logo

MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGOYALARI FANIDAN

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

350.9345703125 KB
MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGOYALARI FANIDAN 
“O’quv markazi” mavzusida
1 Kirish
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Farmoniga   asosan,   Axborot
texnologiyalari   va   kommunikastiyalarini   rivojlantirish   vazirligi   tashkil   etildi.
Farmonning   O’zAda   keltirilgan   matniga   ko’ra,   vazirlik   O’zbekiston   Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi negizida
tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida
quyidagilar   belgilangan:axborot   texnologiyalari   va   kommunikastiyalar   soxasida,
“elektron   xukumat”ni   joriy   etishda   yagona   davlat   siyosati   amalga   oshirilishini
ta’minlash;aloqa   va   telekommunikastiyalar   soxasidagi   faoliyatni,   shuningdek,
radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan boshqarish, listenziyalash
va   nazorat   qilish   borasidagi   funkstiyalarni   amalga   oshirish;Internet   tarmog’ining
milliy   segmenti   yanada   shakllantirilishini   ta’minlash;raqobatdosh   dasturiy
maxsulotlarning   mamlakatimizda   ishlab   chiqarilishini   va   ichki   bozorini   xamda
ularga   ko’rsatiladigan   xizmatlarni   rivojlantirishga   ko’maklashish;axborot
xavfsizligini   ta’minlash;zamonaviy   kommunikastiya   vositalari   soxasida   ilmiy
tadqiqotlar  va  ishlanmalarni, kadrlarni  tayyorlash, qayta  tayyorlash  va malakasini
oshirishni   tashkil   qilish;vazirlik   faoliyati   doirasiga   kiruvchi   boshqa   yo’nalishlar
bo’yicha   xorijiy   investistiyalarni   jalb   etish   va   boshqalar.   “Gazeta.uz”   ning   qayd
etishicha,   Aloqa,   axborotlashtirish   va   telekommunikastiya   texnologiyalari   davlat
qo’mitasi   2012   yil   16   oktyabrida   Aloqa   va   axborotlashtirish   agentligi   negizida
tashkil   etilgan   edi.   O’zAAA   esa,   o’z   navbatida,   2002   yili   Pochta   va
telekommunikastiyalar   agentligi   negizida,   ushbu   agentlik   esa   1997   yili   Aloqa
vazirligi   negizida   tashkil   etilgan   edi.   Aloqa   vazirligining   o’zi   1992   yilda   tashkil
etilgan.   Biz   dasturchilar   uchun   bu   qarorlar   juda   muhim   qarorlardan   biri   bo’ldi.
2013-   yildan   2020-yilgacha   Elektron   hukumat   tizimiga   o’tilish   talab   qilinmoqda.
Shuning   uchun   axborot   tizimlariga   o’tilishga   kata   ahamiyat   berilmoqda.Yangi
o’quv   yurtlari   va   yangi   fakultetlar   ochilmoqda.   Dunyo   globallashib   borgani   sari
axborot   tehnalogiyalarga   bo’lgan   talab   ortib   bormoqda.   O’zbekiston   ham
rivojlangan   davlatlar   qatoriga   kirib   bormoqda.   Bunda   esa   yoshlarni   ongini
saviyasini   oshirish   va   zamon   talablariga   mos   ravishda   kadrlarni   tayyorlash
2 davlatimiz   taraqiyotini   rivojlanishiga   sabab   bo’ladi.   Mamlakatimizda   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalarini   rivojlantirish   jarayoni   izchil   davom   ettirib
kelinmoqda.   Eng   avvalo,   O‘zbekistonda   mazkur   sohani   tartibga   soluvchi
mukammal   qonunchilik   bazasi   yaratilganini   alohida   ta'kidlash   joiz.   Shu   bilan
birga,   bugun   dunyoda   shiddat   bilan   kechayotgan   globallashuv   sharoitida   AKT
sohasining   keskin   taraqqiy   etib   borishi   kuzatilayotganligi,   ilg‘or   davlatlarning
ushbu   soha   rivojiga   alohida   e'tibor   qaratayotgani   bejiz   emas.   Darhaqiqat,   hozirgi
davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan
biri bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi
qudratli   vositaga   aylandi.   Shu   bois,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari,
umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun
sayin   ortib   bormoqda.   AKT   sohasini   jadal   sur'atlar   bilan   taraqqiy   ettirish
O‘zbekiston   iqtisodiyotida   amalga   oshirilayotgan   tarkibiy   o‘zgarishlar   hamda
iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish
nafaqat   respublikani   axborotlashgan   jamiyatga   aylantirish   uchun   xizmat   qiladi,
balki   mamlakatimiz   iqtisodiyotini   jadal   sur'atlar   bilan   rivojlantirishda   o‘ziga   xos
yetakchi   tarmoq   —   «lokomotiv»   rolini   o‘ynaydi.Dasturiy   vazifalardan   kelib
chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya
va   ma'lumot   uzatish   tarmoqlarini,   internet   xizmatlarini   rivojlantirish   va
zamonaviylashtirish,   ularni   dunyo   standartlari   darajasiga   yetkazish   maqsadida
keng   ko‘lamli   islohotlar   bosqichma-bosqich   amalga   oshirilmoqda.   Albatta,
ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida   bo‘lgani   kabi   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari   sohasidagi   islohotlarni   muvaffaqiyatli   amalga   oshirish,   o‘z
navbatida,   ushbu   sohaning   huquqiy   asosini   shakllantirish   va   takomillashtirib
borishni   taqozo   etadi.   Shuning   uchun   ham   mamlakatimizda   mazkur   sohada
samarali   huquqiy   mexanizmlarni   yanada   takomillashtirishga   jiddiy   e'tibor
qaratilmoqda.   O‘tgan   davr   mobaynida   sohani   yanada   rivojlantirishga   qaratilgan
11ta   qonun,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   3ta   farmoni,   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   hamda   Vazirlar   Mahkamasining   40dan   ortiq   qarorlari   va
300dan   ortiq   idoraviy   qonunosti   hujjatlari   qabul   qilindi.   Mustaqillik   yillarida
3 yaratilgan   keng   huquqiy   maydon   mamlakatimizda   siyosiy   modernizatsiya
jarayonlarida   tobora   muhim   ahamiyat   kasb   etib   borayotgan
axborotkommunikatsiya   texnologiyalarining   jadal   sur'atlarda   rivojlanishi   yo‘lida
qulay   imkoniyatlar   yaratmoqda.Jamiyatni   axborotlashtirish   va   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalarini   yanada   rivojlantirish   maqsadida   2003-2004
yillarda   «elektron»   qonunlar   bloki   qabul   qilindi.   Bular   «Elektron   raqamli   imzo
to‘g‘risida»gi,   «Elektron   hujjat   aylanishi   to‘g‘risida»gi   va   «Elektron   tijorat
to‘g‘risida»gi   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunlaridir.   Mazkur   qonun   hujjatlarini
ishlab   chiqishda   ushbu   sohadagi   xalqaro   huquqiy   me'yorlar   hamda   bir   qator
rivojlangan   davlatlarning   tajribalari   ham   atroflicha   o‘rganilib,   milliy
qonunchiligimizga   maqbul   jihatlari   uyg‘unlashtirildi.   Ushbu   qonunlarning   qabul
qilinishi   va   joylarda   ularning   ijrosi   ta'minlanishi,   o‘z   navbatida,   ish   yuritish
madaniyatining   elektron   ko‘rinishi   shakllanishiga,   masofa   qisqarishiga,   vaqt
tejalishiga   hamda   iqtisodiy   samaradorlikning   oshishida   muhim   omil   bo‘ldi.
