logo

Tarix falsafasi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

127.5 KB
Tarix falsafasi
   REJA :
1. Tarix falsmafasining tuzilishi va funksiyalari 
2.Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi.
3.Tarixda shaxsning roli. Ma'lumki,  har   qanday   ijtimoiy   hodisaning   mohiyatini   va   uning  jamiyatning
rivojlanish   jarayonidagi   o‘rnini   faqat   u   butun   jamiyatning   rivojlanish   jarayoniga
bog‘lab, ya'ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish
mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar
kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi
yo‘nalishda   harakatlanadi;   tarix   biron-bir   muayyan   mazmunga   egami?   Bu
savollarning   barchasiga   falsafaning   «tarix   falsafasi»   degan   nom   olgan   bo‘limi
javob beradi.  Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va
funksiyalarini yoritishga lozim darajada e'tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur
bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. 
Tarixning mazmunini aniqlash  yo‘lidagi izlanishlar.  Bilimning integral shakli
sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez
qiladi.   U   gumanitar   fanlar   –   psixologiya,   san'atshunoslik,   semiotika,   san'atga
murojaat   etadi.   Tarix   falsafasining   asosiy   vazifalaridan   biri   –   o‘zgaruvchan   va
murakkab   ijtimoiy   dunyoda   hayot   mazmuniga   doir   mo‘ljallarni   topish,   insoniyat
mavjudligining   har   bir   muayyan   davrida   uning   oldida   turgan   ustuvor   vazifalarni
belgilashdir.   Har   bir   inson   va   kishilik   hamjamiyati   hayotining   burilish   davrlarida
uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi.
Tarixning   mazmun   va   mohiyatini   anglab   yetish   borasidagi   ilk   urinishlarga
qadimgi   faylasuflarning   asarlarida   duch   kelish   mumkin.   Tarix   ularning   talqinida
oldinma-ketin   yuz   beradigan   voqyealar   majmui   sifatida   namoyon   bo‘lgan.   Tarix
tavsifi   ancha   to‘liq   bo‘lgan,   ba'zan   bo‘yab   ko‘rsatilgan,   lekin   ularning   hikoyatlari
tarix   haqida   yaxlit   tasavvur   hosil   qilish   imkonini   bermagan.   Bu   narrativ   tarixdir.
(tarixchining   talqini,   interpretatsiyasi)   Keyinchalik   qadimgi   faylasuflar   tarixni
uzluksiz   takrorlanib   turadigan   jarayonlar,   «abadiy   ortga   qaytish»   (F.Nitsshe)
sifatida tasavvur qilganlar.  Diniy   an'ana   tarixning   butunlay   boshqacha   talqinini   taklif   qildi.   O‘rta
asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e'tirof etildi. Tarixiy voqyealarning
ichki   mantiqi   alohida   mazmun   kasb   etdi:   Xudo   nafaqat   tarixiy   jarayonni
boshqaradi,   balki   adashgan   insoniyatga   gunohlardan   forig‘   bo‘lish,   jannatdagi
boqiy   hayotga   erishish   yo‘lini   ko‘rsatadi.   Avreliy   Avgustin   o‘zining   «Ilohiy   shahar
haqida»   asarida   boqiylik   va   muvaqqatlik,   ilohiylik   va   dunyoviylikning   birligi
to‘g‘risida   so‘z   yuritadi.   Uning   fikricha,   Iso   Masih   insoniyatga   boqiylik   sari   yo‘l
ko‘rsatgan.   Tarixning   mazmuni   –   boqiylikka   eltuvchi   yo‘ldan   borishda,   inson
hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir. 
Ibn   Xaldun   tarixning   mazmuni   haqida   mulohaza   yuritar   ekan,   uni,   inson
hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd
etadi.   Ammo,   shunga   qaramay,   tarixning   mazmuni   haqida   erkinlik,   ijod
tushunchalariga   tayanib   so‘z   yuritish   mumkin,   deb   hisoblaydi.   Tarixning
harakatida  Ibn   Xaldun   ob'ektivlashuvning  inson   ustidan   hukmini   kamaytiradigan,
uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga
harakat qiladi. 
Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar
falsafasi   ilk   bor   ta'riflab   bergan   insoniyatning   taraqqiyoti   g‘oyasi   ancha
yashovchan   bo‘lib   chiqdi:   u   turli   yo‘nalish   va   oqimlarga   mansub   faylasuflar
tomonidan   muayyan   falsafiy   ta'limotlar   nuqtai   nazaridan   u   yoki   bu   tarzda   talqin
qilingan. Masalan, Ma'rifat davrida barcha tarixiy voqyealarga oqilonalik mezoniga
muvofiq   baho   berilgan.   Mazkur   konsepsiya   eng   mukammal   ko‘rinishda   D.Didro
tashabbusi   bilan   yaratilgan   «Ensiklopediya»ning   faol   ishtirokchilaridan   biri,
fransuz ma'rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‘z aksini topgan. U o‘zining «Inson
tafakkuri   taraqqiyotining   tarixiy   manzarasiga   chizg‘i»   deb   nomlangan   risolasida
kishilik   jamiyatining   barcha   jabhalariga   tafakkurning   kirishi   g‘oyasini   mazkur
jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi.  Tafakkurning   tantanasi   g‘oyasi   insoniyat   tarixining   mazmuni   sifatida   Gegel
tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida
yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado
etishi lozim bo‘lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Uning fikricha, tarixiy
jarayon   «aqlga   muvofiq»,   ya'ni   tasodiflardan   yoki   ayrim   shaxslarning
o‘zboshimchaligidan qat'iy nazar o‘ziga yo‘l ochadigan ob'ektiv qonuniyatlar bilan
belgilanadi.   Tarixning   mazmuni   mutlaq   ruh   o‘zini   o‘zi   anglab   yetishidadir,   deb
qayd etadi Gegel.
Tarixning   mazmunini   aniqlash   borasidagi   keyingi   izlanishlar   amalda
muayyan   ideal   tajassumi   sifatidagi   tarixning   mazmuni   haqidagi   tezisning
ko‘rinishlari   hisoblanadi.   Idealning   mazmuni   har   xil,   hatto   qarama-qarshi   bo‘lishi
mumkin:   texnokratik   illyuziyalar,   ommaviy   iste'mol   jamiyati   ideali,   axborot
jamiyati   ideali,   xususiy   mulk   va   ekspluatatsiyasiz   umumiy  tenglik   jamiyati   va  h.k.
Tarixning   mazmunini   aniqlash   yo‘lidagi   izlanish   rang-barang   ekanligiga   qaramay,
uning   har   bir   talqini   aholi   muayyan   qismining   orzu-umidlariga   mosdir.   Tarixning
mazmuni   tushunchasining   eng   teran   talqinlarini   XX   asr   faylasuflari   –K.Yaspers
taklif   qilgan   .   U   jahon   tarixining   mazmunini   davrlarning  umuminsoniy   aloqalarga
asoslanadigan   mazmun   jihatidan   bog‘lanishida   ko‘radi.   Mazkur   bog‘lanishning
mavjudligini  tarixning  mazmunini  aks   ettiradigan   dunyoviy   vaqt   o‘qi  kafolatlaydi.
U   Sharq   va   G‘arb   madaniyatlarining   umumiy   asosi   hisoblanadi.   Yaspers   jahon
tarixida   tillarning   vujudga   kelishi,   mehnat   qurollari   ixtiro   qilinishi,   olovdan
foydalanishga kirishilishi kabi to‘rt bosqichini farqlaydi:. Vaqt o‘qining boshlanishi
Hindiston, Xitoy, Yunoniston ,Markaziy Osiyo, Eron buyuk madaniyatlari deyarli bir
vaqtda vujudga kelgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig‘idagi davrga mos
keladi.   yevropada   fan-texnika   davrining   boshlanishi   mazkur   madaniyatlarning
davomi   (ma'lum   ma'noda   esa   ularning   ziddi)   bo‘lgan.   To‘rtinchi   bosqichda
insoniyatning   birligi   vujudga   keladi.   Bu   davrda   jamiyat   insonga   munosib   bo‘lgan
asoslar   va   tamoyillarga   muvofiq   rivojlanadi.   Totalitarizmdan   butunlay   voz kechishga   asoslangan   huquqiy   davlat   mazkur   birlikning   kafili   hisoblanadi.
Tarixning   mazmuni   –   umuminsoniy   madaniyatni   va   vaqt   o‘qining   avvalida
shakllangan an'analarni saqlash va rivojlantirishdadir. 
Bugungi   kunda   jamiyatning   globallashuvi   munosabati   bilan   tarixning
mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o‘rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar
aloqasini,   xalqlar   o‘rtasidagi   hamjihatlikni   qaror   toptiradigan,   ajdodlarning
ma'naviy merosini saqlash va ko‘paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va ijodiy
imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarishni   ta'minlaydigan   qadriyatlar   tizimiga   qarab
mo‘ljal oluvchi g‘oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
XIX   asrda   falsafadan   sotsiologiya   ajralib   chiqa   boshladi.   Mazkur   fan
jamiyatni   tushunishga   nisbatan   falsafiy   yondashuvlarni   asosan   tan   oladi   va   ayni
vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot metodlariga ega. 
O.Kont . Ijtimoiy tadqiqotlarning ob'ektivligiga erishish lozim, degan g‘oyani
himoya   qilgan   O.Kont   (1798-1857)   fan   sifatidagi   sotsiologiya   asoschisi.   U
sotsiologiyani   ikki   qismga   ajratadi:   birinchi   qism   ijtimoiy   statikani,   ya'ni   ijtimoiy
tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi qism
esa   –   ijtimoiy   dinamikani,   ya'ni   jamiyatning   rivojlanish   va   o‘zgarish   qonunlarini
o‘rganadi.   Ijtimoiy   statika   –   odam   organizmining   tuzilishiga   o‘xshab   ketadigan
jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni
farqlaydi.   U   jamiyat   rivojlanishining   uch   bosqichi   qonunini   ta'riflaydi.   Mazkur
bosqichlar   insoniyat   aqliy   rivojlanishining   uch   bosqichiga   mos   keladi:   teologik
bosqich   (u   qadimgi  davr  va  ilk   O‘rta  asrlarni  qamrab   oladi  va  XIII  asrda tugaydi),
metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi). 
Marksizm.   K.Marks   (1818-1883)   va   F.Engels   (1820-1895)   jamiyatni   o‘z-
o‘zidan   rivojlanadigan,   iqtisodiy   rivojlanishning   bir   bosqichidagi   barcha
mamlakatlar   uchun   umumiy   bo‘lgan   o‘ta   murakkab   tizim   sifatida   tavsiflaydi.
Jamiyatning   ziddiyatli   birlikni   tashkil   etadigan   barcha   tarkibiy   qismlari   moddiy ishlab   chiqarish   munosabatlari   bilan   belgilanadi.   Mazkur   munosabatlar   majmui
bazisni,   ya'ni   jamiyatning   iqtisodiy   negizini   tashkil   etadi.   Shu   asosda   jamiyatning
o‘ziga   xos   ijtimoiy   munosabatlar   amal   qiladigan   muayyan-tarixiy   tipi  shakllanadi.
Jamiyatning   umumiy   iqtisodiy   asosda   shakllanadigan   va   «alohida,   o‘ziga   xos
xususiyat»ga ega bo‘lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb belgilaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalarning   o‘zgarishiga   Marks   pirovard   natijada   ishlab
chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish   munosabatlarining   dialektikasi   bilan
belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi. 
G.Spenser.   Sotsiologiyada   organik   yo‘nalish   asoschisi   Gerbert   Spenser
(1820-1903)   jamiyatga   individlar   birlashmasi   sifatida   yondashadi.   Uning   fikricha,
mazkur   individlarning   rivojlanishidagi   farqlar   jamiyat   evolyusiyasining   dastlabki
shartlari hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser
ularning   qobiliyatlari   rivojlanish   darajasining   pastligi   bilan   tushuntiradi.   Eng
moslashuvchan   jamiyatlarning   yashash   uchun   kurashini   ijtimoiy   taraqqiyotning
asosiy   qonuni   deb   hisoblaydi.   U   iqlim,   tabiiy   sharoitning   ijtimoiy   jarayonlarga
ta'sirini   o‘rgangan.   Spenser   yaratgan   ta'limotni   keyinchalik   sotsiologiyadagi
geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan. 
