logo

Rim diplomatiyasi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.8271484375 KB
“ Rim diplomatiyasi ” 
mavzusida tayyorlagan
Mundarija
Kirish ............................................................................................................................................................ 2
Rim-karfagen diplomatiyasi ......................................................................................................................... 3
Rim diplomatiyasining rivojlangan davri. ..................................................................................................... 5
Rim papalari diplоmatiyasi. ......................................................................................................................... 6
Qadimgi   Rimda   xalqaro   munosabatlar    va   diplomatiya.   ............................................................................. 8
Rim va urush diplomatiyasi ........................................................................................................................ 13
Xulosa ........................................................................................................................................................ 18
Foydalanilgan adabiyotlar .......................................................................................................................... 19 Kirish
Qadim zamоnlardan bоshlab Rimda grеk prоksеniyasiga o’хshash mеhmоndo’stlik huquqi (jus 
hospitii) mavjud bo’lgan. Qabilalar va qabilalararо ittifоqlarda yuzaga kеladigan bahs va 
tushunmоvchiliklarni tartibga sоlib turadigan fеtsiallarning kоhinlik hay’ati faоliyat оlib bоrgan. 
O’tkaziladigan tashqi-siyosiy ishlarning birоntasi fеtsiallarning ijоzatisiz amalga оshmagan. 
Fеtsiallarning vakоlati dоirasiga хalqarо kеlishuvlarni muvоzanatda saqlash, urushlarni rasman 
e’lоn qilish va sulh tuzish rasm-rusumlari kirgan. Fеtsiallar hay’ati 20 kishidan ibоrat bo’lgan. 
Fеtsiallarning faоliyati bir umr chuqur sir оstida kеchgan. Fеtsiallarning jun kiyimlari va bоsh 
bоg’lоg’ichlari ularni bоshqalardan ajratib turgan. Rim jamiyati va uning fuqarоlarini bоshqa 
qabiladagilar bilan munоsabatini ifоda etadigan mansabdоr shaхslar – rеkupеratоrlar dеb atalgan.
Rеkupеratоrlar sudi 3 kishidan tоrtib 5 kishigacha saylanadigan maхsus sudyalardan ibоrat 
bo’lib, rimliklar va bоshqa qo’shni davlatlar, qabilalar o’rtasida kеlib chiqadigan mоddiy 
kеlishmоvchiliklarni hal qilgan. Eramizdan avvalgi II-I asrlarda rеkupеratоrlar sudi Rim 
vilоyatlari ahоlisining nоiblar harakati ustidan qilgan shikоyat va arizalarini ham ko’rib chiqqan. 
SHuni aytish mumkinki, Rim tariхining qadimgi davrida rеkupеratоrlar nafaqat rimliklardan, 
balki italiya qabilalari vakillaridan ham saylangan. Kеyinchalik Rim qudratining o’sishi sababli 
rеkupеratоrlar faqat rimliklardan saylana bоshlangan. Хalqarо alоqalarning rivоjlanishi 
munоsabati bilan Rimda хalqarо huquqning bоshlang’ich shakllari ko’rina bоshladi. Ular fеtsial 
huquqlarining ichida bo’lgan. Iqtisоdiy hayotning murakkablashuvi va qo’shni davlatlar bilan 
do’stоna alоqalarning rivоjlanishi bоis eski ―fuqarоlik huquqi  bilan birga rimliklar va ‖
muхоjirlar o’rtasidagi alоqalarni tartibga sоlib turadigan ―хalqlar huquqi  ham paydо bo’ldi. 	
‖
―Хalqlar huquqi  хalqlar o’rtasidagi savdо shartnоmalari va kеlishuvlarini tuzishni 	
‖
еngillashtirgan.
  Impеriya   davrida   barcha   davlat   bоshqaruvi   impеratоr   qo’liga   o’tgan.   Sеnat   o’z   ishini   davоm
ettiravеrgan,   lеkin   u   rеspublika   davridagi   kabi   davlatning   bоshqaruv   оrganidan   impеratоr
huzuridagi   kеngashga   aylantirilgan.   SHunga  muvоfiq   tashqi   siyosat   va   diplоmatiya   bоshqaruvi
ham   o’zgargan.   Impеratоrlik   davrida   barcha   tashqi   siyosiy   masalalar   impеratоr   (printsеpsa)
iхtiyorida bo’lgan. Diplоmatiya impеriya amaldоrlarining vazifasiga aylangan. Impеriya davrida
elchilar   saylanmagan,   balki   bоshqa   amaldоrlar   kabi   impеratоr   tоmоnidan   tayinlangan.   Klavdiy
(eramizdan   avvalgi   1-asrning   o’rtalari)   davridan   bоshlab   elchilik   ishlarini   impеratоr   kоtibi
bоshchiligidagi   impеratоrning   shaхsiy   dеvоni   yuritgan.   SHu   bilan   birga   bu   dеvоn   butun
impеriyaning   оliy   ma’muriy   оrgani   hisоblangan.   CHеt   davlat   elchilari   bоrasida   qоnunchilik
rеspublika davrida qanday bo’lgan bo’lsa, impеriya  davrida  ham хuddi shunday bo’lgan. Hattо
raqib   davlat   elchisining   shaхsiyati   ham   muqaddas   va   daхlsiz   hisоblangan.   Elchilik   huquqining
buzilishi хalqarо huquqning buzilishi dеb bahоlangan . Rim-karfagen diplomatiyasi
Rimliklar   Italiyani   bosib   olishni   tugallash   davrida   Karfagen   manfaatlari   bilan   to’qnashdi.   Ikki
davlatning raqobati uchun asosiy sabab boy Sitsiliya edi. Karfagenliklar orolning g’arbiy iqsmida
qadimdan o’rnashib, bu yerda Lilibey, Drepana va Panorm bazalarini qurdilar. Uzoq vaqt Rim va
Karfagen   er.   avv,   348,   306   va   279-yillarda   tuzilgan   savdo   shartnomalari   bilan   tinchlik
munosabatlarini   saqlab   turdilar.   Rim   apinnen   yarim   orolini   bo’ysundirish   bilan   band   bo’lgan
paytda   Karfagen   esa   Shimoliy   Afrikani   bosib   olish   vaqtida   ularning   manfaatlari   to’qnashmadi,
ammo rimliklar janubiy Italiyaga suqilib kirishi bilan vaziyat o’zgardi. Rim respublikasi qudratli
davlatga   aylanib,   o’rtayerdengizi   orollari   jumladan   boy   Sitsiliyaga   hukmronlik   qilishga   da’vo
qila   boshladi.   Karfagen   Rimni   kuchayishi   va   ekspansiyasidan   bezovta   bo’ldi,   har   ikki   tomon
urushga tayyorlana boshladi. Rimliklar karfagenliklarni punilar deb atar edilar. Rim va Karfagen
o’rtasida uch marta urush bo’ldi. I urush er. avv. 264-241-yillar, II urush er. avv. 218-201- yillar,
III   urush   er.   avv.   149-146-yillar.   Har   uchala   urushda   ham   rimliklar   g’olib   chiqdilar.
Karfagenliklar   Rim   bilan   to’qnashuv   arafasida   Sardiniya   va   Korsika   orollariga   o’rnashib   olib,
butun Sitsiliya ustidan hukmronlik qilar edilar. Sirakuza va Messana shaharlari bundan mustasno
edi.   Karfagenni   Messanani   egallashga   urinishi   Rim   bilan   urushni   keltirib   chiqardi.   Rimliklar
Karfagenliklarni   puni   deb   atar   edilar.   Birinchi   puni   urushi   23   yil   davom   etdi.   Dastlab   harbiy
harakatlar   Sitsiliyaga   boshlanib,   rimliklar   bu   yerda   bir   necha   yutuqlarga   erishdilar.   Lekin   bu
yutuqlar  rimliklar  uchun hech qanday  ahamiyatga  ega bo’lnadi,  chunki  rimliklar  dengiz  flotiga
ega emas  edilar va bu sohada Karfagen bilan  raqobatlasha  olmas  edilar. Rim qisqa vaqt ichida
barcha vositalarni ishga solib, er. avv. 260-yilda 120 jangovar kemadan iborat harbiy flotga ega
bo’ldi.   Shu   yilda   Lipar   orollari   yaqinida   karfagenliklar   Rim   floti   ustidan   yengil   g’alaba
qozondilar.   Dong’I   ketgan   dengizchi   karfagenliklar   tez   yuradigan   kemalarga   ega   bo’lib   Rim
flotiga mensimay qaradilar. Tez orada rimliklar dengizda birinchi g’alabani qo’lga kiritdilar, ular
harbiy   harakatlarni   Afrika   hududiha   ko’chirishga   erishdilar.   Ammo   Afrikaga   birinchi   yurish
yaxshi tayyorlanmagani uchun rimliklar uchun muvaffaqiyatsiz tugadi. Urush cho’zilib ketdi va
urush harakatlari yana Sitsiliyaga ko’chdi. Har ikki urushayotgan tomonlarni kuchlari zaiflashdi.
Hal   qiluvchi   jang   er.   avv.   241-yilda   Sitsiliyani   g’arbidagi   Egat   orollari   yonida   bo’lib   o’tdi. Karfagen floti batamom  tormor qilindi.  Karfagen tinchlik  shartnomasini tuzishga majbur bo’ldi
va Sitsiliyani qo’ldan boy berdi, hamda katta miqdorda tovon to’ladilar. Bir qancha vaqt o’tgach
rimliklar   Korsika   va   Sardiniya   orollarini   bosib   oldilar.   Karfagen   rimliklarni   bu   istilosiga
chidashga   majbur   bo’ldi.   Bu   vaqtda   Karfagenning   o’zida   yollanma   askarlar   qo’zg’oloni
boshlanib,   unga   Liviya   aholisi   ham   qo’shildi.   Qo’zg’olonning   birinchi   kuni   o’zini   ko’rsatgan
lashkarboshi   Gamilkar   Barka   tomonidan   bostirildi.Qo’zg’olon   bostirilgach   uning   Karfagenda
obro’si   oshib   ketdi.   Gamilkar   Barka   Rimdan   o’ch   olishni   orzu   qilgan   va   rimliklar   bilan   yangi
urush   tarafdorlariga   boshchilik   qildi.   Gamilkar   urushga   yaxshi   tayyorgarlik   ko’rish   uchun
Karfagen   qo’shini   bilan   Ispaniyaga   jo’nadi.   Rimliklar   bilan   bo’lg’usi   urushda   platsdarm
tayyorlash uchun bu mamlakatni bosib olmoqchi bo’ldi. Ispaniya istilosi vaqtida Gamilkar halok
bo’ldi,   Karfagen   qo’shinlariga   qo’mondonlik   qilish   uning   kuyovi   Gannibal   boshchilik   qildi.
Bo’lg’usi  mashhur  lashkarboshi   Gannibal   11  yoshida   rimliklarga  qarshi  kurashishga   qasamyod
qilgan.Qo’mondonlik Gannibal qo’liga o’tishi bilan Rim bilan urush qilish masalasi hal qilindi.
