logo

AXBOROT VA QAROR QABUL QILISH TIZIMLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

109.546875 KB
MAVZU:  AXBOROT VA QAROR QABUL QILISH TIZIMLARI
    
MUNDARIJA
KIRISH.
ASOSIY QISM
1. Axborot tizimi tushunchasi.
2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.
3. Axborot tizimini yaratish.
4.Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Axborot tizimi tushunchasi.
Axborot   tizimi   tushunchasini   kiritishdan   oldin   tizim   (sistеma)   dеganda
nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistеma) dеganda, yagona maqsad
yo‘lida   bir   vaqtning   o‘zida   ham   yaxlit,   ham   o‘zaro   bog‘langan   tarzda   faoliyat
ko‘rsatuvchi elеmеntlar (ob'еktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak, har qanday tizim
biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo‘lgan shahar
tеlеfon   tarmoqlari   tizimi,   insondagi   yurak   qon-tomir   tizimi,   asab   tizimi   va
boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri
tizimga   qo‘yiladigan   barcha   shartlarga   javob   bеradi,   ya'ni,   har   biri   o‘ziga   xos
yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan
iborat. “Tizim” deganda, bir vaqtning o’zida ham yagona , yaxlit deb qaraladigan
har   qanday   obyekt,   ham   qo’yilgan   maqsadlarga   erishish   manfaatlarida
birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi.Tizimlar bir biridan tarkibi va
qanday maqsadda qo’llanishi bilan ajratiladi.
Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq tеxnik vositalar, asosan, kompyutеrlar
va murakkab ob'еktlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga
«axborot»   so‘zining   ko‘shilishi   uning   bеlgilangan   funksiyasini   va   yaratilish
maqsadini   aniq   aks   ettiradi.   Axborot   tizimlari   jamiyat   paydo   bo‘lgan   paytdan
boshlab   mavjud   bo‘lgan,   chunki   rivojlanishining   turli   bosqichida   jamiyat   o‘z
boshqaruvi   uchun   tizimlashtirilgan,   oldindan   tayyorlangan   axborotni   talab   etgan.
Bu,   ayniqsa,   ishlab   chiqarish   jarayonlari   —   moddiy   va   nomoddiy   nе'matlarni
ishlab   chiqarish   bilan   bog‘liq   jarayonlarga   tеgishlidir.   Chunki   ular   jamiyat   rivoji
2 uchun   xayotiy   muhim   ahamiyatga   ega.   Aynan   ishlab   chiqarish   jarayonlari   tеzkor
takomillashadi.   Ularning   rivojlanib   borishi   bilan   boshqarish   ham
murakkablashadiki,   o‘z   navbatida,   u   axborot   tizimlarini   takomillashtirish   va
rivojlantirishni   rag‘batlantiradi.   Shu   sababli,   avvalo,   boshqaruv   tizimi   nima
ekanligini   bilib   olaylik.   Kibеrnеtik   yondashuvga   muvofiq   boshqaruv   tizimi
boshqaruv   ob'еkti   (masalan,   korxonalar,   tashkilotlar   va   xokazo)   va   boshqaruv
sub'еkti, boshqaruv apparati yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati
dеganda   maqsadlarni   shakllantiruvchi,   rеjalarni   ishlab   chiquvchi,   qabul   qilingan
qarorlarga   talablarni   moslashtiruvchi,   shuningdеk,   ularning   bajarilishini   nazorat
qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'еkti vazifasiga esa boshqaruv apparati
ishlab   chiqqan   rеjalarni   bajarish   kiradi,   ya'ni   boshqaruv   tizimining   o‘zi   muhim
aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun to‘zilgandir. Boshqaruv tizimining
ikkala komponеnti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri muhim
aloqa   boshqaruv   apparatidan   boshqaruv   ob'еktiga   yo‘naltiriladigan   axborot
oqimida   ifodalanadi.   Aks   aloqa   tеskari   yo‘nalishda   yuboriluvchi   qabul   qilingan
qarorlarning   bajarilishi   xakidagi   hisobot   axboroti   oqimida   o‘z   aksini   topadi.
Axborot   oqimlari   (T   va   A),   qayta   ishlash   vositalari,   ma'lumotlarni   o‘zatish   va
saqlash,   shuningdеk,   ma'lumotlarni   qayta   ishlash   bo‘yicha   opеratsiyalarni
bajaruvchi   boshqaruv   apparati   xodimlarining   o‘zaro   aloqasi   ob'еktning   axborot
tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash,
yozuv-chizuv   ishlarini   avtomatlashtirish,   balki   qarorlarni   qabul   qilish   (sun'iy
intеllеkt   usullari,   ekspеrt   tizimlari   va   xokazolar),   zamonaviy   tеlеkommunikatsiya
vositalari   (elеktron   pochta,   tеlеkonfеrеntsiyalar),   yalpi   va   lokal   hisoblash
tarmoqlari   va   boshqaruvning   yangi   uslublaridan   foydalanish   hisobiga   boshqaruv
ob'еkti   faoliyati   samaradorligini   oshiradi   va   shu   maqsadda   kеng   qo‘llaniladi.
Axborot   tizimlarining   avtomatlashtirilgan   va   avtomatik   turlari   ma'lum.
