Ekologik-huquqiy mexanizm
Ekologik-huquqiy mexanizm Reja: Kirish Ekologik-huquqiy mexanizm Ekologiyaning asosiy vazifalarini Xulosa
Kirish XXI asrga kelib dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim masalalardan biri lobal miqyosda inson xavfsizligi, xususan uning bir elementi bo‘lmish ekologik xavfsizlikni ta’minlashdir. Shuning uchun ham ekologiya – tabiatda organizmlar, jumladan, kishilar va ularning atrof-muhiti bilan munosabatlariga doir tushuncha, voqelik, hodisa va jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo‘nalish hamda ular o‘rtasidagi munosabatlarni optimallashtiruvchi amaliyot sohasiga aylangan. Ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikning asosiy bo‘g‘ini sifatida qaralar ekan, u kundalik hayotimizning barcha jabhalarini o‘z ta’sir doirasiga qamrab olmoqda. Zero, kishilik jamiyati rivojlanar ekan, uning faoliyati muqarrar ravishda atrof tabiat bilan bevosita yoinki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham Yurtboshimizning ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga qarata aytilgan har bir so‘zlari ekotizimlar xavfsizligiga qaratilgandir. Bozor iqtisodiyoti talablari keng xalq ommasiga singdirilayotgan bir davrda ijtimoiy munosabatlarni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish huquq rolini so‘zsiz oshirmoqda. Chunki insoniyatning barqaror rivojlanishi barcha davlatlarning ichki va tashqi ekologik funksiyalarini tinch yo‘l bilan hal qilinadigan huquqiy tartibga solish metodlarini qo‘llashga chorlaydi. Bu usulning qay darajada afzal ekanligi va insonlarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun nechoqlik ahamiyat kasb etishini Siz ushbu darslik bilan tanishish davomida anglab olasiz. Mazkur darslik muallifning oliy o‘quv yurtlari uchun chop etilgan «Ekologiya huquqi»ga oid barcha o‘quv adabiyotlaridan farqli ravishda, u huquqshunoslarga emas, balki kelgusida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangandir.
Ekologik-huquqiy mexanizm Ekologik-huquqiy mexanizm Ekologik qonun hujjatlari qabul qilindi va tegishli me’yoriy hujjatlar yuzaga keldi, degan so‘z, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishdagi barcha ijtimoiy munosabatlar tartibga solindi va oqibatda, ekologik xavf sizlik yaratildi, degani emas. Uning uchun juda keng qamrovli va o‘ta serxarajat masalani hal qilish kerak bo‘ladi, ya’ni ekologikhuquqiy mexanizmni yaratish talab etiladi. Mexanizm – grekchada «mechane» – qurol, qurilma degan ma’noni anglatib, u biron-bir harakatni bajarish uchun zarur bo‘lgan uzviy bog‘langan qismlar tizimidir. Ekologik-huquqiy mexanizm – ekologik munosabatlarning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta’minlovchi qismlar (zvenolar) tizimi. Ekologik- huquqiy mexanizm ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solinishini ta’minlovchi qismlar yoki zvenolar tizimi. Qismlar yig‘indisi emas, aynan qism lar tizimidir. Masalan, avtomobilni normal holdagi harakatini ta’minlash uchun uning elektr, yog‘lash, yonish, yurish kabi bir qator qismlarini bir me’yorda va bir paytning o‘zida ishlashini ta’minlash talab etiladi. Aks holda avtomobil «xavfli mashina» yoki «quruq temir»ga aylanadi. Ekologiya huquqida ham ekologik-huquqiy normalar «tishsiz qonunlar»ga aylanmasligi va kishilar tomonidan inkor etilmasligi («huquqiy negilizm») uchun ekologik-huquqiy mexanizm yaratiladi. Ekologik-huquqiy mexanizm muayyan davlatning ekologik siyosatiga, konsepsiyasiga, tabiatga nisbatan munosabat hamda qurilish va boshqarish shakllariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. «Bizning pirovard maqsadimiz, – degan edi Prezidentimiz I. Karimov, – ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi O‘zbekistonda aynan ana shu tamoyillarni inobatga olgan tarzda tuzilishi va unga monand ravishda harakat qilishi maqsadga muvo fi q deb hisoblaymiz. Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish unga huquqiy ta’sir etish, uni amalga
oshirish, takomillashtirish va rivojlantirish orqaligina olib boriladi. Chunki zamon o‘zgargan sari insonlar ham o‘zgarib boradilar, atrof tabiiy muhit ham o‘z «o‘zgaruvchanlik» xususiyatini yo‘qotib qo‘ymaydi. Ekologik-huquqiy mexanizm zanjirining qismlari quyidagilardan iborat: 1) ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi konstitutsiyaviy me’yorlarni o‘rnatish va ekologiyalashtirilgan qonunlarni qabul qilish; 2) ekologik qonunlar ijrosini ta’minlovchi qonun osti me’yoriy huj jatlarni tezkor ravishda ishlab chiqish; 3) kafi llik normalarini yaratish; 4) ekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirish; Ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi konstitutsiyaviy me’yorlar – qat’iy (imperativ) normalardan iborat bo‘lib, Konstitutsiyamizning 50, 54, 55, 100-moddalarida aks ettirilgan. Ular bozor iqtisodiyotiga o‘tib borayotgan mamlakatimizning ekologik siyosatini mujassamlashtirgan tarzda ifodalaydi.[ 1.И.А.Каримов. Кучли давлатдан кучли жамият сари. – Т.: «Шарқ», 1998. – 49-б.] Ekologik xavfsizlik esa kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondira oladigan toza , sog ‘ lom va qulay atrof tabiiy muhit holatidir . Ekologiyalashtirilgan qonunlarni qabul qilish Konstitutsiyada belgilangan imperativ normalarni kengaytirilgan tarzda ekologik qonunlarda ifodalash . Ushbu me ’ yor va qoidalar « Tabiatni muhofaza qilish to ‘ g ‘ risida » gi qonunda yaqqol ifoda etilgan bo ‘ lib , ular to ‘ rt ko ‘ rinishdagi normalardan iborat : prinsip , birlamchi , imperativ , kafi llik . Asrlar davomida buyuk allomalar inson va tabiat nima, dcgan savolga javob qidirib kelganlar. Inson tirik organizm sifatida boshqa tahiiy obyektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuch-qudrati, uni alohida bir mavjudot sifatida qarashga da’vat etib keldi. Ayniqsa bunday dunyoqarash X X -X X I asrlar, ya’ni ilmiy-texnika yutuqlari davriga kelib avjiga chiqdi. «Tabiat ustidan g'alaba»ga erishgan inson harnrna ilmu fan tarmoqlarida alohida bir ornil sifatida qaraladigan bo'ldi. Lekin inson aslida alohida bir «individ» yoki hech kimga bo'ysunmaydigan
«hokim» emas, u tabiatning bir bo'lagi, «tabiat oshxonasining bir anjomi»dir. Insonni hech qachon tabiatdan va uni о rab turuvchi atrof tabiiy muhitdan ajratib bo'lmaydi. Falsafada tabiat deb obyektiv borliq, ya’ni bizni o'rab turuvchi olam va uning xilma-xil shakllari tushuniladi. Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda uni kishilarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo'lgan atrof tabiiy muhit deb qaraladi. Falsafiy yoki astronomik nuqtai na/ardan qaraganda, birinchi keng ma’no to'g'ridir. Chunki yulduzlar, planetalar, osmon va uning cheksiz kengliklari, albatta, inson ishtirokisiz kelib chiqqan va tabiiydir. Lekin inson kundalik hayot faoliyatida ulardan foydalanmaydi va ulardagi jarayonlarga о / ta’sirini o'tkaza olmaydi. Balki o'zini o'rab turuvchi havo, suv, yer, yer osti boyliklari, o'sim lik va hayvonot dunyosi kabi tabiat ne’matlari(komponentlari)dan «oldi-orqasi»ga qaramay foydalanadi va ularga ta’sir etadi. Nafaqat inson, balki butun jonzotlar ham bundan istisno emas. Inson Yer kurrasining jonli qobig'i - biosferada yashovchi tirik organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurgazuvchi individdir. Inson ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, axloqiy, m a’naviy hamda ruhiy o'z-o'/.ini anglay olishi bilan boshqa tirik organismlardan tubdan ajralib turadi. Insonlarning muayyan bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki majmui — jam iyatdir. Xuddi ana shu insonlar jamoasi tabiat bilan juda uzviy munosabatda bo'ladilar. Insonning yakka o'zi uncha katta kuch emas, lekin insonlarning ongli ravishda biron-bir maqsadlarni ko'zlab takomillashtirilgan mehnat qurollaridan foydal; can tarzda uyushishi va ularni tabiatga bo'lgan munosabati ko'p narsani belgilab beradi. Agarda ushbu maqsad insonlarning ehtiyojlarini qondirishni faqatgina tabiatdan "topishga" yo'naltirsa, unda atrof tabiiy muhitda juda sezilarli darajada salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Aksincha, ushbu jam iyat maqsadi tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilsa, unda tabiatda ijobiy siljishlar ham bo'lishi mumkin. Insonlarning muayyan ma'muriy hududda uyushgan qismi - jamiyatni boshqarish va uning tabiatga nisbatan munosabatini tartibga solish bevosita davlat orqali amalga oshiriladi. Davlat mazku boshqaruvni huquq orqali amalga oshiradi va tabiatga inson va jamiyatdan ko'ra bir necha chandon kuchliroq salbiy yoki ijobiy ta'sir ko'rsatishi, atrof tabiiy muhitni