E.Dyurkgeym.   E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar
tizimi   bilan   bog‘lagan,   faqat   shu   yo‘l   bilan   tarixni   uning   o‘ziga   xos   xususiyatiga
muvofiq   tarzda   o‘rganish   mumkin,   deb   hisoblagan.   E.Dyurkgeym   ham
qadriyatlarni   jamiyat   tuzilishini   belgilovchi   muhim   omil   deb   bilgan.   Jamiyat
tuzilmasini   o‘rganishga   nisbatan   u   strukturaviy   funksionalizm   nuqtai   nazaridan
yondashgan.   Jamiyat   borliqning   alohida   sohasi   bo‘lib,   u   o‘z   qonunlariga   muvofiq
rivojlanadi.   Noijtimoiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   omillar   jamiyat   hayotiga   jiddiy
ta'sir   ko‘rsatishga   qodir   emas.   Jamiyat   tuzilmasiga   Dyurkgeym   o‘zaro   ta'sirga
kirishadigan   va   bir-birini   vujudga   keltiradigan   ijtimoiy   dalillar   majmui   sifatida
qaraydi.   Ijtimoiy   dalillar   sababini   ongdan   emas,   balki   bundan   oldingi   ijtimoiy dalillardan qidirish lozim. Ijtimoiy tuzilma dalillarning ikki guruhidan tarkib topadi:
birinchidan,   u   moddiy   va   ma'naviy   qadriyatlarni,   ikkinchidan,   ijtimoiy   jamoalarni
o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila, kasbiy guruh
kabi   jamoalarni,   shuningdek   mehnat   taqsimotiga   muvofiq   vujudga   keladigan,
ijtimoiy   birlik   (axloq,   din)ni  ifoda   etadigan   ijtimoiy   institutlarni   farqlaydi.   Ijtimoiy
jarayonda   sababiyat   ijtimoiy   muhitning   yuqorida   zikr   etilgan   elementlarining   u
yoki bu hodisani vujudga keltiradigan o‘zaro ta'siridir. 
Dyurkgeym   ijtimoiy   evolyusiya   mavjudligini   qayd   etadi   va   uni   mehnat
taqsimoti   bilan   bog‘laydi.   U   rivojlangan   mehnat   taqsimoti,   ixtisoslashuv   va
kooperatsiyani   yuksak   darajada   uyushgan   jamiyatning   belgisi   deb   hisoblaydi.
Mazkur   jamiyat   mehnat   taqsimoti   mavjud   bo‘lmagan   arxaik   jamiyatlardan   ayni
shu   belgiga   ko‘ra   farq   qiladi.   Mehnat   taqsimoti   individlar   o‘rtasidagi   farqlarni
belgilaydi   va   shaxs   shakllanishining   omili   hisoblanadi.   U   odamlarni   o‘zaro
aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg‘un tus beradi. 
Dyurkgeym shaxs va jamiyatning uzviy aloqasini qayd etadi. Uning fikricha,
jamiyatning   tubanlashuvi   muqarrar   tarzda   shaxsning   tubanlashuviga   sabab
bo‘ladi.   Ne'matlar   va   xizmatlarni   ayirboshlashning   buzilishi   natijasida   yuzaga
keladigan tengsizlik, shuningdek shaxs o‘z kasbiy roliga moslashmagani jamiyatda
sinfiy   kurashni   keltirib   chiqaradi.   Mehnat   taqsimotini   muvofiqlashtirishning
maqbul   vositalarini   topish,   imkoniyatlar   tengligini   ta'minlaydigan   qoidalarning
aniq   majmuini   belgilash   talab   etiladi.   Dyurkgeym   bu   jarayonda   sotsiologiya   fan
sifatida ayniqsa muhim rol o‘ynaydi deb hisoblagan. 
M.Veber.   Maks Veber  (1864-1920) o‘z sotsiologik qarashlarida Rikkertning
borliq va ongning o‘zaro aloqasi zamirida sub'ektning qadriyatga bo‘lgan muayyan
munosabati   yotadi,   degan   g‘oyasiga   tayangan.   Shunga   muvofiq   Veber   tahlil
qilinayotgan   materialning   iqtisodiy,   diniy   va   axloqiy   qadriyatlar   bilan   o‘zaro
nisbatini   aniqlash   lozim   deb   hisoblagan.   O‘zining   «Protestantcha   axloq   va kapitalizm   ruhi»   asarida  Veber   dastlab   Niderlandiya,   Angliya   va   AQShda  vujudga
kelgan sanoat kapitalizmining qaror topishiga protestantcha axloq qadriyatlarining
ta'sirini   tahlil   qiladi.   U   hozirgi   zamon   xo‘jalik   hayotida   hukm   surayotgan
kapitalizmning o‘ziga xos xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar
–   tadbirkorlar   va   ishchilar   shakllanishi   natijasida   vujudga   kelganini   qayd   etadi.
Veber tarixiy materializmning g‘oyalar iqtisodiy munosabatlar ustqurmasi sifatida
yuzaga kelgan, degan  «sodda»  tasavvurlariga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri e'tiroz  bildiradi  va
aksincha, kapitalizm «ruhi» uning vujudga kelish omili bo‘lgan, deb hisoblaydi. 
U   kapitalizm   modelini   kapitalistik   naf   ko‘rishga   oqilona   intilishdan   keltirib
chiqarishga   harakat   qiladi.   Veber   ratsionalizm   tamoyillari   G‘arb   madaniyatining
barcha hodisalarida: fanda, san'atda, monumental qurilmalar yaratish konstruktiv
tamoyillarida   hukm   surishini   qayd   etadi.   Oqilona   ishlab   chiqilgan   konstitutsiya,
huquq,   oqilona   yaratilgan   qoidalarga   qarab   mo‘ljal   oladigan   mutaxassis-
amaldorlardan   iborat   siyosiy   institut   sifatidagi   davlat   faqat   G‘arbda   mavjud.
Ammo   ratsionalizm   qadriyatlarini   amalga   oshirishning   eng   oqilona   ifodasi
tadbirkorlik   sohasida   mujassamlashgan:   ishlab   chiqarishning
kommersializatsiyalashuvi,   buxgalteriya   hisoboti,   chayqovchilikni
oqilonalashtiruvchi  qimmatli  qog‘ozlar   va  birjalar,   mehnatni  oqilona  tashkil  etish
va h.klardir.
O‘zining   boshqa   bir   qator   asarlari,   chunonchi:   «Tushunuvchi
sotsiologiyaning   ba'zi   bir   kategoriyalari   haqida»,   «Jahon   dinlarining   xo‘jalik
axloqi»,  «Xo‘jalik   va  jamiyat»,  «Xo‘jalik   tarixi»da  Veber  ijtimoiy   harakat   va  uning
motivatsiyasi   tushunchasini   ta'riflab   berdi.   Borliqni   tushuntirish   uchun   u   «ideal
tiplar» metodologiyasini yaratdi va undan foydalandi. Veber fikriga ko‘ra, ijtimoiy
organizm hujayrasi hisoblanadigan ijtimoiy harakat ikki omil: sub'ektiv motivatsiya
va   boshqalarga   qarab   mo‘ljal   olishni   o‘z   ichiga   oladi.   U   ijtimoiy   harakatning oqilona   maqsadli   ijtimoiy   harakat,   oqilona   qadriyatli   ijtimoiy   harakat,   affektli
ijtimoiy harakat va an'anaviy ijtimoiy harakat kabi tiplarini farqlaydi. 
O‘zining   ijtimoiy   harakat   konsepsiyasini   Veber   hokimiyatni   tushunishga
nisbatan   ham   tatbiq   etadi.   O‘zgalarning   umidlariga   qarab   mo‘ljal   olish   ijtimoiy
harakatning   muqarrar   belgisi   bo‘lgani   bois,   hokimiyat   siyosiy   munosabatlarda
ishtirok   etuvchi   tomonlarning   o‘zaro   umidlarini   nazarda   tutadi.   Shu   holdagina
hokimiyat   qonuniylik   kasb   etadi:   boshqarayotganlar   o‘z   buyruqlariga
bo‘ysunishlariga   umid   qiladilar;   boshqarilayotganlar   esa   oqilona   buyruqlarni
kutadilar.   Veber   qonuniy   davlatlarning:   ish   vakolatlari   qonuniy   belgilanishining
majburiyligiga   bo‘lgan   ishonchga   ko‘ra   hukmronlik;   muayyan   xulq-atvorga
ko‘nikish   bilan   belgilangan   hukmronlik;   xarizmatik   hukmronlik   kabi   uch   tipini
farqlaydi.   Boshqaruvning   oqilona-byurokratik   tipi   vujudga   kelishi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   hokimiyatning   namunaviy-oqilona   tipini   Veber   hokimiyat   ideali   deb
hisoblagan. 
XX   asrda   M.Veber   ilgari   surgan   tarixiy   jarayonning   teng   huquqli   omillari
ta'siri   haqidagi   g‘oyasi   asoslab   berildi.   Ijtimoiy   rivojlanishning   hozirgi   bir   qancha
nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikatsiya, globallashuv kabi
omillarni birinchi o‘ringa qo‘yadilar. 
I.A.   Karimov   (1938)   tarix   falsafasini   tarixiy   xotira   bilan   uyg‘un   holda
ko‘radi. Uning fikricha   “Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish
demakdir” 1
.   Fikrining   davomida   u   tarixiy   xotirasi   bor   inson   irodali   inson,
jamiyatning   har   bir   a'zosi   o‘z   o‘tmishini   yaxshi   bilsa,   bunday   odamlarni   yo‘ldan
urish,   har   xil   aqidalar   ta'siriga   olish   mumkin   emas.   tarix   saboqlari   insonni
hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan
boshlanadi, deb ta'kidlaydi. Buning uchun har bir millat  o‘zining tarixiy ildizlariga
nazar   solishi,   u   yoki   bu   mafkura   ta'sirida   xash-po‘shlangan   tarixiy   xotirani   o‘z
1  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.: Sharq, 1998.-B.10 holicha   qayta   tiklashga   harakat   qilishi   lozim.   “O‘z   tarixini   bilmaydigan,   kechagi
kunini   unutgan   millatning   kelajagi   yo‘q” 2
.   Shundagina   millat,   xalq   o‘z-o‘zini
anglaydi.  Tarixchilar  millatga  uning  haqqoniy  tarixini  ko‘rsatib, isbotlab   berishlari
kerak. Zotan tarix xalq ma'naviyatining asosidir. 
