logo

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR YUKLAMASINI BAJARILISHI NAZORAT VA MONITORING QILISH MOBIL ILOVASINI LOYIHALAS

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1771.4228515625 KB
MAVZU:  PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR YUKLAMASINI
BAJARILISHI NAZORAT VA MONITORING QILISH MOBIL
ILOVASINI LOYIHALASH
MUNDARIJA
KIRISH ..................................................................................................................... 2
I-BOB.  OLIY TA’LIM MUASSASINING O‘QUV YUKLAMALARINI 
HISOBLASH TIZIMINING TAFSILOTLARI ................................................... 4
1.1.   O‘quv   yuklamalarni   vaqt   me’yorlari   bo‘yicha   hisoblashni
rasmiylashtirish talablari ....................................................................................... 4
1.2.   Vaqt   me’yorlariga   asosan   kafedraning   umumiy   yuklamasini
shakllantirish .......................................................................................................... 6
II-BOB. MOBIL ILOVALARNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYALARI .... 24
2.1.   Mobil   ilovalarni   loyihalash   uchun   mo‘ljallangan   tillar.   Java   dasturlash
tili ......................................................................................................................... 24
2.2. Mobil ilovani ishlab chiqishda server bilan ishlash ................................ 29
III-BOB. DASTURIY TA’MINOTNI LOYIHALASH VA ISHLAB CHIQISH
................................................................................................................................. 35
3.1. Dasturiy ta’minotning mantiqiy loyihasi ................................................ 35
3.2. Dasturiy ta’minotni fizik jihatdan yaratish ............................................. 36
XULOSA ................................................................................................................ 43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: ........................................ 44
ILOVALAR ............................................................................................................ 46 KIRISH
Bugungi   kunda   raqamli   texnologiyalar   va   avtomatlashtirilgan   tizimlar
jamiyatning   barcha   sohalariga,   jumladan,   ta’lim   jarayoniga   keng   joriy   etilmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2022-yil   28-yanvardagi   “2022—2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
Shu munosabat bilan, ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish, uni avtomatlashtirish
va raqamlashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumotlar oqimining oshib borishi ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlashni
talab   etmoqda.   Bu   muammoni   hal   qilish   uchun   avtomatlashtirilgan   tizimlar
yaratish   va   ularni   joriy   etish   zarur.   Jumladan,   o‘quv   jarayonlarini   boshqarishda
zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   qo‘llash   ta’lim   sifatini   oshirishga   xizmat
qiladi.   Globallashuv   jarayonida   ta’limni   boshqarishda   avtomatlashtirilgan
intellektual tizimlarni joriy qilish orqali samaradorlikni oshirish mumkin.
Zamonaviy   axborot   tizimlari   katta   hajmdagi   ma’lumotlarni   saqlash   va   qayta
ishlash bilan birga, foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob bera olishi
kerak.   Ushbu   tizimlarni   loyihalashda   ma’lumotlarni   integratsiyalash,   xavfsizlikni
ta’minlash va qulay interfeys yaratish asosiy vazifalar hisoblanadi. Ta’lim tizimida
professor-o‘qituvchilarning   ishchi   o‘quv   yuklamalarini   nazorat   qilish     muhim
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Mobil   ilova   o‘qituvchilarga   dars   jadvallarini   boshqarish   imkonini   beradi,
tizim   adminlar   esa   oylik   yuklamalarni   nazorat   qilish,   topshiriqlar   belgilash   va
bajarilgan o‘quv yuklamalar  hajmini  kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu
tizim   ta’lim   muassasalarida   o‘quv   yuklamalarini   boshqarishni   soddalashtirishga
xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishda ta’lim jarayonini avtomatlashtirishga doir zamonaviy
dasturlash   vositalari   va   texnologiyalari   tahlil   qilinadi   hamda   ulardan   foydalanish
bo‘yicha   ilmiy   va   amaliy   tavsiyalar   beriladi.   Tadqiqot   natijalari,   o‘quv
jarayonlarini   raqamli   texnologiyalar   asosida   samarali   boshqarish   imkoniyatlarini
kengaytirishga qaratilgan yechimlarni o‘z ichiga oladi.
2 Ushbu ishda professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash
mobil   ilovasini   loyihalash   va   ishlab   chiqish   jarayonini   tavsiflaydi.   Ishda   asosiy
e’tibor   foydalanuvchi   uchun   tizimning   interfeysi   va   ishlash   prinsipi   qulay
bo‘lishiga   qaratilgan.   Dasturiy   mahsulot   zamonaviy   tendensiyalardan   foydalanish
va maxsus vositalar orqali ishlab chiqilgan.
Bitiruv   malakaviy   ishi   strukturasi.   Ish   uchta   bob,   xulosa,   foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Birinchi   bob   professor-o‘qituvchilarning   ishchi   o‘quv   yuklamalarini
hisoblash jarayonining nazariy asoslari tahlil qilinadi. 
Ikkinchi   bob   professor-o‘qituvchilarning   ishchi   o‘quv   yuklamalarini
hisoblash   mobil   ilovasini   loyihalash   va   ishlab   chiqish   texnologiyalari   batafsil
ko‘rib   chiqiladi.   Bu   yerda   ilovani   yaratishda   tanlab   olingan   dasturlash   tili   va
texnologiya haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi   bob   professor-o‘qituvchilarning   ishchi   o‘quv   yuklamalarini
hisoblash   mobil   ilovasining   dasturiy   ta’minotini   loyihalash   va   ishlab   chiqish
jarayonlari   tahlil   qilinadi.   Bu   yerda   dasturiy   ta’minotni   yaratish   bosqichlari,   kod
yozish   va   testlash   jarayonlari,   shuningdek,   dasturiy   ta’minotni   optimallashtirish
usullari haqida ma’lumot beriladi.
Xulosada   asosiy   natijalar   va   takliflar,   adabiyotlar   ro yxatidaʻ   qo llanilgan	ʻ
materiallar   va   internet-resurslar,   ilovalarda   esa,   boshqaruvchi   va   qo shimcha
ʻ
dasturiy modullar matnlari keltirilgan .
3 I-BOB.  OLIY TA’LIM MUASSASINING O‘QUV YUKLAMALARINI
HISOBLASH TIZIMINING TAFSILOTLARI
1.1.  O‘quv yuklamalarni vaqt me ’yo rlari bo‘yicha hisoblashni
rasmiylashtirish talablari
Oliy   ta’lim   muassasi   (OTM)   O‘quv-uslubiy   boshqarmasida   o‘quv
yuklamalarini   hisoblash   qoidalari.   OTM   O‘quv-uslubiy   boshqarmasi   o‘quv
jarayonini   rejalashtirish   va   tashkil   etish   ishlarini   olib   boradi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi,   Mehnat   vazirligi,   Moliya
vazirligining   2017-yil   6-fevraldagi   1-2017,   4-q/q,   13-son   qarori 1
ga   asosan   o‘quv-
uslubiy   boshqarma   quyidagi   namunaviy   shtatlari   asosida   xodimlarni   ishga   qabul
qilishi   mumki n.   Ushbu   qonunda   belgilangan   vazifalar   sirasiga   professor-
o‘qituvchilarning   o‘quv   yuklamalarini   nazor ati   olib   borish   vazifasi   ham   kirishi
belgilab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirining(hozirgi
Oliy   ta’lim,   fan   va   innovatsiyalar   vazirligi)   2018-yil   8-oktabrdagi   “Oliy   ta’lim
muassasasi   professor-o‘qituvchilar   tarkibining   o‘quv   yuklamasi   hamda   o‘quv-
uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi   buyrug‘ida 2
    Oliy   ta’lim   muassasasi   professor-o‘qituvchilari   tarkibi
mehnatini normalashtirish har o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar va kafedra
mudiri   tomonidan   tuziladigan   hamda   prorektorlar   bilan   kelishilgan   holda   o‘quv
ishlari   bo‘yicha   prorektor   (fakultet   dekani)   tomonidan   tasdiqlanadigan   o‘quv   yili
bo‘yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi.   Shuningdekning buyruqning “Umumiy
qoidalar” bo‘limida quyidagilar keltirilgan:
–  Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga
o‘quv   yuklamasi   hamda   o‘quv-uslubiy,   ilmiy-tadqiqot   va   “ustoz-shogird”
ishlarining   turlari   kiritiladi.   Ish   turlari   professor-o‘qituvchilarning   o‘quv   yili
bo‘yicha shaxsiy ish rejalarida to‘liq va aniq aks ettirilishi  kerak. Joriy o‘quv yili
1
  (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 122-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
11.10.2018-y., 10/18/2859-1/2035-son; 19.02.2020-y., 10/20/2859-2/0188-son)
2
 Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-
shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida, [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-
oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3076]
4 yakunida   faqat   mazkur   o‘quv   yili   davomida   amalga   oshirilgan   ishlar   hisobga
olinadi.
O‘quv   yili   davomida   bajarilgan   qo‘shimcha   ish   turlari   professor-
o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin;
– Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o‘quv
yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari:
to‘liq   shtatda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   professor-o‘qituvchilar   uchun
professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida;
to‘liq   shtatda   bo‘lmagan   va   o‘rindosh   sifatida   faoliyat   ko‘rsatayotgan
professor-o‘qituvchilar   uchun   ularning   stavkalariga   muvofiq   tarzda   professor-
o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida;
–   Professor-o‘qituvchilarning   o‘quv   yili   bo‘yicha   shaxsiy   ish   rejasining
bajarilishi   muntazam   ravishda   kafedra   mudiri,   har   semestr   yakunida   fakultet
dekani,   dekan   o‘rinbosarlari,   fakultet   tuzilmasi   bo‘lmagan   oliy   ta’lim
muassasalarida   o‘quv   bo‘limi   (o‘quv-uslubiy   boshqarma)   va   tegishli   yo‘nalishlar
bo‘yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Professor-o‘qituvchining   o‘quv   yuklamasini   hisoblashda   quyidagi   umumiy
qoidalar nazarda tutiladi:
1.   OTMda   professor-o‘qituvchilarni   o‘quv   hamda   ilmiy - uslubiy   va   “Ustoz-
shogird” ishlari hajmini hisoblash Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining “Vaqt
me’yorlari” to‘g‘risida buyrug‘iga binoan mazkur nizom asosida ish yuritiladi;
2.   Oliy   ta’lim   muassasasida   professor-o‘qituvchilar   soni,   ish   haqi   fondi
doirasida   quyidagi   tartibda   o‘quv,   ilmiy-uslubiy,   “Ustoz-shogird”   ishlari   hajmini
belgilovchi “Vaqt me’yorlari” joriy etilgan;
3.   “Vaqt   me’yorlari”   me’yoriy   hujjat   bo‘lib,   oliy   ta’lim   muassasasida
professor-o‘qituvchilar   o‘rtasida   o‘quv,   ilmiy-uslubiy,   “Ustoz-shogird”   ishlarini
oliy   ta’lim   muassasasining   shtat   birliklariga   muvofiq   to‘g‘ri   taqsimlash   imkonini
beradi;
4.   Ma’ruzalar   o‘qish   professorlar,   dotsentlar,   katta   –o‘qituvchilar   tomonidan
amalga oshiriladi. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining qarori
5 bilan   assistentlarga   o‘quv   yiliga   50   soatgacha   ma’ruza   o‘qishga   ruxsat   etish
mumkin;
5.   Fakultetlarda   o‘quv   semestrlari   va   fan   soatlari   teng   bo‘lgan   (1-2   blok
fanlaridan)   kurslarni   birlashtirib   ma’ruza   darslarini   yiriklashtirish,   rus   guruhlarini
1-2   blok   fanlar   bo‘yicha   birlashtirib   ma’ruza,   amaliy   mashg‘ulot   darslarini
imkoniyat darajasida yagona guruhga tashkil qilish.
O qituvchi yuklamasini hisoblashda shaffoflik va aniqlikni ta minlash hamdaʻ ʼ
o qituvchi resursidan to laqonli foydalanish orqali sifatli ta lim jarayonining asosiy	
ʻ ʻ ʼ
ta sir kuchini to g ri yo naltirishga erishiladi. O qituvchi ish vaqtining taqsimotida
ʼ ʻ ʻ ʻ ʻ
hech   bir   element   e tibordan   chetda   qolmasligi   zarurati,   ya ni   to g ri   taqsimot	
ʼ ʼ ʻ ʻ
bo lajak   kadrlarning   raqobatbardosh   bo lib   yetishishida   hal   qiluvchi   omil   bo lib	
ʻ ʻ ʻ
xizmat qiladi.
Bu   borada   jahon   tajribasini   tahlil   qilish   natijasida   o qituvchi   yuklamasini	
ʻ
hisoblashda   talabalar   soni,   dars   turi   va   ularning   kombinatsiyasi
(ma ruza+laboratoriya), o qituvchining tajribasi, fanning yangiligi (butunlay yangi	
ʼ ʻ
sohani   o rgatuvchi   fan),   baholash   metod   va   usullari,   fanning   bakalavriat   yoki	
ʻ
magistratura   bosqichi   talabalariga   o qitilishi,   darsning   binar   yoki   yakka   tartibda	
ʻ
o tilishi,   o qituvchining   bir   fandan   oldingi   o quv   yillarida   dars   berganligi,   fan	
ʻ ʻ ʻ
xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda,   bir   o qituvchiga   to g ri   keluvchi   talabalar	
ʻ ʻ ʻ
soni,   o qituvchining   ilmiy   darajasi,   dars   shakli   (masofaviy,   an anaviy),   darsda	
ʻ ʼ
innovatsion texnologiyalardan foydalanish kabi omillar inobatga olinishi kuzatildi 
1.2. Vaqt me’yorlariga asosan kafedraning umumiy yuklamasini
shakllantirish
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirining (hozirgi   Oliy   ta’lim,   fan   va
innovatsiyalar   vazirligi)     “Oliy   ta’lim   muassasasi   professor-o‘qituvchilar
tarkibining   o‘quv   yuklamasi   hamda   ilmiy-uslubiy   va   “Ustoz-shogird”
(Tyutorlik)   ishlarini   belgilash   qoidalarini   tasdiqlash   to‘g‘risida”gi
buyrug‘i   bilan oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining
6 o‘quv   yuklamasi   hamda   o‘quv-uslubiy,   ilmiy-tadqiqot,   tashkiliy   va
ma’naviy-ma’rifiy ishlarini belgilash qoidalari tasdiqlanishi mumkin.
7 Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlari
T/r Ish turlari Ish turlari uchun ajratilgan
vaqt me’yori Ish turlarining bajarilganligini aniqlash
1. O‘quv (ma’ruza, amaliy, seminar,
yakka va laboratoriya)
mashg‘ulotlarini o‘tkazish bir akademik soat uchun -  1
soat O‘quv   mashg‘ulotlari   o‘quv   rejaga   muvofiq   bir
akademik soatdan ( 45   minut) yoki tanaffussiz ikki
akademik soatdan ( 80  minut) o‘tkaziladi. Bunda:
amaliy va seminar mashg‘ulotlari talabalar soni,
odatda,   25   nafargacha   talaba   bo‘lgan   akademik
guruhlarda;
ma’ruza   mashg‘ulotlari,   odatda,   100   nafardan
oshmagan   birlashgan   akademik   guruhlarda
(potok),   tibbiyot   oliy   ta’lim   muassasalarida   klinik
kafedralarda siklga kelgan guruhlarda (potok);
laboratoriya   mashg‘ulotlari   va   chet   (rus?)   tilini
o‘qitish,   chizma   geometriya   va   muhandislik
grafikasi   fanidan   amaliy   mashg‘ulotlar,   tibbiyot
oliy   ta’lim   muassasalarida   tibbiy-biologik,
klinikagacha   bo‘lgan   va   gigiyenik   fanlar   (tibbiyot
oliy   ta’lim   muassasalari   uchun)   o‘qitish,
nofilologik yo‘nalishlarda fanni chet tilida o‘qitish,
odatda,   12-15   nafargacha   talaba   bo‘lgan   kichik
guruhlarda;
madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlarida yakka
tartibdagi mashg‘ulotlar, odatda,  1 - 10  nafargacha,
ansambl   mashg‘ulotlarida   2-12   nafargacha   talaba
bo‘lgan kichik guruhlarda;
tibbiyot   oliy   ta’lim   muassasalarida   klinik
8 fanlarni   o‘qitish,   odatda,   5   -   10   nafargacha   talaba
bo‘lgan kichik guruhlarda o‘tkaziladi.
O‘quv   mashg‘ulotlarining   o‘tkazilganligi   guruh
jurnalida qayd etiladi.
Tibbiyot   oliy   ta’lim   muassasalari   uchun   o‘quv
mashg‘ulotlarining   o‘tkazilganligi   o‘quv   jurnalida
qayd etiladi.
2. Yakuniy davlat attestasiyasi
belgilangan fanlardan
umumlashgan ma’ruzalar va
maslahatlar o‘tkazish bitta fanga (bitta potok
uchun) -  6  soat Umumlashgan   ma’ruzalar   va   maslahatlarning
o‘tkazilishi yakuniy davlat attestasiyasini o‘tkazish
jadvalida qayd etiladi.
3. Kurs ishlari va kurs loyihalariga
rahbarlik qilish, ular bo‘yicha
maslahatlar berish bir kurs ishi uchun -  2  soat;
bir kurs loyihasi uchun -  3
soat. Bir   professor-o‘qituvchi   bir   semestr   davomida,
odatda,   50   nafargacha   talabaga  (ko‘pi  bilan   1-2   ta
akademik   guruh   talabalariga)   kurs   ishi   (loyihasi)
berishi mumkin.
Tibbiyot   oliy   ta’lim   muassasalari   uchun   o‘quv
rejada ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
4. Kurs ishi (kurs loyihasi)
himoyasini o‘tkazish bir kurs ishi himoyasi uchun
-  0,4  soat;
bir kurs loyihasi himoyasi
uchun -  0,6  soat.
Bunda professor-
o‘qituvchining bir kunlik ish
soati hajmi  8  soatdan
oshmasligi lozim. Kurs   ishi   (loyihasi)   himoyasida   kamida   2   nafar
professor-o‘qituvchi   ishtirok   etadi.   Jami   soatlar
himoyada   ishtirok   etgan   professor-o‘qituvchilar
soniga   bo‘linadi   va   ular   o‘rtasida   teng
taqsimlanadi.
Professor-o‘qituvchining   kurs   ishi   (loyihasi)
himoyasini   o‘tkazishda   ishtirok   etishi   tegishli
qaydnomalarda aks ettiriladi.
5. Yakuniy davlat attestasiyasini
o‘tkazish. yozma ish shaklida bir
akadem guruh uchun -  3  soat; Bir potok (akadem guruh)da yozma ish o‘tkazish
jarayonida   ishtirok   etgan   komissiyaning   har   bir
9  
  og‘zaki shaklda bitta talaba
uchun -  0,2  soat, ijodiy
ishlarda bitta talaba uchun -
0,3  soat;
yozma ish (ijodiy ish)ni
tekshirish uchun har bir ishga -
0,2  soat;
test shaklida bitta akadem
guruh uchun - 1  soat. tibbiyot
oliy ta’lim muassasalarida
klinikagacha bo‘lgan
integrallashgan imtihon va  
bemorda o‘tkazilgan klinik
imtihon bo‘yicha bir nafar
talaba uchun –  0,5  soat
(integrallashgan attestasiya
uchun).
Yakuniy davlat attestasiya
komissiyasi raisiga
komissiyaning bitta a’zosi
uchun beriladigan jami soatga
qo‘shimcha ravishda  20%
qo‘shiladi.
Komissiya a’zolariga
beriladigan bir kunlik o‘quv
yuklamasi hajmi  8  soatdan
oshmasligi lozim. a’zosi   (kuzatuvchi   professor-o‘qituvchi)ga   3
soatdan beriladi.
Og‘zaki   shaklda   o‘tkazilgan   yakuniy   davlat
attestasiyasi   sinovlari   jami   soati   unda   ishtirok
etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.
Yozma   ish   shaklida   o‘tkazilgan   yakuniy   davlat
attestasiyasi   sinovlarining   jami   soati   yozma   ishni
tekshirishda   ishtirok   etgan   komissiya   a’zolari
umumiy   soniga   bo‘linadi   hamda   komissiya
a’zolariga teng taqsimlanadi.
Test   shaklida   o‘tkazilgan   yakuniy   davlat
attestasiyasi   sinovlari   jami   soati   unda   ishtirok
etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha
bo‘lgan   integrallashgan   imtihon   va   bemorda
o‘tkazilgan   klinik   imtixonda   jami   soatlar   imtihon
olishda ishtirok etganlar orasida teng taqsimlanadi.
Yakuniy   davlat   attestasiyasida   ishtirok   etish
tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi.
Yakuniy   davlat   attestasiyasi   komissiyasi
tarkibini   oldindan   aniqlash   imkoniyati   bo‘lmagan
taqdirda, komissiya a’zolari (kuzatuvchi professor-
o‘qituvchi)ga   komissiya   o‘z   ishini   tugatgandan
so‘ng, soatbay haq to‘lanadi.
Bunda   ushbu   soatbay   ish   turi   professor-
o‘qituvchining   yillik   shaxsiy   ish   rejasiga
kiritilmaydi.
10 6. Namunaviy   o‘quv   dasturlarida
ko‘zda   tutilgan   nazorat,   hisoblash
va hisob-grafik ishlarini tekshirish,
maslahatlar   berish,   taqriz   yozish
va   qabul   qilish.   Tibbiyot   oliy
ta’lim   muasssasalarida   klinik
fanlarni   o‘qitishda   ishchi   o‘quv
dasturlarida   ko‘zda   tutilgan
kasallik   tarixlari   va   ekspertiza
bayonnomalarini   tekshirish,
maslahatlar berish va qabul qilish. bitta topshiriq uchun -  0,3
soat,
biroq bitta fanga ko‘pi bilan
-  1  soat.
Bitta kasallik tarixi va
ekspertiza bayonnomasi uchun
0,5  soat Bir   professor-o‘qituvchiga   kafedra   qaroriga
asosan   ko‘pi   bilan   3   tagacha   akademik   guruh
talabalari biriktiriladi.
Tibbiyot   oliy   ta’lim   muasssasalarida   kasallik
tarixi   tegishli   kafedrada   bir   yil   davomida
saqlanadi.
Mazkur   ishlarning   bajarilishi   talabalarni
baholash jurnallarida aks ettiriladi.
7. Oraliq va yakuniy baholashlarni
o‘tkazish, shuningdek talabaning
qoldirgan (o‘zlashtirmagan)
darslarini qayta topshirishini qabul
qilish fan bo‘yicha oraliq
baholashlarda jami har bir
talaba uchun -  0,2  soat;
yakuniy baholashda har bir
talaba uchun -  0,3  soat.
Qoldirilgan
(o‘zlashtirilmagan) darslarni
qayta topshirishni qabul
qilishda har bir talaba uchun -
0,3  soat. Bunda bir o‘quv
semestri davomida bir
professor-o‘qituvchiga ko‘pi
bilan  20  soat beriladi. Semestr   davomida   bitta   fandan   ko‘pi   bilan   2
tagacha   oraliq   baholash   o‘tkaziladi.   Bunda   modul
tizimida   o‘qitilmayotgan   va   hajmi   (umumiy
auditoriya soati) semestr davomida haftasiga to‘liq
2   akademik   soatdan   (tibbiyot   oliy   ta’lim
muassasalarida   4   akademik   soatdan)   kam   bo‘lgan
fanlardan oraliq baholash o‘tkazilmaydi.
Oraliq   va   yakuniy   baholashlar   o‘tkazilishi
tegishli jadvallarda aks ettiriladi.
Yozma ishlar natijalari e’lon qilingandan so‘ng 6
oy saqlanadi.
Baholashlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan
muddatda   talabalarga   professor-o‘qituvchi
tomonidan e’lon qilinadi.
Darslarni   qayta   topshirish   tegishli   jurnal   yoki
qaydnomalarda aks ettiriladi.
11 8. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
talabalari amaliyotiga rahbarlik
qilish, ularning hisobotlarini
tekshirish va baholash Malakaviy amaliyot
o‘tayotgan har bir talaba uchun
bir ish kuniga — 0,5 soat.
Bunda:
o‘quv amaliyotiga rahbarlik
qilish 1 akadem guruh uchun
bir ish kuniga — 6 soat;
ishlab chiqarish va
pedagogik amaliyotga
rahbarlik qilish, agar ishlab
chiqarish va pedagogik
amaliyot o‘talayotgan tashkilot
oliy ta’lim muassasasi
joylashgan hudud doirasida
bo‘lsa, bir ish kuniga 1 akadem
guruh uchun — 3 soat; agar
ishlab chiqarish va pedagogik
amaliyot o‘talayotgan tashkilot
oliy ta’lim muassasasi
joylashgan hudud doirasida
bo‘lmasa, amaliyotga rahbarlik
qilish bir ish kuniga — 6 soat.
Individual holda
o‘tkaziladigan amaliyotlarda
butun amaliyot davriga bir
talaba uchun — 2 soat. Mazkur   ish   turi   bo‘yicha   professor-
o‘qituvchining   soatlari   hajmi   o‘quv   ishlari
yuklamasining  20%  idan oshmasligi lozim.
Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot o‘tash
bo‘yicha   oliy   ta’lim   muassasasi   buyrug‘i,
talabaning   amaliyot   kundaligi   va   amaliyot   uchun
baho   qo‘yilgan   tegishli   qaydnomalar   asosida
aniqlanadi.
9. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bir o‘quv yiliga har bir Bir   o‘quv   yilida   bitta   professor-o‘qituvchiga   7
12 talabalarining bitiruv malakaviy
ishi (diplom loyihasi, diplom
ishi)ga rahbarlik qilish, xulosalar
yozish talaba uchun -  25  soat, texnik
yo‘nalishlarda har bir talaba
uchun
-  30  soat nafargacha   talaba   biriktiriladi.   Professor-
o‘qituvchining   bitiruv   malakaviy   ishi   (diplom
loyihasi,   diplom   ishi)ga   rahbarlik   qilganligi,
xulosalar   yozganligi   oliy   ta’lim   muassasasi
buyrug‘i,   yozilgan   xulosa   va   ishning   himoyaga
taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.
10. Talabalarning bitiruv malakaviy
ishi (diplom loyihasi, diplom ishi,
magistrlik dissertasiyasi) himoyasi
bo‘yicha yakuniy davlat
attestasiyasi komissiyasida ishtirok
etish bir bitiruv malakaviy ishi
(diplom loyihasi, diplom ishi)
uchun -  0,4  soat;
bir magistrlik dissertasiyasi
uchun -  0,8  soat.
Professor-o‘qituvchiga
beriladigan bir kunlik o‘quv
ishlari yuklamasi hajmi,
odatda,  8  soatdan oshmasligi
lozim. A’zolarning   yakuniy   davlat   attestasiyasi
komissiyasidagi   ishtiroki   oliy   ta’lim   muassasasi
buyrug‘i   hamda   himoya   natijalari   to‘g‘risidagi
qaydnomalar asosida aniqlanadi.
Jami   soat   yakuniy   davlat   attestasiyasi
komissiyasida   ishtirok   etgan   har   bir   a’zoga
beriladi.
Bir   YaDAK   yig‘ilishida   4   tagacha   magistrlik
dissertasiyasi,   8   tagacha   BMI   himoyasiga   ruxsat
beriladi.
Yakuniy   davlat   attestasiyasi   komissiyasi
tarkibini   oldindan   aniqlash   imkoniyati   bo‘lmagan
taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya o‘z ishini
tugatgandan so‘ng, soatbay haq to‘lanadi.
Soatbay   ish   turi   professor-o‘qituvchining   yillik
shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.
11. Magistratura talabalarining ilmiy
pedagogik faoliyati va amaliyotiga
rahbarlik qilish. Tibbiyot oliy
ta’lim muassasalari uchun klinik
ordinatorlarning o‘quv    va klinik bir o‘quv yiliga bitta talaba
uchun -  50  soat. Bir o‘quv
yiliga bitta klinik ordinator
uchun -  50  soat. Professor yoki fan doktori   5   nafargacha, dosent,
fan   nomzodi   va   mutaxassis   3   nafargacha
talabaning   ilmiy   pedagogik   faoliyati   va
amaliyotiga   rahbarlikni   amalga   oshirishi   mumkin.
Professor,   fan   doktori,   dosent,   fan   nomzodi   va
13 amaliyotiga rahbarlik qilish . mutaxassis   4   nafargacha   klinik   ordinatorning
o‘quv     va   klinik   amaliyotiga   rahbarlikni   amalga
oshirishi mumkin.
Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik
qilganlik   talabaning   kalendar   ish   rejasidagi
topshiriqlarni   bajarishi   bilan   aniqlanadi.
Amaliyotga   rahbarlik   qilganlik   oliy   ta’lim
muassasasining amaliyot o‘tash bo‘yicha buyrug‘i,
talabaning   amaliyot   kundaligi   va   amaliyot   uchun
baho   qo‘yilgan   tegishli   qaydnomalar   asosida
aniqlanadi.
12. Magistratura talabasining
magistrlik dissertasiyasi va ilmiy-
tadqiqot ishiga rahbarlik (ilmiy
maslahatchilik) qilish
  bir o‘quv yiliga bitta talaba
uchun - 50  soat. Professor yoki fan doktori   5   nafargacha, dosent,
fan   nomzodi   va   mutaxassis   3   nafargacha
talabaning   magistrlik   dissertasiyasi   va
stajirovkasiga   (ilmiy   maslahatchilik)   rahbarlikni
amalga   oshirishi   mumkin.   Mazkur   ish   turining
bajarilganligi   oliy   ta’lim   muassasasi   buyrug‘i,
talabaning   kalendar   ish   rejasi   va   magistrlik
dissertasiyasining   himoyaga   taqdim   etilgani
asosida aniqlanadi.
13. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha kasbiy (ijodiy)
imtihonlarni, shuningdek
magistratura va klinik ordinatura
mutaxassisliklari qabuli jarayonida
kirish sinovlarini o‘tkazish
komissiyasida, tayanch doktarant yozma ish shaklida
o‘tkazilganda bir potok
(abituriyentlar guruhi) uchun -
3  soat;
og‘zaki shaklda
o‘tkazilganda, bitta abituriyent
uchun -  0,3  soat; Bir   potok   (abituriyentlar   guruhi)da   yozma   ishni
o‘tkazish   jarayonida   ishtirok   etgan   har   bir
professor-o‘qituvchiga  3  soatdan beriladi.
Yozma   ish   shaklida   o‘tkazilgan   imtihon   va
sinovlarning   jami   soati   yozma   ishni   tekshirishda
ishtirok   etgan   komissiya   a’zolari   soniga   teng
bo‘linadi hamda ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
14 (PhD), doktarant va mustaqil
izlanuvchilar tanlovi
komissiyasida va malaka
imtihonida    ishtirok etish test shaklida o‘tkazilganda,
bir potok (abituriyentlar
guruhi) uchun -  1  soat;
har bir yozma ish (ijodiy
ish)ni tekshirish uchun
-  0,3  soat.
Professor-o‘qituvchiga
beriladigan bir kunlik o‘quv
ishlari yuklamasi hajmi  8
soatdan oshmasligi lozim. Og‘zaki   (test)   shaklida   o‘tkazilgan   imtihon   va
sinovlarning   jami   soati   unda   ishtirok   etgan
komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.
Qabul   imtihonlari   va   sinovlarida   ishtirok
etganlik   oliy   ta’lim   muassasasining   tegishli
buyrug‘i   va   tegishli   qaydnomalar   asosida
aniqlanadi.
Komissiya   a’zolari   tarkibini   oldindan   aniqlash
imkoniyati   bo‘lmagan   taqdirda,   komissiya
a’zolariga komissiya o‘z ishini tugatgandan so‘ng,
soatbay haq to‘lanadi.
Soatbay   ish   turi   professor-o‘qituvchining   yillik
shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.
14. Oliy ta’lim muassasasidagi
doktorant va mustaqil
izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik
qilish bir nafar doktorant uchun bir
o‘quv yilida
-  100  soat;
bir nafar mustaqil izlanuvchi
uchun bir o‘quv yilida -  50
soat. Fan   doktori,   professor   va   fan   nomzodi,   dosent
o‘zi   ishlayotgan   oliy   ta’lim   muassasasida   3
nafargacha   doktorant   va   mustaqil   izlanuvchiga
ilmiy maslahatchilik qilishi mumkin.
Ilmiy   maslahatchi   bo‘lganlik   oliy   ta’lim
muassasasining   tegishli   buyrug‘i,   doktorant   va
mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi
bajarilishi asosida aniqlanadi.
15. Ochiq, muammoli,
integrasiyalashgan ma’ruzalar    va
master-klasslarga tayyorgarlik
ko‘rish va o‘tkazish bir akademik soat ochiq
leksiya va master-klass uchun -
5  soat; ochiq, muammoli,
integrasiyalashgan ma’ruza
uchun bir o‘quv yilida ko‘pi
bilan - Oliy   ta’lim   muassasalarida   o‘tkazilgan   ochiq,
muammoli, integrasiyalashgan ma’ruza va master-
klasslar   tegishli   rejalar   va   ularning
o‘tkazilganligini   tasdiqlovchi   hujjatlar   asosida
aniqlanadi.
15 30  soat.
Master-klass:
oliy ta’lim muassasasi
miqyosida o‘tkazilganda, bir
o‘quv yilida ko‘pi bilan  30
soat;
respublika miqyosida
o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida
ko‘pi bilan  40  soat;
xalqaro miqyosda
o‘tkazilganda, bir o‘quv yilida
ko‘pi bilan  60  soat.
16. Qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslarida o‘qish qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslarida o‘qiganlik
uchun – haftasiga  36  soatdan Qayta   tayyorlash   va   malaka   oshirish   kurslarida
o‘qiganligini   tasdiqlovchi   hujjat   asosida
aniqlanadi.
17 Sirtqi bo‘lim talabalarining
nazorat ishlariga taqriz yozish 1 nazorat    ishga  0,75  soat;
nazorat ishi bo‘yicha suhbatga
0,25  soat, lekin bir fanga bir
semestrga  1,5  soat; Nazorat   ishlari   (grafigi)   semestr   boshlangan
muddatda   talabalarga   professor-o‘qituvchi
tomonidan e’lon qilinadi.
 
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini turlari
“Ustoz-shogird” (Tyutorlik)
1. Talaba oliy ta’lim muassasasiga
o‘qishga   qabul   qilinganda   yangi
sharoitga   adaptasiya   jarayonini
o‘tashga   va   oliy   ta’lim Talabalar   oliy   ta’lim
muassasasiga   qabul
qilinganda   ular   bilan
tanishish   hamda Talabalarning   shaxsiy   xujjatlari   yig‘ma   jildlari
va tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
16 muassasasida   bo‘lgan   chog‘ida
vaqtini to‘g‘ri taqsimlashga yordam
berish talabalarning   shaxsiy
xujjatlari   yig‘ma   jildini
shakllantirish   va   yangilab
borish.   O‘qishga   qabul
qilingan   talabalarni   oliy
ta’lim   muassasasi   va   unda
mavjud   sharoitlar   bilan
tanishtirish.   Talabalarni
bo‘sh   vaqtlarini   mazmunli
o‘tkazish   bo‘yicha   ish
rejasini   ishlab   chiqish   va
doimiy nazoratga olish
2. Talabaning   shaxsiy   va   akdemik
yutuqlarini rivojlantirish maqsadida
uchrashuvlar o‘tkazish Yetuk   fan   arbolari,
akademiklar,   iqtidorli
talabalar   hamda   ish   beruvchi
tashkilotlar   vakillari   bilan
talabalarning   shaxsiy   va
akdemik   yutuqlarini
rivojlantirishga   qaratilgan
uchrashuvlarni   o‘tkazib
borish. Uchrashuvlarni   tasdiqlovchi   hujjatlar   (bayoni,
video yoki foto lavxalari) aosida aniqlanadi.
3. Talabalar   baholash   tizimi
qanday olib borilishini qay darajada
anglaganini   va   qayerdan   ta’lim   va
akademik   sohada   yordam   olishi
mumkin ekanligini nazorat qilish Talabalarga   baholash
tizimi   bo‘yicha   ma’lumotlar
berish.   Ularga   qayerdan
ta’lim   va   akademik   sohada
yordam   olishi   mumkin
ekanligini   tushuntirish   va
amaliy yordam berish. Talabalarni   fanlardan   o‘zlashtirish   darajasi
orqali aniqlanadi.
17 4. O‘qish   jarayonida   shaxsiy   va
akademik   muammolar   yuzaga
kelganda   va   ular   ta’lim   olish
darajasiga   ta’sir   ko‘rsatsa,   ularni
xal qilishda ko‘maklashish Talabalar   bilan   shaxsiy
va   akademik   muammolari
bo‘yicha   yakka   tartibdagi
suxbatlar   olib   borish   hmada
mavjud   muammolarini   xal
qilish choralarini ko‘rish.
Talabalarning   fanlarda
o‘zlashtirishlarini   doimiy
nazorat   qilish   va   dars
beruvchi   professor-
o‘qituvchi   bilan   mazkur
masalani   muhokama   qilib
borish
5. Akademik   yoki   kasbiy   tanlov
qilishda tavsiyalar berish Talabalarga   akademik
yoki   kasbiy   yo‘lni   tanlashi
uchun   ko‘maklashish   va
ularga   asosli   maslahatlar
berib,   ularni   qiziqish   va
istaklari   asosida   to‘g‘ri
yo‘naltirilishini ta’minlash Talabalarning oliy ta’lim muassasasini  bitirgach
soxasi   bo‘yicha   ishlashi   mumkin   bo‘lgan   korxona
va   tashkilotlar   haqida   ma’lumotga   ega   bo‘lganligi
orqali aniqlanadi.
6. Ma’ruza   materiallarni   qaytarish
va   misollarni   taqdim   etgan   holda
ularni yoritish; O‘zlashtirishdan   orqada
qolgan   talabalar   bilan
darsdan   bo‘sh   vaqtlarda
grafik asosida ishlash. Tashkiliy   grafikning   mavjudligi.   Talabalarning
o‘zlashtirish darajasi orqali belgilanadi.
7. Talabalarning   mutaxassislik   va
tanlov   fanlaridan   olgan   baholari   va
o‘zlashtirgan   bilimlari   ularning
kvalifikasion   darajalariga O‘quv   rejasidagi
fanlarning   muhimlilik
darajasi hamda malakali kadr
bo‘lib   yetishishi   uchun Bitiruvchilarning kasbga tayyorgarlik xolati.
18 ta’sirining   muhimligi   haqida
tushunchani shakillantirish zarurligi   haqida   tushunchalar
berish. Ish beruvchi tashkilot
va   korxonalar   tomonidan
bitiruvchilarga   qo‘yiladigan
talablar   bilan   doimiy
tanishtirib borish
8. Boshqa   talaba   va
o‘qituvchilardan   ushbu   talaba
xaqida ma’lumot olishi Talabaning   faoliyatini
boshqa   talaba   va
o‘qituvchilar   orqali   doimiy
bilib   borish   hamda   olingan
ma’lumotlar   asosida   ushbu
talaba bilan ishlash. Talabani   oliy   ta’lim   muassasasidagi   faoliyati
bo‘yicha ma’lumotlarning mavjudligi.
9. Talabalarning   ota-onalari   bilan
ishlash Ota-onalar   bilan
muloqatga   kirishishi,   ular
bilan   talabaning   faoliyatini
muhokama qilish hamda ota-
onalar   istagiga   ko‘ra   ularni
talabalar   bilan   ishlashini
taminlash Talabalarning   faoliyatini   ota-onalar   bilan
muhokama   qilinganligini   tasdiqlovchi   hujjatlarni
mavjudligi.
10. Yangi   g‘oyalarni   taklif   qilish,
bahs-munozaralarni   davom   ettirish,
jumladan,   ijtimoiy   baholarni
muhokama qilish Fakultet   va   OTM
kengashlarida   hamda   ta’lim
jarayoniga   bag‘ishlangan
seminarlarda   talabalar
faolligini   oshirishga
qaratilgan   takliflar   bilan
ishtirok etganligi Talabalarda   yangi   g‘oyalarni   shakllanganligi,
ular o‘rtasida bahs-munozaralar asosida o‘tkazilgan
seminarlar   va   davra   suxbatlarini   tasdiqlovchi
hujjatlarni mavjudligi.
11. Talabalarni   axborot   bilan
ta’minlash va intervyu berish Talabalarga   doimiy
axborotlar   berib   boradi Talabalarning   yangiliklardan   xabardorligi   va
OAVlarida chiqishlar qilganligini
19 hamda   OAVlarida   chiqishlar
qiladi
12. Bitiruvchilarning   ishini,   shu
jumladan,   vaqtni   monitoring   qilish
va   muzokaralarni   belgilangan
rejaga muvofiq amalga oshirish Bitiruvchilarni   ish
beruvchi   tashkilotlar   bilan
doimiy   tanishtirib   borish,
uchrashuvlar   tashkil   etish
hamda talabalarni korxona va
tashkilotlarga   tashrifini
uyushtirish Bitiruvchilarning   ishga   joylashish
ko‘rsatkichlari orqali belgilanadi.
13. Oliy   ta’lim   muassasalariga
kirish   uchun   o‘quvchi-yoshlar
o‘rtasida   kasbga   yo‘naltirish
ishlarini olib borish Kasbga   yo‘naltirish
ishlarini   olib   borish
rejalashtirilgan   tadbirlar
nomi va muddati Oliy   ta’lim   muassasasi   (fakultet)   kengashi
tomonidan   tasdiqlagan   (rejaga   kiritilgan)   ishlar
natijasi bo‘yicha hisobotlar asosida aniqlanadi.
14. Talabalarni   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   davlat
stipendiyalariga,   davlat
stipendiyalariga,   xalqaro   va
respublika olimpiadalari, tanlovlari,
musobaqalariga tayyorlash Tayyorlaydigan   talaba
(lar) F.I.Sh., guruhi va kursi Bir   professor-o‘qituvchiga   ko‘pi   bilan   2   nafar
talaba biriktiriladi.
Mazkur ish turining bajarilishi joriy o‘quv yilida
talabaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat   stipendiyalari,   davlat   stipendiyalari,   xalqaro
va   respublika   olimpiadalari,   tanlovlari,
musobaqalari   ishtirokchisi   bo‘lganligi   hamda   unga
professor-o‘qituvchining   biriktirilganligini
tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
20 15. Sport,   madaniy-ma’rifiy   va
ijodiy   tadbirlarni   tashkil   etish   va
o‘tkazish Tashkil etish va o‘tkazish
rejalashtirilgan   tadbir   nomi
va muddati Oliy   ta’lim   muassasasining   Ma’naviyat   va
ma’rifat bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan reja va
bajarilgan   ishlar   bo‘yicha   taqdim   etilgan   hisobot
asosida aniqlanadi.
16. Talabalarning   ijodiy   ishlari
ko‘rgazmalarida   ularning
ishlanmalari   va   ishtirokiga
rahbarlik qilish Rahbarlik   qilish
rejalashtirilgan   talaba   (lar)
guruhi, soni va muddati Talabalarning   ijodiy   ishlari   ko‘rgazmalarida
professor-o‘qituvchining   ishtirokini   tasdiqlovchi
hujjatlar asosida aniqlanadi
17. Tashkilotlarda   ma’ruzalar
qilish,   ommaviy   axborot
vositalarida   chiqishlar   qilish,   shu
jumladan huquqiy targ‘ibot ishlarini
amalga oshirish Chiqish   (ma’ruza)lar
qilish   rejalashtirish   tadbirlar
nomi va muddati Oliy   ta’lim   muassasasining   Ma’naviyat   va
ma’rifat   bo‘limiga   topshirilgan   chiqishlar
(ma’ruzalar)   qilinganligi,   shu   jumladan   huquqiy
targ‘ibot ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi
hujjatlar (ma’lumotlar, video tasvirlar va boshqalar)
asosida aniqlanadi.
21 Kafedra   o‘quv  yuklamasini   shakllantirish   yuqorida  keltirilgan  vaqt   me’yorlari
va   ta’lim   yo‘nalishi   va   mutaxassisliklari   uchun   dekanatlar   tomonidan   tuzilgan
quyidagi formatda amalga oshiriladi: T/r	
Fan	
Yo‘nalish	
O
‘quv shakli	
Kurs	
G
uruh	
Talaba soni	
Ptok soni	
G
uruhlar soni	
M
a’ruza	
Am
aliy m
ashg‘ulot	
Laboratoriya	
Sem
inar	
M
ustaqil ta’lim	
Yakuniy nazoratlarni tekshirish	
JAM
I
“Vaqt   me’yorlari”   oliy   ta’lim   muassasasi   uchun   tasdiqlangan   shtat   birliklari
soni va ish haqi fondi doirasida kafedra tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ilmiy-
uslubiy   va   “Ustoz-shogird”   ishlari   hajmini   hisoblashda   asosiy   me’yoriy   hujjat
hisoblanadi   hamda   oliy   ta’lim   muassasasi   miqyosida   shtat   birliklarining,
shuningdek pedagogik kadrlar o‘rtasida ish hajmining ish turlari bo‘yicha ratsional
taqsimlanishi shu hujjat asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi   kunda   oliy   ta’lim   muassasalarida   professor-
o‘qituvchilarning   ish   faoliyati   uchun   mobil   ilovalarni   loyihalash   o‘quv
jarayonlarini   raqamlashtirishni   osonlashtirish   uchun   muhim
hisoblanadi.   Bugungi   raqamli   davrda   mobil   ilovalar   o‘qituvchilarning
ish   jarayonlarini   soddalashtirish   va   talabalarning   faolligini   oshirish
uchun   ajralmas   vositaga   aylandi.   Professor   va   o‘qituvchilarning
ehtiyojlarini   qondiradigan   maxsus   mobil   ilovani   ishlab   chiqish   orqali
ta’lim   sektori   yanada   samarali   va   interaktiv   o‘quv   muhitini   yaratish
22 uchun  texnologiyadan  foydalanishi  mumkin   [1].   Ayniqsa,   ushbu  mobil
ilovalar   axborot   texnologiyalarining   rivojlanish   tendensiyalari   va
ularning   iqtisodiyot   va   biznesga   bog‘langan   qismi   bo‘lsa,   yanada
samarali hisoblanadi.  Quyida bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng yangi
texnologiyalardan   foydalangan   holda     professor-o‘qituvchilarning
o‘quv   yuklamalarini   hisoblash   mobil   ilovasini   ishlab   chiqish
bosqichlarini  ko‘rib chiqamiz.
23 II-BOB. MOBIL ILOVALARNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYALARI
2.1. Mobil ilovalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan tillar. Java
dasturlash tili
Mobil ilova  (inglizcha: Mobile app) — ma lum bir platforma (iOS, Android,ʼ
Windows Phone va  boshqalar)  uchun ishlab chiqilgan smartfonlar, planshetlar  va
boshqa   mobil   qurilmalarda   ishlashga   mo ljallangan   dastur   [3].   Ko pgina   mobil	
ʻ ʻ
ilovalar   qurilmaning   o zida   oldindan   o rnatiladi   yoki   ularni   App   Store,   Google	
ʻ ʻ
Play   va   boshqa   shu   kabi   onlayn   dastur   do konlaridan   bepul   yoki   pullik   holatda	
ʻ
yuklab olish mumkin.
Dastlab,   mobil   ilovalar   elektron   pochtani   tezda   tekshirish   uchun   ishlatilgan,
ammo   ularning   yuqori   talablari   boshqa   sohalarda   ham   kengayishiga   olib   keldi,
masalan,   mobil   telefon   va   GPS   o yinlari,   suhbatlashish,   video   tomosha   qilish   va	
ʻ
Internetdan foydalanish.
Ushbu   atama   2007-yildan   buyon   mashhur   bo lib,   2010-yilda   Amerika	
ʻ
Dialektik Jamiyati tomonidan „Yil so zlari“ ro yxatiga kiritilgan [14].	
ʻ ʻ
Mobil   ilovalar   bozori   bugungi   kunda   juda   rivojlangan   va   barqaror   o sib	
ʻ
bormoqda.   Statista   saytining   prognozlariga   ko ra,   2020-yilda   mobil   ilovalar	
ʻ
sanoatining yillik yalpi daromadi $189 milliarddan oshadi.
Mobil   ilovalarni   loyihalash   uchun   bir   nechta   dasturlash   tillari   va
texnologiyalaridan   foydalanish   mumkin.   Quyida   eng   keng   tarqalgan   va   mobil
ilovalarni yaratishda ishlatiladigan tillar ro‘yxati keltirilgan (2.1-rasm). 
Mobil ilovalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan dasturlash tillari:
1. Java:  Android ilovalari uchun asosiy dasturlash tili.
2. Kotlin:  Java bilan birgalikda Android ilovalarini yaratishda ishlatiladi.
3. Swift:  iOS ilovalari uchun asosiy dasturlash tili.
4. Objective-C:  iOS ilovalarini yaratishda ishlatiladigan dasturlash tili.
5. Dart:  Google tomonidan ishlab chiqilgan va Flutter freymvorki bilan birga
ishlatiladigan dasturlash tili.
6. JavaScript:  React Native va boshqa kross-platforma freymvorklarida mobil
ilovalarni yaratishda ishlatiladi.
24 2.1-rasm.  Mobil ilovalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan dasturlash tillari.
Java   dasturlash   tili   miqyosida   mobil   ilovani   loyihalash.   Java   -   bu   mobil
ilovalarni kodlash uchun keng qo‘llaniladigan dasturlash tilidir. Bu yigirma yildan
ortiq   vaqtdan   beri   ishlab   chiquvchilar   orasida   mashhur   tanlov   bo‘lib,   bugungi
kunda millionlab Java ilovalari  foydalanilmoqda. Java ko‘p platformali, obyektga
yo‘naltirilgan   va   tarmoqqa   asoslangan   til   bo‘lib,   o‘z-o‘zidan   platforma   sifatida
ishlatilishi   mumkin.   Bu   mobil   ilovalar   va   korporativ   dasturiy   ta’minotdan   tortib
katta   ma’lumotlar   ilovalari   va   server   tomonidagi   texnologiyalargacha   bo‘lgan
kodlash uchun tezkor, xavfsiz va ishonchli dasturlash tilllaridan biridir.
Quyida   Java   dasturlash   tili   yordamida   mobil   ilova   yaratish   jarayonining
asosiy bosqichlari keltirilgan:
1.   Dasturiy   muhitni   o‘rnatish.   Dasturiy   muhit   (A   software   development
environment   -   SDE)   –   bu   tizim   ishlab   chiqaruvchisi   dasturiy   ta’minot   tizimlarini
yaratish   uchun   foydalanadigan   apparat   va   dasturiy   vositalar   to‘plami.   Ushbu
vositalar to‘plamiga quyidagilarni kiradi:
25 –   Java   Development   Kit   (JDK):   Java   dasturlarini   yozish   va   ishga   tushirish
uchun kerak bo‘ladigan to‘plam.
– Android Studio:  Android ilovalarni yaratish uchun Google tomonidan ishlab
chiqilgan integrallashgan rivojlantirish muhiti (IDE).
–   Visual   Studio   Code:   odatda   VS   Code   deb   ham   ataladi,   Windows,   Linux,
macOS va veb-brauzerlar uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan manba kodi
muharriri.
2.2-rasmda Android Studio dasturiy muhitini o‘rnatish jarayoni keltirilgan. 
2.2-rasm.  Dasturiy muhitni o‘rnatish jarayoni
2. Yangi loyihani yaratish.  Android Studio dasturini ishga tushiriladi va yangi
loyiha   yaratish   oynasiga   o‘tiladi.   Loyihani   yaratishda   loyiha   nomi,   paket   nomi,
SDK   versiyasi   va   asosiy   faoliyat   (Activity)   turlari   kabi   parametrlarni   kiritilishi
lozim (2.3-rasm).
Foydalanuvchi   interfeysi   (User   Interface   -   UI)   dizayni   dizaynerlar   tashqi
ko‘rinish   yoki   uslubga   e’tibor   qaratgan   holda   dasturiy   ta’minot   yoki
kompyuterlashtirilgan   qurilmalarda   interfeyslarni   yaratish   uchun   foydalanadigan
jarayondir.   Dizaynerlar   foydalanuvchilarga   qulay   va   yoqimli   interfeyslarni
yaratishni maqsad qilgan. UI dizayni grafik foydalanuvchi interfeyslari va boshqa
shakllarga ishora qiladi, masalan, ovoz bilan boshqariladigan interfeyslar [9].
26 2.3-rasm.  Yangi loyihani yaratish
3.   UI   (foydalanuvchi   interfeysi)   dizayni.   Android   ilovalarida   foydalanuvchi
interfeysini   yaratishda   XML   (eXtensible   Markup   Language)   ishlatiladi.
activity_main.xml   faylida   dastlabki   interfeys   elementlarini   (buttonlar,   matnlar,
ro‘yxatlar va boshqalar) joylashtirilishi belgilab qo‘yilgan.
4. Faoliyatni kodlash.  MainActivity.java fayli asosiy faoliyatni ifodalaydi. Bu
yerda   foydalanuvchi   interfeysi   elementlari   bilan   bog‘liq   kod   qismlari   yoziladi.
Masalan, tugma bosilganda qanday amallar bajarilishini aniqlash (2.4-rasm).
5.   Ilovani   sinovdan   o‘tkazish.   Android   Studio   muhitida   ilovani   sinovdan
o‘tkazish   uchun   emulatordan   yoki   haqiqiy   Android   qurilmasidan   foydalaniladi.
Emulator   –   Android   tizimida   ishlaydigan   dasturni   ishga   tushiruvchi   kompyuter
dasturi.   Loyihani   ishga   tushirib   va   ilovaning   ishlashini   tekshirish   mumkin   (2.5-
rasm).
6.   Ilovani   ommaga   taqdim   etish.   Ilovani   chiqarish   uchun   Android   Studio
muhitida   “Build”   menyusidan   “Build   APK”   yoki   “Generate   Signed   APK”
opsiyasini   tanlanadi.   Bu   ilovani   Google   Play   Store   yoki   boshqa   platformalarga
27 yuklash   uchun   kerak   bo‘ladigan   APK   faylini   yaratish   imkoniyatini   beradi   (2.6-
rasm).
2.4-rasm.  Asosiy oynani hosil qilish kod fragmenti
28 2.5-rasm.  Mobil ilovani testlash natijasida olingan natijalardan namuna
2.6-rasm.  Taqdim etilgan dasturning qurilmada ko‘rinishi (chapdan birinchi
ilova)
Bu   jarayonlarda   kerakli   qo‘shimcha   kutubxonalar   va   freymvorklar   bilan
ishlash orqali ilovalarni yanada takomillashtirish mumkin.
2.2. Mobil ilovani ishlab chiqishda server bilan ishlash  
Server   –   bu   tarmoq   orqali   mijozlar   deb   ataladigan   boshqa   kompyuterlarga
resurslar, ma’lumotlar, xizmatlar yoki dasturlarni taqdim etadigan kompyuter yoki
tizim. Nazariy jihatdan, kompyuterlar resurslarni mijoz mashinalari bilan bo‘lishsa,
ular serverlar hisoblanadi.
Mobil   ilovada   server   va   so‘rovlar   bilan   ishlash   ilovaning   funksional
imkoniyatlarini   kengaytiradi.   Bu   jarayonda   mobil   ilova   server   bilan   bog‘lanib,
kerakli ma’lumotlarni olish yoki jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yerda PHP
dasturlash tili va SQL  ma’lumotlar bazasidan  foydalanish misolida mobil  ilovada
server va so‘rovlar bilan ishlash jarayoni bayon etiladi.
PHP   –   bu   veb-ishlab   chiqishga   qaratilgan   umumiy   maqsadli   skript   tili.   U
dastlab   1993-yilda   daniyalik-kanadalik   dasturchi   Rasmus   Lerdorf   tomonidan
yaratilgan   va   1995-yilda   chiqarilgan.   PHP   tilining   asosiy   omili   -   amaliylik.   PHP
dasturchiga   berilgan   vazifalarni   tez   va   samarali   hal   qilish   uchun   vositalar   bilan
ta’minlashi   kerak.   PHP   ning   amaliy   tabiati   beshta   muhim   xususiyatlar   bilan
belgilanadi:
 an’anaviylik;
 soddaligi;
 samaradorlik;
29  xavfsizlik;
 moslashuvchanlik.
PHPni o‘ziga jalb qiladigan yana bir jihati, u bepul tarqatilishidir.
PHPda ma’lum bir   w eb-serverga yo‘naltirilgan kod mavjud emasligi sababli,
foydalanuvchilar   ma’lum   serverlar   bilan   cheklanmaydi.   Apache,   Microsoft   IIS,
Netscape   Enterprise   Server,   Stronghold   va   Zeus   -   PHP   ushbu   barcha   serverlarda
ishlaydi.   Ushbu   serverlar   turli   platformalarda   ishlaydiganligi   sababli,   PHP
umuman   platformadan   mustaqil   til   bo‘lib,   UNIX,   Solaris,   FreeBSD   va   Windows
95/98/NT/ 2000/XP/2003 /7/8/8.1/10  kabi platformalarda mavjud.
PHP vositalari dasturchiga tashqi komponentlar bilan ishlashga imkon beradi,
masalan,   Enterprise   Java   Beans   yoki   Win32   COM   ob y ektlari.   Ushbu   yangi
xususiyatlar   tufayli,   PHP   zamonaviy   texnologiyalar   orasida   munosib   o‘rin
egallaydi va loyihalarni kerakli chegaralarga  y etkazishni ta’minlaydi .
Strukturaviy   so rovlar   tiliʻ .   H ozirgi   kunda   relyatsion   ma’lumotlar   bazasini
boshqarish   tizimi   uchun   keng   tar q algan   standart   til   -   bu   SQL   (Structured   Query
Language) tilidir  [4, 5] .  SQL tili xususiyatlari:
–   SQL   tili   relyatsion   ma’lumotlar   bazasi   sxemasini   aniqlaydi   va   ma’lumotlar
ustida   (manipulyatsiya)   ish   yuritadi.   Unda   ma’lumotlar   bazasi   obyekti   nomlariga
(relatsion   ma’lumotlar   bazasi   uchun   –   jadval   nomi   va   uning   ustunlari)
o‘zgartirishlar kiritish SQL tili kompilyatori yordamida amalga oshiriladi;
–   SQL   tili   o‘z   ichiga   ma’lumotlar   bazasi   butunlik   chegarasini   aniqlashning
maxsus   vositasini   oladi.   Ma’lumotlar   bazasining   butunligini   tekshirishni
ta’minlaydi.   Ma’lumotlar   bazasini   modifikatsiya   qilish   uchun   kompilyatsiya
vaqtida SQL kompilyatori mos dasturiy kodni generatsiya qiladi.
PHP va SQL asosiy komponentlari.   PHP va SQL turli maqsadlarda xizmat
qiladi   va   dinamik   veb-saytlar   yaratish   uchun   muhim   komponentlardir.   PHP
dinamik   tarkibni   yaratish   va   HTML   sahifalarini   yaratish   uchun,   SQL   esa
ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni boshqarish va so‘rovlar uchun ishlatiladi.
PHP   skriptlar   ma’lumotlarni   olish   yoki   jo‘natish   uchun   API   endpointlar
sifatida ishlatiladi. Ma’lumotlar bazasiga ulanish va so‘rovlar yuborish uchun PDO
30 (PHP   Data   Objects)   yoki   MySQLi   (MySQL   improved)   kutubxonalaridan
foydalanish mumkin.   PHP skriptlar ma’lumotlarni olish yoki jo‘natish uchun API
endpointlar sifatida ishlatiladi.
API   (Application   Programming   Interface)   kontekstida   ilova   so‘zi   alohida
funksiyaga ega bo‘lgan har qanday dasturiy ta’minotni anglatadi. Interfeysni ikkita
dastur   o‘rtasidagi   xizmat   shartnomasi   sifatida   ko‘rish   mumkin.   Ushbu   shartnoma
so‘rovlar   va   javoblar   yordamida   ikkalasi   bir-biri   bilan   qanday   muloqot   qilishini
belgilaydi.
Ma’lumotlar   bazasiga   ulanish   va   so‘rovlar   yuborish   uchun   PDO   (PHP   Data
Objects)   yoki   MySQLi   (MySQL   improved)   kutubxonalaridan   foydalanish
mumkin.
Mobil   ilov ada   foy dalanuv chini   aut ent ifi k at siy a lash.   Mobil
ilovalarda   foydalanuvchi   autentifikatsiyasi   dastur   xavfsizligini
ta’minlash   va   faqat   ruxsat   etilgan   foydalanuvchilarga   kirish
imkoniyatini berish uchun juda muhimdir. Autentifikatsiya qilish ushbu
dasturda   so‘rovlarning   haqiqiyligini   tekshirish   va   ma’lumotlar   uchun
so‘rov   yuborayotgan   foydalanuvchilarning   individual   ma’lumotlarini
qaytarish uchun muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonda har bir so‘rovni
amalga   oshirishda   foydalanuvchi   so‘rovni   get   so‘rovi   sifatida   email   va
parol ma’lumotlarini serverga HTTP so‘rov orqali yuboriladi.
1.   Foydalanuvchi   ma’lumotlarini   olish .   doInBackground   metodi
params  massivi orqali foydalanuvchining email va parolini oladi.
2. HTTP so‘rov yuborish . 
a)   URL   yaratiladi   va   HttpURLConnection   yordamida   GET   so‘rov
yuboriladi. 
b)   InputStream   orqali   server   javobi   olinadi   va   BufferedReader
yordamida
31 o‘qiladi.
3. Javobni qayta ishlash . 
a) Server javobi  StringBuilder  yordamida stringga o‘giriladi. 
b)  urlConnection  va boshqa resurslar yopiladi.
4. Javobni tahlil qilish va natijani ko‘rsatish .
a) onPostExecute   metodida server javobi JSON formatda tahlil
qilinadi.
b) success   maydoni orqali autentifikatsiya  muvaffaqiyatli
yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini aniqlanadi.
Muvaffaqiyatli   bo‘lsa,   foydalanuvchi   ID   saqlanadi   va   keyingi
faoliyatga   o‘tiladi.   Muvaffaqiyatsiz   bo‘lsa,   foydalanuvchiga   xatolik
haqida xabar ko‘rsatiladi.
JSON javob namunasi:
{
"success" :   true ,
"user_id" :   "12345" ,
"message" :   "Login successful"
}
JSON   ma’lumotlarini   olish   uchun   mos   so‘rov   havolalari   bilan
murojaat qilish kerak. Dastur birinchi ishga tushganda Login oynasida
foydalanuvchi   o‘z   login   va   parollarini   kiritadi,   bunda   quyidagi
ko‘rinishda email so‘rovi yuboriladi:
{ URL }/api/login.php?email={ EMAIL } & password = { PASSWORD }
32 Ushbu   havola   php   orqali   API   filtrini   qo‘llab   email   va   parol   sql
bazasida   admin   tomonidan   saqlangan   bo‘lsa   hisobdagi
ma’lumotlardan foydalanish uchun JSON ma’lumotlarini qaytaradi. 
Endi   gateway   so‘rovi   orqali   bizga   API   yakunda   nima   olmoqchi
bo‘lganimizni   ko‘rsatsak   so‘ragan   ma’lumotlarimizga   mos   qiymatlarni
qaytaradi.
Dars   jadval   ustida   amallar   jadval   qiymatlarini   olish:   {   URL
}/api/getaway.php?email={ EMAIL } & password = { PASSWORD }& url =
jadval
Dars jadvalini qo‘shish:  
{   URL   }/api/getaway.php   ?   email   =   {   EMAIL   }   &   password=
{ PASSWORD } & url = addTable 
Oylik hisobotni API shaklida qabul qilish:  
{   URL   }/api/getaway.php?   email   =   {   EMAIL   }   &   password   =
{ PASSWORD } & url = monthlyReport
Oylik hisobotni yangilash:
{   URL   }/api/getaway.php?email={   EMAIL   }   &   password   =
{ PASSWORD } & url = addMonthlyReport
Oylik hisobotni yuklash:  
{ URL }/api/getaway.php ? email = { EMAIL } & password =
{ PASSWORD } & url = updateMonthlyReport&reportId = 1
{URL}/api/getaway.php?
email={EMAIL}&password={PASSWORD}&url=deletemonthlyReport&de
leteReportId={0}
33 {URL}/api/getaway.php?
email={EMAIL}&password={PASSWORD}&url=hisobot
Foydalanuvchi professor o‘qituvchining profil ma’lumotlarini olish:
{URL}/api/getaway.php?
email={EMAIL}&password={PASSWORD}&url=profil
Yuqoridagi   ishlar   tahlili   autentifikatsiya   jarayonini   tushuntiradi   va
Android   mobil   ilovasida   foydalanuvchi   autentifikatsiyasi   uchun   asosiy
komponentlarni   ko‘rsatadi.   Bu   yondashuv   foydalanuvchi
ma’lumotlarini   xavfsiz   tarzda   serverga   yuborishga   va   javobni   qayta
ishlashga yordam beradi.
34 III-BOB. DASTURIY TA’MINOTNI LOYIHALASH VA ISHLAB CHIQISH
3.1. Dasturiy ta’minotning mantiqiy loyihasi
Professor-o‘qituvchilarning   ish   faoliyati   uchun   mobil   ilovani
loyihalashning   asosiy   yo‘nalishi   kurs   materiallariga,   dars   rejalariga,
baholash   vositalariga   va   aloqa   imkoniyatlariga   qulay   foydalanish
imkonini   beruvchi   keng   qamrovli   platformani   taqdim   etishdan   iborat.
Ilova   foydalanuvchiga   tizimda   navigatsiya   qilish   va   foydalanish
imkonini   beruvchi   qulay   interfeys   bilan   intuitiv   tarzda   ishlab   chiqilishi
kerak.   Bulutli   saqlash   imkoniyatlarini   birlashtirish   foydalanuvchiga
ma’lumotlarini   istalgan   qurilmada   saqlash   va   ulardan   foydalanish
imkonini   beradi,   bu   esa   ma’lumotlarni   boshqarishda   qulaylik   va
moslashuvchanlikni   ta’minlaydi.   Ta’lim   muassasalarida   o‘quv
yuklamalarini   hisoblash   va   o‘quv   yuklamalarining   bajarilishini   nazorat
qilish samarali yechimlarni talab qiladigan muhim vazifalardir. Maxsus
vositalarsiz   hisoblashlarni   amalga   oshirish   va   rejalashtirishning
an’anaviy   usullari   ko‘pincha   ko‘p   vaqt   talab   etadi   va   xatoliklar   kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin [14].
Mobil ilovaning asosiy funksiyalaridan biri turli o‘quv ma’lumotlari
(fanlar,   guruhlar,   yo‘nalishlar,   kafedralar,   fakultetlar)   uchun   shaxsiy
sahifasini   yaratish   va   tartibga   solish   qobiliyati   bo‘lishi   kerak.   Ilova
orqali   foydalanuvchilar   dars   jadvallarini   kiritishlari   va   bajarilgan
yuklamalarni samarali kuzatishlari mumkin. 
  User   Interface   (UI)   loyihasi   uchun   XML,   Java   va   ma’lumotlarni
saqlash   uchun   JSON   yordamida   yaratilgan   dastur   alohida
xususiyatlarni   taqdim   etadi   va   maxsus   boshqaruv   vositasi   orqali
ma’muriy nazoratni amalga oshiradi.
35 Android   ilovasini   ishlab   chiqish   jarayonining   mantiqiy   modelini
tuzish quyidagi ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:
1-bosqich.   Muammoni   aniqlash.   Professor-o‘qituvchilarning   o‘quv
yuklamalarini   nazorat   qilishda   duch   keladigan   talab   va   muammolarni
aniqlash zarur.
2-bosqich.   Model   qurish.   Predmet-sohani   o‘rganish   natijasida
tizimning   ma’lumotlar   bazasini   relatsion   modelini   qurish.   Ushbu
relatsion modelning fragmenti 3.1-rasmda ko‘rsatilgan.
3.1-rasm.   “Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini
hisoblash” tizimining relatsion modeli
3.2. Dasturiy ta’minotni fizik jihatdan yaratish
Dasturiy   ta’minotni   fizik   jihatdan   yaratish   jarayoni   loyihalash   bosqichida
yaratilgan mantiqiy tuzilmani amaliy dasturiy kodga aylantirishni o‘z ichiga oladi.
Bu   bosqichda   dasturiy   ta’minotning   barcha   komponentlari   ishlab   chiqiladi,
36 integratsiya   qilinadi   va   sinovdan   o‘tkaziladi.   Quyida   mobil   ilova   uchun   dasturiy
ta’minot komponentlarining fizik jihatdan yaratilish jarayoni ko‘rsatilgan.
1-bosqich.   Tizimning   foydalanuvchi   interfeysini   shakllantirish .
Foydalanuvchi interfeysini shakllantirish uchun Java va UI dizayni orqali
XML dan foydalanib, oʻqituvchilarga dars jadvallarini kiritish, davomatni
qayd   etish   va   ish   yuklamasining   borishini   kuzatish   imkonini   beruvchi
qulay interfeys yaratiladi.
2-bosqich.   Tizimni   realizatsiya   qilish.   Ilovaning   ma’lumotlarini
samarali   boshqarish   uchun   JSON   ma’lumotlarini   o‘z   ichiga   olgan   Java
va   PHP   dasturlash   tili   yordamida   ishlab   chiqilgan.   Ma’lumotlarni
tasvirlash   uchun   vizual   tasvirlash   uchun   diagramma,   REST   API
kutubxonalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
3-bosqich.   Testlash.   Turli   Android   qurilmalari   va   platformalarida
ilovaning   funksionalligi,   qulayligi   va   ishonchliligini   taʼminlash   uchun
sinovlar   oʻtkaziladi.   Jumladan,   Google   Play   Console   tizimida   ilova
tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ushbu bosqichlar asosida realizatsiya qilingan Android ilovasining
bir nechta asosiy xususiyatlarini keltirish mumkin:
1)   Foydalanuvchi   autentifikatsiyasi .   Foydalanuvchilarning   farqli
kontentini  yaratish   juda   katta   hajmdagi   axborot   tizimlarida   vazifalarni
taqsimlash,   yashirin   axborotlarni   himoyalash   kabi   imkoniyatlarni
beradi.   Bu   imkoniyatlar   foydalanuvchi   huquqlarini   chegaralash   yoki
kengaytirish orqali amalga oshiriladi [4].
Yuqorida   keltirilgan   sabablarga   ko‘ra,   tizimdan   foydalanish   uchun
quyidagi   rollar   ishlab   chiqilgan:   professor-o‘qituvchi,   kafedra   mudiri,
kabinet mudiri, administrator.
37 2)   D ars   jadvalini   boshqarish.   Professor - o‘qituvchilar   dars
jadvallarini   nazorat   qilish,   ularni   ko‘rish,   kiritish   kabi   imkoniyatlarga
ega bo‘ladi.
3)   Ko‘p   tillilikni   ta’minlash.   Ilova   interfeysi   o‘zbek,   rus,   ingliz   kabi
tillarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati taqdim etadi. 
4)   O‘quv   yuklamasini   boshqarish.   O‘qituvchilar   o‘quv
yuklamasining   bajarilish   jarayonini   kuzatishi   va   uni   intuitiv
diagrammalar orqali kuzatib borishlari mumkin.
5)   Kafedra   mudiri   va   kabinet   mudiri   nazorati.   O‘quv   yuklamasini
kafedra   bo‘yicha   bajarilish   holatini   kafedra   mudiri   va   kabinet   mudiri
nazorat qilish imkoniyati mavjud. 
Quyida   mobil   ilovaning   foydalanuvchi   interfeyslarining   ayrim
qismlari keltirilgan.
1)   Kirish   oynasi.   Foydalanuvchi   uchun   ilovaga   xavfsiz   kirishni
ta’minlaydi (3.2-rasm). 
2)   Sozlamalar   oynasi.   Foydalanuvchilar   tizimning   imkoniyatlarini
sozlash   imkonini   beradi.   Bu   imkoniyatlarga   mavzu   tanlash,
bildirishnomalarni,   interfeys   tilini   o‘rnatish   kabilarni   keltirish   mumkin
(3.3-rasm).
38           2.2-rasm.  Tizimga kirish oynasi   2.3-rasm.  Sozlamalar oynasi
3)   Dars   jadval   oynasi.   Dars   jadvali   oynasi   dars   jadvallarining
tuzilgan umumiy ko‘rinishini taqdim etadi (2.4-rasm).
4)   Hisoblangan   o‘quv   yuklamasi   oynasi.   Professor-o‘qituvchining
oylik   bajargan   o‘quv   soatlari   haqida   hisobotlar   aks   etadi.   Ushbu   oyna
orqali   professor-o‘qituvchi   o‘quv   yuklamsining   bajarilish   holati   haqida
ma’lumotlar olishi mumkin (2.5-rasm).
Dasturiy   ta’minotning   mobil   ilova   qismi   Java   dasturlash   tili   asosida   kodlari
yozilgan. Bunda Java dasturlash tili XML tilida yozilgan UI qismini nazorat qilish
va serverga ulanish uchun PHP hamda SQL dan foydalanadi.
Dasturiy   vosita   Ahost.com   tizimida   https://fullfilment.khudoyberdiev.uz/
manzilida joylashtirildi va foydalanish.
39         4-rasm.   Dars   jadval   oynasi                       5-rasm.   Hisoblangan   o‘quv
yuklamasi oynasi
D astur   quyidagi   5   katta   qismdan   tashkil   topadi:   java   kod   fayllari,   xml   kod
fayllari, JSON namunalari (API). 
Dasturni ishlab chiqish jarayonida yuqorida keltirilgan quyidagi to rt turdagiʻ
fayllar ishlab chiqildi:
Java kodlari XML kodlari PHP kodlari Resurs
fayllari Json
namunal
ari
DayModel
DaysAdapter
JsonHelper
Fan
FanAdapter schedule_item.xml
activity_load.xml
activity_login.xml
activity_main.xml
activity_splash.xml 404.php
index.php
db.php
confirm.php
footer.php api
assets
component
s
config bajarilish.
json
days.json
fans.json
asosiy_his
40 HomeFragment
BajarilishFragm
ent
JsonHelperDays
LanguageBotto
mSheetFragment
HisobotFragmen
t
SplashPagerAda
pter
SplashActivity
ScheduleFragme
nt
ProfilFragment
MainActivityBo
sh
MainActivity
LoginActivity
LoadActivity card_layout.xml
days_item.xml
fragment_bajarilish.
xml
fragment_hisobot.x
ml
fragment_home.xml
fragment_language
_bottom_sheet.xml
fragment_profil.xml
fragment_schedule.
xml
item_card.xml
item_day.xml
login_splash.xml
pager_item.xml
ui.xml navbar.php
teachers.php
getaway.php
getMonthlyR
eport.php
getProfil.php
getReport.ph
p
getSchedule.
php
login.php
updateMonthl
yReport.php
deletemonthl
yReport.php
addTable.php
addMonthlyR
eport.php
error.php
deleteUser.ph
p
addUser.php json_tepm
templates
user
css
imgs
js
strings.xml
(uz)
strings.xml
(ru)
strings.xml
(eng)
build.gradl
e
AndroidM
anifest.xml obot.json
dars_jadv
ali.json
oylik_his
obot.json
Dasturdan foydalanish uchun qo yiladigan talablar:ʻ
Internet   texnologiya   asosida   ishlashga   mo ljallangan   Android   telefoni   yoki	
ʻ
ushbu   tizimni   qo‘llab   quvvatlaydigan   emulator   dasturi.   Dasturdan   foydalanishni
boshlash uchun foydalaunvchi professor-o‘qituvchi o‘z qurilmasiga dasturni ilova
do‘konlaridan   biridan   masalan,   Play   Marketdan   yuklab   olishi   talab   etiladi.   Shu
o‘rinda dasturni o‘rnatish fayli orqali ham  foydalanish uchun qurilmada o‘rnatish
imkoniyati   mavjud   bo‘ladi.   Dastur   bulutli   texnologiya   asosida   Ahost   Hosting
tizimida o‘rnatilgan PHP serveriga ulanadi. 
Foydalanuvchi qurilmasiga qo yiladigan minamal texnik talablar:	
ʻ
– 1.0 Gb tezkor xotira, xotira kartasida 300 Mb bo sh joy talab qilinadi;	
ʻ
– Dastur  ishlatilayotgan  vaqtda server  bilan aloqa o rnatilishi  uchun  internet	
ʻ
aloqasiga ulangan bo‘lishi;
– Operatsion tizim Android 5.0 dan baland bo’lishi talab qilinadi.
Ushbu hosil qilingan Android ilovasi professor-o‘qituvchilar uchun
o‘quv   yuklamalarini   boshqarish   bilan   bog‘liq   muammolarni   hal
41 qilishning   dastlabki   qadamidir.   Keyingi   ishlarda   mobil   ilovani   HEMIS
tizimi   bilan   integratsiya   qilish   va   oliy   ta’lim   muassasining   barcha
kafedralari   o‘quv   yuklamalarining   keyingi   holatini   bashorat   qilish   va
buning natijasida oliy ta’lim muassasi uchun keyingi kadrlarga bo‘lgan
ehtiyojni taxminiy aniqlash ko‘zda tutilgan.
42 XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim vazirining 2018-yil 8-
oktabrdagi   “Oliy   ta’lim   muassasasi   professor-o‘qituvchilar   tarkibining   o‘quv
yuklamasi   hamda   o‘quv-uslubiy,   ilmiy-tadqiqot   va   “ustoz-shogird”   ishlarini
belgilash   qoidalarini   tasdiqlash   to‘g‘risida”gi   buyrug‘ida   Oliy   ta’lim   muassasasi
professor-o‘qituvchilari   tarkibi   mehnatini   normalashtirish   har   o‘quv   yili   uchun
professor-o‘qituvchilar   va   kafedra   mudiri   tomonidan   tuziladigan   hamda
prorektorlar   bilan   kelishilgan   holda   o‘quv   ishlari   bo‘yicha   prorektor   (fakultet
dekani)   tomonidan   tasdiqlanadigan   o‘quv   yili   bo‘yicha   shaxsiy   ish   rejalariga
asoslanadi.
Professor-o‘qituvchilarning   o‘quv   yuklamalarini   hisoblash   bo‘yicha   mobil
ilovaning ishlab chiqilishi ta’lim muassasalari  uchun muhim masalalardan biridir.
Android,   HTML,   CSS,   PHP,   JavaScript,   Java,   XML   va   SQL   texnologiyalarining
integratsiyasi   ish   yukini   boshqarishni   soddalashtiradigan   keng   qamrovli   tizimga
olib keldi.  Ilova  o‘qituvchilar  uchun  dars  jadvallarini  osongina  ko‘rish,  yangilash
va   tahrirlashni   osonlashtiradi,   adminlar   esa   oylik   yuklamalarni   va   ish   yukini
taqsimlashni samarali boshqarish va vizualizatsiyasini kuzatib borish imkoniyatiga
ega.   Telegram   botlarining   kiritilishi   tizimning   funksionalligi   va   foydalanuvchi
tajribasini yanada oshiradi.
Ushbu   loyiha   ta’lim   muassasalarida   yuklamalarni   boshqarish   muammolarini
hal   qilishda   zamonaviy   texnologiyalardan   samarali   foydalanishni   namoyish   etdi.
Kelajakdagi   ishlar   real   vaqtda   bildirishnomalar,   ilg‘or   tahlillar   va   tizimning
foydaliligi   va   ish   faoliyatini   yanada   yaxshilash   uchun   kengroq   platforma
muvofiqligi kabi qo‘shimcha funktsiyalarni o‘rganishi mumkin.
43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI:
1. Smith, J. (2021). The Role of Mobile Applications in Education. Journal of
Educational Technology, 15(2), 45-58.
2.   O.   R.   Yusupov,   I.   Q.   Ximmatov,   E.   Sh.   Eshonqulov.   Algoritmlar   va
berilganlar strukturalari. Oliy o quv yurtlari uchun o quv qo llanma. – Samarqand:ʻ ʻ ʻ
SamDU nashri. 2021.
3.   „ ПНСТ   277-2018   Российская   система   качества .   Сравнительные
испытания мобильных приложений для смартфонов, ПНСТ от 26 июня 2018
года №277-2018“. docs.cntd.ru. Qaraldi: 2020-yil 22-may.
4.   Аткинсон,   Леон.   " MySQL .   Библиотека   профессионала."   —   М.:
Издателский дом "Виляме", 2002.
5.   Т.   Конолли,   К.   Бегг.   "Базы   данных:   проектaование,   реализация   и
сопровождение." — Диалектика, 2000.
6. "Professional PHP Programming." Published by Wrox Press Ltd., USA.
7.   Мархвида,   И.В.   "Создание   Web-страниц:   HTML,   CSS,   JavaScript."
Минск: ООО "Новое знание", 2002.
8.  Назаров ,  Ф . "Web- технологи ."  Д a рслик , 2023.
9. Хазелл, С. "Android Programming: The Big Nerd Ranch Guide." Big Nerd
Ranch Guides, 2019.
10.   Мэдден,   Д.   "Telegram   Bot   Development:   A   Practical   Guide."   Packt
Publishing, 2020.
11.   Балтазар,   М.   "Java   Programming   for   Android   Developers."   Addison-
Wesley Professional, 2018.
12. Джонсон, Л. "XML in a Nutshell." O‘Reilly Media, 2021.
13. Android App Development: A Review August 2021:
14. Awder Mohammed Ahmed, Mazen Ismaeel Ghareb, Muzhir 
Shaban Al-Ani, Design and Implement Mobile Learning Application for 
Students inHigher Education, Asian Journal of Information Technology 
17 (2): 177-188, 2018
44 FOYDALANILGAN INTERNET MANBALARI
1.  https: // www.researchgate.net/ publication/ 
356316656_Android_App_Development_A_Review  
2.  https://fireart.studio/blog/top-most-popular-programming-languages-for-
mobile-app-development/  
3.  https://www.statista.com/  
45 ILOVALAR
1-ilova. LoginTask klassi.
private class LoginTask extends AsyncTask<String, Void, String> {
    @Override
    protected String doInBackground(String... params) {
        String username = params[0];
        String password = params[1];
                String   urlString   =   "https://fullfilment.khudoyberdiev.uz/api/login.php?email="   +   username   +
"&password=" + password;
        String result = null;
        try {
            URL url = new URL(urlString);
            HttpURLConnection urlConnection = (HttpURLConnection) url.openConnection();
            urlConnection.setRequestMethod("GET");
            urlConnection.connect();
            InputStream inputStream = urlConnection.getInputStream();
            BufferedReader bufferedReader = new BufferedReader(new InputStreamReader(inputStream));
            StringBuilder stringBuilder = new StringBuilder();
            String line;
            while ((line = bufferedReader.readLine()) != null) {
                stringBuilder.append(line);
            }
            result = stringBuilder.toString();
            bufferedReader.close();
            inputStream.close();
            urlConnection.disconnect();
        } catch (Exception e) {
            e.printStackTrace();
        }
        return result;
    }
    @Override
    protected void onPostExecute(String result) {
        super.onPostExecute(result);
        // JSON response parsing and handling
        try {
            JSONObject jsonResponse = new JSONObject(result);
            boolean success = jsonResponse.getBoolean("success");
            if (success) {
                // Successful login actions
                String userId = jsonResponse.getString("user_id");
                // Save user details and navigate to the next activity
            } else {
                // Show error message
                String message = jsonResponse.getString("message");
                Toast.makeText(getApplicationContext(), message, Toast.LENGTH_LONG).show();
            }
        } catch (JSONException e) {
            e.printStackTrace();
        }
    }
}
2-ilova. MainActivity klassi.
public class MainActivity extends AppCompatActivity {
    ActivityMainBinding binding;
46     //dars jadvali / fasnlar ro'yxati - yo'nalishi, kursi, guruhi, umumiy soati, bajarilishi, hisobot
    @Override
    protected void onCreate(Bundle savedInstanceState) {
        super.onCreate(savedInstanceState);
        binding = ActivityMainBinding.inflate(getLayoutInflater());
        setContentView(binding.getRoot());
        replaceFragment(new HomeFragment());
        binding.bottomNavigationView.setBackground(null);
//        binding.bottomNavigationView.setBackgroundColor(Color.parseColor("#0071A5"));
        binding.bottomNavigationView.setOnItemSelectedListener(item -> {
            if (item.getItemId() == R.id.home) {
                replaceFragment(new HomeFragment());
            } else if (item.getItemId() == R.id.schedule) {
                replaceFragment(new ScheduleFragment());
            } else if (item.getItemId() == R.id.execution) {
                replaceFragment(new BajarilishFragment());
            } else if (item.getItemId() == R.id.report) {
                replaceFragment(new HisobotFragment());
            } else if (item.getItemId() == R.id.profil) {
                replaceFragment(new ProfilFragment());
            }
            return true;
        });
    }
    private  void replaceFragment(Fragment fragment) {
        FragmentManager fragmentManager = getSupportFragmentManager();
        FragmentTransaction fragmentTransaction = fragmentManager.beginTransaction();
        fragmentTransaction.replace(R.id.frame_layout, fragment);
        fragmentTransaction.commit();
    }
}
timeTextView;
3-ilova. PHP orqali yozilgan admin kirish sahifasi
<?php 
function redrect($url) 
{ 
  header("Location:$url"); 
} 
session_start(); 
if (empty($_SESSION["auth"]) && empty($_SESSION["id"])) { 
  redrect('./templates/login.php'); 
} 
 
// if (empty($_SESSION['admin']) && $_SESSION['admin'] != 'Admin01') { 
//   redrect('./user/index.php'); 
// } 
 
if (isset($_GET['logout'])) { 
  $_SESSION = array(); 
  session_destroy(); 
  session_unset(); 
  unset($_SESSION["auth"]); 
47   redrect('./templates/login.php'); 
  exit(); 
} 
?> 
 
<!DOCTYPE html> 
<html lang="en"> 
 
<head> 
  <meta charset="UTF-8" /> 
  <meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0" /> 
  <title>O'quv yuklamalar bajarilishi</title> 
  <link rel="shortcut icon" href="./assets/imgs/favicon.png" type="image/x-icon"> 
  <link href="https://cdn.jsdelivr.net/npm/bootstrap@5.3.3/dist/css/bootstrap.min.css" rel="stylesheet" 
        integrity="sha384-
QWTKZyjpPEjISv5WaRU9OFeRpok6YctnYmDr5pNlyT2bRjXh0JMhjY6hW+ALEwIH"
crossorigin="anonymous" /> 
    <link   rel="stylesheet"   href="https://cdn.jsdelivr.net/npm/bootstrap-icons@1.11.3/font/bootstrap-
icons.min.css"> 
  <script src="https://cdn.jsdelivr.net/npm/bootstrap@5.3.3/dist/js/bootstrap.bundle.min.js" 
    integrity="sha384-YvpcrYf0tY3lHB60NNkmXc5s9fDVZLESaAA55NDzOxhy9GkcIdslK1eN7N6jIeHz" 
    crossorigin="anonymous"></script> 
  <link rel="stylesheet" href="assets/css/main.css" /> 
</head> 
 
<body class="bg-light"> 
  <?php include 'components/navbar.php'; ?> 
  <div class="container"> 
    <!-- <h3 class="text-center my-3">Qo'llanmalar</h3> --> 
    <br> 
    <?php include 'components/teachers.php'; ?> 
  </div> 
  <?php include 'components/footer.php'; ?> 
</body> 
 
</html>
48

MAVZU: PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR YUKLAMASINI BAJARILISHI NAZORAT VA MONITORING QILISH MOBIL ILOVASINI LOYIHALASH MUNDARIJA KIRISH ..................................................................................................................... 2 I-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASINING O‘QUV YUKLAMALARINI HISOBLASH TIZIMINING TAFSILOTLARI ................................................... 4 1.1. O‘quv yuklamalarni vaqt me’yorlari bo‘yicha hisoblashni rasmiylashtirish talablari ....................................................................................... 4 1.2. Vaqt me’yorlariga asosan kafedraning umumiy yuklamasini shakllantirish .......................................................................................................... 6 II-BOB. MOBIL ILOVALARNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYALARI .... 24 2.1. Mobil ilovalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan tillar. Java dasturlash tili ......................................................................................................................... 24 2.2. Mobil ilovani ishlab chiqishda server bilan ishlash ................................ 29 III-BOB. DASTURIY TA’MINOTNI LOYIHALASH VA ISHLAB CHIQISH ................................................................................................................................. 35 3.1. Dasturiy ta’minotning mantiqiy loyihasi ................................................ 35 3.2. Dasturiy ta’minotni fizik jihatdan yaratish ............................................. 36 XULOSA ................................................................................................................ 43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: ........................................ 44 ILOVALAR ............................................................................................................ 46

KIRISH Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlar jamiyatning barcha sohalariga, jumladan, ta’lim jarayoniga keng joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022—2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Shu munosabat bilan, ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish, uni avtomatlashtirish va raqamlashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlar oqimining oshib borishi ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlashni talab etmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish va ularni joriy etish zarur. Jumladan, o‘quv jarayonlarini boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Globallashuv jarayonida ta’limni boshqarishda avtomatlashtirilgan intellektual tizimlarni joriy qilish orqali samaradorlikni oshirish mumkin. Zamonaviy axborot tizimlari katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash bilan birga, foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob bera olishi kerak. Ushbu tizimlarni loyihalashda ma’lumotlarni integratsiyalash, xavfsizlikni ta’minlash va qulay interfeys yaratish asosiy vazifalar hisoblanadi. Ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini nazorat qilish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mobil ilova o‘qituvchilarga dars jadvallarini boshqarish imkonini beradi, tizim adminlar esa oylik yuklamalarni nazorat qilish, topshiriqlar belgilash va bajarilgan o‘quv yuklamalar hajmini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tizim ta’lim muassasalarida o‘quv yuklamalarini boshqarishni soddalashtirishga xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishda ta’lim jarayonini avtomatlashtirishga doir zamonaviy dasturlash vositalari va texnologiyalari tahlil qilinadi hamda ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari, o‘quv jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida samarali boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yechimlarni o‘z ichiga oladi. 2

Ushbu ishda professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash mobil ilovasini loyihalash va ishlab chiqish jarayonini tavsiflaydi. Ishda asosiy e’tibor foydalanuvchi uchun tizimning interfeysi va ishlash prinsipi qulay bo‘lishiga qaratilgan. Dasturiy mahsulot zamonaviy tendensiyalardan foydalanish va maxsus vositalar orqali ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishi strukturasi. Ish uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Birinchi bob professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash jarayonining nazariy asoslari tahlil qilinadi. Ikkinchi bob professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash mobil ilovasini loyihalash va ishlab chiqish texnologiyalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Bu yerda ilovani yaratishda tanlab olingan dasturlash tili va texnologiya haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uchinchi bob professor-o‘qituvchilarning ishchi o‘quv yuklamalarini hisoblash mobil ilovasining dasturiy ta’minotini loyihalash va ishlab chiqish jarayonlari tahlil qilinadi. Bu yerda dasturiy ta’minotni yaratish bosqichlari, kod yozish va testlash jarayonlari, shuningdek, dasturiy ta’minotni optimallashtirish usullari haqida ma’lumot beriladi. Xulosada asosiy natijalar va takliflar, adabiyotlar ro yxatidaʻ qo llanilgan ʻ materiallar va internet-resurslar, ilovalarda esa, boshqaruvchi va qo shimcha ʻ dasturiy modullar matnlari keltirilgan . 3

I-BOB. OLIY TA’LIM MUASSASINING O‘QUV YUKLAMALARINI HISOBLASH TIZIMINING TAFSILOTLARI 1.1. O‘quv yuklamalarni vaqt me ’yo rlari bo‘yicha hisoblashni rasmiylashtirish talablari Oliy ta’lim muassasi (OTM) O‘quv-uslubiy boshqarmasida o‘quv yuklamalarini hisoblash qoidalari. OTM O‘quv-uslubiy boshqarmasi o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish ishlarini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qarori 1 ga asosan o‘quv- uslubiy boshqarma quyidagi namunaviy shtatlari asosida xodimlarni ishga qabul qilishi mumki n. Ushbu qonunda belgilangan vazifalar sirasiga professor- o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini nazor ati olib borish vazifasi ham kirishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining(hozirgi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) 2018-yil 8-oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv- uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ida 2 Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tarkibi mehnatini normalashtirish har o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (fakultet dekani) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi. Shuningdekning buyruqning “Umumiy qoidalar” bo‘limida quyidagilar keltirilgan: – Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalarida to‘liq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o‘quv yili 1 (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 8-son, 122-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 10/18/2859-1/2035-son; 19.02.2020-y., 10/20/2859-2/0188-son) 2 Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz- shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida, [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8- oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3076] 4

yakunida faqat mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi. O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor- o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin; – Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari: to‘liq shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida; to‘liq shtatda bo‘lmagan va o‘rindosh sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor- o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida; – Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Professor-o‘qituvchining o‘quv yuklamasini hisoblashda quyidagi umumiy qoidalar nazarda tutiladi: 1. OTMda professor-o‘qituvchilarni o‘quv hamda ilmiy - uslubiy va “Ustoz- shogird” ishlari hajmini hisoblash Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining “Vaqt me’yorlari” to‘g‘risida buyrug‘iga binoan mazkur nizom asosida ish yuritiladi; 2. Oliy ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar soni, ish haqi fondi doirasida quyidagi tartibda o‘quv, ilmiy-uslubiy, “Ustoz-shogird” ishlari hajmini belgilovchi “Vaqt me’yorlari” joriy etilgan; 3. “Vaqt me’yorlari” me’yoriy hujjat bo‘lib, oliy ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘quv, ilmiy-uslubiy, “Ustoz-shogird” ishlarini oliy ta’lim muassasasining shtat birliklariga muvofiq to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi; 4. Ma’ruzalar o‘qish professorlar, dotsentlar, katta –o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining qarori 5