabiiy   sharoitni     modellashtirish   usuli   -
tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni oldindan bilish ya’ni ichimlik suvlarini o‘z-o‘zidan
tozalanishi, tuproqda mikroorganizimlarni yashash muddatini aniqlashni   oldindan
bilish uchun qo‘llaniladi. 
Zoogigiyena   bir   qancha   boshqa   fanlar:   fiziologiya,   mikrobiologiya,
patologiya,   klinik   diagnostika,   epizootologiya,   ximiya,   fizika,   matematika,
toksikologiya   va   boshqalar   bilan   chambarchas   bog‘liq.     Zoogigiyena   fani   ikkiga
bo‘lib o‘rganiladi:
Umumiy   gigiyena   –   Havo,   tuproq,   suv,   oziqa,   molxonalar   gigiyenasi,
mollarni yaylovda boqish-saqlash, mollarni parvarish qilish, hayvonlarni tashish va
haydash, chorva xodimlarini shaxsiy va umumiy gigiyenasini o‘rganadi.
Xususiy gigiyena  - qoramol, cho‘chqa, qo‘y, parranda, ot, quyon va mo‘ynali
hayvonlar, itlar, asalari va havza baliqchiligi gigiyenasini o‘rganadi. 
Zoogigienistlar   turli   tashqi   muhit   omillarining   hayvonlar   sog‘lig‘iga   va
mahsuldorligiga qanday ta’sir qilishini o‘rganib, zararli ta’sirlarni bartaraf etish va
yo‘qotishni,   kasalliklarga  qarshi  kurashni,  mollarni   saqlash  va  boqish   sharoitlarni
yaxshilash, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan   insoniyatni
quriqlashni kuzda to‘tadigan me’yor va qoidalarni ishlab chiqadilar. 
Zoogigiyena o‘z kuzatuvlarini qayd qilib boradigan talab hamda me’yorlarni
beradigan   fan   bo‘libgina   qolmay,   sanitariya   ishi   bilan   chambarchas   bog‘langan
bo‘lib   atrof   –   muhitni   muhofaza   qilish   bilan   birga   uni   zarur   bo‘lganda
o‘zgartirishga ham intiladigan amaliy fandir. Fanning qisqacha rivojlanish tarixi  -  har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy
formatsiyalar evolyusiyasi bilan,   texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan mahkam
bog‘langandir.   SHu   nuqtai   nazardan   gigiyena   tarixi   turli   davrlardagi   ijtimoiy   va
iqtisodiy shart – sharoitlar ta’sirini aks ettiradigan bir necha bosqichlarga bo‘linadi.
Zoogigiyenaning   rivojlanish   tarixi   X1X   asrning   yarmidan   sistemaga   solinib,
mustaqil   fan   holida   birlashtirildi.   Biroq,   odamlarning   kuzatishlari   va   hayot
tajribalariga   asoslangan   amaliy   sanitariya   chora   tadbirlari   juda   qadim
zamonlardayoq   amalga   oshirilgan.   Ba’zi   bir   gigienik   chora   tadbirlar   mollarni
saqlash   va   ularni   parvarish   qilish,   ularni   sog‘lig‘ini   saqlash,   naslini   yaxshilash
kabilar   o‘tgan   eradan   boshlagan.   Bu   ishda   arablarning   xizmati   katta,   ya’ni
universitetlarda   otlar   gigiyenasi   borasida   darslar   olib   borilgan,   natijada   arab   ot
zotlari kelib chiqqan.
Rossiya   sharoitida   zoogigiyena   fani   krepostnoylik   huquqi   bekor   qilinishi,
chet davlatlardan naslli mollar keltirilishi davrida rivojlana borgan. Natijada ba’zi
bir   o‘quv   qullanmalari   bosmadan   chiqarilgan.   XX   asr   boshida   G‘arbiy   Evropada
M.Klimerni   «Veterinariya   gigiyenasi»   o‘quv   qullanmasi   chiqadi.   I.P.Popov,
G.I.Svetlov, N.P.CHervenskiylarni «Zootexniya» qullanmasi chiqadi. Bunga qadar
zoogigiyena faniga fan tariqasida yaqindan e’tibor berilmagan. 1930 yillarga kelib
chorvachilikni   rivojlantirish,   olinadigan   mahsulotni   sifatini   yaxshilash,   miqdorini
oshirish   borasida   katta   ishlar   qilinishi   tufayli   ilmiy   tekshirish   institutlarida
zoogigiyena laboratoriyalari va institutlarda kafedralari ochildi. 
