logo

XI- XII asrlarda Samarqanda islomiy ilmlarning rivojlanish tarixi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

230.8095703125 KB
XI- XII asrlarda Samarqanda islomiy ilmlarning rivojlanish tarixi
                                                                  Reja:
1.bob-   Arab   xalifaligining           Markaziy   Osiyoni     bosib   olishi   va   islom   dinini
tarqalishi
1.1  Arab xalifalifining tashkil topishi va islom dinining shakllanishi.....................
1.2 Markaziy Osiyo  va Samarqandni  zabt etilishi .................................................
1.3 Samarqandda ............................................................
2 bob – Samarqandda islom dinining keng tarqalishi va islom tasiri .
1.1 Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o’zgarishlar.............................................
1.2   Samarqand madrasalarb paydo bo’lishi va ularning ta’limdagi ro’li.................
1.3  Ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ...........................................................
3 .bob   Samarqandda islomiy ilmlar taroqqiyoti .
1.1 Fiqh.............................................................................................................
1.2 Hadis...........................................................................................................
1.3 Tasavvuf....................................................................................................... Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi:  Tadqiqotchi-
olimlarning   fikricha,   Sharq,   xususan,   Markaziy   Osiyo   mintaqasi   IX-XII   va   XIV-
XV   asrlarda   bamisoli   po‘rtanadek   otilib   chiqqan   ikki   qudratli   ilmiy-madaniy
yuksalishning   manbai   hisoblanib,   jahonning   boshqa   mintaqalaridagi   Renessans
jarayonlariga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatgan   Sharq   uyg‘onish   davri   –   Sharq   Renessansi
sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.
Shu   bilan   birga,   ko‘plab   tadqiqotchilar   qayd   etganidek,   agar   Yevropa   Uyg‘onish
davrining   natijalari   sifatida   adabiyot   va   san’at   asarlari,   arxitektura   durdonalari,
tibbiyot   va   insonni   anglash   borasida   yangi   kashfiyotlar   yuzaga   kelgan   bo‘lsa,
Sharq   Uyg‘onish   davrining   o‘ziga   xos   xususiyati,   avvalo,   matematika,
astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy
fanlarning,   shuningdek,   tarix,   falsafa   va   adabiyotning   rivojlanishida   namoyon
bo‘ldi.
O‘rta   asrlarning   ilk   davrida   Sharqda   amalga   oshirilgan   buyuk   ilmiy   kashfiyotlar
haqida   gapirar   ekanmiz,   zamonaviy   matematika,   trigonometriya   va   geografiya
fanlari   taraqqiyotiga   beqiyos   hissa   qo‘shgan   Muhammad   ibn   Muso   al-Xorazmiy
nomini birinchilar qatorida tilga olamiz.   U o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol
belgisi   va   qutblar   koordinatalarini   birinchilardan   bo‘lib   asoslab   berdi   va
amaliyotga  tatbiq   etdi.  Bu   esa   matematika  va   astronomiya   fanlari   rivojida   keskin
burilish yasadi.
Al-Xorazmiy   algebra   faniga   asos   soldi,   ilmiy   ma’lumot   va   traktatlarni   bayon
etishning   aniq   qoidalarini   ishlab   chiqdi,   u   astronomiya,   geografiya   va   iqlim
nazariyasi   bo‘yicha   ko‘plab   ilmiy   asarlar   muallifidir.   Allomaning   dunyo   ilm-fani
rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida                
faqat   uning   nomi   va   asarlari   «algoritm»   va   «algebra»   kabi   zamonaviy   ilmiy
atamalarda abadiylashtirildi . Ahmad   Farg‘oniy   tomonidan   IX   asrda   yaratilgan   “Astronomiya   asoslari”
fundamental   asarida   olamning   tuzilishi,   Yerning   o‘lchovi   haqidagi   dastlabki
ma’lumotlar,  sayyoramizning  sharsimon   ko‘rinishga  ega   ekani  xususidagi  dalillar
mavjud   bo‘lib,   mazkur   kitob   XVII   asrga   qadar   Yevropa   universitetlarida
astronomiya   bo‘yicha   asosiy   darslik   sifatida   o‘qitib   kelingan   hamda   Buyuk
geografik   kashfiyotlar   davrida   Kolumb,   Magellan   va   boshqa   sayohatchilarning
kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy
yutuqlaridan   biri   uning   o‘rta   asrlardagi   asosiy   astronomik   asbob   –   usturlob
nazariyasini   ishlab   chiqqani   va   shuningdek,   Nil   daryosida   “nilomer”   degan,   ko‘p
asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan
mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi  1
.
‘ Eng mu h imi, islo h otlarimiz samarasini yurtimizda yashayotgan  h ar bir inson,   h ar
bir   oila   bugun   o‘z   h ayotida   h is   etishi   kerak.   Buning   uchun   barcha   bo‘ g‘ indagi
ra h barlar   foizlar,   ra q amlar,   q o g‘ ozning  ortidan   q uvmasdan,   h ar   bir   fu q aro  uchun,
uning   h ayotiy   manfaatlarini   ta’minlash   uchun   ishlashi   shart.   Shunda   nuroniy
keksalarimiz,   mu h taram   otaxon   va   onaxonlarimiz,   h urmatli   ayollarimiz,   aziz
farzandlarimiz,   jajji   nabiralarimiz,   ko‘pmillatli   butun   xal q imiz   bizdan   rozi
bo‘ladi” 2
.
IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning 
rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda 
Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib
olingan   yerlarda   islom   dini   keng   yoyilib,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   ma’naviy   hayot
Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi.   Xalifalik tarkibiga
kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham
1
  Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning 
zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi 
nutqi – 16.05.2014
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezmidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 yil 25 yanvar)
.uz.u joriy   etildi.   Chunki   arab   tili   xalifalikning   davlat   tili   bo‘lsa,   islom   dini   uning
mafkurasi   edi.   Shu   sababli   bu   mamlakatlarda   arab   tilini   o‘zlashtirishga   intilish
kuchli   bo‘lgan.   Islomni   qabul   qilgan   aholining   arab   tili   bilan   muloqoti,   ibodat
vaqtlarida   qur’on   suralarini   tilovat   qilishdan   iborat   bo‘lgan   bo‘lsa,   mahalliy
zodagonlar   arab   tilini   xalifalik   ma’murlari   bilan   yaqinlashish   va   mamlakatda   o‘z
siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning  garovi  deb hisoblaydilar. Arab
tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda
xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo
bo‘ldi.
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi   va   metodologik   asosi.   IX-XII   asrlarda
islomiy ilmlar musulmon sharqida  tezlik bilan rivojlangan  bunga sabab esa buyuk
allomalarni yetishib chiqqanligini aytib o’tish mumkin. Bular :    Imom al-Buxoriy,
Imom   at-Termiziy   ,   Imom   al-Moturidiy,Abu   Lays   Samarqandiy   ,   Imom   ad-
Dorimiy kabi mutafakkirlar o’z hissalarini qo’shgan.
Arablar o’rta osiyoni egglagandan so’ng islom dini tarqaldi va rivojlandi.
Tadqiqot   ish i ning   ob’ektini   :   Allomalarni   islomiy   ilmlar   rivojiga   qo’shgan
hissasi
Tadqiqot   ish i ning   predmeti :   Islomiy   ilmlarni   Samarqand   misolida   o’rganish   va
tahlil qilish.
Tadqiqot   ishining   maqsadi.   Islom   ta’limoti     (ilohiyoti   va   amaliyoti)da   oila
munosabatlarining   etikasi   hamda   hozirgi   davrdagi   turmush   ma’naviyatini
yuksaltirish   kontekstida   tizimli,   ilmiy   –   falsafiy   tahlil   orqali,   oila   munosabatlari
tizimiga   dunyoviy   va   diniy   madaniyat   elementlarini   singdirish   qonuniyatlari   va
mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat.
  Tadqiqot   ishining vazifalari : 
-   islom   ta’limotida   oila   munosabatlarining   vujudga   kelishi   va   takomillashuvi
jarayonini falsafiy-nazariy tahlil etish; 
- Sharq va G‘arbdagi oila etikasining qiyosiy tahlili  orqali  islomiy qadriyatlarning
roli ko‘rsatib berish; -   oilaviy   munosabatlarni   mustahkamlashda   islom   ta’limotidagi   aqidaviy,   huquqiy
va   diniy-falsafiy   asoslarini   o‘rganib,   ulardan   ijodiy   foydalanish   imkoniyatlarini
aniqlash; 
-   globallashuv   jarayonida   oilada   ma’naviy   barkamol,   jismoniy   sog‘lom   avlodni
tarbiyalashda   diniy   meros   va   milliy   qadriyatlardan   oqilona   foylanish   yo‘llari   va
usullarini ilmiy asoslash; 
Tadqiqotning     ilmiy   yangiluigi:   “ IX-XII   asrlarda   Samarqannda     islomiy   ilmlar
rivojlanishi”   mavzusini   yoritishda   qo„yilgan   maqsad   va   vazifalar
quyidagilardan iborat.
- Bu davrdagi allomalar ilmiy merosini o’rganish
- Samarqandlik muhaddislarni ilmiy bayon qilish
- 1.bob-   Arab   xalifaligining           Markaziy   Osiyoni     bosib   olishi   va   islom   dinini
tarqalishi
1.1  Arab xalifalifining tashkil topishi va islom dinining shakllanishi.....................
Kirish. Islom dinining paydo bo‘lishi va uning g`oyasi
Islom-dunyoda   nisbatan   keng   tarqalgan   jahon   dinlaridan   biridir.   Osiyo
qit`asidagi   Arabiston   yarimoroli,   Iordaniya,   Suriya,   Iroq,   Eron,   Turkiya,
Afg`oniston,   Pokiston,   Afrika   qit`asidagi   Marokash,   Jazoir,   Tunis,   Liviya,   Misr
Respublikasi,   Somali   singari   mamlakatlar   xalqlari,   Efiopiya,   G`arbiy   Sudanda
yashovchilarning   bir   qismi,   Malayziya,   Indoneziya   xalqlari,   Livan,   Hindiston,
Xitoy hamda Filippin aholisining ma`lum bir qismi. Yevropa qit`asida esa Bolqon
yarimorolida   yashovchi   xalqlarning   bir   bo`lagi   islomga   e`tiqod   qiladi.   Islom
Markaziy   Osiyo,   Kavkazorti   va   Shimoliy   Kavkaz,   Volgabo`yi,   G`arbiy   Sibir   va
boshqa   ayrim   xalqlarning   turmush   tarziga   o`z   ta`sirini   ko`rsatib   kelmoqda.   Yer
yuzida   islomga   e`tiqod   qiluvchilar,   ya`ni   musulmonlar   bir   milliard   200   mln.dan
oshdi.   Yevropa,   Amerika   va   Rossiyada   islom,   uning   tarixi   va   manbalarini
o`rganish   XIX   asrning   2-yarmidan   boshlangan.   Lekin   islom   tarixi,   ta`limoti,
muqaddas   yozuvlarini   tahlil,   tadqiq   qilish   Rossiyada   ayniqsa   O`zbekiston,
Qozog`iston,   Tojikiston,   Shimoliy   Kavkazda   keng   ko`lamda   ancha   oldin   amalga
oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda.
Yevropalik olimlar islomshunoslik fanini yaratish, islom tarixi va manbalarini
O`rganish   yo`lida   ko`p   xizmat   qilganlar.   Jumladan,   M.Myuller,   E.Taylor,   K.Tile,
Sh. dela Sosse, J.Freyzer va boshqalar. Ularning xulosalarida ayrim cheklanishlar
bo`lishiga qaramay, ular bu fanning rivojlanishiga muhim hissa qo`shganlar.
Rus   sharqshunosligida   ham   islom   tarixi,   diniy   manbalarni   tadqiq   qilish
sohasida   barakali   ishlar   olib   borilgan   V.R.Rozen   asos   solgan   mashhur   “Rus
akademik   sharqshunosligi”ning   vakillari   N.A.Mednikov,   L.E.Shmidt,
A.YE.Krimskiy,   V.V.Bartold,   I.Y.Krachkovskiy,   YE.E.Bertels,   A.A.Semenov   va
boshqalar   islomshunoslik   sohasida   qimmatli   asarlar   yaratganlar.   Bu   asarlar   hozir
ham islomshunos olimlar uchun boy manba bo`lib xizmat qilmoqda.
Islomning paydo bo`lishi va uning ta`limotini ilmiy nuqtai nazardan o`rganish
masalasi   o`tgan   asrning   30-yillariga   kelib   jiddiy   ravishda   o`rtaga   qo`yildi.
Islomning paydo bo`lishi va ta`limoti yuzasidan ham juda ko`p fikr va mulohazalar
o`rtaga tashlangan hamda muhokama qilinib, muayyan yechimini topgan. 
Arabiston   yarimoroli   iqlim   sharoiti   noqulay   qumli   sahrolar   va   tog`lardan
iborat   bo`lib,   ko`chmanchi   aholisi   badavlat   V-VII   asrlarda   chorvachilik   bilan shug`ullanar   edi.   Yarimorolning   nisbatan   yaxshi   iqlim   sharoitiga   ega   bo`lgan
qismida joylashgan Yaman nomli kichik bir viloyat, qadimdan rivojlangan qishloq
xo`jalik   va   madaniyat   markazlaridan   biri   bo`lgan.   U   yerda   quldorlik   tuzumi
taraqqiy   etgan,   so`nggi   quldorlik   davlati   bo`lgan   Lekin   yarimorolning   boshqa
hududlari   suvsiz   sahrolardan   iborat   bo`lganligi   sababli   o`troq   dehqonchilik   faqat
va   ayrim   joylarda   sahrolar   o`rtasidagi   onda-sonda   uchraydigan   kichik
vohalardagina   birmuncha   taraqqiy   etgan   edi.   Bu   yerlarda   dehqonchilik   ham
noqulay   iqlim   sharoiti   tufayli   har   tomonlama   cheklangan   edi,   asosan   xurmo   va
arpa yetishtirilardi.
Yarimorolning   cheksiz   sahrolarida   yashovchi,   chorvachilik   bilan
shug`ullanuvchi   arab   qabilalari-badaviylar   bundan   ham   og`ir   sharoitda   yashar
edilar.   Ular   ijtimoiy   taraqqiyot   jihatidan   ancha   orqada   qolgan,   taraqqiyotning
urug`-qabilachilik   bosqichida   edilar.   VI   asr   oxiri-VII   asr   boshlarida,   ya`ni   islom
vujudga   kelishi   arafasida   turli   arab   qabilalarining   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot
darajasi bir xil emas edi.
Og`ir iqlim sharoiti va ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlanganligi sababli
Arabiston   yarimorolida   yashagan   ko`pchilik   qabilalar   taraqqiyot   jihatidan   Misr,
Vizantiya,   Eron,   Mesopotomiya   kabi   qadimiy   madaniyat   markazlari   aholisiga
nisbatan   ancha   orqada   qolib   ketgan   edi.   Yarimorolning   g`arbiy   qismida   Qizil
dengiz   qirg`oqlari   bo`ylab   cho`zilgan   va   Hijoz   deb   nom   olgan   hudud   bu   davrda
iqtisodiy   jihatdan   birmuncha   rivojlangandi.   Buning   sababi   suvli   vohalarda
dehqonchilik   bilan   shug`ullanish   imkoniyati   mavjud   bo`lganligidan   va   janubdan
shimolga tomon qadimiy karvon yo`li o`tganligida edi. 
Makka   savdo   markazi   sifatida   katta   ahamiyatga   ega   bo`lib,   atrofdagi
qabilalarga   boshqalarga   nisbatan   kuchliroq   ta`sir   ko`rsatar   edi.   Makkada   Ukaz
nomli   katta   bozor   joylashgan   edi.   Arab   qabilalari   o`rtasida   Makkaning   diniy
markaz sifatida roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka`batilloh ibodatxonasi turli
arab   qabilalarining   360   o`   xudosining   sanam,   ya`ni   butchalari   mavjud   bo`lgani
tufayli   bu   shaharz   atrofida   yashovchi   ko`p   qabilalar   uchun   e`tiqod   markazi   -
ziyoratgohga   aylangan   edi.   Arablarda   ham   tijorat,   ham   ziyorat   deb   bejiz
aytmaganlar.   V-VII   asrlarda   Makkada   arablarning   quraysh   qabilasi   hukmron
bo`lib,   bularning   yuqori   tabaqalari   savdo-sotiq   avj   olishi   natijasida   ancha   boyib
ketgan;   pul   muomalasi,   sudxo`rlik   rivojlangan,   shuningdek,   qul   savdosi   va
qullarning   mehnatidan   foydalanish   ham   ancha   kengaygan.   Qadimiy   Yamanni
istisno   qilganda,   Arabiston   yarimorolida   yashovchi   qabilalar   uchun  V-VI   asrlarni
iqtisodiy urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan va quldorlik munosabatlari
vujudga   kela   boshlagan   davr,   deb   tavsiflash   mumkin   va   lozim.   O`sha   davrda kuchli imperiyalar bo`lgan Vizantiya va Eron O`rtasida Yamanni qo`lga kiritish va
karvon yo`llarida o`z hukmronligini o`rnatish uchun kurash davom etgan.
Qabilalarning   yuqori   tabaqalari,   ayniqsa,   Makka   zodagonlari   qo`shni
mamlakatlarni   bosib   olib   katta   boylik,   o`ljani   qo`lga   kiritish   va   shu   orqali
hokimiyatni   mustahkamlash,   iqtisodiy   inqirozdan   qutilish   haqida   tez-tez   o`ylay
boshlaganlar. Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish, barcha arab
qabilalarini,   ularning   iqtisodiy   va   harbiy   imkoniyatlarini   yagona   davlatga
birlashtirish zarur edi.
Arab   xalqi   hayotni   VI   asr   oxiri   VII   asr   boshlarida   yuz   bergan   jiddiy   tarixiy
voqelar   arab   qabilalarining   ijtimoiy   hayot   taqozasi   bilan   vujudga   kelgan
markazlashishga   intilishga   undagan.   Islom   ayni   shu   intilishni   o`zida   aks   ettirgan
g`oya,   mafkura   sifatida   yuzaga   kelgan,   markazlashgan   arab   davlatining   vujudga
kelishi,   qo`shni   malakatlarning   bosib   olinishi,   arab   xalifaligining   kengayishi
jarayonida   kuchli   g`oyaviy   qurol   sifatida   xizmat   qilgan.   Markaziy   va   Sharqiy
Arabiston   yarim   oroli   sahrolarida   yashagan   arab   badaviylari   o`rtasida   ibtidoiy
tuzumga xos bo`lgan politeistik ma`jusiylik diniy tasavvurlari hukmron edi. V-VI
asrlarda   bu   qabilalarning   diniy   e`tiqodlari   totemizm,   fetishizm   va   animizm   kabi
diniy tasavvurlarning qorishig`idan iborat edi. 
Har   bir   qabila   o`z   xudosining   sanamiga   sig`inar,   topinar   edi.   Bu   hol
dinshunoslikda   ko`p   xudolilikning   arablarga   xos   ko`rinishi,   deb   tavsiflangan.
Qur`onda   bunday   e`tiqod   shirk   deb   nom   olgan.   Bundan   tashqari   arab   qabilalari
o`rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi. V-VI asrlarda arab qabilalari
urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga
yuz tutgan edi. 
Islomning   paydo   bo`lishi   arab   qabilalari   o`rtasidagi   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning   muayyan   bosqichi   bilan   bog`liq   bo`lgan.   Hijozda   “xaniflar”   deb
atalgan   yagona   xudoga   e`tiqodning   bir   necha   tarafdorlari   Muhammad
payg`ambargacha  ham   bo`lgan  va  ular   xristian  yoki   yahudiy bo`lmaganlari  holda
yakka   xudoga   va   oxirat   kuniga   ishonganlar.   Ulardan   Musaylima,   Sajjoh,   Tulayx,
Asvod kabilarning nomlari rivoyatlarda saqlanib qolgan.
Muhammad Ibn Abdulloh (SAV)-islom dini da`vatchi va davlat arbobi.
Islomda payg`ambar sifatida e`tirof etilgan, quraysh qabilasining hoshimiylar
xonadonidan   bo`lgan   Muhammad   (SAV)ibn  Abdullo   islom   da`vatida   tarqalishida
va   ta`limotini   shakllantirishda   yetakchi   rol   o`ynagan.   Payg`ambar   forscha   so`z
bo`lib,  xabarchi, darakchi   demakdir.  Arabcha  nabiy deyiladi.  Rasul  so`zi   arabcha
bo`lib,   ma`nosi   elchidir.   Payg`ambarlar   ilohiy   ta`limot   va   din   aqidalarini   o`z ummatlariga   yetkazuvchi   xabarchidir,   Ollohning   elchisidir.   Payg`ambarlarning
adadi   Qur`on,   Hadis   va   boshqa   manbalarda   qat`iy   belgilanmagan.   Ba`zi
manbalarda   ularning   soni   124   ming   deyiladi.   Qur`oni   Karimda   25   nafar
payg`ambarning   nomi   tilga   olingan.   Ular   Odam,   Idris,   Nuh,   Xut,   Solih,   Ibrohim,
Ismoil, Ishoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zi-l-Kifl, Yunus, Muso, Xorun, Shuayb,
Ilyos, al-Yasa`, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir (SAV).
Islom ta`limotiga ko`ra barcha payg`ambarlarga barobar iymon keltiriladi.
Tarixiy   manbalardagi   va   Qur`on   oyatlaridagi   ayrim   ishoralarga   ko`ra,
Muhammad(SAV) payg`ambar 570(71 yilda Makkada tug`ilgan, yoshligida yetim
qolgan,   avval   bobosi   qo`lida,   u   vafot   etgach,   amakisi   qo`lida   tarbiyalangan,
balog`atga yetgach, savdogarlar qo`lida xizmat qilgan. 25 yoshida beva boy xotin
Xadichaga   uylangan   va   uning   mablag`lari   bilan   mustaqil   savdogarlik   qila
boshlagan.   Savdo   karvonlari   bilan   Suriya,   Falastin   va   Mesopotamiyaning   ayrim
shaharlarida bo`lgan; u yerlardagi diniy e`tiqodlar bilan tanishgan, ruhoniylar bilan
suhbat qilgan. U taxminan 40 yoshlarga kirganda Makkada yakka xudo - Ollohga
e`tiqod   qilish   to`g`risidagi   targ`ibotni   boshlagan.   Diniy   nazariyada   islom   Olloh
yuborgan   so`nggi   mukammal   din   ekanligi,   Qur`on   Ollohning   mo`jiza   kalomi
bo`lib,   Muhammad(SAV)   payg`ambarga   vahiy   tarzida   tushgan,   tilovati   ibodat
hisoblanuvchi  kitob deb talqin qilingan. Ilk vahiy-diniy ta`limotga ko`ra ramazon
oyining yigirma yettinchi kuniga o`tar kechasi, milodiy hisob bilan 610 yilning 31
iyulidan 1 avgustiga o`tar kechasi boshlangan va 23 yil davom etgan. Vahiy tusha
boshlagan tun “Laylatul qadr” deb atala boshlagan. Bu hodisa Qur`onning 97- “al-
Qadr”  surasida   ifodalangan.   Muhammad(SAV)   payg`ambar   targ`iboti   boshlangan
dastlabki   yillarda   juda   oz   kishi   uning   izidan   borgan.   Shu   bilan   birga
qurayshiylarning   ummaviylar   xonadoniga   mansub   bo`lgan   va   Makkada   siyosiy
hokimiyat tepasida turgan zodagonlar o`sha davrdayoq uning targ`ibotiga qarshilik
ko`rsata boshlaganlar. Badaviylar ham uni avval boshqa qo`llab-quvvatlamaganlar.
Makkada   ahvoli   jiddiylashgach,   Muhammad(SAV)   Makka   hukmdorlari   bilan
raqobatlashib kelgan qabilalarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan va 622
yili ularning yordamida Madinaga hijrat qilgan, keyin butunlay ko`chib ketgan.
Musulmonlarning   hijriy   yili   hisobi   shu   ko`chish   arabcha   “hijra”   dan
boshlangan.   Makkadan   ko`chib   borganlar   islom   tarixida   “muhojir”   (ko`chib
kelgan)lar,   madinalik   qabilalardan   islomni   qabul   qilganlar   esa   “ansor”
(yordamchi)lar   deb  nom   olganlar. Oradan  2 yil   o`tgach  uning o`zi  ham  Makkaga
kelgan.   Bu   haqda   “Muhammadning(SAV)   nutqi”   degan   ma`lumot   saqlangan.
Makka   zodagonlari   manfaatiga   zid   targ`ibot   olib   borgan   Muhammadni(SAV)
ta`qib   etish   kuchaygan.   Ayniqsa,   o`zi   ma`jusiy   bo`lsa-da,   unga   homiylik   qilgan
amakisi Abu Tolibning vafotidan keyin Muhammad(SAV) payg`ambarning hayoti xavf   ostida   qolgan.   U   o`ziga   sodiq   barcha   kishilar   bilan   Hijozning   shimolida
joylashgan,   uning   davrida   “Madina”,   ya`ni   shahar   deb   qayta   nomlangan   Yasrib
shahriga   ko`chib   ketishga   majbur   bo`lgan.   Qur`on   oyatlarining   mazmuniga
qaraganda,   bu   ko`chish   ancha   vaqt   davom   etgan.   Muhammad   orqasidan   odamlar
birmuncha   vaqt   davomida   guruh-guruh   bo`lib   kelib   turganlar.   Makkadan   ko`chib
kelganlarning   ko`pchiligi-muhojirlar   deb   tavsiflangan   kambag`allar   va   nochor
kishilar   edi.   Shuning   uchun   ham   dastlabki   davrlarda   ansorlar   ularga   yordam
ko`rsatganlar.
Madina   shahrida   Muhammad   targ`ibotini   qo`llab-quvvatlagan   va   unga
ergashgan   muhojir   va   ansorlardan   iborat   musulmonlar   jamoasi   (umma)   vujudga
kelgan.   Bu   jamoaga   Madina   arablarining   a`zo   bo`lib   kirishi   hijriydan   keyingi
yillarda davom etgan. Muhammad(SAV) katta kuchga aylangan jamoaga rahbarlik
qilar ekan, O`z tarafdorlariga rasul-Ollohning elchisi, odamlarga ilohiy yo`l-yo`riq
va qonunlarni yetkazuvchi payg`ambar bo`lib tanila boshlagan. Muhammad(SAV)
boshchiligidagi   Madina   shahri   arablari   makkaliklarni   ham   islomga
bo`ysundirishni,   bu   ikki   shahar   o`rtasidagi   kelishmovchilikka   chek   qo`yishni
asosiy   maqsadlaridan   biri   qilib   qo`ygan   edilar.   Shu   munosabat   bilan   624   yilda
Badr   quduqlari   oldida,   625   yilda   Uxud   tog`i   etagida   janglar   bo`lgan.   626   yilda
makkaliklar   madinaliklarga   uzil-kesil   zarba   berish   maqsadida   Madina   jamoasiga
qarshi   yirik   safarga   otlanishgan.   Muhammad   Madinani   uzoq   qamal   sharoitiga
tayyorlagan,   shahar   atrofiga   chuqur   handaqlar   qazilgan   va   u   yerlarga   kamonchi
o`qchilar joylashtirilgan. Ammo Madinani qamal qilish uzoqqa bormagan, chunki
bosqinchilarning   ko`pgina   otlari   handaqlarga   tushib   ketgan,   qishning   sovug`i,
izg`irin   shamoliga   qamalchilar   bardosh   berolmadilar,   aksincha,   ularning   o`zlari
o`rtasida   nizolar   chiqa   boshlagan.   Madina   qamalining   bekor   qilinishi,   Madina
jamoasini   yanada   jipslashtirgan,   unga   yangidan-yangi   badavlat   qabilalar   kelib
qo`shilgan.   Natijada   musulmonlar   jamoasi   tez   kengayib   va   kuchayib   borgan,   u
yerda   qabilalar   birin-ketin   islom   dinini   qabul   qila   boshlaganlar.   Madinadagi
musulmonlar   jamoasi   qisqa   vaqt   ichida   kichik,   lekin   kuchli   davlatga   aylana
borgan. Muhojir va ansorlar orasidan bir guruhi Muhammad payg`ambarga yaqin
turar,   uning   maslahatchilari   hisoblanar   edi.  Bular   islom   tarixida   “sahobalar”   yoki
“as`hoblar” deb nom olgan.
628   yili   musulmonlar   jamoasi   uchun   ayniqsa   muhim   bo`lgan   bir   voqea   yuz
bergan.   Muhammad(SAV)   hali   ham   Ka`bani   muqaddas   deb   e`tirof   etishini
namoyish   qilish   maqsadida   bir   guruh   musulmonlar   bilan   birga,   barcha   qabilalar
hajga boradigan mavsumda Makkaga jo`nagan. Ammo uning kelishidan shubhaga
tushgan   ummaviylar   Makkadan   ancha   narida-Xudaybiya   vodiysida   uni
to`xtatganlar.   Muzokaralar   boshlanib,   o`rtada   shartnoma   tuzilgan.   Shartnomaga asosan   madinaliklarga   kelasi   yildan   boshlab   hajga   kelishga   ijozat   berilgan.
Shartnoma tuzilgan vaqtda Muhamad va uning hamrohlari orqaga qaytib ketishni,
makkaliklar esa, o`z navbatida, kelasi yildan boshlab madinaliklarnin hajga kelishi
uchun   sharoit   yaratib   berishni   o`z   zimmalariga   olganlar.   Shunday   qilib,
“Xudaybiya   sulhi”   deb   nom   olgan   bu   hujjatda   Makka   zodagonlari   Madina
musulmonlar   jamoasini   mustaqil   davlat   sifatida   birinchi   marta   e`tirof   etishga
majbur   bo`lganlar.   Bundan   keyingi   davr   mobaynida   Madina   davlati   yanada
kuchaygan, atrofdagi arab qabilalariga qarshi yurishlar qilinib, ularning ko`pchiligi
bo`ysundirilgan. Bu davlatning mavqei Makkaga nisbatan jiddiy ravishda kuchaya
borgan.   Natijada   Makka   zodagonlari   Muhammad(SAV)   payg`ambar   bilan
kelishish yo`llarini izlay boshlaganlar.
629 yil oxirlarida makkaliklar rahbari Abu Sufyon maxfiy ravishda Madinaga
kelgan   va   Muhammad(SAV)   payg`ambar   bilan   muzokara   olib   borib,   agar   u
Makkaning   diniy   markaz   bo`lib   qolishiga   rozi   bo`lsa,   shaharni   musulmonlarga
jangsiz topshirishga rozi ekanligini bildirgan. Muhammad payg`ambar bunga rozi
bo`lgan   va   o`rtada   hufyona   shartnoma   tuzilgan.   630   yil   bahorida   Madina
qo`shinlari   Makkaga   yaqinlashganlar   va   hech   qanday   qarshiliksiz   shaharga   kirib
borganlar.   Zodagonlar   Muhammad(SAV)   payg`ambarni   peshvoz   chiqib   kutib
olganlar.  Shu  vaqtdan   boshlab   u   bilan  Makka   hukmronlari   o`rtasidagi   raqobat   va
qarama-qarshiliklar   tugagan.   Ular   Muhammad(SAV)   payg`ambarning   yaqin
yordamchilariga   aylanib,   musulmonlar   davlatida   yuksak   lavozimlarni   egallay
boshlaganlar.
Markazlashgan   xalifalik   davlati   vujudga   kelgach,   xalifalik   tarkibiga   kirgan
yuzlab   xalqlar   va   elatlarga   arab   tili   va   o`rta   asr   arab   madaniyatini,   islom
qadriyatlarini yoyishga samarali harakat qilingan. Islom muxlislaridan eng avvalo,
din   asoslari-“arkon-ad-din”   hisoblanuvchi   besh   asosiy   amaliy   va   marosimchilik
rukn   talablarini   bajarishni   talab   etgan.   Bular,   birinchidan,   kalimai   shahodatni
bilish;   ikkinchidan,   har   kuni   besh   vaqt   namoz   o`qish,   uchinchidan,   har   yili
ramazon oyida bir oy ro`za tutish; to`rtinchidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan
zakot   berish;   beshinchidan,   imkon   bo`lsa,   umrida   bir   marta   haj   qilishdan   iborat.
Islomga   xos   marosimlar   va   odatlar   mana   shu   besh   rukn   bilan   chambarchas
bog`liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga
kiritilib, an`anaga aylantirilgan. 
Islomning   ruknlaridan   biri-tashahhudni-kalimai   toyyibani   bilish,   ya`ni
Ollohning birligi va Muhammad uning elchisi ekanligiga chin dildan iqror bo`lib,
bu kalimani doim takrorlab yurish zarur deb hisoblanadi. Islom o`z muxlislaridan
kunda   besh   vaqt   namoz   o`qishni   talab   qiladi.   Bular-bomdod,   peshin,   asr,   shom, xufton namozlaridir. Namoz O`qishga kirishishdan oldin tahorat qilish buyurilgan.
Yana   islom   dinidagi   kishi   har   yili   ramazon   oyida   bir   oy   ro`za   tutishi   kerak.
Qurbonlik qilish sunnatga kiritilgan. 
Diniy  qadriyatlar,  marosimlar   diniy   tasavvur,  e`tiqodlar   yuzaga   kelishi   bilan
paydo   bo`la   boshlaydi.   Sunniylik-bu   islomda   izchil,   sobitqadam   yo`nalish
hisoblandi. Musulmonlarning juda ko`pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e`tiqod
qiladi.   Qolgan   7,5   foizi   shialikka   e`tiqod   qiluvchilardir.   Sunna   arabcha   odat,
an`ana,   xatti-harakat   tarzi   degan   ma`nolarni   bildiradi.   Sunniylik   degan   so`z
arabcha   “Sunna”-“muqaddas   rivoyat”,   ya`ni   Muhammad(SAV)   to`g`risidagi
rivoyatlar   va   uning   hadislari   to`plami   degan   tushunchadan   olingan.   Yana   Sunna
farzdan   farqli   ravishda   bajarilishi   ixtiyoriy   bo`lgan   ko`rsatmalar,   amallardir.
Sunniylar  ummaviylar sulolasidan bo`lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bo`lgan
huquqini   tan   olganlar.   Sunniylikda   Sunna   Qur`ondan   keyingi   asosiy   muqaddas
manba, hadislar  to`plami  deb qaraladi. U VII  asr  o`rtalarida shakllana  boshlagan.
Unda   xalifalikdagi   sinfiy   munosabatlar,   ijtimoiy   ziddiyatlar,   islom   mafkurasi
atrofidagi   kurash   o`z   ifodasini   topgan.   Uni   to`plash,   sharhlash   va   nashr   qilishda
vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom Termiziy asosiy rol o`ynaganlar.
Sunniylik   qisman   Eron,   Janubiy   Iroq,   Yaman,   Markaziy   Osiyo,   Kavkaz,
Volga   bo`yi,   Sibir,   O`rol,   Kichik   Osiyo,   Misr   va   Shimoliy   Afrika,   Indoneziya,
Malayziyada   keng   tarqalgan.   Uning   muqaddas   shaharlari   Makka   va   Madinadir.
