logo

Mac, UNIX, LINUX, iOS va Android va operatsion tizimlari va ularning imkoniyatlari.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

162 KB
Mavzu:Mac,   UNIX,   LINUX,   iOS   va   Android   va   operatsion   tizimlari   va
ularning imkoniyatlari.
Reja:
1.   Windows Mobile, Windows Phone, Android, AOS, SymbianOS 
operatsion tizimlar  haqida ma’lumot.
2.  Windows Mobile, Windows Phone, Android, AOS, SymbianOS 
operatsion tizimlarining o ’ xshashliklari va farqi .
3.Mac operatsion sistemasining yaratilishi  va hozirgi kungacha bosib 
o`tgan yo`li
4.LINUX operatsion tizimi haqida malumot. So’nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik ulkanlashib
kettiki,  internetdan  umumiy   foydalanish   va   faollik  bo’yicha  hattoki   kompyuterlar
bozorini   ham   egallab   bormoqda.   Bu   albatta   mobil   vositalardagi   ustunlik,   hamda
ma’lumotlar tarmog’i bo’yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir.
Xuddi   kompyuterlar   o’tmishidagi   singari,   mobil   operatsion   tizimlari   (O.T.)
ishlab   chiqaruvchilari   orasida   ham   yakka   liderlik   uchun   kurash   boshlanib   ketdi.
Eng   talabgorlar   ro’yhatidan   iOS,   Android   va   Windowslar   turli   sanoat
ishtirokchilari   tomonidan   kiritilgan.   Ushbu   holat   nafaqat   kim   eng   kuchli   ekanligi
to’g’risidagi   savol   balki   siz   uchun   qaysi   biri   to’g’ri   kelishini   bilish   uchun   ham
muhimdir. Har bir O.T ba’zi foydalanuvchilarga mos keluvchi va ba’zilarini yuzini
burishtiruvchi o’z xususiyatlariga ega.
Keling   har   bir   nomzod   bilan   tanishib   chiqaylik   va   sizning   talablaringizni   eng
to’liq qondiradiganini topishga harakat qilaylik!
Android
Ushbu   tizimning   eng   o’ziga   xos   xislatlaridan   biri   -unda   o’zlashtirish
(customization)   imkoniyatlari   miqdoridir.   Bu   qulaylik   telefonning   butun
telefonning barcha qismi, o’rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o’z ichiga oladi.
Android Google Play yoki nashr qiluvchining o’zidan bevosita yuklab olinadigan,
bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega. Agar siz aynan o’zingizga moslashtirilgan
mobil xizmatini istasangiz, Android eng yuqori tanlovdir.
IOS
Apple’ning   IOS,   IPhone’da   2007   yilda   ishga   tushirilgan   bo’lib,   mavjud   eng
birinchi   mobil   O.Tlaridan   biridir.   Ushbu   tizimdan   foydalanish   ortidagi   asosiy
g’oya -boshqa barcha Apple mobil mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo’ladi.
Ma’lumki   Apple   mavjud   eng   zo’r   telefonlarni   ishlab   chiqadi,   shu   bilan   o’z
operatsion tizimini ahamiyatini oshiradi. Undan tashqari iOS uchun mobil ilovalar
soni   ulkandir,   hayolingizga   kelishi   mumkin   bo’lgan   barcha   dastur   va   hizmatlar
muhayyo. Windows mobile.
Bu OT OT ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning lideri hisoblanmish MicroSoft
kompaniyasi   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Windows   mobile   otsining   interfeysi   -
kompyuterlardagi otlarning interfeysiga uxshash. Bu ilovalarni yozishni birkancha
osonlashtiradi va foydalanuvchilar uchun ular uchun xam ularga tanish interfeysda
ishlashga uziga yarasha kulaylik olib beradi.
Afzalliklari.
-   Interfeysining kompyuter interfeysiga uxshashligi;
-  qulay sinxronizatsiya;
- OT tarkibida ofis ilovalarining mavjudligi;
-  Ko’p vazifaliligi;
Kamchiliklari.
- qurilmalarga quyilgan katta talab (visokoye trebovaniye k oborudovaniyu);
- Viruslarning kupligi;
- Ishlashdagi nokulaylik (nestabilnosti v rabote);
Android
Android   -   Linux   OT   lari   bazalari   asosida   ishlab,   google   kullab   kuvvatlashi
yordamida   Open   Handset   Alliance   (OHA)   tomonida   ishlab   chiqilgan   yangi
otlardan biri hisoblanadi. Otning boshlangich kodi (isxodniy kod) ochik bo’lganligi
sababli   har   bir   ishlab   chiqaruvchi   o’z   mobil   otlarini   o’z   distributivlarini   ishlab
chiqishi mumkin.
Afzalligi.
-   Boshlang’ich kodning ochiqligi;
-  Ko’pgina ilovalarni mavjudligi;
-  Yuqori tezkorlik darajasi (visokoye bistrodeystviye) ;
-   Google   serverlar   bilan   o’zaro   qulay   bog'lanish   (udobnoye   vzaimodeystviye   s
serverami Google) ;
Kamchiliklari.
-   Ko’gina aktual versiyalar - ishlab chiqaruvchilar qaysi versiyadagi OT uchun
ilova yozishni bilmasligi; -  Ochiq kodli bop’lganligi uchun xakerlar xujumiga bardoshlimasligi;
- Deyarli har doim qayta to’g’rilash talab etilishi;
IPhone OS
Apple   kompaniyasi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   OT.   Bu   ot   fakatgina   Apple
kompaniyasi   maxsulotlarida   ishlatiladi.   iPhone,   iPod,   iPad   qurilmalari   hamda
AppleTV televizorlariga OT sifatida o’rnatilgan.
Afzalliklari
  -  Foydalanishning qulayligi;
- Sifatli xizmat ko’rsatish;
-   Ko’pgina muommolar to’g’rilanadigan, doimiy yangilanish;
-   App Store dan ko’pgina zararsiz dasturlarni sotib olish imkoniyati;
Kamchiliklari.
-  Norasmiy ilovalarni o’rnatish uchun jeylbreak ni talab etilishi;
-  Ko’p vazifalikning yo’qligi;
- Dokumentlarni taxrirlash redaktorini OT tarkibida yo’qligi;
Palm OS
Ushbu OT 1996 yili vujudga kelgan. Chuntak partotiv kompyuter (KPK) larida
qo’llaniladi. Keng imkoniyatlari va foydalanishda qulayligi sababli keng tarqalgan
edi. Hozirda deyarli foydalaanilmaydi.
Afzalliklari.
-  Ko’p resurs talab etmaydi;
-  Foydaalnuvchi interfeysining qulayligi;
-  Kompyurter bilan qulay sinxronizatsiya;             Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda, kompyuterlar har bir
oila,   korxonalarga   kirib   borgan   paytda   operatsion   sistemalar   orasida
“Macintosh”   degan   so`zni   uchratib   qolamiz.   Bunaqa   kompyuterlarning
egalarini o`z kompyuterlariga bo`g`lanib qolganlari, u bilan faxrlanishlari bizni
hayratga   soladi.   Xo`sh,   bu   kompyuterlarning   shunchalik   o`ziga   tortuvchi
tomonlari nimalar? Qulay korpus, kuchli protsessorlarmi  yoki tezkor xotirami?
