logo

Amerikaning kashf etilishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

406.3310546875 KB
Mavzu: Amerikaning kashf etilishi
Reja
  Kirish
1 Buyuk  geografik kashfiyotlar 
2Amerikaning kashf etilishi 
3 Amerikaning kashf etilishi sabablari
4 Mavzu bóyicha metod
Xulosa 
                                                                     Kirish
Beruniy   kashfiyotlar   tojini   kiyishga   haqli   edi   va   uning   tahliliy   jarayonlarda
erishgan   xulosalari   juda   yuksak   shon-shuhratga   arzirdi.   U   yaratgan   asboblar
dengizchilar tomonidan ishlangan yog‘och qayiqlar emas, balki nozik kuzatishlar,
aniq sonli ma’lumotlar va kuchli mantiqqa asoslangan buyuk ixtirolar edi. Beruniy
darajasida   boshqa   ming   yilliklarda   hech   kim   Yevropa   va   Osiyoda,   dunyo
miqyosida bunday olamshumul tahliliy tadqiqotlar qilmagan.
Movarounnahrda   ming   yillar   oldin   yashab   o‘tgan   allomalar,   faylasuflar   va
dinshunos  olimlarning ilm  sohasida  erishgan  yutuqlari   bugungi  kunda  ham   jahon
afkor ommasini hayratga solib kelayotir. Shubhasiz, bu o‘ziga xos milliy g‘ururni
yana   ham   kuchaytiradi   deb   hisoblayman.   Buni   tabiiy   deb   qabul   qilish   kerak.
O‘zbekistonning aynan Markaziy Osiyo markazida joylashgani va uning qit’adagi
boshqa   davlatlardan   ham   buyukroq   tarixga   ega   bo‘lishi   bejiz   emas.   Bundan
tashqari,   Markaziy   Osiyo   qadimdan   Buyuk   Ipak   yo‘lida   joylashgani,   boy
shaharlari   va   aholisi,   texnologiya   sohasidagi   muvaffaqiyatlari   bilan   tanilgan.   Bu
mintaqadan   jahonga   taniqli   alloma   va   mutafakkirlarning   yetishib   chiqishi,   uning
muhim   taraqqiyot   o‘chog‘i   sifatida   e’tirof   etilishida   bir   qancha   asos   va   omillar
mavjudligini unutmaslik kerak.    
Mening nazarimda, kimki qadimgi Rim va yangi dunyoning tarixi va madaniyatini
teran anglamoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda Markaziy Osiyoning dunyo tarixidagi
o‘ziga   xos   o‘rni   va   ahamiyatini   obdon   bilib   olishi   shart.   Bu   mintaqa   tarixini
tarixning oddiy bir qismi deb qaramaslik lozim.  
 
Shu   o‘rinda   ba’zi   haqli   savollar   tug‘ilishi   tabiiy.   O‘zbekiston   va   Markaziy
Osiyodagi   boshqa   davlatlar   dunyo   xaritasida   qay   darajada   muhim   ahamiyat   kasb
etadi?
Afsuski, Markaziy Osiyo tarixi va uning afsonaviy o‘tmishi haqida G arb va Sharqʻ
zaminida   yashaydigan   ko‘pchilik   xalqlar   juda   kam   biladi.   Agarda   qadimiy
Afrosiyob   va   boshqa   buyuk   shaharlar   quyoshda   quritilgan   g‘isht   o‘rniga mustahkam   toshdan   qurilganda,   millionlab   sayyohlar   mazkur   osori   atiqalarni
ko‘rish   niyatida   yer   yuzining   uzoq   manzillaridan   tashrif   buyurar   edi.   Komil
ishonch   bilan   ayta   olamanki,   ikki   daryo   oralig‘ida   yaratilgan   nodir   qo‘lyozmalar
to‘lig‘icha   saqlanib   qolganida,   bani   bashar   hech   ikkilanmasdan   odamzot   aql - u
zakovatidan   cheksiz   faxr-iftixor   tuyardi.   Ammo   haqiqatda   bunday   bo‘lmadi.
Natijada   dunyodagi   eng   bilimli   va   zukko   sanalgan   insonlar   ham   Markaziy
Osiyoning   buyuk   o‘tmishini   inkor   qilishdi   yoki   unga   haqiqiy   bahosini   berishda
xatoga yo‘l qo‘ydi.
Shundan   kelib   chiqqan   holda   aytish   mumkinki,   Markaziy   Osiyoning   oltin   asri
mavzusiga   aloqador   barcha   muhim   manbalarni   dunyoning   turli   tillarida,   ayniqsa,
ingliz   tilida   yuqori   darajali   zamonaviy   nashrda   chop   etish   eng   muhim   vazifalar
sirasiga kiradi. Aynan shunday yo‘l tutish orqali dunyo bu mintaqa insoniyatning
aqliy   takomilida   qanday   xizmatlarni   bajarganini   bilib   olishi   va   boshqalarga
bildirishi   mumkin.   Bunga   misol   tariqasida   Markaziy   Osiyo   ilm-fani
tarixida   o‘chmas   iz   qoldirgan   buyuk   mutafakkir   Abu   Rayhon   Beruniyni   keltirish
o‘rinlidir.   Alloma   973-yili   Orol   dengizi   yaqinida   barpo   etilgan   Kot   shahrida
dunyoga   kelgan.   Beruniy   yoshligida   matematika,   astronomiya,   mineralogiya,
geografiya, xaritashunoslik, geometriya va trigonometriya kabi fanlarni mukammal
o‘rgandi. Shuning bilan birga u fors, arab tillarini, o‘rta yoshga yetganda sanskrit
tilini   to‘laqonli   o‘zlashtirgan   noyob   qobiliyatli   olimlardan   hisoblanadi.
Beruniyning   eng   ulkan   va   tengsiz   kashfiyotlaridan   biri   dunyoning   taraqqiy   etgan
turli   hududlarida   tarixiy   vaqtni   belgilashning   me’yor   tizimlarini   taqqoslab
chiqqanidir.   Yana   shuni   ta’kidlash   lozimki,   o‘sha   vaqtlarda   mazkur   hududlarda
vaqtni   belgilovchi   hisob-kitob   tizimlari   bir-biriga   mutanosib   bo‘lmagani   ko‘plab
muammolarni   yuzaga   keltirar   edi.   Bu   kabi   qiyinchiliklarni   bartaraf   etish
maqsadida   Beruniy   shaxmat   taxtasiga   o‘xshash   bir   asbob   yaratib,   bu   asbob
yordamida   tarixiy   voqealar   va   sanalarni   bir-biriga   mutanosiblashtirgan   tarzda
ajratib   tasnif   qiladi.   Masalan,   yahudiy,   yunon   va   arab   taqvimlari   shular jumlasidandir.   Bu   kashfiyoti   orqali   alloma   astronom,   tarixchi   va   dinshunos
olimlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.  
  1 Buyuk geografik kashfiyotlar 
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli muhtasham
asarida  dunyoning tarixini  yaratdi. Bu  kabi   olamshumul   kashfiyotlaridan  tashqari
alloma yana bir bebaho kashfiyoti uchun insoniyatning cheksiz mehr-muhabbati va
olqishiga loyiq deb bilayman: u Xristofor Kolumb Amerikani kashf etishidan 500
yil   burun,   dengiz   safariga   chiqmasdan   turib,   Shimoliy   va   Janubiy   Amerika
materiklarining mavjudligini aniqlab bergan.
Hali   yigirma   yoshga   to‘lmasdan   Beruniy   o‘z   shahrining   kenglik   va   uzunligini
hisob-kitob qilib chiqqan va boshqa hududlar uchun koordinatlarni hisoblab yig‘ib
borgan. Qadimgi yunon manbalariga suyangan holda u sodir bo‘lgan yuzlab tarixiy
voqealarning joylariga tegishli manbalar jadvalini yaratdi. Eramizdan oldingi 150-
yilda   yashab   o‘tgan   Klavdiy   Ptolomey   kabi   Beruniy   yerning   dumaloq   shaklda
ekanligini  isbotlagan.  O‘ttiz yoshida   kun davomida  vaqtni  aniq  belgilab beruvchi
ilg‘or  moslamani  yaratib, undan foydalanishni  yo‘lga qo‘ygan. Yana uning ulkan
ixtirolaridan biri yerning barcha tabiiy xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi, diametri
besh metrli globusni yaratganidir.
Olimning muhim ilmiy tadqiqotlaridan biri mineralogiya sohasida bo‘lib, hali yosh
paytidan   boshlab   nisbiy   zichlik   va   har   xil   minerallarning   og‘irligi   bilan   qiziqadi.
Misol   tariqasida   keltirsak,   oltingugurt   va   qo‘rg‘oshinning   tabiiy   xususiyatlarini
tasvirlab   berish   bilan   cheklanib   qolmasdan   bu   ikki   elementning   haqiqiy
o‘lchamlarini iloji boricha aniqroq o‘lchash maqsadida izlanishlarini davom ettirdi.
Shuningdek,   “Narsalar   bu   –   raqamlar”   asarini   yozib   qoldirgan   mashhur   yunon
olimi   Pifagorning   asarlarini   va   Muhammad   Xorazmiy,   yana   Arabiston   va
Markaziy Osiyoning ilg‘or olimlarining ilmiy qarashlarini puxta o‘zlashtirib olgani
bois dunyo tan olgan bir  qancha kashfiyotlarga zamin hozirladi. 1017-yilga kelib
Beruniy   ulkan   iste’dodlar   yurti   hisoblangan   Xorazm   poytaxti   Urganchda   katta
hurmat   va   tahsinlarga   sazovor   olimga   aylandi.   Afsuski,   Beruniyning   mashhur ixtirosi   deb   qaralgan   globus   katta   yong‘inda   yonib   ketdi.   Mahmud   G aznaviyʻ
Beruniyni   o‘z   saroyiga   olib   kelishni   istadi.   Shundan   keyin   u   mashhur   olimni
o‘zining   barcha  qo‘lyozmalari   bilan   birgalikda   G aznaga   yuborish   haqida   buyruq	
ʻ
berdi.   Ilojsiz   qolgan   Beruniy   buyruqni   nafaqat   bajardi,   balki   o‘tgan   o‘n   yillikda
Mahmud   G aznaviy   boshqargan   Hindiston   haqida   ko‘proq   ma’lumot   o‘rganish	
ʻ
imkoniga   ega   bo‘ldi.   Mahmud   G aznaviy   Beruniyning   ilmiy   ishlariga   kengroq	
ʻ
sharoit   yaratib   berish   maqsadida   uni   saroydan   uzoqlashtirdi.   Shu   tariqa   alloma
islom   va   hinduizm   dinlarini   bir-biriga   taqqoslovchi   ilk   kitobni   yozish   maqsadida
Lahorga   ko‘chib   o‘tdi.   G aznaga   qaytish   yo‘lida   u   yozni   hozirgi   Islomobodning	
ʻ
shimolidagi   Nandana   adirida   joylashgan   mustahkam   qal’ada   o‘tkazdi.   Beruniy
Nandanaga hech qanday asbob-uskunalarsiz, oddiygina usturlob bilan kelgani bois
yerning   o‘lchamini   aniqlash   muammosiga   qaytadan   duch   keldi.   Garchi   boshqa
astronomlar   sinus   qoidasini   o‘z   tajribalarida   sinab   ko‘rishgan   bo‘lsa-da,
Beruniydan   oldin   hech   kim   yer   hajmini   o‘lchash   imkoniyatini   beradigan   sinus
qoidasining   muammosini   yecha   olmagan   edi.   Shuningdek,   bu   olim   Yer
aylanasining   uzunligini   ham   hisoblab   bergan,   bu   o‘lcham   hozirgi   kunda
Yevropada ishlab chiqilgan zamonaviy asboblarda aniqlangan o‘lchamlardan atigi
o‘n olti kilometr kam chiqqan.
Mahmud   G aznaviy   vafotidan   keyin   uning   o‘g‘li   Mas’ud   Beruniyni   G aznada	
ʻ ʻ
kutib   oladi   va   ijod   qilishi   uchun   qulay   sharoit   yaratib   beradi.   U   qolgan   umrini
butun ijodiy izlanishlarini  o‘zida jamlagan katta asar, ya’ni “Qonuni Mas’udiy”ni
yozishga   bag‘ishlaydi.   Mazkur   asarda   alloma   hayoti   davomida   olib   borgan
izlanishlari   va   bilimlarini   ifodalagan.   Misol   uchun,   Beruniy   o‘z   vaqtida   Quyosh
qo‘zg‘almas   va   Yer   Quyosh   atrofida   aylanishi   mumkin   deb   hisoblaydi.   U   qisqa
vaqt   davomida   bu   taxminlaridan   qaytadi   va   geosentrik   olam   haqida   muqobil
g‘oyasini  ilgari suradi, matematiklar va astronomlardan bu g‘oyani  qabul  qilishni
yoki   rad   etishni   so‘raydi.   Tarixshunos   olimlar   “Qonuni   Mas’udiy”ni   miloddan
avvalgi   va   hozirgi   davrdagi   astronomiya   sohasida   yaratilgan   asarlarning   eng
buyugi   deb   hisoblashi   ajablanarli   emas.   Ammo   arab   tilida   o‘qiy   oladigan tarixchilardan farqli  o‘laroq, Beruniyning “Qonuni  Mas’udiy”  asari  hozirgi  ingliz
tiliga   tarjima   qilinganiga   qaramay,   bugungi   kunda   uni   yetarlicha   mashhur   deb
bo‘lmaydi.   Beruniy   aql-zakovati   va   idrokining   o‘ziga   xosligi   shundaki,   u   bu
asarida   hayratlanarli   kashfiyotlarni   insoniyatga   armug‘on   etgan.   Shulardan   biri
ummon ortida ma’lum bo‘lmagan qit’alar mavjud ekanini aytib o‘tganidir. Beruniy
Nandanada   mashhur   jo‘g‘rofiy   hududlarni   aniq   o‘lchab   globusga   joylashtiradi.
Beruniy globusni  qanday yaratgani  bizga noma’lum. Shunisi  aniqki, unga andaza
zarur   bo‘lmagan,   lekin   hozirgi   fazoviy   geometrik   hududlarni   tez   rivojlantirish
sohasida   mutaxassis   deb   tan   olingan   Beruniy   yerning   xarita   bo‘yicha   aylanasini
aniq   o‘lchab,   bu   hududlarga   tegishli   barcha   ma’lumotlarni   aniqlagan   va   ayni
vaqtda   Afrikaning   eng   g‘arbidan   Xitoyning   eng   sharqigacha   bo‘lgan   hududlarni,
ya’ni   globusning   beshdan   ikki   qismini   kashf   qilgan,   biroq   Yer   sharining   qolgan
beshdan uch qismi noaniqligicha qolgan. O‘n to‘qqiz ming kilometrdan iborat bu
masofani tushuntirishning eng aniq yo‘li “dunyo okeani” bilan o‘ralgan Yevrosiyo
yerlarida qadimgi zamondan tortib to Beruniy davrigacha yashab o‘tgan geograflar
qabul   qilgan   nazariyalarni   amalga   kiritish   edi.   Aristotel   tarbiyalagan   Buyuk
Aleksandr   G arbiy   Hindiston   vodiysidagi   Afg‘oniston   tog‘larida   o‘z   qo‘shininiʻ
tartibga   solayotgan   chog‘da   xayolida   o‘zining   yuzaki   nazariyalari   mavjud   edi   va
bu   nazariyalari   tufayli   u   “dunyo   okeani”ni   egallashiga   butunlay   ishongan,   ammo
buning o‘rniga ozgina yerlarni ko‘rgan, xolos.
Yer sathining beshdan uch qismini  suvdan boshqa hech narsa tashkil  etmaydimi?
Beruniy   dastlab   bu   ehtimolni   yoqladi,   biroq   keyinchalik   kuzatuv   va   tajribalariga
asoslanib uni butunlay rad etdi. Yerning tortishish kuchi haqidagi o‘z bilimlaridan
kelib   chiqqan   holda   hattoki   eng   qattiq   minerallar   ham   suvdan   og‘irroq   ekanini
aniqladi. Uzoq vaqtlardan beri o‘zgarmay kelgan Yer kurrasini bunday suvli dunyo
jiddiy   o‘zgartirib   yubormadimikin?   U   yana   nima   uchun   bunday   tortishish   kuchi
yer   ekvatorining   beshdan   ikki   qismini   quruqlikka   aylantirdi-yu,   ammo   qolgan
beshdan uch qismi suvligicha qolib ketdi degan farazga bordi. Shu tufayli Beruniy
Osiyo   va   Yevropa   orasidagi   bepoyon   ummonning   qayeridadir   hozirgacha noma’lum bo‘lgan quruqlik yoki qit’a bo‘lsa kerak degan xulosaga keladi. Bunday
mantiqiy   nazariyalarni   davom   ettirgan   Beruniy   noma’lum   qit’alar   bo‘m-bo‘sh
cho‘l-u   biyobondan   iboratmi   yoki   u   yerda   insonlar   yashaydimi   degan   savolga
ro‘baro‘   keldi.   Bu   borada   u   ko‘proq   Nandanadagi   yer   aylanasi   to‘g‘risidagi
izlanishlari,   dunyo   shaharlarining   geografik   uzunligi   haqidagi   ma’lumotlari   va
oddiy   mantiqqa   asoslangan   holda   ish   tutgani   diqqatga   sazovordir.   U   shimoldan
janubgacha cho‘zilgan maydon, ya’ni hozirgi Rossiyadan to Janubiy Hindiston va
Markaziy Afrikagacha bo‘lgan yerlarda o‘troq aholi yashaganini qayd etadi va bu
joylar   yerning   qadimdan   aholi   yashaydigan   hududlari   ekanini   ta’kidlagan   holda
noma’lum   qit’a   yoki   qit’alar   ana   shu   maydonning   shimoli   va   janubidagina
joylashgan yoki joylashmagani haqida faraz qiladi. Yevrosiyoning yer maydonlari
taxminan   yer   ekvatori   bo‘ylab   yoyilgan   va   u   shimoliy-janubiy   tasma   bilan
qoplangan   hamda   Beruniy   buni   qayerdandir   aniq   sodir   bo‘lgan   kuchli   o‘zgarish
natijasi   deb   taxmin   qilgan.   Yer   haqida   erishgan   bilimlari   unga   noma’lum   qit’a
qayerda   joylashganligi   haqidagi   tasavvurni   bergan.   Olim   bu   noma’lum   yer
qismlari Yevrosiyoga o‘xshashligi sabab o‘zlashtirilgan degan xulosaga kelgan.
Beruniy   qachon   va   qanday   qilib   bunday   ilmiy   xulosalar   chiqargan?   Uning   bu
boradagi   bilimlari   milodiy  minginchi   yildan   oldingi   davrdan   to   1030-yillargacha,
G azna davlati davrigacha bo‘lgan zamonlarda yig‘ilib to‘plangan edi. Ehtiyotkorʻ
va dono olim o‘zining “Qonuni  Mas’udiy” asarini  1037-yilgacha e’lon qilmagan.
Shuning   uchun   1000–1037-yillar   oralig‘idagi   davr   uning   uchun   ehtiyotkorlik
yillari bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin.
