NOAN’ANAVIY USLUB VA UNDA TIL BIRLIKLARINING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI (FAXRIYOR SHE’RIYATI MISOLIDA)






















![FAXRIYOR SHE’RIYATINING LEKSIK-SEMANTIK VA
GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
2.1. Faxriyor ijodida leksik birliklarning qo‘llanilishi
Faxriyor ijodida badiiy buyoqdor leksik birliklar juda faol. Ayni mana shu
xususiyat uning o‘ziga xos uslubini va til xususiyatlarini belgilovchi omillardan
biridir. Modern adabiyotning asosiy vazifasi inson kechinmalarini tasvirlash ekan,
bu kechinma, his-tuyg‘ular zamirida lirik qahramonning o‘zi yashab turgan
olamga, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga, zamondoshlariga, o‘ziga o‘z
“men”idan kelib chiqib bildiradigan munosabatidan iborat bo‘ladi. Bunday
asarlarda ba’zan munosabat bildirilmasligi, shunchaki aytib o‘tish, tasvirlash
muhim o‘rin tutishi mumkin. Eng muhimi bu tasvir kitobxonga tasvirlanayotgan
hodisa xususida tasavvur uyg‘otishi va u orqali hissiyot hosil qilishi zarur. Shu
sababdan bo‘lsa kerak, o‘zbek modern she’riyatida emotsional-ekspressiv baho
munosabatiga ega so‘zlar faol qo‘llaniladi: Bu zalil ko‘ngilning ne zalolati:
suygani sen bo‘lding, gullarga qasam! Ne tongki, manglayda ishq malomati? Zalil,
zalolat, malomat, ishq, manglay, ne tong, suymoq so‘zlaridagi kitobiylik she’rga
favqulodda ta’sirchanlik baxsh etmoqda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da ham
ushbu so‘zlar kitobiylik belgisi bilan berilgan. Z alil [ a. xo‘rlangan] kt. Xo‘rlangan,
haqoratlangan, tahqir qilingan. G‘aribu faqiru zalilu haqir Edim, lek yo‘q erdim
usru dalir. S. Xondayliqiy.(2-jild, 144); Zalolat [a. yo‘ldan adashish, xato;
yolg‘on| Haqiqiy e’tiqoddan yuz o‘girish; yo‘ldan ozganlik, adashganlik;
gumrohlik. [Xatib domla mulla Muhsinga:] Go‘yo siz ham domlasiz-da! Ham
o‘zingiz osiy, ham qavmlaringiz zalolatda. A. Qodiriy, Obid ketmon. “ Mushtum ”
eskicha: o‘g‘rilik, zalolat va g‘ayrilar bilan kurashni davom ettiradi. A. Qodiriy,
Kichik asarlar. ( 2-jild, 144) ; M alomat [a. ta’na qilish; ayb taqash] Birovni haq-
nohaq yomonlab ay-tilgan ran; mazammat, ta’na. Malomat qilmoq. Malomatda
qolmoq. Malomatga qo‘ymoq. Tegmasin nogoh malomat o‘qlari, Sezgir-u hushyor
bo‘l ohu kabi. Habibiy.(2-jild, 641). 19
19
Ўзбек тилини н г изоҳли луғати. V томлик. 2-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006.](/data/documents/19bb1028-5671-43c9-83fe-8a51b330b707/page_23.png)


![tilimizning barcha boyliklaridan unumli foydalanadi. Uning she’riyatida arxaik,
tarixiy so‘zlar shunchaki qofiya, vazn talabi bilan qo‘llanmaydi. Balki qandaydir
bir sirlilikni, o‘tmish singari sirlilikni tashiydi. Faxriyor. “ Ayolg‘u ” to‘plamida
xonaqoh, muazzin, janda, shoh, mulozim kabi tarixiy so‘zlar, yo‘qsil, raiyat,
al’amon, avom, lak, ayon, mustabid, harif, g‘anim, ochun , soqiy kabi arxaik
so‘zlar shoir maqsadini ochib berishga xizmat qilgan: Kufrdan izlabon haqning