Ikkinchi   puni   urushi   er.   avv.   218-yilda   boshlanib,   17   yil   davom   etdi.   G’ayratli   sarkarda   urush
harakatlarini   rimliklar   hududida   olib   22ntensi   rejasini   tuzdi.   Bu   rejani   22ntensi   oshirish   uchun
Gannibal qo’shinlari Alp tog’laridan oshib o’tdilar. Gannibal qo’shinlari Rim qo’shinlari ustidan
bir   necha   marta   g’alaba   qildi.   Er.   avv.   216-yilda   Kann   yonidagi   jang   bu   janglarni   ichida   eng
mashhuri  bo’lib,  bu  jangda   Gannibal   rimliklarni   qurshab  olib   to’la  tor-mor  qildi.  Karfagen   o’z
qo’mondoniga   yetarli  yordam   ko’rsata  olmadi.   Gannibal  biror   marta   yengilmagan   bo’lsada  o’z
qo’shinlari   bilan   o’z   yurtidan   uzoqlashib,   janubiy   Italiyada   qamalib   qoldi.   Karfagenliklar
tomoniga   o’tgan   shaharlar   yana   Rimni   qo’llab-quvvatlay   boshladilar.   Yosh   rimlik   sarkarda
Publiy   Korpeliy   Stsipion   Ispaniyaga   karfagenliklarga   qarshi   g’olibona   urush   harakatlarini   olib
bordi.   U   Ispaniyani   punilardan   tozalab   Afrikaga   qo’shin   tushirdi.   Er.   avv.   202-yilda   Karfagen
shahri yaqinidagi Zam qishlog’I yonidagi hal qiluvchi  Gannibal o’z hayotida birinchi va oxirgi
mag’lubiyatni   boshidan   kechirdi.   Karfagen   qo’shinlari   to’la   tor-mor   qilindi.   Bu   safar   Rim
karfagenliklarga   tinchlik   shartnomasini   og’ir   shartlarini   qo’ydi:   Karfagen   barcha   koloniyalarini
yo’qotdi,   barcha   kemalarini,   jangovar   fillarini   Rimga   topshirishga   majbur   bo’ldi   va   katta
miqdorda tovon to’ladi. Bu tinchlik shartnomasining og’ir shartlari Karfagenning harbiy-siyosiy
qudratrini umrbod zaiflashtirdi.Rim Karfagen yana bir marta bilan to’qnashdi. Bu II puni urushi
tugaganidan 50 yil o’taganidan keyin sodir bo’ldi. Er. avv. 149-yilda III puni urushi boshlandi.
Karfagen  o’tgan  50 yil  ichida  o’zining   qulay  geografik  joylashuvi  bilan   o’z  iqtisodiy  qudratini
qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. U yana xalqaro vositachilik savdosini shimoliy Afrikadagi yirik
markaziga aylandi. Rimliklar o’zlarini eski raqibini Rim hududiga bostirib kirganini hech qachon
unuta   olmas   edi.   II   puni   urushidan   keyin   rimliklar   Karfagenning   hatti-harakatini   diqqat   bilan
kuzatib borar edilar. Karfagenni yana o’z kuch-qudratini qayta tiklayotgani ularni bezovta qildi.
Rimliklar   Karfagenni   er.   avv.   201-yildagi   shartnoma   shartlaridan   birini   buzishda   bahona   qilib,
er. avv. 149-yilda Karfagenga qarshi urush e’lon qildilar. Karfagen uch yil qamal qilindi. II puni
urushida   Karfagen   qamaliga   rahbarlik   qilgan   Sitsipionning   o’g’li   Emiliy   Sitsipion   shaharga
bostirib   kirdi.   Karfagenga   senat   komissiyasi   keldi   va   shaharni   to’la   yo’q   qilishga   qaror   qildi.
Shahar 16 kun o’t ichida qoldi, aholisi qul qilib sotib yuborildi. Rim diplomatiyasining rivojlangan davri.
Domitsian   o’limidan   keyin   senat   66   yoshli   senator   Mark   Koksey   Nervani   (96-98-yillar)
imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi
hukmronligi   boshlandi.   Bu   sulolani   eng   taniqli   vakillaridan   biri   Mark   Ul`piy   Trayan   bo’ldi.
Trayan   Ispaniyada   tug’ilgan   bo’lib,   yuqori   Germaniya   noibi   edi.   Imperator   Nerva   qo’shinda
obro’-e’tiborli  bo’lgan  Trayanni  asrandi  o’g’il va  voris  qilib  tayinlashga  majbur  bo’ldi.  Trayan
98-117-yillar   Rim   imperiyasiga   hukmronlik   qilgan   paytdan   imperiya   o’zining   iqtisodiy-siyosiy
va   madaniy   taraqqiyotining   eng   yuqori   cho’qqisiga   chiqdi   (96-196-yillar).   Trayan   davrida
Rimning   oxirgi   istilochilik   urushlari   olib   borildi.   U   faol   tashqi   siyosat   olib   borib,   imperiya
hududlarini kengaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim qo’shinlari
101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay bo’ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo’ysundirdi,
Dakiyani   podshosi   Detsebal   asir   olindi.   Dakiya   Rim   provinsiyasiga   aylandi.   Dakiyaning   bosib
olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o’lja bo’ldi. Dakiya g’alabasiga bag’ishlab
Rimda 123 kun davom etgan  tomoshalar  ko’rsatildi,  Plebsga mo’l-ko’l sadaqa ulashildi,  ajoyib
Trayan termalari (hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.li Trayan kolonnasi bunyod etildi.
Trayan   Parfiyadan   Mesopotamiya   va   Armanistonni   tortib   olish   uchun   113-yil   urush   boshladi,
keyingi   yil   Armanistonni   bosib   olib,   uni   provinsiyaga   aylantirdi.   G’ayratli   imperator   115-116-
yillarda   Parfiya   podshosi   Vologes   IV   qo’shinlarini   tor-mor   qilib,   uning   poytaxti   Ktesifonni
egalladi, butun Mesopotamiyani fors qo’ltig’igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim bosqinidan
noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatni notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg’og’idan
olib   ketishga   majbur   qildi.   Sharqda   yangi   bosib   olingan   yerlarni   rimliklar   qo’ldan   chiqardilar.
Italiyaga   qaytishda   Kilikiyada   Trayan   kasal   bo’lib   117-yil   avgustida   vafot   qildi.   Taxtga
Trayanning   jiyani,   41   yoshli   asrandi   o’g’li   Publiy   Eliy   Adrian   chiqdi   (117-138-yillar).   U
Trayanga   loyiq   juda   yaxshi   ma’lumot   olgan,   ajoyib   boshqaruvchi,   tajribali   sarkarda,   aqlli   va
uzoqni   ko’ra   oladigan   siyosatchi   sifatida   o’z   oldiga   turgan   muammolarni   juda   yaxshi   tushunar
edi. Adrian davlat resurslarini to’la tugaganini va Sharqda bosqinchilik siyosatini samarasizligini
anglab   yetib,   Parfiya   bilan   Frot   daryosi   bo’yicha   chegaralarini   tiklash   sharti   bilan   tinchlik
shartnomasini   tuzdi.   Adrian   imperiyaning   sharqiy   chegaralarida   kuchli   mudofaa   inshootlarini bunyod   qildi.   Ana   shunday   tadbirlar   natijasida   Parfiya   bilan   tinchlik   44   yil   saqlandi.   Sharqda
ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini mustahkamlash maqsadida
chegara istehkomlarini qurish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan
biri   Adrian   vali   (istehkomi)   Britaniyada   hozirgacha   saqlanib   qolgan.   Adrian   qo’shinni   yuqori
jangovar   holatda   saqlab   turishga   katta   e’tibor   berdi.   U   legionlarni   Rim   yoki   latin   fuqaroligi
bo’lmagan   provinsiya   aholisidan   to’ldirishga   ruxsat   berdi,   chunki   qo’shinga   xizmat   qilishga
xohish  bildirgan  fuqarolar   soni  keskin  qisqardi.   Rim  harbiy   mashinasini  varvarlashtirish   uchun
asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator
tadbirlkarni   amalga   oshirdi.   U   printseps   kengashini   qayta   tashkil   qildi,   kengash   tarkibiga   oliy
amaldorlar,   muassasa   rahbarlari   va   yirik   yuristlar   jalb   qilindi.   Adrian   boshqaruvga   suvoriylar
toifasini   ko’plab   vakillarini   taklif   qildi.   U   davlat   pochtasini   joriy   qildi,   provinsiyalar
boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o’rnatdi. Adrian uzoq sayohat
qildi   va   ko’plab   inshootlarni   bunyod   qildi:   Venera   va   Roma   ibodatxonalarini,   mashhur   Rim
panteonini qurdi. Antoniylar  sulolasini taniqli vakillaridan  biri tarixga taxtdagi faylasuf sifatida
kirgan Mark Avreliy edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori bo’lib,
imperiya  taqdiri  uchun o’z ma’suliyatini  to’la  anglab yetgan edi. U  senator va suvoriy toifalari
bilan   inoqlikda   ish  olib   bordi,  senat  tarkibiga   ko’pgina   provinsiya  zodagonlarini,   ayniqsa  kelib
chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo’lgan nufuzli kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (161-yildan 180-
yilgacha)   19   yil   hukmronlik   qildi,   unga   qarshi   shu   yillar   davomida   birorta   ham   fitna
uyushtirilmadi.   U   180-yilda   59   yoshida   Vindobona   (Vena)   shahrida   vafot   qildi.   Rimda   uning
sharafiga   kolonna   bunyod   etildi.   Uning   merosxo’ri   18   yoshli   o’g’li   Kommod   (180-   193-yillar)
imperator   bo’ldi.   Antoniylar   sulolasining   so’ngi   vakili   Kommod   qo’pol,   shafqatsiz   va
maishatparast hukmdor edi. Otasining o’limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari
bilan urushni tugatib, 180- yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o’zining ochko’z yaqinlariga
topshirib, kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo’liga kirdi. Katta jismoniy kuchga
ega bo’lgan imperator o’zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, omma oldiga arslon terisiga yopinib
yelkasida   kaltak   bilan   paydo   bo’lar   edi.   Amfiteatr   sahnasida   gladiator   sifatida   chiqdi.   Oxir-
oqibatda es-hushini yo’qotib kalendarning barcha oylarini o’z nomiga o’zgartirdi, hatto Rimning
nomini o’zgartirib uni ―Kommod  shahri deb atashga buyruq berdi.‖
Rim papalari diplоmatiyasi.
Rim diplоmatiyasi an’analari varvar pоdshоhliklari o’rtasida nafaqat Vizantiya оrqali, balki 
qadimgi impеratоr dеvоnining juda ko’p an’ana va yo’l-yo’riqlarini o’zida jamlagan papa 
kuriyalari оrqali ham kеng yoyilgan edi. Papa diplоmatiyasining ta’siri o’rta asr siyosiy 
tariхining barcha jabhalarida o’zining kuchli ko’rinishini bеrgan. Papa Lеv I (―Buyuk  – 440-	
‖
461 y.y.) o’zining muvaffaqiyatli diplоmatiyasi bilan Еvrоpada kuchli оbro’ qоzоngan edi. 452 
yilda Italiyaga bоstirib kirgan Attila bilan muzоkarada erishgan muvaffaqiyati uni mashhur qildi.