Zoogigiyena   fanining   rivojlanishiga   mamlakatimiz   olimlaridan
A.K.Skaroxodko,   K.A.Kotlyar,   A.V.Ozerov,   A.P.Onegov,   V.A.Alikaev,
N.M.Komarov,   V.F.Matusevich,   I.M.Golosov,   I.F.Xrabustovskiy,   P.T.Lebedev,
A.T.Semenyuta, G.K.Volkov, A.I.Karelin, U.Q.Izbosarov va boshqalarni hissalari
katta.   Hozirgi   kunda     uzoq   yillik   ilmiy   ishlar   natijalari   yakunlanib,   texnologik
loyiha   me’yorlari   tavsiya   qilindi.   Ferma,   parranda   fabrikalarini   kurish,   ularni
zamonaviy talab darajasida qurilish materiallari va ichki jihozlar bilan ta’minlash,
mollarni   molxona   va   yaylovlarda   yoz   va   qishda   saqlash,   suv,   tuproq,   o‘simliklar
tarkibini   o‘rganish,   parhez   ozuqalarni   ishlatish,   suv   havzalarining   sifatini yaxshilash,   chorvachilikni   sanoat   asosiga   kuchirish,   loyiha   asosida   qurilgan
joylarni   veterinariya   ekspertizasi   qilish,   gungi   tozalash   va   zararsizlantirish   kabi
ishlarda salmoqli yangiliklar yaratilmoqda.  Asosiy adabiyotlar:
1. Suvanqulov Y.A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigiyenasi» 
Toshkent, 1994
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Kuznetsov   A.F.,   Demchuk   M.V.   –   «Gigiyena   selskoxozyaystvennыx
jivotnыx» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk, 2007
3. Kochish   I.I.,   Kolyujnыy   N.S.,   Volchkova   L.A.,   Nesterov   V.V.
«Zoogigiyena», Moskva, 2008

Zoogigiyena fani haqida Reja: 1. Zoogigiyena fanining ta’rifi, ma q sadi va vazifalari 2. Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari 3. Fanning qisqacha rivojlanish tarixi

Zoogigiyena fani chorva mollari va parrandalarga tashqi muhitni, ya’ni iqlim, tuproq, suv, o‘simliklar, saqlash va boqish usullarining ta’sirlarini, chorva mollari, parrandalarni saqlash sharoitlarini, chorvachilik fermalarini sanitariya holatini himoya qilish hamda zararli ta’sirlarning oldini olish usullarini o‘rganadi. Zoogigiyena ( grek tilida Zoon – hayvon, gigienos – sog‘liq) hayvonlar sog‘ligiga tashqi muhit ta’sirini o‘rganadigan fandir. Sanitariya – gigiyena me’yorlari, talablari va qonun qoidalarini amalga oshirish demakdir. Uning asosiy muammosi – organizm bilan tashqi muhitning o‘zaro munosabati – hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning o‘zaro ta’siri va birligi deb talqin qilinadi. I. M.Sechenov fikricha «Organizmning hayotini quvvatlab turadigan tashqi muhitsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi». SHuning uchun ham organizmning ilmiy ta’rifiga unga ta’sir qilib turadigan muhit ham qushilishi kerak, chunki organizm shu muhitsiz yashay olmasligi va chambarchas bog‘ligligini I.P.Pavlov ham ilmiy yo‘l bilan asoslab bergan. Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining umumiyligi, shuningdek, ular o‘rtasida bo‘ladigan moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi bilan isbot etiladi. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri organizm jarayonlaridan nafas olish, oziqlantirish, issiqlikni boshqarilishi (termoregulyasiya) va boshqalarni o‘zgartirish bilan namoyon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning ana shu ta’sirlari, sifati va miqdoriga bog‘liqdir. Tashqi muhit omillari hayvonlar va parrandalar sog‘lig‘iga yaxshi ta’sir qilish ham, yomon ta’sir qilishi ham mumkin. I.Pavlov odam kuchi va sifati odatdan tashqari bo‘lgan omillar ta’siriga uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi muvozanat buziladi deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Tirik organizmga ta’sir ko‘rsatib turadigan tashqi muhit omillarini, ularning tabiatiga qarab, bir necha guruhga bo‘lish mumkin.

