logo

1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistonga ta’siri 11v

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44.326171875 KB
Rassiyada 1917-yil fevral inqilobi va O`rta Osiyo hamda Qozog`istondagi
siyosiy vaziyat.Turkiston muxtoriyati va Alash O`rta hukumatlarining
tugatilishi. Bolshevik rejimining o`rnatilishi
Xalqimiz 130 yilga yaqin davr mobaynida podsho Rossiyasi zulmi ostida, 
sho‘rolar istibdodi iskanjasida yashadi. Bu davrda ular ne-ne kulfatlarni o‘z 
boshlaridan kechirmadilar. Shu bois ular doimo o‘z ozodligi va mustaqilligi uchun 
kurash olib bordilar. Biroq istiqlolimizgacha tariximizdagi bu ozodlik kurashlari 
bizdan pinxon tutildi. Ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyatiga reaksiyey tus 
berildi. Hatto mustaqil davlatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan   “Turkiston 
muxtoriyati”   faoliyati adabiyotlar va darsliklarga kiritilmadi, mustaqillik uchun 
olib borilgan kurashlar esa   “bosmachilik”   deb ataldi.
Oqtyabr to‘ntarishi esa Sharq xalqlari, jumladan, O‘rta Osiyo xalqlariga ozodlik, 
xurlik olib kelgan, ularning mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlashga imkon 
bergan   “buyuk istiqbol”   deb jar solindi. Mustamlakachilar, istibdodchilar 
tariximizni buzib talqin qildilar, haqiqatni bizdan bekitdilar.
Biroq tarixni tuzatib ham, uni qayta yozib ham bo‘lmaydi. U qanday bo‘lsa, 
shundayligicha qoladi. Prezidentimiz aytganidek   «Ko‘chmanchilar, bosqinchilar 
kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy 
yashaydi». 1   Istiqlolimiz mana shunday haqqoniy tariximizni qayta ochishga, 
tiklashga uni qanday bo‘lsa shunday o‘rganishga imkon yaratdi.
Biroq, bugun mana shunday vaziyatda dunyoda g‘oyalar kurashi, yoshlarni o‘zlari 
tanlagan yo‘llaridan chalg‘itish uchun harakatlar keng avj olmoqda.  Ayrim 
g‘oyalar “daho”lari xavoyi gaplar, quyuq va’dalar bilan odamlarning boshini 
qotirishga urinmoqdalar.
Bunday sharoitda g‘oyaga qarshi faqat g‘oya. Jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan 
bahsga kirishi mumkinligi jamiyatimizning milliy g‘oyasi va mafkurasini 
shakllantirish va uning mazmuni mohiyatini yoshlarimiz ongiga chuqur singdirish  zaruriyatini anglatmokda. Shu milliy mafkuramiz biz oldimizga qo‘ygan ezgu-
maqsadlarimizga erishuvimizda yunaltiruvchi kuch, bayroq vazivasini o‘taydi.
Prezident I.Karimov   "Mana shunday ozod kunlarda bilib-bilmay yo‘ldan toyib,
ya’ni kuppa-kundizi yo‘lini yo‘qotib, yot ellarda chalinayotgan nog‘oraga 
o‘ynab   yurgan ayrim yoshlarning ko‘zini ochishda milliy mafkuramiz muxim 
o‘rin tutishi   shubhasiz" 1 , deb bejiz takidlamagan edilar.
Bugungi yoshlarimizni yuksak ma’naviyat egasi, o‘zligini anglagan insonlar qilib 
tarbiyalashda, shakllanayotgan milliy mafkuramizda tariximiz muhim rolni 
o‘ynaydi. Shu bois Prezidentimiz   “biz haqqoniy tariximizni tiklashimizni, 
xalqimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan qurollantirishimiz zarur. 
Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur” , 2   deb alohida 
ta’kidlangan edilar.
Bugun siz bilan muxokama etadigan mavzuimiz yurtimiz, xalqimizning sho‘rolar 
istibdodi iskanjasiga tushgan, dastlab ularning   “Siz endi ozodsizlar”   degan 
uydirmalariga uchib, so‘ngra mag‘zini chaqib, ular xiyla-nayranglarini barchasi 
yolg‘onligini tushunib, o‘z ozodligi, erki uchun kurash olib borgan davri tarixiga 
bag‘ishlanadi.
Siz bugungi ma’ruzamizda sho‘rolar davrida uydirma va yolg‘onlar bilan 
xaspushlangan bu davr tarixining haqiqatini, uning qanday bo‘lsa, shundayligicha 
bilishga haqlisiz. Chunki jamiyatimizning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi 
bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin 
emas.   Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
1917 yil 27 fevralda Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi g‘alabasi 
tufayli podsho Nikolay II taxtdan ag‘darilib, hokimiyat tepasiga rus burjuaziyasi 
chiqdi va ular muvaqqat ( vaqtli) xukumat tuzdilar.