G’arbiy Rim impеriyasining qulashi va Italiyada varvarlar hоkimiyatining o’rnatilishi natijasida 
papalikning хalqarо ahvоli ancha оg’irlashgan edi. Papalar Vizantiya impеratоridan najоt so’rab,
uni Italiya ishlariga aralashishga da’vat etishardi. 5 asrning o’rtalaridan bоshlab G’arbda  impеratоr hоkimiyatining qulashi natijasida papalar Kоnstantinоpоl bilan yaqindan alоqa 
bоg’laganlar. Papalar Kоnstantinоpоl sarоyida apоkrisiarlar dеb atalgan dоimiy diplоmatik 
vakillarni saqlab turganlar. Apоkrisiarlarga chеrkоv ishlaridan tashqari Vizantiya sarоyidagi 
siyosiy hоlatni kuzatib turish ham tоpshirilgan edi. Apоkrisiarlar ayrim shaхsiy imtiyozlardan 
fоydalanib, bеvоsita impеratоr bilan muzоkara оlib bоrish huquqiga ega bo’lganlar va impеratоr 
sarоyidagi maхsus binоlarda yashaganlar. Papaning dоimiy vakillari bo’lgan apоkrisiarlardan 
alоhida chеrkоv vazifasi va siyosiy tоpshiriq yuklatilgan papa elchilari - lеgatlarni farqlash 
lоzim. YUstinianning Italiyani bоsib оlishi va tеz оrada uning kеtidan langоbardlarning Appеnin 
yarimоrоlining katta qismini zabt etishlaridan kеyin papalar Vizantiya impеratоriga nоmigagina 
tоbе bo’lib, aslida mustaqil Rim hukmdоrlariga aylangan edilar. Ularning Vizantiya va 
langоbardlar bilan murakkab diplоmatik o’yin оlib bоrishiga to’g’ri kеldi. Vizantiyaning ta’siri 
astasеkin kuchsizlanib bоrardi. G’arbda esa franklar davlati katta rоl o’ynay bоshladi. Papalar 
franklar davlatini langоbardlar kabi Vizantiya impеriyasiga ham qarshi kurashida o’zlarining 
tayanchi hisоblardilar. O’zlarining mоddiy ahvоlini yaхshilash, хristian dunyosining turli 
shaharlaridagi еrlarni o’zlashtirish, хristian chеrkоvlari оrasida birinchilikni saqlab turish va o’z 
ta’sirini o’tkazish maqsadida papalar qadimgi Rim impеriyasining pоytaхti еpiskоplarining 
оbro’sidan mahоrat bilan fоydalanganlar. Bu davr papalari ichida хalqarо alоqalarda Grigоriy I 
katta rоl o’ynagan. U o’z faоliyatini Kоnstantinоpоl sarоyidagi apоkrisiar vazifasidan bоshlagan 
va u еrda yaхshi diplоmatik ta’lim оlgan. U arian-vеstgоtlarning va langоbardlarning 
katоliklashtirishda shaхsan o’zi ishtirоk etgan. Grigоriy papa hоkimiyati оbro’sini yuqоri 
ko’targan. Grigоriy I ning vоrislari Vizantiya impеratоrlaridan asta-sеkin mustaqil bo’lib, 
mustaqil davlatga aylandilar. 7-asrdagi arablarning kurashlaridan kuchsizlangan Vizantiya rim 
papalariga qarshilik ko’rsatоlmay qоldi. Papalarning birgina Italiyadagi хavfli dushmani – 
langоbardlar qоlgan edi. Langоbardlar pоdshоhlik hоkimiyatining kuchayib bоrishi Rimga 
dоimiy хavf sоlardi. Papalar langоbardlardan himоyalanish uchun bоshqa varvarlardan – 
franklardan yordam so’radilar. 754 yilgi kеlishuvda langоbard pоdshоhi Rimni o’z hоliga 
qo’yishga va papaga Ravеnna, Rimina, Urbina va bоshqa shaharlarni qaytarib bеrishga va’da 
qildi. Birоq langоbard pоdshоhining o’z majburiyatini bajarishi uchun yana bitta harbiy yurish 
lоzim bo’ldi. SHu munоsabat bilan Papalar оblasti tuzildi .  Asosan, Rim diplomatiyasi (miloddan 
avvalgi 509—14) tinchlik (urushlarning tugashini bildiruvchi), ittifoq (tinchlik davrida yoki 
urushlar davrida) to g risidagi shartnomalar va sohada (urushlar paytida) generallar ʻ ʻ
kelishuvlarini o rnatishdan iborat edi;	
ʻ   elchixonalarni (yuqori martabali fuqarolar 
delegatsiyalarini) shikoyatlar va tabriklar yuborish, ittifoqlar tuzish, urush e'lon qilish, Rim 
xavfsizligi manfaatlariga daxldor masalalarni tekshirish, nizolarni hal qilish va (qabul qilingan) 
jarohatlar uchun qondirishni talab qilish uchun yuborish va qabul qilish;   nizolar va urushlar 
bo'yicha davlatlararo vositachilikni taklif qilish va qabul qilish.   Rim diplomatik lug'ati Rim va 
boshqa Italiya davlatlari o'rtasidagi tashqi aloqalarni boshqaradigan fetiales deb nomlangan 
ruhoniylar tomonidan boshqariladigan ibtidoiy amaliyotlardan kelib chiqqan.   Deditio amaliyoti, 
boshqa davlat tomonidan Rimning to'liq ixtiyoriga mutlaq taslim bo'lish talabi,   ehtimol qadimgi 
italyan amaliyotida ham ildiz otgan.   Tarixiy davrda Rimning xalqaro hamkorligi ko'plab 
norasmiy do'stlik, "do'stlik" va nisbatan bir nechta rasmiy ittifoq shartnomalaridan iborat 
edi.   Rim ko'pincha davlatlararo vositachilikka tayyor vositachi bo'lgan, ammo kamroq tayyor 
ishtirokchi edi.  Huquq fani. Qadimgi R.da miloddan avvalgi 3-asr va milodiy 3-asrlarda huquq 
keng rivoj topib, qonunlar yaratishda yuristlar katta rol o ynadilar. 1—3-asrlarda turli ijtimoiy 	
ʻ
tabaqalarning qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi   — respublika tuzumi tarafdorlari bilan 
prinsipat tarafdorlari o rtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham o z ta sirini 	
ʻ ʻ ʼ ko rsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik ʻ
konsultatsiyalarni ularga topshirdilar.  Imperator xizmatida bo lgan bu yuristlar o z navbatida 	
ʻ ʻ
imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar (yana qarang   Rim huquqi ).
Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Miloddan avvalgi 
taxminan 130-yilda annallar 80 kitobdan iborat bo lib „Katta annallar“ nomi bilan tayyorlangan. 	
ʻ
Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (miloddan avvalgi 2-asr) 
Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat 
tarixini yaratdi. Tit Liviyning „Rim tarixi“, Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi 
haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot (miloddan avvalgi 1-asr) kabi sarkardalarning ko p	
ʻ
sonli biografik asarlari ma lum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit (1—2-asr boshlari) 	
ʼ
badiiydidaktik ruhdagi „Annallar“ va „Tarix“ (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha,
14 yildan 96 yilgacha bo lgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. 2-asr boshlarida tarixiybiografik
ʻ
janr rivojlandi. Plutarx, imperator Adrianning kotibi bo lgan Svetoniylar atoqli kishilarning 	
ʻ
biografiyalarini yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Appian (2-asrning 2-yarmi) Rimdagi fuqarolar 
urushi tarixini, Dion Kassiy kad. davrlardan 229 yilgacha bo lgan R. tarixini yaratdilar. Antik 	
ʻ
davrning so nggi yirik tarixchisi Ammian Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri tarixiga oid 	
ʻ
asarlari bilan mashhur. Imperiyaning so nggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi.	
ʻ
Qadimgi   Rimda   xalqaro   munosabatlar  
va   diplomatiya.  
Eng   qadimgi   davrlardan   boshlab   Rimda   mehmondorchilik   huquqi   mavjud  
bo‘lib,   u   Yunonistondagi   prokseniyani   eslatardi.   Qabilalar   va   qabilaviy   ittifoqlar  
o‘rtasida   yuzaga   keladigan   janjallar   va   anglashilmovchiliklarni   tartibga   solgan  
kohinlarning   fetsiallar   kollegiyasi   bor   edi.   Birorta   tashqi   siyosiy   tashabbusni  
fetsiallarning   ijozatisiz   na   boshlab   bo‘lardi,   na   yakunlab.   Xalqaro   kelishuvlarni  
saqlash,   urush   e’lon   qilishning   va   sulh   tuzishning   rasmiy   marosimini   o‘tkazish  
fetsiallar   vakolatlarining   doirasiga   kirardi.  
Boshqa   qabilaga   mansub   kishilar   bilan   bo‘lgan   munosabatlarda   Rim   jamoasi  
va   alohida   fuqarolarning   manfaatlarini   rekuperatorlar   deb   nomlangan   martabali  
shaxslar   himoya   qilgan.   Ular,   rimliklar   va   qo‘shni   shaharlar   va   qabilalar   vakillari  
o‘rtasida   paydo   bo‘ladigan   o‘zaro   moddiy   da’volar   negizidagi   janjallarni   va  
tortishuvlarni   ko‘rib   chiqadigan,   soni   3   dan   5   gacha   bo‘lgan   saylanma   hakamlar   edi
.  
Keyinchalik,   mil.   avv.   II   –   I   asrlarda,   rekuperatorlar   sudi   Rim   viloyatlari   aholisining  
noiblar   ustidan   qilgan   arzlari   va   shikoyatlarini   ham   ko‘rib   chiqqan.  
Xalqaro   aloqalarning   rivojlanishi   munosabati   bilan   Rimda   xalqaro   huquqning  
kurtaklari   ham   paydo   bo‘lmoqda   edi.   Buni   fetsiallar   huquqida   ko‘rish   mumkin.   Iqtisodiy   xayotning   murakkablashishi   va   qo‘shnilar   bilan   tinchlik   munosabatlarinin
g  
rivojlanishi sari faqat Rim fuqarolarga taaluqli bo‘lgan qadimgi “fuqarolar huquqi”  
bilan bir qatorda “xalqlar  huquqi” ham vujudga keldiki, u rimliklar  va chet elliklar  
o‘rtasidagi   munosabatlarni   tartibga   soldi.
Antik   davriga   oid   diplomatik   muassasalarning   tashkil   etilishi   va   ichki   tuzilishi  
Rimda   mavjud   bo‘lgan   siyosiy   tuzumning   xususiyatlarini   aks   ettirgan   klassik  
davridagi   Rimda   xalq   yig‘ini   faqat   urush   e’lon   qilish   va   sulh   tuzish   masalalarini   hal  
qilardi,   tashqi   siyosatga   esa   Senat   siyosiy   rahbarlik   qilardi.  
Rim   tarixining   eng   qadimgi   (podsholik)   davrida   elchilik   yuborish   huquqi  
podshoga   tegishli   bo‘lib,   elchilar   esa   fetsiallardan   iborat   edi.   Respublika   davrida  
ushbu huquq Senat qo‘liga o‘tdi. Elchilar legatlar va oratorlar deb nomlandi. Elchi  
shaxsi   odat   va   qonun   bilan   himoya   qilingandi.