Fizik omillar jumlasiga havoning harorati, namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimi, quyosh nurlari (radiatsiya), shovqin, tebranish va boshqalar kiradi. Kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv va oziqa tarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi. Patogen mikroblar, zamburug‘larni ba’zi turlari, gelmintlar, hashoratlar biologik omillardir. Bular organizmga ta’sir qilar ekan infeksion yoki parazitar kasalliklarni keltirib chiqaradi Fanning maqsadi - chorvachilikni rivojlantirishning gigienik ahamiyati, xalq xo‘jaligiga keng joriy qilinishi, turli chorva mollari va parrandalarni saqlashda gigiyena talablarini amalga oshirishdir. Hayvonlarni sogligi va tabiiy chidamliligi, yangi sharoitga moslashishi, tashqi muhit faktorining o‘rni, har xil sharoitlarda hayvonlarni saqlash usullari, chorvachilik mahsulotlarini etishtirishda zoogigienik chora tadbirlar, tuproq, suv, xavo, oziqa, molxonalar gigiyenasi, zoogigienik tadbir choralarini iqtisodiy samaradorligini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iboratdir. Fanning vazifasi - hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari bilan birgalikda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, chorvachilik mahsulotlarining sifatini yaxshilash, ekologik muhitni himoya qilish uchun bajariladigan tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya tadbirlarining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish hisoblanadi. Bundan tashqari chorvachilik aholini xilma – xil sifatli oziq – ovqat mahsulotlari bilan, engil sanoatini xom – ashyo bilan ta’minlaydigan muhim tarmoqdir. Sut, go‘sht va tuxum inson uchun yuqori kaloriyali va to‘la qiymatli oziq – ovqat hisoblanadi. Jun, tivit, teri kiyim – kechak, poyafzal va boshqa sanoat mollari ishlab chiqarish uchun asosiy xom – ashyo hisoblanadi. Mollarning shoxi, tuyog‘i va suyagi ham qayta ishlash uchun foydalaniladi. Ulardan har xil buyumlar, elim va hokazolar tayyorlanadi. Qushxona chiqitlaridan, yaroqsiz nimtalardan go‘sht – suyak uni, qon uni, ba’zi bir organ va to‘qimalardan esa dorivor preparatlar tayyorlanadi. Ot, xachir, ho‘kiz, tuya, bug‘i va boshqa hayvonlardan har xil ishlarni bajarishda foydalaniladi. Chorva mollarining go‘ngi qimmatli organik o‘g‘it hisoblanadi.

