logo

Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq urf-odatlar Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq urf-odatlar

Yuklangan vaqt:

27.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

13641.540039062 KB
Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq
urf-odatlar  
Mundarija
Kirish…………………………………………………………… … ………..3
I-Bob.   Inson   va   tabiatning   o’zaro   aloqadorligi,   ibtidoiy   davrda   diniy
tasavvurlar va dafn bilan bogli q   urf-odatlar   paydo bo’lishining tarixiy shart-
sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi...........................................................7 
I.1.  Ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi… ..…..7
I.2. ibtidoiy davrda   diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q   urf-odatlar   paydo
bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi… …………..16
II   Bob.   O’ rta   Osi yo   miqyosida   tosh   davri   jamoalarining   moddiy
madaniyati va  diniy tasavvurlar i,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i....................2 2
II.1.   O’ rta   Osi yo   miqyosida   paleolit,mezolit   davri   jamoalarining   moddiy
madaniyati va  diniy tasavvurlar ,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i  masalasi………..21
II.2. O’ rta Osi yo miqyosida neolit davri jamoalarining   mod..diy madaniyati
va  diniy tasavvurlar i,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i  masalasi……………………30
III   Bob.   O’ rta   Osi yo   miqyosida   eneolit   va   bronza   davri   jamoalarining
moddiy madaniyati va  diniy tasavvurlar i,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i…...47
III.1. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit davri jamoalarining   moddiy madaniyati
va   diniy   tasavvurlar i,   dafn   bilan   bogli q   urf-odatlar i
masalasi…………………….47
III.2. O’ rta Osi yo miqyosida bronza davri jamoalarining   moddiy madaniyati
va   diniy   tasavvurlar i,   dafn   bilan   bogli q   urf-odatlar i
masalasi…………………….52
Xulosa…………………………………………………………………..….69
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati………………………………………78
Ilovalar, Xaritalar, Rasmlar......................................................................84 
1 Kirish
Insoniyat   tarixi   rivojida   ibtidoiy   davr   jamoalarining   moddiy   madaniyati
tarixi   muhim   o’rin   egallaydi   Bu   moddiy   madaniyat   tadqiqotida   esa   ibtidoiy
odamlar   diniy   tasavvurlari   va   dafn   bilan   bog’liq   urf   odatlarni   o’rganish   o’z
mazmun-mohiyati   bilan   alohida   ajralib   turadi   va   dolzarblik   kasb   etadi.   Ilk   diniy
qarashlarga oid bo’lgan  yozma manbalar  juda kam, chunki  diniy qarashlar  yozuv
yaratilishidan   ancha   oldinroq   paydo   bo’lgan.   So’nggi   yillarda   amalga   oshirilgan
arxeologik qazilmalar materiallari asosida O’rta Osiyo hududida ilk diniy qarashlar
o’rta   paleolit   davrida   vujudga   kelgan.   Teshiktoshdan   topilgan   neandertal   bola
oldidan (muste davriga oid) qizil rang-oxra (b o’ yoq)lar topilgan. Bundan tashqari
qabr atrofi hayvonlarni shoxi bilan o’ralgan 1
. Bu yuqorida fikrimizni dalili bo’ladi. 
Shu   o’rinda   aytish   lozimki,   O’rta   Osiyo   miqyosida   arxeologik   qazilmalar
jarayonida   kishilik   tarixi   tosh   asri   jamoalariga   tegishli   bo’lgan   antropologik
topilmalar ham topilgan. Jumladan, Farg’ona vohasida Sel-Ungur g’or makonidan
“Farg’ona   odami” 2
,   Toshkent   vohasidan   “Obirahmat   odami”,   yuqorida
keltirilganidek,   Teshiktosh   neondertal   bolasi,   Samarqand   makoni   antropologik
topilmasi, 3
  Tutqovul   yodgorligi     bolalar   qabrlari 4
,   Joytun   yodgorligi     qabrlari 5
,
Sazog’on  neolit  odami  qabri, 6
  Tumek-Kichikjik,  Koksajol,  Tolstov  makoni  neolit
qabrlari 7
  ma’lumotlari   shular   jumlasidan   hisoblanadi.   O’rta   Osiyo   sarhadlari
miqyosida eng qadimgi antropologik topilma- xomoerektusning  vakili- Fergantrop
(Farg’ona   vodiysi,   Selung’ur   g’ori)   hisoblanadi.   U.I.Islomov,   A.A.Zubov,
1
 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш 
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
2
Islamov   U.I.,   Aripov   K.R.,   Kraxmal   K.A.   «O   генезисе   и   возрасте   пещеры   и   пещерных   отложений
древнепалеолитической стоянки Сел-Унгур. Самарканд, 1992.
3
  Джуракулов   М.Д.   Самаркандская   стоянка   и   проблемыверхнего   палеолита   в   Средней
Азии.- Изд.”Фан”, Ташкент, 1987.с 197.
4
  Ранов   В.А.,Коробкова   Г.Ф.   Tуткавул   многослойное   поселение   гиссарской   культуры   в   Южном
Таджикистане – СА, 1971, №2, с.48-54.
5
 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961;  Массон В.М.   Поселение 
Джейтун (проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
6
  Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У.  Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего 
Зарафшана. Ташкент, 1991. C .108.
7
  Виноградов А.В.  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
2 V.M.Xaritanovlar     bu   topilmani     Teshiktosh   neondertal   bolasidan     ancha   arxaik
ekanligini     e’tirof   etishadi   8
.   Teshiktosh     neondertal   bolasi   O’rta   Osiyo   qadimgi
gominidlari   jismoniy   tipi   borasida   muhim   ma’lumot   beradi 9
.   Bu   topilmaning
taksonomik   holati     baxsli   munozaralari   S.T.Mirsoatovaning     maqolasida
keltirilgan 10
.  Yaqin     o’n   yillarda   Obirixmat   g’orida   amalga   oshirilgan
tadqiqotlar natijasida muhim   antropologik topilma   topilib, u   neondertal tipidagi
odam  bilan  hozirgi zamon tipidagi  odamning omuxta  qiyofasini namoyon etgan
gominidning   jismoniy   tipi   deb   e’tirof   etildi 11
.Bu   haqda   B.Sayfullayev   fikr
bildirgan 12
  So’nggi paleolit  davri odami borasida Samarqand makoni antropologik
topilmasi  ham muhim ahamiyat  kasb etdi. Erkak va ayolga mansub bo’lgan bosh
chanoq bo’laklari, xususan jag’ suyaklari V.V.Ginzburg, I.I.Goxmanlar tomonidan
o’rganilgan.   Mutaxassislar   ularni   yevropoid   irqining   janubiy   tipiga   oid   dgan
xulosaga kelishgan 13
.
Neolit   davrining   oxiri   va   eneolit   davrida   urug’chilik   jamoalari   alohida
sig’inadigan   sajdagohlar   ham   mavjud   bo’lgan.   Ular   alohida-alohida   honalarga
ajratilmay bitta urug’ uchun bitta umumiy xona mavjud edi.   Bronza davri dehqon
jamoalari   uchun   xizmat   qiluvchi   noyob   diniy   markaz-monumental   inshoot-
Jarqo’ton ibodatxonasi va  uning qoshida diniy marosimlar uchun kerak bo’ladigan
ishlab chiqarish xo’jalik-xizmat qismini tashkil etilishi va uning faoliyati o’z davri
uchun   muhim   ahamiyat   kasb   etadi 14
.   Dinning   markazlashuv   jarayoni   yuz   bera
boshlaydi. Diniy dunyoqarashda olov muhim ahamiyat kasb etganligi sababli, olov
bilan   bog’liq   qurilmalar,   olovning   ramzlari   insonlar   diqqat   markazida   bo’lganligi
moddiy madaniyatda kuzatiladi. 
8
 Исламов У,И, Зубов А.А, Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине. ВА 
вып.80,1988. 64-б.
9
 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш 
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
10
 Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари. «Ўзбекистон археологияси» 
журн. 2011,№ 2, 12-бет.
11
 Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. Тошкент,2008.
12
  Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар. Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва 
ёзма манбаларда. Ташкент, 2005,274-277 бетлар .
13
 Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов 
М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. 8-б.
14
  Асқаров А.А, Абдуллаев Б
3        Bulardan tashqari hali odamlarning onggida ibtidoiy diniy qarashlarning ayrim
ko’rinishlari,   ya’ni   zoolatrik   diniy   qarashlarga   e’tiqod   saqlanib   qolgan   bo’lib,
ma’lum vaqt o’tgach, dehqon jamoalari hayotida olov, yer, suv va havo eng zaruriy
hayot manbai ekanligini tushunib yetgach, zoolatrik xarakterdagi hayvonlar   faqat
tumorlarda, muhrlarda saqlanib qoladi. Ularning hayotida tabiatning to’rt unsurini
e’zozlash   birinchi   darajaga   ko’tariladi.   Bu   to’rt   unsur   esa   zardushtiylik   dinining
muhim   ustunlari,   asosiy   belgisidir.   To’rt   unsurning   uchtasi   (olov,   yer,   suv)
Jarqo’ton   ibodatxonasida   o’z   aksini   topgan.   Aholi   yashash   manzilidan   chetda
shahar   qabristonining   vujudga   kelishi   zardushtiylikdagi   tabiatning   to’rtinchi
ustuni-   musaffo   havoning   muqaddaslashtirish   rasmiy   tus   olganligidan   dalolat
beradi. Biroq, bu zardushtiylik dini uzil-kesil shakllandi, degani emas. Shu sababli,
bu   davrni   zardushtiylik   dinining   shakllanish   jarayoni   boshlangan   davr,   ya’ni   ilk
zardushtiylik,   deyilsa   to’g’riroq   bo’lar   edi.   Jarqo’ton   nafaqat   diniy   markaz,   balki
jamiyatning boshqaruv markazi ham bo’lgan.
Kishilik         tarixi,   jamiyati   rivoji,   insonlar   ma’naviy   madaniyati,   hayoti,
kechinmalarini bilishimizda  i btidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q
urf-odatlar i   o’z   mazmun-mohiyoti   bilan   o’ta   dolzarb   sanaladi.   Shu   bois,   biz   o’z
bitiruv   malakaviy   ishimizni   shu   mavzudan   oldik.   Mavzuning   dolzarbligi   uning
mazmunini yoritishda birlamchi manbalarga tayanishimiz ham bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, ibtidoiy odamlar vaqt o’tishi bilan biologik jihatdan takomillasha
borgan. Dastlab ular o’zini o’rab turgan atrof-muhit mohiyoti, tabiat hodisalarning
sirlarini   tushunishmagan.   Tabiatga   to’la   qaram   bo’lgan   va   kunlik   turmush   tarzi
ham   shu   tamoyillarga   bo’ysingan.   Tabiat   hodisalariga   qarshi   kurashishdagi
ojizliklari   turli   tabiat   kuchlariga   sig’inish,   topinishlarni   keltirib   chiqargan.   Ular
o’zlariga   naf   keltiradigan   tabiat   hodisalariga   sig’inishgan.   Masalan,   olovdan   ular
naf   ko’rishgan.   Taftidan   isinishgan,   yirtqich   hayvonlarga   qarshi   kurashishda
foydalanish   nafini   tushuna   borishganki,   ularga   topinishgan.   Shu   tariqa   insonlar
hayotida dastlabki diniy tasavvurlar, topinishlar, sig’inishlar, e’tiqodning dastlabki
shakllari yuzaga kelgan.
4 Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi O’rta Osiyo miqyosida ibtidoiy davr
jamoalari   turmushida   bo’lgan   diniy   tasavvurlar   va   dafn   bilan   bog’liq   bo’lgan   urf
odatlarni   yodgorliklar   tadqiqotida   qo’lga   kiritilgan   arxeologik   ashyolar,
ma’lumotlarga tayanib imkoniyat darajasida yoritishdan iborat.
Bitiruv   malakaviy   ishimiz   kirish,   3   ta   bob   va   tegishli   paragraflar   xulosa,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxati,   ilovadan   iborat.   Malakaviy   ishimizning   kirish
qismida   tanlagan   mavzumizning   dolzarbligi,   ishimizning   manbaviy   asoslari,
mazmuni   yoritilgan.   Shuningdek,   ishning   tuzilishi-   boblar   va   ularga   tegishli
bo’lgan   paragraflarning   mazmuni   va   ularning   uzviyligi   masalalari   keltirilgan.
Malakaviy   bitiruv   ishimizning   1-bobi   “   Inson   va   tabiatning   o’zaro   aloqadorligi,
ibtidoiy   davrda   diniy   tasavvurlar   va   dafn   bilan   bogli q   urf-odatlar   paydo
bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi” deb nomlanib,
unda   ibtidoiy   davrda   inson   va   tabiatning   o’zaro   aloqadorligi   masalasi,   ibtidoiy
davrda  diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q  urf-odatlar  paydo bo’lishining tarixiy
shart-sharoitlari,   ildizlari,   ilk   shakllari   masalalari     keyingi   yillar   arxeologik
ma’lumotlari,   soha   mutaxassislarining   ma’lumotlari   asosida   yoritilishiga   harakat
qilingan.   Ishimizning   2-   bobi   «     O’ rta   Osi yo   miqyosida   tosh   davri   jamoalarining
moddiy   madaniyati   va   diniy   tasavvurlar i,   dafn   bilan   bogli q   urf-odatlar i”   deb
nomlanib, unda O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit, neolit davri jamoalarining
moddiy   madaniyati   va   diniy   tasavvurlar ,   dafn   bilan   bogli q   urf-odatlar i     masalasi
yoritilgan.   Ishimizning   3-   bobi   «O’ rta   Osi yo   miqyosida   eneolit   va   bronza   davri
jamoalarining   moddiy   madaniyati   va   diniy   tasavvurlar i,   dafn   bilan   bogli q   urf-
odatlar i   ”   deb   nomlanib,   unda   O’ rta   Osi yo   miqyosida   eneolit   va   bronza   davri
jamoalarining   moddiy   madaniyati   va   diniy   tasavvurlar i,   dafn   bilan   bogli q   urf-
odatlar i  masalasi yoritilgan.
5 6 I-Bob. Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, ibtidoiy davr
jamoalarining moddiy madaniyati,   diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q
urf-odatlar  paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari
masalasi
I.1.  Ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi.
Yer   sharining   barcha   mintaqalarida   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy
taraqqiyot bir zaylda kechmaganligi tadqiqotlardan ma’lum. Bu jarayonlar mazkur
hududlarning   ekologik,  landshaft,   iqlim   sharoitlari,  tabiati   o’ziga  xoslilik   jihatlari
bilan   bog’liq.   Shu   nuqtai   nazardan   odamzod   qadimdan   turli   tabiiy   sharoitlarga
tushib   qolishib   o’ziga   xos   mahalliy   xarakterlarga   ega   bo’lgan   madaniyatlar
sohiblari   bo’lishganlar.   Tadqiqotlar   ko’rsatishicha,   inson   qadimdan   o’z
turmushlarini yaxshilashga harakat qilganlar va bu borada mehnat jarayonida ixtiro
va   kashfiyotlar   qilishganlar.   Tabiat   kuchlarini   o’ziga   bo’ysindirishga   intilganlar.
Insonnning   shunday   yaratuvchanlik   faoliyatlari   sivilizasiyalar   shakllanishiga
imkoniyat   bergan,   shart-sharoit   yaratgan.   Mehnat   jarayonida   tajriba,   ko’nikma,
bilimlar   hosil   bo’lgan.   Ishlab   chiqarish   iqtisodiyotiga   o’tish,   kishilik   jamiyati
rivojida   tub   sosial   o’zgarishlarga   olib   kelgan.   Sug’orma   dehqonchilikni
takomillashuvi bilan sersuv daryo havzalarida shaharmonand aholi punktlari paydo
bo’lib,   aholi   zichligi   oshganki,   shu   joylarda   davlatchilikning   ilk   ko’rinishlari
yuzaga kelgan. Bu elementlar inson jamiyati rivojlanishining mazmun, mohiyotini
belgilaydi.
Olimlarning   fikricha,   har   bir   tarixiy   davrda   tabiat,   jamiyat   unsurlari
o’zgarmasada,   biroq   ulardagi   mohiyat   yangilanib   turishi   mumkin.   Chunki   asrlar
davomida   mehnat   qurollarining   takomillashib   borishi,   insonlar   extiyoji   va
qiziqishlarining   o’zgarishi,   ijtimoiy   munosabatlarning   yangilanishi   shuni   taqoza
etadi. Masalan, ijtimoiy ong (ma’naviy dunyo) sohasini  taxlil qilsak, inson paydo
bo’lganidan boshlab bugungi kungacha uning ma’naviy dunyosi nihoyatda boydir.
Neolitik   davrida   u   barcha   tabiat   mo’jizalariga   qiziqish   bilan   qaragan   bo’lsa,
bugungi   kunda   inson   uchun   ularning   sirligi   qolmadi.Ammo,   inson   hanuz   xamma
narsani   ham   oxirigacha   anglab   ulgurgani   yo’q,chunki   I.   Kant   etirof   etganidek
7 «narsa o’zida» kabi anglash mumkin bo’lmagan narsalar ham mavjud. Lekin, inson
doim   izlanishda   bo’lib,   u   o’zining   intellektual   qobiliyatlarini   yanada
kengaytirishga,   boyitishga   harakat   qiladi.   Bu   esa   insonlarda   jamiyat   rivoji
bosqichlari kesimida innovasion faoliyat tarzida namoyon bo’lgan. 
Ilk   jamiyat   rivojida   inson   taraqqiyoti   konsepsiyasida   inson   va   tabiatning
o’zaro   aloqadorligi   masalasi   o’ta   dolzarb   hisoblanadi.   Inson   borki,   u   o’zi
yashayotgan   tabiiy   landshaft,   atrof   muhit,   ekologik   sharoit   ta’siri   va   qurshovida
bo’ladi.   Shu   omillardan   kelib   chiqib,   insonning   kunlik   turmush   tarzi,   xo’jalik
mashg’ulotlari,   tafakkuri,   ongi,   moddiy   madaniyati   o’ziga   xos   xususiyatlari
shakllanadi. Shu xususiyatning mahsuli odamzod tomonidan mehnat qurollarining
kashf   etilishi   va   rivojlanishi   hisoblanadi   va   bu   tom   ma’noda   o’z   davrining
innovasiyasidir. Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, shubxasiz ishlab chiqarish
vositalari, xususan mehnat qurollarining mazmun, moxiyati turmushda bajaradigan
funksiyasida namoyon bo’ladi. Eng muhimi ishlab chiqarish vositalari moxiyatida
ibtidoiy   odam   imkoniyatlari   uning   tabiat,   jamiyat,   atrof   muxitga   bo’lgan
munosabati o’z aksini topgan.
Ilk jamiyat rivojida inson va tabiat o’zaro aloqadorligi masalasida
innovasiyalar   nuqtai   nazaridan   sun’iy   olovning   kashf   etilganligining
o’rni va ahamiyati beqiyos.  Bu innovasion faoliyat ham tasodifan va o’z-
o’zidan   sodir   bo’lmagan.   Inson   tabiiy   olovni   o’chirmasdan   saqlashga
harakat   qilar   ekan,   bu   borada   ham   yillar   o’tishi   bilan   katta   tajriba   va
bilim,   ko’nikmasiga   ega   bo’lishdi.   Shu   tajribalar   insonning   iqtidori,
qobiliyatlari  bilan  uyg’unlashib,  yangidan-yangi innovasiyalarni  keltirib
chiqardi.   Jumladan,   olovning   yonishiga   ishlatiladigan   daraxt,
o’simliklar,   narsalarning   yonish   darajasi,   olovning   tutanqilari,   ya’ni   tez
hil   olib   yonadigan   o’simlik,   shox-shabbalarni   aniqlashtirib,   tanib
olishdilar.   Bunda,   ibtidoiy   odamlarning   termachilik   faoliyatidagi
kuzatuvchanligi,   ziyrakligi   muhim   omil   bo’ldi.   Sun’iy   olov   hosil   qilish
8 texnika,   usullari   ham   insonning   innovasion   faoliyatining   mahsuli
hisoblanadi.   Bu   borada   toshni   toshga   urib   uchqun   hosil   qilish   va   bu
uchqunlar   tez   alangalanadigan   qurigan   o’simliklar-tutanqilarga
yo’naltirilishi,   yog’ochni-yog’ochga   ishqalab,   tutanqilar   bilan   olov   hosil
qilish   usullari   tom   ma’noda   innovasiyalar   demakdir.   Inson   tomonidan
sun’iy olovning kashf etilishining ilk jamiyat ijtimoiy hayotida ahamiyati
va   o’rni   beqiyos.   Faktlarga   murojaat   etsak,   inson   endi   xom   go’shtni
bexosdan   olovga   tushirib   yuborishi   va   go’sht   pishib,   unga   ta’m  kirishi
va tanavvul qilishganda mazali bo’lishini sezishlarining o’zi bir kashfiyot
bo’lgan. Buning ijtimoiy ahamiyati inson tanasi sog’ bo’lishi, insonning
o’rtacha   yashash   umrining   uzayishi   kabi   faktorlarning   yuzaga   kelishi
bilan   belgilanadi.   Bu   jamiyat   ijtimoiy   ahamiyatiga   molik   innovasion
o’zgarishlar emasmi. Ilk jamiyat taraqqiyotining mustye davri   (bundan
100-40   ming   yillar   muqaddam)   bo’lib,   yangi   arxeologik   manbalarni
inobatga   olsak,   bu   oldingi   tarixiy   davrga   qaraganda   nisbatan
progressiv   xususiyatlarni   o’zida   jamlagan   davr   hisoblanadi.   Ibtidoiy
odamlar o’zlarini o’rab turgan atrof muhit, tabiatni o’rganishga yanada
intila   boshlagan.   Mehnat   jarayonida   ixtiro   va   kashfiyotlar   qilishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot zamirida so’zsiz insonning yaratuvchanligi,
innovasion faoliyati yotadi. Bu davr innovasiyalari avvalo tosh qurollari
to’plamida o’z aksini topgan. Masofaga irg’itish moslama quroli – nayza
tig’i,   chaqmoqtoshdan   yasalgan   kalta   nayza   (drotik),   toshdan   va
suyakdan   ishlangan   turli-tuman   qurollarning   kashf   qilinishi
ovchilikning   ixtisoslashuviga   olib   keldi   va   yovvoyi   hayvonlarni
birgalashib   qurshab   olish,   cho’chitish   singari   usullar   vujudga   kelib,
9 ovchilik shakllari avvallariga qaraganda ancha takomillasha bordi. Shu
tarzdagi   xo’jalik   yuritishning   murakkabligi   kishi   guruhlarining   yanada
jipslashuvini   taqozo   qilardi.   Bu   jarayon   oqibatda   lokal,   ya’ni   har   xil
joylarda   qo’ni-qo’shni   jamoa   birikmalarining   shakllanishiga   olib   keldi
shuningdek,  odamlarining intellektual  sohadagi rivojlanishiga  ham  o’z
ta’sirini   ko’rsatmay   qolmadi.   Bu   kabi   innovasiyalar,   taraqqiyotning
sifatiy   o’zgarishlari   jamiyat   rivoji   ijtimoiy   ahamiyatiga   xos   xususiyatlar
hisoblanadi va ularda inson faktori asosiy rol o’ynaydi.
Ilk   jamiyat   taraqqiyotining   navbatdagi   bosqichi   –   bu   so’nggi
paleolit   (40-12   ming   yillar   avval)   davri   bo’lib,   bu   davr   muhim   sosial,
ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar   ro’y   berganligi   bilan   xarakterlidir.
Dastavval,   odamzod  o’z   biologik   takomillashuvi  jarayonida   (arxantrop,
paleoantrop   va   neoantrop)   Homo   Sapiens   Sapiens,   ya’ni   «Aql-idrokli
odam», «Hozirgi zamon ko’rinishidagi odam» shakllanganligini alohida
e’tirof   etish   lozim.   Keyingi   muhim   sosial   o’zgarish   ibtidoiy   odamlar
o’rtasida   o’zaro   qon-qarindoshligi   hissi   yuzaga   kelib,   bu   qarindoshlik
rishtalari   turli   hayvonlar,   o’simliklar   timsoliga   bog’lanib,   shu   asosda
urug’chilik   tuzumi   paydo   bo’lganligi   hisoblanadi.   Ona   urug’da   ustvor
bo’lgan, matriarxat davri deb tarixda yuritiladi. Ma’lumki, oldingi tarixiy
taraqqiyot   bosqichlarida   ibtidoiy   odamlarning   beixtiyoriy,   ochlikdan
o’lib   ketmasdan,   yirtqich   hayvonlarga   yem   bo’lib   ketmaslik   uchun
yashab   qolishga   intilishib,   stixiyali   ravishda   ibtidoiy   to’da,   galalarga
birikishgan.   Urug’chilik   tuzumi   esa   nisbatan   yirikroq   odamlar
uyushmasi   bo’lib,   mazmuniga   ko’ra   progessiv   ahamiyat   kasb   etgan.
Qon-qarindoshlikka   asoslangan   odamlar   jamoasi   ma’lum   hududiy
10 birlikda   yashashib,   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’lgan   moddiy
madaniyat   sohiblariga   aylanishgan.   Shu   asosda   dastlabki   etnik
birikmalar ma’nosini beruvchi jamoalar uyushmasi yuzaga kelgan.
Mazkur   tarixiy   davrda   qator   sosial   o’zgarishlar   ro’y   berdi.
Yuqorida   keltirganimizdek,   odamzod   o’z   biologik   takomillashuvi
jarayonida   Homo   Sapiens   Sapiens,   ya’ni   «Aql-idrokli   odam»,   «Hozirgi
zamon   ko’rinishidagi   odam»   shakllandi,   urug’chilik   tuzumi   yuzaga
keldi.   Bu   jarayonlar   bevosita   insonning   o’zini   sifatiy   o’sishi,   mavjudot
sifatida   biologik   jihatdan   to’laqonliganli   shakllanishi   demakdir.   Bu
sosial   o’zgarishlarinson   yashagan   jamiyat   rivoji   bilan   uzviy   bog’liq
bo’lgan   ijtimoiy   hodisalar   hisoblanadi.   Endi,   inson   jamiyati   ham
to’laqonli   ravishda   o’zini   namoyon   etdi.   Insonning   o’zida   o’zi
yashayotgan   jamiyat,   atrof   muhitga   nisbatan   yanada   ongliroq
tarzdayondoshuvi,   iqtidori,   qobiliyoti,   xayotiy   va   mehnat   tajribalarini,
bilim, ko’nimasini yorqinroq namoyon etish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu
esa   insonni   yangidan   yangi   innovasiyalar   sohibi   bo’lishga   olib   keldi.
Diniy   tasavvurlar   shakllanishi,   tasviriy   san’at,   turar   joylarning   vujudga
kelishi   shular   jumlasidan   hisoblanadi.   Insonning   innovasion   faoliyati
turar joylar qurilishida yorqin namoyon bo’ldi. Odamlar shu davrgacha
tabiatda   tayyor   bo’lgan   joylar,   xususan   g’orlar,   o’ngurlar,   daraxt
ustlaridan yashash uchun boshpana sifatida foydalanib kelishgan. Endi
odamlar soy yonbag’ri, buloqlar yonlarida dastlab yerto’la, keyin yarim
yerto’la   shaklda   ustiga   shox-shabba   tashlashib,   ular   ustini   hayvon
terilari   bilan   qoplashib   boshpanalar   qurishgan.   Bu   ham   insonning
tabiat   ustidan   erishgan   g’alabasi,   o’z   tajribasiga   tayanib,   iqtidorini
11 namoyon etib, maqsadli, ongli hatti harakati hisoblanadi. Chaylasimon
ko’rinishdagi   turar-joylar,   vaqt   o’tishi   bilan   yer   ustki   sathida   ustunli,
cho’pkari   uylarning   qurilishi   tom   ma’noda   inson   innovasiyasi,   tabiat
ustidan hukumronlik qila boshlaganligini bildiradi 15
.  “Aql-   idrokli”
odamzod   shakllangan   davrgacha   inson   dastlabki   mehnat   quroli   yasagan   vaqtdan
buyon   taxminan   ko’p   yillik   evolyusion   yo’l   bosib   o’tilgan.   “Aql-idrokli”   odam
insonning   biologik   jihatdan   takomillashuvi     natijasida   shakllandi.   Insoning   ongli
faoliyatiga   imkon   beruvchi   miya   hajmi   yuzaga   keldi.   Odamzod   o’zi   yashayotgan
atrof   muhitni   yanada   kengroq   o’rgana   boshladi.   Natijada   organizmga   foydali
o’simlik turlari va hayvon, parranda xillarini iste’mol qildi va bu odamlarni  turli,
mushkul   sharoitlariga   tushib   qolganida   ham   yashab   qolishga   imkon   berdi.
Jamiyatning   boshlang’ich   yacheykasi   sifatida   juft   oilalar   shakllandi.  
                Hayvon podalari izidan quvishib, ko’chmanchi hayot turmushi bo’lgan.
50-   100   km.kv.   gacha   –   bir   kishi   to’g’ri   kelib,   aholi   zichligi   juda   past   darajada
bo’lgan.   Bu   davrda   juda   sodda   shaklda   bo’lsada   mehnat   taqsimoti   ro’y   bergan:
ayollar   termachilik,   yegulik   tayyorlash,   bolalar   tarbiyasi,   olovlarni   o’chirmay
saqlash   kabi   ishlar   bilan,   erkaklar   esa   ov   bilan   mashg’ul   bo’lganlar.   Mehnat
jarayonida nutq rivojlanib borib, to’plangan tajriba va dastlabki bilimlar almashina
boshlandi.   Ibtidoiy   san’at   –   qoya   tosh   sur’atlari   yaratildi   (Altamir   g’ori   –
Ispaniyada; Bxumbetku – Hindistonda 500 ta g’orda rasmlar galeriyasi; Montespan
–   Fransiya,   Kostenki   –   Donda;   Kapova   g’ori   –Boshqirdistonda;   Zarautsoy–
Surxondaryoda; Sarmishsoy-Zarafshon vohasida)  ibtidoiy diniy e’tiqod-totemizm,
animizm, magiya, ko’mish bilan bog’liq urf–odatlar yuzaga keldi. Bu davrda inson
taraqqiyoti   konsepsiyasi   doirasida   innovasiyalarning   yana   bittasi   inson   suyak
qurollari   yasay   boshlaganligi   hisoblanadi.   Suyak   qurollarining   shakli,   yasalish
texnologiyasi,   ishlov   berilishi   usullariga   qarab   soha   tadqiqotchilari   ularning
turmushda bajargan funksiyalarini aniqlashgan. Tadqiqotlardan ma’lumki, ibtidoiy
odamzod turli hayvonlarni iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida ov qilishgan.
15
Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка и проблемыверхнего палеолита в Средней Азии.- Изд.”Фан”, 
Ташкент, 1987.с 197.  
12 Hayvonlarning   go’shtdan   tozalangan   suyaklari   xususan,   polmin,   qovurg’a,   ilik
suyaklaridan   esa   turmushda   turli   funksiyalarni   bajaruvchi   mehnat   qurollarini
yasashda   material   sifatida   foydalanishgan.   Masalan,   teshgich,   qirg’ich   qurollari,
igna,   juvoldizlar   yasashgan,   Hayvon   terilarini   silliqlash,   ularga   pardoz   berishda,
sopol   idishlar   sirtini   silliklash   hamda   pardoz   berishda   suyak   qurollarini
ishlatishgan.   Hattoki,   Buxoro   kiyigi   shoxi   qattiqligi,   mustahkamligidan   tosh
o’zagidan   payraqalar   ajratib   olishda   qattiq   zarb   berish   vositasi   sifatida
ishlatilganligi   tadqiqotlardan   ma’lum.     Lekin,   so’nggi   paleolitda   kishilik   jamiyati
ijtimoiy   tuzilmalari   juda   oddiy   bo’lgan   Homo   Sapiens   Sapiens   zamoni   oxirgi
bosqichlarida ular Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada yashay
boshlaganlar. K.Yaspers bu davr borasida quyidagi xulosalarni keltiradi: 1. Mehnat
qurollari   va   olovdan   foydalanish;   2.   Nutqning   paydo   bo’lishi;   3.   Odamning
o’zligidan   ustunligi;   o’zining   qobiliyati,   iqtidorini   yanada   yorqinroq   payqashi;   4.
Guruh va uyushmalarning yuzaga kelishi. Ongli ravishda uyushmalarga birlashish;
5. Odamning ijtimoiy genotipining shakllanishi. Ko’nikma, bilim tajribani avlodga
yetkazish;   6.Etnik   normalar,   ma’naviy   dunyo,   o’zligini   anglashi   yuzaga   kelishi.
Ilk   jamiyat rivojida navbatdagi   taraqqiyot bosqichi   mezolit   (mil. avv.
12-7   ming   yilliklar)   davri   hisoblanadi.   Bu   davrning   boshlanishi
muzlikning   chekinishi   va   o’q-yoyning   ixtiro   qilinishi   bilan
xarakterlanadi.   Inson   tomonidan   o’q-yoyning   ixtiro   qilinishi   ham   tom
ma’noda   buyuk   innovasiya   hisoblanadi.   Sababi,   mezolit   davri   o’z
tabiati, ekologiyasi, iqlimiy  sharoiti,  o’simlik va hayvonat dunyosi bilan
oldingi   tarixiy   taraqqiyotlarga   nisbatan   hozirgi   zamonga   yaqin
hisoblanadi.   Muzlik   chekinishi   bilan   janubdan   issiq   tabiiy   iqlim,
issiqsevar   o’simlik   va   hayvonat   dunyosi   siljib   keldi.   Tez   yugurar
hayvonlar   ov   qilishning   yangi   usullari,   yangi   ov   qurollarining   kashf
etilishi   zaruratini   taqoza   etdi.   Bu   esa   insonning   intellektual   tafakkuri,
innovasion   faoliyati   bilan   chambarchas   bog’liqdir.   Endi   irg’itiladigan
13 qurollar ish  bermay  qoldi.  Shu  bois  o’q-yoy kamon  yaratildiki,  bu  ham
o’z davri uchun tom ma’noda innovasiya demakdir.  Odamlar   endi
tabora   tabiatga   qaramlikdan   qutilish   yo’llarini   izlay   boshlashdi.     Ko’plab   ixtiro-
kashfiyotlar   qilishadi   (to’r,   qarmoqlar,   garpun   va   h.k.).   Ming   yillar   o’tishi   bilan
endi   odamzod   tabiatda   tayyor   bo’lgan   mahsulotlarni   iste’mol   qilishdan,   o’zlari
mahsulot yetishtirishga o’ta boshladilar. Termachilikdan dehqonchilik, ovchilikdan
esa   chorvachilik   yuzaga   kela   bordi.   Birinchi   bo’lib   bug’doy   madaniylashtirildi.
