logo

Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.16015625 KB
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi
Reja:
 1. Pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflar . 
 2. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi
 3. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari 
 4. Pedagogik texnologiyani metodikadan farqi 
     Ilmiy   texnik   taraqqiyot   XX   asr   oxiriga   kelib   faqatgina   ko‘plab   ishlab
chiqarish   sohalarini   texnologiyalashtirishga   sabab   bo‘lib   qolmay,   balki
madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi
kunda   biz   endi   axborot,   tibbiyot   texnologiyalari   haqida   gapiramiz,   shu
jumladan ta’lim sohasida ham. 
        Pedagogik   texnologiya   deb   odatda   maqsadi   ta’lim   jarayonining
samaradorligini   oshirish,   ta’limda   ko‘zlangan   natijalarga   erishishga   bo‘lgan
pedagogikaning yo‘nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989). 
      “Pedagogik   texnologiya”   so‘z   birligi   –   bu   inglizcha   “ an   educational
technology ” – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasidir.
“Pedagogik   texnologiya”   tushunchasi   oxirgi   paytlarda   o‘qitish   nazariyasida
yanada   kengroq   qo‘llanilmoqda.   Aynan   “texnologiya”   termini   va   uning
“o‘qitish   texologiyasi”,   “ta’lim   texnologiyasi”,   “ta’limda   texnologiya”   kabi
shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. 
   “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda
XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya
tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud. 
1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar
to‘plamidir (izohli lug‘at). 
2.   Pedagogik   texnologiya   –   bu   o‘quv   jarayonini   amalga   oshirishning
texnikasidir (V.P. Bespalko). 
3.   Pedagogik   texnologiya   –   bu   o‘qitishda   rejalashtirilgan   natijalarga
erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov). 
4.   Pedagogik   texnologiya   –   bu   o‘qitish,   tarbiyaviy   vositalar,   shakllari,
metodlari,   usul,   uslublarining   maxsus   to‘plami   va   tuzilishini   belgilovchi
psixologik-pedagogik   ko‘rsatmalar   yig‘indisi,   u   pedagogik   jarayonning
tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).  5. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani
qo‘yuvchi,   texnik   va   insoniy   imkoniyatlarni   va   ularning   o‘zaro
munosabatlarini   hisobga   olib   o‘qitish   va   bilimlar   o‘zlashtirish   butun
jarayonini   yaratish,   qo‘llash   va   belgilashga   sistemali   yondashishidir
(YuNYeSKO). 
6.   Texnologiya   –   bu   san’at,   mahorat,   moxirlik,   ishlab   chiqish   metodlari
to‘plami, holatini o‘zgartirishdir (V.M. Shepel). 
7.   O‘qitish   texnologiyasi   -   bu   o‘quvchilar   va   o‘qituvchilar   uchun   so‘zsiz
qulay sharoitlar yaratib berish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil
etish   va   olib   boorish     bo‘yicha   har   tomonlama   o‘ylab   chiqilgan
hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M. Monaxov). 
8. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir
(T. Sakamoto). 
9. Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari,
mazmunini   o‘zgartiruvchi   uning   rivojlanish   sistemasidir   (E.   Bistereki   va   J.
Seller). 
10.   Pedagogik   texnologiya   -   pedagogik   maqsadlarga   erishish   uchun
foydalaniladigan   hamma   shaxsiy,   instrumental   va   metodologik   vositalar
sistemali to‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin). 
11.   Pedagogik   texnologiya   –   bu   ta’lim   maqsadiga   erishishga   qaratilgan
o‘qituvchi   va   o‘quvchining   faoliyatini   sistemali,   konseptual,   qoidali,
ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin). 
12.  Pedagogik  texnologiya  bilimlarni  egallashda  rejalashtirish,  boshqarish
va   ta’minlashni   tahlil   qilish   uchun   faoliyatni   tashkil   etish   usulini,   odamlar,
g‘oyalar,   vositalarni   o‘z   ichiga   oluvchi   kompleks   integral   jarayon   demakdir
(Pedagogik   kommunikatsiyalar   va   texnologiyalar   bo‘yicha   AQSh
assotsiatsiyasi).  2. Pedagogik  texnologiyalarning rivojlanish tarixi
        Pedagogika   fani   tarixidan   ko‘rinib   turibdiki   o‘qitish   va   kadrlar
tayyorlashning   yanada   mukammal   metodlarini   va   usullarini   izlash   doimiy
davom etib kelgan. 
      O‘qitish   –   bu   jamiyat   taraqqiyoti   uchun   samarasi   pedagogning   faoliyati
yakunlanishi   bilan   darxol   ko‘rinmasa   ham   har   qanday   boshqa   faoliyat   kabi
ishlab chiqarish faoliyatidir. 
    Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim
tomonidan   qancha   ishlab   chiqarilishi,   mehnatning   qaysi   vositalari   bilan
ishlab chiqarilishi qarab farq qilmaydi. 
     Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo‘lgan “pedagogik
davrlarni” ko‘rib chiqamiz: 
      I.   Individual   pedagog,   qo‘l   bilan   ishlaydigan   pedagogning   pedagogik
faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha); II. Yozuv kitobi
davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha); III. Audiovizual vositalar davri (XX
asrning 50-yillari). 
         IV. O‘qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX
asrning 70-yillari). 
        V.   Zamonaviy   hisoblash   mashinalari   asosida   ta’limni   boshqarishni
avtomatlashtirishda   adaptiv   vositalar   davri   (XX   asr   oxiri   kompyuterda
o‘qitish). 
     3. XX asrda pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi 
       XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishni
texnologiyalashtirishga   olib   kelib   qolmay,   balki   madaniyat   doirasi,   bilimlar
gumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi. 
        “Texnologiya”   tushunchasi   texnik   taraqqiyot   sababli   yuzaga   keldi   va
lug‘atlar   talqini   bo‘yicha   (techne   san’at,   hunar,   fan;   logoq   –   tushuncha, ta’limot)   materiallarga   ishlov   berish   usullari   va   vositalari   haqidagi   bilimlar
to‘plami   demakdir.   Texnologiya   shu   bilan   birga   jarayonni   bilish   san’atini
ham   o‘z   ichiga   oladi.   Texnologik   jarayon   har   doim   zarur   vositalar   va
sharoitlardan   foydalanish   bilan   operatsiyalar   ma’lum   ketma-ketligini   ko‘zda
tutadi.  Texnologiya  protsessual   mazmunda   “qanday   qilib,   nimadan   va   qaysi
vositalar bilan bajarish kerak?” degan savolga javob beradi. 
