logo

ANTON PAVLOVICH CHEXOV HAYOTI VA IJODI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.6923828125 KB
ANTON PAVLOVICH CHEXOV HAYOTI VA IJODI
REJA:
1. A.Chexov  hayoti  va  faoliyati.
2. A.Chexovning  adabiy merosi.
3. Uning asarlari haqida ma`lumot.
 
       1960   yilning   yanvarida   o‘zi   ko‘p   tasvirlagan   oddiy   rus   qishloqlarining   birida  
Antosha   Chexov   dunyoga   kelganida   rus   adabiyotidagi   “Oltin   davr”  
hukmronligining     birinchi   bosqichi   tugab,   asta-sekin   keyingi   avlod     maydonga
chiqmoqda edi.   Rus adabiyoti allaqachon     Pushkin, Lermontov va     Belinskiylarsiz
qolgan, buyuk Gogol ham 8 yil oldin bu dunyoni tark etgan paytlar edi o‘shanda.
Afsuski,   Anton   Pavlovich   adabiyotga   o‘tmishning   eng   qora   davrlaridan
birida   kirib   keldi.   1880   yilda   uning   birinchi   hikoyasi   chop   etilganida,   hali
Dostoevskiy   va   Turgenev   hayot   edi.   Va   rus   adabiyoti   hamon   o‘z   qanotlariga
tayanib parvoz qilayotgan, ammo oddiy xalqidan tortib amaldor-u hukmdorigacha
qoloqlik   botg‘og‘iga   botib,   azob   chekayotgandi.   Balki   Chexov   o‘shandayoq   ich-
ichidan shuni  his qilgan va adabiyoti, vatani, xalqi  uchun buyuk xizmatlar  qilishi
lozimligini   anglagandir.   Va   Chexov   buni   astoydil   bajara   oldi   ham.   Garchi
odamzodning   o‘rtacha   umrining   atigi   uchdan   birini   yashab,   44   yoshda   dunyodan
ko‘z   yumgan   bo‘lsa   ham,   umrining   oxirlarigacha   Lev   Nikolaevich   Tolstoy   bilan
hamnafas bo‘lib, rus xalqini qalbiga malham bo‘luvchi asarlar bitdi.
Zamondoshlari   va   adabiyotshunos   olimlar   Chexovning   fe’l-   atvori   haqida
juda   iliq   so‘zlar   aytishadi.   “ Chexov:   hazilkash,   odamshinavanda,   samimiy,   sal
tortinchoq,   lekin,   haqiqat   uchun   jonini   ayamaydigan   ijodkor,   halol   va   mehribon
shaxs.   U   ayollarni   sevadi.   Biroq,   ularga   ona,   opa-singil,   qizaloq,   mehribon   rus
ayollari sifatida qaraydi ”.    
Agar   Saxalinga   bormaganida   Chexovning   o‘limi   sodir   bo‘lmasmidi   degan
savol   tug‘iladi.   Taqdiri   ilohiyga   qarshi   borib   bo‘lmasligi   shundan   ham   ayonki,
Chexov   10   yoshidan   boshlab   o‘pka   sili   bilan   og‘rib   keladi.   1884   yilda   kasallik
kuchayib,   uning   mashhurligi   va   yorqin   ijodi   bilan   yonma-yon   yura   boshlaydiki,
1888 yilda uning o‘zi ataylab Saxalinga ketadi-yu o‘z umrini yanada qisqartiradi,
kasallikka esa kuch beradi go‘yo. Holbuki, Chexovning asl kasbi shifokorlik edi...
Chexov   24   yil   ichida   30   jildga   yaqin   asar   yozdi.   Lekin   birorta   roman
yozmadi.   O‘sha   minglab   katta-kichik   asarlaridagi   bosh   mavzu   gumanizm   bo‘ldi.
Tasvirlar   Qadimgi   Rusiyaning   aybnomasidek   ko‘rinsa-da,   ularda   rus   odamlariga
achinish tuyg‘usi kuchlidir. Anton   Chexov   ko‘p   so‘zni   ortiqcha   bilardi,   “Qisqalik   -   talantning
singlisidir”     deb   o‘ziga   uslub   tanlagandi.   Shunisi   qiziqki,   qisqalikni   tanlab,   o‘z
umrini ham qisqartirgandek...
Adibning   ijodi   dunyo   qalamkashlariga   shunaqa   katta   ta’sir   ko‘rsatganki,
hozirgacha     “Chexovshunoslik”,     “Chexov   hikoyalari   maktablari”,     “Chexov
dramaturgiyasi”  singari   mahorat  yo‘nalishlari  mavjud.  Yozuvchining  50 ga  yaqin
taxallusi  bo‘lgani  e’tiborga molik. Bu ham andishaning  mevalari. Chexov ijodida
yumor bilan birga dard ham katta kuchga ega. Obrazlari orasida bironta mukammal
odamni   topish   mushkul.   Ularni   kasallik,   savodsizlik,   telbalik,   turli   illatlar,
mansabparastlik, boylik, mastlik kemirib turadi. Balki shuning uchun ham Chexov
ideal odamni orzu qilib : “Kishida hamma narsa go‘zal bo‘lishi zarur - yuzi, so‘zi,
kiyimi, qalbi, hatto fikri ham”   deb yozgandir.
Chexov   dramaturgiyasi   alohida   mavzu,   lekin   hozir   ham   teatrlarda   Chexov
haftaliklari festivallari o‘tkazilib turishi e’tiborga molik. Ingliz adibi Jon Golsuorsi:
“ Chexov   o‘z   pesalarini   faqat   rus   kishilari   uchun   yozgani   uchun,   haligacha   uni
boshqa   mamlakat   aktyorlari   maromiga   yetkazib   ijro   eta   olmaydi ”   deb   fikr
bildirgan   edi.   Bu   gapning   tagida   haqiqiy   rus   tabiatiga   va   qalbiga   doir   bo‘lgan
shaxsga   nisbatan   chuqur   hurmat   yotganini   sezish   mumkin.   Ishonasizmi,   Anton
Pavlovich   Chexov   ham   she’r   yozgan.   Sof   nasr   ustasi   ham   poeziyaga   qo‘l   urgan.
Ammo, o‘zining iqroriga ko‘ra umrida bittagina she’r bitgan xolos...
Chexovning hayoti mantiq so‘ziga mos keladi. U adabiyotga kirib kelganida
chuqur   fikrlab   ko‘p   va   yengil   yozardi,   so‘ng   hayotning   normasini   izlab,
dunyoqarashidagi bosh g‘oyasini jiddiylashtira bordi. Natijada asarlarining mag‘zi
qattiqlashdi.   Soni   kamaydi,   hajmi   esa   ortdi.   Hatto   jamiyat   va   ruxiyatning   tub
normativini   topish   uchun   dramaturgiyaga   ham   murojaat   etdi.   Atrofiga   ulug‘
insonlarni   to‘pladi.   Tolstoy,   Korolenko,   Gorkiy,   Buninlar   Chexovni   juda   yaxshi
ko‘rishgani bejiz emas. U barchaga namuna bo‘ldi! Yozuvchilik faqat shon-shuhrat
va   unvonlardan   iboratmasligini   ommaga   bildirdi.   Ya’ni     imperator   Nikolay   II  
Maksim   Gorkiyni   Akademiyadan   chetlatgani   uchun,   yangi   berilayotgan
Akademiklik unvonini ham keskin rad etdi... Chexov   o‘lganida   Tolstoy   va   Gorkiylar   iztirob   chekib,   yig‘lagan   bo‘lsa,
unda   uni   sevgan   ayollar-u   butun   rus   xalqi   qanday   ahvolga   tushgan   ekan   deb
o‘ylash ham qiyin. Balki Chexovning kitoblarini o‘qib ovunishgandir. Uning ruhi
kitoblarida   yashamoqda-ku.   O‘zi   aytganidek   kitoblarini   o‘limidan   so‘ng   7   yil
o‘qishgani   yo‘q.   “ Har   kim   o‘z   ota-   bobolaridan   ko‘pni   ko‘rishga   va   bilishga
intilishi lozim”   deb aytib ketganida o‘ziga ishora qilmaganmidi?
Chexov   qalblarda   shunday   muhr   qoldirib   ketganki,   hikoyalari   o‘qilganida
obrazlari   va     dialoglari   aniq   esda   qolmaydi.   Ammo   darrov   yurakka   chippa
yopishib,   dardlarimizni   qo‘zg‘aydi.     Kuldirib   azoblaydi.   Qattiq   ta’sir   ko‘rsata
oladi.
Maksim   Gorkiy   o‘shanda:   “…. oramizdan   bir   cho‘ng   va   dono   bir   odam
mayus   kulimsirab   yashab   o‘tdi,   u   xalqiga   astoydil,   kuyunib,ammo,sekingina,
yomon yashayapsiz odamlar, deya murojaat qilib ketdi ” degan bo‘lsa,Ivan Bunin:
“Chexovmi?   U   - haqiqiy   master !!”   deb   real   baho   bergandi   realist   adibdan   hayrat
aralash zavq olib.
Chexov   80-yillarning   2-yarmida   teatr   uchun   «Ivanov»   (1887—89),
«Alvasti»   (1889,   keyinchalik   «Vanya   amaki»   nomi   bilan   qayta   ishlangan)
pyesalari,   «To‘y»   (1889)   bir   pardali   pyesasi,   shuningdek,   «Tamakining   zarari
haqida»   (1886),   «Ayiq»   (1888),   «Yubiley»   (1891—92)   singari   vodevillar
yozgan.   90-yillarda   Saxalinga   sayohatga   borib,   katorga   va   surgun   qilingan
kishilarning   fojiali   turmushi   bilan   tanishgan.   Ushbu   sayohat   xotiralari   «6-palata»
(1892) qissasi va «Saxalin oroli» (1893—94) kitobida o‘z aksini topgan.  
90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak cho‘qqiga
erishdi.   «Chayka»,   «Vanya   amaki»   (1896),   «Uch   opa-singil»   (1900—01),
«Olchazor»   (1903—04)   pesalarining   1898   yil   Moskva   Badiiy   teatrida
sahnalashtirilishi   Chexov   ijodida   yangi   davr   boshlanganidan   darak   berdi.
Chexov ijodi 3 davrdan iborat: 1) 80-yillarning o‘rtalariga qadar bo‘lgan davr; 2)
80-yillarning   o‘rtalaridan   90-yillarning   boshlariga   qadar   bo‘lgan   davr;   3)   90-
yillarning   boshlaridan   yozuvchi   vafotiga   qadar   bo‘lgan   davr.   Chexov   ijodining
dastlabki   davrida   turli   noshirlarning   didi   va   buyurtmasi   bilan   asosan hazilmutoyibadan   iborat   asarlar   yozgan   bo‘lsada,   shu   davrdayoq   yozuvchi
ijodining   asosiy   mavzulari   (inson   va   amal,   go‘zallik   va   razolat,   hayotning
serhasham   va   g‘arib   tomonlari   va   b.)   yuzaga   chiqa   boshladi.   Chexov   shu   davrda
yozgan «Semiz va oriq», «Chinovnikning o‘limi» (1893), «Buqalamun», «Niqob»
(1884), «Unter   Prishibeev»  (1885)   singari   hikoyalarida  mavzuni   kulgi   yordamida
yoritish,   hajviy   obraz   yaratish,   voqea   va   hodisalarni   lo‘nda   tasvirlash   san’atini
mukammal egallaganini namoyish qiladi.  
Chexov   ijodining   2-davrida   yozuvchining   markaziy   mavzusi   aniq   qirralar
kasb   etadi.   Qahramonning   ruhiy   olami   va   hatto   voqeahodisalarning   rivoji   emas,
balki   ijtimoiy   munosabatlar   va   maishiy   to‘qnashuvlarning   qahramon   xarakteriga
ta’siri   masalasi   Chexovning   diqqat   markazida   bo‘ladi.   Bu   masala,   birinchi
navbatda,   Chexovning   «G‘ilof   bandasi»   (1898)   hikoyasida   o‘zining   yorqin
tajassumini   topadi.   Bu   asarda   g‘ilof   yolg‘on   va   zulmga,   kimningdir   aysh-ishrat
qilib,   kimningdir   azob-uqubat   chekib   yashashiga   asoslangan   hayotning   timsoliga
aylanadi.   Chexov   ijodining   shu   bosqichida   ko‘zga   tashlangan   tamoyillar   3davrda
yangi   badiiy   kuch   bilan   ifodalanadi.   Chexovning   «Boloxonali   uy»,   «Mening
hayotim» (1896) qissalari, «Ionich» (1898), «Laycha yetaklagan xonim» (1899) va
boshqa hikoyalarida shu davrdagi rus jamiyatining anatomiyasi shafqatsizlik bilan
ochib   tashlandi.   Bu   asarlarda   insonning   loqaydligi   mavzusi   fakat   ma’naviy-
psixologik   rejada   emas,   balki   ijtimoiy   yo‘nalishda   ham   badiiy   tadqiq   etildi.
Chexov   turli   tabaqa   va   ijtimoiy   qatlamlarga   nazar   tashlab,   o‘z   qahramonining
ruhiy   uyg‘onish,   muhitga   qarshilik   ko‘rsatish,   hayotini   qayta   qurish   qobiliyatini
muttasil   ravishda   tekshirib   turadi.   Chexovning   dramaturgiya   sohasidagi   ijodi   rus
teatri   taraqqiyotiga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.   Yozuvchining   nasriy   asarlarida   o‘z
ifodasini   topgan   kishilar   o‘rtasidagi   ruhiy   aloqalarning   yo‘kdigi   mavzusi   uning
sahna   asarlarida   ham   turli   shaklda   talqin   etilgan.
                  Chexov   nasriy   va   dramaturgik   ijodi   bilan   jahon   adabiyoti   taraqqiyotiga
sezilarli   ta’sir   ko‘rsatdi.   O‘zbek   adabiyotida   realistik   hikoya   janrining   maydonga
kelishi   va   Abdulla   Qodiriy,   Cho‘lpon,   Abdulla   Qahhor   hikoyanavislik   ijodining
shakllanishida   Chexov   an’analari   ham   muayyan   omil   bo‘lib   xizmat   qilgan. Chexovning   eng   yaxshi   nasriy   asarlari   va   pyesalari   o‘zbek   tiliga   tarjima   etilgan.
Uning   barcha   mashhur   pyesalari   respublikadagi   o‘zbek   va   rus   teatrlarida
sahnalashtirilgan .
Jahon   adabiyotining   buyuk   namoyandalaridan   bo‘lganAnton   Pavlovich
Chexov   hikoyachilikda   o‘ziga   xos   maktab   yaratgan.   Uning   hikoyalari   yengil
o‘qilishi,   jumlalaming   qisqaligi,   jamiyatdagi   kamchiliklami   ochib   berishi   va
ulaming   ustidan   zaharxanda   kulishi   bilan   o‘quvchi   e’tiborini   tortadi.   Ayniqsa,
yozuvchining   voqealami   real   tasvirlashi,   hikoyalariga   badiiy   to‘qima   va   hayot
haqiqatini   singdirib   yuborishi,   ularda   rus   xalqiga   xos   xarakterlaming   bo‘rtib
ko‘rinishi   tahsinga   sazovor.   Bundan   tashqari,   adibning   qalamga   olgan   mavzulari
butun   insoniyat   uchun   umumiy   bo‘lgan   masalalami   ifoda   etishi   bilan   har   qanday
o'quvchi   ko‘ngliga   yaqin   keladi.   Hikoyalami   qaysi   millat   kitobxoni   o‘qishidan
qat’i   nazar,   unda   o‘zini   ko‘ra   olishi   mumkin.   Ba’zi   yozuvchilarda   kuzatiladigan
uslubiy   g‘alizlik,   jumlalaming   haddan   ziyod  cho'zilib   ketishi,   tasvirda   me’yordan
oshib   ketish,   asarda   ortiqcha   qahramonlaming   bo‘lishi,   asar   qismlari   o‘rtasidagi
bog‘liqlikning zaifligi kabi kamchiliklami Chexov asarlarida uchratmaysiz. Har bir
epizod,   har   bir   jumlaning   o‘z   o‘mi,   vazifasi   bo‘ladi.   Ta’bir   joiz   bo‘lsa,   yozuvchi
ijodida   bitta   ham   ortiqcha   so‘z   uchramaydi.   Ayniqsa,   muallifhing   qisqa   va
sermazmun  yumoristik  hikoyalari   har  qanday   darajadagi   o‘quvchini  o‘zining  sirli
olamiga   olib   kiradi   Chexov   hikoyalarida   sarlavhalar   mahorat   bilan   tanlanadi,
hikoya g‘oyasidan xabar beradi. Hikoyani o‘qib bo'lgach, nega aynan shu sarlavha
tanlanganini   tushunib   yetasiz,   yozuvchining   mahoratiga   tasanno,   deysiz.
Hikoyalaming   oxiriga   katta   ma’no   yuklanadi.   Butun   hikoyadagi   voqealar   rivoji
kuchayib bo‘lib, oxirida «portlaydi». Umuman olganda, so‘z tejamkorlikgida, asar
qismlarini   g‘oya   atrofidajipslashtirishdaChexovga   yetadigan   adib   sanoqli,   desak,
to‘g‘ri   bo‘ladi.   To‘g‘ri,   ba’zi   hikoyalami   tushunish   qiyin   tuyilishi   mumkin,   lekin
undan   olingan   zavq   beqiyos   bo'ladi.   Shu   sababli   ham     A.P.Chexov   ijodi   butun
dunyodagi   ko‘plab   hikoyanavis   yozuvchilar   uchun   ilhom   riianbai   bo‘lib-xizmat
qilgan.   Adabiyotimizning   yirik   namoyondalaridan   bo‘lmish   Abdulla   Qahhor
Chexov   ijodidan   ilhomlanib   ko'plab   go‘zal   hikoyalar   yozganlar.   Ayniqsa,   A. Qahhor   va   undan   keyingi   bir   qator   adiblarimiz   hikoyalarida   Chexovga   xos   uslub
yaqqol   sezilib   turadi.   Mazkur,   «Semiz   va   oriq»   to'plamiga   kiritilgan   hikoyalar
adibning eng sara ijod namunalaridandir. 
«Semiz   va   oriq»,   «Niqob»,   «Lozim   choralar»,   «Xameleon»,
«Chenovnikning   o‘limi»   kabi   hikoyalardao‘sha   davrjamiyatidagi   laganbardorlik,
xushomadgo‘ylik,   kuchlining,   boyning   soyasiga   ko‘rpacha   yozish   singari   kabi
illatlar   qoralansa,   «Mujiklar»,   «Soylikda»,   «Yovuz   niyatli   kishi»,   «Vanka»
hikoyalarida oddiy xalq hayoti, orzu-armonlari yuksak mahorat bilan tasvirlanadi.
Mo'jazgina   «Chiqdi»   hikoyasi   orqali   esa   kattagina   hayot   haqiqati,   ya’ni
odamlarning   o‘zgalar   kamchiliklarini   g‘iybat   qilib,   o‘zining   qusurlariga   e’tibor
bermasligi juda go‘zal tarzda ochib beriladi.
Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   mumkinki,   Chexov   adabiyotda   zamonaviy
hikoyachilik   janriga   o‘ziga   xos   yo‘nalish   yaratdi.   Uning   ijodiy   uslubining
originalligi   hikoyalarida   yakunlovchi   hulosaning   yo‘qligidadir,   bu   esa   kitobxonni
o‘z   fikrlash   doirasida   hulosa   chiqarishga   undaydi.
Aynan   Chexov   rus   adabiyotida   birinchilardan   bo‘lib   o‘z   dunyoqarashiga   ega
bo‘lmagan,   loqayd,   turli   tabaqa   va   ijtimoiy   qatlamlarga   nazar   tashlab,   ruhiy
uyg‘ongan   qahramonlarning   muhitga   qarshilik   ko‘rsatish,   hayotini   qayta   qurish
qobiliyatini   muttasil   ravishda   namoyish   etib  bordi.  Chexovning   diqqat   markazida
qahramonning ruhiy olami va hatto voqea-hodisalarning rivoji emas, balki ijtimoiy
munosabatlar va maishiy to‘qnashuvlarning qahramon xarakteriga ta’siri masalasi
bo‘ldi.
Uning   «Semiz   va   oriq»,   «Chinovnikning   o‘limi»,   «Buqalamun»,   «Niqob»,
«Cho‘l»,  «Zerikarli  hikoya»,   «Duel»,  «Palata  №6»,  «Noma’lum  odam  hikoyasi»,
«Unter Prishibeyev», «Erkaklar», «Ovda», «Unter Prishibeyev» «G‘ilof bandasi»,
«Boloxonali uy», «Mening hayotim», «Ionich», «Laycha yetaklagan xonim» kabi
asarlari   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilinib   o‘zbek   adabiyotida   realistik   hikoya   janrining
maydonga kelishi va hikoyanavislik ijodining shakllanishida muayyan omil bo‘lib
xizmat   qildi.   Uning   “Ivanov”,   “Chayka”,   “Vanya   tog‘a”,   “Uch   opa-singil”, “Olchazor”   kabi   mashhur   pesalari   respublikadagi   o‘zbek   va   rus   teatrlarida
sahnalashtirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Jurayeva. Chexov- hikoyanavis. «Sharq yulduzi» jurnalining 2012 yil 6-
sonidan olindi.
2.   B. To‘xliyev, B.Karimov, K.Usmonova. 11-sinf uchun adabiyot darslik 
majmuasi . 
3. Sariqova Hulkaroy .  A.P.Chexovning “Garov” hikoyasiada sharqona odob – 
axloq mezonlari. Konferensiya ma’lumotlari asosida. Toshkent – 2008 
4. Kozhevnikova N.A. 19-20-asrlar rus adabiyotida hikoya turlari.  M., 1994. - 
S.3-5
5. Balburov E.A. Kosmik Platonov. Rus adabiyotining "abadiy" syujetlari 
Novosibirsk, 1996 yil
6. Лазаревский, Б. Л.П.Чехов: материалы для биографии / Б. 
Лазаревский // Русская мысль, ж. М., 1906. -№ 11.-С. 91 вт. Паг
7. Отношение современников к героям А.П. Чехова как один из факторов 
формирования литературной репутации писателя

ANTON PAVLOVICH CHEXOV HAYOTI VA IJODI REJA: 1. A.Chexov hayoti va faoliyati. 2. A.Chexovning adabiy merosi. 3. Uning asarlari haqida ma`lumot.

1960 yilning yanvarida o‘zi ko‘p tasvirlagan oddiy rus qishloqlarining birida Antosha Chexov dunyoga kelganida rus adabiyotidagi “Oltin davr” hukmronligining birinchi bosqichi tugab, asta-sekin keyingi avlod maydonga chiqmoqda edi. Rus adabiyoti allaqachon Pushkin, Lermontov va Belinskiylarsiz qolgan, buyuk Gogol ham 8 yil oldin bu dunyoni tark etgan paytlar edi o‘shanda. Afsuski, Anton Pavlovich adabiyotga o‘tmishning eng qora davrlaridan birida kirib keldi. 1880 yilda uning birinchi hikoyasi chop etilganida, hali Dostoevskiy va Turgenev hayot edi. Va rus adabiyoti hamon o‘z qanotlariga tayanib parvoz qilayotgan, ammo oddiy xalqidan tortib amaldor-u hukmdorigacha qoloqlik botg‘og‘iga botib, azob chekayotgandi. Balki Chexov o‘shandayoq ich- ichidan shuni his qilgan va adabiyoti, vatani, xalqi uchun buyuk xizmatlar qilishi lozimligini anglagandir. Va Chexov buni astoydil bajara oldi ham. Garchi odamzodning o‘rtacha umrining atigi uchdan birini yashab, 44 yoshda dunyodan ko‘z yumgan bo‘lsa ham, umrining oxirlarigacha Lev Nikolaevich Tolstoy bilan hamnafas bo‘lib, rus xalqini qalbiga malham bo‘luvchi asarlar bitdi. Zamondoshlari va adabiyotshunos olimlar Chexovning fe’l- atvori haqida juda iliq so‘zlar aytishadi. “ Chexov: hazilkash, odamshinavanda, samimiy, sal tortinchoq, lekin, haqiqat uchun jonini ayamaydigan ijodkor, halol va mehribon shaxs. U ayollarni sevadi. Biroq, ularga ona, opa-singil, qizaloq, mehribon rus ayollari sifatida qaraydi ”. Agar Saxalinga bormaganida Chexovning o‘limi sodir bo‘lmasmidi degan savol tug‘iladi. Taqdiri ilohiyga qarshi borib bo‘lmasligi shundan ham ayonki, Chexov 10 yoshidan boshlab o‘pka sili bilan og‘rib keladi. 1884 yilda kasallik kuchayib, uning mashhurligi va yorqin ijodi bilan yonma-yon yura boshlaydiki, 1888 yilda uning o‘zi ataylab Saxalinga ketadi-yu o‘z umrini yanada qisqartiradi, kasallikka esa kuch beradi go‘yo. Holbuki, Chexovning asl kasbi shifokorlik edi... Chexov 24 yil ichida 30 jildga yaqin asar yozdi. Lekin birorta roman yozmadi. O‘sha minglab katta-kichik asarlaridagi bosh mavzu gumanizm bo‘ldi. Tasvirlar Qadimgi Rusiyaning aybnomasidek ko‘rinsa-da, ularda rus odamlariga achinish tuyg‘usi kuchlidir.

Anton Chexov ko‘p so‘zni ortiqcha bilardi, “Qisqalik - talantning singlisidir” deb o‘ziga uslub tanlagandi. Shunisi qiziqki, qisqalikni tanlab, o‘z umrini ham qisqartirgandek... Adibning ijodi dunyo qalamkashlariga shunaqa katta ta’sir ko‘rsatganki, hozirgacha “Chexovshunoslik”, “Chexov hikoyalari maktablari”, “Chexov dramaturgiyasi” singari mahorat yo‘nalishlari mavjud. Yozuvchining 50 ga yaqin taxallusi bo‘lgani e’tiborga molik. Bu ham andishaning mevalari. Chexov ijodida yumor bilan birga dard ham katta kuchga ega. Obrazlari orasida bironta mukammal odamni topish mushkul. Ularni kasallik, savodsizlik, telbalik, turli illatlar, mansabparastlik, boylik, mastlik kemirib turadi. Balki shuning uchun ham Chexov ideal odamni orzu qilib : “Kishida hamma narsa go‘zal bo‘lishi zarur - yuzi, so‘zi, kiyimi, qalbi, hatto fikri ham” deb yozgandir. Chexov dramaturgiyasi alohida mavzu, lekin hozir ham teatrlarda Chexov haftaliklari festivallari o‘tkazilib turishi e’tiborga molik. Ingliz adibi Jon Golsuorsi: “ Chexov o‘z pesalarini faqat rus kishilari uchun yozgani uchun, haligacha uni boshqa mamlakat aktyorlari maromiga yetkazib ijro eta olmaydi ” deb fikr bildirgan edi. Bu gapning tagida haqiqiy rus tabiatiga va qalbiga doir bo‘lgan shaxsga nisbatan chuqur hurmat yotganini sezish mumkin. Ishonasizmi, Anton Pavlovich Chexov ham she’r yozgan. Sof nasr ustasi ham poeziyaga qo‘l urgan. Ammo, o‘zining iqroriga ko‘ra umrida bittagina she’r bitgan xolos... Chexovning hayoti mantiq so‘ziga mos keladi. U adabiyotga kirib kelganida chuqur fikrlab ko‘p va yengil yozardi, so‘ng hayotning normasini izlab, dunyoqarashidagi bosh g‘oyasini jiddiylashtira bordi. Natijada asarlarining mag‘zi qattiqlashdi. Soni kamaydi, hajmi esa ortdi. Hatto jamiyat va ruxiyatning tub normativini topish uchun dramaturgiyaga ham murojaat etdi. Atrofiga ulug‘ insonlarni to‘pladi. Tolstoy, Korolenko, Gorkiy, Buninlar Chexovni juda yaxshi ko‘rishgani bejiz emas. U barchaga namuna bo‘ldi! Yozuvchilik faqat shon-shuhrat va unvonlardan iboratmasligini ommaga bildirdi. Ya’ni imperator Nikolay II Maksim Gorkiyni Akademiyadan chetlatgani uchun, yangi berilayotgan Akademiklik unvonini ham keskin rad etdi...

Chexov o‘lganida Tolstoy va Gorkiylar iztirob chekib, yig‘lagan bo‘lsa, unda uni sevgan ayollar-u butun rus xalqi qanday ahvolga tushgan ekan deb o‘ylash ham qiyin. Balki Chexovning kitoblarini o‘qib ovunishgandir. Uning ruhi kitoblarida yashamoqda-ku. O‘zi aytganidek kitoblarini o‘limidan so‘ng 7 yil o‘qishgani yo‘q. “ Har kim o‘z ota- bobolaridan ko‘pni ko‘rishga va bilishga intilishi lozim” deb aytib ketganida o‘ziga ishora qilmaganmidi? Chexov qalblarda shunday muhr qoldirib ketganki, hikoyalari o‘qilganida obrazlari va dialoglari aniq esda qolmaydi. Ammo darrov yurakka chippa yopishib, dardlarimizni qo‘zg‘aydi. Kuldirib azoblaydi. Qattiq ta’sir ko‘rsata oladi. Maksim Gorkiy o‘shanda: “…. oramizdan bir cho‘ng va dono bir odam mayus kulimsirab yashab o‘tdi, u xalqiga astoydil, kuyunib,ammo,sekingina, yomon yashayapsiz odamlar, deya murojaat qilib ketdi ” degan bo‘lsa,Ivan Bunin: “Chexovmi? U - haqiqiy master !!” deb real baho bergandi realist adibdan hayrat aralash zavq olib. Chexov 80-yillarning 2-yarmida teatr uchun «Ivanov» (1887—89), «Alvasti» (1889, keyinchalik «Vanya amaki» nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, «To‘y» (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, «Tamakining zarari haqida» (1886), «Ayiq» (1888), «Yubiley» (1891—92) singari vodevillar yozgan. 90-yillarda Saxalinga sayohatga borib, katorga va surgun qilingan kishilarning fojiali turmushi bilan tanishgan. Ushbu sayohat xotiralari «6-palata» (1892) qissasi va «Saxalin oroli» (1893—94) kitobida o‘z aksini topgan. 90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak cho‘qqiga erishdi. «Chayka», «Vanya amaki» (1896), «Uch opa-singil» (1900—01), «Olchazor» (1903—04) pesalarining 1898 yil Moskva Badiiy teatrida sahnalashtirilishi Chexov ijodida yangi davr boshlanganidan darak berdi. Chexov ijodi 3 davrdan iborat: 1) 80-yillarning o‘rtalariga qadar bo‘lgan davr; 2) 80-yillarning o‘rtalaridan 90-yillarning boshlariga qadar bo‘lgan davr; 3) 90- yillarning boshlaridan yozuvchi vafotiga qadar bo‘lgan davr. Chexov ijodining dastlabki davrida turli noshirlarning didi va buyurtmasi bilan asosan

hazilmutoyibadan iborat asarlar yozgan bo‘lsada, shu davrdayoq yozuvchi ijodining asosiy mavzulari (inson va amal, go‘zallik va razolat, hayotning serhasham va g‘arib tomonlari va b.) yuzaga chiqa boshladi. Chexov shu davrda yozgan «Semiz va oriq», «Chinovnikning o‘limi» (1893), «Buqalamun», «Niqob» (1884), «Unter Prishibeev» (1885) singari hikoyalarida mavzuni kulgi yordamida yoritish, hajviy obraz yaratish, voqea va hodisalarni lo‘nda tasvirlash san’atini mukammal egallaganini namoyish qiladi. Chexov ijodining 2-davrida yozuvchining markaziy mavzusi aniq qirralar kasb etadi. Qahramonning ruhiy olami va hatto voqeahodisalarning rivoji emas, balki ijtimoiy munosabatlar va maishiy to‘qnashuvlarning qahramon xarakteriga ta’siri masalasi Chexovning diqqat markazida bo‘ladi. Bu masala, birinchi navbatda, Chexovning «G‘ilof bandasi» (1898) hikoyasida o‘zining yorqin tajassumini topadi. Bu asarda g‘ilof yolg‘on va zulmga, kimningdir aysh-ishrat qilib, kimningdir azob-uqubat chekib yashashiga asoslangan hayotning timsoliga aylanadi. Chexov ijodining shu bosqichida ko‘zga tashlangan tamoyillar 3davrda yangi badiiy kuch bilan ifodalanadi. Chexovning «Boloxonali uy», «Mening hayotim» (1896) qissalari, «Ionich» (1898), «Laycha yetaklagan xonim» (1899) va boshqa hikoyalarida shu davrdagi rus jamiyatining anatomiyasi shafqatsizlik bilan ochib tashlandi. Bu asarlarda insonning loqaydligi mavzusi fakat ma’naviy- psixologik rejada emas, balki ijtimoiy yo‘nalishda ham badiiy tadqiq etildi. Chexov turli tabaqa va ijtimoiy qatlamlarga nazar tashlab, o‘z qahramonining ruhiy uyg‘onish, muhitga qarshilik ko‘rsatish, hayotini qayta qurish qobiliyatini muttasil ravishda tekshirib turadi. Chexovning dramaturgiya sohasidagi ijodi rus teatri taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yozuvchining nasriy asarlarida o‘z ifodasini topgan kishilar o‘rtasidagi ruhiy aloqalarning yo‘kdigi mavzusi uning sahna asarlarida ham turli shaklda talqin etilgan. Chexov nasriy va dramaturgik ijodi bilan jahon adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining maydonga kelishi va Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor hikoyanavislik ijodining shakllanishida Chexov an’analari ham muayyan omil bo‘lib xizmat qilgan.