logo

SAMARQAND VILOYATI MEVALI BOG`LARI TUPROQLARIDA YASHOVCHI YOMG`IR CHUVALCHANGLARI (LUMBISIDAE OILASI) NING BIOEKOLOGIYASI VA AHAMIYATI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4785 KB
SAMARQAND VILOYATI MEVALI BOG ` LARI TUPROQLARIDA
YASHOVCHI YOMG ` IR CHUVALCHANGLARI (LUMBISIDAE OILASI)
NING BIOEKOLOGIYASI VA AHAMIYATI
M U N D A R I J A
KIRISH  .................................................................................................... 3
1.Adabiyotlar sharhi  ............................................................................... 6
1.1.Yomg`ir chuvalchanglarining antomorfologik tavsifi ........................ . 9
1.2.   Zarafshon vodiys ining tabiiy geografik tasnifi .......................... ....... 14
2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari………………………… …… 2 1
2.1 Tadqiqot sharoitlari……………………………………………………….2 1
2.2. Tadqiqot obyektlari………………………………………………………25
2.3 Tadqiqot uslublari…………………………………………………………2 5
3. Tadqiqot natijalari..................................................................................... . 2 7
3.1.Samarqand viloyati yomg`ir chuvalchanglarining faunasi, 
       tashqi tuzilishi va ichki morfologiyasi ................................................ ..27
3.2.Faunistik tarkibi ................................................................................... ..28
   3.3.Yomg`ir chuvalchangining ekologik xususiyatlari.................................37
   3.3.1.Suv muhitining yomg`ir chuvalchanglariga ta`siri ........................... ..39
   3.3.2.Yomg`ir chuvalchanglarining regeneratsiyasi va tuproqda 
        vertikal tarqalishi ................................................................................ ..40
3.4.Yomg`ir chuvalchanglarining ahamiyati .............................................. ..44
4.Xalqali chuvalchanglar mavzusi bo`yicha laboratoriya 
    darsining yangi metodik uslub bo`yicha o`qitish   ................................... ..46
Xulosalar………………………………………………………………………5 2  
Tavsiyalar …………………………………………………………………… . 5 3
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………… .. 5 4 Kirish
Mavzuning dolzarbligi
Yоmg`ir   chuvalchanglari   tuproq   jonivorlari   biomassasining   asosiy   qismini
tashkil   etadi.   Uning   1   m 2
  maydondagi   soni   ayrim   ekosistemalarda   500   tagacha
etadi (Rahmatullaev, 2004). Yomg`ir chuvalchanglari tuproq hosil bo`lishidagi va
uning   tabiiy   hosildorligini   saqlab   qolishdagi   ahamiyati   ekologiya,   zoologiya,
tuproqshunoslik   va   dehqonchilikga   doir   ko`pchilik   manbalarda   keng   yoritilgan.
Ch. Darvin “Omoch inson ixtiro qilgan eng qadimgi va eng muhim ahamiyatga ega
bo`lgan   mehnat   qurollaridan   biridir,   ammo   ungacha   yomg`ir   chuvalchanglari
tuproqqa ishlv berib kelgan va hamma vaqt ishlov berib kelishaveradi” deb yozgan
edi.
Chuvalchanglarning faoliyati natijasida o`simlik qoldiqlari tuproqning chuqur
qatlamlariga o`tib qoladi, tuproq yumshab, unga suv va havo o`tishi yaxshilanadi.
Tuproq   aeratsiyasining   yaxshilanishi   tufayli,   organik   moddalarning   aerob
parchalanish   jarayoni   tezlashadi.   Bundan   tashqari   yomg`ir   chuvalchanglari
ichagidagi   polimerizatsiya   jarayonida   organik   moddalarning   parchalanishidan
gumin   kislotalar   hosil   bo`ladi.   Bu   kislotalar   mineral   komponentlar   bilan   birga
kompleks   birikma   gumusni   hosil   qiladi.   Chuvalchanglar   jig`ildonida   joylashgan
bezlar   ajratib   chiqaradigan   mahsus   moddalar,   tuproqning   kislotalik   reaksiyasini
neytrallash xususiyatiga ega.   
Chuvalchanglar tuproqni ichagi orqali o`tkazib, uni 10-15 foiz gumusli mayda
donador   koprolitlar holida chiqaradi. Bunday koprolitlar ichida mikroorganizmlar
yaxshi   rivojlanadi.   Ular   ichagida   yashaydigan   ammonifikatsiya   bakteriyalari   esa
azotli organik moddalarni ammiakgacha minerallashtiradi. Adabiyotlardan   ma`lumki   paxta   yakkaxonligi   davrida,   ya`ni   1970-1990
yillarda   maydonlarda   kimyoviy   moddalarni   haddan   tashqari   ko`p   qo`llash
natijasida   zaharlandi.   Buning   natijasida   tuproqdagi   ming-minglab   umurtqali
hayvonlar   va   shu   jumladan   yomg`ir   chuvalchanglari   ham   kamayib   ketdi.
Mutaxassislarning   ma`lumotlariga   ko`ra   zaharlangan   1   gektar   yerdagi
chuvalchanglarning   soni   3-4   millionga   yetadi.   Ular   tuproqning   ona   jinsini   va
undagi   barg,   organik   qoldiqlarni   qayta   ishlab   beradi.   Toza   ekologik   muhitli
tuproqda  chuvalchanglar   har  yili  ovqat  hazm   qilish   a`zolari  orqali   300-400  tonna
miqdordagi   tuproqni   o`tkazib,   8-10   yilda   esa   butun   haydaladigan   qatlamni   qayta
ishlab beradi va yangilaydi. Yerni gumus miqdorini boyitadi.
Afsuski, hozirgi paytda viloyatimizning aksariyat tuproqlarida chuvalchanglar
soni   kamayib   ketgan.   Hozirgi   paytda   tekshirishlar   shuni   ko`rsatadiki   eng   avval
sug`oriladigan   yerlarning   hosildorligi   keskin   oshishi   uchun   dastlab   yerlarning
meliorativ holatini tubdan yaxshilash lozim. Yomg`ir chuvalchanglarining qishloq
xo`jaligiga   ulkan   foyda   keltirish   bilan   birga,   ularning   ayrim   turlari   O`zbekiston
hududida   umurtqali   hayvonlarning   gelmintlarini   (askarida,   nematudalar)
tarqalishida   ishtirok   etadi.   Ular   tuproq   mezofaunasining   asosiy   komprolitlari
bo`lib,   gelmintlarning   oraliq   va   rezervuar   xo`jayinlari   sifatida   yovvoyi   va   uy
hayvonlarining gelmintoz kasalliklarini tarqalishida muhim rol o`ynaydi.
Yuqoridagilardan   ma`lum   bo`ldiki,   yomg`ir   chuvalchanglarini   ham   nazariy
ham amaliy jihatdan o`rganish dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi:
Samarqand   viloyati   мевали   боғлар   maydonlarida   tarqalgan   yomg`ir
chuvalchanglari   ekologiyasini   tadqiq   etish   va   shu   asosda   ularning   tuproq
unumdorligini oshirishdagi rolini o`rganish.
Tadqiqotning vazifalari:
1.   Halqali   chuvalchanglar   tipini   tasniflash,   yomg`ir   chuvalchanglarining
anoto-morfologik tuzilishini ta`riflash.
3 2.   Samarqand   viloyati   мевали   боғлар   hududida   tarqalgan   yomg`ir
chuvalchanglarining   turlar   tarkibini   aniqlash,   anoto-morfologik   tavsifini   berish,
morfologiyasi,   tarqalishi   va   xo`jalikdagi   ahamiyatini   o`rganish,   xulosalar
chiqarish, tavsiyalar va takliflar berish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Malakaviy   bitiruv   ishi   natijasida   olingan   faunistik   va   ekologik   ma`lumotlar
nazariy   va   amaliy,   zoologiya,   ekologik   fanlari   sohasidagi   bilimlarga   qo`shimcha
materiallar   bo`lib   hisoblanadi.   Chuvalchanglar   tur   tarkibini   tahlil   qilish   natijalari
Samarqand   viloyati   hududida   inson   ta`siri   ostida   sodir   bo`layotgan
o`zgarishlarning   hudud   yomg`ir   chuvalchanglari   faunasiga   ta`sirini   o`rganishda
qo`shimcha manbaa bo`lib xizmat qiladi.
Ishning tuzilishi va hajmi.
Malakaviy bitiruv 3 bo`lim 11 band, xulosalar, tavsiya va takliflardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati tashkil etadi. Hajmi  54  bet. Ishda 2 ta jadval va
8 ta rasm mavjud. 1. Adabiyotlar sharhi
Samarqand   viloyati   yomg`ir   chuvalchanglari   shu   davrgacha   ma h sus
o`rganilmagan   edi.   Shu   sababli   biz   umuman   O`zbekistonda   ularga   bag`ishlangan
adabiyotlarni quyida qisqacha tahlil etamiz.
O`zbekiston   hududida   yomg`ir   chuvalchanglarning   hayotini   o`rganishda
dastlabki   tadqiqotlar   XX   asrning   30-yillarida   A.L.Bradskiy   [5]   tomonidan
o`tkazilgan.
1940-yillardan   so`ng   R.A.Alimdjanov   [1]   Shimoliy   O`zbekistonda
sug`oriladigan   bedapoyalar   tuproq   faunasini   o`rganishda   chuvalchanglarni   ham
ta`riflagan.
Yer   yuzida   mavjud   barcha   ekosistemalarda   yomg`ir   chuvalchanglari   ustida
ish   olib   borgan     ( Michaelsen,   1900,   1910).   Hozirda   O`rta   Osiyo   mintaqasida
yomg`ir   chuvalchanglarining   31   turi   tarqalganligi   ma`lum .   Mazkur   mintaqada
yomg`ir   chuvalchanglari   turlarining   kamligi   ularning   deyarlik   o`rganilmaganligi
bilan bog`liqdir.
Janubiy   Qozog`iston   hududlarida   tarqalgan   13   turdan   9   tasi   endemik   13
turdan 9 tasi   endemik va 4 tasi kosmopolit   hisoblanadi . O`zbekiston hududlarida
aniqlangan 21 turdan 10 tasi endemi k , 11  tasi kosmopolitdir.
R.A.   Alimdjanov   S.G.   Bronshteyn   [2]   Zarafshon   vodiysi   umurtqasiz
hayvonlarini   o`rganish   jarayonida   bu   hayvonlarga   katta   urg`u   bergan.   Bizlar   bu
ishda   keltirilgan   yomg`ir   chuvalchanglari   turlari   T.S.Perel   [16]   tomonidan
o`rganilgan. Ularning sistematik o`rni qaytadan tiklangan.
X.A.   Dimo   [10]   O`zbekiston   sharoitida   yomg`ir   chuvalchanglarining
faoliyatini   o`rganib   1   m 2
  maydondagi   tuproqda   o`rtacha   150   ta   chuvalchang
bo`lishini   hisoblab   chiqqan.   Uning   ko`rsatishicha   chuvalchanglar   yil   davomida
tuproq yuzasiga 20 т koprolitlar ishlab chiqaradi.
O.M.   Mavlonov,   G.X.   Axmedov   [11]   tuproq   zoologiyasiga   bag`ishlangan
o`quv qo`llanmasida yomg`ir chuvalchanglari xususida xususan, ularning tuzilishi,
biologik xususiyati, foydasi haqida ma`lumotlar mavjud.
5 Yomg`ir  chuvalchanglari  tuproqdagi  o`simlik qoldiqlarini  chirishini   tezlatish
xususiyati   to`g`risidagi   ma`lumotlarini   biz   T.S.Vsevolodova   –   Perel     [8,   16]   va
boshqalarning     izlanishlarida   yomg`ir   chuvalchanglari   ishtirokosiz   o`rmon
to`shalmasidagi   o`simlik   qoldiqlarining   chirishi   2-3   martaga   sekinlashganligi
aniqlangan.   Bir   qancha   tadqiqotchilar   mevali   daraxtlar,   arpa,   bug`doy   va   boshqa
o`simliklarning   hosildorligiga   yomg`ir   chuvalchanglari   ijobiy   ta`sir   ko`rsatishi
aniqlangan  (Атлавините, 1975, 1990; Раҳматуллаев, 2004). 
O`zbekiston   hududlarida   yomg`ir   chuvalchanglarining   hayotini   o`rganish
ustidagi dastlabki  tadqiqotlar 20-asrning   30 yillarida А.L. Brodskiy, 40 yillardan
so`ng   R.A.Alimjonov     tomonidan   o`tkazilgan.   Bu   hayvonlarning   O`rta   Osiyo
respublikasida   tarqalishi   to`g`risida   B.V.  Valiahmedov   (1962);   Т.S.  Perel   (1979);
А.   Yu .   Rahmatullayev   (1999,   2001,   2204,   2005,   2006,   2009);   W.Michaelsen
(1900) va boshqa tadqiqotchilarning ishlarida ma`lumotlar beriladi.
O.M.   Mavlonov,   A.Yu.   Raxmatullayev   [12]   O`zbekiston   sharoitida   xususan
Toshkent   vohasida   yomg`ir   chuvalchanglarini   o`rganib   ularga   o`z   maqolalarida
ta`rif bergan.
Umuman   A.Yu.Raxmatullayev,   O.M.Mavlonov   [19,   20]   ning   yomg`ir
chuvalchanglarining   Toshkent   vohasi   agrosenozlarida   vertikal   tarqalishi,   ularning
zichligini aniqlagan.
Eng   e`tiborlisi   shuki,   A.Yu.Rahmatullayev   [17,   18,   25]   Toshkent   vohasi
agrosenozlarida   chuvalchanglarning   tarqalishi   va   vertikal   taqsimlanishi   xususida
nomzodlik   dissertatsiyasini   muvaffaqiyatli   himoya   qilgan.   Ushbu   dissertatsiyaga
Toshkent   vohasi   hududidan   11   tur   yomg`ir   chuvalchanglari   har   tomonlama
o`rganilgan. Ular orasida Toshkent faunasida yangi turga ham ta`rif berilgan.
Dehqonchilik   mahsulotlarini   ko`paytirish   mummosi,   dehqonchilikni
rivojlantirish   va   qishloq   xo`jaligini   mexanizatsiyalashni   to`la-to`kis   amalga
oshirishni, kimyoviy preparatlardan kengroq foydalanishni talab qiladi. Ammo bu
tadbirlar   tuproqning   ifloslanishi   va   zichlashuviga,   pirovard   natijada   ularning
agrokimyoviy xususiyatlarini yomonlashuviga olib keladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun tuproqlarning tabiiy “melioratorlari” bo`lgan jonivorni o`rganish va ulardan
samarali foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Hozirgi   davrda   yomg`ir   chuvalchanglarini   tadqiqi   qilish   ishlari   jahonning
deyarlik   barcha   mamlakatlarida   olib   borilmoqda.   O`zbekiston   hududida   yomg`ir
chuvalchanglari   ustida   O`zR   FA   zoologiya   instituti,   O`zbekiston   Milliy
Universiteti,   Toshkent   davlat   agrar   Universiteti,   Toshkent   davlat   pelagogika
Universiteti, Qarshi davlat pedagogika Universiteti, Samarqand davlat Universiteti
olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasida intensiv bog`dorchilik va sabzavotchilik
mahsulotlarini yanada ko`paytirish, paxta hosildorlini oshirishga juda katta e`tibor
berilmoqda.   O`zlashtirishga   yaroqli   bo`lgan   qo`riq   erlar   maydonining   tobora
kamayib   borayotgan   va   suv   resurslari   cheklangan   hozirgi   davrda   tuproqlarning
meliorativ   holatini   yaxshilash   orqali   uning   unumlorligini   oshirish   qishloq
xo`jaligini   rivojlantirishning   asosiy   yo`nalishlaridan  biri   bo`lib  qoladi.   Bu   borada
in   qazib   tuproqni   yumshatadigan,   uni   aralashtirib,   organik   qoldiqlarning
parchalanishini tezlashtiradigan yomg`ir chuvalchanglaridan foydalanish e`tiborga
loyiqdir.     