Elchiliklar   turli   maqsadlarga   ega   bo‘lishi   mumkin   edi:   urush   e’lon   qilish   va  
sulh  tuzish,   shartnomalarni   imzolash,   bo‘ysundirilgan  viloyatlarning   boshqaruvini  
yo‘lga   qo‘yish,   ihtiloflar   va   diniy   kelishmovchiliklarni   hal   qilishda   hakamlik   qilish.
Senat   nafaqat   elchiliklarni   yuborish,   balki   ularni   qabul   qilish   huquqiga   ega   edi.  
Rimga   etib   keladigan   elchiliklar   ikki   toifaga   bo‘linardi:
1)   G‘anim   davlatlarning   elchiliklari;  
2)   Do‘stona   davlatlarning   elchiliklari;  
Ichki   diplomatiya   so‘nggi   antik   davriga   oid   xalqaro   munosabatlar   tizimining  
o‘ziga   xos   xususiyati   sifatida   namoyon   bo‘lgan.   Ichki   diplomatiya   rivojlanishining  
eng   yuqori   cho‘qqisiga   Rim   imperiyasi   davrida   chiqqan.   Rim   imperiyasida   markaz   v
a  
alohida   qismlar   o‘rtasidagi   munosabatlarning   mujmalligi   sharoitida   na   faqat   tashqi  
va
balki   ichki   siyosat   o‘rtasidagi,   na   ichki   va   tashqi   diplomatiya   o‘rtasidagi   aniq  
chegarani   belgilashning   iloji   yo‘qdir.  
Rimda   mavjud   bo‘lgan   davlat   huquqi   nuqtai   nazardan,   har   bir   shahar   va   hatto  
mamlakatning   maydaroq   qismi   mustaqil   siyosiy   sub’ekt,   ya’ni   davlat   ichidagi   davlat  
sifatida  ko‘rilardi. Ushbu mustaqillikning  ko‘rinishlaridan  biri elchilik huquqida o‘z  
ifodasini   topgandi.   Yuqorida   tilga   olingan   har   bir   shahar   yoki   ma’muriy   qism  
markazga   elchilik   yuborishi,   qo‘shnilari   bilan   shartnoma   tuzishi   mumkin   edi   va  
hokazo,   bir   so‘z   bilan   aytganda,   huquqiy   jihatdan   mustaqil   birlik   yoki   tomon   sifatid
a  
harakat   qilardi.   Natijada,   ma’lum   nuqtai   nazardan   yagona   hisoblangan   xalqlar   huq
uqi  
rivoj   topdi. Imperiya   davrida   davlat   boshqaruvi   butunlay   imperator   qo‘liga   o‘tdi.  
Respublika   davrida   davlatning   boshqaruv   muassasasi   hisoblangan   Senat   mavjud  
bo‘lib   qolaverdi,   lekin   imperator   qoshidagi   kengashga   aylanib   qoldi.  
Tashqi   siyosat   va   diplomatiya   masalalarini   boshqarib   borish   ham   shunga  
muvofiq   tarzda   o‘zgardi.   Imperatorlik   davrida   tashqi   siyosiy   masalalar   imperatorni
ng  
(prinsepsning)   qaramog‘ida   edi.   Diplomatiya   imperator   xizmatchilarining
vazifasiga  
aylanib   qoldi.   Imperiya   davrida   elchilar   saylanmasdi,   balki,   barcha   amaldorlar
kabi,  
prinseps tomonidan tayinlanardi. Klavdiy davridan boshlab, (milodiy I asr o‘rtalari)  
elchilik   ishlari   bilan,   imperator   kotibi   boshchiligidagi,   imperatorning   shaxsiy  
devonxonasi   shug‘ullanardi.   Shu   bilan   bir   qatorda,   ushbu   devonxona
imperiyaning  
oliy   ma’muriy   idorasi   edi.
Ilk   respublika   davrida   Rimning   tashqi   siyosati   Latsiyada   o‘z   ta’sirini   o‘rnatish  
maqsadida   olib   borilgan   to‘xtovsiz   urushlar   bilan   tavsiflanadi.   Etrusklar,   gallar,  
Italiya   qabilalari   qarshi   urushlar   O‘rta   Italiya   hududlarida   Rim   ta’sirining   yoyilishiga  
olib   keldi.
Rim,   O‘rta   Italiyani   zabt   etib,   Janubiy   Italiyadagi   yunon   polislari   bilan  
urushlarni   boshladi   va   ularda   muvaffaqiyatga   erishdi.
Natijada   Rim   boshchiligida   Rim   -   Italiya   konfederatsiyasi   barpo   etildi.   Rim  
butun   Italiyani   “divide   et   impera”   -   “bo‘lib   tashla   va   hukmronlik   qil”   shiori   ostida  
boshqargan.  
Shunday   qilib,   mil.   avv.   III   asrda   Rim   o‘sha   davrning   yirik   davlatlaridan   biriga  
aylandi  va G‘arbiy  O‘rta  er  dengizi mintaqasida  hukmronlik  qilish  uchun  kurashni  
boshladi.   Ushbu   yo‘nalishda   Rim   mil.   avv.   IX   asrda   Finikiya   koloniyasi   negizida  
asos   solingan   Karfagen   Shimoliy   Afrika   oligarxik   respublikasi   bilan   to‘qnashdi.  
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   O‘rta   er   dengizi   mintaqasidagi   xalqaro   munosabatlarni   Ri
m  
tarixidan   ajralmas   holda   ko‘rib   chiqish   mumkin.   Demak,   100   yilda   ortiq   davom   etga
n  
Puni   urushlari   boshlandi.   Birinchi   Puni   urushi   (mil.   avv.   264   -   241   yy.)   natijasida  
Rim   dastlabki   dengiz   orti   egaliklarini   -   Sitsiliya,   Sardiniya,   Korsikani   qo‘lga   kiritdi,  
va   ular   Rim   viloyatlariga   aylantirildilar.  
Ikkinchi   Puni   urushi   (mil.   avv.   218   -   201   yy.)   davrida   karfagenlik   mashhur  
sarkarda   Gannibal   Italiyaga   bostirib   kirdi   va   ushbu   hududlarni   15   yil   davomida  
qiyratib,   qator   g‘alabalarga   erishdi   (Kann   yonidagi   jang   -   mil.   avv.   216   y.).   Urush  
yillarida   Rim   diplomatiyasi   o‘zini   yuqori   darajada   namoyon   qildiki,   Karfagen   ittifoqchisi   -   Makedoniyaning   harakatlari   ma’lum   davrga   betaraf   qilindi,   Etoliya  
ittifoqi   bilan   esa   ittifoq   tuzildi.  
Rim,   fojiali   mag‘lubiyatlarga   qaramasdan   ham   harbiy,   ham   diplomatik  
usullardan   foydalanib,   ushbu   urushda   g‘olib   chiqdi.   Publiy   Korneliy   Stsipion  
qo‘mondonligida   rimliklarning   g‘alabasi   (Zam   yonidagi   jang   -   mil.   avv.   202   y.)  
oqibatida   karfagenliklar   mag‘lub   etildi.   Ispaniya   Rim   qo‘liga   o‘tdi,   Karfagen   esa  
harbiy   -   siyosiy   qudratidan   mahrum   bo‘ldi.   Rim   yirik   mamlakatdan   G‘arbiy   O‘rta   er  
dengizidagi   eng   yirik   buyuk   davlatga   aylandi.  
G‘arbiy   O‘rta   er   dengizi   mintaqasining   Rim   hokimiyati   ostida   birlashtirilishi  
Yunonistonning   Sitsiliya   bilan,   hamda   Misr   va   Suriyaning   Shimoliy   Afrika   va   Italiya  
bilan   mil.   avv.   III   asrda   mustahkamlangan   an’anaviy   savdo   aloqalariga   sezilarli  
o‘zgarishlar   kiritdi.   Savdo   yo‘llari   va   iqtisodiy   markazlarning   boshqa   joylarga  
ko‘chishi   jarayoni   boshlandi.   Ikkinchi   Puni   urushidan   so‘ng   Rim   ekspansiyasining  
yangi   davri   boshlandi:   rimliklar   Sharqdagi   ellin   mamlakatlariga   kirib   borishdi.  
Murakkab   xalqaro   vaziyat   va   ellin   davlatlaridagi   ichki   inqiroz   bu   jarayonini  
engillashtirdi.  
Rim   tomonidan   Sharqda   olib   borilgan   hujumkor   siyosatning   sabablari   va  
maqsadlari   Rim   jamiyatining   rivojlanishidan   kelib   chiqardi.   G‘arbdagi   muvaffaqiyatl
i  
urushlar   natijasida   qulchilikning   tez   sur’atlarda   o‘sishi   ko‘zga   tashlanadi.   Ushbu  
urushlar   qullar   va   moddiy   boyliklarning   katta   oqimini   yuzaga   keltirdi.   Bu   jarayon  
iqtisodiyotda   chuqur   o‘zgarishlarga   olib   keldi;   tovar   xo‘jaligi   rivojlandi.   Shuning  
uchun   ham   Rimning   tajovuzkorligi   kuchaydi.  
Miloddan   avvalgi   III   asrning   oxirgi   yillari   Makedoniyaning   siyosiy   va   iqtisodiy  
jihatdan   o‘ta   kuchayishi   davri   hisoblanadi.
Misrning   ichki   qiyinchiliklaridan   foydalanib,   Makedoniya   podshosi   Filipp   V  
va   Salavkiylar   podshosi   Antiox   III   ittifoq   tuzishdi   va   Misrdan   tashqarida   joylashgan,  
lekin   ushbu   davlatga   tegishli   bo‘lgan   erlarni   bo‘lib   olishdi.   Ptolemeylarning  
Gellespont   sohili   Kichik   Osiyo   va   Egey   dengizi   sohilidagi   polislari
Makedoniyaga   o‘tdi.   Filippning   istilolari   va   Makedoniyani   Egey   dengizidagi   eng
qudratli   davlatga  
aylanishi   tahdidi   Pergam,   Rodos,   Vizantiy,   Afina   va   boshqa   yunon   shaharlarining  
Filipp   V   ga   qarshi   chiqishiga   sabab   bo‘ldi.   Shunday   qilib,   Egey   dengizi   havzasida  
Makedoniyaga   qarshi   harbiy   ittifoq   shakllandi.   Ittifoqchilar   yordam   so‘rab   Rimga  
murojaat   qilishdi.   Rimliklar   Makedoniyaning   kuchayishidan   manfaatdor   emasdi.
Birinchi   Makedoniya   urushi   (mil.   avv.   215   -   205\4   yy.)   Bolqon   yarimorolidagi  
ziddiyatlarni   keskinlashtirdi   va   Rimning   Sharqqa   ekspansiyasi   davrini   boshlab   berdi
.   Ikkinchi   Makedoniya   urushi   (mil.   avv.   200   -   197   yy.)   Filipp   V   ning   mag‘lubiyati   va  
Makedoniyaning   Yunonistonda   va   Kichik   Osiyoda   ta’sirini   yo‘qotishi   bilan  
yakunlandi.  
Uchinchi   Makedoniya   urushi   (mil.   avv.   171   -   168   yy.)   natijasida   esa  
Makedoniya   va   butun   Bolqon   yarimoroli   Rimga   bo‘ysundirildi   (mil.   avv.   168   y.)  
Miloddan   avvalgi   III   asrning   oxiri   -   II   asrning   boshida   Salavkiylar   monarxiyasi  
ellin   dunyosining   eng   qudratli   davlati   edi   va   Sharqiy   O‘rta   er   dengizida   o‘z  
gegemoniyasini   o‘rnatishga   da’vogarlik   qilardi.   Bu,   albatta,   huddi   shunday  
da’volarga   ega   bo‘lgan   Rimga   to‘g‘ri   kelmasdi   va   mil.   avv.   192   yilda   ikki   davlat  
o‘rtasida   harbiy   harakatlar   boshlandi   (Suriya   urushi   -   mil.   avv.   192   -   188   yy.)   Kichik  
Osiyoda   Magneziya   yonidagi   hal   qiluvchi   jangdan   (mil.   avv.   190   y.)   so‘ng   ushbu  
mintaqada   Rim   ta’sirining   o‘rnatilishiga   asos   solindi.   Rim   Makedoniya   va  
Salavkiylarga   qarshi   kurashish   uchun   Rodos   va   Pergam   bilan   bo‘lgan   ittifoqdan  
foydalandi.   Ushbu   ittifoq   chorak   asrdan   ko‘proq   davr   davomida   mavjud   bo‘ldi.  
Axeyya   ittifoqi   ham   Rimning   ittifoqchisi   edi.
Sharqdagi   tashqi   siyosat   Rim   jamiyatning   o‘zida   keskin   siyosiy   kurashlarni  
keltirib   chiqardi.   Miloddan   avvalgi   III   asr   oxiridan   boshlab   ikki   siyosiy   oqim  
muayyan   bo‘ldi-ki,   ularning   vakillari,   Rim   zodagonlari   orasidagi   har   xil  
qatlamlarning   iqtisodiy   manfaatlarini   aks   ettirib,   davlatning   tashqi   siyosiy   vazifalari
ni  
va   ichki   siyosatini   turlicha   tushunardilar.   Shunday   guruhlarning   biriga   ikkinchi   Puni  
urushida Karfagenni mag‘lub  etgan Pubiy Korneliy Stsipion Afrikanskiy  boshchilik  
qilardi.   Uning   guruhi   tashqi   siyosat   bobida   Rim   tomonidan   bosib   olingan   erlardan  
bir  
qator   qaram   davlatlarni   barpo   etishni   bu   joylarda   viloyat   boshqaruvini   joriy   etmasd
an  
ularga   sezilarli   darajada   mustaqillikni   qoldirishni   yoqlab   chiqardi.   Ikkinchi   Puni  
urushidan   so‘ng   Karfagen   bilan,   ikkinchi   Makedoniya   urushidan   so‘ng   Filipp   bilan   v
a  
Antiox   III   bilan   tuzilgan   tinchlik   shartonmalarni   bir   -   biriga   o‘xshab   ketadi   va   tashqi  
siyosatdagi   ushbu   yo‘nalishni   aks   ettiradi.
Stsipionga   qarshi   chiquvchilarga   Mark   Porsiy   Katon   rahbarlik   qilgan.   U,  
birinchi   galda   Rimda   o‘sib   borayotgan   quldorchilik   xo‘jaligi   va   rivojlanayotgan   tovar  
ishlab  chiqarishining  manfaatlarini  ilgari surardi, bu esa ko‘plab  qullarni va yangi  
tashqi   bozorlarni   talab   qilardi.   Katon   zabt   etilgan   hududlarni   provinsiyalarga  
(viloyatlarga)   aylantirish   tarafdori   bo‘lgandi;   maqsad   -   mahalliy   aholi   va   tabiiy  
boyliklardan   keng   foydalanish   edi.   Bora   -   bora   Katon   guruhi   ustun   keldi. Yagona   Makedoniya   davlatining   yo‘q   qilinishi   (mil.   avv.   168   y.)   va   qudratli  
Salavkiylar   davlatining   zaiflashishi   natijasida   Sharqiy   O‘rta   er   dengizida   yangi  
xalqaro   vaziyat   yuzaga   keldi   va   Rimning   Sharqdagi   tashqi   siyosati   o‘zgardi.  
Rim v a urush diplomat iy asi
Rodos   -   Pergam   ittifoqining   saqlanib   qolishi   va   yanada   kuchayishi   endilikda  
Rim   manfaatlariga   to‘g‘ri   kelmasdi.   Aksincha,   Rim   ularning   zaiflashishidan  
manfaatdor   edi.   Rim,   o‘z   paytida   Pergam   protektorati   ostiga   berib   yuborilgan,  
Galatiyaning   mustaqilligini   e’lon   qildi,   Paflagoniyani   ozod   deb   tan   oldi,   Pergamning  
doimiy   dushmani   Vifiniya   va   savdo   raqibi   sanalmish   Pontdagi   Gerakleya   bilan   ittifo
q  
tuzdi.   Bora   -   bora   Pergam   Rimga   qaram   bo‘lgan   ittifoqchiga,   so‘ngra   esa   -  
provinsiyaga   (viloyatga   )   aylandi   (mil.   avv.   133   y.).
Rimning   Rodosga   nisbatan   siyosati   yanada   keskinroq   edi.   Uchinchi  
Makedoniya   urushi   davrida   Rodos   katta   zarar   ko‘rdi.   Shu   sababdan   Rodos   hatto  
Rimga   qarshi   urush   olib   borishga   tayyor   ediki,   agar   Makedoniya   bilan   urush  
to‘xtatilmasa   Rim.   Rim,   tabiyki,   ushbu   davlatning   itoatsizligini   kechira   olmasdi.  
Natijada   Rodos   Rimdan   afv   so‘rashga   majbur   bo‘ldi;   undan   Kichik   Osiyodagi  
egaliklari   tortib   olindi.   Rodosga,   odatda   Rimga   to‘g‘ridan   -   to‘g‘ri   qaramligini  
niqoblash   uchun   xizmat   qilgan,   “Rim   xalqining   do‘stlari   va   ittifoqchilari”   deb  
nomlangan   unvon   in’om   qilindi.   Delos   oroli   “erkin”   port   maqomini   oldi.   Savdo   endi  
ushbu   port   orqali   olib   borildi.   Harakatlar   Rodos   iqtisodiyotiga   yomon   ta’sir   ko‘rsatd
i.  
Ushbu   mintaqada   Rimga   qarshi   chiqishga   qodir   kuchlar   qolmagandi.   Biroq,  
Rimning   o‘zi   ham   jon   talvasasida   bo‘lgan   ellin   davlatlari   –   zaiflashgan   Salavkiylar  
davlati  va  Ptolemeylar   podsholigini  (Misrni)  zabt   eta  olmadi.  Rim  ularga  nisbatan  
ichki   ziddiyatlarni   alanga   oldirish,   sulolaviy   kurashga   aralashish,   davlatlarni   bir   -  
biriga   qarshi   qo‘yish   siyosatini   ustalik   bilan   olib   bordi.   Rim   o‘zining   Sharqiy   O‘rta   er  
dengizi   mintaqasida   asosiy   raqibi   -   Salavkiylar   davlatini   izchillik   bilan  
kuchsizlantirardi.   Buning   uchun   rimliklar   ushbu   davlatning   ichkarisida   ro‘y  
beradigan   qo‘zg‘olonlarni   qo‘llab   –   quvvatlardilar-(Yaxudiyadagi   qo‘zg‘olon),  
sulolaviy   nizolardan   foydalanardilar,   mamlakatning   tashqi   va   ichki   siyosatiga   qo‘po
l  
ravishda   aralashardilar.  
Bunga   Suriya   -   Misr   urushi   misol   sifatida   xizmat   qilishi   mumkin.   Miloddan   avvalgi   168   yilda   Suriya   urushni   muvaffaqiyatli   olib   bordi   va   Aleksandriyaga   yaqin  
keldi.   Misrliklar   yordam   so‘rab   Rimga   murojaat   qildilar.   Suriya   podshosi   Antiox   IV  
xuzuriga   etib   kelgan   Rim   elchisi   unga   ma’lum   muddat   ichida   bosib   olganlarning  
barchasini   qaytarib   berish   va   Misrni   bo‘shatish   talabidan   iborat   Senatning   buyrug‘i
ni  
topshirdi.   Ushbu   talab   bajarildi.
Rim   Yunonistonga   nisbatan   siyosatini   ham   o‘zgartirdi.   Yunoniston   rasman  
erkin   bo‘lib   qolaverdiyu,   lekin   amalda   esa   mustaqilligining   oxirgi   qoldiqlaridan  
mahrum   bo‘ldi.   Eng   og‘ir   qismatni   Etoliya   ittifoqi   boshidan   kechirdi:   uning   hududla
ri  
Etoliyaning   azaliy   viloyatlari   bilan   cheklandi,   Makedoniya   tarafdorlarining   bir   qismi  
siyosiy   raqiblari   tomonidan   jazolandi,   yana   bir   qismi   esa   Rimga   jo‘natildi.   Umuman  
olganda,   barcha   yunon   davlatlarida   rimliklar   nuqtai   nazaridan   shubhali
hisoblangan  
shaxslar   garovga   olinganlar   deb   e’lon   qilinardi   va   Italiyaga   jo‘natib   yuborilardi.
Salavkiylar   va   Makedoniyaga   qarshi   kurashishda   Rimga   sodiq   ittifoqchi  
bo‘lgan   Misrga   nisbatan   siyosat   o‘zgacha   edi.   Ammo   Misrning   kuchayishi   Rim  
manfaatlariga   to‘g‘ri   kelmasdi.   Sulolaviy   kurashga   aralashib   kelgan   Rim   elchilari  
birorta   da’vogarning   kuchayishiga   yo‘l   qo‘ymasdilar.   Miloddan   avvalgi   II   asrning  
o‘rtalaridan   Misr   Rimning   tazyiqini   ko‘proq   seza   boshladi   va   asta   -   sekin   qaram  
davlatga   aylana   bordi.  
Rim   tajovuzining   yangi   bosqichi   mil.   avv.   149   -   146   yillarga   to‘g‘ri   keladi.  
Perseyning   Makedoniyadagi   qo‘zg‘oloni   bostirilganidan   so‘ng   ushbu   mamlakat  
viloyatiga   aylantirildi   (mil.   avv.   148   y.).   Endi   rimliklar   qaram   davlatlar   tizimidan   voz  
kechib,   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   hududlarni   bosib   olishga   o‘tishdi.   Rim,   Axeyya   ittifoqi   va  
Sparta  o‘rtasidagi  nizoga aralashib,  bir  qator  muvaffaqiyatli  janglardan so‘ng  mil.  
avv.   146   yilda barcha yunon ittifoqlarini tarqatib yubordi. Korinf shahri, Senatning  
buyrug‘iga   binoan,   butunlay   vayron   qilindi   va   la’natlandi.
Uchinchi   Puni   urushi   (mil.   avv.   149   -   146   yy.)   geosiyosiy   va   iqtisodiy   raqobat  
sababli   emas,   balki   faqat   siyosiy   va   harbiy   o‘ch   olishga   qaratilgan   intilishning  
mavjudligi tufayli  ro‘y berdi. Faktik  jihatdan  ushbu  urush  Karfagenni  qamal qilish  
bilan   ifodalandi.   Shahar   Pubiy   Korneliy   Stsipion   Emilian   tomonidan   shturm   bilan  
ishg‘ol   qilindi,   hamda   Senatning   qaroriga   ko‘ra   vayron   etildi   va   kuydirildi.
Shunday   qilib,   mil.   avv.   II   asrning   o‘rtalarida   rimliklar   O‘rta   er   dengizini  
batamom  o‘z  nazoratiga  oldilar  va  jahon  miqyosidagi  buyuk  davlati   uchun  zamin  
yaratdilar. Mustaqilligini saqlab qolgan davlatlar va xalqlar yoki yaqin yillar ichida  
zabt   etildilar,   yoki   keyingi   siyosiy   hayotda   sezilarli   rol   o‘ynamadilar   (Misr,   Suriya,  
Numidiya).
Manfaatlari   rimliklarning   raqiblariga   zid   kelgan   davlatlar   bilan   harbiy   -   siyosiy   ittifoqlar  tuzish  o‘sha  davrdagi  Rim  diplomatiyasi  uchun xos  bo‘lgan  xususiyatdir.  
Rim   o‘z   maqsadiga   erishganidan   so‘ng,   Rim   ittifoqlardan   voz   kechardi   va   hattoki  
sobiq   ittifoqchilarga   urush   e’lon   qilardi.   Yugurtaga   qarshi   urush   (mil.   avv.   111   -   105  
yy.)   davomida   Numidiya   podsholigi   yo‘q   qilindi,   chunki   yirik   davlatning   Shimoliy  
Afrikada   mavjud   bo‘lishi   Rim   manfaatlariga   to‘g‘ri   kelmasdi.
Miloddan   avvalgi   II   asrda   ellin   dunyosining   xalqaro   jarayonlarida   ilgari   ishtrok  
etmagan   Parfiya,   Armaniston,   Pont   podsholigining   kuchayishi   boshlandi.  
Miloddan   avvalgi   II   asrning   oxiriga   kelib   Qora   dengizning   butun   janubi   -  
sharqiy   sohilini   egallangan   Pont   podsholigi   ayniqsa   rivoj   topdi.  
Ajoyib   sarkarda   Mitridat   VI   Evpator   mil.   avv.   120   yilda   Pont   podshosi   bo‘ldi.  
Mitridat,   Kichik   Armaniston,   Kolxida,   Xersones   va   yana   bir   qator   erlarni   bosib   olib,  
Pont   podsholigini   Sharqiy   O‘rta   er   dengizi   mintaqasidagi   eng   yirik   davlatlardan  
biriga   aylantirdi.
U   Rimga   nisbatan   ehtiyotkorona   siyosat   olib   bordi,   ammo   tez   orada   Kichik  
Osiyoda   o‘z   ta’sirini   o‘rnatishga   qaratilgan   jidddiy   qadamlar   qo‘ydi.   Rim   qo‘zg‘atib  
chiqargan   urushda   Vifiniya   podshosi   va   rimliklarning   viloyatdagi   armiyasini   mag‘lu
b  
etgan   Mitridat   “Osiyo”   deb   nom   olgan   Rim   viloyatiga   bostirib   kirdi.
Miloddan   avvalgi   II   asrning   oxirida   Makedoniya   va   Yunonistonda   rimliklarga  
qarshi   harakat   boshlandi.   Deyarli   butun   Yunoniston   Rimdan   ajrab   chiqdi.
Bu   voqealar   Rim   va   Pont   podshosi   o‘rtasidagi   birinchi   urushga   (mil.   avv.   88   -  
85   yy.)   olib   keldi.   Rimliklar   ushbu   urushda   g‘alaba   qozonishdi.   Miloddan   avvalgi   85  
yilda   Dardan   shahrida   sulh   tuzildi.   Unga   ko‘ra,   Mitridat   VI   Gaylisa   daryosidan  
g‘arbda   ishg‘ol   etgan   erlardan   voz   kechishga,   3000   talant   miqdorida   harbiy  
kontributsiya   to‘lashga   va   flotning   bir   qismini   rimliklarga   topshirishga   majbur   bo‘ld
i.
10   yil   o‘tgach,   70   -   yillarda   Rimning   ichki   qiyinchiliklaridan   foydalanib,  
Mitridat   Rimga   qarshi   yangi   urushni   diplomatik   va   harbiy   jihatdan   tayyorlay  
boshladi.   U   Misr   va   O‘rta   er   dengizi   qaroqchilari,   hamda   Armaniston   bilan   ittifoq  
tuzdi.
Eng   katta   xavotirni   Armaniston   -   Pont   ittifoqi   keltirib   chiqarardi.   Deyarli   butun  
Suriya,   sharqiy   Kilikiya,   Finikiya   va   Yaxudiyaning   katta   qismi   Tixron   II   Buyukning  
hokimiyati   ostiga   o‘tdi,   Salavkiylar   poytaxti   Antioxiya   arman   podshosining   qarorgo
hi  
bo‘lib   qoldi.   Shunday   qilib,   mil.   avv.   I   asr   70   -   yillarning   o‘rtalarida   Old   Sharq  
hududlarining   kattaroq   qismi   Pont   va   Armaniston   o‘rtasida   bo‘lib   olingandi.
Pont   podshosi   Rimga   vasiyat   qilingan   Vifiniyani   bosib   oldi.   Bu   esa  
Mitridatning   Rimga   qarshi   Uchinchi   urushini   boshlab   berdi   (mil.   avv.   74-64   yy.).
“Osiyo”   viloyatidagi   yunon   shaharlari   Rimdan   ajrab   chiqishdi.   Dastlab   harbiy   harakatlar   Armanistonga   qarshi   urush   olib   borgan   Rim   uchun   muvaffaqiyatli   kechd
i.  
Lekin   keyinchalik   vaziyat   Mitridat   va   Tixron   II   foydasiga   o‘zgardi.   Rim  
qo‘shinlariga   Pompey   qo‘mondonlik   qila   boshlagidan   so‘ng   harbiy   omad   Rim  
tomoniga o‘tdi. Pompey Armanistonga tahlikali bo‘lgan shartnomani Parfiya bilan  
tuzishga   erishdi.   Ushbu   shartnoma   Armanistonning   harakatlarini   zararsizlantirdi.  
Mitridat   o‘z   mag‘lubiyatini   tan   oldi   va   ilgarigi   chegaralariga   qaytdi;   ushbu   davlat  
Rimning   qudratli   raqibidan   katta   bo‘lmagan   va   amalda   Rimga   qaram   bo‘lgan  
mamlakatga   aylandi.
Pompeyga   qarshilik   ko‘rsatishga   qodir   bo‘lmagan   Mitridat   xalok   bo‘ldi.
Pompey   bosib   olingan   erlarda   “Vifiniya   va   Pont”   viloyatini   barpo   etdi,   so‘ngra  
janubga   Suriyaga   qarshi   harakatlandi   va   uni   zabt   etib,   viloyatga   aylantirdi.  
Yaxudiyada  ro‘y bergan taxt  uchun  kurashga  aralashib  ushbu  mamlakatni  Rimga  
qaram   qilib   qo‘ydi.
Natijada   Old   Sharq   xaritasida   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Rim   deyarli   butun   Kichik  
Osiyoni   o‘ziga   bo‘ysundirdi.   Armaniston   va   Parfiya   Rimning   sharqdagi   qo‘shnilari  
bo‘lib   qolishdi.   Shunday   qilib,   Rim   Sharqiy   O‘rta   er   dengizi   havzasining   hukmdoriga  
aylandi.  
Rim   Miloddan   avvalgi   I   asrda   Parfiya   bilan   urushlar   olib   bordi.   Rimliklar   Pont  
podshosi   Mitridat   VI   Evpator   bilan   kurash   olib   borayotgan   paytda   parfiyaliklar  
Rimga   birinchi   bor   duch   kelishdi.   Miloddan   avvalgi   92   yilda   tuzilgan   bitimga   ko‘ra  
Rim   va   Parfiya   podsholigi   o‘rtasidagi   chegara   sifatida   Frot   daryosi   tan   olingandi.  
Miloddan   avvalgi   53   yilda   Mark   Litsiniy   Krass   qo‘mondonligidagi   Rim   qo‘shnilari  
Parfiya   podsholigi   tarkibidagi   Mesopotamiyaga   bostirib   kirishdi,   ammo   Karra   shah
ri  
yonidagi   jangda   (mil.   avv.   53   y.)   qaqshatqich   mag‘lubiyatga   uchrashdi.   Miloddan  
avvalgi   40   yilga   kelib   parfiyaliklar   deyarli   butun   Kichik   Osiyoni,   Suriyani   va  
Falastinni   bosib   olishdi.  Bu   esa  Rimning   Sharqdagi   hukmronligiga   tahdid  solardi.  
Miloddan   aavalgi   37   yilda   rimliklar   ushbu   viloyatlar   ustidan   o‘z   nazoratini   tikladilar.
Rimliklarning   Frot   daryosi   ortiga   harkatlanishi   Antoniyning   mil.   avv.   36  
yildagi   mag‘lubiyatidan   so‘ng   to‘xtatildi.
Miloddan   avvalgi   58   -   50   yillarda   Transalp   Galliyasi   zabt   etildi.   (   Yuliy   Sezar  
Milodiy   I   asrda   Rim   imperiyasi   Kappadokiyani   (17   y.),   Mavrinatiyani   (40   -   46  
yy.),   Britaniyani   (43   y.),   Frakiyani   (46   y.)   bosib   oldi.
II   asrda   Dakiya   (106   y.),   Arabiston   (106   y.),   Armaniston   (114   y.),  
Mesopotamiya   (115   y.),   Ossuriya   (115   y.)   zabt   etildi.   Oxirgi   uch   viloyatdan   rimliklar  
tez   orada   chiqib   ketishdi.   Shunday   qilib,   II   asrda   imperiya   hududiy   jihatdan   eng   kat ta  
kengayishiga   erishdi.  
Ilk   imperiya   davrida   Rimning   tashqi   siyosatini   Parfiya   podsholigi,   hamda  
shimoliy   va   shimoliy   -   Sharqiy   chegaralar   (Reyn   va   Dunay   daryolari)   bo‘ylab  
joylashgan   qabilalar   bilan   bo‘lgan   munosabatlar   belgilab   berardi.   Parfiyaga   qarshi  
54  
-   66,   114   -   117,   163   -   165   yillardagi   urushlarda   goh   rimliklarning,   goh  
parfiyaliklarning   qo‘li   baland   kelardi.  
Qabilaviy   ittifoqlarning   asta   -   sekin   kuchayishi   sababli   imperator   Adrian  
davrida   rimliklar   tajovuzdan   mudofaaga   -   ya’ni   siyosiy   -   strategik   mudofaaga  
o‘tishga   majbur   bo‘lishdi.  
