logo

Bo’lg’usi o’qituvchi shaxsi va pedagogik qobiliyatlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.3173828125 KB
Mavzu: Bo’lg’usi o’qituvchi shaxsi   va pedagogik qobiliyatlar
                                    Reja:
1.
Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari. O‘qituvchiga
qo‘yiladigan talablar.
2. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari.
3. Pedagogik qobiliyatlar.
4. O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari.
5. O’qituvchi shaxsi va uning jamiyatdagi o’rni 1.   O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga
jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga 
egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda   “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”nihayotga tatbiq 
etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldida 
javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib 
bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi sinfdagi o‘quv 
jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda 
va shu bilan birga darsdan tashqari holatlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar 
manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni 
tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni yo‘lga   sola olishi , bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan 
foydalanishni bilishi zarurdir.
O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab,hayoti faoliyatini 
uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik 
birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi, o‘quvchilarning ota-
onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u 
pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham 
jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari tushunarlidir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning 
kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan.
O‘qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
o‘qituvchining o‘z   Vataniga sodiqligi , bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida 
tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tilisi, o‘z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, 
davlatining mustaqilligi g‘oyasida   yashashidan iboratdir ;
ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; - oliyjanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha yuksak 
maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;
- o‘zini qo‘lga   ola bilishi , sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining 
hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustakkillik g‘oyalariga 
sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatga va oilasiga bo‘lgan   muhabbati ;
- keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi 
hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasi bo‘yicha
jahon fanida erishilayotgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
-   bolalarni bilishi , ularning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limniig ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega 
bo‘lishi;
- o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib
borishi.
Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga to‘la javob bera oladigan bo‘lishiga intilishi shart.
O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-
atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati,   hamkasblari , o‘quvchilar va ularning ota-onalari 
undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga 
egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan 
talablarga kelsada, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt 
ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan 
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining 
ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi 
bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars  berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini   talab qilsalar , maktab direktorlari 
o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. SHu bilan birga 
xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab 
jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga 
unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga 
qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
Prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiya, o`qi-tuvchi   va murabbiylar , bilim maskanlari 
to`g’risidagi dono fikrlari mamlakatimizda ta’lim tizimidagi islohotlarga davlat siyosati 
darajasidagi ustuvor vazifa sifatida qaralayotganidan dalolat beradi. Prezidentning quyidagi 
fikrlari o`qituvchi va murabbiylarning jamiyatimizdagi mavqyei nihoyatda yuksakligini 
ko`rsatadi:
«Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo`l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning 
uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan 
birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo`lgan yana bir buyuk zot - o`qituvchi va 
murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz   yurtimizda yangi avlod , yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani 
ado etishda birinchi galda ana igu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, 
ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning 
xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.
Bu yorug’ olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga 
nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday 
yutuq   va natijalarga erishmasin , qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida 
olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan
ahamiyatga ega ekani shubhasiz»87.
«Muxtasar aytganda, maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi 
hissasi va ta’sirini,   nafaqat yoshlarimiz , balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan 
o`qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o`lchab, qiyoslab bo`lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, 
agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi 
o`qituvchilik   va murabbiylikdir , desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz. 
Chindan ham, o`qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-
minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini   baxsh etadigan , o`z o`quvchilariga haqiqatan
ham hayot maktabini beradigan mo`tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko`rgan», «maktab 
yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, 
zahmatkash o`qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o`rin 
tutishidan dalolat beradi».
«Biz yurtimizda 1 oktyabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq 
bayrami deb e’lon qilganimizning chuqur ma’nosi bor, albatta.
Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste’dod   va mahorati , insoniy fazilatlarini, 
ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig’ini ayamasdan, ma’rifat yo`lida beminnat xizmat 
qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining 
yaqqol namunasidir»88.

Mavzu: Bo’lg’usi o’qituvchi shaxsi va pedagogik qobiliyatlar Reja: 1. Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. 2. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari. 3. Pedagogik qobiliyatlar. 4. O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari. 5. O’qituvchi shaxsi va uning jamiyatdagi o’rni

1. O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”nihayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib boraveradi. Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari holatlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi , bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab,hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi, o‘quvchilarning ota- onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari tushunarlidir. Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan. O‘qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat: o‘qituvchining o‘z Vataniga sodiqligi , bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tilisi, o‘z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g‘oyasida yashashidan iboratdir ; ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;

- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi; - o‘zini qo‘lga ola bilishi , sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir: - shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustakkillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati ; - keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi; - yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi; - o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi; - ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi; - o‘z ishiga ijodiy yondashishi; - bolalarni bilishi , ularning ichki dunyosini tushuna olishi; - pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limniig ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi; - o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga to‘la javob bera oladigan bo‘lishiga intilishi shart. O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak- atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari , o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga kelsada, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars

berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar , maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. SHu bilan birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar. Prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiya, o`qi-tuvchi va murabbiylar , bilim maskanlari to`g’risidagi dono fikrlari mamlakatimizda ta’lim tizimidagi islohotlarga davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifa sifatida qaralayotganidan dalolat beradi. Prezidentning quyidagi fikrlari o`qituvchi va murabbiylarning jamiyatimizdagi mavqyei nihoyatda yuksakligini ko`rsatadi: «Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo`l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo`lgan yana bir buyuk zot - o`qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod , yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana igu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Bu yorug’ olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin , qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz»87. «Muxtasar aytganda, maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz , balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o`qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o`lchab, qiyoslab bo`lmaydi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir , desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz. Chindan ham, o`qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming- minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan , o`z o`quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo`tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko`rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o`qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o`rin tutishidan dalolat beradi». «Biz yurtimizda 1 oktyabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e’lon qilganimizning chuqur ma’nosi bor, albatta. Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati , insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig’ini ayamasdan, ma’rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir»88.