logo

YER YUZASINING ASOSIY RELEF SHAKLLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.2734375 KB
Y ER YUZASINING ASOSIY RELEF SHAKLLARI
Reja:
1.Relef haqida tushuncha 
2.Relef hosil qiluvchi omillar
3.Tog‘lar va ularning turlari.
4.Tekisliklar va ularning tulari 1.Relef haqida tushuncha.  O‘lchami, tuzilishi va paydo bo‘lishi har xil
bo‘lgan   Er   yuzasi   shakllarining   yig‘indisi   rel’ef   deb   ataladi.   Rel’ef
(ko‘tarilaman)   yunoncha   so‘z   bo‘lib   qabariq,   do‘ng   ma’nosini   bildiradi.   Er
qobig‘ida   bo‘lib   turadigan   doimiy   harakatlar   natijasida   baland-pastlik   va
notekisliklar   vaqt   davomida   o‘zining   eski   shakllarini   o‘zgartirib,   yangi
shakllarga   aylanib   turadi.   Bunday   o‘zgarishlar   erning   endogen   va   ekzogen
kuchlar ta’siri natijasidir.
Rel’eflar shakli va har xil elimentlari bilan bir-biridan farq qiladi. Rel’ef
shakli   deb   –   tabiiy   tana   va   bo‘shliqlarga   aytilib,   ularning   eng   soddalarini
geometrik   shakllarga   o‘xshatish   mumkin   (konus,   piramida,   prizma   va
boshqalar). Bir necha sodda shakllar Erning murakkab juda katta shakllarini
hosil   qiladi,   masalan:   quruqlik,   dengiz,   chuqurliklari,   tog‘   tizmalari   va
boshqalar.   Rel’ef   shaklining   elementlariga   quyidagilar   kiradi:   qirrasi
yonbag‘irlar   yuzasi;   yonbag‘ri-qirralar   chizig‘ining   kesilishi;   suv   ayirish
chiziqlari, qiyaliklar etagi, balandliklar nuqtasi, soy, vodiy, jarliklarning oxiri
va   boshqalari.   Umumiy   ko‘rinishi,   tuzilishi,   paydo   bo‘lish   sharoiti   bir   xil
bo‘lgan   va   ma’lum   xududlarda   tarqaladigan   rel’ef   shakllarining   birikmasi
rel’efning   genetik   tiplari   deb   ataladi.   Bularga   tektonik,   denudatsion   va
akkumulyativ   tiplar   kiradi.   Tektonik   tipdagi   rel’ef   shakllariga,   Er   po‘stida
sodir bo‘ladigan tektonik harakatlar natijasida paydo bo‘lgan – Er rel’efining
asosiy   shakllari:   tog‘   tizmalari,   okean   cho‘kmalari   va   tekisliklar   kiradi.
Denudatsion   tipdagi   rel’ef   shakllari,   nurash   va   eroziya   natijasida   hosil
bo‘lgan   rel’eflar:   daralar,   erozion   soylar,   jarliklar,   kotlovanlar   kiradi.
Akkumulyativ tipdagi rel’ef shakllari – suv, shamol, muzliklar keltirgan tog‘
jinslari   bo‘lakcha   va   zararachalarining   to‘planishidan   hosil   bo‘lgan   rel’ef
shakllaridir.   Bularga   –   daryo   vodiysining   terrasalari,   morena   balandliklari,
barxanlar   kiradi.   Rel’ef   shaklining   o‘lchamiga   qarab   quyidagi   turlarga
bo‘linadi: geotektura, morfostruktura va morfoskulptura.  Geotektura   -   Yer   po‘stidagi   yirik   re1ef   shakllaridir.   Geotektura   faqat
Yerning ichki kuchlari ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Ularga materik
ko‘tarilmalari   va   okean   botiqlari   kiradi.   Geosinklinallar   va   platformalar   esa
ikkinchi darajali geotekturalar hisoblanadi.
Morfostrukturalarga   yirik   sayyoraviy   relef   shakllari   kiradi.   Ularni   hosil
bo‘lishida Yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi.
Bunday   relef   shakllariga   yirik   tog‘   tizma’ari   va   tekisliklar   kiradi.   Masalan,
Kordilera   tog‘lari,Buyuk   tekisliklar,   Sharqiy   Yevropa   tekisligi,   Turon
tekisligi, Sharqiy Avstraliya tog‘lari va h.k.
Morfoskulpturalar   asosan   tashqi   (ekzogen)   kuchlar   ta’sirida   vujudga
keladi.   Ularga   daryo   vodiylari,   allyuvial   tekisliklar,   muz   relyef   shakllari,
shamol   ta’sirida   hosil   bo'lgan   relyef   shakllari,   suv   eroziyasi   natijasida   hosil
bo'lgan   relyef   shakllari   kiradi.   Masalan,   jariar,   kirg‘oqlar,   barxanlar,   daryo
vodiylari va h.k. 
1 -jadval
Materiklarning gipsometrik bosqichlari
Quruqlik
balandligi Maydoni  Balandlik
bosqichlari nomlar 
Mln.
km2 Quruqlik
maydoniga
nisbatan % Yer   yuzi
maydoniga
nisbatan %
0 dan past  0,8 0,54 0,1 Botiqlar 
0-200 48,2 32,35 9,1 Pasttekisliklar 
200-500 33,0 22,15 6,4 Qirlar 
500-1000 27,0 18,2 5,3 Past tog‘lar
1000-2000 24,0 16,10 4,7 O‘rtacha tog‘lar
2000-3000 10,0 6,71 2,0 O‘rtacha   baland
tog‘lar 
3000   dan 6,0 4,03 1,2 Baland tog‘lar baland 
149,0 100 29,2
Al p   burmalanishi   bosqichida   hosil   bo’lgan   tog‘lar   balandligi,   kuchli
parchalanganligi   bilan   ajralib   turadi,   Jahondagi   yeng   baland   tog‘lar   Alp
burmalanish   bosqichida   hosil   bo‘lgan   (A1 p ,  Himolay,   Kavkaz,   Pomir,   And,
Nindiqish, Kordilera). 
Okean   platformalariga   okean   tubi   tekisliklari   mos   keladi.
Georiftogenallar   esa   o‘rta   okean   tog‘lariga   mos   keladi.   O‘rta   okean
tog‘larining umumiy uzunligi 60 ming km, ni tashkil qiladi.
Quruqlik   relefining     asosiy   relef   shakllari   tog‘lar   va   tekisliklar
hisoblanadi.
2.Relef   hosil   qiluvchi   omillar.   Er   yuzasidagi   relef   shakllarini
quyidagilarga bo‘ladilar: Erning geotektura elementlari (yaxlit materiklar va
yaxlit   okean   havzalari),   morfostruktura   elementlari   (relefning   katta-katta
notekisliklari   —   tekisliklar,   platolar,   tog‘   tizmalari   va   hokazolar)   hamda
morfoskulptura   elementlari—   vodiylar,   zinasimon   jarliklar,   cho‘kmalar   va
morfostruktura   birliklariga   xos   hamda   morfostruktura   asosi   ustiga
«qo‘yilganday»   tuyiladigan   boshqa   mayda   shakllar.   Yer   elementlarining
hammasi endogen va ekzogen protsesslarning o‘zaro ta’sirida paydo bo‘ladi
va   rivojlanadi,   shu   bilan   birga   endogen   protsesslarning   ta’siri   ekzogen
protsesslarning ta’siriga umuman qarama-qarshidir.
Endogen   kuchlar   pirovard   natijada   yer   po‘sti   uchastkalarini   ko‘taradi
yoki   pasaytiradi,   ekzogen   kuchlar   esa   moddalarni   de nudatsiya   va
akkumulyasiya qiladi.
Denudatsiya yemirilgan g‘ovak mineral massalarning (og‘irlik kuchi, suv,
shamol,   muz   natijasida)   balandroq   joylardan   pastroq   joylarga   olib   borilishi.
Nurash mahsulotlari olib borilishi mumkin bo‘lgan eng past sath denudatsiya
bazisi   deyi ladi.   Denudatsiya   asosan   baland   joylarda,   akkumulyasiya   esa asosan   past   joylarda   bo‘lganligidan,   denudatsiya   er   po‘stining   ko‘tarilgan
joylarini   pasaytiradi,   akkumulyasiya   esa   cho‘kkan   erlarni   to‘ldiradi.
Ma’lumki,   denudatsiya   va   akkumulyasiya   faqat   ekzogen   protsesslar
natijasida vujudga kelgan relef shakllarida (masalan, morena tepalarida) ham
ro‘y   beradi,   lekin   biz   hozir   eng   yirik   relef   shakllari   va   ular   taraqqiyotidagi
eng umumiy qonuniyatlarnigina o‘rganamiz.
Endogen   va   ekzogen   protsesslar   har   doim   birgalikda   ro‘y   be radi.   Agar
kutarilayotgan   biron   erda   shu   tezlikda   denudatsiya   ruy   berayotgan   bo‘lsa,
yuqorida   aytilgaii   kabi,   relef   o‘zgarmaydi.   Denudatsiya   protsessi   erning
ko‘tarilish tezligiga nisbatan sekinroq borsa, joy balandlashib qoladi.
3.Tog‘lar   va   ularning   turlari.   Tog‘   deb,   Yer   uuzasining   atrofdagi
tekisliklardan baland ko‘tarilib turgan qismlariga aytiladi. Tog‘larning asosiy
qismlari   quyidagilardan   iborat:   yonbag‘ir,   cho‘qqi,   tog‘   etagi,   tog‘   qirrasi,
dovonlar,   tog‘   yo‘laklari.   Tog‘ni   har   tomondan   o‘rab   turgan   qiya   yuzaga
uonbag‘ir   deb   ataladi.   Yonbag‘irni   tekislikka   o‘tish   qismiga   tog‘   etagi   deb
ataladi.   Tog‘   qirralarini   pasaygan   qismlari   dovon   deb   ataladi,   Tog‘larni
chuqur   o‘yilgan   qismlari   tog‘   uo’laklari   deb   ataladi.   Ikkita   qarama-qarshi
uonbag‘irlarning kesishgan joyi tog‘ qirrasi deb ataladi. Tog‘lar balandligiga
ko‘ra   uch   guruhga   bo‘linadi:   past   (1000   m   gacha),   o‘rtacha   balandikdagi
(1000-2000m) va baland (2000 m dan yuqori) tog‘lar. 
Tog‘lar   joylanishi,   tuzilishi   va   boshqa   xususiyatlariga   ko‘ra   quyidagi
turlarga   bo‘linadi:   tog‘li   o‘lka,   tog‘   massivi,   tog‘   tuguni,   tog‘   zanjiri,   yassi
tog‘, tog‘lik, byrmali tog‘lar, burmali-palaxsali tog‘lar, vulqon tog‘lari. 
Tog‘li o‘lkalar  Yer yuzasining atrofdagi tekisliklardan baland ko‘tarilib
turgan qismi. Bir necha ming km.ga cho‘zilib ketadi. Tog‘ massivlari   tog‘li
o‘lkalarning alohida ajralib qolgan (tog‘ vodiylari bilan) qismi. Deyarli bir xil
uzunlikka   va   kenglikka   ega   (Monblan,   Mo‘g‘uliston   va   h.k).   Tog‘   tuguni
ikki va undap ortiq tizmalarini kesishgan joyi (Pomir, Arman tog‘ligi). Tog‘ zanjiri       uzun   cho‘zilgan   balandlik,   burmalanish   zonasining   yo‘nalishi
bo‘yicha   juda   katta   masofaga   cho‘ziladi.   Har   bir   tog‘   zanjiri   boshqasi   bilan
tog‘ vodiysi bilan ajralib turadi. Tog‘ qirrasi   tog‘ yonbag‘rilarini kesishgan
chizig‘i.
Yassi tog‘ nisbatan bir xil yuzaga ega bo‘lgan ulkan maydonlar. (Afrika,
Braziliya,   Avstraliya,   Nindiston,   Markaziy   Osiyo   va   h.k).   Tog‘liklar   tog‘
tizmalari   va   yassi   tog‘lardan   iborat   bo‘lgan   keng   hududlar   (Yeron,   Tibet,
Katta   havza).   Burmali   tog‘lar     geosinklinallar   o‘rnida   alp   burmalanishida
hosil bo’lgan tog‘lar. Katta balandlik bilan ajralib tufadi. 
Burmali-   palaxsali   tog‘lar     ularni   qaytadan   yoshargan   tog‘lar   deb
atashadi.   Ular   dastlab   ko‘tarilgandan   so’ng   yemirilib,   past   tog‘ga   aylangan,
so‘ngra yana qaytadan ko‘tarilgan (Tyanshan, Oltoy, Sayan, Baykalorti, Ural
va h.k). 
Vulqonlar   turli   xil   tog‘   relef   shakllarini   hosil   qiladi.   Ulardan   keng
tarqalganlari   quyidagilar:   lavali   qoplamalari   (trapp   yuzalari)   Islandiyada,
Yangi   Zelandiyada,  Azor,  Kanar   va  Gavay  orollarida   keng   tarqalgan.   Hozir
ular   kam   uchraydi   ammo   qadimda   juda   keng   tarqalgan   (Sibir,   Kavkazorti,
Hindiston   yaim   oroli,   Shimoliy   va   Janubiy   Amerika,   Janubiy   Afrika,
Avtraliya, Antarktida). Magma cho‘kindi jinslar ichiga kirib borib va u yerda
qotib qo‘lishi natijasida Yer yuzasida gumbazsimon balandlikla hosil qiladi.
Lavalarni   otilishi   va   chor   atrofga   oqlb   ketshi   natijasida   qalqonli   vulqonlar
hosil   bo‘ladi   (Gavay,   Islandiya,   Sharqiy   Afrika),   lava   va   maydalan   tog‘
jinslarining otilishi natijasida qatlamsimon vulqonlar hosil bo‘ladi. 
4.Tekisliklar va ularning turlari.   Mutlaq balandligi kam o‘zgaradigan
yer yuzasining yassi qismlariga tekisliklar deb ataladi. Tekisliklar tokembriy
va epipaleozoy rlatformalarida keng tarqalgan relef turi. Mutlaq balandligiga
qarab ular quyidagi qismlarga bo’linadi: -     okean   sathidan   pastda   joulashgap   teklsliklar   botiqlar   yoki
depressiyalar   deb   ataladi.   Masalan,   Qoragiyo   (-132   m),   Mingbuloq   (-12   m)
va b.  
-   pasttekisliklar   ularning   balandligi   0-200   m.   Ularga   Sharqiy   Yevropa,
G‘arbiy Sibir, Amazonka, Turon va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
- baland tekisliklar (200-500 m).
Plato  baland, tekisliklarning tik jarlar bilan boshqa tekisliklardan ajralib
qolgan qismi. 
Tekisliklar ikkiga bo‘linadi: denudatsion va akkumulyativ. Denudatsion
relef   platforma   o’rnidagi   tog‘’larni   yemirilishi   ua   peneplenga   aylanishi
natijasida vujudga keadi. Ular ko‘rinsha platformalarning qalqonlariga to‘g‘ri
keladi. 
Akkumulativ   tekisliklar   cho‘kindi   jinslar   qoplami   bilan   qoplangan
bo‘ladi,   ya’ni   ular   rlatformalarning   plitalariga   to‘g‘ri   keladi   (Sharqiy
Yevropa, Turon, Amazonka, Buyuk Xitoy teklsligi va b.).
Quruqlikdagi   morfoskulptura   relef   shakllari   ekzogen   kuchlar   ta’sirida
shakllanadi   va   rivojlanadi.   Morfoskulptura   relef   shakllariga   flyuvial   (oqar
suv),   karst,   suffoziya,   surilma,   glyatsial   (muz),   muzloq,     yeol   (shamol)
ta’sirida vujudga keladigan relef shakllari kiradi. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

Y ER YUZASINING ASOSIY RELEF SHAKLLARI Reja: 1.Relef haqida tushuncha 2.Relef hosil qiluvchi omillar 3.Tog‘lar va ularning turlari. 4.Tekisliklar va ularning tulari

1.Relef haqida tushuncha. O‘lchami, tuzilishi va paydo bo‘lishi har xil bo‘lgan Er yuzasi shakllarining yig‘indisi rel’ef deb ataladi. Rel’ef (ko‘tarilaman) yunoncha so‘z bo‘lib qabariq, do‘ng ma’nosini bildiradi. Er qobig‘ida bo‘lib turadigan doimiy harakatlar natijasida baland-pastlik va notekisliklar vaqt davomida o‘zining eski shakllarini o‘zgartirib, yangi shakllarga aylanib turadi. Bunday o‘zgarishlar erning endogen va ekzogen kuchlar ta’siri natijasidir. Rel’eflar shakli va har xil elimentlari bilan bir-biridan farq qiladi. Rel’ef shakli deb – tabiiy tana va bo‘shliqlarga aytilib, ularning eng soddalarini geometrik shakllarga o‘xshatish mumkin (konus, piramida, prizma va boshqalar). Bir necha sodda shakllar Erning murakkab juda katta shakllarini hosil qiladi, masalan: quruqlik, dengiz, chuqurliklari, tog‘ tizmalari va boshqalar. Rel’ef shaklining elementlariga quyidagilar kiradi: qirrasi yonbag‘irlar yuzasi; yonbag‘ri-qirralar chizig‘ining kesilishi; suv ayirish chiziqlari, qiyaliklar etagi, balandliklar nuqtasi, soy, vodiy, jarliklarning oxiri va boshqalari. Umumiy ko‘rinishi, tuzilishi, paydo bo‘lish sharoiti bir xil bo‘lgan va ma’lum xududlarda tarqaladigan rel’ef shakllarining birikmasi rel’efning genetik tiplari deb ataladi. Bularga tektonik, denudatsion va akkumulyativ tiplar kiradi. Tektonik tipdagi rel’ef shakllariga, Er po‘stida sodir bo‘ladigan tektonik harakatlar natijasida paydo bo‘lgan – Er rel’efining asosiy shakllari: tog‘ tizmalari, okean cho‘kmalari va tekisliklar kiradi. Denudatsion tipdagi rel’ef shakllari, nurash va eroziya natijasida hosil bo‘lgan rel’eflar: daralar, erozion soylar, jarliklar, kotlovanlar kiradi. Akkumulyativ tipdagi rel’ef shakllari – suv, shamol, muzliklar keltirgan tog‘ jinslari bo‘lakcha va zararachalarining to‘planishidan hosil bo‘lgan rel’ef shakllaridir. Bularga – daryo vodiysining terrasalari, morena balandliklari, barxanlar kiradi. Rel’ef shaklining o‘lchamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: geotektura, morfostruktura va morfoskulptura.

Geotektura - Yer po‘stidagi yirik re1ef shakllaridir. Geotektura faqat Yerning ichki kuchlari ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Ularga materik ko‘tarilmalari va okean botiqlari kiradi. Geosinklinallar va platformalar esa ikkinchi darajali geotekturalar hisoblanadi. Morfostrukturalarga yirik sayyoraviy relef shakllari kiradi. Ularni hosil bo‘lishida Yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi. Bunday relef shakllariga yirik tog‘ tizma’ari va tekisliklar kiradi. Masalan, Kordilera tog‘lari,Buyuk tekisliklar, Sharqiy Yevropa tekisligi, Turon tekisligi, Sharqiy Avstraliya tog‘lari va h.k. Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularga daryo vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz relyef shakllari, shamol ta’sirida hosil bo'lgan relyef shakllari, suv eroziyasi natijasida hosil bo'lgan relyef shakllari kiradi. Masalan, jariar, kirg‘oqlar, barxanlar, daryo vodiylari va h.k. 1 -jadval Materiklarning gipsometrik bosqichlari Quruqlik balandligi Maydoni Balandlik bosqichlari nomlar Mln. km2 Quruqlik maydoniga nisbatan % Yer yuzi maydoniga nisbatan % 0 dan past 0,8 0,54 0,1 Botiqlar 0-200 48,2 32,35 9,1 Pasttekisliklar 200-500 33,0 22,15 6,4 Qirlar 500-1000 27,0 18,2 5,3 Past tog‘lar 1000-2000 24,0 16,10 4,7 O‘rtacha tog‘lar 2000-3000 10,0 6,71 2,0 O‘rtacha baland tog‘lar 3000 dan 6,0 4,03 1,2 Baland tog‘lar

baland 149,0 100 29,2 Al p burmalanishi bosqichida hosil bo’lgan tog‘lar balandligi, kuchli parchalanganligi bilan ajralib turadi, Jahondagi yeng baland tog‘lar Alp burmalanish bosqichida hosil bo‘lgan (A1 p , Himolay, Kavkaz, Pomir, And, Nindiqish, Kordilera). Okean platformalariga okean tubi tekisliklari mos keladi. Georiftogenallar esa o‘rta okean tog‘lariga mos keladi. O‘rta okean tog‘larining umumiy uzunligi 60 ming km, ni tashkil qiladi. Quruqlik relefining asosiy relef shakllari tog‘lar va tekisliklar hisoblanadi. 2.Relef hosil qiluvchi omillar. Er yuzasidagi relef shakllarini quyidagilarga bo‘ladilar: Erning geotektura elementlari (yaxlit materiklar va yaxlit okean havzalari), morfostruktura elementlari (relefning katta-katta notekisliklari — tekisliklar, platolar, tog‘ tizmalari va hokazolar) hamda morfoskulptura elementlari— vodiylar, zinasimon jarliklar, cho‘kmalar va morfostruktura birliklariga xos hamda morfostruktura asosi ustiga «qo‘yilganday» tuyiladigan boshqa mayda shakllar. Yer elementlarining hammasi endogen va ekzogen protsesslarning o‘zaro ta’sirida paydo bo‘ladi va rivojlanadi, shu bilan birga endogen protsesslarning ta’siri ekzogen protsesslarning ta’siriga umuman qarama-qarshidir. Endogen kuchlar pirovard natijada yer po‘sti uchastkalarini ko‘taradi yoki pasaytiradi, ekzogen kuchlar esa moddalarni de nudatsiya va akkumulyasiya qiladi. Denudatsiya yemirilgan g‘ovak mineral massalarning (og‘irlik kuchi, suv, shamol, muz natijasida) balandroq joylardan pastroq joylarga olib borilishi. Nurash mahsulotlari olib borilishi mumkin bo‘lgan eng past sath denudatsiya bazisi deyi ladi. Denudatsiya asosan baland joylarda, akkumulyasiya esa

asosan past joylarda bo‘lganligidan, denudatsiya er po‘stining ko‘tarilgan joylarini pasaytiradi, akkumulyasiya esa cho‘kkan erlarni to‘ldiradi. Ma’lumki, denudatsiya va akkumulyasiya faqat ekzogen protsesslar natijasida vujudga kelgan relef shakllarida (masalan, morena tepalarida) ham ro‘y beradi, lekin biz hozir eng yirik relef shakllari va ular taraqqiyotidagi eng umumiy qonuniyatlarnigina o‘rganamiz. Endogen va ekzogen protsesslar har doim birgalikda ro‘y be radi. Agar kutarilayotgan biron erda shu tezlikda denudatsiya ruy berayotgan bo‘lsa, yuqorida aytilgaii kabi, relef o‘zgarmaydi. Denudatsiya protsessi erning ko‘tarilish tezligiga nisbatan sekinroq borsa, joy balandlashib qoladi. 3.Tog‘lar va ularning turlari. Tog‘ deb, Yer uuzasining atrofdagi tekisliklardan baland ko‘tarilib turgan qismlariga aytiladi. Tog‘larning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: yonbag‘ir, cho‘qqi, tog‘ etagi, tog‘ qirrasi, dovonlar, tog‘ yo‘laklari. Tog‘ni har tomondan o‘rab turgan qiya yuzaga uonbag‘ir deb ataladi. Yonbag‘irni tekislikka o‘tish qismiga tog‘ etagi deb ataladi. Tog‘ qirralarini pasaygan qismlari dovon deb ataladi, Tog‘larni chuqur o‘yilgan qismlari tog‘ uo’laklari deb ataladi. Ikkita qarama-qarshi uonbag‘irlarning kesishgan joyi tog‘ qirrasi deb ataladi. Tog‘lar balandligiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: past (1000 m gacha), o‘rtacha balandikdagi (1000-2000m) va baland (2000 m dan yuqori) tog‘lar. Tog‘lar joylanishi, tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: tog‘li o‘lka, tog‘ massivi, tog‘ tuguni, tog‘ zanjiri, yassi tog‘, tog‘lik, byrmali tog‘lar, burmali-palaxsali tog‘lar, vulqon tog‘lari. Tog‘li o‘lkalar Yer yuzasining atrofdagi tekisliklardan baland ko‘tarilib turgan qismi. Bir necha ming km.ga cho‘zilib ketadi. Tog‘ massivlari tog‘li o‘lkalarning alohida ajralib qolgan (tog‘ vodiylari bilan) qismi. Deyarli bir xil uzunlikka va kenglikka ega (Monblan, Mo‘g‘uliston va h.k). Tog‘ tuguni ikki va undap ortiq tizmalarini kesishgan joyi (Pomir, Arman tog‘ligi). Tog‘