“Apple”   firmasi   tomonidan   yaratilgan   bu   kompyuterlarda   garchi   sanab
o`tganlarimning barchasiga katta e’tibor berilsada, Macintoshni yaratilganidan
boshlab   to   hozirgi   kungacha   “Macintosh”   qilgan   asosiy   komponent   bu   –   Mac
operatsion   sistemasidir.   Men   hozir   shu   operatsion   sistema   haqida   batafsil
ma’lumot bermoqchiman.
                      1) Mac operatsion sistemasi  birinchi bo`lib 1984 – yilda Apple firmasi
tomonidan   yaratilgan   birinchi   Macintosh   shaxsiy   kompyuteri   bilan   birga
ommaga havola etildi. Dunyoda birinchi bo`lib grafik interfeys orqali ishlovchi
bu OS o`sha paytlarda katta shov – shuvga sabab bo`ldi. Chunki o`sha paytlarda
mashhur   bo`lgan   MS   DOS   operatsion   sistemasi   “ командная   строка ”,
“ выполнить ”   kabi   buyruqlar   to`plami   bilan   ishlar,   buning   uchun   esa
foydalanuvchi   ma’lum   bilimlarga   ega   bo`lishi   yoki   doimo   maxsus   lug`at   bilan
yurishi kerak edi. Mac operatsion sistemasi yaratuvchilari esa hozir biz o`rganib
qolgan   darchalardan,   ikonkalardan   va   papka   (katalog)lardan   iborat   OS   ni
yaratishdi.   Yana   bundan   tashqari   Macintosh   kompyeteri   bilan   birga   hozirgi
sichqonchaga   o`xshash   kursorni   siljitish   vazifasini   bajaruvchi   qurilma   ham
yaratildi.   Hali   o`sha   paytlardanoq   bu   OS   keyingi   avlod   kompyuterlari   qanday
bo`lishini ko`rsatib bera olgan edi. 
                              Aslida   grafik   interfeys   haqidagi   g`oya   Mac   OS   yaratuvchilari
tomonidan o`ylab topilmagan, ular Xerox firmasidagi kompyuterda ko`rib, unga
qo`shimchalar   kiritib   o`zlarining   ixtirolari   sifatida   dunyoga   tanitishgan.   Xerox
kompaniyasining   axborot   markazida   grafik   interfeys   bilan   ishlovchi   yagona
kompyuter   bo`lib,   ishchilar   undan   faqat   o`z   maqsadlari   yo`lida   foydalanishgan va ommaviy foydalanish uchun tarqatishni o`ylab ko`rishmagan. Shunday qilib,
Mac OS 1 atigi 216 kilobaytli floppy diskda joylashgan va uning normal holatda
ishlashi   uchun   128   kilobaytli   (tasavvur   qilyapsizmi!)   operativ   xotira   yetarli
bo`lgan.   Eng   qizig’i,   bu   operatsion   sistemani   boshqa   kompyuterga   shunchaki
nusxalab, ko`chirib qo`yilsa ham u hech qanday xatosiz ishlay olgan. Bu sistema
juda ham oddiy va sodda ko`rinishda bo`lgan: uning faoliyati uchun 2–3 ta fayl
yetarli   bo`lib,   ular   maxsus   “System   folder”   papkasiga   joylashtirilgan.   Bu
katalogdagi   eng   qiziqarli   papkalar   “Extensions”   va   “Control   panels”   bo`lib,
birinchisida   har   xil   sistemali   kengaytmalar,   bibliotekalar,   qurilmalarning
drayverlari joylashsa, ikkinchisida esa interfeys moduli, kerakli paytda operativ
xotiraga   yuklanadigan   va   undan   o`chiriladigan   mini   –   programmalar   (ba’zi
joylarda   boshqaruv   pulti   deb   ham   ataladi)   joylashgan   bo`ladi.   Mana   shu
“Control   panels”   papkasida   biz   xohlagan   paytda   o`zimizga   kerakli   funksiyani
(tarmoq,   videorejim,   ish   stolida   ikonkaraning   ko`rinishi   va   hokazo)     yoqib,
keraksizini   esa   o`chirib   qo`yishimiz   mumkin.   Buning   uchun   shunchaki   o`sha
fayl   nomi   davomiga   “Disabled”   so`zini   qo`shib   qo`yish   yetarli   (MS   DOSda
“Registry”   komandasi   orqali   boshqariladi).   Bu   sistema   komponentlarini   biz
boshqa   kompyuterdan   olgan   taqdirimizda   ham   uni   qanday   o`rnataman,   qaysi
papkaga   tashlashim   kerak   degan   bosh   qotirishlar   haqida   gap   ham   bo`lishi
mumkin   emas:   shunchaki   bu   fayllarni   “System   folder”ga   tashlasak,   bu
papkaning   o`zi   fayl   qaysi   katalog   tarkibiga   kirishini   aniqlab,   joylashtirib
qo`yadi.   Bunda   hattoki   kompyuterni   “ перезагрузка ”   (o`chirib,   qaytadan yoqish)   qilish   ham   talab   etilmaydi.
                      Bu   “drug-and-drop”   usuli   Mac   OSga   moslab   yaratilgan   99%
programmalar   uchun   ham   ishlaydi.   Ya’ni   biror   o`yin   yoki   programmani
o`rnatish   uchun   uning   yuklanish   faylini   axtarish   shart   emas:   kerakli   faylni
nusxalab,   boshqa   kompyuterga   ko`chirib   o`sha   zahoti   ishlata   boshlasak   ham
programma xuddi birinchi ko`chirib olgan kompyuterda qanday ishlagan bo`lsa,
shunday  bexato   ishlayveradi  (shu  yerda  bitta  nozik  tarafi  bor:   programma  yoki
o`yin   Mac   OSning   shu   versiyasiga   ham   to`g`ri   kelishi   kerak).   Yoki   siz   bir
kompyuterdagi   barcha   ma’lumot   va   o`rnatilgan   sistemaviy   o`zgarishlarni
( настройки )   o`zgartirmagan   holda   boshqasiga   olib   o`tmoqchimisiz?   Unda
barcha kataloglarni shunchaki nusxalab olib o`tsanigiz shuning o`zi kifoya.
              Bunday oddiy va moslashuvchanlikka ega bo`lgan bu operatsion sistema
turli   korxona,   tashkilot   va   shaxsiy   maqsadlarda   foydalanila   boshlangach,
kompyuterni tuzatish yoki uni “ переустановка ” qilishga sarflanadigan xarajatlar miqdori   ancha   qisqarib   ketdi.   Bu   o`sha   paytda   foydalaniladigan   barcha
operatsion sistemalarga qattiq “zarba” berdi. 
