logo

Borliq va uning asosiy shakllari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.5078125 KB
Mavzu.  Borliq  va    uning  asosiy shakllari
Reja:
1.  Borliq tushunchasi , b orliq va yo‘qli k.
2.  Borliq, mavjudlik va reallik.
3.  Borliqning shakllari.                 1.   Borliq   tushunchasi.   Insonni   o‘zining   katta   va   kichikligi,jonli   va
jonsizligi,yumshoq   va   qattiqligi,   chekli   va   cheksizligi,   harakatchanligi   va
harakatsizligi,   soddaligi   va   murakkabligi,   to‘qligi   va   ochligi,   rangsizligi   va
rangliligi,   go‘zalligi   va   xunukligi,   yaxshiligi   va   yomonligi,   foydaliligi   va
foydasizligi, halolligi va haromligi, aqlliligi va axmoqliligi kabi xususiyatlari bilan
bir  biridan  farq  qiluvchi  behisob   narsalar,   voqealar,  hodisa  va   jarayonlar  qurshab
turadi. Buni odamlar borliq deb atashadi. Demak, borliq – odamzodni o‘rab turgan
barcha   narsa,voqea,   hodisa   va   jarayonlarni   umumiy   tarzda   ifodalovchi   falsafiy
tushuncha hisoblanadi.
                Har   bir   inson   o‘zini   o‘rab   turgan   narsa,voqea,hodisa   va   jarayonlarning
boshlang‘ich   ibtidosini,   ya‘ni   aynan   nimalardan   tashkil   topganini,makon   va
zamonning   qaysi   nuqtasida   joylashganligini,nima   hisobidan,   qanday   tarzda
harakatlanishini  bilishni  istaydi. Bu masalaga  turli davrlarda yashagan faylasuflar
bir xilda javob berishmagan. Masalan, borliqning mohiyati haqida qadimgi yunon
faylasufi   Parmenid   borliq   mavjuddir,   u   mutlaqo   harakatsiz,   bir   tarkibli,
o‘zgarmasdir.   Borliqdan   boshqa   hech   narsa   yo‘qdir,   ya‘ni   borliq   mavjud,   yo‘qlik
esa   mavjud   emas.   Bo‘lish   va   bilish   –   aynan   bir   narsadir,   Platon   esa   borliq   –   bu
haqiqiy,   o‘zgarmas,   abadiy bo‘lgan g‘oyalar  dunyosidan iboratdir. U haqiqiy oliy
darajadagi borliq bo‘lib, moddiy dunyoda ko‘plab ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi,
Geraklit  bu haqda barqaror, o‘zgarmas borliqning o‘zi yo‘q. Uning mohiyati borliq
va   yo‘qlikning   birgalikda   mavjudligida,   borliqning   yo‘qlik   tomon   beqaror
harakatlanishidadir, degan falsafiy g‘oyalarni ilgari surgan.
Hozirgi  zamon falsafasida  ham borliqning mohiyatini  tushunish  masalasida
har   xil   qarashlar   mavjud.   Masalan,   ekzistensializm   (lotincha   exsistentia–yashash,
mavjudlik )   falsafaning   obyektini   insonning   mavjudligi   tashkil   etadi,     neotomizm
boshlang‘ich   ibtidosi   xudo   tomonidan   yaratilgan,   ruhiy-ma‘naviy   mazmunga   ega
bo‘lgan «sof borliq»gina mavjuddir,  neopozitivizm  esa obyektiv borliq tajriba bilan
birdir,   tajribadan   tashqarida   obyektiv   reallik   yo‘qdir,   degan   falsafiy   fikrni
asoslashga harakat qilganliklarini ko‘rish mumkin.
Mustaqillik   sharofati   tufayli   shakllanayotgan   o‘zbek   falsafasida   borliqqa
nisbatan bo‘lgan munosabat masalasi I.A.Karimovning ”...inson o‘z timsolida ham
moddiy,   ham   ma‘naviy   xususiyat   va   alomatlarni   mujassam   etgan   noyob   xilqat,
Y a ratganning buyuk va sirli mo‘jizasidir. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi,
unga   ato   etilgan   fazilat   va   xislatlarni   oxirigacha   anglash,   tushunishning   o‘zi   o‘ta
murakkab bir masala.
Mana   shunday   qarash   va   fikrlarni   umumlashtirib,   insonga   xos   orzu-
intilishlarni  ro‘yobga  chiqarish,  uning  ongli   hayot   kechirishi  uchun  zarur   bo‘lgan
moddiy   va   ma‘naviy   olamni   bamisoli   parvoz   qilayotgan   qushning   ikki   qanotiga
qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.
Qachonki   ana   shu   ikki   muhim   omil   o‘zaro   uyg‘unlashsa,   tom   ma‘nodagi
qo‘sh   qanotga   aylansa,   shundagina   inson,   davlat   va   jamiyat   hayotida   o‘sish-
o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi” 1
,– degan fikrlarga asoslangan holda
o‘z  y echimini topmoqda.
1 Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   mumkinki,   borliqning   ibtidosini,   asosini,
manba y ini nimalar tashkil qiladi degan savolga javob berish masalasida:   monistik
qarash   tarafdorlari   moddiylik   yoki   ma‘naviylik;   dualistik   pozitsiyadagilar
moddiylik va ma‘naviylik;   plyuralistik yondashuv tarafdorlari  juda ko‘p xilma xil
narsalar tashkil etishini ta‘kidlaydilar. 
Borliq   masalasini   o‘rganishda   klassik(mumtoz)   falsafa   nisbatan   tabiat
borlig‘ini,   uni   bilish   shakllarini,   postklassik   (zamonaviy)   falsafa   esa   inson
borlig‘ini   va   uning   ma‘naviy   hayot   kechirish   tarzini   falsafaning   bosh   masalasi
sifatida o‘rganishga e‘tibor qaratganlar. 
         2. Borliq va yo‘qli k .  Inson foniy dunyoga keladi va vaqt o‘tishi bilan boqiy
dunyoga ravona bo‘ladi. S h u davr ichida inson yashash uchun kurash olib boradi.
Bu   kurashda   esa   dunyo   ichki   qarama-qarshiliklardan,   ziddiyatlardan   iborat
ekanligini bilib oladilar. C h unki, uning atrofini o‘rab turgan borliqdagi narsalar bir
vaqtning   o‘zida   ham   o‘zgaruvchan   va   ham   o‘zgarmasdir.   Bu   kim   uchun   borliq,
yana kim uchun yo‘qlikdir.