Mil.avv 10-8 ming yilliklarda Falastin, Eron, Kichik Osiyo tog’liklarda, mil.avv 6
ming   yilliklarda,   Misr,   Dunay   bo’ylari   va   Bolqon,   Hindistonda   donli   ekinlar
yetishtirila   boshlandi.   Mezolit   davrida   echki,   qo’y,   eshak   keyinroq   yirik   shoxli
hayvonlar,   cho’chqa   honakilashtirilgan.   Xullas,   ishlab   chiqarish   iqtisodiyotiga
o’tish   bilan   aholining   o’troqlashishi   yuz   berdi.   Muqim   yashaydigan   qishloqlar
paydo  bo’ldi.  Iyerexon  (   Falastinda),   Chatay   –   xyuyuk  (   Kichik   Osiyoda);   Bagor
(   Hindistonda).   Chorvador   aholilarning   yaylovlarga   talashib,   jamoalar   o’rtasida
to’qnashuvlar ro’y berib, yangi yerlarga aholi siljishlari sodir bo’ldi. (mil.avv. 8-7
ming   yillar).   Ishlab   chiqarish   iqtisodiyotiga   o’tish   bilan   odamlar   ma’naviy
dunyoqarashi   ham   o’zgardi.   Ular   tabiat   kuchlari   sirlarini   tushina   boshladilar.
Odamlarning   mehnat   faoliyati   turlari   ko’paydi   (tosh,   suyak,   yog’och   qurollari,
yerga   ishlov   berish,   chorvani   boqish,   kulolchilik,   uy   –   joy   qurilishi,   hayvon
terilariga   ishlov   berish,   chorva   mahsulotlari   va   h.k.).   Bular   esa   o’z   navbatida
iqtisodiy   boshqaruv,   jamoaning   ichki   munosabatlarini,   maxsulotlar   taqsimotini
nazorati   qoidalarini   talab   qilar   edi.   Bu   esa   jamiyat   tuzilmalari   elementlari
shakllanishini   keltirib   chiqardi. 16
  Insonlarni   ishlab   chiqarish   iqtisodiyotiga   o’tishi
misli   ko’rilmagan   darajadagi   innovasiyalar   edi.   Sababi,   endi   odamlar   qo’nim
turmush tarzida yashay boshlashdi.  Ne olit (mil. avv. 6-4 ming yilliklar) davri.
Ilk jamiyat rivojida navbatdagi  taraqqiyot bosqichi neolit (mil. avv. 6-4 ming
yilliklar) davri hisoblanadi.     Bu davr  arxeologik   davrlashtirish   bo’yicha
insoniyat   tarixi   tosh   davrining   so’nggi,   yakunlovchi   taraqqiyot   bosqichi
16
  Массон   В.М.   Экономика   и   социальной   строй   древных   обществ   (В   свете   данных   археологии)   //   -Л:
«Наука», 1976, 179-181 бб.
14 hisoblanadi   Bu   davrda   urug’chilik   tizimi   rivojlangan   bo’lib,   onalarning   mavqyei
jamoada kuchli     bo’lgan. Xususan,  jamoa mehnati, ishlab chiqarish vositalarining
ijtimoiy   mulkliligi   kunlik   turmush   tarzining   asosiy   mezoni   hisoblangan.
Shuningdek,   bu   davrda   muhim   ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar   ro’y   bergan   bo’lib,
mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiga o’tish kashf qilingan. Jumladan, to’qimachilik,
kemasozlik,   kulolchilik   paydo   bo’lgan.   Mehnat   vositalarini   takomillashtirish
xususan,   tosh,   suyak   va   yog’ochga   ishlov   berish   an’anaviy   uslublari   yuksaklikka
erishilib,   ayniqsa   toshni   silliqlash,   parmalab   teshish   singari   texnologiyalar   kashf
etilgan, mikrolit qurollari esa yanada takomillashgan. Eng muhimi mahsulot ishlab
chiqarish   xo’jalik   asoslari,   jumladan   dexqonchilik   va   chorvachilik   vujudga
kelgan.Bu  voqyelik shubxasiz,  ibtidoiy odamzod  ijtimoiy tuzumi,  kunlik  turmush
tarzi,   xullas   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyatining   barcha   sohalarida   keskin,   tub
progressiv burilishlarga olib kelgan. Shuning uchun ham bu davrni ingliz arxeologi
G.Chayld   «Neolit   inqilobi»   atamasi   bilan   fanga   kiritgan   bo’lib,   mutaxassislar
tomonidan   adabiyotlarda   keng   qo’llanilib   kelinmoqda 17
.     Bu   tarixiy   davrdagi   eng
muhim   innovasiya-sopol   idishlarni   yasash   ixtiro   qilinganligi   hisoblanadi.
Mutaxassis   olimlar   “neolit   inqilobi”   jarayoni   bilan   insoniyat   jamiyatining
to’laqonli shakllanishini bog’lashmoqdalar. O’z navbatida bu jarayon tom ma’noda
inson   innovasiyasi   demakdir.   Sababi,   yillar   davomida   odamzod   o’zining   terib-
termichlab   ovqat   topish   mehnati   jarayonida   o’simliklar   urug’idan   ularning   unib
chiqishini   payqashgan,   ov   jarayonida   hayvonlarni   tutib,   manzillariga   olib   kelib
saqlashga   va   ularning   o’rchib   ko’payishini   bilib   olishgan.   Bu   xam   insonning
innovasion   faoliyati   hisoblanadi.   O’simliklarni   madaniylashtirish,   hayvonlarni
xonakilashtirish   ishlari   maqsadli   ravishda   amalga   oshirilishi,   ishlab   chiqarish
iqtisodiyoti   yuzaga   kelishi   bilan   neolit   inqilobining   mazmuni   izohlanadi.   “Neolit
inqilobi” kishilik jamiyati keyingi taraqqiyotida keskin ijtimoiy o’zgarishlarga olib
kelgan. Keyingi 3 ming yillik davomida odamzodning o’zi biologik jihatdan kam
17
 G. Childe. The urban Revolution. Tovn   Planning Review .   1950 .  V. 21 .  № 1 .
  Г .   Чайлд .   Древнейший   Восток   в   свете   новых   раскопок.   М осква   –   Ленинград.   1956 ;   Шнирельман   В.А.
«Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития. Проблемы переходного периода и
переходных   общественных   отношений.   Москва.   1986;   Шнирельман   В.А.   Возникновение   производящего
хозяйства. Москва. 1989.   
15 o’zgardi,   lekin   uning   jamiyati,   urug’chilik   jamoasi   takomillashdi,   oila
mustahkamlandi va ular barqarorroq faoliyat ko’rsata boshladi. Odamzod iste’mol
qiladigan tabiat maxsulotlari xili ko’paygan, mehnat qurollari soni oshgan. Bu kabi
yirik   sosial   o’zgarishlar   zamirida   so’zsiz,   insonning   yaratuvchanlik,   innovasion
faoliyati   yotadi.   Shu   innovasiyalar   tufayli   1-yirik   ijtimoiy   mehnat   taqsimoti   ro’y
bergan   Dehqonchilikdan   chorvachilik   ajralib   chiqqan.   Vaqt   o’tishi   bilan   2-yirik
ijtimoiy   mehnat   taqsimoti   dehqonchilikdan   hunarmandchilik   ajralib   chiqishi   esa
yanada   muhim   sosial   o’zgarishlarga   olib   keldi.   Kasbiy   ixtisoslashish   ro’y   berdi.
To’qimachilik,   tikuvchilik,   kemasozlik,   kulolchilik   sohalari   tez   rivojlandi.
Ayniqsa,   chaqmoqtosh   ustaxanalari   va   shaxtalar,   ya’ni   chaqmoqtosh   qazib   olish
ishlari   takomillashib   bordi.   Chaqmoqtosh   ustaxanalari   va   shaxtalar   inson
innovasiyasi   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Tog’   va   tog’   oldi   hududlarida   yashovchi
qabilalar   jamoasida   tog’lardan   yuqori   sifatli   xom   ashyo   konlarini   izlab   topish   va
ulardan   chaqmoqtosh   qazib   oluvchi   konchilar   guruhi   paydo   bo’ladi.   Xom   ashyo,
dastavval tog’ yuzasiga chiqib qolgan tosh xarsanglaridan sindirib olingan, so’ngra
qazib   chiqarilgan.   Buning   uchun   o’ra   va   lahmlar   kavlanib,   konlar   barpo   etilgan.
Bunday shaxtali  neolit davri  konlaridan biri  Navoiy viloyatining Uchtut qishlog’i
yaqinida topib tekshirilgan (mil. av. 5-3-ming yilliklarga mansubdir.).  Ne olit  davri
shaxtalari   Angliya,   Fransiya,   Keniya,   Shvesiya,   Germaniya   va   Belorussiya   kabi
hududlarida   xam   o’rganilgan.   Neolit   davrida   ishlab   chiqarish   iqtisodiyoti
takomillasha borgan.   Aholining o’troqlashishi  jarayoni ro’y berib natijada muqim
yashaydigan   qishloqlar   vujudga  keldi.  Masalan,  20-50  ta  uydan  iborat   2-3  gektor
yerni tashkil etuvchi qishloqlar Ukrainadagi Tripolye qishlog’i, 9-10 ta xalqasimon
aylana   shakldagi   uylardan   iborat   maydoni   250   gektar   bo’lgan   Ukrainadagi
Dobrovod kabi qishloqlar mavjud bo’lib, tadqiqotlar ko’rsatishicha bu qishloqlarda
10-   20   ming   nafar   aholi   yashagan.   Old   Osiyo,   Kichik   Osiyo,   O’rta   Osiyoning
janubida   shunday   neolit   “shahar”   lari   bo’lganligi   to’g’risida   ma’lumotlar   bor.   Bu
qishloqlar qurilishi, ulardagi imoratlar, ibodatxonalar, mudofaa ahamiyatiga molik
devorlar   qurilishi   uchun   shu   sohada   ma’lum   bilim   va   tajribaga   ega   bo’lgan
mutaxassis   odamlar   kerak   bo’lgan.   Shu   sababli   kasbiy   ixtisoslashgan   odamlar
16 toifasi shakllangan.  Jamiyat   tuzilmalarining   murakkablashishi   bilan,   ya’ni
ekinlar   ekilishi,   sug’orish   inshoatlari,   hosilni   yig’ib   olish,   yaylovlar   tanlash,
imoratlar   qurilishi   kabi   murakkab   ishlarni   tashkil   etuvchi   va   nazoratini   olib
boruvchi,   diniy   e’tiqod,   urf-   odat   marosimlarini   boshqarib   boradigan   malakali,
bilimdon,   qobiliyatli   kishilar   jamoadan   ajralib   chiqa   boshlaydi.   Bular   kohinlar,
sardorlar, harbiy kishilar bo’ldi. Iqtisodiy   munosabatlarda   ham   muxim
o’zgarishlar   sodir   bo’ldi.   Umumjamoa   mulkchiligi   mustahkamlandi,   jamoa
a’zolarining, oilalarning maxsus soha bilan ixtisoslashuvi  natijasida mahsulotlarni
ayriboshlash   sodir   bo’lib,   bu   jamoalararo   o’zaro   iqtisodiy   aloqalarini   keltirib
chiqardi. Shu   tariqa   asta-sekin   jamiyatning   dastlabki   ijtimoiy-siyosiy
elementlari   shakllana   bordi.   Jamoada   ijtimoiy   tabaqalanish   sodir   bo’ldi.   Sardor,
kohinlar,   xarbiylar   o’zlariga   yaxshi   xosildor   yerlar,   yaylovlarni   tanlab   egallay
boshladilar,   jamoaning   boyligi   ustidan   boshqaruvni   va   nazoratni   qo’lga   oldilar.
Xullas,   jamoaning   a’nanaviy   odatlari   buzila   boshladi.   Insonning   ma’naviy
dunyosida o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat jarayonida tajriba, ko’nikma va bilim
oshib bordi. Atrof - muhit, tabiat hodisalarini odamlar kengroq tushuna borib, ular
dunyoqarashlari boyidi. Rassomlik san’ati, musiqa, raqslar takomillashib bordi. Bu
esa   kishilarning   ongli   harakatining   mahsuli   bo’lib   hisoblanadi.   Bu   voqyeiliklar
ma’lum ma’noda miflar mazmuni bilan uyg’unlashib ham ketgan. Yuqorida zikr
etilgan masalalar  neolit  inqilobi jarayoni tufayli  kelib chiqqan sosial  o’zgarishlar,
tom   ma’noda   inson   innovasiyalari   hisoblanadi.   Jahon   xalqlari   sivilizasiyalari
shakllanishining tarixiy ildizlari yuqorida zikr etilgan sosial  voqyeiliklar zamirida
tomir otgan.
I.2.   Ibtidoiy   davr   jamoalarining   moddiy   madaniyati,   diniy   tasavvurlar
va   dafn   bilan   bogli q   urf-odatlar   paydo   bo’lishining   tarixiy   shart-sharoitlari,
ildizlari, ilk shakllari masalasi.
Urug’chiik   tuzumi   40-30   mingingchi   yillarda   juda   tez   suratda   rivojlandi.
Aynan shu davrda, fetishizm, totemizm va animizm kabi dinni dastlabki shakllari
ko’rinishlari   vujudga   kelgan.   Ilk   diniy   shakllarni   vujudga   kelishida   dastlabki
odamlarni   dafn   marosimlari   va   qoyalarga   sur’at   chizishdagi   rassomchilik
17 faolyatiga   katta   ta’sir   ko’rsatgan.   Dinning   bu   kabi   ko’rinishlari,   muayyan   tarix
jarayonining taraqqiyot bosqichida vujudga keldi. Odamlarni ongi ancha sekin va
past   rivojlangan,   shuning   natijasi   asosida   inson   kuchli   tabiat   xodisalari   oldida
ojizligini   anglab   ularga   sig’inishgan.   Inson   ongida   sezgilar   ham   rivojlanib   bordi.
Arxeologlar   va   etnograflar   sehrgarlik   ibtidoiy   davrning   dastlabki   bosqichida
vujudga   kelganini   tasdiqlaydi.   Xatto   neandertal   adamlar   o’rta   paleolitda
yashaganliklarini   bu   davrda   qanday   faoliyat   yuritganini   bilishga   yordam   ham
beradi.   San’atning   sohalari   va   ilk   diniy   qarashlar   o’zoro   bog’liqligi,   paliolitining
so’ngida   jismoniy   va   aqliy   jihatdan   rivojlangan   kromonyon   odami   davrida   ham
ko’zga tashlandi. Dastlabki suratlar so’ngi paliolit davriga oid bo’lib, unda asosan
kishilar   hayoti   va   ov   manzariliga   e’tibor   ko’proq   qaratilga.   Suratlar   tosh,   suyak
yoki   shohga   o’yib   ishlangan   konturli   ta’svirlardan   iborat   bo’lib   barmoq   yoki
mo’yqalamga   o’xshash   bo’lgan   buyum   bilan   qora   yoki   qizil   ranga   bo’yalgan.
Buyoqlarni   o’rniga   asosan   bur,   ohira   va   kumirdan   ham   foydalanishgan.   Ularni
yovvoyi   hayvonni   yog’i   bilan   aralashtirish   zarur   edi.   Shu   sababli   ular   yomg’ir
qorda ham uchmay saqlanib turgan. Marhumlarni tanasi ham mahsus belgilar bilan
qoplangan. Bu belgilar mahsus su’rat yordamida chizilgan.   
Ko’xitang tog’i hazirgi Surxandaryo viloyatida joylashgan bo’lib bu yerdan
ko’plab qabrlar topilgan. Tog’ Mamatsoydan uncha uzoq bo’lmagan odam qadami
yetishi  qiyin bo’lgan g’orlarni birida mezolit, neolit va jez davriga oid odamlarni
suratlari saqlanib qolgan. Ularning soni 200 ga yiqindir. Mamatsoydagi bu suratlar
o’ta   noyob   hisoblanadi.   Aynan   shu   jihati   bilan   boshqa   yerdagi   sur’atlar   bilan
anchagina farqlanadi. Bu yerda ov tasvirlari eng ko’p kuzga tashlansada suratlarda
boshqa belgilar ham uchraydi. Bu belgilarni olimlar ko’pincha quyoshning tasviri
deb aytishadi. Jizzaxdagi Marg’uzor tog’larining Takatosh degan yeridagi Sarmish
soyidan   va   uning   yonginasida   joylashgan   Qorongur   qoyalarga   tushirilgan   turli
hayvonlar   tasviri   anchagina   topilgan.   Bu   rasmlar   echki,   qobon   va   ot
ko’rinishlaridadir 18
. 
18
  Кабиров   Д.   Древнейшая   наскальная   живопись   Зараутсая.   //   Первобытное   искусство.   Новосибирск:   Наука,   1976 ;
Хужаназаров М. Наскальные изображения северо-восточного Узбекистана. – Л. ,  1985. 
18 Arxeologik   ma’nbalarga   ko’rilk   dafn   ma’rosimlari   tarixi   o’rta   paleolit
davriga   borib   taqaladi.   Teshiktoshdan   topilgan   neandertal   bola   topilmasi   buni
tasdiqlaydi.   Uning   yonidan   tosh   qurollar   va   hayvonlarning   suyaklari   topilgan.
Jasadni kumish jarayonida mayitga “mehr va g’amxurlik qilish” ga alohida e’tibor
qilingan. O’limdan keyingi hayot borliga ibtidoiy odamlar ishonishgan. Ammo, har
qanday   shakldagi   qabrlarga   ishonib   ham   bo’lmaydi,   chunki   fanda   ”tirik   murda”
tushunchasi ham bor.
Ilk   diniy   qarashlarga   oid   bo’lgan   yozma   manbalar   juda   kam,   chunki   diniy
qarashlar yozuv yaratilishidan ancha oldinroq paydo bo’lgan. Lekin ishonch bilan
aytish   mumkin,   O’rta   Osiyo   hududida   ilk   diniy   qarashlar   o’rta   paleolit   davrida
vujudga   kelgan.   Teshiktoshdan   topilgan   neandertal   bola   oldidan   (muste   davriga
oid)   qizil   rang-ohiralar   topilgan.   Bundan   tashqari   qabr   atrofi   hayvonlarni   shoxi
bilan   o’ralgan.   Bu   yuqorida   fikrimizni   dalili   bo’ladi.   Neolit   davrining   oxiri   va
eneolit davrida urug’chilik jamoalari alohida sig’inadigan sajdagohlar ham mavjud
bo’lgan. Ular alohida-alohida honalarga ajratilmay bitta urug’ uchun bitta umumiy
xona   mavjud   edi.   Xuddi   shunga   o’xshash   xonalarni   Yalang’och,   Yasssitepa,
Chaqmoqli kabi manzilgohlardan topilgan 19
. 
Neolit davriga kelib diniy e’tiqodlar o’tkazish, dafn marosim shakllari, urf-
odatlar   rivojlanganini   ko’rishimiz   mumkin 20
.   Neolit   davrida   yashagan   odamlari
yashash  turmushi   bunga  sabab   bo’ldi.      Natijada   ibtidoiy  odamlar  o’troq  hayotga
o’tishdi.   Hayvonlarni   qo’lga   o’rgatish   davom   etib,   endilikda   ibtidoiy   odamlar
ulardan   ko’proq   mahsulot   oladigan   bo’lishdi.   Neolit   davrida   hayot   paleolit
davridan   keskin   farq   qiladi.   Neolit   davriga   kelib   toshlarga   sillaqlash,   parmalash
orqali ishlov berila boshlandi. Aynan shu kabi farqlar neolit davrini nomlanishiga
sabab   bo’ldi.   Olimlar   neolit   davrini   boshlanishini   sopol   idishlar   yasalishi   bilan
belgilaydilar.   Neolit   so’zining   m’nosi   esa,   yangi   tosh   davri,   toshga   ishlov
berilishini   yangi   usullari   degan   ma’noni   bildiradi.   Neolit   davri   odamlarga   yangi
ishlab   chiqarish   imkoniyatlarini   taqdim   qildi.   Bu   davrda   dehqonchilik
19
  Массон   В.М.   Джейтунская   культура.   ЮТАКЭ,   т.10,   Ашхабад,   Ылым,   1961;   Поселение   Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
20
Холматов Н.У.Сазо ғ он маданияти ва унинг  Ў збекистон неолит  даврида тутган ўрни. СамДУ 
нашр.Самарқанд, 2020. 214-б.  
19 manzilgohlari   juda   zichlashib   ketdi.   Bu   omil   natijasida   urug’ni   ozuqa   bilan
taminlash,  bolalarni   tarbiyalash  va himoya  qilishga  zamin  yaratildi.  Asta  sekinlik
bilan aholining soni  oshdi.  Yangi  yerlar  o’zlashtirilib, ilk diniy tasavvurlar  ancha
o’zgardi. 
Dehqonchilikda   hosil   yig’imi   vaqtini   kutish   va   uni   hisoblashni   odamlarni
tabiatga, osmon va yer, quyosh va oy, shamol-u yomg’ir kabi hodilarga qiziqishini
oshirdi.   Bularni   barchasi   qudratli   ruhga   bog’liq   degan   qarash   ularning   hayotida
bilinib   qoldi.     Katta   va   ko’p   qurbonliklar   ruhlarga   atalardi.   Shunga   qaramay
insonni  abiiy ongi, bilimlari  ham  nihoyatda  tez o’sardi.  Bora-bora animizm  diniy
qarash   asosini   tashkil   qilib,   ular   sig’inadigan   ruhlar   endi   qudratli   xudolarga
aylanishardi.   Xudolar   uchun   mahsus   joylar   mehroblar   va   cherkovlar   qurila
boshlandi. Tug’ri ular juda hashamatli emas edi. Lekin bu joylar muqaddas sanalib,
unga   ilohiy   joy   sifatida   qarashgan.   Bu   joylarda   doimiy   ishlaydigan   hizmatkorlar
ham mavjud bo’lib ular kelajakda kohinlarga aylanishgan. 
Neolit   davrida   totemistik   qarashlar   ham   o’zgardi.   Endi   ovchilar   ov
natijasidan qat’iy nazar hayvonlarni muqaddas bilishardi. Totemistik qarashlar har
bir   urug’da   avloddan-avlodga   merosiy   bo’lib   kelaverdi.   Tashqi   tomondan
qaralganda  bu   totemlar   urug’ni   haqiqiy  ramziga   aylanib  uzoq   vaqtgacha   saqlanib
qoldi.   Ular   ilohlarni   ko’plarini   ko’rinishi   ham   hayvon   qiyofasida   tasavvur
qilishgan.   Qushlarni   totemlari   esa,   yo   bosh   qismi,   yo   tana   qismini   alohida
tasvirlash   orqali   namoyon   bo’ladi.   Afsonalarga   ko’ra   bu   totemlar   Xudoga
qarindosh   edi.   Totemlar   urug’   orasida   asosan   but   ko’rinishida   tasvirlangan.
Bundan   tashqari   ayrim   hollarda,   ularni   ramziy   jihatdan   bildiruvchi   toshlardan
foydalanishgan.   Bu   toshlar   keyinchalik   ibodatxona   ramzlariga   aylandi.   Bu   yerda
diniy ma’rosimlar o’tkazilib qo’rbonlik qilishgan. 
Neolit davriga kelib afsungarlik ham o’zgardi. Afsun yordamida dushmanga
ziyon yetkazish, ruhlarni istagini  bajarish kabi ishlar endi tobora rivojlanib bordi.
Ibtidoviy   davrda   uchramaydigan,   ilohlar   bilan   ovqatlanish   marosimlari,   ruhlarga
“mexr”   ko’rsatish,   qurbonlik   qilish   tartiblari   o’zgardi.   Shu   marosimlarni   aniq   bir
qoidalariga   asoslangan   afsunlar   yozilib,   u   kohinlar   tomonidan   yodlanardi.
20 Afsungarlikni   folbinchilik   yo’nalishida   ham   yangiliklar   kuzatildi.   Endi   maqsad
harakatni   oldindan   bilish   asosiy   istakka   aylandi.   Folbinlikni   ilk   shakllari   neolit
davridagi yutuqlar va mantiq vujudga kelganligi sabab, yakuniga yetdi. 
Neolit   davrida   odamlar   ilohlardan   juda   qattiq   qo’rqqishib,   ularni   yaxshiliklarni
kutib   yashagan.   Dehqonlar   va   hunarmandlarni   fikriga   ko’ra,   ibodat   va   qurbonlik
bilan   bunga   erishish   mumkin.   Ularni   fikriga   ko’ra,   Xudolar   marhamati   darig’
tutmaydi,   kishilarni   iltimosini   rad   etishmaydi.   Bu   kabi   fikrlarga   odamlar   qanday
kelishgan?   Bunda   ularga   albatta   “mantiq”   yordam   bergan.   Ruhlar   va
shamanlardagi afsunlar, marosimlardan ko’ra mantiq ko’proq murakkab amallarni
talab   qilardi.   Marosimni   o’tkazuvchi   kohin   kiyimiga   har   xil   belgilar,   rasmlar
chizilgan.   U   bu   belgilarga   amal   qilishi   shart   edi.     Bu   belgilar   ularni   iltimosini
bajarilishiga   yordam   qilishiga,   ilohlar   tomondan   javob   qaytishiga   kerak   edi.
Belgilar tizimi turli xil bo’lib, chiziq, nuqta, aylana kabi chiziqlar yordamida ilohiy
ko’rinishga keltirilgandi. 
O’rta   O’siyo   hududida   neolit   davrida   hosildorlik   va   aholi   soni   ko’payishi
uchun sig’inishlar ko’paygan. Totemistik ma’lumotlarga ko’ra buni tasdiqlashimiz
mumkin.   Chorva   mollarni   ko’payish,   ayollarni   befaezandlari   alohida   guruhlar
shakllanishi   ham   bunga   asosdir.   Sig’inish   vaqti   asosan   bahor   va   kuz   fasllarida
o’tkazilgan.   Aynan   shu   vaqtlari   marosimlar   o’tkazish   insonlarda   boshqa
vaqtlardagiga qaraganda yaxshi natija keltiradi deya o’ylashgan. Bu marosimlarda
muqaddas   joyning   atroflar   totemlar   bilan   bezatilgan.   Qabila   ramzi   va   belgilari
ularga ruhlar bilan gaplashishga katta yordam bergan. 
Bu   marosimlar   yuqorida   aytilganidek   erkaklarni   urug’lantirish   va   ayollarni
ular bilan bog’lashga yordam bergan. Marosimlarni bosh maqsadi ham aynan shu
bo’lgan.   Bu   kabi   marosimlar   va   qarashlar   mifologiyada   o’z   aksini   topgan.
Afsonalarda   erkak   va   ayol   tasvirlarida   ko’p   xudolar   uchraydi.   Ular   hayotlari
davomida   birga   ko’plab   sarguzashtlarni   boshidan   kechirishgan.   Ular   o’rtasida
hatto,   “yolg’on   nikoh”   ham   mavjud   bo’lgan.   Afsonlarda   bu   kabi   syujetdagi
voqealar   ko’plab   aks   ettirilgan.   Bu   afsonalar   natijasida   totemizmni   asosi   kelib
21 chiqadi. Ularning farzandlari dunyoga kelib, biron bir qabilani sardori yo hukmdori
bo’lib yetishadi. 
Neolit   davrida   diniy   o’zgarishda   yana   bir   muhim   voqea   sodir   bo’ldi.   Endi
urug’   ichida   marhum   ajdodlariga   sig’inish   vujudga   keldi.   Bu   sig’inishni   asosini
vafot  etganlar  juda katta  kuchga ega bo’lishib ular  tiriklarga ta’sir  etishi  mumkin
edilar. Neolit davrining boshlariga kelib bu sig’inish shakli ancha murakkablashdi. 
Birinchidan:   o’lgan   odam   vafot   qilganidan   so’ng   o’zi   bilan   ruhi   boshqa   dunyoga
ketmay   aksincha   yerdagi   hayotligida   foydalangan   buyumlarini   olib   ketardi.
Natijada   o’lik   bilan   birga   uning   menat   qurollari,   zeb-ziynat   buyumlari,   ov
qurollari, idishlari va hokazolari qo’shib dafn qilishgan. Bunda marhum oldiga eng
sifatli yasalgan idishlar ( ularning yuzida yozuv ham bo’lgan) quyib dafn qilishgan.
Ikkinchidan   esa,   ijtimoiy   dafn   qilinishlariga   qarab   dafn   qilinishlarida   farqlanadi.
Bu   degani   neolit   davrida   dehqonchilikda   yokida   xo’jalikdagi   mavqeyiga   qarab
ham uni dafn qilishgan. Ba’zida boy kishilarni ko’p buyumlar bilan dafn qilishsa,
kambag’allarni sanoqli nasalar bilangina ko’mishgan. Bu qabrlarni o’rganilayotgan
vaqtda   ko’zga   nihoyatda   ko’p   tashlanadi.   O’rta   Osiyo   hududida   ham   shunga
o’xshash   qabrlar   ko’plab   topilgan.   Endi   jamoa   bilan   ishlash   qabilada   ortiqcha
mahsulot   vujudga   kelishiga   olib   keldi.   Aynan   mana   shu   mahsulotlar   ijtimoiy
jihatdan   tabaqalanishni   asosiy   sababiga   aylandi.   Bohshqaruv   qatlamlari   harbiy
soha, qurilish, hunarmandchilik kabi sohalarda shakllana boshladi. 
Xullas,   biz   yuqorida   imkoniyat   darajasida   ibtidoiy   davr   jamoalarining
moddiy   madaniyati,   diniy   tasavvurlar   va   dafn   bilan   bogli q   urf-odatlar   paydo
bo’lishining   tarixiy   shart-sharoitlari,   ildizlari,   ilk   shakllari   masalasida
tadqiqotlarda,   ilmiy   adabiyotlardagi   ma’lumotlarni   keltirishga   va   ularni   tahlil
qilishga harakat qildik.
22 23 II-Bob.   O’ rta   Osi yo   miqyosida   tosh   davri   jamoalarining   moddiy
madaniyati va  diniy tasavvurlar ,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i
II.1. O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit davri jamoalariningmoddiy
madaniyati va  diniy tasavvurlar ,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i  masalasi.
O’rta   Osiyo   tosh   davri   jamolari   moddiy   madaniyati   ilmiy   adabiyotlarda
yaxshi   yoritilgan.   Shuningdek,  ibtidoiy  davr   paleoekologiyasi,   iqlimiy  sharoitlari,
tosh davri jamoalari moddiy madaniyati  borasida arxeologik qazilmalarda muhim
ma’lumotlar   to’planishiga   erishilgan 21
.   Markaziy   Osiyo   hududi   odamzod
tomonidan   o’zlatirilgani,   antropogenez   masalasining   yechimida   U.Islomov
tomonidan   Selungur   g’or   makoni,   M.Qosimov   tomonidan   Ko’lbuloq   yodgorligi,
V.A.Ranov   tomonidan   Quldara,   Laxuti   Qoratov   1,2   ilk   paleolit   yodgorliklari,
Og’zi-kichik,   Oqjar,   Qopchig’ay,Qayraqqum,   Xojikent,   Shugnov   yodgorliklari
yaxshi  o’rganilgan 22
. Markaziy Osiyo paleolit davri  jamolari  Janubiy O’zbekiston
Boysun   tog’larida   Teshiktosh   g’or   makoni,   Zarafshonning   o’rta   oqimi,   ya’ni
Samarqand   botig’ida   bu   davrga   oid   Qo’tirbuloq 23
,   Zirabuloq 24
,   Omonqo’ton 25
,
Takaliksoy 26
,   Go’rdara 27
kabi   yodgorliklar   hamda   Samarqand   shahri   va   uning
atrofidan   mustye   davriga   oid   ayrim   tosh   qurollari   to’plamlari 28
  orqali   fanga
ma’lum.
Bu   tarixiy   bosqichda   ma’lumki,   odamzod   hayvonat   dunyosidan
garchi, ajralgan bo’lsada, lekin u tabiatga to’la qaram edi. Tabiatda bor,
21
 Ранов В.А.,Несмеяноа С.А. Палеолит и стратиграфия анропогена Средней Азии.- Душанбе, 1973.
22
 Исламов У.И. Древнейшая пещерная палеолитическая стоянка Сельунгур Ферганской долине. - СА, 1990,
№2.Исламов   У.И.   Проблемы   происхождения   человека   в   Средней   Азии.   //   К   истокам   истории
древнекаменного века Средней Азии. – Ташкент, 1996; Ранов В.А. Изучение памятников каменного века на
Восточном   Памире   в   1958   г.   Труды   АН   Таджикистана,   т.17,   1961 ; Ранов   В.А.   Шугноу-многослойная
палеолитическая стоянка в верховьях р. Яхсу.- АРТ,вып.10, 1973 .
23
Тошкенбаев   Н.Х,   Сулайманов   Р.Х.   Культура   древнекаменного   века   долины   Зарафшана.   Тошкент,   1980 ,
176 с. Szymezak. K, Gretchina T.,Madeyska, Khudzhanazarov. M., Tashkenboev., N. Suleimonov., Fakguezes CH.,
Fohtugue   M.,   Kutuzbulak   Revisited   A   Middle   Paleolithic   Sitein   Zeravshan   River   Volley   Uzbekistan.   Warsaw,
Jnstitute of Azcheology Warsaw University. 2000.-133 p. 
24
Тошкенбаев Н.Х, Сулайманов Р.Х. Культура древнекаменного века долины Зарафшана.  Тошкент, 1980, 176
с.
25
ЛевД.Н. Древний палеолит в Аман-Кутане.-труды УзГУ, вып.39, Самарканд,1949.  С.51.
26
Лев Д.Н. Новые памятники палеолита в Узбекистане.- Труды по изучению четвертичного периода.вып.13,
М., 1957. , С.107.
27
Тошкенбаев   Н.Х,   Сулайманов   Р.Х.   Культура   древнекаменного   века   долины   Зарафшана.   Тошкент,   1980,
С.66.
28
 Григорьев Г.П., Указ.лит.1941, С.14.; Лев Д.Н., Указ.лит.1965, С.41.; Ташкенбоев Н.Х. Указ.лит.1974, С.3-
7.; Ташкенбоев Н.Х.,Сулеймонов Р.Ҳ., Указ.лит.1980, С.4.
24 tayyor   mahsulotlarni   iste’mol   qilishgan.   Shuningdek,   ovqatga   yaroqli
o’simlik,   parranda   tuxumlari   singari   ozuqabop   narsalarni   topishda
termachilik qilib turmush kechirganlar. Tosh qurollari asosan tayoq
,   qo’l   cho’qmorlaridan   iborat   bo’lib,   ular   vositasida   yirik   yovvoyi
hayvonlarga   o’zaro   birikishib   ov   qilishgan.   Bu   davrda   yashash   tarzini
ta’minlash   uchun   kishi   guruhlarining   jipslashishi,   xullas,   bu   hodisa   o’z
davriga   xos   birinchi   «kooperasiya»   shaklining   namoyon   bo’lishi   edi.
Shu asosda odamzod tabiatning turli injiqliklaridan saqlanib qolishdi.
