logo

Kitob-Shaxrisabz botig’i rekreatsion resurslari va ulardan samarali foydalanish masalalari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6053.5 KB
Kitob-Shaxrisabz botig’i rekreatsion resurslari  va ulardan samarali
foydalanish masalalari
M U N  D A R I J  A
KIRISH ………………………………...………………………………………..........32
1-BOB. KITOB-SHA HRISA BZ BOTIG‘I  TA BIIY  GEOGRA FIK  
SHA ROITI ...............................................................................
... 4
1.1. Geografik o‘rni va chegaralari ………………………………….4
1.2. Geologik tuzilishi va relefi  ………………………………….. …4
1.3. Iqlimi ………………….……………….………..………………9
1.4. Ichki suvlari ………………….……………….………………..13
1.5.  Tuproq qoplami ………………….………………….…………17
1.6. O‘simlik   qoplami ………………….……………….…………19
1.7. Hayvonot   dunyosi ………………….……………….…..…….21
2 - BOB . KITOB-SHA HRISA BZ BOTIG‘IN IN G TA BIIY  
RESURSLA RI ………………………….…………………….23
2.1. Yer resurslari  …………………………… … …………………. 23
2.2. Suv resurslari ……………………………… …. ………………. 27
2.3. Iqlim  resurslari ……………………………… ….. ……………. 30
2.4. Biologik resurslari ……………………………… …. ……… … . 35
2.5. Foydali qazilma boyliklari ………………………… …. ……. …37
3 - BOB. KITOB-SHAXRISABZ   BOTIG’INING   R EKRATSION
RESURSLAR I VA ULARDAN FOYDALANISH …..…….39
3.1. Kitob-Shaxrisabz botig’ining r ekr e atsion resurslar i  ………….39
3.2. Kitob-Shahrisabz botig’I rekreatsiya resurslarini muhofaza 
qilish……………………………………………...……………49 X ULOSA ………………………………………………………… …...…54
FOY DA LA N ILGA N   ADA BIY OTLA R  RO’Y X A TI ………………… 55
 
 
KIRISH
Mavzuning dolzabligi.  Respublikamiz xalq xo‘jaligini yaxshilash va taraqqiy
ettirish uchun har bir hududni tabiiy boyliklarini o‘rganish hozirgi kundagi asosiy
vazifalardan bo‘lib hisoblanadi. Haqiqatdan ham, kundalik hayotimiz uchun tabiat
va   tabiiy   boyliklarni   barchasi,   jumladan:   suv,   havo,   yer,   o‘simlik,   hayvonot
dunyosi   hamda   qazilma   boyliklar   zarurdir.   Lekin   ularga   nisbatan   oqilona   e’tibor
atroflicha   ko‘ngildagidek   emas.   Ayrim   adabiyotlarda   Qashqadaryo   viloyati   tabiiy
sharoitlari   va   tabiiy   boyliklari   ularna   xo‘jalikdagi   ahamiyati   to‘g‘risida
ma’lumotlari   keltirilgan.   Ammo   viloyatni   alohida   hududlariga   bunday   kompleks
izoh   berish   yo‘q.   Shularni   hisobga   olib,   ushbu   bitiruv   malakaviy   ishi   tanlandi,
ya’ni,   Kitob-Shaxrisabz   botig’ining   rekreatsiya   resurslari   va   ulardan   foydalanish
hozirga   qadar   chuqur   o‘rganilgan   emas.   Bu   esa   ushbu   muammolarni   o‘rganishni
taqozo   etadi.   Botiq   haqida   tabiiy   geografik   ma’lumotlar   adabiyotlarda   qisman
yoritilgan   bo‘lsa   ham,   hududni   rekreatsion   resurslari   va   ulardan   foydalanish
haqidagi ma’lumotlar deyarli yo‘q. Shu sababli ish muallifi imkoni boricha mavjud
tabiiy-geografik   ma’lumotlardan   foydalanib,   aniq   materiallar   to‘plab   va   shaxsiy
kuzatish   evaziga   tabiiy   resurslar   va   ulardan   oqilona   foydalanish,   boyliklarni
muhofaza   qilish   haqida   batafsil   to‘xtaldi.   Ishda   Kitob-Shaxrisabz   botig’ining
tabiati   va  tabiiy  boyliklaridan  iqtisodiyotda   maqsadga   muvofiq  holda  foydalanish
lozimligi asos qilib olinadi va shunga ko‘ra yoritiladi.
Ishning asosiy  maqsadi   Qashqadaryo viloyatini  shimoli  – sharqiy qismida
joylashgan   Kitob-Shahrisabz   botig‘ining   rekreatsiya   resurslari   va   ulardan
foydalanish   hamda   tabiat   muhofazasini   yoritishdir.   Ushbu   maqsadga   erishish
2 uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:  Kitob-Shaxrisabz botig’ida joylashgan
tog‘,   tekislik   va   tog‘oldi   tabiiy   resurslarini   hisobga   olish,   ularning   rekreatsion
resurslarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo’llarini aniqlashdan iborat.
Ishning hajmi va strukturasi.   Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi 58
sahifani   tashkil   etadi.   Bitiruv   malakaviy   ishining   strukturasi   tadqiqotning   ketma-
ket   bajarilishi   va   mazmunini   o‘zida   aks   ettiruvchi   kirish,   3   bob,   xulosa   va
adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan.
I-BOB.   KITOB-SHAXRISABZ  BOTIG‘I 
TABIIY-GEOGRAFIK SHAROITI
1.1. Geografik o‘rni va chegaralari
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   Qashqadaryo   havzasining   eng   so‘lim,   sersuv,
iqlimi   yumshoq   va   tog‘   manzaralariga   boy   bo‘lgan   joylardan   biri   bo‘lib
hisoblanadi.   Kotlovina   qishning   iliqligi,   yog‘ingarchilikning   ko‘pligi   va   yozning
salqinligi   bilan   ajralib   turadi.   Aynan   shu   yerda   jahonga   mashhur,   Ulug‘bek
nomidagi xalqaro kenglik stansiyasi joylashgan.
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   Hisor   va   Zarafshon   tizmalari   orasidagi
tektonik   kotlovinadir.   Uning   g‘arbiy   chegarasi   Chiroqchi   posyolkasidan   o‘tadi,
qolgan   qismi   ya’ni   shimoliy   chegarasi   Zarafshon   tog‘lari,   g‘arbiy   va   janubiy
chegarasi   Hisor   tizmasi   va   uning   bir   bo‘lagi   Eshakmaydon   tog‘idan
(Yakkabog‘daryoning chap suv  ayirg‘ichi)  o‘tadi. Kitob-Shaxrisabz  kotlovinasiga
Qashqadaryoning   Kitob,   Shaxrisabz,   Yakkabog‘   va   Chiroqchi   tumanini   katta
maydoni, Qamashi tumani kiradi.
Hudud   ma’muriy   jihatdan   shimoldan   Samarqand   viloyati   bilan   shimoli
sharqdan Tojikiston jumhuriyati va sharqdan Surxondaryo viloyati bilan janubdan
Qamashi tumanini shimoliy qismi bilan g‘arbdan Chiroqchi tumanini Samarqand –
Qarshi   yo‘li   atrofi   bilan   chegaralanadi.   Jumhuriyatimiz   viloyatlari   maydoni   bilan
taqqoslaganda   Andijon   (4,2   ming   km 2
),   Sirdaryo   (5,1   ming   km 2
),   Xorazm   (6,3
ming km 2
) viloyatlaridan katta.
3 Demak   kotlovina   maydon   jihatdan   ham   kichik   bo‘lmagan   hududni   ishg‘ol
qiladi.
1.2. Geografik tuzilishi va relefi
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   atrofidagi   tog‘   sistemalari   o‘ta
metamorfiklashgan jisnlardan tashkil topgan.
Zarafshon tog‘ sistemasi yonbag‘irlarida M.A.Shmidt (1937) alohida chiqib
qolgan ohakli  qoya massivlarini  aniqlagan, ular  kotlovina hududsida  ham  uzoqqa
cho‘zilgan.
Kotlovinaning shimoliy va sharqiy tomonlarida ohaktoshlar keng tarqalgan.
Bular o‘z tarkibiga suvni yaxshi o‘ruvchanligi sababli katta-katta buloqlarni paydo
bo‘lishiga olib keladi.
Granitlar   tarqalishiga   ko‘ra,   ancha   kamroq   maydonni   egallaydi,   ularni
yoriqlari kichikligi va kamligi uchun yer osti suvlari massivni yuqori qismida kam
to‘planadi. Qolgan jisnlar suvni yanada kamroq o‘tkazadi, slaneslar mavjudligi bu
hududda suvga chidamli rolini o‘taydi.
Zarafshon   va   Hisor   tog‘   tizmalarida   metamorfiklashgan   sochilma   jinslar
uchraydi.   Hisor   tog‘   tizmasining   janubi   –   g‘arbiy   yonbag‘ri   va   janubi-sharqiy
qismlari mezozoy, paleogen va neogen yotqiziqlari bilan qoplangan.
To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kotlovinaning tekislik qismini katta maydonini
egallaydi, faqatgina har yer, har yerda chiqib turgan yuqori bo‘r va uchlamchi davr
qoldiqlarini uchratish mumkin.
Kitob-Shaxrisabz  kotlovinasining  geologik tuzilishi  asosan  sovetlar  davrida
A.P.Markovskiy   (1937   y.),   L.V.   Peyve   (1938   y.),   M.M.Pasokov   (1948   y.),
V.I.Chernev   (1947   y.),   P.S.   Podkanayev   (1948   y.)   va   boshqalar   tomonidan
o‘rganildi.   Poleozoy   yotqiziqlari   kotlovinaning   eng   qadimgi   yotqiziqlari
hisoblanadi. Ular ko‘p joylarda metamorfizlashgan holatda uchraydi.
Qo‘yi   silur   yotqiziqlari   Oq-suv   daryosining   o‘ng   qirg‘og‘idagi   yemirilgan
antiklinal yadrolarda uchraydi, uning qo‘yi chegarasi yer ostida yashiringan.
4 Ular   filitlar,   qatlamlashgan   metamorfik   slaneslar,   qumlik   Qashqadaryo
depressiyasida rivojlanib, ular Hisor tizmasining janubi-g‘arbida keng tarqalgan.
Kaynazoy   yotqiziqlari   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasida   to‘rt   xil   qatlamlarga
bo‘linadi.
1. Qum tuproqli.
2. Tuproqli.
3. Qum konglomeratli.
4. Tuproq pattumli.
Qum   tuproqli   qatlam   qizil-g‘ishtsimon   qumlar,   qizil-g‘ishtsimon
alevronimitlar,   mergiley   va   tuproqlar   shaklida   yotadi.   Bu   qatlamlar   ostida
harakterli   oq   gips   qatlami   yotadi,   qalinligi   4,5   m.   Biz   o‘rganayotgan   hududda
to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   ancha   notekis   tarqalgan,   tog‘larda   va   tog‘   oldi
rayonlarida   tekislikka   nisbatan   kamroq   tarqalgan.   Kotlovinada   hozirgi   zamon
yotqiziqlari kam tarqalgan va ular faqat daryo vodiylarida mavjuddir.
Hamma   yotqiziqlar   kelib   chiqishiga   ko‘ra   kontinental   va   ko‘pincha   oqar
suvlar ta’sirida hosil bo‘lgan.
To‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari   kelib   chiqishiga   va   yoshiga   qarab,   har   xil
uchastkalarda bo‘linishini bir-biri bilan solishtirish katta qiyinchilik tug‘diradi. Bu
yotqiziqlar ikki daryo havzasida shakllanganlar; Qashqadaryoning shimoli-sharqiy
qismida   va   qumlar   orasidagi   manbasiz   Suldukli   cho‘l   havzasining   janubi   –
g‘arbida.
To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishi va yoshiga qarab turli tumandir.
Hududni   turli   uchastkalarida   kuzatuv   ishlarini   olib   borgan   ko‘pgina   avtorlar
to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlarini   turli   qismlarga   ajratadilar.   Shu   olimlardan   biri
Yu.Poslovskaya   o‘rganilayotgan   hududni   to‘rt   kompleksga   ajratadi:   Nanay,
Toshkent,   Mirzacho‘l,   Sirdaryo   komplekslari.   Bu   komplekslar:   quyi   to‘rtlamchi
(Q
1 ),   o‘rta   to‘rtlamchi   (Q
2 ),   yuqori   to‘rtlamchi   (Q
3 ),   hozirgi   (Q
4 )   indekslar   bilan
belgilanadi.
5 Kitob-Shaxrisabz kotlovinasida tekislikdan to Hisor tog‘larining eng baland
cho‘qqilarigacha (4600 m) relefning balandlik poyaslari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Kotlovinada to‘rtta balandlik poyasi ajratiladi.
Tog‘li relef kotlovinasining 500-600 m dan 4600 m gacha bo‘lgan hududni
egallaydi.   Barcha   tog‘   sistemalari   orografik   jihatdan   Zarafshon   sistemasining
g‘arbiy   tarmoqlariga   va   Hisor   tizmasining   janubi-g‘arbiy   tarmoqlariga   to‘g‘ri
keladi.   Ularni   harakterli   xususiyati   shundaki,   ikki   tog‘   sistemasi   ham   yon
tomonlarga   tarmoqlanib   yelpig‘ichsimon   ko‘rinishga   ega.   Hosil   bo‘lgan   tog‘lar
ichida   eng   kattalari   Qoratepa,   Chaqilqalon,   Hazrati   Sulton   tog‘i   massivi,
Osmontarosh, Beshnov,  Taytalosh  kabilar  va  ular  hududni  janubi-sharq tomonida
joylashgan   tog‘lar,   Hududni   relefini   pastdan   yuqoriga   borgan   sari   vertikal
zonallikka   bo‘ysunganligi,   balandlik   zonalaridagi   relef   uchastkalari   kelib
chiqishiga   va   rivojlanishiga   ko‘ra   har   xil.   Ushbu   tog‘li   relefni   to‘rtta   guruhga
ajratish mumkin.
Baland   tog‘li   qism:   2500   m   dan   to   4614   m   Hazrati   Sulton   qora   tuguni   va
Hisor   tizmasi   (Tova   dovonidan   g‘arb   tomon),   Beshnov   tog‘i,   Xo‘jaaxchaburun
qora massivi, Chaqchar tog‘idan to Yakkabog‘ daryosining yuqori qismlari.
Baland   tog‘li   mintaqada   bir-biridan   farq   qiladigan   ikkita   morfologik
uchastkani   kuzatish   mumkin.   Birinchi   uchastkaga   Hisor   tog‘ining   o‘q   qismidagi
Tova   va   Tamshum   dovonlari   va   ularga   shimol   tomondan   yondashgan   Hazrati
Sulton massivi (balandligi 4000 m dan 4350 m gacha) kiradi. Hisor tog‘ining o‘sha
o‘rganilgan qismi tipik ko‘tarilgan va murakkab bo‘lingan tokchalardan iborat.
Glatsial   protsesslar   keng   rivojlangan   cho‘qqilari   o‘tkir   relef   formasi   bilan
harakterlanuvchi baland tog‘ qismida sovuq kurash ancha kuchli boradi.
Tog‘larning barchasi panjasimon shaklda va ular granitlardan tashkil topgan.
Muzliklar   surulib   chuqur   yoriqlarni   hisol   qilgan   va   hozirgi   zamon   soylarini   hosil
bo‘lishiga   sabab   bo‘lgan.  Ana   shunay  hosil   bo‘lgan  soylardan   daryolar   shovullab
oqadi, har joyi har joyda chuqur tog‘ vodiylarini guvohi bo‘lasiz.
6 Hisor tizmasining shimoliy o‘q qismida paleozoy davri slaneslari tarqalgan.
Xuddi   shu   yerda   Muqbil   dipressiyasi   mavjud   bo‘lib,   kelib   chiqishiga   ko‘ra
tektonik errozion protsesslar ta’sirida rivojlangan.
Muqbil   depressiyasidan   shimolda   paleozoy   ohaklari,   katta   chidamligi   bilan
farq qiladigan, baland Hazrati Sulton massivini hosil qiladi (4083 m).
Bu   yerda   hozirgi   zamon   muzliklari   yo‘q,   ammo   chuqur   vodiylar   mavjud.
Ularning   yuqori   qismlari   tog‘   yon   bag‘rining   2200-2300   m   balandligidan
boshlanadi.   Baland   tog‘   mintaqasining   ikkinchi   uchastkasi   biroz   pastroq   bo‘lib,
Osmontarosh massivi (3448 m) va Chaqchar tizmasi bor, ular Harqush davonining
janubiy qismida joylashgan (2600-3700 m).
Yuqoridagi   tog‘li   massivlar   shimolda  asosan   paleozoy  slaneslaridan  tashkil
topgan, janubda esa yura davri jinslaridan tashkil topgan (qumlar, ohaklar). 
Relefni   tekislangan   joylari   kamroq.   Hududni   hamma   joyida   muzlik
kuzatilmaydi.   Tizmalarning   shimoliy   yonbag‘irlarida   katta-katta   qor   to‘dalari
mavjud.   Qadimgi muzlik izlari chuqur yonbag‘ir vodiylarida saqlangan.
Vodiylardagi   daryolar   birinchi   uchastkadagiga   nisbatan   yuzakiroq
daralardan   oqadi   (1300-1500   m).   O‘rtacha   balandlikdagi   tog‘   mintaqasi   (1000-
1200   m   dan   to   2500-2700   m   gacha)   katta   maydonni   egallaydi.   O‘rtacha   baland
tog‘lar   tarkibiga   Chaqilqalon,   Qoratepa   (Zarafshon   tog‘   sistemasining   g‘arbiy
qismi), Qashqadaryo va Jinnidaryo o‘rtasidagi tog‘lar, Sumsor tog‘i, Sherdog‘ tog‘
massivi,   Qizil   emchak   platosi,   Oqsuv   va   Tanxozdaryo   oralig‘i,
Yakkabog‘daryosining o‘rta oqimidagi To‘ytalash, Xontaxti tog‘ massivlari kiradi.
O‘rtacha   balandlikdagi   tog‘   mintaqalarida   relefning   har   xil   formalari   keng
tarqalgan,   ya’ni   daryo   vodiylari,   jarliklar,   balkalar,   har   joy   har   joyda   surilmalar
uchraydi.
Past   tog‘   mintaqasi   (600-800   m   dan   to   1000-1200   m   gacha)   bu   hudud
nisbatan kamroq maydonni egallaydi. Bu mintaqaning yotqiziqlari asosan lyosslar
va hozirgi zamon loyqa suvlarining oqizib kelgan yotqiziqlari hisoblanadi.
7 Bular   asosan   hozirgi   zamon   relefini   shakllanishida   muhim   rol   o‘ynaydi.
Ba’zi   balandliklar   tekislanadi   va   tekisliklar   (280-300   dan   600   m)   kotlovinadagi
katta maydonni egallaydi.
Qashqadaryo   yuqori   havzasida   o‘nga   yaqin   terassalarni   kuzatish   mumkin,
ularni o‘rtacha balandligi 2,5-6 m, 10-12 m, 18-20 m, 35-40 m, 55-60 m, 85-100
m, 130-140 m, 160 va 225-250 m.
Qashqadaryo havzasi asosan ikita balandlikda yuzasi tekislanadi (2000-2200
va   1000-1500   m).   Qashqadaryo   havzasining   relefi   uchun   qadimiy   vodiylar
harakterlidir,   ular   o‘zining   hozirgacha   saqlanib   kelayotgan   suv   ayirgichlari,
qadimiy allyuvial yotqiziqlari bilan harakterlanadi.
1.3. Iqlimi
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   shimol   tomondan   tog‘lar   bilan   to‘silgan.
Shuning   uchun   ham   kotlovina   iqlimi   mo‘’tadil,   ya’ni   qishi   nisbatan   iliq   yozi   esa
unchalik issiq emas.
Bahor   va   ko‘z   fasllari   sernam,   yozi   yog‘insiz   bo‘ladi.   Kitob   meteriologik
stansiyasining   bergan   ma’lumotiga   ko‘ra   o‘rta   yillik   temperaturasi   16 0
  ni   tashkil
etadi.   Absolyut   maksimal   temperaturasi   +43 0
  bo‘lib,   bu   kotlovinaning   katta
qismida   odatdagidek   iyul   oyida   kuzatiladi.   Absolyut   minimal   temperaturasi   –27 0
gacha tushganligi kuzatilgan.
Havoning   o‘rtacha   temperaturasi   eng   issiq   oyda   29,5 0
  gacha   yetadi,   eng
sovuq oyda esa -2 0 
. 10 0 
dan yuqori bo‘lgan kunlar 228-242 ga teng. Shu paytda 10 0
dan yuqori bo‘lgan  haroratlar yig`indisi  4737-5285 0
 ni tashkil etadi.
Bahor oxirida bo‘ladigan qora sovuq aprelning boshlarida kuzatiladi. Kuzgi
qora   sovuq   kunlar   oktyabrning   birinchi   10   kunligida   kuzatilgan   bo‘lib,   sovuqsiz
davrlar 209-242 kungacha davom etadi.
O‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdori kotlovinada yiliga 550 mm bo‘lib, ba’zi
yillari   yog‘in   ko‘p   tushib   856   mm   ga   yetgan   davrlar   ham   bo‘lgan,   bu   qaysikim,
1969 yilda yoqqan. Ba’zi yillar yog‘in kam tushib 280 mm gacha kamaygan yillar
8 bo‘lgan. O‘rta hisob bilan bir yilda 75 kunlar yog‘in tushib, bundan 22 kunini qorli
kunlar   tashkil   etai.   Yog‘inlar   sezonlar   bo‘yicha   juda   notekis   tushadi.   Shundan
bahorda   42-45%,   qishda   36-40%   yog‘in   tushadi.   Qolgan   15-20%   yog‘in   kuz
oylarida tushadi.
Kotlovinada bahor fasli martdan boshlanadi. Ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi
va   havo   temperaturasi   oydan-oyga   tez   ko‘tarilib   boradi.   Mart   oyining   o‘rtacha
temperaturasi   9,2 0
,   aprel   15,7 0
,   mayga   borib   esa   temperatura   20,0 0
  gacha
ko‘tariladi.   Bahor   oylarida   maksimal   temperaturalar   ham   ancha   yuqori   bo‘ladi.
Mart oyida 31 0
 gacha ko‘tariladi.
9 1-jadval
Kitob-Shahrisabz kotlovinasida o‘rtacha oylik va yillik havo harorati.
№ Metereologik
stansiyalar I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII O‘rtacha
yilligi
1.
“Kitob” 0, 8 3,6 9,0 15,0 20,6 25,1 28,0 26,7 20,6 14,1 8,6 4,4 14,7
2.
“Ming-chuqur” -5,0 0,4 5,1 12,0 14,5 18,6 18,4 13,9 8,9 1,6 2,1 1,9 6,7
3.
“Shahrisabz” 1,3 3,7
10,3 16,5 21,3 27,9 30,4 28,1 22,3 14,2 6,3 4,1 15,3
10 Bu oylarda minimal temperatura ancha pasayib ketadi. Martda –20°, aprelda
– 7°, hatto ba’zi may oyida –2° ga tushadi.
Ba’zi   yillarda  ko‘klamda  bo‘ladigan  qora svuqlar  bahorning kech  kelishiga
olib   keladi.   Bahor   oxirida   bo‘ladigan   sovuqlar   ba’zi   yillari   qishni   ancha   cho‘zib
yuborib,   bahorning   hatto   aprel   oyining   boshlarida   boshlashga   sabab   bo‘lgan.
Bahorda yog‘ingarchilik ham beqaror, ya’ni yog‘ingarchilik bir zaylda bo‘lmaydi.
Ya’ni oylik yog‘in miqdori kuchli tebranib turadi. Mart oyida yog‘in miqdori 12,3
mm   dan   210,5   mm   gacha   bo‘lgan.   O‘rtacha   ko‘p   yillik   yog‘in   esa   105   mm   ni
tashkil   etadi.   Aprelda   7,5   mm   dan   145   mm   gacha   bo‘lgan.   O‘rtacha   ko‘p   yillik
yog‘in miqdori esa 91 mm ni tashkil etadi. May oyida esa 0,1 mm ni tashkil etadi.
May   oyida   esa   0,1   mm   dan   79,5   mm   gacha   bo‘lgan.   O‘rtacha   ko‘p   yillik   yog‘in
miqdori  esa,  91 mm  ni  tashkil  etadi. May  oyida esa  0,1 mm  dan 79,5 mm  gacha
yog‘in tushgan. Yog‘inli kunlar ham oylar bo‘yicha yildan-yilga katta tebranishga
ega.   Sernam   yillarda   yog‘inli   kunlar   ko‘p   bo‘ladi.   Martda   19   kungacha,   o‘rtacha
ko‘p yilligi esa 15 kungacha, aprel-may oyida 16 kun, o‘rtacha yilligi esa aprelda
11 kun, mayda 6 kunga teng.
2-jadval
Kitob-Shahrisabz kotlovinasidagi meteoreologik stansiyalarning
joylashishi.
Stansiya nomi Kenglik Uzoqlik Balandlik (dengiz
sathi) hisobida)
Kitob
39 0
07 ’ 65 0
55’ 658
Varganza
39 0
15’ 66 0
59’ 900
Hazrati-Bashir
39 0
14’ 67 0
04’ 1108
Yakkabog‘
3 8 0
59’ 66 0
41’ 575
Qurg‘oqchil yillarda esa bahorda yog‘inli kunlar kamayib ketadi. Aprelda 7
kungacha,   mayda   1   kungacha   kamayadi.   Yozda   bahor   fasligi   nisbatan   ob-havo
ancha   barqaror   ketadi.   Yozda   rayon   hududsida   temperatura   ancha   ko‘tariladi,
11 bunga   sabab   rayon   hududsining   qo‘yi   geografik   kengliklarda   joylashganligidir.
Yozda rayon hududsida quyosh 74° gacha ko‘tariladi.
Kotlovina   hududsining   yozi   shamolsiz,   quruq,   issiq   ob-havoli   bo‘ladi.   Iyul
oyining   o‘rtacha   temperaturasi   28,7°,   absolyut   maksimal   temperaturasi   43°-44°
gacha yetadi.
Absolyut minimal temperaturasi –10° ni tashkil etadi. Ba’zi yillar 0 mm dan
8 mm gacha yog‘in tushadi. O‘rtacha ko‘p yilligi esa 4 mm ni tashkil etadi.
O‘rtacha yog‘ingarchilik kunlar bu oyda 1 kunni tashkil etadi. Avgust oyida
esa   temperatura   biroz   pasayadi.   O‘rtacha   temperaturasi   26,7°   bo‘lsa,   absolyut
maksimum temperaturasi 42° ni tashkil qiladi.
Havo namligi yoz oylrida ancha pasayib ketadi. Nisbiy namlik iyunda 32,3%
bo‘lsa, iyul oyida 27% gacha kamayadi. Yoz oylarida yong‘in deyarli yog‘maydi.
Kuzni ham ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi yarim umuman yoz fasliga
o‘xshaydi. Ikkinchi  yarmi esa qishga o‘tuvchi davr bo‘ladi. Xususan  sentyabr oyi
issik   va   quruq   ob-havosi   bilan   harakterlanai.   O‘rtacha   oylik   temperaturasi   20,6°
bo‘lib,   ba’zi   oylari   ancha   sovuq   ham   bo‘lishi   mumkin.   Sentyabrning   absolyut
maksimal   temperaturasi   40°   gacha   ko‘tarilgan   sentyabrda   ham   umuman,   deyarli
yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Oktyabrga   kelib   temperatura   pasaya   boshlaydi.   Oktyabr   oyining   o‘rtacha
temperaturasi   14,1°,   absolyut   maksimal   temperaturasi   37°   gacha   ko‘tariladi.
Absolyut minimal temperaturasi –8° gacha tushadi. Oktyabrga kelib yog‘in ancha
ko‘p tusha boshlaydi. Ba’zi vaqtlarda hatto 90 mm gacha yog‘in tushgan. Yog‘inli
kunlar   o‘rta   hisob   bilan   oktyabrda  3   kunni   tashkil   qiladi.   Sernam   yog‘ingarchilik
ko‘p   bo‘lgan   yillarda   esa   6   kunga   yetgan.   Kuz   oylarida   nisbiy   namlik   ham
kattaradi.
Sentyabrda 24% bo‘lsa, noyabrda 43% ko‘tariladi. Ba’zi yillari iliq va quruq
ob-havo noyabrni birinchi yarmigacha davom etadi. Lekin qish erta kelgan yillari
esa   kuzning   ikkinchi   yarmiga   kelib   ancha   sovub   ketidi.   O‘rtacha   ko‘p   yillik
temperatura   esa   8,6°   ni   tashkil   etadi.   Absolyut   minimum   bu   oyda   –18°   gacha
tushadi.   Absolyut   maksimum   temperatura   hatto   32°   gacha   ko‘tariladi.   Shu   bilan
12 birgalikda oyning ikkinchi yarmida temperatura ko‘p vaqtlar 0° dan pasayib ketadi.
Bunga bog‘liq, noyabrning ikkinchi yarmida ba’zi vaqt qor ham tushadi, lekin tez
erib   ketadi.   Noyabr   oyida   o‘rta   hisob   bilan   54   mm   yog‘in   yog‘adi.   Lekin   ba’zi
qurg‘oqchil   yillarda   yog‘in   miqdori   kam   bo‘lib,   oylik   yog‘in   8   mm   gacha
kamayadi. Yog‘ingarchilik yillari 104 mm gacha ko‘tariladi. Qish oylarida Kitob-
Shaxrisabz   kotlovinasining   ob-havosi   ancha   o‘zgaradi.   Eng   sovuq   oyi   yanvar
bo‘lib, o‘rtacha temperaturasi 0,8° ni tashkil etadi.
Dekabr   oyi   yanvar   va   fevral   oylariga   nisbatan   iliqroq   bo‘ladi.   Dekabrning
o‘rtacha temperaturasi 4,4°, fevral oyiniki 3,6° ni tashkil etadi. Absolyut minimal
temperatura –21° ni tashkil etadi. Shunga bog‘liq holda yomg‘ir va qor ba’zi yillar
oy   davomida   yog‘ib   turadi.   Minimal   yog‘in   miqdori   dekabrda   20   mm,   o‘rtacha
ko‘p yillik yog‘in dekabrda 65 mm, yanvarda 76 mm, fevralda esa 62 mm ga teng
bo‘lgan. Shunday yillar bo‘ladiki, qishning o‘rtasida shamolsiz, quyoshli, iliq ob-
havoga keladi va o‘simliklarning o‘yg‘onishiga sababchi bo‘ladi.
1.4. Ichki suvlari
Kitob-Shaxrisabz kotlovinasining asosiy arteriyalari Qashqadaryo daryosi va
uning   bir   necha   irmoqlari   (Jinnidaryo,   Oq-suv,   Tanxoz,   Yakkabog‘daryo   va
boshqalar) hamda zilol suvli bir qancha buloqlardir. Qashqadaryo havzosi Hisor va
Zarafshon   tizmasining   yuqori   qismidan   boshlanib   to   Zarafshon   daryosi
havzasining   janubi-g‘arbiy   qismigacha   davom   etadi.   Qashqadaryo   tor   tog‘
oralig‘idan   oqib   chiqib,   Varganza   qishlog‘i   yaqinida   tekislik   daryosi   harakterini
oladi.
Tekislikka   chiqqandan   so‘ng   o‘z   havzasiga   chap   tomondan   sersuv
irmoqlarni ola boshlaydi, o‘ng tomondan esa 20 ga yaqin soylar qoratepa tog‘ining
janubiy yonbag‘irlaridan oqib tushib daryoga qo‘shiladi. Bulardan ba’zilari yilning
issiq oylarida qurib qoladi.
13 Chap tomondan birinchi bo‘lib kam suvli Jinni-daryosi  quyiladi, keyin Oq-
suv, Tanxoz, Yakkabog‘  va kotlovina hududsidan  chiqqandan keyin G‘uzordaryo
qo‘shiladi.
Bulardan   tashqari,   hududni   tog‘li   va   tekislik   qismida   bir   qancha   buloqlar
mavjud,   ular   o‘z   navbatida   qo‘shimcha   suv   resurslari   hisoblanadi.   Eng   kattalari
Qora-Buloq,   Xo‘ja-Inkana,   Qora-suv,   Charimchar-Chashma,   G‘arov-chashma   va
boshqalar.
Qashqadaryo   havzasini   dastlab   o‘rgangan   rus   injeneri   Grjegorjevskiy
rahbarligidagi   Amudaryo   partiyasi   1912-1913   yillarda   tekshirish   ishlarini   olib
bordilar. Ular faqat Qashqadaryo daryosini va vodiy atrofidagi yerlarni o‘rgandilar,
lekin   qilingan   ishlar   faqatgina   Qashqadaryo   daryosining   o‘zigagina   taaluqli   edi.
Havza   sovet   davrida   mukammal   o‘rganildi.   1930   yilga   kelib   SSSR
gidrometereologik boshqarmasi tashabbusi bilan gidrometereologik postlar tashkil
qilindi.
Qashqadar   havzasidagi   daryolarda   ham   postlar   soni   ko‘paytirildi   va   daryo
to‘ri kartasi tuzildi. Hozirgi kunda 40 ta gidrometereologik postlar mavjud.
O‘rta Osiyo sharoitida daryolarning oziqlanishi  harakterli xususiyatni  kashf
qiladi.   Qashqadaryo   havzasidagi   daryolarni   suv   yig‘ish   havzasini   aniqlash   uchun
avvalo ularga gipsometrik harakteristika berish maqsadga muvofiqdir.
Agar bu daryolarning gipsometrik egriligiga nazar tashlasak, ularning har xil
balandlikda   suv   to‘plagan   havzalarini   ko‘ramiz.   Bular   ana   shu   xususiyatlariga
ko‘ra uchga bo‘linadi.
Birinchi   guruhga   Oq-suv,   Tanxoz,   Yakkabog‘   daryolari   kiradi;   ular   o‘z
suvini   4000   m   balandlikdan   oladi,   3000   m   dan   yuqorida   suv   yig‘ish   havzasining
20% dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi   guruhga   Qashqadaryo,   Jinnidaryo,   Qora-suv   kiradi:   balandlikdagi
qismi esa suv yig‘ish havzasi 1% ga to‘g‘ri keladi.
Uchinchi   guruhga   Qashqadaryo   havzasidagi   soylar   kiradi.   Bularni   suv
yig‘ish   havzalarida   balandligi   2000   m   keladigan   cho‘qqilar   ham   bor,   1500   m
balandlikda suv yig‘ish havzalari 60% dan 100% gacha.
14 Har   bir   guruh   ichida,   har   qaysi   daryolar   suv   yig‘ish   havzasining   harakterli
xususiyatlariga   ko‘ra   bir-biridan   ajralib   turadi.   O‘rta   Osiyo   daryolarining
to‘yinishini V.L.Shuls to‘rtta asosiy guruhga bo‘lgan.
1. Muz va qordan to‘yinadigan daryolar.
2. Qor va muzlikdan to‘yinadigan daryolar.
3. Qor va yomg‘irdan to‘yinadigan daryolar.
4. Qordan to‘yinadigan daryolar.
Qashqadaryo havzasidagi daryolardan Oq-suv, Yakkabog‘, Tanxoz daryolari
qor   va   muzdan   to‘yinadigan   daryolar   tarkibiga   kiradi.   Faqatgina   Oq-suv
daryosining manbaasi o‘z suvini muzlikdan oladi.
Oq-suv   daryosi   iyul-sentyabr   oyining   o‘zidagina   bir   yillik   suv   yig‘ish
sarfining   36,1%   ni   tashkil   qiladi,   Yakkabog‘   daryosi   27,8%   ni   tashkil   qiladi,
Tanxoz   daryosi   esa   25,4   tashkil   qiladi.   O‘rtacha   ko‘p   yillik   oqim   moduvli   Oq-
suvniki 14,6 l/sek, Yakkabog‘ – 13,4 l/sek, Tanxoz – 10,1 l/sek.
O‘rtacha yillik suv sarfi Oq-suv irmoqlari bilan 13,8 m 3
/sek, Yakkabog‘ – 6
m 3
/sek   va   Tanxoz   –   4,23   l/sek.   Bu   uchala   daryo   Qashqadaryo   havzasidagi   eng
sersuv daryolar hisoblanadi  va Qashqadaryoni o‘rta oqimida oqadigan suvni 80%
ni   tashkil   qiladi.   Suv   yig‘ish   maydoni   sal   pastroqdagi   ikkinchi   guruhga   mansub
daryolar o‘z suvini qor va yomg‘irlar hisobiga to‘yinadi.
Ikkinchi guruhga daryolarining eng ko‘p suv sarfi yilning aprel oyida to‘g‘ri
keladi. Qora-suv xuddi birinchi guruhdagidek yillik manbasi o‘zgarmaydi, oktyabr
fevral oylarida yillik suv sarfini 28% ni tashkil qiladi.
Mana   shu   davrda   tog‘larni   pastki   yaruslarida   havo   isiganda   qorlar   erishi
bilan   ushbu   guruhdagi   daryolar   suv   kamaymasligi   mumkin   va   ikkinchidan   ba’zi
daryolar   suv   yer   osti   suvlari   hisobiga   kamaymasligi   mumkin.   Qashqadaryo,
Jinnidaryoni   qo‘shib   hisoblaganda   o‘rtacha   yillik   suv   sarfi   7,10   m 3
/sek   tashkil
qiladi.
Uchinchi   guruhga   Qoratepa   tog‘ining   janubidan   oqib   tushadigan   soylar
kiradi.
15 Buloqlarni to‘yinishiga kelsak, daryolarni guruhlarga bo‘lgandek buloqlarni
ham ikki guruhga bo‘lamiz:
a) yoriqlarda hosil bo‘lgan suvlar hisobiga to‘yinadigan buloqlar;
b) daryolar o‘zanidagi suvlarni yo‘qotish hosil bo‘lgan buloqlar.
A – guruhga boshqalariga nisbatan kattaroq manbaaga ega bo‘lgan buloqlar
ya’ni Qora-buloq va Xo‘ja Inkana kiradi. Qorabuloqni o‘rtacha oylik suv sarfi 1,05
m 3
/sek, o‘rtacha oylik suv sarfi 0,97 m 3
/sek. Xo‘ja Inkana bulog‘iniki esa o‘rtacha
oyik suv sarfi 0,05 m 3
/sek dan 0,20 m 3
/sek gacha o‘zgaradi, eng ko‘p suv sarfi iyun
– avgust oyiga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi   guruhga   Qora-suv,   Charimchar-chashma,   G‘arov-chashma   va
boshqa kichik jilg‘alar kiradi. Bularni ichiga eng kattasi Kitob rayoni markazidagi
Qora-suv bulog‘idir, o‘rtacha yillik suv sarfi 0,41 m 3
/sek, dekabr oyida 0,32 m 3
/sek
qolganlari bunga nisbatan kichik suv manbasiga ega.
Daryolari.  Qashqadaryo.  Uzunligi 332 km, suv yig‘adigan maydoni 8780 
kv km. Qashqadaryo kichkina daryo sifatida Hisor tizmasining g‘arbiy qismidan 
boshlanadi. Qashqadaryo 3000 m balandlikdagi Hisor tizmasidan boshlanadi va 
Muborak stansiyasining shimoli-g‘arbida undan 10 km uzoqlikda qumlarga borib 
tarqalib ketadi. Qashqadaryoning ancha ko‘p qismi tor tog‘ vodiysi bo‘ylab oqadi, 
Farob qishlog‘i oldida keng tekislikka chiqib, daryo o‘zani kengligi 300 mm ga 
yetadi.
Jinnidaryo.   Bu   daryo   Qashqadaryoning   eng   katta   irmog‘i   bo‘lib,   uzunligi
57   km,   suv   yig‘im   maydoni   367   kv,km.   Bu   daryo   Pk-ota   va   Shir-daq   tog‘lari
o‘rtasidagi   bir   qancha   daryochalar   va   buloqlardan   suv   oladi.   Bu   daryo   suvi   ham
asosan sug‘orish uchun foydalaniladi.
Oq-suv.   Uzunligi   115,   suv   yig‘im   maydoni   1050   kv   km   bo‘lib,   Oq-suv,
Xonaqo-suv  va Botirboy  daryolarining qo‘shilishidan  boshlanadi.  Bu  daryochalar
esa Seversev va Botirboy muzliklaridan suv oladi. Muzliklar esa Hisor tizmasining
shimoli-g‘arbiy   yonbag‘rida   joylashgan.   Daryoning   ko‘p   qismi   tog‘lar   orasidagi
tor vodiy bo‘yicha oqadi.
16 Tanxoz.  Uzunligi 104 km. Suv yig‘imi maydoni 459 kv km. Bu daryo katta
bo‘lmagan   G‘oziko‘ldan   suv   oladi,   qaysikim,   Hisor   tizmasining   janubi-g‘arbiy
qismida joylashgan. Daryoning ko‘p qismi tog‘ tor vodiylari bo‘ylab oqadi.
Yakkabog‘daryo.   Uzunligi   108   km,  suv   yig‘im   maydoni   1060  kv   km.   Bu
daryo Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy atrog‘laridan suv oladi.
Qashqadaryoning   o‘ng   irmoqlari   suv   yig‘uvchi   havzalari   unchalik   katta
bo‘lmaganligi sababli, suv kam va uzoq masofaga ega emas.
Soylar   –   Varganzasoy,   Sho‘robsoy,   Makridsoy,   Oyoqchisoy,
Qalqamasoylar, kiradi. Bularni suv yig‘ish maydoni qo‘yidagicha: Varganzasoy –
15,3 km 2
, Sho‘robsoy – 49,4 km 2
, Makridsoy – 47,6 km 2
, Oyoqchisoy – 125 km 2
,
Qalqamasoy   –   350   km 2
.   Shulardan   Qalqamasoy   hududdan   tashqarida   joylashgan
Oyoqchisoy   ikkita   katta   Yelsoy   (10,5   km)   va   Madras-Tana   (8,8   km)   pastki
oqimida Echkioqar (6,0 km) qolganlari kichik-kichik buloqchalardir.
