logo

Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash masalalari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70.6455078125 KB
Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash masalalari
Kirish
I BOB. Birinchi sinf  matematika darslarida uzviylikni ta’minlashning pedagogik va metodik 
asoslari. 
1. Birinchi sinf matematika ta’limida uzviylik tushunchasi va ta’minlanishi.
2. Birinchi sinf matematika ta’limida uzviylikni ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlari.
II BOB. Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash metodikasi
1. O’n ichida sonlarni o’rganishda uzviylikni ta’minlash yo’llari.
2. Yuz ichida sonlarni o’rganishda uzviylikni ta’minlash yo’llari.
III BOB. Pedagogik va metodik sinov va uning natijalari.
Umumiy xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar. Annotatsiya:  Malakaviy bitiruv ishida uzviylik tushunchasi berilgan bo`lib, uzluksiz 
ta’lim tizimining har bir turida o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan 
talablarni o`zaro bog’lig’ligi va o’quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli 
joylashtirilishi, bilimlarini
o’zlashtirish jarayonining qonuniyatlari keltirilgan.
Kalit so’zlar : uzviylik, tushuncha, uzluksiz ta’lim tizimi, bilim, ko’nikma, matematik 
ta’lim, o`qitish metodlari, cheksiz kichik va cheksiz katta miqdorlar, 
Аннотация.  Настоящая статья является примером применения 
инновационных методов в преподавании математики в вузе, вопросах развития 
преемственности, внутрепредметной связи межу математикой ВУЗа и 
профессионально-технических
колледжей
Ключевые слова:  цели и задачи, методы обучения, пространственные
представления,логическое мышление, преемственность обучения школы и колледжа, 
внутрипредметные и межпредметные связи Kirish
Boshlang’ich ta’limda qo’yiladigan asosiy talablardan biri boshlang’ich sinflarda 
o’rganiladigan matematika materiallarida uzviylikni to’la ta’minlash hisoblanadi. Shu nuqtai
nazardan boshlang’ich matematik ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash dolzarb 
masalalardan biridir. 
Boshlang’ich ta’lim matematika darslarida uzviylikni ta’minlash uchun matematika 
darslarining mazmun va mohiyatidan kelib chiqib darslar asosli va tizimli bo’lishini 
ta’minlash lozim. Ayniqsa, har bir matematik bilimlar bo’yicha boshlang’ich sinf 
o’quvchilarida hosil bo’lishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar kompetentligini 
aniqlash, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish natijasini baholash, boshlang’ich 
matematika ta’limiga zamonaviy va pedagogik texnologiyalarni o’rinli va maqsadli 
singdirish, o’quvchilarda darsliklardan va o’quv-metodik adabiyotlardan mustaqil foydalana 
olish imkoniyatlarini oshirish o’quvchilarning o’z fikrlarini mustaqil bayon qilishlarini 
tarbiyalab berish zarur hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim matematika ta’limida o’quvchilar bilim darajasini oshirish, 
o’quvchilar olgan bilim, ko’nikma va malakalarini kundalik faoliyatlarida qo’llashga, eng 
muhimi ta’limning keyingi bosqichlarida tayyorgarlik vazifasini bajarishda bosh omil 
hisoblanadi. Bu esa boshlang’ich matematik ta’limda uzviylikni ta’minlash demakdir. Shu 
nuqtai nazardan boshlang’ich sinf matematika darslarida beriladigan bilimlarni uzviy 
bog’liqlikda amaliyot bilan uyg’unlashgan holda tizimli ravishda o’quvchilarga yetkazib 
berish dolzarb hisoblanadi. Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylik muammosi uzliksiz ta’lim bilan bog’liqlik 
tomonlari asosan o’zbek pedagogikasida I.Qodirov, Sh.S.Sharipov, N.G’aybullayev, 
J.Ikromov, M.Raemov, N.Saidahmedov, E.Bozorova, Sh.Levenberg, N.U.Bekboyeva, 
M.Axmedov, M.Jumayev, N.Shodiyev, E.X.Nazarovlar tomonidan umumiy tarzda va qisman 
tadqiq qilishgan. Lekin uzviylik muammosi o’zining to’la yechimini topmagan.
Malakaviy bitiruv ishi Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti, 
maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti “boshlang’ich va texnologik ta’lim” 
kafedrasining 2021-2022 o’quv ishlariga mo’ljallangan ilmiy ishlar rejasi doirasida 
bajarildi. 
Malakaviy bitiruv ishining maqsadi: 
Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylikni ta’minlash asosida o’quvchilarning 
bilish kompetentligini oshirish. Shunungdek, uzviylikni ta’minlashning ilmiy-metodik 
asoslarini va unga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Malakaviy bitiruv ishining vazifasi:
- boshlang’ich matematika ta’limida mavjud ishchi o’quv dasturlari va uning 
tarkibiy qismlari asosida uzviylikni ta’minlash;
- boshlang’ich matematika ta’limi tizimida o’quvchilar kompetentligini uzviylik 
muammosi asosida shakllantirish tamoyillarini belgilash;
boshlang’ich matematika ta’limi jarayonida uzviylik muammosining bir qator muhim 
masalalari atrofida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va olingan natijalarning tahlili 
asosida metodik xulosalar chiqarish.
Malakaviy bitiruv ishining asosini boshlang’ich matematika ta’limi tizimida uzviylikning 
ta’minlanish darajasini aniqlash va shu uzviylik muammosi yo’nalishida o’quvchilar 
kompetenqiyaviy bilish darajasini rivojlantirish hamdao’quvchilarning egallagan matematik 
bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo’llashga yo’naltirish va ta’limning keyingi bosqichlarida 
o’qishni muvoffaqiyatli davom ettirishlari uchun matematik tayyorgarliklarini ta’minlash. Malakaviy bitiruv ishining yoritilish usullari. Malakaviy bitiruv ishini yoritishda 
mavzuga doir boshlang’ich matematika ta’limi darsliklari, o’qituvchilarga metodik yordam 
qo’llanmalari, “Xalq ta’limi” va “Boshlang’ich ta’lim” jurnallari sahifalarida mavzuga oid 
berilgan maqolalarni o’rganish va ularni tahlil qilish, pedagogic amaliyot davridagi 
kuzatishlar, dars tahlillari, suhbatlar, anketa so’rovlari, o’qituvchilarning ish tajribalaridan 
tahlil asosida foydalanildi.
Malakaviy bitiruv ishining yangiligi, asosan, quyidagilardan iborat:
1. Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylikni ta’minlashga erishish, bunda
o’quvchilarning yoshi bilan bog’liq xususiyatlarni e’tiborga olgan holda 
o’quvchilarning kompetenqiyaviy bilim darajasini rivojlantirish yo’llari 
o’rganildi.
2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’qitishning uzviyligini 
ta’minlash asosida o’quvchilarda puxta hisoblash ko’nikmalarini 
o’stirishga erishildi.
3. Asosiy masalalarni yechishda arifmetik amallarni o’quvchilarning puxta 
qo’llay olishimkoniyatlari rivojlantirildi.
Boshlang’ich sinflar matematika dasturlarida berilgan mavzular o’zaro muvofiqligi uzviylik 
muammosi asosidao’rganildi va tegishli xulosalar berildi. O’zbekiston Respublikasining taraqqiyoti va istiqbolini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy sohalarda yuksak o’zgarishlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq. Bu o’z navbatida 
bo’lajak mutaxassislardan kasbiy bilimlarni, yuksak madaniyatni, ma’naviy yetuklikni va 
keng dunyoqarashni talab etadi. Ushbu talablar va intilishlar asosida raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimi 
orqali zamon talabiga javob beruvchi barkamol avlodni voyaga yetkazish ko’p jihatdan fan 
o’qituvchisi va pedagoglarning o’quv jarayonini pedagogik texnologiya tamoyillari asosida 
loyihalab, ulardan o’quv mashg’ulotlarida samarali foydalana olishlariga bog’liq. Shu o’rinda 
ta’limni yutuqli natijalarga olib keluvchi muhim omil ta’lim jarayoning uzviyligidir. Shuning 
uchun bu jihatga e’tibor berish va rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. Ta’lim jarayoning
uzviyligi, avvalo, o’quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishiga 
bog’liqdir. Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun 
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul 
qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish 
sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida 
e’tibor qaratilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamon talablari asosida malakali 
kadr etib tayyorlash bugungi kunning kechiktirib bo‘lmas muammolaridan biri sanaladi. 
Shuni hisobga olgan holda O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni 
ta’kidlaydi: “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv  yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, 
darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. 
Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning 
uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish 
tarafdorimiz”.
Darhaqiqat, hozirgi zamon umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf 
oqituvchilari fan asoslari bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, pedagogika, psixologiya va
fanlarni oqitish metodikasini chuqur o‘zlashtirgan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor 
shaxs bo‘lishi kerak. 
Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir. Bu jarayonni hozirgi 
kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash 
boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan katta mas’uliyat, bilim, mahoratni talab etadi. 
1-4-sinflardagi matematika darslari umumiy o’rta ta’lim maktab matematika fani uchun asos,
poydevor ekan, bu sinflarda matematika o’qitilishini eng zamonaviy talablar darajasiga 
ko’tarmoq zamon talabidir. Chunki. bolalarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar 
uchun zarur bo’lgan elementar, tushunchalar shu sinflarda singdiriladi.
 
Ta’limda uzviylik ikki xil turda  qo’llaniladi. Birinchidan, ta’lim turlari(bo’g’inlari) 
orasidagi uzviylik. Bunda ta’limning keyingi turi mazmuni avvalgisini qisman takrorlab, 
mazmun jihatidan uzviy bog’langan holda uning keyingi ta’lim turlarida davom etadi. 
Ikkinchidan, o’quv fanlari orasidagi uzviylik. Bu odatda fanlararo yoki predmetlararo 
bog’lanish orqali amalga oshiriladi.
Uzviylik tushunchasi uzluksiz ta’lim tizimining har bir turida o’quvchilar bilimi,
ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablarni xarakterlaydi.
Uzviylik o’quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishi, bilimlarni o’zlashtirishda mavjud bilimlarga tayanish, o’quv materialining ma’lum
darajada navbatdagi bosqichlarda qo’llanilishi, o’quv-tarbiya jarayoni bosqichlarining 
davomiyligini anglatadi. Mazkur hodisa o’quv predmeti materiallarini joylashtirish hamda 
ushbu predmet (fan) asoslarini o’zlashtirish faoliyati turlarining samarali tanlanishiga 
yordam beradi. Bu jarayonda quyidagi ikki omil: muayyan fanning mazmuni mantig’i (o’quv 
predmetida uzviylikning mavjudligini aniqlovchi jihatlar o’quv predmeti mazmunini tashkil 
qiluvchi tushuncha, qonun va dalillar. O’zaro organik bog’lanuvchi avval va keyin 
o’zlashtirilgan muayyan soha bilimlari mohiyatini ma’lum ketma-ketlik asosida asta-sekin 
ochib berilishini ta’minlovchi harakatlar) hamda bilimlarini o’zlashtirish jarayonining 
qonuniyatlari (didaktik jihatdan qayta ishlanmagan muayyan soha bilimlarining o’quv 
predmetiga to’g’ridan-to’g’ri singdirilishiga yo’l qo’ymaydigan harakat, amal)ni inobatga 
olish muhim ahamiyatga ega. Pedagogika sohasiga oid adabiyotlarda uzviylik tushunchasiga 
turlicha ta’riflar
berilgan. Masalan, B.G.Ananyev «uzviylik» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: 
«Ta’limdagi uzviylik o’quvchilar fan asoslarini egallash jarayonida olgan bilimlar tizimining
vaqt nuqtai nazaridan rivojlanishidir» [1]. Sh.I.Ganelin fikricha, «...uzviylik - bu o’quvchilar 
tomonidan o’rganilayotgan o’quv
materiali uchun tayanch bo’luvchi mavjud bilim, ko’nikma va malakalarning amalda shunday
qo’llanilishi va istiqbol rivojlanishidirki, ular asosida bilimlar o’rtasida turli aloqalar yuzaga
keladi, kursning asosiy g’oyalari ochiladi, eski va yangi bilimlarning o’zaro aloqadorligi 
ta’minlanadi, natijada o’quvchilarda puxta va chuqur bilimlar tizimi shakllanadi». Ba’zi 
tadqiqotlarda esa uzviylik qonuniyat, tamoyil, omil, sharoit, usul, qoida, vosita sifatida e’tirof
etiladi. «Tor ma’noda uzviylik jarayoni - bu ta’limning turli bosqichlari orasidagi ketma-
ketlik uzilishlarini to’ldiruvchi pedagogik namoyishlarning tartibi. Keng ma’noda - bu 
namoyishlar pedagogik faoliyatning umumiy kontekstiga kiritiladi».
Shunday qilib, uzviylik tushunchasi ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan tizimlilik va ketma-ketlik tamoyillari bilan bog’langan (binobarin, ketma-ketlik o’quv-tarbiya 
jarayonining tartibini, bo’g’in va aloqalarni aniqlashtirish, belgilashning o’zi yetarli 
emasligi bois metodikaning barcha elementlarini qayta ko’rib chiqish zarur .
Demak, uzviylikning barcha metodik jihatlari - ta’lim mazmuni, tarkibiy tuzilmasi, 
shakllari, metodlari va vositalari uzviyligining ta’minlanishi matematikada o’qitish 
jarayonini takomillashtirishga, uning aniq masalalarini hal etishga bog’liq ekan. Ta’lim 
turlari xususan, o’rta, o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi va oliy ta’limning matematikadan 
Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari tahlili ularda qaytarilish va takrorlashlarning 
ko’pligini ko’rsatadi. Bunda mavzularning to’laligiga takrorlanishi talablarning 
matematikaga bo’lgan qiziqishi, o’qitishning samaradorligini, shuningdek ta’limning 
rivojlantiruvchi ta’sirini susaytiradi, kibernetiklar ta’kidlanganidek, faqat takrorlash 
talabaga hech qanday yangi axborot bermaydi. Chunki, bu holda axborot koeffisiyenti nolga 
teng. Buning oldini olishda o’quv predmetlarini ularning ichki bog’lanishlariga alohida 
e’tibor qaratgan holda bayon qilish imkoniyatini beruvchi metodlar muhim o’rin tutadi. 
Mavzular mazmunining qaytarilishi keltirib chiqaradigan salbiy ta’sirlarni kamaytirish 
maqsadida bilimlarni o’zlashtirishning didaktik birliklarini yiriklashtirish jarayonida 
o’rganilishi zarur bo’lgan o’quv materialining oldingi ta’lim turida o’rganilganligiga 
tayanish yaxshi natijalar beradi. Shunday ekan, bilimlarni o’zlashtirishning didaktik 
birliklarini
yiriklashtirishda ta’lim turlarining biridan ikkinchisiga o’tishdagi takrorlanishlarni, ya’ni 
o’rganilishi zarur bo’lgan o’quv materialining oldingi ta’lim turida o’rganilganligini 
e’tiborga olish matematik ta’lim uzviyligini ta’minlash omili bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar uzliksiz ta’lim 
muassasalari, shu jumladan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oldiga mantiqiy 
va mustaqil fikrlay oladigan, ijodiy faol mutaxassislarni tayyorlash masalasini qo’ymoqda.  Bo’lajak mutaxassislarda bunday sifatlar shakllanishi va rivojlanishida matematika fani 
cheksiz imkoniyatlarga ega. Buning uchun esa, o’z navbatida ta’lim turi
bosqichlarida matematikani o’qitishda ta’limning eng samarali shakl, usul, vositalari va 
texnologiyalaridan foydalanishni, ta’lim bosqichlari o’rtasida uzviylik ta’minlanishiga 
erishishni taqozo etadi. Pedagogika sohasidagi manbalarda uzviylik tushunchasiga berilgan 
turlicha ta’riflar asosida o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida 
matematikani o’qitishda uzviylik muommosini hal etish yo’llari aniqlandi va uni ta’minlash 
uchun dars jarayonida o’qituvchi tomonidan o’qitishning samarali usullarini tanlash hamda 
didaktik jihatdan loyihalash zarurligi asoslandi. Bu borada, avvalo, boshlang’ich sinf o’quv 
kurslarining uzviyligiga katta e’tibor qaratish har jihatdan muhim va dolzarbligi 
barchamizga ma’lum. Negaki, qurilayotgan binonong poydevori mustahkam bo’lishi qay 
darajada lozim bo’lsa, o’quvchining ham boshlang’ich bilimlari shunchalik puxta va 
bardoshli bo’lishi kerak. Shunday ekan,boshlang’ich sinf o’quv kurslaridan 1-sinf 
matematika ta’limiga ko’proq e’tibor va bilimlarmizni sarflashimiz lozim.   
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish 
vazifalari va birinchi sinfda arifmetika asoslarini tarkib toptirish, miqdor, makon va zamonga
oid tasavvurlarni rivojlantirish o’qitishning asosiy shartidir.
Har bir mashg’ulotda o’qituvchi mavzu mazmunining asosiy masalalari va uni darsda
ishlash   metodikasini   ochib   beradi.   Bunda   shuni   nazarda   tutish   kerakki,     berilayotgan
tavsiyalar,   odatda,   bolalarga   berilishi   kerak   bo’lgan   topshiriqlar,   mashqlar,   savollarning
tipik   namunalaridir.   Bunday   mashqlar   sonini   o’qituvchi   sinf   bilan   ishlashning   aniq   shart-
sharoitlarini hisobga olib, o’zi aniqlashi kerak.
Dastlab,   bolalar   ongiga   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish   uchun   ularga
kundalik   rejim   o’rgatilishi   jarayonida   matematik   tushunchalar   va   iboralar   shakllantiriladi.
Maktabga   tayyorlov   gruhida   bolalarni   o’qitishda   didaktik   ko’rsatma   materiallardan   keng
foydalanish   xarakterlidir.   Amaliy   ishlar,   ko’rgazma   tashkil   qilish   bilan   bog’liq   bo’lgan topshiriqlar   ham   namunalar   sifatida   qaralishi   mumkin.   O’qituvchiularga   o’zida   bo’lgan
ko’rsatma-qo’llanmalarni   hisobga   olib     tuzatishlar   kiritishi   mumkin.   Ko’pchilik   hollarda
tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini o’qituvchi turli variantlarda berishi, Ba’zan
esa sinfning tayyorgarligiga qarab almashtirishi ham mumkin. O’qituvchi tavsiya etilayotgan
didaktik   o’yinlarga   ham   ijodiy   yaqinlashishi   kerak,   bunda   o’yinlarni   o’tkazishda
foydalaniladigan qo’llanmalarni variatsiyalab, imkoni boricha ko’proq har xilliklar kiritishi,
har   bir   mashg’ulotning   konkret   vazifalarini   hisobga   olib,   o’zi   topgan   o’yinlarni   sinash
maqsadida darslarda o’yinlar tashki qilishi mumkin.
O’quvchilar   mashg’ulotlarga   qiziqib   qatnashishlari   uchun   tarbiyachi   quyidagi   talablarga
rioya qilishi lozim:
1. Dastur materiallarin iyaxshi o’zlashtirib olish.
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
3. Bolalar faoliyatini o’zgartirib turishga,qiziqishga e’tibor qilish.
4. Mashg’ulot o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish.
5. Mashg’ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish.
Dastur   materialini   mashg’ulotlarga   taqsimlashda   bolalarning   bilim   va   ko’nikmalariga,
ularning   tayyorligiga   e’tibor   berish   lozim.   Ertaklar   olamiga   sayohat,   predmetlar   nomlari,
sanog’i o’rganiladi. Maxsus   terminlarni   to’g’ri   qo’llay   bilish   katta   ahamiyatga   ega.   Masalan,   son   va   raqam
tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak.
«Qaysi son katta, qaysinisi kichik deb so’raladi. (qaysi raqam katta deyish mumkin emas.)
Mashg’ulotda   hamma   bolalarning   faol   ishtirok   etishlariga   erishish   maqsadida   har   bir
bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar bo’lishi tavsiya
etiladi.
0 dan 9 gacha raqamlarbilan tanishtirish.
Raqam   –   sonning   shartli   belgisidir.   Bolalarga   sonni   tushuntirishda   raqam   qo’shimcha,
yordamchi bosqichdir.
Bolalarni   raqamlarni   yozishga   o’rgatilmaydi,   faqat   bosma   ko’rinishi   bilan   tanishtiriladi.
Bolalar har bir raqam qaysi sonning belgisi ekanligini ajrata bilishlari lozim.
Hammasi bo’lib 10 ta raqam bor:
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9.   10   raqami   yo’q.   10   soni   ikkita   raqam:   1   va   0   bilan   belgilanadi.   Bitta
mashg’ulotda bitta yoki ikkita raqam bilan tanishtirish mumkin.
Masalan   “1”   raqami   bilan   tanishtirishda   o’qituvchi   sanoq   kartochkasiga   bitta   o’yinchoq
qo’yadi,   ularning   oldiga   1   ta   doirali   kartochkani   qo’yadi.   2   ta   bolani   chaqirib,   biriga   bir
marta   sakrash,   ikkinchisiga   bir   marta   stolga   taqillatishni   taklif   etadi.     Bolalar   sanab,
hammasi «bittadan» degan xulosa qiladilar. Keyin “1” raqamini ko’rsatib bu sonni ko’rsatuvchi shartli belgidir, harbir son o’z belgisiga
egadir   deb   tushuntiradi.   Bolalar   bog’chasi   bilan   boshlang’ich
sinf orasida uzviylik shundan iboratki bular bir-birini to’ldirib boradi.
Bolalar  ustma-ust,  tagma-tag  terib  qo’yish,  sanash  orqali   to’plamlarning   teng,  notengligini
aniqlaydilar
Tenglik   –   notenglik   munosabatlarini   aniqlashda   ishora   –   belgilari   simvollaridan
foydalaniladi.
Qaysi qatorda ko’proq, qaysi qatorda kamroq? 5 soni 6 dan kamroq,
5 6 tengsizlikdan tenglik hosil qilish uchun nima qilish kerak?debso’raladi.
1ni qo’shi btenglik hosil qilinadi va birni ayirib barobarni yozish yo’li tushuntiriladi. 6=6...
6-7  yoshdagi   bolalar   juda   o’yinqaroq  bo’ladilar.   Shuning  uchun   uyda   yoki   bog’chada   ular
bilan   o’yinlar   o’ynashga,   mashg’ulotlar   o’tkazishga   to’g’ri   keladi.   Chunki   o’yin   ularning
ko’rish,   eshitish   va   idrok   qilish   uquvini   o’stiradi,   predmetlarning   shakli,   katta-kichikligi,
rangini ajrata bilish qobiliyatini ham rivojlantiradi. O’yinlar nafaqat predmetning shakli yoki
rangini   ajratishga,   balki   yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   bolaning   nutqi,   tafakkurining
rivojlanishiga ham yordam beradi.
Birinchi sinfga kelgan o’quvchilarga asta-sekin sanoq sonlarni o’rgatish ham foydadan holi
bo’lmaydi.   Ko’pgina   onalar   yoki   tarbiyachila   rbolalarni   3-4   yoshidanoq   sanashga
o’rgatadilar   va   bolalarni   maktab   yoshiga   yetgach,   bemalol   o’ngacha   sanashni   biladilar.
Lekin endi siz o’ngacha bo’lgan raqamlarni kartondan yasangda, stol ustiga yoyib chiqing.
Bola   uni   1   sonidan   10   sonigacha   to’g’ri   ketma-   ketlikda   yoki   aksincha,   10   sonidan   1
sonigacha qo’yib chiqishi kerak. Bolaning   diqqatini   jamlash   uchun   unga   ozgina   fursat   bering-da,   quyidagi   mashqni   ham
birgalikda   bajarib   ko’ring.   10   sonigacha   bo’lgan   raqamlarning   orasidan   ikkitasini   olib
tashlang   yoki   boshqa   ikki   sonni   qo’shib   qo’ying.Birozdan   so’ng   bola   qaysi   raqamning
yo’qligi yoki ortiqcha raqamni aniqlab berishi kerak.
Asta-sekinlik bilan o’yinlarni murakkablashtirib borishingiz mumkin.Chunki bolaning diqqat
turg’un, xotirasi esa ancha rivojlangan. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga 
tayanadi.
   
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi   va shu
asosda shakllanadi , bu hol matematika o’qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy 
yaqinlashishning birbutunligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar
tomonidan erishilgan natijaga tayanadi, bu uning hayotiyligi va konkretligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning konkret materialidan “oziqlanadi”, undan 
pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o’z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda 
yo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Matematika o’qitish metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog’liq. 
Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi va metodikas ita’limning boshqa metodikalari 
(onatili, tabiatshunoslik, rasmvaboshqafanlarmetodikasi) bilan boqliq.
 Matematika o’qitish metodikasi
ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o’rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o’rganish kerak?
3. Matematikani qanday o’rganish kerak?      Boshlang'ich  matematika kursi, bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan
boshlang'ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik 
tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'ladi. 6-
10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas'ul davr ekanligini 
psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, 
matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha 
yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlashda o'qitishni bolalarning aqliy 
rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat. Matematikadan boshlang'ich ta'lim-
tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy 
dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o'qitish nazariyasini (matematika 
didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o'zi yetarli emas. 
O'qitishning  ma'lum mazmuni va o'qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan 
ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv yo'nalishi uchun eng samarali usullarni qo'llay bilish darsga 
tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni 
bilishi zarur. Boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli
boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va 
imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir. Nazariy bilimlardan amaliyotda 
foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. 
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli 
yechimga ega emas. O'qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv 
vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng 
tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Boshlang'ich ta'lim metodikasi o'qitish vositasi 
sifatida mavjud didaktik  o'yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan 
yetarli emasligi tufayli didaktik o'yinlardan foydalaniladi va o'rganilgan materialni faqat 
mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi. 10 ichida nomerlash metodikasi
10 ichida nomerlashni o’rganish uchun bir nechta topshiriqlar bilan ishlash samaralidir. 
Bu topshiriqlarni o’qituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan bajaradi.
Topshiriqlar
I. 2. 3. 4. 5. 6. 7.8.9. 0,10 mavzusiga daftar bilan ishlash
metodikasining vazifalarini aniqlang .
1.2. 3. 4. 5. 6. 7,8.9, 0.10 sonlari mavzusiga oid darsda
foydalaniladigan ko'rgazmali qo'llanmala  tayyorlang.
O'zingiz chizgan ko'rgazmali qo'llanmalar bo'yicha sinfga
beriladigan savollarni  ta’riflang va yozing.
Birinchi o'nlik sonlar tarkibini hosil qilishni mashq qilish.
«0 soni» mavzusiga oid ko'rgazmali topshiriqlarni tuzing
va undan foydalanish metodikasini bayon qiling.
«0 soni» mavzusiga oid yangi materialni tushuntirish
bo'y icha dars rejasi bo'lagini tuzing. 0 sonining kiritilishini
boshqa sonlarning kiritilishi bilan taqqoslang.
Birinchi o'nlik sonlari tarkibi ustida ishlashda  o'quvchilarning
fikrlash ishlarini faollashtiruvchi topshiriqlar tuzing. 1-sinfda daftar bilan ishlash metodikasi
Sinfda ishlashd darslik bilan bir qatorda bosma asosli
daftar asosiy qo'llanma hisoblanadi. Daftarda berilgan
mashqlar darslik materialini tarkiban to'ldiradi. Mazmuniga
ko'ra, u darslik bilan uzviy bog'langan, har bir darsning aniq
vazifalariga erishishga yordam beradi va shu bilan bir vaqtda
o'quvchi faoliyatiga xilma - xillik kiritadi. O'quvchiga rasm
solish, chala ishlangan rasmni chizib tugatish, bo'yash.
chiziqlar bilan birlashtirish raqamlarni yozishga yaxshi
tayyorgarlik bo’lib xizmat qiladi. Daftarda raqamlarni
yozishga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rish ishi nazarda tutilgan.
bolalar oldin rasmlarni bo'yab, katakli qog'ozda  ishlashga
tayyorgarlik boshlanadi. Satr va ustunni ajratishga yordam
beruvchi mashqlar beriladi. Har gal daftarda navbatdagi
topshiriqlarni bajarishdan oldin bolalar uni qanday bajarishlari
kerakligini, qaysi  yo'nalishdan harakat qilishlari lozim. Bular
hammasini doskaga ko'rsatish kerak. Shundan keyin
o'quvchilar o'qituvchi tushunchalarini takrorlashadi,
qo’llariga qalm olib, o'z daftarlarida bajarishlari kerak
bo'lgan harakat yo'nalishlarini « havoda » ko'rsatadilar.
shundan keyingina mustaqi l bajarishga kirishadilar.
Daftarning bir sahifasida asosan 3 ta darsga material berilgan,
ya’ni darslikning uch sahifasi bo’yicha ishlashga mos keladi (darslik
beti daftar sahifasining o'ng yuqori burchagida ko'rsatiladi).
Daftarda mustaqil ishlar bilan bir qatorda , odatda,  har bir mashg’ulotda har  xil didaktik materiallar  bilan bajariladigan
amaliy ishlar o'z o'rnini topishi kerak. Predmetlar plastmassadan qilingan oyinchoqlar. 
mevalar va shu singari har xil o'lchamli va rangli geometrik figuralar (doirachalar,
uchburchakla r, kvadratlar ) sanoq cho’pla r va boshqa didaktik
materiallar bo’lishi mumkin. Bu didaktik  materiallardan
foydalanish metodikasi haqida kursnin g asosiy masalalarini
1-dars. Mus taqi l l ik haqidagi suhba t bilan bir vaqtda olib
bor iladi. « Jona jon maktabim» to'grisida.
dars. «Sanash» mavzus i o 'rg ani lganda giome t rik figuralarni
bo'yash ishlari orqal i sanashni amalga oshi r ishga erishiladi.
dar s . «K e tma - k e t l i k » t a r t ib in i o ' r g a n i s h j a r a y o n i d a
'q u v c h i l a r n in g ru c h k a va q a l amd a n foyda lani sh qoida la r i
mus t ahkamla sh va da f i .uia rda baj a r i l a d i . sabzavot lar o' rniga
k o ' r a j o y l a s h i s h i h a q i d a s u h b a t o ' t k a z i l a d i va s a n a s h
mu s t a h k aml a n a d i .
4-6- dar s la r . Bir xil. har xil. Uzun.Qi sqa mavzusi o ' rgani lganda
rasmlardagi d a f t a r va kitob. ruchka va q a l aml a r sanog' i .
' rni taqqos lanadi , q o vun va tarvuz ko'p-kaml igi , ruchka va
qa lamning ko' p -k aml igi t o ' g ' r i s idagi suhba t ja ra yonida sinfdagi
boshqa o 'q u v qur o l l a r i taqqosla ni b, mavzu mus tahkamlanadi .
Dars l i k be t idagi yozuv malakala r i mus t ahkamlanadi .
7- dars . «Ba landda pas td a yuqor ida ichida yonid a oldida»
tu shunchalarni mus t ahkamla sh uchun daf ta rd agi uzum uzish.
d a l a d a o 'q u v c h i l a r me h n a t i to 'g ' r i s id a g i su h b a t j a r a y o n id a
me v a l a r n i t a r t i b l a s h q o i d a l a r i m u s t a h k am l a n a d i . Yo z u v
ma laka la r i mu s t ah k amlan a d i . 8- dars . Su h b a t j a r a y o n id a da f ta rd a g i qush. ot, tuya. uy
j ih o z l a r i va jo y l a s h t i r i l g a n o ' r n i g a q a r a b ma v z u m u s t a h kamlanadi
va geome t r i k shakllarni boyash ishlari kabi topshiriq
ber iladi.
9- dars. O' q uvchining kundal ik faoliyatini bayon qilish bilan
birga daf ta rdagi ( tarixiy obid ala r ) er ta labki quyosh nur la r id a
tovlani shi s h u n in g d e k . O ' z b e k i s t o n Mi l l i v b o g ' i d a Al i sher
Navoiy hayka l ining tungi jilosi va kuz oyidagi p ax t a t e rimi
to ' g ' r i s ida tarbiyaviy suhba t olib bor i ladi va daf ta rdagi yozuv
mashqla r ini o'quvchi lar bajarilishi nazorat qilib bor iladi.
10- dars. «Naqshlar» mavzuni o' rgani sh j a rayonida k o 'p ro q
da f ta r bi lan ishlashga vaqt a j ra t i l a d i . O'q u v c h i l a rn in g yozuv
malakala rin i shakllant ir i sh . bezash didi. nutqi . ruchka va qa lam.
undan to'g' r i foydalanish . r aqamla shga tayyorgar l ik bosqichi
mu s t a h k aml a n a d i .
11- dars. Birinchi r aqam bilan o' quvchi tanishti r iladi yozuv
m a s h q l a r i n i b a j a r i s h q o i d a l a r i t u s h u n t i r i l i b . 1.2,3 q a t o r
yozuvlari toidi r i ladi . Qa lam va olma , pufak l i kopcha rasmlar i
bo' y aladi . Bo'sh da f ta r ka takchala r ida yozuv mashqin i musta q i l
d a v om e t t i r ish orqal i 1 sonining b o sma va yozma shakl lar i
m u s t a h k am l a n a d i . D a f t a r d a e n g c h i r o y l i y o z u v u c h u n
rag'bat l ant i r i sh belgisi pas t k i qi smda yoziladi.
12- dars. 2 raqami bilan tanishtiriladi 1 raqamini yozish qoidalari
singari ham 2 raqami ham mashq qi linadi.Narsalarni boyash va
sanash orqali 2 raqamini hosil qilish va yozish , shuningdek, «katta».
«kichik» belgilarining yozma shakllari mashq qilinadi. Eng chiroyli yozuv uchun rag 'batlanti rish belgisi daftarga qoyiladi.
13-14-dar s la r . 3 soni n i ng yozilishi ma shq qilinishi j a rayonida
'q u v c h i l a r n in g o g ' z a k i va yo zma nutq i mu s t a h k aml a n a d i .
Ar ifmet i k amal l ar bajarishni yozuv qoidal a r i m us tahkamlanadi .
Da f ta rdagi b o 'va sh ishlari mus taqi l baja r i sh uchun o 'q u v c h i larga
havol a etiladi.
15-16- dars lar. 4 soni n ing yozilishi m a shq qilinishi ja rayonida
' q u v c h i l a r n in g o g ' z a k i va y o zma nutqi mu s t a h k aml a n a d i .
Ar i fme t ik am a l l a r b a j a r i s h n i q o id a l a r i m u s t a h k am l a n a d i .
Da f ta rdagi bargla rn i b o 'v a sh ishlari mus taqi l baj ar i sh uchun
o'quvchi larga havol a etiladi.
17-1S- dar s l a r . 5 soni n ing yozilishi mashq qilinishi j a rayonida
'q u v c h i l a r n in g o g ' z a k i va y o zma n u tq i mu s t a h k aml a n a d i .
Ar ifmet i k amal lar baj arishni yozuv qoi d a l a r i mus tahkamlanadi .
1-5 gacha bo' lgan bosqich tugashi . yangi bosqic h boshlanishiga
t a yyorga r l ik s i f at id a mi sol la r bajar i ladi . g e ome t r ik shakl la r
bo'yaladi va ula r orqa l i yozi sh . sanash. taqqos la sh malakala r i
mus t ahkamlana di . 1 dan 5 gacha b o ' lgan sonla rn ig t o ’g ’ri va
teskari yozilishi mus t ahkamlana di .
Bo' sh ka takla rda mus taqi l topshi riq la r bajar iladi.
19- dars. 0 soni ni ng yozilishi ma sh q qilinishi ja rayoni qutidagi
q a l aml a r n in g n a v b a t bi l a n kamayi shi b i lan o 'q u v c h i l a r n in g
og'zaki va yozma nut q i mus t ahkamlanadi . Qatordagi raqamla r
o' rni t o ’ldiriladi va taqqos lash ama l l a r i bajar i ladi . Daf ta rdagi
rasmga qarab. nol soninig hosil b o ’l ishining o g ’zaki va yozma
shakl l a r i ni o ’rganish ma shq qilinadi. Nol sonini ng yozilish o' rni bilan tani sht i ri l adi. Bo ’sh ka t akla rda nol soning hosil bo'lishiga
doi r arifm et i k amal lar bajar i ladi .
102
20-21-dar s l a r . 6 sonining yozilishi ma shq qilinishi ja rayonida
'q u v c h i l a r n in g o g ' z a k i va y o zma n utqi mu s t a h k aml a n a d i .
Ar i fme t ik am a l l a r b a j a r i s h n i q o id a l a r i m u s t a h k am l a n a d i .
Da f ta rdagi rasmlarni mus taqi l b o 'y a sh i shlar i o'q u v ch i l a rg a
havol a etiladi. Bo ’sh katakla rda mus t aqil topshi riq la r bajariladi.
22-23-dar s la r . 7 sonining yozilishi ma shq qilinishi ja rayonida
' q u v c h i l a r n i n g o g ' z a k i va y o zm a n u t q i s a n a s h b i l a n
m u s t a h k am l a n a d i . Ar i fme t ik ama l l a r b a j a r i s h n i q o id a l a r i
mus tahkamlanadi . Geome t r ik shakl l a rnin g nuqta la r in i sa nash
bilan 7- soni hosil b o ’lishini mus tahkamla sh. Bo ’sh katakla rda
musta q i l a r i fmetik amal l ar bajar iladi.
24-25- dars la r . 8 soni n i ng yozilishi m a shq qilinishi ja rayonida
7+1 ko' r in ishdagi og' zaki va yozma nutqi gullarni sa nash bilan
m u s t a h k am l a n a d i . Ar i fme t ik ama l l a r b a j a r i s h n i q o id a l a r i
mu s t a h k aml a n a d i .Bo ’sh katakla rda musta q i l arifme t ik amal la r
bajar i ladi.
26-27- dars la r . 9 sonining yozilishi ma shq qilinishi ja rayonida
o' quvchi larning og' zaki va yozma nutq i rasmga q a r a b sa nash
bilan mu s t a h k aml a n a d i . Ar i fme t ik ama l l a r bajar i shni yozuv
q o id a la r i mu s t a h k aml a n a d i . Da f t a r d a g i r a sml a r n i b o 'y a s h
ishlar i mus taqi l baj ar i sh uchun o'q u v ch i l a rg a havola etiladi.
Geome t r ik shakl la rning nuqta la r in i sanash bilan 9-soni hosil
b o ’lishi mus tahkamlanadi . Bo' sh katakla rda musta q i l ar i fme t ik amal l ar bajar i ladi .
28-29- darslar. 10 sonining yozilishi mashq qilinishi ja rayonid a
o' quvchi larning og' zaki va yozma nutqi q o ’ziqorinlarni t a r t ib
r a q ami b o ’yicha s a n a sh bi lan mu s t a h k aml a n a d i . Ar i fme t ik
amal l ar bajar i sh qoidalar i mus tahkamlanadi . Bo’sh katakla rd a
mustaqil ar ifmetik amal la r bajariladi.
Shuningdek. 1 d a n 10 gacha b o ’lgan sonla rning yozi lishi
ma sh q qilinishi ja r a y o n id a o'quvchi l a rning og'zaki va yozma
n u tq i s a n a s h m u s t a h k am l a n a d i . G e om e t r i k s h a k l l a r n i n g
nuqtal a r i n i sanash bi lan 1 dan 10 gacha b o ’lgan sonla rni ng hosil
bo' l ishi mus tahkamlanadi . 10 ichida sonlarnin g yozilishi mash q
qilinishi ja rayonida arifme t ik amal l ar baj a ri shni yozuv qoidalari
mu s t ah k amlan a d i . ja v o b la r mos kelgan sonla rg a chiziq bi lan
yo' n al ishi ko' r s at i l adi.
«Ora la t ib sa nash qoidal a r i » , ikkitalab, uchta lab. to' r t ta l ab
s a n a s h m um k i n l i g i d a f t a r d a g i r a sm l a r o r q a l i am a l g a
oshiriladi.Shakllarni bo'yash, sanash. taqqos la sh kabi arifme t ik
amal l ar bajarishni yozuv qoidal a r i mus tahkamlanadi . javobla r ,
belgilar yoziladi.
Mu s t ah k amla sh d ar s id a 10 i chida sonla rn ing vozilishi m a shq qil i n i s h i j a r a y o n id a ar i fme t ik ama l l a r bajar i shni j a r a y o n i d a
«Or a l a t ib s ana sh qoida la r i». ikki talab. uchta lab. to ' r t t a l a b ,
sanash mu s t ah k amlan a d i . Sonla r qator ini t o ’ldirib. to'g' r i va
teskar i sanash balar iladi. Bo 'sh ka t akla rda mus taqi l arifme t ik
amal lar bajar i ladi .
Birni ketma-ket qo' shi sh va ayi r i s h j a r a y o n id a sonla rning
vozi l i s h i ma s h q q i l i nishi o 'q u v c h i l a r n in g o g ' z a k i va yo zma
ma l a k a l a r i mu s t a h k aml a n a d i . Q o ' s h i s h n i n g h a d l a r i orqa l i
a r i fm e t i k am a l l a r b a j a r i s h q o i d a l a r i m u s t a h k am l a n a d i .
Daf ta rdagi rasmla rn i sa nash orqal i amal la rn i mus taqi l bajar i sh
o'q u v ch i l a rg a havola et iladi. Ge ome t r ik shakl la rning sanash
bilan yig' indinig hosil bo' l ish i mus t ahkamlana di .
Ayir ishning hadla r i orqal i arifmetik am al l ar bajar ish n i yozuv
qoidal a r i mus t ahkamlanadi . Daf ta rdagi rasmla rn i sa nash orqali
ama l l a r n i mu s t a q i l b a j a r i s h o ' q u v c h i l a r g a h a v o l a et i ladi .
Ge ome t r ik s h a k l l a rn in g s a n a sh bi la n ayi r i sh ama l in ig hosil
b o ’lishi mus t a h k aml a n a d i .
S o n g a 3 ni q o ' s h i s h va s o n d a n 3 ni ayi r i sh ama l i orqal i
a r i fme t ik am a l l a r b a j a r i s h n i q o i d a l a r i m u s t a h k am l a n a d i .
Daf ta rdagi rasmlar orqal i amal la rn i q anda y bajarish mumki n l i g i
to 'g' r i s ida o'quvchi l arni qiziqtir ish ja rayoni vujudga keltiriladi.
T a s v i r l a n g a n gul larni s a n a sh bila n 1 d a n 10 ga cha b o ' lg a n
s o n l a r n i n g hos i l b o ' l i s h i am a l l a r b a j a r i s h bi l a n mu s t a h -
ka mlan adi.
S o n g a 4 ni q o ’shish va s o n d a n 4 ni ayi r i s h ama l i orqal i
arifmetik amal l ar bajarishni yozuv qoidal a r i mus tahkamlanadi . Da f t a r d a g i q u s h l a r ta sv i r l a n g a n r a sml a r orqal i 5+4 va 5-4
ko ' r inishdagi amal la rn i q anda y baj arish mumki n l i g i t o ’g ’risida
’q u v c h i l a r n i q i z i q t i r i s h j a r a y o n i v u j u d g a k e l t i r i l a d i .
Ta svi r l angan r a sml a r orqa l i b o ' s h ka t a k l a rg a tegishli sonla r
sanash bilan topi l adi va yoziladi.
104
10 ichida sonla rning yozi l ishi ma sh q qi lini shi j a r a y o n id a
arifmetik amal lar bajar ish n i qoidala r i mu s t ah k amlan a d i . mos
kelgan j a v o b l a r k a t a k l a r g a y o ’nal i shi ko ' r s a t i l a d i . S o n d a n
5.6,7.8,9 sonlarini avi r ishda 10 ichida sonlarnin g yozilishi ma shq
qilinishi j a r a y o n id a ar i fmet ik ama l l a r baj ar i shni mos kelgan
ja vobla r katakla rga y o ’nalishi k o ’rsatiladi.
6 ga sonni q o ' s h i s h va 6 d a n sonni ayi r i sh amal i orqal i
arifmetik amal l ar bajarishni qoidal a r i mus t ahkamlanadi .
7 ga sonni q o ' s h i s h va 7 d a n sonni ayi r i sh amal i orqal i
arifme t ik amal l ar baj arishni qoidal a r i mus t ahkamlanadi .
8 ga sonni q o 'sh i s h va 8 dan sonni ayirish. 9 ga sonni q o ’shish
va 9 d a n s o n n i ayi r i sh ama l l a r i o r q a l i a r i fme t ik ama l l a r
b a j a r i s h d a bi r xil j a v o b l a r n i to p i s h q o i d a l a r i o ’ rga t i ladi .
g e ome t r ik s h a k l l a r orqa l i ama l l a r ba j a r i sh qo id a s ig a ama l
qilinadi. Dar s l ikdagi misoll a r orqal i b o ’sh kat akla rda mustaqil
arifmetik amal lar bajar iladi.
10 dan sonni ayi ri sh amal i orqali arifme t ik amal l ar baja r ishda
or t t i r i sh va k ama y t i r i s h qoida la r i q o ’l laniladi. Songa noln i
qo' shi sh va so nda n nol n i ayi ri sh ama l i orqal i nol hosil qilish
mumkin bo' lgan hollar orqal i arifme t ik amal l ar bajar i shni yozuv q o i d a l a r i m u s t a h k am l a n a d i , m a s a l a n i y e c h i s h d a f t a r d a
bajariladi .
Ifodalarni taqqosla sh, noma lum kamayuvchi va ayr iluvchini
topi sh orqa l i a r i fme t ik ama l l a r ba j a r i shni yozuv q o id a l a r i
mus t ahkamlanadi , masalani yechish da f ta rda bajar iladi.
Ayir i sh amal i t o ’g'riligini tekshir ish orqal i arifme t ik amal l ar
bajar i shni masala yechish orqali . «kim cha qqon» musobaqas ida
’yin shakl i d a arifmetik amal bajarish mumki n l i g i ko'rs at i l adi
va bo' sh kat akla rda s o ’zlarni yozib. musta q i l arifme t ik amal l ar
baj a r i la d i . N om a ’lum q o ’shi luvchini topi sh qoida lar iga mos
misollar bajar i ladi .
Ar i fme t ik ama l l a r n i b a j a r i sh n i o ’yin s h a k l id a b a j a r i sh
mumkinl igi ko' r s a t i l adi va b o ' s h k a t a k l a rd a s o ’zlar n i yozib
mus taqi l arifme t i k ama l la r bajariladi . C' hiziqlarni tuta shti rish
va belgilash o ’rgatilib, kesma tushunchas i mus tahkamlanadi .
G e om e t r i k f i g u r a l a r n i b e lg i l a s h , n u q t a l a r q o ' y i s h va
kesmalarni tu ta sht i r i sh? Bur chakla rni s anash i shlar i ama lg a
s h i r i l a d i . Ar i fme t i k am a l l a r b a j a r i s h n i y o z u v q o i d a l a r i
mus tahkamlanadi . chiziqlarni tutashtirib. kesmalarn i hosil qilish
d a f t a r d a b a j a r i l a d i . «Kim e h a q q o n » m u s o b a q a s i d a o ’yin
shakl ida ar i fmet ik ama l bajar i sh mumkinl igi ko' r s a t i l adi va
bo ' sh k a t a k l a rd a s o ’zl arni yozib MA K TA B . N O N, M A T E MA
T IK A so' zini hosil qilish uchun mus t aqil arifmetik amal l ar
baj a r i l a d i .
Archa bayrami va q o rb o b o n in g sovg'as i kabi o' y in ta rzida
mus t a h k aml a s h g a doi r mi s ol la r baj a r i l a d i . Ar ifmet i k ama l la r b a j a r i s h n i y o z u v q o i d a l a r i m u s t a h k am l a n a d i c h i z iq l a r n i
tu tash t i r ib kesmal arni hosil qilish da f ta rda baj a ri ladi. Quyida
d a f t a r b i l a n i s h l a s h g a o id n am u n a l a r k e l t i r ami z . S h u
n amu h a l a rg a qa r ab. dar s konspekt i yozing va har bi r da r sda
foydalani ladigan yangi me to d l a r ishl ab chiqar ing. Da r s l a rd a
d a f t a r bi lan i shl ash na t i ja la r i va d a r s k o n s p e k t i d a n ay r im
nat i ja la r kiritganmi z .
DARSLARDA DAFTAR BILAN
ISHLASHGA DOIR AYRIM NAMUNALAR
107
Foydalanilgan adabiyotlar
http://elib.gnpbu.ru/  Ananev B.G. O preemstvennosti v obuchenii S. 23-35. Godnik SM. Preemstvennost vospitatelno-obrazovatelnoy deyatelnosti v usloviyax
neprerivnogo obrazovaniya.//Perspektivi razvitiya sistemi neprerivnogo obrazovaniya //
Pod red. B. S. Gershunskogo. - M.: Pedagogika, 1990. - 224 s.
Ahlidinov R.SH., Ibragimov X.I. Umumiy o’rta ta’lim tizimida uzviylikni
ta’minlashning ilmiy-pedagogik asoslari // «Uzluksiz ta’lim jarayonini
takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari. -T., 2004.-B. 9-12.
Yunusova SH. Matematika ta’limi uzluksizligi va uzviyligini ga’minlash pedagogik
zarurat // Uzluksiz ta’lim. - Toshkent, 2003.
Ustadjalilova X. Pedadogika institutlarida matematika fanini o`qitishning ilmiymetodologik
xususiyatlari.  Monografiya. //-Qo`qon,2019.
Nimatov R.Q., Abdullayev Q.H. akademik litsey -o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning
asosiy bo`g’ini // kasb-hunar ta’limi. -Toshkent, 2000. -№3. -B.2-5.
Bolalarbog’chasidavaboshlang’ichsinflardamatematikafaninio’rgatilishiorasidagiuzviylik

Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash masalalari Kirish I BOB. Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlashning pedagogik va metodik asoslari. 1. Birinchi sinf matematika ta’limida uzviylik tushunchasi va ta’minlanishi. 2. Birinchi sinf matematika ta’limida uzviylikni ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlari. II BOB. Birinchi sinf matematika darslarida uzviylikni ta’minlash metodikasi 1. O’n ichida sonlarni o’rganishda uzviylikni ta’minlash yo’llari. 2. Yuz ichida sonlarni o’rganishda uzviylikni ta’minlash yo’llari. III BOB. Pedagogik va metodik sinov va uning natijalari. Umumiy xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.

Annotatsiya: Malakaviy bitiruv ishida uzviylik tushunchasi berilgan bo`lib, uzluksiz ta’lim tizimining har bir turida o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablarni o`zaro bog’lig’ligi va o’quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishi, bilimlarini o’zlashtirish jarayonining qonuniyatlari keltirilgan. Kalit so’zlar : uzviylik, tushuncha, uzluksiz ta’lim tizimi, bilim, ko’nikma, matematik ta’lim, o`qitish metodlari, cheksiz kichik va cheksiz katta miqdorlar, Аннотация. Настоящая статья является примером применения инновационных методов в преподавании математики в вузе, вопросах развития преемственности, внутрепредметной связи межу математикой ВУЗа и профессионально-технических колледжей Ключевые слова: цели и задачи, методы обучения, пространственные представления,логическое мышление, преемственность обучения школы и колледжа, внутрипредметные и межпредметные связи

Kirish Boshlang’ich ta’limda qo’yiladigan asosiy talablardan biri boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan matematika materiallarida uzviylikni to’la ta’minlash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich matematik ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Boshlang’ich ta’lim matematika darslarida uzviylikni ta’minlash uchun matematika darslarining mazmun va mohiyatidan kelib chiqib darslar asosli va tizimli bo’lishini ta’minlash lozim. Ayniqsa, har bir matematik bilimlar bo’yicha boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil bo’lishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar kompetentligini aniqlash, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish natijasini baholash, boshlang’ich matematika ta’limiga zamonaviy va pedagogik texnologiyalarni o’rinli va maqsadli singdirish, o’quvchilarda darsliklardan va o’quv-metodik adabiyotlardan mustaqil foydalana olish imkoniyatlarini oshirish o’quvchilarning o’z fikrlarini mustaqil bayon qilishlarini tarbiyalab berish zarur hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim matematika ta’limida o’quvchilar bilim darajasini oshirish, o’quvchilar olgan bilim, ko’nikma va malakalarini kundalik faoliyatlarida qo’llashga, eng muhimi ta’limning keyingi bosqichlarida tayyorgarlik vazifasini bajarishda bosh omil hisoblanadi. Bu esa boshlang’ich matematik ta’limda uzviylikni ta’minlash demakdir. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinf matematika darslarida beriladigan bilimlarni uzviy bog’liqlikda amaliyot bilan uyg’unlashgan holda tizimli ravishda o’quvchilarga yetkazib berish dolzarb hisoblanadi.

Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylik muammosi uzliksiz ta’lim bilan bog’liqlik tomonlari asosan o’zbek pedagogikasida I.Qodirov, Sh.S.Sharipov, N.G’aybullayev, J.Ikromov, M.Raemov, N.Saidahmedov, E.Bozorova, Sh.Levenberg, N.U.Bekboyeva, M.Axmedov, M.Jumayev, N.Shodiyev, E.X.Nazarovlar tomonidan umumiy tarzda va qisman tadqiq qilishgan. Lekin uzviylik muammosi o’zining to’la yechimini topmagan. Malakaviy bitiruv ishi Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti “boshlang’ich va texnologik ta’lim” kafedrasining 2021-2022 o’quv ishlariga mo’ljallangan ilmiy ishlar rejasi doirasida bajarildi. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi: Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylikni ta’minlash asosida o’quvchilarning bilish kompetentligini oshirish. Shunungdek, uzviylikni ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini va unga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Malakaviy bitiruv ishining vazifasi: - boshlang’ich matematika ta’limida mavjud ishchi o’quv dasturlari va uning tarkibiy qismlari asosida uzviylikni ta’minlash; - boshlang’ich matematika ta’limi tizimida o’quvchilar kompetentligini uzviylik muammosi asosida shakllantirish tamoyillarini belgilash; boshlang’ich matematika ta’limi jarayonida uzviylik muammosining bir qator muhim masalalari atrofida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va olingan natijalarning tahlili asosida metodik xulosalar chiqarish. Malakaviy bitiruv ishining asosini boshlang’ich matematika ta’limi tizimida uzviylikning ta’minlanish darajasini aniqlash va shu uzviylik muammosi yo’nalishida o’quvchilar kompetenqiyaviy bilish darajasini rivojlantirish hamdao’quvchilarning egallagan matematik bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo’llashga yo’naltirish va ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni muvoffaqiyatli davom ettirishlari uchun matematik tayyorgarliklarini ta’minlash.

Malakaviy bitiruv ishining yoritilish usullari. Malakaviy bitiruv ishini yoritishda mavzuga doir boshlang’ich matematika ta’limi darsliklari, o’qituvchilarga metodik yordam qo’llanmalari, “Xalq ta’limi” va “Boshlang’ich ta’lim” jurnallari sahifalarida mavzuga oid berilgan maqolalarni o’rganish va ularni tahlil qilish, pedagogic amaliyot davridagi kuzatishlar, dars tahlillari, suhbatlar, anketa so’rovlari, o’qituvchilarning ish tajribalaridan tahlil asosida foydalanildi. Malakaviy bitiruv ishining yangiligi, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Boshlang’ich matematika ta’limida uzviylikni ta’minlashga erishish, bunda o’quvchilarning yoshi bilan bog’liq xususiyatlarni e’tiborga olgan holda o’quvchilarning kompetenqiyaviy bilim darajasini rivojlantirish yo’llari o’rganildi. 2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’qitishning uzviyligini ta’minlash asosida o’quvchilarda puxta hisoblash ko’nikmalarini o’stirishga erishildi. 3. Asosiy masalalarni yechishda arifmetik amallarni o’quvchilarning puxta qo’llay olishimkoniyatlari rivojlantirildi. Boshlang’ich sinflar matematika dasturlarida berilgan mavzular o’zaro muvofiqligi uzviylik muammosi asosidao’rganildi va tegishli xulosalar berildi.