Mamlakatimizda   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarining   jadal   sur'atlarda
rivojlanishi   elektron   hujjat   aylanishi,   elektron   raqamli   imzo,   elektron   tijorat,
elektron   to‘lovlar   kabi   yana   bir   qancha   yangi   xizmat   turlarining   shakllanishiga,
jumladan,  tadbirkorlarimizga   masofadan   turib   dunyoning  xohlagan   mamlakatidan
o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi. Mamlakatimiz
milliy   iqtisodiyotida   yangi   yo‘nalish   hisoblangan   mazkur   tizimlarning   tez
sur'atlarda   taraqqiy   etishining   yana   bir   omili   —   bu   axborotkommunikatsiya
texnologiyalarini   raqamlashtirish   darajasining   ortishi,   xususan,   xalqaro   axborot
tarmoqlaridan   foydalanishning   umumiy   tezligi   o‘tgan   yilga   nisbatan   61   foizga
oshib,   bugungi   kunda   7780   Mbit/s.ni   tashkil   etayotgani   va   ulardan   foydalanish
uchun   qulay   shart-sharoitlar   yaratilganligidadir.   Shuningdek,   joriy   yil   boshida
ma'lumotlar   uzatish,   jumladan,   internetga   ulanish   bo‘yicha   xizmat   ko‘rsatuvchi
xo‘jalik   subyektlarining   soni   930   taga   yetgan   bo‘lsa,   jamoaviy   foydalanish
maskanlari   1063tani   tashkil   etdi.Xorijiy   mamlakatlar   tajribasidan   ma'lumki,
elektron   tijoratning   shiddat   bilan   rivojlanishiga   internetdan   foydalanuvchilar   soni
aholining   20-25   foizini   tashkil   etgandagina   erishish   mumkin.   Bugungi   kunda
4 mamlakatimizda   internetdan   foydalanuvchilar   soni   10   millionga   yetgani   elektron
tijoratning   kelgusidagi   yorqin   istiqbolidan   darak   berib   turibdi.   O‘zbekistonda
elektron   hujjatlarga   huquqiy   mavqe   beruvchi   «Elektron   hujjat   aylanishi
to‘g‘risida»gi   qonunning   qabul   qilinishi,   shubhasiz,   elektron   hujjat   aylanishi
tizimini   rivojlantirishga   ko‘maklashib,   davlat   hokimiyatining   turli   idoralari
o‘rtasidagi   hujjat   aylanishini   avtomatlashtirishga   qulay   imkoniyat   yaratmoqda.
Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashinuvi darajasi va
sifatini   oshirishga,   axborot   izlash   samaradorligi   o‘sishiga,   katta   hajmdagi
ma'lumotlar   bilan   ishlash   va   ulardan   foydalanishga   ko‘maklashib,   qog‘ozli   hujjat
aylanishi   ulushining   kamayishiga   yordam   bermoqda.   Ushbu   qonun   elektron
hujjatning   huquqiy   maqomini   va   uning   rekvizitlarini   aniqlagan   bo‘lib,   elektron
hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va
muhofaza   etish   tartibini   belgilab   berdi.   «Elektron   raqamli   imzo   to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston   Respublikasi   Qonuni   elektron   hujjatdagi   elektron   raqamli   imzo   va
qog‘ozdagi   shaxsiy   imzo   teng   kuchga   ega   ekanligini   ta'minlab   berdi.   Natijada
yuridik   va   jismoniy   shaxslar   tomonidan   internet   tarmog‘idan   foydalangan   holda
kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma'lumotlarni elektron ravishda
interaktiv   holda   olish   hamda   soliq   va   statistika   hisobotlarini   topshirish
imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining vaqtini
tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq
hisobotlarini   to‘ldirishdagi   xato   va   kamchiliklarni   tuzatishga   emas,   balki   o‘z
tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda.Shuningdek,
mazkur   qonunning   qabul   qilinishi   va   ijrosining   ta'minlanishi   natijasida
respublikamizda   9ta   elektron   raqamli   imzo   kalitlarini   ro‘yxatga   olish   markazlari
tashkil   etildi.   Agar   elektron   raqamli   imzo   kalitlari   soni   2006   yilda   93tani   tashkil
etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 300 mingtadan ortib ketdi.Shu bilan bir qatorda,
mijozlarga   yangi   xizmat   turlarini   ko‘rsatishning   huquqiy   asoslari   kafolatlab
qo‘yildi.   Bu   bilan   iqtisodiyotimizga   «Paynet»   kabi   elektron   to‘lovlar   xizmatini
ko‘rsatuvchi   muassasalar   kirib   keldi,   «SMS-banking»,«Internet-banking»   kabi
yangi   elektron   to‘lov   xizmatlari   joriy   etildi.   Endilikda   ushbu   xizmatlar   sharofati
5 bilan   mijozlar   kommunal,   mobil   aloqa   va   internet   xizmatlarini   hisob-kitob   qilib,
uy-ro‘zg‘or   mollarini   internet   orqali   sotib   olishmoqda.2005   yildan   boshlab
O‘zbekistonda davlat organlarining internetdagi rasmiy veb-saytlari ochilishi tatbiq
etildi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   «Axborotlashtirish
sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-qarori bilan
ushbu   saytlarga   asosiy   talablar   belgilangan   bo‘lib,   unda   saytlarni   to‘laqonli
rasmiylashtirish,   undan   foydalanish   va   yangilash   maqsadida   veb-saytda
joylashtiriladigan   zaruriy   axborotlar   ro‘yxati,   mazmuni   va   boshqa   kerakli
shartlarga   nisbatan   xalqaro   standartlar   aniq   shakllantirildi.   Davlat   va   xo‘jalik
boshqaruvi,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlarining   axborotkommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro
tezkor   hamkorligini   ta'minlash,   shuningdek,   davlat   va   xo‘jalik   boshqaruvi,
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng
foydalanilishni  ta'minlash  maqsadida Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 2007 yil 23
avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalangan   holda   yuridik   va
