BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI
BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI Reja: 1. Falsafa tarixida borliq muammosi. 2. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig'i va ma'naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig'i. 3. Falsafada substantsiya va materiya muammosi. 4. Falsafada makon, vaqt, harakat va rivojlanish masalalari.
Borliq tushunchasining tahlili. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt, harakat, hayot, ong va Shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob to’ishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida o’tgan asrlarda yashagan o’z hamkasblariga qaraganda to’laroq va teranroq tasavvurga egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko’pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo’lmish gravitatsiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi. Shu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o’ynaydigan, biroq ilmiy yechimini topmagan muammolarni falsafiy anglab yetishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo’lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda. Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo’lgan fan va falsafa e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo’lmagan narsalar falsafa uchun joizdir. Aniq dalillarga tayanadigan va ularga muvofiq qarashlar birligiga erishishga harakat qiladigan tabiatshunoslikdan farqli o’laroq, falsafa yakdillikka intilmaydi va ayni bir muammolar bo’yicha ba’zan qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi javoblar beradi. Shu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o’zgartiradi, aniq fanlarning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi. Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni zamonda o’zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo’ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtayi nazaridan o’rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg’otmaydigan, yo borliqni
yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma’lumotlarga tayanamiz. Falsafa tarixida borliq muammosi. O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, Shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib (ontos – borliq, logos – so’z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydobo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va Shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi. «Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar a’’aratini tashkil etadigan ko’p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet , hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o’zligini va o’zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir. Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o’z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob to’ish zaruriyati bilan to’qnash keladi: 1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 3. «Borliq qanday va qaerdan paydobo’lgan?» 4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo’ljal bormi?» I nson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o’zi nima bilan bevosita ish ko’rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o’zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o’zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo’lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. Shunday qilib, borliq masalasi inson ning dunyoni oqilona anglash yo’lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o’rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida ga’irib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydobo’lgani va qaerga yo’qolishi»ni oqilona tuShuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tuShuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob to’ish zaruriyati bilan to’qnash kelganlar: falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi? Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo’yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo’lishlari lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to’xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz. Borliq va yo’qlik dialektikasi. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo’qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo’lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va
boshqacha tuShunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo’qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narsalar) o’zligini yo’qotgan holda «yo’qlik» atamasi ayni Shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik o’rtasida dialektik o’zaro aloqa mavjud. Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko’ra, biz yashayotgan Olam bo’shliqdan bino bo’lgan. Bo’shliq materiyaning alohida holati. Bo’shliq fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potentsial borliq sifatida namoyon bo’ladi, zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni zamonda unda aktual tarzda hech narsa yo’q. Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtayi nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil to’adi. Shu ma’noda borliq va yo’qlikning o’zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. Ikkinchidan, amalda mavjud bo’lgan narsaning ob’ektiv borlig’i yo’qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo’lsa, bu narsa ongda mavjud bo’ladi va o’zining «ikkinchi» borlig’ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obraz bo’lib qoladi. Shunday qilib, o’tgan zamondagi borliq yo’qlikdir , deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo’ladi, u faqat hozirgi zamonda o’zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsa, agar u potentsial, ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo’lishi ob’ektiv rivojlanish mantig’i bilan belgilangan bo’lsa. Amalda yo’q bo’lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O’tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat Shu ma’noda so’z yuritishimiz mumkin.