          XX   asrning   20-yillarida   “pedagogik   texnologiya”   termini   birinchi   bor
pedagogika   bo‘yicha   asarlarda   tilga   olingan.   Shu   vaqtning   o‘zida   yana   bir
boshqa   –   “pedagogik   texnika”   termini   ham   tarqaldi.   U   pedagogik
ensiklopediyada   30yillarda   o‘quv   mashg‘ulotlarini   aniq   va   samarali   tashkil
etishga   qaratilgan   uslublar   va   vositalar   sifatida   ifodalangan.   Pedagogik
texnologiyalarga o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali
qo‘llanmalardan foydalanish mahoratlari ham kiritilgan. 
        60-yillar   o‘rtalarida   bu   tushunchaning   mazmuni   chet   ellarda   pedagogik
nashrlarda   va   xalqaro   konferensiyalarda   keng   muhokama   etildi,   natijada
ushbu   sohada   turli   mamlakatlarda   (AQSh,   Angliya,   Yaponiya,   Fransiya,
Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo‘nalishi belgilandi. 
    Birinchi yo‘nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o‘qitish
vositalarini qo‘llash zarurligini ta’kidladilar (technology in education). 
        Ikkinchi   yo‘nalish   tarafdorlari   esa   o‘quv   jarayonini   tashkil   etish
samaradorligini   oshirish   va   pedagogik   g‘oyalarning   texnikaning   keskin
rivojlanishidan ortda qolishini yo‘qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday
qilib   1-yo‘nalish             “O‘qitishda   texnik   vositalar”   sifatida   belgilandi,   biroz
keyinroq   yuzaga   kelgan   2-yo‘nalish   “o‘qitish   texnologiyasi”   yoki   “o‘quv
jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 
        70-yillarning   boshlarida   turli   xildagi   o‘quv   uskunalarini   va   o‘quv
vositalarini   modernizatsiyalashtirish   zarurligi   anglab   yetildi.   Bularsiz
o‘qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo‘lmas edi.           60-yillar o‘rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya,
Italiya   kabi   yuksak   rivojlangan   davlatlarda   pedagogik   texnologiyalar
masalalari bilan shug‘ullanuvi jurnallar nashr etila boshlandi, keyinchalik bu
muammo   bilan   ixtisoslashtirilgan   tashkilotlar   va   markazlar   shug‘ullana
boshlaydi. 
     3. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari 
        AQShda   1971   yil   –   “Pedagogik   kommunikatsiyalar   va   texnologiyalar
bo‘yicha   AQSh   Assotsiatsiyasi”tuzildi.   Hozirgi   kunda   mamlakat   bo‘ylab   va
Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh  da 1961
yilda   “Pedagogik   texnologiya”   jurnali   (Yeducational   Technology),   1971
yilda esa – “Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi. 
    Angliyada 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo‘yicha Milliy kengash 1964
yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o‘qitishni dasturlashtirish” 
( Yeducational   Technology   progratted   tearning )   jurnalini,   1971   yilda   –
“Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi. 
        Yaponiyada   -   Pedagogik   texnologiyalar   muammolari   bilan   4   ta   ilmiy
tashkilotlar   shug‘ullanadi.   1967   yilda   “Pedagogik   texnologiyalar   bo‘yicha
Milliy   kengash”   tashkil   etildi,   uning   filiallari   22   ta   davlat   universitetlarida
joylashtirilgan.   1965   yildan   boshlab   Yapon   tilida   har   uch   oyda   “Pedagogik
texnologiya”   jurnali   va   ingliz   tilida   yiliga   ikki   marta   “Pedagogik
texnologiyalar   sohasida   tadqiqotlar”   jurnali   nashr   etiladi.   Yaqinda
“Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil
etildi,   u   muammolar   bo‘yicha   xalqaro   aloqalar   o‘rnatish   bilan   ham
shug‘ullanadi. 
          Italiyada   –   1971   yili   pedagogik   texnologiyalar   bo‘yicha   Milliy   markaz
tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. 
Vengriyada - 1973 yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.            O‘qitish   texnologiyasi   bo‘yicha   Xalqaro   seminarda   (Budapesht,   1977)
olim S.G.  Shapovalenko  o‘qitish  jarayonining uchta  texnologik  prinsiplarini
ko‘rsatdi: 
1. Bilim va texnikani mukammal egallash. 
2. audiovizual materiallari fondi bilan tanishish. 
3.   Ulardan   samarali   foydalanish   metodikasini   bilish,   shu   jumladan   ijodiy
yondoshishi rivojlanishi ham. 
Vengriya   olimi   L.   Salai   “o‘qitish   texnologiyasi”   tushunchasiga
rejalashtirish,   maqsadlarni   taxlil   qilish,   o‘quv-tarbiyaviy   isamaradorligini
oshirish   maqsadida   eng   muhim   vosita   va   materiallarni   tanlashni   kiritib
o‘qitish   jarayonini   tashkil   etuvchilarni   doirasini   ancha   kengaytirdi.   E.
Bisterski   va   J.   Sellerlar   (AQSh)   to‘plangan   ma’lumotlar   bo‘yicha   o‘qitish
texnikasi   faqatgina   yordamchi   vosita   va   yangi   sistemadan   iborat   bo‘libgina
qolmay,   balki   o‘qish   jarayoni   tashkiliy   shaklini,   metodi   va   mazmunini
o‘zgartirib   uning   rivojlanishida   katta   rol   o‘ynadi.   Bu   esa   o‘z   navbatida
o‘qituvchilar va o‘quvchilarni pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
          Rossiya   XX   asrning   90-yillarida   pedagogik   texnologiyalar   bo‘yicha
Markaz   tashkil   etildi,   “Maktab   texnologiyasi”,   “Ta’limda   innovatsiyalar”
jurnallari nashr etiladi. 
       O‘zbekiston 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan
boshlab   ta’lim   tizimida,   pedagogik   nashrlarda   pedagogik   texnologiyalar
muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko‘tarila boshlandi. 
