logo

Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi borasidagi amaliyotni o‘rganish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81 KB
Mavzu:Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi borasidagi
amaliyotni o‘rganish
Reja:
1. Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti.
2. Mehnat huquqining uslubi va vazifalari.
3. Mehnat huquqining tizimi.
4. Mehnat huquqining fuqarolik, qishloq xo`jalik huquqi, ma`muriy 
va ijtimoiy ta`minot huquqlaridan farqi.    Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti.
Mehnat   huquqi   huquqshunoslik   tarmoqlari   orasida   etakchi   o`rin   tutadi.   U
ijtimoiy   mehnatga   oid   munosabatlarni   tartibga   soladigan   huquqiy   normalar
tizimidan  iborat.  Bu   munosabatlar   mehnat   bozoriga   amal   qilish,   mehnatni   tashkil
qilish va uni qo`llash jarayonida namoyon bo`ladi.
Mehnatga   oid   munosabatlar   quyidagi   o`ziga   xos   xususiyatlari     bilan   ajralib
turadi:
Mehnatga   oid   munosabatning   sub`ekti   -   xodim   korxona,   muassasa,
tashkilotning   mehnat   jamoasi   tarkibiga   qo`shiladi   va   o`z   mehnati   bilan   korxona
jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi.
Ijtimoiy   mehnat   taqsimotiga   ko`ra,   muayyan   mehnat   funktsiyasini   bajarish
xodim   majburiyatlarining   predmetini   tashkil   etadi.   Muhimi   shuki,   bu   ish   bir
qancha   kishilar   faoliyati   bilan   uyg’unlashgan,   ya`ni   mehnat   kooperatsiyasi
doirasida bajariladi.
Xodimning va mehnat  jamoasi  har  bir  a`zosining ish faoliyati  muayyan rejim
o`rnatilgan   sharoitda   amalga   oshiriladi.   Mehnatga   oid   munosabatlar
sub`ektlarining   mehnatni   tashkil   etishga   doir   tartib-intizom,   qoida   -   talablariga
bo`ysunishi     mehnatga   oid   munosabatlarning   izchilligi   va   samaradorligini
belgilovchi zarur omillardan biri.       
Mehnatga   oid   munosabatlar   ixtiyoriy   harakterga   ega   bo`lsada,     ular   bevosita
ishlab   chiqarish   doirasida   namoyon   bo`ladi   va   muayyan   maqsadlarni   ko`zlab
amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi.
Xulosa   qilib   aytganda,     mehnat   huquqining   predmetini,   ya`ni   mehnat
shartnomasi   bo`yicha   ishlayotgan   xodimlar   mehnatining   ishlab   chiqarishda
qo`llanishi   tufayli   paydo   bo`ladigan   ijtimoiy   mehnatga   oid   munosabatlar   tashkil
etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi.
Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar
tizimi   mehnatga   oid   munosabatlardan   tashqari,   ular   bilan   muayyan   tarzda
bog’langan   boshqa   munosabatlarni   ham   qamrab   oladi.   Bu   munosabatlar   mehnat munosabatlaridan   ilgariroq,   ular   bilan   bir   vaqtda,   yoxud   bevosita   mehnat
munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga:             
Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni;
Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ;
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni;
Mehnat   muxofazasi   va   mehnat   qonunchiligiga   rioya   etishni   nazorat   qilishga
doir munosabatlarni;
Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish mumkin. 
Yuqorida   sanab   o`tilgan   munosabatlarning   har   biriga   xos   xususiyatlarga
qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Mehnat sohasidagi tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarda , odatda, ish
beruvchi   bilan   mehnat   jamoasi,   kasaba   uyushmasi   yoki   xodimlarning   boshqa
vakillik organlari o`rtasida kelib chiqadigan munosabatlarni aks ettiradi.
Ishga   joylashtirishga   doir   munosabatlar   o`rta   umuta`lim,   hunar   texnika
bilim   yurtlari,   texnikumlarni   tamomlagan   yoshlarni,   urush   nogironlari   va
qatnashchilarini, harbiy xizmatni tugatib, iste`foga chiqqanlarni, shuningdek jazoni
o`tab   bo`lgan   shaxslarni,   mehnat   va   ishlab   chiqarishning   qayta   tashkil   etilishi,
korxonalarning   bankrot   bo`lishi   oqibatida   ishdan   bo`shatilgan   kishilarni   hamda
aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish kabi masalalarni qamrab oladi.
Ishlab   chiqarishda   kadrlar   tayyorlash   va   malakasini   oshirishga   doir
munosabatlar   asosan   xodimlarning   o`qishi,   muayyan   kasb   yoki   mutaxassislikka
ega bo`lishi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan   o`z malakasini oshirishi
jarayonida shakllanadi.
Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga
doir   munosabatlar.   Bu   kabi   munosabatlar   amalda   vakolatli   davlat   idoralarining
korxonalarda   mehnatni   muxofaza   qilish   va   mehnat   qonunlariga   rioya   etishni
nazorat qilish jarayonida namoyon bo`ladi.
Mehnat   nizolarini   hal   qilishga   doir   munosabatlar .   Bunday   nizolar   asosan
mehnatni tashkil qilish, shart - sharoitlarini belgilash va ishlab chiqarishga tadbiq
etish   jarayonida   yuzaga   keladi.   Ko`pincha   mehnat   nizolari   ish   beruvchi   bilan xodim   o`rtasida   vujudga   kelgan   kelishmovchilik   o`z   vaqtida   hal   qilinmagan
taqdirda   ro`yobga   chiqadi.   Ammo   mehnat   nizolari   jamoa   shartnomasini   qabul
qilish yuzasidan ham kelib chiqishi mumkin.
Mehnat huquqining uslubi va vazifalari.
Mehnatga   oid   munosabatlarni   tartibga   solishda   huquqshunoslikning   ushbu
sohasida qo`llaniladigan uslubning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko`rsatib o`tish
mumkin:
Birinchidan, bu mazkur munosabatlarni  tartibga solinishini  markazlashtirilgan
hamda lokal normalar uyg’unlashtirilgan holda qo`llaniladi.
Ikkinchidan,   bu   uslub   mehnatga   oid   munosabatlarning   qonunlar   va
shartnomalar   asosida   tartibga   solish   jarayonida   uzviy   bog’liqligida   namoyon
bo`ladi. Bu xol Mehnat Kodeksining 4-modda 2-qismida yaqqol ifodalangan.
Uchinchidan,   mehnatga   oid   munosabatlarni   tartibga   solishda   korxona   mehnat
jamoasi,   kasaba   uyushmasi   va   xodimlarning   boshqa   vakillik   organlari   ishtirok
etishi belgilab qo`yilgan.
To`rtinchidan, Mehnat Kodeksining 10 - moddasida munosabatlarning huquqiy
jihatdan   tartibga   solishda   halqaro   huquqiy   normalar,   shuningdek,   davlatlararo
shartnomalar qoidalarining qo`llanishi nazarda tutilgan.
  Agar   O`zbekiston   Respublikasining     halqaro   shartnomasida   yoki   Halqaro
Mehnat   tashkilotining   O`zbekiston   tomonidan   ratifikatsiya   qilingan
konventsiyasida   xodimlar   uchun   mehnat   to`g’risidagi   mamlakatimizda   qabul
qilingan   qonun   va   boshqa   normativ   xujjatlarga   nisbatan   imtiyozliroq   qoidalar
belgilangan   bo`lsa,   u   holda   halqaro   shartnoma   yoki   konventsiya   qoidalari
qo`llaniladi.
       Mehnat   huquqi   uslubining   dastlabki   belgisi   -   bu   mehnat   sohasidagi
munosabatlarni   tartibga   solishning   markazlashtirilgan   va   lokal   usullarining
uyg’unlashtirilgan holda qo`llanishida namoyon bo`ladi.
      Mehnat   Kodeksining   9-moddasida   ta`kidlab   o`tilganidek,   mehnat
sohasidagi   davlat   boshqaruvini   O`zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va   aholini ijtimoiy   muxofaza   qilish   vazirligi   va   uning   xududiy   bo`linmalari   tomonidan
amalga oshiriladi.
  Mehnatga   oid   munosabatlarini   lokal   usulda   huquqiy   jihatdan   tartibga
solishda   korxonadagi   ish   vaqti   rejimini,   mehnat   ta`tili   grafiklari,   jamoa
shartnomasining   mazmuni   va   shartlari,   markazlashtirilgan   tartibdagi   normativ
xujjatlarda   belgilangan   xodimlarning   qo`shimcha   imtiyoz   va   kafolatlari   aks
ettiriladi.   Bunda,   bir   tomondan   ish   beruvchi,   ikkinchi   tomondan   esa,   mehnat
jamoasi,   kasaba   uyushmasi   va   xodimlarning   boshqa   vakillik   organlari   ishtirok
etadi.
     Ma`lumki,   mehnat   huquqi   muayyan   vazifalarni   bajaradi.   Mehnat
huquqining   vazifalari   deganda,   huquqiy   jihatdan   ta`sir   o`tkazishning   asosiy
yo`nalishlari   tushuniladi.   Bu   xol   muayyan   huquq   normasining   jamiyat   hayotida
qanday ahamiyat kasb etishi va aynan nimaga xizmat qilishini anglatadi.
Mehnat huquqi quyidagi ikki vazifa: ishlab chiqarish va himoyalashni bajaradi.
Umuman   olganda,   mehnat   huquqi   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy,   g’oyaviy   -
tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Jumladan uning:
-iqtisodiy vazifasi ishlab chiqarishga ta`sir o`tkazish orqali namoyon bo`ladi;
-siyosiy   vazifasi   ishlab   chiqarish   jarayonida   xodimlar   ijtimoiy   -   siyosiy
faolligining oshishida aks etadi;
-g’oyaviy   tarbiyaviy   vazifasi   ijtimoiy   mehnatning   takomillashuvi   hamda
xodimlarni ma`naviy - ma`rifiy tarbiyalashda ifodalanadi;
ijtimoiy   vazifasi   mehnat   qilish   huquqining   erkinligini   ta`minlashda   namoyon
bo`ladi.
Mehnat   huquqi   normalari   bilan   tartibga   solinadigan   bunday   ijtimoiy
munosabatlar   xuddi  shu  huquq  nomalari   bilan birgalikda mehnat  huquqi  fanining
predmetini tashkil etadi.  Mehnat huquqining tizimi.
Mehnat   huquqi   tizimi   deganda,   mehnat   huquqi   normalarining   ilmiy   jihatdan
asoslangan   tarzda   joylashish   tartibi   va   klassifikatsiyasi   tushuniladi.   Bu   tizim   ikki
qismga: umumiy va maxsus qismga bulinadi.
          Umumiy qismda mehnat huquqi tushunchasi va predmeti, usullari, asosiy
vazifalari, asosiy manba va tamoyillari, mehnat huquqining sub`ektlari, mehnatga
oid   huquqiy   munosabatlar,   xodimlar   va   ish   beruvchilarning   vakilligi,   jamoa
shartnomasi   va   kelishuvlari   kabi   institutlarga   taalluqli   huquqiy   nomalar
o`rganiladi.
            Maxsus   qismda   esa,   mehnatga   oid   munosabatlarning     alohida   jihatlarini
boshqaruvchi   yoki   ular   bilan   bog’liq   bo`lgan   ijtimoiy   munosabatlarning   ayrim
turlarini tartibga solish jarayonida paydo bo`lgan institutlar va o`ziga xos huquqiy
normalar o`rganiladi. Ular jumlasiga:
aholini ishga joylashtirish;
mehnat shartnomasi(kontrakt);
ish vaqti;
dam olish vaqti;
mehnatga haq to`lash;
kafolatli to`lovlar va kompensatsiya to`lovlari;
mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi;
mehnat intizomi;
mehnat muxofazasi;
ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo`shimcha kafolat va imtiyozlar;
mehnat nizolari kabi institutlar kiradi.
Mehnat   huquqi   tarmog’i   va   mehnat   qonunchiligi   tizimlari   o`rtasida   muayyan
farq   mavjudligini   ta`kidlab   o`tish   lozim.   Mehnat   huquqi   tizimi   asosan   huquqiy
normalar   majmuasini   o`z   ichiga   qamrab   olsa,   mehnat   qonunchiligi   tizimi   esa
mehnatga oid barcha xujjatlarni qamrab oladi.      YUridik adabiyotda mehnat huquqi fanining tizimi, predmeti  va mazmun -
mohiyati   jihatidan   mehnat   huquqi   hamda   mehnat   qonunchiligi   tizimlariga
qaraganda kengroq ekani e`tirof etilgan.
     
Mehnat huquqining fuqarolik, qishloq xo`jalik huquqi, ma`muriy va ijtimoiy
ta`minot huquqlaridan farqi.
Ma`lumki,   hayotda   ijtimoiy   munosabatlar   bir   biri   bilan   uzviy   bog’liq   holda
namoyon   bo`ladi.   SHu   bois   muayyan   ijtimoiy   munosabatlar   huquqning   qaysi
sohasiga taalluqli ekanini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Jumladan,   mehnatga   oid   munosabatlarga   fuqarolik   -   huquqiy   munosabatlar
juda yakin turadi.    
Fuqarolik - huquqiy munosabatlarning ob`ekti - muayyan mehnat topshirig’ini
bajarish   yoki   xizmat   ko`rsatish   bilan   bog’liq   bo`lgan   holatlarni   o`rganish   va
tartibga solishda mujassamlashadi.
   Odatda   uning   ob`ektlari   sirasiga,   birinchidan,   ashyolar,   ikkinchidan,
harakatlar,  uchinchidan,  ijodiy mehnat   natijalari,  to`rtinchidan,  mulkiy  harakterga
ega bo`lmagan shaxsiy huquqlar kiradi.
       Ayni vaqtda mehnat huquqi bilan ma`muriy huquq o`rtasida muayyan
farq   va   o`zaro   bog’liqlik   mavjudligini   aytib   o`tish   lozim.   Mehnat   huquqining
ma`muriy   huquqdan   asosiy   farqi   shundaki,   ish   beruvchining   butun   xokimiyati
muayyan   korxona   doirasi   bilan   cheklangan.   SHunday   ekan,   u   faqat   shu   korxona
xodimlariga   nisbatan   qo`llaniladi,   ma`muriy   huquq   nomalari   esa   barcha
fuqarolarga tadbiq etiladi.
   Mehnat   huquqi   bilan   qishloq   xo`jaligi   huquqi   orasidagi   farqni   ajratishda
jiddiy   qiyinchiliklar   vujudga   keladi.   CHunki   mehnat   huquqi   mehnat   shartnomasi
bo`yicha   ishlayotgan   xodimlarning   mehnatga   oid   munosabatlarini   tartibga   soladi.
Qishloq   xo`jaligi   huquqi   esa   qishloq   xo`jaligi   kooperativi   (sharkat)   a`zolarining
mehnati bilan bog’liq munosabatlarini tartibga soladi.
       Mehnat   huquqi   ijtimoiy   ta`minot   huquqidan   tubdan   farq   qiladi.
Birinchi   galda,   ular   har   ikki   huquq   sohasida   qo`llaniladigan   uslub   jihatidan farqlanadi. Ijtimoiy ta`minot huquqi uslubining o`ziga xosligi shundan iboratki, bu
huquq   sohasi   normalari   bilan   tartibga   solinadigan   munosabatlar   shartnomaviy
negizga tayanmaydi va asosan markazlashtirilgan huquqiy normalar orqali tartibga
solinadi.                     
  adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «Adolat» 2014 y.
2. O`zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». T. «Adolat» 2014 y.
3. O`zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. Oliy o`quv yurtlari uchun 
darslik. A.A.Inoyatov. –T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2002 y.
4. Tursunov Y. «Mehnat huquqi» o`quv qo`llanmasi. T. «Moliya» 1999 y.
5. Tursunov Y.T. , Usmonova M.A. «Mehnat huquqi» o`quv qo`llanma. T. 
«Moliya» 2001 
6. Tursunov Y.T. «Mehnat huquqi». Darslik. T. «Moliya» 2002 y.
7. O`zbekiston Respublikasi mehnat Qonunchiligi bo`yicha me`yoriy huquqiy 
hujjatlar to`plami. Toshkent, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2008 y. 
8. O`zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta`minlash to`g’risida» gi 
1998 yil 1 may qonuni.
9. O`zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to`g’risida» gi 1993
yil 6 may qonuni.
10.  O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi ga sharhlar . T.  TDYUI.   200 8  
y.

Mavzu:Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi borasidagi amaliyotni o‘rganish Reja: 1. Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti. 2. Mehnat huquqining uslubi va vazifalari. 3. Mehnat huquqining tizimi. 4. Mehnat huquqining fuqarolik, qishloq xo`jalik huquqi, ma`muriy va ijtimoiy ta`minot huquqlaridan farqi.

Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti. Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida etakchi o`rin tutadi. U ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil qilish va uni qo`llash jarayonida namoyon bo`ladi. Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi: Mehnatga oid munosabatning sub`ekti - xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo`shiladi va o`z mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko`ra, muayyan mehnat funktsiyasini bajarish xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shuki, bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg’unlashgan, ya`ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi. Xodimning va mehnat jamoasi har bir a`zosining ish faoliyati muayyan rejim o`rnatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar sub`ektlarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida - talablariga bo`ysunishi mehnatga oid munosabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri. Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy harakterga ega bo`lsada, ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon bo`ladi va muayyan maqsadlarni ko`zlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi. Xulosa qilib aytganda, mehnat huquqining predmetini, ya`ni mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanishi tufayli paydo bo`ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi. Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog’langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat

munosabatlaridan ilgariroq, ular bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga: Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni; Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ; Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni; Mehnat muxofazasi va mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlarni; Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab o`tilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz. Mehnat sohasidagi tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarda , odatda, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o`rtasida kelib chiqadigan munosabatlarni aks ettiradi. Ishga joylashtirishga doir munosabatlar o`rta umuta`lim, hunar texnika bilim yurtlari, texnikumlarni tamomlagan yoshlarni, urush nogironlari va qatnashchilarini, harbiy xizmatni tugatib, iste`foga chiqqanlarni, shuningdek jazoni o`tab bo`lgan shaxslarni, mehnat va ishlab chiqarishning qayta tashkil etilishi, korxonalarning bankrot bo`lishi oqibatida ishdan bo`shatilgan kishilarni hamda aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish kabi masalalarni qamrab oladi. Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir munosabatlar asosan xodimlarning o`qishi, muayyan kasb yoki mutaxassislikka ega bo`lishi, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan o`z malakasini oshirishi jarayonida shakllanadi. Mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlar. Bu kabi munosabatlar amalda vakolatli davlat idoralarining korxonalarda mehnatni muxofaza qilish va mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilish jarayonida namoyon bo`ladi. Mehnat nizolarini hal qilishga doir munosabatlar . Bunday nizolar asosan mehnatni tashkil qilish, shart - sharoitlarini belgilash va ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonida yuzaga keladi. Ko`pincha mehnat nizolari ish beruvchi bilan

xodim o`rtasida vujudga kelgan kelishmovchilik o`z vaqtida hal qilinmagan taqdirda ro`yobga chiqadi. Ammo mehnat nizolari jamoa shartnomasini qabul qilish yuzasidan ham kelib chiqishi mumkin. Mehnat huquqining uslubi va vazifalari. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda huquqshunoslikning ushbu sohasida qo`llaniladigan uslubning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko`rsatib o`tish mumkin: Birinchidan, bu mazkur munosabatlarni tartibga solinishini markazlashtirilgan hamda lokal normalar uyg’unlashtirilgan holda qo`llaniladi. Ikkinchidan, bu uslub mehnatga oid munosabatlarning qonunlar va shartnomalar asosida tartibga solish jarayonida uzviy bog’liqligida namoyon bo`ladi. Bu xol Mehnat Kodeksining 4-modda 2-qismida yaqqol ifodalangan. Uchinchidan, mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda korxona mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlari ishtirok etishi belgilab qo`yilgan. To`rtinchidan, Mehnat Kodeksining 10 - moddasida munosabatlarning huquqiy jihatdan tartibga solishda halqaro huquqiy normalar, shuningdek, davlatlararo shartnomalar qoidalarining qo`llanishi nazarda tutilgan. Agar O`zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida yoki Halqaro Mehnat tashkilotining O`zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyasida xodimlar uchun mehnat to`g’risidagi mamlakatimizda qabul qilingan qonun va boshqa normativ xujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo`lsa, u holda halqaro shartnoma yoki konventsiya qoidalari qo`llaniladi. Mehnat huquqi uslubining dastlabki belgisi - bu mehnat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning markazlashtirilgan va lokal usullarining uyg’unlashtirilgan holda qo`llanishida namoyon bo`ladi. Mehnat Kodeksining 9-moddasida ta`kidlab o`tilganidek, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvini O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini

ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va uning xududiy bo`linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlarini lokal usulda huquqiy jihatdan tartibga solishda korxonadagi ish vaqti rejimini, mehnat ta`tili grafiklari, jamoa shartnomasining mazmuni va shartlari, markazlashtirilgan tartibdagi normativ xujjatlarda belgilangan xodimlarning qo`shimcha imtiyoz va kafolatlari aks ettiriladi. Bunda, bir tomondan ish beruvchi, ikkinchi tomondan esa, mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlari ishtirok etadi. Ma`lumki, mehnat huquqi muayyan vazifalarni bajaradi. Mehnat huquqining vazifalari deganda, huquqiy jihatdan ta`sir o`tkazishning asosiy yo`nalishlari tushuniladi. Bu xol muayyan huquq normasining jamiyat hayotida qanday ahamiyat kasb etishi va aynan nimaga xizmat qilishini anglatadi. Mehnat huquqi quyidagi ikki vazifa: ishlab chiqarish va himoyalashni bajaradi. Umuman olganda, mehnat huquqi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g’oyaviy - tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Jumladan uning: -iqtisodiy vazifasi ishlab chiqarishga ta`sir o`tkazish orqali namoyon bo`ladi; -siyosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonida xodimlar ijtimoiy - siyosiy faolligining oshishida aks etadi; -g’oyaviy tarbiyaviy vazifasi ijtimoiy mehnatning takomillashuvi hamda xodimlarni ma`naviy - ma`rifiy tarbiyalashda ifodalanadi; ijtimoiy vazifasi mehnat qilish huquqining erkinligini ta`minlashda namoyon bo`ladi. Mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan bunday ijtimoiy munosabatlar xuddi shu huquq nomalari bilan birgalikda mehnat huquqi fanining predmetini tashkil etadi.