Yengil atletikaning rivojlanish tarixi
Mavzu: Yengil atletikaning rivojlanish tarixi R e j a : 1. Yengil atletika ning tarixiy taraqqiyoti . 2. O ’zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi . 3. Xorijiy mamlakatlarda yengil atletikaning rivojlanishi .
Yengil atletikaning tarixiy taraqqiyoti . Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar Yugurish, sakrash va uloqtirishlarni tabiiy zarur xarakat sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik xayotda qo’llab kelganlari ma`lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo’lganiga qadar ko’p ming yillar o’tdi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika mashqlari odamlarning mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o’ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma`lum daraja mustaqil bo’la boshladi. Yugurish, sakrash va uloqtirish kadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori, ular quldorlarning xarbiy jismoniy tayergarligida katta o’rin egalladi va kabilalar xamda umumgrek diniy bayramlarning muhim qismini tashkil etadigan bo’ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpiya o’yinlari hisoblanadi. Feodal jamiyatida, ayniqsa, ilk o’rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo’lgan edi. Rivoyatlar, qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari o’yin kulgilarida o’ziga xos jismoniy mashqlar ko’p bo’lganidan dalolat beradi. Ko’p manbalarda xalq turmushida tez Yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash mavjud bo’lgani ko’rsatiladi. SHavqatsiz tazyiq o’tkazish, bo’sh vaqt va kerakligi moddiy sharoit bulmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot darajasiga ta`sir ko’rsatdi. SHu sababdan feodalizm davrida hamma vaqt xalq jismoniy mashqlari an`anaviy o’yin-kulgilar tavsifida bo’lib, faqat bayram kunlari ugkazilar edi. SHahar aholisi va feodallarning xarbiy-jismoniy tayyorgarligida esa Yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari katta o’rin tutar edi.
Burjua jamiyatida Yugurish, sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika tizimiga kirar, kundalik xayotda qo’llanar edi. Lekin bu yengil atletika sporti tashkil topishga muhim ta`sir ko’rsata olmadi, chunki gimnastika tizimida bu mashqlarning ahamiyati asosiy bo’lmay, ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug’ullanishi esa mehnatkash omma imkoniyati chsgaralanganligi uchun yengil atletika taraqqiyotiga katta ta`sir ko’rsata olmadi. Yugurish, sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq sifatida va yengil atletika «sportining muhim elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi. Bunga yoshlarning keng qatlamlari o’rtasida bunday mashqlarga qiziqish o’sganligi, burjuaziya ham o’z hukumronligini kuchaytirish vositasi sifatida jismoniy tarbiyaga ko’proq qiziqa boshlagani sabab bo’ldi. Burjuaziya kopitalistik korxonalar uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun zobitlarga muxtoj edi. Bunga esa gimnastika tizimlari allaqachonlar talay yordam bera olimay qolgan edi. Ular an`anaviy xalq o’yin kulgilaridan olingan atletik mashqlarga e`tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashtirsh jarayonida sportcha Yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, yengil atletika sport tarkibiga kiradigan Yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi. O’zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi. 1900 yillarda Turkistonda yengil atletika alohida sport turi bo’lib ajralib chiqmagan edi. harbiy armiyada jismoniy tarbiya sifatida qo’llanilar e di. 1910 yillar oxirida Toshkent va Farg’onada yengil atletika tu garaklarida, ota- onasining oldiga ta`tilga kelgan Petirburg lik, Xarkovlik, Moskvalik talabalar, havaskor yuguruvchilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar boshqa shaharlardan keldilar. 1916 yilda Farg’onaga Rossiyalik taniqli yuguruvchi Lev L’vovich Barkash keldi. U havaskor yengil atletikachilar bilan hamkorliqda Marg’ilon soy
atrofida (280 m) yengil atletika maydonini jihozlashga kirishib, u maydonning chetini velopoygachilar va langarcho’p bilan sakrash uchun maydon tashkil qilindi. 1919 yllda Turkiston Respublikasi xalq ta`limi qoshida sport kollegiyasi tuzilib, musobaqalarni maydonlarda tashkil qilish va o’tkazish masalalari bilan shug’ullana boshladilar. 1920-21 yillarga kelib 15 ta xarbiy-sport klublari va Farg’onada, Toshkenda, Samarqandda va boshqa shaharlarda 40 ta sport maydonlari qurildi. 1920 yilda Toshkentda birinchi o’rta Osiyo Olimpiadasi (futbol, yengil atletika, shaxmat va boshqa milliy sport turlari bo’yicha) bo’lib o’ tdi. Engil atletika sporti bo’yicha farg’onalik sportchilar yaxshi q atnashdilar. Yengil atletikaning 12 turi kirgizilib, bundan 8 tasida Farg’onaliklar birinchilikni qo’lga kiritdilar (G. Bernandskiy, D. Lodashevich, aka-uka Burmakinlar). estafetali (8-100) Yugurishda Farg’onalik yengil atletikachilar 1-o’rinni oldilar. 1924 yilda Toshkentda birinchi bor o’rindiqli (Kraevoy) stadion (Pishevik nomli) ochildi. Xozirgi kunda bu stadionning o’rnida suvda suzish saroyi qurilgan. SHu yilning avgust oyida umum Turkiston jismoniy madaniyat bayrami o’tkazildi. 9 ta sport turi bo’yicha 260 ta sportchilar Respublikamiz viloyatlaridan katnashdi. Birinchi o’zbekiston sportakiadasida 1927 yilda, 1928 yilda esa ikkinchi sportakiada bo’lib o’tdi. 1934 yil 5-12 sentyabr’ Toshkent shahrida o’rta osiyo respublikalarining sportakiadasi o’tkazildi. Bunda E. Putilov 100, 200 m. 11, 1 s, 23, 0 s va 400 m 40, 6 s. Ayollarda esa 100 m 13, 3 s va balandlikka sakrash bo’yicha L. Maternikova g’olibni qo’lga kiritdi. YAdro va nayza uloqtirish bo’yicha M. Toporova 800 va 1500 m - V. Texmestrenko, 5000, 10 000 m- V. Bezrukov, uch xatlab sakrash N. Bespokoynov. Disk uloqtirish bo’yicha T. Kuznikova, uzunlikka sakrash bo’yicha T. Basharina, 800 m Yugurish bo’yicha T. Baltarina.
1943 yilda ikkinchi o’rta Osiyo qozoqiston Respublikalari sportakiadasi bo’lib o’tdi. 800, 1500 m- Sadunin, 100 m uzunlik- N. Bespokoynov, ayollardan L. Kanaki balandlikka sakrash 140 sm g’olib bo’ldi. 1944 yilda uchinchi sportakiada Toshkentda o’tkazildi. Bunda 11 ta turdan erkaklar, 3 ta turdan ayollar musobaqalashdi. 100-400 m-Kurillo, balandlik va uzunlik A. Barisov, nayza uloqtirish G. Kotsarov. 1945 yilda Toshkentdagi «Sportak» stadionida sportakiada o’tkazildi. 150 ta yengil atletikachilar qatnashib yaxshi natijalar kursatdi. 1946 yilda Respublika rekordlari ustuniga N. Sevryukova (Barisova)-yadro va beshkurash buyicha L. Skatskaya-800 m. F. Xasanova-400, 800 m. 50-yillarga kelib Mamatqul Oltiboev 3 ta masofa (1500, 5000, 10 00 m) bo’yicha o’zbekiston rekordini o’rnatdi. o’zbekiston rekordchisi Farida Xasanova 5 ta masofa (400, 500, 800, 1000, 1500 m) bo’yicha sport ustasi nomzodligini oldi. 1956 yilda Moskvada birinchi xalqlar sportakiadasida o’zbekistonlik sportchilar 9-o’rinni oldilar. 1958 yil Toshkentlik Igor’ Monastirskiy umum ittifoq musobaqasida (Sochi) 100 m 10, 4 s ko’rsatdi. U o’zbekiston rekordini 0, 2 sekundga yangiladi. 1960-70 yillarga kelib Ashur Normurodov (1967 yil) 3 km lik kross musobaqasida chempionlikni qo’lga kiritdi. Murabbiylardan N. M. Xaydarova va R. F. Fozliakbarov. Xozirgi kungacha 5000 m masofad A. Normurodovning rekordi turibdi. Asosiy bugungi ma’lumotlar Halqaro yengil atletika federatsiyasi (IAAF) 1912-yilda tashkil topgan unga 200dan ziyod davlat a’zo.