         1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar
bo‘yicha   Markaz   tashkil   etildi.   “Ta’lim   texnologiyalari”,   “Ta’lim
muammolari”   kabi   jurnallar   nashr   etila   boshlandi,   pedagogik   texnologiyalar
muammolari bo‘yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim
va   tarbiya”   jurnallarida,   “Ma’rifat”,   “O‘qituvchilar   gazetasi”   va   boshqa
ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda.            1994   yili   pedagogik   texnologiyalar   muammolari   bo‘yicha   1-Respublika
ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari
maxsus to‘plamda chop etildi. 
          Pedagog-olimlar   U.   Nishonaliyev,   N.S.   Saidaxmedov,   N.N.
Azizxodjayeva, Ziyamuxammedov, U. Tolipov, B.L. Farberman va boshqalar
Respublikada   pedagogik   texnologiyalar   muammolari   bo‘yicha   jiddiy
tadqiqotlar olib bormoqdalar. 
    4. Pedagogik texnologiyani metodikadan farqi 
            Hozirgi   kunda   pedagogik   texnologiya   haqidagi   aniq   tushuncha   va
tasavvurlar   yo’q     bo‘lsada,   uni   xususiy   metodikalar   bilan   tenglashtirish
hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, quyida
ular haqida qisqacha bayon qilinadi. 
      Pedagogik   texnologiya   –   o‘quvchini   mustaqil   o‘qishga,   bilim   olishga,
fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. 
     Metodika  –   o‘qituvchining bilimi, ko‘nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari,
temperamentiga bog‘liq bo‘lib, ma’lum shaxs o‘qituvchi uchun qulay bo‘lgan
o‘qitish   usullari   va   yo‘llari   majmuadir.   U   alohida   metodikalarga   ajratiladi.
Pedagogika   fani   ma’lum   o‘quv   fanlarini   o‘qitish   qonuniyatlarini   tadqiq
qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. 
       Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har
ikkisidan   unumli   foydalana   bilish   talab   etiladi.   Ular   orasidagi   farqlar
quyidagi jadvalda keltirilgan.   Asosiy Pedagogik texnologiya;
   1. Ta’riflar. Pedagogik texnologiya – insonga oldindan belgilangan maqsad
o‘qitish   hamda   tarbiyaviy   ishlar   bo‘yicha   ta’limiy   va   tarbiyaviy
qonuniyatlarini tadqiq qiladi ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat. 
   2 Maqsad. Komil insonni shakllantish.
      Metodika   –   ma’lum   o‘quv   fanini   tarbiyaviy   ishlarning   sifatli   bo‘lishini
ta’minlash.       3   Qo‘llash.   Barcha   ta’lim-tarbiya   jarayonida   xususiy   fanlarni   o‘qitishda
hamda miqyosi tarbiyaviy ishlarda.
      4.   Vositalar.   Barcha   ta’limiy   va   tarbiyaviy,   alohida   o‘quv   fanlarini
o‘qitishda   vositalar,   xususiy   metodikalar   hamda   tarbiyaviy   ishlarda
qo‘llaniladigan vositalar. 
      5.   Pedagogik.   Ta’lim-tarbiya   texnologiyasi,   Ta’lim-tarbiya   metodikasi
asosida,   jarayon   asosida,   ta’lim   menejmenti   va   ijodkor   o‘qituvchilarning
ilg`or marketing 
ishlar   jarayonini   ilmiy   tashkil   etish,     asosida,   ta’lim   tajribalariga,   tayanib
rivojlanadi.   Tarbiya   sohasidagi   ilg`or   xususiy   tajribalar   asosida   tajribalarni
umumlashtiruvchi bo’lib boyitib boriladi. 
     6.Pedagogik texnalogiya loyihalar asosida rivojlanib boradi.   Rivojlanishi
natijasida   kelib   masalalarini   hal   qilish   zarurati   natijasida   kelib   chiqqan
“Pedagogik   texnologiya”   tushunchasi   xususiy   fanlar   va   mahalliy
darajalardagi   o‘qitish   metodikalari   tushunchasu   bilan   mos   keladigan   hollar
xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. 
        Texnologiyalarda   ko‘proq   prossesual,   miqdoriy   va   hisob-kitob
komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli
yo‘naltiruvchi   tomonlari   ko‘proq   ifodalanadi.   Texnologiya   metodikalardan
o‘zining   qayta   tiklanuvchanligi,   natijalarining   turg‘unligi,   ko‘plab   “agar”lar
(agar   o‘qituvchi   iste’dodli,   agar   bolalar   qobiliyatli   bo‘lsa,   agar   yaxshi   ota-
onalar   bo‘lsa….)   yo‘qligi   bilan   farq   qiladi.   Ya’ni   texnologiya   tegishli
tayyorgarlikka   ega   bo‘lgan  hamma  mutaxasislar   tomonidan   qayta  tiklash   va
qo‘llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi. 
        Metod   –   b iror   harakatni   amalga   oshirish   yo‘li,   usuli   yoki   ko‘rinishidan
iborat.  Pedagogik texnologiya o‘quv jarayoni (ya’ni o‘qituvchining o‘quvchining
faoliyati bilan),  uning tarkibi,  vositalari,  usullari  va shakllari  bilan eng ko‘p
darajada bog‘langan. 
        Pedtexnologiya   standartlarni   to‘la   o‘zlashtirishni,   sifat   darajasini
kafolatidir. 
       Pedagogik texnologiya o‘quv jarayonining shunday loyihasini u bir kishi
yoki   biror   ijodiy   guruh   tomonidan   ishlab   chiqiladi,   undan   barcha
o‘qituvchilar foydalana oladilar. 
    O‘quvchi o‘qitilmaydi – uni mustaqil mutolaa qilishga o‘rgatiladi. 
O‘quvchiga   bilimlar   tayyor   holda   berilmaydi,   unga   bilimlarni
manbaalardan   mustaqil   ola   bilishga,   fikrlay   olish,   mustaqil   pozitsiyada   tura
olishga o‘rgatiladi. 
Barcha   o‘quvchilarni   o‘z   qobiliyatlari   ehtiyojlari   darajasida   albatta
o‘zlashtirib olishlari kafolatlanadi. 
         Ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosini, yadrosini
tashkil etadi hamda ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchi, talaba, ta’lim
shakli,   metod,   vositalari   va   ta’lim   beruvchi   kabi   unsurlardan   iborat   tizim
sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Tarkibiy   unsurlar   o‘zaro   birlik   va   aloqadorlikda
ta’lim jarayonining texnologik umumiy mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. 
          Ta’lim   jarayoniga   texnologik   yondashuv   quyidagi   asosiy   shartlarga
muvofiq tashkil etiladi: 
1)   ta’lim   olish,   muayyan   nazariy   hamda   amaliy   bilimlarni   o‘zlashtirishga
bo‘lgan ijtimoiy (yoki shaxsiy) ehtiyojlarning yuzaga kelishi (TE); 
2)   ta’lim   olish,   muayyan   nazariy   hamda   amaliy   bilimlarni   o‘zlashtirishga
nisbatan rag‘batning uyg‘onishi (TR); 
3) o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati mazmuni (O‘F)ni belgilash; 
4)   o‘quvchining   o‘quvbilish   faoliyatini   boshqarish   (O‘FBni   yo‘lga   qo‘yish
omillarining mavjudligi.       Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning 
asosiy shartlari. 
        Davr talabi o‘quvchilarni ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo‘lishdan
faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etadi. 
Ta’lim oluvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik roli quyidagi pedagogik
vazifalarni hal etish imkoniyatini beradi: 
•   o‘quvchilarda   bilimlarni   o‘zlashtirishga   bo‘lgan   ichki   ehtiyojni   qaror
toptirish; 
• bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli yondashuvni hosil qilish; 
•  o‘quvchilarda mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish; 
•  o‘quvchilarning faolligini ta’minlash; 
•   o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish, nazariy va amaliy bilimlar mohiyatini
tahlil etish, ular borasida xulosa chiqarish, umumlashtirish hamda ularni o‘z
amaliy   faoliyatiga   tatbiq   etish   ko‘nikma-larini   yuzaga   keltirish   va
takomillashtirish. 
•  o‘z-o‘zini nazorat qilish, baholash sifatlarini shakllantirish. 
            O‘quv   jarayonining   maqsadi   tashxisli   ravishda   aniq-ravshan
belgilanmog‘i   lozim.   Ta’lim   maqsadining   bunday   belgilanishi   ma’lum   va
amal   qilingan   vaqtda   didaktik   jarayonni   tashkil   qilish   va   amalga   oshirish
darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi. 
     Maqsadning tashxisli belgilanishi quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi: 
–   shaxsda   shakllantirilgan   ma’naviy-axloqiy   sifatlar   hamda   aqliy   salohiyat
shu darajada aniq va ravshan kafolatlanadiki, natijada ularni shaxsning har
qanday   istalgan,   vaziyatgacha   bo‘lgan   vaqt   oralig‘ida   shakllantirilgan
sifatlaridan osonlik bilan farqlash mumkin bo‘ladi; 
–   shaxsning   tashxislangan   ma’naviy-axloqiy   hamda   aqliy   sifatlarining
shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo‘naltirilgan aniq usul
mavjud bo‘ladi;  –   shaxsning   tashxislangan   sifatlarini   aniqlash   yuzasidan   olib   borilgan
nazorat natijalari asosida uning samaradorligini aniqlash mumkin bo‘ladi; 
–   o‘lchov   mezonlari   asosida   muayyan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarning
sifatini baholash ko‘rsatkichlari mavjud bo‘ladi.
2. Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning asosiy tamoyillari
Ma’lumki,   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar   ta’limni   rivojlantiruvchi
tamoyillariga   asoslangan   bo‘lib,   o‘quvchi   shaxsini   tarbiyalashga
yo‘naltirilmog‘i   lozim.   Pedagogik   texnologiya   nazariyasining   markazida
ta’lim   jarayonining   rahbari,   ayni   vaqtda,   ushbu   jarayonning   ham   sub’ekti,
ham   ob’ekti   bo‘lgan   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   turadilar.   Shunday   ekan,
ushbu sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro muloqot, ularning bir-
birlariga   nisbatan   ko‘rsatadigan   aks   ta’siridan   eng   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalar   talablariga   javob   bera   olishi   zarur.   Buning   uchun   o‘qituvchi,
eng   avvalo,   ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   etishga   nisbatan   qo‘yiluvchi
talablar,   ta’limni   tashkil   etish   va   boshqarish   tamoyillari,   yo‘llari,   o‘quvchi-
talabani aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u
bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi-talaba
shaxsi   faoliyatini   to‘g‘ri   tashkil   etish,   ular   bilan   muloqotga   kirishish,
pedagogik   faoliyatni   tashkil   etish   jarayonida   yuzaga   keluvchi   muammo   va
kelishmovchiliklarni birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik
muhitini   hosil   qilish,   o‘quvchi   faoliyatini   aniq   va   to‘g‘ri   baholashga   imkon
beruvchi   metodlar   bilan   qurollangan   bo‘lishi   lozim.   Zamonaviy   pedagogik
texnologiyalar   umumiy   didaktik   tamoyillarga   ega   bo‘lishi   bilan   birga,
quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham ega.
Tamoyillar:
 Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili;
 Asoslilik (fundamentallik) tamoyili;  Madaniyatni   anglash   (madaniy   hayotning   rivojlanishiga
muvofiqlik) tamoyili;
 Ta’lim   mazmunini   insonparvarlashtirish   va   insoniylashtirish
tamoyili;
 O‘qitib, tadqiq etish, tadqiq etib o‘qitish tamoyili;
 Ta’limning uzluksizligi tamoyili;
 Faoliyatli yondashuv tamoyili;
     Zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillari.
        1.   Bir   butunlik,   yaxlitlik   tamoyili.   Ushbu   tamoyil   ikki   jihatni   o‘zida   aks
ettiradi:
– ta’lim va tarbiya hamda shaxs kamoloti birligi;
      2. Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning asosiy tamoyillari
–   zamonaviy   pedagogik   texnologiyaning   muayyan,   qat’iy   tizimga   egaligi,
“tizimlilik”   tushunchasi   bu   o‘rinda   ham   ma’lum   o‘quv   fanini   o‘qitish
jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi.
            2.   Asoslilik   (fundamentallik)   tamoyili.   Mazkur   tamoyil   fanlarning
o‘rganish   ob’yekti,   ichki   mohiyati   va   xususiyatlariga   ko‘ra   turli   yo‘nalish
(blok)larga   bo‘lib,   o‘rganish   afzalliklarini   ifoda   etadi.   O‘quv   fanlari   tabiiy,
ijtimoiy   va   gumanitar   fanlar   tarzida   turkumlashtirilgan.   Har   bir   o‘quv   fani
“yadro”,   “o‘zak”   sanaluvchi   ma’lumot   (axborot)larga   ega   bo‘lib,   ushbu
ma’lumot (axborotlar) shaxs tomonidan fanlar asoslarining o‘rganilishi, aniq
mutaxassislik   bo‘yicha   mustaqil   bilim   olish,   o‘zlashtirilgan   bilimlarni
kengaytirib borish yo‘lida tayanch tushunchalar bo‘lib xizmat qiladi.
       Bunday mohiyatli yondashuv ma’lum yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni
tayyorlash   jarayonida   fanlararo   aloqadorlik   xususiyatidan   foydalanish
imkonini   ham   beradi.   O‘quv   fanlarining   muayyan   yo‘nalishlar   tarzda
biriktirilishi   shaxs   xotirasiga   nisbatan   zo‘riqishni   kamaytiradi,   shuningdek,
fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi.           3.   Madaniyatni   anglash   (madaniy   hayotning   rivojlanishiga   muvofiqlik)
tamoyili.   Mazkur   tamoyil   olmon   pedagogi   A.Disterveg   tomonidan   19   asrda
iste’molga   kiritilgan   bo‘lib,   bugungi   kunga   qadar   ham   o‘z   ahamiyatini
yo‘qotmagan.   Madaniyatni   anglash   tamoyili   o‘quvchilarga   ijtimoiy
jamiyatning   madaniy   taraqqiyoti   darajasidan   kelib   chiqib,   ta’lim   berilishini
nazarda   tutadi.   O‘tgan   asrda   ta’lim   samaradorligini   ta’minlovchi   yetakchi
omil   sifatida   pedagogning   bilim   darajasi   va   mahorati   e’tirof   etilgan   bo‘lsa,
bugungi kunda o‘qituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori
darajada   bo‘lishi   bilangina   muvaffaqiyatlarni   qo‘lga   kiritib   bo‘lmasligi
barchaga   ayon.   Mazkur   o‘rinda   zamonaviy   fan   va   texnika   imkoniyatlari,
xususan, kompyuter, multimedia vositalari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy
va iqtisodiy taraqqiyotining e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
           4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili.
Tilga   olingan   har   ikki   tushuncha   ham   lug‘aviy   jihatdan   (yunoncha
“humanus”-   insoniylik,   “humanitas”-   insoniyat),   bir   o‘zakka   ega   bo‘lsa-da,
ularning   har   biri   o‘ziga   xos   ma’nolarni   ifodalaydi.   Insonparvarlashtirish
ta’lim   muassasalarida   o‘rganiladigan   fanlar   sirasiga   ijtimoiy   fanlar   (tarix,
madaniyatshunoslik,   sotsiologiya,   psixologiya,   filologiya   va   boshqalar)ning
kiritilishini,   insoniylashtirish   tushunchasi   esa   shaxs   va   uning   faoliyatiga
nisbatan   ijobiy   yondashuvni   anglatadi.   Boshqacha   aytganda,
insonparvarlashtirish   –   bu   inson   va   jamiyat   o‘rtasida   yuzaga   keluvchi
munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi,
huquq   va   burchlarini   hurmatlashga   asoslanuvchi   faoliyatni   tashkil   etish
jarayoni bo‘lsa, insoniylashtirish  “barcha sharoitlar inson va uning kamoloti
(taraqqiyoti)   uchun”   degan   g‘oya   asosida   tashkil   etiluvchi   faoliyat   jarayoni
sanaladi.
     Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda har bir o‘qituvchi ushbu tamoyilga
qat’iy   amal   qilishi   lozim   yoki   o‘z   mutaxassisligiga   oid   muammolarni   hal etishda   uning   jamiyat   manfaatlari   bilan   uyg‘un   bo‘lishiga   e’tibor   berishi
maqsadga   muvofiq.   Endilikda   pedagog   o‘quvchi-talabalar   faoliyatini
avtoritar   (yakka   hokimlik)   tarzida   boshqarmay,   balki   ta’limiy   hamkorlik
g‘oyalariga   sodiqlik   asosida   ta’lim   jarayonini   insoniylashtiradi   yoki
boshqacha ta’limni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi.
Ushbu   holat,   o‘z   navbatida,   yuksak   ma’naviyatli   shaxsning   shakllanishiga
olib keladi.
        5.   O‘qitib,   tadqiq   etish,   tadqiq   etib,   o‘qitish   tamoyili.   Ushbu   tamoyil
quyidagi ikki jihatni yoritishga xizmat qiladi:
    1) ta’lim muassasalarining har bir o‘qituvchisi o‘z fani sohasiga o‘quvchi-
talabalarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim;
        2)  o‘qituvchi  ta’lim  texnologiyasini  ishlab  chiqadi,  uni  amaliyotda  sinab
ko‘radi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, ya’ni u ta’lim jarayonini tadqiq etadi.
       O‘qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
o‘qituvchining   kasbiy   hamda   pedagogik   mahoratini   oshirib   borishga   va
o‘quvchi-talabalarni   bo‘lajak   mutaxassislik   faoliyatiga   puxta   tayyorlash
uchun zamin yaratadi.
        6.   Ta’limning   uzluksizligi   tamoyili.   Mazkur   tamoyil   o‘quvchilarning
kasbiy   sifatlarga   ega   bo‘lishlari,   mavjud   sifatlarning   hayotiy   faoliyat
davomida  takomillashib  borishini  nazarda  tutadi.  Shaxsga  uning  butun  umri
uchun   asqotishi   mumkin   bo‘lgan   bilimlarni   berish   mumkin   emas,   zero,
mavjud   bilimlar   har   besh-o‘n   yil   mobaynida   o‘zgarib,   mazmunan   boyib
boradi.   Demak,   mazkur   tamoyil   o‘qituvchining   o‘z   faoliyatida   mustaqil
ta’limni   tashkil   etishga   e’tibor   berishi,   pedagog   yetakchiligini   ta’minlagan
ta’limdan   o‘quvchilarning   mustaqil   bilim   olishlari   uchun   shart-sharoitlar
yaratib berishni ifodalaydi.           7.   Foliyatli   yondashuv   tamoyili   nazariya   va   amaliyotning   didaktik
bog‘liqligiga   asoslanadi.   Didaktika   nazariyasida   bilim   tushunchasi   quyidagi
ikki xil ma’noda izohlanadi:
    a) o‘quvchi-talabalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar;
    b) ular tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan,
shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.
Bilimlar   faoliyat   yuritish   jarayonidagina   mustahkamlanadi,   shu   sababli
o‘quvchi-talabalarda   nazariy   bilimlarni   amalda   qo‘llay   olish   iqtidorini
tarbiyalash   lozim.   Amaliyotda   tatbiqiga   ega   bo‘lmagan   bilimlar   tez   orada
unutilib yuboriladi.
         O‘qitish texnologiyasi, o‘qitish nazariyasi, o‘qitish texnikasi. Ular o‘quv
faoliyatini   boshqarish   haqidagi   pedagogik   sohalardir,   ular   umumlashtirilgan
darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi. 
    Pedagogik texnologiya  ta’lim istiqbolining jarayonlashtirilgan aspektidir. 
O‘qitish texnologiyasini belgilash  –  bu kasbiy faoliyat sohasidagi ta’limiy va
takomillashish samarasini ta’minlovchi o‘quv jarayonini me’yoriy boshqarib
turishdir. 
        Ilmiy   adabiyotlarda   pedagogik   texnologiya ning   uch   aspekti   to‘g‘risida
fikr yuritiladi:  ilmiy, tavsifiy, amaliy. 
        Ilmiy   aspektda   o‘qitishning   maqsadi,   mazmuni   va   metodlari   ilmiy
asoslanadi, pedagogik jarayon loyihalashtiriladi.
          Tavsifiy   aspekt da   rejalashtirilgan   o‘qitish   natijalariga   erishishning
maqsadi,   mazmuni,   metodlari,   vositalarining   ishtiroki   asosida   algoritm
jarayoni ishlab chiqiladi. 
       Amaliy aspektda  pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi. 
          2. Ta’lim   amaliyotiga   nisbatan   pedagogik   texnologiyaning   uch   sathi
belgilanadi:  umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (modul). 
Umumpedagogik texnologiya  yaxlit ta’lim jarayonni ifoda qiladi.  Xususiy metodik texnologiya   bir fan doirasidagi o‘quv-tarbiya jarayonini
amalga oshirish metodlari va vositalaridan iborat bo‘ladi. 
          Lokal   (modul)   texnologiya   o‘quv   tarbiya   jarayonining   maxsus
bo‘limlariga   texnologiyani   tatbiq   qilishni   ifoda   qiladi.   Bu   texnologiya
xususiy didaktik va tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratiladi. 
Pedagogikada   o‘qitish   texnologiyalari   bilan   birga   ta’limiy   texnologiyalar
ham o‘rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektni bildirsa,
o‘qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb hisoblanadi, ya’ni ular orasida
hali ham aniq farklar belgilanmagan. 
        Pedagogik   texnologiya   talabalarning   tayyorgarlik   darajasiga,   ularning
axborotlar   bilan   tanishganlik   va   amaliy   tayyorgarligiga   moslangan   bo‘lishi
lozim. 
Kasbiy   ta’lim   tizimida   o‘qitish   texnologiyalari   fundamental   va   amaliy
bilimlarning   o‘zlashtirilishini,   harakatlarning   reflektivligani   aks   ettiradi   va
o‘z kasbiy faoliyatini shakllantiradi. 
        Pedagogik   texnologiya   o‘qituvchi   va   talaba   faoliyati   bilan   belgilanadi.
Faoliyatning   bunday   turlariga   ko‘ra   pedagogik   texnologiyaning   tuzilmasi
aniqlanadi. 
          3.Pedagogik   texnologiyaning   tuzilmasi.   U   konseptual   asos,   ta’lim
jarayoni mazmuni, texnologik jarayondan  iborat bo‘ladi. 
          Ta’lim   jarayoni   mazmuni   ta’lim   jarayonining   umumiy   va   aniq
maqsadlari, o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi. 
        Texnologik   jarayon   o‘quv   jarayonini   tashkil   etish,   o‘qituvchi   faoliyati,
talaba   faoliyati,   o‘quv   jarayonini   boshqarish   usullari,   o‘quv   jarayoni
diagnostikasini qamrab oladi. 
       Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalarni qanoatlantiradigan
mezonlarni belgilaydilar.            Izchillik   pedagogik   texnologiyaning   mezoni   sifatida   jarayonning
mantiqiyligi,   pedagogik   texnologiyaning   barcha   qismlarining   o‘zaro
bog‘likligi, yaxlitligani o‘z ichiga oladi. 
          Pedagogik   texnologiyaning   mezonlaridan   biri   boshqaruv ga
asoslanganligidir.   U   o‘quv   jarayoni   diagnostikasi,   uni   rejalashtirish   va
amalga   oshirishni   loyihalash,   undagi   o‘qitish   metodlari   va   vositalari   bilan
o‘zgartirib turishdan iborat bo‘ladi. 
Pedagogik   texnologiyaning   samaradorlik   mezoni   ta’lim   jarayonining
konkret sharoitlarida olinadigan yuksak natijalarni ko‘zda tutadi. 
          Qayta   tiklash   pedagogik   texnologiyalar   mezonlaridan   biridir.   Unda
pedagogik   texnologiyalarni   boshqa   o‘quv   yurtlarida   qo‘llash   imkoniyati
tushuniladi. 
Shunday   qilib,   oliy   maktabda   mutaxassislarning   kasbiy   tayyorgarligi
murakkab   va   doimiy   harakatdagi   tizimni   tashkil   etadi.   Bu   tizimda   bo‘lg‘usi
o‘qituvchining   texnologik   tayyorgarligi   alohida   o‘rin   tutadi.   U   bo‘lg‘usi
pedagogning   intellektual   rivojlanishi,   faol   o‘qishi,   ijodiy   shaxsning
rivojlanishi,   tafakkurning   kasbiy   yo‘nalganligani   idrok   qilish,   o‘quv-bilish
faoliyatini tashkil etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillarni amalga oshirish bilan
bog‘langan. 
            Bo‘lg‘usi   pedagogning   texnologik   tayyorgarligi   oliy   o‘quv   yurtida
pedagogik   texnologiyalarni   amalga   oshirishni   talab   qiladi.   Oliy   o‘quv   yurti
ta’lim   jarayonida   foydalaniladigan   va   keng   tarqalgan   pedagogik
texnologiyalar:   muammoli   o‘qitish,   o‘qitishning   tabaqalashtirilgan   va
individual   texnologiyasi,   programmalashtirilgan   o‘qitish   texnologiyasi,
kompa’yuter axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasidir.
       Har bir pedagogik texnologiya   muayyan ilmiy konsepsiyaga   asoslanadi.
Pedagogik   texnologiyaning   ilmiy   konsepsiyasi   ta’lim   maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni
qamrab oladi. 
Pedagogik   texnologiyani   ijtimoiy   asosi   har   bir   shaxs,   jamiyat   va
davlatning   ta’lim-tarbiya   sohasidagi   ehtiyojlaridan   kelib   chiqadi   va   shu
ehtiyojlarni   qondirishning   maqsad   va   talablarini   tashkiliy   shakllari   va
usullarini   belgilaydi.   U   shaxsning   jamiyatning   va   davlatning   rivojlanishida
asosiy   omillardan   hisoblanadi.   Pedagogik   texnologiyaning   falsafiy   asosi
uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarini falsafiy jihatdan to‘g‘ri
yo‘nalishda   bo‘lishini   ta’minlashga   xizmat   qiladi.   Falsafiy   oqimlar   va
yo‘nalishlarning   har   biri   ta’lim-tarbiya   masalalariga   o‘ziga   xos   yondoshadi.
Shu sababli Pedagogik texnologiya fanining falsafiy yo‘nalishi uning to‘g‘ri
yoki noto‘g‘riligini, jamiyatning ma’lum maqsadlariga muvofiq yoki zidligini
ko‘rsatadi.   Bu   pedogogik   texnologiyalarga   baho   berishda   asosiy
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. 
     Pedagogik texnologiya fanining  metodologik asosi  uni amalga oshirishda
qanday   metodlarga   asoslanishini   belgilaydi   insonlarni   olamini   hamda
o‘zlarini   bilishlari   turli   tarixiy   davrlarda   turlicha   asoslarga   ega   bo‘lgan   va
ular   o‘ziga   xos   metodlarni   keltirib   chiqrgan.   Hozir   olam   va   uninng
hususiyatlari   haqida   xolis   ma’lumotlar   olish   xaqqoniy   bilimlar   hosil
qilishninng   ilmiy   metodikasi   pedogogik   texnologiyalarning   metodologik
asosi   hisoblanadi.   Metodologik   asosning   ilmiy   jihatdan   to‘g‘ri   bo‘lishi
texnologiyalar   uchun   zaruriy   shartdir.   Pedagogik   texnologiyaning   didaktik
asosi   uning   ta’lim-tarbiya   qoida   va   tamoyillariga   muvofiqligini   belgilaydi.
Didaktik   talablar   ta’lim-tarbiyaviy   vazifalarning   nazariy   jihatdan   to‘g‘ri
bajarilishini taa’minlaydi. 
       Pedagogik texnologiyaning didaktik jixatdan to‘g‘ri bo‘lishi uning yuqori
samaradorligining   zaruriy   sharti   hisoblanadi.   Buning   uchun   zamonaviy
didaktikaning ilmiy hulosalaridan ijodiy foydalanish talab qilinadi.          Pedagogik   texnologiyaning   pedagogik   asosi   Zamonaviy   pedogogika
fanining ilmiy hulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedogogik texnologiyaning
umumiy   tarkibiy   tuzilmasi,   mazmuni,   shakli,   usullari,   vositalari,   pedogogik
jaroyonninng   tashkil   qilinishi,   olib   borilishi,   uninng   diagnostikasi,
monitoringi,   o‘quv-mavzu   rejalar   va   shu   kabilarninng   ilmiy   jihatdan   to‘g‘ri
bo‘lishi taa’minlanadi. Pedagogik texnologiyalar hozirgi pedogogika faninng
rivajlanishida katta o‘rin egallab bormoqda. 
         Pedagogik texnologiyaninng   psixologik asosi   psixologiya fanining ilmiy
hulosalari   va   tavsiyalari   bilan  belgilanadi.   Ulardan  ta’lim-tarbiya  jarayonida
to‘g‘ri foydalanish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu sababli
pedagogik   texnologiya   psixologiya   qonunlarini   to‘liq   hisobga   olishi   talab
etiladi. 
Ta’limninng har bir bosqichida tegishli yosh psixologiyasi hususiyatlariga
moslashtirilgan   pedagogik   texnologiyalar   qo‘llaniladi.   Har   bir   bosqichda
tegishli   darajadagi   bilim   va   tarbiya   beriladi.   Bu   masalalarni   o‘rganish   bilan
pedagogik psixologiya fani shug‘ullanadi. 
        Pedagogik   texnologiyaninng   fiziologik   asosi   o‘quvchilarning   turli
yoshdagi   fiziologik   hususiyatlarini   hisobga   olishdan   iborat.   Bunda   o‘g‘il   va
qiz   bolalar   fiziologiyasidagi   farqlar   alohida   hisobga   olinishi   lozim.
Pedagogik texnologiya jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog‘lom
avlodni   voyaga   etkazishninng   zaruriy   sharti   hisoblanadi.   Pedagogik
texnologiyaninng   gigyenik   asosi   ta’lim-   tarbiya   jarayonida   salomatlikni
saqlash   talablariga   rioya   qilishdan   iborat.   Bunda   turli   zararli   va   ortiqcha
ta’sirlarni   bartaraf   qilish,   o‘quv   sharoiti:   yoritilganlik,   haqorat,   havoninng
tozaligi,   o‘quvchininng   va   o‘qituvchininng   ish   o‘rni,   jixozlar,   o‘quv
nagruzkalarininng mea’yorlari, didaktik vositalarninng qulayligi sifati va shu
kabilar   tibbiyot,   fiziologiya,   ekologiya   talablariga,   insonparvarlik   va
xalqparvarlik g‘oyalariga muvofiq bo‘lgan ilmiy asoslarda belgilab boriladi.  Bu   talab   va   me’yorlarga   rioya   qilish   pedogogik   texnologiyani   amalga
tadbiq   etish   imkoniyatini   yaratadi.   Bu   masalalarni   o‘rganish   bilan   maktab
gigenasi fani shug‘ullanadi. 
          Pedagogik   texnologiyaninng   mafkuraviy   asosi   uninng   milliy   istaqlol
g‘oyasi   va   mafkurasi   tamoyillarini   o‘zida   mujassam   etishi   va   ularni   amalga
oshirishga   yo‘naltirilgan   bo‘lishidan   iborat.   Bunda   barkamol   insonni
shakllantirishda   mafkuraviy   tarbiyaning   fidoiy,   mustaqil   fikrlay   oladigan,
xulq-atvori   bilan   boshqalarga   ibrat   bo‘ladigan   bilimli,   maa’rifatli,   ijtimoiy
faol   insonni   vayaga   etkazishdan   iborat   asosiy   vazifalarni   amalga   oshirib
borishi   har   bir   pedogogik   texnologiya   uchun   dolzarb   masalalardan
hisolanadi. 
          Pedagogik   texnologiyaning   huquqiy-me’yoriy   asosi   ta’lim-tarbiya
jarayonini   tashkil   qilish   va   amalga   oshirishga   doir   qonuniy   va   ma’yori
hujjatlar   bilan   belgilanadi.   Bular   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta’lim
standartlari, o‘quv reja va dasturlar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
ta’lim-tarbiya sohasiga tegishli Farmonlari, Vazirlar qaror va buyruqlari, ular
asosida   tayyorlanib   o‘rnatilgan   tartibga   tasdiqlangan   nizomlar,   ustavlvr   va
boshqa mea’yoriy hujjatlar hisoblanadi. 
Pedagogik   texnologiya   jarayoni   ishtirokchilari   ushbu   huquqiy-mea’yoriy
asoslarni tegishli darajada bilishlari va amalga oshirib borishlari lozim. 
    Pedagogk texnologiyaning  iqtisodiy asosi  ta’lim menejmenti hulosalari va
marketing   tadqiqotlari   natijalariga   muvofiq   belgilanadi.   Pedagogik
texnologiya   ijtimoiy   sohadagi   faoliyat   bo‘lgani   sababli   uning   iqtisodiy
samarasi   o‘ziga   hos   tartiblarda   aniqlanadi   va   taa’minot   masalalari   hal   qilib
boriladi.   Pedagogik   texnologiya   iqtisodiy   asosini   mustaxkam   bo‘lishi   uni
amaliyotda davom ettirish uchun zaruriy shart hisoblanadi.         Pedagogik  texnologiyaning   tarixiy asosi   ta’lim-tarbiya  masalalarini turli
tarixiy davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli
pedagogik nazariyalar haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib ular zamonaviy
pedagogik   texnologiyalarning   kelib   chiqishi   uchun   zamin   hisoblanadi.
Hozirgi   pedagogik   texnologiyalar   turli   davrlarda   boshlangan   ishlar,   olib
borilgan   taxlillar,   chiqarilgan   hulosalar,   mutafakkirlar   bildirgan   fikr-
muloxazalarninng   rivojlantirilishi   asosida   paydo   bo‘lib,   takomillashib
bormoqda.   Pedagogik   texnologiyaning   tarixiy   asosi   uning   o‘ziga   xos
ildizlarini   tashkil   qilishini   hisobga   olgan   holda   ularni   bilish   va   chuqur
o‘rganish kelgusi rivojlanish yo‘llarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. 
Yuqorida   aytilgan   asoslar   umumlashtirilsa,   har   bir   pedagogik
texnologiyaning o‘z   nazariy va amaliy asoslari   kelib chiqadi. Ular alohida
maqsad, vazifalari, mazmuni, shakl, usul, vositalariga muvofiq belgilanadi.
  Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi Reja: 1. Pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflar . 2. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi 3. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari 4. Pedagogik texnologiyani metodikadan farqi

Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham. Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda ko‘zlangan natijalarga erishishga bo‘lgan pedagogikaning yo‘nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989). “Pedagogik texnologiya” so‘z birligi – bu inglizcha “ an educational technology ” – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o‘qitish nazariyasida yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aynan “texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud. 1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar to‘plamidir (izohli lug‘at). 2. Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini amalga oshirishning texnikasidir (V.P. Bespalko). 3. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov). 4. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev).

5. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o‘zaro munosabatlarini hisobga olib o‘qitish va bilimlar o‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashga sistemali yondashishidir (YuNYeSKO). 6. Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to‘plami, holatini o‘zgartirishdir (V.M. Shepel). 7. O‘qitish texnologiyasi - bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun so‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib boorish bo‘yicha har tomonlama o‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M. Monaxov). 8. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T. Sakamoto). 9. Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o‘zgartiruvchi uning rivojlanish sistemasidir (E. Bistereki va J. Seller). 10. Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin). 11. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini sistemali, konseptual, qoidali, ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin). 12. Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni o‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh assotsiatsiyasi).

2. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi Pedagogika fani tarixidan ko‘rinib turibdiki o‘qitish va kadrlar tayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan. O‘qitish – bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarasi pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darxol ko‘rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir. Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishi qarab farq qilmaydi. Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo‘lgan “pedagogik davrlarni” ko‘rib chiqamiz: I. Individual pedagog, qo‘l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha); II. Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha); III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50-yillari). IV. O‘qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70-yillari). V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri kompyuterda o‘qitish). 3. XX asrda pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishni texnologiyalashtirishga olib kelib qolmay, balki madaniyat doirasi, bilimlar gumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi. “Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot sababli yuzaga keldi va lug‘atlar talqini bo‘yicha (techne san’at, hunar, fan; logoq – tushuncha,

ta’limot) materiallarga ishlov berish usullari va vositalari haqidagi bilimlar to‘plami demakdir. Texnologiya shu bilan birga jarayonni bilish san’atini ham o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalanish bilan operatsiyalar ma’lum ketma-ketligini ko‘zda tutadi. Texnologiya protsessual mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarish kerak?” degan savolga javob beradi. XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o‘zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik ensiklopediyada 30yillarda o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish mahoratlari ham kiritilgan. 60-yillar o‘rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo‘nalishi belgilandi. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o‘qitish vositalarini qo‘llash zarurligini ta’kidladilar (technology in education). Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari esa o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g‘oyalarning texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo‘qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo‘nalish “O‘qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz keyinroq yuzaga kelgan 2-yo‘nalish “o‘qitish texnologiyasi” yoki “o‘quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 70-yillarning boshlarida turli xildagi o‘quv uskunalarini va o‘quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o‘qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo‘lmas edi.