Shu   o’rinda   ta’kidlash   joizki,   odamzod   o’z   turmushini
yaxshilash   uchun   doimo   uringan,   harakat   qilishgan.   Mehnati
jarayonida   tajribasi   oshib,   bilim   ko’nikmasi   ko’payib   borgan   va   shu
asosda   ixtiro,   kashfiyotlar   qilishganki,   bu   hatti-harakatlarini   tom
ma’noda o’z davri uchun innovasiyalar deb atash lozim. Masalan, tabiiy
olovdan  foydalanish. Bexosdan  yashin tushishdan  olov paydo  bo’lgan.
Dastlab olamzod undan qo’rqib, qochib ketgan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan
ular   olovga   yaqinlasha   boshlashgan.   Ular   olov   yonida   turganda
tanalari   isishini   sezishgan   va   shu   kelayotgan   naf   evaziga   undan
foydalana   boshlashgan,   tushunarliki,   yashash   joylariga   olib   olovni
o’chirmasdan   saqlashga   harakat   qilishgan.   Vaqt   o’tishi   bilan   olovning
katta   imkoniyatlarini   ham   bilib   olishgan   (tabiiy   g’orlarni   boshpana
uchun havonlarni quvib chiqarishda, kechalari boshpanalarini isitishda,
hayvonlarga qarshi kurashda va h.k.
Ilk jamiyat rivojida inson va tabiat o’zaro aloqadorligi masalasida
innovasiyalar   nuqtai   nazaridan   sun’iy   olovning   kashf   etilganligining
o’rni va ahamiyati beqiyos.  Bu innovasion faoliyat ham tasodifan va o’z-
25 o’zidan   sodir   bo’lmagan.   Inson   tabiiy   olovni   o’chirmasdan   saqlashga
harakat   qilar   ekan,   bu   borada   ham   yillar   o’tishi   bilan   katta   tajriba   va
bilim,   ko’nikmasiga   ega   bo’lishdi.   Shu   tajribalar   insonning   iqtidori,
qobiliyatlari  bilan  uyg’unlashib,  yangidan-yangi innovasiyalarni  keltirib
chiqardi.   Jumladan,   olovning   yonishiga   ishlatiladigan   daraxt,
o’simliklar,   narsalarning   yonish   darajasi,   olovning   tutanqilari,   ya’ni   tez
hil   olib   yonadigan   o’simlik,   shox-shabbalarni   aniqlashtirib,   tanib
olishdilar.   Bunda,   ibtidoiy   odamlarning   termachilik   faoliyatidagi
kuzatuvchanligi,   ziyrakligi   muhim   omil   bo’ldi.   Sun’iy   olov   hosil   qilish
texnika,   usullari   ham   insonning   innovasion   faoliyatining   mahsuli
hisoblanadi.   Bu   borada   toshni   toshga   urib   uchqun   hosil   qilish   va   bu
uchqunlar   tez   alangalanadigan   qurigan   o’simliklar-tutanqilarga
yo’naltirilishi,   yog’ochni-yog’ochga   ishqalab,   tutanqilar   bilan   olov   hosil
qilish   usullari   tom   ma’noda   innovasiyalar   demakdir.   Inson   tomonidan
sun’iy olovning kashf etilishining ilk jamiyat ijtimoiy hayotida ahamiyati
va   o’rni   beqiyos.   Faktlarga   murojaat   etsak,   inson   endi   xom   go’shtni
bexosdan   olovga   tushirib   yuborishi   va   go’sht   pishib,   unga   ta’m  kirishi
va tanavvul qilishganda mazali bo’lishini sezishlarining o’zi bir kashfiyot
bo’lgan. Buning ijtimoiy ahamiyati inson tanasi sog’ bo’lishi, insonning
o’rtacha   yashash   umrining   uzayishi   kabi   faktorlarning   yuzaga   kelishi
bilan   belgilanadi.   Bu   jamiyat   ijtimoiy   ahamiyatiga   molik   innovasion
o’zgarishlar emasmi. Ilk jamiyat taraqqiyotining mustye davri   (bundan
100-40   ming   yillar   muqaddam)   bo’lib,   yangi   arxeologik   manbalarni
inobatga   olsak,   bu   oldingi   tarixiy   davrga   qaraganda   nisbatan
progressiv   xususiyatlarni   o’zida   jamlagan   davr   hisoblanadi.   Ibtidoiy
26 odamlar o’zlarini o’rab turgan atrof muhit, tabiatni o’rganishga yanada
intila   boshlagan.   Mehnat   jarayonida   ixtiro   va   kashfiyotlar   qilishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot zamirida so’zsiz insonning yaratuvchanligi,
innovasion faoliyati yotadi. Bu davr innovasiyalari avvalo tosh qurollari
to’plamida o’z aksini topgan. Masofaga irg’itish moslama quroli – nayza
tig’i,   chaqmoqtoshdan   yasalgan   kalta   nayza   (drotik),   toshdan   va
suyakdan   ishlangan   turli-tuman   qurollarning   kashf   qilinishi
ovchilikning   ixtisoslashuviga   olib   keldi   va   yovvoyi   hayvonlarni
birgalashib   qurshab   olish,   cho’chitish   singari   usullar   vujudga   kelib,
ovchilik shakllari avvallariga qaraganda ancha takomillasha bordi. Shu
tarzdagi   xo’jalik   yuritishning   murakkabligi   kishi   guruhlarining   yanada
jipslashuvini   taqozo   qilardi.   Bu   jarayon   oqibatda   lokal,   ya’ni   har   xil
joylarda   qo’ni-qo’shni   jamoa   birikmalarining   shakllanishiga   olib   keldi
shuningdek,  odamlarining intellektual  sohadagi rivojlanishiga  ham  o’z
ta’sirini   ko’rsatmay   qolmadi.   Bu   kabi   innovasiyalar,   taraqqiyotning
sifatiy   o’zgarishlari   jamiyat   rivoji   ijtimoiy   ahamiyatiga   xos   xususiyatlar
hisoblanadi va ularda inson faktori asosiy rol o’ynaydi.
Ilk   jamiyat   taraqqiyotining   navbatdagi   bosqichi   –   bu   so’nggi
paleolit   (40-12   ming   yillar   avval)   davri   bo’lib,   bu   davr   muhim   sosial,
ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar   ro’y   berganligi   bilan   xarakterlidir.
Dastavval,   odamzod  o’z   biologik   takomillashuvi  jarayonida   (arxantrop,
paleoantrop   va   neoantrop)   Homo   SapiensSapiens,ya’ni   «Aql-idrokli
odam», «Hozirgi zamon ko’rinishidagi odam» shakllanganligini alohida
e’tirof   etish   lozim.   Keyingi   muhim   sosial   o’zgarish   ibtidoiy   odamlar
o’rtasida   o’zaro   qon-qarindoshligi   hissi   yuzaga   kelib,   bu   qarindoshlik
27 rishtalari   turli   hayvonlar,   o’simliklar   timsoliga   bog’lanib,   shu   asosda
urug’chilik   tuzumi   paydo   bo’lganligi   hisoblanadi.   Ona   urug’da   ustvor
bo’lgan, matriarxat davri deb tarixda yuritiladi. Ma’lumki, oldingi tarixiy
taraqqiyot   bosqichlarida   ibtidoiy   odamlarning   beixtiyoriy,   ochlikdan
o’lib   ketmasdan,   yirtqich   hayvonlarga   yem   bo’lib   ketmaslik   uchun
yashab   qolishga   intilishib,   stixiyali   ravishda   ibtidoiy   to’da,   galalarga
birikishgan.   Urug’chilik   tuzumi   esa   nisbatan   yirikroq   odamlar
uyushmasi   bo’lib,   mazmuniga   ko’ra   progessiv   ahamiyat   kasb   etgan.
Qon-qarindoshlikka   asoslangan   odamlar   jamoasi   ma’lum   hududiy
birlikda   yashashib,   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’lgan   moddiy
madaniyat sohiblariga aylanishgan.
Mezolit   (mil.   avv.   12-7   ming   yilliklar)   davri   hisoblanadi.   Bu
davrning   boshlanishi   muzlikning   chekinishi   va   o’q-yoyning   ixtiro
qilinishi   bilan   xarakterlanadi.   Inson   tomonidan   o’q-yoyning   ixtiro
qilinishi   ham   tom   ma’noda   buyuk   innovasiya   hisoblanadi.   Sababi,
mezolit   davri   o’z   tabiati,   ekologiyasi,   iqlimiy   sharoiti,   o’simlik   va
hayvonat dunyosi bilan oldingi tarixiy taraqqiyotlarga nisbatan hozirgi
zamonga   yaqin   hisoblanadi.   Muzlik   chekinishi   bilan   janubdan   issiq
tabiiy   iqlim,   issiqsevar   o’simlik   va   hayvonat   dunyosi   siljib   keldi.   Tez
yugurar   hayvonlar   ov   qilishning   yangi   usullari,   yangi   ov   qurollarining
kashf   etilishi   zaruratini   taqoza   etdi.   Bu   esa   insonning   intellektual
tafakkuri,   innovasion   faoliyati   bilan   chambarchas   bog’liqdir.   Endi
irg’itiladigan   qurollar   ish   bermay   qoldi.   Shu   bois   o’q-yoy   kamon
yaratildiki, bu ham o’z davri uchun tom ma’noda innovasiya demakdir. 
Odamlar   endi   tabora   tabiatga   qaramlikdan   qutilish   yo’llarini
28 izlay boshlashdi.  Ko’plab ixtiro- kashfiyotlar qilishadi (to’r, qarmoqlar, garpun va
h.k.). Ming yillar o’tishi bilan endi odamzod tabiatda tayyor bo’lgan mahsulotlarni
iste’mol qilishdan, o’zlari mahsulot yetishtirishga o’ta boshladilar. Termachilikdan
dehqonchilik,   ovchilikdan   esa   chorvachilik   yuzaga   kela   bordi.   Birinchi   bo’lib
bug’doy   madaniylashtirildi.   Mil.avv   10-8   ming   yilliklarda   Falastin,   Eron,   Kichik
Osiyo   tog’liklarda,   mil.avv   6   ming   yilliklarda,   Misr,   Dunay   bo’ylari   va   Bolqon,
Hindistonda donli ekinlar yetishtirila boshlandi. Mezolit davrida echki, qo’y, eshak
keyinroq   yirik   shoxli   hayvonlar,   cho’chqa   honakilashtirilgan.   Xullas,   ishlab
chiqarish   iqtisodiyotiga   o’tish   bilan   aholining   o’troqlashishi   yuz   berdi.   Muqim
yashaydigan   qishloqlar   paydo   bo’ldi.   Iyerexon   (   Falastinda),   Chatay   –   xyuyuk
(   Kichik   Osiyoda);   Bagor   (   Hindistonda).   Chorvador   aholilarning   yaylovlarga
talashib, jamoalar o’rtasida to’qnashuvlar ro’y berib, yangi yerlarga aholi siljishlari
sodir bo’ldi. (mil.avv. 8-7 ming yillar). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish bilan
odamlar ma’naviy dunyoqarashi ham o’zgardi. Ular tabiat kuchlari sirlarini tushina
boshladilar.   Odamlarning   mehnat   faoliyati   turlari   ko’paydi   (tosh,   suyak,   yog’och
qurollari,   yerga   ishlov   berish,   chorvani   boqish,   kulolchilik,   uy   –   joy   qurilishi,
hayvon   terilariga   ishlov   berish,   chorva   mahsulotlari   va   h.k.).   Bular   esa   o’z
navbatida   iqtisodiy   boshqaruv,   jamoaning   ichki   munosabatlarini,   maxsulotlar
taqsimotini   nazorati   qoidalarini   talab   qilar   edi.   Bu   esa   jamiyat   tuzilmalari
elementlari   shakllanishini   keltirib   chiqardi. 29
  Insonlarni   ishlab   chiqarish
iqtisodiyotiga o’tishi  misli ko’rilmagan darajadagi  innovasiyalar  edi. Sababi, endi
odamlar qo’nim turmush tarzida yashay boshlashdi.
So’ngi   paleolit,   ya’ni   mil.avv.   40-30   mingingchi   yillarda   fetishizm,
totemizm   va   animizm   kabi   dinning   dastlabki   shakllari,   ko’rinishlari   vujudga
kelgan. Ilk diniy shakllarni vujudga kelishida dastlabki odamlarni dafn marosimlari
va   qoyalarga   sur’at   chizishdagi   rassomchilik   faolyatiga   katta   ta’sir   ko’rsatgan.
Dinning   bu   kabi   ko’rinishlari,   muayyan   tarix   jarayonining   taraqqiyot   bosqichida
vujudga   keldi.   Odamlarni   ongi   ancha   sekin   va   past   rivojlangan,   shuning   natijasi
29
  Массон   В.М.   Экономика   и   социальной   строй   древных   обществ   (В   свете   данных   археологии)   //   -Л:
«Наука», 1976, 179-181 бб.
29 asosida  inson  kuchli  tabiat   xodisalari   oldida  ojizligini  anglab   ularga  sig’inishgan.
Inson   ongida  sezgilar  ham  rivojlanib  bordi.  Arxeologlar   va  etnograflar  sehrgarlik
ibtidoiy   davrning   dastlabki   bosqichida   vujudga   kelganini   tasdiqlaydi.   Hatto,
neandertal   adamlar   o’rta   paleolitda   yashaganliklarini   bu   davrda   qanday   faoliyat
yuritganini bilishga yordam ham beradi. San’atning sohalari va ilk diniy qarashlar
o’zoro   bog’liqligi,   paliolitining   so’ngida   jismoniy   va   aqliy   jihatdan   rivojlangan
kromonyon odami davrida ham ko’zga tashlandi. Dastlabki suratlar so’ngi paliolit
davriga  oid  bo’lib, unda  asosan   kishilar  hayoti   va  ov manzariliga  e’tibor  ko’proq
qaratilgan. Suratlar tosh, suyak yoki shohga o’yib ishlangan konturli ta’svirlardan
iborat bo’lib barmoq yoki mo’yqalamga o’xshash bo’lgan buyum bilan qora yoki
qizil   ranga   bo’yalgan.   Buyoqlarni   o’rniga   asosan   bur,   ohira   va   kumirdan   ham
foydalanishgan.   Ularni   yovvoyi   hayvonni   yog’i   bilan   aralashtirish   zarur   edi.   Shu
sababli ular yomg’ir qorda ham uchmay saqlanib turgan. Marhumlarni tanasi ham
mahsus belgilar bilan qoplangan. Bu belgilar mahsus su’rat yordamida chizilgan. 
Ko’xitang tog’i hazirgi Surxandaryo viloyatida joylashgan bo’lib bu yerdan
ko’plab qabrlar topilgan. Tog’ Mamatsoydan uncha uzoq bo’lmagan odam qadami
yetishi  qiyin bo’lgan g’orlarni birida mezolit, neolit va jez davriga oid odamlarni
suratlari saqlanib qolgan. Ularning soni 200 ga yiqindir. Mamatsoydagi bu suratlar
o’ta   noyob   hisoblanadi.   Aynan   shu   jihati   bilan   boshqa   yerdagi   sur’atlar   bilan
anchagina farqlanadi. Bu yerda ov tasvirlari eng ko’p kuzga tashlansada suratlarda
boshqa belgilar ham uchraydi. Bu belgilarni olimlar ko’pincha quyoshning tasviri
deb aytishadi. Jizzaxdagi Marg’uzor tog’larining Takatosh degan yeridagi Sarmish
soyidan   va   uning   yonginasida   joylashgan   Qorongur   qoyalarga   tushirilgan   turli
hayvonlar   tasviri   anchagina   topilgan.   Bu   rasmlar   echki,   qobon   va   ot
ko’rinishlaridadir. 
Yurtimiz   xududida   ayniqsa   uymakorlik   uslubida   naqshlar   ko’p   tarqalgan.
Ularni   orasida   Qoratog’   tog’larida   Sarmish   soyda   topilgan   suratlar   alohida
e’tiborga ega. Bu yerdan topilgan suratlar mill.avv. II asr boshi va milodiy III – VII
asrlar   yillarga   oiddir.   Bu   yerda   tasvirlarni   asosan   toshlarga   chizishgan.   Bu
yodgorlikni   birinchi   marta   arxeolog   X.I.Muhammedov   tomonidan   topib
30 o’rganilgan.   Bundan   tashqari   Shaxrisabz   va   Zarafshon   vohalarini   bir   birlaridan
ajratib   turadigan   Qoratepa   yog’   tizmasidan   eng   qadimgi   odamlarni   manzilgohlari
arxeologlar   tomonidan   topib   o’rganilgan.   Bu   yerda   joylashgan   Qaynar
qishlog’ining   sharqiy   qismmida   joylashgan   toshga   ishlangan   ov   tasvirlari
ahamiyatli.   Olmaliqdan   6-8   km   janubroqda   Qurama   tizmasining   shimoliy
yonbag’ridagi   Porakandasoyda   mil.avv.   V-I   asrlarga   oid   500   ga   yaqin   petroglif
borligi   aniqlangan.   Tasvirlar   jarliokning   o’ng   qirg’ogidagi   40   dan   ortiq
qoyatoshning tekis yuzasiga tushirilagan. Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani
Qoraqiya darasidan ham mill.avv. II -I ming yilliklarga oid alohida suratlar topildi.
Olimlarni   ba’zilari   buni   sehrgarlarga   xos   bo’lgan   tasvirlar   deyishsa,   boshqalari
yanagi   davrlarda   keng   tarqalgan   odamning   kafti   tasviri   deyishadilar.   Bu   qo’lning
panjasini   qoldirish   bilan   uning   egasi   ruhan   o’sha   joyda   ekanligini   ko’rsatmoqchi
bo’lgan. Bu belgi egalik yoki ko’z tegmasligi uchun yomon ko’zdan asrovchi belgi
ham   sanaladi.   Belgilar   orasida   ikki   daryo   oralig’i   tasviri,   xoch  va   romb  tasvirlari
ham   uchrab   turib   ular   ilohlarni   belgisi   vazifasi   bajargan.   Xoch   tasviri   tushirilgan
kulolchilik buyumlari, idishlarni boshqa yodgorliklarda ham ko’zatamiz. Bu belgi
tushirilishidan maqsad u idishning ichidagi narsalarni ilohlar tomonidan saqlanishi
ko’zlangan.
  Ilk dinlarni vujudga kelishida uning ilk vakillaridan biri bo’lgan fetishizm,
irimlarga   omadga   ishonadigan   insonlarni   fikriga   ko’ra   vujudga   kelgan.   Ularning
fikricha,   ko’zmunchoq   yomon   ko’zdan   asrar   ekan.   Fetishizimning   zamonaviy
talqini taqa, tumor, bo’yin taqinchoqlari, filcha, turli o’yinchoqlar va isiriqlar misol
bo’ladi. Dinda buyumlardan foydalanayotganimizda ularning ko’pchiligini orasida
irim-sirimlarga ishonishlilik fetishizmni  qoldig’idir. Ibtidoiy davrdagi e’tiqodlarni
nisbatan   yuksakroq   kurinishi,   ruh   va   tabiatning   ruhi   mavjudligiga   bo’lgan
qarashlarda   animizmni   roli   katta.   Qator   xalqlarda   animistik   qarash   ostida   insonni
o’lganidan   so’ng   ruhi   qolishi   xaqidagi   qarash   asosida   dafn   marosimlari   shunga
monand o’tkazildi. Odamlarni bir joyga to’plab dafn etiladigan bo’ldi. Bu joylarni
hozirgi ko’rinishi-mozorlardir.  Buxoroning sharqiy tomonida Quyumozor tomonda
1950-yillari   huddi   shunga  uxshash   mozor  aniqlandi.  Bu   yerdagi   qabrlarni   dastlab
31 20 ta ochib o’rganildi. Bu yerdan dafn marosimlari uchun ishlatilinadigan anjomlar
ham topildi. Ushbu manzilgoh taxminan mill.avv.so’ngi va milodiy I asrlarga oid.
Yana   shunday   ko’rinishdagi   mozorlar   Qizilltepa   bekati   yaqinidagi   Saxridayronda
va   Hazor   qishlog’i   yaqinida   ham   ochilib,   bu   yerlardan   ham   dafn   marosimlari
anjomlarini ba’zi turlari topildi. 
Obishir   manzilgohidagi   mozorlardan   ham   sopol   buyumlar,   temir   bezak   va
qurollar topib o’rganildi. Manzilgohda 1969–1971–yillarda jadal arxeologik ishlar
olib   borildi.   Xuddi   shunday   ekspedetsiya   1978-yilda   Olmaliq   yaqinida   ham
o’tkazilib, bu yerdan to’rtta qabriston aniqlandi. Bu yer ham atroflicha o’rganildi. 
Diniy   e’tiqodning   yana   asosiy   turlaridan   biri   bu   totemizmdir.   Bu   ibtidoiy   davrda
qarindoshchilikga   qorilgan   ilk   diniy   qarashlardan   eng   keng   tarqalgan   turlaridan
biridir.  Insonning   diniy  qarashlari   bevosita  endilikda  tabiatga   kuchadi.  Urug’ning
vakillari   hayvonlar   va   o’simliklar   bilan   qarindoshchilik   a’loqalariga   juda   ham
ishonishgan.   1938-yil   Surxandaryo   viloyati   Boysun   tog’idan   Teshiktosh   g’oridan
topilgan   neaandertal   bola   totemizm   davrga   oid   eng   qadimgi   topilmalardan   biri
hisoblanadi. Bolaning dafn qilinishi hususida yuqorida fikrlarimizni aytgan edik. 
An’analarga   asoslangan   diniy   qarashlarni   kurinishlari   sababli,   Yoshi   katta
urug’   vakillariga   ularni   hayotligi   davridagi   mavqeyiga   qarab,   dafn   marosimlari
shunga   qarab   o’tkazilgan.   Jarqo’ton   davri   muhrlari   bronza,   sopol   va   gipsdan
yasalgan   muhrlarda   o’simliklardan   archa,   hayvonlardan   tog’   echkisi,   ilon,   burgut
shuningdek   geometrik   shaklda   ifodalangan.     Chuqur   o’rganilganda   umumiy
maydoni 30 ga dan oshmaydigan maydonda joylashgan qabristonlar tashkil  etadi.
Songi   paleolit,   ya’ni   mil.avv.   40-30   mingingchi   yillarda   fetishizm,   totemizm   va
animizm   kabi   dinning   dastlabki   shakllari,   ko’rinishlari   vujudga   kelgan.   Ilk   diniy
shakllarni   vujudga   kelishida   dastlabki   odamlarni   dafn   marosimlari   va   qoyalarga
sur’at chizishdagi rassomchilik faolyatiga katta ta’sir ko’rsatgan.   Dinning bu kabi
ko’rinishlari,   muayyan   tarix   jarayonining   taraqqiyot   bosqichida   vujudga   keldi.
Odamlarni   ongi   ancha   sekin   va   past   rivojlangan,   shuning   natijasi   asosida   inson
kuchli   tabiat   xodisalari   oldida   ojizligini   anglab   ularga   sig’inishgan.   Inson   ongida
sezgilar   ham   rivojlanib   bordi.   Arxeologlar   va   etnograflar   sehrgarlik   ibtidoiy
32 davrning   dastlabki   bosqichida   vujudga   kelganini   tasdiqlaydi.   Hatto,   neandertal
adamlar   o’rta   paleolitda   yashaganliklarini   bu   davrda   qanday   faoliyat   yuritganini
bilishga   yordam   ham   beradi.   San’atning   sohalari   va   ilk   diniy   qarashlar   o’zoro
bog’liqligi,   paliolitining   so’ngida   jismoniy   va   aqliy   jihatdan   rivojlangan
kromonyon odami davrida ham ko’zga tashlandi. Dastlabki suratlar so’ngi paliolit
davriga  oid  bo’lib, unda  asosan   kishilar  hayoti   va  ov manzariliga  e’tibor  ko’proq
qaratilgan. Suratlar tosh, suyak yoki shohga o’yib ishlangan konturli ta’svirlardan
iborat bo’lib barmoq yoki mo’yqalamga o’xshash bo’lgan buyum bilan qora yoki
qizil   ranga   bo’yalgan.   Buyoqlarni   o’rniga   asosan   bur,   ohira   va   kumirdan   ham
foydalanishgan.   Ularni   yovvoyi   hayvonni   yog’i   bilan   aralashtirish   zarur   edi.   Shu
sababli ular yomg’ir qorda ham uchmay saqlanib turgan. Marhumlarni tanasi ham
mahsus belgilar bilan qoplangan. Bu belgilar mahsus su’rat yordamida chizilgan. 
II.2. O’ rta Osi yo miqyosida neolit davri jamoalarining  diniy tasavvurlar
va dafn bilan bogli q  urf-odatlar i  masalasi.
O’rta Osiyoning uzoq o’tmish tarixini yaratishda tosh asri neolit (yangi tosh)
davri   yodgorliklarini   o’rganish   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki,   bu   davrda
kishilik   tarixining   urug’   jamoalari   o’zlashtiruvchi   xo’jalikdan   ishlab   chiqaruvchi
xo’jalikka   o’tdi.   Bu   inqilobiy   tub   o’zgarish   qator   iqtisodiy   xo’jalik   va   madaniy
kashfiyotlarga   olib   keldi,   ya’ni   ibtidoiy   motiga   dehqonchiligi   va   xonaki
chorvachilik kashf etildi; kulolchilik va to’qimachilik ixtiro etildi; toshdan mehnat
qurollari   yasash   takomillashib,   toshni   ishlash   texnikasida   silliqlash,   pardozlash,
teshish   texnologiyasi   kashf   etildi;   diniy-ma’naviy   hayotda   totemistik,   animistik,
sehru-jodu   qarashlardan   obyektiv   hayotni   tahlil   etish,   ya’ni   inson   hayotining
davomiyligini   ta’minlovchi   tabiat   unsurlari-quyoshga,   ona   zamin   yerga   va   obi
hayot suvga topinish boshlandi,aholi antropologik tipi, etnosi namoyon bo’lishiga
tarixiy   sharoit   yetildi     va   nihoyat,   kishilik   jamiyati   rivojlanishida   sivilizasiyalar
tarixini boshlanishiga asos solindi. Jahon ahamiyatiga molik bu kashfiyotlar asosi,
ularning   tarixiy   ildizlari   juda   chuqur   va   ular   nafaqat   mezolit,   balki   undan   ham
qadimiy-paleolit davri bosqichlariga borib taqaladi.
33 Mezolit,   neolit   davri   ekologik   sharoiti,   iqlimiy   muhiti   nisbatan   hozirgi
zamonga   yaqin   bo’lgan.   Shu   sababli   O’rta   Osiyoning   deyarli   barcha   sarhadlari
odamzod  tomonidan  o’zlashtirilib,  natijada  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’lgan
turli   mezolit,   neolit   madaniyatlari   shakllanadi.   O’rta   Osiyo   neoliti   iqtisodiy-
xo’jalik   xarakteriga   ko’ra   rang-barang   va   o’ta   murakkabdir.   O’rta   Osiyoning
janubiy-g’arbiy   mintaqalarida   Kopettog’ning   quyoshga   tushlov   soy   etaklarida
ibtidoiy   motiga   dehqonchilik   madaniyati   (Joytun) 30
,   Amudaryo   va   Zarafshonning
quyi   havzalarida,   Qizilqumda   ovchi-baliqchi   urug’   jamoalarining   Kaltaminor
madaniyati 31
,   Hisor   tog’   tizmalarining   dara   va   yaylovlarida   Hisor   madaniyati 32
,
Farg’ona   vodiysida   Markaziy   Farg’ona   madaniyati 33
,   O’rta   Zarafshon   vohasida
Sazog’on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topdi 34
. Ammo,
ularning   xo’jalik   asosi,   xronologik   doirasi,   etnomadaniy   va   etnografik   qiyofasi
masalalari, Joyitun va Kaltaminor madaniyatlarini hisobga olmaganda, O’rta Osiyo
neolitining o’ta bahsli muammolari bo’lib qolaverdi.  O’rta   Osiyo   neolit   davri
jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqotida   A.P.Okladnikov,   Ya.G.Gulyamov,
V.A.Ranov,   V.M.Masson,   A.V.Vinogradov,   U.Islomov,   V.I.Timofeyev,
G.F.Korobkova,   M.R.Qosimov,   T.Mirsoatov,   Ye.Bijanov,   M.Jo’raqulov,
N.U.Xolmatov   kabi   olimlarning   izlanishlari   muhim   hisoblanadi.     Keyingi   yillar
maboynida   arxeologik   tadqiqotlar   jarayonida   qo’lga   kiritilgan   manbalar   mezolit,
neolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatining   yangi   qirralarini   yoritish   imkonini
bermoqda. Shuningdek, O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston hududi neolit qabilalari
mehnat   qurollari   va   xo’jalik   mashg’ulotlari   tarixi   borasida   ham   muhim   manbalar
30
  Массон   В.М.   Джейтунская   культура.   ЮТАКЭ,   т.10,   Ашхабад,   Ылым,   1961;   Поселение   Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
31
  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
32
    Ранов   В.А.   Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,   экономика.   //   Культура   первобытной
эпохи   Таджикистана.   –   Душанбе,   1982;   Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней   Азии.   //
Каменной  век  Северной,  Средней  и   Восточной  Азии.  –  Новосибирск,  1985;  Неолит  (гиссарская   культура).
История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123.
33
  Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304. 
34
  Бижанов   Е.Б.   Неолитические   памятники   юго-восточного   Устюрта.   //   Древняя   и   средневековая   культура
юго-восточного   Устюрта.   –   Ташкент :   Фан,   1978.   С.18-79 ;   Каменный   век   Устюрта.   Авт.реф.   на   соискание
уч.степени   д.и.н.   –   Нукус,   1996.   С.3-42 ;   Джуракулов   М.Д.,   Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.  С. 3-122 .
 
34 qo’lga   kiritildi.   Ma’lumki,   kishilik   tarixi     taraqqiyotining     ilk   bosqichlarini     o’z
ichiga   oluvchi     ibtidoiy   davr   jamoalari     moddiy-madaniyatini     o’rganishda
qadimgi odamlar   turmushida   ishlab chiqarish  iqtisodiyotiga  o’tish jarayoni   o’z
mazmun,   mohiyati     bilan     o’ta   dolzarb     masala     hisoblanadi.     Sababi,   ishlab
chiqarish     iqtisodiyoti,   ya’ni   dehqonchilik     va   chorvachilikning     vujudga   kelishi
(neolit inqilobi) keyingi tarixiy taraqqiyot   bosqichlarida     muhim sosial, iqtisodiy
o’zgarishlarga  olib kelgan:  ibtidoiy  odamzodning kunlik turmush tarzi  o’zgaradi
va   endi  ular oziq-ovqat   topish ilinjida   daydib yurmasdan, o’troq  tarzda    hayot
kechira     boshlaydi,   natijada   aholi   muqim     yashovchi   qishloqlar     paydo   bo’ladi,
dehqonchilik va   chorvachilik   bilan   bog’liq   diniy e’tiqodlar   shakllanadi, lalimi
dehqonchilik   hamda   vaqt   o’tishi bilan   sug’orma   dehqonchilikka   bog’liq   suv
inshootlari     qurilishi     boshlanadi.   Natijada   aholining   ma’lum   sug’orma
dehqonchilikka     asoslangan     madaniy     vohalarga     zichlashishi     jarayoni     ro’y
berib,  obod    qishloqlar, keyinchalik  ular     o’rniga   shaharlar    vujudga  keladi. Shu
tariqa  shaharsozlik  madaniyati  va ilk  davlatchilik  ko’rinishlari  paydo bo’ldiki,
bu tom ma’noda   qadimgi  sivilizasiyalar  shakllanishi   demakdir. Ma’lumki,
soha     mutaxassislari     tadqiqoticha     Old   Osiyo     mintaqasida     dastlabki     ishlab
chiqarish     iqtisodiyotiga     o’tish     jarayoni     ro’y   bergan 35
.   Bu   jarayon   borasida
mutaxassislar   “monosentrizm”   va   «polisentrizm»     ilmiy   nazariyalarini   ilgari
surishadi. Mazkur mintaqa  miqyosida  ilk  dehqonchilik  komplekslarini   qiyosiy
tahlil   etgan   V.M.Masson   ularni   o’ziga xos   xususiyatlar, madaniy   an’analarga
ega ekanligini   aniqlaydi   va shu   asosda   dehqonchilik   va chorvachilik   xo’jaligi
shakllanishi to’g’risida  «polisentrizm»  ilmiy  konsepsiyasini  qo’llab  quvvatlaydi
hamda     bu   turdagi   xo’jalik     shakllangan     sarhadlarni     2   ta   madaniy     vohaga
ajratadi:   1.   O’rta   Yer     dengizi     sharqiy     sohili     hududlari       (sopolsiz     neolit);   2.
Shimoliy  Iroq,  Shimoliy Eron va Janubiy- G’arbiy  O’rta Osiyo  (sopolli neolit) 36
.
35
  Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.Л., Наука, 1964,с.466. Первые цивилизации. М., Наука,
1989;   Шнирельман   В.А.   Происхождение   скотоводства.   Москва,   Наука,   1980.   Шнирельман   В.А.
«Неолитическая революция» и неравномерность исторического развития – Проблемы переходного периода
и   переходных   общественных   отношений.   Москва,   1986.Шнирельман   В.А.   Возникновение   производяшего
хозяйства.   М.,   1989;     Бадер   О.Н.   Древнейшие   земледельцы   Северной   Месопотамии.   М.,   Наука,   1989.
Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
36
 Массон В.М. Кўрсатилган адабиёт, 1964, 82-92-бетлар.
35 Demakkim,   Janubiy-   G’arbiy     O’rta   Osiyo     ilk     ishlab     chiqarish     iqtisodiyoti
shakllangan     mintaqalar     sirasiga     kiradi   va   bu     joylar     Janubiy   Turkmaniston
Kopettog’     shimoliy     yon     bag’irlariga     to’g’ri   kelib,     ilk   dehqonchilik     xo’jaligi
sohiblari sifatida bu joyda tadqiq etilgan madaniyat-joyitun  jamaolari  madaniyati
nomi bilan fanga   kirdi 37
.   Shu o’rinda   O’rta Osiyoning   boshqa hududlari   neolit
davri  jamoalari  xo’jalik mashg’ulotlari  masalasiga ham e’tibor qaratsak, quyidagi
manzaraning     guvohi     bo’lamiz:     kaltaminor     tarixiy-madaniy     jamoalari
turmushida   termachilik,   ovchilik   va   baliqchilik   xo’jaligi bo’lgan 38
;   Markaziy
Farg’ona 39
,   Ustyurt     neolit     jamolari 40
  hayotida     o’zlashtirma     xo’jalik     to’liq
hukmron  bo’lgan.  Markaziy va Janubiy  Tojikistonda  tadqiq  etilgan  hisor  neolit
jamoalari      xo’jalik    yumushlari     to’g’risida     mutaxassislar  orasida     bahsli   fikrlar
mavjud.   Tadqiqotlardan     hisorliklar     nafaqat     termachilik,   ovchilik     yumushlari
bilan shug’ullanishgan, balki hayvonlarni  xonakilashtirganliklari, sodda  usullarda
bo’lsada,   dehqonchilikdan   ham   xabardor   ekanligi   ma’lum   bo’ladi.   B.Botirov
Tutqovul   makoni     madaniy     gorizontlaridan     xonakilashgan     eshak,     qo’y   va
echkilarning     suyaklarini     aniqladi.     Sh.Sharipov   Sayyod     makoni     hisor
jamoalariga     oid     madaniy     qatlamdan     topilgan     hayvon     suyaklarining     70%   ni
xonakilashgan     qo’y   va   echki   suyaklari     tashkil   etganlagi     faktlarini     o’z
tadqiqotida     keltirgan.   M.N.   Yermolovaning   O’rta   Osiyo   miqyosida
xonakilashtirilgan   hayvon   suyaklari   to’g’risidagi   tadqiqoti   ham   muhim. 41
Hisorliklar   kundalik   turmushda   dehqonchilik   bilan     shug’ullanganliklari
ehtimolini, ular    makonlari    tog’  va tog’    yonbag’irlari    daryo, soy yon   qayirlari
ya’ni   soz   tuproqli   joylarga   joylashganligi     faktlari     ham     isbotlashi     mumkin.
Lekin,   V.A.Ranov     fikricha    har   ikkala     xo’jalik    turi     hisorliklari     iqtisodiyotida
37
  Лисицина   Г.Н.   Основные   этапы   истории   земледелия   на   юге   Средне   Азии   Л.,   1968;   Массон   В.М.
Южнотуркменистанский   центр   раннеземледельческих   культур.-   Труды   ЮТАКЭ,   1960,   т.   10;
Земледельческий   неолит   юго-запада   Средней   Азии.   //   Средняя   Азия   в   эпоху   камня   и   бронзы.   Л.:   Наука,
1966; Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики)-МИА, №180, Л.: Наука, 1971.  
38
 Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья. М., Наука, 1981, С.173.;
39
 Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кульура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент, Фан, 1986;
40
 Бижанов Е.Б.  Каменный век Устюрта. Нукус, 1996, с.3-42.
41
 Ермолова М.Н. Вопросы изучения остатков животных в археологических памятников в связи с проблемой
возникновения и развития производящего хозяйство. Барнаул, 1983.
36 hukmron  mavqyeni  egallamagan 42
.  Ibtidoiy   odamzod     o’z
turmushida     ishlab chiqarish   iqtisodiyotiga   o’tishda   o’zlari   yashab turgan   joy
landshafti,   tabiati,   iqlimiy     sharoiti     naqadar     muhim   rol     o’ynaganligi     faktini
keltirmoqchimiz.   Soha   tadqiqotchilari     bu   faktorlarga     e’tibor   qaratishgan.
Xususan,     N.I.     Vavilov     o’z   tadqiqotida     tog’liq     mintaqalarning     subtropik
qismida     yovvoyi     o’simliklarni     madaniylashishiga   ko’proq   imkoniyat,   shart-
sharoitlar   bo’lganligini     alohida     ta’kidlaydi 43
.   Shu   joylarda     o’sgan     yovvoyi
boshoqli,   donli     o’simliklar     so’li,   arpa,   bug’doylarning   gibridlashuvi,
madaniylashuviga vositachi bo’lgan.   Yaqin   Sharq, Janubiy- G’arbiy O’rta Osiyo
(Kopetdog’   yon   bag’irlari,   joyitun   jamaoalari),   Markaziy   va   Janubiy     Tojikiston
hududida     (hisor   jamoalari)   ilk   dehqonchilik   xo’jaligiga     ega   bo’lgan
yodgorliklarning    o’rtacha     balandlikdagi     tog’lar     yon  bag’ri     yoki   alohida     tog’
vohalar   daryolari, yirik   soylarning   soz tuproqli   yon qayirlarida   joylashganligi
fakti     N.I.Vavilov   fikrining     to’g’riligini       tasdiqlaydi.     V.A.Ranov     ham   hisor
jamoalari     yodgorliklarining     joylanishi     holatlari     Yaqin   Sharq     neolit
yodgorliklariga     o’xshashligini     alohida     e’tirof     etgan 44
.     Shu   nuqtai   nazardan,
O’rta   Zarafshon     vohasi     sazog’on     neolit     jamoalar     makonlari     Qoratepa     tog’
massivi     shimoliy   yon   bag’ri     yirik   soylari   (   Ohalik,     Mironqul,     Tepaqul,
Egriqulcha,    Sazog’on  kabi)    soz    tuproqli    yon    qayirlarida  joylashganligi  va  bu
holat   jamoalarning dastlabki   dehqonchilik   yumushlari bilan   shug’ullanishlariga
imkon     bergan.     Yaqin       vaqtlargacha     Zarafshon     vohasi     miqyosida     dastlabki
o’troq     dehqonchilik     madaniyati    Zamonbobo, Sarazm    yodgorliklari    misolida
tadqiq     etilgan   edi 45
.   Tadqiqotlarda     sazog’on   jamoalari     turmushida       ishlab
chiqarish     iqtisodiyoti     kurtaklari     borligi     haqida     dastlabki     ma’lumotlar
42
  Ранов   В.А.   Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,   экономика.   //   Культура   первобытной
эпохи   Таджикистана.   –   Душанбе,   1982;   Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней   Азии.   //
Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Ранов В.А. Неолит (гиссарская
культура). История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123. 
43
  Вавилов Н.И. Центры происхождения мирового земледелия в свете современных исследований. Избр.тр.
М.,1965.Т.5.
44
 Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998, 113-114-бетлар. 
45
Гулямов Я.Г., Исламов  У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого  земледелия в
низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ;  Исаков А. Саразм. М., Наука, 1991. 
37 keltirgan 46
.   Buni keyingi   yillarda   sazog’on madaniyatining yangi kashf    etilgan
yodgorliklari   (Jangal   1,   Tepaqul   3,   Tepaqul   4,   Lolab,   Ochil   g’or   makonlari)
tadqiqotlari     natijalari     to’liq     tasdiqladi     va   endi     Zarafshon   vohasida     ilk   ishlab
chiqarish   iqtisodiyoti   neolit davri   jamoalari   turmushida   sodir   bo’laaboshlagan
deb     aytish   mumkin.     Buni     Sazog’on   2,   Jangal   1,   Tepaqul   3,4         makonlar
madaniy     qatlamidan     ilk   dehqonchilikdan     darak     beradigan     qadama     qurollar,
yorg’uchoqlar,   donni     ezish   bilan     bog’liq     bo’lgan     tosh   buyumlar     ko’plab
topilishi   isbotlab   turibdi 47
.   Bu   materiallarning     Yuqori   Zarafshon     vohasidagi
sarazm     yodgorligi   arxeologik   ashyolariga   o’xshashligi   haqida   ma’lumotlar
mavjud 48
.   Ma’lumki,     sarazm     o’troq     dehqonchilik     madaniyati     hisoblanadi.
Sazag’on jamoalari   madaniyatining  sarazm   madaniyatiga   o’xshashligi ular tosh
industriyasi       paraqali   qismida,   shuningdek     qadama   qurollari,   yorg’uchoqlar,
donni  ezish bilan  bog’liq  tosh  buyumlarida,  qisman sopol  idishlarida  namoyon
bo’lgan.     Shu   nuqtai   nazardan     kelib   chiqib   M.Djo’raqulov,   N.Xolmatovlar
Sarazm   madaniyati,   xususan   Zarafshon     vohasi     eneolit     va   jez     davri     o’troq
dehqonchilik     bilan     bog’liq     jamoalarning     madaniyati     tub   joyli     mahalliy
madaniyatlar  negizida  shakllanganligi to’g’risidagi xulosalarni bildirgan.  To’g’ri,
bunda     mutaxassislar   innovasiya,   diffuziya,   migrasiya   jarayonidagi     madaniy
ta’sirni  ham inkor  etishmaydi. Vohada  neolit davri jamoalari  turmushida  ishlab
46
 Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, Фан, 1991, с.102-110
47
  Холматов   Н.У.   Ўрта   Зарафшон   неолит   даври   моддий   маданиятининг   баъзи
хусусиятлари   (Тепақул   4   макони   асосида).   СамДУ   ахборотномаси,   2004,   №   4,   31-34-
бетлар;   Қоратепа   тош   даври   жамоалари   моддий   маданияти   (Ўрта   Зарафшон     воҳаси).
ИМКУ,       №   35,   Тошкент,   “Фан”,   2006,   24-39-бетлар.   Джуракулов   М.Д.,   Холматов   Н.У.
Кўрсатилган   адабиёт.   1991.   70-79-бетлар;   Джуракулов   М.Ж.,   Холматов   Н.У.,  Амиркулов
Б.А.   Итоги   археологического   изучения   стоянки   Джангал   I .   //   В опросы   археологии,
древней   истории   и   этнографии.   Труды   Сам   ГУ,   Самарканд,   1991.   С.4-12;   Джурақулов
М.Ж.,   Холматов   Н.У.   Тепақул   3   неолит   манзилгоҳи   ўрганилиши   натижалари   //   Тарих
фанининг   долзарб   муаммолари.   Самарқанд.   СамДУ.   1997.   Джуракулов   М.Ж.,   Холматов
Н.У. Тепакул 4 неолит манзилгоҳи (Ўрта Зарафшон воҳаси) // Тарих ва истиқлол. Илмий
мақолалар   тўплами.   Самарқанд,   2000.   4-14-бетлар;   Джурақулов   М.Ж.   Холматов   Н.У.
Самарқанд   Давлат   Университети   тадқиқотларидан   //   Ўзбекистонда   археологик
тадқиқотлар 2003. Тошкент. 2004. 31-34-бетлар. 
48
  Джўрақулов   М.Ж.   Зарафшон   воҳаси   тамаддунининг   илк   саҳифаларидан.   Ўзбекистон   моддий   маданияти
тарихи,   34-нашри,   Самарқанд,   2004,15,16-бетлар.   Холматов   Н.У.   Ўрта   Зарафшон   неолит   даври   моддий
маданиятининг баъзи  хусусиятлари  (Тепақул 4 макони  асосида).   СамДУ  ахборотномаси, 2004, № 4, 31-34-
бетлар.
38 chiqarish     iqtisodiyoti     bo’lganligi     masalasini     oydinlashtirishda   Quyi   Zarafshon
vohasida     joylashgan     Oyoqagitma     neolit   makonidan     yaqinda     O’zbekiston-
Fransiya  xalqaro  arxeologik  ekspedisiyasi  xodimlari  tomonidan (F. Brunet, M.
Xo’janazarov)     xonakilashtirilgan     hayvon     suyaklarining     topilishi   ham   muhim
bo’ldi.     Tadqiqotchilar     mazkur   jamoalar     chorvachilik     xo’jaligi     bilan
shug’ullanishganliklarini ta’kidlamoqda 49
 .
Shu   nuqtai   nazardan   birmuncha   ishonarli   dalillar   kaltaminor   jamoalariga
tegishli bo’lgan Tumek-Kichikjik qabrlarining tuzilishi, ulardan topilgan ashyoviy
dalillar   hisoblanadi.   Tumek   -Kichikjik   yodgorligi   Amudaryo   etagi   qadimgi
Sariqamish   havzasida   joylashgan.   Bu   yodgorliklardan   hammasi   bo’lib,   o’ttizga
yaqin   qabr   o’rganilgan.   Qabrlar   ensiz,   nisbatan   chuqurroq   qazilgan.   Mayit   qabr
tubiga,   yerga   yelkasi   bilan   cho’zilgan   holda,   qo’llari   ham   tana   bo’ylab
cho’ziltirilgan holda qo’yilgan. Tana qizil bo’yoq sepilgan joyga qo’yilgan. Ba’zan
tana   ustidan   ham   qizil   bo’yoqlar   sepilganligi   holatlari   aniqlangan.   Ko’pincha
mayitlarning   bosh   qismi   shimoli-sharq   tomon   yo’naltirilgan   holatda   dafn   etilgan.
Qabr   ustida   biron-bir   qurilish   bo’lganligi   belgisi   aniqlanmagan,   balki   ular
hozirgacha   saqlanmagan   bo’lishi   mumkin.   Qabristonning   g’arbiy   va   sharqiy
qismidagi   ba’zi   qabrlarning   usti   aylana   tarzda   toshlar   bilan   o’ralganligini
bildiruvchi belgilar uchratilgan 50
.
Qabrlar   ichidan   ham   kam   miqdorda   arxeologik   manbalar   topilgan.
Qabrlardan topilgan manbalar bir necha chaqmoq toshdan yasalgan qurollar hamda
sochilib   yotgan   holatdagi   bir   nechta   sopol   idish   parchalaridan   iborat.   Bu   sopol
parchalari   bevosita   mayitning   tana   suyaklari   oldida   emas,   balki   mayit   ustiga
tashlangan   tuproq   qatlamlari   orasida   tartibsiz   holda   uchraydi.   Tumek-Kichikjik
yodgorligi   qabrlaridan   topilgan   sopol   buyum   parchalarining   o’ziga   xos   ilmiy
ahamiyati bor. Xususan, bir qabr tadqiq etilayotganda mayit suyaklari ustida ichiga
49
  Хужаназаров   М.,   Брунет   Ф.,Шимчак   К.   Археологические   исследования   Узбекско-Французской
экспедиции   на   памятниках   Кызылкумов.   Археологические   исследования   в   Узбекистане   2004-2005   годы.
Ташкент,2006,с   244-250.   Ўзбекистон-   Франция     халқаро     археологик     экспедицияси   илмий   ҳисоботи-
2008,2009 й.
50
Виноградов   А.В.   Древние   охотники   и   рыболовы   Среднеазиатского   междуречье.   М.,   1981.   С.107-109;
Виноградов А.В., Итина М.А., Яблонский Л.Т. Древнейшее население низовий Амударьи. М. ,  1986. С.7-79.
39 gulxanda   kuydirilgan   go’sht   bo’lagi   solib   qo’yilgan   idish   bo’lagi   topilgan.
Qabrlardan   topilgan   zeb-ziynat   va   taqinchoqlar   ham   muhim   ahamiyat ga   ega
hisoblanadi .   E’tiborli   jihati,   tadqiq   etilgan   qabrlarning   yarmidan   ko’pida,   turli-
tuman   bezaklar   va   taqinchoqlar   topilgan.   Shular   ichida   eng   ahamiyatlisi
to’ng’izning qoziq (so’yloq tishi) tishidan ko’krakka tizilgan holda taqib yurishga
mo’ljallangan  bezaklar   hisoblanadi.  Ularga  juda  mohirona  ishlov  berilgan  bo’lsa-
da,   asl   o’roqsimon   ko’rinishini   saqlab   qolgan.   Taqinchoqlar   ichida   eng   ko’p
uchragani   chig’anoqdan   yasalganlari   hisoblanadi.   Tumek-Kichikjik   yodgorligi
Kaltaminor   jamoalariga   tegishli   qabrlar   bo’lgan.   Buni   qabrlardan   topilgan   tosh
qurollari, sopol idishlar xususiyati ko’rsatadi. Xususan, mayda sopol parchalaridan
yig’ilgan butun idish, qayiqsimon ko’rinishdagi idish bo’lib chiqdi. Tosh qurollari
ham   o’z   shakli   va   ishlov   berilish   usullari   bo’yicha   Kaltaminor   jamoalari
qurollariga   xos.   Bu   yodgorlik   xronologik   jihatidan   Kaltaminor   tarixiy-madaniy
jamoalari   madaniyatining   o’rta   rivojlanish   bosqichiga   to’g’ri   keladi   va   moddiy
madaniyati   hususiyatlariga   ko’ra   Tolstov   makoniga   yaqin   turadi.   Janubi-Sharqiy
Ustyurt sarhadlaridan ham neolit davri so’nggi bosqichlarida yashagan jamoalariga
tegishli   bo’lgan   qabrlar   topilgan.   Bu   Koskajol   yodgorligi   hisoblanib,   u   asosiy
qismi   neolitning   keyingi   bosqichlariga   oid   bo’lgan   qabrlardan   iborat.   Qabriston
chet  qismidan deyarli  buzilib ketgan qadimiy qabr  aniqlangan. Qazish  jarayonida
mayitning yaxlit tana suyaklari topilmagan, lekin turkum holatda ikki yon tarafi va
qirralariga yaxshi ishlov berilgan o’q-yoy uchlari hamda chig’anoqlardan yasalgan
bezaklar topilgan 51
. Qabr tubida qizil bo’yoq qoldiqlari borligining aniqlanishi ham
ahamiyatlidir.   Qabr   tuzilishi   tomonlarga   nisbatan   yo’nalishi,   qizil   bo’yoqlarining
topilishi,   tosh   qurollariga   ko’ra   Tumek-Kichikjik   yodgorligini   eslatadi.   Ikki
taraflama ishlov berilgan o’q-yoylar o’z shakli va ishlov berilish usullari bo’yicha
u neolit davri so’nggi bosqichlari yoki ilk bronza davri jamoalariga tegishli bo’lishi
mumkin. Shuningdek, 1976 yili A.V.Vinogradov tomonidan Jonbos 4 va Jonbos 5
makonlari o’rtasida ikkita buzilgan neolit davriga oid qabrlarning o’rganilishi ham
51
Бижанов Е.Б.  Первое неолитическое погребение на Устюрте // СА, №1. 1985. С.250-252.
40 bu   davr   jamoalarining   dafn   bilan   bog’liq   urf-odatlarni   bilishimizda   muhim
ma’lumotlar berdi 52
.
Qabrlarning   tartibli   holda   joylashganligining   o’zi   jamoaviy   tuzilma
ekanligini,   dafn   jarayonida   ma’lum   marosimlar   o’tkazilganligi,   qabrdan   chiqqan
ashyoviy   dalillar   ajdodlarimiz   turmush   tarzini   ifoda   etuvchi   sig’inishlar
bo’lganligini   amalda   tasdiqlab   turibdi.   Ma’lumki,   urug’-jamoasi   rivoji,   ilk
bosqichlarida vafot etgan kishi yoniga narsa buyumlar, hatto «u dunyoda iste’mol
qilishi»   uchun   oziq-ovqatlar   qo’yish   odati   paydo   bo’lgan.   Bu   odat   Tumek-
Kichikjik qabrlari tadqiqotlarida ham kuzatilgan. Lekin, bu odatlar biroz o’ziga xos
tarzda bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Agar boshqa neolit jamoalariga tegishli bo’lgan
yodgorliklarda   jangovar   va   mehnat   qurollari,   idishlar   qabr   tubi   -   yer   ustiga   yoki
mayit   tana   suyaklari   yoniga   hamda   maxsus   chekkaroqda   ajratilgan   joylarga
qo’yilgan   bo’lsa,   Tumek-Kichikjik   qabrlarida   bu   tartib   kuzatilmaydi.   Biz   hatto
mayit   tanasi   suyaklari   ustiga   qovurilgan   go’sht   bo’laklari   solingan   idish   parchasi
qo’yilganligining guvohi bo’ldik. Tumek-Kichikjik yodgorligi maydon sathi nuqtai
nazaridan   ham   kichikroq   bo’lgan   yodgorlik   hisoblanadi.   U   mayda   urug’   jamoasi
yoki   urug’   jamoasining   bir   qismini   tashkil   etgan   nisbatan   kichik   guruhning
qabristoni  bo’lgan  bo’lishi mumkin.
Neolit   jamoalari   ma’naviy   kechinmalari,   diniy   e’tiqodlarini   bilishda
Ochilg’or   makoni   tadqiqida   madaniy   qatlamning   konstruktiv   tuzilmalari,   tarkibiy
elementlarini ifodalovchi o’choqlar, hayvonsuyak uyumlari, aylana shakldagi tosh
qurilmalar   topildiqlari   hamda   ular   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lgan   uloqcha   topilmasi
borasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar birlamchi manba sifatida muayyan ahamiyat
kasb   etishini   alohida   ta’kidlamoqchimiz.   Ayniqsa,   ikkala   tosh   qurilma   o’rtasida
g’orning tosh tubiga taqalgan joyda maxsus o’raga qo’yilgan uloqcha topilmasi bu
masalada muhim ma’lumotlar berdi. Qizig’i shundaki, uloqcha gavdasi joylashgan
o’raning   qazilma   konturi   yaqqol   qo’zga   tashlanadi.   Uloqning   orqa   oyoq   uchi
tomoni   yer   qismida   3-6   santimetrgacha   qalinlikda   gulxan   qoldig’i   kuzatildi.   Bu
hodisa   hayvonlarga   topinish,   ya’ni   totemizm   bilan   bog’liq   urf-odatlar
52
Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981 .  С.88 - 89. 
41 mavjudligidan   guvohlik   beradi.   Shu   o’rinda,   Sazog’on   2makonipastki   madaniy
qatlamidanaylana shaklda  tosh  qurilmasi  o’rta qismida bosh  chanog’ibo’yni  bilan
notabiiy ravishda  orqaga qayrilgan holatda yotgan echki  jasadi  topilganligi  va bu
topilma tadqiqotchilar tomonidan ma’lum diniy marosim, urf-odatlar bilan bog’liq
degan xulosada tahlil etilganligi faktini keltirish maqsadga muvofiqdir 53
. Yuqorida
keltirilgan   manbalar   g’orda   turmush   qizg’in   davom   etganligidan   dalolat   beradi.
Shu   manbalardan   ma’lum   bo’ldiki,   g’orda   ona   urug’iga   taalluqli   jamoa   yashagan
va   o’choqlarning   ko’pligiga   qaraganda   har   bir   kichik   juft   oilao’z   o’chog’iga   ega
bo’lgan.   Katta   gulxan   bilan   bog’liq   o’choq   qoldig’i   jamoaning   umumiy
topinadigan,   olovga   sig’inadigan   dastlabki   “mehrobi”   ya’ni   “otashgohi”   bo’lishi
mumkin.
Mazkur   davrda   O’rta   Osiyoning   janubiy-g’arbiy   mintaqalarida
Kopettog’ning   quyoshga   tushlov   soy   etaklarida   ibtidoiy   motiga   dehqonchilik
madaniyati (Joytun) 54
, Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda
ovchi-baliqchi   urug’   jamoalarining   Kaltaminor   madaniyati 55
,   Hisor   tog’
tizmalarining   dara   va   yaylovlarida   Hisor   madaniyati 56
,   Farg’ona   vodiysida
Markaziy Farg’ona madaniyati 57
, O’rta Zarafshon vohasida Sazog’on va Ustyurtda
Ustyurt neolit jamoalari  madaniyati  tarkib topdi 58
. Bu madaniyat  sohibkorlarining
kunlik   turmush   tarzi,   ijtimoiy   tuzumi,   madaniyatlar   o’ziga   xos   xususiyatlari,
xronologik   doirasi,   xo’jalik   asosi,   jamoalar   o’zaro   madaniy   aloqalari   asosli
ravishda   ilmiy   yechimini   topayotgan   bo’lsada,   ammo   aholi   etnosi,   antropologik
tipi,   tili,   etnomadaniy   va   etnologik   qiyofasi   masalalari   fanda   bahsli,   muammoli
53
Джуракулов М.Д.Исследование стоянки Сазаган 2 // Археологические окрытия1982. М.,1984. C .470 - 471; 
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. C .108.
54
 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун 
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
55
  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
56
    Ранов   В.А.   Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,   экономика.   //   Культура   первобытной   эпохи
Таджикистана.   –   Душанбе,   1982;   Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней   Азии.   //   Каменной   век
Северной,   Средней   и   Восточной   Азии.   –   Новосибирск,   1985;   Неолит   (гиссарская   культура).   История   Таджикского
народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123.
57
  Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С. 304.  
58
  Бижанов   Е.Б.   Неолитические   памятники   юго-восточного   Устюрта.   //   Древняя   и   средневековая   культура   юго-
восточного Устюрта. – Ташкент :  Фан, 1978.  С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. –
Нукус, 1996.   С.3-42 ;   Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит  и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.
С. 3-122 .
42 bo’lib   kelmoqda.   Shu   bois,   ushbu   maqolamizda   neolit   davri   odami   antropologik
tipi va etnosi masalasida ba’zi mulohazalarni bildirmoqchimiz.
O’rta   Osiyo     neolit   davri   odamlari     antropologik   tipi   borasidagi
ma’lumotlarni   keltirishdan   oldin  mazkur   hudud    tosh   asri     paleolit,  mezolit   davri
tadqiqotida   qo’lga   kiritilgan   antropologik   manbalarga   to’xtalamiz.   O’rta   Osiyo
sarhadlari miqyosida eng qadimgi antropologik topilma- xomoerektusning   vakili-
Fergantrop   (Farg’ona   vodiysi,   Selung’ur   g’ori)   hisoblanadi.   U.I.Islomov,
A.A.Zubov,   V.M.Xaritanovlar     bu   topilmani     Teshiktosh   neondertal   bolasidan
ancha   arxaik   ekanligini     e’tirof   etishadi   59
.   Teshiktosh     neondertal   bolasi   O’rta
Osiyo   qadimgi   gominidlari   jismoniy   tipi   borasida   muhim   ma’lumot   beradi 60
.   Bu
topilmaning     taksonomik   holati     baxsli   munozaralari   S.T.Mirsoatovaning
maqolasida  keltirilgan 61
. 
Yaqin     o’n   yillarda   Obirixmat   g’orida   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar
natijasida muhim  antropologik topilma  topilib, u  neondertal tipidagi  odam  bilan
hozirgi zamon tipidagi  odamning omuxta  qiyofasini namoyon etgan gominidning
jismoniy tipi deb e’tirof etildi 62
. Shu o’rinda arxeolog B.Sayfullayev bu e’tirofning
ancha   munozarali,  baxsli   ekanligi   haqida    fikr   bildirganligini   ham   e’tiborga   olish
lozim 63
  (2005,274-277 betlar). So’nggi  paleolit    davri  odami  borasida  Samarqand
makoni antropologik   topilmasi  ham muhim  ahamiyat  kasb etdi. Erkak va ayolga
mansub   bo’lgan   bosh   chanoq   bo’laklari,   xususan   jag’   suyaklari   V.V.Ginzburg,
I.I.Goxmanlar   tomonidan   o’rganilgan.   Eron   va   Yevropa   hududi   odam   bosh
chanoqlariga   o’xshashoik   xusususiyatlaridan   kelib   chiqib,   mutaxassislar   ularni
yevropoid   irqining   janubiy   tipiga   oid   dgan   xulosaga   kelishgan 64
.   Zikr   etilgan
faktlarni     keltirishdan   maqsad   O’rta   Osiyo   miqyosida   neolit   davrigacha   bo’lgan
59
 Исламов У,И, Зубов А.А, Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине. ВА 
вып.80,1988. 64-б.
60
 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш 
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
61
 Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари. «Ўзбекистон археологияси» 
журн. 2011,№ 2, 12-бет.
62
 Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. Тошкент,2008.
63
  Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар. Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва 
ёзма манбаларда. Ташкент, 2005.
64
 Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов 
М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. 8-б.
43 tosh  asri  bosqichlariga  oid  odamning eng  qadimgi     jismoniy tiplari     vakillarining
topilmalari     topilganligi     borasida     ma’lumot   berish   ko’zda   tutilgan   xolos,   zero
ularning ilmiy  tahliliga  da’vogarlik qilmaymiz.
Neolit   davri   odami   va   ularning   antropologik   tipi     haqida     O.   Berdiyev,
V.V.Ginzburg,   T.A.Trofimova,   V.M.Masson,   A.V.Vinogradov,   L.T.Yablonskiy,
T.K.Xodjayev, M.D.Djurakulov, T.P. Kiyatkina, A.Alekseyev, N.M.Vinogradova,
V.A.Ranov,   D.V.   Pejemskiy   kabi   tadqiqotchi   olimlar   ma’lumot   berishadi.
Xususan,  Joyitun madaniyati tadqiqotida  1 ta yosh bola, 10 ta katta  yoshli odam
bosh   chanog’i   topilgan.   Bu   topilmalar   antropologik   jihatdan   V.V.Ginzburg,
T.A.Trofimovalar tomonidan  yevropoid irqining Sharqiy O’rta yer  dengizi tipiga
mansub   deb   topilgan.   Shuningdek,   A.Alekseyev   yetakchiligida   taniqli   antropolog
olimlar   mazkur     odam   chanoqlari   kompleks     belgilari     Old   Osiyo     odamlari
antropologik tipiga   o’xshashligidan    kelib chiqib, bu   ikki  mintaqa odamlarining
genetik   jihatdan   bog’liq   bo’lishganligi   haqida   xulosaga   kelishgan.   Antropolog
T.A.Trofimovaning   ko’rsatishicha   Manjuqlitepa     yodgorligi   eneolit   davriga   oid
odamlari     bosh   chanog’i   bir   tomondan   Eronning     Xotu   g’orining     kramonon
tipidagi, ikkinchi tomondan ekvotorial  xususiyatiga ega bo’lgan Janubiy Hindiston
aholisiga xos belgilarni  o’zida mujassamlashtirgan. Lekin, T.A.Trofimovaning  bu
g’oyasiga A.Alekseyev  yetakchiligidagi olimlar  e’tiroz bildirishgan. 
Kaltaminor   jamoalariga     tegishli       Tumek-Kichikjik   qabrlari   odamlari
antropologik   tipi     T.A.Trofimova,   L.T.Yablonskiy         lar   tomonidan   aniqlangan.
T.A.Trofimova ularni asosan protoyevropoid irqiga, 1 dona ayol  kishiga  oid bosh
chanoqni     esa   Sharqiy   O’rta   yer   dengizi   tipiga   mansub   deb   hisoblaydi.
L.T.Yablonskiy     Tumek-Kichikjik   manbalarini   atroflicha   o’rganib,   oldingi
tadqiqotchining     fikriga   to’liq   qo’shiladi.   Shuningdek,   ayollarga   mansub   qator
bosh   chanog’larda     yevropoid   irqining     o’rtayer   dengizi     tipiga   xos     belgilar
ko’pchilikni tashkil etishini alohida ta’kidlaydi 65
. 
Neolit   davri     odami     antropolgik   tipi     borasida     Tojikiston   hududi     Hisor
madaniyati     yodgorliklari   tadqiqotida muhim ma’lumotlar   qo’lga kiritilgan.   Bu
65
 Виноградов А.В., Итина М.А., Ябланский Л.Т. Древние население низовий Амударьи. Археолого-
палеоантропологическое исследование. М., Наука, 1986.
44 ma’lumotlar     V.A.Ranov,   T.P.Kiyatkina,   N.M.Vinogradova,   D.V.
Pejemskiylarning  tadqiqotlarida o’z aksini  topgan 66
. 
Hisor   madaniyatiga   oid     yodgorliklardan     6   ta     qabr     o’rganilgan:     3   ta
Tutqovul     yodgorligidan,   1   tasi   Sayyod   yodgorligidan,   1   tasi   Bulyoni-Poyon
yodgorligidan,   1   tasi   Kangurtut   yodgorligidan   topilgan.   T.P.Kiyatkina   bu   qabr
odamlari   bosh   chanog’ini   o’rganib,   Tutqovul,   Sayyod,   Kangurtut   yodgorligidan
topilgan bosh   chanoqlar   bir-birlariga   o’xshashligini aniqlagan. Tadqiqotchining
qo’rsatishicha   bu   bosh   chanoqlar   cho’ziq   boshli     yevropoid     irqining     Sharqiy
O’rtayer   dengizi     tipiga   mansub.   Shuningdek,   ularda   janubning   kramon’on,
ekvatorialga   xos   xususiyatlar   ham   mujassamlashganligi   haqida   fikr   bildirilgan.
Kangurttut   yodgorligidan   topilgan  odam   bosh   chanog’i   dolixokraniyasi   xarakterli
ekanligi ta’kidlangan.
O’rta Osiyo tosh davri jamoalari antropologik tipi masalasida T.P.Kiyatkina
tomonidan   bildirilgan     ikkita   muhim     xulosasini     keltirish   mumkin:   Birinchidan
O’rta   Osiyo     miqyosida     irqiy     differensialanish     har   ming   yil   vaqti   bilan     ro’y
bergan: Ikkinchidan Sharqiy O’rta Yer dengizi antropologik tipining O’rta Osiyoda
shakllanishi  masalasida  faqat  migrasiyalar  ta’sirini  asos  qilib olabermasdan, balki
bunda  mahalliy, avtoxtonlik jihatni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlagan.   
  O’rta   Zaravshon   vohasi     Qoratepa   tog’   massivi   shimoliy   yon   bag’rida
joylashgan   sazog’on   neolit   madaniyatiga   tegishli   yodgorliklar   tadqiqotida   ham
muhim   antropologik   manbalar   qo’lga   kiritilgan   (Sazog’on   2   yodgorligi) 67
.
T.K.Xodjayov   tomonidan   qabr   odami   bosh   chanog’i   antropologik     jihatdan
o’rganilgan   bo’lib,   bu   bosh   chanoq   Tumek-Kichikjik   odami   bosh   suyagidan   farq
kilishi   va   u   dolixokraniyasi,   uzunchoq   va   nisbatan   kichik   yuzi   bilan   yevropoid
irqining janubiy shakliga mansub ekanligi aniqlangan. Shuningdek, mamlakatimiz
janubiy   qismida   joylashgan   Machay   g’or   makonidan   ham   antropologik     manba
topilgan.   Bu   odam   bosh   chanog’i   antropolog   A.Alekseyev   tomonidan
66
 Виноградова Н.М., Ранов В,А.,Филимонова Т.Г. Изучение гиссарской культуры и неолитические слои 
поселения Кангуртут. М., 2008, 39,40-бб.
67
 Амиркулов Б.А. Исследование погребения неолитичнской стоянки в селении Сазаган. Материалы конфер. 
СамГУ. Самарканд, 1982. Джуракулов М.Д., Ходжайов Т.К. Культура и население неолитической стоянки 
Сазаган. Научню труды СамГУ.Самарканд, 1984. 22-27-бб. Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Мазолит и 
неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, Фан, 1991. 107-109-бб.
45 dolixokraniyasi,   uzunchoq   va   nisbatan   kichik   yuzi   nuqtai   nazaridan   yevropoid
irqiga mansub deb aniqlangan.    
Markaziy   Osiyo   neolit   davri   odamlari   antropologik   tipi   borasidagi
ma’lumotlarni   keltirishdan   oldin   mazkur   hudud   tosh   asri   paleolit,   mezolit   davri
tadqiqotida qo’lga kiritilgan antropologik manbalarga to’xtalamiz. Markaziy Osiyo
sarhadlari   miqyosida   eng   qadimgi   antropologik  topilma-   xomoerektusning   vakili-
Fergantrop   (Farg’ona   vodiysi,   Selung’ur   g’ori)   hisoblanadi.   U.I.Islomov,
A.A.Zubov, V.M.Xaritanovlar bu topilmani Teshiktosh neondertal bolasidan ancha
arxaik   ekanligini   e’tirof   etishadi 68
.   Teshiktosh   neondertal   bolasi   Markaziy   Osiyo
qadimgi   gominidlari   jismoniy   tipi   borasida   muhim   ma’lumot   beradi 69
.   Bu
topilmaning   taksonomik   holati   baxsli   munozaralari   S.T.Mirsoatovaning
maqolasida keltirilgan 70
. 
Yaqin   o’n   yillarda   Obirixmat   g’orida   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar
natijasida   muhim   antropologik   topilma   topilib,   u   neondertal   tipidagi   odam   bilan
hozirgi  zamon   tipidagi  odamning  omuxta  qiyofasini  namoyon   etgan  gominidning
jismoniy tipi deb e’tirof etildi 71
. Shu o’rinda arxeolog B.Sayfullayev bu e’tirofning
ancha   munozarali,   baxsli   ekanligi   haqida   fikr   bildirganligini   ham   e’tiborga   olish
lozim 72
.   So’nggi   paleolit   davri   odami   borasida   Samarqand   makoni   antropologik
topilmasi  ham muhim ahamiyat  kasb etdi. Erkak va ayolga mansub bo’lgan bosh
chanoq bo’laklari, xususan jag’ suyaklari V.V.Ginzburg, I.I.Goxmanlar tomonidan
o’rganilgan.   Eron   va   Yevropa   hududi   odam   bosh   chanoqlariga   o’xshashlik
xusususiyatlaridan   kelib   chiqib,   mutaxassislar   ularni   yevropoid   irqining   janubiy
tipiga   oid   degan   xulosaga   kelishgan 73
.   Zikr   etilgan   faktlarni   keltirishdan   maqsad
Markaziy   Osiyo   miqyosida   neolit   davrigacha   bo’lgan   tosh   asri   bosqichlariga   oid
68
 Исламов У.И . , Зубов А.А . , Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине // 
ВА ,  вып.80. 1988. С. 64.
69
 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш 
Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949.
70
 Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари // Ўзбекистон археологияси,
№2 .Самарқанд,  2011. C .12.
71
 Деревянко А.П. Эволюция человека // Фан ва турмуш. №3,4,5. Тошкент,2008.
72
Сайфуллаев Б.Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар // Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва 
ёзма манбаларда. Ташкент, 2005. Б.274-277.
73
 Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов 
М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. С.8.
46 odamning   eng   qadimgi   jismoniy   tiplari   vakillarining   topilmalari   topilganligi
borasida   ma’lumot   berish   ko’zda   tutilgan   xolos,   zero   ularning   ilmiy   tahliliga
da’vogarlik qilmaymiz.
Neolit   davri   odami   va   ularning   antropologik   tipi   haqida   O.   Berdiyev,
V.V.Ginzburg,   T.A.Trofimova,   V.M.Masson,   A.V.Vinogradov,   L.T.Yablonskiy,
T.K.Xodjayev, M.D.Djurakulov, T.P. Kiyatkina, A.Alekseyev, N.M.Vinogradova,
V.A.Ranov,   D.V.   Pejemskiy   kabi   tadqiqotchi   olimlar   ma’lumot   berishadi.
Xususan,   Joytun   madaniyati   tadqiqotida   1   ta   yosh   bola,   10   ta   katta   yoshli   odam
bosh   chanog’i   topilgan.   Bu   topilmalar   antropologik   jihatdan   V.V.Ginzburg,
T.A.Trofimovalar   tomonidan   yevropoid   irqining   Sharqiy   O’rta   yer   dengizi   tipiga
mansub   deb   topilgan.   Shuningdek,   A.Alekseyev   yetakchiligida   taniqli   antropolog
olimlar   mazkur   odam   chanoqlari   kompleks   belgilari   Old   Osiyo   odamlari
antropologik   tipiga   o’xshashligidan   kelib   chiqib,   bu   ikki   mintaqa   odamlarining
genetik   jihatdan   bog’liq   bo’lishganligi   haqida   xulosaga   kelishgan.   Antropolog
T.A.Trofimovaning   ko’rsatishicha   Manjuqlitepa   yodgorligi   eneolit   davriga   oid
odamlari bosh chanog’i bir tomondan Eronning Xotu g’orining kramonon tipidagi,
ikkinchi   tomondan   ekvotorial   xususiyatiga   ega   bo’lgan   Janubiy   Hindiston
aholisiga xos belgilarni  o’zida mujassamlashtirgan.  Lekin, T.A.Trofimovaning bu
g’oyasiga A.Alekseyev yetakchiligidagi olimlar e’tiroz bildirishgan.
Kaltaminor   jamoalariga   tegishli   Tumek-Kichikjik   qabrlari   odamlari
antropologik   tipi   T.A.Trofimova,   L.T.Yablonskiylar   tomonidan
aniqlangan.T.A.Trofimova   ularni   asosan   protoyevropoid   irqiga,   1   dona   ayol
kishiga   oid   bosh   chanoqni   esa   Sharqiy   O’rta   yer   dengizi   tipiga   mansub   deb
hisoblaydi.   L.T.Yablonskiy   Tumek-Kichikjik   manbalarini   atroflicha   o’rganib,
Kaltaminor   aholisining   jismoniy   tuzilishida   protoyevropeoid   antropologik   asos
bo’lganligini ta’kidlaydi 74
.
Neolit   davri   odami   antropologik   tipi   borasida   Tojikiston   hududi   Hisor
madaniyati   yodgorliklari   tadqiqotida   muhim   ma’lumotlar   qo’lga   kiritilgan.   Bu
74
 Виноградов А.В., Итина М.А., Ябланский Л.Т. Древние население низовий Амударьи // Археолого-
палеоантропологическое исследование. М., 1986.С.194-198.
47 ma’lumotlar V.A.Ranov, T.P.Kiyatkina, N.M.Vinogradova, D.V. Pejemskiylarning
tadqiqotlarida o’z aksini topgan 75
.
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklardan 6 ta qabr o’rganilgan: 3 ta Tutqovul
yodgorligidan, 1 tasi Sayyod yodgorligidan, 1 tasi Bulyoni-Poyon yodgorligidan, 1
tasi   Kangurtut   yodgorligidan   topilgan.   T.P.Kiyatkina   bu   qabr   odamlari   bosh
chanog’ini   o’rganib,   Tutqovul,   Sayyod,   Kangurtut   yodgorligidan   topilgan   bosh
chanoqlar   bir-birlariga   o’xshashligini   aniqlagan.   Tadqiqotchining   qo’rsatishicha,
bu   bosh   chanoqlar   cho’ziq   boshli   yevropoid   irqining   Sharqiy   O’rta   Yer   dengizi
tipiga   mansub.   Shuningdek,   ularda   janubning   kramon’on,   ekvatorialga   xos
xususiyatlar ham mujassamlashganligi haqida fikr bildirilgan. Markaziy Osiyo tosh
davri   jamoalari   antropologik   tipi   masalasida   T.P.Kiyatkina   tomonidan   bildirilgan
ikkita muhim xulosasini keltirish mumkin: Birinchidan Markaziy Osiyo miqyosida
irqiy   differensialanish   har   ming   yil   vaqti   bilan   ro’y   bergan:   Ikkinchidan   Sharqiy
O’rta Yer dengizi antropologik tipining Markaziy Osiyoda shakllanishi masalasida
faqat   migrasiyalar   ta’sirini   asos   qilib   olabermasdan,   balki   bunda   mahalliy,
avtoxtonlik jihatni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlagan.
O’rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog’   massivi   shimoliy   yon   bag’rida
joylashgan   sazog’on   neolit   madaniyatiga   tegishli   yodgorliklar   tadqiqotida   ham
muhim   antropologik   manbalar   qo’lga   kiritilgan   (Sazog’on   2   yodgorligi) 76
.
T.K.Xo’jayov   ko’rsatishicha   qabr   odami   bosh   chanog’i   antropologik   jihatdan
o’rganilgan   bo’lib,   bu   bosh   chanoq   Tumek-Kichikjik   odami   bosh   suyagidan   farq
kilishi   va   u   dolixokraniyasi,   uzunchoq   va   nisbatan   kichik   yuzi   bilan   genetik
jihatdan   O’rta   Sharq   va   Janubiy   Osiе?ga   xos   katta   yevropeoid   irqining   janubiy
tipiga borib taqaladi. Uchtut neolit shaxtasi yaqinidan topilgan odam bosh chanog’i
morfologik   jihatdan   Sazagan   odamidan   farq   qilib,   u   Yevroosi	
е?  dashtlarining
protoyevropoid   antropologik   tipiga   oiddir.Shuningdek,   mamlakatimiz   janubiy
qismida joylashgan Machay g’or makonidan ham antropologik manba topilgan. Bu
75
 Виноградова Н.М., Ранов В,А.,Филимонова Т.Г. Изучение гиссарской культуры и неолитические слои 
поселения Кангуртут. М., 2008. С.39 - 40.
76
 Амиркулов Б.А. Исследование погребения неолитичнской стоянки в селении Сазаган // Материалы 
конфер. СамГУ. Самарканд, 1982 ;  Джуракулов М.Д., Ходжайов Т.К. Культура и население неолитической 
стоянки Сазаган  //  Научню труды СамГУ.Самарканд, 1984. С.2-27; Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. 
Мазолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. С.107-109.
48 odam   bosh   chanog’i   antropolog   A.Alekseyev   tomonidan   dolixokraniyasi,
uzunchoq   va   nisbatan   kichik   yuzi   nuqtai   nazaridan   yevropoid   irqiga   mansub   deb
aniqlangan.
T.K.Xo’jayov   Markaziy   Osiyo   neolit   davri   aholisi   antropologik  tipi   asosan
protoyevropoid va Sharqiy O’rta yer dengizi tipi belgilarini mujassamlashtirganligi
(Markaziy   Osiyo   ikki   daryo   oralig’itipi)   haqida   xulosa   beradi.   Shuningdek,
Markaziy Osiyoning janubiy sarhadlari neolit aholisi O’rtayer dengizi sharqiy tipi
2 ta varianti- g’arbiy va ekvatoril belgilarni o’zlarida namoyon etganliklarini ham
alohida   ta’kidlaydi 77
.Markaziy   Osiyo   miqyosida   tadqiqotlarda   neolit   odamining
protoyevropoid,   yevropoid   irqining   Sharqiy   O’rtayer   dengizi   tipi,   yevropoid
irqining janubiy shakli, yevropoid irqning arxaik ko’rinishi kabi antropologik tiplar
aniqlanishiga erishilgan va neolit davri arxeologik madaniyatlari shu jihatlari bilan
ham bir-birlaridan farqlanadi.
Shu   o’rinda,   Markaziy   Osiyo   neolit   jamoalarining   antropologik   tipi   va   tili
masalasida   taniqli   olim   Ahmadali   Asqarovning   ilmiy   yondoshuvlarini   keltirish
o’rinlidir:   “Joytun   madaniyati   aholisi   antropologik   tip   jihatidan   katta   yevropa
irqining Sharqiy O’rta yer dengizi tipi bilan xarakterlanadi, ya’ni dolixokefal bosh
chanoqli, yuzi uzunchoq, ko’k ko’z, malla soch. Kaltaminor madaniyati aholisi esa
protoyevropeoid   tipni   tashkil   etadi,   ya’ni   braxokefal   bosh   chanoqli,   yuzi
dumaloqroq,   ikki   iyagi   biroz   bo’rtib   chiqqan,   qo’y   ko’z,   tanasi   bug’doy   rang,
jismonan   baquvvat.   Shu   antropologik   xususiyatlar   ularning   avlodlariga   ham
o’tgan, ya’ni Joytun madaniyatining vorislari: eneolit (Anov-Namazgoh, Sarazm),
bronza   (Gonur,   Dashli,   Sopolli)   davri   odamlari   antropologik   tipida   o’z   aksini
topgan.   Kaltaminor   madaniyatining   vorislari   esa   eneolit   (Kamishli,   Zamonbobo),
bronza (Suvе?rgan, Andronovo, Qayraqqum) davri odamlari antropologik tipida o’z
aksini   topgan.   Fanda   birinchisi   shimoli-sharqiy   eroniy   til   sohiblari   sifatida   talqin
etiladi,   ikkinchisiga   esa   prototurk   ajdodlar   sifatida   qaralmoqda.   protoyevropeoid-
turkiylar,   sharqiy   o’rtayer   dengizi   tipi   shimoli-sharqiy   protoeroniylar   bo’lgan.
Prototurk ajdodlarimiz sharqiy eroniy tilli sug’diylar, bohtariylar, xorazmiylar kabi
77
Ходжайов Т.К., Джуракулов М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984.
49 hozirgi   O’zbekiston   hududlarining   eng   qadimgi   aholisi,   ularning   tarixiy   ildizlari
nafaqat bronza, balki eneolit, hatto neolit davriga borib taqaladi 78
.
Xullas, biz yuqorida   O’rta Osiyo sarhadlarida tosh davri jamoalari moddiy
madaniyati   tadqiqotida   jamoalar   diniy   tasavvurlari,   dafn   bilan   bog’liq   urf-odatlar
haqida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni keltirishga xarakat qildik. Shuningdek. tosh
davri jamoalari qabrlari, aholi antropologik tiplari haqida ma’lumotlarni keltirdik. 
78
Асқаров А.А.Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. Тошкент, 2015. Б.676; Ўша муаллиф . Ўзбек 
халқининг келиб чиқиш тарихининг автохтон асослари. Самарқанд, 2016.  Б. 25-45.
50 III -Bob. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining
moddiy madaniyati va  diniy tasavvurlar i,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i
III.1.   O’ rta   Osi yo   miqyosida   eneolit   davri   jamoalarining   moddiy
madaniyati va  diniy tasavvurlar i,  dafn bilan bogli q  urf-odatlar i  masalasi.
Kishilik   jamiyatining   iqtisodiy-xo’jalik   tizimida   keskin   o’zgarishlarga   olib
kelgan   voqyelik   –   bu   metallning   kashf   etilishidir.   Metallning   mehnat   qurollari
yasash   uchun   kashf   qilinishi   ibtidoiy   jamoa   xo’jaligida   ro’y   bergan   buyuk
o’zgarishlardan   hisoblanadi.   Dastlabki   mehnat   qurollari   misdan   yasalgan,   ammo
misning   yumshoq   va   mo’rtligi   tufayli   mehnat   qurollarining   aksariyati   toshdan
ishlanardi.   Shuning uchun ham bu davr eneolit (mis-tosh) davri deb tarixga kirdi.
Eneolit   davri   yer   kurrasining   barcha   mintaqalarida   bir   vaqtda   boshlanmay,   balki
har   bir   hududning   ekologik   va   tabiiy   imkoniyatlariga   qarab,   turli   vaqtda
boshlangan.   Mutaxassislarning   ta’kidlashicha,ishlab   chiqarish   iqtisodiga,   ya’ni
dehqonchilik va chorvachilik xo’jaligiga o’tgan jamoalar birinchi bo’lib metalldan
foydalanishgan. Metallurgiya ishlab chiqarishning mustaqil tarmog’i, sohasi bo’lib
rivojlana   borgan.   Jahon   miqyosida   dastlabki   metall   buyumlar   Onatoliy   vohasida
joylashgan   Chotal-xuyuk   yodgorligi   (mil.avv.   VII   ming   yillik   oxiri   -VI   ming
yillik) qazilma jarayonida topilgan. Ikki daryo oralig’i jamoalari  metallni mil.avv.
VI ming yillikda, Misrda esa mil.avv. V ming yillikda bilishgan. Sharqiy Yevropa
hududi   jamoalari   ham   metall   buyumlarni   mil.avv.   V   ming   yillikdan   o’z
turmushlarida ishlatishgan. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, mil avv. V ming yillikning
2-yarmidan e’tiboran O’rta Osiyoning janubiy sarhadlari jamoalari (Namozgoh 1)
o’z   turmushlarida   metall   buyumlarni   ishlata   boshlashgan.   O’rta   Osiyoning
shimoliy   tomonlarida   esa   bu   vaqtda   neolit   davri   –   kaltaminorliklar   madaniyati
gullamoqda edi. Kaltaminor merosxo’rlari metall bilan faqat miloddan avvalgi III
minginchi yillikning oxirlaridagina tanishdilar.
Eneolit - ( lot . “eneus” - mis,   yun . “litos”-tosh) – mis-tosh davri mil. avv. I V
ming   yillik   ikkinchi   yarmi   -   III   ming   yillikning   boshlari   bilan   sanalanadi.   Ayrim
mamlakatlarda bu davr xalkolit (xalko-mis) deb ataladi. 
51 O’rta   Osiyo   hududlarida   urug’chilik   jamoasining   eneolit   bosqichida
mintaqaviy   rivojlanish   davom   etadi.   Umum   jamoa   mulki,   umumiy   turar-joy
bo’lgan,   birgalashib   mehnat   qilishgan   va   mahsulotlar   jamoa   a’zolariga   baravar
taqsimlangan.   O’rta   Osiyoning   janubiy   viloyatlaridasug’orma   dehqonchilik
madaniyati,   markaziy   va   shimoliy   viloyatlarida   esa   chorvachilikka   asoslangan
xo’jalik   hayoti   bo’lib,   ona   urug’i   davri   mulkchiligining   ijtimoiy   xarakteri   tubdan
o’zgarib   boradi,   jamiyatda   ishlab   chiqarish   xo’jaligi   uzil-kesil   qaror   topadi.
Iqtisodiy   hayotda   yuz   bergan   bu   tub   o’zgarishlar   eneolit   davri   mafkura   olamida
ham   o’z   aksini   topadi,   ya’ni   yuqori   paleolit   va   mezolit   davrining   tabiat
mujizalariga e’tikodi o’rniga tabiatning to’rt unsuriga - quyoshga, suvga, yerga va
hovaga   e’tikod   boshlanadi.   Ishlab   chiqaruvchi   xo’jalikning   tashkil   topishi
jamiyatda   xususiy   mulkchilikning   kelib   chiqishiga   va   sivilizasiyalar   tarixining
boshlanishiga asos beradi. 
  Urug’chilik   jamoasining   eneolit   bosqichida   qadimgi   dehqonchilik   urug’
jamoalari   markazlarida   (metropoliyalarda)   ona   urug’ining   ijtimoiy   mulk   egaligi
barham   topa   boshlaydi.   Dastlabki   urug’chilik   jamoalarida   bir   urug’   a’zolari
o’rtasida   nikoh   mavjud   bo’lmagan   va   bu   ayni   kunda   madaniy   jihatdan   qoloq
o’lkalar   etnografik   materiallarida   ham   yaxshi   kuzatiladi.   Ularda   oilaviy   nikoh
tartib   -   qoidalari   ikki   urug’   jamoasi   a’zolari   o’rtasida   bo’lib,   dastlab   bu   nikoh
tizimida ayollarga nomzod tanlashda katta erkinlik berilgan. Shunday qilib, har bir
ona urug’i  jamoasi  doirasida mana shu tarzda juft  oilalar vujudga kelgan. Bu juft
oilalar eneolit davrining so’nggi bosqichiga kelganda ancha mustahkamlanib, endi
erkaklar oilaga asosiy daromad keltiruvchi otalar rolini o’ynay boshlashgan. Biroq,
ular   hali   bu   sharoitda   farzandlariga   meros   qoldirish   hamda   ijtimoiy   va   siyosiy
erkinlik   huquqiga   ega   emas   edilar.   Jamoa   imtiyozlaridan   foydalanmaslik   er
urug’iga   kelin   bo’lib   kelgan   ayolda   ham   bo’lgan.   Tadqiqotlar   ko’rsatishicha   vaqt
o’tishi   bilan   yosh   juft   oilalar   orasida   erkin   va   mustaqil   yashashga   intiluvchilar
guruhi,   ya’ni   passionar   urug’   jamoalari   tashkil   topaboshlaydi.va   ular   endi   yangi
yerlarni,   yangi   hududlarni   o’zlashtirishga   kirishadilar.   Shu   bois,   qadimgi
dehqonchilik   vohalarida   yangi   qishloqlari   tashkil   topadi.   Chorvador   jamoalari
52 turmushida   ham   shu   kabi   jarayon   kechgan.   Bunday   o’zgarishlar   bronza   davrida
ham   davom   etib,   ibtidoiy   jamiyatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   asosini   tashkil   etgan.
Lekin,   ta’kidlash   joizki   ikki   xo’jalik   jamoalarida   ham   onalar   shaxsini   ulug’lash,
ilohiylashtirish davom etgan.
Eneolit   davri   urf-odatlari   va   motam     marosimlariga     kelsak,   bu   davrda
jasadni     qabrga   yon   biqini     bilan   oyoq-qo’llarini     g’ujanak   qilib   qo’yish   odati
paydo  bo’lgan.   Janubiy   Turkmanistonda     Namozgoh   1   bosqichiga   oid    mozorlari
kam o’rganilgan.   Ammo,   Namozgoh 2 va Namozgoh 3 davriga   tegishli qabrlar
ko’plab ochilgan.Ta’kidlash joizki, mazkur mozorlarda       qabr  ashyoviy   dalillari
kam   uchratilgan.Topilgan   ashyolar   tarkibida     ayollar   tasviridagi   statuyetkalar
uchraydi.     Namozgoh   3   bosqichidan   boshlab     qabristonlarda   jamoaviy   mozorlar
uchray boshlaydi, xom g’ishtdan kvadrat va doira  shaklida  qurilgan  mavzoleylar
paydo bo’ladi. Bu mavzoleylar   urug’larga tegishli  mavzoleylar  bo’lishi  mumkin.
Ularga o’lik xar xil   vaqtda   qo’yilgan. V.M.Massonning   yozishicha, Qoratepada
Namozgoh   3   bosqichiga   oid     to’rtta   mavzoleyda   faqatgina     ayollar   jasadlari
uchragan 79
.     Bu   esa   ayollarga   nisbattan     hurmat   va   e’tiqodning     hali   ham   urug’
jamoasida   ustvor   ekanligidan     dalolat   beradi.   Eneolit     davri     yodgorliklaridan
topilgan   haykallarning   deyarli   barchasi     ayollar     mabudasi   bo’lib   hisoblanadi.
Faqat   Namozgoh   3   bosqichining     oxirlariga   kelib   yodgorliklar   tadqiqotida   onda-
sonda   erkaklar siymasidagi haykallar uchratilgan.  Bu faktlar hali eneolit  davrida
matriarxat   urug’doshlik   jamoasi     bo’lganligidan       guvohlik   bersa,   ikkinchi
tomondan   jamiyatda   erkaklarning   mavqyei   ham   o’sib   borganligini   ko’rsatadi.   Bu
juda muhim sosial o’zgarish hisoblanadi.
Oltintepa   yodgorligini   o’rganish   natijalari   yuqoridagi   belgilarni
barchasini   mavjudligini   aniqladi.   Shuning   uchun   xa m   O t i nt ep a   yo dg or l i gi ni
ar xe ol og l ar   Qa di m g i   S har q   shahar lari   xi li dagi   shahar   deb   at ashadi .
Ol ti nt epa   mada- niyati   taraqqiyoti   darajasini   Mesopatamiyadagi   Uruk   davri-
dagi   shahar   madaniyati   taraqqiyotiga   yaqin   deyishadi.   Oltin tepa
79
  Maссon В.M.   Aлтин-депe // Tруды ЮТАКЭ, т. 18.Ленинград, 1981, С.247;   Maссon В.M.Энеолит Средней
Азии  // Энеолит СССР.  Москва, 1982, С.296 .
53 yodgorligini   mozorlari   2   xil   bo’lib,   bir   xillari   bir   kishiga   mo’ljallangan
yolg’iz   mozor   bo’lsa,   ikkinchilari   max- sus   kam er a   t ur i dagi   kol l ekt i v
m ozor l ar dan   i bor at   edi .   O c h i l g a n   m o z o r l a r n i n g   x a m m a s i   t u r a r   j o y l a r
d o i r a s i d a ,   xona satxining taglarida joylashgan 8 0
.  
So’nggi   eneolit   bosqichiga   (mil.avv.   IVminginchi   yil   oxiri   –   III   minginchi
yil   boshlari)   kelib     Janubiy     Turkmaniston   sarhadlarida   aholi   jaylanishi   tizimida
o’zgarishlar   sodir   bo’lgan.   Havoning   quruqlashishi   natijasida     aholining   suv
irmoqlari bo’ylab migrasiyasi va o’rta hamda yirik o’lchamli qishloqlar   (Geoksur
1, Oltintepa, Hapuztepa, Ulug’tepa, Namozgohtepa, Qoratepa) atrofiga zichlashishi
kuzatiladi 81
.  Bu qishloqlarda bir-biriga zich holda havlisi bo’lgan 1-3 xonali turar-
joylar   qurilgan.   Havlilarda   jamoaning   donli   mahsulotlarini   saqlovchi
omborxonalari   joylashgan.   Oltintepa   va   Namozgohtepalarning   maydoni   sathi
kengayib 25-30 gektargacha yetgan. So’nggi eneolit bosqichi o’rtalariga kelganda
Geoksur   vodiysida   aholi   deyarli   qolmaydi.   Aholi   Tejen   daryosi   yuqori   qismiga
joylashadi   va   u   joylarda   Hapuztepa   kabi     yirik   qishloqlar   paydo   bo’ladi.
Namozgohtepa, Oltintepa, Hapuztepa, Ulug’tepa kabi eng yirik qishloqlar so’nggi
eneolit bosqichining oxiri-ilk bronza davrida (mil.avv.2800-2400 yillar) Kapettog’
yon bag’irlari va Tajan daryosi qadimgi vohasida joylashgan.
O’rta   Osiyoning     Yuqori   Zarafshon   vohasi   tog’   va   pasttekislik   chegarasida
tosh   xom   ashyosi   va   rudaga   ishlov   beruvchi   qadimiy   markaz   bo’lgan-Sarazm
yodgorligi   tadqiq   etilgan.Eneolit   va   bronza   davrlariga   oid   bo’lgan   mazkur
yodgorlik qadimgi Panjikent shaxridan 15 km g’arbda Zarafshon daryosining chap
qirg’og’idashu   nom   bilan   ataluvchi   qishloq   yaqinida   joylashgan.   Sarazm
yodgorligi   Tojikiston   Fanlar   Akademiyasi   Tarix   instituti   ilmiy   xodimi   A.   Isoqov
tomonidan   1976   yili   ochilib,   keyingi   yillarda   uzluksiz   tadqiqot   ishlari   amalga
oshirilgan 82
.   1983   yildan     Tojikiston   Fanlar   Akademiyasi   Tarix   instituti
(V.A.Ranov,   A.Isaqov)   va   CNRS   Fransiya   (J.K.Garden)   xalqaro   arxeologik
80
  Maссon В.M.  Aлтин-депe // Tруды ЮТАКЭ, т. 18.Ленинград, 1981, С.218.
81
  X лопин   И.Н.   Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург.  1997 , с.212.
82
Исаков А.И. Саразм . Душанбе, 1991, с.112.
54 ekspedisiyasi   qazilma   ishlarinidavom   ettirilgan   va   bu   tadqiqot   2010   yilgacha
davom etgan (R.Bezenvali). 2011 yildan   esa F. Bryune qazilma ishlarini amalga
oshirgan.
Dastlabki yillar ta dqiqotlar i  ko’rsatishicha, Sarazm makoni   mil.avv.IV ming
yillikning 2-yarmi-III ming yillikka oid bo’lgan ilk dehqonchilik markazi   bo’lgan.
Bu   xronologik     davr   eneolit   davrining   o’rta   bosqichi-ilk   bronza   davriga   to’g’ri
keladi.   Qazilma   materiallari   toshga   ishlov   berish,   sopol   hunarmandchiligi,
metallurgiya   va   qurilish   ishlari   rivoj   topganligini.   Makon   maydoni   sathi   kichik
tepaliklar   guruhi   ko’rinishiga   ega   bo’lib,     48   gektar   joyda   madaniyat   izlari
kuzatilgan.   17   gektar   maydon   sathida   2-3   metrgacha   qalinlikda   bo’lgan   madaniy
qatlam o’rganilgan. Ushbu madadaniy qatlamdan 4 ta xronologik jihatdan ketma-
ketlikda   bo’lgan   taraqqiyot   bosqichlari   ajratilgan.   Bu   bosqichlar   radiokarbon
analizlari   asosida   quyidagicha   sanalangan:   1-bosqich   mil.avv.   3400-3200   yil;   2-
bosqich   mil.avv.   3200-2900   yil;   3-bosqich   mil.avv.   2900-2700yil;   4-bosqich
mil.avv.   2700-2000   yil.Bundan   ko’rinib   turibdiki,   Sarazm   makoni   eneolit   davri
o’rta bosqichidan boshlab ilk bronza davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli
ekan.   Yaqin   yillarda   F.A.Razzoqov,   G.R.Karimovalar   tomonidan   amalga
oshirilgan   tadqiqotlar   natijasida   Sarazm   jamoalari   moddiy   madaniyatining   yangi
qirralari   oydinlashmoqda.     Xususan,   yangi   radiokarbon   analizlari   asosida   Sarazm
qishlog’i   mil.avv.   mil.avv.V   ming   yillikning   ikkinchi   yarmi-   IV   minginchi   yillik
boshlari   bilan   xronologik   jihatdan   sanalanib,     tadqiqotchilar   yodgorlikni
Namozgoh  2  vaqtiga to’g’ri kelishini ta’kidlashmoqda.
Makonda   qurilish-me’morchilik   ishlarining   rivojlanishini   turar-joylar   va
yirik   umum-jamoa   binolari   misolida   bilishimiz   mumkin.   Tadqiqotlar
ko’rsatishicha, makonda 4 qo’rilish taraqqiyoti bosqichi bo’lgan. Sarazm 1 qurilish
bosqichi   qishloqning   shakllanishi   jarayoni   bilan   bog’liq   bo’lib,   yonida   ingichka
o’lchamli dahlizlari bo’lgan 2-xonadan iborat bo’lgan uylarda odamlar yashashgan.
Ular   ba’zida   devor   to’siqlar   bilan   o’ralgan.   Sarazm   2   qurilish   bosqichiga   kelib,
odamlar   endi   ko’p   xonali   uylarda   yashay   boshlashgan.   Havlilari   bo’lgan   va
ko’chalar   orqali   bir-birlari   bilan   bo g’langan   uylardan   iborat   yashash   massivlari
55 paydo bo’lgan. Aylana shakldagi o’choq-mehroblari bo’lgan oilaviy ibodatxonalar
shakllangan.   Sig’inish,   topinish   va   ibodat   qilish   bilan   bog’liq   bo’lgan   2   ta   bino
qoldig’i   topib   o’rganilgan.   Ularning   biri   markaziy   qismida   mehrobi   bo’lgan   va
devorlari   qizil   rang   bilan   bo’yalgan   bino   va   ikkinchisi   aylana   shakldagi   bino
bo’lgan.   Sarazm   3   qurilish   bosqichiga   kelib,   umum   jamoaviy   diniy   urf   –odatlar,
sig’inish,   topinish   ishlari   amalga   oshiriladigan   monumental   imoratlar   kurila
boshlandi. Ko’p xonali aholi yashaydigan uylar ko’payadi, ularning hovlilari ham
kengayadi.Uylarni   bog’lovchi   ko’chalar   ham   tizimlashgan.Sarazm   4   qurilish
bosqichiga   kelib,   makonda   aholi   soni   kamayganligi   holati   kuzatiladi.   Yashash
uylari chaylasimon ko’rinish olib, bu haqda yer sathidan suyri shakldagi uy-joylar
hamda   uylardan   topilgan   ustunlar   qoldiqlari   ma’lumot   beradi.   Uylar   aholi
vaqtinchalik   yashaydigan   xarakter   kasb   etadi.   Xullas,   Sarazm   makoni   to’rttala
rivojlanish   bosqichlaridagi   imoratlarning   4   ta   tipi   bo’lganligi   aniqlangan:   turar-
joylar,   xo’jalik   ishlari   bilan   boo’liq   bo’lgan   imoratlar,   diniy   e’tiqod   ahamiyatiga
ega bo’lgan inshoatlar va jamoaviy-ma’muriy ahamiyatga molik binolar.
Mutaxassislar   ta’kidlashicha,   Sarazm   eneolit   davri   qurilishining   xarakterli
jihati   bir   tomondan     janub   o’troq   dehqonchilik   jamoalari   qurilish   an’analarini,
ikkinchi   tomondan   mahalliy   neolit   jamoalari   qurilishi   an’analarini
o’ zida mujassamlashtirgani bilan izohlanadi. 
III.2.   O’ rta   Osi yo   miqyosida     bronza   davri   jamoalarining   moddiy
madaniyati,  diniy tasavvurlar i  va dafn bilan bogli q  urf-odatlar i  masalasi.
O’rta   Osiyo   sarhadlarida   kishilik   tarixi   eneolit   davri   jamoalariga   tegishli
madaniyat kam o’rganilgan. Bu holat mis rudasining mazkur mintaqada bir zaylda
uchramasligidan   kelib   chiqib   mutaxassislar   tomonidan   tushuntiriladi.
Tadqiqotlardan   ma’lumki,     ibtidoiy   odamlar   doimiy   ravishda   o’z   turmushlarini
yaxshilashga   intilib   mehnat   qilishgan.   O’zlari   yashab   turgan   joyning   tabiati
sirlarini bilishga harakat qilishgan, mehnat jarayonida to’plagan tajribalari va bilim
ko’nikmalarini   ishgasolib   ixtiro,   kashfiyotlar   qilishganki,   bular   o’sha   davr   uchun
o’ziga   xos   mazmun   kasb   etuvchi   innovasiyalar   edi.   Shunday   ixtirolardan   biri
misga   qalayni   qo’shib   bronzani   kashf   qilinishi   hisoblanadi.   Eneolit   davri
56 metallurglari   vaqt   o’tishi   bilan   qalayni   misga   qorishtirib,   bronza   olishni   yo’lga
qo’ydilar.   Ma’lumki,   bronza   egiluvchan   va   mustahkam   metall   bo’lib   chiqdi.   Shu
bois qisqa davr ichida bronza ibtidoiy davr xo’jalik hayotning turli sohalariga kirib
bordi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tuta boshlagan.
Xuddi   shu   metallning   ishlab   chiqarishda     qo’llanila   boshlashi   jamiyat   ijtimoiy-
iqtisodiy   taraqqiyotida,   ishlab   chiqarish   kuchlari   ,   vositalarida     muhim,   tub
o’zgarishlarga olib kelgan.
Bronzaning   kashf   qilinishi   natijasida   iqtisodiyotning   barcha   sohalarida
mehnat unumdorligi  oshdi, ehtiyojdan ortiqcha mahsulot paydo bo’ldi. Bronzadan
nafaqat mehnat qurollari yasalgan, balki turli bezaklar, uy-xo’jalik buyumlari ham
yasalib,   shuningdek   harbiy   qurol-aslahalar   yasaydigan   maxsus   temirchilik,
zargarlik   ustaxonalari   vujudga   keldi,harbiy   qurollarning   xilma-xilligi   va
jangavorligi   ortdi.   Hunarmandchilikning   ixtisoslashuvi   ro’y   berdiki,   natijada
viloyatlararo   iqtisodiy   tovar   ayraboshlash   ancha   kuchaydi,   madaniy   viloyatlarni
iqtisodiy jihatdan bog’lab turuvchi tabiiy aloqa yo’llari, tronsport vositalari paydo
bo’ldi.   Quruqlikdagi   transport   sifatida   hayvon   kuchidan   (ot,   qaromol)keng
foydalanish   boshlandi.   Hayvonlar   qo’shilgan   g’ildirakli   aravalar   vujudga   keldi.
Xullas,   metallning   kashf   etilishi   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyot   jarayoni   ilk
shaharsozlik   –   urbonik   sivilizasiyaning   vujudga   kelishiga     tarixiy   shart-sharoit
yaratdi.Ammo   mehnat   qurollari   ishlab   chiqarish   uchun   bironza   nodir   va   kamchil
metall   bo’lib  qolaverdi.  Shuning  uchun  ham   mehnat  qurollarini  tayyorlash  uchun
avvalgidek tosh va yog’ochlardan keng foydalanildi. Bronza faqat temirning kashf
qilinishi   va   xo’jalikda   foydalanishga   kirishilishi   tufayli   turmushdan   siqib
chiqarilishiga olib kelgan.
Bronza   davri   ijtimoiy   tuzumi   masalasiga   kelganimizda,   urug’chilik   tuzumi
bo’lganligi,   lekin   uning   so’nggi   bosqichlarida   urg’chilikning   ijtimoiy   tamoyillari
buzila   boshlaganini   ko’ramiz.   Bronza   davrining   har   ikki   xo’jalik,   ya’ni   dasht
chorvadorlari   va   qadimgi   o’troq   dehqonchilik   madaniyati   sohiblari   yashayotgan
hududlarda     migrasion   jarayonlar,   qabila   va   urug’   jamoalarining   bir-birlariga
57 yaqinlashish,   iqtisodiy,   etnomadaniy   qorishuvlar   ro’y   beradi.     Jamoada     katta
patriarxal   oila   doirasida   monogomik   nikox,   juft   oila   tarkib   topadi.       Monogomik
oila yerga, chorvaga, savdoga  xususiy egalik qilish tartibini keltirib chiqaradi. Juft
oilalar   o’zlashtirgan   yerlarning   sohiblari   bo’lishadi   va   shu   tariqa   yerga   nisbatan
xususiy mulkchilik  mexanizmi yuzaga keladi, mulkiy tabaqalanish shakllanadi. 
Bronza   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqotida   diniy   e’tiqod,
sig’ininish,   topinish   va   dafn   bilan   bog’liq   bo’lgan   ko’plab   arxeologik   ashyolar,
ma’lumotlar   qo’lga   kiritilgan.   Tadqiqotchilar   ko’rsatishicha,   bronza   davri   ilk
bosqichlarida   odamlarni   dafn   qilish   urf-odatlari   Namazgoh   IV     va     V   davrlarida
xuddi   eneolit   jamoalarinikidek   bo’lib   qolavergan.   Katta   yoshdagilar   qishloq
hududiga ko’milgan. Yosh bolalar devor tagiga yoki  yashash uylarning bo’sag’asi
taglariga     dafn   etilgan.   Qabrlar   bir   kishilik   bo’lib,   mayitlar   g’ujanak   holatda   va
turli yo’nalishda ko’milgan. Mayitning yoniga qo’yilgan narsa-predmetlar juda oz
bo’lgan,   ya’ni     bir   dona   sopol   idish   qo’yilgan.   Namozgoh     VI   davridan   boshlab,
qabr ichi qo’yilgan narsalarga boy bo’lgan.
Janubiy-G’arbiy   Turkmaniston   Sumbar   vohasida   I.N.Xlopin   tomonidan
paleometall   davriga   oid   yodgorliklarning   tadqiqoti   natijalari   O’rta   Osiyo   janubiy
sarhadlari arxeologiyasi rivojida muhim ahamiyat kasb etdi 83
. Parxay 1, 2, Sumbar
1,   2   va     boshqa   yodgorliklar   tadqiqotida   qo’lga   kiritilgan     materiallar   asosida
Sumbar   madaniyati   ajratilgan   va   paleometall   davri   yodgoliklarining   xronologik
klassifikasiyasi   ishlab   chiqilgan.   Bu   yodgorliklar   qabriston   yodgorliklari
hisoblanib, dafn bilan bog’liq ma’lumotlar va qabrdan topilgan   narsa-predmetlari
asosida   7   ta   xronologik   jihatdan   ketma-ketlikdagi   rivojlanish   bosqichlari
kompleksi aniqlandi (eneolit- ilk temir asri; mil avv. V- I minginchi yillar). Hozirgi
kunga qadar xronologik ketma-ketlikdagi 6 ta bosqich to’liq urganilgan.   Janubiy-
G’arbiy Turkmaniston- 1-6. JG’T-1 bosqichi so’nggi bronza davriga to’g’ri keladi.
Sumbar   madaniyatining   asosiy   yodgorliklaridan   biri     Parxay   2     qabristoni
hisoblanadi.     Qabriston   Krasnovodsk   viloyati   Qora-ko’l   tumanida   joylashgan.
Balandligi   chamasi   10   metrlar   bo’lgan   tepalik   ko’rinishidagi   bu   yodgorlikning
83
  X лопин   И.Н.   Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург.  1997 , с.212.
58 maydoni   2   gektargacha   bo’lgan.     Qabristondagi   mozorlar   turli   tarixiy   davrlarga
taalluqli   bo’lib,   ular   asosan   xonali   jamoaviy     ko’milgan   va     katakoblidir.
Tadqiqotchi  I.N. Xlopinning yozishicha, jamoaviy qo’yindi  joylar   yarim  yer  osti
ko’rinishli bo’lib,  ularga yon tomonidan kirilgan. Ularning diametri 2,2-2,3 metrli
o’lchamda   bo’lgan,   vertikal   devorli   va   chuqurligi   90-130   santimetrgacha   yetgan.
Ko’pincha bu qo’yindi joylarga yon tomondagi nisbatan kichikroq o’lchamli xona
orqali   ham   kirilgan.   Ular   ikkalasi   tosh   yoki   g’isht   qalanib,   bir-birlaridan   ajralib
turgan.   Bu   kirish   joyi   mayit   qo’yilgach   tuproq   bilan   ko’mib   tashlangan.
Navbatdagi   mayit   qo’yilishida   chuqurlikdan   tuproq   qayta   olinib,   kirish   yo’lak
ochilgan.   Demak,     mayit   qo’yilgan   qo’yindi   joyiga   tuproq   tushmagan.   Mayitlar
g’ujanak   holatda   bo’lib,   erkaklar     chap   biqini   bilan,   ayollar   esa   o’ng   biqini   bilan
yotqizilgan.   Tadqiqotchining   ko’rsatishicha,   qo’yindi   joy,   ya’ni   xona   mayitlar
bilan   to’lgach,   eti   qochgan   mayit   suyaklari   bir   chetga   surilib,   qo’yiladigan   mayit
uchun   joy   bo’shatilgan.   Mayitlar   suyaklarining   in   situ   holati   buzilgan.   Ba’zi
holatlarda   bu   xonalarga   70   tagacha   mayitlar   qo’yilgani   aniqlangan.
Bunday   jamoaviy   dafn   etishlar   eneolit   va   ilk   bronza   davrlariga   xos
bo’lgan ( JG’T- VI-IV).
O’rta   Osiyo   hududi   bronza   davri   jamoalarining   diniy   e’tiqodi,
sig’inishi,topinishi   va   dafn   bilan   bog’liq   urf-odatlarni   o’rganishda   vatanimizning
janubiy   sarhadida   o’rganilgan   Sopolli   yodgorligi   qazilmalaridan   muhim
ma’lumotlar   qo’lga   kiritilgan 84
.   Tadqiqotchilar   ko’rsatishicha,   Sopollitepa   aholisi
dunyodan   o’tgan   urug’doshlarini   dastlab   o’zlari   yashagan   uy-joy   xonalari   poli
ostiga,   ayollarni   ko’p   hollarda   o’choq   qarshisiga,   erkaklarni   esa   xonaga   kirish
eshigi   ostonasi     oldiga,   mudofaa   va   xona   devorlari   ostiga   ko’mganlar.   Keyinroq
har bir kvartal doirasida alohida jamoa xilxonalari (qabristonlari) paydo bo’lgan. 
Sopollitepa   qabrlari   yodgorlik   hududiy   doirasida   joylashganligi   tufayli,
topilgan 138 ta qabrlar buzilmagan, ularga qo’yilgan barcha artefaktlar to’laligicha
84
  Аскаров   А.А.,   Сополлитепа .   Изд.     «Фан»Ташкент,   1972,   С.183.   Аскаров   А.А.   Древнеземледельческая
культура   бронзы   Юга   Узбекистана .   Изд.     «Фан»Ташкент,   Taшкент.   1977,   С.289.   Аскаров   А.А .,   Абдуллаев
Б.Джаркутан . Изд.  «Фан»Ташкент, 1983,С. 271.
59 saqlangan.   Qabrlar   asosan   ayvonli   lahat   tuzilishida   bo’lib,   qabrlarning   ayvoni
doimo   sharqda,   uning   g’arbiy   devori   ostida   esa,   lahatga   kiruvchi   teshigi   bo’lib,
lahatga   kirish   teshigi   somon   qo’shilgan   dev   xomg’ishtlar   bilan   berkitilgan.   Lahat
kamerasining  to’risiga  murdalar   yotqizilgan.  Qabr  lahatining  ayvon  tomoniga  esa
sopol   idishlarda   turli   xil   ovqatlar,   mayitga   tegishli   shaxsiy   buyumlar,   mehnat   va
uy-ro’zg’or   asboblari,   aniqrog’i   hayotlik   davridagi   kasb-qoriga,   jinsiga   tegishli
buyumlar   qo’yilgan   Sopollitepa     mozorlarining     orasida   2-3   tadan   to   50   tagacha
predmetlar     uchraydi.   Bu   predmetlarning     aksariyati     xilma-xil   sopol   idishlardir.
Qabrga   erkaklar   o’ng   biqini,   ayollar   esa   chap   biqini     bilan   yotqizilgan,   oyoq-
qo’llari esa g’ujanak holda.   Shunday odat bolalarga ham, ularning   jinsiga qarab
qo’llanilgan.   Odatda   yosh   bola     mozorlarida     sopol   idishlar     juda   kam,   o’smirlar
qabrida     idishlarning     soni   5-6   va   ba’zilarida     10   dan   ortiq     uchraydi.   Balog’ot
yoshidagi   o’rta   va   keksa   yoshli   odam     mozorlarida     esa   qabr     inventari     ko’p.
Masalan,     erkaklar   qabrida     o’rtacha   10-15   tadan,   ayollar   mozorida     esa   undan
ham ortiq.  Mozorlarda   bronzadan     ishlangan   turli     xil     taqinchoqlar,   ishlab
chiqarish     mehnat   qurollari,   urug’   jamoasi   diniy   e’tiqodlari   bilan   bog’liq   bo’lgan
tumor-muhrlar,   qimmatbaho     toshlardan   yasalgan   xilma-xil     munchoqla,   oltin
munchoqlar,   kumush   halqa   va   bilakuzuklar,   erkaklar   mozorlarining     ba’zilari
chaqmoqtoshdan ishlangan   paykonlar,   bronza oybolta, pichoq, mitti tesha, bolta
va   boshqalar,   ayollar   qabrida   urchuq   tosh,   bronza     surmadonlari,   surmatosh,
to’qimachilik     bigizlari,   hayvon   sur’atlari   va   boshqa     shakllar   bilan     bezatilgan
bronza  to’g’nog’ichlar, dastali va dastasiz jez oynalari, igna, bigiz, mitti kurakcha
va boshqalar   qo’yilgan. Ba’zi bir  yaxshi saqlangan  mozorlarda   lux va bug’doy,
arpa   poyasidan     to’qilgan   savatchalar,   teridan,   yog’ochdan   ishlangan   idishlar,
marmar   toshdan     yo’nilgan     xurmachalar   topilgan.   Shu   bois,   mutaxassislarning
ko’rsatishicha,   qabrlardagi   ashyoviy   dalillarning   tarkibiga   qarab,   marhumning
duradgor   usta,   mato   to’quvchi,   kulol,   podachi,   ovchi,   ziroatchi,   jangchi,   tabib,
chilangar,   doya,   mubod   (kohin)   ekanligini   aniqlash   mumkin   bo’ladi.   Ba’zi
qabrlarda   bedarak   yo’qolgan   jamoa   a’zosining   ruhi   ko’milgan.   U   holda   qabrga
bedarak yo’qolgan shaxsning sxematik haykalchasi (loy, matodan yasalgan figura)
60 yoki   o’ziga   to’qroq,   oila,   urug’   va   aymoq,   qabila   yetakchisi   bo’lsa,   uning   jasadi
o’rniga qo’y yoki echki ko’milgan 85
. Bunday qabrlar fanda “kenotaf” deb atalgan.
Kenotaf   qabrlarda   lahatga   qo’yilgan   ashyoviy   dalillar   faqat   dafn   marosimiga
qatnashgan urug’doshlar tomonidan sopol idishlarda keltirilgan ovqatlardan iborat
bo’lgan. Shu bois, kenotaf qabrlarda sopol idishlardan boshqa hyech bir ashyoviy
dalil   deyarli   uchramaydi.Qabrlardan   topilgan   ashyoviy   dalillarning   ko’pligi   yoki
kamligi,   ularning   hayotlik   davridagi   jamoada   tutgan   o’rni   va   mavqyeidan   darak
beradi.  
                Sopollitepa   aholisi   otashparastlar   bo’lgan.   Olov   ularda   asosiy   sig’inish,
topinish   obyekti   bo’lgan.   Zardushtiylikda   (uning   ildizi   otashparastlikda)   olov
qatorida   yer,   ona   zamin   muqaddas   bo’lgani   bois,   otashparast   kohinlar   murdasi
dastlab   xumlarga   solib   ko’milgan.   Ularning   farzandlari   esa,   xumchalarga   solib
ko’milgan.
                 Sopollitepa  davrida  totemizm, animizm,  magiya  kabi  totemlarga sig’inish
uchramaydi.   Ammo,   ularning   toshga,   terrakota   va   metallga   ishlangan   siymolari
(shakli-shamoyili) tumor, tosh munchoq naqshlari, katta patriarxal oila va qishloq
sardorining   muhrlarida   ramziy   ma’noda   uchraydi.   Masalan,   Sopollitepada   ilon,
burgut,   tuya,  to’qay   mushugi,   arxar,  tog’   takasi,   yo’lbars,   to’ng’iz  kabi   jonzotlar,
turli   xil   giyohlar   tumor   va   jamoa  muhrlarida   keng   aks   etgan.   Sopollitepada   hatto
8ta   urug’   jamoasini   birlashtiruvchi   bronzadan   ishlangan   qishloq   jamoasining
muhri-tumori   topilgan   (Rasm   5-1).   Uning   bir   tomonida   4   xil   ilon   tasvirlansa,
ikkinchi tomoniga 4 ta yovvoyi hayvon (to’ng’iz, yo’lbars, to’qay mushugi va tog’
takasi)   surati   tushirilgan.   Sopollitepa   topilmalari   orasida     giltoshdan   ishlangan
tumorlar   uchraydi.   Uning   yuz   tomonida   odam   surati,   orqa   tomonida   esa   ikki
urkachli baqtriana tuyasi aksi tushirilgan. Bu tumorda Zardusht va u bilan bog’liq
baqtriana tuyasining ramzi aks etgan.
Sopollitepa     qishloq-qo’rg’onini     o’rganish   asosida,   har   bir   kvartal   bir
patriarxal   urug’     jamoasiga     doir   bo’lib,   ularning   har   biri     bir   nechtadan   juft   oila
xo’jalik  komplekslaridan   iborat bo’lgan, deyish mumkin 86
. Qishloq-qo’rg’onning
85
 Аскаров А.А.,  Сополлитепа . Изд.  «Фан»Ташкент, 1972, С.122.
86
 Аскаров А.А.,  Сополлитепа . Изд.  «Фан»Ташкент, 1972, С.141.
61 8ta kvartalga bo’linishi sopollitepaliklarning  ishlab chiqarish jamoalar  uyushmasi
8   urug’dan   iborat   ekanligini   ko’rsatadi.     Har   bir   urug’ning     o’z   o’tog’asi-urug’
boshlig’i   bo’lgan.   Qabrlardan     topilgan     predmetlarga     qaraganda,   urug’
jamoalarini  boshqarishda  hali ayollarning  mavqyei  katta bo’lgan. Garchi  ishlab
chiqarish     jamoalari     boyligini     yaratishda   va     xo’jalik     boshlig’i   sifatida
erkaklarning     roli   katta     bo’lgani     holda,   ayollar     hali   jamiyat     yumushlaridan
chetlatilmagan.   Ular   iqtisodiy     ijtimoiy     hayotda   o’z     o’rnini     erkaklarga
allaqachon bo’shatib  bergan  bo’lsa-da, ayollarning  an’anaviy obro’yi, jamoadagi
mavqyei     hali     kuchli   edi.     Bu   manzara,   ayniqsa   mozor   komplekslari     misolida
yorqin  ko’rinadi.  Masalan, Sopollitepada  har bir  mahalla  xilxonasida  boy ayol
mozorlari ochildi.  Bu mozorlarda, albatta, bronza  yoki  toshdan  yasalgan  tumor-
muhrlar  bo’lib, ular  urug’  totemllari  haqidagi  diniy  tasavvurlarning  namunasi
edi. Bunday  muhrlar  Sopollitepada  faqat  ayol  qabridan chiqqan.
Jarqo’ton   yodgorligi   Sherobod   daryosining   quyi   irmog’i-Bo’stonsoyda
joylashgan.Yodgorlikda asosan A.Asqarov, B.Abdullayevlar tadqiqot ishlarini olib
borishgan. Xususan, B.Abdullayev 1974-1977 yillarda qazilma ishlarini o’tkazgan.
3   ta   arxeologik  kompleksga   ega   bo’lgan   719 ta   mozor  ochib o’rganilgan.
Bu   yodgorliklar   materiallari   asosida     ularning   quyidagicha   xronologik     davriy
sistemasi     ishlab   chiqilgan:     Sopolli,   Jarqo’ton,   Ko’zali,   Mo’lali,   Bo’ston.
Jarqo’ton yodgorligida tadqiqot ishlarini amalga oshirgan 87
.  
Jarqo’ton   shahristoni.   Jarqo’tonning   shahriston   deb   atalgan   qismi   Arki
a’lodan   janubga   tomon   cho’zilib   ketgan   15   ga   yaqin   tepaliklardan   iborat.
Shulardan 6 tasida katta va kichik xajmdagi qazishmalar o’tkazilgan. Ayniqsa, №5
va №6 tepalar qazilmalarining natijalari sermahsul bo’lgan.
Tepa  №5   tub  ma’nodagi   turor-joy massivi  bo’lib chiqdi.  50 gayaqin  xonalar
va   ularning   poli   ostidan,   xonalarga   kirish   eshiklari   ostonasi   ostidan,   ayrim
xonalarning   devorlari   ostidan     qabrlar   ochildi.     Ochilgan   qabrlar   Sopolli
87
  Аскаров А.А.  Древнеземледельческая культура бронзы Юга Узбекистана . Изд.  «Фан»Ташкент, Taшкент.
1977, С.289. Аскаров А.А ., Абдуллаев Б.Джаркутан . Изд.  «Фан»Ташкент, 1983,С. 271.
62 madaniyatining   jarqo’ton   bosqichiga   tegishli   bo’lib,     dastlab   Jarqo’ton   ilk
shahrining shimoliy-g’arbiy qismi o’zlashtirilganligi aniqlandi.
A.Asqarovning   yoshicha,     islom   diniga   qadar   aholining   mavjud   an’anaviy
urf-odat   va   udumlariga   ko’ra,   vafot   etgan   kimsani   kafan   bilan   emas,   balki   uning
hayotlik chog’ida kiyadirgan bayramona kiyim-boshlari va kasbi-kori bilan bog’lik
mehnat   qurollari   bilan   ko’shib   ko’mish   odati   bo’lgan 88
.       Qabila   oqsaqoli     50
yoshlardagi erkak bo’lib, u o’ng yoni bilan oyoqlari bukilgan holda g’ujanak qilib
yotqizilgan.   Uning   quloq   bo’shlig’ida   bronza   halqa,   iyagi   yaqinida   hukmdorlik
belgisi-ASO   (jezl)   ning   zo’g’atali   bronza   nishoni   (zo’g’atada   uning   yog’och
dastasidan parcha saqlangan), uning yaqinida 6 ta buyum (bir bo’lak lazurit tosh, 3
ta tosh qayroqchalar, bronzadan ishlangan porma va bolg’acha) bir joyda jam edi.
Ulardan sal  narida  bronza  xanjar  va  bronza kosa,   marhumning  oyoq tomonini  30
dan   ortiq   turli   xil   sopol   idishlardan   tashqari,   2   ta   bronza   kosa,   surmadon   va   2   ta
to’g’nog’ich   egallagan   edi.   Qabr   ashyolarining   tarkibi   uning   hayotlik   chog’ida
professional   zargar   va   metallurg   bo’lganligidan   dalolat   beradi.   Chunki,   qabr
ayvonidan 3 ta arxeologik butun tigel- qozon parchalari topilib, ular ushbu qabrga
aloqador o’spirin mozoriga, sardor shogirdiga tegishli bo’lgan.
Sopolli madaniyati   jamoalarining   ijtimoiy   tuzumi     masalasida   patriarxal
urug’ning   rivojlanishi,   ishlab   chiqarish   kuchlarining   o’sishi   bilan   katta   jamoa
a’zolarining boylik orttirishlari uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan. Qabrlardan
topilgan   buyumlar   nisbatiga   qarab   dastlabki   mulkiy   tabaqalanish   boshlanganini
ko’ramiz.   Qabrlardan   sopol   idishlardan   tashqari,   metall   qurollari,   zeb-ziynatlar
topilgan. Katta patriarxal oilalarga mansub bronza tamg’alari topilgan.
Quyi   Amudaryo   Xorazm   hududida   bronza   davri   jamoalariga   tegishli   dafn
bilan   bog’liq   urf-odatlar   Tozabag’yob,   Suvyorg’on   madaniyati   yodgorliklari
qazilmalarida   qo’lga   kiritilgan.   Qadimgi   Xorazmning   Tozabog’yob   kanali
zonasida   tarqalgan   bu   qadimgi   madaniyat   izlarini   1938   yili   S.P.Tolstov   aniqlab,
88
Аскаров А.А.   Древнеземледельческая культура бронзы Юга Узбекистана . Изд.   «Фан»Ташкент, Taшкент.
1977, С.289.
63 uni   Tozabog’yob   madaniyati   deb   nomlagan.   Keyingi     yillar   davomida
Tozabog’yob   madaniyati   materiallariga   o’xshash,   ani qrog’i   Andronov   madaniy-
tarixiy   birligiga   oid   bronza   davri   makonlari   va   qabristonlari   Q uyi   Zarafshon   va
Quyi Qashqadaryo havzalarida, Toshkent vohasinin , Tojikiston, Surxonning   adirli
zonasi rayonlarida, Farg’ona vodiysida keng tarqalganligi aniqlandi. Ana shu cho’l
zonasi   qabilalari   madaniyati   S.P.Tolstov   va   M.A.Itina   Tozabog’yob   madaniyati
deb atasa,  Farg’ona vodiysi  yodgorliklarini  B.A.Litvinskiy Qayroqum  madaniyati
deb   ataydi.   A.Asqarov   esa   cho’l   zonasi   bronza   davri   yodgorliklarini   Andronova
madaniyatining   Tozabog’yob   varianti,   Yu.A.Zadneprovskiy,   N.G.   Gorbunova   va
boshqalar esa Andronova yodgorliklari deb ata shgan . 
Tozabog’yob   yodgorliklari,   ayniqsa   Amudaryoning   Oqchadaryo   etaklarida
keng   tarqalgan.   M.A.Itina   hisobiga   ko’ra,   200   ga   yaqin   Tozabog’yob   madaniyati
makonlari topilgan 89
.Tozabog’yobliklar huddi Zarafshonning Zamonbobo, qo’shni
Suvyorgan   qabilalari   singari   Oqchadaryoning   quyi   oqimida   toshqin   suvlaridan
hosil   bo’lgan   ko’l   va   ko’lmaklar   atrofida,   zahob   yerlarida   dehqonchilik   qilib,
atrofdagi keng yaylovlarda o’z chorvalarini  boqqanlar.
M.A.Itina   Tozabog’yob   madaniyatiga   oid   ko’pgina   makonlarda   arxeologik
qazishmalar   olib   borib,   tozabog’yobliklarning   yarim   yerto’la   va   chaylalarda
yashaganligi,   ularning   de h qonchilik   xo’jaligi   tez-tez   o’z   o’zanini   o’zgartirib
turadigan  daryolar  suvi bilan bog’liq ekanligi va nihoyat shu tufayli  ular muqim
o’troq   xayot   kechira   olmay,   balki   toshqin   suvlarning   o’zgaruvchanligiga   qarab,
tez-tez   ko’chib   yurganliklari   haqida   ma’lumot   beradi.   Anqa-5,   Qavat-3
makonlaridan   jamoalarning   moddiy   madaniyati   xususida   materiallar   qo’lga
kiritilgan.   Tozabog’yob   makonlaridan   yarim   yerto’la   tipidagi   kulbalar   ochilgan.
Ular   to’g’ri   to’tburchak   shaklida   bo’lib,   ularning   o’rtacha   maydoni   120-180   m²
gacha   boradi.   Ularning   markazida   o’choq   joylashgan.   Xo’jalik   chuqurchalari,
gul x anlar qoldiqlari, turli arxeologik materiallar  kulba devorlari  bo’ylab topilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, b unday kulbalar bitta juft oila uchun emas, balki bir
89
 Итина  M . A . История степных племен Южного Приаралья   III -начало  II  тыс до н.э. Москва, 1977, С.219.
64 urug’ jamoasi a’zolarini birlashtirgan patriarxal oilaga mo’ljallangan. Tozabog’yob
madaniyatiga   tegishli   Ko’kcha-3   qabristoni   1954   yili   Ko’kcha   tog’idan   6-7
kilometrlar   chamasi   janubiy-g’arbda,   Sulton   Uvays   tizmalarining   sharqiy
chekkasida   n   topib   o’rganildi.   Qabriston   maydonidan   100   dan   ortiq   mozorlar
borligi   aniqlangan.   1954-1955   yillar   maboynida   74   ta   mozor   tekshirilib,   ulardan
yakka tartibda, juft holda dafn etilgan mayitlar topilgan 90
.  Ayollar bilan bolalarni,
erkak va  ayolni  birgalikda  dafn  etish  holatlari   kuzatilgan.  Mayitlar     oyoq-qo’llari
buklangan holda o’ng yoki  chap biqini  bilan ko’milgan. Bosh  qismi  g’arb tomon
yo’naltirilgan.   Mayitlar   yonidan   sopol   idishlar,   bronzadan   yasalgan   mehnat
qurollari, qurol-yarog’lar, zeb-ziynat, taqinchoqlar topilgan.
Zarafshon   vohasi   bronza   davri   jamoalarining   dafn   bilan   bog’liq
ma’lumotlari.   Vatanimiz   sarhadlari   bronza   davri   jamoalarining   moddiy
madaniyatini o’rganishda Quyi Zarafshon vohasi va  uning qadimiy o’zani bo’lgan
Ho’jayli     hamda     Zamonbobo   ko’li   atroflarida   tadqiq   etilgan   Zamonbobo
madaniyatining ham alohida o’rni bor. Ushbu madaniyat yodgorliklari bu joylarda
Ya.G’ulomov boshchiligidagi  O’zR FA tarix institutining O’zbekiston arxeologik
ekspedisiyasi   xodimlari   tomonidan   1950-1953   yillarda   topib   o’rganilgan 91
.
Yodgorliklar orasida nisbatan mukammalroq qazishma ishlari amalga oshirilgan va
qiziqarli   arxeologik   manbalar,   ma’lumotlar   qo’lga   kiritilgani   Zamonbobo   mozor
yodgorligi   hisoblanadi.   Bu   yodgorlikning   maydoni   sathi   chamasi   100-150   metr
kvadratlardan   iborat   bo’lib,   undan   yarim   yerto’la   shaklida   va   yer   sathiga   karkas
usulda   chaylasimon   ko’rinishli   qurilgan   turar-joylar   qoldiqlari   topilgan.
Yerto’lalarning   ichki   qismidan   ustunlar   o’rnatilgan   joylarning   diametri   14-16
santimetr bo’lgan chuqurchalar izlari, somonli loy bilan shuvalgan xo’jalik o’ralar
hamda o’choqlar qoldiqlari topilgan. Yer sathiga qurilgan turar-joylar chaylasimon
ko’rinishli, karkas usulda qurilgan bo’lib, usti qamish bilan yopilgani aniqlangan.
Turar-joy yonidan kulolchilik xumdoni o’rganilgan. Tadqiqotchilar ko’rsatishicha,
90
   Итина  M . A . История степных племен Южного Приаралья   III -начало  II  тыс до н.э. Москва, 1977, С.123.
91
  Гулямов   Я.Г.,   Исламов   У.И.,Аскаров   А.А.   Первобытная   культура   и   возникновение   орашаемого
земледелия в низовьях Зарафшана.Тошкент, 1966, с.111-143.
65 makon ko’p madaniy qatlamli bo’lib, bo’yalgan sopollar asosida makonda dastlab
eneolit   jamoalari   yashagan   bo’lishi   mumkin.   Shuningdek,   tadqiqotda   odamlar
gohida   Hujayli   daryosi   toshqinlari   tufayli   makonni   ma’lum   muddat   tashlab
chiqishganligi faktlari ham  aniqlangan. Makon atrofi madaniy qatlamdan tashqari
yer   sathidan   yig’ib   olingan   sopollar   asosida   bu   joyda   andronov-tozabog’yob
madaniy-tarixiy birligi sohiblari ham yashashganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Zamonbobo   makoni   yonidan   mozor   topib   o’rganilgan.   Ochilgan   44   ta
qabrning   barchasining   tuzilishi   alohida   lahadli   (katakomba)   shakliga   ega.
Ya.G’ulomovning ta’kidlashicha oddiy chuqur ko’rinishli qabrlar ham mavjud. Bu
ko’rinishli   qabrlarni   A.Asqarov   tabiiy   kuchlar   ta’sirida   katakomba   qabrining
buzilishidan   qalgan   qismi   deb   tahlil   etadi 92
.   Qabrlarda   yakka   va   juft   holatda
mayitlarning   qo’yilganligi   kuzatiladi   (28   ta   yakka,   7   ta   juft   qo’yilgan   mayitlar
aniqlangan).   Mayitlar   bukchaytirilgan   holda   yon   tomoni   bilan   boshlari   sharq,
shimoliy-sharq, ba’zan shimolga qaratib dafn qilingan. Ko’pincha mayitning bosh
tomonidan   sopol   idishlar   topilgan.   Shuningdan,   qabrlardan   chaqmoqtoshdan
yasalgan   o’q-yoy   uchlari,   qadama   qurollar   ham   topilgan.   Ayollar   qabridan
surmadonlar, kichik mis kurakchalar munchoqlar, to’g’nog’ich, mis kuzgusi, bigiz
kabilar   topilgan.   Ba’zi   qabrlardan   mayda   o’lchamli   sopol   haykalchalar,
o’g’irtoshlar,   ko’mirga   aylangan   o’simliklar   doni,   quy-echkilarning   suyak
qoldiqlari uchratilgan.  
O’rta   Zarafshon   vohasi   bronza   davri   jamoalarining   moddiy   madaniyati
A.Asqarov   va   N.Avanesovalar   tomonidan   tadqiq   etilgan.   N.   Avanesovaning
yozishicha,   Chakka,   Siyob,   Say-G’us,   Mo’minobod   mozor,   qabr   yodgorliklari
mil.avv.   XX-XIV   asrlar   bilan   sanalanadi 93
.   Ayol   kishilarga   tegishli   qabr   ochib
ko’rilganda,   mayit   bosh   kiyimi   va   ustki   kiyimlari   bilan   ko’milgani   aniqlangan.
Kiyimlarga   munchoqlar   qalin   va   tartib   bilan   qadalgan   bo’lgan.Qabrlarda
92
  Гулямов   Я.Г.,   Исламов   У.И.,Аскаров   А.А.   Первобытная   культура   и   возникновение   орашаемого
земледелия в низовьях Зарафшана.Тошкент, 1966, с.111-143.
93
  Аванесова   Н.А.   Археология   Средней   Азии:Энеолит   и   бронзовый   век .   Учебник.изд.СамГУ,   Самарканд.
2020, с.312.
66 kuzatilgan dafn rusumlari va ulardagi sopollari androv madaniy-tarixiy birligining
Petrov   (Siyob),   Aloqul   (Chakka)   va   Fedorov   (Say-g’us)   madaniy   variantlari
materiallari bilan aloqadorlikni ko’rsatadi.
Dashti –Qozi qabristoni.   Zarafshon vohasi  bronza davri jamoalari moddiy
madaniyatini   o’rganishda   Panjikent   shahridan   50   kilometrlar   chamasi   sharqiy
tomonda   Zarafshon   daryosidaning   chap   qirg’og’ida   joylashgan   Dashti-Qozi
qabristoni  materiallari ham  muhim  o’rin tutadi. Qabristondan hammasi  bo’lib, 27
ta qabr o’rganilib, ularda yakka tartibda, juft holda mayitlar qo’yilganligi kuzatildi.
Hatto 1 ta qabrda   7 ta kishi jamoaviy tarzda maytlar dafn etilganligi fakti qo’lga
kiritildi.   Qabrlar   lahadli   qabrlar   hisoblanadi.   Mayitlar   oyoqlari   ko’krak   tomon
bukilgan   holda,   yon   tomoni   bilan   boshi     g’arb   tomonga   yo’naltirib   ko’milgan.
Ba’zi   qabrlarda   mayitning   suyaklari   mayda   bo’laklangan   holda   dafn   etilgani
kuzatiladi.   1   ta   qabrdan   yosh   bolaning   faqat   bosh   suyagi   qo’yilgani   fakti
aniqlangan.   Mayitlar   yoniga   qo’yilgan   sopol   idishlar   o’zlarida   so’nggi   andronov
davri   va   Tazobog’yob   sopollariga   xos   xususiyatlarni   mujassamlashtirgan.
Shuningdek, mayit yoniga qo’yilgan narsa – predmetlarni   ko’pchiliginibronzadan
yasalgan   taqinchoqlar-bilauzuk,   munchoq   kabilar   tashkil   etgan.   Qabrlardan   dafn
marosimi o’tkazilgani va turli urf-odatlar amalga oshirilganini bildiruvchi rang va
ko’mir   qoldiqlari   topilgan.   Qabrdan   8   ta   chuqurcha   va   uning   atroflaridan   gulxan
izlari , topqirti topildi. Bu olov yoqib qurbonlik qilinganidan guvohlik beradi. Bu
izlar qabr n ing polqismidan yoki lahadga kirish teshigi oldida aniqlangan.
Taniqli   antropolog   olim   T.   Xodjayev   ushbu   qabr   materiallarini   o’rganar
ekan, dafn etilgan erkak va ayollarning turli antropologik tipga , ya’ni andronova
va  o’rta yer dengizi tiplariga oid ekanligini aniqlagan. 
M.Djurakulov,   N.Avanesovalarning   ma’lumoticha,   O’rta   Zarafshon   vohasi
bronza davriga kelib odamlar tomonidan jadallik bilan o’zlashtirilgan. Shuningdek,
Zarafshon vodiysini janubiy mintaqalar bilan bog’lovchi Jom savdo yo’li yoqasida
Jom   savdo   karvon   saroylari   va   feruza   tosh   konlari,   ular   bilan   bog’liq   turli   etnik
guruh vakillariningqabristoni (Galasherik) paydo bo’lgan. Zarafshon yoqalab diniy
memorial kompleksi (Jukov), ruda eritish, metall xomashyosini ishlab chiqarishga
67 moslashgan   qishloqlar   (To’qayli)   va   nihoyat   davr   so’nggida   qadimgi   shaharlar
(Ko’ktepa, Afrosiyob) qad ko’taradi.
Jom   arxeologik   kompleksiga   kirgan   yodgorliklardan   biri   3   gektarlik
Galasherik   tepaligiga   joylashgan   bronza   davri   qabristoni   bo’lib,   undan   4ta   qabr
tadqiq   etilgantopilgan.Qabrlardan   qizilrangli   sirli   sopol   parchalari,   o’roqsimon
bronza quroli, disksimon bronza kuzgusi va bargsimon shaklli bronza to’g’nag’ich,
kulolchilik   charxida   yasalgan   sharsimon   xurmacha,   dastasi   va   ko’zgusi   aylanasi
bo’ylab   naqshlangan   bronza   oyna   va   shoxdor   oxu   haykalli   bronza   to’g’nag’ich
kbilar   topilgan.   Odam   suyaklarining   uchrash   tartibiga   ko’ra,   skelet   gujanak
holatda, o’ng tomoni bilan yotgan. Uning bosh chanog’i   g’arbga qaratilgan.     N.
Avanesovaning   fikricha,qabrlardan   topilgan   arxeologik   materiallar   kompleksi   uni
chorvador andronova madaniyatiga tegishli ekanligini  ko’rsatadi 94
. Tadqiqotchilar
ma’lumoticha,   galasherikqabristoni   arxeologik   materiallar   bir   urug’   jamoasi
qabristoni   bo’lmagan.   Bu   joyda   turli   etnik   guruhlar   vakillarining   qabrlarini
uchratamiz.Birinchi qabr materiallar tarkibiga qaraganda (o’roq tig’isimon qurol va
qizil sirli sopol parchalari) Ko’ktepa 1 materiallarini eslatadi. Ikkinchi qabr aynan
Sopolli madaniyatining mo’lali bosqichi materiallarining (dastali bronza ko’zg’usi
naqshlari)   dashtlashtirilgan   variantining   o’zginasi.   Uchinchi   mozorga   tegishli
ashyoviy   dalillar   esa   (chaqmoqtoshdan   paykon,   qo’l   charxida   yasalgan   g’isht
rangli   sopol   parchalari)   Zamonbobo   yoki   To’qayli   manzilgohining   qadimgi
dehqonchilik   madaniyati   bilan   bog’liq   etnik   ildizidan   guvohlik   beradi.To’rtinchi
qabr dasht qabilalari madaniyatiga tegishli bo’lgan.
Qirg’iziston   sarhalarida   andronov   chorvador   jamoalariga   tegishli
yodgorliklar nisbatan kam. Deyarli hammasi  mozorlar hisoblanadi . Mozorlardagi
go’rlar tuproqda chuqur kavlanib, ustida, ya’ni uning ustki yer sathi yirik o’lchamli
yupqa   tosh   plitalar     to’g’ri   burchakli   shaklda   terilib,   belgi   qilingan.   Go’rlardan
dafn   etilgan   mayit   suyaklari   tpoilishi   bilan   birga,   ba’zi   holatlarda   suyaklarni
kuydirib qo’yilganligi faktlari ham uchraydi. Mayitlar yoniga sopol idishlar hamda
94
  Аванесова   Н.А.   Археология   Средней   Азии:Энеолит   и   бронзовый   век .   Учебник.изд.СамГУ,   Самарканд.
2020, с.312.
68 olti qirrali munchoqlar, teshilgan chig’onoqlar, bilakuzuklar ko’yilgani kuzatilgan.
Sopollarda naqshlar mavjud. Masalan. Arpa mozoridan topilgan sopollarda gilamli
naqshlar   uchraydiki,   bu   andronov   madaniyatining   fedorov   guruhi   sopollariga
xosdir.   Yettisuv   yodgorliklari   sopollarining   aksariyati   da   nashlar   uchramaydi.
Tadqiqotchilar   ta’kidlashicha,     Qirg’iziston   sarhadlari   bronza   davri   jamoalari
tomonidan   mil.avv.II   minginchi   yil   ikkinchi   yarmi,   xususan   uning   so’nggi
choragida jadallik bilan o’zlashtirilgan .
Qayroqqum   madaniyati   yodgorliklari   tadqiqotida   bronza   davri   jamoalari
dafn   bilan   bog’iq   urf-odatlari   to’g’risia   qimmatli   ma’lumotlar   qo’lga   kiritilgan.
Qayroqqumda   qatlami   buzulgan   makonlardan   tashqari   ikki   joyda   qadimgi
mozorlar   ham   o’rganildi.Ular   Asht   rayoniga   qarashli   Daxanin   va   Qayroqqum
qabristonlaridir.   Qabirlar   yorma   go’r   tuzulishida   bo’lib   qabrda   bittadan   marhum
mayiti   oyoq-qo’llari   yig’ilgan   holda,   boshlari   bilan   g’arbga   g’arbga   qaratib   yon
tomoni bilsan qo’yilgan.
Janubiy   Tojikiston   hududi   cho’l   zonasi   bronza   davri   jamoalari   moddiy
madaniyatini   o’rganishda   Kofirnigon   va   Vaxsh   vodiylari   istiqbolli     o’lkalardan
hisoblanadi.   Bu   joyning   landshafti,   tabiati   va     ekologik   sharoiti   jamoalarning
chorvachilik   bilan   shug’ullanishiga   imkon   beradi.   Kofirnigon   va   Vaxsh
vodiylarida   o’tgan   asr   50-yillarining   o’rtalarida   bronza   davriga   oid   yodgorliklar
topib tadqiq etilgan. Xususan,   A.M.Mandelshtam  chorvador  qabilalarining ikkita
yodgorligini   –   Tulxar   va   Aruktov   qabristonlarini   topgan.   A.M.Mandelshtamning
yozishicha   Tulxar   qabristonida   turli   tarixiy   davrlarga   oid   mozorlar   bor,   lekin
ko’pchiligini   bronza   davriga   oid   qabrlar   tashkil   etadi.   Bu   qabrlarga   turli   usulda
odamlarni   ko’mish   urf-odatlari   qo’llanilganligi   tadqiqotlardan   ma’lum   bo’ldi.
Aniqrog’i,   A.M.Mandelshtam    ko’rsatishicha, Tulxar qabristonining eng qadimgi
mozorlariga   odamlar   jasadi   qo’yilmasdan,   mayit   kuydirilib   mozorga   qo’yilishi
rasm   bo’lgan 95
.   Mozorlarning   ko’rinishi   trapesiya   shaklida   bo’lib,   uning   janubiy
qismida chuqurcha qazilib, unga kuydirilgan odam jasadi kuli, maydalangan odam
95
Mandelshtam   A . N .   Памятники   эпохи   бронзы   в   Южном   Таджикистане   //   MIA ,   №   145.Москва-Ленинград,
1968, с.94-98.
 
69 suyaklari   qo’yilib,   ularning   ustidan   tosh   plitalar   bilan   yopib   qo’yilgan.   Qabrning
shimoliy   qismida   ham   chuqurcha   bor   va   u   to’rt   qisqichli   tarzda   aylanasiga   tosh
bilan   terilib   chiqilgan   va   muqaddas   hisoblangan.   Qabrdan   sopol   parchalari
topilgan.   Bu qabrlar ustida odatda 7 ta tosh alohida tartib bilan qo’yilib, nisbatan
o’lchami jihatidan katta bo’lgan tosh o’rtada qolgan 6 ta tosh bilan o’rab olingan.
Ikkinchi   xil   mozorlar     «yarusli   chuqurchali»   deb   nomlanib,   ular   nisbatan
ko’pchilikni tashkil etadi. Yuqori yarus chuqurchasi  kichikroq, pastki yarus qismi
suyri   shaklda   bo’lib   jasadxona   hisoblanadi.   Bu   xil   mozorlarning   yuqori
chuqurchasi   odatda   toshlar   bilan   to’ldirilgan.   Mozorlarda   mayitlar   oyoq-qo’llari
buklangan   holatda,   g’ujanak   tarzda   yon   biqini   bilan   qo’yilgan.   Mozorning
jasadxonasida   odatda   yakka   tartibda,     ba’zi   hollarda   juft   tartibda   mayitlar
qo’yilgani faktlari mavjud. Qizig’i shundaki, bolalar esa katta odamlardan ajratilib
alohida   ko’milgan.   Ikkinchi   xil   mozorlardan   odamlarning   suyaklari   tosh
yashiklarga   solinib   ko’milganligi   ma’lum   bo’ldi.   Bunda   tosh   yashiklarning   turli
qismlariga   odam   tanasining   turli   a’zolari   qo’yilgan,   tana   butun   xolatda   emas.
Shunisi   xarakterliki,   qabrlarda   albatta   qo’y   suyaklari   uchraydi.   Shu   bilan   birga
qabrning   tubida   dumaloq     yoki   kvadrat   shakldagi   o’choq   bo’lib,   undan   kul   va
qo’yindi   narsalarning   qoldiqlari   topilgan.   Tadqiqotlarda   aniqlanishicha,   ayollar
mozorlaridagi   o’choqlar   dumoloq   shaklda,   erkaklar   qabrlaridagi   o’choqlar   esa
kvadrat   shaklda   bo’lgan.   Olov   bilan   bog’liq   rasm-rusumlarni   bajargan   bo’lishi
mumkin.   Mozorlardan   ko’plab   qo’lda   ishlangan   sopollar,   bronza   taqinchoqlari,
tosh munchoqlar, jez oyna va turli mehnat qurollari  topilgan.. Sopol idishlar ichida
kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar parchalari ham topilgan. Ular Sopolli
madaniyatining mo’lali bosqichi sopollariga o’xshash. Uchinchi   xil   mozorlar
katakomba   ko’rinishida   bo’lib,   ularning   tokchasi   toshlar   bilan   to’ldirilgan.   Jasad
qo’yiladigan xonasida mayit va uning atrofidan sopol idishlar, bronza taqinchoqlari
va   mexnat   qurollari,   zeb-ziynatlar   uchratilgan.   Ko’p   hollarda   katakomba
mozorlarining tokchasida kul va qo’yindi qoldiqlari uchratilgan.  Umuman
olganda, Tulxar bronza davri mozorlariga odamlar oyoq qo’llari buklangan holda,
bir   yoni   bilan   ko’mish   xarakteli   hisoblanadi.   Bu   uchchala   mozorlar   o’z   tuzilishi,
70 mayitlar   ko’milishi   holatlari   va   ularning   atrofidan   topilgan   arxeologik   ashyolar
tahliliga   ko’ra   ular   mil.avv.   II   minginchi   yilning   II-yarmi   bilan   sanalangan.
Demak,   Tulxar   qabristoni   bronza   davri   so’nggi   bosqichlariga   oid   chorvador
qabilalarga tegishli ekan. Bronza   davri   so’nggi   bosqichlariga   oid   chorvador
qabilalariga   tegishli   mozorlar   Aruktov   qabristonidan   ham   topilgan.   Aruktov
mozorlari   uncha   baland   bo’lmagan   aylana,   kvadrat   va   to’g’ri   to’rt   burchakli   tosh
g’ovlardardan   iborat   ko’rinishga   ega.   Mozorlarda   oyoq-qo’llari   buklangan,   bosh
qismi   sharqqa   yoki   shimoliy-sharqqa   tomon   qaratilib,     yon   biqinlari   bilan
qo’yilgan   odam   jasadlari   uchratilgan.   Mayit   atroflarida   albatta   qo’y   suyaklari,
sopol   idishlar,   bronza   ro’zg’or   buyumlari   va   mexnat   qurollari,   zeb-ziynatlar
uchratilgan.  Sopol  buyumlari  ichida  charxda  ishlangan  xum, xumachalar   mavjud.
Bu   yodgorlik   topilmalari   Tulxar   qabristoni   materiallari   bilan   bir   arxeologik
kompleksni tashkil etadi.
B.A.Litvinskiy   Vaxsh   madaniyatiga   doir   5   ta   qabristonda   233   mozor
qo’rg’onni   qazadi.   Vaxsh   madaniyati   qadimgi   qabristonlar   asosida   o’rganilgan.
Ular   quyi   Vaxshning   o’ng   qirg’og’idagi   Vaxsh   I.   Tigrovaya   Balka,   Oyko’l   va
Jarko’l   hamda   qizilsuv   quyi   havzasidagi   Makonimor   qabristonlaridir.   Ularning
hammasi daryolarning yuqori terassasi- tog’ yonbag’rida joylashgan. Mozor tashqi
ko’rinishida   tosh   g’ovlar   hamda   uncha   baland   bo’lmagan   tosh   tepachalarni
eslatadi.   Yuqorida   eslatilgan   yodgorliklarning   eng   kattasi   Tigrovaya   Balka
qabristoni   bo’lib,   bu   yerdagi   130   mozor-qo’rg’ondan   116tasi   o’rganilgan.
Tigrovaya   Balka   yodgorligi   mozorlarining   xilma-xilligi   va   arxeologik
komplekislarning   xarakteriga   ko’ra   Vaxsh   madaniyati   haqida   to’liq   tassavur   bera
oladi. 
Har   bir   mozor-qo’rg’onning   ustki   tosh   uyumi   ostida   gulxan   qoldig’i
uchraydi,   Mozorlar   laxad   shakilda   bo’lib,   huddi   To’lxar   qabristonidagidek,   laxat
tokchasi   tosh   bilan   to’ldirilgan.   Kameralar   yon   devorida   tokchalar   uchraydi.
Mozorlar laxat formasiga ko’ra ham har xil. Mozorlar orasida kenataf qabrlar ham
uchraydi.   Marxo’m   jasadlar   qabrga   oyoq-qo’llari   buklangan   holda   yon   tomoni
bilan qo’yilgan, ba’zi  hollarda qorin bilan yoki  bel  bilan yotqizilgan skletlar  ham
71 uchrab turadi. Skletlar orintrovkasida qat’iylik yo’q. Ammo ko’pchilik mozorlarda
skletlar boshlari bilan g’arbga yoki sharqqa qaratib ko’milgan. 
Mozorlarning   ko’pchiligi   o’g’irlangan   bo’lishiga   qaramay,   ularda   sopol
idishlar, bronza predmetlari, tosh va suyakdan ishlangan mehnat qurollari va zebi-
zeynat   uchraydi.   Ko’pgina   erkaklar   mozorda   chaqmoqtosh   va   suyakdan   yasalgan
kamon,   o’q   uchlari   ham   topilgan.   Mozorlarda   qurbonlik   yo’liga   atalgan   hayvon
suyaklari ham uchraydi. Idishlarning asosiy qismi qo’lda ishlangan. L.T.Pyankova
hissobiga   ko’ra   1/3   qism   sopollar   kulolchilik   charxida   ishlangan 96
.   Ehtimol,   ular
uchun   dehqon   jamoalari   birinchi   navbatda   Sho’rto’g’ay   qabilalari   bilan   qilinga
iqtisodiy madaniy aloqalar natejasida tashqaridan keltirilgan idishlar bo’lsa kerak. 
Keyingi   yillarda   L.T   Pyankova   Janubiy   Tojikistonning   Hisor   vodiysida
bronza   davriga   oid   Kangurt   tut   makonida,   N.M   Vinogradova   esa   Teguzak
makonida   qazishmalar   olib   bormoqda.   Bu   ikki   qadimgi   qishloq   ham   tog’
yonbag’ridagi   adir   zonasida   joylashgan   bo’lib,   ularda   uy   fundanmenti   hatto
devorlari  ma’lum   balandlikda  toshdan  tiklangan   uy  qoldiqlari   ochildi.  Kangur   tut
va   Teguzak   makonlarida   Andiranova   madaniyati   makonlariga   aynan   o’xshash
spool     parchalari   va   Sopolli   madaniyatining   mullali   kompleksini   eslatuvchi
kulolchilik charxida qilingan idishlar  topilgan. Bu manzara   ikki hil rivojlanishda
bo’lgan   qabilalar   o’rtasida   davom   etayotgan   madaniy-xo’jalik   aloqalarining   qon-
qarindoshlik darajasigacha o’sib chiqganligini ko’rsatadi. Bu voqealar, Kangur tut
va   Teguzak   materiyallariga   qaraganda,   miloddan   avvalgi   II   minginchi   yillikning
oxirgi choragida sodir bo’lgan edi.
Xullas,   O’rta   Osiy   sarhadlari   bronza   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati
tadqiqotida ko’plab qabristonlar, mozor, qo’rg’onlar topib o’rganilgan. Qazilmalar
jarayonida   aholi   diniy   tasavvurlari,   dafn   bilan   bog’liq   urf   odatlari   bo’yicha
qimmatli arxeologik ashyolar, manbalar va ma’lumotlar qo’lga kiritilgan.
96
  Pyankova L.T. Брозовый век Южного Таджикистана  //Известия АН Тадж.. № 4. Душанбе, 1986, с.123-125.
72 Xulosa
  Insoniyat   tarixi   rivojida   ibtidoiy   davr   jamoalarining   moddiy   madaniyati
tarixi   muhim   o’rin   egallaydi   Bu   moddiy   madaniyat   tadqiqotida   esa   ibtidoiy
odamlar   diniy   tasavvurlari   va   dafn   bilan   bog’liq   urf   odatlarni   o’rganish   o’z
mazmun-mohiyati bilan alohida ajralib turadi va dolzarblik kasb etadi. Tadqiqotlar
ko’rsatishicha, O’rta Osiyo sarhadlarida dafn bilan bog’liq urf-odatlar ma’lumotlari
o’rta   paleolit   davri   Teshiktosh   g’or   makoni   neondertal   bolasi   qabri   bilan   bog’liq
hisoblanadi.   Keyingi   tarixiy   taraqqiyot   bosqichlari   ketma-ketligida   (so’nggi
paleolit,   mezolit,   neolit,eneolit,bronza)   bu   tarixiy   jarayon   O’rta   Osiyo   miqyosida
davomli bo’lganligi tadqiqotlarda aniqlangan.
  Yuqori   paliolit   davriga   kelib   diniy   tushunchalar   o’zgarganini   odamlarni
hayotida   ham   ko’rishimiz   mumkin.   Bu   davrda   diniy   a’qidalar   o’zgarganini
amolyotda ham ko’p guvohi bo’ldik. Davrda ikkilamchi dafnlar (jasadni to’liq yoki
bo’laklarga   bo’lib   dafn   estishgan)ini   ko’rishimiz   mumkin.   Bu   kabi   dafn   qilish
asosan neolit davridan boshlangan. Ushbu faktlar asosida dafn marosimlari uchun
qabrlar   kavlanganiga   amin   bo’lamiz.   Bazi   olimlarni   fikricha,   esa   bu   qabr   emas.
Ularning   fikricha   bu   ular   yotishi   uchun   qabr   emas   balki,   balki   o'liklarning   narigi
tomonda,   ya'ni   o'limdan   keyingi   iqtisodiy   va   ijtimoiy   mavqega   bog'liq   bo'lgan
ehtiyojlarning   ortishi   uchun   bir   yordam   sifatida   joylashtirilgani   buning   dalildir.
So’ngi   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki   dafn   marosimlari   ibtidoiy   davr   diniy
qarashlari   bilan   uzviy   bog’liq.   Qabrlarda   bir   nechta   odamning   bosh   suyaklari   va
uzun   suyaklari   topilgan.   Ushbu   topilmalarni   bosh   suyakgining   qoldiqlari   yoki
rivojlangan bosh suyagi topilmasi sifatida talqin qilish o’rinli. Ba’zi qabilalarda esa
vafot etgan kishisini qaysidir tana a’zosini ko’tarib asrab yurishi kabi odatlar ham
bo’lgan.   Bunda   asosan   bosh   chanoqlari   ishlatilingan   va   qabilarda   asragan.   Xuddi
shu kabi vaqealar paliolit davrida, balki undan keying davrda ham ko’zga tashlanib
turadi.
Neolit   davridan   boshlab   turli   hududlarda   paydo   bo'lgan   megalitik   (ulkan
tosh)   qabrlar   dafn   etilishining   ayniqsa   alohida   diqqatni   tortadi.   Balki,   ushbu
amaliyotda tiriklar va o'liklar o'rtasida hayotiy bog'liqlik mavjud bo'lgan va vaqti-
73 vaqti   bilan   muqaddas   joylar   va   yig'ilish   joylari   bunday   qabrlar   bilan   bog'liq
bo'lgan. Megalitning amaliyoti quruvchilar, ehtimol, o'liklar haqidagi g'oyalarda va
ularning   toshlari   ma'lum   bir   chidamlilik   va   monumental   shakl   bergan   ajdodlar
marosimlarida   juda   ham   keng   rivojlanib   katta   o’ringa   ega   bo’lgan.   Shaxsiy   tik
toshlarni   (yuzalarini)   tushuntirish   qiyinroq,   bu,   albatta,   ajdodlarning   ramzi   yoki
o'rni bo'lishi mumkin, ayniqsa ular inson qiyofasida haykaltaroshlik ko'rsatmalarini
ko'rsatadi. Ammo, albatta, barcha megalitik yodgorliklarning bir xil talqinini izlash
yoki   hatto   aniq   megalitik   din   haqida   gapirish   xato   bo'lar   edi.   Megalitik
yodgorliklarni turli xil bo'lishi  mumkin bo'lgan g'oyalarning ulug'vor ko'rinishlari
majmuasi   sifatida   tushunish   kerak,   ammo   ular   orasida   o'liklarga   sig'inish   muhim
rol o'ynagan. 
Jarqo’ton yodgorligidan jami 2000 dan oshiq qabrlar ochib o’rganilgan.  Jez
davri   yodgorliklaridan   Sopolli   madaniyatiga   oid   bo’lgan   Ko’zali   bosqichidan
topilgan   qabirlaridan   yaxshi   ishlangan   mehnat   va   jang   qurollari   o’rniga   ularning
bronzadan   yasalgan   mayda   shakillarini   qushib   kumganlar.  Qabrlarga  shuningdek,
kichik   pichoqlar,   idishlar,   zargarlik   buyumlari,   boltalar,   xanjarlar,   o’roqlar   va
ketmonlar   qo’yishgan.   Zargarlar   bu   holatni   metalni   keng   miqyosda   tejash   deb
izohlashadi.   Chunki,   metal   tabiatda   kamyob   hisoblanadi.   Bronza   davri   dafn
marosimlari   qolgan   davlarga   qaraganda   o’ziga   hos   urf-odatlari   bilan   bog’liqdir.
Xuddi   shunday   diniy   qarashlar   bilan   bog’liq   bo’lgan   manzilgohlardan   biri
Dalvarzin   manzilgohidir.   Dalvarzindagi   dafn   marosimlari   asosan   aholi   istiqomat
qilib turgan uy joy poli va devori ostiga yoki tashlandiq turar joylarga dafn etilgan.
Jasadlarni   odatiy   holda   qo’l   va   oyoqlari   bukilgan   holda   dafn   etishgan.   Dafn
maosimlari   xududiy   kesimlarda   ham   o’ziga   xos   ko’rinishlarga   va   udumlarga   ega
bo’lgan. Dafnda yakka holatda dafn qilish, guruh yani jamoviy holatda dafn qilish,
qabrga   hayvon   suyaklari   bilan   dafn   qilish   holatlari   uchraydi.   Bu   kabi   holatlar
bronza   davriga   oid   bo’lgan   Chust   yodgorligida   ham   uchraydi.   Bu   manzilgohdagi
dafn marosimlari bronza davrining boshqa qatlamlariga xos xolatda dafn qilingan.
Birinchi turida jasadlar bukilgan holatda dafn qilingan bo’lsa, Ikkinchi holatda esa
murda qo’l oyoqlari bukilmagan holatda ko’milgan. Yana bir ko’zga tashlanadigan
74 tomoni shundaki, bu yerdan qabrlardan kulolchilik buyumlari topilgan. 
  Ilk   Jarqo’ton   davrining   Soppolli   bosqichidan   farqiham   mavjud   bo’lib,
qabrlarda diniy marosim odatlariga ko’ra qo’yning odam bilan birga ko’milganligi
holatlari   uchramaydi.       Ilk   Jarqo’ton   davrida   esa   marhumning   jismi   o’rniga
matodan   yoki   yog’ochdan   qo’g’irchoq   tayorlash   odat   tusiga   kirgan.   So’ngi
Jarqo’ton   davrida   marhumni   dafn   etish   uchun   alohida,   turar   joy   mavzelaridan
chetda   qabriston   barpo   etilgan.   Bu   holatdan   xulosa   chiqaradigan   bo’lsak   bu   davr
odamlari mafkuraviy dunyoqarashlari o’zgarganidan dalolat beradi. Qabristonning
yashash manzilidan chetda bo’lishi toza havo bilan bog’liq jarayondir. Bu ham o’z
navbatida zardushtiylik dini e’tiqodining shakillanishiga asos bo’ladi.  
Jez davriga oid Sopolli madaniyatining Ko’zali bosqichida mayitning qabrga
mayitlarni joylashish holatini V.Ionesov 5 ta yirik guruhga ajratadi. Bu yerda ham
turli   ko’rinishdagi   qabrlar   uchraydi.   Bu   dafn   etish   turlari   asosan   erkaklarni   dafn
etish bilan bog’liq. Gohida mayit o’ng tomonga yonboshlatib yotqizilgan.   Bazida
esa g’ujanak holatda chap tomonga yonboshlatib, yuzi  esa kirish eshigi  tomonda,
yana   boshqasida   esa   orqasi   bilan   yotgan   holatda   oyoqlari   keng   ochilgan,   yana
birida   sal   o’tirgan   holatda   oyoqlari   ko’kraklarigacha   bukilgan   va   ohirgisi   odam
jismining   azolari   bo’lib   tashlanib   ko’milgan.   Bularning   ichida   faqat   ikkinchi   tur
dafn   marosimlari   dafni   ayollarga   tegishli.   Bronza   davri   dafn   marosimlarida   dafn
etishda   o’ziga   xos   yangiliklar   ham   uchraydi.   Bu   yangiliklar   marhumning   yuzi
g’arb   tomonga   o’zgarganligi   bilan   izohlanadi.   Bu   o’z   navbatida   insonlar   ongida
yangi   dunyo   qarashning   shakillanishiga   asos   bo’ladi.   Bazi   qabrlarda   mayit   ham
yo’q   bo’lib   bunday   qabrlar   mayitsiz   qabrlar   deyiladi.   Bunday   qabrlar   Jarqo’ton
yodgorligidagi   qabrlarni   30   %   ni   tashkil   qilardi.   Olimlarni   fikricha,   bunday
qabirlarning ko’payishiga sabab qabilalar o’rtasidagi munosabatining keskinlashib
ketishi va harbiy, siyosiy vaziyatlardan xabar beradi. Bundan tashqari, O’rta Osiyo
hududlariga chorvador Andranova qabilalarining kirib kelishi bilan bog’liq bo’lishi
mumkin. 
Bo’ston   VI   qabristonida   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar   natijasida
olovga sig’inish muhim rol o’ynaganini ko’rish mumkin.  Turli diniy marosimlarda
75 olov   turli   xil   ko’rinishda   namoyon   bo’ladi.   Bular   odamning   jasadini   kuydirish
uchun   maxsus   joy   ko’rinishida,   ikkinchisi   odamning   to’liq   yoki   chala   kuydirish
maqsadida,   uchinchisi   marhumni   xotirlash   uchun   o’tkaziladigan   marosimlarda,
shuningdek olov o’rni kul qoldiqlari, to’rtinchisi o’choq otashgohning qadirlanishi
otashgohning kichik ko’rinishidagi holati idishlardagi ko’mir va oxra qorishmalari,
oxraning   odam   jasadiga   sepish,   qabrda   olovning   ramziy   shakli   sifatida   mel   va
gipsni   uchrashi   ba’zida   esa   qabr   tagida   olov   izlari   topilgan.   Aynan   olov   bilan
o’tkaziladigan   marosimlarni   oriylarning   “regvedasi”   da   ko’rishimiz   mumkin.
Sopolli   madaniyatining   Bo’ston   bosqichida   dafn   marosimlarida   o’ziga   xos
yangiliklar borligini ko’rish mumkin. Bu yangiliklar olovning ahamiyatini yanada
ortganligi   va   qabrlarda   daryo   toshlarini   qo’yilishi   bilan   bog’liq.   Aynan   bu   daryo
toshlarining   qo’yilishi   Avesto   ta’limotiga   xosdir.       Aynan   Sopolli   madaniyatiga
xos   bo’lgan   dafn   marosimlarida   Zardushtiylik   dinining   alomatlari   vujudga
kelganligini   ko’rishimiz   mumkin.   Masalan,   qabirlardagi   mayda   ostadonlar   dafn
anjomlarini   qizil   ranga   bo’yab,   murda   ustiga   qo’yish   kabi   holatlarda   namoyon
bo’ladi.  Aynan bronza davriga oid bo’lgan O’rta Osiyo yodgorliklaridan tashqari,
Janubiy   g’arbiy   Tojikiston   hududida   joylashgan   Ilk   Tulxor   manzilgohiga   ham
etibor   qaratishmiz   mumkin.       Bu   manzilgoh,   1950-   A.Mandelshtan   tomonidan
o’rganila   boshlagan.   Ilk   dafn   qilingan   Tulxor   qabristonidagi   asosiy   qabrlarda
mayitlar  kuydirilib dafn etilgan. Bu manzilgohda erkak va ayollarning o’ziga xos
alohida   olovxonalari   mavjud   bo’lgan.   Janubiy   Tojikiston   hududidagi   Kangurttut,
Daxana,   Terguzak,   Nurek   dehqonchilik   manzilgohlari   va   qabristonlari   arxeolog
olimlar tomonidan katta qiziqish bilan o’rganilgan. Aynan Kangurttut qabristonini
N.Vinogradov   tomonidan   o’rganilgan.   Bu   yerdan   100   ga   yaqin   qabr   ochib
o’rganilgan   bo’lib,   qabirlarning   ustki   qismi   va   kirish   teshigi   toshlar   bilan
berkitilgan.   Surxondaryo   dexqonchilik   madaniyat   yodgorliklari   bo’lgan   sopolli
madaniyatining   barcha   davriga   xos   qabrlar   Kangurttut   manzilgohidan   topilgan.
Janubiy Turkmanistonning Sumbar, Mirg’op vohasi  yodgorliklari  Gonur, Auchun
tepa,   To’g’aloq   I,   yodgorliklari   bilan   yaqin   bo’lishi   mumkin.     Aynan
Kangurttutdagi   qabirlarda   qo’yning   va   yovvoyi   hayvon   bo’rining   suyaklari
76 uchraydi.   Bu   esa   o’z   navbatida   diniy   etiqodlarda   yovvoyi   hayvonlarning   kult
sifatida   namoyon   bo’ladi.   Xuddi   shunday   manzilgohlardan   yana   biri   Tojikiston
hududida joylashgan Tandiryo’l qabristonidir. Aynan bu Tandiryo’l qabristonning
dafn   marosimlari   Jarqo’ton   va   Bo’ston   mozorlari   bilan   bir   xilligi   aniqlangan.
Jarqo’ton olov ibodatxonasi  uchta qurilish davri o’z navbatida Jarqo’ton, Ko’zali,
Mo’lali   davriga   oidligi   qayd   etilgan.   So’ngi   vaqtlarda   bu   tepalikni   Dietrix   Xuff
o’rgangan. Qabirlarda loydan yasalgan odam haykalchalari topilgan.       Tojikiston
hududida joylashgan Qumsoy manzilgohi qabristoni ham diniy e’tiqodlar va dafn
marosimlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   o’ziga   xos   arxeologik   xususiyatlarga   egadir.
Qabrlar   tuzilishiga   ko’ra   bir   xil,   olov   izlari   uchramaydi,   qabrlardan   topilgan
idishlarning ustki  qismida oq angop berilgan. Bu joylardagim  qabrlar o’rganilishi
natijasida   T.P.Kyatkina   jasadlar   yevropoid   sharqiy   O’rta   yer   dengizi   tipiga
aloqodar deb o’rganadi.  Shu bilan birgalikda O’rta Osiyoda diniy tasavvurlar bilan
bog’liq   ko’pgina   manzilgohlar   o’rganilgan   bo’lib   bronza   davrida   juft   oilalarning
mustahkamlanib   borishi,   unumdor   yerlarga   bo’lgan   ehtiyojning   oshishi   avvalgi
davrlardagi   oqsoqollarning   mavqeyini   yanada   oshishiga   olib   keladi.   Ma’lumki,
bronza   davri   juft   oilalarning   paydo   bo’lishi   va   jamiyatda   boshqaruv   tizimining
erkaklar   qo’liga   o’tishi   bilan   xarakterlanadi,   lekin   jamiyatda   ayollar   mavqeyi
saqlanib qolingan. Endi tabiat  unsurlarining asosiy  etiqod tarziga aylanishi, inson
quyosh,   yer,   suv   va   toza   havoning   ahamiyatini   anglab   yetgan.   Bu   unsurlarning
inson   hayoti   tabiat   bilan   bog’liqligini   anglab   ularni   ilohiylashtirganlar.   Dastlab
quyoshni ilohiylashtirishgan bo’lsa, keyin esa unumdor tuproqning ahamiyati katta
bo’lgan. Aynan zardushtiylik falsafasida yerning unumdorlik ahamiyati yetarlicha
asoslab berilgan. Aynan otashparastlikning muqaddas unsurlaridan biri suvdir. Bu
suvning   e’zozlanishi   esa   O’rta   Osiyo   dehdonchilik   munosabatlarida   suvning
e’zozlanishi   asoslanib   keltirilgan   bo’lsa   ajab   emas.   Otashparastlikdagi   to’rtinchi
unsuri   esa   havodir.   Zardushtiylik   dinning   paydo   bo’lishi   masalasi   uning   O’rta
Osiyo   xalqlari   shu   jumladan   O’zbek   davlatchilik   tarixi   ildizlari   bilan   bog’liqligi,
arxeologik   ashyolarning   taxliliga   ko’ra   ilk   zardushtiylik   dinining   kurtaklari
mil.avv.   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmiga   tegishlidir.   Bunga   asosan   Jarqo’ton
77 olov   ibodatxonasi   va   shu   davr   dafn   marosimlari   bilan   bog’liq   udumlarda   yaqqol
namoyon   bo’lgan.         Zardushtiylik   dini   ma’lum   tartib   qoidalar,   udumlar   asosida
muayyan   bir   davrda   shakillandi.   O’rta   Osiyo   qadimgi   xalqlari   haqida   ma’lumot
beruvchi   ilk   yozma   manba     “Avesto”   kitobida   jamiyatning   tuzilishi   va   uning
tarkibi   haqida   ma’lumot   berilgan.   Avestoning   eng   qadimgi   qismlari   “gatlar”   deb
atalib,   unda   payg’ambar   Zaratushturaning   beshlik   qo’shiqlari,   oliy   xudo
Axuramazda   va   uning   mabutlari   haqidagi   olqishli   madhi   batafsil   keltirilgan.
Bronza   davri   arxealogik   belgilarida   Sopollitepa   qal’a   qo’rg’oni   bittadan   nmanani
tashkil   qiladi.  Vis   bu   nafaqat   qishloq   jamoasi   balki   xususiy   ishlab   chiqaruvchilar
uyushmasi,   butun   qishloq   jamoasi   ma’nosini   anglatib,   Sopollitepa   qishlog’ini
Visga qiyoslab ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Davlatchiligimizning   eng   dastlabki   bo’g’ini   Vislardan   ya’ni   qishloq
jamoalaridan boshlangan. Jarqo’ton xududida joylashgan shaxar  ibodatxonasi  shu
ilk   davlatlarning   boshqaruv   organi   bo’lib,   boshqaruv   tizimida   diniy
rahnamolikning   o’rni   katta   bo’lgan.     Diniy   qarashlarning   jamoalar   hamda   ilk
davlatlarning   rivojlanishi   bilan   quyidagicha   izohlangan.     Xulosa   qilib   aytish
mumkinki arxeologik yodgorliklar va ularning tarixiy taxliliga ko’ra din jamiyatda
davlatchilik asoslariga borib taqaladi.
Doimiy   o'zgaruvchan   ovchi-jamoalardan   farqli   o'laroq,   o’troq   dehqon
jamoalarning   doimiy   yashash   joylari   topilmalari   bilan   bog’liqlik   boshqacha.
Avlodlarning   ruhiga   ibodat   amaliyoti   ham   mavjud   bo’lib,   mayitning   bosh   suyagi
qoldig’iga odatda ajdodlari hurmat bilan qarashgan. Ajdodlarning muhim mavzusi
o'liklar   va   ularning   avlodlari   yerining   unumdorligi   o'rtasidagi   bog'liqlikka
ishonishdir.
Kannibalizm.   Paleolit   davriga   tegishli   topilmalarda   inson   tanasining
bo'laklari   va   boshqa   hayvonlarning   suyaklari   arxeologik   madaniy   qatlam   bo'ylab
tarqalgan   va   ba'zan   esa   ular   singan   yoki   kuydirilgan.   Bu   ko'pincha   arxeologlar
tomonidan kannibalizm uchun asos sifatida qabul qilinadi, ammo boshqa talqinlar
buni   aksini   kursatishi   mumkin   (masalan,   murdani   yeyayotgan   hayvonlarning
harakati   suyaklarni   yuzaga   chiqish   va   shu   bilan   ularning   o'sha   joyda   keyingi
78 yong'inlar bilan yonishiga olib keladi). Bir tomondan bu topilmalar kannibalizmni
talqin   qilishga   imkon   beradi.   Lekin,   ular   buni   majburiy   yoki   o'z-o'zidan   sodir
bo’lib   qolmaymaydi,   aksincha,   agar   odamxo'rlik   o'sha   paytda   allaqachon   mavjud
bo'lgan   degan   ishonchdan   kelib   chiqsa,   buni   tushuntirish   ancha   qiyin.   Bugungi
kunda   ham   ba'zi   olimlar   tomonidan   saqlanib   kelinayotgan   bu   eskirgan
kontseptsiyadan,   ya'ni   kannibalizm   ayniqsa   "ibtidoiy"   hodisa   va   shuning   uchun
juda qadimiy degan tushunchadan  voz kechish kerak. Etnologik tadqiqotlar shuni
ko'rsatadiki, kannibalizm deyarli faqat agrar xalqlarning amaliyotida, ya'ni keyingi
madaniy bosqichda paydo bo'ladi va shubhasiz diniy yoki sehrli tushunchalar bilan
bog'liq madaniy o'simliklar va hayvonlar katta rol o'ynaydi. Paleolit kannibalizmi
keng   miqyosda   mavjud   bo'lgan   taqdirda   ham,   uni   madaniy   bosqichda   juda
boshqacha tuzilgan tushunchalar yordamida tushuntirib bo'lmaydi.
Keyingi davrlarda, ayniqsa neolitda vaziyat boshqacha. Bu erda, aholi punkti
atrofida   tarqalgan   odam   skeletlarining   alohida   qismlari   o'rniga,   odam   qoldiqlari
vaqti-vaqti  bilan oziq-ovqat  qoldiqlari bilan birgalikda chiqindi  chuqurlarida yoki
qurbonlik joyi sifatida xizmat qilgan teshik va tunnellarda topiladi. Ayniqsa, inson
bosh suyaklari  singan va ichi  bo'sh suyaklar  bo'linib ketgan joyda, kannibalizmni
talqin qilish muqarrar. Ushbu xulosa qilingan amaliyot agrar madaniyatlar sohasida
sodir bo'lganligi sababli, uni amalga isbotlash mumkin.
Qurbonliklar   (ya'ni,   yuqori   mavjudotlarga   yoki   o'liklarga   qurbonliklarni
taqdim   etish)   O'rta   paleolit   davrida   paydo   bo'lgan.   Dafn   yaqinida   hayvonlarning
suyaklari   bo'lgan   chuqurlar   topilgan.   Shunday   qilib,   ular   o'liklarga   qurbonliklar
keltirishi mumkin. Ayiqlarning bosh suyaklari va uning suyaklarining joylashishini
talqin qilish bo'yicha tortishuvlar  mavjud bo’lib, ular  shunday joylashtirilganki, u
haqida biror taxminga kelish qiyin. Ular madaniy yoki sehrli ahamiyatga ega deb
taxmin   qilinadi.   Ehtimol,   o'ljaning   ba'zi   qismlari,   masalan,   bosh   va   go'shtli
qismlari yoki  hech bo'lmaganda  miya va ilikli  suyaklar  qurbon qilingan. Agar bu
qurbonliklarni   oluvchi   kim   bo'lganligini   aniq   aytib   bo'lmasa   ham,   o'xshashliklar
hozirgi "ibtidoiy" hodisalar bilan, o'ljaning bir qismi ozuqa ko’payishiga ishongan
bo'lishi   mumkin.   Bundan   tashqari,   suyaklar   va   chizmalar   topilmalari   shuni
79 ko'rsatadiki,   bosh   suyaklarini   hali   ham   biriktirilgan   umurtqalar,   qovurg'alar   va
ho'kiz  va bug'ularning  old oyoqlari  bilan  saqlash  ma'lum  bir  diniy yoki   sehrli  rol
o'ynagan.   Endi   faqat   hayvonning   o’zini   emas,   balki   podaning   bir   qismi   sifatida
butun   hayvon   qurbon   qilinadi.   Bu   odat   so'nggi   paytlarda   Markaziy   va   Shimoliy
Osiyo   ovchilari   va   chorvadorlari   orasida   ham   mavjud   edi.   Bunday   topilmalar
ko'payib   borar   ekan,   qurbonlik   uchun   ba'zi   o'ziga   xos   hayvonlar   va   ularning
tanasining qismlari tanlanganligi aniq ko'rinadi.
Hayvonlarni qurbon qilish va hayvonlarning dafn etilgan joylarida hayvonni
zudlik bilan madaniy topilma sifatida ajratish qiyin. Eneolit davrida  oid topilmalar
ayniqsa  ko’p bo'lib,  odatda odamlarning  dafn  etilishi   bilan  bog'liq  holda topiladi.
Shunga   qaramay,   hayvonlarning   shu   tarzda   bog'liq   bo'lmagan   va   ma'lum   bir
madaniyat guruhlarida xarakterli ravishda aniq tizimli sodir bo'ladigan bir qancha
dafn joylari mavjud. Bunday hollarda deyarli faqat uy hayvonlari ishtirok etadi va
ular orasida it va ho'kiz ustunlik qiladi. Bu erda inson qurbonligi masalasi alohida
ahamiyatga ega. Inson qurbonliklari ko'pincha kannibalizm va hayvonlarni qurbon
qilish   bilan   bog'liq   edi.   Qoldiqlarda   ko'zga   tashlanadigan   asosiy   narsalar
qurbonlikga urg’ochi hayvonlar va ularning bolalar, ba'zan yosh cho'chqalar bilan
birga qurbonlik qilishgan. Bu, shuningdek, hozirgi "ibtidoiy" agrar xalqlar orasida
kuzatilgan e'tiqod va amaliyotlarga o'xshaydi (unda cho'chqalar ko'pincha odamlar
bilan   almashtiriladi),   masalan,   yashirin   jamiyatlarning   marosimlarida,   boshlanish
muqaddima marosimlarida, qurbonliklarda, o'liklarning bayramlarini nishonlashda
va hosildorlik bayrmlarida ko’zga tashlanadi. Bundan tashqar murushda assirlarni
ham   bir   qator   va   jamoviy   tarzda   qurbonlik   qilish   ham   ko’zga   tashlanadi.
Hayvoniylik, ko'p jihatdan, totemizm uchun asosdir. Bu shaxslar yoki guruhlarning
ma'lum   hayvonlar   yoki   boshqa   tabiiy   ob'ektlar   bilan   turli   xil   doimiy
munosabatlarini   o'z   ichiga   oladi.   Paleolit   davrida   hayvoniylik   haqiqiy   totemizm
xarakterini   qay   darajada   qabul   qilganligini   aniqlash   mumkin   emas,   lekin
totemizmining   erta   vujudga   kelganligini   tasdiqlash   mumkin   emas,   chunki   u
birinchi   navbatda   ma'lum   darajada   agrar   bo'lgan   xalqlar   orasida   uchraydi   va
hayvonlar   inson   hayotiga   va   rivojlanishiga   ta’sir   qiladi.   Shuningdek,   maxsus
80 qurbonlik   an'analari   o'yin   (yani,   raqs   tushish)   bilan   chambarchas   bog'liq   edi,
xususan   hayvonlarning   timsolini   joylashtirish   uchun   hayvon   skeletini   yoki
skeletning bir qismini saqlash odati yoki terisini yopinib olish bilan raqsga tushish
ham ko’zga tashlanadi.
  Xullas,   yuqorida   keltirilgan   ishimiz   mazmuni   ma’lumotlari   asosida
quyidagicha yakuniy xulosalarni keltirish mumkin:
1. O’rta Osiyo miqyosida ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodi, tasavvurlari va
dafn   bilan   bog’liq   urf-odatlar   Teshiktosh   g’or   makoni   neondertal   bolasi
ko’milishiga   oid   ma’lumotlar   asosida   o’rta   paleolit   davri   jamoalari
turmushida mavjud bo’lganligi haqida dalil keltirish ilmiy asosga ega.
2. Ibtidoiy din shakllari bo’lgan animizm, fetishizm, totemizmlarning barchasi
o’z asosiga ega va odamlar turmushida bo’lganligi arxeologik qazilmalarda
topilgan arxeologik ashyolar, ma’lumotlar bilan asoslidir. 
3. Kishilik   tarixi   taraqqiyotining   keyingi   bosqichlarida   ishlab   chiqarish
iqtisodiyoti, dehqonchilik, chorvachilik xo’jaliklari paydo bo’lishi bilan shu
xo’jalik turlari bilan bog’liq diniy e’tiqodlar, dafn bilan bog’liq urf odatlar
yuzaga kelganligi ham qabrlar arxeologik manbalarida o’z asosini topgan.
4. Qabrlarda   mayitlar   yoniga   qo’yilgan   narsa-predmetlar   soni,     mazmuni
jamiyat taraqiyotida aholilarning tabaqalanganligini bildiruvchi omillardan
biri hisoblanadi.
5. Qoyatosh   rasmlari   yodgorliklari   ham   ibtidoiy   odamlar   diniy   tasavvurlari,
urf-odatlarini   yoritishda   muhim   manba   ekanligi   imliy   tadqiqotlarda
asoslangan.
6. Ibtidoiy davr odamlarining ma’naviy madaniyati, ma’naviy kechinmalarini 
bilishda arxeologik tadqiqotlarda diniy tasavvur, dafn bilan bog’liq urf-
odatlar borasida qo’lga kiritilgan arxeologik ashyolar, ma’lumotlar muhim 
tarixiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. 
81 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1.Аванесова   Н.А.   Археология   Средней   Азии:Энеолит   и   бронзовый   век .
Учебник.изд.СамГУ, Самарканд. 2020.
2.Амиркулов Б.А. Исследование погребения неолитичнской стоянки в 
селении Сазаган. Материалы конфер. СамГУ. Самарканд, 1982.
3.Аскаров А.А.,  Сополлитепа . Изд.  «Фан»Ташкент, 1972.
4.Аскаров   А.А.   Древнеземледельческая   культура   бронзы   Юга   Узбекистана .
Изд.  «Фан» ,   Taшкент. 1977. 
5.Асқаров А.А.Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. Тошкент, 2015. Б.676;
6.Асқаров А.А.Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихининг автохтон асослари.
Самарқанд, 2016.
7.Аскаров А.А ., Абдуллаев Б.Джаркутан . Изд.  «Фан»Ташкент, 1983.
Неолитические памятники юго-восточного Устюрта.  //  Древняя и 
средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент :  Фан, 1978.
8.Бадер   О.Н.   Древнейшие   земледельцы   Северной   Месопотамии.   М.,   Наука,
1989.
9. Бижанов Е.Б.  Первое неолитическое погребение на Устюрте // СА, 
№1. 1985. 
10.Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени 
д.и.н. – Нукус, 1996.
11.Бижанов   Е.Б.   Неолитические   памятники   юго-восточного   Устюрта.   //
Древняя и средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент :  Фан,
1978.
12.Вавилов   Н.И.   Центры   происхождения   мирового   земледелия   в   свете
современных исследований. Избр.тр. М.,1965.Т.5.
13.Виноградов   А.В.   Древние   охотники   и   рыболовы   Среднеазиатского
междуречье. М., 1981. 
14.Виноградов   А.В.,   Итина   М.А.,   Яблонский   Л.Т.   Древнейшее   население
низовий 
82 Амударьи. М. ,  1986.
15.Виноградова   Н.М.,   Ранов   В,А.,Филимонова   Т.Г.   Изучение
гиссарской   культуры   и   неолитические   слои   поселения   Кангуртут.
М., 2008
16.Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. 
Тошкент,2008.
17.Джуракулов М.Д.Исследование стоянки Сазаган 2 // Археологические 
окрытия1982. М.,1984.
18.Джуракулов   М.Ж.,   Холматов   Н.У.,   Амиркулов   Б.А.   Итоги
археологического   изучения   стоянки   Джангал   I .   //   В опросы   археологии,
древней истории и этнографии. Труды Сам ГУ, Самарканд, 1991.
19.Джурақулов   М.Ж.,   Холматов   Н.У.   Тепақул   3   неолит   манзилгоҳи
ўрганилиши натижалари // Тарих фанининг долзарб муаммолари. Самарқанд.
СамДУ. 1997. 
20.Джуракулов   М.Ж.,   Холматов   Н.У.   Тепакул   4   неолит   манзилгоҳи   (Ўрта
Зарафшон   воҳаси)   //   Тарих   ва   истиқлол.   Илмий   мақолалар   тўплами.
Самарқанд, 2000. 
21.Джурақулов   М.Ж.   Холматов   Н.У.   Самарқанд   Давлат   Университети
тадқиқотларидан   //   Ўзбекистонда   археологик   тадқиқотлар   2003.   Тошкент.
2004.  
22.Джўрақулов   М.Ж.   Зарафшон   воҳаси   тамаддунининг   илк   саҳифаларидан.
Ўзбекистон моддий маданияти тарихи, 34-нашри, Самарқанд, 2004.
23.Джуракулов М.Д., Ходжайов Т.К. Культура и население неолитической 
стоянки Сазаган. Научню труды СамГУ.Самарканд, 1984. 
24.Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Мазолит и неолит Среднего Зарафшана. 
Ташкент, Фан, 1991.
25.Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. 
Тошкент,2008.
26.Ермолова М.Н. Вопросы изучения остатков животных в археологических
памятников   в   связи   с   проблемой   возникновения   и   развития   производящего
хозяйство. Барнаул, 1983.
83 27.Исаков А. Саразм. М., Наука, 1991.
28. Islamov U.I., Aripov K.R., Kraxmal  K.A. «O генезисе и возрасте пещеры и
пещерных   отложений   древнепалеолитической   стоянки   Сел-Унгур.
Самарканд, 1992.
29.Исламов У.И. Древнейшая  пещерная палеолитическая  стоянка Сельунгур
Ферганской долине. - СА, 1990, №2.
30.Исламов   У.И.   Проблемы   происхождения   человека   в   Средней   Азии.   //   К
истокам истории древнекаменного века Средней Азии. – Ташкент, 1996 .
31.Исламов   У.И.,   Тимофеев   В.И.   Культура   каменного   века   Центральной
Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. 
32.Исламов   У,И,   Зубов   А.А,   Харитонов   В.М.   Палеолитическая   стоянка
Селунгур в Ферганскай долине. ВА вып.80,1988.
33.Итина  M . A . История степных племен Южного Приаралья   III -начало  II  тыс
до н.э. Москва, 1977.
34.Кабиров   Д.   Древнейшая   наскальная   живопись   Зараутсая.   //   Первобытное
искусство. Новосибирск: Наука, 1976 ;
35. Лев   Д.Н.   Древний   палеолит   в   Аман-Кутане.-труды   УзГУ,   вып.39,
Самарканд,1949.  С.51.
36.Лев Д.Н. Новые памятники палеолита в Узбекистане.- Труды по изучению
четвертичного периода.вып.13, М., 1957 .
37.Лисицина Г.Н. Основные этапы истории земледелия на юге Средне Азии
Л., 1968 .
38.Mandelshtam   A.N.   Памятники   эпохи   бронзы   в   Южном   Таджикистане   //
MIA, № 145.Москва-Ленинград, 1968. 
39.Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 
1961 .
40. Массон В.М.   Поселение Джейтун (проблемы становления производящей 
экономики). МИА, № 180, 1971.
84 41.Массон В.М. Экономика и социальной строй древных обществ (В свете 
данных археологии) // -Л: «Наука», 1976 .
42.Массон   В.М.   Южнотуркменистанский   центр   раннеземледельческих
культур.-  Труды  ЮТАКЭ,  1960,  т.   10;  Массон  В.М.Земледельческий   неолит
юго-запада   Средней   Азии.   //   Средняя   Азия   в   эпоху   камня   и   бронзы.   Л.:
Наука, 1966;
43.Maссon В.M.  Aлтин-депe // Tруды ЮТАКЭ, т. 18.Ленинград, 1981, С.247; 
44. Maссon   В.M.Энеолит   Средней   Азии   //   Энеолит   СССР.     Москва,   1982,
С.296.
45.Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний 
типлари. «Ўзбекистон археологияси» журн. 2011,№ 2,
46.Окладников А.П.  Палеолитический человек МГУ.1949.
47. Pyankova L.T. Брозовый век Южного Таджикистана  //Известия АН
Тадж.. № 4. Душанбе, 1986.
48.Ранов В.А. Изучение памятников каменного века на Восточном Памире в
1958 г. Труды АН Таджикистана, т.17, 1961 .
49.Ранов В.А. Шугноу-многослойная палеолитическая стоянка в верховьях р.
Яхсу.- АРТ,вып.10, 1973 .
50.Ранов   В.А.   Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,
экономика.  //  Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982;
51.Ранов В.А.  Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии.
//  Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985;
52.Ранов   В.А.   Неолит   (гиссарская   культура).   История   Таджикского   народа.
Том 1. – Душанбе, 1998.
53. Ранов В.А.,Коробкова Г.Ф.   Tуткавул многослойное поселение гиссарской
культуры в Южном Таджикистане – СА, 1971, №2, с.48-54.
54.Ранов В.А.,Несмеяноа С.А. Палеолит и стратиграфия анропогена Средней 
Азии.- Душанбе, 1973.
55.Семенов С.А. Происхождение земледелия. М., 1974.
85 56.Тошкенбаев   Н.Х,   Сулайманов   Р.Х.   Культура   древнекаменного   века
долины Зарафшана. Тошкент, 1980 . 
57. Szymezak. K, Gretchina T.,Madeyska, Khudzhanazarov. M., Tashkenboev., N.
Suleimonov.,   Fakguezes   CH.,   Fohtugue   M.,   Kutuzbulak   Revisited   A   Middle
Paleolithic   Sitein   Zeravshan   River   Volley   Uzbekistan.   Warsaw,   Jnstitute   of
Azcheology Warsaw University. 2000.-133 p. 
 
58.Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар. 
Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. Ташкент, 2005.
 
59.G. Childe. The urban Revolution. Tovn   Planning Review .   1950 .  V. 21 .   № 1 .
60.Г.   Чайлд .   Древнейший   Восток   в   свете   новых   раскопок.   М осква   –
Ленинград.  1956 ; 
   
61. Шнирельман В.А. Происхождение скотоводства.  Москва, Наука, 1980.
62.Шнирельман   В.А.   «Неолитическая   революция»   и   неравномерность
исторического   развития   –   Проблемы   переходного   периода   и   переходных
общественных отношений. Москва, 1986.
63.Шнирельман В.А. Возникновение производяшего хозяйства. М., 1989;
64. X лопин   И.Н.   Энеолит   Юго-Западного   Туркменистана.   Санкт-
Петербург.  1997
65.Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи
хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4.
66.Холматов   Н.У.   Қоратепа   тош   даври   жамоалари   моддий   маданияти   (Ўрта
Зарафшон  воҳаси). ИМКУ,   № 35, Тошкент, “Фан”, 2006. 
67.Холматов Н.У. Ўрта Зарафшон неолит даври моддий маданиятининг баъзи
хусусиятлари (Тепақул 4 макони асосида). СамДУ ахборотномаси, 2004, № 4.
68.Холматов Н.У.Сазоғон маданияти ва унинг Ўзбекистон неолит даврида 
тутган ўрни. СамДУ нашр.Самарқанд, 2020. 
69.Ходжайов Т.К., Джуракулов М.Д. Антропология Средней Азии. 
Самарканд, 1984. 
86 70.Хужаназаров М. Наскальные изображения северо-восточного 
Узбекистана. – Л. ,  1985 .  
71.Хужаназаров   М.,   Брунет   Ф.,Шимчак   К.   Археологические   исследования
Узбекско-Французской   экспедиции   на   памятниках   Кызылкумов.
Археологические   исследования   в   Узбекистане   2004-2005   годы.
Ташкент,2006. 
72.Ўзбекистон-   Франция     халқаро     археологик     экспедицияси   илмий
ҳисоботи-2008,2009 й.
87 Rasm. Bo’ston 6 yodgorligi. Dafn bilan bog’liq urf-odatlar.
Rasm .  Obirahmat   g ’ ori   Makoni .  Obirahmat   odami .
88 Rasm. Qoyatosh rasmlari yodgorliklari
Rasm. Ochilg’or makoni .  Uloqcha bilan bog’liq totemistik e’tiqod
89 Rasm. Teshiktosh g’ori Makoni. Dafn biln bog’liq urf-odatlar
90 Rasm. Bronza davri qabrlarida danf bilan bog’liq urf-datlar.
91

Ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq urf-odatlar Mundarija Kirish…………………………………………………………… … ………..3 I-Bob. Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart- sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi...........................................................7 I.1. Ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi… ..…..7 I.2. ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi… …………..16 II Bob. O’ rta Osi yo miqyosida tosh davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i....................2 2 II.1. O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi………..21 II.2. O’ rta Osi yo miqyosida neolit davri jamoalarining mod..diy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi……………………30 III Bob. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i…...47 III.1. O’ rta Osi yo miqyosida eneolit davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi…………………….47 III.2. O’ rta Osi yo miqyosida bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi…………………….52 Xulosa…………………………………………………………………..….69 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati………………………………………78 Ilovalar, Xaritalar, Rasmlar......................................................................84 1

Kirish Insoniyat tarixi rivojida ibtidoiy davr jamoalarining moddiy madaniyati tarixi muhim o’rin egallaydi Bu moddiy madaniyat tadqiqotida esa ibtidoiy odamlar diniy tasavvurlari va dafn bilan bog’liq urf odatlarni o’rganish o’z mazmun-mohiyati bilan alohida ajralib turadi va dolzarblik kasb etadi. Ilk diniy qarashlarga oid bo’lgan yozma manbalar juda kam, chunki diniy qarashlar yozuv yaratilishidan ancha oldinroq paydo bo’lgan. So’nggi yillarda amalga oshirilgan arxeologik qazilmalar materiallari asosida O’rta Osiyo hududida ilk diniy qarashlar o’rta paleolit davrida vujudga kelgan. Teshiktoshdan topilgan neandertal bola oldidan (muste davriga oid) qizil rang-oxra (b o’ yoq)lar topilgan. Bundan tashqari qabr atrofi hayvonlarni shoxi bilan o’ralgan 1 . Bu yuqorida fikrimizni dalili bo’ladi. Shu o’rinda aytish lozimki, O’rta Osiyo miqyosida arxeologik qazilmalar jarayonida kishilik tarixi tosh asri jamoalariga tegishli bo’lgan antropologik topilmalar ham topilgan. Jumladan, Farg’ona vohasida Sel-Ungur g’or makonidan “Farg’ona odami” 2 , Toshkent vohasidan “Obirahmat odami”, yuqorida keltirilganidek, Teshiktosh neondertal bolasi, Samarqand makoni antropologik topilmasi, 3 Tutqovul yodgorligi bolalar qabrlari 4 , Joytun yodgorligi qabrlari 5 , Sazog’on neolit odami qabri, 6 Tumek-Kichikjik, Koksajol, Tolstov makoni neolit qabrlari 7 ma’lumotlari shular jumlasidan hisoblanadi. O’rta Osiyo sarhadlari miqyosida eng qadimgi antropologik topilma- xomoerektusning vakili- Fergantrop (Farg’ona vodiysi, Selung’ur g’ori) hisoblanadi. U.I.Islomov, A.A.Zubov, 1 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949. 2 Islamov U.I., Aripov K.R., Kraxmal K.A. «O генезисе и возрасте пещеры и пещерных отложений древнепалеолитической стоянки Сел-Унгур. Самарканд, 1992. 3 Джуракулов М.Д. Самаркандская стоянка и проблемыверхнего палеолита в Средней Азии.- Изд.”Фан”, Ташкент, 1987.с 197. 4 Ранов В.А.,Коробкова Г.Ф. Tуткавул многослойное поселение гиссарской культуры в Южном Таджикистане – СА, 1971, №2, с.48-54. 5 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Массон В.М. Поселение Джейтун (проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971. 6 Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Ташкент, 1991. C .108. 7 Виноградов А.В. Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981. 2

V.M.Xaritanovlar bu topilmani Teshiktosh neondertal bolasidan ancha arxaik ekanligini e’tirof etishadi 8 . Teshiktosh neondertal bolasi O’rta Osiyo qadimgi gominidlari jismoniy tipi borasida muhim ma’lumot beradi 9 . Bu topilmaning taksonomik holati baxsli munozaralari S.T.Mirsoatovaning maqolasida keltirilgan 10 . Yaqin o’n yillarda Obirixmat g’orida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida muhim antropologik topilma topilib, u neondertal tipidagi odam bilan hozirgi zamon tipidagi odamning omuxta qiyofasini namoyon etgan gominidning jismoniy tipi deb e’tirof etildi 11 .Bu haqda B.Sayfullayev fikr bildirgan 12 So’nggi paleolit davri odami borasida Samarqand makoni antropologik topilmasi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Erkak va ayolga mansub bo’lgan bosh chanoq bo’laklari, xususan jag’ suyaklari V.V.Ginzburg, I.I.Goxmanlar tomonidan o’rganilgan. Mutaxassislar ularni yevropoid irqining janubiy tipiga oid dgan xulosaga kelishgan 13 . Neolit davrining oxiri va eneolit davrida urug’chilik jamoalari alohida sig’inadigan sajdagohlar ham mavjud bo’lgan. Ular alohida-alohida honalarga ajratilmay bitta urug’ uchun bitta umumiy xona mavjud edi. Bronza davri dehqon jamoalari uchun xizmat qiluvchi noyob diniy markaz-monumental inshoot- Jarqo’ton ibodatxonasi va uning qoshida diniy marosimlar uchun kerak bo’ladigan ishlab chiqarish xo’jalik-xizmat qismini tashkil etilishi va uning faoliyati o’z davri uchun muhim ahamiyat kasb etadi 14 . Dinning markazlashuv jarayoni yuz bera boshlaydi. Diniy dunyoqarashda olov muhim ahamiyat kasb etganligi sababli, olov bilan bog’liq qurilmalar, olovning ramzlari insonlar diqqat markazida bo’lganligi moddiy madaniyatda kuzatiladi. 8 Исламов У,И, Зубов А.А, Харитонов В.М. Палеолитическая стоянка Селунгур в Ферганскай долине. ВА вып.80,1988. 64-б. 9 Окладников А.П. Исследование мутьерской стоянки и погребения неондертальца в гроте Тешик-Таш Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек МГУ.1949. 10 Мирсоатова С.Т. Ўзбекистонда тош асри одамларининг жисмоний типлари. «Ўзбекистон археологияси» журн. 2011,№ 2, 12-бет. 11 Деревянко А.П. Эволюция человека. «Фан ва турмуш» журн. № 3,4, 5. Тошкент,2008. 12 Сайфуллаев Б,Қ. “Оби-Раҳмат одами” ҳақида баъзи мулоҳазалар. Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. Ташкент, 2005,274-277 бетлар . 13 Гинзбург В.В.,Трофимова Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972; Ходжайов Т.К., Джуракулов М.Д. Антропология Средней Азии. Самарканд, 1984. 8-б. 14 Асқаров А.А, Абдуллаев Б 3

Bulardan tashqari hali odamlarning onggida ibtidoiy diniy qarashlarning ayrim ko’rinishlari, ya’ni zoolatrik diniy qarashlarga e’tiqod saqlanib qolgan bo’lib, ma’lum vaqt o’tgach, dehqon jamoalari hayotida olov, yer, suv va havo eng zaruriy hayot manbai ekanligini tushunib yetgach, zoolatrik xarakterdagi hayvonlar faqat tumorlarda, muhrlarda saqlanib qoladi. Ularning hayotida tabiatning to’rt unsurini e’zozlash birinchi darajaga ko’tariladi. Bu to’rt unsur esa zardushtiylik dinining muhim ustunlari, asosiy belgisidir. To’rt unsurning uchtasi (olov, yer, suv) Jarqo’ton ibodatxonasida o’z aksini topgan. Aholi yashash manzilidan chetda shahar qabristonining vujudga kelishi zardushtiylikdagi tabiatning to’rtinchi ustuni- musaffo havoning muqaddaslashtirish rasmiy tus olganligidan dalolat beradi. Biroq, bu zardushtiylik dini uzil-kesil shakllandi, degani emas. Shu sababli, bu davrni zardushtiylik dinining shakllanish jarayoni boshlangan davr, ya’ni ilk zardushtiylik, deyilsa to’g’riroq bo’lar edi. Jarqo’ton nafaqat diniy markaz, balki jamiyatning boshqaruv markazi ham bo’lgan. Kishilik tarixi, jamiyati rivoji, insonlar ma’naviy madaniyati, hayoti, kechinmalarini bilishimizda i btidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar i o’z mazmun-mohiyoti bilan o’ta dolzarb sanaladi. Shu bois, biz o’z bitiruv malakaviy ishimizni shu mavzudan oldik. Mavzuning dolzarbligi uning mazmunini yoritishda birlamchi manbalarga tayanishimiz ham bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, ibtidoiy odamlar vaqt o’tishi bilan biologik jihatdan takomillasha borgan. Dastlab ular o’zini o’rab turgan atrof-muhit mohiyoti, tabiat hodisalarning sirlarini tushunishmagan. Tabiatga to’la qaram bo’lgan va kunlik turmush tarzi ham shu tamoyillarga bo’ysingan. Tabiat hodisalariga qarshi kurashishdagi ojizliklari turli tabiat kuchlariga sig’inish, topinishlarni keltirib chiqargan. Ular o’zlariga naf keltiradigan tabiat hodisalariga sig’inishgan. Masalan, olovdan ular naf ko’rishgan. Taftidan isinishgan, yirtqich hayvonlarga qarshi kurashishda foydalanish nafini tushuna borishganki, ularga topinishgan. Shu tariqa insonlar hayotida dastlabki diniy tasavvurlar, topinishlar, sig’inishlar, e’tiqodning dastlabki shakllari yuzaga kelgan. 4

Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi O’rta Osiyo miqyosida ibtidoiy davr jamoalari turmushida bo’lgan diniy tasavvurlar va dafn bilan bog’liq bo’lgan urf odatlarni yodgorliklar tadqiqotida qo’lga kiritilgan arxeologik ashyolar, ma’lumotlarga tayanib imkoniyat darajasida yoritishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, 3 ta bob va tegishli paragraflar xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovadan iborat. Malakaviy ishimizning kirish qismida tanlagan mavzumizning dolzarbligi, ishimizning manbaviy asoslari, mazmuni yoritilgan. Shuningdek, ishning tuzilishi- boblar va ularga tegishli bo’lgan paragraflarning mazmuni va ularning uzviyligi masalalari keltirilgan. Malakaviy bitiruv ishimizning 1-bobi “ Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi, ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalasi” deb nomlanib, unda ibtidoiy davrda inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi masalasi, ibtidoiy davrda diniy tasavvurlar va dafn bilan bogli q urf-odatlar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari, ildizlari, ilk shakllari masalalari keyingi yillar arxeologik ma’lumotlari, soha mutaxassislarining ma’lumotlari asosida yoritilishiga harakat qilingan. Ishimizning 2- bobi « O’ rta Osi yo miqyosida tosh davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf-odatlar i” deb nomlanib, unda O’ rta Osi yo miqyosida paleolit,mezolit, neolit davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar , dafn bilan bogli q urf-odatlar i masalasi yoritilgan. Ishimizning 3- bobi «O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf- odatlar i ” deb nomlanib, unda O’ rta Osi yo miqyosida eneolit va bronza davri jamoalarining moddiy madaniyati va diniy tasavvurlar i, dafn bilan bogli q urf- odatlar i masalasi yoritilgan. 5