CHorvachilik qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i hisoblanib qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, quyonchilik va muynachilik, parrandachilik sohalarini o‘z ichiga oladi. Har xil hayvon turlarini boqib ko‘paytirish, xilma – xil oziq – ovqat mahsulotlari va xom – ashyo etishtirishni ta’minlaydi. Chorvachilikning bosh vazifasi aholini sifatli oziq – ovqat mahsulotlari va sanoatni qishloq xo‘jalik xom – ashyosi bilan ta’minlashdir. Bu vazifalarni bajarishda mustahkam va sifatli ozuqa bazasini yaratishda agronomiya, zootexniya, veterinariya fanlarining yutuqlaridan va ilg‘or tajribalaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatizatsiyani keng qo‘llashni taqozo qiladi. Hayvonlar va parrandalar bosh sonini ko‘paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llarini izlash zarur. Bunga ixtisoslashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va hayvonlarni bir joyga yig‘iish hisobiga erishish mumkin. Hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va ulardan foydalanishda jadal texnologiyani, mexanizatsiya va avtomatizatsiyani keng joriy etib ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida, parrandachilik fabrikalarida mehnat unumdorligini 5–6 martaga oshirib, mahsulot tannarxini 20 – 30% ga pasaytirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga oziqa harajatini 1,5 – 2 marta tejashga erishish zarur. Chorvachilikni ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ko‘paytirish, ishda ilg‘or texnologiyani qo‘llash, hayvonlar va parrandalar organizmining fiziologik talabiga qarab tuyimli oziqa ratsionini tuzish, sifatli oziqa va suv bilan ta’minlash, mikroiqlim talabiga javob beradigan binolar qurish, hamma ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. YUqori mahsuldor hayvonlarni ko‘paytirish, xo‘jaliklarga har xil yuqumli kasalliklarni kirib kelishini oldini olish, veterianriya – sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish kabi ishlar hozirgi davr talabidir. SHu tadbirlar asosida qabul qilingan, texnologik loyiha me’yorlariga, ayniqsa chorvachilik ferma, ayrim binolarni qurish, loyihalash va qayta qurishda zoogigienik, veterinariya sanitariya talablariga qat’iy amal qilish kerak.

Fermer xo‘jaligi sharoitida hayvonlarni oziqlantirish, saqlash va turli kasalliklarni oldini olishda zoogigiyena va veterinariya – sanitariya qoidalari va talablariga rioya qilish lozim. Zoogigiyena va veterinariya – sanitariya tadbir choralarga qat’iy amal qilingandagina hayvonlarni sog‘lig‘ini, yuqori mahsuldorligi va nasldorligini saqlab qolish mumkin. Chorvachilikda zoogigienik me’yor, qoida va talablarni keng qullash chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi vaktda zoogigiyena fanining rivojlanishida bir- biriga chambarchas bog‘langan asosiy uchta vazifani ajratib ko‘rsatish mumkin; 1. Hayvonlarni mahsuldorligini, tabiiy chidamlilik qobiliyatini oshirish uchun ularning turiga, yoshiga qarab optimal sharoitlarni yaratish. 2. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni ayniqsa antropozoonoz kasalliklar oldini olish xamda ulardan olinadigan maxsulotning sifatini yaxshilash buyicha chora tadbirlarni ishlab chiqish 3. Tashqi muhitni chorvachilik chiqindilarni bilan ifloslanishini oldini olish. Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari. 1 . Fizik usul - havoning harorati, nisbiy namligi, bosimi, harakat tezligi, yorug‘ligi, tuproqning g‘ovakligi, shimuvchanligi va x.k.larni aniqlash. 2. Kimyoviy usul - havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar, pestitsidlar, alkaloidlar, nitritlar, glyukozidlar, og‘ir metal tuzlari va boshqalarni aniqlash. 3. Biologik usul - bino havosidagi umumiy mikroorganizmlar soni; ichak tayoqchalari bilan ifloslanishi; Endo, Ploskirev, Chapeka va boshqa usullar. Buning uchun mikrobiologik, toksikologik, bioprobalardan foydalaniladi. 4. Kliniko - fiziologik kuzatish usuli - organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar kuzatiladi. Tajriba va nazorat guruhidagi hayvonlarni turli xil sharoitda saqlash, boqish va ishlatishda yuz beradigan fiziologik o‘zgarishlar aniqlanadi. 5. Zoogigienik tajriba usuli - bunda laborotoriya, tabiiy sharoit, klimatik kamera va tabiiy sharoitni modellashtirish usullaridan foydalaniladi. 6. Sanitariya statistik tekshiruv usuli - o‘tkazilayotgan gigienik chora – tadbirlarni iqtisodiy samaradorligi o‘rganiladi. Bunda alohida tuman, viloyat,