                        Mac   OS   o`zining   faylli   sistemasi   bilan   ham   mashhur:   birinchidan,  u
faylning   versiyasini,   avtorini,   atributlarini   va   eng   muhimi,   uning   tipini   hamda
shunga   mos   uni   ochadigan   progarammani   hech   qanday   kengaytmalarsiz
aniqlaydi. Ikkinchidan, har  bir yaratilganda uning tipiga qarab ikonka qo`yiladi
(bu yangilik emas, deb o`ylayotganlarga: hozirgi Microsoft Windows operatsion
sistemasidagi  bu  fu  funksiya  aynan  Mac  OS  dan  ko`chirilgan!).  Shunday  qilib,
siz Word formatidagi matnli fayllarni QuarkXPress maketlaridan osongina ajrata
olishingiz mumkin.
            Umuman olganda, Mac OS faylli sistemasida “sayohat qilish” juda qulay.
U   har   qanday   operatsion   sistemadan   ko`proq   usulda   fayllarni   tasvirlay   oladi.
Uning   “ подпружиненные   папки ”   funksiyasi   esa   fayllarni   joyini   o`zgartirishni
tezlashtiruvchi   muhim   yangiliklardan   biri   hisoblanadi.   Bulardan   tashqari
psevdonimlarning   (Windows   operatsion   sistemasida   ular   “ ярлык ”   deb   ataladi)
amalda bexato ishlashi hayratda qoldiradi. Buning sababi psevdonimlarning real
fayl   yoki   papka   o`rtasidagi   mustahkam   aloqadaligi,   ya’ni   siz   fayl   yoki
katalogning   psevdonimini   yaratganingizdan   keyin   shu   fayl   yoki   katalogni
qo`rqmasdan   boshqa   katalogga   joylashtirganingiz   bo`ladi.   Chunki   psevdonim
baribir o`ziga bog`lab qo`yilgan haqiqiy adresini avtomatik ravishda o`zgartiradi.
Uning katta hajmli fayllar bilan tez ishlashi ham e’tiborga loyiq. 
                              Mac   OS   birinchi   versiyasidayoq   tovushni   sintez   qilib   raqamli
ko`rinishda qabul qilishni yo`lga qo`ydi. 1991 yilda esa grafika, tovush, matn va
videofayllar   integratsiyasini   ishlab   chiqdi   va   uning   uchun   maxsus   atama   ham
yaratildi   –   Multi   media.   Quick   time   esa   aynan   mana   shu   multimedia   uchun
yaratilib, Mac OSning sistemali fayllari ro`yxatidan joy oldi. 
                                  2)   Endi   bu   operatsion   sistemasining   yaratilishidan   boshlab   to   hozirgi
kungacha   ishlab   chiqarilgan   versiyalari   haqida   to`xtalib   o`tsam.   Mac   OS   1
haqida   yuqorida   batafsil   ma’lumot   keltirildi.   Undan   keying   versiyalardagi
o`zgarish va imkoniyatlar quyidagicha:
            Mac OS 2 - Mac OS 6.
            Bu sistema platformalari 1985-1988 yillar oralig`ida yaratilgan bo`lib, bir
–   biridan   deyarli   farq   qilmasdi   (bir   necha   komponentlariga   o`zgartirishlar
kiritilishini aytmaganda). Ularni bir guruhga kiritishimninh sababi ham  shunda.
Bu vaqt oralig`ida kiritilgan eng katta yangilik “multi-finder” opsiyasi bo`lib, u
bir vaqtning o`zida bir necha programmalar bilan ishlash imkoniyatini bergan.
               Mac OS 7.
                      Bu   versiya   platformasi   1991   yilda   ishlab   chiqarilgan   bo`lib   sezilarli
darajada   ko`proq   qo`shimchalar   kiritilgan.   Masalan   scroll-bar   va   title-bar   lar
rangli ko`rinishda ifodalana boshlandi, multi-finder opsiyasi avtomatik ravishda
sistema tarkibiga kiritildi (faqat  bitta programma bilan ishlay oladigan “finder”
opsiyasi   tarixda   qoldi),   ikonkalar   256   rangda   ko`rinishni   boshladi.   Bundan
tashqari, multimedia fayllar bilan ishlash yanada qulaylashdi.
                 Mac OS 7.5.
               Bu versiya platformasi 1994 yilda ishlab chiqarilgan. Bu platformaning
asosiy yangiligi Local Talk o`rniga Apple Talkning o`rnatilishidir.
              Mac OS 7.6.
               Bu versiya platformasi 1997 yilda yaratilgan bo`lib, u Mac OS tarixida
katta iz qoldirgan. Bunday deyishimga sabab, aynan shu paytdan boshlab Apple
kompaniyasi   tomonidan   bu   operatsion   sistema   rasman   “Mac   OS”   deya
nomlangan. Boshqa o`zgarishlar deyarli ko`zga tashlanmagan.
                 Mac OS 8.                 Bu versiya ham 1997 yilda yaratilgan bo`lib, Quick time bilan ishlashi
qulaylashgan hamda internet  bilan ishlashda ancha qulayliklar yaratilgan. Yana
“Sherlock”   lokal   qidiruv   tizimi   yaratilib,   u   internetda   va   kompyuter   xotirasida
kerakli   fayl   yoki   ma’lumotni   topishni   ancha   yengillashtirgan.
                Mac OS 9.
                            1999 yilda yaratilgan versiya Mac OS oilasining haqiqiy san’at asari
desa bo`ladi. Uni hozirgacha “klassik Mac OS” deb atashadi. Quyida uning eng
mashhur o`sha paytdagi yangi imkoniyatlarini sanab o`taman:
- Boshqaruv panelining yangicha ko`rinishi;
- Odamning gapirib buyruq berishini sintez qilishning yanada takomillashtirilishi;
- Multi-finderda diskka ma’lumot yozish funksiyasining paydo bo`lishi;
- “Sherlock” va “Apple Script” programmalarining yangilanishi;
- “Keychains” funksiyasining yaratilishi (parollarni bir biriga bog`lash);  
- Birinchi   bo`limning   asosiy   masalasi     -   Linux   va   Windows   o`trasida   xech
qanday jarlik yo`qligini 
- ko`rsatish.   Operatsion   tizim   xaqida   tushuncha.Kompyuterlarni   shartli
ravishda   ikki   kategoriyaga   bo`lish   mumkin.Birinchi   kategoriyaga signalizatsiyalashgan   agregatlar:   uyali   aloqa   telefonlari,   elektron   soatlar,
masofadan   boshqaruv   pultlar,   kalkulyatorlar   va   shu   kabilar   kiradi.   Xa,
bularni   xam   kompyuter   dab   atash   mumkin,   negaki   ular   xam   tashqaridan
ma`lumotlari   olib,   qayta   ishlab,   ekrangda   aks   ettirish   kabi   vazifalarini
bajaradilar.   Faqatgina   yuqorida   sanab   o`tilgan   qurilmalarni   shaxsiy
kompyuterdan farqi shundaki, ularni bajaradigan ishini umuman o`zgartirish
oddiy   foydalanuvchi   uchun   mumkin   bo`lmagan   vazifadir.Ikkinchi
kategoriyaga   –   o`yinlar   oynash,   musiqa   tinglash,   video   filmlar   ko`rish,
xujjatlarni   taxrirlash,   foto,   rasmlar   ustida   ishlash   uchun   moljallangan
shaxsiy   kompyuterlardir.   Bu   kompyuterlarni   birinchi   kategoriya
kompyuterlaridan farqi shundaki, foydalanuvchi o`zi xoxlagan OT va o`ziga
kerak   bo`ladigan   amaliy   dasturiy   ta`minotni   o`rnatishini   imkoniyatini
mavjudligidir. Demak, OT siz shaxsiy kompyuter – bu shunchaki stolda joy
olib  turgan  qurilmalar  yig`ilmasi.  OT   siz  kompyutni  manbaaga   ulaganizda
avval   BIOS3   yuklanib   “Operatsion   tizim   topilmadi”   ma`nosiga   yaqin
bolgan   yozuvni   ekranda   ko`rasiz.Endi   esa   kompyuter   tizimlarini   ishlashi
bilan to`liqroq tanishib chiqamiz.Axborotlarni kiritish va chiqarishda analog
va   raqamli   portlar   ishlatiladi.   Odatda   interfeysli   mikrosxemalar   ishlatiladi.