Petrogradda bo‘lib o‘tgan hodisalarlar ta’siri ostida Turkistonda yangi hokimiyat 
tuzilmalarini barpo qilish yuzasidan kuchli jarayon boshlandi. Bolsheviklar  ta’sirida hamma shahar va ishchilar mavzelarida ishchi va soldat deputatlari 
Sovetlari tuzila boshladi. Ular inqilobiy demokratiya orzusini yuzaga chiqarishga 
vakil etilgan va muvaqqat hukumat mahalliy muassasalarining xatti-harakatlari 
ustidan nazorat olib borish huquqini da’vo qiladigan qurollangan xalq organlari 
tariqasida tashkil topib bordi. Bu sovetlar xay’atiga asosan ovrupalik aholi vakillari
kirdi.
O‘lkaning musulmon aholisi ham faol siyosiy kurash jabkasiga tortildi. 1917 
yilning mart aprel oylari o‘lkaning siyosiy uyg‘onishida burilish davri bo‘ldi. 
Paydo bo‘lib kelayotgan milliy demokratik kuchlarning yetakchisi jadidlar bo‘lib 
qoldi, ular o‘zlarining avvalgi butun faoliyatlari bilan shu vazifaga tayyorlangan 
edilar. Ular demokratik inqilobga va u e’lon qilgan tamoyillarga katta umid 
bog‘lab, uning g‘oyalari va shiorlarini amalga oshirishga faollik bilan kirishdilar. 
Shu oylarda ular xalq ongi shuurida jipslashish, milliy birlikni mustahkamlash 
extiyojini uyg‘otish bobida muhim qadamlar qo‘yishga erishdilar.
Fevral voqealaridan keyin siyosiy tashkilotlar faoliyatida ham o‘zgarishlar sodir 
bo‘la boshladi.   “Sho‘roi Islomiya” ,   “Ulamo”   va   “Alash O‘rda”   singari yangi 
firqalar tashkil topdi.
Xalq o‘z baxti-saodati uchun kurash bayrog‘i ostida turli tashkilotlarni vujudga 
keltira boshladi.Samarqandda   “Musulmonlar klubi” ,   “Mirvajul-Islom” , 
Qo‘qonda   “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi” , Kattaqo‘rg‘onda   “Ravnaq-ul 
islom” , Xo‘jandda   “Muayin at-tolibin”   kabi tashkilotlar tuzildi.
Taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tashkil qilingan   “Turon”   jamiyati tashabbusi 
bilan 1917 yil mart oyida vujudga kelgan yirik milliy tashkilotlardan biri- “Sho‘roi 
Islomiya”   edi. Tashqilot nega bunday nom oldi? 1917 yilda Sovetlar (sho‘rolar) 
tashkil qilish-g‘oyasi keng tarkalgan edi. Joylarda   “Hamma hokimiyat 
Sovetlarga”   degan shior ostida namoyishlar o‘tkazila boshlandi. Odamlar   “Endi 
xalq Sovetlar orqali o‘z taqdiri va kelajagini hal eta oladi” , deb uylay boshladi.
Tashqilotning 1917 yil 14 martdagi yig‘ilishda shunday taklif kiritildi:   “Nega rus  ishchi va askarlarida o‘z sho‘rolari Sovet ma’nosida bor, biz musulmonlarda 
esa xech qanday sho‘ro yo‘q. Keling biz ham bugungi majlisda tashkilotimiz 
nomini ”Musulmonlar sho‘rosi“ yoki chiroyli qilib aytganda ”Sho‘roi 
Islomiya"   deb aytaylik. Shunday qilib, Toshkent shahrining mahalliy aholisi o‘zi 
saylangan va unga ishonch bildirgan milliy tashkilotga ega bo‘ldi.
15 martda Munavvar qori hovlisida I idora majlisi bo‘lib o‘tdi, unda doimiy rais, 
kotib, sarkotib, xazinador va ularga muovin saylandi. Raislikka Abulvoxid qori 
Abdurauf qori o‘g‘li, muovinlikka Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, 
sarkotiblikka Katta xo‘ja Boboxo‘ja o‘g‘li, xazinadorlikka mulla Rizo Oxun 
Yo‘ldosh xo‘ja o‘g‘li, muovinlikka Abdusamin qori Xidayotboy o‘g‘li saylandi. 
“Sho‘roi Islomiya” tashkiloti o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad va vazifalarni 
muvaqqat qonunning quyidagi bandlarida bildirgan:
1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jihatdan zamonaga 
muvofiq islohot fikri tarqatmoq.
2. Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr va bir maslakka kelturmoqqa tadbir va 
harakatlarqilmoq.
3. Mamlakatlarning usul idoralari haqida ma’lumot yig‘ib, Ta’sis majlisiga 
hozirlanmoq.
4. Turkistonning har bir shahar, qishloq va ovullarida mitinglar yasab, siyosiy, 
ilmiy va ijtimoiy xutbalar o‘qitmoq.
5. Eski ma’murlarni o‘rindan qoldirib, o‘rniga yangi ma’murlar qo‘ymoq yo‘llarini
xalqqa ko‘rsatmoq.