Buloqlar .   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasidagi   eng   katta   buloqlardan   Qora
buloq, Xo‘ja Inkana qolganlari kichik hajmdagi suv manbalariga ega. Qora-buloq
va   Xo‘ja-Inkana   sharqiy   tomondagi   tog‘   oldi   rayoni   hisoblangan   qizg‘ish
ohaktoshlardan   tashkil   topgan.   Kanvon   shaklidagi   vodiydan   oqadi.   Jinnidaryo
bilan   Qorasuv   daryosi   suvayirg‘ichi   hisoblangan   singlikal   orasida,   ya’ni   shimol
tomonida   Qora-buloq,   janub   tomonida   esa   Xo‘ja   Inkana   joylashgan.   Kitobdagi
Qora   suv,   Yakkabog‘dagi,   Qora   suv,   Charimchar-chashma,   G‘arov-chashma   va
boshqalari hududni tekislik qismida joylashgan. Kitobdagi qora-suv bulog‘i tog‘li
buloq Xo‘ja Inkanani davomidir. Kotlovina katta hajmdagi yer osti suvlariga ham
boy hisoblanadi. Hududdagi ichki suvlarni muhofaza qismi yaxshi natija beradi.
1.5. Tuproq qoplami
Biz   o‘rganayotgan   hududning   tuproqlari   unchalik   chirindiga   boy   emas,
shuning   uchun   qishloq   xo‘jaligida   foydalaniladigan   yerlar   ishlovni,   mineral
o‘g‘itni talab qiladi. Tuproqlarni hosil bo‘lishiga va tarqalishiga quyidagi faktorlar
ishtirok etadi: relefning bir xil emasligi, iqlimning relefga ta’siri, kishilarni tabiatga
17 ta’siri   va   boshqalar.   Tuproq   turlari   va   strukturasi   bu   hududda   har   xil   tarqalgan.
Hududda tuproq turlarining tekislikdan tog‘likka ko‘tarilgan sari vertikal zonalikka
bo‘ysunishi   ko‘zga   yaqqol   tashlanib   turadi.   Tekislik   va   tog‘   oldi   zonalaridan
shaqirli,   cho‘l-qumli,   bo‘z   tuproq   va   tipik   och   bo‘z   tuproqlar   tarqalgan.   O‘rtacha
balandlikdagi   tog‘   zonalarida   to‘q   bo‘z   tuproq   va   tipik   och   bo‘z   tuproqlar
tarqalgan.   O‘rtacha   balandlikdagi   tog‘   zonalarida   to‘q   bo‘z   tuproq   va   qo‘ng‘ir
tuproq   uchraydi.   Baland   tog‘   zonasidagi   subalp   va   alp   o‘tloqlari   ostida   och-
qo‘ng‘ir   va  tog‘larning eng  baland  cho‘qqilarida  cho‘l-o‘tloq  tuproqlari  uchraydi.
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   o‘zining   suv   o‘tkazuvchanlik   xususiyatiga   xos
gidromorf   tuprog‘i   bilan   harakterlanadi.   Bu   hududlar,   asosan   sug‘oriladigan
hududlardir.
Grunt   suvlarining   uzluksiz   ravishda   qazib   chiqarilishi   ba’zi   hududlarda
chimli   o‘tloq,  o‘tloqli-botqoq  va  botqoqli   tuproqlarni   hosil  bo‘lishiga  olib  keladi.
Bu   hududlarda   suvlar   ba’zi   joylarda   minerallashgan.   Kotlovinaning   Oqsuv   va
Tanxoz   daryolaridan   sug‘oriladigan   maydonlar   suv   bilan   yaxshi   ta’minlangan,
bunday yerlarga qariyib 50 ming gektar ekin maydonlari kiradi. Ana shu maydonni
2/3 qismini o‘tloq-bo‘z tuproq tashkil qiladi. Relefning postga ya’ni sharqqa tomon
pasayib   borishi   grunt   suvlarining   chuqurlab   oqishi   (5-6   m)   o‘tloq   bo‘z   to‘proqni
gidromorf holatdan avtomorf holatga o‘tishiga sabab bo‘ladi. O‘zining morfologik
harakteriga   kra   va   suv   o‘tkazuvchanlik   xususiyatiga   ko‘ra   o‘tloq   –   bo‘z   tuproq,
o‘tloq tuproqqa yaqin.
Mavjud o‘tloq – bo‘z tuproqli hududlar dehqonchilik uchun yaxshi yer fondi
hisoblanadi.   Lekin   ularni   bir   qismi   sho‘rxok   va   shuning   uchun   ham   tarkibidagi
sho‘rni   yuvilishini   talab   qiladi.   Sho‘rligi   asosan   xlor   tarkibida   ko‘pligi   uchun
xlorid-sulfat   bilan   sho‘rlangan   Qashqadaryo   irmoqlarining   qo‘yi   oqimlarida
ko‘plab loyqalar yotqiziladi, ana shu yotqiziqlarda chimli tuproq rivojlangan, yana
ham   pastki   terassalarda   allyuvial   tuproqlar   ya’ni   har   xil   qatlamlashgan
yotqiziqlarda hosil bo‘lgan (tarkibidagi loy, tosh, qum va boshqa jinslar uchraydi).
O‘tloq-botqoqli va o‘tloq tuproqlar  ham  yaxshi  yer fondi  hisoblanadi, lekin grunt
suvlar   miqdorini   pasayishin   talab   qiladi.   Sug‘oriladigan   yerlarni   o‘tloq-bo‘z
18 tuprog‘i   tarkibida   2-2,5%   da   gumus,   ayrim   joylaridagi   kesmalarda   1%-50   sm
chuqurlikda.   Agro-irrigatsion gorizontli quvvati 1,5-1 mm ni tashkil qiladi. Haydab
ekin   ekiladigan   maydonlardagi   o‘tloq   tuproqlarda   gumus   qatlami   0,9%   dan   hatto
3,9%   gacha   yetadi.   Manbalardan   ma’lumki,   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasining
tekislik   qismi   qadimdan   dehqonchilik   bilan   band   bo‘lib   keladi.   Surunkali   bir   xil
ekinlarni   ekilib   kelinishi   va   normadan   ortiq   mineral   o‘g‘itlarni   ishlatilishi
natijasida tuproq strukturasini juda buzib yuborgan. Shularni hisobga olib keyingi
vaqtda   almashlab   ekishni   joriy   etish,   mahalliy   o‘g‘itlardan   ko‘plab   foydalanish
tadbirlari amalga oshirilmoqda. Lekin bu ijobiy chora-tadbirlar to‘liq holatda emas.
1.6. O‘simlik qoplami
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   o‘simliklari   turli   tumanligi   bilan   va   hudud
bo‘ylab tarqalishiga ko‘ra o‘ziga xos harakterni kashf etadi.
Hududning   o‘simliklari   bahor   paytlarida   rivojlanib   rang-barang   manzarani
hosil qiladi va xushbuy hidlar tarqatadi.
O‘simlik   dunyosining   tarqalishiga   birinchi   navbatda   joyning   relefi,   iqlim
xususiyatlari, tuproqning tarqalishi, geologik va geomorfologik xususiyatlar  ta’sir
qiladi.
Biz  o‘rganayotgan   hududda  tuproq  qoplami  qanday   vertikal  zonallikka   ega
bo‘lsa o‘simlik va hayvonot dunyosi ham xuddi shunday zonallika bo‘ysunadi.
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasining   tekislik   qismida   cho‘l   tipidagi   tamofit
gruppasiga  mansub  o‘simlik turlari:  asosan  efemer  va  efemeroidlar  tashkil  qiladi.
O‘zlashtirilgan   hududlar   esa   madaniy   o‘simliklar   bilan   qoplangan.   Tog‘   va   tog‘
oldi rayonlarda o‘suvchi o‘simliklar efemeroidlar va efemerli kustarniklar guruhiga
mansub.
Bu hududda eng ko‘p tarqalgan harakterli o‘simliklardan karrak, oq-kavrak,
qizilqum,   bug‘doyiq,   fistashnik   va   har   xil   madaniylashtirilgan   o‘simliklar   ko‘p
o‘sadi.   Adirlarda   uchlamchi   davr   jinslaridan   tashkil   topgan   platolarda   zaharli
efimer o‘simliklar o‘sadi va kam ozuqali kustarniklar o‘sadi, ularning to‘yimliligi
19 4-8%.   Baland   tepaliklarda   (700-1000   m)   turli   xildagi   o‘t   o‘simliklar   o‘sadi,
masalan Shaxrisabz, Kitob rayon hududlarida.
Allyuvial jinslardan tashkil topgan tekisroq cho‘l zonalarida aralash tipdagi
efemer   assotsiatsiyalarini   kuzatish   mumkin.   O‘rtacha   balandlikdagi   tog‘
zonasining asosiy o‘simlik tiplari archa, aralash kustarniklar va o‘t o‘simliklaridan
ikki   formatsiyasi:   pireyniy   va   turli   xildagi   –   pireniylardir.   Bu   zonada   asosan
o‘suvchi   o‘simliklar   daraxt,   bo‘talar   shaklida   o‘sadi.   Masalan   do‘lana,   yong‘oq,
o‘rik,   olcha,   yovvoyi   holda   bodom   uchraydi.   O‘rtacha   balandlikdagi   tog‘
poyalarida chorva mollari uchun yozgi o‘tloqlar ahamiyatlidir.
Tog‘   zonasi:   1500-2800   m   gacha   balandlikdagi   hududni   egallaydi.   Bu
zonada o‘sadigan o‘simliklar daraxtlar shaklida o‘sadi, o‘t o‘simliklari ham baland
bo‘yli   bo‘lib   o‘sadi.   Masalan   andiz,   omon-qara   kabi   o‘t   o‘simliklarining   bo‘yi
ba’zan 3 m gacha yetadi, barglari yapaloq bo‘ladi.
Tog‘larni   yon   bag‘irlarida   bo‘talar   bilan   o‘tlar   aralash   holda   o‘sadi.
Hududda   yirik   shoxli   qoramollarini,   Hisor   qo‘ylarini   va   shunga   o‘xshash   chorva
mollarini boqishda foydalaniladi.
Tog‘   zonasi   o‘zining   o‘t   o‘simliklarining   ko‘p   tarqalishi   va   ozuqa
miqdorining   ko‘pligi   bilan   kotlovinaning   boshqa   uchastkalaridan   ajralib   turadi.
Ba’zi uchastkalardan qo‘l o‘rimi uchun foydalaniladi.
Bunday hududga ayniqsa kotlovina tarkibida mavjud  Kitob rayonini shimoli
bilan g‘arbiy qismini, Shaxrisabz rayonini sharqiy qismi va Yakkabog‘ rayonining
tog‘li uchastkalari kiradi. Bu uchastkalarda ozuqa miqdori 1 ga 8 sentnerni tashkil
qiladi. Asosan  yozda va erta kuzda  chorva  mollarini  boqish uchun sharoit  yaxshi
rivojlangan,   alohida   qo‘tonlar   tashkil   qilingan.   Tog‘   zonasida   o‘sadigan   daraxt
o‘simliklaridan asosan archa, mevali daraxtlardan o‘rik, yong‘oq, yovvoyi bodom
va   har   bir   daryo   irmoqlari   to   baland   tog‘   zonalarigacha   chinorzorlar   bilan
qoplangan, ayrim joylarda ya’ni suvni yoqalarida tol va teraklar uchraydi.
O‘t o‘simliklaridan rang, qo‘ng‘irbosh, kostyor, maymunjon, tog‘-lolasi ko‘p
o‘sadi. Ziravor o‘simliklardan zira va zirklar yaxshi rivojlangan.
20 Bu   uchastkalarga   Qashqadaryo   va   Jinnidaryoning   yuqori   qismlari,   Oq-suv,
Tanxozdaryoning yuqori qismlari kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan zonalarni yanada
o‘simliklarga boyitish uchun va chorvachilikni dehqonchilikni rivojlantirish uchun
xo‘jaliklar bor tadbir choralarni ko‘rmoqdalar.
1. O‘rmonlar – bog‘lar tashkil qilinmoqda.
2. Bahorikor dehqonchilik uchun ekin maydonlari kattalashtirilmoqda.
3.   Yaylovlar   sharoitini   yaxshilash   ishlari   olib   borilmoqda   va   shunga
o‘xshash boshqa talay ishlar qilinmoqda. Baland tog‘ zonasi 3000 m dan to yuqori
cho‘qqilargacha bo‘lgan joyni o‘z ichiga oladi. Tog‘larni baland qismlarida alp va
subalp o‘tloqlari mavjud.
Baland   tog‘   zonasi   o‘simliklarining   ozuqa   to‘yimliligi   kamroq   1   gektar
yerga   1,5   sentnerni   tashkil   qiladi.   Asosan   bu   yerdan   yozgi   yaylov   sifatida
foydalanish mumkin. Baland tog‘ etaklarida yilqilar boqiladi.
1.7. Hayvonot dunyosi
Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasining   hayvonot   dunyosiga   kelsak,   tekislik
qismiga   nisbatan   tog‘li   hududlarda   hayvon   turlarini   ancha   boyligini   ko‘ramiz,
chunki   tekislik   qismining   hayvonot   dunyosiga   boy   emasligi   birinchi   navbatda
insonning   tabiatga   ta’siridir.   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasida   relefiga   qarab
tuproqning   tuzilishi,   o‘simlik   dunyosining   tarqalishi   kabi   faktorlarni   vertikal
zonallikka   mansub   ekanligini   yuqorida   ko‘rib   chiqdik.   O‘z   navbatida   hududning
hayvonot dunyosi ham vertikal zonallikka bo‘ysunadi. Tekisliklarda cho‘l va chala
cho‘lga   xos   hayvonlar   uchraydi,   bulardan   kemiruvchilar   guruhiga   kiruvchilar
sichqon, kalamush, eskiemar, kaltakesak, ilonlar hududning g‘arbida yumronqoziq
uchraydi.
Qushlardan kaptarlar, kichik chumchuqlar (bular yerga urug‘ sepilganda va
ekinlarni   o‘rib-yig‘ib   olgandan   so‘ng   paydo   bo‘ladi).   Tog‘larga   ko‘tarilgan   sari
hayvonlar   turlari   orta   boradi   va   yirtqich   hayvonlar   uchraydi.   Tog‘lardagi   asosiy
yirtqich   hayvonlardan:   bo‘ri   yovvoyi   cho‘chqa,   kichik  ozuqlanadiganlardan   tulki,
21 bursiq,   quyon,   jayra,   turkiston   kaltakesagi,   sichqon   va   boshqalar.   Bu   hayvonlar
orasida qishloq xo‘jaligi uchun zararli hayvonlar hisoblanadiki ba’zi birlari sanoat
uchun   yaxshi   xom   ashyo   hisoblanadi,   ayniqsa   mo‘yna   beruvchi   hayvonlar.
Tog‘larda yashovchi  hayvonlardan bo‘ri chorva mollariga ko‘proq zarar keltiradi,
yovvoyi   cho‘chqa   va   jayralar   qirlarda   ekilgan   qovun   tarvularni   yorib   ketib
dehqonchilikda ancha zarar keltiradi. Tog‘ oldi zonalarida yashovchi kishilar ba’zi
bir hayvon turlarini madaniylashtirganlar quyon, qushlardan kaptarlar. Ba’zi  qush
turlari ya’ni musiqa, qaldirg‘och kabilar odamga shunday o‘rganib qolganki, hatto
o‘z uyini odamlar yashaydigan uylarda quradilar.
Yirtqich qushlardan burgut, zog‘cha, boyqush, g‘ashir: yoz oylarida laklakni
uchratish mumkin, sudralib yuruvchilardan asosan o‘q ilondir.
Baliqlardan   tog‘   daryolarida   moslashgan   marinka,   yalang‘och   osma   va
boshqalar.   Tog‘larni   faunasi   ko‘pincha   aralash   holda   uchraydi.   Baland   tog‘larda
tog‘   echkisi,   kiyik,   qo‘ng‘ir   ayiq   uchraydi.   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasining
faunasi keyingi 30 yil ichida odamning kuchli ta’siri natijasida kamayib ketdi.
Shuni hisobga olib O‘zbekiston vazirlar mahkamasi barcha hayvon turlarini
qirilib   ketmasligi   uchun,   ularni   tabiatni   qo‘riqlash   uchun   ko‘pgina   chora-
tadbirlarni ko‘rmoqdalar.
Jumladan hududda bir nechta o‘rmon xo‘jaliklari tashkil qilindi; Yakkabog‘,
Qamashi,   Kitob   o‘rmon   xo‘jaliklari   hozirgi   kunda   ko‘pgina   ishlarni   amalga
oshirdilar. O‘zbekiston vazirlar mahkamasi Qizilsuv, Kitob davlat qo‘riqxonalarini
tuzdi. Barcha kamayib ketayotgan hayvon va o‘simlik turlari katta “Qizil kitob” ga
kiritildi.
22 II-BOB. KITOB-SHAHRISABZ BOTIG‘INING TABIIY RESURSLARI
2. 1 . Yer resurslari
Birinchi   bobda   botiqning   tabiiy   geografik   ta’rifi   izohlanadi.   Shunga
asoslangan  holda ikkinchi  bob, kuzatishlar, mahalliy yig‘ilgan materiallar  asosida
yozildi.   Chunki   kotlovinani   tabiiy   boylik   turlari   va   ularni   xo‘jalik   tarmoqlarida
foydalanish   hozirgacha   o‘rganilgan   emas.   Umumiy   viloyat   haqida   adabiyotlarda
ma’lumotlar mavjud.
Kotlovina tabiiy boyliklarini va ulardan foydalanishni o‘rganishdan maqsad,
hududda   yashovchi   xalqni   tirikchilik   holati   shu   boyliklarga   juda   bog‘liq.   Ularsiz
xo‘jalikni   rivojlantirishni   tasavvur   qilish   qiyin.   Chunki   har   bir   joyni   tabiati   va
undagi   foydali   tabiat   manbalari   jamiyat   a’zolari   ta’sirida   rivojlantirib   ishlab
chiqarishni   yuzaga   keltiradi.   Shu   ishlab   chiqarishni   qay   holatda   yuritilishi
natijasida iqtisod ham yuzaga keladi.
Keltirilgan   zanjirli   sistemani   yaxshi   bilmaslik   yoki   tushunmaslik   sababli
hududlarda   iqtisodiy   rivojlanishlar   buzilishi   sodir   bo‘ladi   va   bo‘lmoqda.   Shuning
uchun   har   bir   tabiiy   boylik   turlarini   sinchiklab   o‘rganib   ular   qay   holatda
foydalanilmoqda   (to‘g‘rimi   yoki   noto‘g‘rimi)   tahlil   qilish   hamda   ijobiy   taklif   va
mulohazalarni   berish   maqsadga   muvofiqdir.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   tabiiy
boyliklarni   katta   qismi   tugaydigan   hatto   tiklanmaydigan   boyliklardir.   Tabiiy
boyliklarni   ana   shu   holatlarini   hisobga   olgan   holda   ulardan   to‘g‘ri   foydalanishni
joriy   qilish   bilan   birga,   har   bir   turini   muhofaza   qilish   kerak.   Biz   quyida   Kitob-
Shaxrisabz   kotlovinasi   tabiiy   boylik   turlarini   va   ularni   qanday   holatda
foydalanilishini keltiramiz.
Haqiqatan ham yer resurslari universal resurs bo‘lib, har qanday xalq xo‘jaligi
tarmog‘i   uchu   nasos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Avvalo,   u   kishilik   jamiyati   uchun
yashash   makoni   va   tirikchilik   vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Shu   boylik   asosida
qishloq   xo‘jalik,   sanoat,   transport,   qurilish   va   boshqa   xalq   xo‘jalik   tarmoqlari
vujudga keladi va shu zaminda joylashtiriladi. 
  Kotlovinaning umumiy maydoni 636 ming gektarni tashkil qiladi (jadval 1).
Ishni shu hududdan foydalanish har xil holatda hisoblanadi. 
23 Hududning   tekislik   qismi   viloyat   qolaversa   respublikamizda   ham   qadimdan
o‘zlashtirilgan   yerlar   hisoblanadi.   Hozir   ham   Qashqadaryo   viloyatining   eng   ko‘p
o‘zlashtirilgan   tumanlari   shu   yerda   joylashgan.   Mavjud   maydonni     467   ming
gektari   qishloq   xo‘jaligi   bilan   band   yerlardir.   Shundan   119   ming   gektari
haydaladigan 92,5 ming gektar maydonni sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. 
Kotlovina   hududsida   sug‘oriladigan   maydonni   ko‘pligi   va   surunkali   davom
etilishi evaziga suv eroziyasiga uchragan maydonlar ham katta hisobalanadi.
Tog‘li   va   tog‘oldi   yerlari   yaylov   va   pichanzorlarni   tashkil   qilib,   ularni
maydoni 270 ming gektarni tashkil qiladi. O‘rmon bilan qoplangan yerlar 21 ming
gektar   hamda   qishloq   xo‘jaligida   foydalanilmaydigan   yerlar   138   ming   gektarni
ishg‘ol   qiladi.   Hududni   taxminan   10   ming   gektar   hududini   shaharlar   maydoni
egallaydi.