Unda   to`rtta   shariat   maktabi   -   hanifiylar,   malikiylar,   shofi`iylar,   xanbaliylar
mazhablari bor.
Shialik.   Guruh,   partiya,   tarafdorlar   degan   ma`nolarni   beradigan   arabcha
“shia”   so`zidan   kelib   chiqqan.   Shialik   o`z   ahamiyati   va   tarafdorlari   soniga   ko`ra
islomdagi ikkinchi yo`nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning
maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to`rtinchisi Ali
tarafdorlarini   birlashtirgan.   U   juda   ko`p   sektalarga   bo`linib   ketgan.   Bular   orasida
ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bo`lib, agaxonlar boshchiligida
hozir   ham   islom   doirasida   katta   rol   o`ynamoqda.   Shialar   Arabistonda   paydo
bo`lgan   teokratik   davlat-xalifalikdagi   oliy   hokimiyat   uchun   olib   borilgan   keskin
kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan
boshlab   quraysh   qabilasiga   mansub   bo`lgan   xalifa   Usmon   boshliq   makkalik
oqsuyaklar-muhojirlar   qo`liga   o`tgan.   Garchi   islomda   jabr-zulm   qoralansa-da,
baribir,   ular   islomga   bo`ysundirilgan   boshqa   xalqlardan   tashqari   musulmon
arablarning   o`zlarini   ham   qattiq   ekspluatatsiya   qilishaveradi.   Bundan   norozi
bo`lgan   arablar   Usmonga   qarshi   qo`zg`olon   ko`tarib,   uni   Madinada   o`ldirishgan.
Xalifalik   lavozimiga   Ali   ko`tarilgan.   Biroq,   u   o`z   hokimiyatini   quraysh oqsuyaklaridan   himoya   qilishga   majbur   edi.   Ali   tarafdorlari   u   payg`ambarning
amakivachchasi   va   kuyovi   bo`lganligi   uchun   musulmonlarning   boshlig`i   bo`lishi
kerak, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning avlodlariga meros bo`lib o`tishi
kerak, deb chiqishgan. Biroq taxt uchun kurashda Suriya hokimi Muoviya boshliq
quraysh   zodagonlari   g`olib   chiqqan.   Ali   tiriklik   chog`idayoq   Muoviya   xalifa   deb
e`lon qilingan.
Shialar   Alidan   boshqa   barcha   sunniy   xalifalarni   uzurpatorlar,   ya`ni   siyosiy
hokimiyatni   zo`ravonlik   bilan   qo`lga   olgan   kishilar   deb   hisoblaydilar.   Bular
Alining   avlodi   bo`lgan   12   imomdan   iborat   o`z   sulolalarini   ularga   qarshi
qo`yganlar.   Ular   Alini,   uning   O`g`illari   -   Hasan   va   Husaynni   hamda   ularning
avlodlarini shahid, deb hisoblashgan.
Islom   o`zining   yetti   aqidasini   Allohning   irodasi   hisoblab,   ularni   qonunlar
majmuasining   asosiy   manbai   deb   biladi.   Bu   majmuasni   inson   faoliyatiga   daxldor
etish   shirkka   yo`l   qo`yish,   odamni   xudoga   tenglashtirish   kabi   gunohi   azim
hisoblangan.   Qur`onning   12-sura,   40-oyatida   quyidagi   dastur   bor;   “Hukm-
hokimiyat   faqat   Ollohnikidir.   U   zot   sizlarga   faqat   O`zigagina   ibodat   qilishga
buyurgandir. Eng to`g`ri din mana shudir”.
Islom   ta`limotida   shariat   va   islom   huquq-qoidalarini   musulmonlar   Olloh
yaratgan,   muqaddas   deb   hisoblaydilar.   Ilgari   davrlarda   islom   keng   tarqalgan
hududlarda   shariat   musulmonlar   hayotida   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.   Hozirgi
vaqtda   islom   davlat   dini   bo`lgan   mamlakatlarda   shariatning   huquqiy,   axloqiy
normalariga murojaat etish davom etmoqda.
Har   bir   xalq   o`ziga   xos   muayyan   sharoitiga   qarab   qonunlarni   amalda   tatbiq
etgan.   Shariat   dasturlari,   fiqh   qonunlari   hamma   mamlkat   sharoiti,   tarixida   turli
oqim va mazhab, muayyan sinf manfaatlariga moslangan holda umumiy qonunlar,
juz`iy   omillar   tarzida   tahlil   etib,   bir   qator   ziddiyatlarni   keltirib   chiqargan.
Bularning zuhur etilishi, yuzaga chiqishi  oqibatida sunniylik doirasida bir qancha
diniy-huquqiy maktablar paydo bo`lgan.
Muhammad   payg`ambar   hijriy   11-yilning   rabi-al-avval   (632   yil   iyun)   oyida
Madinada   63   yoshida   vafot   etgan.   Bu   davrda   anchagina   mustahkam   musulmon
davlati   vujudga   kelgan.   U   Yamandan   Sino   yarimoroligacha,   Qizildengiz
sohillaridan   markaziy   qum   sahrolari-Sahroi   Kabirgacha   cho`zilgan   katta   hududni
o`z   ichiga   olgan   edi.   Muhammad   (S.A.V.)   vafotidan   keyin   uning   o`rinbosarlari-
xalifalar   davlatni   boshqara   boshlaganlar.   Shu   munosabat   bilan   musulmonlar
davlati   o`zining   bundan   keyingi   tarixida   “Arab   xalifaligi”   deb   nom   olgan.   Abu
Bakr   hukmronligining   (632-634   yillar)   dastlabki   yillaridanoq   bir   qator   arab qabilalari   o`rtasida   Madina   hukmronligiga   qarshi   o`z   mustaqilligi   uchun   harakat
boshlangan.   Bundan   tashqari   ayrim   joylarda   O`zini   payg`ambar   deb   e`lon   qilgan
mahalliy targ`ibotchilar rahbarligi ostida islomga qarshi diniy-g`oyaviy mustaqillik
uchun   kurash   boshlangan.   Vizantiyaning   kuchsiz   qo`shinlari   jiddiy   qarshilik
ko`rsatishga   ojizlik   qilganlar.   Xalifa   Umar   zamonida   istilolar   yanada   kchaygan;
634   yili   Basra,   640   yili   Quddusi   Sharif   olingan   va   Falastin,   Suriya   yerlari   to`la
ravishda   xalifalik   qo`liga   o`tgan.   Shu   vaqtning   o`zida   Mesopotamiya   va   Eronga
ham yurishlar boshlangan. 637 yili arab qo`shinlari sosoniylar poytaxti Ktesifonga
bostirib   kirganlar,   644-645   yillarda   Hindiston   chegaralariga   yaqinlashganlar.   639
yilda   Misrga   qarshi   hujum   boshlangan,   shimoliy   va   shimoli-sharqiy   tomonga
yurish   boshlagan   arab   qo`shinlari   640   yilda   Armanistonni   bosib   olganlar,   647
yilgacha arablar Shimoliy Afrika qirg`oqlarini Tunisgacha bosib olganlar.
Ulardan   keyingi   xalifalar-Usmon   (644-656)   va   Ali   (656-661)   zamonlarida
ham istilolar davom etgan. Kavkaz va Markaziy Osiyo tomoniga harbiy yurishlar
kuchaygan.   Qisqa   vaqt   ichida   Gruziya,   Ozarbayjon,   Eronning   shimoliy   qismi,
Xuroson, Marv yerlari arablar qo`l ostiga o`tgan va xalifalik qo`shinlari Amudaryo
sohillariga  chiqqan.   Shunday   qilib,   30  yildan   ozroq  muddat   ichida  arab   xalifaligi
o`sha   zamondagi   eng   katta   imperiya   bo`lgan   Vizantiyaga   qarashli   katta
territoriyani ham bosib olgan, sosoniylar imperiyasini tamomila yiqitgan. Natijada
Amudaryo   sohillaridan   Shimoliy   Afrikagacha,   Tbilisi   va   Darbanddan   Yaman
hamda Ummongacha cho`zilgan yangi imperiya vujudga kelgan. Arab qo`shinlari
badaviylar   va   boshqa   har   xil   qabilalardan   yollab   olib   tuzilgan   bo`lib,   o`z
zamonining   harbiy   san`at   va   texnika   darajasidan   ham   ancha   orqada   edi.   Osonlik
bilan  erishilgan   g`alabalarning  asosiy   sababi  ularga  jiddiy  qarshilik  ko`rsatadigan
kuchning   yo`qligida,   borlarining   ham   tarqoqligida   edi.   Qadimiy   imperiyalar-
Vizantiya  va  Eron  o`zaro  urushlar   tufayli  holdan  toygan,  ularning  qudrati  so`nib,
chiriy boshlagan edi. Shimoliy Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkazda ham yirik
davlatlar yo`q edi. Mayda feodal davlatlar o`zaro urushlar natijasida kuchsizlangan
va   tarqoq   holda   edi.   Shuning   uchun   ham   arab   qo`shinlari   nisbatan   qisqa   davr
ichida ana shunday katta hududlarni bosib olishga muvaffaq bo`lgan edilar.
750-yilda   xalifalikning   sharqiy   qismida   Umaviylar   sulolasi   ag'darildi.   Xalifalar   -
Abbosiylar,   Muhammad   payg'ambarning   amakilari   -   Abbosning   avlodlari.   Ular
davlat poytaxtini Bag‘dodga ko‘chirdilar.
Xalifalikning   g arbiy   qismida   Ispaniyada   Abbosiylarni   tan   olmagan   Umaviylarʻ
hukmronligini   davom   ettirdilar   va   poytaxti   Kordova   shahri   bo lgan   Kordova	
ʻ
xalifaligiga asos soldilar. Arab   xalifaligining   ikkiga   bo linishi   kichikroq   arab   davlatlarining   vujudgaʻ
kelishining boshlanishi bo lib, ularning boshliqlari viloyatlar hukmdorlari edi. 	
ʻ
Abbosiylar   xalifaligi   Vizantiya   bilan   doimiy   urushlar   olib   borgan.   1258-yilda
mo g ullar arab qo shinini mag lub etib Bag dodni egallagach, Abbosiylar davlati	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
o z faoliyatini to xtatdi.	
ʻ ʻ
Pireney   yarim   orolidagi   oxirgi   arab   davlati   -   Granada   amirligi   1492   yilgacha
mavjud   bo'lgan.Uning   qulashi   bilan   Arab   xalifaligining   davlat   sifatidagi   tarixi
tugadi.
Xalifalik   arablarning   barcha   musulmonlar   tomonidan   ma naviy   yetakchiligi	
ʼ
instituti   sifatida   1517-yilgacha   mavjud   bo lib,   bu   funksiya   barcha	
ʻ
musulmonlarning   ruhiy   boshlig i   bo lgan   oxirgi   xalifalik   yashagan   Misrni   bosib	
ʻ ʻ
olgan turk sultoniga o tgan.	
ʻ
Arab  xalifaligining  bor-yo g i   olti  asrlik  tarixi   murakkab,   noaniq  bo lgan  va  shu	
ʻ ʻ ʻ
bilan   birga   sayyoramizdagi   insoniyat   jamiyati   evolyutsiyasida   sezilarli   iz
qoldirgan.
Arab   xalifaligi   davrida   ilm-fan   ham   ravnaq   topdi,   islomning   oltin   davri   edi.
“To‘g‘ri   yo‘l”dan   borgan   dastlabki   4   xalifaning   davrini   ko‘rib   chiqaylik.   Arab
xalifaligi tarkibiga quyidagi hukmdorlar kirdi: Abu Bakr (uning hukmronligi 632-
634   yillar   davom   etgan),   Umar   (634-644),   keyingi   12   yil   hukmronlik   qilgan
Usmon   (656-yilgacha),   Ali   (656-661)   va   keyingi   hukmronlik.   661   yildan   750
yilgacha davom etgan Umaviylar sulolasi.
Birinchi   Umaviy   Muoviya   I   (661-680)   davrida   arablar   Amudaryo   (Oksus)   orqali
Moverannahrga,   Paykend,   Buxoro   va   Samarqandga,   Hindistonda   esa   Panjobga
yetib   borishdi;   Kichik   Osiyo   ular   tomonidan   qo'lga   olindi,   ular   hatto
Konstantinopolga yaqinlashdilar, Afrikada Jazoirga etib borishdi.
Islomning   shar’iy   ma’nosi   -   bu   Alloh   yagona   deb   e’tiqod   qilib,   unga
bo’ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga   imon   keltirmoqlik   demakdir.   Allohga   itoat   qilgan   va   Alloh   yuborgan
payg’ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi.
Ilohiyotda islom dini imon, islom va ehsondan iborat deb e’tirof etilgan. Imon
talablari   Allohning   borligi   va   yagonaligi,   farishtalar,   muqaddas   kitoblar   va
payg’ambarlarning mavjudligi, oxirat kunining kelishi, taqdiri azalning haqligi va
inson jismining o’lgandan keyin tirilishiga ishonchdan iboratdir.
Islom   dini   ta’limotiga   ko’ra,   har   bir   musulmon   ushbu   beshta   asosiy   ruknni
bajarishi   shart:   Birinchisi,   “La   ilaaha   illalloh   va   Muhammadur-rasululloh”   deb
Ollohning   borligi,   yagonaligi   va   uning   qudratiga,   shuningdek,   Muhammad
Allayhis-salomning   Tangrining   yerdagi   elchisi,   rasuli   ekanligiga   shahodatlik
berish;   ikkinchisi,   namoz   o’qish;   uchinchisi,   zakot   berish;   to’rtinchisi,   ramazon
oyida   ro’za   tutish;   beshinchisi;   imkoniyat   darajasidan   kelib   chiqqan   holda   haj
safarini o’tash.
Aslini   olganda,   islomda   ilohiy   va   dunyoviy   hodisalar   alohida-alohida   olib
qaralmaydi. Islom ta’limotida insonning ruhiy va jismoniy kamolotiga ham birdek
e’tibor beriladi.
Islomiy   g’oyalar   odamlarni   yaxshilikka   da’vat   etadi,   ularni   yomonlikdan
qaytaradi.   Insonparvarlikni   targ’ib   etib,   razolatni   qoralaydi,   odob-axloq,   ruhiy-
ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go’zal etishga undaydi.
U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ’ib etadi.
Buni   biz   “Qur’on”ning   inson   kamolotga   erishishidagi   ahamiyati,   uning
insonga   va   butun   borliqqa   nisbatan   munosabati   mazmunidan   ham   bilsak   bo’ladi.
Sura   va   oyatlar   vositasida   zohir   etilgan   musulmon   olami,   xususan,   islom   diniga
e’tiqod   qiluvchi   xalqlarning   madaniyati,   ma’naviyati   va   ma’rifatiga   oid   qarashlar
axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki,   inson   kamoloti   avvalo   uning   bilim   va   tafakkur   darajasi   bilan
belgilanadi.   Islom   dini   asrlar   davomida   insonlarni   chuqur   bilim   olish,   ilm-fan
sirlarini   puxta   egallash,   o’zlashtirilgan   bilimlar   asosida   ijtimoiy   faoliyatni   tashkil
etishga   undab   kelgan.   Ilm-fan,   ma’rifat   taraqqiy   etgan   jamiyatgina   ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. “Qur’on”ning “Zumar” surasi 9-oyatida
kishilarni   ilm   o’rganishga   da’vat   etuvchi   shunday   fikrlar   bayon   etiladi:   “Ayting:
Biladigan   zotlar   bilan   bilmaydigan   kimsalar   barobar   bo’lurmi?   Darhaqiqat,   faqat
aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar”.
Islomda insonning aqliy kamoloti va tafakkurini rivojlantirishga katta e’tibor
beriladi: bular ilm va haqiqatni dalillar yordamida isbotlash; so’zlaganda va amaliy harakatni   tashkil   etganda   aniqlikka   e’tibor   berish,   fikr   yuritishda   va   muayyan
faoliyatni   yo’lga   qo’yishda   o’zgalarga   taqlid   qilishdan   saqlanish   maqsadga
muvofiq ekanligi qayta-qayta uqtiriladi.
1.2 Markaziy Osiyo  va Samarqandni  zabt etilishi .................................................
Arablarning   mamlakatimiz   hududiga   uyushtirgan   harbiy   yurishlarini   ikki
davrga   bo'lish   mumkin.   Birinchi   davr   650-705-yillarni   o'z   ichiga   olsa,   ikkinchi
davr   705-yildan   keyingi   davrdir.   Arablar   birinchi   davrda   O'rta   Osiyo   hududlarini
zabt   etishni   eraas,   balki   bunday   maqsaddagi   harbiy   yurishlar   uchun   tayyorgarlik
ko'rish,   mahalliy   hukmdorlarning   kuch-qudratlarini   sinovdan   o'tkazish,   o'lkaning
geografik   joylanish   hududiy   sharoitlarini   o'rganish   va   kichik-kichik   harbiy
yurishlar   qilib,   o'lkaning   boylik   va   o'ljalarini   tashib   olib   ketishni   o'z   oldilariga
vazifa   qilib   qo'ygan   edilar.   Birinchi   yurish   651-yilda   noib   Abdulloh   ibn   Amir
hukmronligi   davrida   bo'lgan.   651-652-yillarda   arablar   Xurosondagi   bir   qator
shaharlarni egallab, Balx va Chag'oniyonni bosib oladilar. 666 (46)-yilda Ziyod bin
Abu Sufyon Amudaryo bo'ylariga keladi, Marvni qayta talaydi. 670-yilda Xuroson
noibi   Ubaydulloh   ibn   Ziyod   Buxoroga   qo'shin   tortib   keladi,   Romiton   va
Boykandni egallaydi. Buxoroda bu davrda taxtni malika Xotun boshqarar edi. 676
(56)-yilda   Buxoroga   Sa'id   ibn   Usmon   qo'shin   tortib   kelgan.   So'g'diyona,   Kesh,
Nasaf   qo'shinlarini   tor-mor   qilgan.   Ana   shu   yurishlar   davrida   arablar   O'rta
Osiyodan   juda   ko'plab   zeb-ziynat,   boyliklar   va   asirlarni   o'z   yurtlariga   olib
ketadilar.
685-705-yillarda   xalifalik   taxtini   Abdumalik   ibn   Marvon   boshqardi.   U
Qutayba ibn Muslimni Xurosonga o'zining noibi (704-705) etib tayinladi. Ana shu
davrdan boshlab arablar tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri
boshlandi.   Endi   ular   O'rta   Osiyoni   batamom   bosib   olishni   o'z   oldilariga   asosiy
maqsad   qilib   qo'ydilar.   705-yilda   boshlangan   hujum   natijasida   Qutayba   ibn
Muslim   Balx,   Chag'oniyon,   Shumanni   egallab,   O'rta   Osiyo   janubidagi   kichik
viloyatlarni o'ziga bo'ysundiradi. U 706-yilda Boykandni, 708-709-yillarda Buxoro va   uning   atrofidagi   yerlarni   egallaydi.   710—712-yillarcia   Xorazmshoh   Chag'on
Qutayba   bilan   tinchlik   bitimi   tuzadi   va   10   ming   qoramol   miqdorida   boj   to'laydi.
Qutayba   endi   o'z   nigohini   Samarqandga   qaratadi.   Unga   Xorazmshoh   va
Buxorxudot   qp'shinlari   yordam   berdilar.   Bu   paytda   Samarqandda   norozilik
qo'zg'oloni   bo'lib,   Tarxun   taxtdan   ag'darilgan   edi.   Samarqand   taxtiga   Tarxunning
ukasi   G'urak   (710-737)   o'tirgan   edi.   U   arablarga   qattiq   qarshilik   ko'rsatsa-da,
yengildi.   Ikki   o'rtada   sulh   tuzildi.   Shartnomaga   ko'ra,   G'urak   So'g'd,   Kesh,   Nasaf
hokimi sifatida tan olindi. G'urak Qutaybaga 3000 ta qo'y, 50.000 misqol  oltin, 2
mln.   dirham   pul,   2000   boiak   gazmol   to'lash   majburiyatini   oldi.   Qutayba
Samarqanddan   ketish   paytida   bu   erda   o'z   ukasi   Abdurahmon   ibn   Muslimni
saralangan   qo'shin   bilan   qoldiradi.   Ammo   712-yilda   shaharda   arablarga   qarshi
qo'zg'olon   ko'tarildi.   Qo'zg'olon   faqat   713-yil   bahoridagina   Qutayba   tomonidan
shafqatsizlarcha   bostirildi.   Biroq   arablarga   qarshi   kurash   lo'xtamadi.   Bu   gal   arab
istilochilariga   qarshi   So'g'd,   Choch,   Farg'ona   ittifoq   tuzadi.   Ittifoqqa   Panjikent
hokimi   Divashtich   ham   qo'shiladi.   Qutayba   faqat   715-yil   boshidagina   Buxoro,
Kesh,   Nasaf   va   Xorazmdan   20   ming   askar   yordam   olgach,   raqiblarini   tor-mor
keltira oldi, xolos. U o'sha yili Qashqargacha bo'lgan yerlarni bosib oldi va hamma
viloyatlarda   arab   amirlarini   noiblikka   qo'ydi.   Xuddi   shu   yili   arab   xalifasi   Volid
vafot etadi. Uning o'rniga taxtga Sulaymon ibn Abdumalik o'tiradi. Qutayba unga
bo'ysunmay   qo'zg'olon   ko'tardi.   Biroq   Qutaybaning   o'zi   715-yilda   Farg'onada
askarlar tomonidan o'ldirildi.
Arablar   Movarounnahrga   datlab   uni   bosib   olish   emas,   balki   harbiy   jihatdan
tayyorgar   ko`rish,   mahalliy   hukmdorlarni   sinash   maqsadida   yurish   qiladi.
Movarounnahrga   ilk   bor   hujumlar   654-yilda   Maymurg`   va   667-yilda
Chag`aniyondan boshlanadi.
Narshaxiyning   yozigacha,   673-yilning   kuzida   xalifa   Muoviya   I   (661-680)
farmoni   bilan   Ubaydulloh   ibn   Ziyod   Amudaryodan   kechib   o`tib,   Buxoro
muzofotiga   bostirib   kiradi.   Poykand   va   Romitonni   egallab,   Buxoro   sharifini qamalga oladi. Yordamga kelgan turklar va buxoroliklarning birlashgan qo`shinlari
jangda arablardan yengiladi, bir lak (yuz ming) dirham hajmda boj to`laydi. Bojdan
tashqari arablar to`rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan
iborat ko`p o`ljalar bilan Marvga qaytadilar.
Oradan   uch   yil   o`tgach,   Xuroson   noibi   Said   ibn   Usmon   boshliq   arab
qo`shinlari yana Buxoroga bostirib kiradilar. Sug`d, Kesh va Nasaf  viloyatlaridan
yordamga  kelgan bir  yuz  yigirma mingli  harbiy kuchga  suyanib Buxoro malikasi
dushman   bilan   jang   qilish   uchun   o`z   qo`shinini   safga   tortadi.   Biroq,   sug`dliklar
vahimaga tushib Buxoroni o`z taqdiriga tashlab, jang maydonidan chiqib ketadilar.
Natijada malika katta boj to`lab, malikazoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini
garovga   berib,   yana   sulh   tuzishga   majbur   bo`ladi.   Said   ibn   Usmon   Buxorodan
Samarqand   sari   qo`shin   tortadi.   Bir   oydan   oshiqroq   davom   etgan   jangda
sug`dliklar   qahramonona   qarshilik   ko`rsatadilar.   Said   ular   bilan   sulh   tuzib,
kelishishga   majbur   bo`ladi.   Samarqanddan   u   o`ljalar   bilan   bir   qatorda   30   ming
nafar asir olib qaytadi. Yo`l-yo`lakay u Termiz shahrini egallaydi.
Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari
aslida   ayrim   sarkardalarning   boylik   orttirish   maqsadida   o`zboshimchalik   bilan
amalga   oshirgan   talonchigidan   iborat   edi.   Natijada,   Movarounnahrning   bir   qator
viloyatlari talanib , vayron etiladi.
Shubhasiz,   arablarning   talonchilik   yurishlariga   qarshi   kurashish   maqsadida
Movarounnahrning   mahalliy   hukmdori   o`rtasida   harbiy   ittifoq   tuzish   uchun
urinishlar   bo`lgan.   VII   asrning   80-yillari   boshlarida   ular   hatto   Sirdaryo   etagida
Xorazm   yaqinidagi   shaharlardan   birida   bir   necha   bor   to`planadi.   Biroq,   o`zaro
siyosiy   nizolarni   to`xtatish,   xalifalikka   qarshi   birlashib   kurashish   to`g`risidagi
ularning   sa`yi   harakatlari   amalga   oshmadi.   Chunki   Movarounnahrning   siyosiy
tarqoqligi hamda mahalliy hokimlar o`rtasida nizolar bunga halaqit beradi.  Bunday
vaziyatdan esa arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalanadilar.
VII   asr   oxirlarida   butun   xalifaliklarda   tartib   o`rnatilgach,   arablar
Movarounnahrni   uzul-kesil   bosib   olishga   kirishadilar.   704-yilda   Qutayba   ibn Muslim   Xurosonga   noib   qilib   tayinlanadi.   Unga   Movarounnahrdan   to   Xitoy
hududlarigacha   bo`lgan   viloyatlarni   xalifalikka   bo`ysundirish   vazifasi   yuklandi.
Bu, shubhasiz, jiddiy va nihoyatda og`ir vazifa edi. Harbiy yurishni Qutayba 705-
yilda Balx viloyati atrofini zabt etishdan boshlaydi. Tez orada Chag`niyon hokimi
jangsiz   taslim   bo`ladi.   Shunday   qilib,   arablarning   Movarounnahrga   tomon
yurishlarining ikkinchi davri boshlanadi.
707-yilda Qutayba  katta qo`shin  bilan Amudaryodan o`tib, Buxoro vohasiga
kiradi.   Uning   bu   yurishida   sotqin   Balx   dehqoni   va   chag`on-xodotlarning   harbiy
kuchlari   ishtirok   etadi.   Poykandni   qamalga   oladi.   Sug`d   va   boshqa   viloyatlardan
kelgan   kuchlar   bilan   poykandliklar   qattiq   turib,   arablarga   qarshilik   ko`rsatadilar.
Qamal   ellik   kun   davom   etadi.   Arablar   shahar   devoir   ostidan   lahim   qazib,   unga
ruhna   uradilar   va   ichkariga   bostirib   kiradilar.   Poykand   egallanib   qo`lida   qurol
tutishga qodir barcha erkak zoti qirib tashlanadi. Xotin-xalaj va yosh bolalar asirga
olinib,   shahar   vayron   etiladi.   Poykand   uzoq   yillar   davomida   xarobazor   bo`lib
yotadi.
Poykand   fojiasidan   keyin   beshafqat   Qutayba   boshliq   bu   havfli   dushmanga
zarba berib, uni dafn qilish maqsadida Sug`d podshosi  Tarxun, Buxoro hukmdori
Xunukxudot va Shopurkom hokimi Vardonxudot boshliq katta harbiy kuch hamda
qirq   ming   lashkar   bilan   yordamga   kelgan   turklar   Tarob   va   Romitan   oralig`ida
to`planadilar.   Ittifoqchilar   Qutayba   qo`shinini   qurshovga   oladilar.   Uning   ahvoli
nihoyatda tanglashadi. Undan halos bo`lish uchun Qutayba o`ta makkorliok bilan
hiyla   ishlatib,   Movarounnahrning   viloyat   hokimlari   ustidan   birin-ketin   g`alaba
qozona boshlaydi.
707-709-yillar  mobaynida   u  Buxoro  va  uning  atroflariga  bir  necha   hujumlar
qiladi,   ko`pdan-ko`p   qal`alar   va   obod   yerlarni   bosib   oladi.   Buxoro   viloyatiga
hokim  qilib u  buxorxudot   Tug`shadani  va  unga  amir   qilib  o`z  yaqinlaridan birini
tayin   etadi.   Amir   buxurxudot   ustidan   nazorat   qilib   turish,   Buxoroda   qoldirilgan
harbiy   qismga   askarboshi,   aholidan   soliq   undirish   va   uni   o`z   vaqtida   xalifalikka
yetkazib   berish   kabi   vazifalarni   bajarar   edi.   Sulh   shartnomasiga   binoan buxoroliklar   har   yili   xalifalikka   ma`lum   miqdorda   boj   to`lash,   uylarning   yarmini
arablarga   bo`shatib   berishga   majbur   edilar.   Qutayba   Buxoro   shahrining
ibodatxonasini   jome   masjidga   aylantirib,   sug`diy   tili   va   xadita   bitilgan
“otashparastlikka”   oid   asarlarni   yoqotadi.   Ibodat   qilish   uchun   masjidga   qatnagan
mahalliy aholining  har   biriga  ikki  dirhamdan  pul  hadya  qilib, ularni  islom   diniga
tortishga   harakat   qildi.   Manbalarda   ta`kidlanishicha,   ikki   dirham   olish   uchun
ko`proq   kambag`allargina   qiziqar   edilar.   Ammo   boylar   pulga   ham   qiziqmas   va
masjidga ham bormasdilar.
710-yilda Qutayba Shuman, Nasaf va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum
boshlash   uchun   tayyorgarlik   ko`rardi.   Biroq,   Xorazmda   boshlangan   ichki
ziddiyatlar   oqibatida   yuzaga   kelagan   qulay   fursat   Qutaybani   Sug`d   yurishini
kechiktirib,   Xorazmga   qo`shin   tortishga   jalb   etadi.   Xorazm   shohi   Chag`on   va
Hurzod   boshliq   xalq   qo`zg`alonidan   qo`rqib,   711-yilda   yordam   sorab   Qutaybaga
murojaat qiladi. Garchi dushman qo`li bilan Hurzod tor-mor qilinib, o`ldirilsa-da,
ammo   Xorazmshoh   bundan   hech   narsa   yutmaydi.   Aksincha,   u   o`z   mustaqillgini
yo`qotib,   xalifalikni   bojdoriga   aylanadi.   Uning   qo`shini   esa   Qutaybaning   harbiy
yurishlarida ishtirok etishga majbur edilar.
Sug`d   yurishi.   712-yilda   Qutayba   arablardan   tashqari   Buxoro   va   Xorazm
qo`shinlari   bilan   Samarqandga   tashlanadi.   Bu   davrda   ishxid   Tarxun   taxtdan
tushirilib,   unung   o`rniga   Gurak   (709-738)   Sug`dga   podsho   qilib   ko`rsatilgan   edi.
Bu, shubhasiz sug`diylarning arablarga qarshi olib borgan kurashi tarixida muhim
voqea   bo`ldi.   Chunki   u   zamonasining   vatanparvar   siyosatdon   arbobi   bo`lib,
hukmronligi   davrida   imkoni   boricha,   arablarga   qarshi   g`ayrat   bilan   kurash   olib
bordi.   Gurak   Qutaybaga   qarshi   chiqadi.   Kattqo`rg`on   bilan   Karmana   oralig`ida
Arbinjon   mavzeida   shiddatli   jang   bo`ladi.   Ammo   Gurakning   kuchi   ojizlik   qilib,
Samarqandga   chekinishga   majbur   bo`ladi.   Sug`diylar   Shosh   podshohi,   turklar
hoqoni va Fag`ona ixshidiga (hokimiga) elchilar yuborib, yordam so`raydilar. Turk
xoqoni   saralangan   qo`shin   yuboradi.   Ammo   Qutayba   yordamga   kelayotgan
kuchlarni birlashmaslikka harakat qiladi. Ularning yo`lini to`sib, qo`qqisdan hujum qiladi   va   tor-mor   keltiradi.   Bu   g`alabadan   so`ng   Qutayba   Samarqandga   hujumni
kuchaytiradi.   Samarqand   qamalga   olinadi.   Arablar   shahar   devori   qarshisiga   300
manjaniqlar   (tosh   otish   moslamasi)   o`rnatib,   unga   rahna   urish   uchun   kecha-yu
kunduz   devorni   teshishga   kirishadilar.   Sug`diylar   bir   oy   davomida   shaharni
qahramonona   mudofaa   qiladilar.   Kamonda   o`q   uzib,   tashqariga   chiqib,   shiddatli
janglar qilib dushmanga katta talofat yetkazadilar. Shunday bo`lsa-da, Samarqand
taslim   bo`ladi.   Gurak   bilan   Qutayba   o`rtasida   sulh   tuziladi.Sulh   shartnomasiga
muvofiq   Gurakning   arablarga   bir   yo`la   2   ming,   yiliga   esa   200   ming   dirham
hisobida   boj   to`lash,   30   ming   nafar   odam   berish,   shaharda   birorta   ham   askar
saqlamaslik,   ichki   shaharni   bo`shatib,   unda   minbari   bilan   masjid   bino   qilish,
otashparastlik   ibodatxonasini   buzib,   butlarini   topshirish   kabi   shartlarni   bajarishi
lozim   bo`ladi.   Bularning   evaziga   Qutayba   Gurakni   Samarqand,   Kesh   va
Naqshabga   hokim   qilib   tayin   etadi.   Shunday   qilib,   u   arablarga   mute   noib   bo`lib
qoladi. Garchi Samarqand bosib olinsa-da, ammo Sug`dning katta qismi arablarga
bo`ysunmaydi.   Sug`dliklar   esa   o`zlarini   mag`lub   his   etmaydilar.   Shuning   uchun
ulardan   hayiqqan   Qutayba   Samarqandda   ma`lum   miqdorda   harbiy   kuch   qoldirib,
o`zi yurishni davo, ettiradi.
Choch,   Farg`ona   va   Xo`jandning   arablar   tomonidan   zabt   etilishi.   Mug`
tog`idan   topilgan   hujjatlardan   ma`lum   bo`lishicha,   Qutayba   o`zining   keyingi
yurishlarida   Choch,   Farg`ona   va   Turk   xoqonligidan   iborat   yana   bir   harbiy
ittifoqning qarshiligiga duch keladi.
Tabariyning   yozishicha,   713-yilda   Qutayba   qo`shin   saflarini   butlash
maqsadida   Buxoro,   Kesh,   Nasaf   va   Xorazm   aholisidan   20   ming   askar   to`plab
berishni talab qiladi. Yig`ilgan katta qo`shin ikkiga ajraladi. Uning Buxoro, Kesh,
Nasaf   va   Xorazm   qo`shinlarining   birlashmasidan   iborat   birinchi   safi   Choch
viloyatiga,  o`zi   boshliq   asosiy   kuch   esa   Ustrushona   va   Xo`jand   oralig`i   Farg`ona
vodiysi tomon yo`l oladi. Choch vohasi bosib olinib, Chochning poytaxti Madinat
as-Shosh,   juda   ko`plab   qal`a   va   qo`rg`onlar   hamda   qishlog`larga   o`t   qo`yilib,
vayron   etiladi.   Qutayba   Usturshona   va   uning   soylik   va   adirlarida   janglar   qilib, Xo`jand   va   Kosonni   zabt   etadi.   714-yilda   u   Choch   va   Turk   xoqonligi   kuchlarini
ajratib,   ittifoqchilarning   birlashuviga   yo`l   qo`ymaslik   maqsadida   Isfijobga   yurish
qiladi. 715-yilning boshida esa Farg`ona vodiysi uzil-kesil egallb, Qoshqarga kirib
boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar  tayinlaydi. Osha  yili  xalifa Vohid
vafot   etadi.   Uning   o`rniga   Qutaybaning   g`animi   Sulaymon   xalifalik   taxtiga
o`tiradi.   Bundat   qismatdan   norozi   bo`lgan   Qutayba   yangi   xalifaga   qarshi   isyon
ko`taradi. Lekin u 715-yilda Farg`onada askarlar tomonidan o`ldiriladi.
