logo

PROFESSOR-O'QITUVCHILAR ILMIY REYTINGINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING QILISHNING INTELLEKTUAL TIZIM ALGORITMI VA DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1359.939453125 KB
PROFESSOR-O'QITUVCHILAR ILMIY REYTINGINI
SHAKLLANTIRISH VA MONITORING QILISHNING INTELLEKTUAL
TIZIM ALGORITMI VA DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH
MUNDARIJA
Kirish  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  . . 
3
I  bob . Axborot tizimining m a’lumotlar   bazasini yaratis h va uni  
loyihalash bosqichlari ..
7
1. Axborot tizimida m a’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari . .
7
2. Axborot tizimi m a’lumotlar bazasini loyihalash  .  .  .   . . . . . . . . . 
11
3. Ma’lumotlar   modellari  va m a’lumotlar bazasini  yaratish 
tizimlari. . . . . . . . . . . . . .  
15
4. Ma’lumotlar bazasini tahrirlash  uchun  amaliy dastur  ishlab 
chiqish vositasi     . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
24
I bob bo‘yicha xulosa…………………………………………..
26
I I   bob. Professor-O`qituvchilar   ilmiy   reytingini   shakllantirishning
sun`iy intellekt tizimi ma`lumotlar bazasi tavsilotlari .  
27
1. Reyting tizimlari va ularning afzalliklari . . . . . . . . . . 
2. O`qituvchilar   ilmiy   reytingini   ma’lumotlari   modelini   ishlab
chiqish   va   ilmiy   reyting   tizim ining   ma’lumotlar   bazasini
loyixalash …………………………………………….
37
3.
4. Ma’lumotlarga asosan so ‘rovlar hosil qilishni 
shakllantirish……………………………………………
Ilmiy reytingni shakllantirishda suni`y intellekt tizim 
algoritmlarini qo`llash………………
38
II bob bo‘yicha xulosa…………………………………………..
38
I II   bob. Professor-O`qituvchilar   ilmiy   reytingini   shakllantirishning
intellektual   tizimi   dasturiy   ta’minotining
tav f sifi ……………………… 39
1. Ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish . 41
2. Dasturiy ta’minotning mantiqiy strukturasi  . . . . . . . . . . . . . . . . .
1 43
3. Dasturiy ta’minotning tarkibi tavsifi . . . . . . .  . . . . . . .
49
4. Dastur   yordamida   reytingni   shakllantirish   jarayoni   amalga
oshirish……………………………………………………… 50
III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………..
53
Xulosa  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
54
Adabiyotlar ro‘yxati  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 
Ilovalar  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
KIRIS H
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
Farmoni   bilan   tasdiqlangan   2017-2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasi
mamlakatning   davlat   va   jamiyat   rivojlanishi   istiqbolini   strategik   rejalashtirish
tizimiga   sifat   jihatdan   yangi   yondashuvlarni   boshlab   berdi [1] .   Unda   belgilangan
vazifalar sirasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ham aloxida ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-son
Farmoni   ijrosini   ta’minlash   maqsadida   oliy   ta’lim   tizimidagi   boshqaruv
jarayonlarni elektron hisoblash mashinalari yordamida avtomatlashtirish usullarini
yaratish   bugungi   kunni   asosiy   vazifalaridan   biri   hisoblanadi[1].   Jamiyatning
barcha   sohalari   jadallik   bilan   rivojlanayotgan   bir   vaqtda   axborot   texnologiyalari
ham  barcha sohalarga jadallik bilan kirib bormoqda.  Bugungi  kunda ma’lumotlar
oqimining   ko‘pligi   tufayli   ularni   qisqa   vaqt   ichida   qayta   ishlash   muommosi   ham
ortib   bormoqda.   Ma’lumotlar   oqimining   ko‘pligi   tufayli   ularni   qisqa   vaqt   ichida
qayta   ishlash   uchun   ma’lum   bir   sohaga   oid   muammoni   hal   qiladigan
avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ta’lab etiladi[3]. 
Ushbu   masalalarning   dolzarbligi   xususida   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2012   yil   21   martdagi   “Zamonaviy   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi
PQ-1730 sonli qarori, hamda “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim milliy
2 tarmog’ini   yaratish”   investitsion   loyihasini   amalga   oshirish   chora-tadbirlari
to‘g’risida”gi   PQ-1740   sonli   qarori   va   me’yoriy   hujjatlarda   alohida   ta’kidlab
o‘tilgan.
Zamonaviy   axborotlar   sistemasi,   ma’lumotlar   integrasiyasi   konsepsiyasiga
asoslangan   katta   xajmdagi   ma’lumotlarni   saqlash   bilan   tavsiflanadi   va   ko‘p   sonli
foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo‘ladi. Axborot
tizimi   va   axborot   texnologiyasining   avtomatlashtirilgan   elementlarini   qo‘llash   va
avtomatlashtirish asosida  yangi axborot texnologiyasini  yaratish avtomatlashtirish
sistemalarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu   dissertatsiya   ishining   maqsadi   o liy   ta’lim   boshqaruvida   professor-
o`qituvchilarni   ilmiy   reytingini   tafakkurli   tizim   algoritmlari   yordamida
shakllantirish va dasturiy ta’minotini yaratish  hisoblanadi. Ishning natijasi esa oliy
ta’lim   tizimida   eng   asosiy   axborot   manbai   bo‘lgan   tarmoq   (global   yoki   lokal)
texnologiyasi   asosida   ishlovchi   “O`qituvchilar   ilmiy   reytingini   avtomatlashtirish
tizimi” dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
Dissertatsiya   ishi   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi:   Ta’lim
tizimida   o‘quv   jarayonini   boshqarishning   sifat   ko‘rsatkichlari   bo‘yicha   jahon
andozalari   darajasiga   ko‘tarish,   zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   yurtimizda
keng joriy etish uslubini yaratish dolzarb  masalalardan hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarining professor-o`qituvchilari ilmiy faoliyatini baholashni
avtomatlashtirishda oliy ta’lim muassasasi  o`qituvchilari ma’lumotlar bazasi  hosil
qilinadi.   Ma’lumotlar   bazasi   asosida   barcha   o`qituvchilar   o`zlarining   ilmiy
faoliyati   ma’lumotlaridan   tarmoq   orqali   avtomatik   tarzda   foydalanish   imkoni
yaratiladi.  
Tadqiqot   obyekti   va   predmetining   belgilanishi:   Oliy   ta’lim   muassasalari
ilmiy-o`quv bo‘limi  tadqiqot ob’yekti, uning ishini  avtomatik tarzda boshqarishni
tashkil etish tadqiqot predmeti  hisoblanadi.
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalari:   Ishning   maqsadi   o‘quv   muassasa
o`qituvchilarining ilmiy faoliyatiga tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish va unda
tizimdan  lokal   yoki   global   tarmoq   orqali   foydalanish   hamda  ma’lumotlarni   qayta
3 ishlashni   amalga   oshirish   uchun   dasturiy   ta’minot   yaratishdan   iborat.   Ishning
maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
 -Tezkor ravishda fakultet, kafedra,
ish turlari bo yicha so rovlar asosida o`qituvchilarni amalga oshirgan ishlari haqidaʻ ʻ
ma’lumotlarni shakllantirib hisobot ko rinishida chop etish. 	
ʻ
 -Tizimdan   foydalanuvchilarni
ro yxatdan o tkazish;	
ʻ ʻ
 -Tizimga   o`qituvchilarning
yutuqlari  haqida ma’lumot kiritish;
 -Har safar   kiritilgan   ma’lumotlarni
yangilash;
 -Administrator   ixtiyoriy   vaqtda
kafedra va fakultet kesimida  so rovlar asosida 	
ʻ o`qituvchilarni reytingini  aniqlash;
 - Tekshiruvdan   o`tmagan
ma`lumotlarni  o zgartirish;	
ʻ
 -Tizim   tarkibidagi   o`qituvchilarga
avtomatik tarzda mavjud ma`lumotlarga asoslanib ball qo`yib bori sh ;
 -Ixtiyoriy   kafedrada   nisbatan   kam
ball to`plagan o`qituvchilarni  aniqlash.
 Dasturiy   ta’minot   tavsifini   berib,
un dan  amalda  foydalanish uchun ko‘rsatma lar  berish.
Mavzu   bo‘yicha   qisqacha   adabiyotlar   tahlili:   Ma’lumotlar   bazasining
tarkibiy qismlarini, ma’lumotlarning infologik va datalogik modellari bilan ishlash,
ma’lumotlar bazasining fayl tizimini yaratish, ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar bilan
ishlov berish quyidagi  asosiy  adabiyotlardan tahlil qilib o‘rganildi:   1.   Atkinson,
Leon. A92 MySQL. Biblioteka professionala.: Per. s angl. — M.: Izdatelskiy dom
"Vilyame", 2002. — 624 s.:
2.   T.   Konolli,   K.   Begg   "Bazы   dannыx:   proektirovanie,   realizatsiya   i
soprovojdenie" ,  Dialektika 2000 .
3. “Professional PHP Programming” Published by Wrox Press Ltd., USA.
4 Web   ilova ni   yaratishda   asosan   Marxvida   I.V.   "Sozdanie   Web-stranits:
HTML,   CSS,   JavaScript"   Minsk   OOO   "Novoe   znanie",   2002   -352   s.
adabiyotlar i dan foydalanildi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi:
- ma’lumotlar   bazalarini   loyihalashda   relyasion   algebra   va   tarmoq
texnologiyalaridan foydalanildi;
- dastur  client-server   (mijoz-server) texnologiyasi asosida ishlab chiqildi;
- ma’lumotlarni himoyalashda identifikasiyalash usulidan foydalanildi;
- dastur   foydalanuvchilarini   guruhlarga   ajratish   va   dasturdan   foydalanish
uchun avtorizatsiya tizimini qo‘llash texnologi yas idan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:   Dissertatsiya ishini
bajarish   natijasida   yaratilgan   ma’lumotlar   bazasiga   ko‘ra   oliy   ta’lim   muassasasi
o`qituvchilarining ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yagona algoritm asosida
qayta   ishlashni   amalga   oshiruvchi   dasturiy   ta’minot   yaratish   muhim   amaliy
ahamiyat   kasb   etadi.   Dissertatsiya   ishi   natijalaridan   oliy   ta’lim   tizimidagi   barcha
oliy   o‘quv   yurtlarida   foydalanib,   real   iqtisodiy   va   sifat   samaradorlikka   erishish
mumkin.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Mazkur   ishda   universitet   ilmiy-o`quv
bo‘limi   ishini   yuritishni   amalga   oshirish   dasturiy   ta’minoti   tarmoq
texnologiyasidan   foydalangan   holda   yaratildi   va   ma’lumotlar   bazasi   modeli
MySQLWorkbench tizimida ishlab chiqildi. Universitet ilmiy-o`quv bo‘limi ishini
avtomatik   tarzda   boshqarish   jarayonida   ma’lumotlarni   saqlanish   holatini,   vaqtni
tejash va ma’lumotlar aylanishini samarali hosil qilish imkonini beradi.
Bitiruv   ishining   tarkibining   qisqacha   tavsifi:   Dissertatsiya   ishi,   kirish
qismi, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati iborat.
I- bob.   Ma’lumotlar   bazasini   yaratis h   va   uni   loyihalash   bosqichlari .
Mazkur   bobda   ma’lumotlar   bazasining   asosiy   tushunchalari,   uni   loyihalash
jarayoni,   yaratish   usullari,   reyting   tizimlari   va   ularning   afzalliklari,   tahrirlash
uchun amaliy dastur ishlab chiqish vositasilari bayon etilgan.
5 I I -bob.   Professor-O`qituvchilar   ilmiy   reytingini   shakllantirishning
tafakkurli tizimi ma`lumotlar bazasi tavsilotlari .
  O`qituvchilar   ilmiy   reytingini   ma’lumotlari   modelini   ishlab   chiqish,   professor-
o`qituvchilar   ilmiy   reyting   tizim ining   ma’lumotlar   bazasini   loyixalash ,
ma’lumotlarga   asosan   so   ‘rovlar   hosil   qilishni   shakllantirish,   ilmiy   reytingni
shakllantirishda   tafakkurli   tizim   algoritmlarini   qo`llash,   o`qituvchilar   reytingiga
asoslanib prognoz malumotlarini shakllantirish  jarayoni  keltirilgan .
I II -bob.   Professor-O`qituvchilar   ilmiy   reytingini   shakllantirishning
tafakkurli   tizimi   dasturiy   ta’minotining   tav f sifi .   Mazkur   bobda   o`qituvchilar
ilmiy   reyting   tizimi   dasturiy   ta’minotining   tavsifi ,   ma’lumotlar   bazasining
mantiqiy   strukturasi   va   uni   shakllantirish,   dasturiy   ta’minotning   mantiqiy
strukturasi,   dasturiy   ta’minotning   fizik   jihatdan   yaratilishi,   dastur   yordamida
shartnoma to‘lov monitoringi   tizimi ning amalga oshirish jarayoni keltirilgan.
6 I-BOB.  AXBOROT TIZIMINING MA’LUMOTLAR BAZASINI
YARATISH VA UNI LOYIHALASH BOSQICHLARI
1.1 Axborot tizimida ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
“Ma’lumotlar   bazasi”   tushunchasi   fanga   kirib   kelgunga   qadar,
ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar
ma’lumotlarini   shunday   tashkil   qilar   edilarki,   u   faqat   qaralayotgan   masala
uchungina   o‘rinli   bo‘lardi.   Har   bir   yangi   masalani   hal   qilishda   ma’lumotlar
qaytadan   tashkil   qilinar   va   bu   hol   yaratilgan   dasturlardan   foydalanishni
qiyinlashtirar   edi.   Har   qanday   axborot   tizimining   maqsadi   real   muhit   ob’ektlari
haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi
-   bu   qandaydir   bir   predmet   sohasidagi   real   muhitning   aniq   ob’ektlari   haqidagi
ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil  qilish  uchun   o‘rganilayotgan  real   muhitning  ma’lum  bir   qismi   tushiniladi.
[3-4]
M a’lumotlar   bazasini   yaratishda   ikkita   muhim   shartni   hisobga   ol ish   zarur:
Birinchidan,   ma’lumotlar   turi,   ko‘rinishi,   ularni   qo‘llaydigan   dasturlarga   bog’li q
bo‘lmasligi lozim, ya’ni  ma ’ lumotlar   bazasi ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki
ma’lumotlar   turini   o‘zgartirganda,   dastur larni   o‘zgartirish   talab   etilmasligi   kerak .
Ikkinchidan,   m a ’ lumotlar   bazasid a n   kerakli   ma’lumotni   o lish   yoki   izlash   uchun
biror   dastur   tuzishga   hojat   qolmasin.   Shuning   uchun   ham   m a ’ lumotlar   bazasi ni
tashkil   etishda   ma’lum   qonun   va   qoidalarga   amal   qilish   lozim.   Bundan   buyon
“axborot”   so‘zini  “ma’lumot”   so‘zidan  farqlaymiz,  ya’ni   axborot   so‘zini  umumiy
tushuncha  sifatida qabul  qilib, ma’lumot   deganda aniq bir  belgilangan narsa  yoki
hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Tizilmalashtirish   – bu ma’lumotlarni  tasvirlash usullari haqidagi  kelishuvni
kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda
ular   tizilmalashtirilmagan   deyiladi.   Tizilmalashtirilmagan   ma’lumotlarga   misol
sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.
Tizilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma’lumotlardan zarur bo‘lganini
qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa deyarli bajarib bo‘lmaydi .
7 Ma’lumotlar   bazasining   zamonaviy   texnologiyasida   ma’lumotlar   bazasini
yaratish,   uni   dolzarb   holatda   yuritishni   va   foydalanuvchilarga   undan   axborot
olishini   ta’minlovchi   maxsus   dasturiy   vosita,   ya’ni   ma’lumotlar   bazasini
boshqarish   tizimi   yordami   bilan   markazlashtirilgan   holda   amalga   oshirishni
nazarda tut ilad i.
Ma’lumotlar bazasi  – EHM xotirasi g a yozilgan ma’lum bir strukturaga ega
o‘zaro   bog’langan   va   tartiblangan   ma’lumotlar   majmuasi   bo‘lib,   u   biror   bir
ob’ektning   x ususiyatini,   holatini   yoki   ob’ektlar   o‘rtasidagi   munosabatni   ma’lum
ma’noda   ifodalaydi.   Ma’lumotlar   bazasi   foydalanuvchiga   strukturalashtirilgan
ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma’lumki   ma’lumotlarni   kiritish   va   ularni   qayta   ishlash   jarayoni   katta
hajmdagi   ish   bo‘lib,   ko‘p   mehnat   va   vaqt   talab   qiladi.   Ma’lumotlar   bazasi   bilan
ishlashda   undagi   ma’lumotlarning   aniq   bir   strukturaga   ega   bo‘lishi
foydalanuvchiga   ma’lumotlarni   kiritish   va   qayta   ishlash   jarayonida   undagi
ma’lumotlarni   tartiblashtirish   va   kerakli   ma’lumotlarni   izlash   va   tez   ajratib   olish
kabi   qulayliklarni   tug’diradi.   Bugungi   kunda   turli   ko‘rinishdagi   ma’lumotlardan
zamonaviy kompyuterlarda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi.
Kompyuterlarda   saqlanadigan   Ma’lumotlar   bazasi   maxsus   formatga   ega   bo‘lgan
muayyan   tuzilmali   fayl   bo‘lib,   undagi   ma’lumotlar   o‘zaro   bog’langan   va
tartiblangandir [5].
Ma’lumotlarni   strukturalashtirish   –   bu   shunchaki   ma’lumotlarni
tasvirlashda   qandaydir   moslikni   kiritish   usulidir.   Odatda   ma’lumotlar   bazasi
ma’lum   bir   ob’ekt   sohasini   ifodalaydi   va   uning   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga   oladi,
ularni   saqlaydi   va   foydalanuvchiga   ma’lumotlarni   qayta   ishlashda   undan
foydalanish imkonini yaratib beradi.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi  maydon ,  yozuv ,  fayl  ( jadval ) kabi elementlar
bilan bog’liq holda o‘rganiladi.