visolin Haris g‘oyalarga talangan ustoz ortimdan ergashar shogird misoli…
(Faxriyor. “ Ayolg‘u ”, 21 ) . Shoir ushbu she’rda g‘oya so‘zining sifatlashi qilib
haris so‘zini olmoqda. Shu so‘zning ma’nosini kitobxon aniq bilmasa-da, salbiy
bo‘yoqdorlik borligini his etadi. Biz esa, shu hissiyotni aniq izohlash uchun
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga murojaat qilamiz: Haris [a. - hirsli, biror nar-
saga berilgan; ochko‘z, tamagir; tejamkor] 1 . Bir narsaga hirs qo‘y g an, hirsli; ish -
qivoz, juda orzumand. Shaxmatga haris odam. Xokkeyga haris. 2 Ochko‘z,
tamagir; qurumsoq. Men qornidan bo‘lak g‘ami yo‘q, haris, jo h il ulamolarni
yomon ko‘raman. S. Siyo y ev, Avaz. H arislik. Haris bo‘lish, harisga xos xususiyat,
xatti-harakat. Harislik bilan pul yig‘mo q . Samandar uning qo‘lidagi shishaga
harislik bilan qarab qo‘ydi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha. ..sotuvchi yi-git
uning har bir qilig‘i, xatti-harakatini harislik bilan kuzatmoqda edi. E. A’zam,
Kechikayotgan odam. 23
Ba’zan shoir o‘z kechinmalarini yana-da aniqroq
ifodalash uchun arxaik birliklardan foydalanadi: Har neki o‘tkinchi:qadr, badr
ham,/ Barini omonat yaratmish tangri/ Faqat gunoh qilmoq erki abadiy/ Faqat
yukunmoqlik istagi mangu (“Ayolg‘u” , 223). Eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy
tilida yukunmoq so‘zi faol qo‘llanilgan. Aslida yukanmoq shaklida bo‘lib,
keyinchalik yukunmoq tarzida qo‘llanila boshlagan. Bu haqida lug‘atda
quyidagicha keltirilgan: Yukanmak, yukunmoq, sig‘inmoq. Eshit , but bu so‘zga
qamug‘ tengda teng, / Qo‘zub, tilga yukanub tazarru qilur (H.H.). 24
Ba’zan shoir
takrordan qochish uchun arxaik so‘zlardan foydalanadi: Senga baxt ne kerak,
baxtsizlik – nega, Gunohdan tasalli izlagan odam? Yoziqlarga chiqmoq istaysan
ega, Nimangdan, kimingdan qolgan bu odat? (“Ayolg‘u” , 223) ;
23
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. V томлик. 5-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2008. – Б.509.
24
Berdaq Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug‘ati. –Toshkent: Sharq, 2010. –B.477.](/data/documents/19bb1028-5671-43c9-83fe-8a51b330b707/page_26.png)






![Mungrarim sen, sendir singrarim (“Izlam”, 23). aqchadonday / oyni ro‘za
tutilgan kunlar savobi bilan to‘ldirib borar (“Izlam”, 202) .
Faxriyor she’riyatida uchraydigan okkozionalizmlar asosan so‘zga qo‘shimcha
qo‘shib yasalgan yangi so‘zlardir. Ular shunchaki, qoidalarga e’tibor berilmasdan
yasalgan emas. Bunga Faxriyor ijodidagi fe’llarning yasalishi misol bo‘ladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida kompozitsiya usulida yasaladigan fe’lllar Faxriyor
she’rlarida morfologik usul bilan yasalgan, ya’ni affiksatsiya usuli bilan yasalgan
fe’llar anchagina. Masalan, imkon izladim – imkonlandim; vaqti keldi –vaqtlandi,
so‘z aytilmadi –so‘zlanmadi, faryod chekdi – faryodlandim, tozartdi–toza qildi,
mensiraydi kabi. Imkonlandim, imkonsizlandim goh intiqib, gohida qaqshab.
[17] Bir she’rida shoir qishlamoq so‘ziga o‘xshash qilib kuzladim so‘zini hosil
qiladi: Qaylardasan, dilbarim, jonim, / yuraklarim qaqshab izladim. / Sakkiz emas,
sakson tomonim/ sensiz bo‘ldi – qishu kuzladim (“Izlam”, 62) ; bu ham
yetmagandek/ sichqonga aylanib sen tozartgan so‘z/ . kemira boshlasa so‘zlik
varaqlarini (“Izlam”, 170); Minora soatni klonlab qo’yar (“Izlam”, 202).
Shoir o‘z maqsadlarini ifodalashda o‘zbek tilining ichki imkoniyatidan tugal
foydalaniladi. –sira qo‘shimchasi suvsira, sensira, manmansira kabi fe’llarni
yasaydi. Shoir esa qor so‘ziga qo‘shib, qorsira so‘zini yasaydi, qishda qor
yog‘mayotganligini, qishning o‘zi ham qorga intiqligini osongina tasvirlab
qo‘yadi. Qorsiraydi qish/ yurak og ‘rig‘iday bosilmas qor sog‘inchi (“Izlam”,
132); sababsiz va tinimsiz iztiroblar manglayga tirnaladi fojia bo‘lib/ vaqtlana
boshlar fojia (“Izlam”, 186).
Faxriyor hosil qilgan ayrim sodda yasama fe’llar faqat uning o‘zi qo‘llay
oladigan, bir marta o‘sha matnning o‘zida kela oladigan okkazional fe’llar bo‘lib,
hatto uning adabiy me’yordagi ko‘rinishini topib bo‘lmaydi yoki qanday qo‘shma
fe’lga tengligini qiyoslab bo‘lmaydi: Sen munajjim bo‘lganda ham yulduzlar
joylashuvi/ makoniy hodisadir, ul zamonlar bashorati –/ uchun imkon bergaymikin
zamonlar oylashuvi , kunlashuvi misol (“Geometrik bahor”, 12);salor qizning
ishvasida samarqandlanar / olti yuz yil naridagi ota yurt samarqand(“Izlam”, 161)](/data/documents/19bb1028-5671-43c9-83fe-8a51b330b707/page_33.png)




![sharobsan, maysan bir so zim,/ Yigirma to rt yilki to ymadim, ayo./ Yurar mayʻ ʻ ʻ
ichinda g ussalar yutib,/ Soqiyo, aysh qayon, uqubat qayon?(“Ayolg‘u”, 8).
ʻ
Bu misralarda shoir hayotni mayga o‘xshatib, esda qoladigan metaforani
shakllantiryapti. Nega hayot mayga o‘xshaydi. Sababini izohlamaydi, chunki
modern she’riyat vakili bo‘lgan Faxriyor asosan kechinmalarini kitobxon bilan
o‘rtoqlashadi: Azon aytar muazzin minoralar, / falon yilki, / karvonsiz saroylar va
xonaqohlar, / bari-bari boyqushning mulki (“Ayolg‘u”, 9). Minoraning tik turishi,
ko‘kka bo‘y cho‘zib turishini shoir azon aytayotgan muazzinga taqqoslaydi va bu
taqqos to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshadi.
Quyidagi bandda shoir shafqatsiz hukm chiqaradi, ya’ni daholarni jodugar
deb ataydi. Aslida bu hammaning xayoliga kelavermaydi, chunki daho so‘zini biz
ijobiy ma’nda ishlatamiz. Dahoga talpinma, dahodan talpin,/ Ma’nisin unutma
qadim oyatning./ Daholar – jodugar, g oyalar folbin,/
ʻ Ko zlarin bog laydi ʻ ʻ
insoniyatning. (“Ayolg‘u”, 21); Shoir mavhum tushunchalarni ko‘proq metaforaga
aylantiradi va bu bilan shu tushunchalarga osongina tavsif beradi. Masalan,
quyidagi she’rlarida Faxriyor yurakni vayron bo‘lgan ishq qal’asiga, vaqtni
sahroga, sahroda ketib borayotgan burnidan ip o‘tkazilgan tuyalarga qiyoslaydi.
G anim yo q, yurak – ishq qal’asi vayron,
ʻ ʻ So roqday egildim, egildim yomon ʻ
(“Ayolg‘u,53); Vaqt sahrosi./ Ketib borayotgan tog lar karvoni./ Burnidan ip
ʻ
o tkazilgan tog lar karvoni.(“Ayolg‘u,37); Tun tun emas – ko nglim qorasi,/
ʻ ʻ ʻ
Yulduzlari – umid yarasi, (“Geometrik bahor”, 33; )Oynalari singan deraza –
ko ngil, (“Geometrik bahor”, 120); Bahor hech narsani sedan chiqarmas.
ʻ
Har safar gul qo yar/ har bir qabr poyiga.[27]
ʻ Haqiqatning ko‘ylagi bormi?
Shoir o‘z she’rida unga yolg‘izlikdan ko‘ylak kiygizadi, lekin bu ko‘ylak odmi,
sababi ayon, nochorlik. Qolgan sharh, izoh she’rxonning o‘ziga, muhimi shoir shu
holatni metafora va jonlantirish orqali tavsiflay olgan: Yolg onlar yaltirab
ʻ
turganda,/ ayniqsa,/ xushomadlar kiyganda ipak,/ yolg izlik – haqiqatning/ nochor
ʻ
kiygan odmi ko ylagi.(“Ayolg‘u”,60)
ʻ Shoir bir she’rida yurakning urishini inson
qadamiga qiyoslaydi: She’r yozgisi kelar odamning /to‘yib-to‘yib kun qatorasi/
Gursillaydi yurak qadami, / lekin ko‘rinmaydi qorasi (“Izlam”, 123).](/data/documents/19bb1028-5671-43c9-83fe-8a51b330b707/page_38.png)




















NOAN’ANAVIY USLUB VA UNDA TIL BIRLIKLARINING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI (FAXRIYOR SHE’RIYATI MISOLIDA) MUNDARIJA: KIRISH. (Ishning umumiy tavsifi ) ………………………………. I BOB. NOAN’ANAVIY USLUB VA UNDA TIL BIRLIKLARINING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI 1.1.Modern adabiyot shakllanishi va uning o‘zbek adabiyotiga kirib kelishi…………………………………………………………………………. 1.2. Modern adabiyotida til birliklarining qo‘llanilish xususiyatlari …. 1.3.Faxriyor she’riyati va noan’anaviy uslub……………………………. Bob bo ‘ yicha xulosa ……………………………………………………….. II BOB . FAXRIYOR SHE ’ RIYATINING LEKSIK - SEMANTIK VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI 2.1. Faxriyor ijodida leksik birliklarning qo‘llanilishi………………… 2 .2. Badiiy tasvir vositalari Faxriyor ijodida individuallikni ta’minlovchi vosita sifatida ………………………………… ………………………………… 2.3. Shoir she’riyatida grammatik birliklar lingvopoetikasi…………… 2.4. Poetik sintaksis turlarining Faxriyor she’riyatida qo‘llanilishi Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………….. XULOSA ………………………………………………………………….... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………
KIRISH ( ISHNING UMUMIY TAVSIFI ) Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati. Badiiy adabiyot inson, uning hayoti, u yashayotgan jamiyat, uni qiziqtiradigan masalalalarni o‘rganibgina qolmasdan, inson qalbini ochib beruvchi, hayotning go‘zal tomonlarini, yaxshilik, muhabbat, mehr-oqibat, sadoqat, haqiqat, poklik, iymon kabi insoniy xislatlarni tarannum etuvchi bir olam sanaladi. Badiiy adabiyot, undagi tur va janrlar, maqsadni amalga oshiruvchi uslub va yo‘nalishlar – barchasi, nafaqat, insonni tarbiyalaydi, unga ta’sir ko‘rsatadi, estetik zavq beradi, balki millatning eng yaxshi ma’naviy qadriyatlarini, milliy tilning barcha jihatlarini o‘zida jamlaydi, dunyoga tarannum etadi, avloddan avlodga, asrlardan asrlarga yetkazadi. Shu sababdan yurtboshimiz o‘z nutqlarida quyidagi fikrlarni ta’kidladilar: “Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir”. 