ONA TILI BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH
1
ONA TILI BO’YICHA YETUK MUTAFAKKIRLARNING MA’NAVIY VA MA’RIFIY, MADANIY MEROSLARI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………….3 I. BOB. Sharq mutafakkirlari ta’lim tarbiya to’g’risidagi fikrlari…..5 II. BOB. Sharq mutafakkirlarining ta'lim - tarbiya tog’risidagi ilmiy qarashlari………………………………………………………………8 III. BOB. Sharq mutafakkirlari asarlarida ta'lim - tarbiya masalasining yoritilishi………………………………………………..19 XULOSA…………………………………………………………………..32 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR…………………………………….34 2
KIRISH O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi [1:339-340]. Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q. Qadimda Sharq 3
mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o’tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi”. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o’z farzandlarini barkamol inson bo’lishini istaydi, o’zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini o’ylaydi. Bolalarning har bir yutug’idan quvonishadi, mag’lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko’rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi. O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. 4
I BOB. SHARQ MUTAFAKKIRLARI TA’LIM TARBIYA TO’G’RISIDAGI FIKRLARI Jonajon O’zbekistonimiz zaminidan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan, umumjahon miqyosida e’tirof etilgan qanchadan- qancha buyuk mutafakkirlar va qomusiy allomalar yetishib chiqqan. Ajdodlarimizdan qolgan boy meros o’zining o’ta muhimligi va ilmiy salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Vatanimiz tarixining ibrat olsa arzigulik zarvaraqlarini holisona o’rganish va ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil insonlarni shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Komil inson tarbiyasiyada o’zidan o’lmas meros qoldirgan ajdodlar xazinasidan foydalanish bugungi kunning vazifalaridandir. Darhaqiqat, ajdodlar merosi o’zligimiz, ma’naviyatimiz, aslimizdir. Tarbiya muammolari, komillik va inson kamoloti masalalarini o’z asarlarida dasturilamal qilgan ajdodlar ijodiga to’xtalsak. Hadisshunos olimlar ichida eng kuchlisi Imom al-Buxoriydir. Uning 20 dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo’lib, ular orasidan “Al-jome’ as- saxix” alohida o’rinda turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur’ondan keyingi ikkinchi diniy manba deb e’lon qilingan. Imom al-Buxoriy o’z asarlarida axloq-odob haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e’zozlashga, ular oldidagi o’z burchlarini mukammal ado etishga da’vat etadi. Inson sifatlari haqidagi qarashlarida jaholat kishiga o’lim keltiruvchi fojea deb qaraladi. U odamlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U insonning kuch-qudratini jismonan paxlavonlikda emas, balki jahil chiqqanda o’zini tuta olishda, deb hisoblaydi. 5