Keng   ma’noda   ma’lumotlar   bazasi   deganda   real   dunyoning   aniq   ob’ektlari
haqidagi   ma’lumotlar   to‘plamini   tushinish   mumkin.   Ma’lumotlar   hajmi   oshib
8 borishi   bilan   ma’lumotlar   bilan   ishlash   masalalarini   hal   etish   murakkablashadi.
Yuzaga   kelgan   muammo   ob’ekt   va   ma’lumotlarni   strukturalash,   ya’ni   tizimga
solish yo‘li bilan hal qilinadi.  Ob’yekt   –  bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan
narsadir.   Ob’ektlarga   tegishli   bo‘lgan   ma’lumotlar   to‘plami   ma’lumotlar   bazasi
bo‘la oladi. Masalan, xar bir oliy ta’lim muassasasi  –bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi
talabalar haqidagi ma’lumotlar to‘plami ma’lumotlar bazasiga misol bo‘la oladi. 
Ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dolzarb holatda saqlab turishni amalga
oshiradigan,   shuningdek,   turli   foydalanuvchilarning   ma’lumotlar   bazasida
saqlanayotgan   axborotlardan   o‘z   maqsadlari   uchun   foydalanish   imkoniyatlarini
ta’minlaydigan   dasturlar   majmui   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi
(MBBT)  deb ataladi. Ma’lumotlar bazasida barcha ma’lumotlar bilan bajariladigan
amallar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi boshqaruvi ostida avtomatik tarzda
amalga   oshiriladi.   Ma’lumotlar   bazasining   ishlashi   ma’lumotlar   bazasi   ma’muri
deb ataladigan mutaxassis yoki mutaxassislar jamoasi tomonidan ta’minlanadi.
Ma’lumotlar   bazasida   saqlanayotgan   ma’lumotlardan   turli
foydalanuvchilarning foydalanish imkoniyati ma’lumotlar bazasini  tavsiflovchi va
saqlovchi dasturlarni foydalanuvchilarning amaliy dasturlaridan ajratish yo‘li bilan
ta’minlanadi.   Tizim   va   foydalanuvchilarning   dasturlari   o‘rtasidagi   aloqa
ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   tarkibiga   kiradigan   maxsus   bog’lovchi
qo‘shimcha   dastur   bloklari   yordamida   amalga   oshiriladi.   Qo‘shimcha   dasturlar
foydalanuvchiga   ma’lumotlar   bazasidagi   ko‘plab   ma’lumotlar   orasidan   uning
masalasini  hal  qilish uchun zarur  bo‘lgan  ma’lumotni  ajratib beradi. Ma’lumotlar
bazasida   saqlanayotgan   va   bu   foydalanuvchini   qiziqtirmaydigan   boshqa
ma’lumotlar   uning   uchun   “ko‘rinmas”   bo‘lib   turadi.   Foydalanuvchilarning
dasturlari   shunday   tashkil   etilganligi   tufayli   ma’lumotlar   bazasining   texnik
ta’minotidagi   o‘zgarishlarga   bog’liq   bo‘lmaydi,   ya’ni   mustaqil   bo‘ladi.
O‘zgarishlar yuzaga kelgan taqdirda esa, ma’lumotlar bazasi ma’muri qo‘shimcha
bloklarga   zarur   o‘zgartirishlarni   kiritadi,   foydalanuvchilarning   dasturlari   esa
o‘zgarishsiz qoladi.
9 Ma’lumotlar bazasi muayyan qonun-qoidalarga muvofiq tuziladi va bir qator
talablarga javob berishi zarur bo‘lib, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat.
- Ma’lumotlarning   ortiqcha   takrorlanmasligi   (eng   kam   ortiqchalik).
Ma’lumotlarning   har   bir   elementi   ma’lumotlar   bazasi ga   bir   marta   kiritiladi   va   u
yerda yagona nusxada saqlanadi.
- Dolzarblashtirish imkoniyati. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlar
eskirishi   mumkin,   bunda   yangi   ma’lumotlarni   kiritish   zaruriyati   tug’iladi.
Ma’lumotlarning   tuzilishi   yangi   ma’lumotlarni   kiritish   va   eskirganlarini   chiqarib
tashlash,   shuningdek   saqlanayotgan   ma’lumotlarga   o‘zgartirish   kiritish   imkonini
berishi zarur.
- Ma’lumotlarning   butunligini   ta’minlash.   Tizimda   foydalanuvchilarning
ehtiyotsiz   harakatlari   oqibatida   tasodifiy   xatoliklar   yuz   berishi   mumkin.
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   bunday   holatlarda   ma’lumotlarning
yo‘qolib   ketmasligini   va   buzilgan   ma’lumotlarni   qayta   tiklash   imkoniyatini
ta’minlashi zarur;
- Q idiruvning yuqori tezligi ;
- X avfsizlik va mahfiylik. Foydalanuvchilar faqat   o ‘ z lar i ga tegishli   ma’lumotlar
bilangina   ishlashlari   zarur.   Boshqa   ma’lumotlardan   foydalanish   ular   uchun
cheklangan  bo‘lishi  kerak.  Tizimda  saqlanayotgan   ma’lumotlardan  bunga  tegishli
huquqi   bo‘lmagan   shaxslar   foydalanmasliklari   zarur.   M a ’ lumotlar   bazasini
boshqarish   tizimi   odatda ,   foydalanuvchilarni   identifikasiyalash   vositalariga   ega
bo‘ladi, bundan tashqari ,   ma h fiy axborotlarni saqlovchi   ma ’ lumotlar   bazasi   uchun
ma h fiylikni ta’minlashning maxsus vositalari ishlab chiqiladi[6];
- T urli   foydalanuvchilarning   har   xil   so‘rovlarini   ta’minlash   imkoniyati.   Bu
ma’lumotlar bazasi  uchun asosiy talab hisoblanadi ;
Hozirgi   vaqtda   tayyor   universal   ma ’ lumotlar   bazasini   boshqarish   tizim lar i
yaratilgan   bo‘lib,   ularni   muayyan   axborot   tizimlarini   loyihalashda   asos   sifatida
olish mumkin.
1. 2.  Axborot   tizimida   m a’ lumotl a r   b a z a sini   loyih a l ash
10 Ma’lumotlar  bazalarini  ishlab chiqishda 2 xil  usuldan  foydalanish mumkin.
Birinchi   usulda,   avval   asosiy   masalalar   aniqlanib,   ularni   hal   qilish   uchun   baza
yaratiladi, hamda masalaning ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoji  aniqlanadi. Ikkinchi
usulda, muammo sohasining namunaviy (tipik) ob’ektlari birdaniga o‘rnatiladi. Bu
yerda eng optimal usul - ikkala usulni birgalikda ishlatishdir.
Ma’lumotlar   bazalarini   loyihalashtirish   jarayoni   ikki   bosqichga   bo‘linadi.
Muammo   sohasining   ma’lumotlarining   axborot-mantiqiy   modelini   ishlab   chiqish
va ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlash. Axborot - mantiqiy model
muammo   sohasini   axborot   ob’ektlarining   majmui   va   ular   orasidagi   tuzilmaviy
aloqalar   ko‘rinishida   aks   ettiruvchi   ma’lumotlar   modelidir.   Muammo   sohasi
ma’lumotlariniig   axborot-mantiqiy   modelini   ishlab   chiqish   muammo   sohasini
tekshirish natijasida olingan tavsifga asoslanadi (1.1-rasm).
1.1- rasm.  Axborot tizimida m a’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari.
Muammo   sohasining   infologik   modeli   asosida   kontseptual   (mantiqiy),   ichki
(jismoniy) va tashqi modellar tuziladi. Ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishi –
ob’ektga   tegishli   bo‘lgan   axborotlarning   ma’lumotlar   bazasida   joylanishini
ifodalaydi.   Hosil   bo‘lgan   ma’lumotlar   bazasining   mantiqiy   bog’lanish   modeli
ikkinchi   bosqichining   natijasi   hisoblanadi.   Bu   modelda   uch   turli   axborot
ifodalanadi:   ob’ekt   to‘g’risidagi   xabarlar,   ularning   xususiyati   va   o‘zaro
munosabatlari.   Xar   bir   ob’ekt   modeli   yozuv   turlari   orqali   ko‘rsatiladi.   Ularning
xususiyatlari  — yozuv  maydonlari  orqali  ifodalanadi,  munosabatlar  esa  yozuv va
maydon   turlari   o‘rtasidagi   aloqalar   yordamida   tasvirlanadi.   Bunday   model Маnt i q i y
l оy i hа l аsh
J i sмоn i y (f izi k)
l оy i hа l аsh
Ма’ lu моt  ilovada
i fо dalanishi n i
lo y i h ala shMuammo
sоhаs i n i ng
i nfо l оg i k
m о d e lini  ya r аt i sh
11 ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimining   mohiyatiga   bog’liq   bo‘lmaydi,   ya’ni
axborotning ma’nosiga bog’liq bo‘lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini
ta’minlaydi.
Mantiqiy   modelni   rasmli   va   jadvalli   usullar   yordamida   ifodalash   mumkin.
Rasmli usulda ma’lumotlar o‘rtasidagi bog’lanish grafiklar yordamida tasvirlanadi.
Bunda   grafikning   uchlari   yozuvlarni   ifodalaydi,   qirralari   esa   yozuvlar   o‘rtasidagi
aloqalarni ko‘rsatadi. Jadvalli  usulda ob’ekt to‘g’risidagi ma’lumotlar bir yoki bir
nechta   ustundan   iborat   bo‘lgan   jadvallar   orqali   ifodalanadi.   Hozirgi   vaqtda
mantiqiy   modellarning   pog’onali   (ierarxik),   tarmoqli   va   relyatsion   turlaridan
foydalanilmoqda.   Pog’onali   model   rasmli   usul   asosida   tashkil   qilinadi.   Bunda
ma’lumot   yozuvlari   grafikning   uchlarini   ifodalaydi   va   xar   bir   yozuv   oldingi
pog’ona uchlariga bog’langan bo‘ladi. Bunday tuzilishdagi ma’lumotlar bazasidan
tegishli   axborotlar   hamma   vaqt   bitta   yunalish   bo‘yicha   qidiriladi   va   uning
joylashgan o‘rni to‘liq ko‘rsatiladi[6].
Tarmo ql i   modelda   tegishli   axbor ot lar   bir   nechta   yunalish   b o‘ yicha   olinishi
mumkin.   Tarmo ql i   model   ierarxik   modelning   kengayishi   hisob lanadi.   Bu
modelning   asoschisi   -   Ch.Baxman.   Tarmo ql i   modelga   asoslangan   ma’lumotlar
bazasi   -   Integrated   Database   Menegement   System   (IDMS)   Cullinet   Software   Inc.
kompaniyasi   tomonidan   70-yillarda   ishlab   chi qi lgan.   Ierarxik   va   po g’ onali
ma’lumotlar bazasining afzal l igi   -   ularning tezkorligidir.
Shaxsiy   E H Mlar nin g   paydo   b o‘ lishi   relyatsion   modellarning   keng
tar qa lishiga   sababchi   b o‘ ldi.   Relyatsion   model   jadvalli   usul   asosida   tashkil
qi linadi.   Bunda   tegishli   ma’lumotlar   jadvalning   ustun   va   q atorlarida   joylashadi.
Ustunlar   ma’lumotning   maydonlarini ,   q atorlar   esa   yozuvlarni   ifodalaydi.   Bir
ustunda ma’lum so h aga tegishli b o‘ lgan bir  q ancha ma’lumotlar k o‘ rsatiladi. Ustun
va   q ator   o‘ rtasidagi   bo g’ lanish   munosabat   deb   atala d i.   H ar   bir   ustun,   q ator   va
mun osa b a t o‘ z nomiga   ega b o‘ ladi [3].
Relyatsion modeldagi munosabatlar  q uyidagi talablar or q ali  h osil  q ilinadi:
 ustun va  q a t or kesishgan yerda joylashgan ma ’l umot element  h isoblanadi;
 munosabatlarda   ikkita bir xil  q ator b o‘ lmaydi;
12  ustun va  q atorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas.
Ma’lumotlar   bazasini   tashuvchilarda   hosil   qilish   bos qi chi   fizik   tuzilishni
tashkil   etadi.   Fizik   tuzilishi   tash q i   xotiralarda   ma’lumotlarni   joy l ashtirish
vositalaridan iborat b o‘ lib, uning natijasida ichki model  h osil  q ilinadi.
Ichki model ma’lumotni n ig mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va
yozuvlarning   joylashishi,   aloqasi   va   tanlab   olinishini   ko‘rsatadi.   Ichki   model
ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   orqali   hosil   qilinadi   va   unga   quyidagi
talablar qo‘yiladi:
 ma’lumotlarning ma n ti q iy tuz il ishini sa ql ash;
 tash q i xotiradan maksimal foydalanish;
 m a’lumotlar bazasi ni yuritish  h arajatlarini kamaytirish;
 ma’lum ot larni   qidirish   va   tanlash   jarayonlarining   tezkorli gi ni   oshirsh   va
bosh q alar.
Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari ikki xil guru h ga
ajratiladi:
1.   Professional   yoki   sanoat   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizim lari.   Bu
guruhga   quyidagi   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimlari   kiradi:   Oracle ,   DB2 ,
Sybase ,  Informix ,  Ingres ,  Progress .
2.   Shaxsiy   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi.   Bu   guruhga
FoxBase/FoxPRO ,  Clipper ,  R:base ,  Paladox ,  Approachva, MS Access  kiradi.
Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimlari arxitekturasi:
1. Foydalanuvchi   interfes   bloki.   Bunga   dasturlash   tillarida   ma’lumotlar
bazasiga murojaat  qilish vositalari yordamida tuzilgan dasturiy ta’minotlar kiradi:
jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar.
2. Ma’lumotlar bazasi. Bu blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi.
3. M a’lumotlar bazasi  protsessori. 
Ma’lumotlarning   tarmoqli   ishlab   chiqarishning   turli   tamoyillari   mavjud:
“fayl-server”   va   “mijoz-   server”.   “fayl-server”   (FS-   model)   tamoyili   tarmoq
operatsion   tizimi   yadrosi   hamda   markazlangan   holda   saqlanuvchi   fayllar
joylashgan   va   “fayl-server”   uchun   ajratilgan   kompyuterga   mo‘ljallangan.   Boshqa
13 kompyuterlarda esa amaliy dasturlar va ma’lumotlar bazasi protsessorining nusxasi
joylashtiriladi.   So‘ralgan   ma’lumotlar   “fayl-server”dan   boshqa   kompyuterlarga
o‘tkaziladi   va   ular   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   vositalari   bilan   qayta
ishlanadi[5-6].
“mijoz-server”   tamoyili   bo‘yicha   ma’lumotlarni   ishlab   chiqish   vazifasi
mijoz-kompyuter   (dastur)   va   server-kompyuter   (dastur)   o‘rtasida   taqsimlanadi.
Ma’lumotlarni   qayta   ishlashni   mijoz   so‘raydi   va   u   tarmoq   bo‘ylab   ma’lumotlar
bazasi   serveriga   uzatiladi.   So‘rov   o‘sha   yerda   qidiriladi.   “mijoz-server”   tamoyili
uchun   xos   xususiyat   -   bu   ma’lumotlar   bazasidan   so‘rov   uchun   SQL   ( Structured
Query Language ) dasturlash tilidan foydalanish (1.2-rasm  , 1.3 rasm ).[2-16]
F ayl – server   modeli
1. 2 -rasm. «fayl-server» texnologiyasi
Mijoz –server  modeli
14 1.3-rasm. «mijoz-server» texnologiyasi.
Markaziy   boshqariladigan   tarmoqlarda   (ularni   ko‘pincha   ajratilgan   server   deb
atashadi.)   kompyuterlardan   (Serverlardan)   bittasi   barcha   ishchi   stansiyalarni
ishlatishi uchun mo‘ljallangan jarayonlarni amalga oshiradi, ishchi stansiyalarining
o‘zaro   harakatini   va   boshqa   bir   qator   server   vazifalarini   bajaradi.   Ma’lumotlarni
qayta   ishlash   jarayonida   mijoz   u   yoki   bu   jarayonlarni:   faylni   o‘qish,   qiymatlar
bazasidan   ma’lumotlarni   qidirish,   faylni   bosish   va   h.k   bajarish   uchun   serverga
so‘rovni shaklantirish mumkin. Server mijozdan kelgan so‘rovni bajaradi. So‘rovni
bajarish   natijalari   mijozga   uzatiladi.   Server   umimiy   faoydalaniladigan
ma’lumotlarning   saqlanishini   ta’minlaydi,   bu   ma’lumotlarga   murojat   qilishni
tashkil etadi va ma’lumotlarni mijozga uzatadi. Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta
ishlaydi   va   qayta   ishlash   natijalarini   foydalanuvchi   uchun   qulay   ko‘rinishda
tasvirlaydi. Ma’lumotlarni qayta ishlash serverda ham bajarilishi mumkin. Serverni
faqat   ma’lumotlarni   tashkil   etish,   saqlash   va   mijozlarga   kerakli   ma’lumotlarni
berish jarayonlarini bajaradigan tizimlar “File Server” tizimi nomiga ega: Serverda
saqlash bilan bir qatorda ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlash  ham bajariladigan
tizimlarni   esa   “Mijoz   -   Server”   tizimlari   deb   atash   qabul   qilingan.   Yani   ”mijoz
server” tizimida server aktiv rol o‘ynaydi: u so‘rovga butun faylni oddiygina berib
qolmasdan,   balki   ma’lumotlarni   oldindan   qayta   ishlash   va   mijozga,   yoki
masalaning echilgan natijalarini, yoki faylning, aynan mojozni qiziqtirgan va mijoz
uchun tasvirlash qulay bo‘lgan tanlab olingan yozuvlarni berishi mumkin. Bunday
tehnologiya   boshqa   hamma   narsalardan   tashqari   tarmoq   aloqa   kanallarining   kam
yuklanishiga   imkon   beradi.   “File   Server”   texnologiyasi   bo‘yicha   ishlaydigan
serverni fayl-server, “mizoj server” texnologiyasi bo‘yicha ishlaydigan severni esa
ilova – server deb ataladi.
Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining afzalliklari:
- Ishchi stansiyalarning sonini cheklashning yuqligi;
- Bir darajali tarmoqlarga nisbatan boshqarishning oddiyligi;
- Yuqori  tezlik;
- Ma’lumotlarini himoya qilishning ishonchli tizimi;
15 Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining kamchiliklari:
- Bitta yoki bir nechta kompyuterlarni server uchun ajratilganligi yuqori narhliligi;
- Tarmoqning tezligi va ishonchliligining serverga bogliqligi;
- Bir darajali tarmoqqa nisbatan kam moslanuvchanligi.
- Ajratilgan serverli tarmoqlar juda keng tarqalgan hisoblanadi.
Bunday tarmoqlar uchun operatsion tizimlarga misollar Nowell Netware, Ms Lan
Manager, IBM.
1.3. Ma’lumotlarning modellari  va ma`lumotlar bazasini yaratish tizimlari
Ma’lumotlarning modeli   — bu ma’lumotlar o‘zaro bog’langan tuzilishlari
va   ular   ustida   bajariladigan   operatsiyalar   to‘plamidir.   Modelning   shaklli   va   unda
foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi (ma’lumotlar bazalarini boshqarish
tizimida   unga   asos   qilib   olingan   modelning   yoki   ma’lumotlarga   ishlov   berish
amaliy   dasturi   yaratiladigan)   dasturlash   tizimi   tilida   foydalangan   ma’lumotlarni
tashkil etish va ishlov berish kontseptsiyasini aks ettiradi.
Ma’lumki,   aynan   bir   axborotni   mashina   ichki   muhitida   joylashtirish   uchun
ma’lumotlarni   turli   xil   tuzilishlari   va   modellaridan   foydalanish   mumkin.   Ulardan
qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga
yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog’liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik
va   dasturiy   ta’minot   avtomatlashtirilayotgan   masalalarning   murakkabligi   va
axborotning hajmi kabilar kiradi.
Ma’lumotlar modeli quyidagi tarkibiy qismdan iborat:
1. Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga
mo‘ljallangan ma’lumotlar tuzilmasi.
2.   Ma’lumotlar   tuzilishida   bajarilish   mumkin   bo‘lgan   operatsiyalar.   Ular
ko‘rib chiqilayotgan ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar tilining asosini tashkil
etadi.   Yaxshi   ma’lumotlar   tuzilmasining   o‘zigina   etarli   emas.   Ma’lumotlarni
aniqlash   tili   (MAT)   va   ma’lumotlar   bilan   amallar   bajarish   tilining   (MABT)   turli
operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bo‘lish zarur.
16 3.   Yaxlitlikni   nazorat   qilish   uchun   cheklashlar.   Ma’lumotlar   modeli   uning
yaxlitligini   saqlash   va   himoya   qilishga   imkon   beruvchi   vositalar   bilan
ta’minlangan   bo‘lishi   lozim.   Quyida   shunday   cheklanishlarning   namunalari
keltirilgan:
a)   har   bir   “kichik   daraxt”   tugunga   ega   bo‘lishi   kerak.   Ma’lumotlarning
ierarxik bazalarida birlamchi tugunsiz “tug’ma” tugunlarni saqlash mumkin emas.
b) ma’lumotlarning relyatsion bazasiga nisbatan bir xil kortejlar bo‘lmaydi.
Fayl uchun bu cheklash barcha yozuvlarning yagonaligini talab etadi.
Ma’lumotlarni   ierarxik   va   tarmoqli   modellari.   Ierarxik   model
daraxtsimon   graf   ko‘rinishida   berilib,   unda   ob’ektlar   bog’langan   satx   (ierarxik)
ko‘rinishida   ajratiladi.   Ushbu   model   ma’lum   qoida   asosida   quriladi.   Bu   qoidaga
muvofiq   har   bir   hosil   qilingan   tugun   (uzel)   faqat   bir   kirishga   ega   bo‘ladi.
Strukturada   faqat   bitta   hosil   qilinmagan   tugun   bo‘lishi   mumkin.   Bu   tugun   ushbu
modelning   ildizi   h isoblanadi.   Tugun   yoz uv   deb   interpretatsiya   qilinadi,   yozuvni
qidirish   uchun   esa   yuqoridan   pastga   qarab   yuriladi.   Bunday   yondashuv   qidirish
jarayonini osonlashtiradi.
Ierarxik model  elementlari  o‘rtasidagi  bog’lanishda  “bittadan ko‘pchilikka”
usuli   qo‘llaniladi.   Agar   elementlar   o‘rtasidagi   bog’lanishlarda   “ko‘pchilikdan
ko‘pchilikka” usuli qo‘llanilsa, ma’lumotlarning tarmoqli modeli hosil bo‘ladi.
Tarmoqli modelda yozuvlar o‘rtasida ixtiyoriy bog’lanish turlari qo‘llanishi
mumkin bo‘lib, “teskari bog’lanish” uchun cheklanish qo‘yilmagan.
Tarmoq   ma’lumotlar   bazasini   bayon   qilishda   ikki   turdagi   guruhlar
qo‘llaniladi: “yozuv” va “aloqa”. “Aloqa” turi ikki turdagi “yozuv”larni aniqlaydi:
ajdod   va   avlod.   O‘zgaruvchi   turidagi   “aloqa”   aloqaning   nusxasidir.   Tarmoq
modelida bitta qoida qo‘llaniladi: aloqa  asosiy   va  bog’liqli  yozuvlarni o‘z tarkibiga
oladi.
Mashina muhitidagi ma’lumotlarning murakkabroq modellari, fayl modeliga
nisbatan,   tarmoqli   va   ierarxik   modeli hisoblanadi. Bu modellar ularning o‘zlariga
xos   turdagi   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimida   ishlatiladi.   Ma’lumotlar
17 bazasini   boshqarish   tizimida   ma’lumotlarni   mantiqiy   tashkil   etish   usuli
ma’lumotlarning tarmoqli yoki ierarxik modeliga mos holda ko‘rsatiladi.
Modellarda   ma’lumotlarning   tuzilmalari.   Ma’lumotlarning   namunaviy
tuzilmalariga   quyidagilar   kiradi:   ma’lumotlarning   elementi,   ma’lumotlarning
agregati, yozuv. U elementlari va agregatlari o‘zaro aloqada bo‘lgan tuzilma bilan
tavsiflanadi.   Shuning   uchun   yozuvning   tuzilmasi   ierarxik   xarakterga   ega   bo‘lishi
mumkin.   Bir   xil   tuzilmaga   ega   bo‘lgan   yozuv   nusxalari   to‘plamining   hammasi
yozuv turini tashkil etadi.
Ma’lumotlarning   elementi   —   bu   ma’lumotlar   tuzilmasining   nomlangan
minimal birligi (faylli tizimlardagi maydonning o‘xshashi).
Ma’lumotlar agregati   — bu ma’lumotlar elementlarning quyi to‘plami yoki
yozuvlar   ichidagi   boshqa   agregatlarning   nomlangan   quyi   to‘plami.   Bir   agregat
nusxasida   bir   necha   qiymatli   elementni   o‘z   ichiga   olgan   ko‘p   elementga
agregatlarda   ruhsat   beriladi.   Yozuv   umumiy   holda   agregat   bo‘lib,   u   boshqa
agregatlarning   tarkibiga   kirmaydigan   tarkibli   agregatdan   iborat.   Ta’kidlash
lozimki,   bu   yozuvdagi   ma’lumotning   o‘zi   (qiymatga   ega   bo‘lgan   elementar
ma’lumot)   faqat   yozuvning   oxirgi   uchlarida   ko‘rsatilgan,   ma’lumotlar
tuzilmasining   boshqa   turlari,   shu   jumladan   agregatlar   ham   faqat   nomlangan
ma’lumotlarning to‘plami   bo‘lib hisoblanadi.[7]  
Ma’lumotlarning   relyatsion   modeli .   Ma’lumotlarning   relyatsion   modeli
kontseptsiyasi   1970   yilda   E.F.Kodd   tomonidan   taklif   qilingan   bo‘lib,   u
ma’lumotlarni   tavsiflash   va   tasvirlashning   amaliy   dasturlaridan   bog’liq
bo‘lmasligini   ta’minlash   masalasini   hal   qilish   uchun   xizmat   qiladi.
Ma’lumotlarning   relyatsion   modeli   asosida   “munosabat”   tushunchasi   yotib,   u
inglizcha   “relation”   so‘zidan   olingan.   Ba’zi   bir   qoidalarga   amal   qilgan   holda
munosabatlarni   ikki   o‘lchovli   jadval   ko‘rinishda   tasvirlash   mumkin.   Jadval   har
qanday odamga tushunarli  va qulaydir.   Munosabat  ustunlari  atributlar  deb ataladi
va ularga  nomlar   beriladi.  Munosabat   atributlarining nomlaridan iborat   ro‘yxatini
munosabatlar   sxemasi   deyiladi.   Ma’lumotlarning   relyatsion   bazasi   -   bu   o‘zaro
18 bog’langan   munosabatlar   to‘plamidir.   Har   qanday   munosabat   (jadval)
kompyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashtiriladi.   Jadval  hamma uchun
juda   qulay   bo‘lishi   bilan   bir   qatorda   ma’lumotlarni   manipulyatsiya   qilishning
asosiy uch operatsiyasini bajarish uchun noqulaydir, ya’ni tartiblash, indekslarning
qiymatlari   bo‘yicha   guruhlash   va   daraxt   ko‘rinishidagi   parametrlar   bilan   ishlash.
J advalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Bu esa ba’zi
bir   operatsiyalarni   bajarishda   ma ’ lum   bir   qiyinchiliklarga   olib   keladi .   Masalan ,
ma ’ lumotlarni   bir   parametr   asosida   tartiblash   ikkinchi   bir   parametr   bo ‘ yicha
tartiblashni   buzib   yuborishi   tufayli   zarur   ma ’ lumotlarni   izlab   topish   operatsiyasi
bir   parametr   bo ‘ yicha   osonlashsa ,  boshqalari   bo ‘ yicha   qiyinlashtiradi .
Hozirgi   vaqtda   m a’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimlari   turkumiga   oid
amaliy   dasturiy   vositalarning   quyidagi   asosiy   turlari   mavjud:   Dbase,   Fo xRro,
Paradox,   Access   va   boshqalar.   Ular   bir-biridan   ma’lumotlar   bazalarini   tuzish
imkoniyatlari, ularning kattaligi, talab qilinadigan dasturiy va texnikaviy resurslar,
qaysi   rejimda   ishlash   talab   qilinganligi,   qanday   dasturlar   va   operatsion   tizimlar
bilan birgalikda ishlashlari, axborot massivlariga va ularning tuzilishiga qo‘yilgan
talablar bilan farq qiladilar.
Ko‘p   foydalanuvchilarga   mo‘ljallangan,   ya’ni   kompyuter   tarmoqlarida
ishlatishga   mo‘ljallangan   ma’lumotlar   bazasini   tuzish   va   ularni   boshqarish
tizimlariga   Oracle,   InterBase,   SiBase,   Microsoft   SQL   Server,   Informix   kabi
dasturlar   kiradi.   Bu   dasturlar   ishlash   tamoyillariga   ko‘ra   ierarxik,   relyatsion   va
aylana–halqasimon   ma’lumotlar   bazalariga   bo‘linadilar.   Hozirda   relyatsion
ma’lumot   bazalari   o‘zining   qulayligi   tufayli   keng   miqyosda   ishlatilmoqda.
Relyatsion   ma’lumotlar   bazalari   ma’lumotlarni   jadvallarga   joylashga   va   jadvallar
orasida mos bog’liqliklarni, ya’ni munosabat (relyatsiya)ni o‘rnatishga asoslangan.
Ular   jadvallar   orasidagi   turli   bog’liqliklarni   o‘rnatish,   ma’lumot   kiritish
shaklllarini   yaratish,   hisobot   shakllarini   chiqarish,   turli   so‘rovlar   tuzish   imkonini
beradi.  
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimini   asosiy   xususiyatlari   -   bu
19 protseduralar   tarkibi   bo‘lib,   ular   faqat   ma’lumotlarni   kiritish   va   saqlashda
ishlatilmasdan,   ularning   strukturasini   ham   tasvirlaydi.   Ma’lumotlarni   boshqarish
tizimi quyidagi xossalarga ega :
-  fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi;
ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi; 
ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   bir   necha   foydalanuvchilarning   parallel
ishlashini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   funksiyalari   tarkibiga   yanada
aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan:
Tash q i   xotirada   bevosita   ma’lumotlarni   bosh q arish.   Bu   funksiya   ma’lumotlar
bazasi ga   bevosita   kiruvchi   ma’lumotlarni   sa q lash   uchun   kerakli   strukturani
ta’minlab   tash q i   xotiraga   qo‘ shadi.   Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimini
ishlatishda mavjud fayl tizimi imkoniyatlari aktiv ravishda ishlatiladi.
Tezkor   xotirani   buf e r   bilan   boshqarish.   Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish
tizimlari   odatda   ancha   katta   hajmdagi   ma’lumotlar   bazasi   bilan   ish   yuritadi.   Bu
hajm   odatda   tezkor   xotiraning   mumkin   bo‘lgan   hajmidan   yetarli   darajada   katta
bo‘ladi.   Ma’lumki,   agar   ma’lumotlarning   biror   elementiga   murojaat   qilish   kerak
bo‘lsa tashqi xotira bilan aloqa o‘rnatiladi. Bu tezlikni oshirishning amaliy yagona
usulilaridan biri bu operativ xotiraga ma’lumotlarni buferizatsiya qilishdir.
Tranzaktsiya   bilan   boshqarish.   Tranzaktsiya   –   bu   q aralayotgan
ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   ma’lumotlar   bazasi   ustida   ketma - ket
operatsiyalarni bajararish i dir, ya’ni ma’lumotlar bilan m a nipulyatsiya  q ilib ,  ketma-
ket   operatsiyalar   yordamida   ma’lumotlar   bazasi ga   ta’sir   etishdir.   Tranzaktsiya
ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o‘tkazadi, yoki
agar   ma’lum   sababga   ko‘ra   tranzaktsiyaning   biror   holati   bajarilmaydigan   bo‘lsa
yoki   tizimda   biror   xatolik   yuz   bersa,   ma’lumotlar   bazasi   boshlang’ich   holatiga
qaytadi.   Ma’lumotlar   bazasining   mantiqiy   butunligini   quvvatlash   uchun
tranzaktsiya tushunchasi kerak [9] .
Jurnalizatsiya.   Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimiga   bo‘lgan   asosiy
20 talablardan   biri   bu   tashqi   xotirada   ma’lumotlarning   ishonchli   saqlanishidir.
Ma’lumotlarning   ishonchli   saqlanishi   deganda   har   qanday   apparatli   yoki   dasturli
toxtab   qolishdan   keyin   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   ma’lumotlar
bazasining   oxirgi   holatini   qayta   tiklashi   tushuniladi.   Bunda   to‘liq   ma’lumotlarni
quvvatlash   uchun   keng   tarqalgan   usullardan   biri   ma’lumotlar   bazasining
o‘zgartirish   jurnalini   olib   borish   usuli   ishlatiladi.Hozirgi   kunda   relyatsion
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi uchun keng tarqalgan standart til - bu SQL
(Structured Query Language) tilidir. SQL tili hususiyatlari:
-SQL tili relyatsion ma’lumotlar bazasi sxemasini aniqlaydi va ma’lumotlar
ustida   (manipulyatsiya)   ish   yuritadi.   Unda   ma’lumotlar   bazasi   ob’ekti   nomlariga
(relyatsion   ma’lumotlar   bazasi   uchun   –   jadval   nomi   va   uning   ustunlari)
o‘zgartirishlar kiritish SQL tili kompilyatori yordamida amalga oshiriladi.
-SQL   tili   o‘z   ichiga   ma’lumotlar   bazasi   butunlik   chegarasini   aniqlashning
maxsus   vositasini   oladi.   Ma’lumotlar   bazasining   butunligini   tekshirishni
ta’minlaydi.   Ma’lumotlar   bazasini   modifikatsiya   qilish   uchun   kompilyatsiya
vaqtida SQL kompilyatori mos dasturiy kodni generatsiya qiladi.
- MySQL   –   bu   tezkor,   ishonchli,   ochiq   tarqatiladigan   ma’lumotlar   bazasini
boshqarish   tizimi   hisoblanadi.   MySql   boshqa   ko‘pchilik   ma’lumotlar   bazasini
boshqarish   tizimlar   singari,   “mijoz-server”   modeli   asosida   ishlaydi.   Bunda
kompyuterlar   mijoz   yoki   server   rolini   o‘ynaydigan   tarmoqli   arxitektura
tushuniladi.
SQL   ni   RDBMS   MySql ,   mSQL,   PostgresSQL,   Oracle,   Microsoft   SQL
Server,   Access,   Sybase,   Ingres   kabilar   bilan   ishlatish   mumkin.   RDBMS   ning   bu
tizimlarini   SQL   ning   barcha   muhim   va   umumiy   qabul   qilingan   operatorlari
qo‘llaydi,   ammo   ularning   har   biri   o‘zining   xususiy   patentlangan   operator   va
kengliklariga ega.
Ma’lumotlar   bazasi   ma’lumotlarning   tuzilmaviy   yig’indisini   bildiradi.
Kompyuterning ma’lumotlar  bazasida  saqlanadigan ma’lumotlarni yozish, tanlash
va   qayta   ishlash   uchun   MySQL   kabi   ma’lumotlar   omborini   boshqarish   tizimi
zarur.   Kompyuterlar   katta   miqdordagi   ma’lumotlarni   qayta   ishlashni   yaxshi
21 uddalashini hisobga olsak, hisoblashlarda ma’lumotlar omborini boshqarish asosiy
o‘rinni egallaydi. Bunday boshqaruv turlicha amal qilishi mumkin – alohida vosita
ko‘rinishida   yoki   boshqa   ilovalar   tarkibiga   kiruvchi   kod   ko‘rinishida   bo‘lishi
mumkin.
