logo

Huquqiy davlat. Huquqiy davlatchilik g’oyasining rivojlanish tarixi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.173828125 KB
Mavzu:   Huquqiy davlat.     Huquqiy davlatchilik g’oyasining         rivojlanish tarixi    .  
Reja:
1. Huquqiy davlatning mohiyati. Huquqiy davlat shakllanishi va qaror topishining 
zarur shartlari.  
2. Huquq va davlatning o’zaro munosabati, maqsadlari va vazifalari.
3. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. 
4.Huquqiy davlatning asosiy tarkibi, hokimiyatning tarkibiy tuzilishi.
5. Huquqiy davlatning boshqaruvi faoliyati, ularning tizimi.
Amaliy topshiriqlar. Davlat tushunchasi
Huquqda   mohiyat   va   hodisaning   nisbatini   libertar-yuridik   talqin   qilishga
muvofiq huquqiy mohiyatni huquqiy qonun ko’rinishida (huquqiy hodisa sifatida)
ifodalash   -   davlatning   amaliy   huquqni   o’rnatuvchi   (qonun   ijodkorligi)   faoliyati
davomida,   ya’ni   umumiy   majburiy   huquqning   qonun   (pozitiv   huquqning   har   xil
manbalari   va   normalari)   ko’rinishida   davlat-hokimiyat   yo’li   bilan
pozitivlashtirilishi   jarayonida   rasman   tenglik   prinsipi   talablarining   normativ-
huquqiy   aniqlashtirilishidir.   Umumahamiyatli   huquqiy   mohiyat   {rasman   tenglik)
va umumiy maj-buriy huquqiy hodisa (qonun)ning bunday zarur aloqasi huquq va
davlatning   tushunchaviy-huquqiy   birligini   namoyish   qiladi,   huquqning   umumiy
majburiy   qonun   sifatida   o’rnatilishi   va   amal   qilishi   uchun   davlatning
hokimiyatning   hamma   uchun   umumiy   bo’lgan   shakli   sifatidagi   huquqiy   tabiatini
aniqlaydi va uning huquqiy zarurligini ifodalaydi.
D avlat   –   butun   mamlakat   miqyosidagi   hokimiyatning   maxsus   boshqaruv
appartiga   tayanadigan,   barcha   uchun   qonunlar   chiqaradigan   va   suverenitetga   ega
bo’lgan siyosiy tashkilotni ifodalovchi tushuncha. Bundan tashqari huquq sohalari
bo’yicha:   1)   davlat   va   huquq   nazariyasida   –   jamiyatni   tash   kil   etishning   butun
jamiyatga   tatbiq   etiladigan,   uning   ras   miy   vakili   bo’lgan   va   zarur   hollarda
majburlash vositalari va choralariga tayanadigan muayyan usuli, siyosiy tizimning
asosiy   elementi,   ommaviy   siyosiy   tizim   tashkiloti;   2)   konstitusiyaviy   huquqda
mamlakat   yoki   federasіya   subyektlari   yoxud   hududiy   hamjamiyat   qonun
chiqarishda   muxtoriyatidan   foydalanadigan   va   mahalliy   agentlariga   ega
bo’lganhududiy   hamjamiyat   miqyosida   amal   qiluvchi   ras   miy   hokimiyat   idorlari
(hukumat,   parlament,   sudlar)ning   yig’indisini   bildiradigan   tushuncha;   3)   xalqaro
huquq   subyekti   sifatida   –   xalqaro   munosabatlarning   asosiy   manbai   bo’lib,
hokimiyatning siyosiy tashkiloti bo’lmish davlat va muayyan hudud egasi bo’lgan
aholini o’z chiga oladi.
Huquqiy   mohiyatning   huquqiy   hodisa   ko’rinishida   ifodalaniish
jarayonida huquqning rasman-hokimiyat jihatidan legallashuvi (lex - qonun)
yalpi   (ommaviy)   davlat   hokimiyati   bo’lmish   huquqni   o’rnatuvchi   (qonun chiqaruvchi)   hokimiyatning  o’zining  yuridiklashuvi   (ius   -   huquq)   va  yuridik
legitimlashuvi   bilan   qo’shlib   ketadi .   Huquqni   o’rnatuvchi   hokimiyat   tegishli
{demak,   huquqni   muhofaza   qiluvchi,   huquqni   qo’llanuvchi   hokimiyat   ham)
yuridik   -   mantiqan   va   tarixan   aynan   rasman-hokimiyat   yo’li   bilan   huquq
o’rnatilishi   (hamma   uchun   umumiy   va   umumiy   majburiy   qonun   ko’rinishida
umumiy va umumahamiyatli huquqiy mohiyatning ifodalanishi)  jarayonida o’zini
namoyon qiladi, tuziladi va davlat sifatida mavjud bo’ladi, ya’ni umumiy majburiy
huquqiy   qonunlar   asosida   va   ular   doirasida   ish   ko’ruvchi   umumiy   (ommaviy)
huquqiy hokimiyat sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Shunday qilib, davlat qonun yo’li bilan mustahkamlangan muayyan huquq-
tartibotni   o’rnatuvchi   va   himoya   qiluvchi   umumiy   (ommaviy)   hokimiyatning
huquqiy   shakli   sifatida   ish   ko’radi   va   qaror   topadi.   Uning   doirasida   (barcha
subyektlar,   shu   jumladan   davlat   tomonidan)   to’g’ridan-to’g’ri   zo’rlik
taqiqlangan,   huquq   tomonidan   yo’l   qo’yiladigan,   ijtimoiy   turmushda   kuch
ishlatilishi   esa   qonunlashtirilgan   huquq   (huquqiy   qonun)   sanksiyasi   shakli   va
chegaralarida  huquqiy (davlat-huquqiy)  majbur qilishiga  aylantirilgan.
Har   qanday   davlat   -   umumiy   (ommaviy)   hokimiyatning   huquqiy   shakli
sifatida -   bu (huquqning tegishli  ijtimoiy-tarixiy   davrda   rivojlanishi   darajasiga
ko’ra)   huquqiy   davlatdir   va   u   despotizmning   barcha   (zo’ravonlik,   diktatura,
totalitarizm   (mustabidlik)   va   hokazo)   turlaridan   prinsipial   jihatdan   farq
qiladi .   Despozitizm   rasman   hokimiyatning   zuhur   topishi,   tashkil   etilishi   va
faoliyatining   huquqqacha   bo’lgan,   nohuquqiy   va   aksilhuquqiy   (tenglik,   adolat   va
erkinlikni inkor etuvchi) shaklidan iboratdir.
Davlatning   (erkin   kishilar   hokimiyatining   huquqiy   shakli   sifatida)
despotizmga   (zo’ravonlik   hokimiyati   va   birovlarning   boshqalar   ustidan
hukmronligi sifatida) bunday zid qo’yilishi falsafiy-huquqiy tafakkur tarixida uzoq
an’anaga ega (Aristotel, Siseron, Avgustin, Foma Akvinskiy, Lokk, Kant, Gegel va
boshqalar) va uzoq o’tmishning tarixiy tajribasi bilangina emas, balki zo’ravonlik
bilan hukmroilik qilishning hamda huquq va davlatchilik asoslarining tubdan inkor qilinishining eng yangi despotik shakli bo’lgan XX asr totalitarizmining amaddagi
ko’rinishlari bilan mustahkamlangan.
Har   qanday   davlatning   huquqiy   davlat   sifatida   keltirilgan   talqinini   (uning
huquqni   inkor   etuvchi   despotizmga   prinsipial   zidligi   bilan)   huquqiy   davlatni
zamonaviy   tushunish   bilan   aralashtirib   yubormaslik   kerak.   Huquqiy   davlat
deganda, huquq va davlat rivojlanishining zamonaviy darajasiga muvofiq keluvchi,
alohida xossalar  va tavsiflar to’plamiga ega bo’lgan ommaviy hokimiyat  huquqiy
tashkilotining   maxsus,   konstruksiyasi   (insonning   asosiy   azaliy   hamda   ajralmas
huquq   va   erkinliklari   sohasida   zamonaviy   jahon   standartlarining   konstitusiyaviy
mustahkamlanishi, hokimiyatning bo’linishi va hokazolar) nazarda tutiladi.
Zamonaviy   huquqiy   davlat   -   bu   davlat   mavjudligining     tarixan   eng
rivojlangan   shakli.   Davlat   o’z   mavjudligining   oldingi   tarixiy   bosqichlarida   ham
o’zida   huquqiy   davlatni   kamroq   rivojlangan   shakllarda   ifodalagan.   Shu   sababli
umumiy   (ommaviy)   hokimiyatning   huquqiy   shakli   bo’lgan   har   bir   davlat
(hokimiyatning   despotik   tipidan   farq   qilgan   holda)   o’z   tarixiy   mavjudligining
barcha   bosqichlarida   teng lik   prinsipini,   uning   mazmuni   va   talablarini   ifodalash,
aniqlashtirish va amalga oshirishning muayyan tashkiliy-hokimiyat shaklidir.
Aynan   shu   sababdan   huquq   va   davlat   odamlarning   ijtimoiy   turmushida   tenglik,
erkinlik   va   adolatning   normativ   va   institusiyaviy-hokimiyat   yo’li   bilan
i fodalanishining   zarur   umumiy   shakllari   hisoblanadi.   Indi vidlarning   ushbu
erkinligi,   eng   avvalo,   ular   rasman   teng   shaxslar   -   huquq   subyektlari   va   davlat
subyektlari sifatida ish ko’rishlarida ifodalanadi.
Aytilganlarni   hisobga   olgan   holda   davlatning   umumiy   tushunchasiga
quyidagicha   ta’rif   berish   mumkin:   davlat     erkin     individlar   ommaviy
hokimiyatining   huquqiy   (ya’ni   tasman   tenglik   prinsipiga   asoslangan)
tashkiloti. 
Davlatning   huquqiy   mohiyati   va   undagi   huquqiy   asos   (erkin   kishilarning
rasman tengligi prinsipi, ularning huquq subyektiligi va davlat subyektiligi e’tirof
etilishi) davlatning barcha tarixiy tiplari va shakllarida, davlat hokimiyatini tashkil
etish   va   uning   mavjud   bo’lishining   barcha   jihatlari   va   yo’nalishlarida   u   yoki   bu ko’rinishda   namoyon   bo’ladi.   Davlatning   (uning   tashkiliy   shakllari,   funksional
namoyon bo’lishi va boshqalar) rivojlanganligi darajasi pirovard natijada unda aks
ettirilgan   va   amalga   oshirilgan   odamlarning   rasman   tengligi   prinsipi
rivojlanganligining o’lchovi bilan belgilanadi.
Davlat   va   huquq   rivojlanishining   ijtimoiy-tarixiy   bosqichlari   -   bu   insoniy
munosabatlarda   rasman   tenglik,   erkinlik   va   adolat   asoslari   amalga   oshirilishining
taraqqiyotiga yuz tutayotgan bosqichlaridir.
1. HUQUQIY DAVLAT: TARIX VA HOZIRGI ZAMON  
Erkin   kishilar   ommaviy   hokimiyatini   tashkil   etishning   huquqiy   shakli
bo’lgan   har   qanday   davlat   (u   yoki   bu   xalqning   ijtimoiy-tarixiy   taraqqiyotining
tegishli   bosqichida   unda   huquq   va   huquqiy   madaniyat   rivojlanganligiga   ko’ra),
despotizmga zid ravishda, huquqiy davlatdan iborat bo’ladi va o’zining mana shu
huquqiy   mazmuni   hamda   ta’rifi   bilan   o’tmishdagi   va   hozirgi   huquq   falsafasi
hamda yurisprudensiya predmetiga kiradi.
Hozirgi   ma’nodagi   huquqiy   davlat   esa   -   huquqiy   ma’noda   rivojlangan
davlatning   alohida   konsepsiyasi   va   konstruksiyasidir.   Uning   paydo   bo’lishi   va
qaror   topishi   ijtimoiy-tarixiy  jihatdan   burjua  liberal-demokratik   tuzumning  paydo
bo’lishi va rivojlanishi, burjua fuqarolik jamiyati va ommaviy hokimiyatni tashkil
etishning burjuacha konstitusiyaviy-huquqiy shakllari shakllanishi bilan bog’liqdir.
Shunday   qilib,   hozirgi   ma’nodagi   huquqiy   davlat   deganda   mohiyat   e’tibori   bilan
konstitusiyaviy   rasmanlashtirilgan   liberal-demokratik   huquqiy   davlat   nazarda
tutiladi.
Huquqiy   davlat   –   davlat   va   huquq   nazariyasi   va   konstitusiyaviy   huquq
nuqtai   nazaridan,   davlatning   konstitusiyaviy   huquqiy   mavqyeini   belgilaydi,   ya’ni
davlatning   quyidagi   prinsiplar   asosida   faoliyat   yurgizishi   va   amal   qilishini   shart
qilib   qo’yadi:   xalq   suverenitetini   ta’minlash;   inson   huquq   va   erkinliklarini   davlat
tomonidan   ta’minlash;   Konstitusiya   talablariga   rioya   etilishi;   boshqa   qonun   va
qonun osti aktlariga nisbatan Konstitusiyaning ustuvorligi kabilar.
