logo

Axborot texnologiyalari fanining predmeti. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy xarakteristikalari va qo’llash sohalari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1573.3671875 KB
Axborot texnologiyalari fanining predmeti. Hisoblash vosutalarining
rivojlanish tarixi. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy
xarakteristikalari va qo’llash sohalari
Reja:
1. Axborot texnologiyalari  (АТ)  fanining predmeti , maqsadi va vazifalari .
2. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Axborot texnologiyalarining
asosiy tushunchalari va elementlari.
3. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy xarakteristikalari va
qo’llash sohalari. 1.1. Axborot texnologiyalari  (АТ) fanining predmeti, maqsadi va vazifalari .
            Ta’lim   tizimini   isloh   etish,   moddiy-texnik   bazsini   mustahkamlash,   axborot
texnika   asrida   o‘z   o‘rnini   topa   oladigan,   jahon   andozalariga   mos   raqobatdosh,
yuqori intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlashda davlat bosh islohotchi sifatida
namoyon bo‘ldi.
Ma'lumotlar bugungi kunda ta'lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy
usullaridan   biri   hisoblanadi.   Bu   axborot   texnologiyalari   va   texnologiyalarni
rivojlantirish   bilan   bir   qatorda,   birinchi   navbatda,   axborot   va   jamiyat   bilan
ishlashga qodir bo'lgan insonlarning jamiyatini shakllantirishga yordam beradigan
loyihalar va dasturlarni ishlab chiqishning asosiy omiliga aylanadigan o'zgarishlar
bilan bog'liq.  
Pedagogik   jamoalarning   asosiy   maqsadi   har   bir   bolaning   qobiliyatini
aniqlash   va   rivojlantirish   uchun   shart-sharoitlarni   yaratish,   asosiy   bilimlarga   ega
bo'lgan   va   zamonaviy   hayot   sharoitlariga   moslasha   oladigan   shaxsni
shakllantirishdir. 
Axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   (AKT)   hayotimizning   barcha
sohalarida   mustahkam   o'rnashgan.   Shunga   ko'ra,   ta'lim   tizimi   yosh   avlodni
tarbiyalash   va o'qitish,  an'anaviy  usullarni   almashtirishga  olib kelmaydigan,  lekin
ularning   imkoniyatlarini   kengaytirishga   yordam   beradigan   yangi   yondashuvlarni
joriy etish uchun yangi talablarni qo'yadi
Ta'limni   axborotlashtirish   maqsadga   erishishning   muhim   vositalaridan   biri
sifatida   qaralishi   kerak.   Bu   ta'lim   tizimini   modernizatsiya   qilish   jarayonining
bosqichlarini   aniqlaydigan   bir   qator   ketma-ket   vazifalar:   texnik   jihozlar,   didaktik
vositalarni   yaratish,   yangi   o'quv   texnologiyalarini   ishlab   chiqish   va   hokazolarni
nazarda tutadi.
Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay
turib   hayotiy   zarur   ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirib   bo‘lmaydi.   Shunga
muvofiq   zamonaviy   ta’limning   maqsad   va   vazifalari   ham   o‘zgarib,   shaxsga
yo‘naltirilgan ta’limustuvorlik kasb etmoqda. Bunday yondashuv asosida o‘quvchi
shaxsining   to‘la   rivojlanishi,   tez   o‘zgaruvchan   hayotga   har   tomonlama   tayyor bo‘lishini ta’minlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish,   ulkan   axborot   makonida   informatsiyani   tanqidiy   nuqtai   nazaridan
to‘g‘ri izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va
hal   eta   olish   layoqatini   shakllantirish   kabi   vazifalar   mujassamdir.   Bunday   talab
darajasidagi  yosh  avlodni  kamolga yetkazish  uchun pedagoglar  nafaqat  faoliyatni
osonlashtiruvchi   dasturiy-texnik   vositalarni   o‘zlashtirishi   va   amalda   qo‘llashi,
balki   fanga   oid   intellektual   va   ijodiy   masalalarni   hal   eta   oladigan   dasturlardan
foydalana olishi ham zarur.
Fanni   o‘qitishdan   maqsad   -   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   asoslari,
zamonaviy shaxsiy komp’yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy
ta’minoti,   amaliy   dasturiy   vositalar,   zamonaviy   kommunikatsion   texnologiyalar,
Veb-dizayn asoslari,   dasturlash,  Microsoft   Officening dasturiy  vositalari   haqidagi
bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanining vazifasi:
- ta’limdaATlari haqida bir butun tasavvur hosil qilish; 
-   ta’limdaATlarining   har   bir   inson   hayotidagi   va   jamiyatning   rivojidagi
rolini ochib berish;
-   ta’limda   ATning   texnik   va   dasturiy   vositalarining   mohiyati   va
imkoniyatlarining ochib berish; 
- axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday kodllash
hakida tushuncha hosil qilishdan iborat.
Fan   bo‘yicha   talabalarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalariga   quydagi
talablar qo‘yiladi: 
-   zamonaviy   axborot   texnologiyalari,   zamonaviy   dasturlash   texnologiyalari
kompyuter   tarmoqlari,   axborot   tizimlari   va   ularning   turli   sohalarda   qo‘llanilishi,
axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijoratga doir bilimga;
-   axborotning   sintaktik,   semantik   va   pragmatik   o‘lchovlari,   axborot
jarayonlarining apparat  va dasturiy ta’minoti, operatsion  tizimlar, algoritmlash va
dasturlash,   vizual   dasturlash   texnologiyalari,   amaliy   dasturlar   bilan   ishlash
texnologiyalari,   kompyuter   tarmoqlari   va   ularning   turlari,   tarmoq   resruslari, axborot   tizimlari,   ularning   mohiyati,   qo‘llanilishi   va   vazifalari,   elektron   xujjat
aylanishi   tizimi,   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlari,   zamonaviy   multimedia
tizimlari,   axborot   xavfsizligining   tashkiliy   va   huquqiy   asoslari,   axborotlarni
himoyalashning texnik va dasturiy  vositalaridan, elektron tijoratlardan foydalanish
ko‘nikmasiga; 
-axborotlarga   ishlov   berish   qurilmalari,   axborot   jarayonlarining   dasturiy
ta’minoti,   operatsion   tizimlar,   xizmat   ko‘rsatuvchi   dasturlar   va   utilitalar   bilan
ishlash, dasturlash tillari va vizual dasturlash orqali dastur tuzish, amaliy dasturlar
bilan ishlash (matnli, elektron jadval, taqdimotlar, grafik, ma’lumotlar bazalari va
ularni   boshqarish   tizimlari),   kompyuter   tarmoqlaridan   foydalanish,   turli   veb
sahifalar   yaratish   dasturlari   bilan   ishlash,   elektron   xujjat   aylanishi   tizimi,
zamonaviy   multimedia   tizimlari   imkoniyatlaridan   foydalanish   malakasiga   ega
bo‘lishi kerak.
Axborotli   vositalar   (kompyuter,   elektron   aloqa,   radio,   televidenie)   dan
foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi:
1.O‘quv   jarayoni   uchun   axborotli   vositalar   samara   beradigan   mavzular
yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish.
2.Pedagoglarning   o‘z   amaliy   faoliyatlarida   texnik   vositalar   va   didaktik
materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan
maqsadga   erishish   mumkin.   Pedagogik   jarayonni   kompyuterlashtirish   asosiy
yo‘nalishlaridan   biri   va   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarning   shug‘ullanishi
lozim   bo‘lgan   sohasidir.   Hozirgi   zamon   axborot   texnologiyalarining   asosini
quyidagi uchta texnika yutug‘i tashkil etadi:
1. Axborotning mashina o‘qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo
bo‘lishi (magnit, lentalar, kinofil ь mlar, magnit disklar va h.);
2. Axborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha muhim
cheklashlarsiz etkazishini  ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining
aloqa   vositalari   bilan   keng   qamrab   olinishi   (radio   eshittirish,   televidenie,
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa, telefon tarmog‘i va h.); 3.   Axborotni   kompyuterlar   yordamida   berilgan   algoritm   bo‘yicha
avtomatlashtirilgan   ishlab   chiqish   imkonini   (saralash,   tasniflash,   kerakli   shaklda
ifodalash, yaratish va h.) oshirish.
1.2. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Axborot texnologiyalarining
asosiy tushunchalari va elementlari.
Axborot   texnologiyalarining   asosiy   tushunchalaridan   biri   –   bu   axborotdir.
Axborot   deganda  barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar
majmuini va ularning o‘zaro bog‘lanish darajasini tushunamiz. 
Texnologiya   grek   tilidan   (techne)   tarjima   qilinganda   san’at,   mahorat,   bilish
ma’nolarini anglatadi, bular esa o‘z navbatida jarayonlardir.
Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi 
a`zolarimiz (ko`z, quloq, burun, og`iz, teri)   orqali qabul qilib , anglab oladigan har 
qanday ma`lumotni tushunamiz (1.1- rasm).  
 
1-rasm: Axborotni inson tomonidan qabul qilinishi Tabiatni   kuzatib,   insonlar   bilan   muloqatda   bo`lib,   kitob   va   gazetalar   o`qib,
televizion ko`rsatuvlar ko`rib biz axborot olamiz.
M а s а l а n,   ko`ch а d а   k е t а yotg а nimizd а   ko`zimiz   о rq а li   а xb о r о t   yig` а miz.
Ko`zning nеrv hujаyrаlаridа yig`ilgаn аxbоrоt  murаkkаb rаvishdа аlmаshinаdi  vа
bоsh miyaning ko`rish bo`limlаrigа uzаtilаdi. Bu еrdа аxbоrоtgа nаvbаtdаgi ishlоv
bеrilаdi   vа   ishlоv   nаtijаsidаn   shu   zаhоtiyoq   fоydаlаnilаdi.   Muskullаrimizgа
signаllаr   (аxbоrоtlаr)   yubоrilаdi.   Buning   nаtijаsidа   biz   svеtоfоr   chirоg`igа   qаrаb
yo`ldаn   o`tishimiz   yoki   to`xtаshimiz   mumkin.   Dеmаk   аxbоrоtni   qаbul   qilish,
yig`ish, ishlоv bеrish, sаqlаsh vа uzаtish mumkin ekаn.
Аxbоrоtni   90%   dаn   оrtig`ini   ko`rish   vа   eshitish   оrqаli   qаbul   qilаmiz.
Mаsаlаn,   biоlоgiya   dаrsidа   o`simliklаrni   o`rgаnаmiz,   ya`ni   o`simliklаrni   hаyoti
hаqidа   аxbоrоt   оlаmiz.   Birоr-bir   issiq   prеdmеtgа   qo`limiz   tеgib   kеtsа,   dаrhоl
qo`limizni tоrtib оlаmiz. Bu vаziyatdа bоsh miyamiz mаzkur prеdmеtning yuqоri
tеmpеrаturаgа egа ekаnligi hаqidа аxbоrоt оlаdi. Аvtоbusdа kеtаyotsаk mаtоrning
shоvqinini   eshitаmiz.   Shоvqin   biz   uchun   оdаtiy   xоl ,   lеkin   tаjribаli   shоfеr   uchun
esа bu - аxbоrоt. U ushbu аxbоrоtni eshitish оrqаli аvtоbus mоtоrini tеxnik hоlаtini
hаmdа ishlаsh sifаtini аniqlаshi mumkin.
Аxbоrоt оb`еktlаr, hоdisаlаr, jаrаyonlаr hаqidаgi xаbаrlаr to`plаmidir.
Axborotlar   turli-tuman   ko`rinishda   bo`lib,   ularni   quyidagicha   ifodalash
mumkin:
a) matnli axborot.
b) grafikli axborot.
c) tovushli axborot.
d) videolavhali axborot.
e) belgili axborot.
f) raqamli axborot.
Inson sezish a`zolari, texnikada turli asboblar va xokazolar yordamida qayd
etiladigan   tashqi   dunyo   dalillari   ma`lumotlar   deb   ataladi.   Ma`lumotlar   aniq
vazifalarni   hal   etishda   zarur   va   foydali   deb   topilsa   -   axborotga   aylanadi.   Demak
ma`lumotlarga   u   yoki   bu   sabablarga   ko`ra   foydalanilayotgan   yoki   texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan,   saqlanayotgan , uzatilayotgan belgilar yoki yozib
olingan   kuzatuvlar   sifatida   qarash   mumkin.   Agar   bu   ma`lumotlardan   biror   narsa
to`g`risidagi   mavxumlikni   kamaytirish   uchun   foydalanish   imkoniyati   tug`ilsa,
ma`lumotlar   axborotga   aylanadi.   Demak   amaliyotda   foydali   deb   topilgan,   ya`ni
foydalanuvchining   bilimlarini   oshirgan   ma`lumotlarnigina   axborot   deb   atasa
bo`ladi.
Inson   o`z   hayotida   tug`ilgan   kunidan   boshlab   doimo   ma`lumotlar   bilan   ish
ko`radi. Ularni o`zining sezgi a`zolari orqali qabul qiladi.
Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda
axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng
asosiy   bo`lgani   uchun,   axborotlarni   tasnifi   ham   o`ziga   xosdir.   Jumladan,
informatikada   analog   (uzluksiz)   va   raqamli   (diskret)   axborotlar   ishlatiladi.   Inson
sezgi   a`zolari   analog   (uzluksiz)   axborot   bilan   ish   ko`rishga   moslashgan   bo`lsa,
hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.
Mat е matik   olim   axborotni   yanada   k е ngroq   tushunadi.   U   axborot   qatoriga
fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo`lgan bilimlarni ham kiritadi.
Boshqa   soha   xodimlari   ham   axborotni   o`zlaricha   talqin   etadilar.   Shunday   qilib,
turli   sohalarda   axborot   turlicha   tushunilar   ekan.   L е kin   axborotlarning   umumiy
tomonlari ham borki , u ham bo`lsa b е shta muhim xossaga ega bo`lishligidir. Bular
axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov b е rish va uzatish xossalaridir.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning mazmundorligi,
е tarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi,   aniqligi , ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy
ist е `mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir:
a)   axborotning   r е pr е z е ntativligi   –   ob` е kt   xususiyatini   ad е kvat   ifoda   etish
maqsadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir.
b) axborotning mazmundorligi - s е mantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
c) axborotning   е tarliligi (to`laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, l е kin
е tarli  tarkibga (ko`rsatkichlar  jamlamasiga) ega ekanligini  bildiradi. To`g`ri qaror
qabul   qilish   uchun   to`liq   bo`lmagan,   ya`ni   е tarli   bo`lmagan,   xuddi   shuningd е k, ortiqcha   bo`lgan   axborot   ham   foydalanuvchining   qabul   qilgan   qarorlari
samaradorligini kamaytiradi.
d)   axborotning   aktualligi   (dolzarbligi)   -   axborotdan   foydalanish   vaqtida
uning   boshqarish   uchun   qimmatliligi   saqlanib   qolishi   bilan   b е lgilanadi   va   uning
xususiyatlari   o`zgarishi   dinamikasi   hamda   ushbu   axborot   paydo   bo`lgan   vaqtdan
buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi.
e)   axborotning  o`z  vaqtidaligi   -  uning  avvaldan   b е lgilab  qo`yilgan  vazifani
hal etish vaqti bilan k е lishilgan vaqtdan k е chiqmasdan olinganligini bildiradi.
f) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning ob` е kt, jarayon, hodisa va
hokazolarning r е al holatiga yaqinligi darajasi bilan b е lgilanadi.
j)   axborotning   ishonarliligi   -   axborotning   r е al   mavjud   ob` е ktlarni   zarur
aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan b е lgilanadi.
z)   axborotning   barqarorligi   -   axborotning   asos   qilib   olingan   ma`lumotlar
aniqligini buzmasdan o`zgarishlarga ta`sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Axborot   texnologiyalari   –   bu   odamlarning   bilimlarini   rivojlantiradigan,
ularning   texnika   va   ijtimoiy   jarayonlarni   boshqarish   bo‘yicha   imkoniyatlarini
kengaytiradigan   ma’lumotlarni   tashkil   etish,   saqlash,   ishlab   chiqish,   tiklash,
uzatish usullari va texnik vositalaridir. 
Y a na   shuningdek,   axborot   texnologiyalari   deganda,   ma’lum   bir   maqsadga
erishish   uchun   amalga   oshiriladigan   jarayonlar   zanjiridan   iborat   yaratuvchi
faoliyat   tushuniladi.   Agar   texnologik   zanjirni   tashkil   etuvchi   jarayonlar,   ular
orasidagi   axborot   almashinuvini   tashkil   etish   va   ularni   uyg‘unlashtirishda
kompyuterlardan   foydalanish   imkoniyati   yaratilsa,   har   qanday   texnologiyaning
samaradorligi   ortadi.   Albatta,   buning   uchun   mazkur   texnologiyani   sinchiklab
o‘rganish,   jarayonlardagi   va   ular   o‘rtasidagi   axborot   almashinuvini,   shuningdek,
jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot ta’minotini tahlil
etish zaruriyati paydo bo‘ladi.  
Jarayonlar   -   bu   qo‘yilgan   maqsadga   erishish   uchun   ma’lum
harakatlarmajmuasidir. Ayni   paytda   axborot   texnologiyasi   haqida   fikr   yuritganda   «yangi»,
«kommunikatsion»   yoki   «zamonaviy»   so‘zlarini   ko‘shib   ishlatiladi.   Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya   texnologiyasi   (AKT)   -   bu   zamonaviy   kompyuterlar   va
telekomunikatsion   vositalaridan   foydalanadigan,   foydalanuvchi   ishlashi   uchun
«do‘stona» interfeysga ega bo‘lgan axborot   texnologiya demakdir.
«   Axborot texnologiyalari    - axborot resurslari bilan ishlashning usullari va 
vositalari, o'rganilayotgan ob'ekt haqidagi yangi axborotni olish uchun 
ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish usullari haqida ma'lumot to'plami ".
Axborot texnologiyalari    - ma'lumot bilan ishlash uchun maxsus usullar, 
dasturiy ta'minot va apparat (kino, audio va video asboblar, kompyuterlar) dan 
foydalanadigan pedagogik texnologiya.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)    - axborotni 
mustahkamlash, uni qayta ishlash va axborot almashish (uzatish, tarqatish, oshkor 
etish) bilan ta'minlaydigan texnologiyalar to'plamidir.
Ta'lim   jarayonida   kompyuterdan   foydalanish -   (yangi   axborot
texnologiyalarini joriy etish) o'quv jarayonini jadallashtirish, uni optimallashtirish,
o'quvchilarni   mavzuga   qiziqishlarini   oshirish,   taraqqiyotga   oid   ta'lim   g'oyalarini
hayotga   tatbiq   etish,   darslik   tezligini   oshirish,   mustaqil   ish   hajmini   ko'paytirish
yo'llarini   taklif   qilishdir.   Bu   ma`naviy   fikrlashni,   aqliy   mehnat   madaniyatini
rivojlantirishga,   mustaqil   ish   uchun   malakalarni   shakllantirishga   yordam   beradi,
shuningdek o'quv jarayonining motivasion sohasiga, uning faoliyat turiga sezilarli
ta'sir ko'rsatadi.  
Ta’limda   AT   vositalarining   markazida   turuvchisi   kompyuterdir.   Hozirgi
kunda  kompyuter lar ta’lim tizimida asosan to‘rtyo‘nalishda:
- o‘rganish ob’ekti sifatida;
- o‘qitishning texnik vositalari sifatida;
- ta’limni boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.
O‘quv jarayonida kompyuterlar asosan quyidagicha foydalanil-moqda:
-  passiv qo‘llash  – kompyuter oddiy hisoblagich kabi; -  faol muloqat  – kompyuter o‘quvchiga yo‘l – yo‘riq berish va imtihon
olishda;
-  interfaol muloqat  – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni
o‘quvchi bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
Ta’limda   zamonaviy   axborot   va   kommunikatsiya   texnologiyalarini
kengjoriy etilishi:
- fan sohalarini axborotlashtirishni;
- o‘quv faoliyatini intellektuallashtirishni;
- integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
- ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini
takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
samarali tashkil etish:
-   masofaviy   o‘quv   kurslarini   va   elektron   adabiyotlarni   yaratuvchi
jamoagapedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning
birlashuvini;
- pedagoglar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini;
- ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik
faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy   etilishi:
- o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan
sohasini chuqur o‘zlashtirilishiga;
- o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga tinglovchining
mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
- interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish
jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
- sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali
tinglovchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;
- axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining
shakllanishiga; - o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari
vositasida taqdim etish, o‘quvchilarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni
oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning hozirgi bosqichida yuqori 
malakali mutaxassislar uchun talab kuchaymoqda. Zamonaviy o'qituvchi uchun 
odatiy bo'lishi kerak: kerakli ma'lumotlarni topish, elektron pochta orqali ishlash, 
axborot tarmoqlaridan foydalanish. 
Axborot madaniyati umumiy pedagogik madaniyatning bir qismiga 
aylanadi. O'qituvchining professionalligi turli xil kompetentlarga, jumladan, 
kompyuterga ega. O'qituvchi o'z kundalik va kelajakdagi professional faoliyatida 
mahalliy va global kompyuter tarmoqlaridan foydalanishi kerak.
         Hozirgi kunda o'qituvchilarning aksariyati kompyuterga ega, ammo bilim 
darajasi ularnikidan farq qiladi.
a) global Internetdan foydalanish
Elektron resurslar shaklida axborot-metodik qo'llab-quvvatlash o'qituvchini 
o'quv jarayoniga tayyorlashda, masalan, yangi usullarni o'rganish, ko'rgazmali 
qo'llanmalarni tanlashda qo'llanilishi mumkin.
Qidiruv tizimlari    Internet o'qituvchilarga bolalarning taraqqiyoti va 
tarbiyasi, fotosuratlar va illyustratsiyalar haqida deyarli barcha materiallarni topish 
imkoniyatini beradi.
b) Hujjatlar uchun kompyuterdan foydalanish.
Kompyuter,   dasturlarni   tashkil   qilish,   bolaning   shaxsiy   xotirasini   saqlab
qolish,   u   haqda   turli   ma'lumotlarni   yozib   olish,   test   natijalarini   yozish,   umuman
grafiklarni   yaratish   orqali   har   qanday   harakat   rejalarini   tuzishda   g'amxo'rlik
ko'rsatuvchilar   va   "rivojlangan"   ota-onalarga   qimmatli   xizmatni   taqdim   etishi
mumkin.  
Kompyuterdan foydalanishning muhim jihati ma'lumotlar bazasini 
boshqarishdir.    Bugungi kunda bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish bo'yicha juda 
ko'p kitoblar paydo bo'ldi, ko'pgina kitoblarda o'qitishda kompleks yondashuvlar 
aks ettirilgan, boshqalari esa ma'lum bir sifatni rivojlanishini aks ettiradi, yosh  toifalarini ajratib turadi va boshqalar. Ma'lumotlar bazasidan foydalanmaslik 
adabiyotda juda qiyin kechadi.
c)   Multimediya prezentatsiyalaridan foydalanish
Multimediya   prezentatsiyalar   ta'lim   va   rivojlanish   materiallarini   algoritmik
usulda   kompleks   tuzilgan   ma'lumotlar   bilan   to'ldirilgan   yorqin   tasavvurlar   tizimi
sifatida taqdim  etishga  imkon beradi. Bu  holatda, nafaqat  haqiqatni, balki  bolalar
xotirasida   assotsiativ   shaklda   ham   ma'lumot   berishga   imkon   beruvchi   turli
in'ikoslar kanallari qo'llaniladi.
Rivojlantiruvchi va ma'rifiy ma'lumotlarning bunday taqdimotining maqsadi
chaqaloqlardagi   tizimni   shakllantirishdir.     Multimedia   taqdimotida   material
taqdimoti o'quv vaqtini qisqartiradi, bolalar salomatligini yaxshilaydi.
Ta'lim   faoliyati   davomida   multimediya   prezentatsiyalaridan   foydalanish   bizni
psixologik   jihatdan   to'g'ri   usullar,   xotira,   aqliy   faoliyat,   o'quv   mazmunini   va
pedagogik   o'zaro   ta'sirlarni   izolatsiyalash,   o'quv   jarayonini   qayta   tiklash   va
yaxlitlik nuqtai nazaridan o'quv jarayonini yaratishga imkon beradi.
1.3.  Zamonaviy komputerlar, ularning xarakteristikalari ,   umumiy tuzilishi
va foydalanish sohalari
Ko'pincha,   maktabgacha   ta'lim   muassasalari   o'qituvchilari   asosiy   yutuq   -
bolalar   bilan   ishlashda   AKTdan   foydalanish   haqida   gapira   boshladilar.
Kompyuterda   ishlashni   mustaqil   ravishda   o'zlashtirib,   maktabgacha   yoshdagi
bolalar   bilan   ishlashda   o'z   mahoratimni   ishga   solaman.   Kompyuterlar   azaldan
bizning   hayotimizning   ajralmas   qismi   bo'lib   kelgan.   Hatto   maktabgacha   ta'lim
muassasalarida   ham   hayotni  kompyuterlarsiz  tasavvur  etib  bo'lmaydi. Kompyuter
yordamida biz ishchi dasturlar, sinf yozuvlari, hisobotlar va hisobotlarni yozamiz.
va boshqalar. Kompyuter bolalar va ota-onalar bilan ishlashda ham o'qituvchining
eng yaxshi yordamchisiga aylandi.
Hozirda xilma-xil  zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat  qilmoqda.
Ularning   tashqi   ko`rinishi   ham   turlicha.   Lekin   ularni   tashkil   etuvchi   qurilmalar,
(ya`ni   apparatli   ta`minoti)   bilan   yaqindan   tanishsak,   turli   turkumdagi mashinalardagi   qurilmalarda   o`xshashlik   borligini   ko`ramiz.   Har   qanday
kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo`shimcha qurilmalardan tashkil topgan.
Asosiy   qurilmalar   kompyuter   ishlashini   ta`minlasa,   qo`shimcha   qurilmalar
kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi.
Hozirgi vaqtda eng ko`p ishlab chiqarilayotgan va amaliyotga qo`llanilayot -
gan   zamonaviy   kompyuterlar   shaxsiy   kompyuterlar   hisoblanadi.   Zamonaviy
kompyuterlar asosan quyidagi asosiy qurilmalardan iborat bo`ladi:
1. Sistemali blok.
2. Monitоr
3. Klaviatura
4. Sichqoncha.
Sistemali blok . Sistemali blok kompyuterning eng asosiy qurilmasi bo`lib, 
quyidagilarni o`z ichiga oladi:
 mikroprosessor   –   ko`p   hollarda   prosessor   deb   yuritiladi.   U   hisoblashlarni
bajaradi va kompyuter ishini boshqaradi;
 xotira –  ma`lumotlarni va hisoblash natijalarini saqlash uchun ishlatiladi;
 kiritish   chiqarishni   nazoratchilar   –   bu   qurilma   displey,   magnit   disklar,
sichqoncha va boshqa qurilmalar ishini nazorat qiladi;
 kiritish-chiqarish   portlari   –   kompyuter   va     tashqi   qurilmalar   orasida
ma`lumotlarni almashtirib turish uchun ishlatiladi;
 vinchester   (qattiq   magnit   disk)   –   ma`lumotlarni   doimiy   saqlash   uchun
ishlatiladi;
 yupqa   magnit   disklar   (disketlar )-   ma`lumotlarni   doimiy   saqlash   hamda
ularni bir kompyuterdan boshqa kompyuterga o`tkazish uchun ishlatiladi.
Disketlarga vinchesterga nisbatan ancha kam miqdordagi axbo-
rotlar joylashadi.
Monitor   kompyuterning   ish   jarayonida   vujudga   keladigan   axborotlarning
zarur   qismini   ekranda   yoritib   berishni   ta`minlaydi.   Monitor   matn   yoki   grafik
rejimda   ishlaydi.   Matn   rejimida   ekran   belgi   o`rinlari   deb   yuritiluvchi   alohida
qismlarga   bo`linadi.   Grafik   rejimda   ekran   piksel   deb   ataluvchi   nuqtalar to`plamidan   tashkil   topadi.   Ikkala   rejimda   ham   belgi   yoki   pikselning   ranglari,
fonning   rangi,   ravshanligi   va   boshqa   parametrlar   xaqidagi   ma`lumotlar
videoxotirada   saqlanadi.   Monitordagi   piksellarning   umumiy   miqdori   monitorning
imkon darajasi , deb ataladi.
                    Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz.
Bu   erda   belgi   o`rinlarining   miqdori   ekrandagi   satr   va   ustunlardagi   belgi
o`rinlarning   miqdorlari   ko`paytmasi   hamda   piksellar   soni   gorizontal   va   vertikal
bo`yicha piksellar sonining ko`paytmasi shaklida berilgan
Monitor nomi Matn rejimi Grafik rejimi
Ranglar   miqdori   Belgi
o`rinlar  
miqdori Ranglar miqdori Piksellar miqdori
CGA 16 80x25 2 640x200
4 620x200
EGA 16 80x25 16 640x350
16 80x43
VGA 16 80x25 16 640x480
16 80x50
SVGA 16 80x50 256 640x480
16 800x600
Klaviatura .  Klaviatura ma`lumot-larni
kiritish va kompyuter ishini boshqa-rish uchun
ishlatiladi. 
      Kompyuterlar odatda  101   tugmachali
standart klaviatura bilan ta`minlanadi. Klaviatura 5 qismdan iborat:
          Asosiy yoki alfavit tugmalari : Bu qismi 57 ta tugmadani borat: 37 lotin harf
va   belgilar,   10   ta   raqam   va   10   ta   maxsus   tugmalar.   Ko’p   tugmalarda   bir   nechta
belgilar   yozilgan.   Har   xil   rangda   yozilgan   harflar,   belgilar   har   xil   til   standartiga
mos.   Til   standartini   o’zgartirish   klaviaturalarda   har   xil   (o’ng   Alt   va   Shift   yoki
ikkita   Shift   yoki   o’ng   Ctrl   va   Shift   tugmalarni   birga   bosish).   Maxsus   tugmalar
bilan   yaqinroq   tanishaylik.   Shift   -   Agar   siz   harflar   tugmasini   bossangiz   u   holda
kichik   harf   kiritiladi,   agar   sizga   katta   harf   kerak   bo’lsa   u   holda   maxsus   Shift
tugmani bosib, qo’yib yubormasdan shu harf tugmasini bosishiz kerak. Agar bitta
rang   bilan   bir   nechta   belgilar   yozilgan   bo’lsa   u   holda   ulardan   pastdagi   asosiy,
yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosganizda asosiy belgi kiritiladi. Agar
sizga   passiv   belgi   kerak   bo’lsa   u   holda   siz   maxsus   tugmani   bosib,   qo’yib
yubormasdan belgi tugmasini bosishingiz kerak.  Ctrl  va  Alt  - shu tugmalarni bosib
turib   boshqa   tugmani   bosganimizda   har   xil   amallar   bajariladi.   Caps   Lock   -   Bu
tugma yordamida   Shift   bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz yoki
o’chiramiz.   Tab   -   keyingi   bo’limga   yoki   qismga   o’tish.   Backspace   -   oldin
(chapda)   joylashgan   bitta   belgini   o’chirish.   Enter   -   yangi   satrga   o’tish   yoki
ma‘lumotlarni kiritish.  Esc  - oxirgi harakatdan voz kechish. 
        Funktsional tugmalar : Maxsus buyruklar va amallarni bajarish tugmalari  F1
- F12.  Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni urnatadi.                Yo’nalish   tugmalari :   Kursor   joylanishini   o’zgartiradi.   Kursorni   bitta   belgi
chapga, yuqoriga, o’ngga va pastga siljitish. 
             Yordamchi tugmalar :   Home   - satr boshiga o’tish.   End   - satr oxiriga o’tish.
PgUp   -   bir   sahifa   yuqoriga   o’tish.   PgDn   -   bir   sahifa   pastga   o’tish.   Insert   -
belgilarni   o’chirib   ustiga   yozish   yoki   ularni   siljitib   o’rtasiga   yozish   holatini
o’rtnatish.  Delete  - keyin (o’ngda) joylashgan bitta belgini uchirish
              Raqamlar   tugmalari :   Raqamlarni   kiritish   uchun   klaviatura.   0-9   gacha
raqamlar va /,*,-,+ belgilari.
Klaviatura tugmachalariga  “ Вставка-Символ ”   bo`limi yordami-da 
ixtiyoriy belgilarni yoki alifbo harflarini o`rnatish mumkin.
Sichqoncha   ( ingl.   mouse   –   sichqon )   ma`lumot   kiritish   quril - masi   bo`lib,
biror   tekislik   bo`ylab   harakatlantirilganda   tagidagi   lazer   nuri   harakat   haqidagi
ma`lumotni   kompyuterga   uzatadi   va   ekrandagi   ko`rsatkich   (kursor)   mos
yo`nalishlarda   harakatlanadi.   Sichqonchaning   tugmalari   yordamida   kompyuterga
biror   buyruq   berish,   undagi   dasturlar   va   jarayonlarni   ishga   tushirish   hamda
hujjatlarni ochish mumkin.
         Sichqoncha o‘z nomini shakli va ish tamoyili tufayli olgan: u kaftga oson 
ko‘chadi. Shaxsiy kompyuter bilan u ulaniladigan kabel esa ilk konsturktorlarga 
sichqoncha dumini eslatgan bo‘lsa, ehtimoldan holi emas. Puxta o‘ylangan 
konsruksiyasi tufayli sichqoncha SHK foydalanuvchilarining grafik muharrirlar 
dasturiy paketlari avtomatik loyihalash tizimlari elektron jadvallarni boshqarish 
stol usti nashr tizimlarini boshqarishda bebaho vositaga aylandi.
Sichqonchalar o‘zlarining ajratish qobilyatlari ya‘ni 
qabul qiluvchi mehanizimlar talqin eta olishi mumkin bo‘lgan 
eng kichik ko‘chishi bo‘yicha farqlanadi. Ajratish qobilyati 
odatda bir duyumga to‘g‘ri keladigan nuqtalar soni 
{200,400,600,900} bilan ko‘rsatiladi. Sichqonchalarning turli tiplarining soni 
yetarlicha kattadir. Bo‘linishi sichqonchaning ko‘chish haqida axborot olish 
bosqichidayoq boshlanadi va bu qanday amalga oshirilishiga bog‘liq  ravishda , 
sichqonchalar mehanik, optik – mehanik va optikl toifalarga bo‘linadi.  Ma‘lumotlarni kompyuterga uzatish usuli bo‘yicha sichqonchalar liniyali va
liniyasiz   turlarga   ajratiladi.   Biroq   uzatish   usuliga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda
sichqonchaning o‘zi (yoki liniyasiz texnologiya ishlatilganda biror oraliq qurilma)
kompyuterga   ulangan   bo`lishi   lozim.   Sichqoncha   4   usul   bilan   kengaytma   plata,
standart   ketma   –   ketlik   port,   PS/2   usulidagi   sichqoncha   porti   shaklidagi   maxsus
adapter yoki USB shinasi ulagichiga, ketma – ket portga ham (maxsus o’tkazgich
yordamida)   ulanishi   mumkin   bo’lgan   sichqonchalar   ham   mavjud.   Ilgari
sichqonchalar tugmalarining soni bo’yicha ham tasniflanar edi, lekin agar dasturiy
ta’minot faqat bitta tugmani ishlatishi mumkin bo‘lsa (masala, Windows3X uchun
ko’pchilik dasturlarda shunday edi), bu unchalik muhim ko’rsatkich emas.
Yuqorida aytilganidek, mazkur holda sichqonchalarni 3 guruhga bo’lish 
mumkin: mehanik, optik –   mexanik   , optik , shu bilan birga eng kiyingi guruhning 
2 ta qism toifasi mavjud.
1)   Bu atamalarning mohiyati nimada? Hozirgi kunda mexanik
sichqonlar   o’tmish   xotira   bo’lib   qoladi.   Mexanik
sichqochalarning ish usuli eng soddadir. Sichqonchaning ichki
“g’ildiraklarida   o’tkazuvchi   belgilar   bor”.   G’ildiraklariga
o’tkazuvchi qoshlar birikadi. 
Sichqonchaning   sharchasi   yordamida   g’ildiraklarning   aylanishi   jarayonida
ularning   o’zaro   ta’svirlashuvi   kursorning   harakat   yo’nalishi   va   tezligini   aniqlash
imkonini   beradi.   Ko’rib   turganingizdek,   bu   usul   mexanik   pianinoda   metall
plastinkalarni ishlash bilan nimasidir o’xshash. 
Mexanik sichqonchalar  kirlanishi  sababli  boshqalarga qaraganda tez ishdan
chiqadi, ular taraqqiyotning quyi bosqichida edi deb aytish mumkin. Hozirgi kunda
tarqalgan sichqonchalarning ko’pchiligi optik – mexanik sinfga oiddir. 
2)   Optik   -   mexanik   sichqonchaning   ish   tamoyili   juda   oddiy:
rezina   qoplamali   o’g’irlashtirilgan   sharga   yassi   sirt   bo’lab
sirpanadiva   ikkinchisiga   perpendikulyar   joylashgan   valchani aylantirib, koordinatalar tizimida harakatni vujudga keltiradi (vertical va gorizontal
bo’yicha). Boshqacha aytganda, bu kombinatsiya bir yog’och g’ildirakli aravaning
o’qini   eslatadi.   Bu   g’ildirak   svetodiod   va   priyomnik   –   foto-tranzistor   orasida
aylanadi.   Yorug’lik   nuri   turli   tezlik   bilan   aylanayotgan   g’ildirakning   kegaylari
orqali o’tadi. Elektron signallarga aylantirilgan yorug’lik impulslari («yorug’lik»/»
qorong’ulik» almashuvi) kursorning ekranda ko‘chish tezligi va vaziyatini aniqlach
imkonini   beradi.   Sichqonchani   tozalashda   ko‘pchilik   valchalardagi   va   rezina
sharchaning o‘zidagi changlarni tozalash bilan cheklanadi. Ko‘pchilik hollarda bu,
yetarli   biroq   yetish   qiyin   bo‘lgan   joylarda   chang   to‘planishi   kursorning   monitor
ekranida   tushintirish   qiyin   bo‘lgan   harakat   qilishiga   imkon   beradi.   Bu   holatda
sichqonchani to‘la ochishga jazim qilish mumkin.  
3)   Optik   sichqonchalar   harakatlanuvchi   qismlardan   mutlaqo
holidir. Fotodatchiklar sichqoncha korpusining bevosita pastki
sirtida   joylashgan.   Bunday   sichqonchalar   bilan   ishlashdaqora
va   qizil   chiziqlar   bilan   katakchalarga   bo‘lingan   maxsus   gilamcha   ishlatiladi.
Maxsus   holda   aparatura   o‘qlarning   aylanishi   natijasida   hosil   bo‘lgan
yorug‘lik   impluslarini emas , balki har rangdagi kesib o‘tilgan chiziqlarni sanaydi.
Optik   sichqonchalar   juda   ishonchli   (harakatlanuvchi   qisimlari   yo‘qligi   sababli)
biroq   ularning   kamchiligi   ham   bor:   istalgan   sirtda   surila   oladigan   optik   mexanik
sichqonchaga   qaraganda   gilamchaga   ko‘proq   joy   kerak.   Yangi   qismiy   toifaga
Microsoftning yangi ishlanmasi Intellimouse Explorer mansubdir. 
Odatda   optik   sichqonchalardan   farqli   o‘laroq   bunga   gilamcha   kerak   emas
unga   18   MIPS   quvvatli   raqamli   signal   protsessori   o‘rnatilgan.   (Qachanlardir   bu
quvvat EHM uchun yetarli edi) uning ishi optik sensordan kelayotgan real vaqtda
soliishtirishdir.   Solishtirish   asosida   1   sekunda   1500   tagacha   rasm   taqqoslanishi
mumkin bo‘lib, bu juda yuqori aniqlikni taminlaydi.  
Shaxsiy kompyuterning qo`shimcha qurilmalari
Printer   - ma`lumotlarni qog`ozga chiqarish
qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma (matritsa-o`yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma printerda qog`ozdagi 
bosilayotgan satr bo`ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga o`rnatilgan metall 
ignachalar qog`oz va qurilma orasiga o`rnatilgan rangli tasmaga tegib qog`ozda iz 
qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to`plami esa qog`ozga 
belgilar yoki shakllarni chiqarilishini ta`minlaydi. Ko`rinib turibdiki, bosma 
printerdan chiqarilayotgan axborotlarning rangi o`rnatilgan tasma rangiga mos 
bo`ladi.
                    Purkovchi   printer-   qog`ozga chiqariladigan ma`lumotlarni, maxsus 
idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo`li bilan 
hosil qiladi.
                    Lazer   printeri -   ma`lumotlarni   chop   etishda   rang   solingan   maxsus
barabanga elektr maydonini ta`sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va
soz   ishlaydi,   qog`ozga   chiqariladigan   axborotli   mahsulotning   sifati   yuqoridir.
Bosma   yoki   purkovchi   printer   bir   minutda   bir   bet   ma`lumot   chop   etsa,   lazer
printerining shunday ko`rsatkichi o`n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda
ma`lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.
Yurgichni boshqarish va qo`shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi 
qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: trekbol, joystik. 
Trekbol   - sichqoncha"ning to`nkarib qo`yilgan holatiga o`xshaydi, undan 
asosan notebook xilidagi ko`chma kompyuterlardan foydalaniladi.  
         Joystik   - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan 
faqat o`yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo`llanadi.
                  Plotter   (grafyasagich)   -   chizmalarni   qog`ozga   chiqarish   uchun   xizmat
qiluvchi qurilma. Qog`ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan 
pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300x300 sm o`lchamgacha bo`lgan 
katta qog`ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
                Skaner   -   foto   rasm ,   grafik   va   matn   shaklidagi
axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Demak,
rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil
qilish  shart  emas,  balki   uni  oldin  tashqarida  tayyorlab  olib kompyuterga   kiritish   sharoitini   yaratib,   bu   rasmdan   kompyuterda   ko`rsatmali
foydalanish   imkoniyatini   beradi.   Hozirda   stol   usti   skanerlari   va   qo`l   skanerlari
keng tarqalgan. Stol usti skanerlari o`z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga
bo`linadi. Skanerning har bir turi qo`yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan
vazifaga qarab o`z joyida qo`llanadi.
              Strimer   -   vinchesterdagi   eng   zarur   axborotlarni   buzmasdan   asrash   uchun ,
uning   nusxasini   ko`chirib   zahirada   saqlash   uchun   xizmat   qiladigan   qurilma.
Strimer   ma`lumotlarni   magnit   tasmalarga   juda   tez   ko`chirishni   tashkil   etadi.
Magnit lentalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
                Modem   -   kompyuter   signallarini   telefon   signallariga
aylantiruvchi   va   aksincha   telefon   signallarini   kompyuter
signallariga aylantirishni ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak,
modem   telefon   tarmoqlari   orqali   kompyuterlarni   o`zaro
bog`lash   imkoniyatini   yaratib   berar   ekan.   Modem   kompyuterda   o`zgarmas   tok
orqali   hosil   qilingan   signallarni   turli   chastotali   tovush   signallarining
kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa
yakka   kompyuterdan   foydalanganga   qaraganda,   ancha   katta   hajmdagi   axborot
bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.  
                    Soundblaster   -   axborot   saqlagichlarga   yozilgan
raqamli   audioaxborotni   tovushlarga   aylantirib   beruvchi
qurilma.   Soundblaster   quril-masi-ning   chiqish   qismiga
ovoz   kuchaytirgich   yoki   ovoz   kolonkalarini   ulash
mumkin,   bu   bilan   kompyuterning   multimedia
imkoniyatlarini to`liq namoyon etishga yo`l ochiladi.
                      Multimedia   - matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni
birlashtiruvchi   axborot   texnologiyasi.   Multimedia   uchun
zamonaviy CD - ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta
1987   yili   Sietldagi   konferensiyada   (Second   Microsoft   CD   -
ROM   Conference)   bo`lib   o`tdi   va   bu   sana   video   va
audioaxborotli to`laqonli multimedianing paydo bo`lishini isbotladi. K ompyuter xotirasi.
                  Mikroprotsessor   kompyuterning   amal   bajaradigan   qismi   bo`lib,   u
ma`lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
                  Mikroprotsessor   140   tacha  turli   arifmetik   va   mantiqiy   amallarni   bajaradi.
IBM   rusumli   kompyuterlarda   Intel   tipidagi   (shu   nomli   firma   ishlab   chiqqan)
mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286,
80386,   80486,   Pentium,   Pentium   Pro(professional)   mikroprotsessorlari   ishlab
chiqargan   bo`lib,   hozirda   faqat   zamon   talablariga   javob   beradigan   Pentium-3,
Pentium-4   protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni aytish joyizki,
bu   protsessorlar   faqat   Intel   firmasida   ishlab   chiqarilishi   shart   emas.   Uning
litsenziyasi   asosida   bunday   mikroprotsessorlar,   da   ishlab   chiqarilishi   shart   emas.
Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo`lgan,
Janubiy-   Sharqiy   Osiyo   mamlakatlarida   ko`plab   ishlab   chiqarilmoqda.   Bundan
tashqari,  IBM kompyuterlariga moslik  shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD,
Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi.
Ammo   boshqa   firmalar   ishlab   chiqqan   mikroprotsessorlar   Intel-protsessorlardan
umuman   aytganda   kuchsizroq   hisoblanadi.   Hozirda   MMX-protsessorli
kompyuterlar   keng   qo`llaniladi.   Protsessorlarning   tezligi   megagerslar   (Mgs)
sekundda o`lchanadi.
MMX   Pentium   protsessori.   Intel   firmasining   keyingi   avlod   protsessori
sifatida   1997   yil   yanvar   oyidan   boshlab   chiqarilayotgan   MMX   ( M atrix
M ultiplication   E x tension )   Pentium   protsessorini   aytish   mumkin.   Dastavval   bu
protsessor   matritsalarni   ko`paytirish   uchun   kengaytma   nomi   bilan   atalgan   bo`lsa,
keyinchalik   M ultiMedia   E x tension-multimedia   uchun   kengaytma   deb   atala
boshladi.   Bu   yangi   protsessorni   ishlab   chiqishdan   maqsad,   keyingi   yillarda
ommaviy   qo`llanilib   borilayotgan   kompyuterning   multimedia   (ovozi,   grafik,
tasvir)   imkoniyatlarini   har   tomonlama   barkamollik   darajasiga   ko`tarish,
multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta`minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga,
jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi.   Shu   bilan   birga   bu   protsessor   ko`paytirish   va   qo`shish   amallarini   ko`proq
ishlatadigan   amaliy   dasturlarda   amallarni   tezroq   bajarishga   qaratilgan.   Shuning
uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar
bilan   ishlash   bilan   bog`liq   masalalarni   yechishda   qo`llash   maqsadga   muvofiq
bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi. 
Hozirda   rivojlanayotgan   parallel   algoritmlar   va   hisoblashlar   uchun   ham   u
qo`l keladi. Shu bilan birga bu   protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan
ishlashni   “yoqtirmaydi”.   Bunday   sonlar   bilan   ishlash   uchun   maxsus   dastur
interfeysi   mavjud.   U   Microsoft   firmasining   Direct   3D   (3   o`lchovli   interfeysi)dir.
Shuning   uchun   ham   uning   hozirda   ko`p   tarqalayotganligiga   ajablanmasa   ham
bo`ladi.
Xotira.   Xotira   kompyuterda   dasturlar   va   berilganlarni,   amal   natijalarini
saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va
boshqalar. 
Tezkor   xotira   kompyuterning   muhim   qismi   bo`lib,   protsessor   undan
amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana
unda   saqlaydi.   Shuni   alohida   ta`kidlash   lozimki,   kompyuter   o`chirilsa,   tezkor
xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun
ularni   qattiq   diskda   yoki   disketalarda   saqlab   qolish   kerak.   Kompyuter   ishlab
turganda   elektr   tokini   ogohlantirmasdan   o`chirish,   umuman   aytganda,   katta   zarar
keltirishi   mumkin.   Barcha   turdagi   xotiralar   uchun   muhim   tushuncha   uning
hajmidir.   Kompyuterlarda   ma`lumot   birligining   eng   kichik   o`lchovi   sifatida   bayt
qabul   qilingan   bo`lib,   1   bayt   8   bit   (ikkili   raqam)ga   teng.   O`z   navbatida   bayt   bir
simvolni   (belgini)   tasvirlaydi.   Familiyangizni   kompyuterga   kiritish   uchun
familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira
hajmi   birligi   sifatida   kilobayt   qabul   qilingan   va   u   K   bilan   belgilanadi.   O`z
navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga
teng. 
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu dasturlar majmuini ishlata
olish   mumkin.   Misol   uchun   1  Megabayt   xotiraga   ega   kompyuterlarda   faqat   DOS sistemasida   ishlash   mumkin   bo`lsa,   4   Megabaytli   kompyuterlarda   imkoniyatlari
ko`proq   bo`lgan   dasturlarni,   xususan   WINDOWS   3.1,3.11   dasturlarini   ishlatish
mumkin.   WINDOWS   95   ni   to`laqonli   ishlashi   uchun   16   Megabayt   xotira   va
kamida 486 protsessorli  kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida
ishlash   uchun,   Foto   Shop,   Corell   Drawe   va   boshqa   hozirgi   zamon   dasturlarini
ishlatish   uchun   kamida   32   Mbayt   xotirali   va   PENTIUM_2,3   protsessorli
kompyuterlar   lozimdir.   Bu   ko`rsatkichlar   yangi   protsessorlar   va   dastur
mahsulotlarini paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi. 
Doimiy   xotira.   Kompyuterlarda   berilganlar   unga   avvaldan   joylashtirilgan
doimiy   xotira   (BIOS-Basic   Input-   Output   System-kiritish   chiqarishning   asosiy
sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u
ROM   (Read   Only   Memory-faqat   o`qish   uchun)   deb   ataladi.   IBM   PC
kompyuterlarda   bu   xotira   kompyuter   jihozlarini   ishlashini   tekshirish,   operatsion
sistemasini   boshlanQich   yuklanishini   ta`minlash,   qurilmalarga   xizmat
ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh   xotira .   Kesh   xotira   kompyuterning   ishlash   tezligini   oshirish   uchun
ishlatiladi.   U   tezkor   xotira   va   mikroprotsessor   orasida   joylashgan   bo`lib,   uning
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez
bajariladi.   Shuning   uchun   kompyuter   xotiraning   ko`proq   ishlatiladigan   qismi
nusxasini   kesh   xotirada   saqlab   turadi.   Mikroprotsessorning   xotiraga   murojaatida,
avvalo,   kerakli   dastur   va   berilganlar   kesh   xotirada   qidiriladi.   Berilganlarni   kesh
xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh
xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh
xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi. 
Videoxotira.   Videoxotira   monitor   ekraniga   video   ma`lumotlarni
(videotasvirlarni)   saqlab   turish   uchun   ishlatiladi.   Shuni   aytish   lozimki,
videotasvirlar   (ayniqsa   rangli)   kompyuter   xotirasida   ko`p   joy   egallaydi.   Shuning
uchun   video   xotira   hajmi   qancha   katta   bo`lsa,   shuncha   yaxshi   albatta.
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.  Shina.   Kompyuterda   har   bir   qurilmaning   ishini   boshqaruvchi   elektron
sxemalar   mavjud   bo`lib,   ular   adapterlar   (moslovchilar)   deb   ataladi.   Barcha
adapterlar   mikroprotsessor   va   xotira   orqali   berilganlarni   ayirboshlovchi   magistral
yo`l   deb   ataluvchi   shinalar   orqali   bog`langan   bo`ladi.   Shunday   qilib,   oddiy   so`z
bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda
bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron
plata   deb   ataluvchi   modullardan   iborat.   Uning   modul   tuzilishiga   ega   bo`lishi
kompyuterlar ta`mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig`ish va
o`zgartirish   imkoniyatini   beradi.   Sistema   platasi   kompyuterning   asosiy   platasi
hisoblanib,   unga   BIOS,   mikroprotsessor,   tezkor   xotira,   kesh   xotira,   shinalar
joylashtirilgan   bo`ladi.   Bundan   tashqari,   unda   ba`zi   bir   qurilmalar,   ishni
boshqaruvchi   elektron   sxemalar,   klaviatura,   disk   qurilmalari   adapteri   ham
joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday
shinalarning   ma`lumot   ayirboshlashi   tezligi   yuqori   bo`lib,   u   orqali   kompyuterga
ko`p   tashqi   qurilmalarni   ulash   mumkin.   Kompyuterda   kiritish-chiqarish   portlari
kontrolerlari   mavjud   bo`lib,   ular   sistema   blokining   orqa   qismida   joylashgan   slot
deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun
xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos
ravishda   LPT1-LPT4   va   COM1-COM3   deb   belgilanadi.   Odatda   LPT   portga
printer va  COM  portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Aripov M. Informatika asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent: 2002.
2. M.Aripov. Internet va elektron pochta asoslari. T., Universitet, 2000
3. Ayupov   R.X.   Xususiy   komputerda   ishlash.   MS   Word   matn   muharriri.   –T.:
TMI, 2002, 124 bet. 
4. Ayupov   R.X.,   Ilxomova   E.   Komputer   tarmoqlari   va   Internet   tizimi.–T.:   TMI,
2002.
5. Microsoft Assess 2002. Russkaya versiya. Shag za shagom. Prakticheskoe 
posobie. [Per. s angl.  L.V. Sazonova]. – M.: EKOM, 2002. – 352 s.
6. Microsoft Windows XP:  Shag   za   shagom .  Russkaya versiya: [Prakt. posob.]. – 
M.: EKOM, 2002. – 352 s.: il., pril.
7. Microsoft Word. Versiya 2002. Shag za shagom: [Per. s angl. L.V. Sazonova]. 
– M.:EKOM, 2002. – 336 s.: il.
8. Bondarenko S., Bondarenko M.  Word 2003. – SPb.: Piter, 2005. – 380.  (4) s.: 
il. –(Populyarnыy samouchitel).
9. Bott, Ed.  Windows XP. B ы stro i effektivno: per s angl. – SPb.: Piter, 2005. –
320 s.
10. Ye vseev, Georgiy Aleksandrovich.  Noveyshiy samouchitel rabot ы  na 
kompyutere: Effektivn ы y kurs / G. Yevseev, V. Muraxovskiy, S. Simonovich; 
Pod red.  S.
11. Nasreddinova Sh. Excel 7.0 da jadval hisoblagichlar. – T.: TMI, 2002.
12. Sagman Stiv. MS Power Point 7.0. dlya Windows.- Sankt-Peterburg, 
Izdatelstvo «Piter», 1997

Axborot texnologiyalari fanining predmeti. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy xarakteristikalari va qo’llash sohalari Reja: 1. Axborot texnologiyalari (АТ) fanining predmeti , maqsadi va vazifalari . 2. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari va elementlari. 3. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy xarakteristikalari va qo’llash sohalari.

1.1. Axborot texnologiyalari (АТ) fanining predmeti, maqsadi va vazifalari . Ta’lim tizimini isloh etish, moddiy-texnik bazsini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rnini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, yuqori intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlashda davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘ldi. Ma'lumotlar bugungi kunda ta'lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu axborot texnologiyalari va texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, birinchi navbatda, axborot va jamiyat bilan ishlashga qodir bo'lgan insonlarning jamiyatini shakllantirishga yordam beradigan loyihalar va dasturlarni ishlab chiqishning asosiy omiliga aylanadigan o'zgarishlar bilan bog'liq. Pedagogik jamoalarning asosiy maqsadi har bir bolaning qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, asosiy bilimlarga ega bo'lgan va zamonaviy hayot sharoitlariga moslasha oladigan shaxsni shakllantirishdir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) hayotimizning barcha sohalarida mustahkam o'rnashgan. Shunga ko'ra, ta'lim tizimi yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish, an'anaviy usullarni almashtirishga olib kelmaydigan, lekin ularning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan yangi yondashuvlarni joriy etish uchun yangi talablarni qo'yadi Ta'limni axborotlashtirish maqsadga erishishning muhim vositalaridan biri sifatida qaralishi kerak. Bu ta'lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonining bosqichlarini aniqlaydigan bir qator ketma-ket vazifalar: texnik jihozlar, didaktik vositalarni yaratish, yangi o'quv texnologiyalarini ishlab chiqish va hokazolarni nazarda tutadi. Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limustuvorlik kasb etmoqda. Bunday yondashuv asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan hayotga har tomonlama tayyor

bo‘lishini ta’minlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ulkan axborot makonida informatsiyani tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish layoqatini shakllantirish kabi vazifalar mujassamdir. Bunday talab darajasidagi yosh avlodni kamolga yetkazish uchun pedagoglar nafaqat faoliyatni osonlashtiruvchi dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirishi va amalda qo‘llashi, balki fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalana olishi ham zarur. Fanni o‘qitishdan maqsad - zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy komp’yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, Veb-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Fanining vazifasi: - ta’limdaATlari haqida bir butun tasavvur hosil qilish; - ta’limdaATlarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish; - ta’limda ATning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish; - axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday kodllash hakida tushuncha hosil qilishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quydagi talablar qo‘yiladi: - zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalari kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijoratga doir bilimga; - axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, algoritmlash va dasturlash, vizual dasturlash texnologiyalari, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, tarmoq resruslari,

axborot tizimlari, ularning mohiyati, qo‘llanilishi va vazifalari, elektron xujjat aylanishi tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan, elektron tijoratlardan foydalanish ko‘nikmasiga; -axborotlarga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, dasturlash tillari va vizual dasturlash orqali dastur tuzish, amaliy dasturlar bilan ishlash (matnli, elektron jadval, taqdimotlar, grafik, ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari), kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, turli veb sahifalar yaratish dasturlari bilan ishlash, elektron xujjat aylanishi tizimi, zamonaviy multimedia tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televidenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi: 1.O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish. 2.Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish. Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yo‘nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohasidir. Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug‘i tashkil etadi: 1. Axborotning mashina o‘qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo bo‘lishi (magnit, lentalar, kinofil ь mlar, magnit disklar va h.); 2. Axborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha muhim cheklashlarsiz etkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televidenie, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa, telefon tarmog‘i va h.);

3. Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo‘yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.) oshirish. 1.2. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari va elementlari. Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalaridan biri – bu axborotdir. Axborot deganda barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmuini va ularning o‘zaro bog‘lanish darajasini tushunamiz. Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilinganda san’at, mahorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o‘z navbatida jarayonlardir. Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a`zolarimiz (ko`z, quloq, burun, og`iz, teri) orqali qabul qilib , anglab oladigan har qanday ma`lumotni tushunamiz (1.1- rasm). 1-rasm: Axborotni inson tomonidan qabul qilinishi