logo

Yer osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

93.5 KB
Yer osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza
qilish
Reja:
1. Yer  osti boyliklari tushunchasi va ularni ekologik-huquqiy 
muhofaza qilish zarurati.
2. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning 
ekologik-huquqiy talablari.
3. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan   tartibga solish
4. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi. Yer osti boyliklari   nisbiy tushuncha bo`lib, me`yoriy hujjatlarda u nafaqat tup -
roq   ostidagi,   balki   yer   yuzasi   va   suv   ob`yektlari   tubida,   ya`ni   yer   qa`rida
joylashgan   mineral   moddalardir.   Mineral   —   yer   yuzida   va   qa`rida   fizik   va
kimyoviy   jarayonlar   natijasida   vujudga   kelgan,   kimyoviy   tarkibi   va   fizik
xususiyatlari   jihatdan   deyarli   bir   xil   bo`lgan   jins   (modda) 1
.   Shunday   qilib,
mineralning   tuproq   yoki   tuproq   hosil   qiluvchi   ona   jinsdan   farqi   uning   kimyoviy
tarkibi (kimyoviy elementlar soni va uning o`zaro birikmasi) va fizik xususiyatlari
(suv   va   temperatura   rejimi,   katta-kichikligi,   sinishi,   qattiqligi)   bilan   farq   qiladi.
Masalan,   toshko`mir   —   97%   gacha   ugleroddan   va   qolgani   esa   uchuvchi
moddalardan   tarkib   topgan.   Issiqlik   berishi   7200—8750   kkal   kg.   Ohaktosh   —
karbonli birikma, fizik xususiyatlaridan biri suvda eruvchanligi va uning natijasida
katta miqdorda energiya ajratib chiqaradigan jinsligi.
Yer   osti   boyliklarining  ekologik  funksiyasi   —   ekologik  tizimda  turuvchi,  yer
ustining   tabiiy   fundamenti,   tuproq   va   ularni   hosil   qiluvchi   ona   jinslarning   tarkib
topishidagi   mineral   asosi   ekanligi.   Mineralning   kimyoviy,   fizik   va   biologik
yemirilishi   natijasida   ona   jinslar   hosil   bo`ladi   va   tirik   organizmlarning   faoliyati
natijasida   ular   tuproqqa   aylanadi.   Bunday   tabiiy   jarayon   yer   osti   minerallarini
ekologik tizimlarda ishtirok etishini ta`minlab beradi.
Yer   osti   boyliklarining   iqtisodiy   funksiyasi   —   insonlarning   kundalik
hayotidagi   (energetika,   qurilish,   sanoat   va   h.k.   jabhalarida)   moddiy   ehtiyojlarini
qondirish maqsadidagi mineral xom ashyoligi.
Yer osti boyliklarining madaniy — sog ` lomlashtirish funksiyasi   —  yer qa`ri va
minerallarning   foydali   xususiyatlarini   insonlarning   dam   olishi   va   salomatligini
tiklashda ishlatilishi.
Yer   osti   boyliklarining   o`ziga   xos   tomonlaridan   biri   ularni   tugallanadigan   va
qayta   tiklanmaydigan   tabiiy   resurslar   toifasiga   kirishidir.   Agarda   o`simlik   va hayvonot   dunyosining   qayta   tiklanish   davri   bir   necha   daqiqadan   bir   necha   o`n
yillarni,   tuproq   —   yuzlab   yillarni,   suv   —   10   yildan   5000   yilni   o`z   ichiga   olsa,
minerallarning   tiklanish   davri   yuz   minglab   yoki   millionlab   yillarni   talab   etadi.
Insoniyat   tarixida   bu   jarayon   juda   uzoq   muddatli   davr   bo`lgani   uchun   ham   biz
ularni   tiklanish   imkoniyati   yo`q   yoki   tiklanmaydigan   tabiiy   resurslar   toifasiga
kirgizamiz.
Bizga ma`lumki, ayrim  minerallar (qum, tosh, toshko`mir  va h.k.) yer usti va
suv   ostida   ham   uchraydi.   Lekin   ularning   aksariyati   (90%   dan   ortig`i)   yer   qa`rida
uchragani   uchun   ham   biz   shartli   ravishda   ularni   —   «yer   osti   boyliklari»   deb
ataymiz.   Ular   nafaqat   tabiiy   resurs   sifatida,   balki   tabiiy   boylik   (ob`yekt)   sifatida
ham   qaralib,   ularni   muhofaza   qilish   esa   ekologik   tizimlarning   harakatini   saqlab
qolish demakdir.
O`zbekistonda yer osti boyliklaridan 100 dan ortig`i mineral resurslar  sifatida
ishlatilib kelinmoqda. Ularning moliyaviy potensiali 3,3 trln, yillik qazib olishning
iqtisodiy   ko`rsatkichi   5,5   mlrd   AQSH   dollariga   tengdir.   Shuning   uchun   ham
mineral   xom   ashyo   bizning   asosiy   boyligimiz   hisoblanadi.   Ulardan   oqilona
foydalanish va ularni muhofaza qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.   A.   Karimov   o`zining   «O`zbekiston   XXI   asr   bo`sag`asida:   xavfsizlikka   tahdid,
barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari»   degan   asarida   O`zbekiston   sobiq
Ittifoqning   mineral   xom   ashyo   bazasi   bo`lgani   va   undan   o`ta   shafqatsizlarcha   —
«tagi   yo`q   bochka»   kabi   foydalanganliklarini   alohida   ta`kidlab   o`tgan.   Natijada
ular   ekologik   tizimlarning   buzilishiga,   «oy   landshafti»ga   o`xshash   chiqindi
moddalar   tepaliklarini   paydo   qilishga,   radioaktiv   xavfli   tegralarni   vujudga
keltirishga sabab  bo`lganini  aytib o`tgan. Endilikda bunday qayta tiklanmaydigan
zaxiralardan qat`iy mezon asosida foydalanish, ularni qazib olish va qayta ishlash
chog`ida   isrofgarchilikka   yo`l   qo`ymaslik   kerak.   Buning   uchun   eskirgan   qayta
ishlash   va   qazib   olish   uskunalarini   yangi   texnologiyalar   bilan   almashtirish,
rekonstruksiya   qilish   zarur.   Т og`-kon   sanoatining   chiqindilarini   o`zlashtirishni yanada   kengaytirish   hamda   buzilgan   yerlarni   qayta   yaroqli   holga   keltirish
talablarini amaliy qo`llash lozim.
Yuqorida   keltirilgan   va   davlatimizning   yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   va
muhofaza qilishdagi davlat siyosatini amalga oshirmoq uchun, avvalambor, ushbu
munosabatlarni   tartibga   soladigan   huquqiy-me`yoriy   zamin   yaratmoq   kerak.
Chunki   yosh   va   mustaqil   Respublikamiz   endilikda   o`z   mineral   boyliklariga   o`zi
egalik   qilish   huquqiga   ega   bo`ldi.   O`n   ikki   yillik   mustaqillik   davrida
O`zbekistonda   yer  osti   boyliklarini   muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanishga  oid
bir   qator   qonun   va   qonun   osti   me`yoriy   hujjatlar   qabul   qilindi.   Lekin   bu   bilan
jamiyatdagi   ushbu   munosabatlarning   huquqiy   zamini   yaratildi,   deb   bo`lmaydi.
Mustaqil   Respublikamiz   bozor   munosabatlariga   o`tib   borar   ekan,   tabiiy
boyliklardan   foydalanish   va   ularni   muhofaza   qilishni   huquqiy   tartibga   solish
o`zgarib   va   takomillashib   boraveradi.   Eng   asosiysi,   yer   osti   boyliklaridan
foydalanish   va   ularni   muhofaza   qilishga   doir   huquqiy   me`yorlarni   amaliyotda
qo`llash   mexanizmini   to`liq   ishlab   chiqishdir.   Aks   holda   qonunlarimiz   «tishsiz»
bo`lib qolishi va jamiyatda huquqiy negilizm holati vujudga kelishi mumkin.
Yer osti boyliklarining huquqiy holati  —  yer osti boyliklarini muhofaza qilish,
mineral   xom   ashyodan   o`ta   samaradorlik   bilan   foydalanish   va   uning   natijasida
buzilgan   tabiiy   komplekslarni   qayta   tiklashda   yuzaga   keladigan   munosabatlarni
huquqiy tartibga solinishi.
O`zbekiston   Respublikasida   yer   osti   boyliklarining   huquqiy   holati
Konstitutsiyada belgilangan imperativ normalar va uning asosida  ishlab chiqilgan
umumlashtirilgan   normalar   ( Т abiatni   muhofaza   qilish   to`g`risida,   Alohida
muhofaza   etiladigan   tabiiy   hududlar   to`g`risida...),   kodifika tsiyalangan   (Yer
kodeksi,   Jinoyat   kodeksi,   Ma`muriy   javobgarlik   to`g`risidagi   kodeks,   Fuqarolik
kodeksi...)   va   ixtisoslashtirilgan   (Yer   osti   boyliklari   to`g`risida,   Konsessiyalar
to`g`risida...) qonunlar va qonun osti normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi. Yer   osti   boyliklaridan   huquqiy   foydalanish   va   ularni   muhofaza   qilishga   doir
ijtimoiy munosabatlar ushbu huquq tarmog`ining  predmetidir.  Yer osti boyliklarini
huquqiy   tartibga   solish   mazmuni   ruxsat   beruvchi,   oldini   oluvchi   va   taqiqlovchi
huquqiy me`yorlar orqali ularni muhofaza qilish va ulardan o`ta samaradorlik bilan
foydalanishdir.
2. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning 
ekologik-huquqiy talablari.
Yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   va   ularni   muhofazalashning   ekologik-
huquqiy   talablari   O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   50,   54   va   55-
moddalarida   imperativ   shaklda   o`z   aksini   topgan.   Ularga   binoan   har   bir   fuqaro
yoki   mulkdor   atrof   tabiiy   muhitga   (jumladan,   yer   osti   boyliklariga)   nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo`lishi va ulardan oqilona foydalanishi zarur. Ushbu
shartlar   kengaytirilgan   tarzda   Т abiatni   muhofaza   qilish   to`g`risidagi   qonunda
berilgan   bo`lib,   unga   muvofiq   (18-modda)   yer   osti   boyliklaridan   yuridik   va
jismoniy   shaxslar   quyidagi   ekologik   talablar   asosida   foydalanishlari   mumkin:
qazilma   boyliklarni   qazib   olishda   mineral   xom   ashyodan   kompleks   va   oqilona
foydalanish   ta`minlansa;   atrof   tabiiy   muhit   va   yer   osti   boyliklari   ifloslani shining
oldi   olinsa;   foydalanilgan   yer   uchastkalarini   rekultivatsiya   (qayta   tiklash   yoki
buzilgan   yerlarni   qayta   madaniylashtirish   ishlarini)   qilinsa;   qayta   tiklanadigan
foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishga erishilsa.
Umumlashtirilgan   ekologik-huquqiy   talablar   ixtisoslashtirilgan   holda   yangi
tahrirdagi   2002-yil   13-dekabr   «Yer   osti   boyliklari»   va   1995-yil   30-avgustdagi
«Konsessiyalar to`g`risida»gi qonunlarda o`z aksini topgan va ular quyidagilardan
iborat: - tog`-kon sanoatidagi ishlarni (qidiruv, kovlash va rekultivatsiya qilish)
yer   qa`ridan   foydalanish   loyihasiga   muvofiq   olib   borish   va   uni   ekologik
ekspertizadan o`tkazish;
- yer   qa`rini   to`la-to`kis   o`rganish,   yer   osti   boyliklaridan   oqilona   va
kompleks foydalanish hamda ularni muhofaza qilish;
- konlarning   foydali   qazilmalar   mo`l   uchastkalarini   tanlab   ishlatish,
mineral xom ashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning
normativdagidan ortiq nobudgarchiligiga yo`l qo`ymaslik;
- yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   bilan   bog`liq   ishlarning   zararli
ta`siridan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
- yer osti boyliklaridan foydalanish chog`ida buzilgan yer uchastkalarini
ulardan   keyinchalik   boshqa   maqsadlarda   foydalanish   uchun   yaroqli   holatga
keltirish;
- ichimlik suvi sifatida foydalaniladigan suv to`plash va yer osti suvlari
to`planadigan   maydonlarda   tog`-kon   sanoati   va   maishiy   chiqindilarning
yig`ilib qolishiga yo`l qo`ymaslik;
- alohida   ilmiy   va   madaniy   qimmatga   molik   yer   osti   boyliklari
uchastkalarini   davlat   qo`riqxonalari   va   yoxud   tabiat   yoki   madaniyat
yodgorliklariga mo`ljallab ajratib olish;
- chet   ellik   investorlar   yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   davomida
atrof-muhitni   muhofaza   qilish   va   ishlarni   ekologik   jihatdan   bexatar   olib
borishlari   hamda   yer   usti   yoxud   yer   osti   uchastkalarini   bosqich ma-bosqich
bexatar qilib qaytarib berishlari va qonun-hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa
ekologik-huquqiy chora-tadbirlarni olib borish. Yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   va   ularni   muhofaza   qilishdagi   ekologik-
huquqiy talablar bevosita yoki bilvosita Chet el investitsiyalari, Mulkchilik, Suv va
suvdan   foydalanish,   O`simlik   va   hayvonot   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan
foydalanish to`g`risidagi qonunlar, Yer kodeksi, Soliq kodek si hamda O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Konchilik tashlanmalarini foydali qazilma
konlari   ishlab   chiqish   uchun   be rish   tartibi   to`g`risida»,   «Qazib   olingan   va   qazib
olish   jarayonida   yo`qotilgan   foydali   qazilmalarning   zaxiralarini   yer   osti
boyliklaridan   foyda lanuvchilar   hisobidan   o`chirish   tartibi   to`g`risida»,   «Foydali
qazilmalar ni   ishlab   chiqish   paytida   yer   osti   boyliklarini   muhofaza   qilishning
yagona qoidalari»ga bag`ishlangan qarorlarda aks ettirilgan.
Amaldagi   me`yoriy   hujjatlarda   aks   ettirilgan   yer   ostidagi   boyliklardan
foydalanishdagi   ekologik-huquqiy   talablarning   mohiyati   va   vazifalariga   ko`ra   4
guruhga ajratish mumkin:
1)   yer   osti   boyliklarini   to`liq   va   kompleks   holda   o`rganish   orqali   ularni
ishlatish yoki konservatsiya qilish orqali muhofazalash;
2)   mineral   xom   ashyolarni   qidirish,   qazib   olish   va   rekultivatsiya   qilishni
faqatgina   ixtisoslashtirilgan   davlat   organlari   nazoratida   olib   borish   va   ularni
amalga   oshirish   davomida   atrof   tabiiy   muhitning   boshqa   ob`yektlariga   zarar
yetkazmaslik;
3)   ishlatilgan   konlarni   yoki   ularni   ekspluatatsiya   qilish   davomida   yer
uchastkalarini o`z vaqtida rekultivatsiya qilib borish;
4)   noyob   turdagi   mineral   boyliklarni   va   ularning   komplekslarini   alohida
muhofaza qilish tartibini o`rnatish.
  3. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan   tartibga solish.
O`zbekiston   Respublikasi   bozor   munosabatlariga   o`tishning   besh   tamoyilidan
biri   —   davlatning   bosh   islohotchiligidir.   Davlat   islohotlarning   ustuvor
yo`nalishlarini   belgilab   berar   ekan,   yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   va   ularni
muhofaza   qilishning   hozirgi   zamon   talablariga   mos   tushadigan   siyosiy   yo`lini
ishlab   chiqishi   va   uni   izchillik   bilan   amalga   oshirishi   kerak.   Chunki   «ijtimoiy
jihatdan yo`naltirilgan hozirgi bozor   — davlat tomonidan tartibga solib turiladigan
bozordir» 1
.
Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish vazifalari Yer osti
boyliklari to`g`risidagi qonunning II bobiga binoan quyida gilardan  iborat:
- yer   osti   boyliklarini   geologik   jihatdan   o`rganish   va   muhofaza   qilish,
mineral   resurslardan   oqilona,   kompleks   foydalanish,   ular   bilan   bog`liq
bo`lgan ishlarni bexatar yuritishga doir me`yorlar va qoidalarni belgilash;
- mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishni ta`minlash;
- foydali   qazilmalarning   asosiy   turlarini   qazib   olishning   hozirgi
paytdagi va istiqbolga mo`ljallangan hajmlarini belgilash;
- yer   osti   boyliklaridan   foydalanganlik   uchun   to`lovlarni   belgilash   va
undirish;
- yer osti boyliklari kadastrini o`tkazish, monitoringini olib borish;
- yer   osti   boyliklarini   muhofazalash   va   ulardan   oqilona   foydalanish
ustidan davlat nazoratini o`rnatish va h.k. Yuqorida sanab o`tilgan vazifalarni bajarishda davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari   O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi,   davlat   organ larining   o`zi
to`g`risidagi   qonunlar   yoki   nizomlariga   muvofiq   konchilik   mu no sa batlarini
tartibga   solib   turadi.   Ularning   vakolatlari   mohiyati   va   mazmuniga   ko`ra   2   katta
guruhga: umumiy va maxsus boshqaruv vakolatidagi davlat organlariga ajratiladi.
Umumiy boshqaruv vakolatidagi  davlat organlariga   O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti,   Oliy   Majlis,   Vazirlar   Mahkamasi   va   mahalliy   hokimiyat   organlari
kiradi.   Maxsus  davlat  boshqaruv organlari   o`z nav batida   — kompleks, sohalar  va
funksional boshqaruv organlariga ajratiladi.
O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   93-moddasiga   muvofiq
Prezident   —   yer   osti   boyliklarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish
borasidagi   ichki   va   xalqaro   siyosatni   belgilaydi;   ushbu   soha dagi   ishlar
fuqarolarning  ekologik   xavfsizligiga   salbiy   ta`sir   ko`rsat masligiga   kafillik   beradi;
yer osti mineral xom ashyodan foydalanish va uning muhofazasiga doir qonunlarni
imzolaydi   hamda   farmon,   farmoyish   va   qarorlar   qabul   qiladi;   ekologik   talafot
ko`rgan   tog`-kon   sanoatining   hududlari   bo`yicha   favqulodda   holat   joriy   etadi   va
shu kabi boshqaruv masalalarni hal qiladi.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   davlatimizning   ijro   etuvchi
organi   sifatida   Konstitutsiyamiz,   Yer   osti   boyliklari   to`g`risidagi   qonunning   8-
moddasiga ko`ra, bir qator muhim vazifalarni bajaradi:
— yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   va   ularni   muhofaza   qilishga   doir
qonunlar ijrosini ta`minlaydi;
— yer osti boyliklari kadastrini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
— konchilik va u bilan bog`liq bo`lgan inqirozli holatni bartaraf etadi va
yer ostida bo`layotgan tabiiy ofatlarning (endogen jarayonlarni) kelib chiqish
sababini   aniqlaydi   va   ularni   ekologik   xavfsizlik   darajasini   ta`minlashning
chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amal ga oshiradi; — yer osti boyliklaridan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish va
qayta tiklash (rekultivatsiyalash) bo`yicha targ`ibot, o`quv, ta`lim va malaka
oshirishni yo`lga qo`yadi;
— mineral   xom   ashyolardan   foydalanish   tartibini   tasdiqlaydi   va   shunga
o`xshash o`z vakolati doirasida faoliyat yuritadi.