 
Abu   Rayhon   Beruniy   Amerika   qit’asini   o‘n   birinchi   asrning   birinchi   choragida
kashf   qilganmi?   Bunga   shubha   bilan   qarovchilar   ham   bor.   Qolaversa,   boshqa
tarixiy   hodisalar   ham   mavjud.   Masalan,   skandinaviyaliklar   milodiy   minginchi
yildan   oldinroq   Shimoliy   Amerikaga   yetib   borgan   bo‘lishiga   qaramasdan   ular
yangi   yer   topganini   anglamagan.   Leyf   Eriksson   bunday   o‘rmonli   o‘lkaga   deyarli
qiziqmagan   va   keyinroq   qaytib   borishni   niyat   ham   qilmagan   edi.   Eriksson sayohatlari   haqidagi   ma’lumotlarni   biladigan   birorta   inson   ham   yo‘q   va   ularni
Skandinaviyaga   oid   manbalarda   ham   uchratmaymiz.   Agar   “kashfiyot”
Skandinaviya sayohatining tasodifiy va anglanmagan jarayonlarini o‘z ichiga olsa,
bu   holda   Kolumb   shovvozlari   o‘z   qahramonliklari   uchun   talab   qilgan   mukofot
vikinglar qo‘liga o‘tib ketgan bo‘lardi.
Beruniy   kashfiyotlar   tojini   kiyishga   haqli   edi   va   uning   tahliliy   jarayonlarda
erishgan   xulosalari   juda   yuksak   shon-shuhratga   arziydi.   U   yaratgan   asboblar
dengizchilar   tomonidan   ishlangan   yog‘och   qayiqlar   emas   edi,   balki   nozik
kuzatishlar, aniq sonli ma’lumotlar va kuchli mantiqqa asoslangan buyuk ixtirolar
edi.   Beruniy   darajasida   boshqa   ming   yilliklarda   hech   kim   Yevropa   va   Osiyoda,
dunyo miqyosida bunday olamshumul tahliliy tadqiqotlar qilmagan.
Beruniyning   kashf   etish   usuli   qanday   bo‘lgan   deyilsa,   u   o‘z   ishini   ilm-fan
armug‘on   etgan   barcha   bilimlarni   to‘plashdan   boshlagan   deyish   kerak.   Beruniy
keyinchalik   o‘zining   shaxsiy   ma’lumotlariga   asoslangan   yangi   ilmiy   usullarni
o‘ylab   topdi   va   shundan   keyin   bu   ma’lumotlarni   matematika,   trigonometriya,
sferik   geometriya,   shuningdek,   mantiqiy   metodlarning   ilmiy   xulosalari   bilan
uyg‘unlashtirdi.   Eng   muhimi,   u   boshqa   izlanuvchilarning   sinashi   va   saralashini
tushungan   holda   o‘z   xulosa   va   farazlarini   ehtiyotkorona   namoyish   etdi.   Bunday
ilmiy   uslub   keyingi   besh   yuz   yil   davomida   boshqa   sodir   bo‘lmadi.   Lekin   oxiri
yevropalik   tadqiqotchilar   tomonidan   uning   farazlari   va   isbotlangan   aniq   takliflari
amalda   tasdiqlandi.   Beruniyni   qadimgi   va   hozirgi   davrning   eng   buyuk
tadqiqotchisi desak arziydi.
 
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   Abu   Rayhon   Beruniyning   boy   ilmiy   merosi   hali
chinakamiga   tadqiq   etilib,   o‘zining   munosib   bahosini   olgan   emas.   Kelajak   avlod
bu   allomaning   fan-texnika   rivoj   topmagan   bir   davrda   yashab,   olamshumul
kashfiyotlar qilganidan ibrat olsa arziydi deb hisoblayman.
Geografik kashfiyotlarning sabablari. XV–XVII asrlarda yevropalik 
sayyohlar tomonidan Afrika, Amerika, Osiyo va Okeaniyaga dengiz  yo‘llarining ochilishi va bu hududlarda yangi yerlarning kashf etilishi 
tarixda Buyuk geografik kashfiyotlar nomini olgan.
Bu davrda fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan 
yutuqlar ularga yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirish imkonini berdi. 
XV asr oxiriga kelib, okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi  suza
oladigan   yelkanli   kema   –   karavella   yaratildi,   kemalarni   boshqarish   asboblari   va
san’ati ancha rivojlandi. Karavellalar 
Atlantika okeanidan xavfsiz suzib o‘ta oladigan ilk kemalar edi. Endi
takomillashgan kompas, usturlob va dengiz xaritalariga ega bo‘lgan 
tajribali dengiz sayyohlari bu kemalarda uzoq masofalarga suzish imkoniyatiga ega
bo‘ldi. 
  2  Amerikaning kashf etilishi 
Buyuk geografik kashfiyotlar uchun shu 
davrda shakllangan Yerning dumaloqligi to‘g‘- 
risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib 
o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga 
dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi katta turtki bo‘ldi. 
Osiyoga   yevropaliklar   tomonidan   O‘rtayer   dengizi   orqali   o‘zlashtirilgan   savdo
yo‘llari XV asrda 
Vizantiya   imperiyasi   qulagandan   so‘ng   Usmoniylar   davlati   tomonidan   yopib
qo‘yildi. Natijada, Yevropa Sharqdan keladigan matolar, 
bo‘yoqlar, zeb-ziynat buyumlari, shirinliklar va 
ziravorlardan ayrilib qoldi. Bu hol yevropaliklarni  yangi   savdo   yo‘llarini   izlashga   majbur   qildi.   Savdogarlar   bu   mahsulotlarni
Yevropaga olib kelib 
sotishdan katta boylik orttirishga umid qilardilar. 
Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlari. Atlantika okeani 
bo‘ylab   suzishni   portugaliyaliklar   boshlab   berdi.   Portugaliya   Yevropaning   eng
g‘arbiy   qismida   joylashgan,  Atlantika   okeani   bilan   chegaradosh   mamlakat.   Shu
holat   va   uzoq   dengizchilik   tajribasi   portugaliyaliklarga   Buyuk   geografik
kashfiyotlarda yetakchilik qilish imkonini 
berdi.
Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlardagi muvaffaqiyatlari 
shahzoda Genrix Dengizchi nomi bilan bog‘liq. Bu jasur dengizchi 
boshlab bergan yangi yerlarni kashf etish va o‘zlashtirish jarayoni 
Portugaliyaga katta shuhrat va boylik keltirdi. Portugaliyaliklar Afrika 
qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, XV asrda Madeyra, Kanar va Azor orollarini 
kashf etdilar. XV asr oxirida Bartolomeu Diash boshchiligidagi ekspeditsiya Afrika
janubidagi   burunni   aylanib   o‘tdi   va   Hind   okeaniga   chiqdi.   Hindistonga   dengiz
yo‘lining ochilishiga umid qilgan dengizchilar bu burunga Yaxshi Umid burni deb
nom berdilar. Garchi ular 
shu   yerdan   ortga   qaytgan   bo‘lishsa-da,   B.   Diashning   kashfiyoti  Afrikani   aylanib
o‘tib, Hindistonga dengiz orqali yo‘l ochish istiqbolini 
yaratdi. 
Ayni paytda Afrikada yangi yerlarning kashf etilishi bu qit’aning 
uzoq yillar yevropaliklar tomonidan talanishi, Afrika aholisining qul 
qilinib, Yevropa va Amerikaga sotilishi jarayonini boshlab berd
Amerikaning kashf etilishi. Portugaliyalik dengiz sayyohlarining  muvaffaqiyatlari qo‘shni ispanlarda ham bu ishga katta qiziqish uyg‘otdi. Yerning
dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurdan kelib chiqqan 
dengiz sayyohi Xristofor Kolumb Ispaniya qiroliga Atlantika okeani 
bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni 
taklif   qildi.  Ammo   bunday   tavakkalchilikka   rozi   bo‘ladigan   dengizchilarni   topish
va sayohatni moliyalashtirish juda qiyin bo‘ldi. Nihoyat, X. Kolumb boshchiligida
tashkil qilingan ispan ekspeditsiyasi 
uchta tezyurar yelkanli kemada yo‘lga chiqib, 1492-yil 12-oktabrda 
Bagama   orollari   tarkibiga   kiruvchi   bir   orolga   yetib   keldi   va   uni   «SanSalvador»
(«Muqaddas xaloskor») deb atadi. Shu tariqa Amerika 
qit’asi kashf etildi. Shundan so‘ng X. Kolumb yana uchta ekspeditsiya 
uyushtirib,   ular   davomida   Antil   orollari,   Janubiy   va   Markaziy   Amerika
qirg‘oqlarini kashf etdi. U o‘zi kashf etgan yerlarning Hindiston 
ekanligiga ishonchi komil edi. Shu sababli bu yerlarning aholisini 
hindular deb atadi. 
X.   Kolumb   kashfiyotining   mohiyatini   anglashda   Amerigo   Vespuchchi   amalga
oshirgan sayohat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U yangi 
ochilgan yerlarga XV asr oxiri – XVI asr boshlarida bir necha marta 
sayohat uyushtirib, ular davomida bu yerlar Hindiston emas, mutlaq
yangi materik ekanligini isbotladi. Endi bu yangi materik uning sharafiga Amerika
deb atala boshlandi. 
Hindistonga   dengiz   yo‘lining   ochilishi.   Yangi   yerlarning   kashf   etilishi
portugaliyaliklarda   katta   qiziqish   uyg‘otdi.   Yana   bir   dengiz   sayyohi   Vasko   da
Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani  janubdan   aylanib   o‘tib,   Hind   okeaniga   chiqdi.   Ular   Afrika   qirg‘oqlari   bo‘ylab
suzib, arab dengizchisi Ahmad ibn Majid yordamida 
1498-yili Hindistonga yetib keldi. Bu yerdan ko‘plab mahsulotlarni 
yuklagan dengizchilar 1499-yili Portugaliyaga qaytib keldi. Qariyb ikki 
yil davom etgan sayohatda ekspeditsiya a’zolarining ko‘pchiligi halok 
bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, Vasko da Gama ekspeditsiyasining 
muvaffaqiyati Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yevropalik savdogarlar 
Sharqqa   qarab   otlandilar.   Hindistondan  Yevropaga   ziravorlar   va   shirinliklar   olib
kelgan savdogarlar juda katta foyda ola boshladilar. Shu 
tariqa, Hindistonga muntazam dengiz yo‘li ochildi. 
1519-yili portugaliyalik yana bir dengizchi – Fernando Magellan 
ekspeditsiyasi   Amerika   janubidagi   bir   bo‘g‘ozni   aylanib   o‘tib   (keyinchalik
Magellan bo‘g‘ozi deb ataldi), notanish va sokin bo‘lgan ulkan 
okeanga chiqdi. Okeanning boshqa paytlarda bo‘ronli bo‘lishini 
bilmagan F. Magellan uni Òinch okeani deb atadi. Okeanda uzoq 
suzish davomida ochlik va kasallikdan hamda yangi ochilgan orollardagi mahalliy
aholi bilan bo‘lgan janglarda ekspeditsiya a’zolarining 
ko‘pchiligi, jumladan, F. Magellan halok bo‘ldi. Ekspeditsiyaning 
omon qolgan a’zolari Yer sharini aylanib suzib, 1522-yili o‘zlari jo‘- 
nab ketgan Ispaniya qirg‘oqlariga yetib keldi. Dengiz sayyohlaridan 
juda kam kishi omon qoldi. F. Magellan kashf etgan dengiz yo‘li 
amaliy ahamiyatga ega bo‘lmadi, undan uzoq vaqt hech kim foydalanmadi. Ammo
bu kashfiyot Yerning dumaloqligini amalda isbotladi.  Tinch   okeani   havzasidagi   geografik   kashfiyotlar.   XVI   asrning   ikkinchi   yarmi   –
XVII asrning boshlarida ispan dengizchilari Òinch 
okeani havzasiga bir nechta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalar davomida,
Sulaymon (Solomon) orollari, Janubiy Polineziya va 
Melaneziya kashf etild i
 3 Amerikaning kashf etilishi sabablari
Yangi   yerlarni   o‘zlashtirish   bo‘ysundirilgan   xalqlarni   dahshatli   ekspluatatsiya
qilish bilan qo‘shib olib borildi, jahon mustamlaka 
tizimi shakllandi. Zabt etish jarayonida mahalliy aholining bir qismi 
qirilib   ketdi,   qadimgi   sivilizatsiyalarning   ko‘plab   o‘choqlari   yo‘q   qilindi,
mustamlaka mamlakatlar xalqlari shakllanayotgan kapitalistik 
munosabatlarga   zo‘rlik   bilan   jalb   qilindi   va   o‘z   mehnati   bilan   Yevropada
kapitalizm rivojlanishi jarayonini tezlashtirdi. Shu tariqa ular 
yangi industrial sivilizatsiya shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 
Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan biri qul 
savdosining xalqaro miqyosda rivojlanishi bo‘ldi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli yevropaliklarning Yer yuzi 
va uning aholisi to‘g‘risidagi tasavvurlari to‘liq o‘zgardi. Amerika, 
Osiyo va Afrikada Yevropa davlatlarining mustamlakalari paydo 
bo‘lib, asta-sekin jahon mustamlaka tizimi shakllandi. 
Karavella – XV–XVII asrlarda Yevropada keng tarqalgan yelkanl  
Раббимов Азизбек, [17.05.2023 9:29]
Amerikaning kashf etilishi asosan quyidagi sabablarga asoslandi: Ispaniyaning   Ketay   (Xitoy)   va   Hindistonga   to'g'ridan-to'g'ri   savdo   yo'lini   topish
zarurati, ziravorlar, tutatqilar va Evropada juda qadrli, ammo faqat Ipak yo'li orqali
o'tish mumkin bo'lgan boshqa tovarlarga ega bo'lish uchun.
Yana   nima,   Usmonlilarning   Yaqin   Sharqdagi   ta'sirining   kuchayib
borishiKonstantinopolni qo'lga kiritgandan so'ng, Yaqin Sharq orqali savdo yo'lini
ochish   uchun   har   qanday   urinish   yanada   qimmatga   tushdi,   bu   esa   Evropaning
sharqiy davlatlar bilan savdo imkoniyatlarini buzdi.
Xristofor Kolumbning sarguzasht va boylikka chanqoqligi, katolik shohlari topgan
boyliklarining 10 foizini bergan Marko Poloning sayohatlari ta'sirida.
Portugaliyaliklar   bilan   Ispaniya   tojining   raqobatiUshbu   navigatorlar   xalqi
allaqachon  Atlantika,  Azor   va   Madeyra   orollari   bo'ylab   ko'plab   sayohatlar   orqali
kashf etgan edi. Ikki qirollik o'rtasidagi ushbu raqobatning bir qismi, shuningdek,
ispanlarning Kanar orollarini bosib olishi edi.]
Amerika kashf etilishining oqibatlari Amerika uchun ham, Evropa uchun ham juda
katta   va   juda   muhimdir,   chunki   ular   G'arbni   abadiy   o'zgartirib   yubordi,
shuningdek,   shu   vaqtgacha   dunyo   geografiyasining   kontseptsiyasi.   Ushbu
oqibatlarning asosiy qismi quyidagilar bo'ladi:
Amerikani   zabt   etish.   Shunday   qilib  Amerika   hududini   Evropada   kashf   etish   va
uning   keyingi   mustamlakasi   boshlandi,   bu   esa   mahalliy   amerikalik   aholini   yo'q
qilib   yuborgan,   mahalliy   imperiyalarni   (xususan,   Azteklar   va   Inklarni)   ag'darib
tashlagan   va   dunyoni   abadiy   o'zgartirib   yuborgan   qonli   bosqinchilik   urushlariga
olib keldi.
Evropaning mustamlaka ekspansiyasi. Dastlab, Ispaniya va Portugaliya qirolliklari
Amerikadagi eng katta erlarga da'vogar bo'lganlar, ayniqsa avvalgi, ulkan Ispaniya-
Amerika   mustamlakasining   asoschisi,   dastlab   uchta   buyuk   vitse-royallarga
bo'lingan. Keyinchalik Britaniya imperiyasi qit'aning shimoliy erlarida ham xuddi
shunday   qildi   va   Frantsiya,   Gollandiya,   Shvetsiya   va   Germaniya   kabi   boshqa mustamlakachilik   imperiyalari   ham   yangi   Amerika   erlarining   kichik   qismlarini
egallab olishdi.
Ispaniya   Qirolligini   qayta   moliyalashtirish.   Ispaniya   monarxiyasi,   Amerikadan
chiqarilgan   tonnalar   oltin,   kumush   va   boshqa   materiallar   hamda   Amerikadagi
mustamlakalarini tijorat nazorati tufayli kutilmagan boyliklarga ega bo'ldi, bu esa,
boshqa   narsalar   qatori,   urushlarga   aralashishga   imkon   berdi.   Evropa   raqiblariga
qarshi kurash olib bordi.
Afrikalik   qullarning   kelishi.   Amerika   zabt   etilgandan   so'ng,   Evropa
mustamlakachilik tizimiga ishchi kuchi etishmadi va ular uni Afrika qit'asidan qul
sifatida   olib   ketilgan   odamlar   bilan   ta'minladilar.   Turli   xil   etnik,   millat   va   urf-
odatlarga   ega   bo'lgan   bu   shaxslar   yangi   paydo   bo'lgan   Amerika   madaniyatiga
noyob madaniy yukni qo'shdilar.
Oziq-ovqat   almashinuvi.  Amerikaning   ko'plab   oziq-ovqat   va   iste'mol   qilinadigan
materiallarini   Evropa   va   dunyo   ratsioniga   kiritilishi   G'arbning   oshpazlik
madaniyatida   abadiy   inqilob   qildi.   Kartoshka,   makkajo'xori,   kakao,   shirin
kartoshka,   qovoq,   yerfıstığı,   vanil,   qalampir,   avakado,   tamaki   va   saqich
Amerikaning   butun   dunyoga   hissasini   qo'shgan   mahsulotlar   edi.   O'z   navbatida
Amerika   madaniyati   bug'doy,   jo'xori,   arpa,   javdar   va   shakar   qamish   kabi   Evropa
taomlari va ovqatlanish usullarini meros qilib oldi.
Yangi   hayvon   turlarini   birlashtirish.   Fath   bilan   Amerikada   ilgari   hech   qachon
ko'rilmagan   turlar,   masalan,   ot,   eshak,   mol   go'shti,   qo'y,   cho'chqa,   tovuq,   quyon.
Bu   ba'zi   bir   mahalliy   turlarning   yo'q   bo'lib   ketishiga   va   ushbu   yangi   turlarning
ko'pchiligiga qo'shilishiga olib keldi 
Metod 
Klaster metodi deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga
undovchi, ta'lim jarayonining markazida bo'lgan ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchini
faol   ishtirok   etishga   chorlaydi.   Ta'lim   oluvchi   o'qitish   jarayoni   davomida   faol
ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ta'lim oluvchilar o'qib-o'rganishni yuqori darajada bo'lishini,   egallagan   bilimlarni   maqsad   va   ehtiyojlariga   muvofiqlashtirishda
tashabbuskorligi   va   mas'uliyat,   qo'llab-quvvatlash   amalda   bajarish   orqali   fikr-
mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
O'qitish   jarayonida   klaster   metodlardan   foydalanish   o'ziga   hos   hususiyatga   ega.
Ta'lim   amaliyotida   foydalanilayotgan   klaster   metodi   talabalarning   fikrlashini
kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Klaster   metodi   orqali   talabalarning   bilim,   ko'nikma,   malakalari,   ijodkorligini   va
faolligi   nazariy   va   amaliy   mu'ammolarga   bo'lgan   qarashlari   rivojlanadi.O'qitish
jarayonida   klaster   metodlardan   foydalanish   o'ziga   hos   hususiyatga   ega.   Ta'lim
amaliyotida foydalanilayotgan klaster metodi talabalarning fikrlashini kengaytiradi
hamda   muammoning   to'g'ri   yechimini   topishga   ijobiy   ta'sir   ko'rsatadi.   Klaster
metodi   orqali   talabalarning   bilim,   ko'nikma,   malakalari,   ijodkorligini   va   faolligi
nazariy va amaliy mu'ammolarga bo'lgan qarashlari rivojlanadi.
«Klaster»   metodini   o'tkazish   tehnologiyasini   amalga   oshirishda-   Talaba   nimani
o'ylagan   bo'lsa,   shuni   qog'ozga   yozadi.   U   o'z   fikrlarining   sifati   to'g'risida   o'ylab
o'tirmay,   ularni   shunchaki   yozib   boradi.   Yozuvining   orfografiyasi   yoki   boshqa
jihatlariga e'tibor bermaydi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan
to'xtamaydi.  Agar   talaba   ma'lum   muddat   biror-bir   g'oyani   o'ylay   olmasa,   u   holda
qog'ozga   biror   narsaning   rasmini   chiza   boshlaydi.   Bu   harakatni   yangi   g'oya
tug'ilgunicha davom ettiradi. Ma'lum bir tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq
yangi   g'oyalarni   ilgari   surish   hamda   ular   o'rtasidagi   o'zaro   aloqadorlik   va
bog'liqlikni   ko'rsatishga   harakat   qiladi.   G'oyalar   yig'indisining   sifati   va   ular
o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatish cheklanmaydi. Xulosa 
  Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,  Abu   Rayhon   Beruniyning   boy   ilmiy   merosi   hali
chinakamiga   tadqiq   etilib,   o‘zining   munosib   bahosini   olgan   emas.   Kelajak   avlod
bu   allomaning   fan-texnika   rivoj   topmagan   bir   davrda   yashab,   olamshumul
kashfiyotlar qilganidan ibrat olsa arziydi deb hisoblayman.Beruniyning kashf etish
usuli qanday bo‘lgan deyilsa, u o‘z ishini ilm-fan armug‘on etgan barcha bilimlarni
to‘plashdan   boshlagan   deyish   kerak.   Beruniy   keyinchalik   o‘zining   shaxsiy
ma’lumotlariga asoslangan yangi ilmiy usullarni o‘ylab topdi va shundan keyin bu
ma’lumotlarni   matematika,   trigonometriya,   sferik   geometriya,   shuningdek,
mantiqiy   metodlarning   ilmiy   xulosalari   bilan   uyg‘unlashtirdi.   Eng   muhimi,   u
boshqa   izlanuvchilarning   sinashi   va   saralashini   tushungan   holda   o‘z   xulosa   va
farazlarini ehtiyotkorona namoyish etdi.   Bunday ilmiy uslub keyingi besh yuz yil
davomida boshqa sodir bo‘lmadi. Lekin oxiri yevropalik tadqiqotchilar tomonidan
uning farazlari va isbotlangan aniq takliflari amalda tasdiqlandi. Beruniyni qadimgi
va hozirgi davrning eng buyuk tadqiqotchisi desak arziydi. Foydalangan adabiyotlar
Ziyo net 
Shuxrat Ergashev
Jaxon tarixi 8 sinf

Mavzu: Amerikaning kashf etilishi Reja Kirish 1 Buyuk geografik kashfiyotlar 2Amerikaning kashf etilishi 3 Amerikaning kashf etilishi sabablari 4 Mavzu bóyicha metod Xulosa

Kirish Beruniy kashfiyotlar tojini kiyishga haqli edi va uning tahliliy jarayonlarda erishgan xulosalari juda yuksak shon-shuhratga arzirdi. U yaratgan asboblar dengizchilar tomonidan ishlangan yog‘och qayiqlar emas, balki nozik kuzatishlar, aniq sonli ma’lumotlar va kuchli mantiqqa asoslangan buyuk ixtirolar edi. Beruniy darajasida boshqa ming yilliklarda hech kim Yevropa va Osiyoda, dunyo miqyosida bunday olamshumul tahliliy tadqiqotlar qilmagan. Movarounnahrda ming yillar oldin yashab o‘tgan allomalar, faylasuflar va dinshunos olimlarning ilm sohasida erishgan yutuqlari bugungi kunda ham jahon afkor ommasini hayratga solib kelayotir. Shubhasiz, bu o‘ziga xos milliy g‘ururni yana ham kuchaytiradi deb hisoblayman. Buni tabiiy deb qabul qilish kerak. O‘zbekistonning aynan Markaziy Osiyo markazida joylashgani va uning qit’adagi boshqa davlatlardan ham buyukroq tarixga ega bo‘lishi bejiz emas. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo qadimdan Buyuk Ipak yo‘lida joylashgani, boy shaharlari va aholisi, texnologiya sohasidagi muvaffaqiyatlari bilan tanilgan. Bu mintaqadan jahonga taniqli alloma va mutafakkirlarning yetishib chiqishi, uning muhim taraqqiyot o‘chog‘i sifatida e’tirof etilishida bir qancha asos va omillar mavjudligini unutmaslik kerak. Mening nazarimda, kimki qadimgi Rim va yangi dunyoning tarixi va madaniyatini teran anglamoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda Markaziy Osiyoning dunyo tarixidagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyatini obdon bilib olishi shart. Bu mintaqa tarixini tarixning oddiy bir qismi deb qaramaslik lozim. Shu o‘rinda ba’zi haqli savollar tug‘ilishi tabiiy. O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar dunyo xaritasida qay darajada muhim ahamiyat kasb etadi? Afsuski, Markaziy Osiyo tarixi va uning afsonaviy o‘tmishi haqida G arb va Sharqʻ zaminida yashaydigan ko‘pchilik xalqlar juda kam biladi. Agarda qadimiy Afrosiyob va boshqa buyuk shaharlar quyoshda quritilgan g‘isht o‘rniga

mustahkam toshdan qurilganda, millionlab sayyohlar mazkur osori atiqalarni ko‘rish niyatida yer yuzining uzoq manzillaridan tashrif buyurar edi. Komil ishonch bilan ayta olamanki, ikki daryo oralig‘ida yaratilgan nodir qo‘lyozmalar to‘lig‘icha saqlanib qolganida, bani bashar hech ikkilanmasdan odamzot aql - u zakovatidan cheksiz faxr-iftixor tuyardi. Ammo haqiqatda bunday bo‘lmadi. Natijada dunyodagi eng bilimli va zukko sanalgan insonlar ham Markaziy Osiyoning buyuk o‘tmishini inkor qilishdi yoki unga haqiqiy bahosini berishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Markaziy Osiyoning oltin asri mavzusiga aloqador barcha muhim manbalarni dunyoning turli tillarida, ayniqsa, ingliz tilida yuqori darajali zamonaviy nashrda chop etish eng muhim vazifalar sirasiga kiradi. Aynan shunday yo‘l tutish orqali dunyo bu mintaqa insoniyatning aqliy takomilida qanday xizmatlarni bajarganini bilib olishi va boshqalarga bildirishi mumkin. Bunga misol tariqasida Markaziy Osiyo ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyni keltirish o‘rinlidir. Alloma 973-yili Orol dengizi yaqinida barpo etilgan Kot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy yoshligida matematika, astronomiya, mineralogiya, geografiya, xaritashunoslik, geometriya va trigonometriya kabi fanlarni mukammal o‘rgandi. Shuning bilan birga u fors, arab tillarini, o‘rta yoshga yetganda sanskrit tilini to‘laqonli o‘zlashtirgan noyob qobiliyatli olimlardan hisoblanadi. Beruniyning eng ulkan va tengsiz kashfiyotlaridan biri dunyoning taraqqiy etgan turli hududlarida tarixiy vaqtni belgilashning me’yor tizimlarini taqqoslab chiqqanidir. Yana shuni ta’kidlash lozimki, o‘sha vaqtlarda mazkur hududlarda vaqtni belgilovchi hisob-kitob tizimlari bir-biriga mutanosib bo‘lmagani ko‘plab muammolarni yuzaga keltirar edi. Bu kabi qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Beruniy shaxmat taxtasiga o‘xshash bir asbob yaratib, bu asbob yordamida tarixiy voqealar va sanalarni bir-biriga mutanosiblashtirgan tarzda ajratib tasnif qiladi. Masalan, yahudiy, yunon va arab taqvimlari shular

jumlasidandir. Bu kashfiyoti orqali alloma astronom, tarixchi va dinshunos olimlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. 1 Buyuk geografik kashfiyotlar Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli muhtasham asarida dunyoning tarixini yaratdi. Bu kabi olamshumul kashfiyotlaridan tashqari alloma yana bir bebaho kashfiyoti uchun insoniyatning cheksiz mehr-muhabbati va olqishiga loyiq deb bilayman: u Xristofor Kolumb Amerikani kashf etishidan 500 yil burun, dengiz safariga chiqmasdan turib, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining mavjudligini aniqlab bergan. Hali yigirma yoshga to‘lmasdan Beruniy o‘z shahrining kenglik va uzunligini hisob-kitob qilib chiqqan va boshqa hududlar uchun koordinatlarni hisoblab yig‘ib borgan. Qadimgi yunon manbalariga suyangan holda u sodir bo‘lgan yuzlab tarixiy voqealarning joylariga tegishli manbalar jadvalini yaratdi. Eramizdan oldingi 150- yilda yashab o‘tgan Klavdiy Ptolomey kabi Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotlagan. O‘ttiz yoshida kun davomida vaqtni aniq belgilab beruvchi ilg‘or moslamani yaratib, undan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan. Yana uning ulkan ixtirolaridan biri yerning barcha tabiiy xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi, diametri besh metrli globusni yaratganidir. Olimning muhim ilmiy tadqiqotlaridan biri mineralogiya sohasida bo‘lib, hali yosh paytidan boshlab nisbiy zichlik va har xil minerallarning og‘irligi bilan qiziqadi. Misol tariqasida keltirsak, oltingugurt va qo‘rg‘oshinning tabiiy xususiyatlarini tasvirlab berish bilan cheklanib qolmasdan bu ikki elementning haqiqiy o‘lchamlarini iloji boricha aniqroq o‘lchash maqsadida izlanishlarini davom ettirdi. Shuningdek, “Narsalar bu – raqamlar” asarini yozib qoldirgan mashhur yunon olimi Pifagorning asarlarini va Muhammad Xorazmiy, yana Arabiston va Markaziy Osiyoning ilg‘or olimlarining ilmiy qarashlarini puxta o‘zlashtirib olgani bois dunyo tan olgan bir qancha kashfiyotlarga zamin hozirladi. 1017-yilga kelib Beruniy ulkan iste’dodlar yurti hisoblangan Xorazm poytaxti Urganchda katta hurmat va tahsinlarga sazovor olimga aylandi. Afsuski, Beruniyning mashhur

ixtirosi deb qaralgan globus katta yong‘inda yonib ketdi. Mahmud G aznaviyʻ Beruniyni o‘z saroyiga olib kelishni istadi. Shundan keyin u mashhur olimni o‘zining barcha qo‘lyozmalari bilan birgalikda G aznaga yuborish haqida buyruq ʻ berdi. Ilojsiz qolgan Beruniy buyruqni nafaqat bajardi, balki o‘tgan o‘n yillikda Mahmud G aznaviy boshqargan Hindiston haqida ko‘proq ma’lumot o‘rganish ʻ imkoniga ega bo‘ldi. Mahmud G aznaviy Beruniyning ilmiy ishlariga kengroq ʻ sharoit yaratib berish maqsadida uni saroydan uzoqlashtirdi. Shu tariqa alloma islom va hinduizm dinlarini bir-biriga taqqoslovchi ilk kitobni yozish maqsadida Lahorga ko‘chib o‘tdi. G aznaga qaytish yo‘lida u yozni hozirgi Islomobodning ʻ shimolidagi Nandana adirida joylashgan mustahkam qal’ada o‘tkazdi. Beruniy Nandanaga hech qanday asbob-uskunalarsiz, oddiygina usturlob bilan kelgani bois yerning o‘lchamini aniqlash muammosiga qaytadan duch keldi. Garchi boshqa astronomlar sinus qoidasini o‘z tajribalarida sinab ko‘rishgan bo‘lsa-da, Beruniydan oldin hech kim yer hajmini o‘lchash imkoniyatini beradigan sinus qoidasining muammosini yecha olmagan edi. Shuningdek, bu olim Yer aylanasining uzunligini ham hisoblab bergan, bu o‘lcham hozirgi kunda Yevropada ishlab chiqilgan zamonaviy asboblarda aniqlangan o‘lchamlardan atigi o‘n olti kilometr kam chiqqan. Mahmud G aznaviy vafotidan keyin uning o‘g‘li Mas’ud Beruniyni G aznada ʻ ʻ kutib oladi va ijod qilishi uchun qulay sharoit yaratib beradi. U qolgan umrini butun ijodiy izlanishlarini o‘zida jamlagan katta asar, ya’ni “Qonuni Mas’udiy”ni yozishga bag‘ishlaydi. Mazkur asarda alloma hayoti davomida olib borgan izlanishlari va bilimlarini ifodalagan. Misol uchun, Beruniy o‘z vaqtida Quyosh qo‘zg‘almas va Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkin deb hisoblaydi. U qisqa vaqt davomida bu taxminlaridan qaytadi va geosentrik olam haqida muqobil g‘oyasini ilgari suradi, matematiklar va astronomlardan bu g‘oyani qabul qilishni yoki rad etishni so‘raydi. Tarixshunos olimlar “Qonuni Mas’udiy”ni miloddan avvalgi va hozirgi davrdagi astronomiya sohasida yaratilgan asarlarning eng buyugi deb hisoblashi ajablanarli emas. Ammo arab tilida o‘qiy oladigan