6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo‘lgan va bo‘ladurg‘on ixtilof va 
shubhalarni bitirib, bir-birlariga yaqinlashtirib, birlashtirmoq uchun tadbir va 
harakatda bo‘lmoq. 7. Turli millat va firqalarning komitetlari ila aloqada bo‘lib, o‘z vakillari vositasi 
ila musulmon extiyojlarini ul komitetlarga bildirmoq va lozim topganda ulardan 
yordam so‘ramoq.
Aprel oyining boshlarida o‘lkaning boshqa shaharlarida ham «Shuroi Islomiya» 
tashkilotlari barpo etildi. Ularning asosiy vazifasi-kelajakda Turkiston avtonom 
(mustaqil) jumhuriyatini barpo etish edi.
«Shuroi Islomiya»   tashkiloti   “Najot” ,   «Shuroi 
Islom» ,   “Kengash” ,   “Xurriyat” ,   “El bayrog‘i”   va   “Ravnaqul islom”   singari 
nashrlarida o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari hamda qarorlarini keng omma 
orasida tashviq etdi.
Bu tashkilot Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida juda katta rol o‘ynadi. Uning 
vakillari Moskva va Qozonda bo‘lib o‘tgan Umumrusiya musulmonlari 
qurultoyida qatnashdi. Turkiston shaharlari Dumasiga a’zo bo‘lib kirdi, Ta’sis 
majlisida tasdiqdan o‘tkazish uchun o‘lkani idora etish usuli qonun loyihasini 
tayyorlashda faol qatnashdi, har xil xayriya ishlarida faol bo‘ldi. Maktab va 
madrasani isloh qilish yo‘llarini belgilab berdi.
Demak, “Shuroi Islomiya” a’zolari bo‘lmish turkistonlik milliy demokratik 
ruxdagi taraqqiyparvar ziyolilarimiz Rossiyada 1917 yil fevral inqilobidan so‘ng 
avj olgan umumdemokratik harakatda mustaqil Turkiston uchun kurashdi. 
Taraqqiyparvar islohotchilar matbuot va mitinglarda Turkistondagi ijtimoiy 
tengsizlik, mehnatkash ommaning og‘ir ahvoli haqida kuyinchaklik bilan so‘zlab, 
uning ijtimoiy sabablari, ildizlarini anglashga va xalqqa tushuntirishga harakat 
qilishdi.
Fevral voqealaridan keyin Turkistonda ruhoniylar orasida ham uyg‘onish sodir 
bo‘ldi. Ular ham umummusulmon birligi g‘oyasiga tayanib, 1917 yilning aprel oyi 
boshlarida “Shuroi Islomiya”ga qo‘shilib, tashkilot tarafidan uyushtirilgan 
tadbirlarda qatnashdilar. Biroq shu yilning yozida jadidlar (yangi islohotlar  tarafdorlari) va qadimlar (eskilik tarafdorlari) orasidagi munosabat keskinlashdi, 
natijada qadimlar “Ulamo” jamiyatini tuzib, Turkistonda feodal tuzumni tiklash va 
uni shariat asosida boshqarish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydilar.
Kadetlikdan yuz o‘girgan Qozoq Bukeyxon o‘g‘li rahbarligida “Alash O‘rda” 
nomli milliy partiya ham vujudga keldi. Eserlar g‘oyasiga ergashib yurgan 
ko‘pchilik namoyandalar eserlarda ko‘chayib borayotgan shovinizmni ko‘rib, 
ulardan yuz o‘giradilar va “milliy sotsialist firqasi”ni tuzishga bel bog‘laydilar. 
Lekin ko‘pchilik sinfiy emas, milliy-g‘oya atrofida birlashish talabi bilan 
chiqayotgan edi. Turkistonda xuddi shunday g‘oya Munavvar qori 1 , Avloniy, 
Tavallo, Nizomiddin Xujayev 2   kabilar—nomi bilan bog‘liq “Turon” jamiyatida 
o‘z ifodasini topgan edi. Biroq mart-aprelda N. Xujayev uni biroz 
demokratlashtirdi. Birozdan so‘ng “Turon” “Turk federalist” firkasiga aylandi va 
uning dasturi e’lon qilindi.
1917 yilning 7-15 aprel kunlari ishchi va soldat deputatlari sovetlarining I 
Turkiston o‘lka syezdi bo‘lib o‘tdi. Undagi jami 263 delegatning deyarlik barchasi 
ovrupaliklar vakillari edi. O‘lka hokimiyati to‘g‘risidagi masala muhokamasida bir
qancha delegatlar musulmonlarning yagona hokimiyat barpo etish to‘g‘risidagi 
istaklarini hisobga olishni talab etdi. Syezd demokratik respublika tuzishni yoqlab 
chiqdi-yu, lekin Turkiston xalqlari uchun o‘lkaga muxtoriyat berish, milliy 
tengsizlikni tugatish singari masalalarga o‘z munosabatini bildirmadi. Bu 
masalalar 9-16 aprelda bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lkasi ijroiya qo‘mitalari syezdida 
ham ko‘rildi. Uning 171 delegatidan 99 tasi ovrupalik edi. Unda delegatlar 
markazlashtirilgan respublikaga qarshi chiqqan bo‘lsalar ham, lekin muxtoriyat 
faqat madaniy va siyosiy yetuk xalqlarga berilishi mumkin deb hisobladi. Ayrim 
delegatlar esa muxtoriyat milliy bo‘lmay, balki hududiy bo‘lishi kerak deb hisoblar
edilar. Syezd rezolyutsiyasida ham hududiy muxtoriyat yoqlab chiqildi.
Mana shu ikki syezdda ham o‘lka xalqlarini mensimay, ularga ishonchsizlik 
bildirdilar. Ana shunday bir vaziyatda 1917 yil 16 aprel kuni Toshkentda butun Turkiston 
musulmonlarining I qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Syezdga o‘lkaning barcha tub 
xalqlaridan vakil bo‘lib kelgan 150 nafar delegat hozir bo‘ldi. Syezd muvaqqat 
hukumat va uning dasturini tan oldi va Rossiyada Federativ demokratik respublika 
ta’sis etib, barcha xalqlarga, jumladan Turkiston xalqlariga ham milliy muxtoriyat 
berish g‘oyasini yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi. Syezd markaziy rahbar organ-
Turkiston o‘lkasi musulmonlari Sovetini tuzdi: Uning birinchi majlisida rais, 
riyosat a’zolari M. Chukayev (rais), Ahmad Zaki Validiy, Munavvar Qori, 
Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Ubaydulla Xo‘jayev va boshqalar saylandi. Shu tariqa 
Turkiston xalqlarini jipslashtirish borasida yana bir muhim qadam qo‘yildi.
O‘lkada musulmon mehnatkashlari sho‘rolari tuzila boshlandi. 1917 yil 14 mayda 
Toshkentda mahalliy ishchilarning majlisida musulmon mehnatkashlari, ishchilari 
deputatlari Sovetining nizomi loyihasi tasdiqlandi. 15 iyuldagi yig‘ilishda 32 
kishidan iborat Toshkent shahar musulmon ishchi vakillari sho‘rosi saylandi.
Andijon, Qo‘qon, Samarqandda ham bunday sho‘rolar tuzildi, ular xay’atiga 
asosan mahalliy xalqlar vakillari saylandi.
1917 yil yozida Toshkentning eski shaharida 12 ta kasaba sho‘rosi tuzildi. Unga 
Sulton xo‘ja Qosimxo‘jayev rais bo‘ldi. 1917 yil avgust boshlarida Andijon 
shahrida musulmon hunar ahlining “Sanoiy ul-Islom” sho‘rosi tuzildi. Unga 1500 
kishi a’zo bo‘lib kirdi. (“ hurriyat”, 1917, 28-son, 7 avgust).
Toshkentda   “Xurshid” ,   “Sadoyi Turkiston” ,   “Turon” ,   “Turk 
eli” ,   “Najot” ,   “Kengash” ,   “Shuroi Islom” , Samarqanda   “Oyna” ,   “Xurriyat” , 
Buxoroda   “Turon” ,   “Buxoroi sharif” , Qo‘qonda   “Sadoiy Farg‘ona” ,   “Tirik 
so‘z”   ro‘znomalari,   “Xurriyat”   jurnali, Farg‘onada   “Farg‘ona 
nidosi”   ro‘znomasi chiqa boshladi. Ularda xalqni siyosiy faol bo‘lishga chorlandi.
Sentyabr oylariga kelib o‘lkada vaziyat o‘zgara boshladi. Bolsheviklar 
ko‘targan   “Butun hokimiyat sovetlarga”   degan shiorga munosabat ham bir xil  emas edi. O‘lka musulmon aholisining vakolatli organlari bu shiorga qat’iyan 
salbiy nuqtai nazarda turib oldi. “Shuroi Islom” tashabbusi bilan sentyabrda 
chaqirilgan o‘lka musulmonlari II syezdi hokimiyatni soldat, ishchi va dehqonlar 
sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Biroq se’zdning bu qarori xech kimning 
qulog‘iga kirmadi. Bolsheviklar ta’siri bilan o‘lka Sovetlari butun hokimiyatni 
Sovetlarga berish haqida qaror qabul qildi.
O‘lkadagi milliy harakat o‘z rivojining yangi davriga kirdi. “Shuroi Islomiya” 
tashabbusi bilan 17-20 sentyabrda Toshkentda Turkistonlik va Qozoq 
musulmonlarining syezdi o‘tkazildi. Unda “Shuroi Islom”, “Turon”, « Shuroi 
Ulamo» va boshqalarni birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston va Qozog‘iston 
uchun umumiy bo‘lgan “ ittifoqi muslimin” degan siyosiy partiya tuzishga qaror 
qilindi. Syezd ishida Turkiston o‘lkasining bo‘lajak siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi 
masala asosiy masala bo‘ldi. Qabul qilingan qarorda demokratik Rossiya 
respublikasi tarkibida hududiy muxtor federatsiya tuzish g‘oyasi ilgari surildi. 
Syezd muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni qo‘yib, 11 
parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzimining bosh 
tamoyillari va me’yorlarini belgilab berdi.
Turkiston musulmonlarining birinchi siyosiy partiyasi-Turkiston federalchilar 
partiyasi, ya’ni “Turk odami markaziy federalist firqa”si ham mana shu siyosiy 
masalalarga o‘z munosabatini belgilab oldi. Uning dasturida ham Turkistonda 
milliy-hududiy muxtoriyat tamoyillari negizida demokratik respublika tuzipi 
g‘oyasi chuqur asoslangan edi.
Fevral voqealari o‘lkadagi jadidlar oqimi faoliyatini ham jadallashtirdi. Masalan, 
Buxoro jadidlari o‘rtasida keskin ajralish yuz berdi, «Yosh buxoroliklar» partiyasi 
shakllandi (bu oqim 1908 yilda Buxoro jadidizmni harakati sifatida paydo 
bo‘lgan). Ular amirning cheklanmagan hukmronligiga qarshi oshkora chiqa 
boshladilar. Fevral inqilobidan keyin tuzilgan muvaqqat hukumat Buxoro amirligiga nisbatan 
ikkiyoqlama siyosat olib bordi: bir tomondan, amirni qo‘llab-quvvatladi, ikkinchi 
tomondan, islohot o‘tkazish zarurligiga sha’ma qildi, bunga amir rozilik berdi. 
1917 yil 7 aprelida Buxoroda islohot o‘tkazish to‘g‘risidagi bayonnoma ham e’lon 
qilindi. Shu munosabat bilan «Yosh buxoroliklar» 1917 yilning 9 aprelida 
namoyish uyushtirdilar. Ular “Yashasin islohot”, “Yashasin hurriyat, konstitutsiya,
matbuot erkinligi va mustaqil maktab” degan shiorlar bilan amir saroyiga yo‘l 
oldilar. Biroq, reaksion kuchlar qatnashchilarni yo‘q qilishga kirishdilar. Ta’qiblar 
natijasida «Yosh buxoroliklar» yangi Buxoroga ko‘chdilar va shu yerda ularning 
safida ajralish ro‘y berdi. O‘ng va so‘l qanotlar paydo bo‘ldi. O‘nglar M.Mansurov
boshchiligida(ularning ko‘pi savdogar doiralarining vakillari edi) amir bilan 
muzokaralar olib borish yo‘li bilan kelishishni yoqlab chiqdilar. Ammo 
muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ularning ko‘pi «Yosh buxoroliklar» tashkilotidan 
chiqdilar.
So‘llar esa (Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Muso Saidjonov va boshqalar) 
“viloyatlarda partizanlarning chiqishlarini tashkil etish” yo‘li bilan qurolli 
qo‘zg‘olon tayyorlash imkoniyati bor deb hisoblashdi. Bunda ular dehqonlar 
ishtirokida, Muvaqqat hukumat, Turkiston o‘lka organlari va ishchi hamda soldat 
deputatlari Sovetlari vakillarining yordamiga umid qilishardi. Biroq, Muvaqqat 
hukumat, ishchi va soldat deputatlari Sovetlari vakillarining amir hukumati bilan 
kelishuvi, dehqonlar ommasining passivligi ularni faol kurashga o‘tishga imkon 
bermadi.
Amir ta’qibining ko‘chayishiga qaramay, yosh buxoroliklar o‘z faoliyatini davom 
ettirdilar. Ular butun kuch g‘ayratini ikki vazifani hal etishga: amaliy dasturni 
ishlab chiqishga, tashkilotga ishchilar, hunarmandlar, soldatlar va ayniqsa 
dehqonlarni iloji boricha ko‘proq jalb etish maqsadida aholi o‘rtasida olib 
boradigan ish usullarini aniqlab olishga qaratdilar. Xorazmda «Yosh Xivaliklar» harakati ham faollashdi (bu harakat 1905 yilda Xiva 
jadidizmi bazasida ijtimoiy-siyosiy oqim sifatida shakllangan). Ular siyosiy 
partiyaga aylanib, xon hokimiyatiga qarshi ochiq kurash yo‘liga o‘tdilar va 
inqilobiy kayfiyatdagi soldatlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Ular 1917 yil aprelida 
soldatlar yordamida Xivada namoyish o‘tkazdilar. Yashasin ozodlik, adolat va 
tenglik yashasin qahramon jangchilar,   “Yo‘qolsin Musatabidlik”   shiorlari bilan 
xon saroyi tomon chiqdilar.
Ularning talabi bilan xonning “Bayonnoma”si e’lon qilindi. Unda mamlakatda 
parlament boshqaruvi joriy ettilishi, parlament Oliy davlat hokimiyati sifatida 
umumhalq ovoz berish yo‘li bilan shakllantirilishi e’lon qilindi. “Bayonnoma” 
e’lon qilingan kuning ertasiga   «Yosh Xivaliklar»   markaziy qo‘mitasining majlisi 
bo‘ldi, uning raisi qilib Bobooxun Salimov saylandi unda majlis deputatlari 
saylovini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Olis rayonlarga shu xususdagi 
maktublar yuborildi, yirik shaharlarda esa aholi o‘rtasida inqilobiy g‘oyalarni 
targ‘ib qilish va saylov o‘tkazish uchun tashviqotchilar yuborildi. Saylov 
kompaniyasi yakunlangach majlis barpo etildi, unga joylarda saylangan 30 deputat 
«Yosh Xivaliklar» tashkilotining hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan 5 vakil, partiya 
markaziy qo‘mitasining qolgan a’zolariga majlis yig‘ilishlarida maslahat ovozi 
bilan qatnashishi huquqi berildi va Turkmanlardan 7 deputat kirdi.
«Yosh Xivaliklar»ning bo‘linib ketgan o‘ng qanoti ularga Islom xo‘ja boshchilik 
qilgan savdo sanoat vakillarini endigina tug‘ulib kelayotgan kapitalist va boylarni 
birlashtirib, xonga qarshi suiqasd tashkil qilish bilan shug‘ullandi. Fitnadan xabar 
topgan xon muvaqqat hukumat Turkiston komiteti vakillarining faol madadi bilan 
1917 iyunda majlisni tarqatib yubordi va uning rahbarlarini qamoqqa oldi.
Xon zulmining ko‘chayishi sharoitida «Yosh xivaliklar» partiyasi ochiq faoliyat 
ko‘rsata olmay qoldi. Shu sababli uning so‘l qanoati (unga Boboxon Salimov 
yetakchi, hunarmandlar, dehqonlar, o‘rta va mayda savdogorlar va aholi boshqa  qatlamlari vakillari kirar edi) yashirin ishlash yo‘liga o‘tdi. Ular Gurlan, Mang‘it, 
Qipchoq va boshqa bekliklarda partiya bo‘limlari va yacheykalarini tashkil etishdi.
1   I.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q». Toshkent, 1998 yil, 21-bet.
1   I.Karimov Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga ishonaman.
2   I.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. 1998 25-bet.
1   MunavvarQori Abdurashidxonov Toshketdagi jadidlarning yetakchisi. Yangi 
maktablar ochib, ular uchun darsliklar yozgan. O‘rta Osiyo dorulfununing 
tashkilotchilaridan biri. Turkistonda bolshevizmga qarshi, milliy mustaqillik uchun
kurashib «Milliy ittixod» partiyasini tuzgan. 1926 yilda o‘z partiyasini tugatib, 
sovetxokimiyatiga xizmat qildi, ma’rifatparvarlikni davom ettirdi. 1929 yilda 
«Milliy ittixod» partiyasi ustidan bo‘lgan sud yakunida otib tashlangan.
2   Nizomiddin Xo‘jayev 1885 yilda Toshkentda ishchi oilasida tug‘ildi. 1914 yili u 
inqilobiy harakatdagi ishtiroki uchun bosmaxonadan ishdan bo‘shatildi. 1918 yilda
komunistik partiya safiga qabul qilindi. U eski shahar Soveti ijroiya qo‘mitasi 
lavozimida ham ishlagan. 1919 yil sentyabrida I-Farg‘ona oblast revolyutsion 
qo‘mitasi raisi ham qilib tayinlandi. 1931 yili O‘rta Osiyo Davlat universitetini 
tugatib, O‘zbekiston Davlat plani Prezediumining a’zosi bo‘lib ishladi.

Rassiyada 1917-yil fevral inqilobi va O`rta Osiyo hamda Qozog`istondagi siyosiy vaziyat.Turkiston muxtoriyati va Alash O`rta hukumatlarining tugatilishi. Bolshevik rejimining o`rnatilishi Xalqimiz 130 yilga yaqin davr mobaynida podsho Rossiyasi zulmi ostida, sho‘rolar istibdodi iskanjasida yashadi. Bu davrda ular ne-ne kulfatlarni o‘z boshlaridan kechirmadilar. Shu bois ular doimo o‘z ozodligi va mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Biroq istiqlolimizgacha tariximizdagi bu ozodlik kurashlari bizdan pinxon tutildi. Ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyatiga reaksiyey tus berildi. Hatto mustaqil davlatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan “Turkiston muxtoriyati” faoliyati adabiyotlar va darsliklarga kiritilmadi, mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar esa “bosmachilik” deb ataldi. Oqtyabr to‘ntarishi esa Sharq xalqlari, jumladan, O‘rta Osiyo xalqlariga ozodlik, xurlik olib kelgan, ularning mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlashga imkon bergan “buyuk istiqbol” deb jar solindi. Mustamlakachilar, istibdodchilar tariximizni buzib talqin qildilar, haqiqatni bizdan bekitdilar. Biroq tarixni tuzatib ham, uni qayta yozib ham bo‘lmaydi. U qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Prezidentimiz aytganidek «Ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi». 1 Istiqlolimiz mana shunday haqqoniy tariximizni qayta ochishga, tiklashga uni qanday bo‘lsa shunday o‘rganishga imkon yaratdi. Biroq, bugun mana shunday vaziyatda dunyoda g‘oyalar kurashi, yoshlarni o‘zlari tanlagan yo‘llaridan chalg‘itish uchun harakatlar keng avj olmoqda. Ayrim g‘oyalar “daho”lari xavoyi gaplar, quyuq va’dalar bilan odamlarning boshini qotirishga urinmoqdalar. Bunday sharoitda g‘oyaga qarshi faqat g‘oya. Jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishi mumkinligi jamiyatimizning milliy g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish va uning mazmuni mohiyatini yoshlarimiz ongiga chuqur singdirish

zaruriyatini anglatmokda. Shu milliy mafkuramiz biz oldimizga qo‘ygan ezgu- maqsadlarimizga erishuvimizda yunaltiruvchi kuch, bayroq vazivasini o‘taydi. Prezident I.Karimov "Mana shunday ozod kunlarda bilib-bilmay yo‘ldan toyib, ya’ni kuppa-kundizi yo‘lini yo‘qotib, yot ellarda chalinayotgan nog‘oraga o‘ynab yurgan ayrim yoshlarning ko‘zini ochishda milliy mafkuramiz muxim o‘rin tutishi   shubhasiz" 1 , deb bejiz takidlamagan edilar. Bugungi yoshlarimizni yuksak ma’naviyat egasi, o‘zligini anglagan insonlar qilib tarbiyalashda, shakllanayotgan milliy mafkuramizda tariximiz muhim rolni o‘ynaydi. Shu bois Prezidentimiz “biz haqqoniy tariximizni tiklashimizni, xalqimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur” , 2 deb alohida ta’kidlangan edilar. Bugun siz bilan muxokama etadigan mavzuimiz yurtimiz, xalqimizning sho‘rolar istibdodi iskanjasiga tushgan, dastlab ularning “Siz endi ozodsizlar” degan uydirmalariga uchib, so‘ngra mag‘zini chaqib, ular xiyla-nayranglarini barchasi yolg‘onligini tushunib, o‘z ozodligi, erki uchun kurash olib borgan davri tarixiga bag‘ishlanadi. Siz bugungi ma’ruzamizda sho‘rolar davrida uydirma va yolg‘onlar bilan xaspushlangan bu davr tarixining haqiqatini, uning qanday bo‘lsa, shundayligicha bilishga haqlisiz. Chunki jamiyatimizning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas.   Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. 1917 yil 27 fevralda Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi g‘alabasi tufayli podsho Nikolay II taxtdan ag‘darilib, hokimiyat tepasiga rus burjuaziyasi chiqdi va ular muvaqqat ( vaqtli) xukumat tuzdilar. Petrogradda bo‘lib o‘tgan hodisalarlar ta’siri ostida Turkistonda yangi hokimiyat tuzilmalarini barpo qilish yuzasidan kuchli jarayon boshlandi. Bolsheviklar

ta’sirida hamma shahar va ishchilar mavzelarida ishchi va soldat deputatlari Sovetlari tuzila boshladi. Ular inqilobiy demokratiya orzusini yuzaga chiqarishga vakil etilgan va muvaqqat hukumat mahalliy muassasalarining xatti-harakatlari ustidan nazorat olib borish huquqini da’vo qiladigan qurollangan xalq organlari tariqasida tashkil topib bordi. Bu sovetlar xay’atiga asosan ovrupalik aholi vakillari kirdi. O‘lkaning musulmon aholisi ham faol siyosiy kurash jabkasiga tortildi. 1917 yilning mart aprel oylari o‘lkaning siyosiy uyg‘onishida burilish davri bo‘ldi. Paydo bo‘lib kelayotgan milliy demokratik kuchlarning yetakchisi jadidlar bo‘lib qoldi, ular o‘zlarining avvalgi butun faoliyatlari bilan shu vazifaga tayyorlangan edilar. Ular demokratik inqilobga va u e’lon qilgan tamoyillarga katta umid bog‘lab, uning g‘oyalari va shiorlarini amalga oshirishga faollik bilan kirishdilar. Shu oylarda ular xalq ongi shuurida jipslashish, milliy birlikni mustahkamlash extiyojini uyg‘otish bobida muhim qadamlar qo‘yishga erishdilar. Fevral voqealaridan keyin siyosiy tashkilotlar faoliyatida ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. “Sho‘roi Islomiya” , “Ulamo” va “Alash O‘rda” singari yangi firqalar tashkil topdi. Xalq o‘z baxti-saodati uchun kurash bayrog‘i ostida turli tashkilotlarni vujudga keltira boshladi.Samarqandda “Musulmonlar klubi” , “Mirvajul-Islom” , Qo‘qonda “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi” , Kattaqo‘rg‘onda “Ravnaq-ul islom” , Xo‘jandda “Muayin at-tolibin” kabi tashkilotlar tuzildi. Taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tashkil qilingan “Turon” jamiyati tashabbusi bilan 1917 yil mart oyida vujudga kelgan yirik milliy tashkilotlardan biri- “Sho‘roi Islomiya” edi. Tashqilot nega bunday nom oldi? 1917 yilda Sovetlar (sho‘rolar) tashkil qilish-g‘oyasi keng tarkalgan edi. Joylarda “Hamma hokimiyat Sovetlarga” degan shior ostida namoyishlar o‘tkazila boshlandi. Odamlar “Endi xalq Sovetlar orqali o‘z taqdiri va kelajagini hal eta oladi” , deb uylay boshladi. Tashqilotning 1917 yil 14 martdagi yig‘ilishda shunday taklif kiritildi: “Nega rus

ishchi va askarlarida o‘z sho‘rolari Sovet ma’nosida bor, biz musulmonlarda esa xech qanday sho‘ro yo‘q. Keling biz ham bugungi majlisda tashkilotimiz nomini ”Musulmonlar sho‘rosi“ yoki chiroyli qilib aytganda ”Sho‘roi Islomiya" deb aytaylik. Shunday qilib, Toshkent shahrining mahalliy aholisi o‘zi saylangan va unga ishonch bildirgan milliy tashkilotga ega bo‘ldi. 15 martda Munavvar qori hovlisida I idora majlisi bo‘lib o‘tdi, unda doimiy rais, kotib, sarkotib, xazinador va ularga muovin saylandi. Raislikka Abulvoxid qori Abdurauf qori o‘g‘li, muovinlikka Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, sarkotiblikka Katta xo‘ja Boboxo‘ja o‘g‘li, xazinadorlikka mulla Rizo Oxun Yo‘ldosh xo‘ja o‘g‘li, muovinlikka Abdusamin qori Xidayotboy o‘g‘li saylandi. “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad va vazifalarni muvaqqat qonunning quyidagi bandlarida bildirgan: 1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy jihatdan zamonaga muvofiq islohot fikri tarqatmoq. 2. Butun Turkiston musulmonlarini bir fikr va bir maslakka kelturmoqqa tadbir va harakatlarqilmoq. 3. Mamlakatlarning usul idoralari haqida ma’lumot yig‘ib, Ta’sis majlisiga hozirlanmoq. 4. Turkistonning har bir shahar, qishloq va ovullarida mitinglar yasab, siyosiy, ilmiy va ijtimoiy xutbalar o‘qitmoq. 5. Eski ma’murlarni o‘rindan qoldirib, o‘rniga yangi ma’murlar qo‘ymoq yo‘llarini xalqqa ko‘rsatmoq. 6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo‘lgan va bo‘ladurg‘on ixtilof va shubhalarni bitirib, bir-birlariga yaqinlashtirib, birlashtirmoq uchun tadbir va harakatda bo‘lmoq.

7. Turli millat va firqalarning komitetlari ila aloqada bo‘lib, o‘z vakillari vositasi ila musulmon extiyojlarini ul komitetlarga bildirmoq va lozim topganda ulardan yordam so‘ramoq. Aprel oyining boshlarida o‘lkaning boshqa shaharlarida ham «Shuroi Islomiya» tashkilotlari barpo etildi. Ularning asosiy vazifasi-kelajakda Turkiston avtonom (mustaqil) jumhuriyatini barpo etish edi. «Shuroi Islomiya» tashkiloti “Najot” , «Shuroi Islom» , “Kengash” , “Xurriyat” , “El bayrog‘i” va “Ravnaqul islom” singari nashrlarida o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari hamda qarorlarini keng omma orasida tashviq etdi. Bu tashkilot Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida juda katta rol o‘ynadi. Uning vakillari Moskva va Qozonda bo‘lib o‘tgan Umumrusiya musulmonlari qurultoyida qatnashdi. Turkiston shaharlari Dumasiga a’zo bo‘lib kirdi, Ta’sis majlisida tasdiqdan o‘tkazish uchun o‘lkani idora etish usuli qonun loyihasini tayyorlashda faol qatnashdi, har xil xayriya ishlarida faol bo‘ldi. Maktab va madrasani isloh qilish yo‘llarini belgilab berdi. Demak, “Shuroi Islomiya” a’zolari bo‘lmish turkistonlik milliy demokratik ruxdagi taraqqiyparvar ziyolilarimiz Rossiyada 1917 yil fevral inqilobidan so‘ng avj olgan umumdemokratik harakatda mustaqil Turkiston uchun kurashdi. Taraqqiyparvar islohotchilar matbuot va mitinglarda Turkistondagi ijtimoiy tengsizlik, mehnatkash ommaning og‘ir ahvoli haqida kuyinchaklik bilan so‘zlab, uning ijtimoiy sabablari, ildizlarini anglashga va xalqqa tushuntirishga harakat qilishdi. Fevral voqealaridan keyin Turkistonda ruhoniylar orasida ham uyg‘onish sodir bo‘ldi. Ular ham umummusulmon birligi g‘oyasiga tayanib, 1917 yilning aprel oyi boshlarida “Shuroi Islomiya”ga qo‘shilib, tashkilot tarafidan uyushtirilgan tadbirlarda qatnashdilar. Biroq shu yilning yozida jadidlar (yangi islohotlar