Kotlovina yer boyliklaridan foydalanishda uning tabiiy sharoiti, ayniqsa relefi
katta ta’sir   ko‘rsatadi.  Shunga bog‘liq holda  uning katta  tekislik  qismi   haydalgan
(sug‘oriladigan)   yerlarni   tashkil   qiladi.   Bu   yerda   asosan   paxta,   sabzovat,
bog‘dorchlik va uzumchilik hukmron.
Tog‘oldi   maydonlarida   lalmikor   deg‘qonchilik   hamda   bog‘dorchilik,
donchilik   yaylovzorlar   soy   bo‘ylarida   sabzavotchilik   tarqalgan.   Tog‘li   joylarni
yaylovzorlar va pichanzorlar ishg‘ol qiladi.
Umuman   olganda   kotlovina   yer   boyliklaridan   foydalanishda   bir   qator
kamchiliklarga   to‘g‘ri   kelish   mumkin.   Ulardan   asosiylari   yerdan   foydalanish   bir
butun   alohida   tashkilot   qaramog‘ida   emas.   Jamoalar   xo‘jaligi,   davlat   xo‘jaligi   va
boshqa   tashkilot   xo‘jaliklari   tarqoq   holatda   foydalanadilar.   Shu   tufayli   yerdan
kompleks   foydalanish   deyarli   kam.   Natijada   suv,   shamol   eroziyalari   katta,
surunkali   mineral   o‘g‘itlarni   ko‘p   ishlatilishi   va   bir   xil   ekinlarni   takrorlanishi
oqibatida har gektar yerdan olinadigan hosil yildan-yilga kamayib bormoqda.
Shuning uchun bizningcha kotlovina yer boyligidan to‘g‘ri foydalanish uchun
avvalo   uning   sharoitini,   tuproq   tuzilishini   yaxshi   o‘rganish   kerak.   Keyin   shunga
ko‘ra, ekinlar ixtisoslashib taqsimlanishi lozim bo‘ladi. 
24 Suv,   shamol   eroziyalarini   oldini   olish   kerak.   Almashlab   ekishni   keng   joriy
etish   lozim.   Yerdan   foydalanish   va   nazorat   qilishni   bir   butunlashtirish   kerak.
Undan   noto‘g‘ri   foydalanilgan   xo‘jaliklarga   jarima   solish   davri   ham   yetib   keldi.
Qishloq  xo‘jaligida  foydalanmay   kelingan  noqulay  yerlar  ham  foydalanish   uchun
muvofiqlashtirilishi lozim.
Shaxrisabz,   Kitob   va   boshqa   shaharlar   atrofini   paxtachilikdan   ozod   qilib,
sabzavotchilik va bog‘dorchilikka yo‘naltirish kerak. Yaylov yerlaridan mavsumiy
foydalanish   zarur.   Mahalliy   o‘g‘itlar   (gunglar)   dan   keng   foydalanish   lozim.
“Gektarchilik” ni umuman man qilish kerak va hokazo.
Ulardan   tashqari   sanoat   tarmoqlari,   qurilish,   transport   uchun   ham   yer
boyliklaridan to‘g‘ri, tejab-tergab foydalanish zarur.
Xulosa   shundan   iboratki,   kotlovina   boy   yerlarga   ega,   undan   to‘g‘ri
foydalanib   muhofaza   choralarini   ham   har   tomonlama   ishlab   chiqish   kerak.   Bu
kelajak iqtisodiy rivojlanish uchun katta imkoniyat yaratadi.
25 3-Jadval 
Kotlovinada yerdan tarmoqlar bo‘yicha foydalanish (ming gektar hisobida )
Tumanlar Umumiy
maydoni Haydaladigan
yerlar Sug‘oriladigan
yerlar Yaylov va
pichanzorlar O‘rmonlar Qishloq xo‘jaligida
foydalanmaydigan
yerlar
Kitob 170,5 22,0 17,1 74 3 55,5
Shaxrisabz 220,3 36,0 26,3 111,5 6,8 54,9
Yakkabog‘ 135,2 43,0 24,5 59,4 9,8 16
Chiroqchi* 193,3 105 20,0 63,5 1,1 11,0
Qamashi** 244,5 64,2 21,6 116,0 21,8 34,8
* Chiroqchi tumanini taxminan 110 ming gektari,
** Qamashi tumanini 30 ming gektari kotlovinaga kiradi.
26 2.2. Suv resurslari
Tabiiy   boyliklar   ichida   suv   boyliklari   eng   zarur   va   kerakli   resurslardan
hisoblanadi.   Chunki   suvsiz   hayotni   tasavvur   qilish   qiyin.   Insoniyatni   kundalik
hayoti   va   barcha   xalq   xo‘jalik   tarmoqlari   uchun   bu   boylik   asosiy   vosita   bo‘lib
xizmat qiladi. Shuning uchun har bir hududni suv boyliklarini sinchiklab o‘rganish
maqsadlidir.
Qashqadaryo   viloyati   yuqori   zonasi   hisoblanishi   Kitob-Shaxrisabz
kotlovinasini   asosiy   suv   boyliklarini   daryo   va   soy   suvlari   tashkil   qiladi.   Shu
mavjud daryo va soy suvlari Hisor va Zarafshon tog‘ tizma tog‘laridan boshlanadi.
Hisor   tog‘idan   asosiy   Qashqadaryo   va   uning   o‘ng   irmoqlari   Jinnidaryo,
Oqsuv,   Tanxozdaryo,   Yakkabog‘   (Qizildaryo)   Guldara   va   Zarafshon   tog‘idan
Qashqadaryoning   o‘ng   irmoqlari   Varganzadaryo,   Qaynarsoy,   Sho‘robsoy,
Oyoqchidaryo   va   Qumdaryolar   tashkil   topgan.   Yana   ulardan   tashqari   juda   ko‘p
kichik soylar va buloqlarni voha uchun ahamiyati katta.
Qayd   etilgan   daryolarni   asosiy   qismi   qordan   to‘yinadigan   daryolar   bo‘lib,
uning hajmi 70-90 foizgacha boradi. Hisor tog‘ini baland qismidan boshlanadigan
daryolar muzdan ham oziqlanadi. Undan tashqari, ayniqsa bahor fasli bilan bog‘liq
holatda   daryo   va   soylar   yomg‘ir   suvi   bilan   am   oziqlanadi.   Masalan,
Yakkabog‘daryoni   umumiy   suv   oqimini   31,6   foizi   muz   suviga   to‘g‘ri   keladi,
Oqdaryoniki  25,7 foizi, Tanxozdaryoni 21,6 foizi  va hokazo. Jinnidaryo, guldara,
Langardaryo,   Qumdaryo,   Oyoqchidaryolar   va   bir   qancha   soylar   ko‘proq   yomg‘ir
qor va buloq suvlari bilan oziqlanadi.
Daryolar   oqimini,   to‘yinishini   xo‘jalikka   bog‘lab   tahlil   qilinganda   baland
tog‘lardan   boshlanib,   muz-qor   bilan   oziqlanadigan   daryolar   xo‘jalikda,   ayniqsa
qishloq   xo‘jalikda   kerakli   vaqtda   suv   berish   xususiyatiga   ega.   Hududda   harorat
ko‘tarilishi   bilan   ularni   suv   oqimi   orta   boradi.   Bu   dehqonchilikni   asosi   bo‘lgan
paxtachilik va sabzavotchilik va boshqa tarmoqlar uchun zarur paytda suv beradi.
Kotlovina hududsida  yillar  davomida  quyidagi   suv  omborlari  va  selxonalar
barpo etildi.
27 4-jadval
Botiqdagi suv omborlarning asosiy ko’rsatkichlari   
Suv omborlari Ishga tushgan vaqti Maydoni km 2 Suv hajmi , 
mln .  m 3
Chimqo‘rg‘on 1963 44,4 500
Hisorak 1983 16 170
Qamashi 1957 2 18
Nug‘oyli 1975 0,5 4
Bobirtepo
1976 0,6 4
Qalqama 1987 1,2 10
Keltirilgan   suv   omborlari   va   selxonalarni   Chimqo‘rg‘ondan   tashqari
hammasi   asosan   kotlovina   maydonlarini   sug‘orishga   sarflanadi.   Lekin   sug‘orish
davridan   tashqari   vaqtda   ularni   ortiqcha   oqib   chiqqan   suvi   Chimqo‘rg‘on   suv
omboriga yo‘naltiriladi. Yer usti va yer osti suv boyliklari hisobiga hozirgi vaqtda
kotlovinada   100   ming   gektarga   yaqin   yer   sug‘oriladi.   Sug‘oriladigan   yerlarga
birinchi navbatda eng ko‘p suv sarf qiladigan paxta keyin sabzavot ozuqa ekinlari
lalmikori yung‘uchqa va boshqa ekinlar ekilmoqda.
Qashqadaryo   viloyatini   boshqa   joylari   bilan   taqqoslaganda   kotlovinada
dehqonchilikka juda ko‘p suv sarflanar ekan. Albatta, suvni tejashga katta e’tibor
berish   kerak.   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasida   aholi   nisbatan   zich   joylashgan.   Shu
aholini suv iste’molini ham mavjud yer usti va yer osti suv boyliklari ta’minlaydi.
Undan   tashqari   hududda   sanoat   va   qurilish   ob’ektlari   ham   anchagina,   ular   uchun
ham   shu   suvlar   ishlatiladi.   Lekin   shu   o‘rinda   shuni   aytish   kerakki,   sanoat
tarmoqlarida   ishlatiladigan   aksariyat   suvlar   qayta   tozalanmasdan   soylarga,
daryolarga   oqizilmoqda.   Bularni   ham   tezda   oldingi   olish   zarur   deb   hisoblaymiz.
Kotlovinada   chorvachilik   tarmoqlari   ham   ancha   rivojlangan,   ular   uchun   ham   shu
chuchuk   suv   boyliklari   xizmat   qiladi.   Lekin   fermalarda   suvdan   foydalanish
sanitariya holati yomon darajada.
28 O‘zbekiston   fanlar   Akademiyasiga   qarashli   “Suv   muammolari   va
gidrotexnika”   ilmiy   tekshirish   institutini   bergan   ma’lumotiga   ko‘ra,   Qashqadaryo
havzasini gidroenergiya resurs quvvati 70 mlrd kvt soat baholangan. Buning katta
hajmi   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   hududsidagi   daryolarga   to‘g‘ri   keladi.
Masalan,   Oq-suvdaryoda   2,1   mlrd   kvt   soat,   Tanxozdaryoda   1,9   mlrd   kvt   soat,
Yakkabog‘daryoda   1,2   mlrd   kvt   soat   va   hokazo.   Lekin   bu   muhim   gidroenergiya
olish   uchun   nisbatn   qulay   joylashgan.   Undan   energiya   quvvati   olish   maqsadida
foydalanishni tiklash maqsadga muvofiqdir.
Umuman   olganda,   kotlovinada   suv   boyliklaridan   oqilona   va   to‘g‘ri
foydalanish   borasida   kamchiliklar   anchagina.   Natijada   chuchuk   suv   tanqisligi
ortmoqda,   suv   ifloslanishi   kengaymoqda.   Bular   jamoatchilikni   ancha   tashvishga
solmoqda.
Shuning   uchun   hayotni,   xo‘jalikni   asosiy   sharti   hisoblangan   suvdan   to‘g‘ri
foydalanish   hozirgi   kunni  zaruriy  sharti   hisoblanadi.   Buning uchun  quyidagilarga
e’tiborni oshirish kerak deb hisoblaymiz.
Avvalo shu hududda yashovchi har bir kishi suvni yuksak darajada qadrlay
olgan   holda   unga   madaniyatli   yondoshishi   zarur.   Suv   hayot   omili   ekanligini
tushunib   uni   toza   saqlab,   tejamkorlik   bilan   foydalanish   kerak.   Kotlovina   suv
boyliklaridan   to‘g‘ri   foydalanish   borasida   nazoratni   keskin   orttirish   lozim.   Unga
nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lgan, ifloslantirgan tashkilotlarga jarima solish
zarur.   Suvdan   foydalanishni   muqarrar   markazlashtirish   ham   maqsadlidir.   Sel   va
toshqin suvlaridan to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Mavjud   kanal   va   ariqlarni   hammasini   betonlashtirish   kerak.   Chunki   ular
suvni bekorga sarflanishi oldini oladi. Suv omborlari va selxonalar suvini oqilona
taqsimlab   foydalanish   lozim.   Shahar   va   qishloqlardagi   suv   quvuri   jumraklaridan
suvni   o‘rinsiz   oqib   yotishini   oldini   olish   zarur.   Shu   suvlardan   iloji   boricha
tomorqalarda   foydalanishni   man   etish   kerak.   Suvni   ko‘p   talab   qiladigan
Shaxrisabz,   Kitob,   Yakkabog‘   ekinlarni   ayniqsa   paxtani   Chiroqchi   va   boshqa
shahar   tipidagi   katta   qishloqlar   atrofida   qisqartirib,   ular   o‘rniga   suv   kam   talab
qiladigan bog‘dorchilik, uzumchilik, donchilik va hokazolarni kengaytirish kerak.
29 Suvni   dehqonchilik   tarmoqlarida   tejamkorlik   bilan   foydalanish   uchun
sug‘orishni kengaytirish zarur.
Kotlovina   hududsida   buloqlar   keng   tarqalgan,   ular   suvidan   to‘g‘ri
foydalanish bilan birga sanitariya qoidalariga ham e’tiborni kuchaytirish lozim.
Xulosa   qilib   aytganda,   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   nisbatan   suvga   boy
hisoblanib,   uni   muhofaza   qilib,   rejali,   tejamkorlik   bilan   foydalanish   hudud
iqtisodiy rivojlanishi uchun katta imkoniyat yaratadi.
2.3. Iqlim resurslari
Kitob-Shaxrisabz kotlovinasi qo‘yi geografik kengliklarda joylashgan bo‘lib,
geografik o‘rni jihatdan subtropik mintaqaga xosdir.
Kotlovinaning   subtropik   kengliklarda   joylashganligi   sababli,   quyosh   tushgi
soatalara   gorizontda   ancha   balandda   turadi.   Shu   sababli   hududning   tekislik
qismlari   quyoshdan   katta   miqdorda   issiqlik   oladi.   Yil   davomida   o‘rta   hisob   bilan
yer   yuziga   summa   radiatsiya   155   k   kal   tushadi.   Ba’zi   yillar   bundan   ko‘p   ham
radiatsiya   bo‘lishi   mumkin.   Kotlovinaning   kontinent   ichkarisida   joylashganligi
sababli,   rayon   iqlimi   ancha   qurg‘oqchil   bo‘lib,   havo   temperaturasining   yillik   va
sutkalik tebranishi ancha katta bo‘ladi.
Kotlovinani   tog‘lar   bilan   to‘silganligi   havo   oqimlariga   ta’sir   qilib,   iqlimni
mahalliy xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Xususan shamollar rejimiga ta’sir etadi.
Kotlovina   hududsi   siklonik   va   antitsiklonik   jarayonlar   bilan   harakterlanadigan
g‘arbiy havo oqimlari joylashganligi uchun har tomondan siklonlar kelib turadi.
Xususan yilning sovuq faslida siklonlar faoliyati kuchayadi. Ular bulutli va
yog‘inli   ob-havo   olib   keladi.   Shu   sababli   kuchli   yog‘inlar   O‘rta   dengiz   bo‘yi
o‘lkalaridagi kabi, qish va bahor oylarida tushadi.
Shimol   tomondan   sovuq   frontlar   kelishi   havo   temperaturasini   ancha
pasaytirib yuboradi.
Kotlovina iqlimining tashkil  topishida relefning roli  ham juda katta. Kitob-
Shaxrisabz kotlovinasi Zarafshon va Hisor tizmalarini oralig‘ida joylashgan bo‘lib,
30 bu tizmalarining absolyut balandligi 1000 m dan 4000 m gacha yetadi. Tog‘larning
g‘arbdan   keladigan   havo   massalarini   bu   tog‘lar   tutib   qolishi   natijasida   yog‘inlar
ancha   katta   bo‘ladi.   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   havo   temperaturasi   ham   o‘ziga
xos   xususiyatga   ega.   Bu   yerda   o‘rtacha   yillik   temperatura   14,7°   ni   tashkil   etadi.
Yilning   eng   sovuq   oyi   yanvar   hisoblanib,   o‘rtacha   temperaturasi   0,8°   ni   tashkil
etadi.   Qish   oylarida   ayrim   hududlarda   o‘rtacha   temperatura   ko‘tarilgan   bo‘ladi.
O‘rtacha   oylik   temperatura   ko‘tarilgan   bo‘ladi.   O‘rtacha   oylik   temperatura   eng
sovuq   oy   bilan   eng   issiq   oy   temperaturalari   havoning   yillik   amplitudasini
harakterlaydi. Kotlovina hududsida o‘rtacha sovuqsiz kunlar soni 219 kunni tashkil
etadi.   Asosan   sovuqsiz   kunlar   ko‘klam   oxirlarida,   ko‘z   oylarining   boshlarigacha
davom etadi. Kuz faslida havo temperaturalari beqaror bo‘lib qoladi.
Kitob-Shahrisabz   kotlovinasi   ancha   janubda   joylashganligi   uchun,   boshqa
joylardan   quyosh   radiatsiyasi   tushishi   bilan   farq   qiladi.   Kotlovinada   quyoshli
kunlar ham ko‘proq bo‘ladi. Radiatsiya balansi qishga nisbatan yoz oylarida yuqori
bo‘ladi.   Kotlovinada   ochiq   havo   yoz   oylarida   25-27   kunni   tashkil   etadi.
Kotlovinada bulutli kunlar uncha ko‘p bo‘lmaydi. Bulutlik kunlar qish va bahorda
ko‘proq   bo‘ladi.   Kotlovinada   ochiq   kunlar   soni   o‘rta   hisob   bilan   164-170   kunni
tashkil etadi.
Kitob-Shahrisabz kotlovinasida o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 545-550 mm
ga   tengdir.   Shunga   qaramasdan,   ba’zi   yillari   havodan   tushadigan   namlik   ayrim
yillari ko‘payib ketadi.
Yillik va oylik atmosfera yog‘inlari o‘zgarib turadi. Ba’zi yillar yog‘in ko‘p
yog‘sa,   ba’zi   yillari   qurg‘oqchil   kelib   yog‘in   kam   yog‘adi.   Kotlovinada   yillik
yog‘in miqdori 856 mm gacha yetishi mumkin.
Qor   qoplami   qo‘shimcha   manba,   tuproqni   namligini   sovuqdan   va
muzlashdan   saqlaydi.   Kitob-Shahrisabz   kotlovinasi   hududsida   qor   qoplami   22
kungacha saqlanib turadi. Qor  qoplami  o‘rta hisob bilan 9-10 sm  ni tashkil  etadi.
Lekin   yon   bag‘irlarda   bundan   ham   qalin   bo‘lishi   mumkin.   Kitob-Shahrisabz
kotlovinasida   qor   qoplami   1   dekabrdan  to   14  martgacha   turadi,   undan   keyin  eriy
boshlaydi. Kotlovinada maksimal qor qoplami 21 sm gacha bo‘ladi.
31 Kitob-Shahrisabz kotlovinasi hududsida momaqaldiroq va chaqmoq bir yilda
o‘rta hisob bilan 6-8 martagacha kuzatiladi. Momaqaldiroqlar ayniqsa aprel oyidan
may oylarigacha bo‘lishi  mumkin. Jala yog‘ishi  asosan  bahor oylarida kuzatiladi.
Jala   yog‘ishi   natijasida   qattiq   sellar   kelib   turadi.   Bu   davrda   gullagan   daraxtlarni
changlatishini ham qiyinlashtirib yuboradi.
Mana shu sellarning kelishi yerning ayrim yuqori qatlamini qotirib yuboradi.
Qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   yuvib   ketadi.   Shu   bilan   birga   o‘sib   chiqayotgan   o‘t
maysalarni   o‘sib   chiqishini   qiyinlashtiradi.   Kitob-Shahrisabz   kotlovinasida   bir
yilda   10-15   kungacha   tumanlik   kuzatiladi.   Ayniqsa   tumanlik   havoning   sovuq
oylarida kuzatiladi. Bahor va yoz oylarida tumanlik deyarli kuzatilmaydi.
Kitob-Shahrisabz   kotlovinasida   chang-to‘zonli   kunlar   asosan   yoz   oylarida
bo‘lib   turadi.   Kitob-Shahrisabz   kotlovinasida   eng   ko‘p   takrorlanadigan   shamollar
g‘arbiy   shamollar   bo‘lib,   bu   shamollarning   takrorlanishi   esadigan   shamollarning
36% ni tashkil etadi.
Undan   keyingi   janubi-g‘arbiy   shamollar   bo‘lib,   hududda   esadigan
shamollarning 32% ni tashkil etadi.
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlardan   ma’lumki,   kotlovina   iqlim   sharoiti
o‘ziga   xos   bo‘lib,   hudud   xalq   xo‘jaligini   rivojlanishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.
Xo‘jalikka   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi   iqlim   komponentlari   asosan   iqlim   boyliklari
deb   tushuniladi.   Bularga   yorug‘lik,   issiqlik,   namlik,   yog‘ingarchilik,   quyosh
radiatsiyasi, shamol kuchi va boshqalar kiradi.
Ana   shu   boyliklarni   kotlovinada   joylanish   va   takrorlanish   xususiyatlariga
e’tibor   berilganda   ancha   yaxshi   holatdadir.   Hududda   qishloq   xo‘jaligi   uchun
yorug‘lik, issiqlik boyliklari bilan bir qatorda yog‘ingarchilik yig‘indisi ham katta
ahamiyat   kasb   etadi.   Ayniqsa   uning   tekislik   qismidagi   foydali   harorat   yig‘indisi
g‘o‘zaning, jumladan ingichka tolali navlarning hamda anjir, anor  kabi issiqsevar
o‘simliklarning   yetilishiga   yordam   beradi,   shuningdek   makkajo‘xori,   don   va
dukkakli ekinlar va sabzavotdan ikki marta hosil olish uchun imkoniyat yaratadi.
32 Issiqlik   va   yorug‘likni   katta   bo‘lganligi   uchun   ham   kotlovinada
yetishtiriladigan   hamma   dehqonchilik   mahsulotlari   oqsilga   boy   va   kalloriyali
hisoblanadi.
Shu   resurslarga   bog‘liq   holda   ham   hududda,   ayniqsa   tog‘   oldi   joylarda
yilning turli mavsumlarida chorva mollarini o‘tlatish imkoniyati yaratilgandir.
Iqlim   boyliklariga   xos   bo‘lgan   va   shamol   energiyasi   ahamiyati   katta
hisoblanadi. Ular tugamaydigan resurslar tarkibiga kiradi.
Kotlovinada yil mobaynida o‘rta hisobda har kvadrat santimetrga tushadigan
oftob   radiatsiya   yig‘indisi   140-150   kilokalloriyaga   teng   keladi,   ayrim   yillardan
undan   ham   yuqori   bo‘lishi   mumkin.   Yoz   oylarida   har   kvadrat   santimetrga
tushadigan   oylik   radiatsiya   yig‘indisi   o‘rta   hisobda   20-25   kilokaloriyani   tashkil
qiladi.
Ma’lumotlarga   ko‘ra,   yil   davomida   har   kvadrat   metr   yuzaga   tushadigan
bevosita   quyosh   radiatsiyasi   jumhuriyatda   o‘rta   hisobda   1200   kilovat   soatdan
oshadi, kotlovinada esa bu miqdor 1300 kilovat soatgacha boradi. Yil mobaynida
hududda   250   atrofida   quyoshli   kun   kuzatilgan.   Shu   vaqtda   albatta   maydon   katta
miqdorda   issiqlik   energiyasi   oladi.   Lekin   undan   sun’iy   holatda   xo‘jalik
tarmoqlarida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   foydalanish   yo‘q.   Chunonchi   undan   suv   isitishda,
uylar   isitishda,   mevalar   quritishda,   qolaversa   elektr   energiyasi   olishda   keng
foydalanish mumkin.
Kitob-Shahrisabz   kotlovinasida   shamolsiz   kunlarni   kuzatish   qiyin.   Ayniqsa
Qaynar,   Mag‘rid,   Miroqi,   Oyoqchi   qishloqlari   atroflarida   ularni   o‘rtacha   yillik
tezligi   ancha   yuqori   darajadadir.   Bu   nisbatan   arzonga   tushadigan   boylikdan   ham
foydalanish yo‘q. Hech bo‘lmaganda undan foydalanishni oddiy usullarini ko‘plab
energiya   olib,   don   yanchadigan   tegirmonlarda,   meva   quritishda,   uy   isitishda   va
juvozlarda   ishlatish   mumkin.   Shu   o‘rinda   ta’kidlash   lozimki,   kuchli   shamollar
oqibatida   joylarda   dehqonchilik   uchun   katta   zararlar   ham   keltirmoqda.   Ularni
oldini   olish   uchun,   uning   yo‘nalishiga   teskari   holda   bir   necha   qatorlab   baland
o‘sadigan daraxtlar tiklash kerak.
33 Keltirilgan   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   kotlovina   iqlim   boyliklariga
ham   ancha   boy   hisoblanadi.   Lekin   ulardan   to‘g‘ri   va   oqilona   foydalanish   hamda
muhofaza qilishda anchagina yetishmovchiliklar mavjud. Ularga nisbatan e’tiborni
kuchaytirish zarur va kerak deb hisoblaymiz.
Buning   uchun   ushbu   ayrim   ishlarni   amalga   oshirishni   kengaytirish
maqsadlidir.
Iqlim   sharoiti   va   uning   boyliklariga   e’tibor   bergan   holda   qishloq   xo‘jalik
tarmoqlarini   joylashtirish   kerak.   Albatta   har   bir   qurilish   ham   ularni   o‘rgangan
holda joriy etish juda o‘rinli hisoblanadi. Iqlim kishilar hayotiga ham turlicha ta’sir
ko‘rsatadi.   Shu   boisdan   sog‘liqni   saqlash,   turizm   ishlarida,   sanatoriy   va   bolalar
oromgohlari   qurilishida   iqlim   omillarini   hisobga   olish   juda   muhimdir.   Bu
yo‘nalishda   kotlovina   tog‘   yon   bag‘irlari   juda   qulay   hisoblanadi.   Ulardan
kompleks holatda foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Quyosh va shamol energiyalaridan foydalanishni joriy etish zarur.
Hozirgi vaqtda havo va atrof muhitni ifloslanishini o‘rganish va oldini olish
muhim   masalalardan   biridir.   Hududdagi   Shahrisabz,   Yakkabog‘   shaharlari   va
boshqa   ayrim   tuman   markazlarida   zavod   va   fabrikalarning   mavjudligi   transport
vositalarini   ko‘pligi,   havoni   tozalab   turadigan   daraxtlarning   kamligi   sababli
ifloslanish   katta.   Ko‘pgina   sanoat   ob’ektlarida   filtratsiya   va   sanitariya   zonalari
yo‘q. Shuning uchun ular ustidan nazoratni kuchaytirish kerak.
Iqlim   boyliklaridan   oqilona   foydalanish   uchun   tog‘li   hududlarda
metereologik   stansiyalarni   ko‘paytirish   kerak.   Bular   u   boyliklarni   o‘rganish   va
aniqlashga yordam beradi.
Ulardan   tashqari   kotlovinada   kishilarni,   ayniqsa   dalada   ishlash   vaqti   eng
issiq   va   sovuq   fasllariga   qarab   qisqartirilishi   maqsadlidir.   Chunki   u   inson
salomatligi uchun zaruriy shartlardan hisoblanadi.
34 2. 4 . Biologik resurslar
Biologik   boyliklarga   o‘simliklar   resursi   va   hayvonot   dunyosi   resurslari
kiradi.   Bu   muhim   ahamiyatga   molik  boyliklar   sanoat,   qishloq   xo‘jalik  tarmoqlari
rivojlanishi   va   estetik   xususiyatlarga   egadir.   Ular   o‘z   navbatida   tugaydigan
resurslar tarkibiga kirib, foydalanishda avaylab ish tutish maqsadlidir.
Ma’lumotlarga   ko‘ra   Qashqadaryo   viloyatida   1184   tur   o‘simliklar   hisobga
olingan, bu O‘zbekiston florasini 30 foizi demakdir. Kotlovinada buning aksariyati
uchraydi.   Ular   ham   ko‘rinishi   va   o‘sish   sharoitiga   ko‘ra   ikki   qismga   bo‘linadi:
o‘rmon o‘simliklari va o‘tli o‘simliklar. O‘rmon boyliklari kotlovina sharoiti uchun
qurilish   oziq-ovqat,   tuproq   himoyachisi,   suvni   taqsimlovchi   va   saqlovchi,   eng
asosiysi   havoni   tozalovchi   vosita   sifatida   ahamiyati   beqiyosdir.   Hozirgi   vaqtda
hududda   o‘rmonlarni   umumiy   maydoni   200   ming   gektarga   yaqindir.   Uning   katta
maydonini   Yakkabog‘   va   Kitob   o‘rmon   xo‘jaligi   tashkil   etadi.   O‘rmon   daraxtlari
ichida archazorlar, donakli, yong‘oqli manzarali daraxtlar keng tarqalgan.
Kotlovinada   archazorlarni   maydoni   25   ming   gektar   atrofida.   Uning
ahamiyati qadimdan inson uchun ahamiyat katta bo‘lib kelgan. Lekin ular o‘tin va
qurilish   materiallari   sifatida   keng   foydalanib   kelingan.   Natijada   uning   maydoni
ancha   qisqargan.   Tog‘   va   tog‘   oldi   o‘rmonlarida   yong‘oq   keng   tarqalgan
daraxtlardan,   uning   mevasi   qimmatli   dorivor   mevalarga   kirib,   o‘zida   katta
miqdorda efir moyi saqlaydi.
Kotlovina   hududsida   650   gektardan   ortiqroq   pistalar   mavjud,   ular   dengiz
sathidan   500   metrdan   tortib   2000   metrgacha   balandliklarga   tarqalgan.   Bodom
tog‘li   maydonlarda   mavjud.   Uning   yovvoyi   turi   bo‘lgan   bodomcha   juda   katta
hududlarni   tashkil   etsada   ulardan   sanoatda   foydalanish   yo‘q.   Faqat   uni   o‘tin
sifatida   foydalaniladi.   Vaholanki   uning   donagida   katta   hajmda   yog‘   mavjud.
Ulardan   tashqari   tog‘   o‘rmonlarida   do‘lana,   chinorlar,   tollar,   teraklar   va   boshqa
daraxtlar tarqalgandir. Ularni yanada ko‘proq tiklab, oqilona foydalanish maqsadli
hisoblanadi.
Shularni   hisobga   olib,   Zarafshon   tizmasini   janubiy   yon   bag‘rida   tezlikda
o‘rmon xo‘jaligi tashkil qilish zarur.
35 Kotlovina   o‘tli   o‘simliklarini   dori-darmon   olishda,   asalarichilikda,   har   xil
buyoqlar   olishda,   moylar   olishda,   oziq-ovqatda,   chorvachilikda   ahamiyati   katta.
Lekin  ulardan foydalanish  komplks  harakterda  emas,  ko‘proq  chorvachilik uchun
tartibsiz foydalanish xususiyatiga ega.
Oziq-ovqat   uchun   foydalanib   kelinayotgan   anzur   piyozni   olsak,   hatto
Shahrisabz   konserva   zavodida   ishlab   chiqarilmoqda.   Uni   ko‘paytirmasdan   tomiri
bilan   olinishi   tufayli   maydoni   kamayib   bormoqda.   Shu   singari   har   qanday   taom
lazzatli qilishda xizmati katta bo‘lgan zirani ham maydoni qisqarmoqda. Ravochni
ham ahamiyati beqiyosdir. Kiyik o‘ti, choy o‘ti foydalanib kelinadi.
Kotlovina hududsida dori olinadigan 130 dan ortiq o‘tli o‘simliklar mavjud.
Lekin   meditsinada   juda   kam   turlari   foydalaniladi.   Efir   moyini   o‘zida   ko‘p
saqlaydigan o‘simliklarni 25 turi mavjud. Ulardan eng asosiylari  shalfey muskati,
zira va boshqalar.
Asalarichilikda   foydalaniladigan   o‘simliklarni   60   turi   mavjud   bo‘lib,   ular
Qashqadaryo,   Jinnidaryo,   Tanxozdaryo,   Oq-suv   daryo,   Oyoqchidaryo   va   boshqa
daryo havzalarida keng tarqalgan.
Hududda   buyoqlar   olishda   ishlatiladigan   50   dan   ortiq   turda   o‘simliklar
mavjud.   Tog‘   va   tog‘   oldi   joylarda   manzarali   o‘ti   o‘simliklarni   ko‘p   turini
uchratish   mumkin.   Ular   ichida   eng   asosiylari   lola,   boychechak,   chuchmoma   va
boshqalar.   Ulardan   tashqari   oshlashda,   ko‘pirtirishda   foydalanadigan   ko‘pgina
turdagi o‘simliklarni uchratish mumkin.
Masalan, sovun olishda va nisholla holva tayyorlashda qo‘llaniladigan holva
bixi   kotlovina   tog‘   yon   bag‘irlarida   juda   ko‘p   tarqalgan.   Bu   o‘simlik   boyligi   60
yillargacha   tayyorlatib   hatto   magazinlarda   qabul   qilinardi,   hozir   negadir   buni
tayyorlash   yo‘lga   qo‘yilmagan.   Albatta   kotlovina   hududsida   o‘tli   o‘simliklar
yaylov   shaklida   va   yem-xashak   tayyorlash   maqsadida   chorvachilikda   keng
foydalanib kelinadi.
Chorva   mollarini   uzluksiz   boqilishi   sababli   o‘tli   o‘simliklarni   katta   qismi
poymol  qilinmoqda, hatto  yo‘q bo‘lmoqda.  Ularni  mavsumiy  boqishni  joriy  etish
ma’qul bo‘ladi.
36 Xullas,   kotlovina   o‘simliklar   boyliklariga   ancha   boy   hisoblanadi,   ulardan
to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Biologik boylikni ikkinchi
qismi   bo‘lgan   hayvonot   dunyosi   ham   nisbatan   hududda   ancha   yaxshi   tarqalgan
hisoblanadi. Kotlovinada yirtqichlar har xil qushlar, sudraluvchilar va baliqlar turi
uchraydi.   Ma’lumotlarga   qaraganda   hududda   200   ga   yaqin   qushlar   turi,   daryo   va
suv omborlarida 20 xil atrofida baliqlar uchraydi.
Yirtqichlardan:   bo‘ri,   ayiq,   tulki,   jayron   va   boshqalar.   Sudraluvchilardan:
ilonlar,   kaltakesaklar.   Kemiruvchilardan:   yumronqoziq,   kalamush,   sichqon   va
boshqalar ko‘p. Ulardan tashqari hududda tog‘ kiyigi, tog‘ echkisi, arhar, quyonlar
mavjud. Lekin bularni soni juda kam. Ularni tiklash va ko‘paytirish zarur.
Kotlovinada   tabiiy   boyliklar   ichida   hayvonot   dunyosi   boyliklari   kam
o‘rganilgan   va   kam   e’tibor   berilgan.   Resurs   hisoblanadi.   Undan   tashqari   ularni
muhofaza   qilish   ham   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilgani   yo‘q.   Har   kim   xoxlagan   vaqtda
noto‘g‘ri   ov   qilishi   oqibatida   ularni   turi   yildan-yilga   kamayib   bormoqda.   Tezlik
bilan bu noxushliklarni oldini olish kerak.
2.5. Foydali qazilma boyliklari
Har   bir   joyni   tabiiy   boyliklarini   jumladan   qazilma   boyliklarini   o‘rganish
katta   ahamiyatga   egadir,   chunki   qazilma   boyliklar   ayniqsa   og‘ir   sanoat
tarmoqlarini   asosiy   xom   ashyo   bazalari   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Qashqadaryo
viloyatini qazilma boyliklari gaz, neft, kaliy tuzi, tosh tuzi va qurilish materiallari
tashkil   etgan   bo‘lsa,   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   hududsida   neft   va   har   xil
qurilish materiallari  zonasi  kattadir. Kotlovinada neft Janubiy-G‘arbiy va Sharqiy
tog‘   yon   bag‘irlarida   joylashgandir.   Lekin,   sharqiy   tog‘   yon   bag‘irlarida   topilgan
neft   zapaslari   hozirgi   vaqtda   negadir   ishlab   chiqarilmaydi.   Hududni   shimoliy   va
shimoliy   g‘arbiy   tog‘li   qismida   qurilish   materiallari   ichida   marmar   keng
tarqalgandir.   Hozirgi   vaqtda   u   bir   kunlik,   gurmak   joy   konlaridan   keng   holatda
qazib   olinmoqda.   Qazib   olingan   marmarlar   Kitob   shahridagi   toshni   qayta   ishlash
kombinatida qayta ishlanib, u yerda marmar toshchalari, marmar uni, marmar bloki
37 va   marmar   plitalari   olinmoqda.   Kombinat   ishlab   chiqargan   mahsulotlar   nafaqat
viloyatda   va   jumhuriyatda   balki   qo‘shni   respublikalarda   foydalanilmoqda.
Ma’lumotlar ko‘ra, bir kunlik marmar zapasi uch yarim million (3,5 mln) m 3
  metr
kubni   churmak   marmar   zapasi   870   ming   m 3
  ni   tashkil   qiladi.   Hudud   shimolida
istiqboli   katta   boylikka   ega   bo‘lgan   sifatli   marmar   zapaslari   topilgan,   ularga
Bodomzor   (100   mln   m 3
),   Qorasuv   (500   mln   m 3
),   Gulzor,   Sevaz   deb   nomlar
qo‘yishgan.   Qashqadaryo   havzasini   kotlovina   qismidan   qum   va   shag‘al   toshlar
qazib olinib ishlatilmoqda.
Shular   asosida   Shaxrisabz   yaqinida   tosh   va   qum   saralash   kombinati
qurilgan, uning bir yillik ishlab chiqaradigan mahsuloti 1 mln m 3
  ni tashkil qiladi.
Kotlovinani ko‘pgina shahar  atrofida joylashgan. Hududda g‘isht ishlab chiqarish
uchun   xom   ashyolar   zapasi   juda   katta   hisoblanadi.   Shuning   uchun   bu   zavodlarni
ko‘paytirish kerak. Ular hudud aholisini ish bilan ta’minlashda katta vosita bo‘lib
xizmat qiladi.
Kotlovinada   ulardan   tashqari   juda   katta   hajmda   ohaktoshlar   va   chinni
buyumlari   uchun   xom-ayosh   zapaslari   mavjud.   Lekin   ular   hozirgi   vaqtda   ishlab
chiqarilmaydi.
Hududda   marganes,   qalay,   simob   zapaslari   borligi   ham   aniqlangan.
Yuqoridagi   qayd   qilingan   fikrlardan   ma’lumki   Kitob-Shahrisabz   kotlovinasida
foydali   qazilma   turlarini   zapasi   katta.   Kelajakda   ulardan   oqilona   foydalanib   va
ularga   nisbatan   muhofaza   qilish   kengaysa   Qashqadaryo   viloyati   uchun   yanada
katta iqtisodiy imkoniyat yaratadi.
38 II I-BOB. KITOB-SHAXRISABZ BOTIG’INING R EKRATSION
RESURSLAR I VA ULARDAN FOYDALANISH
3.1. Kitob-Shaxrisabz botig’ining r ekr e atsion resurslar i
“Rekratsion”   –   so‘zining   ma’nosi   lotinchadan   olingan   bo‘lib,   tiklash   yoki
tashkil   qilish   ma’nosidadir.   Uning   kengroq   ma’nosi   tabiiy   sharoiti   qulay   bo‘lgan
xushmanzara   joylarda   inson   mehnati   tufayli   oromgohlari   demakdir.   Bu   boylik
tabiiy boyliklar  ichida eng keyingicha hisoblanib, yaqin vaqtda o‘rganilmoqda va
adabiyotlarga   kirib   keldi.   Shunga   ko‘ra   Kitob-Shaxrisabz   kotlovinasi   reakratsion
boyliklariga   e’tibor   berilganda   bu   jarayon   juda   kam   o‘rganilganligini   ko‘ramiz.
Lekin hudud nafaqat viloyatda balki respublikada o‘zining rekratsion boyligi bilan
keskin   ajralib   turadi.   Chunki,   kotlovinanin   sharqiy,   shimoliy   va   g‘arbiy   qismini
tog‘ tizmalari o‘rab olgandir. Bu tog‘ yonbag‘irlarida suv o‘simlik yetarli darajada
bo‘lganligi   iqlimiy   sharoitni   yozda   salqin,   qishda   iliq   bo‘lishi   hududda   inson
salomatligi uchun qulay sharoit yaratadi.
Shuning   uchun   ham   shularni   hisobga   olib   tog‘   yon   bag‘irlarida   ayniqsa
daryo   havza   bo‘ylarida   ko‘pgina   oromgohlar,   shifoxonalar,   dam   olish   maskanlari
qurilgandir, lekin hudud xushmanzara imkoniyatlariga nisbatan taqqoslab olganda,
ulardan to‘liq foydalanish ko‘ngildagidek emas. Bizningcha kotlovinadagi  har bir
tog‘   va   tog‘   oldi   soylarini   va   ular   atrofini   tabiiy   sharoitini   atroflicha   o‘rganib,   u
joylarda   yuqorida   qayd   qilingan   oromgohlarni   juda   ham   ko‘paytirish   mumkin.
Chunki bular uchun bu yerlarga katta imkoniyat mavjud ulardan tashqari hududda
inson   salomatligini   tiklashda   katta   yordam   beradigan   quyosh   radiatsiyasi   ham
ancha   me’yor   holatdadir.   Kotlovinani   bu   so‘lim   joylarda   kishilar   dam   oladigan
oromgohlarni   kengayishi   inson   salomatligini   yaxshilash   bilan   birga,   kishilarni
moddiy   jihatdan   ham   rag‘batlantiradi.   Chunki   viloyat   hududsidan   qanchadan
qancha kishilar uzoq yerlarga dam olish uchun borib moddiy va ma’naviy jihatdan
jabrlanmoqdalar.
39 Xulosa   qilib   aytganda   kotlovina   rekratsion   boyliklarga   nisbatan   juda   boy
hisoblanadi.   Lekin,   ulardan   oqilona   va   kompleks   foydalanishda   hali   kamchiliklar
juda ko‘p.
Ularni   oldini   olish   uchun   hududdagi   mutasaddi   kishilar   katta   xizmat
qilishlari kerak.
Kitob   -   Shаhrisаbz       botig‘i       rekreatsiya       tаbiiy       resurslаrigа   boyligi
jihаtidаn    Qаshqаdаryo    vodiysidа   kаttа    imkoniyatgа    egа.    Hududdа mаvjud
bo`lgаn аllyuviаl terrаsаlаr kаftdek tekisligi vа oqim   bo‘ylаb   qiyalikkа   egаligi
ushbu     joylаrdа     sug‘orilаdigаn   dehqonchilikning rivojlаnishigа   imkon bergаn.
Аtrofdаgi   tog‘   yon   bаg‘irlаridаn     oqib   kelаdigаn     bаrchа   soylаr,     shuningdek
bog‘zorlаr,   ihotаzorlаr   vа   dаlаlаrni   kesib   o‘tuvchi   o‘nlаb   sug‘orish   tаrmoqlаri,
dаryo   o`zаnlаri,     vodiyning   ushbu   qismigа   tаrovаt   bаg‘ishlаydi.   Tozа   hаvo   yil
dаvomidа   bulutli   kunlаrning   kаmligi,   turli   xil   yer   osti   shifobаxsh   suvlаrning
mаvjudligi (Yulduzkаkdа 1000-1500 m) chuqurlikdа minerаllаshuv dаrаjаsi 3,1 g/l
bo`lgаn, mikroelementlаrdаn brom (1,65 mg/l), аzotli vodorod birikmаsi (6.0 mg/l)
bo`lgаn   suv   mаvjud.   Umumаn   tаbiаtning   xushmаnzаrаligi,   hududdа
rekreatsiyaning   ko‘pginа   turlаri   bo‘yichа   dаm   olish   vа   dаvolаnishni   аmаlgа
oshirishgа imkon berаdi.
Hududdа   mаhаlliy   xаlqning   tаrixiy   yodgorliklаri   yetаrli   dаrаjаdа   ko‘p.   Bu
borаdа   Shаhrisаbzning   o‘rtа   аsrlаrdа   Аmir   Temur   tomonidаn   bunyod   etilgаn
tаrixiy   me’moriy   obidаlаri   noyobligi   bilаn   аjrаlib   turаdi.   Oqsаroy   shаhаr
mаrkаzidа   joylаshgаn   noyob   bino,   u     1380-1404   yillаrdа   bаrpo   etilgаn.
Shаhаrning   jаnubi   -shаrqidа   Аmir   Temurning   o‘g‘li   nomigа   qurilgаn   Jаhongir
mаqbаrаsi,   Temur   vа   uning   аvlodlаrini   dаfn   etish   uchun   qurilgаn   sаxovаtli
me’moriаl   kompleks   -   Dorussаodаt   (dаvlаtmаndlаr   sаroyi),   Shаyx   Shаmsiddin
kulol   mаqbаrаsi,   Ko‘kgumbаz   mаschiti,   O‘rtа   аsr   hаmmomi   vа   Chorsu   sаvdo
gumbаzi   shаhаrning   eng   yirik   me’morchilik   sаn’аtining   nаmunаsidir.   Hozirgi
kundа shаhаr xаlqаro sаyyohlik mаrkаzigа аylаngаn. 
Shu hududdа joylаshgаn Mirzo Ulug‘bek nomidаgi Kitob Kenglik stаnsiyasi
vа       boshqа       ko‘plаb       tаrixiy       joylаr       sаyohаtchilаrni   qirziqtirаdi.     Kenglik
40 stаnsiyasi     Kitob   shаhridаn       1,5     km   shimoldа,     qаlin   dаrаxtzor   hududda
joylаshgаn.   Xаlqаro   Kenglik   stаnsiyasidа   1930   yil   14   noyabrdа   birinchi   kuzаtish
ishlаri boshlаngаn. Stаnsiya 39°08 1
 shimoliy kenglikdа joylаshgаn. Hozirgi vаqtdа
rаsаdxonаdа Dаnjon (аstrolbiyasi vа fotogrаfik zenit trubаlаri) mаjmuаsidа frаnsuz
mutаxаssislаr   bilаn   hаmkorlikdа   Yer   su’niy   yo`ldoshlаrini   kuzаtishgа
mo‘ljаllаngаn "Doris" tizimi ishlаb turibdi.
Qаshqаdаryoning  yuqori oqimi  (xususаn Vаrgаnzа,  Shаtri)  Jiinidаryoning
yuqori   oqimi   (Vаtkаnа,   Obikаndа],   Oqsuv   dаryosining   o‘rtа   oqimi   (Pаlmon,
Mirаki)   Tаnxozdаryoning   o‘rtа   oqimi   (Beshkаpа,   Sаmoq,   Tаtаr,   Kаltаqo`l)   vа
boshqа soy hаmdа dаryo vodiylаri  betаkror so‘lim mаskаnlаrki, ulаrdа dаm olish
vа   dаvolаnish   o`zigа   xos   xususiyatlаrgа   egа.   Tog‘lаrning   tozа   hаvo   vа   suvlаri
insonni   ruhаn   tetik   vа   jismoniy   sog`lom   bo`lishigа   kuchli   tа’sir   ko‘rsаtаdi.   Sut,
qаtiq,   qimiz   mevа   -   chevаlаri,   dorivor     o‘simliklаrining   sog`lomlаshtirishdа
аhаmiyati kаttа.
Kitob - Shаhrisаbz tаbiаt kompleksidа stаsionаr  holdа xizmаt   ko‘rsаtuvchi
bir       nechа       shifoxonаlаr,       sаnаtoriylаr,       oromgohlаr   |fаoliyat   ko‘rsаtmoqdа
(Mingchinor, Sаmoq, Mirаki  sаnаtoriylаri, Yakkаbog‘  dаm  olish  uylаri  vа o‘nlаb
bolаlаr   oromgohlаri).   Kitob   -   Shаhrisаbz   rekreatsiya   kompleksining   rekreatsiya
boyliklаrini   e’tiborgа   olgаn   holdа   undа   bir   nechа   zаmonаviy   dаm   olish   uylаri,
bolаlаr   oromgohlаri,   dаvolаnish   mаskаnlаri   tаshkil   qilish   mumkin.   Shu   jihаtdаn
uning rekreatsiya istiqboli porloq (31;5; 32; 33).
Qulаy   lаndshаftlаr.   Qаshqаdаryoning   o‘rtа   oqimidаgi   vodiysi   (Chiroqchi
merediаnidаn   Qаrshigаchа)   qаdimdаn   dehqonchilik   mаkoni   sifаtidа   shu   kungа
qаdаr   foydаlаnib   kelinmoqdа.   Bir   -   biri   bilan   tutаshib   ketgаn   ekinzorlаr,   bog‘lаr,
uzumzorlаr,   dаrаxtzorlаr   vodiy   tabiаt   go`zаlligini   yanаdа   oshirаdi.   Chimqo‘rg‘on
suv   omborining   qurib   (1963   y)   foydаlаnishgа   topshirilishi   vodiy   xo‘jаligining
yanаdа   tаrаqqiy   qilishgа   tа’sir   ko‘rsаtаdi.   Shuning   uchun   hаm   dаryo   vodiysidа
yozning   hаvosi   cho`l   yaylovlаrigа   nisbаtаn   bir   oz   bo`lsа   hаm   sаlqinligi,   nisbiy
nаmlikning   ko‘pligi,   shаmolning   kuchsizligi,   tаbiiy   chаnglаrning   kаmligi   bilаn
fаrq   qilаdi.   Ushbu   rekreatsiya     jihаtidаn   muhim   bo`lgаn   tаbiiy   shаroitlаr,   dаm
41 oluvchilаrining fаol hordiq chiqаrishigа sаmаrаli tа’sir ko‘rsаtаdi. Dаryo vodiysidа
rekreatsiyaning   ko‘pginа   turlаri,     chunonchi   suv   hаvzаlаri   bo‘ylаridа   hordiq
chiqаrish,  cho‘milish,   suv  sporti  bilаn  shug‘ullаnish,  bаliq ovlаsh,  tаbiаtning
turli  mаskаnlаrini  borib  ko‘rish,  dаryo o`zаni  bo‘ylаb piyodа sаyrlаr uyushtirish
imkonini berаdi.
Qаshqаdаryo   o`zаni   qаyiri   bilаn   birgаlikdа   dаm   oluvchilаr   uchun   qulаy
rekreatsiya obyekti bo`lib qolishi mаqsаdgа muvofiq. Buning uchun dаryoning ikki
sohilidа   hozirdа   deyarli   butunlаy   yo‘q   bo`lib   ketgаn,   аvvаlgi   dаrаxt   vа   butаli
to‘qаyzorlаrni qаytа tiklаsh, uni yanаdа xushmаnzаrа qilish, qirg‘oqlаrning eroziya
nаtijаsidа     yuvilishini   to‘xtаtish,   dаryo   suvining   tozа   bo`lishigа,   o‘simlik   vа
hаyvonot     olаmining   xilmа   -   xil   vа     boy     bo`lishigа   xizmаt   qilаdi.     Shuningdek,
dаryodа  yoz   bo‘yi   mа’lum   miqdordа   suv   oqimi   bo`lishini     tа’minlаsh       yuqoridа
tаvsiflаngаn   vаzifаlаrni   аmаlgа   oshirish imkonini berаdi (№ 32 - 33 ni g‘аrbiy
qismi). 
Yuqoridаgi tаvsiflаngаn qulаy tаbiаt komplekslаrigа G‘uzordаryosining
deltаsi   hududini   hаm  qo‘shish   mаqsаdgа   muvofiq.   Chunki   ushbu  hududdа
rekreatsiyaning   tаbiiy   boyliklаri   qulаy   imkoniyatlаrgа   egа,   Toytаlаsh   tizmаsining
suvаyirg‘ich,     Qizilsoyning   suv   yig‘uvchi qismlаri         (Kаttа         O’rаdаryoning
yuqori           oqimlаri),           o‘rtаchа   bаlаndlikdаgi   tizmа   tog‘lаr     vа     ulаrni     suv
аyirg‘ich   qismlаrining rekreаtsiya     imkoniyatlаri     yuqori.     Tаbiiy     rekreatsiya
boyliklаri butun yoz bo‘yi yaxshi hordiq chiqаrish uchun аnchа qulаy, аrchаzorlаr,
havoning   nisbаtаn   sаlqinligi   vа   kislorodgа   nihoyatdа   boyligi,   qu‘yoshdаn
kelаyotgаn   ultrаbinаfshа   nurlаrning   ko‘pligi   bа’zi   kаsаlliklаrni   (аsаb,   nаfаs
yo`llаri, sil, oshqozon - ichаk vа boshq.) davolаshdа muhim o‘rin tutаdi. Biroq,yer
yuzasining   dengiz   sathidan   ancha   bаlаndligi,   relyefining   o’ydim-chuqurligi,   hаvo
bosimining keskin o`zgаrib turishi  vа boshqа meteorologik omillаr bаrchаgа hаm
zаrur   dаrаjаdа   hordiq   chiqаrish   imkonini   bermаydi   (yurаk   -qon-tomir,   tаyanch-
hаrаkаt   а’zolаri   kаbi   kаsаlliklаr).   Binobаrin,   dаm   olish,   dаvolаnish   ko’rsаtmаsi
bo‘yichа   аmаlgа   oshirilishi   mаqsаdgа   muvofiq,   yoshlаrning     ko‘p   kunlik
sаyohаtlаrini аmаlgа oshirish, аyniqsа foydаli (№ 3).
42 Qizilsuvdаryo, Turnа, Lаngаr vа boshqа dаryolаrning suvаyirg‘ich qismlаri
Xontаxti,   Kunguzlik   tog‘lаri,   Beshnov   vа   Toytаlаsh tizmаlаrining     jаnubiy
yonbаg’irlаri         bilаn         bаnd.         O‘rtаchа bаlаndlikdаgi  tog‘lаrning eng yuqori
qismigа   mos   keluvchi   mаzkur   tog‘   tizmаlаri   relyefi   turli   dаrаjаdа   pаrchаlаngаn.
Xontаxti   tizmаsi   nihoyatdа   kuchli,   Toytаlаsh,   Beshnovning   jаnubiy   yonbаg‘irlаri
o‘rtаchа   pаrchаlаngаn   vа   shu   munosаbаt   bilаn   jаnubiy   yonbаg‘irlаr   sekin   -   аstа
pаsаyib       borаdi.       Joylаrdа       tik       qoyali       yonbаg‘irlаr       mаvjud. Lаngаrning
yuqori   oqimlаri   vа   Turnа   dаryosi   o`zаni   chuqur   dаrаlаrdа   joylаshgаn.
Relyefning      kаm      pаrchаlаngаnligi      rekreatsiya mаqsаdlаridа   foydаlаnish
sаmаrаdorligini       oshirаdi,       bаlаnd     tog‘   iqlimi,     tozа   vа   musаffo   suv,
аrchаzorlаrning   keng   tаrqаlgаnligi,   аjoyib   tаbiаt   mаnzаrаlаri,     relyefning   turli
shаkllаri,  аyniqsа kаrst   relyef   shаkllаri,   nurаsh   jаrаyonidа   vujudgа   kelgаn
qoya   shаkllаri     sаyyohlаrning   diqqаtini     o`zigа   tortаdi.       Qishdа     qorning   ko‘p
bo`lishi       vа     uzoq       vаqt     erimаy     turishi       (132       kun),       relyefning   qulаyligi
yonbаg‘irlаrdа       qishdа       qor       bilаn       bog‘liq       bo`lgаn       sport   turlаri   bilаn
shug‘ullаnishgа imkon berаdi. Beshnov, Toytаlаshning jаnubiy etаklаridа, chаng‘i,
chаnаdа   uchishni   tаshkil   qilish   mumkin.   Yozdа   Turnа,   Lаngаr,   Qizilsuvdаryo
vodiylаri   bo‘ylаb   ko‘p   kunlik   sayohаtlаr   tаshkil   qilish   mаqsаdgа   muvofiq.   Hisor
qo‘riqxonаsi   vа   boshqа   tаbiаt   obyektlаrigа   ko‘plаb   sаyyohlаrning   kelishini
uyushtirish   imkoni   bor.   Buning   uchun   Tаtаr   qishlog‘idаn   Toshqo‘rg‘on   orqаli
Аmir   Temur   g‘origаchа   аvtomobil   yo`lini   qurish   mаqsаdgа   muvofiq.   Sаyyohlаr
hаrаkаti   uchun   bu   joydа   qulаy   dovonlаr   mаvjud   I   (Qizilgаzа   -2300   m,
Eshаkmаydon 2400 m) (№ 2).
Oqsuv   vа   Jinnidаryoning   yuqori   oqimlаri   o‘rtаchа   bаlаndlikdаgi   tog‘lаrdа
joylаshgаn. Bu tog‘lаrning pаrchаlаnish dаrаjаsi turlichа. Аsosаn o‘rtаchа dаrаjаdа
o‘ydim   -   chuqurlаshgаn   tog‘   yonbаg‘irlаri   kаttа   hududlаrni   egаllаydi.   Joylаrdа
(Xаzаrmаnа cho‘qqisi  2336 m, Qorаmumа 1961 m, Tegishqoq 1860 m vа boshq)
kuchli pаrchаlаnish  ko‘rsаtkichlаrigа egа (800- 10OOm). Dаryo tаrmoqlаri chuqur
vodiylаrdа   oqib       o‘tаdi.       Qorаsuv,       G‘ilondаryo,       Nаushur       vа       boshqаlаr,
43 bа’zаn   tog‘ning   yuqori   qismlаridа   (2290   -   2000   m)   suvаyirg‘ich   qismlаri   yassi
relyef xususiyatlаrigа egа.
Hududning   rekreatsiya   boyliklаri   dаm   olish   vа   dаvolаnish   uchun   qulаy
tаbiiy   imkoniyatlаrgа   egа.   Tаbiаt   nаqаdаr   go`zаl   vа   jozibаli,   mutlаq       bаlаndlik
yuqori       bo`lishigа       qаrаmаy,       dаryo       vodiylаridа   ilgаridаn   аholi   tomonidаn
o`zlаshtirilib,   kаttа   -   kichik   qishloqlаr     tаrkib       topgаn       (G‘ilon,       Sаrchаshmа,
Siyob     vа     boshq).     Bu   hol   ushbu   joylаrning       yashаsh         uchun         nаqаdаr
qulаyligi,           dehqonchilik,   hunаrmаndchilik       vа       chorvаchilik       bilаn
shug‘ullаnish       uchun       bаrchа   imkoniyatlаr   mаvjudligidаn   dаlolаt   berаdi.   Tog‘
vodiylаridа turli xil kаsаlliklаrni (o‘pkа, аsаb, nаfаs yo`llаri, sil, oshqozon - ichаk
vа   boshq.)   dаvolаshgа   xizmаt   qilаdigаn   shifoxonаlаr,   sаnаtoriylаrni   tаshkil   etish
mаqsаdgа muvofiq.
Аyrim   dаryo   vodiylаri   -   Qorаsuv,   G‘ilondаryo,   Nаushur,   Tаmshush   vа
boshqа soylаr vodiylаri bo‘ylаb ko‘p kunlik sаyohаtlаrni uyushtirish imkoniyatlаri
bor. Sаyyohlаr bu yerdа tаbiаt qo‘ynidа dаm olishdаn tаshqаri, mаhаlliy аholining
turli hunаrmаndchiligi bilаn (G‘ilon), аholining qаdimiy аn’аnаlаri bilаp tаnishish
imkoniyatlаrigа egа bo`lаdilаr.
Tаnxoz,   Qizilsuvdаryo,   Oqsuv   dаryolаri   hаvzаlаridа   bаlаnd   tog‘lаr   kuchli
pаrchаlаngаn.   Soylаr   vа   dаryolаr   chuqur   dаrаlаrdа   oqib   o‘tаdi.   Al’p       tipidаgi
relyef   shаkllаri   vа   yalаng‘och   qoyalаr   hukumron.   Iqlimiy   shаroitlаr   dаm
olish       nuqtаi       nаzаridаn       noqulаy.       Yozdа   hаvoning   o‘rtаchа   hаrorаti   12-18°,
bulutli kunlаr ko‘p, yozdа uzoq vаqtgаchа qor erimаy turаdi. Yozdа hаm yog‘in -
sochin yog‘ishi kuzаtilаdi. O‘simlik qoplаmi, yonbаg‘irlаrning quyi qismidа siyrаk
аrchаzorlаr, yuqori qismidа esа аrchаzorlаr deyarli uchrаmаydi yoki ondа - sondа
yer   bаg‘irlаb   o‘sаdigаn   turlаrni   uchrаtish   mumkin.   Ko‘proq   kriofil   o’simliklаr
tаrqаlgаn.   Umumаn,   ommаviy   dаm   olishni   uyushtirish   bir   munchа   murаkkаb
kechаdi.  Fаqаt аyrim dаryo vodiylаri yoki soylаr boyidа yoshlаrning sаyohаtlаrini
uyushtirish mumkin. Yuqoridаgi relyef vа iqlimiy shаroitlаrning rekreatsiya nuqtаi
nаzаridаn murаkkаbligini  e’tiborgа olib  qulаy toifаgа kiritish mаqsаdgа  muvofiq.
44 Yuqorida ta’kidlanganidek, tog‘larda tabiatning noyob bota- nik va geologik
yodgorliklarining   raavjudligi,   g‘orlar   (A.Temur,   Kiyik   Qamar,   Kilsi   va   b.),
sharsharalar   va   boshqa   noyob   land-   shaftlar   ajoyib   sayyohat   va   ekskursiya
obyektlari bo’lib xizmat qilishi mumkin.
   
                       1-rasm. Miroqi  sanotoriyasi (dam olish maskani).
                      2-rasm. Mingchinor sanotoriyasi (dam olish maskani ).
Shahrisabz   -   O‘zbekistonning   qadimiy   va   go‘zal   shaharlaridan   biri   bo'lib,
tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
45 Buyuk sarkarda Amir Temur shu shaharda tug‘ilgan. Ko‘kalamzor va gullar bilan
o‘ralgan   shahar   haqli   ravishda   "Yashil   shahar"   nomini   oldi.Shahrisabzda   nimani
ko‘rishingiz mumkin:
✔   qadimgi Oqsaroyning xarobalari,
✔   Ko‘k gumbaz masjidi,
✔   Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi,
✔   Dorus-Saodat, Shamsad-Din Kulyal, Gumbazi-Seyidon maqbaralari.
Shahrisabzdan   o‘tadigan   asosiy   magistral   buyuk   italyan   sayyohi   Marko
Poloning marshrutini takrorlaydi. Shahrisabzning iqlimi Samarqand iqlimiga yaqin
bo‘lib,   aniq   fasllarga   bo‘linadi.   Qish     yumshoq   va   sovuq   emas,   ammo   kechalari
salqin   bo‘lganligi   sababli   o‘zingiz   bilan   qalinroq   sviter   olishni   unutmang.   Yoz
odatda   juda   issiq,   ba zan   shunchalik   issiqki,   kunduzgi   harorat   yarim   tungachaʼ
saqlanib   qolishi   mumkin.Shahrisabz   markazida   sayr   qilar   ekansiz,   eski
madrasalarda   yo     shunchaki   yo‘l   bo‘ylab   joylashgan   ko‘plab   esdalik   sovg‘alar
bilan   savdo   qiluvchi   ustaxonalarni   ko‘rishingiz   mumkin.   Tarvuz   qo‘ltiqlagan
ko‘ngli   ochiq   chollar,   o‘yib   ishlangan   sandiqchalar   va   rang-barang   matolar   kabi
hunarmandchilik mahsulotlarini taklif etishga ustalar tayyor turishadi . Ular orasida
shahar   tasviri     tushirilgan   turli     xil   shakldagi   magnitlar   alohida   ajralib   turadi.
Odatdagidek loy va keramikadan yasalganlaridan tashqari, yog‘och, qog‘oz, teri va
hatto   marmardan   yasalganlari   ham   bor!   Shahrisabzga   kelganingizda,   mahalliy
taomlardan   tatib   ko‘rishni   unutmang!   Eng   mazali   taomlar   ro‘yxatida   palovdan
keyin   sharafli   ikkinchi   o‘rinni   tandir   kabob   egallaydi.   Qashqadaryo   viloyatida
azaldan eng  yaxshi  tandir  kabob tayyorlashgan!  Bu taom  bizga  qadimgi  davrdan,
ya ni   O‘rta   Osiyo   aholisining   aksariyati   ko‘chmanchi   bo‘lgan   davrlardan   yetib	
ʼ
kelgan.   Odamlar   doim   yo‘lda   bo‘lganligi   sababli,   oshpazlar   ovqat   pishirishning
yangi, tez va qulay usullarini topishga harakat qilishgan. O‘shanda tandir go‘shtni
tayyorlash   usuli   ixtiro   qilingan.   Dastlab   chuqurligi   va   kengligi   1   metrdan
oshmaydigan   o‘ra   qazib,   uning   ichiga   o‘tin   solinadi.   O‘tin   cho‘g‘   bo‘lib
yonguncha,   oshpaz   qo‘y     go‘shtini   katta   bo‘laklarga   bo‘lib,   tuzlaydi   va   maxsus
46 ziravorlar   sepib   sixlarga   teradi.   Shundan   so‘ng   bu   vaqtga   qadar   lovullab   turgan
chuqurga   tushiradi.   Chuqurning   tepasiga   kigiz   yopilib,   qalin   qatlam   bilan   tuproq
sepiladi.   Ushbu   pishirish   usulining   asosiy   xususiyati   shundan   iboratki,   taom
ta mini     yaxshilash   uchun   ignabargli   daraxt   –   archa   novdalari   o‘choq   ichiga   vaʼ
ziravor   sifatida   taomning   o‘ziga   qo‘shiladi.   Ushbu   taomning   mazali   ta mini   hech	
ʼ
bir narsa bilan adashtirib yuborish mumkin emas! Bir marta tatib ko‘rsangiz - hech
qachon unutmaysiz! O‘zbek taomlari haqida ko‘proq ma lumotlarni internet orqali	
ʼ
o‘qishingiz   mumkin.   Shahrisabz   tumanining   bepoyon   tabiati   sizni   befarq
qoldirmaydi!Bu yerda albatta fotosessiyauyushtiring!
Oqsaroy     hududidagi   istirohat   bog‘i   sayr   qilish   uchun   ajoyib   joy   bo‘lishi
mumkin,   chunki bu yerda   o‘tirish, dam  olish va albatta suratga tushish mumkin
bo‘lgan ko‘plab ko‘kalamzor va chiroyli joylar bor! (3-rasm).
   Bu «Kunduzak» masjidi ( 4-rasm). U XIX asrda qurilgan va Dorut Tilovat
madra-   sasidan   unchalik   uzoqbo‘lmagan   joyda   joylashgan.   Yaqinda     amalga
oshirilgan   rekonstruksiyadan   so‘ng,yangidek   ko‘rinadi   va   chiroyli   fotosuratlarni
sevuvchilarni   o‘ziga   jalb   qiladi.   Shaharda   ko‘plab   diqqatga   sazovor   me moriy	
ʼ
obidalar   joylashgan   bo‘lib   uning   tarixiy   markazi   YUNESKOning   Umumjahon
merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘zbekiston   hukumati   shaharning   madaniyat   va   turizm   markazi   sifatida
ulkan   salohiyatini   namoyish   etadigan   “Shahrisabz   –   festivallar   shahri”
konsepsiyasini   faol   ilgari   surib   kelmoqda.   Shu   yo‘sinda   O‘zbekiston   ikkinchi
Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   tashabbusi   bilan   2018   yilning   sentyabr   oyida
ikki   yilda   bir   marta   o‘tkaziladigan   “Maqom”   xalqaro   san at   festivali   Shahrisabz	
ʼ
shahrida birinchi marta bo’lib o’tdi.
47 3-rasm. Oqsaroy obidasi                                     4-rasm. ‘‘Kunduzak’’masjidi
                   
Kitob   o’rta   asrlarda   G’arb   bilan   Sharq   mamlakatlarini   bir-biriga   bog’lagan
yirik   karovon   yo’li   yoqasida,   Samarqand   va   Shahrisabz   (Kesh)ga   yaqin
joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Maydoni 40 ga, shahar arki 1 ga dan
ko’proq joyni egallagan. Ark harobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar
devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-nan miloddan avvalgi 3-asrda qurilgan.
O’tmishda Kitobning janubiy-g’arbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan.
Arxeologik   qazishlar   natijasida   ochilgan   madaniy   qatlamlardan   katta   marmar
plitalar,   bino   qoldiqlari,   turli   shakldagi   rangli   sopol   idishlar,   mayda   haykalchalar
va  boshqa   buyumlar   topilgan.   Shahar   bir   qancha   vaqt   tushkunlikka   tushib,   6—7-
asrlarda   qayta   tiklangan.   Arkdan   tashqarida   2,5   ga   yerga   qal aqarorgoh   qurilib,ʼ
qalin   devor     bilan   o’rab   olingan.   IX-XVII   asrlarda   shahar   avvalgi   mavqeini
yo’qotgan.   XVIII   asrda   Kitob   beklik   markaziga   aylangach,   birmuncha   tiklangan.
O’sha   davrda     Kitobda   6   shahar   darvozasi,   bir   necha   o’n   guzar,   2   karvonsaroy,
bozor, hammom,4 qabriston bo’lgan. Hozir Kitob Qashqadaryo viloyatining yirik
madaniy   va   iqtisodiy   markazlarilan.   Paxta   tozalash,   vino   z-dlari   va   boshqa
korxonalar   mavjud.   Kitob   kenglik   styansasi   jahondagi   5ta   shunday   stansiyaning
biridir   (qarang   Kitob   balandtog’   rasadxonalar   majmuasi).   Shuningdek   Kitob
tumanida   Langar   g’ori   (paleontologik   yodgorligi)   Langar   qishlog’ida   joylashgan
(5-rasm).Kitobda   tuman   hokimiyati   binosi,   aloqa   bo’limi,   mehmonxona,
madaniyat   uyi,   umumiy   ta lim   maktablari,   avtostansiya,   madaniyat   va   istirohat	
ʼ
bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar,
48 savdo va  maishiy xizmat  shoxobchalari  bor. Kitob katta O’zbekiston  trakti  orqali
Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bog’langan.
3.2.Kitob-Shahrisabz botig’I rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish.
Kitob-Shahrisabz   botig‘ini   o‘rab   turgan   tog‘larning   tabiiy   resurslaridan
samarali foydalanish va tabiatni muhofaza qilishga doir juda katta tadbirlar amalga
oshirilmoqda.   Tog‘li   joylarda   ixti-   soslashgan   va   o‘rmon   xo'jaliklarining   tashkil
etilishi   tog‘lar   tabiati-   dan   foydalanishni   amalga   oshirishda,   tabiat
imkoniyatlaridan   to‘g‘ri   foydalanishni   tashkil   etishda   bunday   xayrli   ishlami
ruyobga chiqa- rishdagi dastlabki odimlardir. Bunday xo‘jaliklar tog'larda o'rmon-
zorlar  maydonlarini  kcngaytirish,  archazorlami  tiklash,  bog‘lar, uzumzorlar  barpo
etish,   dorivor   va   foydali   yovvoyi   o‘simliklami   ko‘paytirish   va   yig‘ishtirishni
to‘g‘ri tashkil etish kabi ishlami amalga oshirmoqdalar.
O‘simliklar   va   hayvonlarning   tabiiy   -   tadrijiy   rivojlanishini,   tabiat
majmualarining   tuzilmasini,   dinamikasi   va   rivojlanishini   o‘rganish,   fauna   va
floraning noyob va yo‘qolib borayotgan vakillarini saqlab qolish, tabiatning noyob
joylari   va   yodgorliklarini   saqlab   qolish   maqsadlarida   Hisor   togiarida   Hisor   va
Kitob qo‘riqxonalari tashkil etilgan.
Hisor   qo'riqxonasi   Hisor   tizmasining   g'arbiy   yonbag‘irlarida   1750   m   dan
4349 m   gacha  bo'lgan  balandliklarda  joylashgan.  Maydoni  76889  ga. Qo‘riqxona
G‘arbiy   Hisor   tog‘larining   yuqori   mintaqalarining   va   Qashqadaryo   suv   yig‘ish
havzasi   yuqori   qismi-   ning   landshaftlarini   o‘z   ichiga   oladi.   QoViqxona   hududida
10750 ga maydon o‘nnon bilan qoplangan. 0‘rmonlar uchun daraxt va buta- laming
60   ga   yaqin   turi   xos.   0‘rmonlarda   archadan   tashqari   zarang,   shumtol,   do'lana,
oleha,   tol,   terak,   yong'oq,   qayrag‘och   va   boshqa   daraxtlar   va   butalar   o‘sadi.
Qo‘riqxona hududida faqat naychali o‘simliklaming 800 dan ortiqroq turi hisobga
olingan.   Bu   yerda   murakkabguldoshlar,   do'kkakdoshlar,   soyabonguldoshlar   va
boshqa   turkumlarga   mansub   boigan   turlar   ko‘p.   Do'kkakdoshlardan   ayniqsa,
astragallar   keng   tarqalgan   (70   tur)   boiib,ulardan   uch   turi   faqat   Hisor
49 qo’riqxonasida   uchraydi.   Umuman   hozirgi   vaqtda   hisobga   olingan   gulli
o'simliklarning 50 turidan 40 tasi G‘arbiy Hisor uchun endemlardir.
Hisor   qo‘riqxonasida   faunaning   tarkibi   bam   xilma-xil   bo'lib,   sut
emizuvchilaming 30 turi, qusblarning !00 dan ortiqroq turi, reptiliyalarning 9 turi
va baliqlaming 2 turi hisobga olingan. Sut emizuvchilardan irbis (qor qoploni), oq
timoqli   ayiq,   latcha,   sug’ur,   silovsin,   jayra,   to‘ng‘iz   kabi   hayvoniar   inuhofazaga
olingan   bo’lib,   ulardan   ayrimlari   tabiatni   muhofaza   qilish   Halqaro   uyushmasi   va
O’zbekistonning ’’Qizil kitob” iga kiritilgan.
Kitob geologiya qo’riqxonasi  (maydoni  5378 ga) 1979 yilda tashkil  etilgan
bo’lib,unda   bundan   300-400   min   yil   ilgari   Yerda   mavjud   bo’lgan   hayotning
mulirlangan   yotqiziqlari   ochiq   holda   uchraydigan   tog’   landshaftlari   muhofaza
qilinadi. Bu yerda o’simlik va hayvonot dunyosining O’zbekiston “Qizil kitob” iga
kirgan   ko’plab   noyob   va   yo’qolib   borayotgan   turlari   mavjud   bo’lganligi   sababli
barcha tabiat majmualari muhofaza qilinadi.
Kitob   geologiya   qo’riqxonasi   Jirmidaryo   o’rta   oqimining   chap   solii   1   ida,
Zarafshon   tizmasining   janubi-g’arbiy   tarmoqlari   bo’lgan   Sumsar   tog’i   va
Qoratog'ning  shimoliy yonbag’irlaiida joylashgan.  Hozirgi  paytda qo’riqxonaning
52%   maydoni   (2793   ga)   o’nnonlar,   25%   maydoni   qoyalar,   tik   va   toshloq
yonbag’irlar,   qolgan   qismini   esa   yaqin   o’tmishda   yaylovlar   va   ekinzorlar   band
etgan   joylar   tashkil   etadi.   Qo’riqxona   hududidagi   ochilib   qolgan   tog’   jinslari
yotqiziqlardagi   qazilma   organik   qoldiqlar   devon   davri-   ning   dengizlarida   qanday
jonivorlar   tarqalganligidan   guvohlik   beradi.   Hozirga   qadar   16   tuikum   toshqotgan
hayvonlarning   qoldiq-   lari,   57   oilaga   mansub   bo’lgan   umurtqali   hayvoniar,   121
turdagi o’simliklar o‘rganilgan.
Kitob   qo’riqxonasida   hozircha   60   oilaga   mansub   bo'lgan   328   turdagi
naychali   o'simliklar   hisobga   olingan.   Bu   yerda   tarqalgan   o’simliklarning   katla
qismi   murakkabguldoshlar,   do’kkakdoshlar,   soyabonguldoshlar,   boshoqdoshlar,
ayiqtovondoshlar,   iabguldosh-   lar,   krastguldoshlarga   mansubdir.   Qo’riqxonada
uchraydigan o’sim-  liklaming 12 turi  O’zbekiston  “Qizil  kitob” iga kiritilgan. Bu
yerda dorivor o’simliklarning 35 turi, manzarali o’simliklarning 20 turi   tarqalgan.
50 Kitob   geologiya   qo'riqxonasining   hayvonot   dunyosi   ham   xilma-xil   bo'lib,
hozirga qadar umurtqalilaming 120 turi, reptiliya- laming 20 turi hisobga olingan.
Hisor va Kitob qo‘riqxonalari tog' landshaftlarini muhofaza qilishda muhim
ahamiyatga   cga   bo'lib,   ularda   landshaftlar   va   land-   shaftlaming   aiohida
komponentlarim   o'rganishga   doir   ilmiy-   tadqiqot   ishlari   olib   borilmoqda.
Qo'nqxona hududidagi ochilib qolgan tog' jinslari yotqiziqlardagi qazilma organik
qoldiqlar   devon   davrining   dengizlarida   qanday   jonivorlar   tarqalganligidan
guvohlik beradi. Hozirga qadar 16 turkum  toshqotgan hayvonlarning qoldiq-  lari.
57 oilaga mansub bo'lgan umurtqali hayvonlar, 121 turdagi o'simliklar o'rganilgan.
Kitob   qo'riqxonasida   hozircha   60   oilaga   mansub   bo'lgan   328   turdagi
naychali   o'simliklar   hisobga   olingan.   Bu   yerda   tarqalgan   o'simliklaming   katta
qismi   murakkabguldoshlar,   do'kkakdoshlar,   soyabonguldoshlar,   boshoqdoshlar,
ayiqtovondoshlar,   labguldosh-   lar,   krastguldoshlarga   mansubdir.   Qo'riqxonada
uchraydigan   o'simliklaming   12   turi   O'zbckiston   ''Qizil   kitob"   iga   kiritilgan.   Bu
yerda dorivor o'simliklaming 35 turi, manzarali o'simliklaming 20 turi tarqalgan.
Kitob   geologiya   qo'riqxonasining   hayvonot   dunyosi   ham   xilma-xil   bo'lib,
hozirga qadar umurtqalilaming 120 turi, reptiliya- laming 20 turi hisobga olingan.
Hisor va Kitob qo'riqxonalari tog' landshaftlarini muhofaza qilishda muhim
ahamiyatga   ega   bo'lib,   ularda   landshaftlar   va   land-   shaftlaming   aiohida
komponenlarini   o'rganishga   doir   iliniy-tadqiqot   ishlari   olib   borilmoqda.   Hozirgi
paytda   jahonning   ko'pgina   mamla-   katlarida   shujumladan   O'zbekistonda   ham,
biosfera qo'riqxonalari va milliy bog'larni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda   Hisor   qo'riqxonasini   unga   tutash   hudud-   larni
qo'shish   hisobiga   kengaytirish   va   Hisor   milliy   parkini   tashkil   etish   tabiatni
muhofaza etishga, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga va milliy bog'ning ayrim
joylaridan   turizm   maqsadlarida   foydalangan   holda   o'z-o'zini   mablag'   bilan
ta’minlashga qaratilgan muhim tadbir amalga oshirilgan bo'lar edi.
Jamiyatning   rivojlanib   borishi   bilan   insonlarning   atrof-muhitga   ta`siri   ham
o`sib boradi.Inson tabiat bilan, ya`ni  o`simlik va hayvonot  dunyosi  hamda er osti
va   er   usti   boyliklaribilan   o`zaro   muloqotda   bo`ladi.   Tabiat   va   inson   o`rtasidagi
51 munosabat ma`lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami
kechmi, albatta, halokatgaolib keladi [2].
O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, davlat tabiiy qo`riqxonalari
qat`iy   muhofaza   qilinadigan   hududlar   bo`lib,   ularda   yovvoyi   tabiatning   yil   bo`yi
kuzatib   boriladi.   Hozirgi   kunda   respublika   hududida   9   ta   davlat   qo`riqxonasi
mavjud bo`lib,ularning asosiy vazifalaridan biri tabiat landshaftlari, noyob va nodir
hayvon,   o`simlikturlarini   tabiiy   ahvolda   saqlab   qolish   va   keyinchalik   boshqa
hududlarni   ular   bilan   boyitishdan   iborat.   Mavjud   ikkita   bog`ning   vazifasi   esa,
go`zal   landshaftlar   va   ularningyovvoyi   vakillarini   muhofaza   qilish   bilan   birga,
ekologik turizmni rivojlantirish,insonlarning tabiat bilan aloqasini kuchaytirishdir.
Ushbu  qo`riqxonalarning  er  maydoni   Respublika  umumiy  er maydonining 0,5
foizini, milliy bog`lar esa, 1,3 foizini tashkiletadi [3].
Rekreatsiya   zonalarini   foydali   qazilma   konlari,   yuqori   zararli   ta’sir
ko’rsatadigan   sanoat   korxonalari   yaqinida   joylashtirishga   yo’l   qo’yib   bo’lmaydi.
Kishilar   o’zlarining   faoliyatida   o’simliklardan   haddan   tashqari   ko’p   va   betartib
foy-dalanishlari   oqibatida   sayyoramizning   o’simlik   qoplamida   jiddiy,   salbiy
o’zgarishlar   sodir   bo’lmoqda,juda   ko’p   o’simliklar   turlari   kamayib,noyob   turga
aylanib   bormoq   da.Shu   sababali   hozirgi   kunda   Yer   sharining   yashil   boyliklarini
muhofaza qilish,ular dan oqilona foydalanish,qayta boyitib borish muhim.
52 Tabiat   yodgorliklari.   Ba’zan   ilmiy,   madaniy   va   tarixiy   jihatdan   qimmatli
tabiiy   obyektlar   muhofaza   qilish   uchun   katta   maydonlarni   ishg’ol   qilmagan
qimmatli   ta-biiy   ob’ektlar   ‘‘tabiat   yodgorliklari’’   deyiladi   va   jiddiy   muhofaza
qilinadi.Tabiat   yodgorliklari   tabiatning   o’tmishi   va   unda   sodir   bo’layotgan
jaroyonlar haqida malum darajada aniq guvohlik beradi.Masalan, valunalar-muzlik
qoldiqlari  ’’qo’y    peshonalar’’   –  muzliklarning  qoyalarga  ishqalanishi,jimjimador
qoyalar   tog’   jins-lari   guvohi   .Tabiat   yodgorliklariga
sharsharalar,geyzerlar,g’orlar,relefning   ajoyib   shakllari,geologik   ochilib   qolgan
joylar   ayrim   daraxt,tarixiy   obidalar   va   boshqa   ob-yektlar   kiritiladi.Tabiat
yodgorliklarni   ko’zga   yaqqol   tashlanib   turadigan   xo’jalik   ahamiyati   bo’lmasligi
mumkin,   lekin   ularning   ilmiy,   tarixiy,   madaniy-estetik   ahamiyati   ko’pincha   juda
katta  bo’ladi.Shuning  uchun   ularni   muhofaza   qilish   zarur.  Umumiy     xususiyatiga
qarab   tabiat   yodgorliklari   geologik-geomorfologik   ,botanik   ,   paleontologik,
astronomik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi. 
Geologik-geomorfogik yodgorliklarga ochilib qolgan tog’ jinslari qatlamlari,
g’orlar,   klarst   relyefi   shakllari,   so’ngan   vulqon   kraterlari,geyzerlar,diqqatga
sazovor qirg’oqlar, qo’ypeshonalar, noyob relyef shakllari , qoyalar va boshqalarni
kiritish   mumkin.   Masalan,   Kitob   dovonidagi   Teshiktosh   g’ori     va   boshqalar
bunday obyek-larga misol bo’la oladi . O’rta Osiyoda 1500 dan ortiq g’orni tabiat
yodgorligi sifatida muhofazaga olish mumkin.
Botanik   yodgorliklarga   yo’qolib   ketayotgan   relikt   o’simliklar   o’sadigan
uchastkalar   dashtlardagi   o’rmon   massivlari   yoki   yoki   o’rmonlar   orasidagi   dasht
uchashtkalari , alohida saqlanib qolgan keksa darahtlar va boshqalar kiritiladi.
Paleontologik yodgorliklarga toshga aylanib ketgan va izlari saqlanib qolgan
o’simlik qoldiqlari ochilib qolgan joylar hamda qirilib ketgan hayvon qoldiqlari,izi
uchraydigan uchastkalar misol bo’la oladi.Tabiiyat yodgorliklari tabiatni muhofaza
qiluvchi   tashkilotlar   tomonidan   hisobga   olinishi   va   kartaga   tushirilishi   kerak.
Ularning   ilmiy   va   estetik   ahamiyatini   baholash   asosida   muhofaza   qilish   darajasi
aniqlanadi   (mahalliy,   viloyat,   respublika,   xalqaro   ahamiyatiga   ega   bo’lgan   tabiat
yodgorliklari).
53 XULOSA
Yuqorida   keltirilgan   bob lar dagi   ta’rifdan   ma’lumki   Kitob-Shaxrisabz
kotlovinasi   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   hududdir .   Uning   rang - barang   tabiat
komponentlari   va   tabiiy   sharoiti   hamda   tabiat   boyliklari   hudud   aholisi   uning
tirikchiligi   va   ishlab   chiqarish   uchun   ancha   qulay   sharoit   yaratgandir.   Lekin   shu
qulay   sharoitlardan   oqilona   foydalanish   borasida   juda   ko‘p   kamchiliklar
mavjudligi   aniqlandi.   Bu   kamchiliklarni   oldini   olish   uchun   quyidagilarga   e’tibor
berish kerak.
1.   Botiq   tabiat   komponentlarini   va   ular   o‘rtasida   uzviy   bog‘liqlikni
sinchiklab o‘rganish va hudud xalq xo‘jaligi tarmoqlariga ta’rinini bilish zarur.
2. Tabiat komponentlaridan tabiat in’om etgan boyliklari ajrata bilib, ulardan
oqilona foydalanishni yanada kuchaytirish kerak.
3. Tabiiy boyliklarni eng asosiylaridan bo‘lgan yer (tuproq) resurslaridan har
tomonlama   xo‘jalikda   to‘g‘ri   foydalanishni   yo‘lga   qo‘yish   lozim.   Ulardan
foydalanish va nazorat qilishni bir butun birlashtirish va markazlashtirish kerak. 
4.   Hududda   iqlimiy   boyliklardan   keng   holatda   foydalanish   kerak.   Buning
uchun   yil   davomida   fasllar   bo‘ylab   atmosfera   yog‘ingarchiliklaridan   rejali
foydalanish lozim.  
5 .   O‘simliklar   va   hayvonot   dunyosi   boyliklaridan   kompleks   to‘g‘ri
foydalanishni joriy etish kerak, buning uchun ularni atroflicha o‘rganish bilan birga
ularni   ko‘paytirish   chora   tadbirlarini   ham   ko‘rish   kerak.   Buning   uchun   hududda
zakaznik va qo‘riqxonalarni ko‘paytirib, ularda nazoratni orttirish lozim.
6 .  Hudud ni qulay tabiat sharoitli joylarda bolalar oromgohlari, shifoxonalar,
dam   olish   va   rekreatsiya   maskanlari   tashkil   etish   kerak.   Chunki   botiq da   ayniqsa
tog‘ yon bag‘irlarida juda katta imkoniyatlar mavjuddir.
7. Kitob-Shaxrisabz botig’idagi tabiat komponentlarini va tabiat boyliklarini
muntazam   ravishda   muhofaza   qilishni   kuchaytirish   kerak.   Chunki   bu   tadbirlar
kelajak avlodni yashashi va tirikchiligi uchun katta xizmat qiladi.
54 FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Абдулкасимов А. Проблемы изучения межгорно котловынных
ландшафтов Средней Азии. Ташкент, Фан. 1982, 125 с.
2. Алибеков   Л.А.   Ўрта   Осиё   табиий   географияси.   1-қисм.
Самарқанд, 2006.
3. Балашова   Е.Н.,   Житомирская   О.М.,   Селанова   О.А.   –
Климатическая   описания   республик   Средней   Азии.   Л.   –
Гидрометеоиздат. 1960.
4. Баратов   П.Б.   Ўзбекистон   табиий   географияси.   Тошкент.
Ўқитувчи, 1996.
5. Баратов П.Б., Маматқулов М.,   Рафиқов А. – Ўрта Осиё табиий
географияси. Тошкент :  Ўқитувчи 2002 йил.
6. Геология Узбекской ССР.  - М. - Л. ,  1937.
7. Гранитов   И.И.,   Белькая   Е.М.   Ўзбекистон   ўсимликлари.   -
Тошкент, 1961.
8. Балашова   Е.Н.,   Житомирская   О.М.,   Семенова   О.А.
Климатические описание республик Средней Азии. -Л.? 1960.
9. Природа и природн ые ресурсы Юго-Западного Узбекистана.  -
Ташкент, 1965.
10. Марковский   А.П.   Западного   часть   Туркестанского   хребта.
«Геология Узбекской ССР». Том 11. -М., 1937.
11. Очилов   А.М.   Қашқадарё   областининг   рекрацион
ресурсларидан   фойдаланиш   //   Жануби-Ғарбий   Ўзбекистоннинг   табиий
ресурсларидан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш. –Самарқанд, 1988.
12. Усмонов   И.У.   Хозяйственная   оценка   климатических   условий
Кашкадарьинской   области   //“География   и   природная   ресурсы” .   №1.
Новосибирск ,  1983.
55 13. Усманов   И.У.   Вопросы   охраны   природных   ресурсов
Кашкадарьинской   области   //   «География   и   природных   ресурсы».   №24.
1986.
14. Шульц В.Л. Реки Средней Азии.  - Л. :  Гидрометеоиздат ,  1963.
15. Шульц   В.Л.,   Машрапов   А..   Ўрта   Осиё   гидрогеографияси.   –
Тошкент: “Ўқитувчи”, 1967.
16. Юрьев   А.А.   К   неотектонике   западного   окончания
Туркестанского-Зеравшанско горной системы. –М. :  Наука, 1967.      
17. Ваҳобов   Ҳ. ,   Якубов   Ў.   Рекреацион   география   асослари.   –Тошкент:
“Фан”, 2008.
18. Веденин   Ю .А.   и   др.   Рекреа ц ионн ы е   ресурс ы .   В   кн.   « Р екреа ц ионн ы е
ресурс ы  СССР». –Москва: "Наука", 1990. -С. 5-15.
19. Данилова.Н.А. Природа и наше здоров ь е. –Москва: "Наука" 1974. -С.220.
20. Зокиров   Ғ.З.,   Раҳмонов   К.Р.   Ўзбекистоннинг   шифобахш   масканлари.   –
Тошкент, 1991. -Б. 120.
21. Кашкадаринская обла с т. Том-1, Природа. –Ташкент, 1959. -С.276 49.
22. Кашкадарьинская область.  - Ташкент, 1974.
23. Котляров   Е.А. География отдыха   и   туризма.  – Москва ,  1978.  - С.   228 .
24. Нишанов       С.А.       Ландшафты       Кашкадарьинской       долины       и       их
сельскохозяйственное   использование.   "Ландшафты       Узбекистана".   - Т. :
“ Фан ”,  1966.  - С.3-30 .
25. Пославская   О.Ю. Геоморфология.  В  кн. "Кашкадарьинская  област  Том-
1.  – Ташкент ,  1959.  - С.142-173 .
26. Рафикова   Н.А.,   Усманова   Р.   Экологическая   устойчивость   геосистем
Узбекистана:   оценка,   прогноз-управление   и   проблемы   рекреационного
природоползований.   Материали   международной   конференции
«Устойчивое           экономическое           развитие             и           управление
региональними ресурсами» .   - Ташкент-Ноттингем ,  2001.  - С. 12-15 . 
27. Сабиров   К.А.   и   др.   Курортные   ресурсы   Узбекистана   и   перспектива   их
использования   в   лечебных   целях   //Теоретической   и   клинической
медицины. №3. 1999.  - С. 104-105.
56 28. Теоретические   основы   рекреационной   географии.   – Москва :   "Наука"
1975.  - С. 224.
29. Усманова   Р.   Рекреация   табиий   омилларини   баҳолашнинг   мезонлари.
//Ўзбекистон география жамияти  ахбороти,  18 - том, 1-кисм.  – Тошкент,
1997. –Б. 97-103.
30.   Усмонова Р. Рекреацион география (монография). –Қарши: ”Қашқадарё
кузгуси ОАВ” нашриёти, 2015. 
31.   Жумаев   Х.Х.     Қашқадарё   вилояти   туризм-рекреация     салоҳиятини
баҳолаш   ва   туризм     инфратузилмасининг   ҳудудий   тизимларини
такомиллаштириш // PhD диссер. автореф. –Самарқанд, 2022. –Б. 19.
32. Ц арфис   П.Г. Природа и здоров ь е человека. –Москва, 1987. -С. 480.
33. Чижова В.П. Рекреа ц ионн ы е нагрузки в зонах отд ы ха. –Москва: "Лесная
пром ы шленност ь ", 1977. -С. 50.
34.  Шул ьц  В.Л., Шалатова Л.И. Гидрографическая характеристика и режим
рек   //Тр.   САГУ   Кашкадар ь инская   област.   Том   И.   Природа.   -Ташкент,
1959. -С. 94-141.
35. Юсупов   А.Х.   О ц енка   климатических   условий   южн ы х   ра йо нов
Уз бекис тана.   Для   отд ы ха   и   лечени я .   //   Автореферат,   дисс.   на   соис.кан.
наук. –Ташкент, 1996. -С. 26.
36. Узбекистон табиати ёдгорликлари. –Тошкент, 1987.
37. Қашқадарё вилояти географияси. –Қарши, 1994. –Б. 147.
38. http://www.astronet.ru   
39.   http://ast.uz
40. http: // www.google.ru  
57

Kitob-Shaxrisabz botig’i rekreatsion resurslari va ulardan samarali foydalanish masalalari M U N D A R I J A KIRISH ………………………………...………………………………………..........32 1-BOB. KITOB-SHA HRISA BZ BOTIG‘I TA BIIY GEOGRA FIK SHA ROITI ............................................................................... ... 4 1.1. Geografik o‘rni va chegaralari ………………………………….4 1.2. Geologik tuzilishi va relefi ………………………………….. …4 1.3. Iqlimi ………………….……………….………..………………9 1.4. Ichki suvlari ………………….……………….………………..13 1.5. Tuproq qoplami ………………….………………….…………17 1.6. O‘simlik qoplami ………………….……………….…………19 1.7. Hayvonot dunyosi ………………….……………….…..…….21 2 - BOB . KITOB-SHA HRISA BZ BOTIG‘IN IN G TA BIIY RESURSLA RI ………………………….…………………….23 2.1. Yer resurslari …………………………… … …………………. 23 2.2. Suv resurslari ……………………………… …. ………………. 27 2.3. Iqlim resurslari ……………………………… ….. ……………. 30 2.4. Biologik resurslari ……………………………… …. ……… … . 35 2.5. Foydali qazilma boyliklari ………………………… …. ……. …37 3 - BOB. KITOB-SHAXRISABZ BOTIG’INING R EKRATSION RESURSLAR I VA ULARDAN FOYDALANISH …..…….39 3.1. Kitob-Shaxrisabz botig’ining r ekr e atsion resurslar i ………….39 3.2. Kitob-Shahrisabz botig’I rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish……………………………………………...……………49

X ULOSA ………………………………………………………… …...…54 FOY DA LA N ILGA N ADA BIY OTLA R RO’Y X A TI ………………… 55 KIRISH Mavzuning dolzabligi. Respublikamiz xalq xo‘jaligini yaxshilash va taraqqiy ettirish uchun har bir hududni tabiiy boyliklarini o‘rganish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan bo‘lib hisoblanadi. Haqiqatdan ham, kundalik hayotimiz uchun tabiat va tabiiy boyliklarni barchasi, jumladan: suv, havo, yer, o‘simlik, hayvonot dunyosi hamda qazilma boyliklar zarurdir. Lekin ularga nisbatan oqilona e’tibor atroflicha ko‘ngildagidek emas. Ayrim adabiyotlarda Qashqadaryo viloyati tabiiy sharoitlari va tabiiy boyliklari ularna xo‘jalikdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlari keltirilgan. Ammo viloyatni alohida hududlariga bunday kompleks izoh berish yo‘q. Shularni hisobga olib, ushbu bitiruv malakaviy ishi tanlandi, ya’ni, Kitob-Shaxrisabz botig’ining rekreatsiya resurslari va ulardan foydalanish hozirga qadar chuqur o‘rganilgan emas. Bu esa ushbu muammolarni o‘rganishni taqozo etadi. Botiq haqida tabiiy geografik ma’lumotlar adabiyotlarda qisman yoritilgan bo‘lsa ham, hududni rekreatsion resurslari va ulardan foydalanish haqidagi ma’lumotlar deyarli yo‘q. Shu sababli ish muallifi imkoni boricha mavjud tabiiy-geografik ma’lumotlardan foydalanib, aniq materiallar to‘plab va shaxsiy kuzatish evaziga tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish, boyliklarni muhofaza qilish haqida batafsil to‘xtaldi. Ishda Kitob-Shaxrisabz botig’ining tabiati va tabiiy boyliklaridan iqtisodiyotda maqsadga muvofiq holda foydalanish lozimligi asos qilib olinadi va shunga ko‘ra yoritiladi. Ishning asosiy maqsadi Qashqadaryo viloyatini shimoli – sharqiy qismida joylashgan Kitob-Shahrisabz botig‘ining rekreatsiya resurslari va ulardan foydalanish hamda tabiat muhofazasini yoritishdir. Ushbu maqsadga erishish 2

uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: Kitob-Shaxrisabz botig’ida joylashgan tog‘, tekislik va tog‘oldi tabiiy resurslarini hisobga olish, ularning rekreatsion resurslarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo’llarini aniqlashdan iborat. Ishning hajmi va strukturasi. Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi 58 sahifani tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining strukturasi tadqiqotning ketma- ket bajarilishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kirish, 3 bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan. I-BOB. KITOB-SHAXRISABZ BOTIG‘I TABIIY-GEOGRAFIK SHAROITI 1.1. Geografik o‘rni va chegaralari Kitob-Shaxrisabz kotlovinasi Qashqadaryo havzasining eng so‘lim, sersuv, iqlimi yumshoq va tog‘ manzaralariga boy bo‘lgan joylardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kotlovina qishning iliqligi, yog‘ingarchilikning ko‘pligi va yozning salqinligi bilan ajralib turadi. Aynan shu yerda jahonga mashhur, Ulug‘bek nomidagi xalqaro kenglik stansiyasi joylashgan. Kitob-Shaxrisabz kotlovinasi Hisor va Zarafshon tizmalari orasidagi tektonik kotlovinadir. Uning g‘arbiy chegarasi Chiroqchi posyolkasidan o‘tadi, qolgan qismi ya’ni shimoliy chegarasi Zarafshon tog‘lari, g‘arbiy va janubiy chegarasi Hisor tizmasi va uning bir bo‘lagi Eshakmaydon tog‘idan (Yakkabog‘daryoning chap suv ayirg‘ichi) o‘tadi. Kitob-Shaxrisabz kotlovinasiga Qashqadaryoning Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog‘ va Chiroqchi tumanini katta maydoni, Qamashi tumani kiradi. Hudud ma’muriy jihatdan shimoldan Samarqand viloyati bilan shimoli sharqdan Tojikiston jumhuriyati va sharqdan Surxondaryo viloyati bilan janubdan Qamashi tumanini shimoliy qismi bilan g‘arbdan Chiroqchi tumanini Samarqand – Qarshi yo‘li atrofi bilan chegaralanadi. Jumhuriyatimiz viloyatlari maydoni bilan taqqoslaganda Andijon (4,2 ming km 2 ), Sirdaryo (5,1 ming km 2 ), Xorazm (6,3 ming km 2 ) viloyatlaridan katta. 3

Demak kotlovina maydon jihatdan ham kichik bo‘lmagan hududni ishg‘ol qiladi. 1.2. Geografik tuzilishi va relefi Kitob-Shaxrisabz kotlovinasi atrofidagi tog‘ sistemalari o‘ta metamorfiklashgan jisnlardan tashkil topgan. Zarafshon tog‘ sistemasi yonbag‘irlarida M.A.Shmidt (1937) alohida chiqib qolgan ohakli qoya massivlarini aniqlagan, ular kotlovina hududsida ham uzoqqa cho‘zilgan. Kotlovinaning shimoliy va sharqiy tomonlarida ohaktoshlar keng tarqalgan. Bular o‘z tarkibiga suvni yaxshi o‘ruvchanligi sababli katta-katta buloqlarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Granitlar tarqalishiga ko‘ra, ancha kamroq maydonni egallaydi, ularni yoriqlari kichikligi va kamligi uchun yer osti suvlari massivni yuqori qismida kam to‘planadi. Qolgan jisnlar suvni yanada kamroq o‘tkazadi, slaneslar mavjudligi bu hududda suvga chidamli rolini o‘taydi. Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalarida metamorfiklashgan sochilma jinslar uchraydi. Hisor tog‘ tizmasining janubi – g‘arbiy yonbag‘ri va janubi-sharqiy qismlari mezozoy, paleogen va neogen yotqiziqlari bilan qoplangan. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kotlovinaning tekislik qismini katta maydonini egallaydi, faqatgina har yer, har yerda chiqib turgan yuqori bo‘r va uchlamchi davr qoldiqlarini uchratish mumkin. Kitob-Shaxrisabz kotlovinasining geologik tuzilishi asosan sovetlar davrida A.P.Markovskiy (1937 y.), L.V. Peyve (1938 y.), M.M.Pasokov (1948 y.), V.I.Chernev (1947 y.), P.S. Podkanayev (1948 y.) va boshqalar tomonidan o‘rganildi. Poleozoy yotqiziqlari kotlovinaning eng qadimgi yotqiziqlari hisoblanadi. Ular ko‘p joylarda metamorfizlashgan holatda uchraydi. Qo‘yi silur yotqiziqlari Oq-suv daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi yemirilgan antiklinal yadrolarda uchraydi, uning qo‘yi chegarasi yer ostida yashiringan. 4

Ular filitlar, qatlamlashgan metamorfik slaneslar, qumlik Qashqadaryo depressiyasida rivojlanib, ular Hisor tizmasining janubi-g‘arbida keng tarqalgan. Kaynazoy yotqiziqlari Kitob-Shaxrisabz kotlovinasida to‘rt xil qatlamlarga bo‘linadi. 1. Qum tuproqli. 2. Tuproqli. 3. Qum konglomeratli. 4. Tuproq pattumli. Qum tuproqli qatlam qizil-g‘ishtsimon qumlar, qizil-g‘ishtsimon alevronimitlar, mergiley va tuproqlar shaklida yotadi. Bu qatlamlar ostida harakterli oq gips qatlami yotadi, qalinligi 4,5 m. Biz o‘rganayotgan hududda to‘rtlamchi davr yotqiziqlari ancha notekis tarqalgan, tog‘larda va tog‘ oldi rayonlarida tekislikka nisbatan kamroq tarqalgan. Kotlovinada hozirgi zamon yotqiziqlari kam tarqalgan va ular faqat daryo vodiylarida mavjuddir. Hamma yotqiziqlar kelib chiqishiga ko‘ra kontinental va ko‘pincha oqar suvlar ta’sirida hosil bo‘lgan. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishiga va yoshiga qarab, har xil uchastkalarda bo‘linishini bir-biri bilan solishtirish katta qiyinchilik tug‘diradi. Bu yotqiziqlar ikki daryo havzasida shakllanganlar; Qashqadaryoning shimoli-sharqiy qismida va qumlar orasidagi manbasiz Suldukli cho‘l havzasining janubi – g‘arbida. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishi va yoshiga qarab turli tumandir. Hududni turli uchastkalarida kuzatuv ishlarini olib borgan ko‘pgina avtorlar to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini turli qismlarga ajratadilar. Shu olimlardan biri Yu.Poslovskaya o‘rganilayotgan hududni to‘rt kompleksga ajratadi: Nanay, Toshkent, Mirzacho‘l, Sirdaryo komplekslari. Bu komplekslar: quyi to‘rtlamchi (Q 1 ), o‘rta to‘rtlamchi (Q 2 ), yuqori to‘rtlamchi (Q 3 ), hozirgi (Q 4 ) indekslar bilan belgilanadi. 5