jismoniy   shaxslar   bilan   o‘zaro   hamkorligini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida»gi   qaror   qabul   qilinib,   u   bilan   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan   foydalangan   holda   interaktiv   davlat   xizmatlari   ko‘rsatish
to‘g‘risidagi   nizom   tasdiqlandi.   Ma’lumotlarni   boshqarish   vositalarining
rivojlanishi   axborot   texnologiyalari   bazasiga   qurilgan   har   qanday   axborot
tizimining asosi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi (date base) - bu EHM ning tashqi
xotirasida   saqlanadigan,   har   qanday   jismoniy,   ijtimoiy,   statistik,   tashkiliy   va
boshqa   ob’yektlar,   jarayonlar,   holatlarning   o‘zaro   bog‘liq   va   tartiblashtirilgan
majmuidir.Ma’lumotlar   bazasi   (MB)   har   xil   foydalanuvchilarning   axborot
yetishmovchiligini   ta’minlash   uchun   mo‘ljallangan.   Amaliyotda   ko‘pchilik
ma’lumotlar   bazasi   chegaralangan   predmet   sohasi   uchun   loyihalashtiriladi.   Bitta
EHMda   bir   qancha   ma’lumotlar   bazasi   yaratiladi.   Vaqti   bilan   turdosh   vazifalarni
bajarishga   mo‘ljallangan   ba’zi   bir   ma’lumotlar   bazasi   birlashishi   ham   mumkin.
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala echiladi: 
6   predmet sohasi ob’ektlarini qanday qilib ma’lumotlar modellarining abstrakt
obektlari   shaklida   ifodalash.   Ayrim   hollarda   bu   masalaga   ma’lumotlar   bazasini
mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi. 
   ma’lumotlar   bazasiga   so‘rovlarning   bajarilish   effektivligini   qanday
ta’minlash.   Bu   masalaga   ma’lumotlar   bazasini   fizik   loyihalash   masalasi   deyiladi.
Ixtiyoriy turdagi MBni  loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet sohasini
tahlil   qilish   bo‘lib,   u   axborot   tuzilmasini   (konseptual   sxemalar)   tuzish   bilan
yakunlanadi.   Bu   bosqichda   foydalanuvchining   so‘rovlari   tahlil   qilinadi,   axborot
ob’ektlari   va   uning   xarakteristikalari   tanlanadi,   hamda   o‘tkazilgan   tahlil   asosida
predmet   sohasi   tuzilmalashtiriladi.   Predmet   sohasini   tahlil   qilishni   uch   bosqichga
bo‘lish maqsadga muvofiqdir: 
  konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 
  axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 
   predmet   sohasining   konseptual   modelini   qurish   va   MBni   konseptual
sxemasini loyihalashtirish. 
7 II.Nazariy qism.  
2.1. MBBT haqida umumiy ma’lumot.
  Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi  va axborot oqimlarining tobora
ortib   borishi,   ma’lumotlarning   tez   o’zgarishi   kabi   holatlar   insoniyatni   bu
ma’lumotlarni   o’z   vaqtida   qayta   ishlash   choralarini   qidirib   topishga   undaydi.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni
yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. 
Ma’lumotlar   bazasi   –   bu   o’zaro   bog’langan   va   tartiblangan   ma’lumotlar
majmuasi   bo’lib,   u   ko’rilayotgan   ob’ektlarning   xususiyatini,   holatini   va   ob’ektlar
o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. 
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash
va   undan   oqilona   foydalanish   juda   muhim   rol   o’ynaydi.   Sababi:   jamiyat
taraqqiyotining   qaysi   jabhasiga   nazar   solmaylik   o’zimizga   kerakli   ma’lumotlarni
olish   uchun,   albatta,   MBga   murojaat   qilishga   majbur   bo’lamiz.   Demak,   MBni
tashkil   qilish   axborot   almashuv   texnologiyasining   eng   dolzarb   hal   qilinadigan
muammolaridan   biriga   aylanib   borayotgani   davr   taqozasi.Ma’lumki,   MB
tushunchasi   fanga   kirib   kelgunga   qadar,   ma’lumotlardan   turli   ko’rinishda
foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil
qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi
masalani   hal   qilishda   ma’lumotlar   qaytadan   tashkil   qilinar   va   bu   hol   yaratilgan
programmalardan   foydalanishni   qiyinlashtirar   edi.   Shuni   qayd   qilish   lozimki,
MBni  yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma’lumotlarning turi
va ko’rinishi ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni
MBga   yangi   ma’lumotlarni   kiritganda   yoki   ma’lumotlar   turini   o’zgartirganda,
programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim; 
MBdagi   kerakli   ma’lumotni   bilish   yoki   izlash   uchun   biror   programma
tuzishga  hojat  qolmasin.Shuning   uchun  ham   MBni   tashkil  etishda   ma’lum  qonun
va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan
farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot
deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. 
8 Bugungi   kunda   ma’lumotlarni   eng   ishonchli   saqlaydigan   vositalardan   biri
hozirgi   zamon   kompyuterlaridir.   Kompyuterlarda   saqlanadigan   MB   maxsus
formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har
bir   fayl   yozuv   deb   ataladigan   bir   xil   turdagi   qismlardan   iborat   bo’ladi.   Yozuv
o’zaro   bog’langan   ma’lumotlarning   bir   qismidir.   Fayldagi   yozuvlar   soni
qaralayotgan   ma’lumotning   o’lchoviga   bog’liq.   Har   bir   yozuv   esa   maydon   deb
ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning qisqa to’plamidan
iborat   bo’lishi   lozim.   Har   bir   maydon,   o’zi   ifodalaydigan   ma’lumotlariga   ko’ra,
biror nomga ega bo’ladi. 
