logo

Irodava hissiyot

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

312 KB
Mavzu.  Iroda va  hissiyot
Reja
1. Iroda haqida tushuncha
2. Irodaviy akt va uning tuzilishi
3. Shaxsning irodaviy sifatlari
4. Hissiyot haqida tushuncha
5. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari
6. Hissiy holatlarning ifodalanishi
7. Hislarni kechirish shakllari
8. Yuksak hislar Iroda haqida tushuncha
Ma'lumki, insonning  ehtiyojlari  ijtimoiy tuzum  shakllari  taraqqiyotiga
qarab o’zgaradi. Shu bois o’z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat
qiladi. Shaxs o’z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan
o’z   ehtiyojlari   uchun   foydalanadi.   Lekin   shu   bilan   birga   odam   muhitni
o’z   ehtiyojlariga   muvofiqlashtirib   o’zgartiradi,   qayta   quradi   va   o’ziga
moslashtiradi. 
Odamning   shaxs   sifatidagi   faollik   xususiyati   shundan   iboratki,   o’z
ehtiyojlarini   qondirishga   yordam   beradigan   harakatlari   instinktiv
harakatlar   emas,   balki   asosan   oqilona,   ongli   harakatlardir.   Bu   onglilik
shundan   iboratki,   odam   oldindan   biron-bir   maqsadni   ko’zlab   harakat
qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo’l
va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik va qiyinchiliklarni yengish
uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi.
Odam faqat o’ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina
emas,   balki,   tabiiy-biologik   ehtiyojlarini   qondirishda   ham   ongli   va
oqilona ravishda ish tutadi.
Odam   tevarak   -   atrofdagi   narsalarni   o’zgartirib   o’ziga   moslashtirar
ekan,   yangilik   yaratadi,   ijod   qiladi,   shu   yangilikni   tevarak-atrofdagi
voqelikka   qo’shadi,   voqelikni   o’zgartiradi   va   to’ldiradi.   Umuman   odam
har   doim   harakat   qilmasdan   tura   olmaydi.   Ana   shu   jihatdan   olganda
odamning   barcha   harakatlarini   ikki   turkumga   bo’lish   mumkin.   Ulardan
birinchisi  ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa,  ikkinchisi  ixtiyoriy harakatlardir. 
Odamning   ixtiyorsiz   harakatlari   qat'iy   bir   maqsadsiz,   ko’pincha
impul'siv tarzda, ya'ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish,
aks urish, ko’z qovoqini  ochib yumilishi  va shu kabilar. Bu harakatlarni
odam   oldindan   o’ylab   rejalashtirmaydi.   Ixtiyorsiz   harakatlar   har   qanday
sharoitda   yuz   berishi   mumkin.   Ixtiyorsiz   harakatlar   ba'zan,   odamning
aqliy faoliyatlari  bilan ham  bog’liq bo’ladi. Chunonchi,  ixtiyorsiz  idrok, ixtiyorsiz   diqqat,   ixtiyorsiz   esda   olib   qolish,   ixtiyorsiz   esga   tushirish
holatlari   ham   bo’ladi.   Bunday   hollarda   odamning   ixtiyorsiz   harakatlari
idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki
odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
Ixtiyoriy  harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy
harakatlar   oldindan   belgilangan   maqsad   asosida   to’la   ongli   ravishda
amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat
jismoniy   harakatlar   emas,   balki,   aqliy   harakatlar   ham   tushuniladi.
Shunday   qilib,   iroda   tushunchasiga   nisbatan   adabiyotlarda   turlicha
ta'riflar   uchraydi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiy   darsligida   iroda   -   bu
kishining   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsadlariga   erishishida   qiyinchiliklarni
yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil
qilishi va o’z-o’zini  boshqarishi  demakdir, deb ta'riflanadi. Q.Turg’unov
muallifligidagi   lug’atda   ta'riflanishicha,   iroda   -   shaxsning   ongli
harakatlarida,   o’z-o’zini   bilishida   ifodalanadigan,   ayniqsa   maqsadga
erishish   yo’lida   uchraydigan   jismoniy   va   ruhiy   qiyinchiliklarni   yengib
chiqishda  namoyon   bo’ladigan  ixtiyoriy  faolligidir.  M.Vohidov   fikricha,
iroda   deganda biz oldindan belgilagan, qat'iy bir maqsad asosida amalga
oshiriladigan   va   ayrim   qiyinchiliklarni,   to’siqlarni   yengish   bilan   bog’liq
bo’lgan  harakatlarni  tushunamiz.   Professor   E.G’.G’ozievning   "Umumiy
psixologiya" darsligida  iroda -bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni
talab   qiladigan   qiliqlarni   va   harakatlarni   inson   tomonidan   ongli
boshqarilishidir,   deb   keltiriladi.   Umuman   olganda   iroda   shaxs
faolligining   ko’rinishi   hisoblanadi.   Shu   bois   uning   yuzaga   kelishi   bir
qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Maqsad va unga erishishiga intilish
Maqsadga erishish imkoniyatlarini topish
Motivlarni paydo bo'lishi va imkoniyatlarni 
mustahkamlash.
Motivlar kurashi va tanlash.
Biror fikrni qabul qilish
Qabul qilingan qarorni amalga oshirish Irodaviy harakatlar bosqichlari Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga
qo’ygan   maqsadidan   kelib   chiqadigan   natijalarni   ham   oldindan   tasavvur
eta   oladi.   Ana   shuning   uchun   har   qanday   qiyinchiliklarni   yengib   bo’lsa
ham   maqsadini   amalga   oshirishga   intila   boradi.   Masalan,   odam   biror
imorat   solayotgan   paytda   oxirgi   natija   qanday   bo’lib   chiqishini   juda
yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham
yengib   ishni   davom   ettira   beradi.   Yoki   talaba   universitetning   birinchi
kursiga   kirganda   qanday   mutaxassis   bo’lib   chiqishini   yaxshi   biladi   va
shuning   uchun   barcha   qiyinchiliklarga   chidab   o’qishni   davom   ettira
beradi.
Umumiy   irodaviy   faoliyatni   yoki   alohida   aktni   amalga   oshirishning
muhim   xususiyatlaridan   biri   amalga   oshirilayotgan   harakatlarning   erkin
ekanligini anglashdan iboratdir. 
Odamning   irodaviy   harakati   to’la-to’kis   determinizmga,   ya'ni   sababiy
bog’lanish   qonuniga   bo’ysunadi.   Shu   bilan   birga   irodaviy   faoliyatning
bevosita   sabablari   sharoitida   irodaviy   harakatlarni   belgilab   beradigan
turli-tuman hayotiy sharoitlar bo’lishi mumkin. 
Odamning irodaviy faoliyati  ob'ektiv jihatdan bog’langandir. Irodaviy
faoliyatning   muhim   xususiyatlaridan   biri,   irodaviy   harakatlarni   odam
hamma   vaqt   shaxs   sifatida   amalga   oshiradi.   Xuddi   mana   shuning   bilan
bog’liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to’la ravishda javob beradigan
ish   sifatida   boshdan   kechiriladi.   Irodaviy   faoliyat   tufayli   shaxs   ko’p jihatdan o’zini ma'lum sharoitda anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi
belgilashi mumkin. 
Irodaning   eng   muhim   xususiyati   unda   faoliyatni   amalga   oshirishning
puxta   o’ylab   chiqilgan   rejaning   mavjudligidir.   Avvaldan
rejalashtirilmagan   xatti-harakatlarni   irodaviy   harakat   deb   bo’lmaydi.
Shu   bilan   birga   iroda   avvaldan   mavjud   bo’lmagan,   lekin   faoliyatni
natijasiga   erishishdan   so’ng   hosil   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   qoniqishga
butun e'tiborini qaratishdan iboratdir. 
Ko’p hollarda iroda vaziyat  yoki  qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish
emas,   balki   o’z-o’zini   engish   hamdir.   Bu   ayniqsa,   muvozanatsiz,   hissiy,
qo’zg’aluvchan,   sust   kishilarga   xos   bo’lib,   o’zlarining   tabiiy
xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi. 
Hech   bir   muammo   irodaning   ishtirokisiz   hal   etilmaydi.   Inson   kuchli
irodasiz   katta   muvaffaqiyatga   erisha   olmaydi.   Odamzod   boshqa   tirik
mavjudotlardan   o’zining   ongi   va   aqli   bilangina   emas,   balki   irodasining
mavjudligi bilan ham ajralib turadi.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
Irodaviy   ya'ni   ixtiyoriy   harakatlarning   nerv   -   fiziologik   asosida   bosh
miya katta  yarim  sharlari  po’stlog’ining shartli   reflekslar   hosil   qilishdan
iborat   bo’lgan   murakkab   faoliyati   yotadi.   Irodaviy   harakatlar   har   doim
to’la   ongli   harakatlar   bo’lgani   uchun   bosh   miya   po’stlog’ida   yuzaga
keladigan   optimal   qo’zg’alish   manbalari   bilan   ham   bog’liq   bo’ladi.   Bu
haqda   akademik   I.P.Pavlov   shunday   deb   yozgan   edi:   "Mening
tasavvurimcha,   ong   ayni   shu   chog’da   xuddi   shu   sharoitning   o’zida
ma'lum darajada optimal (har holda o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga
ega   bo’lgan   bosh   miya   katta   yarim   sharlarining   ayrim   joylaridagi   nerv
faoliyatidan iborat". 
Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi
signallar   tizimining   faoliyati   bilan   bog’liqdir.   Ma'lumki,   odam   ayrim nojo’ya   harakatlardan   o’zini   so’zlari   orqali   (ya'ni   o’ziga-o’zi   pand-
nasihatlar qilish yoki tarbiya berish orqali ) ushlab qoladi. Shuning uchun
irodaviy,   ixtiyoriy   harakatlarni   amalga   oshirishda   ikkinchi   signallar
tizimining   roli   juda   kattadir.   Ana   shu   sababdan   bo’lsa   kerak   akademik
I.P.Pavlov   ikkinchi   signallar   tizimiga   baho   berib,     bu   signallar   tizimi
insonlar   xulq-atvori   va   ixtiyoriy   harakatlarining   yuksak
boshqaruvchisidir" - degan edi. Shuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi
signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Agar
ikkinchi   signallar   tizimi   o’z   faoliyatida   birinchi   signallar   tizimiga
asoslanmasa,   odamning   aks   ettirish   jarayoni   ma'lum   bir   tizimli,   ma'noli
bo’lmaydi. Ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslanishi
bilan   birga   uning   faoliyatini   boshqarib,   nazorat   qilib   turadi.   Demak,
irodaviy,   ixtiyoriy   harakatlarda   ikkinchi   signallar   tizimi   bilan   birga
birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi. 
Irodaviy   ixtiyoriy   harakatlarni   amalga   oshirishda   nerv   tizimining
umumiy normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, uzoq
davom   etadigan   qattiq   kasallikdan   so’ng   nerv   tizimi   nihoyatda
madorsizlanib,   odamning   irodasi   bo’shashib   ketadi.   Odam   biror   ishdan
qattiq   charchagan   paytda   ham   nerv   tizimi   zaiflashib,   irodasi   bo’shashib
ketadi.   Ana   shuning   uchun   irodaning   mustahkamligini   ta'minlash
maqsadida odam vaqti - vaqti bilan dam olib turishi kerak. 
Irodaviy akt va uning tuzilishi
Ixtiyoriy   harakatning   dastlabki   boshlang’ich   nuqtasi   harakat
maqsadining vujudga kelishi  va shu maqsadning o’rtaga qo’yilishidir  va
uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin.
Qarorni, ijro etishMaqsadni anglash
Unga erishish uchun intilish
Maqsadga erishish imkoniyatlarini anglash
Maqsadga erishish imkoniyatlariga mos keluvchi yoki ularni rad qiluvchi 
motivlarni 
anglashMotivlar kurashi
Qarorga kelish
Qarorga kelish Qarorga kelish
Irodaviy zo'r berish
Ichki - sub'ektiv qarshilik Tashqi - ob'ektiv qarshlik
Ichki va tashqi qarshiliklarni
engishda namoyon bo'ladi
Bajarilgan ishga baho berish Maqsad- kishining   shu   paytda   ma'qul   yoki   zarur   deb   topgan   ish
harakatini   tasavvur   etish   demakdir.   Masalan,   inson   pedagogika
universitetiga kirib o’qishni zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib
kelish   zarurligini   tushundi,   deylik.   Bularning   hammasida   kishining
maqsadi   o’z-o’zidan   zohir   bo’layotganga   o’xshaydi,   ba'zan   esa   bu
maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi. 
Maqsadni   tasavvur   qilish   odatda   shu   maqsadga   erishish   istagini   va
zarur   ishni   amalga   oshirish   bilan   bog’liq   bo’lib,   u   quyidagicha
ifodalanishi mumkin. 
Xatti-harakatdan   kutilgan   maqsad   turlicha   ravshanlikda   tasavvur
etilishi mumkin. Maqsad qancha ravshan bo’lsa, unga yetishish yo’lidagi
intilish ham shuncha muayyan bo’ladi. 
Maqsad ko’zlash kishining avvalo shaxsiy (biologik va madaniy ruhiy)
ehtiyojlariga bog’liq. Ko’pincha kishining maqsad ko’zlashi  va biron-bir
narsaga intilishi tevarak-atrofdagi tabiiy vaziyatga, yoki xuddi shu paytda
kishi   yashayotgan   jamiyatga   bog’liq   bo’ladi.   Masalan,   kishi   qiyin ahvolga   tushib   qolsa,   shu   ahvolidan   bir   amallab   qutilishni   o’z   oldiga
maqsad   qilib   qo’yadi.   Kishi   shu   vaziyatni   ma'lum   darajada   o’zgartirish,
bir   nimaga  barham   berish,   bir   nima   qilish,   bir   nima  ko’rish   va   shu   kabi
maqsadni   o’z   oldiga   qo’ya   oladi.   Kishi   jamoat   tartibini   birov
buzayotganligiga   bevosita   guvoh   bo’lishi   va   tartib   buzuvchilarga   qarshi
kurash   uchun   shu   onda   qandaydir   choralar   ko’rishni   maqsad   qilib
qo’yishi  mumkin. 
Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan
maqsad tarzida hosil bo’la qolmaydi. Ko’ngildan kechayotgan ehtiyoj va
intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin.
Masalan,   kelib   chiqadigan   ehtiyoj   va   intilishlar   ba'zan   istak   tarzida
ko’ngildan kechadi-kishi hozirgi ahvoldan noroziligini his qilib turadi-yu,
lekin   qanday   maqsadga   yetishilayotganini,   binobarin,   shu   maqsadga
erishishga   doir   yo’l-yo’riqlarni   aniq   bilmaydi.   Istak   shunday   holatki,
bunda   odam   o’ziga   allanima   kerakligini   his   qilib   turadi-yu,   bu   narsani
nima   ekanligini   aniqlab   ololmaydi,   ya'ni   uni   tasavvur   qilolmaydi,
fahmiga yetmaydi. Bunday odamning o’zi ba'zan "menga bir narsa kerak,
bir  narsa yetishmayapti, ammo bu narsaning nima ekanligini  o’zim  ham
bilmayman"   degan   gapni   ko’ngildan   o’tkazadi.   Boshqa   kishilar
to’g’risida ham: "nima istayotganini o’zi bilmaydi" deymiz. 
Istak   paytida   kishi   qanday   maqsadga   intilayotganini   bu   maqsadga
erishishning   yo’l-yo’riqlarini   anglab   yetmas   ekan,   demak,   istakni
bevosita amalga oshirish ham mumkin emas. 
Ehtiyoj   ko’ngildan   kechib,   mudom   kuchaygan   shu   ehtiyojni
qondirishga   intilish   maqsadi   ham   anglanila   boshlaydi.   Bunday
anglanilgan   ehtiyojlar   tilak-havaslar   deb   ataladi.   Ammo   odam   o’z
intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga yetishish
yo’llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to’la
anglanilmagan   intilishlar   (tilak,   havas)   ba'zan   zo’r   xayol   surish   bilan, ba'zan   esa   cheksiz   orzu   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ba'zan   (xayolparast
insonlarda)   bunday   tilak   havaslar   ko’ngildan   kechirish   orqali   orzu
(fantaziya)   doirasida   qolib   ketaveradi.   Xilma-xil   tilak   havaslari   to’lib-
toshgan   kishilar   ham   mavjud.   Bu   kishilar   doimo   xo’rsinadilar,   armon
qiladilar,  o’zlarini   ham   tevarak-atrofdagi   kishilarni   ham   tanqid  qiladilar.
Bu   kishilar   ko’pincha   yaxshi   orzular   qilishadi-yu,   amalda   kam   faoliyat
ko’rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko’rsatishmaydi.
Harakat   yo’llari,   usullari   topilib   odam   ularni   tasavvur   qilayotgan
ekan,   demak   ehtiyojni   qondirishga   intilish   tamomila   anglaniladi,
odamning tilak-havasi  esa  bir  narsa  bo’lib qoladi.  Bunday  intilish  holati
ba'zan   hohish   deb   ataladi.   Kishi   biror   ishni   qilmoqchiman,   falon   ishni
bajarmoqchiman,   o’qishga   kirmoqchiman   va   hokazo   deb   gapirar   ekan
buning ma'nosi shuki, mazkur kishi o’z intilishlarining maqsadini va shu
maqsadga   yetish   vositalarini   anglash,   tasavvur   qilish   va   bilish   bilangina
cheklanib qolmay, maqsadga yetish mumkinligini, ma'lum bir yo’ldan ish
ko’rishga   tayyorligini   va   qilinadigan   harakatlarining   oqibatini   kam
anglaydi. 
Shunday   kishilar   borki,   ularda   muayyan   tilak-havaslar   tarzida
tamomila anglanilgan intilishlar doimo katta o’rin tutadi. Bunday kishilar
o’zlariga   nimalar   kerakligini,   nimani   hoxlayotganliklarini,   nima   ish
qilmoqchiliklarini   va   uni   qanday   bajarish   kerakligini   hamisha   biladilar.
Bunday   kishilar   o’z   oldilariga   hamisha   aniq   maqsad   qo’yadilar   va   shu
maqsadga   yarasha   ish   ko’radilar.   Bunday   kishilarni   ma'lum   maqsadni
ko’zlaydigan   kishilar   deyiladi.   Ma'lum   maqsadni   ko’zlash   kishining
ijobiy   sifatidir.   Bu   sifatni   taraqqiy   ettirish,   irodani   tarbiyalash   va   o’z-
o’zini tarbiyalashning vazifalaridan biridir. 
