logo

Tabiiy resurslar haqida ma’lumot yer usti va yer osti boyliklari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

616.0107421875 KB
Mavzu:Tabiiy resurslar haqida 	
ma’lumot yer usti va yer osti 	
boyliklari.	 	
 
Reja: 
1.Tabiiy resurslar  
2.Foydali qazilmalar 
3.Yer osti boyliklari 
4.Yer usti boyliklari 
 
 
 
 
 
 
  Tabiat resurslari	, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy 	
va  maʼnaviy  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadlarida 
xoʻjalikda  foydalaniladigan  hamda  insoniyatning 
yashashi  uchun  zarur  boʻlgan,  uni  oʻrab  turgan  tabiiy 
muhitning  barcha  tabiat  komponentlari,  energiya 
manbalari.  Tabiat  resurslariga 	Quyosh  energiyasi	, 	
Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali 
qazilmalar,  oʻsimliklar,  tuproqlar,  hayvonot  dunyosi 
kiradi.  Tabiat  resurslari  tugaydigan  (koʻpgina  foydali 
qazilmalar),  tugamaydigan  (suv,  havo,  Quyosh  nuri, 
Yerning  ichki  energiyasi)  va  tiklanadigan  (biologik 
elementlar,  ayrim  foydali  qazilmalar)  boyliklarga 
boʻlinadi.  Tabiiy  xom  ashyolarni  koʻp  darajada  isteʼmol 
qiluvchi kuchlarning  jadal rivojlanishiga  bogʻliq ravishda 
tabiat  resurslari  bilan  taʼminlash  muammolari  yanada 
dolzarblashib 
bormoqda. 	Tuproq	, 	atmosfera	 va 	gidrosferaning	 ifloslan	
ishiga  qarshi  kurashishda  jahonning  barcha 
mamlakatlari  kelishib  faoliyat  yuritishlari  zarur  boʻlib, 
tabiat  resurslari  muhofazasi  global  xarakterga  ega 
boʻlmoqda.  Tabiat  resurslarini  oʻzlashtirishning  muhim 
bosqichlari  —  ularni  aniqlash  (razvedka  qilish), 
oʻrganish,  alohida  turlari  boʻyicha  kadastrlar  (masalan, 
yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat. 	Oʻzbekiston 	
Respublikasida	  tabiat  resurslari  kadastrlarini  tuzish  va 	
yuritish Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari 
toʻgʻrisida"  qonuni  (2000-yil,  15  dekabr)ga  muvofiq  olib 
boriladi. 
Tabiat  resurslarini  baholashning  ilmiy  asoslangan  3  tipi 
mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini  toʻgʻri  baholash  ulardan  foydalanishda  eng  yuqori 
samaralarga  erishishning  muhim  sharti  hisoblanadi. 
Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda tabiat resurslari 
turlari  ham  kengayib  bormoqda,  bunda  eng  zamonaviy 
texnik  vositalardan  foydalaniladi.  Ilmiy-texnik 
taraqqiyotni  rivojlanib  borishi  bilan  tugaydigan  tabiat 
resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar ishlab 
chiqarilmoqda, 	Dunyo  okeani	  boyliklari 	
oʻzlashtirilmoqda.  Ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyotning 
rivojlanishi  yoʻlida  tabiat  resurslaridan  samarali 
foydalanish  va  tabiatda  ekologik muvozanatni taʼminlab 
turuvchi  yangi  sifatli  texnologiyalarni  yaratish  talab 
etilmoqda.  Xom  ashyo  va  energiya  manbalaridan  rejali 
tarzda  foydalanish  uni  uzoq  muddatga  yetishini 
taʼminlaydi. 
Foydali  qazilmalar	, 	mineral  xom  ashyolar	  — 	Yer 	
poʻstida	  qattiq,  suyuq  va  gazsimon  holatlarda 	
uchraydigan,  turli  geologik  jarayonlar  natijasida 
toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga 
koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral 
moddalar.  Foydali  qazilmalar  turli  konlarni  hosil  qiladi. 
Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari 
seriyalar  —  sedimentogen  (gipergen),  magmatogen 
(gipogen)  va  metamorfogen  konlarga  bulinadi 
(qarang 	Gipergen  konlar	, 	Gipogen 	
konlar	, 	Metamorfogen  konlar	).  Geologik  davr  jihatidan 	
Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, 
paleozoy,  mezozoy  va  kaynozoy  yoshidagi  konlar  farq 
qilinadi.  Shakllanish  joyi  jihatidan  geosinklinal 
(burmalagan  oblastlar)  va  platformalardagi  konlar  boʻladi.  Qanday  chuqurlikda  paydo  boʻlishiga  koʻra, 
Foydali  qazilmalar  konlari  ultraabissal  (10-15  km  dan 
chuqur), abissal (3-5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km 
chuqurlikda  joylashgan)  konlarga  boʻlinadi.  Foydali 
qazilmalar  uch  guruhga:  metall,  nemetall  va 
yonuvchilarga  boʻlinadi.  Metall  Foydali  qazilmalar  sof 
metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, 
shuningdek,  nodir  yer  elementlaridan  iborat.  Nemetall 
Foydali  qazilmalarga  konchilikkimyo  xom  ashyosi  (turli 
tuzlar,  gips,  barit,  oltingugurt,  fosforitlar,  apatitlar), 
olovbardosh,  elektrotexnik,  pyezooptik,  issikdik  va 
tovushni  izolyatsiya  qiluvchi,  kislota  va  ishqorlarga 
chidamli  xom  ashyo,  qurilish  materiallari,  qimmatbaho 
va  texnik  toshlar  kiradi.  Neft,  yonuvchi  gaz,  toshkoʻmir 
va  qoʻngʻir  kumir,  torf,  yonuvchi  slanetslar  yonuvchi 
Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq 
(qazilma  koʻmirlar,  rudalar,  noruda  Foydali  qazilmalar), 
suyuq  (neft,  mineral  suvlar)  va  gazsimon  (yonuvchi 
tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral 
resurslar  mamlakat,  qitʼa  yoki  butun  dunyo  zaminidagi 
Foydali  qazilmalar  yigʻindisi  boʻlib,  sanoat  ishlab 
chiqarishining  muhim  tarmoqlari  (energetika,  qora  va 
rangli  metallurgiya,  kimyo  sanoati,  qurilish)  taraqqiyoti 
negizi hisoblanadi. 
Yer osti boyliklari, ya'ni qazilma boyliklarga metall va 
nomatell rudalar, gaz, ko`mir, slanetslar va yer osti suvlari 
kiradi. Bu boyliklarning hosil bo`lishi ularning ishlatilish 
tezligidan ko`ra millionlab marta sekin kechadi. Buning 
ustiga yil sayin insoniyat qazilma boyliklarni sifat va miqdor 
jihatdan tobora ko`p ishlatmoqda. Agar u XVIII asrda 28  turdagi qazilma boylikdan foydalangan bo`lsa, XIX asrda 71 
xil boylikdan foydalandi. Keyingi paytlarda esa Yerda 
ma'lum bo`lgan barcha kimyoviy elementlar va ularning 
birikmalaridan foydalanilmoqda. 
         Qazilma boyliklarning asosiy turlaridan foydalanish 
hajmi va sur'atlarini taxlil qilish insoniyatning bu boyliklarga 
«ishtahasi» misli qurilmagan darajada o`sib borayotganini 
ko`rsatadi. Masalan, 1950-1968 yillar orasida aholisi atigi 
38% ga oshgani xolida ko`mir va temir rudasini qazib olish 2 
baravarga, neft olish esa qariyb 3,5 baravarga ortgan. 1913 
yilda qazilma boyliklardan foydalanish Yer yuzi aholisining 
jon boshiga o`rtacha    5 tonnacha to`g`ri kelgan bo`lsa, bu 
miqdor 1940 yilda 7,4 tonna, 1960 yilda 14,3 tonna, 1990 
yilda 25 tonnaga yetdi, ya'ni keyingi 80 yil orasida            5 
baravarga ko`paydi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd tonna 
mineral xomashyo qazib olinmoqda. Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining ma'lumotlariga ko`ra dunyoda yiliga 32 mlrd. 
tonna ko`mir, 2,6 mlrd. tonna neft, 6 mlrd. tonna temir 
rudasi, 3,6 mln. tonna xrom rudasi, 7,3 mln. tonna mis 
rudasi, 3,4 mln. tonna qo`rg`oshin rudasi, 159 mln. tonna osh 
tuzi,       120 mln. tonna fosfatlar, 1,2 mln. tonna uran, simob, 
molibden, nikel, kumush, oltin va platina rudalari qazib 
olinmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko`ra, qazilma boyliklardan 
shu sur'atda foydalanilsa oltinning zahirasi yana 30-35 yilga, 
rux-36 yilga, simob va surma-70 yilga, uran-47 yilga, mis-66 
yilga, ko`mir, neft va gaz zahiralari-150 yilga yetadi xolos. 
Boshqa ma'lumotlarga ko`ra alyuminiy zahirasi yana 570 
yilga, mis-292 yilga, rux-232 yilga, temir-150 yilga 
yetishishi oltin, kumush va platina zahiralari esa 1990 yilda 
tugashi kerak edi. Xomcho`tga asoslangan bu qarama-qarshi 
fikrlar, garchi ular kelajak kartinasini aniq qilib 
ko`rsataolmasada, har holda qazilma boyliklar zahirasi  cheklanganligini tasdiqlaydi. Bu esa mutaxassislar oldiga 
litosfera bag`rini yanada chuqurroq o`rganish, yangi 
zahiralarni axtarib topish, boyliklardan foydalanishda 
noan'anaviy usullarni qo`llash va rudalardan maksimal 
foydalanish, ularning chiqindilarini qayta ishlab, kerakli 
elementlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish vazifasini 
qo`yadi. 
Yer osti boyliklarining ekologik funktsiyasi-ekologik tizimda 
turuvchi, yer ustining tabiiy fundamenti, tuproq va ularni hosil 
qiluvchi  ona  jinslarning  tarkib  topishidagi  mineral  asosi 
ekanligi	. 	
                  Mineralning  kimyoviy,  fizik  va  biologik  yemirilishi 
natijasida  ona  jinslar  hosil  bo’ladi  va  tirik  organizmlarning 
faoliyati  natijasida  ular  tuproqqa  aylanadi.  Bunday  tabiiy 
jarayon  er  osti  minerallarining  ekologik  tizimlarda  ishtirok 
etishini ta‘minlab beradi. 
Yer  osti  boyliklarining  xuquqiy  holati-er  osti  boyliklarini 
muhofaza  qilish,  mineral  xom  ashyodan  o’ta  samaradorlik 
bilan  foydalanish  va  buning  natijasida  buzilgan  tabiiy 
komplekslarni  qayta  tiklashda  yuzaga  keladigan 
munosabatlarning xuquqiy tartibga solinishi	. 	
O’zbekiston  Respublikasida  yer  osti  boyliklarining 	
xuquqiy  holati  Konstitutsiyada  belgilangan 
imperativ    me‘yorlar  va  uning  asosida  ishlab  chiqilgan 
umumlashtirilgan  me‘yorlar  (Tabiatni  muhofaza  qilish 
to’g’risida,  Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar 
to’g’risida…)  kodifikatsiyalangan  (Yer  kodeksi,  Jinoyat 
kodeksi,  Ma‘muriy  javobgarlik  to’g’risidagi  kodeks, 
Fuqarolik  kodeksi…)  va  ixtisoslashtirilgan  (Yer  osti 
boyliklari  to’g’risida,  Kontsessiyalar  to’g’risida…)  qonunlar 
va qonun osti me‘yoriy xujjatlar asosida tartibga solinadi.  Yer  osti  boyliklaridan  xuquqiy  foydalanish  va  ularni 	
muhofaza  qilishga  doir  ijtimoiy  munosabatlar  ushbu  xuquq 
tarmog’ining  predmetidir.  Yer  osti  boyliklarini 
xuquqiy   tartibga   solish   mazmuni   ruxsat   beruvchi,   oldini 
oluvchi  va  ta‘qiqlovchi  xuquqiy  me‘yorlar  orqali  ularni 
muhofaza  qilish  hamda  ulardan  o’ta  samaradorlik  bilan 
foydalanishdir. 
6.2  Yer  osti  boyliklaridan  foydalanishda    ekologik-
xuquqiy  talablar.   	Yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  va 	
ularni  muhofazalashning  ekologik-xuquqiy  talablari 
O’zbekitson  Respublikasi  Konstitutsiyasining  50,54  va  55  –
moddalarida  imperativ  shaklda  o’z  aksini  topgan.  Ularga 
binoan,  har  bir  fuqaro  yoki  mulkdor  atrof  tabiiy 
muhitga    (jumladan,  yer  osti  boyliklariga) 
nisbatan    ehtiyotkorona  munosabatda  bo’lishi  va  ulardan 
oqilona  foydalanishi  zarur.  Ushbu  shartlar  kengaytirilgan 
tarzda  «Tabiatni  muhofaza  qilish  to’g’risida»gi  qonunda 
berilgan  bo’lib,  unga  muvofiq  (18-modda)  yer  osti 
boyliklaridan yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi ekologik 
talablar  asosida foydalanishlari  mumkin: qazilma  boyliklarni 
qazib  olishda  mineral  xom  ashyodan  kompleks  va  oqilona 
foydalanish  ta‘minlansa;  atrof  tabiiy  muhit  va  yer  osti 
boyliklari  ifloslanishining  oldi  olinsa;  foydalanilgan  yer 
uchastkalarini  rekultivatsiya  (qayta  tiklash  yoki  buzilgan 
yerlarni  qayta  madaniylashtirish  ishlari)  qilinsa;  qayta 
tiklanadigan  foydali  qazilmalardan  tabiiy  qayta  tiklanishga 
erishilsa xammasi yaxshi boladi.

Mavzu:Tabiiy resurslar haqida ma’lumot yer usti va yer osti boyliklari. Reja: 1.Tabiiy resurslar 2.Foydali qazilmalar 3.Yer osti boyliklari 4.Yer usti boyliklari

Tabiat resurslari , tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi , Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda. Tuproq , atmosfera va gidrosferaning ifloslan ishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda. Tabiat resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish, alohida turlari boʻyicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil, 15 dekabr)ga muvofiq olib boriladi. Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini

toʻgʻri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda tabiat resurslari turlari ham kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan tabiat resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar ishlab chiqarilmoqda, Dunyo okeani boyliklari oʻzlashtirilmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni taʼminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmoqda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini taʼminlaydi. Foydali qazilmalar , mineral xom ashyolar — Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bulinadi (qarang Gipergen konlar , Gipogen konlar , Metamorfogen konlar ). Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar

boʻladi. Qanday chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10-15 km dan chuqur), abissal (3-5 km dan chuqur), gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) konlarga boʻlinadi. Foydali qazilmalar uch guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. Mineral resurslar mamlakat, qitʼa yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab chiqarishining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Yer osti boyliklari, ya'ni qazilma boyliklarga metall va nomatell rudalar, gaz, ko`mir, slanetslar va yer osti suvlari kiradi. Bu boyliklarning hosil bo`lishi ularning ishlatilish tezligidan ko`ra millionlab marta sekin kechadi. Buning ustiga yil sayin insoniyat qazilma boyliklarni sifat va miqdor jihatdan tobora ko`p ishlatmoqda. Agar u XVIII asrda 28

turdagi qazilma boylikdan foydalangan bo`lsa, XIX asrda 71 xil boylikdan foydalandi. Keyingi paytlarda esa Yerda ma'lum bo`lgan barcha kimyoviy elementlar va ularning birikmalaridan foydalanilmoqda. Qazilma boyliklarning asosiy turlaridan foydalanish hajmi va sur'atlarini taxlil qilish insoniyatning bu boyliklarga «ishtahasi» misli qurilmagan darajada o`sib borayotganini ko`rsatadi. Masalan, 1950-1968 yillar orasida aholisi atigi 38% ga oshgani xolida ko`mir va temir rudasini qazib olish 2 baravarga, neft olish esa qariyb 3,5 baravarga ortgan. 1913 yilda qazilma boyliklardan foydalanish Yer yuzi aholisining jon boshiga o`rtacha 5 tonnacha to`g`ri kelgan bo`lsa, bu miqdor 1940 yilda 7,4 tonna, 1960 yilda 14,3 tonna, 1990 yilda 25 tonnaga yetdi, ya'ni keyingi 80 yil orasida 5 baravarga ko`paydi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd tonna mineral xomashyo qazib olinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlariga ko`ra dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko`mir, 2,6 mlrd. tonna neft, 6 mlrd. tonna temir rudasi, 3,6 mln. tonna xrom rudasi, 7,3 mln. tonna mis rudasi, 3,4 mln. tonna qo`rg`oshin rudasi, 159 mln. tonna osh tuzi, 120 mln. tonna fosfatlar, 1,2 mln. tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va platina rudalari qazib olinmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko`ra, qazilma boyliklardan shu sur'atda foydalanilsa oltinning zahirasi yana 30-35 yilga, rux-36 yilga, simob va surma-70 yilga, uran-47 yilga, mis-66 yilga, ko`mir, neft va gaz zahiralari-150 yilga yetadi xolos. Boshqa ma'lumotlarga ko`ra alyuminiy zahirasi yana 570 yilga, mis-292 yilga, rux-232 yilga, temir-150 yilga yetishishi oltin, kumush va platina zahiralari esa 1990 yilda tugashi kerak edi. Xomcho`tga asoslangan bu qarama-qarshi fikrlar, garchi ular kelajak kartinasini aniq qilib ko`rsataolmasada, har holda qazilma boyliklar zahirasi