N.Jo‘raev   (1952)   fikricha,   vaqt   o‘tgan   sari   insoniyat   tafakkuri   kengayib,
ijtimoiy   fanlar   taraqqiy   topib   borishi   natijasida   tarix   falsafasi   atrofidagi
mulohazalar   kengayadi.   Uning   predmeti   va   ob'ektiga   aniqlik   kiritiladi.   Shu   ilmiy
haqiqatdan   kelib   chiqib,   N.Jo‘raev   hozirgi   zamon   tarix   falsafasining   quyidagi
vazifalarini belgilaydi:
-   insoniyat   tarixi   rivojlanish   qonuniyatlarini,   ularning   manbalari   va
mohiyatini o‘rganish;
-   insoniyat   tarixini,   jumladan,   milliy   tarixni   ham   hozirgacha   ta'sirini
o‘tkazib   kelapyotgan   kommunistik   mafkura   asosidagi   ilmiy   metodologiyada
mavjud   bo‘lgan   tamoyillardan   voz   kechib,   milliy   istiqlol   g‘oyasi   asosida  o‘rganish
va davrlashtirish muammosini hal etish;
-   sivilizatsiyalar   va   madaniyatlar   yuzaga   kelishining   yaxlit   tizimini   ishlab
chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish;
-   tarixiy   jarayonning   umumiy   shaklini   tahlil   etish,   ularni   o‘tmish,   bugun,
kelajak   tizimida   mantiqan   o‘rganish   hamda   insoniyat   istiqboli   haqida
tasavvurlarga aniqlik kiritish;
- tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan
o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab
chiqish;
- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish
va baholash;
2  Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.-T.: Ma’naviyat, 2008. –B. 4. -   insoniyat   tarixida   to‘plangan   moddiy,   ma'naviy   va   madaniy
qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish;
-   tarixni   anglashning   yangi   yo‘nalishlarini   hozirgi   zamon   falsafiy   tafakkur
mezonlari   asosida   belgilash   hamda   unga   tayangan   holda   ijtimoiy   taraqqiyot
maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;
-   yaxlit   insoniyat   taraqqiyoti   omillarini   va   manbalarini   o‘rganish,   shu
asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;
-  tarix   fani   predmeti  va   metodologiyasini   hozirgi   zamon   talablari   asosida
qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan,
siyosiy   tarix,   iqtisodiy   tarix,   din   tarixi,   san'at   tarixi,   etnogenezis   va   boshqa
yo‘nalishlar   bilan   mushtarak   holda   kompleks   tadqiqotlarni   olib   borish   orqali,
inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish 3
.
Ana   shu   vazifalarni   hal  etishda   tarix   falsafasi   va   tarix   fanining   hamkorligi
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Uning   fikricha,   bir   qarashda   tarix   falsafasi   va   tarix
fani bir-biridan ayri yo‘nalishdek ko‘rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka,
insoniyat   tarixida   qaysidir   hodisaga   tarixchi   tarix   ko‘zi   bilan   qarasa,   faylasuf
faylasuf   ko‘zi   bilan   qaraydi.   Aslida   har   ikki   qarashlar   zamirida   inson   taqdiri,
tafakkur   tarzi   va   manfaatlar   ustuvorligi   yotadiki,   bu   inson   fenomeni   va   hayot
falsafasining mantig‘idir.
Tarix   falsafasining   predmeti,   tuzilishi   va   funksiyalari.   «Tarix   falsafasi»
nima   va   uning   predmeti   nimadan   iborat?   Bu   savolga   javob   berar   ekanmiz,   tarix
falsafasi   tushunchasiga   «Falsafiy   qomusiy   lug‘at»   mualliflari   bergan   ta'rifni
keltirish o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz: «Tarix falsafasi – falsafaning tarixiy jarayonni
va   tarixiy   bilishni  talqin   qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   bo‘limi» 4
.   Shunday   qilib,   tarix
falsafasi   falsafaning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Tarix   falsafasining   predmeti   esa
3  Jo‘rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari-T.: Ma’naviyat, -B.186. 2001.
4  Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar. – M.: Sovremenniy literator, 1989. – 700-b.   tarixiy jarayon va tarixiy bilishni talqin qilish, ularning mazmunini yoritib berishdan
iborat.   Ammo   bu   tarix   falsafasini   tavsiflashga   nisbatan   birdan-bir   yondashuv
emas,   chunki   tarixiy   rivojlanish   jarayonida   tarix   falsafasining   predmeti   va
muammolari sezilarli darajada o‘zgargan va hozirgi vaqtda tarix falsafasining turli
yo‘nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi. 
Masalan,   antik   davr   tarixchilari   va   faylasuflari   (Gerodot,   Platon,   Fukidid,
Aristotel,   Plutarx   va   b.)ning   tadqiqotlari   o‘tgan   va   hozirgi   zamon   kishilarining
qilmishlari, tabiat va insonning o‘zaro aloqasi haqida ma'lumotlar yig‘ishdan, ya'ni
tarixiy dalillarni ularni nazariy jihatdan anglab yetmasdan va yagona falsafiy-tarixiy
tizimga solmasdan tavsiflash va o‘rganishdan iborat bo‘lgan. 
O‘rta   asrlarda   (Avgustin   va   b.)   tarix   falsafasining   predmeti   sifatida   avvalo
Xudo va insonning o‘zaro aloqasi muammosi, harakatlantiruvchi kuchi ilohiy vahiy
sanalgan   tarixiy   jarayonning   mazmunini   aniqlash,   tarixiy   asarlarning   mohiyati   va
vazifasini o‘rganish amal qilgan. 
Sharqda   tarix   falsafasining   (A.Beruniy,   Ibn   Xaldun,   A.B.Narxashiy,
R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari,
yo‘nalish   va   omillarini   belgilovchi   kishilik   jamiyatining   o‘ziga   xos   davriylik
nazariyasi alohida o‘rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham o‘zining hayotiy davriga
ega” 5
.  Beruniy   tarixni  o‘rganish   tahlil  qilish   va  so‘ng  xulosalar   chiqarish   zaruligini
tavsiya   qilar   ekan,   uni   davrlarga   bo‘lish,   har   bir   davrning   o‘ziga   xos   jihatlarini
aniqlash   va   ana   shu   usul   orqali   ijtimoiy   hayotga,   kishilik   jamiyatiga   tegishli   va
asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi.
Uyg‘onish   davrida   va   Yangi   davrda   (Nikkolo   Makiavelli,   Jambattista   Viko,
Frensis   Bekon,   Tomas   Gobbs   va   b.)   tarixning   maqsadi,   yo‘nalishini,   shuningdek
tarixiy   jarayonda   insonning,   sinflarning   rolini   aniqlash   (Ogyusten   Terri,   Fransua
Gizo,   Ogyust   Mine)   tarix   falsafasining   predmetiga   aylangan.   Yangi   davrda   «tarix
5  Qarang. Hotamiy S.M. Islom tafakkuri tarixidan.-T.: Ma’naviyat, 2003. –B.263 falsafasi»   atamasi   ham   paydo   bo‘lgan,   uni   ilk   bor   1765   yilda   tarixchi   tarixiy
voqyealarni   shunchaki   tavsiflabgina   qolmasdan,   balki   tarixiy   jarayonni   falsafiy
jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma'rifatchisi
Volter   ishlatgan.   Keyinchalik   tarixiy   jarayonning   umumiy   qonuniyatlari   va
dialektikasini aniqlash  yo‘lida  izlanishlar  olib  borish  Georg Gegel hamda  dialektik
materializm   asoschilari   Karl   Marks   va   Fridrix   Engels   uchun   tarix   falsafasining
asosiy predmetiga aylangan. 
XIX asr oxiri – XX asr boshida tarix falsafasining ko‘pgina yangi yo‘nalishlari
vujudga   kelgan.  Ularning   har   biri  o‘z   tadqiqot   predmetiga   ega   bo‘lgan.   Masalan,
tarixning aylanma harakati nazariyasi namoyandalari (Nikolay Danilevskiy, Osvald
Shpengler,   Arnold   Toynbi),   o‘z   o‘tmishdoshlari   kabi,   o‘z   oldiga   tarixiy   jarayon
qonuniyatlarini   aniqlash   vazifasini   qo‘ygan.   Xristian   tarix   falsafasining   ko‘p   sonli
yo‘nalishlari:   neotomizm   (Jak   Mariten,   Eten   Anri   Jilson   va   b.),   neoavgustizm
(Moris   Blondel,  Gabriel Marsel,  Jan   Lakrua),  teyyardizm   (Per   Teyyar   de  Sharden)
va   qisman   ekzistensializm   (Karl   Yaspers)   namoyandalari   tarixning   mazmuni
muammosini   bosh   muammo   deb   hisoblaganlar.   Tarixiy   bilish   gnoseologik
nazariyasi   va   tanqidi   namoyandalari   (Vilgelm   Diltey,   Benedetto   Kroche)   esa
tarixshunoslik   (istoriografiya)   doirasi   bilangina   cheklanib   qolmaganlar,   balki
so‘zning   keng   ma'nosidagi   tarixiy   ongni   ham   tahlil   qilganlar.   Neokantchilik   tarix
falsafasi   (Vilgelm   Vindelband,   Genrix   Rikkert)   va   «analitik»   tarix   falsafasi   (Ernest
Nagel,   Karl   Gempel   va   b.)   ham   o‘zining   alohida   predmetiga   ega.   XX   asr   tarix
falsafasi   aksariyat   hozirgi   yo‘nalishlarining   muhim   xususiyati   shundan   iboratki,
ularning predmeti sifatida jahon tarixi, hozirgi sivilizatsiyaning global muammolari
amal qiladi. 
Bu muxtasar sharhdan ko‘rinib turganidek, turli falsafiy-tarixiy maktablarda
tadqiqot   predmeti  muammosiga  nisbatan   yagona yondashuv  mavjud  emas.  Ayni
hol   avvalo   shu   bilan   bog‘liqki,   tarixiy   voqyelikning   mohiyati   turli   tadqiqotchilar tomonidan   har   xil   tushunilishi   o‘z-o‘zidan   tarixiy   jarayonning,   ya'ni   «tarix
falsafasi»ning   ko‘p   sonli   falsafiy   talqinlarini   vujudga   keltiradi.   Ammo   mazkur
yondashuvlarni   umumlashtirish   tarix   falsafasi   –   bu   falsafaning   tarixiy   jarayon
mazmuni,   uning   qonuniyatlari   va   asosiy   yo‘nalishlarini   tushuntirish   bilan
shug‘ullanuvchi,   shuningdek   uni   bilish   metodlarini   asoslovchi   bo‘limi,   degan
xulosaga kelish imkonini beradi.
Tarix  falsafasi  predmetining  umumiy  tavsifi  uning tuzilishi  va  funksiyalarini
o‘rganishga o‘tish imkonini beradi. 
Tarix   falsafasining   tuzilishi.   Tarix   falsafasining   tuzilishini   tavsiflar   ekanmiz,
bu   element   tarix   falsafasi   u   yoki   bu   yo‘nalishi   namoyandalarining   metodologik
mo‘ljallari   bilan   uzviy   bog‘liq,   degan   xulosaga   kelishimiz   mumkin.   Ayni   vaqtda,
ahamiyatsiz   tafovutlarni   e'tibordan   soqit   etsak,   aksariyat   yo‘nalishlar   doirasida
o‘rganiladigan   asosiy   muammolarni   qayd   etishimiz   mumkin.   Tarix   falsafasining
asosiy tarkibiy qismlarini aytib o‘tamiz va ularga qisqacha to‘xtalamiz 
Tarix   falsafasi   ontologiyasi   –   bu   tarix   falsafasining   tarixiy   borliq
muammolari,   chunonchi:   tarixning   mazmuni   va   yo‘nalishi,   ijtimoiy   taraqqiyot,
ijtimoiy   determinizm,   yagona   tarixiy   makonning   vujudga   kelishi,   jahon   tarixining
yagonaligi   asoslarini,   insonning   koinotdagi   o‘rnini   aniqlash,   tarixiy   vaqt   masalasi
va   hokazolarni   o‘rganish   bilan   shug‘ullanuvchi   tarkibiy   qismi.   Mazkur   bo‘limda
jamiyatning   rivojlanish   mantig‘ini,   uning   turli   tomonlari   o‘rtasidagi   aloqalar   va
o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ham muhim o‘rin egallaydi. 
Tarix   falsafasi   gnoseologiyasi   asosiy   e'tiborni   tarixiy   bilish   muammolariga,
aniqroq   aytganda,   tarixiy   faktlar   va   voqyealarni   o‘rganish,   tahlil   qilish   va
tushuntirish,   tarixiy   bilimning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   aniqlash,   shuningdek
tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi.  Tarix   falsafasi   tarixi   tarix   falsafasining   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi,   tarix
falsafasi   predmetining   shakllanishi   muammolarini,   tarix   falsafasining   turli
yo‘nalishlar va oqimlar vujudga kelishiga sabab bo‘lgan ichki differensiatsiyalanish
jarayonini   o‘rganadi.   Tarix   falsafasi   mazkur   bo‘limining   muhim   muammolari
qatoriga   tarixiy   jarayonni   davriylashtirish,   boshqa   ijtimoiy   fanlar   orasida   tarix
falsafasining o‘rnini aniqlash masalalari ham kiradi. 