1.1.Yomg`ir chuvalchanglarining anotomo-morfologik tavsifi
Yomg`ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm. Oldingi uchi konussimon
toraygan   bo`lib,   xalqaga   o`xshash   tortmalar   bilan   ko`p   sonli   bo`g`imlarga
bo`lingan. Har bir tana bo`g`inining qorin tomonida to`rt juftdan kalta va ingichka
tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini
bajaradi.   Oldingi   tomondagi   bir   necha   tana   halqalari   yo`g`onlashib,   maxsus
belbog` hosil qiladi.
Chuvalchangning   tanasi   tashqi   tomondan   bir   hujayradan   iborat   yupqa   teri
bilan qoplangan. Bu hujayralar  ishlab chiqaradigan  shilimshiq modda terini  doim
namlab   turadi.   Teri   ostida   halqasimon   va   bo`ylama   muskullar   ikki   qavat   bo`lib
7 joylashgan.   Ichki   epiteliy   qavati   tana   bo`shlig`i   devorini   hosil   qiladi.   Tashqi   va
ichki   qavatlar   va   ularning   orasida   joylashgan   halqasimon   teri-muskul   xaltasi   deb
ataladigan devorni hosil qiladi. Bu xalta ichki a`zolar joylashgan tana bo`shlig`ini
o`rab turadi.
Yomg`ir   chuvalchangi   tanasining   tashqi   tuzilishi   tuproqda   in   qazib   hayot
kechirishga   moslashgan.   Chuvalchang   halqasimon   va   bo`ylama   muskullari
yordamida   tanasini   cho`zadi   yoki   qisqartiradi   va   har   tomonga   burilib   ancha
murakkab   harakat   qiladi.   Tuproq   ichida   harakatlanayotgan   chuvalchangning
halqasimon   va   bo`ylama   muskullari   galma-galdan   qisqarib   turadi.   Dastlab
tanasining   oldingi   tomonidagi   halqasimon   muskullar   qisqarishi   tufayli
chuvalchangning   oldingi   tomoni   cho`zib   ingichkalashadi   va   chuvalchang
tanasining konussimon oldin uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin
tana   devoridagi   bo`ylama   muskullar   qisqarib,   tananing   oldingi   qismi
yo`g`onlashadi.   Tuproq   zarralari   surilib,   chuvalchang   tanasining   keyingi   qismini
tortib oladi va o`ziga in qazadi.
Yomg`ir chuvalchanglarining tana bo`shlig`i suyuqlik bilan to`la bo`lib, unga
barcha ichki a`zolari joylashgan. Ularning hazm qilish sistemasi tanasining oldingi
qismida   joylashgan   og`iz   bo`shlig`idan   boshlanadi.   Og`iz   qismi   halqum   orqali
qizilo`ngachga tutashgan. Qizilo`ngachning kengaygan qismi jig`ildon deb ataladi.
Jig`ildon   esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozon tanasining orqa tomoniga
qarab   ichak   ketadi.   Yomg`ir   chuvalchanglarining   ozig`i   ichakdagi   hazm   shirasi
ta`sirida   o`zlashtiriladi.   Oziqning   hazm   bo`lmagan   qismi   anal   teshigi   orqali
tashqariga chiqariladi. (1.1.1-rasm) [24].
Qon   aylanish   sistemasi   bir-biri   bilan   tutashib   turadigan   qon   tomirlaridan
iborat.   Chuvalchang   tanasida   ikkita   yirik   qon   tomir,   biri   orqa   qon   tomiri,   ichak
ustida;  ikkinchisi  – ichak ostida joylashgan.  Qizilo`ngach atrofida joylashgan  5-6
ta halqa tomirlarining devori muskullar bilan ta`minlangan. Bu tomirlar qisqarishi
xususiyatiga   ega   bo`lganligi   tufayli   “yurak”   deb   ataladi.   Ularning   qon   aylanish
sistemasi yopiq. Yomg`ir chuvalchangi  teri orqali nafas oladi. Kislorod tuproq havosidan  teri
orqali   kapillyarlardagi   qonga   o`tib,   qon   bilan   hamma   a`zolarga   tarqaladi.
Hujayralarda   moddalar   almashinuvi   jarayonida   hosil   bo`lgan   karbonat   angidrid
ham teri orqali organizmdan chiqib ketadi.
Yomg`ir   chuvalchanglarining   har   bir   tana   bo`g`imida   bir   juftdan   sirtmoqqa
o`xshash   buralgan   ingichka   uzun   naychalar   ayirish   sistemasi   vazifasini   bajaradi.
Naychalarning   bir   uchi   tana   bo`shlig`iga,   ikkinchi   uchi   esa   teri   orqali   tashqariga
ochiladi.
Ularning tanasining oldingi qismidagi nerv hujay   ralari to`planib halqumusti
va halqumosti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi. Bu nerv tugunlari halqumni ikki
tomondan aylanib o`tadigan halqa nerv tolalari birlashtirib o`tadi. Halqumosti nerv
tuguni   qorin   bo`ylab   ketadigan   qorin   nerv   zanjiri   bilan   tutashgan.   Qorin   nerv
zanjirida   har   bir   tana   bo`g`imi   to`g`risida   bittadan   kichikroq   nerv   tugunlari
joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi.
Yomg`ir   chuvalchanglarining   maxsus   sezgi   organlari   bo`lmaydi,   lekin   u
yorug`lik,   harorat,   kimyoviy   va   mexanik   ta`sirlarni   yaxshi   sezadi.   Uning   teri
hujayralarida sezuvchi nerv tolalari bo`ladi. Bu nervlar tugunlari bilan bog`langan.
Ularda   reflekslar   yaxshi   rivojlangan.   Reflekslar   yordamida   chuvalchang   o`z
ozig`ini  qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi. Kuchli yorug`lik va issiqlikdan
yashirinishga imkon topadi [24].
9  Ko`payishi, rivojlanishi va ularning biogumus tarkibiga ta`siri
Voyaga yetgan yomg`ir chuvalchanglarining o`rtacha og`irligi 450-500 mg.ni
tashkil   etadi.   Uzunligi   esa   8-9   sm   yashash   muhiti   yoki   turlariga   qarab   bundan
uzun, ba`zan kalta bo`lishi mumkin. Og`irligi ham shu tarzda, ularning vaznining
ortishi   bo`yining   uzunligi   yomg`ir   chuvalchanglarining   yashash   muhitiga
bog`liqdir.
Yomg`ir   chuvalchanglari   germafrodit   ham   erkak   ham   urg`ochi   jinsiy
organlari   mavjud,   ya`ni   ikki   jinsli   hayvon,   lekin   ko`payish   davrida   ikki
chuvalchang   bir-birini   urug`lantiradi.   Chuvalchang   tuxum   qo`yish   davrida
belboqchasidan   shilimshiq   modda   ajratadi.   Bu   moddadan   pilla   hosil   bo`ladi.   Har
qaysi  pillaga 2-3 dona, ba`zan 6-20 donagacha  tuxum  qo`yadi. Pilla chuvalchang
tanasidan   sirg`alib   tuproqqa   tushadi.   Pilladagi   tuxumlardan   bir   oydan   keyin   yosh
chuvalchanglar   chiqadi.   Yomg`ir   chuvalchanglar   6-8   yil   yashaydi.   Albatta,   bu
turlariga   qarab   farqlanadi.   Hozirgi   vaqtda   yer   yuzida   1500   dan   ortiq   yomg`ir
chuvalchanglarining   turi   qayd   etilgan.   Ularning   umr   ko`rishi   turlicha.   Masalan,
yomg`ir   chuvalchangining   Aporictodea   caliginosa   caliginosa   kenja   turi   3-4   yil
yashasa,  Esenia   fetida  turi 15-16 yil umr ko`radi.
Esenia   fetida  turi boshqa turlarga nisbatan serpusht bo`lib, 1 mavsumda 26-27
marta   pilla   qo`yadi.   Har   bitta   pillasidan   5-20   tagacha   chuvalchanglar   chiqadi.
Pilladan   chiqqan   chuvalchanglar   uzunligi   8-10   mm,   og`irligi   esa   0,9-10   mg
bo`ladi. 
Yosh chuvalchanglar 2-3 oy ichida voyaga yetishadi va ko`payishga layoqatli
bo`ladi.  Esenia   fetida  turi 1 zotidan bir yilda 800-1000 tagacha ko`payadi. Boshqa
turlarda   esa   bundan   kamroq.   Chuvalchanglarda   regeneratsiya   xususiyati
takomilashgan ya`ni jarohatlangan va kesilgan joyni qayta tiklab oladi.
Barcha   tur   chuvalchanglar   faqat   organik   chirindi   mahsulotlari   bilan
oziqlanadi.   Masalan:   Aporictodea   caliginosa   caliginosa   kenja   turi   organik
chirindirlarni tuproq bilan birga iste`mol qilib, tuproqning unumdorlik xususiyatini
11 oshiradi.   Esenia   fetida   turi esa faqat organik chirindilar bilan oziqlanadi. Shu bois
bu   turdan   organik   mahsulotlarni   qayta   ishlab   biogumus   olishda   foydalaniladi.
Chuvalchanglarning o`zlaridan esa baliq boqish xo`jaliklarida to`yimli oqsil ozuqa
sifatida foydalaniladi.
Ular   ishlab   chiqqan   biogumus   tuproqni   donadorligini,   nam   ushlashini   va
o`tkazuvchanligini,   shuningdek   g`ovak   holda   ushlashini   yaxshilaydi.   Uning
tarkibida   virus,   bakteriyalar   va   yovvoyi   o`tlarning   urug`i   bo`lmaydi.   Biogumus
ta`sirida hosildorlik 15-20% ga ortadi. Uning ta`sirida o`simlik mevalarining pishib
yetilishi   1-2   haftada   tezlashadi.   Biogumusdan   foydalanib   yetishtirilgan   mevalar
uzoq saqlanadi.
Biogumus tarkibi quyidagilardan tashkil topgan:
20-30% gumus          10-15% gumus kislotasi
Azot 2,1 – 3,4% gacha Kaliy 1,9 – 3,3%
Fosfor 2,1 – 3,4% gacha Mis 3,5 – 5,1%
Bundan   tashqari   vitaminlar,   fermentlar   biostimulyatorlar   mavjud.   1   m 3
biogumusga 20 milliard bakteriya florasi koloniyasi bo`ladi. Biogumusning рH 6,8
- 7,2 ga teng, ya`ni deyarli neytral muhitga ega.
1.2. Zarafshon vodiys ining tabiiy geografik tasnifi
Geografik   o`rni.   Zarafshon   vodiysi   –   O` rta   Osiyoning   markaziy   qismida
Turkiston   –   Oqtov   bilan   Zarafshon   tumanlari   orasida   joylashgan.   Zarafshon
vodiysining   o` rta   va   quyi   qismini   o` z   ichiga   oladi.   Sharqdan   Tojikiston   bilan
chegaradosh, shimoldan Turkiston Chumqor tog`i va Nurota tog`i bilan, janubdan
Chaqamkalon,   Qoratepa,   Zirabuloq-Ziyovuddin   tog`lari   bilan,   janub   va   junubi   –
g`arbdan   Sandiqli   qumli   ch o` li   bilan,   shimoli-g`arbdan   esa   Qizilqum   bilan
o` ralgan.   Hozirgi   relyefining   vujudga   kelishida   Zarafshon   daryosining   doimiy   va
vaqtli irmoqlari hamda shamol muhim rol  o` ynagan. Zarafshon   o` lkasining yer  ustki  tuzilishi  bir  xil  emas.  U sharqdan –g`arbga
tomon   pasayib   borsa,   shimol   hamda   janubga   tomon   balandlashib,   tog`larga
tutashib ketadi.
Zarafshon vodiysi markaziy tektonik botiqdan iborat. Zarafshon vodiysi goh
kengayadi,   goh   torayadi.   Kengaygan   qismida   Samarqand,   Buxoro   va   Qorak o` l
vohalari, toraygan qismida Xazar va Qorak o` l y o` lagi joylashgan.
Samarqand   botig`ining   eng   keng   yeri   70-80   km,   uzunligi   220   km.   Okean
sathidan balandligi 350-905 m.       
Samarqand   botig`i   g`arbga   qarab   pasaysa,   markaziy   qismi   (zarafshon
daryosi   o`zanidan)   har  ikki  tomonga  balandlashadi.  Chunki  bu  qismda   Zarafshon
daryosining 4-5 ta  ko`hna qayirlari  joylashgan.  Bu  qayirlarning lyoss  yotqiziqlari
qalin bo`lgan yerlarida ko`plab jarlar vujudga kelgan.
Zarafshon vodiysi g`arbda kengayib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Vohaning
shimolini   Qizilqum   o`rab   olgan.   Vohaning   janubi-sharqida   joylashgan   Qorako`l
platosi uni Qorako`l vohasidan ajratadi. Bu yerda voha torayib, Qorako`l yo`lagini
hosil qiladi. Buxoro vohasining uzunligi 102 km. Kengligi 50-70 km li tekislik yer
yuzasini   ko`plab   ariq   va   zovurlar,   Zarafshon   daryosining   eski   o`zanlari   o`yib
yuborilgan.
Zarafshon vodiysining shimolida Oqtog` joylashgan. Bu tog`ning shimolida
esa Nurota-Qo`ytosh botig`i o`rnashgan. Bu botiqning o`rtacha balandligi 500-600
m 2
  bo`lib,   uning   shimolida   Nurota   tizmasining   o`rtacha   balandligi   1500   m.   Eng
baland   Hayot   boshi   (Zargar)   cho`qqisi   2165   m.   Nurota   tizmasi   Sangzar   daryo
vodiysi   orqali   Morguzar   tog`idan   ajralib   turadi.   Nurota,   Qo`ytosh,   botig`ining
janubida G`o`bdik, Qaroqchi, Oqtog`, Baxil tog`lar joylashgan.
Zarafshon   vodiysining   janubidagi   Qoratepa,   Zirabuloq,  Ziyovuddin  tog`lari
bir-biridan Taxtaqoracha dovoni, Jom, Qarnob botiqlari orqali ajralib turadi.
Zarafshon   tabiiy   geografiya   o`lkasining   Buxoro   va   Qorako`l   vohalari
atrofida Jarqoq, Gazli, Qorovulbozor va boshqa gaz konlari topilgan.
13    Samarqand viloyati Pomir - Oloy tog`larining g`arbiy chegarasida Zarafshon
daryosi havzasining o`rta qismida joylashgan bo`lib, relyefi asosan, kenglik bo`lib
cho`zilgan   va   shimoldan   Tojikiston   tog`   tizmalarining   tarmoqlari   (Nurota   tog`i,
umumiy   balandligi   2169   m,   Ontog`   2003   m)   janubdan   Zarafshon   tog`   tizmalari
bilan o`ralgan Zarafshon vodiysidan iborat. Vodiy sharqdan (780-800 m) g`arbga
(350 m) tomon pasayib boradi. U g`arbda 60 - 100 metr gacha kengayib, shimoliy-
sharqda   (viloyat   hududining   tashqarisida)   Qizilqum   cho`liga,   janubiy   g`arbda
Kaznob   cho`liga   o`tadi,   shimoliy   -   sharqda   Nurota   cho`llari   orqali   Mirzacho`lga
birlashadi. Vodiyning o`rtasidan Zarafshon daryosi oqib o`tadi. Vodiydan shimoliy
qismidan   va   umumiy   janubida   qiya   tekislikda   joylashgan   va   tog`larga
yaqinlashganda adirlar boshlanadi.
Zarafshon tog` tizmasi (uning g`arbiy qismi) janubda Qoradaryo viloyati bilan
bo`lgan   chegara   bo`ylab   cho`ziladi.   Bu   tizma   (2388   m)   asosan,   paleozoyning
kristalli   shakllari   va   ohaktoshlardan   iborat.   G`arbga   bu   tizma   tog`   asta   -   sekin
pasayib borib, Kattaqo`rg`ondan janubda past - baland tekisliklardan iborat bo`lgan
tekisliklar   bilan   qo`shilib   ketadi.   Asosan   qumli   slanes   va   magmatik   jinslardan
tashkil topgan Nurota tog`i bir necha yirik organik bo`laklarga parchalanib ketgan.
Foydali   qazilmalaridan   Oltin,   kumush,   alyuminiy,   volfram   chiqadi   (ingichkada)
floarit kvarts, ohaktosh, granit, tergel, gips, marmardan iborat. 2007 yildan (Nurota
tog`larida)   dunyoda   yagona   bo`lgan   gulobi   marmarni   qazish   ishlari   boshlandi.
Nurobodda korun konlari va mineral buloqlari mavjud.
  Iqlimi,   suv   manbai,   tuproqlari,   o`simlik   va   hayvonot   olami.   Iqlimi
kontinental,   quruq   iqlim,   bulutli   kunlar   kam   bo`ladi.   Tekislikda   qish   iliq.
Yanvarning   o`rtacha   harorati   shimolda   -20 0
  ,   tog`larda   -4,8 0
  C   iyulning   o`rtacha
harorati   25-30 0  
,   obsolyut   minimum   -32 0
,   obsolyut   maksimum   harorat   46 0
  C   ni
tashkil   etadi.    [27]   Yillik  o`rtacha  yog`in  miqdori   200 —  881 mm   va yog`inning
80%   qish   va   bahorda   yog`adi.   Qor   16-20   kungina   yog`adi.   O`simliklarning
vegetasiya   davri   269   (harorat   50   dan   yuqori)   ko`p.   Balandlikka   ko`tarilgan   sari
harorat ko`tariladi. Iqlim harorati va sug`orish Samarqand viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, o`rik, uzum, anjir va anor o`stirish imkoniyatini beradi. Oxirgi 10-15 yilda
ushbu viloyatda suptropik o`simliklardan xurmo ham iqlimlashtirilgan.
   Viloyatning asosiy  daryosi  -  Zarafshon uning viloyat  hududidagi  qismining
uzunligi 215 km bo`lib, Samarqand viloyati maydonida ikki tarmoqqa Oqdaryo va
Qoradaryoga ajraladi. Ushbu daryolar Yangi rabot qishlog`i yonida yana qo`shilib,
Miyonkol   orolini   (1200   km 2
)   maydon   hosil   qiladi.   Zarafshon   daryosi   muz
qorlardan   to`planadi.   Tevarak   -   atrofdagi   tog`lardan   oqib   tuzilgan   soylar
sug`orishga sarflangani uchun Zarafshonga yetmasdan tugaydi. Darg`om, Narpay,
o`ng   sohil   Zarafshon   eski   Anhor,   Tuyatortar,   Miyonkol,   Xatirchi   kanallari   va
Kattaqo`rg`on suv omboridan ham ekinlarni sug`orishda foydalaniladi. Viloyatning
janubi - g`arbiy qismida oqadigan bir nechta soylar ham yozda qurib qoladi.
   Tuproqlari asosan bo`z tuproqlar tekisliklar bilan 500 m gacha balandlikdagi
tog`   etaklarida   och   bo`z   tuproqlar   (sug`oriladigan   yerlarda   o`tloqi   bo`z   tuproqlar
1500   -   1700   m   balandlikdan   bo`z   tuproqlar,   cho`l   zonasida   qumoq,   taqir   bo`z
qo`ng`ir tuproqlar va sho`rxoklar tarqalgan).
Yong`oqzorlar   va   archazorlar   tagida   qo`ng`ir   tuproqlar   yanada   balandlashadi
qoramtir   tuproqlar   bo`lib,   undan   yuqorida   tog`   -   o`tloqi   va   tog`   tundra   tuproqlar
uchraydi.
Yovvoyi o`simliklardan chalacho`l va cho`l o`simliklaridan asosiy ko`rinishini
egallaydi,   tog`   yon   bag`irlarda,   o`rmonlarda   uchraydi   (archa,   na`mataklar).   Tog`
yon   bag`irlaridagi   tekisliklarda   shuvoq   bilan   ezin   ya`ni   tez   qurib   qoluvchi   1-2
yillik   o`simliklar   o`sadi.   Daryo   bo`ylarida,   dashtlarda   sho`ra   galofit   o`simliklari
o`sadi.   Zarafshon   daryosi   vodiysida   terak,   jiyda,   oblepixa   -   chakanda,   tol   -
maymunjon, yulg`un   va turli - tuman to`qayzorlar mavjud. Tog`larda 1120-2700 m
balandlikda   archa,   pista,   toshloq   yon   bag`irlarida   bodomzorlarda   uchraydi.
Samarqand shahri yaqinidagi yong`oqzorlar ko`p.
Yovvoyi   hayvonlardan:   tulki,   chiyabo`ri,   tekisliklarda,   jayron   tog`larda
qo`ng`ir   ayiq,   tog`   suvsari,   to`qaylarda   cho`chqa,   to`qay   mushugi,   daryo   suvsari,
qushlardan   to`qay   mushugi,   tuvaloq,   tog`larda   kaklik,   daryolarda   baliqlar:   qora   -
15 baliq — mushinka, laqqa baliq va hokazolar ko`p. Samarqand yaqinida Zarafshon
qo`riqxonasida   Buxoro   jayroni,   pitomnikidan   iqlimlashtirilgan   Buxoro   kiyigi   -
xongul yashaydi. (O`zbekiston SE, 1977).
Iqlimi 
Zarafshon   vodiysi   subtropik   kengliklarda   joylashgan   bo`lib,   quyosh   uzoq
vaqt   isitib   turadi.   Shu   sababli   quyoshning   yalpi   radiasiyasi   bir   kv.sm.yuzaga   bir
yilda   150   kaloriyani   tashkil   qiladi.   Buning   ustiga   bulubsiz   kunlar   ko`p   bo`lib,
quyosh yiliga 3000 soatgacha yoritib turadi. Shu sababli yoz Zarafshon vodiysida
juda issiq va quruq keladi, qish esa nisbatan iliq.
Zarafshon   vodiysining   sharqiy   qismi   tog`lar   bilan   o`ralganligi   sababli
shimoldan,   shimoli-sharqdan   kirib   keladigan   salqin   havo   massalari   nisbatan   ham
ta`sr etadi. Aksincha, vodiyning g`arbiy qismi ochiq bo`lganidan shimoli-sharqdan
esuvchi   sovuq   shamollar   bemalol   yetib   keladi.   Shu   sababli   vodiyning   g`arbiy
qismida   sharqiga   qaraganda   qish   sovuqroq   bo`ladi.   Agar   vodiyning   sharqida
(Samarqandda) yanvarning o`rtacha harorati  0-2   0
C bo`lsa, g`arbda (Shofirkonda)
bu   ko`rsatkich   -1 0
-5 0
C   ni   tashkil   etadi.   Aksincha,   yozda   vodiyning   qarbiy   qismi
issiq   bo`lib,   iyulning   o`rtacha   harorati   Shofirkonda   29,1 0
C   bo`lsa,   щ arqida   –
Samarqandda   25,9 0
C.   Vodiyni   o`rab   turgan   tog`larda   qish   nisbatan   sovuq,   yoz
salqin   bo`ladi.   O`lkada   yog`inlar   hudud   bo`yicha   notekis   taqsimlangan.   G`arbida
yiliga   114-177   mm,   sharqida   300-350   mm,   atrofidagi   tog`larda   (Omonqo`tonda)
881 mm gacha yog`in tushadi. Eng ko`p yog`in bahorda, eng kami yozda yog`adi.
Qishda yog`in ko`proq qor tarzida yog`adi. Lekin qor qoplamini qalinligi o`lkada
birday emas.
Suvlari.   O`lkaning   asosiy   suv   manbai   Zarafshon   daryosidir.   U   Zarafshon
muzligidan boshlanadi.  Daryoning o`rta va quyi oqimi O`zbekistonga qaraydi. Bu
qismida   Zarafshon   daryosi   keng   o`zanda   sekin   oqadi   va   Samarqand   shahri
yaqinida ikki   tarmoqqa  bo`linadi.  Shimoliy tarmog`i   Oqdaryo  (uzunligi   131 km),
janubiy   tarmog`i   Qoradaryo   Xatirchi   yaqinida   qo`shilib,   Miyonkol   orolini   hosil
qiladi.   Zarafshon   muz   va   qorlarning   erishidan   to`yinadi.   Shu   sababli   uning   to`liq
suvli davri iyun-iyul oylariga, eng kam suvli davri qishga to`g`ri keladi. Zarafshon
daryosi   suvining   bir   qismi   eski   Tuyatortar   arig`i   orqali   Sangzar   vodiysiga,
Eskianhor arig`i esa Qashqadaryo viloyatiga oqizilgan. Zarafshon daryosiga o`lka
hududida   hyech   qanday   irmoq   qo`shilmaydi,   faqat   atrofidagi   tog`lardan
boshlanuvchi 120 ga yaqin soy bor.
Zarafshon   vodiysida   yer   osti   suvlari   ancha   ko`p.   Ular   asosan,   samarqand
botig`i,   buxoro   va   Qorako`l   vohalarida   to`plangan.   Yuza   gurunt   (sizot)   suvlar
sho`r,   ichish   uchun   yaroqsiz.   100-130   m   chuqurlikda   joylashgan   antropogen
yotqiziqlardan suvlar esa chuchukdir.
O`lkada   yana   katta   chuqurlikdan   chiquvchi   artezan   suvlar,   jumladan,
minerallashgan issiq suvlar ham bor.
Tuproqlari.   O`lkaning   sug`oriladigan   qismida   chirindisi   1-2   foiz   bo`lgan
o`tloq   –   voha   tuproqlari   tarqalgan.   Vodiyning   g`arbida   –   Buxoro   va   Qorako`l
vohasining   sug`oriladigan   qismi   va   atroflarida   sur   –   qo`ng`ir,   taqir,   qumli   va
sho`rxok   tuproqo`lar   uchraydi.   Vodiyning   o`zlashtirilmagan   qayirlarida   o`tloq,
botqoq-o`tloq,   zaxkash   qismida   botqoq   tuproqlar   mavjud.   Bu   tuproqda   chirindi
atigi 0,5 foiz bo`ladi.
Zarafshon   vodiysining   1200   m   balandlikacha   bo`lgan   qismlarida   bo`z
tuproqlar tarqalgan.
O`lkaning   400   m   dan   900-1000   metrgacha   bo`lgan   qismlarida   oddiy   bo`z
tuproqlar tarqalgan. Bu tuproq xili birmuncha hosildor bo`lib, tarkibidagi chirindi
miqdori 1,5-3,0 foizga boradi.
O`lkaning   1000-1500   m   balandligidagi   qismlarida   to`q   bo`z   tuproqlar
tarqalgan bo`lib, chirindi miqdori 2,5-3,5 foizga etadi.
 Tog`larning 1500 m dan baland qismida och jigarrang tuproqlar uchraydi.
O`simliklari.   Zarafshon   o`lkasida   o`simliklar   ham   g`arbdan   sharqqa,
tekislikdan tog`ga tomon o`zgara boradi. 
17 Cho`l   balandlik   mintaqasi   Zarafshon   o`lkasining   400   m   balandlikkacha
bo`lgan   qismlarini   o`z   ichiga   oladi.   Bu   yerda   yoz   issiq,   quruq,   jazirama   bo`lib,
uzoq   davom   etadi.   Binobarin,   shunday   sharoitga   moslashgan   (sertuk,   ildizlari
uzun, suvni  kam  bug`latadigan)  o`simliklar  o`sadi. Cho`llarda efemer, efemeroid,
shuvoq kabi o`simliklar ko`p o`sadi. Qumli yerlarda oq va qora saksovul, juzg`un,
cherkez,   quyonsuyak,   selen,   iloq   ba`zan   yontoq   tarqalgan.   Sho`rxok   joylarda
sarsazan, yetmak o`sadi.
Adir   mintaqasi   400-1200   metrgacha   bo`lgan   joylarni   o`z   ichiga   oladi.
Adirning   asoaiy   tabiiy   o`simliklari   efemer   va   efemeroidlar,   ayniqsa,   raps,
qo`ng`irbosh,   chuchmoma,   boychechak,   lolaqizg`oldoqlar   va   loladan   iborat.
Adirda,   shuningdek,   oqkavrak,   shuvoq,   juzg`un,   burgak,   gulxayri,   chalov,
bug`doyiq,  yovvoyi  javdar   kabi  o`simliklar  o`sadi.  Adirning  tog`   yonbag`irlarida,
toshloqli yerlarida yovvoyi bodom, na`matak, do`lana; Zarafshon to`qayzorlarida –
tol, lox, turangil, qamish, yovvoyi jiyda, jirg`anoq o`sadi.
Hayvonot   olami .   Zarafshon   o`lkasi   cho`l   qismining   qum   va   taqirlarida
yumronqoziq, tarli xil kaltakesaklar, falanga, qoraqurt, o`rgimchaklar, qo`shoyoq,
qumsichqon,   tipratikan,   ilonlar   ko`p   uchraydi.   Qushlardan   vodiy   qismida
qirg`ovul, loyxo`rak, o`rdak, saksovulzorlarda xo`jasavdogar bor.   Cho`l zonasida
jayron,   tulki,   bo`rsiq,   bo`ri,   to`qayzorlarda   esa   chiyabo`ri,   to`qay   mushugi   ham
uchrab turadi.
Zarafshon o`lkasining adir va tog`li qismlarida esa bo`ri, tulki, bo`rsiq, jayra,
ayiq,   to`ng`iz,   kiyik,   arxar,   qushlardan   kaklik,   bedana,   lochin,   qirg`iy,   burgut,
kalxat,   kemiruvchilardan   yumronqoziq,   o`rmon   kalamushi,   qizil   dumli   sug`ur,
kulrang sassiqko`zan, tosh suvsari tarqalgan.
O`lkada   Buxoroga   yaqin   joyda   jayronxona   joylashgan   bo`lib,   hududda
YUNESKO   «Qizil   kitob»   iga   kiritilgan   cho`l   ohusi   –   jayronlar   yashaydi,   ular
muhofaza ostiga olingan.