1 Badiiy adabiyot tili, ijodkorlar uslubini o‘rganish bilan birga tilimizning barcha imkoniyatlarini, barcha qirralarini o‘rganib chiqish mumkin bo‘ladi. Chunki adib ning individual uslubi til vositalaridan ijodiy foydalanishda namoyon bo‘ladi. Yozuvchi, shoirning til vositalaridan ijodiy – individual foydalanishini o‘rganish faqat nazariy jihatdangina emas, amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Yozuvchi, shoirning tildan ijodiy foydalanishini o‘rganish, bir tomondan, uni individual uslubini, badiiy mahoratini chuqurroq tushunishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, adabiy til taraqqiyotining ko‘pgina nazariy masalalarini hal etishga yordam beradi”. 2 Shu ma’noda modern yo‘nalishda yaratilgan ijod namunalarining til xususiyatlarini tadqiq etuvchi “ Noan’anaviy uslub va unda til birliklarining 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ў збек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. http://xs.uz/uz/ –Toshkent, 2019. 2 Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. –Тошкент, 1975. –Б.47-48.
qo‘llanilish xususiyatlari ” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi ham amaliy, ham nazariy jihatdan ahamiyatga egadir, - desak yanglishmaymiz. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . O‘zbek adabiyotida modern adabiyotga xos ijod namunalarining kurtaklari XX asrning 20-yillarida Cho‘lpon, Fitrat kabi ijodkorlar ijodida ko‘rinish bergan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishdagi asarlarning keng ko‘lamda yaratilishi XX asrning 80-90-yillariga borib taqaladi. Shu sababdan noan’anaviy uslubda yaratilgan asarlarni adabiyotshunoslikda o‘rganilishi ham bugungi davrda kuchaydi. Adabiyotshunoslikda bu yo‘nalishdagi asarlar bir qancha tadqiqotlarda o‘rganilgan. 3 Biroq tilshunoslikda noan’anaviy yo‘nalishda yaratilgan asarlarning til xususiyatlari monografik tarzda o‘rganilmagan. Bu ishning bugungi kundagi dolzarbligi va o‘rganilishi katta ahamiyatga ega ekanligini belgilaydi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi n oan’anaviy she’riyat tili va uslub xususiyatlarini aniqlash, xususan, Faxriyorning til vositalaridan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat. Mazkur malakaviy bitiruv ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutganmiz: - Modern adabiyot tilining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish; -Faxriyor she’riyati misolida leksik birliklarning modern adabiyotda invidual ko‘rinish kasb etish darajasini o‘rganish; - noan’anaviy uslubda badiiy tasvir vositalarining qo‘llanilish xususiyatlarini Faxriyor she’riyati misolida tadqiq etish; - noan’anaviy uslubda grammatik birliklarning uslubiy vosita sifatida gi ishtiroki darajasini o‘rganish; -poetik sintaksis namunalarining qo‘llanilish xususiyatlarini Faxriyor she’riyati orqali misollar asosida izohlash; - Kuzatish natijalarini umumlashtirish. 3 Йўлдошева М. Ҳозирги ўзбек модерн шеъриятининг асосий хусусиятлари: Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 2004; Холова М. Ўзбек модерн шеърияти: тарихи ва назарияси. –Тошкент: Наврўз, 2018. –Б.23; Давронова М. Ҳозирги ўзбек шеъриятида индивидуал услуб поэтикаси: Филол.фан.докт(DSc)...дисс – Самарқанд, 2019.
Bitiruv ishining obyekti va predmeti. Ishning obyekti sifatida Faxriyor she’riyati misolida modern adabiyot tili va uslubi tanlangan. Tadqiqotning predmetini Faxriyor she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari tashkil etadi. Ishining obyekti va predmetini ochib berishda Faxriyorning “Izlam”, “Geometrik bahor”, “ Ayolg‘u” she’riy to‘plamlaridan olingan misollar material vazifasini o‘tadi. Bitiruv ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi: -M odern adabiyot tilining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etildi. - Modern she’riyatda leksik birliklarning, badiiy tasvir vositalarining invidual ko‘rinish kasb etish darajasi Faxriyor she’riyati misolida o‘rganildi. -Noan’anaviy uslubda grammatik birliklarning uslubiy vosita sifatida gi ishtiroki darajasi o‘rganildi. -Poetik sintaksis namunalarining qo‘llanilish xususiyatlari Faxriyor she’riyati orqali misollar asosida izohlandi. Malakaviy bitiruv ishining tadqiq usullari . Mavzuni yoritishda hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligi qo‘lga kiritgan yutuqlardan, bayon qilingan nazariy fikrlardan, semantik-uslubiy, tavsifiy, qiyosiy metoddan foydalanildi. Malakaviy bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati . Malakaviy bitiruv ishinig ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Tadqiqotda erishilgan natijalardan oliy o‘quv yurtlarida lingvopoetikani o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkin. Tadqiqotda to‘plangan materiallardan badiiy asar tili bo‘yicha, magistrlik dissertatsiyalari va bakalavrlik bo‘yicha malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish mumkin. Ishda to‘plangan misollar o‘zbek tili uslubshunosligi va nutq madaniyati, badiiy asar tili, lingvopoetika bo‘yicha amaliy dars soatlarini o‘tishda material vazifasini o‘taydi. O‘ninchi sinf darsligida leksik, morfologik va sintaktik vositalarning nutqiy uslublarda qo‘llash mavzulari ostida bir qancha mavzular o‘rin olgan. Ushbu mavzularni tushuntirishda maktab o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha ma’lumot vazifasini o‘taydi.
Malakaviy bitiruv ishining tuzulishi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Malakaviy bitiruv ishining umumiy hajmi 60 sahifani tashkil etadi. I BOB NOAN’ANAVIY USLUB VA UNDA TIL BIRLIKLARINING QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI 1.1.Modern adabiyot shakllanishi va uning o‘zbek adabiyotiga kirib kelishi Insonga estetik zavq beradigan badiiy adabiyot olami ham san’atning boshqa turlari singari doimiy yangilanib boradi. Bu uning mavzu ko‘lamida, ifoda tarzida, turlar va janrlar talabi, shakllari o‘zgarishida ko‘rinadi. Shu sababdan ham turli uslublar, yo‘nalishlar shakllanadi va bu yo‘nalishlarda turli xil asarlar paydo bo‘ladi. Xuddi shunday istak talabi bilan vujudga kelgan yo‘nalish bu –modern adabiyotdir. D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyevalarning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da bu haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Modernizm (fr. Moderne – eng yangi, zamonaviy) – XIX asr oxiri –XX asr boshlarida ommalashgan termin, san’at va adabiyotda dekadansdan keyin maydonga chiqqan norealistik oqimlarning umumiy nomi sifatida tushuniladi. Modernizm doirasidagi maktab va oqimlar nechog‘li turfa bo‘lmasin, ularni umumlashtiruvchi qator nuqtalar mavjud. ...Mga xos umumiy xususiyatlardan biri shuki, u obyektiv voqelikning tasviri o‘rniga uning ijodkor tasavvuridagi badiiy modelini yaratishni maqsad qiladi. Ya’ni bu o‘rinda voqelikni aks ettirish emas, ijodkorning o‘z-o‘zini ifodalashi ustivor ahamiyat kasb etadi. 4 Demak modern yo‘nalishda yaratilgan asarlarda ijodkor tasavvuri asosiy o‘rinni egallaydi. Obyektiv voqelik esa to‘lig‘icha tasvir etilmaydi. Bu haqida adabiyotshunos U. Normatovning fikrlari ham qimmatli: “Modernizm shunchaki adabiy-badiiy eksperment-tajriba, shakliy-uslubiy izlanish natijasi emas, balki u dunyoni, insonni yangicha ko rish, tushunish, anglash, anglatishning o ziga xosʻ ʻ 4 Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2010. – Б.177.