Hozirgi tushunchadagi bunday huquqiy davlatning farqli belgilariga kamida
quyidagilar   tegishlidir:   inson   va   fuqaroning   huquq   hamda   erkinliklarining konstitusiyaviy e’tirof etilishi va himoya qilinishi (odatda, insonning tug’ilganidan
boshlab umume’tirof etilgan muayyan ajralmas asosiy huquqlari hamda fuqaroning
keng   huquqlari   doirasi   mustahkamlanishi   shaklida);   amaldagi   huquq   tizimida
huquqiy   qonunning   ustunligi   prinsipining   konstitusiyaviy   mustahkamlanishi;
suveren   davlat   hokimiyatining   qonun   chiqaruvchi   hokimiyat,   ijro   etuvchi
hokimiyat va sud hokimiyatiga ajratilishi prinsipi asosida tashkil etilishi va faoliyat
ko’rsatishi. 
Mazkur   alomatlar   mazmuniga   zamonaviy   huquqiy   davlatning:   o’zaro
bog’liq   uch   tarkibiy   qismi   (nazariya   va   amaliyot   elementi):   gumanitar-huquqiy
(inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklari),   normativ-huquqiy   (amaldagi
huquq   manbalari   tizimining   konstitusiyaviy   mustahkamlanishi   shaklida   huquq
hukmronlik qilishi) va institusional-huquqiy qismi  (hokimiyatlarni  ajratish hamda
ularning   o’zaro   hamkorligi   tizimi,   shu   jumladan   ularning   bir-birini   o’zaro   tiyishi
va bir-biriga posangiligi) muvofiq keladi.
HUQUQIY DAVLATChILIK G’OYaSINING ShAKLLANIShI VA
RIVOJLANIShI
Jamiyatda   davlatni   ommaviy   hokimiyat   tashkil   etilishining   huquqiy   shakli
sifatida falsafiy-huquqiy anglash uzoq va ibratli tarixga ega. Huquqiy davlatchilik
(uning rivojlanmagan, so’ngra esa ancha rivojlangan shakllari) g’oyasining ushbu
tarixi   zamonaviy   huquqiy   davlat   konsepsiyasi,   yangiligi   va   farqli   xususiyatlariga
qaramay,   huquqiy   davlatchilikning   o’tmish   g’oyalarining   umumiy   o’zagi   va
nazariy asosi bo’yicha shakllanganini ko’rsatadi.
«Huquqiy  davlat » (Rechtsstaat) terminining o’zi ancha keyin - XIX asrning
dastlabki   o’ttiz   yilida   nemis   yuridik   adabiyotida   (K.T.Velker,   R.fon   Mol   va
boshqalar   asarlarida)   shakllanadi   va   qaror   topdi   Keyinchalik   mazkur   termin
Yevropa adabiyotida, shu jumladan inqilobgacha bo’lgan Rossiyada keng yoyildi.
Rossiyada   huquqiy   davlat   nazariyasining   taniqli   tarafdorlari   orasida
B.N.Chicheren,   B.A.Kistyakovskiy,   P.I.Novgorodsev,   P.A.Pokrovskiy,
V.M.Gessen,   N.I.Paliyenko   va   boshqalar   bor   edi.   Ingliz   tilidagi   adabiyotda   bu
termindan foydalanilmaydi - «huquqni boshqarish» (rule of Law) termini ma’lum darajada   uning   ekvivalenti   hisoblanadi.   Biroq   gap   terminda   va   uning   qayerda
paydo bo’lganligida emas, albatta.
Huquqiy   davlatchilikning   (D.Lokk,   Sh.L.Monteskye,   D.Adams,
D.Medison,   T.Jefferson,   I.Kant,   G.V.Gegel   va   boshqalarning   asarlarida   ishlab
chiqilgan) nazariy konsepsiyalari yangiligiga qaramay, o’tmish tajribasiga, avvalgi
ijtimoiy,   siyosiy   va   huquqiy   nazariya   hamda   amaliyotga,   tarixan   shakllangan   va
sinovdan o’tgan umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik an’analariga tayandi.
Bu   jihatdan   qadimgi   Gresiya   va   Rimning   siyosiy-huquqiy   g’oyalari   va
institutlari,   demokratiya,   respublikanizm   va   huquq-tartibotning   antik   tajribasi,
huquqiy   davlatchilik   to’g’risidagi   nazariy   tasavvurlar,   so’ngra   esa   bu   boradagi
amaliyot shakllanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Huquqiy   davlatning   keyingi   nazariyasiga   antik   ta’sirning   turli   jihatlari
siyosiy   munosabatlarning  huquqiy  jihatdan  bavosita   zuhur  topishi   va  shakllanishi
masalasida  guruhlarga   bo’lina  bordi.  Ushbu  masalalarga,   eng  avvalo,  polis   (antik
shahar-davlat)   tuzilishining,   uning   hokimiyati   va   qonunlarining   adolatliligi,
davlatning   har   xil   organlari   o’rtasida   vakolatlarning   oqilona   taqsimlanishi,   davlat
va  fuqaroning  o’zaro  munosabatlarini   tashkil  etishda   polis  turmushida  qonunning
rolini   belgilab   beruvchi   boshqaruvning   to’g’ri   va   noto’g’ri   shakllarini   farqlash,
huquq va qonunning o’zaro munosabati, boshqaruvning har xil shakllari tasnifi va
tavsifi mezoni bo’lgan qonuniylikning ahamiyati va boshqalar kiradi.
Antik mualliflar (Solon, Platon, Sokrat, Aristotel, Siseron va boshqalar)ning
mazkur   muammolarga   oid   g’oyalari   Yangi   zamonda   hokimiyatning   bo’linishi   va
huquqiy davlat to’g’risidagi ta’limotlarga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Hokimiyatning   bo’linishi   to’g’risidagi   ilk   burjua   konsepsiyalarida   (Lokk,
Monteskye va boshqalar) gap, eng avvalo, monarx hokimiyatini huquqiy cheklash,
monarxiyaning   undagi   hokimiyat   jamiyatning   turli   ijtimoiy   tabaqalari   (monarx,
zodagonlar   va   uchinchi   tabaqa)   hamda   hokimiyatning   ushbu   tabaqalar
manfaatlarini   ifodalovchi   davlat-huquq   institutlari   o’rtasida   taqsimlanadigan
konstitusiyaviy-huquqiy shakli to’g’risida boradi. Konstitusiyaviy  monarxiya va  hokimiyatning bo’linishi  tarafdorlari  bo’lgan
burjua   mutafakkirlari   (Lokk,   Monteskye,   Kant,   Gegel   va   boshqalar)   nuqtai
nazarining muhim yangiligi, jumladan, ular antik mualliflardan farq qilgan holda,
Monteskye   so’zlari   bilan   aytganda,   siyosiy   erkinlik   muammosini   ham   davlat
tuzumiga,   ham   alohida   shaxsga,   fuqaroga   nisbatan   ko’rib   chiqa   boshlashganidan
iboratdir 1
.   Siyosiy   erkinlik   munosabatlarining   uch   hokimiyat   (qonun   chiqaruvchi,
ijro   etuvchi   va   sud   hokimiyati)ning   bo’linishi   huquqiy   (va   konstitusiyaviy-
huquqiy)   rasmanlashtirilishida   ifodalanadigan   birinchi   jihati   fuqarolik   erkinliklari
va huquqlari erkinligi, shaxs xavfsizligining ikkinchi jihatini ta’minlashning zarur
institusiyaviy-tashkiliy   shakli   sifatida   amal   qiladi.   Ushbu   ikki   jihat   birga
qo’shilmasa,   siyosiy   erkinlik   noto’liq,   noreal   va   ta’minlanmagan   bo’ladi.   Bu
jihatdan   insonning   tabiiy   (tug’ilgan   paytidan   boshlab   va   ajralmas)   huquq   va
erkinliklari to’g’risidagi ta’limot muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Ilk   burjua   mutafakkirlarining,   eng   avvalo,   insonning   ajralmas   huquq   va
erkinliklari   hamda   hokimiyatning   bo’linishi   to’g’risidagi   ta’limoti   huquqiy
davlatchilik haqidagi keyingi nazariy tasavvurlargagina emas, balki konstitusiyaviy
qonunchilikka   va   davlat-huquq   amaliyotiga   ham   sezilarli   ta’sir   ko’rsatdi.   Ushbu
ta’sir, masalan, Angliyaning konstitusiyaviy-huquqiy hujjatlarida, AQShning 1776
yilgi   Mustaqillik   deklarasiyasida,   AQShning   1787   yilgi   Konstitusiyasida,
Fransiyaning   1789   yilgi   Inson   va   fuqaro   huquqlari   deklarasiyasida,   umuman   bir
qancha boshqa huquqiy hujjatlarda yorqin namoyon bo’ldi.
Jumladan,   AQShning   1776   yilgi   Mustaqillik   deklarasiyasida   «barcha
odamlar teng yaratilganligi va ularning barchasiga parvardigor tomonidan ajralmas
ba’zi huquqlar berilgan»ligi, «hayot, erkinlik va baxtga intilish o’shalar sirasidan»
ekanligi 1
  birinchi   bor   rasman-davlat   tartibida   e’tirof   etildi   va   mustahkamlandi.
Fransiyaning   1789   yilgi   Deklarasiyasining   16-moddasi   ham   ko’rib   chiqilayotgan
mavzu   jihatidan   e’tiborlidir.   Unda   bunday   deyiladi:   «Huquq   kafolatlari
ta’minlanmagan   va   hokimiyat   bo’linmagan   jamiyat   Konstitusiyaga   ega
bo’lmaydi» 2
.   Deklarasiyaning   5-moddasi   ham   katta   qiziqish   uyg’otadi:   «Qonun
faqat jamiyat uchun zararli bo’lgan qilmishlarni taqiqlashga haqlidir. Qonun bilan taqiqlanmagan   barcha   narsaga   yo’l   qo’yiladi   va   hyech   kim   qonunda
ko’rsatilmaganni qilishga majbur etilishi mumkin emas» 3
. Mazkur huquqiy prinsip
birinchi marta ushbu Deklarasiyada mustahkamlangan.  
 HUQUQ VA DAVLATNING TARIXIY ShAKLLARI TIPOLOGIYaSI   
Huquq   va   davlatning   tarixan   rivojlanadigan   shakl   tuzilmalarini   (ommaviy
hokimiyatning, ya’ni  huquqiy  davlatning tegishli  huquqiy shakli  sifatida)   tiplarga
ajratash har xil mezonlar asosida olib borilishi mumkin.
Huquq   va   davlatni   odamlar   erkinligining   zarur   shakllari   sifatida,   erkin
individni   esa   huquq   subyekti   va   davlat   (davlat   hokimiyati)   subyekti   sifatida
libertar-yuridik   tushunish   va   talqin   qilish   nuqtai   nazaridan   huquq   va   davlatni
odamlarni   huquq   va   davlat   (davlat   hokimiyati)   subyektlari   sifatida   e’tirof
etishning   har   xil   tarixiy   shakllarini   belgilab   beradigan   mezonlar   (asoslar)
bo’yicha tiplarga ajratish prinsipial ahamiyatga ega.
Bunda mazkur tipologiya doirasida barcha tipdagi davlatlar shakli, ya’ni har
qanday   davlat   -   huquqning   tegishli   tipi   rivojlanganligiga   ko’ra   huquqiy   davlat
ekanligi   nazarda   tutiladi.   Shunday   ekan,   bu   jihatdan   gap   huquqiy   davlatning
(rivojlanish   darajasi   turlicha   bo’lgan   huquqiy   davlatlarning)   har   xil   tarixiy
shakllarini tipologiyalash haqida boradi.
Qadimgi dunyo davlatlarida individ (odamlar) erkin inson va shu bilan birga
etnik mezonlar   bo’yicha davlat  va huquq subyektidir. Chunonchi, Afina demlari
(urug’lari)   a’zolarigina   Afina   huquqi   subyekti   bo’lishi,   faqat   kviritlar   (tub
rimliklar)gana   Rim   fuqarolik   jamoasi   (civitas)   a’zosi,   Rim   fuqarolari   va   Rim
huquqi subyektlari (ius civile) bo’lishi mumkin edi. Qadimgi davr huquq va davlati
o’z tipiga ko’ra  etnikdir.
Huquq   va   davlatning   asos   qilib   olingan   ushbu   tipi   odamlarni   (etnik   asos
bo’yicha) erkin odamlar va erkin bo’lmagan odamlarga ajratishning e’tirof etilishi
va   mustahkamlanishining   zarur   shakli   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Erkin
odamlarning   erkin   bo’lmagan   odamlardan   farqi   aynan   erkin   odamlar   huquq   va
davlat   subyektlari,   erkin   bo’lmagan   odamlar   (qullar)   esa   -   tegishlicha,   huquq   va davlat obyekti ekanligida ifodalanadi va mustahqamlanadi. Aks holda ushbu farqni
ifodalab bo’lmaydi.
