logo

PUL TIZIMI EVOLYUTSIYASI VA UNING TURLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

190.9599609375 KB
PUL TIZIMI EVOLYUTSIYASI VA UNING TURLARI
Kirish……………………………………………………………………………3
1. Pulning mohiyati va rivojlanish bosqichlari………………………………7
2. Pul tizimi, uning tarkibiy elementlari……………………………………11
3. Pul tizimini evolutsion rivojlanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar…………14
4. O'zbekistonda pul tizimi takomillashtirish yo`llari………………………..17
Xulosa…………………………………………………………………………….23
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….25 Kirish
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining
rivojlanishi,   xalqaro   va   mahalliy   valyuta   bozorlarining   vujudga   kelishi,
shuningdek,   davlatchilik   asoslarining   mustahkamlanishi   davlat   tomonidan   pul
muomalasini   tartibga   solishning   zaruriyatini   keltirib   chiqardi.   Davlat   tomonidan
pul   muomalasini   amalga   oshirish   tartibini   belgilashda   mamlakat   tarixi,   siyosiy
holati,   milliy   an’analari   hamda   uning   iqtisodiy   salohiyati   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.
Pul   tizimi   –   bu   mamlakatda   pul   muomalasini   amalga   oshirishning   shakli
bo‘lib,   uning   asosini   milliy   valyuta   tashkil   etadi   va   milliy   valyuta   orqali   tartibga
solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2.pul birligi;
3. baho masshtabi;
4. pulning turlari;
5.   pul   birliklari   va   belgilarini   emissiya   qilish   tartibi   va   ularning
ta’minlanganlik asoslari;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari;
7.   mamlakatda   pul   oborotining   tarkibi   va   uni   tashkil   etish.
Pul   tizimini   tashkil   etish   tamoyillari   – pul   tizimini   tashkil   etishning   asosiy
elementlaridan   hisoblandi.   Pul   tizimini   tashkil   etishda   davlat   tomonidan   pul
tizimini   tashkil   etishning   tartib   vaqoidalari   nazarda   tutiladi.   Ta’kidlash   joizki,
bozor   iqtisodiyoti   amal   qilayotgan   barcha   mamlakatda   muomalaga   pul
belgilarini   emissiya   qilish,   bank   tizimining   tarkibi   bir   –   biriga   o‘xshasada   har
bir   mamlakatda   pul   –   kredit   va   moliya   siyosatini   amalga   oshirishning   o‘ziga
xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan. 1
1
  Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз 1. Pulning mohiyati va rivojlanish bosqichlari.
Pul   tizimini   markazdan   boshqarishi   tamoyili.   Pul   tizimini   boshqarishning
ushbu   tamoyili   mamlakatni   ma’muriy   –   taqsimlash   modeliga   xos   bo‘lib,   bu
jarayonda   barcha   pul   munosabatlari   tegishli   ko‘rsatma   va   reja   asosida   amalga
oshiriladi.   Mamlakatda   faoliyat   yuritadigan   barcha   banklar   va   ularning   filiallari
davlat   ixtiyorida   va   nazorati   ostida   faoliyat   yuritadi.   Muomalada   pul   massasini
tartibga   solish   tegishli   reja   va   derektiv   ko‘rsatmalar   orqali   bajariladi.
Pul   tizimini   talab   va   taklif   asosida   tartibga   solish   tamoyili.   Pul   tizimini
tashkil   etishning   ushbu   tamoyilida   asosiy   e’tibor   milliy   valyutaning   sotib
olishqobiliyatini   mustahkamligi   va   inflyatsiya   darajasining   normal   me’yoriga
qaratiladi.
Mamlakat  Markaziy banki  mustaqil  ravishda pul – kredit  siyosatini  amalga
oshiradi,   kredit   muassasalari   Markaziy   bank   tomonidan   belgilangan   tegishli
iqtisodiy   normativlarga   rioya   etgan   holda   o‘zining   faoliyatini   tashkil   etadi.
Pul   birligi .   Pul   birligi   va   uning   nomi   hukumatning   tegishli   qonun   va
me’yoriy   hujjatlari   asosida   belgilanadi.   Qonun   va   tegishli   me’yoriy   hujjatlar
asosida   belgilab   qo‘yilgan   pul   belgilari   mamlakatda   yagona   to‘lov   vositasi
vazifasini   bajaradi.   Mamlakat   iqtisodiyotida   muomalada   bo‘lgan   pul   birligi
o‘zining   nomiga   ega   bo‘ladi.   Milliy   valyutaning   nomi   barcha   mamlakatlarda
turlicha   nomda   yuritiladi.   Masalan,   AQShda   dollar,   Buyuk   Britaniyada   funt
sterling,   Xitoyda   yuan   va   boshqalar   (quyidagi   jadvalda   jahon   mamlakatlarining
pul birliklarining nomlari keltirilgan). 2
Pul tizimining turlari
Kishilik   jamiyatining   vujudga   kelishi,   rivojlanishi   va   takomillashuvi
barobarida   tovar   –   pul   munosabatlari   ham   shunga   monand   holda   rivojlanib   va
takomillashib   kelmoqda.   Shuningdek,   pul   tizimi   ham   mavjud   ijtimoiy   –
iqtisodiy   jarayonlar   davomida   ikki   turdan   iborat   bo‘ldi.   Xususan:
–   metall   pullar   tizimi,   bunda   tovar   pul   (qimmatbaho   metall)   muomala
2
  Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз vositasini   bajaradi,   metall   pullar   to‘lov   vositasini   bajarganda   ularda   pulning
barcha funktsiyalari namoyon bo‘ladi;
–   qog‘oz   –   kredit   pullar   tizimi,   oltin   va   kumush   tanga   pullar   evolyutsion
tarzda   qog‘oz   –   kredit   pullari   tomonidan   muomaladan   siqib   chiqarildi.
Metall   pullar   tizimi   sharoitida   metall   qanday   shaklda   bo‘lishidan   qa’tiy
nazar,   to‘lov   vositasi   sifatida   qabul   qilindi.   Metall   pullar   tizimi   ikkiga   bo‘linib,
birinchisi,   bimetallizm,   ikkinchisi,   monometallizm   sifatida   guruhlanadi.
Bimetallizm –   bu   pul   tizimida   davlat   qonuniy   jihatdan   to‘lov   vositasi   ikkita
metallni   (odatda   oltin   va   kumush)   chegaralanmagan   miqdorda   erkin   zarb
qilishga ruxsat beradi.
O‘z   navbatida   bimetllizm   tizimi   uchta   shaklda   amal   qildi:
–   birinchidan,   parallel   valyuta   tizimi,   ushbu   metall   pullar   o‘rtasidagi
munosabat   ularning   bozor   bahosidan   kelib   chiqqan   holda   stixiyali   ravishda
o‘rnatildi;
–   ikkinchidan,   ikkiyoqlamali   valyuta   tizimi,   metall   pullar   o‘rtasidagi
munosabat   davlat   tomonidan   belgilandi   va   shuning   asosida   oltin   va   kumush
tangalar zarb qilindi;
–   uchinchidan,   «oqsoq»   valyuta   tizimi   –   ushbu   tizimda   oltin   va   kumush
tangalar   qonuniy   to‘lov   vositasi   sifatida   xizmat   qildi,   lekin   kumush   tangalar
yopiq   holda,   oltin   tangalar   esa   erkin   zarb   etildi.   «Oqsoq»   valyuta   tizimi deyilishiga   sabab   kumush   tangalar   ushbu   davrda   to‘laqonli   valyuta   sifatida
umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi.
2. Pul tizimi, uning tarkibiy elementlari.
Muomalada   ikkita   metall   pulning   vazifasini   bajargan   paytda   ular   o‘rtasida
bahoni   aniqlashda   muammolar   va   ziddiyatli   holatlar   vujudga   keldi.   Shu   bilan
birga,   pul   tizimining   bimetllizm   shakli   beqaror   va   bir   –   biriga   o‘zaro   qarama   –
qarshi   edi.   Shuningdek,   rivojlangan   tovar   –   pul   munosabatlari   sharoiti
talablariga yetarli darajada javob bermas edi.
Pul   tizimining   bimetallizm   shakli   hukm   surgan   davri   asosan   XVI   –   XVII
asrlarga   to‘g‘ri   keladi.   Yevropa   mamlakatlarida   1866   yillarda   bimetallizm   pul
tizimini   saqlab   qolish   maqsadida   kumushning   qiymatini   oltinga   nisbati   rasmiy
belgilab   qo‘yildi.   Unga   ko‘ra,   o‘sha   paytda   kumush   va   oltin   o‘rtasida
munosabat   15,5:1nisbatda   o‘rnatildi.   XIX   asrning   o‘rtalarida   ushbu   tenglik
o‘rtasida   farq   kengayib   22:1   tartibda   belgilandi.   Buning   natijasida   oltin   va
kumush   tangalar   muomaladan   chiqib,   boylik   jamg‘armasini   bajara   boshladi.
Jamiyatda   tovar   –   pul   munosabatlarining   rivojlanishi   va   ijtimoiy   –   iqtisodiy
yagona   umumekvivalent   vazifasini   bitta   metall   pul   bajarish   zarurligini
ko‘rsatdi.   Buning   natijasida   monometallizm   pul   tizimi   shakllandi. 3
Monometallizm   pul   tizimi   sharoitida   –   bitta   qimmatbaho   metall   (oltin   va
kumush,   asosan   oltin)   umum   ekvivalent   vazifasini   bajardi.   Shu   bilan   birga,   pul
timizining   monometallizm   davrida   muomalaga   oltin   tangalarga   maydalanadigan
boshqa   pul   belgilari   (xazina   biletlari,   banknotlar   va   mayda   monetalar)   ham   kirib
kela boshladi.
3
  Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: “Ўзбекистон” Xalqaro   valyuta   –   kredit   munosabatlarini   amalga   oshirishda   XIX   asrda   to‘liq
va   XX   asrning   boshlarigacha   muomalada   oltin   asosiy   rol   o‘ynadi.   Oltin
standartining   rivojlangan   davri   1880   –   1914   yillarga   to‘g‘ri   keladi.
Monometallizm   o‘z   navbatida   oltin   tanga,   oltin   quyma   va   oltin   deviz
standartini  o‘z ichiga olar edi.
Oltin   tanga   standarti   tovarlarning   bahosi   oltinda   ifodalanadi,   mamlakat
bozorlarida   oltin   to‘lov   vositasini   bajaradi   va   erkin   ravishda   zarb   etiladi.   Oltin
pulning   barcha   funktsiyalarini   bajaradi.   Oltin   tanga   standarti   sharoitida   pul
tizimi   talab   va   taklif   asosida   tartibga   solinib,   muomaladan   ortiqcha   bo‘lgan
oltin   tanglar   “avtomatik   ravishda”   jamg‘armaga   yo‘naltirildi,   muomalada
qo‘shimcha   to‘lov   vositasiga   ehtiyoj   tug‘ilganda   ular   jamg‘armadan
muomalaga   qaytariladi.   Oltin   tanga   standarti   sharoitida   mamlakatda   pul   tizimini
tashkil   etish   silliq   va   samarali   tarzda   amalga   oshirildi,   biroq   kishilarning   tovar
moddiy   qiymatlarga   bo‘lgan   talabining   hajmi   iqtisodiyotdagi   mavjud   oltin
zaxiralari   hajmidan   sezilarli   darajada   ortib   bordi,   shuningdek,   oltin   tanga
standarti   sharoitida   Markaziy   banklarda   ma’lum   darajadagi   oltin   zaxiralarini
shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. 4
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish;
– o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash;
– oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi;
– oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi.
Birinchi   jahon   urushi   juda   katta   miqdordagi   moliyaviy   xarajatlarni   vujudga
kelishiga   sabab   bo‘ldi,   buning   natijasida   hukumat   byudjet   taqchilligini   qoplash
maqsadida   muomalaga   qog‘oz   pullarni   emissiya   qildi.   Bu   o‘z   navbatida   birinchi
jahon   urushida   ishtirok   etgan   barcha   mamlakatlarda   (AQShdan   tashqari)   oltinni
qog‘oz   pullarga   almashtirish   va   xorijga   olib   chiqib   ketish   qonunan   ta’qiqilab
qo‘yildi.   Birinchi   jahon   urushidan   keyin,   birorta   mamlakat   oltin   tanga
4
  Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: “Ўзбекистон” standartiga   qaytish   imkoniyatini   qila   olmadi.   1920   yillarda   qator   mamlakatlarda
oltin quyma  standarti joriy etildi.
Oltin   quyma   standarti   sharoitida   banknotalar   davlat   tomonidan   o‘rnatilgan
summada   oltin   quymalarga   ayirboshlanadi,   oltin   quyma   standarti   sharoitida
muomalada   oltin   tangalarning   to‘lov   vositasi   sifatida   harakati   va   erkin   zarb
qilinishi   amal   qilmaydi.   Oltin   quyma   standartlari   asosan   oltin   zaxiralariga   boy
bo‘lgan   AQSh,   Angliya,   Frantsiya   va   Yaponiyada   hukm   surdi.   Unga   ko‘ra
muomalaga   oltin   tangalarning   erkin   zarb   qilinishi   barham   topib,   pullarni   oltinga
almashtirish   quyilmalarning   qiymati   asosida   chegaralanib   qo‘yildi.   Masalan,
Buyuk   Britaniyada   bir   oltin   quyilmasi   12,4   kg.ga   to‘g‘ri   kelar   edi.   Ushbu
quyilmani   olish   uchun   1700   funt   sterling   zarur   edi.   Frantsiyada   bir   quyilma
12,7   kg   bo‘lib,   ushbu   quyilma   215   ming   franka   baholanar   edi.   Katta   miqdorda
oltin   zaxiralariga   ega   bo‘lmagan   mamlakatlarda   (Avstraliya,   Germaniya,
Daniya,   Norvegiya   va   boshqalar)   oltin   deviz   standarti   amal   qilar   edi.   Oltin
deviz   standarti   joriy   etilgan   mamlakatlarda   milliy   valyutalar   devizlarga,   ya’ni
oltinga   erkin   almashadigan   chet   el   valyutalariga   ayirboshlanishi   joriy   etildi.
Buning   natijasida   bir   mamlakatning   ikkinchi   mamlakatga   valyutaviy   bog‘liqligi
vujudga   keldi.   5
1929   –   1933   yillarda   yuz   bergan   butunjahon   iqtisodiy   inqirozi
natijasida   oltin   monometallizmining   barcha   shakllari   amal   qilish   faoliyatini
to‘xtatdi,   AQSh   dollarining   oltinga   nisbatan   pariteti   saqqlanib   qoldi.   1930
yillardan   boshlab   xalqaro   va   mahalliy   hisob   –   kitoblarda   qog‘oz   –   kredit   pul
tizimi faoliyat yurita boshladi.
5
  Каралиев Т. Саттаров О. ва бошқалар “Тижорат банклари фаолияти таҳлили”. Ўқув қўлланма. Ushbu   tizimning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   quyidagilardan   iborat   edi:
–   oltinning   umumekvivalent   sifatida   muomaladagi   harakati   to‘xtatildi,
banknotlarning   oltinga   ayirboshlanishi   va   maydalanishi   barham   topdi,   oltin
ichki   va   tashqi   oborotdan   chiqib   zaxira   sifatida   saqlanadigan   bo‘ldi;
–   banklarning   kredit   operatsiyalari   asosida   muomalaga   naqd   va   naqdsiz   pul
belgilari chiqarildi;
–   pul   oborotining   asosiy   ulushini   naqd   pulsiz   hisob   –   kitoblar   egallay
boshladi;
–   davlat   tomonidan   pul   muomalasini   tartibga   solish   kuchaytirildi,   iqtisodiyotda
pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi.
Qog‘oz   –   kredit   pullar   tizimi .   Qog‘oz   –   kredit   pullar   tizimining   evolyutsion
rivojlanishi,   iqtisodiyotning   globallashuvi   va   xalqaro   mehnat   taqsimotining
chuqurlashuvi   sharoitida   pul   oborotini   vaqtdan   va   moliyaviy   jihatdan   yanada
tejamliroq   bo‘lishini,   shuningdek,   uni   samaraliroq   ishlashini   ta’minlamoqda.
Agar   dastlabki   qog‘oz   pullar   taxminan   X   asrning   oxiri   XI   asrning   boshlarida
muomalaga   chiqarila   boshlangan   bo‘lsa,   1930   yillarning   oxiriga   kelib   ular
qatorida   kredit   pullari   to‘lov   hisob   –   kitob   va   pul   aylanmalarini   amalga
oshirishda   ishtirok   eta   boshladi.   Bu   o‘z   navbatida   iqtisodiyotda   pul   –   kredit siyosatini   amalga   oshirish   va   pul   muomalasini   tashkil   etishga   ijobiy   ta’sir
ko‘rsata boshladi. 6
Iqtisodiyotning   rivojlangan   hozirgi   davrida   pulning   asosiy   turlari   banklarning
kredit   biletlari   (banknotlar),   tangalar,   pul   cheklari,   elektron–plastik
kartochkalar,   hisob   raqamlarda   yozuvda   aks   ettirilgan   pullar   hisoblanadi.
Muomalaga   pullarni   emissiya   qilish   Markaziy   bankka   yuklatilgan.   Markaziy
bank   «banklarning   banki»   sifatida   kredit   resurslarini   shakllantirish   va   ushbu
resurslarni   naqd   va   naqd   pulsiz   ko‘rinishida   muomalaga   chiqarishi   mumkin.
Markaziy   bank   tomonidan   muomalaga   chiqarilgan   naqd   pullar   uning
majburiyati   bo‘lib,   tijorat   banklari   ushbu   pullarni   muomalada   aylanishini
ta’minlaydi.   Tijorat   banklari   qog‘oz   –   kredit   pullarni   Markaziy   bankdagi
vakillik   hisobvarag‘idagi   mablag‘lari   doirasida   ishlatishi   mumkin.
Pulning metallik nazariyasi
Pulning   metallik   nazariyasi   XVI–   XVII   asrlarda   dastlab   kapitalning   boylik
sifatida   jamg‘arish,   kapitalistik   tuzumning   shakllanishi   va   rivojlanishi
sharoitida   vujudga   keldi.   Agar,   kapitalizm   natural   –   feodal   tuzum   sharoitida
rivojlanib   uning   asosini   bozor   munosabatlari   tashkil   etishini   e’tiborga   olsak,
pulning   metallilik   nazariyasi   kishilik   jamiyatining   natural   –   feodal   tuzumi
davriga borib taqaladi.
Ma’lumki,   pul   birligining   sotib   olish   qobiliyati   metall   asosida   aniqlanadi,
metall   tangalar   o‘zida   pulning   haqiqiy   qiymatini   aks   ettirib,   ulardan   tanga
(moneta)lar   zarb   etilgan.   Shu   bois   ham   metall   pul   nazariyasini   qo‘llab   –
quvvatlovchi   iqtisodiy   nazariyachilar   vakillari   qog‘oz   pul   nazariyasini   inkor
etadilar.   Metall   pul   nazariyasi   vakillari   ushbu   ta’limotni   yoqlab   chiqqanlarida
asosan   nodir   metallarni,   ya’ni   kumush   va   oltin   tangalarni   nazarda   tutadilar.
Ularning   ta’limotida   kumush   va   oltin   tangalar   real   qiymatni   aks   ettiruvchi
haqiqiy   pul   bo‘lib,   ular   o‘z   qiymatlarini   yo‘qotmaydilar.   Shu   bilan   birga,
kumush   va   oltin   pullar   ayirboshlash   munosabatlarida   real   qiymatlari   asosida
ishtirok   etib,   iqtisodiyotda   inflyatsiya   muammosini   keltirib   chiqarmaydi,   deya
6
  Каралиев Т. Саттаров О. ва бошқалар “Тижорат банклари фаолияти таҳлили”. Ўқув қўлланма. ta’kidlaydilar.   Dastlab   pulning   metallik   nazariyasi   angliya   iqtisodiy
nazariyachilarining   ta’limotlarida   paydo   bo‘lgan.   pul   nazariyasi   tarafdorlari
sifatida   U.Stafford(1554   –   1642)   T.Men   (1571   –   1641),   D.Nors   (1641   –
1691)larni   ta’kidlash   mumkin.   Ularning   pul   nazariyasi   asosida   metall   pullar
ijtimoiy   ishlab   chiqarish   munosabatlari   sharoitida   tabiiy   ravishda   vujudga
keladigan   jarayon   sifatida   emas,   balki   metall   pullarni   vujudga   kelishini   kishilik
jamiyatining   ma’lum   davrida   shakllangan,   rivojlangan   va   chuqurlashib
borayotgan   ayirboshlash   natijasi   sifatida   qarashgan.   Metall   pul   nazariyasining
taniqli   asoschilari   sifatida   Fransua   Kene   va   Adam   Smitlar   ekanligini   ta’kidlash
maqsadga   muvofiq.   Klassik   maktabining   fiziokratlar   yo‘nalishining   asoschisi
Fransua   Kene   o‘zining   ishlab   chiqarish   va   takror   ishlab   chiqarish
munosabatlariga   bag‘ishlangan   asarida   metall   pul   nazariyasiga   yetarlicha
e’tibor qaratadi.
Xususan,   u   takror   ishlab   chiqarish   qo‘shimcha   xarajat   (investitsiya)lar
hisobiga   uzluksiz   yangilanib   turadi.   Qo‘shimcha   xarajatlar   metall   ko‘rinishida
pullar   hisobiga   amalga   oshirilib,   metall   pullar   ishlab   chiqaruvchi   va   iste’molchi
o‘rtasida   vujudga   keladigan   iqtisodiy   munosabatlarni   amalga   oshirishda
ayirboshlash   vositasi   sifatida   ishtirok   etadi,   iste’mol   qiymatiga   ega   bo‘lgan
tovarlar   ayirboshlash   jarayonida   bir   marta   ishtirok   etganidan   so‘ng   ushbu
jaryonni   tark   etadi   va   iste’mol   qilinadi.   Biroq,   pullar   esa   ayirboshlash
jarayonida   takror   va   takror   ishtirok   etadi,   aynan   shu   jarayonda   pullarning   metall
tangalardan   iborat   bo‘lishi,   birinchidan   ular   o‘zining   dastlabki   xossasini
yo‘qotmaydi,   ikkinchidan   ularda   pulning   haqiqiy   qiymati   o‘z   aksini   topgan
ta’limot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi. 7
Klassik   maktabning   asoschisi,   taniqli   ingliz   iqtisodchisi   Adam   Smit   bozorda
ishlab   chiqaruvchi   va   iste’molchi   o‘rtasida   vujudga   keladigan   munosabatlar
«ko‘rinmas   qo‘l»   qoidalari   va   «tabiiy   tartiblash»   tizimi   yordamida   amalga
oshiriladi,   aynan   shu   munosabatlarda   metall   tangalar   ushbu   jarayonni   amalga
oshirishda   muhim   moliyaviy   mexanizm   sifatida   ishtirok   etadilar,   degan
7
  Каралиев Т. Саттаров О. ва бошқалар “Тижорат банклари фаолияти таҳлили”. Ўқув қўлланма. ta’limotni   ilgari   suradi.   Ularning   nazdida   “ko‘rinmas   qo‘l”   talab   va   taklif   bo‘lib,
ishlab   chiqaruvchi   o‘zi   yaratgan   moddiy   ne’matlari   bilan   bozordagi   taklifni
shakllantiradi,   iste’molchi   esa   ma’lum   darajadagi   ehtiyojini   qondirish   uchun
qilgan   harakati   natijasida   talabni   vujudga   keltiradi.   Aynan   mana   shu   jarayonda
tomonlarning   manfaatlari   bozorga   taklif   etilayotgan   moddiy   ne’matlar   massasi
va   ularni   sotib   olish   uchun   zarur   bo‘lgan   pul   massasi   o‘rtasidagi   bog‘liqlik
natijasida   o‘zining   yechimini   topadi.   Agar   iste’mol   uchun   taklif   etilayotgan
tovar   massasi   pul   massasiga   nisbatan   ko‘p   bo‘lsa   ularning   bahosi   pasayadi   va
iste’molchining   tanlov   imkoniyatlari   ortadi   va   aksincha.   Adam   Smitt   va   boshqa
metall   pul   nazariyasi   tarafdorlari   aynan   mana   shu   jarayonda   muomalada   metall
tangalarning   ishtirok   etishi   ishlab   chiqaruvchilar   tomonidan   yaratilgan   moddiy
ne’matlarning   haqiqiy   qiymatini   xolisona   baholashda   qo‘l   kelishi   asosida   metall
pul   nazariyasini   ilgari   suradilar,   chunki   to‘lov   vositasi   sifatida   metall   tangalar
amal   qilgan   sharoitda   bozorga   taklif   etilayotgan   moddiy   ne’matlar   hajmi   pul
hajmidan   kam   bo‘lganda,   metall   tangalarning   ortiqcha   qismi   pul   sohibi
tomonidan   moddiy   boylik   sifatida   jamg‘armaga   yo‘naltiriladi,   ya’ni   metall
tangalar   (asosan   oltin,   kumush   tangalar   nazarda   tutilayapti)   kam   miqdorda
taklif   etilayotgan   tovar   va   moddiy   ne’matlar   qiymati   (bahosi)ni   sun’iy   ravishda
ortib   ketishiga   yo‘l   qo‘ymaydi.   Buning   asosiy   sababi   metall   pullar   haqiqiy
qiymatga   ega   bo‘lib,   kelgusida   ham   ular   o‘zining   qiymatini   yo‘qotmasligi   pul
sohibiga   katta   ishonch   bag‘ishlaydi   va   avtomatik   ravishda   bozordagi   talab   va
taklifga   qarab   ma’lum   davrda   to‘lov   vositasi   sifatida,   ma’lum   davrda   esa
moddiy boylik sifatida namoyon bo‘ladi.
Bizning   nazarimizda,   metall   pul   nazariyasi   tarafdorlarining   asosiy   yutuqlari
ham   shunda   bo‘lib,   muomalada   metall   pullar   to‘lov   vositasi   vazifasini   bajargan
paytda   iqtisodiyotda   inflyatsiya   muammosi   vujudga   kelmagan,   shu   bilan   birga
davlat   tomonidan   pul   –   kredit   siyosatini   amalga   oshirish   va   tartibga   solish   kabi
masalalariga ehtiyoj tug‘ilmagan.
Shu   bilan   birga,   pulning   metallilik   nazariyasi   tarafdorlarining   ayrim
kamchiliklari   mavjud   bo‘lib,   ularning   asosiylari   quyidagilarda   ko‘rinadi. Birinchidan,   pulning   metallik   nazariyasi   tarafdorlari   pulning   barcha
funktsiyalarini   bajaruvchi   haqiqiy   pullarni   keyinchalik   ularning   o‘rinbosarlari
hisoblangan   qog‘oz   pullar   bilan   almashtirilishini   inkor   etdilar.   Ular   haqiqiy
qiymatga   ega   bo‘lgan   metall   pullarni   qog‘oz   pullarga   almashtirish
mumkinligini   va   uning   tabiatini   tasavvur   qila   olmadilar.   Biroq,   o‘sha   davrlarda
ham   qog‘oz   pullar   Xitoyda   juda   keng   miqyosda   to‘lov   vositasini   bajarar   edi.
Ikkinchidan,   metall   pul   nazariyachilari   pullarni   tovar   ayirboshlash
munosabatlari   ta’sirida   vujudga   kelganligini,   shuningdek,   pulning   tarixiy   –
iqtisodiy   kategoriya   ekanligini   tushunib   yetmadilar.   Uchinchidan,   metallik   pul
nazariyachilari   ta’limotida   boylikning   asosini   savdo   tashkil   etadi,   boylikning
asosini   oltin   va   boshqa   qimmatbaho   metallarni   jamg‘arishda   degan   noto‘g‘ri
tasavvur   mavjud   edi.   Bu   jamiyatda   har   qanday   boylikning   asosida   oltin   yoki
qimmatbaho   metallar   emas,   balki   boylik   kishilarning   moddiy   va   ma’naviy
jihatdan   yetukligi   hamda   har   qanday   boylikning   asosida   mehnat   yotishini   inkor
etishdi.
8
XVIII   asr   va   XIX   asrning   birinchi   yarmida   metallik   pul   nazariyasi   bozor
iqtisodiyoti   ishtirokchilari   talablarini   to‘liq   qondirmay   qoldi,   bu   ushbu
nazariyaning   o‘z   o‘rini   yo‘qotishiga   olib   keldi.   Biroq   bu   jarayon   juda   uzoq
muddat   davomida   qiyinchiliklar   bilan   yuz   berdi,   chunki   metallik   pul
nazariyasini   yoqlab   nemis   (K.Knis,   1821   –   1898   yy.),   ikkinchi   jahon   urushidan
keyin   amerkalik   (M.Xalpern),   frantsuz   (Sh.Rist,   A.Tulemon,   J.Ryueff,
M.Debre),   angliyalik   (R.Xarrod)   iqtisodchilar   shular   jumlasidandir.
Jamiyatda   ijtimoiy   –   iqtisodiy   jarayonlarning   taboro   rivojlanib   borishi,   shu
bilan   birga   kishilarning   ehtiyoji   ortib   borishi   natijasida   ayirboshlash
munosabatlari   hajmining   o‘sishi,   ishlab   chiqarish   hajmining   keskin   sur’atlar
bilan   ko‘payishi   muomalada   foydalanib   kelingan   metall   tangalar   bilan   parallel
ravishda   qog‘oz   pullar   ham   to‘lov   vositasi   sifatida   amal   qila   boshladi,
evolyutsion   tarzda   ma’lum   ijtimoiy   –   iqtisodiy   o‘zgarishlar   oqibatida   metall
(kumush   va   oltin)   pullar   o‘z   o‘rnini   qog‘oz   pullarga   bo‘shatib   berdi.   Bu   pulning
8
  Каралиев Т. Саттаров О. ва бошқалар “Тижорат банклари фаолияти таҳлили”. Ўқув қўлланма. nominalist   nazariyasining   vujudga   kelishiga   zamin   yaratdi.
Pulning nominallik nazariyasi
Nominal   pul   nazariyasi   xususidagi   natijasida   ushbu   nazariyani   turlicha
nomlanishining   guvohi   bo‘ldik.   Masalan,   rus   tilida   pul   nazariyasi   haqida
yozilgan   adabiyotlarda   “nominallisticheskaya   teorii   deneg”,   “metallicheskaya
teorii   deneg”   tarzida,   o‘zbek   tilidagi   iqtisodiy   adabiyotlarda   “pulning
nominalistik   nazariyasi”,   “nominal   pul   nazariyasi”   yoki   “metall   bo‘lmagan   pul
nazariyasi”   tarzidagi   so‘z   birikmalarini   uchratish   mumkin.   Shu   bois,   dastlab
pulning   “metall   bo‘lmagan   nazariyasi”   haqida   ayrim   mulohazali   holatlarni
oydinlashtirib   olish   maqsadga   muvofiq   degan   fikrga   keldik.   Metall   bo‘lmagan
pul   nazariyasi   turli   iqtisodiy   adabiyotlarda   turlicha   talqin   etilishining   asosiy
sabablaridan   biri,   pul   nazariyasi   to‘g‘risida   yaratilgan   iqtisodiy   asarlarning
deyarli   barchasi   xorijiy   tillarda,   asosan   ingliz,   nemis   tillardan   rus   tiliga
undan   so‘ng   esa   o‘zbek   tiliga   o‘girilganligida   bo‘lsa   kerak.
Nominal   pul   nazariyasi   tarafdorlari   ushbu   nazariyaning   asosida   qog‘oz
pullar   e’tirof   etilishini   e’tiborga   oladigan   bo‘lsak,   shuningdek   nominal   pul
nazariyasining   amal   qilishining   asosiy   omili   sifatida   pul   nominallarini   davlat
tomonidan   belgilanishi   va   uning   ta’minlanishi   ham   davlat   tomonidan   amalga
oshirilishini   nazarda   tutadigan   bo‘lsak,   nominal   pul   nazariyasini   “qog‘oz   pullar
nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi.
Nominal   pul   nazariyasini   “qog‘oz   pul   nazariyasi”   tarzida   yuritilishi   uning
aniqliligini,   metall   pul   nazariyadan   ushbu   nazariyani,   nominal   pul   nazariyasini
qanday   farqlari   mavjudligini   ortiqcha   qiyinchiliklarsiz   aniqlash   imkonini
beradi.   Nominal   pul   nazariyasi   xususidagi   dastlabki   qarashlarni   quldorchilik,
keyinchalik   feodal   tuzumi   sharoitidagi   qadimgi   faylasuflar   ta’limotlarida
kuzatish   mumkin.   Pulning   nominal   nazariyasi   XVII   –   XVIII   asrlarda,
muomalaga   haqiqiy   bo‘lmagan   metall   pullar   kiritilgan   davrda   shakllangan.
Dastlabki   nominal   pul   nazariyasining   asosini   qog‘oz   pullar   emas,   balki   haqiqiy
bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Pulning   nominal   nazariyasini   ilgari   surgan   dastlabki   iqtisodiy   nazariya
vakillari   Dj.Berkli   (1685   –   1780)   va   Dj.Styuart   (1712   –   1780)   hisoblanadi.
Ularning   nazariyalari   asosida   quyidagi   ikkita   holat   yotardi:   pul   davlat
tomonidan   yaratiladi   va   pulning   qiymati   uning   nominali   bilan   aniqlanadi.   Pul
birligining   sotib   olish   qobiliyati   uning   nominali   asosida,   ya’ni   qog‘oz   pulda
ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal   pul   nazariyasi   tarafdorlarining   asosiy   zaifligi   shundaki,   ularning
ta’limotiga   ko‘ra   pulning   qiymatini   davlat   belgilaydi.   Bu   bilan   ular   pulning
mehnat   mahsuli   nazariyasi   va   tovar   tabiatiga   ega   ekanligini   inkor   qiladi.   Biroq
bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   pulning   sotib   olish   qiymati   talab   va   taklif   asosida
belgilanadi,   shuningdek,   milliy   xo‘jalik   doirasida   to‘lov   vositasini   bajaradigan
pullarning   kursi   xalqaro   miqyosda   amal   qiladigan   xorijiy   valyutalarga   bo‘lgan
talab asosida o‘zgarib turadi.
Nominalist   pul   nazariyasi   vakillarining   rivojlangan   davri   asosan   XIX
asrning   oxiri   va   XX   asrning   boshlariga   to‘g‘ri   kelib,   uning   ko‘zga   ko‘ringan
tarafdorlaridan   biri,   nemis   olimi   G.Knapp   (1842   –   1926)   hisoblanadi.
G.Knappning   pul   nazariyasini,   uning   ta’limoticha   ma’lum   qiymatga   ega
bo‘lmagan   monetalarda   emas,   balki   xazina   biletlari   asosida   asoslashga   harakat
qiladi.   Nominal   pul   nazaryachilarining   asosiy   kamchiligi   shundaki,   ularning
ta’limotida   pulning   qiymati   davlat   tomonidan   belgilanadi   degan   g‘oya   ilgari
suriladi.   Kredit   pullar   (veksellar,   banknotalar,   cheklar)   esa   ularning   ta’limotida
inobatga   olinmaydi   va   e’tibordan   chetda   qoldiriladi.   Chunki   kredit   pullarning
qiymati   davlat   tomonidan   emas,   balki   ularning   emitentlari   tomonidan
belgilangan   nominal   qiymatga   ega   bo‘lib,   ushbu   qiymat   o‘zgarishga   moyildir,
ya’ni   ularni   muomalaga   chiqargan   emitentlar   kredit   pullarining   dastlabki
qiymatda   saqlab   qolish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmaydilar.   Bizning   nazarimizda,
nominal   pul   nazariyasi   vakillari   qog‘oz   pullarning   qiymatini   nafaqat   oltin
qiymatidan,   balki   tovarlar   qiymatidan   ham   ajratib   oldilar   va   ularning   nominal
qiymatining   barqarorligi,   sotib   olish   qobiliyati   davlatning   tegishli   hujjatlari
asosida   aniqlanadi   degan   mantiqsiz   g‘oyani   ilgari   suradilar. Nominal   pul   nazariyasi   vakillarining   ta’limoti   Germaniya   tomonidan
birinchi   jahon   urushini   moliyalashtirish   uchun   muomalaga   chiqarilgan   katta
miqdordagi   emissiya   jarayonida   namoyon   bo‘ldi.   Biroq,   ushbu   ta’limotning
haqiqatga   yaqin   emasligi   Germaniyada   1920   yillarda   yuz   bergan   giprinflyatsiya
sharoitida   isbotlandi.   Muomalaga   asossiz   ravishda   emissiya   qilingan   juda   katta
miqdordagi   qog‘oz   pullar   juda   tez   muddatda   700   –   800   foiz   darajasida
inflyatsiyaga   uchrashi   natijasida   mamlakatda   pul   –   kredit,   moliya   tizimi   izdan
chiqdi.   Buning   natijasida   ishlab   chiqarishga   bo‘lgan   qiziqish   pasayib,   kishilar
moddiy   ne’mat   yaratish   hisobiga   emas,   balki   mavjud   moddiy   ne’matlarni   sotish
hisobiga   qo‘shimcha   daromad   olish   payiga   tushib   qoldilar.   Chunki   ishlab
chiqarish   va   qo‘shimcha   moddiy   ne’matlarni   yaratish   ma’lum   darajadagi   vaqtni
talab   etar,   bu   vaqtda   esa   ishlab   topilgan   daromad   inflyatsiya   natijasida   o‘zining
qiymatini   yo‘qotar   edi.   Tahlillar   natijasi   shuni   ko‘rsatadiki,   nominal   pul
nazariyasi   iqtisodiyotning   markazdan   boshqarish   tuzumi   sharoiti   va   talablariga
mos   keladi.   Chunki   ushbu   tuzumda   pulning   nominal   qiymati   davlat   tomonidan
o‘rnatilib,   uning   amal   qilishi   ham   to‘liq   nazorat   ostiga   olinadi.   Shunda   ushbu
nazariya   tarafdorlari   tomonidan   ilgari   surilgan   ta’limot   o‘zini   oqlaydi.
Ta’kidlash   joizki,   markazdan   boshqarish   tuzumi   yoki   markazdan   rejalashtirish
tuzumi   sharoitida   qog‘oz   pullarning   nominali   davlat   tomonidan   o‘rnatilishi
bilan   birga,   yaratilgan   tovar   moddiy   qimmatliklarning   bahosi   ham   yuqoridan
belgilanadi.   Shu   bilan   birga,   muomalaga   emissiya   qilinadigan   pulning   miqdori,
ularning   harakati   va   amal   qilish   kabi   barcha   jarayonlar   ham   davlat   tomonidan
rejalashtirilib,   ushbu   rejaning   bajarilishi   to‘lig‘icha   tegishli   organlar   tomonidan
nazorat   qilib   boriladi.   Biroq,   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   nominal   pul
nazariyasini   amaliyotga   joriy   etish   va   uning   amal   qilishining   imkoniyati   mavjud
emas.   Chunki   davlat   banklari   tomonidan   muomalaga   emissiya   qilingan   pul
belgilari   tegishli   talab   va   taklif   asosida   tovar   moddiy   qimmatliklarning   bahosini
belgilaydi.   Uning   sotib   olish   qobiliyatini   mustahkam   yoki   zaif   bo‘lishi
davlatning   nazdidan   anchagina   yiroqda   bo‘lib,   davlat   unga   ta’sir   o‘tkazish imkoniyatiga   ega   bo‘lmaydi.   Bunday   holat   pulning   miqdoriy   pul   nazariyasini
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
3. Pul tizimini evolutsion rivojlanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar.
Pul   tizimi   pul   muomalasini   tashkil   etishning   tarixiy   jihatdan   qaror   topgan   va
qonun   bilan   mustahkamlab   qo’yilgan   shaklidir.   Boshqacha   aytganda,   bu   pul
muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo’llaniladigan qoidalari
va normalari majmuidir.
Milliy   valyuta   tizimi   pul   tizimining   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Pul   mablag’lari
iqtisodiyotda   amal   qiladigan   shaklga   qarab   pulmablag’larining   ikki   turi:   metall
pullar   muomalasi   tizimi   va   pul   belgilari   muomalasi   tizimi   farqlanadi.
Metall   pullar   muomalasi   tizimlari   pullik   tovar   (oltin   va   kumush)   bevosita
muomalada bo’lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funktsiyalarini   bajargan,   mavjud   kredit   pullar   esa   metallga   erkin   almashtirilgan.
Metall   pul   belgilarining   muomalasi   tizimida   bimetallizm   davri   va
monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda
ikkita   asl   metallarning   bir   vaqtda   foydalanishi   bilan   tavsiflanadi,   monometallizm
esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o’tishni anglatadi. Bunda bimetallizm
holatida quyidagicha xillar ajratib ko’rsatiladi:
1)   parallel   valyuta   tizimi   –   oltin   bilan   kumush   o’rtasidagi   o’zaro   nisbat
bozorda stixiyali ravishda belgilanadi;
2)   qo’shaloq   valyuta   tizimi   –   ikki   metall   o’rtasidagi   o’zaro   nisbat   davlat
tomonidan   ushbu   metallarga   bo’lgan   talabga,   shuningdek,   ushbu   davlatdagi
iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi;
3)   nuqsonli   valyuta   tizimi   –   metallar   iqtisodiy   tizimda   mavjud   bo’ladiyu,
lekin   teng   huquqlarga   ega   bo’lmaydi.   Odatda,   davlat   kumush   valyutaning   zarb
qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi.
Faqat   bir   metallning   amal   qilishi   tizimi   sifatidagi   monometallizmda   ham
ayrim o’zgarishlar yuz berdi:
1)   oltin   tangali   standart   –   to’laqonli   oltin   valyutaning   amal   qilishi,   unda
tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;
2)   oltin   yombili   standart   –   oltin   muomalada   bulmaydi,   lekin   unga   katta
miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;
3)   oltin   valyutali   (oltin   devizli)   standart   –   pullarning   almashinishi   faqat   oltin
yombili   standartli   mamlakatlarning   valyutalariga   amalga   oshiriladi.
Pul   tizimi   deganda   mazkur   mamlakatda   pul   muomalasini   qonuniy   va
mutanosib   ravishda   tashkil   qilishda   qo’llaniladigan   uslublar   majmuasi
tushuniladi.
Valyuta   tizimi   -   bu,   mamlakatlar   o’rtasida   valyuta   munosabatlarini   tashkil
etish shaklidir. 4. O'zbekistonda pul tizimi takomillashtirish yo`llari.
Valyuta   tizimi   -   bu,   xo’jalik   aloqalarini   baynalmilallashuvi   asosida   tarixan
shakllangan,   valyuta   amali   bilan   bog’liq   iqtisodiy   munosabatlar   yig’indisidir.
Valyuta   tizimining   mohiyati,   tashkil   etilish   shakllari   va   roli   jamiyatning
iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta   tizimi   davlat,   rezident   va   norezident   shaxslarga   tashqi   iqtisodiy
faoliyatni   amalga   oshirish   uchun   sharoit   yaratib   beradi.   Sub’ktlarning   ushbu
faoliyati   amalga   oshishida   valyuta   qonunchiligi   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.
Maxsus   adabiyotlarda   valyuta   tizimlarining   3   ko’rinishi   farqlanadi,   ya’ni
milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
2.   Pul   tizimining   shakllari   va   ularning   evolutsiyasi:   bimetallizm;
monometallizm;   qog’oz   va   kredit   pullari   tizimi.
Pul   tizimining   elementlari   –   pul   birligi,   baho   masshtabi,   pulning   turlari,
emissiya   tizimi,   pul   muomalasini   tartibga   soluvchi   davlat   muassasasi. Mamlakatda   umumiy   ekvivalent   sifatida   kabul   kilingan   metallga   va   pul
muomalasi bazasiga karab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga
bo’linadi.
Bimetalizm   -   pul   tizimida   umumiy   ekvivalent   rolini   metall   (kupincha   oltin   va
kumush)   bajargan,   bu   tizimda   ikkala   ikkala   metalldan   xam   shgalarning   erkin
muomalaga   chikarilishi   va   ularning   cheksiz   almashishiga   amal   kilingan.Parallel
valyuta tizimida ikki metall kiymati stixiyali, metallning bozor baxosiga munosib
tarzda   belgilangan.   Bu   pul   tizimida   davlat   metallar   erasidagi   mutanosiblikni
urnatib   kuygan.   Oltin   va   kumush   tangalarning   chikarilishi   va   ularning   axoli
tomonidan   kabul   kilinishi   ana   shu   mutanosiblikka   muvofik   amalga   oshirilgan.
Bimetalizm   XVI-XVII   asrlarda   keng   tarkalgan   bulib   Garbiy   Yevropaning
kator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya,
Shveytsariya   va   Italiya   mamlakatlari   bimetalizmni   xalkaro   sulx   -   Lotin   tanga
Ittifoki   yordamida   saklab   kolishga   urinishgan.   Tuzilgan   konventsiyada   ikkala
metalldan   xam   5   frank   va   undan   yukori   kiymatli   tangalarni   chikarish,   oltin   va
kumush   urtasida   1:15,5   kiymat   mutanosibligini   urnatish   shartlari   kuzda   tutilgan.
Biroq,   bimetallik   pul   tizimining   kullanilishi   rivojlangan   kapitalistik   xujalik
extiyojlariga mos kelmasdi, chunki kiymat ulchovi sifatida bir vaktning uzida ikki
metall   -   oltin   va   kumushning   qo’llanilishi   pulning   ushbu   funktsiyasi   tabiatiga
to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bulib fakat birgina tovar xizmat kilishi
mumkin.   Bundan   tashqari   ikki   metall   orasidagi   davlat   tomonidan   o’rnatiladigan
nisbat   ularning   bozor   narxiga   to’g’ri   kelmas   edi.   XIX   asr   oxirida   kumush   ishlab
chiqarishning   arzonlashishi   va   uning   qadrini   yo’kotishi   natijasida   oltin   tangalar
muomaladan   xazinaga   keta   boshladi.   Bunda   Kopernik-Greshemning   konuni
yuzaga chiqqan,  ya’ni  yomon pullar  muomaladan yaxshilarini  chiqarib tashlagan.
Kapitalizm   taraqqiyoti   mustaxkam   pul,   yagona   umumiy   ekvivalent   bo’lishni
talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm   -   bu   pul   tizimida   yagona   metall   (oltin   yoki   kumush   umumiy
ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amalqilayotgan tanga
va   boshqa   qiymat   belgilari   qimmatbaxo   metallar   almashiniladi. Kumush   monometalizmi   Rossiyada   1843-1852   yillarda,   Gollandiyada   1847-
1875 yy. da mavjud bulgan.
Xulosa
O’zbekiston   Respublikasining   pul   tizimi   xususiyatlari   –   samarali   pulkredit
siyosatini   olib   boorish,   davlat   qarzini   boshqarish,   soliq   siyosatini   amalga
oshirish,   moliya   bazasini   shakllantirish,   monetary   siyosatni   amalga   oshirishda
pul massasi ustidan nazoratni ta’minlash.
O’zbekiston   Respublikasi   pul   tizimi   elementlari   –   pul   birligi,   pul   birligining
turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqaruvini
amalga   oshiruvchi   davlat   organlari,   naqd   pulsiz   to’lov   aylanishi   va   kredit
pullar   muomalasining   olib   borishda   davlat   tomonidan   belgilangan   shartlar,
milliy   valyutani   cheklash   va   chetdan   sotib   olish   qoidalari,   xalqaro   hisob
kitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish
tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
Rossiya   Markaziy   banki   pul   emissiyasi   bilan   bog’liq   bo’lgan   operatsiyalarni
bajarish   huquqini   o’z   qo’liga   oldi.   Bundan   tashqari,   davlat   pul   belgilarini   bosib
chiqaruvchi   muassasa   Rossiyada   joylashgan   edi.   Mustaqil   davlatlar   Markaziy
banklarining   pul   muomalasini   olib   borish   bo’yicha   harakatlari   cheklagan   edi. Natijada   pul   taqchilligi   yuzaga   keldi   va   u  alohida   olingan  respublikalarda   har   xil
darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan
pullarda   Rossiyaning   salmog’i   1991   yil   dekabrda   64   foizni   tashkil   qilgan   bo’lsa,
1992 yil iyunga kelib emissiyaning77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga
yo’naltirilgan.   Qolgan   barcha   Respublikalarni   naqd   pul   bilan   ta’minlash   uchun
muomalaga   chiqarilgan   pullarning   faqat   23   foizigacha   sarflangan,   ya’ni   boshqa
respublikalar   ehtiyojini   pul   bilan   ta’minlash   salmog’i   tushib   ketgan.   Masalan,
Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi
respublikalarining   salmog’i   yanada   ko’proq   qisqargan.   O’zbekistonda   ham   pul
resurslari   taqchilligi   naqd   pulga   bo’lgan   talabning   qondirilmaganligida   namoyon
bo’lgan.   Shu   iqtisodiy   tanglik   sharoitida   pul   tizimini   shakllantirish   bo’yicha
mustaqil   davlatlar   oldida   ikki   muiobil   yo’l   turardi.
–   Yagona   pul   tizimi   zonasi   –   rubl   zonasida   qolish   va   yagona   pul   siyosatini
olib borish;
–   O’z   milliy   valyutasini   muomalaga   chiqarib,   o’z   pul   tizimiga   ega   bo’lish   va
qo’shni   mamlakatlar   inflyatsiyasidan   o’zini   himoya   qilish.
Pul   taqchilligi   davom   qilayotgan   va   Rossiya   rubllari   barqaror   bo’lmagan
sharoitda   pul   taqchilligini   yo’qotish   maqsadida   ko’pgina   respublikalar,   jumladan,
O’zbekistonda   ham   mustaqillikning   birinchi   yillarida   pul   tizimini   shakllantirish
loyihasi   tuzildi.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   muomalaga   kupon   talonlar
chiqarildi   va   keyinchalik   O’zbekiston   o’zining   milliy   valyutasini   muomalaga
chiqardi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat
manfaatlariga   xizmat   qiladi.   Shuning   uchun   pul   tizimining   asosiy   vazifasi   milliy
pulimizning   qadrini   mustahkamlashdan   iborat.   Bu   juda   mas’uliyatli   va   oson
bo’lmagan   vazifa.   O’zbekistonning   o’z   iqtisodiyotini   bozor   talablariga   mos
ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda mamlakatimizning
o’ziga   xos   xususiyatlariga   ega   ekanligi   milliy   valyutaning   barqaror   bo’lishini
taqozo   qiladi.   Hozirgi   kunimiz,   iqtisodiyotimizning   rivojlanishida   amalga
oshirilayotgan   iqtisodiy   jarayonlar,   katta   qurilishlar   va   moliyalashtirishlar
O’zbekiston   iqtisodiy   mustaqillikka   erishish   uchun   to’g’ri   yo’l   tanlaganini ko’rsatib   turibdi.   Zero,   mustaqil   pul   tizimiga   ega   bo’lmasdan   iqtisodiy   jihatdan
mustaqil davlat barpo etish mumkin   emas. Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Ўзбекистон   Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича
ҳаракатлар   стратегияси   тўғрисида”ги   Ўзбекистон   Республикаси
Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли  Фармони .
2. Мирзиёев   Ш.М.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз
билан бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б.
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий
жавобгарлик   –   ҳар   бир   раҳбар   фаолиятининг   кундалик   қоидаси   бўлиши
керак. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 104 б.
4. Мирзиёев   Ш.М.   Эркин   ва   фаровон,   демократик   Ўзбекистон
давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017.
– 56 б.
5. Мирзиёев   Ш.М.   Қонун   устуворлиги   ва   инсон   манфаатларини
таъминлаш   –   юрт   тараққиёти   ва   халқ   фаровонлигининг   гарови.   –   Тошкент:
“Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 48 б.
6. Каралиев Т. Саттаров О. ва бошқалар “Тижорат банклари фаолияти
таҳлили”. Ўқув қўлланма. 2013-йил. 192 бет.  
7. Деньги,   кредит,   банки.   Учебник.   Болвачев   А.И.,   Богачева   М.Ю.,
ИНФРА-М  2012 г.-591с.
8. Абрамова М.А. Деньги, кредит, банки. – М.:КНОРУС,2014. – 312 с.
9. Лаврушина  О.И.  Деньги.   Кредит.   Банки.  Учебник.   –  М.:  КНОРУС.
2013. 448 с.

PUL TIZIMI EVOLYUTSIYASI VA UNING TURLARI Kirish……………………………………………………………………………3 1. Pulning mohiyati va rivojlanish bosqichlari………………………………7 2. Pul tizimi, uning tarkibiy elementlari……………………………………11 3. Pul tizimini evolutsion rivojlanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar…………14 4. O'zbekistonda pul tizimi takomillashtirish yo`llari………………………..17 Xulosa…………………………………………………………………………….23 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….25

Kirish XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi. Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari; 2.pul birligi; 3. baho masshtabi; 4. pulning turlari; 5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari; 6. pul muomalasini tartibga solishning usullari; 7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul tizimini tashkil etish tamoyillari – pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib vaqoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan. 1 1 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз

1. Pulning mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi. Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi. Pul birligi . Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining pul birliklarining nomlari keltirilgan). 2 Pul tizimining turlari Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan: – metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala 2 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз

vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funktsiyalari namoyon bo‘ladi; – qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi. Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi. Bimetallizm – bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi. O‘z navbatida bimetllizm tizimi uchta shaklda amal qildi: – birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda o‘rnatildi; – ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush tangalar zarb qilindi; – uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi

deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi. 2. Pul tizimi, uning tarkibiy elementlari. Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama – qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga yetarli darajada javob bermas edi. Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 15,5:1nisbatda o‘rnatildi. XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik o‘rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi. Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi. 3 Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib kela boshladi. 3 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: “Ўзбекистон”