MB   tashkil   qilish,   ularga   qo’shimcha   ma’lumotlarni   kiritish   va   mavjud
MBdan   foydalanish   uchun   maxsus   MBlar   bilan   ishlaydigan   programmalar   zarur
bo’ladi.   Bunday   programmalar   majmui   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish
sistemalari   (MBBT)   deb   yuritiladi.   Aniqroq   qilib   aytganda,   MBBT–bu   ko’plab
foydalanuvchilar   tomonidan   MBni   yaratish,   unga   qo’shimcha   ma’lumotlarni
kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir.
MBBSning   asosiy   tarkibiy   qismi–ma’lumotlar   bo’lsa,   boshqa   tarkibiy   qismi–
foydalanuvchilardir.   Bulardan   tashqari   Hardware -   texnik   va   Software -dasturiy
ta’minoti   ham   MBBSning   samarali   ishlashini   ta’minlovchi   tarkibiy   qismlar
hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha qurilma iborat bo’lsa, programma qismi
esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi.
MBning   tuzilishi   o’rganilayotgan   ob’ektning   ma’lumotlari   ko’rinishi,   ma’nosi,
tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi. 
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
  foydalanuvchi-programma tuzuvchi; 
  sistemali programma tuzuvchi; 
  ma’lumotlar bazasi administratori. 
Bunda   programma   tuzgan   foydalanuvchi   MBBT   uchun   yozgan
programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning
ishlashi   uchun   javobgar   hisoblanadi.   U   holda   MB   administratori   sistemaning
saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi. 
9 MBBT quyidagicha tavsiflanadi: 
Ispolnimost-Bajarilishlik,   foydalanuvchi   so’roviga   hozirjavoblik   bilan
muloqotga kirishish; 
Minimalnaya   povtoryaemost   –   Minimal     takrorlanishlik,   MBdagi   ma’lumot
iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi; 
Yaxlitlik   –axborotni   MBda   saqlash   iloji   boricha   ma’lumotlar   orasidagi
bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao;
Bezopasnost–Xavfsizlik,   MB   ruxsat   berilmagan   kirishdan   ishonchli   himoya
qilingan   bo’lishi   lozim.   Faqat   foydalanuvchi   va   tegishli   tashkilotgina
ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin; 
Migratsiya–ba’zi   bir   ma’lumotlar   foydalanuvchilar   tomonidan   tez   ishlatilib
turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun ma’lumotlar
tashqi   xotiralarda   joylashtiriladi   va   uni   shunday   tashkil   qilish   kerakki,   eng   ko’p
ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin. 
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   sistemasida   har   bir   MB   modeli   quyidagi
xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi: 
Ma’lumotlar tuzilmalarining turi; 
Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar; 
Butunlikning cheklanganligi. 
Ma’lumotlar.   Belgili   shaklda   ifodalangan   ob’ekt   yoki   ob’ektlarning
muomalasi   haqidagi   axborotlar   ma’lumotni   tashkil   qiladi.Bu   ma’lumotlar   inson
yoki   qandaydir   texnik   qurilma   tomonidan   qabul   qilinishi   va   tegishli   tarzda
interpretatsiya   qilinishi   mumkin.   Ma’lumotlarning   tavsifli   xususiyati   shu
hisoblanadiki, ya’ni ularni bir belgili tizimdan boshqasiga qayta kodlash axborotni
yuqotmagan   holda   o‘tkazish   mumkin.   Belgili   ifodalanishning   bunaqangi
xususiyatining   ahamiyati   -   mavjud   predmetli   holatning   qabul   qiluvchiga
yo‘naltirilgan,   belgilarning   har   xil   tizimlarida   ifodalanish   imkonini
beradi.Ma’lumotlar   bazasini   qurishda   insonga   yo‘naltirilgan   mantiqiy   ifodalanish
haqida   va   uzoq   muddatli   xotira   qurilmasiga   yo‘naltirilgan   jismoniy   ifodalanish
haqida gapirish an’anaga aylangan. 
10 2.1-rasmda   predmet   sohasining   ma’lumotlar   bazasida   ifodalanishi   bilan
bog‘liq asosiy tushunchalar keltirilgan.
 
         
2.1-rasm. Ma’lumotlar bazasida predmetli muhitning ifodalanishi. 
Ma’lumotlarning   joylashuvi   va   xotira   qurilmasida   ularning   o‘zaro   aloqalari
haqida   gapirishdan   oldin,   o‘zigan   xos   ma’lumotlar   modelini   yaratgan   holda,
ma’lumotlar   o‘zaro   bog‘liqligini   mantiqiy   darajada   keltirish   lozim.Shunday   qilib,
predmet sohasining barcha ob’ektlarida yozuv tarkiblari va ularning o‘zaro aloqasi
aniqlandi,   ya’ni   predmet   sohasining   ma’lumotlar   modeli   vazifalashtirildi.
Ma’lumotlar   modelining   asosiy   vazifasi   saqlash   ahamiyatlari   bilan   bog‘liq,
chalg‘itadigan   detallarsiz   axborot   kartinasini   to‘liq   namoyon   etish   imkonini
berishdan   iborat.   U   ma’lumotlar   bankida   saqlanayotgan   har   qanday   ma’lumotni
olish mexanizmini ishlab chiqishda yordam beradigan asbobdir. 
MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish  
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi: 
1.Predmet   sohasi   ob’ektlarini   qanday   qilib   ma’lumotlar   modellarining
abstrakt   obektlari   shaklida   ifodalash.   Ayrim   hollarda   bu   masalaga   ma’lumotlar
bazasini mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.
  2.Ma’lumotlar   bazasiga   so’rovlarning   bajarilish   effektivligini   qanday
ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi. 
Ixtiyoriy   turdagi   MBni   loyihalashtirishning   birinchi   bosqichdagi   predmet
sohasini   tahlil   qilish   bo’lib,   u   axborot   tuzilmasini   (kontseptual   sxemalar)   tuzish
bilan   yakunlanadi.   Bu   bosqichda   foydalanuvchining   so’rovlari   tahlil   qilinadi,
axborot   ob’ektlari   va   uning   xarakteristikalari   tanlanadi,   hamda   o’tkazilgan   tahlil
asosida   predmet   sohasi   tuzilmalashtiriladi.   Predmet   sohasini   tahlil   qilishni   uch
bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir: 
  kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 
11Real
dunyo Ob’ektlar
Xususiyat
Munosabat. Muammoli muhitning
mantiqiy aks ettirilishi
Muammoli   muhitning
jismoniy aks ettirilishi   axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 
   predmet   sohasining   kontseptual   modelini   qurish   va   MBni   kontseptual
sxemasini loyihalashtirish. 
