logo

Biometriya faning predmeti va asosiy tushunchalari, biometriyaning rivojlanish tarixi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.9794921875 KB
Biometriya faning predmeti va asosiy tushunchalari, biometriyaning
rivojlanish tarixi.
1. Biometriya fani predmeti va asosiy tushunchalari
2. Biometriyaning biologiya fanlari tizimidagi o‘rni
3. Biometriyaning rivojlanish tarixi 1. Biometriya fani predmeti va asosiy tushunchalari
Biometriya   –   bu   biologik   tadqiqotlarda   tajriba   va   ko‘zatuvlarda
matematik statistika usullarining qo‘llanilishi haqidagi fandir.
Matematik   satatistika   usullari,   extimollar   nazariyasi   va   matetmatik
statistika   soxalaridan   olingan.   Matematik   statistika   va   biometriya   bir–birini
to‘ldiradi   va   boyitadi.   Lekin   biometriya   bu   aynan   matematik   statistikaga
o‘xshash   fan   deyish   noto‘g‘ri,   chunki   biometriyada   tirik   organizmlarga   xos
bo‘lgan   xususiyatlar   inobatga   olinadi.   Biometriya   fani   tadqiqotchilarga
tajriba va ko‘zatuvlarni to‘g‘ri tahlil etish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish,
umumlashtirish   va   ulardan   ilmiy   asoslangan   xulosalar   chiqarish   hamda
tadqiqotlar   davomida   vujudga   kelgan   farazlarni   ehtimoliy   baholay   olish,
ko‘nikma   va   malakalarni   shaklantiriladi.   Ularda   statistik   tafakkurni
tarbiyalaydi   va   umumiy   ilmiy   dunyoqarashini   kengatiradi.   Biometriyani
o‘zlashtirib,   ilmiy   izlanishlarni   rivojlantirish,   olingan   natijalarga   statistik
ishlov berish mumkin. 
Biometriyada   amaliy   fanlar   va   matematik   usullardan   foydalanib,   aniq
biologik ob’ektlar o‘rganiladi (masalan: odam, hayvon va o‘simliklar). 
Odatda ma’lum bir masalalarni echishda deduktiv va induktiv usullardan
foydalaniladi. 
Detuktiv usulda  – birinchi o‘rinda matematik model bo‘lib, so‘ngra shu
model asosida tajriba natijalari o‘rganiladi. 
Biometriyada   ko‘proq   induktiv   usulga   tayaniladi.   YA’ni   bunda   aniq
dalillar yig‘iladi, ular matematik usullar yordamida tahlil qilinadi. 
Biometriyada aloxida ob’ektlarda bo‘lmaydigan gruppali xususiyatlar va
qonuniyatlar o‘rganiladi. Biometriya   atamasi   1889   yil   F.Galton   tomonidan   fanga   kiritilagn.
Keyinchalik   echim   1899   yil   G.Dunker   variotsion   statistika   nomi   bilan
atalishini taklif etadi. 
Biometriya  so‘zi  lotincha   bios–xayot,  metron–o‘lcham   degan   ma’noni
anglatadi. 
Variatsion statistika so‘zi esa lotincha variatio–izmeninie kolbanie (farqli
o‘zgaruvchanlik) va status–sostoyanie polojenie vishiy ma’nolarini anglatadi.
Undan tashqari biologiyada statistik metodlar (Beyli 1957 yil), biologik
statistika   (Rokitskiy   1964   yil),   biometrik   usular   (Urbax   1964   yil)   atamalar
kiritilib,   bu   atamalar   biometriya   fanining   sinonim   nomlari   sifatida   ham
ishlatilishi mumkin. 
Biometriyaning   predmeti   bo‘lib   sanash   yoki   o‘lchash   usulini   qo‘llab,
o‘rganilayotgan   har   qanday   biologik   ob’ekt   xizmat   qiladi.   Bunda   alohida
ob’ekt emas balki gruppali ob’ektlar nazarda tutiladi.
Agar ko‘zatish bir juft ob’ektlarda  ya’ni bir tur bir  xil jins va  yoshdagi
ob’ektlarda olib borilsa bu–alohida kuzatishlar deyiladi. 
Ko‘p   sondagi   nisbatan   bir   jinsni   lekin   bir–biridan   farq   qiladigan
o‘rganish   uchun   bir   guruxga   birlashtirilgan   gurux   yoki   to‘plam   statistik
to‘plam   deyiladi. Uning sifat tarkibi nisbatdan bir jinsni bitta to‘plamga har
xil   jins   yoki   yoshdagi   individlarni   kiritish   mumkin   emas   yoki   modifeksion
o‘zgaruvchanlik   qonuniyatlarini   genetik   bir   jinsli   bo‘lmagan   materialda
o‘rganish mumkin emas. 
Statistik   kompleks   tushunchasi   ham   mavjud   har   xil   guruxlarni   bitta
kompleksga   birlashtirish   natijasida   paydo   bo‘ladi.   Bunda   statistik
kompleksga kiradigan bir gurux bir xil elementlardan tashkil topishi kerak. 
Biometriyada juda ko‘p sonli tushuncha va terminlardan foydalaniladi.  1. Statistik   to‘plam –sifat   tarkibi   bir   jinsli   bo‘lib,   bir   belgiga   tegishli
bo‘lgan   o‘zgaruvchi   qiymatlar   to‘plami   (o‘rganiladigan   tarkibiy   qismlar
yig‘indisi).
2. Varianta –statistik   to‘plamga   kiruvchi   alohida   birliklar   yoki
o‘zgarayotgan belgining mumkin bo‘lgan qiymatlari (X
1 , X
2 ,…  X
n ).
3. To‘plam   hajmi –statistik   to‘plamga   kiruvchi   variantalar   soni   (N)
bosh to‘plam uchun, (n) tanlanma to‘plam uchun.
4. Statistik   kompleks –statistik   to‘plam   bir   necha   belgilardan   iborat
bo‘lishi,   bir   necha   xil   guruxlardan   tarkib   topishi   va   ular   bitta   kompleksga
birlashtirilishi mumkin.
5. Bosh to‘plam –baholanadigan barcha tarkibiy qismlar yig‘indisi.
6. Tanlanma   to‘plam   yoki   tanlanma –o‘rganish   uchun   bosh
to‘plamdan tanlab olingan qism.
7. Takror   tanlanma –agar   tanlanmaning   elementlari   bosh   to‘plamdan
tanlangan   elementni   (keyingisini   olishdan   oldin)   yana   bosh   to‘plamga
qaytarilsa.
8. Takrormas tananma –bosh to‘plamga qaytarilmasa.
9. Reprezentativ   tanlanma –ham   to‘plamdagi   nisbatni   etarlicha   aniq
takrorlovchi tanlanma.
10. Variatsion   qator –tarkiblashtirilgan   to‘plamda   yoki   variantalar
qatorida   variantalarning   chastotalari   ham   ko‘rsatilsa   bu   variatsion   qator
deyiladi.  X:, Р:.
11. Chastota –har bir variantalarning to‘plamdagi ulushi.
2. Biometriyaning biologik fanlar tizimidagi o‘rni
Biometriya fani matematik statistika va extimollar nazariyasi usullaridan
foydalanishga asoslangan bo‘lsada, ammo unda bu usullar biologik, ekologik
jarayonlarini o‘rganishga qaratilagan shuning uchun ham bu fan biologiya va matematika   fanlarining   uyg‘unlashuvi   natijasida   vujudga   kelgan   bo‘lsada
biologiya,   ekologiya   fanlari   tizimiga   kiritilishi   kerak.   Biometriya   o‘zining
o‘rganish   predmetiga   ega   bo‘lib,   biologiya   fanlari   tizimida   o‘ziga   xos   o‘rin
egallaydi. Biometriya fan sifatida bir qator o‘ziga xos xossalariga ega.
1. Biometriya   yakka   va   yalpi   xodisalarni   o‘zaro   bog‘liqlikda   o‘rganib,
yakka kuzatuvlar yordamida aniqlab bo‘lmaydigan va faqat yalpi xodisalarda
amal qiladigan statistik qonuniyatlarni aniqlaydi.
2. Biometriya   o‘zining   xususiy   usullariga   ega   bo‘lmay   biologik,
ekologik hodisalariga matematik statistika va ehtimolar nazariyasi usullarini
qo‘llaydi.
3. Biometiriya fanini matematik statistikaning biologiya va ekologiyada
qo‘llanilishi deb bir tomonlama  ifodalab  bo‘lmaydi. Chunki bu  fan  emperik
aniq   bo‘lib,   biologik   va   ekologik   maqsad   va   vazifalarni   ham   echishga
qaratilgan. SHuning uchun ham biometriya va matematik statistika o‘rtasida
tenglik belgisini qo‘yib bo‘lmaydi. Biometriya biologiya fanlarining mustaqil
sohasi   bo‘lib,   biologiya   va   matematika   fanlarining   tutashuv   chegarasida
joylashgan.   Biologiya   va   matematika   fanlari   chegarasida   biometriyadan
tashqari  matematik   biologiyaning  boshqa   yo‘nalishlari  ham  vujudga   kelgan.
Masalan: biokibrnitika, biosimetrika va boshqalar. 
4. Biometriya   murakkab   matematik   masalalar   va   mashqlar   echish   yoki
matematik   muammolarni   hal   etish   bilan   shug‘ullanmaydi.   Balki   tayyor
matematik   xulosalar   va   formulalardan   foydalanib   biologik-ekologik
muammolarni hal etishda qo‘llaydi. 
5. Biometriya   matematik   simvollar,   grafiklar,   formulalar   va
tenglamalarda ifodalanadigan o‘ziga xos va belgilar to‘plamiga ega. 
3. Biometriyaning rivojlanish tarixi
Biometriya tarixi bir nechta davrlarga ajratiladi.  1. XVII-asrdan   boshlanib,   bu   davr   tasvirlash   davri   deyilib,   bu   davrda
so‘zni   tasvirlashdan   biologik   ob’ektlarni   elimentar   miqdoriy   va   sonli
baholash boshlangan.
Bu   davrda   N’yuton,   Leybnits,   B.Paskal,   X.Gyukeks,   S.Puasson,
P.Laplas,   V.Pettilarning   asarlari   va   ishlarini   misol   qilib   keltirb   o‘tish
mumkin.
Bu   davrda   matematik   statistika   va   extimollar   nazariyasi   pul-tovar
munosabatlariga   oid   turli   xil   o‘yinlar   asosida   statistika   esa   davlat   talablari
tufayli   vujudga   keladi.   Biometriya   esa   biologiya   fanlarining   rivojlanishi
natijasida shakllanadi.
2. XIX–asrning   birinchi   yarmidan   boshlanadi   va   Ketlening   ishlari   bilan
harakterlanadi. Belgiyalik olim A.Ketli (1796-1874 yillarda) biometriyaning
fan   sifatida   shakllanishida   katta   ishlarni   amalga   oshiradi.   Bu   olim
antropologiya va ijtimoiy statistika usullarini matematik extimollar nazariyasi
bilan muvaffaqiyatli qo‘sha olgan olim hisoblanadi. 
1835 yil Ketle  – «Odam va uning qobilyatlari rivojlantirishi yoki sotsial
fizika tajribasi» nomli kitobini chop ettiradi. U bu kitobida odamning turli xil
jismoniy   belgilari   va   xatto   hatti–harakati   ham   ehtimollardan   taqsimlanish
qonuniga bo‘ysunishini ko‘rsatib beradi.
1871   yil   Antropometriya   asarida   bu   qonuniyat   nafaqat   odamga   balki
boshqa tirik mavjudodlarga tegishli ekanligini yozgan. 
Bu   davrda   biometriyaga   ham   fan   sifatida,   ham   ilmiy   asoslash   usuli
sifatida qaratiladi. 
3. F.Galton va Q.Pirson maktabining paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan
harakterlanadi.  Bu   davr   XIX   asrning   II–yarmidan   boshlanib   Angliyalik   olim   F.Galton
(1822–1911 y.) va Q.Pirson (1857–1936 y.) ishlari bilan bog‘liq. Bu olimlar
boshchilig‘ida   biometriklardan   ingliz   maktabi   yaratildi   va   bu   soxada   ko‘p
ishlar qilindi. Ammo F.Galton va Q.Pirson biologik tadqiqotlarda matematik
usullarning   rolini   haddan   ziyod   oshirib   yubordilar   va   bu   ularni   jiddiy
xatolariga olib keldi. 
1900   yilda   Q.Pirson   tomonidan   o‘rtacha   kvadratik   qiymat,   X 2
  usuli
yaratildi, taklif etildi va biometriyada qo‘llanila boshlandi. 
Xulosa   qilib   aytsak,   bu   davrda   biometriyaning   matematik   apparati
yaratiladi. 
4. Bu   davr   ratsionalistik   davr   deb   atalib,   1902   yil   Daniyalik   biolog
V.Iogansen (1857–1927 y.) izlanishlaridan boshlanadi. 
U loviya o‘rig‘i ustida genetik izlanishlar olib boradi. U biologik izlanish
va tajribalarini birinchi o‘ringa qo‘ydi va undan keyin matematik usullardan
foydalandi. 
V.Iogansen,   F.Galton   va   Q.Pirsonlarning   normal   konsepsiyasini   tanqid
qilib,   biometriyaning   mohiyatini   ochib   beradi.   Uning   fikriga   ko‘ra   biologik
muammolar matematik masala sifatida emas balki biologik tahlil bilan birga
olib   borilishi   zarur.   Aks   xolda   natijalar   statistik   aldovlardan   iborat   bo‘lib
qoladi deydi. 
5.   XX   asrda   St’yudent   taxallusi   bilan   ijod   qilgan   ingliz   olimi   V.Gosset
(1876–1937 y.) ishlari bilan boshlandi. 
St’yudent kichik tanlanma nazariyasi usullarini ishlab chiqadi. 
R.E.   Fisher   (1890–1962   y.)   avval   1933–yil   London   universitetidagi
matematika kafedrasida keyin 1943–1957 yil Kembrij universitetida genetika kafedrasida   ishlaydi.   U   eksperimental   biologiya   va   matematik   statistikani
kompleks usulda qo‘llab dispersion tahlil usullarini ishlab chiqadi. 
Undan   tashqari   biometriyaning   rivojlanishiga   Ch.Bliss,   Dj–Yula,
N.Beyli,   M.Kendil,   D.Snedesor,   S.Uilks   va   boshqalar   o‘z   xissalarini
qo‘shadilar. 
Bizning   mintaqamizdan   yangi   rus   olimlarining   ishlari   A.V.   Leontovich
(1986–1943 y.),  A.I. Chuprova (1874–1926  y.), A.A. Kauorlon (1864–1919
y.) biometriyaning usularini ishlab chiqardilar. 
V.I.   Ramonovskiy   (1879–1954   y.),   A.N.   Kolmagarov,   A.YA.   Xinin
(1894–1959 y.), N.V. Smirnov, B.V. Tnidenka va boshqa ko‘pchilik olimlar
o‘z xissalarini qo‘shganlar. 
Birinchi   bo‘lib   1919–yil   MGU   studentlariga   S.S.   Chetverikov   genetika
asoslari   va   biometriya   kursini   o‘qidi.   U   1924–yil   alohida   kurs   sifatida
“Biometriyaga   kirish”   fanini   o‘qiydi.   Uni   V.V.   Almatov,   M.V.   Ignatiev,
N.I. SHapirova boshqalar davom ettiradi.  Asosiy adabiyotlar
1. Ruziyev Yu.S. Biometriya fanidan amaliy mashg‘ulotlari.   Samarqand
– 2019  y.
2. Султонова   М.М.   В ариа ц ион   статистика.   Т ош к e нт,   « Ў қитувчи»,
1977 й.
2. Лакин Г.Ф. Биометрия.  Mo сква, 1980 г.
3.   Сирожиддинов   С. X .,   Маматов   М.М.   Э ҳтимоллар   назарияси   ва
мат e матик статистика Т. « Ў қитувчи», 1980 й.
4.   Соатов   Ё.У.   Олий   мат e матика.   Икки   жилдлик.   Т.   « Ў қитувчи»,
1994 й.
5.   Маматов   М.М.,   Иброҳимов   Р.   Э ҳтимоллар   назарияси   ва
мат e матик статистикадан масалалар т ў плами. Т .,  « Ў қитувчи», 1989 й.
6. Гмурман В. E .  Э ҳтимоллар назарияси ва мат e матик статистикадан
масалалар  е чи ш га доир қ ў лланма. Т. ,  « Ў қитувчи», 1980 й.
7. Крам e р Т. Мат e матич e ски e  м e тоды статистики. М., «Мир», 1975

Biometriya faning predmeti va asosiy tushunchalari, biometriyaning rivojlanish tarixi. 1. Biometriya fani predmeti va asosiy tushunchalari 2. Biometriyaning biologiya fanlari tizimidagi o‘rni 3. Biometriyaning rivojlanish tarixi

1. Biometriya fani predmeti va asosiy tushunchalari Biometriya – bu biologik tadqiqotlarda tajriba va ko‘zatuvlarda matematik statistika usullarining qo‘llanilishi haqidagi fandir. Matematik satatistika usullari, extimollar nazariyasi va matetmatik statistika soxalaridan olingan. Matematik statistika va biometriya bir–birini to‘ldiradi va boyitadi. Lekin biometriya bu aynan matematik statistikaga o‘xshash fan deyish noto‘g‘ri, chunki biometriyada tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyatlar inobatga olinadi. Biometriya fani tadqiqotchilarga tajriba va ko‘zatuvlarni to‘g‘ri tahlil etish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va ulardan ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish hamda tadqiqotlar davomida vujudga kelgan farazlarni ehtimoliy baholay olish, ko‘nikma va malakalarni shaklantiriladi. Ularda statistik tafakkurni tarbiyalaydi va umumiy ilmiy dunyoqarashini kengatiradi. Biometriyani o‘zlashtirib, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, olingan natijalarga statistik ishlov berish mumkin. Biometriyada amaliy fanlar va matematik usullardan foydalanib, aniq biologik ob’ektlar o‘rganiladi (masalan: odam, hayvon va o‘simliklar). Odatda ma’lum bir masalalarni echishda deduktiv va induktiv usullardan foydalaniladi. Detuktiv usulda – birinchi o‘rinda matematik model bo‘lib, so‘ngra shu model asosida tajriba natijalari o‘rganiladi. Biometriyada ko‘proq induktiv usulga tayaniladi. YA’ni bunda aniq dalillar yig‘iladi, ular matematik usullar yordamida tahlil qilinadi. Biometriyada aloxida ob’ektlarda bo‘lmaydigan gruppali xususiyatlar va qonuniyatlar o‘rganiladi.

Biometriya atamasi 1889 yil F.Galton tomonidan fanga kiritilagn. Keyinchalik echim 1899 yil G.Dunker variotsion statistika nomi bilan atalishini taklif etadi. Biometriya so‘zi lotincha bios–xayot, metron–o‘lcham degan ma’noni anglatadi. Variatsion statistika so‘zi esa lotincha variatio–izmeninie kolbanie (farqli o‘zgaruvchanlik) va status–sostoyanie polojenie vishiy ma’nolarini anglatadi. Undan tashqari biologiyada statistik metodlar (Beyli 1957 yil), biologik statistika (Rokitskiy 1964 yil), biometrik usular (Urbax 1964 yil) atamalar kiritilib, bu atamalar biometriya fanining sinonim nomlari sifatida ham ishlatilishi mumkin. Biometriyaning predmeti bo‘lib sanash yoki o‘lchash usulini qo‘llab, o‘rganilayotgan har qanday biologik ob’ekt xizmat qiladi. Bunda alohida ob’ekt emas balki gruppali ob’ektlar nazarda tutiladi. Agar ko‘zatish bir juft ob’ektlarda ya’ni bir tur bir xil jins va yoshdagi ob’ektlarda olib borilsa bu–alohida kuzatishlar deyiladi. Ko‘p sondagi nisbatan bir jinsni lekin bir–biridan farq qiladigan o‘rganish uchun bir guruxga birlashtirilgan gurux yoki to‘plam statistik to‘plam deyiladi. Uning sifat tarkibi nisbatdan bir jinsni bitta to‘plamga har xil jins yoki yoshdagi individlarni kiritish mumkin emas yoki modifeksion o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini genetik bir jinsli bo‘lmagan materialda o‘rganish mumkin emas. Statistik kompleks tushunchasi ham mavjud har xil guruxlarni bitta kompleksga birlashtirish natijasida paydo bo‘ladi. Bunda statistik kompleksga kiradigan bir gurux bir xil elementlardan tashkil topishi kerak. Biometriyada juda ko‘p sonli tushuncha va terminlardan foydalaniladi.

1. Statistik to‘plam –sifat tarkibi bir jinsli bo‘lib, bir belgiga tegishli bo‘lgan o‘zgaruvchi qiymatlar to‘plami (o‘rganiladigan tarkibiy qismlar yig‘indisi). 2. Varianta –statistik to‘plamga kiruvchi alohida birliklar yoki o‘zgarayotgan belgining mumkin bo‘lgan qiymatlari (X 1 , X 2 ,… X n ). 3. To‘plam hajmi –statistik to‘plamga kiruvchi variantalar soni (N) bosh to‘plam uchun, (n) tanlanma to‘plam uchun. 4. Statistik kompleks –statistik to‘plam bir necha belgilardan iborat bo‘lishi, bir necha xil guruxlardan tarkib topishi va ular bitta kompleksga birlashtirilishi mumkin. 5. Bosh to‘plam –baholanadigan barcha tarkibiy qismlar yig‘indisi. 6. Tanlanma to‘plam yoki tanlanma –o‘rganish uchun bosh to‘plamdan tanlab olingan qism. 7. Takror tanlanma –agar tanlanmaning elementlari bosh to‘plamdan tanlangan elementni (keyingisini olishdan oldin) yana bosh to‘plamga qaytarilsa. 8. Takrormas tananma –bosh to‘plamga qaytarilmasa. 9. Reprezentativ tanlanma –ham to‘plamdagi nisbatni etarlicha aniq takrorlovchi tanlanma. 10. Variatsion qator –tarkiblashtirilgan to‘plamda yoki variantalar qatorida variantalarning chastotalari ham ko‘rsatilsa bu variatsion qator deyiladi. X:, Р:. 11. Chastota –har bir variantalarning to‘plamdagi ulushi. 2. Biometriyaning biologik fanlar tizimidagi o‘rni Biometriya fani matematik statistika va extimollar nazariyasi usullaridan foydalanishga asoslangan bo‘lsada, ammo unda bu usullar biologik, ekologik jarayonlarini o‘rganishga qaratilagan shuning uchun ham bu fan biologiya va

matematika fanlarining uyg‘unlashuvi natijasida vujudga kelgan bo‘lsada biologiya, ekologiya fanlari tizimiga kiritilishi kerak. Biometriya o‘zining o‘rganish predmetiga ega bo‘lib, biologiya fanlari tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Biometriya fan sifatida bir qator o‘ziga xos xossalariga ega. 1. Biometriya yakka va yalpi xodisalarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganib, yakka kuzatuvlar yordamida aniqlab bo‘lmaydigan va faqat yalpi xodisalarda amal qiladigan statistik qonuniyatlarni aniqlaydi. 2. Biometriya o‘zining xususiy usullariga ega bo‘lmay biologik, ekologik hodisalariga matematik statistika va ehtimolar nazariyasi usullarini qo‘llaydi. 3. Biometiriya fanini matematik statistikaning biologiya va ekologiyada qo‘llanilishi deb bir tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. Chunki bu fan emperik aniq bo‘lib, biologik va ekologik maqsad va vazifalarni ham echishga qaratilgan. SHuning uchun ham biometriya va matematik statistika o‘rtasida tenglik belgisini qo‘yib bo‘lmaydi. Biometriya biologiya fanlarining mustaqil sohasi bo‘lib, biologiya va matematika fanlarining tutashuv chegarasida joylashgan. Biologiya va matematika fanlari chegarasida biometriyadan tashqari matematik biologiyaning boshqa yo‘nalishlari ham vujudga kelgan. Masalan: biokibrnitika, biosimetrika va boshqalar. 4. Biometriya murakkab matematik masalalar va mashqlar echish yoki matematik muammolarni hal etish bilan shug‘ullanmaydi. Balki tayyor matematik xulosalar va formulalardan foydalanib biologik-ekologik muammolarni hal etishda qo‘llaydi. 5. Biometriya matematik simvollar, grafiklar, formulalar va tenglamalarda ifodalanadigan o‘ziga xos va belgilar to‘plamiga ega. 3. Biometriyaning rivojlanish tarixi Biometriya tarixi bir nechta davrlarga ajratiladi.