logo

Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy aoslari va qonunchilik sohasida amalga oshirigan ishlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.0390625 KB
Mavzu:  Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning
huquqiy aoslari va qonunchilik sohasida amalga oshirigan ishlar.
Reja:
1.   Madaniy   meros   ob’ektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanishning
huquqiy aoslari .
2.Tarixiy-me’moriy   yodgorliklarni   muxofaza   qilish   va   ulardan   foydalanishning
qonunchilik sohasida amalga oshirigan ishlar. Tarixiy-me’moriy yodgorliklar muxofazasi borasida maxsus tayanch rejalar ishlab
chiqish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Ularga muvofiq faqat qadimiy shaxarlarning
emas, balki ayrim aholini punktlarning Bosh rejalarini ishlab chiqishda ham tarixiy
va   madaniy   yodgorliklar   asosiy   o‘rinni   egallovchi   ob’ektlar   bo‘lib   qoldi.
Zamonaviy   urbonik   jarayonining   shiddatli   ravishda   kuchayishi   sababli
O‘zbekistonning  eng qadimiy shaharlarni  batafsil  rejalashtirish  loyihalarini  ishlab
chiqish   zarurati   paydo   bo‘ldi.   Buxoro,   Samarqand,   Xiva,   SHahrisabz   shaharlari
uchun   shunday   loyihalar   ishlab   chiqildi.   Muxofaza   qilinadigan   zonalar,   tartibga
solinadigan   qurilishlar   hamda   landshaftni   saqlab   qolish   zonalarining   chegaralari
aniq belgilandi (ushbu masala 3.2. pargrafida yoritilgan).
SHu   bilan   bir   qatorda   tarixiy   yodgorliklarni   har   taraflama   himoya   qilishning
huquqiy asoslari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining 1996 yil 31
avgustdagi   “Alohida   korxonalar   va   mol-mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishning   ba’zi   masalalari”   to‘g‘risidagi   qaroriga   ko‘ra   tarixiy,
ma’naviy   va   madaniy   meros   ob’ektlari   davlat   tasarrrufidan   chiqarilishi,
xususiylashtirilishi   va   sotib   olinishi   mumkin   bo‘lmagan   mol-mulklar   sirasiga
kiritildi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi
Kodeksining   64-moddasi   va   Jinoyat   Kodeksining   132-moddalarida   bu   borada
javobgarlik   belilab   qo‘yildi.   1998   yil   29   avgustdagi   “Moddiy   boyliklarning   olib
chiqilishi   va   olib   kirilishi   to‘g‘risida”gi     hamda   2001   yil   30   avgustdagi   “Moddiy
meros   ob’ektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish   to‘g‘risida”gi
qonunlarda madaniy meros ob’ektlarini muhofazasi qonunan mustahkamlandi.
2001 yil 30 avgustda qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish
va   ulardan   foydalanish   to‘g‘risida”gi   qonun   bu   borada   alohida   ahamiyatga   ega.
CHunki,   ushbu   qonunga   muvofiq   nafaqat   davlat   ihtiyoridagi   ob’ektlar,   balki
xususiy   xarakterdagi   tarixiy   ob’ektlarning   huquqiy   tartibi   ham   ishlab   chiqildi.
Jumladan,   mazkur   qonunning   V   bob   23   moddasiga   ko‘ra,   madaniy   meros
ob’ektining   mulkdori   o‘ziga   qarashli   bo‘lgan   madaniy   meros   ob’ektining   tarixiy,
madaniy   yoki   ilmiy   ahamiyatini   hisobga   olgan   holda   uni   saqlab   turish   vazifasini
o‘z zimmasiga oladi hamda 25 moddada madaniy meros ob’ekti hisoblangan mol- mulkdan   foydalanishda   cheklashlarga,   uning   saqlanishi,   asralishi,   yanada   targ‘ib
qilinishi   va   foydalanilishi   uchun   qay   darajada   zarur   bo‘lsa,   shu   darajada   yo‘l
qo‘yilishi   alohida   belgilab   berilgan.   SHuningdek,   ushbu   qonun   madaniy   meros
ob’ektining   mulkdorini   o‘ziga   qarashli   tarix   va   madaniyat   yodgorligiga
xo‘jasizlarcha   munosabatini   va   uning   yaxshi   saqlanishini   ta’minlashini   ham
belgilab   bergan.“Madaniy   boyliklarining   olib   chiqilishi   va   olib   kirilishi
to‘g‘risida”gi qonunda ellik yil muddat va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy
boyliklar,   davlat   va   jamoat   muzeylarida,   arxivlarda,   kutubxonalarda   va   boshqa
joylarda   doimiy   saqlanayotgan   madaniy   boyliklar   O‘zbekiston   Respublikasidan
olib chiqilishi mumkin emasligi alohida ta’kidlangan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   kodeksining   “Tarix
va   madaniyat   yodgorliklarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish   qoidalarini
buzish”   deb   nomlangan  64-moddasiga   binoan,   mazkur   qoidalarni   qasddan   buzish
fuqarolarga   eng   kam   ish   haqining   bir   baravaridan   uch   baravarigacha   miqdorida
jarima   solishga   sabab   bo‘lishi   yoki   Jinoyat   kodeksining   32-moddasiga   ko‘ra,
davlat   muhofazasiga   olingan   tarix  yoki  madaniyat  yodgorliklarini  qasddan  nobud
qilish, buzish yoki ularga shikast etkazish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan   keyin   sodir   etilgan   bo‘lsa,   eng   kam   oylik   ish   haqining   ellik
baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti
oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
SHuningdek, xuddi shunday harakatlar natijasida ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga
sabab   bo‘lsa,   eng   kam   oylik   ish   haqining   ellik   baravaridan   yuz   baravarigacha
miqdorda   jarima   yoki   uch   yilgacha   ozodlikdan   mahrum   qilish   bilan   jazolanishi
qayd etilgan.
2001   yil   30   avgustdagi   “Madaniy   meros   ob’ektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan
foydalanish   to‘g‘risida”gi   qonunga   tayangan   holda   O‘zbekiston   Respublikasi
Madaniyat   ishlari   vazirligi   Madaniy   yodgorliklar   ilmiy-ishlab   chiqarish   bosh
boshqarmasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2002   yil   29
iyuldagi   №   269-sonli   "Madaniy   meros   ob’ektlarini   muxofaza   kilish   va   ulardan
foydalanishni   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida"gi   Qarori   bilan O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   ishlari   vazirligi   Madaniy   meros   ob’ektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga
aylantirildi.
SHu bilan birga, ushbu qaror ostida “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish
va   ulardan   foydalanish   masalalarini   muvofiqlashtirish   bo‘yicha   idoralararo
komissiya   to‘g‘risida”,   shuningdek,   O‘zbekiston   Respublikasi   madaniy   meros
ob’ektlari   Davlat   kadastrini   yuritish   tartibi   to‘g‘risida”   hamda   “Madaniy   meros
ob’ektlarining   tarixiy-madaniy   ekspertizasi   to‘g‘risida”   Nizomlar   tasdiqlandi   va
amaliyotga joriy etildi.
Ayni   vaqtda,   mustaqillik   yillariga   kelib,   ko‘p   asrlar   davomida   to‘planib   kelgan
madaniy meros yodgorliklari (o‘z ichiga ayrim artefaktlardan tortib, yirik poytaxt
shaharlari   qoldiqlarini   ham   qamrab   olganligini   hisobga   olib)   moddiy
madaniyatning   mavjud   boy   me’moriy   qatlami   ham   soniga   aniqlik   kiritishni   talab
etadi. CHunki bu haqda rasmiy idoralar turli hildagi raqamlarga tayanadi. Masalan,
rasmiy idoralarning ma’lumotlariga ko‘ra: parlamentning Qonunchilik palatasidagi
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasining nazorat-tahliliy
faoliyati davomida (2005–2008 yillarda madaniy meros ob’ektlarini qo‘riqlash va
ulardan   foydalanishga   oid   qonunlar   ijrosi   bo‘yicha)   mamlakatdagi   barcha
me’moriy ob’ektlar soni haqida yakdillik yo‘qligidan dalolat beradi.
Arxeologiya institutining ma’lumotlariga qaraganda, ularning soni taxminan 8 500
tani   tashkil   etadi.   Ammo   Madaniyat   va   sport   ishlari   vazirligi   taqdim   etgan
ma’lumotnomaga   ko‘ra,   atigi   3   945   ta   ob’ekt   ro‘yxatga   olingan   bo‘lib,   ulardan
faqat 64 tasi bo‘yicha kadastr ishlari amalga oshirilgan.
YAngi   Qonun   va   Qaror   asosida   qabul   qilingan   «Meros»   Davlat   dasturiga   asosan
O‘zbekistondagi   madaniy   meros   ob’ektlari   ro‘yxati   tuzildi   va   ularning   umumiy
soni   10   mingdan   ortdi.   SHu   bilan   birga,   ularning   aksariyat   qismi   davlat
muhofazasiga olindi. Agar 2006 yilgacha mamlakatimizda 7200 ga yaqin madaniy
meros   ob’ekti   davlat   muhofazasiga   olingan   bo‘lsa,   2012   yilning   boshiga   kelib
ularning   soni   7570   tani   tashkil   qildi.   SHundan   2330   tasi   qadimgi   arxitektura
yodgorliklari,   3945   arxeologik,   1138   tasi   xaykaltaroshlik,   monumental   san’at asarlari,   157   diqqatga   sazovor   joylar   va   700   mingdan   ortiq   ko‘chma   madaniy
meros   ob’ektlari   hisoblanadi.   SHuni   alohida   ta’kilash   lozimki,   O‘zbekistonda
mavjud arxitektura yodgorliklarining katta qismini masjidlar tashkil etadi. Hozirgi
davrga kelib ularning bir qismi ta’mirlangan bo‘lsa, qolgan qismi restavratsiya va
konservatsiya qilish uchun tayyorlanish jarayonida.
YUqorida   keltirilgan   faktlar   arxeologik  ob’ektlarni   hisobga   olishga   bir   xil   tizimli
yondashuvning, ya’ni arxeologik yodgorlik va me’moriy obidalarni hisobga olish,
shuningdek   ushbu   faoliyatni   tartibga   soladigan   barcha   uchun   majburiy   normativ
hujjatning yo‘qligidan dalolat bermoqda.
XXI   asrning   dastlabki   o‘n   yilligida   xalqaro   miqyosda   Termiz   shahrining   2500
yilligi  (2002  y.),  SHahrisabz   shahrining  2700  yilligi   (2002  y.),  Qarshi  shahrining
2700   yilligi   (2005   y.),   Samarqand   shahrining   2750   yilligi   Marg‘ilon   shahrining,
2000   yilligi   (2007   y.)   Toshkent   shahrining   2200   yilligini   (2009   y.)   nishonlanishi
shuningdek,   Abduxoliq   G‘ijduvoniy   tavalludining   900   yilligi   (2003   y.),
Xorazmdagi   Ma’mun   akademiyasining   1000   yilligi   (2005   y.)   yubleylari
o‘tkazilishi   qadimiy   shaharlarimiz   va   muqaddas   ziyoratgohlarning   qiyofasiini
tubdan o‘zgartirib yubordi.
To‘plangan empirik materiallar va aniqlangan faktlar – Respublikamiz mustaqilligi
yillarida   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida   bo‘lgani   kabi,   madaniy   merosni
asrash va uni kelajak avlodga etkazish borasida xalqaro hamkorlik ishlari bir necha
yo‘nalishlarda amalga oshirilganligi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berdi.
Birinchi yo‘nalish – bu mamlakatimizning qator xalqaro nufuzli tashkilotlarga a’zo
bilishi va ular bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi bilan ifodalanadi.
O‘zbekistonning   xalqaro   ma’naviy   hamjamiyatga   integratsiyalashuvi   jarayonida
1992   yilda   BMTga,   so‘ngra   1993   yilda   fan,   madaniyat   va   maorifning   milliy
tizimlarini   o‘zida   birlashtiruvchi,   ayni   paytda,   xalqlarni   butun   insoniyatning   boy
ma’naviy merosi  bilan tanishtirish orqali ularni dunyo intellektual taraqqiyotining
tajribasi bilan boyitadigan universal xalqaro tashkilot – YUNESKOga a’zo bo‘lishi
muhim ahamiyat qayt etdi. Mamlakatimizning   ushbu   tashkilotlar   a’zoligiga   qabul   qilinishi   va   o‘zaro
hamkorlik   jarayoni   Respublikaning   jahon   madaniy   hamjamiyatiga
integratsiyalashuvining huquqiy asosi hisoblangan bir qator xalqaro konvensiya va
deklaratsiyalariga   qo‘shilishi   bilan   hamohang   bordi.   Jumladan,   bilimlar   tarqatish,
iste’dodlarni   kamol   toptirish   va   turli   madaniyatlarni   boyitishga   yordam   berish;
xalqlar   o‘rtasidagi   tinch-totuv   munosabatlar   va   do‘stlikni   rivojlantirish   hamda
ulardan   har   birining   turmush   tarzini   yaxshi   tushunishga   ko‘maklashishni   maqsad
qilib   olgan   xalqaro   madaniy   hamkorlik   prinsiplari   “Deklaratsiyasi”ga   qo‘shilishi
fikrimizning yorqin dalilidir.
SHuningdek,   Respublikamiz   tarixiy   va   madaniy   merosni   muhofaza   qilish
sohasidagi   bir   qator   xalqaro   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   konvensiyalarga   qo‘shildi,
xususan:
1. 1993  yilda –  1972 yilda  qabul  qilingan  “Madaniy  va  tabiiy merosni   muhofaza
qilish umumjahon konvensiyasi”ga;
2.   1996   yilda   –   1954   yilda   qabul   qilingan   “G‘arbiy   mojarolar   vaqtida   madaniy
boyliklarni muhofaza qilish haqida”gi Gaaga konvensiyasiga;
Z.   1997   yilda   –   1970   yilda   qabul   qilingan   “Madaniy   boyliklarni   noqonuniy
ravishda   olib   kelish,   olib   ketish   va   unga   egalik   huquqini   birovga   topshirishni»
ta’qiqlash va ogohlantirish chora-tadbirlari haqida”gi konvensiyasi kushilganligini
keltirishimiz mumkin.
Jumladan,   1972   yil   16   noyabrda   YUNESKOning   17   Assambleyasining   bosh
konferensiyasida qabul qilingan konvensiyaning 5 moddasining d punktida har bir
davlat   madaniy   merosni   aniqlash,   muhofaza   qilish,   saqlash,   qayta   tiklash   va
ommalashtirish kabi choralarini ko‘rishi zarurligi aniq qilib belgilangan.
Bu xalqaro konvensiyalar madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha shakllangan,
har   tomonlama   keng   qonunlar   majmui   maqomiga   ega   bo‘lib,   O‘zbekistonning
ularga   qo‘shilishi   mamlakatdagi   madaniy   boyliklarning   jahon   hamjamiyati
tomonidan   huquqiy   himoya   qilinishiga   sharoit   yaratdi.   Jumladan,   1991   yilda
Xivadagi "Ichan-qal’a", 1993 yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi, 2000 yilda
SHahrisabzning   Amir   Temur   va   temuriylar   davri   me’morchilik   obidalari,   2001 yilda   Samarqand   shahrining   tarixiy   yodgorliklari   YUNESKO   xalqaro
tashkilotining   maxsus   qarorlari   bilan   “Butunjahon   madaniy   merosi   ro‘yxati”ga
kiritildi, hamda hisoyasiga olindi.
Aslini   olganda,   O‘zbekistonning   YUNESKO   bilan   hamkorlik   aloqalari   sobiq
Ittifoq davrida,  sobiq “Markaz”  orqali  yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu aloqalar  1980
yillar   oxiriga   kelib,   ya’ni   mustaqillik   arafasida   amaliy   ko‘rinish   xosil   qildi.
Xususan,   1987   yilda   10   mamlakat,   shu   jumladan   Sobiq   Ittifoq   tashabbusi   bilan,
BMTning madaniy rivojlanish jahon miqyosidagi  dekadasi  doirasida, YUNESKO
Bosh   Assambleyasining   XXIV   sessiyasida,   «Ipak   yo‘li   –   muloqot   yo‘li»
(SHelkov ы y   put   –   put   dialoga)   mavzusida   gumanitar   loyihani   amalga   oshirish
bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi.
Unga   asosan   Markaziy   Osiyo   xalqlari   sivilizatsiyasi   tarixini   har   tomonlama
o‘rganish,   SHarq   va   G‘arb   o‘rtasidagi   madaniy   aloqalarni   yaqindan   o‘rnatish
maqsad   qilib   olingan   edi.   SHuningdek,   ushbu   loyiha   doirasida   “Buyuk   Ipak
Yo‘li”ning   tarmoqlari,   savdo,   xunarmandchilik,   folklor-etnografik   xususiyatlarini
aniqlash va o‘rganish, shuningdek, turizmni rivojlantirish, muzeylarni tashkil qilish
kabi   sohalarda   hamkorlikni   chuqurlashtirish   ham   nazarda   tutilgan.   Xullas   ushbu
loyiha  ishlari   1980-yillar   oxirlarida   boshlanib,   1990-yillar   boshlarida  ham   davom
ettirildi.   Loyiha   doirasida   bir   qancha   ilmiy   anjuman   va   seminarlar,   “Buyuk   Ipak
Yo‘li”   bo‘ylab   qo‘shma   xalqaro   ekspeditsiyalar   o‘tkazildi,   kinofilmlar,   kitoblar
yaratildi hamda ayrim me’moriy va arxeologik yodgorliklar ta’mirlandi.
Samarqand viloyatidagi moddiy yodgogliklar.
Arxeologik  yodgorliklar- 975 ta
Arxetikturaviy  yodgorliklar - 581 ta
Monumental  yodgorliklar - 36 ta
Diqqatga sazovar joylar- 34 ta
Jami : 1626 ta.
SAMARQAND   VILOYATIDA   JAMI   1626   TA   MODDIY   MADANIY   MEROS
OBYEKTLARINING 267 TASIDA MOHOFAZA BELGILAR MAVJUD: Arxeologiya yodgorliklari 2 ta
Arxitektura yodgorliklari 253 ta
Monumental yodgorliklari 0 ta
Diqqatga sazovor joylar 12 ta
SAMARQAND   VILOYATIDA   JAMI   1626   TA   MODDIY   MADANIY   MEROS
OBYEKTLARINING SAQLANISH HOLATI:
338 tasining holati yaxshi
501 tasining holati qoniqarli
458 tasining holati qoniqarsiz
93 tasining avariya  holatida
17 tasi o’zlashtirib yuborilgan
3 tasi ijaraga berilgan
216 tasi ro’yxatda mavjud emas. Adabiyotlar
 
1.   Karimov   I.A. O‘zbekistonning o‘z taraQQiyot va yangilash yo‘li.   T.1992   y.
2.   Karimov   I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida.   T. 1997   y.
3.   Karimov   I.A.   IstiQlol va ma’naviyat.   T. 1994   y
4.   Karimov   I.A.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T. 1998   y.
5.   Vremya i preemstvennost v razvitii kulturi.   Saratov. 1991   g.
6.   Globalnie problemi i ob щ echelovecheskie sennosti.   M.1999   g.
7.   Ikonnikova S.   Dialogi o kulture.   L., 1989   g.
8.   Kultura Uzbekistana: Tradisii i sovremennost.   T. 1986   g.
9.   Xayrullaev M.   Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi.   T. 1985   y.
10.    M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari.
11. J.Tlanov.   £adriyatlar falsafasi. T

Mavzu: Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy aoslari va qonunchilik sohasida amalga oshirigan ishlar. Reja: 1. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy aoslari . 2.Tarixiy-me’moriy yodgorliklarni muxofaza qilish va ulardan foydalanishning qonunchilik sohasida amalga oshirigan ishlar.

Tarixiy-me’moriy yodgorliklar muxofazasi borasida maxsus tayanch rejalar ishlab chiqish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Ularga muvofiq faqat qadimiy shaxarlarning emas, balki ayrim aholini punktlarning Bosh rejalarini ishlab chiqishda ham tarixiy va madaniy yodgorliklar asosiy o‘rinni egallovchi ob’ektlar bo‘lib qoldi. Zamonaviy urbonik jarayonining shiddatli ravishda kuchayishi sababli O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Buxoro, Samarqand, Xiva, SHahrisabz shaharlari uchun shunday loyihalar ishlab chiqildi. Muxofaza qilinadigan zonalar, tartibga solinadigan qurilishlar hamda landshaftni saqlab qolish zonalarining chegaralari aniq belgilandi (ushbu masala 3.2. pargrafida yoritilgan). SHu bilan bir qatorda tarixiy yodgorliklarni har taraflama himoya qilishning huquqiy asoslari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 31 avgustdagi “Alohida korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra tarixiy, ma’naviy va madaniy meros ob’ektlari davlat tasarrrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklar sirasiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 64-moddasi va Jinoyat Kodeksining 132-moddalarida bu borada javobgarlik belilab qo‘yildi. 1998 yil 29 avgustdagi “Moddiy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi hamda 2001 yil 30 avgustdagi “Moddiy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlarda madaniy meros ob’ektlarini muhofazasi qonunan mustahkamlandi. 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun bu borada alohida ahamiyatga ega. CHunki, ushbu qonunga muvofiq nafaqat davlat ihtiyoridagi ob’ektlar, balki xususiy xarakterdagi tarixiy ob’ektlarning huquqiy tartibi ham ishlab chiqildi. Jumladan, mazkur qonunning V bob 23 moddasiga ko‘ra, madaniy meros ob’ektining mulkdori o‘ziga qarashli bo‘lgan madaniy meros ob’ektining tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda uni saqlab turish vazifasini o‘z zimmasiga oladi hamda 25 moddada madaniy meros ob’ekti hisoblangan mol-

mulkdan foydalanishda cheklashlarga, uning saqlanishi, asralishi, yanada targ‘ib qilinishi va foydalanilishi uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada yo‘l qo‘yilishi alohida belgilab berilgan. SHuningdek, ushbu qonun madaniy meros ob’ektining mulkdorini o‘ziga qarashli tarix va madaniyat yodgorligiga xo‘jasizlarcha munosabatini va uning yaxshi saqlanishini ta’minlashini ham belgilab bergan.“Madaniy boyliklarining olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonunda ellik yil muddat va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar, davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarda, kutubxonalarda va boshqa joylarda doimiy saqlanayotgan madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emasligi alohida ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish” deb nomlangan 64-moddasiga binoan, mazkur qoidalarni qasddan buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi yoki Jinoyat kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan tarix yoki madaniyat yodgorliklarini qasddan nobud qilish, buzish yoki ularga shikast etkazish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatib o‘tilgan. SHuningdek, xuddi shunday harakatlar natijasida ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi qayd etilgan. 2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy yodgorliklar ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi № 269-sonli "Madaniy meros ob’ektlarini muxofaza kilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori bilan

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga aylantirildi. SHu bilan birga, ushbu qaror ostida “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risida”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros ob’ektlari Davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida” hamda “Madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risida” Nizomlar tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Ayni vaqtda, mustaqillik yillariga kelib, ko‘p asrlar davomida to‘planib kelgan madaniy meros yodgorliklari (o‘z ichiga ayrim artefaktlardan tortib, yirik poytaxt shaharlari qoldiqlarini ham qamrab olganligini hisobga olib) moddiy madaniyatning mavjud boy me’moriy qatlami ham soniga aniqlik kiritishni talab etadi. CHunki bu haqda rasmiy idoralar turli hildagi raqamlarga tayanadi. Masalan, rasmiy idoralarning ma’lumotlariga ko‘ra: parlamentning Qonunchilik palatasidagi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasining nazorat-tahliliy faoliyati davomida (2005–2008 yillarda madaniy meros ob’ektlarini qo‘riqlash va ulardan foydalanishga oid qonunlar ijrosi bo‘yicha) mamlakatdagi barcha me’moriy ob’ektlar soni haqida yakdillik yo‘qligidan dalolat beradi. Arxeologiya institutining ma’lumotlariga qaraganda, ularning soni taxminan 8 500 tani tashkil etadi. Ammo Madaniyat va sport ishlari vazirligi taqdim etgan ma’lumotnomaga ko‘ra, atigi 3 945 ta ob’ekt ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan faqat 64 tasi bo‘yicha kadastr ishlari amalga oshirilgan. YAngi Qonun va Qaror asosida qabul qilingan «Meros» Davlat dasturiga asosan O‘zbekistondagi madaniy meros ob’ektlari ro‘yxati tuzildi va ularning umumiy soni 10 mingdan ortdi. SHu bilan birga, ularning aksariyat qismi davlat muhofazasiga olindi. Agar 2006 yilgacha mamlakatimizda 7200 ga yaqin madaniy meros ob’ekti davlat muhofazasiga olingan bo‘lsa, 2012 yilning boshiga kelib ularning soni 7570 tani tashkil qildi. SHundan 2330 tasi qadimgi arxitektura yodgorliklari, 3945 arxeologik, 1138 tasi xaykaltaroshlik, monumental san’at

asarlari, 157 diqqatga sazovor joylar va 700 mingdan ortiq ko‘chma madaniy meros ob’ektlari hisoblanadi. SHuni alohida ta’kilash lozimki, O‘zbekistonda mavjud arxitektura yodgorliklarining katta qismini masjidlar tashkil etadi. Hozirgi davrga kelib ularning bir qismi ta’mirlangan bo‘lsa, qolgan qismi restavratsiya va konservatsiya qilish uchun tayyorlanish jarayonida. YUqorida keltirilgan faktlar arxeologik ob’ektlarni hisobga olishga bir xil tizimli yondashuvning, ya’ni arxeologik yodgorlik va me’moriy obidalarni hisobga olish, shuningdek ushbu faoliyatni tartibga soladigan barcha uchun majburiy normativ hujjatning yo‘qligidan dalolat bermoqda. XXI asrning dastlabki o‘n yilligida xalqaro miqyosda Termiz shahrining 2500 yilligi (2002 y.), SHahrisabz shahrining 2700 yilligi (2002 y.), Qarshi shahrining 2700 yilligi (2005 y.), Samarqand shahrining 2750 yilligi Marg‘ilon shahrining, 2000 yilligi (2007 y.) Toshkent shahrining 2200 yilligini (2009 y.) nishonlanishi shuningdek, Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi (2003 y.), Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi (2005 y.) yubleylari o‘tkazilishi qadimiy shaharlarimiz va muqaddas ziyoratgohlarning qiyofasiini tubdan o‘zgartirib yubordi. To‘plangan empirik materiallar va aniqlangan faktlar – Respublikamiz mustaqilligi yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, madaniy merosni asrash va uni kelajak avlodga etkazish borasida xalqaro hamkorlik ishlari bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilganligi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berdi. Birinchi yo‘nalish – bu mamlakatimizning qator xalqaro nufuzli tashkilotlarga a’zo bilishi va ular bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi bilan ifodalanadi. O‘zbekistonning xalqaro ma’naviy hamjamiyatga integratsiyalashuvi jarayonida 1992 yilda BMTga, so‘ngra 1993 yilda fan, madaniyat va maorifning milliy tizimlarini o‘zida birlashtiruvchi, ayni paytda, xalqlarni butun insoniyatning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali ularni dunyo intellektual taraqqiyotining tajribasi bilan boyitadigan universal xalqaro tashkilot – YUNESKOga a’zo bo‘lishi muhim ahamiyat qayt etdi.