Bugungi   kunda   insoniyat   yo   «bor   bo‘lmoqlik   (hayot);   yoki   yo‘q   bo‘lib
ketmoqlik   (o‘lim)»   nima   degan   savolga   javob   qidirmoqda.   Darhaqiqat,   yadro
falokati, ekologik bo‘xronliklar, turli  xil  bedavo  yuqumli  kasalliklar  (koronovirus
pandemiyasi va shu kabilar)   Ye r sayyorasidagi million yillar bilan hisoblanadigan
insoniyat   mavjudligining   tabiiy   vaqtini   o‘nglab   bo‘lmaydigan   darajada   to‘xtatib
qo‘yishi   mumkin.   Gap   «bor   bo‘lmoqlik»   yo   «yo‘q   bo‘lmoqlik»   haqiqatan   ham
umumbashariy va mislsiz keskin masala bo‘lib qolayotgan ekan, borliq va yo‘qlik
muammosini   anglab   olish   ayniqsa   muhimdir.   Bunda   uning   oddiy   hayotiy
zaminlaridan tobora murakkabroq falsafiy mulohazalar  va xulosalari tomon izchil
siljib borish kerak bo‘ladi.
Odamzod yashayotgan borliq – dunyo hamma vaqtda bo‘lgan,   hozir ham bor
va   bundan   keyin   ham   bo‘laverad i ,   U   o‘tkinchi   emas.   Borliqdagi   alohida   narsa,
organ i zm, kishi, ularning faoliyatlari muvaqqat, o‘tkinchidir. 
  Borliqning   bor   yoki   yo‘qligi   muammosini   hal   etishda:   birinchidan,
olamning   umumiy   mohiyatini   izohlash;   ikkinchidan ,   borliqning   tarkibiy   tuzilishi,
ichki   harakatlanish   mexanizmlarining   xususiyatlarini   aniqlash;
uchinchidan, insonning   mavjudligi,   uning   ichki   ruhiy-ma‘naviy   dunyosini   tahlil
qilish kabi yo‘nalishlarda bahs-munozaralar davom etmoqda.
Borliq   ilgari   mavjud   bo‘lgan,   hozir   mavjud   va   kelajakda   mavjud   bo‘ladigan
obyektiv hamda subyektiv  reallikni  ham o‘ziga qamrab oladi.   Y a ‘ni  tabiat, inson,
fikrlar,   g‘oyalar,   jamiyat   hammasi   turli   shakllarda   mavjuddir.   Ularning   barchasi
mavjud bo‘lganligi uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi. S h unday qilib,
borliq   kategoriyasi   umumiylashgan   abstraksiya   bo‘lib   mavjudlik   belgisi   bo‘yicha
turli   xil   hodisalar,   narsalar   va   jarayonlarni   o‘zida   birlashtiradi.   Tabiatdagi   tabiiy
obyektlar, ularning xossalari, aloqadorliklari va munosabatlari, kishilar jamoasi va
ayrim odamlar, ijtimoiy tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar ham borliq
tushunchasiga kiradi.
                Borliq   nafaqat   narsalarni,   jismlarni,   obyektiv   reallikni,   balki,   ma‘naviy
hodisalarni, ruhiyatni, ong va tasavvurni, subyektiv reallikni ham o‘z ichiga oladi.
S h unday   qilib,   « Borliq»   kategoriyasi –   bu   tabait   va   jamiyatdagi   xilma   xil   narsa, hodisa   va   jarayonlarni,   alohida   shaxs,   ijtimoiy   guruh   va   jamoalarni,   inson
ongining holati, darajasi va shakllarini mavjudlik belgilari asosida ifodalaydigan
umumiy falsafiy abstraksiyadir.
Umuman   olganda,   borliq   falsafadagi   eng   umumiy   tushunchadir.   Borliqqa
aksil tushuncha sifatida «yo‘qlik» tushunchasini ishlatishadi.   Yo‘qlik hech nimani,
ya‘ni nazarda tutilgan joyda hech nima mavjud emasligini anglatadi.
         Yo‘qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qa y erdadir yoki nimadadir,
nimaningdir   ayni   paytda   mavjud   emasligini   ifodalaydi.   Masalan,   yo‘qlik   deb
o‘tmishdagi   va   kelajakdagi   hodisalarning   hozirgi   zamonda   (ayni   shu   vaqtda)
yo‘qligini   aytishadi.   Bugungi   hodisa   kecha   hali   yo‘q   edi,   ammo   imkoniyatdagi
borliq   sifatida   mavjud   edi.   Ertangi   hodisa   ham   hozircha   yo‘qlik,   ammo
imkoniyatdagi   borliqdir.   Biz   o‘tmishni   bugungi   kunda   qoldirgan   iziga   qarab,
kelajakni   esa   bugungi   hodisalardagi   o‘zgarish   sur’ati   va   tendensiyalariga   qarab
baholaymiz.   Bugungi   voqelik   ertaga   yo‘qlikka   aylanadi,   ko‘pgina   tirik   jonivorlar
ertaga o‘lik bo‘ladi, ya‘ni hayot o‘limga aylanadi.  O‘lim - bu hayotning yo‘qligidir .
Individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka aylanadi. Ammo uning qoldiqlari,
tanasi   birdan   yo‘qolmasligi   mumkin.   Ular   ham   yo‘qolgach,   odamlar   xotirasida
uning   siymosi   qolishi   mumkin.   Xullas,   mutlaq   yo‘qlikning   o‘zi   yo‘qdir.   Yo‘qlik
shu ma‘noda nisbiy mazmun kasb etadi.
Yo‘qlikni bilish ma‘nosida ham tushunish mumkin. Biz yo‘q deb hisoblagan
obyektlar   hozircha   bizning   fikr   bilish   chegarasidan   chetda   qolgan   bo‘lishi   ham
mumkin.   Voqe y likning   muayyan   joyida   ma‘lum   bir   sinfga   mansub   obyektlar,
olamning   munosabat   va   aloqadorliklarining   uchramasligini   ham   yo‘qlik   deyish
mumkin. 
Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   kerakki,   yo‘qlik   tushunchasi   narsa   va
hodisalarning mavjud bo‘lmaslik, yo‘q bo‘lish, haqiqiy bo‘lmagan xususiyatlarini
bildiradi.   Yo‘qlik   -   bu   aslida   mavjud   bo‘lmagan,   hali   paydo   bo‘lmagan   yoki
mavjudligini   allaqachon   to‘xtatgan  narsa.   Borliqning  namoyon  bo‘lish   shakli  bir
narsadir, yo‘qlik hech narsa emas.  Yo‘qlik – bu biron bir subyektning aniq faoliyat
ko‘rsatishi vaqtida real mavjud bo‘lmagan narsalarni ifodalovchi umumiy falsafiy
tushunchadir
                  3.   Substansiya   va   substrat.   Faylasuf   olimlar   borliqni   hodisa   sifatida   bir
necha   shakllarga   ajratib   o‘rganishda,   uning   mazmun-mohiyatiga,   ya‘ni   asosida
nima  yotadi   degan  masalaga  e‘tibor  qaratishgan.   S h u  tariqa   falsafada   substansiya
kategoriyasi   shakllangan.   Substansiya   (lotincha   substantio   –   mohiyat,   asosida
yotuvchi   nimadir)   –   bu   muayyan   narsalar,   voqealar,   hodisalar   va   jarayonlar
xilma-xilligining   ichki   birligida   namoyon   bo‘luvchi   mohiyatdir.   Demak,
substansiya   deyilganda   falsafada   dastlabki   paytlarda   borliq,   tabiat,   jamiyat,   inson
va   dunyodagi   barcha   narsa   va   hodisalarning   asosida   yotuvchi   moddiy   yoki
ma‘naviy   mohiyat   tushunilgan   bo‘lib,  unga   qarama-qarshi   narsa   va   hodisalarning
o‘tkinchi   sifatlarini   ifodalovchi“aksidensiya”   ( lot.   atssidentia   —   o‘tkinchi,
tasodifiy )   tushunchasi   ishlatilgan.   Abu   Nasr   Forobiyning   yozishicha:”   ...(olamda)
substansiya   (javhar)   va   aksidensiya   (javhar   bo‘lmagan,   araz)   hamda   substansiya,
aksidensiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir. Aksidensiyani   besh   sezgi   his   etadi,   ular   o‘rtasida   hech   qanday   vosita
yo‘qdir,   masalan,   ko‘rish   o‘zicha   rangni   his   etadi,   shu   bilan   u   oq   va   qorani   bir-
biridan farq qiladi; eshitish o‘zicha baland hamda past ovozlarning farqini sezadi;
ta‘m-maza sezgisi turli ta‘mlarni qabul qiladi, shirin va achchiq ta‘mlarning farqini
ajratadi;   teri   sezgisi   predmetlarning   holatini   sezadi   va   ularning   yumshoq   yoki
qattiqlik holatini farq qila oladi.
Substansiyani   faqat   aql   qabul   qiladi   va   bunda   aksidensiya   aql   uchun
vositachi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Aql   ranglar   ostida   shu   rangga   ega   bo‘lgan   narsa
borligini, ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa
sezgilar bilan munosabati ham  sh uning kabidir.
Substansiya   ba‘zan   qizaradi,   ba‘zan   oqaradi,   ba‘zan   uzayadi,   ba‘zan
qisqaradi,   ba‘zan   ko‘payadi,   ba‘zan   kamayadi,   ba‘zan   tug‘iladi,   ba‘zan   o‘ladi,
ba‘zan kasal bo‘ladi, ba‘zan sog‘ayadi - shunday ekan (substansiyaning) bu o‘zga-
rishlarini   ko‘rsatib   bera   oladigan   ilmga   ehtiyoj   tug‘iladi.   Bu   ilm   bizga   bunday
o‘zgarishlarni,   ularning   qandayligini,   omillari   va   sabablarini   ko‘rsatib   beradi.   Bu
ilm   yordamida   biz   agarda   istasak   zararli   natijalarning   oldini   olamiz   yoki   zararli
natijalarni   kuchaytira   olamiz.   Bu   ilm   tabiat   to‘g‘risidagi,   ya‘ni   harakat   va
o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ilmdir.
Uning   kelib   chiqishini   qidiradigan   bo‘lsak,   biz   to‘rt   unsur,   x ususan   -   olov,
havo, suv va tuproq mavjudligini aniqlaymiz. (Bu to‘rt unsur) oy doirasi  ostidagi
substansiyaning   massasini   tashkil   qiladi;   ularning   sifatlari   to‘rtta,   xususan   issiq,
sovuq, namlik va quruqlik - bular subtansiyaning aksidensiyasini vujudga keltirib,
harakat   va   o‘zgarishni   keltirib   chiqaradi   (ya‘ni,   harakat   va   o‘zgarishda   bo‘ladi).
Masalan, olma - substansiya bo‘ l sa, uning qizilligi esa aksidensiyadir” 2
.
Bugungi   kunda   substansiya   masalasi   o‘zining   xususiyatlarini:”   o‘z-o‘zini
belgilash   (o‘z-o‘zining   sababchisi   hisoblanadi,   uni   yaratib   va   yo‘q   qilib
bo‘lmaydi); universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va
mutlaq   birinchi   negizni   ifodalaydi);   kauzallik   (barcha   hodisalarning   umumiy
sababiy   bog‘liqligini   o‘z   ichiga   oladi);yagonalik   (birinchi   negizning   yagonaligini
nazarda   tutadi);yaxlitlik   (mohiyat   va   mavjudlikning   birligini   ko‘rsatadi)” 3
shakllarida namoyon qilayotganligi bilan bahs mavzu y i doirasida qolmoqda.
                  S h u   nuqtai   nazardan   qaraganda,   substansiya   kategoriyasi   hozir   ham
birinchidan,   barcha   mavjud   narsalarning   birinchi   sababi   sifatida   amal   qilishi;
ikkinchidan,   barcha   o‘zgarishlarni   belgilovchi   o‘zaro   ta‘sirning   yangi   turlarini
izlash   va   maydonning   yagona   fizik   nazariyasini   tuzishga   yo‘naltirilganligi;
uchinchidan,   evolyu t sion   imkoniyatlarini   ishga   solib,   harakatlanayotgan   materiya
sifatida tushunilishi; to‘rtinchidan, materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi
to‘g‘risidagi masalaning ijobiy   y echimini topish imkoniyatini berishi bilan muhim
ahamiyat kasb etadi.
Olamning   tuzilishini   tushunish   yana   bir   tushuncha   “substrat”   kategoriyasi
bilan ham bog‘langandir.  Substrat (lotincha substratum— asos, to‘shama, taglik) -
bu   turli-tuman   hodisa   va   jarayonlarning   umumiy   moddiy   asosi,   hodisalar
o‘rtasidagi  umumiylik va o‘xshashlikning negizi, nisbatan oddiy va sifat  jihatdan
2
.
3 elementar   bo‘lgan   moddiy   yoki   g‘oyaviy   tuzilmalar   majmuasi .   Har   qanday
ob y ektning   nimalardan   tashkil   topganligi,   sistemaning   asosida   shu   sistemani
tashkil   etuvchi   asosni   axtarish   –   substratni   axtarishdir.   Masalan,   RNK,   DNK   va
oqsillar   biologik   organizmlar   uchun   substrat   bo‘lsa,   EHMlarning   asosida
axborotlar   almashuvi   jarayoni   substrat   bo‘lib   keladi.   Borliqning   asosida   yotuvchi
birlamchi   mohiyatni   axtarish   –   substansial   yondashuv   bo‘lsa,   har   qanday
sistemaning,   umuman   borliqning   nimalardan   bunyod   qilinganligini,   tarkib
topganligini, tashkil topganligini, “qurilganligini” axtarish substrat yondashuvdir.
S h unday qilib,   yaxlit holda butun olamning asosida nima yotadi? Bu savolga
javob   berishda   faylasuflar   turli   xil   konsepsiyalarda   fikr   yuritishadi.   Bu   joyda
asosan uch xil muhim konsepsiyani ko‘rsatish mumkin. Ularga monistik, dualistik
va plyuralistik konsepsiyalar kiradi.
Monizm   Monizm   konsepsiyasi   vakillari   dunyoning   asosida   bitta   manba
(bitta   substansiya)   yotadi,   deb   hisoblashadi.   Materialistik   monizm   tarafdorlari   bu
manba   moddiy   manbadir   deb   aytishsa,   idealistik   monizm   tarafdorlari   dunyoning
asosida   bitta   g‘ovaviy   negiz,   g‘oyaviy,   ma‘naviy,   ilohiy   substansiya   yotadi
deyishadi.
Dualizm.   Dualizm vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita mustaqil
negiz:   ham   moddiy,   ham   g‘oyaviy   (ma‘naviy,   ilohiy)   negiz   yotadi,   deb
hisoblashadi. 
Plyuralizm.   Plyuralizm   –   vakillarining   aytishicha,   borliqning   asosida
ko‘plab,   bir-biridan   mustaqil   moddiy   va   g‘oyaviy   negizlar   yotadi.   Ayrim
plyuralistlar   moddiy   negizlarga   urg‘u   berishadi.   Ularni   materialistik   plyuralizm
vakillari   deyish   mumkin.   Masalan,   qadimgi   xitoy,   qadimgi   hind,   qadimgi   yunon
materialistlari   borliq   olov,   suv,   havo   va   tuproqdan   tashkil   topgan   deyishgan.
Boshqa   yo‘nalishdagi   plyuralistlar   esa   ma‘naviy,   g‘oyaviy   substansiyalarga
ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi).
           2. Borliq, mavjudlik va reallik.  Borliq voqelikning eng umumiy, ichki va
tashqi,   mohiyati   va   mazmuniga   aloqador   barcha   jihatlarini   aks   ettirsa,   mavjudlik
esa   voqelikning   tashqi,   ko‘zga   tashlanadigan,   shakliga   aloqador   va   tajriba
vositasida   bilib   olinadigan   tomonini   ifodalaydi.   Borliq   voqelikning   chuqur
mohiyatini qamrab oladi va aql vositasidagina bilib boriladi.  Reallik  esa borliqning
muayyan   obyektda   mavjud   bo‘lgan   mujassamlashgan   qismini   ifodalaydi.   Reallik
borliqning ayni paytdagi mavjud qismidir.
Borliq   mavjudlik   va   reallik   tushunchalariga   qaraganda   ham   kengroq
tushunchadir . Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi
bo‘lib, o‘tgan va mavjud bo‘ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga
kiradi .   Reallik   esa,   mavjudlikning   hammaga   ayon   bo‘lgan,   ular   tomonidan   tan
olingan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi.
                3 .   Borliqning   shakllari.   Borliq n ing   shakllari   deb   borliqning   nisbatan
turg‘un   muayyan   aloqalari   va   o‘zaro   ta‘sirlari,uning   tuzilishi,   strukturasi
kabilarning tashkil etuvchilariga aytiladi.  Bular quyidagilardan iborat.
Moddiy   va   ma‘naviy   borliq.   Bu   asosan   obyektiv   va   subyektiv   shaklda
namoyon   bo‘ladi.   Atrofimizni   o‘rab   turgan   dunyo   ikki   xil   obyekt iv   va   subyektiv
reallik dan   tashkil   topgandir.   Ongimizdan   tashqarida   va   unga   bog‘liq   bo‘lmagan holda   mavjud   bo‘lgan   reallik   obyektiv   reallik   deyiladi.   Bu   tushunchani
materialistlar Materiya tushunchasi bilan aynan bir ma‘noda ishlatadi.
Reallikning   inson   ongi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   va   ongning   mahsuli
hisoblangan   qismi   subyektiv   reallik   deyiladi.   Obyektiv   reallik   moddiy   borliq
tushunchasiga   mos   kelsa,   subyektiv   reallik   esa   borliqning   g‘oyaviy   shakliga
muvofiq   keladi.   Materializm   vakillari   borliqning   g‘oyaviy   shakli   moddiy
shaklining   mahsuli,   deb   hisoblashadi.   Idealizm   vakillari   esa   moddiylik
g‘oyaviylikning   ijodi   yoki   g‘oyaviylikning   namoyon   bo‘lish   shaklidir   deb
ta‘kidlaydilar.
Aktual   va   potensial   borliq.   Aktual   borliq   borliqning   ayni   paytda   va   shu
joydagi   voqelikda   namoyon   bo‘lib   turgan   va   shu   voqelik   bilan   aloqadorlikdagi
qismi.   Bu   ob y ektiv   reallik   tushunchasiga   mos   keladi,   chunki   ob y ektiv   reallik
borliqning   shu   joyda   berilgan   va   shu   onda   amal   qilayotgan   qismidir.   Dunyoning
hamma   tomoni   birdan   berilgan   emas.   Biz   borliqning   hozirgi   zamonga   tegishli
qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi
qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan
bo‘ladi.   Aktual   borliqning   hali   voqelikka   aylanmagan   va   kelgusida   voqelikka
aylanadigan murtak holidagi qismi   potensial borliq   deyiladi.   Potensial borliq hali
voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir .
Real   va   virtual   borliq.   Borliqning   biz   uchun   mavjud   qismi   real   borliq
deyiladi.   Real   borliqni   naqd   borliq   ham   deyish   mumkin.   Ammo   borliqning
shunday   qismi   ham   borki,   uning   bo‘lishi   ham,   bo‘lmasligi   ham   mumkin.
Borliqning   bunday   qismi   ehtimoliy   mazmunga   ega.   U   hali   reallikdan   uzoqda.
Mana   shunday   mazmundagi   borliq   virtual   ( lotincha   virtualis   –   ehtimol)   borliq
deyiladi.
«Virtual   borliq»   atamasi   1970   yillarning   oxirida   Massachuset   texnologiya
institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi
virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda
insonning   mavjudligi   g‘oyasini   ifoda   etadi.   Virtual   -   narsalar   va   hodisalarning
zamon   va   makonda   moddiy   mavjudligiga   qarama-qarshi   o‘laroq,   obyektiv
narsalar   yoki   subyektiv   obrazlar   mavjudligining   nomoddiy   turi.   «Virtual   borliq»
atamasi   muomalaga   amerikalik   kinematografchilar   tomonidan   kiritilgan.   Ular
muayyan   sabablarga   ko‘ra   tabiiy   yo‘l   bilan  amalga   oshirib   bo‘lmaydigan   xayoliy
imkoniyatlarni   belgili-grafik   shaklda   sun’iy   amalga  oshirish   mumkinligi   haqidagi
kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual   borliq   -   inson   real   borliqda   harakat   qilayotgani   illyuziyasini
kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiyadir. Bunda obyektiv
borliqni   tabiiy   sezgi   organlari   yordamida   idrok   etish   o‘rnini   maxsus   interfeys,
kompyuter   grafikasi   va   ovoz   vositasida   sun’iy   yaratilgan   kompyuter   axboroti
egallaydi.   Virtual  borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta‘mi va
hidini   his   qilish   mumkin   emas.   S h unga   qaramay,   u   mavjud   va   inson   bu   xayoliy
olamga   kirib,   uni   nafaqat   kuzatadi   va   boshdan   kechiradi,   balki   unga   ta‘sir
ko‘rsatish   imkoniyatiga   ham   ega   bo‘ladi,   ushbu   olamda   mustaqil   harakat   qiladi,
uni o‘zgartira oladi. Virtual olam - inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar
ma‘naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu
borliq ta‘sirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas,
balki   uni   biz   qanday   idrok   etishimiz   bilan   belgilanadi.   Biz   virtual   dengizda
cho‘milishimiz   mumkin,   ammo   bunda   paydo   bo‘luvchi   his-tuyg‘ularimiz   bu
dengizni   biz   qanday   idrok   etishimizga   bog‘liq   bo‘ladi.   Virtual   tarvuz   haqiqiy
tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va h.k.
Virtual   borliqni   odamlar   yaratadi.   S h u   bois   virtual   borliqda   mavjud   barcha
narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va
fantaziya   chig‘irig‘idan   o‘tuvchi   fizik   borliqdan   shakllanadi.   Virtual   borliq
obyektiv   tarzda,   ya‘ni   inson   miyasida   emas,   balki   kompyuterda   mavjud   bo‘ladi.
Ayni zamonda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin
u   inson   ongidan   qat’i   nazar   yashashda   davom   etadi,   bu   ongga   har   xil   ta‘sir
ko‘rsatadi,   mazkur   ongning   mazmuniga   -   bilimlar,   emotsiyalar,   kayfiyat   hamda
ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Bugungi   kunda   virtual   borliq   inson   madaniy   faoliyatining   turli   sohalarida
qo‘llanilmoqda.   Virtual   borliqdan   eng   avvalo   u   vujudga   kelgan   sohada,   fanda   -
fizikada   suyuqlik   va   gazlar   dinamikasini   modellashtirishda,   kimyoda   kimyoviy
reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
Tabiiy borliq.  Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar
(jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga
ajraladi. Birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya‘ni tabiatning tabiiy borlig‘i, u insondan
ilgari   insonning   ishtirokisiz   mavjud   bo‘lgan.   Buni   birlamchi   tabiat   deb   ham
atashadi, bunga tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy
borlig‘i kiradi. Ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar),
hodisa   va   jarayonlarni   o‘z   ichiga   oluvchi   hosilaviy   tabiiy   borliq.   Uni   ikkilamchi
tabiat deb ham atash mumkin.
                  Birlamchi   tabiat   doirasida   borliqning   quyidagi   ko‘rinishini   kiritish
mumkin:tabiatdagi narsa va hodisalarning, jarayonlarning asl tabiiy borlig‘i kiradi.
                  Ikkilamchi   tabiat   doirasida   borliqning   quyidagi   ko‘rinishlarini   kiritish
mumkin:inson borlig‘i;ma‘naviy borliq;ijtimoiy borliq, jamiyatning borlig‘i.
Inson   borlig‘i.   Inson   borlig‘i   barcha   tirik   mavjudotlardan   o‘zining   ongi,
irodasi, aqli va boshqa insonga xos belgi va xususiyatlari bilan farqlanadigan tirik
mavjudotdir. Inson borlig‘ini tahlil qilishda insonning tabiatning bir qismi sifatida
jismoniy   mavjudligini   va   alohida   inson   hamda   butun   insoniyat   borlig‘i
ko‘rinishlarida   mavjud   bo‘lishi   jihatidan   borlig‘ini   farqlash   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi. Shuningdek, inson borlig‘ida tabiat va jamiyatdagi hamma narsalar uchun
umumiy bo‘lgan tomonlar, xususiyatlar ham mavjuddir. Bu jihatdan inson borlig‘i
o‘z   tabiati   va   mohiyatiga   ko‘ra   eng   murakkab   borliq   shaklidir,   u   hamma   borliq
shakllarining ma‘lum tomonlarining dialektik birligini namoyon etadi.
                 Inson  borlig‘ida, avvalo,  insonning  tabiat   taraqqiyotining  mahsuli   sifatida
tabiiy   borliqning   har   ikki   shakliga   oid   tomonlar   bilan   birga,   ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyot   mahsuli   sifatida   unda   ijtimoiy   va   ma‘naviy   borliqning   ham   barcha
shakllariga   xos   tomonlarning   yig‘indisi   mujassamlangandir.   Shuning   uchun   ham
hozirgi   kunda   insonni   –   bioijtimoiy   mavjudod   sifatida   ta‘riflash   va   tavsiflash
mumkin.                    Ma‘naviy borliq.   Inson dunyoda faqat mavjud bo‘lib qolmasdan, balki u
o‘z-o‘zini   anglaydi,   o‘zi   yashayotgan   dunyoni   biladi,   va   unga   ta‘sir   qiladi.
Dunyoni   va   o‘zini   o‘zlashtirib,   o‘zgartirib   boradi.   Ma‘naviy   ijodiyotda   ishtirok
etadi.   Kishi   ongida   nafaqat   tabiiy   narsalar,   shu   bilan   birga,   barcha   ma‘naviy-
g‘oyaviy   narsalar   ham   uning   amaliy   va   nazariy   faoliyatida   o‘zlashtirilib,   haqiqiy
o‘ziga xos reallikni kasb etadi. Bu o‘z tabiatiga ko‘ra ma‘naviy borliq deyiladi.
Ma‘naviy   borliq   subyektiv   individuallashgan   va   obyektiv   (noindividual)
ma‘naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma‘naviy borliq - bu insonning
ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra,
ruh - individual ong bilan bir xil tushuncha, tor ma‘noda esa u tafakkurdir. Ong -
inson   bosh   miyasining   dunyo   borlig‘ini   izchil   aks   ettirish,   uni   obrazlar   va
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar,
Shuningdek   g‘oyalar,   e‘tiqodlar,   qadriyatlar,   mo‘ljallar,   andozalarning   ko‘rinmas
jarayoni   sifatida   mavjud.   Ong   tez   oqadigan   va   bir   xil   bo‘lmagan   orqaga
qaytmaydigan   xususiyatga   ega.   S h aklan   bu   jarayon   tartibsiz,   lekin   shu   bilan   bir
zamonda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va
iroda mavjud.
Inson ongi ayni zamonda uning o‘z-o‘zini anglashi, ya‘ni o‘z tanasi, fikrlari
va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga munosabatini va o‘zining jamiyatdagi
o‘rnini anglab  y etishi, ya‘ni o‘zini o‘zi bilishdir.  O‘zlikni anglash  - bu ongimizning
o‘ziga   xos   markazidir.   Individual   ong   o‘zining   o‘limga   mahkumligi   bilan
tavsiflanadi,   lekin   uning   ayrim   qismlari   noindividual   ma‘naviy   shakl   shamoyil
kasb etadi,  shuningdek  boshqa kishilar mulkiga aylanadi.
Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab
odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida xulosa chiqariladi.
Noindividual   ma‘naviy   borliqning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundaki,   uning
elementlari   saqlanadi,   takomillashadi   va   ijtimoiy   makon   va   zamonda   erkin
harakatlanadi.
                  Ijtimoiy   borliq .   Ijtimoiy   borliq   ayrim   insonning   jamiyatdagi   borlig‘i   va
jamiyatning o‘z borlig‘iga bo‘linadi. Har bir  inson boshqa odamlar  bilan muttasil
aloqa   qiladi,   turli   ijtimoiy   guruhlar   -   oila,   ishlab   chiqarish   jamoasi,   millatning
a‘zosi   hisoblanadi.   U   boshqa   individlar   bilan   yaqin   aloqa   qilib   yashaydi.
Odamlarning   barcha   faoliyati   mazkur   sotsiumga   xos   ijtimoiy   munosabatlar,
chunonchi: siyosiy,  huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar  doirasida
amalga oshiriladi.
Olamda nimaiki mavjud bo‘lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma‘noda
«yaxlit   dunyo»ni   tashkil   etadi   va   uni   ba‘zan   «haqiqiy   borliq»   deb   ham   atashadi.
Forobiy   barcha   mavjud   narsalarning   yig‘indisi   dunyoni   tashkil   qiladi,   «hamma
narsaning umumiy jinsi olamdir» va «olamdan tashqarida hech nima yo‘qdir», deb
hisoblagan.
ADABIYOTLAR: 1. Yaxshilikov   J.Ya.,   Muhammadiyev   N.E.Falsafa.   Darslik   (barcha
bakalavr yo‘nalishlari uchun) . –  Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 712 b.
2. Davronov Z., Shermuhamedova N., Qahhorova M., Nurmatova M., Husanov
B., Sultonova A. Falsafa. – Toshkent: TMU, 2019 
3. Samuel Guttenpion. Philosopy selected tekts with a method for beginners.
4. Иззетова Э., Пўлатова Д, Философия. –Т:Шарқшунослик, 2012. 340-б
5. Под редакцией Пржиленского В.И. Философия для бакалавров. Ростов-
на Дону: Феникс, 2007
6. Чумаков   А.Н.   Философия.   Учебник.   2-издание.-Москва:   ИНФРА-М,
2018
7. Шермухамедова Н.А. Фалсафа. –Т:Ношир. 2012-1207 б
8. Шермухамедова Н.А. Фалсафа. 2-нашр. Тошкент: Ношир, 2020. 667   бет
9. Мирзиёев   Ш.М.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз
билан қурамиз Т: Ўзбекистон, 2017 - 484 б.
10. Лосев А.Ф. Бытие-Имя-Космос. -Москва: Мысль,   1993
11. Шермухамедова   Н.А.   Борлиқ   ва   ривожланиш   фалсафаси.   -Тошкент:
Ношир, 2013
AXBOROT MANBALARI :
1. www. ziyonet.uz
2. www.philosophy.ru

Mavzu. Borliq va uning asosiy shakllari Reja: 1. Borliq tushunchasi , b orliq va yo‘qli k. 2. Borliq, mavjudlik va reallik. 3. Borliqning shakllari.

1. Borliq tushunchasi. Insonni o‘zining katta va kichikligi,jonli va jonsizligi,yumshoq va qattiqligi, chekli va cheksizligi, harakatchanligi va harakatsizligi, soddaligi va murakkabligi, to‘qligi va ochligi, rangsizligi va rangliligi, go‘zalligi va xunukligi, yaxshiligi va yomonligi, foydaliligi va foydasizligi, halolligi va haromligi, aqlliligi va axmoqliligi kabi xususiyatlari bilan bir biridan farq qiluvchi behisob narsalar, voqealar, hodisa va jarayonlar qurshab turadi. Buni odamlar borliq deb atashadi. Demak, borliq – odamzodni o‘rab turgan barcha narsa,voqea, hodisa va jarayonlarni umumiy tarzda ifodalovchi falsafiy tushuncha hisoblanadi. Har bir inson o‘zini o‘rab turgan narsa,voqea,hodisa va jarayonlarning boshlang‘ich ibtidosini, ya‘ni aynan nimalardan tashkil topganini,makon va zamonning qaysi nuqtasida joylashganligini,nima hisobidan, qanday tarzda harakatlanishini bilishni istaydi. Bu masalaga turli davrlarda yashagan faylasuflar bir xilda javob berishmagan. Masalan, borliqning mohiyati haqida qadimgi yunon faylasufi Parmenid borliq mavjuddir, u mutlaqo harakatsiz, bir tarkibli, o‘zgarmasdir. Borliqdan boshqa hech narsa yo‘qdir, ya‘ni borliq mavjud, yo‘qlik esa mavjud emas. Bo‘lish va bilish – aynan bir narsadir, Platon esa borliq – bu haqiqiy, o‘zgarmas, abadiy bo‘lgan g‘oyalar dunyosidan iboratdir. U haqiqiy oliy darajadagi borliq bo‘lib, moddiy dunyoda ko‘plab ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, Geraklit bu haqda barqaror, o‘zgarmas borliqning o‘zi yo‘q. Uning mohiyati borliq va yo‘qlikning birgalikda mavjudligida, borliqning yo‘qlik tomon beqaror harakatlanishidadir, degan falsafiy g‘oyalarni ilgari surgan. Hozirgi zamon falsafasida ham borliqning mohiyatini tushunish masalasida har xil qarashlar mavjud. Masalan, ekzistensializm (lotincha exsistentia–yashash, mavjudlik ) falsafaning obyektini insonning mavjudligi tashkil etadi, neotomizm boshlang‘ich ibtidosi xudo tomonidan yaratilgan, ruhiy-ma‘naviy mazmunga ega bo‘lgan «sof borliq»gina mavjuddir, neopozitivizm esa obyektiv borliq tajriba bilan birdir, tajribadan tashqarida obyektiv reallik yo‘qdir, degan falsafiy fikrni asoslashga harakat qilganliklarini ko‘rish mumkin. Mustaqillik sharofati tufayli shakllanayotgan o‘zbek falsafasida borliqqa nisbatan bo‘lgan munosabat masalasi I.A.Karimovning ”...inson o‘z timsolida ham moddiy, ham ma‘naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Y a ratganning buyuk va sirli mo‘jizasidir. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala. Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib, insonga xos orzu- intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi. Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma‘nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o‘sish- o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi” 1 ,– degan fikrlarga asoslangan holda o‘z y echimini topmoqda. 1

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, borliqning ibtidosini, asosini, manba y ini nimalar tashkil qiladi degan savolga javob berish masalasida: monistik qarash tarafdorlari moddiylik yoki ma‘naviylik; dualistik pozitsiyadagilar moddiylik va ma‘naviylik; plyuralistik yondashuv tarafdorlari juda ko‘p xilma xil narsalar tashkil etishini ta‘kidlaydilar. Borliq masalasini o‘rganishda klassik(mumtoz) falsafa nisbatan tabiat borlig‘ini, uni bilish shakllarini, postklassik (zamonaviy) falsafa esa inson borlig‘ini va uning ma‘naviy hayot kechirish tarzini falsafaning bosh masalasi sifatida o‘rganishga e‘tibor qaratganlar. 2. Borliq va yo‘qli k . Inson foniy dunyoga keladi va vaqt o‘tishi bilan boqiy dunyoga ravona bo‘ladi. S h u davr ichida inson yashash uchun kurash olib boradi. Bu kurashda esa dunyo ichki qarama-qarshiliklardan, ziddiyatlardan iborat ekanligini bilib oladilar. C h unki, uning atrofini o‘rab turgan borliqdagi narsalar bir vaqtning o‘zida ham o‘zgaruvchan va ham o‘zgarmasdir. Bu kim uchun borliq, yana kim uchun yo‘qlikdir. Bugungi kunda insoniyat yo «bor bo‘lmoqlik (hayot); yoki yo‘q bo‘lib ketmoqlik (o‘lim)» nima degan savolga javob qidirmoqda. Darhaqiqat, yadro falokati, ekologik bo‘xronliklar, turli xil bedavo yuqumli kasalliklar (koronovirus pandemiyasi va shu kabilar) Ye r sayyorasidagi million yillar bilan hisoblanadigan insoniyat mavjudligining tabiiy vaqtini o‘nglab bo‘lmaydigan darajada to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Gap «bor bo‘lmoqlik» yo «yo‘q bo‘lmoqlik» haqiqatan ham umumbashariy va mislsiz keskin masala bo‘lib qolayotgan ekan, borliq va yo‘qlik muammosini anglab olish ayniqsa muhimdir. Bunda uning oddiy hayotiy zaminlaridan tobora murakkabroq falsafiy mulohazalar va xulosalari tomon izchil siljib borish kerak bo‘ladi. Odamzod yashayotgan borliq – dunyo hamma vaqtda bo‘lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo‘laverad i , U o‘tkinchi emas. Borliqdagi alohida narsa, organ i zm, kishi, ularning faoliyatlari muvaqqat, o‘tkinchidir. Borliqning bor yoki yo‘qligi muammosini hal etishda: birinchidan, olamning umumiy mohiyatini izohlash; ikkinchidan , borliqning tarkibiy tuzilishi, ichki harakatlanish mexanizmlarining xususiyatlarini aniqlash; uchinchidan, insonning mavjudligi, uning ichki ruhiy-ma‘naviy dunyosini tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda bahs-munozaralar davom etmoqda. Borliq ilgari mavjud bo‘lgan, hozir mavjud va kelajakda mavjud bo‘ladigan obyektiv hamda subyektiv reallikni ham o‘ziga qamrab oladi. Y a ‘ni tabiat, inson, fikrlar, g‘oyalar, jamiyat hammasi turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud bo‘lganligi uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi. S h unday qilib, borliq kategoriyasi umumiylashgan abstraksiya bo‘lib mavjudlik belgisi bo‘yicha turli xil hodisalar, narsalar va jarayonlarni o‘zida birlashtiradi. Tabiatdagi tabiiy obyektlar, ularning xossalari, aloqadorliklari va munosabatlari, kishilar jamoasi va ayrim odamlar, ijtimoiy tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Borliq nafaqat narsalarni, jismlarni, obyektiv reallikni, balki, ma‘naviy hodisalarni, ruhiyatni, ong va tasavvurni, subyektiv reallikni ham o‘z ichiga oladi. S h unday qilib, « Borliq» kategoriyasi – bu tabait va jamiyatdagi xilma xil narsa,

hodisa va jarayonlarni, alohida shaxs, ijtimoiy guruh va jamoalarni, inson ongining holati, darajasi va shakllarini mavjudlik belgilari asosida ifodalaydigan umumiy falsafiy abstraksiyadir. Umuman olganda, borliq falsafadagi eng umumiy tushunchadir. Borliqqa aksil tushuncha sifatida «yo‘qlik» tushunchasini ishlatishadi. Yo‘qlik hech nimani, ya‘ni nazarda tutilgan joyda hech nima mavjud emasligini anglatadi. Yo‘qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qa y erdadir yoki nimadadir, nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo‘qlik deb o‘tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo‘qligini aytishadi. Bugungi hodisa kecha hali yo‘q edi, ammo imkoniyatdagi borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo‘qlik, ammo imkoniyatdagi borliqdir. Biz o‘tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o‘zgarish sur’ati va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqelik ertaga yo‘qlikka aylanadi, ko‘pgina tirik jonivorlar ertaga o‘lik bo‘ladi, ya‘ni hayot o‘limga aylanadi. O‘lim - bu hayotning yo‘qligidir . Individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka aylanadi. Ammo uning qoldiqlari, tanasi birdan yo‘qolmasligi mumkin. Ular ham yo‘qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, mutlaq yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir. Yo‘qlik shu ma‘noda nisbiy mazmun kasb etadi. Yo‘qlikni bilish ma‘nosida ham tushunish mumkin. Biz yo‘q deb hisoblagan obyektlar hozircha bizning fikr bilish chegarasidan chetda qolgan bo‘lishi ham mumkin. Voqe y likning muayyan joyida ma‘lum bir sinfga mansub obyektlar, olamning munosabat va aloqadorliklarining uchramasligini ham yo‘qlik deyish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, yo‘qlik tushunchasi narsa va hodisalarning mavjud bo‘lmaslik, yo‘q bo‘lish, haqiqiy bo‘lmagan xususiyatlarini bildiradi. Yo‘qlik - bu aslida mavjud bo‘lmagan, hali paydo bo‘lmagan yoki mavjudligini allaqachon to‘xtatgan narsa. Borliqning namoyon bo‘lish shakli bir narsadir, yo‘qlik hech narsa emas. Yo‘qlik – bu biron bir subyektning aniq faoliyat ko‘rsatishi vaqtida real mavjud bo‘lmagan narsalarni ifodalovchi umumiy falsafiy tushunchadir 3. Substansiya va substrat. Faylasuf olimlar borliqni hodisa sifatida bir necha shakllarga ajratib o‘rganishda, uning mazmun-mohiyatiga, ya‘ni asosida nima yotadi degan masalaga e‘tibor qaratishgan. S h u tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotincha substantio – mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) – bu muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Demak, substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ma‘naviy mohiyat tushunilgan bo‘lib, unga qarama-qarshi narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini ifodalovchi“aksidensiya” ( lot. atssidentia — o‘tkinchi, tasodifiy ) tushunchasi ishlatilgan. Abu Nasr Forobiyning yozishicha:” ...(olamda) substansiya (javhar) va aksidensiya (javhar bo‘lmagan, araz) hamda substansiya, aksidensiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir.

Aksidensiyani besh sezgi his etadi, ular o‘rtasida hech qanday vosita yo‘qdir, masalan, ko‘rish o‘zicha rangni his etadi, shu bilan u oq va qorani bir- biridan farq qiladi; eshitish o‘zicha baland hamda past ovozlarning farqini sezadi; ta‘m-maza sezgisi turli ta‘mlarni qabul qiladi, shirin va achchiq ta‘mlarning farqini ajratadi; teri sezgisi predmetlarning holatini sezadi va ularning yumshoq yoki qattiqlik holatini farq qila oladi. Substansiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aksidensiya aql uchun vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rangga ega bo‘lgan narsa borligini, ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa sezgilar bilan munosabati ham sh uning kabidir. Substansiya ba‘zan qizaradi, ba‘zan oqaradi, ba‘zan uzayadi, ba‘zan qisqaradi, ba‘zan ko‘payadi, ba‘zan kamayadi, ba‘zan tug‘iladi, ba‘zan o‘ladi, ba‘zan kasal bo‘ladi, ba‘zan sog‘ayadi - shunday ekan (substansiyaning) bu o‘zga- rishlarini ko‘rsatib bera oladigan ilmga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ilm bizga bunday o‘zgarishlarni, ularning qandayligini, omillari va sabablarini ko‘rsatib beradi. Bu ilm yordamida biz agarda istasak zararli natijalarning oldini olamiz yoki zararli natijalarni kuchaytira olamiz. Bu ilm tabiat to‘g‘risidagi, ya‘ni harakat va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ilmdir. Uning kelib chiqishini qidiradigan bo‘lsak, biz to‘rt unsur, x ususan - olov, havo, suv va tuproq mavjudligini aniqlaymiz. (Bu to‘rt unsur) oy doirasi ostidagi substansiyaning massasini tashkil qiladi; ularning sifatlari to‘rtta, xususan issiq, sovuq, namlik va quruqlik - bular subtansiyaning aksidensiyasini vujudga keltirib, harakat va o‘zgarishni keltirib chiqaradi (ya‘ni, harakat va o‘zgarishda bo‘ladi). Masalan, olma - substansiya bo‘ l sa, uning qizilligi esa aksidensiyadir” 2 . Bugungi kunda substansiya masalasi o‘zining xususiyatlarini:” o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi); universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi);yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi)” 3 shakllarida namoyon qilayotganligi bilan bahs mavzu y i doirasida qolmoqda. S h u nuqtai nazardan qaraganda, substansiya kategoriyasi hozir ham birinchidan, barcha mavjud narsalarning birinchi sababi sifatida amal qilishi; ikkinchidan, barcha o‘zgarishlarni belgilovchi o‘zaro ta‘sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona fizik nazariyasini tuzishga yo‘naltirilganligi; uchinchidan, evolyu t sion imkoniyatlarini ishga solib, harakatlanayotgan materiya sifatida tushunilishi; to‘rtinchidan, materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi masalaning ijobiy y echimini topish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha “substrat” kategoriyasi bilan ham bog‘langandir. Substrat (lotincha substratum— asos, to‘shama, taglik) - bu turli-tuman hodisa va jarayonlarning umumiy moddiy asosi, hodisalar o‘rtasidagi umumiylik va o‘xshashlikning negizi, nisbatan oddiy va sifat jihatdan 2 . 3