logo

Sopolli madaniyatini diniy tasavurlari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

120.0341796875 KB
Sopolli madaniyatini diniy tasavurlari  
MUNDARIJA.
Kirish ……………………………..………………….…………..………………. 3
Asosiy qism
I-BOB.  Sopolli madaniyatining bronza davri yodgorliklari  ………………….…..6
II-BOB.   Sopolli madaniyatida o‘troq dehqonchilik madaniyati jamoalarining dafn
marosimlari  .……………………………..………………………….…………….23
III-BOB.   Bronza   davri   urug‘   jamoalari   diniy   tasavurlarining   arxeologik
manbalarda
kuzatilishi …………………………………………………………………………53
Xulosa…………………………………………………….…………...………….65
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalari ro‘yxati   ……………………………72
– 
  1   Kirish
   Yurtimiz qadim o‘tmish tarixini tiklash, haqqoniy yoritish bugungi kundagi
dolzarb   vazifalardan   biridir.   Bu   haqda   yurtboshimiz   ham   o‘z   asarlarida   tarix
ilmining   dolzarb   masalalariga   alohida   e’tibor   qaratadilar 1
.   Ota-bobolarimizdan
qolgan   merosni   o‘rganish,   ularning   urf-odatlari,   udumlarini   tiklash   –   bu   tarixni
tiklash   demakdir.   Faqat   uni   xolislik   bilan   asl   xolicha   o‘rganish,   tahlil   qilish
o‘rganilayotgan davr  haqida aniq va to‘g‘ri  tasavvur  hosil  qilish  imkonini  beradi.
Istiqlol  bergan buyuk ne’matlardan biri  ham  tariximizni, milliy qadriyatlarimizni,
o‘zligimizni chuqur o‘rganish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Xalqimiz orasida
tariximizni   bilishga   bo‘lgan   qiziqishning   keskin   ortishi   tufayli,   ajdodlarimizning
qadim   urf-odatlari,   diniy   e’tiqodi,   madaniy,   ma’naviy   merosini   o‘rganish   tarix
ilmining dolzarb masalasi sifatida e’tirof etilmoqda.  
Shimoliy   Baqtriya   hududiy   jihatdan   janubiy   O‘zbekiston   va   janubiy-g‘arbiy
Tojikiston viloyatlarini o‘z ichiga oladi . So‘nggi bronza davrida bu hududlar kelib
chiqishi  jihatidan  har   xil   bo‘lgan  uchta   yirik  tarixiy  va  etnomadaniy  birliklarning
(Sopolli   madaniyati,   Bishkent-Vaxsh   madaniyati   va   Andronova   madaniyati
qabilalari)   aloqa   maydoniga   aylanadi.   Uning   O‘zbekiston   qismida   Sopollitepa,
Jarqo‘ton,   Ko‘zali,   Mo‘lali,   Bo‘ston,   Kuchuktepa,   Qiziltepa   kabi   o‘troq
dehqonchilik   madaniyati   yodgorliklari   o‘rganilgan.   Ular   qadimgi   qishloqlar,   ilk
shahar   harobalari,   qadimgi   qabriston   yodgorliklari   ko‘rinishida   bizgacha   etib
kelgan. Hozirgacha o‘sha davr  o‘troq aholisining har  xil  nuqtalarda ikki  mingdan
ortiq   qabrlari   ochilgan.   Ularda   aholining   etnomadaniy   hayoti,   dafn
marosimlaridagi turli xil urf-odatlari va diniy e’tiqodi o‘z aksini topgan. 
Shu   bilan   birga   Sopolli   madaniyatining   so‘nggi   Mo‘lali   va   Bo‘ston
bosqichlarida   qadimgi   dehqon   jamoalarining   ekologik,   demografik   va   iqtisodiy
xo‘jalik   zaruriyati   tufayli   Janubiy   Tojikiston   hududlariga   kirib   borishi   kuzatiladi.
Ular Janubiy Tojikistonning dehqonchilik va chorvachilikka qulay uch vohasining 
1   Каримов   И.А.   Тарихий   хотирасиз   келажак   йўқ   //   Биз   келажагимизни   ўз   қўлимиз   билан   қурамиз.   –
Тошкент, Ўзбекистон, 1999. – Б. 132-154.; Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, Маънавият, 208. –
Б. 176 – 178.  
– 
  2   (Hisor  vohasi, Vaxsh daryosining o‘rta oqimi  va Tairsuv daryosining yuqori
oqimi   hamda   Parxar-Kulob   vodiysi)   tog‘   oldi   hududlariga   joylashadilar 2
.   Bu
tipdagi   yodgorliklarga   Tandir-yo‘l,   Nurek,   Zarkamar,   Qora   pichoq,   Kangurttut,
Xo‘ja G‘oyib, Parxar, Qizlar qal’a kabi qabristonlarni kiritish mumkin. 
        Janubiy-g‘arbiy   Tojikistonning   bir   necha   joylarida,   jumladan   Kangurttut,
Teguzak,   Daxana,   Baraki-Kurug   kabi   manzilgohlar   uchratilganki,   ularning
madaniy qatlamlarida Sopolli madaniyatining Mo‘lali va Bo‘ston bosqichlari sopol
buyumlari   bilan   shimoliy   dasht   qabilalari   (andronova)   madaniyati   sopollari
birgalikda uchraydi. 
Arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga   ko‘ra,   qadimgi   Baqtriya   bronza   davrida
sug‘orma dehqonchilik sivilizatsiyalarining dasht qabilalari bilan bevosita madaniy
aloqa   ko‘prigiga   aylangan   va   bu   zaminda   ilk   davlatchilik   asoslarining   erta
shakllanishiga   olib   kelgan.   Ayniqsa,   shimoliy   Baqtriya   hududlarida   olib   borilgan
izlanishlar va ularning natijalari mil. avv. II-ming yillikning uchinchi chorak oxiri
va to‘rtinchi choragidan boshlab, shimoliy Baqtriya o‘troq dehqonchilik jamoalari
bilan cho‘l mintaqalari chorvador jamoalarining etnomadaniy uchrashuv, bir-birlari
bilan   qorishuv,   etnik   jihatdan   aralashuv   maydoniga   aylanadi 3
.   Bu   xilma-xil
etnomadaniy   manzara   shimoliy   Baqtriya   bronza   davri   qabilalarining   dafn
marosimlari   va   shakllanib   borayotgan   diniy   e’tiqodida   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.
shimoliy   dasht   qabilalarining   (Andronova   madaniyati)   izlari   Xisor   vodiysida
Qumsoy, Xovalin rayonida Tuyun qabristoni, Vaxsh daryosining yuqori oqimida 
Kirov   nomli   sovxoz   hududidan   topilgan   manzilgoh,   sharqiy   Pomirdan   va
BishkentVaxsh madaniyatiga tegishli Toshguzar manzilgohi misolida o‘rganilgan.
Bundan   tashqari   Jarqo‘tondan,   Bo‘ston   qabristonidan   ularga   tegishli   sopol
parchalari va boshqa ashyoviy dalillar topilgan. 
2  Виноградова Н.М. Юго-западный Таджикистан в эпоху поздней бронзы. – М., 204. – С. 12-13.  
3   Аскаров   А.   Степной   компонент   в   оседлых   комплексах   Бактрии   и   вопросы   его   интерпретации   //
“Взаимодействие кочевых культур и древних цивилизаций”. Тез. докл. Советско-французского симпозиума
по археологии Центральной Азии и соседних регионов. Алма-Ата, 1987. – Алма-Ата, 1989. – С. 57-58.  
– 
  3   Shimoliy   Baqtriyaning   Tojikiston   qismida   yuqorida   zikr   etilgan
yodgorliklarda   hozirgacha   550   dan   ortiq   qabrlar   ochilgan.   Ularda   turli   diniy
e’tiqod va turfa xil urf-odatlar asosidagi dafn marosimlari kuzatilgan. 
Shunday   qilib,   hozirgi   kunda   birgina   shimoliy   Baqtriya   hududlarida   bronza
davriga   oid   xilma   xil   yodgorliklar,   jumladan   turli   diniy   e’tiqod   va   rang-barang
diniy   urf-odatlar   aks   etgan   yodgorliklar   o‘rganilganki,   ular   haqida   ilmiy
adabiyotlarda juda  qisqa,  zaruriy  holatlardagina ma’lumotlar   berilgan.  Ammo,  bu
bronza davri ajdodlarimizning diniy-ma’naviy va mafkuraviy hamda etnomadaniy
hayoti   bilan   bog’liq   juda   katta   qatlam   ma’lumotlar   hozirgacha   yaxlit   bir   ilmiy
tizimga   solinib,   tahlil   etilmagan   va   tegishli   ilmiy   xulosalar   asosida
umumlashtirilmagan.   Bronza   davri   shimoliy   Baqtriya   o‘troq   va   chorvador
qabilalarning   dafn   marosimlari   va   diniy   e’tiqodi   birgalikda,   maxsus   tadqiqot
ob’ekti sifatida o‘rganilmagan. shimoliy Baqtriya aholisining dafn marosimlari va
diniy   e`tiqodi   ustida   izlanishlar   olib   borish,   bronza   davrida   yashagan
ajdodlarimizning   diniy   e’tiqodi   bilan   bog‘liq   urf-odatlari,   udumlari   va   diniy
mafkurasi   qay   darajada   va   qanday   bo‘lganligini   chuqur   ilmiy   asosda,   atroflicha
o‘rganish ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 
 
– 
  4   I-BOB. SOPLLI MADANIYA BRONZA DAVRI YODGORLIKLARI
1.1. Qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari
        Shimoliy   Baqtriyaning   keng   va   xilma   xil   geografik   iqlim   sharoiti,   uning
aholisi   ishlab   chiqarish   xo‘jalik   shakllarida   o‘z   aksini   topgan   va   ko’p   hollarda
ularning   tarixiy   rivojlanish   yo‘llarini   oldindan   belgilab   bergan.   shu   bois,   bronza
davri   yodgorliklari   tog‘oldi   hududlari   va   tog‘lar   oralig‘idagi   vohalarida,   daryo
havzalarida   joylashgan.   Hududiy   jihatdan   ular   shimoliy   Baqtriya   doirasida   ikki
qismga   –   Janubiy   O‘zbekiston   va   Janubiy   –   g‘arbiy   Tojikiston   hududlariga
bo‘linadi.   Janubiy   O‘zbekiston   hududiy   doirasida,   uning   tabiiy   –   geografik   iqlim
sharoitiga   ko‘ra,   mil.avv.   II   ming   yillikda   qator   katta   va   kichik   hajmdagi
dehqonchilik   vohalari   shakllangan.   U   vohalarda   hozirgi   kunda   bir   nechta   o‘troq
dehqonchilik madaniyati yodgorliklari borligi aniqlangan va o‘rganilgan. shimoliy
Baqtriyaning Tojikiston qismida esa, asosan bronza davrining chorvador qabilalari
yashagan   hamda   uning   Janubiy   O‘zbekistonga   chegaradosh   hududlarida   bronza
davrining   so‘nggi   bosqichlarida   qadimgi   dehqonchilik   bilan   shug’ullangan
qabilalar yashaganliklari haqida guvohlik beruvchi yodgorliklar ham topilgan. 
Yuqorida   takidlaganimizdek,   Janubiy   O‘zbekiston   hududida   bronza   davriga
oid   bir   necha   qishloqlar   va   shaharmonand   qishloq   aholisining   qabristonlari   topib
organilgan. Ular asosan Ko‘xitang va Boysun tog‘ining janubiy – sharqiy tog‘oldi
hududlariga   va   tog‘   oralig‘idagi   vodiylarga   joylashgan.   Ularni   akademik
A.Asqarov, E.V.Rtveladze, professor A.Sagdullaev, t.f.d. sh.shaydullaevlar har biri
yodgorliklarning   hududiy   joylashishiga   ko‘ra,   bir   necha   dehqonchilik   vohalariga
bo‘lib, o‘zlarining qarashlarini bayon etadilar. 
Bizning   fikrimizcha,   qadimgi   dehqonchilik   vohalarini   nomlash   masalasida
birinchidan,   uzoq   davrlar   mobaynida   tarixan   tarkib   topgan   tabiiy   –   geografik
toponim   nomlari   va   u   erlardan   topib   o‘rganilgan   bronza   davri   yodgorliklaridan
kelib   chiqilishi   maqsadga   muvofiqdir.   Janubiy   O‘zbekiston   hududida   o‘rganilgan
bronza davri yodgorliklari asosida uni ikkita yirik qadimgi dehqonchilik vohalariga
– 
  5   va bitta tog’ vodiysi kichik vohalariga ajratish mumkin. Bular: sherobod, Boysun
dehqonchilik vohalari hamda   Pashqurt tog‘ vodiysiga   bo‘lib o‘rganish maqsadga
muvofiqdir. 
Ikkinchidan,   har   bir   bronza   davrining   yirik   dehqonchilik   vohasida   daryo   va
ularning   havza   tarmoqlari   asosida   bir   nechtadan   kichik   vohalar   tarkib   topgan.
Yodgorliklarni   rayonlashtirishda   ularning   geografik   joylashish   nomlaridan   kelib
chiqilgan.   shuni   alohida   ta’kidlash   joizki,   bu   ikkita   yirik   qadimgi   dehqonchilik
vohalari bir vaqtda shakllanmagan. Masalan, bronza davrining Sopolli madaniyati
bosqichlari davomida tub ma’nodagi qadimgi dehqonchilik vohasi faqat sherobod
va   Pashqurt   vodiylarida   shakllangan.   Boysun   tog‘   oldi   hududlarida   esa,   bronza
davrida   hali   tub   ma’nodagi   qadimgi   dehqonchilik   vohasi   shakllanib   ulgurmagan
edi.   Chunki,   bu   hududlarga   Sopolli   madaniyatining   Mo‘lali   bosqichi   davrida
dehqon   jamoalarining   ayrim   guruhlari   kirib   kelishi   kuzatiladi.   Boysun   tog‘   oldi
hududlarining   qadimgi   dehqonchilik   vohasi   sifatida   shakllanishi   so‘nggi   bronza
(Sopolli madaniyatining Mo‘lali va Bo‘ston bosqichlari hamda bronzadan ilk temir
asriga   o‘tish   davrida,   ya’ni   Kuchuk   I)   davrida   yuz   beradi.   Ammo,   Pashqurt
vodiysida tarkib topgan Tillabuloq yodgorligi arxeologik topilmalar tahliliga ko‘ra,
sherobod dehqonchilik vohasi bilan bir vaqtda tarkib topganligini ko‘rsatmoqda. 
Mana   shu   mulohazalardan   kelib   chiqqan   holda   aytish   mumkinki,   Janubiy
O‘zbekiston   hududlarida   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   ilk   bor   sherobod
vohasida   yuz   beradi.   sherobod   dehqonchilik   vohasi   o‘zining   suv   manbai
imkoniyatiga ko‘ra, ikkita kichik vohani tashkil etadi. Ulardan birinchisi Muzrabod
kichik   vohasidir.   U   Ko‘xitangtog‘   daralaridan,   Muzrabod   mavzesi   yaqinida
sherobod   dashtiga,   undan   Amudaryoga   o‘tadigan   Ulanbuloqsoy   suv   manbai
asosida   tarkib   topgan.   Ulanbuloqsoyning   quyi   havzasida   mahalliy   aholi   orasida
Sopollitepa,   Kultepa,   Kichiktepa   deb   atalgan   bronza   davri   ajdodlarimizning
qishloqlari qad ko‘targan bo‘lib, ulardan ikkitasi (Kultepa va Kichiktepa) butunlay
hamda   Sopollitepa   qal’a-qo‘rg‘oni   tashqarisidagi   turar-joy   majmualarining   ham
– 
  6   ma’lum   qismlari   sherobod   cho‘lini   o‘zlashtirish   vaqtida   buzib   tashlangan 4
.
Ulanbuloqsoyning   o‘rta   oqimida   so‘nggi   bronza   va   ilk   temir   davrining
Kuchuktepa,   Pshaktepa,   antik   davrning   sho‘rtepa,   ilk   o‘rta   asrlar   davriga   tegishli
Munchoqtepa kabi yodgorliklari joylashgan. Bular orasida eng qadimiysi
Sopollitepa   bo‘lib,   uning   umumiy   maydoni   qal’a-qo‘rg‘on   va   uning
tashqarisida   joylashgan   turar-joy   maskanlari   bilan   taxminan   3   gektarni   tashkil
etadi. 
          Sopollitepada   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar   natijasida,   u   bronza
davri   dehqon   jamoalarining   noyob   manzili   sifatida   shakllangan   protoshahar
ekanligi   isbotlangan.   Sopollitepada   uchta   qurilish   davri   aniqlangan.   Davr   o‘tishi
bilan   ushbu   manzilda   aholi   ko‘payib,   yangi   erlarni   o‘zlashtirish   uchun
Ulanbuloqsoy   suv   manbai   kamlik   qilganligi   sababli,   Sopollitepaning   3-qurilish
bosqichida   dehqon   jamoalarining   bir   qismi   yangi   erlar   qidirib,   sherobod
daryosining quyi havzalariga, 
Bo‘stonsoyning   yuqori   oqimi   yoqalariga   borib   o‘rnashganlar.   Bu   joyda   olib
borilgan arxeologik qidiruv ishlarida Bo‘stonsoyning har ikkala sohillarida dehqon
jamoalarining qishloqlari, ular yaqinida qator bronza davrining qabristonlari paydo
bo‘lganligi   aniqlangan.   Ular   orasida   yirik   yodgorlik   10   gektardan   kam
bo‘lmagan,   Bo‘stonsoy   chap   sohilini   egallagan   Jarqo‘ton   qishlog‘i   bo‘lib,   tez
orada bu qishloq tipidagi aholi turar-joyi bronza davrining ilk shahriga aylanadi. 
Jarqo‘ton ilk shahar  maydonining  janubida, shahar  tashqarisida,   maydoni  20
ga   dan   kam   bo‘lmagan   Jarqo‘ton   shahar   qabristoni   tarkib   topadi.   Undan
janubroqda,   Bo‘stonsoyning   chap   sohili   bo‘ylab,   yana   uchta   tabiiy   tepaliklarda
Jarqo‘ton   IV   a,   b,   v   qabristonlari   paydo   bo‘ladi.   YOdgorlikning   hududiy
o‘zlashtirilishini o ‘rganishga qaratilgan stratigrafik shurflar bu maskanda 50-60
yillar hayot davom etganligini ko’rsatadi. Bo’stonsoyning o‘ng sohilidan yana bir
necha   qabriston   va   manzilgohlar   topilib,   ular   Bo‘ston   1,2,3,4,5,6   nomlari   ostida
4  Аскаров А. Сапаллитепа. – Ташкент, Фан. 1973. – С. 9-12.   
– 
  7   o‘rganilgan.   Mana   shu   yodgorliklar   majmuai   Bo’stonsoy   kichik   vohasini   tashkil
etadi. Bo’stonsoyning quyi oqimida, qadimgi Zang kanali hududida, uning g’arbiy
o’zani suv bazasida ilk temir, antik va ilk o’rta asrlar davrining qator yodgorliklari
ro’yxatga   olinadi   5
.   Ularning   eng   qadimiysi   Talashkantepa   bo’lib,   u   ilk   temir
davrining noyob qal`a-qo’rg’onidir. 
Surxondaryo hududiy doirasida shakllangan ikkinchi yirik markaz –   Boysun
qadimgi   dehqonchilik   vohasidir.   U   yuqorida   ta`kidlaganimizdek,   sherobod
dehqonchilik   vodiysidan   keyinroq,   so’nggi   bronza   va   ilk   temir   davrida
shakllangan.   Boysuntog’   etaklarida,   janubiy-g’arbdan   shimoliy-sharqqa   tomon
cho’zilgan   tog’   oldi   dashtlari   qadimdan   Bandixonsoy,   Urgulsoy,   Xo’jaipak,
Xalqajar,  Sangardak,   To’palangdaryo  suv   manbai   asosida   sug’orib   kelingan.  Ana
shu daryo va tog’ soylarining quyi havzalarida, ularning yoyilib ketgan tarmoqlari
bo’ylab   so’nggi   bronza   davrida   Boysun   dehqonchilik   vohasi   shakllangan.   Uning
hududiy   doirasida   uchta   qadimgi   dehqonchilik   kichik   vohalari   tashkil   topgan.
Ulardan birinchisi, Qiziriqdara dashtida joylashgan Bandixon kichik vohasidir. Bu
kichik vohada bir-birlariga parallel Urgulsoy va Bandixonsoylar o’tgan. 
Bu   maskanda   akademik   E.V.Rtveladze   ilk   bor   izlanishlar   olib   borib,   uch
tarixiy   davrlarga   oid   yodgorliklar   majmuasini   topgan 6
.   Ular   asosan   Urgulsoy
bo’ylab   joylashgan.   Ularning   eng   qadimiysi   mahalliy   aholi   orasida   Maydatepa
nomi   bilan   yuritilgan   yodgorlik   bo’lib,   uning   ostidan   Kuchuk   I   davri   qatlami
uchratilgan. Uning ustki qatlami esa, qadimgi Baqtriya davri bilan xarakterlanadi.
E.V.Rtveladze Maydatepani Bandixon I yodgorligi sifatida ro’yxatga olgan. 
Demak,   Bandixon   kichik   vohasi   ilk   bor   so‘nggi   bronza   davridan   boshlab,
qadimgi   dehqon   jamoalari   tomonidan   o‘zlashtirila   boshlangan.   YOdgorliklar
asosan,   Urgulsoy   bo’ylab   joylashgan   bo’lib,   ular   bir   necha   tarixiy   davrlarni   o’z
ichiga oladi. Bandixon kichik vohasining ilk bor o’zlashtirilishi Kuchuk I davriga
5  Ртвеладзе Е.В. Разведочное изучение бактрийских памятников на юге Узбекистана // «Дреняя Бактрия». –
Ленинград, 1974. – С. 74-75.  
6  Ртвеладзе Э.В. Разведки в предгорьях Байсунтау // «Археологические открытия 1973 года». – М.– Л., 1974
– С. 489-49.  
– 
  8   oid   bo’lib,   yodgorliklarning   asosiy   qismi   qadimgi   Baqtriya   –   ilk   temir   davriga
tegishlidir. Kichik vohada antik va ilk o’rta asrlar davriga tegishli yodgorliklar ham
uchraydi.   Hozirgi   vaqtda   Bandixon   vohasi   kam   suvli,   chorva   boqishga   qulay
imkoniyatlarga   ega.   Kichik   vohaning   gullashi   ilk   temir,   antik   va   ilk   o’rta   asrlar
davriga to’g’ri keladi. Demak, ilk o’rta asrlardan boshlab, Bandixon soyning suvi
keskin   kamayib   ketgan   bo’lishi   mumkin.   CHunki,   ushbu   kichik   vohada   keyingi
davrlar tarixiga oid yodgorliklar uchratilmaydi. 
Boysun   qadimgi   dehqonchilik   vohasining   markaziy   qismini   sho’rchi   tumani
hududlari   tashkil   etadi.   Bu   sug’orma   dehqonchilik   madaniyati   markazi   qadimda
Boysuntog’ daralaridan chiqqan Xo’jaipak suv manbai asosida tashkil topgan. 
Xo’jaipak   daryosi   o’zining   quyi   havzalaridan   keng   tarmoqlarga   bo’linib
ketgan Xalqajar, Qiziljar, Qizilsuv yoyilma o’zanlari bo’ylab tarkib topgan o’nlab
kattakichik hajmdagi  bronza va  ilk temir  davri   jamoalarining  manzilgohlari   topib
o’rganilgan.   Ana   shunday   yodgorliklar   guruhi   (Mo’lali   manzili   va   qabristoni,
Achamayli, Xotamtoy qabristoni, Mirshodi, Bo’yrachi 1, 2, Qiziljar, Qizilcha 1, 2,
3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11)  Mirshodi  qishlog’i atroflarida mujassamlashgan  bo’lib,
bu   kichik   vohada   ilk   bor   o’rganilgan   Mirshodi   qishlog’i   nomi   bilan   Mirshodi
kichik   vohasi,   deb   ataldi.   Mirshodi   kichik   vohasining   bosh   yodgorligi   Qizilsuv
yoqasida joylashgan Qiziltepa 7
 yodgorligi hisoblanadi. Bu yodgorliklardan Mo’lali
qishloq   makoni   va   qabristoni,   Xotamtoy   qabristoni   hamda   Achamayli   manzili
yodgorliklari Sopolli madaniyatiga tegishlidir. 
Boysun qadimgi dehqonchilik vohasining uchinchi kichik vohasi  Sangardak-
To‘palangsoy kichik vohasi  bo’lib, bu mintaqada bronza davri yodgorliklari
kam   uchratilgan.   Kichik   vohaning   ikkita   joyida   bronza   davri   jamoalarining   izlari
saqlangan.   Ulardan   birinchisi   Denov   bekligining   qal`asi   ostidan   topilgan   Mo’lali
davri   jamoalarining   izlari   bo’lsa 8
,   ikkinchisi   Oltinsoy   tumani   hududidan   topilgan
7  Сагдуллаев А.С. Усадьбы древней Бактрии. – Ташкент, Фан, 1987. – С. 7-11.  
8   Ртвеладзе Э.В. К характеристике памятников Сурхандарьинской области ахеменидского времени // СА. –
№ 2. – М., 1975. – С. 265.  
– 
  9   Sopolli   madaniyatining   Mo’lali   bosqichiga   tegishli   kenotaf   mozordir.   Bu   kichik
vohadan   topilgan   bronza   davri   jamoalarining   dastlabki   izlariga   ko’ra,
SangardakTo’palang   dehqonchilik   kichik   vohasi   xali   yaxlit   bir   sug’orish   hududi
yoki   kichik   voha   sifatida   uzil-kesil   shakllanib   ulgurmagan.   Kelajakda   bronza
davrining   yangidan-yangi   yodgorliklarini   topilishiga   umid   bog’lagan   holda,   uni
alohida qadimgi dehqonchilik kichik vohasi turkumiga kiritish mumkin. 
Keyingi   yillarda   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar   natijasida   Sopolli
madaniyati   jamoalarining   bir   guruhi   Jarqo’ton   bosqichida   sherobod   vohasidan
g’arbda   joylashgan   Ko’xitang   tog’   oralig’idagi   Pashqurt   vodiysiga   ham   kirib
borganligi   aniqlandi.   Qadimgi   dehqon   jamoalarining   dastlabki   manzilgohi
Tillabuloq   atrofi   ochiq,   harbiy   strategiya   jihatidan   qulay,   baland   tabiiy   tepalik
maydonida qad ko’targan.  Tepalik atrofi  Tillabuloq suvi  oqimi  yo’nalishida  hosil
bo’lgan soy o’zani havzasi bo’ylab ekinbop tekisliklardan iborat. Demak, qadimgi
tillabuloqliklar   shu   joylarda   dehqonchilik   qilgan   bo’lishlari   mumkin.   Hozirda
Pashqurt vodiysidagi qadimgi dehqon jamoalarining Tillabuloq qishloq makonidan
tashqari   yana   10   ga   yaqin   joylarda   bronza   davri   manzillari   sh.shaydullaev
tomonidan   aniqlandi.   Pashqurt   tog’   vodiysining   tabiiy-geografik   sharoiti   vodiyda
nafaqat   sug’orma   dehqonchilik   jamoalarining,   balki   lalmikor   dehqonchilik   va
yaylov   chorvachilik   xo’jaliklarini   rivojlanishi   uchun   ham   qulay   imkoniyatlarga
ega.   Uning   Zarautkamar   qoyatosh   suratlari   yodgorliklarini   ham   hisobga   olganda,
uni   Janubiy   O’zbekistonning   uzoq   tarixiy   ildizga   ega   Pashqurt   lalmikor
dehqonchilik   va   yaylov   chorvachilik   xo’jaligi   jamoalarining   tog’   orasida   tashkil
topgan vohasi sifatida o’rganish mumkin. 
Shimoliy   Baqtriya   hududlaridan   o’rganilgan   bronza   davri   qadimgi
dehqonchilik   madaniyati   yodgorliklari,   ularga   xos   xususiyatlarga   ko’ra,   ikki
guruhga   bo’linadi.   Birinchisi,   Sopolli   madaniyati   tipidagi   yodgorliklar,   ikkinchisi
Kuchuk   1,   Qizil   1,   ya`ni   CHust   madaniyati   tipidagi   yodgorliklardir.   Ularning
tarixiy   va   antropologik   kelib   chiqish   ildizlari   bir   bo’lsada,   ammo   xronologik
jihatdan   turli   davrlarga   tegishlidir.   Ularning   etnomadaniy   rivojlanish   darajasi,
– 
  10   antropologik   qiyofasi,   davriy   sanalari   va   moddiy   madaniyatining   o’ziga   xos
jihatlari   keng   ko’lamda   o’rganilgan.   Ayniqsa,   Sopolli   madaniyatining   xronologik
izchillik   asosida   taklif   etilgan   bosqichlarining   davriy   ketma-ketmaligi   birlamchi
manbalar asosida tuzilgan. shu bois, ushbu bobda keyingi izlanishlar tufayli paydo
bo’lgan   ba`zi   bir   muammolar   va   ularning   davriy   sanalari   bilan   bog’liq   yangicha
qarashlarni tahlil etish, umumlashtirish va o’z qarashlarimizni bayon etish ko’zda
tutilgan. CHunki, shimoliy Baqtriya yodgorliklarining mavjud xronologiyasi bilan
bog’liq   ba`zi   bir   qarashlarga   aniqliklar   kiritish   bronza   davri   dafn   marosimlarini
o’rganishda tarixiy izchillikni ta`minlaydi. 
Sopolli   madaniyati   va   uning   xronologiyasini   dastlab,   A.Asqarov   uch
xronologik   bosqichga,   ya`ni   Sopollitepa,   Jarqo’ton   va   Mo’lali   bosqichlariga
bo’linishini   asosladi 9
.   Ularning   sanalarini   (Sopolli   bosqichi:170-150   yy,
Jarqo’ton   bosqichi:   150-1350   yy,   Mo’lali   bosqichi:1350-100   yy)   aniqladi.
Undan   so’ng,   arxeolog   B.Abdullaev   Jarqo’ton   IVa   qabristonining   maydonida
qazishmalar  olib borib, 731 ta qabr  topilmalari asosida  Sopolli madaniyati davriy
sanasiga   Ko’zali   bosqichi   kiritilishini   taklif   qildi 10
.   Uning   yil   sanasi   mil.   avv.
1350120   yillar   bilan   belgilandi.   U.Raxmanov   Jarqo’tonda   kulolchilik   bilan
bog’liq   muammolar   ustida   izlanishlar   olib   borib,   yodgorlikning   vertikal   va
gorizontal   stratigrafiyasiga   alohida   e`tibor   qaratadi.   Jarqo’ton   yodgorligi
hududlarini   o’zlashtirilishining   tarixiy   va   xronologik   ketma-ketligini   o’rganib,
Sopolli madaniyati uchun yakunlovchi Bo’ston bosqichini taklif qiladi 11 12
. Mo’lali
bosqichining   yil   sanasi   mil.   avv.   120-1050   yillar   bilan,   Bo’ston   bosqichi   esa
mil.avv. 1050-90 yillar bilan belgilanadi. 
Sopolli   madaniyati   va   uning   bosqichlarga   bo’linishi   yuzasidan   akademik
A.Asqarov va uning shogirdlari tomonidan taklif etilgan davriy ketma-ketlik ilmiy
jamoatchilik   orasida   qabul   qilinib,   uzoq   yillar   ilmiy   muomalada   bo’lib   keldi.
9   Аскаров   А.   Древнеземледельческая   культура   ...   –   С.   90-112;   Аскаров   А.,   Абдуллаев   Б.   Раскопки
могильника Джаркутан (Результаты работ весной 1975 г.) // ИМКУ – Вып.14, –Ташкент, 1978. – С. 39-42.  
10  Аскаров А., Абдуллаев Б. Джаркутан. –Ташкент, 1983. – С. 40-42.  
11  Рахманов У. Керамическое производство эрохи бронзы Южного Узбекистана. – Самарканд, 1987. – С.12-
12  .  
– 
  11   Biroq,   keyingi   yillarda   Jarqo’ton   yodgorligi   va   uni   o’rganishga   bo’lgan   qiziqish
xalqaro   ahamiyat   kasb   etib,   Germaniya   olimlari   e`tiborini   o’ziga   tortmoqda.
Germaniyalik arxeolog D.Xuff o’zbek arxeologlari  (sh.shaydullaev,  T.shirinov va
boshqalar)   bilan   ijodiy   hamkorlikda   Jarqo’tondagi   arxeologik   izlanishlarda
qatnashib,   ma`lum   yutuqlarni   qo’lga   kiritdi.   D.   Xuff   asosiy   e`tiborni   Jarqo’ton
ibodatxonasi   ostida   saqlangan   qal`a-qo’rg’onni   o’rganishga   qaratadi.   Darhaqiqat,
Jarqo’ton   monumental   ibodatxonasi   o’rnida   dastlab,   qala-qo’rg’on   bo’lib,   tashqi
devor   parametri   bo’yicha   aylana   shaklida   burjlar   bo’lganligi,   qal`aning   ichki
tuzilishi   keng   to’g’ri   burchakli   bir   necha   xonalardan   tashkil   topganligini
aniqlaydilar. 
Keyingi   yillarda   Jarqo’tondan   topilgan   noyob   ahamiyatga   ega   bo’lgan
topilmalar,   madaniy   qatlamlar   hajmi   hamda   S-14   analizlariga   asoslanib,   Sopolli
madaniyati va uning bosqichlari xronologiyasini 350-40 yilgacha
qadimiylashtirdilar,   ya`ni   Sopolli   bosqichi   sanasini   mil.   avv.   2150-190
yillarga, so’nggi Bo’ston bosqichini esa, 140-130 yillar bilan belgilandi 13
.  
Madaniyatlarni   qadimiylashtirish   g’oyasi   asosida   O’rta   Osiyo
yodgorliklaridan olingan radiokarbon analiz natijalari hamda ashyoviy dalillarning
qadimgi   sharq   yodgorliklari   topilmalari   bilan   qiyosiy   taqqoslash   yotadi.
shuningdek,   ular   o’z   vaqtida   Sopollitepa   va   Jarqo’tondan   olingan   radiokarbon
sanalarni-(mil.   avv.   1690   va   1560   yillar)   S-14   metodining   takomillashgan
(kalibrlashtirilgan)   sanalariga   asoslanib,   Sopollitepa   bosqichini   F.Koll   mil.   avv.
2190-1880   yillargacha,   Xibert   esa   mil.   avv.   2277-1745   yillargacha
qadimiylashtirganlar   Nemis   olimi   D.Xuff   Berlin   laboratoriyalarida   Jarqo’tondan
olingan   23   ta   ko’mir   va   kul   qoldiqlarini   kalibrlashgan   radiokarbon   analizdan
o’tkazib,   ulardan   Jarqo’ton   bosqichiga   oid   qatlamlar   (15ta   analiz)   mil.   avv.
13   Асқаров   А.,   Шайдуллаев   Ш.   Бақтриянинг   бронза   ва   илк   темир   даври   маданиятлари   хронологияси   //
“Ўзбекистон   тарихи   моддий   маданият   ва  е?зма   манбаларда”.   –   Тошкент,     205.   –   Б.     36-47.   2
  Асқаров   А.,
Шайдуллаев Ш. Бақтриянинг бронза ва илк темир даври....... Б. 39.  
– 
  12   1950160   yillarni   bergan.   Amerikada   F.Xibert   tomonidan   o’tkazilgan
kalibrlashgan analizlar esa, mil. avv. 1950-1750 yillarni bergan 2
. 
Yuqorida   keltirilgan   radiokarbon   analiz   natijalari   arxeologik   majmualarning
qiyosiy tipologik analizlariga nisbatan bir muncha zid. shu bilan birga, A.Asqarov
va   sh.   shaydullaevlarning   keng   qiyosiy   tahlillari   asosida   taklif   etgan   Sopolli
madaniyati   va   uning   bosqichlari   sanalari   haqidagi   mulohazalari   tarixiy   haqiqatga
yaqinroqdir.   Demak,   yodgorliklar   xronologiyasidagi   tarixiy   jarayonlarning
kechishi   va   bu   jarayonlarni   davriy   ketma-ketlikda   mantiqan   rivojlanish
tendensiyasini   hisobga   olganda,   Sopolli   madaniyatining   Sopollitepa   bosqichi
davriy   sanasi   Nomozgoh   VI   davri   xronologiyasi   doirasidan   chiqmaydi.   shu
sababli, Sopolli madaniyati va bosqichlarini yangi aniq sanalari  baxslidir. Buning
ustiga, na 
Sopollitepa,   na   Jarqo’tonda   Nomozgoh   V   davri   sopollari   uchramagan.   O’rta
Osiyo   qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   yodgorliklarining   davriy   sanalari
masalasida an`anaviy qarashlar asosida o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
Nomozgoh-YAz1,   Sopolli-Kuchuk1,   Dashli-Tilla1   madaniyatlari   o’rtasidagi
davomiylikni Jarqo’ton yodgorligi misolida o’rganish mumkinligini ta`kidlash joiz.
Ammo,   Jarqo’ton   yodgorligi   ustki   qismida   uchragan   Kuchuk   1   qatlami
qalinyupqaligiga   qaraganda,   Kuchuk   1   davriga   30   yil   berish   shubhalidir.   Chust
madaniyati o’z vatani Farg’ona vodiysida 30-50 yilgacha bo’lgan davrni qamrab
olgan   bo’lishi   mumkin.   Ammo,   Qadimgi   Baqtriyaga,   Marg’iyonaga   chustliklar
mil.avv. 100 yoki uzog’i bilan 110 yildan oldin kirib kelgan emas. Chunki, 
Bo’ston-Kuchuk   II   o’rtasida   davomiylik   uzilmagan.   Kuchuk   1   davri   etnik
guruhlarning   kirib   kelishi   bilan   harbiy-siyosiy   ziddiyatlar   tufayli   Sopolli   shahar
madaniyati   an`analari   ma`lum   vaqtga   inqirozga   uchraydi.   shuning   uchun   ham
Kuchuk   I   davri   sanasini   mil.   avv.   130-100   yillar   bilan   belgilash   shubhalidir.
Bizningcha, Qadimgi Baqtriyada Kuchuk I davri sanasini mil. avv. 100-90 yillar
– 
  13   bilan,   Sopolli   madaniyati   sanasini   esa   mil.   avv.   200-110   yillar   bilan   belgilash
to’g’riroq bo’ladi 
O’zbek-Olmon   Baqtriya   arxeologik   ekspeditsiyasining   yosh   a`zolari   Mayk
Toyfer va Kay Kanyutlar Sopolli madaniyatining davriy ketma-ketligi xususida o’z
qarashlari   bilan   yangilik   kiritmoqchi   bo’lganlar.   Ular   Sopolli   madaniyatining   5
bosqichga bo’linishini tan olgan holda, Jarqo’ton bosqichidan keyin Ko’zali emas,
balki Mo’lali bosqichi keladi, deb ta`kidlaydilar. Bo’ston 6 va 7 ob`ektlarida uzoq
yillar   davomida   dala   tadqiqotlari   olib   borayotgan   professor   N.A.Avanesova
ularning   xulosalarini   asossiz   ekanligini   ko’rsatib,   ilmiy   maqolalar   orqali   e`lon
qildi. 14
. 
Qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   yodgorliklari   o’tgan   asrning   70-yillaridan
boshlab   janubiy   Tojikiston   hududlaridan   ham   topila   boshladi.   Masalan,   Sopolli
madaniyatiga   tegishli   2   ta   qabriston   Nurek   GES   hududida,   Xisor   vodiysida
Tandiryo’l   va   Zarkamar   qabristonlari,   Daxana   va   Teguzak 15
  makonlari,   Tairsuv
daryosi   havzasida   Kangurtut   qabristoni   va   makoni   hamda   Baraki-Kurug
makoni 16
va   nihoyat   yana   bir   yodgorlik-Xo’ja   G’oyib 17
,   Kulob   vodiysidan
o’rganilgan. Ulardan topilgan arxeologik majmualar, birinchi navbatda, kulolchilik
mahsulotlari   Sopolli   madaniyatining   Mo’lali   bosqichi   topilmalariga   o’xshashligi
bilan xarakterlanadi. Demak, Janubiy-g’arbiy Tojikiston hududlaridan o’rganilgan
qadimgi   dehqonchilik   madaniyati   yodgorliklari   Sopolli   madaniyatining   Mo’lali
bosqichi sanasi bilan, ya`ni mil. avv. 130-120 yillar bilan belgilash mumkin. 
1.2. CHorvador qabilalar madaniyati yodgorliklari
Tojikiston   hududlari   shimoliy   Baqtriyaning   ajralmas   tarkibiy   qismi
hisoblanadi.   Uning   hududlari   qadimda   ko’proq   chorvachilik   xo’jaligining
14   Аванесова   Н.А.   Проблеме   относительной   хронологии   и   периодизации   Сапаллинской   культуры   //
Археология Узбекистана, – № 1. – Ташкент, 201. – С. 110-143.  
15  Пьянкова Л.Т. О раскопках на поселении бронзового века Тегузак в 1980 году //АРТ. –Вып. XX . (1980). 
–– Душанбе,  1987. – С. 117-125.  
16  Виноградова Н.М.Новые памятники эпохи бронзы на территории Южного Таджикистана // Центральная 
Азия.Новые памятники письменности и искусства. –М., 1987. – С. 76-91;    
17   Виноградова   Н.М.,   Ге?тцельт,   Пьянкова   Л.Т.Археологическая   разведка   в   бассейне   реки     Кызылсу
(Южный Таджикистан) // РА, М.,  203. – С. 103.  
– 
  14   rivojlanishi   uchun   qulay   imkoniyatlarga   ega   bo’lsada   ammo   Sopolli
madaniyatining Mo’lali bosqichidan boshlab, qadimgi dehqon jamoalarining ayrim
guruhlari Hisor vodiysiga ham kirib boradilar. Bunga dehqonchilik va chorvachilik
xo’jaliklarini   birgalikda   olib   borish   uchun   qulay   joy   hisoblangan   tog’   oldi
hududlari   tanlangan.   Bu   mintaqalarda   yomg’ir   tez-tez   yog’ib   turishi   sababli,   bu
hudud   lalmikor   dehqonchilik   va   yaylov   chorvachiligi   uchun   qulay   joylar
hisoblangan.   Sug’orma   dehqonchilik   uchun   ham   soy   havzalarida   keng
imkoniyatlar mavjud bo’lgan. 
Janubiy-g’arbiy   Tojikiston   hududlarida   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar
natijalariga   ko’ra,   dehqonchilik   madaniyati   yodgorliklarini   uch   kichik   vohaga
bo’lib o’rganish mumkinligi  aniqlangan. Birinchisi  – Hisor  qadimgi dehqonchilik
kichik   vohasi,   ikkinchisi   –   Vaxsh   daryosi   yuqori   oqimi   soy   havzalarida   tashkil
topgan Teguzak kichik vohasi, uchinchisi  – Qizilsuv soyi quyi oqimining sharqiy
irmoqlari havzasida tashkil topgan Parxar-Kulob kichik vohasidir 18
. 
Bu  uchala   kichik  vohalarda   keyingi   25-30  yil  ichida  Sopolli   madaniyatining
so’nggi   bosqichlariga   tegishli   qator   dehqonchilik   qishloq-makonlari   va   qadimgi
qabristonlar   topib   o’rganildiki,   ular   orasida   Kangurttut,   Daxana,   Teguzak
qishloqmakonlari va Tandiryo’l, Kangurttut, Nurek qabristonlari alohida diqqatga
sazovor   yodgorliklardir.   Bu   yodgorliklar   orqali   Janubiy   Tojikistonda   qadimgi
dehqonchilik madaniyatining tarixiy ildizlarini so’nggi bronza davri bilan bog’lash
imkonini beradi.       
Janubiy   Tojikistondan   Hisor   vodiysining   ikki   joyida   dehqonchilik   bilan
shug’ullangan ajdodlarimizning qadimgi qabristonlari o’rganilgan. Ular Tandiryo’l
va   Zarkamar   qabristonlari   bo’lib,   bu   arxeologik   ob`ektlar   haqida   N.M.
Vinogradova   asarlarida   to’liq   ma`lumot   berilgan 19
.   Bronza   davri   yolg’iz   qabri
kushonlar   davrining  Tupxona  va  Qora  pichoq  mavzeida   ham   uchratilgan.  Sopolli
18  Виноградова Н.М. Юго-Западный Таджикистан в эпоху поздней бронзы.  М., 204. – С. 13.  
19   Виноградова   Н.М.   Могильник   Тандыр-йул   в   Южном   Таджикистане.   МАИКЦА,   –   Вып.   18,   –   Москва,
1991. –С. 68.; Юго-Западный Таджикистан в эпоху поздней бронзы. – М., 204. С. 13-22.  
– 
  15   madaniyati jamoalarining izlari esa Hisor qal`asining ostidan topilgan. Mo’lali va
Bo’ston   yodgorliklarining   ayrim   idishlari   va   mis   boltalari   qishloq   xo’jaligi
ekinlarini   ekish,   parvarish   qilish   vaqtlarida   Dushanbe   shahri   atroflaridagi
sharshara,   Arakchin,   Ramit   mavzelarida   uchratilgan.   Janubiy   Tojikiston
hududlaridan   topib   o’rganilgan   bronza   davri   yodgorliklari   va   boshqa   topilmalar
orasida   eng   qadimiysi   mis   boltalar   bo’lib,   mutaxassislar   ularni   Nomozgoh   V
davriga tegishli ekanligini ta`kidlaydilar. Qolgan yodgorliklarning deyarli hammasi
Sopolli madaniyatining Mo’lali-Bo’ston bosqichlariga tegishli ekanligi aniqlangan.
Vaxsh   daryosining   yuqori   oqimidagi   Teguzak   kichik   vohasi da   qadimgi
dehqonchilik madaniyatiga tegishli Kangurttut, Daxana, Teguzak, Baraki Kurug va
Nurek kabi yodgorliklar o’rganilgan. Kangurttut manzilgohi va qabristoni Dangara
tumanining   tog’li   vodiysida,   Kangurttut   qishlog’i   yaqinidan   topilgan.   Ushbu
yodgorliklar Tairsuv daryosiga kelib qo’shiladigan Kangurttut va Dugoboz soylari
oralig’idagi   sug’orishga   qulay   adirlik   joylarni   egallagan.   Ularning   shimoliy
tomonida,   Tairsuv   daryosi   irmoqlarining   yuqori   havzalarida   Nurek   qabristoni,
Teguzak   va   Daxana   manzilgohlari   joylashgan.   Ularda   olib   borilgan   arxeologik
izlanishlar   natijasida   bu   kichik   voha   yodgorliklarida   Sopolli   madaniyatining
Mo’lali bosqichi materiallari bilan Andronova hamda Bishkent-Vaxsh madaniyati
topilmalari birgalikda uchrashi kuzatiladi .   
Uchinchi   qadimgi   dehqonchilik   vohasi   Qizilsuv   soyining   Ko’kchadaryoga
yaqin sharqiy irmoqlari havzasida tashkil topgan   Parxar-Kulob kichik vohasi dir.
Bu   kichik   vohaning   bir   necha   joylarida   qadimgi   dehqonchilik   jamoalarining
moddiy   madaniyat   izlari   saqlanib   qolgan.   Aslida   Qizilsuv   daryosi   YAxsuv   va
Tairsuv   soylari   asosida   tarkib   topgan   bo’lib,   uning   YAxsuv   tarmog’i   havzasida
baland-past   tepaliklardan   iborat   Parxar-Kulob   tekisligi   hosil   bo’lgan.   Aynan   ana
shu joyda ushbu kichik mintaqaning ikkita dehqon jamoalariga tegishli qabristoni
joylashgan.   Hozirgi   kunda   har   ikkala   qabriston   maydonini,   bugungi   kundagi
qabristonlar   egallagan.   Ba`zan   yangi   qabrlarni   qazish   vaqtida   bronza   davriga
tegishli qabrlar ham uchratiladi. Afsuski, bu joylarda rejali arxeologik qazishmalar
– 
  16   o’tkazish man etilgan. Bir qadimgi qabr Xo’ja G’oyib Kulobiy qabristonidan, yana
biri Parxar shahri yaqinidagi O’rtaboz tepaligidan topilgan. Bu qadimgi qabriston,
hozirgi   zamon   qabrlarini   qazish   vaqtida  buzib   tashlangan.   Ammo,   vayron   etilgan
qabrlardan topilgan sopol  idishlar  aynan Sopolli  madaniyatining Mo’lali  bosqichi
bilan xarakterlanadi. Buzilgan qabrlardan yana Andronova qabilalari madaniyatiga
tegishli bronza bilakuzuklar ham topilgan. 
Kulob   va   Parxar   o’lkashunoslik   muzeylari   eksponatlari   orasida   bronza
davrining   tosh   giralari *,   bazalt   toshidan   ishlangan   shon   (sapojnaya   kolodka)
topilgan 20
.   Ular   mahalliy   aholi   tomonidan   o’z   tomorqalarida   erga   ishlov   berish
vaqtida   topilib,   muzey   eksponatlari   orasidan   joy   olgan.   Ular   ham   ushbu   kichik
vohaning bronza davri tarixidan guvohlik beradi. 
Dehqon   jamoalarining   yana   ikkita   qabri   shaartuz   tumanining   Qizil   qal`a
shahri   yaqinidan   topilgan.   Qabrda   ikkita   skelet   yotgan   bo’lib,   ular   juda   boy
ashyoviy   dalillar   bilan   dafn   etilgan.   Qabrda   ikkita   sopol   idish,   80   dan   ortiq
bronza,   qimmatbaho   toshlar,   kumush,   hatto   oltin   munchoq   va   bezaklar   topilgan.
Ikkinchi qabrda ikkita sopol  idish va bronzadan ishlangan pichoq uchratilgan. Bu
erdan   topilgan   sopol   buyumlar   qabrlarni   Sopolli   madaniyatining   Mo’lali
bosqichiga   tegishli   ekanligini   tasdiqlaydi.   Bu   topilmalar   Janubiy   Tojikiston
hududida   to’rtinchi   shaartuz   kichik   vohasi   shakllana   boshlaganligidan   guvohlik
beradi. 
Ta`kidlash   joizki,   Janubiy   Tojikiston   hududlarida   uchratilgan   qadimgi
dehqonchilik madaniyati yodgorliklarining birontasida na Sopollitepa, na Jarqo’ton
va na Tillabuloq yodgorliklaridagi monumental asos ko’zga tashlanmaydi.   Bundan
ko’rinib   turibdiki,   Janubiy   Tojikiston   hududi   sherobod   vohasi   kabi   qadimgi
urbanizatsiya   o’choqlarini   shakllanishi   darajasiga   etib   bormagan.   Fundamental
asosdagi   o’troq   dehqonchilik   madaniyati   markazlarini   tashkil   topishi   ilk   temir
ya`ni Qadimgi Baqtriya davlat tizimlari shakllangan davrda yuz beradi. 
20  Виноградова Н.М. Юго-Западный Таджикистан в эпоху поздней бронзы.  М., 204. – С. 63-64.  
– 
  17   shimoliy   Baqtriyaning   Tojikiston   qismi   bronza   davrida   tog’   vodiylari,   katta
va   kichik   daryo   va   soylar   hosil   qilgan   o’tloq   adir   va   jilg’alar   mintaqada   yaylov
chorvachilik xo’jaligining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochgan. shu bois bo’lsa
kerak,   nafaqat   mintaqaning   qadimgi   mahalliy   qabilalari,   hatto   miloddan   avvalgi
IIming   yillikning   ikkinchi   yarmida   sherobod   va   Boysun   qadimgi   dehqonchilik
vohalaridan   bu   mintaqaga   kirib   kelgan   dehqon   jamoalari   ham   tabiiy-geografik
sharoit   va   ekologik   imkoniyatlar   darajasidan   kelib   chiqib,   chorvachilikni
rivojlantirishga ko’proq urg’u berganlar. 
Ana shunday urug’ jamoalarining turkum yodgorliklari Kofirnigon va Vaxsh
daryolari quyi oqimlari adirlarida, Amudaryoga yaqin hududlarda keng tarqalgan.
Ular   Vaxsh   1,2,3,   Tigrovaya   Balka,   Oyko’l,   Jarko’l,   Ilk   Tulxor,   Ilk   Aruktau,
Bishkent I, II, III va Isanboy kabi yodgorliklari bo’lib, ular turli xil ichki va tashqi
qurilish   ko’rinishidagi   qadimgi   qabristonlar   sifatida   bizgacha   etib   kelgan.
CHorvadorlarning   bir   qabristoni   Makoni-mor   Qizilsuv   daryosining   Amudaryoga
qo’shilish   yaqinidagi   dashtga   joylashgan.   Kofirnigon   daryosining   quyi   havzasi
dashtlaridan   topilgan   Aruktau,   Tulxor,   Bishkent   yodgorliklarining   tadqiqotchisi
A.M.Mandelshtam  ularni Bishkent  madaniyati nomi ostida o’rgangan. Aynan shu
tipdagi Vaxsh vodiysi yodgorliklarini o’rgangan B.A.Litvinskiy esa, ularni Vaxsh
madaniyati nomi bilan fanga kiritgan.
        Janubiy-g’arbiy   Tojikistonning   bronza   davri   yodgorliklari   kelib   chiqish
tarixiy ildizlariga ko’ra, uchta etnik guruhlarga borib taqaladi. Bular: 
- chorvador Bishkent va Vaxsh madaniyati etnik guruhlari; 
- qadimgi dehqonchilik madaniyati etnik guruhlari; 
- Evroosiyo dashtlarining andronova madaniyati etnik guruhlari. 
Demak,   janubiy-g’arbiy   Tojikiston   hududlari   so’nggi   bronza   davrida   turli
etnik   guruhlarning   o’zaro   iqtisodiy   va   siyosiy   hamda   etnomadaniy   aloqalar
markazi bo’lgan. 
– 
  18   Bronza   davrining   tasodifiy  topilgan   yana  bir   ashyosi   –   bu  dastasiga   qadama
naqsh   berilgan   hanjar   bo’lib,   uning   yil   sanasi   ham   (mil.   avv.   II-ming   yillikning
oxiri) belgilanadi 21
. Xisor vohasining antik davriga tegishli Tupxona qabristonidan
skeletning   qo’l-oyoqlari   bukilgan   va   yonboshlatilgan   holatda   ko’milgan   ikkita
bronza   davriga   oid   qabr   ochilgan.   Ulardan   birida   qo’y   suyaklari   va   asosi
chaqmoqtoshdan   ishlangan   nukleus   uchratilgan.   B.A.Litvinskiy   mana   shu
nukleusga   asoslanib,   bu   ikkala   bronza   davri   qabrlarini   ilk   bronza   davri   bilan
belgilaydi 2
.   Aslida   u   erdan   topilgan   sopol   parchalari   Mo’lali   bosqichi   sopollari
bilan xarakterlanadi. Bu tasodifiy topilmalar Janubiy-g’arbiy Tojikiston hududlari
bronza davri jamoalari tomonidan keng ko’lamda o’zlashtirilganligi haqida ishora
beradi.   Ammo   bu   hududni   arxeologik   jihatdan   o’rganish   ishlari   1955   yildan
Bishkent vodiysida A.M.Mandelshtam izlanishlaridan keyin boshlanadi. 
1955-1959   yillarda   A.M.Mandelshtam   Kofirnigon   daryosi   quyi   havzalarida
antik   davr   mozor-qo’rg’onlarini   o’rganish   vaqtida   bronza   davriga   tegishli
qabrlarga duch keladi. Ular ikki guruhdan iborat bo’lib, tadqiqotchi birinchisini –
“Ilk   Tulxor”   (75   ta   mozor)   va   ikkinchisini   –   “Ilk   Aruktau”   (12   ta   mozor-
qo’rg’on) yodgorliklari deb ataydi. Bu yodgorliklar Janubiy Tojikiston hududlarida
keng   ko’lamda   o’rganilgan   ob`ektlar   bo’lib,   tadqiqotchi   tomonidan   qabrlarning
ichki tuzilishiga ko’ra, 4 xil turi aniqlangan. Ular orasida Ilk Tulxor ob`ektining 57
tasida   qabrga   qo’yilgan   buyumlarining   tarkibi   va   qabr   tuzilishi   jihatidan   bir   xil,
ya`ni  qabrlar ayvonidan lahadga bir  pillapoya orqali (yama so spuskom)  kirilgan.
Bunday   tuzilish   va   ashyoviy   tarkib   jihatidan   bir   xil   mozorlar   tadqiqotchi
tomonidan   Janubiy   Tojikiston   bronza   davri   chorvadorlarining   Bishkent
madaniyati, deb  ataladi.  Ularning davriy sanasi   esa  mil.  avv. XIII-IX  asrlar  bilan
belgilandi 22
. 
21  Кузьмина Е.Е. Металлические изделия
… – С. 52-53.   2
 Литвинский Б.А. О 
топорах эпохи бронзы … – С. 62.  
22  Мандельштам А.М.  Памятники эпохи бронзы в Южном Таджикистане. … – С. 78-92.  
– 
  19   Afsuski,   na   tadqiqotchi,   na   uning   izdoshlari   Bishkent   madaniyati
qabilalarining tarixiy kelib chiqish ildizlarini mahalliy qabilalar bilan bog’lamaydi.
Aksincha, A.M.Mandelshtamning farazlariga ko’ra, Bishkent madaniyati jamoalari
Baqtriyadan   shimolroqda   Zamonbobo   va   Andronova   jamoalari   chorvador
qabilalarning   bu   zaminga   kirib   kelishi   bilan   bog’laydi.   shuningdek,   Bishkent
arxeologik   majmualarida   uchraydigan   dehqon   jamoalariga   xos   topilmalarning
uchrashi,   bu   ikki   madaniyat   jamoalari   o’rtasida   bo’lib   turadigan   iqtisodiy   va
etnomadaniy   aloqalar   tahlili   bilan   izohlaydi.   A.M.Mandelshtamning   bunday
xulosaga   kelishida   Buxoro   vohasining   Zamonbobo   madaniyati   qabrlari
tuzilishidagi   o’xshashlik   va   uning   sopol   majmuasida   uchraydigan   sharsimon
(korpusli)   tuzilishdagi   xurmachalar   asos   bo’lgan.   Biroq,   xali   Sopolli
madaniyatining   Mo’lali   va   Bo’ston   bosqichlari   haqida,   ularning   arxeologik
majmualari to’g’risida ilmiy adabiyotlarda tegishli  ma`lumotlar mavjud emas edi.
Sopolli   madaniyati   va   uning   bosqichlarini   keng   ko’lamda   o’rganilishi   natijasida
A.M.Mandalshtam   tomonidan   bildirilgan   faraz   haqiqatdan   uzoqroq   ekanligi
isbotlandi.   Bu   muammo,   keyinroq,   Janubiy-g’arbiy   Tojikistonning   Vaxsh   va
Qizilsuv   daryolari   quyi   havzalarida   B.A.Litvinskiy   tomonidan   Vaxsh   madaniyati
yodgorliklari   ochib   o’rganilgach,   o’z   ilmiy   echimini   topdi.   U   o’z   qarashlarida,
ularning   kelib   chiqish   tarixiy   ildizlarini   Janubiy   Turkmaniston   bronza   davri
dehqon   jamoalari   bilan   bog’laydi.   Bir   guruh   dehqonchilik   madaniyati   jamoalari
shimoliy   Afgoniston   orqali   Vaxsh   va   Qizilsuv   daryolari   havzalariga   kirib
kelganlar.   Bu   zaminning   tabiiy-geografik   sharoiti   va   ekologik   imkoniyatlari
Nomozgoh dehqon jamoalarini yangi sharoitga moslashib, chorvachilik xo’jaligini
yuritishga majbur bo’lganliklarini asoslashga qaratadi. Sopolli va Bishkent-Vaxsh
madaniyatlari orasida uzviy genetik aloqa borligi masalasida akademik A.Asqarov
ham o’zining aniq qarashlarini bayon etgan 23
. 
Ularning izidan borgan tadqiqotchilar  L.T.Pyankova va N.M.Vinogradovalar
u   tadqiqotchilarning   qarashlari   asosida   qandaydir   tarixiy   haqiqat   borligini   e`tirof
23   Аскаров  А. Сапаллитепа. – Ташкент, Фан. 1973. – С. 128;  Древнеземледельческая  культура
эпохи бронзы юга Узбекистана. –Т., Фан. 1977, – С. 115.  
– 
  20   etgan holda, Bishkent va Vaxsh madaniyatlarining kelib chiqish tarixiy ildizlari va
ularning yangi sharoitdagi rivojlanish yo’nalishlarini hisobga olib, Janubiy-G’arbiy
Tojikiston   hududining   qadimgi   chorvador   qabilalar   madaniyatlarini   birlashtirib,
Bishkent-Vaxsh madaniyati 24
, deb atashni taklif qiladilar. 
Lekin,   na   B.A.Litvinskiy,   na   A.M.Mandelshtam   va   ularning   izdoshlari
Bishkent   va   Vaxsh   madaniyatining   shakllanishida   mahalliy   Hisor   madaniyati
jamoalarining   ishtiroki   haqida   fikr   bildirmaydilar.   A.Asqarov   bu   masalada   o’z
qarashlarini   bayon   etib,   Ilk   Tulxor   yodgorligining   antropologiyasi
andronovaliklarnikiga, ya`ni protoevropoidlar va o’rta er dengizi tiplaridan tubdan
farq qilib Bishkent-Vaxsh madaniyatining shakllanishida mahalliy Hisor jamoalari
ham   qatnashgan,   degan   xulosaga   keladi 3
.   Bu   fikr   zaminida   qandaydir   tarixiy
haqiqat borligi ishonarlidir. 
24   Пьянкова   Л.Т.   Древние   скотоводы   Бактрии   (о   вахшской   и   бишкентской   культурах)   //
Культура   первобытной   эпохи   Таджикистана   (от   мезолита   до   бронзы).   Тез.док.   –   Душанбе,
«Дониш». 1982. – С. 41-65.   3
  Аскаров А. Древнеземледельческая  культура эпохи бронзы … –
С. 115.  
– 
  21   II-BOB. Sopolli madaniyatida O‘troq dehqonchilik madaniyati
jamoalarining dafn marosimlari
O’lkamizda   islom   dinidan   oldin   amalda   bo’lgan   otashparastlik   va
zardushtiylik diniga e`tiqod qiluvchi ajdodlarimizning o’ziga xos dafn marosimlari
kishi   e`tiborini   jalb   etadi.   Dafn   marosimlari   misolida   o’sha   davr   odamlarining
umumiy   yashash   sharoiti,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   diniy   mafkurasi   qanday
bo’lganligini   ko’rish   mumkin.   Jamiyatdagi   turli   guruhlarning   qarashlari   va
qayg’ualamlari   ularning   qabrlarida   namoyon   bo’lgan   diniy   marosimlari   orqali
ifodalanadi. 
Sopollitepa   manzilgohida   olib   borilgan   qazuv   ishlari   natijasida   ushbu
yodgorlik shimoliy Afg’onistonning Dashtli, Marg’iyonaning Gonur yodgorliklari
bilan   o’zaro   ijtimoiy-iqtisodiy,   etnomadaniy   va   etnik   aloqalar   bo’lganligi
aniqlandi 25
. 
Bronza   davridan   e`tiboran   zardushtiylik   dini   chorvadorlar   orasida   ildiz   otib,
quyosh   eng   muqaddas,   oliy   ibtido   sifatida   qadrlangan.   Bu   davr   aholisi   tog’
tepalarida, ko’l bo’ylarida, quyosh yaxshi ko’rinadigan joylarda quyoshga sig’inib,
yaylovga   boy   erni   so’rashgan 26
.   Bronza   davrida   vujudga   kelgan   o’troq
dehqonchilik   vohalari   aholisining   diniy   qarashlari   dastlabki   davrda   dasht   aholisi
diniy   qarashlari   bilan   ko’p   jihatdan   o’xshash   bo’lsada,   o’troq   aholining   keyingi
tarixiy   taraqqiyotida   cho’l   aholisidan   keskin   farq   qila   boshlaydi,   din   jamiyatni
boshqarishning ustuvor omiliga aylanadi. Tabiiyki o’troq dehqon hayotida er, suv,
havo,   olov   (quyosh)   muhim   o’ringa   ega.   Tabiat   unsurlariga   e`tiqod   qilish
dehqonlar jamoasida tobora uyg’unlashib, aniq tizimga kirib boradi 3
. 
Sopolli   madaniyati   aholisining   dafn   marosimlari   va   diniy   e`tiqodi
madaniyatning   barcha   bosqichlarida   o’ziga   xos   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.
25  Асқаров А. Сапаллитепа. ... – С. 23.   
26  Эсанов М. Авесто жамиятининг археологик материалларда акс этиши. (Қадимги  Бақтрия 
ва Марғие?нанинг бронза даври моддий маданият 	е?дгорликлари мисолида) // т.ф.н. диссер. Т.: 
207,  –  Б. 63.   3
 Эсанов М. Авесто жамиятининг археологик материалларда акс этиши. ....  –  Б. 
6.  
– 
  22   Masalan,   bu   madaniyatning   Sopolli   va   Jarqo’ton   bosqichlari   dafn   marosimlarini
kuzatar ekanmiz, ular o’rtasida bir-biri bilan uzviy bog’liq, shu bilan birga, ularni
bir-biridan ajratib turuvchi o’ziga xos jihatlar ham ko’zga tashlanadi. 
Sopollitepada   olib   borilgan   qazish   ishlari   natijasida   138   ta   qabr   ochib
o’rganilgan 27
.   Bu   qabrlarda   turli   yoshlardagi   158   ta   jasad   ko’milgan 28
.   Qabrlar
turar-joy   doirasida,   yashash   uylarining   poli,   ostonasi,   devori   osti,   oshxona   poli
ostida joylashgan . Bu holat, ya`ni marhumning turar-joy maskanlari doirasida dafn
etilishi,   o’sha   davr   odamlari   tasuvvurida   olamdan   o’tgan   yaqinlarini   oila,   jamoa
bilan   birga   bo’lishlarini   aks   ettirgan.   shu   bois   Sopolli   madaniyatining   ilk
bosqichlarida marhumlarni  turar-joy doirasidan uzoqroq joyga olib borib ko’mish
urf-odatlari   bo’lmagan.   Sopollitepa   qabrlarida   marhumlar   asosan   yakka   holatda,
ba`zan   juft   holatda   ko’milgan.   U   erda   ochilgan   qabrlarning   13   tasi   juft,   12   tasi
kenotaf   qabrlardir.   shulardan   6   tasida   odam   o’rnida   hayvon   skeletlari,   qolgan   6
tasida qabr bo’sh holatda ekanligi aniqlangan. 
Qabrlarning   tuzilishi   asosan   ayvonli   lahad   shaklida.   Qabrlar   ayvoni   odatda
to’g’rito’rtburchak   shaklida   o’ra   qazilgan   bo’lib,   uning   chuqurligi   60   sm   dan   1
metrgacha   bo’lgan.   Qabr   ayvonining   g’arbiy   devori   ostidan   lahadga   teshik
ochilgan.   shu   teshik   orqali   oval   shaklida   lahad   qazilgan.   Lahadning   chuqurligi
ayvonga   nisbatan   40-60   sm   gacha   chuqurroq   qazilgan.   Lahad   teshigi
tuxumsimonoval   shaklida,   ba`zan   to’g’rito’rtburchak   shaklida   bo’lib,   yaxshi
saqlangan   qabrlarda   lahad   teshigi   xom   g’isht   bilan   berkitilganligini   ko’rish
mumkin.   Lahadning   shimoliy-g’arbiy   burchagi   to’risiga   marhum   jinsiga   qarab
o’ng   yoki   chap   yonboshi   bilan   boshi   shimolga   qaratib   qo’yilgan.   Bo’sh   qolgan
sharqiy   va   janubiy-sharqiy   qismiga   mozorga   qo’yilishi   lozim   bo’lgan   buyumlar
joylashtirib chiqilgan. shaxsiy buyumlar asosan skelet yaqinida joylashgan. Lahad
og’zi   teshigi   yuqorida   ta`kidlaganimizdek,   g’ishtlar   bilan   berkitilgan   bo’lib,
27  Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы .... – С. 38.   
28   Аскаров   А.   Бронзовый   век   Южного   Узбекистана     (к   проблеме   возникновения   локальных
очагов древневосточных цивилизаций) // Афтореф. дис... д-ра. ист.наук. – Москва, 1976. – С.1.  
– 
  23   g’ishtlarning   oralariga   sopol   parchalari   terib   chiqilgan,   so’ng   ustidan   tuproq
tortilgan 29
.  
Sopolli   bosqichida   qabrlardagi   jasadlarning   80   %   boshi   shimol   tomonga
qaratilgan 30
.   Ma`lumki,   dunyo   to’rt   tomonga   bo’linsa,   ularning   ichida   eng   sovuq
hududlar   shimoliy   tomon   hisoblanadi.   Sovuq,   izg’irin   “Avesto”da   qorong’ulik,
zimistonlik   ramzi   sifatida   ifodalanib   kelingan.   Ushbu   bosqichda   marhumning
boshi   shimolga   qaratilishi,   ularning   tasavvurida   o’lgan   odam   qorong’u   dunyoga,
qaytib   kelmaydigan   tomonga   ketayotganligi   bilan   bog’liq   diniy   qarash   bo’lishi
mumkin. 
Sopollitepa   qabrlari   orasida   ba`zida   o’ra   qabrlar   ham   uchraydi.   Ularning
ko’pchiligi   chaqaloqlarga   tegishli   qabrlardir.   Ammo   yana   uch   holatda   katta
yoshdagi   erkaklarga   tegishli   o’ra   qabrlar   ham   uchratilgan.   Bulardan   ikki   holatda
erkak   kishining   skeletlari   yorma   qabr   ichiga   o’rnatilgan   yog’och   tobutga   solib
ko’milgan   (82,85   qabrlar).   Tobutning   ichki   qismi   burchagida   maydalangan   don
qoldiqlari   (№85)   ko’plab   bronzadan   mehnat   qurollari   va   boshqa   turmushda
ishlatiladigan buyumlar, tosh mo’nchoqlar, oltin marjonlar (82) topilgan 31
. 
Sopollitepa bosqichida dafn etish ikki xil usulda bo’lib, bular qabrga marhum
jasadining qo’yilishi va mayitsiz qabrlardir. Qabrga marhum qo’yilishini ham uch
turga   ajratish   mumkin.   Bular   yakka,   juft   va   odam   bilan   birga   qo’yning
ko’milishidir.   shu   o’rinda   kenotaf   qabrlarni   ham   ikki   turga   bo’lish   mumkin.
Bulardan,   birinchisi,   odam   o’rni   bo’sh   (ehtimol   u   joyda   loydan   yasalgan
marhumning   sxematik   haykalchasi   bo’lgan),   ammo   idishlarda   ovqat   qo’yilgan.
Ikkinchi holatda odam o’rniga kichik bir qo’y ko’milgan. Ba`zan kenotaf qabrlarda
hayvonlarning juft ko’milganlik holati ham uchraydi. Masalan, № 90 qabr, bu erda
29  Аскаров А. Бронзовый век Южного Узбекистана // Афтореф. дис.... д-ра. ист. наук. – Москва,
1976. – С.14.  
30   Абдуллаев   Б.   Культура   древнеземледельческих   племен   эпохи   поздней   бронзы   Северной
Бактрии.// Автореф. дис....канд. ист. наук. – Новосибирск, 198. – С. 11-14.  
31   Аскаров   А.   Древнеземледельческая   культура   эпохи   бронзы   юга   Узбекистана....   –   С.4.
Аскаров   А.   Бронзовый   век   Южного   Узбекистана   (к   проблеме   возникновения   локальных
очагов древневосточных цивилизаций) // дис... д-ра. ист. наук. – Самарканд, 1976. – С.58.   
– 
  24   er-xotin   o’rnida   ikkita   qo’yning   jasadi   dafn   etilgan 32
.   Bu   tusdagi   qabr   erkak   va
ayolga tegishli ekanligini ko’rsatish mumkin. 
Sopollitepadagi   dafn   etish   usuli   Sopolli   madaniyatining   keyingi
bosqichlarida 33
  va   qo’shni   hudud   madaniyatlari   Bishkent-Vaxsh   madaniyatlari
yodgorliklarida   ham   asosiy   dafn   etish   usuli   sifatida   kuzatiladi.   Bu   usul   u   davr
uchun   yangilik   emas   edi.   Xuddi   shunday   holat   Janubiy   Turkmanistonning   ilk
dehqonchilik yodgorliklarida, eneolit davriga tegishli Qoratepa manzilgohidagi 26
ta   qabrda   uchratilib,   marhumning   boshi   janub   va   janubiy-g’arbga   qaratilgan.
Qabrlar   asosan   manzilgohning   poli   ostidan   topilgan 34
.   YAshash   uyining   ostonasi
ostiga   va   poli   ostiga   dafn   etilganlik   holati   V.I.Sarianidi   tomonidan   Geoksyur
vohasidagi manzilgohlaridan ham topilgan 35
. Bu qabrlarning Sopollitepadan farqi,
qabrda   dafn   etish   anjomlari   juda   kam.   V.I.   Sarianidi   shimoliy   Afg’onistondagi
Dashtli   1,   3   da   ham   marhumlar   uyning   ostonasi   ostiga   dafn   etilganlik   holatlari
topilgan.   Demak,   bu   usulda   dafn   etish   O’rta   Osiyo   hududidagi   dehqon
jamoalarining eneolit va bronza davri uchun an`ana hisoblangan. 
Bu davrda an`anaviy dafn marosimlarida ayrim o’zgarishlar yuz berganligini
ko’rish mumkin. Sopollitepada o’rganilgan qabrlarning 8 tasida (14, 15, 22, 32, 10,
36,   37,   45)   marhum   xum   va   ko’zalarga   solib   dafn   etilgan.   Ehtimol,   bu   qabrlar
otashparast   ruhoniylar   va   ularning   farzandlariga   tegishli 36
  bo’lishi   mumkin.
Tuproqni muqaddasligini targ’ib qiluvchi din vakillari va ularning farzandlari xali
ostadonlar   kashf   etilmagan   kezlarda   xum   va   ko’zalarga   solib   dafn   etish   usuli
qo’llanilgan   bo’lishi   mumkin.   Bunday   usulda   dafn   etish   zardushtiylikning   ilk
ko’rinishlari   paydo   bo’lganligidan   dalolat   beradi.   Taniqli   avestoshunos   olima
32  Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений в оседлоземледельческом
обществе Северной Бактрии // дис... канд. ист. наук. – Самарканд, 199. – С. 92.  
33  Але?кшин В.А. Социальная структура и погребальный обряд древнеземледельческих 
обществ. – Ленинград, Наука. 1986. – С. 29.  
34  Массон В.М. Карадепе у Артыке // Тр. ЮТАКЭ, – Том Х, 1961. – Ашхабад, – С. 328-329.  
35   Сарианиди   В.И.   Энеолитическое   поселение   Геоксюр.   Тр.   ЮТАКЭ,   –   Том   Х,   1961.   –
Ашхабад, – С. 229238.  
36  Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. –Тошкент, Университет,  207. – Б-
117.  
– 
  25   M.Boysning   ta`kidlashicha 37
,   tanadan   jon   chiqishi   bilan   uni   yovuz   kuchlar
egallaydi.   YOvuz   kuchlar   egallagan   jasadni   esa,   muqaddas   hisoblangan   erga   –
tuproqqa   qo’yish   mumkin   bo’lmagan.   Masalan,   marhumning   ko’zaga   solib   dafn
etilganlik   holati   10-qabrda   kuzatiladi.   Bu   qabr   1-2   yoshli   bolaga   tegishli   bo’lib,
idish   yonboshlatilgan   holatda,   og’zi   shimolga   qaratilgan.   Idishning   og’iz   qismi
biroz   singan,   skelet   g’ujanak   holatda   o’ng   tomonga   yonboshlatilgan   va   boshi
shimolga   qaratilgan 5
.   Qabrga   ashyoviy   dalillar   qo’yilmagan.   15-qabr   yorma   qabr
bo’lib,   unda   katta   xum   joylashgan.   Xumning   og’zi   shimol   tomonga   yonboshlatib
yotqizilgan.   Uning   ichida   7-8   yoshlardagi   bola   skeleti   joylashgan   bo’lib,   u
g’ujanak   holda,   o’ng   tomonga   yonboshlatilgan,   boshi   esa   shimolga   qaratib
qo’yilgan. Xumning og’zi  tog’oracha  bilan  yopilib, uning ustidan  bir  qator  g’isht
terib   chiqilgan.   32-qabrda   chaqaloqning   ko’za   ichiga   solib   dafn   etilganlik   holati
uchraydi. Ko’zaning yuqori qismi deyarli sinib, parchalanib ketgan. CHaqaloqning
bosh   suyak   skeleti   ham   ezilib   ketgan.   Uni   aniq   qaysi   tomonga   qaratib
qo’yilganligini   aniqlash   qiyin.   Bundan   tashqari   yana,   ko’zaga   solib   dafn   etilgan
marhumni 36-qabrda uchratish mumkin. Bu qabr asli jamoaviy qabr bo’lib, unga 5
ta   odam   dafn   etilgan.   Birinchisi   1   yoshli   bolaga   tegishli   bo’lib,   qabrning
burchagida   ezilib   ketgan   ko’za   ichiga   Sopollitepa   odati   (tartibi)   asosida   dafn
etilgan.   Bu   qabrdagi   qolgan   4   ta   skelet   ham   3   yoshdan   13   yoshgacha   bo’lgan
bolalarga tegishli ekanligi aniqlangan. Qabrda ko’mish bilan bog’liq hech qanday
buyumlar   uchramaydi.   Yana   bir   shunga   o’xshash   №   45-qabr   54-xonaning
janubiyg’arbiy   burchagi   ostidan   topilgan.   Bu   qabrda   chaqaloq   ko’zaga   solinib,
boshi  shimolga qaratib dafn etilgan. Ko’za deyarli sinib, parchalanganligi  sababli
skelet juda yomon saqlangan. 
Ko’rinib   turibdiki,   bolalar   qabrlarida   ularni   ko’mish   bilan   bog’liq   anjomlar
qo’yilmagan.   Dafn   anjomlarining   bo’lmaslik   holati   Sopollitepa   bosqichining
barcha   yosh   bolalar   dafn   etilgan   qabrlariga   xosdir.   Bu   holat   balki   ularning
37  Бойс М. Зороастрийцы: верования и обычаи. –
М., 1987. – С. 57.   5
 Аскаров А. Сапаллитепа. ... – С. 
54.  
– 
  26   jamiyatda   xali   o’z   o’rniga   ega   emasligining   dalilidir.   Biroq,   Sopollitepada   yosh
bolalarni ko’zaga solib dafn etish odati ayrim holatlardagina uchraydi. O’rganilgan
qabrlarning   aksariyat   ko’plarida   marhum   suyaklari   majaqlangan   va   tartibsiz
joylashganligiga   guvoh   bo’lamiz.   Bundan   xulosa   qilish   mumkinki,   marhumlar
qandaydir   baxtsiz   xodisaning   qurboni   bo’lgan   bo’lishi   mumkin.   36   -   jamoaviy
qabrdagi   bolalarning   ko’proq   shikast   ko’rganligi   sababli,   zardushtiylik   odatiga
ko’ra, jasad erni iflos qilmasligi uchun u ko’zaga solib dafn qilingan bo’lishi ham
mumkin.  
Biroq,   Sopolitepada   katta   yoshdagi   kishilarning   ham   xumlarga   solib   dafn
etilganlik   holatlari   uchraydi.   Bu   ham   ularning   diniy   e`tiqodlari   bilan   bog’liq
bo’lganligi   haqiqatga   yaqinroqdir.   Erni   muqaddas   hisoblagan   din   vakillarining
farzandlari   ko’zaga   solib   dafn   etilgan,   deb   olsak,   xumga   ularning   oila   a`zolari
orasidagi   katta   yoshlilar,   o’smirlar   shu   tartibda   dafn   etilgan   bo’lishi   mumkin.
Baxtsiz xodisada yoki jangda halok bo’lgan kishi xumga solib kelinib dafn etilgan
bo’lishi ham mumkin.  
Sopollitepa   bosqichining   shu   toifa   qabrlariga   14-qabrni   ko’rsatib   o’tish
joizdir. Qabrda 40-45 yoshlardagi erkak kishi xumga solib dafn etilgan. Xumning
og’iz   qismi   erga   qaratib   yotqizilgan.   Skelet   orqasi   bilan   yotgan   holda,   oyoqlari
juda   ham   bukilgan   holatda   ikki   tomonga   og’ib   ketgan.   Uning   o’ng   qo’l   kafti   toz
suyagi   ustida,   chap   qo’li   chap   oyoq   suyagi   ostida   qolgan.   Xumning   tag   qismida
marhumning terisi va hattoki kiyim qoldig’i saqlanib qolgan. Qabrda, xum atrofida
turli   darajada   saqlangan   ko’p   miqdorda   sopol   idishlar   topilgan.   22-qabr
27xonaning   poli   ostidan   topilib,   qabrda   5   ta   sopol   idish,   qo’yning   bir   necha
qovurg’asi va kurak suyagi borligi aniqlangan. Qabrning g’arbiy qismida uzunligi
110   sm   kattalikdagi   xum   joylashgan   bo’lib,   u   yonboshlatilgan   holda   og’zi
shimolga qaratilgan. Xumning tag qismida yana 5 ta idish ichida ovqat qoldiqlari
bilan   saqlanib   qolgan.   Xumning   ichida   25-30   yoshlardagi   erkak   kishining   skeleti
odatga ko’ra joylashgan.  Marhumning bosh miya qismi qattiq ezilgan bo’lib, yuz
qismi   yaqinidan   bronza   bolta   va   uning   dastasi   topilgan.   Skeletning   elka   suyagi
– 
  27   tomonida   bronzadan   ishlangan   hanjar   ko’rinishidagi   pichoq   topilgan 38
.   Bu
topilmalar   marhumning   jangchi   yoki   sarkarda   bo’lganligiga   ishoradir.
Sopollitepada   ayol   kishining   ham   (№82)   xumga   solib   dafn   etilganlik   holati
uchratilgan.   Xumning   atrofida   turli   xil   ko’rinishdagi   sopol   idishlar   va   bronzadan
yasalgan buyumlar topilgan 39
. 
Sopollitepa aholisining dafn an`analaridagi bu odat o’sha davr uchun yangilik
bo’lgan. CHunki neolit davri yodgorliklarida marhumni xumlarga solib dafn etish
uchratilmagan.   Bunday   holatlar   bronza   davridan   boshlanib,   Oltintepa,   Dashli   va
Xapuz-tepada ham uchratilgan 3
. 
Sopollitepadagi   ko’pgina   mozorlarda   hatto   qabr   bo’shlig’i   mavjud   ,   ya`ni
qabrga   tuproq   o’pirilib,   qabr   tuproqqa   to’lmagan.   Mozorlar,   ularga   qo’yilgan
ashyoviy dalillarga juda ham boy. Qabrlardagi ashyoviy buyumlar ularning abadiy
o’limga   ishonmaganliklaridan   dalolat   beradi.   Qabrlarda   10   tadan   30-40   tagacha
dafn   etish   anjomlari   qo’yilgan   bo’lsa,   ularning   asosan   ko’p   qismini   sopol
buyumlar,   undan   so’ng   bronzadan   ishlangan   buyumlar   va   har   xil   taqinchoqlar
tashkil etadi. shu bilan birga, T.shirinov Sopollitepa manzilgohida 4 mingga yaqin
toshdan   yasalgan   mehnat   qurollari   va   qurollar   borligini   aytib,   ularning   izohini
beradi 40
.   Qabrlardagi   ko’mish   bilan   bog’liq   buyumlar   orasida   hattoki   yumshoq
buyumlar   –  teri,  yog’och,   bug’doy   poya  va   novdalardan   to’qilgan   idishlar,   kiyim
qoldiqlari   uchraydiki,   bular   o’sha   davr   odamlarining   real   hayotini   aniq   tasavvur
etishga yordam beradi 41
. 
Marhum   “narigi   dunyoga”   kuzatilar   ekan,   qarindoshlari   va   jamoadagi   yaqin
kishilari   tomonidan   maxsus   ovqatlar   tayyorlanib,   idishlarga   solib   kuzatganlar.
38  Аскаров А. Сапаллитепа. ... – С. 56-6.  
39  Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга 
Узбекистана.... – С.4.   3
 Сарианиди В.И. Древние земледельцы 
Афганистана. – М., Наука, 1977. – С. 57.  
40   Ширинов Т. Орудия производства и оружие эпохи бронзы Среднеазиатского междуречья. –
Т., Фан, 1986. – С. 36.  
41   Аскаров   А,   Буряков   Ю.Ф,   Квирквелия   О.Р,   Радилиловский   В.В     Теоретические   и
методологические проблемы исследования в археологии. – Т., Фан.1988.  – С. 23.   
– 
  28   Zero,   ularning   e`tiqodiga   ko’ra,   bular   “narigi   dunyo”ga   etib   olguncha   marhumga
zarur bo’ladi, deb tasavvur qilganlar. Bunday tartibda dafn etish o’sha davr aholisi
onggida vafot etgan yaqinlarini hamisha o’zlarining yonlarida, ularga madat berib
turibdi, degan tushuncha kuchli bo’lganligiga ishoradir. 
Sopollitepada   katta   yoshdagi   ayollar   qabridan   muhrlar   topilgan.   Topilgan
muhrlarda   qanotini   yozib   turgan   burgut,   ilon,   tuya,   to’ng’iz,   tog’   echkisi,   to’qay
mushugi   kabi   jonivorlarning   tasvirlari   va   turli   geometrik   shakllar   tushirilgan.
Ko’rinib   turibdiki,   bular   katta   patriarxal   oilaning   totemi   bilan   bog’liq   tasvirlar
bo’lishi   haqiqatga   yaqinroqdir.   Bir   patriarxal   oilaning   totemi   burgut   bo’lsa,
ikkinchisiniki   ilon,   uchinchisiniki   to’ng’iz   va   boshqalar   bo’lganligidan   dalolat
beradi.   Har   bir   oila   a`zolarining   shaxsiy   ismidan   tashqari   oilaviy   totem   nomlari
ham bo’lganki, ular o’zlarining kelib chiqishini  shu hayvonlar bilan bog’laganlar.
Ularning   totem   muhrlari   qabila   bayrog’ida,   urug’   oqsoqoli   darvozasining
peshtoqida   aks   etgan.   YAna   ular   to’g’nog’ich   va   soch   to’g’nog’ichlar 42
  shaklida
ishlanib, sardor boshida toj belgisi sifatida taqib yurilgan bo’lishi mumkin. 
Ayollarning   qabridan   muhrning   topilishi   ayol   kishi   nasl   davomiyligini
ta`minlovchi ilohiy siymo sifatida ulug’langan va qabilada alohida e`tiborga loyiq
bo’lgan.   shu   bilan   birga   ayollar   oilasini,   urug’ni   boshqarishda   erkaklar   bilan
tengma-teng huquqqa ega bo’lganligining belgisidir. 
Dafn   anjomlari   tahlil   qilinganda,   yosh   bolalarga   tegishli   qabrlarda   ko’mish
bilan   bog’liq   ashyolar   deyarli   uchramaydi.   O’smirlar   qabrlarida   bittadan
to’rttagacha uchrasa, katta yoshlilar dafn etilgan qabrlarda ularning miqdori ancha
ko’pligi   aniqlangan.   Ko’rinib   turibdi-ki,   katta   yoshdagilarning   qabrida   dafn   etish
anjomlari   ko’p.   Bu   shundan   dalolat   beradiki,   insonlarni   dafn   etish   uning
jamiyatdagi mavqeiga, xizmatiga qarab belgilangan. Qanchalik yoshi katta bo’lsa,
uni ko’pchilik bilgan va dafn marosimiga ko’pchilik qatnashgan. 
42  Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана.... – С. 142.  
– 
  29   O’rta   Osiyo   va   Yaqin   sharq   mamlakatlari   qadimgi   davri   dehqonchilik   bilan
shug’ullangan   qabilalarning   dafn   marosimlari   ustida   izlanish   olib   borgan
V.A.Alyokshin   Sopollitepa   qabrlaridan   8   ta   erkak   kishiga   va   13   ta   ayol   kishiga
tegishli qabrlar ustida tahlil o’tkazib, ularni yoshlari bo’yicha guruhlarga ajratadi.
Erkaklarni   ikki   guruhga:   1-guruhga   4   ta   25-30   yoshlardagi,   2-guruhga   40-50
yoshlardagi erkaklar kirgan. Birinchi guruhga nisbatan ikkinchi guruhda dafn etish
anjomlari, bronza buyumlar ko’p topilgan. Ayollarni esa yoshiga qarab 4 guruhga
ajratadi.   1-guruh   –   20-35   yosh;   2-guruh   –   35-40   yosh,   3-guruh   –   40-50   yosh,
4guruh   –   60   yoshdan   yuqori.   Bu   qabrlardagi   dafn   etish   anjomlari   tahliliga   ko’ra,
qaysidir   bir   guruhni   ustun   qo’yish   juda   ham   qiyin   kechgan.   CHunki,   guruhlar
orasidagi   qabrlarning   ba`zilarida   ko’p   miqdorda   sopol   buyumlar   (15   tadan   21
tagacha)   bo’lsa,   bronza   buyumlari   deyarli   uchramaydi.   Ayrimlarida   esa,   ko’p
miqdorda   bronza   buyumlar   bo’lib,   idishlar   miqdori   kam.   Katta   yoshli   ayollar
qabriga   o’simlik   va   go’shtli   taomlar   qo’yilgan.   Erkaklarnikiga   faqat   go’shtli
taomlar   qo’yilgan.   YOsh   yigit   va   qizlarnikida   go’shtli   taomlar   mutlaqo
uchramaydi.   Faqat   boshoqli   o’simlik   donlaridan   tayyorlangan   suyuq   taomlar
qo’yilgan 43
.   Bundan   ko’rinib   turibdiki,   erkaklarni   jamiyatdagi   o’rniga   qarab,
ayollarni   esa,   ba`zi   ayollar   qabrida   muhr   borligini   aytmaganda,   bronza   buyumlar
ko’p   topilgan   qabrlar   jamiyatda   uning   yoki   oilasining   mavqei   baland   bo’lgan,
deyish   mumkin.   Deyarli   qolgan   ayol   kishiga   tegishli   qabrlar   bir   xil   dafn   etish
anjomlari bilan ko’milgan.   
Sopollitepa   qabrlarida   6   ta   holatda   qabrga   hayvonning   –   qo’yning
ko’milganlik   holati   uchraydi.   Dafn   marosimida   nafaqat   Sopollitepa   bosqichida,
balki   Sopolli  madaniyatining  keyingi  bosqichlarida   va  xronologik  jihatdan  ularga
tengdosh Tojikiston hududi yodgorliklarida ham (Ilk Tulxor, Teguzak, Kangurttut)
hayvonni   asosan,   qo’yning   qurbonlik   qilinganlik   holatlari   uchraydi.   Ushbu
bosqichda   63   ta   katta   yoshlilarga   tegishli   qabrda   qurbonlik   qilingan   qo’yning
ma`lum   bir   a`zo   qismlari,   bir   nechta   qovurg’asi,   2   ta   orqa   oyog’i,   bitta   kuragi,
43   Але?кшин   В.А.   Социальная   структура   и   погребальный   обряд   древнеземледельческих
обществ. –Ленинград, Наука. 1986. – С. 30-31.  
– 
  30   ba`zan   ko’krak   qafasi   ham   idishga   solib,   qabrga   qo’yilgan 44
.   Bu   shundan   dalolat
beradiki, hayvonlar  orasida  qo’y dafn marosimlari  uchun alohida ahamiyatga ega
bo’lgan. Buni bugungi kunda diniy marosim va dafn marosimlarida ham qurbonlik
uchun   asosan   qo’yning   qurbonlik   qilinishi,   bu   nafaqat   ajdodlarimizdan   qolgan
udum,   balki   qo’yning   diniy   marosimlarda   o’ziga   xos   ma`no-mazmun   kasb   etishi
bilan   bog’liqligini   bildiradi.   O’rganilgan   qabrlar   tahlili   asosida   shunday   xulosaga
kelish   mumkinki,   sopollitepaliklarning   ko’mish   marosimida   xumlarga   va
ko’zalarga   solib   dafn   qilish   odatining   mavjudligi,   zardushtiylik   dinining   ilk
bosqichlari boshlanayotganligidan dalolat beradi. Dafn etishdagi xum va ko’zalarni
ossuariylarning ilk ko’rinishi deyish ham haqiqatga yaqindir. 
Sherobod   vohasida   olib   borilgan   izlanishlar   natijasida,   olimlar   bronza   davri
yodgorliklarini ikki guruhga – markazi Sopollitepa qishloq-makoni bo’lgan 
Ulanbuloqsoy   va   markazi   Jarqo’ton   ilk   shahar   bo’lgan   Bo’stonsoyga
ajratadilar. 
Jarqo’ton   Sopolli   madaniyatining   noyob   yodgorligi   hisoblanadi.   Jarqo’ton
yodgorligining   tarixiy   topografiyasiga   ko’ra,   akademik   A.Asqarov   uni   4   qismga
bo’ladi.   Birinchisi,   Jarqo’ton   I,   ya`ni   mahalliy   aholi   orasida   CHimqo’rg’on,   deb
atalgan   yodgorlikning   “ark”   (sitadel)   qismi;   Jarqo’ton   II   yodgorlikning
“shahriston”   qismi;   Jarqo’ton   III   yodgorlikning   “qabriston”   (qabriston)   qismi;
Jarqo’ton IV ob`ekti ham bir necha tabiiy tepaliklardan iborat qabriston qismidir 45
. 
Jarqo’ton   qabristoni   katta   hududni   o’z   ichiga   olib,   ularni   tadqiqotchilar
Jarqo’ton   3,   Jarqo’ton   4a,   b,   v,   deb   nomlaydilar 46
.   Jarqo’ton   qabristonida   1974
yildan boshlab keng ko’lamda izlanishlar olib borilib, Jarqo’ton 4a ning 1 gektarlik
maydonidan 731 ta qabr ochilgan. Arxeologik materiallar tahliliga ko’ra, Jarqo’ton
44  Аскаров А. Бронзовый век Южного Узбекистана  // дис....док. ист. наук. – Самарканд, 1976. –
С. 62.  
45  Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. – Т., Фан, 1977.
– С. 47- 48.  
46  Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. –Т., Фан, 1983.  – С. 17.  
– 
  31   –   4a   to’rt   xronologik   davrga   tegishli   ekanligi   aniqlangan 47
.   Tadqiqotchilar
Jarqo’ton   yodgorligining   5-tepaligidan,   ya`ni   “shahriston”   qismidagi   turar-joy
majmualari   ichidan   sopollitepadagidek   50   dan   ortiq   qabrlarni   ochishga   muvaffaq
bo’lganlar . 1987-89 yilning o’zida xuddi shunday dafn etilgan 10 ta qabr, qurol-
aslahalari   bilan   4-tepadan   V.Ionesov   tomonidan   topib   o’rganilgan 48
.   Xuddi
shunday   qabrlar   yodgorlikning   “ark”   (sitadel)   qismida   yashash   xonalari   poli
ostidan   topilgan.   Ularning   barchasi   Sopolli   madaniyatining   Jarqo’ton   bosqichiga
tegishli   ekanligi   aniqlangan.   Qabristonda   olib   borilgan   izlanishlar   Jarqo’tonni
ikkiga bo’lish imkonini berdi. Ark va shahriston atroflaridan topilgan qabrlarni ilk
Jarqo’ton   bosqichi,   Jarqo’ton   3   va   Jarqo’ton   4a,b,v   qabristonlaridan   topilgan
Jarqo’ton bosqichiga tegishli qabrlarni so’nggi Jarqo’ton bosqichi deb izohladilar. 
Qabrning   kirish   qismi   bir   qator   xom   g’isht   bilan   berkitilgan   bo’lib,
g’ishtlarning   o’lchami   55x23x10,5   sm   va   55x22x10   sm   bo’lgan 5
.   Jarqo’tondagi
qabrlar   kirish   ayvonchasidan   keyin,   bir   zina   ko’rinishidagi   pastlikdan   lahad
qazilgan. 
Ilk   Jarqo’ton   davrining   Sopollitepadan   farqi,   qabrlarda   diniy   marosim
odatlariga   ko’ra,   qo’yning   odam   bilan   birgalikda   ko’milganlik   holatlari
uchramaydi.   Sopollitepada   marhum   bo’lmasa,   o’rniga   qo’yni   ko’mganlar.   Ilk
Jarqo’ton   davrida   esa,   marhumning   jismi   o’rniga   matodan   yoki   yog’ochdan
qo’g’irchoq   tayyorlash   odat   tusiga   kira   boshlagan.   Afsuski,   ular   hozirgacha   etib
kelmagan. 
Jarqo’ton   bosqichining   ikkinchi   fazasi   ibodatxonaning   qurilish   davri   bilan
tengdoshdir.   shuning   uchun   bu   davr   qabrlari   ilk   shahardan   tashqarida,   alohida
qabristonga ko’milgan. Bularga Jarqo’ton 3 va Jarqo’ton 4a, b, v ob`ektlari kiradi.
Bu qabristonlarda Sopolli madaniyatining so’nggi Jarqo’ton bosqichidan tashqari 
47   Абдуллаев Б. Новый памятник эпохи бронзы на юге Узбекистане //   ОНУ, – №1, 1977. – С.
33-39;  Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи броны юга Узбекистана.... – С. 48-49.
48  Ионесов В.И. Шеробод бўлими хисоботи. 1987. –Б. 16-19; 
1988. – Б. 43-44.   5
 Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 
1.  
– 
  32   Ko’zali,   Mo’lali,   Bo’ston   davri   qabrlari   ham   uchraydi.   Qabrlarning   ko’p
qismini   Ko’zali   bosqichi   qabrlari   tashki   etadi.   Demak,   so’nggi   Jarqo’ton   davrida
shahar   aholisi   uchun   monumental   ibodatxonaning   paydo   bo’lishi,   turli   diniy
urfodatlarning   markazlashishiga,   tartibga   solinishiga   va   mustahkamlanishiga   olib
keladi. 
So’nggi   Jarqo’ton   davrida   marhumni   dafn   etish   uchun   alohida,   turar-joy
manzillaridan   chetda   qabristonning   paydo   bo’lishi,   odamlarning   mafkuraviy
dunyoqarashi o’zgara boshlaganligidan, ularning onggida diniy g’oyalar chuqurroq
ildiz   ota   boshlaganligidan   dalolat   beradi.   Qabristonning   yashash   manzilidan
chetroqda   bo’lishi,   manzilgohda   toza   havoning   ifloslanmasligiga   qaratilgan
e`tibordir. 
So’nggi Jarqo’ton davriga tegishli 324 ta qabr o’rganilgan bo’lib, ulardan 306
tasi J 4a da, 3 ta J 4b da, 7 ta J 4v da, 4ta J 4g da va Bo’ston 7 qabristonida 1 ta
qabr borligi aniqlangan. Jarqo’ton bosqichining ikkinchi fazasi dafn marosimlarini
avvalgilari   bilan   solishtirilsa,   bu   davrda   dafn   etish   odatlari   o’zgarib   borganligi
seziladi.   Bu   davrda   marhumning   boshi   nafaqat   shimolga,   balki   shimoliy-g’arb
tomonga   ham   qaratila   boshlagan 1
.   Demak,   marhumning   boshi   asta-sekinlik   bilan
g’arbga   qaratila   boshlashi,   ularning   diniy   dunyoqarashlarida   o’zgarish   sodir
bo’layotganligining   belgisidir.   Balki,   bu   davrda   quyoshga   bo’lgan   e`tiqodning
kuchayishi   bilan   quyosh   botadigan   tomonga   qaratilgan   bo’lishi   mumkin.   Odam
umrining tugashini quyosh botishiga qiyoslagan bo’lishlari mumkin. 
Bu davrga tegishli 65 ta qabrda bronzadan ishlangan buyumlar topilgan. 
Erkak   kishiga   tegishli   3   ta   qabrda   xanjar   va   ketmon   ko’rinishidagi   buyum,
pichoq, 
                            
1
  Аскаров А. Бронзовый век Южного Узбекистана // Афтореф. дис... д-ра. ист. наук.
–   Москва,   1976.   –   С.   12;   Абдуллаев   Б.   Культура   древнеземледельческих   племен   эпохи
поздней бронзы Северной Бактрии // Автореф. дис...канд. ист. наук. – Новосибирск, 198.
– 
  33   – С. 7; Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений ... // дис... канд.
ист. наук. – Самарканд, 199. – С. 9. Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 12.  
tesha,   bolta,   nayza   o’q   uchlari   topilgan.   Ayollar   qabridan   esa,   bronzadan
ishlangan   oyna,   braslet,   sirg’a,   surmadon,   mehnat   qurollari   va   boshqalar   borligi
aniqlangan 49
. 
So’nggi Jarqo’ton fazasida kenotaf qabrlarning soni kamayadi. Ular umumiy
qabrlarning   3/1%   tashkil   etadi 2
.   Bu   ko’rsatgich   ushbu   davrda   mustahkam
boshqaruv tizimi o’rnatila boshlaganligidan, qabilalar o’rtasida bo’ladigan urushlar
ularning   ustunligi   bilan   yakunlanganligidan,   yovvoyi   hayvonlarga   qarshi   maxsus
qurollar   yasalib,   ular   bilan   bo’ladigan   to’qnashuvlar   insonlar   foydasiga   hal
bo’lganligiga   ishoradir.   Ularda   hayvonlarni   qurbonlik   qilish   holati   deyarli
uchramaydi.   V.I.Ionesov   o’z   ishlarida,   J-   I   davrida   barcha   kenotaf   qabrlarda
idishlar toq bo’lsa, J- II davrida idishlar juft bo’lganligini ko’rsatib o’tadi. 
Jarqo’tondagi   J   4a   va   J   4v   qabristonlari   to’liq   ochib   o’rganilgan.   Bu   ikkala
qabriston   bir-biriga   yaqin,   o’xshash   va   bir   xil   faoliyat   bajarishiga   qaramasdan,
ularni o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi farqlari ham aniqlangan. J 4v
qabristonida   Bo’ston   davri   qabrlari   ko’pchilikni   (33,8%)   tashkil   etsa,   bu
ko’rsatgich   J   4a   qabristonida   ancha   kam   (8,2%)   ligi   bilan   xarakterlanadi.   Bu
qabristonlar   kenotaf   qabrlar   bo’yicha   yuqori   ko’rsatgich   bilan   farq   qiladi.   J   4a
qabristonida   barcha   qabrlarning   15,3%,   J   4v   da   36,6%   ni,   hayvon   suyaklarining
uchrash holati bo’yicha J 4a 11,5%, J 4v 46,6% ni, olov izlari va olov bilan bog’liq
belgilarning uchrashi J 4a qabristonida 2%, J 4v qabristonida 38%ni tashkil etadi.  
J   4v   qabrlaridagi   buyumlar   ichida   oshxonada   ishlatiladigan   tamg’ali
xumchalar   uchraydi.   Idishlar   orasida   tag   qismida   uchburchak   naqshli   “dasht”
idishlari,   odam   haykalchalari,   bronzadan   mitti   idishchalar,   mitti   o’roqlar,   qirrali
boltasimon bolg’alar, ketmon va teshalar uchraydi. J 4v qabristonida sanab o’tilgan
bu   arxeologik   jihatdan   qimmatli   ashyolar   J   4a   qabrlaridan   topilmagan.   J   4a   juft
49   Аскаров   А.   Бронзовый   век   Южного   Узбекистана   //   Афтореф.   дис...   д-ра.   ист.   наук.   –
Москва, 1976. – С. 11.    2
 Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений ... //
дис... канд. ист. наук. – Самарканд, 199. – С. 99.  
– 
  34   ko’milgan   qabrlarning   ko’pligi   bilan   ajralib   turadi.   Bular   o’rtasidagi   eng   asosiy
farqni   antropologlar   T.K.Xodjaev,   Xalilov   va   S.P.Mustafoqulovlar   aniqlagan
bo’lib,   ular   J   4a   aholisining   miya   qobig’i,   yuz   tuzilishi   sopollitepaliklarnikiga
yaqinligini ko’rsatadilar. 
YUqorida   keltirilgan   ma`lumotlardan   ko’rinib   turibdiki,   J-4A   qabristonidan
asosan   Ko’zali   bosqichining   o’rtalarigacha   foydalanilgan.   Ko’zali   bosqichining
o’rtalaridan   boshlab,   Mo’lali   va   Bo’ston   bosqichlarida   marhumlar   J   4v
qabristoniga dafn etilgan. 
Qabrga qo’yilgan buyumlarning asosiy qismini sopol buyumlar tashkil etadi.
Idishlar   juda   yaxshi   pishirilgan   bo’lib,   ularning   ba`zi   birlarida,   ko’zalarda   ayrim
belgilar   uchraydi.   Jarqo’ton   davriga   tegishli   350   ta   qabrdan   1491   ta   turli   xil
ko’rinish   va   vazifani   bajaruvchi   sopol   idishlar   topilgan.   Bundan   tashqari,
bronzadan   turmushda   ishlatiladigan   mehnat   qurollari   va   qurol   aslahalar,   to’qish
uchun bigiz (spitsa) (5 ta), hanjar, tikish bigizi (3 ta), chaqmoqtoshdan kamon o’q
uchlari (8 ta) topilgan. Ayollarga tegishli qabrlardan turli xil zeb-ziynat buyumlari 
–   soch   to’g’nog’ich   (34   ta),   oyna   (6   ta),   braslet   (40   ta),   sirg’a   (36   ta),
surmadon   va   turli   xil   toshlardan   munchoqlar   topilgan.   Bu   buyumlarning   ko’plab
uchrashi,   ularning   rivojlanib   borayotganligidan,   o’z   zamonasi   uchun   etarlicha
madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.   
Bu davrga tegishli 19 ta qabrda marhum bosh chanog’ining yonida idishlarda
shohli   hayvon   suyaklarining   topilishi   oz   bo’lsada,   hayvonlarni   qurbonlik
qilganliklarini   ko’rsatadi.   Aniqrog’i,   qo’y   qurbonlik   qilingan   yoki   ma`lum   a`zo
qismlari   qo’yilgan   qabrlarda   dafn   anjomlarining   ko’pligi   bilan   ham   boshqa
qabrlardan ajralib turadi. Ularda ko’p miqdorda bronza buyumlar va sopol idishlar
topilgan.   Bundan   ko’rinib   turibdiki,   Jarqo’ton   bosqichida   qo’yning   qurbonlik
qilinishi   asosan,   qabiladagi   yoshi   ulug’,   o’z   mehnati   bilan   qabilada   obro’ga   ega
bo’lgan shaxslarning qabrlaridagina uchratiladi. 
– 
  35   Qabrlardagi   ashyoviy   dalillar   va   ularning   tahlili,   qo’shni   hudud   materiallari
bilan   qiyosiy   solishtirish   natijasida,   jarqo’tonliklarni   Afg’oniston,   Turkmaniston,
Tojikiston,   Eron   hududidagi   dehqon   jamoalari   bilan   o’zaro   aloqa
o’rnatganliklariga   guvoh   bo’lamiz.   Bularga   misol   qilib,   Jarqo’ton   qabristonidan
topilgan   Jarqo’ton   bosqichi   sopol   buyumlari   Sopollitepa   manzilgohining   yuqori
qurilish  gorizonti  va  Dashtli   – 3,  Nomozgoh tepa,  Ulug’  tepa  yodgorliklari   sopol
buyumlarga   o’xshashligini   aytish   mumkin.   Bundan   tashqari,   Jarqo’ton
qabristonidan   topilgan   bronza   muhrlarni   shimoliy   Afg’oniston,   Janubiy
Turkmaniston   va   shimoliysharqiy   Eron   hududi   yodgorliklaridan   topilgan
muhrlarga qiyoslash mumkin. Ularning davriy sanasi mil.avv. II ming yillik bilan
belgilangan.   Bunday   qiyosiy   topilmalar   safi   sopol   buyumlar   va   muhrlar   bilan
cheklanib   qolmaydi.   Ularni   yana   metall   buyumlarda,   tosh   munchoqlarda,   mehnat
qurollarida,   kamon   o’q   uchlarining   shakllarida   ham   ko’rish   mumkin.   Bundan
ko’rinib   turibdiki,   mil.avv.   II   ming   yillikda   O’rta   Osiyo   aholisi   o’zaro   bir-birlari
bilan ijtimoiy, iqtisodiy va etnomadaniy aloqada bo’lganlar. 
Ko‘zali   bosqichida   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatlarida   bir   qator   yangi
munosabatlar paydo bo’ladi. Buni dafn marosimlarining murakkablashib borishida
ham   ko’rish   mumkin.   Bu   bosqichda   nafaqat   moddiy   madaniyatda,   balki   diniy
mafkurada ham yangi o’zgarishlar yuz beradi. Ko’zali bosqichi qabrlarida yagona
diniy-mafkuraviy markaz – ibodatxonaning ta`sirini ko’rish mumkin. 
Jarqo’ton   qabrlarida   olib   borilgan   izlanishlar   natijasida   Ko’zali   bosqichiga
tegishli   161   ta   qabr   aniqlangan.   Keyingi   izlanishlarda   bu   ko’rsatgich   182   taga
etgan.  Hozirgi   kunda  bu  raqamlar  yanada   ko’paygan.   Bu  qabrlar   butun  Jarqo’ton
qabristonidagi tepaliklarning deyarli barchasidan topilgan. Qabrlar asosan, ayvonli
lahad ko’rinishida bo’lgan bo’lsada,  ba`zan yorma qabrlar ham  uchrab turadi. Bu
bosqich   qabrlarining   avvalgilaridan   farqi,   ko’p   qabrlarda   kirish   ayvoni   qabrning
shimoliy qismida joylashganligi bilan xarakterlanadi. 
– 
  36   Ko’zali   bosqichi   qabrlarini   o’rganish   va   kuzatish   orqali,   asosan   uch   xil
ko’rinishda   dafn   etish   usuli   qo’llanilganligi   aniqlangan.   Bular   quyidagilar:   1)
yakka holatda; 2) odam bilan birga qo’yning ko’milganligi; 3) kenotaf qabrlar va
ularda marhumning mitti ko’rinishi  uchratilgan. Asosan  qabrlarning ko’p qismida
marhum yakka holatda odatdagidek yon tomoni bilan oyoq-qo’llari bukilgan holda
dafn   etilgan.   Hayvonlarni   qurbonlik   qilish,   ularning   ma`lum   a`zo   qismlarini
marhum   bilan   birga   qabrga   qo’yish   odatlari   ham   kuzatiladi.   Ko’zali   bosqichiga
tegishli bir qabrda odam jasadining etidan tozalab ko’milish holati uchratilgan. 
Ularning dafn marosimlarida o’zidan oldingi bosqichlarga nisbatan o’zgarish
yuz   bera   boshlaydi.   Jarqo’ton   bosqichida   marhumning   boshi   biroz   g’arbga
qaratilgan.   Ko’zali   bosqichiga   kelib   esa,   deyarli   barcha   qabrlarda   marhumning
boshi   g’arbga   qaratilgan 50
.   Bu   ularning   dunyoqarashida   insonlarning   hayotlik
davrini   quyoshli   kunlar   bilan   qiyoslab,   vafot   etishini   quyoshning   botishi   bilan
zaminga   tushadigan   qorong’ulikka,   sokinlikka,   qiyos   qilib,   o’zlarini   bunga
ishontirganliklaridan   guvohlik   beradi.   Qabrga   marhum   joylashtirilgandan   so’ng
dafn   etish   anjomlari   qabrning   bo’sh   qolgan   tomoniga   joylashtirib   chiqilgan.
Erkaklarning qabrida asosan jasadning orqa tomoniga, ayollarda esa, old tomonga
joylashtirilgan. 
Bu   bosqichda   dafn   marosimlarining   eng   muhim   xususiyati,   qabrlarga   dafn
anjomlari mitti nusxalarining qo’yilishini urf-odat tizimiga kiritilishidir. Bularni 22
ta qabrda bronzadan ishlangan kuraklar, sirg’alar, braslet  va mehnat qurollarining
mitti   ko’rinishlari   uchrashida 2
  kuzatish   mumkin.   Bular   turmushda   ishlatiladigan
buyumlarni   tejash,   ulardan   hayotiy   faoliyat   davomida   foydalanishda   davom   etish
uchun   qilingan   chora   deyilsa,   maqsadga   muvofiq   bo’ladi.   Ularni   ramziy
nusxalarini   tayyorlash   esa   ibodatxona   ixtiyoriga   to’laligicha   o’tganligidan   dalolat
beradi. Darhaqiqat, Jarqo’ton ibodatxonasining ishlab chiqaruvchi xo’jalik qismida
50   Абдуллаев   Б.   Культура   древнеземледельческих   племен   эпохи   поздней   бронзы   Северной
Бактрии // Автореф. дис...канд. ист. наук. – Новосибирск, 198. – С. 7; Аскаров А, Абдуллаев
Б. Джаркутан... – С-12.   2
 Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 12.  
– 
  37   maxsus   ustaxonalar   topilgan   bo’lib,   ularda   Ko’zali   davriga   tegishli   mitti   bronza
buyumlari va sopol haykalchalar tayyorlanganligi aniqlangan. 
Mayitsiz   qabrlarning   soni   Sopolli   va   Jarqo’ton   bosqichiga   nisbatan   ancha
ko’payib,   umumiy   qabrlarning   30%   ni   tashkil   etadi.   Birdaniga   mayitsiz
qabrlarning   ko’payib   ketishi,   mintaqaga   o’zga   etnik   guruhlarning   kirib   kelishi
bilan   harbiysiyosiy   vaziyat   murakkablashganidan   va   qabilalar   o’rtasidagi
munosabatlarning   keskinlashib   ketganligidan   darak   beradi   Bu   O’rta   Osiyo
hududlariga chorvador Andronova qabilalarining kirib kelishi bilan bog’liq jarayon
bo’lishi   haqiqatga   yaqindir.   Bundan   tashqari,   J   4b   qabristonidan   Ko’zali   davriga
tegishli  7 ta qabr aniqlangan bo’lib, bularda 30-35 yoshlardagi  erkak kishilarning
tana   a`zo   qismlari   bo’laklarga   bo’lingan   holda   joylashtirilgan.   Ularni   yoshi   va
ko’milish usuliga e`tibor qaratsak, jangovorlik qobiliyatiga ega kishilar ekanligiga
ishoradir.   Ularni   aynan   bir   joydaligi   qanday   o’lim   topgan   bo’lsalar   ham   shu
falokatga   birga   uchraganliklarini   ko’rsatadi.   Ko’zali   bosqichida   diniy   mafkura
mustahkamlanib,   barcha   udum   va   urf-odat   ishlari   ibodatxona   qo’liga   o’ta
boshlagan.   Bu   qabrlar   zardushtiylikdagi   etidan   tozalab   so’ng   dafn   etish   odati
paydo bo’la boshlaganligiga ishoradir. 
Bu bosqich dafn marosimlarida qizil bo’yaqdan foydalanishga katta ahamiyat
berganlar. Odam va hayvon jasadlariga, ba`zan mitti bronza buyumlarga ham qizil
bo’yoq   surtilgan.   O’sha   davr   insonlar   tasavvurida   qizil   rang   quyoshning   ramzi
sifatida   aynan   marosimlarda   ishlatilganligini   arxeologik   ashyoviy   dalillar   to’liq
tasdiqlaydi.  
Bu   bosqichda   ham   hayvonni   qurbonlik   qilish   holatlari   bo’lganligini   13   ta
qabrda   qo’yning   suyaklari   –   kuragi,   orqa   oyog’i   va   qovurg’asi   borligida   ko’rish
mumkin.   Kenotaf   qabrlarda   esa,   hayvon   suyaklarining   uchrashi   yuqori
ko’rsatgichda   bo’lib,   umumiy   kenotaf   qabrlarning   53%   ini   tashkil   etadi.
Antropologlar Ko’zali bosqichi aholisining tuzilishini jarqo’tonliklarnikidan farqli
tomonlarini ko’rsatib o’tadilar. Bunga ko’ra, ko’zali bosqichi aholisi yuz tuzilishi
– 
  38   va   peshonasi   keng   va   katta,   gavda   tuzilishi   ham   katta   bo’lgan 51
.   A.Asqarovning
ta`kidlashicha,   Ko’zali   bosqichiga   Xindiston   madaniyatining   ta`siri   bo’lgan 52
.   Bu
bosqichda   o’zlariga   qo’shni   hududlardagi   qabilalar   bilan   ham   madaniy,
ijtimoiyiqtisodiy   aloqada   bo’lganliklarini   ko’rsatuvchi   ashyolar   ham   topilgan.
Bular   112   –   qabrdan   topilgan   tilla   sirg’a,   240   –   qabrdan   topilgan   tozabog’yob
tipidagi   bronzadan   ishlangan   brasletdir.   Bu   shundan   dalolat   beradiki,   Ko’zali
bosqichida   qo’shni   qabilalar   bilan   mahalliy   aholi   o’rtasidagi   munosabatlar
mustahkamlana borgan. 
Sopolli madaniyatining Mo’lali bosqichi qishloq makoni va u bilan bir davrga
tegishli   7   ta   qabr   ilk   bor,   1970   yilda   arxeolog   B.Turgunov   tomonidan   sho’rchi
tumani Qizilsoyning o’ng qirg’og’idan topilgan. Bu qabrlar tuzilishiga ko’ra, 2 tasi
to’g’ri   to’rtburchak,   qolganlari   oval   shaklida   bo’lgan.   Ushbu   qabrlarda   olib
borilgan   izlanishlar   ularni   Jarqo’tonning   so’nggi   bosqichiga   tegishli   qabrlarga
o’xshashligi   va   davri   bir   ekanligi   aniqlangan.   shu   sababli,   Jarqo’tondagi   bu   davr
qabrlari   ham   Mo’lali   bosqichi   nomi   bilan   o’rganila   boshlagan.   Jarqo’ton
qabristonida  Mo‘lali bosqichiga  tegishli 30 dan ortiq qabrlar aniqlangan. 
Jarqo’ton   qabristonidan   tashqari   bu   davriga   tegishli   qabrlar   Bo’stonsoyning
o’ng   qirg’og’ida   o’nlab   tepaliklarda   ham   uchratilgan.   Bu   davr   moddiy
madaniyatida dasht etnomadaniy komponentining tarqalishi  kuchayadi. Aholining
son   jihatdan   ortishi,   ishlab   chiqarishda   ijtimoiy   va   mol-mulk   differensiyasi   ortib
borishi bilan xarakterlanadi. 
Ushbu   bosqich   qabrlari   tuzilishiga   ko’ra,   yorma   va  ayvonli   lahad   shaklidagi
qabrlardan iborat  bo’lib, ayvonli  lahad  qabrlarning kirish  ayvoni  asosan  qabrning
shimoliy qismida, ba`zi qabrlarda g’arbiy tomoniga joylashgan.  
Mo’lali bosqichida marhumlar asosan yakka, ba`zan juft holatda dafn etilgan.
Bundan   tashqari,   kenotaf   qabrlar   va   odam   bilan   hayvonning   birgalikda   dafn
51   Алексеев   В.П.,   Ходжайов   Т.,   Халилов   Х.   Население   верховьев   Амударьи   по   данным
палеоантропологии. – Т., Фан. 1984. – С. 184.  
52  Аскаров А. Проблема становления раннегородской культуры на юге Узбекистана и ее связи
Индостаном // Древние культуры Средней Азии и Индии. – Л., Наука, 1984. – С. 87-97.  
– 
  39   etilganlik holatlari uchraydi. Marhumlar asosan odatga ko’ra dafn etilgan. Ba`zan
yosh bolalarni va hatto to’rtta juft ko’milgan qabrlarda marhumlar xumlarga solib
ko’milgan.   Bu   odat   Sopollitepa   davridan   davom   etib   kelayotgan   udumlardan
biridir.   Ushbu   bosqichda   marhumning   boshini   aniq   bir   tomonga   qaratib   qo’yish
odati o’z qat`iyligini yo’qotadi. Biroq, izlanishlar natijasida qabrlarning ko’plarida
skeletning boshi janubiy-g’arb va g’arb tomonga qaratilganligi aniqlangan. Demak,
Ko’zali   bosqichidagi   an`ana   davom   etadi.   shu   bilan   birga,   boshqa   tomonlarga
qaratib   qo’yilgan   jasadlar   ham   topilgan.   Ushbu   hududda   izlanish   olib   borgan
V.Ionesov   Mo’lali   bosqichi   dafn   marosimlaridagi   bu   holatni,   marhumni
quyoshning   joylashish   holatdagi   vaqtiga   qarab   joy   tanlangan   bo’lishi   kerak,   deb
ta`kidlaydi. YA`ni marhum bir kunning turli vaqtlarida vafot etib, turli vaqtlarida
dafn   etilgan.   shunga   ko’ra,   marhum   ertalab   dafn   etilsa,   sharq   tomonga,   kunduzi
janubga, kechqurun esa g’arb tomonga qaratib qo’yilgan. 
Bu   holatda   dafn   etilishiga,   Ko’zali   bosqichidan   boshlab   katta   guruh   bo’lib
kirib kelgan Andronova dasht qabilalarining ta`siri bo’lishi ham mumkin. CHunki,
Andronova  qabilalarida  marhumning boshini  g’arbga qaratib qo’yish  odati  kuchli
bo’lgan.   Bu   ularning   e`tiqodida   marhumni   qaytib   kelmas,   qorong’u   dunyoga
ketganligiga ishora bo’lib, bu tartib dehqon jamoalari orasiga aynan ular kirib kela
boshlaganlaridan   keyin   kuchayadi.   Ungacha   dehqon   jamoalari   marhumni   dafn
etishda   yorug’lik   bilan   bog’liq   bo’lgan   tomonlarga   qaratib   qo’yish   ko’pchilikni
tashkil   etgan.   Ular   odamlarning   o’limini   qabul   qilgan   bo’lsalarda,   shu   hayotini,
mehnatini   “narigi   dunyo”da   davom   ettirishiga   ishora   beruvchi   ashyoviy   dalillar
qabrlarda   uchraydi.   Aynan   Ko’zali   bosqichidan   boshlab,   buyumlarning   qabrlarga
kichik   nusxalarini   qo’yilishi,   o’lgan   odam   endi   qaytmasligi,   hayotlik   davrida
ishlatgan   buyumlari   kerak   bo’lmasligi   e`tiborga   olinib,   insonlar   bu   haqiqatni   tan
ola   boshlaganlar.   Biroq,   odamlar   orasida   bu   an`anani   birdagini   yo’q   qilib
bo’lmasligi  inobatga olinsa, ularning nusxalarini  qo’yilishi  ular  uchun  eng to’g’ri
yo’l   bo’lgan   bo’lishi   mumkin   .   shu   sababli,   dafn   anjomlarining   birdaniga
– 
  40   kamayishi,   bronzadan   mitti   buyumlarning   ko’payishi 53
  Mo’lali   bosqichida   ham
yaxshi   kuzatiladi.   Qabrga   qo’yilgan   sopol   idishlarning   usti   oq   va   to’q   qizil   rang
bilan qoplangan 54
. 
Mo’lali   bosqichida   54   ta   kenotaf   qabr   aniqlangan   bo’lib,   barcha  qabrlarning
umumiy   qismidan   17%   ni   tashkil   etadi.   Bu   ko’rsatgich   Ko’zali   davri   kenotaf
qabrlaridan   teng   yarim   ko’rsatgich   pastligi   bilan   farqlanadi.   Ko’zali   bosqichida
o’zga   qabilalar   bilan   bo’lgan   to’qnashuvlar   Mo’lali   davriga   kelib   kamaygan
bo’lishi   mumkin   emas.   CHunki   aynan,   Mo’lali   davrida   dasht   chorvador
qabilalarining jadallik bilan kirib kelishi davom etadi. Demak, o’zga hududlardan
kirib kelgan qabilalarga qarshilik ko’rsata oladigan darajada etarli tajriba va harbiy
qurol-aslahalarga   ega   bo’lganlar.   Ularni   yasash   usullari   takomillashganligidan
dalolat   beradi.   Qolaversa,   kirib   kelgan   qabilalar   avval   mahalliy   aholi   tomonidan
egallanmagan bo’sh hududlarga kelib joylashganlar. Bu orada ular mahalliy aholi
bilan asta-sekin, tinch yo’l orqali aloqa o’rnatgan bo’lishlari ham tabiiy holdir. shu
sababli, mayitsiz qabrlar ko’rsatgichi Ko’zaliga nisbatan ozchilikni tashkil etgan. 
Bunday   qabrlarda   qopqoqli   silindrakonussimon   sopol   idishlar,   ya`ni   mitti
ostadonlar   uchratilgan.   Ular   xumdonda   pishirilmay   qizil   bo’yoq   bilan   qoplangan.
Bunday   idishlar   deyarli   barcha   kenotaf   qabrlar   uchun   xosdir.   Bu   alomatlar
quyoshga   sig’inish,   quyoshning   erdagi   parchasi   “olov”ni   muqaddas,   deb
bilganliklarining   nishonasidir.   Kenotaf   qabrlar   uchun   yog’ochdan,   matodan   yoki
loydan   odamlarning   mitti   haykalchalarini   yasash   davom   etadi.   Ularning   oldida
bronzadan mitti buyumlarning borligi ham aniqlangan. Mo’lali davriga kelib dafn
marosimlarida   mayitni   kuydirish   odatlari   ham   paydo   bo’la   boshlaydi.   Bu
Andronova qabilalarining ta`siri natijasidir. 
Qabrlarni   qazish   jarayonida   ba`zi   qabrlarda   olov   izlari   ham   uchraydi.   shu
bilan birga ko’p qabrlarda ko’mir va kul borligi aniqlangan. Ularning izlari jasad
53  Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 14.  
54  Аскаров А. Бронзовый век Южного Узбекистана ... // дис... док.ист.наук. – Москва, 1976. – С.
16.  
– 
  41   va   dafn   anjomlarining   ustida   ham   uchraydi.   Bu   holat   ham   dehqon   jamoalari
marosimlari   uchun   yot   bo’lgan,   chorvador   qabilalar   bilan   birga   kirib   kelayotgan
dafn marosimlaridagi yangilik edi.  
Mo’lali   bosqichida   dafn   etish   bilan   bog’liq   bo’lgan   diniy   marosimlar
quyidagicha izohlanadi. 
1) mehnat   qurollari   va   qurol-aslahalarni   bronzadan   mitti   ko’rinishini
tayyorlash; 
2) mayitsiz   qabrlarga   dafn   marosimida   qabrga   qo’yish   uchun   oldindan
loydan diniy marosim idishlarini tayyorlash; 
3) (ayrim holatlarda) marhumni qabrga qo’yishdan oldin, etini 
suyagidan   tozalab   ajratib,   so’ng   uni   tartib   bilan   qabrga   joylashtirish   ;   4)  
qo’yni dafn etish holatlari kuzatiladi.  
Bu   bosqich   dafn   marosimida   ham   hayvon   qurbonlik   qilingan.   Ushbu
bosqichga   tegishli   51   ta   qabrdan   yoki   qabrlarning   umumiy   qismidan   16,8%   ida
hayvon   suyaklari   borligi   buning   isbotidir.   Qurbonlik   uchun   ba`zan   yirik   shohli
hayvonning   (qoramol)   ham   tanlangani,   ayrim   qabrlarda   suyaklarining   uchrashida
kuzatiladi.   Yirik   shohli   hayvonlarni   juda   kam   uchrashi,   bu   ma`lum   bir   guruh
a`zolarigagina tegishli bo’lgan, deyish mumkin. 
Mo’lali   bosqichi   ro’zg’or   buyumlari   sopollitepaliklarnikiga   o’xshashligi
buyumlarning tahlili asosida aniqlangan. Qabrlardan topilgan bronza kurakchadan
Sopollitepada, Ilk Tulxor qabristonida va Zomonbobo qabristoni topilmalari bilan
qiyoslanadi. Murg’ob vohasi, janubiy Tojikistondagi Nurek, Tandiryo’l, Toxirboy3
va Zarkamar qabristonida o’tkazilgan izlanishlar natijasida topilgan ashyolar, sopol
buyumlar   Mo’lali   bosqichi   sopol   buyumlaridan   farq   qilmaydi 55
.   Nurek   va
Tandiryo’lning   davriy   sanasi   mil.avv.   II   ming   yillikning   ikkinchi   yarmi   bilan
belgilangan 56
.   Toxirboy-3   yodgorligi   sopollari   ustiga   solingan   zigzak   belgilar
55  Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 42-43.   
56  Литвинский Б.А., Антонова Е.В., Виноградова Н.М., Раскопки могильники Тандирйул // АО,
1975г.   –   М.,   1976.   –   567-568;   Пьянкова   А.Т.   Могильник   эпохи   бронзы   Тигровая   Балка   //   СА,
– 
  42   Mo’lali   sopol   idishlarida   ham   uchraydi.   Bundan   tashqari,   yana   Janubiy
Turkmanistondan,   Eronning   Kaytarex   qabristoni   (mil.avv.   II   ming   yillik   oxirlari)
sopollariga   o’xshashligi   aniqlangan.   Mo’lali   bosqichidan   topilgan   ikkita   silindrli
idish   Eron   Seistoni   –   shaxri-Soxta   manzilgohi   413-qabr   sopollari   bilan
qiyoslanadi 57
. 
shunday qilib, Mo’lali bosqichi kulolchilik mahsulotlari O’rta Osiyo, Eron va 
Afg’oniston   yodgorliklari   bilan   bir   davrga   tegishli   bo’lib,   bular   Bo’ston-3,
Mo’lali, Nurek, Tandiryo’l va Zarkamardir. Ularning sanasi mil.avv. XI – X asrlar
bilan belgilangan. 
Sopolli   madaniyati   dafn   marosimlarini   rivojlanishida   Bo‘ston   bosqichi
muhim o’rin tutadi. Bo’ston bosqichi qabrlari arxeologlar tomonidan Bo’ston I, II,
III,   IV,   V,   VI,   VII   deb   nomlangan   tepaliklarda   joylashgan.   Ushbu   yodgorlikda
qazish   ishlari   1974   yilda   A.Asqarov   tomonidan   boshlanib,   uning   izdoshlari
tomonidan hozirgi kungacha davom etib kelmoqda .  Ilk izlanishlar natijasida 
Bo’ston   davriga   tegishli   168   ta   qabr   o’rganilgan.   Keyingi   yillar   mobaynida
SamDU   arxeologik   guruhi   N.A.Avanesova   boshchiligida   izlanishlar   olib   borilib,
bu bosqichga oid ko’plab yangiliklarni aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. Bu davrning
o’ziga   xos   xususiyati   shundaki,   bir   tomondan,   bir   necha   asrlar   davomida   o’troq
dehqon   jamoalari   dafn   marosimlarining   rivojlanishi   davom   etayotgan   bo’lsa,
ikkinchi   tomondan,   Sopolli   madaniyati   dafn   an`analarining   negizida   yangi,
qadimgi   Baqtriya   diniy   –   madaniy   mafkurasi   rivojlana   boshlaydi.   Buni   dafn
marosimlari amaliyotida mayitni yoqish – kuydirish odatlarining paydo bo’lishida
ko’rish mumkin. Dafn marosimlarida olovning o’rni muhim bo’lganligi Bo’ston VI
1974, – № 3, – С. 542-543.  
57  Аскаров А. Аскаров А. Древнеземледельческая культура  эпохи  бронзы юга Узбекистана. 
Ташкент, 1977. – С. 96.; Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 42-43.   
– 
  43   qabristoni   orqali   isbotlandi 58
.   Bu   qabristonda   asosan   Mo’lali   va   Bo’ston   bosqichi
qabrlari joylashgan. 
Ushbu   qabristonda   turli   xil   darajada   saqlanib   qolgan   230   dan   ortiqlar
aniqlangan.   Qabrlar   tuzilishiga   ko’ra,   o’ra   va   asosan   ayvonli   lahad   shaklida
bo’lgan. Qabrlarning lahad qismi to’g’ri burchak, oval (tuxumsimon) yoki aylana
shaklida bo’lgan. 
Bu   bosqichda   marhumning   dafn   etilishini   3   turga   ajratish   mumkin.   Bular   –
yakka,   juft   skeletli   qabrlar   va   odam   bilan   birga   hayvon   dafn   etilgan   qabrlardir.
Ularning   orasida   asosiy   qismini   yakka   holatda   ko’milgan   qabrlar   tashkil   etadi.
Bundan   tashqari,   dafn   marosimida   Sopolli   bosqichidan   amalda   bo’lgan   odat,
marhumni   xumga   solib   ko’mish   an`anasini   ham   uchratish   mumkin 59
.   Bunday
qabrlar faqat bolalarga tegishli qabrlardagina kuzatiladi. 
Marhumning   qabrda   joylashish   holatini   V.Ionesov   xuddi   Mo’lali
bosqichidagidek   quyoshning   harakatiga   qarab   qo’yilganligini   aytadi.   Qabrlardagi
ko’plab marhumlarning jasadi  g’arb, va janubiy g’arbga qaratilgan 60
. Bu shundan
guvohlik   beradiki,   marhumni   dafn   etish   oldidan   uyushtiriladigan   marosim   va
marhumni   dafn   etish   kunning   ikkinchi   yarmida,   quyoshning   nurlari   maromida
taralgan   vaqtda   amalga   oshirilgan.   Marhumni   qabrga   joylashishida   ham   turli
xillikni kuzatish mumkin. Bular – ayol va erkaklar uchun tabiiy bo’lmagan holatda
ko’krak  qafasigacha   qattiq  qisiltirilgan   holda;   marhum  orqasi  bilan  yotgan  holda,
qo’llari bukilgan, yoki tana bo’yicha uzaytirilgan, oyoqlari ikki tomonga yoyilgan
holatda; qorni bilan yotgan holda oyoqlari tizzasigacha qattiq bukilgan va qo’llari
biroz   ko’tarilgan   holatda;   o’tirgan   holatda,   oyoqlari   bukilgan   (ayollar   uchun)   va
58  Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений ... // Автореф. дисс... 
канд.ист.наук. – Самарканд. 199. – С. 17; Аванесова Н., Ташпулатова Н. Символика огня в 
погребальной практике 
Сапаллинской культуры (по материалам исследования могильника Бустан VI) // ИМКУ, – № 30,
1999. – С. 27-36.; Аванесова Н. К проблеме относительной хронологии и периодизации 
Сапаллинской культуры // Ўзбекистон археологияси. 2010, № 1. – С. 119-127.  
59  Аванесова Н.А., Ташпулатова Н. Символика огня в погребальной практике Сапаллинской 
культуры (по материалам исследования могильника Бустан VI) // ИМКУ, – № 30, 1999. – С. 27.  
60  Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений ... // Дисс... канд.ист.наук.
– Самарканд. 199. – С.111.   
– 
  44   boshqalar.   Dafn   vaqtida   marhumning   qabrga   joylashtirilishdagi   bu   o’zgarishlar
albatta  o’sha  davrdagi  turli  etnik  guruhlarning  ta`siri  ekanligi  haqiqatga   yaqindir.
CHunki,   aynan   o’tirgan   holatda   dafn   etish   Tojikiston   hududidagi   Tandiryo’l
qabristonida ham uchratilgan 61
.  Biroq, shunday xilma-xillik bo’lishiga qaramasdan,
erkaklarni   o’ng,   ayollar   chap   tomonga   qo’l-oyoqlari   bukilgan   holatda   ko’mish
ko’pchilikni tashkil etadi.                                                     
Bo’ston   bosqichida   dafn   etish   turli   xil   usulda   amalga   oshirilgan.   Bular   –
ingumatsiya;   krematsiya,   kenotaf   qabrlarda   marhum   hamda   dafn   anjomlari
qo’yilmagan holatda uchrashi qayd etiladi. 
Qabrdagi   dafn   anjomlari   Ko’zali   va   Mo’lali   bosqichlari   singari   xo’jalikda
ishlatiladigan   buyumlar,   bronzadan   ishlangan   qurol-aslaha   va   zeb-ziynat
buyumlarning   mitti   nusxalarini   qo’yish   davom   etgan   .   shu   bilan   birga,   qabrlarda
mitti   ostadonlarning   uchrashi   ham   kuzatiladi.   Qabrlardan   topilgan   Sopolli
madaniyati   idishlari   orasida   dasht   qabilalari   ta`sirida  yasalgan   sopol   idishlar   ham
uchratiladi.   Ularning   sirtiga   to’g’ri   burchak,   zigzak,   egri,   siniq   chiziqli   naqshlar
solish odat tusiga aylanadi. 
Qabriston hududida olib borilgan izlanishlar natijasida 22 ta to’liq kuydirilgan
va 8 ta qisman kuydirish usulida dafn etilgan qabrlar aniqlangan.  
Bo’ston   VI   qabristonida   olib   borilgan   izlanishlar   natijasida,   diniy
marosimlarda   olovga   sig’inish   muhim   rol   o’ynaganligi   aniqlandi.   Turli   diniy
marosimlarda   olov   turli   xil   ko’rinishlarda   namoyon   bo’lganligini   aytish   mumkin.
Bular:  1)  odamning jasadini  kuydirish  uchun maxsus  joy ko’rinishida;  2)  odamni
to’liq   yoki   chala   kuydirish;   3)   marhumni   xotirlash   uchun   o’tkaziladigan
marosimlarda   qurbonlik   qilish;   4)   gulxan   o’rni   va   kul   qoldiqlari;   5)   o’choq   -
otashgohning   e`zozlanishi;   6)   ko’mir,   otashgoh   va   kulning   kichik   ko’rinishdagi
holatlarining   uchrashi;   7)   idishlarda   ko’mir   yoki   oxra   qorishmalari;   8)   odam
61  Виноградова Н.М. Исследования контактов земледельческого и степного населения на юге
Средней Азии (Южный  Таджикистан)  в эпоху поздней  бронзы. «Археология, палеоэкология
и   палеодемография   Евразии.   Москва,   200   –   С.   91.;     Юго-западный   Таджикистан   в   эпоху
поздней бронзы. – М., ИВ РАН, 204. – С. 13.  
– 
  45   jasadiga   oxra   sepish;   9)   qabrda   olovning   ramziy   shakli   sifatida   mel   va   gipsning
uchrashi; 10) ba`zi bir qabrlarning tag qismida oz miqdorda bo’lsada, olov izlarini
mavjudligi va yana bir necha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi 62
. Bu kabi olovning
turli ko’rinishdagi ramzlari asosan diniy dunyoqarashda aks etib, Bo’ston bosqichi
aholisining   e`tiqodi   bilan   bog’liq   marosimlarda,   udumlarida   juda   ko’p   uchratish
mumkin.   Buni   qabristonda   mayitni   kuydirish   uchun   maxsus   joy   -   inshoot
bo’lganligi va shu joyda odam suyagining kuygan holatlari, devorining kuyganligi
va   kameraning   stratigrafiyasi   ham   tasdiqlaydi 2
.   Bu   arxitektura   qurilish   usuliga
ko’ra,   g’ishtdan   qurilgan   bo’lib,   to’rtburchak   shaklda,   aniqrog’i   hozirgi   (yashik)
quti   ko’rinishini   eslatadi.   Uning   ustki   qismi   gulxan   o’rni   bilan   qoplanganligi
aniqlangan. 
Ma`lumki   oriylarning   “veda”   sida   diniy   marosimlarda   olovning   o’rni
kattadir 3
.   Bo’ston   VI   qabristonida   mayitni   kuydirish   bilan   bog’liq   diniy   marosim
ibodatxonada emas, balki qabristonning o’zida bajarilgan bo’lishi mumkin. 
Bo’ston   VI   qabristonining   umumiy   maydoni   4,06   ga   ni   tashkil   etadi.
Izlanishlar   marhumni   dafn   etish   turli   usulda   amalga   oshirilganligini   ko’rsatadi.
Bular   ingumatsiya,   marhumni   yoqib,   so’ng   dafn   etilishi   va   ramziy   qabrlar.
Ingumatsiya   –   marhum   g’ujanak   holatda   yonboshlatib,   qorni   bilan,   orqasi   bilan;
o’tirgan   holatda,   orqasi   bilan   uzaytirib   yotqizilgan   holatda.   Marhumni   yoqish   –
marhumning suyak qoldiqlari, yoki krematsiyadan keyingi tuproq chuqurchasidagi
holati; marhumning mitti ko’rinishi, gavda tuzilishiga mos gazlama parchalari. Bu
ko’rinishlar   marhumni   yoqib   so’ng   dafn   etganligiga   ishoradir.   Ramziy   qabrlar   –
hayvonni   (qo’y,   it)   ko’mish;   odam   va   hayvon   tuzilishida   yasalgan
haykalchalarning   qo’yilishi;   kamon   o’q   uchlari   va   boshqa   mitti   buyumlar 63
,   bu
qabrning marhumsiz, uning ruhi dafn etilgan qabr ekanligiga ishoradir. 
62  Аванесова Н.А., Ташпулатова Н. Символика огня в погребальной 
практике ... – С. 27.   2
 Аванесова Н.А., Ташпулатова Н. Символика огня в 
погребальной практике ... – С. 27.   3
 Ригведа, – Х - 18.  
63   Аванесова   Н.А.   Двенадцатый   полевой   сезон   на   некрополе   Бустон   VI   //   Ўзбекестонда
археологик тадқиқотлар 204-205й. № 5, Фан. – Ташкент, 206. – С.25.   
– 
  46   Bu   qabristondan   ochib   o’rganilgan   116-qabr   ingumatsiya   bo’lib,   qabr   yosh
bolaga   tegishlidir.   Marhum   qabrga   biroz   chap   tomonga   bukilgan   va   biroz   orqasi
bilan yotgan holda yuzi shimolga qaratilgan. Bosh chanog’ining yonida oxra bilan
singan   sopol   parchalari,   yuzining   qarshisida   yaxshi   saqlangan   3   ta   idish
joylashgan.   Bu   idishlar   Bo’ston   bosqichi   sopol   buyumlari   bilan   xarakterlanadi.
Skelet  suyaklarining  ustki   qismini  to’liq kul   qoplagan. Boshining   tag qismi  biroz
chuqur bo’lib, u erga ham kul (0,2 x 0,3 m) qo’yilgan 64
. Demak, bu qabr shubhasiz
Bo’ston bosqichi ingumatsiya qabridir.  
317 – qabrning chuqurligi  1,01 m  bo’lib, qabr ayvonli-lahad tuzilishiga ega.
Kirish qismi uch qator pishgan g’isht va daryo toshlari bilan berkitilgan. Qabrning
kirish   qismidan   dafn   etish   kamerasiga   o’tish   uchun   tor   kichik   zina   joylashgan.
Dafn etish kamerasining g’arbiy tomonida (0,2 x 0,3m) krematsiya qoldiqlari (bu
joyda gulxanda odam  suyaklari  kuydirilgandan keyingi  qoldiqlari, ko’mir  va kul)
borligi aniqlangan. Qabrning shimoliy burchagida tog’orachada qo’yning qovurg’a
suyaklari topilgan. Xuddi shunday ikkinchi tog’oracha kirish qismiga yaqin joyda
joylashgan bo’lib, uning ichida ham qo’yning qovurg’alari va orqa oyoq suyaklari
topilgan. Qabrning sharqiy devori o’rtasida 5 ta sopol idish joylashgan bo’lib, ular
krematsiya   qilingan   odam   suyagi   bilan   bir   vaqtda   qo’yilganligi   aniqlangan.
Ularning   orasida   qopqoqli   kuldon   ham   bo’lib,   idish   bikonik   shaklda,   uning   ichki
qismida   olov   izlari,   ya`ni   ko’mir   va   mramordan   ishlangan   urchuqtosh   topilgan 65
.
Demak, bu qabr  Bo’ston davriga tegishli  bo’lib, marhum  jasadini  kuydirish  odati
asosida dafn etganlar. 
235   –   “qabr”   to’g’riburchak   shaklida,   tag   qismi   ya`ni   poli   tosh   bilan
qoplangan.   Kvadrat   shaklda   saqlangan,   chuqurligi   (0,3   m)   qazilgan   bo’lib,   bu
qurilma   mayda   toshlardan,   oq   gips,   shag’al   va   kuldan   iborat.   Uning   atrofidan   va
64   Аванесова   Н.А.   К   проблеме   относительной   хронологии   и   периодизации   Сапаллинской
культуры // Ўзбекистон археологияси. 2010, № 1. – Тошкент, – С. 121-122. 
 
65   Аванесова   Н.А.   К   проблеме   относительной   хронологии   и   периодизации   Сапаллинской
культуры // Ўзбекистон археологияси. 2010, № 1. – Тошкент, – С. 123.  
– 
  47   toshlarining   tag   qismidan   dasht   qabilalarining   sopol   parchalari,   zeb-ziynat
buyumlari   topilgan.   Toshli   polning   atrofiga   sopol   siniqlari   maxsus   terib
chiqilganki,   bu   ularning   diniy   marosimlaridagi   qandaydir   udum   bilan   bog’liq
bo’lishi   mumkin.   Bu   erdan   ikkita   gulxan   o’rni   va   altar   topilgan 66
.   Bu   qabrdan
odamning bosh qismi va o’ng yoki chap panjasi alohida joylashgan holda topilgan.
Qazish   ishlari   natijasida   72   kv.m   li   maydonda   diniy   marosimlar   o’tkaziladigan
ob`ekt  ochilgan. Bu erdan bronzadan munchoq, biser, lazuritdan munchoq, yarim
qimmatbaho   toshlar,   kumush   va   bronza   sirg’a   qoldiqlari   topilgan.   Bu   topilmalar
marhumni bu erga ust-boshi bilan ko’milganligi haqida guvohlik beradi. Toshning
quyi qatlamida 2 ta fedorov sopol parchalari topilgan. Demak, bu topilma tarkibini
tashkil   etgan   toshli   qurilmaga   odam   olamdan   o’tgandan   so’ng   marhumni   olib
chiqib qo’yadigan supa (“daxma”) bo’lgan 67
. Bu joy o’lgandan so’ng ko’mish bilan
bog’liq diniy marosim o’tkazadigan joy bo’lgan deyish maqsadga muvofiqdir. 
Sopolli   madaniyatining   Bo’ston   bosqichigacha   bo’lgan   bosqichlarida   ham
o’ziga   xos   yangiliklar,   o’zgarishlar,   rivojlanishlar   bo’lganligini   inkor   etib
bo’lmaydi.   Biroq,   Bo’ston   bosqichi   yangiliklar   safining   tez   sur`atda   kengayib,
ko’payib   borganligi   bilan   xarakterlanadi.   Bu   davrga   kelib   dafn   marosimlarida
olovning   roli   avvalgi   bosqichlarga   nisbatan   ancha   ahamiyati   ortganligini,   olov
bilan   bog’liq   uning   ramziy   ma`nosini   anglatuvchi   jismlarning   qabrlarda   ko’plab
uchrashida   kuzatiladi.   Qolaversa,   qabrga   marhumni   joylashtirishdan   oldin   mayda
daryo   toshlari   terib   chiqilgan.   Bu   udum   Sopolli   madaniyatining   faqat   Bo’ston
bosqichiga   xosdir.   Bu   holatni   “Avesto”   ta`limotiga   ko’ra,   tanadan   jon   chiqishi
bilan   jasad   nopok   hisoblanib,   uni   muqaddas   hisoblangan   erga   qo’yishdan   oldin
qabr ichiga mayda shag’al toshlar terib chiqilgan bo’lishi mumkin. 
Bo’ston davri qabrlarida ham qurbonlik qilinganlik alomatlari uchraydi . 
66  Аванесова Н.А. Храмовые функции сакрализованных плошадок некрополя до исторической
Бактрии   –   Бустон   VI   //   Степи   Евразии   в   древности   и   средневековье.   Материалқ
Международной   научной   конференции,   посвяўенной   10-летию   со   дня   рождения
М.П.Грязнова. СПб., 202. – С. 11.  
67   Аванесова   Н.А.   К   проблеме   относительной   хронологии   и   периодизации   Сапаллинской
культуры // Ўзбекистон археологияси. 2010, № 1. – Тошкент, – С. 125.  
– 
  48   So’yilgan hayvon suyaklari – qovurg’asi, kuragi va orqa oyog’i sopol idishga
solinib,   marhumning   yuz   tomoniga   qo’yilgan.   Ba`zida   uning   oyoq   suyaklari
yoniga   keltirib   qo’yilgan.   Hayvonlarni   qurbonlik   qilish   barcha   o’rganilgan
qabrlarning 26,2 % ni 68
 tashkil etadi. 
Keyingi   yillarda   olib   borilayotgan   izlanishlar   natijasida,   hayvonlarni
qurbonlik qilishda faqat qo’yni emas, balki echki, ba`zan buqa   va otning ham orqa
oyog’i, kuragi qabrga qo’yilganligi aniqlangan 69
. Albatta bu o’zgarishlar chorvador
dasht   qabilalarining   ta`siri   bo’lib,   ularda   hayvonlardan   faqat   qo’y   emas,   balki
hayvonlarning   boshqa   turlari   (sigir,   echki,   ot)   ham   etarli   bo’lganligidan   dalolat
beradi. Ularning orasida ot alohida ahamiyat kasb etib, jangovor-chorvador uchun
transport   vositasi   sifatida   ot   suvoriylarning   doimiy   yo’ldoshi   bo’lganligi   sababli,
o’lganda ham uning ma`lum a`zo qismlarini qo’shib ko’mish udumga aylangan. 
Sopolli   madaniyati   sopol   buyumlari   bo’yicha   tadqiqot   ishlarini   olib   borgan
U.Rahmanov   Sopolli   madaniyatining   dasht   aholisi   bilan   aloqalari   bo’lganligini
sopol   buyumlardagi   dashtliklarga   xos   idishlarda   ko’rsatib   o’tadi 70
.   Sopolli
madaniyatining   so’nggi   bosqichida   Evroosiyo   dasht   hududlarida   istiqomat   qilgan
chorvador   qabilalarning   o’troq   dehqonchilik   jamoalari   bilan   aloqalari   davomida
ba`zida to’qnashuvlar ham yuz bergan. Bizning fikrimizcha, shimoliy Baqtriya bu
ikki   etnik   guruhlarning   uchrashuv,   to’qnashuv   hududlaridan   biriga   aylanadi.
YAngi hududlarni zabt etgan chorvador Andronova qabilalari albatta, o’zlari bilan
tegishli urf-odat, an`analarini ham olib keladi. Hattoki, ularning ta`siri o’sha davr
ishlab chiqarish mahsulotlarida, dafn etish bilan bog’liq udumlarda, qabr ashyoviy
dalillarida,   jumladan:   kulolchilik   mahsulotlari,   zeb-ziynat   buyumlari,
qurolaslahalarida ham o’z aksini topgan.   
68   Ионесов В. Становление и развитие раннеклассовых отношений ... // Дис... канд.ист.наук. –
Самарканд, 199. – С. 112.  
69  Аванесова Н.А., Ташпулатова Н. Символика огня в погребальной практике ... – С. 27.  
70   Рахманов   У,   Шайдуллаев   Ш.       О   влиянии   культур   степной   бронзы   на   керамические
комплексы Сапаллинской культуры //  ОНУ №,11, Ташкент, 1985. – С. 59.  
– 
  49   Bu davrda jamiyatda tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi.
Erga egalik qilish, er taqsimoti, erga bo’lgan ehtiyoj mulkiy tabaqalanishni keltirib
chiqaradi.   Buni   bir   qabriston   doirasida   emas,   balki   shimoliy   Baqtriyaning   barcha
yodgorliklarida   turli   xil   dafn   marosimlarda   kuzatish   mumkin.   Bu   davrda
krematsiya holatlari uchrasada, ammo bu qabristonni to’liq egallamagan. CHunki,
mahalliy dehqon jamoalari  orasida  ota-bobolaridan qolgan  an`analar  asosida  dafn
etish   davom   etadi.   Bu   dehqon   jamoalari   bilan   chorvador   qabilalar   orasidagi
munosabatlarning   ijobiy   tomonga   o’zgarganligidan,   ular   o’rtasida   qon-
qarindoshlik   aloqalari   o’rnatilganligidan   dalolatdir.   Qolaversa,   qaysi   davr
bo’lmasin,   o’zga   qabila,   o’zga   etnik   jamoalar   bilan   yonma-yon   yashar   ekan,   ular
albatta birbirlarining eng yaxshi, o’zlariga ma`qul  jihatlarini o’zlashtirganlar, ular
esa   dafn   marosimlarida   o’z   aksini   topgan.   Andronova   dasht   qabilalari   shimoliy
Baqtriyaning   qaysi   mintaqasi   hududiga   joylashmasin,   ular   o’rtasida   iqtisodiy   va
etnomadaniy   aloqalar   o’rnatilgan.   Natijada,   hozirgi   Tojikiston   hududida   bronza
davriga kelib o’rnashgan dashtliklar bilan Sopolli madaniyati (Mo’lali va Bo’ston
bosqichi)   aholisi   o’rtasida   bronza   davridan   boshlab,   ijtimoiy-iqtisodiy   va
etnomadaniy aloqalar kengayib, mustahkamlanib borishiga olib keladi.    
Yuqoridagilardan   ko’rinib   turibdiki,   Sopolli   madaniyatining   so’nggi
bosqichlariga   tegishli   mozorlarda   zardushtiylikning   belgilari,   alomatlari   paydo
bo’la boshlagan. Masalan, kenotaf qabrlarda maxsus mitti ostadonlar, marhumning
suyaklarini etidan tozalab ko’mish, murdani, dafn anjomlarini qizil rangga bo’yab
qo’yish   yoki   murda   ustiga   qizil   rang   sepish 71
  kabi   urf   odatlar   paydo   bo’ladi.   Bu
madaniyatda   olov   jamoaning   asosiy   e`tiqod   ob`ekti   –   ramzi   sifatida   namoyon
bo’ladi.   Qabrlardan   qizil   rangga   bo’yalgan   ostadon   idishlarining   chiqishi,
zardushtiylik an`analari   asosida  ko’mish  marosimining  topilishi   zardushtiylikning
ildizlari   asta-sekin   shakllanib   borayotganligidan   guvohlik   beradi.   Jarqo’ton
bosqichiga   (J-II)   kelib,   butun   shahar   aholisiga   xizmat   qiluvchi   monumental
ibodatxonaning   paydo   bo’lishi   va   unda   zardushtiylik   dini   bilan   bog’liq   bo’lgan
71  Асқаров А, Жўрақулов М. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осие?. – Самарқанд, 1984. – Б. 54.  
– 
  50   udumlarning   mujassamlashganligi   arxeologik   materiallarda   o’z   aksini   topgan.
Bular   o’z   davrida   aholining   diniy-mafkuraviy   jihatdan   kuchli   e`tiqodga   ega
bo’lganliklarini   anglatadi.   Qolaversa,   bu   madaniyatdagi   qabrlarning   o’rganilishi
bizga   bundan   3,5   –   4   ming   yil   avval   ilk   dehqonchilik   bilan   shug’ullangan
ajdodlarimiz   haqida,   ularning   urf   odatlari,   turmush-tarzi   va   dafn   marosimlari
haqida aniq tasavvur etishga yordam beradi. 
– 
  51   III. BRONZA DAVRI URUG‘ JAMOALARI DINIY
TASAVVURLARINING ARXEOLOGIK MANBALARDA KUZATILISHI
Ajdodlarimiz   mehnat   tufayli   hayvont   olamidan   ajrab,   odam   sifatida
shakllanish   davrining   so’nggi   bosqichlarini   o’tayotgan   kezlarda   (qadimgi   tosh
davrining muste bosqichi), yashash uchun kurash og’irliklari, tabiat kuchlari oldida
ojizligini   seza   boshlaydilar.   shuning   uchun   o’zlarining   yashash   mintaqalarida
tirikchilik manbai bo’lgan turli xil tabiat ne`matlariga topina boshlaydi, ular tufayli
yashashda   davom   etayotganligi   haqidagi   ilk   tasavvurida   ularni   ilohiylashtira
boshlaydilar.   O’sha   davrlarda   tabiatning   ularga   tortiq   etgan   mo’’jizasi   turli
hayvonlar va yovvoyi o’simliklar bo’lgan. shu boisdan bo’lsa kerak, odamzod ilk
diniy   qarashlarida   hayvonlar   va   daraxtlarga   e`tiqod   qilish   kelib   chiqadi.   Bu
totemizm nomi bilan fanda o’z o’rnini topgan. 
       Zamonlar o’tishi  bilan ilk ajdodlarimiz rostmana odam, aqlli, ongli odam
(fan   tilida   Xomo   sapiens-sapiens,   diniy   qarashlarda   Odam   Ato   va   Momo   Havo)
bo’lib   shakllandi.   Kishilik   tarixida   odamzodni   jamoa   bo’lib   yashash,   ya`ni
urug’chilik   davri   boshlanadi.   Dastlab,   urug’ni   onalar   boshqarib,   ular   urug’ning
davomiyligini ta`minlovchi,odamzodga jon ato etuvchi iloh sifatida tasavvur qilina
boshlandi.   Bu   qadimgi   tosh   davrining   yuqori   paleolit   bosqichida   yuz   beradi.
shunday   qilib,   ajdodlar   ruhiga   sig’inish,   onalarni   ilohiylashtirish   fan   tilida
animizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sig’inish, deb atalgan diniy qarashlarni paydo
bo’lishiga olib keladi. 
Bu   ibtidoiy   diniy   qarashlar   arxeologik   ob`ektlarda,   ajdodlarimizdan   qolgan
dafn marosimlarida yaxshi kuzatiladi. Ular arxeologik ob`ektlarda ramziy ma`noda
qoya   toshlarga,   hayvon   suyaklariga   chizilgan   turli   xil   shakllar,   haykalcha
qiyofasidagi ramziy ilohlar ko’rinishida uchraydi. 
Ibtidoiy   jamiyat   tarixini   davrlashtirishda   mezolit   (o’rta   tosh   davri),   neolit
(yangi   tosh   davri)   va   eneolit   (mis-tosh   davri)   bosqichlarida   odamlarning   diniy
tasavvurlar haqidagi qarashlari kengayadi. Bular urug’ jamoalarining kichik-kichik
– 
  52   jamoaviy   tarmoqlarga,   jamoaviy   guruhlarga   bo’linishi   bilan   bog’liq   jarayonlar
bo’lib,   bu   jarayonlar   davomida   har   bir   jamoa   guruhining   o’ziga   xos   xarakteri   va
fazilatlari   shakllanib   borgan.   Har   bir   jamoaviy   guruh   ma`lum   bir   hayvonni
o’zlarining totemi sifatida ulug’laydilar. Bunday totemistik diniy tasavvurlar fanda
zoolatrik   totemlar,   ya`ni   o’zbekona   iborada   urug’   jamoasining   “laqabi”(totemiy
belgisi) sifatida hayotiy an`anaga aylangan. 
        Bunday   kultlar   dinning  norasmiy,   markazlashmagan   ko’rinishlaridan   biri
bo’lib,   tarixiy   shakl-shamoyiliga   ko’ra,   oilaviy   yoki   urug’   kultlari   va   qabila
kultlaridan iborat bo’lgan bo’lishi mumkin. Ular eneolit va bronza davriga tegishli
tosh munchoqlar va tumorlarda, oilaviy, jamoaviy muhrlarda o’z aksini topgan va
bizgacha etib kelgan . Bunday diniy qarashlarning ayrim ko’rinishlari xalq orasida
hozirgacha   saqlanib   qolgan.   Masalan,   yosh   bolaning   qo’liga,   bosh   kiyimiga
ko’zmunchoq, kiyimlariga tumor taqib qo’yiladi-ki, bular bolani turli xil ziyondan,
nazardan asraydi, deyiladi. 
Ibtidoiy   diniy   qarashlarning   ko’rinishi   sifatida   namoyon   bo’ladigan   ajdodlar
ruhiga sig’inish alohida diniy qarash sifatida, fanda o’z isbotini  topgan. U tarixiy
taraqqiyotning   ilk   patriarxal   urug’chilik   bosqichiga   xos 72
dir.   “Olamdan   o’tgan
otabobolar   va   urug’   boshliqlarining   ruhi   avlodlarni   balo-qazolardan   asraydi”,
degan   tushuncha,   ushbu   diniy   qarashning   mazmunini   tashkil   etgan.   “Ruh   doimo
tirik,   u   odamzodni   qo’llab-quvvatlaydi   va   unga   to’g’ri   yo’l   ko’rsatadi”,   degan
tushuncha ushbu ibodat turining asosi hisoblangan 2
. 
Jarqo’tonda   ajdodlar   ruhiga   ibodat   qilish   kabi   diniy   tasavvurlarning
mavjudligi   202   yilda   O’zbek-Olmon   Baqtriya   ekspeditsiyasi   tomonidan   olib
borilgan   izlanishlar   natijasida   ham   isbotlandi.   Jarqo’tonning   ark   hududidan
patriarxal   oilaga   tegishli   uy   to’liq   ochib   o’rganildi.   O’rganilgan   uy   9   xonadan
iborat   bo’lib,   ikki   tomonida   shag’al   tosh   to’shalgan   yo’lak   joylashgan.   Ushbu
72   Шайдуллаев   Ш.   Ўзбекистон   ҳудудида   давлатчиликнинг   пайдо   бўлиши   ва   ривожланиш
босқичлари   (Бақтрия   мисолида).   Т.ф.д.   дис.   автореф.   –   Самарқанд,   209.   –   С.   25.   2
  Токаров
С.А. Ранние формы религии. –М., Наука, 199. – С. 255.  
– 
  53   uyning   devori,   pollari   va   tosh   yo’laklar   tagidan   Jarqo’ton   davriga   oid   7   ta   qabr
ochib   o’rganilgan.   Tosh   yo’lakning   yonida   alohida   qurilgan   xona   bo’lib,   xona
ichida uning markaziy qismida supa joylashgan. Tadqiqotchilar bu xona patriarxal
oilaning ibodat qiladigan xonasi bo’lgan, deydilar. Ushbu xonadan erkak kishining
bosh va bo’yin qismidan iborat bo’lgan haykali va homilador ayolning qorin qismi,
dumaloq shakldagi embrion ifodalangan loydan yasalgan massa topilgan 73
. 
Erkak   kishining   bosh   qismi   haykali   juda   yaxshi   saqlangan   bo’lib,   uning
sochsaqollari  qora rangda tasvirlangan. YUz yanoqlari, burni, bo’yni qizil rangda
bo’lib,   burni   qirra   burun,   og’zi   ochiq   holatda,   quloqlari   shalpang   quloq   tarzda
ifodalangan.   Ko’zlari   esa   yumilgan   holatda   tasvirlangan   bo’lib,   bu   o’lgan
odamning haykali bo’lishi mumkin .  
Ikkinchi haykal ayol kishiga tegishli bo’lib uning qorni dumaloq, homilasiga
ishora qilish uchun qorin qismi bo’rttirib ishlangan. Saqlanib qolgan ikki qo’li esa,
qorni   ustiga   qo’yilgan   holatda,   qo’llari   bilan   qorni   o’rtasida   ikkita   ilonning
harakatlanib   borayotganligi   ifodalangan.   Qorin   va   qo’llarining   har-har   joyi   qizil
bo’yoq   bilan   bo’yalgan.   Qorin   qismida   2   ta   embrion   ko’rinishidagi   loy   massasi
ham mavjud. Homilador ayol haykalining ayrim joylari qizil rangga bo’yalishi va
ilon   tasvirining   tushirilishi   narigi   dunyoga   ishora   hisoblanadi.   Ma`lumki,
mifologiyada qizil rang qonni, ilon esa er osti ilohiyotidan dalolat beradi. Bunday
haykal,   ya`ni   homilador   ayol   haykali   Sopollitepa   qabrlarida  ham   uchratiladi   .   Bu
ikki   haykalda   ya`ni   o’lgan   odamning   haykali   va   ajdodlar   ruhining   homilador
ayolni, u dunyoga keltirishi kutilayotgan chaqaloqlarni balo-qazolardan saqlanishi,
ya`ni   ajdodlar   ruhiga   sig’inishning   arxeologik   jihatdan   moddiy   madaniyatda
kuzatilishi 74
, deyish mumkin. 
Sopolli   madaniyatida   olovga   sig’inish   ham   asosiy   o’rinda   turgan   bo’lib,
olovning   bir   ko’rinishi   sifatida   altarni   aytib   o’tish   joiz.   Sopolli   madaniyati
73   Шайдуллаев   Ш.Б.,   Дитрих   Хуфф,   Рахимов   К.   «Жарқўтон   -   202»   //   Археологические
исследования в Узбекистане 202 год. – С. 202-204.  
74   Шайдуллаев   Ш.   Ўзбекистон   ҳудудида   давлатчиликнинг   пайдо   бўлиши   //   ...т.ф.д.   дис...
Автореф. – Самарқанд, 209. – С. 25.  
– 
  54   yodgorliklarida   olib   borilgan   arxeologik   izlanishlar   natijasida   jami   12   ta   altar
topilgan bo’lib, ular tuzilishiga ko’ra, ikki turga ajratiladi. Bular – doira shaklidagi
altarlar va kvadrat shakldagi altarlardir. 
Doira shaklidagi altarlar ilk marotaba O’rta Osiyo hududida eneolit va bronza
davrlaridan boshlab keng miqyosda tarqalishi kuzatiladi 75
. Doira shaklidagi altarlar
Sarazm   madaniyatining   eneolit   davriga   tegishli   qurilish   qatlamida 76
,   Janubiy
Turkmanistonning   eneolit   davri   yodgorligi   hisoblangan   Geoksyur   1,   7
yodgorligida 3
, Janubiy Tojikiston hududidagi so’nggi bronza davriga oid ilk Tulxor
qabristonida 77
 kuzatiladi. 
Ikkinchi   turdagi   altarlar   to’rtburchak   tarzda   bo’lib,   ular   keng   hududda
tarqalmagan. Bunday altarlar Jarqo’ton yodgorligida ikkita topilganligi ham uning
keng miqyosni egallamagligidan dalolat beradi. 
Janubiy   Tojikiston   hududida   ko’p   yillar   izlanish   olib   borgan
A.M.Mandelshtam   bronza   davriga   oid   ilk   Tulxor   qabristonidagi   erkak   kishi   dafn
etilgan bir qabrdan to’rtburchak shakldagi altarni, ayol kishiga tegishli bir qabrdan
aylana shaklidagi  altarni uchratadi 5
. Odatda doira shakli bu ona er va quyoshning
ramziy   ma`nodagi   ko’rinishini   ifodalasa,   to’rtburchak   shakli   o’sha   davr
nuqtainazaridan qaraganda tabiatning to’rt muqaddas unsuri  – quyosh -  er  yuziga
issiqlik   energiya   etkazuvchi,   uning   erdagi   parchasi   sifatida   olov,   er   –   unumdor
tuproq,   musaffo   havo,   suv   –   obi   hayotning   bir   e`tiqod   buyumida
mujassamlashganligi bo’lishi mumkin. Agar bu masalaga falsafiy nuqtai-nazardan
yondashilsa,   ayol   kishi   qabridan   dumaloq   shakldagi   altarning   topilishi   Ona   er   va
energiya,   issiqlik,   iliqlik   taftini   ulashuvchi   quyoshga   yaqin   qiyoslab   e`zozlangan,
75  Раҳимов К.А. Сополли маданияти е?дгорликларида олов билан боғлиқ қурилмалар ва ошхона
идишлари типологияси // т.ф.н. дис... – Самарқанд, 2011. – Б. 108.  
76   Исаков   А.   Саразм   –   новый   раннеземледельческий   памятник   Средней   Азии   //   СА,   –   №6,
1986.   –   С.   152-167.   3
  Сарианиди   В.А.   Памятники   позднего   энеолита   юго-восточной
Туркмении // Археология СССР. САИ. Б. 38. Част 4. М., 1965, – С. 87-89.  
77  Мандельштам А.М. Памятники эпохи бронзы в южном Таджикистане … – С.
8-60, 125-129.   5
 Ўша асар. – С. 8-46.   
– 
  55   erkaklar   esa   erning,   toza   havoning,   suvning   muqaddasligini,   sofligini   saqlovchi,
qo’riqchisi sifatida qaralgan bo’lishi mumkin. 
Keyingi yillarda Sopolli madaniyatida olib borilgan tadqiqot ishlari altarlar va
ikki   kamerali   o’choqlarni   joylashishiga   qarab,   Sopolli   madaniyatining   ilk
bosqichlarida   ular   oilaviy   olovga   sig’inish   o’chog’i   bo’lganligi   e`tirof   etilmoqda.
shu  kabi  e`tiqodning ko’z  ilg’amas  ko’rinishlari   Ko’zali  va  Mo’lali  bosqichlarida
markazlashgan   ibodatxona   paydo   bo’lishi   bilan   ham   butunlay   yo’q   bo’lib
ketmagan.   Ibodatxonada   odamlar   jamoa   bo’lib   olovga   sig’inish   va   shu   bilan
bog’liq   ko’pchilik   tomonidan   bajariladigan   turli   diniy   udumlar,   marosimlarni
bajarganlar.   shu   bilan   birga   har   bir   patriarxal   oilada   ham   o’zlarining   maxsus
oilaviy sig’inish altarlari ham mavjud bo’lgan. 
Jarqo’ton   yodgorligi   shahristonining   6-tepaligida   2   ta   to’g’rito’rtburchak
shaklidagi kul saqlanadigan o’ralar borligi aniqlandi 78
. Ulardan birining chuqurligi
2   metr   bo’lib,   qurilma   devorlarining   ichki   qismi   kul   bilan   qoplangan.   YAna
shunday kul saqlanadigan o’ra Jarqo’ton ibodatxonasidagi xonalarning birida ham
borligi   aniqlangan.   Bu   o’ra   tuzilishiga   ko’ra,   cho’zinchoq   shaklda   bo’lib,
chuqurligi   70   sm   ni   tashkil   etadi.   Tadqiqotchilar   bu   o’ralarni   muqaddas   olovda
yongandan   keyingi   cho’g’larni   ertalabgacha   o’chirmasdan   saqlash   uchun
mo’ljallangan maxsus  joy bo’lganligini aytib o’tganlar.   CHo’g’  ham  olovning bir
qismi   bo’lganligi   sababli,   bu   bilan   olovning   manguligini,   o’chmasligini
ta`minlagan   bo’lishi   mumkin.   O’ralarning   usti   havo   kirmaydigan   darajada
yopilgan   va   cho’g’   ertalabgacha   o’chmasdan   saqlangan.   Ertalab   cho’g’ni   maxsus
silindr shaklli idishlar yordamida keragicha olib chiqib, yana olov hosil qilganlar. 
Bu   yodgorlikda   izlanish   olib   borgan   T.shirinov   ushbu   cho’g’   tashishga
moslashgan idishni qo’lga olib yurishga qulayligini hisobga olib, ko’chma altarlar
78  Раҳимов К.А. Сополли маданияти е?дгорликларида олов ... // т.ф.н. дис... – Самарқанд, 2011.
–   Б.   131.   2
  Аскаров   А.,   Ширинов   Т   Древнебактрийский   храм   огня   //   –   Т.,   1989;   Ширинов   Т.
Алтари огня из храма Джаркутан – памятника эпохи развитой бронзы // ИМКУ, – Вып. 23. –
Ташкент,   Фан.   199.   –   С.   70-78.   3
  Бойс   М.   Зороасртийцы:   верования   и   обычаи.   –М.,   1987.   –
С.1.  
– 
  56   deb   ataydi 2
.   Jarqo’ton   ibodatxonasidan   altarlarning   topilishi   olov   insoniyat
hayotida, turmush-tarzida, e`tiqodida naqadar muhim o’rin egallaganligidan, uning
muqaddas bo’lganligidan dalolat beradi. CHunki olov quyoshning erdagi parchasi
sifatida   insoniyat   uchun   issiqlik,   energiya   beruvchi   tabiatning   muqaddas   unsuri
sifatida e`zozlangan. 
Olovni   hosil   qilish   murakkab   jarayon   bo’lganligi   sababli,   qadimda   odamlar
olovni o’choqlarda o’chirmasdan saqlashga harakat qilganlar 3
. Olov nafaqat qadim
zamonlarda,  balki   hozir   ham   insoniyat   hayotida  muhim   o’ringa  egaligini   hisobga
olsak,   uning   hamisha   jamiyat   uchun,   insoniyat   uchun   kerakli   manba   ekanligini
e`tirof etish joiz. 
Keyingi   yillarda   sh.shaydullaev   Jarqo’ton   yodgorligida   olib   borilgan
izlanishlarda   markazlashayotgan   yagona   din   sharoitida   unga   qadar   bo’lgan   diniy
tasavvurlarning   sarqitlari   beixtiyor   namoyon   bo’lishini   ashyoviy   dalillar   asosida
ko’rsatishga   muvaffaq   bo’ldi.   Bunday   diniy   qarashlardan   biri   zoolatrik   diniy
qarashlardir. 
Tarixdan   ma`lumki,   jamoa   bo’lib   yashash   davridan,   asta-sekinlik   bilan   ilk
sinfiy jamiyatga o’tila boshlagan. Bu davr esa, insoniyat olamida tabaqalanishning
yorqin   ko’rinishlari   bilan   namoyon   bo’ladi.   Bronza   davrida   juft   oilalarning
mustahkamlanib   borishi,   unumdor   erlarga   bo’lgan   ehtiyojlarning   ortishi   avvalgi
davrlardagi   oqsoqollarning   mavqeini   yanada   oshishiga   olib   keladi.   Ular   er
taqsimotini   qattiq   nazoratga   ola   boshlaydilar.   Avvaliga   erlar   har   bir   juft   oilaning
imkoniyatiga   ko’ra   o’zlashtirilgan   bo’lsa,   keyinchalik   unumdor   havzaviy   joylarni
o’zlashtirish   urug’  oqsoqollarining  nazoratiga  o’tadi.  Urug’   jamoasining  manfaati
yo’lida   jonbozlik   ko’rsatganlar,   uddaburon   tadbirkorlarning   ko’payishi   tufayli
jamoa a`zolari   orasida tabaqalanish yuz bera boshlaydi. Natijada, o’z mulkiga va
boshqaruv mavqeiga ega jamoa a`zolari o’zaro manfaatdorliklari yo’lida, boshqalar
ustidan   boshqaruv   huquqini   qo’lga   ola   boshlaydilar.   Bu   jarayon   tabiiyki,
jamiyatning   mafkuraviy   qarashlarida   ham   o’z   aksini   topadi.   Ularning   diniy
– 
  57   qarashlarida   otashparastlik   yuqori   o’rinda   bo’lib,   diniy-mafkuraviy   siyosat
ularning   manfaatiga   xizmat   qila   boshlaydi.   shunday   sharoitda,   oddiy   xalq
totemlarga e`tibor qaratadilar. Bunday e`tiqod ko’rinishlari ko’proq hayvon kultlari
orqali ifodalangan. 
Shimoliy   Baqtriya   hududida   hayvon   kultlarining   ulug’lanishi,   ularga   e`tiqod
qilganliklari   to’g’risidagi   ma`lumotlar   sh.shaydullaev   tomonidan   ilk   bor   tahlil
qilinib,   u   otashparastlik   dini   jamiyatda   hukmron   mavqega   ega   bo’lgan   kezlarda
ham   zoolatrik   diniy   qarashlar   mavjud   bo’lganligini   asosladi.   M.Esanov   esa,   bu
masalaga   o’z   tadqiqotlarida   to’xtalib,   ayrim   hayvonlarning   diniy   e`tiqod   tizimida
kult sifatida e`zozlanganligini tahlil qilib ko’rsatadi. 
Kultlarni   kelib   chiqish   ildiziga   ko’ra,   turlarga   ajratadi.   Bular:   hayvon,
parranda, o’simlik va turli jonivorlar kultlaridir. Qadimgi Baqtriya va Marg’iyona
yodgorliklarida   totemistik   kultlarning   asosini   –   ilon,   burgut,   qurt-qumursqalar,
yirtqich   hayvonlar   va   daraxtlar   tashkil   etgan.   Bu   totemistik   kultlar   bronza
davrining so’nggi bosqichiga kelib yo’q bo’lib ketadi. Buning asosiy sabablaridan
biri,   bronza   davri   dehqon   jamoalari   orasida   sug’orma   dehqonchilik   va   undan
keladigan daromad asosiy o’rinni egallashidir. Dehqonchilikdan keladigan to’kin –
sochinlikning   asosiy   manbai   quyosh,   er,   suv   ekanligini   anglagach,   asta-sekinlik
bilan   turli   xil   totemistik   kultlar,   ya`ni   zoolatrik   diniy   qarashlar   o’rnini   tabiatning
to’rt   unsuri   quyosh,   er,   suv   va   havo   jamoaning   barcha   a`zolari   uchun   hayotiy
haqiqatga   aylanadi.   Tabiatning   bu   to’rt   unsurini   ulug’lash,   ularni   iflos   qilmaslik
kabi tushunchalar kishilar ongida, tasavvurida paydo bo’la boshlaganki, aynan shu
xislatlar   bizning   xalqimizga   qadim   ajdodlarimizdan   bugungi   kunimizgacha   etib
kelgan.   Bronza   davrining   so’nggi   bosqichlaridan   boshlab,   ularga   atab   turli   xil
marosimlar,   bayramlar   uyushtirib   kelganlar.   Buning   natijasida   dehqonchilik
jamoalari   tasavvurida   har   bir   narsaning   ibtidosi   va   in`ikosi   quyosh   bilan   bog’liq,
– 
  58   degan   hayotiy   tushuncha   shakllanadi.   shu   tariqa   odamlarning   diniy   tasavvurida
otashparastlik dini mustahkam o’rin oladi 79
. 
Otashparastlik   dini   paydo   bo’lgach,   avvalgi   totemistik   diniy   qarashlar   endi
kishilarni   yomon   ko’zlardan   asrovchi   omil   sifatida   tumorlarda   aks   eta   boshladi.
shu   bilan   birga,   ma`lum   bir   boshqaruv   huquqiga   ega   bo’lgan   qabila
oqsoqollarining muhrlarida ham namoyon bo’la boshlaydi.         
Ma`lumki,   hayvonot   olami   uch   turga   bo’linadi.   Bular   -   er   osti,   er   usti   va
osmon hayvonlaridir. Barcha hayvonlar ham zoolatrik diniy qarashlarga asos bo’la
olmaydi.   Jarqo’ton   misolida   zoolatrik   diniy   qarashlarni   terrakot   haykalchalar
misolida   kuzatish   mumkin.   Ma`lumki,   terrakot   haykalchalar   o’sha   zamon
kishilarining   ideologik   qarashlarini   o’zida   mujassam   etadi 2
.   Jarqo’ton
yodgorligidan   topilgan   sigir   (ho’kiz),   tuya   kabi   hayvonlar   shaklidagi   terrakot
haykalchalar,   muhrlarda   aks   etgan   ilon,   burgut   kabi   hayvonlar   orqali   Jarqo’ton
aholisining   e`tiqodida   zoolatrik   diniy   qarashlar   ramzi   sifatida   saqlanib   qolganligi
aniqlangan. 
Sigir   –   nafaqat   uy   hayvoni   sifatida,   balki   u   oila   to’kin   –   sochinligini
ta`minlovchi   ilohiy   hayvon   turi   sifatida   ifodalanadi.   Sigirning   zoolatrik   diniy
xarakter kasb etganligini O’rta Osiyo xalqlari haqida ma`lumot beruvchi ilk yozma
manba   “Avesto”   da   keltirilgan   ma`lumotlarda   ham   uchratish   mumkin.   Hayvon
(sigir)   ilk   marotaba   Axuramazda   tomonidan   Aryanam   Vaydjoda   yaratilgan 80
.
Ilohiy 
Daiti daryosining o’ng qirg’og’ida oy singari oq ho’kiz bunyod bo’ldi 81
. 
79   Эсанов М. “Авесто” жамиятининг археологик материалларда акс этиши (Қадимги Бақтрия
ва   Марғие?нанинг   бронза   даври   моддий   маданият  	е?дгорликлари   мисолида).   Т.ф.н.   дис...   –Т.,
207.   –   Б.   87.   2
  Шайдуллаев   Ш.   Ўзбекистон   ҳудудида   давлатчиликнинг   пайдо
бўлиши // ...т.ф.д. дис... – Самарқанд, 209. – Б. 131.  
80   Шайдуллаев   Ш.   Ўзбекистон   ҳудудида   давлатчиликнинг   пайдо   бўлиши   //   ...т.ф.д.   дис...
Автореф. – Самарқанд, 209. – Б. 20-21.  
81  “Авеста”. Бундахишна, VI.   
– 
  59   Yana bir zoolatrik diniy xarakterdagi hayvonlardan biri “Baqtriya tuyasi”, deb
nom olgan ikki o’rkachli tuyadir 82
.  Bronza davriga tegishli Marg’iyona va Xuroson
hududlaridagi   yodgorliklarda   tuya   tasviri   ifodalangan   muhr   va   terrakot
haykalchalar ko’plab topilgan 83
. Qolaversa Andronova madaniyatida mil.avv. XV-
XIII   asrlarda  ikki   o’rkachli   tuya  tarqalganligi   aniqlangan 84
.  Bizga  ma`lumki,
tuya   hayvonlar   orasida   issiqqa   va   suvsizlikka   eng   chidamli   hayvon   hisoblanib,
qadimdan bir mamlakatdan boshqa bir uzoq mamlakatlarga safar uchun yoki savdo
karvonlari   uchun   ikki   o’rkachli   tuya   asosiy   yuk   tashuvchi   transport   vositasi
sanalgan.   Bundan   ko’rinib   turibdiki,   ikki   o’rkachli   tuya   bronza   davri   qabilalari
uchun ham asosiy transport vositasi vazifasini o’tagan. 
Ikki   o’rkachli   tuyaning   ilohiy   hayvon   bo’lganligini,   ya`ni   zoolatrik   xarakter
kasb   etganligi   bir   nechta   dalillar   orqali   o’z   isbotini   topadi.   Bularning   birinchisi,
tuyaning   terrakot   haykal   sifatida   ifodalanishi   bo’lsa,   “Avesto”da   u   “kuchli”,
“badjahl”   hayvon   sifatida   tilga   olinadi.   YAna   bir   asosiy   isboti   sifatida
zardushtiylik   dinining   asoschisi   ismida   tuya   so’zining   qo’llanilishidir.
“Zaraoushtra”   dagi   “ushtra”   so’zi   tuyani   anglatishini   bu   hayvonning   ilohiylik
belgisidir 85
.   Ikki o’rkachli tuya mil.avv. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda
xonakilashtirilganligi   va   mil.avv.   II   ming   yillikda   Mesopotamiyagacha   kirib
borganligi haqida ma`lumotlar bor 86
.  
Jarqo’tondan   topilgan   bir   muhrda   bir   tomonida   ikki   o’rkachli   tuya,   ikkinchi
tomonida   esa,   odamning   ming   yilliklar   davomida   asl   ko’rinishini   yo’qotgan   aksi
o’z   ifodasini   topgan.   Agar   ushbu   muhr   tahlili   bilan   bog’liq   farazlarimiz   to’g’ri
bo’lsa,   u   holda   tarixiy   shaxs   Zardusht   hayotini   avestoshunos   olima   Meri   Boys
82   Шайдуллаев   Ш.   Ўзбекистон   ҳудудида   давлатчиликнинг   пайдо   бўлиши   //   ...т.ф.д.   дис...   –
Самарқанд, 209. – С. 132.  
83   Сарианиди   В.И.   Протозороастрийский   храм   в   Маргиане   и   проблема   возникновения
зороастризма // ВДИ. – М., 1989. – № 1. – С. 152.  
84   Кузмина   Е.Е.     Древнейшая   фигурка   верблюда   из   Оренбургской   области   и   проблема
домастикации бактрианов // СА, 1963. – № 2. – С. 39.  
85   Шайдуллаев   Ш.   Ўзбекистон   ҳудудида   давлатчиликнинг   пайдо   бўлиши   //   ...т.ф.д.   дис..
автореф. – Самарқанд, 209. – С. 21-22.  
86  Иванов В.В. О соотношении археологических, лингвистических и культурно-семиотических
реконструкций на материале комплекса Тоголок – 21 // ВДИ. – М., 1989. – №2. – С. 173.  
– 
  60   ta`kidlaganidek   so’nggi   bronza   davri   bilan   bog’lash   imkonini   beradi.   Ilk
zardushtiylik   paydo   bo’la   boshlagan   hudud   sifatida   esa,   Turon   o’lkasi   deyish
mumkin. Arxeologik izlanishlar ilk zardushtiylik ko’rinishidagi ibodatxonalarning
paydo   bo’lishini   ham   hududiy   jihatdan   Qadimgi   Baqtriya   va   Marg’iyona
hududlariga   to’g’ri   kelishini   ko’rsatadi.   Ammo   tadqiqotchilarning   aksariyati   bu
ibodatxonalarni otashparastlar ibodatxonasi, deb talqin etadilar. To’g’aloq, Dashli,
Jarqo’ton,   Gonur   ibodatxonalaridan   topilgan   ashyoviy   dalillar   bu   ibodatxonalarni
nafaqat   otashparastlar   ibodatxonasi,   balki   ilk   zardushtiylik   ibodatxonasi
bo’lganligiga   ishora   qiluvchi   dalillarning   mavjudligi   ham   bunday   fikr   berish
imkoniyatini   yanada   oshiradi.   Aslida   zardushtiylik   dini   ham   otashparastlikning
zaminida   paydo   bo’lgan.   Zardusht   tomonidan   din   isloh   qilinganligi   inobatga
olinsa,   demak   ularning   kelib   chiqishi,   ilk   bosqichlari   ham   otashparastlik   dini   va
unga   e`tiqod   qilish   kuchli   bo’lgan   hududlarda,   otashparastlar   sig’inadigan
mafkuraviy markazlar bor joyda paydo bo’lishi haqiqatga yaqinroqdir. 
201   yilda   Jarqo’ton   hududidagi   5-tepalikning   g’arbiy   va   shimoliy
tomonlarida  o’zbek-olmon  ekspeditsiyasi   tomonidan tepalikning  stratigrafiyasi  va
planigrafiyasiga   aniqliklar   kiritish   maqsadida,   stratigrafik   shurflar   qazildi.   Bu
tepalikda   1979-1981   yillarda   tadqiqotchilar   yirik   patriarxal   oila   uyi   platforma
(qalinligi   1,10m)   ustiga   qurilganligini   aniqlaganlar.   Platformaning   sathidan
Jarqo’ton   davriga   oid   bronza   eritadigan   o’choq,   xo’jalik   o’chog’i   va   uchta   yosh
bolaning qabri  topilgan 87
. Ushbu fundament  sathidan  ko’plab arxeologik ashyolar
topilgan   bo’lib,   ular   orasidagi   alohida   e`tiborga   loyiq   topilma   xlorid   toshdan
yasalgan   muhr   –   tumordir.   U   doira   shaklida   bo’lib,   markazida   diametri   bo’ylab
taqib   yurishga   mo’ljallangan   teshikchasi   va   har   ikki   tomonida   chizib   ishlangan
tasvirlar   mavjud.   Uning   birinchi   tomonida   o’ljaga   tashlanayotgan   sher,   sherning
oyoqlari   tagida   esa,   unga   yopishayotgan   ilonlar   tasviri,   ikkinchi   tarafida   ho’kiz
ifodalangan   bo’lib,   u   oyoqlariga   yopishayotgan   ilonlarga   qarshi   kurashayotgan
87  Шайдуллаев Ш, Хуфф Д, Раҳимов К. Жарқўтон – 201 // Археолгические исследования в 
Узбекистане 203 год. – Т., 204. – Б. 19.  
– 
  61   holati tasvirlangan 88
. Ushbu tasvirlar, ayniqsa ilonlarning turli xil hayvonlar oyog’i
ostida   ifodalanishi   Baqtriya-Marg’iyona   topilmalari   uchun   xos   bo’lgan   syujet
hisoblanadi. 
Keyingi   izlanishlarda   zoolatrik   diniy   qarashlarga   e`tibor   qaratilib,   ularning
Baqtriya   va   Marg’iyonada   keng   tarqalgan   turlari   sifatida   ilon,   sigir,   qurbaqa,
chayon, turli xil qushlarning izohi berilgan 89
. 
CHayonlarning   hayot   tarzi   asosan   qorong’ulikda,   soyada   o’tganligi   uchun
qorong’ulikni uning ramziy timsoli sifatida olish mumkin. Sopollitepa topilmalari
orasida  ham  chayon va ilon tasviri tushirilgan tumor va tosh munchoqlar  ko’plab
uchraydi.   Odatda   chayonlar   kechqurunlari   ov   qiladi,   deyarli   o’z   tirikchilik
faoliyatini   tunda   o’tkazadilar.   Zardushtiylik   dinida   yovuzlik,   yomonlik   kuchlari
sifatida   qora   rang   ifodalanishi,   bu   nafaqat   zardushtiylikda,   balki   bugungi
kunimizda   ham   yomonlik,   yovuz   niyyatli   ishlar   qora   rang   timsolida   gavdalanib,
ularga   nisbatan   “qora   niyyatli”   ishlar   tarzida   qo’llaniladi.   Fasllar   ichida   qish
mavsumi   qora   kunlar   sifatida   ko’rsatilib,   Navro’z   bayramini   qora   kunlarning
ketishi   va   yangi   kunning   –   yorug’   kunning   boshlanishi,   yangi   kunning   tug’ilishi,
deb diniy bayram sifatida nishonlashgan. Biroq, shuni  ham  ta`kidlash joizki, qish
faslining   sovuqligi   yovuz   kuchlarga   qiyoslansa,   uning   bezagi,   ziynati   bo’lgan
qorning   yog’ishi,   uning   oq   rangligi   qishning   sovuq   havosini   yaxshilik   tomonga
yo’naltirishga xizmat qiladi. 
Sopolli madaniyatida yana bir diniy qarashlarga asos bo’la oladigan shunday
ashyo   topilganki,   u   “narvon”   dir.   Sopollitepa   yodgorligidagi   №   89   qabrda
bronzadan   yasalgan   “narvon”   ning   mitti   nusxasi   uchratilgan 90
.   Bunday
ko’rinishdagi   narvon   nusxalari   Jarqo’ton   qabrlarida   ham   uchratiladi.
Tadqiqotchilar   “narvon”   nusxasining   qabrlarda   uchrashini   narigi   dunyo   bilan
88  Шайдуллаев Ш, Хуфф Д, Раҳимов К.  Жарқўтон – 201. – Б. 191.  
89  Эсанов М. “Авесто” жамиятининг археологик материалларда .... //  Т.ф.н. дис... –Т., 207. – Б.
86-1.  
90  Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана....  – С. 41–196;
Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ....  Табл. XLV. 15.  
– 
  62   bog’laydilar 91
,   ya`ni   “narvon”   narigi   dunyoga   o’tish   yoki   animistik
tushunchalardir 3
,   deb   izohlaydilar.   Hattoki,   narvon   shaklini   Jarqo’ton   piktografik
belgi   –   yozuvlarida   ham   ifodalanishi   inobatga   olinsa,   demak,   narvon   o’sha   davr
odamlari onggida nafaqat bir oddiy xo’jalik turmushi uchun kerakli buyum tarzida,
balki insonlar tasavvurida o’zlari yaratgan diniy tushunchalar, qarashlar bilan ham
bog’liq bo’lgan.    
91  Шайдуллаев Ш.  Ўзбекистон ҳудудида давлатчиликнинг пайдо бўлиши... //  
т.ф.д. дис. – Б. 142.    3
 Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ....  – С. 46.   
– 
  63   XULOSA
Har   bir   xalq   o’z   o’tmishi   tarixiga   ega.   O’zbek   xalqi   ham   necha   asrlik,   ming
yilliklar   davomida   shakllanib,   turli   davrlarning,   turli   xil   zarbalariga   uchrab,   ularni
bardosh   bilan   engib   kelgan   xalqdir.   Xalqning   xalq   sifatida   tanitadigan,   qadim
ajdodlaridan   meros   bo’lib   qoladigan   urf-odatlar,   turli   xil   o’zga   xalqlardan   aynan
shular orqali farqlanadi. 
  Shimoliy   Baqtriyaning   xilma-xil   geografik   iqlim   sharoiti   bu   o’lka   aholisining
moddiy   madaniyatini   shakllanishida   yorqin   o’z   aksini   topgan.   shimoliy   Baqtriya
hududlari   bronza   davridan   boshlab   turli   etnik   guruhlarning   uchrashuv   maskani,
iqtisodiy   xo’jalik   va   etnomadaniy   aloqalar   maydoniga   aylangan.   shu   boisdan,
tadqiqotchilar,   jumladan   B.A.   Litvinskiy,   L.   T.Pyankova   va   I.M.Vinogradovalar
Bishkent-Vaxsh   madaniyatlari   aholisining   kelib   chiqish   tarixiy   ildizlarini   Sopolli
madaniyati etnosiga borib taqalishini to’g’ri qayd qiladilar. 
Ammo,   chorvador   Bishkent-Vaxsh   madaniyatlari   aholisining   etnik   tarkibi
mutlaqo   Sopolli   madaniyati   aholisining   tabiiy-geografik   sharoit   tufayli   an`anaviy
xo’jalik   yuritishdan   voz   kechib,   tog’   hududi   muhitiga   xos   o’troq   chorvadorlarga
aylangan   jamoalardan   iborat   emas.   CHunki,   ularning   tarkibida,   bu   joylarda,
qadimdan yashab  kelayotgan tub joyli  etnik qatlami  mavjudligini  unutmaslik  kerak.
Aslida,   Bishkent-Vaxsh   madaniyatlari   aholisi   tarkibida   ana   shu   mahalliy   aholi   ham
qatnashgan   bo’lib,   ular   qatorida   Sopolli   madaniyati   jamoalari   ham   o’z   o’rniga   ega
bo’lgan.   Bu   haqda   antropologik   materiallar   va   ayniqsa   Vaxsh   madaniyatiga   xos
kulolchilik mahsulotlarining qiyosiy tipologiyasi guvohlik beradi 92
. 
        Arxeologik   materiallarning   guvohlik   berishicha,   miloddan   avvalgi   II-ming
yillikning   ikkinchi   yarmi   davomida   bu   o’lkaga   yana   bir   o’zga   etnik   guruhlar   kirib
keladi. 
Sopolli   madaniyatining   Mo’lali   bosqichida   bu   o’zga   etnik   guruhlar   shimoliy
Baqtriyaning   mahalliy   o’troq   dehqonchilik   madaniyati   qishloqlari   va   chorvador
92  Виноградова Н.М. Юго-западний Таджикистан в эпоху поздней бронзы. – М., 204.   
– 
  64   qabilalari jamoalari ichigacha kirib boradilar. Bu holat Jarqo’ton, Teguzak, Kangurt-
tut,   Karimberdi,   Ilk   Tulxor,   Ilk   Aruktau,   Tigrovaya   Balka,   Vaxsh,   Makoni-mor,
Bishkent   I,II,III,   Oyko’l,   Jarko’l   qabristonlari   misolida   yaxshi   o’rganilgan.
shuningdek, shimoliy Baqtriyaga xos tabiiy-geografik muhit mintaqa etnik guruhlari
xo’jalik shakllarining rivojlanish yo’llarini oldindan belgilab bergan. 
Arxeologik izlanishlar geografiyasiga ko’ra, shimoliy Baqtriyaning bronza davri
yodgorliklari tog’ oldi hududlari va tog’lar oralig’idagi vohalarda, daryo havzalarida
topilgan.   Hududiy   jihatdan   ular   hozirgi   kunda   ikkita   mustaqil   suveren   davlatlar   –
O’zbekiston   va   Tojikiston   hududlariga   to’g’ri   keladi.   Janubiy   O’zbekiston   hududiy
doirasida   miloddan   avvalgi   II   –   ming   yillikda   katta   va   kichik   hududiy   doiradagi
dehqonchilik   vohalari   shakllangan.   Bu   vohalarda   o’troq   dehqonchilik   madaniyatiga
oid   qator   yodgorliklar   borligi   aniqlangan   va   o’rganilgan.   shimoliy   Baqtriyaning
Tojikiston   qismida   esa,   asosan   bronza   davrining   chorvador   qabilalari   yashagan
hamda   uning   Janubiy   O’zbekistonga   chegaradosh   hududlarida,   bronza   davrining
so’nggi   bosqichlarida   qadimgi   dehqonchilik   qabilalari   yashaganliklari   haqida
guvohlik beruvchi yodgorliklar ham topilgan. Bular Kangurttut, Teguzak, Tandiryo’l
yodgorliklaridir.  
Yuqoridagi   ma`lumotlardan   ko’rinib   turibdiki,   miloddan   avvalgi   II-ming
yillikning ikkinchi yarmida shimoliy Baqtriya hududlarida turli iqtisodiy xo’jalik va
etnik   guruhlarga   tegishli   qabilalar   yashab,   ular   o’rtasidagi   o’zaro   iqtisodiy
manfaatdorlik asosida  qurilgan etnomadaniy aloqalar  hozirgi  zamon o’zbek va tojik
xalqlarining shakllanishida dastlabki tarixiy ildiz, etnik asos bo’lib xizmat qilgan. Bu
tarixiy   muhit   jarayonlari   ularning   antropologik   va   etnografik   qiyofasida,   kundalik
turmush   tarzida,   shodiyona   kunlari   va  motam   marosimlari   bilan  bog’liq  urf-odat   va
udumlarida   o’z   aksini   topgan.   Bu   holatlar   ulardan   bizgacha   etib   kelgan   moddiy
madaniyatda   o’z   aksini   topgan.   Ularni   o’rganish,   ularning   shakllanish   tarixiy
ildizlarini   ochish   shunchalar   muhimki,   ular   zaminidagi   ezgulik   g’oyalari   hozirgi
zamon yosh avlod qalbida nish ura boshlagan milliy iftixor, o’zlikni anglash, Vatan
tuyg’usi   kabi   qirralarini   tarbiyalashda   birlamchi   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.   Biroq,
– 
  65   bu   boy   tarixiy   madaniyat   va   ma`naviyat   sarchashmasi   ob`ektiv   davriy   uyg’unlikda,
xronologik   ketma-ketlikda   o’rganilsagina   ilmiy   ahamiyat   kasb   etadi.   Aks   holda
moddiy va ma`naviy manba birlamchilik xususiyatini yo’qotadi. 
Shimoliy   Baqtriyaning   xilma-xil   geografik   iqlim   sharoiti   bu   o’lka   aholisining
moddiy   madaniyatini   shakllanishida   katta   rol   o’ynaganligi   hisobga   olinib,   etnik
guruhlarning   asosi   aniqlandi.   CHunki,   shimoliy   Baqtriya   bronza   davrida   turli   etnik
guruhlarning   uchrashuv   maskani,   etnomadaniy   aloqalar   maydoni   bo’lib,   bu   omillar
ularning tilida, etnik qiyofasida o’z aksini topgan. 
Qadimda   shimoliy   Baqtriya   hududini   tashkil   etgan   turkiy   va   forsiy   xalqlari
hamisha   yonma-yon   yashab   kelganlar.   Bu   ikki   xalqning   o’tmishi   davomida   diniy
e`tiqod   va   shu   bilan   bog’liq   udumlarga   alohida   e`tibor   berib   kelinganligi,   bugungi
kunda   moddiy   madaniyatda   ham   o’z   aksini   topmoqda.   Diniy   e`tiqodlarning
shakllanishi va rivojlanishida esa, ularning dafn marosimlari muhim ahamiyatga ega
bo’lgan.   Ushbu   tadqiqot   ishi   orqali   bronza   davrida   shimoliy   Baqtriyaning   o’troq
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarning dafn marosimlari  va
diniy   e`tiqodlari   hamda   bu   ikki   xo’jalik   sohiblarining   o’zaro   munosabatlari   tahlil
etildi.   Dafn   marosimlarining   qanchalik   mukammal   bo’lishi,   dafn   marosimlariga
e`tibor   qaratilishi   u   xalqda   insonning   qadri   ulug’ligidan   dalolat   beradi.   Bunday
holatni biz bugungi kunimizda ham ko’rishimiz mumkin. 
2010   yilning   18   noyabrida   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Qonunchilik   Palatasi   tomonidan   qabul   qilingan,   3   dekabrda   Oliy   Majlisning   Senati
tomonidan   ma`qullangan,   O’zbekiston   Respublikasining   “Dafn   etish   va   dafn   ishi
to’g’risida”gi   Qonuni   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan   2010   yilning
27   dekabrida   №   O’RQ   –   276   raqam   bilan   imzolandi   va   qonun   kuchga   kirdi.   Dafn
marosimlari   to’g’risida   maxsus   qonunning   qabul   qilinishi,   bu   qadriyatlarni   qadr
topayotganligining nishonasidir. 
Ushbu   tadqiqot   ishida,   hududiy   jihatdan   shimoliy   Baqtriyaning   tanlab   olinishi,
bir   davrda   ikki   xil   xo’jalik   asosida   kun   kechirgan   ikki   qo’shni   hudud   aholisining
– 
  66   qanchalik   yaqinligi,   qay   darajada   bir-birlarining   marosimlarini   o’zlashtirishlarini
moddiy   madaniyat   orqali   o’rganish   imkoniyatini   berdi.   Bularni   dafn   marosimlari
orqaligina kuzatish, o’rganish va tahlil qilish mumkin. Dafn etilgan inson bilan birga
qo’yilgan   anjomlar,   dafn   etish   usullari,   ularni   qo’shni   hudud   materiallari   bilan
qiyosiy o’rganish, bu davr haqida ishonchli va aniq ma`lumotga ega bo’lish imkonini
beradi. 
Dafn   marosimining   qanchalik   dabdabali   bo’lishi   marhumning   hayotligidagi
obro’-e`tiboriga,   oiladagi   va   jamiyatda   tutgan   o’rniga,   mavqeyiga   bog’liq   bo’lgan.
shunga   asosan   marhumni   dafn   etish   marosimi   oilaviy,   mahalla   va   butun   qishloq
ishtirokida o’tkazilgan, deyishga asos beradi 93
. 
Tadqiqotni   o’rganish   jarayonida   mavzuga   oid   adabiyotlarni   tahlil   etish   va
arxeologik materiallarni qiyosiy o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 
- Shimoliy Baqtriyaning hududiy tarkibini tashkil etgan janubiy 
O’zbekiston   va   janubiy-g’arbiy   Tojikiston   o’z   iqlim   sharoitiga   ko’ra,   bir
tomonda   dehqonchilik,   ikkinchi   tomonda   esa,   chorvachilikning   rivojlanishiga   olib
keldi.   Dehqon   va   chorvador   jamoalar   o’rtasida   o’zaro   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
etnomadaniy   aloqalar,   bu   aloqalarni   moddiy   madaniyatda   aks   etishi   Jarqo’ton,
Teguzak,   Qangurttut,   Tandiryo’l,   Bo’ston   kabi   yodgorliklarida   yaqqol   ko’zga
tashlanadi. Demak, janubiy-g’arbiy Tojikiston hududlari so’nggi bronza davrida turli
etnik   guruhlarning   o’zaro   iqtisodiy,   siyosiy   hamda   etnomadaniy   aloqalar   markazi
bo’lgan.   Bu   holat   bronza   davrida   o’zbek   va   tojik   etnosining   shakllanishida   ilk   asos
bo’lib xizmat qiladi. 
- Shimoliy   Baqtriyaning   Janubiy   O’zbekiston   hududlarida   dehqonchilik
madaniyati takroriy sug’orma dehqonchilik asosida rivojlandi. Tojikiston hududidagi
bronza   davri   yodgorliklari   tog’   va   adirliklarda   joylashganligi   sababli,   mazkur
hududda   yaylov   chorvachiligi   va   lalmikor   dehqonchilik,   bog’dorchilik   rivoj   topadi.
93  Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи броны юга Узбекистана. – Т., Фан. 
1977. – С.      152.  
– 
  67   Hatto   ularning   uy-joy   qurilishida   ham   farq   borligi   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.
Dehqonchilik   vohalarida   asosan   xom   g’ishtlar   asosida   qishloqqo’rg’onlar   qurishga
katta  e`tibor  berilgan  bo’lsa,  chorvadorlar  tog’li   hududlarda  yashaganliklari   sababli,
ularning   uy-joy   qurilishida   toshdan   foydalanishga   katta   e`tibor   berilgan.   Xatto,   uy-
joylarning fundamentiga tosh yotqizilgan. 
- Janubiy-g’arbiy Tojikistonning bronza davri Beshkent va Vaxsh madaniyatlari
bir-biriga   juda   yaqin,   o’xshash,   yagona   bir   madaniyatni   tashkil   qilsalarda,   ular
o’rtasida   qandaydir   farqlar   borligini   ko’rish   mumkin.   Beshkent   madaniyatiga
kiruvchi Ranniy Tulxar qabristonida krematsiya qilingan qabrlar uchraydi.  Bu albatta
chorvador Andronova qabilalari moddiy madaniyatdagi ta`sirining kuzatilishidir. Bu
jarayon Mo’lali bosqichidan avvalroq yuz bergan.Sopolli madaniyatining Bishkent va
Vaxsh   madaniyatlariga   ta`siri   Mo’lali   bosqichi   davrida   yuz   berdi.   shuning   uchun
Sopolli   madaniyatining   Mo’lali   davri   sopollari   Vaxsh   madaniyati   yodgorliklarida
ko’plab   uchratilgan.   Demak,   Beshkent   madaniyatiga   andranovliklarning   kirib
kelishini   xronologik   jihatdan   birinchi   davr   deb   olsak,   Vaxsh   madaniyatiga   Mo’lali
bosqichining ta`siri xronologik jihatdan ikkinchi bosqichini tashkil etadi.  
- Jarqo’ton   manzilgohidan   tashqarida   bunyod   etilgan   maxsus   qabristonlar,
Sopollitepaga   nisbatan   jamiyatning   ijtimoiy   rivojlanishi   yuqori   darajada
bo’lganligidan dalolat beradi. 
- Bishkent - Vaxsh madaniyatining shakllanishida Xisor, Sopolli va Dashtli va 
Andronova jamoalari ta`siri kuchli bo’lganligi ilmiy tahlil etildi. 
- Sopolli   madaniyati   otashparastlikdan   zardushtiylikka   o’tish   davrni
xarakterlaydi.   Sopolli   madaniyatining   ilk   bosqichi   Sopollitepadan   zardushtiylikning
ko’z ilg’amas izlari paydo bo’la boshlagan bo’lsa, bir necha yuz yillar davomida bu
izlar   asta-sekin   yorqinroq   ko’rinishda   namoyon   bo’la   boshlagan.   Sopolli
madaniyatining   so’nggi   Mo’lali   va   Bo’ston   bosqichlarida   zardushtiylik   deb   atashga
asos   bo’luvchi   shunday   omillar   paydo   bo’ldiki,   buni   olimlar   ta`kidlaganidek,
protozardushtiylik deb emas, balki ilk zardushtiylik shakllana boshlagan davr deyish
mumkin. 
– 
  68   - Sopolli   madaniyatining   Jarqo’ton   bosqichida   vujudga   kelgan   va   keyingi
bosqichlarda   ham   to’la   amalda   bo’lgan   Jarqo’ton   ibodatxonasi,   u   erdan   topilgan
ashyoviy   dalillar   ushbu   ibodatxona   “ilk   zardushtiylik   ibodatxonasi”   ekanligining
yorqin   dalilidir.   Aynan   ibodatxona   bilan   bir   davrda,   ya`ni   Mo’lali   va   Bo’ston
bosqichlarida   mayitni   etidan   tozalab   dafn   etish   holatlari   oz   bo’lsada   paydo   bo’la
boshlagan.   Bu   ham   zardushtiylikning   ilk   ko’rinishlaridan   biri   bo’lib,   bu   dalillar   ilk
zardushtiylik dini shaklanna boshlaganligidan guvohlik beradi. 
- Zardushtiylik   dini   vujudga   kelgan   davrni   avestoshunos   olima   Meri   Boys
tomonidan so’nggi bronza davri, deb belgilangan. Bu davrda Baqtriya hududi bo’ylab
paydo   bo’lgan   ibodatxonalar   bu   fikrni   tasdiqlasa,   yana   bir   ashyoviy   dalil   borki,   bu
Jarqo’tondan topilgan tumordir. Bu tomorning bir tomonida tuya, ikkinchi tomonida
esa,   tuya   orqasidan   quvlab   ketayotgan   odam   aksi   o’z   ifodasini   topgan.   Zardushtni
tuyakashlar   avlodidan   ekanligini   inobatga   olsak,   ushbu   muhr   uning   moddiy
madaniyatda aks etganligini isbotlaydi. 
- O’troq dehqon jamoasida amalda bo’lgan qabr tuzilishi, ya`ni “ayvonli lahad”
qabrlar hozirgi zamon O’rta Osiyo xalqlari qabr tuzilishi uchun ham xarakterli bo’lib,
bu xalqlarning dafn marosimlari bilan bog’liq urf-odatlarining tarixiy ildizlari bronza
davriga borib taqalishini ko’rsatadi. 
- O’rganilgan   arxeologik   madaniyatlar   orqali   o’sha   davr   aholisining   dafn
marosimlaridagi   turil   xil   udumlar   va   ilk   marotaba   qo’llanilgan   urf-odatlarni   taxlil
qilish orqali ularning dunyoqarashlarini ko’z o’ngimizga keltirish imkonini berdi. 
- Ilk   Tulxor   qabrlarida   tosh   plitadan   svastika   belgisining   uchrashi   –   bu
Andronovaliklarning   ramziy   belgisi   bo’lib,   bugungi   kunda   Sopolli   madaniyati
bosqichlaridan topilayotgan sopol buyumlarda ham mavjud. Bu ayrim xalqlarning bu
belgi ostida sobiq Sovet davridagi mustamlakachilik siyosatini yurgizish uchun qulay
imkoniyat   yaratgan.   Ayrim   xalqlar   bu   belgi   ostida   o’zlarining   oliy   irq   ekanliklarini
isbotlashga   urinishda   davom   etib   kelmoqda.   Bu   belgining   turli   hududlarda   aynan
Andronova qabilalari kirib kelgan hududlarda tez-tez uchrashi ularning bu qarashlari
xato   ekanligini   isbotlaydi.   YA`ni   bu   belgi   ma`lum   bir   xalqqa   tegishli   emas,   balki
– 
  69   odoz   erkin   Andronova   oriylarining   ramziy   belgisi   bo’lib,   ularning   davriy   sanasi
mil.avv. 2 mining yillikning 2 yarmi bilan belgilanadi. 
- Bronza   davri   urug’   jamoalarida   turli   xil   diniy   tasavvurlar   bo’lganki,   ularning
har biri o’ziga xos o’ringa egadir. 
- Jarqo’ton   ibodatxonasining   o’rganilishi   asosida   monumental   inshootning
bo’lishi,   O’zbekiston   hududida   davlatchilik   asoslari   bronza   davridan
shakllanganligini   ilmiy   asoslaydi.   Ushbu   monumental   inshoat   Surxon-sherobod
vohasi   doirasidagi   yirik   voha   davlatchiligining   diniy   boshqaruv   markazi
bo’lganligidan guvohlik beradi. 
– 
  70   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR 
1. Каримов   И . А .   Тарихий   хотирасиз   келажак   йўқ .   //   Биз   ўз
келажагимизни   ўз   қўлимиз   билан   қурамиз .   Том -7.   Т .:   “ Ўзбекистон ”.  1999.  –
Б . 132-155. 
2. Каримов   И . А .  Юксак   маънавият  –  енгилмас   куч . –  Тошкент , 
Маънавият. 201. – Б. 
3. “Дафн этиш ва дафн иши тўғрисида”ги Қонун. Адолат кўзгуси. //
“Қадр топае?тган қадриятлар”. 2011 й. 
4. “Авеста”, Бундахишна, VI. Интарнет сайти:  www    .   avesta    .   org    .   ru       
5. “Авесто” Асқар Маҳкам  таржимаси. Тошкент. “Шарқ”, 201. –Б.
384. 
6. Авеста:   “Видевдот”   китоби.   (М.Исҳоқов   таржимаси)   –   Тошкент,
207. – 
Б. 96. 
7. Абдуллаев Б. Новый памятник эпохи бронзы на юге Узбекистане.
– ОНУ, 1977, №1. – С. 33-39.  
8. Абдуллаев   Б.   Могильник   Джаркутан.   ИМКУ,   вып.   15.   Ташкент,
1979. – С. 22-35. 
9. Аванесова   Н.А.   Новое   в   погребальном   обряде   сапаллинской
культуры. «Археологические вести». № 4, Спб, 1995. 
1. Аванесова Н.А., Ташпулатова Н. Символика огня в погребальной
практике сапаллинской культуры. (по материалам  исследования  могильника
Бустан VI). ИМКУ, вып.3. Самарканд, 1999. – С. 27-36. 
11. Аванесова   Н.А.   Храмовые   функции   сакрализованных   плошадок
қабристоня   до   исторической   Бактрии   –   Бустон   VI   //   Степи   Евразии   в
– 
  71   древности   и   средневековье.   Материалы   Международной   научной
конференции, посвященной 10-летию со дня рождения М.П.Грязнова. 
СПб., 202. – С. 11. 
12. Аванесова   Н.А.   Двенадцатый   полевой   сезон   на   қабристоне
Бустон VI  //  Ўзбекестонда  археологик тадқиқотлар  204-205й. №  5, Фан. –
Ташкент, 206. – С.23-28. 
13. Аванесова  Н.А  Проблеме  относительной  хронологии  и
периодизации   Сапаллинской   культуры.   //   Ўзбекистон   археологияси,   №
1, Тошкент, 201. – С. 110-143. 
14. Аванесова   Н.А.   Проявление   степных   традиций   в   Сапаллинской
культуре   //   «Цивилизации   и   культуры   Центральной   Азии   в   единстве   и
многообразии». Ташкент, 201. –С. 107-133. 
15. АлексеевВ.П.,   Ходжайов   Т.,   Халилов   Х.   Население   верховьев
Амударьи по данным палеоантропологии. –Т., “Фан”. 1984. 
16. Аскаров   А.   Памятники   андрановской   культуры   в   низовьях
Зарафшана // ИМКУ. –Вып 3. – Ташкент, 1962. – С. 28-41. 
17. Аскаров А. Сапаллитепа. – Ташкент, Фан. 1973. – С. 172. 
18. Аскаров А.. К вопросу о выделении культуры Сапалли. «Древняя
Бактрия», Ленинград, 1974. – С. 26-32. 
19. Аскаров   А.   Расписная   сопол   Джаркутана   //   Бактрийские
древности. 1976. – С. 17-19. 
2. Аскаров   А.   Древнеземледельческая   культура   эпохи   бронзы   юга
Узбекистана. Ташкент, 1977. – С. 232. 
21. Аскаров   А.   Южный   Узбекистан   во   II   тысячелетии   до   н.   э..
«Этнические проблемы истории Центральной Азии в древности (II тыс. до н.
э.). Москва, 1981. – С. 167-169. 
22. Аскаров А., Абдуллаев Б.Н. Джаркутан. Ташкент, 1983. – С. 87. 
– 
  72   23. Асқаров А, Жўрақулов М. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осие?. 
Самарқанд. 1984. – Б. 1. 
24. Аскаров   А.   Проблема   становления   раннегородской   культуры   на
юге Узбекистана и ее связи Индостаном. // Древние культуры Средней Азии
и Индии. – Л., «Наука», 1984. – С. 87-97. 
25. Аскаров   А.   Южноузбекистанский   очаг   древнебактрийской
цивилизации. «Древние цивилизации Востока» Ташкент, 1986. – С. 44-
54. 
26.Аскаров   А,   Буряков   Ю.Ф,   Квирквелия   О.Р,   Радилиловский   В.В
Теоретические   и  методологические   проблемы  исследования   в   археологии.  –
Т., Фан.1988.  
27. Аскаров А., Ширинов Т. Древнебактрийский храм огня в южном
Узбекистане.   «Градостроительство   и   архитектура.   Культура   Среднего
Востока – развитие связи и взаимодействия». Ташкент, 1989. – С. 7-24. 
28. Аскаров   А.А.,   Ширинов   Т.Ш.   О   некоторых   группах   культовой
керамики Джаркутана // ИМКУ. – Ташкент: Фан, 1991. Вып. 25. – С. 33-56. 
29. Аскаров   А,   Ширинов   Т.,   Ранняя   городская   культура   эпохи
бронзы юга Средней Азии. Самарканд – 1993. – С. 162. 
3. Асқаров   А.   Ўрта   Оси	
е?  қадимги   дун	е?сининг   асосий
хусусиятлари. // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар // 1994, № 6. –Б. 31-35. 
31. Асқаров А., Энг қадимий шаҳар. –Тошкент, 201. 1, 26 б.т. 
32. Асқаров   А.,   Зардуштийликнинг   илк   ватанидаги   ибодатхона   //
Санъат тарихи. № 3. Тошкент, 201. – Б. 4-7. 
33. Асқаров   А.,   Шайдуллаев   Ш.   Бақтриянинг   бронза   ва   илк   темир
даври маданиятлари хронологияси. “Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва
е	
?зма манбаларда”. Тошкент, “Фан”. 205. – Б. 36-48. 
34. Бойс М. Зороастрийцы: верования и обычаи. –М.: 1987. 
– 
  73   35. Виноградова Н.М. Новые памятники эпохи бронзы на территории
Южного       Таджикистана   .   «Центральная   Азия   .   Новые   памятники
письменности и исусства». Москва, 1987. 
36. Виноградова   Н.М.   Исследования   контактов   земледельческого   и
степного   населения   на   юге   Средней   Азии   (Южный   Таджикистан)   в   эпоху
поздней   бронзы.   «Археология,   палеоэкология   и   палеодемография   Евразии.
Москва, 20. 
37. Виноградова   Н.М.   Поселение   эпохи   поздней   бронзы-Ташгузар   в
Южном Таджикистане. «Древние цивилизации Евразии». М., 201. – С. 138-
149. 
38.Виноградова   Н.М.,   Ге?тцельт,   Пьянкова   Л.Т.   Археологическая
разведка в бассейне реки Кызылсу (Южный Таджикистан) РА, Москва, 203.
– С. 101- 114. 
39. Каримова   Д.   Жарқўтон   Ўзбекистон   ҳудудидаги   энг   қадимги
шаҳар. // Ўзбекистон тарихини ўқитиш ва ўрганиш бўйича материаллар. Т. 
“Фан”, 208. 
4. Литвинский Б.А. О топорах эпохи бронзы из Таджикистана. Изв.
АН Тадж. ССР. Отдел общественных наук № 1. Душанбе, 1961. 
41. Литвинский Б.А. Таджикистан и Индия (примеры древних связей
и контактов). Индия в древности. Москва, 1964. 
42. Литвинский   Б.А.   Археологические   открытия   в   Таджикистане   за
годы   советской   власти   и   некоторые   проблемы   древней   истории   Средней
Азии. ВДИ № 4, 1967. 
43. Литвинский   Б.А.,   Соловьев   В.С.   Стоянка   степной   бронзы   а
Южном 
Таджикистане.  «Успехи  Среднеазиатской  археологии,  
вып.  1, 
Ленинград, 1972. – С. 42-53. 
– 
  74   44. Литвинский   Б.А.   Антонова   Е.В.,   Виноградова   Н.М.   Раскопки
могильника Тандыр-йул. АО (1975), 1976. 
45. Литвинский Б.А., Зеймаль Т.И., Медведская И.Н. Отчет о работах
Южнотаджикистанской  археологической  экспедиции  в   1973.  АРТ,  вып.
XIII (1973). Душанбе, 1977. – С. 76-92. 
46. Мандельштам   А.М.   Могильник   Ариктау   в   Бишкентской   долине
(Южный Таджикистан) // КСИИМК. № 76. –М., 1959. – С. 73-82. 
47. Мандельштам   А.М.   Памятники   эпохи   бронзы   в   Южном
Таджикистане. 
МИА, № 145, Ленинград, 1968. 
48. Массон   В.М   Древнеземледельческая   культура   Маргианы.   МИА,
№73; 
М.-Л., 1959. 
49. Массон В.М. Карадепе у Артыке // Тр. ЮТАКЭ, – Том Х, 1961. –
Ашхабад, – С. 328-329.  
5.Ранов  В.А.  Коробкова  Г.Ф.  Туткаул-многослойное  поселение
гиссарской культуры в Южном Таджикистане. СА, № 2, 1971. 
51. Ранов   В.А.   Истоки,   внешние   влияния   и   внутреннее   развитие
гиссарской   культуры   //   В   кн.   «Древнейшие   культуры   Бактрии:   среда,
развитие, связи». – Душанбе, 1982. – С. 21. 
52. Ртвеладзе   Э.В.,   Хакимов   З.А.   Маршрутные   исследования
памятников   Северной   Бактрии.   «Из   истории   античной   культуры
Узбекистана». 
Ташкент, 1973. 
53. Ртвеладзе Е.В. Разведочное изучение бактрийских памятников на
юге Узбекистана. «Дреняя Бактрия». Ленинград, 1974а.  
– 
  75   54. Ртвеладзе   Э.В.   Разведки   в   предгорьях   Байсунтау.
«Археологические открытия 1973 года». М., Л.,1974. 
55. Ртвеладзе   Э.В.   К   характеристике   памятников   Сурхандарьинской
области ахеменидского времени. СА, № 2. М, 1975. 
56. Ртвеладзе Э.В. Бронзовый кинжал из Вахшувара. СА № 1,  1981. 
57. Сагдуллаев   А.С.   Древнеземледельческие   поселения   предгорий
Байсунтау. 
58. «История и археология Средней Азии». Ташкент, 1978 
59. Сагдуллаев   А.   Қадимги   Ўзбекистон   илк  е?зма   манбаларда.
Тошкент. 202. 
6. Сарианиди   В.А.   Памятники   позднего   энеолита   юго-восточной
Туркмении // Археология СССР. САИ. Б. 3-8. Част 4. М., 1965. 
61. Сарианиди В.И. Исследования памятников Дашлинского оазиса. 
«Древняя Бактрия» Москва, 1976. 
62. Сарианиди   В.И..   Древние   земледельцы   Афганистана.   Москва,
1977. 
63. Сарианиди В.И..Раскопки монументальных зданий на Дашли 3. 
«Древняя Бактрия». М., 1984. 
64. Сарианиди   В.И.   Протозороастрийский   храм   в   Маргиане   и
проблема возникновения зороастризма // ВДИ. – М.: 1989. №1. 
65.Шайдуллаев Ш. Северная Бактрия в эпоху раннего железного века. 
Цивилизация Турана – Мавераннахра. Ташкент, 20. 
66. Шайдуллаев   Ш.Б.   Илк   шаҳарнинг   археологик   белгилари.
“Ўзбекистон тарихи”, № 3, Тошкент, 202. 
– 
  76   67. Шайдуллаев Ш.Б., Дитрих Хуфф, Рахимов К. «Жарқўтон - 202»
Археологические исследования в Узбекистане 202 год. 
68. Шайдуллаев   Ш.   Авесто   ва   моддий   маданият.   “Ўзбекистон
тарихи”, № 3, Тошкент, 204. 
69. Ширинов  Т.  Орудия  производства  и  оружие  
эпохи  бронзы 
Среднеазиатского междуречья. Т.: «Фан», 1986 
7. Ширинов Т. Алтари огня из храма Джаркутана-памятника эпохи
развитой бронзы юга Узбекистана. ИМКУ, вып. 23. Ташкент, Фан. 
199. – С. 69-79.  
71. Ширинов Т «Винодельная» Джаркутан – памятник эпохи бронзы
юга Узбекистана. ИМКУ, вып. 24. Ташкент, Фан. 1990а. – С.18-29.  
72. Эсанов   М.   Бронза   даврида   Қадимги   Бақтрия   ва   Марғие?на
аҳолисининг   зоолатрик   диний   қарашлари   //   Ўзбекистон   моддий   маданият
е	
?зма манбаларда. – Т., Фан. – Б. 92-97. 
– 
  77

Sopolli madaniyatini diniy tasavurlari MUNDARIJA. Kirish ……………………………..………………….…………..………………. 3 Asosiy qism I-BOB. Sopolli madaniyatining bronza davri yodgorliklari ………………….…..6 II-BOB. Sopolli madaniyatida o‘troq dehqonchilik madaniyati jamoalarining dafn marosimlari .……………………………..………………………….…………….23 III-BOB. Bronza davri urug‘ jamoalari diniy tasavurlarining arxeologik manbalarda kuzatilishi …………………………………………………………………………53 Xulosa…………………………………………………….…………...………….65 Foydalanilgan adabiyotlar va manbalari ro‘yxati ……………………………72 – 1

Kirish Yurtimiz qadim o‘tmish tarixini tiklash, haqqoniy yoritish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Bu haqda yurtboshimiz ham o‘z asarlarida tarix ilmining dolzarb masalalariga alohida e’tibor qaratadilar 1 . Ota-bobolarimizdan qolgan merosni o‘rganish, ularning urf-odatlari, udumlarini tiklash – bu tarixni tiklash demakdir. Faqat uni xolislik bilan asl xolicha o‘rganish, tahlil qilish o‘rganilayotgan davr haqida aniq va to‘g‘ri tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Istiqlol bergan buyuk ne’matlardan biri ham tariximizni, milliy qadriyatlarimizni, o‘zligimizni chuqur o‘rganish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Xalqimiz orasida tariximizni bilishga bo‘lgan qiziqishning keskin ortishi tufayli, ajdodlarimizning qadim urf-odatlari, diniy e’tiqodi, madaniy, ma’naviy merosini o‘rganish tarix ilmining dolzarb masalasi sifatida e’tirof etilmoqda. Shimoliy Baqtriya hududiy jihatdan janubiy O‘zbekiston va janubiy-g‘arbiy Tojikiston viloyatlarini o‘z ichiga oladi . So‘nggi bronza davrida bu hududlar kelib chiqishi jihatidan har xil bo‘lgan uchta yirik tarixiy va etnomadaniy birliklarning (Sopolli madaniyati, Bishkent-Vaxsh madaniyati va Andronova madaniyati qabilalari) aloqa maydoniga aylanadi. Uning O‘zbekiston qismida Sopollitepa, Jarqo‘ton, Ko‘zali, Mo‘lali, Bo‘ston, Kuchuktepa, Qiziltepa kabi o‘troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari o‘rganilgan. Ular qadimgi qishloqlar, ilk shahar harobalari, qadimgi qabriston yodgorliklari ko‘rinishida bizgacha etib kelgan. Hozirgacha o‘sha davr o‘troq aholisining har xil nuqtalarda ikki mingdan ortiq qabrlari ochilgan. Ularda aholining etnomadaniy hayoti, dafn marosimlaridagi turli xil urf-odatlari va diniy e’tiqodi o‘z aksini topgan. Shu bilan birga Sopolli madaniyatining so‘nggi Mo‘lali va Bo‘ston bosqichlarida qadimgi dehqon jamoalarining ekologik, demografik va iqtisodiy xo‘jalik zaruriyati tufayli Janubiy Tojikiston hududlariga kirib borishi kuzatiladi. Ular Janubiy Tojikistonning dehqonchilik va chorvachilikka qulay uch vohasining 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – Тошкент, Ўзбекистон, 1999. – Б. 132-154.; Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, Маънавият, 208. – Б. 176 – 178. – 2

(Hisor vohasi, Vaxsh daryosining o‘rta oqimi va Tairsuv daryosining yuqori oqimi hamda Parxar-Kulob vodiysi) tog‘ oldi hududlariga joylashadilar 2 . Bu tipdagi yodgorliklarga Tandir-yo‘l, Nurek, Zarkamar, Qora pichoq, Kangurttut, Xo‘ja G‘oyib, Parxar, Qizlar qal’a kabi qabristonlarni kiritish mumkin. Janubiy-g‘arbiy Tojikistonning bir necha joylarida, jumladan Kangurttut, Teguzak, Daxana, Baraki-Kurug kabi manzilgohlar uchratilganki, ularning madaniy qatlamlarida Sopolli madaniyatining Mo‘lali va Bo‘ston bosqichlari sopol buyumlari bilan shimoliy dasht qabilalari (andronova) madaniyati sopollari birgalikda uchraydi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qadimgi Baqtriya bronza davrida sug‘orma dehqonchilik sivilizatsiyalarining dasht qabilalari bilan bevosita madaniy aloqa ko‘prigiga aylangan va bu zaminda ilk davlatchilik asoslarining erta shakllanishiga olib kelgan. Ayniqsa, shimoliy Baqtriya hududlarida olib borilgan izlanishlar va ularning natijalari mil. avv. II-ming yillikning uchinchi chorak oxiri va to‘rtinchi choragidan boshlab, shimoliy Baqtriya o‘troq dehqonchilik jamoalari bilan cho‘l mintaqalari chorvador jamoalarining etnomadaniy uchrashuv, bir-birlari bilan qorishuv, etnik jihatdan aralashuv maydoniga aylanadi 3 . Bu xilma-xil etnomadaniy manzara shimoliy Baqtriya bronza davri qabilalarining dafn marosimlari va shakllanib borayotgan diniy e’tiqodida yaqqol ko‘zga tashlanadi. shimoliy dasht qabilalarining (Andronova madaniyati) izlari Xisor vodiysida Qumsoy, Xovalin rayonida Tuyun qabristoni, Vaxsh daryosining yuqori oqimida Kirov nomli sovxoz hududidan topilgan manzilgoh, sharqiy Pomirdan va BishkentVaxsh madaniyatiga tegishli Toshguzar manzilgohi misolida o‘rganilgan. Bundan tashqari Jarqo‘tondan, Bo‘ston qabristonidan ularga tegishli sopol parchalari va boshqa ashyoviy dalillar topilgan. 2 Виноградова Н.М. Юго-западный Таджикистан в эпоху поздней бронзы. – М., 204. – С. 12-13. 3 Аскаров А. Степной компонент в оседлых комплексах Бактрии и вопросы его интерпретации // “Взаимодействие кочевых культур и древних цивилизаций”. Тез. докл. Советско-французского симпозиума по археологии Центральной Азии и соседних регионов. Алма-Ата, 1987. – Алма-Ата, 1989. – С. 57-58. – 3

Shimoliy Baqtriyaning Tojikiston qismida yuqorida zikr etilgan yodgorliklarda hozirgacha 550 dan ortiq qabrlar ochilgan. Ularda turli diniy e’tiqod va turfa xil urf-odatlar asosidagi dafn marosimlari kuzatilgan. Shunday qilib, hozirgi kunda birgina shimoliy Baqtriya hududlarida bronza davriga oid xilma xil yodgorliklar, jumladan turli diniy e’tiqod va rang-barang diniy urf-odatlar aks etgan yodgorliklar o‘rganilganki, ular haqida ilmiy adabiyotlarda juda qisqa, zaruriy holatlardagina ma’lumotlar berilgan. Ammo, bu bronza davri ajdodlarimizning diniy-ma’naviy va mafkuraviy hamda etnomadaniy hayoti bilan bog’liq juda katta qatlam ma’lumotlar hozirgacha yaxlit bir ilmiy tizimga solinib, tahlil etilmagan va tegishli ilmiy xulosalar asosida umumlashtirilmagan. Bronza davri shimoliy Baqtriya o‘troq va chorvador qabilalarning dafn marosimlari va diniy e’tiqodi birgalikda, maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmagan. shimoliy Baqtriya aholisining dafn marosimlari va diniy e`tiqodi ustida izlanishlar olib borish, bronza davrida yashagan ajdodlarimizning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq urf-odatlari, udumlari va diniy mafkurasi qay darajada va qanday bo‘lganligini chuqur ilmiy asosda, atroflicha o‘rganish ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. – 4

I-BOB. SOPLLI MADANIYA BRONZA DAVRI YODGORLIKLARI 1.1. Qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari Shimoliy Baqtriyaning keng va xilma xil geografik iqlim sharoiti, uning aholisi ishlab chiqarish xo‘jalik shakllarida o‘z aksini topgan va ko’p hollarda ularning tarixiy rivojlanish yo‘llarini oldindan belgilab bergan. shu bois, bronza davri yodgorliklari tog‘oldi hududlari va tog‘lar oralig‘idagi vohalarida, daryo havzalarida joylashgan. Hududiy jihatdan ular shimoliy Baqtriya doirasida ikki qismga – Janubiy O‘zbekiston va Janubiy – g‘arbiy Tojikiston hududlariga bo‘linadi. Janubiy O‘zbekiston hududiy doirasida, uning tabiiy – geografik iqlim sharoitiga ko‘ra, mil.avv. II ming yillikda qator katta va kichik hajmdagi dehqonchilik vohalari shakllangan. U vohalarda hozirgi kunda bir nechta o‘troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari borligi aniqlangan va o‘rganilgan. shimoliy Baqtriyaning Tojikiston qismida esa, asosan bronza davrining chorvador qabilalari yashagan hamda uning Janubiy O‘zbekistonga chegaradosh hududlarida bronza davrining so‘nggi bosqichlarida qadimgi dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalar yashaganliklari haqida guvohlik beruvchi yodgorliklar ham topilgan. Yuqorida takidlaganimizdek, Janubiy O‘zbekiston hududida bronza davriga oid bir necha qishloqlar va shaharmonand qishloq aholisining qabristonlari topib organilgan. Ular asosan Ko‘xitang va Boysun tog‘ining janubiy – sharqiy tog‘oldi hududlariga va tog‘ oralig‘idagi vodiylarga joylashgan. Ularni akademik A.Asqarov, E.V.Rtveladze, professor A.Sagdullaev, t.f.d. sh.shaydullaevlar har biri yodgorliklarning hududiy joylashishiga ko‘ra, bir necha dehqonchilik vohalariga bo‘lib, o‘zlarining qarashlarini bayon etadilar. Bizning fikrimizcha, qadimgi dehqonchilik vohalarini nomlash masalasida birinchidan, uzoq davrlar mobaynida tarixan tarkib topgan tabiiy – geografik toponim nomlari va u erlardan topib o‘rganilgan bronza davri yodgorliklaridan kelib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Janubiy O‘zbekiston hududida o‘rganilgan bronza davri yodgorliklari asosida uni ikkita yirik qadimgi dehqonchilik vohalariga – 5