logo

TARIX TA’LIMIDA UZVIYLIKNI TA’MINLASHNING DIDAKTIK ASOSLARI(Maktab tarix darslari misolida)

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

185.240234375 KB
TARIX TA’LIMIDA UZVIYLIKNI TA’MINLASHNING DIDAKTIK
ASOSLARI(Maktab tarix darslari misolida)
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….4-9
I   BOB.   XIX   ASR   OXIRI   XX   ASR   BOSHLARIDA   TURKISTONDAGI
IJTIMOIY   –   SIYOSIY   JARAYONLAR……………………….……….…..10-
31
1.1. Mavzuning   o‘rganilish   tarixishunosligi ……………….………...………10-
20
1.2. Jadidchilik harakati vujudga kelishining tarixiy shart – sharoitlari…….20-31
II   BOB.   TURKISTONDA   XIX   ASR   O‘RTALARI   XX   ASR   BOSHLARIDA
TA’LIM TIZIMI…………………………………………………………..…32-62
2.1.   XIX   asr   o‘rtalari   XX   asr   boshlarida   Turkistonda   ta’lim   tizimi   ahvoli   va
muammolari……………………………………………………………….…..32-44
2.2. “Yangi usul” maktablarining vujudga kelishi va faoliyati………………..44-62
III   BOB.     TURKISTON   ILMIY   TAFAKKUR   TARAQQIYOTIDA   JADID
MAKTABLARINING O‘RNI………………………………………….……63-90
3.1   “Yangi   usul”   maktablari   bitiruvchilarining   jamiyat   hayotida   tutgan
o‘rni…………………………………………………………………………....63-7 2
3.2.   Turkistonda   sovet   maktablarini   shakllanishida   jadid   allomalarining   o‘rni   va
xizmatlari………………………………………………………………………72-84
3.3.   Turkiston   jadidlarining   ijtimoiy-madaniy   hayotni   isloh   qilishdagi
xizmatlari............................................................................................................8 4 - 90
XULOSA…………………………………………………………………..….91-95
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………..……….………96-101
1 KIRISH
Mаvzuning   dolzаrbligi:   Mustaqillik   yillarida   ijtimoiy   –   siyosiy   hayotning
hamma   jabhalarida   ulkan   ishlar   amalga   oshirildi.   O‘zlikni   anglash,   ma’naviy   –
marifiy   qadryatlarni   chuqur   anglab   yetish   va   ularni   xalqqa   yetkazish,   yoshlarni
vatanga   muhabbat   ruhida   tarbiyalash   dolzarb   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Ma’naviy
hayotimizni yuksaltirishda hukumat tomonidan uzoqni mo‘ljallab ishlab chiqilgan
maxsus   dasturlar   katta   ahmiyat   kasb   etmoqda.   “Ta’lim   to‘g‘   risida”gi   qonun   va
“Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”ning   qabul   qilinishi   natijasida   uzliksiz   ta’lim
tizimini   shakllantirish   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr
boshlaridagi   ma’naviy   hayotda   ham   “Yangi   usul”   maktablari   ham   jamiyat   hayoti
uchun   juda   ahamiyatli   edi.   Jadid   pedagoglari   yoshlar   tarbiyasi   masalasiga   “hayot
yoki mamot” masalasi deb qaraganlar. Iqtidorli yoshlarni dunyoning taraqqiy etgan
oily   o‘quv   yurtlariga   o‘qishga   yuborish   kabi   masalalar   bugungi   kunda   ham   o‘z
ahamiyatini yuqotgan emas. 
Jadidchilik   harakatining   tamal   toshi   usuli   jadid   maktablari   hisoblanadi.   Bu
harakatning asl maqsadi millatning o‘zligini tanitish va ijtimoiy – siyosiy tuzumni
tubdan isloh  qilish  orqali  Millat,  Vatan  istiqloli  uchun  buyuk o‘zgarishlarni  sodir
qiladigan   yangi   avlodni   tarbiyalab   yetishtirishdan   iborat   bo`lgan.   Buning   uchun
taraqqiy etgan millatlar bilan hamkorlik qilib yangi avlodni tarbiyalash zarurati bor
edi. Ammo o‘lkamiz qariyb to‘rt  asr  davomida jahon taraqqiyotidan orqada qolib
ketdi. Buning ustiga mustamlaka tuzumi tufayli parokanda ahvolga tushib qoladi.
Shu   sababli   ham   maktablarni   tubdan   isloh   qilish   hamda   zamon   talablariga   javob
bera oladigan maktablarni tashkil qillish jadid mutafakkirlarining asosiy vazifasiga
aylandi.   Jadid   pedagoglari   ibtidoiy   maktablarni   “usuli   savtiya”   (“tovush   usuli”)
2 metodi asosida qayta tiklashni kechiktirib bo‘lmas vazifa deb bildilar. Lekin ularga
Gubernatorlik ma’murlari va mutaassib ulamolar qarshilik qildi. 
To‘la   ishonch   bilan   aytishimiz   mumkinki,   usuli   jadid   maktablarini   ochish
zaminida   milatni   mustamlaka   zulmidan   ozod   qilish,   taraqqiy   topgan   millatlar
qatorida ko‘rish g‘ oyasi hukmron bo`lgan. 
XX   asr   oxiriga   kelib   xalqimiz   jadid   mutafakkirlari   orzu   qulgan   va   hatto   o‘z
hayotlarini fido qilgan mustaqillikka erishdi.  Endigi vazifa milliy o‘zlikni anglash,
istiqlolni   chuqur   anglagan   holda   uni   mustahkamlash   hisoblanadi.   Shuning   uchun
“usuli   jadid”   maktablarining   maqsad   va   mohiyatini   o‘rganish   hozirda   muhim
siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Jadid pedagoglari faoliyatida yoshlarni Turon,
Turkiston nomlari bilan atalgan vatanga, millatga va milliy tiliga muhabbat ruhida
tarbiyalash   eng   zaruriy   vazifalarimizdan   sanaladi.   Aynan   hozirgi   kundagi
mamlakatimizda   ta`lim   sihasida   amalga   oshirilayotgan   islohatlarni   tarixiy
ildizlarini   o`rganish   va   tahlil   qilish   III   renessans   davriga   qadam   qo`yishimizga
xizmat qiladi. 
Shavkat   Mirziyoyev   Jadidlar   merosini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   xalqaro
konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘llab shunday degan edilar:   “XIX asr oxiri
va XX asr boshlarida bir qator sharq va musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan
jadidchilik   harakati   Turkiston   o‘lkasida   teran   tarixiy   ildizlarga   egadir.   Yurtimiz
ulkan   ijtimoiy-siyosiy   va   ma’rifiy   ahamiyatga   ega   ushbu   jarayonlardan   chetda
qolmagani,   aksincha,   bu   harakatning   markazlaridan   biriga   aylanganini   ta’kidlash
lozim. O‘z zamonining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar g‘oyat murakkab va
qiyin   sharoitda   bilim   va   ma’rifat   tarqatish,   ta’lim-tarbiya   sohasini   tubdan   isloh
etish   orqali   milliy   taraqqiyotga   erishish   g‘oyasi   bilan   maydonga   chiqdilar.   Shu
maqsadda o‘z mablag‘lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar,
gazeta   va   jurnallar   tashkil   qildilar,   qobiliyatli   yoshlarni   chet   ellarga   o‘qishga
yubordilar.   O‘ylaymanki,   tarixda   ikki   buyuk   Renessansga   zamin   bo‘lgan
mintaqamizda   uchinchi   Renessansni   aynan   jadid  ajdodlarimiz   amalga  oshirishlari
mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g‘oya va amaliy harakatlarini
3 to‘la   ro‘yobga   chiqarishga   imkon   bermadi.   Biz   bugun   mamlakatimizda   erkin
fuqarolik   jamiyati,   huquqiy   demokratik   davlat   barpo   etar   ekanmiz,   jadid
bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma’naviy
kuch-quvvat   olamiz.   Yurtimizda   mustabid   tuzum   davrida   siyosiy   qatag‘onga
uchragan   ajdodlarimiz   xotirasini   abadiylashtirish   bo‘yicha   katta   ishlar   amalga
oshirilmoqda.   Biz   ma’rifatparvar   bobolarimizning   muqaddas   orzularini   ro‘yobga
chiqarish uchun mamlakatimizda yangi Renessans poydevorini yaratishni strategik
vazifa   qilib   belgilaganmiz.   Shu   maqsadda   ilm-fan,   ta’lim-tarbiya,   madaniyat
sohalarida   tub   islohotlarni   amalga   oshirmoqdamiz.   Bu   borada   avvalo   ta’lim
tizimini   zamon   talablari   asosida   tashkil   etish,   o‘qituvchi   va   murabbiylarning
jamiyatimiz   hayotidagi   o‘rni   va   ta’sirini   kuchaytirishga   ustuvor   ahamiyat
qaratmoqdamiz.   Farzandlarimizni   har   tomonlama   barkamol,   milliy   va
umuminsoniy   qadriyatlarga   sodiq   insonlar   etib   tarbiyalashda   taraqqiyparvar
ajdodlarimizning   aql-zakovati,   iroda   va   matonati   barchamiz   uchun   ibrat   maktabi
bo‘lib   xizmat   qiladi.   Biz   xalqaro   ilmiy   markazlar,   dunyo   olimlari   bilan
hamkorlikda   jadidlar   faoliyatini   yanada   chuqur   o‘rganishni   dolzarb   vazifa   deb
hisoblaymiz.   Bu   noyob   meros   orqali   bugungi   kunda   insoniyatni   tashvishga
solayotgan   juda   ko‘p   savollarga   to‘g‘ri   javob   topa   olamiz.   Bu   bebaho   boylikni
qancha   faol   targ‘ib   etsak,   xalqimiz,   ayniqsa,   yoshlarimiz   bugungi   tinch   va   erkin
hayotning   qadrini   anglab   yetadi” 1
.   Shunday   qilib   yuqoridagi   fukrlar   tanlangan
mavzuning naqadar dolzarb ekankigini ko`rsatib beradi.
T adqiqot   obyekti   va   predmeti:   Jadidchilik   maktablarining   Turkistondagi
ilmiy   tafakkur   taraqqiyotida   tutgan   o‘rnini   o‘rganish.   Ilk   jadid   maktablarining
shakklanishi rivojlanishi, “Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat  ilmiy-
ma`rifiy  hayotida tutgan o‘rnini ta hlil qilish hisoblanadi . 
Ishning   maqsadi:   Yangi-usul   jadid   maktablarining   Turkistondagi   ilmiy
tafakkur taraqqiyitidagi o‘rn va ahamiyatini aniqlash va tahlil qilishdan iborat .
1
  https://daryo.uz/2023/03/06/shavkat-mirziyoyev-jadidlar-merosini-organishga-bagishlangan-xalqaro-konferensiya-
ishtirokchilariga-tabrik-yolladi
4 T adqiqot   vazifalari:   Ilmiy   ishning   maqsalaridan   kelib   chiqqan   holda
quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:
- Jadidchilik   maktablarining   Turkistondagi   ilmiy   tafakkur
taraqqiyotidagi o‘rni mavzusining tarixshunosligini o‘rganish;
- Jadidchilik harakatining vujudga kelish shart - sharoitlarini aniqlash;
- XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo an’anaviy ta’limi xususiyatlarini tahlil
qilish;
- Jadidchilik maktablarining vujudga kelishi va faoliyati ni  o‘rganish;
- “Yangi   usul”   maktablari   bitiruvchilarining   jamiyat   hayotida   tutgan
o‘rnini tahlil qilish;
- Sovet   maktablarini   shakllanishida   jadidlarni   o‘rni   va   xizmatlarini
ochib berish.  
Tatqiqotning ilmiy yangiligi: 
- Ishda   Turkistonda   jadidchilik   maktabining   tarixi   tarixshunosligi,   jadid
maktablarining   yuzaga   kelish   omillari,   ularning   shakllanishida   jadid
marifatparvarlarining o‘rni   ilmiy jihatdan tatqiq etildi;
- Dissertasiyada Jadid maktablari bitiruvchilarining jamiyat ma`naviy-ma`rifiy
hayotida tutgan mavqeylari tahlil qilindi va aniqlandi;
- Tatqiqotda   sovet   maktablarini   yaratishda   jadidlarning   ishtiroki,   ularning
pedagogik faoliyati asosli ma’lumotlar asosida o‘rganildi;
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari:   Tadqiqotning   asosiy
masalalari   yurtimizdan   yetishib   chiqqan   ma`rifatparvarlarimiz   tomonidan   tashkil
etilgan maktablarning xalqimiz ma`naviy hayotini yuksaltirishdagi ahamiyati ochib
berilgan. Shuningdek jadid allomalarimiz sovet davri ta`lim tizimining shakllanishi
va   faoliyatida   ham   xizmat   qilganliklari,   aynan   ularning   xizmatlari   va   harakatlari
natijasida   sho`ro   maktablari   rivojlanganligi   dalillangan.   Hozirgi   kundagi   ta`lim
tizimidagi mavjud muammolarni yechish va mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotida
xizmat   qiluvchi   yosh   avlodni   shakllantirishda   jadid   maktabdorlari   faoliyatining
5 muhimligi   va   ularning   faoliyat   tarixini   o‘rganish   yangi   renessans   davriga   asos
solishi farazlangan.
T adqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili):   “Usuli   jadid”
maktablari tarixi tarixshunosligi, Turkistonda yangi usul maktablarining ahamiyati,
jadidchilik   maktablari   bitiruvchilarining   jamiyat   hayotida   tutgan   o‘rni,   xususan,
sovet   maktablarining   shakllanishida   jadidlarning   ahamiyati   maxsus   tadqiqot   ilmi
ob’yekti va predmeti sifatida qaralgan emas. 
O`zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   keyin   ma’naviy   –   ma’rifiy
hayotimizda   tub   o‘zgarishlar   amalga   oshirildi.   Tarixni   o‘zimiz   yaratish
imkoniyatiga   ega   bo‘ldik.   Jadidchilik   harakati,   uning   tub   mohiyati,   buyuk
rahnomolari va namoyondalari haqida keng ko‘lamda ilmiy tatqiqot ishlari amalga
oshirilmoqda. 
Xorij   adabiyotlarining   jadidchilik   harakatini   o‘rganishdagi   o‘rni   beqiyosdir.
Xususan,  amerikalik E. Olvort, turkiyalik Nodir  Davlat, nemis  Ingeborg Baldauf,
amerikalik Adib Xolid kabi olimlarning asarlari e’tiborga loyiq. 
1999-yilning   16-18   -   sentabr   kunlarida   Toshkentda   “XX   asr   boshida
Markaziy Osiyo:  jadidchilik, muxtoriyatchilik, istiqlolchilik” mavzusida e’tiborga
molik   xalqaro   anjuman   bo‘lib   o‘tdi.   Bu   anjumanni   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va   jamiyat   qurilishi   akademiyasining   Tarix   markazi
hamda   Germaniyaning   Konrad   Adenauer   jamg‘armasi   tashkil   qilgan.   Bu
anjumanda 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda ko‘plab olimlar ( ular orasida nemis
Ingeborg   Baldauf,   Adib   Xolid   kabi   olimlar   bor   edi)   qatnashishdi.   O‘zbek
olimlaridan   N.Karimov,   B.Qosimov,   D.Alimova,   H.Ziyoyev   kabi   olimlar
o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashishdi. 
Mustaqillik   yillarida   jadidchilik,   uning   namoyondalari   va   amalga   oshirilgan
ishlari   haqida   ko‘plab   tadqiqotlar   amalga   oshirildi 2
.   Qator   pedagog   olimlar
2
Yo‘ldoshev   J.     Hasanov   S.   Jadid   tarbiyashunosligi   asoslari.   T.:   O‘qituvchi.   1994.   Begali   qosimov.   Milliy   uyg‘
onish. T.: Ma’naviyat. 2002. Sharif Yusupov. Tarix va adab bo‘stoni. T.: Ma’naviyat. 2003. Begali Qosimov, Sharif
Yusupov,   Ulug‘   bek   Dolimov,   Shuhrat   Rizayev,   Sunnat   Ahmedov.   Milliy   uyg‘   onish   davri   o‘zbek   adabiyoti.   T.:
Ma’naviyat. 2004. 
6 tomonidan   jadidchilik   bo‘yicha   yoqlangan   dessertatsiyalarda   ushbu   mavzuning
ayrim jihatlari aks etgan 3
. 
T adqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Jadidchilik   harakati   va
“yangi usul” maktablari faoliyatiga mustaqillik yillarida shakllangan ilmiy tatqiqot
metodologiyasi   asosida   yondoshildi.   Jadidchilik   tarixini   chuqur   o‘rgangan
mahalliy   va   xorijiy   tatqiqotchilarning   ilmiy   yutuqlari   hisobga   olindi.   Mavzuni
o‘rganishda   tarixiylik,   ob’yektivlik,   tizimli   tahlil,   muammoviy   –   xronologik
usullardan foydalanildi. 
T adqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati:   Ilmiy   tatqiqot
natijalaridan quyidagi masalalarda foydalanish mumkin:
- Jadidchilik   maktablari   va   uning   rivojlanishi   muammolariga   bag‘
ishlangan tatqiqot ishlarini yaratishda;
- Jadidchilik maktablarining tarixini yoritishda;
- Oliy o‘quv yurtlari   uchun  mavzu yuzasidan   darslik,  o‘quv qo‘llanma
va fan majualarini yaratishda.
Ish tuzilmasining tavsifi:  Dissertаtsiyа kirish, uch bob, xulosа vа foydаlаnilgаn
аdаbiyotlаr ro‘yxаtidаn iborаt. 
3
Иргашева   Н.   Просветительскго   –   педагогические   взгляди   Мунаввара   Кари   Абдурашидханова.   Дисс.   кан.
пед.   наук.   Т.   1997.   З.   Ахророва.   Маҳмудхўжа   Беҳбудийнинг   педагогик   қарашлари.   Педагогика   фанлари
номзоди илмий даражасини олиш учун. Т. 2000. Г. Баубекова. ХIX аср охири ХХ аср бошларида Ўрта Осиё
мутафаккирларниннг  педагогик ғоялари. Т. 2000. 
7 I BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDAGI
IJTIMOIY – SIYOSIY JARAYONLAR
1.1 Mavzuning o‘rganilish tarixishunosligi
Turkistonning XIX asr va XX asr boshlaridagi ma’naviy-madaniy muhiti juda
serqirra va murakkab bo‘lgan. Bu davrda o‘nlab badiiy ijod vakillari ham mumtoz
adabiyotning   tasavvuf   falsafasi   ruhidagi   turli   janrlarida   qimmatli   asarlar
yaratganlar.   Mintaqada   ko‘plab   davlat   va   xususiy   ta’lim   muassasalari   –   maktab,
madrasa, qorixona, daloilxonalar mavjud bo‘lgan. 
Turkistonda   XIX   asr   boshlaridayoq   ta'lim   tizimini   isloh   qilish   uchun
boshlangan   harakatlar,   XX   asr   boshlarida   jamiyatlar   ko‘rinishini   oldi.   Tarixiy
manbalarda   taraqqiyparvarlar,   ma'rifatparvarlar   nomi   bilan   tilga   olingan
ulamolarning bu guruhi jamiyatning barcha sohalarnning rivojlantirishning yagona
yo‘li   ta'lim   tizimi   isloh   qilish   deb   bildilar.   Bu   borada   o‘z   g‘oyaviy   qarashlarini
targib   qilish   bilan   birga   amaliy   harakatlar   ham   boshladilar.   Ushbu   tarixiy
jarayonlar   o‘z   davrida   keng   bahs   munozaralarga   sabab   bo‘ldi   va   tadqiq   etildi.
Turkistondagi   madrasalarda   ta’lim   olgan   yetuk   ulamolar   masjid   va   xonaqolarda
faoliyat   olib   borib,   o‘z   bilimlari   va   ta’lim   usullari   asosida   yoshlarga   ta’lim   va
tarbiya   berishgan.   E’tiborlisi   shundaki,  Markaziy   Osiyo  xalq  ta’limi   muammolari
mahalliy   mualliflardan   ko‘ra   Rossiya   sharqshunoslari   tomonidan   katta   qiziqish
bilan   o‘rganilgan.   Garchi   bu   tadqiqotlar   mustamlakachilik   siyosati   manfaatlari
8 nuqtai   nazaridan   yozilgan   bo‘lsa   ham,   o‘sha   davr   real   hayoti   haqida   qimmatli
tarixiy hujjat sifatida muhimdir. 
Turkiston   o‘lkasi da   ta’lim   tizimi   faoliyati ning   tarixiga   bag‘ishlangan
tadqiqotlar   mustamlaka   davrida   chop   etilgan   ishlar,   sho‘ro   davri   adabiyotlari,
mustakillik   davri   tadqiqotlari   va   xorijiy   mualliflar   asarlari   kabi   turkumlarga   doir
bo‘lib,   birinchi   guruhga   oid   adabiyotlar   tarixiy   jarayonlarning   bevosita
ishtirokchilari yoki guvohlari tomonidan yozilgan. 
Bu   o‘rinda   N.P.Ostroumov,   F.M.Kerenskiy,   S.M.Gramenitskiy,
N.I.Ilminskiy, V.P.Nalivkin asarlarini eslash o‘rinlidir 4
.
Sovet   davrida   olib   borilgan   tadqiqotlar,   o‘tmishni   qoralash,   yangi   tuzum
afzalliklarini   targ‘ib   etish   tendensiyasi   bilan   sug‘orilgan   bo‘lishiga   qaramay,
V.V.Bartold,   N.A.Bobrovnikov,   I.I.Umnyakov,   A.Shukurov   va   V.Bilik 5
  kabi
mualliflar   ishlarida   tarixiy   jarayonlarni   tahlil   etishda   ma’lum   jihatdan   ta’lim
tizimini ham yoritib berilgan. 
Maktab  va  madrasalarni  o‘lka aholisi  orasida  katta  ahamiyatga  ega  ekanligi,
mahalliy   xalqlar   dini   va   ta’limi   uyg‘unligi   masalalari   A.Shukurov,   V.Bilik
makolalarida o‘z aksini topgan. I.Mo‘minov 6
, T.N.Qoriniyozov 7
 monografiyalarida
qisman   sovet   davrigacha   bo‘lgan   O‘zbekiston   madaniyati   tarixi   yoritilib,   milliy
maorif   tizimining   asosiy   bo‘g‘ini   bo‘lgan   maktab   va   madrasalar   faoliyatiga   baho
berishda   sovet   mafkurasi   nuqtai   nazaridan   yondashuv   kuzatiladi.   XX   asr   60-80
yillariga   kelib,   Turkiston   o‘lkasi   ta’lim   tizimi   tarixini   o‘rganishga   katta   e’tibor
qaratildi.   Xususan,   K.YE.Bendrikovning   monografiyasida   mustamlaka
Turkistondagi   musulmon   xalq   maorifi,   I.I.Ilminskiy   va   K.P.Kaufman   faoliyati
4
Граменицкий   С.М.   О   Ташкенте.   Т.В.,   1875,   №30;   Остроумов   Н.П.   Исторический   очерк   народного
образования   в   городах   и   укреплениях   Сыр-Дарьинской   линии   и   Туркестанской   области   до   учреждения
Туркестанского генерал-губернаторства с 1860 г. по 1867 г. - Ташкент, 1881.
5
Бартольд   В.В.   История   культурной   жизни   Туркестана.   Л.,   1927;   Шукуров   А.   Мусульманские   школы   в
Туркестане // Наука и просвещение. - 1922. - №1.-С.31-35; Билик В. Роль конфессиональной школы в жизни
Туркестана // Наука и просвещение. - 1922. - №1. - С. 27.
6
Муминов И.М. Из истории развития общественно-философской мысли в Узбекистане конца  XIX  и начала
XX вв. - Ташкент: Узгосиздат, 1957.
7
Кары-Ниязов   Т.Н.   Очерки   истории   культуры   Советского   Узбекистана   /   Избранные   труды.   В   8-и   Т.   -
Ташкент: Фан, 1967, Т. 5.
9 yoritilgan 8
.   A.P.Savitskiy   va   I.Abdullayevlarning   ilmiy   izlanishlarida   masjid ,
madrasa,   maktablar   va   boshqa   diniy   tashkilotlardan   tortib   olingan   vaqf   yerlari,
musulmon   maktablari nig   o‘quvchilar i   soni,   madrasa   mudarrislari   shtatlari,
boshlang‘ich   maktablarda   o‘qish   va   yozuv   qanday   o‘rgati layotganligi ,   mahalliy
o‘quvchilarga   ona   tilini   o‘qitish   hamda   madrasa   va   qorixonalar   haqida   umumiy
ma’lumotlar  sanab o‘tilgan .
Z.M.Mirtursunov   Farg‘ona   viloyatida   rus-tuzem   maktablari   tarixi   masalasini
tahlil   etgan   bo‘lsa,   J.Urumbayev 9
  Sirdaryo   viloyati   Amudaryo   bo‘limi   hududida
joriy   etilgan   maktablar   tizimini   yoritib   bergan.   V.T.Kocharov   Turkistonda
mustamlaka davrida rus-tuzem maktablari va gimnaziyalar tashkil etilishi, ulardagi
ta’lim   dasturlari   va   tarbiya,   o‘quvchi   va   o‘qituvchilar   soni   hamda   mazkur
muassasalarda   faoliyat   yuritgan   pedagoglar   faoliyatiga   atroflicha   to‘xtalgan.
Tadqiqotchi   Sh.Ismoilov   maktab   va   madrasalar   faoliyatini   arxiv   materiallari
asosida   yoritishga   harakat   qilgan.   XX   asr   80-   yillari   –   “ qayta   qurish ”   davrida
yaratilgan   R.Rahimov,   P.G.Kim,   H.N.Bobobekov,   M.Hasanov,   Z.P.Kondratenko,
N.Yo‘ldoshev,   M.Sharifxo‘jayevlar   tadqiqotlarida   o‘tmishda   yozilgan   asarlarga
tanqidiy yondashuv va tarixni obyektiv yoritish unsurlarini ko‘rish mumkin 10
.
Sovet davrida mustamlaka Turkistonida an’anaviy ta’lim tizimiga salbiy baho
berilib,   bunda   Rossiya   imperiyasining   maorif   sohasidagi   siyosati   “ progressiv ”
ekanligini   ochib   berishga   harakat   qilingan,   shuningdek ,   arxiv   xujjatlari   va   bir
qa ncha   boshqa   turdagi   manbalar   noto‘g‘ri   talqin   etilib,   mahalliy   aholining
aksariyatini   “ savodsiz ”   bo‘lgan   deb   baholash   odat   tusiga   kirgan   edi .   Mahalliy
ma’rifatparvarlarning   faoliyati   esa   reaksion   degan   aqida   bilan   bir   yoqlama,
koralanib yoritib berilgan.
8
Бендриков К.Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане (1865-1917). - М.: Изд- во Акад.
пед. наук РСФСР, 1960.
9
Урумбаев Ж. Очерки по истории народного образования и школы Каракалпакии. Нукус. 1958. с. 75.
10
Рахимов   Р.   Традиционное   начальное   школьное   обучение   детей   у   народов   Средней   Азии   (конец   XIX   -
начало XX вв.) / Сборник музея антропологии и этнографии. Вып. 43  1995 . ;  Ким П.Г. Уйдирма ва  ҳ а қ и қ ат //
Ў збекистон   адабиёти   ва   санъати.   -   1989,   -   29   октябр . ;   Й ў лдошев   Н.   Маърифат   фидойилари   //   Гулистон.   -
1991.   -   №4   -   С.   20-21.;   Кондратенко   З.П.   Туркистонда   хал қ   таълимининг   XIX   аср   охири   -   XX   аср
бошларидаги а ҳ воли  ҳ а қ ида //  Ў збекистонда ижтимоий фанлар. - 1991. №3. - Б. 39.
10 Mustaqillik   yillarida   yaratilgan   tadqiqotlar   yangicha   metodologik   uslubda
yozilgan   bo‘lib,   Rossiya   imperiyasining   Turkistondagi   mustamlakachilik   siyosati
masalalari   chuqur   tahlil   etilgan,   masalaga   sivilizatsion   yondashuv   sezilib   turadi.
Bu   o‘rinda   N.A.Abdurahimova,   I.I.Tursunov,   M.A.Karliboyev,   G.I.Yuldasheva,
A.Hudoyqulov,   B.Rasulov,   G.Solijonova,   M.R.Jabborov,   A.E.Kurahmedov,
N.I.Alimova, G.R.Asatovalarning tadqiqotlarini eslash o‘rinlidir. 
J.Ismoilova 11
  asarida   XIX   asr   oxiri   -   XX   asr   boshlari   Toshkentning   “yangi”
shahar qismidagi rus va rus-tuzem muassasalari faoliyati alohida bobda yoritilgan.
Bu   bobning   ahamiyati   shundaki,   undagi   fikrlar   orqali   o‘sha   davrdagi   “Yangi
Toshkent” ta’lim tizimi bilan Turkistonning boshqa hududlaridagi maorif ahvolini
taqqoslash   mumkin.   F.Ergashev,   I.Akramov,   T.Rizaboyevlar   maqolalari   orqali
Turkistonda o‘quv jarayonini tashkil etish, maktab va madrasalarda o‘quv dasturi,
o‘lka   ta’lim   muassasalarida   o‘qitish   usullari   haqidagi   bir   qancha   ilmiy
mulohazalarni bilib olish mumkin. aks ettirilgan.
B.Qosimov,   S.Holboyev,   O.Sharofiddinov,   Z.Ahrorova,   S.Ahmad,
M.Bozorovalar tadqiqotlari 12
 ham mavzuning o‘rganilishida muhim ahamiyat kasb
etadi.   Ularda   milliy   ziyolilarning   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshlarida   Turkiston
xalqi madaniyatini yuksaltirishdagi kurashlari ochib berilgan 13
.
11
Абдурахимова Н.А. Колониальная система власти в Туркестане во второй половине XIX - начале XX вв.
Автореферат диссертации доктора ист. наук. Ташкент, 1994; Садыков Х.Д. Колониальная политика царизма
в   Туркестане   и   борьба   за   национальную   независимость   в   начале   XIX   в.     Автореферат   дисс.   доктора   ист.
наук.   Ташкент,   1994;   Абдурахимова   Н.А.,   Рустамова   Г.   Колониальная   система   власти   в   Туркестане   во
второй половине XIX - в первой четверти XX в. Ташкент, 1999.
12
Турсунов   И   И.   Ў збекистон   маорифчиларининг   исти қ лолчилик   й ў лидаги   кураш   тарихидан   (1917   -
1930   йй.)   тарих   фанлар   док.   дисс   -Т.,   1995;   Худайкулов   А.   Просветительская   деятельность   джадидов
Туркестана   (конец   XIX   -   начала   XX   вв.):   Автореф.   к анд.дисс.   Т.,   1995;   Нукус,   1995;   Расулов   Б.М.
Ў збекистондаги мусулмон мактаб ва мадрасалари тарихидан (XIX аср охири - XX аср 20 йиллари).   т ар.ф.н.
дисс.   Андижон,   1996;   Алимова   Н.И.   Политика   царской   России   в   Туркестане   в   области   национальной
культуры   (1867-1917   гг.).   Канд.   дисс.   на   соискан.   учен.   степ.   Т.,   2004;   Асатова   Г.Р.   Языковая   политика   в
Узбекистане в XX веке: суть, последствия и уроки. Дисс. канд. ист. наук. Т. 2004. - 204 с.
13
Жадидчилик:   исло ҳ от,   янгиланиш,   муста қ иллик   ва   тара ққ иёт   учун   кураш   (Туркистон   ва   Бухоро
жадидчилиги тарихига янги чизгилар). Даврий т ў плам №1. - Т.: Университет, 1999;  Ў збекистон тарихининг
долзарб муаммоларига янги чизгилар. Даврий т ў плам №2. - Т.: Шарк, 1999; Туркестан в начале XX века: к
истории   истоков   национальной   независимости.   -   Т.:   Шарк,   2000;   Ў збекистоннинг   янги   тарихи.   Биринчи
китоб.   Туркистон   чор   Россияси   мустамлкачилиги   даврида   (Тузувчилар   Соди қ ов   Ҳ. ,   Шамсуддинов   Р.,
Равшанов П., Усмонов К). -Т.: Шар қ , 2000; Мунаввар қ ори Абдурашидхонов. Хотираларимдан (жадидчилик
тарихидан лав ҳ алар). Нашрга тайёрловчи ва изо ҳ лар муаллифи: С.Холбоев. - Т.: Шар қ , 2001; Д ў ст қ ораев Б.
Ў збекистон журналистикаси тарихи. Тошкент: F.Fулом, 2009.
11 У.Dolimovning   “Turkistonda   jadidchilik   harakati”   tadqiqotida   Turkistonda
XIX asr oxiri  - XX asr  boshlarida xalq ta’limi masalalari  Rossiya  imperiyasining
umumiy   tarixi   kontekstida   tadqiq   etilgan.   Rossiyalik   S.I.Kaspe,   A.V.Remnyov,
A.Y.Baxturina,   D.Y.Arapovlar   va   boshqalarning 14
  ilmiy   izlanishlari   Rossiyada
ta’lim   modernizatsiyasi   tarixini   o‘rganishda   muhim   manba   ekanligini   qayd   etish
lozim.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixnavislik bo‘yicha  tadqiqotchilarning
yangi  avlodi  yetishib chiqdi. Xususan,  ta’lim  tarixi  masalalari  bo‘yicha  bir  necha
olimlar   o‘z   ilmiy   ishlarini   e’lon   qildilar.   O‘rganilayotgan   mavzu   bo‘yicha   ham
qator ishlar ko‘zga tashlanadi.
Yuqoridagi   faktlardan   ko‘rinadiki,   Turkiston   maorifi   tarixini   o‘rganish
bo‘yicha   qator   tadqiqotlar   yozilgan   bo‘lishiga   qaramay,   aynan   jadidlar   maktabi
masalasidagi bahslar hozirgacha davom etmoqda. 
Yuqoridagi  ma`lumotlar   asosida   tadqiqotning  manbaviy  asosini   quyidagi   besh
guruhga ajratish mumkin:
1. Mahalliy tarixchilar va jadidlarning asarlari.
2. Arxiv hujjatlari.
3. E'lon qilingan hujjatlar va materiallar to‘plamlari.
4. Davriy matbuot.
5.Xotira va esdaliklar.
Jadidchilik   harakatining   yetuk   namoyandalari   va   tarafdorlari   tomonidan
yozilgai   asarlar   ham   ushbu   tadqiqotning   manbaviy   asosini   boyitadi.   Tatar
ma'rifatparvari   I.   Gaspirinskiy   asarlarida,   “Tarjimon”   gazetasida   chop   etgan
maqolalarida   islohotchilik   g`oyalarini   targib   qildi 15
.   Buxoro   taraqqiyparvari   A.
14
Дякин   В.С.   Национальный   вопрос   во   внутренней   политике   царизма   (XIX   в.)   //   Вопросы   истории.
1995.   -   №   9;   Тебиев   Б.К.   На   рубеже   веков.   Правительственная   политика   в   области   образования   и
общественно - педагогическое  движение в России к   XIX   - началу   XX   в. Москва:  Интеллект, 1996;  Арапов
Д.Ю. Система государственного регулирования ислама в Российской империи (последняя четверть  XVIII  -
начало   XX   в.).   -   М.,   2004;   Бахтурина   А.Ю.   Окраины   Российской   империи:   государственной   управление   и
национальная политика в годы первой мировой войны (1914-1917 гг.). Москва, 2004; 
15
  Бехбудий   М.   Бухородг   //   “Самарканд”.   (Самарканд),   1914   йид   28   июнь,   №   22;   Ўша   муаллиф;   Бухоро
вокеадари //“Ҳуррият”.  (Са.марканд), 1917 йил 1 май, Х® 5, 2 май, № 6
12 Fitrat   esa   Buxoroda   din  va   maorif   sohasida   vujudga   kelgan  inqiroz   hamda  ularni
bartaraf   etishga   oid   o‘z   tavsiyalarini   ishlab   chiqdi 16
.   M.Behbudiy   ilmiy
maqolalarida   Buxoro   maktablarini   isloh   qilish,   jadid   maktablarini   ochish   va
madrasa   ta'limiga   dunyoviy   fanlarni   kiritishga   oid   mulohazalarini   taqdim   etdi.
Domla Ikrom Buxorodagi diniy ilmsizlik va davlatning taraqqiy etishiga to‘sqinlik
qiluvchi   muammolarni   qayd   qilib,   ularni   bartaraf   etishni   talab   qilib   chiqdi.
Tehrondagi Amerika tibbiyot kolleji va Bern universitetida (Shveysariya) tibbiyot
bo‘yicha oliy ta'lim olgan Mirzo Siroj o‘z asari va maqolalarida Yevropadagi ilm-
fan   taraqqiyoti   haqida   gapirib,   Buxorodagi   ta'lim   tizimini   o‘zgartirish   zarurligini
ta'kidladi 17
.
Uchinchi   guruhga   mansub   arxiv   hujjatlari   jadidlar   va   qadimchilar   faoliyatini
o‘rganishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Davlat   arxivining   fondlarida   saqlanayotgan   hujjatlarda   Turkiston   jadidlarining
Turkiya   taraqqiyparvarlari   bilan   munosabati   va   yangi   usul   maktablari   haqida
ma'lumotlar   keltiriladi.   Shuningdek,   arxiv   fondlarida   “ Туркистанский   курьер ” ,
“Sirotil   mustaqim”,   “So‘z”,   “Tarjimon”   gazetasida   chop   etilgan   Buxoroga   oid
maqolalar yig`ilgan bo‘lib, bu ham mavzuni kengroq o‘rganishga xizmat qnladi.
Samarqand viloyat davlat arxivida 1762-raqamli Ivan Umnyakovning va 1750-
raqamli   Yuriy   Alekserovning   shaxsiy   fondlari   mavjud   bo‘lib.   Bular   XX   asr
boshlarida Turkistondagi siyosiy vaziyat, Oktyabr inqilobi, Turkiston o‘lkasi XKS
raisi   F.Kolesovning   Buxoroga   yurishi   tarixini   yoritishda   noyob   manba   bo‘lib
xizmat qiladi.
Tadqiqot bo`yicha davriy matbuot materiallari asosiy manba bo‘lib, “Tarjimo‘n
(Bogchasaroy,   1883-1917),   “Vaqt”   (Orenburg,   1907-1917),   “Sirotil   mustaqim”
(Istanbul,   1911),   “Buxoroyi   sharif”   (Yangi   Buxoro,   1912-1913),   “Turon”   (Yangi
Buxoro, 1912-1913), “Samarqand” (Samarqand, 1913 yil 16 aprel — 1913 yil 17
16
  Домла   Мухаммад   Икром   муфти   Бухорий.   “Ийкозу-н-ноимнйн   ва   иълому-л-жохилийн”   ("Уйкудагнларнн
уйготиш ва жохнлларга билдириш”). - Янги Бухоро, 1912.
17
  Мирзо   Сирож.   Вазифашиноси   //“Бухорои   шариф”.   (Янги   Бухоро),   1912   йил   20   нюнь;   Уша   муаллиф.
Тухфаи ахли Бухоро. - Душанбе: Адиб, 1991.
13 sentyabr), “Sadoi Turkiston” (Toshkent, 1914-1915), “Sadoi Farg`ona” (Farg`ona,
1914-1915),   “Hurriyat”.   (Samarqand,   1917-1918),   “Ulug`   Turkiston”   (Toshkent,
1917-1918), “Ishtirokiyun” (Toshkent, 1918-1920), “Ishchilar dunyosi” (Toshkent,
1918),   “Uchqun”   (Toshkent,   1920),   “Buxoro   axbori”   (Eski   Buxoro,   1920-1923)
kabi   gazetalar.   “Oyina”   (Samarqand,   1913-1915),   “Al-Isloh”   (Toshkent,   1914-
1918) va “Mulla Nasriddin” (Tiflis, 1909-1911) jurnallarida tadqiqotga oid muhim
materiallar mavjud.
Muammo manbashunosligida kundalik va esdaliklari, M. Abdurashidxonov 18
, S
Ayniy 19
,   Ahmad   Zaki   Validiy   To‘gonning 20
,   Xoji   Muin,   Mahmudxo`ja
Behbudiylarning xotiralari alohida ahamiyatga ega.
Mavzuga doir adabiyotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1.Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida yaratilgan tadqiqotlar.
2.Sovet davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlar. 
3.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nashr qilingan tadqiqotlar. 
4.Xorijda yaratilgan tadqiqotlar.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davriga oid asarlar asosan Turkistonning
siyosiy   va   iqtisodiy   xayotiga   doir   ma'lumotlarni   o‘z   ichiga   olgan   bo‘lib,
imperiyaning mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qilgan 21
.
Sovet davrida bu mavzu doirasida qator tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, uni uch
bosqichga   ajratib   o‘rganish   maqsadga   muvofiqdir.   Birinchi   bosqich   XX   asrning
20-yillariga   oid   bo‘lib,   unga   Buxoro   jadidlarining   yetakchilari   S.Ayniy 22
,
18
 Абдурашидхонрв M. Хотпраларимдан (Жадидчнлик тарихндан лавхапар) Нашрга тайбрловчн С. Холбосв.
-Тошкент: Шарк, 2001
19
 Анний С. Воспоминания. Переьод с таджнкского А Розен(|)ельд. Кннга 1. II. - Сталинабал: Таджгоснздат,
1949;   Ўша   муаллиф:   Воспоминания   Книга   III.   -   Сталинабад:   Таджгосиздат,   1950;   Ўша   муаллиф:
Воспоминания. Книга IV. - Сталинабад Таджгосиздат, 1954
20
  Ахмад   Закн   Валиднй   Тўгон.   Бўлинганни   бўри   ср.   Туркистон   халкларининг   миллий   мустакиллик   учун
кураши тарихидан хотиралар. Бошкнрд тилидан Ш. Турднсп гаржнмаси. - Тошкент; Адолат, 1997.
21
  Шубинскии   П   П.   Очерки   Eyxapbi   //   “Исторнческии   вестник”.   (Петербург),   1892.   Кч   7.   -   С   119-142;
Логофст Д Страна безправия Бухарскос ханство и ero современное состоянис. - Санкт-Петербург. 1909; Уша
муаллнф: Бухарское ханство. Под русскн.м протекторагом. Том 1,
2. - Санкт-Пстсрбург, 1911; Энпе. Очерки Б>-харь1 // Средная Азня, 1910. № 4; Тамаев К. Волисние в Бухаре
//   Средная   Лзия,   1910.   Ks   1;   Ўша   муаллнф:   По   поводу   развнтня   нсламизма   /   Столкновенно   меисду
суннитамн и шиитами /7 Туркестанскнн курьер, 1910, .Nrs 35; ЖуковскнП С. В. Сношения Россип с Бухарои
и ХивоП за последнее - Пстроград, 1915
22
 Син Мим (Аинн С.) Таърихн сшзсилаи Мангития. ки дар Бухоро хукм ронданд // Шуьлан ннқилоб, 1920 -
KsKo   50-53,   56-60;   1921   -   КчКч   62-63,   66.   68.   70,   72,   74,'76-77,   79,   82-S5,   S7-90,   Ўша   муаллнф.   Таърихи
14 F.Xo‘jaev 23
,   shuningdek,   RKP(b)   MK   Turkiston   byurosi   vakillari   I.Umnyakov 24
,
G.I.Safarov 25
ning   asarlarini   kiritish   mumkin.   Bu   tadqiqotlarda   jadidchilik
harakatining vujudga kelishi va mazmun-mohiyati aniq ko‘rsatib berilgan.
Ikkinchi   bosqich   XX   asrning   20-yillari   ikkinchi   yarmidan   50-   yillarigacha
bo‘lgan   davrni   o‘z   ichiga   olib,   bu   bosqich   F.Xo‘jaevning   jadidlar   haqidagi
maqolalari va asariga qarshi G.Turkestanskiy (P. Galuzo)ning tanqidiy sharhining
paydo   bo‘lishi   bilan   boshlanadi 26
.   G.Turkestanskiy   F.Xo‘jaevni   jadidchilik
harakatining   “reaksion”   harakat   sifatida   baholamaganlikda   va   ularning   inqilobiy
xarakatlardagi   ishtirokini   bo‘rttirib   ko‘rsatganlikda   ayblaydi.   1932-yil
F.Xo‘jaevning qayta  nashr  qilingan “Buxoroning inqilobi  tarixi  va O`rta  Osiyoda
milliy   chegaralanish   nomli   asari   partiya   tanqidchilari   ta'qibi   ostida   mafkura
manfaatlarini   hisobga   olgan   holda   yozildi 27
.   Muallif   jadidchilik   xarakatining
vujudga   kelishi,   uning   taraqqiyparvarlik   faoliyatini   e'tirof   etsa-da,   1917-yildagi
inqilobiy   harakatlardagi   rolini   salbiy   baholashga   majbur   bo‘lgan.   Shu   vaqtdan
boshlab   jadidchilik   harakatini   xolis   o‘rganish   uzoq   muddatga   to‘xtab   qoldi.
A.Arsharuni,   X.Gabidullin,   L.Klimovich,   A.Pyaskovskiy,   O.Eshonov,
A.Gordienko tomonidan yozilgan asarlarda jadidchilik “reaksion” harakat  sifatida
baholandi va uning faqatgina salbiy tomonlari ko‘rsatildi.
Uchinchi   bosqich   XX   asrning   60-80   yillarini   o‘z   ichiga   olib,   M.G.Vaxobov,
I.S.Braginskiy,   X.Mirzozoda,   X.Voxidov,   B.Iskandarov,   T.To‘xtametov,
S.Zimanov   va   boshqalarning   asarlarida   kommunistik   mafkura   ta'siri   ostida   XIX
asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan ma'rifatparvarlik harakati va istiqlolchilik
harakatlari haqida ma'lumot beradilar.
амирони манпгтиян Бухоро. - Тошкснт: Нашриёти давлати Туркистон, 1923, Ўша муаллиф Бухоро инкилобн
тарихи учун матерналлар. - Москва: СССР халкларинииг марказни нашриёти, 1926
23
  Ходжасв   Ф.   К   историн   революцип   в   Бухаре.   -   Ташкент,   1926,   Ўша   муаллиф:   Бухоро   инқнлобинннг
тарихига   мзтсриаллар.   -   Тошкент-Самарканд:   Ўздзвнашр,   1926;   Ўша   муаллиф:   Джадидь!   //Очеркн
революциониого   двнжения   в   СрсднсП   Азии   Москва,   1926.   -   С.   6-12;   Ўша   муаллнф:   О   младобухарцах   //
Историк-марксист, 1926 № 1. - С. 123-141
24
 Умняков И. К нсторин новометодноП школь! в Бухаре // Бюллстснь Средне-Азиатского Государственного
Уииверситста.- Вьшуск 16 Ташкент, 1927. -С.81-99.
25
 Сафаров Г.И. Колониальная революцня (оньгт Туркестана). - Москва, 1921.
26
  Турксстанскин   Г   Об   одном   нсторнчсском   док>мекте   /7  Коммунистическая   мьюль,  1926.  Ks  2  —  С  136-
148; Ўша муаллиф: Кто такне бьиш джадидь1 - Ташкент, 1926.
27
 Ходжаев Ф История рсволюции в Бухаре п нацнонального размежевання Срсдней Азии - Ташкснт, 1932.
15 XX   asrning   80-yillari   oxiridan   e'tiboran,   sovet   jamiyatida   boshlangan   qayta
qurish,   oshkoralik   ta'sirida   jadidchilikka   baho   berishda   biroz   o‘zgarish   ko`zga
tashlandi.   F.Qosimov,   Sh.Turdiev,   P.Mirzaahmedova,   D.Rashidova   maqolalarida
O‘rta   Osiyo   xalqlarining   XIX   asr   oxiri   -   XX   asr   boshlaridagi   ijtimoiy   hayotida
jadidchilikning tutgan o‘rni haqida ijobiy fikrlar bildirila boshlandi.
S ovet   hokimiyati   yillarida   kommunistik   mafkura   ruhida   yaratilgan   ko‘plab
asarlarda   jadidchilik   masalalari   noxolis   o‘rganildi.   1980-yillardan   boshlab,
taraqqiyparvarlik   harakati   yangicha   qarashlar   asosida   o‘rganilgan   bo‘lsa-da,
ularning   qadimchilar   faoliyati   tadqiq   etilmadi.   Shunday   bo‘lsa-da,   asarda
keltirilgan   ma'lumotlarning   kengligi   va   muammoga   yondashuv   uslublari   mavzu
tarixshunosligida hamda tarixini o‘rganishda muayyan ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik   yillarida   tarixchilar,   huquqshunoslar,   faylasuflar   va
adabiyotshunoslar tomonidan jadidlar faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar
amalga oshirildi. Taraqqiyparvarlik harakati  mohiyatini  ochib berishda  tarixchilar
F.   Qosimov 28
,   D.   Alimova 29
,   R.   Abdullaev 30
,   Q.   Rajabov 31
,   D.   Ziyoeva 32
  asarlari
asosiy o‘rin tutadi.
Markaziy   Osiyodagi   jadidchilik   masalalariga   ba`ishlab   respublika   va   xalqaro
konferensiyalarning o‘tkazilishi matijasida bu mavzu nafaqat O‘zbekistonda, balki
xorijlik tadqiqotchilar tomonidan ham katta qiziqish bilan o‘rganilayotgani ma'lum
bo‘ldi 33
.
28
 Касммоп Ф Драма революции н правда исторнн. - Бухара: “Бухоро” нашрибтн, 1996.  
29
 Алимова Д, Голованов А. Ўзбекнстон мустабид совстт>з>ми даврнда: сисснй ва мафкуравий
тазйик   окибатлари.   1917-1990   йиллар   -   Тошкент:   Ўзбекистон,   2000;   Атнмова   Д.   История   как   пстория,
мстория   как   наука.   Т   I   История   н   нсторическое   сознание.   -   Ташкеит:   Узбскистан.   2008;   Ўша   чуаллиф:
Исторня кзк история. история как  иаука. Т.2. Феномен  джадидизма. -Ташкеит:  Узбекистан, 2009; Алимова
Д. Рашидов У XIX аср охири - XX аср бошларида Б\хородаги сиёсий харакатлар na курашлар. - Б^оро: ”Б\
лоро” нашриёти. 2009
30
  Абдуллаев   Р.   Национальнь1е   политических   органнзации   Туркестана   в   1917-1918   годьг   2-ос   издание   -
Ташкент: Adabiyoi uchqunlari, 2016.
31
  Ражабов   Қ.   Мустақил   Туркистон   фиқри   учун   мужодалалар   (1917-1935   йиллар).   -   Тошкснт   Ўзбекистон,
2000
32
  Зийева   Д.   Туркнстон   миллий   озодлик   хдракати.   -   Тошкент.   Гафур   Ғулом   номидаги   АдабиСТ   ва   санъат
нашриёти, 2000.
33
 Ўзбекнстоннинг янги тарихи Концептуал-методологик муаммолар. Республнка йлмий- назарий анжуманп
материаллари (туплам). - Тошкент: Академия, 1999
16 Shu   o‘rinda   tarixchi   olimlar   D.Alimova   va   Q.Rajabovlarning   Turkistondagi
jadidchilik   harakatining   mazmun-mohiyatini   yoritib   bergan   tadqiqotlarini   alohida
ta'kidlab   o‘tish   joiz.   D.Alimova   asarlarida   Turkistonda   jadidchilik   harakatiiing
vujudga kelishi, taraqqiyparvarlarning davlatchilik, musulmom madaniyatini isloh
qilish   borasidagi   qarashlariga   oid   muhim   ma'lumotlar   beriladi.   Q.Rajabovning
ilmiy maqola va risolalarmda esa Turkiston va Buxorodagi jadidchilik harakatining
umumiy   hamda   o‘ziga   xos   xususiyatlari.   taraqqiyparvarlardan   Fayzulla   Xo‘jaev,
Usmon   Xo‘ja,   Otaullo   Xo‘jaev,   Fitrat,   Ubaydulla   Xo‘jaevlarning   bu   harakat
tarixida   tutgan   o‘rni,   so‘nggi   amirlar   Abdulahadxon   va   Olimxonlarning   siyosiy
faoliyati xolisona talqin qilingan.
Xorijda   ham   Markaziy   Osiyoda   jadidchilik   harakatining   vujudga   kelishi
masalasiga bagishlangan tadqiqotlar amalga oshirilib, unga Boymirza Hayit, Ahad
Andijon, A. Zenkovskiy, Dj. Uiller, E. Bekon, H. Kare d'Enkauz. A. Bennigsen, E.
Ollvort,   H.   d’Ekkos,   S.   Beker,   L.   Tillet,   Adib   Xalid,   I.   Baldauf,   S.   Dyuduan'on,
Xisao Komatsularning monografiya va risolalarini kiritish mumkin 34
.
Bular   orasida   amerikalik   jadidshunos   Adib   Xalidning   Markaziy   Osiyodagi
jadidchilik   harakati   mavzusini   o‘rganish   borasidagi   xizmatlari   alohida   e'tirofga
sazovordir.   Ammo   uning   tadqiqotlarida   ayrim   xatoliklar   mavjud   bo‘lib,   muallif
Ahmad Donish asarlarining O‘rta Osiyo jadidlari uchun g`oyaviy-  nazariy manba
sifatida   xizmat   qilganiga   shubha   bilan   qaraydi.   Adib   Xalid   bu   asarlar   quvg‘inda
yozilgani   va   o‘z   vaqtida   nashr   etilmagani   sabab,   Buxoro   ziyolilari   orasida   keng
tarqalmagan,   degan   fikrni   ilgari   suradi.   U   “Doniishing   asarlari   bunday   bahoning
yukini   ko‘tarolmaydi,   jadidlar   tomonidan   yangi   dunyo   dadillik   bilan   qarish
34
  Zenkovsky S.A. Pan-Turcizm  and  islam  in Russia.  Cambridge-Massachusctis’  Hanvard  University Press, 1960;
Whceler G. The modcm History of Soviet Ccntral Asia. - London - New York, 1964 Bacon K. Central Asia undcr
Russian Rule. A Study in Cultural Change. - New York, 1966;   Саггсгс  d'Encaussc H. Rcformc et Revolution chez
les musulmans dc 1’Empire Russe. Boukhara.  1867-1924. - Paris, 1966, Bennigscn A. Islam  in thc Soviet Union:
thc religios factor and the nationality problcm. - L - New York, 1967; Allworth E. Central Asia. A Ccntry of Russian
rule  NeNV'york-London  Columbia   University  Prcss,  1967;   D'Eccose  H  C.  Abdurauf  Fitrat's   revivalism   //  Central
Asia.   A   Century   of   Russian   Rulc.   New   York-London:   Columbia   Universily   Press,   1967,   Becker   S   Russia's
Protectorates   in   Cenlral   Asia:   Bukhara   and   Khiva,   1S65-I924.   -   Cambridge,   196S,   Tillet   L   The   Grcat   Fricndship
(Soviet Historians on the Non-Russian Nationalitics). Chapel Hill, 1969, Komalsu Hisao. 20 Yuzyil baslarinda Orta
Asyada   Turkguluk   ve   dcvrim   harekctleri   -   Ankara,   1993;   Ўша   муаллиф   Turkestan’da   Yenilik   Hareketleri   ve
ihtilaller   1900-1924   Osman   Hoca   Anisina   Inselemcler   Ч   Hazirlavan   Timur   Koca   og’lu.   Haarlem-Ankara:   SOTA,
2001.
17 olinganligining   aksi   o‘laroq,   uning   asarlarida   o‘tib   ketgan   davrga   motam   tutish
tuygulari ko‘zga tashlanadi” 35
, - deb yozadi. Ahmad Donish tarixiy risolasida Amir
Temur va Amir Shohmurodga o‘z ehtiromini bildirib, ularga yuqori baho bergani
Adib   Xolidga   o‘tmishni   qumsash   yoki   o‘tmish   uchun   ta'ziya   tutishdek   taassurot
tug‘dirgan bo‘lishi mumkin.
Fransuz   olimi   Stefan   Dyuduan'on   asarlarida   esa   ulamolar   harakatiga   oid
ma'lumotlar bo‘lib, ularning faoliyatiga ijobiy baho beradi. U bu guruh to‘g‘risida
hali   ham   faqat   salbiy   fikrlar   bildirilib,   jaholat   va   feodalizmning   og‘ir   asoratlarini
o‘zida   ifoda   etgan   oqim   sifatida   baholanishiga   qarshi   chiqadi   va   “Qolaversa,
bugungi kunda ham aksariyat mualliflar tomonidan Rossiya va O`rta Osiyo islomiy
fikrlari   tarixidagi   har   qanday   “diniy”   nuqtai   nazarga   “qadim”   tamg`asini
yopishtirmoqdalar” 36
, - deb yozadi.
Xullas, xorijlik olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlar mazkur mavzu tarixini
o‘rganishda   alohida   o‘rin   tutadi.   Bu   tadqiqotlarning   muhim   jihati   shundaki,
jadidchilik   harakatida   ishtirok   etgan   shaxslar   faoliyatini   o‘rganish   orqali
taraqqiyparvarlikning   mohiyati   ochib   berilgan.   Shuningdek,   ulamolar   xarakati
borasidagi   yangicha   qarashlari   bayon   qilingan.   Mualliflar   ixtiyorida   birlamchi
manbalarning   yo‘qligi   esa   bu   harakat   tarixini   to`liq   yoritishga   imkon   bermagan.
Mazkur   tadqiqotlar   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,   Buxoro   amirligida   jadidchilikning
vujudga   kelishi,   bu   harakatning   maqsad-vazifalari   va   faoliyatini   ayrim   jihatlarini
yoritib beruvchi izlanishlar olib borilgan. Ammo Buxorodagi qadimchilar harakati
va   ularning   jadidlar   bilan   munosabati   bo‘yicha   maxsus   ilmiy   tadqiqot
yaratilmagan.
Yuqoridagi tadqiqotlarda taraqqiyparvarlik harakatining asl mohiyati va tarixiy
ahamiyati   ochib   berildi.   Ulardan   oliy   o‘quv   yurtlari.   akademik   lisey   va   kollejlar,
maktablar uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar yozishda foydalanildi.
35
 Khalid Adceb. The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidizm in Central Asia. Berkeley, Los
Angcles, London: Universitv of Califomia Press. 1998. - PTZ5.
36
  Стефан  A  Дюдуаньон .  Кадь 1 мизм .  элементм   соцнолопш   у .>* сўльманского   гради ‘ цно ^ а ) тнзма   в
гатарском   мире   и   в   Мавераннахре   (консц   XVIII   -   нач   XX   эв   )   Исла.м   в   татарскдм-ь|ире:   исторня   и
современность. - Казань: Инститчт исторни АН Татаристана, \997 -С. 57.
18 1.2. Jadidchilik harakati vujudga kelishining tarixiy shart - sharoitlari
Jadidchilik   XIX   asrning   oxirlaridan   vujudga   kelgan,   XX   asrning   boshlarida
shakllangan   ijtimoiy   harakatdir.   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   Osiyo,   jumladan,
Turkiston ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha Yevropadan ancha orqada qolib
ketgan   edi.   Qoloqlik   va   jaholat,   o‘lka   aholisining   ayanchli   ahvoli   Turkistonning
Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan
qutulish,   erk   va   ozodlikka   erishish   haqida   o‘z   zamonasining   ilg‘or   ziyoli
qatlamlarida   fikr-mulohazalar   paydo   bo‘la   boshladi   ualar,   jamiyatni   isloh   qilish
kerakligini tushunib yetganlar. 
XIX   asr   o‘rtalarida   Turkiston   o‘lkasini   Rossiya   imperiyasi   hukmronligi
o‘rnatilishi   natijasida   birinchidan   yangicha   boshqaruv   tizimi   joriy   etildi.
Ikkinchidan,   mazkur   boshqaruv   apparati   mohiyatan   mahalliy   xalqlar   ma’naviyati
va   madaniyatini   mensimasdan,   ularning   madaniy   qoloqligiga   urg‘u   bera
boshladilar   va   o‘lkada   o‘zlarining   ta’lim   tizimini   singdirish   orqali   mahalliy
xalqlarni   o‘zlariga   to‘laligicha   g‘oyaviy   jihatdan   qaram   qilishni   rejalashtirdilar.
Bunday siyosat natijasida mahalliy aholi yangi madaniyat bilan to‘qnashdi. Milliy
ziyolilar esa ma’naviyatni yuksaltirish kerak ekanligini anglab yetdi. Ana shunday
bir vaziyatda jadidchilik harakati vujudga keldi. 
XIX   asrning   oxirlarida   Rossiya   imperiyasi   o‘zining   siyosiy   agentlari   orqali
xon   va   amirlarning   vakolatlarini   chekladi,   ularni   qo‘g‘irchoqqa   aylantirib   oldi.
Mahalliy   aholining   talab   va   ehtiyojlari   inobatga   olinmadi,   urf-odatlari   poymol
qilindi,   ijtimoiy   adolatsizlik   avj   oldi.   Madrasa   va   maktablar   faoliyati   cheklana
boshladi.   Toshkentni   ruslar   bosib   olish   paytida   yosh   zobit   sifatida   qatnashgan
General   Ivanov   o‘z   qo‘li   ostidagi   ma’murlarga   yerli   xalqlarga   nisbatan   hech
qanday   achinmaslik,   ularga   rus   mushtining   kuchini   ko‘rsatib   turish   kerakligini
aytadi 37
.   General   Samsonov:   “Rus   e r kagi(мужиг)ning   o‘g‘risi   ham   har   qanday
37
  Мустафо Чўқай ўғли. Истиқлол жаллодлари. Тошкент. 1992. –Б. 80
19 turkistonlikdan,   uning   avliyosidan   ham   yaxshiroqdir”, -   degan   edi 38
.   Bunday
kamsitish   va   xo‘rliklarga   chek   qo‘yish,   xalqni   savodxonligini   oshirish,   ularning
haq-huquqlarini   himoya   qilish   dolzarb   masalalardan   biriga   aylandi.   Jadidchilik
Turkiston   o‘lkasida   mana   shunday   tarixiy   sharoitda   shakllandi.   Turkistonda
taraqqiyparvarlik harakati vujudga kelishi uchun tarixiy shart-sharoit yetilgan edi.
Jadidlar   imperiyaning   mustamlaka   siyosati   strategiyasiga   jiddiy   zaiflantiruvchi
o‘zgarishlar qilishga  undovchi   siyosiy va vatanparvar  kuch sifatida XIX asr oxiri –
XX asr boshlaridan tarix saxnasiga chiqa boshladilar. Jadidlar Turkistonda XX asr
oxirida   paydo   bo‘lgan   ilg‘or   usullarni   yoqlagan   ma`rifatparvarlargina   bo‘lib
qolmay,   ayni   chog‘da   turkiy-islomiy   huquqiy   merosning   xalq   ichida   keng
yoyilishi, xurfikrlilik,   milliy istiqlol va taraqqiyot   uchun ham  kurashni   o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan edi. 
Jadidchilik   dastlab   XIX   asrning   80-yillarida   Qirimda   Ismoil   Gasprinskiy
rahbarligida vujudga kelgan 39
. Ismoil Gasprinskiy asos solgan “Tarjimon” gazetasi
va   u   ishlab   chiqqan   “usuli   savtiya”   maktabi   minglab   kilometr   yo‘lni   bosib
Turkistonga   kirib   kelgan.   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   va   Munavvar   qori
Abdurashidxonov lar   boshchiligidagi   o‘zbek   jadidlari   Ismoil   Gasprinskiy
g‘oyalariga   ergashdilar.   Jadidchilik   harakati   Turkistonda   XIX   asrning   oxirida
faqatgina   madaniy-ma’rifiy   harakatning,   ya’ni   an’anaviy   maktablarning   qiyin
o‘qitish   tizimiga   nisbatan   yengil   tovush   usuliga   asoslangan   yangi   uslub   (metod)
asosida   o‘qitishga   o‘tishdangina   iborat   emasdi.   Ular   ayni   paytda   islom   huquqiy
munosabatlarining   millatga   o‘rgatilishi,   taraqqiyot   va   milliy   istiqlol   masalalarini
ham o‘z ichiga qamrab olgan edi.
Professor   Naim   Karimov   Turkistonda   jadidchilik   harakatining   vujudga
kelishini   faqatgina   Ismoil   Gasprinskiyning   taraqqiyparvar   harakati   natijasida
vujudga   kelgan   deb   atash   noto‘g‘ri   ekanligini   aytadi.   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr
boshlarida   Turkistonda   vujudga   kelgan   jadidchilik   harakati   ko‘p   jihatdan   Ismoil
38
 Мустафо Чўқай ўғли. Истиқлол жаллодлари. Тошкент. 1992. –Б. 80
39
  Каримов  Наим. Туркий  дунё  юлдузи. //  Исмоилбек  Гаспринский  ва  Туркистон  //Масъул  муҳаррир Наим
Каримов//. — Т.: «Шарқ», 2005. –Б. 288
20 Gasprinskiy   nomi   bilan   bog‘liq   ekanligi,   ammo   Ismoil   Gasprinskiy   dunyoga
kelmaganda   va   “Tarjimon”   gazetasini   nashr   etmaganda   ham   o‘zbek   jadidchilik
harakati   vujudga   kelishi   mumkinligini   aytib   o‘tadi.   Chunki,   XIX   asrning   60-
yillaridan   Turkistonning   Rossiya   imperiyasi   tomonidan   bosib   olinishi   va   bir
paytlar   Amir   Temur   asos   solgan   ulkan   davlatning   mustamlakaga   aylantirilishi
turkistonlik   ziyolilarni   befarq   qoldirmagan.   Qolaversa   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr
boshlarida   Kalkutta,   Qohira,   Qozon   va   Ufada   ilg‘or   fikrli   gazetalar   chiqqan 40
.
Bundan tashqari, Rassiya,  Turkiya va Eronda ko‘tarilgan inqilobiy harakatlarning
shabadalari Turkistonda ham sezilayotgan edi.  
Umuman olganda jadidchilik harakatining shakllanishi  Turkistonda quyidagi
boshqichlarni o‘z ichiga oladi: 
1.  1885-1895 yillar: G.Ismoilbekning “Tarjimon” gazetasi ta’sirida Qo‘qonda
yangi – jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-
tuzem maktablari bilan raqobatlasha boshlagan. 
2.   1896-1904-yillar:   Qrimdagi   Gaspra   shahridan   Ismoil   Gasprinskiy ning
Buxoro va Samarqandga tashrifi, Buxoro amiri  bilan uchrashishi  natijasida 1895-
yilda   jadid   maktablarini   tashkil   etish   davri   –   Buxoroda   Jo‘raboy,   Samarqandda
A.Shakuriy,   S.Aziziy,   A.Munzim,   Mulla   Qilich,   Toshkentda   Munavvarqori
Abdurashidxonov,   A.Avloniylar,   Qo‘qonda   Hamza,   Namanganda   I.Ibrat,
So‘fizoda   va   boshqa   siymolarimiz   ochgan   jadid   maktablari   o‘z   faoliyatlarini   olib
boradilar. 
3.  1905-1914 yillar: jadidchilikning maktab – maorifdan kengroq gazetchilik,
ya’ni   ro‘znomalar   va   jaridalar   chop   etish,   matbaa   ishlarini   yo‘lga   qo‘yish,   ilm   –
fan, adabiyot, madaniyat – maorifni milliylashtirish bosqichi.  
4.   1914-1917-yillar:   jadidchilikning   o‘ta   ijtimoiy   –   siyosiy   yo‘nalish   kasb
etishi,   jadidchilik   siyosiy   firqalarining   tuzilishi   va   ularning   uch   xil   turli   talablar
qo‘yishi: 
40
  Каримов Наим. Туркий дунё юлдузи. // Исмоилбек Гаспринский ва Туркистон //Масъул муҳаррир Наим 
Каримов//. — Т.: «Шарқ», 2005. –Б. 288
21 a)  Rossiyadan to‘la ajralib chiqish; 
b ) Rossiya Federatsiyasi tarkibida  “ milliy – hududiy muxtoriyat ”  tuzish; 
c )  Rossiya   unitarizmi  tarkibida  faqat   ma’naviy  –  diniy  muxtoriyat   huquqlari
kafolatiga ega bo‘lish. 
5.  1917 yil oktabr – 1918 yil:  Q o‘qonda  “ Turkiston Muxtoriyati ” ning tuzilishi
va uning tugatilishi davri.  
6.   1918   –   1924   yillar:   sovet   tizimi   tarkibida   maorif   –   matbaa   ishlarida
“Chig‘atoy gurungi”ni tuzish bilan ajralib turadi. “Chig‘atoy gurungi” – Turkiston
jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniy – ma’rifiy va ilmiy – adabiy tashkilot
(1919-1921). Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan. 
6.   1925-1930-yillar:   jadidchilikning   keyingi   taraqqiyoti   “milliy
jumhuriyatlar” doirasida bordi. Jadidchilik asosan madaniyat – maorif, maktab va
matbaa ishlarida “Chig‘atoy gurungi” g‘oyalarini zimdan amalga oshirishga, milliy
– ozodlik harakatini jonlantirishga urinishda namoyon bo‘ldi. 
7.   1931-yildan   to   1937-1938-yillar   orqali   XX   asrning   50-yillarning   birinchi
yarmigacha qatag‘on siyosati orqali jadidchilik harakatiga to‘la barham berildi 41
.
Shubhasiz   Turkistonda   “usuli   jadid”   maktablarining   shakllanishi   va   milliy
matbuotning   paydo   bo‘lishida   Ismoil   Gasprinskiy ning   ta’siri   kattadir.   Bunga
mahalliy   xalqning   rivojlanishidan   manfaatdor   bo‘lmagan   rus   hokimiyati   Ismoil
Gasprinskiy ni   ham,   uning   turkistonlik   izdoshlarini   ham   taqib   ostiga   oldi.   1892-
1893-yillarda   Buxoro   amiri   Abdulahadxon   Rossiyaning   markaziy   shaharlariga
sayohati davomida Bog‘chasaroyda bo‘ladi va Ismoil Gasprinskiy bilan tanishadi.
Bu   suhbatda   u   amirga   “usuli   savtiya”   maktabi,   uning   afzalliklari   haqida   batafsil
ma’lumotlar beradi va Buxoroda ham bunday maktablarni ochish kerak ekanligini
ta’kidlaydi.   Amir   Abdulahadxon   Ismoil   Gasprinskiyni   Buxoroga   taklif   qiladi 42
.
Ismoil   Gasprinskiyning   Majid   G‘anizoda   bilan   1893-yilda   Buxoro   amirining
taklifiga binoan Toshkentga keladi va Buxoro va Samarqandda bo‘ladi. Amirning
41
 Ўзбекистон тарихи. Р.Шамсутдинов, Х.Мўминов. “Андижон”. 2011, - Б. 307 – 311
42
  Долимов   Улуғбек.   Исмоил   Гаспринский   ва   Туркистонда   усули   жадид   иактаблари.   //   Исмоилбек
Гаспринский ва Туркистон //Масъул муҳаррир Наим Каримов//. — Т.: «Шарқ», 2005. –Б. 288
22 roziligi bilan 1893-yilda Buxoroda bitta jadid maktabini ochadi. Xalqning deyarli
barcha   tabaqalari:   hunarmandlar,   dehqonlar,   savdogarlar,   mulkdorlar   va   ulomolar
orasida millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar ziyolilar mavjud edi. Ular xalqni
asriy   qoloqlikdan   uyg‘otish   uchun   o‘z   islohotlarini   siyosiy-ma’rifiy   sohadan
boshlashga qaror qilishdi. 1898-yili Qo‘qonda Salohiddin domla, 1899-yili da   eski
Toshkentda   Mannon   Qori   tomonidan ,   Andijonda   esa   Shamsiddin   domla
boshchiligida   jadid   maktablari   ochildi.   1901-yilda   Munavvar   qori
Abdurashidxonov   tomonidan   jadid   maktabi   ochildi.   1903-yilda   Samarqandda
Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yana bir maktab tashkil qilindi. 
Jadidlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida   bor e’tiborini   xon va amirni ham
o‘z g‘oya va maslaklariga   ishontirishga va bu harahatga   tortishga harakat qildilar.
Va   nihoyat,   Buxoro   jadidlari   1900-yil   boshida   amirdan   yangi   usulda   faoliyat
yuritadigan     maktablar  ochishga ruxsat  olishga  muvaffaq bo‘ldilar.   Lekin   bunday
yangi usul maktablarini ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi, shu boisdan Rossiya
imperiyasining   amirga   nisbatan   bo‘lgan tahdidi  ortdi, amir  jadidlarni siquv ostiga
oldi.   Rossiya   barcha   imkoniyatlarni   ishga   solib   jadidlarning   musulmon
mamlakatlari, xususan Turkiya bilan bo‘ladigan har qanday bordi-keldi aloqalarini
oldini olishga e`tibor beradi.
Rossiya   imperiyasi   mustamlakachilari   tomonidan   O‘rta   Osiyoda   ochilgan
yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlashadi, bunday maktablarni “g‘ayridin
maktablari”   ,   “islomiyatga   qarshi”   deb   targ‘ibot-tashviqot   yurgizadilar,   josuslik
idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va Xiva xoniga ham kuchli tazyiq
o‘tkazadilar 43
. Imperiya ma`murlari  islom  diniga ham  qarshi  kurashni  kuchaytirib
yuboradilar.   1903-yili   podsho   Turkiston   aholisi   uchun   muborak   Haj   qilishni   ham
farmon   bilan   man   etadi.   Bu   mahalliy   musulmon   aholisida   kuchli   norozilik
uyg‘otdi.
43
 Долимов У. Миллий уйғониш – ўзликни англаш. // Филология масалалари. – Тошкент, 2003. 3-4-сон, 14 – 
17-бетлар.
23 1905-yilgi to‘ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy xalqlar va
ularning Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. Usha davrda Turk dunyosining
markazlaridan   biri   hisoblangan   Qrim,   Qozon   va   Istanbulda   nashr   qilingan
jadidchilik   ruhida   sug‘prilgan   adabiyotlar   va   darsliklar   Turkiston   o‘lkasida   ham
keng tarqala boshladi. 
Jadidchilik   harakati   muhitida   jadidchilik   adabiyoti   ham   yuzaga   keldi,
mukammal   bir   shaklga   kirdi.   Ham   nasrda,   ham   nazmda   yangilanish,   qoloqlik   va
jaholatdan   kutilish,   rus   istilosiga   qarshi   kurash,   ma`rifat   va   hurriyatga   erishish,
istiqlolni   qo‘lga   kiritish   g‘oyalari   bilan   to‘lib-toshgan   yangi   bir   adabiyot
shakllandi. 
Turkiston   o‘lkasida   jadidchilik   harakati   XIX   asr   oxirlaridan   to   1938-
yillargacha   ma`rifatparvarlik   harakati   sifatida   boshlanib   keng   ko‘lamli   ijtimoiy-
siyosiy   harakat   darajasigacha   ko‘tarildi.   Turkiston   o‘lkasida   jadidchilik   o‘zining
chuqur ma’naviy ildizlariga egadir. Turkiston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda
jahon   taraqqiyotidan   ortda   qolib   ketayotganligini   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida
yashagan   ilg‘or   fikrli   ziyolilar   o‘z   vaqtida   tushunib   yetgan   edilar 44
.   Jadidlar   bu
qoloqlikdan   qutilishning   birdan   bir   yo‘li   deb   ilm-ma`rifatni   tanlaydilar.   Ilm   esa
taraqqiyotning   asosiy   negizi   bo‘lishini   anglab   yetgan   ilg‘or   fikrli   ziyolilar   avvalo
asriy   qoloqlikdan   qutilishning   dastlabki   va   asosoiy   sharti   deb   ilm-ma`rifatni
tanladilar.   Taraqqiyparvar   ziyolilar   omma   orasida   ilm-ma`rifatni   targ‘ib   qilishva
keng   yoyish,   ommaning   siyosiy   ongini   yuksaltirish   maqsadida   ommaviy   nashrlar
va   bosmaxonalar   tashkil   qildilar,   teatr   tomoshalari   uyushtirdilar.   Bu   borada
Munavvar Qori Abdurashidxon o`g‘li, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Avloniy,
Sadriddin   Ayniy,   Fayzulla   Xo`jayev,   Toshpo`latbek   Norbo`tabekov,   Abdurauf
Fitrat   va   boshqa   jadidlarning   xizmatlari   beqiyos   hisoblanadi.   Turkiston   o‘lkasida
milliy   matbuot   vujudga   kelgungacha   Bog‘chasaroyda   nashr   qilinuvchi
“Tarjumon”, Qozonda chop etiladigan “Vaqt”, “Yulduz” va boshqa ko‘plab gazeta
va   jurnallar   Turkiston   jadidlarining   faoliyatida   o‘zining   salomoli   ta'siriga   ega
44
 Ўзбекистон тарихи. Р.Шамсутдинов, Х.Мўминов. “Андижон”. 2011, - Б. 307 - 311
24 bo‘lgan.   Yuqoridagi   gazeta   va   jurnallar   orqali   taraqqiyparvar   ziyolilar   dunyo
xalqlarining   milliy   uyg‘onish   av   yuksalish   g‘oyalari   bilan   tanishib   borganlar.
Turkiston   jadidlarining   ilk   milliy   gazetasi   1906-yil   27-iyunda   “Taraqqiy”   nomi
ostida   chiqa   boshlagan,   unga   taniqli   jamoat   arbobi   Ismoil   Obidov   muharrirlik
qildigan.   Shu   narsa   diqqatga   sazovorki,   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   1993-yil   25-iyun   qarori   bilan   ushbu   ro‘znomaning   ilk   soni
chiqqan   kun   "Matbuot   kuni"   sifatida   keng   nishonlanib   kelmoqda.   Turkistonda
shundan keyin bir qancha jadid gazeta-jurnallari – “Osiyo”, “Samarqand”, “Sadoi
Turkiston”,   “Sadoi   Farg‘ona”,   “Oyna”,   “El   bayrog‘i”,   “Turon”   va   boshqa
gazetalarga   asos   solindi.   Jadidlarning   yuqorida   keltirilgan   bosma   nashrlari   1905-
yilda Rossiya Konstitusiyasi yumshatilgan senzurani e’lon qilgandan keyin yuzaga
kela   boshladi 45
.   Ularning   ko`pchiligi   qisqa   vaqt   chiqqan   bo`lsa-da   islohotchilar
g‘oyalarini   targ‘ib   qilisgda   muhim   o‘ringa   ega   bo`lgan.   Jadidlar   ma'rifatchilik
faoliyatining   yana   bir   muhim   tarmoqlaridan     biri   -   teatr   san'ati   hisoblangan.
Turkiston   teatr   san'atining   ilk   kurtagi   va   to‘ng‘ich   sahna   asari   Mahmudxo‘ja
Behbudiy   qalamiga   mansub   “Padarkush”   dramasi   edi.   Bu   asar   Samarqand,
Toshkent va boshqa shaharlarning sahnasida  ijro etilgach, 1914-yilning fevral oyi
oxirlarida Mahmudxo‘ja Behbudiy boshchilik qilgan Samarqandlik havaskorlar va
mahalliy   yoshlar   hamkorligida   Qo‘qon   shahrida   ham   sahnaga   qo‘yiladi 46
.   Sahna
asarlari   orqali   ma'rifat   tarqatish   g‘oyasiga   e'tibor   qaratlib,   Andijon
taraqqiyparvarlari   ham   1914-yilning   6-iyunida   “Padarkush”   dramasini
sahnalashtiradilar.
Birinchi   jahon   urushi   davom   etayotgan   yillarida   o‘lka   taraqqiyparvarlari
ijtimoiy-siyosiy   hayotga   faol   ishtirok   eta   boshladilar.   Aynan   shu   paytda
Turkistonda   ham   mahalliy   nashrlar   va   jamiyatlar   salmog‘I   ortib,   ziyolilar
tomonidan   qoloqlikdan   qutulish   va   milliy   taraqqiyot   tomon   dadil   qadamlar
tashlana boshlagan edi.
45
 Жалолов   А. Жадцд адабиётда миллий озодлик ва исти қ лол гоялари. Узбек тили ва адабиёти, 1996, 4-сон, 
16—23-бетлар.
46
  Qosimov   B.  va boshqalar.  “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti”. T. 2004 y. 251 - bet.
25 1916-yil   Qo‘qon   shahrida   jadidlar   tomonidan   “G‘ayrat”   jamiyati   tashkil
etiladi.   Bu   jamiyatning   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsadlari,   birinchidan,   yangi   usul
maktablarini   darsliklar,   daftar   hamda   o‘quv   qurollari   bilan   muntazam   ta'minlash
bo‘lsa,   ikkinchidan,   mahalliy   xalq   orasida   jurnal,   gazeta   va   kitoblarni   mahalliy
tilda nashr etish va tarqatishdan iborat bo‘lgan.
Milliy   matbuotimizning   ilk   qaldirg‘ochlaridan   hisoblangan   “Taraqqiy”,
“Hurshid”, “Shuhrat” va boshqa gazeta-jurnallarning ko‘p soni chiqmasdan yopib
qo‘yilishi, imperiya ma'murlarining o‘lka xalqlarini har jabhada asoratda saqlashga
urunib   olib   borgan   siyosatining   bir   ko‘rinishlaridan   biri   edi.   1916-yilga   kelib
jadidlar   Andijonda   “Taraqqiyparvar”   jamiyati   tashkil   etishadi.   Bu   vaqtda   o‘lka
ziyolilarining   siyosiy   faolligi   oshgan   bo‘lib,   ular   o‘z   majlislarida,   gazeta   va
jurnallardagi   maqolalarida   ilmiy-ma'rifiy   mavzular   bilan   bir   qatorda   ijtimoiy,
iqtisodiy masalalarni ko‘rishni  ham ko‘tarib chiqa boshlaganlar 47
. Andijondagi bu
jamiyat taniqli jadid Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev boshchiligida tashkil etilgan
bo‘lib, bu haqida imperiya ayg‘oqchilari ham tezda xabar topganlar.
Shunday qilib, aytishimiz mumkinki, XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasidagi
ijtimoiy-siyosiy   vaziyat   nihoyatda   qiyin   bo‘lib,   mahalliy   xalqning   huquqsizligi,
tahqirlanishi haddan oshgan, O‘lka mustamlakachilar uchun arzon ishchi kuchi va
birlamchi xomashyo bazasiga aylanib qolgandi. Ilg‘or taraqqiyparvarlar Turkiston
o‘lkasining   xomashyo   bazasiga   aylantirilishi   bilan   birga,   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
siyosiy   jihatda   jahon   taraqqiyotidan   ortda   qolayotganligini   o‘z   vaqtida   bilganlar.
Vatan taqdiri to‘g‘risidagi bunday o‘y-fikrlar oxir-oqibatda erkinlik va mustaqillik
tomon   kurashishning   o‘ziga   xos   usul   va   yo‘llarini   izlab   topishni   taqozo   etdi 48
.
Mavjud   vaziyatda,   ya'ni,   qudratli   siyosiy-harbiy   kuchga   ega   bo‘lgan
mustamlakachi   ma’muriyat   bilan   xalq   kelajagi   yo‘lida   kurashishning   birdan   bir
yo‘li,   ommani   dunyoviy   ilm   bilan   qurollantirish,   zamon   talablari   doirasidagi
47
 Qosimov B. va boshqalar. “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti”. T. 2004 y.  62-b.
48
  Azamxo'jayev S. “Turkiston muxtoriyati” T;sharq 2011 y 19-bet.
26 mutaxassislar   yetishtirishdan   iborat   bo‘ldan.   Bu   esa   o‘z   navbatida
taraqqiyparvarlik ya’ni jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Rus   imperiyasi   mustamlakachiligiga   qarshi   olib   borilgan   kurash   turli   xil
ko‘rinishlarda bo‘lsa ham, u davom etdi. Bu kurash avvalida xalqning ilg‘or fikrli
taraqqiyparvarlari   turdilar.   Dastlab   maktab-maorif,   yosh   avlodning   ta'lim   va
tarbiyasini   isloh   qilish   g‘oyasidan   boshlangan   ushbu   harakat,   keyinchalik   o‘z
ichiga siyosiy masalalarni ham qamrab oldi.
Turkiston o‘lkasi xalqlari hayotidagi har bir yangilik mustamlakachi hukumat
nazaridan   chetda   etiborsiz   qoldirilmagan,   shubhasiz.   Ziyolilar   millatni   ilm   -
ma'rifatda,   haq-huquqda   dunyoning   rivojlangan   millatlari   bilan   teng,   baham
ko‘rishni   orzu   qildilar.   Butun   vujudini   mana   shu   muqaddas   ishga   -   xalqning
ravnaqi va farovonligi yo‘liga sarf etdilar 49
. Bu shunchaki oddiygina bir orzu emas,
balki, zamonasining har jabhasidan xabardor, tarix va haqiqatni teran anglagan va
tushungan, Sharqni ham G‘arbni ham birday tanigan va ko‘rgan kishilarning aniq
va rejali harakati bo‘lgan.
Ziyolilarning taraqqiyparvarlik g‘oyalari asosan matbuot orqali targ‘ib qilinar
edi.   Masalan,   Abdulhamid   Cho‘lpon   milliy   an’ana   va   qadriyatlar,   mahalli   urf-
odatlarni   himoya   qilishga   qaratilgan   maqolalarining   birida   shunday   deydi:   “...Ey
qarindoshlar...  katta  iltimosimiz  shuldurki,  Ovro‘poning mo‘dosidan,  shishasidan,
buzuq   ahloqidan   namuna   olmasdan   va   bunlarg‘a   bul   jihatdan   taqlid   qilmasdan,
balki,   ilm,   fan,   hunar,   sanoatga   o‘hshashlik   madaniyatlaridan   namuna   olub,   bul
jihatdan   taqlid   qilmog‘imiz   lozimdur.   Ovro‘poning   mo‘dosi   va   buzuq   axloqi
sizlarni xonavayron, bevatan, asir-qul qiladur. Bundan saqlaningiz!!!”.
Abdulhamid Cho‘lpon har  jabhada zamon talabiga mos ravishda  ish yuritish
tarafdori   hisoblanardi.   Xususan,   o‘lka   iqtisodiyotda   Yevropa   davlatlarining   ilmiy
texnika   yutuqlaridan   foydalanish   kerakligini   u   quyidagicha   ifodalaydi:
“Ovro‘poning maktab, madrasa, ilm - fan, sanoat, hunarga o‘xshash madaniyatlari
sizlarni   obod,   ma'mur   olim   qilub,   johillikdan,   asorat   qulligidan   qutuldurodur.
49
  Azamxo'jayev S. “Turkiston muxtoriyati” T;sharq 2011 y  28 -bet.
27 Birodarlar ko‘zlaringizni ochub yaxshi o‘ylanglar!!!...”. Cho‘lpon dehqonlar uchun
maxsus   banklar   ochish   lozimligini   va   bu   kabi   tadbirlarning   afzallik   tomonlarini
bayon qilib beradi: “...Amriholiklar ekin asboblari ishlatub, biz 10 kishi 10 kunda
qilg‘on   ishimizni,   onlar   2   kishi   bilan   10   soatda   qilmoqdadurlar!...   Shul   oson
asboblar   Rusiyani   butun   dehqonlarida   bordur.   Bizlar   ham   shul   ekin   asboblaridan
olib ishlatsak og‘ir mehnatlarimiz yengillanur edi...” 50
.
Taniqli taraqqiyparvar Abdulvahhob Ibodiyev o‘zining maqolalarining birida
ilm-fan   rivoji   to‘g‘risida   qimmatli   fikrlar   bildiradi,   savodsizlik   darajasidagi
millating   holati   quyidagicha   ijoda   etiladi:   “Ilm-sharaf   va   boyliklari   (qo‘llarida
bo‘lg‘on   tijorat   va   kasblari)   boshqalarga   o‘tub,   bellari   tamom   bukulub,   ming
xo‘rlik bilan umr o‘tkazmoqdalar...”. Imperiya mustamlakasi davrida mahalliy xalq
vakili sifatida yuqoridagi fikrni oshkora bayon qilish, albatta, jasorat namunasi edi.
Turkiston xalqi boshiga yog‘dirilgan bu kulfatlardan xalos bo‘ishning yagona yo‘li
-   maorifni   isloh   qilish,   asosiy   e'tiborni   ta'lim-tarbiya   jarayonlariga   qaratish,
Orenburg,   Qozon,   Ufa   kabi   shaharlariga   ilmli   yoshlarni   junatish,   marifatli   boylar
ko‘magi   bilan   maktab   binolarini   zamonaviy   holatga   keltirish   kerak   ekanligini
alohida   ta'kidladi:   shundagina   “...tez   fursatda   Turkistonimiz   xalqining   ilm   va
ma'rifat tobmoqlari tabiiydur” 51
,-deb, kelajakka umid bilan boqadi.
Ziyolilarning ma'rifatparvarlik g‘oyasi  ijtimoiy jihatdan ancha keng va rang-
barang   bo‘lgan.   Unda   bugungi   kunda   ham   jamiyatni   tashvishlantiradigan,
hayajonlantiradigan tarixiy masalalar o‘z aksini topgan.
Ma’rifatparvarik   harakati   tarixini   o‘rganish   bugungi   kunda   shuning   uchun
ham   dolzarbki,   bu   g‘oya   vakillari   mustaqilligimiz   uchun   o‘sha   vaqtdayoq
kurashishni   boshlaganlar.   Avval   boshda   ma'rifatchilik   sohasida   faoliyat   yuritgan
ziyolilar, keyinchalik ijtimoiy taraqqiyot kurashchilari sifatida vujudga keldilar 52
.
50
 Чўлпон. Туркистон мактуботи Янги Иқбол.-1915.-24 нояб.
51
 N. Karimov. “XX asr adabiyoti manzaralari”. T., 2008 yil.  58 - betlar.
52
  Алимова   Д .  Жадидчилик   мустамлака   даври   тарихчиси   талқинида .  Ўзбекистон   тарихи :  янги   нигоҳ . 
Жадидлар   ҳаракатидан   миллий   мустақилликка   қадар .- Тошкент :  Эльдинур , 1998.- Б .4.
28 Jadidchilik   harakati   dastlab   madaniy-ma'rifiy   yunalish   sifatida   vujudga
kelganligi   tabiiydir,   albatta.   Chunki,   ilg‘or   fikrli   musulmon   ziyolilari   ijtimoiy   va
mustamlakachilik   jabr-zulmining   asosiy   sabablarini   dunyo   fan   yutuqlaridan
xabarsizligidan va ta’lim sohasidagi muammolardan izladilar. Shu uchun, jadidlar
usha ijtimoiy muammolarni yechishning yakka-yu yagona yo‘li maorif islohoti deb
bilganlar va ma'rifatparvarlikka asosiy e'tibor qaratganlar. 
Xulosa   qilib   aytganda,   Turkistonda   jadidchilik   harakatining   vujudga
kelishining   tarixiy   shart-sharoitlari   deganda   biz   Ismoil   Gasprinskiyning
ma’rifatparvarlik harakati natijasida vujudga kelganligi guvohi bo‘lamiz. Umuman
olganda  esa,   mahalli   aholini   milliy  ozodlikka   olib  chiqish,   ma’orifni   yuksaltirish,
xalqni  asriy  qoloqlikdan olib  chiqish  uchun tarixiy shart-sharoit   yetilib kelmoqda
edi.   Bu   vaziyat   qachondir   sodir   bo‘lishi   mumkin   edi.   Lekin   milliy
ma`rifatparvarlarimizning   taraqqiyparvar   g‘oyalari,   tashabbusi,   intiluvchanligi
natijasida   chor   hukumatining   qarshiliklariga   qaramasdan   bu   harakat   jadidchilik
harakati nomi bilan Turkistonda ertaroq shakllandi va rivojlandi.
29 II BOB. TURKISTONDA XIX ASR O‘RTALARI XX ASR BOSHLARIDA
TA’LIM TIZIMI
2.1. XIX asr o‘rtalari XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimi ahvoli va
muammolari
O rta   Osiyo   xalqlari   ma naviyatida   yoshlarʼ ʼ   ta lim-tarbiyasini   rivojlantirish	ʼ
mintaqa   xalqlarining   madaniy   taraqqiyotida   asosiy   omil   sifatida   muhim   o rin	
ʼ
tutgan.   XIX   asr   o rtalariga   kelib,   O rta   Osiyo   siyosiy   xaritasida   tinimsiz   o zaro	
ʼ ʼ ʼ
kurashlar   girdobiga   tushib   qolgan   uch   davlat:   Buxoro   amirligi,   Xiva   va   Qo qon	
ʼ
xonliklari   o rtasidagi   urushlar   natijasida   xalq   xo jaligi,   turar   joylar,   savdo   va	
ʼ ʼ
sug orish   tizimlari   og`ir   ahvolga   tushib   qolgan   edi.   Shunga   qaramay   ta lim   va	
ʼ ʼ
tarbiya   masalalari   ham   doimo   mintaqa   xalqlari   hayotida   muhim   o‘ringa   ega
bo lgan. Bu vaqtda O rta Osiyo ta lim tizimining asosiy qismini xususiy maktab va
ʼ ʼ ʼ
madrasalar   tashkil   etgan.   Undan   tashqari,   o‘lkdagi   mavjud   qorixona,   xonaqoh   va
otinbibilarning   shaxsiy   uylarida   o‘z   faoliyatini   yurituvchi   qizlar   maktablari   ham
o ziga xos ta lim-tarbiya muassasasi vazifasini o‘tagan.
ʼ ʼ
Аn anaviy   ta lim   tizimida   maktablar   boshlang ich   o quv   muassasalari	
ʼ ʼ ʼ ʼ
hisoblanib,   ular   shahar,   qishloqlarda   va   ko chmanchilar   ovullarida   ham   mavjud	
ʼ
30 edi.   Ular,   odatda,   masjid,   madrasa   huzurida   yoki   xususiy   hovlilarda   tashkil
etilgan 53
.   Shaharda   maktablar,   odatda,   malakali   maktabdor   tomonidan   o z   uyidaʼ
yoki   mahalliy   boylar   tomonidan   ularning   xonadonida   tashkil   etilgan.   Bu   davrda
musulmon maktablari ta limida arab yozuvi  asosiy  yozuv shakli  bo lib, bu yozuv	
ʼ ʼ
nafaqat fors-tojik tillariga, balki turkiy tillarga ham moslashtirilgan. Maktablarning
soni   ko p   bo lib,   ular   maktab   yoshidagi   bolalarning   katta   qismini   qamrab   olgan.	
ʼ ʼ
Mahalliy ziyolilar matbuotda an anaviy maktab va madrasalarda ta lim-tarbiyaning	
ʼ ʼ
ahvoli haqida so z yuritib, ularning davr talablariga mos emasligi haqidagi fikrlarni	
ʼ
ta kidlash bilan birga mavjud ta lim tizimini isloh etish zarurligini ta kidlashgan	
ʼ ʼ ʼ 54
.
Musulmon   maktablarida   ta lim-tarbiyaning   samarasizligi	
ʼ 55
,   nisbatan   tor
maqsadlarga   yo naltirilganligi	
ʼ 56
  haqidagi   fikrlarni   rus   mualliflari   asarlarida   ham
uchratishimiz mumkin. XIX asr o rtalariga kelib an anaviy ta limni isloh etish davr	
ʼ ʼ ʼ
talabiga aylanib ulgurgan edi. Shuning uchun ham ta lim tizimi tarixini yoritishga	
ʼ
bag ishlangan   adabiyotlarda   XIX   asrdagi   O rta   Osiyodagi   ta lim   tizimi   jahon	
ʼ ʼ ʼ
taraqqiyotidan   orqada   qolganligi   haqida   fikrlarni   uchratamiz.   Maktablarda   ta lim	
ʼ
berish va ular faoliyati ta lim dasturlarining usha davrda dunyo fani taraqqiyotidan	
ʼ
mazmunan   yiroqlashib   qolganligi,   ta lim   muassasalari   o qitish   jarayonini	
ʼ ʼ
nazoratini   amalga   oshiruvchi   tizim   faoliyati   samaradorligi   pastligiga   guvoh
bo lamiz.  Yana  bir   jihat, maktablar   faoliyati   moliyalashtirilishi  rasmiy  idora  yoki	
ʼ
davlat   mahkamasi   tomonidan   emas,   balki   jamoatchilik   tomonidan   amalga
oshirilgan.   Maktab   o‘qituvchilari   mehnat   haqini   o‘quvchilarning   ota-   onalaridan
yoki   jamoat,   ya'ni   vaqf   fondlaridan   olingan.   To‘lov   hajmi   esa   jamoat   bilan
kelishilgan holda belgilanib, aksariyat hollarda har hafta mahsulot ko‘rinishida: un,
guruch,   go‘sht   yoki   pul   shaklida   berilgan.   Bundan   tashqari,   an'ana   bo‘yicha
o‘quvchi   ma'lum   bosqichni   tugatgandan   so‘ng   o‘qituvchi   ixtiyoriy   ravishda   ota-
53
  O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (II jild). – Toshkent: «O‘qituvchi», 1999. – B. 6.
54
 Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. – Toshkent: G‘.G‘ulom, 2009. – B. 114-115.
55
 Наливкин В.П. Школа у туземцев Средней Азии. Речь, произнесенная на годичном акте
Туркестанской Учительской Семинарии 31 мая 1889 г. – Тошкент, 1889 // Туркестанский сборник.   Т. 418. –
С. 39.
56
  Остроумов   Н.П.   Народное   образование.   Мусульманские   мактабы   и   русско-туземные   школы   в
Туркестанском крае. – Тошкент, 1889 // Туркестанский сборник. Т. 418. – С. 53.
31 onalar   tomonidan   rag‘batlantirilgan 57
.   Ta'lim   uchun,   odatda,   oyiga   20   tiyindan   1
so‘mgacha,   ba'zan   esa   2-3   so‘m   to‘langan.   Ota-onalardan   “bo‘yra   puli”,   “ko‘mir
puli” kabi to‘lovlar ham olingan 58
. Bolalar maktabga, odatda, 6-8 yoshdan, ba'zan 5
yoshdan   borganlar.   Ular   bir   maktabda   besh   yildan   kam   o‘qimaganlar,   yaxshi
maktabdorlarda   yanada   ko‘proq   ilm   egallash   maqsadida   sakkiz   yilgacha   ta'lim
olishgan.
An'anaviy   ta'lim   jarayonida   faqat   ta'lim   uchun   to‘lovlarni   amalga   oshira
oladigan   ota-onalarning   bolalari   o‘qitilmagan.   Manbalarda   yetim   bolalarni   bepul
o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma'lumotlar keltiriladi 59
. Bu o‘z navbatida
ta'lim   kishilarning   imkoniyatidan   kelib   chiqqqan   holda   vujudga   kelgan   jarayon
sifatida   emas,   balki   ma’lum   jamiyat   a'zolari   tomonidan   qilinishi   lozim   bo‘lgan
ijtimoiy-madaniy zarurat deb qaralgan. 
Maktablar   faoliyati   hamisha   ham   sermahsul   bo‘lavermagan,   chunki   ularda
mustahkam   moddiy negiz  mavjud emasdi.   Maktablar   ko‘pincha  aholidan  tushgan
xayriya   mablag‘lari   hisobiga   faoliyat   yuritib,   ba'zan   o‘quvchilar   soni   kamligi
yoxud   o‘qituvchi   xohishi   bilan   yopilgan   holatlar   ham   bo‘lgan 60
.   Ya'ni   maktab
ochilishi va yopilishi maxsus mahkama yoki idoraga emas, balki o‘qituvchi hamda
o‘quvchi   va   ularning   ota-onalariga   bog‘liq   holat   edi.   Qishloq   maktablarida
o‘quvchilar   soni   o‘rtacha   10-20,   shaharlarda   esa   50-60   tagacha   yetgan.
Mashg‘ulotlar   juma   va   bayram   kunlaridan   tashqari   tongdan   to   kechki   soat   16-17
largacha davom etgan. Tanaffus kun davomida ikki marta bo‘lib, darslar individual
tarzda   olib   borilgan.   O‘quvchilarga   avval   erkin   o‘qish   o‘rgatilib,   so‘ngra   yozuv
ko‘nikmasi   shakllantirilgan 61
,   chunki   o‘qishni   o‘rganish   yozuvga   o‘tishda
birmuncha qulaylik yaratgan. Shuni ta'kidlash joizki, maktabda o‘qitishning rasmiy
57
 Гейер И. Туркестан. С дополнительной статьей «Семиреченская область», сост. А.Л.Кирснером.   – 2-е, изд.
испр. и доп. автор. – Ташкент: Типография Туркестанского печатного Дела, 1909. – С.   27.
58
  Исмаилов Ш. Народное образование в Узбекистане в конце XIX–начале XX в. Дис. … канд. ист.   наук. –
Ташкент,1981. – С. 32.
59
  Салижанова Г.Ф. Учебно-просветительские очаги  в Туркестане, их общественное значение   (конец XIX –
начало XX вв.). Автореф. дис. ... канд. ист. наук. – Ташкент, 1998. – С. 21.
60
   Қодиров Н. Туркистондаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917йй). Тошкент. 2014 й.  –  Б .  23 .
61
  Қодиров Н. Туркистондаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917йй). Тошкент. 2014 й. –  Б .  23 .
32 dasturi   bo‘lgan   emas 62
,   lekin   asrlar   davomida   muayyan   ko‘rinishda   umumiy
o‘qitish dasturi shakllangan edi. O‘qish va yozishni o‘rgangan o‘quvchilar “Dahrul
najot”, “Nasoyihul – atfol”, shariat asoslari bayon etilgan “Chor Kitob” kabi o‘quv
qo‘llanmalar   hamda   Navoiy,   Fuzuliy,   Sheroziy,   Attor,   Bedil,   Mashrab   va
boshqalarning asarlarini o‘rganishgan 63
.
Mashg‘ulotlar   individual   shaklda   bo‘lganligi   tufayli   o‘quvchi   maktabga
kelgan   vaqtdan  qabul   qilingan.  O‘quvchining  bir   kitobni   o‘zlashtirib   ikkinchisiga
o‘tishi   uning   yutuqlaridan   dalolat   bergan.   Qur'on   va   islom   asoslarini   o‘rgatuvchi
kitoblarni   o‘rganish   bilan   maktabning   birinchi   bosqichi   yakunlangan.   Keyingi
bosqichda   o‘quvchilar   bilimlari   chuqurlashtirilgan.   O‘quvchilarning   salohiyatiga
qarab har biri uchun alohida dars topshiriqlari berilgan. Maktabda kasb yoki hunar
o‘rgatilmagan,   hayotda   asqotadigan   boshqa   amaliy   faoliyat   uchun   tayyorlash
maqsadi   qo‘yilmagan.   Chunki   xalqimizda   tarixan   farzandlarini   ustoz   –   shogirt
tizimida ma`lum kasbni o`rganishi uchun biror hurmand ustaga shogirdlikka berish
a`nanasi   mavjud   bo`lgan.   Maktab,   asosan,   ta'limning   2-bosqichi   bo‘lgan
madrasaga kirish uchun tayyorlagan. O‘qitiladigan ilm va fanlar bo‘yicha metodik
yo‘l-yo‘riqlar   bo‘lmagan.   Har   bir   domla   bularni   o‘zicha,   to‘g‘rirog‘i,   an'anaga
kirgan   tizimda   o‘qitgan 64
.   Ba'zi   maktablarning   o‘qituvchilari   yuqori   bosqich
o‘quvchilarining   xohlovchilariga   “Ilmi   hisob”ni   hamda   madrasalarga
tayyorlanayotgan o‘quvchilarga arab tili grammatikasini o‘rgatishgan.
O‘z   vaqtida   Turkiston   o‘lkasida   rus   ta'lim   tizimini   joriy   etishda   faol
qatnashgan   rus   ziyolilari   o‘rganilayotgan   davr   nashrlarida   musulmon   ta'lim
muassasalarining ijobiy ahamiyati, O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatining buyukligi
haqida   ko‘plab   maqolalar   chop   etganlar.   Masalan,   musulmon   ta'lim
muassasalarilari   nazoratini   amalga   oshirgan   xalq   ta'lim   muassasalari   inspektori
lavozimida   ishlagan,   V.P.Nalivkin;   “Musulmon   olami   o‘zining   ilmiy   faoliyati
62
 O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (II jild). – Toshkent: «O‘qituvchi», 1999. – B. 6.
63
 Салижанова Г.Ф. Учебно-просветительские очаги в Туркестане, их общественное значение
(конец XIX – начало XX вв.). Автореф. дис. ... канд. ист. наук. – Ташкент, 1998. – С. 22.
64
 O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (II jild). – Toshkent: «O‘qituvchi», 1999. – B. 6.
33 bilan   faxrlansa   bo‘ladigan   davrlar   bo‘lgan”,   –   deb   aytgan 65
.   Shuningdek,
N.P.Ostroumov   “O‘rta   Osiyo   xalqlari   orasida,   ayniqsa,   erkaklar   orasida,
boshlang‘ich   musulmon   ta'limi   keng   tarqalganligi”   haqida   e'tirof   etib   “ayollar
orasida  savodlilar  kam  uchraydi”   66
deb  o‘rinli   e'tiroz  bayon  qilgan.  Ammo  xotin-
qizlarning   shariat   nuqtai   nazaridan   ta`lim   olganliklari   oshkor   qilinmagan   bo`lishi
ham mumkinligini istisno etmaslik lozim. 
Imperiya   hukumatining   statistik   ma'lumotlariga   qaraganda,   XIX   asr   80-
yillarida Turkistonning Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 5 mingdan
kam   bo‘lmagan   musulmon   maktablari   faoliyat   yuritgan   bo‘lib 67
,   ularda   46   ming
atrofida   o‘quvchilar 68
  tahsil   olgan.   Ushbu   maktablarning   katta   qismi   imperiya
ma'murlarining   ro‘yxatiga   olinmagan   edi.   Chunonchi,   1890-yillarning   boshlarida
xalq ta'lim muassasalari inspektori V.P.Nalivkin musulmon maktablari soni haqida
ma'lumot   berar   ekan,   quyidagi   ta'rifni   keltiradi:   ular   “...   rasman   5000,   aslida   esa
ehtimol  10000 dan ortiq maktablar  faoliyat  ko`rsatadi  Ularning aniq sonini  bilish
imkonsizdir” 69
. Manbalarda Turkistondagi maktablar soni haqida aniq ma'lumotlar
mavjud emas. O‘troq aholi maktablari soni haqida ma'lumotlar o‘lkadagi imperiya
ma'muriyati   hujjatlarida   uchrasa-da,   ko‘chmanchilar   ovul   maktablari   haqida
ma'lumotlar deyarli uchramaydi. 
O‘rta   Osiyoda   maktablar   sonining   ko‘pligini   ko‘rgan   ba'zi   sayyoh   olimlar
mahalliy   aholining   keng   miqyosda   savodxonligi   haqida   xulosalarga   kelgan.
Masalan,   1878-yil   uch   oy   davomida   Farg‘ona   vodiysida   bo‘lgan   akademik
A.Middendorf   musulmon   aholisining   ommaviy   savodxonligini   xalq   ta'limi
bo‘yicha   Rossiya   arboblariga   namuna   va   ta'na   sifatida   keltiradi 70
.   Biroq   mahalliy
aholi   orasida   uzoq   vaqt   istiqomat   qilgan   va   kuzatishlarni   amalga   oshirgan
65
 Наливкин В.П. Школа у туземцев Средней Азии. Речь, произнесенная на годичном акте
66
 Остроумов Н.П. Сарты. Этнографические материалы. Вып. 1. – Ташкент, 1890. – С. 45.
67
 Қодиров Н. Туркистондаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917йй). Тошкент. 2014 й.  –  Б .  24 .
68
 Махкамова Н. К вопросу об уровне просвещенности и культурного развития среднеазиатских
государств XIX – начале XX века // Ўзбекистон тарихи. – Тошкент, 2000, №1-2. – С. 17.
69
 Бендриков К.Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане 1865-1924 гг. – Москва,:   «Наука»,
1960. – С. 45.
70
 Миддендорф А. Очерки Ферганской долины. – СПб. 1882. – С. 127.
34 mualliflar,   turli   soha   mutaxassislari   bo‘lsa-da,   A.Middendorf   fikrlariga   zid
ma'lumotlarni   yozib   qoldirganlar.   Chunonchi,   S.M.Grameniskiy   –   “Musulmonlar
turmushida   hayratlanarli   darajada   boshlang‘ich   maktablar   soni   ko‘p   va   savodli
kishilar   soni   kam” 71
;   N.S.Kolchanov   –   “Qishloqdagi   musulmon   maktablarning
savodxonlik   o‘sishiga   hech   qanday   aloqasi   yo‘q” 72
;   V.P.Nalivkin   –   “...   mahalliy
aholi   orasida   maktablarning   soni   ko‘p   bo‘lishi   bilan   birga   savodsizlar   ko‘pligini
uchratamiz” 73
  kabi fikrlarni keltirishgan. Mazkur mualliflar maktablarda faqatgina
diniy   savodxonlikka   e'tibor   qaratilib,   dunyoviy   bilimlar   kam   o‘qitilganligini
nazarda   tutib,   Turkistondagi   an'anaviy   ta'limning   mazmunan   davr   talablari
darajasida   emasligini   ko‘rsatib   o‘tishgan.   Zero,   ular   maktablar   ko‘pligini   va
savodlilar kamligini bir-biriga zid bo‘lgan holat deb keltirishgan.
Turkistonda   asrlar   mobaynida   shakllangan   ta'lim   tizimi   mahalliy   turmush
talabiga mos bo‘lgan 74
. Maktablardagi ta'lim o‘sha davr jahon talablaridan orqada
qolgan   edi.   Bu   haqda   mahalliy   ziyolilar   vakillaridan   bo‘lgan   Ishoqxon   Ibrat   ham
ko‘p   marotaba   ta'kidlagan 75
.   Bundan   tashqari,   M.Behbudiy   1912-yilda
“Turkistonda   maktab   jarida”,   “Ehtiyoji   millat”,   “Yoshlarga   murojaat”   kabi
maqolalarida   musulmon   maktablarining   endilikda   davr   talabiga   javob   bera
olmasligi,   shu   sababli   “usuli   jadid”   maktablarining   nechog‘lik   ehtiyojga   molik
ekanini ta'kidlab, “Dunyoda turmak uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur; zamona
ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur.” 76
, – degan edi. 
O‘rta   Osiyo   shahar   va   qisman   qishloqlarida   qizlar   uchun   ham   tayanch
boshlang‘ich   maktablar   mavjud   bo‘lgan,   ular,   odatda,   o‘qituvchi   ayol,   ya’ni
otinbibilar   shaxsiy  uylarida faolyat   yuritgan.  Bunday  qizlar  o‘qitiladigan  joylarga
nisbatan “maktab” atamasi qo‘llanilmagan. Qishloqlarda qizlar uchun maktabi juda
71
 Граменицкий С.М. В 1875 г. О Ташкенте в Т.В., №30.
72
 Колчанов Н.С. О верховьях Зеравшана // «Сборнике материалов для статистики Самаркандской   области за
1887-1888 гг.». Вып. 1. – Самарканд, 1890.
73
 Наливкин В.П. Сведения о состоянии туземных мадраса Сыр-Дарьинской области в 1890/91   учебный год.
– Ташкент, 1916. – С. 44.
74
 O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (II jild). – Toshkent: «O‘qituvchi», 1999. – B. 6.
75
 «Туркистон вилояти газети», 1907 йил, 72-сон.
76
 Беҳбудий М. Танланган асарлар. – Тошкент: «Маънавият», 1999. – Б. 199.
35 kam   holatlarda   mavjud   ekanligi   kuzatilgan.   Ba'zi   qishloq   hududlarda   har   100   ta
maktabga atigi bitta qizlar maktabi ham to‘g‘ri kelmagan. Ammo ba'zi shaharlarda
qizlar   maktablarining   salmog‘i   o‘g‘il   bolalar   maktablarining   chorak   qismigagina
teng   kelgan 77
.   Toshkentda   1864-yilda   ruslarga   qarshi   bo‘lgan   urush   uchun   soliq
joriy   qilish   bo‘yicha   ro‘yxatga   olish   o‘tkazilgan   paytda,   8000   ming   o‘quvchilar,
4000 nafar o‘quvchi qizlar qayd qilingan. Birgina Sebzor dahasida 25 nafar o‘g‘il
bolalar va 15 nafar qizlar, Shayxontohur dahasida esa 20 ta o‘g‘il bolalar va 10 ta
qizlar   maktabi   mavjud   bo‘lgan 78
.   Otinbibi   maktabida   o‘quvchi   qizlarning   ukalari
ham   o‘qigan.   O‘g‘il   bolalar   maktablarida   aholining   barcha   qatlamlari   bolalari
ta'lim   olgan   bo‘lsa,   otinbibi   o‘quvchilari   orasida   din   peshvolari,   yirik   va   o‘rtahol
savdogarlarning   qizlari   soni   ko‘pchilikni   tashkil   etagan.   O‘lkaning   barcha
hududlarida   ham   qizlar   ta'limiga   aholi   orasida   munosabat   bir   xil   bo‘lmagan.
Buning   oqibatida   mazkur   otinbibilar   maktablarining   soni   ham   hududlar   bo‘yicha
nisbati bir xil darajada emasdi. Bunga hududlarda qizlar ta'limiga aholi turmushida
bo‘lgan talab va ehtiyoj darajasi  ham ta'sir o‘tkazgan. O‘g‘il bolalar maktablariga
nisbatan   qizlar   maktablarida   o‘quvchilar   sonining   bir   necha   barobar   kamligi   ham
fikrimizni   tasdiqlaydi.   Otinbibi   o‘qituvchilik   haqini   atrofdagi   o‘g‘il   bolalar
maktablariga   nisbatan   ko‘proq   olgan 79
.   Ularga   beriladigan   oylik   to‘lov   mazkur
jamoa orasida qizlar ta'limiga bo‘lgan ehtiyoj, talab va jamoatchilik munosabatidan
kelib chiqib shakllangan.
Turkistondagi   qizlar   maktablarining   ikkita   umumiy   funksional   jihatlari
bo‘lgan:
1. O‘g‘il   bolalar   maktablari   kabi   boshlang‘ich   diniy   ta'lim   berish   bilan   birga
an'anaviy turmush tarzi hamda ajdodlar ma'naviy qadriyatlarini o‘rgatar edi.
2. Maktab   va   madrasalar   kabi   diniy   ta'limotlarni   tashviq   etuvchi   ta'lim
muassasasi   bo‘lish   bilan   birga   kelajakda   islom   asoslarini   ayollar   orasida
77
 Хорошхин А.П. Сборник статей, касающихся Туркестанского края. – СПб., 1876. – С. 90-92, 95.
78
 Хорошхин А.П. Сборник статей, касающихся Туркестанского края. – СПб., 1876. – С. 128.
79
 Наливкин В.П., Наливкина М. Очерк быта женщин оседлого туземного населения Ферганской
области. – Казань, 1886. – С. 57.
36 targ‘ib etuvchi va bo‘lajak yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi mutaxassislarni
tayyorlash maskanlari edi.
XIX asr O‘rta Osiyo jamoatchiligida qizlarning savod olishi ijobiy baholangan.
Biroq   qizlar   ta'limiga   nisbatan   barcha   hududlarda   ham   bu   ijobiy   munosabat
kuzatilmagan.   Otinbibilar   orasida   imomlar   va   maktabdorlarning   ayollari
ko‘pchilikni   tashkil   etgan.   Ya'ni   ular   ayollar   jamoasi   orasida   ilmli   kishilar
bo‘lishgan. Qizlar maktablaridagi dars mashg‘ulotlarda asosan turkiy  hamda fors-
tojik tillaridagi asarlar o‘rgatilgan 80
. Ushbu ta'lim muassasalarida “Ta'limi banot”,
“Muosharat   odobi”,   “Tarbiyali   xotun”   va   boshqa   sharq   axloqiy   madaniyatini   o‘z
ichiga   oluvchi   fanlar   o‘qitilgan 81
.   A.P.Xoroshxinning   1876-yildagi   ma'lumotiga
qaraganda,   qizlar   7-11   yoshdan   boshlab   o‘qitilgan,   11-15   yoshdan   boshlab   esa
tikuvchilik   kasbiga   o‘rgatilgan 82
.   Bunga   qaraganda   shu   narsa   aniqki,   qizlar
maktablaridagi   mavjud   ta'lim   dasturlari   o‘g‘il   bolalar   maktablaridaiga   qaraganda
kam   qamrovli   va   asosan   turmushda   eng   zarur   bo‘lgan   bilimlarni   berishga
ixtisoslashgan.
Turkiston o‘lkasida o‘g‘il va qiz bolalar birlikda ta'lim  oluvchi aralash turdagi
maktablar   bo‘lganligi   to‘g‘risida   ma'lumotlar   juda   kam   uchraydi.   1906-yil
Kaspiyorti   viloyatidagi   maktablari   to‘g‘risida   ma'lumotlar   bergan  N.P.Ostroumov
turkman orasida, ba'zi joylarda o‘g‘il va qiz bolalar birga ta'lim oluvchi maktablar
mavjud   bo‘lganligi,   ular   atigi   ikki   yoki   uch   yil   davomida   ta'lim   olishlari   haqida
ma'lumot   beradi 83
.   Biroq   bu   ma'lumotlar   butun   Turkiston   o‘lkasi   uchun   bir   yoki
ikkita   istisno   holat   bo‘lib,   faqatgina   ayrim   joylarda   ularning   birgalikda   ta'lim
olganliklari holatini qayd etishimiz mumkin. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, bu holat
ko‘chmanchi aholi orasida uchraydi. Ya'ni o‘troq aholi orasida o‘g‘il va qizlarning
birgalikda ta'lim olishlari mentalitetga xos bo‘lmagan holat edi.
80
 Исмаилова Д.А. Роль и место ислама в общественно-политической жизни народов Туркестана
(конец XIX – начало XX вв.). Автореф. дис. ... канд. ист. наук. – Ташкент, 2006. – С. 14.
81
 Назимо А. Қизлар тарбияси. – Тошкент: Камалак, 1994. – 64 б.; Олимат ул-банот. Муошарат
одоби. – Тошкент: «Меҳнат», 1997. – Б. 32.
82
 Хорошхин А.П. Сборник статей, касающихся Туркестанского края. – СПб., 1876. – С. 91.
83
 Остроумов Н.П. Мусульманские мактабы и русско-туземные школы в Туркестанском крае.
ЖМНП, №2 за 1902 г. – С. 102.
37 O`lkada   ta`limning   yuqori   bosqichi   madrasalar   bo`lgan.   Turkiston   general-
gubernatorligi   tashkil   etilishi   bilan   uning   hududidagi   barcha   madrasalar   imperiya
ma'muriyati   nazorati   va   boshqaruviga   o‘tkazilib,   a'lamiyon   va   mutavalliy
lavozimlari   tugatilgan.   Mazkur   lavozimlarni   tugatilishi   natijasida   madrasalar
faoliyatini   nazorat   qilish,   vaqflar   daromadini   tasarrufini   imperiyaning   hududdagi
mahkamalari   ixtiyoriga   o‘tkazilishiga   sabab   bo‘lgan.   Bu   esa   o‘z   navbatida,
o‘lkadagi   rus   ma'muriyatining   rejasiga   ko‘ra,   moliyaviy   ko‘maksiz   va   nazoratsiz
qolgan   madrasalarda   ta'lim   sifatining   biroz   pasayishiga   sabab   bo‘lishi   kerak   edi.
Biroq   madrasa   ta'limi   1920-yillada   ham   rus   ta'lim   muassasalariga   nisbatan
mahalliy   aholi   turmushida   o‘z   ahamiyatini   saqlab   qolishga   muvaffaq   bo‘lgan.
Chunki,   jadidlar   faoliyati   rivojlanguniga   qadar   ular   o‘rnini   bosa   oladigan   boshqa
turdagi   ta'lim   muassasalari   yaratilmagan   edi.   Madrasada   o‘qitish   bir   necha
bosqichda   amalga   oshirilib,   bosqichlarni   belgilash   o‘tilayotgan   fan   mazmuniga
bog‘liq   edi.   Mazkur   bosqichlarning   birinchisi   “adno”   –   quyi   bosqich,   ikkinchisi
“avsat”   –   o‘rta   bosqich   va   uchinchisi   “a'lo”   –   yuqori   bosqich 84
  –   deb   yuritilgan.
Har bir bosqich uchun muayyan vaqt ajratilmagan. Lekin har bir bosqichga odatda
3   yil   va   undan   ko‘proq   vaqt   sarflangan.   Biroq   madrasa   talabalarining   barchasi
to‘liq uchchala bosqichni tamomlamagan. Faqatgina kelajakda mudarris, qozi yoki
muftiy, olim bo‘lishni  istagan o‘quvchilargina to‘liq ta'limni tugallaganlar. Ta'lim
bosqichlariga   qarab   talabalarga   nafaqa   belgilangan:   quyi   bosqichda   –   4-12   rubl',
yuqori bosqichlarda – 15- 35 rubl' miqdorida o`rtacha nafaqa hisoblangan 85
.
Markaziy   Osiyo   madrasalarining   o‘quv   dasturlari   asosan   o‘rta   asrlarda
shakllangan   edi.   Mashg‘ulotlar   olib   borishga   mo‘ljallangan   adabiyotlar   islom
olamining   ko‘p   asrlik   madaniyatini   o‘zida   aks   ettirar   edi.   Misol   uchun,
“Shamsiya”(formal   mantiq   kitobi)   va   unga   sharhlar   XIII   asrda,   “Aqoid”   –
musulmon   din   aqidalarini   bayon   etuvchi   kitob   XII   asrda,   “Mantiq   Tahzib”   –
84
 Остроумов Н.П. Мадрасы в Туркестанском крае. Журнал министерства народного просвещения.   №1, 1907.
– С. 1-58.
85
  Гейер И.И. Туркестан. С дополнительной статьей «Семиреченская  область». Сост.   А.Л.Кирснером. – 2-е
изд. испр. и др. авт. – Ташкент, 1909. – С. 25.
38 mazmunida   yunon   falsafasining   arabcha   talqinini   o‘zida   mujassam   etuvchi
dialektika kitobi XVI asrda, Shariat -Qur'on va muqaddas rivoyatlar asosida bayon
qilingan diniy, fuqarolik, jinoiy va boshqa davlat, jamiyat qonun-qoidalari hamda
xususiy   axloq   me'yorlari 86
  to‘plami   VIII IX   asrlarda   tuzilgan.   XIX   asr   oxirlari   –‒
XX   asr   boshlarida   ijtimoiy-iqtisodiy   sabablarga   ko‘ra   diniy   ta'lim   susayishi
natijasida   ta'lim   sharhlovchi   tusga   ega   bo‘lib,   har   qanday   yangilik   qat'iy
muhokama   qilingan 87
.   Madrasalarda   hech   bir   fanni   o‘qitishda   maxsus   pedagogik
uslubiyat   yoki   metodika   qo‘llanilmagan.   Biroq   ta'lim   davomida   talabalar
musulmon   faylasuf   va   pedagoglari   qarashlari   bilan   tanishib   borishgan 88
.   Madrasa
bitiruvchilarining   katta   qismi   maktablarda   o‘qituvchilik   qilishgan,   jumladan   bir
qismi   imom,   bir   qismi   malakali   maktabdor   sifatida   faoliyat   yuritgan.   Kam
ta'minlangan talabalarning ko‘pchiligi talabalik davridayoq o‘qituvchilik qilishgan.
O‘rta   Osiyo   xalqlari   orasida   islom   dinining   yoyilishi   va   rivojlanishida
qorixona va daloyilxonalarning ham ahamiyati  katta edi. Qorixonalarga maktabni
tugatgan 10 yoshdan kichik bo‘lmagan o‘g‘il bolalar o‘qish uchun qabul qilingan.
Qorixonalarda,   asosan,   Qur'on   suralari   yodlatilgan.   Qur'ondagi   barcha   suralarni
yod   ayta   oladigan   bola   qorixonani   tugatgan   hisoblangan 89
.   Qorixonalar,   odatda
maktablar va katta mozorlar yonida ochilgan. Ba'zan qorixonalar yirik madrasalar
hujralarining bir qismini egallagan. Qorixonalar soni haqida D.A.Aytmambetov va
T.Saidboevlar   tadqiqotlarida   qator   ma'lumotlar   qayd   etiladi.   Ularda
ta'kidlanishicha, 1892-yilda Farg‘ona viloyatida qorixonalar soni 252 ta bo‘lsa-da,
o‘quvchilar   soni   kam   bo‘lgan.   Har   bir   qorixonada   o‘rtacha   10   nafardan   o‘quvchi
bo‘lgan.   1897-yilda   o‘lkada   qorixonalar   soni   341   ta 90
,   1899-yilda   Samarqand,
Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida 333 ta bo‘lgan 91
.
86
 Бендриков К.Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане 1865-1924 гг.– Москва,:   «Наука»,
1960. – С. 53-54.
87
  Фитрат   А.   Рассказы   индийского   путешественника   (Бухара,   как   она   есть)/   Перевод   с   персидского
А.Н.Кодратьева. – Самарканд, 1913. – С. 19
88
  Керенский Ф.М. Медресе  Туркестанского края // Туркестанский сборник. Том 418. – Ташкент,   1907.– С.
22.
89
 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 11-жилд. – Тошкент: Давлат миллий нашриёти, 2005. – Б.   110.
90
 Айтмамбетов Д.А. Дореволюционные школы в Киргизии. – Фрунзе, 1961. – С. 35.
91
 Саидбоев Т. Ислам и общество. – Москва: «Наука», 1978. – С. 251.
39 Qorixonalar   mohiyatan   aholining   o‘rta   yoshdagi   qatlamiga   Qur'onni
o‘rgatishga ixtisoslashgan bo‘lib, bu turdagi ta'lim maskanlari o‘troq aholi orasida
ko‘proq tashkil etilgan. Sharqiy Farg‘onada madrasada ta'lim olishga tayyorgarlik
ko‘rayotgan   yoshlarning   qorixonalarda   ta'lim   olgan   holatlari   ham   bo‘lgan.
Qorixonada   Qur'on   matnlarini   mustahkam   o‘zlashtirish   madrasada   ta'lim   olishga
muhim   qulaylik   yaratgan.   Xiva   xonligida   oilali   toliblarning   o‘z   oilalari   bilan
yashashi uchun moslashtirilgan maxsus qorixonalar ham mavjud bo‘lgan 92
.
Keltirilgan ma'lumotlar qorixonalar mahalliy xalqlar hayotida ham ijtimoiy,
ham   ma'naviy   jihatdan   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ta'lim   va   ma'rifat   maskanlari
bo‘lganligini   ko‘rsatadi.   Turkistonda   yoshi   katta   aholiga   diniy   tushunchalar   va
bilimlar   berishga   ixtisoslashgan   yana   bir   turdagi   ta'lim   muassasasi   ham   mavjud
bo‘lib,   ular   daloilxona   deb   atalgan.   Daloyilxonalar   diniy   maktab   bo‘lib,   unda
o‘quvchilar   domla   boshchiligida   arab   tilida   yozilgan   “Daloyil-ul   –   hayrot”   –
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) haqidagi rivoyatlar hamda diniy qasidalardan yod
olganlar. “Daloyil-ul – hayrot” XV asrda musulmon aqoidshunosi Muxammad ibn
Juzuliy   tomonidan   tuzilgan.   Uning   matnlari   7   qismga   ajratilgan   bo‘lib,   hafta
kunlariga   moslashtirilgan   holda   yod   olishga   mo‘ljallangan 93
.   Daloyilxonalar   kam
uchraydigan   muassasa   edi.   Xonliklar   davrida   Toshkentda   ham   daloyilxonalar
bo‘lgan. XX asr boshida Turkistonda jami 10 ga yaqin daloyilxona bo‘lib, ularda
100   ga   yaqin   o‘quvchi   tahsil   olgan 94
.   Daloyilxonalarda   3   dan   35   tagacha   talaba
tahsil   olgan 95
.   Rossiya   hukmronligining   so‘nggi   yillarida   atigi   4-5   ta   daloyilxona
saqlanib   qolgan   bo‘lib,   ularning   2   tasi   Andijonda,   1   tasi   Marg‘ilonda,   1   tasi
Qo‘qonda joylashgan edi. “Daloyil-ul – hayrot” matnlarini yod olish uchun odatda
bir   yil   vaqt   kerak   bo‘lgan.   XX   asr   boshida   Andijon   daloyilxonalarida   o‘qishga
qabul qilingan va vaqf daromadidan moyana olib turgan, oilali o‘quvchilar bo‘lib,
ular   domladan   uyga   vazifa   olganlar   va   uni   topshirib   keyingi   vazifani
92
 Билялов Г.М. Из истории культуры и просвещения в Хорезме. – Ургенч, 1957. – С. 99.
93
 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 3-жилд. – Тошкент: Давлат миллий нашриёти, 2002. – Б.183.
94
 Қодиров Н. Туркистондаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917йй). Тошкент. 2014 й.  – Б.34
95
  Қодиров Н. Туркистондаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917йй). Тошкент. 2014 й.  – Б.34
40 o‘zlashtirishga o‘tgan 96
. Daloyilxonalar faoliyati o‘rta yoshdagi aholi vakillarining
diniy bilim egallashlariga qaratilgan ta'lim muassasasi edi.
XIX asr o‘rtalarida Turkistonda turli shaklda, keng tarmoqli mahalliy ta'lim
tizimi   mazmunan   ko‘p   asrlik   an'analar   asosida   shakllangani   holatida
mustamlakachi   tuzum,   yangicha   iqtisodiy   munosabatlar,   qolaversa,   davr   talabi
darajasida   emas   edi.   Biroq   XIX   asr   so‘nggi   choragidan,   bir   tomondan,   turli
mamlakatlarda   bo‘lib   jahon   ma'naviy-madaniy   taraqqiyotini   ko‘rgan   milliy
ziyolilar, ikkinchi tomondan, ma'rifatparvarlik g‘oyalari ta'sirida o‘lkada qoloqlik,
mustamlakachilik   zulmidan   qutulish,   taraqqiyotga   xalqqa   ma'rifat   berish   orqali
erishishni   ko‘zlagan   jadidchilik   harakati   yuzaga   keldi.   Mahalliy   ziyolilar   orasida
ma'rifatparvarlik   g‘oyalarining   tarqalishi   bilan   an'anaviy   ta'limda   rivojlanish
boshlandi.   I.I.Umnyakovning   fikricha,   an'anaviy   ta'limdagi   islohotlar   musulmon
maktablari   va   umuman   islom   turmush   tarzini   isloh   qilish,   diniy   mutaassiblikka,
savodsizlik   hamda   musulmonlar   tarqoqligiga   qarshi   harakat   sifatida   Turkiyada
shakllangan 97
. 
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   Turkistonda   mavjud   musulmon   ta'lim
muassasalarida  diniy  bilimlar   bilan   birga  qisman   dunyoviy  fanlar  ham  o‘qitilgan.
Musulmon   ta'lim   maskanlarida   davlat   tomonidan   tasdiqlangan   dasturlar   yoki
nizomlar   asosida   ta'lim   berilmasa-da,   ushbu   maskanlarda   barcha   musulmonlar
uchun   umumiy   bo‘lgan,   asrlar   davomida   an'ana   tarzida   rivojlanib   kelgan
tushunchalar, o‘quv adabiyotlari asosida o‘qitilgan. Biroq XIX asr ikkinchi yarmi –
XX asr boshlariga kelib, an'anaviy ta'lim mazmunan talabga javob bermay qolgan
edi.   Xususan,   o‘lkani   Rossiya   imperiyasi   tomonidan   zabt   etilishi   natijasida
yevropacha ta'lim  bilan mahalliy ta'limni  bir-biri  bilan  taqqoslama holati  vujudga
kelgan.   Ana   shu   holatda,   mahalliy   ta'lim   an'analari   davr   talablaridan   ortda
qolganligi   ma'lum   bo‘lib   qoldi.   An'anaviy   ta'limda   siklik   uslub   qo‘llanilib,   bir
kitob   o‘zlashtirilgandan   so‘ng   ikkinchisiga   o‘tilgan.   XIX   asr   o‘rtalari   –   XX   asr
96
  Қодиров Н. Туркистондаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917йй). Тошкент. 2014 й.  – Б.34
97
 Умняков И.И. К истории новометодной школы в Бухаре //Бюллетень САГУ. Вып. 16. Под. Ред.
П.А.Баранова. – Ташкент, 1927. – С. 81-99.
41 boshida   Turkistonda   imperiya   boshqaruv   tizimining   joriy   etilishi,   yangicha
iqtisodiy   munosabatlar   kirib   kelishi   natijasida   an'anaviy   ta'lim   muassasalarida
berilgan bilimlar yangi iqtisodiy, sud-huquq munosabatlari sharoitida yaroqsizligi,
yangi   talablarga   moslashishga   intilayotgan   o‘lka   jamoatchiligining   ta'limga
bo‘lgan   ehtiyojlarini   qondira   olmasligi   ma'lum   bo‘ldi.   Turkiston   o‘lkasida
imperiya   hukumati   o‘rnatilishi   bilan   birga   an'anaviy   ta'lim   muassasalarining   tub
xalq hayotida egallagan o‘rnini kamaytirish, musulmon ta'lim tizimini 1875, 1893-
yillarda   qabul   qilingan   qonunlar,   1879,   1906,   1907   va   1911-yillardagi
qo‘llanmalarga   asosan   jamiyatda   o‘rnini   yo‘qotishga   qaratilgan   siyosat   olib
borilgan   bo‘lsa-da,   imperiya   hukumati   barcha   mahalliy   ta'lim   muassasalarini
butunligicha   tugatish   va   ular   o‘rniga   yangi   turdagi   ta'lim   muassasalarini   tashkil
qilishni reja qilmagan edi. Chunki mustamlaka ma'muriyatida o‘lkadagi maktab va
madrasalarning   keng   tarmog‘ini   yo‘q   qilib,   ularning   o‘rniga   yangi   ta'lim
muassasalari   tizimini   joriy   etish   salohiyati   mavjud   emasdi.   Mahalliy   aholining
nisbatan savodsizligi   imperiya manfaatlariga mos edi.
Turkistondagi imperiya ma'muriyati o‘lkada rus ta'lim muassasalari tizimini
joriy   etishi,   mahalliy   ta'lim   muassasalari   ahamiyatini   pasaytirish   orqali   tub   yerli
xalqlarni   g‘oyaviy   jihatdan   bo‘ysundirish   siyosatini   amalga   oshirishga   harakat
qilsa-da, o‘lkada aholi talablariga mos ravishda an'anaviy ta'lim maskanlari tashkil
etilaverdi.   “Yangi   usul”   maktablarini   joriy   etilishi   rus   ta'lim   muassasalariga
mahalliy   aholi   e'tiborini   susaytirdi.   XIX   asr   80-yillariga   kelib,   Turkiston   aholisi
ta'limi   bir   tomondan   mahalliy   xalqlar   orasida   rus   tili   hamda   madaniyatini
rivojlantirishga   va   tarqatishga   intilgan   imperiya   ma’muriyati,   ikkinchi   tomondan
milliy   ma'naviyat   va   o‘zlikni   yuksaltirishga   intilgan   ma'rifatparvarlar   o‘rtasida
g‘oyaviy   kurash   maydoniga   aylandi.   Ana   shunday   murakkab   siyosiy-ijtimoiy
vaziyatda o‘lkada ta'lim tizimi yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila boshladi.
2.2 “Yangi usul” maktablarining vujudga kelishi va faoliyati
42 XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hududiagi turkiy xalqlar musulmon
maktabalaridagi   islohotlarni   jadal   olib   boradilar.   Turkistonda   bo‘lsa   ta'limdagi
yangilanishlar   kech   hamda   ancha   sust   olib   borilmoqda   edi.   Jadidchilik   harakati
O‘rta   Osiyoga   Qrim,   Kavkaz   va   Volgabo‘yi   turkiy   tilda   so‘zlashuvchi   xalqlar
ma’rifatparvarlari   ta'sirida   ostida   kirib   keldi.   Ushbu   hududlar   O‘rta   Osiyoga
qaraganda ancha ilgari Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan bo‘lib, ularning aholisiga
rus   hamda   Yevropa   madaniyatining   ta'siri   Turkiston   xalqlariga   qaraganda   ancha
ilgari singib bo‘lgan edi.
Turkiston o‘lkasidan tashqaridagi musulmon mamlakatlarining ta'lim tizimidagi
bo‘layotgan islohotlar Turkiston o‘lkasi hayoti hamda maktablari faoliyatiga ijobiy
ta'sir   qilmay   qolmadi.   Masalan,   Turkistondagi   jadidchilik   oqimi   jamiyatdagi
ijtimoiy va siyosiy ehtiyoj sabali shakllandi. O‘z vaqtining ilg‘or va taraqqiyparvar
ziyolilari, avvalo, ma’rifatparvarlar tub axalqning dunyo taraqqiyotidan ortda qolib
ketayotganligini   anglab,   jamiyatni   yangicha   ruhda   isloh   qilish   kerakliginianglab
yetgandi.
1892-yilda Toshkentda yuz bergan “Vabo qo‘zg‘oloni”nida panshaxa, ketmon,
tosh ko‘targan  xalq mustamlakachilar  tomonidan zamonaviy qurollar  bilan  qarshi
olindi,   minglab   olomon   Kaykovus   daryosiga   g‘arq   qilindi.   1898-yil   Andijon
qo‘zg‘oloni   qonga   botirildi,   o‘nlab   Mingtepa   kabi   qishloqlar   to‘pga   tutildi,
kultepalarga   aylantirildi.   Turkistonlik   ma`rifatparvarlar   qalbida
mustamlakachilarga   nisbatan   nafrat   tuyg‘usi   kuchaydi.   Ammo   Rossiya
imperiyasidek   dahshatli   saltanatga   va   uning   zamonaviy   artilleriyalariga   qarshi
nochor,   nodon   olomonni   qarshi   qo‘yish   mumkin   emasligini   jadidlar   tushunib
yetdilar. Bu masalada ularga Ismoilbey Gasprali, Rizo Faxriddin, Sadri Maqsudiy,
Fotih   Karimiy   qarashlari,   Rossiya,   Eron,   Hindiston,   Turkiyada   sodir   bo‘layotgan
siyosiy harakatlar kuchli ta’sir ko‘rsatdi .
Qora   xalq   ongini   oqartirish,   ilm-ma’rifat   sari   yetaklash,   uni   ilm,   fan-texnika
yangiliklariga   oshno   qilish   lozim.   Bunga   esa   maktab   orqali,   dastlab   ibtidoiy
maktab orqali erishish mumkin. Mana shunday o‘ta og‘ir ta’qib va tazyiqlar ostida
43 Qrimda   butun   turk   dunyosini   tilda,   ishda,   fikrda   birlikka   chaqirgan   Ismoilbey
Gasprali faoliyatini Turkistonlik jadidlar davom ettirdi.
XX   asr   boshlarida   Rossiya   imperiyasidagi   musulmon   ta’lim   muassasalarining
islohotchisi va "Tarjimon" gazetasi (1883-yildan boshlab Qrimda chiqa boshlagan)
asoschisi   Ismoil   Gaspiralining   nomi   Sharq   bo‘ylab   mashhur   bo‘lib   ketadi.   U
Bog‘chasaroyda   eski   usuldagi   maktablarning   murakkab   va   tushunilishi   qiyin
bo‘lgan o‘qish usuliga qaraganda yengil o‘qish usuliga asoslanuvchi yangi maktab
tashkil qilib, unda shaxsan o‘zi dars o‘tgan, hatto darsliklar ham yozgan. 
G‘аspirаli   dаsturi   bо‘yichа   yаngi   usul   mаktаblаridа   quyidаgilаrgа   riоyа
qilinishi lоzim edi:
1. Sinfdа (mаktаbdа) bоlаlаr sоni о‘ttiztаdаn оshmаsin.
2. Bоlаlаrni fаqаt ikki dаf'а - yоz vа qish bоshlаridаginа qаbul qilish mumkin.
3. Hаr qаbul nechа bо‘lishidаn qаt'i nаzаr bir sinf bо‘lsin.
4. Hаr bir muаllimdа kо‘pi bilаn 3-4 sinf bо‘lsin.
5. Аgаr   mаktаb   uch   sinfdаn   ibоrаt   bо‘lsа,   dаrslаr   ketmа-ket,   mа'lum
uyg‘unlikdа qо‘yilmоg‘i lоzim.
6. 7-9   yоshlаrdаgi   bоlа   7-8   sоаt   uzluksiz   о‘qiy   оlmаydi.   Uning   uchun   5   sоаt
kifоyа. Hаr dаrsdаn sо‘ng 10 dаqiqа tаnаffus lоzim.
7. Jumа vа bаyrаm kunlаri dаm оlinаdi.
8. О‘n   оy   о‘qishdаn   sо‘ng   yоzning   issiq   kunlаridа   tа'til   bо‘lishi   mаqsаdgа
muvоfiq.
9. Dаrs zeriktirmаsligi lоzim. Besh sоаtdа besh sоаt turli fаndаn dаrs bоqmоq
оg‘ir dаgildir, lekin besh sоаt yоlg‘iz bir dаrs ilа о‘grаshmоq zehnni buzаr.
10. Shоgirdlаri urmiyа, sо‘kmiyа hоjаt yо‘qdir.
11. Hаr   hаftа   nihоyаtindа   shоgirdа   hаftаlik   tаzkirа   verilmаlidir.   Hаftа   bо‘yu
dаrslаrinа diqqаtli о‘lub, bildigi ishоrаt edilib, оfаrin yоzilmаlidir.
44 12. Mаktаbning pаnjаrаlаri (terаzаlаri) buyuk vа ichi ziyоli vа оydin о‘lmаsinа
bik   diqqаt   emаlidir.   Sоvuq   xоnаdа   dаrs   vermаk,   ilm   о‘rgаtmаk   оg‘ir
dаgildir, begunоh sibyоnа jаzо vermаkdir..” 98
Ismoil   Gaspirali   Imperiyaning   Sharqdagi   olib   borayotgan   makkor   siyosatini
fosh   etuvchi   asarlari   orqali   Turkiston   marifatparvarlari   yo‘lboshchilari
Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Munavvar   qori   Abdurashidxonov,   Tavallo   (To‘lagan
Xo‘jamyorov),   Abdulla   Avloniy,   Abdurauf   Fitrat,   Abdulhamid   Cho‘lpon   va
boshqalaming   dunyoqarashiga   katta   ta'sir   o‘tkazgan.   Yangi   usul   maktablarining
vujudga   kelishida   turtki   bo‘lgan.   Jadidlar   rus   istilosi   sababli   yanada   kuchaygan
madaniyat   tanazzuli   natijasi   hisoblangan   jaholat   va   g‘aflatni   yo‘q   qilish   uchun
dastlab maorifni qayta yo‘lga qo‘yishga kirishdi. 
Yangi   usul   maktablarida   dunyoviy   fanlar   bilan   birga   diniy   fanlar   ham
o‘quvchilarga o‘rgatilgan. Alifbe kitobi bilan birgalikda “Alifboyi  Qur'oniy” ham
o‘rgatilgan. Dunyoviy fanlardan kimyo, fizika,geometriya, arifmetika, geografiya,
ayrim maktablarda 4-sinfdan rus tili ham o‘qitilgan. Jadid maktablarida yuqori sinf
o‘quvchilari   uchun   uchun   kimyo,fizika,   geometriya   kabi   fanlaridan   ona   tilida
yaratilgan   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalari   mavjud   bo‘lmagan 99
.   Muallimlar   bu
fanlar   bo‘yicha   tatar,   turk   tillarida   nashr   qilingan   qo‘llanmalardan   foydalanishga
majbur   bo‘lganlar.   Ayrim   muallimlar   o‘zlari   darsliklar   yozib,   shu   asosda   ta'lim
berganlar. Saidrasul Saidazizov “Ustodi avval” (1902), Behbudiy “Risolai as-bobi
savod”(1904), “Risolai  jug‘rofiya umroniy” (1905), Munavvarqori “Adibi avval”,
“Alibi   soniy”   (1907),   Abdulvohid   Burhonov   “Rahbari   xat”   (1908),   Avloniy
“Birinchi   muallim”   (1910),   “Ikkinchi   muallim”   (1912),   Rustambek   Yusufbek
o‘g‘li   “Ta'limi   avval”,   A.Ibodiev   “Tahsil-ul   alifbo”   darsliklarini   yozib   nashr
etishadi 100
.
Yangi usul maktabida xat-savоd chiqarishda bоlalarning оna tilida tоvush usuli
–   usuli   savtiyaga   asоslangan.   Maktablar   asоsan   1-4-sinf   о‘quvchilaridan   ibоrat
98
  Қосимов Бегали .  Исмоилбек Гаспирали . T.: 1992  й.  - Б 68
99
  Абдуллаев Й. Эски ўзбек мактабларида хат-савод ўргатиш. ... – Б. 126.
100
  Долимов У. Туркистонда жадид мактаблари. – Тошкент :  Университет, 2006. – Б. 27.
45 bо‘lgan   bоshlang‘ich   maktablar   bо‘lgan.   1913-1914-о‘quv   yilidan   bоshlab   ayrim
jоylarda   2   bоsqichli   о‘qitish   tizimi   jоriy   qilina   bоshlandi 101
.   Bu   tizimdagi
maktablar   namuna   maktablari   deb   atalgan   bо‘lib,   ularning   1-bоsqichi   tahziriy
(bоshlang‘ich)   sinflar,   2-bоsqichi   rushdiy   (yuqоri)   sinflar   deyilgan.   Xususan,
Munavvarqоri   Abdurashidxоnоvning   Tоshkentdagi   namuna   maktabi,   Abduqоdir
Shakuriyning   Samarqanddagi   va   Abduvahоb   Ibоdievning   Qо‘qоndagi   maktabida
rushdiy   (yuqоri)   sinflar   (5-6-sinf)   ham   ish   bоshlaganligi   sоhani   jadallashtirish
tоmоn qо‘yilgan muhim qadamlardan biri bо‘lgan 102
.
Yangi   usul   maktablarida   hunar   o‘rgatish   ham   yo‘lga   qo‘yilgani   diqqatga
sazovordir.   Masalan,   1915-yil   13-sentyabrda   Samarqand   shahri   Qalandarxona
qismida   yashovchi   Musobek   Mirzo   Fozilov   o‘z   uyida   yangi   usul   bog‘dorchilik
mahalliy   maktabi   ochish   uchun   ruxsat   so‘ragan   va   maktabda   qo‘yidagi   fanlar
o‘qitilgan: 
a) Islom dini axkomlari;
b) Maxaliy til;
c) Urug‘chilik; 
d) Rus tili; 
e) Tomorqa;
f) Geografiya;
g) Arifmetika 103
. 
E'tiborli tomoni, talabdan kelib chiqqan holda, jadid maktablarida o‘quvchilarga
hunar o‘rgatish ham yo‘lga qo‘yilganini ko‘rish mumkin.
Shuni   ta'kidlash   lozimki,   yangi   usul   maktablari   uchun   alohida   maxsus   binolar
qurilmagan.   Ularning   barchasi   xususiy   bo‘lib,   ko‘pincha   maktab   uchun
muallimning shaxsiy o‘zining uyidan yoki biron bo‘sh turarjoy binolaridan va ba'zi
shaxslarning   tashqi   hovlilaridan   maktab   sifatida   foydalanilgan.   Imperiya
101
  Долимов У. Жaдид мaктaблaри: улaрдa онa тили вa aдaбиёт ўқитишнинг илмий-нaзaрий ҳaмдa aмaлий aсослaри. 
Педaгогикa фaн. докт. дисс… aвтореф.  –  Тошкент. 2008.  –  Б. 29.
102
  Ҳaсaнбоевa О., Ҳaсaнбоев Ж., Ҳaмидов Ҳ. Педaгогикa тaрихи. ... – Б. 129-133.
103
  ЎзР МДА, И 181-фонд, 1-рўйхат, 89-иш, 99-варақ.
46 ma’muriyati   maldorlari   bunday   maktablar   milliy   madaniyatning   rivojlanishiga
yordam berishidan xavfsirab, podsho hukumati uchun xafli deb hisoblashgan. Shu
sababli   ham   ularning   faoliyatini   to‘xtatish   ko‘zlangan   turli   xil   tadbirlar   amalga
oshirildi.   Masalan,   1911-yilda   mahalliy   xalq   maktablarida   (rus-tuzem
maktablaridan tashqari) o‘quvchilar qaysi millatga mansub bo‘lsa, muallimlar ham
shu   millatdan   bo‘lishlari   lozim   degan   qaror   qabul   qilinadi 104
.   Shu   qarorga   asosan
tatar   muallimlari   ishdan   bo‘shatilib,   bir   necha   o‘nlab   yangi   usul   maktablari
faoliyati to‘xtatiladi (dastlab butun o‘lka bo‘ylab jadid maktablarida tatar millatiga
mansub   o‘qituvchilar   dars   berishgan).   Yangi   usul   maktablarining   biron   joyda
rasmiy   tasdiqlangan   yagona   o‘quv   rejasi   yoki   dasturi   mavjud   bo‘lmagan.   Darslar
muayyan   maktab   rahbari   hamda   muallimlari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   o‘quv
rejasi   va   darsliklar   asosida   o‘tilgan 105
.   Bu   rejalar   Ismoil   G‘aspiralining   dasturi
asosida   tuzilgan   bo‘lsa   ham   o‘lkadagi   barcha   jadid   maktablari   qat'iy   ravishda   bu
rejalarga   tayanib   dars   o‘tmagan.   Bu   holat   esa   jadid   maktablaridagi   eng   katta
muammolardan biri hisoblangan.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   1905-yilda   Samarqandda   Xoniy   xalfa   La'lbek
mahallasidagi   hovlisiga   Shakuriyning   yangi   usul   maktabini   ko‘chirib   keladi   va
unda   bolalarni   bepul   o‘qita   boshlaydi.   Samarqand   gazetasida   bu   maktab   haqida:
“Shunisi   e'tiborga   loyiqki,   o‘quvchilarning   o‘qish   va   yozishga   bo‘lgan
munosabatidagi   kutilmagan   yengillik,   jazo   qo‘llash   zaruratini   yo‘qotib,
o‘qiyotganlarni maktab va o‘qituvchiga bog‘lab qo‘ydi, bu oddiy maktabda bunday
emas.”-   deyiladi.   Maktab   ochiq   havoda,   oddiy   partalar   qo‘yilgan   joydan   iborat
bo‘lgan. Behbudiy maktab uchun chet eldan adabiyotlar va xaritalar olib keladi 106
.
Behbudiy   Saidkarimboy   Samarqandlik   boylarni   ham   maktab   ishlariga   homiylik
qilishga   da'vat   etganligini   yozadi.   “1907-yil   25-dekabrda   Tujjor   gazetasining
noshiri Saidkarimboy Saidazimboy o‘g‘li hovlimg‘a maftuh maktabi usuli jadidg‘a
104
  Бендрикoв К.Е. Oчерки пo истoрии нaрoднoгo oбрoзaвaния в Туркестaне (1865-1924). ... –  С . 280-281.
105
  Ҳaсaнбoевa O., Ҳaсaнбoев Ж., Ҳaмидoв Ҳ. Педaгoгикa тaрихи. ... – Б. 132.
106
  Мустафаева Н. Туркистон жадидларининг замонавий ўрта ва олий мактаб, маориф масаласига муносабати. .// «Жадид 
маърифатпарварларининг миллий таълим, матбуот, адабиёт ва санъатни ривожлантиришга қўшган ҳиссаси ва унинг 
Миллий ғоя тарғиботидаги аҳамияти» мавзуидаги Республика илмий-амалий анжумани материаллари. Тошкент,   2016.  – 
Б. 87-88.
47 kelib   ikki   soat   qadar   bolalarni   hisob,   jug‘rofiya,   tajvid,   insho,   sarfi   arabiy,
Shifohiya,  qiroati   Qur'on   va  forsiy  va   turkiy  nazm  va  nashrdin   hifzan  va   kitoban
imtihon   etib   va   muallim   Mullo   Abdulqodirg‘a   15   so‘m   berib   ketdilar”.   Bundan
ma'lum   bo‘ladiki   Samarqand   jadid   maktabdorlari   boshqa   hududdagi   yangi   usul
maktabdorlari   bilan   bamaslahat   va   bir-birlariga   ko‘maklashib   faoliyat   ko‘rsatgan.
Maktabda 40 nafarga yaqin o‘quvchi ta'lim olgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat
Samarqandda, balki butun Turkistonda jadidchilik harakatining yetuk namoyondasi
bo‘lgan.   U   shunday   yozadi:   “Boshqa   millatning   yosh   bolalari   maktabda   ekan,
bizniki   hammollikda   va   gadoylikda   boshqa   millat   ulamosig‘a   tobe'   ekan,   bizni
ulamo   bil'aks   avomg‘a   tob'edur.   Muning   oxiri   xarobdur.   Bukun   islohi   maktab,
madrasa, ya'ni millatga kushoyish qilinmasa, rabi asr so‘ng diyonat barbod bo‘lur
va   oning   javobi,   ma'suliyati   bugung‘ilarga   qolur.   Bu   ma'suliyatdan   qutulmoq
uchun   millatni   diniy   va   dunyoviy   ilm   va   fanlar   o‘qumoq   uchun   targ‘ib   qilmoq
kerak” 107
.
Abdulqodir   Shakuriy   1915-yil   9-maydan   11-maygacha   o‘z   maktabida   imtihon
bo‘lishini   ma'lum   qiladi   va   xalq   bilim   yurti   inspektorini   ushbu   imtihonga   taklif
qiladi.   Behbudiy   maktabning   faoliyatini   ko‘rsatish   uchun   hukumat   tomonidan
N.S.Likoshin   bilan   V.L.Vyatkin   (1869-1932),   shaharning   obro‘li   ulamolari,
savdogarlarini, boylar va do‘kondorlarni taklif qiladi. Ikki kun ertalab 10 dan, kech
soat   6   gacha   o‘quvchilar   imtihon   qilinadi.   Natijada   imtihonda   qatnashganlarning
ko‘pchiligi   bolalar   bilimidan   hayratga   tushadilar.   Hatto,   ba'zilar   bizning
farzandlarimiz ham ilm yo‘llarini shunchalik tez egallar ekan-ku, deb yig‘lab ham
yuboradilar.   “200   qadar   do‘kondor,   150   qadar   mullobachcha   talabalardan,   5-10
mudarris,   Siyob   qozisi   va   200   qadar   xar   xil   qozilar   keldilar.   Hoji   Mavlonbek
janoblari   olti   soat   qadar   muttasil   turib   bolalarni   qir'oat   va   diniydin   bergan
javoblarig‘a yig‘lab, muallimg‘a 15 so‘m hadiya berdilar” 108
, deb yozadi Behbudiy
imtihon haqida .
107
  Аҳророва З. Жадид педагогика асослари. (Ўқув қўлланма). – Тошкент, 2004. – Б. 12. http://uz.denemetr.com.
108
  Беҳбудий Маҳмудхўжа. Танланган асарлар. – Тошкент, 2018.  –   Б .  263.
48 “Tahsil oyi” maqolasi orqali davrning haqiqiy ahvolini va muammolar sababini
ko‘rishish   mumkin.   Maqolada   keltirilishicha,   agar   avgust   va   sentyabr   oylaridan
boshlab ko‘chada ikki xil odamlarni ko‘rish mumkin. Birisi oppoq ko‘ylaklar kiyib
yasanib   olgan,   qo‘llarida   o‘nlab   nusxa   kitoblar   ko‘tarib,   saodatlik   yurish   bilan
hukumat   maktablariga   ketayotgan   rus,   yahudiy,   armani   bolalari.   Ikkinchisi
ertalabdan ustlarida og‘ir yuk, qo‘llarida bel, ketmon, korxona va qadoqxonalarga
hammollikka   yollanib,   20   tiyindan   bir   so‘mgacha   topmoq   ilinjidagi   Turkiston
bolalari...   “Oh,   na   yomon   holat..”.   Demak,   butun   ilm-u   hunar   o‘zgalar   qo‘lida
ekan,   “Endi   bizlarg‘a   ikki   ishdan   biri   qolur,   ya'ni   yo   alardek   zamonani   ilum   va
hunarlarig‘a yopushmoq va yoinki borliq nimarsalarimizni ham qo‘limizdan berib,
to‘y,   maraka   va   behudaliklarga   sarf   etib,   alarg‘a   xizmatkor   bo‘lmoq.   Biz   o‘z
ahvolimiz   uchun   o‘zgalardan   hech   xafa   bo‘lmasligimiz   kerak,   bizning
boyliklarimizni   ular   bizdan   urib   olmadilar,   o‘qib   oldilar.   Moziy   istiqbolning
tarozusidur. Har kim o‘lchasun-da bilsun” 109
,- deb yozadi.
Imperiya   hukumati   graf   K.K.Palen   (1861-1923)   taftish   qilganigacha   jadid
maktablariga   katta   e'tibor   berishmagan.   Bunday   maktablarni   yaxshi   o‘rgangan
K.I.Palen   shunday   ma'lumot   bergan:   “Bu   maktablarning   dasturlari   ko‘pincha
musulmonlarning   1905-1906-yillardagi   s'ezdlari   programmasidan   kelib   chiqqan.
Maktab   o‘qituvchilari   asosan   tatarlardir.   Darslik   va   adabiyotlar   asosan   Qozon   va
Istanbulda   nashr   qilingan.   Ta'limning   asosi   o‘quvchiga   islomning   buyukligini
uqtirish,   ularni   qalblarida   musulmonlarning   birlashish   va   yuksalish   g‘oyalarini
uyg‘otishdir.   Hozirgi   kunda   bunday   maktablar   Turkistonda   juda   ko‘p.   Ammo
ko‘pchiligi hukumat tomonidan ro‘yxatga olinmagani sababli, ularning sonini aniq
aytish   imkonsizdir.   Taftish   davrida   shunday   maktablardan   Toshkentda   12   tasi,
Qo‘qonda 14 tasi, Andijonda 5 tasi, Samarqandda 4 tasi tekshirildi. Aholi bunday
maktablarga bolalarini katta qiziqish bilan beryapti. Masalan, Samarqandning 4 ta
109
  Беҳбудий Маҳмудхўжа. Танланган асарлар. – Тошкент ,  2009. – Б. 112.
49 yangi usul maktabida 200 dan ortiq bola, Andijondagi 5 ta shunday maktabda 230
bola o‘qimoqda” 110
 .
Mustamlaka   ma'muriyati   Turkistondagi   yangi   usul   maktablari   faoliyatidan
tashvishga   tushdi.   Chunki   yangi   usul   maktablari   ruslashtirish   siyosatini   tomiriga
bolta  urar  edi.  Rossiya   imperiyasi   Ichki  Ishlar  vazirligining  Toshkentdagi   maxfiy
senzori M.P.Ostroumovga junatgan ko‘rsatmasidan shunday tahdid sezilardi. Ichki
Ishlar   vazirligi   politsiya   departamenti   Turkistonda   tub   xalqlar   orasida   yangi
usuldagi   maktablar   ochish   harakati   boshlanib,   matbuotda   bu   haqda   turli   xil
maqolalar nashr qilinayotgani, shu jihatdan ham Turkiston o‘lkasi bo‘yicha maqola
yozish,   maktab   ochish   jarayonida   ishtirik   etayotgan   barcha   shaxslar   haqida   to‘liq
ma’lumot   to‘plab,   shaxsan   Ichki   Ishlar   vaziriga   xabar   qilish   uchun   tezlikda
politsiya   departamentiga   junatish   vazifasi   Ostroumovning   zimmasiga
yuklatilganligi haqida  ma'lum qilgani bejiz emas edi 111
.
Rossiya   imperiyasi   hukumati   rus   va   rus-tuzem   maktablarining   tarmoqlarini
kengaytirib,   1908-yildan   boshlab   yangi   usul   maktablariga   qarshi   kurasha
boshlaydi.   Rossiya   imperiyasi   ma’muriyati   yarim   asr   davomida   o‘rta   asr   tipidagi
musulmon   maktablarining   faoliyatiga   halaqit   bermagan   edi,   shuning   uchun   ham
yangi   usuldagi   maktablarning   barchasini   tusatdan   hech   bir   so‘zsiz   yopib   qo‘yish
to‘g‘ri   kelmasdi.   1911-yili   Turkistonda   tatarlar   o‘qituvchilik   qilgan   ellikka   yaqin
yangi   usul   maktablari   yopildi,   chunki   biron-bir   tub   aholining   farzandlarini   rus
bo‘lmagan   hamda   shu   mahalliy   xalqning   o‘ziga   mansub   bo‘lmagan   muallimning
ta’lim   berishi   ta'qiqlangan   alohida   qonun   chiqarilgandi.   Buning   ustiga   bu   vaqtga
kelib   maktablarda   yangi   usul   bilan   o‘qitadigan   o‘nlab   o‘zbek   o‘qituvchilari
yetishib   chiqqan   edi.   Yangi   usul   maktablarida   o‘qitadigan   o‘zbek
o‘qituvchilarining soni o‘sib bormoqda edi. Musulmon ruhoniylari va eski maktab
domlalari   dastlabki   yangi   usul   maktablariga   ular   paydo   bo‘lishi   bilanoq,   qattiq
qarshi chiqdilar. Biroq imperiya hukmronligining keyingi o‘n yilida eski usuldagi
110
  Пален К.К. Отчет по ревизии Туркестанского края .  ... –  СПб.:  « Сенатская типография ».  –  С. 134-135.
111
 Ahmad Donish. Navodir ul-vaqoe. «Fan», T., 1964 yil. 274-bet.
50 maktablarining   ko‘pchilik   domlalari   yangi   usul   maktablaridan   va   rus-tuzem
maktablarining   mahalliy   sinflaridan   orqada   qolib   ketmaslik   va   o‘quvchilarini
yo‘qotmaslik   uchun   ba'zi   bir   islohotlar   o‘tkazgandilar.   Eski   maktabda   keng
tarqalgan  yangilik - tovush  usuli  yordami  bilan  savodga o‘rgatish edi. 1917-yilga
kelib,   Turkistonda   salgina   yangilik   kiritilgan   bunday   eski   tipdagi   maktablardan
tashqari   yuzga   yaqin   yangi   usuldagi   maktablar     ochildi.   Bu   maktablarda   tovush
usuli yordami bilan savodga o‘rgatibgina qolmasdan, balki sinf-dars tizimida ham
olib borilar edi. Bu maktablarda o‘quvchilar partalarda o‘tirib o‘qiydigan bo‘ldilar,
ularda   o‘qitiladigan   fanlar   qatoriga   arifmetika   hamda   tarix   va   tabiyot   elementlari
kiritildi 112
.
Yangi usul  maktablarining tarmog‘i  barqaror  emas edi, ularning ko‘plari faqat
bir   yil   va   hatto   undan   ham   kam   vaqt   yashardi.   Yangi   usulda   o‘qitadigan   ba'zi
o‘qituvchilar   chor   hukumatining   ta'qibi   tufayli   o‘z   yashash   joylarini   bir   necha
marta o‘zgartirishga majbur bo‘lardilar. Yangi usuldagi maktablaming hammasida
ham   o‘quv   kursi   bir   xilda   emas   edi.   Ba'zi   maktablarda   diniy   fanlar   ko‘proq
o‘qitilsa, boshqa maktablarda umumiy ta'lim fanlari ko‘proq o‘qitilardi.
Yangi   usul   maktablarining   tarafdorlarini   "jadid"   (ya'ni,   yangilik   tarafdorlari)
degan   nom   bilan   atar   edilar.   Jadidlaming   bir   qismi   panturkizm   mafkurasi   ta'siri
ostida   edi;   ilmga   xilof   bo‘lgan   bu   irqiy   nazariya,   asosan,   1908-yilda   burjua
revolyutsiyasi   bo‘lib   o‘tgan   Turkiya   tomonidan   tashviqot   qilinardi;   panturkist
jadidlar   1917-yildan   boshlab   proletar   davlatining   dushmanlari   lageriga   o‘tib
oldilar. Yangi usulchilar orasida 1905-yildan keyin rus ishchilar harakatining ilg‘or
g`oyalari   ta'sir   ko‘rsatgan   kishilar   ham   bor   edi.   Ana   shunday   g`oyalar   ta'sirida
bo‘lgan Hamza Hakimzoda (1889- 1929) Qo‘qonda kambag‘allarning bolalari ham
kirib o‘qiy oladigan yangi usul maktablarini ochish uchun juda ko‘p kuch sarfladi.
Yangi usul maktablarining eng barqarorlari asta-sekin 6 yillik bo‘la boshladi; 6 yil
o‘qitiladigan   bunday   maktablardan   Toshkentda,   Qo‘qonda,   Samarqandda,
shuningdek,   To‘qmoqda   bittadan   bor   edi.   Qolgan   yangi   usul   maktablarida   (bu
112
 Mo‘minjon Muhammadjonov. Turmush urinishlari. Toshkent, 1926 yil, 277-bet.
51 maktablar   ibtidoiya   deb   atalardi)   ko‘p   deganda   to‘rt   yil   o‘qitilardi 113
.   Toshkent,
Samarqand va Qo‘qonda qiz bolalar uchun yangi usuldagi maktablar ham ochilgan
edi.   Yangi   usuldagi   maktablar   o‘z   o‘rnida   o‘zbek   tilida   umumiy   ta'limni
tarqatishga ham yordam berdilar. 
Yаngi   usuldаgi   mаktаblаridа   dаrs   о‘t ilаdigаn   tillаrdа   bir   xillik   yо'q   edi.
Dаrslаrning   bir   qismi   tаtаr   tilidа   edi.     1905-   1917-yillаrdа   о'zbek   tilidа   chоp
etilаdigаn gаzetаlаrdа, shubhаsiz, tо'g‘ri аdаbiy nutq nаmunаlаrini tоpish judа hаm
qiyin   edi,   chunki   nаshriyоt   vа   muаlliflаr   turli   xil   tа'sirgа   berilgаn   edilаr.
О'qituvchilаr esа о'zbek tilining turli shevаlаridа dаrs о‘tаrdilаr. Ulаrning bа'zilаri
tаtаr tilidа sо'zlаshаrdilаr 114
.
Yаngi   usuldаgi   mаktаblаrdа   о‘quvchilаr   dаrs   о'tilаdigаn   tilni   tushunаrdilаr,
birоq ulаr аdаbiy nutqning yаgоnа nоrmаsigа о'rgаtilmаs edi. O‘z bolalarini yangi
usuldagi maktabga o‘qishga bergan ota-onalar, shu turdagi maktablarda rus tilining
o‘qitilishidan   manfaatdor   bo‘lganlar.   Rus   tili   darsi   eng   barqaror   maktablarda
to‘rtinchi   o‘quv   yilidan   boshlab   o‘qitilgan.   Kattalar   kishilar   uchun   rus   tili   kursi
birinchi   marta   80-yillarning   boshlarida   ochilgan   bo‘lib,   keyinchalik,   ko‘pgina
shaharlarga tarqalgandi. Bunday kurslar, ayniqsa,  Toshkentda  keng tarqalgan edi.
Toshkentda 1909-1911-yillarda bunday kurslarda har yili 150 ga yaqin kishi o‘qir
edi. Toshkentda ochilgan rus tili kursida o‘quvchilar uchun ozroq o‘qish haqi ham
belgilangandi.   Kurslarda   o‘quvchilaming   ko‘pchiligi   faqat   ruscha   og‘zaki   nutqni
egallashni   istardi,   lekin   ba'zilar   ikki   yillab   o‘qir,   ruscha   savodga   ega   bo‘lar,
arifmetikani ham o‘rganardilar. 
Turkistondagi   rus-tuzem   maktablari   va   yangi   usuldagi   maktablardagi   kichik
maktab   yoshidagi   o‘zbek   bolalaridan   atigi   4   foizigina   o‘qir,   ammo   shunda   ham
mehnatkash   kambag‘allarning   bolalari   juda   kam   edi.   Bu   maktablami   bitirib
chiqqanlar,   odatda,   savdo   bilan   shug‘ullanar   yoki   korxona   va   idoralarda   mayda
xizmatchi bo‘lib ishlardilar.
113
  Шамсутдинов Р. Жадидчилик: Ҳақиқат ва уйдирма “Мулоқот”.-1991.-№12.-Б.20.
114
 Buxоrоdа nа kо‘rdim? «Tаrjimоn», 1908 yil, 68-sоn.
52 Rus-tuzem   maktablarining   va   Yangi   usuldagi   maktablarning   yordamida   eng
oddiy   umumiy   ma'lumot   tayyorligiga   ega   bo‘lgan   o‘zbek   yoshlari   Oktabr
to‘ntarishidan   keyingina   milliy   kadrlar,   asosan,   o‘qituvchilar   tayyorlaydigan
dastlabki o‘quv yurtlarida ta'lim olishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Munavvar   Qori   Abdurashidxonov   1901-yilda   dastlab   Toshkentning
Shayxovand   Tahur,   keyinchalik   shaharning   boshqa   dahalarida   birinchi   “usuli
jadid”   maktablari   ochdi.   Bu   maktab   1893-yilda   Samarqandda   Ismoilbey   Gasprali
boshchiligida ochilgan va bir necha oygina faoliyat ko‘rsatgan maktabdan keyingi
ochilgan   usuli   jadid   maktablarining   birinchisi   edi.   Turkistonda   yetishib   chiqqan
buyuk islohotchilardan biri bo‘lgan Munavvarqori Gaspralining hamma darslik va
o‘quv   qo‘llanmalari,   badiiy   va   publitsistik   asarlari   bilan   yaqindan   tanish,   siyosiy
qarashlari ta’sirida bo‘ldi. U jadid maktablari uchun darsliklar yaratdi, zamonaviy
o‘qituvchilar   avlodini   tarbiyalab   yetishtirdi.   Uning   bevosita   ta’sirida   Mannon
Uyg‘urdek buyuk san’at arbobi, aka-uka Husanxo‘ja va Eshonxo‘ja Xoniylar, aka-
uka   Sobirjon   va   Shokirjon   Rahimiylar,   Same’qori,   Salimxon   Tillaxonov,   Qayum
Ramazon,   Shorasul   Zunnun,   Majid   Qodiriy   kabi   murabbiylar   yetishib   chiqdilar.
Munavvarqori   Toshkentda   ochilgan   jadid  maktablari   uchun   o‘zi   tuzgan   dastur   va
darsliklarni joriy etdi, ular asosida jamoat oldida ochiq darslar va imtihonlar tashkil
qildi 115
.   Bundan   asosiy   maqsad,   birinchidan,   usuli   jadid   maktablarini   badnom
qiluvchi   mutaassib   qadimchilarning   da’volari   asossiz   ekanligini   xalq   oldida
namoyish   etish   bo‘lsa,   ikkinchidan,   xalq   o‘rtasida   ilm-ma’rifatga,   yangi   o‘qitish
usuliga,   zamonaviy   turmush   tarziga   rag‘bat   uyg‘otish   edi.   Shuning   uchun   ham
Munavvarqori   imtihonlarga   o‘quvchilarning   ota-onalaridan   tortib,   shariat-din
peshvolarigacha,   hatto   o‘lkada   katta   e’tibor   qozongan   olimu   shoirlarni,   ma’rifatli
boylarni ham taklif qilgan. 
Munavvarqori   Abdurashidxonov   jadid   maktablarining   kundalik   o‘quv-tarbiya
ishlaridan tortib, yillik bitiruv imtihonlarini  tashkillashtirishgacha,  “usuli  savtiya”
yo‘lini   qiqtidorli   va   qobiliyatli   yosh   o‘qituvchilarga   o‘rgatishdan   to   maktablarni
115
 Шухрат Ризо. Маърифатпарварликдан маърифатчиликгача Тафаккур.-1995.-№1.-Б.79.
53 zamonaviy   darslik   hamda   o‘quv   qo‘llanmalari   bilan   ta’minlashgacha   bo‘lgan
uzluksiz   jarayonni   boshqardi.   Uning   bu   faoliyati   davrining   ulug‘   mutafakkirlari
tomonidan   qo‘llab-quvvatlandi.   Mahmudxo‘ja   Behbudiydek   jadidchilik
harakatining   karvonboshisi   unga   madadkor   bo‘ldi.   Behbudiyning   bu   boradagi
so‘zlariga   e’tibor   bering:   “Turkistonda   muallim   chiqarmoq   uchun   dorilmuallimin
bo‘lmasa ham, har shaharda usuli ta’limdan xabardor bir-ikki nafar muallim albatta
bordur.   Ana,   muallimlikka   tolib   kishilarni   alarning   huzurig‘a   yuborib,   3-4   oy
zarfida   usuli   ta’limdan   xabardor   qildurmoq   mumkindur.   Agar   boyafarz,   ushbu
xizmatni muallimlarimiz iltizom qilsalar, ul holda muallimlikka havaskor yoshlarni
bir   oz   zahmatlik   bo‘lsa   ham,   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   Toshkandda   Munavvar   Qori
janoblarining   maktabig‘a   yubormoq   kerakdurki,   mushoran   alayhning   munday
toliblarni   mamnuniyat   ila   qabul   etmoqlarig‘a   amindurmiz.   Ishda,   muhtaram
qarindoshlar, millatimizning tilagi va eng zo‘r ehtiyoji ushbu shaylar ediki, nazari
oliylaringiza arzu taqdim etduk” 116
.
Bunday   tadbirlar   jadid   maktablarining   o‘lka   bo‘ylab   keng   tarqalishida   muhim
ahamiyat   kasb   etdi:   1903-yilda   Samarqandda   Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Siddiqiy-
Ajziy, Abduqodir Shakuriy, Said Alizoda, Qo‘qonda Abdulvahob Ibodiy, Ashurali
Zohiriy,   Hamza,   Po‘latjon   Qayumiy,   Namanganda   Ishoqxon   Ibrat,   So‘fizoda,
Buxoroda   Abdulvohid   Munzim,   Sadriddin   Ayniy,   Xorazmda   Husayn   Kushayev,
Bobooxun   Salimovlar   boshchiligida   usuli   jadid   maktablari   tarmoqlari   kengayib
bordi.
Bundаy mаktаblаr dаstlаbki vаqtlаrdа hukumаtning ruxsаtisiz оchilа bоshlаgаn
edi,   keyinchаlik   ulаrning   оchilishi,   butun   fаоliyаti   tо‘lа   gubernаtоrlik   nаzоrаtigа
о‘tib   ketаdi.   Jаdid   mаktаblаrining   fаоliyаti   endi   nihоyаtdа   qiyin   kechа   bоshlаdi.
Bir   tоmоndаn,   mutааssib   ulаmоlаr,   “usuli   qаdim”   tаrаfdоrlаri   “usuli   jаdid”
mаktаblаrigа   qаrshi   turli-tumаn   bо‘htоnlаr   uyushtirdilаr,   muаllimlаrini   esа   hаttо
kоfirlikdа   аyblаdilаr,   xаlq   bоlаlаrini   bundаy   mаktаblаrdаn   qаytаrishgа   hаrаkаt
qildilаr.   Shu   о‘rindа   Sаmаrqаndning   Ulug‘bek   mаdrаsаsi   jоmesidа   5-6   ming
116
 M.Behbudiy. Muhtaram yoshlarg‘a murojaat. «Oyna» jur., 1914 y., 41-son.
54 nаmоzxоn   о‘rtаsidа   mutааssiblаr   shоir   vа   pedаgоg   Siddiqiy-Аjziy   vа   Аbduqоdir
Shаkuriylаrni   kоfirgа   chiqаrishlаrini,   Mirmuhsin   Shermuhаmedоv   vа
Sо‘fizоdаlаrni sаzоyi qilib, о‘z Vаtаnidаn quvg‘in qilishlаrini esgа оlish о‘rinlidir.
Mutааssiblаrning   bundаy   hаtti-hаrаkаtlаri,   ikkinchi   tоmоndаn,   bundаn   hаm
dаhshаtlirоq   kuch   bо‘lmish   mustаmlаkаchi   hukumаtning   tа’qib   vа   tаzyiqlаrigа
kаttа yо‘l оchib berdi. Munаvvаrqоri Аbdurаshidxоn о‘g‘li siyоsiy tаshkilоtlаrning
uzluksiz   sо‘rоvlаrigа   jаvоb   berishgа,   dо‘q-pо‘pisаlаrigа,   qаmоqlаrigа   chidаshgа
mаjbur   bо‘ldi.   Shuning   uchun   hаm   “usuli   jаdid”   mаktаblаrining   tаrаqqiyоti   vа
kо‘lаmining   kengаyishi,   аyniqsа,   mustаmlаkа   Turkistоn   о‘lkаsi   shаrоitidа   аnchа
оg‘ir   kechdi.   Bu   hаqdа   Munаvvаrqоrining   sоbiq   о‘quvchisi,   Аnqаrа
universitetining   prоfessоri   Ibrоhim   Yоrqin   (Ibrоhim   Оrifxоn   о‘g‘li   –   1902-1993)
xоtirаlаridа quyidаgilаrni yоzаdi:
“1913-yilda Eshonxo‘ja Xoniyning maktabini bitirgach, Munavvarqorining ikki
sinfli   rushdiy   maktabida   o‘qigan   yillarimizda   Rusiya   idorasi   o‘quv   inspektorlari
maktabimizga   to‘satdan   kelib,   foydalanayotgan   kitoblarimizni   tekshirardi.
Ularning   maqsadlari   bizning   maktabda   mavjud   bo‘lgan   darslik   va   boshqa   o‘quv
kitoblarining   Rusiya   idorasi   nuqtai   nazaridan   zararlimi   yoki   yo‘qmi,   shularni
tekshirish edi” 117
.
Hаr   qаndаy   tа’qib   vа   tаzyiqlаrgа,   mutааssib   ulаmоlаrning   dаshnоmlаrigа,
bо‘htоnlаrigа   qаrаmаy,   jаdid   mаktаblаri   xаlq   e’tibоrini   qоzоnishi,   аyniqsа,
musulmоn   qаrdоshlаrning   bu   bоrаdаgi   hаmjihаtliklаri,   hаmkоrliklаri   generаl-
gubernаtоrlik   siyоsаtdоnlаri,   mаfkurаchilаri   fаоliyаtini   yаnаdа   kuchаytirdi.   1909-
yildа   Nikоlаy   Оstrоumоv   “Туркестанские   ведомости”   gаzetаsidа   “Что   делат   с
новометодными   мактабами ? ”   nоmli   mаqоlаsini   e’lоn   qildi.   Undа   muаllif
quyidаgilаrni   yоzаdi:   “Rus   ma’muriyatining   yerliklar   eski   maktablariga   nisbatan
qo‘llagan   mensimaslik,   nazar-pisand   qilmaslik   siyosati   o‘lkadagi
hukmronligimizning   dastlabki   o‘n   yilligida   o‘zini   oqlagan   bo‘lishi   mumkin.
Ammo   keyingi   uch   o‘n   yillikda   bu   siyosat   o‘zini   oqlamaganini   hech   narsa   bilan
117
  Turdiev Sh. Ular Germaniyada o‘qigan edilar. T .: 2006, 225- bet .
55 yashirib bo‘lmaydi.  Mana, chindan ham pushaymon bo‘ladigan voqea sodir bo‘ldi.
Biz   o‘lkada…   katta   qiyinchiliklar   bilan   bir   necha   rus-tuzem   maktabi
ochganimizda,   boshqalar   tashqaridan   (Qrimdan)   katta   g‘ayrat   bilan   o‘lka   maorifi
uchun boshqa bayroq ostida mustaqil faoliyat olib bordi. Bu yangi usul maktablari
ma’muriyatning hech qanday ruxsatisiz ochila boshladi va ajablanarli, yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydigan   tomoni   shundaki,   hozir   ham   bunday   holat   oblast,   uezd
ma’muriyatlari,   hatto   hukumat   maktablar   inspektsiyasi   nazoratisiz   davom
etmoqda” 118
.
Imperiya   hukumati   iloji   boricha   usuli   jadid   maktablarini   taqiqlash,   juda
bo‘lmaganda,   ularning   keng   tarqalishiga   to‘sqinlik   qilish,   shu   yo‘l   bilan   bunday
maktablar   rivojlanishining   oldini   olishni   maqsad   qiladi.   General   gubernatorlik
ma’muriyati   usuli   jadid   maktabdorlariga   oppozitsiyada   bo‘lgan   mahalliy
mutaassiblar, “qadimchi”larni qarshi qo‘ydi, bu kurashda ularni rag‘batlantirdi, bu
maktablarga, ularning tashkilotchilariga qarshi turli bo‘htonlar, siyosiy aybnomalar
uyushtirdi. Bu bilan gubernatorlik ma’muriyati, birinchidan, mustamlaka xalqlarini
asriy qoloqlikda,  mutelikda asrashdek   qabih  niyatini   amalga  oshirdi, ikkinchidan,
o‘zini go`yo musulmon dini himoyachisi sifatida ko‘rsatdi. Mustamlaka hukumati
ma’murlari   o‘zbek   ziyolilarini   bir-biriga   qarama-qarshi   ikki   qutbga   ajratib
tashladilar.   Turkiya,   Bog‘chasaroy,   Ufa,   Qozon,   Tiflis,   Orenburgdan   keladigan
nashrlarning   tarqalishini   qattiq   nazorat   ostiga   oldilar.   Gubernatorlik   ma’murlari
ma’rifat   fidoyilariga   qarshi   kurashda,   ularni   xalq   o‘rtasida   badnom   qilishda   eng
qabih   usullardan   ham   qaytmaganlar.   1908-yili   N.Ostroumov   Samarqandda
Ulug‘bek   madrasasi   jomesida   bir   necha   ming   nomozxon   huzurida   usuli   jadid
maktablarida   o‘qiyotgan   yoshlar   musulmon   dini   ahkomlariga   amal   qilmay
qo‘yayotganliklari,   bunday   maktablarda   islom   diniga   xilof   ilmlar   o‘qitilayotgani
haqida   “kuyunib”   ma’ruza   qilgan.   Qora   xalq,   mutaassib   ulamolar   uning
ma’ruzasidan   qattiq   mutaassir   bo‘lib,   “g‘ayridin   bo‘lsa   ham   bizga,   dinimizga
qanchalar   mehribon”   deb,   ko‘zlariga   yosh   olib,   duo   qilgan   ekanlar.   Usuli   jadid
118
 «Туркестанские ведомости », 1909  г , №1.
56 maktablarida   dunyoviy   fanlar   bilan   barobar   ona   tili   va   milliy   ma’naviyatning
chuqur o‘qitilishi gubernatorlik ma’murlariga yoqmas edi.
1905-yil   voqealari   jadidchilik   harakatining   yangi   taraqqiyot   bosqichiga
ko‘tarilishiga   hamda   milliy   matbuotning   vujudga   kelishiga   turtki   bo‘ldi.   Turk,
tatar,   ozarbayjon,   boshqird   mutafakkirlari   bilan   aloqalar   yanada   mustahkamlandi.
Jadid   maktablari   soni   mahalliy   maktabdorlar,   hur   fikrli   ziyolilar   sa’y-harakati
hisobiga   ancha   ortdi.   Bu   hol   mustamlakachilarning   jadid   maktabdorlariga   qarshi
kurashini  yanada faollashtirdi. Farg‘ona viloyati  xalq o‘quv yurtlari  inspektori O.
Yegorov   1909-yilda   Turkiston   o‘lkasidagi   rus-tuzem   maktablarining   faolyatga
bag‘ishlangan   maxsus   kengashda   kuyunib   shunday   degan   edi:   “Yaqin   kelajakda
yangi usuldagi mahalliy maktablarning keng yoyilishi va ularga nisbatan mahalliy
aholi e’tiborining keskin ortib borishi  bilan rus-tuzem  maktablari batamom  xarob
bo‘ladi” 119
.
Usuli   jadid   maktablarini   butunlay   yopib   qo‘yish   yoki   taqiqlashdan
gubernatorlik ma’muriyati qo‘rqar edi, chunki bu ish bunday maktablarni yashirin
ravishda   tashkil   qilishga,   ayniqsa,   mahalliy   xalqning   qattiq   norozilik   harakatiga
olib   kelar,   ko‘plab   yoshlarning   chet   elga,   birinchi   navbatda,   Turkiyaga   borib
o‘qishiga yo‘l ochilar edi. Shuning uchun mahalliy pedagoglarning “usuli savtiya”
(“tovush   usuli”)   metodiga   asoslangan   maktablarni   ochishi   gubernatorlik
ma’muriyati   tomonidan   qattiq   nazorat   ostiga   olindi.   Shu   munosabat   bilan   1909-
yilda   Turkiston   o‘quv   okrugi   qoshida   maxsus   komissiya   “Farmoyish”   ishlab
chiqdi.   Unga   kо`rа:   Mаhаlliy   mаktаblаr   gubernаtоrlik   mа’muriyаtining   mаxsus
ruxsаtnоmаsi bilаn оchilаdi. Mаhаlliy mаktаblаrni оchish vа undа о‘qitish siyоsiy
jihаtdаn   tо‘lа   ishоnchli   bо‘lgаn   Rоssiyа   fuqаrоlаrigаginа   ruxsаt   etilаdi.   Mаhаlliy
mаktаb   qаysi   millаt   bоlаlаri   uchun   оchilаdigаn   bо‘lsа,   uning   о‘qituvchilаri   hаm
о‘shа   millаtgа   mаnsub   bо‘lishi   shаrt.   Mаhаlliy   mаktаblаrdа   fаqаt   Rоssiyа
tsenzurаsi   ruxsаti   bilаn   chоp   etilgаn   kitоblаrginа   о‘qitilаdi.   Mа’muriy   pоlitsiyа
119
  Алимова Дилором. Жадидчилик Феномени. Т. : 2022 - Б   152
57 idоrаlаridа   ishlоvchi   mаs’ul   shаxslаr   zimmаsigа   bаrchа   mаhаlliy   musulmоn
mаktаblаrini   аniq   rо‘yxаtgа   оlib   bоrish   vа   rо‘yxаtdаn   о‘tmаgаn   mаktаblаrning
fаоliyаt kо‘rsаtishigа yо‘l qо‘ymаslik vаzifаsi yuklаtilаdi.
  Maxsus   ruxsatsiz   maktab   ochgan   shaxslar   maktab   ochish   va   o‘qituvchilik
ishidan   abadiy   mahrum   etiladi.   Mahalliy   maktablardagi   o‘qitish   ishlari   va   ularda
joriy   etilgan   tartib-qoidalarga   rioya   etilishi   ustidan   nazorat   qilib   turish   mahalliy
ma’murlarga hamda maktab nozirlariga yuklatiladi 120
.
Natijada Rossiyadan kelgan tatarlar tomonidan ochilgan va ochilayotgan “usuli
jadid”   maktablarining   faoliyati   to‘xtatildi,   bunday   maktablarining   soni   keskin
kamayib  ketdi.  Bu  maktablar  uchun  mahalliy  mualliflarning  darsliklari  yo‘q  yoki
yetarli emas edi. Atoqli maorifchi Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” alifbo
darsligi nihoyatda kam miqdorda nashr qilingan bo‘lib, hatto rus-tuzem maktablari
uchun   ham   yetishmas   edi.   “Usuli   jadid”   maktablarida   Majid   Qodiriy   tomonidan
yaratilgan   va   1910-yilda   nashr   etilgan   “Hisob”   darsligiga   qadar   Qozonda,
Turkiyada nashr qilingan matematika bo‘yicha turli darsliklardan foydalanilar edi.
Buning   ustiga,   “Farmoyish”ga   binoan   “usuli   jadid”   maktablarida   muvaffaqiyat
bilan o‘qitilayotgan hamda Turkiyada nashr etilgan darsliklardan foydalanish man’
etildi.   Bu   ham   jadid   maktablarining   keng   ko‘lamda   faoliyat   ko‘rsatishiga   katta
to‘siq   edi.   Shuning   uchun   ham   jadid   pedagoglaridan   Hoji   Muin   Shukrullayev
ko‘plab   “usuli   jadid”   maktablarining   yopilib   qolayotganini   mahalliy
o‘qituvchilarning,   birinchidan,   “usuli   savtiya”   usulidan   xabarsizliklari   bo‘lsa,
ikkinchidan,   bunday   maktablar   uchun   maxsus   darsliklarning   yo‘q   darajada
ekanligida, deb ko‘rsatadi 121
.
Farmoyish   asosida   Turkiston   o‘lkasidagi   bir   necha   maktablar   yopib   qo‘yildi,
o‘qituvchilari   tintuv   qilindi.   Jadid   mutafakkirlariga   qarshi   olib   borilayotgan
bunday   ta’qiblar   haqida   Sadri   Maqsudiy 122
  1912-yilda   uchinchi   chaqiriq   Rossiya
120
  Алимова Дилором. Жадидчилик Феномени. Т. : 2022 - Б   109
121
 Hoji Muin. Birinchi o‘zbek alifbolari. “Maorif va o‘qitg‘uchi” jurnali. 1926 y. 2-son.
122
  Sadri   Maqsudiy   (Maqsudov   Sadriddin   Nizomiddinovich-1880-1957)   davlat   va   jamoat   arbobi,   Rossiya   Davlat
dumasi   a’zosi,   1880   yilda   Qozon   uezdining   Toshsuv   qishlog‘ida   tatar   mullasi   oilasida   tug‘ilgan.   Qozon
madrasasida,   Bog‘chasaroyda   Ismoilbek   Gasprali   maktabida,   1901-1906   yillarda   Parij   universitetining
huquqshunoslik   fakultetida   o‘qigan,   huquqshunoslik   nomzodi.   1917   yil   oktyabr   inqilobini   qabul   qilmagan.   1919
58 Davlat   dumasi   minbaridan   turib   quyidagilarni   bayon   qilgan   edi:   “Har   bir
millatning   o‘ziga   xos   muqaddas,   qadrli   odatlari   mavjud.   Adolatli   davlat
xalqlarning bunday qadriyatlariga qarshi hech vaqt daxl qilmaydi. Bular millatning
tili,   badiiyati,   maktabi   va   boshqalardir.   Bizning   hukumatimiz   esa   turkiy
millatlarning muqaddas  odatlariga qarshi  muntazam  ravishda tajovuz  qilib turadi:
maktablarimiz,   adabiyotimiz,   badiiyatimiz   ta’qib   ostiga   olinadi.   Faqat   bir   yil
davomida   150   dan   ortiq   eng   e’tiborli   o‘qituvchilar,   mullalarning   uylari   tintuv
qilindi. Qo‘qon shahrida mahalliy inspektor  farmoyishi  bilan 20 ga yaqin maktab
yopildi   va   o‘qituvchilari   haydab   yuborildi.   Toshkentda   Munavvarqoriga   madrasa
qoshida   rus   sinfi   ochishga   ruxsat   berilmadi,   Namanganda   Husain   Makayev
o‘qituvchilik ishidan chetlashtirildi” 123
.
Generаl-gubernаtоrlik   mа’murlаri   usuli   jаdid   mаktаblаrining   keng   qulоch
yоzishigа   qаnchаlik   tо‘siqlаr   qо‘ymаsin,   tаbiiy-tаrixiy   jаrаyоnni   tо‘xtаtа   оlmаdi.
“Usuli   jаdid”   nоmini   оlgаn   “usuli   sаvtiyа”gа   аsоslаngаn   mаktаblаr   mоhiyаt
e’tibоri   bilаn   “rus-tuzem”   mаktаblаrigа   qаrshi   vujudgа   keldi.   “Usuli   jаdid”
mаktаblаridа   milliy   mа’nаviyаti   yuksаk,   millаt,   Vаtаn   istiqbоli   uchun   jоn
kuydiruvchi   yоshlаrni   tаrbiyаlаb   yetishtirish   birinchi   о‘rindа   turgаn.   Jаdid
pedаgоglаrining   buyuk   xizmаtlаri   shundаki,   ulаr   mаktаblаrdа   оnа   tilidа   tа’lim-
tаrbiyа   berishgа,   milliy   аdаbiyоt,   musulmоn   dini   vа   mа’nаviyаti   аsоslаrini
о‘qitishgа   hаl   qiluvchi   mаsаlа   sifаtidа   qаrаdilаr.   Chunki   ulаr   millаtning   о‘zligini
sаqlоvchi аsоsiy vоsitа оnа tili vа milliy аdаbiyоt deb bildilаr. 
1905-yildan keyin g‘ayriruslar (turkiy xalqlar) maorifi muhokamasi yana jiddiy
tus oldi. Rossiya maorif vazirligidagi korchalonlar musulmonlar uchun ochilgan va
ochilayotgan   davlat   tasarrufidagi   maktablarida   ona   tilini   kirill   alifbosida   o‘qitish
masalasini ko‘tardilar. Bunga qarshi “Tarjimon” gazetasi yozadi: “Ey go‘spo‘dalar,
aqla   murojaat   eting.   Bizim   o‘z   alifbomiz   vor:   ham   diniydur,   ham   dunyoviydur.
yilda Parijda Tinchlik konferentsiyasida  ishtirok etgan va turkiy xalqlar  huquqlarini  himoya qilishga da’vat  etgan.
1925   yilda   Mustafo   Otaturk   taklifi   bilan   Turkiyaga   boradi,   ko‘p   yillar   Istanbul   va   An-qara   universitetlarida   dars
beradi.   U   hayotining   34   yilini   Rossiyada,   11   yilini   Frantsiyada   va   32   yilini   Turkiyada   o‘tkazdi.   Sadri   Maqsudiy
1957 yil 20 fevralda Turkiyada vafot etdi.
123
  Мусулманские   депутаты   Государственной   думы   России  1906-1917  гг .  Уфа, «Китап», 1998, стр.178-179.
59 Ruscha   va   fransuzcha   o‘qiymiz,   lekin   o‘z   alifbomizni   hech   bir   vaqt,   hech   bir
o‘rinda   tark   etmaymiz…   Bu   ishda   mantig‘sizlig‘g‘ami   taajjub   edalim   yoki   izhor
o‘linan haqoratami hayron o‘lalim?!” 124
.
1909-yilda   Rossiya   Davlat   dumasida   –   “G‘ayriruslarning   davlat   tasarrufidagi
maktablarda   ta’lim-tarbiya   qaysi   tilda   olib   borilishi   kerak?”   degan   mavzu   yana
muhokama   etiladi.   Unga   binoan   “turkistonliklarning   adabiy   tili   yo‘qligi”   sababli
ta’lim-tarbiya   faqat   rus   tilida   olib   boriladi,   agar   mahalliy   so‘zlarga   ehtiyoj
tug‘ilgan   taqdirda   esa   arab   yozuvida   emas,   faqat   kirill   yozuvida   ta’lim   beriladi,
degan   farmoyish   e’lon   qilinadi.   Bu   farmoyish   turkiyzabon   ziyolilarning,
pedagoglarning   qattiq   noroziligiga   sabab   bo‘ldi.   Unga   qarshi   “Tarjimon”
gazetasida e’lon qilingan “Chig‘atoy tili” sarlavhali maqola e`lon qilindi 125
.
Rossiya   imperiyasi   tasarrufidagi   turkiy   xalqlarni   ruslashtirishga   qaratilgan
Ilminskiy   usulini   Turkiston   o‘lkasi   ta’lim-tarbiya   tizimiga   tatbiq   qilar   ekanlar,
ularni “usuli qadim” tarafdorlari emas, “usuli jadid” ijodkorlari, tarafdorlari qattiq
tashvishga   soldi.   Buning   sabablarini   Ilminskiyning   o‘zi   shunday   izohlaydi:
“Taraqqiyot   sari   yuz   tutib,   isloh   bo‘layotgan   musulmonlik   G‘arb   madaniyati
keltirib  chiqargan  texnik  imkoniyatlardan  foydalansa,  shu   bilan  birga,   zamonaviy
maktablar   ochishga   kuchini   safarbar   etsa,   u   yangi   tarixiy   bosqichga   chiqadi   va
nasroniylik uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli Gasprinskiy ilgari surayotgan
jadidchilik oqimiga qarshi  chiqishga majburmiz. Rus hukumati va ziyolilari jadid
maktablarining   ochilishiga   ruxsat   berish   bilan   o‘zlari   o‘tirgan   daraxt   shoxini
kesmoqdalar” 126
.
Mаnа   shundаy   оg‘ir   shаrоitdа   о‘zbek   jаdid   pedаgоglаri   оnа   tili   hаmdа   milliy
аdаbiyоtni о‘qitishgа millаtning hаyоt yоki mаmоti mаsаlаsi sifаtidа qаrаdilаr, оnа
tili vа аdаbiyоt о‘qitishning nаzаriy vа аmаliy аsоslаrini ishlаb chiqdilаr. Bundаy
mаsаlаlаr  ulаrning dаrsliklаridа о‘z ifоdаsini  tоpdi. Milliylik vа milliyаt  mаsаlаsi
Behbudiy,   Munаvvаrqоri,   Аvlоniy,   Fitrаt   kаbi   mutаfаkkirlаr   fаоliyаtidа   hаl
124
 Реч С.Максудова на Гос.Думе // «Таржимон», 1909, 10-сон.
125
 Chig‘atoy dili. // Tarjimon, 1911, 4 mart.
126
 Mehmet Saroy. Turk dunyosida ta’lim islohoti va Gasprali Ismoil. Anqara. 1987 yil., 30-bet.
60 qiluvchi   аhаmiyаt   kаsb   etdi.   Mаhmudxо‘jа   Behbudiyning   bu   hаqdаgi   sо‘zlаrigа
e’tibоr   bering:   “Barchamizga   oftob   kabi   ravshan   va   ayondurki,   makotib
taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng
avvalo   makotibi   ibtidoiysini   zamoncha   isloh   etib   ko‘payturmaguncha,   taraqqiy
yo‘lig‘a   kirub,   madaniyatdin   foydalanmas.   Binoan   alayh,   yer   yuzidagi   barcha
millatlar o‘z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig‘a va maktablarining har jihatdan intizom
va akmolig‘a  ahamiyat  berib,  bolalarini   milliy  va diniy  ruhda  mukammal  suratda
yetushdururlar. Aning uchundurki, o‘zga millatlar diniy va milliy hissiyotg‘a molik
bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam tutarlar” 127
.
Turkiston   o‘lkasida   esa   Gasprali   g‘oyalarining   yangi   sharoitdagi   davomchilari
Munavvarqori   va   Behbudiylar   bo‘ldi .   Chunki   jаdid   mutаfаkkirlаri   tоmоnidаn
оchilgаn   mаktаblаr   vа   ulаrning   tа’lim-tаrbiyа   sоhаsidаgi   fаоliyаti   Rоssiyа
imperiyаsidаgi   rus   bо‘lmаgаn   millаtlаrni   ruslаshtirish   siyоsаtini   аmаldа   yо‘qqа
chiqаrаr edi.
III BOB.  TURKISTON  ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIDA
JADID MAKTABLARINING O‘RNI
3.1  “ Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni
Turkistondagi milliy ziyolilarimiz asos solgan yangi-usul maktablarining juda
ko`plab   bituruvchi   o‘quvchilari   jamiyatning   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy   hamda
127
 M.Behbudiy. Muhtaram yoshlarg‘a murojaat. “Oyna” jur. 1914 y. 41-son.
61 madaniy   hayotida   alohida   o`rin   egallaganlar.   Turkiston   taraqqiyotida   va   xalq
farovonligi yo`lida xizmat qilganlar .
Samarqand yaqinidagi Dehnav qishlog‘ida tug‘ilgan, turkiy bahrin urug‘idan
bo‘lgan   Bahrombek   Turkiston   mustaqilligi   uchun   kurashgan   istiqlolchilik
harakatining   yetuk   namoyandalaridan   bo‘lgan.   Bahrombekning   qo‘l   ostida   2000
dan ortiq yigit bo‘lib, u va uning yaqin do‘sti Hamroqulbek Abdulqodir Shakuriy
(1875-1943)   ochgan   Samarqanddagi   dastlabki   jadid   maktabida   birgalikda   tahsil
olishgan.   Bahrombek   jadidchilik   g‘oyalarining   faol   tarafdori   bo‘lib,   umuman,
Samarqand   qo‘rboshilarining   aksariyati   jadid   maktablarining   sobiq   o‘quvchilari
bo‘lib, ularga Turkiston taraqqiyparvarlarining g‘oyalari kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Samarqand viloyatida olib borilgan istiqlol janglaridan keyin, 1922-yil yozida
Bahrombek   bilan   bolsheviklarning   vakillari   Nazir   To‘raqulov   va   boshqalar
o‘rtasida o‘zaro sulh tuzish uchun muzokaralar olib borilgan. Shakuriy domla unda
vositachilik qilgan. Samarqanddagi Registon maydonida, Sherdor madrasasi oldida
imzolangan sulh bitimiga binoan Bahrombek o‘zining 200 ta eng yaqin safdoshlari
bilan   muayyan   shartlar   asosida   sovet   hokimiyati   tomoniga   o‘tadi.   Biroq
bolsheviklar   va   qizil   armiya   qo‘mondonligi   Bahrombekni   jisman   yo‘qotish
uchungina   unga   sulh   taklif   qilgan   edi 128
.   Sulhdan   keyin   Bahrombek   qamoqqa
tashlandi.   Bunday   subutsizlikni   ko‘rgan   Turkiston   ASSRdagi   milliy   rahbar
xodimlar Bahrombekni xavfdan ogohlantirib, tutqunlikdan uni ozod qiladilar.
Sаmаrqаnddаgi   Аbduqоdir   Shаkuriy   mаktаbining   yаnа   bir   mаshhur
nаmоyаndаsi   Vаdud   Mаhmud   bо`lib,   u   1898-yildа   Sаmаrqаndning   Yuqоri
Dаrg‘аm   tumаnidаgi   Tаylоq   qishlоg‘idа   tug‘ilgаn.   Оtаsi   Mаhmud   Pirmuhаmmаd
mаsjiddа   imоm   bо‘lib   ishlаgаn   (1905-yili   vаfоt   etgаn).   Оnаsi   Аnbаrа   (1934-yili
vаfоt etgаn) esа uy Bekаsi bо‘lib bоlаlаri tаrbiyаsi bilаn muntаzаm shug‘ullаngаn.
Vаdud   Mаhmud   dаstlаb   Sаmаrqаnddа   Аbduqоdir   Shаkuriyning   mаktаbidа   tehsil
оlgаn.   Keyinchаlik   Ufаdаgi   Оliyа   mаdrаsаsidа   (1917-1918),   Sаmаrqаnd
128
 Алимова Д.А. ХХ асрнинг дастлабки уттиз йиллигида Ўзбекистонда маданият муаммоларини ўрганиш 
тарихидан//Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. -1995. -№ 10. -Б.59
62 pedkursidа (1918), Mоskvаdаgi V.Bryusоv nоmli Оliy Аdаbiyоt institutidа (1925-
1926)   bilim   оlgаn.   Tоshkent   shаhridаgi   SАGUning   iqtisоd   fаkultetigа   (1923-y.)
erkin   tinglоvchi   bо‘lib   qаtnаgshаn   .   Vаdud   Mаhmud   1919-1925-yillаr   оrаlig‘idа
о‘qituvchilik   bilаn   hаm   shug‘ullаngаn,   Sаmаrqаnd   hаmdа   Jizzаx   shаhаrlаridа
mаоrif bоshqаruvidа fаоliyаt yuritgаn.
1926-1927-yillаrdа  “Mаоrif  vа о‘qitg‘uvchi” jurnаlidа  muhаrrir  yоrdаmchisi
bо‘lib,   1926-1929-yillаrdа   esа   TаjGIZdа   tаrjimоn   vа   dаrsliklаr   tuzuvchi   bо‘lib
fаоliyаt   yuritgаn.   Vаdud   Mаhmud   fаоliyаtining   mа’lum   qismi   Tоjikistоn
Respublikаsi   Fаnlаr   аkаdemiyаsi   Rudаkiy   nоmidаgi   Til   vа   аdаbiyоt   institutidа
о‘tdi.   U   mаnа   shu   ilmiy   muаssаsаdа   yetаkchi   xоdim   bо‘lib   ishlаgаn   Vаdud
Mаhmud   “Fаrhаngi   zаbоni   tоjiki”ni   tuzishdа   ishtirоk   etdi,   mumtоz   shаrq
she’riyаtigа     tаdqiqоtlаr   bilаn   bilаn   shug‘ullаnаdi,   xоtirа   vа   estаliklаr   yоzаdi.   U
1976-yildа vаfоt etgаn.
Adabiyot   maydoniga   Samarqand   adabiy   muhiti   orqali   XX   asr   20-yillar
arafasida   kirib   kelgan   Vadud   Mahmud   bu   jarayonga   juda   faol   aralashadi.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Abduqodir   Shakuriy,   Vasliy,   Siddiqiy   Ajziy,   Sadriddin
Ayniy, Hoji Muin, Abdurauf Fitrat va Tamhid Samarqandiy singari muharrir, shoir
va   muallimlar   muhitida   tarbiya   topadi,   ta’lim   oladi,   shakllanadi.   Uning   adabiy-
tanqidiy,   publitsistik   maqolalari   “Kambag‘allar   tovushi”,   “Zarafshon”,
“Turkiston”,   “Inqilob”,   “Maorif   va   o‘qitg‘uvchi”,   “Yer   yuzi”   kabi   gazeta   va
jurnallarda   “Vov”,   “V.M.”,   “Vadud   Mahmudiy”,   “Vadud   Mahmud   o‘g‘li”   kabi
imzolar bilan muntazam nashr qilinib turgan. V.Mahmud mumtoz sharq adabiyoti
namoyandalari, mavjud adabiy jarayon xususida Cho‘lponning “Buloqlar”i (1923),
“Hind   ixtilolchilari”   (1923),   “Turk   shoiri   Ajziy”   (1924),   “Adabiy   tanqidga   bir
nazar”   (1924),   “Alisher   Navoiy”   (1925),   “Fuzuliy   Bag‘dodiy”   (1925)   kabi   qator
qimmatli maqolalar yozgan 129
.
Vаdud   Mаhmudning   fаоliyаtini   zimdаn   kuzаtib   turgаn   siyоsiy   bоshqаrmа
xоdimlаri   1930-yil   17-аvgust   kuni   uning   uyini   tintuv   qilib,   Vаdud   Mаhmudni
129
 Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. – Toshkent: G‘.G‘ulom, 2009. – B. 114
63 qаmоqqа   оlаdilаr.   Ungа   “millаtchilik,   аksilinqilоbiy   tаshkilоt   fаоliyаti   hаqidа
dаvlаt   tаshkilоtlаrigа   xаbаr   bermаgаnlik,   bаhоizm   bilаn   shug‘ullаngаnlikdа”   аyb
qо‘yаdilаr.   ОGPU(Объединённое   гасударственное   политическое   управление)
hаy’аtidаgi   mаxsus   kengаsh   1931-yil   3-оktаbr   kunidа   uch   yil   muddаtgа   mehnаt
tuzаtish   lаgerlаridа   hаmdа   qо‘shimchа   yаnа   uch   yil   dаvimidа   Qоzоg‘istоndа
ishlаshgа   mаjbur   qilinаdi.   U   uch   yil   Tоshkentdа   hibsdа   sаqlаngаch,   Оlmаоtаgа
surgun qilingаn. 1936-yil оxiri 1937-yil bоshlаridа surgundаn uyigа qаytib kelаdi.
Lekin   оrаdаn   kо‘p   yil   о‘tmаy,   1937-yil   18-аvgustdа   “Milliy   ittihоd»ning   fаоl
а’zоsi   bо‘lgаnlikdа,   ushа   pаytdа   аksilinqilоbiy   vа   millаtchilik   tаshviqоtini   оlib
bоrgаnlikdа, mаshhur millаtchi Ismоil Sаdriy bilаn аlоqаdоrlikdа” аyblаnаdi vа 10
yilgа Аrxаngelsk vilоyаtidаgi Kаrgоpоl lаgerigа surgun qilingаn. 1944-yili ushbu
qаmоqxоnаdа u mаhbuslаr  о‘rtаsidа bаhоizmni  tаrg‘ib qilmоqdа degаn аyb bilаn
yаnа   10   yil   muddаtgа   hukm   qilinаdi   hаmdа   bu   muddаtni   1959-yili   utаb
Sаmаrqаndgа qаytib kelаdi.
Toshkentdagi   mashhur   Munavvar   Qori   Abdurashidxonovning   yangi   usul
maktabi   tinglovchisi   va   Munavvar   Qorining   o`quvchilaridan   hisoblangan   Hаmzа
Hаkimzоdа   о‘zbek   shоiri,   drаmаturgi,   jаmоаt   аrbоbi   hаmdа   О‘zbek   SSR   xаlq
shоiri   (1926)   bо`lgаn.   U   mumtоz   she’riyаt   vаzni   аruzni   xаlq   she’riyаti   vаzni
bо‘lgаn   bаrmоq   hisоbigа   tо‘ldirgаn.   Hаmzа   О‘zbekistоn   mаdаniyаti   tаrixi
tаrаqqiyоtigа nаfаqаt drаmаturg vа shоir bо‘lib, bаlki teаtr аrbоbi, bаstаkоr hаmdа
musiqаchi   sifаtidа   hаm   sаlmоqli   hissа   qо‘shgаn.   Bugungi   kundа   О‘zbek   dаvlаt
аkаdemik vа drаmа teаtri Hаmzаning shаrаfigа nоm berilgаn.
Hаmzа   Hаkimzоdа   kаmbаg‘аllаrgа   tekin   mаktаb   tаshkil   etib   berdi   hаmdа
undа   о‘zi   dаrs   о‘tdi.   She’rlаr   yоzishni   u   1899-yildаn   о‘zbek   аdiblаri   Muqimiy
hаmdа   Furqаtlаrning   ijоdlаriidаn   ilhоmlаngаn   hоldа   yоzа   bоshlаydi.   Hаmzаning
inqilоb yillаridаn оldin yоzilgаn аsоsiy  аsаri  о‘zbek hаmdа tоjik tillаridа bitilgаn
she’riy   «Devоn»   (1905   -   1914)i   u   vаfоt   etgаnidаn   keyin   nаshr   qilingаn.   1916   -
1919-yillаr   mоbаynidа   Hаmzа   yettitа   she’riy   tо‘plаmlаrini   nаshr   ettirаdi,   ulаrdа
shоirning   inqilоbiy-demоkrаtik   mа’nаviyаtshunоslik   yо‘lidаn   inqilоb   jаngchisi
64 bо‘lgаnligi   sezilаdi 130
.   “Xushbо‘y   аtirgul”   tо‘plаmidаn   о‘rin   egаllаgаn   she’rlаri
о‘zbek tilidаgi prоletаriаt she’riyаtning ilk nаmunаlаri hisоblаnаdi.
Оktyаbr   inqilоbidаn   keyin   1917-yil   Hаmzа   Qо‘qоn   vа   Fаrg‘оnаdа   fаоliyаt
yuritib, Turkistоn frоntidа Qizil Аrmiyаgа xizmаt qiluvchi sаyyоr teаtr truppаsini
tаshkillаshtirаdi.   Turkfrоnt   Siyоsаt   bо‘limidа   ishchi   bо‘lib   xizmаt   kо‘rsаtаdi,
keyinrоq   tumаn   siyоsаt   mа’nаviyаt   bо‘limidа   ishlаydi.   1918-yil   u   о‘zbek   sоvet
drаmаturgiyаsidаgi ilk аsаr bо‘lgаn “Bоy ilа xizmаtchi” sаhnа аsаrini yаrаtаdi 131
.
Ijоdiy  ishlаri:  “Devоn”   (1905-14),  “Rаmаzоn”   (1914),  “Yаngi  bаxt”  (1915),
“Zаhаrlаngаn   hаyоt”   (1916),   “Xushbо‘y   аtirgul”   (1919),   “Bоy   ilа   xizmаtchi”,
“Mаysаrаning   ishi”   (1926),   “Pаrаnjining   sirlаri”   (1927),   “Fаrg‘оnа,   Buxоrо   vа
Xivа qо‘shiqlаri” (1931) 132
 .
Munаvvаr Qоri mаktаbining yаnа bir о`quvchisi Elbek hisоblаngаn. uning аsl
ismi   Yunusоv   Mаshriq   bо‘lib   u   1898-yil   Bо‘stоnliq   tumаni   Xumsоn   qishlоg‘idа
tug‘ilgаn.   U   1911-yildа   muhtоjlik   nаtijаsidа   Tоshkentgа   kо‘chib   kelib,   qоrа
mehnаt   bilаn   shug‘ullаngаn.   U   Xizmаtdаn   bо‘sh   vаqtlаridа   “Xоniy”   mаktаbi
(1911), sо‘ng Аvlоniyning “usuli sаvtiyа” mаktаbi (1914)dа tаhsil оlgаn. Shu bilаn
birgаlikdа   bоsmаxоnаdа   ishlаb,   gаzetа   sоtish   оrqаli   kun   kо‘rgаn.   Nаrimоnоv
nоmidаgi   tа’lim-tаrbiyа   texnikumidа   о‘qituvchilik   fаоliyаtini   bоshlаgаn   (1920-
yildаn).   Mаdаniy   qurilish   ilmiy   tekshirish   institutidа   ilmiy   xоdim   (1931—34)
bо‘lib ishlаgаn.
Ijodi   1917-yildan   boshlangan.   Dastlabki   she’rlari   “El   bayrog‘I”,   “Turon”,
“Turk   so‘zi”,   “Ulug‘   Turkiston”   gazetalari,   shuningdek,   “O‘zbek   yosh   shoirlari”
to‘plami   (1922)da  bosilgan.  Elbek  – “Armug‘on”,  “Yolqinlar”  (1925), “Sezgilar”
(1927),   “Mehnat   kuylari”,   “G‘unchalar”,   “Chirchiq   bo‘ylarida”   (1935),   “Bolalar
qo‘shig‘I”,   “SHe’rlar   to‘plami”   (1936),   “SHe’rlar”   (1937)   singari   she’riy
to‘plamlar, “Anorgul” (1926), “Go‘zal qiz” (1927), “Turkiston” (1928), “Bizniki”,
“Paxta”, “O‘tmishim”, “Chirchiq” (1929), “Batrak kolxozi” (1930), “O‘zbekiston”
130
 https://arboblar.uz/uz/people/khamza-khakimzade-niyazi
131
 https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/buyuk-shaxslar/item/6850-hamza-hakimzoda-niyoziy
132
 Karimov Naim. “XX asr o’zbek adabiyoti”. T., 1996-yil 58-bet
65 (1934),  “Bog‘bon”,  “Etik”,  “Mergan”   (1935)   singari   dostonlar,  “Tozagul”  (1934)
she’riy   romani,   “Qo‘shchi   Turg‘un”   (1925),   “Dadamat”   (1936)   hikoyalar   kitobi
muallifi 133
.
Elbek   she’riy   vа   nаsriy   аsаrlаridа   о‘zbek   xаlqining   yаqin   tаrixidаn   оlingаn,
shu   jumlаdаn,   shоirning   kechmish-kechirmishi   bilаn   bоg‘liq   vоqeаlаr   tаsviri
muhim   о‘rinni   egаllаydi.   U   tаrixiy   о‘tmishgа   murоjааt   etgаnidа   hаm,   zаmоnаviy
mаvzulаrdа   qаlаm   tebrаtgаnidа   hаm   ibrаtli   vоqeаlаrni   tаsvirlаshgа,
zаmоndоshlаrining,   аyniqsа,   yоsh   аvlоdning   dunyоqаrаshi   vа   аxlоq-оdоbini
shаkllаntirishdа   kаttа   аhаmiyаtgа   egа   bо‘lgаn   mаsаlаlаrni   kо‘tаrishgа   intilgаn.