Xar   qanday   axborot   raqamli   ko`rinishga   keltirilib   mikroprotsessor
yordamida   qayta   ishlanadi.   Lekin   bu   mikroprotsessor   o`z   vazifasini
bajarishi   uchun   maxsus   bir   dastur   bo`lishi   kerak.   Ya`ni   bu   dastur
mikroprocessor   uchun   kommandalar   ketmaketligi   bo`lib   qaysi   axborotni
qanday   qayta   ishlashi   kerakligi   xaqida   ma`lumot   beradi.3   BIOS   –
Boshlang`ich   kiritishҒchiqarish   tizimi,   maxsus   bir   mikrosxemaga   yozilgan
kichik dastur bo`lib, kompyuter manbaaga ylanganida ishga tushadi va OT
ni ishga tushiradi. 4Odatda kompyuterni boshlang`ich yuklanishi bajaruvchi
dastur   BIOS   deb   nomlanadi.   BIOS   kompyuterdagi   qurilmalarni   xolatini
tekshirganidan   keyingina,   vinchesterda,   kompakt   diskda,   flesh   diskda
yozilgan   OT   ni   yuklovchi   dasturini   ishga   tushiradi.   OT   mi   yuklanib
bo`lgandagina foydalanuvchi kerakli bo`lga ishni bajarishi mumkin. - OT  mi  bu kompyuter  qurilmalari  va odam  o`rtasidagi  bog`lovchidir. Keng
tarqalgan OT laridan biri bu Windows dir. Ko`pchilik kompyuter, yoki OT
deganda   aynan   Windows   oynalarini   ko`z   oldiga   keltiradi,   lekin   aslida
Windows bu faqatgina OT larnin birgina turidir. Windows OT dan tashqari
Solaris,   OSҒ2,   MacOS,   Linux.   FreeBSD,   BeOS   kabi   OT
mavjud.WindowsMicrosoft   korporatsiyasi   tomonidan   ishlangan   Windows
OT   ni   turli   versiyalari   mavjud.   Microsoft   korporatsiyasini   operatsion
tizimlar bozorini egallash eng sodda MS DOS OT ni yaratilishidan 
- boshlandi.   MS   DOS   ni   grafik   interfeysi   4   mavjud   bo`lmagan,   lekin
ishlatilishi oson va qulay edi. 
- Grafik   interfeyslar   Windows   OT   larida   paydo   bo`ldi   (   Windows   3.1,
Windows  3.11  ).  Lekin  bu  o`sha   paytlarda  MS  DOS  raqobatbardosh  emas
edi.   1995   yilda   Windows   95   OT   ishlab   chiqarildi,   bu   tizim   MS   DOS
asosida,   grafik   interfeys   uning   ajralmas   qismiga   aylangan.   Ko`pgina
kamchiliklariga   qaramay   Windows   95   foydalanuvchilar   orasida   keng
tarqalib   ketdi   va   Microsoft,   Windows   95   ni   yanada   rivojlantirishga   o`z
kuchini sarflab qisqa vaqt ichida Windows 95 OSR1 va Windows 95 OSR2
versiyalarini ishlab chiqdi.   486DX4 va Pentium protsessorlarini yaratilishi
Windows   OT   murakkablashtirilishiga   olib   keldi.   Windows   98   versiyasi
muvafaqiyatli   bo`lganligi   sababli   xozirgi   kunlarda   xam   uni   uchratishimiz
mumkin.   Keyinchalik   Windows   98SE   va   Windows   Me   versiyalari   ishlab
chiqarildi.Windows   95Ғ98Ғ98SEҒMe   OT   ni   afzalliklari   shundan   iboratki,
uning interfeysi sodda va tushunarli bo`lib maxsus bilimlarni talab etmaydi.
O`rnatilishi   jarayonida   xam   foydalanuvchi   xech   qanday   sozlash,
tanlashlarni   amalga oshirmaydi,  OT   ning o`zi   optimal   sozlanib  o`rnatiladi.
Windows 95Ғ98Ғ98SEҒMe OT larida bir vaqtning o`zida bir foydalanuvchi
ishlay   oladi.   Tarmoqlarda   ishlaydigan   OT   larga   Windows   NTҒ2000ҒXP
versiyalari kiradi. Bu OT larda bir vaqtning o`zida bir nechta foydalanuvchi
ishlashi   mumkin.   Ko`p   foydalanuvchili   tizimlarni   albatta   bosh
foydalanuvchi,   ya`ni   administrator   nazorat   qilishi   zarur.   Administrator kompyuter   texnikasi   va   dasturlash   asoslarini   yaxshi   bilishi   juda   muhim
axamiyatga   ega.4   Interfeys   –   keng   qamrovli   tushuncha   bo`lib   bir   ma`noni
anglatadi, ya`ni biz tizimni boshqa tizim bilan aloqasi uchun zarur va etarli
bo`lgan   elementlar   majmuasi.   Masalan   avtomashina   va   xaydovchi
o`rtasidagi interfeys – bular rul (mashinani chapga, o`ngga burish), pedallar
(mashinani   yurgizish,   to`xtatish),   turli   ko`rsatgichlar   (tezlik,   yo`qilg`i,
masofa)   va   xokazolar.   Kompyuter   va   odam   o`rtasidagi   interfeys   –
klaviatura,   sichqoncha,   monitor   va   xokazo.   OT   va   odam   o`rtasidagi
interfeys   –   oynalar,   tugmachalar,   meyular   va   boshqa   interfeys
elementlari.5GNU loyxasiLinux OT lar oilasi Windows dan farqli, ko`pgina
tijorat   firmalari   xamda   ochiq   kod   (Open   Source5)   fikrini   qo`llab
quvatlovchi   dasturchilar   uyushmasi   tomonidan   rivojlantirilmoqda.   Xar
qanday   dasturiy   ta`minot   nafaqat   bajariluvchi   modullar,   balki   kodi   ochiq
tekst   (masalan   CҒCҚҚ   tilida   yozilgan)   fayllar   ko`rinishida   bo`lishi   kerak.
10   yil   oldin   Open   Source   xarakati   vujudga   kelganida,   unda   faqat   xususiy
shaxslar   –   dasturchilar   qatnashishgan.   Xozirgi   kunda   Open   Source   fikri
ko`pgina   transmilliy   korporatsiyalar   tomonidan   qo`llab   quvatlanmoqda,
masalan   IBM,   Sun,   Oracle,   HP.Open   Source   xarakatini   1984   yili   Richard
Stallman   tomonidan   “GNU   Manifesti”   yozilishidan   boshlangan   deb
xisoblanadi.   GNU   –   GNU`s   Not   UNIX,   ya`ni   GNU   bu   UNIX   (va   unga
tegishli)   Emas.   Shu   paytlari   UNIX   so`zi   tovar   belgisi   bo`lib   yuridik
tomondan   dasturiy   ta`minotni   rivojlanishiga   to`sqinlik   qilar   edi.   Manifest
Free   Software   Foundation   (FSF)   –   Erkin   Dasturiy   Tam`minot
Jamg`armasini rivojlanishiga bosh turtki bo`ldi. FSF ning maqsadi dasturiy
ta`minotni   tarqatish,   nusxalash,   o`zgartirish   va   o`rganishda   cheklovlarni
olib   tashlash   edi.Dasturchilarni   avtorlik   xuquqlarini   ximoya   qilish
maqsadida   General   Pulic   License   (GPL)   litsenziyasi   yozildi.   Bu
litsenziyasining   qisqacha   mazmuni   quyidagicha:   siz   bu   litsenziya   ostida
tarqatiluvchi dasturiy ta`minotni uning avtori xaqidagi ma`lumotlari saqlab
qolish sharti bilan, xoxlagancha nusxalash, xoxlagan maqsadda foydalanish, o`zgartirish, tarqatish va sotish xuquqiga egasiz.LinuxLinux nomi esa 1991
yilda   Linus   Tovalds   tomonidan   o`z   operatsion   tizimini   birinchi   relizini
dasturchilar   uyushmasiga   taklif   etishdan   kelib   chiqgan.   FSF   xarakati   xech
kimning   yuridik   qiziqishlariga   xalaqit   qilmaydigan   o`ziga   tegishli   bo`lgan
operatsion tizimiga ega bo`ldi.GNUҒLinux OT ni rasmiy relizi (operatsion
tizimining   yadrosi)   1994   yil   yaratildi.   Keyinchalik   bu   OT   uchun
dasturlatning   ko`payishi   Linux   distributivlarni   keltirilib   chiqardi.“Rasmiy”
Linux   distributivlarining  soni   yuztaga   yaqin.   Ba`zi   bir   distributivlar   1-3  ta
Floppy   disklarda   bo`lsa,   boshqalari   7   ta   kompakt   disklarda   bo`lishi
mumkin.Linux   OT   ustida   butun   jaxon   dasturchilari   ish   olib   borganligi
sababli, Linux ko`p tilni o`z ichiga olgan. Linux OT UNIX oilasiga tegishli
bo`lgani sababli unda Windows yoki MacOS dasturlari ishlamaydi, 5 Open
Source   –   (to`g`ri   tarjimasi)   dasturiy   kodlarning   ochiq   ko`rinishi   yoki
“Kodni   Och”6va   aksincha   Windows   da   Linux   dasturlari.   Lekin   bu
muammolarni   echimi   bor   albatta.   Maxsus   Windows   OT   imitatsiyalovchi
dasturlar   (Wine)   yoki   virtual   kompyuterlar   (VirtualBox,   VMWare)
yordamida   boshqa   OT   dasturlarini   ishga   tushirish   mumkin.Linux   va
Windows   ni   birlashgan   distributivi   Lindows   xam   mavjud.   Faqat   bu   OT
yuqori narxli tijorat 
- tizimi   sifatida   tarqatilmoqda.Linuxning   afzalliklari   va   kamchiliklariOxirgi
vaqtlarda Linuxni Windows OT ga jiddiy raqobatchiligi xaqida ko`p gaplar
tarqatilmoqda.   Window   OT   ni   qo`llab   quvatlovchilar   tomonidan   esa
aksincha,   Linuxning   foydalanuvchi   kompyuteriga   ommabop   o`rnatilishiga
tayyormasligi   xaqidagi   e`tirozlar   bildirilmoqda.Bir   yil   oldin,   Linuxning
server OT lari orasida birinchi o`rinni egallab kelib, oddiy foydalanuvchilar
uchun   murakkab   bo`lib   ko`rinardi.   Linux   ishonchliligi   darajasi   bo`yicha
yuqori va viruslardan ximoyalangan OT bo`lib foydalanuvchilardan ko`proq
professional   bilimni   talab   etadi.Linuxning   afzalliklari,   uning   ishonchliligi
va turg`unligi va viruslardan ximoyalanganligidir. Linuxda Windows OT da
ko`p   uchraydigan   “teshik”6   lar   umuman   mavjud   emasdir,   mavjud   bo`lsa xam   xatoliklar   tezgina   va   xech   qanday   xarajatlarsiz   to`g`irlanadi,   buning
uchun foydalanuvchi (administrator)ni o`z vaqtida dasturiy ta`minotni yangi
versiyalarini   internetdan   olish   talab   etiladi.   Xatolikni   foydalanuvchining
o`zi   xam   to`g`irlashi   mumkin,   albatta   buning   uchun   Linux   kodlarini   o`qiy
olish   va   tushuna   olish   tajribasiga   ega   bo`lish   zarur.Linuxning
kamchiliklariga,   Windows   OT   ga   o`rganib   qolganlar   uchun   distributivni
o`rnatilishi   qiyinchiliklarni   yuzaga   keltiradi.   Oldingi   distributivlar
o`rnatilishi jarayonida juda ko`p tushunarsiz (odatda Windowsni o`rnatilishi
jarayonida   umuman   uchramaydigan)   savollarni   berishi   foydalanuvchilarni
qiyin   vaziyatga   tushirib   qo`yadi.   Umuman   olganda,   Linux   server
kompyuterlarida va dasturchilar, xamda dasturchi yoki administrator bo`lish
niyatida   yurganlar   kompyuterlarida   yashab   kelgan.   Tijorat   firmalarida
asosan   Windows   OT   litsenziyasiz   ishlatish   natijasida   kelib   chiqadigan
kelishmovchiliklardan xoli bo`lish maqsadida Linux OT ni ishlatilishi yolga
qo`yilgan.   Bu   kelishmovchiliklarni   kuchayish   davri   aynan   Windows   XP
ning yaratilishi davrida avj olgan.