Rim   Mesopotomiyadan   ham   voz   kechishga   majbur   bo‘ldi   va   Parfiya   bilan  
chegara   sifatida   yana   Frot   daryosi   belgilandi.   Reyn   va   Dunay   daryolari   bo‘ylab  
chegaralar   mustahkamlandi.   Britaniyada   dengizdan   dengizgacha   cho‘zilgan   va  
shimoliy   qabilalardan   himoyalanish   uchun   mo‘ljallangan   ulkan   Adrian   qo‘rg‘oni  
barpo   etildi.
Mark   Avreliy   (161   -   180   yy.)   davrida   Rim   imperiyasi   va   varvarlar   periferiyasi  
(atrof   o‘lka,   markazdan   chet,   uzoqdagi   joylar)   o‘rtasidagi   kuchlarning   barqaror  
muvozanati   buzildi.   Mark   Avreliy   davridan   boshlab   Rim   mudofaalanuvchi   tomon  
sifatida   namoyon   bo‘ldi.
Markoman   urushlari   (167   -   180   yy.)   kelgusi   asrlarda   ro‘y   bergan   varvarlar  
bosqinining   muqaddimasi   edi.   Varvarlarning   bir   qismi   surib   chiqarildi,   ikkinchi  
qismini   esa   Rim   hukumati   Dunay   daryosi   bo‘yidagi   erlarda   ittifoqchi   federatlar  
sifatida joylashtirishga  majbur bo‘ldi. Shunday qilib, varvarlar nafaqat  imperiyaga  
bosqinlar   uyushtirishardi,   balki   uning   erlarida   o‘rnashib   olishardi.
III   -   asrning   o‘rtalarida   Rim   imperiyasi   og‘ir   ahvolga   tushib   qoldi.   Gotlar  
Dunay daryosidan o‘tib, Meziya va Frakiyaga bostirib kirishdi. Ular bilan kurashda  
imperator   Detsey   (249   -   251   yy.)   halok   bo‘ldi.
Imperator   Valerian   (253   -   260   yy.)   va   uning   o‘g‘li,   hamda   otasi   bilan   birga  
hukmdorlik   qilgan   imperator   Galen   (253   -
268   yy.)   davrida   gotlar   va   ularga   ittifoqchi  
bo‘lgan   varvar   qabilalari   Rimning   Dunay   oldi   viloyatlariga   qirg‘in   keltiradigan  
bosqinlarini   davom   ettirardilar.   Franklar   va   allemanlarning   qabilaviy   ittifoqlari  
Reyndan   Galliyaga   o‘z   bosqinlarini   amalga   oshirardilar   va   Pireneylargacha   etib  
borishardi.   Sharqda   Sosoniylar   davlati   hujumga   o‘tdi   -   shoh   Shopur   260   yilda  
Mesopatomiyaga   bostirib   kirdi.   Shimoliy   Mesopotamiyadagi   Edessa   shahri   yonidag
i  
hal   qiluvchi   jangda   rimliklar   qaqshatgich   mag‘lubiyatga   uchradilar.   Imperator  
Valerian   asirga   tushdi.   Mesopotamiyani   egallash   uchun   Rim   va   Eron   o‘rtasidagi   kurash   keyinchalik   ham   -   Rim   imperiasining   tugashigacha   davom   etdi;   omad   esa   g
oh  
bu   tomon,   goh   u   tomonda   bo‘ldi.  
III   asr   o‘rtalarida   Gallien   hukmronligi   davrida   Galliya   va   Ispaniya   (259   y.)  
Rimdan   ajrab   chiqdi  va   Galliya   imperiyasini   tashkil   etishdi   (259   -   273   yy.)   Palmira  
ham   262   yilda   ajrab   chiqdi.   Ushbu   hududlar   faqatgina   272   -   273   yillarda   Rimga   qay
ta  
bo‘ysundirildi.   Imperiyaning   tiklanishi   imperatorlar   Diokletian   va   Konstantin   davrid
a  
ro‘y   berdi.   Lekin   shunga   qaramasdan   markazdan   qochirma   (harakat   vaqtida  
markazdan   chetga   tomon   yo‘nalish,   qochish)   tendensiyalar   kuchayib   bordi.   Impera
tor  
Feodosiyning   o‘g‘illari   davrida   imperiya   uzil   -   kesil   ikki   qismga   bo‘linib   ketdi   (395  
y.).
G‘arbiy   Rim   imperiyasining   tarixi   quldorchilik   munosabatlarining   inqirozi   va  
varvarlar   qabilalarining   bosqini   sababli   iqtisodiyotning   va   davlat   boshqaruvining  
jontalashishi   bilan   bog‘liqdir.   Britaniya,   Ispaniya,   Afrika   birin   -   ketin   Galliyaning  
tarkibiy   qismlari   varvarlar   qo‘l   ostiga   asta   -   sekin   o‘tdi.  
G‘arbiy   Rim   imperiyasi   476   yilda   batamom   quladi.   Vizantiya   deb   nomlangan  
Sharqiy   Rim   imperiyasi   yana   1000   yil   atrofida   umr   ko‘rdi.  
Xulosa
. Хalqarо alоqalarning rivоjlanishi munоsabati bilan Rimda хalqarо huquqning bоshlang’ich 
shakllari ko’rina bоshladi. Ular fеtsial huquqlarining ichida bo’lgan. Iqtisоdiy hayotning 
murakkablashuvi va qo’shni davlatlar bilan do’stоna alоqalarning rivоjlanishi bоis eski 
―fuqarоlik huquqi  bilan birga rimliklar va muхоjirlar o’rtasidagi alоqalarni tartibga sоlib ‖
turadigan ―хalqlar huquqi  ham paydо bo’ldi. ―Хalqlar huquqi  хalqlar o’rtasidagi savdо 	
‖ ‖
shartnоmalari va kеlishuvlarini tuzishni еngillashtirgan.
  Impеriya   davrida   barcha   davlat   bоshqaruvi   impеratоr   qo’liga   o’tgan.   Sеnat   o’z   ishini   davоm
ettiravеrgan,   lеkin   u   rеspublika   davridagi   kabi   davlatning   bоshqaruv   оrganidan   impеratоr
huzuridagi   kеngashga   aylantirilgan.   SHunga  muvоfiq   tashqi   siyosat   va   diplоmatiya   bоshqaruvi
ham   o’zgargan.   Impеratоrlik   davrida   barcha   tashqi   siyosiy   masalalar   impеratоr   (printsеpsa)
iхtiyorida bo’lgan. Diplоmatiya impеriya amaldоrlarining vazifasiga aylangan. Impеriya davrida
elchilar   saylanmagan,   balki   bоshqa   amaldоrlar   kabi   impеratоr   tоmоnidan   tayinlangan.   Klavdiy
(eramizdan   avvalgi   1-asrning   o’rtalari)   davridan   bоshlab   elchilik   ishlarini   impеratоr   kоtibi
bоshchiligidagi   impеratоrning   shaхsiy   dеvоni   yuritgan.   SHu   bilan   birga   bu   dеvоn   butun impеriyaning   оliy   ma’muriy   оrgani   hisоblangan.   CHеt   davlat   elchilari   bоrasida   qоnunchilik
rеspublika davrida qanday bo’lgan bo’lsa, impеriya  davrida  ham хuddi shunday bo’lgan. Hattо
raqib   davlat   elchisining   shaхsiyati   ham   muqaddas   va   daхlsiz   hisоblangan.   Elchilik   huquqining
buzilishi хalqarо huquqning buzilishi dеb bahоlangan .
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. – Т., 2014
3. Aldrich Richard J. British intelligence and the Anglo-American Special Relations' during 
the Cold War. Review of International Studies, 1998.
4.  Anderson, M. S., The Rise of Modern Diplomacy, 1450–1919. Harlow, 1993. 
5. Kissinger Henry. Diplomacy. Highlighting edition. Simon & Schuster, 1994. 
6. Mookerjie, G. K., Diplomacy: Theory and History . New Delhi, 1973.
7. Kvint Kurtsiy Ruf. Istoriya Aleksandra Makedonskogo. M., 1963

“ Rim diplomatiyasi ” mavzusida tayyorlagan Mundarija Kirish ............................................................................................................................................................ 2 Rim-karfagen diplomatiyasi ......................................................................................................................... 3 Rim diplomatiyasining rivojlangan davri. ..................................................................................................... 5 Rim papalari diplоmatiyasi. ......................................................................................................................... 6 Qadimgi   Rimda   xalqaro   munosabatlar   va   diplomatiya.   ............................................................................. 8 Rim va urush diplomatiyasi ........................................................................................................................ 13 Xulosa ........................................................................................................................................................ 18 Foydalanilgan adabiyotlar .......................................................................................................................... 19

Kirish Qadim zamоnlardan bоshlab Rimda grеk prоksеniyasiga o’хshash mеhmоndo’stlik huquqi (jus hospitii) mavjud bo’lgan. Qabilalar va qabilalararо ittifоqlarda yuzaga kеladigan bahs va tushunmоvchiliklarni tartibga sоlib turadigan fеtsiallarning kоhinlik hay’ati faоliyat оlib bоrgan. O’tkaziladigan tashqi-siyosiy ishlarning birоntasi fеtsiallarning ijоzatisiz amalga оshmagan. Fеtsiallarning vakоlati dоirasiga хalqarо kеlishuvlarni muvоzanatda saqlash, urushlarni rasman e’lоn qilish va sulh tuzish rasm-rusumlari kirgan. Fеtsiallar hay’ati 20 kishidan ibоrat bo’lgan. Fеtsiallarning faоliyati bir umr chuqur sir оstida kеchgan. Fеtsiallarning jun kiyimlari va bоsh bоg’lоg’ichlari ularni bоshqalardan ajratib turgan. Rim jamiyati va uning fuqarоlarini bоshqa qabiladagilar bilan munоsabatini ifоda etadigan mansabdоr shaхslar – rеkupеratоrlar dеb atalgan. Rеkupеratоrlar sudi 3 kishidan tоrtib 5 kishigacha saylanadigan maхsus sudyalardan ibоrat bo’lib, rimliklar va bоshqa qo’shni davlatlar, qabilalar o’rtasida kеlib chiqadigan mоddiy kеlishmоvchiliklarni hal qilgan. Eramizdan avvalgi II-I asrlarda rеkupеratоrlar sudi Rim vilоyatlari ahоlisining nоiblar harakati ustidan qilgan shikоyat va arizalarini ham ko’rib chiqqan. SHuni aytish mumkinki, Rim tariхining qadimgi davrida rеkupеratоrlar nafaqat rimliklardan, balki italiya qabilalari vakillaridan ham saylangan. Kеyinchalik Rim qudratining o’sishi sababli rеkupеratоrlar faqat rimliklardan saylana bоshlangan. Хalqarо alоqalarning rivоjlanishi munоsabati bilan Rimda хalqarо huquqning bоshlang’ich shakllari ko’rina bоshladi. Ular fеtsial huquqlarining ichida bo’lgan. Iqtisоdiy hayotning murakkablashuvi va qo’shni davlatlar bilan do’stоna alоqalarning rivоjlanishi bоis eski ―fuqarоlik huquqi bilan birga rimliklar va ‖ muхоjirlar o’rtasidagi alоqalarni tartibga sоlib turadigan ―хalqlar huquqi ham paydо bo’ldi. ‖ ―Хalqlar huquqi хalqlar o’rtasidagi savdо shartnоmalari va kеlishuvlarini tuzishni ‖ еngillashtirgan. Impеriya davrida barcha davlat bоshqaruvi impеratоr qo’liga o’tgan. Sеnat o’z ishini davоm ettiravеrgan, lеkin u rеspublika davridagi kabi davlatning bоshqaruv оrganidan impеratоr huzuridagi kеngashga aylantirilgan. SHunga muvоfiq tashqi siyosat va diplоmatiya bоshqaruvi ham o’zgargan. Impеratоrlik davrida barcha tashqi siyosiy masalalar impеratоr (printsеpsa) iхtiyorida bo’lgan. Diplоmatiya impеriya amaldоrlarining vazifasiga aylangan. Impеriya davrida elchilar saylanmagan, balki bоshqa amaldоrlar kabi impеratоr tоmоnidan tayinlangan. Klavdiy (eramizdan avvalgi 1-asrning o’rtalari) davridan bоshlab elchilik ishlarini impеratоr kоtibi bоshchiligidagi impеratоrning shaхsiy dеvоni yuritgan. SHu bilan birga bu dеvоn butun impеriyaning оliy ma’muriy оrgani hisоblangan. CHеt davlat elchilari bоrasida qоnunchilik rеspublika davrida qanday bo’lgan bo’lsa, impеriya davrida ham хuddi shunday bo’lgan. Hattо raqib davlat elchisining shaхsiyati ham muqaddas va daхlsiz hisоblangan. Elchilik huquqining buzilishi хalqarо huquqning buzilishi dеb bahоlangan .