Avtomatlashtirilgan   axborotlar   tizimida   boshqarish   yoki   ma'lumotlarni   qayta
ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan
bajariladi.   Avtomatik   axborotlar   tizimida   boshqarish   va   ma'lumotlarni   qayta
3 ishlashning   barcha   funksiyalari   tеxnik   vositalarda,   inson   ishtirokisiz   amalga
oshiriladi (masalan, tеxnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob kitoblarni
boshqarish   jarayonlari   bilan   to’ldirilgan   ko’plab   dasturlarni   ham   tizim   deb
hisoblashimiz   mumkin.   Har   bir   tizim   4   asosiy   qismdan   iborat:   -   kiritish   -   ishlov
berish   -   chiqarish   -   teskari   a   kiritish   Ishlov   berish   chiqarish   Axborot   tizimi   -
qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash saqlash ishlov berish va
chiqarishda   foydalanildigan   vositalar,   usullar   va   xodimlarning   o’zaro   bog’liq
majmuyi.   Bugungi   kundagi   zamonaviy   axborot   tizimi   tushunchasi   axborotga
Ishlov   berishning   asosiy   texnik   vositasi   sifatida   shaxsiy   kompyuterlardan
foydalanishni   nazarda   tutadi.   Axborot   tizimlarining   qo’llanilish   sohalari   turli
tumandir.   Shuningdek   har   bir   tizimga   xos   bo’lgan   xsusiyatlar   va   o’ziga   xosliklar
ham   turli   tumandir.   Muayyan   axborot   tizimining   xsusiyatlari   majmuyini
belgilovchi   ko’plab   omillar   orasidan   uchta   omilni   ajratib   ko’rsatish   mumkin,
4 bular   :   tizimning   texnik   darajasi   ,   ishlov   berilayotgan   axborot   xarakteri   ,
axborotning   ishlatish   maqsadlari   ,   yani   ushbu   tizim   hal   qilishda   yordam   berishi
mo’ljallangan   vazifalar   doirasi.   Texnika   darajasi   bo’yicha   axborot   tizimlari
quydagi tizimlarga bo’linadi: Dastlabki Mexanizatsiyalashgan Avtomatlashtirilgan
Avtomatlashgan Dastlabki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha
jarayonlari   qo’lda   bajarilgan.   Bunday   tizimlarda   axborotni   qidirish   uchun   oddiy
selektiv moslamalardan foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.
Har   qanday   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlari   (AAT)   tashqi   muhit
qurshovida   ishlaydi,   u   AAT   uchun   kiritiladigan   axborot   manbai   va   chiqadigan
axborotning   iste'molchisi   hisoblanadi.   Axborot   oqimi   AAT   doirasida,   tizimga
kirishdan   boshlab   undan   chiqishgacha   ishlov   berishning   bir   nechta   bosqichidan
o'tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to'plash, ro'yxatga
olish   va   dastlabki   ishlov   berish,   aloqa   kanali   bo'yicha   manbadan   kompyuterga
uzatish,   mashina   eltuvchilariga   o'tqazish,   axborot   fondlarini   yaratish   va   saqlab
turish,   mashina   ichida   ishlov   berish   va   chiqariladigan   shaklga   keltirish,   aloqa
kanali   bo'yicha   kompyuterdan   foydalanuvchiga   uzatish,   foydalanuvchi   qabul
qilishi   uchun   yaroqli   shaklga   o'zgartirishdan   iborat.   Ishlov   berishning   alohida
bosqichlari   tegishli   AAT   kichik   tizimlari   orqali   amalga   oshiriladi,   ular   ichida
quyidagilarni   ajratib   ko'rsatish   mumkin:   kiritiladigan   axborotni   to'plash   va
dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish, axborotni saqlash va
ishlov   berish,   axborotni   chiqarish   va   uni   aks   ettirish   (chiqarish   kichik   tizimi).
Axborotni   to'plash   va   dastlabki   ishlov   berish   kichik   tizimi   axborotga   dastlabki
ishlov berish bo'yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida
ob'ektlar to'g'risida ob'ekt uchun tabiiy bo'lgan shaklda, ya'ni tabiiy tilning so'zlari
va   simvollari,   umumqabul   qilingan   sanoq   tizimi   raqamlarida   taqdim   etilgan
dastlabki   axborotni   (masalan,   kadrlarni   hisobga   olish   bo'yicha   varaqa   mazmuni,
bemorni   tibbiy   tekshirish   natijalari,   maqolalarning   matnlari,   tovartransport
yukxatlari   mazmuni   va   hokazo)   to'plash   amalga   oshiriladi.   Maxsus   tekshiruvlar
5 natijasida   axborot   tizimining  axborot   fondida   hali   mavjud   bo'lmagan   ma'lumotlar
tanlab   olinadi.   Bu   bilan   tizimda   axborot   takrorlanishining   oldi   olinadi.   Dastlabki
axborotning   tizimga   keyin   kiritilishi   zarur   bo'lgan   elementlariga   dastlabki   ishlov
beriladi,   ya'ni   tizimda   qabul   qilingan   muayyan   shaklga   va   formatga   keltiriladi:
maxsus   blankalarga   yoziladi,   belgilangan   shakldagi   jadvallarga   kiritiladi,   hujjatli
axborot   uchun   muayyan   qoidalar   bo'yicha   annotatsiya   va   bibliografik   bayoni
tuziladi,   fizik   parametrlari   birliklarning   yagona   tizimiga   keltiriladi.   Dastlabki
ishlov   berishdan   o'tgan   va   muayyan   tarzda   shaklga   keltirilgan   axborot
eltuvchilarda,   aksariyat   hollarda,   qog'ozda   qayd   etiladi.   Axborotni   to'plash   va
dastlabki  ishlov berish kichik tizimidan olinadigan axborot kompyuterga bevosita
kiritish   uchun   yaramaydigan   shaklda   beriladi.   Kiritish   kichik   tizimining   vazifasi
uni   kompyuterga   kiritish,   shuningdek   axborotning   to'g'ri   ko'chirilishi   va   yuzaga
kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo'ladi. Zamonaviy kompyuterlarda
axborotni   kiritish   uchun   ko'pincha   kompyuter   bilan   maxsus   tarmoq   vositalari
orqali   bog'langan   displey   va   aloqa   kanallaridan   foydalaniladi.   Kompyuterga
kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot tizimining axborot
fondini   hosil   qiladi.   Axborot   fondining   elementlari   bilan   ishlov   berishning   turli
operatsiyalari:   mantiqiy   va   arifmetik,   saralash   va   qidirish,   yuritish   va   tuzatish
operatsiyalari   bajariladi.   Natijada   axborot   fondining   dolzarb   holatda   saqlanishi
ta'minlanadi,   shuningdek   ishlov   berish   topshiriqiga   muvofiq   bo'lgan   chiqish
axboroti   shakllantiriladi.   Axborot   massivlarini   shakllantirish   (strukturalashtirish)
va   saqlab   turish,   shuningdek   axborotga   ishlov   berish   bo'yicha   barcha   amallar
axborotni   saqlash   va   ishlov   berish   kichik   tizimi   tarkibiga   kiradigan   dasturlar
majmui   boshqaruvida   amalga   oshiriladi.   Bu   kichik   tizim   tashqi   xotira
qurilmalarida   axborotni   joylashtirish   va   undan   foydalanish   imkoniyatini
ta'minlaydi.   Axborotni   saqlash   va   ishlov   berish   kichik   tizimi,   kichik   tizimning
ishini amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o'zi ham),
shuningdek   axborot   massivlari   axborotga   ishlov   berish   va   saqlash   tizimi   (AIST)
gabirlashadi.   AIST   o'z   ichiga   axborot   massivlari,   ularni   tashkil   etish   va   ishlov
berish   usullari,   metodlari   va   algoritmlari,   tegishli   dasturiy   va   texnik   vositalar
6 majmuini   oladi.   AIST   tashqi   muhit   bilan   kiritishchiqarish   vositalari   yordamida
aloqa  qilishi  AIST   doirasida  hal  qilinadigan  bir   qator   vazifalarni   ko'rib chiqishda
bu   vositalarni   ham   albatta   hisobga   olish   zarur.   Axborotga   ishlov   berish   kichik
tizimi   adabiyotlarda   ko'p   hollarda   ma'lumotlarga   ishlov   berishning
avtomatlashtirilgan   tizimi   (MIAT)   deb   ataladi,   bunda   «ma'lumotlar»   tushunchasi
«axborot» tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi. 
•«Axborot»   tushunchasidan   odatda   xabarning   mazmun-mohiyatini   ta'kidlashni
istagan   holatlarda   foydalaniladi.   Lekin   AIST   ning   asosi   bo'lgan   kompyuter
hozircha   ishlov   berilayotgan   xabarlarning   ma'nosini   idrok   qilishga   qodir   emas.
Kompyuterlarga   nisbatan   ko'pincha   «ma'lumotlar»   tushunchasi   qo'llaniladi   va
kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma'lumotlar bilan operatsiyalarni
bajaradi,   deyiladi.   Bunda   har   qanday   belgilar   to'plami,   uning   mazmunidan   qat'i
nazar, ma'lumotlar hisoblanadi. Ma'lumotlarga muayyan ma'no berib, ularga ishlov
berishni axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi. Shuning uchun bundan buyon
«axborot»   tushunchasidan   asosan   ma'noviy   mazmuni   muhimligini   ta'kidlash
zaruriyati   yuzaga   kelgan   yoki   u   o'zbek   adabiyotida   keng   qo'llaniladigan   va
o'rnashib   qolgan   so'z   birikmalari   tarkibiga   kirgan   hollardagina   foydalanamiz.
Axborotni   chiqarib   berish   va   tasvirlash   kichik   tizimi   (chiqarish   tizimi)   berilgan
so'rovga   javobni   chiqarib   berishni   ta'minlaydi,   bunda   uni   foydalanuvchi   qabul
qilishi   uchun   qulay   shaklda   taqdim   etadi.   Kichik   tizim   tarkibiga   chiqarib
beriladigan   xabarning   zaruriy   shaklini   ta'minlab   beradigan   dasturlar   majmui   va
chiqarib berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi.
So'rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar
yordamida   chiqarib   berilishi   mumkin.   Kichik   tizimlarning   o'zaro   aloqasi   axborot
manbalari   va   foydalanuvchilar   hudud   jihatdan   markaziy   kompyuter   yaqinida
joylashgan,   degan   nuqtai   nazardan   kelib   chiqib   bayon   etildi.   Mavjud   axborot
tizimlaridamasofada   joylashgan   bo'ladi.   Bunday   hollarda   markaziy   kompyuter
bilan aloqa tarkibiga ma'lumotlarni uzatish kanali va uzoqda joylashgan terminallar
(ular hozir o'zi kompyuter hisoblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga
oshiriladi. Uzoqlashgan terminal — bu markaziy kompyuterdan uni bevosita ulash
7 imkoniyatini   istisno   etadigan   masofada   uzoqda   joylashgan   kiritish-chiqarish
qurilmasidir.   Terminal   kompyuter   bilan   ma'lumotlarni   uzatish   kanali   yordamida
bohlanadi.   Terminaldan   olinadigan   axborotni   kompyuterga   bevosita   kiritish
mumkin. Uzoqda joylashgan terminallar sifatida shaxsiy kompyuterlar, terminallar,
teletayplar,   maxsus   terminallar   va   abonent   punktlaridan   foydalaniladi.   Kichik
aloqa   tizimi   terminallarning   markaziy   kompyuter   bilan   o'zaro   aloqasini
ta'minlaydigan   va   unga   masofadagi   terminalni   boshqarish   imkonini   beradigan
dasturni   ham   o'z   ichiga   oladi.Axborot   tizimlari   quyidagi   ҳossalar   bilan
ҳarakterlanadi Har qanday axborot tizimi,tizimni tashkil etishning umumiy prinspi
asosida   tahlil   qilinadi   va   boshqariladi.   Axborot   tizimi   dinamik   ko’rinishga   e`ga
bo’lib, rivojlanuvchi tizim hisoblanadi Axborot tizimining maxsuloti ham axborot
hisoblanadi   Axborot   tizimini   odam-kompyuter   tizimi   ko’rinishida   tasavvur   qilish
lozim   Axborot   tizimlarini   hayotda   qo'llab   qanday   natijalar   olish   mumkin
Matematik   metod   va   intellektual   tizimlarni   qo'llab,   boshqarishning   optimal
variantlarini   olish.   Tizimni   avtomatlashtirish   natijasida   ishchilarning   vazifalarini
engillashtirish. Eng tog’ri axborotga ega bo'lish. Axborotlarni qog’ozda emas balki
magnit   yoki   optik   disklarda   saqlash   Maҳsulot   ishlab   chiқarish   sarf   ҳarajatlarini
kamaytirish.   Foydalanuvchilar   uchun   qulayliklar   yaratish.   Axborot   tizimlarida
boshqaruv   tuzilmasining   o'rni   Axborot   tizimi   jamiyat   va   har   bir   tashkilot   uchun
quyidagilarni   bajarishi   lozim:   Axborot   tizimining   tuzilmasi   va   uning   qo'llanilish
maqsadi,   jamiyat   va   korxona   oldida   turgan   vazifa   bilan   to'g'ri   kelishi   kerak.
Masalan; tijorat firmasida – foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy
vazifalarni   bajarishi   kerak.   2.   Axborot   tizimi   inson   tomonidan   boshqarilishi   va
ijtimoiy   etika   prinsplari   asosida   foyda   keltirishi   kerak.   3.   To'g'ri,   kafolatli   va   o'z
vaqtida   axborotlarni   mijoz   yoki   tizimlarga   etkazishi   lozim.   Hozirgai   davrda   turli
maqsadlarga   mo’ljallangan   turli   axborot   tizimlari   muvoffaqiyatli   ishlab   turibdi,
ular   foydalanuvchilarning   axborot   so’rovlarini   qondirish   uchun   yo’naltirilgan.
Bunday   tizimlarning   o’ziga   xos   xsusiyati   shundaki   ularda   so’rovga   muvofiq
topilgan   axborotdan   aynan   shutizimning   doirasida   bevosita   foydanilmaydi,   balki
8 foydalanuvchiga   beriladi,   u   olingan   axborotda   o’ziga   zarur   istalgan   maqsadda
foydalanadi. 
•Aeroport   va   temir   yo’l   transportida   joylarni   oldindan   band   qilishning
avtomatlashtirilgan   tizimi   ana   shunday   axborot-ma’lumot   tizimiga   misol   bo’ladi.
Bu tizimlar opertiv tizimlarning tipik misoli ham bo’la oladi. Chunki mtizimga har
bir murojat qilish axborot fondining joriy holati o’zgarishiga olib keladi.
  •Axborot-   ma’lumot   tizimi   so’rovga   muvofiq   ravishda   uning   axborot   fondida
saqlanayotgan   ma’lumotlar   ichidan   zarur   axborotlarni   qidirish   ishlarini   amalga
oshiradi.   Qidirish   bunday   tizimlarda   asosiy   operatsiyalardan   biri   hisoblanadi,
shuning   uchun   ular   axborot   qidiruv   tizimlari   hamdir.   Biznesda   ishlatiladigan
quydagi   axborot   tizimlari   navjud:   elektron   tijorat   tizimlari,   tranziksiyalarni   qayta
ishlash (processing), boshqaruv axborot tizimlari, qarorlarni qabul qilishni qo’llab
quvvatlash   tizimlari.   Undan   tashqari   bazi   tashkilotlar   maxsus   maqsadli   tizimlarni
ishlatadilar:   suniy   intellekt,   ekspert   tizimlari,   virtual   voqealik   va   boshqalar.
Elktron-tijorat   –   axoborot   texnologiyalari   yordamida   amalga   oshiriladigan
tovarlarni   sotish,   ishlarni   bajarish   va   xizmat   kor’satish   bo’yicha   tadbirkorlik
faoliyati. Tranzaksiya biznesga bog’liq o’zaro almashish. Masalan: masalan mijoz
amalga oshirgan to’lov ,ishchiga to’langan ish haqi. Tranzaksiyalarni qayta ishlash
tizimi   -   bu   biznes   tranzaksiyalarini   saqlab   qolish   va   qayta   ishlash   uchun
foydalaniladigan   odamlar,   jarayonlar,   dasturlar,   ma'lumot   bazalari   va   uskunalar
bilan   tashkil   etilgan   to'plamdir.   Boshqaruv   tizimlari   turli-tuman   boshqaruv   va
texnikiqtisodiy   masalalarni   hal   etilish   uchun   mo'ljallangan.   Odatda   bu   tizimlar
korxonalar,   tashkilotlar,   tarmoqlar   (masalan:   kasalxonalar,   avtomatlashgan
omborlar,   moddiy-texnika   ta'minoti   va   zahira   qismlarini   boshqarish,   kadrlarni
hisobga   olish   va   buxgalteriya   hisobining   axborot   tizimlari)   avtomatlashtirilgan
boshqaruv   tizimlari   (ABT)   doirasida   ishlaydi.   Ko'pincha   bu   tizimlar   ayrim
sohalarga   xizmat   ko'rsatadi   va   mustaqil   hisoblanadi,   ya'ni   o'zining   axborot   fondi,
algoritmi   va   dasturiy   ta'minotiga   ega   bo'ladi.   Boshqaruv   tizimlari
integratsiyalashgan,   ma'lumotlar   bazasi   tamoyili   bo'yicha   qurilgan   bo'lishi
mumkin.   Bunday   tizimlar   korxonadagi   aylanib   yuruvchi   butun   axborot   oqimiga
9 ishlov   beradi   va   korxonaning   resurslaridan   oqilona   foydalangan   holda   uning   bir
maromda   va   rejali   ishlashini   ta'minlashga   yo'naltirilgan   bo'ladi.   Texnik   vositalar
yordamida   faqat   axborot   operatsiyalarini   avtomatlashtirishga   erishiladi.   Bevosita
qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning
o’zi   bajaradi.   Shuning   boshqaruv   tizimlari   odatda   alohida   xizmatlar   va   korxona
rahbariyatiga   turli   ma’lumotlar   va   hisobot   shakllarini   berishga   yo’natirilgan
bo’ladi.   Demak,   boshqaruv   tizimlari   bir   vaqtning   o’zida   axborotma’lumot
tizimlarining   vazifalarini   ham   bajaradi.   Bu   tizimda   so’rovlar   odatda   doimiy   va
reglamentli   xarakterga   ega   bo’ladi.   Axborot   tizimi   bu   so’rovlarni   amalga   oshira
borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam
ravishda (har kuni har hafta va h.k) ishlov berish natijasida ma’lumot shakllarining
muayyan   ro’yxatini   beradi,   shuningdek   boshqa   turdagi   so’rovlarga   ham   xizmat
ko’rsatadi.   Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash
operatsiyalari   bilan   bog'liq   vazifalarni   hal   qilish   uchun   foydalaniladi.   Bunday
vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash
(kasalliklarga   tashhis   qo'yish,   uskunalarning   nosozliklari   sabablarini   aniqlash)
kabilar   kiradi.   Avtomatlashtirilgan   loyihalash   tizimlari   (ALT)   doirasida
ishlaydigan axborot tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin.
Avtomatlashtirilgan   loyihalash   tizimlari   asbobsozlik   va   mashinasozlik,
radioelektronika   va   kemasozlikda   turli   loyihalar   hisob-kitoblarini   bajaradi,
elementlar,   sxemalar,   qurilmalarning   parametrlarini   maqbullashtirish   vazifalarini
hal   qiladi.   Hisoblash   tizimlarining   funktsiyalari   axborot   tizimlarining   boshqa
turlariga ham xos bo'lishi mumkin. Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan
farqli o'laroq ilgari  bevosita  shaklda tizimga kiritilmagan, balki  tizimdagi  mavjud
axborot   massivlarini   mantiqiy   tahlil   qilish,   umumlashtirish,   ma'lumotlarni   qayta
ishlash asosida ishlab chiqiladigan axborotni bera oladi. Bunday tizimlar muayyan
darajada   mutaxassistadqiqotchi   mehnatining   o'rnini   bosib,   ilmiytadqiqot
masalalarini   hal   qilishi   mumkin.   Ularni   ba'zan   intellektual   tizimlar   deb   ataydilar,
chunki   ularni   ishlab   chiqishda   sun'iy   intellekt   nazariyasi   qoidalaridan
foydalaniladi.   Har   qanday   ixtiyoriy   so’rovlarni   amalga   oshira   oladigan   tizimlar
10 foydalanuvchilar  uchun   katta  imkoniyatlar  ochib  beradi.  So’rovlarni   shaklantirish
uchun   tizim   so’rovlar   tiliga,   ularni   tuzish   qoidalariga   ega   bo’lishi   kerak.
Foydalanuvchining   tizim   bilan   muomilasi   insonning   mashina   bilan   muloqoti
shaklidagi muomilasidan qulaydir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan
tanishib   o’z   sorovini   tuzatish   imkoniyatiga   ega   bo’ladi.   Shuni   qayd   etib   o’tish
zarurki,   har   qanday   muayyan   axborot   tizimi   tizimlarning   alohida   ajratib
ko’rsatilgan turlariga xos bo’lgan xsusiyatlar majmuyi bilan tacsiflanishi mumkin.
Shu   bilan   birga   axborot   tizimlarini   qo’llanilish   sohasiga   bog’liq   holda   tizimning
o’zigagina xos xsusiyatlarga ega bo’ladi.
Axborot tizimini yaratish.
«Tayyor»   axborot   tizimlarini   ishlab   chiqish   tajribasi   korporativ   axborot
tizimlarini   yaratishga   yangicha   yondashuvlarni   shakllantirish   imkonini   berdi.   Bu
yondashuv   turli   ishlab   chiqarish   firmalarining   dasturiy  «komponent»laridan   tizim
«yig'ish»ga   asoslangandir.   Axborot   tizimlarining   komponent   arxitekturasi
haqiqatan mavjud bo'lishi uchun quyidagi uch shart zarur:
  1.   tizimlarning   komponent   ishlab   chiqilishi   va   «yig'ish»ni   ta'minlovchi   axborot
tizimlarini tahlil qilish va loyihalash uslubiyatining mavjud bo'lishi; 
2.   komponentlarni   ishlab   chiqish   va   «yig'ish»   texnologiyalari   va   umumiy
standartlarga rioya qilingan tayyor dasturiy komponentlarning shakllangan bozori;
tizim komponentlari o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlab turadigan axborot tizimlari
«infratuzilmasini»   dasturiy   ta'minlashning   standart   komponentlari.   Ko'p
komponentli   tizimlarni   yaratishga   intilish   tendentsiyasi   ActiveX   va   JavaBeans
komponentlaridan faol foydalaniladigan internet/intranet texnologiyalarida ayniqsa
kuchli   namoyon   bo'ldi.   Umumiy   standartlarga   asoslangan   komponent
texnologiyalarning   afzalliklaridan   SAP   (R3)   kabi   tayyor   tizimlarning   ishlab
chiqaruvchilari   ham   foydalanishga   intiladilar.   Bugungi   kunda   axborot   tizimlarini
loyihalash va ishlab chiqishning komponent texnologiyasi zaruriy vositalar zahirasi
ishlab   chiqishning   mavjud   vositalarini   qo'llab-quvvatlovchi   vizual   tahlil   va
modellashtirish instrumentlaridan boshlab, tanlash imkoniyatlari juda keng bo'lgan
11 tayyor  komponentlarning kutubxonalarigacha, shu  jumladan  turli  dasturiy-apparat
platformalari uchun «infrastruktura» komponentlariga ega deb hisoblash mumkin.
Bu   axborot   texnologiyalari   turli   ishlab   chiqaruvchilardan   olingan   komponentlar
to'plamidan   iborat   bo'lgan   tayyor   tizimlarning   «konstruktorlari»   paydo   bo'lishi
bo'sahasida   turibdi   demakdir.   Axborot   tizimini   qanday   yaratish   mumkin,   degan
savoliga   javob   beraylik.   Bu   haqiqatan   ham   aksariyat   zamonaviy   korxonalarda,
ularning   qanday   biznes   bilan   shug'ullanishidan   qat'i   nazar,   hal   qilinishi   zarur
bo'lgan   muammodir.   «Axborot   tizimi»   atamasi   biznes   yuritishni   engillashtiruvchi
yoki «avtomatlashtiruvchi» dasturiy mahsulotlar sinfiga kiradi. Agar tizim biznesni
axborot bilan ta'minlash yo'li bilan qo'llab-quvvatlasa, «axborot» tizimi deb ataladi
(har   qanday   odam   ham   zarur   axborotlarni   olib   turishga   qancha   kuch   va   mablag'
sarflanishini   yaxshi   biladi).   Tegishli   dastur,   agar   u   bittadan   ortiq   (ba'zi   hollarda
ketmaket,   ba'zan   esa   parallel)   funktsiyani   bajarsa   (ombor   xo'jaligini   yuritishni
qo'llab-quvvatlovchi axborot tizimlari keng tarqalgan misollardan biri hisoblanadi:
ular   omborga   tovarlar   kelib   tushishi,   xaridorga   tovarlar   berilishini   kuzatib   turadi,
shuningdek   omborda   har   bir   mahsulotning   zaruriy   miqdori   mavjudligini   nazorat
qiladi)   «tizim»   deb   ataladi.   Tizimlarni   yaratish   jarayoni   tizimlarning   yaratilish
davri (system development life cycle) deyiladi, chunki bu jarayon bilan bog'langan
faoliyatlar   davomiydir.   Tizimlarning   yaratilishida   yo'l   qo'yilgan   xato   qanchalik
kech   aniqlansa,   shunchalik   uni   tuzatish   kimmatga   tushadi,   chunki   oldin   qilingan
ishlar   ham   yana   ko'rib   chikilishi   zarur   bo'ladi.   Ana   shuning   uchun   tizimlar
yaratilishi   jarayonini   bosqichlarga   bo'lib,   tizimlar   yaratishda   ma'lum   metodlar
ishlab chiqilgan. An'anaviy tizimlarni  yaratish davri  uslubi  (uni  yana “Sharshara”
modeli   deb   nomlashadi)   quyidagi   bosqichlardan   iborat:   •Birinchi   bosqichda   hal
qilinadigan   muammo   aniqlanadi   va   unin   texnik   jixatdan   amalga   oshirilish
imkoniyati o'rganiladi. Bu erda qo'yiladigan savol “Muammo nimadan iborat va bu
muammoni   echish   mumkinmi?”.   •Tizim   tahlili   bosqichida   “Muammo   echilishi
uchun   axborot   tizimi   nima   qilishi   kerak?”-degan   savolgan   javob   izlanadi.   Bu
bosqichda   amaldagi   tizim   va   uning   ish   jarayoni   o'rganiladi.   Bu   esa   tizimning
12 kuchli,   kamchiligi   va   yangi   imkoniyatlarini   namoyish   etadi.   Tizim   tahlili
bosqichidan chiqadigan natija – tizim talablari ro'yxati va ularning ustunligi. 
•   Tizim   dizayni   “Axborot   tizimi   muammoni   echish   uchun   qanday   ish   tutishi
kerak?”-degan   savolga   javob   beradi.   Bu   bosqichning   natijasi   -   yangi   yoki
o'zgartirilgan tizimning batafsil dizayni. Tizim dizaynida 
• kirish, chiqish, interfeys; 
•   uskunalar,   dasturlar,   ma'lumotlar   bazasi,   telekommunikatsiya,   xodimlar   va
protseduralar; 
•   ushbu   komponentlar   orasidagi   aloqa   va   munosabatlarbatafsil   ko'rsatiladi.   Tizim
tergovi Tizim tahlili Tizim dizayni Tizimni amalda yaratish Tizim ta’minoti 
•   Tizimning   amaliy   yaratilish   bos?ichida   dasturchilar   ishga   tushib,   tizimni   dastur
holatiga olib kelishadi. Bu bosqichda, ma'lumotlar bazasi amalda yaratiladi, dastur
dasturlash tillarida yoziladi, ma'lumotlar bazasi to'ldiriladi va sinovdan o'tkaziladi.
Bu boskichning natijasi to'la funktsional dasturdir.
  • Yaratilgan axborot tizimi ishga tushgandan keyin vaqt o'tgan sari o'zgartirishlar
kiritilishi   muharrardir.   Bu   bosqichda   oldingi   bosqichdagi   ko'zga   tashlanmagan
xatolar to'g'rilanib tizim istalgan darajaga keltiriladi.
Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish.
Axborot   tizimlarini   bundan keyingi   o’rganinsh  uchun  ularda  yuz  beradigan
jarayonlarni mufassal  bayon etish zarur. Deyarli har qanday axborot tizimi uchun
uning   normal   ishlashini   ta’minlaydigan   jarayonlarni   shartli   ravishda   quydagi
bloklardan iborat blok sxema shaklida tasavvur etish mumkin. Axborot tizimining
apparat dasturiy qismi Tashkilot personal yoki boshqa axboort tizimlari Axborotni
kiritishc Axborotga Ishlov berish Axborotni chiqarish Teskari aloqa 
•tashqi va ichki manbalardan axborot kiritish; 
• kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish;
  •   iste'molchilarga   taqdim   etish   yoki   boshqa   tizimga   uzatish   uchun   axborotni
chiqarish; 
13 •   teskari   aloqa   –   bu   kiritilgan   axborotni   tuzatish   uchun   ushbu   tashkilot   odamlari
tomonidan qayta ishlangan axborot. Axborot tizimi o'zining quyidagi xususiyatlari
bilan belgilanadi: 
• har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning umumiy tamoyillari asosida tahlil
qilinishi, tuzilishi va boshqarilishi mumkin; 
• axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim hisoblanadi; 
• axborot tizimlarini tuzishda tizimiy yondashuvdan foydalanish zarur; 
•   axborot   tizimining   mahsuloti   axborot   bo'lib,   uning   asosida   qarorlar   qabul
qilinadi; 
•   axborot   tizimini   axborotga   ishlov   berishning   odamkompyuter   tizimi   sifatida
qabul   qilish   zarur.   Bugun   axborot   tizimi   deyilganda,   aksariyat   kishilarning   ko'z
o'ngiga kompyuter keladi, vaholanki u axborot tizimining bosh komponentlaridan
(tarkibiy   qismlaridan)   biridir.   Umuman   olganda,   axborot   tizimini   kompyutersiz
variantda   ham   tushunish   mumkin.   Zamonaviy   axborot   tizimlari   ulardan
foydalanadigan   korxonalarga   ilgari   o'zlari   foydalana   olmagan   bir   qator   yangi
imkoniyatlar   va   sifatlarni   berishi   mumkin,   xususan   axborot   tizimi   quyidagilarga
yordam berishi mumkin: 
•   matematik   usullar   va   intellektual   tizimlarni   joriy   etish   hisobiga   boshqaruv
masalalarini hal qilishning yanada oqilona variantlariga ega bo'lish;
 • avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni oxir mehnatdan ozod qilish; 
• axborotning ishonchliligini ta'minlash; 
•   ma'lumotlarni   qog'oz   o'rniga   magnit   disklari   yoki   lentalarida   saqlash,   bu
axborotga   kompyuterda   ishlov   berishni   ancha   oqilona   tashkil   etish   va
qog'ozlardagi   hujjat   hajmini   kamaytirishga   olib   keladi;   •   firmada   axborot   oqimi
strukturasi va hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish; 
• mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishga sarf-xarajatlarni kamaytirish; 
• iste'molchilarga noyob xizmat turlarini ko'rsatish; 
• yangi bozorlarni izlab topish; 
•   xaridor   va   mol   etkazib   beruvchilarga   turli   chegirmalar   berish   va   xizmatlar
ko'rsatish   hisobiga   ularni   firmaga   jalb   etish.   Korxonalar   faoliyatini   kompleks
14 avtomatlashtirish uchun korporativ axborot tizimlarini joriy etish zarur, ular bilan
korporatsiyaning   oliy   bo'g'ini   –   menejerlari   ish   olib   boradi.   Bu   tizimlar   qarorlar
qabul   qilish   uchun   zarur.   Bu   esa,   o'z   navbatida,   menejerlarning   quyi   va   o'rta
bo'g'ini darajasida joriy ishlab chiqarish funktsiyalarini bajarish va ishlab chiqarish
jarayonlarini   operativ   boshqarish   bilan   bog'liq   ish   joylarini   avtomatlashtirish
masalasi   oldindan   hal   qilingan   bo'lishini   ko'zda   tutadi.   Bugungi   kunda   korxona
faoliyatini  kompleks avtomatlashtirish masalasini  hal  qilishga ikki xil  yondashish
mavjud: 
• korporativ tizimni o'z kuchlari bilan bosqichmabosqich ishlab chiqish (jumladan,
tashqaridagi firmalar va tashkilotlarning alohida ish joylarini yoki ishlab chiqarish
jarayonlarini  avtomatlashtirish  imkonini  beradigan tayyor  yoki  buyurtma dasturiy
mahsulotlaridan foydalanish) va 
• korporativ darajadagi tayyor axborot tizimini joriy etish. Birinchi yondashuvning
afzalligi   shundaki,   o'z   kuchlari   bilan   yaratilayotgan   tizimda   muayyan   korxona
ishining   o'ziga   xos   xususiyatlari   va   ehtiyojlarini   yuqori   darajada   hisobga   olish
mumkin bo’lardi.
15 XULOSA.
              Qarorlarni   qabul   qilishni   qo'llab-quvvatlash   uchun   axborot-tahlil   tizimi
bilimlarni   to'plash   va   qarorlarni   qabul   qilish   uchun   ma'lumotlar   bilan   ta'minlash,
murakkab texnik komplekslarning ishonchli va xavfsiz ishlashini ta'minlash uchun
mo'ljallangan.   Qarorlarni   axborot   va   tahliliy   qo'llab-quvvatlash   tizimlari   sizga
texnik   vositalar   va   jihozlarning   ishlashi,   ishlarni   rejalashtirish,   favqulodda   va
favqulodda vaziyatlarda ishlash jarayonlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni
to'ldirish, tuzish, umumlashtirish va ulardan foydalanishga imkon beradi.Qarorlarni
axborot   va   tahliliy   qo'llab-quvvatlash   tizimlari   raketa   va   kosmik   komplekslarni,
sinov   maydonlarini,   erni   o'lchash   majmualarini,   elektr   stantsiyalarini,   optik-lazer
o'lchov   tizimlarini   va   boshqalarni   uchirish   kabi   murakkab   texnik   tizimlarning
ishlashida   qarorlarni   qabul   qilishni   qo'llab-quvvatlash   uchun   ishlatilishi   mumkin.
murakkab   texnik  komplekslarning   ishlashini   boshqarish  bo'yicha   qarorlarni   qabul
qilishni   qo'llab-quvvatlash   uchun   IASni   ishlab   chiqish,   ishlab   chiqish   va   amalga
oshirish.   Tizimli   nuqtai   nazardan,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarini
axborot  bilan ta'minlash  kontseptsiyasi  davlatning ko'p bosqichli  operatsion  tizim
sifatida g'oyasiga asoslangan bo'lib, u tashkiliy boshqarish ob'ektlarining buyurtma
qilingan   to'plamini   o'z   ichiga   oladi.   Ushbu   ob'ektlar,   qoida   tariqasida,   ko'rib
chiqilayotgan davrda amaldagi tashkiliy tuzilishga muvofiq boshqaruvning ierarxik
darajalari   tomonidan   buyurtma   qilinadi,   ular   orasidagi   munosabatlar   boshqaruv,
bo'ysunish va o'zaro aloqalar va jarayonlar bilan tavsiflanadi.
16 Shu nuqtai nazardan davlat organlarining faoliyati mantiqan o'zaro bog'liq bo'lgan
ommaviy   harakatlar   majmuasi   -   ularga   yuklatilgan   ma'muriy   funktsiyalarni
bajarishga   qaratilgan   operatsiyalar.   Shunday   qilib,   biz   semantikasi   tegishli
organlarning   vakolatlari   bilan   belgilanadigan   taqvim   asosida   boshqariladigan
operatsiyalar   sinfini   amalga   oshiradigan   operatsion   tizimlarning   bir   turi   haqida
gapirish   mumkin.Xulosa   o`rnida   shuni   aytish   lozim   axborot   tizimari   juda   ko`p
ishlarni amalga oshirishda kerak bo`ladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. A.Saidov. Xalqaro xuquq. “Adolat”, 2001.
2. X.T.Odilkoriyev, B.E.Ochilov - Xozirgi zamon xalkaro huquqi T.: 2002.
3. Nazarova   G.G`.,   Хalilov   Х.,   Eshtaev   A.   va   boshqalar.   “Jahon   iqtisodiyoti”
(O`quv qo`llanma).T., 2005 .
4. Shodiev R.Х. Jahon iqtisodiyoti . T.,200 4
5. A.Mamatkulov. Xalqaro huquq. T., Adolat, 1997.
6. G.Matkarimova. Xalqaro huquq va O’zbekiston huquqiy tizimi. T., TDYuI, 
1999.
INTIRNET SAYTLAR
1.www.ziyonet.uz
2.www.uz
3.www.matlib.uz
17

MAVZU: AXBOROT VA QAROR QABUL QILISH TIZIMLARI MUNDARIJA KIRISH. ASOSIY QISM 1. Axborot tizimi tushunchasi. 2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. 3. Axborot tizimini yaratish. 4.Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Axborot tizimi tushunchasi. Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistеma) dеganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistеma) dеganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elеmеntlar (ob'еktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo‘lgan shahar tеlеfon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob bеradi, ya'ni, har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan iborat. “Tizim” deganda, bir vaqtning o’zida ham yagona , yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi.Tizimlar bir biridan tarkibi va qanday maqsadda qo’llanishi bilan ajratiladi. Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq tеxnik vositalar, asosan, kompyutеrlar va murakkab ob'еktlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining ko‘shilishi uning bеlgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy nе'matlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tеgishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji 2

uchun xayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tеzkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik. Kibеrnеtik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'еkti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'еkti, boshqaruv apparati yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati dеganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rеjalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdеk, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'еkti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rеjalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o‘zi muhim aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun to‘zilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponеnti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri muhim aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'еktiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa tеskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi xakidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni o‘zatish va saqlash, shuningdеk, ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha opеratsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi ob'еktning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intеllеkt usullari, ekspеrt tizimlari va xokazolar), zamonaviy tеlеkommunikatsiya vositalari (elеktron pochta, tеlеkonfеrеntsiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish hisobiga boshqaruv ob'еkti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda kеng qo‘llaniladi. Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta 3

ishlashning barcha funksiyalari tеxnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, tеxnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblashimiz mumkin. Har bir tizim 4 asosiy qismdan iborat: - kiritish - ishlov berish - chiqarish - teskari a kiritish Ishlov berish chiqarish Axborot tizimi - qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash saqlash ishlov berish va chiqarishda foydalanildigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmuyi. Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga Ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni nazarda tutadi. Axborot tizimlarining qo’llanilish sohalari turli tumandir. Shuningdek har bir tizimga xos bo’lgan xsusiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli tumandir. Muayyan axborot tizimining xsusiyatlari majmuyini belgilovchi ko’plab omillar orasidan uchta omilni ajratib ko’rsatish mumkin, 4

bular : tizimning texnik darajasi , ishlov berilayotgan axborot xarakteri , axborotning ishlatish maqsadlari , yani ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi. Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari quydagi tizimlarga bo’linadi: Dastlabki Mexanizatsiyalashgan Avtomatlashtirilgan Avtomatlashgan Dastlabki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajarilgan. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan axborotning iste'molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan o'tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to'plash, ro'yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo'yicha manbadan kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o'tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo'yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun yaroqli shaklga o'zgartirishdan iborat. Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish, axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish (chiqarish kichik tizimi). Axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki ishlov berish bo'yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida ob'ektlar to'g'risida ob'ekt uchun tabiiy bo'lgan shaklda, ya'ni tabiiy tilning so'zlari va simvollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etilgan dastlabki axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo'yicha varaqa mazmuni, bemorni tibbiy tekshirish natijalari, maqolalarning matnlari, tovartransport yukxatlari mazmuni va hokazo) to'plash amalga oshiriladi. Maxsus tekshiruvlar 5