- 2003 yildan boshlab shunday Linux distributivlari ishlab chiqildiki, ularning
o`rnatilish jarayoni 
- xattoki   Windowsning   ornatilish   jarayonidan   xam   osonlashdi.   Bu   vaqtga
kelib esa Linux uchun 
- amaliy dasturiy ta`minotning ko`payganligi, Linuxda xar qanday ishni, matn
terish va rasm 
- 6   “Teshik”   -   maxsus   atama   bo`lib   OT   ning   ishini   buzilishiga   yoki   uning
ishini   tashqaridan   boshqarish,   ta`sir   o`tkazish   imkonini   yaratib   beradigan
xatolikdir.   Bu   xatoliklar   OT   ni   yaratuvchi   dasturchilar   tomonigan   OT   ni
dasturini  yaratish jarayoniga e`tiborsizlik  natijasida  yoki  atayin qoldirilgan
bo`lishi   mumkin.7chizishdan   boshlab,   raqamli   fotoapparat   va   uyali   aloqa
telefonlari   bilan   ishlarni   bajarish   imkonini   yaratdi.   Bugungi   kunda
kompyuterda   bittagina   Linuxni   o`rnatib   Windowsda   bajarish   mumkin
bo`lgan   ishlarni   bemalol   bajarish   mumkin.   OT   larni   xilmaxilligi   Windows monopoliyasini   chetga   surib   xaqiqiy   raqobatli   muxitni   yaratmoqda.Bill
Geyts xaqiqati
- Windows   OT   xozirgi   kunda   IBM   PC   kompyuteri   uchun   universal   tizim
xisoblanadi.   Lekin   Microsoft   korporatsiyasining   monopoliyasi   miliard
foydalanuvchilarni   kompyuterini   faqatgina   o`ziga   to`be   qilib   qo`ganidek
tuyuladi.   Microsoft   raxbariyati   Windowsning   yoki   MS   Office   ning   eski
versiyasiga   xizmat   qilishni   to`xtatishi   bilanoq   foydalanuvchilar   yangi
versiyasiga   o`tishga   majbur   bo`lib   qolishadi.Xar   ikki   yilda   Windowsning
yangi   versiyalari   ishlab   chiqiladi,   eski   versiyalaridan   unchalik   farq
qilmaydi. Oddiy foydalanuvchilar  uchun xech qanday farq sezilmaydixam.
Foydalanuvchilarni   yangi   dasturiy   tizimga   o`tishlari   uchun   Microsoft
shunday   bir   ayyor   yo`l   tutadiki,   bunda   yangi   versiyalda   fayllarning   yangi
“standartlari”   yoki   eski   versiyalda   ishlamaydigan   texnologiyalar   kiritiladi.
Xoxlaysizmi   –   yo`qmi,   yangi   versiyaga   o`tish   zarurati
tug`iladi.Windowsning   yangi   versiyasiga   o`tish,   bu   faqatgina   uni   o`rnatish
emas,   balki   unga   mos   keladigan   qurilmalarni   xarid   qilishdir.   Masalan,
ko`pgina   firmalar   xaliyam   Windows   95   OT   ni   ishlatishmoqda,   sababi,
eskirib   qolgan   printerlar   yangi   Windows   OT   lari   bilan   ishlamaydi   yoki
yangi   Windows   OT   litsenziyasini   xarid   qilish   firmani   kasotga
uchratati.Oddiy   foydalanuvchilar   uchun   yangi   versiyaga   o`tish   xam   ancha
muammolarni   yaratadi.   Misol   uchun   Windowsning   oldingi   versiyasida
ishlaydigan   skaner   yoki   TV-tyuner7   Windowsning   yangi   versiyasida
ishlamaydi,   negaki   bu   qurilmalar   uchun   xali   aynan   shu   yangi   Windowsda
ishlaydigan   drayverlar   mavjud   emas.   7   TV-tyuner   –   kompyuterga
ulanadigan maxsus qurilma bo`lib, televizion kanallarni bevosita kompyuter
monitorida   ko`rish   imkoniniyatini   yaratib   beradi.8Internet   –   taraqqiyotni
olg`a yurgizuvchisi
Oxirgi  yillarda kompyuter  foydalanuvchilari  oldingi  vaqtlar  yuzaga kelgan
muammolarini   umuman   eslashmaydi.   Windows   OT   ni   turli   xil   dasturlar
bilan   boyitilganligi,   oddiy   foydalanuvchidan   faqatgina   sichqoncha   bilan kerakli   tugmachalarni   bosish   va   yordamchi   maslaxatlarni   o`qishni   o`zi
yetarli.   Bir   necha   yillar   davomida   umumjaxon   tarmog`i   milion
kompyuterlarni   butun   bir   yagona   superkompyuterga   birlashtirdi.   Biz   xali
buning   imkoniniyatlaridan   foydalana   olishimizga   tayyor   emasmiz.   Albatta
shunday   tajribali   foydalanuvchilar   borki,   bir   qancha   kompyuterlarni   yaxlit
bir   tarmoqqa   birlashtirib   turli   xim   murakkab   masalalarni   echish,   masalan
shifrlash   algoritmlarini   ishonchliligini   tekshirish   yoki   o`zga   sayoralardan
keladigan sigmallarni taxlil qilish kabi ishlar uchun ishlatadilar. Xayot shuni
ko`rsatdiki,   yarim   o`tkazgichli   texnologiyalar   taraqqiyoti   aloxida
tashkilotlarni   “yagona   boshqaruv   markaziga”   ega   bo`lish   imkoniyatini
yo`qqa chiqardi, negaki, xozirgi kunda sodda va murakkab kompyuterlarni
yaratish  oddiy  bir  talabaning   qo`lidan  keladi.  Windowsning  zaif   tomonlari
aniqlana   boshlandi.   Elektron   pochta   rqali   ommaviy   virus
xujumlari,serverlarning   ximoyasini   buzish,   maxfiy   ma`lumotlarni
o`g`irlanishi   odatiy   xolga   aylana   boshladi.Shundagina   kompyuter   dunyosi
ko`pgina   yillar   davomida   Windows   va   UNIX   tizimlari   soyasida   turgan
Linux   tizimini   esga   oldi.   Linux  UNIX   ning  avlodi   bo`lib   10  yil   davomiga
ochiq   va   bepul   tizim   sifatida   rivojlana   boshladi.   Linuxning   rivojlanishiga
minglab dasturchilar o`z xissasini qo`shdilar.Natijada ko`plab serverlarning
OT sifatida Windows emas, balki Linuxning u yoki bu versiyasi yoki UNIX
ning   FreeBSD   versiyasi   ishlayotganligi   odatiy   xolga   aylandi.   Linuxning
rivojlanishi   Linux   server   OT   lar   va   professional   kompyuterlarning   asosiy
tizimi   sifatida   yuqori   o`rinni   egallab   turishi,   turli   xil   transmilliy
korporatsiyalarning erkin dasturiy ta`minot loyxasini rivojlanishida mablag`
bilan   ta`minlashi   Linuxni   yanada   rivojlanishiga   katta   xissa   qo`shilmoqda.
Ammo   shaxsiy   kompyuterlarda   Linuxni   kamdan-kam   uchratish   mumkin.
Linuxni   dasturchilar   o`zlari   uchun   qulay   qilib   rivojlantirishgan.Oxirgi
yillarda katta korporatsiyalar yuz million dollorlarlik mablag`larini Linuxni
yangi versiyalarini yaratilishi uchun sarmoya qilishgan. Xattoki shu vaqtlari
mashxur   bo`lgan   dastur   yaratuvchilar   o`z   dasturlarini   Windows versiyalarini   bilan   birga   Linux   versiyalarini   xam   ishlab   chiqa   boshlashdi.
Qilingan sarmoyalar   o`zini   oqlay boshladi.  2003  yili  Linux tizimiga  o`tish
nafaqat tijorat tashkilotlar 9balki davlat tashkilotlar orasida avj oldi.Albatta
bu   kutilgan   xolat   edi.   Linux   shaxsiy   kompyuterda   ishlatilishi   osonlashdi,
o`rnatilishi esa Winsows tizimiga nisbatan ancha osonlashdi.Bir necha katta
firmalarning   Liunx   distributivlarini   yaratish   bilan   shug`ullanishi
dasturchilar   orasida   kuchli   raqobatli   muhitni   yaratadi.  Linux  distributivlari
va   ularni   tanlash   Ikki   yil   oldin   foydalanuvchiga   qaysi   bir   distributivni
tanlash   xaqidagi   maslaxatni   berish   qiyin   edi.   Xozirgi   kunda   Linux
distributivlari   yagona   bir   standartga   intilishi,   dasturchilarning   saloxiyatini
asosiy   bo`lgan   muammolarni   xal   qilinishiga   olib   keldi.Linuxning
boshlang`ich   foydalanuvchisi   nuqtai   nazaridan,   quyidagi   maslaxatlarni
berish mumkin: avval ASPLinux ( www.asplinux.ru ) yoki AltLinux Junior
(   www.altlinux.ru   )   distributivini   ishlatish   tavsiya   etiladi.   Bu   distributivlat
Rossiya dasturchilar tomonidan rivojlantirilib kelinmoqda. Deyarli to`liq rus
tiliga   tarjima   qilingan.   O`zbek   tiliga   tarjima   qilingan   distributivlardan   biri
esa Doppix ( www.doppix.uz ). Avtorning o`zi bu distributivni xali o`rnatib
ko`rgani yo`q,shuning uchun bir nima deyish qiyin.Agarda siz distributivni
kompyuteringizga   o`rnatishni   xoxlamasangiz   yoki   noto`g`ri   amal   bajarib
qo`yishingizdan   qo`rqsangiz,   bu   xam   muammo   emas.   Distributivlarning
shunday   bir   turi   mavjudki   uni   Live   CD   deb   atashadi.   Ya`ni   bu   distributiv
CD yoki DVD diskda bo`lib, uni kompyuter CDҒDVD-ROM idan yuklanib
tayyor   Linux   OT   xosil   qilish   mumkin.   Bunda   diskingizdagi
ma`lumotlaringiza   xech   qanday   zarar   tegmaydi.   Xatoki   Live   CD   ni   flesh
diskli versiyasi xam mavjud. Masalan SLAX www.slax.org , xozirgi kunda
reytingi   baland   bo`lgan   va   rivojlanayotgan   Live   distributiv   xisoblanadi.
Boshqa   bir   Live   CD   distributivlarni   www.livecdlist.comҒ                   saytdan
topishingiz   mumkin.Kompyuteringiz   eskirib   qolganmi   ?   Buni   xam   xech
qanday muammoli joyi yo`q.  Xulosa
                              Shu   o`rinda   savol   tug`iladi:   Mac   OS   shunchalik   ustunliklarga,
qulayliklarga   ega   ekan,   nega   uning   operatsion   sistemalar   orasidagi   o`rni
sezilarli emas? Buning asosiy sababi shundaki, bu operatsion sistemaning faqat
Macintosh   kompyuterlariga o`rnatiladi. Bundan ko`zda tutilgan asosiy maqsad
– foydalanuvchining xavfsizligini va Apple kompyuterlarining ko`proq miqdorda
sotilishini   ta`minlash.   Yana   savol   tug`ilishi   mumkin:   nega   foydalanuvchilar
Apple   firmasi   kompyuterlarini   juda   kam   miqdorda   sotib   olishadi?   Bunga   ham
javob oddiy: bu kompyuterlar texnik xarakteristikasiga  nisbatan bir xil bo`lgan
boshqa   kompyuterlardan   ancha   qimmat   turadi.   Uni   sotib   olishga   har   qanday
foydalanuvchining  ham   qurbi   yetmaydi.   Xulosa   o`rnida   shuni   aytmoqchimanki,
har qanday tovarning o`ziga xos xususiyatlari, kamchiliklari, yutuqlari bo`ladi.
Mac   OS   bundan   keyin   ham   rivojlanishda   davom   etadi,   olqishlar   va   tanqidlar,
yutuqlar hamda kamchiliklar bo’ladi. Lekin har qanday tovar o`ziga xos talabga
ega   bo’lganidek.   Mac   ham   o`zining   foydalanuvchilariga   ega.   Uni
rivojlantirayotgan   Apple   firmasi   esa   bugun   mobil   telefonlar   va   planshetlar
ustida   izlanishlar   olib   bormoqda.   Apple   yoki   Stiv   Jobs   haqida   gapirganda
yanayam ko`proq ma’lumot keltirish mumkin. Lekin bu boshqa tarix… Adabiyotlar:
1. Aripov M.M. va boshqalar. Informatika Axborot texnologiyalari. T. 2002 y.
2.Raxmanqulova S.I. IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash. Toshkent. 1998 y.
3.Xolmatov T.X.  NazarovU.A. Informatika. Informatsion texnologiyalar 
Samarqand Samdaqi. 2004 y.
4.Mualliflik materiallari (Beletskiy A.S.)
5.X. Kaster. «Osnovo' WINDOWS NT i NTFS».   Microsoft Press. 1996 y.

Mavzu:Mac, UNIX, LINUX, iOS va Android va operatsion tizimlari va ularning imkoniyatlari. Reja: 1. Windows Mobile, Windows Phone, Android, AOS, SymbianOS operatsion tizimlar haqida ma’lumot. 2. Windows Mobile, Windows Phone, Android, AOS, SymbianOS operatsion tizimlarining o ’ xshashliklari va farqi . 3.Mac operatsion sistemasining yaratilishi va hozirgi kungacha bosib o`tgan yo`li 4.LINUX operatsion tizimi haqida malumot.

So’nggi bir necha yillardan beri, mobil divayslar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo’yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma’lumotlar tarmog’i bo’yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir. Xuddi kompyuterlar o’tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (O.T.) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro’yhatidan iOS, Android va Windowslar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Ushbu holat nafaqat kim eng kuchli ekanligi to’g’risidagi savol balki siz uchun qaysi biri to’g’ri kelishini bilish uchun ham muhimdir. Har bir O.T ba’zi foydalanuvchilarga mos keluvchi va ba’zilarini yuzini burishtiruvchi o’z xususiyatlariga ega. Keling har bir nomzod bilan tanishib chiqaylik va sizning talablaringizni eng to’liq qondiradiganini topishga harakat qilaylik! Android Ushbu tizimning eng o’ziga xos xislatlaridan biri -unda o’zlashtirish (customization) imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik telefonning butun telefonning barcha qismi, o’rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o’z ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining o’zidan bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega. Agar siz aynan o’zingizga moslashtirilgan mobil xizmatini istasangiz, Android eng yuqori tanlovdir. IOS Apple’ning IOS, IPhone’da 2007 yilda ishga tushirilgan bo’lib, mavjud eng birinchi mobil O.Tlaridan biridir. Ushbu tizimdan foydalanish ortidagi asosiy g’oya -boshqa barcha Apple mobil mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo’ladi. Ma’lumki Apple mavjud eng zo’r telefonlarni ishlab chiqadi, shu bilan o’z operatsion tizimini ahamiyatini oshiradi. Undan tashqari iOS uchun mobil ilovalar soni ulkandir, hayolingizga kelishi mumkin bo’lgan barcha dastur va hizmatlar muhayyo.

Windows mobile. Bu OT OT ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning lideri hisoblanmish MicroSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Windows mobile otsining interfeysi - kompyuterlardagi otlarning interfeysiga uxshash. Bu ilovalarni yozishni birkancha osonlashtiradi va foydalanuvchilar uchun ular uchun xam ularga tanish interfeysda ishlashga uziga yarasha kulaylik olib beradi. Afzalliklari. - Interfeysining kompyuter interfeysiga uxshashligi; - qulay sinxronizatsiya; - OT tarkibida ofis ilovalarining mavjudligi; - Ko’p vazifaliligi; Kamchiliklari. - qurilmalarga quyilgan katta talab (visokoye trebovaniye k oborudovaniyu); - Viruslarning kupligi; - Ishlashdagi nokulaylik (nestabilnosti v rabote); Android Android - Linux OT lari bazalari asosida ishlab, google kullab kuvvatlashi yordamida Open Handset Alliance (OHA) tomonida ishlab chiqilgan yangi otlardan biri hisoblanadi. Otning boshlangich kodi (isxodniy kod) ochik bo’lganligi sababli har bir ishlab chiqaruvchi o’z mobil otlarini o’z distributivlarini ishlab chiqishi mumkin. Afzalligi. - Boshlang’ich kodning ochiqligi; - Ko’pgina ilovalarni mavjudligi; - Yuqori tezkorlik darajasi (visokoye bistrodeystviye) ; - Google serverlar bilan o’zaro qulay bog'lanish (udobnoye vzaimodeystviye s serverami Google) ; Kamchiliklari. - Ko’gina aktual versiyalar - ishlab chiqaruvchilar qaysi versiyadagi OT uchun ilova yozishni bilmasligi;

- Ochiq kodli bop’lganligi uchun xakerlar xujumiga bardoshlimasligi; - Deyarli har doim qayta to’g’rilash talab etilishi; IPhone OS Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan OT. Bu ot fakatgina Apple kompaniyasi maxsulotlarida ishlatiladi. iPhone, iPod, iPad qurilmalari hamda AppleTV televizorlariga OT sifatida o’rnatilgan. Afzalliklari - Foydalanishning qulayligi; - Sifatli xizmat ko’rsatish; - Ko’pgina muommolar to’g’rilanadigan, doimiy yangilanish; - App Store dan ko’pgina zararsiz dasturlarni sotib olish imkoniyati; Kamchiliklari. - Norasmiy ilovalarni o’rnatish uchun jeylbreak ni talab etilishi; - Ko’p vazifalikning yo’qligi; - Dokumentlarni taxrirlash redaktorini OT tarkibida yo’qligi; Palm OS Ushbu OT 1996 yili vujudga kelgan. Chuntak partotiv kompyuter (KPK) larida qo’llaniladi. Keng imkoniyatlari va foydalanishda qulayligi sababli keng tarqalgan edi. Hozirda deyarli foydalaanilmaydi. Afzalliklari. - Ko’p resurs talab etmaydi; - Foydaalnuvchi interfeysining qulayligi; - Kompyurter bilan qulay sinxronizatsiya;

Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda, kompyuterlar har bir oila, korxonalarga kirib borgan paytda operatsion sistemalar orasida “Macintosh” degan so`zni uchratib qolamiz. Bunaqa kompyuterlarning egalarini o`z kompyuterlariga bo`g`lanib qolganlari, u bilan faxrlanishlari bizni hayratga soladi. Xo`sh, bu kompyuterlarning shunchalik o`ziga tortuvchi tomonlari nimalar? Qulay korpus, kuchli protsessorlarmi yoki tezkor xotirami? “Apple” firmasi tomonidan yaratilgan bu kompyuterlarda garchi sanab o`tganlarimning barchasiga katta e’tibor berilsada, Macintoshni yaratilganidan boshlab to hozirgi kungacha “Macintosh” qilgan asosiy komponent bu – Mac operatsion sistemasidir. Men hozir shu operatsion sistema haqida batafsil ma’lumot bermoqchiman. 1) Mac operatsion sistemasi birinchi bo`lib 1984 – yilda Apple firmasi tomonidan yaratilgan birinchi Macintosh shaxsiy kompyuteri bilan birga ommaga havola etildi. Dunyoda birinchi bo`lib grafik interfeys orqali ishlovchi bu OS o`sha paytlarda katta shov – shuvga sabab bo`ldi. Chunki o`sha paytlarda mashhur bo`lgan MS DOS operatsion sistemasi “ командная строка ”, “ выполнить ” kabi buyruqlar to`plami bilan ishlar, buning uchun esa foydalanuvchi ma’lum bilimlarga ega bo`lishi yoki doimo maxsus lug`at bilan yurishi kerak edi. Mac operatsion sistemasi yaratuvchilari esa hozir biz o`rganib qolgan darchalardan, ikonkalardan va papka (katalog)lardan iborat OS ni yaratishdi. Yana bundan tashqari Macintosh kompyeteri bilan birga hozirgi sichqonchaga o`xshash kursorni siljitish vazifasini bajaruvchi qurilma ham yaratildi. Hali o`sha paytlardanoq bu OS keyingi avlod kompyuterlari qanday bo`lishini ko`rsatib bera olgan edi. Aslida grafik interfeys haqidagi g`oya Mac OS yaratuvchilari tomonidan o`ylab topilmagan, ular Xerox firmasidagi kompyuterda ko`rib, unga qo`shimchalar kiritib o`zlarining ixtirolari sifatida dunyoga tanitishgan. Xerox kompaniyasining axborot markazida grafik interfeys bilan ishlovchi yagona kompyuter bo`lib, ishchilar undan faqat o`z maqsadlari yo`lida foydalanishgan