Shunday   qilib,   o`n   yil   davomida   muttasil   olib   borilgan   qonli   jang-u   jadallar
oqibatida Movarounnahr Arab xalifaligiga bo`ysundirilgan bo`lsa-da, ammo uning
mag`rur   aholisi   o`zini   butkul   tobe   etilgan   deb   hisoblamaydi.   Shu   boisdan   bu
erksevar mamlakat  xalqidan xavfsiragan Qutayba har yili  kuzda Jayhundan qayta
kechib,   Sug`d   va   Chochdan   uzoqda,   Xuroson   diyorida   xotirjam   qishlar   va   bahor
kirishi bilan yangi kuch top`lab, yana Movarounnahrga hujum boshlar edi.
Movarounnahrni   arablar   tomonidan   osonlik   bilan   zabt   etilishining   sabablari.
Avvalombor,   mamlakatda   hukm   surgan   siyosiy   parokandalik   va   viloyat
hukmdorlari   o`rtasida   o`zaro   ziddiyatlar   bosqinchilarga   juda  qo`l   kelgan.   Bunday
vaziyatdan ular ustalik bilan foydalana oladilar. Movarounnahrga bostirib kirilgan
kundayoq   arablar   viloyat   kuchlarini   birlashuviga   yo`l   qo`ymaslik   choralarini
ko`rdilar   va   buni   uddasidan   chiqa   oldilar.   O`zaro   olishayotgan   hukmdorlarning
biriga   ikkinchisini   yengishi   uchun   yordan   ko`rsatib,   har   ikkisini   birin-ketin
bo`ysundirdilar.   So`ngra   ular   kuchidan   boshqa   viloyatlarni   ishg’ol   qilishda
foydalandilar.   Sug`dni   zabt   etishda   Qutayba   arab   qo`shini   bilan   bir   qatorda
Xorazm, Buxoro va Nasafning harbiy kuchlaridan foydalangan edi. O`n yil davom
etgan jang-u jadallarda saflari siyraklashib qolgan qo`shinga muttasil  yangi-yangi
harbiy   kuchlar   xalifalikning   ichki   viloyatlaridan   safarbar   etilib   turildi.   Nihoyat
arabistonlik   fotihlarga   keskin   qarshilik   ko`ratib,   ular   bilan   shiddatli   janglar   olib
borgan Movarounnahrning mehnatkash xalqi o`z hukmdorlari tomonidan bir necha
bor xoinona sotqinlikka uchradi. Xalq ommasining mustaqillik yo`lida dushmanga
qarshi   olib   borgan   kurashida   bosqinchilik   qilish   o`rniga   ularning   aksariyat bosqinchilarning   tagi   puch   va`dalariga   uchib,   arablarga   taslim   bo`lishni   afzal
ko`rdilar. Shu sababli ham vatanparvar xalqimizning arabistonlik fotihlarga qarshi
qahramonona   kurashlariga   qaramay,   xalifalik   Movarounnahrni   bosib   olishga
muvoffaq bo`ldi.
Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topdi.
Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari
va   arablar   ko’p   asrlik   hukmronligining   o’rnatilishi   bilan   bog’liq.   O’rta   Osiyoga
arab yurishlari qariyb 643-644 yil atroflarida boshlangan bo’lsa ham, o’lkani uzil-
kesil   bosib   olishga   uzoq   davrli   kurashdan   so’ng   faqat   arab   qo’mondoni   Qutayba
ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo
bo’lishi oqibatida O’rta Osiyo ikki qismga bo’lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo
oralig’i»)   va   2)   Arodi   at-turk   («Turklar   yerlari»,   ya’ni   arablarga   bo’ysunmagan
hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha
boshladi.
Movarounnahrning   islomlashuviga   quyidagi   ikki   omil   bevosita   o’z   ta’sirini
o’tkazdi.   Abu   Muslim   (747-755)   qo’zg’oloni   davrigacha   O’rta   Osiyo   islomdan
oldingi   davr   hukmdorlari   (ixshid,   buxor-xudot   va   boshqalar)   o’z   mavqelarini
saqlab   turdilar.   Jumladan,   ular   mahalliy   aholini   boshqarish   va   ulardan   arablar
uchun   soliq   yig’ish   vazifalarini   bajardilar.   Umaviy   hukmdorlari   mamlakat   ichki
ishlariga   bevosita   aralashmasdan,   mahalliy   sulolalardan   o’lpon   olish   bilan
cheklanardilar.   Ba’zida   bu   o’lpon   mahalliy   aholidan   yig’ilgan   jizya   (boshqa   din
vakillaridan yig’iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom
dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jizya yig’ish masalasida chigallikning
kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Ikkinchi   omil   Umaviylar   davrida   (661-750)   arablarning   mahalliy   aholi
tarafidan   islom   dinini   qabul   qilishga   monelik   qilishlari   bilan   bog’liqdir.   Chunki
arablar   ilk davrda  talay imtiyozlarga ega  edilar.  Bu davr   qoidalariga  ko’ra,  islom dinini   qabul   qilgan   kishi   «arab»ga   aylanar,   ya’ni   jamiyatda   arablar   kabi
imtiyozlarga ega bo’lardilar.
Bu   holda   mahalliy   musulmonlardan   jizya   olmaslik,   arab   va   arab   bo’lmagan
musulmonlarning   teng   huquqliligi   uchun   kurash   olib   borgan   islom   dini   ichidagi
murji’iylar   diniy-siyosiy   harakat   g’oyalari   Movarounnahrda   keng   tarqalish
imkoniyatlariga ega bo’ldi. Chunki o’lkada arab bo’lmagan musulmonlarning haq-
huquqlari   arablar   tomonidan   poymol   etilardi.   Murji’iylarning   faol   harakatlari   VII
asrning   20-40   yillariga   to’g’ri   keladi.   Murji’iy   al-Horis   ibn   Surayj   qo’zg’oloni
(734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg’in qo’llab-quvvatlandi. I/VII asrda
shakllana   boshlagan   murji’iylarning   aynan   imon   va   amalning   ayri-ayri   ekanligi
haqidagi   qarashlari   bu   hududda   yerli   aholining   hech   bir   qiyinchiliksiz   islomni
qabul   qilishlariga,   shuning   barobarida,   yangi   shakllanayotgan   islom   jamiyatida
teng huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular
garchi  arab  tilini,  qiyin  diniy amallarni,  o’zlariga  butkul   yot  muhitni  to’la  anglab
yetmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga
muvaffaq   bo’ldilar.   Abu   Muslim   (749   yil)   harakati   g’alabasi   oqibatida   arab
bo’lmagan   musulmonlarning   arablar   bilan   teng   huquqlilikka   erishishi   natijasida
murji’iylik   g’oyalari   siyosiy-ijtimoiy   sohadan   ilohiyot   fani   jabhasiga   ko’cha
boshladi.
G’arbda   Shom   va   Misrning   Sharqda   Eron   va   Markaziy   Osiyo
mamlakatlarining islom ta'siriga o’tishi Yangi tamaddun shakllanishini tezlashtirdi.
Zero, bu mamlakatlarda ma'naviy madaniyat,  ayniqsa, ilm-fan, adabiyot  va san'at
hamda   iqtisodiyot ,   savdo-sotiq,   hunarmandchilik   va   siyosiy   institutlar   Xijozga
nisbatan ancha rivojlangan va qadim an'analarga ega edi. Arab xalifaligi bu borada
o’z   tarkibiga   kirgan   mamlakatlarda   ilgari   erishilgan   yutuqlarning   ko’pchiligiga
voris   bo’ldi.   Ular   islom   mafkurasiga   moslashtirilib   Yangi   tamadduning   asosiga
qo’ydi. Islom   bizga   yetib   kelib,   bir   ikki   avlod   davomida   xalq   ongida   mahkam
o’rnashgunga   qadar,   Qur'onga   tartib   berilgan   fiqh   maktablari   (mazxablar),
shariatning   ko’pchilik   me'yorlari   belgilangan   va   jadal   sur'atlarda   rivojlanishi,
boyishi, takomillashuvi  davom  etmoqda edi. Bu davrda islom olimlarining asosiy
e'tibori payg’ambar hadislarini to’plab, ular negizida ibodat, axloq va huquq, ya'ni
shariat masalalarini yoritishga qaratilgan edi.
Yuksak  madaniy,  ilmiy-intellektual  salohiyatga   ega  bo’lgan  Markaziy  Osiyo
xalqlari islomni qabul qilgach, ular orasidan yetishib chiqqan olimlarning bir qismi
islom ilmini rivojlantirish bilan shug’ullana boshladi va ulardan eng buyuklari o’z
sohalarida yetakchi o’rinlarga chiqib oldi.
Xadis   ilmida   tan   olingan   6   ta   buyuk   muhaddisning   to’rttasi   Markaziy
Osiyodandir.   Ular   orasidan   uchtasi   Muxammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriy   (824-898),
Abu   Abduraxmon   an   Nasaiy   (830-915)   aynan   hozirgi   O’zbekiston   hududidan
yetishib chiqqan.
Fiqh   (islom   huquqi)   ilmini   rivojlantirishda   katta   xizmat   qilgan   Burxoniddin
Marg’iloniy (1197 y vafot etgan), Abu Lays Samarqandiy, Abdul Hasan Xorazmiy,
Najmiddin   an-Nasafiy   va   boshqalar   nomi   mashhur.   Ayniqsa,   Burxoniddin
Marg’iloniyning   «Hidoya-fil-furuz»   asari   xanafiya   mazxabi   bo’yicha   islom
huquqshunosligining   eng   teran   asarlaridan   biri   sifatida   nafakat   islom   olamida
balki, G’arbda ham mashhur.
Islom ilohiyot ilmi (islom diniy-falsafiy ilmi) kalom – yakka xudolik, tavhid,
olam,   borliq,   inson   ularning   yaratilishi,   mohiyati,   mavjudligi,   e'tiqod   mazmuni,
olamning, insonning o’zgarishi, taqdiri va h.k. masalalarni qamrab oladi. Shu bois
«At –tafsir al-Qur'on» ilmi dastlab kalomning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Kalom   ilmini   rivojlantirishda   ajdodlarimiz   munosib   hissa   qo’shdilar.
Muhaddislik   va   fiqh   sohalari   kabi   kalom   ilmi   borasida   atoqli   va   daho   olimlarni mutakallimlari yetishtirdi. Bu daho olimlardan Abu Mansur al-Moturidiy va Abul
Mu'in an-Nasafiy nomlarini eslash kifoyadir. 
Milliy   manfaatlar   va   mahalliy   ulamolar .   Islom   madaniyati   alohida   olingan
muayyan   jamiyatlarda   rivojlandi   va   buning   natijasida   ma’lum   mintaqaviy
shakllarga ega bo’ldi. Konkret islom faqat mintaqaviy shakllardan tashkil  topgan.
Mintaqaviy   islom   asosida   milliy   madaniyat,   mafkura   va   manfaatlar   yotadi.   Uzoq
asrlar   rivojlanish   natijasida  O’rta   Osiyoda  ham  islom   dini  milliy  madaniyat  bilan
chambarchas   bog’lanib   ketdi.   Natijada   O’rta   Osiyo   sivilizatsiyasi   doirasida
islomning   to’la   qonli,   o’z-o’ziga   yetarli,   har   taraflama   boy   shakli   vujudga   keldi.
Unda   umumislomiy   unsurlar   bilan   birgalikda   regional   milliy   xususiyatlar   ham
mavjuddir. Asrlar osha mazkur nazariy va amaliy bilimlar xazinasi saqlovchisi va
uni   o’zgargan   davrga   moslab   turuvchi   –   yuksak   darajada   tayyorgarlik   ko’rgan
mahalliy   ulamolar   bo’lib   kelgan.   Bu   ulamolar   muhiti   –   mintaqaviy   islomning
muhim tashkil etuvchi qismidir. Keyingi ikki asr davomida bu muhitning surunkali
zaiflashib borishii oqibatida mintaqamizga islom  dunyosining boshqa qismlaridan
begona   milliy   manfaatlar   vakillari ,   ifodachilari   bo’lgan   yot   ulamolarning   kirib
kelib, faoliyatlarini  boshlab yuborishiga sabab bo’ldi. Milliy tiklanish, rivojlanish
shartlari diniy hayotda normal holatni shakllantirishni talab etadi.
2 bob – Samarqandda islom dinining keng tarqalishi va islom tasiri .
1.4 Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o’zgarishlar.............................................
Arablarning   mamlakatimiz   hududiga   uyushtirgan   harbiy   yurishlarini   ikki
davrga   bo'lish   mumkin.   Birinchi   davr   650-705-yillarni   o'z   ichiga   olsa,   ikkinchi
davr   705-yildan   keyingi   davrdir.   Arablar   birinchi   davrda   O'rta   Osiyo   hududlarini
zabt   etishni   emas,   balki   bunday   maqsaddagi   harbiy   yurishlar   uchun   tayyorgarlik
ko'rish,   mahalliy   hukmdorlarning   kuch-qudratlarini   sinovdan   o'tkazish,   o'lkaning
geografik   joylanish   hududiy   sharoitlarini   o'rganish   va   kichik-kichik   harbiy
yurishlar   qilib,   o'lkaning   boylik   va   o'ljalarini   tashib   olib   ketishni   o'z   oldilariga vazifa   qilib   qo'ygan   edilar.   Birinchi   yurish   651-yilda   noib   Abdulloh   ibn   Amir
hukmronligi davrida bo'lgan. 
685-705-yillarda   xalifalik   taxtini   Abdumalik   ibn   Marvon   boshqardi.   U
Qutayba ibn Muslimni Xurosonga o'zining noibi (704-705) etib tayinladi. Ana shu
davrdan boshlab arablar tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri
boshlandi.   Endi   ular   O'rta   Osiyoni   batamom   bosib   olishni   o'z   oldilariga   asosiy
maqsad   qilib   qo'ydilar.   705-yilda   boshlangan   hujum   natijasida   Qutayba   ibn
Muslim   Balx,   Chag'oniyon,   Shumanni   egallab,   O'rta   Osiyo   janubidagi   kichik
viloyatlarni o'ziga bo'ysundiradi. U 706-yilda Boykandni, 708-709-yillarda Buxoro
va   uning   atrofidagi   yerlarni   egallaydi.   710—712-yillarcia   Xorazmshoh   Chag'on
Qutayba bilan tinchlik bitimi tuzadi va 10 ming qoramol miqdorida boj to'laydi. 
Shunday qilib, arablar O'rta Osiyoni bosib olish uchun o'n yil jang qildilar va
uni   o'z   mustamlakalariga   aylantirdilar.   Buning   eng   asosiy   va   bosh   sababi   o'lka
xalqlari   o'rtasida   birlik   va   ahillikning   bo'lmaganligi,   aholining   har   xil   diniy
g'oyalarga sig'inganligidir.
Arablar   Movarounnahrni   istilo   qilganidan   so'ng,   bu   hududning   yer-mulklari
xalifaga   qarashli   bo'lib   qoldi.   Ilgarigi   yerlar,   masalan,   Buxoroda   yirik   zodagon
qatlam   -   buxorxudotlarning   xususiy   mulki   sanalsa,   endilikda   ular   xalifalik
mulklariga   aylandi.   Yirik   yer   egalari   -   dehqonlar   arab   xalifaligi   davrida   ham   o'z
yerlarining   egalari   bo'lib   qoldilar,   biroq   ular   endilikda   ijaradorga   aylanib,
daromadning   ma'lum   qismini   xalifalik   xazinasiga   jo'natish   majburiyatini   olgan
edilar.   Ko'p   xudolilikka   sig'inuvchi   xalqlarning   hududlari   arablar   tasarrufiga
o'tganidan so'ng, bu aholining katta qismi, asosan islomni qabul qilmaganlar soliq
to'lovchilar sanalar va ular zimmiylar deb atalar edi.
Movarounnahrdagi   qishloqlarda   yerlar   mayda   xo'jaliklar   tomonidan   ishlov
berilgan.   Yirik   yer   egalari   -   dehqonlar   yerlarini   mayda   bo'laklarga   taqsimlab
ziroatkorlarga   ijara   tarzida   bo'lib   berishgan.   Mehnatkashlar   tarkibiga   yarim   ozod
kadivaiiar,   ozodlikka   chiqqan   qullar   va   qaram   qullar   kirar   edi.   Dehqonlarning
arablar   bilan   yaqinlashuvi,   ularni   istilochilar   uchun   ishonchli   xizmatkorligini
ta'minlash   bilan   bir   qatorda,   yer-mulklari   va   boshqa   boyliklarini   muhofaza qilinishiga imkoniyat yaratdi. So'gdiylarning asosiy qismi jiz'ya va xiroj to'lashgan
(jiz'ya   jon   solig'i   bo'lsa,   xiroj   yer   solig'i   hisoblanar   edi).   Xiroj   hosilning   ma'lum
miqdorida,   ko'pincha   u   yalpi   mahsulotning   uchdan   bir   qismi   hisobida   olingan.
Soliqning bunday turi «muqassama» degan nomda ham aytilgan.
Movarounnahrning   xiroj   to'lovchi   mehnatkashlar   guruhi   «harros»   atamasi
bilan nomlangan. Xo'janddagi aholining qo'zg'oloni 723-yilda bostirilgandan so'ng
arablar   jamoatchilarni   xiroj   va   jiz'ya   solig'i   to'lashga   majburlab,   ularning
bo'yinlariga   qo'rg'oshindan   qilingan   muhrlar   -   xavatim   osib   yurishni   talab
qilganlar.  Bunday  muhrlarda  ma'lum   joyning  norfii  bilan  bir   qatorda to'lanadigan
soliq   miqdori   qayd   etilgan.   Arab   manbalarida   ijarachilar   akkor,   sharik,   munasif,
fors manbalarida barzikor yoki kadivar deyilgan.
Movarounnahr   va   unga   qo'shni   hududlarda   jamoachilar   soliqlar,   uzluksiz
urushlar, talon-tarojlardan qiynalib yirik yer egalaridan panoh izlashga intilishgan.
Bu   jarayonda   jamoachilar   yerni   ishlash   huquqini   saqlab   qolgan   holda   yirik
zamindorga   soliq   to'lash   asosida   o'zaro   kelishib   olganlar.   Zamindorlarning
jamoachilar   bilan   bunday   munosabati   «ilja'»,   «at-talji'a»,   «al-malaja»   atamalari
bilan izohlangan.
Soliq yig'uvchilar «amil» degan nom bilan yuritilardi. Bag'doddan Buxoroga
maxsus soliq yig'uvchi  kelib, soliqlarni  o'zi  jamlab olib ketardi. Soliqlar  pul yoki
mahsulot shaklida olingan.
Soliq   Movarounnahrda   boshqa   viloyatlardagi   singari   uch   xil   shaklda
yig'ilgan:   1.   Qavonin   yoki   muqati'a   -   mayda   viloyatlar   va   tumanlardan   xazinaga
tushib turgan yig'in. 2. Maqosima  -  hosilning ma'lum  ulushi  miqdorida to'langan.
Uning hajmi sug'orishga bog'liq holda belgilangan. 3. Misoxa - yer hajmiga qarab
miqdori   belgilanadigan   soliq   bo'lib,   unda   ekin   ekilishi   yoki   ekilmasligiga   e'tibor
berilmagan.   Shunday   qilib,   xiroj   xalifalikning   mulki   va   xazinaga   tushadigan
daromadning asosini tashkil etar edi. Yer solig'ining bir qismi sug'orish inshootlari
barpo etishga sarflangan, boshqa qismi esa xalifa xazinasini to'ldirar edi.
Oziq-ovqat narxi oshgan taqdirda, soliq to'lovchilardan ortib qolgan mahsulot
ham   yig'ilgan.   Oziq-ovqat   mahsulotlari   qimmatlashgan   taqdirda   soliq to'lovchilardan faqat mahsulot olinar edi. Mabodo soliq to'lashga qurbi yetmasa, u
holda sotib olib bo'lsa ham to'lashga majbur edi.
Soliq   yig'uvchilarning   o'zboshimchaliklari,   talon-tarojliklar,   urushlar,
hosilsizliklardan zarar ko'rgan oddiy ijaradorlar tobora xonavayron bo'lib bordilar.
Movarounnahrda   bu   jarayon   ijtimoiy   toifalar   orasidagi   farqni   keskin   o'zgartirdi.
Ozod va erkin jamoachilar orasidan ko'pchiligi yer-mulkni ijaraga olib soliq to'lar
va   umuman   zodagon   kishi   -   dehqonga   qaram   edi.   Soliq   yig'ish   va   xalifalik
xazinasini   to`ldirishning   boshqa   bir   usuli   -   bu   islomni   qabul   qilmaganlardan   jon
solig'i   va   xiroj   olinishi   bo'lgan.   Isyon   ko'targan   va   qo'zg'olonlarda   qatnashgan
aholining   mulklari.   tortib   olinar,   o'zlari   qatl   qilinar,   ular   joylashgan   joylar   iqta
tarzida   harbiylar   va   amaldorlarga   bo'lib   berilar   edi.   Shu   tarzda   xalifalik   iqtisodiy
hayoti Movarounnahrdagi xo'jalikka, aholi turmushiga katta ta'sir ko'rsatdi.
Arab xalifaligi hukmronligi davrida Movarounnahrning davlat tuzumi
O'zbekiston hududi arablar tomonidan bosib olinganidan so'ng Arab xalifaligi
tarkibiga kirgan. Arab xalifaligi feodal teokratik davlat bo'lib, uning tepasida xalifa
turgan.   Xalifaga   davlatdagi   barcha   dunyoviy   hamda   diniy   hokimiyat   tegishli
bo'lgan.   Arab   xalifaligi   tomonidan   bosib   olingan   viloyatlar   tepasida   xalifa
tomonidan tayinlanadigan amirlar turgan. O'zbekiston hududini xalifaning Xuroson
va Movarounnahr bo'yicha noibi idora etgan.
Noib   alohida   shaharlar   va   aholi   punktlarining   hokimlarini,   shayxlarini
tayinlagan.   Ular   mahalliy   aholidan   o'lponlar   yig'ish   hamda   jamoat   tartibni   saqlab
turish   kabi   vazifalarni   bajarib   turgan.   Ba'zi   shaharlarning   hokimlari   ma'muriy-
moliyaviy   ishlardan   tashqari,   hatto   harbiy   kuchlarni   ham   boshqarganlar.   Ko'p
joylarga   arablar   o'z   harbiy   qismlarini   joylashtirgan   edilar.   Ular   mahalliy   aholini
tutqunlikda   ushlab   turganlar.   Arablarning   ma'muriy   apparati   va   mirshablari
bo'lgan, hokimlarning esa shaxsiy qo'riqchilari mavjud edi.
VIII   asr   o'rtalariga   kelib   Movarounnahr   hududida   siyosiy   boshqaruv   arab
xalifaligi   siyosiy   tizimiga   moslashtirilgan   edi.   So'g'diyonada   buxorxudotlar   va
boshqa   hukmdorlarning   qo'li   ostidagi   ma'muriy   idora   usuli   o'z   shaklini   saqlab
qolgan   bo'lishiga   qaramay,   hokimlarning   xalifa   noibiga   itoat   etishlari   shart   edi. Mahalliy   davlat   boshliqlarining   ko'pchiligi   o'z   huquqlari   va   imtiyozlarini   saqlab
qolish   maqsadida   islom   dinini   qabul   qilgan   edilar.   Islomni   qabul   qilmagan
zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar.
Arablar   Movarounnahrni   istilo   qilganlaridan   so'ng,   bu   hududning   yer-
mulklari   xalifaga   qarashli   bo'lib   qoldi.   Ilgari   yerlar   Buxoroda   yirik   zodagon   -
buxorxudotlarning   xususiy   mulki   sanalsa,   endilikda   ular   xalifalik   mulklariga
aylandi.
Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug' vazir)ga tayangan. Harbiy
ishlar,   harbiy   qo'shinlar   amir   ul-umaro   qo'li   ostida   edi.   Xalifa   turli   masalalarni
devon   ad-dar,   ya'ni   kengashda   ko'rib   chiqar   edi.   Devon   ad-dar   uchta   asosiy
devonga bo'lingan: ular devon al-mashriq, devon al-mag'rib va devon al-harajdan
iborat   bo'lgan.   Movarounnahrga   tegishli   masalalar   devon   al-mashriqda   hal   etilar
edi.
Xalifa   viloyat   noiblarini   lavozimiga   tayinlash   yoki   bo'shata   olish   huquqiga
ega   edi.   Xalifalikning   huquqiy   masalalari   Qur'oni   Karim   va   Rasululloh   (s.a.v.)
ko'rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko'rib chiqilgan.
Shunday   qilib,   VIII   asr   o'rtalariga   kelib   Movarounnahr   hududida   siyosiy
boshqaruv   arab   xalifaligi   siyosiy   tizimiga   moslashtirilgan   edi.   So'g'diyonada
buxorxudotlar   va   boshqa   hukmdorlarning   qo'li   ostidagi   ma'muriy-idora   usuli   o'z
shaklini   saqlab   qolgan   bo'lishiga   qaramay,   hokimlarning   xalifa   noibiga   itoat
etishlari   shart   edi.   Mahalliy   davlat   boshliqlarining   ko'pchiligi   o'z   huquqlari   va
imtiyozlarini   saqlab   qolish   maqsadida   islom   dinini   qabul   qilgan   edilar.   Islomni
qabul   qilmagan   zodagonlar   o'z   yerlaridan   mahrum   etilar   yoki   tovon   to'lar   edilar.
Shu   tarzda   arablar   Movarounnahr   siyosiy   tizimi   va   diniy   e'tiqodiga   o'z   ta'sirini
o'tkaza oldilar.
VII-VIII   asrlarda   shakllangan   arab   xalifaligi   yirik   davlat   bo’lib,   Pireneydan
Hind   daryosigacha   cho’zilgan   edi.   O’z   tarkibiga   turli   xil   madaniyatlarga   ega
bo’lgan   ko’plab   xalqlarni   birlashtirgan   edi.   Yagona   davlat,   yagona   din,   arab
tilining muloqot tili sifatida joriy qilinishi va yoyilishi, xalifalikning turli hududlari
orasidagi   iqtisodiy   aloqalar ning   o’sishi   Bag’doddan   Farg’onagacha   bo’lgan madaniyatlarni   unifikasiyasini   tezlashtirdi 3
.   Xalifalikda   yangi   markazlashgan
siyosiy   tizim   ishlab   chiqilgan   edi.   Bu   tizim   O’rta   Osiyo   ikkidaryo   oralig’idagi
vohalarga ham tarqalib, hududning keyingi siyosiy hayotiga ta’sir ko’rsatdi 4
. 
Ilk   Islom   davrida   Samarqand   xalifalik   shaharlaridan   biri   bo’lib,   musulmon
dunyosida   qog’oz   ishlab   chiqarish   markazi,   Muhammad   payg’ambar ning   (s.a.v.)
amakivachchasi  –  Qusam ibn Abbos dafn etilgan joy sifatida tanilgan edi. 
Arab xalifaligi bosqini va sug’diylarning ko’pmartali qo’zg’olon laridan so’ng
shahardagi   nisbiy   tinchlik   va   normal   hayot   sharoitlarini   tiklash   imkoni   kelib
chiqishi   jihatidan   mahalliy   bo’lgan   Somoniylar   sulolasi   davrida   ro’y   berdi.   Ular
o’z boshqaruviga O’rta Osiyo, Shimoliy va Sharqiy Eron, Shimoliy Afg’onistonni
birlashtirgan edi. Somoniylar bu hududlarga abbosiy xalifalar taqdim etgan «amir»
unvonini saqlab qoldi. 
819-820 yillarda mahalliy zodagonlar vakili Somonning nabiralari (Asadning
o’g’illari)   xalifa   Ma’mun   (813-833)   oldidagi   xizmatlari   uchun   qator   O’rta   Osiyo
viloyatlari   boshqaruvini   qo’lga   kiritdi.   Katta   nabira   –   Nuh   ibn   Asad   (vafoti
841/842)   Samarqand   viloyatini   oldi.   U   820-821   yillardan   Samarqandda   mis
tangalar chiqargan 5
. U somoniylarning yuksa lishi uchun ko’p ishlar qilgan. Uning
vafotidan so’ng Samarqandni Xuroson noibi toxiriy Abdulloh ko’rsatmasiga ko’ra
uning   ukalari   Ahmad   va   Yahyo   ibn   Asadlar   birgalikda   boshqargan.   Keyin   esa
boshqaruv   Ahmadning   o’g’li   Nasrning   qo’liga   o’tdi.   U   875   yilda   oila   boshlig’i
sifatida   xalifa   Mutamiddan   (870-892)   butun   Movarounnahr   boshqaruvi   haqida
yorliq oldi 6
. 
Nasr  ibn A h mad (865-892)   davrida somoniylarning poytaxti  Samarqand edi.
Lekin   892   yildan   Ismoil   Somoniy   (892-907)   davrida   poytaxt   Buxoroga
ko’chirilgan.   Biroq   Samarqand   poytaxt   shahar   maqomini   yo’qotsa   ham,
3
  Беленицкий   А.М.,  Бентович   И.Б.,  Большаков  О.Г.  Средневековый  город   Средней  Азии.  Ленинград :   Наука ,
1973.  С . 133
4
  А zim   М alikov,  Senior   researcher   at   Department   of   Asian   Studies,   Faculty   of   Arts,   Palacky   University,   Olomouc.
The   work   was   supported   from   European   Regional   Development   Fund   –   Project   "Sinophone   Borderlands:
Interaction at the Edges" CZ.02.1.01/0.0/0.0/16_019/0000791
5
  Атаходжаев   А.Х.   К   ранней   истории   Саманидского   монетного   чекана   Шаша   //   Столице   Узбекистана
Ташкенту 2200 лет. Материалы международной научной конференции, посвященной 2200-летнему юбилею
города Ташкента. Ташкент: Фан, 2009 .  С.152
6
 Негматов Н.Н. Государство Саманидов. Душанбе: Дониш, 1977. С. 23-24 Movarounnahrning   yirik   iqtisodiy   va   madaniy   markazi   bo’lib   qolaverdi.   Ismoil
Somoniy mis tangalari – fulslarni Buxoroda emas, Samarqandda chiqargan 7
. Nasr
II   ibn Axmad (914-943) boshqaruvining boshida, 914 yilda uning Samarqanddagi
vakili,   amakisi   Is’hoq   ibn   Ahmad   ibn   Asad   qo’zg’olon   ko’targan.   Hatto   o’z
nomidan mis tangalar ham chiqargan 8
, lekin mag’lubiyatga uchragan 9
. 
Ayrim somoniy amirlar, masalan, «Somoniylar sulolasi shodasidagi  marjon»
deya ta’riflangan Nasr  II  ibn Axmad yozni Samarqandda o’tkazgan 10
. 
Somoniylar   davlatida   markazlashgan   boshqaruv   tizimi   joriy   etilgan   edi.   Uni
davlat   rahbari   «amir»   boshqargan.   Markaziy   davlat   hokimiyati   ikkiga   bo’lingan:
dargoh   (haram)   va   10   devon .   Vazir   o’rinbosarlari   –   vazir lar   navbati   bilan   uchta
mashhur   oiladan   (Jayhoniy,   Bal’amiy   va   Utbiy)   tayinlangan.   Mamlakat
viloyat larga   bo’lingan   bo’lib,   ularni   hokim lar   boshqargan.   Somoniylar   davrida
shahar   hokimi   rais   deb   yuritilgan.   Uni   hokim   mahalliy   shahar   zodagonlari,
ko’pincha   musulmon   ruhoniylari   vakillari   orasidan   tayinlagan 11
.   Manbalar
Somoniylarga   xizmat   qilgan   ko’pchilik   amaldorlarni   turkiy   kelib   chiqishi   haqida
guvohlik   beradi 12
.   X   asrda   yirik   somoniy   amaldorlar   –   viloyat   hokimlari   orasida
asosan kelib chiqishi turkiy bo’lgan kishilar ko’rsatilgan 13
. 
Samarqandning   Arab   xalifaligi   va   somoniylar   tarkibiga   kirishi   din,
qonunchilik   va   davlat   tizimini   o’zgarishiga   olib   keldi.   Bu   davrda   Sug’dning
alohida ajralib turadigan shahar-davlatlari yirik viloyatlarning markaziga aylandi 14
.
Bu davrda Samarqand atrofida tumanlar bo’lib, ular  rustoq lar deb nomlangan.
Samarqanddan   janubda   7   rustoq   joylashgan:   Panjikent,   Varaq sar,   Maymurg’,
7
  Атаходжаев А.Х. Центральноазиатские  медные монеты   VIII - X   вв. как исторический источник. Автореферат
диссертации на соискание ученой степени кандидата исторических наук. Самарканд, 1998. С.   16
8
 Атаходжаев А.Х. Центральноазиатские медные монеты  VIII - X  вв. как исторический источник. … С. 16
9
  Ибн   ал-Асир.   Ал-камил   фи-т-тарих.   Полный   свод   истории   /   Перевод   с   арабского   П.Г.Булгакова   и   Ш.С.
Камолиддинова. Ташкент: Узбекистан, 2006. С. 91-92
10
 Низами Арузи Самарканди. Собрание редкостей или четыре беседы. Перевод с персидского С.И.Баевского
и З.Н. Ворожейкиной. Москва: Восточная литература, 1963. С. 61
11
 Негматов Н.Н. Государство Саманидов. Душанбе: Дониш, 1977. С. 29
12
  Абу   Саид   Гардизи.   «Зайн   ал-ахбар»   (Украшение   известий).   Раздел   об   истории   Хорасана.   Перевод   с
персидского А. Арендса. Введение, комментарии и указатели Л. Епифановой. Ташкент: Фан, 1991. С. 76-81.
13
 Атаходжаев А.Х. Центральноазиатские медные монеты  VIII - X  вв. как исторический источник. … С. 18
14
  Распопова   В.И.   Жилище   Пенджикента   (опыт   историко-социальной   интерпретации).   Ленинград:   Наука,
1990. С. 198. Sanjarfag’n,   Darg’om,   Abgor,   Shovdor.   Shimolda   esa   6   ta:   Yor kat,   Burnamad,
Buzmajon, Kabudanjakent, Vador, Marzbon ibn Turkesh 15
. 
Belgilangan   shahar   qoidalari   mavjud   bo’lgan,   jumladan,   sanitariyaga   oid
qoidalarning   bajarilishini   maxsus   amaldor   –   muxtasib   nazorat   qilgan 16
.
Shuningdek, shaharning suv ta’minotini boshqaruvchi amaldor ham bo’lgan 17
. 