Tarix   falsafasi   antropologiyasi   insonning   tarixiy   jarayondagi   o‘rnini,   bu
jarayonda   tarix   sub'ektlarining   rolini   aniqlaydi   va   «Tarixni   kim   harakatga
keltiradi?»,   degan   savolga   javob   beradi.   Odatda,   tarix   falsafasining   turli
yo‘nalishlari   tarixiy   jarayon   sub'ektlari   qatoriga   xalq,   millat,   omma,   olomon,
ijtimoiy sinflar va atoqli shaxslarni kiritadi va qo‘yilgan savolga har xil javob beradi.
Tarix falsafasining funksiyalari.  Tarix falsafasining funksiyalari to‘g‘risidagi
masalani hal qilmasdan uning predmeti va o‘ziga xos jihatlarini to‘la anglab yetish
mumkin emas. Tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi ekanligiga asoslanib, tarix
falsafasining funksiyalari umuman falsafaning funksiyalari bilan asosan bir xil, deb
taxmin   qilish   mumkin.   Ayni   vaqtda   shuni   ham   unutmaslik   kerakki,   tarix   falsafasi
o‘z   alohida   ob'ekti,   predmeti,   metodlari,   tadqiqot   maqsadlari   va   vazifalariga   ega
va   bu   uning   muayyan   xususiyatlari   mavjudligidan   dalolat   beradi.   Quyida   ularni
ko‘rib chiqamiz 
Tarix   falsafasining   dunyoqarashga   doir   funksiyasi   shundan   iboratki,   u
insonda   tarixga,   ya'ni   jamiyatning   mavjudligi   va   rivojlanishi,   tarixiy   jarayonning
yagonaligi va rang-barangligiga, uning mazmuni va yo‘nalishiga, insonning undagi
o‘rni va roliga va hokazolarga nisbatan umumiy munosabatni shakllantiradi. 
Tarix   falsafasining   nazariy   funksiyasi   shundan   iboratki,   u   tarixiy   jarayonni
teran   anglab   yetish   va   u   haqda   nazariya,   ya'ni   tarixiy   jarayonning   mavjudligi,
mazmuni,   rivojlanish   yo‘nalishi   haqidagi   qarashlar   tizimi   darajasida   xulosa
chiqarish   imkonini   beradi.   Tarix   falsafasining   mazkur   funksiyasi   tarixiy   o‘tmishni nazariy   darajada   rekonstruksiya   qilishni   amalga   oshirish,   tarixiy   dalillar   va
voqyealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Tarix   falsafasining   metodologik   funksiyasi   uning   qoidalarini   tarixiy
o‘tmishning   u   yoki   bu   ijtimoiy   fanlar   doirasida   o‘rganiluvchi   ayrim   hodisalari   va
voqyealarini   o‘rganish   jarayonida   amalga   tatbiq   etish   imkoniyatidan   iborat.   Bu
holda   tarix   falsafasining   qoidalari   va   xulosalari   tarix,   sotsiologiya,   iqtisod,
siyosatshunoslik,   huquq   falsafasi,   psixologiya   va   boshqa   fanlar   sohasida   amalga
oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini o‘ynaydi. 
Tarix   falsafasining   prognostik   funksiyasi   shundan   iboratki,   tarixiy   jarayon
qonuniyatlarini   bilish   jamiyat,   uning   ayrim   kichik   tizimlarining   rivojlanish
tendensiyalarini,   tarix   voqyealari,   kishilar   faoliyatining   yaqin   va   uzoq   kelajakdagi
oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu
ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin. 
Shuni qayd etish lozimki, tarix falsafasining ko‘rib chiqilgan funksiyalari bir-
biri   bilan   uzviy   bog‘liq   va   bir-biriga   o‘tadi.   Ularning   har   biri   qolganlarini   nazarda
tutadi va ularni o‘z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi. 
Tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalari.  «Tarix falsafasi» atamasi nisbatan
yaqinda   paydo   bo‘lgan   bo‘lsa-da,   dastlabki   falsafiy-tarixiy   g‘oyalar   qadim
zamonlardayoq   vujudga   kelgan.   Shu   sababli   tarix   falsafasining   hozirgi
konsepsiyalari   mohiyatini   yaxshiroq   anglab   yetish   uchun   tarixiy   o‘zlikni
anglashning tadrijiy rivojlanish jarayoniga nazar tashlash lozim. Tarixiy jarayonning
yagonaligi   va   rang-barangligi,   uni   davriylashtirish   va   uning   shakllarini   tizimga
solish   haqidagi   tasavvurlar,   shuningdek   insoniyat   tarixiy   rivojlanishini
harakatlantiruvchi kuchlar va uning yo‘nalishi haqidagi masala har doim yuqorida
zikr etilgan jarayonning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan.  Tarixiy   harakat   yo‘llarini,   tarixiy   jarayon   tendensiyalari   va   yo‘nalishini
anglab   yetish   muammosi   antik   davr   mutafakkirlari,   avvalo   Gerodot,   Fukidid,
Aristotel,   Teofrast,   Pliniy   Katta   va   boshqalarda   kuchli   qiziqish   uyg‘otgan.   Bu
tarixchi   va   faylasuflarning   asarlarida   insoniyatning   o‘tmishi   va   kelajagi   haqida
muayyan   tasavvurlar,   odamlarning   qilmishlari   haqida,   tarixiy   voqyealarning
yo‘nalishi   va   mazmuni   to‘g‘risida   mulohazalar   mavjud   bo‘lgan.   Kkeyinchalik
bularning barchasi jamuljam holda «tarix falsafasi» deb nomlangan, lekin ular hali
qarashlarning   mukammal   tizimini   tashkil   etmagan.   Bundan   tashqari,   qadimgi
faylasuflar   va   tarixchilarning   aksariyati   diniy-mifologik   dunyoqarashga   amal
qilgan.   Bu   dunyoqarashga   ko‘ra,   jamiyatda,   xuddi   tabiatdagi   kabi,   aylanma
harakat   mavjud,   odamlarning   xatti-harakatlari   taqdirga   yoki   xudolar   irodasiga
bo‘ysunadi. Buyuk shaxslar – jamoa oqsoqollari,  siyosiy arboblar, qahramonlarga
xos   bo‘lgan,   o‘z   tabiatiga   ko‘ra   o‘zgarmas   sanalgan   ehtiros   va   iroda   inson   xulq-
atvorini belgilovchi omil hisoblanadi. 
O‘rta   asrlarda  falsafiy   tafakkurining   namoyandalari   Avreliy   Avgustin,  Foma
Akvinskiy  va  b.  Injil   va  yunon-rim   falsafiy-tarixiy  tafakkurini  sintez   qilib,  tarixning
yangi,   teologik   konsepsiyasini   yaratdi,   tarixiy   voqyealarning   mazmuni,   tarixiy
asarlarning   mohiyati   va   vazifalari   haqida   yangicha   tasavvurlarni   ilgari   surdi.
Mazkur   konsepsiyaga   muvofiq,   xristian   mualliflari,   tarix   orqali   ilohiy   niyatni
tushunib   yetishga   harakat   qilib,   aylanma   harakat   g‘oyasini   rad   etdilar   va   tarixiy
jarayonni   o‘tmishdan   kelajak   (bo‘lg‘usi   panohga   erishish,   masihning   kelishi)   sari
chiziqli harakat sifatida tasavvur qildilar. 
Markaziy   Osiyo   mutafakkiri A.R.Beruniy  podsholiklar   tarixi  orqali  o‘tmishni
davrlarga   bo‘lishni   taklif   qiladi.   Tarix   uning   fikricha,   fikr   va   tafakkur   manbai.   U
doimo   turli   fanlarning   o‘zaro   ta'sirining   uzviyligi   va   uyg‘unligi   natijasida
takomillashadi.   Shu   bois,   tarix   har   qanday   olim   uchun   tadqiqotning   muhim
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Beruniy tarixiy tadqiqotlarni boshqa turdosh fanlarni o‘rganish   bilan   uyg‘un   holda   olib   borish,   muayyan   natijaga   olib   kelishini
ta'kidlaydi.   Zero,   tarixiy   manbani   o‘rganish,   uning   asosli   yoki   asossiz   ekanligin
isbotlash   tarixiy   tadqiqot   uchun   mas'uliyatli   jarayondir.   Chunki   tarixiy   manba
yaratganlar,   turli   hujjatlarni   bitganlar   yoki   o‘z   manfaatlari,   maqsadlari   doirasida
dalil   to‘playdilar.   Shu   holat   nuqtai   nazaridan   Beruniy   “xabar-xabarchilar   tufayli
rost   va   yolg‘on   tusini   oladi” 6
,   deb   e'tirof   etgan.   Tarixiy   haqiqatni   tiklash,   tarixiy
tafakkur   va   tarixiy   ma'lumotlarni   yig‘ish   Sharq   tarix   falsafasida   aniq   me'yorlar
vositasida amalga oshirilgan. 
Feodalizmning   inqirozi,   kapitalistik   munosabatlarning   rivojlanishi,
hurfikrlilikning   kuchayishi   ijtimoiy   ong   tarixga   nisbatan   teologik   yondashuvdan
xalos   bo‘lishiga   ko‘maklashdiki,   bu   fanning   rivojlanishiga   ijobiy   ta'sir   ko‘rsatdi.
Uyg‘onish   davri   (XIV-XVI   asrlar)   mutafakkirlari,   xristian   tarixchilaridan   farqli
o‘laroq, tarixiy jarayonni dunyoviy sharoitlardan, insonning tabiatidan kelib chiqib
tushuntirishga   harakat   qildilar.   Masalan,   Nikkolo   Makiavelli   (1469-1527)   o‘z
asarlarida   moddiy   manfaat,   xususiy   mulkni   asrash   va   ko‘paytirishga   intilish
jamiyatning   rivojlanishini   harakatlantiruvchi   kuch   ekanligini   isbotlab,   siklli
rivojlanish   g‘oyasini   asoslashga   harakat   qildi.   Uning   ayrim   asarlarida   ijtimoiy
hodisalarning   qonuniyatlariga   doir   farazlar   ham   mavjud,   lekin   u   mazkur
qonuniyatlarni ta'riflashning uddasidan chiqmagan. 
XVII-XVIII   asrlar   yevropa   uchun   burjua   industrial   sivilizatsiyasi   vujudga
kelishiga   va   ijtimoiy   rivojlanish   jarayonining   jadallashuviga   olib   kelgan   sanoat   va
ijtimoiy-siyosiy inqiloblar davriga aylandi. Yangi davr mutafakkirlari qarashlarining
shakllanishida   tabiiy   fanlar   ulkan   rol   o‘ynadi.   Bu   davrda   ijtimoiy   fanlarning
rivojlanishiga   tabiatshunoslik   shu   darajada   kuchli   ta'sir   ko‘rsatganki,   tarix
aksariyat hollarda tabiiy ilmiy nuqtai nazardan tushuntirilgan. 
6 1
1
 Beruniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild. -T.: Fan, 1968 –B.50 Ayni shu davrda yuqorida sanab o‘tilgan sabablar ta'sirida tarix falsafasining
bir   nechta   naturalistik   (lot.   naturalis   –   tabiiy,   natural)   konsepsiyalari   vujudga
kelgan.   Mazkur   konsepsiyalarning   namoyandalari   tabiatga   butun   borliqni,   shu
jumladan   tarixiy   jarayonni   tushuntirishning   universal   tamoyili   sifatida
yondashgan. Bunda naturalizm tushunchasi turlicha talqin qilingani bois, quyidagi
yo‘nalishlar ajralib chiqqan: ijtimoiy hodisalar tabiiy muhit ta'sirida tushuntirilgan
geografik   naturalizm   (Sharl   Lui   Monteske,   Iogann   Gerder   va   b.);   tarixiy
jarayonlarni   demografik   determinizm   yordamida   tushuntirgan   demografik
naturalizm (Tomas Maltus); jamiyatdagi o‘zgarishlarni avvalo inson tafakkuri bilan
bog‘lovchi idealistik naturalizm (Klod Gelvetsiy, Jan Jak Russo). 
Tarixiy   o‘zlikni   anglashning   rivojlanishiga   o‘z   tadqiqotlarida   tarixni   inson
aqlli   tabiatining   evolyusiyasi   va   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   alohida   borliq
sifatida falsafiy jihatdan anglab yetishga urg‘u bergan Volter (1694-1778) asarlari,
shuningdek tarixiy jarayon g‘oyasini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan Mari Jan
Kondorse (1743-1794) tadqiqotlari ham kuchli ta'sir ko‘rsatdi. 
G.V.F.Gegel   (1770-1831)   ijtimoiy   rivojlanishning   o‘ziga   xosligini   ob'ektiv
idealizm   nuqtai   nazaridan   anglab   yetish   yo‘lida   yangi   qadam   tashladi.   U   tarixga
har   bir   davr   betakror   tarzda   rang-barang   bo‘lgan   holda,   ayni   vaqtda   insoniyat
rivojlanishining   qonuniy   bosqichi   sanalgan   yagona   qonuniy   jarayon   sifatida
yondashdi.   Bu   rivojlanish   tabiiy   qonuniyatlar   sohasi   bilan   taqqoslaganda
boshqacha   xususiyat   kasb   etadi.   Bu   yerda   tarixiy   qonunlar   kishilarning   ongli
faoliyati   vositasida   amalga   tatbiq   etiladi,   lekin   shu   bilan   birga   tarixda   muayyan
ob'ektiv   mantiq   ham   amalga   oshiriladi   va   tarixiy   jarayon   dunyoviy   aql,   mutlaq
g‘oyaning   cheksiz   tarzda   o‘z-o‘zidan   rivojlanishi,   o‘zini   o‘zi   ro‘yobga   chiqarish
jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. 
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida tarixiy bilim sifat jihatidan yangi
darajaga   ko‘tarildi.   Turli   matnlarning   tarixiy   va   lingvistik   tahlili   metodlarining takomillashishi,   arxeologiyaning   rivojlanishi,   o‘tmish   guvohliklariga   yanada
tanqidiyroq   yondashish   natijasida   tarixiy   bilim   fan   maqomini   qo‘lga   kiritdi.   Shu
bilan bir vaqtda tarixiy va tabiiy ilmiy bilimlar butunlay har xil ob'ektlarga mansub
bo‘libgina   qolmasdan,   o‘zlari   ham   bir-biridan   butunlay   farq   qilishi   yanada
teranroq anglab yetildi. 
Tarixiy   o‘zlikni   anglash   jarayoni   evolyusiyasining   keltirilgan   tavsifi   bizga
tarix   falsafasining   hozirgi   konsepsiyalariga   nazar   tashlash   imkonini   beradi.   Bu
konsepsiyalar   orasida   gnoseologik   yo‘nalish   (tanqidiy   tarix   falsafasi),   ontologik
konsepsiya,   aksiologik   konsepsiya,   tarixning   texnokratik   konsepsiyalari   alohida
o‘rin egallaydi. 
Tarix   falsafasining   gnoseologik   yo‘nalishi   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan
e'tiboran   mazkur   fanning   mustaqil   yo‘nalishi   sifatida   shakllana   boshladi.   Bu
yondashuv   namoyandalari   (Vilgelm   Diltey,   Benedetto   Kroche,   Georg   Zimmel,
Robin Kollingvud, Raymon Aron va b.) tarix falsafasining asosiy predmeti – tarixiy
o‘tmishni o‘rganishning mantiqiy-nazariy va metodologik muammolari, uni nazariy
jihatdan   rekonstruksiya   qilish   va   tarixiy   dalillarning   haqiqiyligini   aniqlash,   deb
hisoblaganlar. 
Tarix falsafasi mazkur  yo‘nalishining asoschisi sifatida haqli ravishda nemis
madaniyat   faylasufi   Vilgelm   Diltey   (1833-1911)   e'tirof   etiladi.   Uning   nazariyasida
inson borlig‘i usuli, madaniy-tarixiy voqyelik sifatidagi hayot tushunchasi markaziy
o‘rinni egallaydi (shu sababli Diltey nuqtai nazari ko‘pincha «hayot falsafasi»ning
istoritsistik   varianti   deb   ataladi).   Olim   fikriga   ko‘ra,   inson   o‘z   tarixiga   ega   emas,
lekin   uning   o‘zi   tarixdir   va   aynan   shunda   uning   mohiyati   namoyon   bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, Diltey uchun hayot va tarix ayniydir. 
Dilteyning   tarix   falsafasiga   ijtimoiy   va   tabiiy   fanlarni   bir-biriga   qarama-
qarshi   qo‘yish   xos.   U   inson   tabiatni   tushuntiradi,   ijtimoiy   hayotni   esa   faqat
tushunadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, mazkur tushunish har xildir, chunki har bir   inson   tarixiy   voqyealarga   o‘z   nisbiy   mushohadalari   nuqtai   nazaridan
yondashadi. Bundan xulosa shuki, ilmiy haqiqatning tagiga yetish, tarixiy jarayonni
ilmiy nuqtai nazardan xolisona bilish amalda mumkin emas. 
Xo‘sh, bu holda tarix falsafasi nimani o‘rganishi lozim? Dilteyning izdoshi –
Kollingvud fikriga ko‘ra, tarix falsafasi tarixchining fikr-mulohazalarini va shu bilan
bir   vaqtda   mazkur   fikr-mulohazalarning   ob'ektini   o‘rganadi.   Shu   sababli   tarixiy
jarayonni   o‘z   holicha   o‘rganish   tarix   falsafasi   vazifalari   qatoridan   chiqarib
tashlanadi:   tarixiy   jarayon   faylasufga   unda   hodisalarning   tarixiy   bilim   mohiyatini
belgilovchi xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritilgani uchungina tegishlidir. 
Gnoseologik   yo‘nalish,   ba'zan   tanqidiy   tarix   falsafasi   deb   ham   ataladi.   Bu
hol   shu   bilan   bog‘liqki,   mazkur   yo‘nalish   vakillari   tarixni   tanqidiy   o‘rganishgina
insoniyat   tarixi   modelini   yaratish,   tarixiy   dalillarning   haqqoniylik   darajasiga   baho
berish   va   tarixiy   voqyelik   manzarasini   nazariy   jihatdan   gavdalantirish   imkonini
beradi,   deb   hisoblaganlar.   Mazkur   yondashuv   kurtaklarini   tarixiy   bilishning
metodologik muammolari, insoniyat tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
bilan   shug‘ullangan   neokantchilik   Baden   maktabidan   izlash   lozim.   Aksariyat
tadqiqotchilar   tomonidan   bu   maktabning   asoschisi   sifatida   fransuz   faylasufi
Raymon   Aron   (1905-1983)   e'tirof   etiladi.   Uning   asarlaridan   biri   «Tanqidiy   tarix
falsafasi» deb ataladi. 
Ontologik   konsepsiya   namoyandalari   tarix   falsafasining   predmeti   deganda
ijtimoiy   hodisalar,   jarayonlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   aniqlashga   qaratilgan
tadqiqotlar   majmuini   tushunganlar.   Mazkur   tadqiqotlar   shunday   umumfalsafiy
ontologik   muammolar   bilan   bog‘liqki,   ularni   yechishda   jamiyat   tarixining   qolgan
ijtimoiy hodisalardan farqini hisobga olish lozim. Ushbu yondashuv namoyandalari
(R.Mel,   R.Ramon,   E.Kallo   va   b.)   tarix   falsafasining   diqqat   markazida   avvalo
ontologik   muammolar,   chunonchi:   insoniyat   tarixining   mazmuni   va   vujudga
kelishi, tarixiy jarayonning mohiyati kelajakni bashorat qilish imkoniyatlari, tarixiy jarayonda   insonning   o‘rni   va   roli   muammolari   turishi   lozim.   Masalan,   ijtimoiy
rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar to‘g‘risidagi masalani o‘rganish jarayonida
inson ongi, erkinligining tarixiy jarayondagi roli to‘g‘risidagi masala yuzaga keladi.
Ammo, insondan boshqa rivojlangan ongga ega bo‘lgan mavjudotlar fanga ma'lum
emasligi   tufayli,   jamiyatning   rivojlanishida   ongning   roli   to‘g‘risidagi   masalalar
jamiyat, tarixiy jarayonlar haqidagi masalalar hisoblanadi. 
Tarix   falsafasining   aksiologik   konsepsiyasi   tarixning  qimmati  muammosiga,
shuningdek tarixiy bilimning ayrim hodisalarini qimmatga ega yoki ega emas deb
e'lon   qiluvchi   mulohazalar   uchun   oqilona   asoslarni   aniqlashga   alohida   e'tibor
beradi. 
Mazkur   konsepsiyaning   rivojlanishiga   nemis   faylasuflari   –   neokantchilik
Baden maktabi namoyandalari Vilgelm Vindelband (1848-1915) va Genrix Rikkert
(1863-1936)   salmoqli   hissa   qo‘shgan.   Bu   tadqiqotchilar   falsafani   qadriyatlar
haqidagi   umumiy   fan   sifatida   tavsiflaganlar.   Rikkert   qadriyatlar   «sub'ekt   va
ob'ektning   narigi   tomonida   joylashgan   butunlay   mustaqil   saltanat»ni   tashkil
qiladi,   deb   hisoblagan.   Vindelband   va   Rikkert   nazariy   va   amaliy   aqlning   kantcha
tafovutidan kelib chiqib, qadriyatlar  haqida mulohaza yuritish va joizlikni bilishga
asoslangan  normativ  ta'limot   sifatidagi  tarix  falsafasini nazariy  mulohaza   yuritish
va   «borliq»   haqidagi   empirik   ma'lumotlarga   tayanuvchi   tajribaga   asoslangan
fanlarga qarshi qo‘ygan. Ular qonuniyatni tarixiy bilishning asosiy tamoyili sifatida
rad   etib,   uni   «qadriyatlarga   mansub   deb   topish»   tamoyili   bilan   almashtirgan.
Vindelband va Rikkert fikriga ko‘ra, qadriyatlar tarixdan ustun xususiyat kasb etadi
va   jamuljam   holda   odamlarga   bog‘liq   bo‘lmagan   ideal   transsendental   (narigi)
dunyoni tashkil qiladi. Bu dunyodan tegishli g‘oyalar, avvalo transsendental joizlik
g‘oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt va makon bilan cheklanmagan
shak-shubhasiz,   mutlaq   ahamiyatiga   ishora   qiladi.   Odamlar   ularni   anglab yetishlariga   qarab   qadriyatlarga   tegishli   munosabat   va   talablarni   yaratadilar   va
ularga hayotda, xulq-atvorda, kundalik va tarixiy faoliyatda amal qiladilar. 
Vindelband va Rikkert ijtimoiy borliq va ma'naviy hayotning o‘zaro nisbatini
o‘rganib, jamiyat tarixida ma'naviy hayot borliqqa nisbatan yetakchi rol o‘ynaydi,
degan   xulosaga   kelgan   va   shu   bois   ular   K.Marks   taklif   qilgan,   jamiyatning
rivojlanishida   iqtisodiy   omil   (ya'ni   borliq)ning   hal   qiluvchi   ahamiyati   asoslangan
tarixni materialistik tushunishga tanqidiy ko‘z bilan qaragan. Rikkert fikriga ko‘ra,
mazkur yondashuv noilmiydir, chunki u proletariat  g‘alabasini «mutlaq qadriyat»
deb e'lon qiluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi. 
Bu mulohzalardan kelib chiqqanda, tarix falsafasi qadriyatlarning tabiati va
mohiyatini,   shuningdek   ularning   odamlar   hayoti   va   faoliyatidagi   ahamiyati   va
tajassumini yoritib beruvchi qadriyatlar haqidagi fan sifatida amal qiladi. 
Hozirgi   zamon   G‘arb   ijtimoiy   falsafasi   va   tarix   falsafasida   texnokratik
konsepsiyalar   ijtimoiy   tafakkurning   ijtimoiy   hayotda   va   jamiyat   taraqqiyotida
texnika   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi   deb   hisoblovchi   va   sanoatlashishgina   jamiyat
hayoti   va  shaxsni  oqilona  tartibga  solish   va   kamol   toptirishga  qodir,  degan   fikrni
asoslashga harakat qiluvchi yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur konsepsiyalar qatoriga
postindustrial   jamiyat   yoki   axborot   jamiyati   konsepsiyasini   (Daniel   Bell,   Olvin
Toffler),   texnotron   jamiyat   konsepsiyasini   (Zbignev   Bjezinskiy),   yangi   industrial
jamiyat konsepsiyasini (Jon Gelbreyt)ni kiritish mumkin. 
Mazkur   texnologik   determinizm   jamiyat   rivojlanishining   asosiy   omillari
qatoriga   avvalo   ishlab   chiqarish   kuchlari,   texnika,   fan   va   informatikaning
rivojlanish   darajasini   kiritadi.   Masalan,   postindustrializm   konsepsiyasi   hozirgi
zamon   jamiyatida   iqtisodiyotning   birlamchi   sohasi   qishloq   xo‘jaligi,   ikkilamchi
soha   sanoat   emas,   balki   axborot   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydigan   uchlamchi   soha
(xizmatlar   sohasi)   yetakchilik   qilishidan   kelib   chiqadi.   Postindustrial   jamiyatda
sodir   bo‘layotgan   mikroelektron   inqilob   mehnatni   emas,   balki   axborotni jamiyatning rivojlanishi zamirida yotuvchi fundamental ijtimoiy omilga aylantirishi
qayd etiladi. 
Tarixiy   jarayon   mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi.   Tarixiy   jarayon
mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi   tarix   falsafasining   muhim
muammolaridan   biri   hisoblanadi.   Uning   mohiyati   kishilik   jamiyati   o‘zgaradimi,
agar   o‘zgarsa,   bu   o‘zgarish   qaysi   yo‘nalishda   yuz   beradi  va   mazkur   o‘zgarishlarni
qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat. 
Mazkur   muammo   qadimgi   dunyo   mutafakkirlaridayoq   qiziqish   uyg‘otgan.
Antik   faylasuflar   chiziqli   tarix   falsafasining   uch   muhim   yo‘nalishi:   progressiv,
regressiv   va   siklli   yo‘nalishlarni   farqlaganlar.   Shuni   qayd   etish   muhimki,   bu
yo‘nalishlarning   barchasi   hozirgi   vaqtda   ham   o‘z   izdoshlariga   ega.   Shu   bilan   bir
qatorda,   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshlarida   tarixiy   rivojlanishning   nochiziq
konsepsiyasi ham asoslangan. Bu yo‘nalishlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
Antik   davr   mutafakkirlarining   aksariyati,   shu   jumladan   Protagor   va
Demokrit   jamiyatning   rivojlanishi   asosan   yovvoyilikdan   «oltin   asr»   sari   yuksalib
boruvchi   yo‘nalishda   kechgan   deb   hisoblagan.   Ularni   progressiv   yo‘nalish
asoschilari   deb   hisoblash   mumkin.   Boshqa   mutafakkirlar   (Gesiod,   Seneka),
aksincha, jamiyatning rivojlanishi regressiv yo‘nalishga ega, ya'ni u «oltin asr»dan
jamiyatning tanazzuli, axloqning buzilishi va hokazolar bilan tavsiflanuvchi «temir
asr»   sari   rivojlanadi,   degan   fikrni   ilgari   surgan.   Yana   bir   toifa   faylasuflar   (Platon,
Aristotel, Polibiy) jamiyat yuksalib boruvchi yo‘nalishda, lekin tutash doira bo‘ylab
harakatlanadi va har doim ortga, dastlabki bosqichga qaytadi, deb hisoblagan. 
O‘rta   asrlar   faylasuflari,   tarix   muayyan   yo‘nalishda   rivojlanuvchi   jarayon
ekanligini   rad   etmagan   holda,   uning   yo‘nalishini   Xudo   belgilaydi,   deb
hisoblaganlar.  O‘z asarlarida tarixning yo‘nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va
rang-baranglikning   o‘zaro   nisbati   muammolarini   ayniqsa   to‘la   qamrab   olgan
dastlabki   tadqiqotchilardan   biri   italyan   faylasufi   Jambattista   Viko   (1668-1744)
bo‘lgan.   O‘zining   «Millatlar   umumiy   tabiati   haqidagi   yangi   fan   asoslari»   deb
nomlangan   risolasida   u   jahon   tarixining   barcha   xalqlar   uchun   yagona   bo‘lgan
tarixiy   aylanma   harakat   sifatidagi   dunyoviy   konsepsiyasini   ilgari   surgan.   Viko
fikriga ko‘ra, barcha xalqlar o‘z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o‘tadi (ibtidoiy
varvarlik   («xudolar   asri»)dan   feodalizm   («qahramonlar   asri»)   orqali   demokratik
respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya («sivilizatsiya asri») sari harakatlanadi).
Har   bir   sikl   mazkur   jamiyatning   umumiy   inqirozi   va   parchalanishi   bilan   tugaydi.
Sikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin
yuqoriroq   darajada   o‘tadi.   Shunday   qilib,   Viko   g‘oyalari   madaniyatlar   va
sivilizatsiyalarning   rivojlanishida   sikllilik   nazariyalari   (Danilevskiy,   Shpengler,
Toynbi)ga asos bo‘lgan. 
Hozirgi   zamon   tarix   falsafasida   tarixiy   jarayon   mantig‘i   va   yo‘nalishini
tushuntirishga   nisbatan   ikki   asosiy   yondashuv:   formatsion   va   sivilizatsion
yondashuvlar mavjud. Ularga batafsilroq to‘xtalamiz. 
Formatsion   yondashuv   tarixni   monistik,   universalistik   tushunishga
asoslanadi.   U   jahon   tarixini   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalar   olinma-ketin
almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin
qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalar   haqidagi   ta'limotni   Karl   Marks   o‘zining
«Kapital»,   «Siyosiy   iqtisod   tanqidiga   doir»   kabi   asarlarida   ilgari   surgan.   Marks
nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:
1)   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya   –   sifat   jihatidan   aniq,   yaxlit   ijtimoiy   tizim
bo‘lib,   uning   muhim   elementi   odamlarning   hayot   faoliyati   jarayonida   ular
o‘rtasida   o‘rnatiladigan   moddiy   (iqtisodiy),   ma'naviy   (mafkuraviy)   va   boshqa aloqalar   va   munosabatlardir.   Moddiy   va   ma'naviy   munosabatlarning   o‘zaro
aloqasida   moddiy   munosabatlar   yetakchi   rol   o‘ynaydi.   Ularning   o‘zagini   ishlab
chiqarish   munosabatlari   tashkil   qiladi.   Aynan   ishlab   chiqarish   munosabatlari,
ijtimoiy tizim faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;
2)   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya   turli   mamlakatlarda   ular   rivojlanishining
muayyan   bosqichida   ijtimoiy   hayotga   xos   bo‘lgan   umumiy   jihatlarni   aks   ettiradi.
Kapitalizmni   o‘rganish   va   turli   mamlakatlardagi   moddiy   va   ma'naviy
munosabatlarni   taqqoslash   jarayonida   bu   munosabatlarning   ko‘pgina   tomonlari
takrorlanishining   va   mazkur   mamlakatlar   ijtimoiy   rivojlanishning   bir   bosqichi   –
kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;
3)   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya   jamiyat   rivojlanishining   muayyan
bosqichidir.   Ko‘p   sonli   ijtimoiy   aloqalar   orasida   ishlab   chiqarish   munosabatlarini
farqlash,   ularning   bir   necha   turlari   mavjudligini   aniqlash   imkonini   ham   bergan;
turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi (ya'ni har xil tipdagi ishlab
chiqarish   munosabatlari)   aniqlangan.   Shunday   qilib,   ishlab   chiqarish
munosabatlarining   har   bir   tipi   rivojlanish   bosqichi,   tarixiy   davrni,   bu   ishlab
chiqarish   munosabatlarining   rivojlanishi   va   o‘zgarishi   esa   jamiyat   rivojlanishining
mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan. 
Bu   qoidalardan   kelib   chiqib,   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya   –   bu   jamiyatning
muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy
taraqqiyot   bosqichi   sifatida   amal   qiladigan   yaxlit   ijtimoiy   tizim,   degan   to‘xtamga
kelish mumkin. 
«Ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya»   kategoriyasini   asoslash   tarixiy   jarayonni
davriylashtirish   imkonini   bergan.   U   jami   formatsiyalarning   besh   tipini   farqlagan:
ibtidoiy   jamoa,   quldorlik,   feodalizm,   kapitalizm,   kommunizm.   Jahon   tarixiy jarayoni   bir   formatsiyadan   boshqa   formatsiyaga   yuksalishdan   iborat   bo‘lgan
chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan. 
XIX   asrda   ishlab   chiqilgan   formatsion   yondashuv   o‘zini   oqlamadi.   Bunda
tarixiy rivojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas,
balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar
formatsion   yondashuvni   tahlil   qilar   ekanlar,   uning   quyidagi   zaif   jihatlarini   qayd
etadilar.   Birinchidan,   tarixning   har   qanday   bosqichida   jamiyat   hayotini   ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, bir
formatsiyadan   boshqa   formatsiyaga   tabiiy   yuksalish   haqidagi   monistik   tasavvur
inson   erkinligiga,   insoniyat   rivojlanishining   muqobil   yo‘llarini   tanlashga   o‘rin
qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib
boruvchi chiziq bo‘ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur
yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va
betakrorligi   yo‘qoladi,   ular   ayni   holda   kelajak   barkamol   jamiyatining   sharti
sifatidagina amal qiladi. 
Shunday   qilib,   hozirgi   davr   sharoitida   tarixiy   jarayonni   besh   ijtimoiy-
iqtisodiy  formatsiyadan   iborat   bo‘lgan   chiziqli   sxema  sifatida  talqin   qilishning  bir
yoqlamaligi   ayniqsa   bo‘rtib   namoyon   bo‘ladi.   Jahon   tarixiy   jarayoni   mazkur
nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan
o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv
tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. 
Falsafani   tushunishga   nisbatan   sivilizatsion   yondashuv   XIX-XX   asrlarda
vujudga   kelgan.   U   asosan   ko‘p   sonli   madaniyatlar   va   sivilizatsiyalar   mavjudligi,
ularning  lokalligi  va   har   xilligi   haqidagi  g‘oyani  ilgari   surishi  bilan   tavsiflanadi.   Bu
yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat'iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. 
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy
(1822-1885) bo‘lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim   shakli   yoki   sivilizatsiyalar   «asosi»   -   diniy,   madaniy,   siyosiy,   ijtimoiy-
iqtisodiy   asoslar   orqali   namoyon   bo‘luvchi   madaniy-tarixiy   tiplar   (sivilizatsiyalar)
haqidagi   konsepsiyani   ilgari   surgan.   Madaniy-tarixiy   tiplar,   biologik   organizmlar
kabi,   tashqi   muhit   va   bir-biri   bilan   uzluksiz   kurash   jarayonida   bo‘ladi   va   vujudga
kelish,   voyaga   yetish,   qarish   va   halok   bo‘lish   bosqichlaridan   o‘tadi.   Jahon
tarixining   mazmunini   Danilevskiy   o‘zining   alohida   qonunlariga   binoan
rivojlanuvchi   xalqlar   madaniy-tarixiy   tiplarining   o‘z-o‘zini   namoyon   etish
xususiyatlarini   aniqlashdan   iborat   deb   bilgan.   Danilevskiy   madaniy-tarixiy   tiplar
rivojlanishining   ayrim   qonunlarini   ta'riflagan:   1)   bir   tilda   yoki   o‘xshash   tillarda
so‘zlashuvchi  xalqlar  bir   madaniy-tarixiy tipni  tashkil etadi;  2)  madaniy-tarixiy  tip
vujudga  kelishi   va  rivojlanishi  uchun   muayyan   siyosiy   mustaqillik   talab   etiladi;   3)
sivilizatsiyaning   muvaffaqiyatlari   madaniy-tarixiy   tipning   turli   elementlariga
bog‘liq bo‘ladi; 4) sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning
ravnaq   topish   davri   esa   qisqadir;   5)   sivilizatsiyalar   alohida   va   berk   sharoitda
rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga ta'sir ko‘rsatmaydi, degan ma'noni anglatmaydi.
Danilevskiyning   qarashlarini   nemis   mutafakkiri   Osvald   Shpengler   (1880-
1936)   rivojlantirgan.  U   ham   ijtimoiy   taraqqiyotning  bir   chiziqli   yevropotsentristik
sxemasiga   tanqidiy   yondashgan.   Shpengler   falsafasida   madaniyat   asosiy
kategoriya   hisoblanadi.   Faylasuf   madaniyat   deganda   o‘ziga   o‘xshash   boshqa
«organizmlar»dan   ajralib   turadigan   alohida   «organizm»ni   tushungan.   Bundan
yagona umuminsoniy madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib
chiqqan.   Shu   sababli   Shpengler   jahon   tarixining   yaxlitligi   va   yagonaligini,   unda
«o‘zgarmas va umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz
madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy yevropa va Mayya
madaniyatlarini   farqlagan.   Shpengler   fikriga   ko‘ra,   har   bir   madaniy   organizm
ma'lum   hayot   muddati   (taxminan   ming   yil)   mobaynida   mavjud   bo‘ladi,   shundan
so‘ng   u   sivilizatsiyaga   aylanadi   va   halok   bo‘ladi.   Har   bir   madaniyat   o‘z   teran
mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab yetishdan iborat, deb
hisoblaydi. 
Lokal   sivilizatsiyalar   nazariyasining   yana   bir   tarafdori   ingliz   tarixchisi   va
sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975)dir. U Danilevskiy va Shpenglerning tarixning
siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos va nisbatan
berk   sivilizatsiyalar   tarixlarining   yig‘indisi   sifatida   tushungan   (dastlab   u   23
sivilizatsiyani   farqlagan,   keyinchalik   esa   ularni   13   tagacha   qisqartirgan).   Toynbi
sivilizatsiyalarga   «evolyusion   tipdagi   faol   tuzilmalar»   sifatida   yondashib,   har   bir
sivilizatsiyada  tarixiy  mavjudlikning  asosiy   bosqichlari:   vujudga  kelish, rivojlanish,
tanazzulga   uchrash   va  zavol  topishni farqlagan.  Bu   asosiy  bosqichlardan   o‘tgach,
sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi. 
Toynbi bu sivilizatsiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni
o‘xshash deb hisoblab, shunga asoslangan holda yaqin kelajakda dunyo miqyosida
yuz   beradigan   voqyealarni   bashorat   qilish   imkonini   beruvchi   ijtimoiy   rivojlanish
takroriyligining   ayrim   formal   empirik   qonunlarini   keltirib   chiqarishga   harakat
qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya hamda insoniyatning ma'naviy
jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan. 
Shunday   qilib,   sivilizatsion   yondashuv   nuqtai   nazaridan   tarixiy   jarayon
hujumkor   xususiyati   «yuqori   -   quyi»   ko‘rsatkichlari   bilan   emas,   balki   har   bir
sivilizatsiya   o‘z   rivojlanish   va   o‘z   taqdirini   o‘zi   belgilash   jarayonida   insoniyat
filogenetik   yo‘lining   barcha  asosiy   bosqichlaridan   o‘tishi   va   o‘z   tarixi   va   betakror
individualligiga   ega   bo‘lgan   noyob   ijtimoiy   tuzilma   sifatida   qaralishi   bilan
belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. 
Formatsion   va  sivilizatsion   yondashuvlarni   taqqoslash   quyidagi   xulosalarga
kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni
qamrab   olishga   harakat   qiladi   va   asosiy   e'tiborni   uning   dinamikasiga   qaratadi;
sivilizatsion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa statik deb e'tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining
iqtisodiy omillariga alohida e'tibor beradi; sivilizatsion yondashuv asosiy e'tiborni
ma'naviy omillarga qaratadi.
Tarix   falsafasi   rivojlanishining   hozirgi   bosqichida   tarixning   shunday   bir
talqini   vujudga   keladiki,   unda   mualliflar   bu   muqobil   yondashuvlarning   ijobiy
g‘oyalaridan   foydalanishga   va   ularning   kamchiliklari   o‘rnini   to‘ldirishga   harakat
qiladilar. Mazkur yondashuv monadaga doir yondashuv degan nom olgan. 
Monadaga   doir   yondashuvning   o‘ziga   xos   jihati   shundan   iboratki,   u   jahon
tarixiy   jarayoniga   ko‘p   sonli   tarixiy   individlar   (sotsiumlar)dan   iborat   bo‘lgan
yaxlitlik   sifatida   qaraydi.   Bunda   monadaga   doir   yondashuvning   formatsion
elementi   tarixiy   rivojlanishning   ayni   bir   bosqichini   boshdan   kechirayotgan   turli
mamlakatlar   uchun   umumiy   bo‘lgan   jihatlarga,   sivilizatsion   element   esa   ijtimoiy
organizmlarning   xususiyatlariga,   ularning   betakrorligiga   e'tiborni   qaratadi.
Shunday   qilib,   monadaga   doir   yondashuv   doirasida   formatsion   yondashuvning
umumlashtiruvchi   imkoniyatlari   va   sivilizatsion   yondashuvning
individuallashtiruvchi   imkoniyatlari   ularni   qarama-qarshi   qo‘yish   asosida   emas,
balki ularning yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi
va ro‘yobga chiqariladi. 
Yuqorida   qayd   etib   o‘tilganidek,   tarixning   mazmuni   muammosi   tarix
falsafasining   aksariyat   yo‘nalishlarida   ko‘zga   ko‘rinadigan   o‘rinni   egallaydi.   Ayni
vaqtda   shunday   konsepsiyalar   ham   paydo   bo‘lganki,   ularda   tarixning   mazmuni
muammosi   markaziy   muammo   hisoblanadi.   Bu   konsepsiyalarning   mohiyatiga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Taniqli   nemis   faylasufi   Karl   Yaspers   (1883-1969)   yaratgan   nazariyaga
muvofiq,   tarixning   mazmuni   tarixning   chegarasidan   tashqarida   yotadi.   Tarixning
mazmuni   va   negizi   butun   insoniyat   uchun   umumiy   bo‘lgan   e'tiqod   bilan
belgilanadi.   Mazkur   e'tiqod   insoniyat   vakillarini   bir-biridan   ajratmaydi,   balki jipslashtiradi.   Insoniyatga   bunday   e'tiqodni   biron-bir   jahon   dini   yoki   milliy   din
taklif qilolmaydi. 
Yaspers   jahon   tarixining   «vaqt   o‘qi»   amal   qilgan   davrda   vujudga   kelgan
falsafiy   e'tiqodgina   insoniyat   uchun   umumiy   e'tiqodga   aylanishi   mumkin,   deb
hisoblagan. Faylasuf qadimgi yunon faylasuflari, yahudiy xalqining payg‘ambarlari,
Eronda   zardushtiylik   dinining,   Xitoyda   –   konfutsiychilik   va   daochilikning,
Hindistonda – buddizm va jaynizmning asoschilari bir vaqtda ijod qilgan miloddan
avvalgi   800   va   200   yillar   oralig‘idagi   davrni   tarixning   universal   mazmunini
namoyon   etgan   «vaqt   o‘qi»   davri   deb   hisoblashni   taklif   qilgan.   Mazkur   davrda
majusiylik o‘rnini egallagan jahon dinlari paydo bo‘lgan va mifologik dunyoqarash
o‘rnida falsafiy tafakkur vujudga kelgan; jahonda deyarli bir vaqtda ichdan o‘zaro
mushtarak   bo‘lgan   bir   nechta   qudratli   ma'naviy   markazlar   paydo   bo‘lgan.   «Vaqt
o‘qi»   davri   insonga   o‘zini   inson   sifatida   his   qilishga   yordam   bergan,   uning
ma'naviyatini uyg‘otgan, uni madaniyat va axloq asoslari bilan oshno etgan, uning
oldiga insonning mavjudligi va hayotning mazmuni haqidagi masalalarni qo‘ygan.
Yaspers   fikriga   ko‘ra,   inson   o‘z-o‘zini   anglab   yetishi,   inson   ma'naviyatining
uyg‘onishi   shu   vaqtgacha   o‘zaro   bog‘lanmagan   lokal   madaniyatlarga   bo‘lingan
insoniyat  umumiy tarixining  ibtidosiga aylangan. Shundan beri insoniyat  umumiy
taqdir   va   yagona   e'tiqod   bilan   bog‘langan.   Aks   holda   uning   tarixi   halokat   bilan
tugashi mumkin. Yaspers ta'limotiga ko‘ra, odamlarni umumiy ma'naviy asoslarda
birlashtirish,   ular   o‘zaro   til   topishini   ta'minlashda   kommunikatsiya   ulkan   rol
o‘ynaydi,   shu   bois   uning   tarix   falsafasi   ba'zan   kommunikativ   tarix   falsafasi   deb
ham ataladi. 
Tarixiy   jarayon   mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi   bilan   amerikalik
faylasuf Frensis Fukuyama ham shug‘ullangan. U o‘zi yaratgan «tarixning intihosi»
nazariyasini taklif qilgan. «Tarixning intihosi»ni u shunda ko‘rganki, insoniyat oxir-
oqibatda  jamiyat   va  davlatning  optimal  shaklini  albatta  topadi.  Fukuyama  liberal g‘oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida e'tirof etgan, ularning negizida
insonning   barcha   ehtiyojlari   qondirilishi   va   jamiyatdagi   asosiy   ziddiyatlar   hal
qilinishi   lozim,   deb   hisoblagan.   Uning   fikricha,   liberalizm   jamiyatni   tashkil
etishning   oqilona   shakli   sifatida,   o‘z   muqobiliga   ega   emas,   shu   sababli   insoniyat
oldida   bu   mafkurani   boshqa   mamlakatlarga   yoyish   va   shu   tariqa   umuminsoniy
davlat   –   siyosiy   jabhada   liberal   demokratiyani   yaratishdan   boshqa   yo‘l   yo‘q.
Insoniyat tarixining mazmunini Fukuyama ana shunda ko‘rgan. 
Tarixning   mazmunini   tavsiflashga   nisbatan   boshqacha   yondashuvlar   ham
mavjud.   Masalan,   ayrim   faylasuflar   tarix   har   qanday   mazmundan   xoli,   odamlar
uchun   jumboq   deb   hisoblaganlar   va   insoniyat   kelajagiga   pessimistik   baho
berganlar   (Artur   Shopengauer,   Yakov   Burgxardt).   Ba'zi   bir   mutafakkirlar   tarix
voqyealarning   oqilona   tushuntirish   mumkin   bo‘lmagan   irratsional   oqimidir,   deb
hisoblaganlar (Fridrix Nitsshe, Eduard Gartman). 
Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi ham muhim o‘rin egallaydi. 
Taraqqiyot   rivojlanish   jarayonining   quyidan   yuksakka,   noraso   holatdan
barkamol   holatga   o‘tish   bilan   tavsiflanuvchi   yo‘nalishini   anglatadi.   Taraqqiyot
haqida   jamiyatga   tatbiqan   (bu   holda   ijtimoiy   taraqqiyotni   nazarda   tutiladi)   va
uning   ayrim   elementlariga,   jamiyatning   tuzilishi   yoki   boshqa   parametrlariga
tatbiqan   (bu   holda   fan-texnika   taraqqiyotini,   ma'naviy   sohadagi,   ta'lim,   sog‘liqni
saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyot nazarda tutiladi) so‘z
yuritish   mumkin.   Taraqqiyotning   asosiy   konsepsiyalarini   biz   yuqorida   ko‘rib
chiqdik.   Bu   yerda   shuni   qayd   etish   muhimki,   taraqqiyot   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra
ziddiyatlidir, chunki uning teskari tomoni regress, ya'ni oliydan tubanga, barkamol
holatdan   noraso   holatga   o‘tishdir.   Insoniyat   biror   narsani   qo‘lga   kiritar   ekan,
muqarrar   tarzda   nimanidir   yo‘qotadi.   Shu   sababli   insoniyatning   taraqqiyot   yoki
regress yo‘lidagi harakati haqida faqat umumiy ma'noda so‘z yuritish mumkin.  Jamiyat tarixini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etishimiz mumkinki, hozirgi
davrgacha   u   asosan   taraqqiyot   yo‘lidan   harakatlangan   va   bu   fikrga   hozirgi   tarix
faylasuflarining ko‘pchiligi qo‘shiladi. Ammo ijtimoiy taraqqiyot g‘oyasiga hamma
olimlar ham ishonavermaydi, ayrimlar hatto taraqqiyotning rivojlanishga shikastli
ta'siri   haqida   so‘z   yuritadi.   Masalan,   Aurelio   Pechchei   taraqqiyot   xavfli   jarayon
ekanligini   isbotlashga   harakat   qiladi.   Uning   fikricha,   bu   anarxik   jarayonni   sirtdan
turib   tartibga   solish   mumkin   emas   va   u   yer   yuzida   hayotning   rivojlanishi   uchun
shikastli   oqibatlar   kelib   chiqishi   mumkinligiga   e'tibor   bermay,   jamiyat   ehtiyojlari
bilan   biron-bir   real   aloqasiz   olg‘a   yangi   qadamlar   tashlashda   davom   etadi.   Bu
fikrga   Elvin   Toffler   (1928  yilda   tug‘ilgan)  ham   qo‘shiladi.   U   taraqqiyot   jamiyat   va
davlat   institutlarini   vayron   qiluvchi,   qadriyatlarni   o‘zgartiruvchi   va   bizning   hayot
ildizlarimizga   putur   yetkazuvchi   o‘zgarishlar   oqimini   olib   kelishi   haqida
ogohlantiradi. 
Taraqqiyot   mezonlarini   aniqlash   ijtimoiy   taraqqiyot   nazariyasining   bahsli
masalasi   hisoblanadi.   XVII   asr   mutafakkirlari   inson   aqlini   taraqqiyot   mezoni   deb
hisoblaganlar.   Keyinchalik   ishlab   chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish
munosabatlarining   rivojlanish   darajasi   shunday   mezon   sifatida   e'tirof   etilgan.
Hozirgi vaqtda taraqqiyotning asosiy mezonlari sifatida ko‘pincha ijtimoiy-siyosiy,
mafkuraviy, gumanistik va boshqa mezonlar qayd etiladi. Bu mezonlar yordamida
u   yoki   bu   ijtimoiy   tizimlar,   siyosiy   rejimlar,   ijtimoiy   harakatlarning   progressivlik
darajasini aniqlash mumkin. 
Ammo yuqorida zikr etilgan mezonlarning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim
tomonlarinigina   tavsiflaydi   va   butun   jamiyat   taraqqiyoti   haqida   to‘liq   tasavvur
hosil   qilish   imkonini   bermaydi.   Jamiyatning   insonparvarlashuvi   darajasini,
shaxsning undagi o‘rnini, uning ma'naviy va ijtimoiy erkinlik darajasini, moddiy va
ma'naviy   ehtiyojlari   qondirilishining   sifatini   jamiyat   rivojlanishining   umumiy   yoki
umumfalsafiy   mezoni   deb   hisoblash   mumkin   bo‘lsa   kerak.   Bu   mezon   mazkur jamiyatda   inson   kamol   topish   uchun   imkoniyatlarga   qay   darajada   ega   ekanligini
ko‘rsatadi.   Mazkur   mezon   nuqtai   nazaridan   har   bir   jamiyatning   progressivlik
darajasi u shaxs huquqlari va erkinliklari doirasini qay darajada kengaytirgani, o‘z
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ehtiyojlarini rivojlantirishi va ularni qondirishi
uchun qanday shart-sharoitlar yaratgani bilan belgilanadi. 
Xulosalar.   Tarix   falsafasi   –  bu   falsafaning  tarixiy  jarayon   mazmuni,  uning
qonuniyatlari   va   asosiy   yo‘nalishlarini   tushuntirish   bilan   shug‘ullanuvchi,
shuningdek uni bilish metodlarini asoslovchi bo‘limi. Quyidagilar tarix falsafasining
tarkibiy   qismlari   hisoblanadi:   tarix   falsafasi   ontologiyasi,   tarix   falsafasi
gnoseologiyasi,   tarix   falsafasi   tarixi,   tarix   falsafasi   antropologiyasi.   Tarix
falsafasining dunyoqarashga doir, nazariy, metodologik va prognostik funksiyalari
farqlanadi.
Tarix   falsafasining   hozirgi   konsepsiyalari   orasida   gnoseologik   yo‘nalish
(tanqidiy   tarix   falsafasi),   ontologik   konsepsiya,   aksiologik   konsepsiya,   tarixning
texnokratik konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi. 
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlar tarixiy jarayon yo‘nalishini ayniqsa,
to‘liq   va   teran   aks   ettiradi.   Ayrim   tadqiqotchilar   ko‘rsatilgan   yondashuvlarga
muvofiq monadaga doir yondashuvni taxmin qiladilar.  ADABIYOT
ASOSIY :
1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -
176. 
3. Karimov I.A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida
uni   bartaraf   etishning   yo‘llari   va   choralari.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2009. 
4. Karimov   I.A.   Vatanimizning   bosqichma-bosqich   va   barqaror
rivojlanishini   ta’minlash   -     bizning   oliy   maqsadimiz.   T.17.   –Toshkent:
O‘zbekiston, 2009.
5. Karimov   I.A.   Hamkorlik,   taraqqiyot   va   xavfsizlikni   ta’minlash
yo‘lidan // Xalq so‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.
6. Karimov   I.A.   Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi:
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   va   Senatining   qo‘shma
majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010. 
7. Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston 
mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 
sentabr Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston 
mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 
sentabr 
8. Karimov   I.A.   BMT   sammitining   mingyillik   rivojlanish   maqsadlariga
bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010.
9. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   mustaillikka   erishish   ostonasida.T.:
o‘zbekiston, 2011 386 b
10. Karimov   I.A.   Buyuk   va   muqaddassan   mustaqil   vatan.O‘zbekiston
mustaqilligining   20   yilligiga   bag‘ishlangan   ma’ruza.   T.:   O‘zbekiston,
2011  
11. Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi 
filosofskogo znaniY. – M., 2003.  784 s.
12. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
13. Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
14. G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
15. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet,  2005.
16. Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006
17. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar.  Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 
2004
18. Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 
2005.

Tarix falsafasi REJA : 1. Tarix falsmafasining tuzilishi va funksiyalari 2.Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi. 3.Tarixda shaxsning roli.

Ma'lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya'ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e'tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanishlar. Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san'atshunoslik, semiotika, san'atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. Tarixning mazmun va mohiyatini anglab yetish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqyealar majmui sifatida namoyon bo‘lgan. Tarix tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba'zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ tarixdir. (tarixchining talqini, interpretatsiyasi) Keyinchalik qadimgi faylasuflar tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» (F.Nitsshe) sifatida tasavvur qilganlar.

Diniy an'ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e'tirof etildi. Tarixiy voqyealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig‘ bo‘lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Avreliy Avgustin o‘zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo‘ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir. Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so‘z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun ob'ektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi. Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar falsafasi ilk bor ta'riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g‘oyasi ancha yashovchan bo‘lib chiqdi: u turli yo‘nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta'limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma'rifat davrida barcha tarixiy voqyealarga oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko‘rinishda D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan «Ensiklopediya»ning faol ishtirokchilaridan biri, fransuz ma'rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‘z aksini topgan. U o‘zining «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizg‘i» deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g‘oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi.

Tafakkurning tantanasi g‘oyasi insoniyat tarixining mazmuni sifatida Gegel tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado etishi lozim bo‘lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Uning fikricha, tarixiy jarayon «aqlga muvofiq», ya'ni tasodiflardan yoki ayrim shaxslarning o‘zboshimchaligidan qat'iy nazar o‘ziga yo‘l ochadigan ob'ektiv qonuniyatlar bilan belgilanadi. Tarixning mazmuni mutlaq ruh o‘zini o‘zi anglab yetishidadir, deb qayd etadi Gegel. Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi keyingi izlanishlar amalda muayyan ideal tajassumi sifatidagi tarixning mazmuni haqidagi tezisning ko‘rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni har xil, hatto qarama-qarshi bo‘lishi mumkin: texnokratik illyuziyalar, ommaviy iste'mol jamiyati ideali, axborot jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatatsiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k. Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay, uning har bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning mazmuni tushunchasining eng teran talqinlarini XX asr faylasuflari –K.Yaspers taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga asoslanadigan mazmun jihatidan bog‘lanishida ko‘radi. Mazkur bog‘lanishning mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o‘qi kafolatlaydi. U Sharq va G‘arb madaniyatlarining umumiy asosi hisoblanadi. Yaspers jahon tarixida tillarning vujudga kelishi, mehnat qurollari ixtiro qilinishi, olovdan foydalanishga kirishilishi kabi to‘rt bosqichini farqlaydi:. Vaqt o‘qining boshlanishi Hindiston, Xitoy, Yunoniston ,Markaziy Osiyo, Eron buyuk madaniyatlari deyarli bir vaqtda vujudga kelgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig‘idagi davrga mos keladi. yevropada fan-texnika davrining boshlanishi mazkur madaniyatlarning davomi (ma'lum ma'noda esa ularning ziddi) bo‘lgan. To‘rtinchi bosqichda insoniyatning birligi vujudga keladi. Bu davrda jamiyat insonga munosib bo‘lgan asoslar va tamoyillarga muvofiq rivojlanadi. Totalitarizmdan butunlay voz

kechishga asoslangan huquqiy davlat mazkur birlikning kafili hisoblanadi. Tarixning mazmuni – umuminsoniy madaniyatni va vaqt o‘qining avvalida shakllangan an'analarni saqlash va rivojlantirishdadir. Bugungi kunda jamiyatning globallashuvi munosabati bilan tarixning mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o‘rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar aloqasini, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni qaror toptiradigan, ajdodlarning ma'naviy merosini saqlash va ko‘paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ta'minlaydigan qadriyatlar tizimiga qarab mo‘ljal oluvchi g‘oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda. XIX asrda falsafadan sotsiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot metodlariga ega. O.Kont . Ijtimoiy tadqiqotlarning ob'ektivligiga erishish lozim, degan g‘oyani himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sotsiologiya asoschisi. U sotsiologiyani ikki qismga ajratadi: birinchi qism ijtimoiy statikani, ya'ni ijtimoiy tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya'ni jamiyatning rivojlanish va o‘zgarish qonunlarini o‘rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga o‘xshab ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta'riflaydi. Mazkur bosqichlar insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi: teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O‘rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi). Marksizm. K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) jamiyatni o‘z- o‘zidan rivojlanadigan, iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichidagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan o‘ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy