logo

Yerni huquqiy muhofaza qilish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

71 KB
Yerni huquqiy muhofaza qilish
Reja:
1. Yerni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi va o`ziga xos 
xususiyatlari.
2. Yerni huquqiy muhofaza qilish mazmuni, maqsadi va vazifalari.
3. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari. Yerlarni muhofaza qilish masalasi  jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy   ahamiyatga   molik   vazifasidir.   Chunki,   xalqning   moddiy   faravonligi
tabiatning   bebaho   boyligi,   barcha   jonzodni   boquvchisi   hisoblangan   yerga
ehtiyotkorona   munosabatda   bo`lishga   bo¦liq   bo`ladi.   Shu   sababdan,   yer
resurslaridan   oqilona   foydalanish   va   ularni     muhofaza   qilish     juda   muhim
ahamiyatga egadir.
Yerning   tabiiy   resurs   sifatida   shunday   alohida   xususiyati   borki,   unga   to`¦ri
munosabatda bo`linsa, uni muhofaza etish to`¦risida ¦amxo`rlik qilinsa  hosildorligi
doimo   oshib   boradi.   Aksincha   esa   uning   holati   yomonlashib,   foydalanish   uchun
yaroqsiz ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun yer  egalari, mulkdorlari,
foydalanuvchilari   doimo   tuproq   unumdorligi   to`¦risida   ¦amxo`rlik   qilishlari,
yerning sifatini yaxshi saqlashga asosiy e`tibor qaratishlari lozim.
Hozirgi   sharoitda   davlatimizda   agrar   munosabatlar   sohasida   islohotlar
amalga   oshirilayotgan   sharoitda   atrof-tabiiy   muhitni,   xususan   yer   boyliklarini
muhofaza   qilish   muammosiga   alohida   e`tibor   berilmoqda.   Buning   isboti   sifatida
O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1994   yil   24   noyabrdagi   «Yerlardan
foydalanish   samaradorligini   oshirish   to`¦risida»gi   farmonini   ko`rsatish   mumkin.
Bundan   tashqari,     atrof   tabiiy   muhitni   muhofaza   qilishga   ba¦ishlangan   bir   qator
qonunlar qabul qilingan bo`lib, ularda   tabiat obyektlari, jumladan yer boyliklarini
muhofaza qilishga  ba¦ishlangan alohida boblar kiritilgan.
Yer   resurslaridan   samarali   foydalanish   va   ularni   muhofaza   qilish   har   xil
vosita   va   usullar   yordamida   amalga   oshiriladi.   Shunday   usullardan   eng
muhimlaridan   biri   -   yer   boyliklarini   huquqiy   muhofaza   qilishdir,   ya`ni   yerni
qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan,   ishdan
chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning
roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega.
Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini shu bilan tushuntirish
mumkinki,   yerdan   oqilona   foydalanish   va   uni   muhofaza   qilishda   tabiiy-ilmiy,
ishlab   chiqarish-tashkiliy,   texnikaviy   tavsiyanomalarning   roli   qanchalik   katta bo`lmasin,   ularning   bajarilishi   barcha   davlat   idoralari,   korxona,   muassasa,
tashkilot,   mansabdor   shaxslar   va   fuqarolar   uchun   huquqiy   normalarda
mustahkamlangandan   keyingina   majburiy   xarakterga   ega   bo`ladi.   Aks   holda   bu
tavsiyanomalar   bajarilmasdan   qolib   ketishi   mumkin.   Shunday   qilib,   yerdan
oqilona,  samarali  foydalanish  va   uni  muhofaza  qilishni   ta`min  etishda   qonunning
ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bo¦liq
bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil
¦ayriqonuniy   hatti-harakatlardan   muhofaza   qilish   choralarini   belgilaydi.   Qonunlar
yer   boyliklariga   ehtiyotkorona   va   oqilona   munosabatdabo`lish,   asrab-avaylash,
qadrlash,   doimo   tuproq   unumdorligini   oshirib   borish   talabani   belgilaydi,   yerdan
foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi.
Yerni muhofaza qilishning o`ta muhimligini yana yildan-yilga aholining tez
o`sib   borishi   oqibatida   jon   boishga   hisoblaganda     su¦oriladigan   yer   maydonlari
kamayib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin. Chunonchi, respublikamizda
bu ko`rsatgich 50-yillarda aholi jon boshiga 0,5 gektar, 70-yillarda 0,4 gektar, 80-
yillarda 0,2 gektardan to`¦ri  kelgan  bo`lsa,  hozirgi  vaqtda  esa  undan ham  pasayib
ketgan.   Shuningdek   qurilishlar   egallaydigan   yer   maydonlari   har   15   yilda   ikki
barobar ortmoqda. Bu holat ham yerni muhofaza qilishni takozo etadi.
Yerni   huquqiy   muhofaza   qilish   na   faqat   Yer   huquqi   normalari   bilan   balki
boshqa   huquq   normalari   bilan   ham   tartibga   solinadi.   Masalan,   konstitutsiyaviy
huquq   normalarida   fuqarolar   tabiatga   ehtiyotkorona   munosabatda   bo`lishlari
shartligini   o`rnatadi   (O`zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   50-moddasi).
Shuningdek yerlarni muhofaza qilishga ba¦ishlangan qoidalarni Tabiatni muhofaza
qilish   to`¦risidagi,   Qishloq   xo`jalik   kooperativlari   (shirkat   xo`jaligi)   to`¦risidagi,
Fermer   xo`jaligi   to`¦risidagi   qonunlar,   Jinoyat,   Fuqarolik,   Ma`muriy   javobgarlik
to`¦risidagi  kodekslarda ham ko`rishimiz mumkin.
Yerni   huquqiy   muhofaza   qilish   to`¦risida   gapirganda   «yerni   huquqiy
muhofaza   qilish»   va   «yerdan   foydalanish   huquqini   himoya   qilish»   degan
tushunchalarni   farqlash     kerak.   Yerdan   foydalanish   huquqini   himoya   qilish
deganda yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini   himoya etish, ya`ni yerdan   foydalanuvchilarning     yer   munosabatlari   bo`yicha     subyektiv   huquq
vakolatlarini   amalga   oshirishga   to`sqinlik     qilishni   bartaraf   etishga   qaratilgan
huquqiy   normalar   yi¦indisi   tushuniladi.   Masalan,   fuqaro     yerni   o`zboshimchalik
bilan   egallab     olsa,   shu   yer   egasining   yerdan   foydalanishga   bo`lgan   huquqi
buziladi. Agar yer kimyoviy moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari, oqova suvlar
bilan ifloslantirilsa, bunda yerni muhofaza qilish tartibi buziladi.
Yuqorida   aytilganlardan   kelib   chiqib,   yerni   huquqiy   muhofaza   qilish
deganda,   yerdan   oqilona   foydalanish,   uni   qishloq   xo`jaligi   oborotidan   asossiz
ravishda tortib olinishning oldini olish, zararli antropogen ta`sirdan himoya qilish,
shuningdek   tuproq   unumdorligini   tiklash   va   oshirish,   o`rmon   fondi   yerlarining
samaradorligini   yuksaltirishga   qaratilgan   huquqiy   normalar   yi¦indisi   tushuniladi.
Bu   huquqiy   normalar   faqat   yer   qonunchiligida   emas,   balki   tabiatni   muhofaza
qilish,  jinoyat,  fuqarolik,  ma`muriy, mehnat,  kooperativ, fermer,  dehqon xo`jaligi
to`¦risidagi   qonunlarda   ham   o`z   ifodasini   topgan   bo`lib,     yerni   muhofaza   qilishni
majmualashgan huquq sohalari normalari bilan tartibga solinadi deyish mumkin.
Yerni huquqiy muhofaza qilish mazmuni, maqsadi va vazifalari.
Yerlarni   huquqiy   muhofaza   qilishning   asosiy   mazmuni   yerdan   belgilangan
maqsadda,   oqilona   foydalanish,   tuproq   unumdorligini,   o`rmon   fondi   yerlarining
samaradorligini   tiklash   va   oshirish,   qishloq   xo`jalik   oborotidan   va   alohida
muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan yerlarni asossiz ravishda olib
qo`yilishining   oldini   olish,   ularni   zararli   antropogen     ta`sirdan   himoya   qilishga
qaratilgan   huquqiy,   tashkiliy,   iqtisodiy,   texnologik   va   boshqa   tadbirlar   tizimidan
iborat.   Bundan   tashqari,   yerlarni   muhofaza   qilish   mazmuni   tabiatni   muhofaza
qilish   va   tabiiy   resurslarni     tejash   tarzida   bo`lishi   hamda   tuproqning     saqlanishi,
o`simlik   va   hayvonot     dunyosiga,   geologiya   jinslariga   va   atrof   muhitning   boshqa
tarkibiy qismlariga ta`sir o`tkazishni  cheklashni nazarda tutadi.
Yerni   muhofaza   qilish   maqsadi   hududni   oqilona   tashkil   etish,   tuproq
unumdorligini,   shuningdek   yerning   boshqa   xossalarini   tiklash,   yerlarni   suv   va
shamol  eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho`r bosishdan, qaqrab   qolishdan,   zaranglashishdan,   ishlab   chiqarish   chiqindilari,   kimyoviy   va
radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish,   qishloq xo`jalik yerlarini
buta   va   mayda   dov-daraxtlar,   yovvoyi   o`tlar     bosib     ketishidan     va   yerlarning
madaniy   texnikaviy   holatini   yomonlashtiruvchi   boshqa   jarayonlardan   himoya
etish,   yerlarni     konservatsiya   qilish,   yerning   unumdorligini   oshirishga   qaratilgan
bo`ladi.
Yer   qonunchiligidagi   yerni   muhofaza   qilishga   qaratilgan   huquqiy   qoidalar
asosan   quyidagilarni   tartibga   soladi:   su¦oriladigan   yerlarni   qishloq   xo`jaligiga
mo`ljallanmagan   maqsadlarga   berishdan   himoya   qilish;   tuproqni   unumdor
qatlamini   saqlash;   tuproqni   eroziyadan   saqlash;   yerni   agroximikatlar   ta`siridan
himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo`yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish;
yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k.
O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida asosiy e`tibor su¦oriladigan yerlarni
qishloq   xo`jaligiga   mo`ljallanmagan   yerlar   toifasiga   berilishidan   himoya   qilishga
qaratilgan.   Bu   qonunlar   majmuasida   ushbu   qimmatbaho   yerlar   boshqa   maqsadlar
uchun faqat qishloq xo`jaligi, suv xo`jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza
qilish   idoralari   bilan   kelishilgan   holda   amalga   oshirilishi,   o`ta   zarur   hollardagina
boshqa maqsadlar uchun berilishi mumkinligi belgilangan.
Yerni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  bir   qator   yer  huquqiy   normalar   tuproq
unumdorligini   himoya   qilishni   tartibga   solishga   ba¦ishlangan.   Yerdan
xo`jasizlarcha   foydalanish,   almashlab   ekishga   rioya   qilmaslik,   yerdan   ilmiy
asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli
ximikatlarni ko`p miqdorda  ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Mutaxassislarning  ma`lumotiga ko`ra, tuproqning qimmatbaho sifatini  osonlikcha
yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda o¦ir va uzoq muddatni
talab   etadi.   Masalan,   10   santimetr   qalinlikdagi   tuproqning   unumdorlik   qatlamini
tiklash   uchun   100   yilcha   vaqt   kerak.   Shundan   kelib   chiqib,   yer   qonunchiligi
tuproqning   unumdorlik   qatlamini   muhofaza   qilishga   qaratilgan   qat`iy   talab   va
choralarni belgilaydi. Yerni   muhofaza   etuvchi   qonunlar   yerga   nisbatan   xo`jasizlarcha
munosabatda   bo`lishdan   muhofaza   etadi.   Yerdan   xo`jasizlarcha   foydalanish
deganda   yuridik   va  jismoniy   shaxslarning   yerni   yaxshilash,   tuproqni   shamol,   suv
ta`sirida yemirilishdan va tuproq holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan
himoya   qilish   majburiyatlarini   bajarmaslik,   hamda   yer   uchastkalari   qanday
maqsadlar   uchun   berilgan   bo`lsa   o`sha   maqsadlarda   foylanmaslik   tushuniladi.
Qonunda   belgilanishicha   yerdan   foydalanuvchilar   tuproq   unumdorligini   oshirish
yuzasidan   samarali   choralarni   ko`rishlari,   tuproqni   shamol   va   suv   ta`sirida
yemirilishdan   saqlash   yuzasidan   tashkiliy--xo`jalik,   agrotexnika,   o`rmon-
melioratsiya   va   gidrotexnika   tadbirlarini   amalga   oshirishlari,   yerlarning
sho`rlanish,   zax   bosish,   ifloslanish   holatiga   yo`l   qo`ymasliklari,   begona   o`tlar
bosishini   oldini   olishlari   lozim.   Yer   qonunchiligini   ushbu   talablarini   bajarmaslik
yerdan   xo`jasizlarcha   foydalanish   hisoblanib,   uni   muhofaza   rejimini   buzish   deb
qaraladi.
Yerni   huquqiy   muhofaza   qilish   o`z   oldiga   uni   ishdan   chiqarmaslik
maqsadini   qo`yadi.   Yerni   buzishda,   uni   ishdan   chiqarishda   eroziyaning   ta`siri
kuchlidir. Eroziya deganda unumdor tuproq qatlamining suv yoki shamol ta`sirida
buzilishi   tushuniladi.   Tegishli   davlat   idoralari,   yerdan   foydalanuvchilar   yerlarni
melioratsiyalash   va   muhofaza   qilishga,   ihota   daraxtlari   o`tkazishga,   tuproq
eroziyasiga   qarshi   kurashishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni   amalga   oshirishlari
kerak.   Ushbu   chora-tadbirlarni   bajarmaslik   yer   muhofazasi   talablarini   buzish
hisoblanadi.
Bundan tashqari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni sanoat chiqindilari, oqova
suvlar   bilan   ifloslantirish,   yerlarni   talon-taroj   qilinishidan   himoya   qilishlari
lozimligi yer qonunchiligida ko`rsatilgan.
3(. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari.
Yer   resurslaridan   foydalanish   va   ularni   muhofaza   etish   munosabatlarini
tartibga soluvchi qonunlar yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlarini
belgilaydi.   Yerlarni   muhofaza   qilish   huquqiy   chora-tadbirlari   deganda   qonun normalarida   o`rnatilgan   yerdan   foydalanish   va   muhofaza   qilishga   oid   buzilgan
huquqlarni tiklash hamda huquqbuzarliklarni jazolashga taalluqli bo`lgan qoidalar
yi¦indisi tushuniladi.
Yerlarni   muhofaza   qilishning   huquqiy   chora-tadbirlari   O`zbekiston
Respublikasining   Ma`muriy   javobgarlik,   Jinoyat,   Fuqarolik,   Mehnat,   Yer
Kodekslari normalarida o`z ifodasini topgan. Bu normalarda yerlardan foydalanish
qoidalarini   buzganlik,   yerlarni   muhofaza   qilish   bo`yicha   qonun   talablarini
bajarmaganlik uchun tegishlicha jazo choralari belgilangan.
Chunonchi,   yerlarni   muhofaza   qilishning   jinoiy-huquqiy   choralari
O`zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   Kodeksining   to`rtinchi   bo`limida   (193-204   -
moddalar)   o`rnatilgan.   Masalan,   JKning   196-moddasida   ko`rsatilishicha,   yerlarni
ifloslantirish   yoki   buzish   odamlarning   ommaviy  ravishda   kasallanishi,   hayvonlar,
parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha o¦ir oqibatlarga sabab
bo`lsa,   eng   kam   oylik   ish   haqining   ellik   baravaridan   ikki   yuz   baravarigacha
miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch
yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.   Yoki   shu   kodeksning   197-moddasida   yerdan   foydalanish   shartlarini
yoki   ularni   muhofaza   qilish   talablarini   buzish   o¦ir   oqibatlarga   sabab   bo`lsa,   eng
kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima, yoki
uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
Yerni   huquqiy   muhofaza   qilishda   ma`muriy   qonunlarning   roli   alohida
ahamiyatga   ega   O`zbekiston   Respublikasi   Ma`muriy   javobgarlik   to`¦risidagi
Kodeksida   yer   muhofazasiga   qarshi   qaratilgan   bir   qator   hatti-harakatlar   uchun
javobgarlikni   belgilovchi   normalar   o`z   ifodasini   topgan.   Chunonchi,   ushbu
kodeksning   60-moddasida   yerdan   o`zboshimchalik   bilan   foydalanish   yoki   yerga
egalik   huquqini   bevosita   yoki   yashirin   shaklda   buzuvchi   bitimlar   tuzish,   yerdan
foydalanish huquqini boshqalarga berish, yer uchastkalarini o`zboshimchalik bilan
egallab   olganlik   uchun   fuqarolarga   eng   kam   ish   haqining   besh   baravaridan   o`n besh baravarigacha miqdorda jarima yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy
qamoq jazosi belgilangan.
Yoki ushbu kodeksning 65-moddasida yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish,
ularni   yaroqsiz   holga   tushurish,   66-moddasida   yer   berish   tartibini   buzish,   67-
moddasida vaqtincha egallab turilgan yerlarni o`z vaqtida qaytarib bermaslik, 68-
moddasida xo`jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga
chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, 69-moddada esa chegara va
cheklov   belgilarini   yo`q   qilish   yoki   shikastlantirish   hatti-harakatlarini   sodir
etganlik uchun ma`muriy javobgarlik ko`rsatilgan.
Yerlardan  xo`jasizlarcha   foydalanish   deganda  yer  ustida   qurilish   obyektlari
qurish   paytida   tuproqning   unumdor   qatlamini   olmaslik,   yer   maydonlaridan
belgilanganidan   boshqa   maqsadlarda   foydalanish,   yerlarni   ishdan   chiqarish,
hosildorligini   pasaytirish   kabi   holatlar   tushuniladi.   Yer   maydonlarini   shunday
holatga   tushirib   qo`ygan   fuqarolarga   eng   kam   ish   haqining   bir   baravaridan   uch
baravarigacha,   mansabdor   shaxslarga   uch   baravaridan   besh   baravarigacha
miqdorda jarima solinadi (O`zR MJTK 65-modda).
Yer  berish  tartibini   buzish  deganda  yerlarni   qonunda belgilangan  shartlarni
buzgan   holda,   shuningdek   yuridik   va   jismoniy   shaxslarga   yer   berishga   to`sqinlik
qilish   tushuniladi.   Bu   ma`muriy   huquqbuzarlik   uchun   mansabdor   shaxslarga   eng
kam   oylik   ish   haqining   uch   baravaridan     yetti   baravarigacha   miqdorda   jarima
solinadi (66-modda).
Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo`lmay   turib
chetga   chiqish,   tegishli   davlat   organlari   bilan   kelishmay   turib   obyektlarni
joylashtirish, ichidan yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish
deb   tushuniladi.   Shunday   harakatlar   uchun   fuqarolar   va   mansabdor   shaxslarga
O`zbekiston   Respublikasi   Ma`muriy   javobgarlik   to`¦risidagi   Kodeksining   68-
moddasi   sanksiyasida   fuqarolarga   eng   kam   oylik   ish   haqining   uchdan   bir
qisminidan   bir   baravarigacha,   mansabdor   shaxslarga   ea   bir   baravaridan   uch
baravarigacha miqdorda jarima solish mumkinligi ko`rsatilgan. Yerlarni huquqiy muhofaza qilishda yer qonunchiligida o`rnatilgan qoidalar
alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   O`zbekiston   Respublikasi   Yer   Kodeksining   41-
moddasida ko`rsatilishicha, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer   uchastkalari
ijarachilari   va   mulkdorlarining   buzilgan   huquqlari   qonun   hujjatlarida   nazarda
tutilgan   tartibda   tiklanishi   kerak.   Ular   huquqlarining   buzilishi   natijasida
yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to`la hajmda qoplanishi kerak.
Yer   qonunchiligi   avvalo   qishloq   xo`jaligiga   mo`ljallangan,   ayniqsa
su¦oriladigan   yerlarni   muhofaza   qilishga   alohida   e`tibor   beradi.   Chunonchi,   Yer
Kodeksining   43-moddasida   o`rnatilishicha,   qishloq   xo`jaligiga   mo`ljallangan
yerlarni   qishloq   xo`jaligidan   o`zga   ehtiyojlar   uchun   boshqa   toifadagi   yerlarga
o`tkazishga   alohida   hollarda   yo`l   qo`yiladi.   Alohida   qimmatga   ega   bo`lgan
unumdor   su¦oriladigan   yerlar   maxsus   muhofaza   qilinishi     lozim   va   ularning
su¦orilmaydigan yerlar jumlasiga o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi (45-modda).
Yer   qonunchiligi   yerlarni   holatiga,   ekologiyasiga   salbiy   ta`sir   etadigan
obyektlar,   imorat   va   inshootlarni   joylashtirishning   alohida   tartibini   belgilaydi.
Yerlarni   hosildan   qolishdan   yoki   buzilishdan   himoya   qilish   choralari   bilan
ta`minlanmagan   hamda   ekologiya   ekspertizasining   ijobiy   xulosasi   bo`lmagan
obyektlarni   foydalanishga   topshirish   va   bunday   texnologiyalarni   qo`llash
ta`qiqlanadi (80-modda).
Bundan   tashqari,   yer   qonunchiligida   yer   egalari,   yerdan   foydalanuvchilar
huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari belgilangan. Yer Kodeksining 90-91-
moddalarida ko`rsatilishicha, yerga nisbatan tuzilgan ¦ayri qonuniy bitimlar haqiqiy
emas   deb   hisoblanadi;   o`zboshimchalik   bilan   egallab   olingan   yerlar   qaytarib
olinadi;   yer   uchastkalari   olib   qo`yiladi.   Demak,   yerga   nisbatan   ¦ayri-qonuniy
bitimlar   tuzilsa,   yer   qonunchiligi   talablari   buzilsa   yuqorida   sanab   ko`rsatilgan
choralar qo`llaniladi. Biz bu choralarni yer-huquqiy javobgarlik jazo choralari deb
aytishimiz mumkin.
Yerlarni   oqilona   muhofaza   qilganlik   uchun   Yer   Kodeksida   (82-modda)
iqtisodiy   ra¦batlantirish   choralari   o`rnatilgan.   Iqtisodiy   ra¦batlantirish   yer   soli¦i
to`lash   bo`yicha   imtiyozlar   berish,   kredit   berish   bo`yicha   imtiyozlar   berish, budjetdan   mabla¦lar   ajratish   kabi   tadbirlardan   iborat   bo`lib,   bu   tadbirlar   tuproq
unumdorligini   saqlash   va   tiklash,   yerlarni   salbiy   holatlardan   muhofaza   qilish,
meliorativ   holatini   yaxshilash,   yangi   texnologiyani   joriy   qilish   bo`yicha   ishlarni
amalga oshirganlarga nisbatan qo`llaniladi.

Yerni huquqiy muhofaza qilish Reja: 1. Yerni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari. 2. Yerni huquqiy muhofaza qilish mazmuni, maqsadi va vazifalari. 3. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari.

Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifasidir. Chunki, xalqning moddiy faravonligi tabiatning bebaho boyligi, barcha jonzodni boquvchisi hisoblangan yerga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga bo¦liq bo`ladi. Shu sababdan, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish juda muhim ahamiyatga egadir. Yerning tabiiy resurs sifatida shunday alohida xususiyati borki, unga to`¦ri munosabatda bo`linsa, uni muhofaza etish to`¦risida ¦amxo`rlik qilinsa hosildorligi doimo oshib boradi. Aksincha esa uning holati yomonlashib, foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari doimo tuproq unumdorligi to`¦risida ¦amxo`rlik qilishlari, yerning sifatini yaxshi saqlashga asosiy e`tibor qaratishlari lozim. Hozirgi sharoitda davlatimizda agrar munosabatlar sohasida islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda atrof-tabiiy muhitni, xususan yer boyliklarini muhofaza qilish muammosiga alohida e`tibor berilmoqda. Buning isboti sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 24 noyabrdagi «Yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish to`¦risida»gi farmonini ko`rsatish mumkin. Bundan tashqari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga ba¦ishlangan bir qator qonunlar qabul qilingan bo`lib, ularda tabiat obyektlari, jumladan yer boyliklarini muhofaza qilishga ba¦ishlangan alohida boblar kiritilgan. Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya`ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega. Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta

bo`lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo`ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta`min etishda qonunning ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bo¦liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil ¦ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatdabo`lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabani belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi. Yerni muhofaza qilishning o`ta muhimligini yana yildan-yilga aholining tez o`sib borishi oqibatida jon boishga hisoblaganda su¦oriladigan yer maydonlari kamayib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin. Chunonchi, respublikamizda bu ko`rsatgich 50-yillarda aholi jon boshiga 0,5 gektar, 70-yillarda 0,4 gektar, 80- yillarda 0,2 gektardan to`¦ri kelgan bo`lsa, hozirgi vaqtda esa undan ham pasayib ketgan. Shuningdek qurilishlar egallaydigan yer maydonlari har 15 yilda ikki barobar ortmoqda. Bu holat ham yerni muhofaza qilishni takozo etadi. Yerni huquqiy muhofaza qilish na faqat Yer huquqi normalari bilan balki boshqa huquq normalari bilan ham tartibga solinadi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida fuqarolar tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari shartligini o`rnatadi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi). Shuningdek yerlarni muhofaza qilishga ba¦ishlangan qoidalarni Tabiatni muhofaza qilish to`¦risidagi, Qishloq xo`jalik kooperativlari (shirkat xo`jaligi) to`¦risidagi, Fermer xo`jaligi to`¦risidagi qonunlar, Jinoyat, Fuqarolik, Ma`muriy javobgarlik to`¦risidagi kodekslarda ham ko`rishimiz mumkin. Yerni huquqiy muhofaza qilish to`¦risida gapirganda «yerni huquqiy muhofaza qilish» va «yerdan foydalanish huquqini himoya qilish» degan tushunchalarni farqlash kerak. Yerdan foydalanish huquqini himoya qilish deganda yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya etish, ya`ni

yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlari bo`yicha subyektiv huquq vakolatlarini amalga oshirishga to`sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy normalar yi¦indisi tushuniladi. Masalan, fuqaro yerni o`zboshimchalik bilan egallab olsa, shu yer egasining yerdan foydalanishga bo`lgan huquqi buziladi. Agar yer kimyoviy moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari, oqova suvlar bilan ifloslantirilsa, bunda yerni muhofaza qilish tartibi buziladi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, yerni huquqiy muhofaza qilish deganda, yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo`jaligi oborotidan asossiz ravishda tortib olinishning oldini olish, zararli antropogen ta`sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o`rmon fondi yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy normalar yi¦indisi tushuniladi. Bu huquqiy normalar faqat yer qonunchiligida emas, balki tabiatni muhofaza qilish, jinoyat, fuqarolik, ma`muriy, mehnat, kooperativ, fermer, dehqon xo`jaligi to`¦risidagi qonunlarda ham o`z ifodasini topgan bo`lib, yerni muhofaza qilishni majmualashgan huquq sohalari normalari bilan tartibga solinadi deyish mumkin. Yerni huquqiy muhofaza qilish mazmuni, maqsadi va vazifalari. Yerlarni huquqiy muhofaza qilishning asosiy mazmuni yerdan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o`rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo`jalik oborotidan va alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan yerlarni asossiz ravishda olib qo`yilishining oldini olish, ularni zararli antropogen ta`sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat. Bundan tashqari, yerlarni muhofaza qilish mazmuni tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash tarzida bo`lishi hamda tuproqning saqlanishi, o`simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta`sir o`tkazishni cheklashni nazarda tutadi. Yerni muhofaza qilish maqsadi hududni oqilona tashkil etish, tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklash, yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho`r bosishdan,

qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish, qishloq xo`jalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o`tlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya etish, yerlarni konservatsiya qilish, yerning unumdorligini oshirishga qaratilgan bo`ladi. Yer qonunchiligidagi yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan quyidagilarni tartibga soladi: su¦oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan maqsadlarga berishdan himoya qilish; tuproqni unumdor qatlamini saqlash; tuproqni eroziyadan saqlash; yerni agroximikatlar ta`siridan himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo`yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish; yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k. O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida asosiy e`tibor su¦oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar toifasiga berilishidan himoya qilishga qaratilgan. Bu qonunlar majmuasida ushbu qimmatbaho yerlar boshqa maqsadlar uchun faqat qishloq xo`jaligi, suv xo`jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish idoralari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi, o`ta zarur hollardagina boshqa maqsadlar uchun berilishi mumkinligi belgilangan. Yerni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator yer huquqiy normalar tuproq unumdorligini himoya qilishni tartibga solishga ba¦ishlangan. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko`p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma`lumotiga ko`ra, tuproqning qimmatbaho sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda o¦ir va uzoq muddatni talab etadi. Masalan, 10 santimetr qalinlikdagi tuproqning unumdorlik qatlamini tiklash uchun 100 yilcha vaqt kerak. Shundan kelib chiqib, yer qonunchiligi tuproqning unumdorlik qatlamini muhofaza qilishga qaratilgan qat`iy talab va choralarni belgilaydi.