logo

Mashina, mexanizm elementlari va turlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70.5703125 KB
Mashina, mexanizm elementlari va turlari  
Reja :
1.Mashinasozlikda qo‘llaniladigan mashina, mexanizm elementlari 
2.Standart va nostandart detallar turlari.
3.Mexanizmlar turlari haqida tushunchalar.   Detal   deb   mashinaning   bir   materialidan   tayyorlangan,   bo‘linmas,   bir
butun tarkibiy bo‘lagiga aytiladi. 
Har   bir   mashina   turli   miqdordagi   detallardan   yasaladi.   Masalan,   reaktiv
samalyotda milliondan ortiq, ekskavatorda bir necha yuz ming detal bor. 
Har bir detalning o‘z nomi bo‘ladi. 
Har   bir   mashinani   yasash   uchun   standart   va   nostandart   detallari
ishlatiladi. 
Standart   detallar   deb   turli   mashinalar   yasashda   umumiy
foydalaniladigan,  o‘zaro almashuvchan  detallarga aytiladi. Bu  detallarni  shakli,
o‘lchamlari, materiali hamda boshqa sifatli birxillashtirilgan bo‘ladi.
  Bunday   detallarni   tayyorlash   arzon   bo‘lgani   uchun   ulardan   keng
foydalaniladi.     Eng   ko‘p   tayyorlanadigan   standart   detallar   biriktirish   detallari:
gayka,   bolt,   shayba,   shpilka,   shponka,   shtift   kabilar   hisoblanadi.
Podshivniklar , tishli   g‘ildiraklar ,  val ,  o‘qlar   ham   standart   detallar   hisoblanadi . 
Nostandart   detallar   deb   biror   mashina   uchun   aloxida   tayyorlanadigan
detallarga   aytiladi . 
Bunday   detallar   mashinaning   texnologik   vazifalaridan   kelib   chiqadigan
talablarga   muvofiq   yasaladi.   Bar   xildagi   nostandart   detallar   to‘liq   yok   qisman
o‘zaro almashuvchan bo‘ladi. 
Mashinalar tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan asosiy detallarning ayrimlari
quyidagilar:
Bolt     -  bir uchida rezba yo‘nilgan, ikkinchi uchida kallakli biriktirish
detali. Kallagi ishlatish maqsadida  mos ravishda turli shakllarda bo‘ladi.
Kallagi olti karrali prizma shaklidagi boltlar ko‘p ishlatiladi. Shpilka     - ikkala uchida rezbali va bir tomoni berkitishga maxkamlanadi,
ikkinchi uchida rezbaga gayka burab maxkamlanadi.
Gayka      –   o‘rtasida   rezbali   teshigi   bo‘lgan   biriktirish   detali.  
Gaykalar turli shakllarda bo‘ladi. Olti qirrali shakldagi gaykalar ko‘p tarqalgan,
gaykaning   bolt   va   shpilka   rezbasi   burab   o‘rnatish   orqali   detallar   birikmasini
maxkamlash uchun ishlatiladi.  
Shayba      -   gayka   bolt   kallagi   ostida   o‘rnatish   uchun   teshigi   bor   taglik.  
Shayba   biriktirilayotgan   detali   gayka   yoki   bolt   kallagi   kirib   yoki   ezib
yubormasligi,   tayanish   tekisligini   kattalashtirish   hamda   gaykani   rezbadan
o‘rnatilgan tarangligini turli ta’sirlardan bo‘shab qolmasligini ta’minlash  uchun
ishlatiladi. 
Shaybalar vazifasigi mos xar turli shakllarda bo‘ladi.  Vint      –   bir   uchida   rezba   yo‘nilgan,   ikkinchi   uchida   kalak   bo‘lgan
biriktirish   detali.   Vintlarning   kallagi   chiqib   turadigan.  
Yarim yashiriladigan, yashiriladigan hamda atvyortka yoki gayka kalitlari bilan
burashga   moslashtirilgan   turli   shakllarda   bo‘ladi.   Vint   rezbasini
biriktirilayotgan   detaldagi   rezbali   teshikka   burab   kiritish   orqali   maxkamlash
uchun ishlatiladi. 
Shurup                   -   bir   uchi   o‘tkir   konus   shakldagi   va   yirik   qadamli   rezba
yo‘nilgan,   ikkinchi   uchi   kallakla   biriktirish   detali.  
Shuruplar   kallagi   chiqib   turadigan,   yarim   yashiriladigan,   otvyortka   bilan
burashga   moslashtirilgan   turli   shakllarda   bo‘ladi.   Shuruplar   yog‘och   yoki
yumshoq plastmassalarni biriktirish uchun ishlatiladigan vintlar xisoblanadi.
Shplint      -  ikkiga  buklangan   po‘lat  simdan   iborat  detal,  ikkiga  buklangan
joyida   hamda   shaklida   kallak   hosil   qilinadi.   Shplint   gaykaning   o‘rnatilgan
rezbasidan turli ta’sirlar natijasida chiqib ketishni oldini olish uchun ishlatiladi. 
Shlintni   boltning   unga   o‘rnatilgan   gaykadan   tashqari   chiqib   turadigan   ismidagi
teshigidan kallagigacha kiritilib uchlarini ikki yonga qayirib o‘rnatiladi. 
Shtift      -   silindr   yoki   konussimon   shakldagi   detal,   shtiftlar
biriktirilayotgan   detallarni   qo‘zg‘almaydigan   hamda   bir-biriga   nisbatan   aniq xolatda   o‘rnatish   uchun   ishlatiladi.  
SHtiftlar biriktirilayotgan detallarda o‘yilgan teshiklarga o‘rnatiladi. 
Shponka      -   to‘rt   qirrali   prizma,   pona   yoki   segment   shaklidagi   biriktirish
detali.   Shponkalar val  bilan unga o‘rnatilgan detallar o‘yilgan o‘z shakliga mos
detali.   Shponkalar   val   bilan   unga   o‘rnatilgan   detalning   bir-biriga   aylanma
harakatni uzatishini ta’minlash uchun ishlatiladi. 
Val      - aylanuvchi qismlarni tutib turish hamda aylanma xarakatni uzatish
uchun xizmat qiluvchi detal.
 
O‘q      –   aylanuvchi   qismlarni   tutib   turuvchi   detal.
Tishli g‘ildiraklar      - gardishiga tishlar yo‘nalgan g‘ildiraklar shaklidagi detallar.
Ularning tishlari bajaradigan vazifasiga muvofiq turli shakllarda bo‘ladi.  Tishli
g‘ildiraklar aylanma xarakatni uzatishga xizmat qiladi.
Asos      – bir yoki bir necha detalni kerakli xolatda o‘rnatish uchun xizmat
qiluvchi   detal.   Asosning   shakl   vazifasiga   mos   ravishda   char   torli   bo‘ladi.
Tayanch     – bir yoki bir necha detalni kerakli holatda o‘rnatish, tutib turish uchun
xizmat qiluvchi detal. Stanina      –   stanok   va   uning   qismlarini   xarakatlanishi   uchun   kerakli
xolatda o‘rnatishga xizmat qiluvchi detal. 
Korpus      –   mashina   va   qismlariga   tegishli   detallar   to‘plami   atrofini
biriktirish uchun xizmat qiluvchi detal. 
Korpuslar   vazifasiga   qarab   turli   shaklda   bo‘ladi.
Kranshteyn      –   tayanch   tekislikda   boshqa   tekislikka   o‘rnatilgan   detallarni   tutib
turish uchun xizmat qiluvchi tayanch detal.
Richag      -   turli   harakatarni   ma’lum   masofada   uzatish   uchun   xizmatt
qiluvchi to‘g‘ri yoki egri shakldagi va tegishli uzunlikdagi detal. 
Dasta      –   mashina   va   mexanizmlarni   qo‘l   bilan   ushlab   boshqarish   uchun
xizmat   qiluvchi   detal.   Detallar   qo‘l   bilan .   ushlab ,   burash ,   aylantirish   uchun
qulay   bo‘lgan   shakllarda   yasaladi .
Bulardan tashqari detallarning turlari ko‘p bo‘lib har bir mashinada zarur
detallar foydalaniladi. 
Har   bir   detal   o‘ziga   xos   to‘zilishga   ega   bo‘lib,   ularning   shaklini   hosil
qiluvchi qismlar alohida nomlar bilan ataladi. Ularning ayrimlari quyidagilar. 
Faska     – detallarning silindr shaklidagi qirasini konus shaklida yo‘nilgan,
hamda   boshqa   shakldagi   qirrasini   hosil   qiluvchi   burchakni   qiya   qilib   yo‘nilgan
qismi. Faskalar har xil texnologik maqsadlarga xizmat qiladi.
Teshik     – detalning turli shakldagi o‘yiqlari. Teshiklar bajarilishiga ko‘ra
ochiq   yoki   bir   tomoni   yopiq,   shakliga   ko‘ra   rezbali   yoki   rezbasiz,   faskali,
faskasiz, silindrsimon, ovalsimon va boshqa shakllarda bo‘ladi. 
Ariqchalar      –   detal   sirtida   turli   shakllarda   va   uzunlidikda   yo‘niladigan
chuqurliklar.
Qirra     – detal shaklini hosil qiluvchi tekisliklarning kesishgan joyi.
Mustaxkamlik   qovurg‘asi   –   detal   sirtidan   yupqa   devor   shaklidagi
chitkilar.
Plita     – ayrim detallarning asosini tashkil qiluvchi qismi.
Har   bir   mashina   bir   necha   mexanizmlardan   tashkil   topadi.  
Murakkab mashinalar tarkibida ko‘plab mexanizmlar bo‘ladi.  Mexanizm deb  harakat uzatish qurilmasi aytiladi. Mexanizmlar harakatni
uzatish   bilan   birga   ushbu   xarakatda   sarflanayotgan   quvvatni   kerakli
yo‘nalishlarida taqsim qilish, harakat tezligini boshqarish, ya’ni uni kamaytirish
va   oshirish,   aylanma,   hamda   to‘g‘ri   chiziqli   va   ayrim   chiziqli   harakatlarni
o‘zaro   bir-biriga   o‘zgartirish,   harakatni   boshlash,   to‘xtatish   hamda   to‘liq   yoki
qisman teskari harakatga o‘zgartirish vazifalarini bajaradi. 
Har   bir   mexanizmni   tarkibida   harakatni   uzatuvchi   (etakchi)   va   qabul
qiluvchi   (etaklanuvchi)   qismlar   bo‘ladi.   Mexanizmlar   tuzilishiga   ko‘ra   sharnir-
richagli, tishli, firiksion, vintli va kulachokli turlarga bo‘linadi. 
Har   bir   mexanizm   ma’lum   maqsadlar   uchun   foydalanishga   mos
hisoblanadi.   Mashinalarda   ko‘p   uchraydigan   mexanizmlardan   biri   vintli
mexanizmdir. Ular bir necha turli bo‘lib, eng oddiysi  juft vint  deb ataladi. 
Vintli   juftvint   bilan   o‘rnatilgan   gaykaning   o‘zaro   xarakatga   asoslangan
holda to‘ziladi.
  Vintli   juft   asosan   aylanma   xarakatni   to‘g‘ri   chiziqli   harakatga
o‘zgartirishiga xizmat qiladi. 
Uning etakchi  qismi  ko‘pincha tropetsiyasimon sterjendan, etaklanuvchi
qismi esa shu sterjendan, etaklanuvchi qismi esa shu sterjendan vintga gaykaga
o‘xshash xolatda o‘rnatiladigan turli shakldagi detaldan iborat bo‘ladi.
Har   bir   tizimdagi   vintli   juftlardan   tokarlik   va   boshqa   stanoklar,   tiski,
domkrat, pres, suv va gaz jumraklari, vintli aylanma stul va shu kabilar ma’lum
uzunlik   bo‘ylab   ikki   tomonga   to‘g‘ri   chiziqli   aniq   xarakat   talab   qilinadigan
ishlarni bajarishda foydalaniladi.  Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Mashina, mexanizm elementlari va turlari Reja : 1.Mashinasozlikda qo‘llaniladigan mashina, mexanizm elementlari 2.Standart va nostandart detallar turlari. 3.Mexanizmlar turlari haqida tushunchalar.

Detal deb mashinaning bir materialidan tayyorlangan, bo‘linmas, bir butun tarkibiy bo‘lagiga aytiladi. Har bir mashina turli miqdordagi detallardan yasaladi. Masalan, reaktiv samalyotda milliondan ortiq, ekskavatorda bir necha yuz ming detal bor. Har bir detalning o‘z nomi bo‘ladi. Har bir mashinani yasash uchun standart va nostandart detallari ishlatiladi. Standart detallar deb turli mashinalar yasashda umumiy foydalaniladigan, o‘zaro almashuvchan detallarga aytiladi. Bu detallarni shakli, o‘lchamlari, materiali hamda boshqa sifatli birxillashtirilgan bo‘ladi. Bunday detallarni tayyorlash arzon bo‘lgani uchun ulardan keng foydalaniladi. Eng ko‘p tayyorlanadigan standart detallar biriktirish detallari: gayka, bolt, shayba, shpilka, shponka, shtift kabilar hisoblanadi. Podshivniklar , tishli g‘ildiraklar , val , o‘qlar ham standart detallar hisoblanadi . Nostandart detallar deb biror mashina uchun aloxida tayyorlanadigan detallarga aytiladi . Bunday detallar mashinaning texnologik vazifalaridan kelib chiqadigan talablarga muvofiq yasaladi. Bar xildagi nostandart detallar to‘liq yok qisman o‘zaro almashuvchan bo‘ladi. Mashinalar tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan asosiy detallarning ayrimlari quyidagilar: Bolt - bir uchida rezba yo‘nilgan, ikkinchi uchida kallakli biriktirish detali. Kallagi ishlatish maqsadida mos ravishda turli shakllarda bo‘ladi. Kallagi olti karrali prizma shaklidagi boltlar ko‘p ishlatiladi.

Shpilka - ikkala uchida rezbali va bir tomoni berkitishga maxkamlanadi, ikkinchi uchida rezbaga gayka burab maxkamlanadi. Gayka – o‘rtasida rezbali teshigi bo‘lgan biriktirish detali. Gaykalar turli shakllarda bo‘ladi. Olti qirrali shakldagi gaykalar ko‘p tarqalgan, gaykaning bolt va shpilka rezbasi burab o‘rnatish orqali detallar birikmasini maxkamlash uchun ishlatiladi. Shayba - gayka bolt kallagi ostida o‘rnatish uchun teshigi bor taglik. Shayba biriktirilayotgan detali gayka yoki bolt kallagi kirib yoki ezib yubormasligi, tayanish tekisligini kattalashtirish hamda gaykani rezbadan o‘rnatilgan tarangligini turli ta’sirlardan bo‘shab qolmasligini ta’minlash uchun ishlatiladi. Shaybalar vazifasigi mos xar turli shakllarda bo‘ladi.

Vint – bir uchida rezba yo‘nilgan, ikkinchi uchida kalak bo‘lgan biriktirish detali. Vintlarning kallagi chiqib turadigan. Yarim yashiriladigan, yashiriladigan hamda atvyortka yoki gayka kalitlari bilan burashga moslashtirilgan turli shakllarda bo‘ladi. Vint rezbasini biriktirilayotgan detaldagi rezbali teshikka burab kiritish orqali maxkamlash uchun ishlatiladi. Shurup - bir uchi o‘tkir konus shakldagi va yirik qadamli rezba yo‘nilgan, ikkinchi uchi kallakla biriktirish detali. Shuruplar kallagi chiqib turadigan, yarim yashiriladigan, otvyortka bilan burashga moslashtirilgan turli shakllarda bo‘ladi. Shuruplar yog‘och yoki yumshoq plastmassalarni biriktirish uchun ishlatiladigan vintlar xisoblanadi. Shplint - ikkiga buklangan po‘lat simdan iborat detal, ikkiga buklangan joyida hamda shaklida kallak hosil qilinadi. Shplint gaykaning o‘rnatilgan rezbasidan turli ta’sirlar natijasida chiqib ketishni oldini olish uchun ishlatiladi. Shlintni boltning unga o‘rnatilgan gaykadan tashqari chiqib turadigan ismidagi teshigidan kallagigacha kiritilib uchlarini ikki yonga qayirib o‘rnatiladi. Shtift - silindr yoki konussimon shakldagi detal, shtiftlar biriktirilayotgan detallarni qo‘zg‘almaydigan hamda bir-biriga nisbatan aniq

xolatda o‘rnatish uchun ishlatiladi. SHtiftlar biriktirilayotgan detallarda o‘yilgan teshiklarga o‘rnatiladi. Shponka - to‘rt qirrali prizma, pona yoki segment shaklidagi biriktirish detali. Shponkalar val bilan unga o‘rnatilgan detallar o‘yilgan o‘z shakliga mos detali. Shponkalar val bilan unga o‘rnatilgan detalning bir-biriga aylanma harakatni uzatishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Val - aylanuvchi qismlarni tutib turish hamda aylanma xarakatni uzatish uchun xizmat qiluvchi detal. O‘q – aylanuvchi qismlarni tutib turuvchi detal. Tishli g‘ildiraklar - gardishiga tishlar yo‘nalgan g‘ildiraklar shaklidagi detallar. Ularning tishlari bajaradigan vazifasiga muvofiq turli shakllarda bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar aylanma xarakatni uzatishga xizmat qiladi. Asos – bir yoki bir necha detalni kerakli xolatda o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi detal. Asosning shakl vazifasiga mos ravishda char torli bo‘ladi. Tayanch – bir yoki bir necha detalni kerakli holatda o‘rnatish, tutib turish uchun xizmat qiluvchi detal.