Har   bir   kishining   anglab,   bilib,   ko’ngildan   kechiradigan   ehtiyojlari
ko’p,   uning   vazifalari   va   intilishlari   ham   kam   emas.   Shuning   uchun
kishida   xilma-xil   maqsadlarda   doimo   zohir   bo’lib   turadi   va   bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish istagi tug’iladi. Har bir kishida amaliy va
nazariy   vazifalar   vujudga   kelib   turadi   va   ana   shu   vazifalarni   hal   etish
kerak   bo’ladi.   Barovar   amalga   oshirib   bo’lmaydigan   bir   necha   maqsad
kelib   chiqqanda,   qanday   bo’lmasin   faqat   bittasini   tanlab   olib   boshqa
maqsadlarni   qo’yib   turishga   to’g’ri   keladi.   Qaysi   maqsadni   oldinroq,
boshqasini   esa   keyinroq   amalga   oshirish   masalasini   hal   qilishga   to’g’ri
keladi. Ba'zi maqsadlarni esa qo’yib turishga to’g’ri keladi. 
Ba'zan shunday ham bo’ladiki, kishi oldida bir-biriga zid keladigan bir
nechta maqsad ko’ndalang turadi va shu maqsadlardan birini tanlab olish
shart bo’ladi. Masalan, yigit yoki qiz maktabni tugatib, oliy o’quv yurtiga
kirib o’qisam, degan masalani  hal  etayotganda turli  maqsadlar  va ularga
yetish   yo’llari   degan   maqsadlar   o’rtasida   ichki   qarama-qarshilik,   ichki
"kurash" ro’y berishi mumkin.
Maqsad qo’yish bilan bir vaqtda yoki undan keyin shu maqsadga qaysi
yo’l, usul va vositalar bilan yengish masalasi kelib chiqadi. 
Kundalik   turmushimizda   yoki   faoliyatimizda   maqsad   qo’yish   bilan
birga   uni   amalga   oshirish   usullari   darrov   anglanadi.   Shuning   uchun   bu
yerda   maqsad   qo’yish   bilan   to’ppa-to’g’ri   harakat   boshlanib   ketishi
mumkin. Masalan, kishi qo’liga qalam olishni hoxlasa, uni bemalol olishi
mumkin, uxlagisi kelsa yotadi va hokazo. Oddiy ixtiyoriy harakatlar shu
bilan   ta'riflanadi.   Ammo   yangi   maqsadlarni   qo’yishda   o’sha   maqsad
usullarini qidirib topish, tasavvur qilish va o’ylab ko’rishga to’g’ri keladi.
Bu  yerda  maqsad  bitta  bo’lgani   holda unga  bir  necha  yo’l  va  usul   bilan
yetishish   mumkin.   Qanday   bo’lmasin   eng   yaxshi   yo’l   va   usulni   tanlab
olishga to’g’ri keladi. Ayrim ixtiyoriy harakatlarning murakkabligi shular
jumlasidan kelib chiqadi. 
Bir necha maqsad ko’ngilga kelib, shulardan biriga turli yo’l va usullar
bilan   erishish   mumkin   bo’lsa,   kishi   muayyan   bir   maqsadni   tanlab   olishi
va shu maqsadga yetish uchun muayyan eng muvofiq yo’lni tanlab olishi kerak.   Shunga   ko’ra,   ijtimoiy   mehnat   faoliyatda   ham,   kasb-korda   ham,
shaxsiy ishlarda ham, boshqa kishilarga bo’lgan munosabatda ham kishi
o’z intilishlarini va ixtiyoriy harakatlarini oldindan rejalashtiradi. 
Rejalashtirish   murakkab   aqliy   faoliyat   bo’lib,   aniq,   muayyan   va
ravshan maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga yetish uchun eng
to’g’ri   usul   va   vositalarni   qidirib   topishdan   iborat.   Rejalashtirish
jarayonida mumkin va zarur bo’lgan hamma harakatlar, mumkin bo’lgan
qiyinchiliklar   va   to’siqlar   hisobga   olinadi,   ish-harakat   natijalariga
dastlabki   baho   beriladi.   Odam   asosiy   rejaga   ega   bo’lgan   bir   qarorga
kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin. 
Harakat motivlari va motivlar kurashi.  Kishi biron maqsadni, ayniqsa,
shu maqsadga yetish uchun biron yo’l va usulni tanlar ekan, nega boshqa
maqsadni   emas,   xuddi   shu   maqsadni   tanlashi   kerak,   bu   maqsadga   nima
uchun boshqa  yo’llar bilan emas, balki  mana shu yo’llar  bilan hal  etishi
kerak   degan   savolni   ko’ngildan   o’tkazadi.   Maqsadni   va   unga   yetish
yo’lini tanlash jarayonida unga ma'qul yoki noma'qulligi nuqtai nazaridan
baho beriladi. 
Maqsadni va unga yetishish yo’llarining ma'qulligi yoki noma'qulligini
belgilab beradigan hamma narsa  ish-harakat motivlari  deb ataladi. Kishi
nega   boshqa   bir   maqsadni   emas,   balki   xuddi   shu   vositalar   bilan   ish
ko’rishni,   yoki   ish   ko’rmoqchi   bo’layotganining   sababi   nima   degan
savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi. 
Irodaviy   ixtiyoriy   harakatlar   g’ayri   ixtiyoriy   (irodadan   tashqari)
harakatlardan   farq   qilib,   motiv   tufayli   sodir   bo’ladi.   Inson   irodaviy
faoliyatining motivlari xilma-xildir, kishining intilishi va hohishlari qaysi
ehtiyojlardan   kelib   chiqsa,   avvalo   shu   ehtiyojlar   ixtiyoriy   motivlarga
kiradi. Ma'lum maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash ko’pincha biror
ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bog’liq. Kuchliroq ehtiyoj boshqa
motivlar orasida kuchliroq motiv bo’lishi mumkin. Bir   necha   maqsad   yoki   ularga   olib   boruvchi   bir   necha   yo’l   bo’lgan
taqdirda   ularning   ma'qul   yoki   noma'qul   ekanligi   chamalab   ko’riladi.
Biron   maqsad   va   bu   maqsadni   amalga   oshirish   yo’llarini   belgilab
beruvchi   yoki   belgilab   bermovchi   har   qanday   narsa   harakatning   motivi
deb ataladi. 
"Motiv   -   deb   yozadi   I.P.Ivanov   -   kishi   nima   uchun   o’z   oldiga   boshqa
bir   maqsadni   emas,   balki   aynan   shu   maqsadni   qo’yishi   kerak,   nima
sababdan   u   o’z   maqsadiga   erishmoq   uchun   boshqa   bir   yo’llar   bilan
emas,   balki   xuddi   shu   yo’l   bilan   harakat   qilishi   kerak   degan   savolga
javobdir".
Maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash jarayonida odatda tafakkur
va hissiyot ishtirok etadi.
Tafakkur faoliyati (fikr qilish) bu yerda asosan har bir motivga "qarshi
"yoki   "tarafdor"likni   muhokama   qilib   asoslashdan   iborat   bo’ladi.   Kishi
motivlarni   muhokama   qilishda   va   asoslab   berganda   odatda   ayni   hodisa
yuzasidan  yoki  o’zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan  ma'lum
bir   faktlardan   tamoyil   va   qoidalardan   foydalanadi.   Motivni   shu   tariqa
muhokama qilish va asoslab berish  motivatsiyalash  deb ataladi.
Maqsadni   va   unga   erishish   yo’lini   tanlash   jarayonida   hissiyot   turtki
rolini   o’ynaydi.   Hissiyot   ayrim   tasavvur   va   motivlarni   yorqin,   jonli   va
jozibali qilib ko’rsatadi. Hissiyot  kishining intilishlarini  faollashtiradi va
susaytiradi, hissiyot  biron maqsadni, biron harakat yo’lini tanlab olishga
turtki beradi. 
Maqsadlarga   erishish   yo’llarini   va   vositalarini   tanlash   sharoiti   ba'zan
ichki kurash xarakteriga ega bo’ladi, bu kurashda  turli kuch va jozibaga
ega  bo’lgan  bir  necha   motiv  maydonga  chiqadi.  Shuning  uchun  ham   bu
jarayon  motivlar kurashi  deb yuritiladi. 
Motivlardan   biri   ko’proq   asosli,   ikkinchisi   kamroq   asosli   ekanligi
ularning   kurash   jarayonida   oydinlashib   qoladi,   ba'zi   motivlar   kuchliroq hissiyot   bilan   maydonga   chiqsa,   ba'zi   motivlar   sust   hissiyot   bilan
maydonga chiqadi. 
Ko’pincha   motivlar   kurashi   tafakkur   (aql)   bilan   hissiyot   o’rtasidagi
kurashdan iborat bo’ladi. Odam ba'zan "ikkiga bo’linib" qoladi: "Aql uni
desa, hissiyot (ko’ngil) buni deydi".
Motivlar kurashi ba'zan har xil hislar o’rtasidagi, masalan, burch hissi
bilan   unga   zid   bo’lgan   qandaydir   boshqa   shaxsiy   his   o’rtasidagi   kurash
tarzida boradi. 
Bu motivlar ko’pincha bir-biriga qarshi ta'sir ko’rsatadi, qarorga kelish
va   uni   ijro   etishni   paysalga   solib,   iroda   jarayonini   susaytiradi.
Motivlarning   bunday   kurashida   kishida   ichki   konflikt   holati   vujudga
keladi.
Ana   shunday   ichki   ziddiyat   holati   bu   ziddiyatdan   qutilishga   intilishi
bilan   ko’pincha   shu   zid   holatidan   qutilish   yo’lini   yengillashtiruvchi
yo’llarni axtarish bilan bog’langan bo’ladi. 
Ichki nizo holati g’oyat ko’ngilsiz noxush holat sifatida kechishini har
kim   o’z   tajribasidan   biladi.   Kishi   dunyo   va   hayotni   ravshan   tasavvur
qilgandagina   ish   va   harakatlariga,   axloq   qoidalariga   amal   qilgandagina
uning   shaxsiy   motivlari   jamiyat   manfaatlariga   qo’shilib   ketgandagina
ichki nizo holatiga yo’l qo’ymasligi yoki undan qutilishi mumkin. 
Qarorga   kelish .   Maqsadga   yetishish   yo’llarini   va   vositalarini   tanlash
jarayonida   rejalashtirish,   motivlar   kurashi   bilan   bog’langan   bo’lib,
qarorga   kelish   bilan   tugaydi.   Qarorga   kelish-muayyan   bir   maqsadni   va
shu   maqsadga   erishish   yo’lida   harakat   usullaridan   birini   tanlab   olish
demakdir. Motivlar kurashida buning ma'nosi shuki, motivlardan biri hal
qiluvchi rol o’ynagan bo’ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak
- teatrgami yoki o’rtog’ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida
kishi bormoqchi bo’lgan joyi haqida qarorga keladi.  Kishi ba'zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga
ishonadi.   Buni   qat'iyat   deb   ataymiz.   Ba'zi   motivlar   kurashi   uzoq   vaqtga
cho’zilib   ketadi   va   qaror   bajarilishiga   ishonchsizlik   hamda   ikkilanishlar
bilan   qabul   qilinadi.   Bu   qat'iyat   sezgirlikdir.   Masalan,   o’rta   maktabni
bitirayotgan   va   bitirgan   ba'zi   yigit-qizlar   qaysi   o’quv   yurtiga   yoki
korxonaga   kirish   masalasini   tez   hal   qiladilar,   boshqalari   esa   juda   uzoq
vaqt   ikkilanib,   xayolga   tolib   yuradilar.   Qat'iyat   odamda   jiddiylik
vaziyatining   yengillashtirishi   mamnunlik   tuyg’usini   tug’dirsa,
qat'iyatsizlik   ikkilanish   hissi,   jiddiylik   tuyg’usi   va   alohida   noaniq   holat
bilan birga sodir bo’ladi. 
Biror qarorga kelish sur'ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga,
hal   iluvchi   motiv   kuchiga,   vaziyatga,   hissiyotga   tafakkur   va   xayolning
taraqqiyot   darajasiga,   kishining   turmush   tajribasi   va   bilimlariga,
temperamenti va xarakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos
takliflariga   quloq   solishiga   bog’liq   bo’ladi.   Biror   qarorga   kelish   sur'ati
asosan   qo’yilgan   maqsadning   ahamiyatiga,   biror   qarorga   keltiruvchi
faoliyatning xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Murakkab   tarzdagi   motivlar   kurashi   va   qarorga   kelish   faqat   shunday
hollarda   bo’ladiki,   bunda   odamning   hayoti   va   faoliyati   uchun   ayniqsa
muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   yangi   maqsadlar   qo’yiladi   va   bu
maqsadlarni   amalga   oshirish   uchun   yangicha   usullar   va   vosita   talab
qiladi. 
Qat'iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu
qarorni   tez   va   dadil   bajarishda   ham   zohir   bo’ladi.   Tezlik   bilan   qarorga
kelish   va   uni   aniq   belgilangan   muddatda   bajarish   -   qat'iyatni   namoyon
qilish demakdir. 
Qaror   qabul   qilinsa-yu,   keyin   o’zgartirilsa,   yoki   boshqa   qaror   bilan
almashtirilsa,  yoxud butunlay  bekor  qilinsa,  bunday  qarorni  yuzaki  yoki
bo’sh qaror   deb ataladi. Qat'iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak   sifatidir.   Qabul   qilingan   qarorning   o’zgarishi   ko’pincha   yana   bu
qaror   to’g’risida   yetarli   darjada   o’ylamaslikdan,   emosional   holatning
o’zgarishidan   yoki   kishi   harakat   qilayotgan   sharoit   o’zgarishidan   kelib
chiqadi.   Qarorning   o’zgarishi   ko’pincha   motivlar   kurashining   qaytadan
boshlanib ketishiga va oxirgi marta qat'iy qaror qabul qilishga olib keladi.
Qarorni   ijro   etish .   qaror   unga   muvofiq   keladigan   choralar   ko’rish   va
harakat qilish uchun qabul qilinadi. qarordan harakatga o’tishni ijro qilish
(yoki   bajarish)   deyiladi.   Irodaviy   jarayonda   eng   muhim   narsa-qabul
qilingan qarorni ijro etishdir.
Irodaviy   harakatlar   ikki   xil   bo’ladi:   jismoniy   va   aqliy   harakatlar.
Jismoniy   harakatlarga   har   xil   mehnat   operasiyalari,   o’yin,   sport
mashg’ulotlari   va   boshqalar.   kiradi.   Aqliy   harakatlarga   esa   masala
yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiot ishlarini olib borish
va   shu   kabilar   kiradi.   Ko’p   vaqt   takrorlanib,   o’zlashib   ketgan   ko’nikma
va odat bo’lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir.
Qarorni   ijro   etish   odatda   ma'lum   vaqt,   muddat   bilan   bog’liq   bo’ladi.
Qaror   kechikmasdan   belgilangan   vaqtda   ijro   etilsa   bu   irodaning   ijobiy
sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi. 
Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi. Ayrim hollarda
esa o’z vaqtida ijro etilmay qoladi. Kishining ba'zi bir holatlarida a'zoyi-
badani   bo’shashib   turganda,   xafalik   chog’ida   o’z   kuchlari   va
imkoniyatlaridan   hafsalasi   pir   bo’lib   turganda   qaror   ha   deganda
bajarilavermaydi. qarorni  bajarishda  ro’y beruvchi  to’sqinliklar oldindan
nazarda tutilmaganda yoki maqsadning o’zi vaziyat o’zgarishi bilan kerak
bo’lmay qolganda shunday bo’ladi. 
Shunday hollar ham bo’ladiki odam ko’pgina qaror qabul qiladi, ammo
qarorning   ijrosi   cho’zilib   ketadi,   paysalga   solinadi,   boshqa   muddatlarga
ko’chiriladi.   Ijrosi   paysalga   solinadigan   yoki   butunlay   ijro   etilmaydigan
qarorlar   ko’pincha   niyatlar   deb   ataladi.   Ancha   vaqtdan   keyin,   lekin muayyan muddat o’tgach ijro etiladigan qarorlar ham niyatlar deb ataladi.
Masalan, o’quvchi yoki talaba o’quv yilining boshida barcha imtihonlarni
faqat "a'lo" baholar bilan topshirishga qaror qilishi mumkin. 
Irodaviy zo’r berish . Qabul qilingan qaror to’g’ridan-to’g’ri, avtomatik
ravishda amalga oshirilavermaydi. qabul qilingan qarorni amalga oshirish
uchun ongli ravishda irodaviy zo’r berish ham kerak. 
Irodaviy   zo’r   berish   ongning   avvalo   nerv-muskul   apparatining
zo’riqishida ifodalanadi va organizmning tashqi ko’rinishlarida namoyon
bo’ladi. Irodaviy zo’r berishning ana shu ifodali  tomoni  odamning iroda
holatini   tasvirlovchi   badiiy   asarlarda   gavdalantirilganini   ko’p   uchratish
mumkin. 
Ba'zi odam irodaviy zo’r berolmagani sababligina qabul qilgan qarorni
muddatida ijro etolmaydi. Bunday hollarda "bajarsammikan yoki yo’qmi"
degan yangi kurash ham boradi. Zo’r berish uchun yana kuch sarflashga
to’g’ri   keladi.   Kuch   sarflay   olmaslik   yoki   bu   masalada   ikkilanish
irodaning shu paytdagi bo’shligini ko’rsatadi. Qabul qilingan qarorni zo’r
berish yo’li bilan ijro etish irodaning muhim belgisi hisoblanadi. 
Irodaning o’ziga xosligi ongli ravishda zo’r berishning biron darajasida
bajariladigan   harakatlardan   iborat.   Irodaviy   zo’r   berish   va   irodaviy
harakat   maqsadga   erishish   yo’lida   uchraydigan   to’siqlarni   engishda
namoyon   bo’ladi.   Kishining   irodasi   juda   katta   to’siqlarni   yengishga
to’g’ri   kelganda,   ayniqsa   yaqqol   ko’rinadi.   Irodaviy   zo’r   berish   va
irodaviy   harakatlar   yo’li   bilan   yengishga   to’g’ri   keladigan   to’sqinliklar
ikki xil: ichki va tashqi to’sqinliklarga bo’linishi mumkin. 