Elbek   shu   mаqsаddа   hаmmа   uchun   tushunаrli,   оmmаbоp   til   vа   uslubdа,   mаsаl,
rivоyаt,   qо‘shiq   singаri   xаlqchil   jаnrlаrdа   аsаrlаr   yоzishgа   аlоhidа   e’tibоr
bergаn 134
.   А.   Аvlоniy   vа   Hаmzа   qаtоri,   Elbek   hаm   mаsаl   jаnridа   оlib   bоrgаn
izlаnishlаri   bilаn   Gulxаniyning   mаsаlnаvislik   аn’аnаlаrini   dаvоm   ettirgаn,
bоlаlаrgа   bаg‘ishlаngаn   аsаrlаri   bilаn   о‘zbek   bоlаlаr   аdаbiyоtining   rivоjlаnishigа
sezilаrli  hissа  qо‘shgаn, XX  аsr  о‘zbek  аdаbiyоtidа birinchi  bо‘lib she’riy rоmаn
jаnrini bоshlаb bergаn.
Elbek   2,   4-sinf   o‘quvchilari   uchun   “Yozuv   yo‘llari”   (1-bo‘lak,   1921),
“O‘rnak”,   “Boshlang‘ich   maktabda   ona   tili”   (1923),   “Go‘zal   yozg‘ichlar”   (1925)
kabi   o‘quv   qo‘llanmalari   va   majmualarni   yaratgan.   Xalq   og‘zaki   ijodi
materiallarini   to‘plash   va   o‘rganish   maqsadida   1921-1922-yillarda   Bo‘stonliq
tumaniga,   1932-yilda   esa   Ohangaron   va   Chirchiq   tumanlariga   hamda   Farg‘ona
vodiysiga   ekspeditsiya   uyushtirgan.   Elbek   ilmiy   safarlar   natijasida   to‘plangan
materiallardan 1, 3-sinflar uchun “Bilim” to‘plamida keng foydalangan. “Ashulalar
to‘plami”   (1934—1935-yillarda   2   marta   nashr   etilgan),   “Laparlar”   va   “Ertaklar”
(1935) to‘plamlarini e’lon qilgan 135
.
133
 https://uzpedia.uz/pedia/elbek
134
 Долимов У.Туркистонда   жадид   мактаблари. –Тошкент Университет, 2006. – Б. 27
135
  https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/elbek-1898-1939
66 Elbek   I.A.   Krilov,   A.S.Pushkin   hamda   N.A.   Nekrasovlarning   bir   qancha
she’rlarini   o‘zbek   tiliga   o‘girgan.   Uning   muallifligida   tuzilgan   “O‘zbekcha
shakldosh so‘zlar” lug‘ati (1934) o‘zbek tilidagi ilk omonimlar lug‘ati hisoblanadi.
Elbek   1937-yilda   qatag‘on   qilinib   10   yillik   jazo   muddatini   o‘tash   uchun
Magadanga   jo‘natilgan   hamda   o‘sha   yerda   vafot   etgan.   U   1957-yil   1-avgustda
oqlangan.
Munavvar Qori Abdurashidxonov yangi usulmaktabining yana bir bitiruvchisi
Qayum   Ramazon   1900-yilda   Toshkentda   tavallud   topgan.   O‘zbek   pedagogi,
jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunosi, Qayum, O‘ktam, Turg‘unboy qori, Ramazon
qori   kabi   taxalluslar   bilan   ijod   qilgan.   Dastlab   Munavvarqorining   yangi   usul
maktabida   tehsil   olgan.   Keyinchalik   madrasada,   Boku   pedagogika   institutida
(1916–17)   o‘qigan.   1918–1921-yillarda   o‘qituvchilar   tayyorlash   kursi   va
boshlang‘ich   maktablarda   o‘qituvchi   bo`lib   faoliyat   ko`rsatgan.   1919-yilda   Fitrat
bilan   birga   “Chig‘atoy   gurungi”ni   tashkil   qilgan   va   unda   kotib   bo‘lib   ishlagan.
1921-1923-yillarda   “Qizil   bayroq”   va   “Turkiston”   gazetalarida   adabiy   xodim
bo`lib   ishlagan.   1934-1937-yillarda   Fan   qo‘mitasi   huzuridagi   Til   va   adabiyot
instituti   dotsent   lavozimida   ishlagan.   O‘zbek   maktablari   uchun   dastlabki   ona   tili
darsliklarini   yaratgan 136
.   1918-yilda   Fitrat   va   Sh.Rahimiy   bilan   birga   “Ona   tili”,
1919-yilda   “Bilim   yo‘llari”,  “Yozuv   yo‘llari”,   Munavvarqori   va   Sh.Zunnun   bilan
hamkorlikda 1925-1926-yillarda 4 kitobdan iborat “O‘zbekcha til saboqligi”, “Yer
1930-yilda   yuzidagi   tillar   orasida   o‘zbek   tili”,   1931-yilda   “O‘zbek   tilining   imlo
qoidalari”, 1934-yilda “O‘zbek tilining birlashgan imlo qoidasi”, Sh.Shamsiy bilan
hamkorlikda   1935-1936-yillarda   “O‘zbek   tili   ish   kitobi”   kitoblarini   yozib   nashr
etadi. U ham “Xalq dushmani” sifatida otib tashlangan. 1957-yilda oqlangan.
Munаvvаr   Qоri   1909-yildаgi   mаslаkdоsh   dо‘stlаri   Аbdullа   Аvlоniy,
Ubаydullа   Аsаdullаxо‘jаyev,   Tоshpо‘lаtbek   Nоrbо‘tаbekоv   vа   bоshqаlаr   bilаn
hаmkоrlikdа tоshkentlik bir bоyning rаisligidа “Jаmiyаti hаyriyа” ni tаshkil qildi.
136
 Алимова Д.А. ХХ асрнинг дастлабки уттиз йиллигида Ўзбекистонда маданият муаммоларини ўрганиш 
тарихидан//Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. -1995. -№ 10. -Б. 6 3
67 Munаvvаr   qоri   vа   sаfdоshlаri   jаmiyаt   оrqаli   qаshshоq   vа   kаsаlmаnd   kishilаr,
о‘quvchilаrgа   yоrdаm   kо‘rsаtish   bilаn   birgа   Rоssiyа   vа   Turkiyаdаgi   оliy   о‘quv
yurtlаrigа   tаlаbаlаr   yubоrish   bilаn   hаm   shug‘ullаnаdi.   Munаvvаr   qоri   guruhigа
mаnsub   keksа   sаn'аtkоr   Аbdurаxmоn   Аkbаrоv   о‘z   xоtirаsidа   shundаy   vоqeаni
eslаydi:   Guruhdаgi   jаdidlаrning   bоsh   rаhbаri   bо‘lgаn   Munаvvаr   Qоri   bir   kuni
tо‘dаning mаjlisigа kelib: “Ziyоli yоshlаrdаn bir nechtаsini  Germаniyаgа yubоrib
о‘qitish kerаk”, deb uzоq nutq sо‘zlаdi. Shundаn keyin tо‘dаning rаhbаrlаridаn 7-8
kishi Оrifxо‘jаbоyning yаngi shаhаrdаgi hоvlisidа shu hаqidа birinchi mаrtа mаjlis
о‘tkаzdilаr.   Оrаdаn   chаmаsi   15   kunlаr   keyin   Kаttаxо‘jа   Xо‘jаyevning   uyidа
ikkinchi   mаrоtаbа   kаttа   yig‘in   bо‘ldi.   Bu   mаjlisdа   Tоshkentning   eng   mаshhur
bоyоnlаri yig‘ildilаr. Buni tаshkil qilishdа kо‘prоq tаshаbbus kо‘rsаtgаn Munаvvаr
qоri edi. 
Оqqо`rg`оndаgi   jаdid   mаktаbi   bitiruvchisi   xаlqimiz   mа`nаviy   yuksаlishidа
xizmаt qilgаn nаmоyоndаlаrdаn biri Аbdullа Qаhhоr bо`lib, u о‘zbek аdаbiyоtigа
аjоyib   hikоyаsi   vа   ushbu   jаnrning   tengsiz   ustаsi   bо‘lib   kirib   kelgаn,   аmmо   u
rоmаnnаfiyа vа drаmаturg sifаtidа hаm  ishtirоk etаdi. Uning hikоyаlаridа о‘zbek
xаlqining   eng   yаxshi   jihаtlаri:   sоg‘lоm   аqli,   hаjviylikkа   yо‘g‘rilgаn   hаyоtiy
dоnоligi   nаmоyоn   bо‘lаdi 137
.   Аdаbiyоt   sоhаsidаgi   xizmаtlаri   uchun   Аbdullа
Qаhhоrgа о‘limidаn sо‘ng “О‘zbekistоn xаlq yоzuvchisi” unvоni berilgаn. 
Аbdullа   Qаhhоr   1907-yil   17-sentаbr   kuni   Qо‘qоndа   tug‘ilgаn.   Аbdullаning
оtаsi   temirchi   bо‘lib,   оilаsi   qishlоqdаn   qishlоqqа   vаqtinchа   ish   qidirish   ilinjidа
kо‘chib   yurgаn.   Kechqurunlаri   оtаsi   ungа   surаtlаr   tushirilgаn   eskirib   ketgаn
kitоblаrdаn   hikоyаlаr   о‘qib   berаrdi.   Bаrchа   qiyinchiliklаrgа   qаrаmаy,   оtаsi
Аbdukаhhоr   Jаlilоv   vа   оnаsi   Rоhаt   о‘g‘ligа   bоshlаng‘ich   tа’limni   berа   оlishgаn.
1919-yildаn   1924-yilgаchа   Аbdullа   Оqqо rg оn   qishlоg idаgi   Mаmаjоn   qоriningʻ ʻ ʻ
yаngi-usuli   mаktаbidа   tаhsil   оlаdi.   1924-1926-yillаr   Qо‘qоn   dаvlаt   kоmsоmоllаr
qо‘mitаsidа   ishlаydi,   sо‘ngrа   Tоshkentdаgi   “Qizil   О‘zbekistоn”   gаzetаsi
137
 Каримов Н. ХХ аср бошларидаги тарихий вазият ва жадидчилик харакатининг вужудга келиши. 
//Ўзбекистоннинг янги тарихи. Концептуал-методологик муаммолар мавзуидаги илмий анжуман 
материаллари. -Т., 1995. -Б.38.
68 tаhririyаtidа   ishlаydi.   1926-1934-yillаr   ishchilаr   fаkultetidа,   keyin   birinchi   О‘rtа
Оsiyо   dаvlаt   universitetining   pedаgоgikа   fаkultetidа   tаhsil   оlаdi 138
.   1934-1938-
yillаr “Sоvet Аdаbiyоti” jurnаlidа mаs’ul kоtib, 1938-1939-yillаr Hаmzа nоmidаgi
О‘zbek аkаdemik drаmа teаtrining аdаbiy bо‘limigа bоshchilik qilаdi. 1939-yildаn
О‘zbekistоn   nаshriyоtlаridа   muhаrrir   vа   tаrjimоn   bо‘lib   ishlаydi 139
.   О‘zbek   SSR
Qо‘shmа   kоrxоnаsi   prezidiumi   rаisi   (1954-1956).   1955-yil   О‘zbek   SSR   Оliy
Kengаshi deputаti etib sаylаnаdi.
Ilk   she’ri   “Оy   kuygаndа”   nоmi   оstidа   “Mushtum”   jurnаlidа   chоp   etilgаn.
О‘zbek   nаsrnаfisligi   rivоjidа   uning   “Sаrоb”,   “Qо‘shchinоr   chirоqlаri”   rоmаnlаri,
shuningdek, “Sinchаlаk” vа “О‘tmishdаn ertаklаr” qissаlаri аlоhidа о‘rin tutаdi. 
Аbdullа Qаhhоr о‘zbek аdаbiyоtigа аjоyib hikоyаsi vа ushbu jаnrning tengsiz
ustаsi   bо‘lib   kirgаn.   Uni   hаttо   о‘zbek   Chexоvi   deb   hаm   nоmlаshаdi.   Uning
hikоyаlаridа   о‘zbek   xаlqining   eng   yаxshi   jihаtlаri:   sоg‘lоm   аqli,   hаjviylikkа
yо‘g‘rilgаn hаyоtiy dоnоligi nаmоyоn bо‘lаdi. Аbdullа Qаhhоr hikоyаlаrining tili
qisqа, nаqllаrgа bоy vа аn’аnаviy о‘zbek nаsrigа xоs dаbdаbа vа bаjаmdоrlikdаn
xоli.
Аbdullа   Qаhhоr   “Shоyi   sо‘zаnа”   hаjviy   аsаri   mаmlаkаtimiz   vа   undаn
tаshqаridаgi  kо‘plаb  teаtr   sаhnаlаrini   аylаnib,  аlоhidа  shuhrаt  qоzоngаn.   Аbdullа
Qаhhоr   о‘zbek   tiligа   rus   vа   sоvet   аdаbiyоtini   tаrjimа   qilgаn   (А.S.   Pushkinning
“Kаpitаn   qizi”,   N.V.   Gоgоlning   “Revizоr”   vа   “Uylаnish”,   L.N.   Tоlstоyning
“Urush   vа   tinchlik”,     А.S.   Serаfimоvichning   “Temir   оqim”,   M.   Gоrkiyning
“Mening   universitetlаrim”,   shuningdek,   А.P.   Chexоv,   M.S.   Shаginyаn,   K.А.
Trenyоv vа bоshqаlаrning аsаrlаri).
1968-yilning 25-mаy kuni Аbdullа Qаhhоrgа “О‘zbekistоn xаlq yоzuvchisi”
unvоni   berilgаn,   о‘limidаn   sо‘ng   “Buyuk   xizmаtlаri   uchun”   оrdeni   bilаn
tаqdirlаngаn. 
138
 Kаrimоv Nаim. “XX аsr о’zbek аdаbiyоti”. T., 1996-yil 58-bet
139
 https://аkаdemiklаr.uz/аbdullа-qаhhоr/
69 Behbudiy   qobiliyatli,   yaxshi   xulq-atvorli   bolalarni   chet   ellarga   o‘qishni
davom   ettirishga   yuborgan.   Masalan,   A.Azimiy   o‘z   xotiralarida   Behbudiy   uni
Turkiyaga   o‘qishga   yuborishga   homiy   bo‘lganligini   yozadi:   “ Siz   menim
ko‘rsatmalarimdek Istanbuldagi Boyazid talabalar jamiyatig‘a boringiz. Mening va
Gaspirinskiy afandining salom va maktubini u yerga yetkazingiz ”  deydi. Shubhasiz
Behbudiyning bunday shogirdlari ko‘p bo‘lgan .
Ma`rifatparvar   jadidlar   tashabbuslari   bilan   Turkiya da   ta'lim   olgan   mahalliy
yoshlardan   biri,   keyinchalik   mashhur   shoir,   adib   va   olim   bo‘lgan   Abdurauf
Abdurahim o‘g‘li Fitrat edi. 
Jadidlar   har   xil   xayriya   jamg‘armalarini   tashkil   etish,   boy   va   badavlat
kishilarning   ortiqcha   mablag‘larini   millat   va   Vatan   manfaati   yo‘lida   sarflashga
ham katta e’tibor berdilar.
Toshkentda   1909 - yilda   “ Ko‘mak ” ,   1913 - yilda   “ Dorilu   ojizin ”   Buxoroda
1910 - yilda   “ Tarbiyai   atfol ”   xayriya   jamiyatlari   tashkil   etiladi.   Ularning   oldiga
qo‘yilgan   asosiy   maqsad   sarmoya   topib,   jadid   maktablariga   yordam   berish   va
iqtidorli yoshlarni Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborishdan
iborat bo‘ldi 140
. 
“ Ko‘mak ” ning   ta’sischilari   Munavvarqori   Abdurashidxonov,   Nizomqori
Xasanov,   Abdulla   Avloniy,   Basharulla   Asadullaxo‘jaev   va   Toshxo‘ja
Tuyoqboevlar   bo‘ldi.   Bu   va   “ Tarbiyai   atfol ” ning   yordamida   1911 - yilda   15   ta,
1912 - yilda   30   ta   turkistonlik   iqtidorlik   yoshlar   Istanbulda   o‘qiganligi   haqida
ma’lumot bor. 
Rossiya   imperiyasining   maorif   va   madaniyat   sohasidagi   mustamlakachilik
siyosatini   o‘z   vaqtida   anglay   boshlagan   taraqqiyparvar   malakali   milliy   kadrlarni
tayyorlash   rejasini   tuzib,   Buxorodagi   “ Ma'rifat ” ,   Toshkentdagi   “ Ko‘mak ”   kabi
xayriya   jamiyatlari   orqali   iste'dodli   yoshlarni   Rossiyaning   Peterburg,   Saratov,
Qozon,   Ufa,   Orenburg   shaqarlaridagi   oliy   maktab   va   madrasalar   bilan   birga
Istanbul,   Kohira   kabi   xorijiy   shaharlardagi   dorilfununlarga   o‘qishga   yubordilar.
140
 Turdiev Sh. Ular Germaniyada o‘qigan edilar. T.: 2006, 225-bet.
70 Keyinchalik   shunday   talabalar   orasidan   Fitrat,   G‘ozi   Olim   Yunusov,   Xolid   Said,
Eson   afandi   Musaev   kabi   yozuvchi   va   olimlar,   Mustafo   Cho‘qaev,   Ubaydulla
Xo‘jaev, Norbo‘tabekov kabi huquqshunoslar yetishib chiqdi 141
. Ular yurtimizning
yangi   maorifi,   madaniyati,   ilm-fanini   rivojlantirish   va   milliy   istiqlolga   erishishi
yo‘lida faoliyat  olib bordilar. Shunday kishilarning sa'y-harakatlari  bilan 1919-yil
oktyabrida Qo‘qonda, garchand qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, Turkiston Muxtoriyat
hukumati barpo etildi.
Keyinchalik   sho‘ro   hukumatining   dastlabki   yillarida   ham   juda   ko‘plab
yoshlarimiz   xorijga   o‘qishga   aynan   jadid   ma'rifatparvarlarimiz   ko‘magida
yuborildi.   O‘sha   paytlarda   ilmiy-siyosiy   jihatdai   yetuk   kadrlar   tayyorlashda
Germaniyadagi   o‘quv   yurtlari   katta   o‘rin   tutgan.   1922 - yili   jadidlarimiz   harakati
bilan   va   homiyligi   tufayli   70   ga   yaqin   millatdoshlarimiz   o‘sha   yoqqa   o‘qishga
yuborilgan edi. 
Xulosa shuki, jadidlarning jasoratli va zahmatli, bunyodkorlik va islohotchilik
buyuk   ijodiy   –ma’rifiy   mehnatlari   samarasi   o‘laroq,   XX   asr   boshlariga   kelib,
Turkistonda tarixan haqiqiy Milliy Uyg‘onish (Renessans)  hodisasi  (davri)  paydo
bo‘ldi. Bu davrni ikkinchi bir ma’noda jadidlar Renessansi (uyg‘onishi) deb aytish
ham haqiqatga to‘g‘ri keladi.
Milliy   Uyg‘onish   yoki   jadidlar   Renessansi   xodisasi   tarixiy   taraqqiyotning
so‘nggi   bosqichidagi   uchinchi   uyg‘onishi   bo‘ldi.   U   oldingi   IX-XII   va   XIV-XV
asrlardagi ikki buyuk Uyg‘onishlarning tarixan qonuniy davomi sifatida yuz berdi.
Lekin   ulardan   farqli   ravishda   aniq   milliylik   xususiyati   va   diniy-dunyoviylik
mazmun hamda mohiyat ega bo‘ldi.
Jadidlaming   maktablari   istiqlolchilar   yetishtiruvchi   maskan   ekanligini   rus
ma'muriyati yaxshi bilgan.   
141
  Алимова   Д . А .  ХХ   асрнинг   дастлабки   уттиз   йиллигида   Ўзбекистонда   маданият   муаммоларини   ўрганиш  
тарихидан // Ўзбекистонда   ижтимоий   фанлар . -1995. -№ 10. - Б .93
71 3.2. Turkistonda sovet maktablarini shakllanishida jadid allomalarining o‘rni
va xizmatlari
XX   asr   boshida   siyosiy   hokimiyat   bolsheviklarning   qo`liga   o`tishi,   jamiyat
boshq a ruvida   yangi   tartib   o`rnatilishiga   turtki   bo`ldi.   Sovet   hukumati   Ittifoq
tarkibidagi   davlatlarning   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniy   sohalarini   bir-
bu t un   t a r t i bda   na z o r at   q i li b,   b a y na l m i ll a l―s o t	s i a li	s t i k   m adan i y   j a m i y a t   ba r p o
etishni   rejalashtirgan.   Bu   yo`lda   ta‘lim   tizimini   o`z   manfaatlariga
moslashtirmasdan   turib,   boshqaruvni   qo`lga   olib   bo`lmas   edi.   Ta‘lim
muassasalarini   qurish,   moddiy-texnik   jihozlash,   o`qituvchi   kadrlarni   tayyorlash
bilan   birga,   ularni   belgilangan   tartibda   boshqarish   kabi   tashkiliy   ishlarga   ham
bog`liq   edi.   Shu   munosabat   bilan   xalq   ta‘limida   boshqaruvni   yo`lga   qo`yish
dolzarb vazifaga   aylandi.
Sovet   hukumatining   boshqaruvni   tartibga   solish   yo`lidagi   dastlabki   qadami
xalq ta‘limida yangi  tartib o`rnatish  bo`lgan. 1917-yil  9-noyabrda maxsus  Maorif
Xalq   Komissariati   tashkil   etildi.   Uning   tаrkibigа:   Dаvlаt   ilmiy   kengаshi   (ГУС),
Mа‘muriy-tаshkiliy   bоshqаrmа,   Ijtimоiy  tаrbiyа   vа  bоlаlаr   pоlitexnik   tа‘lim   bоsh
bоshqаrmаsi   (Главсоцвос),   Kаsbiy   tа‘lim   bоsh   bоshqаrmаsi   (Главпрофобор),
Bоsh   bоshqаrmа   huquqi   аsоsidа   Respublikа   Bоsh   siyоsiy-mа‘rifiy   kоmiteti
(Главполитпросвет),   Ilmiy,   muzey,   ilmiy-bаdiiymuassasalar   bosh   boshqarmasi
(Главнаука),   Adabiyot   va   nashriyot   bosh   boshqarmasi   (Главлит),   Millati   rus   tili
bo`lmagan   xalqlar   Maorif   Kengashi   (Совнацмен)   kiritilgan.   Bundan   tashqari
RSFSR   Maorif   Xalq   Komissariati   boshqaruviga   Davlat   Nashriyoti   (Госиздат),
Markaziy davlat Foto-kinosanoat korxonasi (Госкино), Musiqa sanoati korxonalari
uyushmasi   (Музпред)   biriktirilgan 142
.   Tashkilot   zimmasiga   qisqa   muddat   ichida
xalq   ta‘limi   faoliyatini   qaytadan   tashkil   etish   yuklatilgan.   Rossiyada
A.V.Lunacharskiy Xalq ta‘limi komissari etib   tayinlangan. Komissarlikning qabul
qilgan qarori butun Ittifoq o`lkalarida birdek   majburiy   tarzda   joriy   etilgan.
142
 Галицко М.И., Деревенко Н.Н. Весь СССР. Справочная и адресная книга 1926 год. – Москва-Ленинград.:
Типо-литография ―Красный печатник  Гостехиздата, 1926. – С.94	
‖
72 1918-yil   barcha   ta‘lim   muassasalarini   Maorif   Xalq   Komissariati   tasarrufiga
o`tkazish   to`g`risida   Xalq   Ta‘limi   Komissariatining   A.V.Lunacharskiy   rahbarligida
qarori   qabul   qilinadi 143
.   Qarorda   Rossiya   o`quv   va   ta‘lim   ishlarini   yangi
pedagogika   va   sotsializm   asosida   o`zgartirish   maqsadida   barcha   oliy, o`rta   va   quyi,
umumiy va maxsus o`quv yurtlari mol-mulki bilan birga Maorif Xalq Komissariati
tasarrufiga   o`tkazilgan.  
Maorif   tizimida   ma‘naviy   tahdidni   sezgan   jadid   ma‘rifatparvarlari
mustamlakachi   hukumatni   qurol   kuchi   bilan   ag`darishdan   tiyilishadi. Ular dastlab
eski   tuzumni  isloh  qilish  yo`lidagi   madaniy  xarakterdagi   harakat  sifatida  vujudga
kelgan 144
.   Oktabr   inqilobi   millionlab   xalqlarning   ijod   erkinligiga   yo`l   ochganiga
ishongan   ma‘rifatparvarlar   sotsialistik   taraqqiyot   sari dadil qadam tashlagan.   Ular
tomonidan   ko`tarilgan   siyosiy   va   madaniy   g`oya   mahalliy   aholi   orasida   ijtimoiy
hayotni   modernizatsiya   qilishga   qaratilgan.   Ammo,   sovet   hukumatining   madaniy
sohada   amalga   oshirmoqchi   bo`lgan   inqilobi   birin-ketin   yangi   mazmun   kasb   eta
borgan 145
. Yosh jadidchilik harakati vakilari o`z yurtida olgan dastlabki bilimlarini
chet   davlatlarga   borib,   yangi   qarashlar   bilan   boyitgan.   Shu   bilan   birga,   o`z
qarashlarini   boshqa   taraqqiyparvar   va   ziyoliylar   bilan   o`rtoqlashgan.  
1918-yil   23-yanvarda   cherkovni   davlatdan   va   maktabni   cherkovdan   ajratish
to`g`risida   farmon   qabul   qilingan.   Farmonga   ko`ra,   diniy   ta‘lim   bilan   bog`liq
mavzular   ta‘lim   tizimidan   chiqariladi.   Bu   madaniy   inqilobning   a s o s i y   v az i f a s i
s i f a t i da  ―   S ov e t   f uqa r o l a r i n i n g   s hax si y   e ‘ t i q o d i g a   m a r k s i s t i k -   leninistik   mafkura
tamoyillari ni kiritish ekanligi namunasi edi. Farmonni hayotga   tatbiq etish yo`lida
xаlq intellektuаl sаlоhiyаtini jilоvlаsh uchun mаktаb, mаdrаsа vа qоrixоnаlаr qаttiq
nаzоrаt оstigа оlingаn. 
Mаhаlliy bоlаlаr siyоsiy jihаtdаn kelаjаkdа xаvf sоlishidаn xаvfsirаgаn hukumаt
143
  http://istmat.info/node/28945.Собрание   узаконений   и   распоряжений   правительства   за   1917-1918   гг.
Управление   делами   Совнаркома   СССР   М.   1942,   стр.   386.   Распубликовано   в   Газеты   Рабочего   и
Крестьянского Правительства № 31 от 23 (10) февраля 1918 года
144
  Bazarbayev   K.   K.,   Tursun   H.,   Sadykova   R.   Jadidism   as   an   Educational   System   and   a   Political   Movement   in
Turkestan (Central Asia). www.ccsenet.org/ies. International Education Studies. Vol. 6, No. 1; 2013
145
  Timur     Kocaoğlu.     Türkistan‘da     Yenilik     Hareketleri     ve     Ġhtilaller:     1900-1924.     Ġkinci     Baski:     Haarlem,
Hollanda, 2018. – 24 s.
73 vаkillаri   ulаrni   rusiyzаbоn   bоlаlаr   bilаn   birgа   tаrbiyаlаb,   intellektuаl   qоbiliyаt   vа
tаrtiblаrini nаzоrаtgа оlgаn. Shu tаriqа XIX аsr оxiri Turkistоn о`lkаsidа аhоlining
umumiy sоni   3792774 kishi, maktab muassasalari soni 6027 ta, ta‘lim oluvchilar
soni   64015   kishi,   aholining   umumiy   soniga   nisbatan   ta‘lim   oluvchilar   –   1,7   %
bo`lgan 146
. 1918-yilgа kelib imperiyа hukumаti dаvridа fаоliyаt оlib bоrgаn tа‘lim
muаssаsаlаri   (gimnаziyаlаr,   mаktаb-uchilishilаr,   rus   mаktаblаri,   о`qituvchilаr
seminаriyаsi   vа   jаdid   mаktаblаri)ni   tugаtib   bаrchа   jihоz,   о`quv   qо`llаnmаlаri   vа
xоdimlаr   bilаn   birgа   mаhаlliy   xаlq   tа‘limi   bо`limlаri   tаsаrrufigа   о`tkаzish
tо`g`risidа   qоnun   qаbul   qilinаdi.   Аmmо   bu   jаrаyоn   uzоqqа   chо`zilmаydi,   chunki
1918-1921-yillаrdа bаrpо etilgаn sоvet mаktаblаri tаrmоg`i yаngi iqtisоdiy siyоsаt
dаvоmidа   pаrchаlаnаdi.   Nаtijаdа,   kоnfessiоnаl   tа‘lim   tizimi   qаytа   rivоjlаnib,
―1924-yil Turkistоndаgi kоnfessiоnаl tа‘lim muаssаsаlаri sоni 2403 tаgа   yetаdi.
Sоvet   hukumаti   esа   bundаy   mаktаblаrning   kо`pаyishigа   dоimо   qаrshi   bо`lgаn.
Fаqаtginа   siyоsiy   vа   iqtisоdiy   vаziyаtning   murаkkаbligi   qаrshilikning   sо`nishigа
xizmаt qilgаn. Оktаbr inqilоbi esа bu jаrаyоnni mа‘lum dаrаjаdа tezlаshtirgаn. 
XX аsr bоshlаridа siyоsiy vа hаrbiy sоhаni bоlsheviklаr egаllаb оlgаch, dingа
qаrshi kurаshni kuchаytirgаn. Mаоrif sоhаsidа hukumаtning оlib bоrgаn bu qаt‘iy
nаzоrаti   vа   cheklоv   siyоsаti   mа‘rifаtpаrvаrlаrning   nоrоziliklаrigа   sаbаb   bо`lgаn.
Hukumatning   muddaolarini   anglagan   jadid   ma‘rifatparvarlari:   Mahmudxo`ja
Behbudiy,   Abduqodir   Shakuriy,   Munavvar   qori   Abdurashidxonov   va   boshqalar
xalq savodini chiqarish uchun diniy dars bilan dunyoviy fanlarni birgalikda o`qitib
borish   zarur,   deb   bilishgan.   Masalan,   Munavvar   qori   Abdurashidxonov   1920-yil
may   oyi   xalq   ta‘limi   bo`lim   boshliqlarining   I   syezdidagi   ma‘ruzasida   diniy    ta‘lim
muassasalarini   yo`q   qilish   emas,   balki   dastur   va   uslublarini   zamonaviylashtirish
orqali   ta‘lim   tizimini   isloh   qilish   kerakligini   ta‘kidlagan.   О`rtа аsrlаrdа Turkistоn
mаdrаsаlаridа   diniy   ilmlаr   bilаn   birgа   аrаb   tili,   mаntiq,   mаtemаtikа,   tibbiyоt,
geоgrаfiyа,   аstrоnоmiyа   kаbi   dunyоviy   fаnlаr   о`rgаtilgаni   nаtijаsidа   buyuk
146
 Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari). K.2. R. Shamsuddinov, Sh. Karimov, O`. Ubaydullayev; mas‘ul muharrirlar:
O`.Mavlonov, Q. Usmonov. – T.: Sharq, 2010. – B.232-235 
74 аllоmаlаr   yetishib   chiqqаnigа   аlоhidа   urg`u   bergаn.   1920-yilning   30-iyunidа
Munаvvаr   qоri   Аbdurаshidxоnоv   Turkistоn   АSSR   xаlq   tа‘limi   bо`limi
bоshqаruvchilаri   qurultоyidа   hаm   Turkistоndаgi   vаqf   mulkini   qаytа   tiklаsh
tо`g`risidа   mа‘ruzа   qilib,   Vаqflаr   nаfаqаt   diniy   vа   xаyriyа   ehtiyоjlаri   uchun,
bаlkim   mаdаniy   sоhа   tаrаqqiyоti   vа   xаlq   mаоrifi   uchun   hаm   zаrurligi,   vаqfdаn
mаktаb   vа   mаdrаsаlаr   umumiy   mа‘lumоt   berаdigаn   fаn   vа   sаn‘аtni   mоddiy
tа‘minlаnishi,   ularni   diniy   nuqtayi   nazar   bilan   qarashdan   xoli   qilishini
ta‘kidlagan 147
.
Halil Zavqiy   x a l q   m a k t a b l a ri da   d i n   d a r s i 148
  maqolasida diniy fanlarni sho`ro
maktablarida   ham   qo`shib   o`tishni   taklif   etgan.   Bu   milliy   qadriyatlarga   sadoqatli
bo`lgan   mahalliy   millat   vakillari   sho`ro   maktablarida   diniy   bilim   berilmagani
uchun   farzandlarini   ulardan   qaytarib   ola   boshlaganligi   bilan   izohlanadi.   Ammo
Sovet hukumati o`z qarash va istaklarini   amalga oshirish   uchun   tish-tirnog`i   bilan
rejalashtirgan   ishini   davom   ettirgan.
Sоvet   hukumаti   dаstlаb   mаktаb   qurish   ishini   tаrtibsiz   tаrzdа   оlib   bоrgаn.
Аyrim   chekkа   dehqоnchilik   vа   hunаrmаndchilik   bilаn   bаnd   qishlоq   hududlаridа
mаktаb   tа‘limi   qish   fаsli   dаvоmidа   fаоliyаt   yuritgаn.   Sаbаbi   аhоli   bаhоr   vа   kuz
оylаri   ekin   ekish   vа   yig`ishtirish   bilаn   shug`ullаngаn.   Jаdid   rаhnаmоlаri   mаvjud
zаmоnа   hоlаtidаn   qаyg`urib,   bu   illаtlаr   оldini   оlish   uchun   mаtbuоt   vа   teаtr
tаmоshоlаri   аsnоsidа   xаlq   dunyоqаrаshini   о`zgаrtirishgа   qаt‘iy   bel
bоg`lаgаn.Abdulhamid   Cho`lpon   yosh   bolalarni   kelajak   mevasi,   avlod
davomchilari   bilib,   ularni   bog`chalarda   tarbiyalash   kerak 149
,   deb   munosabat
bildirgan.   Abdulla   Avloniy   bolani   tug`ulgan   kunidan   tarbiyalab,   vujudni
quvvatlantirish,   fikrni   nurlantirib,   axloqni   go`zal,   zehnimizni   ravshan   qilish
lozimligini   alohida   ta‘kidlab,   tarbiyachi   ona,   maktab   va   madrasani   isloh   etish
147
  Салмонов       А .,       Болтабоев       М .       ― Туркистонда       вақф       мулклари       ва       мадрасалар       фаолиятининг
советлар   тазйиқига   олиниши   оқибатлари   Madrasa   oliy   ta‘lim   tarixini   o`rganishning   dolzarb   muammolari‖
mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya. – Samarqand, 2020 yil 23-24 oktabr. – B.162-166
148
  Мустафаева   Н .  ХХ   аср  20-30  йилларида   Ўзбекистон   маданиятининг   асосий   йўналишлари   ва   муаммолари
давр   тарихшунослигида . T арих   фанлари   номзоди   илмий   диссертацияси . –  Тошкент . 1999 yil. –  Б .58
149
  Чўлпон ,  Абдулҳамид .  Асарлар . 4  жилдлик   Ж . 1/  Чўлпон . –  Т .: Akademnashr, 2016. –  В .67
75 zaruriyatini   yozadi 150
.  
Milliy   hududiy   chegaralanishdan   so`ng   O`zbekiston   SSR   Maorif   Xalq
Komissariatiga   boshliq   etib   Rahim   Inog`omov,   o`rinbosar   etib   Davlat   Rizboyev
tayinlangan 151
.   Uning   bo`limlariga:   Bosh   boshqarma   huquqi   asosida   Respublika
Bosh   siyosiy-ma‘rifiy   komitetiga   boshliq   Murtazin,   o`rinbosar   Vohidov;
Professional   ta‘lim   bosh   boshqarmasiga   rahbar   Saidov,   o`rinbosar   Aganovlar
qo`yilgan. Bu davr sovet manbalarida O`zbekiston maktab yoshidagi (8-11 yoshli)
bolalar   taxminan   310576   kishidan   iborat   bo`lib,   boshlang`ich   ta‘limiga   o`rtacha
qamrab olish 15,4 foiz ekanligi qayd etilgan. 
Tashkil etilayotgan sovet   maktabi   ikki   bosqichli:  
1)   5   yillik   (8   yoshdan   13   yoshgacha);  
2)   4 yillik   (13   yoshdan   17   yoshgacha)   tartibda   tuzilgan 152
.
1924-yil   1-apreldan   boshlab   sovetlashtirilgan   ta‘lim   muassasalari   Maorif
Xalq   Komissariatining yagona mehnat maktabi programmasi asosida mashg`ulotga
o`ta   boshlagan.   Bu   tipdagi   sovetlashtirilgan   maktablarda   o`qituvchilar   tarkibi   ham
90   %   da   sovet   o`qituvchi   va   xodimlari   bilan   to`ldirilgan.   Mutaxassislarni   qayta
tayyorlash   uchun:   Toshkentda   100   kishiga,   Qo`qon   va   Samarqandda   60   kishi,
Katta   Qo`rg`onda   40   kishi   va   Andijonda   50   kishi   uchun   qisqa   muddatli   o`quv
kurslari   tashkil   etilgan.   Bu   kurslarda   qayta   tayyorlashdan   o`tgan   xodimlar   sovet
maktablarida   yangi   o`sib   kelayotgan   yoshlarni   proletar   ruhda   tayyorlashlari
kutilgan.   1925-yil   31-avgustdan   butun   RSFSR   hududida   umumiy   boshlang`ich
ta‘lim   va   maktab   tarmog`ining   qurilishi   haqida   qaror   qabul   qilinadi 153
.   Qarorda
RSFSR   hududida   keyingi   yillardan   umumiy   majburiy   ta‘limni   amalga   oshirib,
maktab   muassasalari   va   ijtimoiy   ta‘lim   tizimini   aholi   ehtiyojlari   va   uning   etnik
tarkibi   bilan   uyg`unlashtirish   rejalashtirilgan.   Yangi   ta‘lim   tartibi   bo`yicha   o`rta
150
 Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. Tanlangan asarlar. – T.: Ma‘naviyat, 1998. –  В .4
151
  Галицко   М.И.,   Деревенко   Н.Н.   Весь   СССР   1926   г.   Справочная   и   адресная   книга   1926   год.   –   Москва-
Ленинград.: Типо-литография ―Красный печатник  Гостехиздата, 1926. – B.127‖
152
  Абдурахмонова Ж.Н. ХХ аср 20 йилларида эски усул мактабларига бўлган муносабат.  Academic reserch in
educational scinces volume 1 ISSUE 3 2020. ISSN:2181-1385. SJIF 2020:4.804. –  Б .116
153
 О введении в РСФСР всеобщего начального обучения и построении школьной сети (Пост. ВЦИК и СНК
РСФСР от 31/VIII 1925 г. http://docs.historyrussia.org/ru/nodes/136571#mode/inspect/page/5/zoom/4
76 maktab   va   oliy   o`quv   yurtlarida   o`qish   davomiyligini   9   oy   etib   belgilangan 154
.
Barcha   hududlarda   maorif   seksiyalari,   viloyat,   shahar   va   uyezd   Xalq   Maorifi
Sovetlari   tashkil   etiladi.     Ilm-fаn   vа   mа‘nаviy   hаyоtning   аxlоqiy   nоrmаlаri   diniy
qаdriyаtlаr bilаn bоg`liqligi sоvet hukumаtigа qо`l kelgаn. Bu mаоrif vа diniy sоhа
xоdimlаrigа nisbаtаn repressiyа (kuch bilаn bоstirish) vа Sibirgа surgun qilish аvj
оlib,   tаz‘yiqqа   оlish   uchun   bаhоnа   bо`ldi.   Eski   mаktаb   vа   mаdrаsаlаr   yоpilib,
jаmiyаt   ilm-fаn   rivоjigа   nisbаtаn   qо`llаngаn   zо`rаvоnlik   tаrtibi   аhоli   intellektuаl
sаlоhiyаtining pаsаytirilishigа hаm qаrаtilgаni shubhаsiz.
Sovet   boshqaruvi   o`rnatilgan   dastlabki   yillarda   ta‘lim   tizimida   tartibsiz
jarayon   boshlangan.   Buni   maktab   binolari   qurilishi,   o`qituvchi   kadrlar
yetishmovchiligi,   asbob-uskuna   va   ko`rgazmali   qurollar   bilan   ta‘minlashdagi
yetishmovchilikda   kuzatildi.   Dunyо   ilm-fаn   tаrаqqiyоtigа   tа‘sir   qilgаn   оnа-
Vаtаnimizdа   mаоrif   tizimining   XX   аsr   bоshlаridа   sun‘iy   tаrzdа   tаmоmilа
susаyishigа   оlib   kelgаn.   
1. Аn‘аnаviy   tа‘limdа   bоlаgа   kо`prоq   e‘tibоrni   insоniylik   xislаtini
shаkllаntirishgа   qаrаtilgаn   bо`lsа,   sоvet   tа‘limidа   fаnlаrni   о`zlаshtirishgа
yо`nаltirgаn .
2. Аn‘аnаviy   tа‘limdа   bоlаni   kо`prоq   insоn   hаyоtini   xаvfsiz   vа   ishоnchli
bо`lishi   yо`lidа   tаrbiyаlаgаn   bо`lsа,   sоvet   tа‘limidа   bir   kаsb-sоhа   egаsi   etib
tаyyоrlаshgа qаrаtilgаn .
3. An‘anaviy   ta‘limda   bolani   Vatan,   ota-ona,   aka-uka,   opa-singil   va
atrofdagi   insoniyatga   vafodorlikka   chorlangan   bo`lsa,   sovet   ta‘limida   ma‘lum   bir
kasb va   ishiga sadoqatlilikni   shakllantirgan.
Maktablar   uchun   malakali   mutaxassislar   tayyorlash,   ta‘lim   muassasalarining
moddiy-texnik   bazasini   kengaytirish   katta   mablag`   talab   etardi.   Ammo
ma‘rifatparvarlar buni tushungan holda, bаrchаni mаktаbdа mаvjud imkоniyаtdаn
fоydаlаnib fоrs, аrаb vа turkiy-о`zbek tillаridа tаhsil оlish bilаn birgа, xоrij tillаrini
xususаn,   rus   tilini   hаm   о`rgаnib,  zаmоnа   siyоsiy   vа  mаdаniy   hаyоtidаn   xаbаrdоr
154
 Жуманазаров А. Бухоро таълим тизими тарихи. – Т.: Академнашр, 2017. – B.63
77 bо`lishgа chаqirishgаn. Qanchalik   murakkab   va   tahlikali   davr   bo`lishiga qaramay
tarix sirlaridan boxabar ilm-fan sohiblari hamda chet ellarda   (Turkiya, Germaniya
va   b.)   o`qib   qaytgan   yoshlar   yot   g`oya   va   mafkuralarga   qarshi   kurashib   Vatan
istiqloli   uchun jonlarini   tikkan.
Mа’rifаtpаrvаr,   pedаgоg   Аbduqоdir   Shаkur iy   rus   gimnаziyаsigа   bоrib,
uning   ichki   tаrtib   qоidаlаri   vа   о‘qitish   usullаri   bilаn   tаnishаdi.   Shаkuriy
Sаmаrqаndgа   qаytib   kelgаch,   о‘z   qishlоg‘i   Rаjаbаmindа   1901 - yilning   kuzidа
birinchi yаngi usuldаgi mаktаbni tаshkil qilаdi. Shаkuriy fаqаt о‘qituvchilik qilish
bilаnginа   cheklаnib   qоlmаgаn,   u   о‘z   mаktаbi   uchun   dаrsliklаr   yоzib,   ulаrni   о‘z
mаblаg‘lаri hisоbigа nаshr qildirgаn. Mаsаlаn, uning "Rаhnаmоyi sаvоd" ("Sаvоd
chiqаrish   qо‘llаnmаsi")   deb   аtаlgаn   kitоbi   shu   tаriqа   chоp   etilgаn.   Shаkuriy
mаktаblаr uchun “Jоmi’ ul-hikоyаt” (1907), “Zubdаt ul-аsh’оr” (1907) kаbi о‘quv
qо‘llаnmаlаrini   yаrаtgаn.   Mаhmudxо‘jа   Behbudiy   bilаn   birgаlikdа   mаktаblаr
uchun   dаstur   tuzgаn.   Shаkuriy   dаstlаb   qizlаr   uchun   hаm   yаngi   usuldаgi   mаktаb
tаshkil   qilgаn.   Undа   о‘zi   rаhbаrligidа   rаfiqаsi   muаllimаlik   qilgаn.   Keyinchаlik
о‘g‘il vа qiz bоlаlаr guruhini birlаshtirib о‘qitа bоshlаgаn. 1921-yildа Sаmаrqаnd
shаhridаgi   13-mаktаbgа   mudir   qilib   tаyinlаnаdi 155
.   U   bоlаlаrni   tаrbiyаlаsh,
о‘qitishgа kаttа g‘аyrаt bilаn kirishdi, kо‘p yillаr dаvоmidа shu mаktаbning mudiri
hаmdа оnа tili vа аdаbiyоt о‘qituvchisi vаzifаlаridа ishlаdi. 1925-yildа Аbduqоdir
Shаkuriyning tаshаbbusi  bilаn qishlоq аhоlisi  о‘z mаblаg‘lаri  hisоbigа tо‘rt sinfli
yаngi mаktаb qurib ishgа tushirаdi.
XX аsr ziyоli о‘zbeklаri tоmоnidаn bir оvоzdаn “mа’nаviy ilhоmchi”, “buyuk
millаtning   buyuk   kelаjаk   mаqsаdlаri   uchun   tunu-kun   tinim   bilmаgаn   xаlq
xizmаtkоri”,   deb   tоpilgаn   аdаbiyоtshunоs,   tаrbiyаchi,   muhаrrir,   mаоrif,   jаmоаt
аrbоbi Munаvvаr qоri Аbdurаshidxоnоv jаdidchilik hаrаkаtidа fаоl ishtirоk etаdi.
1901-yil   аvvаl   о‘z   uyidа   jаdidchilik   mаktаbini   оchаdi,   keyinrоq   Tоshkentning
bоshqа dаhаlаridа  hаm  оchаdi. U mаktаblаr  uchun grаmmаtikа vа аlifbо аsоslаri
155
 Долимов У. Барҳаёт устодлар: Абдуқодир Шакурий. // Соғлом авлод учун. – Тошкент, 2005. 8-сон, 41-44-
бетлар.
78 ifоdаlаngаn   “Birinchi   ustоz”   nоmli   yаngi   usuldаgi   ilk   dаrslikni   tаyyоrlаydi.
Munаvvаr  qоri, shu bilаn birgа ilk mаtemаtikа dаrsligini tаyyоrlаgаn. "Tаjvid аl-
Qur’оn",   “Yer   mаydоni”   kаbi   qо‘llаnmаlаr   tаyyоrlаb,   ulаrni   nаshrdаn   chiqаrаdi.
Bоlаkаylаr   uchun   esа   she’r   vа   hikоyаlаr   yоzаdi.   1909-yil   Tоshkentdа   “Jаmiyаti
xаyriyа” ittifоqini vа “Turоn” uyаshmаsini tаshkil qilаdi. Munаvvаr qоri 1906-yil
“Xurshid”   birinchi   gаzetа   nаshriyоtini   оchаdi.   Keyinrоq   u   yerdаgi   “Nаjоt”,
“Kengаsh” gаzetаlаridа muhаrrir, “Sаdоyi Turkistоn” gаzetаsidа esа bоsh muhаrrir
lаvоzimlаridа   fаоliyаt   yuritаdi.   Munаvvаr   qоri   1917-yil   fevrаl   revоlyutsiyаsidаn
sо‘ng   Turkistоn   xаlq   demоkrаtik   dаvlаtining   yаrаtilish   g‘оyаsini   оchiqdаn-оchiq
ifоdа   qilаdi 156
.   1918-yil   аprel   оyidа   Turkistоn   dаvlаt   universiteti   rektоri   etib
tаyinlаnаdi. 1918-yil “Turk о‘chоg‘i” ilmiy-mа’rifiy jаmiyаtini оchаdi. Munаvvаr
qоri   XX   asr   20-yillаr   “Milliy   ittifоq”   vа   “Milliy   istiqlоl”   yаshirin   tаshkilоtlаrigа
bоshchilik qilgаn.
XX   asr   20-yillаr   о‘rtаlаridа   repressiyа   kuchаyаdi   vа   Munаvvаr   qоri   bаrchа
lаvоzimlаrdаn   chetlаtilаdi.   Hаmzа,   Elbek,   Оybek,   Аkmаl   Ikrоmоv,   Аbdulhаy
Tоjiyev,   Sаlimxоn   Tillаxоnоv,   Qаyum   Rаmаzоn,   Bаhrоm   Hаydаriy,   Mаnnоn
Uyg‘ur   kаbi   mаdаniyаt   аrbоblаri,   аdаbiyоtshunоslаr,   оlimlаr   Munаvvаr   qоrining
о‘quvchilаri bо‘lishgаn. U 1929-yil hibsgа оlingаn vа 1931-yil оtib tаshlаngаn 157
. 
Аbdurаuf   Fitrаt   аdаbiyоtimiz   tаrixidа   shоir   vа   оlim,   nоsir   vа   drаmаturg,
о'qituvchi  vа  mа'rifаtpаrvаr   sifаtidа muhim   о'rin  egаllаydi.  1921-   1923-yillаrdа u
Respublikа   Mаоrif   xаlq   nоziri   bо'lib   xizmаt   qildi.   1923-1924-yillаr   оrаsidа
Mоskvаdаgi  Shаrq tillаri institutidа, sо'ng Peterburg dоrilfununidа mа'ruzа о'qidi.
“О'zbek   tili”   dаrsligi,   “О'zbek   tili   sаrfi”   (grаmmаtikаsi)   kitоblаri   esа   1925-1930-
yillаrdа   besh   mаrtа   chоp   etildi.   U   аnа   shu   ishlаri   uchun   о'zbek   оlimlаri   оrаsidа
birinchilаrdаn bо'lib prоfessоr degаn yuksаk ilmiy unvоngа sаzоvоr bо'lgаn. Fitrаt
1938-yil 4-оktyаbrdа qаtl etildi. 
Аtоqli   mа’rifаtpаrvаr,   iste’dоdli   shоir   vа   pedаgоg   Аbdullа   Аvlоniy   mаktаb
156
 Долимов У. Барҳаёт устодлар: Мунавварқори Абдурашидхон ўғли. // Соғлом авлод учун. – Тошкент, 
2005. 8-сон, 7-14-бетлар.
157
 Содиқов Ҳ. Туркистон уч инқилоб даврида    Фан ва Турмуш.-1990.-№3.-Б.15.
79 о‘quvchilаri   uchun   “Birinchi   Muаllim”,   “Ikkinchi   muаllim”   (1912),   “Tаrix”,
“Turkiy   Gulistоn   yоki   аxlоq”   (1913)   kаbi   zаmоnаsi   uchun   hоdisа   bо‘lgаn
dаrsliklаrni   yоzgаn.   Аbdullа   Аvlоniy   20-yillаrdа   о‘zbek   xаlqi   mаоrifi   vа
mаdаniyаti   tаrаqqiyоtidа   ishtirоk   etibginа   qоlmаy,   qо‘shni   аfg‘оn   xаlqining
ijtimоiy-siyоsiy   hаyоtidа   hаm   muаyyаn   rоl   о‘ynаgаn.   U   mа’lum   muddаt
Аfg‘оnistоn   xаlq   mаоrifi   vаziri,   sо‘ng   Shо‘rоlаr   Ittifоqining   Аfg‘оnistоndаgi
kоnsul-elchisi   vаzifаlаridа   xizmаt   qilgаn 158
.   Аvlоniy   umrining   sо‘nggi   yillаridа
О‘rtа   Оsiyо   Kоmmunistik   universitetidа   dаrs   berish   bilаn   birgа   о‘zbek
аdаbiyоtidаn qаtоr dаrsliklаrni yаrаtgаn. U 1934 yil 24 аvgustdа 56 yоshidа vаfоt
etgаn.
Milliy uyg‘оnish dаvrining yirik vаkillаridаn biri, shоirb tаrjimоn Sаidаhmаd
Hаsаnxо‘jа   о‘g‘li   Siddiqiy     1903-yil   Hаlvоyi   qishlоg‘idа   yаngi   mаktаb   оchаdi.
Shоir   keyingi   butun   hаyоtini   аnа   shu   muqаddаs   ishgа   sаrf   etdi.   О‘zi   оchgаn
mаktаbdа   tаbiiy   fаnlаr,   аrаb   hаmdа   rus   tillаridаn   sаbоq   berdi,   dаrsliklаr   tuzdi.
Siddiqiy 1917-yil fevrаl inqilоbidаn keyin ijtimоiy hаrаkаtdа bevоsitа ishtirоk etdi.
1918-1921-yildа   Vilоyаt   Аdliyа   kоmissаri   lаvоzimidа   ishlаdi.   1922-yildаn   yаnа
о‘qituvchilikkа   qаytgаn.   Sаmаrqаnddа   о‘zbek   vа   tоjik   tillаridаgi   “Mаshrаb”,
“Mullа Mushfiqiy” kаbi hаjviy jurnаllаrni, “Zаrаfshоn” gаzetаsini chiqаrishdа fаоl
ishtirоk   etgаn 159
.   U   О‘zbekistоndа   xizmаt   kо‘rsаtgаn   о‘qituvchi   (1926).   Siddiqiy
1926 yili qаttiq kаsаllаnib, 1927-yilning iyul оyidа Sаmаrqаnddа vаfоt etаdi.
Hоji Muin milliy uyg‘оnish dаvri Sаmаrqаnd аdаbiy muhitining sаmаrаli ijоd
etgаn   iste’dоdli   vаkili,   jurnаlist,   shоir,   drаmаturg   vа   tаrjimоn.   1901-yildаn
о‘qituvchilik fаоliyаti bоshlаnаdi. 1903-yili о‘z mаhаllаsidа “usuli jаdid” mаktаbi
оchgаn.   Ushbu   mаktаb   uchun   1908-yili   “Rаhnоmаi   sаvоd”   nоmli   аlifbо   nаshr
ettirgаn. 1914-yili  “Tаrbiyаt” nоmi  bilаn о‘z uyidа xususiy  “usuli  jаdid”  mаktаbi
оchdi.   1929-yili   аksil   shо‘rоviy   fаоliyаtdа   аyblаnib,   оlis   Sibirning   Kаrek   оkrug
Pugаchаn   rаyоnigа   surgun   qilinаdi.   Аdib   о‘z   vаtаnigа   1932-yildа   qаytib   kelаdi.
158
 Абдулла Авлоний. Ўсон миллат. Истиқлол фидойилари серияси.-Тошкент: Шарқ-1993.-Б.7.
159
 Долимов У. Барҳаёт устодлар: Саидаҳмад Сиддиқий-Ажзий. // Соғлом авлод учун. – Тошкент, 2005.  8-
сон, 31-34-бетлар.
80 О‘zbekistоn dаvlаt nаshriyоtining tоjik bо‘limidа аdаbiy xоdim vа tаrjimоn bо‘lib
ishlаydi.   1934-1937-yillаrdа   “Qizil   yulduz”   nоmli   hаrbiy   gаzetаdа   xizmаt   qildi.
Yаnа shо‘rо hukumаti tоmоnidаn аyblаnib, 10 yilgа hukm qilinаdi vа 1942-yil 21-
iyulidа Perm оblаstining Sоlikаmsk shаhridа vаfоt etаdi. 
Sаidrizо   Аlizоdа   Sаmаrqаnddа   kаmbаg‘аl   dehqоn   fаrzаndlаri   uchun   mаktаb
оchib,   muаllimlik   qilаdi,   "Sаrfi   аrаb",   "Turkiy   аlifbо",   "Tаrix",   "Jug‘rоfiyа",
"Riyоziyоt",   "Xаndаsа",   "Tаbiаt",   "Din   vоjiblаri",   "Nizоmnоmа",   "Bаdаn
tаrbiyаsi",   "Ilmi   fаzо"   nоmli   о‘n   bittа   dаrslik   tuzаdi;   о‘zbek   mаktаblаri   uchun
"Birinchi   yil"   nоmli   аlifbо   yоzib,   bepul   tаrqаtаdi,   tоjik   tilidа   "Sаrf   vа   nаhv"
(1924), о‘zbek tilidа "Hоsilоt" (1926) kitоblаrini yоzib chоp ettirаdi, Sаmаrqаnddа
yаshаydigаn ruslаr uchun kechki kurslаr оchib, о‘zbek vа fоrs-tоjik tillаri о‘qitаdi,
mutаfаkkir   Аbdullа   Shоiq   bilаn   yаngi   оzаrbаyjоn   аlifbоsini   tuzаdi,   2   jildlik
ruschа-tоjikchа   lug‘аt   tuzib   (1933-1934)   nаshr   ettirаdi 160
,   1933-1937-yillаrdа
SаmDUdа   аrаb   vа   fоrs   tillаridаn   о‘qituvchilik   qilаdi,   Hаmid   Оlimjоn,   О‘tkir
Rаshid   kаbi   shоirlаrgа   dаrs   berаdi.   Sаidrizо   Аlizоdа   1937-yil   dekаbridа   siyоsiy
chаquv   nаtijаsidа   hibsgа   оlinаdi,   8   yil   Sаmаrqаnd-Tоshkent-Tоbоlsk-Vlаdimir
turmаlаridа о‘tirib, 1945-yil 24-dekаbridа sil kаsаldаn vаfоt etаdi.
Majid Qodiriy (Qodirov) olim, o‘zbek adibi, o‘zbek tilidagi birinchi adabiyot,
tarix   va   matematika   darsliklari   muallifi,   jamoat   arbobi   va   publitsist,   Turkistonda
jadidchilik harakati asoschilaridan biri. Dastlabki mehnat faoliyatini Toshkentdagi
turkiy “usli-savtiya” (eski usul) maktabda boshlagan, keyinchalik “usuli-jadidiya”
(yangi   usul)   hamda   rus-tuzem   martablarida   va   madrasalarda   ta’lim   bergan.   Fors,
arab, usmoniy turk, rus va ingliz tillarini mukammal bilgan 161
. 1906-yildan boshlab
rus-tuzem maktablarida ta’lim bergan, 1917-yildagi inqilobdan avval Toshkentdagi
o‘rta   maktablarda   dars   bergan   hamda   ularda   mudirlik   qilgan.   1918-1921-yillarda
Toshkentda   jadidchilik   harakati   tomonidan   tashkil   etilgan   “Oltinchi   Turon
maktabi”da   mudir.   1920-1921-yillarda   –   Toshkentdagi   tabiiy   hamda   tarix   fanlari
160
 . Долимов У. Миллий уйғониш – ўзликни англаш. // Филология масалалари. – Тошкент, 2003. 3-4-сон, 14 
– 17-бетлар.
161
  Долимов У. Туркистонда жадид мактаблари. – Тошкент :  Университет, 2006. – Б.  36 .
81 pedlabaratoriyasida   mudirlik qilgan.  1921-yilda  Boyskaut  maktabida  dars  bergan.
1921-yildan   boshlab   Turkiston   davlat   universitetining   Eski   shahar   ishchi
fakultetida   o‘zbek   tili   muallimi   sifatida   o‘z   mehnat   faoliyatini   boshlagan.   1921-
1923-yillarda   Ishchi   fakulteti   dekani   hamda   universitetning   “Tajriba-izlanish”
laboratoriyasida   mudir.   1923-yilning   23-martida   mamlakat   taraqqiyoti   yo‘lidagi
alohida   mehnatlari   uchun   “Mehnat   Qahramoni”   unvoni   bilan   taqdirlangan.   1925-
yilda   Parijda   ochilgan   ko‘rgazmada   O‘zbekiston   Respublikasining   vakili   sifatida
ishtirok   etgan.   Parijga   ketayotib,   Berlinda   to‘xtab,   Germaniyada   tahsil   olayotgan
o‘zbek   talabalari   bilan   uchrashgan.   1928-1930-yillarda   O‘rta   Osiyo
universitetining Ishchi fakultetida dekan hamda tarix fanlari kabinetining mudiri.
1929-yilning   boshida   Kommunistik   partiya   a’zoligidan   mahrum   etildi   va
1930-yilda barcha mas’ul lavozimlardan ozod etildi. 1937-yilda NKVD xodimlari
tomonidan   “xalq   dushmani”   aybi   bilan   qamog‘ga   olingan.   Rasmiy   hujjatlarda
1938-yilning 2-aprel kuni hibsga olingan deb ko‘rsatilgan. 
Majid Qodiriy birinchi o‘zbek tilida chop etilgan va yangi-uslub maktablarida
ta’limga  tadbiq etilgan  arifmetika,  geografiya  va  chig‘atoy-turkiy  (o‘zbek)  tildagi
grammatika kitoblarining muallifidir.
Mа ’ rifаtpаrvаr   shоir ,   dаvlаt   vа   jаmоаt   аrbоbi   Mirzо   Аbdulvоhid   Burhоnоv
XX   аsrning   birinchi   о ‘ n   yilligidа   Munzim   yаngi   usuldаgi   mаktаb   оchish   uchun
hаrаkаt   qilа   bоshlаydi .   Buxоrоdаgi   dаstlаbki   jаdid   mаktаbining   оchilishi   hаm
uning   nоmi   bilаn   bоg‘liq.   U   1908-yili   Sаmаrqаndgа   bоrib,   jаdid   mаktаblаridаgi
о‘qitish uslubini Mаhmudxо‘jа Behbudiy vа Аbduqоdir Shukuriydаn о‘rgаnаdi vа
shu yili о‘z hоvlisidа jаdid mаktаbi, 1909-yildа esа kаttа yоshdаgilаr uchun kechki
mаktаb   tаshkil   etаdi.   1918-yildаn   1920-yilning   sentyаbrigаchа   Munzim
Tоshkentdа   yаshаydi.   Buxоrо   Xаlq   Sоvet   Respublikаsi   tuzilgаch,   u   аvvаl
Mаrkаziy   ijrоiyа   qо‘mitаsi   rаisining   о‘rinbоsаri,   keyinchаlik   Xаlq   mаоrifi   nоziri,
Sоg‘liqni   sаqlаsh   nоziri   lаvоzimlаridа   ishlаydi.   Xаlq   mаоrifi   nоziri   lаvоzimidа
ishlаgаn Munzim 1922-yil iyunidа milliy kаdrlаr, xususаn, muhаndislаr tаyyоrlаsh
mаqsаdidа   bir   guruh   buxоrоlik   yоshlаrni   Germаniyаgа   yubоrish   tо‘g‘risidаgi
82 BXSR hukumаti qаrоrining qаbul qilinishigа kаttа hissа qо‘shаdi 162
. 1922-yilning
yоzidа   Munzimning   shаxsаn   о‘zi   buxоrоlik   44   kishini   Germаniyаgа   оlib   bоrib,
Berlindаgi   о‘quv   yurtlаrigа   jоylаshtirаdi.   Аbdulvоhid   Munzim   1934-yildа   uzоq
dаvоm etmаgаn kаsаllikdаn sо‘ng Dushаnbedа vаfоt etаdi.
Sadriddin   Ayniy   -   yozuvchi,   olim   va   o‘zbek   hamda   tojik   adabiyotining   XX
asr   jamoat   arbobi.   1920-yil   uylanib,   rafiqasi   bilan   Samarqandga   ketadi.   Inqilobiy
g‘alabadan   so‘ng   ayrim   vaqt   maktabda   dars   beradi,   so‘ngra,   butunlay   adabiy
faoliyat bilan shug‘ullanadi. 
Ibrat   Ishoqxon   Junaydullaxo‘ja   o‘g‘li   o‘zbek   ma’rifatparvari,   shoir.   1907-
yilda To‘raqo‘rg‘onda yangi usul maktabini ochgan, 1908-yili esa o‘z qishlog‘ida
“Matbaai Ishoqiya” nomli litografiya tashkil qilgan. Ibrat yangi maktablar ochish,
o‘qituvchilar   tayyorlash,   ayollarni   ilm-ma’rifatli   qilish   ishlarida   faol   qatnashgan.
1937-yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan. 
Muhammadsharif   Egamberdi   o‘g‘li   So‘fizoda   o‘zbek   demokratik   va
ma’rifatparvarlik   davri   adabiyoti   an’analarini   davom   ettirgan   adiblar   sirasiga
kiradi.   1910-1913-yillаrdа   Qо‘ng‘irоtdа   muаllimlik   qilаdi,   mа’rifаtpаrvаrlik
ruhidаgi   she’rlаrini   yоzib,   Bоku   vа   Оrenburgdа   chiqаdigаn   gаzetа   vа   jurnаllаrdа
tez-tez kо‘rinа bоshlаydi. Sо‘fizоdа 1913-yildа Chustgа qаytib kelib, yetim bоlаlаr
uchun mаktаb оchаdi vа undа muаllimlik qilаdi. Dunyоviy fаnlаrni yengil vа yаngi
usuldа   о‘rgаtishgа   bel   bоg‘lаydi.   1918-yildа   Аfg‘оnistоn   mаоrif   vаzirining
о‘rinbоsаri sifаtidа Turkistоn (Tоshkent)gа kelib, аfg‘оn vаkоlаtxоnаsidа tаrjimоn
bо‘lib ishlаydi. 
Dаvlаt   vа   siyоsаt   аrbоbi,   mа’rifаtpаrvаr   Bоbооxun   Sаlimоv   1917-yil
Xivаdаgi   inqilоbiy   vоqeаlаridа   ishtirоk   etib,   pаrlаment   sifаtidа   tаshkil   etilgаn
Mаjlis   а’zоligigа   sаylаnаdi.   1920-yili   xаlq   vаkillаrining   Butunxоrаzm   I
qurultоyidа   Xоrаzm   Xаlq   Sоvet   Respublikаsining   Аdliyа   nоziri   lаvоzimigа
sаylаnаdi.   Keyinchаlik   u  Xоrаzmdаgi   mаktаb,   mаоrif   ishlаridа   qаtnаshаdi.   1929-
yil   10-mаy   kuni   kechqurun   sоvet   hоkimiyаti   tоmоnidаn   sudsiz,   sо‘rоqsiz   оtib
162
 Беҳбудий М. Бизга ислоҳат керак Нажот.-1917.-17 апр.
83 о‘ldirilаdi.
3.3. Turkiston   j adidlarining ijtimoiy-madaniy hayotni isloh qilishdagi
xizmatlari 
O‘zbekistonning   buyuk   kelajagini   yaratishda,   uni   jahonning   rivojlangan
mamlakatlari darajasiga erishishida evolyusion rivojlanish yo‘li tanlangani, o‘zbek
xalqiga   xos,   tarixan   qaror   topgan   umuminsoniy   va   milliy   qadriyatlar,   urf-odatlar,
an’analar,   axloqiy   sifatlar   va   fazilatlar   qo‘l   kelmoqda.   Prezidentimiz   Shavkat
Mirziyoyev   “Xalq   bilan   muloqot   va   inson   manfaatlari   yili”   dasturidan
yoshlarimizni   sog‘lom   va   barkamol   etib   tarbiyalash   masalasi   alohida   o‘rin
egallashi   tabiiydir.   Yosh   avlod   tarbiyasi   haqida   gapirganda,   Abdurauf   Fitrat
bobomizning   mana   bu   fikrlariga   har   birimiz,   ayniqsa,   endi   hayotga   kirib
kelayotgan o‘g‘il- qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug‘
ajdodimiz   nima   deb   yozganlar:   “Xalqning   aniq   maqsad   sari   harakat   qilishi,
davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-xurmat topishi, jahongir bo‘lishi  yoki zaif
bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe
va   qul,   asir   bo‘lishi   ularning   o‘z   ota-onalaridan   bolalikda   olgan   tarbiyalariga
bog‘liq.   Qarang,   qanday   bebaho,   oltinga   teng   so‘zlar!” 163
  deganlarida   jamiyat
taraqqiyoti   uchun   tarbiyaning   va   ta’limning   naqadar   katta   ahamiyatga   ega
ekanligini ta’kidlagan edilar. O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi muhim omillardan
biri - uni xolisona tahlil etish, ilmiy-nuqtai nazardan asoslab berishdir. 
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixiy tajribasi shundan dalolat beradiki,
ular   mustaqillik   va   taraqqiyot   yo‘liga   qadam   qo‘yishlari   bilan   asosiy   e’tiborni,
birinchi   navbatda,   yoshlarni   o‘qitish   va   tarbiyalashga   sarflaganlar.   Ta’limga
bo‘lgan   bunday   e’tibor   tarixiy   tajribada   o‘zini   oqladi.   Shuning   uchun   ham,
davlatimiz   va   hukumatimiz   islohotlarning   hamma   bosqichlarida   ta’lim   sohasiga
163
 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1–
жилд. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2017. – Б. 29.
84 alohida   e’tibor   qaratdi.   O‘zbekistonning   istiqboli   ko‘p   jihatdan   ta’lim-tarbiya
sifatiga   va   jarayoniga   bog‘liq.   Maktablardagi   ta’lim-tarbiya   ishlarining   barchasi
yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan 164
. Shu jixatdan olib
qaraganda,   zamonaviy   axbort   texnologiyalari   va   xorijiy   tajribalarning   ijobiy
jixatlarini   amalda   qo‘llash   muxim   o‘rin   tutadi.   Ayni   kunda   xorijiy   tajribaning
foydali   tomonlaridan   biri   modulli   yondoshuvdan   ta’lim   tizimimizda   samara
foydalanishimiz   mumkin.   Ta’lim   muassasalarining   asosiy   vazifalaridan   biri
o‘quvchi-talabalarga   insoniyat   tarixi   davomida   yaratilgan   bilimlarni   yetkazish,
fаnlаr   аsоslаri   bо‘yichа   muntаzаm   bilim   оlishlаri   uchun   tegishli   shаrоit   yаrаtish,
zаrur   аxbоrоtlаrni   tаnlаsh   vа   mustаqil   о‘qishni   о‘rgаtish   оrqаli   bilim   оlishgа
bо‘lgаn   ehtiyоjlаrini   qоndirish   vа   qiziqishlаrini   оrttirishdаn   ibоrаt.Bu   vazifalarni
bajarishda yanada samaraliroq natijalarga erishish uchun ta’lim-tarbiya jarayonida
modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash zarurati vujudga keladi.
Millat   ma’naviyati   va   madaniyatini   saqlab   qolish   va   uni   yanada   yuksaltirish
uchun   jadidchilar   olib   borgan     faoliyatni   o‘rganish   manbalar,   hujjatlar   asosida
xolisona   ob’ektiv   tahlil   etilgandagina   oydinlik   kiritish   mumkin.   “Turkistonda
jadidchilik harakatining vujudga kelishi” mavzusini tashkil etish va boshqarishning
o‘zi   ma’lum   bir   ilmiy   yo‘nalishni   tashkil   etishi   maqsadga   muvofiqdir.   Ta’limni
tashkil   etishning   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilganligi   va   qulayligi   saviya,   sifat   va   samara
talablarning amalga oshishini ta’minlovchi birinchi va asosiy qadamlardan biridir.
Ta’limning   sifatini   oshiruvchi,   o‘qituvchining   saviyasini   belgilab   beruvchi   asosiy
jihatlardan   yana   biri   sifatida   o‘tilayotgan   mavzu   yuzasidan   ilmiy   yangiliklardan
fan   o‘qituvchisining   doimiy   xabardorligidir.   O‘qituvchi   «O‘zbekiston   tarixi»   fani
bo‘yicha   yaratilayotgan   yangi   ilmiy   adabiyotlar,   ilmiy   jurnallarda   e’lon   qilingan
maqolalar   va   boshqa   ilmiy   nashrlar   bilan   doimiy   tanishib   borishi   zarur.
Shuningdek,   o‘tiladigan   mavzuga   oid   ilmiy-   ommabop   nashrlar,   tarixiy-badiiy
nashrlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan materiallar bilan ham
164
 O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (II jild). – Toshkent: «O‘qituvchi», 1999. – B. 6.
85 tanishib   borishi   talab   etiladi 165
.   Bu   talablar   tug‘iladigan   ilmiy   va   ilmiy-ommabop
nashrlardagi   tarixiy   voqyealar   talqini   bo‘yicha   uchraydigan   farqlar   haqida   yetarli
izohlarga ega bo‘lish o‘qituvchining raqobatbordoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, fan va ta’lim uyg‘unligi zamonaviy taraqqiyotning muhim
omili sifatida O‘zbekiston tarixidagi har bir mavzuni o‘rganish, o‘qititish va targ‘ib
qilishda ham eng asosiy talablardan biridir.
Bugungi   kundа   respublikаmiz   tаrixchi   оlimlаri   jаdidchilik   xаrаkаtidа
quyidаgi uchtа bоsqichni fаrqlаshmоqdа:
1) XIX аsr оxirlаridаn 1915-yilgаchа - mа’rifаtchilik;
2) 1915-yildаn 1918-yil fevrаligаchа - muxtоriyаtchilik;
3) 1918-yil fevrаlidаn 20-yillаr оxirlаrigаchа - sоvetlаr dаvridаgi fаоliyаti.
Jаdidlаrning   xаlq   mа’rifаti   uchun   kurаsh   dаsturi   uch   аsоsiy   yо‘nаlishdаn
ibоrаt bо‘lgаn:
1. Yаngi usul mаktаblаri tаrmоg‘ini kengаytirish.
2. Umidli, iqtidоrli yоshlаrni chet elgа о‘qishgа yubоrish.
3. Turli   mа’rifiy   jаmiyаtlаr   tuzish,   xаmdа   ziyоlilаrning   kuchli   firqаsini
tаshkil etishgа qаrаtilgаn gаzetаlаrni chоp etish.
Hаr   bir   dаvrdа   birоr   yаngi   g‘оyаning   tug‘ilishi   аniq   tаrixiy   shаrоitdа   sоdir
bо‘lаdi.   Undа   tаrixiy   shаxslаrning   о‘ynаydigаn   rоlini   hyech   kim   inkоr   etmаydi.
Chunki   ulаr   yetilgаn   muаmmоlаrni   hаl   qilish   yо‘llаrining   nаzаriy   tоmоnlаrini
bаrchаdаn   terаnrоq   idrоk   qilаdi,   ulаrni   аmаlgа   оshirishgа   fаvqulоddа   kuch   vа
g‘аyrаt   bilаn   kirishаdilаr.   Jаdidlаr   оrаsidаn   yetuk   оlimlаr,   sаnоаt   vа   zirоаtchilik
sоhаlаrining   bilimdоn   mutаxаssislаri,   mаdаniyаt   аrbоblаri   yetishib   chiqib,   yurtni
оbоd   vа   Vаtаnni   mustаqil   kо‘rishni   оrzu   qildilаr   vа   shu   yо‘ldа   fidоiylаrchа
kurаshdilаr. 
Jаdidchilikning аsоsiy g‘оyа vа mаqsаdlаri quyidаgilаr edi:
- Turkistоnni о‘rtа аsrlаrgа xоs qоlоqlik vа diniy xurоfоtdаn оzоd qilish;
- Shаriаtni islоh qilish vа xаlqqа mа’rifаt tаrqаtish;
165
  Долимов У. Туркистонда жадид мактаблари. – Тошкент :  Университет, 2006. – Б. 27.
86 - Turkistоndа muxtоriyаt hukumаtini bаrpо etish uchun kurаsh;
- Buxоrо   vа   Xivаdа   kоnstitutsiоn   mоnаrxiyа   vа   pаrlаment,   keyinchаlik
demоkrаtik respublikа tuzumini о‘rnаtish оrqаli оzоd vа fаrоvоn jаmiyаt qurish;
- bаrqаrоr milliy vаlyutаni jоriy qilish vа milliy qо‘shin tuzish.
Jаdidlаrning о‘lkа xаlqlаri оrаsidа оlib bоrgаn mа’nаviy vа mаdаniy fаоliyаti.
1904-1905-yillаrdаgi   rus-yаpоn   urushi,   1905-1907-yillаrdаgi   1-rus   inqilоbi,
1905-1911-yillаrdаgi   Erоn   inqilоbi,   1908-yil   Turkiyаdа   bо‘lgаn   Yоsh   turklаr
inqilоbi   jаdidlаr   dunyоqаrаshigа   kuchli   tа’sir   kо‘rsаtdi.   Jаdidlаr   о‘z   gаzetа   vа
jurnаllаri,   yаngi   usul   mаktаblаri,   turli   kutubxоnа   vа   qirоаtxоnаlаr,   hаvаskоr   teаtr
truppаlаri   tevаrаgidа   tо‘plаnishаr   edi.   Ulаrning   kо‘pchiligi   shu   dаvrning   kо‘zgа
kо‘ringаn ijоdkоrlаri  - shоir-yоzuvchilаr  edi. Ulаr о‘z аsаrlаri bilаn tаrixаn yаngi
milliy   аdаbiyоt   yаrаtdilаr.   Аdаbiyоt   dаvr   vоqyeаlаrigа   hаmоhаng   bоrdi.   1910
yillаrdаyоq   mа’rifаt   vа   оzоdlik   g‘оyаlаri   uning   mаrkаziy   mаvzuigа   аylаndi.
Аdаbiyоtgа “millаt” vа “vаtаn” tushunchаlаri kirib keldi. Milliy she’rlаrgа rаg‘bаt
kuchаydi.   Yаngi   zаmоnаviy   dоstоnchilik   keldi,   publitsistikа   (Behbudiy,   Fitrаt,
Munаvvаrqоri)  rivоjlаndi, reаlistik prоzа shаkllаndi. Shuning uchun hаm bu dаvr
аdаbiyоti   О‘zbekistоn   mustаqilligidаn   keyin   milliy   uyg‘оnish   dаvri   о‘zbek
аdаbiyоti   deb   dаvrlаshtirildi.   Аdаbiyоtdаgi   bundаy   uyg‘оnish,   аyni   vаqtdа,   shu
dаvr   mаdаniy   hаyоtidа   hаm   rо‘y   berdi.   Jаdidlаr   о‘zbek   xаlqi   hаyоtigа   tоm
mа’nоdаgi  milliy teаtrni оlib kirdi. Milliy mаtbааning vujudgа kelishi bilаn kitоb
bоsish   ishi   yо‘lgа   qо‘yilа   bоshlаndi 166
.   Yevrоpа   kо‘p   оvоzli   musiqа   sаn’аti   bilаn
tаnishgаn   jаdidlаr   о‘zbek   аn аnаviy   musiqа   uslublаrini   hаm   islоh   qilishgа   dа’vаtʼ
etishgаn. 1919-yildа Tоshkentning eski shаhаr qismi (hоzirgi “Turоn” kutubxоnаsi
yоnidаgi   binо)dа   jаdidlаr   tаshаbbusi   bilаn   Turkistоn   xаlq   kоnservаtоriyаsining
milliy (eski  shаhаr) bо‘limi tаshkil etildi. Shu tаrzdа jаdidlаr sаn’аt vоsitаsi  bilаn
millаt qаdrini kо‘tаrish, sаn’аtning deyаrli bаrchа turlаrini yuksаltirishgа intildilаr.
166
 Абдурахмонова Ж.Н. ХХ аср 20 йилларида эски усул мактабларига бўлган муносабат.  Аcаdemic reserch in
educаtiоnаl scinces vоlume 1 ISSUE 3 2020. ISSN:2181-1385. SJIF 2020:4.804. –  Б .116
87 Jаdidlаr Tоshkentdа 1905-1906-yillаrdа “Tаrаqqiy” (muhаrriri Ismоil Оbiliy),
“Xurshid”   (muhаrriri   Munаvvаrqоri),   1907-1908-yillаrdа   “Shuhrаt”   (muhаrriri
Аbdullа   Аvlоniy),   “Оsiyо”   (muhаrriri       Аhmаdjоn   Bektemirоv),   “Tujjоr”
(muhаrriri   Sаidkаrimbоy   Sаidаzimbоy   о‘g‘li),   Buxоrоdа   1912   yildа   “Buxоrоyi
shаrif”   (muhаrriri   Mirzо   Jаlоl   Yusufzоdа),   “Turоn”   (muhаrriri   G‘iyоs   mаxsum
Husаyniy),   Sаmаrqаnddа   1913-yildа   “Sаmаrqаnd”   (muhаrriri   Mаhmudxо‘jа
Behbudiy),   Tоshkentdа   “Sаdоyi   Turkistоn”   (muhаrriri   Ubаydullаxо‘jа
Аsаdullаxо‘jаev),   Qо‘qоndа   “Sаdоyi   Fаrg‘оnа”   (muhаrriri   Оbidjоn   Mаhmudоv)
gаzetаlаri   vа   Sаmаrqаnddа   1913-1915-yillаrdа   “Оyinа”   (muhаrriri   Mаhmudxо‘jа
Behbudiy), Tоshkentdа 1915-yil “Аl-islоh” (muhаrriri  Аbdurаhmоn Sоdiq о‘g‘li)
jurnаllаrini   nаshr   qilishdi.   Shuningdek,   1917-1918-yillаrdа   Tоshkentdа   “Nаjоt”
(muhаrriri   Munаvvаrqоri),   “Kengаsh”   (muhаrrirlаri   Аhmаd   Zаkiy   Vаlidiy   vа
Munаvvаrqоri),   “Turоn”   (muhаrrirlаri   M.   Аfаndizоdа,   Аbdullа   Аvlоniy),   “Ulug
Turkistоn” (muhаrriri Kаbir Bаkirоv), “Shurоy Islоm” (muhаrriri Аbdullа Bаttоl),
“Turk   sо‘zi”   (muhаrriri   Temirbek   Xudоyоrxоnоv),   “Turk   eli”   (tаhririyаti),
Sаmаrqаnddа   “Hurriyаt”   (muhаrrirlаri   Mаrdоnqul   Shоhmuhаmmаdzоdа,   Аkоbir
Shоmаnsurоv, Fitrаt), Qо‘qоndа “Tirik sо‘z” (muhаrriri Оbidjоn Mаhmudоv), “El
bаyrоg‘i”   (muhаrriri   Bо‘lаt   Sоliev)   gаzetаlаri   vа   “Kengаsh”   (muhаrriri   Hаmzа),
“Yurt”   (muhаrriri   Аshurаli   Zоhiriy)   jurnаllаri   chоp   qilindi 167
.   Mаtbuоt   millаt
dilidаgi   gаplаrni   о‘z   sаhifаlаrigа   kо‘chirish   bilаn   kifоyаlаnmаy,   qаndаy   ishlаrni
birinchi nаvbаtdа аmаlgа оshirish mаsаlаsini  о‘rtаgа qо‘ydi. 1909-yildа Tоshkent
ziyоlilаri tоmоnidаn “Jаmiyаti xаyriyа” tаshkil etildi.
Mаhаlliy   yоshlаrdаn   dаvlаt   mаhkаmаlаridа,   sаnоаt,   tijоrаt   sоhаsidа
ishlаydigаn   mutаxаssislаr   tаyyоrlаsh,   kаmbаg‘аl   musulmоnlаrgа   mаdаniy-
mа’nаviy yоrdаm kо‘rsаtish mаsаlаsi qо‘yildi. Bu millаtning bоshqа xаlqlаr ichigа
singib   ketmаsligi   yо‘lidа   kо‘rilgаn   tаdbirlаr   edi.   Bu   dаvrdа   jаdidlаr   ijtimоiy-
siyоsiy kuch sifаtidа kо‘rindilаr. Xаlq ulаrdа о‘z himоyаchilаrini his etdi.
167
  Шамсутдинов   Р .  Жадидчилик :  Ҳақиқат   ва   уйдирма   “ Мулоқот ” .-1991.-№12.- Б .20.
88 Jаdidlаrning   nаshrlаri   xаlqni   yаngi   dаvr   bоshlаngаni   bilаn   tаnishtirаr   ekаn,
о‘zligini   аnglаb,   uyushishgа   chаkirdi.   О‘lkа   mоddiy   vа   mа’nаviy   bоyliklаri
tаlаnаyоtgаnini   оshkоr   qildi.   Chо‘lpоn   she’r   vа   mаqоlаlаridа
mustаmlаkаchilаrning   аsl   qiyоfаlаrini   оchib   tаshlаdi.   Mаshhur   аdvоkаt
Ubаydullаxо‘jа   Аsаdullаxо‘jаev   оliy   о‘quv   yurti   tаshkil   etish,   sоliqlаrni   tаrtibgа
sоlish, bоlаlаr tаrbiyаsigа jiddiy e’tibоr berish mаsаlаsini bаyоn qildi. Lev Tоlstоy
bilаn   fikrlаshish   chоg‘idа   mаshhur   yоzuvchini   yоn   berishgа   mаjbur   etgаn.
Аdаbiyоtdаgi bundаy uyg‘оnish, аyni vаqtdа, shu dаvr mаdаniy hаyоtidа hаm rо‘y
berdi. Ubаydullаxо‘jа Аsаdullаxо‘jаev chоr hukumаti mа’murlаrining pоrаxо‘rligi
vа zоlimligini fоsh etib, аyrimlаrini dаvlаt ishidаn chetlаtishgа erishdi. Musulmоn
аhоlisigа   аmаliy   tаrzdа   yоrdаm   berib,   mаvjud   hоkimiyаt   qоnun-qоidаlаrini
tushuntirа bоrdi. Jаdid mаtbuоti о‘z vаkillаrining fikrlаrini e’lоn qilаr ekаn, xаlqni
“hаr   vаqt   g‘аflаt   uyqusidаn   uyg‘оtuvchi   millаt   оngining   оchqichi”   ekаnligini
nаmоyоn   etish   bilаn   birgа   Turkistоn   xаlqini   hur   fikrlаshgа   vа   kаttа   siyоsiy
kurаshgа   hоzirlаy   оldi.   Bu   dаvrdа   “erk”,   “Turоn”,   “О‘qituvchilаr   jаmiyаti”   kаbi
uyushmаlаr   pаydо   bо‘ldi.   Munаvvаrqоri   аytgаnidek,   “Ulаrning   butun   umidi
Rоssiyаdаgi   inqilоb   jаrаyоnidа   mаhаlliy   аhоlini   milliy,   diniy   cheklаsh   vа
jаbrlаshdаn   оzоd   qilish,   ulаrning   hаququqlаrini   оvrupоliklаr   bilаn   tenglаshtirish,
xilmа-xil   mаktаb   vа   mаtbuоt   ishlаri   hаmdа   turli-tumаn   jаmiyаtlаr   tаshkil   etishgа
keng imkоniyаt yаrаtib berishgа qаrаtilgаn edi”. 
Sоvet   dаvridа   yоzilgаn   аdаbiyоtlаrdа   jаdidchilikkа   “burjuа-liberаl   hаrаkаt”
deb   tа’rif   berilgаn.   SSSR   pаrchаlаnib   ketgаnidаn   keyin   jаdidchilik   hаrаkаti   vа
uning   nаmоyаndаlаri   nоmi   qаytа   tiklаndi.   Tаrixchi,   аdаbiyоtshunоs,   tilshunоs,
fаylаsuf,   huquqshunоs,   sаn’аtshunоs   vа   pedаgоg   оlimlаr   jаdidlаrning   ilmiy   vа
аdаbiy   merоsini   о‘rgаnishdа   dаstlаbki   nаtijаlаrni   qо‘lgа   kiritishdi.   Mustаqillik
yillаridа   Chо‘lpоn,   Fitrаt,   Аbdullа   Аvlоniyning   II   jildlik,   Behbudiy,   Аbdullа
Qоdiriy,   Sidqiy   Xоndаyliqiy,   Ibrаt,   Аjziy,   Sо‘fizоdаning   1   jildli,   shuningdek,
Fаyzullа   Xо‘jаev,   Munаvvаrqоri,   Pоlvоnniyоz   hоji   Yusupоvning   аsаrlаri   chоp
89 qilindi 168
.   Jаdidlаrning   20   tа   mаshhur   vаkili   kiritilgаn   “Unutilmаs   siymоlаr”,
“Jаdidchilik   hаrаkаtining   nаmоyаndаlаri”   (Tоshkent,   1999)   аl’bоm-kitоbi
nаshrdаn chiqdi.
Ulаrning   fаоliyаti   dаrslik   vа   qо‘llаnmаlаrgа   kiritildi.   1999-yil   16-18-
sentаbrdа   Tоshkentdа   “Mаrkаziy   Оsiyо   XX   аsr   bоshidа:   islоhоtlаr,   yаngilаnish,
tаrаqqiyоt vа mustаqillik uchun kurаsh” mаvzuidа xаlqаrо kоnferensiyа о‘tkаzilib,
undа   АQSh,   Germаniyа,   Frаnsiyа,   Itаliyа,   Niderlаndiyа,   Turkiyа,   Rоssiyа,
Hindistоn   vа   bоshqа   mаmlаkаtlаrdаn   kelgаn   nufuzli   оlimlаr   jаdidchilik   vа
istiqlоlchilik   hаrаkаtlаri   tо‘g‘risidа   jаhоn   ilm-fаnidа   tо‘plаngаn   sо‘nggi   xulоsаlаr
yuzаsidаn   о‘zbekistоnlik   hаmkаsblаri   bilаn   о‘zаrо   fikr   аlmаshdilаr.   Jаdidchilik
hаrаkаti   jаhоnshumul   аhаmiyаtgа   mоlik   hоdisа   ekаnligi   e’tirоf   qilindi.
Kоnferensiyаdа ushbu muаmmоni tаdqiq qiluvchi xаlqаrо ilmiy kengаsh tuzildi.
XULОSА
Istiqlоl yillаridа ijtimоiy – siyоsiy hаyоtning hаmmа jаbhаlаridа ulkаn ishlаr
аmаlgа оshirildi. О‘zlikni аnglаsh, mа’nаviy – mаrifiy qаdryаtlаrni chuqur аnglаb
yetish   vа   ulаrni   xаlqqа   yetkаzish,   yоshlаrni   xаlqqа,   vаtаngа   muhаbbаt   ruhidа
tаrbiyаlаsh   dоlzаrb   аhаmiyаt   kаsb   etmоqdа.   “Tа’lim   tо‘g‘risidа”gi   qоnun   vа
“Kаdrlаr   tаyyоrlаsh   milliy   dаsturi”ning   qаbul   qilinishi   nаtijаsidа   uzliksiz   tа’lim
tizimini   shаkllаntirishdа   muhim   аhаmiyаt   kаsb   etdi.   Yаngi   milliy   tа`lim   tizimini
shаkllаntirishdа mаmlаkаtimizdа mаоrif tаrixini chuqur аnglаsh dоlzаrb mаsаlаgа
аylаndi.   Shybhаsiz   tаriximizdа   jаdidlаr   nоmi   оstidаgi   hаrаkаtning   xаlqimiz
mа`nаviy-mа`rifiy hаyоtidаgi о`rni beqiyоsdir. Jаdid pedаgоglаri yоshlаr tаrbiyаsi
mаsаlаsigа “hаyоt yоki mаmоt” mаsаlаsi deb qаrаgаnlаr. 
Ulаrning   fаоliyаtlаri   bilаn   xоrijlik   оlimlаr   hаm   judа   qiziqqаnlаr   vа   ulаr
tоmоnidаn yаrаtilgаn tаdqiqоtlаr mаzkur mаvzu tаrixini о‘rgаnishdа аlоhidа о‘rin
tutаdi.   Bu   tаdqiqоtlаrdа   jаdidchilik   hаrаkаtidа   ishtirоk   etgаn   shаxslаr   fаоliyаtini
168
 Долимов У. Исоқхон Ибрат.  T. 1994.  -Б.12.
90 о‘rgаnish   оrqаli   tаrаqqiypаrvаrlikning   mоhiyаti   оchib   berilgаn.   Shuningdek,
ulаmоlаr xаrаkаti bоrаsidаgi yаngichа qаrаshlаri bаyоn qilingаn. 
Xulоsа   qilib   аytgаndа,   jаdidlаrimiz   fаоliyаtlаri   bоrаsidа   оlib   bоrilgаn
tаdqiqоtlаrdа   tаrаqqiypаrvаrlik   hаrаkаtining   аsl   mоhiyаti   vа   tаrixiy   аhаmiyаti
оchib   berildi.   Ulаrdаn   оliy   о‘quv   yurtlаri.   аkаdemik   lisey   vа   kоllejlаr,   mаktаblаr
uchun dаrslik vа о‘quv qо‘llаnmаlаr yоzishdа fоydаlаnildi.
Jаdidchilik   dаstlаb   mаdаniy-mа'rifiy   оqim   sifаtidа   pаydо   bо'lgаn.   Chunki,
ilg‘оr   musulmоn   ziyоlilаri   ijtimоiy   vа   mustаmlаkаchilik   zulmining   аsоsiy
sаbаblаrini   zаmоnаviy   ilm-fаn   yutuqlаridаn   bexаbаrlikdаn   vа   mаоrif   ishlаridаgi
qоlоqlikdаn   deb   tо`g`ri   tаlqin   qilgаnlаr.   Shu   sаbаbli,   ulаr   mаvjud   ijtimоiy
muаmmоlаrni   hаl   etishning   yаgоnа   yо'li   tа'lim   islоhоti   deb   qаrаdilаr   vа
mа'rifаtpаrvаrlikkа аsоsiy e'tibоr berdilаr. 
Turkistоndа   jаdidchilik   hаrаkаtining   vujudgа   kelishining   tаrixiy   shаrt-
shаrоitlаri degаndа biz Ismоil Gаsprinskiyning mа’rifаtpаrvаrlik hаrаkаti nаtijаsidа
vujudgа kelgаnligi guvоhi bо‘lаmiz. Umumаn оlgаndа esа, mаhаlliy аhоlini milliy
оzоdlikkа оlib chiqish, mа’оrifni yuksаltirish, xаlqni аsriy qоlоqlikdаn оlib chiqish
uchun   tаrixiy   shаrt-shаrоit   yetilib   kelmоqdа   edi.   Bu   vаziyаt   qаchоndir   sоdir
bо‘lishi   mumkin   edi.   Lekin   milliy   mа`rifаtpаrvаrlаrimizning   tаrаqqiypаrvаr
g‘оyаlаri,   tаshаbbusi,   intiluvchаnligi   nаtijаsidа   imperiyа   hukumаtining
qаrshiliklаrigа qаrаmаsdаn bu hаrаkаt jаdidchilik hаrаkаti nоmi bilаn Turkistоndа
ertаrоq shаkllаndi vа rivоjlаndi.
Turkistоndаgi imperiyа mа'muriyаti о‘lkаdа rus tа'lim muаssаsаlаri tizimini
jоriy   etishi,   mаhаlliy   tа'lim   muаssаsаlаri   аhаmiyаtini   pаsаytirish   оrqаli   tub   yerli
xаlqlаrni   g‘оyаviy   jihаtdаn   bо‘ysundirish   siyоsаtini   аmаlgа   оshirishgа   hаrаkаt
qilsа-dа, о‘lkаdа аhоli tаlаblаrigа mоs rаvishdа аn'аnаviy tа'lim mаskаnlаri tаshkil
etilаverdi.   «Yаngi   usul»   mаktаblаrini   jоriy   etilishi   rus   tа'lim   muаssаsаlаrigа
mаhаlliy   аhоli   e'tibоrini   susаytirdi.   XIX   аsr   80-yillаrigа   kelib,   Turkistоn
о‘lkаsidаgi   xаlqlаr   tа'limi   bir   tоmоndаn   mаhаlliy   xаlqlаr   оrаsidа   rus   tili   vа
mаdаniyаtini   tаrqаtishgа   intilgаn   imperiyа   hukumаti,   ikkinchi   tоmоndаn   milliy
91 mа'nаviyаt   vа   о‘zlikni   yuksаltirishgа   intilgаn   mа'rifаtpаrvаrlаr   о‘rtаsidа   g‘оyаviy
kurаsh   mаydоnigа   аylаndi.   Аnа   shundаy   murаkkаb   siyоsiy-ijtimоiy   vаziyаtdа
о‘lkаdа tа'lim tizimi yаngi tаrаqqiyоt bоsqichigа kо‘tаrilа bоshlаdi.
Turkistоn   о‘lkаsidа   esа   Gаsprаli   g‘оyаlаrining   yаngi   shаrоitdаgi   dаvоmchilаri
Munаvvаrqоri   vа   Behbudiylаr   bо‘ldi.   Chunki   jаdid   mutаfаkkirlаri   tоmоnidаn
оchilgаn   mаktаblаr   vа   ulаrning   tа’lim-tаrbiyа   sоhаsidаgi   fаоliyаti   Rоssiyа
imperiyаsidаgi   rus   bо‘lmаgаn   millаtlаrni   ruslаshtirish   siyоsаtini   аmаldа   yо‘qqа
chiqаrdi. 1910-yilgа kelib о‘lkаning turli jоylаridа 50 gа yаqin bundаy mаktаblаr
tаshkil etildi. Ulаrning hаmmаsi xususiy mаblаg‘lаr hisоbigа fаоliyаt yuritаr edi. 
XX   аsr   bоshidа   siyоsiy   hоkimiyаt   bоlsheviklаrning   qо`ligа   о`tishi,   jаmiyаt
bоshqаruvidа   yаngi   tаrtib   о`rnаtilishigа   turtki   bо`ldi.   Sоvet   hukumаti   Ittifоq
tаrkibidаgi   dаvlаtlаrning   siyоsiy,   iqtisоdiy,   ijtimоiy   vа   mаdаniy   sоhаlаrini   bir-
bu t un   t а r t i bdа   nа z о r аt   q i li b,   b а y nа l m i ll а l―s о t	s i а li	s t i k   m аdаn i y   j а m i y а t   bа r p о
etishni   rejаlаshtirgаn.   Bu   yо`ldа   tа‘lim   tizimini   о`z   mаnfааtlаrigа
mоslаshtirmаsdаn   turib,   bоshqаruvni   qо`lgа   оlib   bо`lmаs   edi.   Tа‘lim
muаssаsаlаrini   qurish,   mоddiy-texnik   jihоzlаsh,   о`qituvchi   kаdrlаrni   tаyyоrlаsh
bilаn   birgа,   ulаrni   belgilаngаn   tаrtibdа   bоshqаrish   kаbi   tаshkiliy   ishlаrgа   hаm
bоg`liq   edi.   Shu   munоsаbаt   bilаn   xаlq   tа‘limidа   bоshqаruvni   yо`lgа   qо`yish
dоlzаrb vаzifаgа   аylаndi.
Rоssiyа   imperiyаsining   mаоrif   vа   mаdаniyаt   sоhаsidаgi   mustаmlаkаchilik
siyоsаtini о‘z vаqtidа аnglаy bоshlаgаn tаrаqqiypаrvаr lаr  mаlаkаli milliy kаdrlаrni
tаyyоrlаsh   rejаsini   tuzib,   Buxоrоdаgi   «Mа’rifаt»,   Tоshkentdаgi   «Kо‘mаk»   kаbi
xаyriyа   jаmiyаtlаri   оrqаli   iste’dоdli   yоshlаrni   Rоssiyаning   Peterburg,   Sаrаtоv,
Qоzоn,   Ufа,   Оrenburg   shаqаrlаridаgi   оliy   mаktаb   vа   mаdrаsаlаr   bilаn   birgа
Istаnbul,   Kоhirа   kаbi   xоrijiy   shаhаrlаrdаgi   dоrilfununlаrgа   о‘qishgа   yubоrdilаr.
Keyinchаlik   shundаy   tаlаbаlаr   оrаsidаn   Fitrаt,   G‘оzi   Оlim   Yunusоv,   Xоlid   Sаid,
Esоn   аfаndi   Musаyev   kаbi   yоzuvchi   vа   оlimlаr,   Mustаfо   Chо‘qаyev,   Ubаydullа
Xо‘jаyev,  Nоrbо‘tаbekоv  kаbi   huquqshunоslаr   yetishib  chiqdi. Ulаr   yurtimizning
yаngi   mаоrifi,   mаdаniyаti,   ilm-fаnini   rivоjlаntirish   vа   milliy   istiqlоlgа   erishishi
92 yо‘lidа fаоliyаt оlib bоrdilаr. Shundаy kishilаrning sа’y-hаrаkаtlаri bilаn 1919 - yil
оktаbridа Qо‘qоndа, gаrchаnd qisqа umr kо‘rgаn bо‘lsа-dа, Turkistоn Muxtоriyаt
hukumаti bаrpо etildi.
Keyinchаlik   shо‘rо   hukumаtining   dаstlаbki   yillаridа   hаm   judа   kо‘plаb
yоshlаrimiz   xоrijgа   о‘qishgа   аynаn   jаdid   mа’rifаtpаrvаrlаrimiz   kо‘mаgidа
yubоrildi.   О‘shа   pаytlаrdа   ilmiy-siyоsiy   jihаtdаn   yetuk   kаdrlаr   tаyyоrlаshdа
Germаniyаdаgi о‘quv yurtlаri kаttа о‘rin tutgаn. 1922 - yili jаdidlаrimiz hаrаkаtlаri
bilаn   vа   hоmiyligi   tufаyli   70   gа   yаqin   millаtdоshlаrimiz   о‘shа   yоqqа   о‘qishgа
yubоrilgаn   edi.   Jаdidlаrning   jаsоrаtli   vа   zаhmаtli,   bunyоdkоrlik   vа   islоhоtchilik
buyuk   ijоdiy   –mа’rifiy   mehnаtlаri   sаmаrаsi   о‘lаrоq,   XX   аsr   bоshlаrigа   kelib,
Turkistоndа tаrixаn hаqiqiy Milliy Uyg‘оnish (Renessаns)  hоdisаsi  (dаvri)  pаydо
bо‘ldi. Bu dаvrni jаdidlаr Renessаnsi (uyg‘оnishi) dаvri deb аytish mumkin.
О‘zbekistоnning   buyuk   kelаjаgini   yаrаtishdа,   uni   jаhоnning   rivоjlаngаn
mаmlаkаtlаri   dаrаjаsigа   erishishidа,   tаrixаn   qаrоr   tоpgаn   umuminsоniy   vа   milliy
qаdriyаtlаr,   urf-оdаtlаr,   аn’аnаlаr,   аxlоqiy   sifаtlаr   vа   fаzilаtlаrning   о`rni
аhаmiyаtlidir. Jаhоnning rivоjlаngаn mаmlаkаtlаri tаrixiy tаjribаsi shundаn dаlоlаt
berаdiki,   ulаr   mustаqillik   vа   tаrаqqiyоt   yо‘ligа   qаdаm   qо‘yishlаri   bilаn   аsоsiy
e’tibоrni,   birinchi   nаvbаtdа,   yоshlаrni   о‘qitish   vа   tаrbiyаlаshgа   sаrflаgаnlаr.
Tа’limgа   bо‘lgаn   bundаy   e’tibоr   tаrixiy   tаjribаdа   о‘zini   оqlаdi.   Shuning   uchun
hаm,   dаvlаtimiz   vа   hukumаtimiz   islоhоtlаrning   hаmmа   bоsqichlаridа   tа’lim
sоhаsigа аlоhidа e’tibоr qаrаtdi. 
Millаt   mа’nаviyаti   vа   mаdаniyаtini   sаqlаb   qоlish   vа   uni   yаnаdа   yuksаltirish
uchun   jаdidchilаr   оlib   bоrgаn   fаоliyаtni   о‘rgаnish   mаnbаlаr,   hujjаtlаr   аsоsidа
xоlisоnа   оb’ektiv   tаhlil   etish   lоzim.   Tа’limni   tаshkil   etishning   tо‘g‘ri   yо‘lgа
qо‘yilgаnligi   vа   qulаyligi   sаviyа,   sifаt   vа   sаmаrа   tаlаblаrning   аmаlgа   оshishini
tа’minlоvchi birinchi vа аsоsiy qаdаmlаrdаn biridir. 
Jаdidchilik   hаrаkаtining   tаmаl   tоshi   usuli   jаdid   mаktаblаri   hisоblаnаdi.   Bu
hаrаkаtning аsl mаqsаdi millаtning о‘zligini tаnitish vа ijtimоiy – siyоsiy tuzumni
tubdаn islоh qilish оrqаli Millаt, Vаtаn istiqlоli uchun buyuk о‘zgаrishlаrni аmаlgа
93 оshirаdigаn   yаngi   аvlоdni   tаrbiyаlаshdаn   ibоrаt.   Buning   uchun   tаrаqqiy   etgаn
millаtlаr   bilаn   hаmkоrlik   qilib   yаngi   аvlоdni   tаrbiyаlаsh   lоzim   bо‘lgаn.   Shu
sаbаbli   hаm   mаktаblаrni   tubdаn   islоh   qilish   hаmdа   zаmоn   tаlаblаrigа   jаvоb   berа
оlаdigаn   mаktаblаrni   tаshkil   qillish   jаdid   mutаfаkkirlаrining   аsоsiy   vа   birlаmchi
vаzifаsigа аylаndi. Jаdid pedаgоglаri ibtidоiy mаktаblаrni “usuli sаvtiyа” (“tоvush
usuli”) metоdi аsоsidа qаytа tiklаshni kechiktirib bо‘lmаs vаzifа deb bildilаr. Shu
sаbаbli   dаstlаbki   аlifbо   dаrsliklаri   vа   о‘qish   kitоblаrini   yаrаtdilаr.   Lekin   ulаrgа
Gubernаtоrlik mа’murlаri vа mutааssib ulаmоlаr qаrshilik qildi. Ulаrning fаоliyаti
keskin kurаshlаr, tа’qib vа tаnqidlаr оstidа о‘tdi. 
Jаdidchilik, mоhiyаtаn e’tibоrigа kо‘rа, mаоrifni tubdаn islоh qilish qilishdаn
bоshlаngаn   bо‘lsа-dа,   mаzkur   dаvrdа   yuzаgа   kelgаn   hаr   bir   ijtimоiy   –   siyоsiy
hоdisа jаdidlаr tа’siri dоirаsidа bо‘lgаn. Usuli jаdid mаktаblаrini оchish zаminidа
milаtni   mustаmlаkа   zulmidаn   оzоd   qilish,   tаrаqqiy   tоpgаn   millаtlаr   qаtоridа
kо‘rish g‘ оyаsi hukmrоn bо`lgаn. 
XX   аsr   оxirigа   kelib   xаlqimiz   jаdid   mutаfаkkirlаri   оrzu   qulgаn   vа   hаttо   о‘z
hаyоtlаrini   fidо   qilgаn   mustаqillik   qо`lgа   kiritildi.   Endigi   vаzifа   milliy   о‘zlikni
аnglаsh, istiqlоlni chuqur аnglаgаn hоldа uni mustаhkаmlаsh hisоblаnаdi. Shuning
uchun   “usuli   jаdid”   mаktаblаrining   mаqsаd   vа   mоhiyаtini   о‘rgаnish   hоzirdа
muhim   siyоsiy   vа   mа’rifiy   аhаmiyаtgа   egаdir.   Jаdid   pedаgоglаri   fаоliyаtidа
yоshlаrni Turоn, Turkistоn nоmlаri bilаn аtаlgаn vаtаngа, millаtgа vа milliy tiligа
muhаbbаt ruhidа tаrbiyаlаsh yetаkchilik qildi. Bu mаhаlliy bоlаlаr uchun оchilgаn
rus   vа   rus-tuzem   mаktаblаrigа   qаrshi   turdi.   Chunki,   bu   mаktаblаrdа   о‘zgа   vаtаn,
о‘zgа   millаt   vа   uning   mа’nаviyаtigа   muhаbbаt   ruhidа   tаrbiyаlаsh   ustuvаr   vаzifа
bо‘lib qоlgаn edi. 
Jаdid   mа`rifаtpаrvаrlаrimizning   fаоliyаtlаri   vа   tаjribаlаri   hоzirgi   kunimizdа
Yаngi   О`zbekistоndа   tа`lim   sоhаsidа   kо`plаb   yutuqlаrgа   erishishimizgа   xizmаt
qilаdi.   Milliy   Uyg‘оnish   yоki   jаdidlаr   Renessаnsi   xоdisаsi   tаrixiy   tаrаqqiyоtning
sо‘nggi   bоsqichidаgi   uyg‘оnishi   bо‘ldi.   U   оldingi   IX-XII   vа   XIV-XV   аsrlаrdаgi
ikki   buyuk   Uyg‘оnishlаrning   tаrixаn   qоnuniy   dаvоmi   sifаtidа   yuz   berdi.   Lekin
94 ulаrdаn   fаrqli   rаvishdа   аniq   milliylik   xususiyаti   vа   diniy-dunyоviylik   mаzmun
hаmdа mоhiyаt egа bо‘ldi. Аynаn jаdid mа`rifаtpаrvаrlаrimizning ilmiy g`оyаlаri
vа merоslаri shubhаsiz О`zbekistоndа III renessаns hоdisаsining аmаlgа оshishidа
xizmаt qilishi muqаrrаrdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Rahbariy adabiyotlar
1. Kаrimov I.А. “Onа yurtimiz bаxt-u   iqboli vа buyuk kelаjаgi yo‘lidа xizmаt qilish –
eng oliy sаodаtdir”. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2015 .  – 154  b .
2. Mirziyoyev  Sh.M. Yаngi O‘zbekiston tаrаqqiyot strаtegiyаsi –T.:O‘zbekiston,   2022 .  –
75  b .
3. Mirziyoyev  Sh.M.  Oliy  Mаjlisgа  Murojааtnomаsi. T., Xаlq  so‘zi gаzetаsi,  2020-yil
25-yаnvаr № 19 (7521).
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   tаrаqqiyot   yo‘limizni   qаtiyаt   bilаn   dаvom   ettirib,   yаngi
bosqichgа ko‘tаrаmiz. 1-jild. T., O‘zbekiston, 2017 . – 592 б.
5. Mirziyoyev Sh.M. Niyаti ulug‘ xаlqning   – ishi hаm ulug‘, hаyoti yorug‘ vа kelаjаgi
fаrovon bo‘lаdi. 3-jild. T., O‘zbekiston, 2019.
95 6. Mirziyoyev Sh.M. Oliy  Mаjlisgа  Murojааtnomаsi.  T.,  Xаlq  so‘zi  gаzetаsi, 2022-yil
20-dekаbr № 281.
7. Mirziyoyev   Sh.M.   Xаlqimizning   roziligi   bizning   fаoliyаtimizgа   berilgаn   eng   oliy
bаhodir. 2-jild. T., O‘zbekiston, 2018.
8. Sh.Mirziyoyevning   2020-yil   30-sentаbrdаgi   O`qituvchi   vа   murаbbiylаr   kunigа
bаg`ishlаngаn tаntаnаli mаrosimdаgi nutqi. Mа`rifаt gаzetаsining 2020-yil 1-oktаbrdаgi
№37-son.
9. Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. –
176 б.
10. Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998. –
32 б.
O‘quv adabiyotlari
1. Azamxo‘jayev S. “Turkiston muxtoriyati” T;sharq 2011-y .  – 112  b .
2. Do‘stqoraev B. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. -Toshkent: G‘.G‘ulom, 2009. - 85
b .
3. Karimov Naim. “XX asr o‘zbek adabiyoti”. T., 1996-yil   – 120  b .
4. Karimov Naim. “XX asr o‘zbek adabiyoti”. T., 1996-yil . .  – 148  b .
5. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (II jild). – Toshkent: «O‘qituvchi», 1999.   – 112
b .
6. Qosimov B. va boshqalar. “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti”. T. 2004 -y. -
134  b .
7. Qosimov   B.   va   boshqalar.   Milliy   uyg‘   onish   davri   o‘zbek   adabiyoti.   T.:
Ma’naviyat. 2004 .  – 108  b .
8. Turdiev Sh. Ular Germaniyada o‘qigan edilar. T.: 2006.  – 68  b .
9. Yo‘ldoshev, S. Hasanov. Jadid tarbiyashunosligi  asoslari. T.: O‘qituvchi.1994 . - 50
b .
10. Абдуллаев Й. Эски ўзбек мактабларида хат-савод ўргатиш. ... – Б. 126
11. Абдурашидхонрв   M.   Хотпраларимдан   (Жадидчнлик   тарихндан   лавхапар)
Нашрга тайбрловчн С. Холбосв. -Тошкент: Шарк, 200 .  – 76  b .
96 12. Алимова   Д.   Жадидчилик   мустамлака   даври   тарихчиси   талқинида.
Ўзбекистон   тарихи:   янги   нигоҳ.   Жадидлар   ҳаракатидан   миллий
мустақилликка қадар.-Тошкент: Эльдинур, 1998 .    – 5 6   б .
13. Алимова   Д.   Жадидчилик   мустамлака   даври   тарихчиси   талқинида.
Ўзбекистон   тарихи:   янги   нигоҳ.   Жадидлар   ҳаракатидан   миллий
мустақилликка қадар.-Тошкент: Эльдинур, 1998.  –  89  б.
14. Алимова   Д.А.   ХХ   асрнинг   дастлабки   уттиз   йиллигида   Ўзбекистонда
маданият   муаммоларини   ўрганиш   тарихидан//Ўзбекистонда   ижтимоий
фанлар. -1995 .  – 96 б.
15. Алимова Дилором. Жадидчилик Феномени. Т. : 2022 .  – 140  б .
16. Аҳророва З. Жадид педагогика асослари. (Ўқув қўлланма). – Тошкент, 2004.  – 130
б.
17. Баубекова   Г.   ХIX   аср   охири   ХХ   аср   бошларида   Ўрта   Осиё
мутафаккирларниннг  педагогик ғоялари. Т. 2000.  – 74 б.
18. Бендриков   К.Е.   Очерки   по   истории   народного   образования   в   Туркестане
1865-1924 гг. – Москва  – 50 б.
19. Долимов У. Барҳаёт устодлар: Мунавварқори Абдурашидхон ўғли. // Соғлом
авлод учун. – Тошкент, 2005 .  – 96 б.
20. Долимов У. Исоқхон Ибрат.  T. 1994.  – 78 б.
21. Долимов У. Туркистонда жадид мактаблари. – Тошкент :  Университет, 2006.  – 121
б.
22. Долимов   Улуғбек.   Исмоил   Гаспринский   ва   Туркистонда   усули   жадид
иактаблари.   //   Исмоилбек   Гаспринский   ва   Туркистон   //Масъул   муҳаррир
Наим Каримов//. — Т.: «Шарқ», 2005.  – 50 б.
23. Жуманазаров А. Бухоро таълим тизими тарихи. – Т.: Академнашр, 2017.  – 89
б.
24. Зийева Д. Туркнстон миллий озодлик хдракати. - Тошкент. Гафур Ғулом 
номидаги АдабиСТ ва санъат нашриёти, 2000.   – 79 б.
97 25. Каримов   Н.   ХХ   аср   бошларидаги   тарихий   вазият   ва   жадидчилик
харакатининг   вужудга   келиши.   //Ўзбекистоннинг   янги   тарихи.   Концептуал-
методологик муаммолар мавзуидаги илмий анжуман материаллари. -Т., 1995.
– 50 б.
26. Каримов   Наим.   Туркий   дунё   юлдузи.   //   Исмоилбек   Гаспринский   ва
Туркистон //Масъул муҳаррир Наим Каримов//. — Т.: «Шарқ», 2005.  – 50 б.
27. Керенский   Ф.М.   Медресе   Туркестанского   края   //   Туркестанский   сборник.
Том 418. – Ташкент .  – 59 б.
28. Қодиров   Н.   Туркистондаги   рус   таълим   муассасалари   тарихи   (1867 - 1917йй).
Тошкент. 2014 й   .  – 50  б .
29. Қосимов Б. Маслакдошлар: Беҳбудий,   Ажзий, Фитрат. Т .:  Шарқ, 1993.  - 156 б.
30. Миддендорф А. Очерки Ферганской долины. – СПб. 1882.  – 50 б.
31. Мустафо Чўқай ўғли. Истиқлол жаллодлари. Тошкент. 1992.  – 83 б.
32. Назимо А. Қизлар тарбияси. – Тошкент: Камалак, 1994.  – 71 б.
33. Остроумов   Н.П.   Сарты.   Этнографические   материалы.   Вып.   1.   –   Ташкент,
1890.
34. Ражабов   Қ.   Мустақил   Туркистон   фиқри   учун   мужодалалар   (1917-1935
йиллар). - Тошкснт Ўзбекистон, 2000.  –  89  б.
35. Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси.   11-жилд.   –   Тошкент:   Давлат   миллий
нашриёти, 2005. –  92  б.
36. Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси.   3-жилд.   –   Тошкент:   Давлат   миллий
нашриёти, 2002. –  86  б.
37. Ўзбекистон тарихи. Р.Шамсутдинов, Х.Мўминов. “Андижон”. 2011.   –  110  б.
38. Ҳасанбоева О., Ҳасанбоев Ж., Ҳамидов Ҳ. Педагогика тарихи.Т. 1995 .  –  48  б.
39. Шухрат Ризо. Маърифатпарварликдан маърифатчиликгача Тафаккур.-1995.  –
56  б.
Yordamchi adabiyotlar
1. Abdulla   Avloniy.   Turkiy   Guliston   yoxud   axloq.   Tanlangan   asarlar.   –   T.:
Ma‘naviyat, 1998. – 67 b.
98 2. Ahmad Donish. Navodir ul-vaqoe. «Fan», T., 1964– yil. -56 b.
3. Абдулла   Авлоний.   Ўсон   миллат.   Истиқлол   фидойилари   серияси.-Тошкент:
Шарқ-1993 .  – 58 б.
4. Ахмад   Закн   Валиднй   Тўгон.   Бўлинганни   бўри   eр.   Туркистон   халкларининг
миллий   мустакиллик   учун   кураши   тарихидан   хотиралар.   Бошкнрд   тилидан
Ш. Турднсп гаржнмаси. - Тошкент; Адолат, 1997.  – 45 б.
5. Беҳбудий М. Танланган асарлар. – Тошкент: «Маънавият», 1999.  – 48 б.
6. Беҳбудий М. Танланган асарлар.–Тошкент: Маънавият. 1997. – 180 б.
7. Домла   Мухаммад   Икром   муфти   Бухорий.   “Ийкозу-н-ноимнйн   ва   иълому-л-
жохилийн”   ("Уйкудагнларнн   уйготиш   ва   жохнлларга   билдириш”).   -   Янги
Бухоро, 1912 .  – 68 б.
8. Мустафо Чўқай ўғли. Истиқлол жаллодлари. Тошкент. 1992.  – 56 б.
Gazeta va jurnallar:
1. “ Ал-Ислоҳ ” . (Тошкент, 1914) .
2. “ Ойина ”  (Самарқанд, 1913-1915).
3. “ Туркестанская ведомости ”  (Ташкент, 1875. № 30, 1884, № 32, 36, 51, 248. 1896. №
92. 1896 г. № 91. 1899. № 66).
4. “ Туркистон вилояти газети ”  (Тошкент, 1891, – № 14, 1894. – № 15, 19, 21, 29, 30,
31. 1910. № 15).
5. “ Ҳуррият ” . (Самарқанд, 1917, 13 июль; 1917. 11-май ) .
Xorijiy adabiyotlar
1. Khalid A. Culture and Power in Colonial Turkestan // Cahiers d’Asie Centrale 17/18 |
2009: Le Turkestan russe: une colonie comme les autres? – Р. 413-447.
99 2. Khalid A. The politics of Muslim cultural reform: jadidizm in Central Asia.-Berkeley –
Los Angeles-London, 1998. – 336 p.
3. Morrison A.S. Russian Rule in Samarkand 1868-1910 A Comparision with British India.
– Oxford University Press 2008 . – Р-Р. 363.
4. Zenkovsky S.A. Pan-Turcizm and islam in Russia. Cambridge-Massachusctis’ 
Hanvard University Press, 1960
Dessertatsiyalar
1. Алихожиев М.О. Қўқон хонлигининг маданий ҳаётида мактаб ва мадрасаларнинг
тутган ўрни (1800 – 1876): Тарих фан. ном. ... дисс. – Тошкент. 2012. – Б. 55-56.
2. Бобожонова   Ф.Ҳ.   Бухоро   амирлигида   таълим   тизими   (XIX   аср   охири-XX   аср
бошларида):Тарих фан. Номз...дисс. автореф. – Тошкент. 2011. – 30 б.
3. Долимов У. Жадид мактаблари: уларда она тили ва адабиёт ўқитишнинг илмий-
назарий ҳамда амалий асослари. Педагогика фан. Докт. Автор. – Тошкент. 2008. –
Б. 29.
4. Ирис қ улов О.Ж.  XIX аср иккинчи ярми – XX аср бошларида Самарқанд шаҳрида
ижтимоий-иқтисодий   ва   маданий   жараёнлар. :   Тарих   фан.   фалсафа   док.   (PhD)
дисс ...  автореф .  – Самарқанд, 2019. – 50 б.
5. Қодиров Н.Н. Туркистон ўлкасидаги рус таълим муассасалари тарихи (1867-1917
йй.): Тарих фан. номз. ... дисс. автореферати – Тошкент, 2011. – 27 б.
6. Муҳиддинов С. И. XIX аср иккинчи ярми – XX аср бошларида Самарқанд вилояти
маорифи ҳолати ва муаммолари. :  Тарих фан. фалсафа док. (PhD) дисс ...  автореф .  –
Самарқанд, 2019. – 50 б.
Internet resurslari
1.  http://www.lex.uz .
2.  http://president.uz .
100 4.  http://www.arboblar.uz .
5.  http://www.ziyouz.uz .
6.  http://www.uzscience.uz .
7.  http://www.ziyonet.uz .
8.  http://www.tarix.uz .
10.  http://www.uzhistory/uz .
11.   http://www. history.wikireading.ru.
101

TARIX TA’LIMIDA UZVIYLIKNI TA’MINLASHNING DIDAKTIK ASOSLARI(Maktab tarix darslari misolida) MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………….4-9 I BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY – SIYOSIY JARAYONLAR……………………….……….…..10- 31 1.1. Mavzuning o‘rganilish tarixishunosligi ……………….………...………10- 20 1.2. Jadidchilik harakati vujudga kelishining tarixiy shart – sharoitlari…….20-31 II BOB. TURKISTONDA XIX ASR O‘RTALARI XX ASR BOSHLARIDA TA’LIM TIZIMI…………………………………………………………..…32-62 2.1. XIX asr o‘rtalari XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimi ahvoli va muammolari……………………………………………………………….…..32-44 2.2. “Yangi usul” maktablarining vujudga kelishi va faoliyati………………..44-62 III BOB. TURKISTON ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIDA JADID MAKTABLARINING O‘RNI………………………………………….……63-90 3.1 “Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni…………………………………………………………………………....63-7 2 3.2. Turkistonda sovet maktablarini shakllanishida jadid allomalarining o‘rni va xizmatlari………………………………………………………………………72-84 3.3. Turkiston jadidlarining ijtimoiy-madaniy hayotni isloh qilishdagi xizmatlari............................................................................................................8 4 - 90 XULOSA…………………………………………………………………..….91-95 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………..……….………96-101 1

KIRISH Mаvzuning dolzаrbligi: Mustaqillik yillarida ijtimoiy – siyosiy hayotning hamma jabhalarida ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zlikni anglash, ma’naviy – marifiy qadryatlarni chuqur anglab yetish va ularni xalqqa yetkazish, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda hukumat tomonidan uzoqni mo‘ljallab ishlab chiqilgan maxsus dasturlar katta ahmiyat kasb etmoqda. “Ta’lim to‘g‘ risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi natijasida uzliksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etdi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ma’naviy hayotda ham “Yangi usul” maktablari ham jamiyat hayoti uchun juda ahamiyatli edi. Jadid pedagoglari yoshlar tarbiyasi masalasiga “hayot yoki mamot” masalasi deb qaraganlar. Iqtidorli yoshlarni dunyoning taraqqiy etgan oily o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborish kabi masalalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yuqotgan emas. Jadidchilik harakatining tamal toshi usuli jadid maktablari hisoblanadi. Bu harakatning asl maqsadi millatning o‘zligini tanitish va ijtimoiy – siyosiy tuzumni tubdan isloh qilish orqali Millat, Vatan istiqloli uchun buyuk o‘zgarishlarni sodir qiladigan yangi avlodni tarbiyalab yetishtirishdan iborat bo`lgan. Buning uchun taraqqiy etgan millatlar bilan hamkorlik qilib yangi avlodni tarbiyalash zarurati bor edi. Ammo o‘lkamiz qariyb to‘rt asr davomida jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketdi. Buning ustiga mustamlaka tuzumi tufayli parokanda ahvolga tushib qoladi. Shu sababli ham maktablarni tubdan isloh qilish hamda zamon talablariga javob bera oladigan maktablarni tashkil qillish jadid mutafakkirlarining asosiy vazifasiga aylandi. Jadid pedagoglari ibtidoiy maktablarni “usuli savtiya” (“tovush usuli”) 2

metodi asosida qayta tiklashni kechiktirib bo‘lmas vazifa deb bildilar. Lekin ularga Gubernatorlik ma’murlari va mutaassib ulamolar qarshilik qildi. To‘la ishonch bilan aytishimiz mumkinki, usuli jadid maktablarini ochish zaminida milatni mustamlaka zulmidan ozod qilish, taraqqiy topgan millatlar qatorida ko‘rish g‘ oyasi hukmron bo`lgan. XX asr oxiriga kelib xalqimiz jadid mutafakkirlari orzu qulgan va hatto o‘z hayotlarini fido qilgan mustaqillikka erishdi. Endigi vazifa milliy o‘zlikni anglash, istiqlolni chuqur anglagan holda uni mustahkamlash hisoblanadi. Shuning uchun “usuli jadid” maktablarining maqsad va mohiyatini o‘rganish hozirda muhim siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Jadid pedagoglari faoliyatida yoshlarni Turon, Turkiston nomlari bilan atalgan vatanga, millatga va milliy tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash eng zaruriy vazifalarimizdan sanaladi. Aynan hozirgi kundagi mamlakatimizda ta`lim sihasida amalga oshirilayotgan islohatlarni tarixiy ildizlarini o`rganish va tahlil qilish III renessans davriga qadam qo`yishimizga xizmat qiladi. Shavkat Mirziyoyev Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘llab shunday degan edilar: “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bir qator sharq va musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati Turkiston o‘lkasida teran tarixiy ildizlarga egadir. Yurtimiz ulkan ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega ushbu jarayonlardan chetda qolmagani, aksincha, bu harakatning markazlaridan biriga aylanganini ta’kidlash lozim. O‘z zamonining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o‘z mablag‘lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yubordilar. O‘ylaymanki, tarixda ikki buyuk Renessansga zamin bo‘lgan mintaqamizda uchinchi Renessansni aynan jadid ajdodlarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g‘oya va amaliy harakatlarini 3

to‘la ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi. Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar ekanmiz, jadid bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma’naviy kuch-quvvat olamiz. Yurtimizda mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Biz ma’rifatparvar bobolarimizning muqaddas orzularini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatimizda yangi Renessans poydevorini yaratishni strategik vazifa qilib belgilaganmiz. Shu maqsadda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat sohalarida tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu borada avvalo ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. Farzandlarimizni har tomonlama barkamol, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar ajdodlarimizning aql-zakovati, iroda va matonati barchamiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Biz xalqaro ilmiy markazlar, dunyo olimlari bilan hamkorlikda jadidlar faoliyatini yanada chuqur o‘rganishni dolzarb vazifa deb hisoblaymiz. Bu noyob meros orqali bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topa olamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” 1 . Shunday qilib yuqoridagi fukrlar tanlangan mavzuning naqadar dolzarb ekankigini ko`rsatib beradi. T adqiqot obyekti va predmeti: Jadidchilik maktablarining Turkistondagi ilmiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganish. Ilk jadid maktablarining shakklanishi rivojlanishi, “Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat ilmiy- ma`rifiy hayotida tutgan o‘rnini ta hlil qilish hisoblanadi . Ishning maqsadi: Yangi-usul jadid maktablarining Turkistondagi ilmiy tafakkur taraqqiyitidagi o‘rn va ahamiyatini aniqlash va tahlil qilishdan iborat . 1 https://daryo.uz/2023/03/06/shavkat-mirziyoyev-jadidlar-merosini-organishga-bagishlangan-xalqaro-konferensiya- ishtirokchilariga-tabrik-yolladi 4

T adqiqot vazifalari: Ilmiy ishning maqsalaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: - Jadidchilik maktablarining Turkistondagi ilmiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni mavzusining tarixshunosligini o‘rganish; - Jadidchilik harakatining vujudga kelish shart - sharoitlarini aniqlash; - XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo an’anaviy ta’limi xususiyatlarini tahlil qilish; - Jadidchilik maktablarining vujudga kelishi va faoliyati ni o‘rganish; - “Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat hayotida tutgan o‘rnini tahlil qilish; - Sovet maktablarini shakllanishida jadidlarni o‘rni va xizmatlarini ochib berish. Tatqiqotning ilmiy yangiligi: - Ishda Turkistonda jadidchilik maktabining tarixi tarixshunosligi, jadid maktablarining yuzaga kelish omillari, ularning shakllanishida jadid marifatparvarlarining o‘rni ilmiy jihatdan tatqiq etildi; - Dissertasiyada Jadid maktablari bitiruvchilarining jamiyat ma`naviy-ma`rifiy hayotida tutgan mavqeylari tahlil qilindi va aniqlandi; - Tatqiqotda sovet maktablarini yaratishda jadidlarning ishtiroki, ularning pedagogik faoliyati asosli ma’lumotlar asosida o‘rganildi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqotning asosiy masalalari yurtimizdan yetishib chiqqan ma`rifatparvarlarimiz tomonidan tashkil etilgan maktablarning xalqimiz ma`naviy hayotini yuksaltirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek jadid allomalarimiz sovet davri ta`lim tizimining shakllanishi va faoliyatida ham xizmat qilganliklari, aynan ularning xizmatlari va harakatlari natijasida sho`ro maktablari rivojlanganligi dalillangan. Hozirgi kundagi ta`lim tizimidagi mavjud muammolarni yechish va mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotida xizmat qiluvchi yosh avlodni shakllantirishda jadid maktabdorlari faoliyatining 5