O‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI VA BADIIY EVOLYUTSIYASI
O ‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI VA BADIIY EVOLYU T SIYASI REJА KIRISH ............................................................................................ ......... 3 I -BOB. O‘ZBEK ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZINING GENEZISI VA BADIIY EVOLYU T SIY ASI ……………………………………………….10 1.1. Hotam obrazi evolyusiyasida tarixiy haqiqat va badiiy talqin… …..10 1.2. Hotam haqidagi epik syujetlar tipologiyasi………………………..3 0 Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………41 2-bob. O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA HOTAM OBRAZI … …..42 2.1. O‘rta asr yozma manbalari va Hotam syujeti …… ................... … ….43 2.2. Hotam obrazining mumtoz adabiyot badiiyatida tutgan o‘ rni… ..... .......54 Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………….…61 3-BOB. “HOTAMNOMAI TURKIY” FOLKLOR SYUJETLARI‒ ASOSIGA QURILGAN QISSA …………………………………………… …63 3.1. “Hotamnoma”ning yaratilishi tarixi va syujet tuzilishi.................... ....63 3.2. Hotam obrazining xalq qissasidagi badiiy ifodasi………… ………….67 Bob bo’yicha xulosa………………………………………………………………86 XULOSA ......................................................................................... .......................88 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ................... ......................91 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi . Hozirgi zamon jahon adabiyotshunosligida badiiy obrazlarning tarixiy-genetik asoslari, epik syujetlarning manbalari, shakllanish bosqichlari va taraqqiyoti, “sayyor syujet”larning tarixiy-folkloriy jarayon va adabiy an’ana rivojiga ta’siri masalalarini tadqiq etish etakchi tamoyillardan biriga aylandi. Ayniqsa, adabiy ta’sir va badiiy tarjima amaliyoti natijasida xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi an’anaviy epik syujetlarning shakllanishiga asos bo‘lgan yozma manbalarni aniqlash hamda qiyosiy tahlilga tortishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan , qadimgi a nglosakson eposi «Beovulf»ga aloqador qahramonlik qo‘shiqlari ning VII-VIII asrlarga mansub yangi manbalarning aniqlanishi, irland sagalari syujetining migratsiyasi qamrovi haqidagi ilmiy qarashlarning takomillashtirilganligi hamda «Mening Sidim haqida qo‘shiq» nomli ispan eposi parchalari aks etgan yozma yodgorliklar topilishi epik syujetlar evolyusiyasi va poetik transformatsiyasi xususidagi nazariy qarashlarni yanada boyitdi. Jahon adabiyotshunosligining epik obraz va syujetlar migratsiyasini tadqiq etishga doir ilmiy-nazariy konsepsiyalari arab, fors-tojik va boshqa xalqlar adabiyoti hamda folkloridagi an’anaviy syujetlarning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishni taqazo etadi. Ma’lumki, dunyo xalqlari adabiyotida bo‘lgani singari o‘zbek adabiyoti va folklori rivojida ham o‘zaro adabiy aloqalar va adabiy ta’sir muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, Xuroson va Movaraunnahrga islom dinining kirib kelishi natijasida diniy manbalar bilan bir qatorda arab tilidagi adabiy va ma’rifiy asarlar ham keng yoyila boshlagan. Arablar bilan birga ularning og‘zaki ijodi va qissaxonlik an’analari ham kirib kelgan. “Alf-laylo va laylo” majmuasi ertakchilik an’anasiga o‘z ta’sirini o‘tkazganligi kabi o‘rta asr arab xalq adabiyoti – siyratlarning bevosita ta’sirida ko‘plab qissalar ham yaratilgan. O‘zbek folklori va yozma adabiyotidagi Luqmon, Xizr, Hotam, Iskandar, Odami Od, anqo qush, Xorut va Morut kabi ko‘pgina obrazlar bilan bog‘liq badiiy talqinlar hamda epik syujetlarning tarixiy-genetik ildizlari bevosita arab xalq ijodiga borib taqaladi. Mumtoz adabiyotimizga 2
aloqador fors-tojik va arab tilidagi juda ko‘p manbalar chop etilib, ilmiy o‘rganilgan bugungi kunda ana shunday obrazlarning tarixiy asoslari va badiiy adabiyotdagi poetik evolyusiyasi jarayonlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish dolzarblik kasb etadi. Ma’lumki, H otam yoki Hotamtoy benihoya saxiy va qo‘li ochiq kishi sifatida tasvirlangan Hotamtoy obrazining tarixiy asoslari qadimgi arab folklori an’analariga borib taqaladi. Uning ismi aslida Hotam ibn Tay bo‘lib, xalq tilida “ H otamtoy” bo‘lib ketgan. XIX asrning oxirida o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Hotamnoma” asarida keltirilishicha, o‘zining benihoya saxiyligi, qo‘li ochiqligi va muruvvatliligi bilan dong qozongan Hotam at-Tayi (yoki Hatim at-tayi) VI asrda arablarning tay qabilasidan etishib chiqqan shoir bo‘lib, uning otasi Adi ibn H otam bo‘lgan. U Muhammad payg‘ambarimiz zamonasidan 150 yil avval vafot etgan. “G‘iyos ul-lug‘at”da qayd etilishicha, “ T ay − Yamandagi qabila nomi bo‘lib, Hotam toyi shu qabilaga mansubdir”. 1 O‘zbek xal q og‘zaki badiiy ijodi va yozma adabiyotidagi Hotam obrazining kelib chiqishi S h arq xalqlari, jumladan, arab va fors-tojik adabiyotining ta’siri bilan belgilanadi. Bu obraz bilan bog‘liq epik talqinlar arablardan Y a qin va O‘rta S h arq, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlariga o‘tib, milliy folklor an’analari va epik ijodiyot rivoji davomida o‘ziga xos syujetlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. O‘zbek adabiyotidagi Hotam bilan bog‘liq epik syujetlarni mazmuni va mohiyatiga ko‘ra uch tipga bo‘lib tasnif qilish mumkin: 1) Hotam-toyni behisob boylik egasi sifatida tasvirlaydigan sehrli ertaklar; 2) Hotamni kambag‘al bo‘lishiga qaramay, g‘oyat qo‘li ochiq va saxiy kishi sifatida tasvirlaydigan maishiy ertaklar; 3) Hotamni boylik va saxiylik timsoli o‘laroq tasvirlaydigan rivoyat va afsonalar. Bundan tashqari, Husayn Voiz Koshifiyning “Risala-i Hotamiya” asarining yuzaga kelishi, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan fors tilidagi xalq kitobi “Hotamnoma”ning ‒ XIX asr oxirida o‘zbek tiliga tarjima qilinishi Hotam haqidagi epik syujetlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. “Hotamnoma y i turkiy”ning kompozitsion qurilishi, uning tarkibidagi 1 Ҳотамнома . Нашрга тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: А.Матғозиев. − Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988. − Б. 3-5. 3
hikoyatlarning badiiy xususiyatlari, bu manbaning ertakchilar va qissaxonlar repertuariga ta’siri kabi masalasi ham hozirga qadar o‘rganilganicha yo‘q. S h uning uchun ham o‘zbek adabiyotida Hotam obrazining genetik asoslari va badiiy evolyusiyasi masalasini folklor va yozma adabiyot materiallari asosida tadqiq etish epik syujetlar tizimining shakllanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. Ushbu mavzuning magistrlik dissertatsiyasi sifatida ishlanishining nazariy- metodologik asoslari mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni chuqur idrok etgan holda yangicha tamoyillar asosida tadqiq va targ‘ib qilish jarayoni milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari taraqqiy etayotganligi bilan belgilanadi. Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi F-4789 -son Farmoyishi, 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 18 apreldagi PQ –28-29-son Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi q arori, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 24 maydagi PQ-2995- son li “ Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” gi , 2017 yil 13 sentabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi , 2019 yil 14 maydagi PQ -4320- sonli “ Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror lar i va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning ob’ekti . Hotam haqidagi folklor asarlari, mumtoz adabiyot manbalari va “Hotamnoma y i turkiy”ning 1988 yilgi nashri. 4
Tadqiqotning predmetini adabiy aloqalar va tarjima amaliyoti orqali o‘zlashgan badiiy obrazlar hamda epik syujetlarning tarixiy-genetik asoslari va tadrijiy rivoji tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek folklori va mumtoz yozma adabiyotida Hotam obrazining tarixiy asoslarini ochib berish, Hotam bilan bog‘liq epik syujetlarning manbalarini aniqlash hamda “Hotamnoma y i turkiy”ning folklor asari sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish orqali epik obraz va syujetning tadrijiy rivoji bosqichlarini tavsiflashdan iboratdir. Tadqiqotning vazifalari : o‘zbek folklori va mumtoz yozma adabiyotidagi Hotam obrazining manbalari va tarixiy-genetik asoslarini aniqlash; o‘rta asr yozma manbalaridagi Hotam haqidagi hikoyat va rivoyatlarning o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodidagi mushtarak talqinlarini aniqlash; Hotam haqidagi ertaklarning etakchi motivlar tarkibini turkiy xalqlar folkloridagi mushtarak syujet elementlari bilan qiyosiy tahlil qilish; Hotam obrazining o‘zbek mumtoz adabiyotidagi badiiy ifodasi va poetik evolyusiyasini yoritish; “Hotamnoma y i turkiy”ning kompozitsion qurilishi, syujet tizimi va obrazlar tarkibini o‘rganish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek adabiyotshunosligi va folklorshunosligida ilk bor Hotam obrazining xalq og‘zaki badiiy ijodida ommalashishi tarixi, uning mumtoz adabiyot badiiyatini boyitishdagi o‘rni ko‘rsatib berildi. XIX asrda o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Hotamnoma” qissasi tarkibidagi hikoyalarning turkiy badiiy nasr rivojida tutgan o‘rni va epik syujetlarning poetik evolyusiyasiga xos xususiyatlar aniqlandi. Mavzuning o‘rganilish tarixi . Hotam obrazining turkiy xalqlar, jumladan, qozoq va turkman xalq ertaklaridagi epik talqini masalasi S.Qasqabasov 2 hamda M.Sakali 3 tomonidan o‘rganilgan. Hotam haqidagi hikoyatlar majmasi 2 Каскабасов С. Таңдамалы. Т.3. Фольклорная проза казахов. Астана, 2014. С.11-12.‒ ‒ 3 Сакали М.А. Туркменский сказочный эпос. – Ашхабад, 1956. – С. 69. 5