  2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari
2.1 Tadqiqot sharoitlari
Biz tadqiqotlar uchun 20 21  yil kuzida (sentyabr, oktyabr oylarida) va 20 22  yil
bahorida   (mart,   may   oylarida)   Samarqand   shahri   atrofi   hududlari,   Jomboy   va
Pastdarg`om   tumanlari   atrofidagi   fermer   xo`jaliklari   maydonlaridan,   mevali
bog`lar,  paxtazorlar,  bedapoyalardan  terilgan  namunalarni  o`rgandik.  Jami   bo`lib,
ushbu   hududlardan   42   ta   namuna   olindi.   Bundan   tashqari   biz   Samarqand   davlat
universitetining   ekologiya   va   hayot   faoliyati   xavfsizligi   kafedrasi   kolleksion
fondlarida   ushbu   kafedra   dotsenti   Niyozova   Oybahor   Baxriddinovnaning
Qo`shrabot tumani Oqtepa jamoa xo`jaligi Shovona qishlog`i   Xushbo`y, xushro`y
chaman     uzumchilik   fermer   xo`jaligi,   Urgut   tumani   Yettiuylijoy   darasi,   Bahrin
qishlog`i   olma   va   o`rikzorlari,   Oqdaryo   tumani   mevali   bog`lari,   Payariq   tumani
Zarafshon   jamoa   xo`jaligi   Qo`shtepa   qishlog`i   xususiy   olmazorlari,   Zarafshon
qo`riqxonasi   yong`oqzorlaridan   terilgan   materiallarni   tahlil   qildik.   Ushbu
materiallarni   tahlil   qilishda   va   yomg`ir   chuvalchanglarini   fiksatsiya   qilish   uchun
avval ularni yopishgan tuproq zarralari va har xil ifloslikdan tozalab, so`ng maxsus
idishga   toza   suv   bilan   yuvdik.   Tozalangan   yomg`ir   chuvalchanglari   2   foizli
eritmasiga   jonsizlantiriladi.   Chuvalchanglar   formalin   ta`sirida   yumaloqlanib
qoladi.   Shuning   uchun   chuvalchanglarning   har   birini   vannaga   terib   chiqish   va
formalin   bilan   namlangan   doka   yopib   qo`yish   lozim.   Formalinlili   doka   issiq
havoda   chuvalchanglarning   isishiga   yoki   buzilishiga   yo`l   qo`ymaydi.
Chuvalchanglar biroz qotgandan (2 - 3 soatdan) so`ng, ularni saqlab qo`yish uchun
5  foizli   formalin   solingan   0,5  l   shisha   idishlarga   solinib   og`zi   berkiladi   va   yorliq
yoziladi.   Yig`ilgan   yomg`ir   chuvalchanglarini   laboratoriyada   turi,   biomassasasini
aniqlash va boshqa xususiyatlari tekshirilishiga tayyor bo`ladi.
Tuproqdan   yig`ib   olingan   yomg`ir   chuvalchanglarining   turlarini   aniqlash
maqsadida   ularning   morfologik   va   anatomik   tuzilishi   mikroskop   yordamida
o`rganiladi. Buning uchun yig`ib olingan chuvalchanglar tuproqdan tozalanib, toza
suvda yuviladi. So`ng Petr i   likopchasida tayyorlangan 2 foizli formalinga solinib,
19 jonsizlantiriladi.   Formalinda   jonsizlantirilgan   chuvalchanglar   tanasi   g`ayritabiiy
shaklga   kirganidan   oldin   ularni   mikroskopda   tekshirish   birmuncha   noqulay.
Shuning   uchun   chuvalchanglar   tezda   boshqa   idishga,   maxsus   vannaga   solinib,
tanasi tekislangach filtr qog`oz bilan yopib qo`yiladi.
Chuvalchanglar   vannadan   birma-bir   stol   ustiga   olinib,   gavdasining   uzunligi
va   diametri   o`lchanadi.   Teri   rangi,   boshining   shakli   va   tuzilishi   belbog`   kamari,
jinsiy organlari, tuklari, populalari, valiklari va anal teshiklarining joylashgan o`rni
aniqlanadi.   So`ngra   chuvalchang   ustini   qoplaydigan   miqdorda   suv   sepiladi.   Petri
likopchasi   MBS-1,   MBS-9   va   MBS-10   mikroskopining   obyektiv   stolcha   ustiga
o`rnatilib,  12  (6  x  2)   marotaba  kattalashtiradigan  obektiv  ostiga   chuvalchangning
tashqi organlarining joylashinuvi aniqlanadi va halqalar soni sanab chiqiladi.
Chuvalchanglarning   ichki   tuzilishini   o`rganish   uchun   ular   yopib   qo`yilishi
lozim.   Buning   uchun   Petri   likopchasi   qopqog`iga   bir   tekisda   yupqa   0,5   sm
qalinlikda   kesilgan   po`kak   joylab   chiqiladi.   Yangi   jonsizlantirilgan   yomg`ir
chuvalchangi   olinib,   po`kak   ustiga   qorin   tomoniga   yotqizish,   shundan   so`ng
chuvalchang  bosh  qismi   uchinchi  halqasi  har   ikki  yonidan  bittadan  entomologiya
ignasi   sanchilib,   qimirlamaydigan   holatda   ish   jarayoniga   tayyorlanadi.   Yana   bir
igna   belbog`   kamaridan   keyingi   5-6   halqasidan   yelka   tomondan   biroz   tortilib
sanchiladi.   Idishga   chuvalchangni   yopadigan   miqdorda   suv   solinib,   o`tkir   peska
yordamida   uning   terisi   bosh   qismidan   boshlab   oxirgi   igna   sanchilgan   joygacha
kesiladi.   Chuvalchang   terisini   kesishda   juda   ehtiyot   bo`lish   talab   qilinadi,   aks
holda   qon   tomirlari   va   boshqa   organlariga   tig`   tegib   jarohatlanishi   mumkin.
Kesilgan teri orqa tarafdan ikkitadan igna bilan sekin ikki yonga tortilib, po`kakga
sanchiladi.   So`ng   chuvalchang   tanasi   ma`lum   oraliqda   bosh   qismigacha   ochiladi.
Tayyor bo`lgan obyekt stolchaga qo`yilib, mikroskop ostida uning ichki organlari
tekshiriladi.   Mikroskop   ostida   ichki   organlardan   nerv   tuguni,   halqum,   jig`ildon,
ohak bezlari nefriytlar, urug` voronkasi va urug` yo`llari o`rganiladi.
Yomg`ir chuvalchanglari biomassasini  aniqlash uchun yig`ilgan chuvalchang
tuproq   va   har   xil   iflosliklardan   tozalanadi.   Chuvalchanglar   ichagidagi   tuproqni chiqarib   yuborish   uchun   ular   3   kun   davomida   nam   filtr   qog`ozga   o`rab   qo`yiladi
yoki   kam   kraxmal   to`ldirilgan   idishga   solinadi.   Tuproqdan   tozalangan
chuvalchanglar  formalinning suvdagi  2%li eritmasiga fiksatsiya  qilinadi. Shuning
uchun   chuvalchang   terisidagi   shilimshiq   doka   yoki   filtr   qog`ozi   yordamida
shimdirib   olinadi.   Shilimshiqdan   tozalangan   chuvalchanglarning   og`irligi   analitik
tarozida o`lchanadi [24].
1- rasm. Namuna terilgan joy «Ohalik intensiv bog`lari»    
21 2 - rasm.  Samarqand viloyati  Pasrdarg`om  tumani  mevali bog`laridan
terilgan  namunalar
3 - rasm.  Terilgan material larni  Zool o giya muzeyi
laboratoriyasida fiksatsiya  qilish  jarayoni 2.2. Tadqiqot   obyektlari   bo`lib ,   Samarqand   viloyati   mevali   bog`lari
tuproqlarida   yashovchi   yomg`ir   chuvalchanglari   hisoblanadi.     Asosan   Jomboy
tumani   “Qaldirg`och   nafis   bog`lari”,   Pastdarg`om   tumani   “Оhalik   intensiv
bog`lari”   hamda   Samarqand   shahri   mevali   bog`lardan   olingan   namunalar   asosida
ish olib borildi.   
2.3 Tadqiqot uslublari
Yomg`ir   chuvalchanglarini   yig`ish   va   fiksatsiya   qilish   turli   yillarda   bayon
qilingan   monografiya   va   qo`llanmalar   asosida   olib   boriladi   [3,9,14,24].
Raxmatullayev,   Hamroyev,   Xolmatov   2010-yil   yomg`ir   chuvalchanglarining
tuproqdagi   migratsiyasi,   vertikal   taqsimlanishi,   tuproq   namligi   tarkibining   ta`siri
va   turli   tuproq   tiplarida   ularning   sonini   aniqlash   bilan   bog`liq   ekologik
tadqiqotlarga   1   m 2
  maydon     tanlab   olinadi.   Tanlangan   joyda   dastlab   50   sm
chuqurlikda  tik xandak  kavlanadi. So`ngra xandakning bir  tomoni  devori  bo`ylab
har 10 sm qatlamdan tuproq namunalari olinishi lozim. Chuvalchanglar soni har bir
tuproq   qatlami   bo`yicha   alohida   hisoblanadi.   Belkurak   bilan   kesilgan
chuvalchanglarning faqat bosh qismi hisobga olinib, bitta chuvalchangni ikki marta
sanamaslik uchun uning dum qismi hisobga kiritilmaydi.
Chuvalchanglar   sonini   aniqroq   hisobga   olish   maqsadida   qazilishi   kerak
bo`lgan   joy   1   m 2
  maydonga   to`g`ri   burchakli   chiziqlar   bo`ylab   qoziq   qoqiladi.
Maydonchaning yoniga pishiq selofan yoki biron bir mato yoyib qo`yilishi kerak.
Belkurak   bilan   qazib   olingan   tuproq   klyonka   ustiga   tashlanadi.   Qo`l   yordamida
tuproq ezilib, undagi chuvalchanglar yig`ib olinadi.
Yig`ib   olingan   chuvalchanglar   dastlab,   suvli   bankaga   olib   yuvib   olinishi
so`ngra,   5   foizli   formalin   eritmasiga   solib   qo`yilishi   lozim.   Tirik   chuvalchanglar
ustida   kuzatish   olib   borish   zarur   bo`lganida   ular   biroz   nam   tuproq   bilan   selofan
yoki   nam   o`tkazmaydigan   qog`ozdan   tikilgan   xaltalarga   joylanadi.   Har   bir   xalta
yoki   idishga   chuvalchanglar   yig`ilgan   joy  va   ekinning   nami   chuvalchang   olingan
tuproq qatlami va namuna olingan sana ko`rsatilgan yorliq yozib qo`yilishi kerak.
Tekshirishda   kuzatilgan   holatlar,   namuna   olingan   joy   nomi,   ekin   turi,   tuproq
23 qatlamlari   va   ulardan   topilgan   chuvalchanglar   soni   to`g`risidagi   ma`lumotlar
alohida daftarga qayd etib borilishi kerak.
Chuvalchanglar   turini   aniqlash,   biomassasi   va   tanasini   o`lchash   ishlari
laboratoriya   sharoitida,   asosan   fiksatsiya   qilingan   chuvalchanglar   ustida   olib
boriladi.
Chuvalchanglarni   aniqlashda   bizga   o`z   maslahatlari   bilan   yordam   berganlari
uchun Qarshi Davlat Universitetining zoologiya kafedrasi dotsenti Raxmatullayev
Alimardon Yusupovich va Sharof Rashidov nomidagi SamDU Ekologiya va hayot
faoliyati  xavfsizligi  kafedrasi  dotsenti  Niyozova Oybahor  Baxriddinovnalarga o`z
minnatdorchiligimizni bildiramiz. 3.Tadqiqot natijalari
3.1.   Samarqand   viloyati   yomg`ir   chuvalchanglarining   tashqi   tuzilishi   va
faunasi ichi morfologiyasi ekologiyasi, tarqalishi va xo`jalikdagi ahamiyati
Yomg`ir   chuvalchanglari   nomi   taksonomik   tushuncha   bo`lmasdan,   hayoti
tuproq   bilan   bog`liq   bo`lgan   birmuncha   kam   tuklilarning   bir   necha   taksonamik
guruhlarini o`z ichiga oladi. Yomg`ir chuvalchanglari nomi bilan yuritiladigan bu
jonivorlar   ekologik   xususiyatlari   va   ayrim   morfologik   belgilariga   ko`ra   bir-biriga
o`xshamaydi.   Chuvalchanglarning   ko`pchilik   turlari   Lumbricidae   oilasiga   kiradi.
O`zbekistonda   jumladan   Samarqand   viloyati   hududlarida   tarqalgan   barcha   turlari
anashu oilaga mansub.
T.S.   Vsevolodova   –   Perelning   monografik   ishlarida   Yer   yuzida   tarqalgan
yomg`ir chuvalchanglari bilan birgalikda   Lumbrisidae   oilasiga ham ta`rif berilgan
[8].
A.Y. Raxmatullayevning [12, 18, 19, 20] tadqiqotlarida esa Toshkent vohasi
agrosenozlariga   tarqalgan   yomg`ir   chuvalchanglarining   11   turi   to`g`risida
ma`lumotlar keltirilgan, ular orasida biz o`rgangan turlari ham mavjud.
Umuman yer yuzida yomg`ir chuvalchanglarining 4000 dan ortiq turlari qayd
etilgan jumladan O`zbekistonda 21 tur uchrashi aniqlangan. Samarqand viloyatida
Oqdaryo,   Tayloq,   Payariq   tumanlarida   esa,   ularning   4   turi   va   bir   kenja   turi
yashashi aniqlandi.
25    3.2. Faunistik tarkibi
1.  Annelides tipi – Halqali chuvalchanglar
Clitellata kenja tipi - Belbog`lilar
Oligochaeta sinfi - Kamtuklilar
Lumbricomorpha turkumi – Yomg`ir chuvalchanglari
Lumbricidae oilasi
Aporrectotea  urug`i (Orley, 1885):Vsevolodova – Perel, 1997
1.Aporrectodea   caliginosa   caliginosa   (Savigny,   1826);   Vsevolodova   –
Perel, 1997.
Sinonim: Aporrectodea caliginosa (Savigny, 1826); A. rara Grieb, 1948; A.
aeguivesicularis Grieb, 1948; Nicodrilus caliginosus, (Bouche, 1972); Perel, 1976.
Terilgan   joyi:   Pastdarg`om   tumani   fermer   xo`jaliklari,   Qo`shrabot   tumani
«Xushbo`y,   xo`shro`y,   chaman ”   uzumchilik   fermer   xo`jaligi,   Qqdaryo   tumani
mevali   bog`lari   tuproqlari,   «Ohalik   intensiv   bog`lari»,   Urgut   tumani   Yettiuylisoy
darasi va Baxrin qishlog`i olma va o`rikzorlardan terib o`rganildi.
Tashqi   tuzilishi   va   ichki   morfologiyasi.   Tanasining   uzunligi   60-160   mm,
diametri   4-7   mm.   Halqalari   180   dan   248   donagacha,   terisi   qo`ng`ir   tusda   ayrim
individlarida   rangsiz.   Tana   kesimi   to`garak   shaklda   bo`lib   biroz   yassilashgan.
Boshi   epilobek   tuzilgan.   Tanasining   ustki   tomonidagi   yelka   teshiklari   9-10   nchi
halqalar   oralig`idan   boshlanadi.   Tuklari   bir-biriga   juda   yaqin   joylashgan.   Ab   –
yo`nalishli   9-10   va   11-nchi   halqalardagi   tuklarining   atrofi   bezli   papillalardan
iborat. Erkaklik jinsiy teshigi 15-nchi halqada ochiladi, jinsiy teshik atrofi qo`shni
halqalarga  ham   kirib   boruvchi   qalin   bez  bilan   qoplangan.   Belbog`   kamari   27-35-
nchi   halqalarning   oralig`ini   band   etadi.   31-33-ni   halqalarning   yon   tomoni
gorizontal   joylashgan   bezli   valikdan   iborat.   To`rt   juft   urug`   haltalari   9-12-nchi
halqalarda joylashgan. Ikki juft urug` qabul qilgichlari 9- 19- halqalardagi sb tuklar
yo`nalishida ochiladi. Belbog` kamari joylashgan halqalarda tomchi spermatoforlar
uchrashi   aniqlangan.   Dissepimentlari   5-6   va   9-10-nchi   halqalar   oralig`ida yo`g`onlashgan.   Divertikul   shakldagi   ohak   bezlari   10-   inchi   halqada   joylashgan.
Muskul to`qimasi patsimon shaklda.
Ekologiyasi:   Endemik   tur.   Quruqlik   kamtuklilari   tuproqda   in   qazib   hayot
kechiradi. Inidan faqat juda nam havoda yoki kechasi salqinda chiqadi.   
Tarqalishi:   Aporrectodea   caliginosa   caliginosa   ayniqsa   aralash   va   keng
bargli   o`rmonlar   zonasida   ko`p   uchraydi.   Kenja   tur   Ukrainada   A.I.   Zrajevskiy
(1957)   va   Litvada   O.P.   Atlavinite   (1990)   tomonidan   aniqlangan.   Turning   areali
shimolda   Arxangelskiy   viloyatigacha   kirib   boradi.   A.   caliginosa   caliginosa
haydalib, ekin ekiladigan maydonlarda ko`p uchraydi va asosiy sinantrop kenja tur
hisoblanadi.
Xo`jalikdagi ahamiyati:  V.K. Baluyev (1950) va A.I. Zradevskiy (1957) bu
turni   yangi   joylarda   tez   moslanuvchanligi   tufayli,   laboratoriya   ishlarida
foydalanishni   tavsiya   etganlar.   Tuproq   unumdorligiga   kata   ta`sir   qiladi.   Ular
o`simlik   qoldiqlarini   ichagidan   o`tkazib,   koprolitlar   holida   chiqaradi
[20,21,22,23,24,25].
 
1-rasm .  Aporrectodea caliginosa caliginosa (orig.)
A-umumiy   ko`rinishi;   B-ichakning   ko`ndalang   kesmasi   (Semenova,1966);
C-nefridiy qopcasi.
27 2.Aporrectodea rosea (Savigny, 1826); Vsevolodova – Perel, 1997. 
C inonim:   Eisena   rosea   ( Savigny ,   1826);   Dendrobaena   diomedea   ( Cognetti ,
1906);   Allolobophora   prashadi   Stephensen ,   1922;   Eophila   kulagini   Malevich ,
1949;  Eisenia   moderata   Cekanovskaja , 1959;  Nicodrilus   roseus   Perel , 1976. 
Terilgan   joyi:   Pastdarg`om   tumani   fermer   xo`jaliklari,   Qqdaryo   tumani
mevali   bog`lari   tuproqlari,   «Ohalik   intensiv   bog`lari»,   Payariq   tumani   Zarafshon
jamoa xo`jaligi Qo`shtepa qishlog`i xususiy olmazorlardan terildi.
Tashqi   tuzilishi   va   ichki   morfologiyasi.   Tanasining   uzunligi   35-150   mm,
diametri   3-6   mm.   Halqalari   soni   71   dan   170   tagacha,   terisi   rangsiz.   Tanasining
kesimi to`garak, bosh tuzilishi epilobek shaklda, tanasining ustki tomonidagi yelka
teshiklari   4-5-   nchi   halqalar   oralig`idan   boshlanadi.   Tuklari   o`zaro   yaqin
joylashgan, ab  tuklar  yo`nalishi  bo`ylab 9-12 va  belbog`  kamari  halqalarida bezli
papillalari bor. Erkaklik jinsiy teshigi 15- chi halqada joylashgan bo`lib, atrofi bez
bilan qoplangan. Belbog`  kamari 24-25 yoki  26- nchi  halqalardan boshlanib, 31-,
32-,33-nchi   halqalargacha   davom   etadi.   Bezli   valigi   29-33-nchi   halqalarning   yon
tomonida joylashgan. Urug` haltalari 4, ba`zida 3 yoki 2 juft bo`lishi mumkin. Ikki
juft   urug`   qabul   qilgichi   9-10   va   10-11-nchi   halqalar   oralig`ida,   orqa   tomoniga
yaqinroq   joyda   ochiladi.   Divertikul   shakldagi   ohak   bezlari   10-nchi   halqada
joylashgan. Muskul to`qimasi oraliq shaklda tuzilgan [20,21,22,23,24,25].
Ekologiyasi:  Kosmopolit tur.
Tarqalishi:   Rossiya,   Kavkaz,   Janubiy   Saxalinda,   Toshkent,   Samarqand
viloyati mevali bog`larida, chirindiga boy tuproqlarda uchraydi.
Xo`jalikdagi ahamiyati:  Tuproqni qayta ishlab, gumus bilan boyitadi.
  2- rasm. Aporrectodea rosea (orig.)
A- umumiy ko`rinishi; B- oldingi qismini qorin tomondan ko`rinishi;
С - ohak bezining tuzilishi (Smith, 1924)
           Dendrobaena Eisen, 1873  urug`i  emend. Pop, 1941, emend. Vsevolodova
– Perel, 1997.
3.Dendrobaena byblica (Rosa, 1893) Vsevolodova-Perel, 1997.
Sinonim:   Dendrobaena   fedtschenkoi   Michaelsen,   1900;   Eisenia
schelkovnikovi Michaelsen, 1907.
Terilgan   joyi:   Pastdarg`om   tumani   fermer   xo`jaliklari,   Qo`shrabot   tumani
«Xushbo`y,   xo`shro`y,   chaman ”   uzumchilik   fermer   xo`jaligi,   Qqdaryo   tumani
mevali   bog`lari   tuproqlari,   «Ohalik   intensiv   bog`lari»,   Urgut   tumani   Yettiuylisoy
darasi va Baxrin qishlog`i olma va o`rikzorlardan terib o`rganildi.
Tashqi   tuzilishi   va   ichki   morfologiyasi.     Tana   uzunligi   40   –108   mm,
diametri 3-6 mm. Halqalar soni 81 dan 140 tagacha, terisi rangsiz, ba`zan kulrang
yoki   jigarrang   tusda   bo`ladi.   Orqa   tomonining   9-11   inchi   halqalarida   oq   dog`lari
29 bor. Tana kesmasi  tugarak shaklda,  belbog`  kamaridan  so`ng silliqlashgan.  Boshi
epilobek   yoki   tanilobek   tipda   tuzilgan.   Tanasining   ustki   tomonidagi   yelka
teshiklari   9-10,   10-11   yoki   11-12,   12-13-nchi   halqalari   oralig`idan   boshlanadi,
ba`zi   hollarda   bo`lmasligi   ham   mumkin.   Tuklari   o`zaro   yaqin   joylashmagan.
Erkaklik jinsiy teshigi 15-nchi halqada joylashgan bo`lib, ikki yonga ozroq bo`rtib
chiqqan.   Erkaklik   jinsiy   teshigi   ab   tuklar   yo`nalishining   24-25   va   29-30-nchi
halqalarida, yoki belbog` kamari ostida ham bo`lishi mumkin. Belbog` kamari 25-
30,   ba`zan   24-31   –   nchi   halqalarni   ham   band   etadi.   Bezli   valigi   1-2,   26-28-
nchmgacha   yoki   1-2,   27-29-nchi   halqalarda   joylashgan.   Urug`   xaltalari   uch   yoki
to`rt   juft   bo`lib,   9-,11,   12-nchi   yoki   9-12-nchi   halqalarda   joylashgan.   Ular   9-10-,
10-11-nchi halqalarning d va s tuklar yo`nalishi orqali ochiladi. Ovqat hazm qilish
yo`lining   11-nchi   halqasi   kengaygan   bo`lib,   plastinka   shakldagi   ohak
bo`daklaridan iborat [20,21,22,23,24,25].
Ekologiyasi:  Geobiont. Organik o`g`itlar va barg-xazonlar to`shalmasi ko`p
bo`lgan tuproqlarda yashaydi.
Tarqalishi:   Mazkur   tur   O`rta   yer   dengizi   hududi   uchun   xos   bo`lsada,
Toshkent   viloyatining   tekshirilgan   barcha   xo`jaliklari   bog`larida   va   shaxsiy
tomorqalarda, turli ekinlar ostidagi tuproqlarda tarqalgan. 
Xo`jalikdagi ahamiyati:  Tuproqni qayta ishlab, gumus bilan boyitadi.  3 - rasm. Dendrobaena byblica
A - umumiy ko`rinishi;   B - qon aylanish sistemasi (X - halqada) 1- orqa qon
tomiri, 2 - orqa ichak bo`shlig`i qon tomiri, 3 - halqa qon tomiri, 4 - tiflozol
tomiri, 5 - ichak richagi, 6 - nefridiy tomiri, 7 -   qorin tomiri bo`shlig`i, 8 -
qorin   nerv   tugunlari;   C-   nerv   sistemasi   (rim   raqamlar   halqalar   soni)   1   -
gangliy, 2 -   nerv kommieyrasi, 3 - halqum atrofi kommieyrasi, 4 - halqalar
nervi,  5 -   qorin  nerv  tuguni, 6  -  halqumosti   gangliy, 7  -  bosh  nervlari  (A  -
orig., B,C - Shtol`te, 1955). 
          4. Dendrobaena veneta (Rosa, 1886) Vsevolodova-Perel, 1997 .
Sinonim:   Eisenia   veneta   (Rosa,1886),   Dendrobaena   caucasica   Kulagin,
1889; D.bogdanonowii Kulagin, 1889; Eisenia svetlovi Grieb, 1948.
Terilgan   joyi :   Pastdarg`om   tumani   fermer   xo`jaliklari,   Qqdaryo   tumani
mevali   bog`lari   tuproqlari,   «Ohalik   intensiv   bog`lari»,   Urgut   tumani   Yettiuylisoy
darasi va Baxrin qishlog`i olma va o`rikzorlardan terib o`rganildi.
Tashqi   tuzilishi   va   ichki   morfologiyasi.     Tanasining   uzunligi   50-95   mm,
diametri   4-7   mm.   Halqalar   soni   125   tagacha.   Rangi   tim   qo`ng`ir-qirmizi   alohida
31 yo`l-yo`l   tusda.   Tanasining   kesmasi   to`garak   shaklga   ega.   Boshi   epilobek   tipda.
Tanasining   ustki   tomonidagi   yelka   teshiklari   5-6-nchi   halqalar   oralig`ida
boshlanadi.  
Erkaklik   jinsiy   teshigi   15-nchi   alqada   joylashgan   bo`lib,   atrofi   qo`shni
halqalarga   kirib   boruvchi   bez   bilan   qoplangan.   Halqalardagi   tuklari   o`zaro
yaqinlashmagan.   Tuklarning   a   va   b   yo`nalishining   28-27-nchi   halqalardan
boshlanib,   33-nchi   halqada   tugallanadi.   Bezli   valigi   30   va   31-nchi   joylashgan.
Urug` xaltalari 4 juft, 9-12-nchi halqalarni egallagan. Urug` qabul qilgichi ikki juft,
orqa teshiklari yo`li 9-10-, 10-11-nchi halqalar oralig`ida ochiladi. Ohak bezlari 1-
2 va 10-11- nchi halqalarni band etadi. Muskul to`qimasi bog`lam shaklda bo`ladi.
Ekologiyasi:   Yong`oqzor   va   bog`larda,   chiriyotgan   barglar   ko`p   to`planib
qolgan tuproqlarda uchraydi.    
Tarqalishi:   Mazkur   tur   Fransiya,   Turkiya,   Italiya   va   MDH   respublikalari,
jumladan   Ukraina   va   Kavkazda   qayd   qilingan.   O`rta   osiyoda   esa   G`arbiy
Tyanshon   va   Hisor   darvoza   hududlari   yaholi   yashaydigan   joylar   yaqinida   qayd
qilingan  [20,21,22,23,24,25].
Xo`jalikdagi ahamiyati:  Tuproqni qayta ishlab, gumus bilan boyitadi. 
                    Eisenia   Malm,  1877   urug`i,   emend.   Michaelsen,   1900,  emend.  Perel;
1974, emend. Vsevolodova – Perel, 1997.
5.   Eisena fetida (Savigny, 1826) Vsevolodova-Perel, 1997.
Terilgan   joyi:   Pastdarg`om   tumani   fermer   xo`jaliklari,   Zarafshon   milliy
bog`i yong`oqzorlari, Urgut tumani Yettiuylisoy darasidan terildi.
Tashqi tuzilishi va ichki morfologiyasi.  Uzunligi 40-130 mm, diametri 2-4
mm.   Halqalar   soni   80-120   donagacha.   Tanasi   qizil,   qizg`ish   –   siyohrang   yoki
malla-qizg`ish   yo`lka   tusda.   Bosh   tuzilishi   epilobek,   tanasining   ustki   tomonidagi
yelka teshiklari 4-5-nchi halqalar oralig`idan boshlanadi. Tuklari o`zaro juda yaqin
joylashgan,   ab   yo`nalishidagi   tuklar   atrofi   va   belbog`   kamari   qismlarida   bezli
papillalari   bor.   Erkaklik   jinsiy   teshigi   15-nchi   halqada,   atrofi   qo`shni   halqalarga
kirib   boruvchi   bez   bilan   qoplangan.   Belbog`   kamari   26-,   27-,   31-,   32-nchi halqalarni band etadi. Bezli valigi 1-2 27-, 28-, 30-, 31- nchi halqalarni o`z ichiga
oladi.   To`rt   juft   urug`   xaltalari   9-12-inchi   halqalarda   joylashgan.   Ikki   juft   urug`
qabul qilgichi esa 9-10-nchi halqalarda joylashgan bo`lib, yelka teshiklari yo`lining
9-10 va 10-11-nchi halqalar oralig`iga ochiladi. 
Disksimon spermatoforlari 22-, 27-nchi halqalarda uchraydi, dissepimentlari
6-7,   8-9-   inchi   halqalar   oralig`ida   yo`g`onlashgan.   Ohak   bezlari   yaxshi
rivojlanmagan. Muskullari oraliq shaklda.
Ayrim   hollarda   1m 2
  dagi   chuvalchanglar   soni   60   dan   1000   va   undan   ham
ko`pga yetadi.  
Ekologiyasi:   Sinantrop   tur,   ko`pincha   shahar   va   qishloqlardagi   bog`   va
xiyobonlarda   to`kilgan   barglarning   ostida   uchraydi.   Bu   tur   O`zbekistonda   keng
tarqalgan   bo`lib,   go`ng   to`plangan   joylar,   kanalizasiya   chiqindilari   va   gumusga
o`ta boy, namligi yuqori bo`lgan tuproqlarda yashaydi.
Tarqalishi:   Kosmopolit   tur.   RSFSR   ning   Uzoq   Sharq,   Sibir   va   boshqa
joylarida tarqalgan. 
Xo`jalikdagi   ahamiyati:   Bu   tur   organik   chiqindilarning   chirishini
tezlashtiradi.   Shu   bois   ko`pgina   davlatlarda   (AQSh,   Filippin,   Gollandiya,   Italiya,
Rossiya  va boshqalar)  Uni sun`iy ko`paytirish keng yo`lga qo`yilgan. Ular ishlab
chiqqan   koprolitlar   issiqxonalarda   organik   o`g`it   sifatida   foydalaniladi.
Chuvalchanglarning  o`zi   baliqchilik,  parandachilik  va  chorvachilikda  oqsilga  boy
oziq sifatida ishlatiladi [20,21,22,23,24,25].
Samarqand   shahrida   Samarqand   qishloq   xo`jaligi   instituti   professori
B.S.Salimov chuvalchanglarni   xususan,   Kaliforniya chuvalchanglarini  ko`paytirib
biogumus olishda ishlatgan.
33 4 - rasm. Eisena fetida (orig.)
A - umumiy ko`rinishi; B - tuxum; C - tuxumdan chiqqan lichinka 
  5 - rasm. Eisena fetida  ning tayyorlangan preparati
3.3.   Yomg`ir chuvalchangining ekologik xususiyatlari
Tuproq   ko`plab   organizmlar   shu   jumladan,   hayvonlar   uchun   ham   yashash
muhiti   hisoblanadi.   Tuproq   organizmlari   tuproq   hosil   bo`lish   jarayonlariga   faol
ta`sir   qiladi.   Tuproq   genizisi   deb   ataladigan   bu   jarayonlarida   yomg`ir
chuvalchanglari ayniqsa faol ishtirok etadilar.
Yomg`ir   chuvalchanglarining   tuproq   genizisidagi   faoliyati   ko`p   jihatdan
joyning   iqlimi,   tuproq   hosil   qiluvchi   jinsining   xususiyatlari   va   antropogen
omillarining   ta`siri   bilan   bog`liq   bo`lishi   mumkin.   Shuning   uchun   yuqorida
ko`rsatilgan   omillarning   yomg`ir   chuvalchanglariga   ta`sirini   o`rganish   ulardan
ko`proq   tuproq   hosildorligini   oshirish   maqsadida   foydalanish   yo`llarini   aniqlab
olishga yordam beradi.
Samarqand   viloyati   tuproqlarida   tarqalgan   chuvalchang   A.caliginosa
caliginosa  kenja turi barcha o`rganilgan  agrosenoz larda keng tarqalgan bo`lib, soni
jihatidan   ko`p   uchraydi.   Uning   soni   ayrim   vaqtlarda   boshqa   turlarning   jami
35 individlar   sonidan   60-80%ni   tashkil   etadi.   Ba`zi   yomg`ir   chuvalchanglari   orasida
E.fetida   va   D.veneta   tuproqning   ustki   va   to`shalmalari   orasida   hamda   chirigan
bargi – xazon tagida yashasa, D.byblica va boshqa turlar uyalarida yashaydi. Ular
orasida   D.byblica   ko`kat   va   poliz   ekinlari   tagida   va   xususiy   tomorqalarda   hayot
kechiradi.
Xullas   yomg`ir   chuvalchanglarining   faunistik   kompleksining   shakllanishi
o`simlik qoplami, namlik, tuproqning organik tarkibi va o`tkaziladigan agrotexnik
tadbirlar bilan bog`liq ko`p ishlov beriladigan g`o`za, poliz va sabzavot ekiladigan
agrosenozlarda   (inson   tomonidan   o`zlashtirilgan   yerlarda)   2-3   turi   bog`lar   va
xiyobonlar,   kam   ishlov   beriladigan   beda   tuprog`ida   3-6   turdan   iborat   faunistik
kompleksi shakllanadi [18, 24].
Agrosenozlarda   chuvalchanglarni   asosiy   qismi   tuproqning   haydalma   (10-30
sm)   qatlamida   uchraydi.   Haroratni   ko`tarilishi   tuproqning   birmuncha   chuqurroq
qatlamlariga   migratsiya   qiladi.   Tuproqni   chuqur   haydalishi   va   organik   o`g`itlar
chuvalchanglar sonini oshishiga olib keladi. Yomg`ir chuvalchanglari pomidor va
arpa hosildorligiga ijobiy ta`sir  ko`rsatadi  [18]. Biroq shuni  aytish o`rinliki, 2012
yil   bahorida,   ya`ni   aprelning   3-yarmidan   (23-25)   Samarqand   va   uning   atrofida
haddan   tashqari   sel   yomg`irlari   kuzatildi.   Bu   esa   ko`plab   yomg`ir
chuvalchanglarini nobud bo`lishiga olib keldi. 3.3.1.   Suv muhitining yomg`ir chuvalchanglariga ta`siri
Yomg`ir   chuvalchanglari   hayoti   uchun   organik   moddalarga   boy   va   nam
tuproqlar   juda   qulay   hisoblanadi.   Me`yoridan   ortiq   namlik   yomg`ir
chuvalchanglarining   tuproqdagi   inlarini   suvga   to`ldiradi   va   ularni   nafas   olishini
qiyinlashtiradi.   Erta   bahorda   yoqqan   yomg`irdan   so`ng   chuvalchanglarni   ko`plab
chiqishiga   ana   shu   sharoit   sabab   qilib   ko`rsatiladi.   Ammo   bu   sababni
chuvalchanglar   migratsiyasiga   dalil   qilib   ko`rsatish   har   doim   ham   to`g`ri
kelavermaydi.   Chunki,   toza   suvda   yomg`ir   chuvalchanglari   (Lumbricus
terrestris)ning   bir   yilga   yaqin   yashashi   aniqlangan   [24].   Yomg`ir
chuvalchanglarining   2,5%   kislorod   eritilgan   suvda   yashashi   ma`lum.   Boshqa
umurtqasiz hayvonlar bilan taqqoslaganda 1 g og`irlikdagi  nematoda  1 soatda 890-
1440  mm 3
  kislorod,  epxeteriidlar  50  mm 3
  yomg`ir   chuvalchanglariga  23,3  –  36,6
mm 3
 kifoya qiladi. Beklimishov va Cheterkinlar ma`lumotlariga ko`ra sovuq suvda
kislorod ko`proq eriydi. Shuning uchun ham sovuq suvda yomg`ir chuvalchanglari
bemalol   yashaydi.   Yomg`ir   chuvalchanglarini   suv   ichida   hayot   kechirishini
tekshirish   uchun   tajriba   yomg`ir   chuvalchangining   bir   turi   va   bir   kenja   turida
A.caliginosa   caliginosa   va   O.lacteum   ustida   olib   borilgan   [18,   24].   Tajribadagi
idishlarning   suvi   har   2   kunda   almashtirib   boriladi.   Kontrol   variantdagi   idishlarda
suv almashtirilmagan. Tajriba variantlaridagi  chuvalchanglar  4 oy hayot  kechirib,
ulardan atigi 1%i nobud bo`lishgan.
Kontrol   variantda   A.caliginosa   caliginosa   20-30   kun,   O.lacteun   7-15   kun
hayot kechirib nobud bo`lishgan.
Shunday   qilib,   o`rganilgan   turlar   suvda   4   oygacha   yashashi   aniqlangan.
Suvning   almashtirilishi   tufayli,   kislorodning   kamayishi   ularning   tezroq   nobud
bo`lishiga   olib   kelishi   aniqlangan.   Yomg`ir   chuvalchanglarining   A.caliginosa
caliginosa   kenja   turi,   O.lacteum ga   nisbatan   suv   muhitiga   bir   muncha   chidamligi
qayd etilgan [18].
37 3.3.2.   Yomg`ir chuvalchanglarining regeneratsiyasi  va tuproqda vertikal
tarqalishi.
Ёмғир чувалчанглари чириндига бой нам тупроқда ҳаёт кечириши билан
бирга,   ундаги   ўсимлик     ва   бошқа   органик   моддаларни   чиришини
тезлаштиради.   Чувалчангларнинг   фаолияти   натижасида   ўсимлик   ҳамда
органик   моддалар   тупроқнинг   чуқур   қатламларига   ўтиб   қолади.   Уларнинг
ҳаракатланиши   давомида   тупроқ   юмшаб,   унга   сув   ва   ҳаво   ўтиши
яхшиланади.   Тупроқ   аэрациясининг   яхшиланиши   туфайли,   органик
моддаларнинг аэроб парчаланиш жараёни тезлашади.  
Regeneratsiya   xususiyati   yomg`ir   chuvalchanglari   hayotida   muhim
ahamiyatga   ega.   Ular   harakatlanganda   muskullari   siqilib   cho`zilishi   tufayli   tana
suyuqligidagi   parazitlar   surilib   dum   qismida   to`planadi.   Ular   tanasining   keyingi
qismini   uzib   tashlab,   tanasida   parazitlik   qiladigan   gregarina,   infuzoriya   va
nematodalardan   xalos   bo`ladi.   Uzilgan   dum   qismi   tez   orada   qayta   tiklanadi.
Bundan tashqari yomg`ir chuvalchanglari   avtotomiya   xususiyati tufayli qushlar va
hasharotxo`r hayvonlarga dumini qurbon qilib, ulardan qutulib keladi.
Tajriba yomg`ir chuvalchanglarining belbog` kamaridan oldingi qismi, qolgan
yarmisiga   ularning   dum   qismi   solingan   qismlarga   idishlarga   olib   borilgan.
Chirindiga   deb   tuproqda   belbog`   kamaridan   so`ng   kesilgan   chuvalchanglarning
oldingi   qismi   chirindiga   boy   tuproqda   2-3   haftadan   so`ng   dum   tiklana   boshladi.
Dastlab dum juda ingichka hosil bo`ldi. 2 oydan so`ng o`z shaklini tiklagan.
Chirindiga   boy   tuproqda   chuvalchanglar   tanasining   dum   tomoni   oldingi
qismidan   3   tagacha,   yangi   halqa   hosil   qilgan   lekin,   bu   jarayon   hyech   qachon
chuvalchang tanasining to`liq tiklanishiga olib kelmagan, chuvalchanglarning dum
tomoni   1,5   oydan   so`ng   batamom   nobud   bo`lganligi   aniqlangan   [18].   Chirindi
moddalar   kam   bo`lgan   tuproqda   belbog`   kamaridan   so`ng   kesilgan
chuvalchanglarning   oldingi   qismi   3   oy   davomida   o`z   shaklini   batamom   tiklagan.
Xuddi shunday tuproqda chuvalchanglar tanasini kesilgan keyingi qismi 3 tagacha
yangi   halqa   hosil   qilib,  bir   yarim   oy   ichida  nobud   bo`lgan.   O`tkazilgan   tajribalar yomg`ir chuvalchanglarini regeneratsiyasi ular hayoti uchun eng muhim organlari
joylashgan oldingi bosh qismi hisobidan sodir bo`lishini ko`rsatadi.
Bu   jarayon   chirindi   moddaga   boy   bo`lgan   tuproqlarda   birmuncha   jadal
kechgan.   Chuvalchangning   tanasini   keyingi   qismi   to`liq   regeneratsiya
xususiyatlariga ega bo`lmagan.
Tuproqda vertikal tarqalishi
Yomg`ir   chuvalchanglari   ancha   yirik   va   harakatchan   tuproq   hayvonlaridan
bo`lganligi   sababli,   tuproqda   ularning   taqsimlanishi   namlik,   harorat,   organik
qoldiqlarning   bo`lishi,   tuproq   aeratsiyasi   va   boshqa   omillar   bilan   chambarchas
bog`liq.   Yuqorida   yoz   faslida   yomg`ir   chuvalchanglarini   sonini   qisqarishini
tuproqda   namlikni   kamayishi   va   haroratning   ko`tarilishi   bilan   tushuntirilgan   edi.
Tuproqqa   go`ng   yoki   somon   solinishi   yomg`ir   chuvalchanglari   sonining   2   –   2,5
marta oshirgan [4].
M.S.Gilyarov [9]  tuproqni  qattiq, suyuq  va gazsimon  qismlaridan iborat  deb
yozadi.   Uch   fazalik   sistema   sifatida   ajratadi.   Namlikni   ortishi   ya`ni   gravatatsion
suvning   bo`lishi   aeratsiyani   kamaytiradi.   Shuning   uchun   tuproqda   namlikning
ortishi   ham,   kamaytirishi   kabi   tuproq   hayvonlar   halokatiga   ta`sir   ko`rsatadi.
Yomg`ir   chuvalchanglarining   tarqalishiga   tuproq   reaksiyasi   ham   ta`sir   qiladi.
Kislotali   va   ishqorli   reaksiyaga   ega   bo`lgan   tuproqlarda   chuvalchanglar   deyarli
uchramaydi [16].
O`zbekistonda ko`p yillik beda dalasi tuprog`ida (Toshkent viloyati) yomg`ir
chuvalchanglarining yil fasllari davomida vertikal taqsimlanishi o`rganilgan [24].
Kuzatish   olib   borilgan   beda   agrasinozida   chuvalchanglarning   bir   kenja   turi
A.caliginosa caliginosa  va  D.byblica  turi uchraydi [3.4.2.1-jadval].
Bu   jadvaldan   ko`rinib   turibdiki,   chuvalchanglarning   vertikal   taqsimlanishida
aniq   farq   ko`rsatilmaydi.   Bu   hol   agrosenozlarda   tarqalgan   chuvalchanglarni
haqiqiy   tuproq   hayvonlari   sifatida   tuproq   muhiti   (aeratsiya,   namlik,   harorat)ga
39 nisbatan   talablari   o`xshash   bo`lishini   ko`rsatadi.   Chuvalchanglarning   yozda
tuproqning chuqur  qatlamlariga migratsiyasni  asosan  haroratning kamayishi  bilan
tushuntirish   mumkin.   Chuvalchanglar   may   oyidan   boshlab   tuproqning   chuqur
qatlamlariga tushib oladi.
Ilmiy manbaalarda tuproq namligining 60-80% chuvalchanglar uchun optimal
bo`lishi,   namlikning   20%dan   kam   bo`lishi   ularning   yashashiga   minimal   ta`sir
qilishi ko`rsatiladi [24]. 3.4.2.1 - Jadval
Tuproq chuqurligida chuvalchanglarning vertikal tarqalishi.
(Raxmatullayev, Hamrayev, Xolmatovlardan  [17]  o`zgartirishlar bilan)
Yomg`ir   chuvalchanglarining   tuproqda   vertikal   tarqalishini   solishtirish.
Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi bog`lari  1.   A.caliginosa caliginosa 
2.   Dendrobaena   byblica   (Sxema   ichidagi   raqamlar   yomg`ir   chuvalchanglar
soni).
41 3.4. Yomg`ir chuvalchanglarining ahamiyati.
Ularning ovqat  hazm qilish organlari  ichida maxsus ohak ishlab chiqaruvchi
bezlar   bo`lib,   organik   birikmalar   parchalanish   natijasida   hosil   bo`ladigan
kislotalarni neytrallaydi. Organik birikmalar parchalanib, mineral holga keltiriladi.
Uning   reaksiyasini   neytrallaydi   va   kichik   tuproq   agregatlari-kaprolitlari   hosil
qiladi. Bezlari ajratgan suyuqlik bilan qorishgan kaprolitlarni suv yuvib ketmaydi.
Suv   ularni   namlaydi   va   tuproqqa   sochilib   ketadi.   Kaprolitlar   yuqori   miqdorda
fosfor,   kaliyga   ega.   Chuvalchanglar   bu   elementlarni   o`simliklar   o`zlashtira
olmaydigan shakldan o`zlashtiradigan shaklga aylantiradi.
Shunday   qilib,   ular   o`simliklar   uchun   yumaloq,   havo,   nam   kiradigan
minerallarga boy tuproq sharoitini yaratadi.
Bunday ishni  yomg`ir  chuvalchangi  butun dunyo bo`yicha qiladi. Biosferani
borligi uchun ularni biron bir tur almashtirolmaydi.
Tuproqda qancha yangi kaprolitlar ko`p bo`lsa, shunchalik tuproq yumaloq va
unumdor bo`ladi.
Qaysi   joyda   yomg`ir   chuvalchangi   uchun   ozuqa   bo`lsa,   ya`ni   o`simlik   bargi
poyalari va boshqa organik birikmalar bo`lsa, ular ko`p bo`ladi.
O`rmonlarda,   bog`lar   ichida   ozuqa   ko`p,   ammo   haydov   yerlarida   insonlar
tomonidan   o`simlikni   hamma   qismi   olinishi,   og`ir   mashinalarni   yurib   shudgor
qilishi,   mineral   o`g`itlar   pestisidlar   va   gerbesidlar   qo`llanilishi   natijasida
chuvalchanglar kamayib, hatto yo`qolib bormoqda.
Haydov yerlarida chuvalchanglar ko`p bo`lishi uchun tuproqqa organik o`g`it
jumladan, go`ng va kompost solish zarur.
Rossiyada   tuproq   strukturasini   yaxshilash   tarixi   XVII   asrga   tarqaladi.   Pskov
guberniyasida   dehqon   yerga   go`ng   chiqarilishi   majburiy   bo`lgan.   Dehqon   yerga
go`ng   chiqarmasa   uning   ko`chib   ketishi   bilan   baholangan.   Amerika   va   Yevropa
mamlakatlarida uzoq davom etgan qishloq xo`jaligini kimyoviylashtirishdan keyin,
organik   dehqonchilik   degan   yangi   tizimga   o`tmoqda.   Bundan   asosiy   maqsad
tuproq   jonivorlari   tuproqlarni   sonini   qayta   tiklashdir.   Ularda   vermikultura,   ya`ni yomg`ir   chuvalchangining   tuproq   unumdorligini   oshirish   uchun   keng   qo`llash
tashkil qilindi.
Rossiyaning   unumdor   yerlarida   ma`lumotlarga   qaraganda   1   m 2
  da   1000
donagacha yomg`ir chuvalchangi uchraydi.
K.K.Fasulatining   ta`kidlashicha   chirindiga   boy   bo`lgan   yerlarda   (o`rmon)
ayrim yerlarda 1 m 2
 da ularni soni 1500 tagacha yetishi mumkin ekan.
Olimlarni   hisob-kitobiga   ko`ra   agarda   1   m 2
  yerda   50   tadan   150   tagacha
yomg`ir chuvalchangi bo`lsa ular bir yilda bir gektar tuproq ustida 10 tonnadan 30
tonnagacha   kaprolitlarni   chiqarar   ekan.   Agarda   kaprolitlarni   tuproq   ustiga
chiqarmaydigan   turlari   qo`shib   hisoblansa,   bu   ko`rsatkich   1   gektar   yerga   50-80
tonnani   tashkil   etar   ekan.   Irlandiyalik   olimlar   o`tkazgan   kuzatishlaricha   donli   va
o`tchil o`simliklar almashinib ekiladigan maydonlarga yomg`ir chuvalchangini 12
turi aniqlangan. Har bir kvadrat metrda 346-471 donaga to`g`ri kelgan.
Ularning   ma`lumotiga   ko`ra   yomg`ir   chuvalchanglari   faoliyati   natijasida
tuproqqa yiliga 34-41 kg mineral azot to`planadi.
43 4.   “Halqali   chuvalchanglar”   mavzusi   bo`yicha   laboratoriya   darsining
yangi metodik uslub bilan o`qitish
O`qituvchilik   mahorati   ta`lim-tarbiya   berish   jarayonida   muhim   ahamiyatga
ega.   O`qituvchi   dars   berish   jarayoni   amaliy   imkoniyat   bo`lgan   barcha
materiallardan foydalanish lozim [23, 24].
Maktabda   “halqali   chuvalchanglar”   mavzusidagi   darsni   o`tish   uchun   jami   3
soat   berilgan.   Albatta,   bu   vaqt   jarayonida   halqali   chuvalchanglardan,   yomg`ir
chuvalchanglari   to`g`risida   to`liq   ma`lumot   berishga   imkoniyat   yetarli   emas.   Shu
bois A.Raxmatullayev va boshqalar [17] universitetlarning biologiya talabalari va
o`qituvchilar   uchun   halqali   chuvalchanglar   mavzusiga   mansub,   yomg`ir
chuvalchanglari   mavzusida   dars   o`tishning   yangi   o`quv   texnologiyasini   ishlab
chiqishgan.   Bu   o`qitish   jarayonida   avvalambor   kurs   talabalarini   soniga   qarab   3
turga ajratiladi va ularning har biriga quyidagicha vazifa beriladi.
Yomg`ir   chuvalchanglarini   ish   faoliyatini   kuzatish   har   xil   biyobonlardan
(beda,   g`o`za,  bog`,  poliz  maydonlari,  ariq  yoqalar   va  boshqa   joylardan)  tuprog`i
bilan birga namuna olish kerak.
Vazifa   berilishi   oldidan   talabalarga   yomg`ir   chuvalchanglarini   kuzatish   va
ulardan   namuna   olish   uslublari   tushuntiriladi.   Demak,   yomg`ir   chuvalchanglarini
yig`ib olish uchun 1 m 3
 maydondan 5, 10, 20, 30 sm chuqurlik qatlamlari bo`yicha
namunalar   alohida-alohida   tuprog`i   bilan   olinadi.   Agar   tuproq   namligi   yuqori
bo`lsa, unda namuna 0,25 m 3
  (0,5 x 0,5) maydondan olinadi. Tuproq namligi kam
joylardan esa, 1 m 3
 dan olinadi. Tuproqdan ajratib olingan yomg`ir chuvalchanglari
0,5% formalin eritmasida keyingi reja ishlari uchun saqlanib qo`yiladi.
Laboratoriya darsining asosiy maqsadi: Yomg`ir  chuvalchanglarining turli ekin maydonlari hududlaridagi bir kvadrat
metrda, ularning soni, zichligi, tur tarkibi va vaznini aniqlashdan iborat bo`ladi.
Shu bois har bir kvadrat metrda yoki gektar bo`yicha ularning soni, zichligi va
vaznini aniqlash uchun quyidagi tarkibda jadval tuziladi [17].
45 4.1.- jadval
Turli ekin maydonlar tuprog`ida yomg`ir chuvalchanglar holati
(Раҳматуллаев А.Ю., 2004).
Ekin maydoni Yomg`ir
chuvalchanglarining
1m 2
 maydondagi
soni Yomg`ir
chuvalchanglarining
1 gektar
maydondagi soni Og`irligi,
grammda
Beda 170-230 170000-230000
G`o`za 11-18 11000-18000
Mevali b og` lar 215-250 215000-250000
Poliz 14-30 14000-30000 Yomg`ir  chuvalchanglari  tuproq bilan  barcha  chirigan o`simlik qoldiqlar  har
xil   mikroorganizmlarni   qayta   ishlab   kaprolit   holida   tuproq   yuzasiga   chiqarib
tashlaydi. Bir kun davomida har bir chuvalchang o`z tana og`irligiga teng kaprolit
ishlab chiqaradi.
Shundan kelib chiqqan holda 1 m 2
  dagi nechta chuvalchang qancha kaprolet
ishlab chiqarishini hisoblab chiqish mumkin.
Chuvalchanglar   tomonidan   qayta   ishlab   chiqarilgan   kaprolitlar,   oddiy
tuproqqa nisbatan g`ovak bo`lib, havoni yaxshi o`tkazadi.
Namlikni   yaxshi   saqlaydi,   azot   ishlab   chiqaruvchi   mikroorganizmlar   uchun
qulay sharoit yaratib beradi.
Kaprolitlar   tarkibida   oddiy   tuproqqa   nisbatan   6%   dan   ko`p   miqdorda   azot
bo`ladi, bakteriyalar esa 33%dan ortiqroqdir.
Bizning hududimizda yomg`ir chuvalchanglarining faolligi 220-240  3
 ga teng.
Bundan kelib chiqib, biz yomg`ir chuvalchanglarining bir yilda qancha yer yuziga
kaprolit chiqarishini hisoblashimiz mumkin.
Yuqoridagi jadval o`quvchilar tomonidan yig`ilgan yomg`ir chuvalchanglarini
soniga qarab to`ldiriladi. Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim bo`ladi:
1.Har   bir   guruh   tuproq   bilan   to`ldirilgan   namuna   qopchalarini   oq   qog`ozga
to`kishadi   va   yomg`ir   chuvalchanglari   undan   ajratib   undan   alohida   Petre
likopchalariga solishadi.
2.Yomg`ir   chuvalchanglari   mavjud   Petre   likopchasidan   jinsiy   voyaga
yetganlarini alohida ajratib olib boshqa idishga solinadi.
3.Jinsiy   voyaga   yetgan   chuvalchanglarni   ajratib   olish   ularning   tur   tarkibini
aniqlashda yordam beradi.
Shundan   so`ng   o`qituvchi   hozirgi   paytda   yer   yuzida   1,5   mingga   yaqin
yomg`ir   chuvalchanglari   turlari   borligi,   O`rta   Osiyo   hududida   31,   O`zbekistonda
21 tur qayd etilganligini o`quvchilarga uqtiriladi.
47 Keyin   o`qituvchi   talabalardan   o`zlari   yig`gan   namunalardan   necha   tur
aniqlaganligini   so`raydi.   Aniqlangan   turlarni   o`qituvchi   har   biriga   izoh   berib,
talabalarga tushuntira boshlaydi.
Yuqorida   qayd   etilgan   yomg`ir   chuvalchanglari   ichidan   shudgorda   izeniya
yig`ilgan   turlar   ichida   ko`plab   uchrab   daminantlik   qildi.   Adabiy   manbaalarga
ko`ra,   yomg`ir   chuvalchanglari   tuproqning   haydalma   qoplamini   10%gacha   qayta
ishlar   ekan.   Yomg`ir   chuvalchanglarini   faolligi   turlar   tarkibi,   ularni   zichligi
hamma   joyda   bir   xil   emas.   Ularning   ko`pchiligi   yoki   ozchiligi   tuproq   tipiga,
namligi, iqlimiga va yerning qanday ishlatilishi ham ekin turiga bog`liq.
Bitta Petr i  likopchasida bir yomg`hir chuvalchangini solamiz va uning ustidan
0,5 % li  formalin eritmasidan quyib kuzatamiz. Shunda biz kuzatamizki, yomg`ir
chuvalchangini   faolligi   ortadi,   o`zini   har   tomonga   tashlay   boshlab,   butun   tanasi
bo`ylab   sariq   suyuqlik   ishlab   chiqara   boshlaydi.   Bir   necha   daqiqadan   so`ng
yomg`ir chuvalchanchangi o`ladi.
O`qituvchi talabalarga tushuntirishni davom ettiradi. “Ko`rdilaringmi, bunday
kuchli   ta`sirga   ega   bo`lgan   kimyoviy   preparat   nafaqat   yomg`ir   chuvalchanglari,
balki boshqa tuproq organizmlariga ham salbiy ta`sir qiladi”.
Yuqorida   ko`rganimizdek,   yomg`ir   chuvalchanglari   tabiatda   ham   o`zidan
shilimshiq   suyuqlik   chiqaradi   va   o`z   in   devorini   mustahkamlaydi.   Demak,   bu
jarayonni   ham   tajribamizda   ko`rib   chiqamiz.   Buning   uchun   bo`sh   Petre
likopchasiga   quruq   tuproq   solamiz   va   unga   bir   dona   yomg`ir   chuvalchangini
tushuramiz.   Shunda   yomg`ir   chuvalchangi   quruq   tuproqda   harakatlanadi   va
tanasidan suyuqlik ajratadi. Natijada tuproqda yupqa plenka qatlam qoladi.
Bu   xususiyati   bilan   yomg`ir   chuvalchanglari   o`zini   noqulay   vaziyatlar   va
yuqori haroratlardan tananing bir qismi suyuqligini chiqarish bilan himoyalanadi.
O`qituvchi laboratoriya darsining oxirida quyidagi savollarni beradi:
a)   Bizning   yashab   turgan   hududimizda   nechta   yomg`ir   chuvalchangi   turlari
uchrar ekan?
b) Bu turlar tashqi ko`rinishi bilan bir-biridan qanday farqlanadi? v) Sizni namunalaringizda yomg`ir chuvalchanglarining necha turi uchradi?
Albatta   o`qituvchi   savol   javoblarini   eshitadi   va   kamchiliklarini   to`ldiradi.
Umumiy dars jarayoniga xulosa chiqaradi va yana talabalarga savol beradi.
a)   Nima   uchun   g`o`za   dala   maydonlarida   yomg`ir   chuvalchanglar   soni   va
turlari boshqa ekin maydonlariga nisbatan kam uchraydi?
b) Tabiiy sharoitda yomg`ir chuvalchanglarini qanday yo`l bilan ko`paytirish
mumkin?
O`qituvchi javoblarni eshitadi va kamchiliklarini to`ldiradi. Demak, ba`zi bir
ekin   maydonlarida   yomg`ir   chuvalchanglarining   soni   va   turlarini   kam   uchrashiga
sabab,   mineral   o`g`itlarning   me`yordan   ko`p   ishlatilishi,   undan   tashqari   qishloq
xo`jalik   zararkunandalariga   qarshi   ishlatiladigan   kimyoviy   preparatlar   keltirib
o`tadi.   Natijada   yomg`ir   chuvalchanglarni   soni   va   turlar   tarkibi   kamayishidan
tashqari, ba`zi bir turlarining qirilib ketishiga olib kelishini ta`kidlab o`tadi.
Darsning   asosiy   maqsadi:   talabalarga   yomg`ir   chuvalchanglarining   biologik,
ekologik   xususiyatlarini,   tuproq   hosil   bo`lishdagi   roli,   uning   tarkibining
shakllantirilishidagi ahamiyatini to`g`ri anglab olishga imkon beradi.
49 Xulosalar
1.   Samarqand   viloyati   agrosenozlarida   yomg`ir   chuvalchanglarining
Lumbicidae  oilasiga mansub 4 tur: Dendrobaena byblica, D.veneta, Eisenia fetida,
Aporrectodea   rosea   va   1   kenja   tur   Aporrectodea   caliginosa   caliginosa   keng
tarqalganligi   aniqlandi.   Ular   3   urug`ga   ( Aporrectodea,   Dendrobaena,   Eisenia)
ta`lluqlidir .  
2.   Yomg`ir   chuvalchanglarining   tarqalishiga   va   turli-tumanligiga   tuproq-
iqlimiy   sharoitlari   va   o`simliklar   qoplamining   xarakteri   ma`lum   darajada   ta`sir
qiladi. Tekisliklarda tipik va bo`z tuproqlarda ( A.caliginosa caliginosa, D.byblica,
D.veneta  va  Eisenia fetida  oxirgi tur. Evribiont va ko`p sonli)lar tarqalgan. 
Tog`oldi va tog`li zonalarning qora bo`z tuproqlarida  A.rosea  yashaydi.
3.   Agrosenozlarda   yomg`ir   chuvalchanglarining   asosiy   qismi   tuproqning
haydalgan   pastki   qismida   (10-20   sm   va   20-30   sm)   tarqalgan.   Tuproqning
chuqurligida ularning vertikal taqsimlanishi turlicha.
4.   Ularning   yuqori   qismida   va   to`shalmada   (barg   va   xazon   ostida)   2   tur
(E.fetida va D.veneta) hayot kechiradi.
Yomg`ir   chuvalchanglari   tashqi   muhit   harakatining   o`zgarishiga   juda
ta`sirchan.   Haroratning   o`zgarishi   xususan   20 0  
C   dan   ko`p   bo`lganda,   ularni
halokatga olib keladi. Tavsiyalar 
1. Yomg`ir   chuvalchanglarining tuproqni  unumdor  qilishini   hisobga  olib, bu
muammo   dolzarb   bo`lganligi   sababli,   ular   muhofazaga   muhtoj.   Bu   esa   yer
maydonlarini   turli-tuman   ifloslanishdan   (masalan,   pestitsid,   gerbisid   kabilardan)
saqlash lozim.
2.  Viloyatimiz  hududida  tarqalgan   yomg`ir   chuvalchanglarini   gelmintlarning
oraliq xo`jayini xususidagi izlanishlarni o`tkazish.
3.   Yomg`ir   chuvalchanglarining   sistematik   tarkibi   ularning   foydali
xususiyatlarini o`quvchilarga yanada chuqurroq bilim berish uchun, ularni nafaqat
sinfga,   balki   tabiat   qo`ynida   ham   chuvalchanglar   bilan   tanishtirish   katta   samara
beradi deb hisoblaymiz.
51   Фойдаланилган адабиётлар
1.  Алим д жанов Р.А. Плотность поч венной фауны поливных люцерников
на   севере   Узбекистана.   Труды   сектор а ,   Зоология.   АН   Уз-н   Ташкент,   1946.
стр. 41-51
2.   Алимджанов   Р.А.,   Бронштейн   Ц.Г.   Беспозвоночные   животные
Зарафшанской долины. Ташкент-Самарканд. Фан, 1956 .
3.   Атлавите   О.П.   Влияние   до ж девых   червей   на   агроценозы.   Вильнюс,
Моклас. 1990. 176  с.
4.   Балуев   В.К.   Дождевые   черви   основных   почвенных   разностей
Ивановской области. Почвоведения, 1950 ,  219-227  с.
5.   Бр о дский А.Л. Исследования по фауне почв.   –   Ташкент, 1937,31-53  с.
6.   Валиахмедов   Б.В.   Характеристика   фауны   почв   сероземной   зоны
Таджикистана. Ж. зоол. М., 1962. Т.  XXI  век. 12 ,  1783-1793  с.
7.   Валиахмедов   Б.В.,   Перель   Т.С.   Различия   заселенности   темных
сероземов   и   лугово-болотной   почвы   дождевыми   червями   и   изменение   их
численности   после   обработок   в   Таджикистане   //Ж.зоол.   М.,   1961,   XXI   век.
12 ,  1808-1814  с.
8.   Всеволодова-Перель   Т.С.   Дождевые   черви   фауны   России.   Кадастр   и
определитель. М.: 1997, 98  с.
9.   Гиляров   М.С.   Зоологический   метод   диагностики   почв.   М.,   Наука.
1965 ,  1-278  с.
10.   Димо   Н.А.   Земляные   черви   в   почвах   Средней   Азии.   Почвоведение.
1938. 4 ,  494-506  с.
11 .   Мавлонов   О.М.,   Ахмедов   Г.Х.   Туп роқ   зоологияси.   Тошкент,
Университет. 1992. 78-бет.
12.   Мавлонов   О.М.,   Раҳматуллаев   А.Ю.   Тупроқ   таркибининг
индикаторлари. Экология хабарномаси журнали, 1996 №3. 44-45 б. 13.   Mavlonov   O.,   Xurramov   Sh.,   Esanova   X.   “Umurtqasizlar   zoologiyasi”.
Oliy  o`quv  yurtlari   uchun   darslik.   Toshkent:   O`zbekiston   Milliy   Ensiklopediyasi.
Davlat ilmiy nashriyoti, 2006, 463 b.
14.   Малевич   И.И.   Собирание   и   изучение   дождевых   червей-
почвообразователей. -М. –Л ,  1950, 75  с.
15.   Зражевений   А.И.   Дождевые   черви   как   фактор   плодородия   лесных
почв ,  Киев, 1957 .
16.   Перель   Т.С.   Распространение   и   закономерности   распределения
дождевых червей фауны СССР -Москва: Наука., 1979, 271  с.
17.   Рахматуллаев   А.Ю.,   Хамраев   А.Ш.,   Холматов   Б.Р.   “Ўзбекистон
ёмғир   чувалчанглари   морфологияси,   биологияси   ва   экологияси”   Тошкент:
ЎзРФА Зоология институти, 2010, 47-бет.
18.   Рахматуллаев   А.Ю.   Распростр а нение  и   вертикальное   распределение
дождевых червей в агроценозах Ташкентского оазиса Автореферат  на соиск
уч.   степ.   канд.   биол.   наук. Ташкент, 2004, 16  с.
19.   Рахматуллаев   А.   Ю . ,   Мавлонов   О.М.   Сравнительный   анализ
плотности   дождевых   червей   в   агроценозах.   Биология   ва   экология.   Ҳозирги
замон муаммолари. Самарқанд, 1999. 75-77 б.
20.   Рахматуллаев   А.Ю,   Мавлонов   О.М.   Ёмғир   чувалчангларининг
агроценозларда вертикал тарқалиши. Фан, “Тиббиёт ва технология” журнали.
1999, №3,  5-7 б.
21.   Рахматуллаев   А.Ю.,   Мавлонов   О.М.,   Камилова   Ш.И.,   Бекбергинова
З.О.   Распространение   и   экологические   особенности   дождевых   червей   в
Ташкентском оазисе. 1-я межд.   конф. молодых ученых (Владикавказ) Россия,
2005.
22.   Рахматуллаев   А.Ю.,   Бердиев   Ж.Х.,   Давронов   Б.О.,   Бектошев   Ш.М.,
Тошев   У.Ж.   Ёмғир   чувалчангларининг   кўпайиши   ва   аҳамияти   //Зоология
фанининг долзарб муаммолари. Тошкент: ЎзРФА Зоология институти, 2009,
87-88 б.
53 23. Рахматуллаев  А.Ю., Тўхлиев Д.Т,  Мавлонов  О.М.,  Хайрулина И.Х.,
Черняховская   Л.А.   Проведение   лабораторных   уроков   по   теме:   класс
«Малощетинковые   червы   –   Олигохета.   Илмий-амалий   анжуман   “Биологик
хилма-хилликни сақлаш муаммолари”. Тошкент, 2006.
24. Рахматуллаев А.Ю., Хамраев А.Ш., Холматов Б.Р. Ўзбекистон ёмғир
чувалчанглари   морфологияси,   биологияси   ва   экологияси.   Тошкент:   ЎзР   ФА
Зоология институти. 2010, 47-бет
25.   Рахматуллаев   А.Ю.   Экология   дождевых   червей   –   Eisenia   fetida
//Биология,   экология,   кимё,   агрокимё   ва   тупроқшунослик   муаммолари/
Илмий конференция. Қарши, 2002, 74-75 с.
26.   Ўзбекистон   Совет   Энциклопедияси.   9-жилд.   Тошкент:   Ўзбекистон
Совет Энциклопедияси бош редакцияси, 1977, 470-478 б.
Интернет материаллари
27 .  www    .   econews    .   uz   
28.  www.nature.uz
29.  http://zoometod
30.  http://animal-uz.ru

SAMARQAND VILOYATI MEVALI BOG ` LARI TUPROQLARIDA YASHOVCHI YOMG ` IR CHUVALCHANGLARI (LUMBISIDAE OILASI) NING BIOEKOLOGIYASI VA AHAMIYATI M U N D A R I J A KIRISH .................................................................................................... 3 1.Adabiyotlar sharhi ............................................................................... 6 1.1.Yomg`ir chuvalchanglarining antomorfologik tavsifi ........................ . 9 1.2. Zarafshon vodiys ining tabiiy geografik tasnifi .......................... ....... 14 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari………………………… …… 2 1 2.1 Tadqiqot sharoitlari……………………………………………………….2 1 2.2. Tadqiqot obyektlari………………………………………………………25 2.3 Tadqiqot uslublari…………………………………………………………2 5 3. Tadqiqot natijalari..................................................................................... . 2 7 3.1.Samarqand viloyati yomg`ir chuvalchanglarining faunasi, tashqi tuzilishi va ichki morfologiyasi ................................................ ..27 3.2.Faunistik tarkibi ................................................................................... ..28 3.3.Yomg`ir chuvalchangining ekologik xususiyatlari.................................37 3.3.1.Suv muhitining yomg`ir chuvalchanglariga ta`siri ........................... ..39 3.3.2.Yomg`ir chuvalchanglarining regeneratsiyasi va tuproqda vertikal tarqalishi ................................................................................ ..40 3.4.Yomg`ir chuvalchanglarining ahamiyati .............................................. ..44 4.Xalqali chuvalchanglar mavzusi bo`yicha laboratoriya darsining yangi metodik uslub bo`yicha o`qitish ................................... ..46 Xulosalar………………………………………………………………………5 2 Tavsiyalar …………………………………………………………………… . 5 3 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………… .. 5 4

Kirish Mavzuning dolzarbligi Yоmg`ir chuvalchanglari tuproq jonivorlari biomassasining asosiy qismini tashkil etadi. Uning 1 m 2 maydondagi soni ayrim ekosistemalarda 500 tagacha etadi (Rahmatullaev, 2004). Yomg`ir chuvalchanglari tuproq hosil bo`lishidagi va uning tabiiy hosildorligini saqlab qolishdagi ahamiyati ekologiya, zoologiya, tuproqshunoslik va dehqonchilikga doir ko`pchilik manbalarda keng yoritilgan. Ch. Darvin “Omoch inson ixtiro qilgan eng qadimgi va eng muhim ahamiyatga ega bo`lgan mehnat qurollaridan biridir, ammo ungacha yomg`ir chuvalchanglari tuproqqa ishlv berib kelgan va hamma vaqt ishlov berib kelishaveradi” deb yozgan edi. Chuvalchanglarning faoliyati natijasida o`simlik qoldiqlari tuproqning chuqur qatlamlariga o`tib qoladi, tuproq yumshab, unga suv va havo o`tishi yaxshilanadi. Tuproq aeratsiyasining yaxshilanishi tufayli, organik moddalarning aerob parchalanish jarayoni tezlashadi. Bundan tashqari yomg`ir chuvalchanglari ichagidagi polimerizatsiya jarayonida organik moddalarning parchalanishidan gumin kislotalar hosil bo`ladi. Bu kislotalar mineral komponentlar bilan birga kompleks birikma gumusni hosil qiladi. Chuvalchanglar jig`ildonida joylashgan bezlar ajratib chiqaradigan mahsus moddalar, tuproqning kislotalik reaksiyasini neytrallash xususiyatiga ega. Chuvalchanglar tuproqni ichagi orqali o`tkazib, uni 10-15 foiz gumusli mayda donador koprolitlar holida chiqaradi. Bunday koprolitlar ichida mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadi. Ular ichagida yashaydigan ammonifikatsiya bakteriyalari esa azotli organik moddalarni ammiakgacha minerallashtiradi.

Adabiyotlardan ma`lumki paxta yakkaxonligi davrida, ya`ni 1970-1990 yillarda maydonlarda kimyoviy moddalarni haddan tashqari ko`p qo`llash natijasida zaharlandi. Buning natijasida tuproqdagi ming-minglab umurtqali hayvonlar va shu jumladan yomg`ir chuvalchanglari ham kamayib ketdi. Mutaxassislarning ma`lumotlariga ko`ra zaharlangan 1 gektar yerdagi chuvalchanglarning soni 3-4 millionga yetadi. Ular tuproqning ona jinsini va undagi barg, organik qoldiqlarni qayta ishlab beradi. Toza ekologik muhitli tuproqda chuvalchanglar har yili ovqat hazm qilish a`zolari orqali 300-400 tonna miqdordagi tuproqni o`tkazib, 8-10 yilda esa butun haydaladigan qatlamni qayta ishlab beradi va yangilaydi. Yerni gumus miqdorini boyitadi. Afsuski, hozirgi paytda viloyatimizning aksariyat tuproqlarida chuvalchanglar soni kamayib ketgan. Hozirgi paytda tekshirishlar shuni ko`rsatadiki eng avval sug`oriladigan yerlarning hosildorligi keskin oshishi uchun dastlab yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash lozim. Yomg`ir chuvalchanglarining qishloq xo`jaligiga ulkan foyda keltirish bilan birga, ularning ayrim turlari O`zbekiston hududida umurtqali hayvonlarning gelmintlarini (askarida, nematudalar) tarqalishida ishtirok etadi. Ular tuproq mezofaunasining asosiy komprolitlari bo`lib, gelmintlarning oraliq va rezervuar xo`jayinlari sifatida yovvoyi va uy hayvonlarining gelmintoz kasalliklarini tarqalishida muhim rol o`ynaydi. Yuqoridagilardan ma`lum bo`ldiki, yomg`ir chuvalchanglarini ham nazariy ham amaliy jihatdan o`rganish dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: Samarqand viloyati мевали боғлар maydonlarida tarqalgan yomg`ir chuvalchanglari ekologiyasini tadqiq etish va shu asosda ularning tuproq unumdorligini oshirishdagi rolini o`rganish. Tadqiqotning vazifalari: 1. Halqali chuvalchanglar tipini tasniflash, yomg`ir chuvalchanglarining anoto-morfologik tuzilishini ta`riflash. 3

2. Samarqand viloyati мевали боғлар hududida tarqalgan yomg`ir chuvalchanglarining turlar tarkibini aniqlash, anoto-morfologik tavsifini berish, morfologiyasi, tarqalishi va xo`jalikdagi ahamiyatini o`rganish, xulosalar chiqarish, tavsiyalar va takliflar berish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Malakaviy bitiruv ishi natijasida olingan faunistik va ekologik ma`lumotlar nazariy va amaliy, zoologiya, ekologik fanlari sohasidagi bilimlarga qo`shimcha materiallar bo`lib hisoblanadi. Chuvalchanglar tur tarkibini tahlil qilish natijalari Samarqand viloyati hududida inson ta`siri ostida sodir bo`layotgan o`zgarishlarning hudud yomg`ir chuvalchanglari faunasiga ta`sirini o`rganishda qo`shimcha manbaa bo`lib xizmat qiladi. Ishning tuzilishi va hajmi. Malakaviy bitiruv 3 bo`lim 11 band, xulosalar, tavsiya va takliflardan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati tashkil etadi. Hajmi 54 bet. Ishda 2 ta jadval va 8 ta rasm mavjud.

1. Adabiyotlar sharhi Samarqand viloyati yomg`ir chuvalchanglari shu davrgacha ma h sus o`rganilmagan edi. Shu sababli biz umuman O`zbekistonda ularga bag`ishlangan adabiyotlarni quyida qisqacha tahlil etamiz. O`zbekiston hududida yomg`ir chuvalchanglarning hayotini o`rganishda dastlabki tadqiqotlar XX asrning 30-yillarida A.L.Bradskiy [5] tomonidan o`tkazilgan. 1940-yillardan so`ng R.A.Alimdjanov [1] Shimoliy O`zbekistonda sug`oriladigan bedapoyalar tuproq faunasini o`rganishda chuvalchanglarni ham ta`riflagan. Yer yuzida mavjud barcha ekosistemalarda yomg`ir chuvalchanglari ustida ish olib borgan ( Michaelsen, 1900, 1910). Hozirda O`rta Osiyo mintaqasida yomg`ir chuvalchanglarining 31 turi tarqalganligi ma`lum . Mazkur mintaqada yomg`ir chuvalchanglari turlarining kamligi ularning deyarlik o`rganilmaganligi bilan bog`liqdir. Janubiy Qozog`iston hududlarida tarqalgan 13 turdan 9 tasi endemik 13 turdan 9 tasi endemik va 4 tasi kosmopolit hisoblanadi . O`zbekiston hududlarida aniqlangan 21 turdan 10 tasi endemi k , 11 tasi kosmopolitdir. R.A. Alimdjanov S.G. Bronshteyn [2] Zarafshon vodiysi umurtqasiz hayvonlarini o`rganish jarayonida bu hayvonlarga katta urg`u bergan. Bizlar bu ishda keltirilgan yomg`ir chuvalchanglari turlari T.S.Perel [16] tomonidan o`rganilgan. Ularning sistematik o`rni qaytadan tiklangan. X.A. Dimo [10] O`zbekiston sharoitida yomg`ir chuvalchanglarining faoliyatini o`rganib 1 m 2 maydondagi tuproqda o`rtacha 150 ta chuvalchang bo`lishini hisoblab chiqqan. Uning ko`rsatishicha chuvalchanglar yil davomida tuproq yuzasiga 20 т koprolitlar ishlab chiqaradi. O.M. Mavlonov, G.X. Axmedov [11] tuproq zoologiyasiga bag`ishlangan o`quv qo`llanmasida yomg`ir chuvalchanglari xususida xususan, ularning tuzilishi, biologik xususiyati, foydasi haqida ma`lumotlar mavjud. 5