Irodaviy   zo’r   berish   yo’li   bilan   yengishga   to’g’ri   keladigan   ichki
to’siqlar   odam   organizmi   va   psixikasining   holatidir.   Odam   tinch
harakatsiz va hech qanday faoliyatsiz holatda bo’lishi mumkin, masalan,
dam   olish,   uxlash,   charchash,   kasallik   paytida   shunday   holat   bo’ladi. Biron   ish   bilan   shug’ullanmay   harakatsiz   o’tirishga,   ya'ni   yalqovlikka
undovchi mayl ham shunday holatdan hisoblanadi.
Irodaviy   zo’r   berish   yo’li   bilan   avvalo   organizmning   passiv   holatini
o’zgartirish   uni   faol   holatga   keltirish   zarur   bo’ladi.   Masalan,   o’rnida
yotgan kishi (motivlar kurashi) turlicha qaror qiladi va o’zini majbur qilib
o’rnidan turadi. Yalhovlikni yengish uchun ba'zan juda ko’p zo’r berishga
to’g’ri keladi. 
Irodaviy   zo’r   berish   yo’li   bilan   kishining   aqliy   faoliyatini   ham   faol
holatga   keltiriladi.   Masalan,   ma'ruza   boshlanishi   bilan   talaba   darhol
irodaviy   kuchni   ishga   solib,   diqqatni   bir   joyga   to’playdi,   irodaning
barqarorligini   saqlab   qoladi,   tafakkur   va   esda   olib   qolish   jarayonlarini
kuchaytiradi. 
"Harakat qilish o’ziga qanday o’rgatilgan bo’lsa - deydi I.M.Sechenov
-   harakatni   to’xtatib   qolishni   boshqarishga   ham   shunday   o’rganmoq
kerak".
Kishi   irodaviy   zo’r   berish   yo’li   bilan   ixtiyorsiz   faollikni   batamom
yo’qotib   yubormaydi,   balki   shu   faollik   ko’rinishlarini   faqat   o’zgartiradi,
yoki   bosib   qo’yadi.   Ixtiyorsiz   faollik   ko’rinishlarini   bosilishi   vazminlik
deb ataladi. 
Iroda-avvalo   kishining   o’zini   qo’lga   ola   bilishi,   o’z   intilishlari,
hissiyotlari   va   ehtiroslarini   bosa   bilishi   demakdir.   Iroda   kishining   o’z-
o’zini idora qila olishi, o’z xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish
va boshqara olish qobiliyati demakdir. 
Kishining   ichki   to’siqlarni   yenga   olish,   o’zini   boshqarish   va   o’z
ustidan hukmronlik qila olish qobiliyati odatda  ichki iroda  deb yuritiladi.
Kishi   irodaviy   zo’r   berish   yo’li   bilan   tevarak-atrofdagi   voqelikda
uchraydigan   tashqi   to’siqlarni   yengishi   zarur   bo’ladi.   Kishi   o’z   oldiga
qo’yilgan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to’sqinliklarni
yengib o’tadi, voqelikni o’z maqsadiga muvofiq ravishda o’zgartiradi va uni   o’z   ehtiyojlariga   moslashtiradi.   Insonning   to’siqlarni,   tashqi
qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati  tashqi iroda  deb ataladi. 
Ammo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga bo’lish
mumkin.   Inson   irodasi   bitta,   lekin   u   tashqi   olamdagi   o’zgartirish   va
boshqarishga   qaratilishi   bilan   birga   shaxsiy,   sub'ektiv   holatlarni   va
jarayonlarni   boshqarishga   qaratilishi   ham   mumkin.   Modomiki,   shunday
ekan,   tashqi   to’sqinliklarni   yengish   ichki   to’sqinliklarni   yengish   bilan
chambarchas bog’liqdir. 
Inson   tashqi   olamga   ta'sir   etar   ekan,   tashqi   olam   hodisalarini
boshqarish   bilan   bir   vaqtda   o’zini,   o’z   organizmini,   qo’l-oyoq
muskullarini   ham   boshqaradi,   ularning   tarangligini   kuchaytiradi   yoki
susaytiradi,   ularning   harakatlarini   uyg’unlashtiradi,   butun   organizmning
moslashish   vaziyatini   vujudga   keltiradi   va   zarur   paytda   bu   vaziyatni
o’zgartiradi   va   hokazo.   Shu   bilan   birga   ixtiyoriy   harakatlar,   asosan
mehnat faoliyatida odamning ixtiyoriy faollik ko’rinishlarini to’xtatib va
bosib   turishga   to’g’ri   keladi.   Shuning   uchun   odamning   irodaviy   zo’r
berishi va ixtiyoriy harakatlari tashqi to’sqinliklarni yengishga qaratilishi
bilan   bir   vaqtda   organizmning   ichki   ahvolini   ham   o’zgartiradi.   Inson
tevarak-atrofdagi   voqelikni   o’zgartirar   ekan,   o’zini-o’z   vujudini   ham
o’zgartiradi. 
Irodaviy harakatlar bajarilgandan keyin ularga baho beriladi. Qaror ijro
etilgandan   keyin,   ba'zan   esa   qarorni   bajarish   jarayonida   ham   ko’pincha
harakatlarga   baho   berish,   qarorni   qanday   ijro   etilganligiga   baho   berish
kerak   bo’ladi.   Qarorni   ijro   etish   yuzasidan   qilingan   baho   berish   qabul
qilingan   qarorni   hamda   qilinadigan   ishni   ma'qullash,   oqlash   yoki
qoralashdan iborat bo’ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan
harakatlardan   mamnun   bo’lish   yoki   mamnun   bo’lmaslik   tufayli   kelib
chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Salbiy baho ko’pincha
qilingan   ishlarga   pushaymon   bo’lish,   achinish,   uyalish   va   afsuslanish kabi   hislar   tug’ilishiga   sabab   bo’ladi.   Qilinayotgan   yoki   qilinadigan
ishlarga   beriladigan   baho   qabul   qilingan   qarorni   yoki   bajarilgan
harakatlarni   ma'qullovchi,   oqlovchi   yoki   qoralovchi   maxsus   hukmlarda
ifodalanadi.
Qilinayotgan yoki qilinadigan ishlarga ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik
va boshqa nuqtai nazardan baho beriladi. Mana shunday baho berishdan
kelib   chiqadigan   his   va   hukmlarda   kishining   dunyoqarashi,   axloqiy
sifatlari   va   tamoyillari,   shu   bilan   birga   xarakteri   va   qiziqish   -   havaslari
ham yaqqol namoyon bo’ladi. 
Qarorni   bajarish   yuzasidan   qilingan   ishlarda   kishining   o’zi   baho
beribgina qolmaydi, balki kishi qaysi jamiyatda yashasa va ishlasa o’sha
jamiyat ham baho beradi. 
Odam   qilgan   yoki   qilayotgan   ish   harakatlariga   tevarak-atrofdagi
kishilar   ijobiy   baho   bergandan   keyin   ichki   ma'naviy   qanoat   his   qiladi
xursand   bo’ladi   va   kuchiga   kuch   qo’shilgandek   bo’ladi.   Ayrim   ish-
harakatlariga   salbiy   baho   berilganda   esa   kishi   o’ziga   xos   uyalish   hissini
ko’nglidan kechiradi va vijdon azobiga uchraydi. 
Qilingan ish-harakatga berilgan baho kishining faoliyatida katta amaliy
ahamiyatga egadir. Bu baho kishining keyingi faoliyati uchun rag’bat va
motiv   bo’lib   qoladi.   Salbiy   baho   odatda   ayni   faoliyatni   to’xtatish   yoki
o’zgartirishga   motiv   bo’ladi.   Ijobiy   baho   faoliyatni   davom   ettirish,
kuchaytirish   va   yanada   yaxshilashga,   jumladan   mehnat   unumdorligini
oshirishga rag’batlantiradi.
Shaxsning irodaviy sifatlari
Kishining   irodaviy   sifatlari   ya'ni   iroda   kuchi,   mustaqilligi   jihatidan
ayrim   hollarda   turlicha   namoyon   bo’ladi.   Irodaviy   sifatlarning
klassifikasiyasi sxema tarzida quyidagicha  ifodalanadi. 
IntizomlilikIrodaviy sifatlar
Maqsadga intiluvchanlik 
Tashabbuskorlik
Dadillik
Qat'iyatlik Printsipiallik
Mustaqillik
O'zini tuta bilish
Matonatlilik Har   bir   kishida   irodaning   ayrim   sifatlari   umr   bo’yi   mustahkamlanib,
shu   odamning   xususiy   sifatlari   (ya'ni   doimiy   xislatlari)   bo’lib   qolishi
mumkin.   Shaxsning   bu   o’ziga   xos   xususiyatlari   xarakter   xislatlari   deb
ataladi.   Har   bir   kishidagi   biron   bir   irodaviy   sifatlarning   har   qanday
namoyon bo’lishi shu kishi xarakterining xislati bo’lavermaydi. 
Ayrim   hollarda   hatto   tasodifiy   ravishda   kishi   kuchli   iroda   ko’rsatishi
mumkin, ayrim hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda
kuchi shu kishi xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu
kishining   irodasi   kuchli   deb   aytish   uchun   uning   iroda   kuchini   bir   marta
emas, bir necha marotaba namoyon qilganini bilmoq kerak. 
Kishining   xarakterini   ta'riflaganimizda   falon   kishi   dadillik   qildi,   rost
gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz.
Buning ma'nosi shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning
xususiyatlaridir, xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik,
rostgo’ylik,   to’g’riso’zlik   xislatlariga   ega   ekanligini   namoyon   qildi   deb
aytamiz.   Kishi   xarakterini,   xislatlarini   bilib   olgach,   uning   biron   ish-
harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq 
bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz. 
Iroda   kuchi   va   xarakter   qat'iyati .   Iroda   ma'lum   kuch   bilan   yuzaga
chiqadi:   ba'zi   hollarda   kishining  irodasi   kuchli   sur'atda   namoyon  bo’lsa,
boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo’ladi. 
Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir . Iroda kuchining turli darajasi
irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo
ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz
intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz. 
Iroda   kuchi   ravshan   va   aniq   maqsad   qo’yishda,   shuningdek   mazkur
maqsadga   yetishishga   yordam   beradigan   yo’l,   vosita   va   usullarni   ochiq
tasavvur   qilishda   namoyon   bo’ladi.   Bu   ochiq   ravshanlik   darajasi   esa kishining   turmush   tajribasiga,   bilimiga   va   umumiy   saviyasiga   bog’liq.
Aniq   maqsad   qo’yishda   inson   tafakkuri   va   ayniqsa   real   xayollar
(fantaziya)ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol' o’ynaydi. 
Iroda   kuchi   tezlik   bilan   qarorga   kela   olishda   va   qarorni
mustahkamligida,   sabotlilikda   ko’rinadi.   Yuksak   g’oyaviy   tamoyillarga
asoslangan   oqilona   qat'iyatlik   va   sabotlik   kuchli   iroda   belgilaridandir.
Qat'iyatsizlik   ikkilanish,   qabul   qilingan   qarorning   bajarilishiga   shubha
bilan qarash va sabotsizlik  kuchsiz iroda  belgilaridandir. 
Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi.
Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni
bajarishga   ahd   qiladi.   Hatto   salomatligini   va   hayotini   xavf   ostida
qoldirishi   mumkinligi   hayoliga   ham   kelmaydi.   Jasorat   kishining   boshqa
kishilarga   emas,   balki   o’ziga   bergan   amridir.   Kishi   axloqiy   burchining
talabiga   ko’ra,   buyuk   maqsadga   erishish   uchun   bir   zumda   hayot   bilan
o’limdan   birini   tanlab   olsa,   bunday   jasorat   iroda   kuchi   ekanligini
ko’rsatadi. 
Jasorat   shunday   qarorki,   u   go’yo   ish-harakatga   aylanadi.   Bu   ish-
harakat   esa   kuchli   zo’r   berishni   talab   qiladi.   Xarakter   xislati   bo’lgan
dadillikda   odamning   qanchalik   puxta   o’ylab   ish   ko’rishiga   qarab,   bu
dadillik maxsus tusga kiradi. 
Puxta   o’ylab   ish   ko’rishni   o’zi   yuksak   g’oyaviylikka   va   kishining
axloqiy   tamoyillariga   asoslangan   taqdirda   ijobiy   xislat   hisoblanadi.
O’ylab,   shoshmasdan   bir   qarorga   keladigan   kishilarni   mulohazakor
kishilar  deb ataymiz. 
Odatda   o’zgaruvchan   ayrim   hislar   kayfiyatlar   ta'sirida   tez   bir   qarorga
keladigan   xarakterli,   dadil   kishilar   ham   mavjud.   Bular   hissiyotga
beriladigan   tasodifiy   kayfiyatli   kishilardir.   Bunday   kishilar   odatda
sabotsizligi, shoshma-shosharligi va kalta o’ylashi bilan ajralib turadilar.
Kishi   uncha  ikkilanmasdan   o’ylab,  e'tibor  bilan  to’g’ri   bir   qarorga  kelsa va   shu   qarorni   dadil   amalga   oshira   bilsa,   dadillik   xarakterning   ijobiy
xislati bo’ladi. 
Bir   necha   imkoniyatdan   birini   tanlab   olishga   to’g’ri   keladigan   ish   -
harakat   bir   qadar   xavf-xatar   bilan   bog’langan   bir   murakkab   vaziyatda
dadillik   ayniqsa   yaqqol   ko’rinadi.   Qat'iyatsizlik   xarakterning   salbiy
xislatidir,   qat'iyatsizlikda   kishi   sustlik   bilan   bir   qarorga   keladi,   qabul
qilgan   qarorini   ko’pincha   o’z   vaqtida   bajarmaydi.   Bunday   odam   qabul
qilgan   qarori   to’g’riligiga   shubhalanadi,   turli   imkoniyatlardan   birini
tanlab   olishda   ikkilanadi,   ayniqsa   qiladigan   ish-harakatlari   xavf-xatar
bilan bog’langan bo’lsa, shunday ahvolga tushadi. Shu sababli qat'iyatsiz
kishilar   ko’pincha   kam   faolliklari   bilan   ajralib   turadilar   yoki   umuman
passiv bo’lib, yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar. 
Sabotlilik   dadillikka   chambarchas   bog’liq   bo’lib,   xarakterning   ijobiy
xislati   hisoblanadi.   Xarakterning   bu   xislatiga   ega   bo’lgan   kishilar   qabul
qilgan   qarorlarini   odatda   o’zgartirmaydilar,   bekor   qilmaydilar   va   bu
qarorlarini   bajarmasdan   qo’ymaydilar.   Bu   kishilar   va'dalarining   ustidan
chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta qiladilar, ularning gapi  bilan ishi  bir
bo’ladi. Ularga ishonsa bo’ladigan subutli insonlardir. 
Qabul   qilingan   qarorlarini   ko’pincha   bekor   qiladigan,   bergan
va'dalarini   ustidan   chiqmaydigan,   aytgan   so’zidan   tonadigan   kishilar
subutsiz hisoblanadi. 
Kishi   irodasining   kuchi   va   qat'iyati     xarakterning   irodaga   bog’liq
bo’lgan   qaysi   xislatlarida   ifodalangan   bo’lsa   o’sha   xislatlar   eng   yorqin
xislatlardan   hisoblanadi.   Bu   xislatlar   har   bir   kishining   xarakterida   bir
qadar namoyon bo’ladi. Ammo hamma kishilarni va har qanday odamni
irodasi   kuchli,   xarakteri   kuchli   deb   bo’lmaydi.   Balki   shu   sifatlari   bilan
boshqa   kishilardan   ajralib   turgan   odamlargina   irodasi   kuchli,   xarakteri
qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini tuta bilishida,
jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi.  Iroda   kuchi   qabul   qilingan   qarorni   o’z   vaqtida   bajarishda   ko’rinadi.
Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo
paysalga   solish,   galdan-galga   qoldiraverish,   boshlagan   ishini   oxiriga
yetkaza bilmaslik irodaning kuchsizligi alomatidir. 
Lekin   qabul   qilingan   qarorni   bajarish   har   qanday   qilingan   ish-
harakatning,   irodaning   kuchli   ekanligidan   darak   beravermaydi.   Iroda
kuchi   asosan   irodaviy   harakatlar   yordami   bilan   qanday   to’siqlar
yengilganiga   va   shu   yo’l   bilan   qanday   natijalarga   erishilganligiga   qarab
aniqlanadi.   Irodaviy   zo’r   berish   vositasida   bartaraf   qilinadigan   qarshilik
va   qiyinchiliklar   darajasi   va   xarakteri   iroda   kuchining   ob'ektiv
ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r
berish   va   irodaviy   harakatlar   yordami   bilan   bartaraf   qilib,   zo’r
muvafaqqiyatlarga erishsa, bu kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi. 
Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi.
Bu   qahramonlar   kosmik   parvozlarga   tayyorlanish   davrida   ham,   parvoz
paytida   ham   o’z   irodalarining   yuksak   sifatlarini   namoyish   etadilar.   Bu
qahramonlar   kuchli   iroda   va   uning   xilma-xil   ko’rinishlari   o’z
xarakterining asosiy xislati bo’lgan kishilarning yorqin misolidir. 
Kishi   irodasining   kuchsizligi   uning   juda   arzimas   to’sqinliklarni   ham
bartaraf   qila   olmasligida   ko’rinadi.   Masalan,   ba'zan   kishi   biron   kerakli
xatni   yozishga   yoki   biror   zarur   ishni   boshlashga   o’zini   majbur   eta
olmaydi. 
Irodaning   kuchsizligi   odatda   irodasizlik   deb   ataladi.   Qarorni   bajarish
jarayonidagi  ixtiyoriy  ish-harakatlardagi  iroda kuchi   o’zini   tuta bilishda,
jasurlik, sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon bo’ladi.
O’zini tuta bilish nomidan ham bilinib turibdiki, kishining o’zini idora
qila   bilishi   va   o’zini   qo’lga   ola   bilishi   demakdir.   O’zini   tuta   bilish
kishining   oldiga   qo’ygan   maqsadlariga   yetishuvida   to’sqinlik   qiluvchi, irodasini bo’shashtiruvchi ichki holatlarni yengishda ko’rinadigan kuchli
irodadir.   Bunday   holatlarga   masalan,   qo’rqish,   o’z   kuchlariga
ishonmaslik,   zerikish,   qayg’urish   hissi   kiradi.   Bunday   holatlar   kishini
faoliyat   ko’rsatmaslikka   rahbatlantiradi   yoki   qo’yilgan   maqsadlarga
qarama-qarshi   bo’lgan   g’ayri   ixtiyoriy   harakatlarda   o’z   ifodasini   topadi.
