KATTAQO’RG’ON SUV OMBORI IKKIPALLALI VA QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR EKOLOGIYASI
KATTAQO’RG’ON SUV OMBORI IKKIPALLALI VA QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR EKOLOGIYASI Mundarija Kirish...........................................................................................................................................2 1.bob. Ikkipallali mollyuskalarning umumiy tasnifi.............................................5 1.1. Mallyuskalar tipiga qisqacha tasnif . Ikkipallalilar va Qorinoyoqlilar Samarqand viloyatining fiziko – geografik tasnifi va unda Kattaqo’rg’on suv omborining geografik o’rni................................................................................................................................................6 1.2. Qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tasnifi...................................................7 1.3. Samarqand viloyating fiziko - geografik tasnifi .................................................8 1.4. Kattaqo‘rg‘on suvomborining geografik o‘rni..................................................13 2.bob. Kattaqo‘rg‘on suvombori molluskalarning o‘rganish tarixi materali va uslublari ..............................................................................................................................15 2.1. O‘rganilish tarixi............................................................................................................15 2.2. Materali. ...........................................................................................................................18 2.3. Uslublari............................................................................................................................18 3.bob. Kattaqo‘rg‘on suvombori molluskalarining ekologo - faunistik tarkibi: Ikkipallalilar va qorinoyoqlilarning suv chuqurliklari, biotoplararo va ekologik komplikslari bo‘yicha tarqalishi.............................................................20 3.1. Mollyuskalarning faunistik tarkibi........................................................................20 3.1.1. Ikkipallalilar sinifi – Bivalvia................................................................................22 3.1.2. Qorinoyoqlilar sinifi – Gastropoda....................................................................43 3.2. Mollyuskalarning suv chuqurliklari, biyotoplari aro va ekologik komplikslari bo‘yicha o’rganish......................................................................................54 3.3. Mollyuskalarning xo‘jalikdagi ahamyati: Ozuqa zanjiridagi o‘rni suvlarni tozalashdagi roli va zararini taxlil qilish...................................................55 Xulosalar ...................................................................................................................................56 1
Tavsiyalar..................................................................................................................................57 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati................................................................................57 Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Mollyuskalar umurtqasiz organizmlarning eng katta tipidir.Ular sonining ko‘pligi jihatdan hashorotlar sinifidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi Mollyuskalar ning har tomonlama urganish ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega ularning qattiq chig‘onoq qoldiqlari 1) Birinchidan qadimiy yer qatlamlarida ko‘p saqlanib, bizga yerning rivojlantirishi tarixidan darak beradi. 2) Ikkinchidan ko‘p organizmlar baliqlar suv osti kemiruvchilari suduralib yuruvchilar suv va suv osti qushlari uchun ozuqa manbayidir. 3) Uchunchidan ulardan ikkipallali turlari iflos suvlarni filtirlashda ishtirok etib yani biologik indikator organizmlar xisoblanadi. Bu organizmlarning soni suv osti biyosenozlariga suv tipi uning sofligi kabi ekologik muammolarga bog‘liq. 4) To‘rtinchidan ularning bir necha o‘nlab turlari nafaqat o‘simliklar zararkunandalaridir, balki og‘ir gelmintoz kasalliklarini yuqturuvchilar xamdir. Bunday omillarni malum hududda o‘rganish malyuskalarning suv biyotsenozlardagi urni yanada mukammalroq taxlil qilinishga o‘z hissasini qo‘shadi. Tadqiqotning maqsadi: Kattaqo‘rg‘on suvombori ikkipallali va qorinoyoqli malyuskalarning ekologiyasini urganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari : 1.Kattaqo‘rg‘on suvombori ikkipallali va qorinoyoqli malyuskalarning ekologo faunistik tarkibini aniqlash. 2
2. Biotoplararo va ekologik xususyatlarini va komponentlarini birga tarqalishini o‘rganish. 3. Mollyuskalarning xujalikdagi ahamyati: Oziqa zanjiridagi o’rni , suvlarni tozalashdagi roli va zararini taxlil qilish, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishdan iborat. Ishning ilmiy yangiligi: Tatqiqotlarimiz natijasida ilk bor Kattaqo‘rg‘on suvomborida tarqalgan ikkipallali va qorinoyoqli mollyuskalarning ekologo faunistik tarkibi to‘liq urganildi. Natijasida suvomborda ushbu mollyuskalarning 17 turning yashashi aniqlandi. Ular mollyuskalarning 9 turini, 5 oyla, 1 ta kenja oyla, 2 sinf va 1 kenja sinfiga, va 1 tipga taluqligi aniqlandi.Xar bir tur uchun uning tuzilshi, ekologik xususyatlari ayrim holda hayot tarzi, xujalikdagi ahamyati va tarqalishi o‘rganilgan. Barcha malyuskalar orasida 4 tur malyuskalar va 3 tur korbikulalar O‘zbekiston respublikasi qizil kitoblariga kirgizilganlari mavjud. Ularni muhofaza qilish taklif etilgan. Mollyuskalarning ekologiyasi o‘rganilib, ularning suvning malum chuqurliklarida tarqalganligi, biotoplari va ekologik gruhlari o‘rganilib tahlil qilingan. Ularning foydali va zararli xususyatlari o‘rganilgan.Katta ikkipallali malyuskalarning Xitoy tishsizlarining chig‘onoqlaridan va ayrim korbikulalardan parranda va chuchqalar fermalarida oziqa sifatida va turli bezaklar yasashda ishlatish tavsiya etilgan. Ishning sinovdan o‘tishi: Mavzu bo‘yicha 2022 yil, Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlardagi transchegaraviy xududlar.Xamkorlik imkoniyatlari va muommolari xalqaro ilmiy-amaliy konferinsiya materallari.(Samarqand shahar, 2022 yil 5-6 may ) O‘z maqolam bilan qatnashdim, 2022 yil Iyunda Ekologiya va hayot faolyati xafsizligi kafidrasida muhokamadan o‘tgan. Tatqiqot natijalarining yoritilganligi. 3
1. Izzatullayev Z., Xayitov E., Nomozov A., Kattaqo‘rg‘on suvombori gidrabiyontlari faunasining tarkibi va ayrim turlarning transchegaraviy hududlarda tarqalishi xuxusida //Markaziy osiyo va qo‘shni mamlakatlardagi transchegaraviy hududlar:xamkorlik imkoniyatlari va muommolari ilmiy - amaliy konferensiya materiallari. Samarqand :SamDu, 2022.B.150-152. 2. Izzatullayev Z.Nomozov A. Kattaqo‘rg‘on suvombori malyuskalarining suv chuqurliklari. Biyotoplararo va ekologik komplikslari (Bosmaga tayyorlangan). Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va xatmi. Ish shu betdan iborat bo‘lib Kirish, 3 bob, 8 bo‘lim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat . Bitiruv malakaviy ishi matnida........... jadval....rasmlar, mavjud. 3 .Kattaqo‘rg‘on suvombori malyuskalarining ekologik faunistik tarkibi:ikkipallalilar va qorinoyoqlilar suv chuqurliklari, biyotoplararo va ekologik komplikslari bo‘yicha tarqalishi. 1. bob. Ikkipallali mollyuskalarning umumiy tasnifi. 4
Ikkipallalilar pilastikjabiralilar (Bivalvia lamel-libranchiat)mollyuskalar tipining sinifi.Tanasining uzunligi bir necha mm dan 1, 5 m gacha, vazni 30 kg, bazan 200 kg gacha borishi mumkin(tridakna),bilatreial simmitiriyali, yon tomonidan yassilangan gavda va oyoqlardan iborat. Boshi bo‘lmaydi. Ko‘pchiligining oyog‘i bitta, ponasimon tuban tuzilgan turlarida yassi, harakatsiz yopishib yashaydigan turlarning oyog‘i reduksiyaga uchragan (midiyalar drissenalar )yoki yuqolib ketgan (ustiritsalar) ko‘pchiliklarini ikkipallali oyog‘idagi bissus bezlari ishlab chiqaradigan bissus iplari yordamida substradga mahkam yopishib olib yashaydi.Tanasi mantiya bilan qoplangan. Chig‘anog‘i tanasini yon tomonidan ikkita yopib turuvchi palladan iborat. Chig‘anog‘ining ichki tomoni ko‘pincha sadaf bilan qoplangan. Pallalar chetida chig‘anoqni yopuvchi qulf (tish) hosil qiladigan o‘simtasi bo‘ladi. Chig‘anoq pallalarining oldingi va kiyingi ichki yuzasida yopuvchi muskullar bor. Ayrim ikkipallalilar marvariddorlar, midiyalar, mantiyasiga tushgan yot zarralar qumni sadaf bilan o‘rab olib marvarid hosil qiladi.Jigari 3 bo‘lakdan iborat. Jabiralari ko‘pchiligida plastinkaga o‘xshash sinfning ikkinchi nomi ana shundan kelib chiqqan. Nerv sistemasi 3 juft gangiliydan iborat.Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish sistemasi ochiq; ayirish sestimasi uzun tasmasimon buyrakdan iborat.Ko‘pchilik ikkipallalilar ayrim jinsli; ayrim turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Urug‘lanishi tashqi, lichinkasi erkin suzib yuradigan viligir yoki gloxidiy. Ayrim turlari tuxumlari va lichinkalarini jabiralarida olib yuradi. 20000 ga yaqin turi bor, asosan dengizlarda tarqalgan. Chuchuk suvlarda sadafdorlar, marvariddorlar va baqachanoqlar tarqalgan. Suv tubida yashaydi. Suvni filtirlovchi ditritofaglar va boshqalari bazi turlar yirtqich. Baliqlar va boshqa dengiz hayvonlariga ozuqa bo‘ladi. Ayrim turlari tosh va yog‘ochni teshish xususiyatiga ega. Bir qancha turlari kemalar korpusi va gidrotixnik inshoatlarga katta ziyon keltiradi.Go‘shti uchun ovlanadi (midiyalar ustiritsalar).Ayrim turlari marvariddorlar marvarid olish va go‘shti uchun boqiladi.Bazi ikkipallalilar suv 5