999   yilda   Samarqand   turkiy   qabilalar   chigil ,   yag’mo ,   qorluq lar   asos   solgan
Qoraxoniylar   xoqonligi   (840-1209)   tarkibiga   kirdi.   Tadqiqotchi larning   fikricha,
Qoraxoniylar xoqonligi qadimgi turkiy davlatchilik ning rivojlanishiga tabiiy sabab
bo’ldi 18
.   Biroq   u   islomga   e’tiqod   qiluvchi   turkiy   sulola   tomonidan   boshqarilgan.
Qoraxoniylarning asos chisi qorluqlarning oldingi yabg’usi Bilga Kul Qodir-xoqon
edi 19
.   Qoraxoniylar   eng   rivojlangan   vaqtda   o’z   hokimiyatini   Sharqiy   Turkiston,
Yettisuv,   Toshkent   vohasi,   Farg’ona   va   Zarafshon   vodiylari,   Qashqadaryo   va
Surxondaryoda   yoygan.   Qoraxoniylar   o’zlarini   Turonning   afsonaviy   podshosi   –
Afrosiyob   avlodlariga   mansub   deb   hisoblagan.   O’z   sulolasini   «al-Afrosiyob»   –
Afrosiyob   urug’i   deb   nomlagan.   Qo’lyozma   manbalarda   esa   ular   Xoniylar   yoki
Xoqoniylar   deb   nomlangan 20
.   Afrosiyobning   o’zi   o’rta   asrlar   manbalarida   turkiy
sifatida   talqin   qilingan 21
.   Qoraxoniylar   boshqa   turkiy   sulolalarga   nisbatan   o’z
tangalaridagi yozuvlarni turkiy unvonlar bilan boyitganligi diqqatga sazovor 22
. Bu
ularni  turkiy aholiga sodiqli gidan guvohlik beradi. X asr o’rtalarida Qoraxoniylar
Islom   dinini   davlat   dini   deb   e’lon   qildilar.   Somoniylardan   farqli   o’laroq
Qoraxoniy lar davrida davlatni boshqarishda ulus tizimi amal qilgan.
15
 Бартольд В.В. Работы по исторической географии. Москва: Восточная литература, 2002. С. 187-188, 192
16
  Большаков   О.Г.   Город   в   конце   VIII   -   начале   XIII   в.   //   Беленицкий   А.   М.,   Бентович   И.   Б. ,   Большаков   О.   Г.
Средневековый город Средней Азии. Л., 1973. С. 303
17
 Бетгер Е.К. Извлечения из книги «Пути и страны» Абу-л-Касима ибн-Хаукаля. - Труды Среднеазиатского
государственного   университета   им.  В.  И.   Ленина.   Ташкент,  1957,   вып.   IV .  Пер.   Е.К.Бетгера,   комментарии
Д.Ю.Арапова. Материалы по истории СССР. Выпуск 1. М., 1985. С. 140.  
18
 Кляшторный С.Г. Памятники древнетюркской письменности и этнокультурная история Центральной Азии.
Санкт-Петербург: Наука, 2006. С. 491.
19
  Кляшторный   С.Г.,   Савинов   Д.Г.   Степные   империи   древней   Евразии.   Санкт   Петербург:   филологический
факультет СПбГУ, 2005. С. 123
20
 Кочнев Б.Д. Караханидский каганат // Очерки по истории государственности Узбекистана. Ташкент: Шарк,
2001. С. 65-66
21
 Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-тарих. Полный свод истории. … С. 242
22
  Кочнев   Б.Д.   Караханидские   монеты:   источниковедческое   и   историческое   исследование.   Автореферат
диссертации на соискание ученой степени доктра исторических наук. Москва, 1993, С. 11. Hojib   Begtuzun   kabi   ayrim   somoniy   amaldorlari   Qoraxoniylar   xizmatiga
o’tdi.   Unga   1016   yilda   Samarqandni   boshqarish   taqdim   qilingan 23
.   XI   asr
o’rtalaridan   Samarqand   g’arbiy   Qoraxoniylarning   poytaxti   edi.   G’arbiy
Qoraxoniylar   davlatining   asoschisi   Ibrohim   Tamg’achxon   (1040-1068)   bo’lib,
uning   qarorgohi   Samarqandda   joylashgan.   U   markazlashtirish   siyosatini   olib
borgan   va   mintaqada   madaniyat   rivojlanishini   qo’llab   quvvatlagan.   Avfiyning
yozishicha,   «uning   davrida   ulug’   tinchlik   hukm   surgan,   fuqarolari   tinch-totuv
yashagan» 24
.   Ibrohim   Tamg’achxon   mamlakatda   jinoyat chilikka   qarshi   keskin
kurash   olib   borgan   va   go’sht   narxini   tartibga   solishni   joriy   qilgan 25
.   Ibrohim
Tamg’achxon   davrida   uluslar   soni   kamaygan.   Uning   yaqin   vorislari   davrida
uluslarda tanga zarbi bo’lgani ma’lum emas 26
. Ko’p yillar davomida mamlakatdagi
tinch   barqaror   vaziyat   uning   farovonligini   oshirdi   va   aholining   keng   qatlamlari
ahvolini   yaxshiladi.   Avfiy   Ibrohim   Tamg’achxonni   adolatli   podshoh   deb
hisoblagan. V.V.Bartold uni «misli ko’rilmagan hukmdor» deb atagan 27
. 
G’arbiy   Qoraxoniylar   xoqonligining   keyingi   markazlashuvi   Ibrohim
Tamg’achxonning   o’g’li   –   Shams   ul-mulk   (1068-1080)   davrida   sodir   bo’ldi.
Undan   so’ng   Xizr   (1080-1087),   so’ng   esa   Xizrning   o’g’li   –   Ahmad   (1087-1089,
1092-1095) hukmronlik qilgan 28
. 
1089   yillarda   Samarqand   saljuqiy   Malikshoh   tomonidan   bosib   olina di.
Shundan   so’ng   Qoraxoniylar   Saljuqiylarga   qaram   bo’lib   qoladi 29
.   Ahmadxon
Isfaxonga   jo’natiladi.   Keyinroq   u   Samarqandga   qaytarilgan,   lekin   1095   yilda   uni
dahriylikda va  zindik lar guruhiga a’zolikda ayblanib, o’ldirilgan 30
. 
23
 Кочнев Б.Д. Нумизматическая история Караханидского каганата (991-1209). Часть 1. Источниковедческое
исследование. М.: София, 2006. С. 259.
24
  Садид   ад-дин   Мухаммад   ал-Ауфи.   Джами   ал-хикайат   ва   лавами   ар-ривайат   (Собрание   рассказов   и
блестящие истории). Подготовка издания, предисловие, перевод с персидского, комментарии, приложения
и указатель Т.К.Бейсембиева. Алма-ата, 2005. С. 83.
25
  Бартольд   В.В.   Туркестан   в   эпоху   монгольского   нашествия   //   Академик   В.В.   Бартольд.   Сочинения.   Том   I .
Москва: Наука, 1963. С. 373.
26
 Кочнев Б.Д. Караханидские монеты:. … С.   35.
27
  Бартольд   В.В.   Туркестан   в   эпоху   монгольского   нашествия   //   Академик   В.В.   Бартольд.   Сочинения.   Том   I .
Москва: Наука, 1963. С.   374.
28
 Кочнев Б.Д. Нумизматическая история Караханидского каганата. (991-1209). Часть 1. Источниковедческое
исследование. М.: София, 2006. С. 211-212, 215.
29
 Кочнев Б.Д. Нумизматическая история Караханидского каганата. … С.   213.
30
 Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-тарих. Полный свод истории. … С.   222,   227 1102   yilda   saljuqiy   sulton   Sanjar   Samarqandga   qoraxoniy   Muhammad
Arslan-xon   ibn   Sulaymonni   hokim   qilib   tayinlagan 31
.   1130   yilda   Sulton   Sanjar
shaharni   bosib   olgan   va   hokim   etib   Muhammad   Arslanxonning   o’g’li
Mahmudxonni   tayinlagan 32
.   Saljuqiylar   davrida   rais   sulton   hokimiyati ning
shahardagi   vakili   edi.   U   o’zining   kanselyariya   (devonxona)siga   ega   bo’lib,
o’zining   vazifalarini   shaharning   boshqa   mansabdor   shaxslari   (muxtasib,   shixna,
qozi va boshqalar) faoliyati bilan muvofiqlashtirgan 33
. 
1141   yilda   saljuqiylar   va   qoraxoniylarning   birlashgan   qo’shini   Qatvon
dashtida   (Bulung’ur   yaqinida)   qoraxitoylarning   hukmdori   Yelyu   Dashi   (1087-
1143)   qo’shinlaridan   mag’lubiyatga   uchragan.   Shundan   so’ng   Samarqand
voqyealari   qoraxitoylarga   bog’liq   bo’lgan.   Qoraxitoylar   davlati   g’arbda
Amudaryodan   shimolda   Oltoygacha   bo’lgan   hududlarni   o’z   ichiga   olgan.   Yelyu
Dashi  Samarqandda 90 kunni o’tkazadi  va shahar  hokimi  etib qoraxoniy Ibrohim
ibn   Muhammadni   tayinlaydi.   Bu   davrda   Qoraxitoylar   davlati ning   markazi
Bolosog’un   bo’lib,   ayrim   manbalarda   Samarqand   uning   g’arbiy   poytaxti   bo’lgan
deya keltiriladi 34
. 
Somoniylar davrida barcha tayinlovlar davlat nomidan somoniy amirlar orqali
chiqqan.   Qoraxoniylar   davrida   viloyatlarni   odatda   qilgan   xizmatlari   uchun   emas,
hukmron   urug’ga   mansubligi   uchun   boshqargan.   Shahar   boshlig’idan   keyingi
boshqaruvdagi   ikkinchi   shaxs   sudya-qozi   yoki   qozi   bo’lgan.   Uning   mansabi
nasldan   naslga   o’tgan 35
.   Shahar   boshqaruvidagi   boshqa   mansablarga   amir ,   sadr ,
mustavfiy   –   moliya   mahkamasi   amaldori   kirgan 36
.   Boshqa   taxminga   ko’ra   amir-
sipohsolor  shahar boshlig’i hisoblangan 37
. 
1040   yilda   tashkil   etilgan,   markazlashgan   G’arbiy   xoqonlikda   mulklar   1072
yilgacha   saqlangan,   keyin   yo’qolgan.   Mamalakatda   har   doim   markaziy
31
 Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-тарих. Полный свод истории. … С.   236
32
 Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-тарих. Полный свод истории. … С.   239-240
33
  Курпалидис   Г.М.   Институт   городских   раисов   при   Сельджукидах   (по   «Атабат   ал-катаба»)   //   Товарно-
денежные отношения на Ближнем и Среднем Востоке в эпоху средневековья. Москва :   Наука ., 1979.  С . 155,
157.
34
 Biran Michal. The empire of the Qara Khitay in Eurasian history. Between China and the Islamic world. Cambridge
university press, 2005. P.   44, 107.
35
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV вв. Т.1. Душанбе: Дониш, 1992. С.   93
36
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1. … С.   93
37
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1. … С.   95 hokimiyatga   intiluvchi   va   undan   qochuvchi   kuchlar   o’rtasida   kurash   borgan.   XII
asr   o’rtalariga   kelib   alohida   xonliklar   paydo   bo’ldi,   XIII   asr   boshida   esa   G’arbiy
xoqonlik 11 ta mustaqil xonlikka bo’linib ketgan 38
. 
Ma’lum   bir   davrlarda   o’zini   o’zi   boshqarish   tizimiga   ega   bo’lgan   shahar lar
(Poykend, Iskijkat, Buxoro) qatorida Samarqand tilga olinmagan 39
.
1178   yilda   Samarqandda   qoraxoniy   Ibrohim   ibn   Husayn   mustahkam lanib
oldi.   Bungacha   u   O’zgand   hokimi   edi.   Keyinroq   u   o’z   ta’sirini   Buxoroga   ham
yoydi 40
.   1207   yilda   uning   o’g’li   Samarqand   hokimi   –   qoraxoniy   Usmon
xorazmshoh   Alouddin   Muhammaddan   qoraxitoylarga   qarshi   yordam   so’ragan.
1209   yilda   u   xorazmshohning   vassali   bo’lgan   va   uning   nomidan   tangalar
chiqargan.   1210   yilda   xorazmshoh   Muhammad   qoraxitoylarni   yakson   qilib,
Samarqandni   uzil-kesil   qo’lga   kiritdi 41
.   Shaharni   boshqarish   tizimi   qanchalik
o’zgarganini   aytish   qiyin.   Balki   eski   tizim   saqlangan,   lekin   shaharda
xorazmshohning harbiy elitasi hokimiyatining ko’chayganini payqash mumkin. Bu
keyinchalik   Samarqandda   harbiylarning   o’zboshimchaligi   va   aholining
noroziligiga olib keldi. Natijada 1212 yilda shaharda oxirgi qoraxoniy Nusrat  ad-
din   Usmon   ibn   Ibrahim   ibn   Xusayn   boshchiligida   xorazmshoh   Muhammad
hukumatiga   qarshi   qo’zg’olon   sodir   bo’ldi.   Qo’zg’olon   shafqatsizlarcha
bostirilgan. Usmon esa xorazmshohning kuyovi bo’lishiga qaramasdan jazolangan.
Buning   natijasida   shaharni   ikki   asrdan   ziyod   boshqarib   kelayotgan   qoraxoniylar
hokimiyati   yo’q   qilindi.   Qoraxoniylar   sulolasining   ko’plab   vakillari   jazolangan 42
.
1213   yildan   Samarqandda   Muhammad   ibn   Takash   nomi   bilan   mis,   kumush
dirxamlar, oltin dinorlar chiqarilgan 43
. 
38
 Кочнев Б.Д. Нумизматическая история Караханидского каганата. (991-1209). … С.   269-270.
39
  Чехович   О.Д.   Городское   самоуправление   в   Средней   Азии   феодального   периода   //   Товарно-денежные
отношения на Ближнем и Среднем Востоке в эпоху средневековья. М., 1979. С.   230-232
40
  Массон М.Е. Фрагменты надписи Караханидского мавзолея с городища Афрасиаб // Эпиграфика Востока.
Выпуск ХХ. Ленинград: издательство АН СССР, 1971. С.   82-83
41
 Буниятов З.М. Государство хорезмшахов-Ануштегинидов. Москва: Наука, 1986. С.   72,   77,   109
42
 Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-тарих. Полный свод истории. … С. 335
43
 Буниятов З.М. Государство хорезмшахов-Ануштегинидов. … С. 115-116 Samarqandning   madaniy,   iqtisodiy   markaz   sifatidagi   ahamiyatini   hisobga
olib,   1217   yildan   xorazmshoh   Muhammad   o’z   qarorgohini   Samar qandga
ko’chirgani ehtimoldan xoli emas 44
. 
Diniy   vaziyat.   IX-XIII   asrlarda   Samarqandda   turli   e’tiqod   vakillari:
musulmonlar,   xristianlar,   moniylar,   yahudiylar   va   boshqalar   tinch-totuv   yashab
kelishgan.   Somoniylar   sulolasi   vakillari   rasman   hanafiya   mazhabida   bo’lsalarda,
shofe’iylik mazhabi vakillarini siquvga olmaganlar 45
. 
X-XI   asrlarda   Samarqandda   zardushtiylar   jamoasi   ham   saqlanib   qolgan
bo’lib,   arab   manbalarida   ular   ma’jusiylar,   fors   manbalarida   mug’lar   deb
nomlangan 46
.   Shunisi   e’tiborliki,   islomda   va   zardushtiylikda   poklanish   amallari
deyarli bir-biriga mos keladi 47
.
VIII-IX   asrlarda   Abbosiylar   xalifaligida   moniychilarga   qarshi   shafqatsiz
qatag’onlar   amalga   oshirildi.   Shunday   bo’lsa - da,   al-Nadimning   ma’lumotlariga
ko’ra, X asrda Samarqandda Moniyning izdoshlari istiqo mat qilgan va ular moniy
yozuvidan   foydalanishgan 48
.   Xalifa   Muqtadir   davrida   500   nafar   moniy   shaharga
ko’chib   joylashgan 49
.   X   asr   oxirida   Samarqandda   moniylar   ibodatxonasi   faoliyat
ko’rsatgan 50
.   Tadqiqotchilar   Isbiskat   qishlog’i   (taxminan   Pastdarg’om   tumani
joylashgan) va darvozasi, Samarqandning Isbask mavzeyi nomlarini, moniylar o’z
yepiskoplarini   «yespasag»   deb   nomlashganidan   kelib   chiqib,   moniylik   bilan
bog’la sha di 51
.   Abu   Rayhon   Beruniyning   yozishicha ,   «islom   mamlakatlarining
birontasida   ular   (moniylar)   markazlashgan   jo y ining   o’zi   yo’q;   ularning   jamoasi
faqat Samarqandda mavjud va (a’zolari) sabiyalar deb nomlanadi» 52
.
44
    -   - .     -     -Шихаб ад дин ан Насави Сират ас султан Джалал ад Дин     /     .   .	Манкбурны Перевод З М
.  .,    . 1996.  .	
Буниятова М Восточная литература С   81-82.
45
 Бартольд В.В. Общие работы по истории Средней Азии . ...  С.   233 .
46
 Бартольд В.В. Общие работы по истории Средней Азии . ...  С.   211 .
47
  Крюкова   В.   Смерть   и   похоронный   обряд   в   зороастризме   //   Хисматулин   А.А.,   Крюкова   В.Ю.   Смерть   и
похоронный   обряд   в   исламе   и   зороастризме.   Санкт-Петербург:   Центр   «Петербургское   востоковедение»,
1997. С.   170 .
48
  The   Fihrist   of   al - Nadim .  A tenth-century survey of muslim culture. Bayard Dodge editor and translator. Volume 1.
New York & London. Columbia university press, 1970. P.   32 .
49
 The Fihrist of al-Nadim. A tenth-century survey of muslim culture.  ...  P .   802-803 .
50
  Восточный Туркестан  в древности и раннем средневековье. Москва:   1992. С.   525 .
51
  Лурье   П.Б.   О   следах   манихеизма   в   Средней   Азии   //   Согдийцы,   их   предшественники,   современники   и
наследники:   на   основе   материалов   конференции   «Согдийцы   дома   и   на   чужбине»,   посвященной   памяти
Б.И.Маршака. Санкт-Петербург: Издательство Государственного Эрмитажа, 2013. С.   229-230
52
  Абу   Рейхан   Бируни.   Памятники   минувших   поколений   /   Перевод   и   примечания   М.А.   Салье.   Избранные
произведения. Т.1. Ташкент: 1957. С.   213 X   asrda   Samarqand   viloyatining   Urgut   tumanida   Vazkard   nomli   xris tian
manzili   bo’lgan 53
  va   bu   yerda   xristian   cherkovi   ishlab   turgan 54
.   Bu   yerda   Ibn
Havqal   kelib   chiqishi   iroqlik   bo’lgan   xristianlarni   uchratgan   edi 55
.   1046   yilda
Samarqandda   nestorian   metropoliyasi   o’z   mavjudligini   davom   ettirgan 56
.   1248
yilda   Samarqandda   bo’lgan   arman   podshosi   Gaytonning   ukasi   Sembatning
yozishicha,   shaharda   xristian   cherkovi   va   Iso   hamda   uch   avliyoning   rasmi
tushirilgan surat bo’lgan 57
.
XII asrda Samarqandda bo’lgan sayyoh Benyamin Tudelskiy orasida olimlar
va boy kishilar ko’p bo’lgan yahudiylar jamoasini tilga olgan edi 58
.
Samarqanddagi   Navbahor   darvozasining   nomi   qachonlardir   bu   hududda
buddaviylik   monastiri   bo’lganligidan   darak   beradi 59
.   Bunday   nomdagi   darvoza
Buxoroda   ham   bo’lgan.   Balxda   esa   VIII   asr   boshlarida   tilga   olingan 60
butparastlarning binosi Navbahor deb nomlangan 61
.
IV.2.§ Iqtisodiy hayot va ijtimoiy tuzum
Samarqandning   Arab   xalifaligi   tarkibida   bo’lishi,   boshqa   viloyatlar   bilan
iqtisodiy   aloqalarning   kuchayishi,   musulmon   dunyosining   katta   qismida   savdo
qilish   imkoniyati   iqtisodiy   rivojlanishga   xizmat   qildi 62
.   Somoniylar   davrida
mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi sodir bo’ldi. 
Somoniylar   davrida   Movarounnahrda   tovar -pul   munosabatlari   qizg’in
rivojlanadi. Somoniylar mis, kumush va tillo tangalar chiqargan. Samarqand tanga
53
  Тахминан Вазкард Самар қ анд вилояти Ургут тумани Суфён   қ ишлоғи даги христиан черкови ўрнида бўлган
(Қаранг:   Раимкулов   А.А.   Из   истории   древних   религий   Самарканда   (христианство)   //   Роль   Самарканда   в
истории мирового культурного развития. Материалы международного научного симпозиума, посвященного
2750-летнему юбилею города Самарканда. Ташкент-Самарканд: Фан, 2007. С. 83 ).
54
  Буряков   Ю.Ф.   Христианство   на   Великом   шелковом   пути   //   Из   истории   древних   культов   Средней   Азии.
Христианство. Ташкент: 1994. С.   24
55
 Бетгер Е.К. Извлечения из книги «Пути и страны» Абу-л-Касима ибн-Хаукаля.  ...  С.   141 .
56
 Бартольд В.В. Работы по отдельным проблемам истории Средней Азии . ...  С.   290
57
 Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия . ...  С.   570
58
 Три еврейских путешественника. Москва: Мосты культуры, 2004. С.   160-161
59
 Бартольд В.В. Общие работы по истории Средней Азии . ...  С.   214
60
 Бартольд В.В. Общие работы по истории Средней Азии . ...  С.   214
61
  «История»   ат-Табари.   Избранные   отрывки   /   Перевод   В.И.Беляева.   Дополнения   О.Г.Большакова,
А.Б.Халидова. Тошкент: Фан, 1987.  С. 123, 421.
62
 Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии. … С.   133 . zarb   qilish   markazlaridan   biri   edi.   IX - X   asrlarda   «adli»   deb   atalgan   asosiy
nominaldagi va kichikroq turdagi « pashiz » mis chaqalari (fuls) chiqarilgan 63
. 
Mo’g’ullar   bosqinidan   oldin   O’rta   Osiyo   hududida   asosiy   muomalada   mis
dirhamlar   bo’lib,   ularni   o’nlab   zarbxonalar   chiqargan   va   mintaqaning   barcha
viloyatlari   tangalar   bilan   ta’minlangan   edi.   Mo’g’ullar   bosqinidan   keyin   faqat
ikkita   shaharda,   Buxoro   va   Samarqandda   muntazam   tanga   zarb   qilingan.   Ko’p
viloyatlar tushkunlikka yuz tutdi. Ko’p o’tmay Samarqand ham ma’lum muddatga
pulsiz xo’jalik davriga o’tdi 64
. 
IX-XI   asrlardagi   sopol   idishlarda   Samarqand   aholisining   diniy   madaniyatini
namoyish   etuvchi   qiziq   yozuvlarni   ko’rish   mumkin:   ochko’zlik   –   kambag’allik
oqibati;  so’zlardagi   o’ylanganlik  to’g’ri;   ko’p  gapirgan –  ko’p  xato qiladi;   sabr  –
baxt va quvonch kaliti; baxt – buyuk do’st emasmi; orzu – dadillik va saxiylikning
quli,   yumshoqlikning   avvali   achchiq,   oxiri   esa   asaldan   ham   shirin;   saxiylik   –
taqvodorlarning xususiyati 65
. Ko’pchilik hollarda sirlangan sopolga «baraka» so’zi
bitilgan 66
. 
Kulolchilikning taraqqiyoti ishlab chiqarish hajmini nisbatan ko’payi shida aks
etgan.   Bu   ishlab   chiqarishdagi   texnologik   jarayonlar   va   vositalar ning
takomillashishiga   olib   kelgan.   IX   asr   o’rtalarida   o’zgarishlar   cho’qqisiga   to’g’ri
keladi.   Murakkab   shakllar   va   ornamentli   kompozisiyalar   idishning   barcha
qismlarini ko’proq pardoz berish bilan ornamentsiz aniq proporsiyasiga almashdi 67
.
Shu bilan bir vaqtda, kulrang gilli sopollarning nodir ashyo sifatida O’rta va Yaqin
Sharqning ulkan hududida paydo bo’lishi  diqqatga sazovor. IX-X asrlarda ustalar
migrasiyasi kuchayganligi ehtimoli bor. XII – XIII asr boshlarida bu so’zsiz sodir
bo’lgan.   Kulollarning   ustaxo nalarini   shahar   ichiga   ko’chirilishi   turli   tarixiy
davrlarda   birinchi   navbatda   iqtisodiy   sabablar   bilan   bog’liq.   Ulardan   biri
63
  Кочнев   Б.Д.   Заметки   по   средневековой   нумизматике   Средней   Азии   //   История   материальной   культуры
Узбекистана. Выпуск 16. Ташкент, 1981. С. 77.
64
  Давидович   Е.А.   Денежные   хозяйство   Средней   Азии   после   монгольского   завоевания   и   реформа   Мас`уд-
бека ( XIII  в.) .  Москва: Наука, 1972. С. 129-130
65
  Соколовская Л.Ф. Новые данные о керамической мастерской квартала керамистов   X   –   XI   вв. на городище
Афрасиаб // История материальной культуры Узбекистана. Выпуск 24. Ташкент, 1990. С. 193.
66
 Шишкина Г.В. К топографии западной окраины средневекового Самарканда // К исторической топографии
древнего и средневекового Самарканда. Ташкент: Фан, 1981. С. 126. 
67
 Шишкина Г.В. Глазурованная керамика Согда (вторая половина  VIII  – начало  XIII в.). Ташкент: Фан, 1979. С.
33. Samarqandda   shahar   darvozalari   oldidagi   bozorlar   edi.   Ikkinchi   sababi   daryoga,
magistral kanallarga va suv havzalariga yaqinligi edi. Chunki bu omillar ularning
ishlab chiqarish ehtiyojini qondirgan 68
. 
Samarqandda kulollarning ixtisoslashgan mahallalari Somoniylar davrida, IX
asrda paydo bo’lgan va shahar hayotining oxirigacha Afrosiyobda mavjud bo’lgan.
X   asrda Samarqand matolari Sharqda tanilgan edi 69
. Shahar atrofidagi Vador
qishlog’i o’z matolari bilan mashhur edi. Ayrim tadqiqotchilar uni hozirgi Chelak
tumanida bo’lgan deyishadi 70
. 
XI-XII   asrlarga   oid   kulollar   ustaxonalari   arxeologlar   tomonidan
shahristonning  janubiy  qismida   o’rganilgan.  Shahristonning  markaziy  qismida  XI
asrga   oid   kulollarning   yirik   ko’p   xo’jalikli   mahallasi   joylashgan.   Jome’   masjid
yaqinida   metallurglarning   ustaxonalari   ham   bo’lgan.   Hunarmandchilik
ustaxonalarning asosiy qismi shahar atrofida –  rabod larda joylashgan. 
Samarqand   noni   O’rta   Osiyodagi   eng   shirin   non   hisoblangan.   Mashhur
Samarqand   noni   haqida   hikoya   ma’lum.   Aytadilarki:   «Bir   safar   Samarqand   noni
ustasini   boshqa   shaharga   taklif   qildilar.   Usta   ishlaydi,   nonlar   shirin,   lekin   ularga
nimadir yetishmaydi, asl Samarqand nonining nimasidir yetishmaydi. Gap nimada?
Usta menga Samarqand unini keltiring deydi. Un keltirishadi   –   baribir chiqmaydi.
Shunda   usta   Samarqand   suvini   ham   keltiring   deydi.   Suv   keltirishadi   –   yana
o’xshamaydi. Usta aytadi menga Samarqand havosi kerak» 71
. 
Afrosiyob shahri o’rnidagi qazishmalarda ko’ptarmoqli hunarmadchilik ishlab
chiqarishi   izlari   topilgan.   VIII   asrdan   bu   yerda   rivojlangan   shisha sozlik   bo’lgani
qayd   etilgan.   Ehtimol   shaharda   bir   emas,   bir   necha   shishasoz lik   markazlari
bo’lgan. Mahalliy shishasoz ustalar boshqa minta qalarning shishasozlik an’analari
bilan tanish bo’lgan 72
. 
68
 Шишкина Г.В., Ремесленная продукция средневекового Согда. Ташкент: Фан,1986. С. 59.
69
  Ibn   al - Faqih   al - Hamadani .   Abrege   du   livre   des   pays   traduit   de   l ’ arabe   par   Henri   Masse . Damas с, 1973.   P . 253,
303, 308.
70
  Раимқулов   А.А.,   Асланов   А.П.   Самарканд   вохасининг   ў рта   аср   рустоқлари   ва   уларнинг   локализацияси
масалалари хусусида // История материальной культуры Узбекистана. Выпуск 37, Самарканд, 2012. С.   153.
71
 Петров Ю.М. Самарканд. Климат и погода. Л., 1982. С. 12.
72
  Абдуразаков  А.А.  Сравнительное   изучение   химических   составов  средневековых стекол  из  разных   частей
Афрасиаба // История материальной культуры Узбекистана. Выпуск  23.  Т ашкент:  1990.  С .   182-183. Samarqand qog’ozi mintaqadagi eng yaxshi qog’ozlardan biri edi. Bu vaqtda
Samarqand   qog’ozi   Misr   papirusi   kabi   dunyoga   mashhur   edi 73
.   IX   asrdayoq
Samarqandda qog’oz rastasi (bozori) bo’lgan 74
. 
Manbalarda   Samarqand   butun   dunyo   savdogarlarining   boshpanasi   bo’lgani
qayd   etilgan 75
.   Shahar   bozorlari   turli   tilli   va   rang   barang   omma   bilan   gavjum
bo’lgan. Samarqand Sharq bilan G’arbni bog’lovchi mashhur Buyuk ipak yo’lidagi
eng   asosiy   nuqta   bo’lgan.   Bu   yerda   Xitoy   ipagi   va   chinnisini   ham,   Vizantiya   va
Misr   mahsulotlarini   ham   topish   mumkin   edi.   Lekin,   Samarqand   faqat   boshqa
mamlakatlardan   keltirilgan   buyumlar   bilan   mashhur   emas   edi.   Bu   yerda   ko’plab
nozik va noyob buyumlar yasovchi haqiqiy ustalar va hunarmandlar yashagan 76
. X
asr   geografi   Maqdisiy   Samarqanddan   chiqarilgan   turli   xil   ipak   va   matolar
( mumarjal,   sinizi ),   kumush   kimxob,   mis   qozonlar,   nafis   qadahlar,   chodirlar,   ikki
tomonga ochiladigan narvon lar va  suvluk 77
 haqida yozib qoldirgan 78
. 
Ijtimoiy   hayot .   Tadqiqotchilarning   fikricha   musulmon   olamining   Nildan
Yaksartgacha   bo’lgan   asosiy   qismidagi   o’rta   asr   shaharlari   ijtimoiy   tuzulishning
umumiy belgilariga ega bo’lgan 79
. Jamiyatning asosiy birlik lari oilalar, mahallalar
va birodarliklar bo’lgan. 
Arab xalifaligi bosqinchiligi O’rta Osiyodagi, ayniqsa, Sug’d va Xorazmdagi
eski   diniy   ulamolar   vakillarining   ko’pchiligini   yo’q   qilini shiga   olib   keldi.   Abu
Rayhon   Beruniy   yozganidek:   «Xorazmliklarning   yozuvini,   ularning   rivoyatlarini,
shular  orasida  nima  borligini   kim   bilsa,  barcha olimlarini  Qutayba  barcha  usullar
bilan tarqatib va yo’q qilib yubordi. Ular tarixida Islom kelgan vaqtda nima borligi
73
 Ibn al-Faqih al-Hamadani.  Abrege du livre des pays traduit de l’arabe par Henri Masse. Damas, 1973. P. 253, 303,
308.
74
  Нажмуддин   Умар   ибн   Муҳаммад   ибн   Аҳмад   ан - Насафий .   Ал - қанд   фий   зикри   уламои   Самарқанд
( Самарқанд   уламолари   хотирасига   доир   канд ( дек   ширин   китоб ))  /   Арабчадан   Усмонхон   Темурхон   ўғли   ва
Бахтиёр   Набихон   ўғли   таржимаси .  Т ошкент :  Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси , 2001.  Б.  14.
75
 Hudud al-Alam .  ‘The regions of the world’ A persian geography 372 A.H. – 982 A.D. Translated and explained
by V.Minorsky. Second edition. With the preface V.V.Barthold.   Edited by C.E.Bosworth. London: Messrs Luzac&
Company, Ltd. 1970. P .   112.
76
 Шишкин В.А. Афрасиаб – сокровищница древней культуры. Т ашкент:  1966. С.   29
77
  Юганнинг от оғзидаги темир қисми.
78
 Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия . ...  С .   295.
79
 Lapidus Ira M. The evolution of Muslim Urban society in Comparative Studies in Society and History, volume 15,
no 1.  ( January  1973).  P .   21. haqida  haqiqiy  aniq  bilimlar,  ma’lumotlar   yo’q» 80
.  Ammo  alohida  namoyandalar,
gohida   zardushtiylar   kohinlarining   guruhlari   tirik   qola   oldi.   Misol   uchun,
Muhammad   ibn   Muso   al-Xorazmiy   (783-850)   zardushtiylar   diniy   rahnamo lari
vakillaridan   birining  avlodi   edi.  Hatto   X  asr  manbalarida  Samarqandda  afsungar-
kohinlar bo’lganligi eslatib o’tilgan 81
. 
Umma ning   musulmon   jamoasi   ekanligi   haqidagi   nazariy   tasavvurlarga
qaramasdan   tezda   sunniy lar   va   shia larga   bo’linish   sodir   bo’ldi.   Ularning   har
ikkalasining   vakillari   o’z   diniy   ta’limoti,   huquqi,   ilohiyoti   maktablarini
rivojlantirishdi.   IX   asr   boshlarida   Abu   H anifa,   Malik   i   a sh -Sh o fe ’iy   kabi
nazariyotchilar   paydo   bo’ldi.   Ular   o’z   ta’limotini   rivojlantirdi 82
.   Manbalarga
tayanib   aytish   mumkinki,   IX - X   asrlarda   Samarqandda   Abu   Hanifa   izdoshlari
ustunlik qilgan. 
XI asr o’rtalariga kelib ilmiy diniy rahnamolari –   ulamo lar, butun musulmon
olamida   shaharlarning   ijtimoiy,   siyosiy   elitasiga   aylandi.   Bunga   turkiy
imperiyalarning   tashkil   topishi   va   elitaning   o’zgarishi   sabab   bo’lgan   deb   taxmin
qilishadi.   Barcha   elitalardan   faqat   ulamo lar   yashab   qoldi.   Ular   o’zlariga   eski
ma’muriy   va   dehqonchilik   elitalarining   ayrim   vazifalarini   oldilar.   Ulamo larning
asosiy   oilalari   dehqonlarning,   amaldorlarning   va   savdogarlarning   oilalari   bilan
qo’shilib ketdi. Bunday oilalar shahardagi yetakchilarga aylandi 83
. 
