Tarixiy me’moriy obidalarni muxofaza qilish, ta’mirlash va qayta tiklash sohasida amalga oshirilgan ishlar.
Tarixiy me’moriy obidalarni muxofaza qilish, ta’mirlash va qayta tiklash sohasida amalga oshirilgan ishlar. Reja: 1.Tarixiy me’moriy obidalarni muxofaza qilish. 2.Tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlash uslublar. 3. Tarixiy me’moriy obidalarni qayta tiklash sohasida amalga oshirilgan ishlar.
Arxiv manbalarining dalolat berishicha, sovet davri oxiriga keliboq ko‘pgina yodgorliklar holati qoniqarsiz yoki yaroqsiz tarzda bo‘lgan, mustaqillikning dastlabki yillarida esa iqtisodiy muammolar hamda tabiiy-iqlim sharoitining salbiy ta’siri ta’mirlash-tiklash va restavratsiya-konservatsiya tadbirlari o‘tkazishni hamma joyda qiyinlashtirdi. Ushbu xulosani arxiv hujjatlari ham tasdiqlaydi. Ularda yodgorliklarning texnik holati qoniqarsiz ekanligiga asosiy urg‘u beriladi. Masalan, Registon maydonidagi monumental inshootlar ham, ya’ni O‘zbekiston me’morchilik merosining o‘ziga xos markazi bo‘lib, ushbu taqdirdan ... 1990-yillar boshida Samarqand shahridagi Tilla kori madrasasining asoslari, er osti va er usti tayanch konstruksiyalarining texnik holati haqidagi dastlabki xulosaga ko‘ra, bino yaroqsiz holatida bo‘lgan. Arxiv materiallarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, tayanch konstruksiyalarning buzilishi va deformatsiyasi bino mavjud bo‘lgan butun muddat (500 yil) mobaynida, asosan turli darajadagi zilzilalar, shuningdek asosning cho‘kishi oqibatida yuz bergan. Tartibsiz (kompleks emasligi) ravishda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari tufayli inshootning ayrim tarkibiy qismlari asta-sekin yaroqsiz holatga kelib qolgan. Madrasa buzilishiga bino asosidagi tuproqqa me’yor miqdoridan ortiq yuk tushishi, tuproq cho‘kishining notekisligi, yuza qatlamdagi suv (atmosfera yog‘ingarchiligi va maishiy suvlar) natijasida namning ko‘payishi tufayli er sathi notekis cho‘kishi asosiy sabab bo‘lgan. SHuningdek, madrasasining buzilishiga er osti suvlari ham ta’sir etgan (1990-yillar boshida bu suvlar madrasa joylashgan maydonda 17–18 metr chuqurlikdagi soz tuproq qatlamida bo‘lgan). Bundan tashqari, texnik mutaxassislar ko‘p yillik ilmiy kuzatuv tarjibasiga ko‘ra Samarqand shahrining butun hududida 1970-yillardan boshlab atrofdagi jarliklar va ariqlarning to‘ldirilishi oqibatida er osti sizot suvlarining ko‘tarilishi kuzatilgan. Bular Jarariq, Siyobcha, CHashma, Obimashat va boshqa oqova suvlar quyiladigan jarlik va ariqlardir. 1975–1995 yillar mobaynida yiliga o‘rtacha Registon maydonidagi tuproq osti sizot suvlari miqdori darajasi 3,2 metrga ko‘tarilgan.
YUqorida aytilgan sabablar garchi kamroq hajmda bo‘lsa-da, ulug‘vorlikda undan qolishmaydigan Ulug‘bek madrasasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, 1990-yillar o‘rtalarida uning konstruksiyasida va polida ya’ni er sathi maydonida 40–45 mm kenglikdagi yoriq paydo bo‘ldi. Ushbu yoriqning uchlari polda yuqorida aytilgan burchakdagi vertikal yoriqlarga tutashib ketgan. Mutaxassislarning aytishlaricha, yoriq chuqurligi polda ancha katta bo‘lib, 1,5 metrdan ortiq chuqurlikkacha sim kirishi mumkin bo‘lgan. Ko‘ndalang arkalar qulflarida hosil bo‘lgan yoriq kengligi pastga qarab 8–12 mm gacha kengayib borgan. Bundan tashqari, hosil bo‘lgan yoriqlarning xarakteri G‘arbdagi devor (asosi bilan birga) vertikal tarzda ancha cho‘kkanligini ko‘rsatmoqda. Bu esa ancha yuqori (60 %)gacha g‘ovaklikka ega bo‘lgan to‘kilgan tuproqning namlanishi hisobiga yuz bergan. SHohidlarning dalolat berishicha, tuproq siljishi natijasida g‘arbiy devorning g‘arbga surilishi va cho‘kishi taxminan 1993 yil mart-aprel oylarida yuz bergan. CHunki tayanch konstruksiyalarni tekshirish vaqtida 1989 yilda restavratsiya instituti xodimlari devor, pol va to‘sinda hech qanday yoriq va buzilishni aniqlamagan, shu asosda ekspertlar mazkur buzilish 1991–92 yillarda kelib chiqqanligini taxmin qilganlar. SamDAQI xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 1993 yil mart-aprel oylarida kuchli yomg‘irlar natijasida devor ancha cho‘kkan. Bu davrda tekshiruvlarni o‘tkazgan xodimlarning so‘zlariga qaraganda suvni ketkazish tizimi nosozligi tufayli bu tizim o‘z vazifalarini bajara olmagan. Tuproqda nam yig‘ilishi natijasida fundament notekis cho‘kkan va g‘arbga tomon siljigan. Afsus bilan ta’kidlash lozimki, bino fundamentining cho‘kishi va tayanch konstruksiyalarining holati kuchli buzilishlar vaqtida doimiy kuzatilmaganligi oqibatida konstruksiyaning buzilishi va mustahkamligi kamayishi haqida etarli ma’lumot olinmagan. SHunga qaramay, Tilla kori madrasasi g‘arbiy qismining texnik holatini ko‘zdan kechirish uni qoniqarsiz deb baholashga imkon bergan. Insonning jadal faoliyati va tabiiy o‘zgarish (kataklizm)lar natijasida 1990-yillar boshida SHohi-Zinda me’moriy majmuasi og‘ir ahvolga tushib qolgan. Ichkarida ham, tashqarida ham hududning notekisligi, jarliklar mavjudligi (kuchli madaniy
qatlam 12 metrgacha etadi) hamda atmosfera yog‘inlari o‘z vaqtida chiqib ketmasligi natijasida devorlari yuvilishiga, bu narsa asta-sekin ko‘payib borishiga olib kelgan. Bunga suv quvurlari tarmog‘ining tizimsiz joylashtirilishi, suvning ariqlar va chuqurlarga quyilishi ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu narsa tuproq eroziyasiga olib kelib, uning yuvilishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida ansambl yodgorliklariga so‘nggi 200 yil mobaynida Markaziy Osiyo hududida yuz bergan kuchli zilzilalar qattiq ta’sir ko‘rsatishiga olib kelgan. Bundan tashqari, qish vaqtida ko‘plab atmosfera yog‘inlari bo‘lishi hamda nihoyatda issiq yozgi havo ham yodgorliklarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Keskin kontinental iqlim, kuchli sovuq va qattiq issiqning almashib turishi ham me’moriy naqshlarning eroziyasi va qatlamlarining asta-sekin ajralishiga, naqshlar, badiiy yozuvlarning shikastlanishiga, g‘ishtlarni birlashtirib turgan qorishmalarning, ayniqsa bino tomi qismi emirilishiga olib kelgan. YOdgorliklarning texnik holatiga ta’sir etuvchi salbiy omillarga, so‘nggi yarim asr mobaynida yodgorliklar taqdiriga etarlicha e’tiborni yo‘qligi va insonning salbiy ta’sirini ham kiritish mumkin. YOdgorliklarni saqlash idoralari taqiqlashiga qaramay, sovet hukmronligi davrida, maqbaralar devorlariga taqalgan holda qabrlar qazilgan. Bu esa tuproq sathining ko‘tarilishi va yodgorliklar devorlarini asta-sekin namlanishiga olib kelgan. 2004 yilga qadar SHohi-Zinda ansambli Samarqand shahrining tarixiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasining tarkibiy qismi bo‘lishiga qaramay, qo‘riqxona maqomi ansambl hududini borgan sari kuchayib borayotgan yodgorliklar atrofidagi nazoratsiz, tartibsiz va o‘zboshimchalik bilan qabrlar qazilishidan, ba’zan esa unga taqab qazilishidan, turli marmar yodgorliklar o‘rnatilishi, daraxtlar va o‘simliklar ekilib sug‘orilishi tufayli himoyasiz qolgan. Bularning bari ansamblning tabiiy fonini yomonlashtirgan, yodgorliklarning saqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan: binolar asoslari suv ostida qolgan, devorlari va tomlar nuragan, natijada devor orqalarda turli o‘lchamli yoriqlar hosil bo‘lgan. YOriqlar orqali atmosfera namligi binolar konstruksiyasiga ta’sir etib, ularning gumbazlari, peshtoqlari va ayrim qismlarini nuratgan, devor sirtidagi naqshlar, badiy bezak, yozuvlar ko‘chib ketgan
Buning natijasida aksariyat memorial maqbaralar nihoyatda avariya holatga kelib qolgan. Ansamblning ayrim yodgorliklari bo‘yicha dastlabki tiklash ishlari XX asrning 50–60-yillarida amalga oshirilgan. Xususan To‘g‘luq Tegin maqbarasi, Xoja Ahmad maqbarasining peshtoqi va 1361 yilda bnyod etilgan maqbaraning peshtoqi qayta ta’mirlangan. Bibixonim jome masjidi ham asrlar osha jiddiy zararlangan. Ma’lumki, Temuriylar saltanatining ijtimoiy-mafkuraviy hayotida masjidlar – hashamatli jome masjidlaridan tortib – mavzelar ichidagi kichik guzar masjidlarigacha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Samarqandda jome masjidi mavjud bo‘lishiga qaramay, o‘sha davr tarixchilari SHarafiddin Ali YAzdi, ibn Arabshoh va boshqalarning yozishicha, Amir Temurning o‘zi 1399 yilda harbiy safardan qaytib kelgach Bibixonim jome masjidi qurilishni shaxsan boshlab bergan va ishning tez va sifatli bo‘lishini qattiq nazorat qilib turgan.Masjid nisbatan qisqa fursatda qurib bitkazilgan. Turli maktab vakillari bo‘lgan ustalarning musobaqasi, mahalliy an’analar va buyurtmachining yuksak talablari o‘sha zamon uchun beqiyos bo‘lgan diniy arxitektura durdonasini yaratdi. O‘z davri va o‘z xalqlarining eng yaxshi bilim va an’analarini bu inshootga joylagan ustalarning harakatlariga qaramay, masjid qurilish tugashi bilan buzila boshlagan. XIX asr o‘rtalariga kelib uning ahvoli hozirgi holatiga yaqin bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, Amir Temur imperiyasining turli hududlaridan olib kelingan ustalarning barchasi ham Samarqand shahri seysmik hududda joylashganligi, vaqti-vaqti bilan kuchli zilzilalar yuz berishini hisobga olmagan Gidrogeologik sharoitlarning buzilishi Somoniylar maqbarasining holatiga ta’sir qilgan, tuproq namlanib cho‘kishi va keyinchalik emirilishi esa CHor-Minorda kuzatilgan. Mamlakatimizning boshqa me’moriy yodgorliklar ko‘plab uchraydigan yirik mintaqalarda qurilgan inshootlarning ko‘plari, puxta qurilgan bo‘lsa-da, turli tabiiy, antropogen sabablar ta’sirida ta’mir talab holatiga kelib qolgan. Masalan, Xiva shahrida jome masjid va SHolikorboy masjidlarining minoralari devor