MySQL   relyasion   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   hisoblanadi
Relyasion   bazada   ma’lumotlar   alohida   jadvallarda   saqlanadi,   shuning   hisobidan
tezlik va qayishqoqlikda yutuqqa erishish mumkin. Jadvallar o‘zaro munosabatlar
yordamida bog’lanadi, shuning hisobiga so‘rovni bajarganda bir nechta jadvaldagi
ma’lumotlarni birlashtirish imkoniyati ta’minlanadi.  SQL ni  MySQL tizimining bir
qismi   sifatida   quyidagicha   xarakterlash   mumkin:   tuzilmaviy   so‘rovlar   tili   hamda
ma’lumotlar bazasiga kirish uchun foydalaniladigan keng tarqalgan standart til.
MySQL   dasturiy  ta’minoti  –  bu  ochiq  kodli  dasturiy  ta’minot.  Ochiq  kodli
dasturiy  ta’minot  uni  har   bir  kishi   qo‘llashi   va  modifikasiya  qilishi  mumkinligini
anglatadi. Bunday dasturiy ta’minotni internetdan olish va bepul ishlatish mumkin.
Bunda har bir foydalanuvchi yakuniy kodni o‘rganishi va uni o‘zining ehtiyojlariga
mos ravishda o‘zgartirishi mumkin.
1. 4 . Ma’lumotlar bazasini tahrirlash uchun  amaliy dastur
ishlab chiqish vositasi
Foydalanuvchi   ilovasi,   qoidaga   ko‘ra,   muammo   sohasidagi   ba’zi   bir
masalalar   to‘plamini   birlashtirish  orqali  yaratiladi. Masala  kirish  axboroti   asosida
chiqish   axborotini   shaklllantirish   bo‘yicha   harakatlar   to‘plami   sifatida   aniqlanishi
mumkin.   Masalani   loyihalashda   dastlabki   ma’lumotlar   bazasi   asosida   uning
qo‘yilishi va algoritmini bajarish zarur.
Masalaning   qo‘yilishi   jarayonida   uning   xususiyati,   kirish   va   chiqish
axborotlari   aniqlanadi.   Masalaning   xossalari   bo‘lib,   xususan,   uning   maqsadi,
mazmuni   va   belgilanish,   davriyligi   va   yechish   muddatlari   o‘rnatiladi.   Bunda   esa
ma’lumotlarni qayta ishlashning umumiy texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Masalaning   algoritmi   –   bu   formal   harakatlar   va   tekshirish   shartlarining
to‘plami   bo‘lib,   ularning   bajarilishi   ma’lum   mantiqiy   ketma-ketlikda   amalga
oshiriladi   va   qo‘yilgan   masalani   echishga,   ya’ni   kirish   ma’lumotlari   asosida
22 chiqish ma’lumotlarini olishga imkon beradi.
PHP dasturlash tili haqida ma’lumot
PHP   ( Personal   Home   Page )   –   bu   server   skriptlarining   tili   bo‘lib   ( server
scripting language ), u serverda interpritasiyalanadigan va bajariladigan HTML ga
o‘rnatiladi. PHP HTML ning preprosessori hisoblanadi .
Server   faylni   brauzerga   “berishidan”   oldin   uni   preprosessor-interpretator
ko‘rib chiqadi. Bu ish amalga oshishi uchun preprosessor qayta ishlaydigan fayllar
ma’lum   kengaytmaga   (odatda   bu   *.phtml   yoki   *.php3   bo‘ladi,   ammo   ularni
o‘zgartirish   ham   mumkin)   va   preprosessor   uchun   kodga   ega   bo‘lishlari   kerak.
Sahifani   jo‘natishdan   avval   PHP-kod   serverda   chiqadi   va   natija   brauzerga   yana
HTML–sahifa   ko‘rinishda   taqdim   qilinadi,   biroq   bu   sahifa   serverda   saqlanadigan
sahifadan keskin farq qilishi mumkin. *.html/*.htm kengaytmali oddiy sahifalarni
esa Web-server brauzerga hech qanday ishlovsiz yuboradi.
PHP dasturlash tilini tanlashning asoslari
Web-ilovalarni   yaratuvchilar   web-sahifalarning   faqat   matn   va   rasmdan
iborat   emasligini   tushinadilar.   E’tiborga   loyiq   sayt   foydalanuvchi   bilan   ma’lum
darajada interaktivlikni qo‘llashi kerak. Yaqin paytlargacha bularning barchasi Perl
da   yozilgan   CGI-skriptlar   orqali   an’anaviy   amalga   oshirilar   edi.   Ammo   CGI-
skriptlarning   juda   yomon   mashtablanishi   ma’lum   bo‘ldi.   CGI-skriptning   har   bir
yangi   chaqiruvi   yadrodan   yangi   jarayonni   yaratilishini   talab   qiladi,   bu   esa
prosessor  vaqtini oladi  va operativ xotirani sarflaydi. PHP boshqa variantni taklif
etadi – u Web-serverning bir qismi sifatida ishlaydi.
PHP sintaksisi   C  yoki  Perl  sintaksisisiga juda o‘xshash. Bu dasturlash tillari
bilan tanish kishilar PHP da dastur yozishni juda tez boshlashlari mumkin. Bu tilda
ma’lumotlarni tiplashtirishga qattiq talablar yo‘q va xotiradan joy ajratish bo‘yicha
harakatlarga ham zaruriyat yo‘q. PHP da yozilgan dasturlar etarlicha oson o‘qiladi.
Perl dasturlaridan farqli ravishda PHP kodini ko‘rib o‘qish va tushunish oson.
PHP-MySQL   bog’lanmasi   kross-platformali   hisoblanadi.   Bu   shuni
anglatadiki,   siz   Windows   da   ishlab   turib,   Unix   da   ishlash   uchun   mo‘ljallangan
ilovalarni ishlab chiqishingiz mumkin.
23 I-Bob bo‘yicha xulosa
Dissertatsiya   ishini   bajarilishi   natijasida,   ishning   I-bobida   axborot   tizimi
ma’lumotlar   va   ma’lumotlar   bazasi   va   reyting   tizimlariga   oid   barcha   nazariy
tushunchalar keltirib utildi.   Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun
ma’lumotlar   bazasini   yaratish,   so‘ngra   undan   keng   foydalanish   bugungi   kunda
dolzarb   bo‘lib   qolmoqda   shu   sababli   mazkur   bobda   ma’lumotlar   bazasiga   oid
tushunchalar   keltirildi .   Bunda   ma’lumotlar   bazasining   asosiy   tushunchalari,
ma’lumotlar bazasini loyihalash,   ma’lumotlarning modellari ,  ma’lumotlar bazasini
yaratish   tizimlari,   reyting   tizimlari   va   ularning   afzalliklari,   ma’lumotlar   bazasini
tahrirlash uchun amaliy dasturni ishlab chiqish vositasilari   yani   php dasturlash tili
haqida ma’lumot lar  bayon etilgan.
Mazkur bobda ma’lumotlar bazasini yaratish tushunchalaridan kelib chiqgan
holda   ma’lumotlarni   tahrirlash   uchun   amaliy   dasturni   ishlab   chiqish   vositasi
sifatida   h ozirgi   kunda   relyatsion   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   uchun
keng   tar q algan   standart   til   -   bu   SQL   (Structured   Query   Language)   til i   haqida
ma’lumotlar   keltirilgan.
24 II - BOB .  PROFESSOR-O`QITUVCHILAR ILMIY REYTINGINI
SHAKLLANTIRISHNING TAFAKKURLI TIZIMI MA`LUMOTLAR
BAZASI TAVSILOTLARI
2.1.   Reyting tizimlari va ularning afzalliklari
Reyting   tizimi   so`rovlar   natijasida   aniqlangan   ma`lumotlar   asosida   tashkil
q ilinadigan   va   ularni   ma`lum   bir   me`zonlar   asosida   tartiblaydigan   tizim
hisoblanadi.   Ma`lumotlar   odatda   turli   xil   bo`lishi   mumkin,   r eyting   tizimlari   esa
ularni turi bo`yicha alohida guruhlarga ajratgan holda tekshiradi.   Reyting shkalasi
sifatni   baholashda,   ayniqsa   sifatni   xolisona   o'lchash   qiyin   bo'lganda   juda   foydali
qurilma hisoblanadi. Misol uchun ta`lim tizimidagi o`qituvchilar reytingi. Albatta,
talim   sifatini   oshirishda   bu   reyting   juda   muhim   o`rin   tutadi,   chunki   talabalarning
bilim   olishi   bevosita   o`qituvchining   darajasi   bilan   bo`gliq.   Uzluksiz   o`z   ustida
ishlagan   o`qituvchi   esa   ushbu   bilim   va   ko`nikmalarni   talabalar   bilan   ulashishdan
charchamaydi.
Reyting   tizimlar   turli   xil   tashkilotlarda   xodimlarni   attestatsiya   qilish   uchun   eng
ko'p   ishlatiladigan   vosita   hisoblanadi.   Bu   turdagi   tizimlardan   foydalanish   juda
keng   qamrovli   hisoblanadi.   Masalan   Respublika   miqyosida   eng   yaxshi   sportchi,
murabbiy,   o`qituvchi,   talaba,   iqtisodchi   va   h.   k.   Odatda,   reyting   tizimi
baholanadigan   narsaning   bir   qator   jihatlari   yoki   xususiyatlariga   e'tiborni
yo'naltiradilar   va   tanlangan   jihatlarning   har   biriga   qiymatlarni   belgilash   uchun
shkala   beradi.   Ular   son,   sifat   terminlari,   yoki   og'zaki   tavsiflardan   foydalanish
orqali   shaxs   yoki   hodisaning   ma'lum   jihatlari   yoki   xususiyatlarining   tabiati   yoki
darajasini o'lchashga harakat.
A. Reytinglarni uchta asosiy yondashuvdan biri orqali olish mumkin:
- Bog'langan taqqoslash
- Tartiblash
- Reyting  darajasi
1)   Bu   yondashuv   baholanadigan   obyektning   biron   bir   standart   obyektga   nisbatan
baholash uchun  qo`llaniladi .   Bu bog'langan taqqoslash yondashuv sifatida tanilgan.
2)   Tartiblash   yondashuvi ,   bir   guruh   obyektlarni   bir -biri   bilan   o`zaro   solishtir ib
25 baholash orqali amalga oshiriladi.
3) Baholanadigan obyektlarning reyting shkalasi qolgan obyektlar reyting shkalasi
bilan taqqoslanadi va umumiy ball ichiga alohida reyting  hisoblanadi .
B. Reyting tizimining maqsadi:
Reyting tizimlari orqali quyidagi larga baho berish mumkin :
O'qituvchi Ishlashi / Samaradorligi.
Shaxsiyat, tashvish, stress,  a ql va boshqalar.
Maktabni baholash, shu jumladan kurslar, amaliyotlar va
dasturlar.
C.  R eyting  tizimini   tashkil qilish  bo'yicha foydali maslahatlar:
1) Baholanadigan predmetlar yoki hodisalar odatda chegaralangan narsa yoki shaxs
bo`lishi   kerak.   T adqiqot   maqsadi   uchun   faqat   eng   muhim   jihatlar   tanlangan
bo`lishi kerak .
2)  R eyting shkalasi har doim ikki qismdan iborat:
i) mavzuni nomlovchi va belgilovchi ko'rsatma
i i ) reytingda foydalaniladigan ballarni belgilovchi shkala.
3)   Baholanishi   oson   bo`lgan   sohalarda   ixtiyoriy   odam   baholovchi   vazifasini
bajarishi mumkin.   Masalan, no texnik sohalarda, ijobiy yoki salbiy baholanadigan
sohalar va h.k.
D.  R eyting  tizimidan  foydalanish  uning  afzalliklari:
Reyting tizimlar  ko'plab ob'ektiv vositalar  haqiqiyligini sinovdan o`tkazish uchun
ishlatiladi. Ular, shuningdek, quyidagi sohalarda afzalliklari bor:
- Ota-onalar uchun hisobot yozish uchun foydali.
- Kollejlar uchun qabul blankalarini to'ldirishda foydali.
- Talaba ehtiyojlarini topish da  foydali.
- Ish beruvchilarga tavsiya nomalar  berish.
E.  R eyting  tizimidagi  chekl ovlar :
Reyting tizimlar quyidagi   xatolar va chekl ovlardan  aziyat  chekadi:
Baholovchilar  o'z odamlar iga  past  baho berishni  ista shmaydi . Shunday holatda ular
deyarli barcha holatlarga yuqori baho berishadi. Ba'zan baholovchilar o'ta saxiy 
26 bo'lishini kuzatish imkoniyati mavjud. Yuqori holatlar reyting tizimida xató 
deyiladi.
2.2 O`qituvchilar ilmiy reytingini ma’lumotlari modelini ishlab chiqish va
ilmiy reyting tizimining ma’lumotlar bazasini loyixalash
Hozirgi kunda Respublika miqyosida ta`lim tizimiga juda katta e`tibor 
berilmoqda . Ta`lim sifatini yaxshilash va tegishli sohalarga yetakchi kadrlar 
yetkazib berish,   oliy ta`lim muassasalariga ustuvor vazifa etib qo`yilgan. Albatta 
ushbu talablarga javob berish uchun malakali, yuqori bilim darajasiga ega bo`lgan 
Professor-o`qituvchilar  uchun talab katta hisoblanadi. Bunday o`qituvchilar haqida 
ma`lumotga ega bo`lish, ular amalga oshirayotgan ishlar haqida xabardor bo`lish va 
ularni tegishli tartibda rag`batlantirish juda dolzarb mavzu hisoblanadi. Bugungi 
kundagi bu dolzarb masalaga tegishli yechim taqdim etuvchi ushbu axborot tizimi 
quyidagi ma`lumotlar modeli yordamida tuzilgan.
Mazkur ishda tezkor ravishda har bir fakultet va  kafedralar ga tarmoq orqali 
onlayn tarzda ma’lumotlarni yetkazib berishga xizmat qiladigan,  o`qituvchilar ning 
ilmiy reyting  tizimi modellari va ma’lumotlar bazasini loyixalash qarab o tiladi. ʻ
Tizimdan global tarmoq asosida universitetning barcha fakultet va kafedralari 
o‘zlariga ajratilgan foydalanuvchi nomi va parollari orqali foydalanish 
mexanizimlari ishlab chiqiladi. Ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va mavjud 
ma’lumotlar asosida statistik tahlil qilish natijasida oldindan ilmiy faoliyati aktiv 
yoki sustligini bashoratlash imkoniyatlari yaratiladi.
Professor-o`qituvchilarning ilmiy reytingini shakllantirishning tafakkurli 
tizimining maqsadi oliy ta’lim muassasasi o`qituvchilarni ilmiy faoliyatini nazorat 
qilish, ular amalga oshirgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va bu asosida 
oldindan ilmiy reytingi past o`qituvchilar haqida bashorat qilish, universitet 
miqyosida barcha pedagoglar haqida ma’lumotlarini saqlash, ma’lumotlarni tarmoq 
orqali ixtiyoriy vaqtda universitet mutasaddi xodimlariga yetkazib berishdan iborat. 
Mazkur tizimda universitet professor-o`qituvchilari ma’lumotlarini saqlash va ularni
qayta ishlab ixtiyoriy vaqtda mutasaddi xodimlarga yetkazish uchun uch toifadagi 
foydalanuvchilar belgilanishi nazarda tutilgan:
27 -   oliy   ta’lim   muassasasidagi   ilmiy-o`quv   bo`limida   o`qituvchilarni
faoliyatini nazorat qiluvchi mutaxassis (administrator); 
-   oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib boruvchi o`qituvchi
- oliy ta’lim muassasasida  tahsil oluvchi talaba
Tizimdan   administrator   sifatida   foydalanish   vaqtida   o`qituvchining   shaxsiy
ma’lumotlarini tizim ma’lumotlar bazasiga kiritish, ma’lumotlarni qayta taxrirlash,
so rovlar bo‘yicha ma’lumotlar asosida kerakli hisobotlarni shakllantirish, ixtiyoriyʻ
fakulte t,   kafedra   va   ma`lumotlar   turlari   bo yicha  	
ʻ ma`lumotlarni   aniqlash,
foydalanuvchilar   ma’lumotlarini   o chirish,  	
ʻ ma`lumotlar   turlariga   asosan
o`qituvchilarga beriladigan ballarni  ma’lumotlar bazasiga ta’sir ettirish, oliy ta’lim
talabalar iga   k erakli   o`qituvchi   va   uning   faoliyati   haqida   ma`lumot   taqdim   etish ,
tizimga   kirish   huquqlarini   belgilash   uchun   login   va   parollarni   shakllantirish   kabi
vazifalarni bajaradi. 
Tizimdan   o`qituvchi   sifatida   foydalanuvchilar   shaxsiy   ma`lumotlarni
kiritgan   holda   tizimdan   foydalanish   huquqiga   ega   bo`lish,   ixtiyoriy   vaqtda   o‘z
faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma`lumotlar fayllarini pdf formatida tizim ma`lumotlar
bazasiga   kiritish,   o`z   sohasi   bo`yicha   faoliyat   yuritadigan   o`qituvchilar   haqida
ma’lumotlarni   ko`rish,   fakultet   kesimida   o`z   reytingidan   xabardor   bo lish	
ʻ
imkoniyati yaratiladi.
Tizimdan   talaba   sifatida   foydalanuvchilar   shaxsiy   ma`lumotlarni   tizimga
kiritgan   holda   tizimga   kirishlari   mumkin   va   o`zlariga   kerakli   fanlardan   dars
beruvchi   va   ularga   faoliyati   qiziq   bo`lgan   o`qituvchi   haqidagi   ma`lumotlarni
ko`rishlari mumkin.
Har   qanday   tizimning   ma’lumotlar   bazasini   tashkil   qilishning   birinchi
bosqichida   ma’lumotlar   modeli   turini   aniqlash   va   undagi   ob’ektlar   o‘rni   va
munosabatlarini   belgilash   masalalari   hal   etiladi.   Ma’lumotlar   modeliga   ko‘ra
tizimdagi   ma’lumotlarni   qayta   ishlash   usul   va   algoritmlari   hamda   ularni
joriylashtiruvchi funksional sxemalar ishlab chiqiladi. 
Professor   o`qituvchilarni   ilmiy   reytingini   shakllantirishning   tafakkurli
tizimining   ish   faoliyatida   bir   nechta   turdagi   (raqamli,   matnli   va   boshq.)
28 ma’lumotlarni   qayta   ishlash   va   ulardan   foydalanishga   to‘g’ri   keladi.   Bunday
ma’lumotlarga   misol   bo‘lib   oliy   ta’lim   muassasasi   shu   jumladan   fakultet   nomi,
kafedra   nomi,  ma`lumot   turlari   hamda   o`qituvchining  ma’lumotlari   shu   jumladan
o`qituvchi   id   raqami,   familya,   ismi   kabi   ma’lumotlar   xizmat   qilishi   mumkin.
Ma`lumotlar   turli   qiymatlarga   ega   bo‘lib,   ta’lim   muassasasi   fakultet   va   kafedra
kesimida aniqlanadi. 
O`qituvchilarning   ilmiy-reyting   darajasini   aniqlash   hamda   erishilgan
yutuqlari   bo‘yicha   rag‘batlantirish   uchun   ilmiy-ijodiy   faoliyati   natijalari   bo‘yicha
reyting   ball   ko‘rsatkichlarini   hisoblash   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   O`qituvchilar
o‘rtasida   faoliyati   doirasida   faollik   darajasi   bo‘yicha   sog‘lom   raqobat   muhitini
shakllantirish   va   ularning   yaratuvchanlik   qirralarini   rivojlantirishda,   ilmiy-ijodiy
va manaviy-ma'rifiy faoliyati natijalari bo‘yicha reyting ball ko‘rsatkichlari asosiy
omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy-ijodiy   faoliyati   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball   ko‘rsatkichlarini   Q
parametr   orqali   belgilaymiz   va   Q   ni   hisoblash   uchun   quyidagi   (1)   formula
ko‘rinishidagi modelni taklif etamiz.Q=	∑i=1
n	
(∑j
m	
wij+∑k
l	
vik+hi)−	∑i=1
ri
                           (1)
Ilmiy-ijodiy   faoliyati   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball   ko‘rsatkichlari,   ilmiy
tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy ishlanmaning anjumanlarda muhokama etilganligi,
ilmiy   ishlanmaning   amaliyotga   tadbiq   etilganligi(amaliyotga   qo‘llanilganlik   akti,
patent,   guvoxnoma)   va   ilmiy   ishlanmaning   salbiy   oqibatlari   kabi   parametrlarga
bog‘liq bo‘ladi.  
Keltirilgan ( 1 ) formuladagi parametrlar quyidagicha aniqlanadi:	
wij−
  ilmiy ishlanmaning anjumanlarda muhokama etilganlik ko‘rsatkichi;	
vik−
  ilmiy ishlanmaning amaliyotga tadbiq etilganlik ko‘rsatkichi;	
hi−
 ilmiy ishlanmaning dolzarblik darajasining ko‘rsatkichi;
ri−
  ilmiy ishlanmaning salbiy oqibatlarining ko‘rsatkichi.
Ko‘p   holatlarda   kimyo,   biologiya,   tibbiyot   sohalaridagi   ilmiy-ijodiy
ishlanmalarning ma'lum darajadagi salbiy oqibatlari ham mavjud bo‘ladi. Reyting
tizimida   bu   parametrni   e'tiborga   olinishi,   ishlanmalarning   salbiy   oqibatlarini
minimallashtirishga xizmat qiladi[1 4 ].
29 Ishlab   chiqilgan   ilmiy-ijodiy   faoliyat   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball
ko‘rsatkichlari modellar ustida malumot.mcoder.uz web-sayti misolida eksprement
o‘tkazildi. Tadqiqot eksprementi 2 – jadval ko‘rinishida tasvirlanadi.
Id
o` qit uv chi
(ilmiy -ijodiy
faoliy at )wj	j	vj	k	hi	ri	i	Q
1 10 3 20 2 20 5 2 80
2 10 4 20 1 20 5 3 65
3 10 3 20 1 20 5 0 70
2   –   jadval.   Ilmiy-ijodiy   faoliyati   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball
ko‘rsatkichlari
Yuqorida   keltirilgan   2-jadvaldagi   ma'lumotlarning   hisoblanish   jarayoni
quyidagicha amalga oshiriladi.	
Q	1=	10	×	3+20	×	2+20	−	5×	2=	80	,	Q	2=	10	×	4+20	×	1+20	−	5×	3=	65
Yuqorida   ishlab   chiqilgan   modellar   asosida   o`qituvchilar ning   ilmiy-ijodiy
faoliyati natijalari bo‘yicha reyting ball ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
O`qituvchilarning davlat tomonidan belgilangan tadbirlarga befarq emasligi,
ularning   siyosiy   ongini   rivojlantirish   va   boshqaruv   salohiyatini   shakllantirish
uchun ilmiy-ijodiy faoliyati natijalari bo‘yicha reyting ball ko‘rsatkichlarini onlayn
hisoblash asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. O`qituvchilar o‘rtasida ilmiy faoliyati
natijalari   bo‘yicha   reyting   ball   ko‘rsatkichlarining   sog‘lom   raqobati   albatta
ularning tashabbuskorlik hislati va siyosiy ongini rivojlanishiga xizmat qiladi.
Bundan   kelib   chiqib   reyting   va   bandlik   munosabatlarini   avtomatlashtirish
tizim   tarkibiga   ilmiy   faoliyati   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball   modulini
shakllantirish uchun optimal matematik model ishlab chiqish kerak.  
Ilmiy-ijodiy   faoliyati   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball   ko‘rsatkichlarini   G
parametr   orqali   belgilaymiz   va   G   ni   hisoblash   uchun   quyidagi   (2)   formula
ko‘rinishidagi modelni taklif etamiz.	
G	=	∑i	
(∑j
m	
uij+	yi+gi)
                                             (2)
Ilmiy-ijodiy   faoliyat   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball   ko‘rsatkichlari,
o`qituvchilarning   yil   davomida   amalga   oshirgan   ishlari,   ya`ni,   mahalliy   yoki
xalqaro   maqola,   uslubiy   va   o`quv   qo`llanma,   darslik,   kitob,   tezis   kabi
parametrlarga bog‘liq bo‘ladi.
(2)   formula   ko‘rinishida   ishlab   chiqilgan   modellar   ustida
malumot.mcoder.uz   web-sayti   misolida   eksprement   o‘tkazildi.   Tadqiqot
eksprementi 3 – jadval ko‘rinishida tasvirlanadi.
30 Id
o` qit uv chi(ilmiy
ijodiy  faoliy at )uj	j	yj	gi	G
1 20 3 15 20 95
2 20 2 15 20 7 5
3 20 1 15 20 55
3 –  jadval .  Ilmiy - ijodiy   faoliyat   ko ` rsatkichlari   bo ` yicha   reyting
natijalari
Yuqorida   keltirilgan   3-jadvaldagi   ma'lumotlarning   hisoblanish   jarayoni
quyidagicha amalga oshiriladi .	
G	1=	20	×	3+15	+20	=	95	,	G	2=	20	×	2+15	+20	=	75
Ishlab   chiqilgan   modellar   asosida   o`qituvchi larning   ilmiy-ijodiy   faoliyati
natijalari   bo‘yicha   reyting   ball   ko‘rsatkichlari   hisoblanadi   va   avtomatlashtirilgan
tizim modullariga joylashtiriladi.
Hozirgi   globallashuv   sharoitida   yurtimiz   ta`lim   tizimini   rivojlantirish,
pedagoglarning   ilmiy-ijodiy   yaratuvchanlik   qobiliyatlarini   nomoyon   qilish,
boshqaruvchanlik   salohiyati   va   siyosiy   ongini   rivojlantirish   uchun   oliy   ta'limda
o`qituvchilar   faoliyati   davomidagi   yutuqlari   reytingini   shakllantirish   asosida
rag‘batlantirish   dolzarb   hisoblanadi.   Bundan   kelib   chiqib   o`qituvchi   yuqori
reytingga   ega   bo‘lishi,   uning   kelajagi   porloq   ekanini   tushunib   yetadi   va   faoliyati
davomida   uzluksiz   harakat   qilishni   ta'minlaydi.   Bu   jarayonlarni   amalga   oshirish
uchun   ishlab   chiqilgan   matematik   modellar   fundamental   bilimlar   bazasi   bo‘lib
xizmat qiladi.  
Oliy   ta'lim   tizimida   ilmiy-ijodiy   faoliyati   natijalari   bo‘yicha   reyting   ball
ko‘rsatkichlarini   hisoblashning   matematik   modellari   boshqa   turdagi,   ya'ni   o‘rta
maxsus kasb hunar kollejlari va o‘rta maktab pedagoglari uchun ham qo‘llanilishi
mumkin.
Ma’lumotlar   bazasi   yozuvlari   munosabatlarini   aniqlash   borasida
o`qituvchining ilmiy faoilyati universitet o`quv bo`limi tomonidan nazorat qilinadi
va   har   o`quv   yili   oxirida   o`qituvchi   to`plagan   balliga   asoslanib   moddiy
rag`batlantiriladi. Ushbu jarayonni avtomatlashtirish maqsadida bu tizim qilingan.
Har   bir   o`qituvchi   maqola,   tezis,   patent,   o`quv   qo`llanma,   uslubiy   qo`llanma,
31 guvohnoma va boshqa turdagi ma`lumotlar bo`yicha baholanadi va ma`lumki ball
qancha yuqori bo`lsa moddiy rag`batlantirish ham shuncha yuqori bo`ladi. 
Ishlab   chiqilgan   infologik   modelda   ma’lumotlar   modeli,   ma’lumotlar
bazasidagi yozuvlar tarkibi va ular o‘rtasidagi munosabatlar aniqlangan. 
Takidlangan   infologik   modelga   ko‘ra   tizim   tarkibidagi   o`qituvchining
ma’lumotlari 1-rasm ko‘rinishida shakllanadi.
2.1-rasm. Tizim tarkibidagi o`qituvchilar to‘g’risidagi ma’lumotlar.
Kafedra   va   kiritilgan   ma`lumot   turlari   to‘g’risidagi   ma’lumotlar   2-rasm
ko‘rinishida shakllanadi.
                                                                     
2.2-rasm. Tizim tarkibidagi o`qituvchilar to‘g’risidagi ma’lumotlar.
Talabalar   o`zlari   qiziqish   bildirgan   sohalarda   faoliyat   olib   borayotgan
o`qituvchilar   haqida   ma`lumotlarni   shakllantirish   3-rasmdagi   sxema   bo‘yicha
amalga oshiriladi.
 O`qituvchining 
ma`lumotlari 	
quyidagi 	
axborotlarni 
o`z ichiga oladi	
ID raqam	
Ma`lumot 	
turlari	
F.I.SH.	
Kafedra 	
nomi Kafedra ma`lumotlari
quyidagilarni o`z ichiga
oladi
Fakultet Kafedra Ma`lumot turlari
haqida
Bajargan ish
turlariO`qituvchining
kafedrasi
Talabalar so`rovi uchun ma`lumotlar
O`qituvchining
nomi Kafedra nomi O`qituvchining
sohasi Reytingni
o`rni
32 2.3-rasm. Talabalar so`rovi uchun ma’lumotlar shakli.
Ta’lim muassasasi, professor-o`qituvchilar bir yillik ish faoliyati davomida,
asosiy   faoliyatlaridan   tashqari   amalga   oshirgan   ishlari   uchun   rag`batlantirish
shartlari 4-rasm ko‘rinishidagi shaklda keltirilgan.
2.4-rasm.  Universitet rag`batlantirishi uchun kerakli ma`lumotlar shak li
Ushbu tizim yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tuzilmasi ustida ishlaydi, ya’ni
tizim   tarkibidagi   vazifalar   yuqoridagi   ma’lumotlarni   qayta   ishlash   va   kerakli
natijalarni   berish   uchun   xizmat   qiladi.   Yuqoridagi   model   asosida   berilgan
ma’lumotlarga   ko‘ra   oliy   ta’lim   muassasasi   professor-o`qituvchilarining   ilmiy
reyting   tizimi   modullari   foydalanuvchilarga   ta’lab   etilgan   ma’lumotlarni
shakllantirib beradi[3].  
Ma’lumotlar   bazasini   loyixalashtirish   ma’lumotlarni   berilishi   va   ularning
ko‘rinishlari   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Ma’lumotlar   bazasi   va   ularni   boshqarish
tizimlari   rivojlanib   borgan   sari   ayniqsa   ma’lumotlar   hajmi   oshib   ularni   qayta
ishlash   tezkorligiga   ta’lablar   ko‘chayishi   bilan,   ma’lumotlarni   saqlash,   kerakli
vaqtda   so‘ralgan   ko`rinishda   tasvirlash   va   uzatish   kabi   muammolar   ham   yangi
yondashuvli   yechimlarni   ta’lab  etmoqda.   Shunday  muammolarni   hal   etishda   asos
bo‘lib   xizmat   qiladigan   infologik   modelda   ma’lumotlar   turlarini   to‘g’ri   tanlash,
jadvallarni   tuzishda   relyatsion   modellar   nazariyasiga   ko‘ra   normallashtirishTizimda o`qituvchilarning kiritgan ma`lumot turlariga 	
asoslanib ularga ball berish	
O`qituvchining 	
F.I.SH	Kiritilgan ma`lumotlar 
turlari haqida batafsil	
Har bir ish uchun
beriladigan ball
33 mezonlariga   rioya   qilish,   jadvallar   yozuvlari   o‘rtasidagi   bog’lanish   va
munosabatlarini   belgilashda   MySQL   Workbench   kabi   avtomatlashtirilgan
loyihalash tizimlaridan foydalanish aynan yangi yondashuvli yechimga olib keladi.
MySQL   Workbench   yordamida   MB   ni   loyihalashtirishning   dastlabki
bosqichida   ma’lumotlar   maydonlarining   turlari   va   ma’lumotlar   uchun   xotiradan
ajratilgan   joylarga   alohida   e’tibor   berish   kerak,   chunki   tizim   katta   hajmdagi
ma’lumotlarni   qayta   ishlash   jarayonida   vaqtni   ko‘p   sarflash   hotira   hajmi
ko‘rinishidagi   muommolardan   holi   bo‘ladi.   Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlarga
asosan   jadval,   maydon   va   ularning   turlari   shakllantiriladi.   Tizim   tarkibidagi
jadvallar va ularning tuzilishi  jadval 1-7 ko‘rinishlarida shakllantirilgan va ularda
ma’lumotlar quyidagicha keltirilgan:
- birinchi satrda – jadval nomi;
- ikkinchi satrda – jadval maydonlar nomi;
- uchinchi satrda – jadval maydon ma’lumotlar turi.
Ta’lim 
muassasasi 
qisqa nomi Ta’lim 
muassasasi 
to‘liq nomi Manzili Rektor 
F.I.SH
Matnli 
(Tekstovыy) Matnli 
(Tekstovыy) Matnli 
(Tekstovыy) Matnli 
(Tekstovыy)
2.1 Ta’lim muassasasi jadvali
fakultetning qisqa nomi fakultetning to‘liq nomi
Matnli (Tekstov ы y) Matnli (Tekstov ы y)
2.2 jadval Fakultet ma’lumotlar jadvali
O`qituvchi    id
raqami O ` qituvchi   F . I . SH Fakultet nomi Kafedra nomi
Sonli (chislovoy) Matnli (Tekstov ы y) Matnli (Tekstov ы y) Matnli (Tekstov ы y)
2.3 jadval O`qituvchi ma’lumotlar jadvali 
Ma`lumot turi Biriktirilgan fayl Beriladigan ball O`qituvchi F.I.SH
34 (pdf)
Matnli (Tekstov ы y) faylli ( faylovaya ) Sonli (chislovoy) Matnli (Tekstov ы y)
2. 4   jadval   Kiritiladigan ma`lumotlar
Shubhasiz ,  tavsiya   etilgan   infologik   modelga   asoslangan   ma ’ lumotlar   bazasi
asosida   axborot   tizimini   yaratish ,  har   bir   o ` qituvchi   yil   davomida   amalga   oshirgan
ishlari   to ` grisidagi   ma ' lumotlarni   hisobga   olishni   avtomatik   ravishda   ro ‘ yhatga
olish   va   saqlash   imkonini   beradi . 
Ma ’ lumotlar   bazasini   boshqarish   samaradorligi   ma ’ lumotlarni   o ‘ zaro
bog ’ lanishiga   bog ’ liq   hisoblanadi .   Tizimning   ma ’ lumotlar   jadvallari   bir   biri   bilan
1:1 ( birga   bir ), 1: n  ( birga   ko ‘ p )  va   n :1 ( ko ‘ pga   bir )  munosabatlar   orqali   bog ’ lanish
imkoniyatlari   mavjud .   Ma ’ lumotlarni   modellashtirish   MySQL  Workbench   dasturi
yordamida   o ` qituvchilarning   ilmiy   faoliyati   monitoring   tizimining   ma ’ lumotlar
bazasi   sxemasi   ishlab   chiqiladi .
Keyingi   bosqichda   MySql   Workbench   dasturi   imkoniyatlaridan   foydalanib ,
MySql   ma ’ lumotlar   bazasida   to ‘ laqonli   jadvallar   eksport   orqali   shakllantirildi .
MySql   ma ’ lumotlar   bazasi   jadvallaridagi   ma ’ lumotlar   bo ‘ yicha   tizimning   quyidagi
asosiy   so ‘ rovlari   ishlab   chiqildi :
- barcha fakultetlar haqidagi ma`lumotlarni aniqlash;
- belgilangan kafedra bo‘yicha o`qituvchilar ro`yxatini aniqlash;
- belgilangan o`qituvchi haqida ma`lumotlarni aniqlash;
- kerakli ma`lumot turlari bo`yicha o`qituvchilar ro`yxatini aniqlash;
- kerakli kafedra bo`yicha ma`lumot turi bo`yicha ro`yxatni aniqlash;
- talaba sifatida o`qituvchilar haqida kerakli ma`lumotlarni aniqlash;
- tegishli kafedradagi reytinglarni aniqlash;
Takidlash   joizki,   ushbu   so‘rovlar   natijalari   ta’lim   muassasasi,   fakultet,
kafedra,   o`qituvchilar,   ma`lumot   turlari   kesimida   taqdim   etilish   imkoniyatlari
mavjud[2].
2. 3 .   Ma’lumotlarga asosan so ‘rovlar hosil qilishni shakllantirish
35 OTM o`quv bo`limini ta`lim sifatiga bog`liq ishlarini yuritish uchun, kerakli
ma’lumotlarni   tezkor   qidirish,   fakultet   va   yuqori   tashkilotlarga   yetkazish   dolzarb
masala hisoblanadi.
Berilgan   ma’lumotlarga   asosan   so‘rovlarni   tashkillashtirish   uchun
ma’lumotlar   bazasi   jadvalidan   so‘rovga   mos   maydon   tanlanadi   va   kerakli
ma’lumotlar shakillantiriladi.
So‘rovlar  bir nechta turlarini keltirib utamiz.
-Tizimdan foydalanish uchun foydalanuvchi nomi va parol aniqlash;
-Tezkor   ravishda   fakultet,   kafedra,   va   ma`lumot   turlari   bo yicha   so rovlarʻ ʻ
asosida   o`qituvchilar   ilmiy   faoliyati   haqida   ma’lumotlarni   shakllantirib   hisobot
ko rinishida chop etish.	
ʻ
-Ixtiyoriy   o`qituvchini   amalga   oshirgan  ishlari   haqida  ma`lumotlarni   tezkor
aniqlash;
-Har safar o`qituvchi kiritgan ma’lumotlarni yangilab borish;
-Administrator   ixtiyoriy  vaqtda   fakultet,   kafedra  va   ma`lumot   turi   bo`yicha
o`qituvchi reytingini  aniqlash imkoniyatiga ega.  
Kerakli o`qituvchi familya va ismi bo‘yicha ma’lumotlarni ajratib olish:
1-misol.   Familya   va   ismi   bo‘yicha   so‘rovga   “Badalov   Bobur”   kiritilsa
shunga mos ma’lumotlar quyidagi shaklda jadvalda hosil buladi.
T/R F.I.Sh Fakultet  Ma`lumot turlari
1 Badalov Bobur  
Ravshanovich Fizika Maqola
2 Badalov Bobur  
Ilyos o‘g’li Tarix Uslubiy 
qo`llanma
3 Badalov Bobur  
Islomovich Iqtisod O`quv 
qo`llanma
4 Badalov Bobur  
Xurram o‘g’li Ekologiya Tezis
5 Badalov Bobur   Raqamli  Xalqaro maqola
36 Do‘stmurodovich texnologiyalar
2.5 jadval. So’rov natijasi jadvali
  So‘rovlarni yaratilgan tizimda kengaytirish va kamaytirish xususiyatlari 
ham hisobga olingan. Berilgan ma’lumotlar bazasi orqali kerakli ma’lumotlarni 
tanlanib olib yuqoridagicha so‘rovlar asosida shakllar hosil qilinadi.
Familiya   va   ismi   bo‘yicha   shakllantirilgan   so‘rovda   har   bir   o`qituvchi
bo‘yicha   ma’lumotlar   avtomatik   tarzda   hosil   qilinib   qog’ozga   chiqarish
imkoniyatini beradi.
2-misol.   Ma`lumot   turlari   bo`yicha   so`rovlarni   amalga   oshirishda   quyidagi
ma`lumotlar kerak bo`ladi. O`qituvchining F.I.SH va kafedrasi  kiritilganda ushbu
o`qituvchi   kiritgan   ma`lumot   turlari   ma`lumotlar   bazasidan   olib   ko`rsatiladi.
Masalan,   Axborotlashtirish   kafedrasidan   Habibullayev   Mamadiyor   ma`lumotlari
kiritilsa so`rov natijalari quyidagicha bo`ladi.
T/R F.I.Sh Fakultet  Ma`lumot turlari Fayl.nomi
1 Habibullayev 
Mamadiyor Axborotlashtirish Maqola Maqola.pdf
2 Habibullayev 
Mamadiyor Axborotlashtirish Darslik Darslik.pdf
3 Habibullayev 
Mamadiyor Axborotlashtirish O`quv qo`llanma Qullanma.pdf
4 Habibullayev 
Mamadiyor Axborotlashtirish Tezis Tezis.pdf
5 Habibullayev 
Mamadiyor Axborotlashtirish Xalqaro maqola Xmaqola.pdf
2.6 jadval. So`rov natijasi jadvali
Tizimda barcha ma`lumotlarni administrator tahrirlash huquqiga va imkoniyatiga 
ega. Bundan tashqari, Universitet miqyosida barcha kafedralar bo`yivha ham 
so`rovlarni amalga oshirish mumkin.
3-misol. Tizimda mavjud kafedralarni aniqlash so`rovi quyidagicha bo`ladi.
T/R Fakultet nomi Kafedra nomi
1 Raqamli texnologiyalar Axborotlashtirish
2 Raqamli texnologiyalar Dasturiy injiniring
37 3 Raqamli texnologiyalar Optimallashtirish
4 Geogragiya Ekologiya
5 Tarix Tarix
6 Psixologiya Psixologiya
7 Raqamli texnologiyalar Modellashtirish
2.7- jadval. So`rov natijalari jadvali
4-misol. Kerakli ma`lumot turi bo`yicha so`rovlarni amalga oshirish. Bu 
holatda aynan bir ish turi bo`yicha qaysi o`qituvchi ma`lumot kiritgani haqida 
ma`lumotga ega bo`lish mumkin. Misol tariqasida darslik chop etgan o`qituvchilar 
bo`yicha so`rovni amalga oshirsak, quyidagi ma`lumotlar ega bo`lamiz.
T/R F.I.Sh Kafedra Ball
1 Badalov Bobur   Fizika 20
2 Eshtemirov 
Bunyod Tarix 25
3 Yarmatov Sherzod Iqtisod 15
4 Asliyev G`olib Ekologiya 30
5 Asrorov Sherali Raqamli 
texnologiyalar 35
2.8- jadval. So`rov natijalari jadvali
Yuqorida aytib o`tilgan so`rovlardan tashqari bir nechta so`rov turlari tizimda 
mavjud. Albatta bu so`rovlar tizimni foydalanuvchi uchun qulay bo`lishiga xizmat 
qiladi. Bundan tashqari, kerakli tashkilotlar uchun hisobot kerak bo`lganida, 
Universitet ilmiy-o`quv bo`limini faoliyatini osonlashtiradi chunki hosil bo`lgan 
ma`lumotlarni tizimdan turib chop etish imkoniyati ham mavjud. 
2. 4 .   Ilmiy reytingni shakllantirishda  intelle k tual  tizim algoritmlarini qo`llash
Intelektual  tizim-avtomatlashtirilgan bilimga asoslangan  tizim  yoki dasturiy
ta'minot   to'plami   bo`lib,   asosiy   vazifani   amalga   oshirish   uchun   lingvistik   va
mantiqiy-matematik   vositalar,   inson   faoliyatini   qo'llab-quvvatlash   va   tabiiy
38 ravishda   rivojlangan   muloqot   rejimida   ma'lumot   qidirish   tizimi   hisoblanadi.
Bundan tashqari, axborot va kompyuter tizimlari bilan murakkab muammolarni hal
qilish   uchun   intellektual   tizimlarni   qo`llash,   axborotni   mantiqiy   qayta   ishlashdan
ustun   bo'lgan   tizimlar   hisoblanadi.   Umumiy   yondashuv   muammolarni   hal   qilish
usullarini   ishlab   chiqishdan   iborat,   ammo   buning   uchun   formal     algoritmlar
mavjud   emas:   tabiiy   tilni   tushunish,   o'rganish,   teoremalarni   isbotlash,   murakkab
tasvirlarni   tanib   olish   va   h.   k.   Nazariy   tadqiqotlar   intellektual   jarayonlarni
o'rganishga va tegishli matematik modellarni yaratishga qaratilgan.
Intellektual tizimlar hozirgi kundagi dunyo masalalarini tushunish va tahlil 
qilishda ajralmas vositadir. Kuzatilgan jarayonlar, albatta, alohida-alohida emas, 
balki birgalikda o'rganilishi kerak bo'lgan ko'plab o'zaro bog'liq komponentlardan 
iborat.  Intellektual fikrlash tizimi - bu turli sohalardagi loyihalarni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishga yordam beradigan juda kerakli vositadir. Murakkab va dinamik 
tizim loyihalari bilan shug'ullanadigan yuqori texnologiyali kompaniyalarda yuqori
intellektual fikrlash qobiliyatiga ega tizimlarga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. 
Yuqori intellektual fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan tizimlar umumiy tasavvurni va
loyihani, ham funktsional, ham kontseptual tarzda, barcha kichik detallarni 
bilmasdan tushunishga qodir. Tizimli fikrlash butun tizimni uning tarkibiy 
qismlaridan tashqarida tushunishga imkon beradi va butun tizimning bir qismi 
sifatida izolyatsiya qilingan komponentning ahamiyatini aniqlaydi. Tizimli fikrlash
quyi tizimlarning bir yaxlit tizimga qanday ulanganligini tushunishga yordam 
beradi va muammoning texnik xususiyatlari va talablariga yechimlarni taqdim 
etadi. Bundan tashqari, intellektual fikrlash tizimi boshqa tizim komponentlari va 
tizimlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va o'zaro bog'liqlikni sezishga imkon beradi. 
Ushbu tadqiqot universitet o`qituvchilarini ilmiy reytingini shakllantirishni to`liq 
o`rganib chiqdi.
39 2.5-rasm. Intelektual tizim arxitekturasi
Intellektual fikrlash tizimlarining quyidagi afzalliklari mavjud:
- bu fikrlash va muloqotdagi aniqlikning asosidir, bu ko'proq, kengroq va 
chuqurroq ko'rish uchun yo'ldir
- muammolarni hal qilish uchun samarali vositadir
- hayotni yaxshiroq boshqarish uchun imkoniyatdir
- bu aybni qidirishdan qochish uchun imkoniyat - o'zingizda yoki 
boshqalarda
- o'zingizni va boshqalarni boshqarish uchun samarali usuldir
Universitet professor-o`qituvchilarining yil davomida amalga oshirgan ishlarini 
rag`batlantirish, tizimda quyidagi jarayon orqali amalga oshiriladi :
Tizimda reytingni shakllantirish uchun umumiy holatda 7 xil turdagi ma`lumot 
turlari mavjud va ularga beriladigan ballarni quyidagi jadvalda ko`rish mumkin:
T/R Ma`lumot turi Ball
1 Darslik 10
2 Kitob 10
3 Uslubiy qo`llanma 20
4 O`quv qo`llanma 25
5 Tezis 5
40 6 Maqola (respublika) 10
7 Maqola ( xalqaro) 20
2.9-jadval. Ma`lumot turlari jadvali
1. Har bir o`qituvchi tizimga kiritib borgan ma`lumot turlari bo`yicha tizimda 
ball to`plab boradi. Misol tariqasida Axborotlashrtirish kafedrasi reytingi 
misolida ko`rib chiqamiz. Umumiy holatda ushbu kafedra uchun tizim 
tarkibida 10 nafar o`qituvchi kiritilgan va ularning amalga oshirgan ishlari 
haqidagi ma`lumotlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Turakulov
A. Kuliyeva
D. Xurramov
a M. Asrorov
Sh. Toshtemirov
Sh.
Maqola_X 20 0 0 0 20
Tezis 5 5 5 5 5
Maqola_R 0 10 10 10 10
O`_qo`llanm
a 25 0 25 25 0
U_qo`llanma 0 20 0 20 0
Kitob 10 10 10 10 10
Darslik 0 10 0 10 0
2.10-jadval. Axborotlashtirish kafedrasi o`qituvchilari kiritgan ma`lumotlar
va ballar
Yuqoridagi jadvaldan ko`rinib turibdiki, tizim avtomatik tarzda ma`lumot turiga 
qarab har bir o`qituvchiga ball biriktiradi va bazaga saqlaydi. Administrator kerakli
vaqtda ixtiyoriy kafedra reytingini aniqlash imkoniyatiga ega bo`ladi.
2. Umumlashtirilgan ballar quyidagi jadvalda aks etadi.
T/R F.I.SH. Kafedra Umumiy ball
1 Turakulov Amir Davronovich Axborotlashtirish 60
2 Kuliyeva Dilafruz Bahodirovna Axborotlashtirish 55
3 Xurramova Munisa Nodirovna  Axborotlashtirish 50
4 Asrorov Sherali Alisherovich Axborotlashtirish 70
41 5 Toshtemirov Sherxon Ali o`g`li Axborotlashtirish 45
2.11-jadval. Kafedra o`qituvchilari to`plagan ballar
Yuqoridagi jadvalda Axborotlashtirish kafedrasi tarkibidagi 5 nafar o`qituchi 
to`plagan ballar aks etgan. Endi quyidagi jadvalda tizim ushbu ma`lumotlar 
asosida avtomatik tarzda reyting shakllantirganini guvohi bo`lamiz.
3. Umumiy reyting jadvali
T/R F.I.SH. Umumiy ball
1 Asrorov Sherali Alisherovich 70
2 Turakulov Amir Davronovich 60
3 Kuliyeva Dilafruz Bahodirovna  55
4 Xurramova Munisa Nodirovna 50
5 Toshtemirov Sherxon Ali o`g`li 45
2.12-jadval. Kafedra reytingi
Tizim mavjud ma`lumotlar asosida kafedra reytingini avtomatik tarzda tashkil 
qiladi. Bu holatda administrator kerakli kafedrani tanlab reytingi ko`rish va chop 
etish imkoniga ega.
II Bob bo‘yicha xulosa
Mazkur   bobda   reyting   tizimi   afzalliklari,   O`qituvchilar   ilmiy   reytingini
ma’lumotlari   modelini   ishlab   chiqish   va   ilmiy   reyting   tizimining   ma’lumotlar
bazasini   loyixalash,   ma’lumotlarga   asosan   so   ‘rovlar   hosil   qilishni   shakllantirish,
ilmiy   reytingni   shakllantirishda   suni`y   intellekt   tizim   algoritmlarini   qo`llash
jarayoni  keltirib utilgan. 
Bunda berilgan ma’lumotlar bazasi orqali kerakli ma’lumotlarni tanlanib olib
yuqoridagicha so‘rovlar asosida shakllar hosil qilish jarayoni keltirilgan. 
42 III BOB.   PROFESSOR-O`QITUVCHILAR ILMIY REYTINGINI
SHAKLLANTIRISHNING INTELLEKTUAL TIZIMI  DASTURIY
TA’MINOTINING TAV F SIFI
3.1  Ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish
Ma’lumotlar bazasi bir yoki bir nechta jadvallar asosida yaratiladi. Jadvallar
bir   biri   bilan   bog’lanishda   tarkibidagi   maydonlarning   atributlariga   mos   keluvchi
maydonlar yordamida bog’lanadi.
  Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   orasidagi   munosabatlar   qo‘yidagi   to‘rtta
turda bo‘lishi mumkin: birga-bir, birga-ko‘p, ko‘pga-bir, ko‘pga-ko‘p.
Ushbu   ma’lumotlar   bazasini   loyilahashda   birga-bir   va   ko‘pga-ko‘p
bog’lanish   munosabatlaridan   foydalanildi.   Birga-ko‘p   bog’lanish   munosabati
ma’lumotlar   bazasini   loyihalashda   ko‘p   uchraydi   va   uning   vazifasi
takrorlanmaydigan qiymat oluvchi (kalit) maydonga ega bo‘lgan jadvalning xar bir
yozuvi   qiymatiga   ushbu   maydon   qiymatlari   orqali   bog’langan   jadvaldagi   ko‘p
sondagi yozuvlarini mos qo‘yishdir.
Mazkur tizim ish jarayonida asosan ikkita jadvaldan foydalanilgan jadvallar
asosiy jadval va arxiv jadval bunda birga-bir bog’lanish mavjud.
Ma’lumotlar  bazasidagi  jadvallar  va  uning  tarkibiy  qismlari   –maydonlar   va
turlarini keltiramiz:
id Familya Ism Otasining
ismi Fakultet Kafedra Login Parol
varchar varchar varchar varchar varchar varchar varchar varchar
3.1 jadval.  Foydalanuvchilar jadvali
id UserID Ish turi Yili Ch.E.J.
varchar varchar Varchar Date varchar
3.2 jadval. Kiritiladigan ma`lumotlar haqidagi batafsil jadval
43 id UserID Ish turi Yili Ch.E.J.
varchar varchar Varchar Date varchar
id ma`lumot turi beriladigan ball
varchar varchar int
3.3 jadval. Kiritiladigan ma`lumotlar turlari va beriladigan ball jadvali
id Familya Ism Otasining
ismi Fakultet Kafedra Login Parol
varchar varchar varchar Varchar varchar varchar varchar varchar
Id Fakultet nomi
Varchar Varchar 
3.4 jadval. Fakultet nomlari jadvali
Ma’lumotlar   turi   maydonning   xususiyatiga   ko‘ra   tanlanadi.   Bunda   turlar
quyidagicha:
Varchar(<<hajmi>>)- belgili satr;
Int(<<hajmi>>)- butun tipli;
3.2  Dasturiy ta’minotning mantiqiy strukturasi
“ Professor-o`qituvchilar ilmiy reytingini shakllantirish va monitoring qilish ”
dasturiy   ta’minoti dan   Ahost.uz   web-sayti   server   tarmog’iga   joylashtirilgan   holda
foydalaniladi. Bunda lokal yoki global tarmoq texnologiyasi ning ixtiyoriy biridan
foydalanish   mumkin.   Dasturiy   ta’minot   tarmoqga   o‘rnatilganda   unga   tarmoq
manzili beriladi.
Dasturiy ta’minot ma’lumotlar bazasi va ushbu ma’lumotlar bazasi bilan ish
ko‘radigan dastur loyihasidan tashkil topgan.
44 3.1- rasm. Dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasinig o‘zaro
aloqadorligi.  
Dasturiy   ta’minotdan   foydalanishda   xar   doim   ushbu   yagona   ma’lumotlar
bazasiga murojaat  qilinadi.   Shu tufayli  barcha foydalanuvchilar bitta ma’lumotlar
bazasini   shakllantiradilar.   Shuning   uchun   bunday   tarmoq   texnologiyasiga
asoslangan   dasturiy   ta’minotlar   biron   –   bir   server   kompyuterga   o‘rnatiladi.
Tizimning   qismlari   bo‘lgan   ma’lumotlar   bazasi   va   dasturiy   loyihani   alohida   –
alohida   server   kompyuterlariga   o‘rnatish   xam   mumkin.   Bu   jarayonda   dastur
loyihasining   ma’lumotlar   bazasiga   ulanish   qismidagi   parametlar   qiymatlarini
tahrirlash   zarur,   ya’ni   ma’lumotlar   bazasi   joylashgan   server-kompyuterning
tarmoqdagi   manzili   (yoki   nomi),   ma’lumotlar   bazasiga   kirish   huquqi   berilgan
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining foydalanuvchisi nomi va paroli hamda
ma’lumotlar bazasini nomi ko‘rsatiladi.
Dasturiy ta’minotdan foydalanuvchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:
 Administrator   –   tizim   ichida   barcha   ma’lumotlarni   nazorat   qilish   huquqiga   va
umumiy ma’lumotlarni tahrirlash huquqiga ega foydalanuvchi turi;
 O`qituvchi   –   tizimda   o`z   reytingini   shakllantirish   uchun   ma`lum   bir   id   raqam
kesimidagi kerakli ma`lumotlardan foydalanish huquqiga ega foydalanuvchi turi;Ma`lumotlarni	
yozish	
Ma`lumotlar	
bazasi	
Ma`lumotlarni	
o`qish	
Dasturiy
ta`minot
45  mehmon   –   tizimda   o`qituvchilar   reytingi   bilan   tanishish   huquqiga   ega
foydalanuvchi turi
Dasturiy ta’minotning mantiqiy strukturasi quyidagicha tasvirlanadi:
3.2- rasm. Dasturiy ta’minot mantiqiy strukturasi.
Dasturning faoliyat strukturasi quyidagi tarzda tashkil topgan:
Admin   –   bu   bo‘lim   asosan   Ilmiy-o`quv   bo`limi   xodimlari   tomonidan
boshqariladi. Bu bo‘limda foydalanuvchilar uchun kerakli jadvallar yoki shakllarga
ruxsat   beriladi,   tizim   tarkibidagi   barcha   ma’lumotlarni   taxrirlash   mumkin.   Shu
bilan birga bu bo‘lim orqali foydalanuvchi tizimdagi barcha ma’lumotlar holatlari
bilan tanishishi mumkin. 
O`qituvchi   –   bu   bo‘limdan   ayni   bir   fakultet   va   kafedra   Professor-
o`qituvchilari   foydalanadi.   Ushbu   turdagi   foydalanuvchilar   o‘zi   biriktirilgan
fakultet   doirasidagi   ma’lumotlardangina   foydalanish   imkoniga   ega.   Bu   bo‘limda
kafedra   o`qituvchilari   o`z   faoliyatlari   bo`yicha   barcha   ma`lumotlarni   tizimga
kiritishlari mumkin bo`ladi.
Mehmon   –   bu   bo‘limdan   rahbariyat,   talabalar   va   o`qituvchilar   reytingini
ko`rmoqchi bo`lganlar foydalanishi mumkin. Ushbu turdagi foydalanuvchilar o‘ziTIZIMGA 
KIRISH	
O`qituvchilar	
portfolio
tizimi	
Admin	O`qituvchi	Mehmon
46      tanlagan   fakultet   yoki   kafedra   o`qituvchilari   reytingi   bilan   faqat   tanishib   chiqish
huquqiga ega. 
Xech   bir   foydalanuvchi   o‘zga   foydalanuvchilar   ma’lumotlariga   dahl   qila
olmaydilar.   O‘ziga   tegishli   bo‘lmagan   ma’lumotlarni   tahrirlash   imkoniga   ega
emas. 
3.3 Dasturiy ta’minotning tarkibi tavsifi
Dasturiy ta’minot tarmoq texnologiyasi asosida PHP dasturlash tilida ishlab
chiqildi.   Bunda   sahifalarni   yaratish   va   uni   dizaynini   qilish   uchun   HTML   ( Hyper
Text   Markup   Language )   tili   va   CSS   ( Cascading   Style   Sheets )   interfeysidan
foydalanildi.   Web-sahifalar   qayta   ishlash   uchun   JavaScript   tilining   skriptlari
qo‘llanildi.[7]
Dastur quyidagi qismlardan tashkil topadi:
Dasturga kirish (avtorizatsiya) qismi modullari:
index.php   –   dasturning   dastlabki   oynasi   bo‘lib,   bunda   foydalanuvchini   tizimga
kirish   uchun   avtorizatsatsiya   ma’lumotlarini   kiritishi   so‘raladi   va   ushbu
ma’lumotlar tekshirish jarayoniga o‘tkaziladi.
indexresult.php – kiritilgan avtorizatsiya ma’lumotlarini mavjudligini tekshirish 
proseduralari bajariladi va natijasi qaytariladi;
Asosiy oyna modullari:
menu_main_admin- tizim asosiy menyular sahifasi;
regis_admin-tizimdan foydalanuvchilarni ruyxatdan o‘tkazish sahifasi;
res_regis_admin-tizimdan   foydalanuvchilarni   ruyxatdan   o‘tkazish   natija
sahifasi;
main_admin-administrator sahifani asosiy fayli;
menu_main_admin-administrator menyular sahifasi;
database-tizimning ma’lumotlar bazasiga bog'lanish;
regis_teacher-o`qituvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish fayli;
res_regis_teacher-o`qituvchilarni ro`yxatdan o‘tkazishning natija sahifasi;
regis_rate- o`qituvchi tasarrufiga ma`lumot turlarini kiritish fayli;
47 add_fakkaf-tizim tarkibiga fakultet va kafedra qo‘shish sahifasi;
res_add_fakkaf- tizim tarkibiga fakultet va yunalish qo‘shish natija sahifasi;
regis_bal1- o`qituvchi tasarrufiga ballarni kiritish sahifasi;
regis_bal2 –ballarni saqlash;
questin_f- ma’lum bir fakultet buyicha reytingni aniqlash sahifasi
res_questin_f-   ma’lum   bir   fakultet   buyicha   reytingni   aniqlashning   natija
sahifasi
questin_teach_bal-bitta o`qituvchi to`plagan ballarni aniqlash sahifasi
res_   questin_teach_bal   -   bitta   o`qituvchi   to`plagan   ballarni   aniqlash   natija
sahifasi
questin_teach- tizim tarkibidagi o`qituvchilarni aniqlash;
questin_log – tizim tarkibidagi foydalanuvchilarni aniqlash; 
Bundan   tashqari   dasturiy   ta’minotda   foydalanilgan   quyidagi   resurslar
jamlanmasi ham mavjud:
- css   fayllari  (css   -   Cascading   Style  Sheets )  sahifa   dizaynlari   parametrlari   yozilgan
fayllar;
- scripts – JavaScript dasturlash tili orqali yozilgan *.js kengaytmali fayllar;
- images – sahifalarda chaqirilayotgan grafik fayllar;
Avtorizasiya – bu   ma’lum resurs, huquq yoki amaldan foydalanish huquqini
tekshirish jarayoni.
Dasturiy   ta’minot   adaptatsiya   qilinishi   yuzasidan   quyidagi   imkoniyatlarga
ega:
- dasturga qo‘shimcha bo‘lim va sahifalar qo‘shish;
- dasturning muloqot tili sifatida yangi til qo‘shish;
- boshqa muassasa uchun dastur ma’lumotlarini moslash;
Dasturdan foydalanish uchun qo‘yiladigan talablar:
Foydalanuvchilar internet tarmog`iga ulangan bo`lishsa tizimdan foydalanish 
uchun Malumot.mcoder.uz web-saytiga kirib ro`yxatdan o`tishlari talab etiladi.
Agar internet tarmog`iga ulanish imkoni bo`lmasa, ushbu foydalanuvchiga lokal 
tarmoq orqali tizim ulab beriladi, ularga talablar esa quyidagicha:
48 Server kompyuterning tizimiga qo‘yiladigan talablar:
Server   texnologiya   asosida   ishlashga   mo‘ljallangan   operatsion   tizimlardan   biri
o‘rnatilganligi   bo‘lishligi.   Apache   2.0   yoki   undan   yuqori   versiyadagi,   MYSQL   5
yoki   undan  yuqori  versiyadagi   va  PHP  4.0  yoki   undan  yuqori  versidagi   dasturlar
o‘rnatilgan bo‘lishligi.
Server kompyuterga qo‘yiladigan texnik talablar:
2.0 Gb tezkor xotira, qattiq diskda 250 Mgb bo‘sh joy talab qilinadi. 
Mijoz kompyuterning tizimiga qo‘yiladigan talablar:
Internet   Explorer   7.0   va   undan   yuqori   versiya s i,   Mozilla   Firefox   3.0   va   undan
yuqori   versiyadagi,   Opera   6.0   va   undan   yuqori   versiyadagi,   Safari   4.0   va   undan
yuqori versiyadagi, GoogleChrome 6.0 va undan yuqori versiyadagi brauzerlardan
biri kompyuterda o‘rnatilgan bo‘lishligi.
Mijoz kompyuterga qo‘yiladigan texnik talablar:
Dastur ishlatilayotgan server kompyuter bilan aloqa o‘rnatilgan (o‘rtacha
tezlikdagi (100 Mb/sek)) tarmoqga ulangan kompyuterdan foydalanish.
3.4  Dastur yordamida reytingni shakllantirish jarayoni amalga oshirish
Dasturiy   ta ’ minotdan   foydalanish   uchun   xar   bir   foydalanuvchi   tizimda
ro‘yxatga   olinishi   zarur .   Ro‘yxatga   olinish   jarayonida   foydalanuvchi   turi,
foydalanuvchi   dasturga   kirish   (avtorizatsiyadan   o‘tish)   uchun   zarur   bo‘lgan
foydalanuvchi  nomi (logini) va paroli xam qayd etiladi. Foydalanuvchi  o‘z logini
va paroli orqali dasturga kirganida, unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar tizimda aks
etadi.   Tizimdan   mehmon   sifatida   foydalangan   vaqtda   faqat   fakultet   yoki   kafedra
reytingini ko`rish huquqiga ega.
Tizim quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1. Tizimga kirish ;
2. Fakultet va kafedra bo`yicha qidiruv;
3. Tizimga ma’lumot kiritish;
4. Taxrirlash;
5. Qo‘shimcha imkoniyatlar;
49 1. Tizimga kirish. 
Dasturiy ta’minot o‘rnatilgan server kompyuter bilan tarmoq orqali aloqada
bo‘lgan   kompyuterdagi   Web-brauzerlardan   (3.3   banddagi   dasturiy   ta’minotga
qo‘yilgan   tizim   talablariga   qaralsin)   biri   ishga   tushiriladi   va   Web-brauzerning
manzil yozish maydoniga dasturiy ta’minotning tarmoqdagi manzili kiritiladi
3.3-rasm. Web-brauzerga tizim manzilini kiritish
Tizimga   kirish   uchun   foydalanuvchi   uchun   quyidagi   sahifa   hosil   buladi.
Xosil   bo‘lgan   sahifada   foydalanuvchi   nomi   (logini)   va   paroli   kiritiladi.   Agar
foydalanuvchi nomi va paroli avtorizatsiyasidan o`tgan bulsa tizimga kiriladi.
3.4-rasm. Foydalanuvchini avtorizatsiyadan o‘tkazish sahifasi
Tizimga foydalanuvchi nomi va paroli avtorizatsiya tekshiruvidan o‘tgandan
so‘ng tizimga kiriladi.
50 3.5-rasm. Dasturiy ta’minotning (admin)bosh sahifasi
Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar dastur oynasida aks etib turadi. Dastur
bo‘limlari   foydalanuvchi   turiga   qarab   o‘zgarishlarga   ega   bo‘ladi,   ya’ni   ushbu
foydalanuvchi foydalanish huquqiga ega bo‘lgan bo‘limlargina dasturda aks etadi.
Sahifaning   chap   qismida   dasturning   barcha   modullariga   murojaat   qilish
tugmalari   joylashgan.   Dastur   sahifasining   o‘rta   yuqori   qismida   esa   tizim
ma’lumotlarini   saralangan   holda   namoyon   qilish   uchun   qiymatlari   foydalanuvchi
tomonidan   tanlanadigan   maydonlar   joylashgan.   Dasturning   asosiy   oynasida
murojaat qilingan modullar bilan ishlash sahifalari o‘rin oladi.
Ma’lumotlar   bazasidagi   ma’lumotlarini   barcha   turdagi   foydalanuvchilar
ko‘rish  huquqiga ega  emas,   faqat   ma’lumotlarni  tahrirlash   (qo‘shish,  o‘zgartirish,
o‘chirish) huquqi tizimni “administrator” turidagi foydalanuvchilar uchun mavjud.
3.6-rasm. Dasturiy
ta’minotning vertikal
menyusi
51 Dasturiy   ta’minotning   vertikal   qismini   tanlangan   ma’lumot   uchun   har   bir
xodimning ma’lumotnomasini yoki so‘rovnomasini hosil qilish qismi.
2.Tizimning qidiruv qismi
Tizimning qidiruv qismi ishlash vaqtida bir nechta so‘rovlar mavjud
3.7-rasm. Dasturiy ta’minotning vertikal menyusining kengaytirilgan holati
Mazkur bo‘limga tegishli funksiyalarni ko‘rib chiqamiz:
Qidiruv   qismida   ma’lumotlar   bazasidan   so‘rovlarga   asosan   ma’lumotlar   bir
necha shakllarda paydo bo`ladi.
52 a) “Foydalanuvchilarni kafedra bo`yicha qidirish” so‘rovi natijasida ma’lum bir
kafedra o`qituvchilari to‘g’risida ma’lumotlar shakllanadi:
3.8-rasm. Dasturiy ta’minotning so‘rov natijalari
b)  “Kafedra o`qituvchilari faoliyati” so‘rovi natijasida ma’lum bir o`qituvchi 
amalga oshirgan ishlari haqida ma`lumotlarni ko`rish imkoni mavjud:
3.9-rasm. Dasturiy ta’minotning so‘rov natijalari
c) “Kafedralar ro`yxati” so`rovi natijasida barcha mavjud kafedralarni ko`rish 
imkoni mavjud:
3.10-rasm. Dasturiy ta’minotning so‘rov natijalari
53 d) “Ma`lumot turlari” so`rovi natijasida professor-o`qituvchilar kiritishi mumkin 
bo`lgan barcha turdagi ma`lumotlarni ko`rish imkoni mavjud:
3.11-rasm. Dasturiy ta’minotning so‘rov natijalari
e) “Kafedra va ma`lumot turi bo`yicha” so`rovi natijasida qaysi kafedra 
o`qituvchisi qaysi turdagi ma`lumot kiritganini ko`rish imkoni mavjud:
3.12-rasm. Dasturiy ta’minotning so‘rov natijalari
f) “Ro`yxatdan o`tishga ruxsat berish” bu holatda faqat administrator 
foydalanuvchilarga avtorizatsiya qilish uchun ruxsat berishi mumkin:
3.13-rasm. Dasturiy ta’minotning so‘rov natijalari
g) “Kafedra va ish turi” maxsus so`rovi natijasida ma`lum bir kafedra 
o`qituvchilari va ma`lum bir ma`lumot turi bo`yicha reytingni aniqlash imkoni 
mavjud:
54 3.14-rasm. Dasturiy ta’minotning so‘rov natijalari
Barcha so‘rovlar yuqorida keltirilgan so‘rovlar asosida amalga oshiriladi.
3.Tizimga ma’lumotlar kiritish
Tizimga ma’lumotlarni kiritish jarayoni quyidagi bo‘limlarga bulinadi:
1.Ro‘yxatdan o‘tkazish
O`qituvchilarni Yangi administratorlarni
3.15-rasm. Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Yangi kafedra va ma`lumot turi qo`shish quyidagicha bo`ladi:
3.16-rasm. Yangi kafedra va ish turi qo`shish sahifalari
55 Ma’lumotlar   bazasiga   ma’lumotlarni   to‘ldirish   uchun   barcha   maydonlarni
to‘ldirib saqlash tugmasini bosish kerak.
4. Tizim tarkibidagi ma’lumotlarni taxrirlash
Bunda   tizim   tarkibidagi   ma’lumotlarni,   yani   foydalanuvchilar,   mehmon   va   yangi
administratorlar ma`lumotlarini taxrirlash imkoniyati mavjud. 
3.17-rasm. O`qituvchilar ma`lumotlarini taxrirlash sahifasi
Quyida Axborotlashtirish kafedrasi o`qituvchilari reytingi shakllanish jarayonini 
ko`rib chiqamiz.
a) Foydalanuvchi tizimga login va parol orqali kiradi.
Foydalanuvchi interfeysi quyidagicha bo`ladi.
3.18-rasm. Foydalanuvchi interfeysi
Tizimga kirgandan so`ng web-sayt chap qismidagi menyudan kiritish tugamasi 
bosiladi va ma`lumotlar turiga qarab kiritiladi.
Ma`lumot kiritish oynasi quyidagicha bo`ladi.
56 3.19-rasm. Foydalanuvchi ma`lumot kiritish oynasi
Ma`lumot kiritish jarayonida foydalanuvchidan ya`ni o`qituvchidan 3 xil turdagi 
ma`lumotlar talab qilinadi:
- Ma`lumot turi
- Ma`lumot nomi
- Ma`lumot fayli
Saqlash   tugmasi   bosilgandan   keyin,   tizim   foydalanuvchiga   avtomatik   tarzda   ball
biriktiradi.   Qaysi   turdagi   ma`lumotga   qancha   miqdorda   ball   biriktirish
administrator  tomonidan boshqariladi  va quyida ushbu jarayon aks etgan sahifani
ko`rib chiqamiz.
57 3.20-rasm. Ma`lumot turiga beriladigan ballarni boshqarish sahifasi
Administrator istalgan vaqtda kerakli ish turiga beriladigan ballni o`zgartirish 
imkoniyatiga ega va quyidagi rasmda ballni tahrirlash sahifasini ko`rib chiqamiz.
3.21-rasm. Ish turini tahrirlash sahifasi
Misol tariqasida quyidagi rasm orqali Axborotlashtirish kafedrasi o`qituvchilari 
reytingini ko`rib chiqamiz.
3.22-rasm. Kafedra o`qituvchilari reytingi sahifasi
58 Yuqoridagi rasmdan ko`rinib turibdiki, tizim avtomatik tarzda o`qituvchilarga ball 
biriktirib boradi va ularning reytingini hisoblaydi.
III-Bob bo‘yicha xulosa
Dissertatsiya   ishining   yakunlovchi   bobida   asosan   dasturiy   ta’minotni
yaratilishi va uni ishlash prinsipi keltirilgan.
Mazkur bobda  Professor-o`qituvchilar ilmiy reytingini shakllantirish  dasturiy
ta’minotining   tavsifi ,   ma’lumotlar   bazasining   mantiqiy   strukturasi   va   uni
shakllantirish,   dasturiy   ta’minotning   mantiqiy   strukturasi,   dasturiy   ta’minotning
fizik jihatdan yaratilishi,  d astur yordamida reytingni shakllantirish jarayoni amalga
oshirish  jarayoni keltirilgan.
59 XULOSA
Hozirgi   davrda   axborotlarning   xaddan   tashqari   ko‘pligi   bu   axborotlarni
saqlashda, qayta ishlashda, hamda xar xil turdagi masalalarni yechishda xisoblash
texnikasidan   keng   foydalanishni   va   axborot   sistemalari   yaratishni   talab   qiladi.
Axborot   tizimi   axborotni   to‘plash,   saqlash   va   qayta   ishlash   uchun,   keng
imkoniyatli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. 
Axborot   tizimi   va   axborot   texnologiyasining   avtomatlashtirilgan
elementlarini   qo‘llash   va   avtomatlashtirish   asosida   yangi   axborot   texnologiyasini
yaratish, avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash hamda uni ishlab chiqish asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalaridan   kelib   chiqqan   holda   ishning   maqsadi
o‘quv   muassasasining   ta’lim   yunalishlari   va   boshqa   bo‘limlari   bo‘yicha
ma’lumotlar   bazasini   yaratish   va   unda   tizimdan   lokal   yoki   global   tarmoq   orqali
foydalanish   va   ma’lumotlarni   qayta   ishlashni   amalga   oshirish   uchun   dasturiy
ta’minot   yaratildi.   Ishning   maqsadini   amalga   oshirish   uchun   dasturiy   ta’minot
quyidagi vazifalarni bajaradi:
-Tezkor   ravishda   yo nalish,   kurs,   gurux   va   talaba   familiyalari   bo yicha   so rovlarʻ ʻ ʻ
asosida   talabalar   shartnoma   to lovlari   haqida   ma’lumotlarni   shakllantirib   hisobot	
ʻ
ko rinishida chop etish. 	
ʻ
-Tizimdan foydalanuvchilarni ro yxatdan o tkazish;	
ʻ ʻ
-Tizimga talaba va talabaning shartnoma to lovi haqida ma’lumot kiritish;	
ʻ
-Har safar talaba to lov summasi va sanasi haqida ma’lumotlarni yangilash;	
ʻ
-Administrator ixtiyoriy vaqtda yo nalish, gurux va kurs bo yicha so rovlar asosida	
ʻ ʻ ʻ
talabalarni qarzdorlik holatlarini aniqlash;
-To lov summasi o zgargan vaqtda avtomatik to lovlarni o zgartirish;	
ʻ ʻ ʻ ʻ
-Tizim tarkibidagi talabalarni avtomatik kursdan kursga ko chirish va bitirgizish;	
ʻ
-Ixtiyoriy talabani to lov summa va to lov sanalarini tezkor aniqlash.	
ʻ ʻ
Dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun ko‘rsatma berish.
Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi:
60 -   ma’lumotlar   bazalarini   loyihalashda   relyasion   algebra   va   tarmoq
texnologiyalaridan foydalanildi;
- dasturni  client-server   (mijoz-server) texnologiyasi asosida ishlab chiqildi;
-  ma’lumotlarni himoyalashda identifikasiyalash usulidan foydalanildi;
-   dastur   foydalanuvchilarini   guruhlarga   ajratish   va   dasturdan   foydalanish   uchun
avtorizatsiya tizimini qo‘llash texnologiyasidan foydalanildi.  
Mazkur   tizim   oliy   ta’lim   tizimida   shartnoma   to‘lov   ishini   yuritish   uchun
tuzilgan   dasturiy   ta’minot   ma’lumot   almashinish   jarayonini   tezlashtirish   va   bir
muncha qulayliklarni yuzaga keltirdi.
Shu   bilan   birga,   tizimda   qayd   etilgan   barcha   ma’lumotlar   tizimning
ma’lumotlar   bazasida   saqlanadi.   Ma’lumotlar   bazasidagi   ma’lumotlar   ishonchli
tarzda saqlashnishi, zaruriyat bo‘lganda ushbu ma’lumotlarga qayta murojaat qilish
va ushbu ma’lumotlardan samarali foydalanishga imkon yaratiladi. 
 
61 Adabiyotlar ro‘yhati
1. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-
sonli   Farmoni   Toshkent sh., 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son .
2. Axatov A., Mardonov D., Nazarov F. Modelirovanie otnosheniya prosessov
opredeleniya   reytingov   i   zanyatosti   na   osnove   sifrovix   texnologiy.   Vestnik
TUIT.Tashkent. № 3(10).2020.
3. Axatov   A.,   Mardonov   D.,   Nazarov   F.   Modelirovanie   bazi   dannix   sistemi
monitoringa   reytinga   i   trudovix   otnosheniy.   Problemi   informatiki   i
yenergetiki, TUIT, Tashkent. № 3(5).2020.Markov A. S., Lisovskiy K. YU.
Baz ы  dann ы x. Vvedenie v teoriyu i metodologiyu: Uchebnik. – M.: Finans ы
i statistika, 2006. – 512 s.
4. Laura   Tomson   "Razrabotka   Web- prilojeniy   na   PHP   i   MySQL " .   Per.   s
angl./ Laura   Tomson,   Lyuk   Velling.   -2-e   izd.,   ispr.   -   SPb:   OOO
"DiaSoftYUP", 2003. -672 s.
5. Larry   Ulman   "PHP   6   and   MySQL   5   for   Dynamic   Web   Sites".   Peachpit
Press.
6. “Professional PHP Programming” Published by Wrox Press Ltd., USA.
7. Jay   Greenspan,   Brag   Bulger   "MySQL/PHP   Database   Applications".   M&T
Books.
8. Lyuk Velling, Lora Tomson "Razrabotka Web-prilojeniy s pomoщyu PHP i
MySQL".: Sams Publishing. 2007. – 896 s.
9. Atkinson, Leon. A92 MySQL. Biblioteka professionala.: Per. s angl. — M.:
Izdatelskiy dom "Vilyame", 2002. — 624 s.:
10. Stiven   Xolsner   "PHP   v   primerax".   Per.   s   ang.   -M.:   OOO   "Binom   press",
2007 g. 352 s:  
11. "Practical Web 2.0 Applications with PHP" by Quentin Zervaas. 2008 y. 594
s.
12. Marxvida   I.V.   "Sozdanie   Web-stranits:   HTML,   CSS,   JavaScript"   Minsk
OOO "Novoe znanie", 2002 -352 s.
62 13. Artemiy   Lomov   “HTML,   CSS,   SKRIPTЫ:   praktika   sozdaniya   saytov”,
Sankt- Peterburg “BXV-Peterburg”, 2006, 416 s.
14. Petyushkin A. B. “ HTML.   Ekspress-kurs” – SPb.: BXV- Peterburg, 2003. -
256 s.
15. Merjevich V. V.  HTML  i  CSS  na primerax. – SPb.: BXV-Peterburg, 2005. –
448 s.
16. A. Gorev, S. Makasharipov, R. Axayan. Effektivnaya rabota s SUBD. 445 s.
17. Zak   Greant,   Graeme   Merrall,   Torben   Wilson,   Brett   Michlitsch.   PHP
Functions Essential Reference. “New Riders Publishing”, -768 b.
18. Vayk   Allen   i   dr.   JavaScript .   Ensiklopediya   polzavatelya:   Per.s   angl./Allen
Vayk. –K.: OOO “TID DS”, 2001. -480 s.
19. Merdok,   Kelli   L.   JavaScript:   naglyadn ы y   kurs   sozdaniya   dinamicheskix
Web   – stranits. : Per. s angl. : Uch. pos. – M. : Izdatelskiy dom “Vilyame”,
2001. – 228 s.
20.   http://www.spravkaweb.ru  ( Web-dasturlash tillaridan kurslar ).
21.   http://www.php-mysql-video.ru/fvl   (PHP   tilini   o‘rganish   bo‘yicha   to‘liq
kurslar).
22.   http://www.php-manual.ru  (PHP tilining funksiyalari va metodlari).
23.   http://www.mysql.ru  (MySQL tili haqidagi to‘liq kurslar).
63

PROFESSOR-O'QITUVCHILAR ILMIY REYTINGINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING QILISHNING INTELLEKTUAL TIZIM ALGORITMI VA DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH MUNDARIJA Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 I bob . Axborot tizimining m a’lumotlar bazasini yaratis h va uni loyihalash bosqichlari .. 7 1. Axborot tizimida m a’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari . . 7 2. Axborot tizimi m a’lumotlar bazasini loyihalash . . . . . . . . . . . . 11 3. Ma’lumotlar modellari va m a’lumotlar bazasini yaratish tizimlari. . . . . . . . . . . . . . 15 4. Ma’lumotlar bazasini tahrirlash uchun amaliy dastur ishlab chiqish vositasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 24 I bob bo‘yicha xulosa………………………………………….. 26 I I bob. Professor-O`qituvchilar ilmiy reytingini shakllantirishning sun`iy intellekt tizimi ma`lumotlar bazasi tavsilotlari . 27 1. Reyting tizimlari va ularning afzalliklari . . . . . . . . . . 2. O`qituvchilar ilmiy reytingini ma’lumotlari modelini ishlab chiqish va ilmiy reyting tizim ining ma’lumotlar bazasini loyixalash ……………………………………………. 37 3. 4. Ma’lumotlarga asosan so ‘rovlar hosil qilishni shakllantirish…………………………………………… Ilmiy reytingni shakllantirishda suni`y intellekt tizim algoritmlarini qo`llash……………… 38 II bob bo‘yicha xulosa………………………………………….. 38 I II bob. Professor-O`qituvchilar ilmiy reytingini shakllantirishning intellektual tizimi dasturiy ta’minotining tav f sifi ……………………… 39 1. Ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish . 41 2. Dasturiy ta’minotning mantiqiy strukturasi . . . . . . . . . . . . . . . . . 1

43 3. Dasturiy ta’minotning tarkibi tavsifi . . . . . . . . . . . . . . 49 4. Dastur yordamida reytingni shakllantirish jarayoni amalga oshirish……………………………………………………… 50 III bob bo‘yicha xulosa………………………………………….. 53 Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 54 Adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Ilovalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . KIRIS H O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi [1] . Unda belgilangan vazifalar sirasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ham aloxida ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tizimidagi boshqaruv jarayonlarni elektron hisoblash mashinalari yordamida avtomatlashtirish usullarini yaratish bugungi kunni asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi[1]. Jamiyatning barcha sohalari jadallik bilan rivojlanayotgan bir vaqtda axborot texnologiyalari ham barcha sohalarga jadallik bilan kirib bormoqda. Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining ko‘pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash muommosi ham ortib bormoqda. Ma’lumotlar oqimining ko‘pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash uchun ma’lum bir sohaga oid muammoni hal qiladigan avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ta’lab etiladi[3]. Ushbu masalalarning dolzarbligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1730 sonli qarori, hamda “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim milliy 2

tarmog’ini yaratish” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1740 sonli qarori va me’yoriy hujjatlarda alohida ta’kidlab o‘tilgan. Zamonaviy axborotlar sistemasi, ma’lumotlar integrasiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta xajmdagi ma’lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko‘p sonli foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo‘ladi. Axborot tizimi va axborot texnologiyasining avtomatlashtirilgan elementlarini qo‘llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini yaratish avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu dissertatsiya ishining maqsadi o liy ta’lim boshqaruvida professor- o`qituvchilarni ilmiy reytingini tafakkurli tizim algoritmlari yordamida shakllantirish va dasturiy ta’minotini yaratish hisoblanadi. Ishning natijasi esa oliy ta’lim tizimida eng asosiy axborot manbai bo‘lgan tarmoq (global yoki lokal) texnologiyasi asosida ishlovchi “O`qituvchilar ilmiy reytingini avtomatlashtirish tizimi” dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Dissertatsiya ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy axborot texnologiyalarini yurtimizda keng joriy etish uslubini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta’lim muassasalarining professor-o`qituvchilari ilmiy faoliyatini baholashni avtomatlashtirishda oliy ta’lim muassasasi o`qituvchilari ma’lumotlar bazasi hosil qilinadi. Ma’lumotlar bazasi asosida barcha o`qituvchilar o`zlarining ilmiy faoliyati ma’lumotlaridan tarmoq orqali avtomatik tarzda foydalanish imkoni yaratiladi. Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi: Oliy ta’lim muassasalari ilmiy-o`quv bo‘limi tadqiqot ob’yekti, uning ishini avtomatik tarzda boshqarishni tashkil etish tadqiqot predmeti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Ishning maqsadi o‘quv muassasa o`qituvchilarining ilmiy faoliyatiga tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish va unda tizimdan lokal yoki global tarmoq orqali foydalanish hamda ma’lumotlarni qayta 3

ishlashni amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratishdan iborat. Ishning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:  -Tezkor ravishda fakultet, kafedra, ish turlari bo yicha so rovlar asosida o`qituvchilarni amalga oshirgan ishlari haqidaʻ ʻ ma’lumotlarni shakllantirib hisobot ko rinishida chop etish. ʻ  -Tizimdan foydalanuvchilarni ro yxatdan o tkazish; ʻ ʻ  -Tizimga o`qituvchilarning yutuqlari haqida ma’lumot kiritish;  -Har safar kiritilgan ma’lumotlarni yangilash;  -Administrator ixtiyoriy vaqtda kafedra va fakultet kesimida so rovlar asosida ʻ o`qituvchilarni reytingini aniqlash;  - Tekshiruvdan o`tmagan ma`lumotlarni o zgartirish; ʻ  -Tizim tarkibidagi o`qituvchilarga avtomatik tarzda mavjud ma`lumotlarga asoslanib ball qo`yib bori sh ;  -Ixtiyoriy kafedrada nisbatan kam ball to`plagan o`qituvchilarni aniqlash.  Dasturiy ta’minot tavsifini berib, un dan amalda foydalanish uchun ko‘rsatma lar berish. Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: Ma’lumotlar bazasining tarkibiy qismlarini, ma’lumotlarning infologik va datalogik modellari bilan ishlash, ma’lumotlar bazasining fayl tizimini yaratish, ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar bilan ishlov berish quyidagi asosiy adabiyotlardan tahlil qilib o‘rganildi: 1. Atkinson, Leon. A92 MySQL. Biblioteka professionala.: Per. s angl. — M.: Izdatelskiy dom "Vilyame", 2002. — 624 s.: 2. T. Konolli, K. Begg "Bazы dannыx: proektirovanie, realizatsiya i soprovojdenie" , Dialektika 2000 . 3. “Professional PHP Programming” Published by Wrox Press Ltd., USA. 4

Web ilova ni yaratishda asosan Marxvida I.V. "Sozdanie Web-stranits: HTML, CSS, JavaScript" Minsk OOO "Novoe znanie", 2002 -352 s. adabiyotlar i dan foydalanildi. Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi: - ma’lumotlar bazalarini loyihalashda relyasion algebra va tarmoq texnologiyalaridan foydalanildi; - dastur client-server (mijoz-server) texnologiyasi asosida ishlab chiqildi; - ma’lumotlarni himoyalashda identifikasiyalash usulidan foydalanildi; - dastur foydalanuvchilarini guruhlarga ajratish va dasturdan foydalanish uchun avtorizatsiya tizimini qo‘llash texnologi yas idan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Dissertatsiya ishini bajarish natijasida yaratilgan ma’lumotlar bazasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi o`qituvchilarining ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yagona algoritm asosida qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya ishi natijalaridan oliy ta’lim tizimidagi barcha oliy o‘quv yurtlarida foydalanib, real iqtisodiy va sifat samaradorlikka erishish mumkin. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mazkur ishda universitet ilmiy-o`quv bo‘limi ishini yuritishni amalga oshirish dasturiy ta’minoti tarmoq texnologiyasidan foydalangan holda yaratildi va ma’lumotlar bazasi modeli MySQLWorkbench tizimida ishlab chiqildi. Universitet ilmiy-o`quv bo‘limi ishini avtomatik tarzda boshqarish jarayonida ma’lumotlarni saqlanish holatini, vaqtni tejash va ma’lumotlar aylanishini samarali hosil qilish imkonini beradi. Bitiruv ishining tarkibining qisqacha tavsifi: Dissertatsiya ishi, kirish qismi, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati iborat. I- bob. Ma’lumotlar bazasini yaratis h va uni loyihalash bosqichlari . Mazkur bobda ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari, uni loyihalash jarayoni, yaratish usullari, reyting tizimlari va ularning afzalliklari, tahrirlash uchun amaliy dastur ishlab chiqish vositasilari bayon etilgan. 5