Bunday   holatlar   har   kimda   bo’ladi.   Ammo   odamning   shaxs   sifatidagi
xususiyati   shundan   iboratki,   u   o’zidan   ana   shu   salbiy   va   keraksiz
holatlarni   iroda   kuchi   bilan   o’zgartira   oldi   yoki   bartaraf   qila   oladi.   Bu
borada   K.D.Ushinskiy   quyidagi   so’zlarni   keltirib   o’tadi:   "qo’rquvni   his
qilmasdan xavf-xatarga o’zini uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli
qo’rquvni   ham   bosa   oladigan   va   qo’rquv   ta'siriga   berilmagan,   xavf-
xatarni o’ylamaydigan kishi marddir". 
O’zini   tuta   bilish   kishi   xarakterining   xislati   bo’lib,   asosan   ichki
irodaning   namoyon   bo’lishidan   iborat.   Bu   xislat   kishining   o’z   xulq-
atvorini  nazorat  qila bilishda  o’zini, o’z harakatlarini, nutqini  qo’lga ola
bilishida,   shu   sharoitda   keraksiz   yoki   zararli   deb   qaraladigan
harakatlardan o’zini tiya bilishida ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega
bo’lgan kishilar o’zlarini qo’lga ola biladilar. Ular o’zlarini tuta biladilar,
ular uyushqoq kishilardir. 
O’zini   tuta   bilmaslik   irodaning   kuchsizligini   yaqqol   ko’rsatuvchi
belgidir.   Odam   o’zini   qo’lga   ola   bilmaganda   o’z   mayllarini,   ixtiyorsiz
harakatlarini nazorat qila olmaganda g’ayri ixtiyoriy faollik ko’rinishlari
reflekslar,   instinktlar,   tasodifan   ko’ngildan   kechadigan   hislar,   qo’rquv,
hadik-shubha, gumon, g’azab, rashk, ichiqoralik, affektiv holatlar va shu
kabilar kishi irodasini bo’g’ib qo’yadi. Bunday hollarda odam o’zini tiya
olmay qoladi.
O’zini   tiya   olmaslikning   eng   yomon   ko’rinishi   buzuqlikdir.   Buzuqlik
butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta'sirida bo’lish demakdir.  Jasurlik   kishining   omonligi   va   hayoti   uchun   havfli   bo’lgan
to’sqinliklarni   bartaraf   qilishda   ko’rinadigan   iroda   kuchidir.   Masalan,
parashyutchi   har   gal   o’zini   samolyotdan   tashlaganda   jasurlik   qiladi.
Jasurlik   o’zini   tuta   bilishga   chambarchas   bog’liq.   Jasurlik   bor   joyda
o’zini   tuta   bilishlik   mavjud.   Kishi   o’zini   tuta   bilsa   jasurlik   qila   oladi.
Biron   maqsadga   yetishish   yo’lida   mutassil   jasurlik   ko’rsatish,
dovyuraklik  jasorat  deyiladi. 
O’zining   hayoti   uchun   xatarli   to’sqinliklarni   yengishga   doimo   tayyor
turgan va shunday to’sqinliklarni yenga oladigan kishilarni   jasur kishilar
deb   ataymiz.   Bular   xavf-xatardan   cho’chimaydigan,   xarakteri   kuchli,
dovyurak, botir kishilardir.
Jasurlikning   yo’qligi   irodaning   kuchsizligini   ko’rsatadi.   Buni
qo’rqoqlik,   nomardlik   deb   ataymiz.   Irodasi   kuchsiz   bo’lgan   bunday
kishilar   odatda   qo’rqoq,   yuraksiz   kishilar   deb   ataladi.   Sabot,   matonat
ma'lum   maqsadga   yetishda   ko’pincha   uzoq   vaqt   davomida   irodamizga
ta'sir   etib   turuvchi   katta   to’sqinlik   va   qiyinchiliklarni   bartaraf   qilishga
to’g’ri   keladi.   Irodaning   bunday   ko’rinishi   shaxsning   eng   muhim   sifati
bo’lib, iroda kuchining  yaqqolligini ko’rsatadi. 
Sabot,   matonat   -   qandaydir   bir   aniq   maqsadni   ko’zlab,   muntazam
ravishda irodaviy zo’r berish demakdir. 
Ammo   kishilarning   hayoti   va   faoliyatida   ba'zan   shunday   hollar   ham
bo’ladiki,   kishi   o’z   oldiga   qo’ygan   qandaydir   zarur   maqsadlarni
bajarishda   yetib   bo’lmaydigan   yoki   kishiga   shunday   bo’lib   tuyuladigan
to’sqinliklarga uchrab qoladi. Bunday hollarda kishi  ba'zan qabul  qilgan
qarorni   o’zgartiradi,   bekor   qiladi,   u   qiyinchiliklardan   qo’rqishi   va   o’z
oldiga   qo’ygan   maqsadidan   voz   kechishi   mumkin.   Ba'zan   shunday
bo’ladiki,   talaba   to’satdan   o’qishni   tashlaydi.   Ilgari   tanlagan   ehtiyojidan
voz   kechadi,   boshlagan   ishini   oxiriga   yetkazmay,   o’lda-jo’lda   qoldirib
ketadi.  Kishi o’z harakat, maqsadini yaxshi o’ylamaganda maqsadga yetishsa,
yordam   bera   oladigan   vosita   va   usullarni   puxta   o’ylamaganda,   o’zining
kuch   -   imkoniyatlarini   yetarli   yoki   to’g’ri   hisobga   olmaganda   odamda
belgilangan maqsaddan shu tariqa qaytadi, irodasida chekinadi. Dastlabki
muvaffaqiyatsizlikka   haddan   tashqari   katta   ahamiyat   berilganda,   bu
muvaffaqiyatsizlikka   noto’g’ri,   yoki   yengil   baho   berilganda,   unga   faqat
salbiy  tomondan  qaraganda   shunday  bo’ladi.  Kishi  muvaffaqiyatsizlikka
uchrash   bilan   bir   vaqtda   o’z   kuchlariga,   o’z   imkoniyatlariga,   o’z
qobiliyatlariga ishonmaganda odam "ruhi tushib", o’zini passivlikka qo’l
qovushtirib   o’tirishga   mahkum   etadi.   Albatta   umuman   irodasi   kuchsiz
kishilarda   shunday   bo’ladi.   Bunday   kishilar   irodasining   o’smaganligi,
etarlicha tarbiyalanmaganligi bilan farq qiladi. 
Ammo   irodali   mavjudot   bo’lgan   odam   hayot   va   faoliyatida   jamiyat
yoki o’zi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan maqsadidan qaytmasligi
ham mumkin. U iroda kuchiga zo’r berib, to’sqinliklarga qarshi kurashni
kuchaytirishi,   qabul   qilingan   qaroriga   yarasha   uzoq   vaqt   ish   ko’rishi
mumkin.   Barcha   to’sqinlik   va   qiyinchiliklarga   qaramay   u   zarur   natijani
qo’lga   kiritmoq   uchun   damba-dam,   orada   vaqt   o’tkazib   zo’r   berishi,
g’ayratini ko’rsatib ishlashi mumkin.
Kutilgan   maqsadga   yetishda   katta   qiyinchiliklar   va   yengib
bo’lmaydigan   to’siqlar   bo’lsa,   kishi   shu   maqsadga   yetishi   uchun   zarur
yo’l,   vosita   va   usullarni   o’zgartirib,   yangi   usullarni   qidirib   topishi
mumkin.   Katta   to’sqinliklarni   bartaraf   qilib,   uzoq   qunt   qilib,   maqsadga
yetishda   ko’rinadigan   bunday   iroda   kuchi   sabot-matonat   deb   ataladi.
Shunday   iroda   sifatiga   ega   bo’lgan   kishi   esa   sabot-matonatli,   kuchli
irodali, qat'iy xarakterli kishi deb ataladi.
Har qanday faoliyatning, jumladan o’qib, o’rganishning muvaffaqiyati
sabot-matonatga   bog’liq.   Bilimli   bo’lmoq   uchun   sabot-matonat   kerak. Har bir sohada-texnika, san'at, muzika, sport va shu kabi sohalarda bilim
va malaka ortirmoq uchun sabot-matonat kerak.
Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining
maqsadga   yetish   yo’lida   qanday   qiyinchilik   va   to’sqinliklar   bo’lishidan
qat'iy nazar shu maqsadga erishishida o’z ifodasini topadi.
Xarakter   xislati   bo’lgan   sabot-matonat   ba'zi   kishilar   faoliyatining
hamma   sohalarida   namoyon   bo’ladi   boshqa   kishilarda   esa   bu   xislat
ularning   manfaatlari   bilan   bog’langan,   va   ayrim   faoliyat   sohalarida
ko’rinadi.
Sabot-matonatli   kishilar   boshlagan   ishlarini   hamisha   oxiriga   yetkaza
biladilar.   Ular   o’zlariga   nisbatan   ham   boshqa   kishilarga   nisbatan   ham
talabchan bo’ladilar.
Sabot-matonatli   kishilar   muvaffaqiyatsizlikka   uchraganda   ruhini
tushirmaydi,   balki   aksincha,   maqsadga   erishish   uchun   ishga   yanada
qat'iyroq kirishadi,  shu  maqsadga  erishishning  yangi   yo’l   va vositalarini
izlab topadi.
Sabot-matonatli   kishilar   o’ziga   va   boshqa   kishilarga   nisbatan
talabchanligi bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yo’ldan yurishlariga
to’sqinlik   qila   oladigan   hamma   narsaga   qarshi   tura   oladigan,   bu
to’sqinliklarni yenga oladigan matonatli kishilardir.
Sabot-matonat   irodaning   chidam   va   toqat   degan   sifati   bilan   ham
chambarchas bog’liq.
Maqsadga   yetishda   bartaraf   qilinadigan   to’sqinlik   va   qiyinchiliklar
kishidan kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha
jismoniy va ruhiy azob beradi ham.
Kishining o’z faoliyatida ba'zan sovuq va issiqdan, yomg’ir va qordan,
qattiq   toliqish,   och   qolishdan,   hamma   turli   kasalliklardan   azob
chekadigan   kishi   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsadiga   sodiq   bo’lib   shu
maqsadga   yetishga   intilaversa,   bunday   intilishlarda   ko’rinadigan   iroda chidam   va   toqat   deb   ataladi.   Odamning   organizmidagi   yemirilish
jarayonlarini   yengishda   ifodalanadigan   ajoyib   iroda   o’zini   tuta   bilish   va
matonatda  ko’rinadi. Bu borada quyidagi misolni keltirib o’tish joiz.
Sobiq   sovet   uchuvchisi   Alievning   bir   o’zi   havo   jangida   dushmanning
yettita   samolyotiga   qarshi   mardonavor   kurashdi   va   hammasini   urib
tushirdi.   Kuchlar   teng   bo’lmagan   bu   jangda   Alievning   samolyotini
dushman o’qlari teshib yuborgan edi. Aliev o’zi bir necha bor yaralandi.
Ammo u o’zini yo’qotib qo’ymay, samolyoti bilan o’z aerodromiga borib
qo’ndi.   Aerodromiga   yetib   borguncha   dushman   egallab   olgan   yerlardan
uchib   o’tishi   kerak   edi.   Dushmanning   zenit   to’plari   Alievning
samolyotini qattiq o’qqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad
parchalari   teshib   yubordi.   Uchuvchi   yana   bir   necha   marta   yaralandi.
Lekin   Aliev   bu   safar   ham   sarosimaga   tushmay   samolyotini   boshqarib
boraverdi   va   uni   o’z   aerodromiga   eson-omon   qo’ndirdi.   Samolyot
kabinasi   ochilganda   uchuvchi   o’lgan   edi.   U   ikki   qo’lidan,   oyog’idan,
kuragidan,   yelkasidan,   orqasidan,   jag’idan   va   boshidan   yaralangan   edi.
Vrachning   aniqlashishicha,   og’ir   yarador   bo’lgan   Alievning   bu   holda
ucha   olishi   sira   mumkin   emas   edi.   Ammo   Aliev   samolyotini   boshqarib,
aerodromga   to’g’ri   qo’na   olgan.   Uchuvchining   irodasi   va   o’zini   tuta
bilishi   tufayli   o’qning   yemiruvchi   kuchlaridan   g’olib   kelib,   umrining
so’nggi daqiqalarini cho’zishga erisha oldi.
Sabot-matonatli   chidamli   va   toqatli   kishilar   maqsadga   yetishishda   va
qiyinchiliklarga qarshi kurash jismoniy va ruhiy azoblarga hamda boshqa
mashaqqatlarga chiday oladilar. Ular  har qanday vaziyatda o’zlarini tuta
oladilar, jasurlik, mardlik, botirlik, qat'iyat ko’rsata oladilar .
Bunday   xarakterli   kishilarga   optimallik   kayfiyati,   hayotga   quvnoqlik
bilan   qarash,   porloq   kelajakka   doim   ishonch   bilan   boish,   boshqa
kishilarga o’z kuchlari va mehnat imkoniyatlariga yetishish kabi xislatlar
xosdir.  O’zini   tuta   bilish   jasurlik   sabot-matonat,   chidam   va   toqatda
ko’rinadigan   kuchli   iroda   mardlik   deb   ataladi.   Shu   sifatlar   bilan   farq
qiladigan kishilar esa  mard kishilar  deb ataladi. 
Kishilarning hayoti va faoliyatida shunday hollar ko’p bo’ladiki, bunda
odam   zarur   paytida   o’zini   tuta   olmay   qoladi,   jasurlik,   sabot-matonat,
intizomlilik   ko’rsata   olmaydi.   Xarakter   xislati   irodasiz   kishilar   mavjud,
bunday   kishilar   irodasi   kuchsiz   yoki   irodasiz   kishilar   deyiladi.   Bunday
kishilar   irodasi   kuchsiz   yoki   chidamsiz   kishilar   deyiladi.   Bular   xatto
arzimas   qiyinchilik   va   to’sqinliklarni   ham   bartaraf   qila   olmaydigan
kishilardir.   Bular   salgina   muvaffaqiyatsizlik   yoki   qiyinchilik   kelib
chiqqanda ham o’z oldiga qo’ygan maqsaddan voz kechib ish harakatini
to’xtatadigan,   o’z  qarorini   bekor   qiladigan   yuraksiz,   qo’rqoq  kishilardir.
Ular   vaziyat   talab   qilganda   zarur   jasurlik   sabot-matonat,   chidam,   toqat,
qat'iyat   ko’rsatmaydilar.   Bular   cho’chima,   yalqov   joni   paxta   kishilardir.
Bunday kishilarning xatti-harakatlari odatda ularning o’zidan ko’ra tashqi
sharoitga bog’liq bo’ladi.
Bunday xarakter xislatlarga ega bo’lgan kishilar pessimistik kayfiyatda
bo’lib,   dunyoga   va   hayotga   umidsizlik   bilan   qaraydilar.   Ular   doimo
barcha kishilarning salbiy, yomon tomonlarini ko’radilar, bu kishilarning
fikricha,   o’zlarining   barcha   kamchiliklari   va   muvaffaqiyatsizliklarining
sababchisi   boshqa   kishilardir.   Bu   xildagi   ba'zi   kishilar   passiv   beparvo
kayfiyatda bo’ladilar.
Irodaning   mustaqilligi .   Kishilaring   irodaviy   harakatlariga   ularning
mustaqillik   darajasiga   qarab   ham   baho   beriladi.   Irodaviy   harakatlarning
mustaqilligi   kishining   avvalo   tashabbuskorligida   ko’riladi.
Tashabbuskorlik   biror   bir   ishni   shaxsan   boshlab   yuborish   demakdir.
Tashabbuskorlik   odatda   tevarak-atrofdagi   sharoit   hamda   ijtimoiy   hayot
talablarini epchillik, mohirlik bilan hisobga olish va ko’pincha kelajakni, yangilikni   oldindan   ko’ra   bilish   qobiliyati   bilan   bir   vaqtda   namoyon
bo’ladi.
Tashabbuskor   kishi   shaxsiy   hayotida   ham,   ijtimoiy   faoliyatida   ham
vaziyat   va   turmush   talablarini   hisobga   ola   biladi,   shu   bilan   bir   vaqtda
vazifalarni ilgari suradi, qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yo’l
va   vositalari   tanlaydi   va   bu   vazifalarni   hal   etishda   faol   ishtirok   etadi.
Mustaqillik   qilinilmagan   va   qilinilgan   ish-harakatlar   uchun   javobgarlik
sezishda ko’rinadi. Javobgarlikni sezish ayni harakatlarning to’g’riligiga,
maqsadga   muvofiq   ekanligiga   va   zarurligiga   ishonch   hosil   qilish
demakdir.
Irodaning   mustaqilligi   yana   boshqa   kishilarning   fikr,   maslahat   va
takliflarini   tanqidiy   ko’z   bilan   mulohaza   qilib   chiqishda   ham   ko’rinadi.
Tanqidiy   ko’z   bilan   mulohaza   yuritish   xarakter   xislati   bo’lib,   boshqa
kishilarning   birga   maslahat   va   takliflarini   diqqat   bilan   tahlil   qilishda
ko’rinadi, xarakterning shu  xislati  bo’lgan kishi  boshqa  kishilarning fikr
va   maslahatlariga   e'tibor   bilan   quloq   soladi,   ularga   muayyan   tamoyillar
nuqtai   nazaridan   baho   beradi,   ijobiy   foydali   narsani   qabul   qilib   undan
foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi.
Ayrim   kishilarning   iroda   mustaqilligi   ba'zan   qaysarlik   kabi   maxsus
holatda   ko’rinadi.   Bu   holat   shundan   iboratki,   odam   boshqa   kishilarning
aytgan   hamma   gaplariga,   maslahat,   iltimoslariga   qarshilik   ko’rsatadi.
qaysarlik   qilayotgan   odam   yo   buyurilgan   ishni   qilmasdan,   o’z   bilganini
qilaveradi yoki buyurilgan ishni teskarisini qiladi.
Intizomlilik - xarakter xislati bo’lib, jamiyat talablariga ongli ravishda
o’z   ixtiyori   bilan   bo’ysina   bilishda   ko’rinadi.   Intizomlilik,   jumladan,
belgilangan   tartibga   aniq   rioya   qilishda,   olingan   va'dani   vijdonan
bajarishda, o’z burchiga ongli ravishda bo’ysinishda o’z ifodasini topadi. Intizomli   kishi   mustaqil   tashabbuskor   bo’lib,   ayni   vaqtda   qabul
qilingan   qarorlarni   so’zsiz   ijro   etadi,   jamiyat   manfaatlariga   va   axloq
tamoyillariga itoat qila biladi.
Mustaqillik   ayni   vaqtda   irodaning   kuchli   ekanligini   ham   ko’rsatadi.
Iroda   kuchi   katta   to’sqinliklarni   bartaraf   qila   olish   qobiliyati   bilangina
ifodalanmay,   tashabbuskorlik   ko’rsatish,   mustaqillik,   dadillik   ko’rsatish
va   qabul   qilingan   qarorlar   uchun,   o’z   xatti-harakatlari   uchun   mas'uliyat
sezish bilan ham ta'riflanadi.
Irodaning   axloqiyligi   hayot   va   faoliyatda   iroda   kuchi,   uning
mustaqilligiga   ijobiy   yoki   salbiy   baho   berganda   qanday   to’sqinlik   va
qiyinchiliklar   bartaraf   qilinganligini   nazarda   tutish   bilangina   cheklanib
qolmay,   asosan   kishining   axloqiy   qiyofasi   irodaviy   harakatlarda
qanchalik   ifodalanishi,   biron   odamning   irodasi   naqadar   axlohiy   ekanligi
ham nazarda tutiladi. 
Irodaning   axloqiyligi   deganda   odatda   kishi   o’z   oldiga   qanday
maqsadlar   qo’yilishi,   bu   maqsadlarga   qanday   vositalar   bilan   erishishi,
irodaviy   intilishlar   (xohishlar)   qanday   mayllar   tufayli   kelib   chiqishi   va
ma'lum   bir   qarorga   kelishida   qanday   tamoyillarga   amal   qilishni   nazarda
tutamiz.
Irodaviy   harakatlarda   kishining   axloqiy   xislatlari   namoyon   bo’lsa,
iroda   kuchi   ijobiy   ahamiyatga   ega   deb   hisoblaymiz.   Ikkinchidan,
kishilarning   axloqiy   hislarlari   haqida   fikr   yuritilganda   aytilgan   so’zlarni
emas,   balki   ularning   ma'naviy   qiyofasini   ko’rsatadigan   irodaviy
harakatlarni   nazarda   tutamiz.   Shuning   uchun   kuchli   irodaning   mardlik,
o’zini   tuta   bilish,   sabot-matonat,   chidam   va   jasurlik   kabi   xususiyatlari
irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz. 
Kishi   biror   qarorga   kelishda   o’z   qarori   va   harakatlari   uchun   axloqiy
mas'uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi.  Kishining   chinakam   axloqiyligi   ma'naviy   qiyofasi,   so’zida   va
muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya'ni
mehnatga va ishning o’ziga mehr qo’yishida namoyon bo’ladi. 
O’zining   intilish   (mayllarida),   qaror   va   harakatlarida   har   doim   axloq
tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz. 
Iroda borasidagi nazariyalar
Irodaning   tadqiqoti   uzoq   tarixga   ega   bo’lib,   u   inson   ongining
mohiyatini   kashf   qilishdan   boshlanib,   muayyan   bilimlar   to’planishi
tufayli   shaxsning   irodasi   tabiatini   tushunishga   ilmiy   yondashuv   vujudga
kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tgan. 
Arastu   o’z   davrida   irodani   jon   haqidagi   fanning   muhim   tushunchasi
deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini
boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi. 
Gumanitar   yo’nalish,   ya'ni   inson   muammolariga   e'tiborning   ortishi
bilan   o’z-o’zidan   irodani   o’rganish   ham   dolzarb   masalaga   aylanib
bormoqda.   XVIII-XIX   asrlarda   bu   muammo   eng   markaziy   psixologik
tadqiqot   masalalaridan   biri   edi.   Biroq   psixologiya   fanida   XX   asr
boshlarida   ro’y   bergan   inqiroz   tufayli   u   ikkinchi   rejaga   o’tib   qoldi,   uni
mutlaqo inkor etish mumkin emas. 
XVII   asrdayoq   Gobbs   va   Spinozalar   ta'kidlab   o’tganlaridek,   faollik
manbaini   bemahsul   sohaning   paydo   bo’lishi,   deb   tushuntirish   mumkin
emas,   chunki   uning   shaxsiy   kuch-quvvatini   hissiy   intilish   bilan
uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha,  iroda bilan aql  aynan  bir
narsadir.   Unga   bunday   yondashish   irodaning   ilmiy   nuqtai   nazardan
tushuntirishni   shakllantirgan   bo’lsa,   ikkinchi   bir   tomondan   u   mustaqil
substansiya   sifatida   tan   olindi.   V.Vundtning   mulohazasicha,   irodaning
negizida   appersepsiya   aktining   sub'ekti   tomonidan   ichki   faollik   uniki
ekanligini   his   etish   yotadi.   Uning   bu   konsepsiyasi   emosional   yoki
affektiv   nom   bilan   psixologiya   faniga   kirib   keldi.   U.Djeymsning   tan olishicha,   irodaviy   harakatlar   boshqa   ruhiy   jarayonlarga   qorishtirib
bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab
dinamik   tendensiyaga   ega   bo’lganligi   tufayli   irodaviy   aktning   vazifasi
diqqat   yordami   bilan   bir   g’oyaning   boshqasi   ustidan   ustuvorligini
ta'minlashdan iboratdir.
Etarli   darajada   qat'iy   fikr   qaror   topganligi,   iroda   -   bu   insonning
qo’yilgan   maqsadlariga   erishish   uchun   qilgan   faolligidir.   Iroda
tushunchasi   mohiyatiga   inson   tomonidan   maqsad   g’o’ya   olish   kabi
shaxsiy   gavdasini   va   xulqini   idora   qilish   ham   kiritiladi.   I.V.Selivanov
irodani   tadqiq   etish   negizidan   kelib   chiqqan   holda   ayrim   xulosalarni
chiqaradi:
a)   iroda -bu   shaxsning   o’z   faoliyatini   va   olamdagi   o’zini-o’zi
boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir;
b ) iroda -inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha
shakl va bosqichlariga taalluqlidir;
v )   iroda -bu   amaliy   ong,   o’zgaruvchi   va   qayta   quriluvchi   olam,
shaxsning o’zini  ongli idora qilishlikdir;
g )   iroda -bu   shaxsning   hissiyoti   va   aql-zakovati   bilan   bog’liq   bo’lgan
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi.
V.I.Selivanov   irodaning psixologik  jabhalarini  yoritayotib, u  shunday
g’oyani   ilgari   suradi,   insonning   ongini   jarayonlar,   holatlar,   xislatlarni
o’zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin.
Shaxsning u yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra bir davrning
o’zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. 
Tadqiqotchi   V.I.Ivannikov   esa   irodani   motivatsiyaning   ixtiyoriy
shakli   sifatida   tushunadi.   Shuningdek,   harakat   ma'nosining   o’zgarishi
hisobiga tarmoqlovchi yoki qo’shimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi
real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur
motivi   tariqasida   talqin   qiladi.   Irodaviy   boshqaruv   esa   harakatni "ixtiyoriy boshqaruv ko’rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda
boshqaruv   motivatsiyaning   ixtiyoriy   o’zgarishi   orqali   amalga   oshirilishi
sifatida qaraladi. 
Keltirilgan   mulohazalardan   ko’rinib   turibdiki,   psixologiya   fanida
irodani tushunish, ta'riflash bo’yicha bir xil munosabat  yaratilmaganday,
irodaviy   sifatlarning   ma'naviy   asosini   tahlil   qilish   yuzasidan   ham
umumiylik, mustaqillik, qat'iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik,
jasoratlilik va tirishqoqlilikni kiritadi.
P.M.Yakobson   bo’lsa,   irodaning   muhim   sifatlari   sifatida   mustaqillik,
qat'iylik,   tirishqoqlik   o’zini   uddalashni   ko’rsatadi.   Insonda   namoyon
bo’ladigan   irodaviy   sifatlar   sarasiga   A.I.Shcherbakov   quyidagilarni
kiritadi:   sobitqadamlik   va   tashabbuskorlik,   tashkillashganlik   va
intizomlilik,   urinchoqlik   va   qat'iyatlilik,   chidamlilik   va   o’zini
uddalashlik, botirlik va jasoratlilik.
Iroda borasidagi tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qo’llanilishi kamdan-
kam   hollarda   qo’llaniladi.   Shunga   qaramasdan   ishonch,   iroda   sifati
tariqasida   tadqiq   etilishga   haqlidir.   Buning   uchun   A.I.Shcherbakov
tomonidan quyidagicha tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining
ta'kidlashicha,   bir   talabaga   qisqa   vaqt   (fursat)   ichida   insititutni     tugatish
taklif   qilingan,   lekin   sinaluvchi   bu   ishni   uddasidan   chiqa   olmaslikni
oshkora   bildirgan.   Shundan   so’ng   tadqiqotchi   talabada     o’z   kuchiga
ishonch   uyg’otishni   maqsad   qilib   qo’ygan   va   unda   irodaviy   zo’r   berish,
qiyinchiliklarni   yengish   vositalarini   shakllantirgan.   Buning   natijasida
talaba   o’z   maqsadiga   erishishga   musharraf   bo’lgan.   Xuddi   shu   bois
hozirgi   zamon   psixologiyasining   irodaga   oid   nazariyasi   zaifligi   tufayli
irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir. 
Hissiyot haqida tushuncha
Odam   tashqi   muhitdagi   turli-tuman   narsa   va   hodisalarni   idrok   qilar
ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo’lmaydi. Odamning aks ettirish   jarayoni   doimo   faol   xarakterga   egadir.   Aks   ettirish   jarayoni
quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b)   qondirishga   yordam   beradigan   yoki   qarshilik   ko’rsatadigan
ob'ektlarga sub'ekt sifatida qatnashishi; 
v)   uni   harakat   qildiruvchi   bilimga   intiltiruvchi   munosabatlar   va
hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan,
bu   narsalarga   nisbatan   ma'lum   munosabatda   bo’ladi.   Masalan,   bizga
ayrim   narsalar   yoqsa,   ya'ni   kayfiyatimizni   ko’tarib   yuborsa,   boshqa   bir
narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba'zi bir
ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko’rgisi
kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar
esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan
munosabatda bo’ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar   idrok   qilayotgan,   ko’rayotgan,   eshitayotgan,   bajarayotgan,
o’ylayotgan,   orzu   qiladigan   narsalarga   befarq   bo’lmaydilar.   Bir   xil
predmetlar,   shaxslar,   xarakterlar,   voqealar   bizni   quvontiradi,   boshqalari
xafa   qiladi   yana   boshqalari   g’azab,   nafratimizni   uyg’otadi.   Biz   xavf
ostida   qolganimizda   qo’rquvni   his   qilamiz,   dushman   ustidan   g’alaba
qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uyg’otadi. 
Hissiyot   tushunchasiga   adabiyotlarda   turlicha   ta'riflar   uchraydi
jumladan;   A.V.Petrovskiy   tahriri   ostida  chiqqan  "Umumiy psixologiya"
darsligida   hissiyot   -   kishining   o’z   hayotida   nimalar   yuz   berayotganiga,
nimalarni   bilib   olayotganiga   yoki   nima   bilan   mashg’ul   bo’layotganiga
nisbatan   o’zicha   turli   xil   shaklda   bildiradigan   kichik   munosabatdir.
M.Vohidovning   "Bolalar   psixologiyasi"   o’quv   qo’llanmasida   hissiyot
deb   -   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarga   bo’lgan   ichki
kechinmalarimizning   ongimizda   aks   ettirilishga   aytiladi.   Q.Turg’unov muallifligidagi   lug’atda   hissiyot- shaxsning   voqelikdagi   narsa   va
hodisalarga,   kishilarga   hamda   o’z-o’ziga   bo’lgan   munosabatlarida   kelib
chiqadigan   yoqimli   yoki   yoqimsiz   kechinmalardan   iborat.   Professor
E.G’oziev   muallifligidagi   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   hissiyot-
odamda,   tirik   mavjudotlar   miyasida,   ya'ni   shaxslarning   ehtiyojlarini
qondiruvchi   va   unga   monelik   qiluvchi   ob'ektlarga   nisbatan   uning
munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo’llaniladi.
Yuqoridagi   ta'riflardan   ko’rinib   turibdiki,   hissiyot   bizning
tuyg’ularimizning o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va
hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va
munosabatlar   aks   ettiriladi.   Demak,   hissiyotlar   o’z-   o’zidan   yuzaga
kelmasdan,   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarning   ta'siri   bilan   bog’liq
ravishda yuzaga keladi.
Adabiyotlarda   hissiyot   bilan   birga   emotsiya   tushunchasi   ham   keng
doirada qo’llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan
iborat va hissiyot tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi qanday degan savol
tug’iladi? Shunga muvofiq emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini
yoritadigan   bo’lsak;   jumladan   professor   E.G. ’ G’ozievning   "Umumiy
psixologiya"   darsligida   emotsiya- odatda   tashqi   alomatlari   yaqqol
namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan
iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta'riflanadi.
Emotsiya   - shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan,   uning   ehtiyoj   va   qiziqishlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   yoqimli
yoki   yoqimsiz   kechinmalaridir.   Keltirilgan   ta'riflardan   ko’rinadiki,
hissiyot   tushunchasi   emotsiyaga   nisbatan   kengroq   tushuncha   bo’lib,
shaxsning   kundalik   hayoti,   turmush   tarzidagi   barcha   jabhalarni   qamrab
oladi.
Hissiyotlar   o’zining   yuzaga   kelishi   nuqtai   nazaridan   odamning
ehtiyojlari,   qiziqishlari   va   intilishlari   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Masalan, odamning   organik   ehtiyojlarini   qondirishi   bilan   bog’liq   bo’lgan
hissiyotlar  odamda rohatlanish,  qanoatlanish tuyg’usini  yuzaga  keltiradi.
Organik   hissiyotlarni   qondira   olmaslik   odamning   ruhini   tushirib,
kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo’ladi.
Odamning   hissiyotlari   uning   mazmuni   hamda   shakllari,   ijtimoiy-
tarixiy   sharoit   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ijtimoiy   tarixiy   taraqqiyot   davrida
odamning ehtiyojlari o’zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi,
yangi   hissiyotlar,  chunonchi,   ma'naviy,  intellektual   va  estetik   hissiyotlar
paydo bo’ladi. 
Hissiyotlar   ham   boshqa   bilish   jarayonlari   kabi   odamning   faoliyatlari
davomida   namoyon   bo’ladi.   Masalan,   mehnatsevarlik   hissini   yuzaga
keltirish   uchun   ma'lum   muddat   davomida   ijtimoiy   foydali   mehnat   bilan
shug’ullanish   kerak.   U   yoki   bu   faoliyat   davrida   yuzaga   kelgan   hissiyot
ana   shu   faoliyatning   o’ziga   ta'sir   qilib,   uni   o’zgartiradi.   Masalan,
hohlamasdan   o’zini   majbur   qilib   ishlayotgan   odam   bilan   o’zi   hohlab
sitqidildan   ishlayotgan   odam   ishining   unumdorligi   o’rtasida   juda   katta
farq   mavjud.   Odamning   kayfiyati   yaxshi   xursand,   ruhi   tetik   bo’lganda
ishi   ham   barakali   bo’ladi,   aksincha   odamning   dili   ham,   qandaydir
tashvishli yoki g’amgin bo’lganda qo’li ishga bormaydi.  Ana shu jihatdan
olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot  boshqa
bilish   jarayonlariga   ham   ta'sir   qiladi.   Masalan,   odamning   ruhi   tetik,
xursand   bo’lgan   paytda,   idroki   hali   juda   jonli,   esda   olib   qolishi,
tuyg’ularga boy, tafakkuri o’tkir, nutqi burro bo’ladi. 
Hissiyot   odamda   sodir   bo’layotgan   hodisa   va   narsalardan   shaxs
sifatidagi   odam   uchun   ahamiyatli   bo’lganlari   haqida   darak   beruvchi
signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a'zolariga ta'sir qiluvchi
cheksiz   miqdordagi   qo’zg’ovchilardan   aniq   bo’lib   ajraladi,   ba'zilari   bir-
birlari   bilan   qo’shilib   ketadi   va   paydo   bo’lgan   hissiyot   bilan   birlashib
ketadi.   Natijada   taassurot   uyg’otib,   biror   hissiy   nom   bilan   ifodalangan xotira   obrazlari   tariqasida   saqlanib   qoladi.   Buni   fiziologik   jihatdan
shunday tushuntirish mumkin: ma'lum qo’zg’atuvchilar tirik mavjudotlar
uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar
esa   insonning   shaxsiy   tajribasida   tarkib   topadigan   reflekslar   tizimini
mustahkamlash   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Hissiyotning   mana   shu   darak
beruvchilik   vazifasi   psixologiyada   hissiyotning   impressiv   tomoni   deb
ataladi.  Impressiv  so’zi lotincha taassurot degan ma'noni anglatadi. 
I.P.Pavlov   tirik   mavjudotlarning   atrofimizdagi   muhitga   moslashuvida
hosil   qiladigan   buziladigan   dinamik   streotiplar   orqali   biror   hissiyot   va
emosional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. 
Dinamik   stereotip   deganda   tashqi   qaytarilish   natijasida   hosil   qilingan
shartli reflekslar, nerv bog’lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har
turli   qiyinchiliklar   va   qarshiliklarga   duch   kelishi   natijasida   dinamik
stereotiplarning   "o’zgarishi"   salbiy   emosional   holatni   yuzaga   keltiradi.
Hissiyot   bu   uning   kechirilishining   turli   shakllari   faqat   darak   vazifasini
emas,   balki   boshqaruvchilik   funksiyasini   ham   bajaradi.   Emotsiya
harakatlari  juda ko’p tana o’zgarishlar ifodalanadi. Odam organizmidagi
o’zgarishlar   kechirilayotgan   hissiyotning   ob'ektiv   ko’rsatkichi
hisoblanadi.   Moslashish   xarakteriga   oid   bo’lgan,   ya'ni   ovozning
o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo’ladigan jarayonning
qayta   o’zgarishidan   iborat   ixtiyorsiz   va   ongli   harakatlar   psixologiyada
emosional harakatlarning  ekspressiv tomoni  deb ataladi. 
Hissiyotlar   odatda   juft-juft   bo’lib   uchraydi.   Masalan,   yoqimli-
yoqimsiz,   xush-noxush,   xursand-xafa,   g’azab-muhabbat,   nafrat   kabi   ana
shunday   hissiyotlar   sub'ektiv   xarakterga   ega   bo’ladilar,   lekin   ularning
tashqi   ifodasi   ham   bo’ladi.   Masalan,   hushchaqchaq   odam   bilan   g’amgin
odamning   yuz   ifodasini   ko’z   oldimizga   keltirib   ko’rish   mumkin.   Aynan
mazkur   jarayon   psixologiyada   ambivalentlik   yoki   ikki   taraflamalik   deb
ataladi.   Ambivalentlik   -   lotincha   har   tomonlama   kuchga   ega   ma'nosini anglatib   kishining   bir   ob'ektning   o’ziga   nisbatan   bir   vaqtning   o’zida
paydo bo’ladigan bir-biriga qarama - qarshi emosional irodaviy holatdir.
Hissiyotda ambivalentlik bu rohatlanish va azoblanishni birga qo’shilib
va   biri   ikkinchisiga   o’tib   ketmaydigan   emas,   balki   bunda   birga   bo’lish
kechiriladigan   hissiyotning   zarur   xarakterli   sifatlaridan   birini   tashkil
qiladi. Masalan, rashk hissida muhabbat va nafrat.
Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari
Hissiyot   boshqa   hamma   psixik   jarayonlar   kabi   bosh   miya   po’sti
qismining faoliyati bilan bog’liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va
barqarorligini  idora qilib turadi.  Hissiyotlar   boshqa  bilish  jarayonlaridan
farqli   bosh   miya   po’stining   faoliyatidan   tashqari   organizmning   ichki
a'zolari   faoliyati   bilan   ham   bog’liqdir,   boshqacha   qilib   aytganda
hissiyotlar   vegetativ   nerv   tizimining   faoliyati   bilan   ham   bog’liqdir.
Chunonchi,   odam   qattiq   uyalgan   paytida   qizarib   ketadi,   qattiq   qo’rqqan
paytida esa  rangi  o’chib, qaltirab ketadi, xattoki  odamning ovozida ham
o’zgarish   paydo   bo’ladi.   Ana   shunday   hissiy   holat   yuz   bergan   paytda
odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. 
Demak,   odam   ma'lum   hissiy   holatni   boshdan   kechirayotgan   paytda
uning   qon   aylanish   tizimi,   nafas   olish   organlari   nutq   apparatlari   ichki
sekresiya   bezlari   ham   qatnashadi.   Masalan,   materialni   yaxshi
bilmaydigan   talaba   imtihon   topshirayotganda   terlab   ketadi,   tomog’iga
nimadir   tiqilib,   gapini   gapira   olmay   qoladi.   Odamda   qattiq   qo’rqish
paytida   "Yuragi   orqaga   tortib   ketdi",   "Sovuq   ter   bosib   ketdi"   kabi
iboralarning   ishlatilishi   hissiyot   paytida   odamning   ichki   a'zolarining
ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda   ko’p   hissiy   holatlar   bosh   miyaning   yaqin   po’stloq   osti
qismlarining   oraliqi   bilan   ham   bog’liqdir.   Masalan,   ko’rish   tepaligi   deb
ataluvchi   qism   ayrim   hislarni   ifodalaydigan   ixtiyorsiz     harakatlarning
markazi hisoblanadi.  Odamda   uchraydigan   yuksak   ma'naviy   hissiyotlar   ham   o’zining   nerv-
fiziologik   asosiga   ega   bo’lishi   kerak   (chunonchi   intellektual,   ahloqiy,
estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip
haqidagi   ta'limoti   juda   katta   ahamiyatga   egadir.   Bu   haqda   akademik
I.P.Pavlov   shunday   deb   yozgan   edi:   "Menimcha,   ko’pincha   odatdagi
turmush   tartibining   o’zgargan   paytlarida   odat   bo’lib,   qolgan   birorta
mashg’ulot   yaqin   kishidan   judo   bo’lganda,   aqliy   iztirob   chog’ida
kechiriladigan   og’ir   hissiyotlarning   fiziologik   asosi   xuddi   eski   dinamik
streotipning   o’zgarishi,   uning   yo’qolishi   va   yangi   dinamik   streotipning
qat'iylik bilan hosil bo’lishidan iborat bo’lsa kerak".
Ayrim   murakkab   hissiyotlarning   asosida   dinamik   streotipning   yotishi
yaqqol   ko’rinadi.   Masalan,   estetik   hissiyotni   oladigan   bo’lsak,   biron
yoqimli   ko’ydan   lazzatlanish,   yoki   biron   mashhur   rassomning   ishlagan
ajoyib   suratlarini   tomosha   qilib,   rohatlanish   estetik   hissiyot   hisoblanadi.
Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo’lsak,
quyidagilarni   ko’rishimiz   mumkin.   Masalan,   bizga   juda   yoqadigan   kuy
boshqa   millat   odamiga   yoqmasligi   mumkin.   Bunda   ajablanishga   hech
qanday   o’rin   yo’q.   Biz   yoshlikdan   boshlab   mazkur   kuyni   bir   necha   yuz
marotalab   eshitib   borishimiz   natijasida   ana   shu   kuyga   nisbatan   deyarli
buzib bo’lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi.
Ana shuning uchun  ayrim  kuylar  bizga yoqadi, ayrimlari  esa  yoqmaydi.
Suratlar   masalasiga   kelganda   shuni   aytish   kerakki,   qadimgi   klassik
asarlar   ularning   ishlanish   uslubi   realligi   bizni   hayratda   qoldirib   zavq
tug’diradi.   Aksincha,   hozirgi   rassomlar   tomonidan   ishlangan   rasmlar
odamda   qandaydir   noxush   hissiyotni   tug’diradi.   Demak,   uzoq   yillar
davomida   yuzaga   keladigan   dinamik   streotiplar   ayrim   murakkab   qismni
tashkil qiladi.
Shunday   qilib,   hissiyot   vegetativ   nerv   tizimi   orqali   boshqariladigan
ichki   a'zo   faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lsa   ham   bari   bir   bosh   miya   po’sti orqali   idora   qilinadi.   Chunki   akademik   I.V.Pavlovning   fikricha,
odamning   butun   a'zoyi   badanida   bo’ladigan   har   qanday   hodisalarning
hammasini   bosh   miya   po’sti   qismidagi   neyronlar   idora   qiladi.   Ana   shu
jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’sti bilan
bog’liq. 
Inson va hayvonlardagi emotsiyalar
Odam his-tuyg’ulari bilan hayvon hissiyotlari o’rtasida juda katta farq
bo’ladi.   Odamda   juda   ko’p   miqdorda   his-tuyg’ular   borki,   bunday
hissiyotlar   hayvonlarda   uchramaydi.   Shuning   uchun   ham   odam   ham
xayvon   uchun   umumiy   bo’lgan   g’azablanish,   qo’rqish,   jinsiy   hissiyot,
qiziquvchanlik, xursandchilik,  g’amginlik emotsiyalari   hayvonlarda sifat
jihatidan   farq   qiladi.   Shu   o’rinda   S.Shexterning   emosional   faktorlarning
paydo bo’lishi kognitiv-fiziologik konsepsiyasini keltirib o’tish joiz.
Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog’liq
holda   namoyon   bo’ladi.   Emotsiyalarning   "insoniylashuvi"   shunday
namoyon bo’ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va
murakkabdir.   Odamlar   bilan   mehnat,   siyosat,   madaniyati,   oilaviy   hayot Fizik faktorlar (ta'sir 
etuvchi stimullar) Psixologik  (kognitiv) 
faktorlar:  xotira,  aktual 
qiziqish)  va  extiyojlar 
nuqtainazaridan 
vaziyatni baholash  
Emosional kechinma (fizik, fiziologik 
va psixologik omillar asosida)
Fiziologik omillar (nerv-muskul tizimini  
o'zgarishi) o’rtasida   paydo   bo’lgan   munosabatlarning   ko’pligi,   sof   insoniy
hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi. 
Ular   bolalarga   odob   bilan   javob   berishni,   suhbatdoshiga   ochiq
ko’ngillik   bilan   jilmayish,   keksalar   va   nogironlarga   hurmat   bilan   joy
berishni   o’rgatdi.  Odam  o’z  hissiyotlarini  o’zi   boshqaradi.  Ba'zi  kishilar
emotsiyalarini   yashirish   niyatida   qarama-qarshi   emotsiyalarni
ifodalaydilar. Masalan, qayg’urish yoki qattiq og’riq paytida kulimsirash,
kulgilari   kelgan   paytda   yuzlarini   jiddiy,   o’ychan   holga   keltira   oladilar.
Lekin   o’zining   imo-   ishoralari   va   mimikalarini   boshqara   olishga
qaraganda   nafas   olish,   qon   aylanish   va   ovqat   hazm   qilish   tizimidagi
o’zgarishlarni   ushlab   qolish   juda   qiyin   bo’ladi.   Odam   xayajonlangan
paytda   bir   maromda   nafas   ola   biladi,   ko’z   yoshlarini   ushlab   qola   oladi,
lekin   rangini   o’zgartirish   yoki   qizartirishga   qodir   emas.   Ammo
emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o’zini chalg’itishi mumkin. 
Hissiy holatlarning ifodalanishi
Hissiy   holatlarning   ifodalanishi   birinchidan,   ifodali   harakatlar   (yuz
ifodasi,   qo’l,   oyoq   harakatlari),   ikkinchidan   organizmdagi   turli
hodisalarni,   ya'ni   ichki   a'zolar   faoliyatining   va   holatining   o’zgarishida,
uchinchidan   tabiatda,   ya'ni   organizm   qon   tarkibidagi   va   boshqa
suyuqliklardagi   kimyoviy   o’zgarishlarni,   shuning   bilan   birga   modda
almashinuvida bo’ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi. 
His-tuyg’ularning  tashqi   ifodasiga   yuz   ifodasi,   imo-ishora,   vajohat   va
qaddu-qomatning o’zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati
(so’lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi  o’zgarishlarni
kiritish mumkin. Bunga nutqning faol  o’zgarishlari, "ovoz mimikasi"  va
gaplar   tarkibining   sintaksis   o’zgarishi,   "tutilmasdan   gapirish",   yoki   alo?
ida   "silliqlik"   hamda   "ifodalilik"ning   yuzaga   kelishi   nihoyat   hissiyot
o’zining   to’la   qisman   ifodasini   topadigan   xatti-harakatlarga   taalluqlidir.
Kishining   emosional   kechinmalari   vaqtida   nutqining   tezligi   o’zgaradi. Ko’pincha   nutqning   sintaksis   tuzilishi   buziladi,   tezligi   va   ahamiyati
o’zgaradi.   O’tkazilgan   tekshirishlar   shuni   ko’rsatadiki,   g’amginlik   va
ma'yuslik   hislarini   ifodalovchi   kishining   ovozi   beixtiyor   pasayib   ketadi,
so’zlashgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi.
Hislarni kechirish shakllari
Hissiyot   kechinmalari   turli   holatlarda   turlicha   tezlik   bilan   paydo
bo’ladi.   Ba'zan   hissiyot   to’satdan,   darhol   paydo   bo’ladi.   Masalan,   kishi
birdan   xursand   bo’lib   ketadi,   darhol   g’azabga   keladi,   achchiqlanadi   va
hokozo.   Lekin   ba'zan   shu   hissiyotlar   o’zi   dafa'tan   qo’zg’almaydi,   balki
asta-sekin   tug’ila   boshlaydi.   Shunday   hissiy   kechinmalarning   qay
darajada   tez   paydo   bo’lmasligini   belgilash   qiyin   yoki   butunlay   bilib
bo’lmaydi.   Emosional   kechinmalarning   kuchi   turlicha   bo’lishi   mumkin.
Hissiyotlarni   kuchi   avvalo   yoqimli   va   yoqimsiz   tuyg’ularning   naqadar
kuchli bo’lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar
ehtiros bilan kechirilganligi bilan belgilanadi. 
Hissiyotning   qo’zg’alish   xususiyatlari   paydo   bo’lish   yo’lini   kuchi   va
barqarorligi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Atrof-muhitning holati shu
paytdagi   ehtiyojlarning   kuchi   shu   xislat   tuzilishiga   sabab   bo’lgan
hodisalarning   shaxsiy   va   ijtimoiy   ahamiyatini   anglashi,   odamning
dunyoqarashi,   bu   xislat   qanday   vaziyatda   paydo   bo’lishi   va   o’tmishi
hamda   shaxsning   individual   xususiyatlariga   bog’liqdir.   Hislarning   ayni
vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror  bo’lishiga ko’ra his-tuyg’ularning
quyidagi turlari farqlanadi:   hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat
va boshqalar. 
Hissiy   ton.   hissiyot   ko’pincha   faqat   hissiy   tus   sifatidagi   ruhiy
jarayonlarning   o’ziga   xos   tomoni   tariqasida   namoyon   bo’ladi.   Yoqimli
suhbatdosh,   kulguli   voqea,   yoqimsiz   hid,   zerikarli   kitob,   ko’ngildagi
mashg’ulot,   hushchaqchaq   sayohat,   og’ir   ish   kabilar.   Hissiy   ton
tushunchasiga   ko’pgina   adabiyotlarda   turlicha   ta'riflar   uchraydi. Jumladan,   A.V.Petrovskiyning   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   hissiy
ton   sezgi   yoki   idrok   jarayonida   shaxsning   idrok   qilingan   narsa   va
hodisaga   munosabatini   ifodalovchi   maxsus   hissiy   bo’yoq   yoqimli   yoki
yoqimsiz   idrok   bilan   bog’langan   hissiyot,   deb   ta'riflanadi.   Professor
E.G’.G’oziev   tomonidan   hissiy   ton -u   yoki   bu   hissiyotning   inson
tomonidan   bevosita   kechirilishi   (kechishi)   jarayonidan   iboratdir.
Q.Turg’unov   lug’atida   hissiy   ton   -   hissiyot   sezgi   yoki   idrok   jarayonida
shaxsning   idrok   qilingan   narsaga   hodisaga   munosabatini   ifodalovchi
maxsus emosional  bo’yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi
yoki   idrok   bilan   bog’g’langan   hissiyot.   Masalan,   og’riq   bir   qator
qo’zg’ovchilar   yaqqol   ifodalangan     yoqimsiz   hissiy   ton   bilan   ajralib
turadi.   Ko’pincha   emotsiyalar   o’zining   ta'sirchanligi   bilan   bir-biridan
ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar  stenik  (yunoncha
so’zdan   olingan   bo’lib,   kuch   degan   ma'noni   anglatadi)   xususiyatli
deyiladi.   Bunda   emotsiyalar   dadil   xatti-harakatlarga,   mantiqiy
mulohazalarga,   nisbiy   izlanishlarga   kuch   quvvat,   qanoat   bag’ishlaydi.
Masalan,   xursandchilikdan   shaxs   "parvoz   qiladi",   "yulduzni   narvonsiz
oladi",   kimlargadir   xolis   yordam   qilishga   shoshadi.   Faollik   qilib,
tinchimaslik   uning   sifatiga   aylanadi.   Q.Turg’unov   lug’atida   stenik   hisga
quyidagi   ta'riflar   uchraydi:   stenik   hislar   -   shaxsning   hayot   faoliyatini
kuch-g’ayratining   orttiradigan   barcha   bilish   jarayonlarini
faollashtiradigan   ijobiy   hissiyot   turi.   Aksariyat   hollarda   xushxabar,
muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi. 
Ba'zi   hollarda   emotsiyalar   o’zining   sustligi,   motorli,   kuchsizligi   bilan
tavsiflanadi.   Bunday   hissiy   holat   astenik   (yunoncha   so’zdan   olingan
bo’lib,   kuchsizlik,   zaiflik   ma'nosini   bildiradi)   deb   atashadi.   Bunday
hissiyot   insonni   bo’shashtiradi,   uni   xayolga   cho’mdiradi,   xayolparast
qilib   qo’yadi.   Shu   sababdan   favqulotda   shaxsdagi   befoyda   emosional kechinmaga,   uyalish,   vijdon   azobi,   andisha   esa   qo’rqoqlikka   aylanib
qolishi xavfi kuchli. 
Psixik   jarayonlardan   ayniqsa,   emotsiya   o’zining   aniq   tashqi   ifodasiga
ega   bo’lishi   bilan   tavsiflanadi.   Emosional   o’zgarishlar   organizmning
tashqi  o’zgarishlarida shu qadar  yaqqol  ifodalanadiki, biz odamni  tashqi
ko’rinishiga   qarab,   unda   qanday   xususiyatlar   yuz   berayotganini,   uning
xursand yoki xafaligini, g’azablanganligini yoxud biror narsadan qo’rqib
ketganini   va   shu   kabi   his-tuyg’ularning   ko’pini   aytib   bera   olamiz.
Hissiyotlarning tashqi alomatlari  ifodali harakatlar  deb ataladi. 
Emotsiyalarning  tashqi   ifodasi   turli  ko’rinishlarda   ro’y  beradiki,  unda
asosiy o’rinni ko’rgazmali jihatlar asosiy o’rin egallaydi. 
Birinchidan,   emotsiyalar   nafas   olish   a'zolarining   ishlarida   o’zgarish
yasaydi. Masalan,  yoqimli his-tuyg’ular  ishga tushganda nafas olishning
tezligi   va   ampilitudasi   ortadi,   yoqimsiz   his-tuyg’ular   ustun   kelganda
kamayadi,   qo’zg’algan   vaqtida   nafas   harakatlari   tezlashadi   hamda
chuqurlashadi, zo’r berish vaqtida-sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon
vaqtida   tezlashadi,   hamda   kuchsizlashadi,   kutilmagan   holatda,   hayron
qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo’rquvda sekinlashadi va hokazolar. 
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi 
a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
b) faol xafalikda 9 marta; 
v) qo’rqishda 64 marta; 
d) jahl chiqqanda 40 marta. 
Ikkinchidan,   emotsiya   imo   -   ishoralarda,   mimikada,   ya'ni   kishining
yuzida   bo’ladigan   harakatlarda   hamda   butun   badanning   ma'nodor
harakatlarida ko’rinadi.
Uchinchidan ,   gumoral   harakatlardagi,   ya'ni   organizmning   qon
tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni
o’z tarkibiga oladi.
Demak,   emotsiyalarning   tashqi   ifodasiga   mimika,   imo-ishora,   aft-
bashara   va   qad-qomatning   o’zgarishlari,   ayrim   tashqi   sekresiya
bezlarining   faoliyati   yosh,   so’lak,   ter   ajralishi   hamda   ayrim
harakatlarning xususiyatlaridagi o’zgarishlar, ya'ni ularning tezligi, kuchi,
koordinasiyasi va hokazolar kiradi. 
Emotsiyalarning   eng   aniq   va   yaqqol   ko’rinishlaridan   biri   kulgi   bilan
yig’idir. 
L.N.Tolstoy   o’z   asarlarida   odamning   ruhiy   holatini   ifodalovchi
nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan.  "Har xil sabab
bilan   yig’lagan   paytda   odamning   boshi   va   og’zi   har   xil   qiyofada
o’zgaradi " - degan edi. Leanardo da-Vinchi.
Rus   psixologi   P.M.Yakobson   tomonidan   ishlangan   rasmlardan
ko’rinib   turibdiki,   odamning   aftidagi   qiyofa   asosan   lablar,   qosh   va   ko’z
o’zgarishlarining   bir-biriga   nisbatan   turlicha   holatga,   shuningdek,
ko’zning   qanchalik   chaqnab   turishiga   bog’liqdir.   Ko’zning   qanchalik
chaqnashi   ko’z   yoshining   miqdori,   ko’z   shilliq   pardasidagi   tomirlarning
kattalashuvi   bilan   belgilanadi.   Maskaning   tagida   ko’rinib   turgan   ko’z
o’zining  ifodasini  yo’qotgan  bo’ladi.  Ko’z,  lab,   qovoq,  qoshning  har   xil
holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi. 
Odam   hissiyotlarini   bildirishning   eng   nozigi   va   eng   kuchlisi   san'at,
xususan,   muzika   bilan   lirik   she'rlardir,   ularni   tom   ma'noda   hissiyotning
tili deyish mumkin.
Odam   o’zini   va   gavda   harakatlarini,   shuningdek   tovushni   ataylab
chiroyli   qilib   ko’rsatishi   mumkin.   U   garchi   "muayyan   hissiyotlarni   o’zi
kechirmayotgan   bo’lsa   ham   o’sha   hissiyotlarni   ifodalaydigan   harakatlar
qila oladi.  Har   bir   kishi   ham   o’z   hissiyotlarining   tashqi   ifodalarini   ma'lum
darajada   o’zgartirishi   mumkin.   Odamlarni   kundalik   muomalalarida
badanning xilma-xil ifodali xarakatlari, imo-ishoralar xususan, ko’z bilan
qilinadigan   imo-ishoralar,   tovushning   ohangi,   g’amginligi   muhim
ahamiyatga ega. Shunchaki bir xo’mrayish, salgina jilmayib kulish, yelka
qisish kabi ifodali harakatlar kishining maqsadini anglatadi. 
Kayfiyat   tushunchasiga   psixologik   manbalarda   turli   nuqtai   nazardan
yondashilgan   taqdirda   ham   mazmunan   ular   bir   xillikni   anglatadi.
Jumladan Q.Turg’unov lug’atida shaxsning kuchsiz yoki o’rtacha kuchga
ega   bo’lgan   nisbatan   barqaror   umumiy   emosional   holati,
A.V.Petrovskiyning   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   kayfiyatlar   ancha
vaqt   davomida   kishining   butun   xatti-harakatiga   tus   berib   turadigan
umumiy   hissiy   holatini   ifoda   etadi,   deb   ta'kidlanadi.   Professor
E.G’.G’oziev   fikricha,   kayfiyat   shaxsning   ruhiy   jarayonlariga   muayyan
vaqt   davomida   tus   berib   turuvchi   emosional   holatdir.   Kayfiyat,   ya'ni
odamning xursand yoki g’amgin kayfiyati hech vaqt sababsiz maydonga
kelmaydi.   Odam   bajarayotgan   biror   ishning   mavaffaqiyatli   tugashi   yoki
imtihondan   yaxshi   o’tish-   yaxshi   tetik   kayfiyatni   yuzaga   keltiradi.
Qilayotgan ishingizni oldinga yurmasligi yoki ishga berilgan yomon baho
odamda ma'yuslik, kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug’diradi. 
Kayfiyatning   xush   yoki   noxush   bo’lishi,   birinchi   navbatda   odamning
sihat-salomatligi   bilan   ham   bog’liqdir.   Masalan,   ichimiz   qattiq   og’rib
turgan vaqtda kayfiyat choq bo’lmaydi. 
Odatda   odamda   kayfiyatning   u   yoki   bu   turi,   ya'ni   xushchaqchaqlik
xursandlik yoki g’amginlik, ma'yuslik, tushkunlik ustun bo’lishi mumkin.
Ana shunga qarab odamlar xushchaqchaq, g’amgin, sertashvish deb turli
guruhlarga   bo’linadilar.   Lekin   shuni   aytish   kerakki,   odam   o’z
kayfiyatining   quli   bo’lib,   qolmay,   uni   boshqara   bilishi   kerak.   O’z
kayfiyatini idora qila biladigan odamlarning har doim ruhi tetik, kayfiyati chog’ va ishida unum bo’ladi. Kayfiyatni idora qila olmaydigan odamlar
bilan   yashash   juda   qiyin   bo’ladi.   Bunday   odamlar   arzimagan   narsadan
kayfiyatini   buzib,   to’msayib   yuradigan   yoki   arazlab   yotadigan   odamlar
bo’ladi.   Bunday   odamlarni   odatda   "sirkasi   suv   ko’tarmaydigan"   yoki
"jahli burnini uchida turadigan" odamlar deyishadi. Agar odam har doim
o’ylab,   aql   bilan   ish   tutsa,   kayfiyatini   bo’lgan   bo’lmagan   narsalarga
buzavermaydi.
Inson   kayfiyatini   paydo   bo’lishiga   va   o’zgarishiga   ta'sir   qiluvchi
quyidagi   ikkita   omillarni   tahlil   qilish   lozim:   Ulardan   bittasi   ob'ektiv   va
sub'ektiv   xususiyatli   vaziyatdir:   a)   tabiiy   omillarga   taalluqli   bo’lgan
vaziyat (havoning sovuqligi yoki issiqligi); b) shaxslararo munosabatning
noqulayligi   va   boshqalar.   Ikkinchisini   bir   manba   sifatida   talqin   qilish
mumkin,   bu-sub'ektiv,   shart-sharoitlardir.   Masalan,   mehnat   va   o’qish
faoliyatiga   kerakli   vositalarning   mavjudligi.   Ichkikkinchi   sub'ektiv
munosabatlar,   iliq   psixologik   muhit,   muloqatmandlik   maromi,
rag’batlantirish,   muloqot   o’rnatish   uslubi,   shaxsiyatiga   tegmaslik,   teng
huquqlilik, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokozo.
Affekt   tushunchasiga   berilgan   ta'riflarga   asosiy   e'tiborni   qaratadigan
bo’lsak   bu   ham   shaxsning   kuchli   emosional   holatlari   bilan   bog’liqdir.
Q.Turg’unovning lug’atida aytilishicha, affekt tez va kuchli paydo bo’lib,
shiddat   bilan   o’tadigan   qisqa   muddatli   emosional   holatdir.
A.V.Petrovskiyning   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   affekt   haddan
ziyod   tez   kechishi   bilan   miyada   paydo   bo’luvchi,   shaxsni   tez   qamrab
oluvchi,   jiddiy   o’zgarishlarni   yuzaga   keltiruvchi   jarayonlar   ustidan
irodaviy   nazorat   buzilishiga   yetaklovchi   organizm   a'zolari   funksiyasini
izdan chiqaruvchi emosional jarayonlarga aytiladi. M.Vohidov darsligida
affekt   to’satdan   tez   paydo   bo’lib,   tez   orada   o’tib   ketadigan   nihoyatda
kuchli hissiy holat sifatida e'tirof etiladi.  Affekt   lotincha   so’z   bo’lib,   ruhiy   hayajon   ehtiros   degan   ma'noni
anglatadi.   Affektlar   ko’pincha   to’satdan   paydo   bo’ladi   va   ba'zan   bir
necha minut  davom  etadi. Affekt holatida kishini ongini tasavvur  qilish,
fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning
harakatlari kutilmagan tarzda portlash singari birdaniga boshlanib ketadi.
Ba'zan   affektlar   tormozlanish   holati   tarzida   namoyon   bo’ladi   va   bunday
holatda   organizm   bo’shashib,   harakatsiz   bo’lib   va   shalvirab   qoladi.
Bunday   holat   ko’pincha   odam   birdaniga   qo’rqqanida,   to’satdan
quvonganida   va  shu   kabi   holatlarda   o’zini   yo’qotib  qo’yish   ko’rinishida
namoyon bo’ladi. 
Affekt   holatini   boshlanishida   shaxs   insoniy   qadriyatlarning
barchasidan   uzoqlashib,   o’z   hissiyotining   oqibati   to’g’risida   ham
o’ylamaydi,   hatto   tana   o’zgarishlari,   ifodali   harakatlar   bilinmay   boradi.
Kuchli   zo’riqish   oqibatida   mayda   kuchsiz   harakatlar   barham   topadi.
Tormozlanish   miya   yarim   sharlari   po’stini   to’liq   egallay   boshlaydi,
qo’zg’alish po’stloq osti nerv tugunlaridan oraliq miyada avj oladi, xolos.
Buning   natijasida   shaxs   hissiy   kechinmasiga   (dahshat,   g’azab,
nafratlanish,   umidsizlik   va   hokazolar)   nisbatan   o’zida   kuchli   hohish
sezadi. 
Ma'lumotlarning   ko’rsatishicha   ko’pincha   hissiyotlar   affektiv   shaklda
o’tishi   tajribalarda   sinab   ko’rilgan.   Jumladan:   1)   teatr   tomoshabinlarida;
2)   tantana   nashidasini   surayotgan   olomonlarda;   3)   es-xushini   yo’qotgan
telbasimon   odamlarda;   4)   ilmiy   kashfiyot   laxzasida;   5)   tasodifiy   qizg’in
uchrashuvlarda, jo’shqin shodliklarda  mujassamlashadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o’zini
tushunish,   o’zini   qo’lga   olish,   uddalash   qurbiga   ega   bo’ladi.   Ularning
keyingi   bosqichlarida   irodaviy   nazorat   yo’qotiladi,   irodasiz   harakatlar
amalga   oshiriladi,   o’ylamasdan   xatti-harakat   qilinadi.   Affektiv   holatlar
ma'suliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo’ladi, lekin shaxs har   bir   harakati   uchun   javobgardir,   chunki   u   aql-zakovatli   insondir.
Affektlar   o’tib   bo’lgandan   keyin   shaxsning   ruhiyatida   osoyishtalik,
charchash   holati   hukm   suradi.   Ba'zi   hollarda   holsizlanish,   barcha
narsalarga   loqayd   munosabat,   harakatsizlik,   faollikning   barham   topishi,
hatto   uyquga   moyillik   yuzaga   keladi.   Shuni   ham   unutmaslik   kerakki,
affektiv   qo’zg’alish   muayyan   davrgacha   davom   etishi,   ba'zan   o’qtin-
o’qtin kuchayishi yoki susayishi sodir bo’lib turishi mumkin. 
Stress   tushunchasining   mazmuni   mohiyati   borasida   qator   ta'riflar
uchraydi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiy   tomonidan   stress-ffektiv   holatga
yaqin   turadigan,   lekin   boshdan   kechirilishining   davomiyligiga   ko’ra
kayfiyatlarga   yaqin   bo’lgan   his-tuyg’ularni   boshdan   kechirilishining
alohida   shaklidir,   deb   ta'rif   beriladi.   Profssor   E.G’ozievning   umumiy
psixologiya   kitobida   yozilishicha,   stress-og’ir   jismoniy   va   murakkab
aqliy   yuklamalar   ishlarning   me'yoridan   oshib,   ketib   xavfli   vaziyatlar
tug’ilganida,   zaruriy   chora-tadbirlarni   zudlik   bilan   topishga   intilganda
vujudga keladigan hissiy zo’rig’ishlar sifatida ko’rsatiladi. 
Stress   -  inson   organizmini  haddan   tashqari   zo’riqish   natijasida  paydo
bo’ladigan tanglik jarayonidir. 
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: 
1. Konstruktiv  - biz turidagi (ko’pchilik orasida); 
2. Destruktiv   -   men   turidagi   (yakka   shaxs   o’zi   bilan)   kechadigan
jarayon.
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bo’lsak, bu insonlarda kechadigan
tushkunlik  holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress
holati   bo’lmasligi   mumkin   emas.   Bular   ko’p   hollarda   muloqotlarda   va
boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi. Stressni fiziologik va psixologik
turlari mavjud.  Fiziologik stress  - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq,
qo’rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi.  Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi, temperaturaning baland yoki
past bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan,
ba'zida odam  organizmida qattiq og’riq bo’lganda, og’riq nimadan kelib
chiqqanligini   tushunib   yeta   olmaslik   oqibatida   odamda   qo’rquv,
xavotirlanish paydo bo’ladi va stress holatiga olib keladi.
Psixologik   stress -odamning   ruhiy   holatiga   voqealarni   ta'siri   tufayli
paydo bo’ladigan stress .
Psixologik   stress   informasion   stress   va   emosional   stress   turlariga
ajraladi. Informasion stress axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish
vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi
birini   tanlash   yuqori   darajadagi   shiddat   bilan   qaror   qabul   qilishdagi
ikkilanishi   natijasida   kelib   chiqishi   mumkin.   Axborotlarni   haddan
tashqari ko’p qabul qilish oqibatida odam psixikasi zo’riqadi (charchaydi)
va   buyrak   usti   bezlaridan   stressli   garmonlar   ko’p   ishlab   chiqara
boshlaydi. Haddan tashqari zo’riqish natijasida miyada tormozlanish yuz
beradi   va   oqibatda   tanglikka   olib   kelgan   axborotgina   miyada   aks
etaveradi.   Miya   boshqa   axborotlarni   tashqi   ta'sirni   qabul   qila   olmay
qoladi. Bu ba'zi  hollarda salbiy  yomon oqibatlarga olib kelishi  mumkin.
Miyada   stressga   olib   kelgan   axborot   tormozlanib,   saqlanib   qolganda
tanglik   holatining   yuqori   nuqtasiga   chiqqanda   tanglik   holatidan   chiqib
ketolmay o’z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin. 
Emotsional   stress -ta'qiq   qilish,   falokat,   hayotiy   o’zgarishlar   (oilaviy
mojarolar,   to’satdan   ishdan   bo’shatish   yaqin   kishisini   yo’qotish,   uzoq
muddatli   sevgidan   qutila   olmaslik   sababli,   xavf   ostida   qolganda,
atrofdagilar   tomonidan   noto’g’ri   munosabat   qilinganda   va   hokazolarda)
ko’rinadi. 
Olimlar   o’tkazgan   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   falokat,   hayotiy
o’zgarishlar, kundalik tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi.  Falokat   -   bu   notinchlik,   urush,   yer   qimirlash,   suv   toshqinlari,
avtohalokatlar   va   hokazo.   Bularning   hammasi   inson   ruhiy   holatiga   juda
katta   salbiy   ta'sir   ko’rsatadi.   Olimlar   shuni   ta'kidlashadiki,   qattiq   yer
qimirlashi,   suv   toshqinlari,   yong’in   bo’lishi   kabi   falokatlarning   inson
ruhiyatiga   katta   ta'sir   ko’rsatishi   natijasida   xavotirlanish   darajasi   yuqori
bo’lishi kuzatiladi. 
Hayotiy   o’zgarishlar   -   bu   insonni   hayotida   yuz   beradigan   voqea   va
hodisalardir. Masalan, yaqin kishisining halok bo’lishi, kutilmaganda ish
o’rnini   yo’qotishi,   ajralishlar   va   hokazo.   Agarda   inson   bir   qancha
inhirozli   vaziyatni   boshidan   o’tkazsa,   qattiq   kasallanishi   va   hattoki
o’limga ham olib kelishi mumkin.
Kundalik tashvishlar  - bu ish joylarida sodir bo’ladigan qiyinchiliklar,
o’qish   joylaridagi   o’quvchilarning   o’quvchilarga,   o’qituvchilarning
o’qituvchilarga   noto’g’ri   munosabatda   bo’lishlari,   imtihonlarni
muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va hokazolarda namoyon bo’ladi. Kundalik
tashvishlar   mayda   stresslarni   kelib   chiqishiga   sabab   bo’lishi   mumkin,
mayda   stresslar   to’planib   borib   inson   sog’liqiga   ta'sir   ko’rsatadi.
Jumladan,   qon   bosimining   oshishi,   yurak   faoliyatining   buzilishi   va
boshqalarda   kuzatilishi   mumkin.   Doimiy   yuz   berib   turadigan   kundalik
tashvishlar,   aqliy,   jismoniy,   emosional   va   ruhiy   zo’riqishga   olib   kelishi
mumkin 
Stress   ayrim   odamlarda   yengil   kechadi,   ayrim   odamlarda   jiddiyroq,
qiyinroq   o’tadi.   Bunga   asosiy   sabab   quyidagilar   deb   belgilanadi:   uning
hosil  bo’lishi  stressli  vaziyatga qay darajada munosabatda bo’lishimizga
va   bu   holatni   baholashimizga   va   u   bilan   kurashishimizga   bog’liqdir.
Masalan, optimist odamlar stress holatini taqdirning bir sinovi deb qabul
qilsa,   pessimist   odamlar   uning   hayotiga   xavf-xatar   tug’ildi,   deb   qabul
qilar ekanlar. Pessimistlarda xavotirlanish darajasi yuqori bo’ladi va ular
vaqtida   ovqatlanmasalar   ham   stress   holatiga   tushib   qolaveradilar. Psixologlar  Maykl Shayer  va  Marlz Karver  fikricha, optimist inson eng
og’ir,   qiyin   vaziyatda   ham   yaxshi   deb   oldinga   intiladi,   o’z   organizmida
stress moslashib olishiga yo’l qo’ymaydi. 
Umuman   olganda   stress   atamasi   XX-asrning   40-yillariga   kelib
ommaviylashgan. Bunga sabab stress holatini to’g’ri tushunish va undan
himoyalanishni   o’rganish,   chunki   stress   turli   salbiy   munosabatlar
natijasida vujudga kelishi mumkin. 
Birinchi   bo’lib   stress   bo’yicha   1932   yili   fiziolog   Uolter   Kennon   va
1936   yilda   vrach   Gans   Sele   chuqurroq   tushuncha   berishga   harakat
qilganlar.   U.Kennonning   gomeostaz   nazariyasi   asosida   1933   yilda
"Psixika   va   tana"   asari   yaratildi.   Bu   asarda   barcha   tashqi   sharoit
o’zgarishlariga   optimal   (to’la)   moslasha   oladigan   bir   yaxlit   organizm
haqida   yozilgan.   Organizmdagi   turli   o’zgarishlar,   ya'ni   ochlik,   qo’rquv,
jahldorlik holatlarini ko’p yillar kuzatib o’rganish natijasida "gomeostoz"
ya'ni   organizmni   ichki   holatini   davomiyligi   nazariyasi   yaratildi.   Uning
fikricha,   gemostoz   va   tashqi   muhit   ta'sirida   asosiy   o’rinni   markaziy   va
vegetativ nerv tizimi egallaydi. Markaziy nerv tizimi tashqi-muhit, bilan
vegetativ   nerv   tizimi   esa   gemeostoz   holatini   saqlab   turadi.   Bundan
organizmni "qochishi  va kurashishi" u1chun energiya ishlab chiqaruvchi
simpatoadrenal tizimi muhim rol o’ynaydi
U.Kennon   yana   shuni   ta'kidlab   o’tadiki,   organizmni   stressga   qarshi
kurashish   yoki   qochish   vaqtida   yurak   urishi   tezlashadi,   qon   aylanishi
buziladi,   ya'ni   maqsadga   intilish   uchun   tayyorgarlik   ko’rishda
organizmda   qochish   va   kurashish   kechadi.   Bu   reaksiyani   u   organizmni
moslashish tizimi deb ataydi.
Kanadalik olim vrach  G.Sel’e  (1936-1976 yillar) o’zini 40 yillik ilmiy
izlanishlari   bilan   U.Kennon   nazariyalariga   qo’shimchalar   kiritib,   stress
psixologiya   va   tibbiyotda   asosiy   tushunchalarda   biri   ekinligini   aytib
o’tgan.   G.Sel’e   stress   har   doim   ham   zararli   emas,   ba'zan   inson organizmiga   yordam,   ko’mak   foyda   berishi   mumkin.   Ayrim   hollarda
stressga   tushib   qolganda   odam   yashash   uchun   kurashish   o’z   ehtiyojini
qondirish   uchun   faollashib,   o’zi   bilmagan   zahiradagi   energiyasini   ishga
solishi mumkin degan. U tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga
moslashuvchanlik muammosini o’rganib chiqqan. 
G.Sel’eni   fikricha,   shu   sabablar   muhim   va   nomuhim   stressni   keltirib
chiqaradi. Bu vaziyatlar bir-biriga bog’liqdir. Bunda 3 bosqich ajratiladi. 
-  xavotirlik bosqichi;
- moslashish bosqichi;
- o’ta charchash bosqichi.
Xavotirlik bosqichida  taloqning kichrayishi, yoq qavatining yo’qolishi,
oshqozonda   o’tkir   yallig’lanishning   sodir   bo’lishi,   buyrak   tepasida
likosidlarning   kamayishi   kuzatiladi.   Shu   bilan   birga   teri   jarohatini
pasayishi,   ko’z   yoshlanishi,   so’lakning   ajralishi   kuzatiladi.   Agarda   ta'sir
kuchli bo’lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi. 
Moslashish   bosqichida   buyrak   usti   bezlari   kattalashadi,   organlar   va
to’qimalarning   ishlashi     sekinlashadi.   Agar   stressni   keltirib   chiqaruvchi
omil   organizmga   kuchli   ta'sir   etsa   etmasa   shu   holat   uzoq   vaqt   saqlanib
qoladi. Agar ta'sir kuchli bo’lsa, uchinchi bosqich boshlanadi. 
O’ta   charchash   bosqichi   -   organizmda   kuzatilayotgan   yutuqlarga
ko’ra   bosqich   xavotirli   bosqichga   yaqin.   Bunda   odatda   organizm
kasallanadi. 
Chet   el   mualliflari   asosan   ijtimoiy,   psixik   va   fiziologik   stress
shakllarini ajratadilar. Ularning fikricha,  ijtimoiy stress  asosida shaxsning
ijtimoiy,   iqtisodiy   yashash   sharoiti   yotadi.   Ijtimoiy   ziddiyatlar   doimiy
o’ziga ishonmaslik va keskinlikni yuzaga keltiradi.
Yuksak hislar
Hissiy   jarayonlarning  har   xil   shakllari   normal   odamda   alohida,   yakka
holda mavjud bo’lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar   yuksak
hislar   deyiladi.   Yuksak   hislar   o’z   tarkibiga   birinchi   soddaroq
ko’rinishdagi turli hislarni oladi. 
Inson   faoliyatining  qaysi   bir  turi,  yoki   qaysi  bir   sohasi,   hislarni   qaysi
birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik
, axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi. 
Praksik   hislar .   Inson   amaliy   hayotining   istalgan   sohasi   maqsadga
muvofiq   aqliy   faoliyatiga,   shaxsning   ularga   nisbatan   muayyan
munosabatda bo’lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror
maqsadni   anglabgina   qolmay,   uni   e'tirof   etadigan   yoki   inkor   qiladigan
maqsadlarga   erishish   yo’llarini   baholaydigan   ta'sir   qilish   usullari   va
ko’lamlarini   ma'qullaydigan   va   ma'qullamaydigan,   ularni   to’g’ri
tanlanganligiga   shubhalanadigan,   nihoyat   muvaffaqiyat   yoki
muvaffaqiyatsizlik   hissini   kechiradigan   mehnat   faoliyatida   kuzatiladi.
Mehnat inson hayotining asosi bo’lib, insonning mehnatga bo’lgan hissiy
munosabati yuksak hislar orasida muhim o’rinni egallaydi,
Mehnat faoliyatida shaxs: 
1 . Biror maqsadni anglaydi.
2. Uni e'tirof qiladi yoki inkor etadi.
3. Maqsadga erishish yullarini baholaydi.
4. Uni   tadbiq   etish   usullari   va   qurol   vositalarini   ma'kullaydi   yoki
ma'qullamaydi.
5. Ularning tanlanganligiga shubhalanadi.
6. Inson   muvaffaqiyat   yoki   muvaffaqiyatsizlik   hissini   kechiradi   va
hokazo.
Axloqiy   hislar   odamning   boshqa   kishilarga,   jamoa   va   o’zining
ijtimoiy   burchlariga   bo’lgan   munosabatlarida   ifodalanadi.   Inson   bu
hislarni kechirar  ekan, ma'lum axloqqa, ya'ni  ijtimoiy axloq-qoidalari  va
normalari   majmuiga   asoslanib,   boshqa   kishilarning   xatti-harakatlariga yoki   ruhiy   hususiyatlariga   hamda   o’zining   xatti-harakatlariga   baho
beradi.
Shaxsning   yetakchi   axloqiy   hislaridan   biri   bu   burch   hissidir.   Bu   his
odam   yashab   va   ishlab   turgan   tor   doiradagi   jamoa   (oila,   maktab,   ishlab
chiqarish,   korxona)   manfaatlari   nuqtai   nazaridan   turib,   harakat   qilish
lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Odam o’zining ijtimoiy burchlari
nimalardan   iborat   ekanligini   bilib   va   tushunibgina   qolmay,   balki   ularni
bajarish   zarurligini   ichdan   his   qilib   qayg’uradi.   Kishilar   hayoti   va
faoliyatida   o’zaro   yordamlashish,   hamjihatlik,   intilish   va   manfaatlar
birligiga asoslangan o’rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. 
O’rtoqlik   munosabatlarining   yuksak   cho’qqisi   do’stlik   hissida
namoyon   bo’ladi.   Do’stlik   hissi   o’rtog’iga   mehribonlikda   uni   ko’rish   u
bilan   gaplashish   o’z   fikr   hislari   bilan   o’rtoqlashishda   namoyon   bo’ladi.
Haqiqiy   do’stlik   hissi   do’stga   nisbatan   yuksak   talabchanlik   bilan
bog’liqdir.   Xato   va   kamchiliklarni   tuzatishga   ham   yordam   berish,
do’stlikka yaqin bo’lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir. Muhabbat
jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy psixologik asosi hisoblanadi.
Agar   odamning   jamiyatdagi   xatti-harakatlari   axloq   normalariga
mutlaqo   zid   bo’lsa,   odam     vijdon   azobiga   uchraydi.   Vijdon   azobi
murakkab   hissiy   holatdir.   Mobodo   odam   biror   axloqsiz   harakat   qilib,
vijdon azobiga uchrasa, undan qutilishi juda qiyin bo’ladi. Chunki vijdon
azobiga   uchragan   odam   jamiyat   oldida   o’zining   nohaqligini   biladi   va
o’zini-o’zi   so’roq   qila   boshlaydi.   Shuning   uchun   odam   o’zidan-o’zi
qochib   qutila   olmagandek,     vijdon   azobidan   ham   hech   qachon   qochib
keta olmaydi.
Ma'lumki,   vijdon   azobi   kishining   qalbida   chuqur   ichki   kurash   hissini
tug’diradi. O’z xatti-harakatida axloq tamoyillariga amal qilmagan, uyati
ham   vijdoni   bo’lmagan   kishilarni   "vijdonsiz"   odamlar   deyiladi.   Kishi
yomon bir ish qilib qo’yganligi bu kishining o’ziga munosib emasligini, anglashi bir tomondan vijdonini qiynaydi, vijdon azobiga soladi, ikkinchi
tomondan axloq talablariga xilof ish qilish bilan boshqalardan malomatga
qolishni,   ularni   o’rniga   nisbatan   salbiy   xislat   paydo   qilishni   ham
tushunadi.   Masalan,   mazkur   jarayonga   quyidagi   misolni   keltirib   o’tish
joiz.   AQSH   prezidenti   R.   Trumen   1945   yili   6   avgustda   Yaponiyaning
Xirosima   va   Nagasaki   shaharlariga   atom   bombasini   tashlashga   buyruq
bergan edi. Amerikaning birinchi darajali uchuvchisi Mayor Klod   Izerli
Xirosimaga atom bombasini tashlab 300 000 kishini yostig’ini quritishda
ishtirok   etdi.   Atom   bombasi   zarbidan   o’lgan   yosh   bolalarni   qariyalarni,
xotin-qizlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan Izerli vataniga qaytganda "Xirosima
qahramoni"ni sifatida uni tantana bilan kutib olishadi.
Izerlini   vijdon   azobi   kundan   kunga   battarroq   qiynay   boshladi.   U
vijdonini tinchitmoq uchun nafaqadan, hamma mukofatlardan voz kechdi,
o’ziga   berilgan   ordenlarni   qaytarib   bermoqchi   bo’ldi.   Pul   to’plab
Xirosimaga   yordam   yubordi.   Ammo     vijdon   azobi   hamon   uni   ezardi,
ta'qib   qilardi,   kechalari   uxlolmasdan   o’zini   o’zi   o’ldirishga   urinib
ko’rardi.   Ammo   natija   chiqmadi,   zora   qamasalar,   deb   jinoyat   qildi.
Nihoyat   Klod   Izerli   aqldan   ozibdi,   deb   uni   jinnixonaga   yotqizdilar.  
Estetik   hislar   ham   yuksak   ahloqiy   hislardan   hisoblanadi.   Estetik   his
deganda biz go’zallikni idrok qilish, go’zallikdan zavqlanish va go’zallik
yaratishga   intilishni   tushunamiz.   Estetik   hissiyot   hamma   odamlarga   xos
bo’lgan   hissiyotdir.   Atrofdagi   tabiat   manzaralari   estetik
hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. Masalan, bahor faslidagi
tog’   manzaralari   yaylovlarda   qo’y   va   qo’zichoqlarning   o’tlab   yurishlari,
baland   qorli   qoyalarni   uzoqlardan   mag’rur   turishlari   odamda   estetik
lazzatlanish   hissini   tug’diradi   yoki   xuddi   dengizdek   ko’z   ilg’amaydigan
ko’m-ko’k   paxtazorlar   uzoqlarda   chiroyli   bo’lib   ko’rinib   turgan   dala
tepaliklari odamda qandaydir ko’tarinki ruh tug’diradi.  Odamlar hayotning turli faktlariga va ularning san'atini  aks ettirishiga
qandaydir   go’zallik   yoki   xunuklik   fojiali   yoki   kulguli,   oliyjanoblik   va
razillik,   nozik  yoki   dag’al   hodisalar   sifatida   munosabatda   bo’ladilar.   Bu
hislar   tegishli   baholarda   estetik   didlarda   namoyon   bo’ladi   va   o’ziga   xos
badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi. 
Estetik   hissiyotlarning   manbalari   juda   ko’p   va   xilma-xildir.   Masalan,
tabiat   manzaralaridan   lazzatlanishdan   tashqari   tasviriy   san'at   asarlari,
badiiy-adabiy   asarlar,   muzika   va   xaykaltaroshlik,   arxitektura   va
me'morchilik   ishlari   ham   odamda   estetik   hisni   tug’diradi.   Bundan
tashqari   odamlarning   o’zaro   bir-birlari   bilan   bo’lgan   munosabat   va
muomalalari ham estetik hissiyotlarning manbalari bo’la oladi. Odamning
kiyinishi, uyining tutishi, qanday jihozlanish, boshqalar bilan muomalasi
ham   estetik   hislarimizning   manbai   bo’la   oladi.   Masalan,   dag’al
gaplashadigan   kishidan   odam   nafratlanadi,   aksincha   muomalali,   gapni
o’rinli   va   madaniyatli   qilib   gapiradigan   kishidan   odam   zavqlanadi.
Shunday   odamlarga   taqlid   qilgisi   keladi.   Umuman   odamning   estetik
hissiyotlari ko’p manbalarga ega bo’lgan murakkab hissiyotlardandir. 
Intellektual   hissiyotlar   ham   o’z   mohiyati   jihatidan   ahloqiy
hissiyotlarga   yaqin   bo’lgan   hissiyotlardir.   Intellektual   hissiyotlar
odamning   bilish   jarayoni   bilan   bog’liq   bo’lgan   hissiyotlar   bo’lib,   biror
narsadan   hayron   qolish,   hayratda   qolish,   shubhalanish   kabi   holatlarda
ifodalanadi.   Intellektual   hissiyotlarga   dastavval   ajablanishni   kiritish
mumkin.   Ajablanish   inson   bilish   faoliyatining   ajralmas   tomonidir.
Ajablangan   va   qandaydir   tushunib   bo’lmaydigan,   hayratda   qoldiradigan
emotsiyalarga   berilib   qolgan   odam   o’zining   bilish   ehtiyojlarini
qondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish  hissi  bilan bir vaqtda
amalga   oshirish   mumkin.   Bu   his   odam   faol   bilish   faoliyati   orqali   hosil
qilgan   g’oya   hamda   e'tiqodlarni   hayotga   tadbiq   qilish   uchun   bo’lgan
kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo’ladi. Nazorat savollari
1. Iroda tushunchasining mazmunini izohlang? 
2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari nimalarda ko’rinadi? 
3. Iroda nazariyalarining mohiyatiga ta'rif bering? 
4. Irodaviy akt va uning tuzilishini mazmunini ko’rsating? 
5. Shaxsning irodaviy sifatlariga nimalar kiradi? 
6. Irodaning individual xususiyatlarining mazmunini izohlang?
7. Hissiyot tushunchasining mazmunini izohlang? 
8. His-tuyg’ularning vazifalari nimalarda ko’rinadi? 
9. Hissiy holatlarning fiziologik asoslarini nima tashkil qiladi? 
10. Insoniy   emotsiyalar   va   hayvonlardagi   emotsiyalar   o’rtasidagi
farqni izohlang? 
11. Hissiy holatlarning ifodalanishini qanday izohlaysiz? 
12. Hislarni kechirish shakllarini qanday baholaysiz?

Mavzu. Iroda va hissiyot Reja 1. Iroda haqida tushuncha 2. Irodaviy akt va uning tuzilishi 3. Shaxsning irodaviy sifatlari 4. Hissiyot haqida tushuncha 5. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari 6. Hissiy holatlarning ifodalanishi 7. Hislarni kechirish shakllari 8. Yuksak hislar

Iroda haqida tushuncha Ma'lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o’zgaradi. Shu bois o’z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o’z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o’z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o’zgartiradi, qayta quradi va o’ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo’l va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi. Odam faqat o’ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi. Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o’zgartirib o’ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo’shadi, voqelikni o’zgartiradi va to’ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat'iy bir maqsadsiz, ko’pincha impul'siv tarzda, ya'ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, aks urish, ko’z qovoqini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba'zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok,

ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda - bu kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta'riflanadi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha, iroda - shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qat'iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida iroda -bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining ko’rinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Maqsad va unga erishishiga intilish Maqsadga erishish imkoniyatlarini topish Motivlarni paydo bo'lishi va imkoniyatlarni mustahkamlash. Motivlar kurashi va tanlash. Biror fikrni qabul qilish Qabul qilingan qarorni amalga oshirish Irodaviy harakatlar bosqichlari

Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo’lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo’lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o’qishni davom ettira beradi. Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to’la-to’kis determinizmga, ya'ni sababiy bog’lanish qonuniga bo’ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo’lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob'ektiv jihatdan bog’langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog’liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to’la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko’p

jihatdan o’zini ma'lum sharoitda anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashi mumkin. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o’ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakat deb bo’lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo’lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so’ng hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qoniqishga butun e'tiborini qaratishdan iboratdir. Ko’p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish emas, balki o’z-o’zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo’zg’aluvchan, sust kishilarga xos bo’lib, o’zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi. Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o’zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Irodaning nerv-fiziologik asoslari Irodaviy ya'ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stlog’ida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: "Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog’da xuddi shu sharoitning o’zida ma'lum darajada optimal (har holda o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga ega bo’lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat". Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liqdir. Ma'lumki, odam ayrim