Kontseptual   talablar   va   axborot   extiyojlarini   tahlil   qilishda   quyidagi
masalalarni hal qilish kerak: 
  foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish; 
   MBdan   o’rin   olishi   lozim   bo’lgan   axborotlarga   ishlov   berish   bo’yicha
mavjud masalalarini aniqlash; 
  kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash; 
  tahlil natijalarini hujjatlashtirish. 
2.2. MBBT da jadvallar,so’rovlar,formalar va hisobotlar bilan ishlash.  
Ma’lumot   bazasi   (MB)   buyurtmachisi   bilan   birgalikda   ,   ma’lumot   bazasiga
so‘rovlar   tizimini   ishlab   chiqish   zarur.   Ishlab   chiqilgan   so‘rovlar   tizimi   relevant
yaratilgan Mohiyat aloqa modeliga va buyurtmachini talablarini maksimal darajada
qondirishi kerak . Agar buyurtmachini qo‘ygan talablariga qurilgan mohiyat aloqa
modeli   so‘rovlar   tizimiga   ,   uni   to‘la   javob   bermasa,   unda   predmet   sohani
qushimcha   o‘ranib   chiqib,   mohiyat   aloqa   modeli   kerakli   elnementlar   ,
bog‘lanishlar va munosobatlar bilan to‘ldiriladi. 
1.   So‘rovlar   tizimini   ma’lumotlar   bazasidan   foydalanuvchiga   beriladigan
axborot bo‘yicha standart va nostandart (reglamentlamagan) so‘rovlarga sinflanadi.
2. Ma’lumot bazasiga reglamentlanmagan so‘rovlar- shunday so‘rovlarki, ular
foydalanuvchilarni   joriy   ehtiyojlariga   qarab   ,   lekin   qurilgan   model   imkoniyatlari
chegarasida   va   bu   surovlarni   unga   relevantligini   saqlagan   xolda   o‘zini   ta’rifini
uzgartirish imkonini beradi. 
"Omborxona" predmet sohasi uchun surovlar sistemasi 
1. Omborxonada mavjud barcha materiallarni tashki tavsifini toping;
 2. Materiallarni nomlarini va qabul qilish sanasini toping; 
3. Omborxonada mavjud materiallar nomini toping; 
12 4. Iste’molchilar va materiallar nomini toping; 
5. Materiallarni olgan, omborxona nomlarini toping; 
6.bir material uchun omborxona nomeru ularning kirim chiqimini toping; 
7.№1 nomerli materiallar sonini va iste’molchini toping; 
8. Vazni >100 bulgan materiallarni kirim va chiqim sonini toping; 
9. S1 omborxonadagi materiallar nomini va ularni sonini aniklang; 
10. Maksimal ogirlikka ega bulgan qizil rangli materiallarni nomini toping;
  11.   Eng   engil   vaznli   detal   uchun   zarur   bulgan   materialga   talab   (son   va
iste’molchi)ni toping; 
12. 31.04 kunda kabul k.ilingan material nomerini toping; 
13.   P1   iste’molchiga   zarur   bulgan   barcha   materiallar   saqlanadigan   hamma
omborxonalarni toping; 
14. Qizil rangli materiallar kerak bulgan barcha iste’molchilarni toping; 
15. Vazni 40 dan katta bulgan talab kilingan mivdordagi materiallarni va ular
uchun barcha iste’molchilarni toping; 
16. K1 va K2 materiallar saqlanaetgan barcha omborxonalarni toping; 
17.31.04   sanada   olingan   materiallar   zarur   bulgan   barcha   iste’molchilarni
toping; 
18.   S1   raqamli   omborxonadagi   materiallar   nomini   va   ularni   mivdorini
aniqlang; 
19. P1 iste’molchi zarur bulgan materiallarni umumii mikdorini aniqlang; 
20. P1 iste’molchiga zarur bulgan materiallar umumii sonini toping;
  21. Xar bir material va har bir omborxona uchun omborxona yangi xolatini
kuyidagi formula bilan hisoblang 
22. kol = kol0 + kol1 - kol2 
      |          |           | 
Qoldiq  kirim  chikim 
23.   bir   material   buiicha   kirimlarni   umumii   sonini   toping;   bir   omborxona   va
har bir material uchun chik;imlarni umumii sonini toping;
 24. Talab eng ko‘p miqdorda bo‘lgan materiallarni toping; 
13 25. kirim munosabatiga tanlash quying 
26.Omborxona joriy holatini uzgartiring (kirim va chikim hisobga olinsin); 
27.Barcha munosabatlarda tanlashlarni olib tashlang; 
28.har bir material uchun etishmaslikni hisoblang; 
29. Oq materialni ortiqchasini hisoblang; 
30. maksimal ortiklikka ega materiallarni tanlang; 
31.   K1   va   K2   materiallar   saqlanadigan   barcha   omborxonalarni   kushimcha
munosabat yaratib toping. 
2.3.MBBT tillari haqida ma’lumot.
SQL   -   kompyuter   berilganlar   bazasida   saqlanuvchi   ma’lumotlarni   qayta
ishlash   va   o‘qish   uchun   muljallangan   instrumentdir.   SQL   –   bu   strukturlashgan
so‘rovlar   tilining   (Structured   Query   Language)   qisqartirilgan   nomlanishidir.   SQL
abbreviaturasi odatda “sikvel” deb o‘qiladi. Ba’zi xollarda, “ESKYUEL” talaffuzi
xam   SQL   abbreviaturasini   o‘qishda   ishlatiladi.   Nomlanishidan   ko‘rinib   turibdiki,
SQL   foydalanuvchining   berilganlar   bazasi   bilan   o‘zaro   aloqasini   tashkil   etish
uchun qo‘llaniluvchi dasturlashtirish tilidir. Xaqiqatda esa SQL faqat relyasion deb
nomlanuvchi bir turdagi berilganlar bazasi bilan ishlaydi.
  Hozirda   bu   til   MBBT   foydalanuvchilariga   taqdim   etayotgan   barcha
funksional imkoniyatlari qo‘llanilmoqda. Bu imkoniyatlar quyidagilardir:
  1.   Ma’lumotlar   strukturasini   tuzish.   SQL   foydalanuvchilarga   ma’lumotlar
strukturasini   tuzish,   o‘zgartirish   xamda   berilganlar   bazasi   elementlari   o‘rtasida
aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi. 
2.   Ma’lumotlarni   o‘qish.   SQL   foydalanuvchi   yoki   dasturga   berilganlar
bazasida   saqlanuvchi   ma’lumotlarni   o‘qish   va   ulardan   foydalanish   imkonini
beradi. 
3.   Ma’lumotlarni   qayta   ishlash.   SQL   foydalanuvchiga   yoki   dasturga
berilganlar   bazasini   o‘zgartirish,   ya’ni   unga   yangi   ma’lumotlar   qo‘shish,   mavjud
ma’lumotlarni o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi. 
4.   Berilganlar   bazasini   ximoyalash.   SQL   yordamida   ma’lumotlar   bazasi
foydalanuvchilarini   undagi   ma’lumotlarni   o‘qish   va   o‘zgartirish   imkoniyatlarini
14 chegaralab   qo‘yish   mumkin.   Bu   orqali   ruxsat   berilmagan   foydalanuvchilardan
axborotlar ximoyalanadi. 
5.   Ma’lumotlardan   birgalikda   foydalanish.   SQL   ma’lumotlardan   birgalikda
foydalanishni   koordinatsiya   qiladi,   bu   esa   paralel   ishlayotgan   foydalanuvchilar
birbirlariga   xalaqit   bermasdan   berilganlar   bazasidagi   ma’lumotlardan
foydalanishlari imkonini beradi. 
6.   Ma’lumotlar   yaxlitligini   ta’minlash.   SQL   berilganlar   bazasini   yaxlitligini
ta’minlashga imkon beradi va unda noo‘rin o‘zgartirishlar qilishni oldini oladi. 
MySQL   ni   faqat   mSQL   kamchiliklariga   javob   sifatida   qarash   noto‘g‘ridir.
Uning   ixtirochisi   Maykl   Videnius   (+   yana   Monty   sifatida   ma’lum)   shved
kompaniyasi   TsX   xodimi   ma’lumotlar   bazasi   bilan   1979   yildan   beri   ishlaydi.
Yaqin   paytgacha   Videnius   TsX   da   faqat   dasturchi   edi.   1979   yilda   firma   ichida
foydalanish   uchun   UNIREG   nomli   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   vositasini
yaratdi. 1979 yildan so‘ng UNIREG bir necha tillarda yozildi va katta ma’lumotlar
bazalarini qo‘llash uchun kengaytirildi. Bitta dastur bajarilayotgan har bir jarayon
bu   dastur   nusxasi   deyiladi,   chunki   xuddi   o‘zgaruvchi   nusxasi   kabi   xotiradan   joy
oladi.   1994   yilda   TsX   WWW   uchun   Amaliy   dasturlar   yarata   boshladi   va   bu
loyihani   qo‘llashda   UNIREG   dan   foydalandi.   Baxtga   qarshi,   UNIREG   katta
harajatlar   talab   qilgani   uchun,   undan   veb-sahifalarni   dinamik   generatsiya   qilish
uchun muvaffaqiyatli foydalanib bo‘lmadi. Va TsX shundan so‘ng SQL va mSQL
ga murojaat qildi Lekin o‘sha paytda mSQL faqat 1.x relizlari shaklida mavjud edi.
Yuqorida aytganimizdek mSQL 1.x versiyalari hech qanday indekslarni qo‘llamas
edi va shuning uchun UNIREG dan unumdorligi past edi.Videnius mSQL avtori s
Xyuz   bilan   bog‘landi   va   mSQL   ni   UNIREG   dagi   V+   ISAM   qayta   ishlovchisiga
ulash   fikri   Bilan   qiziqtirmoqchi   bo‘ldi.   Lekin   Xyuz   shu   paytga   keldib   mSQL   2
yaratish   yo‘lida   anchaga   ketgan   va   indekslar   Bilan   ishlash   vositalarini   yaratgan
edi.   TsX   o‘z   talablariga   ko‘proq   mos   keluvchi   ma’lumotlar   bazalari   serverini
yaratishga qaror qildi. TsX xodimlari Yangidan velosiped ixtiro qilib o‘tirmadilar.
Ular   UNIREG   ni   asos   qilib   oldilar   va   soni   oshib   borayotgan   o‘zga   dasturchilar
utilitalaridan   foydalandilar.   O‘z   tizimlari   uchun   boshida   mSQL   uchun   yaratilgan
15 API   bilan   deyarli   ustma-ust   tushuvchi   API   yaratdilar.   Natijada   Yangi   kengroq
imkoniyatga   ega   TsX   ma’lumotlar   bazasiga   o‘tmoqchi   bo‘lgan   mSQL
foydalanuvchisi o‘z kodiga juda kam o‘zgartirish kiritishi talab qilinardi. Shu bilan
birga  Yangi   ma’lumotlar  bazasi   kodi  to‘la  original  edi.  1995 yil   may oyiga  kelib
TsX  kompaniya   ichki   talablarini   qanoatlantiruvchi   ma’lumotlar   bazasi,   -   MySQL
1.0   ga   ega   edi.   Firma   biznes-partneri   Detron   HB   dan   David   Aksmark   (David
Axmark)   TsX   ga   o‘z   serverini   Internetda   ko‘rsatishni   taklif   qildi.   Serverni
Internetda   ko‘rsatishdan   maqsad   -   birinchi   bo‘lib   Aladdin   Peter   Deych   (Aladdin
Peter   Deutsch)   qo‘llagan   biznes   modelldan   foydalanishdir.   Natijada   MySQLni
mSQL   ga   nisbatan   «tekinroq»   qiluvchi   o‘ta   moslashuvchan   avtorlik   huquqlari
olindi.   Nomiga   kelganda   Videnius   bu   haqida   shunday   deydi:   «Xozirgacha
noma’lum   MySQL   nomi   qaerdan   kelib   chiqqani.   TsX   da   asosiy   kattalog,   hamda
bibliotekalar va utilitalar ko‘p qismi bir necha o‘n yildan beri «mu» prefiksiga ega.
Shu   bilan   birga   mening   qizim   (bir   necha   yilga   kichik)   ismi   ham   May   (My).
Shuning   uchun   haligacha   sir,   bu   ikki   manbaning   qaysi   biri   MySQL   nomini
bergan».
16 2.  “O’quv markazi”   ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni
shakllantirish
Qo’yilgan masala yuzasidan ma’lumotlar bazasida jadvallar hosil qilindi.  Ular
orasidagi bog’lanishlar mos keluvchi (ustma-ust tushuvchi) maydonlari yordamida
bog’langan.   Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   orasidagi   munosabatlar   quyidagi
to’rtta   turda   bo’lishi   mavjud:   birga-bir,   birga-ko’p,   ko’pga-bir,   ko’pga-ko’p.
Masala   yuzasidan   ma’lumotlar   bazasini   loyilahashda   birga-ko’p   va   ko’pga-ko’p
bog’lanish   munosabatlaridan   foydalanildi.   Birga-ko’p   bog’lanish   munosabati
ma’lumotlar   bazasini   loyihalashda   ko’p   uchraydi   va   uning   vazifasi
takrorlanmaydigan qiymat oluvchi (kalit) maydonga ega bo’lgan jadvalning har bir
yozuvi   qiymatiga   ushbu   maydon   qiymatlari   orqali   bog’langan   jadvaldagi   ko’p
sondagi yozuvlarini mos qo’yishdir.
Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   va   uning   tarkibiy   qismlari   –   maydonlari
haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz:
“Education” jadvali o’zida o’quv markazi haqida umimiy boshlangich 
ma’lumotlarni saqlaydi
Maydon nomi Tipi Izoh
id Education int(2) Kalit maydon
Name varchar(45) markaz  nomi
Telefon varchar(15) Markaz nomeri
Address Varchar(45) Markaz manzili
Mail Varchar(45) Markaz pochtasi
“director” –  markaz direktori haqida ma’lumotni saqlovchi jadval 
Maydon nomi Tipi Izoh
Id d irektor int(1) Kalit maydon
Name varchar(45) Director FISH
Telefon varchar(15) direktor nomeri
Address Varchar(45) direktor manzili
17 direktorprofession Varchar(45) direktor mutaxassisligi
“Xodimlar” markaz xodimlar haqida ma’lumot beruvchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
id xodimlar   int(2) Kalit maydon
Name Varchar(45) Xodim FISH
Profession Varchar(20) Kasbi
Telefon Varchar(15) nomeri
Date_of_birth Datetime Xodim tug’ilgan kuni
“Pupils” o’quvchilar haqida ma’lumotlar saqlanadi
Maydon nomi Tipi Izoh
Id pupil int(3) Kalit maydon
Name Varchar(45) O’quvchi ismi
Birth  Datetime Tugilgan kuni
Adresss varchar(255) manzili
Idschool int(3) Maktab nomeri
Jinsi Bool Jinsi
“Subjects” fanlar haqida ma’lumot
Maydon nomi Tipi Izoh
Id subject int(2) Kalit maydon
Name Varchar(45) Fan nomi
“Price” to’lovlar haqida jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
Idprice int(3) Kalit maydon
Type varchar(55) To’lov turi
18 Price Int(8) To’lov narxi
3. JADVALLARNING O’ZARO BOG’LANISHI
 Education va director jadvallari bog’lanishi n:1 tarzda
 
19  Education va xodimlar jadvali bog’lanishi 1:n tarzda
 
Xodimlar va subjects jadvali bog’lanishi n:m tarzda
 
20 Subjects va pupils jadvallari bog’lanishi n:m tarzda
Pupils va price jadvallari bog’lanishi n:m
21 Umumiy kurinishi
22 4. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va
jadvallarga ma’lumotlar kiritish
1-jadval. “Education” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Education (
idEducation INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
    Name VARCHAR(45) NOT NULL,
    Address VARCHAR(55) NOT NULL,
   Telefon VARCHAR(15) NOT NULL,
   Mail  VARCHAR(45) NULL
);
2-jadval. “Director” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Director (
idDirector INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
    Name VARCHAR(45) NOT NULL,
    Address VARCHAR(55) NOT NULL,
23    Telefon VARCHAR(15) NOT NULL,
   direktorprofession  VARCHAR(45) NULL
);
3-jadval. “Xodimlar” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Xodimlar(
idXodimlar INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
    Name VARCHAR(45) NOT NULL,
      Date_of_birth DATETIME NOT NULL
   Telefon VARCHAR(15) NOT NULL,
   profession  VARCHAR(45) NULL
);
4-jadval. “Subjects” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Subjects(
idSubjects INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
    Name VARCHAR(45) NOT NULL );
5-jadval. “Pupils” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE PUPILS(
Idpupils INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
Name VARCHAR(45) NOT NULL,
Telefon VARCHAR(15) NOT NULL,
24 Adress VARCHAR(45) NOT NULL,
Jinsi BOOL NOT NULL
);
6-jadval. “Price” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Price (
idPrice INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
          type VARCHAR(45) NOT NULL,
        price INT(8) NOT NULL
);
 
25 5. SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish
1-jadval. “Education” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT   INTO   `Education`(`idEducation`,   `Name`,   `Address`,   `Telefon`,   `Mail`)
VALUES (1,'Javohir','F.Yuldosh st.','93 333 47 99', 'javohir@mail,ru')
2-jadval. “Direktor” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT INTO `Director`(`idDirector`, `Name`, `Address`, `Telefon`, 
`direktorprofession`) VALUES (1,'Javohir Tovboyev','Oqtosh','93 333 33 
33','Matematika')
3-jadval. “Xodimlar” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
 INSERT INTO `Xodimlar`(`idXodimlar`, `Name`, `Date_of_birth`, `Telefon`, 
`profession`) VALUES (1,'Azzamov Bekmurod',03.12.1999,'97 464 68 
65','Kimyo')
4-jadval. “Pupils” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT INTO `Pupils`(`idPupils`, `Name`, `Address`, `Birth`, `Telefon`, 
`Idschool`, `Jinsi`) VALUES (1,'Valiyev Soli','Bulungur',25.03.2000,'99 123 45 
67',60 ,1)
5-jadval. “Subjects” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT INTO `Subjects`(`idSubjects`, `Name`) VALUES (1,'Matematika')
6-jadval. “Prices” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT INTO `Price`(`idPrice`, `type`, `price`) VALUES (1,'naqd', 200000)
26 27 Xulosa
Hozirgi   kunda   Respublikamizda   keng   tarqalib   borayotgan   ish   joylarini
avtomalashtirish   va   ish   joylarida   axborot   kommunikatsiya   vositalaridan   keng
foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. 
Men   ushbu   “O’quv   markazi   ma’lumotlar   bazasini   yaratish”   mavzusidagi
kurs   ishimni   bajarish   davomida   ko`plab   izlanishlar   olib   bordim.   Jumladan,
Xodimlarni  oylik  maoshini   ishlab  chiqish   bo`yicha  yaratilgan  ma’lumotlar  bazasi
bilan   tanishib   chiqdim.   U   yerda   kerakli   ma’lumotlarni   qanday   olish   haqida
tassavvurga ega bo`ldim. 
MB ni yaratish davomida dasturlash texnologiyasi  bilan chuqurroq tanishib
chiqdim va chuqur malaka hosil qildim. 
Shuningdek   ma’lumotlar   bazasi   bilan   ishlash,   ularni   oddiy   va   dinamik
usullarda   tashkil   qilish   malakasini   hosil   qildim.   Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish
tizimlari bilan tanishib chiqdim va “O’quv markazi ma’lumotlar bazasini yaratish”
ma’lumotlar bazasini  bilan shuningdek undagi turli xil so’rovlar orqali ishlar olib
bordim. 
Xulosa   qilib   shuni   ta’kidlash   mumkin,   xozirgi   fan-texnika   xamda
informatsion texnologiyalarining jadal rivojlanayotgan vaqtida o’quv martkazlarga
bo`lgan   talablar   juda   xam   kuchli   bo`lib,   bu   talablarni   to`laqonli   qondirish   biz   va
bizga   o`xshash   yosh   dasturchilarning   oldida   turgan   ulkan   vazifalardan   biri   bo`lib
xisoblanadi. 
Shifoxonalar ishini  takomillashtirish bilan qog`ozbozlikdan ozod bo`lish va
ish unumdorligini yuqori darajada oshirishga erishishimiz mumkin ekan.
28 Foydalanilgan adabiyotlar.  
1. O‘zbekiston   Respublikasining   “Axborotlashtirish   to‘g‘risida”gi   Qonuni.
(№563-11.   №   560-II   11.12.2003   y.).   5.   “Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish
tizimlar” fani bo’yicha elektron o’quv qo’llanma, TATU FF. 
2. Ayupov R.X., Ismoilov S.I., Azlarov A.X., “MS Access 2002 - ma’lumotlar
majmuasini   boshqarish   tizimi”(o’quv   qo’llanma)   Toshkent.:   Toshkent
Moliya instituti, 2004. 
3. Кодд   Э.Ф.,   “Реляционная   модель   данных   для   больших   совместно
используемых банков данных”. СУБД . 1995  г . 
4. Ma’ruzalardagi taqdimotlar to’plami
Internet saytlari  
1. www.ictcouncil.gov.uz-Kompyuterlashtirishni   rivojlantirish   bo`yicha
Vazirlar Maxkamasi muvofiqlashtiruvchi Kengashining sayti. 
2. www.ecsoman.edu.ru–Rossiya   Federatsiyasi   Oliy   o`quv   yurtlarida
o`qitilayotgan fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy komplekslar. 
3. http://www.voydod.uz/ - qidiruv tizimi. 
4. ziyonet.uz–O`zbekistonning axborotlarni izlab topish tizimi. 
5. http://ITPortal sayti.
29

MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGOYALARI FANIDAN “O’quv markazi” mavzusida 1

Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Farmonning O’zAda keltirilgan matniga ko’ra, vazirlik O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi negizida tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:axborot texnologiyalari va kommunikastiyalar soxasida, “elektron xukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;aloqa va telekommunikastiyalar soxasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan boshqarish, listenziyalash va nazorat qilish borasidagi funkstiyalarni amalga oshirish;Internet tarmog’ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash;raqobatdosh dasturiy maxsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashish;axborot xavfsizligini ta’minlash;zamonaviy kommunikastiya vositalari soxasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo’nalishlar bo’yicha xorijiy investistiyalarni jalb etish va boshqalar. “Gazeta.uz” ning qayd etishicha, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi 2012 yil 16 oktyabrida Aloqa va axborotlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan edi. O’zAAA esa, o’z navbatida, 2002 yili Pochta va telekommunikastiyalar agentligi negizida, ushbu agentlik esa 1997 yili Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan edi. Aloqa vazirligining o’zi 1992 yilda tashkil etilgan. Biz dasturchilar uchun bu qarorlar juda muhim qarorlardan biri bo’ldi. 2013- yildan 2020-yilgacha Elektron hukumat tizimiga o’tilish talab qilinmoqda. Shuning uchun axborot tizimlariga o’tilishga kata ahamiyat berilmoqda.Yangi o’quv yurtlari va yangi fakultetlar ochilmoqda. Dunyo globallashib borgani sari axborot tehnalogiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda. O’zbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoriga kirib bormoqda. Bunda esa yoshlarni ongini saviyasini oshirish va zamon talablariga mos ravishda kadrlarni tayyorlash 2

davlatimiz taraqiyotini rivojlanishiga sabab bo’ladi. Mamlakatimizda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo, O‘zbekistonda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv sharoitida AKT sohasining keskin taraqqiy etib borishi kuzatilayotganligi, ilg‘or davlatlarning ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. AKT sohasini jadal sur'atlar bilan taraqqiy ettirish O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur'atlar bilan rivojlantirishda o‘ziga xos yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o‘ynaydi.Dasturiy vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma'lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida 3

yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborotkommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi yo‘lida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003-2004 yillarda «elektron» qonunlar bloki qabul qilindi. Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda ularning ijrosi ta'minlanishi, o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishida muhim omil bo‘ldi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblangan mazkur tizimlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborotkommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o‘tgan yilga nisbatan 61 foizga oshib, bugungi kunda 7780 Mbit/s.ni tashkil etayotgani va ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligidadir. Shuningdek, joriy yil boshida ma'lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 930 taga yetgan bo‘lsa, jamoaviy foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi.Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanishiga internetdan foydalanuvchilar soni aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. Bugungi kunda 4

mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi. O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz, elektron hujjat aylanishi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga qulay imkoniyat yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashinuvi darajasi va sifatini oshirishga, axborot izlash samaradorligi o‘sishiga, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘ozli hujjat aylanishi ulushining kamayishiga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta'minlab berdi. Natijada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma'lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda.Shuningdek, mazkur qonunning qabul qilinishi va ijrosining ta'minlanishi natijasida respublikamizda 9ta elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo kalitlari soni 2006 yilda 93tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 300 mingtadan ortib ketdi.Shu bilan bir qatorda, mijozlarga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslari kafolatlab qo‘yildi. Bu bilan iqtisodiyotimizga «Paynet» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalar kirib keldi, «SMS-banking»,«Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlari joriy etildi. Endilikda ushbu xizmatlar sharofati 5