Informatika va informasion texnologiyalarning asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi va axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi ro’li.
Mavzu: Informatika va informasion texnologiyalarning asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi va axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi ro’li. Reja: 1. Informatika to’g’risida ma’lumotlar. 2. Informatika fanining predmeti. 3. Informatikaning asosiy qismlari. 4. Informatika va HT ning rivojlanish tarixi. .
Informatika to’g’risida gap ketganda, har bir kishi qandaydir axborotlar haqida fikr borayotganligini va bu axborotlar nimagadir yoki kimgadir tegishli ekanligini tushunadi. Bu axborotlar qayerdan olingan, qanday saqlangan va ularni manbai qayerda ekanligi ko’pchilikni qiziqtirishi mumkin. Qadimda insonlar, qog’oz mavjud bo’lmagan vaqtlarda, o’sha davrga tegishli ma’lumotlarni toshlarga, daraxt barglariga, gildan (loydan) yasalgan tablichkalarga yozib qoldirishgan. Bu ma’lumotlar esa cherkovlarda yoki ibodatxonalarda saqlangan. Shuning uchun xam bu ma’lumotlarga ega bo’lish, ularni o’rganish hammaga ham nasib qilavermagan. O’qishni yoki yozishni bilmagan kishilar ulardan foydalana olishmagan. Vaqt o’tishi bilan insonlar o’zgardi, jamiyatning tuzumi o’zgardi. Jamiyatda o’qimishli kishilar ko’paydi. Yangidan-yangi axborotlar hosil bo’ldi. Bu axborotlarni ko’paytirish va ularni barcha qiziquvchi kishilarga tarqatish muammosi hosil bo’ldi. Axborotlarni tarqatish vositasi sifatida asosan kitoblardan, rasmlardan va hokazolardan foydalanila boshlandi. Chop etilgan kitoblardan yoki rasmlardan kishilar jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlar, yangiliklar va voqyealar to’g’risida axborotlarga ega bo’lishdi. Yillar o’tishi bilan hosil bo’ladigan axborotlar hajmi ortdi. Axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tarqatish uchun nashriyotlar, tipografiyalar qurildi, ya’ni informasion sanoatga asos solindi. Ko’plab tirajda chop etilayotgan kitoblar, gazeta va jurnallar kishilarni katta hajmdagi axborotlardan xabardor qilib turishdi. Matbuot bilan birgalikda radio, keyinchalik esa televedeniya axbo-rotlarni uzatish vositasi bo’lib qoldi. Axborot tushunchasi nimani anglatadi? Qadimgi Gresiyada bu termin “ko’rinishni berish”, “tasavvurlash” ma’nosida tushunilgan.
K o’rinishni be rish – bu rasmlar orqali konstruktorlik g’oyalarni hosil qilish, kinofilmlar yaratish, gramplastinkalar ishlab chikish va hakozalardan iborat. Insonlarning kuzatish natijalari va egallagan bilimlarini bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga o’tkazilishi-bu axborotlarni qabul qilish yoki saqlash va ishlash uchun juda qulaydir. Tavsifl ash – buni modellashtirish yoki model yasash ma’nosida tushunish mumkin. Bu qanaqa model, u qanday ko’rinishda ifodalanganligi qo’yilgan aniq masalaga, uning tiliga va usuliga bog’liq bo’ladi. Masalan, fizik fotoplastistinka elementar zarrachalarining qoldirgan trayektoriyasini o’rgana turib, formula va tenglamalardan iborat matematik modelni yaratadi, ruxshunos esa insonlarni turli vaziyatlardagi holatlarini tavsiflovchi model hosil qiladi. Har bir inson o’zining ish faoliyati davomida u yoki bu ko’rinishda modellashtirish bilan yoki kelayotgan, chiqayotgan axborotlarni tasvirlash bilan shug’ullanishadi. XX asrda fan- texnikaning va sanoatning rivojlanishi natijasida hosil bo’ladigan va saqlanadigan axborotlar hajmi shu darajada ortib ketdiki, natijada ularning hammasini insonlar qabul qilishi, saqlashi va qayta ishlashi mumkin bo’lmay qoldi. Hosil bo’layotgan axborotlarni sinflarga bo’lish, saqlash, axborot-larni harakatlanish qonuniyatini yaratish muammosi hosil bo’ldi. Bu muammoni hal qilish uchun olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida inf ormat ik a deb atalmish fan paydo bo’ldi. Boshlang’ich bosqichda informa-t ik a kutubxona ishining bazasi hisoblangan va
ko’p yillar yordamida uni mukammallashtirish nazariyasi va amaliyoti bilan shug’ullanib kelgan. Informatika o’rganilayotgan obyekt va u to’g’risidagi bilimlar oralig’idan joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o’rgana turib, axborot oladi, uni biron narsaga belgilab, yozib yoki saqlab qo’yadi. Axborot tashuvchi sifatida adabiyot, magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni qayta ishlash orqali, bizni o’rab turgan dunyo to’g’risida bilimga ega bo’lamiz, natijada yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo’lish, ularni saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil bo’ladi.
izlanish va tasavvurlash usuli Obyektlar ma’lumotlar Belgi axborotlarni yig’ish va qayta ishlash usullari Axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va tasvirlashning samarali usullarini yaratish informatikaning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib qoldi. Asrimizning 50-yillarigacha masalaning bunday qo’yilishi haqiqat bo’lib, axborotlarni yig’ish va qayta ishlash usullari bo’yicha umumiylik yo’qdek edi. Tibbiyotda, geografiyada, fizikada, filosofiyada va boshqa sohalarda axborotlarni yig’ish va qayta ishlashda bog’liqlik yo’q edi. Ko’pchiliklarning fikricha matematika bilan fizika, ximiya bilan tibbiyot o’rtasida bog’liqlik borligi tan olinar edi. K ompy ut e r larning paydo bo’lishi bilan bu holat tezlik bilan sezilarli darajada o’zgardi. Ko’pchilikka ma’lumki, birinchi EHM (elek t ron hisoblash mashina-lari) atom fizikasida, uchish va raketa texnikasida hisoblash ishlarini bajarish uchun yaratilgan. Keyinchalik ularni boshqa sohalarda: qishloq xo’jaligida, sanoatda, boshqarish sistemasida, tibbiyotda, o’quv jarayonlarida va hokazolarda qo’llanilishi yangi sanoat sohasi – axborot larni elek t ron qay t a ishlash usullari v a v osit alari sohasi yaratilishiga va uni tez sur’atlar bilan rivojlanishiga asos bo’ldi.