Qulchilikning   bartaraf   etilishi   o’rta   asrlarda   tabaqaviy   tipdagi   huquq   va
davlatning qaror topishiga olib keldi. Bu o’rinda odamlar erkinligining taraqqiyoti
shundaki, erkinlikning etnik mezoni (ya’ni birovlarning erkinligi va boshqalarning
erkin   emasligi)   erkinlikning   tabaqaviy   mezoniga   o’rin   bo’shatib   beradi.
Rivojlanishning   ushbu   bosqichida   (buning   tarixiy   misoli   -   Yevropa   feodalizmi)
qullar yo’q va shu ma’noda hamma erkin, biroq ushbu erkinlikning o’lchovi har xil
tabaqalar   vakillarida   turlichadir.   Bunda   erkinlik   tabaqaviy   cheklashlar   va
imtiyozlardan iborat.
Huquq   va   davlatning   bunday   tabaqaviy   tipida   har   bir   kishi   aynan
muayyan   tabaqa   a’zosi   sifatida   huquq   subyekti   va   davlat   subyekti   hisoblanadi.
Odamlarning huquq subyekti va davlat subyekti ekanligi sharoitida ichki tabaqaviy
tengligi tabaqalararo tengsizlik - har xil tabaqalar va ularning a’zolarining davlat-
huquqiy maqomlari teng emasligi bilan qo’shilib ketadi.
Feodalizm   bartaraf   etilishi   bilan   birga   tabaqaviy   tuzum   o’rniga   Yangi
zamonda   huquq   va   davlatning   individualistik   (individual-siyosiy,   individual-
fuqaroviy)   tipi   yuzaga   keldi.   Davlat   va   huquqning   ushbu   tipida   inson   yangi,
kengroq   va,   ayni   vaqtda   individlardan   iborat   yanada   maydalashgan   millat
ma’nosida   o’z mezoni va ahamiyatini yo’qotgan muayyan etnos yoki tabaqaning
a’zosi sifatida emas, balki mustaqil siyosiy individ (alohida fuqaro sifatida) huquq
va   davlat   subyekti   hisoblanadi.   Huquqiy   va   siyosiy   hamjamiyatda   a’zolik
asoslarining   huquq   va   davlat   subyektlari   sifatida   bunday   individuallashtirilishi
o’rta asrlar feodalizmi inqirozi  va tabaqaviy bo’linish bartaraf etilishi, xususiy va
ommaviy-siyosiy   hayot   sohalarining   asta-sekin   alohidalashuvi   jarayonida   yuz
berdi.
Huquqning   zamonaviy   (hozirgi   vaqtda   real-tarixiy   jihatdan   oxirgi)   tipi
hamda   konstitusiyaviy   jihatdan   tegishli   ravishda   rasmanlashtirilgan   liberal-
demokratik   huquqiy   davlat   (ya’ni   hozirgi   ma’nodagi   davlat)   -   bu   ikki   xil:   tabiiy-
huquqiy   va   pozitiv-huquqiy   qismlarni   o’zida   qovushtiruvchi   aralash (kombinasiyalangan)   tip.   Huquq   va   huquqiy   davlatning   mazkur   zamonaviy   tipini
shartli   ravishda   tabiiy-pozitiv   (yoki   gumanitar-siyosiy)   tip   deb   atash   mumkin,
chunki   u   o’zida   davlat   va   huquqqa   bir-biriga   an’anaviy   zid   ikki   asos   –   tabiiy
huquqiy   va   pozitiv-huquqiy   yondashuvlarning   muayyan   davlat-huquqiy   yaxlitligi
(bir   davlatda   mustahkamlangan   va   amal   qiluvchi   huquqning   yagona   tizimi
shaklida)   ko’rinishida   pragmatik   siyosiy   kelishuv   va   birlikda   mavjud   bo’lish
natijasini ifodalaydi.
Mazkur tipning muhim yangiligini belgilab beruvchi tabiiy (tabiiy-huquqiy,
gumanitar) tarkibi shundan iboratki, bunda insonning muayyan tabiiy huquqlari va
erkinligi   birinchi   marta   davlat   tartibida   mustahkamlanadi   (rasman-hukmli
sanksiyalanadi   va   pozitivlashtiriladi),   huquq   va   erkinliklarga   yuridik   (davlat-
majburlash)   kuchi   baxsh   etiladi   va   ularning   amal   qiluvchi   yagona   pozitiv
huquqning   boshqa   barcha   manbalari   oldida   ustuvorligi   e’tirof   etiladi.   Insonning
konstitusiyaviy mustahkamlangan tabiiy huquq va erkinliklari mazkur tip doirasida
davlat   uchun   majburiydir.   U   butun   pozitiv   huquqning   va   davlatning   huquqiy
xarakterini belgilab beradi.
Shu   bilan   birga   tabiiy   huquqning   huquq   va   davlatning   mazkur   tipi
doirasidagi   ahamiyati   amaldagi   pozitiv   huquq   yagona   tizimining   boshqa
(insonning   ruxsat   berilgan   tabiiy   huquq   va   erkinliklaridan   tashqari)   manbalari
mavjud   bo’lishi   tufayli   cheklangandir.   Ushbu   manbalar   fuqaroning   xususiy
subyekt   bo’lgan   inson   huquqlaridan   farq   qiluvchi   ommaviy-siyosiy   subyekt,
davlatning a’zosi, o’ziga xos ommaviy-hukmron huquq va majburiyatlar ifodachisi
sifatidagi alohida huquqlarini mustahkamlaydi.
Inson   huquqlari   va   fuqaro   huquqlarining   bunday   farqlanishi   inson   inson
sifatida - bor-yo’g’i xususiy shaxs ekanligini anglatadi: inson fuqaro huquqlarining
emas,   balki   faqat   tabiiy   huquqlarning   subyekti   hisoblanadi.   Ommaviy-siyosiy
shaxs   sifatidaga   fuqaro   esa   -   insonning   tabiiy   huquqlari   subyekti   hamda   mazkur
davlat a’zosining alohida ommaviy-siyosiy huquqlari subyektidir. Fuqaro-insonning   huquqlari   bu   o’rinda   nofuqaro-inson   (xorijiy   shaxs,
fuqaroligi   bo’lmagan   shaxs)   huquqlariga   nisbatan   davlat-huquqiy   imtiyozlarni
ifodalaydi.
Bunday   imtiyozlar   erkin   odamlarning   aynan   mazkur   aniq   jami   hayotining
muayyan usuli  va  shakli  sifatida har  bir  davlat  va huquqning individual  xarakteri
bilan izohlanadi. Erkin odamlarning tarixan belgilangan muayyan siyosiy-huquqiy
hamjamiyatga   tegishliligi   ularni   alohida   ommaviy   huquq   va   majburiyatlar
subyektlari   sifatida   belgilab   beradi   va   darajasini   aniqlaydi.   Barcha   davlatlarning
(ularning   huquqiy   tizimlarining)   bunday   individualligi   ichki   va   tashqi
munosabatlarda davlatning suverenitetiga ham asos bo’ladi.
Umuman   huquq   va   davlatning   zamonaviy   tabiiy-pozitiv   tipi,   amaliy   va
nazariy   tusdagi   muayyan   fazilatlari   va   kamchiliklari   bilan   birgaliqda,   tabiiy   va
pozitiv huquq o’rtasidagi, yusnaturalizm va legizm o’rtasidagi muayyan murosani
ifodalaydi.   Ushbu   tipning   ichki   ziddiyatliligi   (inson   huquqlari   va   fuqaro
huquqlarining farqlanishi mana shundan kelib chiqadi) izchil (rasman hokimiyat va
rasman   huquq   bilan   cheklanmagan)   tabiiy   huquq   (stoiklarning   barcha   odamlar,
har   bir   kishi   fuqaro   hisoblangan   yagona   kosmopolitik   davlati   tipidagi)   tabiiy
davlatni   taqozo etishi bilan ham izohlanadi. Yusnaturalizm mohiyatan fuqaroning
har bir kishining huquq subyekti ekanligidan farq qiluvchi alohida huquq subyekti
sifatida ham, insonning tabiiy huquqlarini (va umuman tabiiy huquqni) ommaviy-
siyosiy hamjamiyat (davlat)ning a’zoligi huquqidan mahrum etilgan faqat xususiy
huquq   sifatida,   faqat   xususiy   shaxsning   huquqi   sifatida   umuman   siyosiy
cheklangan   talqini   jihatidan   ham   inkor   qiladi.   Shunday   ekan,   yusnaturalizm   va
legizmning   prinsipial   zidligi   ularning   huquq   va   davlatning   zamonaviy   tipi   uchun
bugungi   kunda   xos   bo’lgan   amalda   murosali   mavjudlik   shakllarida   ham   saqlanib
qoladi.
Huquq   va   davlatning   qayd   etib   o’tilgan   etnik,   tabaqaviy,   individual-
siyosiy   va   tabiiy-pozitiv   tiplari   o’zida   inson   erkinligining   qadimgi   davrdan
hozirgi   davrgacha   bo’lgan   rivojlanishidagi   tarixan   bir-biri   bilan
almashadigan shakllari va bosqichlarini ifodalaydi. Erkinlik   taraqqiyotining   davom   etishi   kelajaqda   erkinlikning   normativ-
huquqiy va institusiyaviy-hukmron tashkil etilishining yangi shakllarini, huquq va
davlatning yangi tiplarini keltirib chiqaradi 
Ijtimoiy normalar va ijtimoiy hokimiyat har xil turlarning o’ziga xosligi
Huquq   va   ijtimoiy   normalarning   boshqa   (axloqiy,   ma’naviy,   korporativ,
estetik,   diniy   va   bo’lakcha)   turlari   o’zida   ular   yordamida   kishilarning   xulq-atvori
hamda   ijtimoiy   munosabatlari   boshqariladigan   asosiy   shakllar   va   vositalar
hisoblanadi.   Ular   jamlangan   holda   har   qanday   jamiyatning   o’z   a’zolari   hatti-
harakati   va   o’zaro   munosabatini   tartibga   solishga,   ularning   xulq-atvorini   ijtimoiy
zarur   qoidalarga   bo’ysundirishga   bo’lgan   obyektiv   ehtiyojni   ifodalaydi.   Bu   bilan
ijtimoiy   normalar   ijtimoiy   umumiylikning   kishilar   turmush   faoliyati   tarziga,
usullari   hamda   shakllariga   ongli   va   muayyan   maqsadga   qaratilgan   ta’sir
ko’rsatishning kuchli omili sifatida amal qiladi.
Ijtimoiy normalar har xil (huquqiy, etik, estetik, diniy va boshqa) turlarining
o’zaro   aloqasi   hamda   o’zaro   ta’siri   jarayonida   ularning   har   biri   o’ziga   xosligani
saqlab qolib, alohida turdagi tartibga soluvchi sifatida amal qiladi. Ijtimoiy tartibga
soluvchilar   umumiy   belgilar   bilan   birgalikda   ijtimoiy   norma   bir   turining
boshqasidan   prinsipial   farqini   aks   ettiruvchi   o’ziga   xos   xususiyatga   ham   ega.
Bunday   o’ziga   xosliklarsiz   ijtimoiy   normalarning   har   xil   turlari   va   tartibga
soluvchi usullari to’g’risida umu-man so’z yuritish mumkin emas.
Masalan,   har   kdnday   dinning   farqlanuvchi   xususiyati   ilohiy   zot   bo’lmish
xudoga ishonishdan iboratdir. Dinning ushbu xususiyati ijtimoiy ong shakli sifatida
diniy normalarning o’ziga xosligini  va ijtimoiy tartibga soluvchi  sifatida ularning
o’ziga   xos   xususiyatlarini   belgilab   beradi.   Diniy   ko’rsatmalar   va   taqiqlarning
ilohiy kelib chiqishi (ularning bevosita xudo, payg’ambar, ruhoniylar va hokazolar
tomonidan berilganligi), ularni himoya qilishning diniy vositalari (ilohiy taqdirlash
va jazo, shariat jazolari va boshqalar)ning tavsiflari ham mana shunga bog’liqdir.
Estetika   normalarining   tur   jihatidan   farq   qilishi   ular   (xunuklikka   zid
qo’yilgan holda) go’zallik va nafosat qoidalarini (mezonlari, baholarini) ifodalashi
bilan   bog’liqdir.   Go’zallik   va   xunuklikning   mazkur   madaniyatda   tarkib   topgan shakllari, tiplari va obrazlari (ustun darajada -san’at sohasida, shuningdek turmush
va mehnat sohasida, din, mafkura, siyosat, axloq, huquq va boshqalarda) normativ
ahamiyat kasb etib (ijobiy va yuksak yoki, aksincha, salbiy va tubanlik namunasi
hamda   misoli   sifatida),   kishilarning   his-tuyg’ulari,   didlari,   tasavvurlari,   hatti-
harakatlari va o’zaro munosabatlariga, ularning butun shaxsiy va umumiy turmush
tarziga   jiddiy   tarbiyaviy   hamda   tartibga   soluvchi   ta’sir   ko’rsatadi.   Estetik
ma’qullangan   didlar,   qadriyatlar,   ideallar,   shakllar   hamda   namunalar,   (ijtimoiy
hayotning   barcha   sohalarida,   shu   jumladan   huquqiy   hayot   sohasida)   shakllangan
madaniyat   doirasida   o’ziga   jalb   etuvchi   va   ko’lam   sifatida   boshqa   ijtimoiy
normalarning   mavjudligi   hamda   amalga   oshishi   shakllariga,   ijtimoiy-normativ
tartibga   solishning   boshqa   turlari   mavjud   bo’lishi   usullariga   ta’sir   ko’rsatuvchi
«go’zallik  maydoni »dir.