Vazirlar   Mahkamasining   1997-yil   13-yanvardagi   «Konchilik   tashlamalarini
foydali qazilma konlarini ishlab chiqish uchun berish tartibi to`g`risida»gi qaroriga
muvofiq O`zbekiston Respublikasida «Zarafshon   — Nyumont», «WMC Zarmitan
L Т D», «Nyumont — O`zbekiston L Т D   — Mitsun» kabi qo`shma korxonalar sovet
davridan qolgan konchilik chiqitlarini qayta boyitish orqali turli qimmatbaho rangli
metallarni olmoqdalar. Chet el firmalarining 15 yillik muddatda va qulay huquqiy
negizda   ishlashi   tog`-kon   sanoatiga   yuqori   unumdorlikka   ega   bo`lgan
texnologiyalarning kirib kelishiga sabab bo`lmoqda.
O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasida   100-moddasi,     Mahalliy   davlat
hokimiyati   va   Yer   osti   boyliklari   to`g`risidagi   qonunning   9-moddasiga   muvofiq
mahalliy davlat boshqaruv organlari   shahar, tuman va viloyat ahamiyatiga molik
bo`lgan konchilik munosabatlarini tartibga solish vakolatlariga ega bo`lib, ular:
— yer osti va usti mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish va ularni
ekologik   xavfsizlik   darajasini   ta`minlash   bo`yicha   hududiy   boshqaruv
dasturlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
— yer   osti   boyliklari   kadastrini   va   monitoringini   amalga   oshiradilar
hamda ularga binoan mahalliy to`lovlarni undirib oladilar;
— konchilik   sanoatidan   chiqqan   chiqitlarni   tashlash,   ko`mish   uchun
ruxsatnomalar beradilar va ularni bekor qiladilar; — mahalliy   ahamiyatga   ega   bo`lgan   qurilish,   tog`-kon   sanoati   korxona -
larining ekologik faoliyatini nazorat qiladilar va asosli ravishda uni to`xtatib
qo`yadilar hamda Konstitutsiyaga va boshqa 
qonunlarga zid bo`lmagan huquqiy-ekologik tadbirlarni olib boradilar.
Davlatning   yer   osti   boyliklarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanishdagi
maxsus vakolat   tizimidagi  kompleks boshqaruvni  Geologiya va mineral resurslar
davlat   qo`mitasi,   Т abiatni   muhofaza   qilish   davlat   qo`mitasi,   Sanoatda   va
konchilikda   ishlarni   bexatar   olib   borilishini   nazorat   qilish   agentligi,   Favqulodda
hodisalar   bo`yicha   vazirlik   olib   boradi.   Ushbu   davlat   organlari   mulk   shaklidan
qat`i   nazar   yer   osti   boyliklaridan   foy dalanilayotgan   yuridik   va   jismoniy
shaxslarning   faoliyatlarini   inson   salomatligi   va   atrof-muhit   holatiga   bezarar   olib
borayotganlarini boshqarib va nazorat qilib turadilar.
Bizlarga   ma`lumki,   yer   osti   boyliklaridan   bir   qator   xalq   xo`jaligi   sohalarida
ham foydalanadilar. Shuning uchun har bir sohada o`zining boshqaruv va nazorat
bo`linmalari   mavjud   bo`lib,   davlatning   maxsus   boshqaruv   organlariga   yordam
berish   uchun   ular   maxsus   ko`rinishdagi   sohaviy   boshqaruv   vakolatiga   egadirlar.
Ularga  O`zsanoatqurilish, Qishloq va suv xo`jaligi, Mudofaa va Avtomobil yo`llari
vazirliklari  kabi davlat organlari kiradi.
Davlat   boshqaruv   organlarining   maxsus   boshqaruv   tizimida   funk sional
vakolatga ega bo`lgan davlat idoralarining yer osti boyliklarini muhofaza qilish va
ulardan   oqilona   foydalanishni   tartibga   solishdagi   ahamiyati   kattadir.   Masalan,
alohida   muhofaza   qilishga   molik   tog`   sanoatiga   qarashli   ob`yektlarni   huquqni
muhofaza qilish organlarining harbiy lashtirilgan idoralari tomonidan qo`riqlanishi,
ulardagi xo`jalik ishlarining bexatar olib borilishiga va oqibatda, ekologik inqirozli
holatning oldini olishga olib kelmoqda.  Davlat standartlashtirish va metereologiya
qo`mitasi  o`z funksional vazifasiga ko`ra mineral xom ashyolarni qidiruv va qazib
olishlarning   xalqaro   ekologik   standartlarga   mos   kelishini   tartibga   solib   turadi.
Soliq inspeksiyasi   esa o`z vakolati doirasida yer osti va usti mineral boyliklaridan foydalanganlik   yoki   bu   foydalanish   davomida   atrof-muhitni   ifloslantirganliklari
uchun   xo`jalik   yurituvchi   sub`yektlardan   so liqlar   va   to`lovlarni   o`z   muddatida
undirib olish orqali tabiatga yetkazilgan zararni moliyaviy qoplashga imkon beradi.
Huquqni muhofaza qilish davlat idoralarining   funksional boshqaruv vazifalari yer
osti   boyliklaridan   oqilona   foydalanish   va   ularni   muhofaza   qilish   qonunchiligi
buzilishining   profilaktik   chora-tadbirlarini   ishlab   chiqish   hamda   konchilik   qonun
hujjatlarini buzganlarga nisbatan jazo choralarini qo`llashdan iboratdir.
4. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi.
Yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   huquqi   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   (respublika   ahamiyatiga   molik   ob`yektlar   uchun)   litsenziya
(ruxsatnoma)si  asosida yuridik va jismoniy shaxs larga berilishi  mumkin.   Yer osti
boyliklaridan   foydalanish   muddatlari   Yer   osti   boyliklari   to`g`risidagi   qonunning
22-moddasiga   muvofiq   muddatli   va   muddatsiz   bo`lishi   mumkin.   Agarda
foydalanish   muddati   oldindan   belgilanib   qo`yilmagan   bo`lsa,   u   muddati
cheklanmagan   hisoblanadi.   Aksincha,   agarda   yer   osti   boyliklaridan   foydalanish
litsenziyada   belgilab   qo`yilgan   bo`lsa   —   cheklangan   bo`ladi.   Masalan,   chet   el
yuridik   va   jismoniy   shaxslarga   Konsessiyalar   to`g`risidagi   qonunning   3,   15,   17-
moddalariga   binoan   tanlov   va   auksion   o`tkazish   orqali   15   yil   muddatga   Vazirlar
Mahkamasining   qarori   asosida   yer   osti   boyliklari   foydalanish   uchun   beriladi.
Zaruriyatga   qarab   bu   muddat   muayyan   davrga,   lekin   15   yildan   oshmagan   holda,
uzaytirilishi mumkin.
Yer osti boyliklaridan foydalanishning olti turi mavjud:
1) geologik jihatdan o`rganish;
2) foydali qazilmalarni kavlab olish; 3) texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
4)   foydali   qazilmalar   bilan   bog`liq   bo`lmagan   yer   osti   inshootlarini   qu rish
hamda ulardan foydalanish; chiqindilarni saqlash va ko`mib tashlash;
5) alohida muhofaza etiladigan geologik ob`yektlarni barpo qilish;
6) nodir tosh xom ashyosi  namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa
geologik kolleksiyabop materiallarni to`plash.
Geologik o`rganish uchun berib qo`yish  Qonunning 25-moddasida belgi langan
tartibda   tasdiqlangan   yer   qa`rini   geologik   o`rganish   loyiha   —   sxema   hujjatlariga
binoan amalga oshiriladi. Yer qa`rini geologik jihatdan o`rganishga doir ekologik
ekspertiza   talab   qilmaydigan   ishlar   ro`yxati   Т abiatni   muhofaza   qilish   davlat
qo`mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer   qa`ri   uchastkalaridan   foydalanish   huquqi   maxsus   litsenziyalar   asosida
amalga oshiriladi. Uning uchun yer osti mineral boyliklardan foydalanish maqsadi,
kon   joylashgan   maydon,   texnogen   hosilalardan   foydalanish   bilan   bog`liq   bo`lgan
korxona   loyihalari,   qazib   olish   bilan   bog`liq   bo`lmagan   inshootlarni   qurish   va
ulardan foydalanish, zararli  moddalar, radioaktiv chiqindilarni  va ishlab chiqarish
chiqitlarini joylashtirish huquqlari bo`lishi lozim.
Yuridik va jismoniy shaxslarga yer osti boyliklaridan foydalanishning bir yo`la
bir   necha   turi   uchun   litsenziyalar   berilishi   mumkin.   Vazirlar   Mahkamasi
tomonidan   berilgan   litsenziya   Yer   kodeksining   17-moddasiga   muvofiq   yer   osti
boyliklaridan foydalanuvchilar uchun yer uchastkasini  ajratishga asos  bo`la oladi.
Kon ajratmalari Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat
qilish agentligi tomonidan beriladi.
Foydali   qazilma   konlarini   tajriba-sanoat   yo`sinida   ishlatish   (neft   va   gaz
konlari   bundan   mustasno),   yer   osti   chuchuk   suvlarini   chiqarib   olish,   nodir   tosh
xom   ashyosi   namunalarini,   paleontologik   qoldiqlarni   va   boshqa   kolleksiyabop geologik materiallarni to`plash uchun litsenziyaga muvofiq berib qo`yiladigan yer
osti boyliklari uchastkalariga kon ajratmasi talab qilinmaydi.
Geologiya   va   qidiruv   ishlari   moliyaviy   ta`minlagan   yuridik   va   jismoniy
shaxslar   qidirib   topilgan   konni   ishlatish   uchun   litsenziyalar   olishda   mutlaq
huquqqa egadirlar.
Xo`jalik va ro`zg`or ehtiyojlari uchun  foydalanishga yer osti boyliklarini berib
qo`yish   Yer   osti   boyliklari   to`g`risidagi   qonunning   31-moddasi   bilan   alohida
belgilab qo`yilgan. Unga binoan mahalliy xo`jalik ahamiyati  uchun zarur  mineral
xom ashyo va yer osti suvlarini qazib olish, yer osti inshootlarini qurish maqsadida
Vazirlar   Mahkamasining   maxsus   litsenziyasisiz,   lekin   qonun   hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshirish mumkin.
Yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   uchun   tayyorlangan   loyihalar   Т abiatni
muhofaza qilish davlat qo`mitasining ekspertizasidan o`tishi lozim.
Aholi   punktlarida,   shahar   atrofidagi   yashil   zonalarda,   sanoat,   transport,   aloqa
ob`yektlari,   yer   osti   mineral   suvlarini   chiqarib   olish   zonalarida   va   alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar doirasida yer qa`rining ayrim uchastkalaridan
foydalanish cheklab yoki taqiqlab qo`yilishi mumkin.
Yer   osti   boyliklaridan   foydalanuvchilar   Yer   osti   boyliklari   to`g`risi dagi
qonunning   32—33-moddalariga   muvofiq   bir   qator   huquqlar   va   majburiyatlarga
egadirlar.
Yer   osti   boyliklaridan   foydalanish   huquqini   cheklash,   to`xtatib   turish   va
tugatish   Yer   osti   boyliklari   to`g`risidagi   qonunning   34-moddasida   ko`rsatilgan
hollarda va Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.

Yer osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish Reja: 1. Yer osti boyliklari tushunchasi va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish zarurati. 2. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning ekologik-huquqiy talablari. 3. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish 4. Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi.

Yer osti boyliklari nisbiy tushuncha bo`lib, me`yoriy hujjatlarda u nafaqat tup - roq ostidagi, balki yer yuzasi va suv ob`yektlari tubida, ya`ni yer qa`rida joylashgan mineral moddalardir. Mineral — yer yuzida va qa`rida fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatdan deyarli bir xil bo`lgan jins (modda) 1 . Shunday qilib, mineralning tuproq yoki tuproq hosil qiluvchi ona jinsdan farqi uning kimyoviy tarkibi (kimyoviy elementlar soni va uning o`zaro birikmasi) va fizik xususiyatlari (suv va temperatura rejimi, katta-kichikligi, sinishi, qattiqligi) bilan farq qiladi. Masalan, toshko`mir — 97% gacha ugleroddan va qolgani esa uchuvchi moddalardan tarkib topgan. Issiqlik berishi 7200—8750 kkal kg. Ohaktosh — karbonli birikma, fizik xususiyatlaridan biri suvda eruvchanligi va uning natijasida katta miqdorda energiya ajratib chiqaradigan jinsligi. Yer osti boyliklarining ekologik funksiyasi — ekologik tizimda turuvchi, yer ustining tabiiy fundamenti, tuproq va ularni hosil qiluvchi ona jinslarning tarkib topishidagi mineral asosi ekanligi. Mineralning kimyoviy, fizik va biologik yemirilishi natijasida ona jinslar hosil bo`ladi va tirik organizmlarning faoliyati natijasida ular tuproqqa aylanadi. Bunday tabiiy jarayon yer osti minerallarini ekologik tizimlarda ishtirok etishini ta`minlab beradi. Yer osti boyliklarining iqtisodiy funksiyasi — insonlarning kundalik hayotidagi (energetika, qurilish, sanoat va h.k. jabhalarida) moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi mineral xom ashyoligi. Yer osti boyliklarining madaniy — sog ` lomlashtirish funksiyasi — yer qa`ri va minerallarning foydali xususiyatlarini insonlarning dam olishi va salomatligini tiklashda ishlatilishi. Yer osti boyliklarining o`ziga xos tomonlaridan biri ularni tugallanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirishidir. Agarda o`simlik va

hayvonot dunyosining qayta tiklanish davri bir necha daqiqadan bir necha o`n yillarni, tuproq — yuzlab yillarni, suv — 10 yildan 5000 yilni o`z ichiga olsa, minerallarning tiklanish davri yuz minglab yoki millionlab yillarni talab etadi. Insoniyat tarixida bu jarayon juda uzoq muddatli davr bo`lgani uchun ham biz ularni tiklanish imkoniyati yo`q yoki tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kirgizamiz. Bizga ma`lumki, ayrim minerallar (qum, tosh, toshko`mir va h.k.) yer usti va suv ostida ham uchraydi. Lekin ularning aksariyati (90% dan ortig`i) yer qa`rida uchragani uchun ham biz shartli ravishda ularni — «yer osti boyliklari» deb ataymiz. Ular nafaqat tabiiy resurs sifatida, balki tabiiy boylik (ob`yekt) sifatida ham qaralib, ularni muhofaza qilish esa ekologik tizimlarning harakatini saqlab qolish demakdir. O`zbekistonda yer osti boyliklaridan 100 dan ortig`i mineral resurslar sifatida ishlatilib kelinmoqda. Ularning moliyaviy potensiali 3,3 trln, yillik qazib olishning iqtisodiy ko`rsatkichi 5,5 mlrd AQSH dollariga tengdir. Shuning uchun ham mineral xom ashyo bizning asosiy boyligimiz hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov o`zining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» degan asarida O`zbekiston sobiq Ittifoqning mineral xom ashyo bazasi bo`lgani va undan o`ta shafqatsizlarcha — «tagi yo`q bochka» kabi foydalanganliklarini alohida ta`kidlab o`tgan. Natijada ular ekologik tizimlarning buzilishiga, «oy landshafti»ga o`xshash chiqindi moddalar tepaliklarini paydo qilishga, radioaktiv xavfli tegralarni vujudga keltirishga sabab bo`lganini aytib o`tgan. Endilikda bunday qayta tiklanmaydigan zaxiralardan qat`iy mezon asosida foydalanish, ularni qazib olish va qayta ishlash chog`ida isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik kerak. Buning uchun eskirgan qayta ishlash va qazib olish uskunalarini yangi texnologiyalar bilan almashtirish, rekonstruksiya qilish zarur. Т og`-kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni

yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish talablarini amaliy qo`llash lozim. Yuqorida keltirilgan va davlatimizning yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilishdagi davlat siyosatini amalga oshirmoq uchun, avvalambor, ushbu munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy-me`yoriy zamin yaratmoq kerak. Chunki yosh va mustaqil Respublikamiz endilikda o`z mineral boyliklariga o`zi egalik qilish huquqiga ega bo`ldi. O`n ikki yillik mustaqillik davrida O`zbekistonda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid bir qator qonun va qonun osti me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Lekin bu bilan jamiyatdagi ushbu munosabatlarning huquqiy zamini yaratildi, deb bo`lmaydi. Mustaqil Respublikamiz bozor munosabatlariga o`tib borar ekan, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish o`zgarib va takomillashib boraveradi. Eng asosiysi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir huquqiy me`yorlarni amaliyotda qo`llash mexanizmini to`liq ishlab chiqishdir. Aks holda qonunlarimiz «tishsiz» bo`lib qolishi va jamiyatda huquqiy negilizm holati vujudga kelishi mumkin. Yer osti boyliklarining huquqiy holati — yer osti boyliklarini muhofaza qilish, mineral xom ashyodan o`ta samaradorlik bilan foydalanish va uning natijasida buzilgan tabiiy komplekslarni qayta tiklashda yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi. O`zbekiston Respublikasida yer osti boyliklarining huquqiy holati Konstitutsiyada belgilangan imperativ normalar va uning asosida ishlab chiqilgan umumlashtirilgan normalar ( Т abiatni muhofaza qilish to`g`risida, Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida...), kodifika tsiyalangan (Yer kodeksi, Jinoyat kodeksi, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks, Fuqarolik kodeksi...) va ixtisoslashtirilgan (Yer osti boyliklari to`g`risida, Konsessiyalar to`g`risida...) qonunlar va qonun osti normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi.

Yer osti boyliklaridan huquqiy foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir ijtimoiy munosabatlar ushbu huquq tarmog`ining predmetidir. Yer osti boyliklarini huquqiy tartibga solish mazmuni ruxsat beruvchi, oldini oluvchi va taqiqlovchi huquqiy me`yorlar orqali ularni muhofaza qilish va ulardan o`ta samaradorlik bilan foydalanishdir. 2. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning ekologik-huquqiy talablari. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning ekologik- huquqiy talablari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54 va 55- moddalarida imperativ shaklda o`z aksini topgan. Ularga binoan har bir fuqaro yoki mulkdor atrof tabiiy muhitga (jumladan, yer osti boyliklariga) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo`lishi va ulardan oqilona foydalanishi zarur. Ushbu shartlar kengaytirilgan tarzda Т abiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunda berilgan bo`lib, unga muvofiq (18-modda) yer osti boyliklaridan yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi ekologik talablar asosida foydalanishlari mumkin: qazilma boyliklarni qazib olishda mineral xom ashyodan kompleks va oqilona foydalanish ta`minlansa; atrof tabiiy muhit va yer osti boyliklari ifloslani shining oldi olinsa; foydalanilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya (qayta tiklash yoki buzilgan yerlarni qayta madaniylashtirish ishlarini) qilinsa; qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishga erishilsa. Umumlashtirilgan ekologik-huquqiy talablar ixtisoslashtirilgan holda yangi tahrirdagi 2002-yil 13-dekabr «Yer osti boyliklari» va 1995-yil 30-avgustdagi «Konsessiyalar to`g`risida»gi qonunlarda o`z aksini topgan va ular quyidagilardan iborat: