logo

O‘SIMLIK DUNYoSIDAN FOYDALANISh VA MUHOFAZA QILIShNING HUQUQIY HOLATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

278.5 KB
Mavzu: O‘SIMLIK DUNYoSIDAN FOYDALANISh VA MUHOFAZA
QILIShNING HUQUQIY HOLATI
1. O‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining
tushunchasi
2. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish turlari
3. O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanuvchilarning   huquq   va
majburiyatlari
4. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning
chora-tadbirlari
1 1. O‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining
tushunchasi
O‘simlik dunyosi tabiat obektlari ichida alohida va muhim o‘rinni egallaydi.
O‘simlik dunyosining tabiat obektlari orasidagi tutgan o‘rni uning tabiat va jamiyat
hayotidagi   ahamiyati,   tabiat   va   jamiyatning   o‘zaro   aloqasi,   uzviyligi   hamda
munosabatidagi   rolidan   kelib   chiqadi.   O‘simlik   dunyosini   huquqiy   holati   uning
tabiat   va   jamiyatdagi   ana   shu   o‘rni   hamda   ahamiyatini   e’tiborga   olgan   holda
belgilanadi.
O‘simlik dunyosi huquqiy holatini belgilashda avvalo uning tabiatda tutgan
o‘rni,   foydalanish   ahamiyati,   muhofaza   qilish   zaruriyati   inobatga   olinadi.   Tabiat
obektlari   ichida   o‘simlik   dunyosi   muhim   ekologik   funksiyani   bajarishi   bilan
xarakterlanadi.   U   tabiiy   atrof   muhit   muvozanatini   saqlab   turib,   undagi   tirik
mavjudodni   yashashi   uchun   muhim   bo‘lgan   kislorod   yetkazib   beradi.
Shuningdek,   o‘simlik   dunyosi   yerni   suv   va   shamol   eroziyasidan,   quyosh   nuridan
saqlashda, suvni muhofaza etishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘simlik   dunyosi   ekologik   vazifadan   tashqari   xo‘jalik   ehtiyojlarini
qondirishda ham muhim xom-ashyo manbai sifatida xizmat qiladi. Undan sanoat,
qishloq   xo‘jaligi,   tabobat,   sog‘lomlashtirish,   ilm-fan   maqsadlarida   keng
foydalaniladi. O‘simlik dunyosi yog‘och, meva, dori-darmon, pichan tayyorlashda
muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
O‘simlik dunyosi obektlarining ana shu ekologik hamda xo‘jalik ehtiyojlari
vazifasining   bajarish   yo‘nalishlaridan   kelib   chiqib,   ularga   nisbatan   huquqiy   holat
o‘rnatiladi. Masalan, o‘rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha
munosabatlari   belgilangan   huquqiy   holatga   nisbatan,   kamyob   va   yo‘qolib   ketish
xavfi   ostida   turgan   o‘simlik   turlaridan   foydalanish   tartibiga   belgilangan   huquqiy
holat   farq   qilishi   mumkin.   Yoki   ilmiy   maqsadlarda   foydalaniladigan   o‘simlik
dunyosi   obektlarining   huquqiy   holati   yovvoyi   organizmlardan   topgan   tabiiy
o‘simliklar jamoalariga belgilangan huquqiy holatidan boshqacha bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston   Respublikasida   o‘simlik   dunyosidan   foydalanish   va   ularni
muhofaza   qilishni   tartibga   soluvchi,   o‘simlik   dunyosi   obektlari   huquqiy   holatini
o‘rnatuvchi   me’yoriy   xo‘jjatlar   qabul   qilingan.   Bular   jumlasiga   O‘zbekiston
Respublikai   Konstitutsiyasi,   "Tabiatni   muhofaza   qilish   to‘g‘risida"gi,   "O‘simlik
dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   to‘g‘risida"gi,   "O‘rmon
to‘g‘risida"gi,   "Mulkchilik   to‘g‘risida"gi   qonunlari   hamda   O‘zbekiston
Respublikasining   Jinoyat,   Ma’muriy   javobgarlik,   Fuqarolik   kodekslarini   kiritish
mumkin.
Chunonchi,  O‘zbekiston   Respublikasi  Konstitutsiyasida   o‘simlik  dunyosiga
nisbatan   mulkchilikning   huquqiy   holati   o‘rnatilgan   bo‘lib,   unga   ko‘ra   o‘simlik
dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish zarur
va u davlat muhofazasidadir (55-modda). O‘simlik dunyosi obektlari mulkchiligiga
nisbatan xuddi shunday huquqiy holat "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi (4-
2 modda), "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi
(3-modda),   "O‘rmon   to‘g‘risida"gi   (3-modda),   "Mulkchilik   to‘g‘risida"gi
qonunlarda ham belgilangan.
O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   to‘g‘risidagi
me’yoriy hujjatlar   tabiiy  sharoitda  o‘sadigan   o‘simlik  dunyosi,  shuningdek  takror
ko‘paytirish   va   genetik   fondini   saqlash   uchun   yekib   o‘stirayotgan   yovvoyi
o‘simliklarni   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish   sohasidagi   munosabatlarni
tartibga   solishga   qaratilgan   bo‘lib,   ularning   asosiy   vazifasi   floraning   tur   tarkibini
va   genetik   fondini   tabiiy   sharoitlarda   saqlab   qolish,   tabiiy   o‘simliklar
jamoalarining va yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan muhitning bir butunligini saqlash,
o‘simlik   dunyosidan   oqilona   foydalanish   va   uni   takror   ko‘paytirishni   ta’minlash,
yuridik   va   jismoniy   shaxslarning   o‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan
foydalanish   sohasidagi   faoliyatlarini   huquqiy   tartibga   solish,   o‘simlik   dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari buzilganda aybdorlarga tegishlicha
mulkiy, ma’muriy, jinoiy javobgarlik jazo choralarini qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
O‘simlik dunyosi obektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha
huquqiy holatni belgilashda O‘zbekiston Respublikasining "O‘rmon to‘g‘risida"gi
va   "O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   to‘g‘risida"gi
qonunlari hamda O‘zbekison Respublikasi Oliy Majlisning «Noyob va yo‘q b o‘ lib
ketayotgan o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni
tartibga   solish   t o‘g‘ risida»,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
«Biologiya   resurslaridan   oqilona   foydalanish,   ularni   O‘zbekiston   Respublikasiga
olib   kirish   va   uning   tash q arisiga   olib   chiqish   ustidan   nazoratni   kuchaytirish
t o‘g‘ risida»gi   qarori,   alohida   o‘rinni   yegallaydi.   Bu   normativ-huquqiy   hujjatlarda
o‘simlik   dunyosi   obektlari,   ushbu   obektlardan   foydalanish   turlari,   muddatlari,
normativlari,   foydalanuvchilarning   huquq   va   majburiyatyalari,   o‘simlik   dunyosi
obektlaridan   foydalanishni   cheklash,   to‘xtatish   va   man   yetish,   o‘simlik   dunyosi
obektlarining monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan.
  O‘simlik   dunyosidan   foydalanish   huquqi   tushunchasi   ham   qonunda
o‘z ifodasini topmagan. O‘simlik dunyosi tushunchasi yuridik adabiyotda ham hali
tadqiqot predmeti bo‘lgan yemas. Bizningcha,   O‘simlik dunyosidan foydalanish
huquqi   deganda,   ma’muriy-ruxsat     berish   huquqi     va   shartnoma   asosida     kelib
chiqadigan hamda   foydalanish huquqi yoki yegalik qilish   huquqi yoxud   yegalik
qilish huquqi doirasida  amalga oshiriladigan subektiv huquq, shuningdek  o‘simlik
dunyosidan   foydalanish   va     uni   muhofaza   qilish     sohasidagi     munosabatlarni
tartibga   solishga   qaratilgan   tegishli   huquq   tarmog‘ida     belgilangan     huquqiy
me’yorlar  jamlanmasi ga aytiladi. Huquqiy adabiyotlarda faqat o‘rmon tushunchasi
va   o‘rmondan   foydalanish   huquqi   tushunchalarigagina   e’tibor   qaratilgan. 1
Ma’lumki,   o‘simlik   dunyosi   tushunchasi   o‘rmon   tushunchasiga   nisbatan   ancha
keng   bo‘lib,   undan   ba’zi   jihatlari   bo‘yicha   farq   ham   qiladi.   Masalan,   o‘rmon
tushunchasiga dov-daraxtlar bilan qoplangan yerlar bilan bir qatorda, dov-daraxtlar
bilan   qoplanmagan,   ammo   shu   maqsadlarga   ajratilgan   yerlarni   ham   kiritamiz.
Bundan tashqari, o‘simlik dunyoi tushunchasiga suv ostida o‘sadigan o‘simliklarni
1
 Karang: Namazov F.S. "Uzbekistonda urmonlardan foydalanish xukuki." -T.: NPO "Vostok", -2000.
3 ham kiritishimiz mumkin, lekin ular o‘rmon tushunchasini  bermasligi mumkin va
hokazo.
O‘simlik   dunyosi   deganda   (chorvachilik,   ovchilik,   texnik   xom-ashyo
tayyorlash,   dorivorlarni   yig‘ish,   daraxt   va   butalarni   kesish,   ilmiy-tadqiqot,
madaniy-ma’rifiy,   sog‘lomlashtirish,   rekreatsiya,   tabiatni   muhofaza   qilish
maqsadlarida   foydalaniladigan   yovvoyi   organizmlar   daraxt,   buta   va   o‘simon
urug‘laydigan   o‘simliklar,   qirqquloqsimonlar   mohsimonlar,   suv   o‘tlari,
lishayniklar,   zamburug‘lar)   tabiiy   o‘simliklar   majmui   yig‘indisi   tushuniladi.
Shundan   kelib   chiqib   o‘simlik   dunyosidan   foydalanish   huquqi   qonunda
belgilangan   maqsadlarda   o‘simliklar   majmuidan   foydalanishda   kelib   chiqadigan
munosabatlarni   tartibga   soluvchi   huquqiy   normalar   yig‘indisi   tushuniladi.   Bu
huquqiy   normalar   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanuvchi   subektlarning
huquq   va   majburiyatlarini,   foydalanish   uchun   berish,   to‘xtatish,   bekor   qilish
tartiblarini,   davlat   boshqaruvi,   o‘simlik   dunyosi   muhofazasi   bilan   bog‘liq
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi.  Demak, o‘simlik dunyosining
huquqiy   holati   o‘simlik   dunyosiga   nisbatan   mulkdorlik,   davlat   boshqaruvi,
o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish,   foydalanishni   cheklash,   to‘xtatish,
bekor   qilish,   foydalanish   normativlari,   foydalanuvchilarning   huquq   va
majburiyatlari   hamda   qonuniy   manfaatlari,   o‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish,
o‘simlik dunyosi monitoringi, davlat kadastri, davlat nazorati kabi tartib-qoidalarni
belgilash va o‘rnatishni maqsad qiladi.
O‘simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik
uning   obektlarini   aniqlashga   alohida   e’tibor   bergan.   Chunonchi,   O‘zbekiston
Respublikasining   "O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish
to‘g‘risida"gi   qonunning   5-moddasiga   ko‘ra,   o‘simlik   dunyosi   obektlarini,
birinchidan,   yovvoyi   organizmlar,   ya’ni   daraxt,   buta   va   o‘simon
urug‘laydigan   o‘simliklar,   qirqquloqsimonlar,   moxsimonlar,   suv   o‘tlari,
lishayniklar   va   zamburug‘lar   o‘zining   butun   xilma-xil   turlari   bilan;
ikkinchidan,   yovvoyi   organizmlardan   tashkil   topadigan   tabiiy   o‘simliklar
jamoalari   yoki   ularning   har   qanday   majmui;   uchinchidan,   kamyob   va
yo‘qolib   ketish   xavfi   ostida   turgan   o‘simlik   turlari;   to‘rtinchidan,   yovvoyi
o‘simliklarning   mevalari,   urug‘lari   va   boshqa   qismlari   yoki   ular   hayot
faoliyatining mahsullari tashkil etadi.
"O‘simlik dunyosini  muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi
qonun   o‘simlik   dunyosidan   foydalanish   muddatlari,   shakllari,   turlari,
normativlari,   bekor   qilish   asoslarini   o‘rnatishga   katta   ahamiyat   bergan.   Bu
normalarda   o‘simlik   dunyosidan   foydalanishning   huquqiy   holati,   tartiblari
o‘rnatilgan.   Chunonchi,   qonunning   6-moddasida   o‘rnatilishicha,   o‘simlik
dunyosi   obektlaridan   foydalanish   umumiy   va   maxsus   bo‘lishi   mumkin.
O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   umumiy   foydalanish   yer   yegalari   va   yerdan
foydalanuvchilar   bilan   kelishuv   bo‘yicha   foydalanuvchining   hayotiy   zarur
yehtiyojlari   bilan   cheklangan   miqdorlarda   tekin   amalga   oshiriladi.   Umumiy
foydalanish   normasi   va   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   tabiatni
muhofaza   qilish   qo‘mitasi   bilan   kelishuv   bo‘yicha   mahalliy   davlat   hokimiyati
organlari   tomonidan   belgilanadi.   O‘simlik   dunyosi   obektlari   maxsus
4 foydalanishga   ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish
uchun   haq   evaziga   yuridik   va   jismoniy   shaxslarga   ruxsatnomalar   asosida
beriladi.   Masalan,   Chorvachilik   ehtiyojlari   va   chorva   mollarini   o‘tlatish   uchun
yovvoyi ozuqa mahsulotlarini g‘amlashga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov
miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
O‘simlik dunyosi obektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa
muddatli) foydalanishga beriladi (8-modda). 
O‘simlik dunyosi  obektlaridan foydalanish huquqini  bekor qilish tartibi
va   asoslari   qonunda   batafsil   belgilab   berilgan.   O‘zbekiston   Respublikasining
"O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   to‘g‘risida"gi
qonunining   19-moddasiga   binoan   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish
huquqi   shunday   huquqdan   voz   kechilganda;   muddat   tugaganda;   foydalanuvchi
yuridik  shaxs  tugatilganda;   o‘simlik dunyosi  obektlarini  muhofaza  qilish,  ulardan
foydalanish   va   ularni   takror   ko‘paytirish   qoidalari,   normativlari   buzilganda;   haq
belgilangan   muddatda   to‘lanmaganda;   foydalanish   ta’sirida   tabiiy   o‘simliklar
jamoalarida   asliga   qaytarib   bo‘lmas   o‘zgarishlar   xavfi   yuzaga   kelganda;   yer
uchastkalari   davlat   va   jamoat   yehtiyojlari   uchun   olib   qo‘yilganda   bekor   qilinadi.
Ayrim turdagi yovvoyi o‘simliklarning, masalan, zaharli, giyohvand moddasi bor,
karantinli   o‘simliklar,   begona   o‘tlar   hamda   shudgorlar,   pichanzorlar   va
yaylovlarning   o‘z-o‘zidan   o‘t   bosib   ketishga   ko‘maklashadigan   boshqa
o‘simliklarning   tarqalishini   va   ularning   miqdorini   tartibga   solish   boshqa
o‘simliklarga va o‘zga tabiat  obektlariga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan
hamda   tabiiy   o‘simliklar   jamoalarining   va   ular   o‘sadigan   muhitning   saqlanishini
ta’minlaydigan   usullar   bilan   amalga   oshiriladi.   Tarqalishi   va   miqdori   tartibga
solinishi   lozim   bo‘lgan   yovvoyi   o‘simliklarning   turlari   maxsus   vakolat   berilgan
davlat   organlari   tomonidan   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   Akademiyasining
xulosalari asosida belgilab beriladi.
O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   sohasidagi
davlat boshqaruvi  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy davlat
hokimiyati   organlari,   shuningdek   maxsus   vakolatli   davlat   organlari   tomonidan
amalga   oshiriladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   tabiatni   muhofaza   qilish   davlat
qo‘mitasi   va   O‘zbekiston   Respublikasi   o‘rmon   bosh   boshqarmasi   o‘simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolatli davlat
boshqaruv organlari hisoblanadilar. Ular zimmasiga o‘simlik dunyosi obektlaridan
qonunda   belgilangan   tartib   va   asoslarda   samarali   va   maqsadga   muvofiq
foydalanishni boshqarish vazifasi yuklatilgan.
Umuman   olganda,   o‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan
foydalanishning   huquqiy   holati   ushbu   tabiiy   resurslardan   tabiat   va   jamiyatning
umumiy   qonuniyatlari   asosida   ekologik   va   iqtisodiy   yehtiyojlarni   hisobga   olgan
holda ulardan oqilona va samarali foydalanish, kamyob hamda yo‘qolib ketayotgan
o‘simlik dunyosini saqlab qolish uchun xizmat qiladi.
5 2. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish turlari
O‘simlik dunyosi obektlaridan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. O‘simlik
dunyosidan   foydalanish   maqsadi   avvalo   o‘simlik   dunyosi   obektlarining
xususiyatidan   kelib   chiqadi.   Chunonchi,   o‘rmonlar   yog‘och   kesish   yoki   pichan
o‘rish   yoxud   boshqa   maqsadlarda   foydalanilsa,   botanika   bog‘lari   ilmiy
maqsadlarda foydalanishi mumkin va hokozo.
O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish   turlari   O‘zbekiston
Respublikasining   "O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish
to‘g‘risida"gi   qonunida   ko‘rsatilgan.   Ushbu   qonunning   7-moddasiga   ko‘ra,
o‘simlik   dunyosidan   birinchi   navbatda   chorvachilik   ehtiyojlari   uchun   yovvoyi
ozuqa   mahsulotini   tayyorlash   maqsadida   foydalaniladi.   Yuridik   va   jismoniy
shaxslar   tomonidan   chorvachilik   ehtiyojlari   uchun   yovvoyi   ozuqa   mahsulotini
tayyorlash va chorva mollarini o‘tlatib boqish maxsus berib qo‘yilgan tabiiy yem-
xashak   yetishtiriladigan   maydonlarda   o‘rmon   fondi   hududida   o‘rmon   biletlari
bo‘yicha;   qishloq   xo‘jalik   korxonalari,   muassasalari,   tashkilotlari   yegaligidagi
yerlar   hududida   ularning   ruxsatnomalari   bo‘yicha;   zaxiradagi   yerlarda   -   mahalliy
davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi (12-modda).
O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish   turlaridan   navbatdagisi   chorva
mollarini   o‘tlatib   boqish   hisoblanadi.   Chorva   mollarini   o‘tlatish   o‘rmon   fondi
yerlaridagi   o‘tloqzorlarda,   tog‘lar   va   tog‘   yon   bag‘irlaridagi   yaylovlarda,   qishloq
xo‘jalik   korxonalariga   berib   qo‘yilgan   yaylovlarda   amalga   oshiriladi.   O‘simlik
dunyosidan   ushbu   maqsadda   foydalanishga   qonunda   belgilangan   tartibda   davlat,
o‘rmon va qishloq xo‘jalik korxonalarining ruxsatnomalari orqali yo‘l qo‘yiladi.
Ovchilik   xo‘jaligi   ehtiyojlari   uchun   foydalanish   o‘simlik   dunyosi
obektlaridan   foydalanishning   navbatdagi   turi   hisoblanadi.   "O‘simlik   dunyosini
muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   to‘g‘risida"gi   qonunning   13-moddasida
belgilanishicha, o‘simlik dunyosi  obektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanish   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   tomonidan   o‘zlariga   berib   qo‘yilgan
ovchilik yer-suvlarida amalga oshiriladi. O‘simlik dunyosidan ovchilik maqsadida
foydalanish tegishli ruxsat asosida o‘rmonlarda, butazorlarda, tog‘larda, suv bo‘yi
changalzorlarida   olib   boriladi.   O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   ovchilik   ehtiyojlari
uchun foydalanish tegishli tartibda, belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida amalga
oshiriladi. Bu me’yoriy hujjatlarda ov qilish qoidalari belgilangan bo‘ladi.
Navbatdagi   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish   turlaridan   biri   bu
yovvoyi   o‘simliklar   texnik   xom   ashyosini   tayyorlash,   dorivor   xom   ashyosini
yig‘ish,   oziq-ovqat   maqsadlari   uchun   yig‘ish   hisoblanadi.   Bu   turdagi
foydalanishda   yog‘och   shirasi   olish;   spirt   tayyorlash,   dorivorlarni,   ziravorlarni,
mevalarni, qo‘ziqorinlarni yig‘ish maqsad qilib qo‘yiladi. O‘simlik dunyosidan bu
xilda foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi.
Daraxt   va   butazorlarni   kesish   -   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan
foydalanishning   navbatdagi   turidir.   Daraxt   va   butazorlarni   kesish   o‘rmon   fondi
yerlarida   tegishli   tartibda   beriladigan   ruxsatnomalar   asosida   amalga   oshiriladi.
O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni  kesishga  faqat  sanitariya hamda
binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog‘liq kesishlar tartibida
6 mahalliy davlat hokimiyati organlarining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
bilan kelishilgan asosda yo‘l qo‘yiladi.
O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish   turlaridan   biri   undan   ilmiy-
tadqiqot   maqsadlarida   foydalanishdir.   Bu   xildagi   maqsadda   foydalanish   ilmiy
muassasalar   tomonidan   amalga   oshirilib,   unda   yovvoyi   o‘simliklarning   kelib
chiqishi,   turlari,   nomi,   ko‘payishi,   jamiyat   uchun   foydalanish   maqsadlari
o‘rganiladi.  Q onunda belgilanishicha, o‘simlik dunyosi obektlaridan ilmiy-tadqiqot
maqsadlarida   yovvoyi   o‘simliklarni,   ularning   qismlarini   va   mahsullarini   o‘sish
muhitidan   olmasdan   va   olgan   holda   foydalanishga   faqat   qonunda   belgilangan
tartibda   yo‘l   qo‘yiladi.   Tabiiy   o‘simliklar   jamoalarida   ilmiy-tadqiqot   ishlarini
o‘tkazish   uchun   tegishli   yuridik   shaxslarga   maxsus   ucha s tkalar   ajratilishi   lozim.
Agar   bu   o‘simlik   jamoalarida   ilmiy-tadqiqot   olib   borish   lozim   bo‘lsa,   boshqa
tashkilotlarning bu obektdan foydalanishi cheklanishi mumkin.
O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   madaniy-ma’rifiy,   tarbiyaviy,
sog‘lomlashtirish,   rekreatsiya   va   estetik   maqsadlarda   foydalanishi   ulardan
foydalanishning mustaqil turi hisoblanadi. Shifobaxsh xossalarga yega bo‘lgan va
aholining   dam   olishi   uchun   qulay   shart   -sharoit   yaratadigan   o‘simlik   dunyosi
obektlaridan   sog‘lomlashtirish   va   rekreatsiya   maqsadlarida   foydalaniladi.   Bunday
joylarda   sanatoriyalar,   shifoxonalar,   dam   olish   uylari,   lagerlar   bunyod   yetilib,
ulardan aholini dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi maqsadlarida foydalaniladi.
O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish turidan o x irgisi ulardan   tabiatni
muhofaza   qilish   maqsadlarida   foydalanishdir.   Ma’lumki,   o‘simlik   dunyosi
tog‘larda suvlarni to‘planishi, tog‘larda jarliklarning paydo bo‘lishini oldini olish,
sug‘oriladigan yerlar, yekin maydonlarini suv va shamol yeroziyasidan asrash, suv
bo‘yi   tegralarini   saqlash,   atmosfera   havosini   mo‘tadil   ravishda   saqlab   turishda
asosiy   vosita   hisoblanadi.   Shu   sababdan   suv   bo‘yi   tegralarida,   yekin   maydonlari
atrofida   yer   va   suv   resurslarini   muhofaza   qilish   maqsadida   daraxtlar   yekilib,
ulardan tabiatni muhofaza qilish maqsadi ko‘zlanadi.
7 3. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanuvchilarning huquq va
majburiyatlari
O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanuvchilarning   huquq   va
majburiyatlari   "O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish
to‘g‘risida"gi   qonunning   10-moddasida   belgilab   berilgan.   Shulardan   birinchisi
o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   ularni   berib   qo‘yish   shartlariga   muvofiq
foydalanishdir . O‘simlik dunyosi obektlari nima maqsadda berilgan bo‘lsa, ya’ni
ilmiy   maqsadda   foydalanishga,   yog‘och   kesish   uchunmi,   yoxud   yaylov
maqsadidami   foydalanuvchi   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   shu   maqsadda
foydalanish   huquqiga   yega   bo‘ladilar.   Agar   o‘simlik   dunyosi   obekti   ilmiy
maqsadlar   uchun   berilgan   bo‘lsa,   undan   ovchilik   uchun   foydalanish   mumkin
yemas va hokazo.
O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanuvchilarning   navbatdagi
huquqlaridan   biri   bu   belgilangan   tartibda   olingan   o‘simlik   dunyosi   obektlari
mahsulotini   tasarruf   yetish   huquqidir.   O‘simlik   dunyosidan   foydalanuvchilar
ma’lumki   undan   foydalanish   jarayonida   ma’lum   mol-mulkka   -   ovchilik
mahsulotlari,   dorivor   va   zirovorlar,   yog‘och   xom   ashyosi,   pichan,   oziq-ovqat
mahsulotlariga   yega   bo‘ladilar.   Q onunda   belgilangan   tartibda   yegallangan   ushbu
o‘simlik   dunyosi   mahsulotlari   undan   foydalanuvchi   yuridik   va   jismoniy   shaxslar
tomonidan mustaqil ravishda tasarruf yetiladi.
Yuqorida   aytilganlardan   tashqari   o‘ simlik   dunyosi   obektlaridan
foydalanuvchilar buzilgan huquqlarini tiklanishi hamda o‘zlariga yetkazilgan
zararning   qoplanishini   talab   qilish   huquqiga   yegadirlar.   Masalan,   o‘rmon
xo‘jaligi   korxonalari   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   tomonidan   o‘rmonlardan
qonunga   xilof   ravishda   foydalanilganda   buzilgan   huquqlarini   sud   yo‘li   bilan
tiklash va o‘zlariga yetkazilgan zararni to‘la undirib olish huquqiga yegadirlar.
O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanuvchilar huquqlar bilan bir   qatorda
majburiyatlarga   ham   rioya   qilishlari   shartdir.   Shulardan   yeng   muhimi   o‘simlik
dunyosi obektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya yetishdir.
Ma’lumki,  o‘simlik   dunyosi   obektlari   oldindan   belgilangan  maqsad,   ya’ni  yaylov
maqsadida,   yovvoyi   o‘simlik   mevalarini   terish,   ilmiy   maqsadda,   yoxud   pichan
o‘rish,   yoki   yog‘och   kesish   masadlarida   berilishi   mumkin.   O‘simlik   dunyosi
obektlaridan   foydalanuvchilar   yeng   avvalo   mana   shu   talabga   rioya   qilgan   holda
undan   foydalanishlari   lozim.   Bundan   tashqari,   yog‘och   kesish,   pichan   o‘rish,   ov
qilishning o‘z tartib-qoidalari mavjud bo‘lib, o‘simlik dunyosidan foydalanuvchilar
shu shartlarni ham bajarishlari talab yetiladi.
Navbatdagi  majburiyatlaridan  biri   foydalanishga berib qo‘yilgan o‘simlik
dunyosi   obektlaridan   oqilona   foydalanish   shartdir.   O‘simlik   dunyosi
obektlaridan   foydalanuvchi   subektlar   undan   ilm-fan   tavsiyasi   asosida,   unga   zarar
yetkazmasdan,   kamyob   o‘simlik   turlarini   yo‘qolib   ketishga   yo‘l   qo‘ymasdan,
tabiatning   umumiy   qonuniyatlariga   rioya   yetgan   holda,   o‘simlik   dunyosini   takror
ko‘paytirishni ko‘zlab oqilona foydalanishga majburdirlar.
O‘simlik   dunyosi   obektlarini   muhofaza   qilish   va   ularni   takror
ko‘paytirish   chora - tadbirlarini   amalga   oshirish   foydalanuvchilarning   asosiy
8 majburiyatlaridan   biridir.   Buning   uchun   o‘simlik   dunyosi   obektlarini   muhofaza
qilish   va   ularni   ko‘paytirish   qoidalari   va   normativlarini   belgilash,   O‘zbekiston
Respublikasi   Q izil   kitobiga   kiritilgan   kamyob   va   yo‘qolib   ketish   xavfi   ostida
turgan   o‘simliklar   turlarini   muhofaza   qilishning   alohida   rejimini   belgilash,
o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanishda   cheklashlar   va   ta’qiqlashlarni
belgilash,   alohida   muhofaza   yetiladigan   tabiiy   hududlar   barpo   qilish,   o‘simlik
dunyosi  obektlari va ular o‘sadigan  muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish
va takror ko‘paytirish sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil yetish, davlat ekologik
yekspertizasi   o‘tkazish,   davlat   nazoratini   amalga   oshirish   kabi   tadbirlarni   amalga
oshirish lozim bo‘ladi.
O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   uchun   qonunda   belgilanishicha,
o‘simlik   dunyosi   obektlari   o‘sadigan   muhitga   ta’sir   ko‘rsatadigan   faoliyat   shu
obektlarning   saqlanishini   ta’minlaydigan   talablarga   rioya   yetilgan   holda   amalga
oshirilishi   lozim   (24-modda).   O‘simlik   dunyosi   o‘sadigan   muhitga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatishi   mumkin   bo‘lgan   ishlab   chiqarish   obektlarini   joylashtirish   va   ulardan
foydalanish,   yangi   texnologiyalarni   joriy   yetish,   geologiya-qidiruv   ishlarini
o‘tkazish,   foydali   qazilmalarni   qazib   olish,   chorva   mollarini   o‘tlatib   boqish
O‘zbekiston   Respublikasi   Tabiatni   muhofaza   qilish   davlat   qo‘mitasi   va
O‘zbekiston   Respublikasi   o‘rmon   bosh  boshqarmasi   bilan  kelishib  olinishi  kerak.
O‘simlik   dunyosini   himoya   qilish   chora-tadbirlari   bilan   ta’minlanmagan   ishlab
chiqarish obektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qo‘llash man qilinadi.
Mineral   o‘g‘itlar   va   boshqa   dorilar   qo‘llanilgan   taqdirda   o‘simlik   dunyosi
obektlarini muhofaza qilish talablari hisobga olinishi zarur bo‘ladi.
Yuqorida   sanab   ko‘rsatilganlardan   tashqari,   yuridik   va   jismoniy   shaxslar
o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish   joylarida   yong‘in   xavfsizligiga
rioya   yetishlari   hamda   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanganlik   uchun
haqni o‘z vaqtida to‘lab borishlari  talab yetiladi.
9 4. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning
chora-tadbirlari
O‘simlik   dunyosi   obektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish
huquqini   himoya   qilishning   chora-tadbirlari   O‘zbekiston   Respublikasining
harakatdagi   qonunlarida   belgilangan.   Chunonchi,   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasida ko‘rsatilishicha, o‘simlik dunyosi umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir (55-modda). Bundan tashqari
Asosiy   qonunimizda   fuqarolarning   tabiiy   atrof   muhitga   ehtiyotkorona
munosabatda   bo‘lishlari   lozimligi   o‘rnatilgan.   Bu   konstitutsion   qoidalar   o‘simlik
dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   huquqini   himoya   qilishning
kafolatlari bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu   konstitutsion   qoidalardan   kelib   chiqib   O‘zbekiston
Respublikasining   "O‘simlik   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish
to‘g‘risida"gi,  "O‘rmon  to‘g‘risida"gi,   "Tabiatni  muhofaza  qilish   to‘g‘risida"gi,
"Muhofaza   yetiladigan   tabiiy   hududlar   to‘g‘risida"gi   qonunlarida   o‘simlik
dunyosi   obektlaridan   foydalanish   huquqini   himoya   qilishning   chora-tadbirlari
belgilangan.   Chunonchi,   O‘zbekiston   Respublikasining   "O‘simlik   dunyosini
muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish   to‘g‘risida"gi   qonunida   ko‘rsatilishicha,
o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (3-
modda).   O‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanuvchilar   undan   qonunda
belgilangan   tartib-qoidalarga   rioya   etgan   holda   foydalanishlari   shart.   Agar   shu
tartibga   rioya   qilinmasa,   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan   foydalanish   qonun
hujjatlarida   belgilangan   tartibda   cheklab   qo‘yilishi,   to‘xtatib   turilishi   yoki   man
etilishi   mumkin   (11-modda).   Bundan   tashqari,   ushbu   qonunda   o‘rnatilishicha
O‘zbekiston   Respublikasi   Qizil   kitobiga   kiritilgan   kamyob   va   yo‘qolib   ketish
xavfi   ostiba   turgan   o‘simlik   turlarini   yig‘ish   man   yetiladi.   Ulardan
foydalanishga,   savdo   qilishga,   chet   elga   olib   chiqishga   alohida   hollarda
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   O‘zbekiston   Respublikasi
Tabiatni   muhofaza   qilish   davlat   qo‘mitasining   taqdimnomasi   va   O‘zbekiston
Fanlar akademiyasining xulosasi bo‘yicha beradigan ruxsatnomalar asosida yo‘l
qo‘yilgan (11-modda).  O‘simlik dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma:
O‘zbekiston   Respublikasi   Qizil   kitobiga   kiritilgan   kamyob   va   yo‘qolib
ketish   xavfi   ostidagi   o‘simlik   turlarini   tabiiy   muhitdan   olishga   ruxsatnoma   -
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  tomonidan;
davlat   o‘rmon   fondi   hududida   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan
foydalanishga   ruxsatnoma   -   O‘zbekiston   Respublikasi   Qishloq   va   suv
xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi  tomonidan;
zaxira   yerlarda   pichan   o‘rish   va   chorva   mollarini   o‘tlatishga,   o‘rmon
fondiga   kirmaydigan   daraxtlar   va   butalarni   kesishga   ruxsatnoma   -   mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan;
o‘z   yerlarining   hududida   tabiiy   ozuqa   maydonlarida   pichan   o‘rish   va
chorva   mollarini   o‘tlatishga   ruxsatnoma   -   qishloq   xo‘jaligi   korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari tomonidan;
10 O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   o‘simlik   dunyosining   boshqa   barcha
obektlariga   ruxsatnoma   -   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   tabiatni
muhofaza qilish qo‘mitasi  tomonidan beriladi.
O‘simlik   dunyosi   o‘sadigan   muhitga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishi   mumkin
bo‘lgan   ishlab   chiqarish   obektlarini   joylashtirish   va   ulardan   foydalanish   agar
himoya   qilish   chora-tadbirlari   bilan   ta’minlanmagan   bo‘lsa   ishga   tushirish
ta’qiqlanadi.
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya
qilish fuqarolik, ma’muriy, jinoiy huquqiy vosita va usullar yordamida ham amalga
oshirilishi   mumkin.   Fuqarolik   kodeksida   belgilangan   buzilgan   huquqni   himoya
etish   usullari   o‘simlik   dunyosidan   foydalanish   huquqini   himoya   qilishda   ham
qo‘llanilishi   mumkin.   Shunday   usullardan   biri   huquqni   buzishga   qaratilgan
bitimni   haqiqiy   emas   deb   topish   hisoblanadi.   Masalan,   o‘simlik   dunyosi
obektlariga   nisbatan   g‘ayriqonuniy   bitimlar   tuzilsa,   pichanzorlar   g‘ayriqonuniy
ravishda foydalanishga berilsa, o‘rmon fondiga nisbatan ijara shartnomasi qonunni
buzgan holda tuzilsa, bunday bitimlar haqiqiy emas deb topiladi va taraflarning har
biri   boshqasiga   bitim   bo‘yicha   olgan   hamma   narsani   qaytarib   berishi,   olingan
narsani   aslicha   qaytarib   berish,   olingan   daromadni,   yetkazilgan   zararni   qoplash
harakatlarini amalga oshirishi lozim bo‘ladi.
Yana   bir   fuqarolik   huquqiy   himoya   usuli   huquqiy   munosabatni   bekor
qilish   yoki   o‘zgartirish   hisoblanadi.   Ma’lumki,   o‘simlik   dunyosi   obektlaridan
foydalanish   bo‘yicha   huquqiy   munosabat   turli   subektlar   o‘rtasida   subektiv
huquqlarni amalga oshirish yoki burchlarni bajarish bo‘yicha ro‘y beradigan o‘zaro
ijtimoiy munosabat ma’nosida tushuniladi. Bunday huquqiy munosabat ichida eng
keng   tarqalgani   shartnomaviy   munosabatdir.   Agar   mana   shu   huquqiy   munosabat
jarayonida   uning   boshqa   ishtirokchilari   tomonidan   huquq   buziladigan   bo‘lsa,
bunday huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartishi mumkin.
Buzilgan huquqni himoya qilish usullaridan yana biri huquqbuzar tomonidan
burchni aslicha (natura) holida bajarishga majbur qilish  hisoblanadi. Masalan,
o‘simlik   dunyosi   obektni   takror   ko‘paytirish   majburiyatini   olgan   tomon   shu
majburiyatni   bajarmasa,   uni   tegishli   tartibda   ushbu   burchni   bajarishga   majbur
yetish mumkin.
Zararni qoplash va neustoyka undirish buzilgan huquqni himoya qilish
yo‘llaridan  biridir.   Ushbu   usul   burchni   natura   shaklida   ijro   yetishga   majburlash
usulidan   shunisi   bilan   farq   qiladiki,   bunda   huquqbuzar   tomonidan   sodir   yetilgan
huquqbuzarlik   uchun   pul   ko‘rinishida   tovon   to‘lanishiga   rozi   bo‘linadi.   O‘simlik
dunyosi   obektlaridan   foydalanish   qoidalari   buzilganda   fuqarolik   huquqiy
javobgarlik sifatida neustoyka undirish qo‘llaniladi.
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqi ma’muriy
huquqiy   usullar   yordamida   ham   himoya   qilinadi.   Bunda   ma’muriy   qonunchilik
chora-tadbirlari   huquq   buzilishini   tiklashga,   aybdorni   ma’muriy   yo‘llar   bilan
jazolashga   xizmat   qiladi.   Chunonchi,   O‘zbekiston   Respublikaining   Ma’muriy
javobgarlik   to‘g‘risidagi   kodeksining   VIII   bobida   ko‘rsatilishicha,   o‘rmon   fondi
yerlaridan   foydalanish   qoidalarini   buzish   (77-modda),   kesiladigan   o‘rmon
fondidan   foydalanish   tartibini   buzish   (78-modda),   daraxtlar,   butalar,   boshqa
11 o‘rmon   o‘simliklari   va   niholarni   g‘ayriqonuniy   ravishda   kesish,   shikastlantirish
yoki   yo‘q   qilish   (79-modda),   o‘rmonlarni   tiklash   qoidalarini   buzish   (80-modda),
Qizil   kitobga   kiritilgan   o‘simliklarni   yig‘ish   (81-modda),   alohida   muhofaza
yetiladigan   tabiiy   hududlar   tartibini   buzish   (82-modda),   o‘rmon   uchun   foydali
faunani   yo‘q   qilib   yuborish   (83-modda),   o‘rmonlarda   yong‘in   xavfsizligi
talablarini   buzish   (84-modda)   kabi   ma’muriy   huquqbuzarlikni   sodir   yetgan
fuqarolarga   nisbatan   yeng   kam   ish   haqining   uchdan   bir   qismidan   tortib,   to   besh
baravarigacha,   mansabdor   shaxslarga   yesa   bir   baravaridan,   to   yetti   baravarigacha
jarima   solish   jazosi   qo‘llaniladi.  Agar   aniq  bir   ma’muriy   huquqbuzarlik,  masalan
Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish (81-modda) huquqbuzarligini oladigan
bo‘lsak   ushbu   normada   belgilanishicha,   O‘zbekiston   Respublikasining   Qizil
kitobiga kiritilgan o‘simliklarni  yoxud shunday  o‘simliklarning ildizlari, poyalari,
shoxlari,   barglari,   gullari,   mevalari   va   urug‘larini   o‘zboshimchalik   bilan   yig‘ish
fuqarolarga   yeng   kam   ish   haqining   ikkidan   bir   qismidan     ikki   baravarigacha,
mansabdor   shaxslarga   yesa   ikki   baravaridan   besh   baravarigacha   miqdorda   jarima
solishga   sabab   bo‘ladi.   Huddi   shunday   huquqbuzarlik   ma’muriy   jazo   chorasi
qo‘llanilgandan   keyin   bir   yil   davomida   takror   sodir   yetilgan   bo‘lsa,   fuqarolarga
yeng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga
yesa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya
qilishning navbatdagi vositalaridan biri jinoiy-huquqiy jazo choralari bilan himoya
yetishdir.   O‘zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   kodeksining   ekologiya   sohasidagi
jinoyatlarga   bag‘ishlangan   to‘rtinchi   bo‘limining   o‘n   to‘rtinchi   bobida   atrof
muhitni     muhofaza   qilish   va   tabiatdan   foydalanish   sohasidagi   jinoyatlar   uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, bu jinoiy jazo choralari o‘simlik dunyosidan
foydalanish   qoidalarini   buzganlarga   nisbatan   ham   qo‘llaniladi.   Xususan,   Jinoyat
kodeksining 198-moddasida yekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast
yetkazish   yoki   ularni   nobud   qilish,   199-moddada   o‘simliklar   kasalliklari   yoki
zararkunandalari   bilan   kurash   talablarini   buzish,   202-moddasida   hayvonot   yoki
o‘simlik   dunyosidan   foydalanish   tartibini   buzish,   204-moddasida   yesa   alohida
muhofaza   yetiladigan   tabiiy   hududlarning   tartibini   buzish   kabi   jinoiy   xatti-
harakatlar uchun jazo choralari qo‘llanilishi mumkinligi belgilangan.
12

Mavzu: O‘SIMLIK DUNYoSIDAN FOYDALANISh VA MUHOFAZA QILIShNING HUQUQIY HOLATI 1. O‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining tushunchasi 2. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish turlari 3. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari 4. O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari 1

1. O‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining tushunchasi O‘simlik dunyosi tabiat obektlari ichida alohida va muhim o‘rinni egallaydi. O‘simlik dunyosining tabiat obektlari orasidagi tutgan o‘rni uning tabiat va jamiyat hayotidagi ahamiyati, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasi, uzviyligi hamda munosabatidagi rolidan kelib chiqadi. O‘simlik dunyosini huquqiy holati uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o‘rni hamda ahamiyatini e’tiborga olgan holda belgilanadi. O‘simlik dunyosi huquqiy holatini belgilashda avvalo uning tabiatda tutgan o‘rni, foydalanish ahamiyati, muhofaza qilish zaruriyati inobatga olinadi. Tabiat obektlari ichida o‘simlik dunyosi muhim ekologik funksiyani bajarishi bilan xarakterlanadi. U tabiiy atrof muhit muvozanatini saqlab turib, undagi tirik mavjudodni yashashi uchun muhim bo‘lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek, o‘simlik dunyosi yerni suv va shamol eroziyasidan, quyosh nuridan saqlashda, suvni muhofaza etishda muhim rol o‘ynaydi. O‘simlik dunyosi ekologik vazifadan tashqari xo‘jalik ehtiyojlarini qondirishda ham muhim xom-ashyo manbai sifatida xizmat qiladi. Undan sanoat, qishloq xo‘jaligi, tabobat, sog‘lomlashtirish, ilm-fan maqsadlarida keng foydalaniladi. O‘simlik dunyosi yog‘och, meva, dori-darmon, pichan tayyorlashda muhim manba bo‘lib hisoblanadi. O‘simlik dunyosi obektlarining ana shu ekologik hamda xo‘jalik ehtiyojlari vazifasining bajarish yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ularga nisbatan huquqiy holat o‘rnatiladi. Masalan, o‘rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha munosabatlari belgilangan huquqiy holatga nisbatan, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlaridan foydalanish tartibiga belgilangan huquqiy holat farq qilishi mumkin. Yoki ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan o‘simlik dunyosi obektlarining huquqiy holati yovvoyi organizmlardan topgan tabiiy o‘simliklar jamoalariga belgilangan huquqiy holatidan boshqacha bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida o‘simlik dunyosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tartibga soluvchi, o‘simlik dunyosi obektlari huquqiy holatini o‘rnatuvchi me’yoriy xo‘jjatlar qabul qilingan. Bular jumlasiga O‘zbekiston Respublikai Konstitutsiyasi, "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi, "O‘rmon to‘g‘risida"gi, "Mulkchilik to‘g‘risida"gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik, Fuqarolik kodekslarini kiritish mumkin. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘simlik dunyosiga nisbatan mulkchilikning huquqiy holati o‘rnatilgan bo‘lib, unga ko‘ra o‘simlik dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (55-modda). O‘simlik dunyosi obektlari mulkchiligiga nisbatan xuddi shunday huquqiy holat "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi (4- 2

modda), "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi (3-modda), "O‘rmon to‘g‘risida"gi (3-modda), "Mulkchilik to‘g‘risida"gi qonunlarda ham belgilangan. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik dunyosi, shuningdek takror ko‘paytirish va genetik fondini saqlash uchun yekib o‘stirayotgan yovvoyi o‘simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi floraning tur tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish, tabiiy o‘simliklar jamoalarining va yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan muhitning bir butunligini saqlash, o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror ko‘paytirishni ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatlarini huquqiy tartibga solish, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari buzilganda aybdorlarga tegishlicha mulkiy, ma’muriy, jinoiy javobgarlik jazo choralarini qo‘llashdan iborat bo‘ladi. O‘simlik dunyosi obektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha huquqiy holatni belgilashda O‘zbekiston Respublikasining "O‘rmon to‘g‘risida"gi va "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunlari hamda O‘zbekison Respublikasi Oliy Majlisning «Noyob va yo‘q b o‘ lib ketayotgan o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga solish t o‘g‘ risida», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tash q arisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish t o‘g‘ risida»gi qarori, alohida o‘rinni yegallaydi. Bu normativ-huquqiy hujjatlarda o‘simlik dunyosi obektlari, ushbu obektlardan foydalanish turlari, muddatlari, normativlari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatyalari, o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanishni cheklash, to‘xtatish va man yetish, o‘simlik dunyosi obektlarining monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan. O‘simlik dunyosidan foydalanish huquqi tushunchasi ham qonunda o‘z ifodasini topmagan. O‘simlik dunyosi tushunchasi yuridik adabiyotda ham hali tadqiqot predmeti bo‘lgan yemas. Bizningcha, O‘simlik dunyosidan foydalanish huquqi deganda, ma’muriy-ruxsat berish huquqi va shartnoma asosida kelib chiqadigan hamda foydalanish huquqi yoki yegalik qilish huquqi yoxud yegalik qilish huquqi doirasida amalga oshiriladigan subektiv huquq, shuningdek o‘simlik dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan tegishli huquq tarmog‘ida belgilangan huquqiy me’yorlar jamlanmasi ga aytiladi. Huquqiy adabiyotlarda faqat o‘rmon tushunchasi va o‘rmondan foydalanish huquqi tushunchalarigagina e’tibor qaratilgan. 1 Ma’lumki, o‘simlik dunyosi tushunchasi o‘rmon tushunchasiga nisbatan ancha keng bo‘lib, undan ba’zi jihatlari bo‘yicha farq ham qiladi. Masalan, o‘rmon tushunchasiga dov-daraxtlar bilan qoplangan yerlar bilan bir qatorda, dov-daraxtlar bilan qoplanmagan, ammo shu maqsadlarga ajratilgan yerlarni ham kiritamiz. Bundan tashqari, o‘simlik dunyoi tushunchasiga suv ostida o‘sadigan o‘simliklarni 1 Karang: Namazov F.S. "Uzbekistonda urmonlardan foydalanish xukuki." -T.: NPO "Vostok", -2000. 3

ham kiritishimiz mumkin, lekin ular o‘rmon tushunchasini bermasligi mumkin va hokazo. O‘simlik dunyosi deganda (chorvachilik, ovchilik, texnik xom-ashyo tayyorlash, dorivorlarni yig‘ish, daraxt va butalarni kesish, ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalaniladigan yovvoyi organizmlar daraxt, buta va o‘simon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar mohsimonlar, suv o‘tlari, lishayniklar, zamburug‘lar) tabiiy o‘simliklar majmui yig‘indisi tushuniladi. Shundan kelib chiqib o‘simlik dunyosidan foydalanish huquqi qonunda belgilangan maqsadlarda o‘simliklar majmuidan foydalanishda kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi. Bu huquqiy normalar o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanuvchi subektlarning huquq va majburiyatlarini, foydalanish uchun berish, to‘xtatish, bekor qilish tartiblarini, davlat boshqaruvi, o‘simlik dunyosi muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi. Demak, o‘simlik dunyosining huquqiy holati o‘simlik dunyosiga nisbatan mulkdorlik, davlat boshqaruvi, o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish, foydalanishni cheklash, to‘xtatish, bekor qilish, foydalanish normativlari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari hamda qonuniy manfaatlari, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, o‘simlik dunyosi monitoringi, davlat kadastri, davlat nazorati kabi tartib-qoidalarni belgilash va o‘rnatishni maqsad qiladi. O‘simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik uning obektlarini aniqlashga alohida e’tibor bergan. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, o‘simlik dunyosi obektlarini, birinchidan, yovvoyi organizmlar, ya’ni daraxt, buta va o‘simon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, moxsimonlar, suv o‘tlari, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining butun xilma-xil turlari bilan; ikkinchidan, yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simliklar jamoalari yoki ularning har qanday majmui; uchinchidan, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlari; to‘rtinchidan, yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi. "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun o‘simlik dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari, bekor qilish asoslarini o‘rnatishga katta ahamiyat bergan. Bu normalarda o‘simlik dunyosidan foydalanishning huquqiy holati, tartiblari o‘rnatilgan. Chunonchi, qonunning 6-moddasida o‘rnatilishicha, o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin. O‘simlik dunyosi obektlaridan umumiy foydalanish yer yegalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv bo‘yicha foydalanuvchining hayotiy zarur yehtiyojlari bilan cheklangan miqdorlarda tekin amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish normasi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. O‘simlik dunyosi obektlari maxsus 4

foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida beriladi. Masalan, Chorvachilik ehtiyojlari va chorva mollarini o‘tlatish uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini g‘amlashga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. O‘simlik dunyosi obektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga beriladi (8-modda). O‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi va asoslari qonunda batafsil belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunining 19-moddasiga binoan o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanish huquqi shunday huquqdan voz kechilganda; muddat tugaganda; foydalanuvchi yuridik shaxs tugatilganda; o‘simlik dunyosi obektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror ko‘paytirish qoidalari, normativlari buzilganda; haq belgilangan muddatda to‘lanmaganda; foydalanish ta’sirida tabiiy o‘simliklar jamoalarida asliga qaytarib bo‘lmas o‘zgarishlar xavfi yuzaga kelganda; yer uchastkalari davlat va jamoat yehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda bekor qilinadi. Ayrim turdagi yovvoyi o‘simliklarning, masalan, zaharli, giyohvand moddasi bor, karantinli o‘simliklar, begona o‘tlar hamda shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarning o‘z-o‘zidan o‘t bosib ketishga ko‘maklashadigan boshqa o‘simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish boshqa o‘simliklarga va o‘zga tabiat obektlariga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hamda tabiiy o‘simliklar jamoalarining va ular o‘sadigan muhitning saqlanishini ta’minlaydigan usullar bilan amalga oshiriladi. Tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim bo‘lgan yovvoyi o‘simliklarning turlari maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xulosalari asosida belgilab beriladi. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon bosh boshqarmasi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hisoblanadilar. Ular zimmasiga o‘simlik dunyosi obektlaridan qonunda belgilangan tartib va asoslarda samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni boshqarish vazifasi yuklatilgan. Umuman olganda, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy holati ushbu tabiiy resurslardan tabiat va jamiyatning umumiy qonuniyatlari asosida ekologik va iqtisodiy yehtiyojlarni hisobga olgan holda ulardan oqilona va samarali foydalanish, kamyob hamda yo‘qolib ketayotgan o‘simlik dunyosini saqlab qolish uchun xizmat qiladi. 5