Axloqning   o’ziga xos xususiyati shundaki, u individlarning mustaqil nuqtai
nazarini,   ularning   nima   ezgu   va   nima   yovuz   ekanligi   haqida,   inson   hatti-
harakatlari, o’zaro munosabatlari va ishlaridagi burch va vijdon to’g’risida erkin va
ongli   qaror   qabul   qilishini   ifodalaydi.   Axloq   prinsipi   -   individning   o’ziga   va
boshqalarga,   olamga   o’z   munosabatini,   o’z   botiniy   va   zohiriy   xulq-atvorini
mustaqil boshqarishi prinsipidir.
Etika   hodisalarida   ikki   jihat   zohir   bo’ladi:   1)   shaxsiy   jihat   (individning
mustaqilligi   va   uning   tomonidan   axloqiy   xulq-atvor   qoidalari   hamda   axloqiy
bahrlarning   ongli   asoslanishi);   2)   obyektiv,   shaxsga   bog’liq   bo’lmagan   jihat
(mazkur   madaniyatda,   ijtimoiy   guruhda,   jamoada   shakllangan   axloqiy   da’vatlar,
qadriyatlar   va   insoniy   munosabatlar   shakllari   hamda   normalari).   Qayd   etilgan
jihatlardan   birinchisi   axloq   tavsifiga,   ikkinchisi   axloqiylik   tavsifiga   tegishlidir.
Ijtimoiy   guruhlar,   jamoa   va   umuman   jamiyat   axloqi   to’g’risida   gapirilganda,
mohiyat   e’tibori   bilan   axloqiylik   (guruhiy   va   umumijtimoiy   axloq,   qarashlar,
munosabatlar, normalar va ko’rsatmalar to’g’risida) so’z boradi.
Etika munosabatlari  sohasida axloq individ xulq-atvorining boshqaruvchisi,
uning   ijtimoiy   turmushda   va   ijtimoiy   munosabatlardagi   ishtirokining   anglangan,
mustaqil   asoslangan   usuli   sifatida   maydonga   chiqadi.   Axloqiy   normalar   xulq- atvorning   tashqi   boshqaruvchilari   sifatida   amal   qiladi.   Individ   jamoaviy   axloqiy
tasavvurlar,   qadriyatlar,   normalarni   o’zining   ichki   boshqaruviga   qabul   qilgan,
o’zlashtirgan  va  aylantirgan hollarda hamda  o’z xulq-atvorida ularga  amal  qilgan
taqdirda   har   ikkala   tartibga   soluvchi   -   ma’naviy   va   axloqiy   boshqaruvchining
qovushishi va kelishishi sodir bo’ladi.
Korporativ   normalar,   ya’ni   jamoat   birlashmalari   va   korporasiyalar
tomonidan   qabul   qilinadigan   normalar   ijtimoiy   normalarning   alohida   turi
hisoblanadi.   Jamoat   birlashmasining   (siyosiy   partiya,   kasaba   uyushmasi,   ijtimoiy
faoliyat   organi   va   boshqalarning   ustavi   hamda   boshqa   hujjatlarida
mustahkamlangan)   normalar   (rahbar   organlarni   shakllantirish   tartibi   va   ularning
vakolatlari, ustavga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish tartibi, birlashma a’zolari
va qatnashchilarining huquq hamda majburiyatlari va boshqalar to’g’risidagi) faqat
mazkur jamoat birlashmasi  a’zolari hamda qatnashchilariga tatbiq etiladi  va faqat
ular uchun majburiydir. Ushbu korporativ normalarning buzilishi tashkilot ustavida
nazarda tutilgan tegishli sanksiyalar (ogohlantirish, hayfsandan tortib tashkilotdan
chiqarishgacha) qo’llanilishiga olib keladi.
Korporativ normalar (o’z tartibga soluvchi  ahamiyati, harakat qilish sohasi,
mo’ljallanganlar doirasi va boshqalarga ko’ra) -   tashkilot ichki xususiyatiga ega
bo’lgan   guruhli   normalardir.   Ularda   huquq   yalpilik   va   umumahamiyatli
qiymatga   ega,   qonun   esa   umumiy   majburiy   bo’lmaydi.   Korporativ   normalar
mohiyatan   jamoat   birlashmalarining   huquq   ijodkorligi   mahsuli   emas,   balki   bor-
yo’g’i   fuqarolarning   birlashmadagi   konstitusiyaviy   huquqlarini   amalga
oshirish   va   ulardan   foydalanish   shakli   va   uslubidir,   bunda   jamoat
birlashmalarining   tashkil   etilishi   va   ularning   faoliyati,   shu   jumladan   ularning
norma ijodkorligi  huquq va ijtimoiy munosabatlar  huquqiy shakllarining umumiy
talablariga  muvofiq  qonun   asosida   va   uning  (huquqiy  tenglik,   ixtiyoriylik,  huquq
va   majburiyatlarning   o’zaro   aloqasi   prinsipiga   va   boshqalarga   rioya   qilish)
doirasida amalga oshirilishi kerak.
Ushbu   barcha   ijtimoiy   tartibga   soluvchilar   (huquq,   axloq,   axloqiylik,
din   va   boshqalar)   normativdir   va   barcha   ijtimoiy   normalarning   o’ziga   xos sanksiyalari (choralari) mavjud.  Ushbu sanksiyalarning o’ziga xosligi mohiyatan
turlicha   bo’lgan   ijtimoiy   normalarning,   ijtimoiy   tartibga   solishning   har   xil   tiplari
(va shakllari)ning obyektiv tabiati va xususiyatlari bilan belgilangandir.
Shunday qilib, ushbu muammoni legistlar talqin qilganidek, sanksiyalarning
xususiyatlari   ijtimoiy   normalar   (huquq,   axloq,   din   va   boshqalar)   farqining   asos
belgisi  bo’lmay,  balki,  aksincha,   ijtimoiy  normalar  har  xil   turla rining  tabiatan
obyektiv   bo’lgan   muhim   farqlari,   o’ziga   xos   xususiyatlari   ular   buzilganlngi
uchun ko’riladigan choralar xususiyatini ham belgilab beradi.
Ijtimoiy   normalar   muayyan   turining   hamda   normalarning   ushbu   turini
belgilovchi,   sanksiyalovchi   va   himoyalovchi   ijtimoiy   hokimiyat   tegishli   turining
mohiyat   hamda   tushuncha   bo’yicha   birligi   ijtimoiy   normalar   biron-bir   turiga   oid
sanksiyaning o’ziga xosligida namoyon bo’ladi.
Har qanday   (axloqiy, diniy, davlat va boshqa)   ijtimoiy hokimiyat   - (ruhiy
yoki   jismoniy)   kuchni   tashkil   etish   hamda   ushbu   ijtimoiy   birlikda   (guruhda,
birlashmada,   jamiyatda   va   h.k.)   ijtimoiy   munosabatlarni   boshqarish   uchun
tegishli   ravishda   majburlashni   qo’llashning   muayyan   normativ   tartibidir.
Bunday   normativ   tartib   xususiyatlari   tegishli   ijtimoiy   (axloqiy,   diniy,  huquqiy   va
boshqa) normalarning o’ziga xosligi bilan belgilanadi.
Tegishli   ijtimoiy   normalarga   rioya   etishga   majbur   qilishning   va   ular
buzilganligi uchun jazolashning bunday ijtimoiy-hukmli shakllari ushbu normalar
sanksiyasi  hisoblanadi. Normalarning har bir turining o’ziga xos sanksiyalari  bor:
axloqiy normalarga - axloqiy sanksiyalar (axloqsizlarcha hatti-harakatlarni axloqiy
qoralash   va   boshqalar),   diniy   normalarga   -   diniy   jazo   berishning   har   xil   turlari
(cherkovga   ixlos   uyg’otishdan   tortib   cherkovdan   chiqarishgacha   va   boshqalar),
huquqiy normalarga - davlat (davlat-huquqiy) sanksiyalari va boshqalar xosdir.
Huquqning   o’ziga   xosligi,   uning   obyektiv   tabiati   ayni   vaqtda   ijtimoiy
normalarning boshqa turlari hamda ijtimoiy tartibga solish boshqa tiplaridan farqi
rasman   tenglik   prinsipida   ifodalangan.   Qonun   sanksiyasining   o’ziga   xosligini
(uning  umumiy  majburiyligini,  davlat  tomonidan  hukm  bilan  majbur   etilishini   va
boshqalarni)   tenglik,   erkinlik   va   adolatlilikning   umumiy   va   zarur   shakli   bo’lgan huquqning aynan obyektiv o’ziga xosligi belgilab beradi. Lekin huquqning bunday
o’ziga xosligini, uning farqlanuvchi muhim xossalari  va tavsiflarini rasman-hukm
bilan   majburlash   belgilamaydi   va   yuzaga   keltirmaydi.   Ushbu   mantiqqa   ko’ra
ijtimoiy   hokimiyatning   (va   uning   tomonidan   o’rnatilgan   normalarning)   boshqa
turlaridan   farq   qilgan   holda,   davlat   hokimiyatining   suveren   xarakterini
(binobarin,   davlat   tomonidan   o’rnatilgan   normalarning   umumiy   majburiyligini,
ularning   majburlash   vositalari   bilan   ta’minlanganligini   va   boshqalarni)   aynan
davlatning huquqiy tabiati belgilab beradi.
Libertar-yuridik   nazariya   ham   legizmga,   ham   huquqning   axloq,   axloqiylik
va g’ayrihuquqiy ijtimoiy normalarning boshqa turlari bilan aralashtirib yuborishga
qarshi qaratilgan. Ushbu   o’rinda libertar-yuridik nazariyaga muvofiq, rasman
tenglik, erkinlik  va adolat axloq,  axloqiylik, din va hokazolarning emas, aynan
huquqning   obyektiv,   muhim   xossasi   ekanligini   yana   bir   marta   eslatib   o’tishga
to’g’ri   keladi.   Legizm   kabi   yusnaturalizm   va   huquq   to’g’risidagi   boshqa   har   xil
ma’naviy   (axloqiy,   diniy   va   boshqa)   ta’limotlar   huquqning   aytib   o’tilgan   muhim
xossalarining   huquqiy   tabiatini   inkor   etadi,   masalan,   adolat,   erkinlik,   tenglik
talablarini   ma’naviy,   axloqiy,   diniy   talablar   deb   hisoblaydi,   shuning   uchun   ham
buni ta’kidlab o’gash muhim.
HUQUQNING BOShQA IJTIMOIY NORMALAR BILAN O’ZARO
MUNOSABATI
Tenglik, huquq prinsipi bo’lgani holda, ijtimoiy normalarning barcha boshqa
(nohuquqiy)   turlari,   ijtimoiy   tartibga   solishning   boshqa   barcha   tiplari   nuqtai
nazaridan,   albatta,   muhim   ahamiyatga   ega,   biroq   (uning   mohiyati   shunda!)
ularning o’z prinsipi sifatida muhim ahamiyatga ega bo’lmaydi.
Ijtimoiy   normalarning   har   xil   turlari   (huquq,   axloq,   din   va   boshqalar)   o’z
tabiatini,   o’ziga   xosligini,   mohiyatini   va   tushunchasini   aks   ettiruvchi   o’ziga   xos
prinsiplarga ega. Shunday ekan, ijtimoiy normalar har xil turlarining, turli ijtimoiy
tartibga   soluvchilarning   nisbati   (aloqasi,   o’zaro   munosabati,   zidligi,   kurashi   va
boshqalar) -  har xil prinsiplar nisbatidir. Axloq, axloqiylik, din, estetika va boshqalar  tenglik prinsipi  bilan (uning u
yoki bu tarzda namoyon bo’lishi va qiymatida) o’zaro munosabatda aslida huquqiy
asos va prinsipga bog’liq bo’ladi. Binobarin, bunday   o’zaro munosabatning ikki
o’zaro   bog’liq   jihatini   ajratib   ko’rsatish   mumkin:   1)   mazkur   huquqiy   prinsipga
tegishlicha   axloqiy,   diniy,   estetik   va   hokazo   munosabat   (tushunish,   idrok   etish,
baholash,   da’vo   qilish,   qo’llanish)   va   2)   huquqiy   tenglik   prinsipining   o’ziga   xos
xususiyatlarini   (rasman   yalpi   teng   o’lchov,   erkinlik,   adolat)   hisobga   olgan   holda
huquqda mazkur (axloqiy, diniy va hokazo) munosabat-da’voning e’tirof etilishi va
ifodalanishi.
Birinchi jihatda  biz huquqni (huquqiy tenglikni) anglashning axloqiy, diniy
va   hokazo   shakllariga   hamda   ularni   huquqiy   e’tirof   etishga   bo’lgan   muayyan
da’volarga   duch   kelmoqdamiz.   Ma’naviy   huquq,   axloqiy   huquq,   diniy   huquq   va
hokazolarning   o’tmishdagi   hamda   zamonaviy   har   xil   tasavvur   va
konsepsiyalarining boisi mana shunga borib taqaladi.
Ikkinchi   jihatda   so’z   huquqiy   da’voning   ushbu   turlarini   anglash   va
ifodalashning   huquqiy   shakli   to’g’risida   bormoqda;   bunga   axloq,   din,   estetika   va
boshqa sohalarda odamlarning huquq hamda erkinliklari huquqiy e’tirof etilishi va
mustahkamlanishi   (binobarin,   huquqiy   tenglik   prinsipi   amal   qilishi   sohasiga   jalb
etilishi)ning   ko’p   qirrali,   tarixan   o’zgarib   turadigan   yo’nalishlari,   shakllari   va
usullari kiradi.
Huquqiy   tenglik   prinsipining   ma’naviy   hayot   ushbu   sohalariga   yoyilish
xarakteri   va   shakllari,   odamlarning   tegishli   so’rovlari   hamda   manfaatlarini   va
ularni zarur darajada qondirish shartlarini huquqiy himoya qilish usullari huquq va
erkinlik   taraqqiyotining   tarixan   erishilgan   darajasining,   ijtimoiy   ong   shakllari   va
ijtimoiy tartibga solish turlari rivojlanishining muhim tavsiflari sirasiga kiradi.
Huquq   hukmronligi   prinsipini   qaror   toptirish   uchun   ham   ma’naviy   shaxs,
ham   erkin,   mustaqil   va   avtonom   subyekt   sifatidagi   inson   erkinligining   yuridik
ahamiyatga   ega   barcha   jihatlari   ijtimoiy   hayotning   hamma   (ma’naviy,   axloqiy,
estetik,   diniy   va   hokazo)   sohalarida   qonun   yo’li   bilan   e’tirof   etilishi,
mustahkamlanishi va himoya qilinishi zarur. Huquqning   ijtimoiy   normalar   boshqa   turlari   bilan   nisbati   va   o’zaro
munosabati   muammosiga   axloq,   axloqiylik,   din   va   hokazolarning   huquqiy
talablarini   va   ushbu   talablarni   qondirishning   muqobil   (huquq   spesifikasiga   va
huquqiy tenglik prinsipi mazmuniga muvofiq keluvchi) huquqiy tiplari, usullari va
shakllarini   hisobga   olgan   holda,   yuridik   yondashish   har   xil   ijtimoiy   tartibga
soluvchilarning huquqiy mezon bo’yicha muayyan tizimli  o’zaro  muvofiqligini
va   birligini   barcha   tartibga   soluvchilarning   (hamda   ijtimoiy   normalar
turlarining)   yagona,   yalpi   va   umumahamiyatli   huquqiy   asos   bo’yicha   erkin
amal qilish prinsipi nuqtai nazaridan  ta’minlaydi.
Ijtimoiy   normalar   har   xil   (axloq,   axloqiylik,   din   va   boshqa)   turlari
rivojlanganligi,   mustaqilligi   va   bir-biridan   tabaqalashganligi   sharoitida   ularning
birgalikda mavjud bo’lishi va amal qilishini muvofiqlashtirishning aynan huquqiy
prinsipi   ushbu   xilma-xil   ijtimoiy   normalarni   (va   tartibga   soluvchilarni)   muayyan
tizimda   birlashtirishga   qodirdir.   Huquqning   butun   sosionormativ   tizimdagi
belgilovchi   ahamiyati   tarixiy   jihatdan   ijtimoiy   va   ma’naviy   rivojlanishning
shunday   davriga   (aynan   -   burjua   davriga)   mos   keladiki,   bunda   ijtimoiy   ong
tizimida huquqiy ong  (yuridik dunyoqarash)  yetakchi rol o’ynay boshlaydi, ilgari
bunday   rolni   mifologiya   (sosionormativ   tartibga   soluvchining   qaror   topishi
davrida), so’ng din (qadimgi davrda va o’rta asrlarda), so’ngra, Yangi davrda esa -
axloq va siyosat  o’ynagan edi.
Ijtimoiy ong turli  shakllari va tegishli  ravishda ijtimoiy normalar  (hamda tartibga
soluvchilar)   har   xil   turlari   yetakchilik   rolining   bu   tariqa   tarixiy   almashinishi,
davlat   va   uning   qonunlari   (pozitiv   huquq)   to’g’risidagi   tasavvurlarning
ilgarilab boruvchi yuridiklashuvi jarayonida  ham ko’zga tashlaydi.
Huquqning turli teologik, axloqiy, ma’naviy va hokazo talqinlarining yaqqol
ko’rinib turgan kamchiliklari ijtimoiy normalar (hamda tartibga soluvchilar) har xil
turlarining aralashtirib yuborilishidan, huquqning o’ziga xosligi inkor qilinishidan,
huquq va  davlat   to’g’risidagi  ta’limot   teologiyaga va  etikaga  bog’lanishidan,
huquqning   diniy   yoki   etikaviy   fenomenlar   bilan   almashtirilishidan,   amaldagi huquqqa   (qonunga)   va   davlatga   muqobil   bo’lmagan   (nohuquqiy)   talablar
qo’yilishidan va boshqalardan iboratdir.
Huquq   go’yo   ma’naviy,   axloqiy   bo’lishi   kerakligi   haqidagi   yanglish
tasavvur   keng   yoyilganicha   qolmoqda   (huquqqa   nisbatan   bunday   etikaviy
talablarda   axloq   va   axloqiylik,   qoidaga   ko’ra,   birxillashtiriladi).   Biroq   bunday
talab, agar u axloq (yoki axloqiylik)ning qonuniy huquqiy talablarini qondirishning
biz   tomonimizdan   ko’rib   chiqilgan   huquqiy   usuli   doirasidan   tashqariga   chiqsa,
mohiyat e’tibori bilan huquq huquq emas, balki axloq bo’lishi, qonunning (pozitiv
huquqning) mazmuni huquqiy emas, balki axloqiy bo’lishi kerakligini anglatadi.
Huquqni   bunday   axloqiy   tushunish   nafaqat   huquqning,   balki   axloqning
ham mohiyatini muqarrar buzadi, chunki   huquqning axloqlashtirilishi,   muqarrar
ravishda,   axloqning   yuridiklashtirilishi   bilan   birga   kechadi.   U   holatda   ham,   bu
holatda ham huquq va axloqning mazmuni va ahamiyati ixtiyoriy belgilanadi.
  Huquq   va   davlat   to’g’risidagi   har   xil   ma’naviy   (axloqiy)   ta’limotlarda
huquq   va   qonunni   (pozitiv   qonunni)   farqlash   axloq   va   qonunni   farqlash   bilan
almashtiriladi.   Huquqqa   nisbatan   axloqiy   yondashuv,   nari   borsa,   uning   ma’naviy
talqin   qilinishi   va   baholanishi   orqali   axloqan   «to’g’ri»   huquqning,   ya’ni   axloqiy
qonun (axloqiy pozitiv huquqning) va axloqiy davlatning axloqan asoslanishi
va oqlanishiga  olib keladi.
Aslida   esa,   izlangan   haqiqat   va   nazariy   rivojlantirilgan   yuridik
yondashuvning   maqsadi   aynan   huquqiy   qonun   va   huquqiy   davlat   hisoblanadi.
Uning yutuqlari huquqning ijtimoiy normalar tizimidagi o’ziga xosligini va davlat
hokimiyatining   ijtimoiy   hokimiyat   boshqa   turlari   bilan   munosabatdagi   o’ziga
xosligani aniqlash va hisobga olishni talab etadi.
Fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari
Fuqarolik   jamiyati   -   davlatdan   mustaqil   va   undan   holi   munosabatlar   va
vositalar   tizimi   bo’lib,     u   shaxs   hamda   jamoatlarning   ijtimoiy,   madaniy,   ma’rifiy
hayot   sohalaridagi   xususiy   manfaat   va   ehtiyojlarini   amalga   oshirishga   sharoit
yaratadi.  Fuqarolik   jamiyati   aksariyat   hollarda   insonlarning   xususiy   manfaat   va
ehtiyojlari   sohasi   tarzida   ta’riflanadi.   Fuqarolar   huquq   va   erkinliklarining   asosiy
ko’pchilik qismi  mana shu xususiy hayot sohasida  ro’yobga chiqariladi. Biroq bu
shaxslarning   ijtimoiy   hayotdan   ajralib   qolganligini,   begonalashtirilishini
anglatmaydi.
Fuqarolik jamiyati- shaxslarning oddiy yig’indisi emas, balki ular o’rtasidagi
rang-barang aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikning ifodasidir. Mazkur mushtaraklik
va   xamjihatlik   tashkiliy-institusiyaviy   ko’rinishga   ega   bo’lib,   u   turli   ijtimoiy
kuchlar, nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   fuqarolik   jamiyatining   qaror
topishishini   xususiy   mulkning   qat’iy   mavqyega   ega   bo’lishi   bilan   bog’laydi.   Shu
asosda hozirgi paytda jamiyatda keng qo’lamda xususiylashtirish (aksiyalashtirish)
jarayonlari amalga oshirilmoqda. 
Fuqarolik   jamiyatida   erkinlik,   qonun   oldida   barchaning   tengligi,   ijtimoiy
adolatning   ta’minlanishi   hamma   fuqarolarning   ijodiy   salohiyati   va   iste’dodining
bevosita ro’yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va
adolat mezonlari bilan o’lchanadi.
Erkin   fuqarolik   jamiyatini   qaror   toptirish   O’zbekiston   xalqining   ulug’vor
maqsadlaridan biridir. Konstitusiyaning  mazmun va mohiyatidan shu narsa qat’iy
ayonki,   mamlakatimizda   shakllantirilayotgan   jamiyat-demokratiya   va   adolat
tamoyillariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimov   shunday   degan   edi:   «Biz   fuqarolik   jamiyati   qurishga
intilmoqdamiz.   Buning   ma’nosi   shuki,   davlatchiligimiz   rivojlana   borgani   sari
boshqaruvning   turli   xil   vazifalarini   bevosita   xalqqa   topshirish,   ya’ni   o’zini   o’zi
boshqarish   organlarini   yanada   rivojlantirish   demakdir».   Prezidentning   yana
quyidagilarga   e’tiborni   qaratgan   edi:   «Biz   uchun   fuqarolik   jamiyati-ijtimoiy-
makon.   Bu   makonda   qonun   ustuvor   bo’lib,   u   insonning   o’z-o’zini   kamol
toptirishga   monelik   qilmaydi,   aksincha,   yordam   beradi.   Shaxs   manfaatlari,   uning
huquq   va   erkinliklari   to’la   darajada   ro’yobga   chiqishiga   ko’maklashadi.   Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ya’ni va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi».
Xo’sh   fuqarolik   jamiyatining   mohiyatini   nima   tashkil   qiladi,   bu   qanday
jamiyat?
Eng   umumiy   tarzda   lo’nda   ta’rif   beriladigan   bo’lsa,   fuqarolik   jamiyati-
ijtimoiy   hayotning   davlat   ta’siri   va   aralashuvidan,   ma’muriy   tazyiqlardan   holi
bo’lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar
majmuidir. 
Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqarolik jamiyatini
ta’rif   va   tavsif   etishga   faol   harakat   qilinmoqda.   Bu   ta’riflardan   ba’zilarini   talqin
etaylik. 
Fuqarolik   jamiyati-davlatdan   mustaqil   va   undan   holi   munosabatlar   va
vositalar   tizimi   bo’lib,     u   shaxs   hamda   jamoatlarning   ijtimoiy,   madaniy,   ma’rifiy
hayot   sohalaridagi   xususiy   manfaat   va   ehtiyojlarini   amalga   oshirishga   sharoit
yaratadi. 
Fuqarolik   jamiyati     aksariyat   hollarda   insonlarning   xususiy   manfaat   va
ehtiyojlari   sohasi   tarzida   ta’riflanadi.   Fuqarolar   huquq   va   erkinliklarining   asosiy
ko’pchilik qismi  mana shu xususiy hayot sohasida  ro’yobga chiqariladi. Biroq bu
shaxslarning   ijtimoiy   hayotdan   ajralib   qolganligini,   begonalashtirilishini
anglatmaydi.
Fuqarolik jamiyati-shaxslarning oddiy yig’indisi emas, balki ular o’rtasidagi
rang-barang aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikning ifodasidir. Mazkur mushtaraklik
va   xamjihatlik   tashkiliy-institusiyaviy   ko’rinishga   ega   bo’lib,   u   turli   ijtimoiy
kuchlar, nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu bois uni uch
asosiy jihat, uchta yo’nalish bo’yicha:
1) iqtisodiy jihat;
2) siyosiy jihat;
3) ma’naviy-ahloqiy jihat ta’riflash mumkin Birinchi  jihati.   Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng yo’l beruvchi
va   unga   asoslanuvchi   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlariga,   erkin   iqtisodiy   faoliyat
ta’minlangan   shart-sharoitga   tayanadi.   Aynan   xususiy   mulkchilik   muhiti   va
munosabatlari   qaror   topgan   jamiyatda   shaxsning   mulkiy   mustaqilligi,   iqtisodiy
faoliyat   yuritishdagi   erkinligi   ta’minlanadi.   Xuddi   shu   asnoda   shaxs   davlat
hokimiyatiga   nisbatan   avtonom,   mustaqil   mavqyeni   egallaydi.   Davlat   xususiy
hayot   sohasiga,   shaxs   va   tashkilotlarning   qonuniy   iqtisodiy   faoliyatiga
aralashmasligi   lozim.   Prezident   I.A.Karimov   aytganidek,   «davlatning   qonunlari
inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim». Bu talab avvalo iqtisodiy ishlab
chiqarish, xususiy tadbirkorlik sohasiga oiddir.
Fuqarolik   jamiyati   konsepsiyasini   yaratishga   katta   hissa   qo’shgan   nemis
faylasufi   Gegel,   bu   jamiyatni   burjuacha   ishlab   chiqarish   munosabatlari   majmui
sifatida tushungan. U ikki asosiy prinsipni ajratib ko’rsatgan: 
birinchidan,   shaxslar   o’z   xususiy   manfaatlaridan   kelib   chiqib   harakat
qiladilar; 
ikkinchidan,   insonlar   shunday   ijtimoiy   munosabatlar   tizimini   vujudga
keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog’liq bo’ladi. 
Xususiy   mulkchilikka   asoslangan   ijtimoiy   strukrura   bo’lmish   fuqarolar
jamiyati   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlari   tizimidan   iboratdir.   Bunday
munosabatlarga   ishlab   chiqarishdagi   raqobat   va   unda   hokimiyatning   ma’muriy
aralashuvini   cheklash   orqali   erishiladi.   Fuqarolar   jamiyati   insonning   ijodiy
faolligini namoyon etishga yo’l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir
bo’ladi.
Buyuk   fransuz   inqilobining  manifesti-1791  yilgi   Inson   va   fuqaro   huquqlari
Deklarasiyasida   ham   xususiy   mulk   muqaddas   va   dahlsiz   deb   e’lon   qilgan.
Feodalizmning ashaddiy dushmani bo’lgan yakobinchilar esa xususiy mulkni yangi
jamiyatning,   ya’ni   fuqarolik   jamiyatining   birdan-bir   asosi   deb   bilganlar.   Tarix
saboqlaridan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli qatlamlarga ajratgan,
balki   ishlab   chiqarishni   rivojlantirishga   qaratilgan   tashabbusni   rag’batlantirgan,
hokimiyatga nisbatan mustaqil (avtonom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.  O’zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiy munosabatlar
tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va o’rta biznesga keng yo’l ochilib,
tegishli tashkiliy va huquqiy mezanizmlari vujudga keltirilmoqda. 
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   fuqarolik   jamiyatining   qaror
topishishini   xususiy   mulkning   qat’iy   mavqyega   ega   bo’lishi   bilan   bog’laydi.   Shu
asosda hozirgi paytda jamiyatda keng qo’lamda xususiylashtirish (aksiyalashtirish)
jarayonlari amalga oshirilmoqda. 
Xo’sh, nima sababdan isloqotchi-davlat O’zbekistonda demokratik fuqarolar
jamiyatini jadal shakllantirib borishdan manfaatdor?
Birinchidan,   shu   asnoda   mamlakatning   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyoti   sari   olg’a   siljish   yo’llari   va   usullari   xususida   fuqarolar   kelishuviga
erishish   to’g’risida   norasmiy   ijtimoiy   shartnoma   tuzish   va   uni   ro’yobga
chiqarishda islohotchi-davlat uchun sherik vujudga keltiriladi. 
ikkinchidan,   fuqarolik   jamiyati   o’z   institutlari   orqali   shaxsning   davlat
ishlarini   boshqarishda   ishtirok   etishini   ta’minlagan   holda,   davlatda   vakillik
demokratiyasining va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tizimning asosi hisoblanadi.
uchinchidan,   O’zbekiston   xalqi   fuqarolik   institutlari   va   mexanizmlari,
avvalo   saylov   tizimi   orqali   o’zining   siyosiy   yuksalishi   va   hayotiy   muhim   milliy
manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror shart-sharoitlar yaratmoqda. 
to’rtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, etnik va
konfessional   jamoalar,   ijtimoiy-demografik   guruhlarning   hayotiy   muhim
manfaatlarining o’zaro maqbul muvozanatidan kelib chiqqan holda quriladi.
beshinchidan,   demokratik   jamiyat   fuqarolarning   siyosiy   va   ijtimoiy
faolligiga   asoslangan.   O’z   navbatida,uning   o’zi   turmushning   barcha   sohalaridagi
islohotlar jarayonida bunday faollikning o’sib borishini izchil rag’batlantirib boradi
va   davlatning   byurokratlashuvi,   uning   institutlari   fuqarolarning   hayotiy   muhim
manfaatlaridan uzilib qolishi xavfiga qarshi turadi. 
«Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   davrida,-deydi   Prezident   I.A.Karimov,-davlat
iqtisodiy   erkinliklarning   kafolati   bo’ladi.   Ayni   shu   tufayli   davlat   iqtisodiyotga
o’zining tartibga soluvchi ta’sirini maqbul ravishda o’tkaza oladi». Ikkinchi  jihati.   Siyosiy nuqtai  nazardan baholaganda  fuqarolik jamiyatidagi
siyosiy   tizim   va   siyosiy   boshqaruvning   mazmun-mohiyatini   huquqiy   davlatchilik
ifoda   etadi.   Boshqacha   aytganda,   huquqiy   davlat   fuqarolik   jamiyatining   siyosiy
mohiyatini,   siyosiy   shaklini   tashkil   etadi.   Bu   ikki   hodisaning   o’zaro   munosabati
shakl   bilan   mazmunning   o’zaro   aloqadorligini   aks   ettiradi.   Bundan   kelib
chiqadigan   xulosa   shuki,   fuqarolik   jamiyati   to’la   ma’noda   mavjud   bo’lishining
shak-shubhasiz   sharti   huquqiy   davlatning   mavjudligidir.   Va,   aksincha,   huquqiy
davlat   faqat   fuqarolik   jamiyatidek   ijtimoiy   makonda   qaror   topishi   va   faoliyat
yuritishi mumkin.
Fuqarolik   jamiyati   bilan   huquqiy   davlatning   o’zaro   nisbatini   iqtisod   bilan
siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida ham
yaqqol   ko’rish   mumkin.   Zero,   iqtisodiy   islohatlar   tegishli   demokratik   siyosiy
tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. 
Mamlakatimizda   mulk   shaklini   o’zgartirish,   xususiylashtirish   jarayonlarini
amalga   oshirishga   qaratilgan     davlat   tuzilmalari   vujudga   keltirildi.   Xususan,
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasi
tashkil   etilib   (1992   yil),   u   mamlakatda   xususiylashtirishni   amalga   oshirish   bilan
shug’ullanib kelmoqda. Prezidentning 1992-1993 yillarda qabul qilingan o’ttizdan
ortiq   farmonlari   bilan   davlat   mulkchiligiga   asoslangan   o’nlab   vazirlik   va   davlat
qo’mitalari   boshqa   mulk   shaklidagi   konsern,   assosiasiya,   uyushma   va
jamg’armalarga   aylantirildi.   Jumladan,   O’zbekiston   Respublikasi   paxtachilik
vazirligi  zamiradi «O’zbekiston paxtani  qayta ishlash  va paxta mahsulotini  sotish
davlat   aksiyadorlik   assosiasiyasini   tashkil   etish   to’g’risida»gi   farmon   (1992   yil   7
noyabr), Mahalliy sanoat vazirligi isloh etilib, uning o’rnida Prezidentning 1992 yil
3 sentyabrdagi farmoni bilan «Mahalliy sanoat» davlat korporasiyasi tashkil etildi.
Shuningdek «O’zbeksavdo»  assosiasiyasi  (1992 yil 5 may farmoni)  «O’zbekiston
xavo yo’llari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar farmoni) tashkil   topdi
va hokazo. 
1997 yil 20 mayda «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati
tuzilmasini   takomillashtirish  to’g’risida»  qaror   qabul  qilindi.  Bu  qarorning asosiy maqsadi   Xukumat   apparatini   iqtisodiyotni   boshqarishning   bozor   usullariga
o’tkazishdan   iborat   edi.   Vazirlar   Mahkamasi   apparati   bevosita   sohaviy   ma’muriy
boshqaruvdan   qaytib,   boshqaruvning   funksional   tizimiga   o’tdi.   Buni   ma’nosi
shuki,   Vazirlar   Mahkamasi   apparati   xo’jalik   yurituvchilar   faoliyatiga
aralashmaydi,   iqtisodiyotni   davlat   yo’li   bilan   boshqarmaydi.   Buning   o’rniga   u
iqtisodiyotni   bozor   yo’liga   o’tkazishning   umumiy   strategiyasini   ishlab   chiqadi,
iqtisodiy   jarayonlar   va     iqtisodiy   komplekslar   faoliyatini   uyg’unlashtirish   va
muvofiqlashtirish   bilan   shug’ullanadi.   Shuningdek   xo’jalik   yuritish   shakllarini
takomillashtirish,   tarkibiy   va   institusional   qayta   o’zgarishlarni   amalga   oshirish,
iqtisodiyotni   monopoliyadan   chiqarish,   tadbirkorlik   va   raqobatchilikni
rivojlantirish bilan shug’ullanadi. 
Fuqarolik   jamiyatining   siyosiy   tavsiflanishi   faqat   davlat   tuzilmalarining
rivojlantirilishidan   iborat   emas.   Demokratiya   ravnaq   topishi   uchun   fuqarolik
jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy  plyuralimz ham qaror topishi  zarur. Buning uchun
jamiyatda   tom   ma’nodagi   ko’ppartiyaviylik,   jamoat   va   nodavlat   tashkilotlarining
keng   qo’lamli   tizimi,   tadbirkorlarning   ittifoqlari,   uyushmalari,   mehnatkashlar
mustaqil   birlashmalari,   fuqarolarning   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari   tizimi
vujudga   keltirilishi   lozim,   toki   bu   tuzilmalar   davlat   idoralari   bilan   teng   huquqli
munosabatlarga kirisha   olsin. 
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari alohida
o’rin tutadi (bu haqda keyingi paragraflarda batafsil to’xtalamiz.)
Tahlil   yuritilayotgan   jabhada   huquqiy   davlatning   asosiy   vazifasi   inson   va
fuqaroning   yuksak   huquqiy   maqomini   ta’minlab   berishdan   iborat.
Konstitusiyaning  2-moddasida  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  jamiyat  va
fuqarolar   oldida   mas’uldirlar,   deb   yozilgan.   Buning   ma’nosi   shuki,   davlat,   uning
idoralari   avvalo   fuqarolarning   huquqlarini   xurmat   qilishlari   lozim.   Q onunda
belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar
uchun   muqaddas   bo’lmog’i   lozim.   O’z   fuqarolarining   haq-huquqlarini   ta’minlab
beraolmagan   davlat   demokratik   huquqiy   davlat   deb   atalishi   mumkin   emas. Fuqarolar   qonun   oldida   teng,   huquqning   teng   subyekti   sifatida   e’tirof   etilishi
lozim. 
Fuqarolar   va   ularning   uyushmalari   davlat   idoralari   bilan   muloqotda
huquqning   teng   subyektlari   sifatida   munosabatga   kirishadilar.   Basharti,   bu   teng
huquqiy   munosabatlarda   tomonlardan   birining   huquqiga,   manfaatiga   putur
yetkazilsa, u sudga murojaat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o’z huquqini
tiklashga erishishi lozim. Huquqiy davlatchilikning muhim tamoyillaridan biri ana
shunday. Shunday qilib, huquqiy davlat nafaqat  fuqarolik jamiyatini boshqaruvchi
tizim,   balki   o’zini   o’zi   boshqaruvchi   fuqarolik   jamiyatiga   bog’liq,   uning   manfaat
va ehtiyojlariga bo’ysunuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi. 
Uchinchi   jihati.   Fuqarolik   jamiyati   chuqur   ma’naviy,   yuksak   madaniy
insoniy   munosabatlar   zamiriga   tayanadi.   Bu   jamiyatning   ma’naviy   hayotida   bir
narsa   ustuvorlik   qiladi,   ya’ni   inson   benihoya   darajada   ulug’lanadi,   umuminsoniy
qadriyatlar   e’zozlanadi,   ular   mo’tabar   va   muqaddas   sanaladi.   Bunda   insonning
qadr-qimmati, mehr-oqibat, ahloqiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi
oliy qadriyatlar  odamlar o’rtasidagi  munosabatlarning belgilovchi mezoni sifatida
maydonga chiqadi. 
Demokratik   islohotlar   davrida   ma’naviyatni   yuksaltirishga   asosiy   e’tibor
qaratilayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat-insoniyat ichki dunyosining ko’zgusi,
tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarzining mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi yuksak
ijtimoiy qadriyatdir. Insoniyat  hamisha ezgulikka,  ma’naviy barkamollikka intilib
yashaydi.   Yurtimizda   amalga   oshirilayotgan   tub   islohotlarning   muvaffaqiyati,
mamlakatning   yaqin   kelajakdagi   istiqboli   hamyurtlarimiz   qanday   mavqyeni
egallashiga, qanaqa madaniy-ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni shior qilib olishiga
bog’liq bo’ladi. 
Fuqarolik   jamiyatida   erkinlik,   qonun   oldida   barchaning   tengligi,   ijtimoiy
adolatning   ta’minlanishi   hamma   fuqarolarning   ijodiy   salohiyati   va   iste’dodining
bevosita ro’yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va
adolat   mezonlari   bilan   o’lchanadi.   Huquq   jamiyatning   o’ziga   xos   «gumanistik
imperativi»   (insonparvarvarlik   talabi),   ya’ni   insoniy-ahloqiy   qoidasi,   ma’naviy mayog’i   bo’lib   hisoblanadi.   Fuqarolarning   o’zaro   huquqiy   munosabatidagi
mavqyei quyidagi prinsiplar asosida belgilanadi: 
1) jamiyatning har bir a’zosi inson sifatida erkin va ozod bo’lishi; 
2) har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi; 
3) jamiyat har a’zosining fuqaro maqomidagi mustaqilligi. 
O’zbekiston   mustaqillikni   qo’lga   kiritgach,   suveren   davlatchilikni
shakllantirishda   madaniyatimiz   sarchashmalariga,   teran   va   ulkan   ma’naviy
merosimizga   murojaat   qilish,  boqiy  tarixiy  o’tmishimizda  mavjud  bo’lgan  barcha
ezguliklarni  yuzaga  chiqarib, rivojlantirish  borasida  beqiyos  imkoniyatlar  ochildi.
O’tmish   ajdodlarimizning   madaniy   va   ma’naviy   boyligi   chuqur   mushohada   etilib
ijtimoiy ongimizga singdirilmoqda, shu orqali biz barpo etayotgan yangi fuqarolik
jamiyati manfaatlariga xizmat qilmoqda. 
Biz   shunchaki   demokratik   jamiyat   emas,   balki   odil   demokratik   jamiyat
barpo   etmoqdamiz.   Davlatchiligimiz   adolat   tamoyillariga   tayanadi.   «Adolatga
intilish-xalqimiz   ma’naviy-ruhiy   dunyosiga   xos   eng   muhim   xususiyat.
Adolatparvarlik   g’oyasi   butun   iqtisodiy   va   ijtimoiy   munosabatlar   tizimiga   singib
ketishi, ijtimoiy ko’maklashuv mexanizmida o’z aksini topishi kerak».  
Ma’naviy-madaniy   saviya   past   bo’lgan   jamiyatda   adolat   tantanasi   haqida
gap ham  bo’lishi  mumkin emas. Biz barpo etayotgan fuqarolik jamiyatida adolat,
haqiqat va insonparvarlik g’oyalari ustuvorlik qilishi lozim. Adolat bor joyda inson
haq-huquqlari va erkinliklari to’la ta’minlanishiga umid bog’lash mumkin. 
Shunday   qilib,   fuqarolik   jamiyatining   quyidagi   asosiy   belgilari   va
xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
1.   Jamiyat   va   shaxs   ehtiyojlari   tizimida   faol   ijobiy   faoliyat   va   mehnatning
roli   alohida   mazmuniga   ega   bo’lishi.   Mehnatga   asoslangan   ijtimoiy   ehtiyoj   va
manfaatlar tizimining qaror topishi;
2.   jamiyat   mazmunini,   uning   rivojlanish   qonuniyatlari   mohiyatini   xususiy
mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi;
3.   xususiy   mulk   barcha   mulk   shakllari   qatori   ravnaq   topishi   va   uni
muhofazalashda qonunning, davlat hokimiyatining alohida rol yo’nashi; 4.   fuqarolarning   yuridik   jihatdan   bir   xil   maqomga   egaligi   va   qonun   oldida
tengligi.   Jamiyatda   adolatli   sud   tizimining   qaror   topishi   va   uni   fuqarolarni
himoyalovchi posbon idoraga aylanishi. 
5.   shaxsning   xususiy   hayoti   va   iqtisodiy   faoliyatiga   davlat   aralashuvining
qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilikning mavjud bo’lishi;
6. shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi;
7.   davlat,   davlat   idoralari   va   fuqarolar   huquqning   teng   subyekti   sifatida
munosabatga kirisha olishi, ular sudda teng taraflar sifatida maydonga chiqaolishi.
Fuqarolar   huquqlarini   kafolatlash   va   ustuvor   ta’minlash   mexanizmlarining
yaratilganligi;
8. fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi; 
9.   jamiyatning   yuksak   ma’naviy-madaniy     va   ahloqiy   rivojlanganligi;
insonlar   o’rtasidagi   munosabatlar   o’zaro   hurmat,   iymon-insof   doirasida,   shaxs
qadrini e’zozlash asosiga qurilganligi.
Shunday qilib, fuqarolik jamiyati-har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi,
huquqiy   a’ana   va   qonunlarga   hurmat   muhiti       shakllantirilgan,   umuminsoniy
qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan,
davlat   hokimiyatini   samarali   jamoatchilik   nazorati   mexanizmlari   vujudga
keltirilgan,   insoniy   munosabatlar   chuqur   ma’naviy-madaniy   qadriyatlarga
tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyat. 
Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari
Fuqarolik   jamiyati   yuksak   darajada   uyushgan,   batartib   munosabatlar
tizimiga   tayangan,   o’zini   o’zi   boshqarish   mexanizmlari   mukammal   qaror   topgan
jamiyatdir.   Bu   jamiyat   sharoitida   inson   va   fuqarolarning   huquq,   erkinlik   hamda
manfaatlarini   aks   ettiruvchi,   muhofaza   etuvchi   turli-tuman   uyushmalari,
birlashmalari,   nodavlat   tashkilotlari   va   idoralari   mavjud   bo’ladi.   Ular   davlat
hokimiyatidan   mustaqil   bo’lib,   o’zini   o’zi   boshqarish   tamoyili   asosida   aktiv
faoliyat ko’rsatadi.   Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy
maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini, hayotiy orzularini, niyatlarini
shu   jamiyatdagi   tashkilotlar,   ijtimoiy   institutlar,   guruhlar,   oila   va   boshqa
birlashmalar   orqali   amalga   oshirishdir.   Bu   tashkilotlar,   institutlar   va   guruhlar
alohida   shaxsga   uning   hokimiyat   manbai   ekanligini,   uning   layoqati   va   harakati,
obro’si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu
tashkilotlar va birlashmalar orqali o’zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa
maqsadlarini amalga oshiradilar.
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilariga:  
1) ko’ppartiyaviylik;
2) siyosiy hayotning va siyosiy institutlarning, mafkura va fikrlarning xilma-
xilligi;
3) o’zini-o’zi boshqarish organlari mavqyeining balandligi; 
4)   jamiyatni   boshqarishda   ommaviy   axborot   vositalari   rolining   kattaligi
kiradi.   Fuqarolik   jamiyati   ma’naviy   hayot   umumbashariy   qadriyatlar   asosida
amalga   oshirilganligi,   insonning   muqaddasligi,   erkinligi,   qonun   oldida   tengligi,
ijtimoiy adolatning to’liq qaror topganligi bilan belgilanadi. 
Demak,   fuqarolik   jamiyati-teng   huquqli   insonlarning   jamiyati,   yakka
shaxslar  yoki   jamoalar   manfaatlarini   amalga  oshirishga  ko’maklashadigan   jamoat
va nodavlat institutlarining tizimidir. 
Shuni   ham   ta’kidlash   kerakki,   fuqarolik   jamiyati   jamoat   birlashmalarining
yig’indisidangina   iborat   bo’lmay,   balki   ular   faoliyatining   natijasida   paydo
bo’ladigan   munosabatlar   tizimi   hamdir.   Shuning   uchun   ham   fuqarolik   jamiyatini
milliy   va   diniy   an’analarsiz,   odatlarsiz,   odob-ahloq   normalarisiz   va   milliy
qadriyatlarsiz   tasavvur   etib   bo’lmaydi.   Bu   jamiyat   iqtisodiy,   kasbiy,   madaniy,
diniy   va   boshqa   manfaatlarni   shakllantirishga   va   ularni   amalga   oshirishga
qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini ham qamrab oladi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   har   bir   insonning   ehtiyojlari,
manfaatlari,   huquq   va   erkinliklarini   amalga   oshirishga   qaratilgan.   Konstitusiya
insonni   eng   katta   boylik   sifatida   alohida   ko’rsatgani   holda   fuqaro,   jamiyat   va davlat   o’rtasidagi   o’zaro   munosabatlarning  oqilona,   huquqiy  hal   etilishini   siyosiy
jihatdan   rasmiylashtiradi.   Konstitusiya   va   qonunlarning   ustunligi,   ularning   inson
manfaatlarini himoya qilishga va ijtimoiy munosabatlarni maqbul holga keltirishga
yo’naltirilganligi   fuqarolik   jamiyati   asoslarini   qaror   toptirishning   asosiy
omillaridir. 
Fuqarolik   jamiyatida   qonun   ustuvor   bo’lib,   u   insonning   o’zini-o’zi   kamol
toptirishiga   yordam   beradi,   shaxs   manfaatlari,   uning   huquq   va   erkinliklari   to’la
darajada   ro’yobga   chiqishiga   ko’maklashadi.   Ayni   vaqtda   bu   barcha   odamlar
qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi. 
O’zbekiston fuqarolari Konstitusiyada ko’rsatilgan huquqlaridan foydalanib,
davlatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etmoqdalar. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   ta’kidlashicha,
«O’tmish davri  sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini  shakllantirish jarayoni  yuz
berayotgan bir  paytda O’zbekiston aholisi  turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda
etishi lozim bo’lgan keng tarmoqli, ko’ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar
hamda   boshqa   jamoat   tashkilotlarining   qaror   topishi   ham   muhim   ahamiyat   kasb
etmoqda.
Shu   jihatdan   olganda,   davlatning   roli   siyosiy   partiyalar   va   jamoatchilik
harakatlarining   vujudga   kelishi,   qaror   topishi   va   rivojlanishi   sekinlashtirib
qo’yadigan har qanday g’ov va to’siqlarni bartaraf etishdan iboratdir».
Fuqarolik   jamiyatidagi   mavjud   manfaatlarni   qanoatlantirish,   ro’yobga
chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar shakllanadi. 
Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha  tasniflash mumkin. 
Birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar:
a) xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat
tashkilotlar; 
b) shirkat xo’jaliklari va ularning uyushmalari;
v) ijara asosida ishlovchi jamoalar;
g) hissadorlik jamiyatlari;
d) moliyaviy jamg’arma hamda uyushmalar; ye) ishlab chiqarish korporasiya, konsernlari va birlashmalari;
j) tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va hokazo.
Ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar:
a) oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;
b)   ta’lim-tarbiya   muassasalari   (maktab,   o’rta-maxsus   va   oliy   ta’lim
muasasasalari);
v) jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;
g) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari;
d) mustaqil ommaviy axborot vositalari; 
ye) diniy tashkilotlar;
j) milliy-madaniy markazlar;
z) ko’ngilli jamiyatlar;
i) jamoatchilik fikrini aniqlash va o’rganish institutlari;
y) turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va hokazo.
Uchinchidan,   siyosiy   sohadagi   manfaatlarni   aks   ettiruvchi   institutlar   va
tuzilmalar:
a) huquqiy davlatning mavjudligi;
b) siyosiy partiyalar; 
v) ijtimoiy-siyosiy harakatlar;
g) siyosiy muholifatning mavjudligi;
d) inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo. 
Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo’lib, u eng asosiy tarkibiy tuzilmalarni
ifodalaydi.   Albatta,   fuqarolik   jamiyati   o’zining   rang-barangligi,   turli-tumanligi
bilan   tavsiflanadi.   Unda     turfa   ko’rinishdagi   ma’rifiy,   madaniy   va   boshqa
mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko’rsatishi mumkin.  
  O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   ta’kidlashicha,
«O’tmish davri  sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini  shakllantirish jarayoni  yuz
berayotgan bir  paytda O’zbekiston aholisi  turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda
etishi lozim bo’lgan keng tarmoqli, ko’ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar hamda   boshqa   jamoat   tashkilotlarining   qaror   topishi   ham   muhim   ahamiyat   kasb
etmoqda.
Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va
siyosiy   boshqaruvning   mazmun-mohiyatini   huquqiy   davlatchilik   ifoda   etadi.
Boshqacha   aytganda,   huquqiy   davlat   fuqarolik   jamiyatining   siyosiy   mohiyatini,
siyosiy   shaklini   tashkil   etadi.   Bu   ikki   hodisaning   o’zaro   munosabati   shakl   bilan
mazmunning   o’zaro   aloqadorligini   aks   ettiradi.   Bundan   kelib   chiqadigan   xulosa
shuki, fuqarolik jamiyati to’la ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubhasiz sharti
huquqiy   davlatning   mavjudligidir.   Va,   aksincha,   huquqiy   davlat   faqat   fuqarolik
jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik   jamiyati   bilan   huquqiy   davlatning   o’zaro   nisbatini   iqtisod   bilan
siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida ham
yaqqol   ko’rish   mumkin.   Zero,   iqtisodiy   islohatlar   tegishli   demokratik   siyosiy
tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Алексеев   С.С.   Право   –   азбука,   теория,   философия:   опыт   комплексного
исследования.  М., 1999. 
2.   Гегель   Г.В.Ф.   Философия   права:   Пер.   с   нем.   /   Ред   и   сост.   Д.А.   Керимов,
В.С. Нерсесянц; Авт. вступ. ст. и примеч. – В.С. Нерсесянц. М., 1990. 
3.   Зорькин   В.Д.   Философия   права:   прошлое,   настоящее   и   будущее   //
Философия права в начале  XXI  столетия через призму конституционализма и
конституционной экономики /   Под ред.  В.В.   Миронова,  Ю.Н. Солонина  М.,
2010. 
4. Кальной И.И. Философия права: СПб., 2006.
5.   Керимов   Д.А.   Методология   права:   Предмет,   функции,   проблемы
философии права. 4-е изд. М., 2008. 
6.   Миронов   В.В.   Еще   раз   о   специфике   философии   //   Вестник   Российской
академии наук. 2011. Т. 81. № 3. 
7. Михайловский И.В. Очерки философии права. Томск, 1914. Т. 1.  8. Нерсесянц В.С. Философия права: Учебник. 2-ое изд., перераб. и доп. М.,
2008. 
9. Философия  права:  Курс  лекций:  Учебное   пособие.  В  2 т.  Т.  1. /   Отв.  ред.
М.Н. Марченко. М., 2011. 
10. Хабриева Т.Я. Конституционные реформы в современном мире // Вестник
Российской академии наук. 2016. Т. 86. № 7. С. 579–586. 
11.   Чернавин   Ю.А.   Проблема   предмета   философии   права   //   Вестник
московского государственного областного университета. Сер. «Философские
науки». 2013. № 3. С. 70–76. 
12. Чичерин Б.Н. Философия права. М., 1990. 13. Шершеневич Г.Ф. История
философии права.  2-е изд. СПб., 1907

Mavzu: Huquqiy davlat. Huquqiy davlatchilik g’oyasining rivojlanish tarixi . Reja: 1. Huquqiy davlatning mohiyati. Huquqiy davlat shakllanishi va qaror topishining zarur shartlari. 2. Huquq va davlatning o’zaro munosabati, maqsadlari va vazifalari. 3. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. 4.Huquqiy davlatning asosiy tarkibi, hokimiyatning tarkibiy tuzilishi. 5. Huquqiy davlatning boshqaruvi faoliyati, ularning tizimi. Amaliy topshiriqlar.

Davlat tushunchasi Huquqda mohiyat va hodisaning nisbatini libertar-yuridik talqin qilishga muvofiq huquqiy mohiyatni huquqiy qonun ko’rinishida (huquqiy hodisa sifatida) ifodalash - davlatning amaliy huquqni o’rnatuvchi (qonun ijodkorligi) faoliyati davomida, ya’ni umumiy majburiy huquqning qonun (pozitiv huquqning har xil manbalari va normalari) ko’rinishida davlat-hokimiyat yo’li bilan pozitivlashtirilishi jarayonida rasman tenglik prinsipi talablarining normativ- huquqiy aniqlashtirilishidir. Umumahamiyatli huquqiy mohiyat {rasman tenglik) va umumiy maj-buriy huquqiy hodisa (qonun)ning bunday zarur aloqasi huquq va davlatning tushunchaviy-huquqiy birligini namoyish qiladi, huquqning umumiy majburiy qonun sifatida o’rnatilishi va amal qilishi uchun davlatning hokimiyatning hamma uchun umumiy bo’lgan shakli sifatidagi huquqiy tabiatini aniqlaydi va uning huquqiy zarurligini ifodalaydi. D avlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv appartiga tayanadigan, barcha uchun qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo’lgan siyosiy tashkilotni ifodalovchi tushuncha. Bundan tashqari huquq sohalari bo’yicha: 1) davlat va huquq nazariyasida – jamiyatni tash kil etishning butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning ras miy vakili bo’lgan va zarur hollarda majburlash vositalari va choralariga tayanadigan muayyan usuli, siyosiy tizimning asosiy elementi, ommaviy siyosiy tizim tashkiloti; 2) konstitusiyaviy huquqda mamlakat yoki federasіya subyektlari yoxud hududiy hamjamiyat qonun chiqarishda muxtoriyatidan foydalanadigan va mahalliy agentlariga ega bo’lganhududiy hamjamiyat miqyosida amal qiluvchi ras miy hokimiyat idorlari (hukumat, parlament, sudlar)ning yig’indisini bildiradigan tushuncha; 3) xalqaro huquq subyekti sifatida – xalqaro munosabatlarning asosiy manbai bo’lib, hokimiyatning siyosiy tashkiloti bo’lmish davlat va muayyan hudud egasi bo’lgan aholini o’z chiga oladi. Huquqiy mohiyatning huquqiy hodisa ko’rinishida ifodalaniish jarayonida huquqning rasman-hokimiyat jihatidan legallashuvi (lex - qonun) yalpi (ommaviy) davlat hokimiyati bo’lmish huquqni o’rnatuvchi (qonun

chiqaruvchi) hokimiyatning o’zining yuridiklashuvi (ius - huquq) va yuridik legitimlashuvi bilan qo’shlib ketadi . Huquqni o’rnatuvchi hokimiyat tegishli {demak, huquqni muhofaza qiluvchi, huquqni qo’llanuvchi hokimiyat ham) yuridik - mantiqan va tarixan aynan rasman-hokimiyat yo’li bilan huquq o’rnatilishi (hamma uchun umumiy va umumiy majburiy qonun ko’rinishida umumiy va umumahamiyatli huquqiy mohiyatning ifodalanishi) jarayonida o’zini namoyon qiladi, tuziladi va davlat sifatida mavjud bo’ladi, ya’ni umumiy majburiy huquqiy qonunlar asosida va ular doirasida ish ko’ruvchi umumiy (ommaviy) huquqiy hokimiyat sifatida faoliyat ko’rsatadi. Shunday qilib, davlat qonun yo’li bilan mustahkamlangan muayyan huquq- tartibotni o’rnatuvchi va himoya qiluvchi umumiy (ommaviy) hokimiyatning huquqiy shakli sifatida ish ko’radi va qaror topadi. Uning doirasida (barcha subyektlar, shu jumladan davlat tomonidan) to’g’ridan-to’g’ri zo’rlik taqiqlangan, huquq tomonidan yo’l qo’yiladigan, ijtimoiy turmushda kuch ishlatilishi esa qonunlashtirilgan huquq (huquqiy qonun) sanksiyasi shakli va chegaralarida huquqiy (davlat-huquqiy) majbur qilishiga aylantirilgan. Har qanday davlat - umumiy (ommaviy) hokimiyatning huquqiy shakli sifatida - bu (huquqning tegishli ijtimoiy-tarixiy davrda rivojlanishi darajasiga ko’ra) huquqiy davlatdir va u despotizmning barcha (zo’ravonlik, diktatura, totalitarizm (mustabidlik) va hokazo) turlaridan prinsipial jihatdan farq qiladi . Despozitizm rasman hokimiyatning zuhur topishi, tashkil etilishi va faoliyatining huquqqacha bo’lgan, nohuquqiy va aksilhuquqiy (tenglik, adolat va erkinlikni inkor etuvchi) shaklidan iboratdir. Davlatning (erkin kishilar hokimiyatining huquqiy shakli sifatida) despotizmga (zo’ravonlik hokimiyati va birovlarning boshqalar ustidan hukmronligi sifatida) bunday zid qo’yilishi falsafiy-huquqiy tafakkur tarixida uzoq an’anaga ega (Aristotel, Siseron, Avgustin, Foma Akvinskiy, Lokk, Kant, Gegel va boshqalar) va uzoq o’tmishning tarixiy tajribasi bilangina emas, balki zo’ravonlik bilan hukmroilik qilishning hamda huquq va davlatchilik asoslarining tubdan inkor

qilinishining eng yangi despotik shakli bo’lgan XX asr totalitarizmining amaddagi ko’rinishlari bilan mustahkamlangan. Har qanday davlatning huquqiy davlat sifatida keltirilgan talqinini (uning huquqni inkor etuvchi despotizmga prinsipial zidligi bilan) huquqiy davlatni zamonaviy tushunish bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Huquqiy davlat deganda, huquq va davlat rivojlanishining zamonaviy darajasiga muvofiq keluvchi, alohida xossalar va tavsiflar to’plamiga ega bo’lgan ommaviy hokimiyat huquqiy tashkilotining maxsus, konstruksiyasi (insonning asosiy azaliy hamda ajralmas huquq va erkinliklari sohasida zamonaviy jahon standartlarining konstitusiyaviy mustahkamlanishi, hokimiyatning bo’linishi va hokazolar) nazarda tutiladi. Zamonaviy huquqiy davlat - bu davlat mavjudligining tarixan eng rivojlangan shakli. Davlat o’z mavjudligining oldingi tarixiy bosqichlarida ham o’zida huquqiy davlatni kamroq rivojlangan shakllarda ifodalagan. Shu sababli umumiy (ommaviy) hokimiyatning huquqiy shakli bo’lgan har bir davlat (hokimiyatning despotik tipidan farq qilgan holda) o’z tarixiy mavjudligining barcha bosqichlarida teng lik prinsipini, uning mazmuni va talablarini ifodalash, aniqlashtirish va amalga oshirishning muayyan tashkiliy-hokimiyat shaklidir. Aynan shu sababdan huquq va davlat odamlarning ijtimoiy turmushida tenglik, erkinlik va adolatning normativ va institusiyaviy-hokimiyat yo’li bilan i fodalanishining zarur umumiy shakllari hisoblanadi. Indi vidlarning ushbu erkinligi, eng avvalo, ular rasman teng shaxslar - huquq subyektlari va davlat subyektlari sifatida ish ko’rishlarida ifodalanadi. Aytilganlarni hisobga olgan holda davlatning umumiy tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: davlat erkin individlar ommaviy hokimiyatining huquqiy (ya’ni tasman tenglik prinsipiga asoslangan) tashkiloti. Davlatning huquqiy mohiyati va undagi huquqiy asos (erkin kishilarning rasman tengligi prinsipi, ularning huquq subyektiligi va davlat subyektiligi e’tirof etilishi) davlatning barcha tarixiy tiplari va shakllarida, davlat hokimiyatini tashkil etish va uning mavjud bo’lishining barcha jihatlari va yo’nalishlarida u yoki bu

ko’rinishda namoyon bo’ladi. Davlatning (uning tashkiliy shakllari, funksional namoyon bo’lishi va boshqalar) rivojlanganligi darajasi pirovard natijada unda aks ettirilgan va amalga oshirilgan odamlarning rasman tengligi prinsipi rivojlanganligining o’lchovi bilan belgilanadi. Davlat va huquq rivojlanishining ijtimoiy-tarixiy bosqichlari - bu insoniy munosabatlarda rasman tenglik, erkinlik va adolat asoslari amalga oshirilishining taraqqiyotiga yuz tutayotgan bosqichlaridir. 1. HUQUQIY DAVLAT: TARIX VA HOZIRGI ZAMON Erkin kishilar ommaviy hokimiyatini tashkil etishning huquqiy shakli bo’lgan har qanday davlat (u yoki bu xalqning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining tegishli bosqichida unda huquq va huquqiy madaniyat rivojlanganligiga ko’ra), despotizmga zid ravishda, huquqiy davlatdan iborat bo’ladi va o’zining mana shu huquqiy mazmuni hamda ta’rifi bilan o’tmishdagi va hozirgi huquq falsafasi hamda yurisprudensiya predmetiga kiradi. Hozirgi ma’nodagi huquqiy davlat esa - huquqiy ma’noda rivojlangan davlatning alohida konsepsiyasi va konstruksiyasidir. Uning paydo bo’lishi va qaror topishi ijtimoiy-tarixiy jihatdan burjua liberal-demokratik tuzumning paydo bo’lishi va rivojlanishi, burjua fuqarolik jamiyati va ommaviy hokimiyatni tashkil etishning burjuacha konstitusiyaviy-huquqiy shakllari shakllanishi bilan bog’liqdir. Shunday qilib, hozirgi ma’nodagi huquqiy davlat deganda mohiyat e’tibori bilan konstitusiyaviy rasmanlashtirilgan liberal-demokratik huquqiy davlat nazarda tutiladi. Huquqiy davlat – davlat va huquq nazariyasi va konstitusiyaviy huquq nuqtai nazaridan, davlatning konstitusiyaviy huquqiy mavqyeini belgilaydi, ya’ni davlatning quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yurgizishi va amal qilishini shart qilib qo’yadi: xalq suverenitetini ta’minlash; inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan ta’minlash; Konstitusiya talablariga rioya etilishi; boshqa qonun va qonun osti aktlariga nisbatan Konstitusiyaning ustuvorligi kabilar. Hozirgi tushunchadagi bunday huquqiy davlatning farqli belgilariga kamida quyidagilar tegishlidir: inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarining