Tovar belgilari
Tovar belgilari REJA: I.KIRISH. II.ASOSIY QISM. 1. Tovar belgisi haqida tushuncha. 2. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. 3. Tovar va uning xususiyatlari. 4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. III.XULOSA : IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .
KIRISH Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola boshlaydi. Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan. Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi 1 . Tovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida , qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari 1 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz O’zbekiston NMIU 2017 yil. 3
tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni qaerda va kimga sotishni faqat ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. 4
1. TOVAR BELGISI – MAHSULOT KO'ZGUSI Iste'molchilik, savdo-sotiq, xizmat-servis bilan bog'liq tushunchalar haqida gap ketganda, tovar belgisi, sifati darajasini anglatuvchi ma'nolar ham tilga olinadi. Sababi, xalqaro standart birligida e'tirof etiluvchi ma'lum belgi yoki timsol sifat ko'rsatkichi, xalq orasida mashhur firma yoki ishlab chiqaruvchi ekanini tasdiqlovchi, iste'molchi sog'lig'i, hayotiga xavf solmasligi, behuda mablag' sarfiga yo'l qo'ymay, aldanib qolmaslik uchun kafolatni anglatadi. Biznes tili bilan ularni “brend” yoxud “tovar belgisi” deyish mumkin. Ayni paytda eksportga chiqarilayotgan mahsulotga davlatimizga xos belgi, tovarning shtrix kodi yoki “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan so'zlar muhrlanmoqda. Endilikda yurtimizga chetdan kirib kelayotgan tovarlarda ham o'zbek tilidagi markirovka joriy etilishi belgilandi. Mamlakatimizga olib kiriladigan oziq-ovqat, shaxsiy gigiena va boshqa iste'mol mahsulotlarida ularni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo'yilgan davlat tilidagi tovar markirovkasi bo'lishi shart qilib qo'yilgan. Xalqimiz nafaqat o'z tilidagi markirovka bilan tanishadi, balki mahsulotga qo'yiladigan “Uz” belgisi barchamizning qalbimizda iftixor uyg'otadi. Zotan, bu belgilar mahsulotning o'zimida ishlab chiqarilayotganini bildirib, iste'molchi uchun sifat kafolatini anglatadi 2 . Joriy etilgan ushbu tartibga ko'ra, yuk egasi tovarning nomi, miqdori, vazni, qiymati, shuningdek, tovarni tavsiflash va kodlashning uyg'unlashtirilgan tizimiga muvofiq, ularning kamida oltita belgi darajasidagi kodi haqidagi ma'lumotni taqdim etishi lozim. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan “Artel”, “Royson”, “Sino” brendi ostidagi maishiy texnikalarning zamonaviyligi, sifati jihatidan xalqaro standartga to'la mos kelishi, eng asosiysi, zarur xomashyo o'zimizdan bo'lgani bois arzonligi, sotuvi turli do'konlarda yo'lga qo'yilgani, hatto iste'mol krediti asosida xarid qilish mumkinligi iste'molchilar uchun qulaylik yaratmoqda. Shu o'rinda, tovar belgisi haqida gap ketganda, uning sifati ham e'tiborga olinadi. 2 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil. 5
Mutaxassislar fikricha, har bir davlat o'z milliy mahsuloti, ichki bozorini himoya qilishi tabiiy. Chetdan kirib kelayotgan tovarning barchasini ham sifatli yoki iste'molga yaroqli, deb bo'lmaydi. Ular orasida “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” mahsulot ham borki, ayrim importchilar qanday yo'l bilan bo'lmasin, ularni o'tkazishni, faqat moddiy naf ko'rishni ko'zlaydi. Shuning uchun ham, birinchi galda, mahsulotlarning sifatiga jiddiy e'tibor berish, shu yo'l bilan aholi salomatligini muhofazalash dolzarb ahamiyatga molik. Albatta, hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi sa'y-harakat aholini yuqori sifatli mahsulot bilan ta'minlash, ichki bozorni qalbaki tovarlardan himoyalashga xizmat qiladi. Milliy brend asosida sotuvga chiqarilayotgan maishiy texnika, jumladan, televizor, muzlatkich, changyutkich, kir yuvadigan mashina, elektropech va boshqa jihozlar orasida ba'zida sifatsizi ham uchrab turadi. Bundan tashqari, xuddi shu mahsulot xorijdan ham keltirilayapti. Ularning sifatli va sifatsizini ajratish ham mushkul. Yoki tovar qalbakilashtirilgan holda belgi, brend ostida ishlab chiqarilayotgani ham bor gap. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz hududiga tovar va qalbakilashtirilgan mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga chek qo'yildi. Muhim jihati shundaki, tovar to'g'risida ma'lumot xorijiy tilda bo'lsa, davlat bojxona xizmati organlari ushbu hujjatni davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilingan, yuk tashuvchi tomonidan tasdiqlangan holda taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega. Bu har bir tovar haqida aniq ma'lumotga ega bo'lish, mamlakatimizga shubhali yoki talabga javob bermaydigan tovar kirib kelishining oldini olish imkonini beradi 3 . Ha, belgilar tovar va xizmatning shuhrat qozonishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ularni ro'yxatdan o'tkazish hech qachon zarar qilmaydi. Masalan, tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan shaxs bilan bir paytda sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgan raqobatchisi uning mahsuloti bilan aynan bir xil yoki o'xshash belgini qo'llay boshlasa, tabiiyki, iste'molchilar chalg'iydi. Yoki tovarni asl deb o'ylab, sotib ola boshlaydi. Bu, birinchidan, haqiqiy ishlab chiqaruvchining 3 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil. 6