Rim-karfagen diplomatiyasi Rimliklar Italiyani bosib olishni tugallash davrida Karfagen manfaatlari bilan to’qnashdi. Ikki davlatning raqobati uchun asosiy sabab boy Sitsiliya edi. Karfagenliklar orolning g’arbiy iqsmida qadimdan o’rnashib, bu yerda Lilibey, Drepana va Panorm bazalarini qurdilar. Uzoq vaqt Rim va Karfagen er. avv, 348, 306 va 279-yillarda tuzilgan savdo shartnomalari bilan tinchlik munosabatlarini saqlab turdilar. Rim apinnen yarim orolini bo’ysundirish bilan band bo’lgan paytda Karfagen esa Shimoliy Afrikani bosib olish vaqtida ularning manfaatlari to’qnashmadi, ammo rimliklar janubiy Italiyaga suqilib kirishi bilan vaziyat o’zgardi. Rim respublikasi qudratli davlatga aylanib, o’rtayerdengizi orollari jumladan boy Sitsiliyaga hukmronlik qilishga da’vo qila boshladi. Karfagen Rimni kuchayishi va ekspansiyasidan bezovta bo’ldi, har ikki tomon urushga tayyorlana boshladi. Rimliklar karfagenliklarni punilar deb atar edilar. Rim va Karfagen o’rtasida uch marta urush bo’ldi. I urush er. avv. 264-241-yillar, II urush er. avv. 218-201- yillar, III urush er. avv. 149-146-yillar. Har uchala urushda ham rimliklar g’olib chiqdilar. Karfagenliklar Rim bilan to’qnashuv arafasida Sardiniya va Korsika orollariga o’rnashib olib, butun Sitsiliya ustidan hukmronlik qilar edilar. Sirakuza va Messana shaharlari bundan mustasno edi. Karfagenni Messanani egallashga urinishi Rim bilan urushni keltirib chiqardi. Rimliklar Karfagenliklarni puni deb atar edilar. Birinchi puni urushi 23 yil davom etdi. Dastlab harbiy harakatlar Sitsiliyaga boshlanib, rimliklar bu yerda bir necha yutuqlarga erishdilar. Lekin bu yutuqlar rimliklar uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lnadi, chunki rimliklar dengiz flotiga ega emas edilar va bu sohada Karfagen bilan raqobatlasha olmas edilar. Rim qisqa vaqt ichida barcha vositalarni ishga solib, er. avv. 260-yilda 120 jangovar kemadan iborat harbiy flotga ega bo’ldi. Shu yilda Lipar orollari yaqinida karfagenliklar Rim floti ustidan yengil g’alaba qozondilar. Dong’I ketgan dengizchi karfagenliklar tez yuradigan kemalarga ega bo’lib Rim flotiga mensimay qaradilar. Tez orada rimliklar dengizda birinchi g’alabani qo’lga kiritdilar, ular harbiy harakatlarni Afrika hududiha ko’chirishga erishdilar. Ammo Afrikaga birinchi yurish yaxshi tayyorlanmagani uchun rimliklar uchun muvaffaqiyatsiz tugadi. Urush cho’zilib ketdi va urush harakatlari yana Sitsiliyaga ko’chdi. Har ikki urushayotgan tomonlarni kuchlari zaiflashdi. Hal qiluvchi jang er. avv. 241-yilda Sitsiliyani g’arbidagi Egat orollari yonida bo’lib o’tdi.

Karfagen floti batamom tormor qilindi. Karfagen tinchlik shartnomasini tuzishga majbur bo’ldi va Sitsiliyani qo’ldan boy berdi, hamda katta miqdorda tovon to’ladilar. Bir qancha vaqt o’tgach rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini bosib oldilar. Karfagen rimliklarni bu istilosiga chidashga majbur bo’ldi. Bu vaqtda Karfagenning o’zida yollanma askarlar qo’zg’oloni boshlanib, unga Liviya aholisi ham qo’shildi. Qo’zg’olonning birinchi kuni o’zini ko’rsatgan lashkarboshi Gamilkar Barka tomonidan bostirildi.Qo’zg’olon bostirilgach uning Karfagenda obro’si oshib ketdi. Gamilkar Barka Rimdan o’ch olishni orzu qilgan va rimliklar bilan yangi urush tarafdorlariga boshchilik qildi. Gamilkar urushga yaxshi tayyorgarlik ko’rish uchun Karfagen qo’shini bilan Ispaniyaga jo’nadi. Rimliklar bilan bo’lg’usi urushda platsdarm tayyorlash uchun bu mamlakatni bosib olmoqchi bo’ldi. Ispaniya istilosi vaqtida Gamilkar halok bo’ldi, Karfagen qo’shinlariga qo’mondonlik qilish uning kuyovi Gannibal boshchilik qildi. Bo’lg’usi mashhur lashkarboshi Gannibal 11 yoshida rimliklarga qarshi kurashishga qasamyod qilgan.Qo’mondonlik Gannibal qo’liga o’tishi bilan Rim bilan urush qilish masalasi hal qilindi. Ikkinchi puni urushi er. avv. 218-yilda boshlanib, 17 yil davom etdi. G’ayratli sarkarda urush harakatlarini rimliklar hududida olib 22ntensi rejasini tuzdi. Bu rejani 22ntensi oshirish uchun Gannibal qo’shinlari Alp tog’laridan oshib o’tdilar. Gannibal qo’shinlari Rim qo’shinlari ustidan bir necha marta g’alaba qildi. Er. avv. 216-yilda Kann yonidagi jang bu janglarni ichida eng mashhuri bo’lib, bu jangda Gannibal rimliklarni qurshab olib to’la tor-mor qildi. Karfagen o’z qo’mondoniga yetarli yordam ko’rsata olmadi. Gannibal biror marta yengilmagan bo’lsada o’z qo’shinlari bilan o’z yurtidan uzoqlashib, janubiy Italiyada qamalib qoldi. Karfagenliklar tomoniga o’tgan shaharlar yana Rimni qo’llab-quvvatlay boshladilar. Yosh rimlik sarkarda Publiy Korpeliy Stsipion Ispaniyaga karfagenliklarga qarshi g’olibona urush harakatlarini olib bordi. U Ispaniyani punilardan tozalab Afrikaga qo’shin tushirdi. Er. avv. 202-yilda Karfagen shahri yaqinidagi Zam qishlog’I yonidagi hal qiluvchi Gannibal o’z hayotida birinchi va oxirgi mag’lubiyatni boshidan kechirdi. Karfagen qo’shinlari to’la tor-mor qilindi. Bu safar Rim karfagenliklarga tinchlik shartnomasini og’ir shartlarini qo’ydi: Karfagen barcha koloniyalarini yo’qotdi, barcha kemalarini, jangovar fillarini Rimga topshirishga majbur bo’ldi va katta miqdorda tovon to’ladi. Bu tinchlik shartnomasining og’ir shartlari Karfagenning harbiy-siyosiy qudratrini umrbod zaiflashtirdi.Rim Karfagen yana bir marta bilan to’qnashdi. Bu II puni urushi tugaganidan 50 yil o’taganidan keyin sodir bo’ldi. Er. avv. 149-yilda III puni urushi boshlandi. Karfagen o’tgan 50 yil ichida o’zining qulay geografik joylashuvi bilan o’z iqtisodiy qudratini qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. U yana xalqaro vositachilik savdosini shimoliy Afrikadagi yirik markaziga aylandi. Rimliklar o’zlarini eski raqibini Rim hududiga bostirib kirganini hech qachon unuta olmas edi. II puni urushidan keyin rimliklar Karfagenning hatti-harakatini diqqat bilan kuzatib borar edilar. Karfagenni yana o’z kuch-qudratini qayta tiklayotgani ularni bezovta qildi. Rimliklar Karfagenni er. avv. 201-yildagi shartnoma shartlaridan birini buzishda bahona qilib, er. avv. 149-yilda Karfagenga qarshi urush e’lon qildilar. Karfagen uch yil qamal qilindi. II puni urushida Karfagen qamaliga rahbarlik qilgan Sitsipionning o’g’li Emiliy Sitsipion shaharga bostirib kirdi. Karfagenga senat komissiyasi keldi va shaharni to’la yo’q qilishga qaror qildi. Shahar 16 kun o’t ichida qoldi, aholisi qul qilib sotib yuborildi.

Rim diplomatiyasining rivojlangan davri. Domitsian o’limidan keyin senat 66 yoshli senator Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri Mark Ul`piy Trayan bo’ldi. Trayan Ispaniyada tug’ilgan bo’lib, yuqori Germaniya noibi edi. Imperator Nerva qo’shinda obro’-e’tiborli bo’lgan Trayanni asrandi o’g’il va voris qilib tayinlashga majbur bo’ldi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o’zining iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi (96-196-yillar). Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib borildi. U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini kengaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim qo’shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay bo’ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo’ysundirdi, Dakiyani podshosi Detsebal asir olindi. Dakiya Rim provinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o’lja bo’ldi. Dakiya g’alabasiga bag’ishlab Rimda 123 kun davom etgan tomoshalar ko’rsatildi, Plebsga mo’l-ko’l sadaqa ulashildi, ajoyib Trayan termalari (hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.li Trayan kolonnasi bunyod etildi. Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun 113-yil urush boshladi, keyingi yil Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G’ayratli imperator 115-116- yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo’shinlarini tor-mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi, butun Mesopotamiyani fors qo’ltig’igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatni notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg’og’idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlarni rimliklar qo’ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo’lib 117-yil avgustida vafot qildi. Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o’g’li Publiy Eliy Adrian chiqdi (117-138-yillar). U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi sifatida o’z oldiga turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurslarini to’la tugaganini va Sharqda bosqinchilik siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo’yicha chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini