logo

Windows operatsion sistemasi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.07421875 KB
Reja:
1. Operatsion tizim tushunchasi.
2. OT ni tashkil etuvchilari va buyruqlar.
3. Windows OT imkoniyatlar.
4. Linux OT qadamma-qadam o'rnatish. Windows   operatsion   sistemasi   haqida   ma`lumot.   Windows   operatsion
sistemasining kelib chiqish tarixi.
Zamonaviy   kompyuter   yordamida   ishlash   uchun   mo’ljallangan   ushbu
bo’lim,   Windows   operasion   tizimida   ishlash   uchun   mo’ljallan-gan   bo’lib,   unda
Windows operasion tizimi xaqida ma’lumot  va ana shu operasion tizimdagi  ba’zi
bir eng ko’p ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan.
Windows bu operasion sistema (OS). Ya’ni inson bilan kompyuterni o’zaro
bog’lash   uchun   qo’llaniladigan  vositalardan   biri.  OSning  turlari   juda   ko’p   bo’lib,
ulardan   MS   DOS,   OS/2,UNIX   va   hokazolar.   Bulardan   eng   ko’p   tarqalgani
MICROSOFT   kompaniyasi-ning   Windows   operasion   tizimlaridir.   Ularda
ishlashning   qulayligi   -   ekran   elementlarining   soddaligi   va   ish   stolidan   kerakli
vaqtda foydalanish uchun ko’rinib turishidir.
Windows   -   oynalar   degan   ma’noni   anglatadi.   Microsoft   (MS)   firmasining
dastur   mahsuli   bo’lib,   maxsus   tayyorgarlikka   ega   bo’lmagan   kompyuterdan
foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi  -
kompyuterdan   foydalanish-ni   iloji   boricha   sodda   va   o’rganish   uchun   oson,   shu
bilan   birga,   foydalanuvchiga   mumkin   qadar   keng   imkoniyatlar   yaratish   holiga
keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi
2000 yildan ishlatila boshlangan.
Operatsion   tizim   -   bu   maxsus   dastur   bo’lib,   bu   dastur   asosiy   vazifasi   -
kompyuter   ishini   boshqarish,   kompyuter   va   foydalanuvchi   o’rtasida   muloqotni
o’rnatish,   tashqi   qurilmalar   ishlash   holatlarini   sozlash   va   ular   bilan   muloqotni
o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va
Windows   dasturlari,   Apple   firmasining   Macintosh   dasturi,   Unix   va   Linux
dasturlari. Dunyoning   70%   kompyuterlari   Microsoft   korporatsiyasi   tomonidan
yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan -
MS-DOS   dasturi,   1991   yilda   yaratilgan   -   Windows   3,1   dasturi,   1995   yilda
yaratilgan   -   Windows   95   dasturi,   1998   yilda   yaratilgan   –   Windows   98   dasturi,
2000   yilda   yaratilgan   -   Windows   2000   dasturi,   2001   yilda   yaratilgan   -   Windows
Millennium   Edition   va   Windows   XP   dasturlari.   Windows   dasturning   taniqli
bo’lishining   asosiy   sababi   bu   -   ish   jarayoni   soddaligi,   ko’p   vazifali   rejim,   bir   xil
ishlash   interfeysi   va   boshqa   qulayliklar.   Boshqa   operatsion   tizimlarga   o’xshab
Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik
ravishda yuklanadi.
Hozirgi   kunda   keng   ommaga   taqdim   qilinadigan   kompyuterlarga
WINDOWS   operatsion   tizimlari   o’rnatilib   taqdim   etilayapti.   Agar   kompyuterlar
ilgariroq   olingan   bo’lsa,   bu   kompyuterlarga   ham   WINDOWS   operatsion
tizimlarini  o’rnatish   mumkin.Buning  uchun  ma’lum   shartlar  (resurslar)   bajarilishi
shart.   WINDOWS   95/98   operatsion   tizimlarini   o’rnatish   uchun   WINDOWS   95
ning   minimal   varianti   uchun   50   Mb   hajm   vinchesterda   bo’sh   joy,   8   Mb   operativ
xotira   va   protssesor   eng   kamida   (   ishlash   taktik   chastotasi   66   Mgs)   486   bo’lishi
lozim.   WINDOWS   98   operatsion   tizimini   o’rnatish   uchun   eng   kamida   16   Mb
operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim.
Agar   Windowsning   imkoniyatlaridan   foydalanmoqchi   bo’lsangiz,   Pentium
kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
WINDOWS   foydalanuvchi   uchun   qulay   bo’lgan   ko’pgina   imkoniyatlarga
ega bo’lgan dasturiy muhitdir. Uning imkoniyatlari MS DOS dan sezilarli darajada
yuqori. Windows muhitida ishlashda foydalanuvchi ko’p qulayliklarga ega bo’ladi.
Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish
va hokazo amallar tez va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o’zida bir
necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega. Windows bir paytning o’zida bir necha masalalarni echish qobiliyatiga ega.
Yagona   interfeysga,   ya’ni   Windows   turli   lahjalari   va   dastur   ilovalari   bilan
ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
Hozirgi   kunda   Windows   millionlab   foydalanuvchilarning   e’tiborini   o’ziga
tortdi.   Microsoft   firmasi   Windowsni   takomillashtirish   borasida   tinimsiz   ish   olib
bormoqda. Windows operatsion sistemasi amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini
beradi.   32   razryadga   mo’ljallangan   amaliy   dasturlar   interfeysi   Application
Programming   Interface   (API)   ùozirda   ko’p   ishlatiladigan   tarmoq   operasion
tizimlar-   Windows   NT   yordamida   ishlaydigan   amaliy   dasturlar   bilan   bemalol
ishlashi   mumkin.   Bu   esa   amaliy   va   operasion   tizimlarni   qo’llaydigan   yangi
dasturlar   yaratish   imkoniyatini   beradi.   Hatto   kompyuter   tarmoqlarini   ishlatish   va
tizim   adminstratorlari   (boshqaruvchilari)dan   foydalanish   jarayoni   qator
qulayliklarga   ega   bo’ldi.   Windows   operatsion   sistemasining   (windowsOPning
aynan yangi versiyalarida) ishchi holatida saqlab turish va uni o’rganish ilgarigiga
nisbatan  kam   vaqt  va  urinishlarni   talab qiladi.  Tizim   shunday  «aqllilashganki»,  u
qator   murakkab   amallarni   o’zi   mustaqil   bajaradi.   Bunday   amallar   sifatida
periferiya   qurilmalarining   ishlashini   ta’minlash,   foydalanuvchi   muhitini   qayta
o’zgartirishni   (yangi   imkoniyatlarni   qo’shish)   va   boshqalarni   keltirishimiz
mumkin.
Windows   dasturning   taniqli   bo’lishining   asosiy   sababi   bu   -   ish   jarayoni
soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar.
Boshqa   operatsion   tizimlarga   o’xshab   Windows   dasturi   ham   kompyuter
xotirasiga   kompyuter   yoqilish   vaqtda   avtomatik   ravishda   yuklanadi.   Windows
so’zi   inglizcha   “window”-oyna   degan   ma’noni   anglatadi.   Windowsoynalar,   ya’ni
Windows   operatsion   tizimida   oynalar   bilan   ishlaydi.   Microsoft   (MS)   firmasining
dastur   mahsuli   bo’lib,   maxsus   tayyorgarlikka   ega   bo’lmagan   kompyuterdan
foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi  - kompyuterdan   foydalanish-ni   iloji   boricha   sodda   va   o’rganish   uchun   oson,   shu
bilan   birga,   foydalanuvchiga   mumkin   qadar   keng   imkoniyatlar   yaratish   holiga
keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi
2000 yildan ishlatila boshlangan. MS Windows 2000 murakkab dasturlar majmui
bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay operasion tizimdir. Windowsning
avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni
qabul   qilgan   bo’lsa,   Windows   2000,   Windows   2000   o’zi   mustaqil   bo’lib,
kompyuterda  boshqa  bir  operasion  tizimning bo’lishini   talab qilmaydi.  Lekin  shu
bilan   birga   bu   muhitda   MS   DOS   va   Windowsning   eski   lahjalari   bilan   ishlash
imkoniyati   saqlangan.   Operasion   tizim   sifatida   MS   Windows   98/2000   quyidagi
afzalliklarga ega:
O’zlashtirishda   nihoyatda   oddiy   va   imkoniyatlaridan   foydalanish   ko’lami
qulay   u   yuqori   samaradorlikka   ega   va   mazkur   xususiyati   bilan   Windowsning
istalgan   avvalgi   lahjalaridan   keskin   farqlanadi.   Xususan,   Microsoft   firmasi   yangi
32   razryadli   yadroni   tadbiq   etish   bilan   samaradorlik   va   ishonchlilikni   keskin
oshirishga erishdi;
Iste’molchi   atiga   bitta   dasturiy   ta’minot   mahsulotini   xarid   qilib,   qator
muhim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron
pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; sodda
dasturlar majmui yuqori unumlilikka ega.
Bundan tashqari Windows bilan ishlaganda uzun, ko’p belgili fayl nomlarini
ishlatish   mumkin,   ularda   hatto   bo’sh   joyni   ishlatish   mumkin,   ixtiyoriy   ob’ektni
ekranning   istalgan   joyiga   kontekstni   (MATN   parchasini)   chaqirish   va   kontekstli
menyu   yordamini   olish   mumkin.   Windowsning   samarali   ishlashi   uchun   kerak
bo’lgan kompyuter konfigurasiyasi:
Pentium-I va undan yuqori mikroprosessori;
16 Mbaytdan yuqori sig’imli tezkor xotira; vinchesterda 500 M baytdan ortiq xotira sig’im;
xotira 1 Mbaytdan kam bo’lmagan vidioadapter.
Windows   operatsion   sistemasining   taqdim   etilishi   bu   ko`pgina
imkoniyatlarning   ya’ni   ayniqsa   kompyuterni   ishlata   olish   imkoniyatini   bir   necha
ko`p martaga oshirdi va ko`pgina qulayliklari mavjuddir.
Windows   muhitida   ishlash   natijasida   foydalanuvchi   ko’pgina   qulayliklarga
ega   bo’ladi.   Bunda   fayl   va   kataloglarning   nusxasini   olish,   ko’chirish,   qayta
nomlash,   o’chirish   va   hakozo  amallar   tezda   va  yakkol   bajariladi.  Shu   bilan   birga
bir paytning uzida bir necha kataloglar bilan ishlash ikoniyatiga ega.
Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer
va   displey   (adapter)   bilan   ishlash,   MS   DOS   dasturlari   bilan   ishlash   qobiliyatiga
ega.
Yagona   interfeysga,   ya’ni   Windows   turli   versiyalari   dastur   ilovalari   bilan
ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
Hozirgi   kunda   Windows   millionlab   foydalanuvchilar   e’tiborini   o’ziga   jalb
etmoqda.   Microsoft   firmasi   Windowsni   takomillashtirish   borasida   doimo
ishlamoqda.   Shu   bilan   birga   turli   dastur   ilovalarining   yaratilishi   Windowsning
imkoniyatlarini   yanada   oshirmoqda.   Bu   Microsoft   Word,   Page   Maker,   Excel,
CorelDraw va hakozolardir.
Windowsning imkoniyatlari.
Windows operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega:
   Universal   grafika   -   Windows   dasturlarining   qurilmalarga   va   dastur   ta’minotga
bog’liqsizligini ta’minlaydi. 
   Yagona   interfeys   -   Windowsda   foylalanuvchining   muloqoti   yagona,   ya’ni   turli
dasturlar   bilan   ishlash   qoidalari   umumiy.   Shuning   uchun   yangi   dastur   bilan
ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.    Mavjud   dastur   ta’minoti   bilan   muvofiqligi   -   Windows   MS   DOSning   barcha
amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.
  Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir
dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
   Mavjud   operativ   xotiradan   to’liq   foydalanish   imkoniyati   -   Windows   mavjud
operativ   xotiradan   to’la   foydalana   oladi.   Qurilma   resurslaridan   ham   to’liq
foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi.
   Ma’lumotlar   almashuvi   -   Windows   dasturlararo   ma’lumotlar   almashish
imkoniyatlariga   ega.   Bu   maxsus   Clipboard   (ma’lumotlar   buferi),   yoki   DDE
(ma’lumotlarning   dinamik   almashuvi,   ya’ni   boshqa   dastur   natijalaridan
foydalanish),   yoki   OLE   (ma’lumotlardan   ularni   taxrirlagan   holda   foydalanish)
yordamida amalga oshiriladi.
 
11.   O’rnatilish   yakuniga   yetdi.   Windows   8   ishchi   stoli   avtomatik   tarzda   ishga
tushadi.   Bemolol   unga   qo’shimcha   dasturlar   o’rnatib   undan   foydalanishingiz
mumkin.
Windowsni   yuklash   uchun   MS   DOS   operatsion   tizimi   buyuruqlar   satrida
win   buyrugi   klaviatura   orqali   kiritilib   Enter   bosiladi   yoki   NCdarachasidan
WINDOWS   katalogiga   kirib,win.com   fayli   ustiga   ko’rsatkich   keltirib   Enter
bosiladi.   Natijada   ekranda   dastlab   WINDOWS   belgisi   tushurilgan   zarvaraq,
so’ngra taminlash dasturi ochiladi.
Zamonaviy   kompyuterlarda   Windowsning   zikr   etilgan   oxirgi   versiyalari
ishlatilyotganligi   sababli   ular   asosiy   operatsion   tizimiga   aylangan   MS   DOS
operatsion   tizimi   va   NC   qobiq   dasturlari   va   ular   asnosida   yaratilgan   dasturlarga
extiyoj bir oz susaydi. Shu bois ko’pchilik kompyuterlar yuklanishi bilan Windows
8   operatsion   tizmi   bevosita   ishga   tushadi.Uning   tartibidagi   boshqa   dasturlarga
murojat etish Pusk (yuklash) tuugmasi yordamida bajariladi. Windowsdan chiqish uchun   Pusk   tugmasinig   Zaversheniye   raboto   bandiga   kirib   u   yerda   kompyuterni
o’chirish,   qaytadan   ishga   tushurish,   MS   DOS   rejimida   ishga   tushurish,yoki
kompyuter   ishlashni   vaqtincha   to’xtatish   kabi   ishlarni   bajarish   mumkin.   Alt-F4
tugmalarni   birgalikda   bosib   Windowsdan   chiqish   xam   mumkin,bunda   chiqish
haqidagi   kompyuter   so’roviga   OK   (Ha)ni   "sichqoncha"   ko’rsatkichi   bilan   tanlab
javob berish zarur.
Ayrim   kompyuterlarda   yuklash   jarayoni   foydalanuvchi   tomonidan
o’zgartirlgan   bo’lishi   ham   mumkin.   Windows   8   ish   stoli   va   uning   yorliqlari.
Windows  dasturi   yuklanganidan   keyin  ekranda  Windows   8  dasturining  taminlash
darchasida   "Ish   stoli"   xosil   buladi.   Ish   stolida   tizim   va   amaliy   dasturlarga   mos
keluvchi   yorliqlarning   turli   ko`rinishlari   xosil   bo`ladi.   «MOY   KOMPYUТER»
(Mening   kompyuterim)-   disklar   bilan   ishlash,yangi   fayl   va   kataloglar   yaratish,
kompyuterning   va   tashqi   qurilmalarni   sozlash   kabi   vazifalarni   bajaradi.   «MOY
DOKUMENТI»(Mening   xujjatlarim)-Foydalanuvchining   amaliy   ishlangan
xujjatlari   jamlanadi.   «PROVODNIK»   (Boshlovchi   )-fayl   va   kataloglar   ustida
amallar, fayllarni izlash va ishga tushurish kabi vazifalarni bajrishga mo’ljallangan.
«PORТFEL»- Internet tizimida foydalanish uchun tanlangan hujjatlar saqlanadi. 
«KORZINKA»-nokerak   dasturlar,   fayllar   va   kataloglar   uzil-kesil
yo’qotilishi   oldidan   vaqtincha   saqlash   uchun   mo’ljallangan   dastur   .   Ayni   vaqtda
kompyuteringzda   Windowsning   ingilizcha   yoki   ruscha   versiyasi   o’rnatilgan
bo’lishi   mumkin.   Windows   ning   ingilizcha   versiyasi   kompyuteringizda
o’rnatilgagn   bo’lsa,   tizim   va   tatbiqiy   dasturlar   yorliqlari   ingilizcha   tavsifda
berilgan   bo’ladi.   Shuni   eslatib   o’tamizki,   Windows   8   versiyalarining   taminlash
dasturi Windows 98, XP va Windows7 versiyalaridan farq qiladi . Ish stoliga yangi
jild   yoki   yoriqlarni   qo’shish   uchun   "sichqoncha"   ning   o’ng   tugmasi   biror   bo’sh
joyda bosiladi va hosil bo`lgan muloqot darchasidan Sozdat bandi faollashtiriladi.
Natijada   hosil   bo’lgan   ikkilamchi   muloqot   darajasidan   kerakli   bo’limi   tanlab olinib, ish stolida tizim bo’yicha yangi yorliq yoki jild hosil qilinadi.So’ngra ularga
zaruriy   dasturlar   majmuasini   joylashtirish   va   nom   berish   orqali   foydalanishimiz
mumkin. 
Windows 8 OT ning Pusk tugmasi va uning bo’limlari va u bilan ishlash. Ish
stolida mavjud yorliq va jildlardan foydalangan holda tizim yoki amaliy dasturlarni
bevosita   faollashtirish   va   yuklash   imkoniyatiga   ega   bo’lamiz.Shu   bilan   birga
kompyuter   xotirasida   mavjud barcha  dasturlarni   ish  stolida  hosil   qilish  maqsadga
muvofq   emas.   Bu   dasturlarga   murojaat   etishning   samarali   usuli   Pusk   (Yuklash)
tugmasini ishga tushirishdir. Pusk tugmasi yordamida Все программиы bo’limiga
murojaat etilganda, ikkilamchi daraja hosil bo’lib, unda foydalanuvchi o’zi uchun
zarur  deb  hisoblagan  dasturlarni   tanlashi  mumkin.  Bu   dasturlar  orasida   asosiylari
virusdan   kompyuterlarni   himoyalovchi,   fayllarni   arxivlashtiruvchi,   Office,
standart,   boshlovchi   va   amaliy   dasturlar   hisoblanadi.   Mazkur   menyuga   yangi
bo’limlar yoki bandlar qo’shish  uchun Nastroyka bo’limida Panel  zadachi  menyu
"Pust"   bandi   orqali   Panel   zadach   muloqatli   darchasiga   kirib,   Nastroyka   menyu
qismiga o’tiladi.
Linux OT qadamma-qadam o'rnatish.
Live   rejimda   Fedorani   o'rnatish.   Live   rejimda   ishlaganimizda   Linuxni
kompyuterga   o'rnatmasdan   ishga   tushiramiz.   Kompyuterni   live   rejimdan   keyin
qayta yuklagan vaqtda tizim yuklanmaydi. Agar biz live rejimdan keyin Windows
tizimini yuklasak, tizim live rejimdan oldin qanday holatda turgan bo'lsa shunday
holatda   yuklanadi.   Live   rejimda   ishlaganimzda   Fedorani   o'rnatmasdan   uning
qanday   holatda   bo'lishini   ko'rishimiz   mumkin.   Red   Hat   Enterprise   Linux   da   live
rejim taklif qilinmagan.
Tizimni   yuklash.   Fedorani   yuklashdan   oldin,   o'rnatish   yoki   live   rejimga
o'tish   oynasi   chiqishdan   oldin,   Linux   hotiraga   o'qilishi   kerak.   Ushbu   jarayonga minimal   RAM   uchun   bir   necha   daqiqa   sarflanadi.   Tizim   ishga   tushirilayotgan
vaqtda, avtanom tarzda yuklanishi uchun 10 soniya kutib turiladi.
Agar  biz tizimni  Fedoraning Desktop  Live Mediadan  o'rnatmoqchi  bo'lsak,
GNOME   desktop   menegerni   o'rnatish   lozim.   Qachonki   biz   Fedoraning   Desktop
Live   Mediadan   o'rnatganimizda   avtanom   tarzda   liveuser   nomi   ostida
foydalanuvchi  qayd yozuvini yaratgan holda tizimga kirib GNOME  ishchi oynasi
ochiladi.
Agar   biz   Fedora   KDE   live   Mediadan   o'rnatmoqchi   bo'lsak,   KDE   desktop
menegerini   o'rnatishimiz   kerak   bo'ladi.   Tizimni   qattiq   diska   o'rnatish.   O'rnatish
boshlanagan vaqtda Fedoraning asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal
bajarilmadi, keyingi qadamga o'tadi.
Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan
til   bir   vaqtning   o'zida   soatlar   oraligini   sozlanmasini   sozlab   beradi.   Keyingi
qadamda klaviatura tili tanlanadi.
Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy
saqlash qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin. Biz tizimni
o'rnatishda   oddiy   saqlash   qurilmasi-qattiq   diskka   o'rnatamiz.   Saqlash   qurilmasini
tanlashimizda, ishchi oynada barcha qurilmalarning ro'yhati chiqadi.
Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta
saqlash   qurilmasini   tanlab   ko'rsatsak,   anaconda   funksiyasi   qaysi   qurilmaga   OT
o'rnatilishi   va   qaysi   qurilmaga   fayl   tizimi   qo'shilishini   aniq   ko'rsatishni   talab
etiladi.
Yuqoridagi   oynaning   chap  tomonida   barcha  saqlash   qurilmalari   joylashgan
bo'lsa, o'ng tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan.
Agar   bizning   kompyuterimizda   oldin   Fedora   yoki   Red   Hat   Linux   OT   o'rnatilgan
bo'lsa, tizimni yangilash taklif etiladi. Keyingi   qadamda   root   foydalanuvchisi   parollari   kiritiladi   va   bu   root
foydalanuvchisining tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga
qo'yiladigan   parol   esdan   chiqmasligi   lozim.   Root   foydalanuvchisi   Windows   OT
dagi   administrator   foydalanuvchisi   bilan   bir   darajadai   foydalanuvchi   hisoblanadi.
Root   foydalanuvchisi   yordamida   dasturlar   paketi,   tizimni   yangilash   va   tizimga
hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi.
Tizimni   yuklovchi   qismini   sozlashda   GRUB   funksiyasidan   foydalaniladi.
GRUB   (Grand   Unified   Bootloader)   -   odatiy   holatda   tizimni   yuklovchi   funksiya
hisoblanadi (grub DOS, Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi).
Agar   kopmyuterda   boshqa   OT   lar   bo'lmasa   yoki   ularni   o'chirib   tashlasak,
GRUB   odatiy   holatda   o'rnatiladi.   Agar   kompyuterda   boshqa   OT   lar   o'rnatilgan
bo'lsa,   Fedora   avtanom   tarzda   ularni   aniqlaydi   va   yuklanishini   sozlaydi.   Barcha
sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim qayta yuklanib, foydalanuvchilar qayd
yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga keladi. Xulosa:
Men bu mavzuni yoritishda o`z xulosam deb shuni ayta olamanki ma`lumki,
insoniyat   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davridanoq   o`zining   jismoniy   mеhnatini
yengillatish  maqsadida  ko`plab  tеxnologiyalarni  vujudga  kеltirgan  ya’ni   ular  qo`l
mеhnatini   yengillatish   uchun   qurol   yasab   tеxnik   mеxanizmlar   yaratishga   asos
soldi.   Jamiyat   taraqqiyotining   olg`a   siljishi   eng   avvalo   inson   omiliga   bog`liqdir.
Shuning uchun ham inson o`z tafakkuri aql-zakovatini ko`proq ijodiy ishlariga jalb
qilish   shartligi   e`tirof   etilmoqda.   Yangidan   yangi   tеxnik   qurilma   va   vositalarni
kashf   qilish   insonni   o`z   yashash   sharoitiga,   qilayotgan   ishiga,   ilmiy-tеxnik
izlanishlariga   ijodiy   yondashish   samarasidir.   XX   asrga   kеlib   insoniyat   qo`l
mеhnatinigina   emas,   balki   aqliy   mеhnatini   ham   yengillatish   ustida   anchagina
izlanish   olib   bordi.   Bu   yo`lda   ko`plab   tеxnik   qurilmalar   yaratildi   va   amaliyotga
tadbiq   etildi.   Xuddi   shunday   tеxnik   qurilmalardan   biri   kompyutеr   –   elеktr
hisoblash mashinalari (EHM) dir.
Har birimizga ma`lumki ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin
ortib   borayotgan   axborot   —   ta’lim   muhiti   sharoitida   mustaqil   faoliyat   ko‘rsata
olish,   turli   sohalarda   zamonaviy   axborot   texnologiyalarini   samarali   qo‘llash   va
axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Mirziyoyev   .   Sh.   M.   ”   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.:O’zbekiston 2017-y.
2.Тayloqov.N va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari». 1-2 qismlar, Тoshkent,
«O’qituvchi». 2012 yil. 
3.   Abduqodirov   va   boshqalar.   «Informatika   va   ХТ   asoslari»   .   8-9   sinflar   uchun.
Тoshkent, «O’qituvchi»,2006 . 
4. B.Boltayev va bosh. – «Informatika darsliklari» Тoshkent-2014 5. Azlarov Т. –
«Informatikadan   davlat   ta’lim   standartlari»   Figurnov   V.E.   «IBM   dlya
polzovatelya». Moskva 2010.

Reja: 1. Operatsion tizim tushunchasi. 2. OT ni tashkil etuvchilari va buyruqlar. 3. Windows OT imkoniyatlar. 4. Linux OT qadamma-qadam o'rnatish.

Windows operatsion sistemasi haqida ma`lumot. Windows operatsion sistemasining kelib chiqish tarixi. Zamonaviy kompyuter yordamida ishlash uchun mo’ljallangan ushbu bo’lim, Windows operasion tizimida ishlash uchun mo’ljallan-gan bo’lib, unda Windows operasion tizimi xaqida ma’lumot va ana shu operasion tizimdagi ba’zi bir eng ko’p ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan. Windows bu operasion sistema (OS). Ya’ni inson bilan kompyuterni o’zaro bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalardan biri. OSning turlari juda ko’p bo’lib, ulardan MS DOS, OS/2,UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko’p tarqalgani MICROSOFT kompaniyasi-ning Windows operasion tizimlaridir. Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko’rinib turishidir. Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila boshlangan. Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.

Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul. WINDOWS foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturiy muhitdir. Uning imkoniyatlari MS DOS dan sezilarli darajada yuqori. Windows muhitida ishlashda foydalanuvchi ko’p qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tez va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o’zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.

Windows bir paytning o’zida bir necha masalalarni echish qobiliyatiga ega. Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir. Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini o’ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Windows operatsion sistemasi amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi Application Programming Interface (API) ùozirda ko’p ishlatiladigan tarmoq operasion tizimlar- Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi mumkin. Bu esa amaliy va operasion tizimlarni qo’llaydigan yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini ishlatish va tizim adminstratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga ega bo’ldi. Windows operatsion sistemasining (windowsOPning aynan yangi versiyalarida) ishchi holatida saqlab turish va uni o’rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi muhitini qayta o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windowsoynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi. Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi -

kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila boshlangan. MS Windows 2000 murakkab dasturlar majmui bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay operasion tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo’lsa, Windows 2000, Windows 2000 o’zi mustaqil bo’lib, kompyuterda boshqa bir operasion tizimning bo’lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Operasion tizim sifatida MS Windows 98/2000 quyidagi afzalliklarga ega: O’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami qulay u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tadbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi; Iste’molchi atiga bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; sodda dasturlar majmui yuqori unumlilikka ega. Bundan tashqari Windows bilan ishlaganda uzun, ko’p belgili fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda hatto bo’sh joyni ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob’ektni ekranning istalgan joyiga kontekstni (MATN parchasini) chaqirish va kontekstli menyu yordamini olish mumkin. Windowsning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan kompyuter konfigurasiyasi: Pentium-I va undan yuqori mikroprosessori; 16 Mbaytdan yuqori sig’imli tezkor xotira;