Ko’rilayotgan   davrda   shayx lar   boshchilik   qilgan   tasavvuf   tariqatlari   paydo
bo’ldi.   Asta-sekin   bu   tariqatlar   O’rta   Osiyo   va   musulmon   dunyosining   turli
chekkalaridagi   odamlar   guruhini   birlashtirdi.   Odamlar   u   yoki   bu   so’fiy   shayxlar
ta’limotiga   bo’lgan   hurmati   tufayli   ularning   atrofida   birlashgan.   XII   –   XIII   asr
boshlarida   samarqandlik   Rukn   ad-din   Abu   Hamid   Muhammad   ibn   al-Amid   al-
hanafi as-Samarkandiy  al-amidiya  so’fiylik tariqatining asoschisi bo’lgan 84
. 
80
  Абу Райхан Бируни. Памятники минувших поколений. Избранные произведения. Том-I. Ташкент, 1957. С.
48.
81
 Бетгер Е.К. Извлечения из книги «Пути и страны» Абу-л-Касима ибн-Хаукаля. - Труды Среднеазиатского
государственного   университета   им.   В.И.Ленина.   Ташкент,   1957.   вып.   IV .   /   Пер.   Е.К.Бетгера,   комментарии
Д.Ю.Арапова. Материалы по истории СССР. Выпуск  1.  М ., 1985.  С .   136.
82
 Lapidus Ira M. The evolution of Muslim Urban society in Comparative Studies in Society and History.  ...  P.   31-32.
83
 Lapidus Ira M. Muslim cities and Islamic societies in Middle Eastern cities. Edited by Ira M. Lapidus. University of
California press. Berkeley and Los-Angeles, 1969.  Р.   52-53.
84
 Буниятов З.М. Государство хорезмшахов-Ануштегинидов.  . ..  С.   125 Samarqandga   musulmon   olamining   g’arbiy   viloyatlaridan   Muhammad
payg’ambar   (s.a.v.)   avlodlari   vakillari   ko’chib   o’tadilar.   Qo’lyozmalarda   va
Samarqand qabrtoshlarida al-Hasaniy, al-Husayniy   nisbali sayyidlarning ismlari XI
asrdan   qayd   qilingan.   Ularning   ayrimlari   asli   Iroq,   Bag’doddan   bo’lgan 85
.
Manbalarda Samarqandda ko’proq Husayn ibn Alining avlodlari eslatilgan 86
. 
Endilikda   Somoniylar   davrining   hashamatli   imoratlari   yo’qola   borgan.
Badavlat   shaharliklar   egallagan   yerlarga   hunarmandlar   ko’chib   borib   obod   qila
boshlaganlar.   Shahar   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishining   markaziga   aylangan,
kundan-kunga shaharliklar ning ijtimoiy tizimi o’zgara borgan 87
. 
Shahar   aholisining   etnik   tarkibi   xilma-xil   bo’lgan.   Manbalardagi
ma’lumotlarga   ko’ra,   forsiyzabonlar   bilan   birga   shahar   aholisining   bir   qismini
turkiyzabon   aholi   tashkil   etgan.   Turkiylarga   hukmron   Qoraxo niylar,
Xorazmshohlar sulolasi mansub bo’lib, ular asosan turk harbiy elitasiga tayangan.
Aholining alohida toifasini Somoniylar gvardiyasida xizmat qilgan harbiy qatlam  –
turklar tashkil etgan. Ilk islom davrida shaharlar aholisi sonining o’sishi kuzatiladi.
Shubhasiz,   bunday   demog rafik   o’sish   Samarqandda   ham   kechgan.   Arxeologik
materiallarga   ko’ra   bu   jarayon   kengayib   yirik   hududni   qamrab   olgan.   Savdo-
sotiqning o’sishi shahar iqtisodiyotining o’sishiga olib keldi va migrantlarni o’ziga
jalb   qildi.   Ko’pchilik   hollarda   arablar   shaharlarni   to’liq   egallab   olmagan.   Ular,
masalan,   Buxoro,   Marv,   Nishopur   kabi   shaharlar   atrofidagi   qishloqlarni   afzal
ko’rgan 88
.   «Sug’diy»,   «sug’diylar»,   «Samarqand   Sug’di»   atamalari   O’rta
Zarafshon   va   mintaqa   aholisining   ayrim   vakillariga   nisbatan   ishlatilishi   XII   asr
manbalarida ishlatilishda davom etgan 89
. 
XI-XII   asrlarda   shahar   aholisining   shakllanishiga   musulmon   olami ning
boshqa viloyatlari, shaharlaridan ko’chib o’tuvchilar  ham ancha katta ahamiyatga
85
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   83
86
  Нажмуддин   Умар   ибн   Мухаммад   ибн   Ахмад   ан-Насафий.   Ал-канд   фий   зикри   уламои   Самарканд .   ...   Б.
168-169.
87
  Ташходжаев   Ш.С.  Самаркандский   жилой   дом   IX - X   вв.   //   История   материальной   культуры   Узбекистана.
Выпуск 13. Ташкент, 1977. С. 106.
88
 Lapidus Ira M. The evolution of Muslim Urban society in Comparative Studies  in Society and History . ...  P.   26.
89
  Нажмуддин   Умар   ибн   Муҳаммад   ибн   Аҳмад   ан - Насафий .  Ал - қанд   фий   зикри   уламои   Самарқанд . ...   Б.  198,
242. ega   bo’lgan.   Bularga   Bag’dod,   Nishopur,   Marv,   Nasaf,   Balx,   Xo’jand,   Kesh,
Qo’qon,   Xorazm,   Choch,   Zomin,   Koson,   Farob   kabi   aholi   maskanlarini   kiritish
mumkin 90
.   Shuningdek,   shaharda   Buxoro,   Termez,   Taroz,  
Seraxs,   Kushoniya,
Vobkent,   Ishtixon,   Hamadon,   Basra,   Ustrushona,   Isfaxondan   kelgan   olimlar
bo’lgan,   yashagan,   mudarrislik   qilgan 91
.   Samar qand   hokimi   Abulhasan   Foiq   ibn
Abdulla   al-Xossa   al-Andalusiy   nisbasiga   ko’ra   Ispaniyaning   musulmon   qismidan
bo’lgan.   Samarqandlik larning   o’zi   ham   islom   olamining   turli   qismlarida   Eron,
Kufa, Makka va boshqa shaharla rida yashash imkoniyatiga ega bo’lgan 92
. 
Samarqandliklarning   tasavvurlari,   ularning   ma’naviy   hayoti   haqidagi   qiziq
ma’lumotlar   qabrtosh   bitiklarida   ham   saqlanib   qolgan.   Bizgacha   yetib   kelgan
Samarqanddagi   ilk   qabrtosh   XI   asr   oxiriga   tegishli.   Samarqanddan   topilgan   qabr
ustiga qo’yilgan g’ishtdagi ilk kufiy yozuv ham XI asrga oid 93
. 
Qayroqtoshlarning soni   XII asrda ko’payadi, mo’g’ullarning kelishi bilan esa
ularning   soni   qisqaradi.   O’rta   Osiyoning   boshqa   hududlaridagi   qayroqtoshlardan
Samarqand   qayroqlari   nafis   bezaklari   bilan   ajralib   turgan 94
.   Samarqandning
musulmon qabrtoshlari so’nggi o’rta asrlarda «qay roq» nomini oldi. Qayroqlarning
ko’pchilik   qismi   erkaklarga   bag’ishlangan.   Mutlaq   ko’pchiligi   ruhoniylarga,
kamroq qismi harbiylar va savdo-hunarmandlar qatlamiga tegishli bo’lgan 95
. 
Ko’pincha   epitafiyalarda   go’r   «qabr»   so’zi   bilan   berilgan.   XII   asrning
ikkinchi   yarmidan   yozuvlarda   Qur’on   kalimalari   tarqala   boshladi.   Eng   ommaviy
kalima 29 suraning oyati  « Inson qalbi doimo o’limga tayyor »  edi 96
.  
Samarqanddan   topilgan   birinchi   qabrtosh   844-845   yillarga   oid 97
.
Yozuvlarning arab tilidagi matni «kufiy» yoki «nas’h» xatida, fors tilidagilari esa
90
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   75,   102,   114,   128,   131,   145,   151.
91
 Нажмуддин Умар ибн Муҳаммад ибн Аҳмад ан-Насафий. Ал-қанд фий зикри уламои Самарқанд . ...   Б.  105,
109, 129,   142, 154,   156,   157,   164, 173,   193,   239.
92
  Нажмуддин   Умар   ибн   Му ҳ аммад   ибн   Аҳмад   ан-Насафий.   Ал-қанд   фий   зикри   уламои   Самарқанд .   ...   Б.
208-209.
93
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   39 .
94
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   11 .
95
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   33 .
96
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   36 .
97
 Эпиграфика Востока. вып  XI . Москва, 1956. С. 12. sodda   tez   yozuvda   yozilgan.   XII   asrdan   fors   tilidagi   epigrafik   yozuvlar   paydo
bo’lgan. Ularda ruboiylar ham joylashtirilgan 98
. 
Shahar tuzilmasi
Qal’a   (ark) .   IX   asring   ikkinchi   yarmi   va   X   asring   birinchi   yarmida
Movarounnahr,   jumladan,   Samarqand   aholisi   iqtisodiy   va   madaniy   yuksa lishni
boshdan kechiradi. 
Bu   davrda   Samarqandda   qurilish   gullab   yashnaydi.   Ko’chalar   kengay tiriladi
va qayta quriladi, shahar mahallalarga bo’linadi. Mahallalarda hovuzlar, masjidlar,
hammomlar qurilgan 99
. 
Samarqandning   tarixiy   shakllangan   qiyofasi   Zarafshon   vodiysining   yer
tuzulishi   va   iqlimi   ta’sirida   vujudga   kelgan.   Shahar   ko’chalari   ko’pchilik   holatda
Sharqdan   G’arbga,   janubi-sharqdan   shimoli-g’arbga   qarab,   quyosh   yo’nalishiga
moslangan. Bu bir vaqtning o’zida shamol yo’nalishiga ham mos bo’lgan. Natijada
yilning   xohlagan   vaqtida   shahar   havosining   yangilanishi   ta’minlangan.   Jamoat
binolari   va   odamlar   turar   joylarining   eshik   va   derazalari   rangli   oynalar   bilan
bezatilgan 100
. 
X asrda shaharda bo’lgan Ibn Havqal yozgan: «unda qal’a (ark), shahriston va
rabod bor. Qal’a (Ark)da bizning zamonda qamoqxona qurilib bo’lgan va hukmdor
saroyi   joylashgan,   ammo   u   xarob   holda.   Men   qal’a   (ark)ga   ko’tarilganman   va
ajoyib   manzarani   ko’rganman.   U   manzarani,   ya’ni,   yam-yashil   daraxtlar,   ajoyib
qasrlar,   oqib   turgan   kanallar   va   tuganmas   madaniyatni   qachonlardir   odam   nigohi
ko’rib   zavqlangan.   Bu   yerda   turib,   biror   bir   yoqimsiz   joyni,   kishini   shod
qilmaydigan   yo’lni   ko’rish   mumkin   emas.   Maydonlar   ajralib   turadi,   shaharni
bezovchi   binolar   qad   ko’tarib   turadi.   Unda   suvalgan   sarv   daraxtidan   yasalgan   ot,
buqa,   tuya,   antilopa   kabi   hayvonlarning   g’alati   rasmlarini   ko’rish   mumkin.   Ular
98
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   57-60 .
99
  Бурякова   Э.Ю.   Раскопки   бань   на   территории   средневекового   Самарканда   //   История   материальной
культуры Узбекистана. Выпуск  20.  Т ашкент:  1986.  С.   166.
100
 Петров Ю.М. Самарканд. Климат и погода. Л., 1982. С.   35. shunday qo’yilganki, go’yo bir-biriga mo’ralab turgandek jangga yoki musobaqaga
kirishayotgandek ko’rinadi» 101
. 
Samarqand   qal’a   (ark) ,   shahriston   (madina)   va   raboddan   iborat   bo’lgan.   X
asrda shahar qal’asi (arki) yog’och, paxsa bilan mustahkamlangan edi. Devorning
sirti   yaxshilab   shuvalgan 102
.   Shahar   qal’asini   belgilash   uchun   manbalarda   ark,
qal’a, kuxandiz, diz  kabi iboralar ishlatilgan 103
. 
XI   asrda   shahar   topografiyasida   jiddiy   o’zgarishlar   yuz   beradi.   Afro siyob
shahrining g’arbida yirik mahallalar ko’zga tashlanadi. X asrda paydo bo’lgan va
qadrlangan   mozor   kattalashib,   qabristonga   aylangan.   Kesh   darvoza sining   janubi-
g’arbidagi hududda sinchli binolar qurilib, obodonlash tirilgan 104
. 
Darvozalar va mudofaa devorlari.   Shahar shahristoni baquvvat devorlar va
4   darvoza   bilan   o’ralgan   edi.   Ibn   al - Faqih   bo’yicha:   Kesh,   Xitoy,   Ustrushona   va
Temir   darvoza.   Jayhoniy   va   al-Muqaddasiy   bo’yicha:   sharqiy   –   Xitoy,   g’arbiy   –
Navbahor, shimoliy – Buxoro va janubiy – Kesh 105
. Ular ning ko’pchiligining o’rni
arxeologlar   tomonidan   aniqlangan.   “Navbahor”   nomli   darvoza   Balxda   ham
bo’lgan 106
. 
Nadjmid-din   Umar   an-Nasafiyning   yozishicha,   Abu   Muslim   (Abdurah mon
ibn   Muslim   ibn   Shanfayrruz   al-Marvaziy   al-Xurosoniy)   750   yilda   Samarqandga
kelgan   va   751   yilda   shahar   atrofida   mudofaa   devorini   qurgan.   Biroq,   ayrim
tarixchilar   bu   devorni   u   752   yilda   qurgan   deya   keltirishadi.   Devorni   tashqi
tomondan 450 ta qal’a himoya qilgan. Uning balandligi 15 ziro (11,25 m.), eni  7
ziro (4,55 m.) va uzunligi – (6 km. 750 m.)ni tashkil etgan. Devorda 360 ta minora
bo’lgan 107
. 
101
 Бетгер Е.К. Извлечения из книги «Пути и страны» Абу-л-Касима ибн-Хаукаля. ... С. 135-136.
102
  Иневаткина   О.Н.   Цитадель   Афрасиаба   (работы   1977-1979   гг.)   //   История   материальной   культуры
Узбекистана. Выпуск 18. Ташкент, 1983. С.   90
103
 Бартольд В.В. Работы по исторической географии и истории Ирана // Академик В.В. Бартольд. Сочинения.
Том  VII . Москва: Наука, 1971. С.   413.
104
  Шишкина   Г.В.   К   топографии   западной   окраины   средневекового   Самарканда   //   К   исторической
топографии древнего и средневекового Самарканда. Ташкент: Фан, 1981 С.   130
105
  Мухтаров   А.   Джейхани   о   городах   Мавераннахра   //   Позднефеодальный   город   Средней   Азии.   Ташкент :
1990.  С . 16,   20; Al-Muqaddasi. The best divisions for knowledge of the regions. A translation of Ahsan al-Taqasim
fi Ma’rifat al-Aqalim. Translated by Basil Anthony Collins, Muhammad Hamid al-Tai. Reading: Centre for muslim
contribution to civilization and Garnet publishing limited, 1994. P.   248, 240.
106
 Al-Muqaddasi. The best divisions for knowledge of the regions.  ...  P.   266.
107
  Нажмуддин   Умар   ибн   Муҳаммад   ибн   Аҳмад   ан - Насафий .  Ал - қанд   фий   зикри   уламои   Самарқанд . ...   Б.  87 . Samarqand   tashqi   devorining   aylanasi   taxminan   60   km   bo’lib,   keyinchalik
Devori Qiyomat, Kampir devor, Devori Ko’ndalang  nomlari bilan atalgan. Uning 8
darvozasi   bo’lib,   ular   somoniylar   hukumati   tomonidan   aholining   isyonkor
kayfiyati tufayli vayron qilingan 108
. 
Ibn   al-Faqihning   yozishicha   butun   shahar   maydoni   devor   bilan   o’ralgan
bo’lib, 12 darvozasi bo’lgan. Ibn Havqal 4 darvozaning nomlarini keltiradi: Xitoy
(sharqiy),   Navbahor   (g’arbiy),   Buxoro   (shimoliy),   Katta   (janubiy).   Shuningdek   u
shaharning   tashqi   darvozalarini   yoki   rabodning   darvozalarini   ham   aytib   o’tgan:
Gadavad,   Isbask,   Suxashin,   Varsanin,   Fenek,   Ko’hak,   Rivdod,   Farruxshid   va
Afshin 109
.   Bulardan   ikkitasining   o’rni   arxeologlar   tomonidan   aniqlangan:
Farruxshid (Darvozaxona) Samarqand ning janubi-g’arbida, hozirgi Sartepa massivi
hududida   va   Isbisk   (Childuxtaron)   Devori   Qiyomat   chegarasida   joylashgan.
Ko’hak   darvozasi   taxminan   Cho’ponotaning   janubi-sharqiy   etagida   Nog’oratepa
yaqinida   bo’lgan.   Afshin   darvozasi   Cho’ponotaning   g’arbiy   etagida   bo’lgan 110
.
Shahar darvozalari paxsa va xom g’ishtdan qurilgan 111
. 
Samarqand   4   qator   mudofaa   devori   bilan   o’ralgan   bo’lgan.   Paxsa   va   xom
g’ishtdan   yasalgan   1,5   km.   atrofidagi   birinchi   devor   o’rta   asrlardagi   Samarqand
shahrining   nisbatan   oldingi   shimoliy   qismini   chegaralagan.   Shuningdek,   5   km
atrofidagi to’rtinchi mudofaa devori ham bo’lib, u butun Afrosiyob shahri hududini
o’z ichiga olgan 112
. 
Samarqand   shahrining   ayrim   darvozalari   shaharlar   nomi   bilan   atalgan
(Buxoro, Kesh). Chunki ular shu shaharlarga eltuvchi  yo’lda joylashgan. Bu jihat
boshqa   musulmon   shaharlariga   ham   xos   bo’lgan.   Masalan,   Sabzavor 113
,   Bag’dod
va boshqalar. 
108
 Бартольд В.В. Работы по исторической географии.  ...  С.   189.
109
 Бетгер Е.К. Извлечения из книги «Пути и страны» Абу-л-Касима ибн-Хаукаля. ... С. 136-137.  
110
  Лебедева   Т.И.   Сельская   округа   и   её   роль   в   формировании   раннесредневекового   Самарканда   (по
материалам   сельской   округи   Самарканда).   Автореферат   диссертации   на   соискание   ученой   степени
кандидата исторических наук. Ташкент: 1994. С.   9.   14,   18.
111
  Бурякова   Э.Ю.   Археологические   раскопки   и   наблюдения   в   рабаде   Самарканда   IX - X   вв.   //   История
материальной культуры Узбекистана. Выпуск 13. Ташкент: Фан,   1977. С.   121,   124
112
 Шишкин В.А. Кала и Афрасиаб // Афрасиаб. Выпуск 1. Ташкент: 1969. С.   139-140.
113
  Kheirabadi   Masoud .  Iranian cities. Formation and development. Syracuse university press, 2000. P.   53. Jayhoniy   Samarqandning   tarkibiy   qismlarini   shunday   ko’rsatgan:   ark   –
ko’handiz   qal’asi   bilan,   bir-biridan   uzoq   bo’lmagan   masofada   joylashgan   jome’
masjidi va bozor 114
. 
Rabodlar.  Samarqand rabodlari yirik hududlarni egallagan. Avval ular shahar
devori tashqarisidagi shaharcha bo’lgan. Keyinchalik mas’hulot ishlab chiqarish va
savdo   markazlariga   aylangan.   Bu   yerda   hunarmandchilik   ustaxonalari   va   savdo
rastalari   joylashgan.   Shahristondan   sharqda,   Cho’ponota   tog’lari   etagida
joylashgan   raboddagi   arxeologik   qazishmalar   misolida   tadqiqotchilar   rabod   VIII -
IX  asrlarda shakllana boshlagan deb faraz qiladilar. Jumladan, bu yerda kulolchilik
ustaxonasi joylashgan. Aftidan, asosan janubiy va g’arbiy hududlar o’zlashtirilgan.
Shimoliy   hududlar   sust   o’zlashtirilgan.   VIII   asrdan   Registon   hududi
o’zlashtirilgan.   IX - XI   asrlarda   bu   yerda   kulolchilik,   zargarlik   ustaxonalari
joylashagan 115
.   Tadqiqotchilar   shaharning   asosiy   savdo-iqtisodiy   markazi   Kesh
darvozasi dan   janubda   bo’lgan   deb   hisoblaydilar 116
.   Bu   yerda   joylashgan   rasta
Samarqand   Sug’dining   bozori   deb   atalgan.   Uning   markazida   chorsu   –   gumbazli
savdo   inshooti   bo’lgan.   Bozorning   ikkita   rastasi   jome’   masjidining   shimoli   va
janubida joylashgan edi 117
. 
Shaharning   diniy-ma’rifiy   markazlari.   Islom   dinida   ibodat   uyi   masjid
hisoblangan. VIII  asr  oxiriga kelib masjidlarning o’ziga xos qiyofalari  qaror  topa
boshladi va bu vaqtga kelib minoralar va mehroblar paydo bo’ldi. Keyinchalik esa
imom   uchun   minbar   va   uning   yonida   taxtasupa   vujudga   keldi.   Juma,   jome’
masjidlari bilan bir qatorda mahalla, saroylar va boy xonadonlardagi uy masjidlari,
karvonsa roylardagi,   keyinroq   esa   madrasa   masjidlari   qurila   boshlangan.   Masjid
musulmon jamiyati hayotida alohida o’rin egallagan, u nafaqat ibodat uyi, balkim
turli vazifalarni bajargan jamoat binosi ham hisoblangan 118
. 
114
  Мухтаров   А .  Джейхани   о   городах   Мавераннахра. ...   С. 16, 20.
115
 Бурякова Э.Ю. Археологические раскопки и наблюдения в рабаде Самарканда  IX  –   X   вв.  ...  С.   119,   127.
116
 Анарбаев А. Благоустройство средневекового города Средней Азии ( V -начало  XIII   в.). Ташкент: Фан, 1981.
С.   69 .
117
 Анарбаев А. Благоустройство средневекового города Средней Азии . ...  С.   72
118
 Большаков О. Г.  Масджид // Ислам. Энциклопедический словарь. Москва: Наука,   1991. С. 160 X asr  boshlarida jome’  yoki  juma masjidlari  (yoki  masjid  al-jome’)  vujudga
kela boshladi. Ularda juma namozlari bilan birga shahar va uning atro fi dagi barcha
musulmonlar to’planadigan xutba namozlari ham o’qilgan 119
. 
Islom   dastlab   har   qanday   buyumlarga   topinishni   (Makkadagi   «qora   tosh»
bundan mustasno), majusiylikning asosiy belgilaridan biri sifatida rad etgan. Biroq
IX   asr   oxiridan   boshlab   as’hoblar   va   e’tiborli   musulmon   allamolarining   qabri
ustida maqbaralar va masjidlar qurilishi qayd etila boshlandi. Shuningdek, ziyorat
obyekti   bo’lgan   mozorlar   paydo   bo’la   boshladi.   Bular   odatda   musulmon
avliyosining   qabri   atrofida   paydo   bo’lgan   mozorlar   hisoblangan.   Avliyolarning
qabriga   sajda   qilish   X   asr   oxiridan   boshlab   keng   yoyila   boshlanadi   va   bunda
so’fiylik va uning katta hurmatga ega bo’lgan shayx-pirlari katta rol o’ynagan 120
.
E’tiborli   jihati   shundaki,   XI-XII   asrlarda   Samarqandda   kamida   uchta   diniy-
ma’rifiy   markazlar   shakllangan   edi.   Bulardan   birinchisi,   shaharni   shimoliy
qismida,   uning   markazida   katta   jome’   masjidi   bo’lgan.   Masjidning   yonida   esa
Qoraxoniylar   sulolasi   vakillari   dafn   etilgan   maqbara   joylashgan.   Ikkinchisi,
shaharning janubiy qismida payg’am barimizning amakilari Qusam ibn Abbosning
maqbarasi bo’lib, XI asrdan boshlab uning atrofiga shaharning dunyoviy va diniy
elitasi   vakillari   dafn   etila   boshlangan 121
.   Uchinchi   markaz   esa,   Qusam   ibn   Abbos
maqbarasidan   janubda   joylashgan   Chokardiza   qabristoni   bo’lib,   bu   yerga   ham
mashhur islom dini vakillari dafn etilgan. 
Umuman   olganda   IX-XIII   asrlarda   shaharning   asosiy   diniy   markazi
Afrosiyobning shimolida, shahar istehkomining g’arbida joylashagan jome’ masjid
hisoblangan.   Bu   masjid   VIII   asr   o’rtalarida   qurilgan   va   kvadrat   shaklga   ega
bo’lgan 122
.   Uning   tarkibida   to’g’ri   burchakli   katta   hovli   va   hovlining   g’arbiy
qismida   masjidning   asosiy   binosi   joylashgan.   Masjid   paxsa,   ba’zi   joylari   xom
g’ishtdan   terilgan   devor   bilan   o’ralgan 123
.   Al-Muqaddasiy   al-Jayhoniyning
119
 Большаков О. Г.  Манара // Ислам. Энциклопедический словарь. Москва: Наука,   1991. С. 157 .
120
 Большаков О. Г.   Мазар // Ислам. Энциклопедический словарь.  Москва: Наука,   1991. С.   151 .
121
  XVI   асрдан бошлаб ушбу муқаддас қадамжо Шоҳи Зинда номини олди .
122
  Иваницкий   И.Д.   К   истории   сложения   соборной   мечети   на   Афрасиабе.   //   Культура   древнего   и
средневекового   Самарканда   и   исторические   связи   Согда.   Тезисы   докладов   советско-французского
коллоквиума. Т ашкент:   1990. С.   41-42
123
 Шишкин В.А. К истории археологического изучения Самарканда и его окрестностей . ...  С .   28 ma’lumotlariga   asoslanib,   Sug’ddagi   eng   ajoyib   masjid   Samarqandda,   keyin
Keshda,   keyin   Nasafda,   keyin   esa   Kushoniyada   joylashgan   edi,   deb   ma’lumot
beradi 124
.   Xususan,   Samarqanddagi   jome’   masjidida   Qur’on   o’qilgan   va   Hadislar
bo’yicha munozaralar tashkil etilgan 125
.
Qoraxoniylardan   Ibrohim   Tamg’achxon   (1040-1068   yy.)   davrida   mazkur
masjidda   ta’mirlash   ishlari   amalga   oshirilgan   va   uning   maydoni   bir   yarim   marta
kattalashtirilgan. Ilgari masjidning janubiy tomonidan mavjud bo’lgan bitta kirish
eshigi   o’rniga   uchta,   shimoliy   tomonidan   ikkita   kirish   eshiklari   qurdirilgan.
Masjidning   sharqiy   tomonidagi   kirish   eshigi   esa   avvalgi   holicha   qoldirilgan.
Keyinchalik   jome’   masjidi   Qoraxoniylardan   Arslonxon   (1102-1130),   Qilich
Tamg’achxon Ma’sud (1160-1178) va Ibrohim ibn Husayn (1178-1202)lar davrida
bir necha marta ta’mirdan chiqarilgan. Shuningdek, mazkur jome’ masjidi yonida
Ibrohim   ibn   Husayn   yoki   yirik   amirlardan   birining   qabri   joylashganligi   ham
ehtimoldan holi emas 126
. 
Jome’   masjidi   1212   yilda   Usmonning   Xorazmshoh   Muhammadga   (1200-
1220)   qarshi   isyoni   vaqtida   jiddiy   zarar   ko’radi.   Shuning   uchun   Xorazmshoh
Muhammad   1212-1214   yillarda   bu   yerda   ta’mirlash   ishlarini   amalga   oshirgan   va
hatto masjid maydonini 137 metrga kengaytirgan edi 127
.   
Chingizxonning   Movarounnahrga   yurishlari   boshlangan   vaqtga   kelib
Samarqand   jome’   masjidining   kattaligi   shimoldan   janubga   89   metr,   sharqdan
g’arbga   140   metrni   tashkil   etgan.   Shimoldan   janubga   tomon   masjid   to’g’ri
burchakli   va   kvadrat   ustunlarga   tayangan   yopiq   galereyali   bo’lgan.   Shuningdek,
uning tarkibida yozgi, qishki va yordamchi binolar ham bo’lgan. Masjidning jami
kirish eshiklari yettita bo’lib, namozxonlar shimol va janub tomondan uchta, sharq
tomondan   esa   bitta   eshikdan   kirishgan.   Masjidning   g’arbiy   qismida   mehrob
bo’lganligi   sababli   kirish   eshigi   bo’lmagan.   Xorazmshohlar   davrida   masjid
yog’och o’ymakorligi bilan boy bezatilgan bo’lib, ustunlari yog’ochdan ishlangan
124
 Al-Muqaddasi. The best divisions for knowledge of the regions.  ...  P. 248, 240.
125
  Нажмуддин   Умар   ибн   Муҳаммад   ибн   Аҳмад   ан - Насафий .  Ал - қанд   фий   зикри   уламои   Самарқанд . ... Б.  88.
126
  Кочнев   Б.Д.   О   так   называемом   мавзолее   караханида   Ибрахима   б.   Хусайна   //   Культура   древнего   и
средневекового Самарканда и исторические связи Согда. Ташкент, 1990. С.   38.
127
  Буряков Ю.Ф., Садиев М., Федоров М.Н.   Соборная мечеть Самарканда в   XI   – начале   XIII   вв. // Афрасиаб.
Выпуск  IV . Ташкент:  1975. С.   96-99 edi.   Masjidning   ayvoni   g’arbdan   sharqqa   cho’zilgan   bo’lib,   ayvonning   ostki
qismiga pishgan g’isht terilgan 128
.
Jome’   masjidining   g’arb   tomonida   7x7   m.   o’lchamdagi   kvadrat   shakldagi
bino   bo’lib,   u   sirli   koshinlar   bilan   ajoyib   bezatilgan.   Binoga   shimol   va   janub
tomondan kirish eshiklari o’rnatilgan bo’lib, uning pishgan g’isht terilgan polidan
uchta   sag’ana   (qabr)   topilgan.   Katta   ehtimol   bilan   bu   Qoraxoniylar   sulolasining
vakili   Ibrohim   ibn   Husaynning   (1180-1198)   maqbarasi   bo’lib,   unga   katta
musulmon   qabristoni   tutashib   ketgan.   Bu   yerda   yana   bir   nechta   binolarning
qoldiqlari   topilgan   bo’lib,   katta   ehtimol   bilan   ular   ham   maqbaralar   bo’lishi
mumkin 129
. 
Ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   XIII   asr   boshlariga   kelib   Samarqand ning
shimoliy   qismida   jome’   masjidi,   maqbaralar,   mozor,   bozor   maydoni   va
hunarmandlarning   do’konlaridan   iborat   diniy-ma’rifiy   va   savdo-iqtisodiy   markaz
mavjud bo’lgan 130
.
Boshqa   musulmon   shaharlari   bilan   Samarqandni   solishtiradigan   bo’lsak,
jome’   masjidi   atrofida   hammomlar,   madrasalar   va   maqbaralardan   iborat   majmua
mavjud   bo’lgan   deb   hisoblash   mumkin.   Bunday   qurilishlar   tarxini,   masalan,
Damashqdagi keyingi qurilishlar davrida kuzatishimiz mumkin 131
. 1220 yil martida
Chingizxon   qo’shinlari   Samarqandga   hujum   qilgan   vaqtda   shahar   himoyachilari
jome’   masjidi   va   istehkomga   yashirinishgan   va   qahramonlarcha   halok   bo’lgan
edilar. Bu voqyeadan so’ng Samarqand jome’ masjidi butun Afrosiyob shaharchasi
kabi o’z mavjudligini yo’qotgan edi. 
Maqbaralar   va   muqaddas   joylar.   X   asrda   butun   musulmon   dunyosida
masjidlar   sonining   ko’payishi   jarayoni   boshlangan.   Bu   davrda,   masalan,
Samarqandda   islom   targ’ibotchisi,   payg’ambarimizning   amakilari   Qusam   ibn
Abbosning qabri yaqiniga katta masjid barpo etilgan. Uning poydevori 2004 yilda
128
 Садиев М. Новые данные о соборной мечети Афрасиаба // История материальной культуры Узбекистана.
Выпуск 14. Ташкент: 1978. С.   98, 100, 101.
129
 Садиев М. Новые данные о соборной мечети Афрасиаба . ...  С.   92-94.
130
  Ташходжаев Ш.С. Археологические исследования древнего Самарканда в 1973 году // Афрасиаб. Выпуск
3.  Т ашкент:  1974.  С .   17.
131
 Richard van Leeuwen. Waqfs and urban structures. The case of Ottoman Damascus. Brill. Leyden. Boston. Koln,
1999. P.   209. amalga   oshirilgan   arxeologik   qazishmalar   vaqtida   topilgan.   Samarqand   shahrida
yana bir yodgorlik majmuasining paydo bo’lishi ham Qusam ibn Abbosning nomi
bilan bog’liq. Manbalarning guvohlik berishi cha, Qusam ibn Abbos tashqi jihatdan
payg’ambarimizga   o’xshash   bo’lgan.   Xalifa   Ali   davrida   (656-661)   Qusam   ibn
Abbos   dastlab   Madina   hokimi   sifatida  faoliyat   yuritgan,  keyinroq   u  Makka   noibi
sifatida   musulmon larning   Haj   ziyoratlarini   amalga   oshirishlariga   mas’ul   bo’lgan.
676   yilda   Qusam   ibn   Abbos   arablarning   old   qo’shinlari   bilan   Samarqandga
(boshqa   ma’lumotlarga   ko’ra   Marvga)   yetib   keladi   va   shu   yerda   halok   bo’lgan.
Keyinchalik u to’g’risida xalq orasida turli afsonalar paydo bo’lgan. 
Afsonalarga ko’ra, Qusam  ibn Abbosning qo’shinlari namoz vaqtida kofirlar
tomonidan   qilichdan   o’tkazilgan.   Lekin   Qusam   ibn   Abbos   mo’jiza   tufayli   omon
qoladi,   ya’ni,   uning   qarshisida   turgan   mehrob   ochilib,   u   yashirinishga   muvaffaq
bo’lgan.   Yodgorlikning   nomi   –   «Shohi   Zinda»   –   «tirik   shoh»   nomining   kelib
chiqishi   ham   mana   shu   afsona   bilan   bog’liq.   XII   asrga   oid   «Qandiya»dagi
ma’lumotlar   va   Ibn   Battuta   (XIV   asr)ning   qaydlariga   e’tibor   beradigan   bo’lsak,
o’sha vaqtlarda Shohi Zinda nomi umuman mavjud bo’lmagan. XV asr oxirlarida
bu   yodgorlik   majmuasiga   nisbatan   Mozor   Shoh   (shohning   mozori)   nomi
qo’llanilgani   qayd   etilgan,   xolos.   Shohi   Zinda   nomi   faqat   XV   asrga   kelib   paydo
bo’lgan   va   taxminan   shu   davrda   bu   nom   Hirot   shahridagi   muqaddas   joylardan
birini nomlash uchun qo’llanilgan edi 132
.
Bu   birinchi   navbatda   XI-XII   asrlarda   islom   dinida   yangi   tasavvuf
oqimlarining   paydo   bo’lishi,   so’fiylik   va   u   bilan   bog’liq   holda   «avliyo»lar   dafn
etilgan   joylarni   ziyorat   qilish   an’analarining   paydo   bo’lishi   bilan   izohlanadi.   Shu
davrdan   boshlab   g’oziylar   –   «haq   din   uchun   kurashchilar»,   ilohiyotchilar,
allamolar   va   dunyoviy   hukmdorlarning   mavjud   yoki   mavjud   bo’lmagan   qabrlari
ustida   katta   sondagi   maqbaralar   va   xilxonalar   paydo   bo’la   boshlaydi.   Masalan,
Qobulda, O’ratepa va boshqa joylarda xalq ommasi Qusam ibn Abbos yoki uning
qarindoshlari, izdoshlari nomi bilan bog’laydigan ko’plab ziyorat joylari mavjud. 
132
  A   chronicle   of   the   early   Safawis   being   the   Ahsanut   –   tawarikh   of   Hasan-i-Rumlu.   Volume   II.   Translated   by
C.N.Seddon. Calcutta: Orientalinstitute Baroda, 1934.  Р.   156. O’rta   asrlarda   «kimki   Samarqandda   vafot   etsa,   yettinchi   falakda   vafot   etgan
hisoblanadi,   qiyomat   kuni   malaklar   bilan   birga   jannatga   kiradi»,   deb
hisoblangan 133
. X asrda Samarqandning Chokardiza («jangchilar istehkomi» degan
ma’noni   bildiradi)   degan   joyida   yetakchi   ilohiyotchilardan   biri   Abu   Mansur   al-
Moturidiy (870-944 yy.) dafn etilgan yangi mozor vujudga kelgan. Keyinchalik bu
yerga   Markaziy   Osiyoning   turli   hududlaridan:   Nasaf,   O’zgan,   Shosh,   Isfijob   va
boshqalardan   yetishib   chiqqan   yuzlab   buyuk   olimlar,   sayidlar
(payg’ambarimizning avlodlari), shayxlar, imomlar va g’oziylar dafn etilgan 134
.  Bu
yerda   katta   masjid   va   boshqa   me’moriy   obidalar   qad   rostlaydi.   Chokardiza
qabristoniga,   shuningdek,   yirik   islomshunos   olim,   fiqh   ilmining   sultoni
Burhoniddin   al-Marg’inoniy   ham   dafn   etilgan.   Bu   yerga   shuningdek,   1141   yil   9
sentyabrda qoraxoniylar  va saljuqiylarning sulton Sanjar  boshchiligida birlashgan
qo’shini   va   Movarounn a hrga   bostirib   kirgan   qoraxitoylar   bilan   bo’lgan   jangda
halok   bo’lgan   minglab   musulmon   jangchilari   ham   dafn   etilgan.   Keyingi
rivoyatlarga   ko’ra,   Chokardiza   mozoridagi   masjid   va   Abu   Mansur   al-Moturidiy
qabri qoshida qilingan ibodatlar ko’plab kasalliklar va dushmanlarning hujumlarini
qaytarishga yordam berar ekan 135
.
Sovetlar hukmronligi yillarida Chokardiza mozori buzib tashlangan, mashhur
kishilarning   maqbaralari   tashlandiq   ahvolga   kelib   qolgan,   qabristonning   katta
qismi esa aholiga yer uchastkasi sifatida taqsimlab berilgan edi. Faqat O’zbekiston
Respublikasi   o’z   davlat   mustaqilligini   qo’lga   kiritishi   va   birinchi   prezidentimiz
I. A. Karimovning   tashab buslari   bilan   tarixiy   adolat   qayta   tiklandi.   2000   yilda
Chokardiza   qabris tonida,   Abu   Mansur   al-Moturidiy   va   Burhoniddin   al-
Marg’iloniylar dafn etilgan yerlarda ulkan yodgorlik majmualari qad rostladi.
IX-X   asrlar   chegarasida   Xuroson   va   Movarounnahrda   xonaqohlar   (fors.
xonqoh)   –   s o’ fiylarning   birgalikda   yashash   va   ibodatlarini   bajarish   joyla ri   paydo
133
 Додхудоева Л.Н. Эпиграфические памятники Самарканда  XI - XIV   вв. Т.1.  ...  С.   75 .
134
  Бердимурадов   А.Э.,   Лебедева   Т.И.   Исследования   2000   года   на   мазаре   Чакардиза   в   г.Самарканде   //
Археология,   нумизматика   и   эпиграфика   средневековой   Средней   Азии.   Материалы   научной   конференции,
посвященной 60-летию со дня рождения Б.Д.Кочнева. Самарканд, 2000. С.   47-52 .
135
  Самария.   Описание   древностей   и   мусульманских   святынь   Самарканда   Абу   Тахир   ходжи   /   Перевод
В.Л.Вяткина // Справочная книжка Самаркандской области. 1898. Выпуск  VI . Самарканд, 1899. С.   168 . bo’la   boshladi 136
.   Samarqanddagi   dastlabki   xonaqohlar   XI   asrga   oid   bo’ lib,   qayd
etilishicha, ularning ayrimlari masjidlarning qarshisida barpo etilgan 137
. 
X-XI   asrlar   chegarasida   Afrosiyobning   janubiy   qismida   joylashgan   Qusam
ibn   Abbos   majmuasi   hududida   jome’   masjidi   qurilgan   bo’lib,   bu   zamonaviy
majmua   hududidagi   dastlabki   diniy-yodgorlik   qurilishi   hisoblanadi.   Bu   yerda   ilk
musulmon   qabristoni   hisoblangan   Banu   Naxiyya   joylashgan   edi.   Bu   mozorda   bir
qancha ilohiyotchilar, hadisshunoslar, masalan, Abu Tavba Sayyid ibn Hoshim ibn
Hamza   al-Atkiy   al-Kogaziy   as-Samarqandiy   (874   yilda   vafot   etgan)   dafn   etilgan
bo’lib,   uning   janozasini,   ma’lumotlarga   ko’ra,   shaxsan   Ismoil   ibn   Ahmad
Somoniyning o’zi o’qigan ekan 138
. 
XI-XII   asrlarda,   Qoraxoniylar   sulolasi   davrida   Samarqandda   ko’plab
maqbaralar   qurilgan .   1066   yilda   Qoraxoniylar   sulolasining   vakili   Ibrohim
Bo’ritegin (Ibrohim Tamg’achxon)ning farmoni bilan Qusam ibn Abbos maqbarasi
yaqinida   madrasa   qurdirilgan   bo’lib,   uning   qoldiqlari   majmua   hududida   olib
borilgan   arxeologik   qazishmalar   paytida   topilgan   edi.   Bu   muqaddas   makonning
ahamiyatini   shu   fakt   ham   belgilaydiki,   mo’g’ullar   bosqini   vaqtida   ham
majmuadagi   binolarga   jiddiy   zarar   yetkazilmagan   edi.   Aksincha,   shahar
(Afrosiyob)dagi deyarli barcha qurilishlar yer bilan yakson etilgan edi.
Qusam   ibn   Abbos   majmuasining   yonida   qoraxoniy   Ibrohim   Tamg’ach -
xonning   madrasasi   joylashgan.   Madrasaning   yo nida   Tarxonbekning   qizi   Xotun-
malik   maydoni   va   o’quvchilar   vaqfi   hisoblangan   uy,   uning   yoni   Ahmad   al-
Muqassaning   uy-joyi,   uning   yonida   Abul   Qosim   al-Otaning   uy-joyi,   uning   yoni
Lochinbek mozori, Havli al-Hayltosh uy-joyi, amir Nizom  ad-Dovul xonaqohi va
Xotun-malik   Turkon-xotun   uy-joylari   joylashgan 139
.   Turkon-xotun   Ibrohim
Tamg’achxonning qizi bo’lib, saljuqiy Malikshohga turmushga berilgan edi 140
.
136
 Акимушкин О.Ф.  Ханаках //  Ислам. Энциклопедический словарь. Москва: Наука,   1991. С.   272 .
137
 Нажмуддин Умар ибн Муҳаммад ибн Аҳмад ан-Насафий. Ал-қанд фий зикри уламои Самарқанд . ...   Б.  167.
138
 Нажмуддин Умар ибн Муҳаммад ибн Аҳмад ан-Насафий. Ал-қанд фий зикри уламои Самарқанд . ... Б. 26.
139
 Большаков О.Г. Два вакфа Ибрахима Тамгач-хана в Самарканде // Страны и народы Востока. Выпуск Х. М.,
1971. С. 171-173.
140
  Bosworth C.E. The medieval history of Iran, Afghanistan and Central Asia. Lond on: Variorum reprints, 1977. P.
453. 1066   yil   iyun   oyining   o’rtalariga   oid   bo’lgan   vaqf   hujjatining   guvohlik
berishicha,   Ibrohim   Tamg’achxon   tomonidan   Samarqandda   maxsus   kasalxona
(gospital)   ta’sis   etilgan.   Bu   kasalxonada   naqafat   bemorlar,   balki   kambag’al
qashshoq kishilar ham joylashishlari mumkin bo’lgan. 
Manbalarning  guvohlik  berishicha,  Samarqanddagi  jome’   masjidning  yonida
boshqa musulmon davlatlarida bo’lgani kabi katta shahar bozori va bozor maydoni
joylashgan.   Ma’lumki,   Eron   shaharlarida,   bozor   va   jome’   masjidning   yaqinida
jamoat maydoni bo’lib, bu yerda turli siyosiy, diniy va ijtimoiy-madaniy voqyealar
sodir   bo’lar   edi.   Masalan,   Navro’z   va   boshqa   diniy   bayramlar   nishonlangan 141
.
Afrosiyob   shaharchasidagi   istehkomdan   janub   tomonda   katta   tekis   maydonning
o’rni topilgan bo’lib, katta ehtimol bilan bu joy shahar «maydoni» bo’lgan bo’lsa
kerak. 
VIII   asr   ikkinchi   yarmidan   XII   asrga   qadar   Samarqand   shahrining   janubiy
chekkasida aholining faol o’rnashuvi jarayoni kuzatiladi 142
. 
Samarqandda musulmon ta’lim muassasalarining (maktab va madrasalar) shakllanishi va taraqqiyoti.
Madrasa   arabcha   «darasa»   («o rganmoq»)   so zidan   olingan   bo lib,   «o rganishʼ ʼ ʼ ʼ
joyi»   degan   ma noni   bildiradi.   Islom   vujudga   kelgan   birinchi   kunlardanoq	
ʼ
masjidlar qurila boshlagan. Lekin madrasalar qurilgan vaqtni aniq aytish qiyin. IX-
XIII   asrlarda   islom   diniga   e tiqod   qilinadigan   mamlakatlarda,   jumladan,   O rta	
ʼ ʼ
Osiyoda   tarqalgan.   Ayrim   olimlar   dastlabki   madrasa   Buxoroda   X   asrda
qurilganligini   ta kidlaydilar.  Narshaxiyning   yozishicha,   937   yilgi   yong inda  zarar	
ʼ ʼ
ko rgan «Forjak» madrasasi O rta Osiyodagi dastlabki madrasalardandir.	
ʼ ʼ
Madrasalarning   xon   madrasalari,   eshon   madrasalari,   xususiy   madrasalar   kabi
turlari   bo lgan.   Madrasa   muassislari   madrasani   ta minlash   uchun   maxsus   mulk   –	
ʼ ʼ
vaqf   ajratishgan   va   bu   mulkni   boshqaruvchi   mutavvalini   tayinlashgan.
141
 Kheirabadi Masoud. Iranian cities. Formation and development. Syracuse   university   press , 2000.  P .   77.
142
 Научный архив Института археологии имени Я.Гулямова АН РУз, фонд № 4, опись 1, дело 168, л. 6. Madrasalarning vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf mulkini saqlab turish, madrasa
binosini   ta mirlash   uchun   ajratilgan,   ma lum   qismi   mutavvali,   mudarrislar,ʼ ʼ
talabalar,   masjid   imomi,   muazzini,   sartaroshi,   farroshi   va   boshqa   xizmatchilarga
berilgan.
Madrasa   o quv   dasturining   umumiy   jihatlari   X-XII   asrlarda   ishlab   chiqilgan   va
ʼ
keyinchalik   takomillashib   borgan.   Mashg ulotlar,   odatda,   sentyabrda   boshlanib,	
ʼ
mart oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida ta tilga chiqilgan.	
ʼ
Madrasalarda   shanba,   yakshanba,   dushanba,   seshanba   kunlari   mashg ulotlar   olib	
ʼ
borilgan.   Chorshanba,   payshanba,   juma   kunlari   ta til   kunlari   sanalgan.   Darslar	
ʼ
quyosh chiqish payti (bomdod namozidan keyinroq) boshlangan. Madrasada ta lim	
ʼ
uch bosqichda:  boshlang ich (adno), o rta (avsat) va yuqori (a lo) guruhlarda olib	
ʼ ʼ ʼ
borilgan.   O rta   Osiyodagi   madrasalarda   arab   va   fors   tilida   yozilgan   kitoblar	
ʼ
o qitilgan,   ular   talabalarga   mudarris   tomonidan   turkiy   tilda   sharhlab   berilgan.	
ʼ
Madrasalarda   talabalarning   qiziqishlari   va   mudarrislarning   mavjudligiga   qarab,
falakiyot,   handasa,   tibbiyot,   kimyo,   jo g rofiya,   tarix,   adabiyot,   aruz   ilmi,	
ʼ ʼ
me morlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham o qitilgan.	
ʼ ʼ
X-XI   asrlarda   musulmon   mamlakatlarida   dastlabki   o liy   o’quv   muassa salari   –
madrasalar   (dars   o’tiladigan   joy)   paydo   bo’la   boshladi.   Ayrim   tadqiqotchilar
madrasalarning   paydo   bo’lish   nuqtasini   budda   ibodatxona laridan   qidirishni   taklif
etishgan 143
. Islom   dini   keng yoyilgan mamlakat lardagi madrasalar to’g’risidagi ilk
xabarlar X asrga oid bo’lib, hududiy jihatdan Xuroson va Movarounnahrga to’g’ri
keladi. XI asrdan boshlab madrasa o’quv muassasalarining yetakchi tipiga aylandi.
Bu   davrga   qadar   o’quv   ishlari   yaxshi   tashkil   etilmagan,   darslar   asosan   masjidlar
qoshida,   xususiy   uylarda   olib   borilgan.   Madrasalar   vaqf   –   xususiy   shaxslar   yoki
davlat   tomonidan   xayriya   qilingan   mulklar   –   hisobidan   ta’sis   etilgan   va   faoliyat
yuritgan.   Madrasada   dars   beruvchi   o’qituvchilar   va   boshqa   xizmatchilarga   oylik
maosh tayinlangan, talabalar ga  nafaqa to’langan, shuningdek, ular o’quv anjomlari
va   yotoq   joy   bilan   ta’minlanganlar.   Dastlab   shofe’iylik   mazhabiga   mansub
bo’lgan,   key i nroq   hanafiylik   va   boshqa   mazhablarga   mansub   madrasalar   tashkil
143
  Литвинский  Б.А. Домусульманские   истоки  среднеазиатской  цивилизации   X - XI   вв.  //  Абу  Али  ибн  Сино  и
его эпоха. Душанбе, 1980. С.   26-27 . etil a   boshlangan .   Madrasa   o’qituvchisi   mudarris   deb   nomlangan.   Madrasada
o’qitish   ma’ruza,   alohida   kitoblar   ustida   ishlash   va   munozaralar   shaklida   olib
borilgan. Madrasa qoshida kutubxona tashkil etilgan 144
. 
X   asrda   Samarqandda   turli   tariqatlar   –   mutaziliylar,   kerramiylar   va   boshqa
tariqatlarga   mansub   bo’lgan   17   madrasa   faoliyat   ko’rsatgan.   Ko’pchilik
tadqiqotchilar musulmon dunyosida madrasalar dastlab hukumat tomonidan emas,
balkim muxolifatchi unsurlarga ega bo’lgan tariqatlar tomonidan tashkil etilgan 145
. 
Samarqand   shahridagi   ilk   madrasa   1066   yilda   Qoraxoniylar   sulolasi ning   vakili
Ibrohim Tamg’ach Bug’roxon tomonidan barpo ettirilgan edi. U qator binolardan:
masjid,   darsxona,   Qur’on   o’rgatiladigan   bino   (maktab),   odob   o’rgatiladigan   bino
(majlis), Qur’on o’qiladigan yirik bino (majlisi mukra), hujralar, hovli va bog’dan
iborat   bo’lgan.   Darsxona   madrasaning   burchagidagi   gumbazli   binoda   joylashgan.
Madrasaning   sharq,   ehtimol   janub   tomondan   kirish   eshiklari   bo’lgan.   Mazkur
madrasaning   konstruk siyasi   Movarounnahr   va   Eronda   XV-XVII   asrlarda   ham
rivojlanib bordi 146
. 
Madrasaning   vaqf   hujjatida   unda   faoliyat   olib   boradigan   o’qituv chilar   va
xizmatchilar   to’g’risida,   yillik   va   oylik   maoshlar   to’g’risida   ma’lumotlar
keltirilgan.   Oylik   maoshlardan   eng   yirigi   –   300   dirham   Abu   Hanifa   mazhabiga
mansub   faqih   –   qonunshunosga   to’langan.   Shuningdek,   madrasa   talabalariga
to’lash   oylik   stipendiyalar   uchun   ham   pul   ajratilgan.   Stipendiyalar   miqdori
talabalarning   darslarga   qatnashishi   va   fanlarni   o’zlashtirishiga   qarab   belgilangan.
Madrasada   o’qiydiganlarning   umumiy   soni   60-70   kishini   tashkil   etgan.   Shunisi
e’tiborliki,   vaqf   hujjatida   «agar   qachondir   madrasa   yaroqsiz   holga   kelib   qolsa   va
uni qayta tiklash imkoniyati bo’lmasa, mazkur vaqflar kambag’al  musulmonlarga
bir umrga taqdim etiladi», deb ta’kidlangan 147
.
144
 Халидов А.Б. Мадраса // Ислам. Энциклопедический словарь. Москва: Наука,   1991. С.  1 50 .
145
 Бартольд В.В. Общие работы по истории Средней Азии . ...  С.   225 .
146
  Немцева   Н.Б.   Медресе   Тамгач   Богра-хана   в   Самарканде   (из   археологических   работ   в   ансамбле   Шахи-
Зинда) // Афрасиаб. Выпуск 3. Т.,   1974. С.   134, 138, 142 .
147
  Буниятов   Д.З.,   Гасанов   Т.Б.   Два   самаркандских   вакфа   середины   XI   в.   //   Восточное   историческое
источниковедение и вспомогательные исторические дисциплины, Вып. 2. М осква:  Наука, 1994. С. 50-51, 59-
60 . Bu davrda Samarqand shahridagi eng mashhur madrasalar – Qusamiya (Qusam ibn
Abbos majmuasida) va Ibrohim Tamg’achxon madrasalari edi. O’z davrining yirik
allamolari  –  Abu   Mansur  al-Moturidiy,  Burhon i ddin  Marg’inoniy,  Abu  Abdulloh
Rudakiy,   Abu   Lays   Samarqandiy   kabi   olimlar   va   shoirlar   Samarqand
madrasalarining   bitiruvchilari   edilar.   Bu   yerda   ilohiyotchilar   sulolasi   paydo
bo’ladi.   Masalan,   Abu   Mansur   al-Moturidiy,   uning   o’g’li   va   nabirasi
Samarqandning mashhur qozilari va imomlari bo’lishgan 148
.
XII-XIII   asrlarda   Xorazmshohlar   davlatida   madrasalarning   mudarris lari   va
imomlar sulton va uning noiblarining maxsus farmoyishi bilan tayin langan. Yangi
madrasalarning qurilishi esa ko’zga ko’ringan diniy arboblarga topshirilgan 149
.
1066   yilda   Ibrohim   Tamg’achxon   tomonidan   Samarqandda   bepul   xizmat
ko’rsatadigan   kasalxona   (g’aribxona)   ochilgan.   Mazkur   muassasa   «do’stga   va
yordamga ega bo’lmagan, qashshoqlik va ruhiy azoblardan tushkunlikka tushgan,
darbadar   qashshoqlar   va   baxtsizlar»   uchun   mo’ljallangan   edi.   Shu   tariqa   mazkur
g’aribxonada   mahalliy   aholi   qatori   turli   joylardan   kelib   qolgan   musofirlar   ham
davolanishlari mumkin bo’lgan 150
. 
Yevropa   Uyg’onish   davri   bilan   solishtirgan   tadqiqotchilar   «musulmon
renesansi» 151
  yoki   Uyg’onishi   konsepsiyasini   ilgari   surganlar.   Bu   atama   orqali
quyidagi   aniq   omillar   bayon   qilingan:   aniq   fanlarga   bo’lgan   intilish,   o’tmish
davrlar   va   xalqlardan   qolgan   diniy-madaniy   merosdan   foydalanish,   tabiiy
fanlarning   rivojlanishi,   insonparvarlik   g’oyalar i ning   yoyilishi,   dunyoni   ilmiy
anglash   rolining   o’sishi,   shahar   madaniyatining   o’sishi 152
.   Ayrim   tadqiqotchilar
Markaziy   Osiyo   Uyg’onish   davrini   X-XII   va   XIV-XV   asrlarga   bo’lishni   taklif
qil ish gan 153
. 
IX-X   asrlar   Samarqand   tarixi   butun   O’rta   Osiyo   tarixi   kabi   a dabiyot,   fan   va
san’atning   yuqori   darajada   taraqqiy  etganligi   bilan  a hamiyatlidir .  Arablar   bosqini
148
 Нажмуддин Умар ибн Муҳаммад ибн Аҳмад ан-Насафий. Ал-қанд фий зикри уламои Самарқанд . ...   Б.  166-
167 .
149
 Буниятов З.М. Государство хорезмшахов-Ануштегинидов.  ...  С.   126-127 .
150
 Буниятов Д.З. Гасанов Т.Б. Два самаркандских вакфа середины XI в.  ...  С. 50-53 .
151
 Мец Адам. Мусульманский ренессанс.  ...  С.   9-14 .
152
  Хайруллаев М.М.  Ўрта Осиёда   IX - XII   асрларда маданий тараққиёт (уйғониш   даври маданияти).  Тошкент:
Фан, 1994.  Б.  9, 71-74 .
153
 Хайруллаев М.М.  Ў рта Осиёда  IX - XII  асрларда маданий тараққиёт . ...   Б.  74 . natijasida   s ug’d iy   tili   fors   tili   tomonidan   siqib   chiqarildi   va   bu   til   Somoniylar
davrida hukmron tilga aylandi. Shunga qaramasdan, mintaqaning turkiy aholisi o’z
tilini   saqlab   qoldi.   Bu   asrlarda   Movarounnahr   aholisi   dunyoga   yirik   shoirlar   va
olimlarni berdi va ulardan ko’pchiligining nomi bevosita Samarqand bilan bog’liq.
X asrda yashagan mualliflardan biri «Samarqand Movarounnahrdagi eng noziktab’
kishilar   markazlashgan   joy   va   ularning   eng   yaxshilari   Samarqandda   tarbiya
topishgan» deb yozgan edi 154
.
Bu   davrda   keying i   davrlarda   ham   bo’lgani   kabi   fandagi   yutuqlar   diniy   qarashlar
bilan   mustahkamlanib   borgan:   «Agar   inson   vafot   etadigan   bo’lsa,   uning   ishlari
to’xtab   qoladi.   Faqat   quyidagi   uchta   holat   bundan   mustasno:   solih   farzand   otasi
vafotidan keyin uni duo qilib turadi; xudoga xush keluvchi ishlar davom etadi; va
fanning yutuqlaridan insonlar foydala nishda davom etadilar» 155
.
Ta’kidlash   lozimki,   ilk   o’rta   asrlar   Sug’d   adabiyotida   keng   tarqalgan   adabiy
syujetlar   islom   davrida   ham   saqlanib   qoldi.   Buning   yorqin   namunasi   sifatida
Rustamning qahramonliklari haqidagi afsonalarni ko’rsatish mumkin. Bu afsonaga
bag’ishlangan   lavha lar   ilk   o’rta   asrlar   Panjikentdan   topilgan   va   keyinchalik
Firdavsiy (934/935-1020-1030 yy.) tomonidan «Shohnoma»ga kiritilgan 156
. 
IX   asrda   yashagan   Abu   Hafs   sug’diy   samarqandlik   mashhur   shoir   va   musiqachi
edi. U tomonidan  shaxrud  deb nomlangan musiqa asbobi kashf etilgan 157
.
Bu   davr   Movarounnahr   madaniy   hayotida   boshqa   olimlar   va   shoirlar   qatorida
taniqli fors-tojik shoiri Abu Abdulloh Jafar ibn Muhammad Rudakiy (860-941 yy.)
alohida   rol   o’ynagan.   U   Samarqanddan   uzoq   bo’lmagan   Panjrudak   qishlog’ida
tug’ilgan.   Keyinroq   u   Samarqandda   yashag a n   va   o’qigan,   Buxoroda,   Nars   ibn
Ahmad   (914-943   yy.)   homiyligida   esa   «shoirlar   sulto ni»   sifatida   nom   qozongan
edi 158
.  2009   yilda  Samarqand   shahrining  marka ziy  maydonlaridan   biriga   Rudakiy
154
 Бетгер Е.К. Извлечения из книги «Пути и страны» Абу-л-Касима ибн-Хаукаля.  ...  С.   135-142 .
155
 Буниятов Д.З., Гасанов Т.Б. Два самаркандских вакфа середины XI в.  ...  С. 56-57 .
156
  Абдуллаев   Д.   О   культурном   наследии   Согда   в   мусульманской   Средней   Азии   //   Раннесредневековая
культура Средней Азии и Казахстана. Тезисы Всесоюзной научной конференции. Душанбе:  Дониш, 1977. С.
176-177 .
157
 Абдуллаев И., Ҳикматуллаев Х. Самарқандлик олимлар. Тошкент:   1969.  Б.  12-13 .
158
  Ворожейкина   З.Н.   Описание   персидских   и   таджикских   рукописей   Института   Востоковедения.   Выпуск   7.
Москва: Наука, 1980. С.   16 . haykali   o’rnatildi.   Somoniy   amirlar dan   ayrimlari,   masalan,   Nasr   ibn   Ahmad   ham
she’rlar yozib turgan 159
.
«Shoirlar   shahzodasi»   sifatida   nom   qozongan   Shahob   ad-din   Amak   Buxoriy
(1048/1049-1147-49   yy.)   ham   Samarqandda   yashagan.   U   tomonidan   «Yusuf   va
Zulayho»   dostoni   yozilgan   edi 160
.   XII   asrda   Samarqandda   bir   qancha   shoirlar
yashagan , masalan, saljuqiy Sulton Sanjar (1118-1157 yy.) saro yida xizmat qilgan
shoira Mohyesta nomi ma’lum 161
. 
Abbosiylar   xalifaligi   davrida   davlatda   tabiiy   fanlarni ng   rivojlanishi ni   qo’llab-
quvvatlash   siyosati   amalga   oshirildi.   Bu   davrda   Bag’dod   musulmon   dunyosining
yirik   ilmiy   va   madaniy   markaziga   aylandi.   Fan   Movarounn a hrda   ham   taraqqiy
etgan. Ayniqsa, bu davrda astronomiya yuqori darajada rivojlandi. Ma’lumki, 865-
866   yillarda   astronom-olim   Muhammad   ibn   Ahmad   ibn   Yusuf   as-Samarqandiy
Samarqandda   astronomik   kuzatishlarni   olib   borgan 162
.   871   yildan   Sulaymon   ibn
Ismat as-Samarqandiy to’rt metrlik kvadrant yordamida Balxda quyoshni kuzatish
ishlarini olib borgan edi 163
. 984-985 yillarda O’rta Osiyolik olim Hamid ibn al-Xizr
al-Xo’jandiy   tomonidan   yasalgan   astrolyabiya   hozirgi   kunda   Doxa   (Qatar)dagi
Islom   san’ati   muzeyida   saqlanmoqda 164
.   Manbalarda   samarqand lik   boshqa
astronom   Abul   Fath   Said   ibn   Hafif   Samarqandiy   (912-1000   yy.)   ham   tilga
olinadi 165
. 
XII   asrning   yetakchi   shifokorlaridan   Badriddin   Muhammad   Samarqan diy   «Kitob
al-akrabazin»ning   muallifi   hisoblanadi 166
.   Manbalarda   qayd   etilishicha,
samarqandlik   ko’z   shifokori   Zayn   Qahhol   Chingizxonni   oftal miyadan   davolagan
ekan 167
. 
159
 Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-тарих. Полный свод истории.  ...  С.   76 .
160
 Там же. Р .   559 .
161
  Szuppe   Maria.   The   female   intellectual   milieu   in   Timurid   and   post-Timurid   Herat:   Faxri   Heravi’s   biography   of
poetesses,   „Javaher   al-Ajayeb“   in   Oriente   Moderno,   Nuova   serie,   Anno   15   (76)   Nr.   2,   La   civilta   Tumuride   come
fenomeno internazionale. Volume I (Storia – I Timuridi e l.   Occidente) (1996). P.   122 .
162
  Вороновский   Д . Г .  Астрономы   Средней   Азии   от   Мухаммеда   ал - Хаваразми   до   Улугбека  //  Из   истории   эпохи
Улугбека .  Т ашкент:   1965.   С .   106 .
163
  Kennedy   E.S.   The   exact   sciences   in   The   Cambridge   history   of   Iran.   Volume   4.   Edited   by   R.N   Frye.   Cambridge
university press, 1975. P. 390 .
164
  Al-Khemir   Sabiha.   De   Cordoue   a   Samarcande.   Masterpieces   from   the   museum   of   Islamic   art   in   Doha.   Paris:
Musee du Louvre editions, Doha: Museum of Islamic art, Milan: 5 continent editions, 2006. P .   158 .
165
 Абдуллаев И., Ҳикматуллаев Х. Самарқандлик олимлар.  ... Б.  16 .
166
 Материалы по истории Средней и Центральной Азии  X - XIX  вв. Ташкент: Фан, 1988.   С.   99 .
167
 Шихаб ад-дин ан-Насави. Сират ас-султан Джалал ад-дин   Манкбурны.  ...  С .   81-82 . Islom   davrida   Samarqandga   Yaman   podshosi   Shamir   tomonidan   asos   solinishi
yoki vayron qilinishi to’g’risidagi afsonalar keng tarqalgan edi. Abu Jafar Tabariy
(839-923 yy.)   musulmon  tarixchilari  orasida  birinchi   bo’lib  Samarqandga  Yaman
podshosi   Tubining   o’g’li   Shamirning   yurishi   to’g’risidagi   afsonaviy   hikoyani
keltirgan edi. Shaharning nomlanishini uni Shamir tomonidan vayron etilishi bilan
bog’laydilar.   Tabariy   esa   boshqa   joyda   shaharga   Shamir   tomonidan   asos
solinganligini   yozadi 168
.   Ma n balarda   qayd   etilishicha,   Yaman   podshosi   Shamir
eramizning   III   asrida   yashagan 169
,   Samarqand   nomi   esa   tarixchilar   tomonidan
ancha ilgari tilga olingan. Shuning uchun bu afsonaning paydo bo’lishi arablarning
O’rta Osiyoga dastlabki  yurishlari davrida borib taqalishi  mumkin. Arab qo’shin -
lari safida bo’lgan yamaniylar qabilasi vakillari Shamir to’g’risidagi afsonani uzoq
Arabistondan   bu   yergacha   olib   kelgan   bo’lishlari   ham   ehtimoldan   holi   emas.
Keyinroq bu afsona islom davri tarixshunosligida katta mashhurlikka erishgan. 
Samarqandning   fan   va   madaniyatning   yirik   markazlaridan   biri   sifatidagi   shuhrati
musulmon   dunyosining   turli   mamlakatlaridan   yetakchi   olimlar,   shoirlar   va
ziyolilarning jal b  etgan. 
Samarqand tarixining sahifalarida buyuk shoir va olim Umar Hayyomning (1048-
1131   yy.)   nomi   ham   saqlanib   qolgan.   XI   asrning   70   yilla rida   Umar   Hayyom
shaharning   bosh   qozisi   Abu   Tohir   Abdul   Rahmonning   taklifi   bilan   Samarqandga
keladi   va   qoraxoniylar   sulolasining   vakili   Shams   ul-Mulkka   tanishtirilgan   edi.
Umar   Hayyom   aynan   Samar qandda   o’zining   algebra   bo’yicha   eng   ahamiyatli
asarlaridan birini yaratgan 170
. 
Taxminlarga ko’ra, Umar Hayyom Samarqandning hozirga qadar mavjud bo’lgan
G’ot far mavzeyida istiqomat qilgan. 
XII   asr   boshlarida   Samarqandda   zamondoshlari   tomonidan   Nizomiy   Aruziy
(Aruzshunos)   deb   atalgan   Ahmad   ibn   Umar   ibn   Ali   tug’ilgan 171
.   U   tomonidan
168
 The   history   of   al-Tabari. (Tarikhal-rusul   wa’l-muluk). Volume V. The Sasanids, the Byzantines, the Lakhmids, and
Yemen. Translated and annotated by C.E.Bosworth. State university of New York press, 1999. P. 143,   144,   177 .
169
  Там   же .  Р .   176-177 .
170
  Elwell-Sutton   L.P.   Introduction   in   Ali   Dashti,   In   search   of   Omar   Khayam   Translated   from   the   Persian   by   L.P.
Elwell-Sutton London. GeorgeAllen   &   UnwinLtd , 1971.  P .   12 .
171
  Низами   Арузи   Самарканди.   Собрание   редкостей   или   четыре   беседы   /   Перевод   с   персидского
С.И.Баевского, З.Н.Ворожейкиной. Москва: Издательство Восточной литературы,   1963.   С .   3 . «Nodirlar   to’plami   yoki   to’rt   suhbat»   nomli   asar   yaratilgan   edi.   Nizomiy   Aruziy
Umar hayyomning zamondoshi va suhbatdoshi bo’lgan va uni o’zining ustozi deb
hisoblagan. 
Tadqiqotchilarning   hisoblashicha,   Nishopur   to’g’risidagi   o’rta   asr   nomalaridan
keyin   Xuroson   va   Movarounnahr   shaharlari   tarixi   bo’yicha   nisbatan   muhim   va
yagona manba Samarqand tarixi bo’yicha manbalardir 172
. Samarqandning ilk tarixi
Samarqandda   yashagan   va   1015   yilda   shu   yerda   vafot   etgan   Abu   Sa’d   Abdul
R ahmon   ibn   Muhammad   ibn   Muhammad   ibn   Abdulloh   al-Idrisiy   al-Astrobodiy
tomonidan   yozilgan   edi.   Afsuski,   uning   asari   bizgacha   yetib   kelmagan.   Uning
asosida  mashhur  olim   Najm  id-din  Umar  ibn  Muhammad   ibn  Ahmad  an-Nasafiy
(1068/1070-1142 yy.) ning kitobi yozilgan bo’lib, bu asar qo’shimcha ma’lumotlar
bilan to’ldirilgan. An-Nasafiy Nasafda tug’ilgan bo’lsa - da, umrining ko’p qismini
Samarqandda   o’tkazgan   va   vafot   etgach,   Chokardiza   qabristoniga   dafn   etilgan 173
.
Olim   o’zining   «Al-qand   fiy   zikri   ulamoyi   Samarqand»   asarida   mazkur   shaharda
tug’ilgan,   yashagan   yoki   qaysidir   jihatdan   hayoti   shu   Samarqand   bilan   bog’liq
bo’lgan 1010 nafar olimning tarjimai holini keltirib o’tgan edi. Shuningdek, asarda
Samarqanddagi  ko’plab mavzelar,  ko’chalar, maydonlar  va  mozorlarning  nomlari
sanab o’tilgan. 
Qoraxoniylar   sulolasining   vakili   Ibrohim   ibn   Husayn   (1178-1202   yy.)   ning
saroyida   Movarounn a hrning   ilmiy   va   adabiy   markazlaridan   biri   shakllangan   edi.
Masalan,   bu   davr   ilmiy   elitasining   vakili   –   tarixchi   Majididdin   Muhamma d   ibn
Adnan   as-Surxakatiy   tomonidan   Samarqandda   Qoraxoniylar   sulolasining   tarixi
bayon   etilgan   «Turkiston   tarixi»   asari   yozilgan   edi.   Mazkur   asar   Samarqand
hukmdori   Qilich   Tamg’achxon   Ibrohim   ibn   Husaynga   bag’ishlangan 174
.   Afsuski,
mazkur   asarning   qo’lyozmasi   bugungi   kunga   qadar   saqlanmagan.   Mashhur
tarixchi, shoir va yozuvchi Muhammad Avfiy (1172/1177-1233 yy.) ham ma’lum
vaqt Samarqandda istiqomat qilgan edi. 
172
 Paul Jurgen. The histories of Samarqand // Studia Iranica, 22, 1993. P.   70 .
173
  Раҳимжонов   Д .   Абу   Ҳафс   Умар   ан - Насафий   //   Ўзбекистон   –   буюк   алломалар   юрти .   Биринчи   китоб .
Тошкент : 2010.  Б.  253-268 .
174
 Introduction to The Jawami u’l-hikayat wal awami’ur-riwayat   of Sadidu’u-din Muhammadal-Awfi by Muhammad
Nizamu’d-din. London :  Luzac  &  Co , 1929.  P .   44 . XII  asrdan she’riyatning ayrim  yo’nalishlari  rivojiga tasavvuf  tariqatlari  g’oyaviy
jihatdan   katta   ta’sir   ko’rsatgan 175
.   Bu   davrda   Samar qand d a   fors-tojik   she’riyati
keng taraqqiy etgan. Samarqandda Qoraxoniy Tamg’ach Ma’sud uchun 1160 yilda
Muhammad   ibn   Ali   ibn   Muhammad   ibn   Hasan   Zohiriy   Samarqandiy   tomonidan
fors-tojik   badiiy   prozasining   yodgorligi   hisoblangan   «Sindbadnoma»ning   yangi
nashri tayyorlangan edi 176
. 
Qoraxoniylar   davrida   turkiy   adabiyot   va   muvaffaqiyatli   rivojlanib,   uning
namunalari sifatida «Quta d g’u bilig», «Hibbat ul-haqoyiq», «Devoni lug’atit turk»
va   boshqa   adabiy   yodgorliklarni   ko’rsatish   mumkin.   Ayniqsa,   «Qutadg’u   bilig»
asarida   qadimgi   turkiy,   fors   va   tasavvuf   adabi yoti   an’analari   bir-biriga   qorishib
ketgan 177
.   Bu   davrda   shaharlarni   nomlashda   turkiycha   nomlar   keng   qo’llanila
boshla ngan .   Masalan,   XI   asrda   yashagan   Mahmud   Qoshg’ariyning   yozishicha,
«Samarqand   o’zining   kattaligi   bois   Semizkand   –   semiz   shahar»   deb   ham
nomlangan 178
. 
Tadqiqotchilar   tomonidan   islom   davri   O’rta   Osiyo   san’atida   islomgacha   bo’lgan
ayrim   an’analarning   saqlanib   qolganligi   qayd   etilgan.   Masalan,   Somoniylar   davri
me’morchiligida   sug’d iy cha   namunalarni   takrorlagan   ustunlar   shakli   keng
yozilgan.   Shuningdek,   sug’d iy cha   bezaklar   somoniylar   davri   kulolchiligi   va
to’qimachiligi bazaklariga katta ta’sir ko’rsatgan edi. IX-X asrlar amaliy san’atida
ham sug’d iy cha an’analar saqlanib qolgan 179
. 
Xulosa.   Shunday   qilib   Samarqand   shahri   asos   solingan   vaqtdan   boshlab   Amir
Temur davriga qadar o’z tarixida murakkab va qarama-qarshi  jarayon larni  boshdan
kechirgan. 
175
  Полякова   Е.А.,   Рахимова   З.И.   Миниатюра   и   литература   Востока.   Ташке н т:   Издательство   литературы   и
искусства имени Гафура Гуляма, 1987. С.   29 .
176
 Энциклопедия персидско-таджикской прозы. Душанбе: Главная научная редакция таджикской советской
энциклопедии. 1986. С.   5 .
177
 Кляшторный С.Г. Памятники древнетюркской письменности и этнокультурная история Центральной Азии.
Санкт-Петербург: Наука, 2006. С.   497 .
178
  Маҳмуд   Кошғари.   Девону   луғотит   турк.   Том   1 .   /   Таржимон   ва   нашрга   тайёрловчи   С.М.Муталлибов.
Т ошкент:  1960.  Б.  330 .
179
 Абдуллаев Д. О культурном наследии Согда в мусульманской Средней Азии . ...  С.   176-177 . Sug’ddagi   urbanizasion   jarayonlarning   tamallari   ilk   temir   davriga   borib   taq a ladi.
Bu   yerda   shahar   madaniyatining   taraqqiyoti   mahalliy   an’analar,   shuningdek,
Baqtriya   madaniyatining   ta’sirida   ro’y   bergan.   Shahar   savdo   yo’llarining
chorrahasida   vujudga   keldi   va   metallurgiya   bazasi   va   yetarli   darajadagi   suv
manbalariga   ega   bo’lganligi   sababli   izchil   rivojlanib   bordi.   Bunda   shahar
aholisining   dasht   dunyosi   bilan   o’zaro   munosabatlari   ham   rol   o’ynagan.
Samarqand shahrining ahamiyatli o’lchamlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, bu
yerda   bunday   katta   qurilishlarni   amalga   imkon   yaratgan   ilk   davlatchilik   belgilari
ham bo’lgan. 
Tadqiqotchilarning   fikricha,   arablar   bosqini   Sug’ddagi   ijtimoiy-i q tisodiy
munosabatlarga   kuchli   ta’sir   ko’rsatmagan.   Ko’proq   o’zgarishlar   siyosiy   sohada,
jamiyatning   alohida   guruhlari   ijtimoiy-huquqiy   holatida   sodir   bo’lgan.   Biroq   bu
vaziyat   arablar   bosqinining   dastlabki   o’n   yilliklari   uchun   xususiyatli   bo’lib,
keyinroq Sug’d xalifalikning keng ko’lamli iqtisodiy aloqalari jarayoniga tortilgan
edi. 
Mintaqaga   islomning   kirib   kelishi   mahalliy   aholining   madaniyati   va   san’atida
jiddiy   o’zgarishlar   sodir   bo’lishiga   olib   keldi.   Sug’d   madaniyatining   markazi   –
Samarqand   islom   sivilizasiyasining   bir   qismiga   aylandi   va   yetakchi   rollardan
biriga ega bo’ldi. 
XI-XII   asrlarda Samarqandda  kamida  uchta diniy-ma’rifiy  markazlar  shakllangan
edi.  Bulardan  birinchisi,  shaharni  shimoliy   qismida,   uning  markazida  katta  jome’
masjidi bo’lgan. Masjidning yonida esa Qoraxo niylar sulolasi vakillari dafn etilgan
maqbara   joylashgan.   Ikkinchisi,   shaharning   janubiy   qismida   payg’ambarimizning
amakilari   Qusam   ibn   Abbosning   maqbarasi   bo’lib,   XI   asrdan   boshlab   uning
atrofiga   shaharning   dunyoviy   va   diniy   elitasi   vakillari   dafn   etila   boshlangan.
Uchinchi   markaz   esa,   Qusam   ibn   Abbos   maqbarasidan   janubda   joylashgan
Chokardiza   qabristoni   bo’lib,   bu   yerga   ham   mashhur   islom   ilohiyotchilari   dafn
etilgan. IX-XIII asrlarda shaharlarning asosiy markazi jome’ masjidi hisoblangan. 
Mo’g’ullar   bosqini   madaniy   rivojlanishga   ulkan   zarba   berdi,   Samar qandning
iqtisodiy   asoslarini   qo’porib   tashladi.   Demografik   yo’qotishlar   ham   o’nglab bo’lmas darajada edi. Faqat Amir Temurning say’-harakatlari bilan shahar nafaqat
qayta   tiklandi,   balkim   qaytadan   musulmon   dunyosidagi   ahamiyatli   markazlardan
biriga aylandi.  
3 .bob   Samarqandda islomiy ilmlar taroqqiyoti .
Muqaddas   yurtimiz   dunyo   sivilizatsiyasiga   va   islom   olamiga   ko‘rsatgan
ta’siri   jihatidan   Payg‘ambarlar   yurti   bo‘lmish   Falastin   hamda   Makka   va   Madina
shaharlaridan   keyingi   o‘rinda   tursa,   olimu   fozillar   yetishtirib   bergani   jihatidan
dunyoda   birinchi   o‘rinda   turadi.   Islom   olamiga   kelganda   esa,   Hazrati   Imom
Buxoriy   va   shu   kabi   boshqa   buzurgvorlar   ziyoratgohlari   joylashgan
Samarqandning   muqaddas   zamini   Makka   va   Madinadan   keyingi   ziyoratgoh
hisoblanadi.   Darhaqiqat,   muqaddas   zaminimiz   ilm   olamiga   eng   zabardast,   eng
salohiyatli   allomalarni   berdikim,   hozirgi   davrga   kelib   bu   tarixiy   haqiqatni   butun
dunyo ilm va ma’rifat ahli bir so‘z ila tasdiq etishayotir.
Dunyo   tarixini   o‘zgarishiga,   insoniyatning   ijtimoiy,   diniy,   asosan   ilmiy-
madaniy   va   ma’rifiy   rivojlanishiga   turtki   bo‘lgan   eng   ulug‘   voqea   yuqorida
ta’kidlaganimidek, Qur’oni karimning nozil bo‘lishi bo‘ldi.   Natijada, yangi din va
madaniyat   vujudga   kelib,   turli   bilimlar   shakllana   bordi.   Ilk   islom   davrida   barcha
masalalarni   hal   ettishda   Qur’oni   karim   asosiy   manba   hisoblanar,   undan   keyingi
darajada   esa   –   hadisi   sharif   turardi.   Payg‘ambar   alayhissalom   ko‘rsatib   ketgan
yo‘l-yo‘riqlar   va   pandu   nasihatlar,   ya’ni   qisqacha   qilib   aytganda,   hadislar   ul
zotning vafotlaridan so‘ng faqat roviylarning og‘zaki rivoyatlari, quvvai hofizalari
va   xotiralari   orqali   aytilib   kelinar   edi.   Ammo   axloq   va   odobga   asoslangan   bu
bebaho   so‘z   mulkini   to‘plab,   asrab   qolishga   ehtiyoj   hijriyning   ikkinchi   asrida
sezila boshlandi. Buni eng birinchi bo‘lib tushunib yetgan zot – islom diniga buyuk
xizmatlar qilgan odil va taqvodor ummaviy xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-720 y.
hukm   surgan)   bo‘lib,   bor-yo‘g‘i   ikki   yarim   yilgina   podsholik   qilib,   37   yoshida
vafot   etgan   ushbu   darveshsifat   hukmdor   hijozlik   olim   Ibn   Shihob   az-Zahriy   al-
Madiniy   hamda   Madina   shahri   hokimi   va   qozisi   Abu   Bakr   Ansoriyga   xatlar yo‘llab,   tezlikda   tirik   qolgan   tobein   va   ansoriylardan   hadislarni   to‘plab,   yozma
ravishda   kitobat   etishni   buyuradi.   Bu   islom   olamida   ilk   bor   rasmiy   ravishda
jamlanib, kitobat etilgan hadislar to‘plami edi. Shunday qilib, butun islom olamida
hadis   to‘plash   jarayoni   boshlanib,   podshoyu   faqir   hamma   bu   o‘ta   yuksak   va
mas’uliyatli   ishga   kirishib   ketishadi.   Shuni   aytish   lozimki,   hadisshunoslik   bilan
nafaqat   olimlar,   hatto   podshoh   va   hokimlar   ham   shug‘ullanishgan.   Masalan,   bu
sharafli ish bilan shoir Rudakiy, alloma Zamaxshariy kabi boshqa soha ulamolari,
hatto   somoniy   hukmdorlar,   ularning   vazirlari   ham   shug‘ullanishgan.   Imom   an-
Nasafiyning   ma’lumotlariga   qaraganda,   hadisshunoslik   sohasida   to‘rt   alloma
“Imomi hofiz” unvonlarini olishgan.
Bular   Imom   ad-Doramiy,   Imom   al-Buxoriy,   Imom   Ziro’   va   Imom
Muslimlardir.   Ularning   minglab   hadislarni   yoddan   bilish   quvvai   hofizalari
favqulodda   kuchli   bo‘lgani   uchun   ham   bunday   e’tirofga   sazovor   bo‘lishgan.
Hazrati   payg‘ambar   alayhissalomning   hadisi   muboraklarini   to‘plash   va   ularni
tartibga solishda Movarounnahr va Xuroson olimlarining xizmatlari juda katta edi.
Hadisshunoslikda   oltita   hadis   kitoblari   bu   boradagi   eng   mashhur   shoh   asarlar
hisoblangan.   Ular   “Kutubi   sitta”   (Oltita   kitob)   yoki   “Sahihi   sitta”   (Oltita   eng
ishonchli   to‘plam)   nomi   bilan   mashhurdir.   Ushbu   olti   buyuk   muhaddislar:   Imom
al-Buxoriy,   Imom   Muslim,   Imom   Abu   Dovud   al-Ash’as,   Imom   Abu   Iso   at-
Termiziy,   Imom   Ahmad   an-Nisoiy   va   Imom   Abdullo   ibn   Mojja   edilar.   Ularning
uch   nafari,   ya’ni   al-Buxoriy,   at-Termiziy   va   an-Nisoiylar   o‘z   yurtimizda
tug‘ilganlar.   Oxirgi   asrlarda   yana   bir   yurtdoshimiz   Imom   ad-Doramiy   as-
Samarqandiy ham ushbu oltita Imomlar darajasi bilan tenglashtirilmoqda. Shunisi
ham borkim, Imom an-Nasafiyning dalolat berishicha, Imom Doramiy yuqoridagi
eng   mashhur   olti   imomlarning   barchasiga   hadisshunoslikdan   roviylik   va   ustozlik
qilgan   bo‘lib,   Imom   Doramiyning   darajalari   ham   nihoyatda   ulug‘   ekanligidan
dalolat bermoqda. Ul zot shogirdlari yetilgunga qadar, hadis ilmi barcha imomlari
Imomi deb e’tirof etilgan.
D unyo   imomlarining   Imomi,   Hazrati   Imom   Muhammad   al-Buxoriyning
ustozlaridan   biri   –   Imom   Abdurahmon   ad-Doramiy   as-Samarqandiy dir.   Imom Doramiyning   to‘liq   nomlari   Abdulloh   ibn   Abdurahmon;   kuniyasi   –   Abu
Muhammad; taxallusi – ad-Doramiy as-Samarqandiy bo‘lgan. O‘z zamonasi urfiga
muvofiq, ko‘pincha padari buzrgvorla ri nomi bilan «Abdurahmon Doramiy» ismi
ila   shuhrat   qozongan.   Shunday   qilib,   sahih   –   ishonchli   manbalarning   darak
berishlaricha,   ul   zoti   muborak   181   hijriy   (mil.   798)   yili   Samarqandning   qadimiy
Doram   nomli   mavze’ida   tavallud   topganlar.   Imom   Abu   Muhammad   Doramiy
yoshlik vaqtlaridan boshlab islom fiqhshunosligi va hadisshunosligi bilan mashg‘ul
bo‘ladi.   Avvaliga   ma’rifatli   oilada,   so‘ngra   Samarqand   olimu   fuzalolar   qo‘llarida
tahsil   ko‘rgach,   butkul   hadisshunoslik   ilmiga   mayl   qo‘yib,   islom   olamining
markaziy shaharlarida – Makka va Madina, Misru Shom, Bag‘dodu Xuroson kabi
yurtlarda   turli   olimlardan   saboq   oladi.   O‘sha   davrlar   islom   hadisshunosligining
“oltin davri” hisoblanar edi. Arabu ajam yurtlarida minglab hadisshunoslar faoliyat
ko‘rsatardilar.   Bu   miqdor   ko‘p   olimlar   orasidan   favqulodda   alohida   xizmat
ko‘rsatmay ajralib chiqish va boshqalar e’tirofiga sazovor  bo‘lish nihoyatda qiyin
ish edi. Imom Doramiy tinimsiz mehnatlari tufayli bu ishlarni amalga oshirib, katta
sarafrozliklarga   erishdilar.   Imomi   Doramiy   ko‘p   asarlar   yozgan   bo‘lsa-da,   uni
dunyoga   mashhur   etgan   asari   “Musnad”   (Sunan)   nomli   hadislar   to‘plamlari
kitobidir.   Kitobni   ilm   olamida   yana   “Musnadi   Doramiy”,   “Al-Musnad”   yoki
“Doramiy   sunnatlari”   deb   ham   atashadi.   Ushbu   to‘plam,   minglab   hadisshunoslar
yozishgan   kitoblar   orasida   “Sahihi   sitta”   atalmish   oltita   eng   sahih,   ishonchli
to‘plamlardan   keyingi   darajada   turishi,   naqadar   ulug‘   asar   ekanligidan   darak
berayotir.   Hadisshunoslik   sohasidagi   manbalarga   qaraganda,   Imom   Doramiy
Hazrati Imom Buxoriyning ustozlaridan hisoblanadilar. Ma’lumki, Imom Buxoriy
16   yoshlarida   ilm   olish   uchun   o‘z   yurtlaridan   chiqib   ketganlar   va   42   yildan
so‘nggina   qaytib   kelganlar.   Imom   Doramiy   Imom   Buxoriydan   13-14   yosh   katta
edilar.   Ushbu   ikki   Imom   yoshlik   vaqtlarida   vatanlarida   uchrashishganmi   yoki
Arabu   ajamda  uchrashishganmi?   Qaysiki,   ko‘pgina  manbalarda  Imom   Doramiyni
“sahihi   sitta”   atalmish   olti   buyuk   to‘plamlar   sohiblarining   barchalariga   ustoz   deb
e’tirof   etilayotgan   ekan,   demak   ul   zot   o‘sha   olti   buyuk   shogirdlari   bilan   Arabu
Ajam   yurtlarida   hadis   yig‘ish   as   nosidagi   safarlari   vaqtida   hamda   ona   yurtlari Samarqandda   uchrashishlari   mumkin   bo‘lgan.   Qaysi   holda   uchrashgan
bo‘lmasinlar,   Imom   Doramiy   Imom   Buxoriyning   va   boshqa   buyuk   Imomlarning
ustozlari ekanliklarini manbalar ko‘rsatmoqda. Imom Doramiy 255 (869) yilda 74
yoshlarida   asr   namozidan   keyin   vafot   etib,   uyda   qurbon   bayrami   arafasi   bo‘lgan
muborak jum’a kunida o‘z ona yurtida dafn etildilar. Qizig‘i shundaki, rosa 42 yil
safarda yurgan Imom Buxoriy ustozlari Imom Doramiy vafotlaridan yarim yilgina
oldin   Buxoroga   –   vatanlariga   qaytib   keladilar.   Manbalarda   yozilishicha,
ustozlarining   vafotlarini   eshitgan   Imom   Buxoriy   ko‘p   qayg‘urib   yig‘laganlar.
Bizningcha,   Imom   ad-Doramiyning   janozalarini   buyuk   shogirdlari   Imom   al-
Buxoriy   o‘qigan   bo‘lishlari   mumkinligi,   ajab   emas.   Imomning   taxalluslarini
“Doramiy”, “Tamimiy” deb yozishganliklariga kelsak! Ba’zi manbalarda, masalan,
“Mirqot”da   Tamimdagi   Dorim   ibn   Molik   nomidagi   katta   urug‘   nomiga   nisbat
berilib yozilgan. Albatta, Imomning bobolaridan qaysi biridir Tamim mavzei bilan
bog‘liq   bo‘lgani   uchun   ahyon-ahyonda   “ad-Doramiy   at-Tamimiy”   taxalluslari
bilan ham atashgan. Manbalarga nazar solganimizda, darhaqiqat, “Kitab al -qand”
(Qandiya)   va   “Tarixi   Tabariy”   asarlarida   keltirilishicha,   VIII   asr   o‘rtalarigacha
Movarounnahrga   arablarning   ko‘chib   kelgan   qavmlari   ichida   Tamimiylar,
Hanzaliylar kabi qabilalar juda ko‘pchilikni  tashkil  etgan ekan. Ad - Doramiy ham
Tamimiylar   qavmiga   mansub,   xolos.   Aslida   esa,   ul   zot   muqaddas   zaminimiz
farzandidir.   Arab   yurtidan   ko‘chib   kelgan   Tamimiylar   qavmining   Dorim   urug‘i
Tayloqdagi   Ispandiy   mavzeida   qo‘nim   topganlar.   Samarqand   zaminida   ko‘chib
kelgan arablar  o‘z yurti  va nisbasi  nomi bilan ataluvchi  mavzelari ko‘p uchraydi.
Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak,   ba’zan   buyuk   Imomning   nisbalari   ichida   “at-
Tamimiy”   nomi   ham   keltirilib   turiladi.   Endi,   Imom   ad-Doramiyni   ba’zi
manbalarda “Dorimiy” deb atalishiga kelganda, “Mushkot” va “Mirqot” asarlarida
keltirilishicha, aslida nomlarini “Dorimiy”, ya’ni, “r” harfining kas 65 raligi bilan
o‘qilishi   kerak   ekan.   Lekin,   yurtimizda   “Doramiy”   atamasi   keng   qo‘llanilib
ketganligi hamda asosiy manba bo‘lmish “Samariya”ning muallifi ham Doram deb
o‘qiganligi   tufayli   va   ko‘plab   tarjimalarda   shunday   atalishi   afzal   ko‘ringanligi
uchun   biz   Doramiy   atamasini   loyiq   ko‘rdik.   Boz   ustiga,   qadimiy   qishloq   ham shunday   atalgandir.   Lekin,   ul   zotning   mashhur   taxalluslari   “ad-Doramiy
asSamarqandiy”   bo‘lib,   Doram   toponimini   hech   ham   o‘zga   yurtlar   bilan   bog‘lab
bo‘lmaydi.   Chunki,   Doram   mavzei   hozirgi   Ispandiy   qishlog‘ining   qadimiy   nomi
ekanligi   haqiqatga   juda   yaqin   bo‘lib,   mashhur   tarixnavis   Abu   Tohirxoja   o‘zining
“Samariya”   asarida   –   Doram   qishlog‘i   Samarqand   muzofotlaridandir,   degan
ishonchli   hukmni   ko‘p   manbalarga   asoslanib   yozgan.   Bunga   hozirgi   Ispandiyni
qadimda   “Isfandoram”   deb   atalganligi   haqidagi   og‘izdanog‘izga   ko‘chib   kelgan
xalq   rivoyati   ham   dalil   bo‘la   oladi.   Imomning   qabrlari   Samarqand   muzofotida
ekanligiga hozirgi va o‘tgan davrlardagi ilm ahllarining fikrlari bir. Mashhur islom
ensiklopedik   asari   bo‘lmish   “Qomusul-a’lom”   kitobining   III   jild   2086-betida,
“Abu   Muhammad   Abdulloh   ibn   Abdurahmon   Samarqandiy   –   Doramiy;   hadis
imomlaridan;   U   181   (mil.   798)   yilda   Samarqandda   tug‘ilgan   va   255   (mil.   869)
yilda   vafot   etgan.   Uning   “Musnadi   Doramiy”   nomli   buzurg   asari   bor”,   –   deb
yozilgan. Istambulda chop etilgan “Tom ilmi hol” nomli kitobda esa: “Doramiy –
Abdulloh bin Abdurahmon hofiz Abu Muhammad;  181 (798) yilda Samarqandda
tavallud;   255   (869)   yilda   vafot   etdi.   Hadis   olimidir.   “Musnad”   nomlik   kitobi
mashhurdir”,   –   deb   keltirilgan.   O‘zga   yurtdan   bo‘lgan   bu   mualliflarning
yozishmalaridan – Imomning ham tug‘ilgan va ham vafot etgan joylari Samarqand
viloyatidir, degan fikr kelayotganligini ilg‘ab olish mumkin. 
Imomi   Abul   Qosim   al   Hakim   as-Samarqandiy.   Ul   zotning   nomlari   Ishoq;
kuniyalari Abul Qosim; taxalluslari al-Hakim as-Samarqandiy bo‘lib, “Faslul-xitob
ba   vaslul-ahbob”   (Do‘stlar   vaslidan   fasl   -   boblar   xitob   etmak)   asarida   to‘liq
nomlari   Ash-Shayx   al-Imom   Abul   Qosim   Ishoq   bin   Muhammad   bin   Ismoil   bin
Ibrohim   bin   Zayd   al-Hakim   as-Samarqandiy   ismlari   ila   keltirilgandir.   Al   oma
islom   olamida   zamonasining   eng   mashhur   hadisshunosi,   kalomshunosi,
fiqhshunosi,   voizi   va   donishmandi   sifatida   tanildi   hamda   ilmi   hikmatning
asoschisi,   buyuk  Imomi   deb   e’tirof   etildi.   Hazrati   Imom   Abul   Qosim   milodiy   IX
asrning   oxirgi   choragida   Samarqandda   tug‘iladi.   Bu   vaqt   islom   ilmining   “oltin
davri” davom etayotgan bir payt edi. Bu davrda islomning barcha ilmlari markazi Bag‘dod   va   boshqa   arab   shaharlaridan   O‘rta   Osiyoga   ko‘chgan   edi.   Bu   yerda
musulmon huquqshunosligi fanlarini asosiy markazlari Marv, Buxoro, Samarqand
va   Nasaf   shaharlari   edi.   Marvda   Abdulloh   ibn   Muborak   va   izdoshlari   maktabi;
Buxoroda   Imom   al-Buxoriy   maktabi;   Samarqandda   Imom   ad-Doramiy   maktabi;
Nasafda   Nahshabiy   va   Nasafiylar   maktabi   faoliyat   ko‘rsatar   edi.   Shunday   qilib,
islom   ilm   olami   “oltin   davri”   arab   yurtlaridan   O‘rta   Osiyo   va   Movarounnahr
shaharlariga,   IX   asr   ikkinchi   yarmi   va   X   asr   birinchi   yarmidan   boshlab   esa,
Samarqand   butun   islom   ilm   olamining   markaziga   aylana   boradi.   Ana   shunday
ilmiy   muhitda  ta’limu  tarbiya   olgan   Imom   Abul   Qosim   buyuk   ustozlari   izlaridan
borib,   ilm   va   ulamolar   peshvosi,   muqtadosi   va   Imomi   darajasigacha   yetishadi.
Imom   Sam’oniyning   “Kitabul-ansob”   asari   tahlilida   Imom   Abul   Qosimning   uch
buzurg   olimlardan   ta’lim   olganligi   yoziladi.   Fiqhshunoslik   (huquqshunoslik)
ilmiga oid mashhur kitoblardan hisoblanmish “Salovoti Mas’udiy” asarida Hazrati
Imom   Rastug‘foniydan   hadislar,   fatvo   va   shar’iy   hukmlar   keltirilgan   bo‘lib,
kitobda   ul   zot   Imom   A’zam,   Imom   Abu   Yusuf,   Imom   Muhammad,   Imom
Moturidiy, Imom  Abul  Qosim, Imom  Quduriy va  Imom  Marg‘inoniylar  bilan bir
tilga   olinganligi   naqadar   nufuzi   baland   hamda   buyuk   Imomlardan   bo‘lganligidan
dalolat   bermoqda.   Imom   Abul   Qosimning   yanagi   ustozlari   Muhammad   ibn   Fazl
Balxiy   bo‘lib,   ul   kishi   319   (931)   yilda   Samarqandda   vafot   etib,   qabrlari   hozirgi
Dahbed   shohko‘chasidagi   bir   hovlida   joylashgan.   O‘z   davrida   Samarqandning
Qozi   Kaloni   lavozimini   egallagan   bu   zot,   Imom   Moturidiyga   ham   ustozlik
qilganlar.   Bu   shaxsning   tarixiga   oid   ba’zi   ma’lumotlar   “Samariya”   va   “Qandiya”
kitoblarida   keltirilgan.   Imom   Abul   Qosimning   oxirgi,   uchinchi   ustozi-do‘sti,
maslakdoshi va hamsabaqi Imom Abu Mansuri Moturidiy (333/944y. vafot etgan)
hisoblanadi.   Ham   dunyoviy   zohiriy   (ilmi   qol)   va   ham   tasavvufiy   -   botiniy   (ilmi
hol) ilmlar sohibi bo‘lgan Imom Abul Qosim o‘z ustozi vafot etgach, o‘zidan yoshi
kattaroq bo‘lgan Imom Moturidiyni ustoz sifatida tan oladi va irodat qo‘lini beradi.
Shunday   qilib,   ikki   do‘st,   hamsaboq,   ustoz-shogird   bo‘lishgan   buyuk   Imomlar
to‘g‘ri yo‘l hisoblangan sunniy oqimning muxoliflariga qarshi mazhabiy kurashda
boshchilik qiladilar. Ba’zi manbalarda tasavvuf allomasi Abu Bakr Varroqni ham Imom  Abul  Qosimning  ustozlaridan biri  deb biladilar. Abu Bakr  Varroqning 290
(903)   yilda   vafot   etganini   hisobga   olganda,   Imom   Abul   Qosim   yosh   yigitlik
vaqtida   Abu   Bakr   Varroqga   hamsuhbatlik   qilgan   ko‘rinadi.   Manbalardan   shu
aniqlanadiki,   Imom   Abul   Qosim   ustozlari   Muhammad   ibn   Fazl   Balxiy   va   Abu
Bakr   Varroqlar   vositalari   orqali   Hakim   Termiziy   ismi   ila   mashhuru   manzur
bo‘lgan Muhammad ibn Ali Termiziyga ruhoniyatli irodatda shogird hisoblangan.
Ushbu   Termiziy   esa,   manbalarga   qaraganda,   “Hakimiy”   nomli   darveshlar   suluki
asoschisi   bo‘lgan.   Imom   Abul   Qosimning   “al-Hakim”   taxallus   nisbasi   ana   shu
hamda ilmi hikmat asoschisi bo‘lgani jihatidan ham unga berilgandir. Imom Abul
Qosim   faoliyat   ko‘rsatgan   vaqtlarida,   O‘rta   Osiyo   hududida   Somoniylar   sulolasi
hukm surardi. Bu davrlarda Samarqanddagi 17 ta katta madrasalarda mo‘taziliylar
oqimi ustuvor faoliyat ko‘rsatar edi. Boz ustiga, mo‘taziliylar dohiysi Abul Qosimi
Ka’biy   (Balxda   tug‘ilib,   931y.   vafot   etgan)   xalifalik   poytaxti   Bag‘dodni
mo‘taziliylar   oqimi   markaziga   aylantirgan   va   islom   ilmi   markazi   Movarounnahr
shaharlariga ko‘chgach, Nasaf (Qarshi) shahriga kelib, o‘z oqimi aqidalarini O‘rta
Osiyoga   rivojlantirish   uchun   mafkuraviy   faoliyat   olib   boradi.   Unga   qarshi   Imom
Moturidiy   va   Imom   Abul   Qosim   Samarqandiy   e’tiqodiy   kurash   boshlaydilar
hamda   ahli   sunnat   va   jamoani   uning   zararli   aqidalaridan   omon   saqlaydilar.
Mo‘taziliylardek   “zoli   muzil”   (yo‘ldan   adashgan)   oqim   va   ba’dmazhablar
tomonidan butun dunyo imomi, deb o‘zlaricha nom  qo‘yilgan dohiylari  Ka’biyga
qarshi   Imom   Moturidiy   o‘zining   mashhur   “at-Tavhid”,   “at-Ta’vilot”,   “Raddi
avoilul-adilla   lil-Ka’biy”   turkumidagi   asarlar   to‘plamini   yozadi.   Imom   Abul
Qosim   esa   o‘z   navbatida   “as-Savodul-a’zam   fil-kalom”   va   “al-E’tiqod”
turkumidagi   asarlarini   yozadi.   Ularning   insoniyat   tarixidagi   buyuk   xizmatlari
shundan   iboratkim,   ular   tufayli   ilmi   Kalom   va   ilmi   Hikmat   vujudga   keldi,
fiqhshunoslik   ilmi   takomillashdi,   aqidaviy   parchalanib   ketishning   oldi   olindi.
Ularning   xizmatlari   butun   islom   olamiga,   Turkiya   va   Ispaniya   orqali   Ovro‘poga
keng   yoyildi.   Vatandoshlarimiz   bo‘lgan   bu   ikki   Imomlarning   mo‘taziliylar,
qarmatiylar   va   har   xil   bid’at,   zararli   oqimlariga   qarshi   kurashdagi   jasoratlari,
yozgan   asarlari   va   natijada   sunniy   oqimni   (ahli   sunna   va   jamoani)   omon saqlaganliklari uchun ham minnatdor islom olami Imom Moturidiyni “ahli sunnat
raisi”,   kalom   e’tiqod   ilmi   asoschisi   va   “Imamul-huda”   (Hidoyatga   boshlovchilar
Imomi)  deb;  Imom  Abul  Qosim  al-Hakim  Samarqandiyni  ilmi  hikmat  va haqiqat
(islom falsafasi) asoschisi, eng donishmandi deb e’tirof etishgan va hozirga qadar
e’zozlab   kelishmoqdalar.   Kezi   kelganda,   yana   shuni   ham   aytib   o‘tish   joizkim,
ushbu   ikki   buyuk   Imomlar   rahbarliklarida   mo‘taziliylar   va   qarmatiylar   oqimlari
sindirilgach, 320 (932)  yilda somoniy hukmdor  Nasr  bin Ahmad islom  e’tiqodini
qayta   buzilishdan   saqlash   uchun   o‘sha   davrdagi   Samarqand   Qozi   Kaloni   bo‘lgan
Imom   Abul   Qosim   Samarqandiyga   bir   fiqhiy-huquqiy   qo‘llanma   yozishni   va
hamma   ushbu   qo‘llanma   asosida   ish   ko‘rishi   lozimligini   buyuradi.   Natijada,
yuqorida   nomi   zikr   etilgan   “al-E’tiqod”   asari   yuzaga   keladi   hamda   butun   islom
olamiga   asosiy   qo‘llanma   sifatida   tarqaladi.   Bu   hodisa   Imomlarimizning
buyukliklarini yana bir karra isbotlamoqda.
“Qur’on”da   ilmni   ishonchli   dalillar   bilan   asoslash,   taqlid   qilishga   yo’l
qo’ymaslik   masalalari   ham   talqin   etilgan.   Unda   har   bir   fikrni   ko’r-ko’rona,   aql
ishlatmasdan   ilgari   surish   qoralanadi.   Mavjud   bilimlar   mohiyatini   tahlil   etish
asosida   ular   orasidan   eng   to’g’ri   va   maqbul   deb   topilgan   g’oyalarni   tanlab   olish
maqsadga muvofiq ekanligi uqtiriladi: “Mening bandalarimga - so’zga quloq tutib,
uning   eng   go’zaliga   (ya’ni,   najotga   eltuvchi   rost   so’zga)   ergashadigan   zotlarga
xushxabar bering! Ana o’shalar Olloh hidoyat qilgan zotlardir. Va ana o’shalargina
aql egalaridir” (“Zumar” surasi, 18-oyat). Har bir fikrni diqqat bilan tinglab, uning
mohiyatini   chuqur   anglab,   tushunib,   so’ngra   unga   rioya   etganlar   haqiqiy   aql
egalaridirlar.   Albatta,   ilm   aqliy   mushohada   yordamida   o’zlashtiriladi.   SHu   bois
“Qur’on”   g’oyalari   insonni   o’zida   aqliy   mushohada   yuritish   ko’nikmalarini
o’zlashtirishga undaydi.
ABU LAYS SAMARQANDIY
(911–985) Mashhur   faqih   va   mutakallim–   Abu   Lays   Nasr   ibn   Muhammad   ibn   Ahmad
ibn  Ibrohim   as   Samarqandiy  bo’lib,  «Abu   Lays»   kunyasi   bilan   mashhur   bo’lgan.
298/911 yili Samarqandda tug’ilib, 375/985 yil shu yerda vafot etgan. Olim hayoti
davomida tafsir, fiqh, usul  (din asoslari), aqida, zuhd bo’yicha ilmiy faoliyat olib
borib, ko’plab asarlar yozgan 180
.87
Tarojum88 asarlari orasida qadimgilaridan bo’lmish «al-Ansob» asari muallifi
Abu   Sa’d   Abdulkarim   Sam’oniy   (1113–1167)   alloma   haqida   birinchi   bo’lib
ma’lumot bergan muarrix sanaladi. U alloma yashagan joyni zikr etib o’tadi: «Abu
Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ibrohim Tusiy Abu Hanifa mazhabidagi faqihlardan
bo’lgan.   Bahs-munozaralarda   mashhur   bo’lgan.   Samarqandda   yashagan   va   shu
yerda   vafot   etgan.   Ustozi   Abu   Ibrohim   Termiziy   bo’lib,   undan   hadis   rivoyat
qilgan.   Shogirdi   Muhammad   ibn   Muhammad   ibn   Sa’d   Samarqandiy   Navoiy
bo’lgan» 181
.89   Abu   Sa’d   Abdulkarim   Sam’oniy   allomani   Tus   qishlog’iga   nisbat
bergan.
Salohiddin   Nohiy   u   haqida   shunday   deydi:   «Abu   Lays   Balxda   Abu   Ja’far
Hinduvoniydan   fiqhdan   dars   olib,   Samarqandga   qaytadi,   so’ng   yana   tez   orada
Balxga jo’nab ketadi va ustozi Abu Ja’farda ilm tahsilini davom ettiradi».
Olimning   hayoti   va   ilmiy   faoliyati   Samarqand   bilan   bog’liq   holda   kechgan.
Abu Lays o’z zamonasi olimlaridan tahsil olib, islom ilmlarida yuksak martabaga
erishgan.   Uning   bahs-munozaralarda   o’ziga   xos   o’rni   alohida   ta’kidlanishi   bunga
misol bo’la oladi. Abu Laysning laqablaridan biri «faqih» bo’lib, kunyasi bilan bu
laqabi qo’shilib, «faqih Abu Lays» nomi bilan tarixda tanilgan. Alloma fiqh ilmida
ham   yuksak   martabaga   erishgan,   o’z   zamonasida   unga   teng   keladigan   olim
topilmasdi, uning «faqih» deb atalishi esa shunga dalolat qiladi.
Olimni   «zohid»   deb   ham   ataganlar.   Ma’lumki,   «zohid»   deganda,   mansab,
amaldan yiroq, hayotini ilm- fanga, ibodatga baxshida etuvchi kishilar tushunilgan.
180
 
181
  Abu   Laysning   otasi   Muhammad   ibn   Ibrohim   Tusiy   o’z   zamonasining   faqih
ulamolaridan bo’lgani manbalarda zikr etilgan 182
91.
Umuman olganda, Abu Lays avlodlari ham ilm ahllaridan bo’lgan. Jumladan,
Najmuddin   Umar   Nasafiyning   (1068–1142)   «Kitobul   qand   fi   zikri   ulamoi
Samarqand»   asarida   Abu   Laysning   nabirasi   Abu   Sa’id   Balxiyning   nomi
muhaddislar qatorida zikr etilgan.
Abu   Lays   yigirmadan   ziyod   ustozlaridan   hadis,   Qur’on   sharhiga   oid
rivoyatlar,   fatvolar   rivoyat   qilgan.   Olimning   barcha   ustozlari   hanafiy   mazhabi
ulamolari   bo’lib,   ularning   ko’pchiligining   silsilasi   No’mon   ibn   Sobit   Abu   Hanifa
(699–767),   Abu   Yusuf   (731–798),   Muhammad   ibn   Hasanga   (749–805)   borib
taqaladi.   Bu   ustozlarning   ba’zilari   haqidagi   ma’lumotlar     tarojum   asarlarida   zikr
etilgan.   Shular   qatorida   asarlarida   nomlari   eng   ko’p   uchraydiganlari   Muhammad
ibn   Fazl,   Xalil   ibn   Ahmad,   Abu   Ja’far   Hinduvoniylardir.   Ular   o’z   zamonasining
yetuk olimlari bo’lib, Abu Laysga ustozlik qilganlar.
Uning ustozlari asosan, X asrda islom ilmlari rivoj topgan markazlar – Balx,
Samarqand,   Buxoro   ahllaridan   bo’lib,   hanafiy   mazhabining   yetuk   olimlaridan
hisoblangan.   Abu   Laysning   ana   shunday   yetuk   olimlardan   ilm   olganligi   uning
ilmiy-ma’naviy merosiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.
Uning shogirdlarining ba’zilari uning asarlarini rivoyat qilganlar. Ular orasida
Luqmon   ibn   Hakim   Farg’oniy,   Naimul   Xatib   Abu   Moliklarni   zikr   etib   o’tish
mumkin.
Olim Samarqandda shayxul islom darajasiga ko’tarilgan. Lekin uning rasman
qozi   bo’lgani   haqidagi   ma’lumot   manbalarda   uchramaydi.   U   o’z   davrida   eng
zaruriy ilm – fiqhni egallagan, uning fatvo va hikmatli so’zlarini zamonasining ilm
ahli e’tirof etgan. Jumladan, uning fiqhiy asarlari matni, tuzilishi, tafsirida hadislar,
rivoyatlar,   qiroatlar,   lug’aviy   manbalarga   keng   e’tibor   berilishiga   ko’ra   olim
madrasalarda mudarrislik qilgan, deb ham taxmin qilish mumkin.
182
  Shunday qilib, Abu Lays keng doiradagi ilmiy salohiyat muhitida yashab ijod
etgan hamda bu holat uning sermazmun ijod etishiga ta’sir etmay qolmagan 183
.93
Allomaning   bizning   davrimizgacha   yetib   kelgan   asarlari   uning   ijodi   serqirra
ekanligini   tasdiqlaydi.   Bu   asarlar   tafsir,   fiqh,   hadis,   zuhd   bo’yicha   bo’lib,   islom
ilmlarining hamma sohasini qamrab oladi va butun islom olamida keng tarqalgan.
Umuman,   uning   ilmiy   faoliyati   mazmun-mohiyatiga   ko’ra   to’rt   asosiy
yo’nalish   bo’yicha   olib   borilgan:   1.   Ilmiy,   o’zi   olgan   bilimni   naql   etishi.   2.
Imonga,   ibodatga,   odob-axloqga   chaqirishi.   3.   Firqa   va   oqimlar   haqida,   ularning
aqidaviy,   fiqhiy   qarashlariga   munosabati.   4.   Mujtahidlarning   fiqhiy   hukmlarini
jamlashi va o’z fiqhiy qarashlarini ifoda etishi.
Olimning 30 ga yaqin asari bizgacha yetib kelgan. Uning fiqh, tafsir, nasihat
ruknidagi asarlari keng tarqalgan mashhur asarlar bo’lib, hozirgi davrimizga qadar
nashr etib kelinmoqda. Fiqhga oid «an-Navozil» («Voqyealar»), «Xizonatul fiqh»
(«Fiqh   xazinasi   (javoni)»),   «al-   Muqaddima   fis   solat»   («Namozning
muqaddimasi»),   «Uyunul   masoil»,   («Masalalarning   sarchashmalari»),   «Fatovo»
(«Fatvolar»),   «Kitobul   bayon   aqoidil   usul»   («Asoslar   qoidalari   bayoni   kitobi»),
«Ta’sisun   nazoir»   («Namuna   va   me’yorlarni   o’rnatish»),   «Muxtalafur   rivoya»
(«Turli     rivoyatlar»)   asarlarida   olim   ilk   hanafiy   fiqhini   aks   ettirgan   bo’lib,   o’z
davridagi muhim manbalarga aylangan. Didaktik asarlaridan «Tanbehul g’ofiliyn»
(«G’ofillarga   tanbeh»),   «Bo’stonul   orifiyn»   («Oriflar   bo’stoni»)   asarlari   ko’p
asrlardan buyon qayta-qayta nashr etilib kelinmoqda.
Olimning tafsiri ham ahamiyatli bo’lib, u o’z davrida ilk bora faqat mo’tabar
manbalar   Qur’on,   hadis,   sahobiy   va   tobein   so’zlari,   shuningdek,   o’zidan   oldingi
mufassirlar   so’zlari   orqali   Qur’onni   sharhlagan.   Abu   Laysning   tafsiri   Qur’on
tartibiga   binoan   tartiblashtirilgan,   unda   sharhlanayotgan   oyat   doimo   zikr   etib
boriladi. Tafsirda 114 suraning hammasiga sharh berilgan. U suralarning boshida,
avvalo,   suraning   Makka   yoki   Madinada   nozil   bo’lganini   zikr   etadi.   Sharhlashda,
eng   avvalo,   mashhur   sahobiy   va   tobein   mufassirlari   so’zlaridan   keltiradi,
183
  sharhlayotgan   oyatlarining   nozil   bo’lish   sababini   ko’rsatadi.   Shuningdek,   qiroat
ilmi   olimlari   agar   sharhlanayotgan   oyatni   turlicha   o’qigan   bo’lsalar,   ularni   zikr
etib,   o’qilishiga   ko’ra   ma’nolarining   o’zgarishlarini   aytib   o’tadi.   Tafsirida   lug’at
ilmi olimlarining so’zning ma’nosi bo’yicha fikrlarini keltiradi. Tafsir mazmunini
yanada   mukammallashtirish   maqsadida   Payg’ambar   sallallohu   alayhi   vasallam
hadislaridan   keng   foydalanadi.   Ushbu   tafsirda   oyatlarni   sharhlashda   keltirilgan
ko’plab   rivoyatlar   uning   ma’sur   tafsirlar   orasida   eng   boy   ma’lumotli   asar
ekanligini ko’rsatadi.
Abu  Lays   tafsiri   manbalarga   asoslanilgan,   qiroat   turlariga  e’tibor   qaratilgan,
arab   tilidagi   so’zlarning   ma’nolari   tushuntirilgan.   Mazkur   tafsirdagi   o’ziga   xos
xususiyatlardan biri bu – Qur’oni  karimning tarbiyaviy jihatini yoritishga  alohida
ahamiyat   qaratilganidir.   Abu   Lays   Samarqandiyning   tafsir   sohasida   o’ziga   xos
uslubidan   dalolat   berishi   bilan   birga   yurtimizdagi   dastlabki   tafsir   asari   sifatida
qimmatlidir 184
.97
Uning   hadis,   fiqh,   tafsirga   oid   asarlari   keyingi   davrlar   uchun   ham   muhim
manba vazifasini  o’tadi. Uning hadis  to’plami  mavjud emas.  Lekin u hadislardan
keng   foydalanib,   ko’plab   didaktik   asarlar   yaratgan.   Shuningdek,   asarlarida
hadislarning  sanadlari  bilan  zikr  etilishi,  uning  bu  soha   bo’yicha   ham   yetuk  olim
ekanini tasdiqlaydi.
Shuningdek,   «Xizonatul   fiqh»ning   1467   va   1814   yillari   ko’chirilgan   ikki
qo’lyozma nusxasi (inv. № 5767/1, 3211/VIII), «Bo’stonul orifiyn»ning bosma va
qo’lyozma   nusxalari   turli   mamlakatlarning   kutubxonalarida   saqlanmoqda.   1815
yili   yozib  tugatilgan   qo’lyozma  (inv.  №  2436)  va  1814  yili   yozilgan  ikkinchi  bir
qo’lyozma   (inv.     №10635/1)   nusxalari   Beruniy   nomidagi   Sharqshunoslik
institutida   saqlanmoqda.   «Tanbehul   g’ofiliyn»ning   Buxoro   amiri   Haydar   (1800–
1826)   topshirig’i   bilan   1810   yili   Buxoroda   (inv.     №   2427/1)   va   1873   yili
ko’chirilgan qo’lyozmasi  (inv. № 8708/1) hamda bir qancha toshbosma  nusxalari
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar xazinasida saqlanmoqda.
184
  Bu   asarning   bir   necha   qo’lyozma   nusxasi   Sankt-Peterburg   Sharqshunoslik
instituti   kutubxonasida   (inv.  №   A  860.   A  343,   A  342,   A  761,   V  254,   V   4434,  S
1463) saqlanmoqda. Umumiy hisobda tafsirning 77 nusxasi hozirgi davrimizgacha
yetib kelgan.
ABU JA’FAR USTRUShANIY
(vaf. 1013 y.)
Abu Ja’far  Muhammad   ibn Amr  Sha’biy Ustrushaniy  Ustrushanada   tavallud
topib,   Samarqandda   yashagan.   U   Buxoro   hanafiy   faqihlarining   ustozi   Abu   Bakr
Muhammad   ibn   Fazl   Kamoriy   Buxoriydan   (vaf.   991   y.)   fiqh   ilmini   o’rgangan.
Kamoriy buxorolik ilohiyotchilarga qarshi chiqib, Samarqand ilohiyot olimlarining
«Imon – yaratilgan», degan fikri tarafdori bo’lgan.
Alloma   Samarqandda   qozilik   qilgan.   Shuningdek,   Abu   Ja’far   Ustrushaniy
iroqlik   mashhur   olim   Abu   Bakr   Jassos   Roziy   (vaf.   980   y.)dan   ham   fiqh   ilmidan
tahsil olgani manbalarda qayd etilgan. 404/1013 yili vafot etgan. Allomaning «al-
Jomi’ul   kabir»   («Katta   to’plam»),   «az-Ziyodot»   («Ziyodalar»)   va   «Kifoyatush
Sha’biy»   («Sha’biyning   kifoyasi»)   kabi   fiqhiy   asarlari   ma’lum.   Uning   «az-
Ziyodot»   asari   bugungacha   yetib   kelmagan,   faqat   undan   iqtiboslar   mavjud.
Allomaning   «Kifoyatush   Sha’biy»   asarining   uchta   qo’lyozma   nusxasi   O’zR   FA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Alloma   Movarounnahrda   hadis   ilmi   rivojiga   ham   muhim   hissa   qo’shgan.
Mashhur   hanafiy   faqihlaridan   biri   Abu   Zayd   Dabusiy   (978–1039)   allomaning
shogirdidir.   Abu   Zayd   Dabusiyning     «Taqvimul   adilla»,   «Ta’sisun   nazar»,   «al-
Asror», «al-Amadul aqso» va boshqa fiqhiy asarlari bor.105 ISMOIL IBN ABDURRAHMON
SANJAFINIY (taxm. XI asrda yashagan)
Abu   Ali   Ismoil   ibn   Abdurrahmon   Sanjafiniy   Ustrushananing   Samarqand
yaqinidagi Sanjafin qishlog’ida tavallud topgan. Ba’zi bir manbalarda unga Ismoil
ibn   Abi   Abdurrahmon   deb   murojaat   qilingan.   Keyinchalik   ilm   istab   Samarqand
shahriga keladi va shu yerda fiqh ilmini chuqur o’rganadi.
Manbalarda   unga   Samarqand   faqihlaridan   biri   deb   ta’rif   beriladi.   U   ko’plab
hadislar   ham   rivoyat   qilgan.   Alloma   hadislarni   Abu   Ibrohim   ibn   Ismoil   Bob
Kassiy, Abu Ya’qub Abor, Said ibn Xushnom, Abu Bakr Jurjoniy va boshqalardan
rivoyat qilgan. Allomadan hadislarni Muhammad ibn Ahmad ibn Hoshim Dihniy,
Muhammad   ibn   Osim   Qatavoniy   va   Abdulloh   ibn   Mas’ud   ibn   Komil
Samarqandiylar Ismoil ibn Abdurrahmon Sanjafiniydan hadis rivoyat qilishgan.11
Mavjud manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta
ma’lumot keltirilmagan.
LOMIShIY  SAMARQANDIY
(1050–1128)
Husayn   ibn   Ali   ibn   Abulqosim,   Abulali   Lomishiy   Samarqandiy   nomi   bilan
tanilgan muhaddis va hanafiy faqihi bo’lgan. Alloma 441/1050 yilda Farg’onaning
Lomish   qishlog’ida   tavallud   topgan.   O’sha   davrda,   ilm   borasida   unga   teng
keladigan   kishi   bo’lmagan.   Umrining   ko’p   qismini   Samarqandda   ilm   ziyosida
o’tkazgan.   U   kishi   ustozlari   bo’lmish   Qozi   Muhammad   ibn   Hasan   ibn   Mansur
Nasafiy,   Hofiz   Abdurrahmon   ibn   Abdurrahim   Qassor,   Abulali   Husayn   ibn
Abdulmalik Nasafiylardan tahsil olgan.141
Allomaning   yozgan   asarlari   haqida   manbalarda   ma’lumotlar   keltirilmagan.
Olimni 515/1121 yilda Movarounnahr hukmdori Bag’dodga xalifa saroyiga xizmat
bilan   jo’natadi.   Olim   Bag’dodga   xalifaning   huzuriga   boradi.   522/1128   yilda   o’z ishlarini   tugatganidan   keyin,   u   kishiga   qaytib   ketishidan   oldin   haj   qilib   ketishini
taklif   etganida,   u   o’ziga   topshirilgan   ishni   bajarishni   istab,   haj   qilmasdan
Samarqandga   qaytib   kelgan.142   Sam’oniyning   aytishicha,   Samarqand   podshosi
Muhammad ibn Sulaymon uni Marvga elchi qilib yuboradi.143
ABULHASAN ISBIYJOBIY SAMARQANDIY
(1062–1141)
Abulhasan   Ali     ibn     Muhammad     ibn     Ismoil     ibn   Ali   ibn   Muhammad   ibn
Is’hoq   Bahouddin   Isbiyjobiy   Samarqandiy   454/1062   yilda   Isbiyjobda,   jumadul
avval (may) oyida tug’ilgan.
Alloma Samarqandda yashab ijod qilgan. O’sha davrda Abu Hanifa mazhabi
yo’l-yo’riqlarini   allomachalik   biladigan   kishi   Movarounnahrda   bo’lmagan.   U
muftiy   bo’lgan   va   shayx   ul   islom   darajasiga   ko’tarilgan.   Allomaning   mazhab
bo’yicha fikrlarini quvvatlaydigan as’hoblari va shu bilan birga u kishiga muxolif
chiqadiganlar ham bo’lgan.
Abulhasan Samarqandiy Samarqand imomlaridan biri bo’lgan ustozi Abulali
Hasan ibn Ali ibn Ahmad ibn Robi’ ibn Shofi’ ibn Mu’min Sankabosiydan hadis
eshitib   ta’lim   olgan.   Shu   ustozi   fatvo   va   boshqa   masalalarni   chiqarishga   ijozat
bergan.154
Allomaning   «al-Fatovo»   («Fatvolar»),   «Sharh   muxtasarit   Tahoviy»
(«Tahoviy muxtasariga sharh»), «al- Bahr mu’ziy»   («Taskinlantiruvchi dengiz»),
«Sharhul   mabsut»   («Mufassal   sharh»)   asarlari   mashhur.   Allomaning   asarlaridan
islom   huquqining   naqadar   buyukligi,   ulardan   insonlar   ibodat,   muomala   va   hayot
tarzini o’tkazishda foydalanish yo’llarini bilib olishi mumkin. Allomaning tarixi va
ilmiy   meroslarini   o’rganish,   islom   fiqhiy   masalalarini   yanada   teranroq
o’rganishlikda katta ahamiyat kasb etadi. Alloma 535/1141 yilning 23 zulqa’da/29
iyun kunida Samarqandda vafot etgan.155 NAJMUDDIN UMAR NASAFIY
SAMARQANDIY (1068–1142)
Ulug’ olim, hanafiy mazhabi faqihi, mufassir, muhaddis, muarrix, fozil, usul
ilmi   olimi, mutakallim, nahv  (grammatika)   ilmi   olimi   va  ulkan  hofiz, allomaning
to’liq ismi manbalarda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn
Ismoil   ibn   Muhammad   ibn   Ali   ibn   Luqmon   Nasafiy   summa   Samarqandiy   hofiz,
faqih, zohid, hanafiy tarzida keltirilgan.
Asli nasaflik bo’lib, umrining asosiy qismini Samarqandda o’tkazgani uchun
unga Nasafiy summa Samarqandiy («nasaflik», so’ngra «samarqandlik») nisbalari
ishlatilgan.   Ba’zan   u   Moturidiy   nisbasi   bilan   zikr   etiladi.   Bu   olimning   Imom   al-
Moturidiy   ta’limotini   yuzaga   olib   chiqqan   izdoshlari   davrasida   ta’lim   olgani
hamda   kalom   va   fiqh   asoslarini   bayon   qilishda   ko’p   holatda   Moturidiyning
qarashlariga tayanganligini ko’rsatadi. O’rta asr islom manbalarida olimlar ismiga
laqab  va  unvonlarni   qo’shib   yozish  an’anasi   keng  tarqalgan.  Manbalarda   Nasafiy
ko’proq «Najmuddin» («dinning yulduzi») laqabi, shuningdek, «Muftiy saqolayn»
(«ins va jinlarning muftiysi») kabi nomlar bilan sifatlangan.157
Abu   Hafs   Nasafiy   460/1068   yilda   Nasaf   shahrida   tug’ilgan   bo’lib,   u
boshlang’ich   bilimlar   bilan   bir   qatorda   kalom   va   fiqh   ilmlarini   otasi   Muhammad
ibn   Ahmaddan   o’rganadi.   Muhammad   ibn   Ahmad   o’z   navbatida,   nasaflik   olim
Abulabbos Mustag’firiy Nasafiyning (vaf. 432/1041 y.) shogirdi bo’lgan Abu Hafs
Nasafiy   «Matla’un   nujum»   («Yulduzlarning   ko’rinishi»)   to’plamida   otasidan
rivoyat qilingan hadislarni keltiradi. 
Abu   Hafs   Nasafiy   hadisga   oid   dastlabki   ilmlarni   nasaflik   muhaddislardan
olgan.160.   Keyinchalik   Abu   Hafs   Nasafiy   o’z   bilimlarini   oshirish   maqsadida
Samarqandga   keladi   va   u   yerda   Movarounnahr   hamda   Xurosonning   turli
shaharlaridan kelgan ko’plab olimlardan hadis, fiqh, kalom ilmlarini o’rganadi. Abu   Hafs   Nasafiy   477/1085–492/1099   va   507/1113–   508/1114   yillar
Bag’dodda bo’lib, u yerda bir qancha bag’dodlik olimlardan muhaddislardan hadis
ilmidan dars olgan va «Matla’un nujum» («Yulduzlarning ko’rinishi») to’plamida
ulardan yuzga yaqin hadis rivoyat qilgan. 
Nasafiy   fiqh   ilmini   fiqhshunos   Abulyusr   Pazdaviydan   (vaf.   482/1089   y.)
o’rganganligi   kayd   qilib   o’tiladi.   Bu   borada   «al-Hidoya»   asarining   muallifi
Burhoniddin   Marg’inoniy:   «Men   Najmuddin   Umarning   «Kamina   550   ustozdan
hadis   rivoyat   qilurman»,   deb   aytganini   eshitganman»,   –   deydi.   Tafsir     ilmini
Nasafiy, asosan,  Nasafda Nuhiy sulolasi  vakillaridan biri Abu Muhammad Ismoil
ibn   Muhammad   Nuhiydan     (1033-1089)   o’rganganligini   «Matla’un     nujum»ning
Qur’on bobidan bilib olish mumkin.
Nasafiy   moturidiy   ta’limotini   rivojlantirgan   Abul   Mu’in   Nasafiydan   (1027-
1114) kalom ilmi bo’yicha ta’lim oladi va uning asarlari asosida hanafiy-moturidiy
ta’limotining   «kompendium»ini   tuzadi.   Abu   Hafs   Nasafiy   ushbu   ta’limotni
Samarqand   madrasa   va   masjid   ta’lim   dasturiga   kiritadi.   Moturidiy   ta’limoti
avvallari   ko’proq   tor   doirada   o’qitilgan   bo’lsa,   XII   asr   boshlariga   kelib,   boshqa
hududlarga   yoyila   boshladi.  Aynan  Abu  Hafs   Nasafiy  ushbu   ta’limotning  yanada
keng yoyilishiga katta hissa qo’shdi.164
O’z navbatida allomadan hadis va fiqh ilmlari bo’yicha o’g’li Ahmad (1113–
1158),   «al-Hidoya»   asari   muallifi   Burhonuddin   Marg’inoniy,   Ahmad   ibn   Ali   ibn
Abdulaziz Abu Bakr Zohir Balxiy (vaf. 1158-59 y.), xorazmlik adib Ahmad  Xatib
Xorazmiy   (taxm.     1091–1187),   Muhammad   ibn   Hasan   Kosoniy   (vaf.   1180   y.),
Umar   ibn   Muhammad   ibn   Umar   Uqayliy,   Muhammad   ibn   Ibrohim   Turayshtiy,
Abu Hafs Umar ibn Ahmad Shabibiy va uning o’g’li Abu Lays Ahmad ibn Umar
va boshqalar ta’lim olishgan.
Alloma   537   hijriy   yilda   jumadul   avval   oyining   12   kuni   (1142   yil   2   dekabr)
Samarqandda   vafot   etgan.   Umar   Nasafiy   qabri   Chokardizada   shayx   Abu   Mansur
Moturidiyning qabri yaqinidadir. Abu Hafs Nasafiy tafsir, adab, tarix va hadis ilmlari bilimdoni bo’lib, hadis va
tarixga   doir   ko’plab   ma’lumotlarni   jamlab   kitob   tasnif   qilish   borasida   shuhrat
qozongan va turli  ilmlarga doir  yuzga yaqin asarlar  yozgan.  «Aqoidun Nasafiya»
(«Nasafiy   aqidasi»)   asari   g’oyatda   mashhur   va   aqida   kitoblarining   mo’tabari
sanaladi.   Bundan   tashqari,   uning   «al-Ijozot   mutarjima   bil   hurufil   mu’jama»,
(«Alifboning tarjimasiga ijozat») «al-Ish’or bil muxtor minal ash’or» («She’rlardan
tanlab   olingan   she’r»),   «al-Akmalul   atvol   fi   tafsiril   Qur’on»   («Qur’on   tafsiridagi
mangu   komillik»),   «at-Taysir   fi   ilmit   tafsir»   («Tafsirga   oid   yengillashtirilgan
kitob»),   «Ti’dodush   shuyux   Umar»   («Umarning   mashoyixlari   ro’yxati»),   «al-
Manzumatun   Nasafiya   fil   xilofiyot»   («Nasafiyning   munozarali   masalalarga   oid
manzumasi»),   «La’batur   rag’oib   li   bahsil   g’aroib»   («G’aroyib   narsalarni   izlash
uchun   orzular   o’yini»),   «Qaydul   avobid»   («Vahshiy   hayvonlarning   kishani»),
«Tarixi Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Tarixi Marv» («Marv tarixi»), «Kitobul qand
fi zikri ulamoi Samarqand» («Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin
kitob)»),   Shayboniyning   «al-Jomi’us   sag’iyr   fi   furu’il   fiqhil   hanafiy»   («Hanafiy
mazhabi   furu’ul   fiqhiga   oid   kichik   to’plam»)   asarini   nazmga   o’girgan,   «Xasoisul
lug’at»   («Til   xususiyatlari»),   «Zallatul   qori   fi   bayonil   xato   fi   qiroatil   Qur’onil
kariym   va   anvoihi   va   hukmihi»   («Qorining   Qur’oni   karim   tilovatidagi   xatolari
bayoni,   uning   turlari   va   hukmlari»),   fiqh   istilohi   haqidagi   «Tilbatut   talaba»
(«Talabalar    istagi»), «Bayonu  mazhabil  mutasavvifa» («So’fiylar  yo’li  bayoni»),
«Sahihul Buxoriy»ga sharh yozib,   ni  an-Najoh  i  arh axboris sihoh» («Ishonchli
to’plamlardagi   hadislar   sharhida   erishilgan   muvaffaqiyat»)   deb   nomlangan,
«Majma’ul   ulum»   («Ilmlar   to’plami»),   «al-Mavoqiyt»   («Belgilangan   vaqt»),   «al-
Xasois fil masoilil fiqhiya» («Fiqhiy masalalarning o’ziga xos xususiyatlari»), «al-
Xasoil   fil   furu’»  («Tarmoqlar   hosili»),  «Tatviylul   asfor   fi   tahsilil   axbor»  («Hadis
to’plash maqsadida safarlarda uzoq bo’lish») kabi asarlari ma’lum.
Allomaning   hanafiy   mazhabiga   oid   mashhur   «Man-   zuma»165si   bor.   U
kitobni 500/1107 yili yozib tugatgan.

XI- XII asrlarda Samarqanda islomiy ilmlarning rivojlanish tarixi Reja: 1.bob- Arab xalifaligining Markaziy Osiyoni bosib olishi va islom dinini tarqalishi 1.1 Arab xalifalifining tashkil topishi va islom dinining shakllanishi..................... 1.2 Markaziy Osiyo va Samarqandni zabt etilishi ................................................. 1.3 Samarqandda ............................................................ 2 bob – Samarqandda islom dinining keng tarqalishi va islom tasiri . 1.1 Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o’zgarishlar............................................. 1.2 Samarqand madrasalarb paydo bo’lishi va ularning ta’limdagi ro’li................. 1.3 Ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ........................................................... 3 .bob Samarqandda islomiy ilmlar taroqqiyoti . 1.1 Fiqh............................................................................................................. 1.2 Hadis........................................................................................................... 1.3 Tasavvuf.......................................................................................................

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi: Tadqiqotchi- olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV- XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi. O‘rta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy kashfiyotlar haqida gapirar ekanmiz, zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomini birinchilar qatorida tilga olamiz. U o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida keskin burilish yasadi. Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari «algoritm» va «algebra» kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi .

Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko‘p asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi 1 . ‘ Eng mu h imi, islo h otlarimiz samarasini yurtimizda yashayotgan h ar bir inson, h ar bir oila bugun o‘z h ayotida h is etishi kerak. Buning uchun barcha bo‘ g‘ indagi ra h barlar foizlar, ra q amlar, q o g‘ ozning ortidan q uvmasdan, h ar bir fu q aro uchun, uning h ayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun ishlashi shart. Shunda nuroniy keksalarimiz, mu h taram otaxon va onaxonlarimiz, h urmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz, ko‘pmillatli butun xal q imiz bizdan rozi bo‘ladi” 2 . IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham 1 Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi – 16.05.2014 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezmidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 yil 25 yanvar) .uz.u

joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Muammoning o’rganilganlik darajasi va metodologik asosi. IX-XII asrlarda islomiy ilmlar musulmon sharqida tezlik bilan rivojlangan bunga sabab esa buyuk allomalarni yetishib chiqqanligini aytib o’tish mumkin. Bular : Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy , Imom al-Moturidiy,Abu Lays Samarqandiy , Imom ad- Dorimiy kabi mutafakkirlar o’z hissalarini qo’shgan. Arablar o’rta osiyoni egglagandan so’ng islom dini tarqaldi va rivojlandi. Tadqiqot ish i ning ob’ektini : Allomalarni islomiy ilmlar rivojiga qo’shgan hissasi Tadqiqot ish i ning predmeti : Islomiy ilmlarni Samarqand misolida o’rganish va tahlil qilish. Tadqiqot ishining maqsadi. Islom ta’limoti (ilohiyoti va amaliyoti)da oila munosabatlarining etikasi hamda hozirgi davrdagi turmush ma’naviyatini yuksaltirish kontekstida tizimli, ilmiy – falsafiy tahlil orqali, oila munosabatlari tizimiga dunyoviy va diniy madaniyat elementlarini singdirish qonuniyatlari va mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot ishining vazifalari : - islom ta’limotida oila munosabatlarining vujudga kelishi va takomillashuvi jarayonini falsafiy-nazariy tahlil etish; - Sharq va G‘arbdagi oila etikasining qiyosiy tahlili orqali islomiy qadriyatlarning roli ko‘rsatib berish;

- oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda islom ta’limotidagi aqidaviy, huquqiy va diniy-falsafiy asoslarini o‘rganib, ulardan ijodiy foydalanish imkoniyatlarini aniqlash; - globallashuv jarayonida oilada ma’naviy barkamol, jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalashda diniy meros va milliy qadriyatlardan oqilona foylanish yo‘llari va usullarini ilmiy asoslash; Tadqiqotning ilmiy yangiluigi: “ IX-XII asrlarda Samarqannda islomiy ilmlar rivojlanishi” mavzusini yoritishda qo„yilgan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat. - Bu davrdagi allomalar ilmiy merosini o’rganish - Samarqandlik muhaddislarni ilmiy bayon qilish -