logo

Markaziy Osiyo olimlarining ,, Bayt ul – hikma “ va Bog’doddagi ilmiy faoliyati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

292.6865234375 KB
MAVZU : 	  Markaziy  Osiyo olimlarining  ,, Bayt ul 	– hikma	 “  	va	                           	                            	    	                    	 	
Bog’doddagi  ilmiy	 faoliyati	 	
 
 
REJA :	 	
I. 	Kirish.   ,,Bayt ul	- hikma”  akademiyasining  ilmiy  	
faoliyati	. 	
 	
 	
II.	 	Asosiy 	qism:	 	
 	
  1. ,, Bayt ul hikma”   ilm maskanining  tashkil etilishi. 	 	
   2.  	M	a’mun  akademiyasida  Al 	– Xorazmiyning ilmiy         	
faoliyati.	 	
  3.  Ma	’mun  akademiyasida  Ahmad Farg’oniyning ilmiy   	
faoliyati.	 	
  4. Ma	’mun  akademiyasida  Abu Nasr 	Farobiyning  ilmiy 	
faoliyati	 	
 
 	
III.	 	Markaziy  Osiyo olimlarining  jahon  sivilizatsiyasi 
rivojiga  	qo’shgan  	 ilmiy  merosi.	 	
 
 
   
I.Kirish: 	O‘rta  asr  Sharq  xalqlari  fani  va  madaniyati  tarixida  Bog‘dodda  bunyod 	
etilgan «Bayt ul	-hikma» so‘zsiz, yirik ilmiy voqea 	sanaladi.	 	
«Bayt ul	-hikma» o‘zbek tilida «Hikmatlar uyi» degan mazmunni anglatadi. Bu 	
iboradagi «hikmatlar» ortida o‘sha davrdagi qator fanlar, jumladan, falsafa, tabobat, 
falakkiyot, riyoziyot, adabiyot, diniy ilmlar tushuniladi. Binobarin, «Bayt ul	-hikma»	 	
birinchi navbatda, ushbu sanab o‘tilgan fanlar qolaversa, boshqa fan yo‘nalishlarida 
ham ish olib borilgan ilm va tarjimalar dargohi bo‘lgan.	 	
Mohiyatan avvalda kutubxona sifatida bunyod bo‘lgan «Bayt ul	-hikma» ko‘p 	
vaqt  o‘tmay,  u  yerda  jamlangan  kitoblarn	i  arab  tiliga  tarjima  qilish  markaziga 	
aylandi.  Keyinchalik  esa,  bu  markaz  tevaragida  o‘z  davrining  eng  yirik  olim  va 
tarjimonlari  to‘planib,  ijod  qildilar.  Ta’kidlash  joizki,  ularning  o‘zagini 
Movarounnahr  va  Xuroson  olimlari  tashkil  etdi.  Ayni  paytda  bu 	maskanda  bir 	
tomondan,  yunon,  hind  va  fors  tillaridagi  ko‘plab  nodir  asarlarning  jamlanganligi, 
ikkinchi  tomondan  jamlangan  kitoblarning  eng  noyoblari  tanlab  olinib,  arab  tiliga 
o‘girilgani  hamda  muomalaga  kiritilishi,  uchinchi  tarafdan  esa,  muhim  asarlarn	i 	
yaratgan taniqli olimlarning “Bayt ul	-hikma”da to‘plangani, uni o‘rta asrlarning eng 	
mashhur ilmiy dargohiga aylanishi va ilmiy adabiyotlarda «Bog‘dod ilmiy maktabi» 
va «Bog‘dod akademiyasi» degan nomlar bilan tanilishiga asos bo‘ldi.	 	
«Bayt ul	-hikma» ta’	sis etilgan yil haqidagi ma’lumotlar hozirga qadar ma’lum 	
emas. U Bog‘dodning qaysi nuqtasida joylashgani borasida ham aniq bir xulosaga 
kelish qiyin. Ammo u xalifa saroyining biror	-bir qismida joylashgan bo‘lishi kerak, 	
deb  taxmin  qilish  mumkin.  Bundan  ta	shqari,  «Bayt  ul	-hikma»ning  tashkil  topishi 	
ba’zan faqat xalifa al	-Ma’mun ismi bilan ham bog‘lab ko‘rsatiladiki, bu hakiqatdan 	
ancha yiroqdir.	 	
Tarixdan ma’lumki, 749 yilda Abu	-l-Abbos Saffah (749	-754) xalifa Marvon II 	
ni taxtdan ag‘dargach, xalifalikni bos	hqarish abbosiylar sulolasi qo‘liga o‘tadi.	 	
Bog‘dod  tez  orada  sharqda  Markaziy  Osiyogacha,  g‘arbda  Ispaniyaga  qadar 	
kengaygan yirik davlatning poytaxtiga aylandi. Arablar, odatda, o‘zlari bosib olgan 
mamlakatlarning  boyliklarini  o‘z  manfaatlari  yo‘lida  ish	latish  uchun  barcha 	
imkoniyatlarni  ishga  solar  edilar.  Shu  boisdan  bu  mamlakatlarning  ham  moddiy, 
ham  ma’naviy  boyliklari  asta	-sekin  Bog‘dodga  oqib  kela  boshladi.  Ayniqsa,  al	-	
Mansur,  Horun  ar	-Rashid,  al	-Ma’mun  kabi  Abbosiy  xalifalar  qadimiy  qo‘lyozma 	
asarl	ar va  yirik  olimlarni  o‘z  saroylariga  jalb  etishga  alohida  e’tibor  qaratish  bilan 	
bir  qatorda,  bu  borada  mislsiz  jonbozlik  ham  ko‘rsatdilar.  Natijada  Bog‘dod  tez 
orada  butun  xalifalikda  ilmiy  faoliyat  yuritish  uchun  katta  imkoniyatlarga  ega 
bo‘lgan qulay s	haharga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, olimlarning o‘sha yerda ijod 	
qilish ishtiyoqini oshirib yubordi.	  Saroyda  qo‘lyozma  asarlarni  saqlash  odati  umaviylar  sulolasi  davrida  ham 	
mavjud bo‘lsa	-da, bu ish abbosiy xalifalardan al	-Mansur davrida doimiy jarayong	a 	
aylandi,  sifat  va  miqdor  jihati  ham  tubdan  o‘zgardi.  Al	-Mansur  nodir  qo‘lyozma 	
asarlarni to‘plashdan tashqari, o‘zga yurtlardagi olimlarni ham o‘z saroyiga jalb eta 
boshladi.  Uning  saroyida  Gundishopur  maktabidan  taklif  etilgan  turli  diniy 
e’tiqodda  bo‘l	gan  ko‘pgina  olimlar,  tabiblar,  kimyogarlar,  geograflar  va 	
muhandislar  xizmat  qilgan.  Ular  orasida  Bog‘dod  shahrining  qurilishida  ishtirok 
etgan  astrologlar 	- 	eronlik  an	-Navbaxt  (vaf.  777  y.)  va  basralik  yahudiy 	
Menassiyalar (vaf. tax. 815 y.) ham bor edi.	 Musulmonlar orasida «Mashallah» nomi 	
bilan  tanilgan  Menassiya,  al	-Mansur,  Horun  ar	-Rashid,  al	-Amin  va  al	-Ma’munlar 	
idavrida eng mashhur astrologlardan biri edi.	 	
Al	-Mansur  saroyida  Gundishopur  maktabidan  Bog‘dodga  taklif  etilgan  qator 	
tabiblar ham faoliyat	 ko‘rsatgan. Ular ichida Baxtyashu oilasiga mansub bir qancha 	
xristian  tabiblari  bo‘lib,  ularning  eng  yirik  namoyandasi  bo‘lmish  Jibril  ibn 
Baxtyashu,  xalifa  al	-Mansur  uchun  tabobatga  oid  ko‘pgina  asarlarni  yunon  tilidan 	
arab tiliga tarjima qiladi. Jibril 	ibn Baxtyashuning o‘zi va bu oilaning o‘ndan ortiq 	
boshqa  tabiblari  Bog‘dod  shahrida  uzoq  yillar  davomida  tabiblik  faoliyati  bilan 
mashg‘ul bo‘lganlar.	 	
Harronlik yirik kimyogar va tarjimon Jobir ibn Hayyom ham xalifa al	-Mansur 	
davrida  yashagan.  Ibrohim  al	-Fazariy  xalifa  al	-Mansurning  topshirig‘iga  binoan, 	
hindlarning  astronomiyaga  oid  yirik  qomusiy  asari  «Sindhind»ni  sanskrit  tilidan 
arab tiliga tarjima qiladi.	 	
Yuqorida  zikr  etilgan  asarlardan  tashqari,  al	-Mansur  uchun  falsafa,  tabobat, 	
falakkiyot,  riyoziyo	t,  tarix,  adabiyotga  oid  boshqa  kitoblar  ham  tarjima  qilingan. 	
Xalifa  al	-Mansur  mazkur  kitoblar,  yozilgan  noyob  qo‘lyozma  asarlarni  saqlash 	
uchun  o‘z  saroyidan  maxsus  joy  ajratgan.  Shu  tariqa  «Bayt  ul	-hikma»ning 	
yaratilishiga asos bo‘lgan saroy kutubxonasi	 paydo bo‘ldi.	 	
Ammo  bu  kutubxonaning  vazifasi  kitobxonlarni  zaruriy  adabiyotlar  bilan 	
ta’minlash  emas,  balki  to‘plangan  nodir  qo‘lyozma  asarlar,  turli  mamlakatlardan 
keltirilib,  arab  tiliga  o‘girilgan  kitoblarni  saqlashdan  iborat  bo‘lgan.  Al	-Mansur 	
davrida	 bu maskan hali «Bayt ul	-hikma» deb nomlanmagan edi.	 	
Ma’lumki, al	-Mansurning o‘g‘li Muhammad al	-Mahdiy ibn Mansur (775	-785) 	
va  nabirasi  al	-Hodiy  ibn	 al	-Maxdiylar  (785	-786)  hukmronlik  qilgan  yillarda  ilmiy 	
izlanishlar  va  tarjima  faoliyatida  katta  siljishlar	 yuz  berdi,  deb  bo‘lmaydi.  Shu 	
sababdan  ham  ular  davrida  «Bayt  ul	-hikma»  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  sezilarli 	
o‘zgarishlar ro‘y bermagan, deyish mumkin.	 	
Abbosiy xalifalar ichida eng dong taratgani Horun ar	-Rashid (786	-809) taxtga 	
o‘tirganidan  so‘ng,  ijtimoiy  va	 madaniy  hayotning  barcha  jabhalarida  katta	   o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Bu,  albatta,  «Bayt  ul	-hikma»ga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmay 	
qolmadi.	 	
 
O‘rta  asr  manbalaridagi  ba’zi  ma’lumotlar  «Bayt  ul	-hikma»  Horun  ar	-Rashid 	
davrida  ta’sis  etilgan,  degan  xulosaga  kelish	ga  asos  bo‘ladi.  Jumladan,  Ibn  an	-	
Nadim  o‘zining  «al	-Fixrist»  kitobida  vazir  Sahl  ibn  Horun,  astrolog  Abu  Sahl  al	-	
Fadl ibn Navbaxt va nusxa ko‘chiruvchi A’lon ash	-Shu’uvbiylar haqida so‘z yuritar 	
ekan,  ularni  Horun  ar	-Rashidning  «Bayt  ul	-hikma»sida  faoliya	t  ko‘rsatgan,  deb 	
ma’lumot  beradi.  Bundan,  «Bayt  ul	-hikma»  Horun  ar	-Rashid  davrida  mavjud  edi, 	
degan  mantiqiy  xulosa  paydo  bo‘ladi.  Ehtimol,  Horun  ar	-Rashid  o‘z  saroyida 	
jamlangan  katta  mikdordagi  kitoblar,  tarjimonlar  va  ulamolar  uchun  alohida  joy 
ajratib	,  unga  «Bayt  ul	-hikma»  nomini  bergan  bo‘lishi  mumkin.  Shuni  ham  aytish 	
kerakki,  «al	-Fixrist»  muallifi  bu  markazni  ba’zan  «Bayt  ul	-hikma»,  ba’zan  esa 	
«Hizanat al	-hikma» iborasi bilan ataydi.	 	
Ayni  paytda  o‘rta  asrlarning  yana  bir  mashhur  mualliflaridan  Yoqut	 al	-	
Hamaviy ham Ibn an	-Nadimning fikrini tasdiqlaydi.	 	
Umuman,  Horun  ar	-Rashid  davrida  «Bayt  ul	-hikma»  turli  adabiyotlar 	
saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan  markazga aylandi. 
U  yerga kelgan taniqli ulamolar, tadqiqotchilar nafaqat	 turli mavzulardagi kitoblar 	
bilan tanishish, balki ularni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega edilar. Bu davrda 
tarjima ishlariga bo‘lgan ahamiyat bag‘oyat ortib, «Bayt ul	-hikma»dagi asarlar soni 	
yanada ko‘paydi.	 	
Ibn al	-Qiftiyning bu markaz haqidagi fikrl	ari ham nihoyatda diqqatga sazovor. 	
U  shunday  deb  yozadi:  «Haqiqatan,  «Bayt  ul	-hikma»  turli  ilmiy  yo‘nalishlar 	
markazi  bo‘lib,  Horun  ar	-Rashid  bu  institut  haqidagi  fikrning  ibtidosi  edi.  Uning 	
o‘g‘li  xalifa  al	-Ma’mun  bu  ishni  amalga  oshirdi.  «Hikmat»  so‘zi	 musulmon 	
olimlarining  fikriga  ko‘ra  ilohiy  ilmlar,  hisob,  tabobat  va  falakkiyotni  qamrab 
olgan». Fikrimizcha, Ibn al	-Qiftiy sanab o‘tgan ilmlar qatoriga falsafa ham kiritilsa, 	
Bog‘dod ilmiy maktabidan o‘rin olgan asosiy fanlar majmuasi to‘liq ifodalanadi.	 	
Horun  ar	-Rashidning  kichik  o‘g‘li  al	-Amin  (809	-813)  davrida  «Bayt  ul	-	
hikma»ning  faoliyati  birmuncha  susaygan  bo‘lsa,  uning  katta  o‘g‘li  al	-Ma’mun 	
davrida  o‘z  taraqqiyotining  eng  yuqori  cho‘qqisiga  ko‘tarildi.  Biz  al	-Ma’munni 	- 	
katta, al	-Aminni esa kichik 	o‘g‘il deb shartli ataymiz, aslida ularning har ikkisi ham 	
bir  vaqtda,  ya’ni  786  yilda  ikki  onadan  dunyoga  kelgan.  Al	-Ma’mun  al	-Amindan 	
olti oyga katta bo‘lishiga qaramay, xalifalik kursisiga avval al	-Amin o‘tirgan. «Bayt 	
ul	-hikma»ning takdirida al	-Ma’munn	ing o‘rni bag‘oyat yuksak bo‘lgani tufayli, biz 	
uning ilmiy va siyosiy faoliyati, shuning barobarida, har ikki aka	-uka munosabatlari 	
xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz.	  Al	-Ma’mun  «Bayt  ul	-hikma»ga  alohida  e’tibor  bilan  qaradi.  Natijada  uning 	
davrida  (813	-833)  «Bayt  ul	-hikma»dagi  ilmiy  muhit  misli  ko‘rilmagan  darajada 	
rivojlanib,  u  yerda  yunon,  fors  va  hind  tillaridagi  muhim  kitoblarni  arab  tiliga 
o‘girish, sharhlash bilan bir qatorda, mustaqil ilmiy faoliyat ham olib borilib, yangi 
asarlar yozildi. Al	-Ma’mu	n diniy ilmlar, falsafa, aniq fanlar bilan qiziqqan va o‘zi 	
ham ular bilan muntazam shug‘ullangan. Shuningdek, u tarjimonlar va olimlarga har 
bir  yozgan  yoxud  tarjima  qilgan  kitoblari  uchun  katta  mukofotlar  tayinlagan.  Al	-	
Ma’munning  bevosita  homiyligi  osti	da  Yunoniston,  Hindiston,  Rim,  Eron  va 	
Marvdan «Bayt ul	-hikma»ga katta miqdorda turli mavzudagi kitoblar kelib tushgan. 	
Ularning ba’zilari esa harbiy yurishlardagi o‘lja sifatida Bog‘dodga olib kelingan.	 	
Al	-Ma’munning  qo‘llab	-quvvatlashi  bilan  eng  sara  asa	rlar  tanlab  olinib,  arab 	
tiliga  o‘girildi.  Umuman,  bu  davrda  tarjimonlik  ishlari  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilib,  u 
yaxshi  tashkil  etilgan  doimiy  faoliyatga  aylandi.  Tarjimonlar  alohida	-alohida 	
guruhlarga  bo‘linib  ishlaganlar;  har  bir  guruhni  albatta  malakali,  moh	ir  tarjimon 	
boshqargan va so‘nggi tahrir uchun ushbu shaxs mas’ul bo‘lgan. Tarjimalar, odatda, 
yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga, ba’zan esa yunon tilidan to‘g‘ridan	-	
to‘g‘ri  arab  tiliga  o‘girilgan.  Aksariyat  hollarda,  tarjimalar  kitob  matn	larining  asli 	
bilan  taqqoslab  amalga  oshirilgan.  Har  bir  tarjimonlar  guruhi  tarkibida  matn 
ko‘chiruvchi  va  kitoblarni  muqovalovchi  mutaxassislar  bo‘lgan.  Binobarin,  al	-	
Ma’mun  davriga  kelib,  «Bayt  ul	-hikma»  tarkibida  yirik  kutubxona,  tarjima  va 	
asarlar yozi	sh, ko‘chiruvchilar hamda muqovalash uchun ajratilgan maxsus xonalar 	
mavjud  edi.  Bog‘dodning  ash	-Shammosiya  mintaqasi  hamda  Damashq  atrofidagi 	
Qasiyun  tog‘larida  mavjud  bo‘lgan  rasadxonalar  ham  «Bayt  ul	-hikma»  tarkibiga 	
kirgan. Manbalarda al	-Ma’mun tasarru	fidagi bu ikki mashhur rasadxonaning «Bayt 	
ul	-hikma»  tarkibida  bo‘lganini  anglatuvchi  to‘g‘ridan	-to‘g‘ri  ma’lumotlar 	
uchramaydi.  Zero  tarixdan  ma’lumki,  al	-Ma’mun  o‘z  saroyiga  to‘plagan  aksariyat 	
astronomlar, jumladan, Muhammad al	-Xorazmiy, Ahmad al	-Farg‘o	niy, Ahmad al	-	
Marvaziy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid al	-Marvarrudiy, al	-Abbos al	-Javhariy va 	
boshqalar  mazkur  rasadxonalarda  kuzatuv  ishlarini  olib  borganlar.  Modomiki 
shunday  ekan,  fikrimizcha,  bu  ikki  rasadxonani  ham  «Bayt  ul	-hikma»  tarkibiga 	
kiritish mum	kin.	 	
 
Yuqorida  bayon  etilgan  ma’lumotlar  asosida  «Bayt  ul	-hikma»ning  ta’sis 	
etilishi haqida quyidagicha xulosaga kelish mumkin: Bog‘dod xalifalari saroyining 
ma’lum  qismini  egallagan  «Bayt  ul	-hikma»ning  asosi 	- xalifa  al	-Mansur  davrida 	
yaratildi,  Horun 	ar	-Rashidning  homiyligi  ostida,  u  ancha  kengaytirildi, 	
rivojlantirildi,  o‘zining  tarixiy  «Bayt  ul	-hikma»  nomi  bilan  yuritila  boshladi.  Al	-	
Ma’mun  esa  u  yerda  mashhur  allomalarni  to‘plab,  ularga  har  taraflama  ko‘mak 
berdi,  uning  eng  yuqori  taraqqiyot  darajas	iga  ko‘tarilishini  va  o‘sha  davr  uchun 	
o‘ziga xos ilmiy maktabga aylanishini ta’minladi.	    	                    	  «Bayt ul	-hikma»nin	g tarkibi va	 vazifalari	 	
O‘rta  asr  manbalarida  «Bayt  ul	-hikma»ning  tarkibi  quyidagi  qismlar  va  olimu 	
tarjimonlardan iborat 	edi, deb yaqqol ko‘rsatuvchi ma’lumotlar uchramaydi. Lekin 	
manbalardagi  u  yoki  bu  munosabat  bilan  keltirilgan  fikr  va  mulohazalar,  bu 
markazning tarkibi haqida birmuncha tahliliy tasavvurlarni tiklash imkonini beradi.	 	
«Bayt  ul	-hikma»da  olib  borilgan  ish  ja	rayonini  o‘rganish,  bu  markazning 	
qanday 	vazifalar 	bajarganini  aniqlash  imkonini  beradi.  Biz  quyida  «Bayt  ul	-	
hikma»ning asosiy vazifalari ustida fikr yuritamiz.	 	
«Bayt  ul	-hikma»,  yuqorida  ta’kidlab  o‘tganimizdek,  dastlab 	kutubxona 	
sifatida  vujudga keladi. 	Bu  esa,  «Bayt  ul	-hikma»  ta’sis  etilgan ilk  davrlarda uning 	
asosiy  vazifasi  qo‘shni  davlatlardan  keltirilgan  qadimgi  yunon,  fors  va  hind 
tillaridagi turli asarlarni saqlash, jamlash va ularni ko‘paytirishdan iborat bo‘lganini 
ko‘rsatadi. Kitoblar Bog‘dodda 	jamlanganidan so‘ng, tabiiyki, ularning mazmunini 	
bilish  va  tushunishga  ehtiyoj  tug‘iladi.  Bu  esa,  keltirilgan  kitoblarni  arab  tiliga 
o‘girishni  taqozo  etardi.  Shu  tariqa  «Bayt  ul	-hikma»dagi  eng  dolzarb  masala 	- 	
xorijiy  tillardagi  kitoblarni  arab  tiliga  o‘	girish  va  ularda  ko‘rsatilgan  natijalarni 	
tajribalar orqali qaytadan tekshirib chiqish edi. Tabiiyki, buning uchun turli tillarni 
biladigan,  yuqori  malakali  tarjimonlar  guruhi  kerak  bo‘lardi.  Shu  bois  Bog‘dod 
hokimlari  turli  mamlakatlardan  arab  va  boshqa  q	adimiy  tillarni  biladigan 	
mutaxassislarni  «Bayt  ul	-hikma»ga  taklif  eta  boshladilar  va	 ularga  tarjima  ishlari 	
uchun katta maosh tayinladilar. 	 	
«Bayt  ul	-hikma»dagi  dastlabki 	tarjimonlar	ning  aksari  qo‘shni 	
mamlakatlardan  taklif  etilgan  nasroniy,  majusiy,  yahu	diy,  hind  va  musulmonlar 	
bo‘lgan.  Ularning  ko‘pchiligi  nafaqat  oddiy  tarjimon,  balki  o‘z  sohasining  yetuk 
bilimdonlari  va  olimlari  edi.  Bu  olimlar  «Bayt  ul	-hikma»da  tarjima  va  sharhlash 	
ishlaridan  tashqari,  o‘zlarining  nodir  asarlarini  yozish  barobarida  il	miy  izlanishlar 	
ham  olib  borganlar.  Shu  tariqa  «Bayt  ul	-hikma»  tarjimonlar,  faylasuflar, 	
matematiklar, astronomlar, tabiblar, shoirlar kabi turli toifadagi olimlarning tez	-tez 	
uchrashib,  ilmiy  munozaralar  olib  boradigan,  bir	-birlari  bilan  maslahatlashadiga	n 	
maskanga  aylandi.  Bu  bilan  uning  ilk  tashkil  etilgan  vaqtdagi  qo‘lyozmalarni 
saqlash va tarjima qilish vazifasi kengayib, ular doirasiga ilmiy	-amaliy tajribalar olib 	
borish  hamda  shu  tajriba  natijalariga  asoslangan 	fundamental  asarlarni  yozish	 	
mas’uliyat	i ham qo‘shildi.	 	
Ba’zi  adabiyotlarda  «Bayt  ul	-hikma»da  talabalarga  darslar  o‘tilgani  va  uning 	
qoshida shifoxonalar ham bo‘lgani haqida so‘z yuritiladi. Darslar tashkil etilganiga 
oid  fikrlarni  tasdiqlovchi  aniq  dalillarga  ega  bo‘lmasak	-da,  biroq  o‘sha  davr	da 	
shifokorlik  faoliyati	 bilan  shug‘ullangan  eng  mashhur  tabiblarning  Horun  ar	-	
Rashid va al	-Ma’mun tasarrufida faoliyat yuritgani manbalarda qayd etiladi.	  Ma’lumki, al	-Ma’mun davrida katta muvaffaqiyatlarga erishgan fanlardan biri 	
bu 	- falakkiyot	 edi.  «Bay	t  ul	-hikma»dagi  astronomlar  qadimgi  yunon  olimlari 	
asarlarida  ta’riflangan  natijalarni,  qaytadan  o‘zlarining  tajribalari  asosida  tekshirib 
chiqdilar.  Jumladan,  Batlamyusning  «Al	-majistiy»  kitobida  keltirilgan  ko‘pgina 	
tajribalar, musulmon astronomlari tomo	nidan yana bir karra sinovdan o‘tkazildi va 	
erishilgan natijalar «al	-Ma’munning sinalgan jadvali» nomli mashhur asarda bayon 	
etildi.	 
Yuqorida  biz  bayon  qilgan  ma’lumotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  «Bayt  ul	-hikma» 	
tez orada turli fanlar bo‘yicha ilmiy munozaralar	, tadqiqotlar, amaliy tajribalar olib 	
boriladigan hamda nodir asarlar bitilgan, shuning barobarida, astronomik tajribalar 
va shifokorlik bilan shug‘ullanishni keng ko‘lamda amalga oshirgan ilmiy dargohga 
aylandi.	 	
«Bayt  ul	-hikma»ning  allomalar  va  tadqiqotch	ilar  uchun  yaratib  bergan  qulay 	
shart	-sharoitlari,  u  yerdagi  ilm  sarchashmasidan  ko‘pchilikni  bahramand  etishi, 	
ayniqsa,  antik  davrga  oid  noyob  ilmiy  merosni  saqlab  qolib,  uni  qaytadan  tiklab, 
dunyoning  turli  burchaklarida  ilm  yo‘lida  mayoq  bo‘lib  kelayotg	an  allomalarga 	
yetkazish 	- markazning 	asosiy vazifalaridan	 biri edi.	 	
 
 
 	
Muso al	-Xorazmiy 	(783	-850)	 	
Al	-Xorazmiy jahon fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir. Uning 	
ko‘p  qirrali  ilmiy  merosi  jahon  miqyosida,  xususan,  O‘zbekistonda  ham  keng 
o‘rganilgan. 	Zero,  u  «Bayt  ul	-hikma»dagi  Markaziy  Osiyo  olimlarining  eng 	
mashhuri bo‘lgan.	 	
Olimning to‘li	q ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al	-Xorazmiy bo‘lib, 	
u 783 yilda tavallud topgan va 850 yilda vafot etgan. Yevropada «Algori	tmus» va 	
«A	lgoritmus»  nomlari  bilan  mashhur  bo‘lgan  buyuk  matematik,  astronom  va 	
geograf.  U  o‘z  ilmiy  faoliyatining  katta  qismi	ni  B	ogdoddagi  «Bayt  ul	-hikma»da 	
o‘tkazgani tarixdan ma’lum. Mazkur dargoh xalifa al	-Ma’munning shaxsiy e’tibori 	
ostida bo‘lib, ma’lum muddat al	-Xorazmiy tomonidan boshqarilgan. Shu sababdan 	
ham al	-Ma’mun bilan al	-Xorazmiy orasida nihoyatda yaqin munosabatl	ar bo‘lgan. 	
Xalifa  al	-Xorazmiyni  olim  sifatida  qadrlagan,  «Bayt  ul	-hikma»  kabi  markazni 	
boshqarish  ishlarini  unga  ishonib  topshirgan  va  u  yerda  olib  borilayotgan  ilmiy 
tadqiqotlarga har jihatdan ko‘mak bergan.	 	
Ibn  an	-Nadimning  «al	-Fixrist»  kitobida  al	-Xora	zmiy  haqida  quyidagi 	
ma’lumotlar  keltiriladi:  «Al	-Xorazmiy.  Uning  ismi  Muhammad  ibn  Muso,  asli  Xorazmdan. U o‘zini al	-Ma’munning «Bayt ul	-hikma»siga bag‘ishlagan falakkiyot 	
ilmining bilimdonlaridan edi. Odamlar astronomik tadqiqotlar boshlashdan avval va 
undan  so‘ng  ham  al	-Xorazmiyning  «as	-Sindhind»  nomi  bilan  ma’lum  bo‘lgan 	
birinchi  va  ikkinchi  zijiga  (ikki  astronomik  jadvallariga)  tayanganlar.  U  quyidagi 
asarlarning  muallifidir: 	“Zij	” kitobining  ikki,  ya’ni	 birinchi  va  ikkinchi  tahrirlari, 	
«Quyosh soati k	itobi», «Asturlob bilan qilinadigan amallar», «Asturlob yasash amali 	
kitobi» va «Tarix kitobi».	 	
Ilmiy  adabiyotlardagi  ma’lumotlarga  qaraganda,  al	-Xorazmiy  xalifa  Ma’mun 	
va undan keyingi xalifalar davrida bir qancha ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. 
Jumladan,  u  830  yili  kitob  yig‘ish  maqsadida  G‘arbiy  Hindistonga,  so‘ngra  esa 
Rumga (Rim) va, nihoyat, Volga daryosining quyi oqimidagi o‘lka 	- Xazaristonga 	
ham tashrif buyurgan. Bundan tashqari, ba’zi tadqiqotlarda al	- Xorazmiy Tadmir va 	
Raqqa oralig‘ida y	er meridianining bir darajasini o‘lchashda ishtirok etgan, deb qayd 	
qilinadi.  Hofiz  To‘qan  esa,  bu  fikrni  tasdiqlash  uchun  yetarli  asos  yo‘q,  deb 
hisoblaydi. Bizning nazdimizda al	-Xorazmiy bu tadbirda ishtirok etgan, chunki bu 	
o‘lchashlarda «Bayt ul	-hikma»	dagi atoqli olimlarning ko‘pchiligi qatnashgan.	 	
Al	-Xorazmiy  o‘zidan  avvalgi  hind  va  yunon  ilmlarini  puxta  o‘zlashtirgan, 	
ularga ijobiy yondashgan va rivojlantirgan. 	U hozirgi zamon riyoziyot fanining bir 	
qancha tarmoq va konsepsiyalarining asoschisidir. Ju	mladan, u zamonaviy algebra 	
fanining birinchi ta’sis etuvchisi hisoblanadi. Al	-Xorazmiy mazkur fanni muayyan 	
bir tizimga solibgina qolmay, balki bu fandagi oddiy, murakkab chiziqli va kvadrat 
tenglamalarning tahliliy yechimini ishlab chiqdi.	 	
Hozirda  butun 	dunyoda  qo‘llaniladigan  algebra  so‘zining  o‘zi  olimning 	
mashhur  «Al	-jabr  val	-muqobala»  sidagi  «al	-jabr»dan  olingan  bo‘lib,  Yevropada 	
«algebra» shaklida yozilgan va talaffuz qilingan. Keyinchalik bu so‘z fanda ana shu 
tarzda  o‘rnashib  qoldi.  A	l-Xorazmiy  sin	us  funksiyali  trigonometrik  jadvallarning 	
rivojiga  ham  katta  hissa  qo‘shgan  bo‘lib,  keyinchalik  bu  amaliyot  tangens 
funksiyasining	 ekstropolyatsiyasini  vujudga  keltirdi.  U  takomillashtirgan	 ikki  xato 	
orqali  hisoblash  usu	li,  muallifni  differensiya  kon	sepsiy	asiga  boshlab  keldi.  Olim 	
konussimon kesmalarning geometrik holatini takomillashtirdi.	 	
Al	-Xorazmiy  0  (nol)ni  rasmiy  ravishda  muomalaga  olib  kirdi  va  shu  tufayli 	
hozir foydalanilayotgan sonlarning o‘nlik pozitsion hisoblash tizimi butun dunyoga 
tarqaldi. 	Muallifning sonlar tizimi haqidagi asarlaridan biri Yevropada «Algori	tm» 	
yoki «A	lgorizm» nomi bilan tanilgan va bundan zamonaviy algoritm, algorizm so‘zi 	
kelib  chiqqan.  U  hisob  fanidagi  qator  masalalarni,  jumladan,  kasrlar  bilan 
bajariladigan amallarni his	oblashni yangi pog‘onaga ko‘tardi.	 	
Al	-Xorazmiy riyoziyotdan tashqari, falakkiyot ilmida ham so‘nmas iz qoldirdi. 	
Uning  matematika,  astronomiya  va  geografiya  fanlaridagi  ilmiy  merosi  qator 
tadqiqotchilar,  jumladan,  A.Ahmedov  tarafidan  o‘rganilgan.  Alloma  bi	r  qancha  risolalar yozgan bo‘lib, ularning eng mashhuri «Astronomik jadvallar» deb ataladi. 
Xorazmiyning  «Zij»i  muqaddima,  37  bob  va  116  jadvaldan  iborat  bo‘lib,  uning 
avvalgi  5  bobi  xronologiyaga,  7	-22  boblari  Batlamyusning  geotsentrik  sistemasi 	
bo‘yicha 	Quyosh, Oy va besh sayyoraning harakatlariga, 23	-bob trigonometriyaga, 	
25	-27 boblar  matematik geografiyaga  bag‘ishlangan, 28	-bobda Xorazmiy  tangens, 	
kotangens  tushunchalarini  va  ularga  mos  jadvallar  keltirgan,  29	-bobda  sayyoralar 	
tezligini  aniqlash,  31	-32,	 36	-37  boblar  munajjimlik  masalalari,  33	-35  boblarda 	
Quyosh va Oy tutilishi va larallaks  haqida so‘z yuritiladi.	 	
Tadqiqotchilarning  fikriga  ko‘ra,  «al	-Xorazmiyning  falakkiyot  sohasidagi 	
buyuk xizmati shundaki, u ehtiyoj tug‘ilgan paytda shunday asar yarat	diki, bu bilan 	
u  astronomiyani  Ulug‘bek  davrigacha,  ya’ni  bir  necha  asrga  «standartlashtirdi». 
Xorazmiydan  keyingi  barcha  astronomlar  o‘z  zijlari  uchun  uning  «Zij»ini namuna 
qilib oldilar».	 	
Al	-Xorazmiy  geografiya  fanining  rivojiga  ham  katta  hissa  qo‘shgan.	 Uning 	
«Yerning tasviri» kitobi o‘rta asr arab xalifaligida yaratilgan ilk va muhim geografik 
asarlardan biri bo‘ldi. Kitobda muallif Batlamyusning geografiyaga oid qarashlarini 
sharhlab,  tahlil  qilish  bilan  birga  bu  qarashlarga  qator  o‘zgarishlar  kiritib,	 ularni 	
rivojlantiradi.	 	
Al	-Xorazmiyning  «Yerning  tasviri»  asari  muallif  tarafidan  maxsus  boblarga 	
bo‘linmagan,  A.Ahmedov  uni  shartli  ravishda  olti  bobga  taqsimlab  sharhlaydi. 
Birinchi bobda yerning odamlar yashaydigan obod qismidagi shaharlarning nomlari 
yetti  iqlimga  bo‘linadi,  har  birining  geografik  koordinatlari  jadval  bo‘ylab 
keltiriladi. Ikkinchi bobda iqlimdagi tog‘lar bayon etiladi. Asarning uchinchi bobida 
Yer  kurrasida  mavjud  bo‘lgan  dengizlar  sanab  o‘tiladi,  to‘rtinchi  bobda 	- orollar, 	
beshinchi  b	obda 	- mamlakatlar,  davlat  va  o‘lkalar,  oltinchi  bobda  esa  daryo  va 	
buloqlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Umuman olganda, al	-Xorazmiyning ushbu 	
asarida 2402 ta joyning geografik koordinatlari berilgan.	 	
«Yerning tasviri» asari 1983 yili ilk marotaba o‘zb	ek tiliga tarjima qilindi. Ba’zi 	
ma’lumotlarga  qaraganda,  «Bayt  ul	-hikma»da  yetmishga  yaqin  geograflar  al	- 	
Xorazmiy rahbarligida tadqiqotlar olib borganlar va taxminan 830 yilda dunyoning 
ilk xaritasini yaratganlar.	 	
Quyida biz dunyoning qator qo‘lyozma fon	dlarida saqlanayotgan al	-Xorazmiy 	
qalamiga mansub o‘ndan ortiq asarlarning qisqacha mazmunini keltiramiz:	 	
1.	«Arifmetikaga	 do	ir asar». Kitobning arabcha matni saqlanmaganligi uchun u 	
lotincha  («al	-Xorazmiy  hind  hisobi  haqida»)  nomi  bilan  ma’lum.  Asar  XII  as	rda 	
kremonalik  Gerardo  yoki  Adelard  Bat  tomonidan  lotin  tiliga  tarjima  qilingan. 
Keyinchalik  bu  tarjima  B.Bonkompani  va  K.Fogel  tomonidan  nashr  etiladi. 
Risolaning ruscha nashri ham mavjud.	  Risolada  0  (noldan)  9  gacha  raqamlarni  ishlatgan  holda  boshqa  sonl	arni 	
qo‘shish, ayrish, bo‘lish, ko‘paytirish, kasrlar, kasrlarni ko‘paytirish, ildiz chiqarish 
kabi  amallar  haqida  mulohazalar  yuritiladi.  Ba’zi  ma’lumotlarga  qaraganda, 
risolaning  asl  nomi  «Qo‘shish  va  ayirish  kitobi»  ham  bo‘lishi  mumkin.  Al	- 	
Xorazmiyning	 bu risolasi olimning yubileyi munosabati bilan 1983 yili Toshkentda 	
nashrdan chikdi.	 	
2.	«Al	-jabr  val	-muqobala  hisobi  haqida  qisqacha  kitob».  Al	-Xorazmiy 	
risolasining  asosan  ikki  qo‘lyozmasi,  ya’ni  Oksford  universitetining  Bodlen  va 
Kobuldagi  kutubxonalarid	a  mavjudligi  fixristlarda  e’tirof  etiladi.  Ammo  turk 	
tadqiqotchisi  Oydin  Sayili  al	-Xorazmiy  risolasining  yana  ikki  nusxasi  Qohira  va 	
Germaniyada mavjudligini qayd etgan. O.Sayilining ta’kidlashicha, bu nusxalarning 
birini  arab  tadqiqotchisi  Odil  Anbuba  Ger	maniyada  uchratgan,  ikkinchisi  esa 	
Qohiradagi arabiy qo‘lyozmalar institutining jurnalida (noyabr, 1956) qayd etiladi. 
Risola ingliz, rus, lotin, fors, o‘zbek tillarida nashr, tarjima va tadqiq qilingan.	 	
Risolaning fan tarixidagi muhim jihati, «al	-jabr» so	‘zining zamonaviy algebra 	
fanining  kelib  chiqishi  va  shu  so‘z  bilan  atalib  qolishiga  sabab  bo‘lgani  bilan 
belgilanadi. U maxsus raqamlangan bobla	rdan tashkil topmagan, shunday bo‘lsa	-da, 	
uni  shartli  ravishda  kichik  bir  muqaddima  va  27  bobdan  iborat,  deyish	 mumkin. 	
Muqaddimani  al	-Xorazmiy  o‘sha  davr  uchun  an’anaviy  bo‘lgan  Alloh  va 	
payg‘ambarga  hamdu  sano  aytish  bilan  boshlaydi.  So‘ngra  u  xalifa  al	-Ma’munni 	
eslaydi va u haqida shunday deydi: «Alloh imom al	-Ma	’munga, unga meros bo‘lib 	
o‘tgan  xalifalik  lavozim	ini  in’om  qilib,  muruvvat  etganligi,  bu  lavozim  libosini 	
kiydirib,  uni  bezaganligi  va  shu  bilan  birga  unda  fanlarga  muhabbat  va  olimlarni 
o‘ziga  yaqin  tutishga  intilish  (hissiyotini)  uyg‘otganligi  menga  jasorat  ato  qildi, 
(chunki,  u)  ularning  ustiga  o‘z  ho	miylik  qanotini  yozib,  ularga  noaniq  bo‘lgan 	
narsalarni  yoritishga  va  ular  uchun  mushkul  bo‘lgan  narsalarni  osonlashtirishga 
yordamlashardi.  Shuning  uchun  men  arifmetikaning  oddiy  va  murakkab 
masalalarini  o‘z  ichiga  oluvchi  «Al	-jabr  va	 al-muqobala  hisobi  h	aqida  qisqacha 	
kitob»ni  targ‘ib  qildim,  chunki  meros  taqsim  qilishda,  vasiyatnoma  tuzishda,  mol 
taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer 
o‘lchashda,  kanallar  o‘tkazishda,  handasada  va  boshqa  shunga  o‘xshash  turlic	ha 	
ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».	 	
Risoladagi  boblarda  turli  matematik  amallar  jumladan,  kvadratlarning 	
ildizlarga  tengligi,  kvadratlarning  sonlarga  tengligi,  songa  teng  ildizlar,  kvadratlar 
va ildizlarning songa teng ekanligi, kvadratlar va 	sonlarning ildizlarga tengligi (1	-6 	
boblar),  keyingi  7	-9  boblarda  avvalgi  4	-6  boblarning  to‘	g‘	ri  ekanligi  geometrik 	
shakllar  orqali  isbotlanadi,  ko‘paytirish  haqida  bob  (10),  orttirish  va  kamaytirish 
haqida  bob  (11),  olti  masala  haqida  bob  (12),  har  turli 	masalalar  haqida  bob  (13), 	
muomala haqida bob (14), o‘lchash haqida bob (15), vasiyatlar haqida kitob (16	-23 	
boblar), ya’ni bu boblarda, hamda keyingi (24	-27) boblarda musulmon davlatlarida  keng qo‘llanilgan meros taqsimlashning turli matematik uslubda yec	hilishi haqidagi 	
ma’lumotlar  keltiriladi.  Ilmiy  adabiyotlarda  mazkur  asar  zamonaviy  algebra 
fanining yaratilish	iga asos bo‘lgani e’tirof etiladi.	 	
3.«Xorazmiy  ziji».  Ibn  al	-Qiftiyning  yozishicha,  xalifa  al	-Ma’mun  al	-	
Xorazmiyga Muhammad ibn Ibrohim al	-Fazari	yning «Katta Sindhind» nomli hind 	
tilidan tarjima 	qilingan asarining qisqartirilgan shak	lini yozishni topshirgan va shu 	
tariqa al	-Xorazmiyning «Zij» asari yaratilgan. Avvaliga bu asar «Kichik Sindhind» 	
nomi bilan ma’lum bo‘lgan, so‘ngra esa, u al	-Xorazmiyn	ing Ziji nomi bilan tanilgan; 	
asarning  asl  nusxasi  saqlanmagan.  Uning  o‘rta  asr  astronomi  Maslama  al	-Majritiy 	
(X	-X	I)  qayta  ishlagan  va  Adelard  Bat  tomonidan  lotin  tiliga  o‘girilgan  nusxasi 	
dunyoning qator kutubxonalarida mavjud.	 	
Al	-Xorazmiy Zijiga o‘rta as	r olimlari jumladan, Ahmad al	-Farg‘oniy ham sharh 	
yozgan. Lekin al	-Farg‘oniyning sharhi bizgacha yetib kelmagan. Bunday sharhning 	
mavjud bo‘lganiga al	-Xorazmiyning vatandoshi Abu Rayhon Beruniy ishora qiladi.	 	
Al	-Xorazmiy  Ziji  muqaddima, 	37  bob  va  116  ta 	ja	dvaldan 	iborat. 	Muallif 	
muqaddimada  «Zij»ning  yozilish  sabablarini  aytib  o‘tganidan  so‘ng, 	1-5 	boblarni 	
kalendarlarga bag‘ishlaydi: 	Arab 	yilining tavsifi 	(1), 	Rim yilining tavsifi 	(2), 	To‘fon 	
erasi,  Iskandar  Zulqarnayn  erasi,  Ispan  erasi, 	Xristian 	erasi,  H	ijriy  eralar;  Quyosh, 	
Oy  va  beshta  sayyoralar  efemeridalari  jadvallarini 	tuzish  (3),  Arab  oylarining 	
boshlari (4), Kabisa yilini aniqlash haqida (5), Aylanalarning bo‘linishi haqida (6). 
Keyingi  7	-22  boblarda  Batlamyusning  geotsentrik  tizimi  bo‘yicha  Quyos	h,  Oy  va 	
besh  sayyoraning  harakatlari  haqida  ma’lumotlar  keltiriladi.	 23	-bob  sinusni  yoy 	
bo‘yicha  aniqlash  va  aksincha  deb  atalib,  trigonometriyaga  oiddir.  24	-27	
 	boblarda geografik joylarning uzunlik va kengligini aniqlash (24), burjlarning 	
to‘g‘ri  sferada	 chiqishlari  (25),  xohlagan  burj  yoki  darajaning  ixtiyoriy  joyda 	
ko‘tarilishi (26), ixtiyoriy joydagi ixtiyoriy kunduz soatining uzunligi kabi masalalar 
muhokama  qilinadi.  28	-bobda ixtiyoriy  jismning tekis  soyasi  Quyosh  balandligiga 	
ko‘ra  qanday  aniqlanish	i  bayon  etiladi.  29	-37  boblarda  yoritgichlarning  tezligi, 	
Quyosh  va  Oyning  birlashish  va  ro‘lara  turishi,  ularning  tutilishi  hamda  larallaks 
masalalari ta’riflanadi.	 	
4.«Asturloblar  bilan  amal  tutish  haqida  kitob».  Risolaning  matni  Berlindagi 	
Prussiya kutub	xonasining № 5093 raqamli qo‘lyozma tarkibiga kirgan. Asar U	frank, 	
E.Videman, K.Shoy, B.Rozenfeld va N.Sergeevalar tomonidan o‘rganilgan.	 	
A.Ahmedovning  ko‘rsatishicha,  al	-Xorazmiyning  mazkur  asari  48  bo‘limdan 	
iborat.  Bo‘limlarda  asturlob  yordamida  yoritgi	chlar  balandliklarini  topish  (1),  tole 	
va  kecha  yo  kunduzda  vaqtni  aniqlash  (2	-3),  asturlob  yordamida  topilgan  natijani 	
jadval yordamida hisoblab, topilgan natija bilan solishtirib, asturlobni qanchalik aniq 
ekanligini tekshirish (4), kecha va kunduz yoyla	rini aniqlash (5	-7), burj	larning yer 	
ekvatori va turli yerlardagi chiqish	lari (8	-9), yoritgichlarning ekliptik koordinatlarini  aniqlash  (10	-12  va  14	-15),  yoritgich  o	g‘	ishini  aniqlash  usuli  (13  va  19), 	
yoritgichlarning  ko‘tarilishi  (chiqishi),  botishi  va  ku	lminatsiya  darajasini  aniqlash 	
(16	-18),  kunduz  va  kecha  yoylarini  yoritgichlarga  ko‘ra  aniqlash  (20),  Quyosh 	
balandligiga ko‘ra  gnomon  soyasini,  ya’ni  Quyosh  balandligining kotangensi  yoki 
tangensini asturlob zuhridagi «soyalar kvadrati»ga ko‘ra aniqlash u	suli (21), joyning 	
kenglamasini aniqlash usuli (22), yoritgich balandligi va va	qni tolega ko‘ra aniqlash 	
usuli  (23	-24  va  26),  yoritgich  balandligini  vaqt  bo‘yicha  aniqlash  (25,  27	-28), 	
«to‘	g‘	ri  soatlarni»  «egri  soatlarga  almashtirish»  va  aksincha  (29	-30), 	uylarni 	
ekvalizatsiyalash  va  boshqa  astrologik  amallar  (31	-33),  ikki  joyning  geografik 	
koordinatlarini taqqoslash (34	-40), bomdod, peshin, asr va shom vaqtlarini aniqlash 	
(35	-36),  yoritgich  azimutini  aniqlash  (37),  Oy  chiqish  vaq	tini  aniqlash  (38),  Oyga 	
ko	‘ra toleni aniqpash (39), namoz vaqtini aniqlash uchun sirkul tavsiflanadi (41	-42), 	
ayrim  astrologik  masalalar  (43	-45),  asturloblarning  turlari  haqida  (44),  Yerning 	
beshta  zona  (qism)ga  bo‘linishi,  kvadrat  yasash  usuli  (47	-48).  Al	-Xorazmiy 	
risolasidagi  bu 	boblar,  muallifning  o‘rta  asr  astrono	mi	yasida  asturlob  qo‘llanilgan 	
barcha masalalarni qamrab olganini ko‘rsatadi.	 	
5.	«Muhammad  ibn  Muso  al	-Xorazmiyning  ajoyib  ishlaridan  biri 	- «Asturlob 	
yordamida azimutni aniqlash» risolasidir.	 	
Risolaning  yagona  arabcha  n	usxasi  Istanbuldagi  Ayo  Sufiyo  kutubxonasidagi 	
4830/13  raqamli  qo‘lyozmaning  198  6	-200  a  varaqlarida  joylashgan.  Qo‘lyozma 	
622/1225 yili ko‘chirilgan. Risola rus tiliga tarjima qilingan.	 	
6.	«Quyosh	 (marmar)  soat  yuzasida  soatlar  yasash».  G.Matvievskaya  va 	
B.Rozenfeld  qo‘lyozmani  Ayo  Sufiyo  kutubxonasida  №  4830/15  raqami  ostida 
saqlanmoqda  deb  ma’lumot  beradilar.  Marmar  soatlar  deyilganda,  o‘rta  asrlarda 
quyosh  soatlar  tushunilgan.  Chunki  quyosh  soatlarining  yuza  qismi  marmardan 
yasalgan.  Risola  al	-Xorazmiyn	ing  1200  yillik  yubileyi  munosabati  bilan  1983  yili 	
ilk marotaba rus tilida tarjima va izohlar bilan nashrdan chiq	di. 	
7.	«Asturlobning  ishlashi  haqida  kitob».  Bu  asarning  mavjud  bo‘lganiga  faqat 	
Ibn  an	-Nadim  ishora  qiladi.  O‘rta  asrning  boshqa  manbalarida  m	azkur  risolaning 	
Xorazmiyga  tegishli  ekani  haqida  ma’lumot  saqlanmagan.  Shuni  ta’kidlab  o‘tish 
joizki,  risolaning  nomi  Xorazmiyning  yuqorida  zikr  etilgan  boshka  asari,  ya’ni 
«Asturloblar bilan amal tutish haqida kitob»ga juda o‘xshash. Shu sababdan ham bu 
ikki risola amalda faqat bir asar bo‘lishi mumkin.	 	
8.	«Quyosh  (marmar)  soati  haqida  kitob».  Risolaning  al	-Xorazmiyga  tegishli 	
ekanini  Ibn  an	-Nadim  ta’kidlaydi.  Asar  Ayo  Sufiyo  kutubxonasida  №  4830 	
qo‘lyozmaning  231  6	-235  a  varaqlarida  joylashgan  va  620/1223	 yili  ko‘chirilgan. 	
Al	- Xorazmiyning  bu  risolasi uning  yuqorida biz eslatgan  «Quyosh soati  yuzasida 	
soatlar yasash» nomli asari bilan bir xil bo‘lishi mumkin. Chunki arab tadqiqotchisi	  J.Dabbax  tarjima  qilgan  oxirgi  risola  ham  Istanbuldagi  qo‘	lyozmaning  xu	ddi  shu 	
varaqlarida joylashgan.	 	
9.	«Yerning  tasviri  kitobi».  Muallifning  bu  kitobi  ilmiy  adabiyotlarda  al	- 	
Xorazmiyning  «geografik  asari»  yoki  qisqacha  al	-Xorazmiyning  «Geografiya»si 	
nomi bilan yuritiladi. Al	-Xorazmiy «Geografiya»sini o‘rgangan tadqiqotchil	arning 	
fikriga ko‘ra, muallif «Yer tasviri» iborasi ortida geografik xaritani nazarda tutgan 
va  shu  bilan  bir  qatorda,  ular  bu  asarni  al	-Ma’mun  xaritasining  tavsifidan  iborat 	
bo‘lganini ta’kidlaydilar.	 	
10.	«Tarix  kitobi».  Al	-Xorazmiyning  bu  asari  ham  bizga 	to‘liq  holda  yetib 	
kelmagan. Uning ba’zi larchalari o‘rta asrning quyidagi manbalarida uchraydi:	 	
1.	«Bog‘dod tarixi», muallifi 	- Ahmad ibn Abu Tohir Tayfur al	-Xurosoniy (IX 	
asrning birinchi yarmi).	 	
2.	«Payg‘ambarlar  va podshohlar  tarixi»,  muallifi 	-Abu Ja’fa	r  Muhammad  ibn 	
Jarir at	-Tabariy (839	-923).	 	
3.	«Yoqubiy  tarixi»,  muallifi 	- Ahmad  ibn  Abu  Yoqub  ibn  Ja’far  al	-Yoqubiy 	
(vaf. tax. 900 y).	 	
4.	«Yer yuzidagi podshohlar va pay	g‘	ambarlar yillarining tarixi kitobi», muallifi 	
- Hamza al	-Isfag‘oniy (893	-970).	 	
5.	«Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»  va  «Turarjoylar  orasidagi 	
masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash», muallifi 	- Abu 	
Rayhon Beruniy (973	-1048).	 	
6.	«To‘g‘ri (narsa)ning isboti», muallifi 	- Ilyos Bar Shinayya (975	-1050).	 	
7.	«M	amlakatlar qomusi», muallifi 	- Yoqut ar	-Rumiy al	-Hamaviy (1119	-1229).	 	
8.	«Xalifalar tarixi», XI asr, muallifi noma’lum.	 	
9.	Abd al	-Majid ibn Abdun al	-Faxriyning «Quvnoq qasida» risolasiga yozilgan 	
sharh (izoh), muallifi 	- Ibn Badrun Abd al	-Malik ibn Abdulloh 	al	 - Xadramiy (X	II-	
X	III	). 
Al	-Xorazmiyning  «Tarix  kitobi»ga  bulardan  tashqari,  Ibn  an	-Nadimning  «al	- 	
Fixrist»  va  Abul	-Hasan  Ali  al	-Mas’udiyning  (vaf.  956  y.)  «Muro‘j  az	-zahab» 	
asarlarida ham ishora beriladi.	 	
Al	-Xorazmiyning  ushbu  asari  xalifalikning  ijtimoi	y-siyosiy,  harbiy  tarixiga 	
aloqador  bo‘lib,  uning  hozirgacha  ma’lum  bo‘lgan  larchalari  J.Dabbax  tarafidan 
nashr etilgan.	  	
Muhammad  Muso  al  Xorazmiy  nafaqat  mashhur  matematik,  tabiatshunos 	
alloma, balki mashhur faylasuf sifatida ham ma’lum va mashhurdir.	   
 	
Ahmad al	-Farg‘oniy	 	
Yevropada  Alfarangus  nomi  bilan  tanilgan  Abul	-Abbos  Ahmad  ibn 	
Muhammad  ibn  Kasir  al	-Farg‘oniy  o‘rta  asrlarning  eng  ko‘zga  ko‘ringan 	
allomalaridan edi. Ahmad al	-Farg‘oniyning ismi fan tarixida mashhur, lekin, uning 	
hayoti  va  ilmiy  faoliya	ti  haqidagi  ma’lumotlar  juda  oz,  noaniq  bo‘lib,  ko‘proq 	
taxminlarga  asoslangan.  Olimning  tug‘ilgan  yili  mantiqiy  hisoblar  bilan  797  yoki 
798  yillar,  deb  qabul  qilingan.  O‘rta  asr  manbalarida  Ahmad  al	-Farg‘oniy  haqida 	
quyidagi ma’lumotlar saqlangan.	 	
Ibn  an	-Nadim  o‘zining  (vaf.  993  y.)  «al	-Fixrist»  asarida  olimning  ismi 	
Muhammad  ibn  Kasir  al	-Farg‘oniy  bo‘lib,  u  fozil  astronom  va  bu  sohadagi  yetuk 	
olimlardan  ekanini  zikr  etadi  hamda  uning  qalamiga  mansub  «Al	-majistiy»ning 	
qismlari (boblari)» va «Quyosh soatini	 yasash haqida kitob» risolalarini	 keltiradi 	bu 	
yerda  «Li  majistiyning  qismlari  (boblari)»  nomi  bilan  allomaning  «Astronomiya 
ilmi asoslari» asari nazarda tutiladi.	 	
Ibn  al	-K	iftiy  (1173	-1248)  Ahmad  al	-Farg‘oniyning  xalifa  al	-Ma’mun 	
tasarrufidagi  astronomlar	dan  biri  ekanini  ta’kidlash  bilan  bir  qatorda,  olimning 	
«Falakkiyot  ilmiga  kirish  va  yulduzlarning  harakati»  risolasini  yozganini  aytib 
o‘tadi.  Muallifning  ko‘rsatishicha,  al	-Farg‘oniyning  o‘ttiz  bobdan  iborat  ushbu 	
asari,  «Al	-majistiy»  kitobining  mohirona	 uslub  va  tushunarli  sharhlar  bilan 	
yaratilgan qisqartmasidan iborat.	 	
Shunisi  qiziqki,  Ibn  al	-Qiftiy  o‘z  asarining  keyingi  sahifalarida  Ahmad  al	- 	
Farg‘oniyning  otasi  bo‘lsa  kerak,  degan  taxmin  bilan  yana  bir  «boshqa»,  ya’ni 
Muhammad  ibn  Kasir  al	-Farg‘oniy 	ismli  astronom	ni  ajratadi  va  uning  «Boblar 	
kitobi»,  «Muxtasar  Al	-majistiy»  va  «Quyosh  soatini  yasash  haqida»  kitoblarining 	
muallifi,  deydi.  Biroq,  tadqiqotchilarning  fikriga  ko‘ra,  Ibn  al	-Qiftiy  «ota»  va 	
«o‘g‘il» deb faraz qilgan ikki shax	s amalda bir kish	i, ya’ni Ahmad ibn Muhammad 	
ibn Kasir al	-Farg‘oniy bo‘lgan.	 	
Ibn Abu Usaybi’a va Ibn Tog‘riberdi (1411	-1470)lar Ahmad al	-Farg‘oniyning 	
Ravda oroliga (Misr) o‘rnatilgan nilometrni isloh qilish va kanal qazish sohasid	agi 	
gidromuhandislik  faoliyati  haqida  ma’l	umot  beradilar.  Nilometr  Nil  daryosidagi 	
suvning  balandlik  darajasini  o‘lchash  uchun  mo‘ljallangan  jihoz  bo‘lib,  u  861  yili 
Ahmad  al	-Farg‘oniy  tarafidan  isloh  qilingan.  Nilometr  aslida  750  yili  qurilgan 	
bo‘lib, u birinchi marta 814	-815 yili xalifa al	-Ma’mu	n, ikkinchi marta esa 861 yili 	
al	-Mutavakkil davrlarida isloh etiladi. Sharqshunos Gaston Viet nilometrni tuzatish 	
masalasini bataf	sil o‘rganib chiqqan. Ravda orolida joylashgan bu jihoz Nil daryosi 	
suvi bilan maxsus quvurlar orqali bog‘langan tosh kuduq k	o‘rinishidagi inshootdir.  Quduq  markazida  tosh  ustun  joylashtirilgan  bo‘lib,  unga  suv  sathini  aniqlovchi 
maxsus  belgilar  ishlangan.  Nilning  suvi  yuqoridagi  quvurlar  orqali  uch  qismdan 
iborat quduqqa oqib tushadi va uning markazidagi ustun vositasida o‘lcha	nadi. Nil 	
daryosi  bo‘yida  qurilgan  bu  qadimgi  gidrotexnika  inshooti  Misr  qishloq  xo‘jaligi 
uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, uni Ahmad al	- Far	g‘	oniy tarafidan isloh etilishi, 	
olimning iqtidorli muhandis ham ekanligiga yorqin dalildir.	 	
Ja’fariya shahridagi	 kanal qurilishi ishlarida al	-Farg‘oniyning ishtiroki haqida 	
Ibn Usaybi’a shunday  yozadi: «Xalifa Mutavakkal al	-Farg‘oniy davridagi tanilgan 	
olimlar  aka	-uka  Muhammad  va  Ahmad  Banu  Musolarga  o‘z  nomi  bilan  atalgan 	
yangi  «Ja’fariya»  shahrini  suv  bilan  ta’min	lash  maqsadida,  u  yerda  kanal  qazish 	
ishlarini topshiradi. Muhammad va Ahmad Banu Musolar esa bu vazifani «Misrda 
yangi  o‘lchash  inshooti»  (ya’ni  nilometr)ni  isloh  qilgan  Ahmad  al	- Farg‘oniyga 	
yuklaydilar. Ammo, baxtga qarshi, al	-Farg‘oniy vazifani bajaris	hda eh	tiyotsizlikka 	
yo‘l  qo‘yib,  kanalning  boshlanish  qismini,  uning  boshqa  qismlariga  qaraganda 
chuqurroq  qilib  quradi.  Natijada  kanalning  boshidagi  suv  uning  ortiga  to‘la  yetib 
bormaydi.  Voqea  tafsilotlaridan  xabar  topgan  al	-Mutavakkil,  agar  kanal 	
qurili	shidagi kamchiliklar tasdiqlansa, har ikki aka	-ukani qatl etishini ma’lum qiladi. 	
U  masalani  tekshirib  ko‘rish  uchun  Bog‘doddagi  yirik  olim  Sanad  ibn  Alini 
chaqirtiradi.  Sanad  ibn  Ali  aka	-uka  Banu  Musolar  bilan  kelishgan  holda,  kanal 	
qurilishida  hech  qanda	y  kamchilikka  yo‘l  qo‘yilmaganini  tasdiqlaydi  va  agar  bu 	
loyihada  biror  xato  bo‘lsa,  u  oradan  to‘rt  oy  o‘tib,  kanal  suvi  pasayganidan  so‘ng 
zohir  bo‘lishi  mumkin,  degan  xulosani  tayyorlaydi».	 Al	-Farg‘oniy  va  nilometr 	
masalasi  xususida  so‘z  yuritgan  Ibn  Tog	‘riberdining  yozishicha,  xalifa  al	-	
Mutavakkil  861  yili  Fustot  (qadimgi  Qohira)da  «yangi  nilometr»ni  quradi.  Bu 
loyihani  amalga  oshirish  uchun  u  Erondan  muhandis  Muhammad  ibn  Kasir  al	-	
Farg‘oniyni chaqirtiradi.	 	
Abul	-Faraj  Bar  Ebrey  (1226	-1286)  ham  al	-Farg‘on	iyning  xalifa  al	-Ma’mun 	
davridagi  mashhur  astronomlardan  biri  ekanini  e’tirof  etadi  va  «Astronomiya  ilmi 
asoslari» nomli risola uning kalamiga mansubligini qayd etadi.	 	
O‘rta  asrning  mashhur  bibliograflaridan  Ibn  Xallikan  (1211 	- 1282)  Ravda 	
orolidagi  nilom	etr  haqida  so‘z  yuritar  ekan,  uning  muhandisini  Ahmad  ibn 	
Muhammad «al	-Qarsoniy» deb noto‘g‘ri keltiradi. Albatta, muallifning yo‘l qo‘ygan 	
xatosini  osonlik  bilan  anglash  mumkin,  chunki  «al	-Farg‘oniy  va  al	-Qarsaniy» 	
so‘zlari arab yozuvida bir	-biriga juda o	‘xshab ketadi.	 	
P.G.Bulgakovning fikriga ko‘ra, Ahmad al	-Farg‘oniy 865 yili vafot etgan.	 	
Dunyoning  turli  qo‘lyozma  fondlarida  Ahmad  al	-Farg‘oniyning  quyidagi 	
asarlari saqlanib qolgan:	 	
1.	«Falakkiyot  ilmi  asoslari  va  samoviy  harakatlarning  usullari».  Muallifn	ing 	
eng mashhur kitobi sanalgan bu risola Dublin, Istanbul, Leyden, Moskva, Oksford,  Sankt	-Peterburg, Qohira kutubxonalarida mavjud. Bundan tashqari, xuddi shu risola 	
boshqa nomlar bilan quyidagi kutubxonalarda ham saqlangan:	 	
a)	 «Boblar (qismlar) kitobi: «	O‘ttiz bobdan iborat «Al	-majistiy»ga kirish». Bu 	
nusxa Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadi.	 	
b)	 «Al	-majistiy» Prinsetonda saqlanadi.	 	
v)	 «Falakkiyot» Larijda saqlanadi.	 	
g)	 	«Falakkiyot ilmi asoslari» Qohirada saqlanadi.	 	
d)	 «Falakkiyot ilmiga 	kirish» Madalat (Marokash)da saqlanadi.	 	
ye)	 «Shaharlar va davlatlarning nomlari» Tehronda saq	lanadi.	 	
2.	«Handasa  va  hisob  yordamida  shimoliy  va  janubiy  asturlobni  yasash  uchun 	
komil kitob». Risolaning nusxalari Turkiya, Berlin, London, Larij, Tehron, Mashha	d 	
va Qohirada saqlanadi.	 	
3.	«Yetti iqlimning hisobi» Qohira va Gotada saqlanadi.	 	
4.	«Asturlobni qo‘llash haqida kitob» Rampurda saqlanadi.	 	
5.	«Al	-Farg‘oniy jadvallari» Patnada saqlanadi.	 	
6.	«Jadiy diametri uchun al	-Farg‘oniy jadvallari» Manisa (Turkiya)da saq	lanadi.	 	
7.	«Oy  yerning  ustida  yoki  ostida  joylashgan  vaqtni  aniqlash  haqidagi  risola» 	
Qohirada saqlanadi.	 	
8.	«Quyosh soatini yasash haqida kitob» Qohira va Halabda saqlanadi.	 	
9.	«Al	-Xorazmiy zijini tushuntirish». Ushbu risola bizgacha yetib kelmagan.	 	
Al	-Farg‘o	niy asarlarining eng mashhuri «Astronomiya ilmi asoslari» bo‘lib, u	 	
30  bobdan  iborat.  Ularda  falakkiyot  fanining  asosiy  masalalari 	- arab,  yunon, 	
suriyalik  va  forslarning  Oy  va  Quyosh  taqvimi  (1	-bob),  samoning  sfera  shaklida 	
ekani (2	-bob), Yerning shar sha	klida ekani (Z	-bob), Yer osmon sferasining markazi 	
ekani  (4	-bob),  osmon  jismlarining  ikki  ko‘rinma  harakati  (Quyosh,  Oy  va 	
sayyoralarning  sutkalik  harakati  (5	-bob),  Yerning  aholi  yashaydigan  qismining 	
tartibi va uning osmon sferasining barcha aylanishida r	o‘y beradigan tun va kundagi 	
o‘zgarishlar  (	6-bob),  Yerning  aholi  yashaydigan  choragining  xossalari  (7	-bob), 	
Yerni  o‘lchash  va  uning  obod  qismini  yetti  iqlimga  bo‘linishi  (8	-bob),  Yerdagi 	
mamlakatlar  va  shaharlarning  nomlari,  ularning  qaysi  iqlimga  tegishli	 ekani  (9	- 	
bob), burjlarning to‘	g‘	ri chiqishi va uning to‘g‘ri hamda o	g‘	ma sferalardagi harakati 	
(10	-bob),  kecha  va  kunduz  vaqtlarining  mi	qdori,  tekis  soatlar  bilan  zamonli 	
soatlarning  farqlari  (11	-bob),  yoritgichlar  sferasining  shakli,  tarkibi  va  ularning	 	
Yerdan  uzoqlik  darajalari  (12	-bob),  Quyosh,  Oy  va  qo‘z	g‘	almas  yoritgichlarning 	
sferalar  bo‘yicha  aylanma  harakati  (1  Z	-bob),  harakatlanuvchi  beshta  yoritgich  (sayyoralar)ning  uzunlik  bo‘yicha  harakati  (14	-bob),  beshta  harakatlanuvchi 	
yoritgichning  eklipti	ka  bo‘yicha  qaytma  harakati  (15	-bob),  sayyoralarning	 	
episikllari,  ularning  deferentlari  o‘lchamlari  (16	-bob),  yoritgichlarning  o‘z 	
sferalaridagi  va  ekliptikadagi  davrlari  (17	-bob),  qo‘zg‘almas  yoritgichlar  va 	
sayyoralarning kenglik bo‘yicha harakati (18	-bo	b), qo‘zg‘almas yulduzlarning soni, 	
ularni  kattaliklar  bo‘yicha  tasniflash  (19	-bob),  Oy  manzillari  (20	-bob), 	
harakatlanuvchi  va  turg‘un  yulduzlarning  Yerdan  masofalarini  o‘lchash  (21	-bob), 	
yoritgichlarni  o‘lchash  va  har  bir  yoritgichning  Yer  o‘lchoviga  nis	batan  mikdori 	
haqida (22	-bob), yoritgichlar va ularning ekliptikadagi darajalarining meridiandagi, 	
chiqishdagi,  botishdagi  bo‘ladigan  ixtiloflari  haqida  (23	-bob),  yoritgichlarning 	
chiqishlari va botishlari hamda ularning Quyosh nurida bekinishlari (24	-bob)	, Hilol 	
(yangi  Oy)ning  chiqishi  va  Oy  nurining  ortishi  va  kamayishi  (25	-bob),  beshta 	
yoritgichning  Quyosh  shu’lalari  (osti)dan  chiqishi  (26	-bob),  Oy  va  sayyoralarning 	
larallaks i (27	-bob), Oy tutilishi (28	-bob), Quyosh tutilishi (29	-bob), Oy va Quyosh 	
tuti	lishi vaqtlari orasidagi miqdorlar.	 	
Olimning  «Astronomiya  ilmi  asoslari»  kitobi  Yevropaga  tarqalib,  bir  necha 	
asrlar  davomida  Yevropa  universitetlarida  falakkiyot  fani  bo‘yicha  asosiy  darslik 
sifatida o‘qitilgan.	 	
Ahmad  al	-Farg‘oniyning  yana  bir  muhim  «Hand	asa  va  hisob  yordamida 	
shimoliy  va  janubiy  asturlobni  yasash  uchun  komil  kitob»  risolasining  nusxalari 
Berlin,  Qohira,  Qastamonu,  London,  Mashhad,  Larij  va  Tehronda  saqlanadi. 
Hozirda uning rus tilidagi to‘liq tarjimasi Toshkentda nashrdan chiqdi.	 	
Risola m	uqaddima va yetti bobdan tashkil topgan. Muqaddimada muallif «zat 	
al	-halaq»  va  asturlob  kabi  astronomik  jihozlar  ustida  qisqa  to‘xtar  ekan,  «ularni 	
yasashda qadimgi olimlar qo‘llagan uslublardan foydalanib kelinmokda, lekin biror 
kishi ularni sharhlab va t	asvirlab kitob yozganini bilmaymiz», deydi. Shuning uchun 	
ham  u  bu  jihozning  shakllari,  ishlatish  uslublari,  asturlob  orqali  hisoblanadigan 
miqorlarning  aniqligi  va  boshqa  mavzularda  qadimgi  olimlarning  faoliyati  to‘g‘ri 
ekanini sharhlab, «komil kitob» yoz	ganini uqtiradi.	 	
«Handasadagi  tasdiqlarning  muqaddimalari»  nomli  1	-bobda  asturloblarning 	
shakllari sharhlanadi. Keyingi boblar quyidagicha nomlanadi:	 	
2.«Asturlobning tuzilish tamoyillarini tushuntirish».	 	
3.«Asturlob  tekisligida  hosil  bo‘ladigan  doiralar  ka	ttaliklari  va  ularning 	
markazlari holatini hisoblash yordamida aniqlash».	 	
4.«Barcha iqlimdagi doira markazlari holatini jadvalga joylashtirish».	 	
5.«Shimoliy asturlobni chizish».	 	
6.«Janubiy asturlobni chizish».	  7.«Biz yozgandan tashqari, asturlobni qurish 	haqidagi hamma farazlar mumkin 	
emasligi va noto‘g‘ri ekanligi haqida»	 	
Ahmad  al	-Farg‘oniyning  bu  risolasi  handasa  faniga  oid  yangi  fikrlarning 	
shakllanishi hamda astronomik jihozlar haqidagi nazariy tasavvurlar rivojida muhim 
ahamiyat kasb etdi. Olimning ko	smografiya va stereografik proeksiya nazariyasiga 	
oid qarashlari tadqiq etilgan.	 	
Yuqoridagi ma’lumotlar, Farg‘oniyning «Bayt al	- hikma»da faoliyat ko‘rsatib, 	
falakkiyot,  riyoziyot,  geografiya  fanlarining  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shgan  olim, 
shuningdek, astr	onomik jihozlar va gidroinshootlar qurish ishlarida yorqin iste’dod 	
sohibi ekanini ko‘rsatadi.	 	
Forobiy  	(873	-950)	 	
Abu  Nasr  Forobiy  nafaqat  Markaziy  Osiyo  va  Sharqning,  balki  butun 	
dunyoning  asrlar  osha  e’tirof  etilib,  benihoya  katta  hurmatga  sazovar  bo‘lib	 	
kelayotgan buyuk mutafakkiri, qomusiy olimi, mashhur faylasufidir.	 	
Arastudan keyin falsafa olamida, xususan, Sharqda unga teng keladigan alloma 	
chiqmaganligidan  Forobiyga  «Ikkinchi  muallim»  kunyasi  berilganligi  ham  uning 
tafakkuri qanchalik keng bo‘lganli	gini asoslaydi.	 	
Forobiy  o‘zining  sermahsul  ilmiy  ijodida  o‘z  davridagi  ma’lum  fanlarning 	
deyarli barchasiga oid asarlar yaratib, ularda fundamental tadqiqotlar va natijalarga 
erishdi,  falsafaning  barcha  sohalari  bilan  shug‘ullandi.  Forobiy  dunyoqarashining	 	
yakunlovchi  qismi,  so‘nggi  maqsadi 	- inson  jamoasi,  insonning  ijtimoiy  mohiyati, 	
uning  kutgan  orzu	-umidlari,  isoniy  munosabatlar,  umuminsoniy  qadriyatlarning 	
ustuvorligiga erishilgan fuqarolar jamiyatini qurish masalalaridir, deb ko‘rsatadi 	 	
Forobiy  asarl	arining  ko‘p  qismi  ta’lim,  falsafa,  bilimlarni  o‘zlashtirishning 	
fiziologik  va  psixologik  asoslarini  nazariy  o‘rganishga  qaratilgan.  Uning  fikricha, 
sezgi organlari yurak, miya inson tug‘ilgan vaqtda mavjud bo‘ladi, boshqa hamma 
narsalar  aqliy  va  axloqiy  x	ususiyatlar,  xarakter  xislatlari,  bilim  insonning  o‘z 	
faoliyati mobaynida hosil bo‘ladi. Forobiyning yana bir buyuk xizmati shundaki, u 
insonlarga baxtli, to‘g‘ri yashashni uqtiradi, bilimlarni egallashga undaydi.	 	
Forobiy ijtimoiy hayot, jamiyat va uning t	araqqiyoti masalalarida ham, jamiyat 	
taraqqiyotida  qadriyatlarning  o‘rnini  ko‘rsatishga  harakat  qildi,  chuqur  falsafiy 
masalalarni o‘rtaga tashladi. U o‘zining «Fozil odamlar shahri» asarida har bir inson 
o‘z  tabiati  bilan  shunday  tuzilganki,  u  yashash  va 	oliy  darajadagi  yetuklikka 	
erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. U mazkur narsalarni bir o‘zi qo‘lga 
kirita olmaydi, balki bu jarayonda o‘ziga o‘xshagan kishilarning, ya’ni jamiyatning 
yordamiga  muhtoj  bo‘ladi.  Bu  ishda  yetuk  jamiyat,  ideal  davlat	 haqidagi  fikrlarni 	
rivojlantirib,  alloma  inson  va  insoniyat  taraqqiyotida  jamiyat  a’zolarining 
birgalikda,  bir  yoqadan  bosh  chiqarib  harakat  qilishlari  lozimligini  uqtiradi.  Ideal  jamiyat a’zolari esa nafaqat milliy, balki umumbashariy qadriyatlarning ham	 o‘rnini 	
to‘g‘ri  tushunishi,  yoshlarga  ta’lim  va  tarbiya  berish,  jarayonida  milliy  va 
umuminsoniy qadriyatlar mushtarakpigiga erishish kerakpigini ko‘rsatadi.	 	
Forobiy  insonlarni  o‘zaro  hamkorlikka  chaqiradi,  dunyoda  yagona  bir  butun 	
inson  jamoasi  tuzish  ha	qida  orzu  qiladi. 	Albatta,  bu  jamoada  milliy  va 	
umumbashariy  qadriyatlar  uyg‘unligiga  erishilgan,  ularning  integratsiyalashuvi 
intensivlashgan  bo‘ladi,  deydi  alloma.  «Baxt	-saodatga  erishuv  haqida»  risolasida 	
Forobiy  davlatni  har  tomonlama  yetuk,  o‘zida  eng	 yaxshi  insoniy  fazilatlarni 	
namoyon qilgan kishilar yordamida boshqarish zarurligini qayd etadi. Shuningdek, 
u har tomonlama yetuk aholini ilm va ma’rifatga olib boruvchi ideal jamiyat haqida 
fikrni olg‘a suradi. «Fozil odamlar shahri» asarida u davlatni 	boshqarayotgan shaxs, 	
hokim  Ollohdan  boshqa  hech  kimga  bo‘ysunmasligi  kerakligini  uq	tirib,  davlat 	
boshlig‘i ega bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘n ikki fazilat haqida qimmatli fikrlar bildirgan.	 	
Alloma  ta’kidlaganidek,  davlatni  boshqarayotgan  kishi  avvalo,  sog‘lom	 	
bo‘lishi,  o‘ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarishda  biror  nuqson  xalal  bermasligi 
lozim.  Ikkinchidan,  shahar  hokimi  tabiatan  nozik  farosatli  bo‘lib,  suhbatdoshining 
so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, ilg‘ab olishi zarur. U anglagan, ko‘rgan, eshitgan, 
idr	ok  qilgan  narsalarini  xotirasida  to‘liq  saqlab  qolishi  kerak,  ya’ni  xotirasi  o‘ta 	
kuchli  kishigina  shaharga  hokim  bo‘lishi  mumkin.  Unday  kishi,  yuqoridagilardan 
tashqari, bilim, ma’rifatga havasli, o‘qish	-o‘rganishdan aslo charchamaydigan, taom 	
yeyishda,  i	chkilikda  o‘zini  tiya  biladigan,  haq  va  haqiqatni,  odil  va  haqgo‘y 	
odamlarni  sevadigan,  yomonlardan  jirkanadigan  bo‘lishi  lozim.  U  o‘z  qadrini 
biluvchi,  nomus  va  oriyatli,  ulug‘,  oliy  ishlarga  intiladigan,  mol	-dunyo  ketidan 	
quvmaydigan,  tabiatan  adolatlarv	ar,  jabrlanganlarga  madad  beradigan  bo‘lib,  o‘zi 	
zarur  deb  hisoblagan  chora	-tadbirlarni  amalga  oshirishda  qat’iyat,  sabot,  jur’at  va 	
jasoratlik ko‘rsatishi, qo‘rqoqlikka yo‘l qo‘ymasligi zarur.	 	
Xulosa qilib aytganda, o‘rta asrlarning buyuk mutafakkiri, ulu	g‘ vatandoshimiz 	
Abu  Nasr  Forobiy  o‘zining  sermuhsul  ijodida  barcha  sohalarda  qilgan  ijodida 
alohida e’tibor bilan jamiyatni o‘rgandi. U inson va insoniyat baxtli yashashi uchun 
yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  bo‘lishi,  shuningdek,  milliy  va  umuminsoniy 
qa	driyatlarga amal qilib yashashi lozimligini asoslab berdi, inson, uning hayoti eng 	
oliy  qadriyat  ekanligini,  uning  manfaatlarini  yoqlash  har  qanday  jamiyatning  eng 
birinchi  vazifasi  ekanligini  ko‘rsatdi.  Prezidentimiz  I.Karimov  haqli 
ta’kidlaganidek,  «Mill	iy  taraqqiyotimizning  taqdiri  oliy  qadriyat  sanalgan  inson, 	
uning  erkinliklari,  huquqlari  hamda  manfaatlari  ta’minlanganligiga,  mustaqil 
fikrlashi,  aqliy  zakovat  bilan  ruhiy	-ma’naviy  salohiyatni  o‘zida  uyg‘unlashtira 	
olishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir».	 	
Kis	hilik 	taraqqiyotiga  o‘zining  o‘chmas 	ulushini 	qo‘shib, 	mamlakatimiz 	
shuhratini 	olamga taratib, tarix 	sahifalariga 	abadul	-abad 	muhrlangan Muhammad 	al	- 	
Xorazmiy,  Abu 	Rayhon 	Beruniy,  Ibn  Sino,  Mirzo 	Ulug‘bek, 	Imom  al	-Buxoriy,  Imom  at	-Termiziy, 	Bahouddin  Naqshband, 	Alisher  Navoiy  singari 	ulug‘ 	siymolar 	
yetishtirgan 	millat har qancha g‘ururlansa 	arziydi.	 	
I.Karimov	 	
Buyuk  davlat  poydevorini 	qurish, 	dunyoda 	o‘zimizga 	munosib 	o‘rinni 	
egallashda  al	-Beruniy,  Ibn  Sino, 	Muhammad 	Xorazmiy, 	Ahmad  Farg‘oniy,	 al	-	
Buxoriy, at	- Termiziy, Amir Temur, Mirzo 	Ulug‘bek, 	Xoja 	Bahouddin Naqshband, 	
Alisher  Navoiy,  Bobur  Mirzo  kabi  bobolarimizning 	bebaho 	merosi 	hamisha 	
boshimizni  baland, 	qaddimizni 	tik 	qiladi,  xalqimizni 	kuchiga	-kuch, 	g‘ayratiga 	
g‘ayrat, 	ishonchiga ishonc	h 	qo‘shadi.	 	
I.Karimov	 	
Vatanimizni  jannatmakon 	o‘lka 	deb  atashadi.  Shu 	o‘lkani 	asl  farzandlari  esa 	
yurt  shonu	-shavkatini  olamga  yoygan.  Turkiston  avliyolar,  allomalar  va  buyuklar 	
yurti. Professor M.Imomnazarovning 	qayd 	etishicha Turkistonda ikki mingdan 	ort	iq 	
allomalar yashab 	o‘tgan. 	Islomshunoslarning yozishicha Turkistonda mingdan 	ortiq 	
valiylar 	o‘tgan. 	Birgina  Alisher  Navoiyning 	«Nasoyimul	-muhabbat» 	asarida  yetti 	
yuz yetmishta valiylar 	haqida 	ma’lumot berilgan.	 	
Har 	bir 	hayot jabhasining o‘z 	buyuk 	siymolari bor:	 	
Fan: 	- al	-Xorazmiy, 	al	-Farg‘oniy, 	al	-Forobiy,  al	-Beruniy,  Abu  Ali  ibn 	
Sino...;	 
Din: 	- Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy, 	Az	-Zamaxshariy  ,  Ho‘ja  Ahror 	
Valiy...;	 
Tasavvuf: 	- Ahmad 	Yassaviy, 	Abdulholiq  G‘ijduvoniy, 	Najmiddin  Kubro, 	
Bahouddin Naqshban	d...;	 	
Adabiyot: 	- Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, 	Navoiy...;	 	
Davlat 	boshqaruvi: 	- Amir Temur, Mirzo 	Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad 	
Bobur...	 	
Yulduzlar...! Samoviy yulduzlar. Ulug‘ 	siymolar 	- millat yulduzlari. Go‘yo ular 	
o‘rtasida qandaydir uzviylik mavj	uddek. 	Yulduzlar 	uzoq uzoqlardan, 	samo 	qaridan 	
turib, tunimizni yoritadi. Insoniyat tarixida bir qator ulug‘ 	siymolar yashab 	o‘tganki, 	
ular 	xalqni,  millatni  faxri  va  iftihoridir. 	Yulduzlar 	tunni  yoritganidek  har  bir 	
xalqning  daholari  o‘sha  xalqning  Ilmiy  m	erosini  jahonga  ko‘z	-ko‘z  qiladi. 	
Ma’nviyatimizda  ana  shunday 	siymolar  juda 	ko‘p 	va  son 	sanoqsizdir.  Biz 	buyuk 	
siymolardan  eng  yorug‘larini  saralab  oldik.  Ularning  nurli  siymosi,  hayot  yo‘li 	va 	
ular  qoldirgan 	boy 	ma’naviy  meros  bugungi  kun  mustaqillik 	farz	andlari  uchun 	
yo‘lchi yulduz, mayoq vazifasini o‘taydi. Millatimiz ulug‘ 	siymolari, 	ilm ziyosidan 	
bahramand bo‘lish har birimizga nasib etsin.	  Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati	 	
Rahbariy adabiyotlar:	 	
1.	 	Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, 	siyosat, mafkura.1	-jild.  	-T.: 	
O‘zbekiston,1996.	 	
2.	 	Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3	-jild. 	-T.: O‘zbekiston, 1996.	 	
3.	 	Karimov I.A. O‘zbekistan XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot 
shartlari kafolatlari. 	-T., 1997.	 	
4.	 	Karimov  I.A.  Avl	odlarning  barkamol  rivoji 	—	 O‘zbekiston  taraqqiyotining 	
asosi. 	-T., 1997.	 	
 
 	
Asosiy adabiyotlar	 	
5.	 	Ma’naviyat yulduzlari. 	-T.	: Fan, 	1999.	 	
6.	 	Islom ensiklopediyasi. 	-T., 2004.	 	
7.	 	Ibrohimov Abduqahhor Biz kim o‘zbeklar. 	–T., 2001.	 	
8.	 	Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy 	tushuncha va tamoyillar. 	–T., 2000.	 	
9.	 	Islom tasavvufi manbalari. 	-T., 2005.	 	
10.	 Nizomiddinov N. Janubiy 	- Sharq	iy Osiyo	: diniy falsafiy ta’limotlar va islom. 	-	
T., 2006.	 	
 	
Elektron resurslar	 	
20.	 www.eurasia.org.ru	. 	
21.	 www.history.ru	    	
22.	 http://www.philos.msu.ru/fac/history/	 	
23.	 www.museum.ru	 	
24.	 www.ziyonet.net	.

MAVZU : Markaziy Osiyo olimlarining ,, Bayt ul – hikma “ va Bog’doddagi ilmiy faoliyati REJA : I. Kirish. ,,Bayt ul - hikma” akademiyasining ilmiy faoliyati . II. Asosiy qism: 1. ,, Bayt ul hikma” ilm maskanining tashkil etilishi. 2. M a’mun akademiyasida Al – Xorazmiyning ilmiy faoliyati. 3. Ma ’mun akademiyasida Ahmad Farg’oniyning ilmiy faoliyati. 4. Ma ’mun akademiyasida Abu Nasr Farobiyning ilmiy faoliyati III. Markaziy Osiyo olimlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan ilmiy merosi.

I.Kirish: O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida Bog‘dodda bunyod etilgan «Bayt ul -hikma» so‘zsiz, yirik ilmiy voqea sanaladi. «Bayt ul -hikma» o‘zbek tilida «Hikmatlar uyi» degan mazmunni anglatadi. Bu iboradagi «hikmatlar» ortida o‘sha davrdagi qator fanlar, jumladan, falsafa, tabobat, falakkiyot, riyoziyot, adabiyot, diniy ilmlar tushuniladi. Binobarin, «Bayt ul -hikma» birinchi navbatda, ushbu sanab o‘tilgan fanlar qolaversa, boshqa fan yo‘nalishlarida ham ish olib borilgan ilm va tarjimalar dargohi bo‘lgan. Mohiyatan avvalda kutubxona sifatida bunyod bo‘lgan «Bayt ul -hikma» ko‘p vaqt o‘tmay, u yerda jamlangan kitoblarn i arab tiliga tarjima qilish markaziga aylandi. Keyinchalik esa, bu markaz tevaragida o‘z davrining eng yirik olim va tarjimonlari to‘planib, ijod qildilar. Ta’kidlash joizki, ularning o‘zagini Movarounnahr va Xuroson olimlari tashkil etdi. Ayni paytda bu maskanda bir tomondan, yunon, hind va fors tillaridagi ko‘plab nodir asarlarning jamlanganligi, ikkinchi tomondan jamlangan kitoblarning eng noyoblari tanlab olinib, arab tiliga o‘girilgani hamda muomalaga kiritilishi, uchinchi tarafdan esa, muhim asarlarn i yaratgan taniqli olimlarning “Bayt ul -hikma”da to‘plangani, uni o‘rta asrlarning eng mashhur ilmiy dargohiga aylanishi va ilmiy adabiyotlarda «Bog‘dod ilmiy maktabi» va «Bog‘dod akademiyasi» degan nomlar bilan tanilishiga asos bo‘ldi. «Bayt ul -hikma» ta’ sis etilgan yil haqidagi ma’lumotlar hozirga qadar ma’lum emas. U Bog‘dodning qaysi nuqtasida joylashgani borasida ham aniq bir xulosaga kelish qiyin. Ammo u xalifa saroyining biror -bir qismida joylashgan bo‘lishi kerak, deb taxmin qilish mumkin. Bundan ta shqari, «Bayt ul -hikma»ning tashkil topishi ba’zan faqat xalifa al -Ma’mun ismi bilan ham bog‘lab ko‘rsatiladiki, bu hakiqatdan ancha yiroqdir. Tarixdan ma’lumki, 749 yilda Abu -l-Abbos Saffah (749 -754) xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dargach, xalifalikni bos hqarish abbosiylar sulolasi qo‘liga o‘tadi. Bog‘dod tez orada sharqda Markaziy Osiyogacha, g‘arbda Ispaniyaga qadar kengaygan yirik davlatning poytaxtiga aylandi. Arablar, odatda, o‘zlari bosib olgan mamlakatlarning boyliklarini o‘z manfaatlari yo‘lida ish latish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solar edilar. Shu boisdan bu mamlakatlarning ham moddiy, ham ma’naviy boyliklari asta -sekin Bog‘dodga oqib kela boshladi. Ayniqsa, al - Mansur, Horun ar -Rashid, al -Ma’mun kabi Abbosiy xalifalar qadimiy qo‘lyozma asarl ar va yirik olimlarni o‘z saroylariga jalb etishga alohida e’tibor qaratish bilan bir qatorda, bu borada mislsiz jonbozlik ham ko‘rsatdilar. Natijada Bog‘dod tez orada butun xalifalikda ilmiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan qulay s haharga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, olimlarning o‘sha yerda ijod qilish ishtiyoqini oshirib yubordi.

Saroyda qo‘lyozma asarlarni saqlash odati umaviylar sulolasi davrida ham mavjud bo‘lsa -da, bu ish abbosiy xalifalardan al -Mansur davrida doimiy jarayong a aylandi, sifat va miqdor jihati ham tubdan o‘zgardi. Al -Mansur nodir qo‘lyozma asarlarni to‘plashdan tashqari, o‘zga yurtlardagi olimlarni ham o‘z saroyiga jalb eta boshladi. Uning saroyida Gundishopur maktabidan taklif etilgan turli diniy e’tiqodda bo‘l gan ko‘pgina olimlar, tabiblar, kimyogarlar, geograflar va muhandislar xizmat qilgan. Ular orasida Bog‘dod shahrining qurilishida ishtirok etgan astrologlar - eronlik an -Navbaxt (vaf. 777 y.) va basralik yahudiy Menassiyalar (vaf. tax. 815 y.) ham bor edi. Musulmonlar orasida «Mashallah» nomi bilan tanilgan Menassiya, al -Mansur, Horun ar -Rashid, al -Amin va al -Ma’munlar idavrida eng mashhur astrologlardan biri edi. Al -Mansur saroyida Gundishopur maktabidan Bog‘dodga taklif etilgan qator tabiblar ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular ichida Baxtyashu oilasiga mansub bir qancha xristian tabiblari bo‘lib, ularning eng yirik namoyandasi bo‘lmish Jibril ibn Baxtyashu, xalifa al -Mansur uchun tabobatga oid ko‘pgina asarlarni yunon tilidan arab tiliga tarjima qiladi. Jibril ibn Baxtyashuning o‘zi va bu oilaning o‘ndan ortiq boshqa tabiblari Bog‘dod shahrida uzoq yillar davomida tabiblik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Harronlik yirik kimyogar va tarjimon Jobir ibn Hayyom ham xalifa al -Mansur davrida yashagan. Ibrohim al -Fazariy xalifa al -Mansurning topshirig‘iga binoan, hindlarning astronomiyaga oid yirik qomusiy asari «Sindhind»ni sanskrit tilidan arab tiliga tarjima qiladi. Yuqorida zikr etilgan asarlardan tashqari, al -Mansur uchun falsafa, tabobat, falakkiyot, riyoziyo t, tarix, adabiyotga oid boshqa kitoblar ham tarjima qilingan. Xalifa al -Mansur mazkur kitoblar, yozilgan noyob qo‘lyozma asarlarni saqlash uchun o‘z saroyidan maxsus joy ajratgan. Shu tariqa «Bayt ul -hikma»ning yaratilishiga asos bo‘lgan saroy kutubxonasi paydo bo‘ldi. Ammo bu kutubxonaning vazifasi kitobxonlarni zaruriy adabiyotlar bilan ta’minlash emas, balki to‘plangan nodir qo‘lyozma asarlar, turli mamlakatlardan keltirilib, arab tiliga o‘girilgan kitoblarni saqlashdan iborat bo‘lgan. Al -Mansur davrida bu maskan hali «Bayt ul -hikma» deb nomlanmagan edi. Ma’lumki, al -Mansurning o‘g‘li Muhammad al -Mahdiy ibn Mansur (775 -785) va nabirasi al -Hodiy ibn al -Maxdiylar (785 -786) hukmronlik qilgan yillarda ilmiy izlanishlar va tarjima faoliyatida katta siljishlar yuz berdi, deb bo‘lmaydi. Shu sababdan ham ular davrida «Bayt ul -hikma» bilan bog‘liq bo‘lgan sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermagan, deyish mumkin. Abbosiy xalifalar ichida eng dong taratgani Horun ar -Rashid (786 -809) taxtga o‘tirganidan so‘ng, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida katta

o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu, albatta, «Bayt ul -hikma»ga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. O‘rta asr manbalaridagi ba’zi ma’lumotlar «Bayt ul -hikma» Horun ar -Rashid davrida ta’sis etilgan, degan xulosaga kelish ga asos bo‘ladi. Jumladan, Ibn an - Nadim o‘zining «al -Fixrist» kitobida vazir Sahl ibn Horun, astrolog Abu Sahl al - Fadl ibn Navbaxt va nusxa ko‘chiruvchi A’lon ash -Shu’uvbiylar haqida so‘z yuritar ekan, ularni Horun ar -Rashidning «Bayt ul -hikma»sida faoliya t ko‘rsatgan, deb ma’lumot beradi. Bundan, «Bayt ul -hikma» Horun ar -Rashid davrida mavjud edi, degan mantiqiy xulosa paydo bo‘ladi. Ehtimol, Horun ar -Rashid o‘z saroyida jamlangan katta mikdordagi kitoblar, tarjimonlar va ulamolar uchun alohida joy ajratib , unga «Bayt ul -hikma» nomini bergan bo‘lishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki, «al -Fixrist» muallifi bu markazni ba’zan «Bayt ul -hikma», ba’zan esa «Hizanat al -hikma» iborasi bilan ataydi. Ayni paytda o‘rta asrlarning yana bir mashhur mualliflaridan Yoqut al - Hamaviy ham Ibn an -Nadimning fikrini tasdiqlaydi. Umuman, Horun ar -Rashid davrida «Bayt ul -hikma» turli adabiyotlar saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylandi. U yerga kelgan taniqli ulamolar, tadqiqotchilar nafaqat turli mavzulardagi kitoblar bilan tanishish, balki ularni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega edilar. Bu davrda tarjima ishlariga bo‘lgan ahamiyat bag‘oyat ortib, «Bayt ul -hikma»dagi asarlar soni yanada ko‘paydi. Ibn al -Qiftiyning bu markaz haqidagi fikrl ari ham nihoyatda diqqatga sazovor. U shunday deb yozadi: «Haqiqatan, «Bayt ul -hikma» turli ilmiy yo‘nalishlar markazi bo‘lib, Horun ar -Rashid bu institut haqidagi fikrning ibtidosi edi. Uning o‘g‘li xalifa al -Ma’mun bu ishni amalga oshirdi. «Hikmat» so‘zi musulmon olimlarining fikriga ko‘ra ilohiy ilmlar, hisob, tabobat va falakkiyotni qamrab olgan». Fikrimizcha, Ibn al -Qiftiy sanab o‘tgan ilmlar qatoriga falsafa ham kiritilsa, Bog‘dod ilmiy maktabidan o‘rin olgan asosiy fanlar majmuasi to‘liq ifodalanadi. Horun ar -Rashidning kichik o‘g‘li al -Amin (809 -813) davrida «Bayt ul - hikma»ning faoliyati birmuncha susaygan bo‘lsa, uning katta o‘g‘li al -Ma’mun davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Biz al -Ma’munni - katta, al -Aminni esa kichik o‘g‘il deb shartli ataymiz, aslida ularning har ikkisi ham bir vaqtda, ya’ni 786 yilda ikki onadan dunyoga kelgan. Al -Ma’mun al -Amindan olti oyga katta bo‘lishiga qaramay, xalifalik kursisiga avval al -Amin o‘tirgan. «Bayt ul -hikma»ning takdirida al -Ma’munn ing o‘rni bag‘oyat yuksak bo‘lgani tufayli, biz uning ilmiy va siyosiy faoliyati, shuning barobarida, har ikki aka -uka munosabatlari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Al -Ma’mun «Bayt ul -hikma»ga alohida e’tibor bilan qaradi. Natijada uning davrida (813 -833) «Bayt ul -hikma»dagi ilmiy muhit misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, u yerda yunon, fors va hind tillaridagi muhim kitoblarni arab tiliga o‘girish, sharhlash bilan bir qatorda, mustaqil ilmiy faoliyat ham olib borilib, yangi asarlar yozildi. Al -Ma’mu n diniy ilmlar, falsafa, aniq fanlar bilan qiziqqan va o‘zi ham ular bilan muntazam shug‘ullangan. Shuningdek, u tarjimonlar va olimlarga har bir yozgan yoxud tarjima qilgan kitoblari uchun katta mukofotlar tayinlagan. Al - Ma’munning bevosita homiyligi osti da Yunoniston, Hindiston, Rim, Eron va Marvdan «Bayt ul -hikma»ga katta miqdorda turli mavzudagi kitoblar kelib tushgan. Ularning ba’zilari esa harbiy yurishlardagi o‘lja sifatida Bog‘dodga olib kelingan. Al -Ma’munning qo‘llab -quvvatlashi bilan eng sara asa rlar tanlab olinib, arab tiliga o‘girildi. Umuman, bu davrda tarjimonlik ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, u yaxshi tashkil etilgan doimiy faoliyatga aylandi. Tarjimonlar alohida -alohida guruhlarga bo‘linib ishlaganlar; har bir guruhni albatta malakali, moh ir tarjimon boshqargan va so‘nggi tahrir uchun ushbu shaxs mas’ul bo‘lgan. Tarjimalar, odatda, yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga, ba’zan esa yunon tilidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri arab tiliga o‘girilgan. Aksariyat hollarda, tarjimalar kitob matn larining asli bilan taqqoslab amalga oshirilgan. Har bir tarjimonlar guruhi tarkibida matn ko‘chiruvchi va kitoblarni muqovalovchi mutaxassislar bo‘lgan. Binobarin, al - Ma’mun davriga kelib, «Bayt ul -hikma» tarkibida yirik kutubxona, tarjima va asarlar yozi sh, ko‘chiruvchilar hamda muqovalash uchun ajratilgan maxsus xonalar mavjud edi. Bog‘dodning ash -Shammosiya mintaqasi hamda Damashq atrofidagi Qasiyun tog‘larida mavjud bo‘lgan rasadxonalar ham «Bayt ul -hikma» tarkibiga kirgan. Manbalarda al -Ma’mun tasarru fidagi bu ikki mashhur rasadxonaning «Bayt ul -hikma» tarkibida bo‘lganini anglatuvchi to‘g‘ridan -to‘g‘ri ma’lumotlar uchramaydi. Zero tarixdan ma’lumki, al -Ma’mun o‘z saroyiga to‘plagan aksariyat astronomlar, jumladan, Muhammad al -Xorazmiy, Ahmad al -Farg‘o niy, Ahmad al - Marvaziy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid al -Marvarrudiy, al -Abbos al -Javhariy va boshqalar mazkur rasadxonalarda kuzatuv ishlarini olib borganlar. Modomiki shunday ekan, fikrimizcha, bu ikki rasadxonani ham «Bayt ul -hikma» tarkibiga kiritish mum kin. Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar asosida «Bayt ul -hikma»ning ta’sis etilishi haqida quyidagicha xulosaga kelish mumkin: Bog‘dod xalifalari saroyining ma’lum qismini egallagan «Bayt ul -hikma»ning asosi - xalifa al -Mansur davrida yaratildi, Horun ar -Rashidning homiyligi ostida, u ancha kengaytirildi, rivojlantirildi, o‘zining tarixiy «Bayt ul -hikma» nomi bilan yuritila boshladi. Al - Ma’mun esa u yerda mashhur allomalarni to‘plab, ularga har taraflama ko‘mak berdi, uning eng yuqori taraqqiyot darajas iga ko‘tarilishini va o‘sha davr uchun o‘ziga xos ilmiy maktabga aylanishini ta’minladi.